Sikka-i Tasdiq-i Gaybiy
— 268 —

MADINA-I MUNAVVARADA BOʻLGAN VA NURNING HAQIQATINI TOʻLIQ ANGLAGAN VA ISLOMIYATGA XIZMAT QILGAN BIR OLIMNING MAKTUBI

Koʻngillar fotihi juda muhtaram va mukarram Ustozimiz Hazratlari!

Muborak qoʻllaringizdan oʻpib, butun aziz va sadoqatli talabalaringiz bilan barobar sihat va salomatda doim boʻlishingizni Barigohi Kibriyodan niyoz aylayman.

Musulmonlar uchun eng buyuk bir bayram deb faqat vasflantirib boʻladigan oqlanishingiz barcha Nurchilarni shod va xandon aylagani kabi, bandangizni ham dunyolar qadar mamnun va masrur aylagan. Qanday mamnun qilmasinki, sizning asarlaringiz bilan birlikda oqlanishingiz demak: Ruhning moddiyotga, nurning zulmatga, iymonning kufrga, haqning botilga, tavhidning shirkka va irfonning johillikka gʻolib kelishi deganidir.

Yillardan beri qarshisiga togʻlar kabi toʻsiqlar, qoʻrqinch jarliklar kabi monelar qoʻyilgan Nur sharsharasi eng oxirida moʻ'jizaviy bir shaklda barcha toʻsiqlarni yiqitgan, monelarni oshgan, nur bilan barcha zulmatlarni toru-mor aylagandir.

"Moʻ'jizaviy horiqolar bilan chiqqan Ilohiy tajalliylarning vasfida qalamlar sinar, fikrlar gumburlar, ilhomlar yonar, kul boʻlar" der edilar. Haqiqatdan, bandangiz hozir bu mustasno zafarning qarshisida ayni ojizlikni butun borligʻim bilan his qilyapman. Zero tafakkur va ilhomimga nihoyasiz bir ufq ochilmoqda.. Jahon muhtasham bir Nur ibodatgohini eslatmoqda... Atrofimdagi har narsa, har yer chuqur vajd va istigʻrok bilan behush boʻlgan bir holda... Har zarrada وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ sirri Subhoniysi tajalliy etmoqda...

Shunga binoan, bilmayman, bu mas'ud hodisani shonli bir zafar, shohona bir fath, Ilohiy bir qutulish, olamshumul bir bayram deya-mi vasflantiray? Zero, muqaddas da'vo yutgan bu Ilohiy zafar butun Islom va insoniyat dunyosidagi mujohidlarning azmlariga quvvat, ruhlariga jon, iymonlariga shavq va hayajon bergandir.

— 269 —

Ha, azm va iymonlari, ishq va niyatlari hanuz kamolga yetmagan bir qancha musulmonlar, afsuski achchiq bir umidsizlik ichida edilar. Bunday bir zafarning boʻlishini xayol va mahol koʻrar edilar. Faqat barcha fayz va nurini insoniyatni nurlantirish va irshod uchun Ilohiy bir quyosh holida Arshi A'zamning purnur ufqlaridan tushgan Qur'oni Karimdan olgan nur nashriyoti sokin koʻllarni eslatgan koʻngillarni dengizlar kabi joʻshtirgan, mashaqqat va hijron yillarining umid va orzularga urgan mudhish zanjirlarni sindirgandir. U nur manbaidan joʻshib chiqqan u boshdan oxirigacha fayz va hikmatlar sochgan asarlar hislarning, fikrlarning va ayniqsa olovlar ichida yongan ruh va vijdonlarning azaliy va abadiy ehtiyojlariga javob bergani kabi, ularni orqama-orqa boʻgʻuvchi qorongʻuliklar muhitidan top-toza va juda porloq nur ufqlariga chiqargandir.

Yillarcha davom etgan uzun bir sukut, chuqur bir gʻaflat va boʻgʻuvchi bir zulmatdan soʻngra Ilohiy bir quyosh holida porlagan bu qudsiy zafar nur uchun yoʻl qidirayotgan parishon bashariyatning yaqin bir kelajakda uygʻonishini xushxabar bermoqdadir. Chunki din ehtiyoji yolgʻiz musulmonlarning emas, barcha insonlarning azaliy va abadiy ehtiyojidir.

Bugun badbaxt insoniyat din ne'matidan mahrum boʻlishning davomli hijron va falokatlarini bagʻri yonib chekmoqda. Bu achchiq inqirozning qoʻrqinch natijasidirki, chorak asr mobaynida ikki katta urushga kirgan va uchinchisining ham eshigini qoqmoq jinniligini koʻrsatmoqda.

Ortiq barcha insonlarni qardosh qilib yam-yashil jannatlarning nurli ufqlaridan esgan farovonlik va saodat, huzur va osoyish shamoli bilan toʻlqinlagan olamshumul bir bayroq ostida toʻplaydigan yagona quvvat, Islomdir. Zero bashariyatning bugungi holi, xuddi Islomdan avvalgi inson jamiyatlarining ayanchli holidir. Shuning uchun insoniyatni oʻsha kungi abadiy falokatdan qutqargan Islom, bugun ham qutqara oladi...

Ha, millionlarning, milliardlarning qalbida asrlardan beri qonayotgan oʻsha chuqur yarani oʻraydigan yagona shafqatli qoʻl, Islomdir. Har qanchalar ufqlarda zamon-zamon ba'zi uydirma yorugʻliklar koʻrilayotgan boʻlsa ham.. istiqbol butun nur va fayzini quyoshlardan emas, shaxsan Robb-ul Olamiyndan olgan azaliy va abadiy "Yulduz"nikidir. Oʻsha yulduz dunyolar turgancha turadi va uni soʻndirmoq istaganlarni yerga uradi.

— 270 —

Jahon-qiymat Ustozim!

Ma'lumi fozilonalaridirki, oxirgi kunlarda muqaddas da'voga xizmat qilgan ba'zi nurlantirish va irshod harakatlari chiqqan, faqat afsuski hech biri "Risola-i Nur" kulliyoti qilgan muhim ishni qilolmagan va qoʻlga kiritgan Ilohiy zafarni qozonolmagan. Zero bu yoʻl Paygʻambarlarning, valilarning, oriflarning, solihlarning va ayniqsa jonini jononga seva-seva fido qilgan va sanogʻi millionlarga sigʻmagan qahramon shahidlarning muqaddas yoʻlidir. Ortiq bu qiyin yoʻlda yurishni istaganlar har on qarshilariga qoʻyiladigan mudhish monelarni doimo koʻz oʻngida tutishlari lozim. Ha, bu yoʻlda yuradiganlarning sizdagi tebranish bilmagan iymon bilan, yuksak va Ilohiy irfon bilan va ayniqsa hayratomuz ixlos va farogʻat bilan jihozlangan boʻlishlari kerakdir. Chunki bu muhim vodiyda Nur da'vosi ta'qib etgan tabligʻ, tanvir va irshod usuli boshqacha xususiyatlar tashimoqda. Ortiq insonning his va fikriga, ruh va vijdoniga boshqacha ufqlar ochadigan bu chuqur bahsni, duo qiling-da, mustaqil va batafsil bir asarda aziz din va koʻngildoshlarimizga arz etmoq sharafiga noil boʻlayim. Chunki bu nurli bahs shu qadar chuqur va shu daraja muhimki, bunday bir nechta sahifalik maktub va maqolalar bilan aslo ifoda qilib boʻlmaydi.

Iymon va Qur'on nuri bilan top-toza koʻnglini fath etganingiz yoshlar, Ilohiy zafaringizning eng porloq dalilini tashkil etgan eng muhim borliq va eng qiymatli gavhardir... "Nurdan Ovozlar"ning hamon har misrasida asl va shuurli ruhiga xitob etganim top-toza yoshlar mana bu haq va haqiqatning bagʻri yongan oshiq boʻlgan yoshlardir.

Nurli da'vo qozongan bu oxirgi zafar bergan vajd bilan toʻla bir ilhom bilan yozganim shu manzumani {(*) "Koʻngillar Fotihi Buyuk Ustozga" sarlavhali boʻlgan bu manzuma Maktubotning va Ixlos Risolasining oxiridadir.} taqdim etaman. Qabulini iltimos va iltijo qilaman.

Takror-takror qoʻllaringizdan oʻpaman, qiymatli duolaringizni kutaman, juda muhtaram Ustozimiz Hazratlari.

Ma'naviy Avlodlaringizdan
Ali Ulviy
***