Risale-i Nur

Sikka-i Tasdiq-i Gaybiy
— 4 —

Risola-i Nur Kulliyotidan

Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiy
Muallifi
Badiuzzamon Said Nursiy
— 5 —
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Bu Sikka-i Gʻaybiyani mahram tutardik. Faqat xos qardoshlarimga maxsus edi. Men vafot qilgandan keyin nashr qilinsin degandim. Faqat zobita keldi, adliya hisobiga uni yashirgan yerimizdan chiqardilar. Ikki yil qoʻllarida qoldi. Uch mahkama tadqiqidan soʻng qaytarib berildi. Bizga muxolif gʻoyat nomahramlar ham barobar oʻqidilar. Bizga juda begona insonlar koʻrdilar. Bu ikki dafadir Isparta adliyasining qoʻliga boshqa risolalar bilan barobar kirgan, hech bir e'tiroz qilinmasdan qaytarib berilgan.

Modomiki umumning nazariga istamaganimiz holda koʻrsatilgan va modomiki Risola-i Nurning ahamiyatini isbot qilib shogirdlarini shavqqa keltirmoqda, quvva-i ma'naviyalarini ziyodalashtirmoqda; albatta Madrasat-uz-Zahro peshvolarining nashriga qaror berishlariga ishtirok qilaman.

SAID
— 6 —

RISOLA-I NURDAN PORLOQ PARCHALAR VA BIR QISM GOʻZAL MAKTUBLAR

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
LAYLA-I QADRDA ESLATILGAN MUHIM BIR MASALA

Avvalo: Layla-i Qadrda qalbga kelgan juda uzun va keng bir haqiqatga juda qisqacha bir ishora qilamiz. Shundayki:

Nav'-i bashar, bu oxirgi jahon urushining eng shiddatli zulm va istibdod bilan va marhamatsiz buzgʻunchiliklar bilan va bir dushman sababli yuzlar ma'sumni parishon qilishi bilan va magʻlublarning dahshatli umidsizliklari bilan va gʻoliblarning dahshatli xavotir va hokimiyatlarini muhofaza va ulkan buzgʻunchiliklarini ta'mir qilolmasliklaridan kelgan dahshatli vijdon azoblari bilan va dunyo hayotining butun-butun foniy va vaqtinchalik boʻlishi va madaniyat fantaziyalarining aldatuvchi va uxlatuvchi boʻlishi umumga koʻrinishi bilan va fitrati bashariyadagi yuksak iste'dodlarning, mohiyati insoniyasining umumiy bir suratda dahshatli yaralanishi bilan va abad-parast hissiyoti boqiya va fitriy ishqi insoniyaning hayajon ichida uygʻonishi bilan va gʻaflat va zalolatning, eng qattiq, kar boʻlgan tabiatning Qur'onning olmos qilichi ostida parchalanishi bilan va gʻaflat va zalolatning eng boʻgʻuvchi, aldatuvchi eng keng pardasi boʻlgan siyosatning roʻyi zaminda juda xunuk, juda gʻaddorona haqiqiy surati koʻrinishi bilan, albatta va albatta, hech bir shubha yoʻqki, Shimolda, Gʻarbda, Amerikada alomatlari koʻringaniga binoan,

— 7 —

nav'-i basharning ma'shuqi majoziysi boʻlgan hayoti dunyoviya bunday xunuk va oʻtkinchi boʻlishidan, fitratan basharning haqiqiy sevgan va qidirgan hayoti boqiyani bor quvvati bilan qidiradi va albatta hech shubha yoʻqki, bir ming uch yuz oltmish yilda har asrda uch yuz ellik million shogirdi boʻlgan va har hukmiga va da'vosiga millionlab ahli haqiqat tasdiq bilan imzo qoʻygan va har daqiqada millionlab hofizlarning qalbida qudsiyat bilan boʻlib lisonlari bilan basharga dars bergan va hech bir kitobda oʻxshashi boʻlmagan bir tarzda bashar uchun hayoti boqiyani va saodati abadiyani xushxabar berib umum basharning yaralarini davolagan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning shiddatli, quvvatli va takrorli minglab oyatlari bilan, balki ochiq tarzda va ishora navidan oʻn minglab dafa da'vo qilib, xabar berib, tebranmas qat'iy dalillar bilan, shubha keltirmas hadsiz hujjatlar bilan hayoti boqiyani qat'iyat bilan xushxabar va saodati abadiyani dars berishi, albatta nav'-i bashar butun-butun aqlini yoʻqotmasa va moddiy va ma'naviy bir qiyomat boshlariga kelmasa; Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Angliyaning Qur'onning qabuliga harakat qilgan mashhur xatiblari va dini haqni qidirgan Amerikaning juda ahamiyatli jamiyati kabi roʻyi zaminning qit'alari va hukumatlari, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonni qidiradilar va haqiqatlarini tushungandan soʻng butun ruhu jonlari bilan yopishib oladilar. Chunki bu haqiqat nuqtasida qat'iyyan Qur'onning misli yoʻqdir va boʻlolmaydi va hech bir narsa bu moʻ'jiza-i akbarning joyini ololmaydi!

Ikkinchidan: Modomiki Risola-i Nur u moʻ'jiza-i kubroning qoʻlida bir olmos qilich hukmida xizmatini koʻrsatgan va eng qaysar dushmanlarni taslim boʻlishga majbur qilgan; ham qalbni, ham ruhni, hatto hissiyotni toʻliq nurlantiradigan va dorilarini beradigan bir tarzda xazina-i Qur'oniyaning da'vatchiligini qilgan va undan boshqa manba va marji'i boʻlmagan bir moʻ'jiza-i ma'naviyasi boʻlgan Risola-i Nur u vazifani qilmoqda va unga qarshi dahshatli tashviqotlarga va gʻoyat qaysar zindiqlarga toʻliq gʻalaba qozongan va zalolatning eng qattiq va quvvatli qal'asi boʻlgan tabiatni, "Tabiat risolasi" bilan parcha-parcha qilgan va gʻaflatning eng qalin va boʻgʻuvchi va keng doira-i ofoqida va fanning eng keng pardalarida "Aso-yi Muso"dagi Mevaning Oltinchi Masalasi va Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi va Sakkizinchi Hujjatlari bilan gʻoyat porloq bir tarzda gʻaflatni tarqatib nuri tavhidni koʻrsatgan; albatta bizlarga lozim va millatga juda lozimdirki, hozir rasman izn berilgan din ta'limi uchun xususiy darsxonalar ochilishiga va izn berilishiga binoan, Nur Shogirdlari mumkin boʻlgancha har yerda kichkina "Darsxona-i Nuriya" ochishlari lozimdir. Garchi har kim oʻz-oʻziga bir daraja istifoda qiladi, faqat hamma har bir masalasini toʻliq anglamaydi. Ham iymon haqiqatlarining izohi boʻlgani uchun, ham ilm, {(Hoshiya) Shoyat biri biladi, oʻrganishga muhtoj boʻlmasa, ibodatga muhtoj yoki ma'rifatga mushtoq yoki huzur istaydi. Shuning uchun hammaga kerakli bir darsdir.} ham ma'rifat, ham ibodatdir. Eski madrasalarda besh-oʻn yilga muqobil, inshaalloh Nur Madrasalari besh-oʻn haftada ayni natijani ta'min qiladi va yigirma yildir qilmoqda. Va ham, hukumat va millat va vatan, ham hayoti dunyoviyasiga va siyosiyasiga va uxroviyasiga juda koʻp foydasi boʻlgan bu Qur'on yogʻdulariga va e'lonchisi boʻlgan Risola-i Nurga hujum qilish emas, batamom tashviq va nashriga harakat qilishlari juda lozimdirki, oʻtgan dahshatli gunohlarga kafforat va keladigan mudhish balolarga va anarxistlikka bir toʻsiq boʻla olsin.

— 8 —

Uchinchidan: Bu Ramazoni sharifda Qur'onni zavq va shavq bilan oʻqishga mening koʻp ehtiyojim bor edi. Holbuki alamli xastalik, moddiy - ma'naviy zahmatlar, charchoqlik va tashvishlarning ta'siri bilan qaygʻurdim. Birdan Xusravning shirin qalami bilan moʻ'jizotli yozilgan moʻ'jizotli juzlar va Hofiz Ali va Tohiriyga juda koʻp savob qozontirgan porloq va karomatli "Hizb-ul Akbari Qur'oniya"ni bir-biri orqasidan oʻqishni boshlarkan, shunday bir zavq va shavq berdiki, barcha oʻsha charchoqliklarni hechga tushirdi. Hech bir vasvasaga yoʻl qoʻymasdan, juda porloq bir suratda darsi Qur'oniyani ulardan tinglarkan, butun ruhu jonim bilan orzu qildim va qasd va azm qildimki, mumkin boʻlgan darajada ayni "Hizb-ul Akbari Qur'oniya" kabi fotoapparat bilan moʻ'jizotli Qur'onimizni chop qilamiz, inshaalloh...

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 9 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, Siddiq Qardoshlarim.

Avvalo: Nurning favqulodda xos shogirdlari, "Sikka-i Gʻaybiya" ichidagilari bilan, oʻsha avliyo-i mashhuradan, qirq kunda bir marta non yeb qirq kun yemagan Usmoni Xolidiyning ochiq xabari va farzandlariga vasiyati bilan va Ispartaning mashhur ahli qalb olimlaridan Topal Shukruning zohir xabar berishi bilan juda ahamiyatli bir haqiqatni da'vo etib, faqat ikki chalkashish ichida bu bechora, ahammiyatsiz qardoshlari Saidga ming daraja ziyoda hissa berganlar. Oʻn yildan beri qanoatlarini toʻgʻrilashga uringanim holda, u bahodir qardoshlar qanoatlarida haddan oshmoqdalar. Ha, ular Oʻn Sakkizinchi Maktubdagi ikki ahli qalb choʻponning mojarosi kabi, haq bir haqiqatni koʻrganlar, faqat ta'birga muhtojdir. U haqiqat ham shudir:

Ummat kutgan, oxirzamonda keladigan zotning uch vazifasidan eng muhimi va eng buyugi va eng qiymatdori boʻlgan iymoni tahqiqiyni nashr va ahli iymonni zalolatdan qutqarish jihati bilan, u eng ahamiyatli vazifani aynan butunlay Risola-i Nurda koʻrganlar. Imomi Ali va Gʻavsi A'zam va Usmoni Xolidiy kabi zotlar, bu nuqta uchundirki, oʻsha keladigan zotning maqomini Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysida kashfan koʻrgandek ishora qilganlar. Ba'zan esa oʻsha shaxsi ma'naviyni bir xodimiga berganlar, u xodimga iltifot bilan qaraganlar. Bu haqiqatdan tushunilyaptiki; soʻngra keladigan oʻsha moborak zot, Risola-i Nurni bir dasturi sifatida nashr va tatbiq qiladi. U zotning ikkinchi vazifasi, Shariatni ijro va tatbiq qilishdir. Birinchi vazifa, moddiy quvvat bilan emas, balki quvvatli e'tiqod va ixlos va sadoqat bilan boʻlgani holda, bu ikkinchi vazifa, gʻoyat buyuk moddiy quvvat va hokimiyat lozimki, u ikkinchi vazifa tatbiq qilinib boʻlsin. U zotning uchinchi vazifasi, Islomiyat Xalifaligini Islom Ittifogʻiga bino qilib, Isaviy ruhoniylari bilan birlashib, Dini Islomga xizmat qilishdir. Bu vazifa juda buyuk bir saltanat va quvvat va millionlab fidokorlar bilan tatbiq qilinishi mumkin. Birinchi vazifa oʻsha ikki vazifadan uch-toʻrt daraja yanada ziyoda qiymatdordir, faqat oʻsha ikkinchi, uchinchi vazifalar juda porloq va juda keng bir doirada va dabdabali bir tarzda boʻlganidan, umumning va avomning nazarida yanada ahammiyatli koʻrinadilar. Xullas u xos Nurchilar va bir qismi avliyo boʻlgan oʻsha qardoshlarimizning ta'birga va ta'vilga muhtoj fikrlarini oʻrtaga tashlash, ahli dunyoni va ahli siyosatni xavotirga soladi va solgan.. hujumlariga vasila boʻladi. Chunki birinchi vazifaning haqiqatini va qiymatini koʻra olmaydilar, narigi jihatlarga yuklaydilar.

— 10 —

Qardoshlarimning ikkinchi chalkashishi: Foniy va chiritib boʻladigan bir shaxsiyatni, ba'zi jihatlar bilan birinchi vazifada peshdorlik qilgan Nur Shogirdlarining shaxsi ma'naviysini tamsil etgan oʻsha ojiz qardoshiga bermoqdalar. Holbuki bu ikki chalkashish ham Risola-i Nurning haqiqiy ixlosiga va hech bir narsaga, hatto ma'naviy va uxroviy maqomlarga ham vosita boʻlmasligiga bir jihatda zarar bergani kabi, ahli siyosatni ham vahimaga solib Risola-i Nurning nashriga zarar keladi. Bu zamon shaxsi ma'naviy zamoni boʻlgani uchun, bunday buyuk va boqiy haqiqatlar foniy va ojiz va tubanlasha oladigan shaxsiyatlarga bino qilinmaydi!

Xulosa: Oʻsha keladigan zotning ismi berilsa, uch vazifasi birdan xotirga keladi, xato boʻladi. Ham hech bir narsaga vosita boʻlmagan Nurdaki ixlos ziyon koʻradi, avom moʻminlar nazarida haqiqatlarning quvvati bir daraja nuqsonlashadi, burhondagi yaqiyniyat ham qazoya-yi maqbuladagi ustun qanoatga aylanadi, ortiq qaysar zalolatga va oʻjar zindiqoga toʻliq gʻalabasi qarorsiz ahli iymonda koʻrinmaslikni boshlaydi; ahli siyosat vahimalarni va bir qism domlalar e'tirozni boshlaydi. Shuning uchun, Nurlarga u ismni berish munosib koʻrilmaydi. Balki mujaddiddir, uning peshdoridir deb boʻladi.

Umum qardoshlarimizga minglab salom.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 11 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, Siddiq, Tebranmas, Sabotkor, Fidokor, Vafodor Qardoshlarim!

Bilasizki, Anqara tadqiq hay'ati Risola-i Nurga oid karomatlarni va ishorati gʻaybiyalarni inkor qilolmaganlar, faqat xato oʻlaroq u karomatlarda hissador deb oʻylab e'tiroz qilib: "Bunday narsalar kitobda yozilmasligi kerak edi, karomat izhor qilinmaydi" degan yengil bir tanqidga muqobil, mudofaalarimda ularga javoban degandimki: Ular menga oid emas va u karomatlarga sohib boʻlish mening haddim emas; balki, Qur'onning moʻ'jiza-i ma'naviyasining tomchilari va yogʻdularidirki, haqiqiy bir tafsiri boʻlgan Risola-i Nurda karomatlar shaklini olib shogirdlarining quvva-i ma'naviyalarini quvvatlantirish uchun ikromoti Ilohiya navidandir. Ikrom esa, izhori bir shukrdir, joizdir, ham maqbuldir. Hozir ahamiyatli bir sababga binoan, bu javobni bir parcha izoh qilaman. Va nima uchun izhor qilyapman va nima uchun bu nuqtada bu qadar ustida toʻxtalyapman va nima uchun bir necha oydir bu mavzuda juda ildamlayapman, aksar maktublar oʻsha karomatga qarayapti? deb savol soʻraldi.

Javob: Risola-i Nurning xizmati iymoniyada bu zamonda minglab buzgʻunchilarga muqobil yuz minglab ta'mirotchi lozim kelarkan, ham men bilan loaqal yuzlab kotib va yordamchi boʻlishiga ehtiyoj bor ekan, chekinish va munosabatdor boʻlmaslik emas, balki millat va ahli idora taqdir bilan va tashviq bilan yordam va munosabatdor boʻlishi zaruriy ekan va u xizmati iymoniya hayoti boqiyaga qaragani uchun, hayoti foniyaning tashvishlaridan va foydalaridan ustun qoʻyish ahli iymonga vojib ekan, oʻzimni misol olib deymanki: Meni hamma narsadan va munosabat qurishdan va yordamchilardan man qilish bilan barobar, bizga qarshi boʻlganlar bor quvvatlari bilan birodarlarimning quvva-i ma'naviyalarini sindirish va mendan va Risola-i Nurdan sovutish va men kabi keksa, xasta, zaif, gʻarib, kimsasiz bir bechoraga minglab odam qiladigan vazifani boshiga yuklash va bu yakka qoldirilish va tazyiqlarda -moddiy bir xastalik navidan- insonlar bilan munosabatdor boʻlish va koʻrishishdan chekinishga majbur boʻlish, ham shu daraja ta'sirli bir tarzda xalqlarni qoʻrqitish bilan quvva-i ma'naviyani sindirish jihatlari bilan va sabablari bilan ixtiyorim xorijida va barcha oʻsha monelarga qarshi Risola-i Nur shogirdlarining quvva-i ma'naviyalarini quvvatlantirishga mador ikromoti Ilohiyani bayon qilib Risola-i Nur atrofida ma'naviy bir tahshidot qildirish va Risola-i Nur, mustaqil ravishda, bir oʻzi, boshqalarga muhtoj boʻlmasdan bir qoʻshin qadar quvvatli boʻlganini koʻrsatish hikmati bilan, bu tur narsalar menga yozdirilgan. Boʻlmasa, Alloh saqlasin, oʻzimizni sotish va yoqtirtirish va maqtanish va obroʻtalablik qilish esa, Risola-i Nurning ahamiyatli bir asosi boʻlgan ixlos sirrini buzishdir. Inshaalloh, Risola-i Nur mustaqil ravishda ham oʻzini mudofaa qilgani, ham qiymatini tom koʻrsatgani kabi, bizni ham ma'nan mudofaa qilib qusurlarimizni afv ettirishga vasila boʻladi.

— 12 —

Umum qardoshlarimning va opa-singillarimning, ayniqsa duolari maqbul muborak ma'sumlar toifasi va muhtaram keksalar jamoatidan har birlariga minglab salom va duo qilib Ramazoni Shariflarini tabriklaymiz, duolarini soʻrab qolamiz.

Xasta Qardoshingiz
Said Nursiy
***

RISOLA-I NURNING MAQBULIYATIGA IMZO BOSGAN VA GʻAYBIY ISHORATLAR BILAN UNDAN XABAR BERGAN SAKKIZ PARCHADAN BIRINCHI PARCHA

Ayni masalaga bu birinchi risolada yigirma toʻqqiz ishora bor. Boshqa parchalar bilan barobar mingga yaqin ishoralar, ramzlar, imolar, alomatlar ayni masalaga, ayni da'voga ittifoq bilan qarashlari, yaqqollik darajasidadir. Masala birligi jihati bilan, u alomatlar bir-biriga quvvat beradi, qoʻllab-quvvatlaydi. U sakkiztadan uchtasi, Imomi Alining (R.A.) uch karomati gʻaybiyasi bilan Risola-in Nurdan xabar bergan. Bu sakkiz parchani Anqara tadqiq hay'ati tadqiq etgan, e'tiroz qilmaganlar. Faqat deganlar: "Bu yozilmasligi kerak edi. Karomat sohibi karomatini yozolmaydi." Men ham ularga javob berdimki: "Bu mening emas, Risola-i Nurning karomatidir. Risola-in Nur esa, Qur'onning moli va tafsiridir." dedim. Ular jim boʻldilar. Demak qabul qildilar. Garchi bu tur ikromlar yozilmasaydi, yanada munosib boʻlardi. Faqat bu qadar hadsiz muorizlar va juda quvvatli va koʻplab dushmanlar qarshisida oz va zaif boʻlgan bizlarga, quvva-i ma'naviya va gʻaybiy yordam va jasoratlantirish va sabot va matonat berish uchun majburiyati qat'iyya boʻldi, men ham yozdim. Mening menligimga bir obroʻtalablik berib tubanlashishimga sabab boʻlsa ham, ahamiyati yoʻq. Bu xizmatga, ya'ni ahli iymonni zalolati mutlaqadan qutqarishga, kerak boʻlsa, dunyoviy hayot kabi, uxroviy hayotimni ham fido qilishni bir saodat deb bilaman. Minglab doʻstlarim va qardoshlarimning Jannatga kirishlari uchun, Jahannamni qabul qilaman.

Said Nursiy
***
— 13 —
ISHOROTI QUR'ONIYA VA UCH KAROMATI ALAVIYA VA KAROMATI GʻAVSIYA HAQIDA BIR TANBEH VA ESLATMA

Bu gʻoyat mahram risolalar allanechuk qaysar bir nomahramning qoʻliga bu risolalardan birisi oʻtgan, gʻoyat sathiy va oʻjarlik nazari bilan bir-ikki joyiga haqsiz bir e'tiroz bilan ahamiyatli bir hodisaga sababiyat berganidan, bu majmua Risala-i Nurning xos talabalariga, balki xoslarning xosiga maxsus boʻlgani holda va mening vafotimdan soʻng tarqalishiga ruxsat boʻlishi bilan barobar, hozir mazkur hodisa sababi bilan harkasga emas, balki ahli insof va Risola-i Nur bilan aloqador va talabalaridan boʻlganlarga va xoslardan bir necha shogirdning uygʻun koʻrishi bilan koʻrsatilishi mumkin fikri bilan yozdik. Hozir esa, ikki yil ikki mahkama tadqiqdan soʻng bizga qaytarib berilishidan nashriga majbur boʻldik.

Ikkinchi Nuqta: Bu risola boshdan oxirigacha birgina natijaga qaraydi, mingga yaqin alomatlar bilan, Risola-i Nurning maqbuliyatiga bir imzo bosilganini isbot qiladi. Bunday birgina da'voga bu daraja koʻplab va boshqa-boshqa jihatlarda minglab alomatlar va imolar uni koʻrsatishi, ilmalyaqiyn emas, balki aynalyaqiyn, balki haqqalyaqiyn darajasida u da'voni isbot qiladi.

Uchinchi Nuqta: Bu risolani mutolaa qilgan zotlar, juda chuqur xususan jifriy hisob-kitob bilan mashgʻul boʻlishlarining keragi yoʻq; bir qismi tushunilmasa ham, zarari yoʻq. Ham umumuni oʻqish ham lozim emas. Ham karomati Gʻavsiyaning oxirida Shomli Hofiz Tavfiqning parchasidan boshlab oxirga qadar mutolaadan soʻng va boshdagi muqaddimani oʻqigandan soʻng, {(Hoshiya) Kitobning 1-chi va 7-chi qismlarini oʻqigandan soʻng.} istagan parchasini oʻqisin.

Said Nursiy
***
— 14 —
SHOMLI HOFIZ TAVFIQNING PARCHASI
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Muqaddima: Ma'lum boʻlsinki: "Zubdat-ur-Rasoil Umdat-ul Vasoil" nomli qutb-ul orifiyn Ziyovuddin Mavlono Shayx Xolid (Quddisa sirruhu)ning maktubot va risola-i sharifalaridan olingan muqaddas nasihatlarning tarjimasiga doir bir risolani oʻn uch yil muqaddam Bursada Domla Hasan Afandidan olgandim, bir sabab bilan mutolaasiga muvaffaq boʻlolmagandim. Bu kunlarda kitoblarimning ichida bir narsa qidirarkan, qoʻlimga oʻtdi. Dedim: "Bu Hazrat Mavlono Xolid ustozimning hamshahridir. Ham Imom Rabboniydan keyin Tariqi Naqshiyning eng ahamiyatli qahramonidir, ham Tariqi Xolidiya-i Naqshiyaning piridir." Risolani mutolaa qilarkan, Hazrat Mavlononing tarjima-i holida shu parchani koʻrdim: Asxobi Kutubi Sittadan Imom Hokim "Mustadrak"ida va Abu Dovud "Kitobi Sunan"ida, Bayhaqiy "Shuabi Iymon"da rivoyat qilganlari:

اِنَّ اللَّهَ يَبْعَثُ لِهَذِهِ اْلاُمَّةِ عَلَى رَاْسِ كُلِّ مِاَةِ سَنَةٍ مَنْ يُجَدِّدُ لَهَا دِينَهَا

Ya'ni: "Har yuz yilda Janobi Haq bir mujaddidi din yuboradi." Hadisi Sharifiga mazhar va masadaq va muzhiri tom boʻlgan Mavlono Ashshahir, Qutb-ul Orifiyn, Gʻavs-ul Vosiliyn, Vorisi Muhammadiy, Komil-ut Tariqat-ul Oliyyati Val-mujaddidiyyati Xolidi Zuljanohayn (quddisa sirruhu) oxirigacha...

— 15 —

Soʻngra tarixcha-i hayotida koʻrdimki, tavalludi bir ming bir yuz toʻqson uch tarixidadir. Soʻngra koʻrdimki, bir ming ikki yuz yigirma toʻrt tarixida saltanati Hindning poytaxti boʻlgan Jahonobodga kirgan. Tariqi Naqshiy silsilasiga kirib mujaddidlikni boshlagan. Soʻngra bir ming ikki yuz oʻttiz sakkizda ahli siyosatning nazari diqqatini jalb qilib, vatanini tark qilib diyori Shomga hijrat bilan ketgan. Ham ichida koʻrdimki: Hazrat Mavlononing (Q.S.) nasli Hazrat Usmon Bin Affon Roziyallohu Anhga mansub. Soʻngra koʻrdimki; tarjima-i holida iste'dodi fitriy va qobiliyati horiqo bilan yigirma yoshga yetmasdan avval asrning bilingan olimlaridan va alloma-i vaqt boʻlgan, Sulaymoniya tumanida ilm dars berish bilan mashgʻul boʻlgan. Soʻngra ustozimning tarixcha-i hayotini oʻyladim. Qaradim, toʻrt muhim nuqtada tavofuq qilmoqdalar:

Birinchisi: Hazrat Mavlono bir ming bir yuz doʻqson uchda dunyoga kelgan. Ustozim esa arabiy bir ming ikki yuz toʻqson uchda, tom Mavlono Xolidning yuz yili tugagandan keyin dunyoga kelgan.

Ikkinchisi: Hazrat Mavlononing (Q.S.) tajdidi din mujohadasiga boshlangʻichi va muqaddimasi: Hindistoning poytaxtiga bir ming ikki yuz yigirma toʻrtda kirgan. Ustoz esa, aynan yuz yil soʻngra bir ming uch yuz yigirma toʻrtda Usmoniylar saltanatining poytaxtiga kirgan, mujohada-i ma'naviyasi uchun tayyorlangan.

Uchinchisi: Ahli siyosat Hazrat Mavlononing favqulodda shuhratidan vahimaga tushib diyori Shomga naql ettirilishi bir ming ikki yuz oʻttiz sakkizda sodir boʻlgan. Ustoz esa, aynan yuz yil soʻngra bir ming uch yuz oʻttiz sakkizda Anqaraga ketib, ular bilan kelisholmasdan, ularni rad qilib, ranjib takror Vanga ketib bir togʻda yakka yasharkan, bir ming uch yuz oʻttiz sakkiz yilidan keyin Shayx Said hodisasining boʻlishi munosabati bilan ahli siyosatning vahmiga tegilgan, undan qoʻrqib Burdur va Isparta, Kastamonu, Afyon viloyatlarida sakkiz yildan, yigirma besh yil surgun yashagan.

Toʻrtinchisi: Hazrat Mavlono yoshi yigirmaga yetmasdan avval alloma-i zamon hukmida fuhuli ulamoning ustida koʻringan, dars oʻqitgan. Ustoz esa, tarixcha-i hayotini koʻrganlarga va bilganlarga ma'lumki: Oʻn toʻrt yoshida shahodatnoma olib zamonning eng buyuk olimlariga qarshi muorazaga kirishgan. Oʻn toʻrt yoshda ekan, shahodatnoma olishga yaqin talabalarga dars bergan. Ham Hazrat Mavlono naslan Usmonli boʻlgani va Sunnati Saniyaga bor quvvati bilan harakat qilgani kabi, Ustozim Qur'oni Hakimga xizmat nuqtasida, mashrab jihatidan Hazrat Usmoni Zinnuraynning orqasida ketib Hazrat Mavlono (Q.S.) kabi, Risola-i Nur parchalari bilan bor quvvati bilan Sunnati Saniyani tiriltirishga harakat qildi.

— 16 —

Xullas, bu toʻrt nuqtadagi tavofuqlar, tom yuz yil oraliq bilan, Risola-i Nurning dinni quvvatlantirish xususidagi ta'sirlari, Hazrat Mavlononing (Q.S.) Tariqi Naqshiya vositasi bilan xizmati kabi azim koʻrinmoqda. {(Hoshiya) Hazrat Mavlono (Q.S.) millionlab ergashuvchilarining ittifogʻi bilan mujaddiddir va boshdagi Hadisi Sharifning bir masadaqidir. Va modomiki toʻliq yuz yil soʻngra toʻrt muhim jihat bilan tavofuq bilan barobar Risola-i Nur ayni vazifani qilmoqda. Demak nassi Hadis bilan Risola-i Nur parchalari dinni quvvatlantirish va yangilash vazifasini bajarmoqdalar.} Ustozim oʻziga oid madhu-sanoni qabul qilmaydi, faqat Risola-i Nur Qur'onga oid boʻlib madhu-sano Qur'onning sirlariga oiddir. Faqatgina Ustozim bilan Hazrat Mavlononing bir nechta farqi bor.

Birinchisi: Hazrat Mavlono zuljanohayndir. Ya'ni, ham Qodiriy, ham Naqshiy tariqat sohibi ekan, Naqshiylik Tariqati unda yanada gʻolibdir. Ustozim, aksincha, Qodiriy mashrabi va Shozaliy maslagi unda yanada ziyoda hukm qiladi. Men Ustozimdan eshitdimki: "Hazrat Mavlono (Q.S.) Hindistondan Tariqi Naqshiyni ketirgan vaqt, Bogʻdot doirasi, Shohi Geyloniyning (Q.S.) ba'dalmamot, hayotda boʻlgani kabi tasarrufida edi. Hazrat Mavlononing (Q.S.) ma'nan tasarrufi joyi qabul koʻrolmadi. Shohi Naqshband bilan (Q.S.) Imom Rabboniyning (Q.S.) ruhoniyotlari Bogʻdodga kelib, Shohi Geyloniyning ziyoratiga ketib iltimos qilganlarki: Mavlono Xolid (Q.S.) sening avlodingdir, qabul qil. Shohi Geyloniy (Q.S.) ularning iltimosini qabul qilib, Mavlono Xolidni qabul qilgan. Undan soʻng birdan Mavlono Xolid (Q.S.) porlagan. Bu voqea ahli kashfga koʻra sodir boʻlgan va koʻrilgandir. U hodisa-i ruhoniyani oʻsha payt avliyolarning bir qismi mushohada etgan, ba'zilar ham tush bilan koʻrganlar." (Ustozimning soʻzi bu yerda tugadi.)

Ikkinchi Farq: Shudirki: Ustozim oʻz shaxsiyatini manbalikdan chetlatadi, yolgʻiz Risola-i Nurni manba qilib koʻrsatadi. Hazrat Mavlononing (Q.S.) shaxsiyati esa qutb-ul irshod, marji-ul xos va-l a'm boʻlgan.

Uchinchi Farq: Hazrat Mavlono (Q.S.) Zul'ajnihadir. Faqat zamonning taqozosi bilan, Sunnati Saniyaga koʻp quvvat berish bilan barobar -ilmi tariqatni asos tutish jihati bilan- tariqatni yanada ziyoda tutgan, u nuqtada sarfi himmat qilgan. Ustozim esa, shu dahshatli zamonning taqozosi bilan, ilmi haqiqatni va haqoiqi iymoniya jihatini lozim bilib, tariqatga uchinchi darajada qaraganlar.

— 17 —

Xulosa: Boshdagi Hadisi Sharifning "Har yuz yil boshida dinni tajdid qiladigan bir mujaddid yuboradi" va'da-i Ilohiysiga binoan, Hazrat Mavlono Xolid, aksar ahli haqiqatga koʻra, bir ming ikki yuz yilining, ya'ni oʻn ikkinchi asrning mujaddididir. Modomiki tom yuz yil soʻngra, aynan toʻrt jihatda tavofuq qilib Risola-i Nur parchalari ayni vazifani qilganlar, qanoat beradiki, nassi Hadis bilan Risola-i Nur tajdidi din xususida bir mujaddid hukmidadir. Mening Ustozim doimo deydiki: "Men bir askarman, faqat marshal vazifasini bajaryapman. Ya'ni: Qiymat menda emas, balki Qur'oni Hakimning fayzidan tomchilagan Risola-i Nur parchalari ma'naviy marshallik vazifasini bajarmoqdalar." Ustozimning jahllarini chiqarmaslik uchun shaxsini sano qilmayman.

Shomli Hofiz Tavfiq
***

RA'FAT BEY VA XUSRAV VA RUSHDU KABI RISOLA-I NUR SHOGIRDLARINING RISOLA-I NUR BARAKASIGA ISHORA QILGAN, TOPGAN, LATIF TAVOFUQLARI

Risola-i Nurning Ispartaga qay daraja rahmat boʻlganiga dalolat qilgan ajib tavofuqlar, Risola-i Nur sazovor boʻlgan inoyatlarning kulliyatidan muhim bir fardi ham shuki:

Isparta Viloyati sakkiz yildan beri Risola-i Nurning muallifini siynasida saqlagandi va Barla kabi shirin bir nohiyasida Janobi Haqning lutf va karami bilan muhofaza qilgandi. Bu muddat mobaynida asta-asta tarqalgan Risola-i Nurdan minglab odam Ispartada iymonlarini quvvatlantirdilar. Ayniqsa yoshlar juda koʻp foydalandi va fayz oldi. Ustozimizning Barla kabi latif va shirin bir joydagi mashaqqatli va juda ayanchli va eng qattiq qalblarni yigʻlatgan ishkanjali asorati tugaganda, Risola-i Nurning muallifi boʻlgan Ustozimizning nazari Janobi Haqning inoyati bilan Ispartaga yuzlandi. Vahimaga tushgan ba'zi zolim ahli dunyoning tashabbuskorona zohiriy harakatlari bir oddiy sabab boʻlib, Ustozimiz Ispartaga keltirildi. Faqat Ustozimiz tashrif qilgan zamon yoz mavsumining eng issiq zamoni edi. Yomgʻirlar toʻxtagan, Ispartani sugʻorgan suvlar kamaygan, ahamiyatli bir qismining manbai toʻxtagan, daraxtlar sargʻayishni, oʻtlar qurishni, gullar burishishni boshlagandi.

— 18 —

Risola-i Nur eng koʻp tarqalgan joy Isparta viloyati boʻlgani uchun, Risola-i Nur haqidagi inoyati Rabboniyani juda yaqindan tomosha qilgan Risola-i Nurning shogirdlari boʻlgan bizlar, ajib bir voqeaga yana shohid boʻldik. Bu hodisa esa, Risola-i Nur muallifining Ispartaga tashrifidan keyin, bir asr ichida bir yoki ikki marta sodir boʻlgan bu yoz mavsumidagi yomgʻir juda koʻp yogʻdi. Juda hayratomuz bir suratda yogʻgan bu yomgʻir Ispartaning har tarafini tamoman suvlagan, nabototga qaytadan hayot baxsh qilingan, bogʻlar, bagʻchalar boshqa bir latofat kasb etgan; aksarisi deyarli ziroat bilan mashgʻul boʻlgan xalqning yuzlari Risola-i Nur noil boʻlgan inoyatdan va barakasidan boʻlgan bu yomgʻirdan foydalanib kulgan, ruhlari yayaragandi. Janobi Haq kamoli rahmati bilan, bu yoz mavsumining bu shiddatli va haroratli vaziyatini, bahorning eng latofatli, eng shirin va eng xush vaziyatiga almashtirdi. Goʻyo Risola-i Nur bir yuz oʻn toʻqqiz parchasi bilan muallifi boʻlgan Ustozimizni bir tarafdan goʻzal qarshilamoq va mahzun boʻlgan qalbiga tasalli bermoq va gʻamli ruhini xushnud etmoq va boshqa tarafdan ham sakkiz yildan beri yashagan Barlasini unuttirmoq va u muhtasham chinor daraxtini va doʻstlarini va aloqador boʻlgan narsalardan kelgan firoq huznini xotirlatmaslik uchun, Janobi Haqdan bir yuz oʻn toʻqqiz risolaning qoʻli bilan bir yuz oʻn toʻqqiz ming kalimalari tili bilan duo qildi va yomgʻir istadi. Janobi Haq shunday barakali bir yomgʻir ehson etdiki, bir misli toʻqson uch tarixida yogʻganini keksalarimizdan eshitamizki, bu tarix ustozimizning tugʻilish tarixiga tasodif qilish bilan barobar, bu umumiy hodisa-i rahmat boʻlgan juda koʻp yomgʻir xususiy bir suratda Risola-i Nurga qaraganiga bir dalili ham shudirki:

Risola-i Nurning nashriga vosita boʻlgan Ustozimiz kelgan kun Ispartani gʻoyat issiq va yomgʻirsizlikdan chang-toʻzon ichida koʻrgan, Barla kabi bir yaylovdan kelib bunday bir yerda bardoh berolmayman, deb qaygʻurayotgan edi. Uchinchi va toʻrtinchi kuni bogʻlarni qisman kezgan vaqti, sabzavot va oʻt va gullarning suvsizlikdan burushganlarini koʻrib, gʻoyat xafa holda suv istayotgan, yomgʻir talab qilayotgan edi. Birodarimiz boʻlgan Bekir Beydan tegirmoqnlarni aylantirgan suvni koʻrsatib "Ispartaning suvi bu qadarmi?" deb soʻragan edi. Bekir Bey javob berdi: "Goʻljukning suvi qurilgan, kelmayapti.

Ispartaning toʻrtdan birini sugʻorgan bu suvdan boshqa yoʻqdir" dedi. Ustozimizning, Ispartada koʻp talabalari boʻlganidan, ruhan yomgʻirning kelishini istar edi. Oʻsha kuni shunday bir yomgʻir keldiki, ellik yildan beri Isparta bunday hodisani koʻrmagan. U yomgʻir toʻqson toʻqqiz foiz manfaat bergan. Bundan anglashilmoqdaki, u tavofuq tasodufiy emas. Bu rahmat, Ispartaga rahmat boʻlgan Risola-i Nurga qaraydi. Lillahilhamd, bu karami Ilohiy natijasi oʻlaroq Ustozimiz, "Menga Barlani unuttirdi, unutolmaydiganim bir narsa boʻlsa, u ham har yerda boʻlgani kabi, Barlada boʻlgan haqiqiy doʻst va talabalarimdir." deydi.

Mustafo, Lutfi, Rushdu, Xusrav,
Bekir Bey, Ra'fat (R.H.)
***
— 19 —

RISOLA-I NUR BARAKASIGA OID YOMGʻIR HODISASINI QUVVATLANTIRGAN MUHOJIR HOFIZ AHMAD, SULAYMON, MUSTAFO CHOVUSH VA BEKIR BEY VA SHAM'INING (R.H.) BIR IFODASI

[Ispartadagi qardoshlarining ifodasidagi da'voni isbot qilgan quvvatli ikki dalilni koʻrsatadi.]

Ra'fat Bey va Xusrav kabi qardoshlarimizning hayratomuz bir suratda yogʻgan umumiy yomgʻir ichida, Risola-i Nur barakasiga xususiy qaraganiga qanoatimiz keladi. Chunki koʻzimiz bilan yomgʻir hodisasining xususiy bir shaklda xizmati Qur'on va Risola-i Nurga qaraganini ikki surat bilan koʻrdik.

Birinchi Surat: Risola-i Nurning vosita-i nashri boʻlgan ustozimizning masjidi yopildi. Risola-i Nurni yozadigan xorijdagi talabalarining yoniga kelishlari man qilingan hangomda qurgʻoqchilik boshlandi. Yomgʻirga shiddatli ehtiyoj boʻldi. Soʻngra yomgʻir boshlandi, har tarafda yogʻdi, faqat Karaja Ahmad Sultondan e'tiboran bir doira ichida qolgan Barla mintaqasiga yomgʻir kelmadi. Ustozimiz bundan juda xafa boʻlib duo qilardi. Soʻngra dediki: "Qur'onning xizmatiga toʻsiq qoʻyildi, bu qishloqdagi masjidimiz yopildi, bunda bir koyish asari borki, yomgʻir kelmapayti. Unday boʻlsa modomiki Qur'onning koyishi bor, Yosin Surasini shafoatchi qilib, Qur'onning fayzini va barakasini istaymiz." Ustozimiz Muhojir Hofiz Ahmad Afandiga dediki: "Sen qirq bir Yosini Sharif oʻqi." Muhojir Hofiz Ahmad Afandi (R.H.) bir qamishga oʻqidi. U qamishni suvga qoʻydilar. Hali yomgʻir alomati koʻrinmaskan, asr namozi vaqtida, ustozimiz doimo ishongan bir xotirasiga binoan Muhojir Hofiz Ahmad Afandiga (R.H.) aytdiki: "Yosinlar tilsimni ochdi, yomgʻir keladi." Ayni tunda avval yogʻmagan Barla doirasi ichiga shunday yogʻdiki, ustozimizning xonasining ostidagi Choʻpon Ahmadning bogʻidagi devor yomgʻirdan yiqildi. Holbuki Karaja Ahmad Sultonning orqasida va dengiz boʻyida baliq ovlash bilan mashgʻul boʻlgan Sham'i bilan birodarlari bir tomchi yomgʻir koʻrmadilar. Xullas bu hodisa qat'iyyan dalolat qiladiki, u yomgʻir xizmati Qur'on bilan munosabatdordir. U umumiy rahmat ichida bir xususiyat bor. Sura-i Yosin kalit va shafoatchi boʻldi va yomgʻir yetarli miqdorda yogʻdi.

— 20 —

Ikkinchi Surat: Qurgʻoqchilik zamonida yigirma-oʻttiz kun ichida yomgʻir Barlaga yogʻmagan ekan, Yokushboshi chashmasi qilingan bir zamonda manbaiga yaqin, Ustozimiz va biz, ya'ni Sulaymon, Mustafo Chovush, Ahmad Chovush, Abbos Mahmud... falon barobar jamoat bilan namoz oʻqidik. Tasbehotdan keyin duo uchun qoʻlimizni koʻtardik. Ustozimiz yomgʻir duosi qildi, Qur'onni shafoatchi qildi. Birdan u quyosh ostida har birimizning qoʻlimizga yetti-sakkiz tomchi yomgʻir tushdi. Qoʻlimizni tushhurdik, yomgʻir toʻxtadi. Jumlamiz bu holga hayratlandik. Oʻsha vaqtga qadar yigirma-oʻttiz kundir yomgʻir kelmagan edi, faqat oʻsha yomgʻir duosi onida duo qilgan har qoʻlga yetti-sakkiz tomchi tushishi koʻrsatadiki, bunda bir sir bor. Ustozimiz dediki, "Bu bir ishorati Ilohiyadir. Janobi Haq ma'nan deydiki, men duoni qabul qilaman, faqat hozir yomgʻir bermayman." Demak soʻngra Sura-i Yosin shafoat qiladi va haqiqatdan shunday boʻlgan.

Xulosa: Ispartadagi qardoshlarimizning umumiy rahmat ichidagi Risola-i Nurning barakasiga doir da'vo qilgan xususiyatlarni shu ikki quvvatli dalil bilan tasdiq qilamiz.

Sham'i, Mustafo Chovush, Bekir Bey,
Muhojir Hofiz Ahmad, Sulaymon (R.H)
***
— 21 —

SADOQATDA MASHHUR BOʻLGAN BARLALI SULAYMONNING VAZIFA-I SADOQATINI BATAMOM QILGAN ISPARTA SULAYMONI RUSHDUNING BIR BAYONI

Aziz Ustozim!

Qardoshlarimning Yigirma Yettinchi Maktubga kirgan bayonlarini, oʻz fikrimga va hissiyotimga muvofiq topganimdan, ular bu nuqtai nazardan oʻz bayonlarimdir deb boshqa ifoda yozishga ehtiyoj koʻrmadim. Faqat bu oxirgi vaqtlarda Risola-i Nurning karomatiga aloqador boʻlgan ba'zi hodisalar men bilan ham munosabatdor boʻlib vujudga kelganidan, undan bir eslatma hukmida ediki, ular munosabati bilan mening ham bir xususiy bayonim qardoshlarimning xususiy bayonlari ichiga kirsin deb u hodisalardan ba'zi latif tavofuqlarni va ba'zi sodiq tushlarni va bir nechta hodisani yozyapman.

Bu tushlar bir-biriga yaqin va bir necha kun mobaynida koʻrilgan va Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalom ichida boʻlganlari jihati bilan, sodiq tushdir. Chunki, Hadischa sobitdirki, Paygʻambar Alayhissalotu Vassalom koʻrilgan tushda shayton oʻsha tushga qoʻshilolmaydi. Bu sodiq tushdan har biri, garchi tushdir, dalil va hujjat boʻlolmas, faqat har birining ayni ma'noda ittifoqlari bir xushxabar beradi va Risola-i Nurning maqbuliyatiga va Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomning doira-i rizosida boʻlganiga bizlarga qanoat beradi. Jumladan:

Birinchisi: Risola-i Nur shogirdlaridan Rizo koʻradi: Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalom masjidda Hazrat Abu Bakr-is Siddiq Roziyallohu Anhga amr qiladilar: "Chiq, xutba oʻqi." Abu Bakr-is Siddiq yugurib minbarning eng yuqori zinapoyasiga qadar chiqadi, xutba oʻqiydi. Xutba ichida jamoatga deydiki: "Bu aytgan haqiqatlarimning izohlari "Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz" dadir.."

Ikkinchisi: Risola-i Nurning shogirdlaridan Usmon Nuri deydiki: Tushimda, Shamoili Sharifga muvofiq, gʻoyat nuroniy bir suratda Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomni oʻtirgan yerga suyangan bir vaziyatda koʻrdim. Bu onda bir sado keldiki, Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomning bir yordamchisi kelmoqda. Eshiklar birdaniga oʻz-oʻzidan ochildi. Risola-i Nur noshirlarining Ustozi boʻlgan zot ichkariga kirdi. Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalom ustozimizga shafqatkorona bir iltifot koʻrsatib, suyanib oʻtirgan vaziyatdan turdilar. Men ham yigʻlab uygʻondim.

— 22 —

Uchinchisi: Risola-i Nur shogirdlariga uyini ayirgan Shukru Afandidir. Tushda unga deydilarki: "Sening oʻsha uyingga Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalom kelganlar." U ham yugurib borip, Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomni juda nuroniy va sururli bir holda topib ziyorat qilgan.

Toʻrtinchisi: Risola-i Nur shogirdlaridan Nazmidir. Tushida unga deydilarki: "Risola-i Nur shogirdlari iymonsiz oʻlmaydilar, qabrga iymon bilan kiradilar."

Bu tushlar Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalom bilan munosabatdor boʻlish jihati bilan, oʻsha tushlar zamonida "Moʻ'jizoti Ahmadiya Risolasi" munosabati bilan latif va kichik bir- ikki tavofuqning latifliklarini zikr qilaman. Shundayki:

Risola-i Nur parchalaridan bir necha jihat bilan karomati koʻrilgan Moʻ'jizoti Ahmadiyaga doir Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning tahriri zamonida, yetti moʻ'jizoti Ahmadiyaga (A.S.V.) mazhar yetti bolaning bahsiga kelgan vaqtda Meliha ismli yetti yoshli qizim, kutilmagan bir vaqtda xonamdan chiqib Ustozim oʻtirgan uyga keldi, oʻsha yetti bola bahsini ma'sumona bolalardek tinglashni boshladi. Choy ichishni juda yaxshi koʻrgani holda, oʻziga berildi, bolalarning bahsi tugagunga qadar ichmadi.

U soatdan oʻn daqiqa avval, ham Oʻn Toʻqqizinchi Maktub, ham "Me'roj Risolasi" alohida-alohida tahrir etilayotgan edi. Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning bir yuz ellik sahifasi ichida birgina sahifada quruq ustunning yigʻlashidan bahs bor. "Me'roj Risolasi"da olti yuz satrdan birgina satr undan bahs etadi. Farqli tarzlarda, farqli vaqtda, farqli odamlar, farqli kitoblarda birdan birgina soʻzni aytganlarini men eshitdim. U ham, quruq ustunning yigʻlashi edi. Har biri ikki kishidan iborat ikki qism tahrirchilar, ayni kalima ustidadirlar, oʻsha kalimani aytayotgan edilar. Men hayrat bilan dedim: "Ikki taraf ham bir kalimani aytyapsiz." Soʻngra qaradik. Me'rojning tahriri ayni kalimaga kelgani kabi, Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning tahriri ham ayni kalima ustidadir. Biz hozir boʻlganlar shubhamiz qolmadiki, yetti yoshli Melihaning yetti bola bahsiga tavofugʻi va bu ikki qism tahrirchilarning ayni kalimada ittifoqlari, oʻsha Moʻ'jizoti Ahmadiya bahsining bir karomatining bir shu'lasidir.

— 23 —

Yana Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomning maktubi bilan munosabatdor uchinchi bir tavofuq: Milasdan kelgan va u yerga yuborilgan kitoblarning roʻyxatini bir sababga binoan yashirish lozim kelgandi. Ustozim bu roʻyxatni yashirish uchun menga berganini bilar ekan. Bir kun oʻsha roʻyxat kerak boʻlishini oʻylab, mendan soʻramoqchi edi. Faqat soʻramagan edi. Oʻsha kecha turadi, u roʻyxatni joynamozining yonida koʻradi, hayratlanadi. Bu yashiringan yerdan chiqib, qanday bu yerda boʻlsin? Ertalab mendan soʻraydi. "Men keltirmadim, xabarim yoʻq" dedim. Zotan tun yoniga chiqmagandim. Bunda bir ma'no bor. Biz oʻyladik, ayni kun Milasdan roʻyxatga koʻra kitob istashga bir haq qozonish uchun, Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomning, Misr azizi Mukavkisga yozgan maktubi, eski Misrliklarga oid kitoblar ichida boʻlib Istanbulga yuborilgan. Bu maktubning fotoapparat bilan olingan aynining bir surati, oʻsha kechaning kunduzida bizga keldi, u tundagi roʻyxat hodisasiga tavofuq etdi. Bunda shubhamiz qolmadiki, yashiringan oʻsha roʻyxatning oʻz-oʻzidan u yerda boʻlishi, bu maktubi Nabaviyaning kelishiga bir istiqbol va bir ishora edi.

Xullas u kunlarda Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalom tushda Risola-i Nur bilan munosabatdor koʻrilishi va maktub ham ayni vaqtda kelishi, oʻsha kunlarda ta'lif qilingan xastalarga oid yigirma besh davo-yi ma'naviyani bayon qilgan "Yigirma Beshinchi Yogʻdu" va iqtisodga oid "Oʻn Toʻqqizinchi Yogʻdu" va ularning ketidan keksalarga oid yigirma olti umidni bayon qilgan "Yigirma Oltinchi Yogʻdu"ning ta'lif zamonlariga tavofuq etishi shubha qoldirmaydiki: Bu uch risola Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomning maqbuliyatiga sazovor boʻlgan.

Yana Risola-i Nur bilan munosabati namoyon boʻlgan hodisalardan birisi ham shuki, Risola-i Nurning Ispartaga barakaga sabab boʻlganini koʻp alomatlar bilan koʻrdik va koʻryapmiz. Jumladan:

Shukru Afandi ham oʻz uyini, ham marhum qardoshi Nuri Afandining uyini Risola-i Nurning dars va ta'lifiga bergan bir zamonda uning shahardagi uyi bilan yonma-yon ulkan bir gilam binosi yondi. Butun oʻsha ulkan bino yongani holda, Shukru Afandining uyiga oʻtmadi, hatto yongan gilam binosining ichidagilardan boʻlib, gilam binosi bilan Shukru Afandining xonasiga yonma-yon boʻlgan taxta ham yonmadi. Bu vaziyatni koʻrgan harkas hayrat ichida qoldi. Faqat Risola-i Nur bilan aloqalari boʻlganlarning shubhalari qolmadiki; Shukru Afandi Risola-i Nurning ta'lifiga bu ikki uyni bergani uchun, uning barakasi bilan hayratomuz bir suratda ham oʻz xonasi, ham marhum qardoshining xonasi oʻsha mudhish yongʻindan xalos boʻldi.

— 24 —

Ham Risola-i Nur yozda qandayki koʻp yomgʻir va rahmatga sabab boʻlgani dalillar bilan bayon qilinib Gʻavsi Geyloniyning (Q.S.) karomatiga doir risolada qayd qilingan hodisa Risola-i Nurning bir karomati boʻlgani kabi; bu yilgi qishda Risola-i Nurning faoliyat markazi Barladan Ispartaning bogʻlariga naql qilingan edi. Bogʻlarda sovuq va boʻron shahardan juda shiddatli boʻlardi. Bu shiddatli qishda Risola-i Nurning darsi tark boʻlmaslik va noshiri ham bardosh qila olishi uchun, bir asari rahmat boʻlib bu yilning qishi gʻoyat moʻ'tadil oʻtdi. Ha, hamma biladiki, hozirga qadar bunday moʻ'tadil va ba'zi kunlari yozga oʻxshash tarzda bir qish bu yaqin zamonlarda koʻrilmagandi. Xullas bugun yangi mart oʻn ikkisi, eski fevral yigirma yettisi. Sitta-i Savr deyilgan boʻronli olti mashhur kunning uchinchi kuni boʻlgan bu kun navroʻz kuni kabi ochiq, goʻzal. Qandayki Risola-i Nurning barakasi sababli rahmati Ilohiya yoz oʻrtasida bir bahor keltirganini qanoat beradigan alomatlar bilan koʻrgandik; xuddi shuning kabi bu qish oʻrtasida Risola-i Nurning barakasi sababli bir kuz mavsumi boʻlishiga bir vasila boʻlganiga qanoat etdik.

Ham Risola-i Nur Parchalaridan "Iqtisod Risolasi"ning ta'lifiga juda yaqin bir zamonda, Ustozimning tirikchiligidagi iqtisodi ifrot darajasiga kirgandi. Men va Xusrav va yana boshqa birodarlarimiz barchamiz bilamizki: Ustozimiz xasta boʻlmagani holda, butun Ramazonda yegan ovqatini hisobladik, birgina baton non, yarim oʻqqa suzma, bir yuz ellik dirham guruch edi. Biz taxmin qildikki, yigirma toʻrt soatda uch xurmo donasi qadar ozuqa bilan zahmatsiz idora qildi. Otiqqa ishtahasi boʻlmagani uchun, yemas edi. Bu hol Ramazondan soʻng unga yozdiriladigan boʻlgan "Iqtisod Risolasi"ning barakasiga va moborakiyatiga va karomatiga bir ishora edi.

Va yana Risola-i Nurning dinni quvvatlantirish haqida xizmatiga ishora qilgan bir boshqa hodisa shuki: Ispartaning nufuzli bir olimining taxminan oʻttiz-qirq yil avval yozgan istiqbolga doir qasidasining parchalari Risola-i Nurga tom tavofuq qiladi va Risola-i Nurni koʻrsatadi. Shundayki:

— 25 —

Alloh rahmat qilsin va qabri purnur boʻlsin, Topal Shukru Afandi ismli ahli qalb va Ispartaning bir madori faxri boʻlgan zotning karomatkorona bu yerda mashhur bir she'rini koʻrdim, keltirib birodarlarimga koʻrsatdim. Dedim: Bu zot bu zalolatli zamonimizdan bahs qilgani kabi, bir bandi ham jahon urushidan bahs qilayotgandek koʻrinadi. Chunki bu she'rida deydi:

«Ofarin falakkaki, urdi quturni quturga»

Ya'ni, butun dunyo kofirlarini bir-biriga hujum dildirdi. Va ikki satr soʻngra yana deydi:

"Asr bozori ichra butun oldi-berdi, kufru zalol

Xaridor qolmadi, din tushdi arzondan arzonga."

Ya'ni u asrning bozorida oldi-berdi dinsizlik qoʻlida boʻladi, dinsizlik hukm qiladi, din gʻoyat arzon tushadi va Islomning shiori yashirinadi. Soʻngra deydi:

"Shukriy yo bilmasman asrori gʻaybdan ammo;

Yo oldin, yo orqa, taxmin etaman uch oʻttizga."

Oʻzi tafsir qiladi. Ya'ni, oʻttiz uchga shiddatli qofiyasini koʻzlash uchun, oʻttiz uch oʻrniga "uch oʻttiz" degan. Ham jahon urushiga ishora qilgan bayoni bilan, "dinsizlik dasturlari, qonunlari oʻsha asr bozorida hukm qilgan..." bayonining oʻrtasida shunday deydi:

Erish ey avni shariat {(Hoshiya1) Shariat jifr bilan toʻqqiz yuz sakson (980) boʻladi. Risolat-un Nur ham النُّور dagi lomi asliy lom boʻlsa, jifr bilan toʻqqiz yuz yetmish sakkiz (978) boʻlib, ikki farq bilan tavofuq qiladi.} erish ey muhyiddin!

Alami riyshi {(Hoshiya2) Rish: Jarohat, yara degani.} jafo siynadan erishdi magʻzga."

Hozir mening qanoatim kelyaptiki, bu zot oʻttiz uch yilidan soʻngra Risola-i Nurni Ispartaning yordamiga chaqiradi. "Ey avni Shariat! Ey Muhyiddin, yetish!" deydi. Ya'ni, vafotidan taxminan oʻttiz uch yil soʻngra Shariatga va dinning shiorlariga, Ispartaga yetishadigan bir nurni chaqiradi. Janobi Haq duosini qabul qilganki, vafotidan oʻttiz-qirq yil soʻng Risola-i Nur oʻsha vazifani qilgan.

Talabangiz va Xizmatkoringiz
Sulaymon Rushdu
— 26 —

RISOLA-I NURNING MUSODARA HODISASI MUNOSABATI BILAN ISPARTA SULAYMONI RUSHDUNING, AVVALGI BAYONIGA ZAYL OʻLAROQ YOZGAN BIR BAYONI

Risola-i Nur shogirdlarining markazi boʻlgan Shukru Afandining uyining qoʻshnisi sakson yoshli muhtaram Alil Usmon Chovush ismli bir zot Risola-i Nur noshirlariga hujum zamonidan bir kun soʻngra tushida koʻradiki: Quyosh bilan Qamar barobar boʻlib uyning ichiga kirib porlamoqdalar.

Boshqa bir tushda Gilamchi Mustafo Afandining nevarasi Bekir yana ranjituvchi hodisadan bir-ikki kun soʻngra koʻradiki: Quyosh qibla tarafidan chiqmoqda. Nurlari ichida quyosh yuzida Risola-i Nur noshirining surati aks etib, aynan quyoshning kursisida koʻrinadi.

Ham dindor bir ayol, yana hodisadan soʻngra koʻradiki: Samovotdan muborak qogʻozlar yogʻmoqda. Soʻraydilar: "Bu nima?" Tushda deganlar: "Risola-i Nurning sahifalari." Ya'ni, ta'bir jihatidan Risola-i Nur, Qur'onning tafsiri boʻlgani jihat bilan, vahyi samoviy boʻlgan Qur'onning samoviy va ilhomiy bir tafsiridir. Ham yomgʻir kabi, insonlarga koʻplab rahmatdir.

Hodisaning boʻlishidan avval, Risola-i Nur shogirdlarining har biri bir jasadning a'zolari kabi, bir jihatda oʻsha jasadga kelgan ta'sirli bir illatni barcha a'zoning his qilishi navidan, bu hodisani Risola-i Nurning toʻrt shogirdi boʻlishidan bir-ikki kun avval shunday koʻrdilar: Uchovi, ya'ni Mahmud Zuhdu, Halil Ruhi, Mahmud Niyozi Risola-i Nur noshirlarining ustozini vafot qilgan koʻradilarki, vafot esa ta'bircha Risola-i Nurning toʻxtashini xabar beradi. Toʻrtinchisi: Fozil Bey koʻradiki: -Hodisadan bir kun avval - Javonda kitoblarni titkilaydi, ba'zi kitoblarni tushiradi. Ustoz menga hiddat qiladi, men ham deyman: "Ra'fat tushirdi." Birdan xonani polislar toʻldiradilar, hamma narsani oladilar.

Ham bundan yetti yarim oy avval Risola-i Nur noshirlariga kelgan ayanchli politsiya idorasiga chaqirish masalasida Risola-i Nurning shogirdlarining toʻrttasi (ayni hodisani bir-ikkitasi, ya'ni Rushdu bilan Lutfi aynan koʻradilar, ikkalasi ham oz bir ta'bir bilan) ayni hodisani koʻrishlari va bu dafagi hodisani, yana toʻrt dona shogirdlar aynan koʻrishi koʻrsatadiki, Risola-i Nur shogirdlari bir jasadning a'zolari kabidirlarki, Risola-i Nurga kelgan hodisani bir jasadning a'zolari kabi his qiladilar.

— 27 —

Ham Risola-i Nur shogirdlaridan Bekirga oʻsha musibat kunidan bir kun avval biri degan: "Ustozing seni chaqirmoqda!" Bir oldindan sezish hissi bilan ikkinchi kun Ustozining boshiga kelgan va rahmati Ilohiya bilan yengil oʻtgan mudhish musibatni, dushmanlarning rejalari darajasida buyuk, ogʻir his qilgan tarzida, yigʻlab gʻoyat qoʻrqoqlik va hayajon bilan yugurib keldi. U hayajon va yigʻlashiga hech sababi zohiriy yoʻq ekan, yana hayajonini, yigʻlashini toʻxtatolmayotgan edi. Demak, Risola-i Nurga kelgan musibat shogirdlarini karomatkorona ogohlantirayotgan edi.

Ham musibatning oʻsha kunida ustozimiz aylanishdan qaytarkan, Xusrav va Mahmudning xabari bilan, birdaniga sababsiz ahli dunyoga qarshi shiddatni boshlagan. Yigirma besh yil avval Devoni Harbi Urfiyda oʻzining qatl qarorini kutarkan, sababsiz, qalbsiz, unvonli ikki odam, mahbus boʻlgan kamerasiga tahqirlash uchun kelgan paytlari gʻoyat ajib bir suratda aytgan u holga maxsus mashhur bir haqoratni uch marta zolim va gʻarazkor ahli dunyoga qarshi sarf qiladi. "Mendan nima istaysizlar!" deb baqirib takror qiladi. Soʻngra jim boʻladi. Ayni daqiqada zobita, uyni bosish uchun yetti-sakkiz politsiya uyning atrofiga kirgan paytlariga tavofuq qiladi.

Madori Ibrat Bir Hodisa: Risola-i Nur noshirlarining bosimi sababli amirlarining yonida e'tibor qozonish niyati bilan Risola-i Nur noshirlariga yopishganlarning aksi maqsadi bilan ta'zir yeganlarining yuz hodisasidan bir hodisasi shuki:

Sababsiz, yolgʻiz ba'zi gʻarazkorlarning istagi uchun Risola-i Nur noshirlariga bir bahona taqib mahkamalarda parishon qilish va balki mahv qilish uchun suratan oʻzini doʻst koʻrsatib gʻoyat xoinona bir riyokorlik bilan doiramizga kirib olib, bir qator yolgʻonlar bilan amirlarini aldab Risola-i Nur noshirlariga mudhish zarba kelishiga vasila boʻlgan bir odam, e'tibor va maqom qozonish emas, aksincha shunday bir ta'zir yediki, dunyoda qolgancha vijdoni boʻlsa vijdon azobini chektiradi. Ham u oson vazifasidan qiyin bir vazifaga almashtirdilar va hamda unga yolgʻonchi nazari bilan qaradilar. Va yana nafrati ommani qozondi. Va yana tintuv hodisasidan ikki kun soʻngra bir keksa odamni xonasidan chiqarib yoʻlda keltirarkan, u keksa zot birdaniga vafot qilib, moddiy va ma'naviy ma'suliyatga ham ma'ruz qolgan.

— 28 —

Ha, Risola-i Nurga hujum qilganlar oʻsha vaqt kafanini boʻyniga olishi va razolatga burkanishi kerak va ma'naviy jahannamga dunyoda kirishni hisobga olishi kerak.

Ham u musibat hodisasidan ikki kun avval Risola-i Nur shogirdlaridan boʻlmagan va hech biz bilan zehnan mashgʻul boʻlmagan birisi tushda koʻradiki: Ispartaning ostidagi dashtda koʻp oʻrmonlar mavjud. Kuchli bir sel kelmoqda, bu oʻrmonning koʻp daraxtlarini yiqitmoqda. Birdaniga bir zilzila-i arz boʻladi, Risola-i Nur noshiri, koʻylagi bilan haybatli bir suratda yer yorilib chiqadi. {(Hoshiya) Demak bu oʻtgan yilgi zilzila, ya'ni Izmir zilzilasi Risola-i Nurning tirilishiga va maydonga chiqishiga bir alomat va oʻsha tushni ta'bir qiladi. Ha, oʻsha zilziladan avval Risola-i Nur dafn qilingan kabi gʻoyat yashirin parda ostida tarqalayotgan edi. Zilzila boshlagandan keyin eski koʻz qamashtiradigan koʻylagi bilan maydonga chiqdi.} U ham qoʻrquvidan uygʻonadi. Ikki kun oʻtib Risola-i Nurni toʻxtatish va ma'nan tuproqqa dafn qilish niyati bilan kurra-i arzni titratadigan darajada bir xato bilan Risola-i Nurning parchalarini zararli varaqalar navidan qidirib, toʻplab hukumat markaziga, Ichki Ishlar Vazirligigacha yuboradi. Hech bir tashkilot qonun jihatidan javobgarlikka tortish va mas'uliyatni lozim qilgan bir narsa Risola-i Nurda topolmaganidan, u ma'naviy zilzila ichida oʻldirdik, dafn qildik deb oʻylaganlari Risola-i Nur tirilip, yer yorilib maydonga chiqqani kabi, yana oʻsha tush ishora qiladiki, bir zilzila-i azima va bir sel ichida Risola-i Nur bu vatan va millatga bir xaloskor, bir qutqaruvchi suratida musibatzadalarning yordamiga yetishadi.

Risola-i Nur shogirdlaridan
(Yildirim) Sulaymon Rushdu
***
— 29 —
YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING LOHIQASIDAN OLINGAN MUHIM PARCHALAR

Birinchi masala: Birinchi Shu'lada bir-ikki oyatning ishorasida, Risola-i Nurning sodiq talabalari iymon bilan qabrga kirishlarini va ahli Jannat boʻlishlarini, muqaddas bir xushxabar va quvvatli bir bashorat boʻlgani koʻrsatilgan. Faqat bu juda buyuk masalaga va juda qiymatdor ishoralarga toʻliq quvvat beradigan bir dalil istaydi deb kutardim. Koʻpdan beri muntazir edim. Lillahilhamd, ikki alomat birdan qalbimga keldi.

Birinchi Alomat: Iymoni tahqiqiy ilmalyaqiyndan haqqalyaqiynga yaqinlashgan sari ortiq olib tashlanmasligiga ahli kashf va tahqiq hukm qilganlar. Deganlarki: "Oʻlim talvasasi vaqtida shayton vasvasasi bilan faqatgina aqlga shubhalar berib ikkilanishga keltira oladi. Bu navi iymoni tahqiqiy esa, yolgʻiz aqlda turmaydi, balki ham qalbga, ham ruhga, ham sirga, ham shunday latifalarga oʻtadi, ildiz tashlaydiki; shaytonning qoʻli u yerlarga yetisholmaydi, undaylarning iymoni zavoldan muhofazalangan qoladi.

Bu iymoni tahqiqiyga qovushishga vasila boʻlgan bir yoʻlni, valoyati komila bilan, kashf va shuhud bilan haqiqatga yetishishdir. Bu yoʻl xoslarning xossiga maxsusdir, iymoni shuhudiydir.

Ikkinchi yoʻl, iymoni bilgʻayb jihatinda sirri vahyning fayzi bilan burhoniy va Qur'oniy bir tarzda aql va qalbning birlashishi bilan haqqalyaqiyn darajasida bir quvvat bilan zarurat va yaqqollik darajasiga kelgan bir ilmalyaqiyn bilan iymon haqiqatlarini tasdiq qilishdir. Bu ikkinchi yoʻl, Risola-i Nurning asosi, moyasi, poydevori, ruhi, haqiqati boʻlganini xos talabalari koʻrmoqdalar. Boshqalari ham insof bilan qarasalar, Risola-i Nurning iymon haqiqatlariga muxolif boʻlgan yoʻllarni gʻayri mumkin va mahol va imkonsizlik darajasida koʻrsatganini koʻradilar.

Ikkinchi Alomat: Risola-i Nurning sodiq shogirdlarining goʻzal yakunlariga va iymoni komil qozonishlariga shu daraja koʻplab va maqbul va samimiy duolar boʻlmoqdaki, u duolarning ichida hech biri qabul boʻlmasligiga aql imkon berolmaydi. Jumladan, Risola-i Nurning bir xodimi va birgina shogirdi yigirma toʻrt soatda loaqal Risola-i Nur talabalarining goʻzal yakunlari va saodati abadiyaga sazovor boʻlishlari uchun, yuz marta Risola-i Nur talabalariga qilgan duolari ichida hech boʻlmasa yigirma-oʻttiz marta iymonlarining salomatligi va xususiy goʻzal yakunlari va iymon bilan qabrga kirishlari uchun ayni duoni eng ziyoda qabulga sabab boʻlgan sharoit ichida qiladi.

— 30 —

Ham Risola-i Nur talabalari, bu zamonda har jihatdan ziyoda hujumga ma'ruz iymon xususida bir-biriga iymonning salomatligi haqidagi samimiy, ma'sum lisonlari bilan duolarining yakuni shunday bir quvvatdadirki, rahmat va hikmat uning raddiga ruxsat bermaydi. Farazan majmui e'tibori bilan rad qilinsa ham, bittagina ularning ichida qabul qilinsa, yana har biri iymonning salomatligi bilan qabrga kirishiga kifoya boʻladi. Chunki har bir duo umumga qaraydi.

Said Nursiy
***

(Risola-i Nurning karomatining bu atrofda koʻringan koʻp tomchilaridan bir-ikki hodisa bayon qilaman.)

Birinchisi: Xatib Mahmud (Rahmatullohi Alayh) ismli haqiqiy keksa bir talaba Keksalar Risolasini yozayotgan edi. Nihoyat Oʻn Birinchi Umidning oxirlarida va marhum Abdurrahmoning vafotining aynan qarshisida qalami "La ilaha illa hu" yozib va lisoni ham "La ilaha illalloh" deb goʻzal xotimaning muhri bilan sahifa-i hayotini muhrlab, Risolat-in Nur talabalarining iymon bilan qabrga kirishlariga doir boʻlgan ishoriy bashorati Qur'oniyaga vafoti bilan imzo qoʻygan. (Rahmatullohi Alayhi Rahmatan Vasi'a.)

Ikkinchisi: Sizning ta'lifingiz boʻlgan Mundarijaning tahririda bir kotib nuqson qoldirgan bir sahifani Tahsinga yozgin dedim. U ham yozishni boshladi. Qop-qora siyohdan va toza qalam bilan birdan, yozganingiz ikkinchi jild mundarijasining maqbuliyatiga hujjat oʻlaroq u qora siyoh goʻzal bir qizil suratini oldi. Yarim sahifa qadar biz bu gʻarib hodisaga taajjub qilib qararkan, u siyoh qop-qoraga aylandi. Sahifaning qolgan yarmi, ayni qalam ayni siyohdon toʻliq qora yozildi. Bir payt Barlada bogʻlardagi uyda Shomli Hofiz va Mas'ud, Sulaymonning mushohadasi bilan ayni hodisani boshqa shaklda koʻrdik. Shundayki:

— 31 —

Men yaxshi koʻrmaganim uchun qora siyohni qisman toʻkdim. Birdan qolgani juda ham yoqtirganim goʻzal bir qizilga oʻzgardi, Risola-i Nur kotiblarini shavqlantirdi, koʻzimizga silsila-i karomatning bir uchini va izini koʻrsatdi.

Said Nursiy
***

[Bu kunlarda ma'naviy bir suhbatda bir savol va javobni tingladim. Sizga qisqa bir xulosasini bayon qilay.]

Biri dedi: Risola-i Nurning iymon va tavhid uchun ulkan ustida toʻxtalishlari va kulliy jihozlanishlari borgancha koʻpaymoqda va eng qaysar bir dinsizni jim qilish uchun yuzdan biri kifoya ekan, nima uchun bu daraja qizgʻinlik bilan yana yangi ustida toʻxtalishlar qilmoqda?

Unga javoban dedilar: Risola-i Nur yolgʻiz bir juz'iy buzgʻunchilikni va bir kichik xonani ta'mir qilmayapti; balki kulliy bir buzgʻunchilikni va Islomiyatni ichiga olgan va togʻlar kattaligida toshlari boʻlgan bir qamrovli qal'ani ta'mir qilmoqda. Va yolgʻiz xususiy bir qalbni va xos bir vijdonni islohga harakat qilmayapti; balki ming yildan beri tayyorlangan va yigʻilgan buzgʻunchi vositalar bilan dahshatli yaralangan qalbi umumiyni va xalq tushunchasini va umumning va ayniqsa avomi moʻminlarning suyanchiqlari boʻlgan Islomiy asoslarning va jarayonlarning va shiorlarning sinishi bilan buzilishga yuz tutgan vijdoni umumiyni, Qur'onning i'jozi bilan va keng yaralarini Qur'onning va iymonning dorilari bilan davolashga harakat qilmoqda.

— 32 —

Albatta bunday kulliy va dahshatli buzgʻunchilikka va raxnalarga va yaralarga haqqalyaqiyn darajasida va togʻlar quvvatida hujjatlar, jihozlar va ming tiryoq xususiyatida sinalgan dorilar va hadsiz davolar boʻlishi kerakki; bu zamonda Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning i'jozi ma'naviysidan chiqqan Risola-i Nur, u vazifani qilish bilan barobar, iymonning hadsiz martabalarida taraqqiyot va inkishoflarga sababdir deb uzun bir suhbat jarayon qildi. Men ham tamoman eshitdim, hadsiz shukr qildim.

Bu hodisa munosabati bilan, yana bu kunlarda xotirimga kelgan bir voqeani bayon qilaman:

Men namoz tasbehotining oxirida oʻttiz uch dafa kalima-i tavhidni zikr qilarkan, birdan qalbimga keldiki: Hadisi Sharifda "Ba'zan bir soat tafakkur bir yil ibodat hukmiga oʻtadi." Risolat-un Nurda oʻsha soat bor, harakat qil oʻsha soatni top, eslatildi. Gʻoyo ixtiyorsiz bir suratda Qur'onning Oyat-ul Kubrosining ikki tafsiri boʻlgan ikki Oyat-ul Kubro risolalaridan xulosalangan tafakkuriy bir soʻzlashish toʻliq bir soat davom qildi. Qaradim, sizga yuborganim "Oyat-ul Kubro Risolasi"ning birinchi maqomining xulosasidan tanlangan goʻzal bir sirrini xulosa bilan Yigirma Toʻqqizinchi Arabcha Yogʻdudan chiqarilgan nurli, shirin ifodalardan tarkib topmoqda. Men kamoli lazzat bilan har kun tafakkur bilan oʻqishni boshladim. Bir necha kun soʻngra xotirimga keldiki: Modomiki Risola-i Nur bu zamonning bir murshididir; talabalariga bir virdi akbar boʻla oladi deb qalamga oldim; va barcha risolalarning xususiy manbalari, ma'danlari boʻlgan mingdan ziyoda Qur'on oyatlarini oʻz Qur'onimda oldinroq ishoralar qoʻyib bir Hizbi A'zami Qur'oniy qilishni niyat qildim; hozir bu "Hizbi A'zam" va bu "Virdi Akbar" Risola-i Nur mansublariga, ba'zi muborak ayyomlarda oʻqilishi uchun, bir zamon sizga ham yuborilishiga haqqingiz bor. Inshaalloh bir zamon soʻngra sizga yuboriladi, ba'zi kalimalarini tarjima va bir qism qaydlarimni tushuntirish uchun vaqt topsam, gʻoyat qisqa hoshiya kabi bir narsa yozaman.

Umum qardoshlarimga va xizmati Qur'oniyadagi barcha birodarlarimga hasrat va ishtiyoq bilan minglab salom...

Said Nursiy
***
AMIN VA TAHSIN VA HILMINING BIR BAYONI.
YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING BAYONLARI ICHIGA KIRISHGA MUNOSIB KOʻRILDI

Bu kunlarda ziyoda bir sezgirlik bilan risolalarga qaralganidan, inoyatning himoyasi ham bir navi sezgirlik bilan ikromini koʻrsatdi. Gʻoyat juz'iy bir namunasi shuki: Risola-i Nur shogirdlariga tirikchilik jihatida bir ikromi Ilohiy va kichik, faqat hayratga loyiq va gʻoyat latif bir tavofuq voqelikdir. Risolat-un Nur xizmatining shubhasiz bir karomatidir. Ha, Risola-i Nurning bir silsila-i karomatining manbai boʻlgan tavofuq, bu hodisalarda oʻsha jinsdan olti adad tavofuqlarning ittifogʻi esa, tasodif ehtimolini ildizi bilan kesadi deb hukm qildik. Shundayki :

— 33 —

Bir necha kundan beri ustozimizning ziyoratiga bormaganimizdan qardoshim Amin bilan barobar ustozimizning ziyoratiga bordik. Asr vaqti barobar namoz oʻqigandan keyin bizga amr qildiki: "Sizga ovqat yediraman, bu yerda ulushingiz bor." Takror-batakror: "Yemasangiz menga toʻqqiz zarar boʻladi, chunki yeydiganingiz evaziga Janobi Haq yuboradi," dedi. Ovqat yeyishdan uzrimizni aytgan boʻlsak ham amr qildi: "Rizqingizni yeng, menga keladi." Amrlarini yerda qoldirmaslik uchun lutf qilgan sariyogʻ va qovoq shirinligini non bilan yeyishni boshladik. Hali dasturxonda ekan umid qilinmagan bir vaqtda va bir tarzda va ayni miqdorda bir odam keldi, qoʻlida yeganimiz qadar yangi uzilgan non ayni yeganimiz miqdorda -yongʻoq qadar- sariyogʻ va boshqa qoʻlida bizga berilganning tom bir misli qovoq shirinligi oʻlaroq eshikni ochdi. Ortiq taajjub qilinadigan hech bir jihatda tasodifga yer qolmasdan Risolat-un Nur shogirdlarining rizqidagi barakati Rabboniyani koʻzimiz bilan koʻrdik. Ustozimiz amr qildi: "Ehson oʻn misli boʻladi. Holbuki bu ikrom tamoman mislidir. Demak ulush jihati gʻalaba qildi. Ulush ta'mini esa mezon bilan boʻladi." Soʻngra ayni oqshomda sadaqa jihati ham hukmini koʻrsatdi. Biz koʻrdikki: Non oʻn misli, sariyogʻ shirinligi u ham oʻn misli va qovoq shirinligi koʻp sevmagani uchun qovoq, tuzlangan baqlajon oʻn misli kutilganga xilof Risolat-un Nurdan Ikkinchi Shu'laning bir hafta mutolaasiga muqobil bir ma'naviy haq oʻlaroq keldi. Koʻzimiz bilan koʻrdik. Demak qovoq shirinligining shirinligi sariyogʻning un halvosiga kirdi, oʻzi tuzlamada qoldi.

Risoala-i Nur shogirdlarining chiroyli xizmatiga shoshilinch mukofot koʻrganlari kabi, xizmatda qusur qilganlar ham ta'zir yeganlarini, Ispartada boʻlani kabi, bu yerda ham koʻzimiz bilan koʻrdik. Juda koʻp voqealaridan besh-oltitasini bayon qilamiz.

Birinchisi: Men, ya'ni Tahsin bir kun yangi ochganimiz doʻkon ishlari bilan menga amr qilingan vazifa-i Nuriyani tanballik qilib qilolmadim. Ayni vaqtda shafqatli bir ta'zir yedim. Doʻkonda oʻtirganda birisi menga keldi, almashtirish uchun omonat oʻlaroq yuz lira berdi. Bu pulning sohibiga Alloh uchun bir xizmat qilish niyatida almashtirishga moliya tashkilotiga bordim. Bu pulni sanarkan, oralaridan bir soxta lira chiqdi. Bu sababli soʻroqqa, savol va javob va soʻroqlanishga ma'ruz qolganim kabi, uyimizni ham tintuv qilish lozim boʻldi. Meni mahkamaga berdilar. Faqat tarbiya va shafqat ta'ziri boʻlish jihati bilan, yana Risolat-un Nur karomatini koʻrsatdi, zararsiz xalos boʻldik.

— 34 —

Ikkinchisi: Ustozimizga va Risolat-un Nurga toʻrt-besh yil xizmat qilgan va oʻqittirgan va haqiqatdan tarafdor boʻlgan bir zot qoʻlida dinga oid bir gazeta bilan keldi. Risola-i Nurning maslagiga muxolif bir jarayonning sohiblariga tarafdorona bir holat koʻrsatgan payti, Ustozimning joni juda siqildi. Bir-ikki kun soʻngra shiddatli, faqat shafqatli bir ta'zir yedi. Bir doktor unga dediki: "Agar amaliyot qildirmasang, yuz foiz oʻlim bor." U ham majburan amaliyot qildirdi. Faqat shafqat jihati yordamga yetishib, tez xalos boʻldi.

Uchinchisi: Bir amaldor Risolat-un Nurni kamoli ishtiyoq bilan oʻqirdi. Ham Ustoz bilan koʻrishishga va toʻliq dars olishga harakat qilardi. Birdan bir komisar tarafidan u vahimaga solindi. U ham koʻrishishni va oʻqishni tashlab boshqa shaharga borarkan, birdan sababsiz bir tarzda bir oyogʻi sindi, bir oy chekdi. Yana shafqat yor boʻldiki, hozir takror oʻqishni shavq bilan boshladi.

Toʻrtinchisi: Ahamiyatli bir zot Risolat-un Nurni kamoli taqdir bilan oʻqir-yozardi. Birdan sabotsizlik koʻrsatdi. Shafqatsiz bir ta'zir yedi. Gʻoyat maftun boʻlgan rafiqasi vafot etishi va ikki oʻgʻli ham boshqa yerga ketishi bilan achinadigan bir holga kirdi.

Beshinchisi: Toʻrt yildir Ustozning bozor ichida xizmatiga qaragan bir zot birdan sadoqatini tashlab maslagini oʻzgartirdi. Birdan shafqatsiz bir ta'zir yedi, bir yildir hali chekmoqda.

Oltinchisi: Bir domlaga oid bir hodisadir. Balki halol qilmaydi, biz ham uni koʻrmaymiz. Ta'ziri hozircha qoldi.

Bu hodisalar navidan ham koʻp bor, ham Risola-i Nurga nisbatan qusurga binoan ta'zir boʻlganidan, qat'iyyan shubhamiz qolmadi.

Risola-i Nur Shogirdlaridan
Amin, Tahsin, Hilmi
Ha, tasdiq qilaman
Said Nursiy
— 35 —

Ham Risola-in-Nurning osonlik bilan tarqalishining bir karomatini, bu maktubni yozgan paytimizda va ovqatdagi karomat daqiqasida koʻzimiz bilan koʻrdik. Shundayki:

Ahamiyatli yetti-sakkiz risola va Ishoroti Qur'oniya Shu'lasini muhim bir maktub bilan barobar, bir toʻrvada ahamiyatli bir qardoshimizga bir shaharga yuborgandik. Haydovchi u paketni tushirgandi. Bunday bir zamonda bunday asarlar munofiqlar, josuslar xabar olmasdan, ishonchli bir qoʻl bilan besh kun soʻngra qoʻlimizga oʻtdi. Qanoatimiz keldiki, bir inoyat bizni himoya qilyapti.

Ham Risola-in-Nur haqida inoyati Rabboniyaning latif bir himoyasi shudirki: Qorongʻu bir vaziyatda, qoʻrqitgan bir zamonda josuslarning va qidiruv boʻlimi xodimlarining josusliklari Ustozimizning manzilini oʻrashi daqiqasida bir sichqon ustozimizning bir paypogʻini oldi. Qancha qidirmasak, hech bir yerda topolmadik. U sichqonning uyasini koʻrdik, paypoq u yerga kirishi mumkin emas. Ikki kun soʻngra koʻrdikki, u hayvon oʻsha paypoqni keltirgan, shunday yergaki, yashiringan, ichidagilari unutilgan mahram maktublarning va varaqalarning shundoq yonida qoldirilgan. Holbuki ikki marta u yerga qaragandik, koʻrolmagandik. Ham u paypoqni u yerga keltirish, moʻriga chiqib yuqoridan boʻladi. Gʻoyat ayyor va zakovatli odam faqat u ishni qiladi. Hech bir jihatda tasodif ehtimoli qolmaganidan, ustozimiz dedi: "Bu maktublarni u yerdan olib tashlaymiz." Biz ularga qaradik, garchi siyosat bilan aloqalari yoʻq, faqat vahimachi josuslarga, bizga qarshi chumolini fil qilishga ahamiyatli bir vasila boʻlardi. Biz ham ularni, ham yana bahonaga sabab boʻla olgan boshqa narsalarni olib qoʻydik. U hayajonimizdan josuslar xabar olib angladilarki, tayyorlandik. Hali hujum qilmasdan faqat ikkinchi kun Amin, qoʻlida bir toʻrva bilan manzilga kirdi. Shundoq orqasidan politsiya komisari yashirincha his qildirmasdan kirdi. Aminning qoʻlida kitoblar oʻrnida qatiqni koʻrdi, holatini oʻzgartirdi.

Xulosa: Risolat-un Nurning tarqalishiga qarshi kelgan dushman va josuslarga muqobil bitta sichqon chiqdi, rejalarini chil-parchin qildi.

Ha Tavfiq, Ha Ahmad, Ha Tahsin Hilmi, Ha Fayzi, Ha Said Nursiy
***
— 36 —

Aziz Qardoshlarim!

Siz bilan juda koʻp aloqador va koʻrishishga juda mushtoqman va vaziyatingizni bu sovuq qishda xavotirlanyapman, xayolan siz bilan koʻrisharkan, bir-ikki nuqta hotirga keldi, bayon qilaman.

Birinchisi: Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzning oxirida Qur'ondagi takrorning aksar hikmatlari Risola-in Nurda ham jaroyon qiladi. Ayniqsa ikkinchi hikmati aynan bor. U hikmat shuki: Hamma Qur'onga muhtoj, faqat hamma har vaqt butun Qur'onni oʻqish qoʻlidan kelmaydi, faqat bir sura koʻpincha qoʻlidan keladi. Shuning uchun eng muhim Qur'ondagi maqsadlar aksar uzun suralarga kirgizilib har bir sura bir Qur'on hukmiga oʻtgan. Demak hech kimni mahrum qilmaslik uchun, Hashr va Tavhid va Qissa-i Muso (A.S.) kabi ba'zi maqsadlar takror qilingan. Aynan bu ahamiyatli hikmat uchundirki, ba'zan xabarim boʻlmasdan, ixtiyorim va rizom boʻlmagani holda, nozik iymon haqiqatlari va quvvatli hujjatlar koʻplab risolalarda takror qilingan. Men juda hayrat qilardim: Nima uchun bular menga unuttirilgan, takror yozdirilgan? Soʻngra qat'iy bir suratda bildimki: Hamma bu zamonda Risola-i Nurga muhtoj, faqat umumini qoʻlga kiritiolmaydi. Kiritsa ham toʻliq oʻqiy olmaydi. Faqat kichik bir Risola-in Nur hukmiga oʻtgan bir risola-i jome'ani qoʻlga kiritishi mumkin va aksar vaqtlarda muhtoj boʻlgan masalalarni undan oʻqiy oladi. Va ozuqa kabi, har zamon ehtiyoj takrorlangani kabi, u ham mutolaasini takror qiladi.

Ikkinchi Nuqta: "Oyat-ul Kubro"dan chiqqan "Virdi Akbar" nomli Arabiy risolachaning oxirida "Risola-i Munojotning boshidagi oyatning tafsiri deb Arabcha qismlari ilova qilinsa, barobar oʻqilsa, yaxshi boʻladi. Biz ham nusxamizga yozdik.

Uchinchisi: Aziz qardoshlarim! Koʻp marotaba qalbimga kelar edi: Nima uchun Imomi Ali Roziyallohu Anh Risolat-un Nurga va ayniqsa Oyat-ul Kubro Risolasiga ziyoda ahamiyat bergan deb sirrini kutardim. Lillahilhamd, oʻsha sir eslatildi. Inkishof etgan oʻsha sirga hozircha yolgʻiz qisqa bir ishora qilaman. Shundayki:

Risolat-un Nurning mumtoz bir xususiyati, iymonning eng oxirgi va eng kulliy tayanch nuqtasini quvvatli va qat'iy bayon boʻlgani sababli va bu xususiyat Oyat-ul Kubro Risolasida favqulodda porloq koʻrinadi. Bu ajib asrda kufr va iymon kurashi eng oxirgi tayanch nuqtasiga yoyilib unga tayantiradi.

— 37 —

Masalan: Qandayki gʻoyat ulkan bir jangda va ikki tarafning barcha quvvatlari toʻplangan bir qatorda ikki harbiy qism urushmoqdalar; dushman tarafi eng ulkan qoʻshinining buzgʻunchilik jihozlarini oʻz harbiy qismiga yordam va quvva-i ma'naviyasini favqulodda quvvatlantirish uchun har vositani iste'mol qilib, ahli iymon harbiy qoʻshinining quvva-i ma'naviyasini buzish va a'zolarining tasonudini sindirish uchun har vasilani ishlatadi, ahamiyatli bir suyanchiqni oʻziga mayl ettirib ehtiyot quvvatini tarqatadi, musulmon harbiy qismining har bir askariga qarshi jamiyat va komitetchilik ruhi bilan hamjihat bir jamoat yuboradi; butun-butun quvva-i ma'naviyasini mahv etishga uringan bir hangomda Hizr kabi biri chiqadi, deydi: "Ma'yus boʻlma! Sening shunday tebranmas bir nuqta-i tayanching va shunday magʻlub boʻlmas muhtasham qoʻshinlaring, tuganmas ehtiyot quvvatlaring borki; dunyo toʻplansa, qarshisiga chiqolmaydi, koinotni tarqatolmagan uni tarqatolmaydi. Hozircha magʻlubiyatning sababi, bir jamoatga va bir shaxsi ma'naviyga qarshi bir askarni yuborishingizdir. Harakat qilki, har bir askaring, tayanch nuqtalari boʻlgan doiralardan ma'nan foydalangan quvvatli quvva-i ma'naviya bilan bir shaxsi ma'naviy va bir jamiyat hukmiga oʻtsin!" dedi va tom qanoat berdi. Aynan shuning kabi, ahli iymonga hujum qilgan ahli zalolat, bu asr jamoat zamoni boʻlish jihati bilan, jamiyat va komitetchilik tomizgʻisi bilan bir shaxsi ma'naviy va iflos bir ruh boʻlgan. Musulmon olamidagi vijdoni umumiy va qalbi kulliyni buzmoqda va avomning taqlidiy boʻlgan e'tiqodlarini himoya qilgan Islomiy parda-i oliyani yirtmoqda va hayoti iymoniyani yashatgan an'ana bilan kelgan meros boʻlgan hislarni yondirmoqda. Har bir musulmon bir oʻzi bu dahshatli yongʻindan qutulishga ma'yus holda harakat qilarkan, Risola-in Nur (Risolat-un Nur) Hizr kabi yordamga yetishdi. Koinotni qamragan oxirgi qoʻshinini {(Hoshiya) Koinotni tarqatolmagan bir quvvat u qoʻshinni buzolmaydi!} koʻrsatib, va undan qarshi turib boʻlmaydigan moddiy va ma'naviy yordam keltirish xizmatida horiqo bir itoatkor askari oʻlaroq "Oyat-ul Kubro Risolasi"ni Imomi Ali Roziyallohu Anh kashfan koʻrgan, ahamiyat bilan koʻrsatgan. Tamsildagi boshqa nuqtalarni tatbiq qilinglar, toki u sirning bir xulosasi koʻrinsin.

Said Nursiy
***
— 38 —
AMIN VA FAYZINING BIR BAYONI

[Risolat-un Nurga Oid Toʻrt-Besh Karomatdan Bahs Qiladi.]

Xizmati Qur'oniyada bizdan oʻzgan sodiq va xolis, metin va vafoli qardoshlarimizdan muborak Xusrav va Rushdu kabi zotlar, Risolat-un Nurning xodimlariga va vazifalarining maqbuliyatiga bir alomat boʻlgan ehson qilingan baraka haqida koʻplab bayonlar yozganlar. Biz ham bu qardoshlarimizning bayonlari kabi bu yaqin zamonda barobar koʻringan koʻrganimiz ba'zi hodisalarni qayd qilamiz. Ham namuna uchun yolgʻiz bir qismini bayon qilamiz.

Birinchisi: Bu yaqinda Ustozimiz bilan barobar qirga chiqqandik. Choy qilinishini, ham ikkitadan choy, uchtadan shakar bilan ichilishini amr qildilar. Hammamiz uchtadan shakar bilan ikkitadan choy ichdik. Faqat Amin qardoshimiz bir shakar oʻziga kam boʻlib ichgan. Oqshomga yaqin Risolat-un Nurning tarqalish manbai boʻlgan Ustozimizning xonasiga keldik. Amin shakar qutisiga sarf qilingan shakarlarni qoʻyishni istagan, faqat qutti sakkiz shakardan ortiq olmagan. Amin "Fasubhanalloh" deydi. Oʻn yetti shakar oʻrniga qutti sakkiz shakar bilan toʻlsin, deb taajjub etdik. Bu voqea bizga shuhud darajasida qanoat berdiki, shu sirri baraka Risola-in Nur xodimlariga bir inoyati Ilohiya va bir iltifoti Rabboniyadir.

Ikinchisi: Yana ayni kuni men, ya'ni Mahmud Fayzi oldinroq yozib Ustozga qaytarganim "Hujumoti Sitta Risolasi"ni menga berish uchun yashirgan joyidan qidirarkan, favqulodda bir suratda topilmaydi. Birdan oʻsha onda odatlarining xilofiga boʻlib hech sodir boʻlmagan bir tarzda bir hodisa boʻlishi bilan, koʻzoynaklarini qoʻyib zinapoyaga yuzlanadilar. Ayni vaqtda Risola-i Nurning tarqalishiga va xizmatiga zarar berish niyati bilan josus bir odamning zinapoyaga toʻgʻri zohiran ziyorat maqsadi bilan kelgani koʻriladi. Ustozimizning xavotirlangan boʻlganini his qiladi. Ham Ustozimiz uning nazarini narigi hodisa-i badaniyaga oʻgiradi, unga deydiki: "Koʻryapsan, men uzrliman, ziyoratni boshqa vaqtga qoldir!" U ham qaytadi, ketadi. Ham Hujumoti Sitta, ham Mahmud Fayzi, ham boshqa ishlarimiz oʻsha josuslikdan qutuldi.

— 39 —

Ha, "Hujumoti Sitta" yashiringan muayyan joyidan favqulodda bir suratda yoʻqolishi ahamiyatli bir hodisaning oldini oldi. Ustozda paydo boʻlgan bu xilofi odat holat va oʻsha risolaning joyida boʻlmasligi, qat'iyyan tasodifga berilmaydi. Bir hafta oʻtib oʻsha risolani kutilmagan bir joyda topdik. Ustozimizning amri bilan Amin qardoshimga ahamiyatli bir suratda oʻqidim. Ustozimiz izohlar berardilar. Oʻsha vaqtga qadar unday muhim va ta'sirli dars olmagandik. Demak, bu ikki muhim sirga binoan, risola oʻzini koʻrsatmadi. Bu hodisa Risola-i Nurning sodiq va ixlosli shogirdlari doimo bir hifzi inoyat va himoya ostida boʻlganliklariga shunbha qoldirmaydi.

Uchinchisi: Yana bir voqea-i baraka: Ustozimizning bir oʻqqa (ya'ni kilo) pishlogʻi bor edi. Aksar kunlarda oʻsha pishloqdan yoqtirgani uchun, bir-ikki dafa yer edi va bizga ham berar edi. Ham ovqatsiz boʻlgan aksar vaqtlarida undan yegani holda, olti oy qadar davom qilganini va hali ham yuz dirham qadar oʻsha pishloqdan borligini koʻrib yaqiynan tasdiq qilamiz. Faqat bu hodisa-i barakaning eshittirilishidan soʻng, oldin koʻrinmagan tubi koʻrinishni boshladi, kamligini koʻrsatdi. Ha, baraka xususida hayratga loyiq bir hodisadir. Ham, yarim kilo sariyogʻ, aksar kunlarda ortiqcha sarf qilingani holda, ellik kunga yaqin davomi bilan angladikki, shubhasiz baraka ichiga kirgan.

Ham yana ayni Ramazon Bayramida Ustozning rizosi boʻlmagani holda Tahsin va men, ya'ni Amin bir kilo qadar mayin shakar keltirgandik. Aksar qatiq va sut va shirin qovoqqa va boshqa narsalarga ba'zan yigirma - oʻttiz dirhamdan ortiq qoʻshganlari holda, besh oy davom qildi. Hali ham oʻsha shakardan yuz dirham qadar qolishi, albatta baraka sababi bilandir.

Ham bu atrofdagi shogirdlar, hamma, juz'iy - kulliy his qilgan va e'tirof qiladilarki: Risolat-un Nur bilan mashgʻul boʻlgan paytimiz ham rizqimizda baraka va yengillik, ham qalbimizda bir sevinch va rohat zohiran his qilamiz. Jumladan: Men oʻzim, ya'ni Amin e'tirof qilamanki: Risolat-un Nur doirasiga kirmasdan avval yil davomida ishlardim. Risolat-un Nur doirasiga kirgandan keyin, besh yildan beri uch-toʻrt oy qadar ishlaganim holda, avvalgidan yanada huzurli va yanada xursand bir holda yashashim, yuz foiz Risolat-un Nurning xizmatining barakasi bilan boʻlganiga hech shubham yoʻq. {(Hoshiya) Ha, bor quvvatim bilan tasdiq qilamanki, Amin qardoshimiz mamlakatimizga kelgan payti doimo faol bir suratda har oy ishlardi. Hozir esa, Risolat-un Nurning doirasiga kirgandan soʻng, uch-toʻrt oydan ortiq ishlaganini koʻrmaymiz. Fayzi}

Ham, jumladan Ustozimiz deydiki: "Mening ham qat'iy qanoatim koʻp tajribalar bilan kelganki, men Risolat-un Nurning tahriri bilan mashgʻul boʻlgan paytim, juda zohir bir tarzda ham rizqimda baraka, ham yengillik koʻrardim. Qachon ishlamasam, u holni koʻrolmasdim."

— 40 —

Ham ustozimiz deydi va biz ham tasdiq qilamizki: "Men oxirgi paytlarda angladim: Hozirga qadar ham men, ham doʻstlarim bir haqiqatning suratini boshqa shaklda koʻrganmiz. Shundayki:

Qamoqxonada birgina non, sakkiz va ba'zan oʻn kun menga kifoya kelgani kabi, bu yerda ham aynan oʻsha tarzda yashardim. Ham men, ham qardoshlarim buni mening oz yeyishim va ishtahsizligimga berayotgan edik. Holbuki koʻp alomatlar bilan qat'iyyan angladikki, u ajib hol baraka natijalari ekan. Bir necha dafa sakkiz kunda menga kifoya kelgan bir nonni, ayni ishtaha bilan ishlamaganimdan barakaga sazovor boʻlmagan paytim ikki kunda, ba'zan bir yarim kunda tugatardim. Demak bu oʻn olti va oʻn yetti yildan beri mening mukammal belgilangan ozuqam, Risolat-un Nurning xizmatidan kelgan bir baraka edi. Ha, bizga ham aynalyaqiyn darajasida qanoat kelganki, bu koʻp sonli baraka hodisalari, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning i'jozi ma'naviysining bir shu'lasidir. Ma'nan deydi: "Ey Qur'on shogirdlari! Sizni vazifa-i muqaddasangizdan aksariyat bilan orqa qoldirgan, tirikchilik gʻamidir. U esa Qur'onning fayzi bilan baraka navidan sizlarga berilmoqda, vazifangizni qiling."

اَللَّهُمَّ بِحَقِّ اِسْمِكَ الْاَعْظَمِ وَبِحُرْمَةِ رَسُولِكَ اْلاَكْرَمِ يَسِّرْلَنَا خِدْمَةَ الْقُرْاَنِ بِنَشْرِ رِسَالَةِ النُّورِ بِالدَّوَامِ بَيْنَ اْلاَنَامِ فِى عَالَمِ اْلاِسْلاَمِ اَمِينَ اَمِينَ اَمِينَ

Ham baraka hodisalarining ayni zamonida Risolat-un Nurning bir karomati oʻlaroq bir shogirdining minglar lira qiymatida uyining, unga juda yaqin dahshatli bir yongʻindan umid qilinmagan bir suratda Risolat-un Nurning barakasi bilan qutulishi va Risolat-un Nurning tarjimoniga oxirat jihatidan koʻp aloqadorlik koʻrsatgan bir xonim, oʻsha dahshatli yongʻinda uyining uchinchi qavatida boʻlgan olmos va javohirlar va oltinlarini qutqarish uchun yugurib chiqqan vaqti otash har tarafini oʻragan, olmos va javohirlarini qutqarolmagani kabi, oʻzini ham butun-butun qat'iy tahlikada koʻrgan vaqtda, Risola-in Nur tarjimoni oʻsha otashdan talabasi uyining qutulishini shiddatli duo qilarkan, oʻsha bechora xonim xotiriga kelgan, "Ajabo, oʻsha yongʻinda u oxiratli singlim boʻlmasin?" deb uni ham Risolat-un Nurni shafoatchi qilib duo qilgan. "Ey Robbim, unga marhamat ayla!" niyoz qilgan. Ayni zamonda u xonim derazani sindirgan, oʻzini ikki qavat balandlikdan hovliga tashlagan, favqulodda bir suratda na shikastlangan, na bir joyi singan. Ham, mis va temirni eritgan oʻsha dahshatli va shiddatli yongʻindan butun uy yongandan soʻng barcha javohirlarini va oltinini, hech biri zoye boʻlmasdan, bir un uni muhofaza qilgan, topgan, olgan. Risolat-un Nurning barakasidan ham jonini, ham molini qutqargan.

— 41 —

Ham mazkur hodisalarning ayni zamonida sodir boʻlishi munosabati bilan Risolat-un Nurning karomatkorona ikki ta'zirini yegan ayni onda vazifa jihatidan ahamiyatli ikki tajovuzkor va azob beruvchi ikki odamning tajovuz va azob berish onida birisining boshiga, boshqasining jigariga urishi {(Hoshiya) Ha, oʻsha tajovuzkorlardan birisi omonlik soʻradi, oʻlimdan qutuldi. Boshqasi bir yil azob chekdi, ham oʻldi.} bizda hech bir shubha qoldirmadiki, xizmati Qur'oniyadagi inoyati Rabboniyaning bir muhofaza va himoya tarsakisidir, "Ortiq toʻxtang, yetar! Ta'zirga haqdor boʻldingiz!" deb ma'nan aytishidir.

Risolat-un Nur Shogirdlaridan
Amin va Fayzi
***
MAHMUD FAYZI YEGAN SHAFQAT TA'ZIRI

Ha, ustozim menga "Moʻ'jizoti Ahmadiyani qardoshim Xusrav tarzida yoz" der edi. Men, ya'ni Fayzi bir oz tanballik qildim. Birdan yigirma sakkizliklar bilan harbiy xizmatga istanildim. Yana ustozim: "Bor, Moʻ'jizoti Ahmadiyani (A.S.V.) yoz. Seni hozir bermayman", dedi. Soʻngra boshladim. U amr bir hafta orqa qoldi. Takror bir nuqson bilan allanechuk Moʻ'jizoti Ahmadiyaning (A.S.V.) yozilishi nuqsonlashdi. Takror harbiy xizmatga chaqirildim. Ustozim: "Bor, yoz" dedilar. Men borib kamoli jiddiyat va sadoqat bilan Moʻ'jizoti Ahmadiyani (A.S.V.) yozishni boshladim. Kutilmaganda ikkinchi dafa amr orqa qoldi. Takror bir uzrga binoan Moʻ'jizoti Ahmadiyani (A.S.V.) yozolmadim. Ustozim dedilar: "Modomiki Moʻ'jizoti Ahmadiyani (A.S.V.) yozishda tanballik qilding, hozir sening vazifang, Risolat-un Nur hisobiga askarlikdadir." Birdan amr kelib, bir shafqat ta'ziri yeyib vazifamga yuborildim. Janobi Haqqa shukrlar boʻlsin, mumkin boʻlgancha Risolat-un Nur bilan mashgʻul boʻldim va mashgʻul qildirildim. Ustozim bizga aytganlari kabi, olti-yetti oy soʻngra boʻshatilib suyukli Ustozimga, Risolat-un Nurning qudsiy vazifasiga qovushdim. Inshaalloh bu aybim afv boʻlgan. Ham Risolat-un Nurda, ham xizmati Qur'oniyada bizlardan oʻzib ketgan Xusrav, Rushdu, Hofiz Ali, Xulusiy, Sabri kabi xolis Qur'on shogirdlarini va qiymatdor qardoshlarimni shafoatchi qilib, oʻsha qusurimning afvini butun ruhim bilan Qur'ondan va ustozimdan iltimos qilaman. Men e'tirof qilamanki, tanballigimning jazosi boʻlib kutilmagan tarzda bir shafqat ta'ziri yedim.

Risola-i Nurning tanbal bir shogirdi, faqat olmos qalamli qardoshlarining gʻayrat va faoliyati bilan faxrlangan
Mahmud Fayzi
***
— 42 —
RISOLA-I NUR SHOGIRDLARIDAN MAHMUD FAYZI VA OʻXSHASHLARIGA XITOBAN BAYON QILINGAN BIR HAQIQAT

Qardoshim Fayzi, modomiki sen Isparta Viloyatidagi qahramonlarga oʻxshashni istayapsan, batamom ular kabi boʻlishing kerak. Eskishahar Qamoqxonasida, Alloh rahmat qilsin, nufuzli bir shayxi murshid va jozibador bir Naqshiy avliyosidan bir zot, toʻrt oy doimiy ravishda Risolat-un Nurning ellik-oltmish shogirdlari ichida va jalbkorona ularning ichlarida suhbat qilgani holda, faqat birgina shogirdni vaqtinchalik oʻziga torta oldi. Qolgani u jozibador shayxga nisbatan behojat qoldilar. Risolat-un Nurning yuksak qiymatdor xizmati iymoniyasi ularga kifoya oʻlaroq qanoat berar edi. U shogirdlarning gʻoyat keskin qalb basirati shunday bir haqiqatni anglaganki:

Risolat-un Nurga xizmat qilgan, iymonini qutqaradi. Tariqat va shayxlik esa, valiylik martabalarini qozontiradi. Bir odamning iymonini qutqarish, oʻn moʻminni valiylik darajasiga chiqarishdan yanada muhim va yanada savoblidir. Chunki iymon, saodati abadiyani qozontirgani uchun, bir moʻminga kurra-i arz qadar bir saltanati boqiyani ta'min qiladi. Valiylik esa, moʻminning Jannatini kengaytiradi, porlattiradi. Bir odamni sulton qilish, oʻn askarni poshsho qilishdan qancha yuksak boʻlsa; bir odamning iymonini qutqarish, oʻn odamni valiy qilishdan yanada savoblidir.

Xullas bu nozik sirni sening Ispartali qardoshlaring bir qismining aqllari koʻrmasa ham, umumining keskin qalblari koʻrganki, men kabi bechora, gunohkor bir odamning doʻstligini avliyolardan, -balki agar boʻlsaydi mujtahidlardan- ham ustun qoʻydilar.

— 43 —

Bu haqiqatga binoan, bu shaharga bir qutb, bir Gʻavsi A'zam kelsa, desa: "Seni oʻn kunda valiylik darajasiga chiqaraman." Sen, Risola-i Nurni qoʻyib uning yoniga ketsang, Isparta qahramonlariga oʻrtoq boʻlolmaysan. Lillahilhamd, bu zamonda Sunnati Saniya doirasida kamoli iymonni qozongan Risola-i Nur shogirdlari avliyolarning, murshidlarning nazari diqqatini jalb qiladigan vaziyatni olganidan, har zamonda boʻlgan haqiqiy murshidlar, har holda bu zamonda Risolat-un Nur shogirdlariga xaridor boʻladilar. Birisini qoʻlga kiritsalar, yigirmata murid qadar qiymat beradilar. Ham zavqli va jozibador valiylik tomchilari qarshisida Risolat-un Nurning xizmatidagi mashaqqat, mujohada, qiyinchilik boʻlganidan, Fayziga xitoban bayon qilingan bu haqiqat qalamga olindi.

Said Nursiy
***
XUSRAVNING BIR BAYONI

Aziz Ustozim!

Yuksak va jiddiy irshodlaringiz bilan qadam tashlashni eng buyuk bir maqsad deb bilgan talabalaringiz, oxirgi paytlarda tashakkurga loyiq bir vaziyatga kirdilar. Xulusi-i soniy besh-oʻn birodarlari bilan, Hofiz Ali atrofidagi yigirma-yigirma beshta birodarlari bilan, muboraklar oʻttiz-oʻttiz besh rafiqlari bilan va ayniqsa Hoji Hofiz Qishlogʻida Ahmadlar va Mahmudlarning juda xolis gʻayratlari bilan umumiyat e'tibori bilan ham hech mobolagʻasiz ming qalam bilan, balki yanada ortiq, eng orqada qolgan Ispartada esa qahramon Rushduning va risolalarni oʻziga tamoman yozgan Mahmud Zuhduning va Kichik Alining va Usmon Nuri kabi faol talabalarning gʻayrat va himmatlari bilan oʻttiz bilan qirq orasida, hatto bir jihatda mumtozlik qozongan Mahmud Zuhduning Kichik Hofiz Ali kabi ham Risolat-un Nurni yozib, ham oʻz uyida bir yuz ellik qadar bolani erkin tarzda uch oydan beri oʻqitishi bilan va atrofida boshqa qishloqlarda boʻlgan oʻn besh-yigirmatadan birodarlari bilan talabalaringiz, Qur'oniy xizmatlarida qizgʻin bir suratda gʻayrat qilmoqdalar. Muboraklarning yozganlari kabi, toʻrtta qishloqda toʻrt oy mobaynida alifbo oʻqimagan qirq-ellik odam Risolat-un Nurni mukammal yozishga muvaffaq boʻlishlari, horiqo bir karomati Risolat-un Nur boʻlganiga qanoatimiz keldi.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Xusrav
***
— 44 —
XULUSIY BEYNING BIR BAYONI

Aziz Ustozim!

Oʻn Toʻqqizinchi Maktubni bir majlisda va bir juma kechasi oʻqimoq niyati bilan oʻzim bilan olgandim. Shiddatli yomgʻirli bir kecha edi. Oʻsha majlisda oʻqish uchun qoʻlimni choʻntakimga qoʻydim, u muborak asar joyida boʻlmaganini hayrat bilan koʻrdim. Asarni qoʻygan choʻntagim yirtiq va teshik boʻlmagani kabi, men ham boshqa hech bir yerda toʻxtamaganimga koʻra, bu holga hayrat qilmaslik mumkinmi? Oʻsha tunni uyqusiz oʻtkazdim, xafa boʻldim. Hazrati Gʻavsdan bu muborak asarni istadim. Lillahilhamd, ertasi kuni bu asarni tinglash bilan namozni boshlagan bir muallim vositasi bilan topildi. Seldek yogʻgan yomgʻir ostida va loy ichida bu muborak asar boʻlsa ham, ortiq oʻqilmaydigan darajada boʻlishini taxmin qilasiz, shundaymi? Shoyoni hayrat va joyi diqqat va madori ibratdirki, eng kichik bir dogʻ ham boʻlmagan. Hofizi Haqiqiy u muborak asarni unga ma'nan va haqiqatdan bogʻliq boʻlganlar kabi muhofaza qilgan. Hofiz va Alim va Hakim ismlarining zohir bir tajalliysi shu tariqa porlagan boʻldi.

Xulusiy
***

Mahram boʻlgan sirri "Inna A'toyna"da jifr bilan istixrojim, aynan "Munozorot Risolasi" da "Bir nur chiqadi, koʻramiz" deb gʻaybiy xushxabarlardagi kabi, ilhomiy va haq bir haqiqatni fikrim bilan tatbiqotimda bir qusur bor edi. U qusur meni bir zamon oʻylantirar edi. "Munozorot" va "Sunuhot" kabi risolalardagi xushxabari Nuriyani Risola-i Nur hal qildi. Doira-i siyosiya oʻrniga yuksak bir doira-i Nuriya bilan oʻsha qusurni ketkazgani kabi, mahram sirri Inna A'toynada, "Oʻn ikki, oʻn uch yil soʻngra Islomiyatga zarba urganlarning boshlariga shunday mudhish bir portlash boʻladiki, qiyomatga qadar unutilmaydi" ma'nosidagi istixroji jifriy juda keng bir doirada boʻlgani holda, nur sirrining aksiga boʻlib, tor bir doirada va xususiy bir hukumatda tatbiq qilish surati bilan fikrim oʻsha keng doirani qamray olmasdan u haqiqatning suratini oʻzgartirgan. Holbuki oʻsha istixroj koʻrsatgan ayni tarixda u rejimning ta'sischisi va boshi dunyodan koʻchdi, zarbasini yedi. Va oʻsha yili parda ostida, bilinmagan va kurra-i arzning aksarisini va nav'-i basharning ulkan qismini istibdodi ostiga olgan bir mudhish jarayonning tuguni va tugmasi va ma'nan boshi va eng mudhish boʻlgan oʻsha koʻchib ketgan odam ta'zir yegan ayni zamonda, hali yil tugamasdan u mudhish jarayonning barcha rahbarlari va tarafdorlari shunday samoviy va mudhish ta'zirlarga va shiddatli toʻfonli musibatlarga tutilishni boshladilarki, qoyomatga qadar azobini tortadilar va tortmoqdalar; va Islomiyatga va samoviy dinlarga qilgan jinoyatlarining jazosini juda keng bir doirada koʻrdilar va koʻrmoqdalar. Mimsiz madaniyatning bu qaytarishi va qusishi bilan dunyoni ifloslantirganlari uchun, ayni istixroj koʻrsatgan tarixda u madaniyatning boshiga shunday samoviy ta'zir tushdiki, eng qorongʻu vahshatdan yanada past tushirdi.

— 45 —

Xulosa: Sirri Inna A'toynada, juda keng bir doira tor bir doirada tatbiq qilingan. Nur xushxabari esa tor va ma'naviy, faqat yuksak bir doira keng va moddiy bir doira suratida tasvir qilingan. Janobi Haqqa yuz ming shukr qilamanki, bu ikki qusurimni يُبَدِّلُ اللَّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ sirriga sazovor ayladi.

Said Nursiy
***
XUSRAVNING BIR IFODASI

Juda Qiymatli va Juda Suyukli Ustozim Afandim!

Hazrati Iso Alayhissalom bilan Dajjol haqidagi mutashabeh hadislardan bir hadisning uch jihat bilan haqiqiy ta'vilini bayon va izoh qilgan Mahmud Fayzi va Amin qardoshlarimizning muborak bayonlarini Sabri qardoshim yuborgan, bugun oldim, oʻqidim. Bu Hadisi Sharifning ma'nosiga va haqiqiy ta'villariga shunchalar muhtoj ekanmanki; issiq qum sahrolarida yillardan beri chanqaganlarga obi hayot uzatgandek ruh va qalbim yangi bir hayot topdi, juda chuqur nafas oldim, barcha latifalarim sevinch bilan toʻldi, zohiriy jasadimdan ma'naviq qalbimga qadar tarqaldi. Sevgili Ustozimiz talabalarini, va Kastamonulik qardoshlarimiz ham bizlarni lutflari bilan toʻydirganlaridan, Janobi Haqqa hadsiz shukr qildim. Boshda suyukli Ustozim, Risolat-un Nurning karomatiga va bu ifodaning fayziga qaragan uch ikrom bilan qarshilashdik.

— 46 —

Birinchisi: Maktubini birlikda taqdim qilganim Sabri qardoshimiz, bu oliy ifoda qoʻliga vosil boʻladigan onda, bir boshqa qardoshiga hodisalardan bahs qilarkan, bu ifodaning ichidagilarini anglatishi...

Ikkinchisi: Bu haqir talabangiz Xusrav ham bu ifodaning ulashishidan bir kun avval Ra'fat Bey bilan gaplasharkan, degandim. "Aziz Ra'fat! Biz Hazrati Iso Alayhissalomning tushishiga intizor qilyapmiz. Bu paygʻambari oliyshon din foydasiga harakat qilgan jarayonning boshlariga tushsa kerak; va u millat ham musulmon boʻladi. Suyukli ustozimizning oxirgi maktublaridan bunday tushunyapman. Bu xususda umidim kuchli. Inshaalloh shunday ham boʻladi" degandim.

Uchinchisi: Otabeyli qardoshlarimning suyukli ustozimga yozgan maktublari-ki, uni ham bu oqshom oldim, oʻqidim, juda ajib koʻrdim. U qardoshlarim ham Usmon Xolidiy bahs qilgan mujaddidi din va u sharafga Janobi Haq noil etgan zotni ham suyukli Ustozimiz boʻlgan Risolat-un Nur boʻlganidan bahs qilmoqdalar. U maktubni ham birlikda taqdim qildim.

Ha muhtaram ustozim, bu kunlarda Risolat-un Nurning favqulodda faoliyati ichida koʻp karomatlarini mushohada qilyapmiz. Hatto shunday deya olamanki: Har bir talabangiz bir oʻzi, bittadan, balki da koʻp karra bunday ikromga va bunday in'omga mazhardirlar.

Milasli Mahmud Afandi, "Bir qishloqda ming qalam bilan Nurga yopishgan qardoshlarimizning qishlogʻidagi faoliyatni biroz mubolagʻali koʻrganlar. Men uni tekshirish uchun keldim" dedi. Risolat-un Nurning bir karomati ediki, bu qishloqning qiymatli, faol bir talabasi Duradgor Ahmad yonimda edi. Men dedim: Haqiqatdan men bu qishloqqa bormadim, qardoshlarimdan soʻrayapman, ular ham der edi: "Ayol-erkak, bola-chaqa Risolat-un Nurni yozgan ming qalam bor." Soʻngra Duradgor Ahmad dediki: "Bizning qishlogʻimiz uch yuz ellik xonadon. Ikki domla, bir hoji, uchta odamdan boshqa barcha uylarimizga Risolat-un Nur kirgan. Ayollari, qiz bolalarigacha yozmoqdalar. Hatto ummiylardan -qirq yoshdan yuqori- yozuv yozgan oʻn qadar qardoshimiz bor" javobida boʻldi. Milasli Mahmud Afandi bu faoliyatga hayron boʻldi.

Talabangiz
Xusrav
***
— 47 —
RISOLA-I NURNING BESH TALABASINING BIR IFODASI

Ispartaning sof ilm manbalaridan bir zot-ki, Tariqati Oliya-i Naqshiya raislaridan va bir ming ikki yuz toʻqson ikki (1292) yoki bir ming ikki yuz toʻqson uch (1293) orasida dori baqoga tashrif qilgan Beshkazalizoda Usmon Xolidiy Hazratlari, maslagi ilmiya va amaliyasi bilan aloqadorona kashfiyot va hodisalarini bir hujjati qat'iya kabi vorislariga vasiyat va xushxabarlarining oʻzginasini ana shunday meros aylagan. Hatto Ustozi muhtaramimizning tavalludiga toʻppa-toʻgʻri boʻlib mazkur tarixda "Iymonni qutqargan bir mujaddid chiqadi, u ham bu yil tavallud qilgan" degan. Bundan tashqari toʻrt farzandidan birisining u zot bilan sharaf qozonishini va koʻrishishini qoʻshgan. Bu bayonoti haqiqiya ana shunday jarayon etgan:

Bir ming uch yuz yigirma yetti rumiy sanasi Otaboyda sunnat va hifz jamiyatlaridan birida ismi yuqorida oʻtgan Usmon Xolidiy Hazratlarining farzandlaridan oxirgisi Ahmad Afandi marhumdan, "Mujaddid, mujaddid deyapsiz, qayerda va kim?" Soʻralgan savolga javoban: "Ha, hozir mavjud va oʻttiz besh yoshlarida." degan.

Ikkinchidan: Ispartaning Yanicha Mahallasidan va qardoshlarimizdan Nuri tarafidan marhum nomi oʻtgan Ahmad Afandidan "Padaringiz, mening farzandlarimdan birisi oʻsha mujaddid bilan suhbatlashadi va qoʻl berib salomlashadi, degan, qanday qilib?" deb soʻralgan. Javoban Ahmad Afandi marhumning "Ha, toʻgʻri. Men u bilan koʻrishdim" javobida boʻlishi, ushbu kashfiyot va bayonotga mador boʻlgan. Yuqorida ismlari oʻtgan Usmon Xolidiy Hazratlarining mustasno tasbehot va tahmidotining biri وَ اَنْ لَيْسَ لِلْاِنْسَانِ اِلاَّ مَا سَعَى oyati karimasining fazlu tavfiqiga sigʻinib Ispartaning janubida, togʻda Sidra nom mavqeda chilla muborak kunlarini qutlash va faqat tasbehot bilan mashgʻul boʻlishga niyat bilan qirq kunlik ozuqaga ayirgan, har bir kun uchun ellik dirham miqdorida bir bazlama nonidan qirq dona boʻlgan bir tahsisotni bir-ikki kunda yeydilar va qirq kunda ortiq ovqat yemasdan u maxsus joyda vaqtlarini oʻtkazadilar va tasbehotda boʻladilar. Tugatganlarida, orqa qaytganlarida muborak lablari bir-biriga yopishadi, pichoq bilan takror ochadilar. Biroz ilgarida shu asri hozir uchragan va uchraydigan kuchli kutilgan va oʻylangan safohat va tanbalikka qaramasdan shayxlik dasturini cheklash va faqat ma'naviy xastalik shifokorligini unutmasdan va e'tiborsiz ham qoldirmasdan shahodati qat'iyyasini koʻrsatib sahifa-i hayotini bir ming ikki yuz toʻqson ikkida (1292) imzolagan.

— 48 —

Vanda ta'sisiga boshlangan Madrasa-i Zahroning qoldirilishi, "Doktor xastaga juda lozim" ma'nosi bilan, oʻn toʻqqiz ming oltin ajratilgan pul va orqasida Sulton Rashod, bu yogʻida ikki yuz deputatdan bir yuz oltmishdan ortiqning fikran qoʻshilishi bir yuz ellik ming banknotni qabul qilganlari holda, moddiy jihatdan amalga oshirib boʻlmadi. Har holda Hakimi Mutlaq, Qodiri Mutlaq yanada ahsan suratini tilaganki, u Sultoni Azaliyning lutfi bilan, moddiyotga minnat qilmasdan, Haza min fazli robbi, Alhamdulilloh, Ispartada Risola-i Nurning ta'lifiga manba boʻlishi va ma'naviy Madrasat-uz Zahro hukmiga oʻtishi, bepoyon qusurlarimizning balki da toʻsilishiga inshaalloh vasila boʻlishini Janobi Arhamurrohimiyndan tilab, ushbu dastgohi ma'naviyni quvvatlantirib Usmon Xolidiyning qiymatdor va ma'nodor sodiq va mashhur xabarlarining moʻljali va bahs qilingan kishi kundan yanada oshkora bir holda zuhur etgandir.

Shu ketma-ket musbat voqealar biz ojiz xizmatchilarga vazifa-i asliymizda alohida nazari diqqatni jalb qilganiga xabardor boʻlgandan soʻng, ming hamdu sano bilan huzuri Ustozga bitta-bittadan vujudi ma'naviyimiz bilan koʻrinamiz va muborak qoʻllarini oʻpamiz. Ayni gʻoyaga yordamga yugurgan va ayni dastgohning aloqadorlari boʻlgan Kichik Xusrav va Fayzi, Nazif, Amin, Tahsin, Tavfiq, Hilmi kabi qardoshlarimizga arz qilamiz.

Risola-i Nur Shogirdlaridan
Hasan, Usmon, Tohiriy, Abdulloh, Xulusi-i Soniy Sabri

Aziz Qardoshlarim!

Bu kunlarda Tafsirning va Oʻninchi Soʻzning tavofuqlariga qaradim. Oʻz-oʻzimga dedimki: "Bu ziyoda tafsilot isrofdir; ahamiyatli masalalar koʻp, vaqt zoye boʻlmasin." Birdan eslatildiki: "U tavofuq ostida juda ahamiyatli masalalar bor. Ham modomiki tavofuqda bir inoyati xossa va bir iltifoti Rahmoniy Risolat-un Nurga nisbatan namoyon boʻlgan; u iltifotga qarshi hissi shukron va mamnuniyat va mutashakkirona sevinch qanchalar ifrotkorona ham boʻlsa, isrof boʻlmaydi." Bu eslatma xulosasini ikki jihat bilan izoh qilaman.

— 49 —

Birinchisi: Har narsada, -qanchalar juz'iy boʻlsa ham- bir qasd va irodaning jilvasi boʻlishidir. (Tasodif haqiqiy boʻlib boʻlmasligidir.) Ha, kasratning eng tarqoq va eng ziyoda tasodifga berilgan, kalimalardagi harflarning vaziyatlaridir. Xususan kotiblikda modomiki hech munosabati boʻlmagan va ixtiyori bashar qoʻshilmagan harflarning vaziyatlarida bir uygʻunlik, bir nizom mavjud; albatta bir iroda-i gʻaybiy ostida vaziyatlar berilmoqda. Hech bir narsa, doira-i ilm va qudratidan xorij boʻlmagani kabi, doira-i iroda va istakdan ham xorij emasdirki, bunday juz'iy va tarqoq narsalarda ham bir uygʻunlik koʻzlanmoqda va tartiblanmoqda. Va u tartiblash ichida iroda-i omma jilvasidan inoyati xossa suratida Risolat-un Nurga bir imtiyoz navidan xususiy bir e'tibor berilgan. Men bu chuqur masalani toʻliq koʻrish uchun "Ishorot-ul I'joz"ning tavofuqotiga diqqat qildim va qat'iy bir qanoat bilan oʻsha sirni bildim va his qildim.

Ikkinchisi: Qandayki juda muborak va qudsiy buyuk bir zot, gʻoyat faqir va muhtoj bir odamga umid qilinmagan bir tarzida iltifotkorona bir idishda ba'zi qogʻozlarga oʻralgan bir hadya ehson qilsa, albatta u bechora odam u juda buyuk zotga nisbatan hadyasining minglab mislidan ortiq tashakkur qilishni istaydi. Va ming oʻsha hadya qadar qiymatli boʻlgan oʻsha hadya bilan koʻrsatilgan iltifotga qarshi qanchalar tashakkurda isrof va ifrot ham qilsa, maqbuldir. Va u juda muborak zotning hadyasiga oʻragan qogʻozlarni ham tabarruk deb shakar kabi yesa, hatto oʻsha hadya ichidagi yongʻoqlarning poʻstloqlarini ham tabarruk deb non kabi yesa, boshiga qoʻysa, isrof boʻlmagani kabi, Risolat-un Nur yuzida iroda-i ommada inoyati xossa iltifoti tavofuq gʻilofi bilan ehson qilingan. Albatta tavofuqqa doir tafsillar, tasvirlar fe'liy tashakkurlarning bir navidir, va sevinchning va minnatdorlikning hayajonli bir jilvalaridir. Ha, bunday bir zotning iltifotini koʻrsatgan moddiy qirq tiyin ehsoniga qarshi, qirq ming lira qiymatidagi iltifotiga qarshi qanchalar tashakkur aylasa, isrof emas.

Said Nursiy
***

Aziz Siddiq Qardoshlarim!

Sizning favqulodda sadoqat va oliy himmatingizdan taralgan bir hafta avvalgi maktubingizga nisbatan husni zonningizni bir daraja rad qilgan mening javobimning hikmati shudirki:

— 50 —

Bu zamonda shunday favqulodda hokim jarayonlar borki, hamma narsani oʻz hisobiga olgani uchun, farazan haqiqiy kutilgan oʻsha zot ham bu zamonda kelsa, xatti-harakatlarini oʻsha jarayonlarga tobe qilmaslik uchun siyosat olamidagi vaziyatdan farogʻat qiladi va maqsadini oʻzgartiradi deb taxmin qilaman.

Ham uch masala bor: Biri hayot, biri shariat, biri iymon. Haqiqat nuqtasida eng muhimi va eng a'zami, iymon masalasidir. Faqat hozir umumning nazarida va holi olam majburlashida eng muhim masala, hayot va shariat koʻringanidan, u zot hozir boʻlsa ham, uch masalani birdan umum roʻyi zaminda vaziyatlarini oʻzgartirish nav'-i bashardagi joriy boʻlgan odatullohga muvofiq kelmaganidan, har holda eng a'zam masalani asos qilib, narigi masalalarni asos qilmaydi, toki iymon xizmati pokligini umumning nazarida buzmasin va avomning tez aldana olinadigan aqllariga u xizmat boshqa maqsadlarga vosita boʻlmagani namoyo boʻlsin.

Hamda, yigirma yildan beri buzgʻunchi eng shiddatli zulm ostida shu daraja axloq buzilgan, shu daraja matonat va sadoqat yoʻqolganki; oʻndan, balki yigirmadan biriga ishonilmaydi. Bu ajib holatlarga qarshi juda favqulodda sabot va matonat va hamiyati Islomiya lozim. Boʻlmasa natijasiz qoladi, zarar beradi.

Demak eng xolis va eng salomatli va eng muhim va eng muvaffaqiyatli xizmat, Risolat-un Nur shogirdlari ishlayotgan doira ichidagi muqaddas xizmatdir.

Nima boʻlganda ham, hozircha bu masalaga bu qadar yetar.

Said Nursiy
***
XUSRAVNING MAKTUBIDAN BIR PARCHA

Ha ustozim, koʻzimiz bilan koʻryapmizki: Ahli tariqat bid'atlarga bardosh qilolmaganlar; ham kirganlar ichidan chiqolmayaptilar, ham ta'qibchilari oʻndan bir-ikkiga tushgan. Ham ular ham e'tirof qilyaptilarki, zavqlaridan, jazb etuvchi goʻzalliklaridan qoʻllarida koʻp narsalari qolmagan. Janobi Haqning yolgʻiz bir ehsoni oʻlaroq Risolat-un Nurning porloq, nuroniy yuzini mushohada qilyapmizki, aks qilgan nuroniy yogʻdulari barcha ehtiyojimizga kifoya va yetarli kelmoqda, hammani hayratda qoldirmoqda. Ham ahli bid'atni bosh egdirmoqda. Undaylarning lisonlaridan nadomat va afsusni ifoda qilgan "Bilmagandik!" kalimalari toʻkilmoqda.

— 51 —

Atrofimizda, Risolat-un Nurga qarshi jozibador va juda oliy haqiqatlaridan boshqa ahli bid'at lisonlari jim boʻlgan. Goʻyo qorongʻu girdoblarga kirganlar, gapiryaptilar. Gapirsalar ham ta'sirlari qolmagan. Jozibador va i'jozkor lisoni bilan faqat Risolat-un Nur gapirmoqda. Bid'at va zalolat zulmatlariga qarshi faqat uning talabalari, quvvati iymon bilan poʻlatdan bir qal'a kabi turibdilar. Ham shunday favqulodda fathlar qilmoqda va shunday horiquloda bir suratda Qur'onning amr va ta'qiqlariga tutintirmoqdaki, juda koʻp mushohadalarimizdan faqat bittasini ming qalamli qardoshimiz aytyaptilarki... Sukut.

Xusrav
***
KOTIB USMONNING TUSHIGA OID BIR BAYONI

Sha'boni Sharifning oʻn beshinchisi shanba Layla-i Baroat kechasi tushimda ulkan, tiniq, kichik bir dengiz boʻlgan bir koʻl sohilida Ingliz yoxud Olmon bilan biz, ya'ni Turk hukumati jang qilayotgan ekanmiz. Jang asnosida samodan qora bir narsa koʻrinishni boshladi. "Ajabo, bu samodan tushgan nima?" deb hammamizning nazari diqqatimizni jalb qildi. Yaqinlashgan sari bir inson va soʻngra usti ehromli, yuzi bir parcha bugʻdoy rang, boshi oq va katta roʻmol bilan oʻralgan bir ayol shaklini olib, koʻlning oʻrtasida hamon tushadigan payt darhol u yerga bir marmardan minbar qilinib minbarning ustiga tushdi. Soʻngra, zoti oliyingizdan kelgan barcha maktublarni oʻqishni boshladi. Har ikki tarafda sukunat hosil boʻldi. Oʻqigan maktublarini hamma jon qulogʻi bilan tingladi. Soʻngra oxirida "Ha, Hazrat Qur'oni Azimushshonning shar'iy hukmlari bilan amal qilsangiz, xalos boʻlasizlar. Agar Qur'oni Azimushshonning shar'iy hukmlariga rioya qilmasangiz, hammangiz mahv va barbod boʻlasizlar" deb aytdi. Soʻngra uyimga keldim. Bizning Ra'fat Bey bilan Rushdu Afandi bizning uyga keldilar, bandangizga dedilar: "Bu sirni sen fosh qildingmi? Bu maktublar minbar ustida oʻqildi?" Bandangiz ham javoban: "Yoʻq qardoshlarim, bu sirni siz anglamadingizmi? Bu kelgan zot samodan kelmoqda, bu maktublarni u yerdan keltirmoqda. Men kim boʻlamanki, u hodisalarni u yerga chiqaray?" deb ularga aytdim. Soʻngra bularga bir hadya ikrom qilay deb qaradim, uyimizning tuynugida toʻrtta holva koʻrdim. Bittasini biriga, boshqasini narigisiga va ikki donasini ham oʻzim yedim. Ogʻzim shirin boʻlib uygʻondim.

— 52 —

Inshaalloh Layla-i Baroat hurmati va duongiz barakasi bilan haqqimizda muborakdir, iltimos ta'birini kutmoqdamiz.

Talabangiz
Kotib Usmon
***
QORATOGʻNING BIR MEVASI

Aziz Qardoshlarim!

Bu dafa maktub oʻrniga bu mevani yuboryapmiz.

Bir oyatning ishoriy ma'nosining butunligidan bittasi, hurriyatdan bu onga qadardir...

Noyabr oʻttizinchi kun 1358 da Qoratogʻ teppasiga chiqayotgan edim. "Insonlarning, xususan musulmonlarning bu ketma-ket boʻlgan halokatlari va zararlari qaysi vaqtdan boshlandi, qaysi vaqtga qadar..." hotirga keldi. Birdan har mushkulimni hal qilgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon Sura-i Val-Asrni qarshmga chiqardi. "Qara" dedi, qaradim; har asrga xitob qilgani kabi, bu asrimizga ham yanada ziyoda qaragan وَ الْعَصْرِ اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَفِى خُسْرٍ oyatidagi اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَفِى خُسْرٍ maqomi jifriysi bir ming uch yuz yigirma toʻrt (1324) boʻlib, hurriyat inqilobi bilan boshlangan saltanatning oʻzgarishi va Bolqon va Italiya janglari va Birinchi Jahon Urushi magʻlubiyatlari va bitimlari va Islomiy shiorlarning buzilishlari va bu mamlakatning zilzilalari va yongʻinlari va Ikkinchi Jahon Urushining zamin yuzida toʻfonlari kabi samoviy va aroziy musibatlar bilan inson zarari bilan اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَفِى خُسْرٍ oyatining bu asrga ham bir haqiqati, moddiy jihatdan boshqa tarixi bilan koʻrsatilib bir lam'a-i i'jozini koʻrsatadi.

— 53 —

اِلاَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ esa, maqomi jifriysi, oxirdagi ت , ه sanaladi, shadda sanaladi, bir ming uch yuz ellik sakkiz (1358) boʻlgan bu yilning va kelgusi yilning ayni tarixini koʻrsatish bilan u zararlardan, xususan ma'naviy zararlardan xalos boʻlishning chora-i yagonasi iymon va solih amallar boʻlgani kabi va zid ma'nosi bilan u zararning ham sababi yagonasi kufr va kufron, shukrsizlik, ya'ni iymonsizlik, fisq va safohat boʻlganini koʻrsatdi. Sura-i وَ الْعَصْر ning azamat va muqaddasligini va qisqaligi bilan barobar gʻoyat keng va uzun haqiqatlarning xazinasi boʻlganini tasdiq qilib, Janobi Haqqa shukr qildik.

Ha, olami Islom bu asrning zarari boʻlgan bu dahshatli Ikkinchi Jahon Urushidan xalos boʻlishining sababi, Qur'ondan kelgan iymon va solih amallar boʻlgani kabi, faqirlarga kelgan achchiq ochlik va qahatchilikning sababi, roʻzaning shirin ochligini chekmaganlari; va boylarga kelgan zararlar va yoʻqotishlarning sababi ham, zakot oʻrniga chayqovchilik qilishlaridir. Va Anadoluning bir maydoni jang boʻlmasligining sababi اِلاَّ الَّذِينَ آمَنُوا kalima-i muqaddasasining haqiqatini favqulodda bir suratda yuz ming insonlarning qalblariga tahqiqiy bir tarzda dars bergan Risola-in Nur boʻlganini, juda koʻp alomatlar bilan va shogirdlaridan minglar ahli haqiqat va diqqatning qanoatlari isbot qiladi. Jumladan alomatlardan biri; Risola-i Nurga aziyat bergan yoxud xizmatidan chekingan juda koʻp odamlarning ta'zir yeyishlari kabi, bu yil bu mamlakatning atrofida umumiy bir tarzda Risola-i Nurning tarqalishiga toʻsiqlar qoʻyib hozirgi bir navi turgʻunlik davri berish xatosi bilan hozirgi umumiy zahmatning bir sababi boʻlganini koʻrsatishidir.

***
— 54 —
Sura-i Val Asrning Togʻ Mevasi Nomli Nuktasiga Bir Hoshiya

اَلصَّالِحَاتِ dagi ت , oxirdagi "ta"lar koʻpincha vaqfga toʻgʻri kelishi bilan jifr jihatidan ه sanala oladi. Bu nuqtada اِلاَّ barobardir, bu zamonimizni koʻrsatadi (1358). Va talaffuz jihatidan ه oʻqilmaganidan ت qolib biladi. Bu nuqtadan, shaddalar sanalmasa va اِلاَّ barobar emas, ikki yuzdan ortiq yilga qadar iymon va amali solih bilan barobar ulkan bir toifa azim zararga qarshi mujohadasini davom qilishiga ishora qilib Fotihaning oxirida صِرَاطَ الَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ koʻrsatgan zamonga, ham

لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّتِى ظَاهِرِينَ عَلَى الْحَقِّ حَتَّى يَاْتِىَ اللَّهُ بِاَمْرِهِ

birinchi jumla bir ming besh yuz (1500) maqomi bilan oxirzamonda bir toifa-i mujohidaning oxirgi zamonlaًَڭa va ikkinchi jumla, bir ming besh yuz olti (1506) maqomi bilan gʻolibona mujohadaning tarixiga va uchinchi jumla bir ming besh yuz qirq besh (1545) maqomi bilan juda oz bir farq bilan ham Fotihaning, ham Val-Asri surasining ikkinchi jumlasining gʻaybiy ishoralariga ishora qilib tavofuq qiladi. Demak bu Hadisi Sharifning uch jumlasidan har biri bir ming besh yuz (1500) tarixiga va mujohadaning qancha davom qilishiga doir ishoralariga aynan bu اَلَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ bir ming besh yuz oltmish bir (1561) maqomi bilan, ham وَتَوَاصَوْا بِالْحَقِّ وَتَوَاصَوْا بِالصَّبْرِ bir ming besh yuz oltmish (1560) maqomi bilan ishtirok qilib, oʻsha ulkan toifaning mujohadalari qancha davom qilishini ma'noyi ishoriy va jifriy bilan koʻrsatadilar va Fotiha va Hadis koʻrsatgan tarixga, maqomi abjadlari bilan yaqinlashib farqli bir daraja tavofuq qiladilar va ma'nolari bilan ham toʻliq uygʻun kelib porloq bir gʻaybiy moʻ'jizalik yogʻdusini koʻrsatadilar.

***
— 55 —
TOʻSATDAN QALBGA KELGAN BIR NUKTA-I I'JOZIYA

Qur'onga oid eng juz'iy eng kichik bir nuktaning ham qiymati buyuk boʻlganidan, Qur'on ishoralarining bu zamonimizga tavofuq qilgan kichik bir shu'lasi, bugun sura-i Val-Asri nukta-i i'joziyasi munosabati bilan Sura-i Fildan, ma'noyi ishoriy tabaqasidan tavofuq dasturiga tayanib bir nuktasini bayon qilishim eslatildi. Shundayki:

Sura-i اَلَمْ تَرَ كَيْفَ mashhur va tarixiy kichik bir hodisani bayon qilish bilan kelgan va har asrda namunalari boʻlgan u kabi va unga oʻxshagan hodisalarni eslatish va ishora tabaqasidan har bir tabaqaga koʻra bir ma'noni ifoda qilish, umum asrlarda umum nav'-i bashar bilan gapirgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning balogʻatining zarurati boʻlishidan, bu muqaddas sura bu asrimizga ham qarayapti, dars beryapti, yomonlarni kaltaklayapti. Ma'noyi ishoriy tabaqasida bu asrning eng buyuk hodisasini xabar berish bilan barobar, dunyoni har jihat bilan dindan ustun qoʻymoq va zalolatda ketishning jazosi oʻlaroq jifr va abjad hisobi bilan uchta jumlasi ayni hodisaning zamoniga muvofiq kelib ishora qiladi.

Birinchi Jumlasi: Ka'ba-i Muazzamaga hujum qilgan Abraha askarlarining boshlariga abobil tayyoralari bilan samoviy bombalar yogʻdirishini ifoda qilgan تَرْمِيهِمْ بِحِجَارَةٍ jumla-i muqaddasasi bir ming uch yuz ellik toʻqqiz (1359) boʻlib, dunyoni dindan ustun qoʻygan va nav'-i basharni yoʻldan chiqargan madaniyatchilarning boshlariga samoviy bombalar va toshlar yogʻdirishiga tavofuq bilan ishora qiladi.

Ikkinchi Jumlasi: اَلَمْ يَجْعَلْ كَيْدَهُمْ فِى تَضْلِيلٍ kalima-i muqaddasasi, eski zamon hodisasidagi Ka'baning nurini soʻndirish uchun hiylalar bilan hujum qilganlarning oʻzlari yoʻqlik, zulmatlar, zalolatda teskari natija bilan ularga qarshi qaytishi bilan ta'zir yeganlari kabi, bu asrning aynan hiylalar bilan, dasisalar bilan samoviy dinlar ka'basini, qiblagohini zalolat hisobiga buzishga uringan jabbor, magʻrur ahli zalolatning tazlil va izlollariga samoviy bombalar ta'ziri bilan jazolanishiga, ayni tarixni فِى تَضْلِيلٍ kalima-i muqaddasasi bir ming uch yuz oltmish (1360) maqomi jifriysi bilan tavofuq qilib ishora qiladi.

— 56 —

Uchinchisi: اَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِاَصْحَابِ الْفِيلِ jumla-i muqaddasasi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga xitoban: "Sening muborak vataning va qiblagohing boʻlgan Makka-i Mukarramani va Ka'ba-i Muazzamani hayratomuz bir suratda dushmanlardan qutqarishini va oʻsha dushmanlari qanday ta'zir yeganlarini koʻrmayapsanmi?" deb ochiq ma'nosi bilan ifoda qilgani kabi, bu asrga ham xitob qilgan u jumla-i muqaddasa ma'noyi ishoriysi bilan deydiki: "Sening dining va Islomiyating va Qur'oning va ahli haq va haqiqatning jabbor dushmanlari boʻlgan dunyoparast va dunyoning manfaati uchun muqaddas narsalarni toptagan oʻsha asxobi dunyoga sening Robbing qanday ta'zirlar bilan jazolarini berganini koʻrmayapsanmi? Koʻr, qara!" deb ma'noyi ishoriysi bilan, bu jumla aynan maqomi jifriysi bilan batamom bir ming uch yuz ellik toʻqqiz (1359) tarixi bilan aynan samoviy ofatlar navidan samoviy ta'zirlar bilan Islomiyatga xoinlik jazosi boʻlib, deb ma'noyi ishoriy ifoda qiladi. Faqat "Asxob-il Fil" oʻrniga "Asxob-id Dunyo" keladi. "Fil" ketadi, "Dunyo" keladi.

{(Hoshiya) Bu "fil" lafzi ketishining sirri, eski zamonda dahshatli Fili Mahmudiy azamatiga, haybatiga tayanganlar, hujum qilganlar. Hozir esa, dunyo sarvatiga va moliga va u sarvat bilan havoda va dengizda flotlar tashkil qilib oʻsha fil kabi flotlar bilan nav'-i basharni asorat ostiga olgan va Ovrupa madaniyatchilari madaniyatning goʻzalliklari bilan, yaxshiliklari bilan, manfaatlari bilan emas, balki madaniyatning yomonliklari bilan va safohati bilan va dinsizligi bilan uch yuz ellik million musulmonlarning har tarafda hokimiyatlarini yiqitib istibdodiga itoat qilgan va bu musibati samoviyaga sababiyat bergan. Va dunyoparast gʻaddor zolimlarga zulmlariga jazo boʻlib ta'zirlar kelishini hamda faqir va ma'sumlar va mazlumlarga, foniy mollarini va hayotlarini oxiratlariga aylantirish va qiymatdor qilish va dunyodagi gunohlariga kafforat-uz zunub qilishga Qadari Ilohiyga fatvo berdilar. Hozir yetti yildir, dunyo-parastlarning bu musibatda vaziyatlarini va holatlarini va jahon urushi sahifalarini qat'iyyan bilolmayman. Faqat ikki yil avvalgi vaziyatlari, bu sura-i muqaddasaning ma'noyi ishoriy tabaqasidan kelgan ta'zirlar, batamom ularning boshlariga tushmoqdalar va suraning bir ma'noyi ishoriysini toʻliq tafsir qilmoqda.}

— 57 —

Tahlil: تَرْمِيهِمْ بِحِجَارَةٍ : Ikki ت sakkiz yuz. Ikki ر toʻrt yuz. Ikki م , bir ب , bir ح , bir ى yuz. Tanvin vaqf boʻlmaganidan ن dir, ellik. Bir ه , bir ج , bir (madda Alif) toʻqqiz. Hammasi bir ming uch yuz ellik toʻqqiz (1359).

فِى تَضْلِيلٍ : ض sakkiz yuz. ف sakson. ت toʻrt yuz. Ikki ى yigirma. Ikki ل oltmish. Tanvin vaqfga toʻgʻri kelgan, sanalmaydi. Jami bir ming uch yuz oltmish (1360).

اَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِاَصْحَابِ الْفِيلِ : Ikki "re" , bir "te" sakkiz yuz. Ikki "fe" , ikki ك ikki yuz. Ikki ل , bir م yuz. Bir ع , bir ص bir yuz oltmish. Toʻrt ب uch alif, bir ى , bir ح yigirma toʻqqiz. الْفِيلِ oʻrniga kelgan الدُّنْيَا dagi ikki د , bir alif toʻqqiz. Bir ن ellik. Bir ى oʻn. Bir alif, bir. Buning jami bir ming uch yuz ellik toʻqqiz (1359), agar oʻqilmagan alif sanalmasa, bir ming uch yuz ellik sakkiz (1358) boʻladi. Ham arabiy, ham rumiy tarixi bilan bu samoviy ta'zirlarningn boshqa-boshqa turlarining zamonlariga tavofuq bilan ishora qiladi.

{(Hoshiya1) Ha, bu ta'zirdan purshar bashar shirkdan shukrga kirmasa va Qur'ondan uzr soʻramasa, maloika qoʻllari bilan ham samoviy toshlar boshlariga yogʻishini bu sura bir ma'noyi ishoriy bilan qoʻrqityapti. Qardoshingiz Said Nursiy}

***
KICHIK XUSRAV FAYZINING BIR ISTIXROJI

Oʻttiz uchinchi oyatdan Hofiz Alining istixrojining bir zayli va ilovasidir.

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Sura-i Zumarda اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لِلْاِسْلاَمِ فَهُوَ عَلَى نُورٍ مِنْ رَبِّهِ oyati azimaning ochiq ma'nosidan tashqari bir ma'noyi ishoriy tabaqasining kulliyatiga kirgan bir fardi Risola-i Nur va tarjimoni boʻlganiga quvvatli bir dalil topdim. اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لِلْاِسْلاَمِ فَهُوَ jumlasi

— 58 —

hisobi jifriy va abjadiy va riyoziy bilan bir ming uch yuz yigirma toʻqqiz (1329) yoki sakkiz (1328) boʻladi. Demak مَنْ kulliyatida va فَهُوَ ishorasiga kirgan va diqqatli qarashga sabab bir fardi, qalb huzuri nuri bilan boshqa bir holatga kirib eski aziyatdan xalos boʻlib nuroniy bir maslakka kirgan bir shaxs, Birinchi va Ikkinchi Jahon Urushining kelishga tayyorlanishlari boʻlgan oʻsha dahshatli tarixga va oʻsha fardning vaziyatiga ramzan qaraydi.

فَهُوَ عَلَى نُورٍ مِنْ رَبِّهِ dagi نُورٍ مِنْ رَبِّهِ kalimasi Risola-i Nur ismiga va ma'nosiga ham jifri, ham surati, ham ma'nosi tavofuq qilgani kabi, اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لِلْاِسْلاَمِ فَهُوَ jumlasining ham maqomi jifriysi koʻrsatgan tarixda Risola-i Nur tarjimoni boʻlgan Ustozimning

{(Hoshiya) Bu sharhi sadr bilan munosabatdor bir tavofuqdir. Ustozimdan angladim, yigirma besh yildir doimo va eng muhim duosi

اَللّٰهُمَّ اشْرَحْ صَدْر۪ى لِلْا۪يمَانِ وَ الْاِسْلَامِ

munojoti boʻlgan.}

-tahqiqotim bilan- aynan vaziyatiga tavofuq qilmoqda. Chunki, oʻsha zamonda Jahon Urushining boshlanishlarida ustozim eski odatini va boshqa falsafiy ilmlarni va oliy آلِيَه (sarf, nahv, mantiq kabi) va o'liy عَالِيَه (tafsir, hadis, fiqh kabi) ilmlarni qoʻyib toʻliq bir qalb huzuri bilan Risola-i Nurning fotihasi va birinchi martabasi boʻlgan "Ishorot-ul I'joz Tafsiri"ni boshlaydi. Bor himmatini, fikrlarini Qur'onga sarf qilishni boshlaganiga tavofugʻi kuchli bir alomatdirki, bu asrda oʻsha kulliy ma'noyi ishoriyda diqqatli qarashga sabab bir fardi, Risola-i Nurning tarjimoni va shogirdlarining shaxsi ma'naviysini tamsil qilgan mumassilidir.

Ha, modomiki Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon har asrda har kishiga xitob qiladi, va hamma narsani ichiga olgan ilm va hamma narsani qamragan iroda bilan hamma narsaga qaray oladi; va modomiki ulamo-i Islomning ittifogʻi bilan oyatlarning ochiq ma'nosidan tashqari ishoriy va ramziy va yashirin koʻplab tabaqalarda ma'nolari bor va modomiki يَا اَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا kabi xitoblarda har asr kabi bu asrdagi ahli iymon, Asri Saodatdagi moʻminlar kabi kirgan; va modomiki Islomiyat nuqtasida bu asr gʻoyat ahamiyatli va dahshatlidir

— 59 —

va Qur'on va Hadis gʻaybiy xabar bilan ahli iymonni uning fitnasidan saqlanish uchun shiddatli xabar bergan; va modomiki hisobi jifriy va abjadiy va riyoziy eskidan beri mustahkam bir dasturdir va kuchli bir alomat boʻlishi mumkin; va modomiki Risola-i Nur va tarjimoni va shogirdlari, iymon va Qur'on xizmatida porloq va ta'sirli vazifalari gʻoyat ahamiyat kasb etgan; va modomiki bu buyuk oyat hisobi jifr bilan bu asrda va ikki jahon urushiga qaraydi, birinchi jahon urushining boshlanishiga va Risola-i Nurning chiqishiga tavofuq etganini ma'nan ham koʻrsatadi; albatta mazkur haqiqatlarga va quvvatli alomatlarga binoan, ikkilanmasdan hukm qilamizki: Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi va tarjimoni bu oyati azimaning ma'noyi ishoriy tabaqasining kulliyatiga kirgan va diqqat bilan qaraladigan bir fardidir, va bu oyat unga ishora qiladi va ma'noyi ramziy bilan undan xabar beradi va gaybiy xabar navidan bir moʻ'jizalik yogʻdusini koʻrsatadi deb boʻladi.

Tahlil: Bir ش ikki ر yetti yuz. ف م ن ل ikki yuz. ص د ه ا yuz. س م yuz. Ismi Jalol اَللَّهُ oltmish yetti. Ikki ل oltmish. فَهُوَ toʻqson bir. لِلاِسْلاَمِ dagi ikki yoki uch alif, ikki yoki uch. ح sakkiz. نُورٍ مِنْ رَبِّهِ, "Risola-i Nur" Har ikkalasida نُور bor. "Risola" da ر , رَبِّهِ 'dagi ر'ga muqobildir. Agar نُورٍ dagi tanvin sanalsa, النُّور da ham shaddali ن sanaladi, yana ittifoq qiladilar. نُورٍ dan boshqa مِنْ به toʻqson yetti boʻlib, Risola-i Nurda qolgan ه ل س ikki Alif ham toʻqson yetti boʻlib, toʻliq tavofuq qiladi. Turkcha talaffuzda Risola-i Nur hamza bilan oʻqilishi zarar bermaydi.

Sura-i Moidaning oʻn toʻrtinchi oyati

قَدْ جَاءَكُمْ مِنَ اللَّهِ نُورٌ وَ كِتَابٌ مُبِينٌ يَهْدِى بِهِ اللَّهُ
— 60 —

Sura-i Nisoning oxirida

يَا اَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَكُمْ بُرْهَانٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَاَنْزَلْنَا اِلَيْكُمْ نُورًا مُبِينًا

oyati kabi, Risola-i Nur ma'no va jifr jihati bilan, ma'noyi ishoriy fardlaridan boʻlganiga kuchli bir alomat topdim. Ikkinchi oyat boʻlgan Sura-i Nisoning oyati, Birinchi Shu'la boʻlgan "Ishoroti Qur'oniya"da Ustozim ishorasini bayon qilgan. Birinchi oyat boʻlgan Sura-i Moidaning oʻn beshinchi oyati ham buning ishorasini quvvatlantiradi, hamda اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ oyatining ishorasini tasdiq qiladi. Ha, bu asrda ma'noyi ishoriy tabaqasidan aynan shu oyatning muqaddas ma'nosiga bir fard Risola-i Nur boʻlganiga kim insof bilan qarasa, tasdiq qiladi; Risola-i Nur bir fardi boʻlganiga ma'naviy munosabat kuchlidir. Modomiki bu oyatning maqomi jifriysi bir ming uch yuz oltmish oltidir (1366). Agar maddalar, oʻqilmagan hamzalar sanalmasa, oltmish ikkidir (1362); va modomiki Risola-i Nur Qur'oni Mubin nurini va hidoyatini tarqatgan bir kitobi mubindir; va modomiki zohiran undan yanada yaxshi u vazifani ogʻir sharoit ostida qilganlarni koʻrmayapmiz; va modomiki oyatlar boshqa kalomlar kabi juz'iy bir ma'noga maxsus boʻlib qololmaydi; va modomiki yashirin va ishoriy dalolat bilan qoidaga koʻra kalomning ma'nosiga kiradi; va modomiki Najmiddini Kubro va Muhyiddini Arab kabi koʻp ahli valoyat ma'noyi zohiriydan tashqari botiniy va ishoriy ma'nolar bilan aksar oyatlarni tafsir qilganlar. Hatto tafsirlarida Muso (A.S.) va Fir'avndan murod, qalb va nafsdir deganlari holda, ummat ularga e'tiroz bildirmagan, buyuk ulamodan koʻplari ularni tasdiq qilganlar. Albatta oyatning yashirin dalolati bilan Risola-i Nurga quvvatli alomatlar bilan ishorasi qat'iydir, shubha qilinmasligi kerak.

Tahlil: قَدْ جَاءَكُمْ bir yuz oltmish toʻqqiz, مِنَ اللَّهِ bir yuz ellik yetti. نُورٌ tanvin bilan barobar uch yuz olti, va وَ كِتَابٌ مُبِينٌ olti yuz oʻttiz bir يَهْدِى بِهِ اللَّهُ bir yuz uch; jami bir ming uch yuz oltmish olti (1361). Agar maddalar, oʻqilmagan hamzalar sanalmasa, bu yilgi muharram tarixiga, ya'ni bir ming uch yuz oltmish ikkiga (1362) toʻliq tavofuq qiladi. Agar مُبِينٌ dagi tanvinda vaqf qilinsa, bir ming uch yuz oʻn oltidirki (1316), ham Risola-i Nurning muqaddimalariga, ham tanvin bilan takomillashishiga va Birinchi Shu'lada bayon qilingani kabi, koʻp oyatlarning ahamiyat bilan koʻrsatgan ayni mashhur tarixga tavofuq qiladi.

***
— 61 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Men, sening ijtihodingda xato bor deganlarga va isbot qilganlarga tashakkur qilib ruhu jon bilan minnatdorman. Faqat hozirga qadar oʻsha ijtihodimni batamom qanoat bilan toʻliq tasdiq qilganlar, minglab ahli iymon va ulardan koʻplari ahli ilm tasdiq qilganlari va men ham dahshatli bir zamonda muqaddas bir tasalliga muhtoj boʻlgan bir hangomda yolgʻiz ahli iymonning iymonini Risola-i Nur bilan muhofaza niyati xolisasi bilan va Najmiddini Kubro, Muhyiddini Arab kabi minglab ahli ishorot kabi jifriy va riyoziy hisobi bilan bayon qilingan bir xushxabari ishoriya-i Qur'oniyani oʻziga kelgan toʻliq bir qanoat bilan, ham mahram saqlanish sharti bilan bayon qilganim va u ijtihodimda eng qaysar dinsizlarga ham isbot qilishga tayyorman, deganim holda, meni gʻiybat qilish, dunyoda bunga qaysi mazhab bilan fatvo berib boʻladi, qaysi fatvoni topmoqdalar?! Men hamma narsadan voz kechaman, faqat adolati Ilohiyaning huzurida bu dahshatli gʻiybatga qarshi haqqimni halol qilmayman! Titrasin!.. Barcha sayyidlarning bobosi boʻlgan Faxri Olam Alayhissalotu Vassalomning Sunnati Saniyasini muhofaza uchun hayotini va hamma narsasini fido qilgan bir mazlumning shikoyati, albatta javobsiz qolmaydi!

Faqat bir shart bilan halol qila olamanki: Bu Ramazoni Sharifda menga va xolis qardoshlarimga bergan qaygʻu va iztirobni, haqparastlik tomiri bilan, buyuklarga loyiq oliyjanoblik bilan, anoniyati taassubkoronasini haqiqatga va insofga fido qilib ta'mirga harakat qilishidir; mushfiq va insofli bir domla holati bilan, qusurimiz boʻlsa, bizga lutfkorona eslatma va tanbeh qilishdir. Janobi Haq Sattor-ul-Uyubdir, hasanot sayyiotga muqobil kelsa, afv etadi. Iymon xizmatida yuz minglar insonning iymonini tahqiqiy qilish hasanasiga qarshi men kabi bir bechoraning husni niyat bilan quvvatli alomatlar bilan inoyati Ilohiyadan tasavvur qilgani bir xushxabari Qur'oniyaning tushunilishida bir xato, balki yuz xato boʻlsa ham, oʻsha hasanotga qarshi kelolmaydi, ayblarni berkitish pardasini yirtolmaydi!... Nima boʻlganda ham.

— 62 —

Bu masala faqat shaxsimga aloqador boʻlsaydi, men haqiqatdan nafsi ammoramni toʻliq sindirish uchun unga minnatdor boʻlardim. Maslagimiz, bu zamonda haqqa xizmat, butun-butun tarki anoniyat bilan boʻla olishiga qat'iy qanoatimiz boʻlgani kabi, yigirma yildir nafsi ammoram istar-istamaz u maslakka itoatga majbur boʻlgan. Risola-i Nur va muqaddimalari bunga bir hujjati qat'iyadir. Faqat gʻaraz va qaysarlik va bir navi maslak mutaassibligini his qildirgan va yashirin sirlarni eshittirish suratida kelgan e'tiroz va ayblarga qarshi Eski Said (R.A.) lisoni bilan deyman: Mana maydon! Eng mutaassib ulamodan va eng buyuk valiydan ol, to eng dinsiz faylasuflarga va mudaqqiq hukamolarga Risola-i Nurdagi da'volarni isbot qilishga tayyorman va hamda isbot qilganmanki, mening mahvimga va qatl qilinishimga davomli ravishda harakat qilgan zindiq faylasuflar va dinsizlar u da'volarni rad qilolmaydilar va qilolmaganlar!

Ham butun hayotimda dalilsiz da'volarni zikr qilmaganimni, siz kabi eski va yangi birodarlarim biladilar. Ayniqsa, Qur'oni Moʻjiz-ul Bayondan olganim bir quvvat bilan Ovrupa faylasuflarini Risola-i Nur maydonga chaqiryapti. Risola-i Nur bu zamonda diqqatli qarashga sabab bir hodisa-i Qur'oniya boʻlganidan, bir-ikki ishora emas, balki men bilan barobar Risola-i Nur shogirdlari tarafidan istixroj qilingan besh risolada yozilgan ishoralar, bir jihatda mingga yaqinlashmoqda. Mingta mayin sochlar ham toʻplansa, mustahkam bir ip boʻlgani kabi, sarohatga yaqin bir dalolat boʻladi. Masala birligi jihati bilan u ishoralar bir-biriga quvvat beradi. Ba'zi ishoralarni zaif koʻrish bilan uni inkor qilish, insofga, haqparastlikka muvofiq boʻlolmaydi. Inkor qilgan uzrli boʻlolmaydi. Xususan, keraksiz va zararli va haddan oshgan bir gʻiybat boʻlsa, bu zamonda ahli ilm oʻrtasida ahli haqiqatni yigʻlatadigan bir ranjituvchi hodisadir.

***
— 63 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Qardoshlarim!

Qur'onning birgina oyatining birgina ishorasi gʻaybiy xabar navidan bir lam'a-i i'joziyani tavofuq surati bilan koʻrsatganini ma'naviy bir eslatma bilan koʻrdim.

اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخِيهِ مَيْتًا Bu oyati karimaning maqomi jifriysi -shadda va tanvin sanalmasa- bir ming uch yuz ellik bir (1351), مَيْتًا ning asli مَيِّتًا boʻlishidan, bir ming uch yuz oltmish bir (1361) boʻlib, bu tarixda azim ishlardan bir dahshatli gʻiybatni, shu oyatning ma'noyi ishoriy kulliyatiga kirgizadi. Va azim ishlardan bunday ajib bir gʻiybat, ayni tarixda, ayni yilda sodir boʻldi. Shundayki:

Oʻn sakkiz yil (hozir yigirmadan oʻtdi) muddatida Sunnati Saniyani muhofaza uchun boshiga shapka qoʻymaganidan va oʻn sakkiz yildir yakka qamoq hukmida odamlar bilan koʻrishishdan man va yolgʻiz bir xonada hayotini oʻtkazishga majbur qilingan va xususiy ibodatgohida Azoni Muhammadiyni (A.S.V.) oʻqib "Allohu Akbar" deganidan va "La ilaha illalloh" haqiqatini quyosh kabi koʻrsatganidan, yuzta birodarlari bilan qamalgan bir odam, yuzlab alomat va ishoralarga tayanib, inoyati Ilohiyadan kelganidan qat'iy bir qanoati bilan Qur'on ishoralaridan bir xushxabarni ham oʻziga, ham musibatzada birodarlariga tasalli niyati bilan bayon qilgani uchun, gʻiybat va yomon ta'birlar bilan eshittirmoq va uning darslari bilan iymonlarini qutqargan ma'sum shogirdlarini undan nafrat ettirib shubhalar bermoq, goʻyo atrofda inkorga sabab bir narsa yoʻq va hech bir harom ishlarni va jinoyatni koʻrmayotgandek faqat u bechoraning mavhum bir xatosini sakkiz yilda sakson mudaqqiqlarning nazarida yashiringan va sathiy va qaysarona nazariga koʻra bir ijtihodiy xatosini koʻrish oʻyi bilan yomonlamoq, albatta bu asrda, bu mamlakatda, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning qasddan ishorasiga sabab boʻla oladigan azim bir hodisadir. Menimcha Qur'onning qandayki har sura va ba'zan bir oyat va ba'zan bir kalimasi bir moʻ'jiza boʻladi. Xuddi shuning kabi, bu oyatning birgina ishorasi, gʻaybiy xabar navidan bir lam'a-i i'joziyadir. Bu oyatning bu ishorasi bu asrda Risola-i Nur shogirdlari haqidagi gʻiybatga qaraganiga uch alomat bor:

Birinchisi: "Birinchi Shu'la" boʻlgan "Ishoroti Qur'oniya" Risolasida Risola-i Nurga va tarjimoniga ishora qilgan beshinchi oyat boʻlgan

— 64 —
اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا فَاَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِى بِهِ فِى النَّاسِ

gʻoyat quvvatli alomatlar bilan مَيْتًا kalima-i muqaddasasi, jifr va abjad hisobi bilan va uch ma'no jihati bilan Said-un Nursiyga tavofuq qilishidir.

Ikkinchi Alomat: اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ oxiriga qadar oyatining maqomi jifriysi va riyoziysi bir ming uch yuz oltmish bir (1361) boʻlishidir. Ayni tarixda oʻsha ajib hodisa boʻldi.

Uchinchi Alomat: Oʻsha muhtaram keksa zotni unutish, balki shaxsimga qarshi kamsitishlarini keksaligiga va koʻp jihatlar bilan oramizdagi uxuvvatga hurmatan halol qilishga qaror berganim va biz xizmatkor boʻlanimiz Qur'onga havola qilib qoʻyganim hangomda, birdan ixtiyorim xorijida besh jihat bilan yomonlashni yomonlagan, moʻ'jizona gʻiybatdan olti jihat bilan man qilgan اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخِيهِ مَيْتًا oyati qarshimda oʻzini koʻrsatib tamassul ayladi. Ma'nan menga "qara" dedi. Men ham qaradim, birdan tasbehot ichida koʻrdimki; bir ming uch yuz ellik birdan (1351) to bir ming uch yuz oltmish bir (1361) tarixini koʻrsatdi. Holimizga qaradim. Parda ostida ellik birdan to oltmish birga qadar, Risola-i Nur madad kutgan Istanbul atrofida bir navi hujum boʻlgan va oltmish birda birdan portlashidir.

Tahlil: ت toʻrt yuz, خ olti yuz = ming. م م ى ى yuz, ل ل ك ك yuz, uchinchi ن ى م yuz, ح ح ح ب د oʻttiz, toʻrtinchi ى oʻn, besh ه bir alif bilan barobar oʻn, oxirdagi tanvin vaqfan alif boʻlgani uchun, jami bir ming uch yuz ellik bir. {(Hoshiya) Bu oyat bizni shiddat bilan gʻiybatdan man qilganidan, bu hodisani unutishimiz kerak, madori gʻiybat qilmasligimiz kerak. Inshaalloh ortiq takrorlanmaydi.} مَيْتًا asli shaddali yo boʻlganidan, "bir ming uch yuz oltmish bir" boʻladi.

Said Nursiy
***
— 65 —
بِاسْمِهِ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Bu ojiz qardoshingiz, ham oʻsha e'tiroz qilgan u eski doʻst zotga, ham ahli diqqatga va sizlarga bayon qilamanki: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning fayzi bilan yangi Said (R.A.) iymon haqiqatlariga doir shu daraja mantiq va haqiqat jihatidan burhonlar zikr qiladiki; boshqa musulmon ulamosi, balki eng qaysar Ovrupa faylasuflarini ham taslimga majbur qiladi va qilmoqda. Ammo Risola-i Nurning qiymat va ahamiyatiga ishoriy va ramziy bir tarzda "Hazrati Ali" (R.A.) va "Gʻavsi A'zam"ning (R.A.) xabarlari navidan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon ham bu zamonda bir moʻ'jiza-i ma'naviyasi boʻlgan Risola-i Nurga nazari diqqatni jalb qilishiga "Ma'noyi ishoriy" tabaqasidan ramz va imolari, i'jozining sha'nidandir va u lisoni gʻaybning balogʻati moʻ'jizakoronasining taqozosidir.

Ha, Eskishahar Qamoqxonasida dahshatli bir zamonda va qudsiy bir tasalliga juda ham muhtoj boʻlganimiz hangomda, ma'naviy bir eslatma bilan: "Risola-i Nurning maqbuliyatiga eski avliyolardan shohid keltriyapsan. Holbuki وَلاَ رَطْبٍ وَلاَ يَابِسٍ اِلاَّ فِى كِتَابٍ مُبِينٍ sirri bilan, eng ziyoda bu masalada soʻz sohibi Qur'ondir. Ajabo, Risola-i Nurni Qur'on qabul qiladimi? Unga qaysi nazar bilan qarayapti?" deyildi. U ajib savol qarshisida boʻldim. Men ham Qur'ondan madad soʻradim. Birdan oʻttiz uch oyatning ochiq ma'nosining tafsilotlari navidagi tabaqalardan "ma'noyi ishoriy" tabaqasidan va u ma'noyi ishoriy kulliyatiga kirgan bir fardi Risola-i Nur boʻlganini va kirishiga va ajralib turishiga bittadan quvvatli alomat boʻlishini bir soat mobaynida his qildim; va bir qismini bir daraja izohli va bir qismini qisqacha koʻrdim. Qanoatimga hech bir shak va shubha va vahim va vasvasa qolmadi; va men ham, ahli iymonning iymonini Risola-i Nur bilan quvvatlantirish niyati bilan oʻsha qat'iy qanoatimni yozdim va xos qardoshlarimga mahram saqlanish sharti bilan berdim.

Va u risolada biz demaymizki: "Oyatning ochiq ma'nosi ana bu." Toki domlalar "Bir qarash lozim" demasin. Ham demaganmizki: "Ma'noyi ishoriyning kulliyati bu." Balki deyapmizki: Ochiq ma'noning ostida koʻplab tabaqalar bor. Bir tabaqasi ham ma'noyi ishoriy va ramziydir. Va u ma'noyi ishoriy ham bir kulliydir, har asrda juz'iyotlari bor. Va Risola-i Nur ham bu asrda u ma'noyi ishoriy tabaqasining kulliyatida bir farddir. Va u fardning qasddan diqqatli qarashga sabab boʻlganiga va ahamiyatli bir vazifa qilishiga eskidan beri ulamo orasida bir dasturi jifriy va riyoziy bilan alomatlar, balki hujjatlar koʻrsatilgan ekan, Qur'onning oyatiga yoki ochiq bayoniga ziyon yetkazish emas, balki i'joz va balogʻatiga xizmat qiladi.

— 66 —

Bu navi gʻaybiy ishoralarga e'tiroz qilinmaydi. Ahli haqiqatning nihoyatsiz Qur'on ishoralaridan son-sanoqsiz istixrojlarini inkor qilolmagan buni ham inkor qilmasligi kerak va qilolmas. Ammo men kabi ahamiyatsiz bir odamning qoʻlida bunday ahamiyatli bir asarning chiqishini gʻarib va aqldan uzoq koʻrib bunday e'tiroz qilgan zot, agar bugʻdoy donasi qadar qaragʻay urugʻidan togʻ kabi qaragʻay daraxtini xalq qilish azamat va qudrati Ilohiyaga dalil boʻlganini oʻylasa, albatta biz kabi ajzi mutlaq va faqri mutlaqda bunday juda shiddatli ehtiyoj zamonida bunday bir asarning chiqishini "Alloh rahmatining kengligiga dalildir", deyishga majbur boʻladi. Men sizni va e'tirozchilarni Risola-i Nurning sharaf va obroʻyi bilan ishontiramanki, bu ishoralar va avliyoning imoli xabarlari, ramzlari meni doimo shukrga va hamdga va qusurlarimdan istigʻforga chorlagan. Hech bir vaqtda hech bir daqiqa nafsi ammoramga faxr va gʻururga sabab boʻladigan bir anoniyat va menlik bermaganini, sizga bu yigirma yil hayotimning koʻzingiz oʻngidagi alomatlari bilan isbot qilaman.

Ha, bu haqiqat bilan barobar inson qusurdan, unutishdan xoli emas. Mening oʻzim bilmagan koʻp qusurlarim bor. Balki da fikrim qoʻshilgan, risolalarda ba'zi xatolar boʻlgan. Faqat Qur'onning qudsiy harflarining oʻrniga basharning tarjimasini joylashtirish pardasi ostida, nuqson harflar bilan, yangi xat ostida vayronkorona ahli zalolatning buzuq ta'villari, oyatlarning ochiq bayonlariga ziyon yetkazishlariga qaramayotgandek, bechora mazlum bir odamning qardoshlarining iymonini quvvatlantirish uchun bir nukta-i i'joziyani bayon qilgani uchun, xizmati iymoniyasiga sustlik beradigan darajada e'tiroz, albatta nafaqat ahli haqiqat zotlar, balki zarra miqdor insofi boʻlgan, e'tiroz qilolmaydi.

— 67 —

Bunga ham qoʻshimcha tarzda bayon qilaman: Bu zamonda gʻoyat quvvatli va haqiqatli millionlab fidokorlari boʻlgan mashrablar, maslaklar, tariqatlar bu dahshatli zalolat hujumiga qarshi zohiran magʻlubiyatga tushganlari holda, men kabi yarim omi va kimsasiz va doimo kuzatuv ostida, politsiya boʻlimi qarshisida va mudhish koʻplab jihatlar bilan menga qarshi tashviqotlar va hammani mendan nafratlantirmoq vaziyatida boʻlgan bir odam, u maslaklardan yanada oldin, yanada quvvatli tayangan Risola-i Nurga sohib emas; va u asar uning hunari boʻlolmas, ular bilan iftixor qilolmas. Balki toʻgʻridan-toʻgʻriga Qur'oni Hakimning bu zamonda bir navi moʻ'jiza-i ma'naviyasi boʻlib, rahmati Ilohiya tarafidan ehson qilingandir. U odam minglab doʻstlari bilan barobar u hadya-i Qur'niyaga qoʻl otganlar. Nima boʻlganda ham, birinchi tarjimonlik vazifasi unga tushgan. Uning fikri va ilmi va zakovatining asari boʻlmaganiga dalil, Risola-i Nurda shunday parchalar borki, ba'zisi olti soatda, ba'zisi ikki soatda, ba'zisi bir soatda, ba'zisi oʻn daqiqada yozilgan risolalar bor. Men qasam bilan ishontiramanki, Eski Saidning (R.A.) {(K.Hoshiya) Ba'zi kotiblar bu bechora Said haqida (R.A.) kalimasini bir duo niyati bilan yozganlar. Men oʻchirishni istadim, xotirimga keldiki, "Alloh rozi boʻlsin" ma'nosida bir duodir, tegilma. Men ham oʻchirmadim.} quvva-i hofizasi ham barobar boʻlish sharti bilan, oʻsha oʻn daqiqa ishni oʻn soatda fikrim bilan qilolmayman. Oʻsha bir soatlik risolani ikki kun iste'dodim bilan, zehnim bilan qilolmayman. Va oʻsha bir kunda olti soatlik risola boʻlgan "Oʻttizinchi Soʻz"ni na men va na da eng mudaqqiq, dindor faylasuflar olti kunda u tahqiqotni qilolmaydilar va hokazo... Demak biz, qashshoq boʻlganimiz holda, gʻoyat boy bir javohirlar doʻkonining e'lonchisi va bir xizmatchisi boʻlganmiz. Janobi Haq fazl va karami bilan shu xizmatda xolisona, muxlisona bizni va umum Risola-i Nur talabalarini doim va muvaffaq aylasin, omin, bihurmati Sayyid-il-Mursalin...

Said Nursiy
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Juda aziz, juda siddiq va sodiq qardoshlarim va Risola-i Nur jihatida ishonchli va xolis vorislarim!

— 68 —

Juda ma'nodor va quvvatli bir tavofuq va shogirdlarning sadoqatlariga dalil, bir zohir karomati Nuriyani bayon qilishimga bir eslatma oldim. Shundayki:

Men vasiyatnomamni yozganim ayni zamonda yashirin munofiqlar men ishongan xizmatchilarimni xavfsizlik xodimlari tarafidan yonimga kelishdan man qilganlari ayni vaqtda fursat topib tanimaganim birisi bilan sobiq toʻqqiz dafadan yanada ta'sirli bir zaharni menga yuttirdilar. Ham ayni zamonda Tunuslik va olim qardoshlarimizdan va bu yerga qadar oʻtgan yili meni koʻrish uchun kelib koʻrishmasdan ketgan domla Hashmat Yozgatdan bu yerga yozyaptiki: "Said vafot qilgan. Risola-i Nurning bir yuz oʻttiz risolasi muhofaza qilinsin, kelajakda nashr qilamiz." Ham ayni zamonda Halil lbrohimning, vafotim haqida bir gʻamgin marsiya hukmidagi porloq maktubi shogirdlarni yigʻlattirdi. Ham bu zamonga juda ham yaqin Xusravning oʻz odatiga muxolif, mening vafotimga doir bir-ikki maktubida ikki-uch kun umr kabi ta'birlar bilan ajalimga ishoralari bir parcha meni xafa qildi. "Ajabo, men ketyapmanmi?" deb ranjidim.

Ham ayni bu hangomlarda, eng ziyoda hayoti dunyoviyadagi vazifamni oʻylab, "Vafotimdan soʻng shogirdlar bu dahshatli zamonda mening badalimga ham u vazifani qiladilarmi?" deb juda ham qiziqarkan, birdan Denizli, Milas, Isparta, Inebolu umidimdan yuz daraja ustun shunday sohib chiqib va lozim bilib u vazifaga yugurib, boshqalarni ham va muallim va olimlarni yugurtirdilarki, meni hayrat-hayrat ichida qoldirdilar.

Xulosa: Bu besh jihatdagi tavofuq, zohir bir karomati Nuriyadir.

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Qardoshlarim, xavotirlanmang! Javshan va Avrodi Bahaiya bu dafa ham oʻsha dahshatli zaharning tahlikasiga gʻalaba qildi, tahlika davri oʻtdi, faqat xastalik davom qilmoqda.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom va salomatliklari uchun duo qilib, shubhasiz maqbul boʻlgan duolarini istayman va Ineboluda va atrofida ham koʻp xonimlarning, ham jajji bolalarining Risola-i Nurni yozishga muvaffaqiyat qozonishlarini va Qur'on darsini koʻp ma'sumlarning olishini butun ruhu jonimiz bilan tabrik qilamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
— 69 —

BIRINCHI SHU'LA

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
وَبِهِ نَسْتَعِينُ
[Ikki ajib savolga qarshi birdan xotirga kelgan gʻarib javob.]

Birinchi Savol: Deyildiki: "Fotiha va Yosin va xatmi Qur'oniy kabi oʻqilgan virdlar, muqaddas narsalar ba'zan hadsiz oʻlgan va sogʻ insonlarga bagʻishlanadi. Holbuki bunday juz'iy birgina hadya bir onda hadsiz zotlarga yetishishi va har biriga bir xil hadya tushishi, aql oʻlchovining xorijidadir".

Javob: Fotiri Hakim qandayki havo unsurini kalimalarning chaqmoq kabi yoyilishlariga va koʻpayishlariga bir ekinzor va bir vosita qilgan va radio vositasi bilan bir minorada oʻqilgan azoni Muhammadiyni (A.S.V.) barcha yerlarda va barcha insonlarga ayni onda yetishtirishi kabi.. Aynan shuningdek, oʻqilgan bir Fotiha ham, (masalan) umum ahli iymonninig oʻlganlariga ayni onda yetishtirish uchun hadsiz qudrat va nihoyasiz hikmati bilan ma'naviy olamda, ma'naviy havoda koʻp ma'naviy elektrlarni, ma'naviy radiolarni yoygan, sochgan; fitriy simsiz telefonlarda xizmat qildiradi, ishlattiradi. Ham qandayki bir chiroq yonsa, qarshisidagi minglab oynaga (har biriga) toʻliq bir chiroq kiradi. Aynan shuning kabi, bir Yosini Sharif oʻqilsa, millionlab ruhlarga hadya qilinsa, har biriga toʻliq bir Yosini Sharif tushadi.

Ikkinchi Savol: Shiddat bilan va amirona deyildiki: "Sen Risola-i Nurning maqbuliyatiga doir Hazrati Ali (R.A.) va Gʻavsi A'zam (R.A.) kabi zotlarning qasidalaridan shohidlar koʻrsatmoqdasan. Holbuki asl soʻz sohibi Qur'ondir. Risola-i Nur Qur'onning haqiqiy bir tafsiri va haqiqatining bir tarjimoni va masalalarining burhonidir. Qur'on esa, boshqa kalomlar kabi poʻchoqli, suyakli va shuuri xususiy va juz'iy emasdir. Balki Qur'on barcha ishoralari bilan va parchalari bilan ayni shuurdir, poʻchoqsizdir; foydasiz, keraksiz moddalari yoʻq. Olami gʻaybning tarjimonidir. Soʻzlar haqida soʻz uniki, koʻraylikchi u nima demoqda?"

— 70 —

Javob: Risola-i Nur toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'onning yaqqol bir burhoni va quvvatli bir tafsiri va porloq bir lam'a-i i'jozi ma'naviysi va u dengizning bir qatrasi va u quyoshning bir shu'lasi va u ma'dani ilmi haqiqatdan ilhomlangan va fayzidan kelgan bir tarjima-i ma'naviyasi boʻlganidan, uning qiymatini va ahamiyatini bayon qilmoq Qur'onning sharafiga va hisobiga va sanosiga oʻtganidan, albatta Risola-i Nurning ustun vasfini bayon qilishini haq taqozo qiladi va haqiqat istaydi, Qur'on ruxsat beradi. Men kabi bir tarjimonning hissasi yolgʻiz shukrdir. Hech bir jihat bilan faxrga, maqtanishga, gʻururga haqqi yoʻqdir va boʻlolmaydi. Keladigan oyatlarning ishorasiga bu nuqtai nazar bilan qarash kerak. Boʻlmasa meni xudbinlik bilan ayblaganlarga haqqimni halol qilmayman. Bu juda ahamiyatli savolga qarshi ikki-uch soat mobaynida birdan Qur'onning mashhur oyatlaridan "Soʻzlar" adadicha oʻttiz uch oyatning ham ma'nosi bilan, ham jifr bilan Risola-i Nurga ishoralari uzoqdan-uzoqqa qisqacha koʻrildi. Boshqa-boshqa tarzlarda oʻttiz uch oyat ittifoqan Risola-i Nurni ramzlari bilan koʻrsatgani xayol-mayol koʻrildi.

ESLATMA: Eng avval yigirma toʻrtinchi oyatning boshida zikr qilingan eslatmaga diqqat qilish lozim. U eslatmaning joyi boshda edi. Faqat u yerda xotirga keldi, u yerga kirdi.

IKKINCHI BIR ESLATMA: Tavofuq bilan ishoralar agar munosabati ma'naviyaga tayanmasa, ahamiyati ozdir. Agar munosabati ma'naviyasi quvvatli boʻlsa, bu uning bir fardi, bir masadaqi hukmida boʻlsa va mustasno bir layoqati boʻlsa, u vaqt tavofuq ahamiyatlidir. Va u kalomdan buning irodasiga bir alomat boʻladi. Va undan u fardning xususiy bir suratda kirganiga yo ramz, yo ishora, yo dalolat hukmida uni koʻrsatadi. Xullas, keladigan Qur'on oyatlarining Risola-i Nurga ishoralari va tavofuqlari aksariyat bilan quvvatli bir munosabati ma'naviyaga tayanadilar.. Ha, bu keladigan mashhur oyatlar ittifoq bilan oʻn uchinchi asrning oxiriga va oʻn toʻrtinchi asrning avvaliga jifr jihatidan qaramoqdalar va Qur'on va iymon hisobiga bir haqiqatga ishora qilmoqdalar. Va tasalliga sabab bir "Nur"dan xabar bermoqdalar. Va u zamonning zalolat fitnasidan kelgan shubhalarni yoʻqotadigan Qur'oniy bir burhonni xushxabar bermoqdalar.

Va u ishoralarga va ramzlarga toʻliq sazovor va u vazifalarni haqqi bilan qiladigan Risola-i Nur kabi bir tafsiri Qur'oniy boʻladi. Holbuki Risola-i Nur bu mazkur nuqtada oldin boʻlgani, uni oʻqiganlarcha shubhasiz boʻlishi bilan dalolat qiladiki, u oyatlar ayniqsa Risola-i Nurga qarab unga ishora qiladilar.

— 71 —

BIRINCHISI: Nur Surasidan Nur oyatidirki, Risola-i Nurning Resail-in Nur va Risola-in Nur va Risolat-un Nur nomlari bilan nomlanishi sababining oʻn olti sababidan bir sababi boʻlganidan, birinchi boʻlib uni bayon qilish kerak. Bu nur oyati:

اَللهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكٰوةٍ فِيهَا مِصْباَحٌ اَلْمِصْباَحُ فِى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لاَشَرْقِيَّةٍ وَلاَغَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِىٓءُ وَلَوْلَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلٰى نُورٍ يَهْدِى اللهُ لِنُورِهِ مَنْ يَشَآءُ وَيَضْرِبُ اللهُ اْلاَمْثَالَ لِلنَّاسِ وَاللهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

Shu Nur oyatining ma'no jihatidan koʻp tabaqalari va koʻp jihatlari bor. Va oʻsha tabaqalardan va jihatlardan ishoriy va ramziy bir jihati ma'no va jifr jihatidan nurli bir tafsiri boʻlgan Risola-in Nur va Risolat-un Nurga toʻrt-besh jumlasi bilan oʻn jihatdan qaraydi. Va oʻsha tabaqalardan va oʻsha jihatlardan bir tabaqa va bir parda ham moʻ'jizona elektrdan xabar beradi.

Risola-i Nurga qaragan Birinchi Jumlasi: مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكٰوةٍ فِيهَا مِصْباَحٌ dir. Ya'ni: Nuri Ilohiyning yoki Nuri Qur'oniyning yoki Nuri Muhammadiyning (A.S.V.) misoli shu مِشْكٰوةٍ فِيهَا مِصْباَحٌ dir. Jifriy maqomi toʻqqiz yuz toʻqson sakkiz (998) boʻlib, aynan Risolat-un Nur, -"shaddali nun" ikki nun sanalmoq jihati bilan- batamom tavofuq bilan unga ishora qiladi.

Ikkinchi jumlasi: اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ يُوقَدُ dir. Yigirma Sakkizinchi Yogʻduda tafsilan bayon qilingani kabi, Imomi Ali (R.A.) Jaljalutiya Qasidasida yaqqollik darajasida Risola-in Nurga qarab va unga ishora qilib degan: اَقِدْ كَوْكَبِى بِاْلاِسْمِ نُورًا Men taxmin qilamanki, Imomi Alining (R.A.) bu ishorasi bu jumla-i Nuriyaning ramzidan ilhomlangan. Bu oyatdagi jumlaning maqomi besh yuz qirq olti (546) boʻlib, Risola-i Nurning adadi boʻlgan besh yuz qirq sakkizga (548) gʻoyat juz'iy va sirli ikki farq bilan tavofuq nuqtasidan ishora qilgani kabi, ramziy bir ma'nosi bilan toʻliq qaraydi.

— 72 —

Uchinchi Jumlasi: مِنْ شَجَرَةٍ dir. Agar مِنْ شَجَرَةٍ dagi ة vaqflarda kabi هی sanalsa, besh yuz toʻqson sakkiz (598) boʻlib, tamoman Resail-in Nur va Risola-in Nur adadi boʻlgan besh yuz toʻqson sakkizga (598) tavofuq bilan barobar مِنْ فُرْقَانٍ حَكِيمٍ ning adadiga yana sirli birgina farq bilan tavofuqi ramziy bilan, ham Resail-in Nurni fardlariga qoʻshadi, ham yana Risola-in Nurning Furqoni Hakimning muborak daraxti boʻlganini koʻrsatadi. Agar مِنْ شَجَرَةٍ dagi ة , ت qolsa, u vaqt jifriy maqomi toʻqqiz yuz toʻqson uch (993) boʻladi, tavofuqqa zarar bermagan juz'iy va sirli besh farq bilan Risolat-un Nur adadi boʻlgan toʻqqiz yuz toʻqson sakkizga (998) tavofuq bilan ma'nosining ham uygʻunligiga binoan, unga ishora qiladi.

Toʻrtinchi Jumlasi: نُورٌ عَلٰى نُورٍ يَهْدِى اللهُ لِنُورِهِ dirki, toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz (999) boʻlib, sirli bitta farq bilan Risolat-un Nur adadi boʻlgan toʻqqiz yuz toʻqson sakkizga (998) tavofuq bilan ma'nosining quvvatli munosabatiga binoan ishora darajasida ramz qiladi.

Beshinchi Jumlasi: مَنْ يَشَاءُ jumlasi gʻoyat juz'iy bir farq bilan Risolat-un Nur muallifining ismi bilan mashhur bir laqabiga tavofuq bilan ma'nosi qaragani kabi qaraydi. Agar يَشَاءُ dagi muqaddar olmosh izhor qilinsa مَنْ يَشَآئُهُ boʻladi. Batamom tavofuq qiladi. Bu oyat qandayki Risola-in Nurga ismi bilan qaraydi, xuddi shuning kabi, ta'lif va takomillashish tarixiga batamom tavofuq bilan ramzan qaraydi.

— 73 —

كَمِشْكٰوةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ اَلْمِصْبَاحُ فِى زُجَاجَةٍ jumlasi كَمِشْكٰوةٍ dagi tanvin vaqf oʻrni boʻlmaganidan nun sanalmoq va فِى زُجَاجَةٍ vaqf oʻrni boʻlganidan ة , هی boʻlish jihati bilan bir ming uch yuz qirq toʻqqiz (1349) boʻlib, Resail-in Nurning eng nuroniy juzlarining ta'lifi hangomi va takomillashish zamoni boʻlgan bir ming uch yuz qirq toʻqqiz (1349) tarixiga batamom tavofuq bilan ishora qiladi.

Ham اَلْمِصْباَحُ فِى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ jumlasi bir ming uch yuz qirq besh (1345) boʻlib, Resail-in Nurning tarqalishi va mashhur boʻlishi va porlashi tarixiga aynan tavofuq qiladi. Chunki shaddali ر ikki ر , shaddali ن ikki ن , shaddali ز asli e'tibori bilan bir ل , bir ز va birinchi زُجَاجَةٍ vaqf jihati bilan هی , ikkinchi vaqf boʻlmaganidan ت sanaladi. Agar shaddali ز ikki ز sanalsa, u vaqt bir ming uch yuz yigirma ikki (1322) boʻladiki, yana Risola-in Nur muallifi muqaddamoti Nuriyani boshlagan ayni tarixiga aynan tavofuq qiladi.

Ham مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ jumlasi; birinchi ت , ikkinchi ت esa vaqf yeri boʻlganidan هی boʻlmoq va شَجَرَةٍ dagi tanvin ن sanalmoq jihati bilan bir ming uch yuz oʻn bir (1311) boʻladiki, u tarixda Resail-in Nur muallifi Risolat-un Nurning muborak muqaddas daraxti boʻlgan Qur'onning zinapoyalari boʻlgan Arabiy ilmlarni dars berishni boshlagan ayni tarixga aynan tavofuq qilib ramzan qaraydi. Xullas, bu qadar ma'nodor va koʻpgina Qur'oniy tavofuqlarning ittifogʻi yolgʻiz bir alomat, bir ishora emas, balki quvvatli bir dalolatdir. Balki elektr bilan barobar Resail-in Nurga munosabati ma'naviyasi bilan ochiq shaklda ifoda qilmoqdir. Bu oyatning munosabati ma'naviyasining latofatlaridan bir latofati shuki; gʻaybdan xabar navidan moʻ'jizona ham elektrga, ham Risola-in Nurga ishora qilgani kabi, ikkalasining chiqishlariga va chiqish zamonlaridan keyingi takomillashish zamonlariga va odatga xilof vaziyatlarini juda goʻzal koʻrsatadi.

— 74 —

Masalan, زَيْتُونَةٍ لاَشَرْقِيَّةٍ وَلاَغَرْبِيَّةٍ jumlasi deydi: "Qandayki elektrning qiymatdor moli sharqdan ham, gʻarbdan ham jalb qilingan bir mol emas. Balki yuqorida, javvi havoda rahmat xazinasidan, samovot tarafidan tushmoqda. Har yerning molidir. Boshqa yerdan qidirishga ehtiyoj yoʻq" deydi. Xuddi shuning kabi, ma'naviy bir elektr boʻlgan Resail-in Nur ham sharqning ma'lumotidan, ilmlaridan va gʻarbning falsafa va fanlaridan ham kelgan bir mol va ulardan iqtibos qilingan bir nur emas. Balki samoviy boʻlgan Qur'onning, sharq va gʻarbdan baland yuksak martaba-i arshiysidan iqtibos etilgandir.

Ham masalan يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِىءُ وَلَوْلَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ jumlasi ma'no-i ramziy bilan deydiki: "Oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi asrda samoviy chiroqlar otashsiz yonadilar, otash tegilmasdan porlaydilar. Uning zamoni yaqin, ya'ni bir ming ikki yuz sakson (1280) tarixiga yaqindir. Xullas, bu jumla bilan qandayki elektrning xilofi odat xususiyatini va kelishini ramzan bayon qiladi. Aynan shuning kabi: Ma'naviy bir elektr boʻlgan Resail-in Nur ham gʻoyat yuksak va chuqur bir ilm boʻlgani holda, tahsil qiyinchiliklariga va dars qilishga va boshqa ustozlardan ta'lim olishga va mudarrislarning ogʻzidan iqtibos boʻlishga muhtoj boʻlmasdan, harkas darajasiga koʻra u oliy ilmlarni mashaqqat otashiga ehtiyoj qolmasdan anglay oladi, mustaqil ravishda istifoda qiladi, muhaqqiq bir olim boʻla oladi. Ham ishora qiladiki: Resail-in Nur muallifi ham otashsiz yonadi, tahsil uchun qiyinchilik va dars mashaqqatiga muhtoj boʻlmasdan mustaqil ravishda nurlanadi, olim boʻladi. Ha, bu jumlaning bu moʻ'jizona uch ishorasi elektr va Resail-in Nur haqida haq boʻlgani kabi, muallif haqida ham ayni haqiqatdir. Tarixcha-i hayotini oʻqiganlar va hamshaharlari biladilarki, "Izhor" kitobidan keyingi madrasa usuli boʻyicha oʻn besh yil dars olish bilan oʻqiladigan kitoblarni Resail-in Nur muallifi yolgʻiz uch oyda tahsil olgan. Ham qandayki bu jumlaning ma'naviy munosabat jihatida quvvatli va latofatli ishorasi bor; xuddi shuning kabi jifriy va abjadiy tavofugʻi bilan ham elektrning chiqish zamonining yaqinligini, ham Resail-in Nurning maydonga chiqishi, hamda muallifining tugʻilishini ramzan xabar beradi. Bir moʻ'jizalik yogʻdusini yana koʻrsatadi.

— 75 —

Shundayki يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِىءُ ning maqomi bir ming ikki yuz yetmish toʻqqiz (1279) boʻlib, وَلَوْلَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ qismi esa, ikki tanvin ikki "nun" sanalmoq jihati bilan bir ming ikki yuz sakson toʻrt (1284) boʻlib, ham elektrning umumiylashishining yaqinligini, ham Resail-in Nurning yaqinligini, ham oʻn toʻrt yil soʻngra muallifining tugʻilishini يَكَادُ muqaddas kalimasi bilan ma'nan ishora qilgani kabi, jifr bilan ham aynan xuddi oʻsha tarixga tavofuq bilan ishora qiladi. Ma'lumdirki, zaif va mayin iplar birlashgan sari mustahkam boʻladi, uzilmas bir yoʻgʻon arqon boʻladi. Bu sirga binoan, bu oyatning bu ishoralari bir-biriga quvvat beradi, qoʻllab-quvvatlaydi. Tavofuq toʻliq boʻlmasa ham, toʻliq hukmida boʻladi va ishorasi dalolat darajasiga chiqadi.

TANBEH: Men bu Nur oyatining ishoralarini elektr va Resail-in Nurning xotiri uchun bayonavilmadim. Balki bu oyatning i'jozi ma'naviysining bir shoʻbasidan bir yogʻdusini koʻrsatishni istadim.

Xulosa: Bu muqaddas oyat ochiq ma'nosi bilan Nuri Ilohiy va Nuri Qur'oniy va Nuri Muhammadiyni (A.S.V.) dars bergani kabi, ma'no-i ishoriysi bilan ham har asrga qaragani kabi, oʻn uchinchi asrning oxiriga va oʻn toʻrtinchi asrning avvaliga ham qaraydi va diqqat bilan qaratadi. Va bu ikki asrning oxir va avvalarida eng ziyoda nazarga urilgan va eng ziyoda munosabati ma'naviyasi boʻlgan va bu oyatning umum jumlalarining muvofiqliklarini va uygʻunliklarini eng ziyoda qozongan elektr bilan Resail-in Nur boʻlganidan toʻgʻridan-toʻgʻriga ma'no-i ramziy bilan qaraydi deb menga qanoati qat'iya berganidan, chekinmasdan qanoatimni yozdim. Xato qilgan boʻlsam, Arhamurrohimiyndan rahmati bilan afv qilishini niyoz qilaman. Resail-in Nurning bu oyatning iltifotiga layoqatini anglamoq istagan zotlar qaysi risolaga diqqat bilan qarasalar, tushunadilar. Hech boʻlmasa Eskishahar qamoqxonasining bir mevasi boʻlgan Oʻttizinchi Yogʻdu nomli olti asmo-i Ilohiyaga doir olti nukta risolasiga, hech boʻlmasa u Yogʻdudan "Ismi Hay va Qayyum"ga doir Beshinchi va Oltinchi Nuktalarga diqqat bilan qarasa, albatta tasdiq qiladi.

— 76 —
RESAIL-IN NURGA ISHORA QILGAN IKKINCHI OYAT:

فَاسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ oyati mashhurasidirki, شَيَّبَتْنِى سُورَةُ هُودٍ hadisining kelishiga sabab boʻlgan. اِسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ ning ishorasi Sakkizinchi Yogʻduda batafsil bayon qilingani kabi, Sura-i Hudda فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَسَعِيدٌ (oxirigacha) oyatining ikki quvvatli ishora bergan sahifasining muqobilidagi gʻoyat mashhur bir oyatidir. Jifriy maqomi bir ming uch yuz uch (1303) boʻlib, ham Sura-i Shoʻ'roning ikkinchi sahifasida وَاسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ esa, bir ming uch yuz toʻqqiz (1309) boʻlib, u tarixda barcha muxotoblari ichida bittasiga, xususan Qur'on hisobiga iltifot qilib istiqomat bilan amr qiladiki; birinchi tarix esa, Resail-in Nur muallifining Risola-i Nurni natija bergan ilmlarning tahsilini boshlagan tarixdir. Va ikkinchi oyatning tarixi esa, u muallifning hayratomuz bir suratda juda oz bir zamonda ilm jihatidan takomillashishi, tahsildan dars berishga boshlagani va uch oyda va bir qish ichida oʻn besh yilda madrasada oʻqilgan yuz kitobdan ziyoda oʻqigani va u zamonning u muhitda eng mashhur ulamolarining yonida oʻsha uch oyning maxsuli boʻlgan oʻn besh yilning maxsuli qadar natija bergani koʻp takrorli imtihonlar bilan {(Hoshiya) Bu maqtov bayonotlari Saidga oid emasdir. Balki Qur'onning bir shogirdini, bir xodimini Said (R.A.) lisoni bilan va holi bilan ta'rif qiladi. Toki xizmatiga ishonilsin.} va qaysi ilmdan boʻlsa boʻlsin, soʻralgan har savolga toʻgʻri javob berish bilan isbot qilgan ayni tarixga aynan tavofuq bilan ramzan Risola-i Nurning istiqomatiga bir ishoradir.

UCHINCHI OYATI MASHHURA:

وَالَّذِينَ جَاهَدُوا فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا oyati quvvatli munosabati ma'naviyasi bilan barobar jifr jihatidan bir ming uch yuz qirq toʻrt (1344) boʻladiki, u tarixda Risola-i Nurning shogirdlari kabi bu oyatning ma'nosiga yanada ziyoda sazovor boʻlganlar zohiran koʻrilmaydi. Demak bu oyat ma'nosining koʻplab tabaqalaridan ishoriy bir tabaqadan va ramziy bir pardadan

— 77 —

Qur'onning porloq bir tafsiri boʻlgan Risola-i Nurga qaraydi va eng avval nozil boʻlgan Sura-i Alaqda اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَيَطْغٰى oyati kabi ma'nosi bilan va jifriy maqomi bilan ifoda qiladiki; bir ming uch yuz qirq toʻrtda (1344) nav'-i inson ichida fir'avinona oʻxshovsiz bir tugʻyon, bir inkor chiqadi. وَالَّذِينَ جَاهَدُوا فِينَا oyati esa, u tugʻyonga qarshi mujohada qilganlarni madh qiladi. Ha, jahon urushi natijalaridan ham olami insoniyat, ham olami Islomiyat koʻp zarar koʻrdilar. Nav'-i insonning, xususan Ovrupaning magʻrur va jabborlari, ayniqsa bittasi quvvat va boylikka va pulga tayanib fir'avinona bir tugʻyonga kirganlaridan, u xususiy insonlar nav'-i basharni mas'ul qiladi deb inson umumiy ismi bilan ta'bir qilingan. Agar لَنَهْدِيَنَّهُمْ dagi shaddali "nun" bir "nun"sanalsa, bir ming ikki yuz toʻqson toʻrt (1294) boʻladiki, Risolat-un Nur muallifining hayotining boshlanishidir va tugʻilish tarixining birinchi yilidir. Agar shaddali "lom" ikki "lom" va "nun" bir sanalsa, u vaqt bir ming uch yuz yigirma toʻrtda (1324) hurriyatning e'loni hangomida mujohada-i ma'naviya bilan namoyon boʻlgan Risola-i Nur muallifining koʻrinishi tarixidir.

TOʻRTINCHI OYATI MASHHURA:

وَلَقَدْ اٰتَيْنَاكَ سَبْعًا مِنَ الْمَثَانِى oyatidir. Shu jumla Qur'oni Azimushshonni va Fotiha Surasini musanno sanosi bilan ifoda qilgani kabi, Qur'onning musanno vasfiga loyiq bir burhoni va olti iymon ruknlari bilan barobar haqiqati Islomiyat boʻlgan yetti asosni, Qur'onning sab'a-i mashhurasini porloq bir suratda isbot qilgan va "Sab'al Masaniy" nuriga mazhar bir oynasi boʻlgan Risola-i Nurga jifr jihatidan ham ishora qiladi. Chunki اٰتَيْنَاكَ سَبْعًا مِنَ الْمَثَانِى abjadiy maqomi bir ming uch yuz oʻttiz besh (1335) adadi bilan Risola-in Nurning Fotihasi boʻlgan Ishorot-ul I'joz tafsirining Fotiha Surasi bilan Al-Baqara Surasining boshiga oid qismni chop qilish bilan yoyilish tarixi boʻlgan bir ming uch yuz oʻttiz besh (1335) yoki oltiga (1336) tavofuq bilan ramziy bir pardadan unga qaraganiga bir alomatdir.

— 78 —
BESHINCHI OYAT:

اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا فَاَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِى بِهِ فِى النَّاسِ dir. Bu oyatning ramzi latifdir. Chunki ham quvvatli munosabati ma'naviya bilan, ham jifr bilan koʻplab fardlari ichida xususiy bir suratda Risale-in Nur va muallifiga qarayapti. Shundayki: مَيْتًا kalimasi tanvin "nun" sanalmoq jihati bilan besh yuz (500) boʻlib, "Said-un Nursiy" adadi boʻlgan besh yuzga (500) tavofuq bilan ishora qiladiki, "Said-un Nursiy ham mayyit hukmida edi. Risolat-un Nur bilan ihyo etildi, u bilan hayot topdi". Ha, اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا فَاَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا dagi ikki tanvin "nun"dirlar. Bir ming uch yuz oʻttiz toʻrt (1334) boʻladiki, oʻsha ayni zamonda (Arabiy sana bilan) Said jahon urushida moddiy va dahshatli bir mavtdan ham hayratomuz bir tarzda qutulishi va falsafa va gʻaflatdan kelgan ma'naviy va shiddatli bir oʻlimdan najot topishi va Qur'onning obi hayoti bilan yangi bir hayotga kirishi sanasidir. Bu ma'naviy tavofuq va jifriy uygʻunlik dalolat darajasida bir ishoradir. Ham فَاَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِى بِهِ فِى النَّاسِ da tanvin "nun" va shaddali "nun" ikki "nun" va بِهِ da talaffuz qilingan ى sanalmoq jihati bilan, bir ming ikki yuz toʻqson toʻrt (1294) boʻladiki, tugʻilishining va hayotining birinchi yilidir. Demak, bu jumla bilan hayoti moddiyasiga, avvalgi jumla bilan ham hayoti ma'naviyasiga ishora qiladi.

Xulosa: Bu oyat bir qancha va koʻp tabaqalaridan, bir ishoriy tabaqadan ham Risolat-un Nurga, ham muallifiga, ham bu oʻn toʻrtinchi asrning ibtidosiga, ham ibtidosidagi Risolat-un Nurning boshlanishiga ramz bilan, balki ishorat bilan, balki dalolat bilan qaraydi.

— 79 —
اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا
OYATINING ILOVASI
اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا فَاَحْيَيْناَهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِى بِهِ فِى النَّاسِ كَمَنْ مَثَلُهُ فِى الظُّلُمَاتِ لَيْسَ بِخَارِجٍ مِنْهَا

oyatining quvvatli ishorasini ham quvvatlantirgan, ham latofatlantirgan uch munosabat birdan Ramazonda qalbimga keldi. Qat'iy bir qanoat berdiki, مَيِّتْ kalimasiga tom munosib Saiddir. Bu oyat Risola-i Nur tajimoni boʻlgan Saidni "mayyit" unvoni bilan koʻrsatishining bir hikmati budirki: Mavtning muammosini va tilsimini Risola-i Nur bilan u ochgan, u dahshatli yuzning ostida ahli iymonga koʻp unsiyatli, sururli, nurli bir haqiqat kashf qilib isbot qilgan. Va mavt-olud hayoti foniyada boʻgʻilgan ahli ilhodga qarshi boqiyona hayot-olud vaqtinchalik bir mavti zohiriy bilan gʻolibona qarshilik qiladi.

كَمَنْ مَثَلُهُ فِى الظُّلُمَاتِ sirriga mazhar boʻlgan ahli ilhod, dinga zid nafsoniy orzularining halol qilinishi bilan bezashiga muqobil, Risola-i Nur mavtni oʻsha aldatuvchi, foniy hayotga qarshi chiqarib lazzat va ziynatini chil-parchin qiladi. Va deydi va isbot qiladiki: "Mavt ahli zalolat uchun abadiy qatldir va oʻsha dahshatli doridan qutqargan va mavtni muborak bir ozodlik guvohnomasiga aylantirgan yolgʻiz Qur'on va iymondir. Xullas buning uchundirki, bu mavtning muazzam haqiqati Risola-i Nurda gʻoyat muhim va keng bir mavqe olgan. Hatto aksar hujumida mavtni qoʻlida tutib ahli zalolatning boshiga uradi, aqlini boshiga keltirishga urinadi.

Ikkinchisi: Ahli tariqatning va ayniqsa Naqshiylarning toʻrt asosidan biri va eng ta'sirlisi boʻlgan robita-i mavt Eski Saidni Yangi Saidga (R.A.) oʻgirgan va doimo harakati fikriyada Yangi Saidga yoʻldosh boʻlgan. Boshda Keksalar Risolasi boʻlib, risolalarda oʻsha robita kashfiyotni koʻrsata-koʻrsata ahli iymon haqida mavtning nuroniy va hayotdor va goʻzal haqiqatini koʻrib koʻrsatdi.

Uchinchisi: Bu oyat jifr va abjad hisobi bilan har tarafda Saidga hujum qilgan uch tur mavtning yaqinlashish zamonini va tarixini aynan koʻrsatib tavofuq qiladi. Demak, oyatdagi مَيِّتْ kalimasining fardlaridan diqqat bilan qaraladigan bir fardi va jifr jihatidan uning ismi مَيِّتْ adadiga toʻliq tavofuq bilan xususiy ishoraga mazhar bir masadaq "Said-un Nursiy"dir.

— 80 —
[Sabrining sadoqatining bir karomati]

Men namozdan soʻng bu ilovani yozarkan, Siddiq Sulaymonning oʻgʻli Amin Sabrining اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا oyatiga doir parchani olganini va Ramazonning fayzidan uning izohi kabi nurlar istaganini koʻrdim. Nima yozganimni Aminga koʻrsatdim, hayrat bilan dedi: "Bu ham Sabrining, ham Risola-i Nurning bir karomatidir". Bu oyatdagi sirli muvozana-i Qur'oniyani oʻylarkan, Sura-i Huddagi فَاَمَّا الَّذِينَ شَقُوا parchasiga qarshi وَاَمَّا الَّذِينَ سُعِدُوا فَفِى الْجَنَّةِ dagi muvozana xotirga keldi va bildirdiki: Qandayki bu ikkinchi oyat va birinchi parcha Risola-i Nurning maslagiga, shogirdlariga aynan ma'nan va jifr jihatidan qaraydi. Xuddi shuning kabi:

فَاَمَّا الَّذِينَ شَقُوا فَفِى النَّارِ لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌ وَشَهِيقٌ oyati ham Risola-i Nurning e'tirozchilariga va dushmanlariga va ularning jarayonlarining boshlanishiga va faoliyat davriga va yakuniga jifr bilan, tavofuq bilan ishora qiladi. Shundayki:

يُرِيدُونَ اَنْ يُطْفِؤُا نُورَ اللهِ بِاَفْوَاهِهِمْ kabi oyatlarning bahsida Birinchi Shu'lada yetti-sakkiz oyatlarning ahamiyat bilan koʻrsatgan bir ming uch yuz oʻn olti va yetti (1316-1317) tarixiki, Qur'onga qarshi boʻlgan suiqasdning boshlanishidir. فَاَمَّا الَّذِينَ شَقُوا jifr jihatidan ayni tarixni koʻrsatadi. Agar shaddali "mim" ikki "mim" sanalsa, bir ming uch yuz ellik yetti (1357), agar shaddali "lom" ikki "lom" sanalsa, bir ming uch yuz qirq yetti (1347) ki, bu asrning zolimona faoliyat tarixidir.

— 81 —

Har ikki shaddali ikkitadan sanalsa, bir ming uch yuz sakson yetti (1387) ki لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللهُ dahshatli bir jarayonning tugashi tarixi boʻlish ehtimoli bor. فَفِى النَّارِ لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌ وَشَهِيقٌ esa bir ming uch yuz oltmish bir (1361), agar فَفِى النَّارِ dagi oʻqilmagan "ye" sanalmasa, bir ming uch yuz ellik bir (1351) tarixini; agar shaddali "nun" asl e'tibori bilan bir "lom", bir "nun" sanalsa, yana bir ming uch yuz oʻttiz bir (1331) tarixini va jahon urushi ofatining dodu-faryod ichidagi yongʻinini koʻrsatib, Jahannam otashida eshak kabi hangragan ahli shaqovatning azobini xabar berib, ahli iymonni fitnalarga tushirgan qaroqchilarning ham dunyoda, ham oxiratda jazolariga ishora qiladi. Aynan shuning kabi, bu asrga ham zohiran qaragan, sirli boʻlgan Sura-i وَالسَّمَآءِ ذَاتِ الْبُرُوجِ dan shu oyatning

اِنَّ الَّذِينَ فَتَنُوا الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُوا فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْ عَذَابُ الْحَرِيقِ

ifodasi kabi ham Istanbulning ikki buyuk yongʻinini, ham jahon urushining dahshatli yongʻinini Jahannam azobi kabi u fitnaning bir jazosidir deb ishora qiladi.

Xulosa: Bu oyat har asrga qaragani kabi, bu asrga yanada ziyoda nazari diqqatni jalb qilish uchun jifr jihatidan bu asrning uch-toʻrt davrining tarixlariga va hodisalariga ishora va ma'nosining surati bilan va tarzi ifodasi bilan ikki jarayonning xususiyatlariga va vaziyatlariga imo qiladi. Sabrining maktubi yoʻlda ekan va kelmasdan avval u maktubning ma'naviy ta'siri bilan bu oyatni va اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا oyatlari bilan barobar oʻylarkan, xotirimga keldi. Risola-i Nur bu daraja quvvatli ishorati Qur'oniyaga va shogirdlari bu qadar qiymatli bashorati Furqoniyaga va aqtoblarning iltifotiga mazhariyatning sirri va hikmati, musibatning azamati va dahshatidirki, hech bir asar sazovor boʻlmagan bir muqaddas taqdir va tahsin olgan. Demak, ahamiyat uning favqulodda buyukligidan emas, balki musibatning favqulodda dahshatiga va buzgʻunchiligiga qarshi mujohadasi juz'iy va oz boʻlgani holda, gʻoyat buyuk shunday bir ahamiyat kasb etganki, bu oyatda ishora va bashorati Qur'oniyada ifoda qiladiki, Risola-i Nur doirasi ichiga kirganlar tahlikada boʻlgan iymonlarini qutqarmoqdalar va iymon bilan qabrga kirmoqdalar va Jannatga ketadilar deb xushxabar bermoqdalar. Ha, ba'zi vaqt boʻladiki, bir askar qilgan xizmati uchun bir marshaldan yuqoriga chiqadi, minglab daraja qiymat oladi.

— 82 —

Eslatma: Oʻtgan va keladigan oyatlarning ishoralari yolgʻiz tavofuq bilan emas, balki har bir oyatning kulliy ma'nosidagi juda koʻp fardlaridan bir juz'iy fardi Risola-i Nur boʻlganiga imoan, munosabati ma'naviyaga koʻra jifriy va abjadiy bir tavofuq bilan u munosabatni quvvatlantirib va unga binoan xususiy unga qaraydi deganidir.

OLTINCHI OYAT: Sura-i Hadidda وَيَجْعَلْ لَكُمْ نُورًا تَمْشُونَ بِهِ Ya'ni: "Qorongʻuliklar ichida sizga bir nur ehson qilamanki, u nur bilan toʻgʻri yoʻlni topib unda ketinglar". Lillahilhamd Risola-i Nur bu muqaddas va kulliy ma'nosining porloq bir fardi boʻlgani kabi, نُورًا dagi tanvin "nun" sanalmoq jihati bilan, bir ming uch yuz oʻn sakkiz (1318) adadi bilan Resail-in Nur muallifini dars berishdan ta'lif vazifasiga va mujohidona sayohatni boshlagan zamonining besh yil avvalgi zamoniga va koʻp oyatlarning ishora qilganlari bir ming uch yuz oʻn olti (1316) tarixidagi muhim bir inqilobi fikriydan ikki yil keyingi zamonga tavofuq qiladiki; u zamon Risola-i Nurga tayyorgarlik boshlagan ayni tarixdir. Xullas, shu nurli oyat ham ma'no jihatidan, ham jifr jihatidan tavofugʻi esa, barcha jihatlari ayni shuur boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonda albatta noxosdan va tasodifiy boʻlolmaydi.

YETTINCHI OYAT: وَيُحِقُّ اللهُ الْحَقَّ بِكَلِمَاتِهِ shu oyati mashhuraning kulliy ma'nosining bu zamonda zohir bir masadaqi Risolat-un Nur boʻlgani kabi, Lafzullohdagi shaddali "lom" bir "lom" va بِكَلِمَاتِهِ dagi oʻqiladigan "ye" sanalmoq sharti bilan, toʻqqiz yuz toʻqson sakkiz (998) adadi bilan Risolat-un Nurning toʻqqiz yuz toʻqson sakkiz (998) adadiga aynan tavofuq bilan munosabati ma'naviyaga binoan, ramzan unga qaraydi. Va bu ramzni latiflashtirgan va quvvat bergan munosabatlarning biri shudirki: Risolat-un Nurning parchalari Soʻzlar nomi bilan mashhur boʻlganlar. Soʻzlar esa Arabcha "kalimot"dir va u kalimot bilan Qur'onning haqiqatlarini shu daraja haqning oʻzginasi va haqiqatning aynisi boʻlganini isbot qilganki, bu zamonning dinsiz faylasuflarini toʻliq jim qilmoqda.

— 83 —

SAKKIZINCHI OYAT: قُلْ اِنَّنِى هَدٰينِى رَبِّى اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ dir. Shu oyati mashhura kulliy ma'nosining bu asrda muvofiq va munosib bir fardi Risolat-un Nur boʻlgani kabi, jifr bilan صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ kalimasi صِرَاطٍ dagi tanvin "nun" sanalmoq jihati bilan, Risolat-un Nur adadi boʻlgan toʻqqiz yuz toʻqson sakkizga (998) yana ikki sirli {(Hoshiya) Ya'ni martabasiga ishora uchun ikki farq bor. Risola-i Nur vahiy emas, ilhom va istixrojdir.} farq bilan qaragani kabi, هَدٰينِى رَبِّى اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ jumlasining maqomi abjadiysi bilan bir ming uch yuz oʻn olti (1316) boʻlib, Risola-i Nur muallifining dars berishi bilan Risola-i Nurga tayyorgarlikda boʻlgan eng qizgʻin tarixi boʻlgan bir ming uch yuz oʻn olti (1316) adadiga aynan tavofuq qiladi.

TOʻQQIZINCHI OYAT: Ham "Al-Baqara" surasida, ham "Luqmon" surasida

فَقَدِ اسْتَمْسَكَ بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقٰى jumlasidir. Ya'ni: "Allohga iymon keltirgan hech uzilmaydigan bir zanjiri nuroniyga yopishadi, qattiq tutinadi". Risola-i Nur esa, iymoni billohning Qur'oniy burhonlaridan bu zamonda eng nuroniysi va eng quvvatlisi boʻlgani namoyon boʻlganidan, bu بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقٰى kulliyatida xususiy kirganini tasdiqlab, maqomi jifriysi bir ming uch yuz qirq yetti (1347) boʻlib, Risolat-un Nur tarqalishining favqulodda porlashi tarixiga batamom tavofuq bilan qaraydi. Va bu oʻn toʻrtinchi asrda Qur'onning i'jozi ma'naviysidan vujudga kelgan bir mustahkam arqon va zulmatlardan nurga chiqaradigan bir vasila-i nuroniya Risola-i Nur boʻlganini ramzan bildiradi.

— 84 —

OʻNINCHI OYAT: يُؤْتِى الْحِكْمَةَ مَنْ يَشَآءُ

OʻN BIRINCHI OYAT: وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَيُزَكِّيهِمْ

OʻN IKKINCHI OYAT: وَيُزَكِّيكُمْ وَيُعَلِّمُكُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ oyatlaridir. Qisqacha ma'nolari deydiki: "Qur'on muqaddas hikmatni sizga bildiradi. Sizni ma'naviy kirlardan tozalaydi". Bu uch oyatning kulliy va umumiy ma'nolarida Risola-i Nur qasdiy bir suratda kirganiga ikki quvvatli alomat bor.

Biri shuki: Risola-in Nurning mustasno bir xususiyati ismi Hakam va ismi Hakimga sazovor boʻlib barcha sahifalarida, bahslarida nizom va intizomi koinotning oynasida ismi Hakam va Hakimning jilvalari boʻlgan muqaddas hikmatni va Qur'oniy hikmatlarni dars beradi. Mavzusi va natijasi, hikmati Qur'oniyadir.

Ikkinchi Alomat: Birinchi oyat bir ming uch yuz yigirma ikki (1322) boʻlib, maqomi abjadiy bilan Risola-in Nur muallifining toʻgʻridan-toʻgʻri oliy (اٰلِيَه) ilmlardan (sarf, nahv, mantiq kabi) boshini koʻtarib hikmati Qur'oniyaga yuzlanib, xodim-ul Qur'on vaziyatini olgan tarixdirki, bir yil oʻtib Istanbulga ketgan, ma'naviy mujohadasini boshlagan.

Ikkinchi oyat esa: Maqomi jifriysi bir ming uch yuz ikki (1302) boʻlib, Risola-i Nur muallifi Qur'on darsini olgan tarixiga aynan tavofuq bilan ramzan Qur'onning ochiq bir burhoni boʻlgan Resail-in Nurga qaraydi.

Uchinchi oyat esa: Bir ming uch yuz oʻttiz sakkiz (1338) boʻlganidan, hikmati Qur'oniyani Ovrupa faylasuflariga porloq bir suratda koʻrsata olgan va koʻrsatgan Risola-in Nur muallifi "Dor-ul Hikmat-ul Islomiya"da hikmati Qur'oniyani mudofaa qilish bilan, hatto Inglizning bosh popi soʻragan va olti yuz kalima bilan javob istagan olti savoliga olti kalima bilan javob berish bilan barobar inzivoga kirib bor gʻayrati bilan Qur'onning ilhomlaridan Risola-i Nurning masalalarini iqtibos qilishni boshlagan ayni tarixga batamom tavofuq bilan ramzan qaraydi.

OʻN UCHINCHI OYAT: Al-Imronda وَمَا يَعْلَمُ تَاْوِيلَهُ اِلاَّ اللهُ وَالرَّاسِخُونَ فِى الْعِلْمِ

— 85 —

OʻN TOʻRTINCHI OYAT: Sura-i Nisoda لٰكِنِ الرَّاسِخُونَ فِى الْعِلْمِ مِنْهُمْ Bu ikki oyat bu asrga ham xususiy qaraydilar.

Birinchisining ma'nosi koʻrsatadiki: Ahli zalolat Qur'ondagi mutashabeh oyatlarni xato ta'villar bilan buzishga va shubhalarni koʻpaytirishga uringan bir zamonda, ilmda chuqur boʻlgan bir toifa oʻsha Qur'ondagi mutashabeh oyatlarning haqiqiy ta'villarini bayon qilib va iymon keltirib u shubhalarni yoʻqotadi. Bu kulliy ma'noning har asrda masadaqlari va juz'iyotlari bor. Jahon urushi vositasi bilan, ming yildan beri Qur'onga qarshi birlashgan Ovrupa e'tirozlari va shubhalari olami Islom ichida yoʻl topib yoyildilar. U shubhalarning bir qismi fan shaklini kiydi, oʻrtaga chiqdi. Bu shubhalarni va e'tirozlarni bu zamonda daf qilgan boshda Risola-in Nur va shogirdlari koʻringanidan, bu oyat bu asrga ham qaraganidan, Risola-in Nur va shogirdlariga ramzan qarsh bilan barobar, ulamo-i mutaoxirinning mazhabiga koʻra اِلاَّ اللهُ da vaqf qilinmaydi. U holda maqomi jifriysi aynan اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَيَطْغٰى ning maqomi kabi bir ming uch yuz qirq toʻrt (1344) boʻlib, Risola-in Nur va shogirdlarining maydoni mujohada-i ma'naviyaga tashlanishlari tarixiga batamom tavofuq bilan ularni ham bu oyatning harami muqaddasasining ichiga oladi. Ham hashrning eng quvvatli va porloq bir burhoni boʻlgan Oʻninchi Soʻzning atrofga yoyilishi tarixiga va Qur'onning qirq jihat bilan moʻ'jiza boʻlganini bayon qilgan Yigirma Beshinchi Soʻzning shuhrat topishi hangomiga, ham اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَيَطْغٰى adadiga batamom tavofuq bilan qaraydi. Agar mazhabi salaf kabi اِلاَّ اللهُ da vaqf boʻlsa, u holda اَلرَّاسِخُونَ dagi shaddali ر ikki ر sanalsa, bir ming uch yuz oltmish (1360) ortiqchasi bilan boʻlib, Risolat-un Nur shogirdlarining bundan oʻn besh-yigirma yil keyingi chuqur va muhaqqiqona boʻlgan ilmlariga va iymonlariga ramzan qaragani kabi, shaddali ر asl e'tibori bilan bir ل , bir ر sanalsa, bir ming ikki yuz oʻn ikki (1212) boʻlib, bundan bir yarim asr avval Mavlono Xolid Zuljanohaynning Hindistondan keltirgan porloq bir ilmi haqiqatni chuqur egallash bilan oʻsha zamonda yoyilgan botil ta'villarni va shubhalarni tarqatib, yuz yilda ellik milliondan ziyoda insonlarni doira-i irshodiga olgan va nurlantirgan zamonining tarixiga batamom tavofuq bilan qaraydi.

— 86 —

Ikkinchi oyat boʻlgan اَلرَّاسِخُونَ فِى الْعِلْمِ مِنْهُمْ shaddali ر asliga nazaran bir ل , bir ر sanalmoq jihati bilan, maqomi abjadiysi bir ming uch yuz qirq toʻrt (1344) boʻlish bilan har asrga qaragani kabi, bu asrga ham xususiy ramzan qaraydi. Va ilmi haqiqatda mustahkam va chuqur harakat qilgan va quvvatli iymon keltirgan bir toifaga ishora qiladi. Va koʻp oyatlarning ahamiyat bilan koʻrsatgan bu bir ming uch yuz qirq toʻrtda (1344) Risolat-un Nur va shogirdlaridan yanada ziyoda bu vazifani mushkul sharoit ichida sabotkorona qilgan zohirda koʻrilmaydi. Demak bu oyat ularni ham doira-i haramiga xususiy kirgizadi.

OʻN BESHINCHI OYAT: يَآ اَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَكُمْ بُرْهَانٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَاَنْزَلْنَا اِلَيْكُمْ نُورًا مُبِينًا Shu oyat bu zamonga ham xitob qiladi. Chunki tamom -مُبِينًا xorij qolsa- bir ming uch yuz oltmish (1360) ortiqchasi bilan boʻladi. Agar قَدْ جَآءَكُمْ dan soʻngraki boʻlsa بُرْهَانٌ va نُورًا kalimalaridagi tanvinlar "nun" sanalsa, bir ming uch yuz oʻn (1310) boʻladi. Demak, bu asrga ham xitob qiladi. Ham قَدْ جَآءَكُمْ بُرْهَانٌ jumlasi yolgʻiz toʻrt farq bilan Furqon adadiga tavofuq bilan ochiqcha qaragani kabi, u muqaddas burhoni Ilohiyning bu zamonda porloq va quvvatli bir burhoni boʻlgan Resail-in Nurga ham ikkinchi jumlasi boʻlgan اَنْزَلْنَا اِلَيْكُمْ نُورًا مُبِينًا adadi, ikki tanvin vaqfda ikki "alif" sanalmoq jihati bilan, besh yuz toʻqson sakkiz (598) boʻlib, aynan batatmom Resail-in Nurga va Risola-in Nur adadiga tavofuq bilan u samoviy burhoni muqaddasning yerda bir burhoni Resail-in Nur boʻlganini ramzan xabar beradi.

— 87 —

ESLATMA: Soʻzlarning uch ismi boʻlgan Risola-in Nur yoki Resail-in Nur yoki Risolat-un Nurdagi shaddali "nun" ikki "nun"sanalishi, jifrda umumiy bir qoidadir. Shaddali harf ba'zan bir, ba'zan ikki sanalishi mumkin.

OʻN OLTINCHI OYAT: لِلَّذِينَ اٰمَنُوا هُدًى وَشِفَاءٌ dir. Shu shifoli oyat koʻp zamondir mening dardlarimning shifosi va dorisi boʻlgani kabi, dorixona-i kubro-i Ilohiya boʻlgan Qur'oni Hakimning tiryoqiy dorilaridan, Risola-in Nur parchalarining idishlaridan olib balki ming ma'naviy dardlarimga ming muqaddas shifoni topdim va Resail-in Nur shogirdlari ham topdilar. Va fandan va falsafaning botqoqligidan chiqqan va davolanishi juda mushkul boʻlgan va zindiqo xastaligiga mubtalo boʻlganlardan koʻplari u bilan shifo topdilar.

Xullas, har dardga shifo boʻlgan Qur'on dorilarining bu zamonda bir qism idishlari hukmida boʻlgan Resail-in Nur ham bu shifodor oyatning diqqat bilan qarashga sabab boʻlganiga quvvatli bir alomat shudirki: Bu oyatning maqomi jifriysi boʻlgan bir ming uch yuz qirq olti (1346) adadi Resail-in Nurning bir ming uch yuz qirq oltida (1346) shifodorona atrofga tarqalishining tarixiga va Moʻ'jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom nomli boʻlgan Risola-i horiqoning zamoni ta'lifiga aynan tavofugʻidir. Shu tavofuq ham munosabati ma'naviyani quvvatlantiradi va u bilan quvvat qozonadi, ham ramzdan ishora darajasiga chiqaradi.

OʻN YETTINCHI OYAT: فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللهُ لآَ إِلٰهَ اِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ dagi

قُلْ حَسْبِىَ اللهُ لآَ إِلٰهَ اِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ ning maqomi jifriysi shaddali "lom"lar bittadan "lom" va shaddali "qof" bir "qof" sanalmoq jihati bilan, bir ming uch yuz yigirma toʻqqiz (1329) boʻlib, Jahon Urushining boshlanishi zamonida Resail-in Nurning boshlanishi boʻlgan Ishorat-ul I'joz tafsirining tarixi ta'lifiga aynan tavofuq bilan barobar, shaddali "qof" ikki "qof" sanalmoq jihati bilan, bir ming uch yuz qirq toʻqqiz (1349) boʻlib, jahon urushi bergan larzalar zamonida Resail-in Nurning "Hasbiyallohu" deb ahli dunyodan hech bir yerda himoya koʻrmasdan, balki hujumga nishon boʻlish bilan barobar chekinmasdan bir oʻzlari qiyinchiliklar ichida Qur'onning nurlarini nashr qilganlari ayni tarixga aynan tavofugʻi esa, har jihati bilan ayni shuur boʻlgan oyatlarda albatta tasodifiy boʻlolmaydi. Balki bu kabi oyatlar eng mushkul zamon boʻlgan bu asrga ham xususiy qaraydilar va u oyatlarni oʻzlariga rahbar deb qabul qilgan bir qism shogirdlariga xususiy iltifot qilib iltifotlari bilan jasorat beradilar.

— 88 —

Bu oyat sobiq oyatlar kabi munosabati ma'naviyasi garchi zohiran koʻrinmaydi; faqat bir jihat bilan Resail-in Nur bilan bir navi munosabati bor. Shundayki: Oʻn uch yildir {(Hoshiya) Ta'lif tarixiga koʻradir.} bu oyat Risolat-un Nur muallifining va soʻngra xos shogirdlarining shomdan soʻngra bir virdi xususiylaridir. Ham bu oyatning ma'nosiga bu zamonda toʻliq sazovor va harkas ulardan chekinishidan sustlik qilmasdan "Hasbiyallohu" deb tavakkal qilib ulkan qiyinchiliklar ichida iymon nurlarini va Qur'on sirlarini nashr qilgan, ahli iymonni umidsizlikdan qutqargan boshda Risolat-un Nur va shogirdlaridir.

OʻN SAKKIZINCHI OYAT: اِنَّ حِزْبَ اللهِ هُمُ الْغَالِبُونَ dir. Bu oyat ma'nosi bilan hizbullohning zohiriy magʻlubiyatidan kelgan umidsizlikni ketkazish uchun muqaddas bir tasalli beradi va hizbulloh boʻlgan hizbi Qur'oniyning haqiqatda va oqibatda gʻalabasini xabar beradi. Va bu asrda hizbi Qur'oniyning hadsiz a'zolaridan Resail-in Nur shogirdlari namoyon boʻlganlaridan, bu oyatning kulliy ma'nosida xususiy kirishlariga bir alomat boʻlib maqomi jifriysi boʻlgan bir ming uch yuz ellik (1350) adadi bilan Resail-in Nur shogirdlarining zohiriy magʻlubiyatlari va bir yil soʻngra mahbusliklari ichida ma'naviy gʻalabalari va matonatlari va haqlarida qilingan mudhish yoʻqotish rejasini natijasiz qoldirgan ixloslari va quvva-i ma'naviyalari namoyon boʻlishining rumiy tarixi boʻlgan bir ming uch yuz ellik (1350) va ellik bir (1351) va ellik ikki (1352) adadiga aynan tavofugʻi albatta shafqatkorona, tasallidorona bir ramzi Qur'oniydir.

OʻN TOʻQQIZINCHI OYAT:
وَالَّذِينَ اٰمَنُوا مَعَهُ نُورُهُمْ يَسْعٰى بَيْنَ اَيْدِيهِمْ وَبِاَيْمَانِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَا اَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا وَاغْفِرْ لَنَا
— 89 —

Shu oyatning umum ma'nosidagi tabaqalaridan bir tabaqa-i ishoriyasi bu asrga ham qaraydi. Chunki يَقُولُونَ رَبَّنَا اَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا ham ma'no jihatidan quvvatli munosabati bor... Ham jifr jihatidan bir ming uch yuz yigirma olti (1326) boʻlib, u tarixdagi hurriyat inqilobidan kelib chiqqan toʻfonlarning hangomida hamma narsani larzaga solgan u toʻfonlarning va urushlarning zulmatlaridan qutulish uchun nur qidirgan moʻminlar ichida, Resail-in Nur shogirdlari oz bir zamon soʻngra namoyon boʻlganlaridan, bu oyatning koʻplab fardlaridan bu asrda bir masadaqi ular boʻlganiga bir alomatdir. وَاغْفِرْ لَنَا jumlasi bir ming uch yuz oltmishga (1360) qaraydi. Demak, bundan besh-olti yil soʻngra istigʻfor davridir. Resail-in Nur shogirdlari u zamonda istigʻfor darsini berishiga ramzan bir imodir.

YIGIRMANCHI OYAT: وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْاٰنِ مَاهُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ Shu oyati azima ochiqcha asri saodatda nuzuli Qur'onga qaragani kabi, boshqa asrlarga ham ma'no-i ishoriysi bilan qaraydi. Va Qur'onning samosidan ilhomiy bir suratda kelgan shifodor nurlarga ishora qiladi. Xullas, toʻgʻridan-toʻgʻriga qalblarning tabibi boʻlgan Qur'oni Hakimning fayzidan va ziyosidan iqtibos boʻlgan Risolat-un Nur, mening koʻp tajribalarim bilan, umum ma'naviy dardlarimga shifo boʻlgani kabi, Resail-in Nur shogirdlari ham tajribalari bilan meni tasdiq qiladilar. Demak, Resail-in Nur bu oyatning bir ma'no-i ishoriysida kiradi. Va bu kirganiga bir alomat boʻlib مَاهُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ ning maqomi jifriysi bir ming uch yuz oʻttiz toʻqqiz (1339) boʻlib, ayni tarixda Qur'ondan ilhom boʻlgan Resail-in Nur bu asrning ma'naviy va mudhish xastaliklariga shifo boʻlish bilan namoyon boʻlishni boshlashidan, bu oyat unga xususiy ramz qilganiga menga qanoat bermoqda. Men oʻz qanoatimni yozdim, qanoatga e'tiroz qilinmaydi.

YIGIRMA BIRINCHI OYAT YOKI OYATLAR:
قُلْ اِنَّنِى هَدٰينِى رَبِّى اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ
وَهَدٰيهُ اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ
— 90 —

Sakkiz-toʻqqiz oyatlarda "Siroti Mustaqim"ga nazarni oʻgirmoqdalar. Va bu toʻgʻri, istiqomatli yoʻlni topish uchun doimo Qur'onning nuridan har asrda u asrning zulmatlarini tarqatadigan va istiqomat yoʻlini oydinlatadigan Qur'ondan kelgan nurlar boʻlish bilan va bu dahshatli va toʻfonli asrda oʻsha toʻgʻri yoʻlni adashtirmaydigan bir suratda koʻrsatgan boshda hozircha Risolat-un Nur koʻringanidan, ham bu "Siroti mustaqim" kalimasining maqomi jifriysi -tanvin "nun" sanalmoq jihati bilan- ming (1000) boʻladi. Madda boʻlmasa, toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz (999) boʻlib, yolgʻiz bir yoki ikki farq bilan {(Hoshiya) Ya'ni: Risolat-in Nurning martabasi ikkinchi va uchinchida boʻlganiga ishoradir. Vahiy emas va boʻlolmaydi. Balki ilhom va istixrojdir.} Risolat-un Nur adadi boʻlgan toʻqqiz yuz toʻqson sakkizga (998) tavofuq bilan, sakkiz-toʻqqiz oyatlarda "Siroti mustaqim" kalimalari bu mazkur ikki oyat kabi Risolat-un Nurni Siroti mustaqimning fardlariga xususiy ichiga olib ramzan unga qaratadi va istiqomatiga ishora qiladi. Agar صِرَاطٍ dagi tanvin sanalmasa, اَلنُّورِ dagi shaddali "nun" bir "nun" sanaladi, yana tavofuq qiladi. Ham qandayki bu oyat Risola-in Nurga ismi bilan qaraydi, xuddi shuning kabi uning tayyorgarliklar zamoniga ham qaraydi. Chunki هَدٰينِى رَبِّى اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ ning maqomi jifriysi bir ming uch yuz oʻn olti (1316) boʻlib, Risolat-un Nur muallifining ixtiyorsiz boʻlib Risola-i Nurga tayyorgarlikda boʻlgan va barcha ma'lumotini Qur'onning tushunilishiga zinapoyalar qilgan eng qizgʻin tarixi boʻlgan bir ming uch yuz oʻn olti (1316) adadiga aynan tavofugʻi albatta avvalgi ishorani quvvatlantirib va u bilan quvvat topib Risolat-un Nurni doira-i haramiga ramzan, balki ishoratan kiritadi...

Joyi diqqat va ahammiyatli bir tavofuqdirki: Risolat-un Nur muallifi bir ming uch yuz oʻn olti (1316) yillarida muhim bir inqilobi fikriy oʻtkazdi. Shundayki:

Oʻsha tarixga qadar har xil ilmlarni yolgʻiz ilm bilan nurlanish uchun qiziqar edi, oʻqirdi, oʻqitar edi. Faqat birdan u tarixda marhum voliy Tohir Poshsho vositasi bilan Ovrupaning Qur'onga qarshi mudhish bir suiqasdlari borligini bildi. Hatto bir gazetada Inglizning bir mustamlakalar noziri degan:

— 91 —

"Bu Qur'on Musulmonlar qoʻlida bor ekan, biz ularga haqiqiy hokim boʻlolmaymiz. Buni yoʻqotishga harakat qilishimiz kerak" deganini eshitdi, gʻayratga keldi. Birdan maqomi jifriysi bir ming uch yuz oʻn olti (1316) boʻlgan فَاَعْرِضْ عَنْهُمْ farmonini ma'nan tinglab bir inqilobi fikriy bilan qiziqishini almashtirdi. Barcha bilgan turli xil ilmlarini Qur'onning tushunilishiga va haqiqatlarining isbotiga zinapoyalar qilib maqsadini va gʻoya-i ilmiyasini va natija-i hayotini yolgʻiz Qur'on bildi. Va Qur'onning i'jozi ma'naviysi unga rahbar va murshid va ustoz boʻldi. Faqat afsuski u yoshlik zamonida koʻp aldatuvchi illatlar sababli bilfe'l u vazifaning boshiga oʻtmadi. Bir zamon otib jahon urushining shovqin-suroni bilan uygʻondi. U sobit fikr jonlandi, bilquvvadan bilfe'lga chiqishni boshladi.

Xullas, ham unga, ham Risolat-un Nurga koʻp aloqasi boʻlgan bu bir ming uch yuz oʻn olti (1316) tarixiga koʻp oyatlar ittifoq bilan qaraydilar. Masalan: Qandayki هَدٰينِى رَبِّى اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ oyati batamom tavofuq bilan ishora qiladi. Aynan shuning kabi: Bir oyati mashhura boʻlgan اِنَّ رَبِّى عَلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ maqomi jifriysi, shaddali "nun" bir "nun" sanalsa va tanvin sanalmasa, bir ming uch yuz oʻn olti (1316) boʻlib aynan batamom oʻsha tarixga ishora qiladi. Ham qandayki yetti-sakkiz suralarda kelgan oyatlar va u oyatlarda kelgan "Siroti mustaqim" jumlalari Risolat-un Nur ismiga tavofuq bilan barobar, bu mazkur ikki oyat kabi bir qismi Risolat-un Nur ta'lifining tarixini ham koʻrsatadi. Aynan shuning kabi: Yetti adad suralarning boshlarida yetti marta تِلْكَ اٰيَاتُ الْكِتَابِ jumla-i muqaddasasi maqomi jifriy boʻlgan bir ming uch yuz oʻn olti yoki yetti (1316-1317) boʻlib aynan batamom oʻsha bir ming uch yuz oʻn olti (1316) tarixiga tavofuq bilan ishora qilgani kabi, طٰسٓ تِلْكَ اٰيَاتُ الْقُرْاٰنِ oyati ham aynan bir ming uch yuz oʻn olti (1316) boʻlib, oʻsha bir ming uch yuz oʻn olti (1316) tarixiga tavofuq bilan ishora qiladi. Goʻyo qandayki asri saodatda Qur'ondagi iymon haqiqatlariga alomatlar, dalillar va u Kitobi Mubinning da'volariga burhonlarni va hujjatlarni koʻzlarga ham koʻrsatmoq ma'nosida takror bilan تِلْكَ اٰيَاتُ الْكِتَابِ تِلْكَ اٰيَاتُ الْكِتَابِ تِلْكَ اٰيَاتُ الْقُرْاٰنِ farmonlari

— 92 —

bilan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon e'lonlar qiladi. Xuddi shuning kabi, bu dahshatli asrda ham bir ma'no-i ishoriysi bilan u Furqon oyatlarining burhonlari va haqqoniyatining alomatlari va haqiqatlarining hujjatlari va haq Kalomulloh boʻlganiga dalillari boʻlgan Resail-in Nurga ma'no-i ishoriysi bilan alomat va burhon va nishon va dalil ma'nosi bilan oyatlarning oyatlari deb takror bilan تِلْكَ اٰيَاتُ الْكِتَابِ farmon qilib nazari diqqatni Qur'on hisobiga bu asrga va bu asrdagi Resail-in Nurga oʻgiradi deb e'tiqod qilaman. Ha, har bir jihat bilan ayni shuur boʻlgan Qur'on oyatlarining bunday yigirma jihat bilan va yigirma barmoq bilan ayni narsaga ittifoqan ishoralari yaqqol ifodalash darajasida menga qanoat bermoqda. Mening qanoatimga ishtirok qilmagan bu ittifoqqa nima deydi? Va nima deb biladi? Qaysi quvvat bu ittifoqni buzadi? Resail-in Nur bu asrga kelgan Qur'on ishoralariga xususiy qarashga sabab boʻlganiga kimning shubhasi boʻlsa, Qur'onning qirq jihat bilan moʻ'jizasini isbot qilgan Moʻ'jizoti Qur'oniya nomli Yigirma Beshinchi Soʻz va Yigirmanchi Soʻzning ikkinchi maqomiga va hashrga doir Oʻninchi Soʻz va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzlarga qarasin, shubhasi ketmasa, kelsin, barmogʻini koʻzimga tiqsin.

YIGIRMA IKKINCHI OYAT VA OYATLAR: Ham Yunus, ham Yusuf, ham Ra'd, ham Hijr, ham Shuaro, ham Qasos, ham Luqmon Suralarining boshlarida boʻlgan تِلْكَ اٰيَاتُ الْكِتَابِ e'loni muqaddasidir. Yigirma birinchi oyatning xotimasida buning munosabati ma'naviyasi bir daraja bayon qilingan. Jifriysi esa, bu oyatda uch "te" bir ming ikki yuz (1200) boʻladi va ikki "kof", ikki "lom" yuz (100) boʻladi; jami bir ming uch yuz (1300). Bir "ye", bir "be", toʻrt yoki besh "alif", jami bir ming uch yuz oʻn olti yoki oʻn yetti (1316-1317) boʻlib, Resail-in Nur muallifi bir inqilobi fikriy bilan turli xil ilmlarni Qur'onning haqiqatlariga chiqish uchun zinapoyalar qilgan bir tarixga batamom tavofuqi ma'naviy munosabatining quvvatiga tayangan holda deymiz:

U tavofuq ramz qiladiki: Bu asrda Resail-in Nur deyilgan oʻttiz uch adad Soʻz va oʻttiz uch adad Maktub va oʻttiz bir adad Yogʻdular bu zamonda Kitobi Mubindagi oyatlarning oyatlaridir. Ya'ni, haqiqatlarining alomatlaridir va haq va haqiqat boʻlganining burhonlaridir. Va u oyatlardagi iymon haqiqatlarining gʻoyat quvvatli hujjatlaridir. Va تِلْكَ kalima-i muqaddasasining ishorati hissiyasi bilan koʻzlarga ham koʻrinadigan darajada zohir boʻlganini ifoda qilgan bunday ishoraga loyiq dalillaridir deb ramzan Resail-in Nurni bir ishoriy ma'nosining kulliy doirasiga xususiy va diqqat bilan qarashga sabab bir fardi boʻlib kiritadi.

— 93 —

Xulosa: Qandayki bu oyatda boʻlgan ishoriy ma'no yetti surada yetti ishora hukmida boʻlib dalolat, balki yaqqollik darajasiga chiqadi. Aynan shuning kabi: صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ dagi ramz ham yetti-sakkiz suralarda boʻlmoq bilan, yetti-sakkiz ramz hukmida boʻlib, u ramzni ishora, balki dalolat, balki yaqqollik darajasiga chiqaradi.

ESLATMA: Qiyinchiliksiz boʻlib birdan xotirga kelgan ishora qayd qilindi. Zahmatga kirmaslik uchun ishorali oʻttiz uch oyatning koʻp ishoralari qayd qilinmadi.

YIGIRMA UCHINCHI OYAT: عَسٰى رَبُّینَا اَنْ يُبْدِ لَنَا خَيْرًا Shu oyat har asrga qaragani kabi, bu asrga ham qaraydi va bu asrda qoʻrqinch bir tush kabi musibatlarga tushgan va Rabbi Rahimidan uni xayrga oʻzgartirishini yolvorganlar ichida Resail-in Nur shogirdlariga xususiy ramz qilganiga bir alomati shuki: Bu oyatning maqomi jifriysi boʻlgan bir ming uch yuz qirq beshda (1345) ahamiyatli risolalar ta'lif bilan barobar, favqulodda hodisalar sodir boʻlishni tayyorlandilar.. va u Resail-in Nurning yoyilish markazi boʻlgan Barla qishlogʻida koʻp aziyat muallifiga berildi. Va xususiy kichik masjidiga hujum qilingan payt Resail-in Nur shogirdlari quvvatli bir istak bilan dargohi Ilohiyaga iltijo qilib "Ey Rabbim! Bu mudhish tushni xayrga aylantir" deb yolvordilar. Hammaning umidsizligiga muqobil juda quvvatli bir umid va istak bilan musulmonlarning ma'naviy kuchlarini quvvatlantirdilar. Bu oyatning birdan qiyinchiliksiz xotirga kelgani bu qadardir. Boʻlmasa sirlari koʻp. Zahmat boʻlmasin deb tugatdim.

YIGIRMA TOʻRTINCHI OYAT VA OYATLAR: Ham Sura-i Zumar, ham Sura-i Josiya, ham Sura-i Ahqofning boshlarida boʻlgan تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ buyuk oyatlaridir. Shu oyatlar ham yigirma ikkinchidagi oyatlar kabi Risolat-un Nurning ismiga va zotiga, ham ta'lif va yoyilishiga bir ma'no-i ramziy bilan qaraydilar.

— 94 —
IZOHDAN AVVAL MUHIM BIR ESLATMA
(Kerakli toʻrt-besh nuqta bayon qilinadi.)

Birinchi Nuqta: Hadisda kelgani kabi, "Har bir oyatning ma'no martabalarida bir zohiri, bir botini, bir haddi, bir muttala'i bor. Bu toʻrt tabaqadan har birisining (hadisda "shujun va gʻusun" ta'bir etilgan) furu'oti, ishoralari, shox va shodalari bor" ma'nosidagi hadisning hukmi bilan, Qur'on haqida nozil boʻlgan bu oyati muqaddasa far'iy bir tabaqadan va bir ma'no-i ishoriysi bilan ham Qur'on bilan munosabati juda quvvatli bir tafsiriga qarash, sha'niga bir nuqsonlik emas. Balki u lison-il gʻaybdagi i'jozi ma'naviysining taqozosidir.

Ikkinchi Nuqta: Bir tabaqaning ma'no-i ishoriysining kulliyatidagi fardlarining bu asrda namoyon boʻlgan va munosabati juda quvvatli bir fardi Risolat-un Nur boʻlganini, uni oʻqigan harkas tasdiq qiladi. Ha, men Risolat-un Nurning xos shogirdlarini shohid koʻrsatib deyman:

Risolat-un Nur boshqa yozilgan asarlar kabi ilm va fanlardan va boshqa kitoblardan olinmagan. Qur'ondan boshqa manbai yoʻq, Qur'ondan boshqa ustozi yoʻq, Qur'ondan boshqa marji'i yoʻq. Ta'lif boʻlgan vaqti hech bir kitob muallifining yonida yoʻq edi. Toʻgʻridan toʻgʻri Qur'onning fayzidan ilhom qilingan va samo-i Qur'oniydan va oyatlarining nujumidan, yulduzlaridan tushmoqda, nuzul etmoqda.

Uchinchi Nuqta: Resail-in Nur boshdan oyoq ismi Hakim va Rahimning mazhari boʻlganidan, bu uch oyatning oxirlari ismi Hakim bilan va keladigan yigirma beshinchi ham Rahmon va Rahim bilan bogʻlashlari munosabati ma'naviyani haqiqatdan quvvatlantiradi. Xullas, bu quvvatli munosabati ma'naviyaga binoan deymizki: تَنْزِيلُ الْكِتَابِ jumlasining ochiq bir ma'nosi asri saodatda vahiy surati bilan Kitobi Mubinning nozil boʻlishi boʻlgani kabi.. ma'no-i ishoriysi bilan ham har asrda u Kitobi Mubinning martaba-i arshiyasidan va moʻ'jiza-i ma'naviyasidan fayz va ilhom tariqi bilan uning yashirin haqiqatlari va haqiqatlarining burhonlari tushadi, nozil boʻladi deb shu asrda bir shogirdini va bir yogʻdusini himoya qanotiga va haram doirasiga bir xususiy iltifot bilan oladi.

— 95 —

Toʻrtinchi Nuqta: Xullas, bu risolada mazkur oʻttiz uch oyati mashhuraning ittifoq bilan, zahmatsiz, ma'no va jifr jihatidan Resail-in Nurning boshiga ishora qilishlari va boshda Oyat-in Nur oʻn barmoq bilan unga ishora qilishi va eskidan beri olimlar orasida va adiblar mobaynida mashhur bir dastur va haqiqatli istixrojlar sababi va hatto xususiy tarixlarda va mozor toshlarida adiblar iste'mol qilgan mashhur bir qonuni ilmiy bilandir. Agar u qonunga soxtakorlik qoʻshilmasa, ishorati gʻaybiya boʻlishi mumkin. Agar sun'iy va qasdiy qilinsa, yolgʻiz bir latofat, bir zarofat, bir jazolat boʻladi.

Ha, adiblar xususiy va shaxsiy tarixlarda uning taqlidini qilish bilan kalomlarini goʻzallashtirganliklari, ham jifr ilmining eng asosli bir qoidasi va muhim bir kaliti boʻlgan maqomi abjadiy bilan ishora esa: Har jihat bilan ayni shuur va nafsi ilm va mahzi iroda va tasodifiy hollari boʻlmagan va keraksiz moddalari boʻlmagan Qur'onning shuncha mashhur oytalari ijmo' bilan va ittifoq bilan Risola-in Nurga ishora va tavofuqlari yaqqollik darajasida uning maqbuliyatiga bir shahodatdir. Va haq boʻlganiga bir imzodir va shogirdlariga bir bashoratdir.

Beshinchi Nuqta: Bu hisobi abjadiy maqbul va umumiy bir dasturi ilmiy va bir qonuni adabiy boʻlganiga dalillar juda koʻp. Bu yerda yolgʻiz toʻrt-besh donasini namuna uchun bayon qilamiz:

Birinchisi: Bir vaqt Bani Isroil olimlaridan bir qismi huzuri Paygʻambariyda suralarning boshlaridagi الٓمٓ - كٓهٰيٰعٓصٓ kabi muqatto'a harflarini eshitgan paytlari, hisobi jifriy bilan dedilar: "Ey Muhammad! Sening ummatingning muddati kam". Ularga muqobil dedi: "Kam emas". Boshqa suralarning boshlaridagi muqatta'otni oʻqidi va marhamat qildi: "Hali bor". Ular jim boʻldilar...

Ikkinchisi: Hazrati Ali Roziyallohu Anhning eng mashhur Qasida-i Jaljalutiyasi boshdan oxiriga qadar bir navi hisobi abjadiy va jifr bilan ta'lif etilgan va shunday holda matbaalarda chop qilingan.

Uchinchisi: Jafari Sodiq Roziyallohu Anh va Muhyiddini Arabiy (R.A.) kabi gʻaybiy sirlar bilan mashgʻul boʻlgan zotlar va harflardagi sirlar ilmi bilan shugʻullanganlar bu hisobi abjadiyni gʻaybiy bir dastur va bir kalit deb qabul qilganlar.

— 96 —

Toʻrtinchisi: Yuksak adiblar bu hisobni adabiy bir qonuni latofat sifatida qabul qilib, eski zamondan beri uni iste'mol qilganlar. Hatto latofatning xotiri uchun, irodiy va sun'iy va taqlidiy boʻlmaslik lozim kelarkan, sun'iy va qasdiy bir suratda u gʻaybiy kalitlarning taqlidini qiladilar.

Beshinchisi: Riyoziy ilmlar olimlarining munosabati adadiya ichida eng latif dasturlari va avom tomonidan hayratomuz koʻringan qonunlari, bu hisobi tavofuqiyning jinsidandirlar. Hatto fitrati ashyoda Fotiri Hakim bu tavofuqi hisobiyni bir dasturi nizom va bir qonuni vahdat va insijom va bir madori tanosub va ittifoq sababi va bir nomusi husn va tizilish qilgan. Masalan: Qandayki ikki qoʻlning va ikki oyoqning barmoqlari, tomirlari, suyaklari, hatto hujayralari, teri ustidagi teshikchalari hisob jihatidan bir-biriga tavofuq qiladilar. Xuddi shuning kabi: Bu daraxt bu bahorda va oʻtgan bahordagi gul, yaproq, meva jihatidan tavofuq qilgani kabi, bu bahorda ham oz bir farq bilan oʻtgan bahorga tavofuq va kelgusi bahorlari ham moziy bahorlariga ixtiyor va iroda-i Ilohiyani koʻrsatgan sirli va oz farq bilan uygʻunliklari, Sone'-i Hakimi Zuljamolning vahdatini koʻrsatgan quvvatli bir shohidi vahdoniyatdir.

Xullas, modomiki bu tavofuqi jifriy va abjadiy bir qonuni ilmiy va bir dasturi riyoziy va bir nomusi fitriy va bir usuli adabiy va bir kaliti gʻaybiy boʻladi. Albatta, ilmlar manbai va sirlar ma'dani va fitratning takviniy oytalarining tarjimoni va adabiyotning eng buyuk moʻ'jizasi va lison-ul gʻayb boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon u qonuni tavofuqiyni ishoralarida ishlattirishi, istimol qilishi, i'jozining taqozosidir.

Eslatma tugadi, hozir mavzuga kelamiz.

Sura-i Zumar, Josiya, Ahqofning boshlaridagi تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ boʻlgan oyatlar sobiq eslatmaning ikkinchi nuqtasida, munosabati ma'naviyasi bayon qilinganidan, bu yerda yolgʻiz jifriy ramzini bayon qilamiz.

— 97 —

Shundayki: Ikki "te" sakkiz yuz (800), ikki "nun" yuz (100), ikki "mim" sakson (80), ikki "kof" qirq (40), uch "ze" yigirma bir (21), uch "ye" oʻttiz (30), bir "be", bir "ha" oʻn (10), "Lafzulloh" oltmish yetti (67), bir "a'yn" yetmish (70), toʻrt "lom", toʻrt "alif" bir yuz yigirma toʻrt (124) boʻlib hammasi bir ming uch yuz qirq ikki (1342) boʻlib, bu asrning shu tarixiga nazari diqqatni jalb qilish bilan barobar, Qur'onning tanzili bilan koʻp aloqador bir Nurga ishora qiladi. Va oʻsha tarixdan oz oʻtib Moʻ'jizoti Ahmadiya (A.S.V.) Risolasi va Yigirmanchi va Yigirma Toʻrtinchi Maktublar kabi Risolat-un Nurning eng nuroniy juzlari tarqalish maydoniga chiqishlari va Qur'onning qirq jihat bilan i'jozini isbot qilgan Moʻ'jizoti Qur'oniya Risolasi bilan hashrga doir Oʻninchi Soʻzning ikkalasining qirq ikkida (42) tarqalishlari va qirq oltida (46) favqulodda mashhur boʻlishlari ayni tarixda boʻlishi bir quvvatli alomatdirki, bu oyatning unga xususiy bir iltifoti bor. Ham qandayki bu oyatlar ta'lif va tarqalishiga ishora qiladilar, xuddi shuning kabi; yolgʻiz تَنْزِيلُ الْكِتَابِ kalimasi Risolat-un Nurning ismiga -shaddali "nun" bir "nun" sanalmoq jihati bilan- gʻoyat juz'iy bir farq bilan tavofuq qilib ramzan qaraydi, oʻziga qabul qiladi. Chunki تَنْزِيلُ الْكِتَابِ kalimasi toʻqqiz yuz ellik bir (951) boʻlib Risolat-un Nurning maqomi boʻlgan toʻqqiz yuz qirq sakkizga (948) sirli uch farq bilan tavofuq nuqtasidan qaraydi.

Birdan xotirga keldiki: Bu uch farqning sirri esa Risolat-un Nurning martabasi uchinchida boʻlishidir. Ya'ni, vahiy emas va boʻlolmaydi. Ham umumiyat bilan ham ilhom emas, balki aksariyat bilan Qur'onning fayzi bilan va madadi bilan qalbga kelgan sunuhot va Qur'onning istixrojlaridir. Joyi diqqatdirki, birinchi حٰمٓ boʻlgan Sura-i Moʻminda تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللهِ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ maqomi jifriysi ba'zi muhim oyatlar kabi bir ming uch yuz yetmishga (1370) qaraydi. Ajabo, oʻn besh-yigirma yil soʻngra boshqa bir nuri Qur'on chiqadimi.. yoxud Resail-in Nurning bir favqulodda inkishofi bilan bir futuhoti boʻladimi, bilmaganimdan u eshikni ocholmayman.

YIGIRMA BESHINCHI OYAT: حٰمٓ - تَنْزِيلٌ مِنَ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ oyati muqaddasasidir. Bu oyatning ma'no-i ishoriysi, Resail-in Nur bilan munosabati juda quvvatlidir. Bir jihati shudirki, Risolat-un Nurning va shogirdlarining maslagi toʻrt asos ustida ketadi.

— 98 —

Birinchisi tafakkurdir, Hakim ismiga qaraydi.

Biri ham shafqatdir, hadsiz boʻlgan faqirligini his qilishdirki, Rahmon va Rahim ismlariga qaraydi. Ham shu oyat qandayki Resail-in Nurning ta'lif va takammul tarixiga tavofuq bilan ishora qiladi... xuddi shuning kabi تَنْزِيلٌ kalimasi bilan -vaqf joyi boʻlmaganidan tanvin "nun" sanalmoq jihati bilan- maqomi besh yuz qirq yetti (547) boʻlib Soʻzlarning ikkinchi va uchinchi ismi boʻlgan Resail-in Nur va Risola-i Nurning adadi boʻlgan besh yuz qirq sakkiz yoki qirq toʻqqizga (548-549) shaddali "nun" bir "nun" sanalmoq jihati bilan juda juz'iy va sirli bir yoki ikki farq bilan tavofuq qilib, ramzan unga qaraydi, doirasiga oladi.

Ham حٰمٓ - تَنْزِيلٌ مِنَ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning maqomi jifriysi, bir jihat bilan, ya'ni tanvin "nun" sanalsa va shaddali ikki "ro" dagi lomi asliy hisoblansa حَامِيمْ ,حٰمٓ talaffuzda boʻlgani kabi boʻlsa, bir ming uch yuz ellik toʻrt yoki besh (1354-1355) boʻladi. Va boshqa bir jihatda, ya'ni tanvin sanalmasa bir ming uch yuz toʻrt (1304) boʻladi; uchinchi jihatda, ya'ni talaffuzda boʻlmagan ikki "lom" hisobga kirmasa, bir ming ikki yuz toʻqson toʻrt (1294) boʻladi. Birinchi jihatda batamom Resail-in Nurning ta'lif jihatidan bir daraja takammuli va favqulodda ahamiyat kasb qilishi va toʻfonlarga duchor boʻlishi va shogirdlari muqaddas bir tasalliga muhtoj boʻlgan Arabiy tarixi bilan shu: Bir ming uch yuz ellik besh (1355) va ellik toʻrt (1354) tarixiga, ham oʻttiz bir adad Yogʻdulardan iborat boʻlgan "Oʻttiz Birinchi Maktub"ning ta'lif zamoniga, ham u maktubning "Oʻttiz Birinchi Yogʻdu"sining chiqishi vaqtiga va u yogʻdudan Birinchi Shu'laning ta'lifiga va u shu'laning yigirma toʻqqiz maqomida oʻttiz uch adad oyatlarning Risola-i Nurga ishoralari istixroj qilingan hangomiga va yigirma beshinchi oyatning Risola-i Nurga imolari yozilgan shu zamonga, shu daqiqaga, shu holga batamom tavofugʻi esa, Qur'onning i'jozi ma'naviysiga yarashadi. Gʻoyat latif va xushxabarli bir tavofuqdir. Ikkinchi jihatda, ya'ni bir ming uch yuz toʻrt (1304) maqomi bilan Risola-i Nurning tarjimoni Risola-i Nurning zinapoyalari boʻlgan ilmlarning poydevorlarini boshlagani va futuhoti Nuriyani boshlagani va ilmiy hayotning boshlanishida

— 99 —

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ oʻqigan zamoniga batamom tavofuq bilan ishora qiladi, orqasini surtadi, "Qani ket, salomat bilan dars qil" ramzan deydi. Uchinchi jihatda, ya'ni bir ming ikki yuz toʻqson uch yoki toʻrt (1293-1294) boʻlgan maqomi jifriysi bilan u tarjimonning dunyodagi hayotining boshlanishining ibtidosiga aynan tavofuq sirri bilan imo qiladiki, uning hayoti juda dahshatli qiyinchiliklarni va toʻfonlarni koʻrmoq va chekmoq bilan barobar, doimo Rahmon va Rahim ismlarining noili boʻlib, rahmat bilan muhofaza va shafqat bilan tarbiya qilinishini ramzan mun'imona xabar beradi. Bu surat bilan Qur'onning ma'naviy i'jozidan gʻaybiy xabar navining bir shu'lasini koʻrsatadi.

YIGIRMA OLTINCHI OYAT: Sura-i Hudda فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَسَعِيدٌ oyatining ikki satr soʻngra kelgan وَاَمَّا الَّذِينَ سُعِدُوا فَفِى الْجَنَّةِ oyatidir. Shu oyatning shaddali "mim" va shaddali "lom" va shaddali "nun" ikkitadan sanalmoq va الْجَنَّةِ dagi "te" vaqfda boʻlganidan "he" boʻlish jihati bilan maqomi jifriysi bir ming uch yuz ellik ikki (1352) boʻlish bilan batamom Resail-in Nur shogirdlarining eng umidsiz va musibatli zamonlari boʻlgan bir ming uch yuz ellik ikki (1352) tarixiga batamom tavofuq bilan oʻsha achinadigan hollarida muqaddas va samoviy bir tasalli, bir bashoratdir. Va oyatning munosabati ma'naviysi bir-ikki risolada, ya'ni Karomati Alaviyada va Gʻavsiyada bayon qilingandir.

وَاَمَّا الَّذِينَ سُعِدُوا dagi سُعِدُوا kalimasi فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَسَعِيدٌ dagi سَعِيدٌ kalimasiga Qur'on sahifasida batamom teng va muqobil kelishi, bu tavofuqqa bir latofat yana qoʻshadi. Bu oyatning kulliy va juda keng ma'no-i muqaddasasining juz'iyotidan Risola-i Nur shogirdlari kabi tasalliga juda muhtoj bir juz'iysi bu asrda bir ming uch yuz ellik ikkida (1352) boʻlganiga batamom tavofuq bilan ishora qilib boshiga ishora qiladi. Agar فَفِى الْجَنَّةِ kalimasida vaqf qilinmasa va خَالِدِينَ kalimasi

— 100 —

bilan bogʻlansa, u vaqt "te" "he" boʻlmaydi. Faqat yanada latif tasalli beruvchi bir tavofuq boʻladi. Chunki وَاَمَّا الَّذِينَ سُعِدُوا sintaksis qoidasiga koʻra egadir. فَفِى الْجَنَّةِ خَالِدِينَ uning kesimidir. Bu kesim esa, maqomi jifriysi boʻlgan bir ming uch yuz qirq toʻqqiz (1349) adadi bilan, bir ming uch yuz qirq toʻqqiz (1349) tarixidan bashorat bilan ramzan xabar beradi. Va u tarixda boʻlgan Qur'on xizmatkorlaridan bir toifaning asxobi Jannat va ahli saodat boʻlganini ma'no-i ishoriysi bilan va tavofuqi jifriy bilan xabar beradi va bu tarixda Risola-i Nur shogirdlari Qur'on hisobiga favqulodda xizmatlari va nurlanishlari va juda muhim risolalarning ta'liflari va boshlariga kelgan hozirchalik musibatning, dushmanlari tarafidan tayyorlanishlari namoyon boʻlganidan, albatta bu tarixga yuzlangan va ishoriy, tasalli beruvchi bir bashorati Qur'oniya eng avval ularga qaraganini koʻrsatadi. Ha, فَفِى الْجَنَّةِ خَالِدِينَ da shaddali "nun" bir "nun" sanalmoq jihati bilan ت toʻrt yuz (400), خ olti yuz (600), ming (1000) boʻladi. Ikki ن yuz (100), bir ى , ikki ف , bir ل ikki yuz (200); boshqa ل oʻttiz (30), ikkinchi ى oʻn (10), ikki "alif" ikki (2), bir ج uch (3), bir د toʻrt (4), qirq toʻqqiz (49) boʻladiki; jami bir ming uch yuz qirq toʻqqiz (1349) boʻladi. Bu xushxabari Qur'oniyaning mingdan bir jihatining bizga tegilishi, ming xazinadan ziyoda qiymatdordir. Bu xushxabarning bir xushxabarchisi bir yil avval koʻrilgan bir sodiq tushdir. Shundayki: Ispartada boshimizga kelgan bu hodisadan bir oy avval bir zotga tushda (unga) aytiladiki:

"RISOLA-IN NUR SHOGIRDLARI IYMON BILAN QABRGA KIRADILAR, IYMONSIZ VAFOT QILMAYDILAR".

Biz oʻsha vaqt u tushga juda ham sevindik. Demak, u xushxabar bu xushxabari Qur'oniyaning bir xushxabarchisi ekan. {(Hoshiya) Dunyo saltanatidan yanada ziyoda qiymatdor bir xushxabari Qur'oniya, bir bashorati samoviya bu sahifada bor.}

— 101 —

YIGIRMA YETTINCHI OYAT: Sura-i Safda

يُرِيدُونَ لِيُطْفِؤُا نُورَ اللهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَاللهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

dir. Bu oyatdagi نُورَ اللهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَاللهُ مُتِمُّ نُورِهِ jumlasining maqomi jifriysi, bir ming uch yuz oʻn olti yoki yettidir (1316-1317). Va bu tarix esa; sobiqan yigirma birinchi oyatning xotimasida zikr qilingan inqilobi fikriy mavzusida; Ovrupaning bir mustamlakalar noziri Qur'onning nurini soʻndirishga urinishi tarixiga va Resail-in Nur muallifi ham unga qarshi u inqilobi fikriy soyasida u nurni porlatishga urinishi ayni tarixga, ham yetti surada yetti marta تِلْكَ اٰيَاتُ الْكِتَابِ ayni tarixga, ham طٰسٓ تِلْكَ اٰيَاتُ الْقُرْاٰنِ ham ayni tarixga, ham هَدٰينِى رَبِّى اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ ham ayni tarixga, ham اِنَّ رَبِّى عَلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ ham shaddali "nun" bir "nun" sanalmoq va tanvin sanalmaslik jihati bilan ayni tarixga, ham فَاَعْرِضْ عَنْهُمْ farmoni ham ayni tarixga, ham نُورَ اللهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَاللهُ مُتِمُّ نُورِهِ ham ayni tarixga ittifoq bilan uygʻunliklari albatta ramzdan, ishoradan, dalolatdan ziyoda bir yaqqollikdirki; Risola-i Nur u Nuri Ilohiyning bir yogʻdusi boʻlishini va dushmanlari tarafidan kelgan shubhalar zulmatlarini tarqatishini ma'no-i ishoriysi bilan xushxabar beradi. Ham bu jifriy va koʻplab va ma'nodor tavofuqlar esa, quvvatli bir munosabati ma'naviyaga tayanadilar.

Ha, Resail-in Nurning bir yuz yigirma toʻqqiz risolalari bir yuz yigirma toʻqqiz elektr chiroqlarining shishalari kabi Qur'on nuri a'zamidan uzangan simlarning boshlariga taqilib u nurni yoyganlari maydonda. Risola-i Nurning yarim ismi ikki marta bu jumla-i oyatda boʻlishi bilan u munosabatni juda latofanlantiradi.

— 102 —

YIGIRMA SAKKIZINCHI OYAT: Sura-i Tavbada:

يُرِيدُونَ اَنْ يُطْفِؤُا نُورَ اللهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَيَاْبَى اللهُ إِلاَّ اَنْ يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

oyatidagi نُورَ اللهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَيَاْبَى اللهُ إِلاَّ اَنْ يُتِمَّ نُورَهُ jumlasi quvvatli va latofatli munosabati ma'naviyasi bilan barobar shaddali "lomlar" bittadan "lom"va shaddali "mim" asl kalimadan boʻlganidan ikki "mim" sanalmoq jihati bilan bir ming uch yuz yigirma toʻrt (1324) boʻlib, Ovrupa zolimlari davlati Islomiyaning nurini soʻndirmoq niyati bilan mudhish bir suiqasd rejasi qilganlari va unga qarshi Turkiya hamiyatparvarlari hurriyatni yigirma toʻrtda (1324) e'loni bilan u rejani natijasiz qoldirishga uringanlari holda, afsuski olti-yetti yil oʻtib jahon urushi natijasida yana oʻsha suiqasd niyati bilan Savr Kelishuvida Qur'onning zarariga gʻoyat ogʻir sharoit bilan kofirona fikrlarini yana ijro qilmoq boʻlgan rejalarini natijasiz qoldirish uchun Turk milliyatparvarlari jumhuriyatni e'lon bilan muqobalaga uringan tarix boʻlgan bir ming uch yuz yigirma toʻrtda (1324), to oʻttiz toʻrtda (1334), to ellik toʻrtda (1354) aynan tavofuq bilan, oʻsha qirgʻinbarot ichida Qur'onning nurini muhofazaga uringanlar ichida Resail-in Nur muallifi yigirma toʻrtda (1324) va Resail-in Nurning muqaddimalari oʻttiz toʻrtda (1334) va Resail-in Nurning nuroniy juzlari va fidokor shogirdlari ellik toʻrtda (1354) qarshilik qilishga urinishlari koʻzga uriladi. Hatto vaziyatning haqiqatini bilmagan bir qism siyosatchilarni xavotirga chorladilar va bu soʻndirish suiqasdiga qarshi nurlantirish vazifasini toʻliq bajarganliklaridan bu oyatning ma'no-i ishoriysi jihatidan diqqatli qarashga sabab boʻlganliklariga quvvatli bir alomatdir. Hozir musulmonlar ichida Nuri Qur'onga muxolif holatlarning aksarisi oʻsha suiqasdlarning va Savr Kelishuvi kabi gʻaddorona kelishuvlarning qoʻrqinchli natijalaridir. Agar shaddali "mim" ham shaddali "lomlar" kabi bir sanalsa, u vaqt bir ming ikki yuz sakson toʻrt (1284) boʻladi. U tarixda Ovrupa kofirlari davlati Islomiyaning nurini soʻndirishga niyat qilib oʻn yil soʻngra Ruslarni harakatlantirib Rusning toʻqson uch (1293) badbaxt urushi bilan olami Islomning porloq nuriga vaqtinchalik bir bulut parda qildilar. Faqat bunda Resail-in Nur shogirdlari oʻrnida Mavlono Xolidning (Q.S.) shogirdlari u bulut zulmatlarini tarqatganliklaridan bu oyat bu jihatda ularning boshlariga ramzan ishora qiladi. Hozir xotirga keldiki, agar shaddali "lamlar" va "mim" ikkitadan sanalsa, bundan bir asr soʻngra zulmatlarni tarqatadigan zotlar esa, Hazrati Mahdiyning shogirdlari boʻlishi mumkin. Nima boʻlganda ham... Bu nurli oyatning koʻp nuroniy nuktalari bor. اَلْقَطْرَةُ تَدُلُّ عَلَى الْبَحْرِ sirri bilan tugatdik.

— 103 —

YIGIRMA TOʻQQIZINCHI OYAT: Sura-i Ibrohimning boshida

الٓرٰ كِتَابٌ اَنْزَلْنَاهُ اِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النَّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلٰى النُّورِ بِاِذْنِ رَبِّهِمْ اِلٰى صِرَاطِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ

oyatidir. Shu oyatning toʻrt-besh jumlasida toʻrt-besh imo bor. Majmui bir ishora hukmiga oʻtadi.

Birinchisi: اَلْعَزِيزِ الْحَمِيدِ jumlasi ifoda qiladiki, "Kitobi Mubin vositasi bilan, oʻn toʻrtinchi asrdagi zulmatlardan, insonlar biiznilloh Qur'ondan kelgan bir nurga chiqadilar". Bu ma'no va xususan nur lafzi, Resail-in Nurga uygʻun boʻlgani kabi, maqomi jifriysi shaddali "nun" ikki "nun" boʻlib, bir ming uch yuz oʻttiz sakkiz yoki toʻqqiz (1338-1339) boʻlib, jahon urushi zulmatlarida ta'lif qilingan Resail-in Nurning fotihasi boʻlgan Ishorot-ul I'joz Tafsiri oʻsha zulmatlar ichidagi chiqishi tarixiga batamom tavofugʻi va oyatdagi Nur kalimasi Risola-i Nurdagi Nur lafziga imo bilan qaraydi.

Ikkinchisi: مِنَ الظُّلُمَاتِ jumlasi avvalgi jumladagi Nurni ta'rif qilib deydi: U Nur Janobi Haqning Izzat va Mahmudiyatini koʻrsatgan yoʻldir. Bu jumlaning maqomi abjadiysi besh yuz qirq sakkiz yoki ellik (548-550) boʻlib Resail-in Nurning shaddali "nun" bir "nun" sanalsa, adadi boʻlgan besh yuz qirq sakkizga batamom tavofuq qiladi. Agar oʻqilmagan ikki "alif" sanalsa, martabasiga ishora qilgan ikki farq bilan yana batamom tavofuq qiladi. Bu imoni quvvatlantirgan, ham latofatlantirgan bir munosabat bor. Shundayki:

— 104 —

Olami Islom uchun eng dahshatli asr oltinchi asr bilan Xulagu fitnasi va oʻn uchinchi asrning oxiri va oʻn toʻrtinchi asr bilan jahon urushi fitnalari va natijalari boʻlgani munosabati bilan bu jumla maqomi abjadiy bilan oltinchi asrga va avvalgi jumla kabi الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ kalimalari bilan bu asrga, Sulton Abdulaziz va Sulton Abdulhamid davrlariga imo qiladi.

Ham sobiq oyatlarda esa, Resail-in Nurning ikkinchi ismiga tavofuq bilan ishora qilgan barcha oʻsha oyatlar dahshatli asr boʻlgan Xulagu va Chingiz asriga ham imo qiladilar. Hatto u oyatlarning ham u asrga, ham bu asrga imolari uchundirki, Hazrati Ali (R.A.) Arjuzasida va Gʻavsi A'zam (R.A.) Qasidasida Resail-in Nurga karomatkorona ishora qilganlari vaqt, ham u asrga, ham shu asrga qarab gʻazab bilan ishora qilganlar.

Uchinchisi: مِنَ الظُّلُمَاتِ kalimasidagi الظُّلُمَاتِ ning adadi bir ming uch yuz yetmish ikki (1372) boʻlib bu asrning zulmlari, zulmatlari qachongacha davom qilishini, oʻsha zulmatlarning ichida bir Nur doimo nurlantirishga urinishiga imo bilan Risola-i Nurning nurlantirishiga ramzan qaraydi.

Toʻrtinchisi: لِتُخْرِجَ النَّاسَ jumlasi deydiki: "Bir ming uch yuz qirq beshda (1345) Qur'ondan kelgan bir Nur bilan insonlar qorongʻuliklardan yorugʻliklarga chiqariladi". Bu ma'no esa bir ming uch yuz qirq beshda (1345) favqulodda nurlantirishni boshlagan Resail-in Nurga batamom jifr jihatidan, ham ma'no jihatidan muvofiq va uygʻun boʻlish bilan Risola-i Nurning maqbuliyatiga imo, balki ramz qiladi.

— 105 —

Beshinchisi: الٓرٰ كِتَابٌ اَنْزَلْنَاهُ اِلَيْكَ dagi اِلَيْكَ kalimasi Qur'onga xos qaragani uchun xorij qolishidan, الٓرٰ كِتَابٌ اَنْزَلْنَاهُ jumlasining maqomi Risolat-un Nurning birinchi ismiga batamom tavofuq qilishi Risolat-un Nurning, Kitobi Munzalning tom bir tafsiri va ma'nosi boʻlganini va undan begona boʻlmaganini ramzan ifoda qiladi. Chunki الٓرَ uch yuz sakson ikki (382), كِتَابٌ toʻrt yuz yigirma uch (423), اَنْزَلْنَاهُ bir yuz qirq toʻrt (144), jami toʻqqiz yuz qirq toʻqqiz (949); agar tanvin "nun" sanalsa, toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz (999) boʻlib Risolat-un Nurning -agar shaddali "nun" bir "nun" sanalsa- adadi boʻlgan toʻqqiz yuz qirq sakkizga (948), agar shaddali "nun" ikki "nun" boʻlsa, toʻqqiz yuz toʻqson sakkizga (998) sirli (ya'ni vahiy boʻlmaganini ifoda qilish uchun) bitta farq bilan tavofuq qilib unga imo qiladi.

Xulosa: Bu birgina oyatda mazkur besh jumlaning munosabati ma'٧ٰ/iyani koʻzlab besh adad imolari bir quvvatli ishora, balki bir dalolat hukmiga oʻta olish qanoati menga buni yozdirdi. Xato qilgan boʻlsam, Kitobi Mubinni shafoatchi qilib Arhamurrohimiyndan qusurimning afvini niyoz aylayman.

سُبْحَانَكَ لاَعِلْمَ لَنَآ اِلاَّ مَاعَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
***
— 106 —

YIGIRMA TOʻQQIZINCHI OYATNING SAHVIGA DOIR TAFSILOT

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kichik bir sahvdan quvvatli bir ishorati gʻaybiya koʻrdim. Undan bildimki, u sahv bu uchun ekan.

Shundayki: Birinchi Shu'la boʻlgan Ishoroti Qur'oniyaning yigirma toʻqqizinchi oyati Sura-i Ibrohimning boshida,

الٓرٰ كِتَابٌ اَنْزَلْنَاهُ اِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النَّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلٰى النُّورِ بِاِذْنِ رَبِّهِمْ

ichida اِلٰى النُّورِ بِاِذْنِ رَبِّهِمْ jumlasiga maqomi jifriysi xato ravishda bir ming uch yuz oʻttiz toʻrt (1334) boʻlib Risola-i Nurning fotihasi boʻlgan Ishorot-ul I'joz Tafsirining chiqishi va nashri tarixiga tavofuq bilan qaraydi deyilgan. Holbuki talaffuz qilinadigan harflarining maqomi bir ming uch yuz oʻttiz toʻqqiz (1339) boʻlib, u tafsirning favqulodda mashhur boʻlishi va Dor-ul Hikmat tarafidan aksar muftiylarga yuborilgan nusxalar, koʻplab va moddiy va ma'naviy inqiloblarning larzalaridan saqlash nuqtasida -koʻp alomatlar va muftiylarning e'tirofi bilan- bittadan qal'a va aksar muftiylarning qoʻllarida bittadan olmos qilich hukmiga oʻtishlari tarixiga tavofuq bilan taqdirkorona qaraydi. Oʻqilmagan ikki "alif" sanalsa, bir ming uch yuz qirq bir (1341) boʻlib, Risola-i Nur chiqishi boshlanishiga batamom tavofuq bilan qaraydi.

Bu kichik xato shunday bir ma'noni birdan quvvatli eslatdiki, oʻsha sura-i Ibrohimning (A.S.) boshidagi oyatning Risola-i Nurga ramzan qaragan yolgʻiz uning toʻrt jumlasi emas, balki u birinchi sahifa oxiriga qadar munosabati ma'naviya jihatida bir ma'no-i ramziy bilan -bir qancha fardlari ichida- Risola-i Nurga yashirin bir xususiyat bilan imo qiladi, ramzan qaraydi. Men hozircha u haqiqati ramziyani bayon qilolmayman. Yolgʻiz qisqa bir ishora qilinadi. Ha, Risola-i Nurning asosi va mashrabi tafakkur va shafqat boʻlishi jihati bilan, Hazrat Ibrohimning (A.S.) xususiy mashrabi boʻlgan tafakkur va shafqat nuqtasida toʻliq tavofuq qilmoq sirri bilan shu surada yanada ziyoda Risola-i Nurni quchogʻiga oladi. Boshdagi oyat; toʻrt jumla bilan eng qorongʻu bir asrning qop-qorongʻuligi ichida, zulmat-zulmat ichida insonlarni nurga chiqargan va Qur'ondan chiqqan bir nurga ishora qilgani kabi, eng qorongʻulik ichida boʻlgan va Risola-i Nurning jarayoniga muxolif ketganlarni ta'riflaydi.

— 107 —
UCHINCHI OYAT:
اَلَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ الْحَيٰوةَ الدُّنْيَا عَلَى اْلاٰخِرَةِ وَيَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا اُولٰئِكَ فِى ضَلاَلٍ بَعِيدٍ

Bu ham uch jumlasi bilan ba'zi ma'naviy munosabat va mafhum uygʻunlik jihatida va ham Risola-i Nurning maslagiga, ham dinsizlarning maslagiga imo tarzida qaraydi. Va birinchi jumlasi bilan deydiki: "U badbaxtlar ba'zi ahli iymonning (iymonlari barobar boʻlgani holda) va bir qism ahli ilmning (oxiratni toʻliq bilganlari holda) ularga qoʻshilish dalolati bilan, bilib turib va sevib turib hayoti dunyoviyani dinga va oxiratga, ya'ni olmosni tanigani va topgani holda, besh tiyinlik shishani undan ustun qoʻyish kabi; hayotdagi safohatni diniy hissiyotdan qaysarona ustun tutib dinsizlik bilan faxrlanadilar". Bu jumlaning bu asrga bir xususiyati bor. Chunki hech bir asr bunday bir tarzni koʻrsatmagan. Boshqa asrlarda u ahli zalolat oxiratni bilmaydi va inkor qiladi. Olmosning olmosligini bilmaydi, dunyoni ustun tutadi. Va ikkinchi jumlasi boʻlgan وَيَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللهِ bilan deydiki: "U badbaxtlarning zalolati muhabbati hayotdan va qaysarlikdan kelib chiqqani uchun oʻz hollari bilan turmaydilar, tajovuz qiladilar. Bilganlari va u bilan ajdodlari bogʻliq boʻlgan dinga adovatkorona, manbalarini quritmoq va asoslarini buzmoq va eshiklarini va yoʻllarini yopishni istaydilar". Va uchinchi jumlasi boʻlgan وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا bilan deydiki: "Ularning zalolati fandan, falsafadan kelgani uchun, ajib bir gʻurur va gʻarib bir fir'avnlik va dahshatli bir anoniyat ularga berib nafslarini shunday shishirganki, koinotni idora qilgan Ilohiy qonunlarning shu'lalarini va inson olamida u haqiqatlarning dasturlarini tuban havaslariga va nafsoniy orzulariga uygʻun koʻrmaganliklaridan (aslo! aslo!) egri, xato, nuqson topishni istaydilar". Xullas, bu oyat uch jumlasi bilan ma'nan bu asrda ajib bir toifa-i zalolatga toʻliq tavofuqi ma'naviy bilan ma'no-i ishoriysi bilan koʻp fardlari ichida xususiy qaragani kabi, tavofuqi jifriysi bilan ham boshlariga ishora qiladi.

— 108 —

Ha, avvalgi jumla boʻlgan اَلَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ ning maqomi bir ming uch yuz yigirma yetti (1327); agar shaddali "lom" va "be" ikki martadan sanalsa, Arabiy tarixi bilan bir ming uch yuz ellik toʻqqiz (1359) boʻlib, u tugʻyonli toifaning tajovuzkor zamonini koʻrsatib toʻliq tavofuq bilan qaraydi. وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا ning maqomi, tanvin "nun" boʻlish jihati bilan, bir ming ikki yuz toʻqqiz (1209) boʻlib, shariati Islomiyaga suiqasd boʻlib ajnabiy qonunlarini adliyaga tiqmoq fikri va tashabbusi tarixiga batamom tavofuq bilan qaraydi. Va bu alomatlar kabi koʻp imolar bilan boshdagi oyat quvvatli ishora qilgan Risola-i Nurning muorizlariga zohir bir suratda qaragani kabi, zid ma'noning dalolati bilan ham Risola-i Nurga toʻliq qaraydi. Hatto toʻrtinchi oyatda Risola-i Nurning Turkcha boʻlishini tahsin etadi va beshinchida Arabcha va Turkchani toʻliq bilmagan va murshidlari va olimlari parishon boʻlgan Sharqiy viloyatlarda Risola-i Nur yordamlariga va har toifadan ziyoda boshlariga kelgan hodisalar va oyatda بِاَيَّامِ اللهِ ta'bir etilgan ayanchli voqealarni xotirlariga keltirmoq bilan tanbeh va irshod etishlariga bir ma'no-i ishoriy va ramziy bilan amr qiladi. Bu oxirgi ahamiyatli ishorani bayon etishimga hozircha izn boʻlmaganidan, yolgʻiz har birining bitta ramzi gʻoyat qisqa bayon qilinadi. Shundayki:

TOʻRTINCHI OYATNING:
وَمَا اَرْسَلْنَا مِنْ رَسُولٍ اِلاَّ بِلِسَانِ قَوْمِهِ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ

jumlasi jifriy maqomi bilan va boshdagi oyatning ishoralari alomatlari bilan, risolat va nubuvvatning har asrda vorislik nuqtasida noiblari, vakillari boʻlmoq qoidasi bilan, bir ma'no-i ramziy jihatida vorislik vazifasini qilgan Risola-i Nurni fardlari ichiga xususiy bir iltifot bilan kirgizib, lisoni Qur'on boʻlgan Arabcha boʻlmasdan Turkcha boʻlishini taqdirlaydi. Ha, buning maqomi رَسُولٍ dagi tanvin "nun" sanalmoq va shaddali "lom" ikki sanalsa va shaddali "ye" bir sanalsa, bir ming uch yuz ellik sakkiz (1358), har ikkisi bittadan sanalsa, bir ming uch yuz yigirma sakkiz (1328); shaddalilar ikki sanalsa, tanvin sanalmasa, bir ming uch yuz oʻn sakkiz (1318); ham tanvin, ham shaddalilar sanalsa, bir ming uch yuz oltmish sakkiz (1368) boʻlib, Risola-i Nurning besh davriga va besh vaziyatiga ramzan va imoan qaraydi.

— 109 —
BESHINCHI OYATDA:
اَنْ اَخْرِجْ قَوْمَكَ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلٰى النُّورِ وَذَكِّرْهُمْ بِاَيَّامِ اللهِ

اِلٰى النُّورِ وَذَكِّرْهُمْ بِاَيَّامِ اللهِ jumlasida maqomi jifriysi, shaddalilar bittadan sanalmoq jihatida bir ming uch yuz ellik bir (1351) boʻlib, Risola-i Nurning hozircha bayoniga ruxsatim boʻlmagan ahamiyatli vazifasining va bu Qur'on amrlariga rioya qilishning tarixiga batamom jifriy tavofuq va ma'naviy uygʻunlik alomati bilan va qissadan hissa olmoq mavhum munosabat ramzi bilan Risola-i Nurga imo tarzida qaraydi. Yana yoziladigan koʻp gʻaybiy ishoralar bor, faqat ruxsat berilmadi, hozircha qoldi.

***
— 110 —

SAKKIZINCHI SHU'LA

(Uchinchi Bir Karomati Alaviya)
Bir Maqsad Ifodasi

[Ma'lum boʻlsinki, men Risola-i Nurning qiymatini va ahamiyatini bayon qilish bilan Qur'onning haqiqatlarini va iymonning ruknlarini e'lon qilish va iymon zaifligiga tushganlarni ularga da'vat qilish va ularning quvvatlarini va haqqoniyatlarini koʻrsatishni istayman. Boʻlmasa, aslo! Oʻzimni va hech bir jihat bilan yoqtirmagan nafsi ammoramni yoqtirtirish va madh qilish emas. Ham Risola-i Nur zohiran mening asarim boʻlish e'tibori bilan sano etmayman. Balki yolgʻiz Qur'onning bir tafsiri va Qur'ondan ilhomlangan bir tarjimoni haqiqiysi va iymonning hujjatlari va e'lonchisi boʻlish e'tibori bilan ustun vasflarini bayon qilmoqdaman. Hatto bir qism risolalarni ixtiyorim xorijida yozganim kabi, Risola-i Nurning ahamiyatini zikr qilishda ixtiyorsiz hukmidaman. Imomi Ali (Roziyallohu Anh) Oyat-ul Kubro nomini bergan "Yettinchi Shu'la" risolasini yozishda koʻp zahmat chekkanimga bir oldindan berilgan mukofot va bir maqbuliyat alomati va bir tashviq sababi boʻlib bu karomati Jaljalutiya inoyati Ilohiya tarafidan berilganiga shubham qolmagan. Tahdisi ne'mat navidan buni "Sakkizinchi Shu'la" sifatida yozdim. Boʻlmasa hashrga doir muhim bir oyatning moʻ'jizali boʻlgan burhonlarini yozar edim.]

***
— 111 —
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
[Imomi Alining (Roziyallohu Anh) Risola-i Nurga doir uchinchi bir karomati.]

Ha, Oʻn Sakkizinchi va Yigirma Sakkizinchi Yogʻdularda izoh va isbot qilingan ikki zohir karomatini dastaklab va quvvatlantirib Qasida-i Jaljalutiyasida Sirojunnurdan yaqollik darajasida xabar bergani kabi, yana oʻsha Qasidada Sirojunnurning eng nomdor risolalariga ishora qiladi, goʻyo olqishlaydi; va sakkiz adad ramz bilan mashhur bir qism risolalarini koʻrsatadi.

BIRINCHISI: Risola-i Nurni ochiq shaklda bildirgan تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ سِرًّا بَيَانَةً parchasidan soʻngra Suryoniy lisoni bilan asmoyi husnadan madad va Qur'oniy suralar bilan bir munojot qiladi. Batamom oʻttiz uch suralar bilan shunday gʻarib va ma'nodor bir tarzda zikr qiladiki; bir qism sirlarni va gʻaybiy xabarlarni ham bildirmoq istagani anglashiladi. Men mashaqqatli bir zamonda Imomi Alining (Roziyallohu Anh) Oyat-ul Kubro nomini bergan "Yettinchi Shu'la"ni tugatganim ayni vaqtda -e'tiqodimga koʻra menga tez bir mukofot va bir haq sifatida- kechasi davomida Jaljalutiyani oʻqidim. Birdan bir gʻaybiy eslatma kabi qalbimga deyildi: Imomi Ali Roziyallohu Anh Risola-i Nur bilan juda ham mashgʻul. Majmuidan xabar bergani kabi, qiymatdor risolalariga ham ishora darajasida ramz qilib imo qiladi. Agar ochiq bir suratda gʻaybdan xabar berish (juda zararli boʻlganidan, hikmatga zid boʻlgani jihat bilan) hikmati Ilohiya tarafidan man boʻlmasa edi, ochiq shaklda bildirar edi. Masalan, suralarni sanab oʻtarkan, yigirma beshinchiga kelgani vaqt deydiki:

بِحَقِّ تَبَارَكَ ثُمَّ نُونٍ وَسَآئِلٍ - وَبِسُورَةِ التَّهْمِيزِ وَالشَّمْسُ كُوِّرَتْ
وَبِالذَّارِيَاتِ ذَرْوًا وَالنَّجْمِ اِذَا هَوَى - وَبِاِقْتَرَبَتْ لِىَ اْلاُمُورُ تَقَرَّبَتْ
وَبِسُوَرِ الْقُرْاٰنِ حِزْبًا وَاٰيَةً - عَدَدَ مَاقَرَأَ الْقَارِى وَمَا قَدْ تَنَزَّلَتْ
فَاَسْئَلُكَ يَا مَوْلاَىَ بِفَضْلِكَ الَّذِى - عَلٰى كُلِّ مَا اَنْزَلْتَ كُتْبًا تَفَضَّلَتْ
— 112 —

Xullas, bu ifodalarda Eskishahar Ogʻir Jazo Mahkamasini hayratda qoldirgan va ustida koʻz bilan koʻringan bir karomati bilan va qiyomat va hashrni isbot qilgan horiqo hujjatlari bilan mashhur boʻlgan "Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz"ga Hazrat Imomi Ali (Roziyallohu Anh), zikr va sanab chiqqan suralarning yigirma toʻqqizinchi martabasida وَالشَّمْسُ كُوِّرَتْ bilan unga ishora qiladi. Chunki qiyomat boʻlishidan gʻoyat dahshatli xabar bergan اِذاَ الشَّمْسُ كُوِّرَتْ surasiga toʻliq uygʻun bir suratda oʻsha Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz qiyomatning va olam xarob boʻlishining va dunyo oʻlimining va oxirat hayotining va oʻliklarni tiriltirishning qat'iy hujjatlarini bayon qilarkan, bu suraning dahshatli tasvirini zikr qilishi; ham ma'noda, ham yigirma toʻqqizinchi martabada uygʻunliklari u ishorani isbot qiladi.

Ham zarralarning oʻzgarishida boʻgʻilgan moddiyunlarni jim qilgan va zarralarning oʻzgarishi va harakatlarini, vazifa va intizomlarini oʻxshovsiz bir tarzda isbot qilgan Oʻttizinchi Soʻz nomli Zarralar Risolasiga Hazrat Imomi Ali (Roziyallohu Anh), oʻttizinchi martabada وَبِالذَّارِيَاتِ ذَرْوًا qasami bilan unga ishora qiladi. Ha, bu ishorada lafzan va suratan Sura-i وَالذَّارِيَاتِ ذَرْوًا va Risola-i Zarrot bir-biriga oʻxshashlik bilan barobar ma'no jihati bilan ham munosabat bor. Chunki Sura-i وَالذَّارِيَاتِ ning boshida tasodifiy va intizomsiz deb oʻylangan havoning toʻlqinlanishi gʻoyat hikmatli va vazifador boʻlib rububiyatning takviniy amrlarini atrofga yetishtiradi deb ifoda qilgani kabi, Risola-i Zarrot ham moddiyunlar tarafidan tasodifiy va intizomsiz deb oʻylangan zarralar harakati ham gʻoyat hikmatli va u zarralar muntazam vazifalar bilan vazifador boʻlganliklarini gʻoyat quvvatli va qat'iy burhonlar bilan isbot qiladi.

— 113 —

Ham Me'roji Muhammadiy Alayhissalotu Vassalomni aqliy dalillar bilan gʻoyat ma'qul va qat'iy bir suratda isbot qilgan va "Oʻttiz Birinchi Soʻz" nomida va martabasida boʻlgan Risola-i Me'rojga Hazrat Imomi Ali (R.A.) oʻttiz birinchi martabada Me'roji Ahmadiy (A.S.V.) va Qobi Qavsayndagi mushohada va muqolamani ochiq bir suratda boshlagan Sura-i وَالنَّجْمِ اِذَا هَوٰى ning boshida boʻlgan وَالنَّجْمِ اِذَا هَوٰى jumlasi bilan yaqqollikka yaqin bir tarzda oʻsha risolaga ishora qiladi va Sura-i وَالطُّورِ ni qoldirib, وَالذَّارِيَاتِ dan keyin وَالنَّجْمِ surasini zikr qilishi bu ishorani quvvatlantiradi.

Ham Shaqqi Qamar moʻ'jizasini munkirlarga qarshi quvvatli dalillar bilan isbot qilgan Me'roj Risolasining zayli boʻlgan Shaqqi Qamar Risolasi nomli oʻttiz birinchi martabaning oxirida u risolaga Hazrat Imomi Ali (R.A.) Shaqqi Qamarni nassi sarih bilan zikr qilgan Sura-i اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَانْشَقَّ الْقَمَرُ dan iqtibos etib oʻttiz birinchi martabaning oxirida zikr qilingan وَبِاِقْتَرَبَتْ لِىَ اْلاُمُورُ تَقَرَّبَتْ ifodasi bilan sarohatga yaqin ishora qiladi.

Ma'lumdirki: Risola-i Nur boshda oʻttiz uch adad Soʻzlardir va Soʻzlar nomi bilan yod qilinadi. Faqat Oʻttiz Uchinchi Soʻz mustaqil emas, balki oʻttiz uch adad Maktubotdan iborat. Va Maktubot nomi bilan zikr qilinadi. Soʻngra Oʻttiz Birinchi Maktub ham mustaqil emas, balki oʻttiz bir adad Yogʻdulardan tashkil topgan. Va Yogʻdular nomi bilan mashhurdir. Soʻngra Oʻttiz Birinchi Yogʻdu ham mustaqil boʻlmagan, u ham inshaalloh oʻttiz bir adad Shu'lalardan tarkib topadi. Al-Oyat-ul Kubro yettinchi va bu risola Sakkizinchi Shu'lalardir. Demak, Soʻzlarning xotimasi Oʻttiz Ikkinchi Soʻz. Ham Risola-i Nurning yulduzlari ichida bir Quyosh hukmida shogirdlari tomonidan qabul qilingan Oʻttiz Ikkinchi Soʻz nomli Uch Qismli hayratomuz va jome' risola va Soʻzlarning bir jihatda xotimasi va jam'iyatli natijasi boʻlgan u risolaga Hazrat Imomi Ali (R.A.) uning favqulodda ahamiyatini va jome'iyatini koʻrsatish uchun Qur'onning koʻp suralari bilan birdan Oʻttiz Ikkinchi martabada وَبِسُوَرِ الْقُرْاٰنِ حِزْبًا وَاٰيَةً qasami bilan Oʻttiz Ikkinchi Martabada boʻlgan u jome' risolaga ishora qiladi. Risola-i Nurning Oʻttiz Uchinchi Soʻzi esa, bundan avval bayon qilganimiz kabi, oʻttiz uch adad maktublardan iborat va Maktubot nomli oʻttiz uch kitob va yuzdan ziyoda risolalardir.

— 114 —

Xullas, Hazrat Imomi Ali (R.A.) Oʻttiz Uchinchi Martabada va qasamida Oʻttiz Uchinchi Soʻzning parchalari boʻlgan oʻsha bir yuz oʻnta kitob va Maktubotga birdan ishora qilish uchun bir yuz oʻnta samoviy sahifalar nomli bir yuz oʻn muxtasar kitoblar va oʻsha buyuk muqaddas kitoblardan madad istash ma'nosida boʻlgan shu:

فَاَسْئَلُكَ يَا مَوْلاَىَ بِفَضْلِكَ الَّذِى - عَلٰى كُلِّ مَااَنْزَلْتَ كُتْبًا تَفَضَّلَتْ

kalomi bilan ishora qiladi. Ma'lumdirki: Ilmi balogʻatda va fanni bayonda uzoq va yashirin ma'nolarga dalolat qilish uchun karina ta'bir qilganlari alomatlardan va munosabatlardan birisi boʻlsa, uzoq bir ma'no va yashirin va ishoriy boʻlgan bir mafhum karinaning quvvatiga koʻra ochiq va zohir ma'nosi kabi qabul qilinadi. Xullas, bu qoidaga binoan, bu ishoriy ma'nolarning har birisiga koʻpgina karinalar, alomatlar boʻlgani kabi boshqa doʻstlari ham unga karinalar boʻladi. Risola-i Nurning majmuidan xabar bergan ochiq parchalar ham har birisiga quvvatli bir karinadir.

IKKINCHI RAMZ: Qur'onning Al-Oyat-ul Kubrosi boʻlgan

تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَاْلاَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

ning haqiqati kubrosini va tafsiri akbarini koʻrsatgan va ramazoni sharifning ilhomiy bir hadyasi boʻlgan "Yettinchi Shu'la" risolasiga Hazrat Imomi Ali (R.A.) Maktubotga ishoradan soʻngra "Yogʻdular"ga ishora ichida Shu'lalarga qarab

وَبِاْلاٰيَةِ الْكُبْرٰى اَمِنِّى مِنَ الْفَجَتْ

{(Hoshiya) Imomi Ali bu parcha bilan ishora qiladiki, Oyat-ul Kubro risolasi sababli shogirdlari bir musibatga tushadilar va uning karomati va barakasi bilan amniyatga va salomatga chiqadilar. Ha, bu karomati Alaviya batamom chiqdiki, oʻsha risola uchun qamoqqa tushib va uning quvvatli haqiqatlari bilan qutuldilar.} deb ilmi balogʻatda "mustatbaot-ut tarokib" va "maoriz-ul kalom" deyilgan ma'no-i zohiriyning tobeligi bilan va pardasining orqasi bilan koʻplab karinalarning quvvatiga koʻra ishora qiladi.

— 115 —

Va u ajib va yuksak va tavhidning hujjat-ul kubrosi; va Al-Oyat-ul Kubroning bir alomati kubrosi va bir tafsiri a'zami boʻlgan risolaga "Oyat-ul Kubro" nomini beradi. Va u nom bilan ham manbai boʻlgan Oyat-ul Kubroning azamatini, ham bu "Yettinchi Shu'la" boʻlgan vahdoniyatning va tavhidning burhoni a'zamining favqulodda quvvatini e'lon qiladi, xabar beradi. Hazrat Imomi Alining (R.A.) bu buyuk iltifotiga, bu risolaning layoqatiga kimningdir bir shubhasi boʻlsa, kelsin, bir marta oʻsha risolani oʻqisin. Agar ha, loyiqdir demasa, menga tuf desin. Ha, Qur'onga qarshi ming yildan beri intiqomona tayyorlangan dinsizlarning e'tirozlarini va kofir faylasuflarning yigʻilib hozir yoʻl topib tarqalgan shubhalarini va Qur'onning dahshatli zarbalaridan intiqom ilinjida boʻlgan oʻjar Yahudiylarning va magʻrur bir qism Nasroniylarning hujumlarini daf qilib qarshilik qilgan va har asrda Qur'onning juda koʻp qahramonlari va ma'naviy qal'alari bor edi. Hozir ehtiyoj bir-ikkidan yuzga chiqqan. Va mudofaachilar yuzdan ikki-uchga tushgan. Ham iymon haqiqatlarini ilmi kalomdan va madrasadan oʻrganish koʻp vaqtga muhtoj boʻlganidan, bu zamonda u eshik ham yopildi. Ham tez, ham hamma tushunadigan bir tarzda eng chuqur haqiqatlarni ta'lim bergan Risola-i Nur, albatta Imomi Ali Roziyallohu Anhning bu iltifotiga loyiqdir. Ham Imomi Ali (R.A.) oʻninchi sanash martabasida oʻninchi sura boʻlib va qiyomat va baroat kechasiga qaragan وَبِسُورَةِ الدُّخَانِ فِيهَا سِرًّا قَدْ اُحْكِمَتْ deb ma'no-i ishoriysi bilan "Oʻninchi Soʻz" nomli va martabasida boʻlgan Hashr Risolasiga ishora bilan barobar u risolaning favqulodda ahamiyatini va gʻoyat sogʻlom boʻlganini va u zamonning tumanli qorongʻuliklarini ketkazgan bir baroat kechasining bir qandili hukmida boʻlganiga va hashr va qiyomatning bir alomati boʻlgan tutun, ham baroat kechasining sanaviy boʻlib hikmatli ishlarni ayirish va taqsimlash nuqtalari bilan va boshqa karinalar bilan imoan va ramzan xabar beradi. Ha, Oʻninchi Soʻz juda ahamiyatli bir baloni daf qildi. Hurriyati afkor erkinligi va jahon urushi larzasi vaqtida hashrni inkor qilgan munofiqlar fursat topib koʻp yerlarda zaharli fikrlarini izhor qilishni boshlaganlari bir zamonda "Oʻninchi Soʻz" chiqdi va chop qilindi. Ming nusxasi atrofga yoyildi. Uni koʻrgan harkas kamoli ishtiyoq va qiziqish bilan oʻqidi. Zindiqlarning kofirona fikrlarini toʻliq sindirdi va ularni jim qildi. Imomi Ali Roziyallohu Anhning bu taqdiriga layoqatini isbot qildi. Kimning shubhasi boʻlsa kelsin, uni diqqat bilan oʻqisin, hashrning qanchalar quvvatli bir burhoni boʻlganini koʻrsin.

— 116 —

Ham Hazrat Imomi Ali Roziyallohu Anh oʻn toʻqqizinchi sura boʻlib Surat-un Nurni

بِسِرِّ حَوَامِيمِ الْكِتَابِ جَمِيعِهَا - عَلَيْكَ بِفَضْلِ النُّورِ يَانُورُ اُقْسِمَتْ

parchasi bilan zikr qilib juda muxtasar boʻlgan Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzga va juda mukammal boʻlgan "Oʻn Toʻqqizinchi Maktub"ga ishora uchun nur lafzini takror qilish bilan maktublarning martabasi, ya'ni "Oʻn Toʻrtinchi Maktub" nuqson qolishiga imo qilib Sura-i Nurni oʻn beshinchida yana zikr qilishi bilan gʻoyat latif va mudaqqiqona xabar beradi. Va u ikki risolalarni Risola-i Nurning buyuk nurlari boʻlganliklarini bildiradi. Ha, risolati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalomga doir boʻlgan "Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz" ham uch jihat bilan karomatli va hayratomuz boʻlgan "Oʻn Toʻqqizinchi Maktub" haqiqatdan Risola-i Nurning eng porloq bittadan nuridirlar. Va Oisha-i Siddiqa Roziyallohu Anhaning oqlanishi munosabati bilan oyati Nurning مَثَلُ نُورِهِ kalimasidagi olmosh uch jihatdan birisi bilan Muhammad Alayhissalotu Vassalomga taalluqli boʻlish jihati bilan Sura-i Nur Zoti Muhammadiya Alayhissalotu Vassalom bilan ziyoda aloqador boʻlganidan, u sura bilan risolati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalomni isbot qilgan oʻsha ikki risolaga ikki nur lafzi bilan, balki uch nur kalimalari bilan yana aynan risolati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomni isbot qilgan "Me'roj Risolasi"ga ham ishora qilgan. Men e'tirof qilamanki: Oʻn Toʻrtinchi Maktub nuqson qolganini unutgandim. Hazrat Imomi Ali (R.A.) ayni surani ikki marta takror qilishi bilan esladim va ishoralaridagi diqqatiga hayron boʻldim. Faqat u takror yolgʻiz "Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz va Maktub" uchun sanaladi; undan keyingilarga nisbatan sanalmaydi.

UCHINCHI RAMZ: "Yigirma Sakkizinchi Yogʻdu"da izoh va isbot qilingan

تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ سِرّاً بَيَانَةً - تُقَادُ سِرَاجُ السُّرْجِ سِرّاً تَنَوَّرَتْ
بِنُورِ جَلاَلٍ بَازِخٍ وَشَرَنْطَخٍ - بِقُدُّوسِ بَرْكُوتٍ بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ
— 117 —

parchalari bilan Risola-i Nurning uch ahamiyatli vaziyatini xabar beradi. Bu parchalarning sarohatga yaqin bir suratda ham jifr, ham ma'no jihati bilan Risola-i Nurga ishorasini "Oʻn Sakkizinchi Yogʻdu"da izohiga binoan, bu yerda esa u yerda zikr qilinmagan va Imomi Ali Roziyallohu Anhning nazari diqqatini jalb qilgan yolgʻiz uch sirri bayon qilinadi.

Birinchisi: Musulmonlar ichida, dallollar qoʻlida e'lon suratida kezdirishga loyiq boʻlgan Risola-i Nur, afsuski gʻoyat yashirin parda ostida tarqalish va yashirinishga majbur boʻlishiga ishora qilib Imomi Ali Roziyallohu Anh ikki marta سِرّاً بَيَانَةً va سِرًّا تَنَوَّرَتْ kalimalari bilan سِرّاً ya'ni faqat yashirin tarqala oladi. Taajjubona xabar beradi.

Ikkinchisi: Risola-i Nur Ismi A'zam jilvasi bilan va Ismi Rahim va Hakimning tajalliysi bilan namoyon boʻlganidan, imtiyozli xossasi "Allohu Akbar"dan iqtibos qilib jalol va kibriyo, "Bismillahirrohmanirrohiym"dan fayzlanib marhamat va shafqat, وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ dan foydalanib hikmat va intizomning asoslari uzra ketadi. Uning ruhi va hayoti ulardir. Boshqa mashrablardagi ishq oʻrniga Risola-i Nurning mashrabida mushtoqona shafqatdir va marhamatkorona muhabbatdir.

Qandayki Hazrat Imomi Ali (R.A.) ochiq bir suratda Sirojunnurning ta'lif tarixini va takommillashish zamonini va mashhur ismini تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ parchasi bilan xabar bergan. Xuddi shuning kabi بِنُورِ جَلاَلٍ بَازِخٍ وَشَرَنْطَخٍ oxirigacha.. parchasi bilan ham Sirojunnurning asoslaridan xabar beradi. Chunki جَلاَلٍ بَازِخٍ izzat, azamat va jalol va kibriyodir. شَرَنْطَخٍ Suryoniycha Rauf va بَرْكُوتٍ Rahimdir. Demak, Hazrat Imomi Ali Roziyallohu Anh Sirojunnurni ta'rif qilmoqda. Hayotini va nurini kibriyo va azamat va marhamat va rahimiyatdan olmoqda deb tanlangan xususiyatini bayon qiladi.

— 118 —

Uchinchisi: Hazrat Imomi Ali Roziyallohu Anh bu parchada بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ jumlasi bilan deydiki: Bir ming uch yuz ellik toʻrtda (1354) Siroj-un Nur (ya'ni, Risola-i Nurning nuri) bilan zalolatning tajovuz qilgan olovi inshaalloh soʻnadi. Ya'ni, diniy fitna otashini yo buzgʻunchilikdan voz kechiradi, yoki oldingi tajovuzlarini sindiradi. Agar hijriy tarixi boʻlsa, bundan ikki yil avval dinni dunyodan ayirmoq fursatidan foydalanish bilan dinning va Qur'onning zarariga boʻlib ilgarilagan dahshatli rejalarning tajovuzlari toʻxtashi, albatta qarshilarida kuchli bir toʻsiqning boʻlganidandir. Oʻsha toʻsiq esa, bu zamonda koʻp tarqalgan Risola-i Nurning keskin hujjatlari va kuchli burhonlari boʻlgani koʻp alomatlar bilan his qilinmoqda. Va bu ikkinchi ehtimoldagi ishorati Alaviya ham uni quvvatlantiradi.

{(Hoshiya) Hamda اِنَّا اَعْطَيْنَا ning sirri qisman amalga oshgan. Chunki Sufyoniyatning toʻrt rahnamosidan eng kuchlisi va dahshatlisi butun-butun chekindi. Qabr ostida azob chekmoqda. Va eng kattasi ham aloqasi amalda chekingan. Mason komitetining mahkumi va vositasi boʻlib azobi bilan mashgʻul. Yolgʻiz uning soyasi hukm qilmoqda. Yana tajovuz qilmaslik bilan barobar, qisman chekinmoqda. Qolgan ikki shaxs esa, qoʻllaridan kelsa, ta'mirga urinadilar.}

Ha, jifrga koʻra بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ : خ olti yuz (600), ت toʻrt yuz (400), ر ikki yuz (200), shaddali ن yuz (100), م qirq (40), د va uch ا yetti (7), بِهِ dagi ب ikki (2) , ه besh (5), jami bir ming uch yuz ellik toʻrt (1354) boʻladi. Lillahilhamd, Siroj-un Nurning Al-Oyat-ul Kubrosi kabi koʻp risolalari bor. Har biri kuchli bittadan chiroq hukmida siroti mustaqimni koʻrsatib Imomi Ali Roziyallohu Anhning xabarini tasdiq qiladilar.

— 119 —

Bu uchinchi sirning muosabati bilan aynan بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ kabi bir ming uch yuz ellik toʻrt (1354) tarixiga jifriy maqomi bilan qaragan va Saidning (R.A.) ikki mashhur laqabiga ramzan va isman imo qilgan va "oʻzingni muhofaza qil" amrini bergan va u tarixda harkasdan ziyoda bir qancha tahlikalarga ma'ruz boʻlishini talvih qilgan "Arjuza"ning oxirlaridagi

فَاسْئَلْ لِمَوْلاَكَ الْعَظِيمِ الشَّانِ - يَا مُدْرِكًا لِذَلِكَ الزَّمَانِ
بِاَنْ يَقِيكَ شَرَّ تِلْكَ الْفِتْنَةِ - وَشَرَّ كُلِّ كُرْبَةٍ وَمِحْنَةٍ

parchasi bilan deydi: "Ey Said-al Kurdiy! Bir ming uch yuz ellik toʻrt (1354) tarixiga yetishsang, Mavloyi Azimingdan u zamonning va u asrning fitna va sharrlaridan muhofazani ista va yolvor". Ha, Oʻn Sakkizinchi Yogʻduda Birinchi Karomati Alaviyaning izohida, Qasida-i Arjuziyaning Risola-i Nur va muallifiga doir gʻaybiy ishoralari bayon qilingan. Imsi a'zam va sakina ta'bir qilgani asmo-i sitta-i mashhura bilan doimo mashgʻul boʻlgan bir shogirdi bilan gapirgani va tasalli bergani va koʻp alomatlar va ishoralar bilan oʻsha shogird Said boʻlgani isbot qilingan. Va u yerda oʻsha shogirdiga degan:

اَحْرُفُ عُجْمٍ سُطِّرَتْ تَسْطِيرًا بِتَّ بِهَا اْلاَمِيرُ وَالْفَقِيرَا

Ya'ni, ajnabiy harflari bir ming uch yuz qirq sakkizda (1348) umumiylashtiriladi, bola-chaqa, amirlar va faqirlar majburlash suratida tungi darslar bilan oʻrganishga harakat qiladilar.

Ha, سُطِّرَتْ تَسْطِيرًا jumlasi batamom; ikki ت sakkiz yuz (800), ikki س bir yuz yigirma (120), ikki ر toʻrt yuz (400), ikki ط oʻn sakkiz (18), bir ى oʻn (10), jami bir ming uch yuz qirq sakkizdir (1348). Ayni tarixda Lotincha harflariga tungi darslari bilan jabran dars qildirildi. Soʻngra Imomi Ali (R.A.) Sakina bilan mashgʻul boʻlgan Saidga qaraydi, gapiradi. Davomida يَا مُدْرِكًا لِذَلِكَ الزَّمَانِ deydi. Ikki-uch yerda quvvatli ishora bilan Said ismini bergan shogirdiga xitoban "Oʻzingni Sakina bilan duo qilib muhofazaga harakat qil". Yo-i nidoiydan soʻngra koʻpgina ishoralar va alomatlar bilan Said bor. Demak يَاسَعِيدُ مُدْرِكًا لِذَلِكَ الزَّمَانِ boʻladi. Bu parcha qandayki مُدْرِكًا kalimasi bilan "Al-Kurdiy" laqabiga ham lafz, ham jifr jihatidan qaraydi. Chunki mimsiz دَرْكًا "Kurd" qalbidir. {(1) Ya'ni teskaridan oʻqilgan.} "Mim" esa "lom" va "ye"ga toʻliq muvofiqdir. Shuning kabi, boshqa bir ismi boʻlgan Badiuzzamon taxallusiga ham "az-zamon" kalimasi bilan imo qilish bilan barobar, bir ming uch yuz ellik toʻrt (1354) yoki bir ming uch yuz ellik besh (1355) jifriy maqomi bilan Saidning holatining haqiqatini va odatga xilof vaziyatini hamda muhofaza va qoʻriqlash uchun koʻplab duosini va xilvat va yolgʻizligini batamom ta'bir va ifoda qilganidan, yaqollikka yaqin bir suratda barmogʻini uning boshiga oʻsha qasidada tasalli uchun bosadi. Bu yerda ham بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ sirriga mazhar boʻlgan Risola-i Nurni olqishlaydi.

— 120 —

Ma'lum boʻlsinki, Jaljalutiyaning asosi va ruhi boʻlgan

اَلْقَسَمُ الْجَامِعُ وَالدَّعْوَةُ الشَّرِيفَةُ وَاْلاِسْمُ اْلاَعْظَمُ

Imomi Ali Roziyallohu Anhning eng muhim va eng mudaqqiq uvaysiy bir shogirdi va Islomiyatning eng mashhur va porloq bir hujjati boʻlgan Imom Gʻazzoliy (R.A.) Hujjat-ul Islom deydiki: "Ular vahiy bilan Paygʻambarga (A.S.V.) nozil boʻlgan vaqt Imomi Aliga (R.A.) "Yoz" deb amr qildi. U ham yozdi. Soʻngra nazm etdi". Imom Gʻazzoliy (R.A.) deydi:

اِنَّ هٰذِهِ الدَّعْوَةَ الشَّرِيفَةَ وَالْوَفْقَ الْعَظِيمَ وَالْقَسَمَ الْجَامِعَ وَاْلاِسْمَ اْلاَعْظَمَ وَالسِّرَّ الْمَكْنُونَ الْمُعَظَّمَ بِلاَ شَكٍّ كَنْزٌ مِنْ كُنُوزِ الدُّنْيَا وَاْلاٰخِرَةِ

Imom Gʻazzoliy Imom Nuriddindan dars olib bu Jaljalutiyaning ham Suryoniy kalimalarini, ham qiymatini va xususiyatini sharh qilgan.

Toʻrtinchi Ramz: Imomi Ali (R.A.) Siroj-un Nurdan xabar bergandan keyin yana oʻttiz uch va bir jihatdan oʻttiz ikki adad Suryoniycha ismlarni sanab oʻtarkan, Risola-i Nurning eng quvvatli, eng qiymatdor boʻlgan Moʻ'jizoti Qur'oniya Risolasiga va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzga quvvatli ishora qilgani kabi, boshqa risolalarga ham ramzan yoki imoan yoki talvihan qaraydi. Ha, Hazrat Imomi Ali (R.A.) Risola-i Nurga qarab Suryoniy ismlarni kirgizib deydi:

— 121 —
تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ سِرًّا بَيَانَةً * تُقَادُ سِرَاجُ السُّرْجِ سِرًّا تَنَوَّرَتْ
بِنُورِ جَلاَلٍ بَازِخٍ وَ شَرَنْطَخٍ * بِقُدُّوسِ بَرْكُوتٍ بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ
بِيَاهٍ وَيَا يُوهٍ نَمُوهٍ اَصَالِيًا * بِطَمْطَامٍ مِهْرَاشٍ لِنَارِ الْعِدَاسَمَتْ
بِهَالٍ اَهِيلٍ شَلْعٍ شَلْعُوبٍ شَالِعٍ * طَهِىٍّ طَهُوبٍ طَيْطَهُوبٍ طَيَطَّهَتْ
اَنُوخٍ بِيَمْلُوخٍ وَ اَبْرُوخٍ اُقْسِمَتْ * بِتَمْلِيخِ آيَاتٍ شَمُوخٍ تَشَمَّخَتْ

{(Hoshiya) Hashrga doir mashhur Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzga, keyin Me'roj va zayli Shaqqi Qamarga qaraydi.}

اَبَازِيخَ بَيْذُوخٍ وَ ذَيْمُوخٍ بَعْدَهَا * خَمَارُوخٍ يَشْرُوخٍ
بِشَرْخٍ تَشَمَّخَتْ * بِبَلْخٍ وَ سِمْيَانٍ وَ بَازُوخٍ بَعْدَهَا
بِذَيْمُوخٍ اَشْمُوخٍ بِهِ الْكَوْنُ عُمِّرَتْ * بِشَلْمَخَتٍ اِقْبَلْ دُعَائِى

deb duo bilan xatm qiladi. Hazrat Imomi Ali (R.A.) boshda yaqqollik bilan xabar bergan Risola-i Nurni Siroj-un Nur va Siroj-us Surj nomi bilan Birinchi Martabada oshkora uni koʻrsatib sanab oʻtarkan, Yigirma Beshga kelgan vaqtda بِتَمْلِيخٍ اٰيَاتٍ شَمُوخٍ تَشَمَّخَتْ deydi. Qur'on oyatlarining i'jozlarini bayon va Qur'onning qirq jihat bilan moʻ'jiza boʻlganini yetti adad kulliy jihatlarda isbot qilgan Risola-i Nurning eng mashhur va porloq risolasi boʻlgan Yigirma Beshinchi Soʻz nomli Moʻ'jizoti Qur'oniya Risolasiga ishora qiladi. Chunki boshda Siroj-un Nurning birinchi martabada sanalishi, ham بِتَمْلِيخِ اٰيَاتٍ parchasida

— 122 —

اٰيَاتٍ kalimasining boʻlishi, ham yigirma beshinchi martabada zikr qilishi, quvvatli bir ishoradirki: Juda koʻp oyatlarni zikr qilib i'jozlarni va sirlarni bayon qilgan Yigirma Beshinchi Soʻzga ma'no-i majoziy bilan qaraydi. Va suralarning sanalishida ham yana yigirma beshinchi martabada iborani almashtirib boshdan boshlayotganday بِحَقِّ تَبَارَكَ deb Risola-i Nurning eng muborak va barakali boʻlgan Yigirma Beshinchi Soʻzning ahamiyatini koʻrsatadi. Soʻngra yigirma olti va yettida اَبَاذِيخَ بَيْذُوخٍ وَذَيْمُوخٍ بَعْدَهَا deydi. Soʻngra oʻttiz va oʻttiz birinchida بِبَلْخٍ وَسِمْيَانٍ وَبَازُوخٍ بَعْدَهَا deb yana iborani oʻzgartirib بَعْدَهَا kalimasini zikr qiladi. Gʻoyat zohir va quvvatli bir ishora bilan ijtihodga doir Yigirma Yettinchi Soʻzning sahobalar haqidagi juda muhim va qiymatdor zaylini va Me'rojga doir Oʻttiz Birinchi Soʻzning Shaqqi Qamarga doir va unga juda koʻp ehtiyoj boʻlgan ahamiyatli zaylini بَعْدَهَا kalimasi bilan koʻrsatayotganday, quvvatli ishora qiladi. Men e'tirof qilamanki; men bu zayllarni unutgandim. Imomi Alining (R.A.) bu eslatmasi bilan esladim. Shaqqi Qamarni yuqorida yozdim. Hozir bu onda sahobalar haqidagi zaylni xotirladim. Xullas, modomiki balogʻat ilmi va bayon fanida birgina ishora bilan majoziy bir ma'no murod boʻla oladi va birgina munosabat bilan bir ma'noga ishora boʻlsa, oʻsha ma'no bir ma'no-i ishoriy boʻlib qabul qilinadi. Albatta, zohir va koʻp ishoralar va alomatlarni inobatga olmasak, faqat bu ikki yerda toʻliq zayllar boʻlgan ayni maqomda va zayl ma'nosida boʻlgan بَعْدَهَا kalimasini takror suratida ifodani almashtirib aytishi, toʻliq bir alomatdirki, Hazrat Imomi Ali (R.A.) ma'no-i haqiqiysidan boshqa bir ma'no-i ma'joziy va ishoriyni ham ifoda qilishni istaydi.

— 123 —

Soʻngra yigirma toʻqqizinchi martabada, haybatli bir tarzda

خَمَارُوخِ يَشْرُوخٍ بِشَرْخٍ تَشَمَّخَتْ

deydi. Yigirma beshda oʻtgan va sirlarni bilish ma'nosida boʻlgan تَشَمَّخَتْ kalimasini takror bilan sobiqan bayon qilganimiz gʻaroyib Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzga quvvatli bir alomat bilan ishora qiladi. Soʻngra oʻttiz ikkinchi martabada suralarni sanab chiqilishda ahamiyat bilan ishora qilgan qamrovli risola boʻlgan Oʻttiz Ikkinchi Soʻzga yana nazari diqqatni kuchli jalb qilish uchun ذَيْمُوخٍ اَشْمُوخٍ بِهِ الْكَوْنُ عُمِّرَتْ va bir nusxada بِهِ الْكَوْنُ عُطِّرَتْ ya'ni Ismi Adl va Ismi Hakamning tajalliysi bilan va adolat va mezoni bilan va intizom va hikmati bilan dunyo ta'mir qilinadi. Buzilishdan qutuladi. Ikkinchi nusxa bilan oʻsha ikki ismning xushboʻy isi bilan va juda xush hidlari bilan dunyo goʻzal hidlar oladi. Attor doʻkoni kabi xushboʻy is beradi.

Xullas, Ismi Adl va Ismi Hakamning porloq bir oynalari va bir tafsirlari hukmida boʻlgan Oʻttiz Ikkinchi Soʻzga ishora qiladi va ma'no-i majoziy suratida ifoda qiladi. ذَيْمُوخٍ kalimasining takrori bilan Soʻzlar oʻttiz uch ekan, bir martabasi maktublardan iborat boʻlganiga va Oʻttiz Ikkinchi Soʻz oxirgi martabasi boʻlganiga imo qiladi. Men Suryoniy kalimalarining ma'nolarini tamomi bilan bilolmaganimdan va Imom Gʻazzoliy (R.A.) ham tamomi bilan izoh qilmaganidan, Hazrat Imomi Alining (R.A.) oʻsha kalimalar bilan boshqa risolalarga ishoralarini hozircha qoldiraman.

Beshinchi Ramz: Modomiki Jaljalutiya vahiy bilan Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomga nozil boʻlgan. Va Allam-ul Gʻuyubning ilmi bilan ma'no ifoda qiladi. Ham modomiki Jaljalutiya اَقِدْ كَوْكَبِى va تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ parchalarida ma'no-i majoziy bilan oʻsha qasidaning haqiqatini isbot qilgan Risola-i Nurga ochiqchasiga va uning oʻn uch ahamiyatli risolalariga ishoratan xabar berish bilan barobar,

— 124 —

فَيَا حاَمِلَ اْلاِسْمِ الَّذِى جَلَّ قَدْرُهُ da ham oʻsha qasidaning bir asosi boʻlgan اَ لاِسْمُ الْمُعَظَّمْ bilan koʻp mashgʻul va madad istagan Risola-i Nur muallifiga va buning oʻn uchta ahamiyatli hayot hodisalariga imo, ramz, ishora navidan majoziy ma'no bilan xabar beradi. Ham modomiki majoziy ma'no bilan va ishoriy ma'noning murod boʻlishiga bir zaif ishora va bir yashirin alomat va birgina munosabat yetarli boʻladi. Ham modomiki Risola-i Nur va risolalariga va muallifi va ahvoliga boʻlgan ishoralar bir-biriga ishora boʻladi. Balki masalaning birligi e'tibori bilan barcha ishoralar alomatlari bilan barobar har birisiga quvvatli bir ishora va kuchli bir alomat hukmidadir. Albatta deya olamizki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) qandayki boshda

بَدَئْتُ بِبِسْمِ اللهِ رُوحِى بِهِ اهْتَدَتْ اِلٰى كَشْفِ اَسْرَارٍ بِبَاطِنِهِ انْطَوَتْ

ya'ni, "Sirlar xazinasi boʻlgan Bismillahirrohmanirrohiym bilan boshladim. Ruhim u bilan oʻsha xazinani kashf qildi" deb boshqa ishoralarning alomati bilan bir ma'no-i ishoriy va bir madluli majoziy suratida Risola-i Nurning Bismillohi hukmida va fotihasi va basmalasi va Bismillohdagi buyuk sirning haqiqatini bayon qilgan va qisqa va gʻoyat quvvatli Birinchi Soʻz nomli boʻlgan Bismilloh Risolasiga imo, balki ramz, balki ishora qiladi. Aynan shuning kabi: Boshqa ishoralarning alomat va munosabati bilan va Qur'on harflarining sirlaridan bahs qilgan va Rumuzoti Samoniya nomli boʻlgan sakkiz kichik risolalarning mohiyatlarini eslatadigan bir tarzda, iborani almashtirib harflarning sirlari bilan madad istashni boshlashi, latif alomati bilan muazzam duo va munojot va jome' qasami istimdodiyning oxirlarida va Soʻzlarga va Maktublarga ishoradan keyin بِوَاحِ الْوَحَا بِالْفَتْحِ وَالنَّصْرِ اَسْرَعَتْ parchasi bilan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning

— 125 —

bir qism Qur'on harflarining sirlarini bayon qilgan Rumuzoti Samoniya nomli sakkiz kichik risolalarning eng muhimlari va fathi Makka va fathi Shom va fathi Quddus va fathi Istanbul kabi koʻp Islomiy fathlardan gʻaybiy xabar bergan اِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ وَ الْفَتْحُ surasining sirlarini bayon bilan, Islomiy fathlarning pahlavoni boʻlgan Hazrat Imomi Alning (R.A.) nazari diqqatini jalb qilgan Fath va Nasr Risolasiga.. ham Sura-i Fathning eng muhim va eng oxirgi oyatning besh jihat bilan i'jozini bayon va isbot bilan qahramoni Islom Hazrat Imomi Alining (R.A.) nazari diqqatini jalb qilgan gʻoyat qiymatli boʻlgan Oyati Fath Risolasi nomli kichik bir risolaga imo, balki ishora qiladi degan e'tiqoddaman. Bunday e'tiqodga ishtirok qilinmasa ham, e'tiroz qilinmasligi kerak.

Oltinchi Ramz: Modomiki Hazrat Imomi Ali (R.A.) ustozi qudsiysidan olgan darsiga binoan, Qur'onga aloqador boʻlgan kelajakdagi hodisalardan xabar beradi. Va "mendan soʻrang" deb koʻpgina va toʻgʻri xabarlarni berib bir shohi valoyat boʻlganini unday karomatlar bilan isbot qilgan. Va modomiki bu asrda Ovrupa dinsizlari va ahli zalolat munofiqlari dahshatli bir suratda Qur'onga hujumi hangomida Risola-i Nur oʻsha zalolat seliga qarshilik koʻrsatib, Qur'onning tilsimlarini kashf qilib, haqiqatini muhofaza qilmoqda. Va modomiki

اَقِدْ كَوْكَبِى بِاْلاِسْمِ نُورًا وَ بَهْجَةً * مَدَى الدَّهْرِ وَاْلاَيَّامِ يَا نُورُ جَلْجَلَتْ

parchasi bilan Yigirma Sakkizinchi Yogʻduda isbot qilingani kabi, yaqqollikka yaqin bir suratda Risola-i Nurga ishora qilish bilan barobar, Sura-i Nurdagi oyati Nurning Risola-i Nurga ishorasiga ishora qiladi. Va modomiki اَقِدْ كَوْكَبِى بِاْلاِسْمِ نُورًا ma'no va jifr jihatidan batamom Risola-i Nurga tavofuq qiladi. Albatta ayta olamizki: Bu parchaning davomida:

بِآجٍ اَهُوجٍ جَلْمَهُوجٍ جَلاَلَةٍ * جَلِيلٍ جَلْجَلَيُّوتٍ جَمَاهٍ تَمَهْرَجَتْ
بِتَعْدَادِ اَبْرُومٍ وَ سِمْرَازِ اَبْرَمٍ * وَ بَهْرَةِ تِبْرِيزٍ وَ اُمٍّ تَبَرَّكَتْ
— 126 —

parchasi bilan Risola-i Nurning boshlanishda Oʻn Ikki Soʻz nomli mashhur boʻlgan va tarqalgan oʻn ikki kichik risolalariga اَقِدْ كَوْكَبِى alomati bilan, bu parchadagi oʻn ikki Suryoniy kalimalar ularga bittadan ishoradir. Garchi qoʻlimda boʻlgan Jaljalutiya nusxasi eng toʻgʻri va eng ishonchlidir. Imom Gʻazzoliy (R.A.) kabi koʻp imomlar Jaljalutiyani sharh qilganlar. Faqat bu Suryoniy kalimalarning ma'nosini toʻliq bilmaganimdan va nusxalarda farqlilik boʻlganidan, har birisining ishora va munosabat jihatini hozircha bilmaganim uchun, qoldirmoqdaman.

Xulosa: Hazrat Imomi Ali (R.A.) bir marta اَقِدْ كَوْكَبِى parchasi bilan oxirzamonda Risola-i Nurni duo bilan Allohdan yolvorib soʻraydi, istaydi va boshlanishda oʻn ikki risoladan iborat boʻlganidan, faqat oʻn ikki risolasiga ishora qiladi. Ikkinchi martada تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ parchasi bilan yanada ochiq bir suratda Risola-i Nurni madhu sano bilan koʻrsatib takomillashishiga ishora qilib, barcha Soʻzlarni va Maktublarni va Yogʻdularni ramzan xabar beradi. Ham Oʻn Ikki Soʻz nomi bilan koʻp tarqalgan oʻsha kichkina risolalar bu parchadagi kalimalar kabi bir-biriga isman va suratan oʻxshaganlari kabi, Badi' ma'nosida boʻlgan Jaljalutiya kalimasiga uygʻun boʻlib har biri gʻoyat badi' bir tarzda, goʻzal bir tamsil bilan, katta va chuqur bir haqiqati Qur'oniyani tafsir va isbot qiladi.

Agar bir qaysar tarafidan deyilsaki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) bu barcha majoziy ma'nolarni iroda qilmagan?

Biz ham deymizki: Farazan Hazrat Imomi Ali (R.A.) iroda qilmasa, faqat kalom dalolat qiladi. Va alomatlarning quvvati bilan ishoriy va yashirin dalolat bilan ma'nolarni ichiga kiritadi. Ham modomiki u majoziy ma'nolar va ishoriy mafhumlar haqdir, toʻgʻridir va haqiqatga uygʻundir; va bu iltifotga loyiqdirlar va alomatlari quvvatlidir. Albatta Hazrat Imomi Alining (R.A.) bunday barcha ishoriy ma'nolarni iroda qiladigan kulliy bir e'tibori farazan boʻlmasa -Jaljalutiya vahiy boʻlish jihati bilan- haqiqiy sohibi Hazrat Imomi Alining (R.A.) ustozi boʻlgan Paygʻambari Ziyshonning (A.S.V.) kulliy tavajjuhi va Ustozining Ustozi Zuljalolining qamrovli ilmi ularga qaraydi. Iroda doirasiga oladi. Bu xususda mening xususiy va qat'iy va yaqiyn darajasidagi qanoatimning bir sababi shudirki: Ulkan qiyinchiliklar ichida Al-Oyat-ul Kubroning buyuk tafsiri boʻlgan Yettinchi Shu'lani yozishda koʻp zahmat chekkanimdan, bir qudsiy tasalli va tashviqqa haqiqatdan juda muhtoj edim. Hozirga qadar takror-takror tajribalar bilan bu kabi holatlarimda inoyati Ilohiya yordamimga yetishayotgan edi. Risolani tugatganim ayni vaqtda, hech xotirimga kelmagani holda, birdan bu karomati Alaviyaning chiqishi menda hech bir shubha qoldirmadiki: Bu ham mening yordamimga kelgan boshqa inoyati Ilohiya kabi Rabbi Rahiymning bir inoyatidir. Inoyat esa aldatmaydi, haqiqatsiz boʻlmaydi.

— 127 —

Yettinchi Ramz: Hazrat Imomi Ali (R.A.) qandayki

وَ بِاْلآيَةِ الْكُبْرَى اَمِنِّى مِنَ الْفَجَتْ * وَ بِحَقِّ فَقَجٍ مَعَ مَخْمَةٍ يَا اِلَهَنَا
وَ بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنَى اَجِرْنِى مِنَ الشَّتَتْ * حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَ تَشَامَخَتْ
وَ اسْمُ عَصَا مُوسَى بِهِ الظُّلْمَتُ انْجَلَتْ

deb birinchi parchasi bilan Yettinchi Shu'laga ishora qilgan. Xuddi shuning kabi, ayni parcha bilan oliy bir tafakkurnoma va tavhidga doir yuksak bir ma'rifatnoma nomli boʻlgan Yigirma Toʻqqizinchi Arabcha Yogʻduga ham ishora qiladi. Ikkinchi parchasi bilan Ismi A'zam va Sakina deyilgan Mashhur Olti Ismning haqiqatlarini gʻoyat oliy bir tarzda bayon va isbot qilgan va Yigirma Toʻqqizinchi Yogʻduni ta'qib qilgan Oʻttizinchi Yogʻdu nomli olti nukta-i asmo risolasiga وَبِاَسْمَآئِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْنِى مِنَ الشَّتَتْ jumlasi bilan ishora qilganidan soʻng davomida risola-i asmoni ta'qib qilgan Oʻttiz Birinchi Yogʻduning Birinchi Shu'lasi boʻlib, oʻttiz uch oyati Qur'oniyaning Risola-i Nurga ishorasini qayd qilib, jifriy hisob munosabati bilan boshdan oyoq harflar ilmi risolasi kabi koʻringan va bir moʻ'jiza-i Qur'oniya hukmida boʻlgan risolaga حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَتَشَامَخَتْ kalimasi bilan ishora qilib,

— 128 —

darhol orqasidan وَاسْمُ عَصَا مُوسىَ بِهِ الظُّلْمَتُ انْجَلَتْ kalomi bilan ham harflar risolasini ta'qib qilgan va Al-Oyat-ul Kubrodan va boshqa Resail-i Nuriyadan tarkib topgan va Asoyi Muso nomini olgan va asoyi Muso kabi, zalolatning va shirkning sehrlarini yoʻq qilgan Risola-i Nurning hozircha eng soʻng va oxirgi risolasiga Asoyi Muso nomini berib ishora bilan barobar, ma'naviy qorongʻuliklarni tarqatishini xushxabar beradi. Ha, وَبِاْلاٰيَتِ الْكُبْرَى kalimasi bilan Yettinchi Shu'laga ishorasi kuchli alomatlar bilan isbot qilingani kabi, ayni kalima boshqa bir ma'no bilan darhaqiqat Risola-i Nurning Oyat-ul Kubrosi hukmida va aksar risolalarning ruhlarini jamlagan va Arabcha boʻlgan Yigirma Toʻqqizinchi Yogʻduga bu kalom, "mustatbaot-ut tarokib" qoidasi bilan unga qaraydi, fardlariga kiritadi. Unday boʻlsa: Hazrat Imomi Ali (R.A.) ham bu parchadan unga qarab ishora qiladi deb bilamiz. Ham boshqa ishoralarning alomati bilan, ham Maktubotdan soʻngra Yogʻdularga, boshqa bir tarzi ibora bilan imo qilib, Yogʻdularning eng porlogʻining ta'lifi dahshatli bir zamonda va qamoq va qatldan qutulmoq va amin va xalos boʻlmoq uchun ma'no-i majoziy va mafhumi ishoriy bilan Hazrati Ali (R.A.) oʻz lisonini buyuk tahlikalarda boʻlgan muallifning hisobiga iste'mol qilib; وَبِاْلاٰيَتِ الْكُبْرٰى اَمِنِّى مِنَ الْفَجَتْ ya'ni "Ey Robbim! Meni qutqar, amon va aminlik ber" deb duo qilishi bilan, batamom Eskishahar qamoqxonasida qatl va uzun qamoq tahlikasi ichida ta'lif qilingan Yigirma Toʻqqizinchi Yogʻduning va sohibining vaziyatiga tavofuq alomati bilan, kalom yashirin va ishoriy dalolat qilganidan deya olamizki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) ham bundan unga ishora qiladi. Ham Oʻttizinchi Yogʻdu nomli va olti nukta boʻlgan risola-i asmoga qarab بِاَسْمَآئِكَ الْحُسْنٰى deb, boshqa ishoralarning alomati bilan, ham Yigirma Toʻqqizinchi Yogʻduga ta'qib alomati bilan, ham ikkisining ismda va asmo lafzida tavofuq alomati bilan, ham tarqoq holga va mashaqqatli bir gʻurbatga va parishoniyatga tushgan muallifi uning ta'lifi barakasi bilan tasalli va bardosh topishiga va ma'no-i majoziy jihatidan Hazrat Imomi Alining (R.A.) lisoni bilan oʻziga duo boʻlgan

— 129 —

وَبِاَسْمَآئِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْنِى مِنَ الشَّتَتْ ya'ni ismi a'zam boʻlgan oʻsha asmo risolasining barakasi bilan "Meni tarqoqlikdan, parishoniyatdan hifz ayla, ey Robbim" ma'nosi batamom oʻsha risola va sohibining vaziyatiga tavofuq alomati bilan kalom majoziy dalolat; va Imomi Ali (R.A.) esa gʻaybiy ishora qiladi deb bilamiz.

Ham modomiki Jaljalutiyaning asli vahiydir. Va sirlidir. Va kelasi zamonga qaraydi; va gʻaybiy istiqboldagi ishlardan xabar beradi. Va modomiki Qur'on e'tibori bilan bu asr dahshatlidir va Qur'on hisobi bilan Risola-i Nur bu qorongʻu asrda ahamiyatli bir hodisadir. Va modomiki yaqqollik darajasida koʻp ishora va alomatlar bilan Risola-i Nur Jaljalutiyaning ichiga kirgan, eng muhim yerida joylashgan. Va modomiki Risola-i Nur va parchalari bu mavqega loyiqdirlar va Hazrat Imomi Alining (R.A.) nazari taqdiriga va tahsiniga va ulardan xabar berishiga layoqatlari va qiymatlari bor. Va modomiki Hazrat Imomi Ali (R.A.) Siroj-un Nurdan ochiq bir suratda xabar bergandan soʻng ikkinchi darajada pardali bir tarzda Soʻzlardan, soʻngra Maktublardan, soʻngra Yogʻdulardan risolalardagi kabi ayni tartib, ayni maqom, ayni raqam taxtida, quvvatli alomatlarning chorlashi bilan kalom dalolat va Hazrat Imomi Alining (R.A.) ishora qilganini isbot qilgan. Va modomiki boshda

بَدَئْتُ بِبِسْمِ اللهِ رُوحِى بِهِ اهْتَدَتْ اِلٰى كَشْفِ اَسْرَارٍ بِبَاطِنِهِ انْطَوَتْ

risolalarning boshi va Birinchi Soʻz boʻlgan Bismilloh Risolasiga qaragani kabi, muazzam jome' qasamning oxirida risolalarning oxirgi qismlari boʻlgan oxirgi Yogʻdularga va Shualarga, xususan bir Oyat-ul Kubro-i tavhid boʻlgan Yigirma Toʻqqizinchi Yogʻdu-i horiqa-i Arabiya va Risola-i Asmo-i Sitta va Risola-i Ishorati Hurufi Qur'oniya va ayniqsa hozircha eng oxirgi Shu'la va Asoyi Muso kabi; zalolatlarning barcha ma'naviy sehrlarini yoʻq qila oladigan bir mohiyatda boʻlgan va bir ma'noda

— 130 —

Oyat-ul Kubro nomini olgan risola-i horiqoga qarayotganday bir tarzi ifoda koʻrinadi. Va modomiki birgina masalada boʻlgan alomatlar va ishoralar, masalaning birligi e'tibori bilan, alomatlar bir-biriga quvvat beradigan zaif bir munosabat bilan bir tomchi ham manbasiga qoʻshiladi. Albatta bu yetti adad asoslarga tayangan holda deymiz: Hazrat Imomi Ali (R.A.) qandayki: Mashhur Soʻzlarga tartiblari bilan ishora qilgan va Maktubotdan bir qismiga va Yogʻdulardan eng muhimlariga tartib bilan qaragan. Xuddi shuning kabi: وَبِاَسْمَآئِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْنِى مِنَ الشَّتَتْ jumlasi bilan Oʻttizinchi Yogʻduga, ya'ni mustaqil Yogʻdulardan eng oxirgi boʻlgan Asmo-i Sitta Risolasiga tahsinlab qaraydi. Va حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَتَشَامَخَتْ kalomi bilan ham Oʻttizinchi Yogʻduni ta'qib etgan Ishoroti Hurufi Qur'oniya Risolasini taqdirlab, ishora bilan tasdiqlaydi. وَاسْمُ عَصَا مُوسىَ بِهِ الظُّلْمَتُ انْجَلَتْ kalmasi bilan ham hozircha eng oxirgi risola va tavhid va iymonning qoʻlida Asoyi Muso kabi horiqoli eng kuchli burhon boʻlgan majmua risolasini sanokorona ramzan koʻrsatayotganday bir tarzi ifodadan parvosizcha hukm qilamizki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) ham Risola-i Nurdan, ham koʻp ahamiyatli risolalaridan ma'no-i haqiqiy va majoziy bilanrighoriy va ramziy va imoiy va talvihiy bir suratda xabar beradi. Kimning shubhasi boʻlsa, ishora qilingan risolalarga bir karra diqqat bilan qarasin. Insofi boʻlsa, shubhasi qolmaydi deb oʻylayman.

Bu yerdagi ma'no-i ishoriy va madluli majoziylarga alomatlarning eng goʻzali va latifi ayni tartibni muhofaza bilan berilgan ismlarning munosabatidir. Masalan, yigirma toʻqqiz, oʻttiz va oʻttiz bir va oʻttiz ikki sanab chiqish martabasida Yigirma Toʻqqiz va Oʻttiz va Oʻttiz Bir va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzlarga gʻoyat munosib ismlar bilan boshda Soʻzlarning boshi boʻlgan Birinchi Soʻzga, ayni Basmala sirri bilan va oxirda hozircha risolalarning oxiriga, mohiyatini koʻrsatadigan loyiq bittadan ism berib ishora qilishi garchi yashirin boʻlsa ham.. faqat juda goʻzal va latofatlidir. Men e'tirof qilamanki: Bunday maqbul bir asarning mazhari boʻlish, hech bir jihat bilan u maqomga layoqatim yoʻq. Ammo kichik, ahammiyatsiz bir urugʻdan ulkan togʻ kabi bir daraxtni xalq etmoq, qudrati Ilohiyaning sha'nidandir va odatidir va azamatiga dalildir. Men qasam bilan ishontiramanki: Risola-i Nurni sanodan maqsadim, Qur'onning haqiqatlarini va iymonning ruknlarini quvvatlantirish va isbot va nashrdir.

— 131 —

Xoliqi Rahimimga yuz minglab shukr boʻlsinki: Oʻzimni oʻzimga yoqtirtirtirmagan. Nafsimning ayblarini va nuqsonlarini menga koʻrsatgan. Va u nafsi ammorani boshqalarga yoqtirtirish orzusi qolmagan. Qabr eshigida kutgan bir odam orqasidagi foniy dunyoga riyokorona qarashi achinadigan bir ahmoqlik va dahshatli bir zarardir. Xullas, bu holati ruhiya bilan faqat iymon haqiqatlarining tarjimoni boʻlgan Risola-i Nurning toʻgʻri va haq boʻlganiga latif bir munosabat aytaman. Jumladan:

Jaljalutiya Suryoniycha badi' degani. Va badi' ma'nosidadir. Iboralari badi' boʻlgan Risola-i Nur Jaljalutiyada muhim bir joy olib aksar yerlarida tomchilari koʻringanidan, Qasidaning nomi unga qarayotganday berilgan. Ham hozir anglayapmanki: Eskidan beri mening layoqatim boʻlmagani holda, menga berilgan Badiuzzamon laqabi meniki emas edi. Balki Risola-i Nurning ma'naviy bir ismi edi. Zohir bir tarjimoniga qarzga va omonat sifatida taqilgan. Hozir oʻsha omonat ism haqiqiy sohibiga qaytarib berilgan. Demak, Suryoniycha badi' ma'nosida va qasidada takrorlanishiga binoan qasidaga berilgan Jaljalutiya ismi ishoriy bir tarzda bid'at zamonida chiqqan Badi'ulbayon va Badiuzzamon boʻlgan Risola-i Nurning ham ibora, ham ma'no, ham ism nuqtalari bilan badi'ligiga munosabatdorligini his ettirishiga va bu ism bir parcha unga ham qarashiga va bu ismning nomlanishida Risola-i Nur koʻp yer ishgʻol qilgani uchun haq qozongan boʻlganini taxmin qilaman. رَبَّنَآ لاَ تُؤَاخِذْنَآ اِنْ نَسِينَآ اَوْ اَخْطَأْنَا

Sakkizinchi Ramz: Bu ramzning bayonidan avval eng muhim ikki savolga javob yoziladi.

Birinchi Savol: Barcha qiymatdor kitoblar ichida Risola-i Nur Qur'onning ishorasiga va iltifotiga va Hazrat Imomi Alining (R.A.) taqdir va tahsiniga va Gʻavsi A'zamning e'tibor va xushxabariga xususiy mazhariyatining sababi nima? U ikki zotning karomat bilan Risola-i Nurga buncha qiymat va ahamiyat berishining hikmati nima?

— 132 —

Javob: Ma'lumdirki: Ba'zi vaqtlar boʻladi, bir daqiqa bir soat va balki bir kun, balki yillar qadar hamda bir soat bir yil, balki bir umr qadar natija beradi va ahamiyatli boʻladi. Masalan: Bir daqiqada shahid boʻlgan bir odam valiylik qozonadi. Va sovuqning shiddatidan muzlamoq zamonida va dushman hujumining dahshatida bir soat soqchilik bir yil ibodat hukmiga oʻta oladi. Xullas, aynan shuning kabi; Risola-i Nurga berilgan ahamiyat ham zamonning ahamiyatidan, ham bu asrning shariati Muhammadiyaga (A.S.V.) va sha'ori-i Ahmadiyaga (A.S.V.) qilgan buzgʻunchiligining dahshatidan, ham bu oxirzamonning fitnasidan eski zamondan beri butun ummat panoh soʻrashi jihatidan, ham oʻsha fitnalarning hujumidan moʻminlarning iymonlarini qutqarishi nuqtasidan Risola-i Nur shunday bir ahamiyat kasb etganki; Qur'on unga quvvatli ishora bilan iltifot etgan. Va Hazrat Imomi Ali (R.A.) uch karomat bilan unga bashorat bergan. Va Gʻavsi A'zam (R.A.) karomatkorona undan xabar berib tarjimonini jasoratlantirgan. Ha, bu asrning dahshatiga qarshi taqlidiy boʻlgan e'tiqodning tayanch qal'alari buzilgan va uzoqlashgan va pardalangan boʻlganidan, har moʻmin bir oʻzi zalolatning jamoat bilan hujumiga qarshilik koʻrsatadigan gʻoyat kuchli bir iymoni tahqiqiy lozimdirki, dosh bersin. Risola-i Nur bu vazifani eng dahshatli bir zamonda va eng kerakli va nozik bir vaqtda, hamma tushunadigan bir tarzda, Qur'on va iymon haqiqatlarining eng chuqur va eng yashirinlarini gʻoyat kuchli burhonlar bilan isbot qilib, u iymoni tahqiqiyni tashigan xolis va sodiq shogirdlari ham, boʻlganlari mahalla, qishloq va shaharlarda -xizmati iymoniya e'tibori bilan- goʻyo bittadan yashirin qutb kabi, moʻminlarning ma'naviy bittadan tayanch nuqtasi boʻlib, bilinmaganlari va koʻrinmaganlari va koʻrishmaganlari holda, e'tiqodlarining ma'naviy quvvati jasur bittadan zobit kabi, ma'naviy quvvatni ahli iymonning qalblariga berib, moʻminlarga ma'nan bardosh va jasorat beradilar.

Ikkinchi Savol: Karomat izhor qilinmasa, yanada yaxshi boʻlgani holda, nima uchun sen e'lon qilasan?

Javob: Bu menga oid bir karomat emas. Balki Qur'onning i'jozi ma'naviysidan sizib chiqib xos bir tafsiridan karomat suratida bizlarga va ahli iymonga bir ikromi Rabboniy va in'omi Ilohiydir. Albatta Moʻ'jiza-i Qur'oniya va uning yogʻdulari izhor qilinadi. Va ne'mat esa, shukr niyati bilan e'lon qilish, bir tahdisi ne'matdir.

— 133 —

وَاَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ oyati izhoriga amr qiladi. Men uchun faxr va gʻururga sabab boʻladigan bir layoqatim va haqqim boʻlmaganini qasam bilan e'tirof qilaman. Men urugʻ kabi chiridim va quridim. Barcha qiymat va hayot va sharaf u urugʻdan chiqqan Risola-i Nur daraxti va Qur'onning ma'naviy moʻ'jizasiga oʻtgan deb bilaman. Va shunday e'tiqod qilganimdan i'jozi Qur'oniy hisobiga izhor qilaman. Barcha qiymat bir moʻ'jiza-i Qur'oniya boʻlgan Risola-i Nurdadir. Hatto eskidan beri tashiganim Badiuzzamon ismi uniki ekan.. yana unga qaytarib berildi. Risola-i Nur esa, Qur'onning moli va ma'nosidir. Bu ramzda xususiy qanoatimni quvvatlantirgan va oʻzimga maxsus koʻp alomat va ishoralar bor. Ammo boshqalarga isbot qilolmaganimdan, yozolmayman. Faqat ikki-uchtasiga ishora qilishga munosabat kelgan.

Birinchisi: Men Jaljalutiyani oʻqigan vaqtim, boshqa munojotlarga muxolif boʻlib oʻzim shaxsan hissiyotim bilan munojot qilyapman deb his qilar edim. Va boshqasining lisoni bilan taqlidkorona boʻlmas edi. Men uchun gʻoyat fitriy va dardlarimga aloqador va ruhiy tafakkurlarimga xush bir zamin boʻlar edi. Bir necha yil soʻngra karomatini va Risola-i Nur bilan munosabatini koʻrdim va angladimki: U holat bu munosabatdan kelib chiqqan.

Ikkinchisi: Hazrat Imomi Ali (R.A.) boshda:

رُوحِى بِهِ اهْتَدَتْ اِلَى كَشْفِ اَسْرَارٍ بِبَاطِنِهِ انْطَوَتْ

va oʻrtalarida

وَاَمْنِحْنِى يَا ذَا الْجَلاَلِ كَرَامَةً * بِاَسْرَارِ عِلْمٍ يَا حَلِيمُ بِكَ انْجَلَتْ

va oxirda

مَقَالُ عَلِىٍّ وَ ابْنِ عَمِّ مُحَمَّدٍ * وَ سِرُّ عُلُومٍ لِلْخَلاَئِقِ جُمِّعَتْ

bir ilmlar xazinasi sifatida koʻrsatadi. Holbuki koʻrinishida faqat bir munojotdir. Hatto Imom Alining (R.A) haqiqat-fashon boshqa qasidalari va ilmiy boshqa munojotlari kabi, ilm sirlari bilan toʻliq munosabati koʻrinmaydi. Mening xususiy qanoatim shuki: Jaljalutiya, modomiki Risola-i Nurni ichiga olgan va siynasiga bosib ma'naviy valad kabi qabul qilgan, albatta وَسِرُّ عُلُومٍ لِلْخَلاَئِقِ جُمِّعَتْ parchasi bilan oʻz xazinasining bir qism olmoslarini oxirzamonda nashr qilgan Risola-i Nurni shohid koʻrsatib Jaljalutiyani bir xazina-i ulum va bir dafina-i ilmiyadir deb haqqi bilan madhu sano qila oladi.

— 134 —

Uchinchisi: Ma'lumdirki, ba'zan gʻoyat kichik bir alomat ba'zi sharoit ichida gʻoyat kuchli bir dalil hukmiga oʻtadi. Yaqiyn darajasida qanoat beradi. Menga bunday qanoat bergan koʻp misollaridan faqat sobiq bayon qilganim bitta misol menga yetarli keladi. Shundayki:

Hazrat Imomi Ali (R.A.) تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ parchasi bilan Risola-i Nurni tarixi bilan va ismi bilan va mohiyati bilan va asoslari bilan va xizmati bilan va vazifasi bilan koʻrsatgandan keyin, Suryoniycha ismlarni sanab oʻtib munojot qiladi. Oʻttiz ikki yoki oʻttiz uch adad ismlarda ikki marta بَعْدَهَا kalimasini takror qiladi. Biri yigirma yettinchida وذَيْمُوخٍ بَعْدَهَا boshqasi oʻttiz birda وَبَازُوخٍ بَعْدَهَا deydi. Xullas, Risola-i Nurning Soʻzlari oʻttiz uch va bir jihatda oʻttiz ikki.. va Maktubot nomli risolalarning ham bir jihatda oʻttiz ikki va bir jihatda oʻttiz uch boʻlib bu munojot bilan uygʻun boʻlishi va faqat risola shaklida ikki adad zayllari boʻlishi va u zayllarning birisi Yigirma Yettinchi Soʻzning ahamiyatli zayli va boshqasi Oʻttiz Birinchi Soʻzning qiymatdor zayli boʻlishi va u ikki Zayl risolasining mustaqil martaba va raqamlari boʻlmasligi va بَعْدَهَا kalimasi ham ayni yerda, ayni ma'noda tavofuq qilishi menga ikki karra ikki toʻrt boʻlish darajasida qanoat beradiki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) tobe bir ma'no bilan va ishoriy bir tushuncha bilan Risola-i Nurga, hatto zayllariga qarash uchun shunday qilgan. Hali koʻp alomatlar va bittadan Soʻzga ishora qilgan munosabatlar bor. Faqat yashirin va nozik boʻlganliklari uchun zikr qilinmadi.

{(Hoshiya) Masalan, Yigirma sakkizinchi martabada وَبِسُورَةِ التَّهْمِيزِkalimasi bilan Yigirma Sakkizinchi Soʻzning oxiri boʻlgan Jahannam masalasining juda kuchli bir burhoniga ishora qilib boshdagi Jannat masalasining faqat ikki-uch savol va javobga doir bahsi esa, boshqa yerda ishora qilgani uchun munosabat yashiringan. Ham masalan, Ikkinchi Martabada يٰسٓ kalimasi bilan, ham Ikkinchi Soʻzga, ham Ikkinchi Maktubga, ham Ikkinchi Yogʻduga, ham Ikkinchi Shu'laga qaragani uchun, munosabat kengayganidan yashiringan.

Ham masalan: وَكَافٍ وَهَايَاءٍ وَعَيْنٍ وَصَادِهَا ya'ni كٓهَيَعٓصٓ beshinchi martabada boʻlishi, ham Beshinchi Soʻzga, ham Beshinchi Maktubga, ham Beshinchi Yogʻduga va Toʻrtinchi Shu'la boʻlgan Oyati Hasbiya Risolasiga, ham Uchinchi Shu'la boʻlgan Munojotga qaragani jihat bilan munosabat kengaygan, yashiringan. Bunga boshqalari qiyos qilinsin...}

— 135 —
لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللَّهُ * وَاللَّهُ اَعْلَمُ بِالصَّوَابِ * اَستَغْفِرُ اللَّهَ مِنْ خَطَائِى وَخَطِيئَاتِى وَ مِنْ سَهْوِى وَغَلَطَاتِى وَالْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى نِعْمَةِ اْلاِيمَانِ وَ الْقُرْآنِ بِعَدَدِ حَاصِلِ ضَرْبِ حُرُوفِ رَسَائِلِ النُّورِ الْمَقْرُوئَةِ وَ الْمَكْتُوبَةِ وَ الْمُتَمَثِّلَةِ فِى الْهَوَاءِ فِى عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ حَيَاتِى فِى الدُّنْيَا وَ الْبَرْزَخِ وَ اْلآخِرَةِ
اَللَّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَ عَلَى آلِهِ وَ اَصْحَابِهِ بِعَدَدِهَا وَارْحَمْنَا وَ ارْحَمْ طَلَبَةَ رَسَائِلِ النُّورِ بِعَدَدِهَا آمِينَ وَ الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
***
— 136 —

OʻTTIZ BIRINCHI MAKTUBNING OʻN BIRINCHI YOGʻDUSINING OʻTTIZ BIR MASALASIDAN BIR MASALA

Birgina jumla boʻlgan qisqacha bir hadisning besh lam'a-i i'joziyasiga doir bir nuktadir. Bu yerga bir munosabat bilan kirgan. اَلْخِلاَفَةُ بَعْدِى ثَلَثُونَ سَنَةً Hadisi Sharifning gʻaybiy xabar navidan tarixda tasdiqlangan besh lam'a-i i'joziyasi bor.

Birinchisi: Xulafoyi Roshidinning (ilk toʻrt xalifaning) xalifaliklari bilan Hazrat Hasan Roziyallohu Anhning olti oylik xalifaligining muddati oʻttiz yil boʻlishini xabar beradi. Aynan chiqqan.

Ikkinchisi: Oʻttiz yillik xalifalari boʻlgan Hazrati Abu Bakr Roziyallohu Anh, Hazrati Umar Roziyallohu Anh, Hazrati Usmon Roziyallohu Anh va Hazrati Ali Roziyallohu Anhning abjadiy va jifriy hisoblari ming uch yuz yigirma olti (1326) boʻladiki, u tarixdan soʻng xalifalik sharoiti ortiq takrorlanmadi. Xilofati Oliya-i Usmoniya tugadi.

Uchinchisi: ثَلَثُونَ kalimasi, jifr hisobi bir ming sakson yetti (1087) boʻladiki, tarixda Abbosiylar xalifaligining inqirozi bilan Usmoniylar xalifaligining takrorlanishiga qadar boʻlgan zamoni fatrat tashlab oʻtilsa, bir ming sakson ortiqchasi bilan qoladi. Agar noqis xalifaliklar sanalsa ثَلَثُونَ سَنَةً dagi "sana" lafzi ilova boʻladi. U holda bir ming ikki yuz ikki (1202) boʻladiki, "Rumuzoti Samoniya-i Qur'oniya Risolalari"da ham اِنَّا فَتَحْنَالَكَ ham Fotiha, ham Sura-i Nasr, ham Sura-i Alaq kabi koʻp yerlarda aynan xalifalik bilan barobar Davlati Islomiyaning ham taraqqiy, ham gʻolibiyat davri boʻlgan bir ming ikki yuz ikki (1202) tarixini koʻrsatadi. Ham noqis xalifalik bilan barobar butun Islom xalifaligi muddati bir ming ikki yuz ikkidirki (1202), batamom tavofuq bilan xabar beradi.

— 137 —

وَاِنِ اسْتَقَامَتْ اُمَّتِى فَلَهَا يَوْمٌ وَاِلاَّ فَنِصْفُ يَوْمٍ Hadisining moʻ'jizona gʻaybiy xabarini izoh qiladi. Ya'ni, bu Hadis qiyomatdan emas, balki gʻolibona Islomiyatning hokimiyatidan xabar bergan "Oʻn Sakkizinchi Yogʻdu"da va boshqa yerda bu hadisning uch lam'a-i i'joziyasini bayon qilganidan, bu yerda tugatamiz.

Toʻrtinchisi: اِنَّ اَلْخِلاَفَةَ بَعْدِى oxirigacha... Shaddali اِنَّ bir yuz bir (101) اَلْخِلاَفَةَ bir ming bir yuz qirq bir (1141), بَعْدِى sakson olti boʻladi. Jami: Arabchada bir ming uch yuz yigirma sakkiz (1328) boʻladi va Rumiyda bir ming uch yuz yigirma oltidirki (1326), xulafoyi Roshidiynning ismlarini ikkinchi jihatda koʻrsatgan ayni tarixga va hurriyatning uchinchi yilidagi halifalik toʻxtashining tarixiga batamom tavofugʻi, albatta u lison-ul-gʻayb boʻlgan Zotning lisonida tasodifiy boʻlolmaydi; balki uni ham koʻrgan, unga ham ishora qilgan.

Beshinchisi: اِنَّ اَلْخِلاَفَةَ shaddali nun bir nun sanalsa, bir ming bir yuz toʻqson ikki (1192) boʻladiki, aynan ثَلَثُونَ سَنَةً jumlasi koʻrsatgani kabi, bir ming ikki yuz ikki tarixiga oʻn farq bilan tom tavofuq qilib tom va noqis barcha xalifalik muddatini koʻrsatishi va yolgʻiz "xalifalik" kalimasi bir ming bir yuz oʻn bir (1111) boʻlib, tom xalifalikning muddatiga tom tavofuq bilan barobar oʻsha muddatga ishora qiladi. ثَلَثُونَ kalimasining jifriy hisobi boʻlgan bir ming sakson yetti (1087) adadiga, yigirma toʻrt kabi juz'iy bir farq bilan mos boʻlishi, albatta va har holda u Muxbiri Gʻaybiyning bir ishorati gʻaybiyasi va bir navi moʻ'jizoti gʻaybiyasining bir lam'asidir.

Xullas bu qisqacha Hadisning jome'iyatiga boshqa javomi-ul-kalim boʻlgan Hadislar qiyos qilinsin...

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
— 138 —

OʻN SAKKIZINCHI YOGʻDU

Risola-i Nurdan xabar bergan Birinchi Karomati Alaviya Risolasidir. Taksir Yogʻdular va Taksir Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiy majmualarida nashr qilingan.

***

YIGIRMA SAKKIZINCHI YOGʻDU

Risola-i Nurdan xabar bergan Ikkinchi Karomati Alaviya risolasidir. Hammasi taksir Yogʻdular majmuasida, Karomati Alaviya qismi esa taksir Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiy majmuasida nashr qilingan.

***
— 139 —

SAKKIZINCHI YOGʻDU

Gʻavsi A'zamning Hizb-ul Qur'onga Doir Karomati Gʻaybiyasidir.

{(Hoshiya) Ustozimizning shaxsiga ochiqcha ishora qilgan bu kabi gʻaybiy karomat va ishoralarning nashrini Ustozimiz Badiuzzamon Said Nursiy Hazratlari orzu qilmaydi. Faqat bizlar oʻyladikki; bu kabi dalolat darajasida boʻlgan gʻaybiy ishoralarning ahli iymon tomonidan bilinishiga bu zamonda qat'iy zarurat va ehtiyoj bor, bunga binoan nashr qilyapmiz.

Noshirlar}

Shu risola, ichidagi imzolar bilan koʻrsatilgani kabi, xizmati Qur'oniyadagi birodarlarimga ishtirokim bor. Bir qismi mening imzom bilan. Bir qismi ularning uygʻun koʻrishi va istixroji bilan va tasdiqlari bilan boʻlganidan, menga oid xizmatdan ortiq hissani ularning xotiri uchun sukut bilan qabul qildim. Boʻlmasa, bu risolaning boshida aytganim kabi, bunda unday bir hissa-i sharafga haqqim yoʻq. Oʻn yil avval u qasida-i gʻaybiyani koʻrganda menga ma'naviy bir eslatma kabi "Diqqat qil!" deb qalbimga kelar edi. Oʻsha xotirani ikki jihat bilan tinglamasdim:

Birinchisi: Men kabi umrining katta qismi shon va sharaf pardasi ostida mansabsevarlik zahari bilan zaharlanib oʻlgani uchun, qaytadan bu surat bilan nafsi ammoraga boshqa bir sharaf eshigi ochishni istamaslik edi.

Ikkinchi Jihat: Bu qaysar zamonda, yaqqol da'volarni va zohiriy hujjatlarni qabul qilmaganlarga qarshi, bunday gʻaybiy ishoralar navidan xudfurushona bir tarzda izhor qilish menga yoqmas edi.

Eng oxiri asoratimning sakkizinchi yilida, eng ishkanjali va eng mashaqqatli bir zamonda gʻoyat kuchli bir tasalli va tashviqqa muhtoj boʻlganimizdan, menga eslatildiki: Buni tahdisi ne'mat va bir shukri ma'naviy navidan izhor qil. Ham qoʻrqma, qanoat beradigan darajada kuchlidir. Bu izhorda eng muhim maqsadim, Qur'on sirlariga oid boʻlgan risolalarning maqbuliyatiga Gʻavsi A'zamning imzo qoʻyishi navidan boʻlganidir. Ikkinchi maqsadim, oʻsha qudsiy ustozimning karomatini izhor qilish bilan, karomati avliyoni inkor qilgan dinsizlarni jim qildirib, xizmati Qur'oniyaga sustlik beradigan koʻp sabablarga ma'ruz va koʻp monelarga nishon boʻlgan birodarlarimning ma'naviy kuchlarini quvvatlantirish va shavqlarini ziyodalashtirish va sustliklarini ketkazish edi.

— 140 —

Men uchun bir navi maqtanchoqlik navidan boʻlgani uchun jiddiy zarardir. Faqat oʻsha zararimni, oʻsha muqaddas ustozim va birodarlarimning xotiri uchun qabul qildim. Shu "Karomati Gʻavsiya Risolasi" asta-asta istixroj qilingani uchun, bir necha parcha va tatimmalarga boʻlindi. Borgancha bir-birini nurlantirgan va quvvatlantirgan sari yaqqollik paydo qiladi. Ishoratning ba'zisida zaiflik boʻlsa ham, boshqa birodarlarining ittifoqidan olgan quvvati oʻsha zaiflikni ketkazadi.

***
HAYRATGA LOYIQ BIR TAFA'UL VA MUHIM BIR XABARI GʻAYBIY

Sabri, Sulaymon, Bekir, Gʻolib va Tavfiqning bayonidir. Ham Husrav, Hofiz Ali va Ra'fat va Osimning va Kuleoʻnudan Mustafolarning bayonidir.

Latif Va Xushxabarli Bir Tafa'ul: Ustoz, Gʻolib va Sulaymon Ummi Sinan devonida maslagimizga va Soʻzlarga doir tafa'ul qildilar, shu baytlar chiqdi. Qaradik, "Soʻzlar" lafzi, butun devonida faqat bu qofiyalarda koʻrinadi. Demak Soʻzlar, "haq soʻz", ham "nur soʻz" boʻladi.

DEYMAN KI YORDAMCHIM ALLOH,

SHAFOATCHIM RASULULLOH.

KI BURHONIM KITOBULLOH,

BUDIR MENDAGI HAQ SOʻZ.

SENING ESHIGINGDA QUL KOʻPDIR,

HISOBI, HADDI HECH YOʻQDIR,

VA LEKIN BIR YANA YOʻQDIR,

SINONI UMMIY KABI NUR SOʻZ.

***
— 141 —
MUHIM BIR XABARI GʻAYBIY

[Shayx Geyloniyning -oʻzidan sakkiz yuz yil soʻngra- gʻaybni bilgan koʻzi bilan xabar bergan bir hodisa-i Qur'oniya.]

Qur'oni Moʻ'jiz-ul-Bayonning xizmatidagi muqaddaslikka, karomatkorona sakkiz yuzdan ortiq yil avval "Gʻavsi A'zam" unvoni bilan haqiqiy ma'noda mashhur boʻlgan Qutbi A'zam Shayxi Geyloniy,

نَظَرْتُ بِعَيْنِ الْفِكْرِ فِى حَانِ حَضْرَتِى.. حَبِيبًا تَجَلَّى لِلْقُلُوبِ فَجَنَّتِ

parchasi bilan boshlangan qasidasining oxirida "Majmuat-ul Ahzob"ning birinchi jildining besh yuz oltmish ikkinchi sahifasida, besh satr bilan shu zamonda xizmati Qur'oniyadagi hay'atga va boshida boʻlgan ustozimizga besh jihat bilan qaraydi va koʻrsatadi. Mana oʻsha besh satr shu:

تَوَسَّلْ بِنَا فِى كُلِّ هَوْلٍ وَشِدَّةٍ * اَغِيثُكَ فِى اْلاَشْيَاءِ دَهْرًا بِهِمَّتِى
اَنَا لِمُرِيدِى حَافِظًا مَا يَخَافُهُ * وَاَحْرُسُهُ فِى كُلِّ شَرٍّ وَ فِتْنَةٍ
مُرِيدِى اِذَا مَا كَانَ شَرْقًا وَ مَغْرِبًا * اَغِثْهُ اِذَا مَا سَارَ فِى اَىِّ بَلْدَةٍ
فَيَا مُنْشِدًا نَظْمِى فَقُلْهُ وَلاَ تَخَفْ * فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ
وَكُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ لِلَّهِ مُخْلِصًا * تَعِيشُ سَعِيدًا صَادِقًا بِمُحَبَّتِى

Beshinchi satrdan soʻngra kelgan qasidaning xotimasi:

وَ جَدِّى رَسُولُ اللَّهِ اَعْنِى مُحَمَّدًا * اَنَا عَبْدُ الْقَادِرِ دَامَ عِزِّى وَ رِفْعَتِى

Xullas avvalgi besh satrda, besh jihat bilan va besh tavofuq bilan hozir xizmati Qur'oniyaning boshida boʻlganni koʻrsatadi.

Birinchi Jihat: Oxirdagi satrda تَعِيشُ سَعِيدًا ismini ochiq ravishda xabar berish bilan barobar, tirikchilik xususida izzat va saodat bilan hayot oʻtkazishini xabar beradi. Darhaqiqat, hojamiz, kichikligidan beri faqir holi bilan toʻliq istigʻno bilan barobar, tirikchilik xususida eng baxtli bir zotdir.

— 142 —

Ikkinchi Jihat: Ayni satrning boshida وَكُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ parchasi bilan oʻsha muridiga deydiki: "Vaqtning Abdulqodiriysi boʻl." Bu قَادِرِى kalimalari, hisobi abjadiy bilan uch yuz yigirma besh (325) boʻladi. Ustozimizning taxallusi "Nursiy" boʻlgani jihat bilan, "Nursiy"ning maqomi abjadiysi uch yuz yigirma olti (326) boʻladi. Birgina farq bor. U bitta alifdir. Ming ma'nosida "elf"ga ramz qiladi. Demak bir ming uch yuz yigirma beshda (1325) Shayx Geyloniyga mansub bir zot, Shayx Geyloniy tarzida haqiqati Qur'oniyani mudofaa qilishga harakat qiladi. Haqiqatdan ustozimiz, bir ming uch yuz yigirma oltinchi (1326) yilda -Hurriyatning ikkinchi yili mujohada-i ma'naviyaga otilganlar.

Uchinchi Jihat: Uning ikki ismi bor: "Said", "Badiuzzamon." Bu ikki ismning yigʻindisining maqomi abjadiysi "Az-zamon"dagi shadda sanalmasa uch yuz yigirma toʻqqiz boʻladi. Ikki د bir sanalsa, uch yuz yigirma besh (325), aynan كُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ dagi muxotob u boʻlishiga ishora qiladi, balki dalolat qiladi. Agar اَلزَّمَان dagi oʻqilmagan alif-lom sanalsa, qoidaga koʻra قَادِرِى ga ham bir alif-lom kirishi lozim boʻladi. Chunki ta'rif uchun, muzafunilayh ketgandan keyin alif-lom lozim boʻladi, u holda ham teng boʻladilar.

Toʻrtinchi Jihat: Bu besh satrda Hazrati Shayx, istiqbolda bir muridiga kafolat beradi قُلْ وَلاَ تَخَفْ "Qoʻrqma, soʻzlaringni ayt" deydi. Sen sharq va gʻarbga borasan; koʻp fitnalarga va yomonliklarga kirib, umumida oddiy sabablardan ustun bir tarz bilan qutulib himoyada qolasan. Ha, bu xizmati Qur'oniya ichidagi zot haqiqatdan asorat bilan sharqqa ketdi. Va yana ajib bir asorat bilan Osiyoning gʻarbida oʻn toʻqqiz yil qoldi. Hazrati Shayxning degani kabi, koʻp shaharlarni kezdi. Mujohadasi Soʻzlar bilandir.

— 143 —

قُلْ وَلاَ تَخَفْ hukmi bilan, chekinmasdan Hazrati Shayxning degani kabi qilgan. Yigirma yil mobaynida yigirma fitna va azim tahlikalarga tushgani holda, bir hifzi gʻaybiy bilan Hazrati Shayxning degani kabi, himoyada qolgan. Ham kutilgandan ortiq, bir gʻurbat diyorida favqulodda inoyatga mazhariyati shu darajaga kelganki, bir risola faqat oʻsha inoyatlarni sanab yozilgan. Hazrati Gʻavsning degani kabi, biz uning atrofida مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ parchasining ma'nosini koʻzimiz bilan koʻryapmiz.

Beshinchi Jihat: Ustozimiz oʻzi aytadiki: "Men sakkiz-toʻqqiz yoshda ekan, butun nohiyamizda va atrofida aholi Naqshiy Tariqatida va u yerliklarcha mashhur Gʻavsi Hizon nomi bilan bir zotdan madad soʻrarkan, men qarindoshlarimga va umum aholiga muxolif boʻlib "Ey Gʻavsi Geyloniy" der edim. Bolalik e'tibori bilan qoʻlimdan bir yongʻoq kabi ahamiyatsiz bir narsa yoʻqolsa, "Ey Shayx! Senga bir fotiha, sen mening bu narsamni topdir." Ajibdir va qasam ichamanki, ming marta bunday Hazrati Shayx himmat va duosi bilan yordamimga yetishgan. Shuning uchun butun hayotimda umumiy boʻlib fotiha va zikrlar qancha oʻqigan boʻlsam, Zoti Risolatdan (A.S.V.) soʻngra Shayx Geyloniyga hadiya qilinar edi. Men uch-toʻrt jihat bilan Naqshiy ekan, Qodiriy mashrabi va muhabbati menda ixtiyorsiz hukm qilardi. Faqat tariqat bilan mashgʻul boʻlishga ilmning mashgʻuliyati mone boʻlar edi.

Soʻngra bir inoyati Ilohiya yordamimga yetishib gʻaflatni tarqatgan bir zamonda Hazrati Shayxning "Futuh-ul Gʻayb" nomli kitobi goʻzal tasodif bilan qoʻlimga oʻtgan. Yigirma sakkizinchi Maktubda bayon qilingani kabi, Hazrati Shayxning himmat va irshodi bilan eski Said (R.A.) yangi Saidga oʻzgargan. U Futuh-ul Gʻaybning tafa'ulida eng avval shu parcha chiqdi: اَنْتَ فِى دَارِ الْحِكْمَةِ فَاطْلُبْ طَبِيبًا يُدَاوِى قَلْبَكَ Ya'ni, "Ey bechora! Sen Dor-ul Hikmat-il Islomiyada bir a'zo boʻlish jihati bilan goʻyo bir hakimsan, ahli Islomning ma'naviy xastaliklarini davolaysan. Holbuki, eng ziyoda xasta sensan. Sen avval oʻzingga tabib qidir, shifo top; soʻngra boshqasini davolashga harakat qil." Xullas u payt, u tafa'ul sirri bilan, moddiy xastaligim kabi ma'naviy xastaligimni ham qat'iyyan angladim. U shayximga dedim: "Sen tabibim boʻl." Haqiqatdan u tabibim boʻldi. Faqat juda shiddatli amaliyoti jarrohiya qildi. "Futuh-ul Gʻayb" kitobida "Ey gʻulom!" ta'bir qilgan bir talabasiga juda mudhish amaliyoti jarrohiya qiladi. Men oʻzimni oʻsha gʻulom oʻrniga qoʻydim. Faqat juda shiddatli xitob qilar edi. "Ayyuh-al munofiq" "ey dinini dunyoga sotgan riyokor" aytib-aytib yarmini zoʻrgʻa oʻqib bildim. Soʻngra u risolani tark qildim. Bir hafta qarolmadim. Faqat amaliyoti jarrohiyaning orqasidan bir lazzat keldi; ishtiyoq bilan u muborak asarni achchiq tiryoq kabi yoki sulfat kabi ichdim. Alhamdulilloh, ayblarimni angladim, yaralarimni his qildim, gʻurur bir daraja sindi." Hojamizning soʻzi tugadi.

— 144 —

Xullas hojamizning bu hayot mojarosi koʻrsatadiki, Hazrati Shayx yuzlangan va ahamiyat bilan bahs qilgan va istiqbolda keladigan muridi bu boʻlishi uchun kuchli bir ehtimoldir. Hazrat Shayxning vafotidan keyin hayotda boʻlganlari kabi, tasarrufi ahli valoyat tomonidan qabul qilingan uch avliyo-i azimaning eng a'zami oʻsha Hazrat Gʻavsi Geyloniydir. Va degan:

اَفَلَتْ شُمُوسُ اْلاَوَّلِينَ وَ شَمْسُنَا * اَبَدًا عَلَى فَلَكِ الْعُلَى لاَ تَغْرُبُ

parchasi bilan oʻlimdan keyin duo va himmati bilan muridlarining orqasida va oldida boʻlishi bilan, bunday horiqo ajib karomat bilan mashhur bir zot, albatta bunday bir zamonda qiymatdor bir xizmati Qur'oniya bir muridining vositasi bilan boʻlishini uning koʻrishi va koʻrsatishi sha'nidandir. Shayx baxs qilgan ahamiyatli muridi va talabasi va himoyasi ostida boʻlgan shaxs, mingdan soʻngra, oʻn toʻrtinchi asrda kelishiga bir imodir.

Sulaymon, Sabri, Zakoiy, Osim, Ra'fat, Ali, Ahmad Xusrav, Mustafo Afandi (R.H.), Rushtu, Lutfu, Shomli Tavfiq, Ahmad Gʻolib (R.H.), Zuhdu, Bekir Bey, Lutfi (R.H.), Mustafo, Mustafo, Mas'ud, Mustafo Chovush (R.H.) Hofiz Ahmad (R.H.), Hoji Hofiz (R.H.), Mahmud Afandi (R.H.), Ali Rizo.
***
— 145 —
SHAYXI GEYLONIYNING BAYONI BILAN KAROMATKORONA BERGAN GʻAYBIY XABARNING QOʻSHIMCHASI.

اَنَا لِمُرِيدِى parchasida مُرِيدِى "Mullo Said" kalimasiga toʻliq tavofuq qiladi. Yolgʻiz bir alif farq bor. Alif esa, qoida-i Sarfga koʻra "alfun" oʻqiladi. Alfun esa, mingdir. Demak bir ming ikki yuz toʻqson toʻrtda (1294) dunyoga keladigan bir muridi, bu "muridiy" lafzida muroddir. Chunki لِمُرِيدِى da lom sanalsa, ikki yuz toʻqson toʻrt (294) boʻladiki, birgina farq bilan Saidning tugʻilish tarixiga tavofuq qiladi. Asos arabcha sanalsa, farq yoʻq. Lomsiz مُرِيدِى esa ikki yuz oltmish toʻrt (264) boʻladi. "Mullo Said" ham ikki yuz oltmish besh (265) boʻladi. "Mullo"dagi alif mingga ishora boʻlgani uchun, ortda ikki yuz oltmish toʻrt (264) qoladi.

Xulosa: Shu zamonda dalloli Qur'on va xodimi Furqon boʻlgan u odamning ikki ismi va ikki laqabi bor. "Alkurdiy" laqabi bilan "Mullo Said" ismi, اَنَا لِمُرِيدِى parchasida yaqqol koʻrinmoqda. "Nursiy" laqabi bilan Badiuzzamon Said ismi كُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ parchasida oshkora koʻrinmoqda. Hatto xizmati Qur'oniyada eng muhim bir birodari va xolis bir talabasi boʻlgan Xulusi Beyga لِلَّهِ مُخْلِصًا تَعِيشُ سَعِيدًا صَادِقًا بِمُحَبَّتِى parchasida ishora boʻlgani kabi, boshqa bir qism talabalariga ishoralar bor.

Risola-i Nur talabalari nomiga
Rushdu, Xusrav
***
— 146 —
SAID OʻZI AYTADI:

Hazrat Shayxi Geyloniy, xizmati Qur'oniyaga nazari diqqatni jalb qilmoq va u xizmati Qur'oniya oxirzamonda togʻ kabi buyuk bir hodisa boʻlganiga ishora uchun, karomatkorona shu xizmatda iste'dod va layoqatimdan juda ustun boʻlishi va fidokor, gʻayratli qardoshlarim bilan harakat qilganimizga fazilat nuqtasidan emas, balki avvalroq boʻlish nuqtasidan ismimni bir daraja koʻrsatishi meni ancha zamondir oʻylantirar edi. Ajabo, buning izhorida ma'naviy bir zarar menga keladi, bir gʻurur, bir maqtanchoqlik keltiradi deb sakkiz-oʻn yildir toʻxtab qoldim. Bu kunlarda izhorga bir eslatma his qildim.

Ham qalbimga keldiki: Hazrati Shayx menga bir martaba bermadi. Balki Said ismli bir muridim muhim bir xizmatda boʻladi, fitna va balolardan izni Ilohiy bilan va Shayxning duosi bilan va himmati bilan himoyada qoladi.

Ham uzoq yerda toshlar koʻrinmaydi, togʻlar koʻrinadi. Demak, sakkiz yuz yil masofada koʻringan, xizmati Qur'oniyaning choqqisidir; boʻlmasa Said kabi chumolilar emas. Modomiki bu karomati Gʻavsiyani e'lon va izhoridan, Qur'on shogirdlarining va xizmatkorlarining shavqi ortmoqda, albatta orqalarida Shayxi Geyloniy kabi qahramonlar qahramoni boʻlgan zotlar himmat va duolari bilan va izni Ilohiy bilan himoya qilganlarini bilsalar, shavq va gʻayratlari yanada ortadi.

Xulosa: Buni qardoshlarimni ortiq shavqqa va ziyoda gʻayratga keltirish uchun izhor qildim. Agar qusur qilgan boʻlsam, Janobi Haq afv etsin.

اِنَّمَا اْلاَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ

............

فَيَا مُنْشِدًا نَظْمِى parchasida ham Hazrati Shayxning (R.A.) muxotobi, shubhasiz Badiuzzamon Mullo Saiddir (R.A.)

Xulosa: Shu ajib qasidasining oxiridagi shu besh baytda besh kalima, madori nazari Shayx va mahalli xitobi Gʻavsiydir. Va u besh kalima esa, لِمُرِيدِى وَ مُرِيدِى وَ مُنْشِدًا وَ قَادِرِى وَ سَعِيدًا lafzlaridir. Saidning ham ikki laqabi boʻlgan "Nursiy", "Alkurdiy"; ikki ismi "Mullo Said", "Badiuzzamon" bu besh kalimada mavjud. Hazrati Gʻavsning e'tibor va xitobi sababi boʻlgan shu besh kalimasida, oshkora bir suratda, mazkur ikki ism va taxallus, ilmi jifr qoidasida maqomi abjad bilan koʻrinishi shubha qoldirmaydiki, Hazrati Shayx qasidasining oxirida u bilan gapiradi, unga tasalli berib jasoratlantiradi. وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ sirri bilan muvaffaqiyatiga kafolat beradi.

— 147 —
لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللَّهُ * وَاللَّهُ اَعْلَمُ بِالصَّوَابِ

فَيَا مُنْشِدًا نَظْمِى parchasida نَظْمِى kalimasi, maqomi abjadiysi ming boʻlib; رِسَالَةُ النُّورِ ikki farq bilan, رَسَائِلُ كِتَابِ النُّورِ ning ikki madda sanalmasa va shadda ham lom sanalsa, maqomi abjadiysi yana mingdir. Demak فَيَا مُنْشِدًا نَظْمِى فَقُلْهُ وَلاَ تَخَفْ parchasining gʻaybiy ma'nosi shuki: يَا مُوءَلِّفَ رِسَالَةِ النُّورِ جَاهِدْ بِهَا فَقُلْ وَلاَ تَخَفْ ya'ni "Qoʻrqma, soʻzlaringni ayt, nashriga harakat qil." وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللَّهِ

Ammo فَقُلْهُ وَلاَ تَخَفْ parchasida hayratga loyiq bir tavofuq borki: Ilmi Jifr qoidasi bilan maqomi abjadiysi bir ming uch yuz oʻttiz ikki (1332) boʻladi. Shu holda يَا مُنْشِدًا نَظْمِى فَقُلْهُ وَلاَ تَخَفْ gʻaybiy ma'nosi "Ey Risolat-un Nur va Soʻzlar sohibi! Menga qara. Gʻofil harakat qilma! Bir ming uch yuz oʻttiz ikkida (1332) mujohadani boshla; Soʻzlarni qoʻrqma yoz, ayt!" Haqiqatdan Said (R.A.) Hurriyatdan soʻngra oz bir zamonda mujohadasida toʻxtagan boʻlsa, bir ming uch yuz oʻttiz ikkida (1332) Ishorot-ul I'jozni ta'lif bilan barobar Eski Saiddan chiqishni niyat qilib, yangi Said suratida bor quvvati bilan mujohada-i ma'naviyani boshlab, ikki-uch yil soʻngra esa Dor-ul Hikmati Islomiyada bir-ikki yil Hazrat Gʻavsi Geyloniyning shu vasiyatiga va amriga rioya qilib Qur'on nurlarini nashr etgan. Lillahilhamd, hozirga qadar davom qilmoqda.

— 148 —

Bu hayratga loyiq parchada joyi diqqat shu nuqta borki, Hazrati Gʻavs toʻqridan-toʻgʻriga oltinchi asrdan shu asrimizga qaramoqda. U oltinchi asrning oxirlarida Xulagu falokati kabi fojiali, dahshatli mashhur fitnaning juda alamli va fojiali va qabrdagi oʻliklarni yigʻlattiradigan darajada dahshatli bir navi, shu oʻn toʻrtinchi asrda mavjud. Bu ikki asr bir-biriga tavofuq qiladiki, Hazrati Shayx undan bunga qaraydi.

Risola-i Nur Talabalari Nomiga
Ra'fat, Xusrav, Hofiz Ali, Sabri
***
— 149 —
SHU KAROMATI GʻAVSIYA MUNOSABATI BILAN UCH NUQTA BAYON QILINADI

Birinchi Nuqta: Hazrati Gʻavsning qasidasining boshida bu besh satrdan avval ajib, juda gʻarib, juda baligʻ, nozdorona tahdisi ne'mat suratida bir da'vo-i iftixorkorona ifoda qilgan ikki sahifalik qasidasidagi horiqo da'vosiga dalil boʻlib yaqqol bir karomatni goʻyo moʻ'jizaga yaqin bir horiqoni koʻrsatish lozim kelar edi. Xullas u aqllarni hayratda qoldirgan martabaga loyiq boʻlganini koʻrsatadigan bir karomat izhor qildiki; sakkiz yuz yillik masofada, Janobi Haqning izni bilan, bildirishi bilan zamonimizni tafsiloti bilan koʻrish tarzida, biz kabi ojiz, zaif talabalariga dars berib tashviq qiladi. Xullas, Hazrati Gʻavsning da'vosiga bu gʻaybiy xabari eng yaqqol burhon boʻlgani kabi, Risola-i Nurning parchalarining haqqoniyat va ulviyatiga bir hujjati qat'iya hukmidadir. Ha, Hazrati Shayx bu qasidasi bilan Soʻzlarning haqqoniyatiga imzo qoʻymoqda.

Ikkinchi Nuqta: Ahli tariqat va haqiqat tomonidan muttafaqun alayh bir asos borki: Tariqi Haqda suluk etgan bir inson nafsi ammorasining anoniyatini va itoatsizligini sindirish uchun lozim boʻladiki: Nazarini nafsidan koʻtarib shayxiga diqqatini qarata- qarata oxiri fano fish-shayx hukmiga keladi. "Men" degan vaqti, shayxining hissiyoti bilan gapiradi va hokazo.. fano firrasul, fano fillohga qadar ketadi. Masalan: Qandayki, gʻoyat fidokor va sodiq bir xizmatkor, bir yordamchi, xoʻjayinining hissiyoti bilan goʻyo oʻzi-oʻzining xoʻjayini va podishohi kabi gapiradi. "Men bunday istayman" deydi; ya'ni "Mening sayyidim, ustozim, sultonim bunday istaydi." Chunki oʻzini unutgan, faqat uni oʻylaydi, "Bunday amr qiladi" deydi. Xuddi shuning kabi, Gʻavsi Geyloniy oʻsha hayratomuz qasidasi ichiga olgan favqulodda zavqlar, Hazrati Shayxning Ahli Baytning sirri azimini meros olishi bilan, Oli Baytning shaxsi ma'naviysining maqomi nuqtasida va Zoti Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalom)ning vorisligi bilan Haqiqati Muhammadiyasida (A.S.V.) oʻzini koʻrgani kabi, fanoyi mutlaq bilan Janobi Haqning tajalli-i zotiysiga mazhariyat nuqtasida, qasidasida oʻsha soʻzlarni aytgan. U kabi boʻlmagan va u maqomga yetishmagan, uni aytib bilmaydi. Aytsa, mas'uldir.

— 150 —

Hazrati Shayx, mutlaq vorislik nuqtasida, Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalom)ning oyogʻi muboragini yelkasida koʻrgani uchun, oʻz oyogʻini avliyoning yelkasiga oʻsha sirdan qoʻyadi. Qasidasida zohir koʻringan, maqtanish va faxrlanish emas, balki tahdisi ne'mat va oliy bir shukrdir. Faqat bu qadar borki, muhibbiyat maqomi boʻlgan maqomi niyozdan mahbubiyat maqomi boʻlgan nozdorlik maqomiga chiqqan. Ya'ni, tariqi ajz va faqrdan mashrabi ishq va istigʻroqqa kirgan. Va oʻziga boʻlgan ni'omi azima-i Ilohiyani yod etib, haqiqiy ma'noda iftixor qilib shukr qilgan.

Uchinchi Nuqta: Karomat, moʻ'jiza kabi Janobi Haqning ishidir, hadyasidir, ehsonidir va ikromidir. Basharning ishi emasdir. U karomatga sazovor boʻlgan zot esa, ba'zan biladi, ba'zan bilmaydi -boʻlgandan keyin biladi-. Karomatga savozorligini boʻlishidan oldin bilgan va ikromi Ilohiyga ixtiyori bilan muvofiq harakat qilgan qism, agar anoniyatdan butun-butun qutulgan boʻlsa va Hazrati Gʻavs kabi muqaddaslik qozongan boʻlsa, Janobi Haqning izni bilan, u karomatning har tarafini bilib oʻzi sohib chiqadi, biladi va bildiradi. Faqat bu bilan barobar, modomiki u karomat ikromdir; butun tafsiloti bilan karomat sohibiga ham koʻrinishi lozim emas. Bu sirga binoan; Hazrati Shayx; i'lami Rabboniy va izni Ilohiy bilan bu asrni koʻrgan va xizmati Qur'oniyaning atrofida bizlarni mushohada qilib nazari shafqati bilan qaragan. U besh satr, yolgʻiz bir karomat va intoqi bilhaq va bir ikromi Ilohiy va varosati Nabaviya e'tibori bilan namoyon boʻlganidan, moʻ'jizavoriy, qudrati bashardan ustun bir shakl olgan. Sun'iy, iroda-i shayx bilan boʻlmagan. Chunki intoqdir. Ruhi muqaddasasi his qilgan, koʻrgan. Iroda va ixtiyor yetisholmaydi. Aql esa ruhning harakatlarini qamray olmaydi. Lison, qanchalar aqlning tasavvurlari nozikliklarining tarjimasida ojiz boʻlsa, ixtiyor ham ruhning harakatlari nozikliklarini idrokida shu daraja ojizdir.

Hazrati Gʻavs shu daraja yuksak bir martabaga molik va shu daraja hayratomuz bir karomatga sazovordirki, kofirlarning bir qismi degan: "Biz Islomiyatni qabul qilolmaymiz. Faqat Abdulqodir Geyloniyni ham inkor qilolmaymiz." Ham avliyoni inkor qilgan Vahobiyning ifrotchi qismi ham Hazrati Shayxni inkor qilolmaydilar. Avliyo uning daraja-i haybatiga yetishmagani, barcha ahli tariqat tomonidan qabul qilingan.

— 151 —

Mana bunday quyosh kabi bir moʻ'jiza-i Muhammadiya (Alayhissalotu Vassalom), yuksak va soʻnmas bir bariqa-i Islomiyat boʻlgan bir zoti nuroniyning, gʻaybni bilgan nazari bilan asrimizni koʻrib, bunday bir karomat izhori bilan tasalli berib jasoratlantirish sha'nidandir. Ajabo, hech mumkinmidirki, "Sulton-ul Avliyo" maqomini qoʻlga kiritgan va hamiyati Islomiya bilan zamonidagi podshohlarni titratgan va quvva-i qudsiya bilan moziy va istiqbolni hozirdek izni Ilohiy bilan koʻrgan va mamotida ham hayotidagi kabi doimiy tasarrufi boʻlgani tasdiq qilingan bir qahramoni valoyat, bu asrimizga va bu asr ichidagi kamoli ajz va zaiflik bilan Qur'onning xizmatida boʻlgan va insofsiz dushmanlarning hujumiga ma'ruz va tasalli va kafolatlashga muhtoj bechora Qur'onning xodimlariga va talabalariga loqayd qolishi mumkinmi? Hech mumkinmidirki, biz bilan munosabatdor boʻlmasin? Sakkiz, toʻqqiz, balki oʻn besh quvvatli dalilni inobatga olmasdan, arzimas bir ishora kalomida boʻlsa, bizga qaraganiga dalolat qiladi; yashirin bir ishora qilsa, kifoyadir. Chunki, maqom taqozo qiladi, holning shartiga uygʻun va munosabat kuchlidir.

Ey men bilan barobar Hazrati Shayxning e'tibor va duosiga sazovor qardoshlarim! Shu ustozimiz bizni istiqbolda adam zulmatlari ichida oʻylab biz bilan mashgʻul boʻlarkan, biz u moziyda mavjud va nur pardalari ichida ustozimizni va ustozimizning ustozi va bobosi boʻlgan Faxr-ul olamiyn Alayhissalotu Vassalom Afandimizning e'tiborlaridan gʻaflat etishimiz, ularga tayanmasligimiz loyiqmi? Modomiki ular bizni oʻylaydilar. Biz ham bor quvvat va ruhimiz bilan ularga ishonib va amrlariga aniq itoat qilishimiz kerak.

Ahli dunyoning simsiz telegraf va telefonlari sharqdan gʻarbga ketgani kabi, mana ahli haqiqatning ham moziydan, toʻqqiz yuz yil masofa-i azimadan istiqbolga bunday ma'naviy telefonlari ishlay oladi va ma'naviy teleskoplari koʻra oladi. Ma'lumdirki, zaif alomatlar yigʻilgan sari quvvat topadi, dalil hukmiga oʻtadi. Mayingina iplar yigʻilgan sari uzilmas arqon boʻladi. Kulliy umumiy qaydlar yigʻilgan sari xususiyat paydo qilib taayyun qiladi. Bu sirga binoan, Hazrati Shayxning bu besh satrida sakkiz-toʻqqiz quvvatli ishoraning yigʻilishida hech shak va shubha qoldirmadiki: Hazrati Shayx hozirgi Qur'oni Hakimning shogirdlariga biiznilloh ustozlik qiladi; bihavlilloh shafqati ostida himoya qiladi.

— 152 —

Jam'-i qutbiyat va fardiyat va gʻavsiyat

Ila uch ustun uzra turar.

Rayeti ulviyati Shayxi haqqoniydir xitobi Abdulqodir.

Ilhomi Xudo, kitobi Abdulqodir.

Boz-ul-ashhab fardi faridi davaron.

Gʻavsi A'zam Janobi Abdulqodir.

Said Nursiy
***
RISOLA-I NUR SHOGIRDLARINING BIR BAYONI
وَكُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ لِلَّهِ مُخْلِصًا * تَعِيشُ سَعِيدًا صَادِقًا بِمُحَبَّتِى
Ilmi jifr bilan ma'nosi:

"Ey Said! Sen zamonning Abdulqodiri boʻl, ixlosi tomni qozon, faqirliging bilan barobar tirikchiligingni oʻylama, odamlardan minnat olma, isming "Said" boʻlgani kabi, tirikchilikda ham baxtiyor boʻlasan! Muhabbatimda sodiq boʻlganidan va ixlosga harakat qilganidan, Xulusiy kabi muxlis talabalar va yordamchilar va Sulaymon, Bekir kabi sodiq xizmatkorlar va Sabri kabi tom taqdir etuvchi va haqiqiy mushtoq talabalar sizga berilgan." Ha, Lillahilhamd, Gʻavsning yaqqollik darajasida xabar bergan holi sodir boʻlgan. Gʻavsi A'zam, "Said" ismi bilan nomlagan muridining tarixcha-i hayotida eng muhim nuqtalarni bayon qilish bilan barobar, Ilmi Jifr sirlari bilan sakkiz-toʻqqiz jihatda Saidning boshiga ishora qiladi. Baytlarning ma'no-i zohiriysi bilan jifriy ma'nolari bir-biriga juda yaqin boʻlish bilan toʻqqiz jihatdagi ishoralar bir-birini quvvatlaganidan yaqqollik darajasiga chiqqan.

اَنَا لِمُرِيدِى حَافِظًا مَا يَخَافُهُ * وَاَحْرُسُهُ فِى كُلِّ شَرٍّ وَ فِتْنَةٍ
Ilmi Jifr bilan Ma'nosi:

"Oʻn toʻrtinchi asrda "Al-Kurdiy" taxallusi bilan yod etilgan Mullo Said mening muridimdir. U fitna va balo asrining har yomonlik va fitnasidan Allohning izni bilan va kuch va qudrati bilan uning muhofiziman."

Ha, Hurriyatdan yigirma-oʻttiz yil keyinga qadar, yigirma buyuk fitna ichida favqulodda bir suratda Gʻavsning oʻsha muridi himoyada qolgan. Qoʻrqqan yomonligi va tahlikalardan bir gʻaybiy himoya bilan xalos boʻlgan.

— 153 —
مُرِيدِى اِذَا مَا كَانَ شَرْقًا وَ مَغْرِبًا * اَغِثْهُ اِذَا مَا سَارَ فِى اَىِّ بَلْدَةٍ
Ilmi Jifr bilan Ma'nosi:

"U Gʻavsning muridi boʻlgan Said-ul Kurdiy, Rossiyada asorat bilan Osiyoning shimoliy sharqida va ahli bid'atning qoʻli bilan Osiyoning gʻarbiga surgun qilinib qolgani miqdorcha va Sibir taraflaridan qochib favqulodda koʻp mamlakatlarni sayru-sayohat qilishga majbur boʻlgan payti, Allohning izni bilan, havl va quvvati Rabboniy bilan unga yordam berganman va madad soʻraganiga yetishganman." Ha, Hazrati Gʻavsning muridi unvoni bilan iroda qilgani Said (R.A.), uch yil asorat bilan Osiyoning shimoliy sharqida tahlikalar ichida himoyalangan qolib, uch-toʻrt oylik masofani qochish surati bilan bosib oʻtib, koʻp shaharlarni kezib, Gʻavsning degani kabi, himoyada qolgan.

فَيَا مُنْشِدًا نَظْمِى فَقُلْهُ وَلاَ تَخَفْ * فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ
Ilmi jifr bilan ma'nosi:

Badiuzzamon Mullo Said nomi bilan yod qilingan va muntazam virdlarini oʻqigan muridiga deydiki: "Mening nazmimni, ya'ni maslak va mashrabimni va mujohadalarimni koʻrsatgan maqolalarimni ayt; ya'ni nazmimdan murod, sening risolalaring va Soʻzlaring va Maktubotingdir. فَقُلْهُ وَ لاَ تَخَفْ Bir ming uch yuz oʻttiz ikkida (1332) u Soʻzlar bilan mujohadani boshla. Sen inoyati Ilohiyaning himoyasidasan."

Ha, مُنْشِدًا Ilmi Jifr bilan "Mullo Said"ni koʻrsatgani kabi نَظْمِى , ظ bilan Risolat-un Nurni koʻrsatadi. Va مِى bilan ham Maktubotni, ham كَلِمَاتُ سَعِيدِ الْكُرْدِى koʻrsatadi. "Kalimot" Soʻzlar deganidir.

فَقُلْهُ وَ لاَ تَخَفْ bir ming uch yuz oʻttiz ikkini (1332) koʻrsatadi. U tarix jihodining boshlanishidir. U tarixda "Ishorot-ul I'joz Tafsiri"ning nashri bilan mujohadani boshlagan.

***
— 154 —
KAROMATI GʻAYBIYA-I GʻAVSIYANING ISHORALARINI TASDIQLAGAN UCH RAMZ

Birinchi Ramz: اَنَا لِمُرِيدِى حَافِظًا Ilmi Jifr e'tibori bilan, maqomi abjadiy hisobi bilan, bir ming uch yuz oʻttiz oltini (1336) koʻrsatadi. Demak Hazrati Gʻavs, "Bu tarixda istiqbolda keladigan muridini amri Ilohiy bilan muhofaza qiladi" deydi. Ha, bu bechora Said ham deydi: Nav'-i bashara kelgan eng buyuk bir musibat Jahon Urushi hangomida, koʻp tahlikalarga ma'ruz qoldim. Hazrati Gʻavs koʻrsatgan arabcha tarixda yoki oz avval hayratomuz bir suratda qutuldim. Hatto bir dafa, bir daqiqada uch oʻq oʻldiradigan yerga muqobil menga tekkani holda ta'sir qilmadilar. Bitlisning istilosida bir miqdor talabalarim bilan Rus askarlarining bir boʻlinmasi ichiga tushdik. Bizni oʻradilar, har tarafda oʻq yogʻdi. Toʻrt donasi mustasno, barcha birodarlarim shahid boʻlgandan soʻng, boʻlinmaning toʻrt qatorini yordik; yana ularning ichida bir yerga kirdik. Ular ustimizda, atrofimizda ovozimizni, oʻksirganimizni eshitganlari holda, bizni koʻrmas edilar. Oʻttiz soat oʻsha holda loy ichida, men yarali ekan hifzi Ilohiy bilan istirohati qalb ichida muhofaza qilindim.

Bu kabi koʻplab tahlikalarda Hazrati Gʻavs koʻrsatgan tarixi arabiy e'tibori bilan, haqiqatdan bir hifzi Ilohiy ichida boʻlganimni his qilardim. Demak, Janobi Haq oʻsha qudsiy ustozimni bir qoʻriqlovchi malaklar kabi menga qoʻriqchi qilgan.

Mana bu اَنَا لِمُرِيدِى حَافِظًا parchasi bu faqirning ahamiyatli sarguzashtlariga ishora qilgani kabi, bu faqirning atrofida xizmati Qur'oniya ishida toʻplangan birodarlarimdan toʻqqizta talabasini حَافِظْ ismi bilan ishora qiladi. وَاَحْرُسُهُ فِى كُلِّ شَرٍّ وَ فِتْنَةٍ parchasida ikki hukm bor. Biri yomonlikdan, boshqasi fitnadan. Demak, ikkinchisi اَحْرُسُهُ فِى كُلِّ فِتْنَةٍ va bu jumla كُلِّ dagi shadda sanalmasa, bir ming uch yuz qirq toʻrt (1344) boʻladi. Ha, bu tarixdan hozirga qadar koʻp ahamiyatli fitnadan bir himoya-i gʻaybiy bilan mahfuz qolganimni تَحْدِيثًا لِلنِّعْمَةِ e'lon qilaman.

— 155 —
Ikkinchi Ramz:
مُرِيدِى اِذَا مَا كَانَ شَرْقًا وَ مَغْرِبًا * اَغِثْهُ اِذَا مَا سَارَ فِى اَىِّ بَلْدَةٍ

parchasida bahs qilgan va gapirgan muridi esa, sharqqa asoratdan ketgan tarixni koʻrsatgani kabi, gʻarbga surgun boʻlgan tarixni ham koʻrsatadi. Shundayki:

Shu parchaning haqiqiy ta'biri اِذَا مَا كَانَ مُرِيدِى اَسِيرًا فِى شَرْقٍ boʻladi. Demak asirlik zamoni مَا كَانَ مُرِيدِى اَسِيرًا فِى شَرْقٍ da chiqadi. Va bir ming uch yuz oʻttiz yetti (1337) boʻladi. Xullas bu faqir oʻsha tarixi arabiyda Rus asoratida, "Bir oʻzim Petrograddan bir oy shimoliy sharq tarafidan qochib, koʻp turli tahlikalar bor ekan, Ruscha bilmaganim holda, bir muhofaza-i gʻaybiya ostida juda koʻp oʻlkalarni sayru-sayohat qildim. Varshava, Avstriya yoʻli bilan Istanbulga kelib uzun bir doira-i arzda sayohat qildim. Hazrati Gʻavsning degani kabi, u sharqdagi asirlik va u koʻplab oʻlkalarni kezish ichida izni Ilohiy bilan yordam istashimga madad koʻrar edim." Demak, izni Ilohiy bilan Hazrati Gʻavs malak kabi bu vazifani duosi bilan qilgan.

Ammo مَا كَانَ مَغْرِبًا qaydi tarixi arabiy boʻlib bir ming uch yuz ellik bir (1351) mashhur Rumiy tarixi bilan ikki yil farq bor. Xullas -Hazrati Gʻavsning degani kabi- bu faqir, tarixi arabiy bilan bir ming uch yuz ellik birda (1351), Islom shiorlari ichida ahamiyatli oʻzgarishlar zamonida bor quvvatim bilan shiorlarning muhofazasiga xizmat bilan vazifador boʻlganim holda, u ma'naviy ostin-ustunliklardagi toʻfonlar bizga zarar bermadi.

— 156 —

Ham مَغْرِبًا kalimasi, oxirdagi tanvin bilan barobar bir ming ikki yuz toʻqson ikki (1292) boʻladiki, bu faqirning dunyoga kelishidan bir yil avval; va yoxud ona qornidagi tarixga ishora bilan barobar كَانَ مَغْرِبًا bir ming uch yuz oʻn toʻrt (1314) boʻladi. Bir ming uch yuz oʻn toʻrt (1314) yillarida bahs mavzusi boʻlgan muridi, ahamiyatli xatardan qutulishiga Gʻavs (R.A.) ishora qiladi, uning yordamiga yetishdim deydi. Hayotda boʻlgan eski talabalarim biladilarki, bir ming uch yuz oʻn toʻrt (1314), bir ming uch yuz oʻn besh - oʻn olti (1315-1316) yillarida, Van qal'asi-ki, ikki minora yuksakligida faqat togʻ kabi bir toshdan iboratdir, eskidan qolgan xona kabi bir gʻor eshigiga borayotgan edik. Oyogʻimdan poyafzallar sirpandi, ikki oyogʻim birdan sirpandi. Tahlika yuz foiz... Boshqacha tayanch nuqtasi qolmagani holda, katta bir tayanchga bosgandek uch metrlik burilish bilan oʻsha gʻorning eshigiga otilganman. Ham men, ham barobarimdagi u yerda boʻlgan birodarlarim, ajal kelmagani uchun yolgʻiz bir hifzi Ilohiy, hayratomuz bir yordami gʻaybiy deb oʻyladik.

Xullas, Hazrati Gʻavs modomiki bu qasidasida sarguzashti hayotimning muhim nuqtalariga ishora qiladi; albatta bu ajib va eng tahlikali bir sarguzashti hayotimga shu jumlasi bilan ishora qiladi de boʻladi.

Xulosa: Hazrati Gʻavsning mazkur kalimalari, bu faqirning tarixi hayotimda oʻtgan eng muhim nuqtalarni ma'nosi bilan ifoda qilganlari kabi; hisobi abjad maqomi bilan muhim nuqtalarning boʻlish tarixlariga tavofuqlari, albatta tasodufiy va tasodif ishi boʻlolmaydi. Boshqa ishoralarning qat'iyati quvvati tasodifni mahol darajasiga keltirgan. Modomiki bu besh satr qasidasi, bir karomatdir; karomat esa moʻ'jiza kabi Janobi Haq tarafidandir, intoqi bilhaq nav'indandir, hali bayon qilmaganimiz koʻp sirlarni ichiga olgan, ixtiyori bashar yetisholmaydi.

...................

Said Nursiy
— 157 —
LATIF BIR TAFA'UL

Shayx Sa'diy Sheroziyning "Boʻston"idan Soʻzlar haqida men, Hofiz Xolid, Gʻolib, Sulaymon niyat qilib ochdik, tafa'ul bu chiqdi:

نِگَرْ تَا گُلِسْتَان مَعْنَا شُگُفْت * بَرُو هِيچْ بُلْبُلْ چُنِينْ خُوشْ نَگُفْت
عَجَبْ گَرْ بِمِيرَدْ چُنِينْ بُلْبُلْ * كِه اَزْ اُسْتُخَوانَشْ نَرُويَدْ گُلِى

Ma'nosi: Ya'ni "Kel, boq, gullar bogʻi shaklida haqiqat gullari ochilgan. Bunday haqiqat gulzorida hech bir bulbul bunday shirin, xush sayramagan. Qanday boʻladiki, bunday bir bulbul oʻlgandan soʻngra uning suyaklaridan gullar ochilmasin."

Bu ma'no maqsadimizga shunchalar yaqinki, ta'birga ehtiyoj yoʻq. Faqat gulistonimiz; abadiy Qur'on Jannatidan, undan kelgan.

Mahmud, Tavfiq, Gʻolib, Sulaymon, Hofiz Xolid, Said (R.A.)
***
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Gʻavs mashhur qasidasida -yaqqollik darajasida- bizlardan, ya'ni hizb-ul Qur'ondan xabar bergani kabi, yana bir necha yerda yana ishoriy bir tarzda xabar beradi. Jumladan, oʻsha qasidaning orqasida "Majmuat-ul Ahzob"ning 563-chi sahifasida yana oʻsha ma'lum murididan bahs qiladi va baytida deydiki:

فَمُرِيدِى اِذَا دَعَانِى بِشَرْقٍ اَوْ بِغَرْبٍ اَوْ غَارٍ فِى بَحْرِ طَامِى اَغِثْهُ

"Gʻarbda meni chaqirgan vaqt, uning yordamiga yetishaman." Ha, toʻgʻridir. Arabcha tarix bilan bir ming uch yuz oʻttiz toʻqqizda (1339) mudhish bir inqirozi ruhiy va dahshatli bir hayajoni

— 158 —

qalbiy va gʻavgʻoli bir tashavvushi fikriy oʻtkazgan vaqtlarimda, juda shiddatli bir suratda Hazrati Gʻavsdan madad soʻradim. Bir-ikki yerda bahs qilganim kabi, "Futuh-ul Gʻayb" kitobi bilan va duo va himmati bilan yordamimga yetishdi va u inqirozni oʻtkazib yubordim. Mana oʻsha muridi esa, bechora Said-ul Kurdiy boʻlganini mashhur qasidasida qat'iy koʻrsatgani kabi, bu qasidada ham فَمُرِيدِى dan murod udir. Chunki دَعَانِى بِغَرْبٍ abjad hisobi bilan bir ming uch yuz oʻttiz toʻqqiz (1339) boʻladi. U payt mamlakatimga nisbatan gʻarb sanalgan Istanbulda edim. دَعَانِى بِغَرْبٍ maqomi abjadiysi yordam soʻrash paytimga tavofuq qiladi. Hisobda اِذَا lafzi kirmaydi. Chunki اِذَا zamonni koʻrsatadi, دَعَانِى بِغَرْبٍ jumlasi oʻsha noaniq zamonni ta'yin qiladi.

Ham azjumla, "Majmuat-ul Ahzob"ning ikkinchi jildining 379-chi sahifasida Hazrati Gʻavsning "Vird-ul Isha" nomli munojotida shu parcha bor.

فَالْوَاصِلُ

{(Hoshiya) فَالْوَاصِلُ kalimasi- koʻplab boʻlish jihati bilan- Soʻzlari bilan salomatga yetkazuvchi deganidir.}

اِلَى سَاحِلِ السَّلاَمَةِ هُوَ السَّعِيدُ الْمُقَرَّبُ

{(Hoshiya1) الْمُقَرَّبُ shaddali "ro" bir sanalsa, ustozimizning taxallusi boʻlgan "Annursiy" kalimasining aynidir. Faqat bogʻlash uchun "vov" bor. Tom tavofuq bilan yaqindan murod Nursli boʻlganini koʻrsatadi. الْمُقَرَّبُ da shaddali "ro" ikki sanalsa, "Badiuzzamon Nursi" shaddasiz "yo" bilan aynidir. Faqat ikki farq bor. Ikki hamza-i vasl sanalsa, batamom tavofuq bilan الْمُقَرَّبُ toʻgʻridan-toʻgʻriga unga ishora qiladi.}

وَ ذُو الْهَلاَكِ هُوَ الشَّقِىُّ الْمُبَعَّدُ وَ الْمُعَذَّبُ

Xullas Gʻavsning shu parchasi, فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَ سَعِيدٌ oyatining bir navi tafsiridir. Shu kulliy oyatning bir qism fardlarini, oltinchi asr va oʻn toʻrtinchi asrda oyatning kulliyatiga kirgan bir qism maxsus fardlarni koʻrsatganiga koʻplab alomatlar bor. Oyatning kulliyatida {(Hoshiya) Oyatning kulliyatida saodat nuqtasida mazhariyatiga masadaq boʻlish uchun milliardlab darajadan faqat bir daraja murod boʻlganimizni anglasak, abadga qadar shukr qilsak, u ne'matlarning haqqini ado qilolmaymiz. Hazrati Gʻavsning ishorasidan anglashiladiki, u qamrovli oyatning dengizidan bir qatra qadar hissamiz bor.} tavofuq sirri bilan فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ kalimasida bu zamonning eng katta qaroqchilaridan uchtasiga jifr boʻyicha tavofuq qilishi, oʻsha kulliy oyatda bular ham qasddan murod boʻlganlariga alomat, balki ishoradir. Xullas Hazrati Gʻavs bu oyatdagi bu alomatdan bu zamonga qaragan. Mazkur ifodasini kulliy oyatga bir navi xususiy tafsir qilib, qasidasida karomatkorona bahs qilgani fitna-i oxirzamon ichidagi shogirdlarini koʻrib, oʻsha zamonning qaroqchilarining yomonligidan muhofaza qilingani va bu yerda munojotida ham oʻsha qasidaning ma'nosiga qaraydi.

— 159 —

Shu ifoda-i Gʻavsiyada bir imo bor. Bu yerdagi "Said" lafzida, mashhur qasidasidagi تَعِيشُ سَعِيدًا kalimasiga yashirin bir ishora boʻlgani kabi; ذُو الْهَلاَكِ هُوَ الشَّقِىُّ الْمُبَعَّدُ ifodasi bilan oʻzidan soʻngra sodir boʻlgan va Islomiy ilmlarni mahv etmoq niyati bilan kitobxonalarni Dijla va Firot daryosiga tashlagan Xulagu falokatini xabar berish bilan barobar; Xulagu kabi Islomiy ilmlarga parda tortgan qaroqchilarni ham, mazkur oyatga tayanib xabar beradi.

Ha, فَالْوَاصِلُ اِلَى سَاحِلِ السَّلاَمَةِ parchasi bilan Hizb-ul Qur'onga ishora qilgani kabi ذُو الْهَلاَكِ هُوَ الشَّقِىُّ الْمُبَعَّدُ وَ الْمُعَذَّبُ parchasi bilan Islomiy ilmlarni yoʻqotish niyati bilan Xulagu va vazirlari kabi harakat qilgan ba'zi ma'lum insonlarning ismlari Ilmi Jifrga koʻra ham mazkur oyatning ishorasiga tayanib tom tavofuq qiladi, koʻrsatadi.

Ma'lumdirki tavofuq, Ilmi jifrning kalitlaridan muhim bir kalitdir. Agar bitta tavofuq boʻlsa, dalolat deyilmaydi; faqat yashirin bir imo boʻladi. Agar ikki jihat bilan ayni masalaga tavofuq kelsa, imodan ramz darajasiga chiqadi. Agar ikki-uch jihat bilan ayni masalaga kelsa, ishora boʻladi. Agar soʻzlarning ma'nolari harflar bilan qilingan ishoralarga munosib kelsa va ishora bilan bahs qilingan insonlarning ahvoli oʻsha ma'noga uygʻun va muvofiq boʻlsa, u ishora u vaqt dalolat darajasiga chiqadi. Ahar olti-yetti jihat bilan tavofuq bilan barobar, kalimalarning ma'nolari harf bilan qilingan ishoralarga muvofiq kelsa va holning shartiga uygʻun ham boʻlsa, u dalolat oʻsha vaqt yaqqollik darajasiga chiqadi. Xullas bu dasturga binoan, Shayxi Geyloniy oʻsha mashhur qasidasida yaqqollik darajasida Hizb-ul Qur'ondan bahs qilgani kabi, وِرْدُ الْعِشَاءِ munojotida ham mazkur oyatga tayanib, Hizb-ul Qur'onning bir xodimini ochiqchasiga va birodarlarini ham ishora darajasida xabar beradi.

— 160 —

Gʻavsi A'zamning istiqboldan xabar bergani navidan, mashhur Shayx-ul islom Ahmadi Jomiy ham Imom Rabboniy (R.A.) boʻlgan Ahmadi Faruqiydan xabar bergani kabi, Jaloliddin Rumiy Naqshbandiylardan xabar bergan. Yana bu navdan koʻp avliyolar boʻlganga uygʻun xabar berganlar; faqat ularning bir qismi yaqqollikka yaqin xabar berganlar. Boshqa bir qismi xabarlari garchi bir daraja noaniq mutlaqdir, faqat bahs qilgan zotlari maqom sohibi va buyuk boʻlganlaridan, buyukliklari va taayyunlari jihati bilan oʻsha noaniq gʻaybiy xabarni loyiq boʻlib oʻzlariga olganlar. Masalan Ahmadi Jomiy (Q.S.) deganki: "Har toʻrt yuz yil boshida muhim bir Ahmad keladi. Ming tarixi boshidagi Ahmad eng muhimidir." Ya'ni u alfin mujaddididir. Mana bunday mutlaq bir suratda aytgani holda, Imom Rabboniyning (Q.S.) buyukligi va tashaxxusi osha xabari gʻaybiyni qat'iyyan oʻziga olgan. Hazrat Mavlono Jaloliddini Rumiy ham (Q.S.) Naqshbandiydan noaniq bir suratda bahs qilgan; faqat Naqshiylarning buyukligi va yuksakligi va tashaxxuslari u xabarni ham loyiq boʻlib oʻzlariga olganlar.

Xullas bu karomatkorona gʻaybiy xabar navidan, Gʻavsi A'zam (Q.S.) ham Hizb-ul Qur'ondan ishoriy bir suratda xabar bergani kabi, Hizb-ul Qur'onning bir xodimi boʻlgan bu bechora Saidni (R.A.) ikki yerda ochiq tarzda xabar beradi. Noaniq va mutlaq qoldirmaganining sirri shuki: Bu bechora Said, maqom sohibi boʻlmagan ekan va buyuk emas ekan va mutlaq ta'biri tashxis qiladigan bir tashaxxus yoʻq ekan, lutfi Ilohiy bilan buyuk bir maqomning xizmatida boʻlishidir. Goʻyo bir askar ekan, marshallik maqomi xizmatida boʻlishidir. Xullas kichikligi va ahamiyatsizligi uchundirki, Hazrati Gʻavs, narigi avliyoga muxolif boʻlib, yolgʻiz ishora bilan qolmasdan, yaqqollik darajasida barmogʻini uning boshiga bosadi.

— 161 —

Sarguzashti hayotimda oʻtgan va koʻpchiligini yashirganim koʻp hayratomuz voqealar bor edi. Oʻzimni hech bir jihat bilan karomatga loyiq koʻrmaganim uchun, ularni ba'zan tasodifga, ba'zan esa boshqa sabablarga isnod etardim. Hozir qanoatim kelyaptiki, oʻsha horiqolar Gʻavsi A'zamning bir silsila-i karomatini tashkil qiladilar. Demak uning duosi bilan, himmati bilan, unga karomatan va bizga ikrom navidan, bir navi inoyati Ilohiyaga sazovor boʻlganmiz.

Jumladan, men surgun boʻlib Istanbulga ketirilgan vaqtim bir zamon Diniy Qoʻmita doirasida boʻlgan Dor-ul Hikmat-il Islomiyadagi xizmati Qur'oniyaga harakat qilganim uchun, oʻsha aloqadorlik jihatida: "Diniy Qoʻmita qay holdadir?" deb soʻradim. Eyvoh! Shunday bir javob oldimki, ruhim, qalbim va fikrim titradilar va yigʻladilar. Soʻragan odamim dediki: "Yuz yillar Shariat nurlarining sazovori boʻlgan oʻsha qoʻmita hozir katta qizlarning litseyi va oʻyingohidir." Xullas oʻsha vaqt shunday bir holati ruhiyaga giriftor boʻldimki, dunyo boshimga yiqilgan kabi boʻldi. Quvvatim yoʻq, karomatim yoʻq, kamoli ma'yusiyat bilan oh-voh deb dargohi Ilohiyaga yuzlandim. Va biz kabi qalblari yongan koʻp zotlarning otashin ohlari, mening ohimga qoʻshildilar. Eslab bilmayapmanki, ajabo Shayxi Geyloniyning duosini va himmatini, duomizga yordam uchun istadimmi, istamadimmi? Bilmayman. Faqat har holda oʻsha eskidan beri nurlar yeri boʻlgan bir yerni zulmatdan qutqarish uchun, biz kabilarning ohlarini otashlantirgan uning duosi va himmatidir. Xullas, oʻsha kecha Diniy Qoʻmita qisman yondi; hamma "ey voh" dedi. Men va men kabi yonganlar "Alhamdulilloh" dedik. Oʻylaymanki, bu faqir millatga ikki yuz million zarar bergan adliya idorasidagi yongʻinda bunday bir ma'no bor. Insh ٰةloh bu ham bir tanbeh va uygʻonishni beradi. Otash ba'zan suvdan ziyoda tozalik qiladi.

Haqiqatli bir Latifa: Sulton Sulaymoni Qonuniy koʻplab qirq chashma suvlarini Istanbulga keltirgan vaqti, Shayx-ul Islom Zanbilli Ali Afandi unga degan: "Shariatga xilof qonunlarni Ovrupadan keltirganing uchun, Istanbulni shunday kirlatdingki, oʻsha keltirgan suvlarning hammasi ustidan oqib oʻtsa, yuz yilda tozalay olmaydi."

— 162 —

Savol: Gʻavsi A'zam kabi buyuk valiylar ba'zi vaqtlarda moziy va istiqbolni hozir kabi mushohada qiladilar. Nima uchun moziyga oid jihatga yaqqollik suratida xabar beradilar-u, istiqboldan pinhon ramzlar bilan, yashirin ishoralar bilan bahs qiladilar?

Javob: لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللَّهُ oyati bilan,

عَالِمُ الْغَيْبِ فَلاَ يُظْهِرُ عَلَى غَيْبِهِ اَحَدًا * اِلاَّ مَنِ ارْتَضَى مِنْ رَسُولٍ

oyati ifoda qilganlari muqaddas ta'qiqqa qarshi ubudiyatkorona bir xushaxloqda boʻlish uchun, ochiq shaklda ifodalashdan ishora maslagiga kirganlar. Toki ishoralar bilan, ramz bilan anglashilsinki, ixtiyorsiz, niyatsiz bir suratda ta'limi Ilohiy bilan boʻlgan. Chunki istiqboliy boʻlgan gʻaybiyot, niyat va ixtiyor bilan berilmagani kabi; niyat bilan ham aralashmoq, u ta'qiqqa qarshi itoatsizlikni his qildiradi.

***
HAZRATI GʻAVSNING KAROMATI GʻAYBIYASINI QUVVATLANTIRGAN BIR OYATNING ISHORALARIDAGI BIR NUKTA-I I'JOZIYA

Qur'ondan sizib chiqqan oʻsha Soʻzlar va risolalar, Qur'oni Hakimning bir navi mustaqim tafsiri va iymon haqiqatlarining istiqomatli va quvvatli dalillari boʻlganidan; u risolalar va Soʻzlarga kelgan sharaf va taqdir va tahsin, Qur'onga va iymon haqiqatlariga oiddir. Modomiki shundaydir, qoʻrqmasdan deymanki: وَلاَ رَطْبٍ وَلاَ يَابِسٍ اِلاَّ فِى كِتَابٍ مُبِينٍ sirri bilan, Qur'onda albatta bu istiqomatli tafsirining istiqomatiga ishora bor. Ha, bor. Qur'on u tafsiriga xususiy qaraydi. Chunki: Muhim oyatlardan Sura-i Huddagi {(Hoshiya) Hatto Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalom) marhamat qilganlarki: شَيَّبَتْنِى سُورَةُ هُودٍ ya'ni sura-i Huddagi فَاسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ oyati meni keksaytirdi. Chunki ahamiyati azimdir. Toʻliq istiqomatni amr qiladi.} فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَ سَعِيدٌ oyati boʻlgan sahifaning qarshisida

— 163 —

فَاسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ oyati, fa-yi atf xorij boʻlib اِسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ maqomi abjadiysi bir ming uch yuz ikkidir (1332). Demak اِستَقِمْ dagi maxsus amr ichida boʻlgan umumiy xitobning hadsiz mustaqim fardlari ichida, u bir ming uch yuz ikki (1302) tarixida bir fardning bir jihatda istiqomat amriga boʻysunish bir xususiyat qozonadi. Demak, oʻn toʻrtinchi asrda Qur'ondan iqtibos qilib, istiqomatsiz xato yoʻllar ichida siroti mustaqimni koʻrsatadigan asarlarni nashr qilgan bir odamni, oʻsha hadsiz fardlar ichiga kiritadi.

Ham u istiqomatning bir xususiyati borki, tarixi bilan ishora qiladi. Holbuki, u asrda shaxsan istiqomatda mumtoz bir xususiyat kasb etmoq juda uzoqdir. Demak, shaxsiy istiqomat emas. Unday boʻlsa, u odamning tashabbusi bilan nashr qilingan Qur'on sirlari, oʻsha asrda istiqomatda imtiyoz kasb qiladi. U odam shaxsan mustaqim boʻlmagani holda, mustaqimlar ichiga kirishi, u imtiyozga ramz qiladi. Modomiki haqiqat budir, men qat'iy bir suratda e'tirof qilamanki, hayotim istiqomatsiz ketgan, qalbim xastalikdan qutulmagan, u qudsiy amrga itoat qilishdan balki yuz daraja uzoqman. Faqat وَ اَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ sirri bilan u ne'matga bir shukr oʻlaroq deymanki: U bir ming uch yuz ikki (1302) tarixi esa, arabcha tarix e'tibori bilan boʻlsa, Qur'on oʻqishni boshlaganim ayni tarixga tavofuq qiladi. Va, rumiy tarixi hisobi bilan, ilmga boshlaganim tarixga tavofuq qiladi. Unday boʻlsa, oʻsha imo qilingan fard boʻla olamiz. Holbuki shaxsan butun hayoti xato va istiqomatsiz boʻlgan bir fardga istiqomat bilan imo qilinsa va mustaqim boʻlmagan ekan, mustaqimlar ichiga kiritilsa, albatta u fard sazovor boʻladigan asarlarning istiqomatiga imodir. Va u asarlarning istiqomati, oʻsha tarixda boshlab zalolat yoʻllari va zulmatlar tariqlari ichida siroti mustaqimni koʻrsatadigan اِسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ amriga rioya qiladi deganidir. Ha, lillahilhamd Risola-i Nur parchalari Qur'onning bu moʻ'jizona imo-i gʻaybiysini amalda koʻrsatgan, maydondadir.

— 164 —

Shu oyatning yashirin imosini اِنَّ حِزْبَ اللَّهِ هُمُ الْغَالِبُونَ oyati quvvatlantiradi. Chunki اِنَّ dagi shaddali nun bir sanalsa, toʻliq avvalgi oyatga tavofuq bilan, Hizb-ul Qur'onning faoliyatiga vosita boʻlgan bir xodimining Qur'on oʻqishni boshlagan bir ming uch yuz ikki (1302) tarixiga, ikki farq bilan tavofuq qilish bilan barobar, shaddali nun ikki nun sanalsa, bir ming uch yuz ellik (1350) boʻladiki, bu tarixda Qur'ondan iqtibos qilingan Risola-i Nur atrofida toʻplangan, bor quvvatlari bilan Qur'onning xizmatlariga harakat qilgan Hizb-ul Qur'onning faoliyati va dalolat va zindiqoga ma'nan gʻalaba qilganlari bir zamonga tavofugʻi esa, istiqbolda tom gʻalabalariga bir imo-i gʻaybiydir.

***

Savol: Sen bu zamonning hodisalariga fitna-i oxirzamon deysan. Holbuki Hadisda kelganki: "Oxirzamonda Alloh, Alloh (J.J.) deyilmaydi; soʻngra qiyomat boʻladi."

Javob: Birinchidan: Fitna-i oxirzamonning muddati uzun. Biz bir boʻlimidamiz.

Ikkinchidan: Yerda Alloh, Alloh (J.J.) deyilmaydidan murod; Allohga iymon boʻlmaydi degani emas. {(Hoshiya1) Chunki hadisda borki, لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّتِى ظَاهِرِينَ عَلَى الْحَقِّ اِلَى قِيَامِ السَّاعَةِ Bu hadis boshqa hadisni chegaralaydi.} Balki Allohning nomini oʻzgartiradilar deganidir. Qandayki yerda Alloh Alloh (J.J.) deyilmasa, qiyomati kubro boʻladi. Bir mamlakatda ham Alloh, Alloh (J.J.) deyilmasa, bir navi qiyomat boʻlishiga ishoradir. {(Hoshiya2) Yetti yil avval yozilgan bu ishorati gʻaybiya aynan sodir boʻldi. Hamma koʻrdi. Ha, bu oʻtgan zilzila qiyomatning zilzila-i kubrosidan xabar bergandek tebratdi. Faqat aqllari boshlariga kelmadi.}

تَوَسَّلْ بِنَا فِى كُلِّ هَوْلٍ وَشِدَّةٍ * اَغِيثُكَ فِى اْلاَشْيَاءِ دَهْرًا بِهِمَّتِى
— 165 —

Ilmi Jifr bilan ma'nosi: "Ey Said! Oxirzamonning fitnalariga yetishib tushgan payting, mening duo va himmatimni oʻzingga vasila va shafoatchi qil. Inshaalloh, sening hamma narsangda va har ishingda uzun bir zamonda, ya'ni bolalik zamoningdan keksalik vaqtingdagi ishkanjali asoratiga qadar.. ya'ni, bir ming ikki yuz toʻqson toʻrtdan (1294) to bir ming uch yuz qirq besh(1345), balki oltmish toʻrtga (1364), yanada ziyoda bir zamonga qadar Allohning izni bilan va quvvati bilan sening yordamingga yetishaman."

رَبَّنَا لاَ تُوءَاخِذْنَا اِنْ نَسِينَا اَوْ اَخْطَاْنَا
Said Nursiy
— 166 —

RISOLA-I NURDAN PORLOQ PARCHALAR VA BIR QISM GOʻZAL MAKTUBLAR

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Latif va ma'nodor va bashoratli ikki hodisani bayon qilaman:

Birinchisi: Noumid bir xotiradan xushxabarli bir eslatma:

Bu kunlarda xotirimga keldiki: Hayoti ijtimoiyaga kirgan, qaysi narsa bilan munosabatdor boʻlsa, aksariyat bilan gunohlarga ma'ruz qoladi. Har jihat bilan gunohlar bemalol insonni oʻraydilar. Buncha gunohlarga qarshi insonlarning xususiy ibodatlari va taqvosi qanday qarshilik qila oladi? deb umidsiz holda oʻyladim. Hayoti ijtimoiyadagi Risolat-un Nur talabalarining vaziyatlarini esladim. Risola-i Nur shogirdlari haqida, najotlari va ahli saodat boʻlganlariga doir quvvatli ishoroti Qur'oniyani va bashorati Alaviya va Gʻavsiyani oʻyladim. Qalban dedimki: Har biri ming yerdan kelgan gunohlarga qarshi bir til bilan qanday muqobala etadi, gʻalaba qiladi, najot topadi? deb hayratda qoldim. Bu hayratimga muqobil eslatildiki: Risaolat-un Nurning haqiqiy va sodiq shogirdlari oralaridagi dasturi asosiy boʻlgan oxiratga doir ishlarda sherikchilik qonuni bilan va samimiy va sodiq tasonud sirri bilan har bir xolis va haqiqiy shogird bir til bilan emas, balki qardoshlari adadicha tillari bilan ibodat qilib istigʻfor aytadi. Ming tarafdan hujum qilgan gunohlarga qarshi ming til bilan qarshilik koʻrsatadi. Ixlos va sodoqat va Sunnati Saniyaga ergashish va xizmat darajasiga koʻra oʻsha kulliy ubudiyatga sohib boʻladi.

Bu buyuk qozonchni qoʻldan qochirmaslik kerak. Ba'zi maloikaning qirq ming til bilan zikr qilganlari kabi, xolis va haqiqiy taqvodor bir shogird ham qirq ming qardoshining tillari bilan ibodat qiladi, najotga haqdor boʻladi, inshaalloh.

— 167 —

Ikkinchisi: Eski zamonda oʻn toʻrt yoshimda ekan, ijozat olishning alomati boʻlgan ustoz tarafidan bir yaktak menga kiydirish vaziyatiga monelar boʻldi. Yoshimning kichikligi bilan, mamlakatimizda katta domlalarga maxsus qiyofaga kirmoq yarashmaganini; ikkinchidan, u zamon buyuk olimlar menga qarshi ustozlik vaziyatini emas, yo raqib va yoxud taslimiyat darajasiga kirganlari uchun, menga bir yaktak kiydirmoq va ustozlik vaziyatini oladigan oʻzlariga ishonganlar topilmadi va avliyo-i azimadan toʻrt-besh zotning ham vafot qilishlari jihati bilan, ellik olti yildir ijozatning zohir alomati boʻlgan yaktakni kiymoq, bir ustozning qoʻlini oʻpmoq, ustozligini qabul qilmoq haqqimni bu kunlarda yuz yillik bir masofada Hazrat Mavlono Zuljanohayn Xolid Ziyovuddin oʻz yaktagini juda gʻarib bir tarzda menga kiydirmoq uchun yuborganini, ba'zi alomatlar bilan menga qanoat keldi. Men ham u muborak yuz yoshli {(Hoshiya) Risola-i Nur shogirdlaridan va oxiratli singlimizdan Osiyo nomli bir xonim qoʻli bilan u muborak omonatni oldim.} yaktakni kiyayapman, Janobi Haqqa shukr qilyapman.

Said Nursiy
***
AMIN VA FAYZINING ISPARTADAGI QARDOSHLARIGA USTOZLARINING XASTALIGI HAQIDA BIR MAKTUBLARI

............

Ramazoni Sharifda besh kun savmi visol ichida ovqat sifatida nonsiz muhallabini uch va besh-olti qoshiq sovuq qatiq; uchinchi kecha, yarim qoshiq muhallabi va toʻrtinchi kecha iftorda suvli ugradan besh qoshiq va besh qoshiq ham yana oʻsha ugradan saharlikda va qatiq yana uch-toʻrt qoshiq, beshinchi kecha, donasiz kabi gʻoyat yengil ugra besh-olti qoshiq, saharlikda esa yana besh-olti qoshiq. Xullas, besh kunda guruch shoʻrvasi suv sanalmaslik sharti bilan ugradan besh dirham qatiq suzilsa oʻn dirham muhallabi suvsiz olti-yetti dirham, hammasi oʻttiz dirham ovqat bilan besh kun savmi visol faqat taroveh nuqson boʻlib boshqa vazifalarning qilinishi Risolat-un Nur shogirdlarini qamragan inoyatlarning horiqolaridan bir karomatini koʻrdik.

— 168 —

Ham ustozimizdan hech koʻrmaganimiz ikkimiz (ya'ni Fayzi, Amin) Barla-Isparta Sulaymonlari kabi juda ham chuqur xastalik hiddatlarini qoʻzgʻatmaslik uchun ehtiyot qilolmaganimizdan shiddatli hiddatini koʻrdik. Bu xastaligida yana asari rahmatdirki, hech xayol va xotirga kelmagan oxirgi oʻn kunning gʻoyat muhim kechalarida ustozimiz toʻliq bajarolmagan vazifa oʻrnida bu atrofda harbir shogird oʻz xususiy sa'y-harakatidan tashqari bir soatni ustoz hisobiga Risolat-un Nurning shogirdlarining mujohada-i ma'naviyalariga ishtirok va ularni maqsad qilib ularning daftari a'moliga oʻtishga ayni ustoz kabi ishlashni boshladilar. Hatto Ustozimiz der edi: "Ahamiyatsizligim bilan barobar, Isparta va atrofidagi qardoshlarimizning a'moli uxroviyasiga bir hayajonlantiradigan sabab hukmida mening qusurli ishlashim kifoya kelmayotgan edi." Demak, ustoz oʻrniga uning bir necha soat ishlashiga badal juda koʻp soatlar ayni vazifani qilishni boshladilar. Janobi Haq rahmati bilan bu xastalik vasilasi bilan bir shaxsi ma'naviy va quvvatli bir mador boʻladigan bu tadbirni ehson ayladi, juz'iyatdan kulliyatga chiqardi.

Ham bu xastalik nozikliklaridirki, ustozimizning hech ovozi chiqmas edi, gapirolmas edi. Hech kutilmaganda birdan iftor vaqtida bir doktor keldi, qoʻlini tutdi. Ustozimiz dediki: "Men xastaligimni tekshirtirmayman, men hakimlarga muhtoj emasman, hakim Janobi Haqdir." Birdan jonlandi, ovozi chiqishni boshladi. Goʻyo oʻzi bir doktor shaklini oldi, doktor esa bir xasta hukmiga oʻtdi. Doktorga ahamiyatli bir maktubni oʻqidi, doktorning dardiga davo boʻladigan bir dori boʻldi. Soʻngra toʻp otildi. Doktorga dedi: "Bu yerda iftor qil!" Doktor dedi: "Bugun qusur qilganman, roʻza tutolmadim " deyishi bilan juda hayrat qilganimiz ustozimizning vaziyati roʻzani buzgan bir doktorning tib nuqtasida hakimona vaziyatini qabul qilmadiki, oʻsha vaziyat unga berildi.

Ha, Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysidan kelgan shifo duosi unday yuz ming doktorga muqobil keladi, deb biz ham tasdiq qildik. Ham bu xastalikning, Layla-i Qadrda Risolat-un Nur talabalari, xususan ma'sumlar qilganlari shifo duolari shunday bir darajada horiqo bir suratda ta'sirini koʻrsatdiki, ustozimizga sogʻ holidan yanada yaxshi bir suratda bir vaziyat berildi. Layla-i Qadrga loyiq bir tarzda sa'y-harakatni boshladi. Risola-i Nur shogirdlaridan kelgan bu duo-i shifo hayratomuz bir moʻ'jiza kabi bir karomat boʻlganini biz koʻzimiz bilan koʻrdik.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Amin, Fayzi
— 169 —

Bizdan bir oy uzoqda boʻlgan Risolat-un Nur shogirdlari, ustozimizning xastaligining ayni zamonida xastaligining vaziyatini tushda aynan koʻrganlari kabi, Sabri va Hofiz Alining toifalari ham ayni vaqtda bu yerda, ya'ni Kastamonuda boʻlgani kabi, xasta boʻlgan ustozimizning hisobiga yanada muhim bir tarzda xizmat qilganlar. Shundayki:

Sabrining Maktubining Bir Parchasidir.

Ustozim afandim!

Kasalligingiz onida u yerdagi manba-i Nurning mujohidlari bir soat ma'naviy sa'ylarini xodimi Qur'on hisobiga qilganlari kabi, bu atrofda ham bu yilga maxsus ado qilingan diniy xizmatlar tahdisi ne'mat soyasida zikrga vasila boʻlgan faqirga bu yil Layla-i Qadrdan bir kun avval eslatildiki: "Bu yil Layla-i Qadrni ikki kecha qil." Bandalari ham jamoatga shunday aytdimki: "Ustozim (Sallamahullohu va afahu) ba'zi bu kabi muborak tunlarni ba'zi maqsadlarga binoan u layla-i muborakani ihyo uchun bir kecha avval, hatto zikr qilingan kechadan bir kecha soʻngra yana ihyoga sa'y qilar edilar. Biz ham u tarzga ergashib uning hisobiga Layla-i Qadrni ikki kecha qilamiz deb niyat va qaror qildik. Birinchi kechada Avrodi Bahaiyya va Tasbehot va Sakina va Daloili Xayrot va Javshan-ul Kabir kabi dars va virdlarimiz bilan mashgʻul boʻldik. Ikkinchi kecha yana; ham nasihat... Demak ergashish jihati bilan ustozimiz hisobiga yuz jamoat bilan تَقَبَّلَ اللَّهُ xizmat qildirilganmiz. Soʻngra Isparta, Otabey, Islomkoʻy, Kuleoʻnu va boshqalar kabi joylarda ham boshqa vazifalardan tashqari har kun Qur'onning juzlarini taqsim surati bilan xatmi Qur'on, ustoz hisobiga butun Ramazonda va Oyat-ul Kursiy xatmlari yana... Shu holda, bu yilga maxsus qilingan taqdim qilingan ibodatlarning bir hikmati bor ekanki, bilmaganimiz holda Kastamonulik qardoshlarimiz kabi ustoz hisobiga ishlattirilganmiz. Bundan keyin Rabbim uzun umrlar ehson etsin, baxtli, abadiy shifo va davo va inoyatlar ehson qilsin, omin!

Talabangiz
Sabri
***
— 170 —
NAMOZ TASBEHOTINING FAZILATIGA OID ISPARTAGA YUBORILGAN BIR MAKTUB

Bu kunlarda nozik bir masala qalbimga keldi. Vaqtida qalamga ololmadim, vaqt oʻtgandan keyin u ahamiyatli haqiqatga bir ishora qilamiz.

Qardoshlarimizdan birisining namoz tasbehotida tanballik qilishiga binoan dedim: Namozdan keyingi tasbehotlar, tariqati Muhammadiyadir (A.S.V.) va valoyati Ahmadiyaning (A.S.V.) bir avrodidir. U nuqtadan ahamiyati buyukdir. Soʻngra, bu kalimaning haqiqati bunday inkishof etdi: Qandayki risolatga inqilob etgan valoyati Ahmadiya (A.S.V.) barcha valoyatlardan ustun. Xuddi shuning kabi, u valoyatning tariqati va u valoyati kubroning avrodi maxsusasi boʻlgan namozning orqasidagi tasbehot shu daraja boshqa tariqatlardan va avrodlardan ustundir. Bu sir ham shunday inkishof etdiki:

Qandayki zikr doirasida bir majlisda va yoxud xatma-i Naqshiyada bir masjidda bir-biri bilan aloqador hay'ati majmuada nuroniy bir vaziyat his qilinadi. Qalbi xushyor bir zot namozdan soʻng "Subhanalloh, Subhanalloh" deb tasbehni tortarkan, u doira-i zikrning raisi boʻlgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning doirasida, yuz million, tasbeh qoʻlida tortganlarini ma'nan his qiladi. Oʻsha azamat va ulviyat bilan "Subhanalloh, Subhanalloh" deydi. Soʻngra u sarzokirning amri ma'naviysi bilan unga ergashib "Alhamdulilloh, Alhamdulilloh" degan vaqti, u halqa-i zikrning va u juda keng doirasi boʻlgan xatma-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning doirasida yuz million muridlarning "Alhamdulilloh, Alhamdulilloh"laridan oʻrtaga chiqqan azamatli bir hamdni oʻylab ichida "Alhamdulilloh" bilan ishtirok qiladi.

— 171 —

Va hokazo... "Allohu Akbar, Allohu Akbar" va duodan soʻng "La ilaha illalloh, La ilaha illalloh" oʻttiz uch marta u tariqati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning halqa-i zikrida va xatma-i kubrosida u sobiq ma'no bilan u tariqatdagi qardoshlarni nazarga olib, u halqaning sarzokiri boʻlgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomga yuzlanib

اَلْفُ اَلْفِ صَلاَةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلاَمٍ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ

deydi, deb angladim va his qildim va xayolan koʻrdim. Demak, tasbehoti salotiyaning katta ahamiyati bor.

Said Nursiy
***

Hofiz Alining bu dafagi maktubida juda muborak va yuksak duosi bizni eng chuqur ruhimizdan shod etib shukrga chorladi va har musibatzadaga va gʻam va qaygʻularga tushganlarga ma'no-i ishoriysi bilan madad-ras va xaloskor va shifodor va madori surur boʻlgan اَلَمْ نَشْرَحْ لَكَ صَدْرَكَ va اِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا har musibatzadaga qaragani kabi, bu oʻtgan xastalik jihati bilan bizga ham qaraganini yozadi. Ha, Hofiz Ali (R.H.) u nuqtani aynan koʻrgan. Men ham tasdiqan deymanki: Agar u xastalik yigirma daraja ziyodalashsaydi, bizlarga qozontirgan natijaga nisbatan yana arzon boʻlardi va rahmat boʻlardi. Faqat Hofiz Alining (R.H.) ustozi haqida mening haddimdan koʻp ortiq isnod qilgan ustun vasf va gunohsizlikni, uning begunoh lisoni bilan haqqimda madh oʻlaroq emas, balki bir navi duo oʻlaroq tasavvur qilamiz.

Ham Hofiz Alining, Sava kabi yerlar, qishloqlar va Isparta bir madrasa-i Nuriya hukmiga oʻtishi va Risola-i Nurning sodiq shogirdlari hayratomuz tarzda kundan kunga yuksalishlari, nurlanishlari bizlarni, balki Anadoluni, balki olami Islomni shod va xurram qilgan bir haqiqatli xabar deb oʻylaymiz.

— 172 —

Oxirgi parchasida Muxbiri Sodiq xabar bergan ma'naviy fathlar qilmoq va zulmatlarni tarqatmoq zamon va zamini deyarli kelgan degan bayoniga butun ruhu jonimiz bilan rahmati Ilohiyadan niyoz va orzu qilamiz. Faqat biz Risolat-un Nur shogirdlari esa, vazifamiz xizmatdir, vazifa-i Ilohiyaga aralashmaslik va xizmatimizi Uning vazifasiga bino qilish bilan bir navi tajriba qilmaslik boʻlish bilan barobar.. songa emas, sifatga qarash; ham koʻpdan beri axloqan tubanlashishga va hayoti dunyoviyani har jihat bilan hayoti uxroviyadan ustun qoʻydirishga chorlagan dahshatli sabablar ostida Risolat-un Nurning hozirga qadar zafarlari va zindiqolarning va zalolatlarning hujumlarining sinishi va yuz minglab bechoralarning iymonlarini qutqarishi va har biri yuzga muqobil minglab haqiqiy moʻmin talabalarni yetishtirishi, Muxbiri Sodiqning xabarini aynan tasdiq qilgan va voqealar isbot qilgan va qilmoqda va inshaalloh yana qiladi. Ham shunday ildiz otganki, inshaalloh hech bir quvvat Anadoluning bagʻridan uni chiqara olmaydi. Toki oxirzamonda, hayotning keng doirasida asl sohiblari, ya'ni Mahdiy va shogirdlari Janobi Haqning izni bilan keladilar, u doirani kengaytiradilar va u danaklar unib chiqadilar. Bizlar ham qabrimizda tomosha qilib, Allohga shukr qilamiz.

Said Nursiy
***

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Bu kunlarda Rumuzoti Samoniyaga oid ikki risolani ahamiyatli talabalarga bir yerga yubordim. Yoʻl yopildi, ketmadi. U ikki risolani takror diqqat bilan mutolaa qildim. Fikran dedimki: "Bu zavqli va goʻzal va qiziqarli shirin bir maqsadga ketgan bu tavofuqli yoʻlda nima uchun yoʻnaltirilmasdan parda tushdi, boshqa yoʻlda yoʻnaltirildik, ishlattirildik?" Birdan eslatildiki: U gʻaybiy sirlarni ochadigan maslakdan yuz daraja yanada ahamiyatli va qiymatli va umumiy ehtiyojga mador va hamma bu zamonda unga shiddat bilan muhtoj va Islomiyatning poydevorlari boʻlgan iymon haqiqatlari xazinasiga xizmat qilishga va foydalanishga zarar kelar edi. Chunki u gʻaybiy sirlar, zavqli va qiziqarli boʻlgani uchun, nazarni oʻziga tortar edi. Eng buyuk va eng yuksak maqsad boʻlgan iymon haqiqatlarini ikkinchi darajada qoldirar edi. Shuning uchun ediki, sura-i اِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ ramzida gʻaybiy sirlar koʻrsatildi, birdan yopildi, parda tushdi. Ham bu sir uchun ediki, u yoʻlda ishlattirilmadik; yolgʻiz u maslaki tavofuqiyaning tomchilaridan Risola-i Nurning haqqoniyatiga bir imzo va jazolatiga bir ziynat va Qur'on harflarining intizomidan va vaziyatidan namoyon boʻlgan bir navi i'joz chiqdi, boshqa u yoʻlda ishlattirilmadik.

Said Nursiy
***
— 173 —
TUSH HAQIDA ISPARTAGA YUBORILGAN BIR PARCHA

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Hadyangiz Kastamonuga gelishi onida tushda koʻrdimki: Bizlarga bir farmoni shohona ma'naviy tomondan kelmoqda, kamoli hurmat bilan qoʻllarida ushlab bizga keltirmoqdalar. Biz qaradikki, u farmoni oliy Qur'oni Azimushshon boʻlib chiqdi. U holda bu ma'no qalbga keldi: Qur'on sababli Risolat-un Nurning shaxsi ma'naviysi va biz shogirdlari bir yuksalish va taraqqiy farmonini olami gʻaybdan olamiz. Hozir ta'biri esa, u farmonni tamsil etgan ma'sumlarning qalami bilan ma'naviy tafsiri Qur'oniyni olganimizdir.

Bu tushning hozirgi ta'biri chiqmasdan bir-ikki soat avval, Fayzi bilan Amin koʻrsatgan ta'bir ham haqdir, ahamiyatlidir. Ham bu huzur va sevinch sababi boʻlgan hadya-i Nuriyani bir oldindan sezish hissi bilan mening ruhim toʻliq his qilgan, aqlga xabar bermagan ediki, u kelmasdan ikki kun avval Fayzi va Aminning ifodasida bayon qilingan tushni koʻrganim tunning kunduzida ertalabdan oqshomgacha va ikkinchi kunida qisman hech koʻrmaganim bir tarzda bir sevinch, bir surur his qilib doimo bir bahona bilan sevinchimni izhor qilib oʻttiz-qirq dafa tabassum bilan kuldim. Ham men, ham Fayzi taajjub va hayrat qildik. Oʻttiz kunda bir marta kulmagan, bir kunda oʻttiz marta kulishi bizlarni hayratda qoldirdi. Hozir anglashildiki, u surur, u sevinch mazkur ma'naviy farmonni tamsil etgan ma'sumlarning va omilarning qalamlarining yozuvlari, kelajak naslning hayotlari sahifalariga, olami Islomning sahifa-i muqaddarotiga va ahli iymonning istiqbolining daftarlariga nurlarni yoyishlarining va u ma'sumlarning xolis va sof amallari va xizmatlari bilan amallar sahifamizda hasanotlarini yozib qayd qilishining va Risola-i Nur shogirdlarining istiqbolining muqaddarotini saodatli davom qilishining xabarini bergan u hadyadan, va hali kelmasdan kelayotgan edi. Men u azim natijadan hissamga tushgan mingdan bir juzini ruhan his qilgan edimki, meni masrurona hayajonga keltirgan edi.

— 174 —

Ha, bunday yuzlab ma'sumlarning maqbul amallari va rad qilinmas duolari, boshqa qardoshlarimning daftarlariga oʻtishi kabi, men kabi gunohkorning sahifa-i a'moliga ham kirishi, minglab surur va sevinch bera oladi. Bunday qorongʻu bir zamonda, bu ogʻir sharoit ostida bunday ma'sumona va qahramonona xizmat qilish uchun, biz ham u ma'sumlarni, ham u omilarni, ham ularning muallimlarini, ham padar va volidalarini, ham qishloqliklarini, ham Anadoluni, ham mamlakatlarini tabriklaymiz. U muborak ma'sumlarning va ummiylarning har birisiga bittadan xususiy tashakkur va tabriknoma yozish qoʻlimdan kelsaydi, yozar edim.

Said Nursiy
***
AMIN VA FAYZINING ISPARTALI QARDOSHLARIGA YUBORILGAN BIR BAYONI

Ispartada boʻlgan qardoshlarimizga

Latif bir tushning Qadarga oid bir masalani shuhud darajasida bizga qanoat bergani kabi, u latif tushning ikkinchi parchasi bizlarga ma'naviy bir xushxabar va bashorat bergani jihat bilan, siz qardoshlarimizga bayon qilamiz. Shundayki:

Ustozimiz tushda koʻradiki: Men (ya'ni Fayzi) bilan barobar kezishga chiqamiz. Ketarkan birdan ustozimizga aytamanki: "Bu yerda men ayiqning tasbehini toʻplayman." Ustozimiz ham qaraydiki, oq iplar kabi yurgan bir narsa koʻradi. Bu ajib kuldiradigan soʻzimdan va ayiqqa tasbeh isnod etmoq vaziyatimdan juda qattiq kulib uygʻongan. Uygʻongandan keyin ham kulgan. Oqshomga qadar hech koʻrilmagan bir tarzda yigirma-oʻttiz marta u uyqudagi hodisani kulib men bilan hazillashdi. Munosabati boʻlmagan ba'zi narsalar bilan ta'bir qilishga harakat qilgan boʻlsak ham, munosabat tutmadi. Soʻngra ayni ikkinchi kunning ayni soatida, menga oʻxshagan bir doʻst (ki tushda Ustozimga mening suratimda koʻringan) Ustozimizning yoniga keldi, dediki: "Ayiqning yogʻini toʻplaganlardan olib, muazzin va tasbeh qilgan bir odam tavsiyasi bilan muhim bir odamga har tong xastalik uchun yutishi haqida fikringiz qanday?" Ustozimiz ham tushda kulgani kabi aynan shunday kulgan, birdan tush xotiriga kelib bu ajib va ayni ayniga ta'birni kamoli taajjub va hayrat bilan qarshilab unga degan: "Aslo iste'mol qilmasin!"

— 175 —

"Yigirma Sakkizinchi Maktub"ning Birinchi Risolasining Oltinchi Nuktasida, sodiq tush, Qadari Ilohiy hamma narsani qamraganiga bir hujjati qat'iya hukmida ustozimizning minglab tajriba bilan koʻrgani kabi, aynan bu voqea ham bizlarga shuhud darajasida qat'iy isbot qildiki: "Hodisalar, vujudga kelmasdan avval muqaddardir, ma'lumdir, muayyandir, Qadari Ilohiyning mezonlari bilan keladi" deb bu rukni iymoniyga bizga gʻoyat qat'iy bir namuna boʻldi.

Ham tushning ikkinchi tabaqasida Ustozimiz deydiki: "Unga va Risola-i Nurning hay'atiga bir farmon kelmoqda." Birdan keldi. U muqaddas farmon Qur'on boʻlib chiqdi. Buning ta'biri ayni kunning ayni tajriba soatida Hizb-ul Akbari Qur'oniy, umid qilinmagan oʻsha vaqtda Osiyo Xonimning xonasida ziynatlash uchun yuborilgan Hizb-ul Akbar yuz yillik goʻzal bir gʻilof ichida, u gʻilofning ustida zar bilan podshohning muhim farmonlardagi muhri shohona ishlangan koʻrdik. Ustozimiz dediki: "Farmon keldi deb Qur'on chiqdi, hozir esa Qur'onning Hizb-ul Akbari keldi." Ustida farmon muhri boʻlganidan, Risola-in Nurning hay'atiga bashoratli va madori fayz va taraqqiy va bir farmoni Rabboniy hukmiga oʻtishini Rahmati Ilohiyadan kutamiz. Ham bu ta'birdan oz soʻngra sizlarning qiymatdor hadyalaringizni oldikki, tushning toʻliq ta'biri chiqdi. U yerda boʻlgan umum qardoshlarimizga salom, arzi hurmat qilamiz, duolaringizni istaymiz.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Amin, Fayzi
***
— 176 —
ISPARTAGA YUBORILGAN BIR MAKTUB

Aziz, Siddiq qardoshlarim,

Namoz tasbehotining sirriga koʻra, qandayki namozdan soʻngra tasbeh va zikr va tahlil bilan xatma-i muazzama-i Muhammadiya (A.S.V.) va zikr va tasbeh qilgan va roʻyi zamin qadar keng bir halqa-i tahmidoti Ahmadiaal(A.S.V.) doirasiga tasavvuran va niyatan kirish, fayzlarga sabab boʻlgani kabi, biz ham Risolat-un Nurning keng doirasiga va halqa-i anvorida dars olgan va xizmat qilgan minglab ma'sum lisonlarning va muborak keksalarning duolariga va a'moli solihalariga hissador boʻlish va omin deyish hukmida boʻlgan makonni hatlab gʻoyibona yelkama-yelka, tizzama-tizza boʻlish xayoli bilan va niyati bilan va tasavvuri bilan oʻzimizni haddan ortiq baxtiyor deb bilamiz. Xususan oxir umrimda bunday qiymatdor ma'sum ma'naviy avlodlarni va yuzlab Abdurrahmonlarni topish men uchun dunyoda bir Jannat hayoti hukmiga oʻtadi.

Oʻtgan Ramazoni Sharifda xastalik munosabati bilan har bir qardoshim mening hisobimga bir soat ishlashining buyuk bir natijasini aynalhaq va haqqalyaqiyn koʻrganimdan, bunday duolari rad qilinmas ma'sumlarning va muborak keksalarning va ustozlarining mening hisobimga boʻlgan duolari va ishlashlari mening Risola-i Nurga xizmatimning uxroviy bir natija-i boqiyasini dunyoda koʻrsatdi.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
RISOLA-I NURNING KICHIK VA MA'SUM SHOGIRDLARI

Risola-i Nurning kichik va ma'sum shogirdlaridan ellik-oltmish talaba yozgan nusxalari bizga ham yuborilgan, biz ham u parchalarni uch jild ichida jamladik, ham u ma'sum shogirdlarning ba'zilarini ismlari bilan qayd qildik. Masalan: Umar oʻn besh yoshda, Bekir toʻqqiz yoshda, Husan oʻn bir yoshda, Hofiz Nabi oʻn ikki yoshda, Mustafo oʻn toʻrt yoshda, Mustafo oʻn uch yoshda, Ahmad Zeki oʻn uch yoshda, Ali oʻn ikki yoshda, Hofiz Ahmad oʻn ikki yoshda... bu yoshda yana koʻp bolalar bor, uzun boʻlmasin deb yozilmadi.

— 177 —

Xullas bu ma'sum bolalarning Risolat-un Nurdan olgan darslari va yozganlarining bir qismini bizga yuborganlar, biz ham ularning ismlarini bir jadvalga kirgizdik. Bularning bu zamonda bu jiddiy dars qilishlari koʻrsatadiki: Risolat-un Nurda shunday ma'naviy bir zavq va jozibador bir nur borki; maktablardagi bolalarni oʻqishga shavq bilan yoʻllash uchun ijod qilganlari har navi ermak va tashviqlarga gʻalaba qiladigan bir lazzat, bir surur, bir shavq Risolat-un Nur beradiki, bolalar bunday harakat qilyaptilar. Ham bu hol koʻrsatadiki: Risolat-un Nur ildiz otmoqda; inshaalloh ortiq hech bir narsa uni uzib bilmaydi, kelgusi nasllarda davom qiladi.

Aynan bu ma'sum kichik shogirdlar kabi, Risolat-un Nurning jozibador doirasiga kirgan omi keksalarning ham qirq-ellik yoshdan keyin Risolat-un Nurning xotiri uchun yozishni boshlab yozganlari qirq-ellik parchani ikki-uch majmua ichida kirgizdik. Bu omi keksalarning va qisman choʻpon va yigitlarning bu zamonda bu ajib sharoit ichida hamma narsaga badal Risola-i Nur bilan bu suratda mashgʻul boʻlishlari koʻrsatadiki: Bu zamonda Risolat-un Nurga nondan ziyoda ehtiyoj borki; xirmonchilar, dehqonlar, choʻponlar, qishloq yigitlari, zaruriy ehtiyojlardan ziyoda Risola-in Nur bilan mashgʻul boʻlishlari, Risolat-un Nurning haqqoniyatini koʻrsatadilar.

Bu jildda kam, boshqa olti jildda ma'sumlarning va keksa omilarning yozuvlarining tahririda koʻp zahmat chekdim, vaqt ruxsat bermas edi. Xotirimga keldi va ma'nan deyildiki: Zerikma, bularning yozuvlari tez oʻqilmaganidan, shoshqaloqlarni asta-asta oʻqishga majbur qilganidan, Risola-i Nurning ozuqa va taom hukmidagi haqiqatlaridan ham aql, ham qalb, ham ruh, ham nafs, ham his hissalarini olib biladilar. Boʻlmasa, faqat aql juz'iy bir hissa oladi, narigilar ozuqasiz qolishlari mumkin. Risola-i Nur boshqa ilmlar va kitoblar kabi oʻqilmasligi kerak. Chunki undagi iymoni tahqiqiy ilmlari boshqa ilmlarga va ma'rifatlarga oʻxshamaydi, aqldan boshqa koʻp insoniy latifalarning ham qut va nurlaridir.

Xulosa: Ma'sumlarning va omi va keksalarning nuqsonli yozuvlarida ikki foyda bor:

Birinchisi: Oʻylab va diqqat bilan oʻqishga majbur qilishdir.

Ikkinchisi: U ma'sumona va xolisona samimiy va shirin tillaridan, darslaridan Risola-i Nurning shirin va chuqur masalalarini lazzatli bir hayrat bilan tinglash va dars olishdir.

Said Nursiy
***
— 178 —
ISPARTAGA YUBORILGAN BIR PARCHA

Risolat-un Nur oʻz sodiq va sabotkor shogirdlariga qozontirgan juda buyuk foyda va qozonch va juda ham qiymatdor natijaga muqobil, haq oʻlaroq u shogirdlardan tom va xolis sadoqat va doimiy tebranmas sabot istaydi. Ha, Risolat-un Nur oʻn besh yilda madrasada qozonilgan kuchli iymoni tahqiqiyni oʻn besh haftada va ba'zilarga oʻn besh kunda qozontirganiga yigirma yilda yigirma ming zot tajribalari bilan guvohlik qiladilar.

Ham "uxroviy ishlarda sherikchilik" dasturi bilan, har bir shogirdining har kuni minglab xolis lisonlari bilan qilingan maqbul duolari va minglab ahli salohatning qilgan a'moli solihaning misl savoblarini qozontirib har bir haqiqiy sodiq va sabotli shogirdlarini amal jihatidan minglab odam hukmiga keltirganini, karomatkorona va taqdirkorona Imomi Alining uch xabari va karomati gʻaybiya-i Gʻavsi A'zamdaki tahsinkorona va tashviqkorona bashorati va Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning quvvatli ishora bilan u xolis shogirdlar ahli saodat va ahli Jannat boʻlishlarining xushxabarini juda qat'iy isbot qiladilar. Albatta bunday bir qozonch oʻshanday bir haq istaydi. Modomiki haqiqat budir. Risola-i Nur doirasining yaqinida boʻlgan ahli ilm va ahli tariqat va soʻfi mashrab zotlar uning jarayoniga kirish hamda ilm va tariqatdan kelgan sarmoyalari bilan unga quvvat berish va kengayishiga harakat qilish va shogirdlarini tashviq etish va bir muz parchasi boʻlgan anoniyatini toʻliq bir hovuzni qozonish uchun u doiradagi obi hayot hovuziga tashlab eritish kerak va juda lozimdir. Boʻlmasa boshqa bir yoʻl ochish bilan ham u zarar qiladi, ham bu mustaqim va metin Qur'on yoʻliga bilmasdan zarar beradi, balki zindiqoga bilmasdan bir navi yordam hisobiga oʻtadi.

Said Nursiy
***
— 179 —
LATIF BIR TAVOFUQQA ISHORA QILGAN BIR PARCHA

Oʻttiz olti yaproqdan iborat va Imomi Alining favqulodda taqdiriga sazovor boʻlgan Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning oʻzidan-oʻzi kelgan besh ming yetti yuz oʻn besh (5715) tavofugʻi, Risolat-un Nurning bu atrofdagi gʻoyat muhim bir talabasi boʻlgan Ahmad Nazifning nusxasida chiqqan. Demak u risolaning xatti haqiqiysiga toʻgʻri kelganki, bu hayraomuz karomatni koʻrsatganlar.

Ham ikki Xusravni Risola-i Nur doirasiga va Bekir Sidqiga karomatini koʻrsatib iymonga keltirgan va tilsimi koinotning uchdan birini hal qilgan, oʻn besh yaproqdan iborat boʻlgan Oʻttizinchi Soʻziga qahramon Nazifning nusxasida zahmatsiz uch ming sakkiz yuz oʻttiz besh (3835) tavofuqni... Biz koʻzimiz bilan bu karomati tavofuqiya-i Nuriyani koʻrdik. {(Hoshiya) Bu risolada aliflarning yigʻindisi bir yuz qirq toʻrt (144) chiqqan. Batamom Said boʻlib muallifining imzosini koʻrsatadi.}

Halil, Hilmi, Salohiddin, Amin, Fayzi
Said Nursiy
***
HOFIZ MUSTAFONING BIR BAYONI

Aziz Ustozim!

U jarayonning hujumi onida qishlogʻimizda nohiya mudiri va yana zohiran muhim ma'murlar boʻlgani holda, soʻz bilan ismlarimizni xabar berib tintuv qildirmoq istaganlari holda, Hazrat Asadulloh Ali Karramallohu Vajhahu va Gʻavsi A'zam kabi koʻp ma'naviy ustozlarimizning ma'naviy yordamlari bilan natijasiz qolib, hatto u ma'murlarni bizga qarshi emas, biz tomon ma'naviy zarbalari bilan aylantirdilar.

اَلْفُ اَلْفِ اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Maktubni mutolaa qildik. Ajibdirki, bizning qusurimizdan va arzimas ehtiyotsizligimizdan kelgan u ta'sirsiz jarayonni xabar berayotganini koʻrdik. Chunki: "Bir qism omi odamlar va bid'atlarga tobe bir qism ulamo-i zohir, haqiqatdan oʻzlarining iflos va zalolat botqoqligidan ketgan yoʻllarida birodarlik qilmagan va bir katta yoʻlni topgan Risolat-un Nur shogirdlarini yomonlamoqda" deb sizdan kelgan u maktub xabar berayotgan edi. Haqiqatdan shunday boʻldi. Maktubdan bir kun keyin xavotirga sabab ustimizda hech bir ta'sir qolmadi.

Talabangiz
Hofiz Mustafo
***
— 180 —
AMIN VA FAYZINING ISPARTADAGI QARDOSHLARIGA YOZGAN BIR IFODASI

Ha, Ispartada boʻlgan qardoshlarimizning xabar berganlari bu ahamiyatli hujum hodisasiga tashabbus boʻlgan zamonda xabarlashishimiz toʻxtagani holda, doimo har vaqt ustozimiz ayni hujumga ma'ruz boʻlyapmiz kabi bizni (ya'ni Fayzi va Aminni) ogohlantirayotgan edi. "Diqqat qiling, toʻrt tomondan bizga hujum bor. Temir kabi sabot koʻrsatinglar, hech narsa qila olmaydilar." Biz ham qarar edikki, bizda hech narsa yoʻq, his qilmas edik. Ham u gʻaybiy hodisani bartaraf qilish uchun uygʻun bir maktub bizga yozdirdi, sizga yuborildi.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Amin, Fayzi
***
XULUSIY BEYNING BIR IFODASI

"Lohiqa"ning bu dafa yuborilgan qismini oldim. Lahulhamd muqaddas vazifada ishlattirilishimiz davom qilmoqda. Haqiqatdan inson sayyidining har xil xizmatlari orasida bunday nurli va nuroniy xizmatda ishlattirilganini his qilganda, zotan haqqini oldindan olgan bir qul boʻlganini ham nazari diqqatga olganda, barcha koinot zarralari qadar til bilan hamd etishni istaydi. Ya'ni, qalbida yongan Alhamdulilloh qandili hamma narsani musabbih va homid koʻrsatadi va goʻzal bir niyat bilan u hamidlarning hamdini va musabbihlarning tasbehini va u shokirlarning shukrini barobar tarzda sayyidiga taqdimga bir ishtiyoq his qiladi. Nurli va muqaddas maktublaringiz bir-birini ta'qib qilgan sari, haqiqatdan tahqiqiy iymonning kamolga toʻgʻri harakatlangani koʻrilmoqda. Bu ojiz qardoshingiz shubhasiz bir suratda iymon keltirdimki: Shariati Gʻarra-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning haqiqatlarini, ruhini tushunishning eng qisqa, eng xatarsiz, eng zavqli tariqi, Risola-in Nurga bogʻlanish bilandir.

— 181 —

Ha, baxtiyor udir va unga deydilarki: Risolat-un Nurga bogʻlangan, barcha moʻminlarni oʻziga tom haqiqiy qardosh bilib bu zulmatli asrda iymoni tahqiqiy nuri bilan Jadda-i Kubroyi Ahmadiyani (A.S.V.) topadi. Nihoyatsiz shakllarga, chalkashliklarga qaramasdan, Bismilloh bilan ochilgan Risolat-un Nur eshigidan kirganda, goʻdak ekan "Ummatim" degan Shafiyingni jiddiy sevish, ya'ni Sunnati Saniyasiga ergashish amalining oldindan mukofoti oʻlaroq topadi. Har amrni bajarar ekan, bu amrni Alloh tarafidan bu ummatga keltirganni; har ta'qiqni qilmaslikka majburlarkan, bu ta'qiqni tarafi Ilohiydan bu ummatga keltirganni oʻylab-oʻylab, darslarda oʻtgani kabi, barcha umr daqiqalari ibodat boʻlishi mumkin. Va u Habibi Xudo, u Shafi-i Roʻzi Jazoni har ishida namuna qilmoq azmidan tugʻilgan muhabbat, u Habib boʻlgan olamga koʻchishni sevdiradigan holga keltirmoqda va ana shunday qilib مُوتُوا قَبْلَ اَنْ تَمُوتُوا sirri namoyon boʻlmoqda.

Tazakkuri mavt yoki robota-i mavt,

تَفَكُّرُ سَاعَةٍ خَيْرٌ مِنْ عِبَادَةِ سَنَةٍ

Xulosa: Nima qidirsak, faqat Risolat-un Nurda quyosh kabi koʻrinadi. Risolat-un Nur shogirdlari diqqat qilsalar, hali bu foniy olamda ekan, Livo-ul Hamdi Ahmadiy (Alayhissalotu Vassalom) ostida boʻlganlarini inoyati Haq bilan anglaydilar.

Ojizona tushuna olganim shu onda qalbimga kelgan haqiqatlarga tayanib deymanki: Bu zalolat va bid'atlarning va dinsizlikning oʻlat va vabodan yanada ziyoda va yanada shiddatli yuqumli illatlariga qarshi Risolat-un Nur keltirgan va ta'lim bergan va tushuntirgan koʻp haqiqatlardan Sunnati Ahmadiyani (A.S.V.) mahkam ushlash darsini eng haqiqiy tarzda olgan, Risolat-un Nur shogirdlaridir. Ular bu mahkam ushlash va bogʻlanishlarining, ikki karra ikki toʻrt boʻlish qat'iyatida mazhar boʻlganlari inoyati Rabboniya guvohligi bilan, oldindan mukofotlarini koʻrmoqdalar. Ya'ni: Bu yerda sunnati bilan zalolat va bid'at va dinsizlik otashlaridan qutqargan mansub boʻlganimiz Shariatning muballigʻi bu yerda xalos va qarshilik koʻrsatish bilan, oxir hayotimizda iymon bilan, hashri akbarda shafoati bilan inshaalloh abadiy sevintiradi deydilar, deb bilmoqdalar. اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

— 182 —

Modomiki bunday boʻlgan. U holda shubhasiz Risolat-un Nurning yoyilishidaki maqsad, shu zamonning insonlariga tahqiqiy iymonni dars berish, sarosimaga tushganlarini qutqarish, tadqiq qiluvchilarini quvvatlantirish va jasoratlantirish, zindiqo va ahli ilhodni jim va mot qilishdir. Ammo fitna otashlari ofat holini olgan bu zamonda, shisha bilan olmos barobar sotilgan bir bozorda bu muborak Nurlarni, ya'ni shonida اِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَ اِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ deyilgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning haqiqiy tafsirlari boʻlgan Risolat-un Nurning kamsitilishdan muhofaza uchun, ham سِرًّا تَنَوَّرَتْ nurlanish sirrini Rahim va Karim Robbimiz iroda va taqdir qilgan.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Xulusiy
***
HALIL IBROHIMNING RISOLA-I NURGA XITOBAN YOZGAN BIR BAYONI

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى الرِّسَالَةِ النُّورِيَّةِ Shumusi Qur'onning navlaridan aks qilgan ajromi ulviya, sayyorot va savobiti kavkabiya va azhari muzayyana-i ravza-i safaiyya va haqoiq-oshino bilan toʻla durri maknuna اَلْمُوءَيَّدُ بِالدَّلاَئِلِ الْعَقْلِيَّةِ وَ التَّسْلِيمِيَّةِ boʻlgan Risola-i Nuriya, asrori kitobulloh, olamni ziyolantirdi va inshaalloh doimiy ziyolantiradi. Va shunday bir shohasardirki, salafi solihiynning asarlarining oxirida kelish bilan hammasidan oldindadir. Shunday koʻp fayz borki, eng zulmatli qalblarni ham nuri iymon bilan nurlantiradi. Va shunday bir ma'rifati Ilohiyani aytar va bayon aylarki, koʻrlarga ham koʻrsatdi.

— 183 —

U mening koʻzimning nuri, qalbimning sururi, koʻnglimning bulbuli, ruhimning ozuqasi, latifalarimning injilosi, jonimning joni... Men uning har bir haqiqatiga ming jon bersam, inshaalloh bir jonga muqobil boqiyda ming jon olaman. U mening qabrda doʻstim, barzohda rafiqim, va mezonda a'molim, Sirotda Buroqim, Jannatda yoʻldoshim...

Men uni qanday ta'rif qila olaman? Yigirma Sakkizinchi Maktubda aytilgan

وَ مَا مَدَحْتُ مُحَمَّدًا بِمَقَالَتِى * وَ لَكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَتِى بِمُحَمَّدٍ

ma'nosiga koʻra men ham deyman:

وَ مَا مَدَحْتُ رِسَالَةَ النُّورِ بِمَقَالَتِى * وَ لَكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَتِى بِرِسَالَةِ النُّورِ

Ham qanday haddim borki, u manshuri Qur'ondan bahs qilay! Boʻlsa, boʻla olsa, bu faqir, undan istishfo اِسْتِشْفَاء va istishfo' اِسْتِشْفَاع va istifoza eta oladi. Shundayki: گَرْ نَه خَواهِى دَادْ نَه دَادِى خَواهْ qaidasiga koʻra, rizoyi Barining Oʻzidan xushnud va rozi boʻlishini istaymiz. Va uning nuri bilan dunyoda butun olami Islomning nurlanishini istaymiz. Va talabalarining dunyoda bittadan arslon va oxiratda bittadan sulton boʻlishini va Livo-ul hamd bayrogʻining ostida, qarshisida Ustodimiz bilan, barcha talabalari bilan borishni istaymiz.

Xulosa: Istashni bilmaganim uchun moddiy va ma'naviy barcha rizq va ehtiyojlarimizning berilishini, Ustozimning istashini istaymiz. U yerda boʻlgan qardoshlarimizning, boshda uztozimiz boʻlib, hammalariga alohida-alohida salomlar bilan sihat va salomatlikda bardavom boʻlishini istaymiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Talabangiz
Halil Ibrohim
— 184 —

(Risola-i Nurning muhim peshdorlaridan boʻlgan va bu ayni haqiqat boʻlgan maktubini bizlarga yuborgan Halil Ibrohim qardoshimizning soʻzlarini ojiz lisonim aytishga va ta'sirsiz qalamim yozishga iqtidorli boʻlmasa ham, har xususda bu muborak qardoshimizning fikriga butun ruhu jonim bilan ishtirok qilaman. Ham qalbimga qarar edim. Bu maktubni yozarkan, lisonimga tarjimon boʻlolmagan qalbim ham aynan bu madhga ma'nan ishtirok qilib barobar u qardoshim bilan aytgan kabi his qilib lazzatlanaman. Agar ayta olsaydim, men ham bunday aytardim.)

Fayzi
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Aziz, Siddiq Qardoshlarim,

Bu yangi hujum hodisasidan xafa boʻlmanglar. Chunki, takror-takror tajribalar bilan, Risolat-un Nur inoyat ostidadir. Hech bir toifa hozirga qadar bunday ahamiyatli xizmatda bizlar qadar oz mashaqqat bilan qutulgan boʻlmagan. Ham oʻtgan Ramazondagi xastaligim va Eskishahardagi musibatimiz kabi koʻp voqealar bilan zohiriy zahmatli, mashaqqatli holatlar ostida Risolat-un Nurning foydasiga oid inkishoflari va yanada ta'sirli fathlari koʻrilgan. Inshaalloh, bu zahmatli hodisa ham munofiqlarning aksi maqsadi bilan Risolat-un Nurning fathlarini boshqa yoʻllarda osonlashtirishga vasila boʻladi.

Beshinchi Shu'la qoʻllariga oʻtishi ahammiyatlidir. Faqat bunda bir hikmat bor. Balki ularga oʻz maslaklarini bildirish va Jahannamga ketganning mohiyatini bilish uchun favqulodda va iqtidorimiz xorijida bir qazoyi Ilohiy deb Janobi Haqning hikmatiga va inoyatiga va himoyasiga ishonib xavotirlanmang.

Ham siz, ham ular bilsinlarki, sadaqa baloni daf qilgani kabi, Risolat-un Nur Anadoludan, xususan Isparta va Kastamonudan samoviy va aroziy ofatlarning daf va koʻtarilishiga vasiladir. Ha, Sabrining يَا اَرْضُ ابْلَعِى ... وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ oyatidan istixroj qilgan ma'no haq va muvofiqdir.

— 185 —

Ha, Risola-i Nur Safina-i Nuh kabi Anadoluni Judi Togʻi hukmiga keltirib, kurra-i arzning yongʻinidan va toʻfonidan qutilishiga sababdir. Chunki iymonning zaifligidan kelgan tugʻyon koʻpincha musibati ommani jalb qilgani kabi, iymonni favqulodda quvvatlantirgan Risolat-un Nur u musibati ommani doirasining xorijiga qoʻyishga rahmati Ilohiya tarafidan vasila boʻldi. Bu ahli iymon, bu Anadolu xalqi Risolat-un Nurga kirmasalar ham, hujum qilmasinlar. Agar hujum qilsalar, yaqinda kutgan yongʻinlar, toʻfonlar, oʻlatlarning istilosiga duchor boʻlishlarini oʻylasinlar, aqllarini boshlariga olsinlar. Modomiki biz ularning dunyolariga qoʻshilmayapmiz, ular ham bizning bu daraja oxiratimizga qoʻshilishlari ularga falokat keltirish ehtimoli kuchlidir.

Xullas, bu sakkiz oydir, xususan bu hayajon bergan bu hodisalar bilan barobar, hozir yonimda boʻlgan Fayzi, Amin bilan va barcha doʻstlar shohiddirki, bu sakkiz oy mobaynida bir marta ham na jahon urushini, na siyosatni soʻramaganman. Va xonamda eshitilgan radioni ham uch yildir tinglamadim. Holbuki mening minglab odam qadar dunyoga qarash munosabatim bor. Demak bizga hujum qilgan, toʻgʻridan toʻgʻriga iymonga tajovuz qiladi. Ularni Janobi Haqqa havola qilamiz. Ham ahli siyosat bilan hech bir munosabatimiz boʻlmagani holda, qat'iy bilsinlarki: Bu mamlakatda, bu asrda bu millatni anarxistlikdan, inqiroz va tanazzuli mutlaqdan qutqaradigan yagona chora, Risolat-un Nurning asoslaridir.

Bu hodisada zahmat chekkan ma'sumlar va ustozlari bilsinlarki: Ogʻir sharoit ostida bir saot soqchilik qilish, bir yil ibodat va bir soat haqiqiy tafakkuri iymoniy bir yil toat hukmiga oʻtgani kabi, inshaalloh ularning mashaqqatlari ham shunday savobga mador boʻladi. Ular ham xavotirlanib xafagarchilik bilan emas, sevinch va surur bilan qarshilashlari kerak. Faqat Hazrat Imomi Ali Roziyallohu Anhning ikki marta سِرًّا بَيَانَةً سِرًّا تَنَوَّرَتْ deyishiga binoan, biz har vaqt ehtiyotli boʻlishimiz va toʻliq saqlanish vaziyatini muhofaza qilishga mukallafmiz. Risola-i Nurning mansublari, shuur va ixtiyorlari xorijida bir-biri bilan munosabatdor, bir-birining hodisalari bilan aloqador boʻlganiga bir dalil ham bu kunlarda boʻldi. Shundayki:

— 186 —

U yerdagi hodisaning boʻlishidan bu kunga qadar, bu yerdagi har xil tabaqalardagi talabalarning vaziyatlari ahamiyatli bir hodisa sababli oʻzgargandek chekinish va munofiqlarning nazarini oʻzlariga va bizlarga jalb qilmaslik uchun turgʻunlik davri oʻtdi. Ham Nazif kabi bir qancha zotning tushlarining ta'birlari bilan, sizning hodisangiz boʻlganini angladik.

Umum qardoshlarimizga bir-bir, xususan musibatzadalarga salom va duo qilamiz. Janobi Haq ularni tez qutqarib, {(Hoshiya) Bu duo hayratomuz bir suratda qabul boʻldi, juda tez xalos boʻldilar.} vazifalarining boshlariga oʻtkazsin, omin!

Qardoshingiz
Said Nursiy
***
RISOLA-I NURNING MUHIM BIR RUKNI BOʻLGAN HOFIZ ALINING (R.H.) IFODASI

Aziz ustozim afandim!

"Bu ajib zamonning eng buyuk tahlikasi, Hadisi Sharif bilan sobit boʻlgan, oxirzamonda koʻp ahli safohat va gʻaflat dunyodan iymonsiz chiqish yarasini Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon lisoni bilan, qabrga iymon bilan kirish dorisi bilan davolagan Risolat-un Nur shogirdlariga bir hujjati qat'iya baxsh qilgan Risolat-un Nurga xizmat, ajabo ojiz insonlarning juz'iy va fazli Ilohiy bilan xizmatlari qanday qarshilik koʻrsatadi; balki har ikki jihat bilan bir fazli Ilohiydir." bayon qilingandan keyin, qanday tunning zulmatida yongan bir nur va bir ziyo shavqning hol tili bilan barcha ruh sohiblarini, hatto eng kichik parvonalarni ham zulmatdan nurga chaqirib chiqargani kabi, Risolat-un Nur ham lisoni hol va qol bilan, shariat qilichi bilan ma'nan qatl qilinmagan va zulmatda boʻgʻilib oʻlmagan ahli ilm va ahli tariqatni da'vat qilishi, uning Rahim ismiga mazhariyati sha'nidandir.

Ikki xotiradan birinchisi: Keksa xonimlar haqida va har zamonda nufuzini va qat'iy ta'sirini koʻrganimiz Hadisi Sharifning bayon qilinishi bizlarni va koʻp aloqador ayollarni sevintirdi. Janobi Haq sizdan abadan rozi boʻlsin, omin!

— 187 —

Ikkinchi Xotira: Gʻaflat sababi bilan yoki koʻzsiz, qoʻl yordami bilan ba'zilarning olmos oʻrniga shisha parchasi olgani kabi, saodati abadiya doʻkoni boʻlgan Risolat-un Nurdan saodati dunyoviya qidirishga kelganlarni ogohlantirish va irshod haqidagi bayonlaringiz kecha-kunduz kutgan umum Risolat-un Nur shogirdlarini masrur ayladi.

Talabaniz
Hofiz Ali (R.H.)
***

Mustafolar, Kichik Ali, Muborak va Munavvar Qardoshlar!

Maktubingiz Katta Alining maktubi kabi ajib bir haqiqatni bayon qiladi. U haqiqat Risolat-un Nur haqida haqdir. Faqat mening haddim emaski, u hududga kiray.

عُلَمَاءُ اُمَّتِى كَاَنْبِيَاءِ بَنِى اِسْرَائيِلَ marhamat qilganlar. Gʻavsi A'zam Shohi Geyloniy (Q.S.), Imom Gʻazzoliy (Q.S.), Imom Rabboniy (Q.S.) kabi ham shaxsan, ham vazifa jihatidan buyuk va horiqo zotlar bu Hadisni qiymatdor irshodlari bilan va asarlari bilan fe'lan tasdiq qilganlar. U zamonlar bir jihatda fardiyat zamoni boʻlganidan, hikmati Rabboniya ular kabi "farid"larni va muqaddas dohiylarni ummatning yordamiga yuborgan. Hozir esa ayni vazifaga, faqat mushkul va dahshatli sharoit ichida, bir shaxsi ma'naviy hukmida boʻlgan Risolat-un Nurni va sirri tasonud bilan bir fardi farid ma'nosida boʻlgan shogirdlarini bu jamoat zamonida u muhim vazifaga yugurtirgan. Bu sirga binoan, men kabi bir askarning, ogʻirlashgan marshallik maqomida faqat dumdorlik vazifasi bor.

Said Nursiy
***

Ha, bu asrning ahamiyatli va ma'naviy va ilmiy bir murshidi boʻlgan Risolat-un Nurning hay'ati majmuasi, boshqa shaxsiy buyuk murshidlar kabi oʻziga muvofiq va haqiqati ilmiyasiga munosib bir necha navda va ayniqsa iymon haqiqatlarining izhorida, yoyilishida azim karomatlari boʻlgani kabi; uch zohiriy karomati boʻlgan "Moʻ'jizoti Ahmadiya" (A.S.V.), Oʻninchi Soʻz, Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz va "Oyat-ul Kubro" kabi koʻp risolalari ham, har biri oʻziga maxsus karomatlari boʻlganiga koʻp alomatlar va voqealar menga qat'iy qanoat bergan. Hatto sakarotda boʻlgan talabalariga, iymonini qutqarish uchun, murshid kabi yetishganiga koʻplab voqealar shubha qoldirmaydi. Ham bir soat tafakkur bir yil ibodati nafila hukmida, bir misol "Hizb-ul Akbar"dir deb mushohada etdim va qanoat keltirdim.

— 188 —

Bir savol-javob boʻlib yozganim bir parchani, sizga ham foydasi boʻladi ehtimoli bilan bayon qilaman. Shundayki:

Avliyo devonlarini va ulamoning kitoblarini koʻp mutolaa qilgan bir qism zotlar tarafidan soʻraldi: "Risola-in Nur bergan zavq va shavq va iymon va iz'on ulardan juda quvvatli boʻlishining sababi nima?"

Javob: Eski muborak zotlarning aksar devonlari va ulamoning bir qism risolalari iymonning va ma'rifatning natijalaridan va mevalaridan va fayzlaridan bahs qiladilar. Ularning zamonlarida iymonning asoslariga va ildizlariga hujum yoʻq edi va iymonning ruknlari buzilmagan edi. Hozir esa ildizlariga va ruknlariga shiddatli va jamoatli bir suratda hujum bor. U devonlar va risolalarning koʻpchiligi xos moʻminlarga va fardlarga xitob qiladilar. Bu zamonning dahshatli hujumini daf qilolmayaptilar. Risala-i Nur esa, Qur'onning bir ma'naviy moʻ'jizasi boʻlib iymonning asoslarini qutqarmoqda va mavjud va mustahkam iymondan foydalanish jihatiga emas, balki koʻp dalillar va porloq burhonlar bilan iymonning isbotiga va tahaqquqiga va muhofazasiga va shubhalardan qutqarishga xizmat qilganidan, hammaga bu zamonda non kabi, dori kabi keragi borligiga diqqat bilan qaraganlar hukm qilmoqdalar.

U devonlar deydilarki: "Vali boʻl, koʻr, maqomlarga chiq, qara. Nurlarni, fayzlarni ol." Risola-i Nur esa deydi: "Har kim boʻlsang boʻl, qara, koʻr. Faqat koʻzingni och, haqiqatni mushohada et, saodati abadiyaning kaliti boʻlgan iymoningni qutqar."

Ham Risolat-un Nur eng avval tarjimonining nafsini ishontirishga harakat qiladi, keyin boshqalarga qaraydi. Albatta nafsi ammorasini toʻliq ishontirgan va vasvasasini toʻliq yoʻqotgan bir dars, gʻoyat quvvatli va xolisdirki, bu zamonda jamoat shakliga kirgan dahshatli zalolatning bir shaxsi ma'naviysi qarshisida bir oʻzi gʻolibona kurashadi.

— 189 —

Ham Risolat-un Nur boshqa ulamoning asarlari kabi faqat aqlning oyogʻi va nazari bilan dars bermaydi va avliyo kabi yolgʻiz qalbning kashf va zavqi bilan harakat qilmaydi. Balki aqlning va qalbning birlashish va birikishi va ruh va boshqa latifalarning taovuni oyogʻi bilan harakat qilib eng yuksak choʻqqiga uchadi, hujum qilgan falsafaning emas oyogʻi, balki koʻzi yetisha olmagan yerlarga chiqadi, iymon haqiqatlarini koʻr koʻziga ham koʻrsatadi.

Said Nursiy
***
MA'NAVIY BIR ESLATMA BILAN BIR-IKKI NOZIK MASALANI YOZYAPMAN

Birinchisi: Oʻtgan yil Ramazoni Sharifda Ahli Sunnatning qutulishi va najoti uchun qilingan juda koʻp duolarning hozircha oshkora qabullari koʻrinmasligiga xususiy ikki sabab eslatildi.

Birinchi Sabab: Bu asrning ajib xossasidandirki: Olmosni olmos deb bilgani holda, shishani undan ustun qoʻyadi. Bu asrdagi ahli iymonning favqulodda soddaligi va dahshatli jinoyatchilarni oliyjanobona afv etishi va birgina yaxshilikni minglab yomonlikni qilgan va minglab ma'naviy va moddiy bandalar haqlarini mahv qilgan odamdan koʻrsa, unga bir navi tarafdor chiqishidir. Bu surat bilan juda kam boʻlgan ahli zalolat va tugʻyon sofdil tarafdor bilan aksariyatni tashkil qilib, aksariyatning xatosi bilan hosil boʻlgan ommaviy musibatning davomiga va toʻxtamasligiga, balki shiddatlanishiga qadari Ilohiyga fatvo beradilar, "Biz bunga haqdormiz" deydilar. Ha, olmosni bilgani holda, faqat zarurati qat'iyya suratida shishani undan ustun qoʻyishga ruxsati shar'iyya bor. Boʻlmasa kichik bir ehtiyoj bilan yoki tama yoki yengil bir qoʻrquv bilan tanlansa, ablahona bir johillik va zarardir. Ta'zirga haqdor boʻladi. Ham oliyjanobona afv etish esa, faqat oʻziga qilingan jinoyatni afv etishi mumkin. Oʻz haqidan voz kechsa, haqqi bor. Boʻlmasa boshqalarning huquqini toptagan jinoyatchilarga afv etuvchi shaklda qarashga haqqi yoʻq, zolimlarga sherik boʻladi.

Ikkinchi Sabab: Izn boʻlmaganidan yozilmadi.

— 190 —

Ikkinchi Masala: Qardoshlarim! Eskishahar Qamoqxonasida oxirzamonning hodisalari haqida kelgan rivoyatlarning ta'villari muvofiq va toʻgʻri chiqqanlari holda, ahli ilm va ahli iymon ularni bilmasliklarining va koʻrmasliklarining sirrini va hikmatini bayon qilish niyati bilan boshladim, bir-ikki sahifa yozdim, parda yopildi, orqa qoldi. Bu besh yilda besh-olti dafa ayni masalaga yuzlanib muvaffaq boʻlmas edim. Faqat u masalaning tafsilotlaridan menga oid bir masalani bayon qilish eslatildi. Shundayki:

Hurriyatning boshlanishida, Risolat-un Nurdan koʻp avval, quvvatli bir umid va e'tiqod bilan ahli iymonning umidsizliklarini ketkazish uchun "Istiqbolda bir yorugʻlik bor, bir nur koʻryapman" deb xushxabarlar berar edim. Hatto hurriyatdan avval talabalarimga xushxabar berardim. Tarixcha-i hayotimda Abdurrahmonning yozgani kabi, "Sunuhot" kabi risolalarda ham, "Men bir yorugʻlik koʻryapman" deb dahshatli hodisalarga qarshi u umid bilan bardosh berib qarshilik koʻrsatardim. Men ham hamma kabi, u yorugʻlikni siyosat olamida va hayoti ijtimoiya-i Islomiyada va juda keng bir doirada tasavvur qilar edim. Holbuki olamdagi hodisalar, ikki jahon urushi bilan meni u gʻaybiy xabarda va xushxabarda bir daraja yolgʻonlab umidimni sindirdi. Birdan bir gʻaybiy eslatma bilan qat'iy qanoat beradigan bir suratda qalbimga keldiki: "Jiddiy bir aloqa bilan sening eskidan beri takror qilganing yorugʻlik bor, bir nur koʻramiz deb xushxabarlarning ta'vili va tafsiri va ta'biri siz haqqingizda, balki iymon jihati bilan olami Islom haqida ham ahamiyatli Risolat-un Nurdir. Bu bir yorugʻlikdirki, seni shiddatli aloqador qilgan edi. Va bu bir nurki, avvallari taxayyul va taxmining bilan keng doirada, balki siyosat olamida keladigan saodatli va dindor ravishdagi holatlarning va vaziyatlarning muqaddimasi va xushxabarchisi ekan, bu oldindan boʻlgan yorugʻlikni oʻsha kelajakdagi saodat deb tasavvur qilib eski zamonda siyosat eshigi bilan uni qidirayotgan eding.

Ha, oʻttiz-qirq yil avval, bir oldindan sezish hissi bilan his qilding. Faqat qandayki qizil bir parda bilan qora bir yerga qaralsa, qorani qizil koʻradi, sen ham toʻgʻri koʻrding, faqat xato tatbiq qilding, siyosat jozibasi seni aldatdi."

S.N.
***
— 191 —

AMIN BILAN FAYZINING USTOZLARINING GʻARIB VAZIYATIGA VA RISOLA-I NURNING AJIB AHAMIYATIGA DALOLAT QILGAN BIR SAVOLLARI VA USTOZLARINING ULARGA VA OʻXSHASHLARIGA BERGAN JAVOBI

Savol: Olami Islomning muqaddaroti bilan jiddiy aloqador boʻlgan bu jahon urushining dahshatli zamonlarida ellik kun qadar, (hozir yetti yildan oʻtdi, ayni hol davom qilmoqda. Ham na soʻraydi va na qiziqadi.) Har kun xizmatingizda boʻlgan bizlardan bir marta ham soʻramadingiz. Ajabo, bu ulkan hodisadan yanada katta boshqa bir haqiqat hukm qilmoqdamiki, buni ahamiyatdan tushirmoqda. Yoxud u bilan mashgʻul boʻlishning bir zarari bormi?. deb Ustozimizdan soʻradik. U ham:

Javob: Deydiki: Ha, bu jahon urushidan yanada katta bir haqiqat va yanada a'zam bir hodisa hukm qilgani uchun, shu jahon urushi unga nisbatan juda ahamiyatsiz boʻlyapti. Chunki bu jahon urushida ikki hukimat kurra-i arzning hokimiyati uchun murofaa va muhokama da'vosida boʻlishlari ichida ikki muazzam dinning kelishuv va sulh mahkamasiga yarashish da'vosi ochilib va dinsizlikning dahshatli jarayoni ham samoviy dinlar bilan ulkan urushi boshlangan hangomda, nav'-i basharning sotsialist tabaqasi bilan burjuaziyalar toifasining mahkama-i kubrolarida ochilgan da'volaridan juda muhim shunday bir da'vo ochilgan va shunday muazzam bir haqiqat oʻrtaga chiqqanki, u da'voning bitta odamga tekkan miqdori bu jahon urushidan yanada kattadir. Xullas, u da'vo ham buki:

Shu zamonda har bir moʻmin uchun, balki hamma uchun kurra-i arz qadar bir boqiy ekinzor va u ekinzor boshdan oyoq bogʻlar va qasrlar bilan bezalgan abadiy bir mulk olmoq yoki u mulkni yoʻqotmoq da'vosi ochilgan. Demak har bitta odamning boshiga shunday bir da'vo ochilganki; agar Ingliz, Olmon qadar sarvati va quvvati boʻlsa va aqli ham boʻlsa, faqat u da'voni qozonmoq uchun barchasini sarf qiladi. Albatta bu da'voni qozonmasdan avval boshqa narsalarga ahamiyat bergan, devonadir. Hatto u da'vo shu daraja tahlikaga tushganki, bir ahli kashfning mushohadasi bilan, bir yerda ajal qoʻlidan vazifadan boʻshatilish hujjatini olgan qirq odamdan bir odam qozona olgan, oʻttiz toʻqqizi yoʻqotgan.

— 192 —

Mana bu ahamiyatli, azim da'voni qozontiradigan va yigirma yildan beri tajribalar bilan oʻntadan sakkiztasiga u da'voni qozontirgan bir da'vo vakili boʻlsa, albatta aqli boshida har odam u da'voni qozontirgan shunday bir da'vo vakilini vazifaga yoʻllaydigan bir xizmatga har hodisadan ustun ahamiyat berishga mukallafdir. Xullas, u da'vo vakilining bu asrda birisi, balki birinchisi Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning i'jozi ma'naviysidan sizilgan va chiqqan va tavallud etgan Risola-i Nur boʻlganini minglar u bilan oʻsha da'voni qozonganlar shohid.

Darhaqiqat, bu kurra-i arzga vazifadorlik bilan yuborilgan har inson, bu yerda musofir va foniy boʻlgani va mohiyati bir hayoti boqiyaga yuzlangan boʻlgani qat'iyyan tahaqquq etgan. Oʻsha har inson bu zamonda hayoti abadiyasini qutqaradigan tayanch nuqtalari buzilganidan, bu dunyosini va ichida barcha aloqador ahbobini abadiy tark etmoq bilan barobar, bu dunyodan minglar daraja yanada mukammal bir boqiy mulkni ham yoʻqotmoq yoki qozonmoq da'vosi boshiga ochilgan. Agar iymon hujjati boʻlmasa va baroti va hujjati boʻlgan e'tiqodni sogʻlom bir suratda qoʻlga kiritmasa, u da'voni yoʻqotadi. Ajabo, bu yoʻqotgan narsasining oʻrnini qaysi narsa toʻldira oladi?

Xullas bu haqiqatga binoan, mening va qardoshlarimning har birimizning yuz daraja aqli va fikri ziyodalashsa, bu muazzam vazifa-i muqaddasaning xizmatiga zoʻrgʻa kifoya kela oladi. Boshqa masalalarga qarash bizga foydasiz va ma'nosiz boʻladi. Faqat bu qadar borki, Risola-i Nur shogirdlarining bir qismi narigi da'volar ichida boʻlgani va keraksiz va sababsiz ba'zan bizga aqlsizlarning tajovuzlari va hujumlari zamonida zarurat darajasida, istamasdan vaqtinchalik qaraganmiz. Ham bu haqiqiy va juda buyuk da'voning xorijidagi da'volarga va boʻgʻishmalarga aloqadorona fikran va qalban qoʻshilish zararlidir. Chunki bunday keng va siyosiy va hayajon bergan doiralarga diqqat qilgan va ular bilan mashgʻul boʻlgan bir odam, qisqa bir doira ichida vazifador boʻlgan ahamiyatli xizmatlaridan orqa qoladi yoki shavqi sinadi. Ham u keng va jozibador siyosat va boʻgʻishma doiralariga diqqat qilgan, ba'zan berilib ketadi; vazifasini qilolmagani kabi, salomati qalbini va husni niyatini va istiqomati fikrini va xizmatidagi ixlosni yoʻqotmasa ham, oʻsha ayblov ostida qolishi mumkin. Hatto mahkamada menga bu nuqtadan hujum qilgan paytlari dedim: "Quyosh kabi haqiqati iymoniya va Qur'oniya yerdagi vaqtinchalik yorugʻliklarning jozibasiga tobe va vosita boʻlmagani kabi, u haqiqatni haqiqatdan tanigan kurra-i arzdagi hodisalarga emas, balki koinotga ham vosita qilolmaydi dedim, ularni jim qildirdim." Xullas, ustozimizning javobi tugadi, biz ham bor quvvatimiz bilan tasdiq qildik.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Amin, Fayzi
***
— 193 —

[Bir maktubning parchasi. Bu maqom munosabatiga binoan yozildi.]

Aziz Siddiq Qardoshlarim!

Zinhor donyo jarayonlari, xususan siyosat jarayonlari va ayniqsa xorijga qaragan jarayonlar sizni boʻlinishga otmasin, qarshingizda birlashgan zalolat firqalariga qarshi sizni parishon etmasin. "Alhubbu Filloh" "Valbugʻzu Filloh" dasturi Rahmoniy oʻrniga, Alloh saqlasin, "Alhubbu fissiyosati valbugʻzu lissiyosati" dasturi shaytoniy hukm qilib, malak kabi bir haqiqat qardoshiga adovat va "al-xannos" kabi bir siyosatdagi birodariga muhabbat va tarafdorlik bilan zulmiga rizo koʻrsatib jinoyatiga ma'nan sherik qilmasin.

Ha, bu zamondagi siyosat qalblarni buzib asabiy ruhlarni azob ichida qoldiradi. Salomati qalb va istirohati ruh istagan odam, siyosatni tashlashi kerak. Ha, hozir kurra-i arzda hamma yo qalban, yo ruhan, yo aqlan, yo badanan kelgan musibatdan hissadorlikdan azob chekmoqda, parishondir. Ayniqsa ahli zalolat va ahli gʻaflat marhamati umumiya-i Ilohiyadan va hikmati tomma-i Subhoniyadan xabarsiz boʻlganidan, nav'-i basharga jinsdoshiga achinish, aloqadorlik jihati bilan oʻz alamidan tashqari nav'-i basharning hozirgi alamli va dahshatli alamlari bilan ham alamzada boʻlib azob chekmoqda. Chunki keraksiz va ma'nosiz bir suratda vazifa-i haqiqiyalarini va eng kerakli ishlarini tashlab ofoqiy va siyosiy boʻgʻishmalarga va koinotning hodisalarini qiziqish bilan tinglab qoʻshilib ruhlarini tentak, aqllarini vaysaqi qilganlar. "Zararga rozi boʻlganga marhamat qilinmaydi" ma'nosida اَلرَّاضِى بِالضَّرَرِ لاَ يُنْظَرُ لَهُ qoida-i asosiyasi bilan, shafqat haqqini va marhamat layoqatini oʻzlaridan olib tashlaganlar. Ularga achinilmaydi va shafqat qilinmaydi va keraksiz boshlariga balo keltirmoqdalar.

Men taxmin qilyapmanki, butun kurra-i arzning bu yongʻinida va toʻfonlarida salomati qalbini va istirohati ruhini muhofaza qilgan va qutqargan bu mamlakatda Risolat-un Nur doirasiga sadoqat bilan kirganlardir. Chunki ular Risolat-un Nurdan olgan iymoni tahqiqiy darslarining nuri bilan va koʻzi bilan hamma narsada rahmati Ilohiyaning izini, mohiyatini, yuzini koʻrib, hamma narsada kamoli hikmatini, jamoli adolatini mushohada qilganlaridan, kamoli taslimiyat va rizo bilan -Rububiyati Ilohiyaning ijrootidan boʻlgan musibatlarga qarshi- taslimiyat bilan kulib qarshilaydilar, rizo koʻrsatadilar va marhamati Ilohiyadan yanada oldin shafqat his qilmaydilarki, alam va azob cheksinlar. Xullas bu haqiqatga binoan, yolgʻiz hayoti uxroviyaning emas, balki dunyodagi hayotning ham saodat va lazzatini istaganlar, hadsiz tajribalar bilan Risolat-un Nurning iymoniy va Qur'oniy darslarida topa oladi va topmoqdalar.

Said Nursiy
***
— 194 —

AHAMIYATLI BIR DOMLANING USTOZ HAQIDA ZIYODA HUSNI ZONINI TOʻGʻRILASH MUNOSABATI BILAN AMIN VA FAYZINING OʻSHA DOMLAGA YUBORGAN BIR MAKTUBLARI

Aziz, Sodiq va Muhtaram Domla Hashmat Afandi.

Sizning mujaddid haqidagi maktubingizni hayrat bilan oʻqidik, ustozimizga aytdik. Ustozimiz deydiki: "Ha, bu zamonda ham iymon va din, ham hayoti ijtimoiya va shariat, ham huquqi omma va siyosati Islomiya uchun gʻoyat ahamiyatli bir mujaddid istaydi. Faqat eng ahamiyatlisi, iymon haqiqatlarini muhofaza nuqtasidagi tajdid, eng muqaddas va eng buyugidir. Shariat va hayoti ijtimoiya va siyosiya doiralari unga nisbatan ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi darajada qoladi. Rivoyati Hadisiyada tajdidi din haqindagi ziyoda ahamiyat esa, iymoniy haqiqatlardagi tajdid e'tibori bilandir. Faqat xalq tushunchasida va hayotparast insonlarning nazarida koʻrinishdan keng va hokimiyat nuqtasida jozibador boʻlgan hayoti ijtimoiya-i Islomiya va siyosati diniya jihatlari yanada ziyoda ahamiyatli koʻringani uchun, u koʻzoynak bilan u nuqta-i nazardan qaraydilar, ma'no beradilar.

Ham bu uch vazifalar birdan bir shaxsda va yoxud bir jamoatda bu zamonda boʻlishi va mukammal boʻlishi va bir-birini rad qilmasligi juda uzoq, goʻyo mumkin koʻrinmaydi, oxirzamonda Oli Bayti Nabaviyning jamoati nuroniyasini tamsil etgan Mahdiyda va jamoatidagi shaxsi ma'naviyda faqat yigʻila oladi. Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, bu asrda Risolat-un Nurning haqiqiy shogirdlarining shaxsi ma'naviysi iymon haqiqatlarini muhofazasida tajdid vazifasini qilgan. Yigirma yildan beri u vazifa-i muqaddasada ta'sirli va fotihona nashriyoti bilan gʻoyat dahshatli va quvvatli zindiqo va zalolat hujumiga qarshi toʻliq qarshilik qilib yuz minglab ahli iymonning uymonlarini qutqarganiga qirq ming odam guvohlik qiladi. Ammo men kabi ojiz va zaif bir bechoraning bunday minglab daraja haddimdan ortiq bir yukni koʻtarish tarzida bechora shaxsimni diqqat bilan qarashga sabab qilmaslik kerak" deydi va sizga salom aytadi. Biz ham zoti oliyingizga va u yerdagi Risolat-un Nur bilan aloqador boʻlganlarga salom aytamiz.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Amin, Fayzi
***
— 195 —
USTOZIMIZNING AHAMIYATLI BIR MAKTUBI

Gʻoyat jiddiy bir eslatma bilan bir haqiqatni bayon qilishga ehtiyoj bor. Shundayki:

لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ الاَّ اللَّهُ sirri bilan ahli valoyat gʻaybiy boʻlgan narsalarni, bildirilmasa, bilmaydilar. Eng buyuk bir vali ham dushmanining haqiqiy holini bilmaganlari uchun, haqsiz boʻlib urushganini Ashara-i Mubashsharaning mobaynidagi jang koʻrsatadi. Demak ikki vali, ikki ahli haqiqat bir-birini inkor qilish bilan maqomlaridan tushmaydilar. Agar butun-butun shariatning zohiriga muxolif va xato bir ijtihod bilan harakat qilmagan boʻlsa.

Bu sirga binoan, وَ الْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَ الْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ dagi oliyjanob dasturiga ergashib va omi moʻminlarning shayxlariga boʻlgan husni zonlarini sindirmaslik bilan iymonlarini buzmasdan muhofaza etmoq va Risola-i Nurning yetakchilarining haqsiz e'tirozlarga qarshi haqli, faqat zararli hiddatlaridan qutqarmoq ehtiyojiga binoan va ahli ilhodning ikki toifa-i ahli haqiqatning mobaynidagi xusumatdan istifoda qilib birining quroli bilan, e'tirozi bilan narigisini yaralab, narigining dalillari bilan bu yerdagini rad qilib ikkalasini ham yerga urmoq va rad qilishdan saqlanib Risola-in Nur shogirdlari; bu mazkur besh asosga binoan, qarshi chiqqanlarga hiddat va tahavvur bilan va misli bilan javob bermaslik, faqat oʻzlarini muhofaza uchun kelishib e'tirozga sabab nuqtalarni izoh qilish va javob berish kerak. Chunki bu zamonda anoniyat juda ham ildamlab ketgan, hamma qomati miqdorida bir muz parchasi boʻlgan anoniyatini eritmaydi, sindirmaydi, oʻzini uzrli deb biladi. Undan nizo chiqadi, ahli haq zarar qiladi, ahli zalolat foydalanadi.

— 196 —

Istanbulda ma'lum e'tiroz hodisasi imo qiladiki, kelajakda mashrabini juda ham yoqtirgan ba'zi zotlar va xudgam ba'zi soʻfi-mashrab va nafsi ammorasini toʻliq oʻldirmagan va mansabsevarlik tahlikasidan xalos boʻlmagan ba'zi ahli irshod va ahli haq, Risolat-un Nur va shogirdlariga qarshi oʻz mashrablarini va maslaklarining rivojini va ergashuvchilarining chiroyli aloqalarini muhofaza niyati bilan e'tiroz qiladilar. Balki dahshatli qarshilik qilish ehtimoli bor. Bunday hodisalarning boʻlishida bizlarga sovuqqonlik va tebranmaslik va adovatga kirmaslik va oʻsha e'tirozchi toifaning ham raisalarini rad qilmaslik kerak.

Fosh etmoq xotirimga kelmagan bir sirni fosh qilishga majbur boʻldim. Shundayki:

Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi va u shaxsi ma'naviyni tamsil etgan xos shogirdlarining shaxsi ma'naviysi "farid" maqomiga mazhar boʻlganlari uchun, xususiy bir mamlakatning qutbi emas, balki aksariyati mutlaqa bilan Hijozda boʻlgan qutbi a'zamning tasarrufidan xorij boʻlgani va uning hukmi ostiga kirishga majbur emas. Har zamonda boʻlgan ikki "Imom" kabi, uni ya'ni qutbi a'zamni tanishga majbur boʻlmaydi. Men avvallari Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysini oʻsha imomlardan birisi deb oʻylar edim. Hozir anglayapmanki, Gʻavsi A'zamda "qutbiyat" va "gʻavsiyat" bilan barobar "fardiyat" ham boʻlganidan, oxirzamondagi shogirdlari bogʻlangan Risolat-un Nur oʻsha fardiyat maqomga sazovordir. Yashirishga loyiq boʻlgan bu sirri azimga binoan, Makka-i Mukarramada ham farzi mahol boʻlib Risola-in Nurga qarshi bir e'tiroz qutbi a'zamdan ham kelsa, Risola-in Nur shogirdlari ikkilanmasdan u muborak qutbi a'zamning e'tirozini iltifot va salom suratida qabul qilib e'tiborini ham qozonish uchun e'tirozga sabab nuqtalarni oʻsha buyuk ustozlariga qarshi izoh bilan qoʻllarini oʻpishdir.

Ha Qardoshlarim!

Bu zamonda shunday dahshatli jarayonlar va hayotni va jahonni izdan chiqaradigan hodisalar ichida, hadsiz bir matonat va sovuqqonlik va nihoyatsiz bir fidokorlik tashish kerek.

— 197 —

Ha, يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا عَلَى اْلآخِرَةِ oyatining sirri ishoriysi bilan, oxiratni bilganlari va iymon keltirganlari holda, dunyoni oxiratga sevib turib ustun qoʻymoq va sinadigan shishani boqiy olmosga bilib turib rizo va sevinch bilan ustun qoʻymoq va oqibatni koʻrmagan koʻr hissiyotning hukmi bilan tayyor bir dirham zaharli lazzatni kelajakda bir botmon sof lazzatdan ustun qoʻymoq, bu zamonning dahshatli bir kasalligi, bir musibatidir. U musibat sirri bilan moʻminlar ham ba'zan ahli zalolatga tarafdor boʻlish kabi dahshatli xatoda boʻladilar. Janobi Haq ahli iymonni va Risola-i Nur shogirdlarini bu musibatlarning yomonligidan muhofaza aylasin, omin!

Said Nursiy
***

Savol: "Ishoroti Qur'oniya Risolasida Fotihaning siroti mustaqim asxobi-ki الَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ oyatining ta'rif aylagani toifa ichida, ham لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّتِى ... حَتَّى يَاْتِيَ اللَّهُ بِاَمْرِهِ oxirigacha Hadisining oxirzamonda koʻrsatgan mujohidlar ichida, ham Val Asri Surasining

اِلاَّ الَّذِينَ اَمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ bilan boshlangan uch jumlasida ma'noyi ishoriy bilan xususiy bir suratda kirgan bir fardning Risola-i Nur shogirdlari boʻlganiga sabab nima va maxsus qilish jihati nima?"

Javob: Sababi esa:

Risola-i Nur yuzga yaqin din tilsimlarini va Qur'onning haqiqatlari muammolarini hal va kashf qilganki, har bir tilsimning bilinmasligidan koʻp insonlar shubhalarga va shaklarga tushib, gumonlardan xalos boʻlmasdan ba'zan iymonini yoʻqotar edi. Hozir barcha dinsizlar toʻplansa, u tilsimlarning kashfidan keyin gʻalaba qozonolmaydilar. Yigirma Sakkizinchi Maktubda "Yetti Inoyatlar"da bir qismiga ishora qilingan. Inshaalloh, bir zamon u tilsimlar mustaqil bir risolada jam qilinadi.

Said Nursiy
***
— 198 —
SALOHADDINNING BAYONIDAN BIR PARCHA

................................

Bir vaqt, Tosyadan Kastamonuga kelarkan, barobarimda Risola-i Nurning "Yogʻdu"lari va "Shu'la"lari bor edi. Hashrga doir bir mabhas oʻqiyotgan edim. Yuk mashinasi tepaliklarga tirmashib chiqayotgan edi. Havoning va mashinaning harorati menga ogʻirlik va fikrimga ham "Bu Risola-i muazzam bir moʻ'jiza-i Qur'oniyadir. Boshqa sohada moʻ'jiza koʻrsata oladimi? Holbuki moʻ'jiza anbiyolarga maxsus, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdan soʻngra moʻ'jiza koʻrsatilmaydi" mulohazasi asnosida yuk mashinasi mudhish zarbalar bilan uch bor dumalab yigirma besh-oʻttiz metr yerdan pastga yumaladi. Guvohlik keltiraman. Yaralimiman deb oʻzimni tekshirdim, yuz ming shukr hech bir yaram yoʻq. Qoʻrqib turdim. Haydovchining boshi yorilgan, oh-voh chekmoqda. Atrofimni koʻrib chiqdim. Haydovchi tomonidagi shishalar chil-parchin boʻlgan. Mening tarafimdagi mayin shisha ham sinmagan. Oʻsha vaqtda buning buyuk bir karomat boʻlganini, moʻ'jiza boʻlmaganini va boshqa bunday mojaroli narsalarni tafakkur qilmaslik uchun karomatkorona Risola-i Nurning bir ta'ziri boʻlgani tushundim.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Salohaddin Chalabiy
***

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Risola-i Nurning haqqoniyatiga va ahamiyatiga doir bir imzoyi gʻaybiy hukmida bu majmua koʻrsatgan qiymat Risola-in Nurda boʻlganini bu zamonning dahshatli toʻfonlari isbot qiladi.

Ha qardoshlarim, Hazrat Iso Alayhissalom Injili Sharifda deganki:

"Men ketyapman, toki sizga tasallichi kelsin." Ya'ni Hazrat Ahmad Alayhissalotu Vassalom kelsin deyishi bilan, Qur'onning basharga gʻoyat buyuk bir natijasi, bir gʻoyasi, bir hadyasi, tasallidir. Ha, bu dahshatli koinotning toʻfonlari va zavol buzgʻunchiliklari va bu boʻshliq nihoyatsiz fazoda hamma narsa bilan aloqador boʻlgan inson uchun tasallini va madad soʻrash nuqtalarini Qur'on beradi. Eng ziyoda u tasalliga muhtoj bu zamondir va eng ziyoda quvvatli bir suratda u tasallini isbot qilgan, koʻrsatgan Risola-i Nurdir. Chunki zulmatlar va vahmlarning manbai boʻlgan tabiatni u teshgan oʻtgan, haqiqat nuriga kirgan. Yigirma Toʻqqizinchi va Oʻttizinchi va Oʻn Oltinchi Soʻzlar kabi aksar parchalarida iymon haqiqatlarining yuzlab tilsimlarini kashf va izoh qilib aqlni inkordan, ikkilanishlardan qutqargan. Xullas bu haqiqat uchundirki, bu juda zeriktiruvchi zamonda, zeriktirmaydigan bir tarzda koʻp takror bilan aqli boshida boʻlganlarni Risola-i Nur bilan mashgʻul qiladi.

— 199 —

Ra'fat maktubida degan: "Qachon bir oraga kelsak, Soʻzlardan birisini ochib oʻqiymiz, shirin-shirin istifoda qilib Ustozimiz bilan koʻrishamiz. Ham Risola-i Nurning eng yaqqol xususiyati, zeriktirmaslikdir. Yuz dafa oʻqilsa, bir yuz birinchida yana zavq bilan oʻqilishi mumkin." degan. Toʻgʻri aytgan.

Faqat Risola-i Nurning tarjimoni haqiqiy vazifasining xorijida dunyodagi istiqboliyotga kamdan-kam ora-sira qarashi, zohiriy bir chalkashlik beradi. Masalan: Bundan oʻttiz-qirq yil avval, "Bir nur keladi, bir nur olami koʻramiz" degan va u ma'noni keng bir doirada va siyosatda tasavvur qilgan. Ham bundan oʻn toʻrt, oʻn besh yil avval, "Dinsizlikni aylantirganlar mudhish samoviy ta'zirlar yeydilar" deb katta keng kurra-i arz doirasidagi hodisani tor bir mamlakatda va cheklangan insonlarda tasavvur qilgan. Holbuki istiqbol u ikki gʻaybiy xabarni tasavvurdan juda yuksak tarzda tafsir va ta'bir ayladi. Eski Saidning "Bir nur olami koʻramiz" deyishi, Risola-i Nurning doirasining ma'nosini his qilgan, keng bir doira-i siyosiya tasavvur qilgani kabi; sirri "Inna A'toyna"da "Oʻn uch, oʻn toʻrt yil soʻngra dinsizlikni, zindiqoni tarqatganlar mudhish ta'zirlar yeydilar" deb keng bir haqiqatni tor bir doirada tasavvur qilgan. Istiqbol u ikki haqiqatni ta'bir va tafsir ayladi. Boshda Isparta boʻlib, Risola-i Nur doirasi avvalgi haqiqatni juda porloq va goʻzal bir suratda koʻrsatgani kabi, ikkinchi haqiqatni ham buzuq madaniyatning tugʻyonini va moddiyunlik {(Hoshiya) Ha, moddiyunlik oʻlatining xastaligi nav'-i basharga bu dahshatli bezgakni va kurra-i arzga bu titrashni bergan.} oʻlatini singdirgan va idora qilgan arvohi habisaning boshlariga kelgan bu dahshatli samoviy ta'zirlar keng bir doirada sirri Inna A'toynaning haqiqatini batamom isbot qilgan.

Savol: Risola-i Nur qat'iy burhonlarga tayanib hukmlari batamom ta'vilsiz, ta'birsiz haqiqat chiqishi va faqat ishorati tavofuqiya va sunuhoti qalbiyaga ishongan bayonoti, bunday dunyoviy boʻlgan istiqbolga doir masalalarda nima uchun ta'birga va ta'vilga muhtoj boʻladi? deb xotirimga keldi.

— 200 —

Bunday bir javob eslatildiki: Gʻaybiy istiqboli dunyoviyda boshga kelgan hodisalarni bildirmaslikda Janobi Arhamurrohimiyning juda buyuk bir rahmati saqlangani va gʻaybni yashirishda juda ahamiyatli bir hikmati boʻlgani jihati bilan, gʻaybiy narsalarni xabar berishdan man qilib, faqat noaniq va muxtasar bir suratda yo ilhom yoki eslatma bilan bir alomatni vasila qilib kashfiyotda va sodiq tushda bir qism gʻaybiy haqiqatlarini his qildiradi va u haqiqatlarning xususiy suratlari boʻlgandan keyin bilinadi.

Said Nursiy
***
RISOLA-I NUR SHOGIRDLARIDAN AMIN, HILMI, KOMIL VA FAYZINING BIR BAYONI

Risola-i Nurning tumanlarga, jamoatlarga barakaga sabab boʻlishi va unga zarar berganlarga ta'zir kelishi kabi, shaxslarga ham juda zohir bir suratda ham baraka va chiroyli tirikchilik (unga xizmat qilganlarga) va gʻaybiy ta'zirlar (unga qarshi va zarar berayotganlarga) kelishi bu atrofda juda koʻp hodisalari bor. Biz oʻzimizda, xizmat jarayonida juda yaqqol bir suratda chiroyli bir tirikchilik, bir inoyat koʻrganimiz kabi, Risola-i Nurning ilgʻorlaridan boʻlgan Nazif qat'iy bir suratda xabar beradiki: Uch-toʻrt odam dunyo sarvati deb Risola-in Nurga qarshi toʻplanib munofiqona bir tadbir qilganlari hangomda, uch kun soʻngra oʻsha uch odamning uylari va doʻkonlari yonib minglab lira yoʻqotish bilan ta'zir yedilar.

Ham bir makkor va josus odam Risolat-un Nur shogirdlariga qarshi harakat qilayotgan ediki, ularni qamoqqa tashlattirsin. Bir kun ochiqchasiga, "Men bir alomat topolmadimki, bularni qamoqqa tiqay. Agar bir alomat topsam, ularni qamoqqa tiqaman" deb e'lon qilgan vaqtdan ikki kun soʻngra bir ish qilib Risola-i Nur shogirdlari oʻrniga u ikki yil qamoqqa kirdi.

— 201 —

Ham badbaxt qaysar bir odam shiddatli Risola-i Nurga qarshi, ham shogirdlarining bir peshqadamiga qarshi boʻlgan hangomda, bir-ikki kun soʻngra mayxonaga ketib ichib-ichib boʻkib oʻsha yerda oʻlgan.

Bu navda koʻp hodisalar bor. Demak, Risola-i Nur doʻstlarga tiryoq boʻlgani kabi, dushmanlarga ham chaqmoq boʻladi.

Ham Gʻavsi A'zamning ustozimiz haqida: فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ ifodasi bilan inoyat va osonlashtirishga doimo sazovor boʻlganiga va tavofuq Risola-i Nurning bir ma'dani boʻlganiga juda koʻp alomatlardan, bu bir-ikki kun mobaynida kichik va latif, faqat qat'iy qanoat bergan juz'iy hodisalarning tavofuqlarida koʻzimiz bilan koʻrganimiz inoyoti Rabboniyaning namunalaridan besh-oltitasini bayon qilamizki, ular bu ikki kun mobaynida barobar sodir boʻlgan.

Birinchisi: Kecha ustozimizga Risola-i Nurga oid uch xizmat lozim keldi... Hech kim yoʻq, bizlar ham uzoqda. Zinapoyadan tushib, bir bolani topib bizlarga yuborish niyati bilan eshikni ochdi. Risola-i Nurning oʻsha uch xizmatini qiladigan uchta shogirdi favqulodda bir tarzda oʻsha daqiqada eshikka kelganlar.

Ikkinchisi:.................

Uchinchisi: Ustozimiz ayni bu kun Amin qardoshimizga dedi:

"Uch-toʻrt oydir har hafta qishlogʻidan bu yerga kelgan uy sohibasi kelmadi. Toʻrt oy boʻldi, ijara pulini olmadi. Har holda xabar yuboring kelsin, ijara pulini olsin." degan ayni vaqtda, toʻrt oydan beri kelmagan oʻsha uy sohibasi eshikni taqillatdi keldi, besh oylik ijara pulini oldi.

Ustozimiz, bu hodisa-i inoyatdan mamnuniyati uchun, unga uzoq bir nohiyadan kelgan aylana hech koʻrmaganimiz va bu yerda boʻlmagan bir kichik nonni oʻsha uy sohibasiga berdi. Ayni vaqtda yigirma daqiqa mobaynida bu yerda boʻlmagan oʻsha ayni nondan besh misli ikki yil Risola-i Nurning bir kitobini olib mutolaasining ma'naviy haqqining mingdan bir haqqi boʻlib keldi. Va bir oz ashuro shoʻrvasini ham yana oʻsha uy sohibasiga berdi. Aynan oʻsha ashuroning oʻn misli qadar uch latif non yana ikki yil ikkita kitobning oʻqilishiga mingdan bir haq boʻlib keldi, koʻzimiz bilan koʻrdik.

Ham bugun oʻsha uy sohibasining yetti yildir ismini bilmagani uchun, ustozimiz undan "Isming nima" deb soʻradi. "Xayriya", dedi.

— 202 —

Xayriya ismli boʻlish tafa'uli bilan ikki soat soʻngra Xayri ismli Risola-i Nurning bir shogirdi (Xabarimiz yoʻq ekan, Istanbulga ketgan. Ham tijorat munosabati bilan ikki muhim shogirdlari ham borib kech qoldilar. Moddiy va ma'naviy toʻfonlar munosabati bilan ustozimiz ham ularni, ham u yerdagi muhim bir shogirdi uchun juda xavotirlanayotgan edi) bugun u Xayri ikki soat oʻsha Xayriyadan soʻngra eshikni ochdi, keldi. Oʻsha uch shogird haqidagi xavotirni yoʻqotish bilan barobar, Ustozning toʻrt oydan beri davom qilgan "tefarik" nomli bir mushki bugun tugagan, oʻzimiz koʻrdik. Xayrining bir kichik shisha qoʻlida, "Mana sizga tefarik keltirdim." dedi. Mana bu kichik latif tefarikdagi tavofuqqa barakalloh dedi.

Bu ikki kun mobaynida bu kichik namunalar kabi ustozimiz Moʻ'jizoti Ahmadiyaning (A.S.V.) tahriri bilan mashgʻul boʻlgani uchun, koʻp namunalar koʻrgan. Modomiki ikki kun mobaynida bu qadar inoyatlarning jilvalarini koʻryapmiz. Risola-i Nur doirasi ichida diqqat qilinsa, hamma oʻzida xizmati darajasida bunday namunalarni koʻradi.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Hilmi, Amin, Komil, Fayzi, Hofiz Ahmad
Ha, men ham tasdiq qilaman
Said Nursiy
***

Fayzi bilan Amin deydilar: Ustozimiz boʻlgan Risola-i Nurning muhim haqiqatlari ichida eng shirin bir mevasi tavofuq boʻlgani uchun, qardoshlarimizga yana bu ikki kun mobaynida kichik bir-ikki tavofuqni sizga bundan avvalgi tavofuqa hoshiya sifatida yozamiz.

Ha, qandayki kalimalarda va yozilgan kalimalarda tavofuq bir qasd, bir xususiy inoyatni koʻrsatadi. Ba'zan horiqo boʻlib karomat darajasiga chiqadi, ba'zan latif bir zariflik beradi. Aynan shuning kabi, Risola-i Nurga oid va Ustozimizga oid hodisalarda ham aynan qasdiy va inoyatkorona tavofugʻi soʻzlarda boʻlgani kabi, u ishlarda ham koʻryapmiz.

Jumladan, sizga yozilgan, toʻrt oy kelmagan uy sohibasi uchun Amin qardoshimizga dedi: "Xabar yubor." aytayotganida uning eshik qoqishi tavofuq qilgani kabi, ayni jumlani bir kun soʻngra ikki dafa oʻqigan payt, Aminga degan kalimasi oʻqilgan onida, pastdagi eshikni Amin ochdi, kelish vaqti boʻlmasdan keldi. Ikkinchi kun yana boshqa bir odamga oʻqilgan vaqt, Aminga degan kalimasini oʻqigan vaqt ayni onda yuqori eshikni Amin ochdi, kelish odatiga muxolif boʻlib keldi, kirdi. Bu ikki tovofuq uy sohibasining tavofugʻiga tavofugʻi koʻrsatadiki, eng juz'iy ishlarimiz ham tasodif emas, qasdiy tavofuqdir.

— 203 —

Ham toʻrt oy avval bizga bir oz tarhana shoʻrvasi keltirgan Risola-i Nur shogirdlaridan Fuadning Istanbulga ketib oʻttiz kun qoldirilishidan, kech qolishidan xavotirlanganimiz ayni kuni, uning tarhana shoʻrvasi tugagan ayni kuni kelishi tavofuq qildi.

Ham ayni kuni bir oz sariyogʻ (biz ham, ustozimiz ham buning barakasini his qilayotgan edik) tugagan daqiqada, uning miqdoriga tavofuq qilib oʻylashimizcha ayni yerdan, ayni miqdor, ayni zamonda kelgani kabi; ham bu yerlarda qishloqlarda kul ichida tayyorlangan non ustozimizga yoqqani uchun nahor - oqshom undan yeb va oʻn besh kun davom qilgan -va tugagan ayni kuni- ayni nondan uning qarindoshlaridan birisi keltirdi, bu tavofuqning xotiri uchun orqa qaytarmadi, qabul qildi. Koʻzimiz bilan bu latif tavofuqdagi shirin inoyoti Ilohiyaning juz'iy jilvalarini koʻrdik va angladikki, koʻr tasodif ishimizga aralashmaydi. Ma'nodor tavofuq Risola-i Nurning kalimalarida va harflarida boʻlgani kabi, unga munosabatdor boʻlgan harakat va ishlarda ham ma'nodor tavofuqlar bor. Inoyatga munosabatdor boʻlgani uchun, eng juz'iy bir narsa ham boʻlsa, qiymati buyukdir. Bunday uzun yozish va ziyoda ahamiyat berish isrof boʻlmaydi. Chunki ma'nosi boʻlgan inoyat va iltifoti rahmat muroddir va u bahs ham ma'naviy bir shukrdir.

Risola-i Nur Shogirdlaridan
Amin, Fayzi
***
RISOLA-I NUR PARCHALARINI MAHKAMADAN OLIB, MENGA KELTIRIB TOPSHIRGAN HOFIZ MUSTAFOGA XITOB
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفَاتِ رَسَائِلِ النُّورِ
— 204 —

Sen minglab xush kelding, meni abadiy minnatdor qilding. Va sodiq birodarlaring bilan Risola-i Nurning erkinligiga xizmatingiz shu daraja buyuk va qiymatlidir. Yolgʻiz bizni va Risola-i Nur shogirdlarini emas, balki bu mamlakatni, balki olami Islomni ma'nan minnatdor qildingizki, ahli iymonning yordamiga yetishishga Risola-i Nurning yoʻlini erkin ochdingiz. Men bir yildan beri seni ve sen bilan barobar Risola-i Nurning bu erkinligiga harakat qilganlarni Hofiz Ali va Xusrav kabi Risola-i Nurning qahramonlari bilan barobar ma'naviy qozonchlarimga va duolarimga sherik qilganman, ham davom qiladi. Bu yerga qadar yoʻldagi har bir daqiqa, bir kun xizmatda boʻlish kabi meni minnatdor aylading.

Hokimi odil nomini olgan ma'lum zotni va biz tomonda u bilan barobar ishlaganlarni, bu haqiqiy adolatga xizmatlari uchun, oxir umrimga qadar unutmayman. Olti-yetti oydir ularni ham aynan ma'naviy qozonchlarimga sherik qilaman. Menga qaytargan risolalarning bir qismini qardoshlarimga vajob beraman, barchasini yozsinlar, ularga hadya qilaman. Chunki ular Risola-i Nurning bundan keyingi xizmatiga toʻliq hissadordirlar. Bu masalada men Denizli shahrini oʻz qishlogʻimga doʻst qilib barcha oʻtganlarini va ahli iymonning hayotda boʻlganlarini ham oʻzim, ham Risola-i Nurning talabalari ma'naviy qozonchlarimizga hissador qilishga qaror qildik. Denizli qamoqxonasini ham bir imtihon madrasamiz deb qabul qilamiz va biz bilan aloqador ham Denizlida, ham qamogʻida umumiga va xususan va toʻliq adolatini koʻrganimiz mahkama hay'atiga koʻp salom va duolar qilamiz.

Said Nursiy
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Beshinchi Nuqta: Risola-i Nur bu Anadolu mamlakatiga balolarning daf boʻlishiga ahamiyatli bir vasiladir. Sadaqa qanday baloni daf qilsa, uning tarqalishi va oʻqilishi, kulliy bir sadaqa navidan samoviy va aroziy balolarnind daf boʻlishiga vasila boʻlgani koʻp alomatlar va koʻp hodisalar bilan ma'lum boʻlgan, hatto Qur'onning ishoralari bilan namoyon boʻlgan. Va yozilishini va tarqalishini man qilish zamonlarida toʻrt marta zilzilalarning boshlanishi va tarqalishi bilan toʻxtashlari va Anadoluda aksar yerlarda oʻqilishi jahon urushining Anadoluga kirmasligiga bir vasila boʻlganini Sura-i Val Asr ishora qilgani holda, bu ikki oy qurgʻoqchilik zamonida mahkamaning Risola-i Nurning oqlanishiga va vatanga manfaatli boʻlganiga doir qarorini Apellatsiya Sudi tasdiq qilib toʻliq erkinlik bilan Risola-i Nurning tarqalishi va oʻqilishini kutarkan, butun-butun aksiga boʻlib man qilinishi va mahkamadagi risolalar sohiblariga qaytarilgani holda, bizni ham oʻsha jihatdan gapirishdan man qilishlari jihati bilan balolarning daf boʻlishiga vasila boʻlgan bu kulliy sadaqa-i ma'naviya baloga qarshi chiqolmadi, gunohimiz natijasi boʻlib qurgʻoqchilik boshlandi.

— 205 —

Biz Risola-i Nur shogirdlari dunyoga koʻp ahamiyat bermaganimizdan, dunyoga faqat Risola-i Nur uchun qaraganimizdan, bu yomgʻirsizlikda ham oʻsha nuqtadan qaraymiz. Xullas Denizlida mahkamaga berilgan juz'iy bir qism Risola-i Nur, sohiblariga qaytarilishining ayni zamonida, bu yerda ham bir qism zotlar yozishni boshlashlari ayni vaqtida bu yomgʻirsizlikda bir oz rahmat yogʻdi. Faqat Risola-i Nurning erkinligi juz'iy boʻlishidan, rahmat ham juz'iy qoldi. Inshaalloh yaqinda mening ham risolalarim qaytarib beriladi, toʻliq erkin va tarqalishi kulliylashadi va rahmat ham toʻliq boʻladi. {(Hoshiya) Ham aynan shunday boʻldi, biz koʻrdik.}

***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ بِعَدَدِ قَطَرَاتِ الْمَطَرِ فِى لَيْلَةِ الرَّغَائِبِ

Aziz Qardoshlarim!

Sizga ikki xatni Layla-i Ragʻoibdan olti soat avval yozdim. "Hizbi Nuriya" va Xusravning qogʻozi bilan qaytargandan keyin, qat'iyyan mening qanoatimda bir navi moʻ'jiza-i Ahmadiya boʻlib, ikki oydan beri doimo qurgʻoqchilik va yomgʻirsizlik va har tarafda doimo namozlardan soʻng juda koʻp duolarning natijasiz qolgani va hamma umidsizlikdan tirikchilik dardi xavotiri bilan qalban yigʻlarkan, birdan Layla-i Ragʻoib butun umrimda hech eshitmaganim va boshqalari ham eshitmagan, uch soatda yuz marta, balki ortiq takror bilan momoqaldiroq malagining bu yuksak va shiddatli tasbehoti bilan shunday rahmat yogʻdiki, eng qaysarga ham Layla-i Ragʻoibning muqaddasligini va Hazrati Risolatning bir daraja bir jihatda olami shahodatga tashrifining umum koinot miqyosida va butun asrlarda nazari ahamiyatda va Rahmat-an lil olamiyn boʻlganini isbot qildi va koinot oʻsha tunni olqishlamoqda deb koʻrsatdi.

— 206 —

Ajabo, duolarimizda Isparta bu mamlakat bilan barobar edi, bu yomgʻirda hissasi bormi? qiziqyapman. Hozirga qadar koʻp alomatlar bilan Risola-i Nur bir vasila-i rahmat boʻlishidan, bu rahmat imo qiladiki, har holda fathlari parda ostida bor va balki erkinligiga bir ishoradir. {(Hoshiya1) Soʻngra ayon boʻldiki, ayni zamonda ham fathlari, ham erkinligi parda ostida amalga oshgan.} Ham bu yerda Yogʻdular bergan ishtiyoq jihati bilan yozuvchilarning koʻpayishi, inshaalloh bir navi maqbul duo hukmiga oʻtdi.

Risola-i Nur Talabalari nomiga
Ha Mahmud, Ha Jaylon
Duongizga Muhtoj Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Layla-i Me'rojning aynan Layla-i Ragʻoib kabi hech inkor qilinmas bir tarzda, bir navi moʻ'jiza-i Ahmadiya kabi bir karomatini va koinot nazdida hurmatini koʻzimiz bilan koʻrdik. Shundayki:

Qandayki avval yozganimiz kabi, ikki oy qurgʻoqchilik ichida bu yerda hech yomgʻir kelmaganini, goʻyo Layla-i Ragʻoibni kutayotgandek u muborak kechaning kelishi bilan oʻxshovsiz bir shovqin bilan muqaddasligini bu yerda koʻrsatgani kabi; aynan shuningdek: Oʻsha kechadan beri bu yerga bir qatra yomgʻir tushmagani holda, yigirma kundan soʻng aynan Me'roj kechasida birdaniga shunday rahmat yogʻdiki, dinsizlarda shubha qoldirmadiki; sohib-ul Me'roj Rahmat-an lil olamiyn boʻlgani kabi, uning Me'roj kechasi ham bir vasila-i rahmatdir. Ham ahli iymonning iymonlarini quvvatlantirgani kabi, umidsizliklarini ham bir daraja ketkazdi.

— 207 —

Olamning holini bilmayman, faqat his qilyapmanki: Ahli iymon ham xorijiy bir necha tarafda tazyiqlar, ham ichki xavotirlar va qurgʻoqchilikdan kelgan tirikchilik dardi va tayanch nuqtasini dunyoda topolmaslikdan ahamiyatli bir umidsizlikning ta'siri bilan, hatto ibodatga nisbatan bir sustlik kelgan edi. Birdan Me'roj kechasi, bu yerda karomati bilan Layla-i Ragʻoibning karomatini quvvatlantirib, ahli iymonga bildirdiki: "Siz sohibsiz emassiz. Koinot qabzasida boʻlgan bir zotning, olamga rahmat qilib yuborgan bir suyanchigʻingiz bor." deb umidsizlik va xavotirlarini qisman ketkazdi.

Ham Risola-i Nurning bir silsila-i karomatini tashkil qilgan tavofuq, bu hodisada hech tasodifga havola qilinmas bir tarzda uch-toʻrt tavofuq bilan, Layla-i Me'roj va Layla-i Ragʻoib hurmatlarida Risola-i Nurning ham bir hissasi bor boʻlganini koʻrdik.

Birinchi Tavofuq: Ibtido va intiho-i taraqqyoti hayoti Ahmadiyaning unvonlari boʻlgan Layla-i Ragʻoib va Layla-i Me'roj bu qurgʻoqchilik zamonida koʻp sonli rahmatda tavofuqlaridir.

Ikkinchi Tavofuq: Bu kunlarda Xusravning tavofuqli yozgan "Me'roj Risolasi"ni bu yerda Risola-i Nur talabalari shavqqa kelib aynan tavofugʻini, hatto yetti "faqat, faqat, faqat" kalimalarining porloq tavofugʻini koʻrsatgan nusxalarni yozdilar, tugatdilar. Men ham tahrir qilardim, boshqalari ham oʻqir edilar. Birdan Me'roj kechasi juda koʻp rahmati bilan kelishi, Risola-i Nurning yozilishi va Xusravning Me'roj Risolasi va tarqalishi ham bir vasila-i rahmat boʻlganini talabalariga bir qanoat berdi. Ikki-uch tavofuq yana bor. Bizga qat'iy qanoat bermoqdaki, tasodif ichida yoʻq. Toʻgʻridan-toʻgʻri bu qaysar zamonda Islomiy shiorlarning ahamiyatlarini koʻrsatishga bir ishoradir. Umum qardoshlarimga salom va Me'rojlarini tabriklayman.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
Ha, Ustozimizni tasdiq qilamiz.
Mahmud, Mahmud, Usmon, Ibrohim, Jaylon, Xayri va bshq.
***
— 208 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Bir Savol: "Tavofuq bilan bu karomat qanday qat'iy sobit boʻladi?" deb qardoshlarimizdan birining savoliga kichik bir javobdir.

Javob: Bir narsada tavofuq boʻlsa, kichik bir alomat boʻladiki, unda bir qasd bor, toʻgʻri kelgan bir tasodif emas. Va ayniqsa bir tovofuq bir necha jihatda boʻlsa, u alomat toʻliq quvvat topadi. Va ayniqsa yuz ehtimol ichida ikki narsaga maxsus va u ikki narsa bir-biri bilan tom munosabatdor boʻlsa, u tavofuqdan kelgan ishora ochiq bir dalolat hukmiga oʻtadiki, bir qasd va iroda bilan va bir maqsad uchun oʻsha tavofuq boʻlgan, tasodifning ehtimoli yoʻq.

Xullas, bu masala-i me'rojiya ham aynan bunday boʻldi. Toʻqson toʻqqiz kun ichida faqat Layla-i Ragʻoib va Layla-i Me'rojga yomgʻir va rahmatning tavofugʻi.. va oʻsha ikki kecha va kunga maxsus boʻlishi, undan avval va undan keyin boʻlmasligi va shiddatli ehtiyojning aynan vaqtiga uygʻunligi.. va "Me'rojiya Risolasi"ning bu yerda koʻplar tarafidan shavq bilan qiroat va kitobat va nashriga toʻgʻri kelishi.. va u ikki muborak kechaning bir-biri bilan bir necha jihatda tavofuq qilishi.. va mavsumi boʻlmagani holda, ajib shovqinlar bilan, soʻnmaydigan moddiy - ma'naviy zamin shovqinlari bilan faryodlariga tahdidkorona va tasallidorona tavofuq qilishi.. va ahli iymonning umidsizligidan tasalli qidirishlariga va zalolatning hujumidan kelgan vasvasa va zaiflikka qarshi quvva-i ma'naviyaning quvvatlanishini istashlariga toʻliq tavofugʻi.. va bu kechalar kabi Islomiy shiorlarga qarshi hurmatsizlik qilganlarning xatolariga bir ta'zir oʻlaroq "Koinot bu kechalarga hurmat koʻrsatadi, nima uchun siz koʻrsatmayapsiz?" degan ma'noda koʻp miqdordagi rahmat bilan Islomiy shiorlarga qarshi hatto samovot va fazoyi olam hurmatlarini koʻrsatish bilan tavofuq qilishi... Zarra miqdor insofi boʻlgan biladiki, bu ishda xususiy bir qasd va iroda va ahli iymonga xususiy bir inoyat va marhamatdir, hech bir jihat bilan tasodif ehtimoli boʻlolmaydi. Demak haqiqati me'roj bir moʻ'jiza-i Ahmadiya (A.S.V.) va karomati kubrosi boʻlgani.. va Me'roj zinapoyasi bilan koʻklarga chiqishi bilan Zoti Ahmadiyaning (A.S.V.) samovot ahliga ahamiyatini va qiymatini koʻrsatgani kabi, bu yilgi Me'roj ham zaminga va bu mamlakat aholisiga koinot nazdida hurmatini va qiymatini koʻrsatib bir karomat koʻrsatdi.

Duongizga muhtoj qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 209 —

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Bizning qat'iyyan shak va shubhamiz qolmadiki: Bu xizmatimizning natijasi boʻlgan Risola-i Nurning erkinligini nafaqat faqat biz va bu Anadolu va olami Islom olqishlamoqda, taqdir etmoqda. Balki koinot ham mamnun boʻlib javvi samo va fazoyi olam olqishlamoqdaki, uch-toʻrt oyda bir yomgʻirga qattiq ehtiyoj bor ekan, kelmadi. Faqat Anqara topshirish qaroriga tavofuq qilgan Layla-i Ragʻoibdagi oʻxshovsiz va shovqinli rahmatning kelishi va Denizlida Mahkamaning amalda topshirishiga qaror berishi, yana Layla-i Me'rojda aynan Risola-i Nurning bir rahmat boʻlganiga ishora oʻlaroq Layla-i Ragʻoibga tavofuq qilib juda koʻp momoqaldiroq malagining olqishlashi bilan va rahmatning Amirtogʻda kelishi oʻsha topshirish qaroriga tavofuq qilishi va bir hafta soʻngra, demak Denizlida vakillarimizning qoʻli bilan olinishi hangomlarida, yana aynan Layla-i Me'rojga va Layla-i Ragʻoibga tavofuq qilib aynan ular kabi Sha'boni Sharifning bir juma kechasida juda koʻp rahmat va yomgʻirning bu mamlakatda kelishi ularga tavofuqlari bilan qat'iy qanoat beradiki, Risola-i Nurning musodarasiga va hibsiga toʻrt zilzilalarning tavofugʻi kurra-i arz tomonidan bir e'tiroz boʻlgani kabi, bu Amirtogʻ mamlakatida toʻrt oy mobaynida faqat uch juma kechasida-ki, biri Layla-i Ragʻoib va biri Layla-i Me'roj, biri ham Sha'boni Muazzamning birinchi juma kechasida rahmatning juda koʻp kelishi va Risola-i Nurning ham erkinligining uch davriga batamom tavofuq qilishi, kurra-i havoiyaning bir tabrigi, bir xushxabaridir va Risola-i Nur ham ma'naviy bir rahmat, bir yomgʻir boʻlganiga quvvatli bir ishoradir.

Va eng latif bir alomat ham shuki: Kecha birdaniga bir sarcha qushi derazaga keldi, derazani urdi. Biz uchirish uchun ishora qildik, ketmadi. Majbur boʻldik, dedim: "Derazani och, u nima deydi?" Kirdi, toʻxtadi.. bu ertalabgacha. Soʻng u xonani unga qoldirdik, yotoq xonamga keldim. Bu tongda chiqdim, eshikni ochdim. Yarim daqiqada qaytdim, qaradim, "riddus, quddus" zikrini qilgan bir qush xonamda koʻrdim, kulib dedim: "Bu musofir nima uchun keldi?" Batamom bir soat menga qaradi, uchmadi, qoʻrqmadi. Men ham oʻqiyotgan edim. Bir soat menga qaradi. Non tashladim, yemadi. Yana eshikni ochdim, chiqdim, yarim daqiqada keldim. U musofir ham yoʻqoldi. Soʻngra menga xizmat qilgan bola keldi, dediki: "Men bu kecha koʻrdimki, marhum Hofiz Alining (R.H.) qardoshi yonimizga kelgan." Men ham dedim: "Hofiz Ali va Xusrav kabi bir qardoshimiz bu yerga keladi." Ayni kunda ikki soat soʻngra bola keldi, dedi: "Hofiz Mustafo keldi. Ham Risola-i Nurning erkinligining xushxabarini, ham mahkamadagi kitoblarini ham qisman keltirdi. Ham sarcha qushining va mening tushimning, ham quddus qushining ta'birini isbot qildiki, tasodif boʻlmaganini koʻrsatdi. Ajabo, oʻxshovsiz bir tarzda ham sarcha qushi ajib bir suratda, ham quddus qushi gʻarib bir suratda kelib qarashi, soʻngra yoʻqolishi va ma'sum bolaning tushi aynan chiqishi, ham Risola-i Nurning Hofiz Ali kabi bir zotning qoʻli bilan bu yerga kelishining ayni zamoniga tavofugʻi hech tasodif boʻlishi mumkinmi? Hech bir ehtimoli bormiki, bir bashorati gʻaybiya boʻlmasin? {(Hoshiya) Ham bu qushlarning Risola-i Nur bilan aloqadorliklarini tasdiqlagan koʻp alomatlar bor. Jumladan, u qushlarning aloqadorligini koʻrsatgan maktub Milasga ketgan ayni vaqtda gʻarib bir tarzda quddus qushi u maktubning ma'nosini vaziyati bilan tasdiqlagani kabi; ayni maktub Ineboluda kechasi oʻqilarkan katta bir boyoʻgʻli horiqo bir tarzda derezaga kelib, qanoti bilan urib, toʻxtab tinglashi. Ayni maktub Savada oʻqilarkan bir dafa ikki chigirtka ustiga kelib, toʻxtab natijaga qadar toʻxtashlari. Bir dafa ham sarcha va bulbul qushlari ayni maktubning oʻqilishida parvona kabi uchib aloqadorlik koʻrsatishlari va Ispartada Xusravning uyida ayni maktub oʻqilarkan, bulbul qushi xilofi odat mehmonxonaga kelishi, aloqadorligini koʻrsatishi kabi koʻp alomatlar, bu karomati Nuriyani tasdiqlaydi.} Ha, bu masala kichik bir masala emas, koinot va hayvonot bilan ham aloqadordir.

— 210 —

Ha, Risola-in Nur erkinligidan men Risola-i Nurning bir shogirdi boʻlish e'tibori bilan oʻz hissamga tushgan bu foyda va natijani minglab oltin lira qadar qozonchim bor deb qanoat qilaman. Boshqa yuz minglab Risola-i Nur shogirdlari va iymonni quvvatlantirishga muhtoj ahli iymonning foydalanishlari bunga qiyos qilinsin.

Ha, dinning va shariatning va Qur'onning yuzdan ziyoda tilsimlarini, muammolarini hal va kashf qilgan va eng qaysar dinsizlarni jim qilib mot qilgan va me'roj va hashri jismoniy kabi faqat aqldan juda uzoq deb oʻylangan Qur'on haqiqatlarini eng qaysar va eng oʻjar faylasuflarga va zindiqlarga quyosh kabi isbot qilgan va ularning bir qismini iymonga keltirgan Risola-i Nur parchalari, albatta Kurra-i Arzni va kurra-i havoiyani oʻzi bilan aloqador qiladi va bu asrni va istiqbolni ozʻi bilan mashgʻul qiladigan bir haqiqati Qur'oniyadir va ahli iymon qoʻlida bir olmos qilichdir.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Amirtogʻda Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 211 —
RISOLA-I NURNING QAHRAMONI XUSRAV TARAFIDAN QALAMGA OLINGAN
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Risola-in Nurning karomatlaridandirki: Ustozimiz Roziyallohi Anhu koʻp dafa risolalarda: "Ey dinsizlar va ey zindiqlar! Risola-in Nurga hujum qilmanglar. Agar hujum qilsangiz, yaqinda sizni kutib turgan balolar sel kabi boshingizga yogʻadi." deb oʻn yildan beri koʻp karra aytar edilar. Bu xususda shohid boʻlganimiz falokatlardan:

Birinchisi: Toʻrt yil avval Erzinjanda va Izmir atrofida sodir boʻlgan zilzila boʻlgan. Oʻsha vaqtlar munofiqlar hiylalar bilan Isparta mintaqasida Sava va Kuleoʻnu va atrofi qishloqlardagi Risola-i Nur talabalariga hujum qildilar. Oʻttiz-qirq qadar Risola-i Nur talabalarini "Masjidga ketmayapsiz, doʻppi kiyapsiz, tariqat darsini beryapsiz." deb mahkamaga berildilar. Janobi Haq, Izmir atrofini va Azerilarni va atrofidagi xalqni dahshatlar ichida qoldirgan zilzilalar bilan Risola-i Nurning bir vasila-i daf'-i balo boʻlganini koʻrsatdi. Bu zilzilalardan bir hafta soʻng mahkamaga berilgan oʻsha qardoshlarimizning hammasi oqlanib ozod boʻlgandilar.

Ikkinchisi: Yana vaqti-vaqti bilan Risola-i Nur talabalarining orqalarida yugurishni davom qilgan dinsizlar, xatti Qur'on bilan bola oʻqitganlarini bahona qilib Ispartada vafot qilgan Mahmud Zuhtu (Rahmatullohi Alayh) bilan Sava Qishlogʻidan Hofiz Mahmud (Rahmatullohi Alayh) ismli ikki Risola-in Nur talabasiga hujum qilganlar. Nur darsini oʻqigan bolalarni, bu ikki qardoshimizning uylaridan olingan Risola-i Nur parchalari bilan birlikda mahkamaga berilgan. Marhum Mahmud Zuhtu jarimaga solinish bilan mahkum qilinish istanilgan. Natijada markazi Arbaa va Tokatda sodir boʻlgan ikkinchi bir qoʻrqinchli zilzila bilan Janobi Haq Risola-in Nur bir vasila-i daf'-i balo boʻlish bilan shogirdlariga yordam berib, ustozlari bergan xabarning toʻgʻriligini tasdiq qilish uchun u qardoshimizni oqlagan va olingan barcha Risola-i Nur parchalarini oʻzlariga qaytarib bergan.

— 212 —

Uchinchisi esa: Ichida boʻlganimiz Denizli Qamoqxonasidagi musibatning boshimizga kelishiga sabab boʻlgan oʻsha munofiqlar; rumiy bir ming uch yuz ellik toʻqqiz (1359) yilida takror boshda sevgili Ustozimiz boʻlgani holda, bizga va Risola-in Nurga hujum qildilar. Bir qismimizni Ispartadan toʻpladilar, bir qismini Chivrildan Ispartaga keltirdilar, sevgili Ustozimnzni ham yolgʻiz oʻlaroq Kastamonudan Ispartaga jalb qildilar. Yana boshqa viloyatlardan ham birodarlarimiz Ispartaga keltirilgan edi. Ahli gʻarazning aldoviga berilgan Isparta adliyasi, Risola-in Nurning gʻoyasi xoriijida boʻlgan jabhalarda, bizga koʻra ma'nosi boʻlmagan ayblovlar ostida bizga aziyat berayotgan edi. Ayniqsa qiymatdor Ustozimizga yanada koʻp tazyiq oʻtkazganlari vaqt, Ustozimizga kerakli-keraksiz bir qancha savollar bergan Isparta prokurorining: "Bu balolar deganing nima?" degan savoliga javoban: Ha degan, zindiqlar agar Risola-in Nurga va shogirdlariga hujum qilsalar, yaqinda kutgan balolarning zilzila surati bilan kelishini.. aytgandi.

Undan keyin bizni Denizliga yubordilar. Kastamonu, Istanbul, Anqara doxil boʻlib oʻn viloyatdan adliyalarga jalb qilingan yuzdan ortiq Risola-i Nur talabalarining bir qismi qoldirilgan, yetmish kishidan iborat boʻlgan boshqa qismi ham Denizlida "Madrasa-i Yusufiya" nomini olgan qamoqda edi. Bizning barcha murojaatlarimizga quruq javob berilmoqda, sevgili Ustozimiz yanada koʻp tazyiq va mashaqqat ichida yashattirilmoqda, sassiq, zah, zulmatli, havosiz bir yerda butun-butun gapirishdan va aloqadan man qilinish surati bilan yakka qamoqda azob chektirilmoqda.

Mana bu vaqtlarda Denizli zindonining bu dahshatli iztiroblarini oʻtkazayotgan edik. Allohdan boshqa hech bir suyanchiqlari boʻlmagan bu bechoralarning bir qismi Kastamonudan, boshqa bir qismi Ineboludan, boshqa bir qismi ham Istanbuldan hanuz kelmagan edilar. Shu vatanning har burchagida haq va haqiqat uchun qattiq harakat qilgan va sof qalblari bilan najotlari uchun Rabbi Rahimlariga iltijo qilgan juda koʻp ma'sumlarning osmonlarni teshib oʻtgan va Arsh-ur Rahmonga tayangan ohlari behuda ketmadi. Allohu Zuljalol Hazratlari u muborak ustozimizning Ispartada aytgani kabi, ma'sumlarni Jannatga etgan, zolimlarni Jahannamga yumalatgan dahshatli bir boshqa zilzilani yubordi. Qarshisida Risola-in Nur mudofaa vaziyatida boʻlmasligidan koʻp uylar xarob boʻldi, koʻp insonlar qoldiqlar ostida ezildi, koʻplari koʻcha oʻrtalarida qoldi. Hanuz mamlakatlarining qamoqxonalarida boʻlgan qardoshlarimizdan Kastamonudan Mahmud Fayzi va Sodiq va Amin va Hilmi va Ineboludan Ahmad Nazif, Denizli Qamoqxonasiga yuborilganlarida shu ma'lumotni berdilar:

— 213 —

"Zilzila aynan kechqurun soat sakkizda boshlandi. Barcha birodarlar "La ilaha Illalloh" zikrida davom qilayotgan edik. Zilzila barcha shiddati bilan davom qilmoqda edi. Oʻsha vaqtda xotirimizga keldi: Risola-in Nurni ishq bilan va bir saiq bilan uch-besh dafa shafoatchi qilib Janobi Haqdan xalos istadik. Alhamdulilloh, darhol sokin boʻldi.

Kastamonuda esa, oʻsha kecha qal'adan uzilgan juda katta bir tosh pastga dumalab bir uyni ezgan, bir qancha uylarda yoriqlar, chiqiqliklar boʻlgan, bir necha uy choʻkkan, hukumat binosi yorilgan, yana bu kabi zararlar va yoʻqotishlar boʻlgan. Faqat zilzila har kun boʻlish surati bilan bir muddat davom qilgan. Tosyada bir ming besh yuz uy xarob boʻlgan, oʻlik va yarali miqdori juda koʻp ekan. Kargi va Usmonjik tamoman, Ladik va boshqa joylarda yoʻqotish koʻp miqdorda ekan. Ineboluda bir minoraning teppasi egilgan, mayda-chuyda yoriqlar boʻlgan, zarar va yoʻqotishlar boʻlmagan."

Ahmad Nazif, Amin, Sodiq, Mahmud Fayzi

Uchinchi boʻlgan bu zilziladan soʻng, yana Risola-in Nurga va talabalariga va muallifiga hujum qilgan ahli gʻarazning soʻziga quloq solgan adliya, ayni tarzda bizni ezishda davom qilayotgan edi. Zindiqo tarafdorlari, muborak Ustozimizning xabarlari boʻlgan va Risola-i Nurning buyuk karomatlaًَپan boʻlib zilzilalar qoʻli bilan kelgan balolarga ahamiyat berishni istamas edilar. Risola-in Nurning Ilohiy va Qur'oniy haqiqatlariga qarshi dushmanlik qilgan bu guruhning boshiga toʻrtinchi ta'zir yana keldi.

Gʻarib tomoni shuki, biz fevralning uchinchi kuni mahkamaga chaqirilgan edik. Iztirob va alamlari ichida yuraklarimizni yigʻlatgan kasalmand holi bilan oʻzidan soʻralgan savollarga javob berish uchun oltmish besh qadar talabasining qarshisida oyoqqa turgan muborak Ustozimizning javoblari orasida "Oʻsha zindiqlarning dunyolari boshlarini yesin va yeydi!" kalimalari takror-takror hakamlar hay'atining yuzlariga qarshi ogʻzidan toʻkilar edi. Bir necha dafa mahkamaga ketib kelgandan soʻngra, 7 Fevral 1944 tarixli Istanbulda nashr qilingan "Hamshahri" nomli bir gazeta qoʻlimga oʻtdi. Gazeta oʻqishga va radio tinglashga havaskor boʻlmasligim bilan barobar, "yigirmanchi asrning madaniylarimiz!." deb bugungi taraqqiyoti bashariyani oʻzlaridan bilgan, Allohni unutgan, oxiratga ishonmagan insonlarning boshlariga Janobi Haqning, matorli vositalar qoʻli bilan qanday otashlar yogʻdirganini, u inkorchilarning kechagi Jannat hayotlarining bugungi Jahannamiy holatlar ichida qanday oʻtayotganini bilish va Risola-in Nurning barakasi bilan Anadoluni bu dahshatli otash yomgʻiridan qanday muhofaza qilayotganini koʻrish va shukr qilish holatidan kelgan bir qiziqish bilan ba'zan bu kabi hodisalarni soʻrar edim va tinglar edim.

— 214 —

Xullas bu gazetaning ham urush boʻgʻishmalariga oid rasmlariga qarar edim. Nazarimga urilgan ulkan yozuv bilan yozilgan bir ustunda, Anadoluning yigirma bir viloyatini tebratgan va fevralning birinchi kunining kechasida ertalabga yaqin hamma uyquda ekan sodir boʻlgan va juda koʻp yoʻqotishlarga mol boʻlgan dahshatli bir zilzilani xabar berar edi. Darhol, fevralning uchinchisida mahkamada sevgili ustozimizning hakamlar hay'atiga "zindiqlarning dunyolari boshlarini yesin va yeydi" deb takror-takror aytgan soʻzlarni xotirladim. "Eyvoh!" dedim, "Risola-i Nur isloh qiladi, buzmaydi, barpo etadi, xarob etmaydi; mas'ud etadi, parishon etmaydi" deb aytarkan, "Aksi bilan bizni va Risola-in Nurni ayblamoq, Xoliqqa yoqmaydi." dedim.

Xullas, markazi Gerede, Bolu va Duzja boʻlgan bu qonli zilzila Risola-in Nurning toʻrtinchi bir karomati edi. Bu gazeta shu ma'lumotni beradi: Anqara, Bolu, Zonguldak, Chankiri va Izmit viloyatlarida koʻp yoʻqotishlar bor ekan. Gerededa ikki ming uy yiqilgan, yiqilmagan uylar ham oʻtirib boʻlmaydigan darajada xarob boʻlgan, mingdan ortiq oʻlik bor ekan, qoldiq ostidan doimiy ravishda oʻlik chiqarilayotgan ekan. Duzjada zarar koʻp ekan, oʻlik va yaralilarning miqdori ma'lum emas ekan. Anqarada bir yuz uch oʻlik va shuncha ham yarali bor ekan. Mingga yaqin uy yiqilgan. Debbagʻxonada ikki uy choʻkkan, ba'zi qishloqlarda larzadan soʻng yongʻinlar boʻlgan. Ilk larza juda kuchli boʻlgan, larzadan keyin yer ostidan bir toʻda shovqinlar kelgan. Boludan va boshqa yerlarning qishloqlaridan bir hafta oʻtgani holda, hanuz ma'lumot olib boʻlmayotgan ekan. Boshqa bir yerda ikki yuz uy yiqilgan, oʻn bir oʻlik bor ekan. Bolu bilan telegraf va telefon liniyalari kesilgan, zilzila mintaqasida shiddatli bir qor toʻfoni hukm surayotgan ekan. Izmitda zilzila boʻlayotganda chaqmoqlar chaqqan, shahar bir necha soniya oydinlik ichida qolgan. Bir qancha yerlarda xalq qip-yalangʻoch koʻchalarga otilgan. Dunyoning barcha rasadxonalari bu buyuk Anadolu zilzilasini qayd etgan. Bir Ingliz rasadxonasi larzaning juda ham xarob qiluvchi boʻlganini bildirgan. Sinopda ayni kuni juda qoʻrqinchli bir toʻfon boʻlgan, momoqaldiroqlar va chaqmoqlar bilan borgancha shiddatini orttirgan.

— 215 —

Keyinroq boshqa bir gazetada tamomlovchi va hayrat beruvchi shu ma'lumotlarni koʻrdim: Zilziladan avval mushuklar, itlar uchtadan-beshtadan boʻlib toʻplanganlar, oʻylovli, mahzun kabi hayron-hayron bir-biriga qarab bir muddat barobar oʻtirganlar, soʻngra tarqalganlar. Na zilzila boʻlayotganda va na boʻlishdan avval va boʻlgandan soʻng ham bu hayvonlardan hech biri koʻrinmagan, tumanlardan uzoqlashib qirlarga ketganlar. Bir gʻaribi ham shuki: Bu hayvonlar isyonimizdan hosil boʻlib boshimizga keladigan falokatlarni lisoni hollari bilan xabar berganlarini yozmoqdalar-u, biz anglamayapmiz deb taajjub etmoqdalar.

Xullas, Ustozimiz Badiuzzamon uzun yillardan beri: "Zindiqlar Risola-in Nurga tegilmasinlar va shogirlariga hujum qilmasinlar. Agar tegilsalar va hujum qilsalar, yaqindan kutgan falokatlar ularni yuz dafa pushaymon qiladi!" deb Risola-in Nur bilan xabar bergan yuzlab hodisalar ichida mana zilzila qoʻli bilan toʻgʻriligini imzolab kelgan toʻrt haqiqatli falokat yana.

Janobi Haq bizga va Risola-in Nurga hujum qilganlarning qalblariga iymon va boshlariga haqiqatni koʻradigan aql ehson etsin, bizni bu zindonlardan, ularni ham bu falokatlardan qutqarsin, omin!

Bandi
Xusrav
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Hozirga qadar yashirin munofiqlar Risola-i Nurga qonun bilan, adliya bilan va osoyish va idora nuqtasidan hukumatning ba'zi arboblarini aldab tajovuz qilar edilar. Biz musbat harakat qilganimiz uchun, majburiyat boʻlgan payt mudofaa vaziyatida edik. Hozir rejalari natijasiz qoldi. Aksincha tajovuzlari Risola-i Nurning doirasini kengaytirdi. Bu dafa yangi harflar bilan "Asoyi Muso"ni chop qilish niyatimiz, ixtiyorimiz boʻlmagani holda, tajovuz vaziyati Risola-i Nurga berilmoqda kabidir. Bu hodisaning ahamiyatli bir hikmati shu boʻlishi kerak:

— 216 —

Risola-i Nur bu muborak vatanning ma'naviy bir xaloskori boʻlish jihati bilan hozir ikki dahshatli ma'naviy baloni daf qilish uchun matbuot olami bilan koʻrinishni boshlash, dars berish zamoni keldi yoki keladi kabidir deb oʻylayman.

Oʻsha dahshatli balodan birisi: Xristiyan dinini magʻlub qilgan va anarxistlikni yetishtirgan shimolda chiqqan dahshatli dinsizlik jarayoni bu vatanni ma'naviy istilosiga qarshi Risola-in Nur, saddi Zulqarnayn kabi bir saddi Qur'oniy vazifasini bajara oladi va olami Islomning bu muborak vatanning aholisiga qarshi juda shiddatli e'tiroz va ayblovlarini ketkazish uchun matbuot lisoni bilan gapirish lozim kelgan deb qalbimga eslatildi.

Men dunyoning holini bilmayman. Faqat Ovrupada istilokorona hukm etgan va samoviy dinlarga tayanmagan dahshatli jarayonning istilosiga qarshi Risola-i Nur haqiqatlari bir qal'a boʻlgani kabi, olami Islomning va Osiyo qit'asining hozirgi vaziyatdagi e'tiroz va ayblovini ketkazish va avvalgi muhabbat va uxuvvatini qaytarishga vasila boʻlgan bir moʻ'jiza-i Qur'oniyadir. Bu mamlakatning vatanparvar siyosatchilari tez aqlini boshiga olib Risola-i Nurni chop qilib rasman nashr qilishlari lozimdirki, bu ikki baloga qarshi qalqon boʻlsin. Ajabo, bu yigirma yil mobaynida iymoni tahqiqiyni juda kuchli bir suratda bu vatanda nashr etgan Risola-i Nur boʻlmasaydi, bu dahshatli asrda ajib inqilob va portlashlarda bu muborak vatan Qur'onini, iymonini dahshatli musibatlardan toʻliq muhofaza qila olarmidi? Hima boʻlganda ham... Risola-i Nurga ortiq vatanga, idoraga zarari tegilish bahonasi bilan tajovuz qilinmaydi, ortiq hech kimni oʻsha bahona bilan ishontirolmaydilar. Faqat rejani almashtirib, din pardasi ostida ba'zi sodda domlalarni yoki bid'at tarafdori yoki anoniyatli soʻfi mashrablilarni ba'zi ayyorliklar bilan Risola-i Nurga qarshi ikki yil avval Istanbulda va Denizli atrofida boʻlgani kabi iste'mol qilish va Risola-i Nurga va shogirdlariga boshqa bir jabhada tajovuz qilishga munofiqlar tirishmoqdalar. Inshaalloh muvaffaq boʻlolmaydilar. Risola-i Nur shogirdlari toʻliq ehtiyot bilan barobar, bir hujum boʻlgan vaqtda tortishmasinlar, ahamiyat bermasinlar. Aldangan ahli ilm va iymon boʻlsa, doʻst boʻlsinlar, "Biz sizga qarshi chiqmayapmiz. Siz ham bizga qarshi chiqmanglar... Biz ahli iymon bilan qardoshmiz." deb bostirsinlar.

Ikkinchidan: Muboraklarning pahlavoni ham Abdurahmon, ham Lutfi, ham Katta Hofiz Ali ma'nolarini tashigan buyuk ruhli Kichik Ali qardoshimiz bir savol soʻramoqda. Holbuki u savolning javobi Risola-i Nurda yuz yerda bor."Risola-i Nurning iymon ruknlari haqida bu daraja koʻp ustida toʻxtashlarining sababi nima? Bir omi moʻminning iymoni buyuk bir valining iymoni kabidir, deb eski domlalar bizga dars berganlar?" demoqda.

— 217 —

Javob: Boshda "Oyat-ul Kubro" iymon martabalari bahslarida va oxirga yaqin mujaddidi alfi soniy Imom Rabboniy bayoni va hukmi-ki: Barcha tariqatlarning muntahosi va eng buyuk maqsadlari, iymon haqiqatlarining inkishofidir. Va bir masala-i iymoniyaning qat'iyat bilan ochilishi, ming karomatlardan va kashfiyotlardan yanada yaxshidir." va Oyat-ul Kubroning eng oxirdagi va "Lohiqa"dan olingan u maktubning parchasi va tamomining bayonoti javob boʻlgani kabi, "Meva Risolasi"ning Qur'ondagi takrorlar haqida Oʻninchi Masalasi, tavhid va iymon ruknlari haqida takrorli va koʻp sonli Qur'onning urgʻu berishlarining hikmati, aynan tamomila uning haqiqiy tafsiri boʻlgan Risola-i Nurda jarayon etishi ham javobdir.

Ham iymonning tahqiqiy va taqlidiy va ijmoliy va tafsiliy va iymonning barcha hujumlarga va vasvasa va shubhalarga qarshi tayanib tebranmasligini bayon qilgan Risola-i Nur parchalarining izohlari, buyuk ruhli Kichik Alining maktubiga shunday bir javobdirki, bizga hech bir ehtiyoj qoldirmaydi.

Ikkinchi Jihat: Iymon faqat qisqacha va taqlidiy bir tasdiqqa xos emas. Bir urugʻdan to ulkan xurmo daraxtiga qadar va qoʻldaki oynada koʻringan misoliy quyoshdan to dengiz yuzidagi aksiga, to quyoshga qadar martabalari va inkishoflari boʻlgani kabi, iymonning shu daraja koʻp haqiqatlari borki, ming bir Asmo-i Ilohiya va boshqa arkoni iymoniyaning koinot haqiqatlari bilan aloqador koʻp haqiqatlari borki, "Barcha ilmlarning va ma'rifatlarning va kamoloti insoniyaning eng buyugi iymondir va iymoni tahqiqiydan kelgan tafsilli va burhonli ma'rifati muqaddasadir." deb ahli haqiqat ittifoq qilganlar.

Ha, iymoni taqlidiy tez shubhalarga magʻlub boʻladi. Undan juda quvvatli va juda keng boʻlgan iymoni tahqiqiyda juda koʻp martabalar bor. U martabalardan ilmalyaqiyn martabasi koʻp burhonlarining quvvatlari bilan minglab shubhalarga qarshi tayanadi. Holbuki taqlidiy iymon bir shubhaga qarshi ba'zan magʻlub boʻladi.

— 218 —

Ham iymoni tahqiqiyning bir martabasi ham aynalyaqiyn darajasidirki, juda koʻp martabalari bor, balki asmo-i Ilohiya adadicha koʻrinish darajalari bor, butun koinotni bir Qur'on kabi oʻqiy oladigan darajasiga keladi.

Ham bir martabasi ham haqqalyaqiyndir. Uning ham koʻp martabalari bor. Bunday iymonli zotlarga shubhalar qoʻshinlari hujum ham qilsa, hech narsa qila olmaydilar. Va ulamo-i ilmi kalomning minglab jild kitoblari, aqlga va mantiqqa tayanib ta'lif qilinib, faqat oʻsha ma'rifati iymoniyaning burhonli va aqliy bir yoʻlini koʻrsatganlar. Va ahli haqiqatning yuzlab kitoblari kashfga, zavqqa tayanib u ma'rifati iymoniyani yana boshqa bir jihatda izhor qilganlar. Faqat Qur'onning moʻ'jizakor jadda-i kubrosi, koʻrsatgan haqoiqi iymoniya va ma'rifati qudsiya oʻsha ulamo va avliyodan juda ham ustun bir quvvat va yuksaklikdadir. Xullas, Risola-i Nur bu jome' va kulliy va yuksak ma'rifat yoʻlini tafsir qilib, ming yildan beri Qur'onga qarshi va Islomiyat va insoniyat zarariga va adam olamlari hisobiga buzgʻunchi kulliy jarayonlarga qarshi Qur'on va iymon nomiga qarshilik qilmoqda, mudofaa qilmoqda. Albatta hadsiz ustida toʻxtashlarga ehtiyoji borki, u hadsiz dushmanlarga qarshi tayanib ahli iymonning iymonini muhofazasiga Qur'on nuri bilan vasila boʻlsin. Hadisi Sharifda borki: Bir odam sen bilan iymonga kelishi, senga sahro toʻla qizil qoʻylardan yanada xayrlidir. Ba'zan bir soat tafakkur bir yil ibodatdan yanada xayrli boʻladi. Hatto Naqshiylarning yashirin zikrga bergan katta ahamiyati, bu navi tafakkurga yetishish uchundir. Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 219 —

[Risola-i Nurning xos shogirdlaridan va ahamiyatli eski muallimlardan va iymoni quvvatli boʻlgan buyuk muallimlarni tamsil etgan Hasan Fayzining Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiydan olgan ilhom bilan Risola-i Nur haqida va u nurning manbai va asosi boʻlgan Nuri Muhammadiy (A.S.V.) va haqiqati Qur'on va sirri iymon ta'rifida bu qasidani yozgan:]

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
يُرِيدُونَ لِيُطْفِوءُا نُورَ اللَّهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

Ahmad yaratilgan u buyuk Nuri Ahaddan

Har zarrada nurdir, u azaldan ham abaddan.

Bir nur-ki udir ham ulugʻ, ham soʻngsiz

Ul Faxri jahon Hazrati Mahbubi Ilohiy.

Porlatdi jahonni bu goʻzal Nuri Muhammad (A.S.V.)

Xalq boʻlmasa, boʻlmas edi bir zarra va bir fard.

Ul nuri uning, har yerni, har zarrani oʻragan

Boshdan oyoq har dam bu qalin zulmatni yorgan.

Bir nurki, udir sodda va ham tebranmas

Toza va pok jumladan ustun va mukammal.

Bir nurki, barcha zarrada u namoyon,

Bir nurki, berar qalblarga ham ishq bilan iymon.

Bir nurki, agar boʻlmasa ul nur ayniqsa bir on

Boshdan oyoq zulmatda qolar hamda bu akvon.

Bir nurki, emas unday muhat, ham yana mahsur..

Bir nurki, etar qalbni ham purnur, chashmni ham purnur.

— 220 —

Bir lam'adir undan, shu buyuk shams va qamarlar.

Faqat mana u nurdan bu ajoyib ulkan olam,

Xalq boʻldi u nurdan yana Jannat ila Jahannam.

Shak yoʻqki u nurdir oʻqilgan Hazrati Qur'on...

Ul nuri azal ham sababi xilqati inson..

Har narsaga udir mabda' va asl va asos ham,

Undan koʻrinar navi bashar bunday mukarram.

Bir zarra emas, bahri muhit u bahri munirdan,

Ham qanday bashar hech qoladi hammasi ham birdan.

Shak yoʻqki jahon, qatra-i nuridan u nurning,

Shak yoʻqki bu jon, zarra-i nuridan u nurning.

Soʻnsin deb puflansa, u daryo kabi qaynar,

Soʻndirishga ham kimda ajab zarra majol bor.

Soʻndirishga uringandi asrlar toʻla kuffor

Qahr ayladi hammasini ul Hazrati Qahhor.

Faqat soʻngan asrlar, yonmoqda soʻnmasdan ul

Tarixdan soʻrang, kimdir u nur, ham kim ekan manfur.

Peshanasida yongan Nuri Muhammad edi Halilning

Yetmasdi kuchi, qarashga har chashmi alilning.

Koʻrsaydi Rasulning u goʻzal nurini, Namrud

Yoqmasdi u dam, norini ul kofiri matrud.

Bir chivin oʻldiradi u shohi jahonni, (!)

Otgandi Halilni otashga, chunki u joniy.

Bir parda ochib aytdi Haq yashirin kalomdan,

Ul otashga bahs ayladi ham bardu salomdan.

— 221 —

"Doʻstim va Rasulim ulugʻ Ibrohimni ey nor.

Ot odatingni, yoqma bugun, sen uni zinhor!"

Bir yashirin xitob keldi-da ul dam yana Haqdan

Bir abdi mukarram ham qutuldi pichoqdan

Ul nurdan uchun Yunusni hifz ayladi ul hut,

Ul nur ila qahr ayladi ham qavmini ul Lut.

Ul husni jamol ayladi olamlarni hayron

Qayerdan uni topgan, ajabo Yusufi Kan'on.

Hikmat nima, ul dardlarga sabr ayladi Ayyub,

Ham sirri nedir, Yusuf uchun yigʻladi Yoqub.

Oʻlganda tirilganda nimaga his qilmadi bir his,

Ul mashhur nabi, shonli shahid Hazrati Jarjis.

Hasrat ila nega yigʻladilar Odam va Havvo

Kimdan edi bu yillarcha surgan juda ulkan da'vo.

Ham oh, nega tark etilib Ravza-i Jannat,

Bir qolinadigan yer boʻldi nega olami mihnat.

Nur shahri boʻlgan Turda u dam Hazrati Muso

Asrori kalom faqat yechilib topdi tajallo.

Bir parcha Zaburdan oʻqisa Hazrati Dovud,

Boshlardi hamon xuddi buyuk mahshari mav'ud.

Bilmam-ki nega, shamol va suvlar faqat uni tinglar,

Bilmam-ki nega, faqat eshitgan oh! deya ingrar.

Maxluqni butun oʻziga itoat ettirdi Sulaymon,

Qayerdan edi bu quvvat, unga kimdan edi bu farmon.

Shamollar ila uchgan shonli buyuk taxti muqaddas

Asrori azaldan u ham eshitgan yana bir ovoz.

— 222 —

Ul qaysi ajib sirki, chiqar koʻklarga Iso,

Kimdir tortilgan chormixga, kimdir yana Yuda.

Nur derdi uchun taxtini tark ayladi Adham,

Bir boshqasining taxti boʻlar dardiga malham.

Koʻp shaxsi vali, nur ila ham etdi qanoat,

Koʻp shaxsi deni, nur ila ham topdi karomat.

Har hammasi ham parvonasi, oshigʻi nurning,

Har hammasi muammo, kuchi yetmas bu shuurning.

Yorildi qamar, Faxri bashar, ul ulugʻ Sarvar,

Har yerda va har onda uning nuri muzaffar.

Qur'on edi soʻzi, nur edi yoʻli, ummati baxtli,

Ummat boʻlganning qalbi butun nur ila toʻldi.

Chekmasdi gʻam, ul soʻzi gavhar, asli kavsar,

Ul sura-i Kavsar dedi a'dasiga "abtar!"

Ul Shamsi Azaldan qochgan ul quruq boshlar

Gʻayya-i Jahannamda butun yoqqan otashlar.

Tugagandi nafas, chiqmadi ovoz bezor boʻldi ham harkas

Ul nurga borib bosh egib faqat dedilar pas!

Idroki boʻlgan qofila ayrildi Qurayshdan..

Fayz olish uchun, chiqqan shonli quyoshdan.

Ul kavsari Ahmaddan ichib har biri tos-tos,

Boʻlgandi u kun xuddi porloq bittadan olmos.

Ul boshlarga toj, dardga darmon, murshidi olam,

Aylardi nazar bularga nuri bilan zamon-zamon..

Bular edi u dushmanni boʻgʻgan bir guruh arslon,

Haq yoʻlida, nur yoʻlida boʻlgan koʻpi qurbon.

— 223 —

Bulardan u kun ahli nifoq barcha qochardi,

Mushrik esa, ul aqli uning qolmas uchardi.

Bulardi ul Paygʻambarning asxobi va oli...

Dunyoda va uqboda ham ham shonlari oliy.

Tavsif etadi bularni faqat shu tariqa Qur'on:

Sulh vaqti qoʻy, urushda boʻkirgan bittadan arslon!

Doim yuzlari pok, soʻzlari haq, yoʻllari haq edi,

Ulovlari shamollar kabi Duldul edi, Buroq edi.

Bir jazba-i "Yo Hay!" ila sellar kabi oqdi,

Dushmanga borib har biri chaqmoq kabi chaqdi.

Bular edi u kun halqa-i tavhidni qurganlar,

Bular edi u kun boltalab kufrni sindirganlar.

Bular edi muborak ulugʻ jamiyati shoʻro,

Bular edi u nurdan tizilgan halqa-i kubro.

Bular edi olgan Suriya, Iroq, oʻlka-i Kisro,

Bular ila ziyodor u qorongʻu ulkan sahro.

Bular edi bergan xasta, dardman koʻzlarga bir yorugʻlik,

Bular edi u tarixga oʻtgan shonli qahramon.

Har hammasi ham bir zarra-i nuri u Habibning,

Har on koʻrinar koʻzlarga undan qancha yuz ming.

Nur ostiga kirgan boʻlgan turli jamoat,

Ham topdi baqo, hamda butun koʻrdi adolat.

Darhol ochilib koʻk yuzi ham porladi ul nurdan kelgan Risola-in Nur

Xalloqi Rahim ayladi maxluqini masrur.

— 224 —

Zulmat tarqalib boshladi bir yap-yangi kunduz,

Bir sevinch his qilib jim boʻldi biroz yigʻlagan u koʻz.

Bir dam ham tushmaskan uning ohi tilidan,

Xalos boʻldi, afsus dardli bashar dardning qoʻlidan.

Ul yangi quyosh, oʻlkaga sochgancha shu'lalar,

Faqat shod boʻladi, shavq topadi qalbi siniqlar.

Har qalbga surur, har koʻzga nur toʻldi bugundan,

Bir xushxabar berar xuddi u bir shonli toʻydan,

Arz aylaylik ul ulugʻ Allohga shukrlar,

Koʻtarilar bu qahr, jahl-u zalol, shirk va kufrlar.

Ul nuri xudo soldi ziyo, qalbga safo ham,

Koʻrsatdi baqo, koʻchdi fano, topdi vafo ham.

Chiqqandi shaqiy, keldi naqiy koʻrdi adovat,

Aylardi inkor, boʻldi pinhon nuri hidoyat.

Joʻsh urdi Risola-i Nur, ufuqdan nuri Risolat

Ul nuri Risolat beradi aminlik-u adolat.

Allohga shukur, ketmoqda barcha qorongʻulik,

Allohga shukur, toʻlmoqda faqat qalbga yengillik.

Allohga shukur, mana bugun parda ochildi,

Olamlarga ortiq yana bir sevinch sochildi.

Ortiq bu soʻniq jonlarga jon ufladi jonon,

Ortiq bu koʻngil dardiga ul ayladi darmon.

Bir fasli bahor boshladi yurtlarda bugundan,

Bir suhbati gul boshladi tillarda bugundan.

Mendan menga men ketish uchun Risola-i Nur deya chopdim,

Nur dardiga tushdim-da dengizlar kabi joʻshdim.

— 225 —

Bir zarracha boʻlsin topaygin der-da qidirarkan

Tushdim yana daryo kabi bir nurga bugun men.

Berdim unga men koʻnglimni boshdan oyoq ortiq.

Ma'shuqim udir hozir mening, men unga oshiq.

Ul nuri azal ham qoraygan qalblarga loyiq.

Ul nurdan olar fayzini ham jumla xaloyiq.

Qahr ayladi ul zulmatni Risola-i Nurga oqqanlar,

Nur qahriga yoʻliqar, unga dushmanona boqqanlar.

Kufrning butun jamoasi hujum etsa ham ey nur!

Etmas seni uzoq, oʻzi boʻlar balki da maqhur.

Sensan yana hozir, yana sensan bizga nozir

Ey nuri Rahim, ey abadiy bir jilva-i Qudrati Fotir!

Bir nash'a his qildirding iymon ila sirri azaldan

Bir xushxabar keltirding bizga ul mashhur goʻzaldan.

Modomiki ichirding bizga ul obi hayotdan

Bir zarra qadar qolmadi xavf hozir mamotdan.

Hasrat yashadik nuringga yillarcha butun biz

Ma'sum va xasta, turli balo chekdi sababsiz.

Yillarcha oqqan, qon toʻla koʻz yoshlari tinsin,

Zolim yerga botsin, u zulm bir yerga singsin.

Yillarcha, asrlarcha bu nuring yana yonsin,

Kimsasiz va yetim, tul va xasta hammasi ham qonsin.

Ey nur guli, nur chehrangni oʻpsam dudogʻingdan,

Qalb bogʻchasining qalbiga eksam butogʻingdan.

Har dam hidlab ham u goʻzal royihasidan

Chiqsam yana men olami foniy gʻamidan

— 226 —

Nur gullarini ochsin, yana mushklar kabi tutsin,

Siynamda bu jon bulbuli tavhid bilan kuylasin.

Sensan bizga bir sevinch bergan ul guli xolis

Sensan bizga ham jumladan a'lo, yana muxlis

Ey Nur-i Risolatdan kelgan bir burhoni Qur'on!

Ey sirri Furqondan chiqqan hujjati iymon!

Sending bizga matlub yana sending bizga mav'ud

Soyangda bugun harkas boʻlar zinda va mas'ud.

Har on seni kutar va eslardi bu dunyo

Haq oʻzini koʻrsatdi bugun bitdi u roʻyo.

Ming uch yuz yildir tuproqqa aylangan qancha milliard

Moʻmin va muvahhid seni kutardi faqat ey yor!

Har hammasi ham sen tarafdan aytardi kalomni

Har hammasi ham har on senga aylardi salomni.

Nur chehrangni ochsang otib pardani yuzdan

Soʻylar menga ruhim yana مَا ازْدَدْتُ يَقِينًا

Valloh, azaldan buni men ayladim yod:

Risola-in Nurdir valloh u soʻng mujaddidi akbar.

Yuzlarcha hujjat, ham qancha yuzlarcha ishorat,

Aylar bu muqaddas ulkan da'voga shahodat..

Eng boshda kelgan shohidi adl Hazrati Qur'on

Koʻrsatgan yaqqol tarzda oʻttiz uch yerda u burhon.

يَا مُدْرِكًا ning qalbiga koʻmgan Asadulloh

Koʻp sirki, bilganlar boʻladi faqat senga ogoh

— 227 —

كُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ degan ul piri muazzam

Minglarcha vali ham yana qilgan bunga ming zam.

Moʻ'jizdir u soʻz, haqdir u magʻz koʻrmadi har koʻz,

Ortiq bu muammolarni kel sen bizga bir choʻz.

Oltinchi Soʻzing nomli barcha fe'l va sifatni,

Berdim ham poklandim unga ham zot va hayotni.

Qashshoq va faqir kutayotgandim hozir eshigingda

Tavhidga erishtir meni, kel boringni ber-da.

Men men deya yozgan boʻlsam ham sensan yana ul men,

Hechdan ne chiqar, ham menga menlik yana sendan.

Afv et meni ey afvi buyuk lutfi buyuk Risola-in Nur!

Bir dam ham ham aylama sendan meni yo Robbana mahjur!

Nur haqqi, Haq haqqi doʻst haqqi ey nur!

Nuring ila va sirring ila bugun qil bizni masrur.

Ey Nuri Azaldan kelgan Nuri Muhammad (A.S.V.)

Ey sirri iymondan kelgan nuri muabbad!

Minglarcha yetimning eshitilgan ohini bir kes

Tebratar u buyuk arshni ham Valloh bu chiqqan ovoz.

Valloh jamilsan yetar ortiq bu jaloling!

Koʻrsat bizga ey Nuri Muhammad, bir kara jamolingni!

Dargohingni och, et bizga ehson yana ey nuri Risolat!

Biz dardli qulmiz, qil bizga darmon, yana ey nuri haqiqat!

Ammora boʻlgan nafsimizning amriga ergashdik.

Ber bizlarga sen nur ila iyqon yana ey Nuri Qur'on!

Hirs otashi soʻnsin-da koʻngil gulshanga aylansin,

Soch nuringni ham fayzingni har on, yana ey nuri iymon!

Sen nuri Badi', Nuri Rahimsan bizga lutf et,

Faqat istagimiz ishq ila iymon ey Nuri Ilohiy

— 228 —

Dining chekinib, dev kabi tashlanmoqda vahshat,

Rahmat bizni, gʻarq etishga toʻfon, yana ey Nuri Rahmoniy!

Purnurga boʻyansin butun ofoqi jahoning

Har yerda oʻqilsin da bu Qur'on, yana ey Nuri Subhoniy!

Mahbubingga ergashdik, hammamiz ummati boʻldik,

Yigʻlatma yetar, qil bizni xandon, yana Ey Nuri Rabboniy!

Ul Ravza-i Poki Ahmadiy (A.S.V.) koʻrsat bizga bir dam,

Ortiq boʻlaylik faqat unga qurbon, yana Ey Nuri Samadoniy!

Islomga zafar ber, bizni qutqar, bizni kuldir,

Dushmanimizni et haq ila yakson yana ey Nuri Furqoniy!

Har diyori Islom ila, boʻlsin bu yashil yurt,

To hashrga qadar jannati jonon yana ey Nuri iymoniy!

Ul Faxri Jahon, oli aba haqqi uchun ham yo Rab!

Hifz et bizni ofot va balodan ey Nur-al Anvor, bihaqqi ismikan Nur!

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ
وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِه

Muborak Ustozim Afandim!

U buyuk va goʻzal xos nurining bu faqir va bechora talabangizga bu vodiyda va bu shaklda boʻlgan ehson va ikromlarini aynan huzuri irfoningizga taqdim qilaman va bu vasila bilan muborak qoʻllaringizni va domoni pokingizni yana bir bor oʻpish sharafi bilan musharraf boʻlaman, qabul qilinishini Hazratinizdan iltimos qilaman afandim.

Ojiz va Bechora Talabangiz Hasan Fayzi
رَحِمَهُ اللَّهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ رَسَائِلِ الْمَكْتُوبَةِ وَ الْمَقْرُوئَةِ اَمِينَ
***
— 229 —
Yigirma Sakkizinchi Maktubdan Yettinchi Masala
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
قُلْ بِفَضْلِ اللَّهِ وَبِرَحْمَتِهِ فَبِذَلِكَ فَلْيَفْرَحُوا هُوَ خَيْرٌ مِمَّا يَجْمَعُونَ

Shu masala "Yetti Ishora"dir.

Avvalo tahdisi ne'mat suratida bir nechta sirri inoyatni izhor etgan "Yetti Sabab"ni bayon qilamiz:

Birinchi Sabab: Birinchi Jahon Urushidan avval va boshlarida, bir sodiq tushda koʻrdimki: Ararat Togʻi deyilgan mashhur Agʻri Togʻining ostidaman. Birdan u togʻ mudhish tarzda portladi. Togʻlar kabi parchalarni dunyoning har tarafiga tarqatdi. Oʻsha dahshat ichida qarasam, marhum volidam yonimda. Dedim: "Ona, qoʻrqma! Janobi Haqning amridir; U Rahimdir va Hakimdir". Birdan u holatda ekan, qarasam muhim bir Zot menga amr qilib deyaptiki: "I'jozi Qur'onni bayon qil". Uygʻondim, angladimki: Bir katta portlash boʻladi. U portlash va inqilobdan soʻng Qur'on atrofidagi devorlar sinadi. Toʻgʻridan toʻgʻri Qur'on oʻzini oʻzi mudofaa qiladi. Va Qur'onga hujum qilinadi. I'jozi Uning poʻlat sovuti boʻladi. Va shu i'jozning bir navini shu zamonda izhoriga, haddimdan ortiq boʻlib, men kabi bir odam nomzod boʻladi. Va nomzod boʻlganimni angladim.

Modomiki I'jozi Qur'onni bir daraja bayon Soʻzlar bilan boʻldi. Albatta u i'jozning hisobiga oʻtgan va uning qatralari va barakalari navidan boʻlgan xizmatimizdagi inoyatlarni izhor qilish, i'jozga yordam va izhor qilish kerak.

— 230 —

Ikkinchi Sabab: Modomiki Qur'oni Hakim murshidimizdir, ustozimizdir, imomimizdir, har bir odobda rahbarimizdir; U oʻzini oʻzi madh etyapti. Biz ham Uning darsiga ergashib Uning tafsirini madh etamiz.

Ham modomiki yozilgan Soʻzlar uning bir navi tafsiridir va u risolalardagi haqiqatlar Qur'onning moli va haqiqatlaridir. Va modomiki Qur'oni Hakim aksar suralarda, xususan الٰرٓ larda, حٰمٓ larda oʻzini oʻzi kamoli hashmat bilan koʻrsatadi, kamolotini aytadi, loyiq boʻlgan madhni oʻziga oʻzi qiladi. Albatta, Soʻzlarda aks etgan Qur'oni Hakimning lamaati i'joziyasidan va u xizmatning maqbuliyatiga alomat boʻlgan inoyoti Rabboniyaning izhoriga mukallafmiz. Chunki u ustozimiz shunday qiladi va shunday dars beradi.

Uchinchi Sabab: Soʻzlar haqida kamtarinlik suratida demayman. Balki bir haqiqatni bayon qilish uchun aytamanki: Soʻzlardagi haqiqatlar va kamolot meniki emas, Qur'onnikidir va Qur'ondan sizib chiqqandir. Hatto Oʻninchi Soʻz yuzlab Qur'on oyatlaridan sizilgan ba'zi qatralardir. Boshqa risolalar ham hammasi shundaydir. Modomiki men shunday deb bilaman va modomiki men foniyman, ketaman. Albatta boqiy boʻladigan narsa va bir asar men bilan bogʻlanmasligi kerak va bogʻlanilmasligi kerak. Va modomiki ahli zalolat va tugʻyon ishlariga toʻgʻri kelmagan bir asarni, asar sohibini chiritish bilan asarni chiritish odatlaridir. Albatta Samo-i Qur'onning yulduzlari bilan bogʻlangan risolalar men kabi koʻp e'tirozlarga va tanqidlarga sabab boʻla olgan va mahv boʻla olgan chirik bir tirgak bilan bogʻlanmasligi kerak. Ham modomiki odamlar urfida bir asardagi ustun vasflar oʻsha asarning masdari va manbai deb oʻylaganlari muallifining xatti-harakatlarida qidiriladi va bu urfga koʻra u haqoiqi oliyani va u javohiri gʻoliyani oʻzim kabi bir qashshoqqa va ularning mingdan birini oʻzida koʻrsatolmagan shaxsimga mol etish, haqiqatga qarshi buyuk bir haqsizlik boʻlgani uchun, risolalar oʻz molim emas, Qur'onning moli boʻlib, Qur'onning ustun vasflarining qatralariga sazovor boʻlganlarini izhor qilishga majburman. Darhaqiqat, lazzatli uzum shingillarining xususiyatlari quruq choʻpchasida qidirilmaydi! Xullas, men ham shunday bir quruq choʻpcha hukmidaman.

— 231 —

Toʻrtinchi Sabab: Ba'zan kamtarinlik kufroni ne'matni keltirib chiqaradi, balki kufroni ne'mat boʻladi. Ba'zan esa tahdisi ne'mat, iftixor boʻladi. Ikkalasi ham zarardir. Buning chora-i yagonasi: Na kufroni ne'mat chiqsin, na iftixor boʻlsin. Ustun vasf va kamolotlarni e'tirof etib, faqat sohib chiqmasdan, Mun'imi Haqiqiyning asari in'omi oʻlaroq koʻrsatishdir. Masalan: Qandayki bezalgan va ziynatli bir koʻz qamashtiruvchi qimmat koʻylakni biri senga kiydirsa va u bilan juda goʻzallashsang, odamlar senga desaki: "Mashaalloh, juda ham goʻzalsan, juda ham goʻzallashding". Agar sen kamtarinlik qilib desangki: "Aslo!.. Men kimman, unday emas. Bu nima, qani goʻzallik?" U payt kufroni ne'mat boʻladi va koʻylakni senga kiydirgan mohir san'atkorga nisbatan hurmatsizlik boʻladi. Agar iftixor qilib desangki: "Ha, men juda goʻzalman, men kabi goʻzal qayerda bor, men kabi birini koʻrsatinglar..." U payt magʻrurona bir faxrdir.

Xullas, faxrdan, kufrondan qutulish uchun deyishi kerakki: "Ha, men goʻzallashdim, faqat goʻzallik libosnikidir va demakki libosni menga kiydirgannikidir, meniki emas."

Xuddi shuning kabi, men ham ovozim yetishsa, butun yer kurrasiga baqirib deymanki: Soʻzlar juda ham goʻzaldirlar, haqiqatdirlar, faqat meniki emaslar. Qur'oni Karimning haqiqatlaridan porlagan shu'lalardir.

وَ مَا مَدَحْتُ مُحَمَّدًا بِمَقَالَت۪ى ٭ وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَت۪ى بِمُحَمَّدٍ

dasturi bilan deymanki:

وَ مَا مَدَحْتُ الْقُرْاٰنَ بِكَلِمَات۪ى ٭ وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ كَلِمَات۪ى بِالْقُرْاٰنِ

ya'ni: "Qur'on i'jozinining haqiqatlarini men goʻzallashtirolmadim, goʻzal koʻrsata olmadim. Balki Qur'onning goʻzal haqiqatlari mening ta'birotlarimni ham goʻzallashtirdi, ulviylashtirdi". Modomiki shunday ekan, Qur'on haqiqatlarining goʻzalligi nomiga, Soʻzlar nomli oynalarining goʻzalliklarini va u oynadorlikka bogʻliq boʻlib oʻrtaga chiqqan inoyoti Ilohiyani izhor etish, maqbul bir tahdisi ne'matdir.

Beshinchi Sabab: Koʻp zamon avval bir ahli valoyatdan eshitdimki, u zot eski valilarning gʻaybiy ishoralaridan istixroj qilgan va qanoati kelganki: "Sharq tarafidan bir nur chiqadi, bid'atlar zulmatlarini tarqatadi". Men bunday bir nurning chiqishini koʻp kutdim va kutyapman. Faqat gullar bahorda keladi. Unday boʻlsa, oʻsha muqaddas gullarga zamin tayyorlash lozim boʻladi. Va angladikki, bu xizmatimiz bilan u nuroniy zotlarga zamin tayyorlayapmiz. Modomiki oʻzimizga oid emas, albatta Soʻzlar nomli nurlarga oid boʻlgan inoyoti Ilohiyani bayon qilishda faxr va gʻururga sabab boʻlolmaydi. Balki hamd va shukrga sabab va tahdisi ne'mat boʻladi.

— 232 —

Oltinchi Sabab: Soʻzlarning ta'lifi vositasi bilan Qur'oniy boʻlgan xizmatimizga oldindan bir mukofot va bir tashviq vositasi boʻlgan inoyoti Rabboniya, bir muvaffaqiyatdir. Muvaffaqiyat esa, izhor qilinadi. Muvaffaqiyatdan oʻtsa, boʻlsa-boʻlsa bir ikromi Ilohiy boʻladi. Ikromi ilohiy esa, izhori bir shukri ma'naviydir. Undan ham oʻtsa, boʻlsa-boʻlsa hech ixtiyorimiz qoʻshilmasdan bir karomati Qur'oniya boʻladi. Biz mazhar boʻlganmiz. Bu nav ixtiyorsiz va xabarsiz kelgan bir karomatning izhori zararsizdir. Agar oddiy karomatdan yuqori chiqsa, u vaqt boʻlsa-boʻlsa, Qur'onning i'jozi ma'naviysining shu'lalari boʻladi. Modomiki i'joz izhor qilinadi. Albatta i'jozga yordam berganning ham izhori i'joz hisobiga oʻtadi, hech faxr va gʻururga sabab boʻlolmaydi. Balki hamd va shukronga sababdir.

Yettinchi Sabab: Nav'-i insonning sakson foizi ahli tahqiq emaski, haqiqatga nufuz etsin va haqiqatni haqiqat tanib qabul qilsin. Balki suratga, husni zonga binoan, maqbul va ishonchli insonlardan eshitgan masalalarni taqlid qilib qabul qiladilar. Hatto quvvatli bir haqiqatni zaif bir odamning qoʻlida zaif koʻradi. Va qiymatsiz bir masalani qiymatli bir odamning qoʻlida koʻrsa, qiymatli deb oʻylaydi. Xullas unga binoan, men kabi zaif va qiymatsiz bir bechoraning qoʻlidagi iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarning qiymatini aksar insonlarning nuqtai nazarida tushirmaslik uchun, majbur boʻlganimdan e'lon qilamanki: Ixtiyorimiz va xabarimiz boʻlmasdan, birisi bizni ishlattirmoqda. Biz bilmasdan, bizni muhim ishlarda ishlattirmoqda. Dalilimiz ham shuki: Shuurimiz va ixtiyorimizdan xorij bir qism inoyatlarga va yengillashtirishlarga sazovor boʻlyapmiz. Shunday ekan, oʻsha inoyatlarni baqirib e'lon qilishga majburmiz.

Xullas, oʻtgan "Yetti Sabablar"ga binoan kulliy bir nechta inoyati Rabboniyaga ishora qilamiz.

Birinchi Ishora: Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Birinchi Nuktasida bayon etilgandirki, "tavofuqlar"dir. Jumladan: Moʻ'jizoti Ahmadiya Maktubotida, Uchinchi Ishorasidan to Oʻn Sakkizinchi Ishorasiga qadar oltmish sahifa; xabarsiz, bilmasdan bir nusxa koʻchiruvchining nusxasida ikki sahifa mustasno boʻlib, qolgan barcha sahifalarda -kamoli muvozanat bilan- ikki yuzdan ziyoda "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom" kalimalari bir-biriga qarayaptilar. Kim insof bilan ikki sahifaga diqqat qilsa, tasodif boʻlmaganini tasdiq qiladi. Holbuki tasodif, nari borsa, bir sahifada koʻp bir xil kalimalar boʻlsa, yarim yarimga tavofuq boʻladi. Faqat bir-ikki sahifada tamoman tavofuq qila oladi. U holda bunday barcha sahifalarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kalimasi; ikkita boʻlsin, uchta boʻlsin, toʻrtta boʻlsin yoki yana koʻp boʻlsin, kamoli mezon bilan bir-birining yuziga qarasa; albatta tasodifiy boʻlishi mumkin emas. Ham sakkizta boshqa-boshqa nusxa koʻchiruvchi buzolmagan bir tavofuqot; quvvatli bir ishorati gʻaybiya ichida boʻlganini koʻrsatadi. Qandayki ahli balogʻatning kitoblarida balogʻatning darajalari boʻlgani holda, Qur'oni Hakimdagi balogʻat daraja-i i'jozga chiqqan. Hech kimning haddi emaski, unga yetishsin. Xuddi shuning kabi: Moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir oynasi boʻlgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktub va Moʻ'jizoti Qur'oniyaning bir tarjimoni boʻlgan Yigirma Beshinchi Soʻz va Qur'onning bir navi tafsiri boʻlgan Risola-i Nur parchalarida tavofuqot barcha kitoblardan ustun bir gʻariblik darajasini koʻrsatadi. Va shundan tushuniladiki: Moʻ'jizoti Qur'oniya va Moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir navi karomatidirki, u oynalarda namoyon va aks etyapti.

— 233 —

Ikkinchi Ishora: Xizmati Qur'oniyaga oid inoyoti Rabboniyaning ikkinchisi shuki: Janobi Haq men kabi qalamsiz, yarim omi, oʻzga yurtda, kimsasiz, odamlar bilan koʻrishishdan man qilingan bir tarzda quvvatli, jiddiy, samimiy, gʻayratli, fidokor va qalamlari bittadan olmos qilich boʻlgan qardoshlarni menga muovin qilib ehson qildi. Zaif va ojiz yelkamga juda ogʻir kelgan vazifa-i Qur'oniyani oʻsha kuchli yelkalarga mindirdi. Kamoli karamidan yukimni yengillashtirdi. U muborak jamoat esa, Xulusiyning ta'biri bilan, simsiz telegrafning qabul qiluvchilari hukmida va, Sabrining ta'biri bilan, nur fabrikasining elektrlarini yetishtirgan uskunalar hukmida boshqa-boshqa ustun vasflari va qiymatli har xil xususiyatlari bilan barobar, yana Sabrining ta'biri bilan, bir tavofuqoti gʻaybiya navidan boʻlib, shavq va sa'yu gʻayrat va jiddiyatga bir-biriga oʻxshash bir suratda Qur'onning sirlarini va iymonning nurlarini atrofga tarqatishlari va har yerga ham yetkazishlari va shu zamonda (ya'ni, harflar oʻzgargan, matbaa yoʻq, hamma iymon nurlariga muhtoj boʻlgan bir zamonda) va sustlik beradigan va shavqni sindiradigan koʻp sabablar bor ekan, bularning berilib, kamoli shavq va gʻayrat bilan xizmatlari, toʻgʻridan-toʻgʻriga bir karomati Qur'oniya va zohir bir inoyati Ilohiyadir. Ha, valilikning karomati boʻlgani kabi, niyati xolisaning ham karomati bor. Samimiyatning ham karomati bor. Xususan Lilloh uchun boʻlgan bir uxuvvat doirasidagi qardoshlarning ichida haqiqiy, samimiy tasonudning koʻp karomatlari boʻlishi mumkin. Hatto shunday bir jamoatning shaxsi ma'naviysi bir valiyyi komil hukmiga oʻta oladi, inoyatlarga sazovor boʻladi.

— 234 —

Xullas ey qardoshlarim va ey xizmati Qur'onda birodarlarim! Bir qal'ani fath etgan bir boʻlinmaning serjantiga barcha sharafni va barcha gʻanimatni berish qanday bir zulm, bir xatodir. Xuddi shuning kabi, shaxsi ma'naviyingizning quvvati bilan va qalamlaringiz bilan hosil boʻlgan fathlardagi inoyatlarni men kabi bir bechoraga berolmaysizlar!.. Albatta bunday muborak bir jamoatda gʻaybiy tavofuqlardan yanada ziyoda quvvatli bir gʻaybiy ishora bor va men koʻryapman. Faqat hammaga va umumga koʻrsatolmayman.

Uchinchi Ishora: Risola-i Nur parchalari barcha muhim iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarni hatto eng qaysarga qarshi ham porloq bir suratda isboti, juda quvvatli bir ishorati gʻaybiya va bir inoyati Ilohiyadir. Chunki iymoniy va Qur'oniy haqiqatlar ichida shundaylari borki, eng buyuk bir dohiy deb oʻylangan Ibn Sino tushunishda ojizligini e'tirof qilgan, "Aql bunga yoʻl topolmaydi!" degan. Oʻninchi Soʻz Risolasi u zot dahosi bilan yetisholmagan haqiqatlarni omilarga ham, bolalarga ham bildiradi.

Ham masalan: Sirri Qadar va juz'i ixtiyoriyning hal qilinishi uchun, buyuk Sa'di Taftazoniy kabi bir alloma qirk-ellik sahifada -mashhur Muqaddimoti Isno Ashar nomi bilan Talvih nom kitobida- zoʻrgʻa hal etgan va faqatgina ilm sohiblariga bildirgan ayni masalalarni Qadarga doir Yigirma Oltinchi Soʻzda, Ikkinchi Mabhasning ikki sahifasida batamom, ham hammaga bildiradigan bir tarzda bayoni, asari inoyat boʻlmasa, nima?

Ham barcha aqllarni hayratda qoldirgan va hech bir falsafaning qoʻli bilan kashf qilinmagan va olam yaratilishining sirri va koinot tilsimi deyilgan va Qur'oni Azimushshonning i'jozi bilan kashf etilgan u tilsimi mushkulkusho va u muammo-i hayratnamo Yigirma Toʻrtinchi Maktub va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning oxiridagi ramzli nuktada va Oʻttizinchi Soʻzning zarralar oʻzgarishining olti adad hikmatida kashf etilgan. Koinotdagi faoliyati hayratnamoning tilsimini va koinot yaratilishining va oqibatining muammosini va zarralar oʻzgarishidagi harakatlarning sirri hikmatini kashf va bayon etgandirlar, maydondadir, koʻrish mumkin.

— 235 —

Ham sirri Ahadiyat bilan sheriksiz Vahdati Rububiyatni, ham nihoyatsiz qurbiyati Ilohiya bilan nihoyatsiz bu'diyatimiz boʻlgan hayrat-angiz haqiqatlarni mukammal ochiqlik bilan Oʻn Oltinchi Soʻz va Oʻttiz Ikkinchi Soʻz bayon qilganlari kabi, qudrati Ilohiyaga nisbatan zarralar va sayyoralar teng boʻlganini; va hashri a'zamda barcha ziyruhning tiriltirilish, bir nafsning tiriltirilishi qadar oʻsha qudratga oson boʻlganini va shirkning koinot yaratilishida aralashuvi imkonsizlik darajasida aqldan uzoq ekanini mukammal ochiqlik bilan koʻrsatgan Yigirmanchi Maktubdagi وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ kalimasi bayonida va uch tamsilni ichiga olgan uning zayli shu azim sirri vahdatni kashf etgandir.

Ham Qur'on va iymon haqiqatlarida shunday bir kenglik borki, eng buyuk zako-i bashariy qamray olmagani holda; men kabi zehni chalkash, vaziyati parishon, murojaat qilinadigan kitob yoʻq ekan, qiynalib va tez yozgan bir odamda, u haqiqatlarning mutlaq aksariyati tafsilotlari bilan chiqishi; toʻgʻridan toʻgʻri Qur'oni Hakimning i'jozi ma'naviysining asari va inoyati Rabboniyaning jilvasi va quvvatli bir ishorati gʻaybiyadir.

Toʻrtinchi Ishora: Ellik-oltmishta risolalar - Hozir bir yuz oʻttizta - shunday bir tarzda ehson qilinganki, emas men kabi oz fikr yuritgan va zuhurotga tobe boʻlgan va tadqiqqa vaqt topolmagan bir insonning, balki buyuk zakolardan tashkil topgan bir ahli tadqiqning sa'yu gʻayrati bilan qilinmagan bir tarzda ta'liflari, toʻgʻridan toʻgʻriga bir asari inoyat boʻlganini koʻrsatadi. Chunki barcha bu risolalarda barcha chuqur haqiqatlar tamsillar vositasi bilan eng omi va savodsiz boʻlganlarga qadar dars beriladi. Holbuki u haqiqatlarning koʻpini buyuk olimlar "Tushuntirib boʻlmaydi" deb, emas avomga, balki ilm sohiblariga ham bildirolmaydilar.

Xullas, eng uzoq haqiqatlarni eng yaqin bir tarzda, eng omi bir odamga dars beradigan darajada men kabi turkchasi oz, soʻzlari qiyin tushuniladigan, koʻpi anglashilmaydigan va ba'zan qisqacha loʻnda yozganidan zohir haqiqatlarni ham qiyinlashtiradi deb eskidan beri shuhrat topgan va eski asarlari qisman oʻsha yomon shuhratni tasdiq etgan bir shaxsning qoʻlida bu hayratomuz yengillashtirishlar va bayon qilish osonligi, albatta shubhasiz bir asari inoyatdir va uning hunari boʻlolmaydi va Qur'oni Karimning i'jozi ma'naviysining bir jilvasidir va tamsiloti Qur'oniyaning bir tamassulidir va in'ikosidir.

— 236 —

Beshinchi Ishora: Risolalar umuman olganda juda koʻp tarqalgani holda, eng buyuk olimdan ol, to eng omi odamgacha va ahli qalb buyuk bir validan ol, to eng qaysar dinsiz bir faylasufgacha boʻlgan odamlar tabaqasi va toifalar u risolalarni koʻrganlari va oʻqiganlari va bir qismi ta'zirlarini yeganlari holda, tanqid qilinmasligi; va har toifa darajasiga koʻra foydalanishi, toʻgʻridan-toʻgʻri bir asari inoyati Rabboniya va bir karomati Qur'oniya boʻlgani kabi, koʻp tadqiqot va qidiruvlarning natijasi bilan hosil boʻlgan u tur risolalar, favqulodda bir tezlik bilan, ham idrokimni va fikrimni chalkashtirgan qiynoqli inqiboz vaqtlarida yozilishi ham, bir asari inoyat va bir ikromi Rabboniydir.

Ha, aksar qardoshlarim va yonimdagi umum birodarlarim va nusxa koʻchiruvchilar biladilarki; Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning besh parchasi bir necha kun mobaynida, har kun ikki-uch soatda va jami oʻn ikki soatda hech bir kitobga murojaat etilmasdan yozilishi.. hatto eng muhim parcha va u parchada lafzi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kalimasida zohir bir xotami Nubuvvatni koʻrsatgan Toʻrtinchi juz; uch-toʻrt soatda, togʻda, yomgʻir ostida yoddan yozilgan... va Oʻttizinchi Soʻz kabi muhim va daqiq bir risola, olti soat ichida bir bogʻda yozilgan. Va Yigirma Sakkizinchi Soʻz Sulaymonning bogʻida bir, uzogʻi ikki soat ichida yozilishi kabi, aksar risolalar bunday boʻlishi.. va eskidan beri qiynalgan va munqabiz boʻlgan vaqtim, eng zohir haqiqatlarni ham bayon etolmaganimni, balki bilolmaganimni yaqin doʻstlarim biladilar. Xususan, u aziyatga xastalik ham qoʻshilsa; yanada koʻproq meni darsdan, ta'lifdan man qilish bilan barobar.. eng muhim Soʻzlar va risolalar eng aziyatli va xastalikli zamonimda, eng tez bir tarzda yozilishi; toʻgʻridan-toʻgʻri bir inoyati Ilohiya va bir ikromi Rabboniy va bir karomati Qur'oniya boʻlmasa, nima?

Ham qaysi kitob boʻlsa boʻlsin (bunday haqoiqi Ilohiyadan va iymoniyadan bahs etgan boʻlsa) - har holatda - bir qism masalalari bir qism insonlarga zarar beradi; va zarar berganlari uchun, har masala harkasga nashr etilmagan. Holbuki shu risolalar esa; hozirgacha hech kimda, -koʻplardan soʻraganim holda- yomon ta'sir va zid ta'sir va zehnni mashgʻul qilish kabi bir zarar bermaganlari, toʻgʻridan toʻgʻri bir ishorati gʻaybiya va bir inoyati Rabboniya ekani bizga koʻra muhaqqaqdir.

— 237 —

Oltinchi Ishora: Hozir menga koʻra qat'iyat paydo etganki, aksar hayotim ixtiyor va iqtidorimning, shuur va tadbirimning xorijida shunday bir tarzda oʻtgan va shunday gʻarib bir suratda unga jarayon berilgan; toki Qur'oni Hakimga xizmat qiladigan bu navi risolalarni natija bersin. Goʻyo butun hayoti ilmiyam oldindan tayyorgarlikar hukmiga oʻtgan. Va Soʻzlar bilan I'jozi Qur'onning izhori, uning natijasi boʻladigan suratda boʻlgan. Hatto shu yetti yil surgunimda va gʻurbatimda va sababsiz va orzuimning xilofiga hamma narsadan uzoqlashtirilishim va mashrabimga muxolif faqat bir qishloqda hayot oʻtkazishim va eskidan beri oʻrganib qolganim hayoti ijtimoiyaning koʻp aloqalaridan va qoidalaridan nafrat qilib tark etishim; toʻgʻridan toʻgʻriga bu xizmati Qur'oniyani xolis, sof bir suratda qildirish uchun bu vaziyat berilganiga shubham qolmagan. Hatto koʻp marta menga berilgan aziyat va zulman menga qarshi boʻlgan tazyiqlar pardasi ostida, bir dasti inoyat tarafidan marhamatkorona Qur'onning sirlariga barcha fikrni jam ettirish va nazarni tarqatmaslik uchun qilingan degan qanoatdaman. Hatto avvallari mutolaaga juda mushtoq boʻlganim holda; butunlay boshqa kitoblarning mutolaasidan bir man, bir saqlanish ruhimga berilgan edi. Bunday gʻurbatda tasalli va unsiyat sababi boʻlgan mutolaani menga tark ettirgan, - angladimki - toʻgʻridan toʻgʻriga Qur'on oyatlarining ustozi mutlaq boʻlishlari uchundir.

Ham yozilgan asarlar, risolalar, - mutlaq aksariyati - xorijdan hech bir sabab kelmasdan, ruhimdan tavallud etgan bir hojatga binoan, oniy va daf'iy boʻlib ehson etilgan. Soʻngra ba'zi doʻstlarimga koʻrsatgan vaqtim deganlar: "Shu zamonning yaralariga davodir". Tarqalgandan soʻng aksar qardoshlarimdan angladimki, toʻliq shu zamondagi ehtiyojga muvofiq va dardga loyiq dori hukmiga oʻtyapti.

Xullas, ixtiyor va shuurimning doirasi xorijida, mazkur holatlar va sarguzashti hayotim va ilmlarning turlaridagi xilofi odat va ixtiyorsiz tadqiq qilib oʻrganishlarim bunday bir natija-i muqaddasa bilan natijalanish uchun, quvvatli bir inoyati Ilohiya va bir ikromi Rabboniy boʻlganiga menda shubha qoldirmagan.

— 238 —

Yettinchi Ishora: Bu xizmatimiz zamonida, besh-olti yil mobaynida, mubolagʻasiz yuz asari ikromi Ilohiy va inoyati Rabboniya va karomati Qur'oniyani koʻzimiz bilan koʻrdik. Bir qismiga Oʻn Oltinchi Maktubda ishora etdik; bir qismini Yigirma Oltinchi Maktubning Toʻrtinchi Mabhasining farqli masalalarida; bir qismini Yigirma Sakkizinchi Maktubning Uchinchi Masalasida bayon etdik. Mening yaqin birodarlarim buni biladilar. Doimiy birodarim Barlalik Sulaymon Afandi koʻplarini biladi. Xususan, Soʻzlarning va risolalarning nashrida va tahrirlarida va joylariga joylashtirishda hamda qoralama va oqlama nusxani yozishda kutilgandan ortiq karomatkorona osonlashtirishlarga mazhar boʻlyapmiz. Karomati Qur'oniya boʻlganiga shubhamiz qolmayapti. Buning misollari yuzlabdir.

Ham tirikchilik xususida shu qadar shafqat bilan oziqlanyapmizki; eng kichik bir orzu-i qalbimizni, bizni ishlattirgan sohibi inoyat qondirish uchun, kutilgandan ortiq bir suratda ehson etyapti. Va hokazo... Xullas, bu hol gʻoyat quvvatli bir ishorati gʻaybiyadirki, biz ishlattirilyapmiz. Ham rizo doirasida, ham inoyat ostida bizga xizmati Qur'oniya qildirilyapti.

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى
سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
اَللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلاَةً تَكُونُ لَكَ رِضَاءً وَ لِحَقِّهِ اَدَاءً وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ وَ سَلِّمْ تَسْلِيمًا كَثِيرًا آمِينَ
اللَّهُمَّ بِسِرِّ اسْمِكَ الاَْعْظَمِ اِجْعَلْ نَاشِرَ هَذِهِ الرِّسَالَةِ مَظْهَرِ عِنَايَتِكَ وَكَرَامَاتِ فُرْقَانِكَ اَمِينَ اَمِينَ اَمِينَ
— 239 —
MAHRAM BIR SAVOLGA JAVOB

Shu sirri inoyat ilgari mahram tarzda yozilgan, Oʻn Toʻrtinchi Soʻzning oxiriga qoʻshilgan edi. Qandaydir boʻlib aksar nusxa koʻchiruvchilar unutib yozmagan edilar. Demak, munosib va loyiq joyi bu yer ekanki, yashirin qolgan.

Mendan soʻrayapsan: "Nima uchun sening Qur'ondan yozgan Soʻzlaringda shunday bir quvvat, bir ta'sir borki, mufassirlarning va oriflarning soʻzlarida kamdan-kam topiladi. Ba'zan bir satrda bir sahifa qadar quvvat bor, bir sahifada bir kitob qadar ta'sir mavjud?.."

Javob: Goʻzal bir javobdir. Sharaf i'jozi Qur'onga oid boʻlganidan va menga oid boʻlmaganidan, qoʻrqmasdan deyman: "Aksariyat e'tibori bilan shunday." Chunki:

Yozilgan Soʻzlar tasavvur emas, tasdiqdir; taslim emas, iymondir; ma'rifat emas, shahodatdir, shuhuddir; taqlid emas, tahqiqdir; iltizom emas, iz'ondir; tasavvuf emas, haqiqatdir; da'vo emas, da'vo ichida burhondir. Shu sirning hikmati budirki:

Eski zamonda iymon asoslari himoyalangan edi, taslim kuchli edi. Tafsilotlarda oriflarning ma'rifatlari dalilsiz ham boʻlsa, bayonotlari maqbul edi, kifoya edi. Faqat shu zamonda fandan kelgan zalolat qoʻlini asoslarga va ruknlarga uzatganidan, har dardga loyiq davoni ehson etgan Hakimi Rahim boʻlgan Zoti Zuljalol, Qur'oni Karimning eng porloq mazhari i'jozidan boʻlgan tamsillaridan bir shu'lasini; ojizlik va zaifligimga, faqirlik va ehtiyojimga marhamatan xizmati Qur'onga oid yozuvlarimga ehson etdi. Falillahilhamd, sirri tamsil durbini bilan eng uzoq haqiqatlar gʻoyat yaqin qilib koʻrsatildi. Ham sirri tamsil birlik jihati bilan eng tarqoq masalalar toʻplattirildi. Ham sirri tamsil narvoni bilan eng yuksak haqiqatlarga osonlik bilan yetishtirildi. Ham sirri tamsil derazasi bilan; gʻaybiy haqiqatlarga, Islomning asoslariga shuhudga yaqin bir yaqiyni iymoniy hosil boʻldi. Aql bilan birga vahim va xayol, hatto nafs va havo taslimga majbur boʻlgani kabi, shayton ham yengilganini qabul qilib qurolini taslim qilishga majbur boʻldi.

Xulosa: Yozuvlarimda naqadar goʻzallik va ta'sir boʻlsa, faqat Qur'oniy tamsillarning yogʻdularidandir. Mening hissam, faqat shiddatli ehtiyojim bilan talabdir va gʻoyat ojizligim bilan yolvorib soʻrashimdir. Dard menikidir, davo Qur'onnikidir.

Said Nursiy
***
— 240 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَه وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Avvalo, oʻtgan muborak Layla-i Baroatingizni va kelayotgan Ramazoni Sharifingizni tabriklaymiz. Bu yil Baroat Kechasini Nurchilar haqida juda barakali va karomatli boʻlganiga bir alomatini hayrat bilan koʻrdik. Shundayki:

Men Baroat kechasidan oz avval "Asoyi Muso" tahriri bilan mashgʻul ekan, bir kabutar derazaga keldi, menga qaradi. Men dedim: "Xushxabar keltirdingmi?" Ichkariga kirdi. Goʻyo avvaldan doʻst ekandek hech qoʻrqmadi, "Asoyi Muso" ustiga chiqdi, uch soat oʻtirdi. Non, guruch berdim, yemadi. Oqshomgacha qoldi, soʻngra ketdi. Takror keldi. Ertalabgacha yonimda qoldi. Men uxlayotganda boshimga keldi, "Sogʻ boʻling" navidan boshimni siladi, soʻngra uchdi, ketdi. Ikkinchi kun men nadomat qilarkan yana keldi, bir kecha yana qoldi. Demak bu muborak qush ham Asoyi Musoni, ham Baroatimizni tabriklashni istadi.

Said Nursiy
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Avvalo: Hozir toʻliq ayon boʻldiki, zilzila Risola-in Nur bilan aloqadordir. Xusravning mudofaatimda yozilgan toʻrt zilzila masalasini tasdiq qilgan bu kechagi shiddatli toʻrt dafa zilzila, menga va Nurlarga va bu mamlakatga qat'iy bir suiqasd asari boʻlib hukumat ichida xizmatchimga baqirib meni haqoratomuz kamsitib va soʻkib "Bor unga ayt!" degan va hokimning majburiy buyrugʻi bilan "Kasal ham boʻlsa, bu yerga keltiringlar!" deb posbonlarga va jandarmalarga amr bergan va Afyonning parda ostidagi katta amaldorga tayangan Amirtogʻ zobitasi, ham Nur shogirdlarining shavqlariga, ham Nurlarning bu yerda yozilishiga, ham menga jiddiy aziyat berishi, ayni vaqtda bunday bu yerda koʻrilmagan bu shiddatli zilzilaning kelishi koʻrsatadiki; Risola-i Nur, balolarni daf qilish vasilasidir.. tark etilgan sari balo fursat topib keladi.

Said Nursiy
***
— 241 —
Zakoiyning bir manzumasi

Bu Nur asar, tafsiridir ul samoviy kitobning,

E'lon qilar haqiqatni, amri haqni bildirar.

Isyonlarga, zulmlarga ma'ruz boʻlgan jahonning

Bu asrda koʻz yoshini, nur sochib tindirar.

Bu asardir iztirobli koʻngillarga tasalli,

Bu qarorsiz olamning har inqirozida nur sochar.

Bu asardir har zulmatda salomatlik rahbari,

Ahli iymon bu soyada bu asar bilan hur yashar.

Ma'sumlarga bir oʻgitdir, yoshlarning ham rahbari,

Har mazlumga "Yigʻlama" der, "kulasan ertaga sen!"

Tasallisi juda yuksak, ibratlidir darslari,

Beli bukik keksaga xushxabar berar tubdan.

Bu Nur asar, har olimning, har moʻminning sartoji,

Dardlilarning darmonidir, har munkirni ta'zirlar.

Shirklarning ham yoʻqotuvchisi, ham har qaygʻu dorisi,

Zindiq zolim yopishsa boshiga vulqon portlar.

Bu asardir insonlarni dahshatlardan uzoqlashtirgan,

Qudrat qoʻli himoyachisi, hayratga solgan hukmi bor.

Qaysarlar taslim boʻlar, hukmiga magʻrur ekan,

Har sarsari faylasufni maftun qilgan nuri bor.

Ey kuch yetmas, dahshat bergan holatlardan yigʻlagan,

Foniylarga aldanib ranjiganda baqirma.

Ey zoildan, ojizlardan madad kutib bogʻlangan,

Kir bu Nurning olamiga, foniylarni chaqirma.

Uygʻon ortiq, gʻaflat sarxushligidan turma uygʻon,

Havasoting bir ajdarhodir qalbingni kemiradi.

Erta mas'ud boʻladi yoʻqlikda Haqni topgan,

Nurga ber umr sarmoyasin, erta senga beriladi,

Huzuringda uxroda ehtishomlar toʻshaladi...

Risola-i Nurning Qusurli Xodimi
Zakoiy
***
— 242 —
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
وَمَا اَرْسَلْنَاكَ اِلاَّ رَحْمَةًّ لِلْعَالَمِينَ

[Oyatining varosati Ahmadiya (A.S.V.) jihatida ma'noyi ishoriy nuqtasida bu asrda u Rahmatan-lil olamiynning bir oynasi va haqiqati Qur'oniyaning bir haqiqiy tafsiri boʻlgan Risola-i Nur, u kulliy rahmatning bir jilvasi, bir namunasi boʻlishidan; haqiqati Muhammadiyaning (A.S.V.) bir qism vasflarini, ma'noyi majoziy bilan juz'iy bir vorisiga berib boʻladi deb bu porloq qasidaga tegilmadim. Faqat haqiqati Ahmadiya (A.S.V.) bilan oynasining farqiga ishora boʻlib ba'zi kalimalar ilova etildi.]

Said Nursiy

Huzur topar bugun seningla olam

Ey bu asrda rahmati olam Risolat-un Nur.

Surur topar bugun seningla odam

Ey bir rahmati olam Risolat-un Nur!

Bu xasta koʻngillar koʻpdan parishon,

Boʻlsa senda agar Luqmondan nishon,

Bir shifo ber, kel ey mahbubi ziyshon

Ey jilva-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Kelmaz-mi oxiri bu uzun hijoning,

Oʻtmas-mi gʻami bu motamli kechaning,

Zori ortdi, sabri bitdi qanchaning

Ey jilva-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Faxri olam arshdan bu yerga tushdi,

Shohi valoyat kelib duldulga mindi,

Zulfiqorga bugun ortiq "Nur" deyildi

Ey bu zamonda rahmati olam Risolat-un Nur!

— 243 —

Yoʻlimiz, bu Nurning bu nurli yoʻli,

Boldik hammamiz U Nurning bir quli,

Nur yoʻlida yurigan ham qanday baxtli

Ey namuna-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Nursning nur chiqqan nurli togʻida,

Bulbul sayrar bogʻchasida bogʻida,

Changi boʻlsak uning pok oyogʻida

Ey rahmati olam jilvasi Risolat-un Nur!

Dardlarga darmonsan, mahbubi jonsan,

Ham jome-ul Asmo val Qur'onsan

Hamda nuri Haqdan bizga ehsonsan

Ey bir rahmati olam Risolat-un Nur!

Bu olamda modda emas bir magʻzsan,

Har zarradan boqqan butun bir koʻzsan;

Koinotni hayron qilgan butun bir yuzsan

Ey misoli rahmati olam Risolat-un Nur!

Asli avvalisan asalning, shakarning,

Dengizisan jumla ilmning, hunarning,

Kelmadi, jahonga bunday asar oʻxshashing

Ey mir'ati rahmati olam Risolat-un Nur!

Sen oylardan, quyoshlardan ustunsan,

Nihoyatsiz, oxiri kelmas butunsan,

Nur jamoling butun- butun koʻrinsin

Ey mazhari rahmati olam Risolat-un Nur!

Boʻyin bukib achchiq-achchiq ma'rardik,

Koʻz yoshini qonlar ila artardik,

Koʻrsak deya seni Haqdan tilardik

Ey bir tamsili rahmati olam Risolat-un Nur!

Chunki sensan, bu asrda Rahmat-an-lil olamiynning jilvasi

Chunki sensan hozir Shofe'-ul-Muznibiynning vorisi,

Agʻisna yo gʻiyas-al mustagʻisiyn bir duosi

Ey shu'la-i rahmati olam Risolat-un Nur!

— 244 —

Shifo topsin hozir biroz yaramiz,

Rivoj topsin, oʻtmaz boʻlgan pulimiz,

Soch nuringni, oqqa aylansin qoramiz

Ey ziyo-yi rahmati olam Risolat-un Nur!

Gunohimiz ila gulxan kabi purnirmiz,

Dard qoʻlidan ham har kun zoru-zormiz,

Afv et bizni modomiki senga faqat yormiz

Ey nuri rahmati olam Risolat-un Nur!

Maylimiz yoʻq yolgʻonchi bir dunyoga,

Tugatdik biz bid'atlarni, riyoni,

Berilmaymiz unday quruq xayolga,

Ey bir haqiqati rahmati olam Risolat-un Nur!

Yoʻq bizda jamiyat qurish xayoli,

Yoʻq boshqa bir yoʻlga ketish savdosi,

Boʻldik faqat nurning dardli shaydosi

Ey dardlilarga rahmati olam Risolat-un Nur!

Yoʻllarda qoldirdik oʻtdik darveshni,

Otdik koʻngillardan unday tashvishni,

Kifoya bu porlagan nurning quyoshi

Ey ma'kasi rahmati olam Risolat-un Nur!

Oʻtganmiz barcha madhlardan, sanodan,

Yuz oʻgirdik sarvatlardan, boylikdan,

Nur istaymiz oʻtmasdan bu fanodan

Ey bu asrda rahmati olam Risolat-un Nur!

Nur qoʻlidan ichaylik biz sharobni,

Aylantirganmiz shirinlikka azobni,

Bir mahbubning biz ham boʻldik turobi

Ey bizga rahmati olam Risolat-un Nur!

Oshiqlarning arshga chiqqan faryodi,

Yigʻlatadi u pok ruhli ajdodni.

Alloh uchun ayla bizga yordamni

Ey muhtojlarga rahmati olam Risolat-un Nur!

— 245 —

Koʻklar soldi balo, yer berdi balo,

Tebratdi ofoqni bir achchiq faryod,

Rahmat et olamga ey Nuri Mavlo

Ey jilva-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Bir yonda sel bor, bir yonda qon oqar,

Bu balo otashi olamni yoqar,

Yigʻlagan bu bashar faqat senga boqar

Ey namuna-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Oʻraldi otashla bu ulkan dunyo,

Bir Jahannam kabi qaynadi daryo,

Yetish yordamga ey shohi avliyo!

Ey bu zamonda rahmati olam Risolat-un Nur!

Har yongʻinni sening nuring soʻndirar,

Har bir yerni bir gulshanga sening nuring aylantirar,

Dajjolni ham bir kun kelar albatta oʻldirar

Ey nuri rahmati olam Risolat-un Nur!

Zindiqoga, kufrga qarshi tashlanding,

Koʻngillardan gʻamlarni koʻtarding,

Bizni nurning daryosiga shoʻngʻitding

Ey bechoralarga rahmati olam Risolat-un Nur!

Koʻtarolmas senga aslo hech kim qoʻl,

Bogʻlaymiz bizlar senga jondan bel,

Dunyolarga sensan umid va istak

Ey ziyoyi rahmati olam Risolat-un Nur!

Sen qoʻshin qurmaysan erkak, askarla,

Urushmaysan unday toʻpla, pichoqla..

Nuringla shu asrni tutib quchoqla

Ey hozir rahmati olam Risolat-un Nur!

Tugasin da bu qoʻrqinch toʻfoni shadid,

Ochilsin yap-yangi bir davri mas'ud,

Oʻn sakkiz ming olam aylasin faqat iyd

Ey ahli Qur'onga rahmati olam Risolat-un Nur!

— 246 —

Kelmoqda shu qarshidan garchi bir zulmat,

Faqat sensan bugun atoyi rahmat...

Boʻgʻasan uni nuringla albat

Ey bir rahmati olam Risolat-un Nur!

Qizil ajdar uyimizga kirmasin,

Zaharli qoʻli yoqamizga yetmasin,

Qarshi turib nuring fursat bermasin

Ey sayfi rahmati olam Risolat-un Nur!

Qora tuman ustimizdan tarqalsin

Qizil olov soʻnib olam uygʻonsin,

Bu zafaring hashrga qadar eslansin

Ey zulfiqori rahmati olam Risolat-un Nur!

U nasldandir qancha jonlar yoqqanlar,

U nasldandir uylar, roʻzgʻorlar yiqqanlar,

U nasldandir senga kinla boqqanlar

Ey hujjati rahmati olam Risolat-un Nur!

Ma'sumlarning qonlarini icharlar,

Abu Jahlni, Namrudlarni oʻzarlar,

Oʻlimlardan oʻlimlanri tanlarlar

Ey hozir bir rahmati olam Risolat-un Nur!

Bir mikrob-ki jigarlarni tishlaydi,

Qonimizla oʻzini toʻydiradi,

Toza yurtni kirlatib kirlatadi

Ey bir dorixona-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Gʻoziylarning, fotihlarning qoʻnogʻi,

Sayyidlarning, sarvarlarning oʻtovi,

Bu vatandir shahidlarning yotogʻi

Ey jilva-i rahmati olam Risolat-un Nur!

U shahidning olaga aylangan kafani,

Mushklar ufurur gulga oʻxshar badani

Oʻpar Malaklar ham nurli no'shini,

Ey namuna-i rahmati olam Risolat-un Nur!

— 247 —

Qur'on deydi oʻlmagandir, tirikdir,

Har birisi Haqning arslon yigiti,

Maqbaralari yuraklarni titratar

Ey oyna-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Hadyasan chunki asl millatga

Tushmaylik bir kun ham zillatga,

Etgin bizni shonli buyuk davlatga

Ey misoli rahmati olam Risolat-un Nur!

Aylaydilar nuring ila doim hamla,

Zafarlarla shonlar topar bu millat,

Sharqqa gʻarbga ziyo solsin bu davlat

Ey bizlarga rahmati olam Risolat-un Nur!

Nurdan qanoting, ham mustahkam qoʻling bor,

Nurdan sening Haqqa ketgan yoʻling bor,

Qabul et bir kamtar Fayzi quling bor

Ey bu asrda rahmati olam Risolat-un Nur!

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Ustozim Afandim Hazratlari!

وَمَا اَرْسَلْنَاكَ اِلاَّ رَحْمَةًّ لِلْعَالَمِينَ

oyatining nurlaridan nurning soyasida olib bilganim bir zarrani bu shaklda yozdim va huzuri irfoningizga taqdim qildim. Qabulini iltimos qilaman. Salomlarimizni taqdim va muborak qoʻllaringizni oʻpamiz afandimiz.

Bechora talabangiz
Hasan Fayzi
رَحْمَةُاللَّهِ عَلَيْهِ اَبَدًا دَائِمًا
***
— 248 —
UNIVERSITETDAGI NUR SHOGIRDLARINING NUR HAQIQATINING FAN DOIRASIDA FAVQULODDA QIYMATINI TAQDIRLAGANLARIGA BIR NAMUNA
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Shu koinot samosining botmaydigan ma'naviy quyoshi boʻlgan Qur'oni Karim; shu mavjudot kitobi kabirining takviniy oyatlarini oʻqittirish, mohiyatini koʻrsatish uchun shu'lalari hukmida boʻlgan nurlarini nashr etadi. Basharning aqllarini nurlantirish bilan siroti mustaqimni koʻrsatadi. Bashariyat olamida har fard, yaratilishidagi maqsadlarni va fitratidagi istaklarni va istiqomatidagi gʻoyasini u hidoyat quyoshining nuri bilan koʻradi, anglaydi va biladi. U hidoyat nurining tajalliysiga sazovor boʻlganlar, qalb qobiliyati nisbatida unga oynadorlik qilib yaqinlik kasb etadi. Narsalar va hayotning mohiyati u nur bilan koʻrinib, faqat u nur bilan koʻriladi, anglashiladi va bilinadi. Shamsi Azaliyaning ma'naviy hidoyat nurlarini tamsil etgan Qur'oni Karim qalb koʻzi bilan haq va haqiqatni koʻrishni ta'minlaydi. Shuning uchun uning nuridan uzoqda qolganlar zulmatlarda qoladilar. Zero hamma narsa nur bilan koʻriladi, anglashiladi va bilinadi. Xullas, shu kitobi kabirning ma'naviy va doimiy quyoshi boʻlgan Qur'oni Karimning nuri tajalliysiga bu asrimizda "Nur" ismi bilan nomlangan Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi sazovor boʻlgan. U Nurlar-ki, zulmatlardan ayrilishni istamagan koʻr shapalak tabiatli, gʻaflat uyqusi bilan kunduzini tun qilgan safohatparast, aqli koʻziga tushgan, zulmatlarda qolib koʻzi koʻrmas boʻglanlarga va yoʻlini adashtirganlarga qarshi proektor kabi nurlarini iymon haqiqatlariga qaratib siroti mustaqimni batamom koʻr boʻlmaganlarga koʻrsatadi. Nur toʻqmogʻini ahli kufr va munkirlarning boshiga urib "Yo aqlingni boshingdan chiqar ot hayvon boʻl, yoxud aqlingni boshingga olib inson boʻl!" deydi.

Ilm bir navi nur boʻlganiga koʻra, Risola-i Nurning ilmga boʻlgan eng chuqur voqifligini koʻrsatadigan bir-ikki daliliga qisqa ishora qilamiz.

Avvalo: Shuni eslashimiz darkorki: Risola-i Nur boshqa kitoblarni emas, balki faqat Qur'oni Karimni ustoz sifatida tanishi va unga xizmat qilishi e'tibori bilan, maqbuliyati haqida bizning bu mavzuda soʻz aytishimizga hojat qoldirmaydi. Biz faqat ilm arbobi mobaynida Risola-i Nurning qiymatini koʻrsatish uchun qoʻshimcha ravishda deymizki:

— 249 —

Risola-i Nur hozirga qadar hech bir ilm odami toʻliq bir ochiqlik bilan isbot qilolmagan eng qiyin tushuniladigan masalalarni gʻoyat oddiy bir shaklda, eng omi avom tabaqasidan tortib eng oliy xoslar tabaqasiga qadar harkasning iste'dodi nisbatida anglay oladigan tarzida, shubhasiz ishontiruvchi va yaqiyniy bir shaklda izoh va isbot qilishidir. Bu xususiyat deyarli hech bir ilm odamining asarida yoʻqdir.

Ikkinchisi: Barcha Nur asarlari Qur'oni Karimning bir qism oyatlarining haqiqiy tafsiri boʻlib, uning ma'naviy i'jozining yogʻdulari boʻlganini har xususda koʻrsatishidir.

Uchinchisi: Insonlarning eng chuqur ehtiyojlariga qat'iy dalil va burhonlar bilan ilmiy mohiyatda javob berishidir. Masalan: Vojib-ul-Vujudning borligi va oxirat va boshqa iymon ruknlarini bir zarraning lisoni hol va qol suratida tarjimonligini qilib isbot qilishi. Eng mashhur Islom faylasuflaridan Ibn Sino, Farobiy, Ibn Rushd bu maslaklarda butun mavjudotni dalil oʻlaroq koʻrsatganlari holda; Risola-i Nur u haqiqatlarni aynan bir zarra yoki bir urugʻ lisoni bilan isbot qiladi. Agar Risola-i Nurning ilmiy qudratini hozir ularga koʻrsatish mumkin boʻlsaydi, ular hamon tiz choʻkib Risola-i Nurdan dars olar edilar.

Toʻrtinchisi: Risola-i Nur insonning yillarcha mashgʻul boʻlib qoʻlga kirita olmagan ma'lumotlarni loʻnda xulosalar navidan qisqa bir zamonda ta'min qilishidir.

Beshinchisi: Risola-i Nur ilmning asos gʻoyasi boʻlgan rizoyi Ilohiyni qoʻlga kiritishga sabab boʻlishi va dunyo manfaatiga ilmni hech bir jihat bilan vosita qilmasdan toʻliq ma'noda insoniyatga xizmat kabi eng yuksak vazifani tamsil etishidir.

Oltinchisi: Risola-i Nur quvvatli va muqaddas va iymoniy bir tafakkur samarasi boʻlib butun mavjudotning lisoni hol va qol suratida tarjimonligini qiladi. Ayni zamonda iymon haqiqatlarini ilmalyaqiyn va aynalyaqiyn va haqqalyaqiyn darajalarida inkishof ettiradi.

— 250 —

Yettinchisi: Risola-i Nur barcha ilmlarni jamlagan boʻlishidir. Goʻyo ilm iplari bilan toʻqilgan ziynatli gazlama kabidir. Va hozirga qadar hech bir ilm arbobi tarafidan aytilmagan va har ilmga boʻlgan eng chuqur voqifligini koʻrsatgan vajizalar majmuasidir. Misol oʻlaroq bir nechtasini zikr qilib, umumi haqida bir fikr olishni istaganlarga Risola-i Nur dengiziga murojaat qilishini tavsiya qilamiz.

"Chivinning koʻzini yaratgan, quyoshni ham u yaratgandir."

"Bir kapalakning me'dasini tartibga solgan, Manzuma-i Shamsiyani ham u tartibga solgandir."

"Bir zarrani ijod etish uchun, butun koinotni ijod qiladigan soʻngsiz qudrat lozim. Zero shu kitobi kabiri koinotning har bir harfining, ayniqsa ziyhayot har bir harfining har bir jumlasiga yuzlangan bittadan yuzi va qaragan bittadan koʻzi bor."

"Tabiat misoli bir matbaadir, chop qilgan emas.. naqshdir, naqqosh emas.. mistardir, masdar emas.. nizomdir, nozim emas.. qonundir, qudrat emas.. shariati irodiyadir, haqiqati xorijiya emas."

"Sobit, doim, fitriy qonunlar kabi ruh ham olami amrdan, sifati irodadan kelgan va qudrat unga vujudi hissiy kiydirgan.. bir sayyola-i latifani u gavharga sadaf qilgan..."

Va hokazo.. minglab vajizalar bor.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Universitet Nurchilari nomidan duongizga juda muhtoj
Mustafo Ramazonoʻgʻli
***
— 251 —
Halil Ibrohimning Manzumasi
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Zarramizni farti shafqatinla shamsi anvoringga tushirding,

Johilligimizla anoniyatimizni diyori irfoningga tushirding.

Ma'dani misimizni pota-i Furqonga tushirding,

Afsuski, u potada zunnori inkorimizni tushirding.

Saroyi Ka'ba-i ulyoga erib tuli amalimizni tushirding,

Maqomi nuri tavhidga borib xobi xayolimizni tushirding.

Haromgohi Ilohiyda suvaydo hujrasiga yukimizni tushirding,

Hay'ati suratining ichidagi ma'noga koʻnglimizni tushirding.

To azal tongida vahdat ohangini eshitding,

Layliyi zamon Qays ila bir damda koʻrishding.

Doʻst iqlimining lolasining bogʻlariga erishding,

Vahdati soqi midodini سَقَيهُمْ kavsariga tushirding.

Boʻlmasayding ey Risola-i Nur bizga sen ehson;

Chohi mosivo, nafsi togʻutla yutar edi bizni hamon.

Zalolatdan oʻtolmas, kufr menligida qolardik uryon,

Hamdan Lilloh qatramizni bahri anvoringga tushirding.

Sendagi asrori Haq سَوْفَ تَرَينِى ni soʻylasam,

Gul jihatidagi Lahut menini sharh va bayon aylasam.

Nur-i Xudo, moʻminga hadya, zalolatga sayfi hamta-mi desam;

Zulfiqor va Asoyi Muso ila munkirlarni girdobga tushirding.

Oshinoyi bazmi Haqdir Risola-i Nur talabalari;

Nuri Yazdon, Fayzi Qur'ondir jumlasining rahbari.

Bu ojiz notuvon ularning bir haqir kamtari,

Halil Ibrohimga "haqi dari oli aba" tom tushirding.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Duongizga juda muhtoj gunohkor Qardoshingiz
Haki dari Oli Aba
***
— 252 —

Huva Nuktasi

بِاسْمِهِ سُبْحَانَ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz va Siddiq Qardoshlarim!

[Qardoshlarim, لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ va قُلْ هُوَ اللّهُ dagi هُوَ lafzida faqat moddiy jihatda bir fikriy va xayoliy sayohatda havo sahifasining mutolaasi bilan oniy bir suratda koʻringan bir zarif tavhid nuktasida iymoniy maslakning hadsiz daraja oson va vujub darajasida yengil ekanini va shirk va zalolatning maslagida hadsiz darajada mushkul, imkonsiz minglab mahol boʻlganini koʻrdim. Gʻoyat qisqa bir ishora bilan oʻsha keng va uzun nuktani bayon qilaman.]

Ha, qandayki bir hovuch tuproq yuzlab gullarga navbat bilan gultuvaklik qilgan idishida agar tabiatga, sabablarga havola etilsa, lozim boʻladiki; yo oʻsha idishda kichik miqyosda yuzlab, balki gullar adadicha ma'naviy uskunalar, fabrikalar boʻlsin va yoxud u parcha tuproqdagi har bir zarra barcha oʻsha boshqa-boshqa gullarni har xil xususiyatlari bilan va hayotdor jihozlari bilan qilishlarini bilsin, goʻyo bir iloh kabi hadsiz ilmi va nihoyatsiz iqtidori boʻlsin... Aynan shuning kabi: Amr va irodaning bir arshi boʻlgan havoning, shamolning har bir parchasi va bir nafas va tirnoq qadar boʻlgan هُوَ lafzidagi havoda, kichkina miqyosda butun dunyoda mavjud telefonlarning, telegraflarning, radiolarning va hadsiz va har xil soʻzlashuvlarning markazlari, stantsiyalari, qabul qiluvchilari va uzatgichlari boʻlsin va oʻsha hadsiz ishlarni baravariga va bir onda qila olsin. Va yoxud u هُوَ dagi havoning, balki unsuri havoning har bir parchasining har bir zarrasi barcha telefonchilar va boshqa-boshqa umum telegrafchilar va radio bilan gapirganlar qadar ma'naviy shaxsiyatlari va qobiliyatlari boʻlsin va ularning umum tillarini bilsin va ayni zamonda boshqa zarralarga ham bildirsin, tarqatsin. Chunki amalda oʻsha vaziyat qisman koʻrinmoqda va havoning barcha qismlarida oʻsha qobiliyat bor.

— 253 —

Xullas, ahli kufrning va tabiiyun va moddiyunlarning maslaklarida nafaqat bitta mahol, balki zarralar adadicha mahollar va imkonsizliklar va mushkulotlar ochiq-oydin koʻrinadi. Agar Sone'-i Zuljalolga berilsa, havo barcha zarralari bilan uning itoatkor askari boʻladi. Birgina zarraning muntazam birgina vazifasi qadar osonlik bilan hadsiz kulliy vazifalarini Xoliqining izni bilan va quvvati bilan va Xoliqqa bogʻlanish va tayanish bilan va Sone'ining jilva-i qudrati bilan bir onda yashin tezligida va هُوَ talaffuzi va havoning toʻlqinlanishi osonligida qilinadi. Ya'ni, qalami qudratning hadsiz va hayratomuz va muntazam yozuvlariga bir sahifa boʻladi va zarralari oʻsha qalamning uchlari va zarralarning vazifalari esa qalami qadarning nuqtalari boʻladi; birgina zarraning harakati darajasida oson ishlaydi.

Xullas, men لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ va قُلْ هُوَ اللَّهُ dagi harakati fikriya bilan sayohatimda, havo olamini tomosha va oʻsha unsurning sahifasini mutolaa qilarkan, bu qisqa haqiqatni tamoman yaqqol va batafsil aynalyaqiyn koʻrdim va هُوَ ning lafzida, havosida bunday porloq bir burhon, va bir lam'a-i vohidiyat boʻlgani kabi.. ma'nosida va ishorasida gʻoyat nuroniy bir jilva-i ahadiyat va juda quvvatli bir hujjati tavhid va هُوَ olmoshining mutlaq va noaniq ishorasi qaysi zotga qaraydi ishorasiga koʻrinishga yordam bergan bir alomat u hujjatda borligi uchundirki; ham Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon, ham ahli zikr maqomi tavhidda bu qudsiy kalimani koʻp takrorlaydilar deya ilmalyaqiyn bilan bildim.

— 254 —

Ha, masalan: Bir nuqta oq qogʻozda ikki-uch nuqta qoʻyilsa aralashishi va bir odam har xil koʻp vazifalarni barobar bajarishi bilan chalkashishi va bir kichik ziyhayotga koʻp yuklar yuklanishi bilan ostida ezilgani va bir til va bir quloqqa ayni onda koʻplab kalimalarning baravariga chiqishi va kirishi intizomini buzib qoʻshilgani holda; aynalyaqiyn koʻrdimki, هُوَ ning kaliti bilan va kompasi bilan fikran sayohat qilganim havo unsurida, har bir parchasi, hatto har bir zarrasi ichiga har xil minglab nuqtalar, harflar, kalimalar qoʻyilgani yoki qoʻyib boʻlgani holda, qoʻshilmaganini va intizomini buzmaganini; ham boshqa-boshqa juda koʻp vazifalar bajargani holda, hech chalkashmasdan qilinganini va u parchaga va zarraga juda koʻp ogʻir yuklar yuklangani holda, hech zaiflik koʻrsatmasdan, orqada qolmasdan intizom bilan tashiganini; ham minglab boshqa-boshqa kalima, boshqa-boshqa tarzda, ma'noda oʻsha kichginagina quloq va tillarga mukammal intizom bilan kelib chiqib, hech qoʻshilmasdan, buzilmasdan oʻsha kichkinagina quloqlarga kirib, oʻsha gʻoyat nozikkina tillardan chiqqani va oʻsha har zarra va har parchacha bu ajib vazifalarini ado etish bilan birga mukammal erkinlik bilan jazbadorona hol tili bilan va mazkur haqiqatning shahodati va lisoni bilan لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ va قُلْ هُوَ اللَّهُ deb kezadi va toʻfonlarning va yashin va chaqmoq va momaqaldiroq kabi havoni toʻqnashtiruvchi toʻlqinlar ichida intizomini va vazifalarini hech buzmaydi va chalkashmaydi va bir ish boshqa bir ishga mone boʻlmaydi... men aynalyaqiyn mushohada etdim.

Demak, yo har bir zarra va har bir parcha havoda nihoyatsiz bir hikmat va nihoyatsiz bir ilmi, irodasi va nihoyatsiz bir quvvati, qudrati va barcha zarralarga hokimi mutlaq bir xossalari boʻlishi lozimdirki, bu ishlarga sabab boʻla olsin. Bu esa zarralar adadicha mahol va botildir. Hech bir shayton ham buni xotirga keltirolmaydi. Unday boʻlsa, bu sahifa-i havo haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn darajasida yaqqol Zoti Zuljalolning hadsiz cheksiz ilmi va hikmat bilan ishlatgan qalami qudrat va qadarning almashuvchi sahifasi va bir Lavhi Mahfuzning olami tagʻayyurda va oʻzgaruvchan ishlarida bir lavhi mahv va isbot nomli yozib oʻchiradigan taxtasi hukmidadir.

— 255 —

Xullas, havo unsurining birgina ovozlarni uzatishi vazifasida mazkur jilva-i vahdoniyati va mazkur ajoyibotni koʻrsatgani hamda zalolatning hadsiz maholligini izhor qilgani kabi, havo unsurining boshqa ahamiyatli vazifalaridan biri ham elektr, tortish, itarish, ziyo kabi boshqa latifalarning uzatishda chalkashmay intizomli tarzda ovozlar uzatilishidagi vazifani qilgani ayni zamonda, barcha nabotot va hayvonotga nafas olish va changlanish kabi hayotga zarur boʻlgan lozim narsalarni mukammal intizom bilan yetishtiradi, amr va iroda-i Ilohiyaning bir Arshi boʻlganini qat'iy bir suratda isbot qiladi va daydi tasodif va koʻr quvvat va kar tabiat va chalkash, nishonsiz sabablar va ojiz, jonsiz, johil moddalar bu havo sahifasining kitobatiga va vazifalariga aralashishi hech bir jihat bilan ehtimol va imkoni boʻlmaganini aynalyaqiyn darajasida isbot qilganiga qat'iy qanoat keltirdim va har bir zarra va har bir parcha lisoni hol bilan لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ va قُلْ هُوَ اللَّهُ deganlarini bildim va bu هُوَ kaliti bilan havoning moddiy jihatidagi bu ajoyibotni koʻrganim kabi, havo unsuri ham bir هُوَ oʻlaroq olami misol va olami ma'noga bir kalit boʻldi.

Davomi hozircha yozdirilmadi. Umumga minglab salom.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 256 —

YIGIRMA TOʻQQIZINCHI MAKTUBNING BESHINCHI RISOLASI BOʻLGAN BESHINCHI QISMI

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

oyati pur-anvorining koʻp sirlarining nurlaridan bir nurini Ramazoni Sharifda, bir holati ruhoniyada his etdim, xayol-mayol koʻrdim. Shundayki:

Uvays Qaroniyning:

اِلٰه۪ى اَنْتَ رَبّ۪ى وَ اَنَا الْعَبْدُ ٭ وَ اَنْتَ الْخَالِقُ وَ اَنَا الْمَخْلُوقُ ٭ وَ اَنْتَ الرَّزَّاقُ وَ اَنَا الْمَرْزُوقُ ٭ الخ

munojoti mashhurasi navidan butun mavjudot, zavilhayot Janobi Haqqa ayni munojotni qilganlarini va oʻn sakkiz ming olamning har birining yorugʻligi bittadan ismi Ilohiy ekanini menga qanoat beradigan qalb bilan bogʻliq bir xayoliy voqeani koʻrdim. Shundayki:

Bir-biriga oʻralgan koʻp yaproqli bir gul gʻunchasi kabi, shu olam minglab parda-parda ichida oʻralgan, bir-biri ostida saqlangan olamlarni bu olam ichida koʻrdim. Har bir parda ochilgan sari, boshqa bir olamni koʻrar edim. U olam esa, oyati Nurning orqasidagi

اَوْ كَظُلُمَاتٍ ف۪ى بَحْرٍ لُجِّىٍّ يَغْشٰيهُ مَوْجٌ مِنْ فَوْقِه۪ مَوْجٌ مِنْ فَوْقِه۪ سَحَابٌ ظُلُمَاتٌ بَعْضُهَا فَوْقَ بَعْضٍ اِذَٓا اَخْرَجَ يَدَهُ لَمْ يَكَدْ يَرٰيهَا وَمَنْ لَمْ يَجْعَلِ اللّٰهُ لَهُ نُورًا فَمَا لَهُ مِنْ نُورٍ

oyati tasvir etgani kabi; bir zulumot, bir vahshat, bir dahshat qorongʻiligi ichida menga koʻrinar edi. Birdan bir ismi Ilohiyning jilvasi bir nuri azim kabi koʻrinib yoritayotgan edi. Qaysi parda aqlga qarshi ochilgan boʻlsa, xayolga qarshi boshqa bir olam faqat gʻaflat bilan qorongʻi bir olam koʻrinarkan, quyosh kabi bir ismi Ilohiy tajalliy etadi, boshdan oyoq u olamni nurlantiradi va hokazo... Bu sayri qalbiy va sayohati xayoliya koʻp davom etdi.

— 257 —

Jumladan: Rizqqa muhtoj hayvonot olamini koʻrgan vaqtim; hadsiz ehtiyojlar, shiddatli ochliklari bilan barobar zaiflik va ojizliklari u olamni menga juda qorongʻi va gʻamgin koʻrsatdi. Birdan "Rahmon" ismi "Razzoq" burjida, ya'ni ma'nosida bir shamsi tobon kabi chiqdi. U olamni boshdan oyoq rahmat ziyosi bilan yoritdi.

Soʻngra u olami hayvonot ichida bolalar va chaqaloqlarning zaiflik va ojizlik va ehtiyoj ichida tipirchilashlari qaygʻuli va harkasni achintiradigan bir qorongʻulik ichida boshqa bir olamni koʻrdim. Birdan "Rahim" ismi "Shafqat" burjida chiqdi. Shunchalar goʻzal va shirin bir suratda u olamni yoritdiki, shikoyat va achinish va qaygʻudan kelgan yosh tomchilarini sevinch va surur va shukrning lazzatidan kelgan tomchilarga aylantirdi.

Soʻngra kino pardasi kabi bir parda yana ochildi. Olami insoniy menga koʻrindi. U olamni shunchalar zulmatli, shunchalar qorongʻu, dahshatli koʻrdimki; dahshatimdan faryod etdim, "Eyvoh!" dedim. Chunki koʻrdimki: Insonlardagi abadga uzanib ketgan orzulari, istaklari va koinotni qamragan tasavvurlari va fikrlari va abadiy baqo va saodati abadiyani va Jannatni gʻoyat jiddiy istagan himmatlari va iste'dodlari va hadsiz maqsadlarga va istaklarga yuzlangan faqirlik va ehtiyojlari hamda zaiflik va ojizliklari bilan barobar, hujumga ma'ruz qolganlari hadsiz musibat va dushmanlari bilan barobar; gʻoyat qisqa bir umr, gʻoyat sertashvish bir hayot, gʻoyat parishon bir tirikchilik ichida qalbga eng alamli va eng mudhish holatlar boʻlgan doimiy zavol va firoq balosi ichida -ahli gʻaflat uchun- abadiy zulmatlar eshigi suratida koʻringan qabrga va mozoristonga qarayaptilar... Bitta-bitta va toifa-toifa oʻsha zulmatlar qudugʻiga tashlanyaptilar!.. Xullas, bu olamni bu zulmatlar ichida koʻrgan onimda, qalb va ruh va aqlim bilan birga barcha insoniy latifalarim, balki barcha vujudimning zarralari faryod qilib yigʻlashga tayyor ekan.. birdan Janobi Haqning "Odil" ismi "Hakim" burjida, "Rahmon" ismi "Karim" burjida, "Rahim" ismi "Gʻofur" burjida, ya'ni ma'nosida, "Bois" ismi "Voris" burjida, "Muhyi" ismi "Muhsin" burjida, "Rob" ismi "Molik" burjida koʻrindilar. U olami insoniy ichidagi koʻp olamlarni nurlantirdilar, yoritdilar va nuroniy oxirat olamidan derazalar ochib, u qorongʻu inson dunyosiga nurlar sochdilar.

Soʻngra bir muazzam parda yana ochildi. Olami Arz koʻrindi. Falsafaning qorongʻu ilmiy qonunlari xayolga dahshatli bir olamni koʻrsatdi. Yetmish marta zambarak oʻqidanda yanada tez bir harakat bilan yigirma besh ming yillik masofani bir yilda aylangan va har doim tarqalishga va parchalanishga qobiliyatli va ichi zilzilali, keksa va juda qari Kurra-i Arz ichida, olamning hadsiz fazosida sayohat etgan bechora nav'-i inson vaziyati menga vahshatli bir qorongʻulik ichida koʻrindi. Boshim aylandi, koʻzim qoraydi... Birdan Xoliqi Arz va Samovotning "Qodir", "Alim", "Rob", "Alloh" va رَبُّ السَّمَوَاتِ وَاْلاَرْضِ va مُسَخِّرُ الشَّمْسِ وَالْقَمَرِ ismlari rahmat, azamat, rububiyat burjida koʻrindi. U olamni shunday nurlantirdilarki; u holatda menga Kurra-i Arz gʻoyat intizomli, boʻysundirilgan, mukammal, xush, ishonchli bir sayohat kemasi.. sayr va rohat va tijorat uchun muhayyo etilgan bir shaklda koʻrdim.

— 258 —

Xulosa: Ming bir ismi Ilohiyning koinotga yuzlangan u ismlardan har biri bir olamni va u olam ichidagi olamlarni nurlantiradigan bir quyosh hukmida va sirri Ahadiyat jihati bilan, har bir ismning jilvasi ichida boshqa ismlarning jilvalari ham bir daraja koʻrinayotgan edi. Soʻngra qalb har zulumot orqasida boshqa bir nurni koʻrgani uchun, sayohatga ishtahasi ochilayotgan edi.. xayolga minib samoga chiqishni istadi. Shunda gʻoyat keng bir parda yana ochildi. Qalb samovot olamiga kirdi. Koʻrdimki:

U nuroniy tabassum etgan suratida koʻringan yulduzlar; Kurra-i Arzdanda yanada katta va undan yanada tez bir suratda bir-biri ichida kezmoqdalar, aylanmoqdalar. Bir gradusning oltmishdan biriga yoʻlini adashtirsa, boshqasi bilan toʻqnashadi, shunday bir portlash boʻladiki, koinotning oʻti yorilib olamni tarqatib yuboradi. Nur emas, otash sochadilar. Tabassum emas, vahshat bilan menga qaradilar. Hadsiz katta, keng, xoli, boʻsh, dahshat, hayrat zulmatlari ichida samovotni koʻrdim. Kelganimga ming pushaymon boʻldim. Birdan رَبُّ السَّمَوَاتِ وَ اْلاَرْضِ رَبُّ الْمَلاَئِكَةِ وَ الرُّوحِ ning asmo-i husnasi,

وَ سَخَّرَ الشَّمْسَ وَ الْقَمَرَ ٭ وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَاءَ الدُّنْيَا بِمَصَابِيحَ

burjida jilvalari bilan koʻrindilar.

— 259 —

Oʻsha ma'no jihati bilan qorongʻulik ustiga choʻkkan yulduzlar, oʻsha azim nurlardan bittadan yogʻdu olib, yulduzlar adadicha elektr chiroqlari yoqilgandek, oʻsha olami samovot nurlandi. Oʻsha boʻsh, xoli deb oʻylangan samovot ham maloikalar bilan, ruhoniylar bilan toʻldi, jonlandi. Sultoni Azal va Abadning hadsiz qoʻshinlaridan bir qoʻshin hukmida harakat qilgan quyoshlar va yulduzlar, yuksak harakat qilayotgan tarzda, u Sultoni Zuljalolning hashamatini va dabdaba-i Rububiyatini koʻrsatayotgan kabi koʻrdim. Bor quvvatim bilan va mumkin boʻlsaydi, barcha zarralarim bilan va meni tinglasalar edi, barcha maxluqotning lisonlari bilan aytar edim. Ham umum ularning nomidan dedim:

اَللَّهُ نُورُ السَّمَوَاتِ وَاْلاَرْضِ مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكَاةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ اَلْمِصْبَاحُ فِى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَب دُرِّىٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لاَ شَرْقِيَّةٍ وَلاَ غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِيءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلَى نُورٍ يَهْدِى اللَّهُ لِنُورِهِ مَنْ يَشَاءُ

oyatini oʻqidim, qaytdim, tushdim, oʻzimga keldim. اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى نُورِ الاِْيمَانِ وَالْقُرْاَنِ dedim.

Said Nursiy
***
— 260 —

Na'budu Nuktasi

Bu ma'noni nurlantirish uchun oʻz boshimdan oʻtgan nurli bir holni va haqiqatli bir xayolni aytaman. Shundayki:

Bir vaqt اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ dagi nuni mutakallimi ma'algʻayrni (birinchi shaxs, koʻplik) oʻyladim; va mutakallimi vahda (birinchi shaxs, birlik) negizidan نَعْبُدُ negiziga oʻtishning sababini qalbim qidirdi. Birdan namozdagi jamoatning fazilati va sirri oʻsha nundan ochildi. Koʻrdimki: Namoz oʻqiganim oʻsha Boyazid Masjididagi jamoat bilan ishtirokimni va har biri mening bir navi shafoatchim hukmiga va qiroatimda izhor qilganim hukmlarga va da'volarga bittadan shohid va bittadan yordamchi koʻrdim. Nuqsonli ubudiyatimni oʻsha jamoatning buyuk va juda koʻp ibodatlari ichida dargohi Ilohiyaga taqdimga jasorat keldi. Birdan bir parda yana ochildi.. ya'ni, Istanbulning barcha masjidlari tutashdilar. U shahar oʻsha Boyazid Masjidi hukmiga oʻtdi. Birdan ularning duolariga va tasdiqlariga ma'nan bir navi mazhariyat his qildim. Unda ham roʻyi zamin masjidida, Ka'ba-i Mukarrama atrofida doiraviy saflar ichida oʻzimni koʻrdim. اَلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبُّ الْعَالَمِينَ dedim. "Mening shuncha shafoatchilarim bor; men namozda aytgan har bir soʻzimni aynan aytyaptilar, tasdiq qilyaptilar." Modomiki xayolan bu parda ochildi, Ka'ba-i Mukarrama mehrob hukmiga oʻtdi; men bu fursatdan foydalanib oʻsha saflarni guvoh qilib, tahiyyotda aytganim, اَشْهَدُ اَنْ لاَ اِلَهَ اِلاَّ اللَّهُ وَاَشهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللَّهِ boʻlgan iymonning tarjimonini muborak Hojar-ul Asvadga taslim qilib amonat qoldiraman" derkan, birdan bir vaziyat yana ochildi. Koʻrdimki, men kirgan jamoat uch doiraga ayrildi:

Birinchi Doira: Roʻyi zaminda moʻminlar va muvahhidiyndagi jamoati uzmo...

Ikkinchi Doira: Qaradim, umum mavjudot bir saloti kubroda, bir tasbehoti uzmoda, har toifa oʻziga maxsus salotlar va tasbehoti bilan mashgʻul bir jamoat ichidaman. "Ashyoning vazifalari" tabir etilgan koʻringan xizmatlar ularning ubudiyatlarining unvonlaridir. U holda "Allohu Akbar" deb hayratdan boshimni egdim, oʻzimga qaradim:

— 261 —

Uchinchi bir doira ichida, hayratlantiruvchi, koʻrinishdan va sifat jihatidan kichik, haqiqatdan va vazifa jihatidan va son jihatidan katta bir kichik olamni koʻrdimki, vujudimning zarralaridan zohiriy tuygʻularimga qadar toifa-toifa vazifa-i ubudiyat bilan va shukroniya bilan mashgʻul bir jamoat koʻrdim. Bu doirada qalbimdagi latifa-i Rabboniyam اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ oʻsha jamoat nomidan aytmoqda. Qandayki avvalgi ikki jamoatda ham lisonim oʻsha ikki ulkan jamoatni niyat qilib aytgan edi.

Xulosa: نَعْبُدُ Nuni shu uch jamoatga ishora qiladi. Xullas, bu holatda ekan, birdan Qur'oni Hakimning tarjimoni va muballigʻi boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning - Madina-i Munavvara deyilgan ma'naviy minbarida- shaxsiyati ma'naviyasi, hashamati bilan aks etib, يَا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا رَبَّكُمْ xitobini, ma'nan harkas kabi men ham eshitib; oʻsha uchta jamoatda harkas men kabi اِيَّاكَ نَعْبُدُ bilan javob bermoqda xayol qildim. اِذَا ثَبَتَ الشَّيْءُ ثَبَتَ بِلَوَازِمِهِ qoidasiga koʻra, shunday bir haqiqat fikrga koʻrindiki:

Modomiki butun Olamlarning Robbi insonlarni muxotob sifatida qabul qilib umum mavjudot bilan gaplashadi.. va shu Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom u xitobi izzatni nav'-i basharga, balki umum ziyruhga va ziyshuurga yetkazadi. Albatta, butun moziy va istiqbol hozirgi zamon hukmiga oʻtdi.. butun nav'-i bashar bir majlisda, saflari har xil jamoat shaklida boʻlib u xitob oʻsha surat bilan ularga qilinyapti. U vaqt har bir Qur'on oyatlari gʻoyat hashamatli va keng bir maqomdan, gʻoyat koʻp sonli va har xil va ahamiyatli muxotobidan, nihoyatsiz azamat va jalol sohibi Mutakallimi Azaliydan va maqomi mahbubiyati uzmo sohibi Tarjimoni Oliyshondan olgan bir quvvati ulviyat, jazolat va balogʻat ichida.. porloq, ham juda porloq bir nuri i'jozni ichida koʻrdim. Oʻshanda emas umum Qur'on; yo bir sura va yoxud bir oyat, balki har bir kalimasi bittadan moʻ'jiza hukimga oʻtdi;

— 262 —

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى نُورِ اْلاِيمَانِ وَالْقُرْاَنِ dedim. U ayni haqiqat boʻlgan xayoldan نَعْبُدُ Nuniga kirganim kabi chiqdim va angladimki: Qur'onning nafaqat oyatlari, kalimalari.. balki Nuni نَعْبُدُ kabi ba'zi harflari ham muhim haqiqatlarning nurli kalitlaridir.

Qalb va xayol u Nuni نَعْبُدُ dan chiqqandan soʻng, aql qarshilariga chiqdi, dedi:

-Men ham hissa istayman, siz kabi ucholmayman. Oyoqlarim dalildir, hujjatdir, ayni نَعْبُدُ va نَسْتَعِينُ da Ma'bud va Musta'on boʻlgan Xoliqqa ketgan yoʻlni koʻrsatish lozimdirki, siz bilan kela olay".

U vaqt qalbga shunday keldiki: Ayt u hayratda qolgan aqlga: Qara koinotdagi butun mavjudotga!.. Ziyhayot boʻlsin, jonsiz boʻlsin, kamoli itoat va intizom bilan vazifa suratida ubudiyatlari bor. Bir qismi shuursiz, hissiz boʻlganlari holda gʻoyat shuurkorona, intizomparvarona va ubudiyatkorona vazifa bajarmoqdalar. Demak, bir Ma'budi Bilhaq va bir Amiri Mutlaq borki, bularni ibodatga yoʻnaltirib ishlattirmoqda.

Ham qara, butun mavjudotga, xususan ziyhayot boʻlganlarga.. har birining gʻoyat koʻp va gʻoyat har xil ehtiyojlari bor va vujud va baqosiga lozim juda koʻp, har xil istaklari bor. Eng kichigiga qoʻllari yetisholmaydi, qudratlari yetishmaydi. Holbuki oʻsha hadsiz istaklari, kutmagan yeridan, vaqti munosibda, muntazam ravishda ularning qoʻllariga berilmoqda va bilmushohada koʻrinmoqda.

Xullas, shu mavjudotning bu hadsiz faqirlik va ehtiyojlari va bu favqulodda gʻaybiy yordamlar va Rahmoniy koʻmaklar yaqqol tarzda koʻrsatadiki: Bir Gʻaniyyi Mutlaq, Karimi Mutlaq va Qodiri Mutlaq boʻlgan bir Himoyachi va Roziqlari borki; hamma narsa va har ziyhayot Undan yordam soʻraydi, madad kutadi. Ma'nan وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deydi. U payt aql "Amanna va soddaqna" dedi.

Said Nursiy
***
— 263 —

RISOLA-I NUR NIMA, BADIUZZAMON KIM?

Har asr boshida hadisga koʻra kelishi xushxabar berilgan dinning yuksak xodimlari din ishlarida mubtadi' emas, muttabi'dirlar. Ya'ni, oʻzlaridan va yangidan bir narsa ijod qilmaydilar, yangi hukmlar keltirmaydilar. Asoslar va dinning hukmlariga va sunnati Muhammadiyaga (A.S.V.) aynan ergashish yoʻli bilan dinni toʻgʻrilash va quvvatlantirish va dinning haqiqat va asliyatini izhor va unga aralashtirilish istanilgan uydurmalarni oʻrtadan olib tashlash va bekor qilish va dinga boʻlgan tajovuzlarni rad va yoʻq qilish va Rabboniy amrlarni oʻrnatish va Alloh hukmlarining sharaflilik va ulugʻligini izhor va e'lon qiladilar. Faqat asosiy holatni buzmasdan va asl ruhga ziyon yetkazmasdan yangi izoh tarzlari bilan zamonning fahmiga uygʻun yangi ishontirish usullari bilan va yangi yoʻnaltirishlar va izohlar bilan vazifani ado qiladilar.

Bu Rabboniy xizmatkorlar ishlari bilan va amallari bilan ham xizmatkorliklarining tasdiqchisi boʻladilar. Salobati iymoniyalarining va ixloslarining oynadorligini shaxsan ado qiladilar, martaba-i iymonlarini amalda izhor qiladilar. Va axloqi Muhammadiyaning (A.S.V.) toʻliq boamali va mishvari Ahmadiyaning (A.S.V.) va hilya-i Nabaviyaning (A.S.V.) haqiqiy liboslanganlarini koʻrsatadilar. Xulosa: Amal va axloq jihatidan va sunnati Nabaviyaga (A.S.V.) ergashish va yopishish jihatidan ummati Muhammadga (A.S.V.) toʻliq goʻzal bir misol boʻladilar va iqtido namunasini tashkil qiladilar. Bularning Kitobullohning tafsiri va diniy hukmlarning izohi va zamonning fahmiga va ilm martabasiga koʻra yoʻnaltirish tarzi mavzusida yozgan asarlari oʻz nafslarining va yuksak qobiliyatlarining mahsuli emas, oʻz zakovat va irfonlarining natijasi emas.. Bular toʻgʻridan-toʻgʻriga vahiy manbai boʻlgan Zoti Poki Risolatning ma'naviy ilhom va talqinlaridir. Jaljalutiya va Masnavi-i Sharif va Futuh-ul Gʻayb va oʻxshash asarlar hammasi bu navdandir. Bu muqaddas asarlarga u oliyshon zotlar faqat tarjimon hukmidadirlar. Bu muqaddas zotlarning u tanlangan asarlarning tartiblanishida va bayon tarzida bir hissalari bor. Ya'ni bu muqaddas zotlar oʻsha ma'noning mazhari, mir'ati va aks yeri hukmidadirlar.

— 264 —

Risola-i Nur va Tarjimoniga Kelsak: Bu shoni yuksak asarda hozirga qadar oʻxshashiga uchralmagan yuksak bir fayz va soʻngsiz bir kamol mavjud boʻlganidan va hech bir asar noil boʻlmagan bir shaklda mash'ala-i Ilohiya va shamsi hidoyat va nayyiri saodat boʻlgan Hazrati Qur'onning fayzlariga voris boʻlgani mashhud boʻlganidan, uning asosi nuri mahzi Qur'on boʻlgani va avliyoullohning asarlaridan ziyoda fayzi anvori Muhammadiyani (A.S.V.) tashigani va Zoti Poki Risolatning undagi hissa va aloqasi va tasarrufi muqaddasasi avliyoullohning asarlaridan ziyoda boʻlgani va uning sazovori va tarjimoni boʻlgan ma'naviy zotning sazovorligi va kamoloti esa oʻsha nisbatda oliy va oʻxshovsiz boʻlgani quyosh kabi oshkora bir haqiqatdir.

Ha, u zot hali bolalik holida ekan va hech tahsil koʻrmasdan zavohirni qutqarmoq uchun uch oylik tahsil muddati ichida ulumi avvalin va oxiringa va ladunniyat va haqoiqi ashyoga va asrori koinotga va hikmati Ilohiyaga voris qilinganki, hozirga qadar bunday yuksak mazhariyatga hech kim noil boʻlmagan.. bu horiqo-i ilmiyaning tengi aslo oʻtmagan. Hech shubha qilinilmaski, tarjimoni Nur bu holi bilan boshdan oyoq iffati mujassama va shijoati horiqo va istigʻno-i mutlaq tashkil etgan horiquloda matonati axloqiyasi bilan shaxsan bir moʻ'jiza-i fitrat va jismlashgan bir inoyat va bir mavhiba-i mutlaqadir.

U horiqolar sohibi boʻlgan zot hali balogʻat yoshiga yetmasdan tengsiz bir alloma holida butun ilm dunyosiga bas kelgan, munozara qilgan ilm arboblarini ilzom va isqot etgan, har qayerda boʻlsa boʻlsin, oʻrtaga chiqqan barcha savollarga mutlaq bir toʻgʻrilik va aslo ikkilanmasdan javob bergan, oʻn toʻrt yoshidan e'tiboran ustozlik unvonini tashigan va doimo atrofiga fayzi ilm va nuri hikmat sochgan, izohlaridagi noziklik va chuqurlik va bayonlaridagi ulviyat va matonat va tafsirlaridagi chuqur farosat va basirat va nuri hikmat arbobi irfonni hayron qoldirgan va haqqi bilan "Badiuzzamon" unvoni jalilini baxsh ettirgandir. Oliy maziyatlari va ilmiy fazilatlari bilan ham dini Muhammadiyning yoyilishida va isbotida tom bir mukammallik holida koʻringan bunday bir zot albatta Sayyid-ul Anbiyo Hazratlarining eng yuksak iltifotiga sazovor va eng oliy himoya va himmatiga noildir.

Va shubhasiz u Nabiyyi Aqdasning amr va farmoni bilan yurgan va tasarrufi bilan harakat qilgan va uning nurlari va haqiqatlariga voris va aks yeri boʻlgan bir zoti karim-us sifatdir.

— 265 —

Anvori Muhammadiyani va maorifi Ahmadiyani va fuyuzoti sham'-i Ilohiyni eng porloq bir shaklda porlatishi va Qur'oniy va hadisiy boʻlgan ishoroti riyoziyaning oʻzida yakun topishi va xitoboti Nabaviyani ifoda etgan oyoti jalilaning riyoziy bayonlarining oʻz ustida toʻplanishi dalolatlari bilan u zot xizmati iymoniya nuqtasida risolatning bir mir'at-i mujallosi va shajara-i risolatning bir soʻng meva-i munavvari va lisoni risolatning voris boʻlish nuqtasida soʻng dahani haqiqati va shamsi Ilohiyning xizmati iymoniya jihatida bir soʻng homili zisaodati boʻlganiga shubha yoʻqdir.

Uchinchi Madrasa-i Yusufiyaning Al-hujjatuz-zahro va Zuhratun-nur boʻlgan birgina darsini tinglagan Nur Shogirdlari nomiga
Ahmad Fayzi, Ahmad Nazif, Salohiddin, Zubayr, Jaylon, Sungur, Tabanjali

Mening hissamni haddimdan yuz daraja ziyoda berishlari bilan barobar, bu imzo sohiblarining xotirlarini sindirishga jasorat etolmadim. Sukut saqlab u madhni Risola-i Nur shogirdlarining shaxsi ma'naviysi nomiga qabul qildim.

Said Nursiy
***
— 266 —

MUALLIFNING VASIYATNOMASI MUNOSABATI BILAN HALIL IBROHIMNING RISOLA-I NUR HAQIDA NUR SHOGIRDLARI NOMIGA YOZGAN BIR BAYONINING BIR PARCHASI

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Risola-i Nur nurdan bir arqondirki, koinot va koinotdagi mavjudotning tasbehotlari unda tizilgan. Risola-i Nur qabul qiluvchi va uzatuvchi bilan jihozlangan bir radio-i Qur'oniyadirki, uning sim va chiroqlari va oyna va batareyalari hukmidagi satrlari, kalimalari, harflari shunday intizomkorona va i'jozdorona kengaytirilganki, ertaga har bir ilm va fan odamlari hamda har mashrab va maslak sohiblari, ilm va iqtidorlari miqdorida olami gʻayb va olami shahodat va ruhoniyot olamidan va koinotdagi jarayon etgan har hodisalardan xabardor boʻlishi mumkin. Zero Risola-in Nur - manshuri Qur'ondir. Risola-in Nur - moʻminlarga hidoyat hadyalari, vasila-i saodat, mazhari shafoat va fayyozi Rahmondir. Risola-in Nur - koinotga bahorning fayzini bergan bir obi hayot va ayni rahmat va mahzi haqiqat va bir gulzori gulistondir. Risola-in Nur - lutfi Yazdon, kamoli iymon, ishoroti Qur'on va barakati ehsondir. Risola-in Nur - kofirga ziyon, munkirga toʻqmoq, zalolatga dushmandir. Risola-i Nur - bir xazina-i maxfiy, bir sanduqcha-i javohir va manbai anvordir. Risola-in Nur - haqiqati Qur'on va me'roji iymondir. Risola-in Nur - toji avliyo, sulton-ul asar va zubdat-ul ma'oniy va atoyo-i Ilohiy va hadoyo-yi Subhoniydir. Risola-i Nur - bir bahri haqoiq va bir sirri daqoiq va kanz-ul maorif va bahr-ul makorimdir. Risola-i Nur - xastalarga shifoxana-i hikmat va mo-i zamzam, sogʻlarga maishati haqiqat va riyhi rayhon va mushki anbardir. Risola-i Nur - mav'idi Ahmadiy (A.S.V.) va muayyidi Haydariy (R.A.) va taovuni Gʻavsiy (Q.S.) va tavsiya-i Gʻazzoliy (Q.S.) va ixbori Faruqiydir (Q.S.).

Risola-in Nur - Shamsi Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning alvoni sab'asi, Risola-in Nurning manshuri haqiqatida tom tajalliy qilganidan.. ham bir kitobi shariat, ham bir kitobi duo, ham bir kitobi hikmat, ham bir kitobi ubudiyat, ham bir kitobi amr va da'vat, ham bir kitobi zikr, ham bir kitobi fikr, ham bir kitobi ladunniyat, ham bir kitobi tasavvuf, ham bir kitobi mantiq, ham bir kitobi ilm-ul kalom, ham bir kitobi ilmi Ilohiyot, ham bir kitobi tashviqi san'at, ham bir kitobi balogʻat, ham bir kitobi isboti vahdoniyat va dushmanlarni bir kitobi ilzom va isqotdir.

— 267 —

Risola-i Nur parchalari, bir samo-i ma'naviyaning quyoshlari va oylari va yulduzlaridir. Qandayki zohiran sabablar pardasi boʻlgan quyoshdan, qamardan va yuzduzlardan butun koinot tanavvur va tazayyun va butun ashyo nashvu namo va hayot topadi. Xullas Risola-i Nur ham bu asrda butun olami bashariyatga hayoti abadiy va odamga komili inson va qalblarga nash'a-i iymon va aqllarga yaqiyni itmi'non va fikrlarga inkishof va nafslarga taslimi rizo va jon shu'lalarini Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayondan olib sochmoqdadir. U samo-i ma'naviyani ba'zan va zohiran hikmat sababli tashqi bir bulut toʻdasi qoplaydi. U jalolli samodan shunday bir boroni fayz va rahmat tomchilaydiki, iste'dodlar danaklar, urugʻlar, donlar kabi oʻsha siquvchi va tor olamda garchi biroz iztirob chekadilar, faqat toki oʻsha siqilishdan ustlaridagi poʻstloqlari yoriladi va yirtiladi, u onda bulutlar ham ufuqlarga chekinib soqchi vaziyatida kutishi bir imtihoni Rabboniy va bir inkishofi fayzoniy va bir rahmati nuroniydirki, avvalgi bir don, bir urugʻ qaytadan yangi bir hayotga otiladi. Ishtiyoq bilan va nash'a-i inkishof bilan mevador ulkan daraxt suratini oladi. Va يُبَدِّلُ اللَّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ sirriga sazovor boʻladilar.

Ha, yigirma yildir davom qilgan shu mavsumi shito inshaallohu taolo tugagan boʻlsin, dunyoga yangi bir fayzli bir fasli navbahor kelsin va olamning yuzi Nur bilan kulsin. Risola-in Nur Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning tasarrufi ostida boʻlgani uchun, unga uzangan va hujum qilishni istagan har qoʻl sinadi va har bir til quriydi.

Halil Ibrohim

Madrasat-uz Zahroning ruknlari nomidan biz ham ishtirok qilamiz.

Usmon, Rushdu, Ra'fat, Xusrav, Said, Hilmi, Muhammad, Halil Ibrohim, Mahmud Nuri.
***
— 268 —

MADINA-I MUNAVVARADA BOʻLGAN VA NURNING HAQIQATINI TOʻLIQ ANGLAGAN VA ISLOMIYATGA XIZMAT QILGAN BIR OLIMNING MAKTUBI

Koʻngillar fotihi juda muhtaram va mukarram Ustozimiz Hazratlari!

Muborak qoʻllaringizdan oʻpib, butun aziz va sadoqatli talabalaringiz bilan barobar sihat va salomatda doim boʻlishingizni Barigohi Kibriyodan niyoz aylayman.

Musulmonlar uchun eng buyuk bir bayram deb faqat vasflantirib boʻladigan oqlanishingiz barcha Nurchilarni shod va xandon aylagani kabi, bandangizni ham dunyolar qadar mamnun va masrur aylagan. Qanday mamnun qilmasinki, sizning asarlaringiz bilan birlikda oqlanishingiz demak: Ruhning moddiyotga, nurning zulmatga, iymonning kufrga, haqning botilga, tavhidning shirkka va irfonning johillikka gʻolib kelishi deganidir.

Yillardan beri qarshisiga togʻlar kabi toʻsiqlar, qoʻrqinch jarliklar kabi monelar qoʻyilgan Nur sharsharasi eng oxirida moʻ'jizaviy bir shaklda barcha toʻsiqlarni yiqitgan, monelarni oshgan, nur bilan barcha zulmatlarni toru-mor aylagandir.

"Moʻ'jizaviy horiqolar bilan chiqqan Ilohiy tajalliylarning vasfida qalamlar sinar, fikrlar gumburlar, ilhomlar yonar, kul boʻlar" der edilar. Haqiqatdan, bandangiz hozir bu mustasno zafarning qarshisida ayni ojizlikni butun borligʻim bilan his qilyapman. Zero tafakkur va ilhomimga nihoyasiz bir ufq ochilmoqda.. Jahon muhtasham bir Nur ibodatgohini eslatmoqda... Atrofimdagi har narsa, har yer chuqur vajd va istigʻrok bilan behush boʻlgan bir holda... Har zarrada وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ sirri Subhoniysi tajalliy etmoqda...

Shunga binoan, bilmayman, bu mas'ud hodisani shonli bir zafar, shohona bir fath, Ilohiy bir qutulish, olamshumul bir bayram deya-mi vasflantiray? Zero, muqaddas da'vo yutgan bu Ilohiy zafar butun Islom va insoniyat dunyosidagi mujohidlarning azmlariga quvvat, ruhlariga jon, iymonlariga shavq va hayajon bergandir.

— 269 —

Ha, azm va iymonlari, ishq va niyatlari hanuz kamolga yetmagan bir qancha musulmonlar, afsuski achchiq bir umidsizlik ichida edilar. Bunday bir zafarning boʻlishini xayol va mahol koʻrar edilar. Faqat barcha fayz va nurini insoniyatni nurlantirish va irshod uchun Ilohiy bir quyosh holida Arshi A'zamning purnur ufqlaridan tushgan Qur'oni Karimdan olgan nur nashriyoti sokin koʻllarni eslatgan koʻngillarni dengizlar kabi joʻshtirgan, mashaqqat va hijron yillarining umid va orzularga urgan mudhish zanjirlarni sindirgandir. U nur manbaidan joʻshib chiqqan u boshdan oxirigacha fayz va hikmatlar sochgan asarlar hislarning, fikrlarning va ayniqsa olovlar ichida yongan ruh va vijdonlarning azaliy va abadiy ehtiyojlariga javob bergani kabi, ularni orqama-orqa boʻgʻuvchi qorongʻuliklar muhitidan top-toza va juda porloq nur ufqlariga chiqargandir.

Yillarcha davom etgan uzun bir sukut, chuqur bir gʻaflat va boʻgʻuvchi bir zulmatdan soʻngra Ilohiy bir quyosh holida porlagan bu qudsiy zafar nur uchun yoʻl qidirayotgan parishon bashariyatning yaqin bir kelajakda uygʻonishini xushxabar bermoqdadir. Chunki din ehtiyoji yolgʻiz musulmonlarning emas, barcha insonlarning azaliy va abadiy ehtiyojidir.

Bugun badbaxt insoniyat din ne'matidan mahrum boʻlishning davomli hijron va falokatlarini bagʻri yonib chekmoqda. Bu achchiq inqirozning qoʻrqinch natijasidirki, chorak asr mobaynida ikki katta urushga kirgan va uchinchisining ham eshigini qoqmoq jinniligini koʻrsatmoqda.

Ortiq barcha insonlarni qardosh qilib yam-yashil jannatlarning nurli ufqlaridan esgan farovonlik va saodat, huzur va osoyish shamoli bilan toʻlqinlagan olamshumul bir bayroq ostida toʻplaydigan yagona quvvat, Islomdir. Zero bashariyatning bugungi holi, xuddi Islomdan avvalgi inson jamiyatlarining ayanchli holidir. Shuning uchun insoniyatni oʻsha kungi abadiy falokatdan qutqargan Islom, bugun ham qutqara oladi...

Ha, millionlarning, milliardlarning qalbida asrlardan beri qonayotgan oʻsha chuqur yarani oʻraydigan yagona shafqatli qoʻl, Islomdir. Har qanchalar ufqlarda zamon-zamon ba'zi uydirma yorugʻliklar koʻrilayotgan boʻlsa ham.. istiqbol butun nur va fayzini quyoshlardan emas, shaxsan Robb-ul Olamiyndan olgan azaliy va abadiy "Yulduz"nikidir. Oʻsha yulduz dunyolar turgancha turadi va uni soʻndirmoq istaganlarni yerga uradi.

— 270 —

Jahon-qiymat Ustozim!

Ma'lumi fozilonalaridirki, oxirgi kunlarda muqaddas da'voga xizmat qilgan ba'zi nurlantirish va irshod harakatlari chiqqan, faqat afsuski hech biri "Risola-i Nur" kulliyoti qilgan muhim ishni qilolmagan va qoʻlga kiritgan Ilohiy zafarni qozonolmagan. Zero bu yoʻl Paygʻambarlarning, valilarning, oriflarning, solihlarning va ayniqsa jonini jononga seva-seva fido qilgan va sanogʻi millionlarga sigʻmagan qahramon shahidlarning muqaddas yoʻlidir. Ortiq bu qiyin yoʻlda yurishni istaganlar har on qarshilariga qoʻyiladigan mudhish monelarni doimo koʻz oʻngida tutishlari lozim. Ha, bu yoʻlda yuradiganlarning sizdagi tebranish bilmagan iymon bilan, yuksak va Ilohiy irfon bilan va ayniqsa hayratomuz ixlos va farogʻat bilan jihozlangan boʻlishlari kerakdir. Chunki bu muhim vodiyda Nur da'vosi ta'qib etgan tabligʻ, tanvir va irshod usuli boshqacha xususiyatlar tashimoqda. Ortiq insonning his va fikriga, ruh va vijdoniga boshqacha ufqlar ochadigan bu chuqur bahsni, duo qiling-da, mustaqil va batafsil bir asarda aziz din va koʻngildoshlarimizga arz etmoq sharafiga noil boʻlayim. Chunki bu nurli bahs shu qadar chuqur va shu daraja muhimki, bunday bir nechta sahifalik maktub va maqolalar bilan aslo ifoda qilib boʻlmaydi.

Iymon va Qur'on nuri bilan top-toza koʻnglini fath etganingiz yoshlar, Ilohiy zafaringizning eng porloq dalilini tashkil etgan eng muhim borliq va eng qiymatli gavhardir... "Nurdan Ovozlar"ning hamon har misrasida asl va shuurli ruhiga xitob etganim top-toza yoshlar mana bu haq va haqiqatning bagʻri yongan oshiq boʻlgan yoshlardir.

Nurli da'vo qozongan bu oxirgi zafar bergan vajd bilan toʻla bir ilhom bilan yozganim shu manzumani {(*) "Koʻngillar Fotihi Buyuk Ustozga" sarlavhali boʻlgan bu manzuma Maktubotning va Ixlos Risolasining oxiridadir.} taqdim etaman. Qabulini iltimos va iltijo qilaman.

Takror-takror qoʻllaringizdan oʻpaman, qiymatli duolaringizni kutaman, juda muhtaram Ustozimiz Hazratlari.

Ma'naviy Avlodlaringizdan
Ali Ulviy
***
— 271 —
يَااَللَّهُ يَارَحْمَنُ يَارَحِيمُ يَافَرْدُ يَاحَىُّ يَاقَيُّومُ يَاحَكَمُ يَاعَدْلُ يَاقُدُّوسُ

Ismi A'zam haqqi va Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning hurmati va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning sharafi, bu majmuani bostirgan Risola-i Nur talabalarini Jannat-ul Firdavsda saodati abadiyaga mazhar ayla.. omin. Va xizmati iymoniya va Qur'oniyada doimo muvaffaq ayla.. omin. Va daftari hasanotlariga Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiyning har bir harfiga muqobil ming hasana yozdir.. omin. Va nurlarning nashrida sabot va davom va ixlos ehson ayla.. omin.

Yo Arhamurrohimin! Umum Risola-i Nur shogirdlarini ikki jahonda baxtiyor ayla.. omin. Insiy va jinniy shaytonlarning yomonliklaridan muhofaza ayla.. omin. Va bu ojiz va bechora Saidning qusurlarini afv ayla.. omin.

Umum Nur Shogirdlari Nomiga
Said Nursiy
***