Sikka-i Tasdiq-i Gaybiy
— 263 —

RISOLA-I NUR NIMA, BADIUZZAMON KIM?

Har asr boshida hadisga koʻra kelishi xushxabar berilgan dinning yuksak xodimlari din ishlarida mubtadi' emas, muttabi'dirlar. Ya'ni, oʻzlaridan va yangidan bir narsa ijod qilmaydilar, yangi hukmlar keltirmaydilar. Asoslar va dinning hukmlariga va sunnati Muhammadiyaga (A.S.V.) aynan ergashish yoʻli bilan dinni toʻgʻrilash va quvvatlantirish va dinning haqiqat va asliyatini izhor va unga aralashtirilish istanilgan uydurmalarni oʻrtadan olib tashlash va bekor qilish va dinga boʻlgan tajovuzlarni rad va yoʻq qilish va Rabboniy amrlarni oʻrnatish va Alloh hukmlarining sharaflilik va ulugʻligini izhor va e'lon qiladilar. Faqat asosiy holatni buzmasdan va asl ruhga ziyon yetkazmasdan yangi izoh tarzlari bilan zamonning fahmiga uygʻun yangi ishontirish usullari bilan va yangi yoʻnaltirishlar va izohlar bilan vazifani ado qiladilar.

Bu Rabboniy xizmatkorlar ishlari bilan va amallari bilan ham xizmatkorliklarining tasdiqchisi boʻladilar. Salobati iymoniyalarining va ixloslarining oynadorligini shaxsan ado qiladilar, martaba-i iymonlarini amalda izhor qiladilar. Va axloqi Muhammadiyaning (A.S.V.) toʻliq boamali va mishvari Ahmadiyaning (A.S.V.) va hilya-i Nabaviyaning (A.S.V.) haqiqiy liboslanganlarini koʻrsatadilar. Xulosa: Amal va axloq jihatidan va sunnati Nabaviyaga (A.S.V.) ergashish va yopishish jihatidan ummati Muhammadga (A.S.V.) toʻliq goʻzal bir misol boʻladilar va iqtido namunasini tashkil qiladilar. Bularning Kitobullohning tafsiri va diniy hukmlarning izohi va zamonning fahmiga va ilm martabasiga koʻra yoʻnaltirish tarzi mavzusida yozgan asarlari oʻz nafslarining va yuksak qobiliyatlarining mahsuli emas, oʻz zakovat va irfonlarining natijasi emas.. Bular toʻgʻridan-toʻgʻriga vahiy manbai boʻlgan Zoti Poki Risolatning ma'naviy ilhom va talqinlaridir. Jaljalutiya va Masnavi-i Sharif va Futuh-ul Gʻayb va oʻxshash asarlar hammasi bu navdandir. Bu muqaddas asarlarga u oliyshon zotlar faqat tarjimon hukmidadirlar. Bu muqaddas zotlarning u tanlangan asarlarning tartiblanishida va bayon tarzida bir hissalari bor. Ya'ni bu muqaddas zotlar oʻsha ma'noning mazhari, mir'ati va aks yeri hukmidadirlar.

— 264 —

Risola-i Nur va Tarjimoniga Kelsak: Bu shoni yuksak asarda hozirga qadar oʻxshashiga uchralmagan yuksak bir fayz va soʻngsiz bir kamol mavjud boʻlganidan va hech bir asar noil boʻlmagan bir shaklda mash'ala-i Ilohiya va shamsi hidoyat va nayyiri saodat boʻlgan Hazrati Qur'onning fayzlariga voris boʻlgani mashhud boʻlganidan, uning asosi nuri mahzi Qur'on boʻlgani va avliyoullohning asarlaridan ziyoda fayzi anvori Muhammadiyani (A.S.V.) tashigani va Zoti Poki Risolatning undagi hissa va aloqasi va tasarrufi muqaddasasi avliyoullohning asarlaridan ziyoda boʻlgani va uning sazovori va tarjimoni boʻlgan ma'naviy zotning sazovorligi va kamoloti esa oʻsha nisbatda oliy va oʻxshovsiz boʻlgani quyosh kabi oshkora bir haqiqatdir.

Ha, u zot hali bolalik holida ekan va hech tahsil koʻrmasdan zavohirni qutqarmoq uchun uch oylik tahsil muddati ichida ulumi avvalin va oxiringa va ladunniyat va haqoiqi ashyoga va asrori koinotga va hikmati Ilohiyaga voris qilinganki, hozirga qadar bunday yuksak mazhariyatga hech kim noil boʻlmagan.. bu horiqo-i ilmiyaning tengi aslo oʻtmagan. Hech shubha qilinilmaski, tarjimoni Nur bu holi bilan boshdan oyoq iffati mujassama va shijoati horiqo va istigʻno-i mutlaq tashkil etgan horiquloda matonati axloqiyasi bilan shaxsan bir moʻ'jiza-i fitrat va jismlashgan bir inoyat va bir mavhiba-i mutlaqadir.

U horiqolar sohibi boʻlgan zot hali balogʻat yoshiga yetmasdan tengsiz bir alloma holida butun ilm dunyosiga bas kelgan, munozara qilgan ilm arboblarini ilzom va isqot etgan, har qayerda boʻlsa boʻlsin, oʻrtaga chiqqan barcha savollarga mutlaq bir toʻgʻrilik va aslo ikkilanmasdan javob bergan, oʻn toʻrt yoshidan e'tiboran ustozlik unvonini tashigan va doimo atrofiga fayzi ilm va nuri hikmat sochgan, izohlaridagi noziklik va chuqurlik va bayonlaridagi ulviyat va matonat va tafsirlaridagi chuqur farosat va basirat va nuri hikmat arbobi irfonni hayron qoldirgan va haqqi bilan "Badiuzzamon" unvoni jalilini baxsh ettirgandir. Oliy maziyatlari va ilmiy fazilatlari bilan ham dini Muhammadiyning yoyilishida va isbotida tom bir mukammallik holida koʻringan bunday bir zot albatta Sayyid-ul Anbiyo Hazratlarining eng yuksak iltifotiga sazovor va eng oliy himoya va himmatiga noildir.

Va shubhasiz u Nabiyyi Aqdasning amr va farmoni bilan yurgan va tasarrufi bilan harakat qilgan va uning nurlari va haqiqatlariga voris va aks yeri boʻlgan bir zoti karim-us sifatdir.

— 265 —

Anvori Muhammadiyani va maorifi Ahmadiyani va fuyuzoti sham'-i Ilohiyni eng porloq bir shaklda porlatishi va Qur'oniy va hadisiy boʻlgan ishoroti riyoziyaning oʻzida yakun topishi va xitoboti Nabaviyani ifoda etgan oyoti jalilaning riyoziy bayonlarining oʻz ustida toʻplanishi dalolatlari bilan u zot xizmati iymoniya nuqtasida risolatning bir mir'at-i mujallosi va shajara-i risolatning bir soʻng meva-i munavvari va lisoni risolatning voris boʻlish nuqtasida soʻng dahani haqiqati va shamsi Ilohiyning xizmati iymoniya jihatida bir soʻng homili zisaodati boʻlganiga shubha yoʻqdir.

Uchinchi Madrasa-i Yusufiyaning Al-hujjatuz-zahro va Zuhratun-nur boʻlgan birgina darsini tinglagan Nur Shogirdlari nomiga
Ahmad Fayzi, Ahmad Nazif, Salohiddin, Zubayr, Jaylon, Sungur, Tabanjali

Mening hissamni haddimdan yuz daraja ziyoda berishlari bilan barobar, bu imzo sohiblarining xotirlarini sindirishga jasorat etolmadim. Sukut saqlab u madhni Risola-i Nur shogirdlarining shaxsi ma'naviysi nomiga qabul qildim.

Said Nursiy
***