YIGIRMA TOʻQQIZINCHI MAKTUBNING BESHINCHI RISOLASI BOʻLGAN BESHINCHI QISMI
oyati pur-anvorining koʻp sirlarining nurlaridan bir nurini Ramazoni Sharifda, bir holati ruhoniyada his etdim, xayol-mayol koʻrdim. Shundayki:
Uvays Qaroniyning:
munojoti mashhurasi navidan butun mavjudot, zavilhayot Janobi Haqqa ayni munojotni qilganlarini va oʻn sakkiz ming olamning har birining yorugʻligi bittadan ismi Ilohiy ekanini menga qanoat beradigan qalb bilan bogʻliq bir xayoliy voqeani koʻrdim. Shundayki:
Bir-biriga oʻralgan koʻp yaproqli bir gul gʻunchasi kabi, shu olam minglab parda-parda ichida oʻralgan, bir-biri ostida saqlangan olamlarni bu olam ichida koʻrdim. Har bir parda ochilgan sari, boshqa bir olamni koʻrar edim. U olam esa, oyati Nurning orqasidagi
oyati tasvir etgani kabi; bir zulumot, bir vahshat, bir dahshat qorongʻiligi ichida menga koʻrinar edi. Birdan bir ismi Ilohiyning jilvasi bir nuri azim kabi koʻrinib yoritayotgan edi. Qaysi parda aqlga qarshi ochilgan boʻlsa, xayolga qarshi boshqa bir olam faqat gʻaflat bilan qorongʻi bir olam koʻrinarkan, quyosh kabi bir ismi Ilohiy tajalliy etadi, boshdan oyoq u olamni nurlantiradi va hokazo... Bu sayri qalbiy va sayohati xayoliya koʻp davom etdi.
Jumladan: Rizqqa muhtoj hayvonot olamini koʻrgan vaqtim; hadsiz ehtiyojlar, shiddatli ochliklari bilan barobar zaiflik va ojizliklari u olamni menga juda qorongʻi va gʻamgin koʻrsatdi. Birdan "Rahmon" ismi "Razzoq" burjida, ya'ni ma'nosida bir shamsi tobon kabi chiqdi. U olamni boshdan oyoq rahmat ziyosi bilan yoritdi.
Soʻngra u olami hayvonot ichida bolalar va chaqaloqlarning zaiflik va ojizlik va ehtiyoj ichida tipirchilashlari qaygʻuli va harkasni achintiradigan bir qorongʻulik ichida boshqa bir olamni koʻrdim. Birdan "Rahim" ismi "Shafqat" burjida chiqdi. Shunchalar goʻzal va shirin bir suratda u olamni yoritdiki, shikoyat va achinish va qaygʻudan kelgan yosh tomchilarini sevinch va surur va shukrning lazzatidan kelgan tomchilarga aylantirdi.
Soʻngra kino pardasi kabi bir parda yana ochildi. Olami insoniy menga koʻrindi. U olamni shunchalar zulmatli, shunchalar qorongʻu, dahshatli koʻrdimki; dahshatimdan faryod etdim, "Eyvoh!" dedim. Chunki koʻrdimki: Insonlardagi abadga uzanib ketgan orzulari, istaklari va koinotni qamragan tasavvurlari va fikrlari va abadiy baqo va saodati abadiyani va Jannatni gʻoyat jiddiy istagan himmatlari va iste'dodlari va hadsiz maqsadlarga va istaklarga yuzlangan faqirlik va ehtiyojlari hamda zaiflik va ojizliklari bilan barobar, hujumga ma'ruz qolganlari hadsiz musibat va dushmanlari bilan barobar; gʻoyat qisqa bir umr, gʻoyat sertashvish bir hayot, gʻoyat parishon bir tirikchilik ichida qalbga eng alamli va eng mudhish holatlar boʻlgan doimiy zavol va firoq balosi ichida -ahli gʻaflat uchun- abadiy zulmatlar eshigi suratida koʻringan qabrga va mozoristonga qarayaptilar... Bitta-bitta va toifa-toifa oʻsha zulmatlar qudugʻiga tashlanyaptilar!.. Xullas, bu olamni bu zulmatlar ichida koʻrgan onimda, qalb va ruh va aqlim bilan birga barcha insoniy latifalarim, balki barcha vujudimning zarralari faryod qilib yigʻlashga tayyor ekan.. birdan Janobi Haqning "Odil" ismi "Hakim" burjida, "Rahmon" ismi "Karim" burjida, "Rahim" ismi "Gʻofur" burjida, ya'ni ma'nosida, "Bois" ismi "Voris" burjida, "Muhyi" ismi "Muhsin" burjida, "Rob" ismi "Molik" burjida koʻrindilar. U olami insoniy ichidagi koʻp olamlarni nurlantirdilar, yoritdilar va nuroniy oxirat olamidan derazalar ochib, u qorongʻu inson dunyosiga nurlar sochdilar.
Soʻngra bir muazzam parda yana ochildi. Olami Arz koʻrindi. Falsafaning qorongʻu ilmiy qonunlari xayolga dahshatli bir olamni koʻrsatdi. Yetmish marta zambarak oʻqidanda yanada tez bir harakat bilan yigirma besh ming yillik masofani bir yilda aylangan va har doim tarqalishga va parchalanishga qobiliyatli va ichi zilzilali, keksa va juda qari Kurra-i Arz ichida, olamning hadsiz fazosida sayohat etgan bechora nav'-i inson vaziyati menga vahshatli bir qorongʻulik ichida koʻrindi. Boshim aylandi, koʻzim qoraydi... Birdan Xoliqi Arz va Samovotning "Qodir", "Alim", "Rob", "Alloh" va رَبُّ السَّمَوَاتِ وَاْلاَرْضِ va مُسَخِّرُ الشَّمْسِ وَالْقَمَرِ ismlari rahmat, azamat, rububiyat burjida koʻrindi. U olamni shunday nurlantirdilarki; u holatda menga Kurra-i Arz gʻoyat intizomli, boʻysundirilgan, mukammal, xush, ishonchli bir sayohat kemasi.. sayr va rohat va tijorat uchun muhayyo etilgan bir shaklda koʻrdim.
Xulosa: Ming bir ismi Ilohiyning koinotga yuzlangan u ismlardan har biri bir olamni va u olam ichidagi olamlarni nurlantiradigan bir quyosh hukmida va sirri Ahadiyat jihati bilan, har bir ismning jilvasi ichida boshqa ismlarning jilvalari ham bir daraja koʻrinayotgan edi. Soʻngra qalb har zulumot orqasida boshqa bir nurni koʻrgani uchun, sayohatga ishtahasi ochilayotgan edi.. xayolga minib samoga chiqishni istadi. Shunda gʻoyat keng bir parda yana ochildi. Qalb samovot olamiga kirdi. Koʻrdimki:
U nuroniy tabassum etgan suratida koʻringan yulduzlar; Kurra-i Arzdanda yanada katta va undan yanada tez bir suratda bir-biri ichida kezmoqdalar, aylanmoqdalar. Bir gradusning oltmishdan biriga yoʻlini adashtirsa, boshqasi bilan toʻqnashadi, shunday bir portlash boʻladiki, koinotning oʻti yorilib olamni tarqatib yuboradi. Nur emas, otash sochadilar. Tabassum emas, vahshat bilan menga qaradilar. Hadsiz katta, keng, xoli, boʻsh, dahshat, hayrat zulmatlari ichida samovotni koʻrdim. Kelganimga ming pushaymon boʻldim. Birdan رَبُّ السَّمَوَاتِ وَ اْلاَرْضِ رَبُّ الْمَلاَئِكَةِ وَ الرُّوحِ ning asmo-i husnasi,
burjida jilvalari bilan koʻrindilar.
Oʻsha ma'no jihati bilan qorongʻulik ustiga choʻkkan yulduzlar, oʻsha azim nurlardan bittadan yogʻdu olib, yulduzlar adadicha elektr chiroqlari yoqilgandek, oʻsha olami samovot nurlandi. Oʻsha boʻsh, xoli deb oʻylangan samovot ham maloikalar bilan, ruhoniylar bilan toʻldi, jonlandi. Sultoni Azal va Abadning hadsiz qoʻshinlaridan bir qoʻshin hukmida harakat qilgan quyoshlar va yulduzlar, yuksak harakat qilayotgan tarzda, u Sultoni Zuljalolning hashamatini va dabdaba-i Rububiyatini koʻrsatayotgan kabi koʻrdim. Bor quvvatim bilan va mumkin boʻlsaydi, barcha zarralarim bilan va meni tinglasalar edi, barcha maxluqotning lisonlari bilan aytar edim. Ham umum ularning nomidan dedim:
oyatini oʻqidim, qaytdim, tushdim, oʻzimga keldim. اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى نُورِ الاِْيمَانِ وَالْقُرْاَنِ dedim.