Sikka-i Tasdiq-i Gaybiy
— 260 —

Na'budu Nuktasi

Bu ma'noni nurlantirish uchun oʻz boshimdan oʻtgan nurli bir holni va haqiqatli bir xayolni aytaman. Shundayki:

Bir vaqt اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ dagi nuni mutakallimi ma'algʻayrni (birinchi shaxs, koʻplik) oʻyladim; va mutakallimi vahda (birinchi shaxs, birlik) negizidan نَعْبُدُ negiziga oʻtishning sababini qalbim qidirdi. Birdan namozdagi jamoatning fazilati va sirri oʻsha nundan ochildi. Koʻrdimki: Namoz oʻqiganim oʻsha Boyazid Masjididagi jamoat bilan ishtirokimni va har biri mening bir navi shafoatchim hukmiga va qiroatimda izhor qilganim hukmlarga va da'volarga bittadan shohid va bittadan yordamchi koʻrdim. Nuqsonli ubudiyatimni oʻsha jamoatning buyuk va juda koʻp ibodatlari ichida dargohi Ilohiyaga taqdimga jasorat keldi. Birdan bir parda yana ochildi.. ya'ni, Istanbulning barcha masjidlari tutashdilar. U shahar oʻsha Boyazid Masjidi hukmiga oʻtdi. Birdan ularning duolariga va tasdiqlariga ma'nan bir navi mazhariyat his qildim. Unda ham roʻyi zamin masjidida, Ka'ba-i Mukarrama atrofida doiraviy saflar ichida oʻzimni koʻrdim. اَلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبُّ الْعَالَمِينَ dedim. "Mening shuncha shafoatchilarim bor; men namozda aytgan har bir soʻzimni aynan aytyaptilar, tasdiq qilyaptilar." Modomiki xayolan bu parda ochildi, Ka'ba-i Mukarrama mehrob hukmiga oʻtdi; men bu fursatdan foydalanib oʻsha saflarni guvoh qilib, tahiyyotda aytganim, اَشْهَدُ اَنْ لاَ اِلَهَ اِلاَّ اللَّهُ وَاَشهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللَّهِ boʻlgan iymonning tarjimonini muborak Hojar-ul Asvadga taslim qilib amonat qoldiraman" derkan, birdan bir vaziyat yana ochildi. Koʻrdimki, men kirgan jamoat uch doiraga ayrildi:

Birinchi Doira: Roʻyi zaminda moʻminlar va muvahhidiyndagi jamoati uzmo...

Ikkinchi Doira: Qaradim, umum mavjudot bir saloti kubroda, bir tasbehoti uzmoda, har toifa oʻziga maxsus salotlar va tasbehoti bilan mashgʻul bir jamoat ichidaman. "Ashyoning vazifalari" tabir etilgan koʻringan xizmatlar ularning ubudiyatlarining unvonlaridir. U holda "Allohu Akbar" deb hayratdan boshimni egdim, oʻzimga qaradim:

— 261 —

Uchinchi bir doira ichida, hayratlantiruvchi, koʻrinishdan va sifat jihatidan kichik, haqiqatdan va vazifa jihatidan va son jihatidan katta bir kichik olamni koʻrdimki, vujudimning zarralaridan zohiriy tuygʻularimga qadar toifa-toifa vazifa-i ubudiyat bilan va shukroniya bilan mashgʻul bir jamoat koʻrdim. Bu doirada qalbimdagi latifa-i Rabboniyam اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ oʻsha jamoat nomidan aytmoqda. Qandayki avvalgi ikki jamoatda ham lisonim oʻsha ikki ulkan jamoatni niyat qilib aytgan edi.

Xulosa: نَعْبُدُ Nuni shu uch jamoatga ishora qiladi. Xullas, bu holatda ekan, birdan Qur'oni Hakimning tarjimoni va muballigʻi boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning - Madina-i Munavvara deyilgan ma'naviy minbarida- shaxsiyati ma'naviyasi, hashamati bilan aks etib, يَا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا رَبَّكُمْ xitobini, ma'nan harkas kabi men ham eshitib; oʻsha uchta jamoatda harkas men kabi اِيَّاكَ نَعْبُدُ bilan javob bermoqda xayol qildim. اِذَا ثَبَتَ الشَّيْءُ ثَبَتَ بِلَوَازِمِهِ qoidasiga koʻra, shunday bir haqiqat fikrga koʻrindiki:

Modomiki butun Olamlarning Robbi insonlarni muxotob sifatida qabul qilib umum mavjudot bilan gaplashadi.. va shu Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom u xitobi izzatni nav'-i basharga, balki umum ziyruhga va ziyshuurga yetkazadi. Albatta, butun moziy va istiqbol hozirgi zamon hukmiga oʻtdi.. butun nav'-i bashar bir majlisda, saflari har xil jamoat shaklida boʻlib u xitob oʻsha surat bilan ularga qilinyapti. U vaqt har bir Qur'on oyatlari gʻoyat hashamatli va keng bir maqomdan, gʻoyat koʻp sonli va har xil va ahamiyatli muxotobidan, nihoyatsiz azamat va jalol sohibi Mutakallimi Azaliydan va maqomi mahbubiyati uzmo sohibi Tarjimoni Oliyshondan olgan bir quvvati ulviyat, jazolat va balogʻat ichida.. porloq, ham juda porloq bir nuri i'jozni ichida koʻrdim. Oʻshanda emas umum Qur'on; yo bir sura va yoxud bir oyat, balki har bir kalimasi bittadan moʻ'jiza hukimga oʻtdi;

— 262 —

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى نُورِ اْلاِيمَانِ وَالْقُرْاَنِ dedim. U ayni haqiqat boʻlgan xayoldan نَعْبُدُ Nuniga kirganim kabi chiqdim va angladimki: Qur'onning nafaqat oyatlari, kalimalari.. balki Nuni نَعْبُدُ kabi ba'zi harflari ham muhim haqiqatlarning nurli kalitlaridir.

Qalb va xayol u Nuni نَعْبُدُ dan chiqqandan soʻng, aql qarshilariga chiqdi, dedi:

-Men ham hissa istayman, siz kabi ucholmayman. Oyoqlarim dalildir, hujjatdir, ayni نَعْبُدُ va نَسْتَعِينُ da Ma'bud va Musta'on boʻlgan Xoliqqa ketgan yoʻlni koʻrsatish lozimdirki, siz bilan kela olay".

U vaqt qalbga shunday keldiki: Ayt u hayratda qolgan aqlga: Qara koinotdagi butun mavjudotga!.. Ziyhayot boʻlsin, jonsiz boʻlsin, kamoli itoat va intizom bilan vazifa suratida ubudiyatlari bor. Bir qismi shuursiz, hissiz boʻlganlari holda gʻoyat shuurkorona, intizomparvarona va ubudiyatkorona vazifa bajarmoqdalar. Demak, bir Ma'budi Bilhaq va bir Amiri Mutlaq borki, bularni ibodatga yoʻnaltirib ishlattirmoqda.

Ham qara, butun mavjudotga, xususan ziyhayot boʻlganlarga.. har birining gʻoyat koʻp va gʻoyat har xil ehtiyojlari bor va vujud va baqosiga lozim juda koʻp, har xil istaklari bor. Eng kichigiga qoʻllari yetisholmaydi, qudratlari yetishmaydi. Holbuki oʻsha hadsiz istaklari, kutmagan yeridan, vaqti munosibda, muntazam ravishda ularning qoʻllariga berilmoqda va bilmushohada koʻrinmoqda.

Xullas, shu mavjudotning bu hadsiz faqirlik va ehtiyojlari va bu favqulodda gʻaybiy yordamlar va Rahmoniy koʻmaklar yaqqol tarzda koʻrsatadiki: Bir Gʻaniyyi Mutlaq, Karimi Mutlaq va Qodiri Mutlaq boʻlgan bir Himoyachi va Roziqlari borki; hamma narsa va har ziyhayot Undan yordam soʻraydi, madad kutadi. Ma'nan وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deydi. U payt aql "Amanna va soddaqna" dedi.

Said Nursiy
***