MUALLIFNING VASIYATNOMASI MUNOSABATI BILAN HALIL IBROHIMNING RISOLA-I NUR HAQIDA NUR SHOGIRDLARI NOMIGA YOZGAN BIR BAYONINING BIR PARCHASI
Risola-i Nur nurdan bir arqondirki, koinot va koinotdagi mavjudotning tasbehotlari unda tizilgan. Risola-i Nur qabul qiluvchi va uzatuvchi bilan jihozlangan bir radio-i Qur'oniyadirki, uning sim va chiroqlari va oyna va batareyalari hukmidagi satrlari, kalimalari, harflari shunday intizomkorona va i'jozdorona kengaytirilganki, ertaga har bir ilm va fan odamlari hamda har mashrab va maslak sohiblari, ilm va iqtidorlari miqdorida olami gʻayb va olami shahodat va ruhoniyot olamidan va koinotdagi jarayon etgan har hodisalardan xabardor boʻlishi mumkin. Zero Risola-in Nur - manshuri Qur'ondir. Risola-in Nur - moʻminlarga hidoyat hadyalari, vasila-i saodat, mazhari shafoat va fayyozi Rahmondir. Risola-in Nur - koinotga bahorning fayzini bergan bir obi hayot va ayni rahmat va mahzi haqiqat va bir gulzori gulistondir. Risola-in Nur - lutfi Yazdon, kamoli iymon, ishoroti Qur'on va barakati ehsondir. Risola-in Nur - kofirga ziyon, munkirga toʻqmoq, zalolatga dushmandir. Risola-i Nur - bir xazina-i maxfiy, bir sanduqcha-i javohir va manbai anvordir. Risola-in Nur - haqiqati Qur'on va me'roji iymondir. Risola-in Nur - toji avliyo, sulton-ul asar va zubdat-ul ma'oniy va atoyo-i Ilohiy va hadoyo-yi Subhoniydir. Risola-i Nur - bir bahri haqoiq va bir sirri daqoiq va kanz-ul maorif va bahr-ul makorimdir. Risola-i Nur - xastalarga shifoxana-i hikmat va mo-i zamzam, sogʻlarga maishati haqiqat va riyhi rayhon va mushki anbardir. Risola-i Nur - mav'idi Ahmadiy (A.S.V.) va muayyidi Haydariy (R.A.) va taovuni Gʻavsiy (Q.S.) va tavsiya-i Gʻazzoliy (Q.S.) va ixbori Faruqiydir (Q.S.).
Risola-in Nur - Shamsi Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning alvoni sab'asi, Risola-in Nurning manshuri haqiqatida tom tajalliy qilganidan.. ham bir kitobi shariat, ham bir kitobi duo, ham bir kitobi hikmat, ham bir kitobi ubudiyat, ham bir kitobi amr va da'vat, ham bir kitobi zikr, ham bir kitobi fikr, ham bir kitobi ladunniyat, ham bir kitobi tasavvuf, ham bir kitobi mantiq, ham bir kitobi ilm-ul kalom, ham bir kitobi ilmi Ilohiyot, ham bir kitobi tashviqi san'at, ham bir kitobi balogʻat, ham bir kitobi isboti vahdoniyat va dushmanlarni bir kitobi ilzom va isqotdir.
Risola-i Nur parchalari, bir samo-i ma'naviyaning quyoshlari va oylari va yulduzlaridir. Qandayki zohiran sabablar pardasi boʻlgan quyoshdan, qamardan va yuzduzlardan butun koinot tanavvur va tazayyun va butun ashyo nashvu namo va hayot topadi. Xullas Risola-i Nur ham bu asrda butun olami bashariyatga hayoti abadiy va odamga komili inson va qalblarga nash'a-i iymon va aqllarga yaqiyni itmi'non va fikrlarga inkishof va nafslarga taslimi rizo va jon shu'lalarini Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayondan olib sochmoqdadir. U samo-i ma'naviyani ba'zan va zohiran hikmat sababli tashqi bir bulut toʻdasi qoplaydi. U jalolli samodan shunday bir boroni fayz va rahmat tomchilaydiki, iste'dodlar danaklar, urugʻlar, donlar kabi oʻsha siquvchi va tor olamda garchi biroz iztirob chekadilar, faqat toki oʻsha siqilishdan ustlaridagi poʻstloqlari yoriladi va yirtiladi, u onda bulutlar ham ufuqlarga chekinib soqchi vaziyatida kutishi bir imtihoni Rabboniy va bir inkishofi fayzoniy va bir rahmati nuroniydirki, avvalgi bir don, bir urugʻ qaytadan yangi bir hayotga otiladi. Ishtiyoq bilan va nash'a-i inkishof bilan mevador ulkan daraxt suratini oladi. Va يُبَدِّلُ اللَّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ sirriga sazovor boʻladilar.
Ha, yigirma yildir davom qilgan shu mavsumi shito inshaallohu taolo tugagan boʻlsin, dunyoga yangi bir fayzli bir fasli navbahor kelsin va olamning yuzi Nur bilan kulsin. Risola-in Nur Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning tasarrufi ostida boʻlgani uchun, unga uzangan va hujum qilishni istagan har qoʻl sinadi va har bir til quriydi.
Madrasat-uz Zahroning ruknlari nomidan biz ham ishtirok qilamiz.