Huva Nuktasi
Aziz va Siddiq Qardoshlarim!
[Qardoshlarim, لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ va قُلْ هُوَ اللّهُ dagi هُوَ lafzida faqat moddiy jihatda bir fikriy va xayoliy sayohatda havo sahifasining mutolaasi bilan oniy bir suratda koʻringan bir zarif tavhid nuktasida iymoniy maslakning hadsiz daraja oson va vujub darajasida yengil ekanini va shirk va zalolatning maslagida hadsiz darajada mushkul, imkonsiz minglab mahol boʻlganini koʻrdim. Gʻoyat qisqa bir ishora bilan oʻsha keng va uzun nuktani bayon qilaman.]
Ha, qandayki bir hovuch tuproq yuzlab gullarga navbat bilan gultuvaklik qilgan idishida agar tabiatga, sabablarga havola etilsa, lozim boʻladiki; yo oʻsha idishda kichik miqyosda yuzlab, balki gullar adadicha ma'naviy uskunalar, fabrikalar boʻlsin va yoxud u parcha tuproqdagi har bir zarra barcha oʻsha boshqa-boshqa gullarni har xil xususiyatlari bilan va hayotdor jihozlari bilan qilishlarini bilsin, goʻyo bir iloh kabi hadsiz ilmi va nihoyatsiz iqtidori boʻlsin... Aynan shuning kabi: Amr va irodaning bir arshi boʻlgan havoning, shamolning har bir parchasi va bir nafas va tirnoq qadar boʻlgan هُوَ lafzidagi havoda, kichkina miqyosda butun dunyoda mavjud telefonlarning, telegraflarning, radiolarning va hadsiz va har xil soʻzlashuvlarning markazlari, stantsiyalari, qabul qiluvchilari va uzatgichlari boʻlsin va oʻsha hadsiz ishlarni baravariga va bir onda qila olsin. Va yoxud u هُوَ dagi havoning, balki unsuri havoning har bir parchasining har bir zarrasi barcha telefonchilar va boshqa-boshqa umum telegrafchilar va radio bilan gapirganlar qadar ma'naviy shaxsiyatlari va qobiliyatlari boʻlsin va ularning umum tillarini bilsin va ayni zamonda boshqa zarralarga ham bildirsin, tarqatsin. Chunki amalda oʻsha vaziyat qisman koʻrinmoqda va havoning barcha qismlarida oʻsha qobiliyat bor.
Xullas, ahli kufrning va tabiiyun va moddiyunlarning maslaklarida nafaqat bitta mahol, balki zarralar adadicha mahollar va imkonsizliklar va mushkulotlar ochiq-oydin koʻrinadi. Agar Sone'-i Zuljalolga berilsa, havo barcha zarralari bilan uning itoatkor askari boʻladi. Birgina zarraning muntazam birgina vazifasi qadar osonlik bilan hadsiz kulliy vazifalarini Xoliqining izni bilan va quvvati bilan va Xoliqqa bogʻlanish va tayanish bilan va Sone'ining jilva-i qudrati bilan bir onda yashin tezligida va هُوَ talaffuzi va havoning toʻlqinlanishi osonligida qilinadi. Ya'ni, qalami qudratning hadsiz va hayratomuz va muntazam yozuvlariga bir sahifa boʻladi va zarralari oʻsha qalamning uchlari va zarralarning vazifalari esa qalami qadarning nuqtalari boʻladi; birgina zarraning harakati darajasida oson ishlaydi.
Xullas, men لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ va قُلْ هُوَ اللَّهُ dagi harakati fikriya bilan sayohatimda, havo olamini tomosha va oʻsha unsurning sahifasini mutolaa qilarkan, bu qisqa haqiqatni tamoman yaqqol va batafsil aynalyaqiyn koʻrdim va هُوَ ning lafzida, havosida bunday porloq bir burhon, va bir lam'a-i vohidiyat boʻlgani kabi.. ma'nosida va ishorasida gʻoyat nuroniy bir jilva-i ahadiyat va juda quvvatli bir hujjati tavhid va هُوَ olmoshining mutlaq va noaniq ishorasi qaysi zotga qaraydi ishorasiga koʻrinishga yordam bergan bir alomat u hujjatda borligi uchundirki; ham Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon, ham ahli zikr maqomi tavhidda bu qudsiy kalimani koʻp takrorlaydilar deya ilmalyaqiyn bilan bildim.
Ha, masalan: Bir nuqta oq qogʻozda ikki-uch nuqta qoʻyilsa aralashishi va bir odam har xil koʻp vazifalarni barobar bajarishi bilan chalkashishi va bir kichik ziyhayotga koʻp yuklar yuklanishi bilan ostida ezilgani va bir til va bir quloqqa ayni onda koʻplab kalimalarning baravariga chiqishi va kirishi intizomini buzib qoʻshilgani holda; aynalyaqiyn koʻrdimki, هُوَ ning kaliti bilan va kompasi bilan fikran sayohat qilganim havo unsurida, har bir parchasi, hatto har bir zarrasi ichiga har xil minglab nuqtalar, harflar, kalimalar qoʻyilgani yoki qoʻyib boʻlgani holda, qoʻshilmaganini va intizomini buzmaganini; ham boshqa-boshqa juda koʻp vazifalar bajargani holda, hech chalkashmasdan qilinganini va u parchaga va zarraga juda koʻp ogʻir yuklar yuklangani holda, hech zaiflik koʻrsatmasdan, orqada qolmasdan intizom bilan tashiganini; ham minglab boshqa-boshqa kalima, boshqa-boshqa tarzda, ma'noda oʻsha kichginagina quloq va tillarga mukammal intizom bilan kelib chiqib, hech qoʻshilmasdan, buzilmasdan oʻsha kichkinagina quloqlarga kirib, oʻsha gʻoyat nozikkina tillardan chiqqani va oʻsha har zarra va har parchacha bu ajib vazifalarini ado etish bilan birga mukammal erkinlik bilan jazbadorona hol tili bilan va mazkur haqiqatning shahodati va lisoni bilan لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ va قُلْ هُوَ اللَّهُ deb kezadi va toʻfonlarning va yashin va chaqmoq va momaqaldiroq kabi havoni toʻqnashtiruvchi toʻlqinlar ichida intizomini va vazifalarini hech buzmaydi va chalkashmaydi va bir ish boshqa bir ishga mone boʻlmaydi... men aynalyaqiyn mushohada etdim.
Demak, yo har bir zarra va har bir parcha havoda nihoyatsiz bir hikmat va nihoyatsiz bir ilmi, irodasi va nihoyatsiz bir quvvati, qudrati va barcha zarralarga hokimi mutlaq bir xossalari boʻlishi lozimdirki, bu ishlarga sabab boʻla olsin. Bu esa zarralar adadicha mahol va botildir. Hech bir shayton ham buni xotirga keltirolmaydi. Unday boʻlsa, bu sahifa-i havo haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn darajasida yaqqol Zoti Zuljalolning hadsiz cheksiz ilmi va hikmat bilan ishlatgan qalami qudrat va qadarning almashuvchi sahifasi va bir Lavhi Mahfuzning olami tagʻayyurda va oʻzgaruvchan ishlarida bir lavhi mahv va isbot nomli yozib oʻchiradigan taxtasi hukmidadir.
Xullas, havo unsurining birgina ovozlarni uzatishi vazifasida mazkur jilva-i vahdoniyati va mazkur ajoyibotni koʻrsatgani hamda zalolatning hadsiz maholligini izhor qilgani kabi, havo unsurining boshqa ahamiyatli vazifalaridan biri ham elektr, tortish, itarish, ziyo kabi boshqa latifalarning uzatishda chalkashmay intizomli tarzda ovozlar uzatilishidagi vazifani qilgani ayni zamonda, barcha nabotot va hayvonotga nafas olish va changlanish kabi hayotga zarur boʻlgan lozim narsalarni mukammal intizom bilan yetishtiradi, amr va iroda-i Ilohiyaning bir Arshi boʻlganini qat'iy bir suratda isbot qiladi va daydi tasodif va koʻr quvvat va kar tabiat va chalkash, nishonsiz sabablar va ojiz, jonsiz, johil moddalar bu havo sahifasining kitobatiga va vazifalariga aralashishi hech bir jihat bilan ehtimol va imkoni boʻlmaganini aynalyaqiyn darajasida isbot qilganiga qat'iy qanoat keltirdim va har bir zarra va har bir parcha lisoni hol bilan لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ va قُلْ هُوَ اللَّهُ deganlarini bildim va bu هُوَ kaliti bilan havoning moddiy jihatidagi bu ajoyibotni koʻrganim kabi, havo unsuri ham bir هُوَ oʻlaroq olami misol va olami ma'noga bir kalit boʻldi.
Davomi hozircha yozdirilmadi. Umumga minglab salom.