RISOLA-I NURDAN PORLOQ PARCHALAR VA BIR QISM GOʻZAL MAKTUBLAR
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Latif va ma'nodor va bashoratli ikki hodisani bayon qilaman:
Birinchisi: Noumid bir xotiradan xushxabarli bir eslatma:
Bu kunlarda xotirimga keldiki: Hayoti ijtimoiyaga kirgan, qaysi narsa bilan munosabatdor boʻlsa, aksariyat bilan gunohlarga ma'ruz qoladi. Har jihat bilan gunohlar bemalol insonni oʻraydilar. Buncha gunohlarga qarshi insonlarning xususiy ibodatlari va taqvosi qanday qarshilik qila oladi? deb umidsiz holda oʻyladim. Hayoti ijtimoiyadagi Risolat-un Nur talabalarining vaziyatlarini esladim. Risola-i Nur shogirdlari haqida, najotlari va ahli saodat boʻlganlariga doir quvvatli ishoroti Qur'oniyani va bashorati Alaviya va Gʻavsiyani oʻyladim. Qalban dedimki: Har biri ming yerdan kelgan gunohlarga qarshi bir til bilan qanday muqobala etadi, gʻalaba qiladi, najot topadi? deb hayratda qoldim. Bu hayratimga muqobil eslatildiki: Risaolat-un Nurning haqiqiy va sodiq shogirdlari oralaridagi dasturi asosiy boʻlgan oxiratga doir ishlarda sherikchilik qonuni bilan va samimiy va sodiq tasonud sirri bilan har bir xolis va haqiqiy shogird bir til bilan emas, balki qardoshlari adadicha tillari bilan ibodat qilib istigʻfor aytadi. Ming tarafdan hujum qilgan gunohlarga qarshi ming til bilan qarshilik koʻrsatadi. Ixlos va sodoqat va Sunnati Saniyaga ergashish va xizmat darajasiga koʻra oʻsha kulliy ubudiyatga sohib boʻladi.
Bu buyuk qozonchni qoʻldan qochirmaslik kerak. Ba'zi maloikaning qirq ming til bilan zikr qilganlari kabi, xolis va haqiqiy taqvodor bir shogird ham qirq ming qardoshining tillari bilan ibodat qiladi, najotga haqdor boʻladi, inshaalloh.
Ikkinchisi: Eski zamonda oʻn toʻrt yoshimda ekan, ijozat olishning alomati boʻlgan ustoz tarafidan bir yaktak menga kiydirish vaziyatiga monelar boʻldi. Yoshimning kichikligi bilan, mamlakatimizda katta domlalarga maxsus qiyofaga kirmoq yarashmaganini; ikkinchidan, u zamon buyuk olimlar menga qarshi ustozlik vaziyatini emas, yo raqib va yoxud taslimiyat darajasiga kirganlari uchun, menga bir yaktak kiydirmoq va ustozlik vaziyatini oladigan oʻzlariga ishonganlar topilmadi va avliyo-i azimadan toʻrt-besh zotning ham vafot qilishlari jihati bilan, ellik olti yildir ijozatning zohir alomati boʻlgan yaktakni kiymoq, bir ustozning qoʻlini oʻpmoq, ustozligini qabul qilmoq haqqimni bu kunlarda yuz yillik bir masofada Hazrat Mavlono Zuljanohayn Xolid Ziyovuddin oʻz yaktagini juda gʻarib bir tarzda menga kiydirmoq uchun yuborganini, ba'zi alomatlar bilan menga qanoat keldi. Men ham u muborak yuz yoshli {(Hoshiya) Risola-i Nur shogirdlaridan va oxiratli singlimizdan Osiyo nomli bir xonim qoʻli bilan u muborak omonatni oldim.} yaktakni kiyayapman, Janobi Haqqa shukr qilyapman.
............
Ramazoni Sharifda besh kun savmi visol ichida ovqat sifatida nonsiz muhallabini uch va besh-olti qoshiq sovuq qatiq; uchinchi kecha, yarim qoshiq muhallabi va toʻrtinchi kecha iftorda suvli ugradan besh qoshiq va besh qoshiq ham yana oʻsha ugradan saharlikda va qatiq yana uch-toʻrt qoshiq, beshinchi kecha, donasiz kabi gʻoyat yengil ugra besh-olti qoshiq, saharlikda esa yana besh-olti qoshiq. Xullas, besh kunda guruch shoʻrvasi suv sanalmaslik sharti bilan ugradan besh dirham qatiq suzilsa oʻn dirham muhallabi suvsiz olti-yetti dirham, hammasi oʻttiz dirham ovqat bilan besh kun savmi visol faqat taroveh nuqson boʻlib boshqa vazifalarning qilinishi Risolat-un Nur shogirdlarini qamragan inoyatlarning horiqolaridan bir karomatini koʻrdik.
Ham ustozimizdan hech koʻrmaganimiz ikkimiz (ya'ni Fayzi, Amin) Barla-Isparta Sulaymonlari kabi juda ham chuqur xastalik hiddatlarini qoʻzgʻatmaslik uchun ehtiyot qilolmaganimizdan shiddatli hiddatini koʻrdik. Bu xastaligida yana asari rahmatdirki, hech xayol va xotirga kelmagan oxirgi oʻn kunning gʻoyat muhim kechalarida ustozimiz toʻliq bajarolmagan vazifa oʻrnida bu atrofda harbir shogird oʻz xususiy sa'y-harakatidan tashqari bir soatni ustoz hisobiga Risolat-un Nurning shogirdlarining mujohada-i ma'naviyalariga ishtirok va ularni maqsad qilib ularning daftari a'moliga oʻtishga ayni ustoz kabi ishlashni boshladilar. Hatto Ustozimiz der edi: "Ahamiyatsizligim bilan barobar, Isparta va atrofidagi qardoshlarimizning a'moli uxroviyasiga bir hayajonlantiradigan sabab hukmida mening qusurli ishlashim kifoya kelmayotgan edi." Demak, ustoz oʻrniga uning bir necha soat ishlashiga badal juda koʻp soatlar ayni vazifani qilishni boshladilar. Janobi Haq rahmati bilan bu xastalik vasilasi bilan bir shaxsi ma'naviy va quvvatli bir mador boʻladigan bu tadbirni ehson ayladi, juz'iyatdan kulliyatga chiqardi.
Ham bu xastalik nozikliklaridirki, ustozimizning hech ovozi chiqmas edi, gapirolmas edi. Hech kutilmaganda birdan iftor vaqtida bir doktor keldi, qoʻlini tutdi. Ustozimiz dediki: "Men xastaligimni tekshirtirmayman, men hakimlarga muhtoj emasman, hakim Janobi Haqdir." Birdan jonlandi, ovozi chiqishni boshladi. Goʻyo oʻzi bir doktor shaklini oldi, doktor esa bir xasta hukmiga oʻtdi. Doktorga ahamiyatli bir maktubni oʻqidi, doktorning dardiga davo boʻladigan bir dori boʻldi. Soʻngra toʻp otildi. Doktorga dedi: "Bu yerda iftor qil!" Doktor dedi: "Bugun qusur qilganman, roʻza tutolmadim " deyishi bilan juda hayrat qilganimiz ustozimizning vaziyati roʻzani buzgan bir doktorning tib nuqtasida hakimona vaziyatini qabul qilmadiki, oʻsha vaziyat unga berildi.
Ha, Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysidan kelgan shifo duosi unday yuz ming doktorga muqobil keladi, deb biz ham tasdiq qildik. Ham bu xastalikning, Layla-i Qadrda Risolat-un Nur talabalari, xususan ma'sumlar qilganlari shifo duolari shunday bir darajada horiqo bir suratda ta'sirini koʻrsatdiki, ustozimizga sogʻ holidan yanada yaxshi bir suratda bir vaziyat berildi. Layla-i Qadrga loyiq bir tarzda sa'y-harakatni boshladi. Risola-i Nur shogirdlaridan kelgan bu duo-i shifo hayratomuz bir moʻ'jiza kabi bir karomat boʻlganini biz koʻzimiz bilan koʻrdik.
Bizdan bir oy uzoqda boʻlgan Risolat-un Nur shogirdlari, ustozimizning xastaligining ayni zamonida xastaligining vaziyatini tushda aynan koʻrganlari kabi, Sabri va Hofiz Alining toifalari ham ayni vaqtda bu yerda, ya'ni Kastamonuda boʻlgani kabi, xasta boʻlgan ustozimizning hisobiga yanada muhim bir tarzda xizmat qilganlar. Shundayki:
Ustozim afandim!
Kasalligingiz onida u yerdagi manba-i Nurning mujohidlari bir soat ma'naviy sa'ylarini xodimi Qur'on hisobiga qilganlari kabi, bu atrofda ham bu yilga maxsus ado qilingan diniy xizmatlar tahdisi ne'mat soyasida zikrga vasila boʻlgan faqirga bu yil Layla-i Qadrdan bir kun avval eslatildiki: "Bu yil Layla-i Qadrni ikki kecha qil." Bandalari ham jamoatga shunday aytdimki: "Ustozim (Sallamahullohu va afahu) ba'zi bu kabi muborak tunlarni ba'zi maqsadlarga binoan u layla-i muborakani ihyo uchun bir kecha avval, hatto zikr qilingan kechadan bir kecha soʻngra yana ihyoga sa'y qilar edilar. Biz ham u tarzga ergashib uning hisobiga Layla-i Qadrni ikki kecha qilamiz deb niyat va qaror qildik. Birinchi kechada Avrodi Bahaiyya va Tasbehot va Sakina va Daloili Xayrot va Javshan-ul Kabir kabi dars va virdlarimiz bilan mashgʻul boʻldik. Ikkinchi kecha yana; ham nasihat... Demak ergashish jihati bilan ustozimiz hisobiga yuz jamoat bilan تَقَبَّلَ اللَّهُ xizmat qildirilganmiz. Soʻngra Isparta, Otabey, Islomkoʻy, Kuleoʻnu va boshqalar kabi joylarda ham boshqa vazifalardan tashqari har kun Qur'onning juzlarini taqsim surati bilan xatmi Qur'on, ustoz hisobiga butun Ramazonda va Oyat-ul Kursiy xatmlari yana... Shu holda, bu yilga maxsus qilingan taqdim qilingan ibodatlarning bir hikmati bor ekanki, bilmaganimiz holda Kastamonulik qardoshlarimiz kabi ustoz hisobiga ishlattirilganmiz. Bundan keyin Rabbim uzun umrlar ehson etsin, baxtli, abadiy shifo va davo va inoyatlar ehson qilsin, omin!
Bu kunlarda nozik bir masala qalbimga keldi. Vaqtida qalamga ololmadim, vaqt oʻtgandan keyin u ahamiyatli haqiqatga bir ishora qilamiz.
Qardoshlarimizdan birisining namoz tasbehotida tanballik qilishiga binoan dedim: Namozdan keyingi tasbehotlar, tariqati Muhammadiyadir (A.S.V.) va valoyati Ahmadiyaning (A.S.V.) bir avrodidir. U nuqtadan ahamiyati buyukdir. Soʻngra, bu kalimaning haqiqati bunday inkishof etdi: Qandayki risolatga inqilob etgan valoyati Ahmadiya (A.S.V.) barcha valoyatlardan ustun. Xuddi shuning kabi, u valoyatning tariqati va u valoyati kubroning avrodi maxsusasi boʻlgan namozning orqasidagi tasbehot shu daraja boshqa tariqatlardan va avrodlardan ustundir. Bu sir ham shunday inkishof etdiki:
Qandayki zikr doirasida bir majlisda va yoxud xatma-i Naqshiyada bir masjidda bir-biri bilan aloqador hay'ati majmuada nuroniy bir vaziyat his qilinadi. Qalbi xushyor bir zot namozdan soʻng "Subhanalloh, Subhanalloh" deb tasbehni tortarkan, u doira-i zikrning raisi boʻlgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning doirasida, yuz million, tasbeh qoʻlida tortganlarini ma'nan his qiladi. Oʻsha azamat va ulviyat bilan "Subhanalloh, Subhanalloh" deydi. Soʻngra u sarzokirning amri ma'naviysi bilan unga ergashib "Alhamdulilloh, Alhamdulilloh" degan vaqti, u halqa-i zikrning va u juda keng doirasi boʻlgan xatma-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning doirasida yuz million muridlarning "Alhamdulilloh, Alhamdulilloh"laridan oʻrtaga chiqqan azamatli bir hamdni oʻylab ichida "Alhamdulilloh" bilan ishtirok qiladi.
Va hokazo... "Allohu Akbar, Allohu Akbar" va duodan soʻng "La ilaha illalloh, La ilaha illalloh" oʻttiz uch marta u tariqati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning halqa-i zikrida va xatma-i kubrosida u sobiq ma'no bilan u tariqatdagi qardoshlarni nazarga olib, u halqaning sarzokiri boʻlgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomga yuzlanib
deydi, deb angladim va his qildim va xayolan koʻrdim. Demak, tasbehoti salotiyaning katta ahamiyati bor.
Hofiz Alining bu dafagi maktubida juda muborak va yuksak duosi bizni eng chuqur ruhimizdan shod etib shukrga chorladi va har musibatzadaga va gʻam va qaygʻularga tushganlarga ma'no-i ishoriysi bilan madad-ras va xaloskor va shifodor va madori surur boʻlgan اَلَمْ نَشْرَحْ لَكَ صَدْرَكَ va اِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا har musibatzadaga qaragani kabi, bu oʻtgan xastalik jihati bilan bizga ham qaraganini yozadi. Ha, Hofiz Ali (R.H.) u nuqtani aynan koʻrgan. Men ham tasdiqan deymanki: Agar u xastalik yigirma daraja ziyodalashsaydi, bizlarga qozontirgan natijaga nisbatan yana arzon boʻlardi va rahmat boʻlardi. Faqat Hofiz Alining (R.H.) ustozi haqida mening haddimdan koʻp ortiq isnod qilgan ustun vasf va gunohsizlikni, uning begunoh lisoni bilan haqqimda madh oʻlaroq emas, balki bir navi duo oʻlaroq tasavvur qilamiz.
Ham Hofiz Alining, Sava kabi yerlar, qishloqlar va Isparta bir madrasa-i Nuriya hukmiga oʻtishi va Risola-i Nurning sodiq shogirdlari hayratomuz tarzda kundan kunga yuksalishlari, nurlanishlari bizlarni, balki Anadoluni, balki olami Islomni shod va xurram qilgan bir haqiqatli xabar deb oʻylaymiz.
Oxirgi parchasida Muxbiri Sodiq xabar bergan ma'naviy fathlar qilmoq va zulmatlarni tarqatmoq zamon va zamini deyarli kelgan degan bayoniga butun ruhu jonimiz bilan rahmati Ilohiyadan niyoz va orzu qilamiz. Faqat biz Risolat-un Nur shogirdlari esa, vazifamiz xizmatdir, vazifa-i Ilohiyaga aralashmaslik va xizmatimizi Uning vazifasiga bino qilish bilan bir navi tajriba qilmaslik boʻlish bilan barobar.. songa emas, sifatga qarash; ham koʻpdan beri axloqan tubanlashishga va hayoti dunyoviyani har jihat bilan hayoti uxroviyadan ustun qoʻydirishga chorlagan dahshatli sabablar ostida Risolat-un Nurning hozirga qadar zafarlari va zindiqolarning va zalolatlarning hujumlarining sinishi va yuz minglab bechoralarning iymonlarini qutqarishi va har biri yuzga muqobil minglab haqiqiy moʻmin talabalarni yetishtirishi, Muxbiri Sodiqning xabarini aynan tasdiq qilgan va voqealar isbot qilgan va qilmoqda va inshaalloh yana qiladi. Ham shunday ildiz otganki, inshaalloh hech bir quvvat Anadoluning bagʻridan uni chiqara olmaydi. Toki oxirzamonda, hayotning keng doirasida asl sohiblari, ya'ni Mahdiy va shogirdlari Janobi Haqning izni bilan keladilar, u doirani kengaytiradilar va u danaklar unib chiqadilar. Bizlar ham qabrimizda tomosha qilib, Allohga shukr qilamiz.
Aziz, Siddiq Qardoshlarim!
Bu kunlarda Rumuzoti Samoniyaga oid ikki risolani ahamiyatli talabalarga bir yerga yubordim. Yoʻl yopildi, ketmadi. U ikki risolani takror diqqat bilan mutolaa qildim. Fikran dedimki: "Bu zavqli va goʻzal va qiziqarli shirin bir maqsadga ketgan bu tavofuqli yoʻlda nima uchun yoʻnaltirilmasdan parda tushdi, boshqa yoʻlda yoʻnaltirildik, ishlattirildik?" Birdan eslatildiki: U gʻaybiy sirlarni ochadigan maslakdan yuz daraja yanada ahamiyatli va qiymatli va umumiy ehtiyojga mador va hamma bu zamonda unga shiddat bilan muhtoj va Islomiyatning poydevorlari boʻlgan iymon haqiqatlari xazinasiga xizmat qilishga va foydalanishga zarar kelar edi. Chunki u gʻaybiy sirlar, zavqli va qiziqarli boʻlgani uchun, nazarni oʻziga tortar edi. Eng buyuk va eng yuksak maqsad boʻlgan iymon haqiqatlarini ikkinchi darajada qoldirar edi. Shuning uchun ediki, sura-i اِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ ramzida gʻaybiy sirlar koʻrsatildi, birdan yopildi, parda tushdi. Ham bu sir uchun ediki, u yoʻlda ishlattirilmadik; yolgʻiz u maslaki tavofuqiyaning tomchilaridan Risola-i Nurning haqqoniyatiga bir imzo va jazolatiga bir ziynat va Qur'on harflarining intizomidan va vaziyatidan namoyon boʻlgan bir navi i'joz chiqdi, boshqa u yoʻlda ishlattirilmadik.
Aziz, Siddiq Qardoshlarim!
Hadyangiz Kastamonuga gelishi onida tushda koʻrdimki: Bizlarga bir farmoni shohona ma'naviy tomondan kelmoqda, kamoli hurmat bilan qoʻllarida ushlab bizga keltirmoqdalar. Biz qaradikki, u farmoni oliy Qur'oni Azimushshon boʻlib chiqdi. U holda bu ma'no qalbga keldi: Qur'on sababli Risolat-un Nurning shaxsi ma'naviysi va biz shogirdlari bir yuksalish va taraqqiy farmonini olami gʻaybdan olamiz. Hozir ta'biri esa, u farmonni tamsil etgan ma'sumlarning qalami bilan ma'naviy tafsiri Qur'oniyni olganimizdir.
Bu tushning hozirgi ta'biri chiqmasdan bir-ikki soat avval, Fayzi bilan Amin koʻrsatgan ta'bir ham haqdir, ahamiyatlidir. Ham bu huzur va sevinch sababi boʻlgan hadya-i Nuriyani bir oldindan sezish hissi bilan mening ruhim toʻliq his qilgan, aqlga xabar bermagan ediki, u kelmasdan ikki kun avval Fayzi va Aminning ifodasida bayon qilingan tushni koʻrganim tunning kunduzida ertalabdan oqshomgacha va ikkinchi kunida qisman hech koʻrmaganim bir tarzda bir sevinch, bir surur his qilib doimo bir bahona bilan sevinchimni izhor qilib oʻttiz-qirq dafa tabassum bilan kuldim. Ham men, ham Fayzi taajjub va hayrat qildik. Oʻttiz kunda bir marta kulmagan, bir kunda oʻttiz marta kulishi bizlarni hayratda qoldirdi. Hozir anglashildiki, u surur, u sevinch mazkur ma'naviy farmonni tamsil etgan ma'sumlarning va omilarning qalamlarining yozuvlari, kelajak naslning hayotlari sahifalariga, olami Islomning sahifa-i muqaddarotiga va ahli iymonning istiqbolining daftarlariga nurlarni yoyishlarining va u ma'sumlarning xolis va sof amallari va xizmatlari bilan amallar sahifamizda hasanotlarini yozib qayd qilishining va Risola-i Nur shogirdlarining istiqbolining muqaddarotini saodatli davom qilishining xabarini bergan u hadyadan, va hali kelmasdan kelayotgan edi. Men u azim natijadan hissamga tushgan mingdan bir juzini ruhan his qilgan edimki, meni masrurona hayajonga keltirgan edi.
Ha, bunday yuzlab ma'sumlarning maqbul amallari va rad qilinmas duolari, boshqa qardoshlarimning daftarlariga oʻtishi kabi, men kabi gunohkorning sahifa-i a'moliga ham kirishi, minglab surur va sevinch bera oladi. Bunday qorongʻu bir zamonda, bu ogʻir sharoit ostida bunday ma'sumona va qahramonona xizmat qilish uchun, biz ham u ma'sumlarni, ham u omilarni, ham ularning muallimlarini, ham padar va volidalarini, ham qishloqliklarini, ham Anadoluni, ham mamlakatlarini tabriklaymiz. U muborak ma'sumlarning va ummiylarning har birisiga bittadan xususiy tashakkur va tabriknoma yozish qoʻlimdan kelsaydi, yozar edim.
Ispartada boʻlgan qardoshlarimizga
Latif bir tushning Qadarga oid bir masalani shuhud darajasida bizga qanoat bergani kabi, u latif tushning ikkinchi parchasi bizlarga ma'naviy bir xushxabar va bashorat bergani jihat bilan, siz qardoshlarimizga bayon qilamiz. Shundayki:
Ustozimiz tushda koʻradiki: Men (ya'ni Fayzi) bilan barobar kezishga chiqamiz. Ketarkan birdan ustozimizga aytamanki: "Bu yerda men ayiqning tasbehini toʻplayman." Ustozimiz ham qaraydiki, oq iplar kabi yurgan bir narsa koʻradi. Bu ajib kuldiradigan soʻzimdan va ayiqqa tasbeh isnod etmoq vaziyatimdan juda qattiq kulib uygʻongan. Uygʻongandan keyin ham kulgan. Oqshomga qadar hech koʻrilmagan bir tarzda yigirma-oʻttiz marta u uyqudagi hodisani kulib men bilan hazillashdi. Munosabati boʻlmagan ba'zi narsalar bilan ta'bir qilishga harakat qilgan boʻlsak ham, munosabat tutmadi. Soʻngra ayni ikkinchi kunning ayni soatida, menga oʻxshagan bir doʻst (ki tushda Ustozimga mening suratimda koʻringan) Ustozimizning yoniga keldi, dediki: "Ayiqning yogʻini toʻplaganlardan olib, muazzin va tasbeh qilgan bir odam tavsiyasi bilan muhim bir odamga har tong xastalik uchun yutishi haqida fikringiz qanday?" Ustozimiz ham tushda kulgani kabi aynan shunday kulgan, birdan tush xotiriga kelib bu ajib va ayni ayniga ta'birni kamoli taajjub va hayrat bilan qarshilab unga degan: "Aslo iste'mol qilmasin!"
"Yigirma Sakkizinchi Maktub"ning Birinchi Risolasining Oltinchi Nuktasida, sodiq tush, Qadari Ilohiy hamma narsani qamraganiga bir hujjati qat'iya hukmida ustozimizning minglab tajriba bilan koʻrgani kabi, aynan bu voqea ham bizlarga shuhud darajasida qat'iy isbot qildiki: "Hodisalar, vujudga kelmasdan avval muqaddardir, ma'lumdir, muayyandir, Qadari Ilohiyning mezonlari bilan keladi" deb bu rukni iymoniyga bizga gʻoyat qat'iy bir namuna boʻldi.
Ham tushning ikkinchi tabaqasida Ustozimiz deydiki: "Unga va Risola-i Nurning hay'atiga bir farmon kelmoqda." Birdan keldi. U muqaddas farmon Qur'on boʻlib chiqdi. Buning ta'biri ayni kunning ayni tajriba soatida Hizb-ul Akbari Qur'oniy, umid qilinmagan oʻsha vaqtda Osiyo Xonimning xonasida ziynatlash uchun yuborilgan Hizb-ul Akbar yuz yillik goʻzal bir gʻilof ichida, u gʻilofning ustida zar bilan podshohning muhim farmonlardagi muhri shohona ishlangan koʻrdik. Ustozimiz dediki: "Farmon keldi deb Qur'on chiqdi, hozir esa Qur'onning Hizb-ul Akbari keldi." Ustida farmon muhri boʻlganidan, Risola-in Nurning hay'atiga bashoratli va madori fayz va taraqqiy va bir farmoni Rabboniy hukmiga oʻtishini Rahmati Ilohiyadan kutamiz. Ham bu ta'birdan oz soʻngra sizlarning qiymatdor hadyalaringizni oldikki, tushning toʻliq ta'biri chiqdi. U yerda boʻlgan umum qardoshlarimizga salom, arzi hurmat qilamiz, duolaringizni istaymiz.
Aziz, Siddiq qardoshlarim,
Namoz tasbehotining sirriga koʻra, qandayki namozdan soʻngra tasbeh va zikr va tahlil bilan xatma-i muazzama-i Muhammadiya (A.S.V.) va zikr va tasbeh qilgan va roʻyi zamin qadar keng bir halqa-i tahmidoti Ahmadiya (A.S.V.) doirasiga tasavvuran va niyatan kirish, fayzlarga sabab boʻlgani kabi, biz ham Risolat-un Nurning keng doirasiga va halqa-i anvorida dars olgan va xizmat qilgan minglab ma'sum lisonlarning va muborak keksalarning duolariga va a'moli solihalariga hissador boʻlish va omin deyish hukmida boʻlgan makonni hatlab gʻoyibona yelkama-yelka, tizzama-tizza boʻlish xayoli bilan va niyati bilan va tasavvuri bilan oʻzimizni haddan ortiq baxtiyor deb bilamiz. Xususan oxir umrimda bunday qiymatdor ma'sum ma'naviy avlodlarni va yuzlab Abdurrahmonlarni topish men uchun dunyoda bir Jannat hayoti hukmiga oʻtadi.
Oʻtgan Ramazoni Sharifda xastalik munosabati bilan har bir qardoshim mening hisobimga bir soat ishlashining buyuk bir natijasini aynalhaq va haqqalyaqiyn koʻrganimdan, bunday duolari rad qilinmas ma'sumlarning va muborak keksalarning va ustozlarining mening hisobimga boʻlgan duolari va ishlashlari mening Risola-i Nurga xizmatimning uxroviy bir natija-i boqiyasini dunyoda koʻrsatdi.
Risola-i Nurning kichik va ma'sum shogirdlaridan ellik-oltmish talaba yozgan nusxalari bizga ham yuborilgan, biz ham u parchalarni uch jild ichida jamladik, ham u ma'sum shogirdlarning ba'zilarini ismlari bilan qayd qildik. Masalan: Umar oʻn besh yoshda, Bekir toʻqqiz yoshda, Husan oʻn bir yoshda, Hofiz Nabi oʻn ikki yoshda, Mustafo oʻn toʻrt yoshda, Mustafo oʻn uch yoshda, Ahmad Zeki oʻn uch yoshda, Ali oʻn ikki yoshda, Hofiz Ahmad oʻn ikki yoshda... bu yoshda yana koʻp bolalar bor, uzun boʻlmasin deb yozilmadi.
Xullas bu ma'sum bolalarning Risolat-un Nurdan olgan darslari va yozganlarining bir qismini bizga yuborganlar, biz ham ularning ismlarini bir jadvalga kirgizdik. Bularning bu zamonda bu jiddiy dars qilishlari koʻrsatadiki: Risolat-un Nurda shunday ma'naviy bir zavq va jozibador bir nur borki; maktablardagi bolalarni oʻqishga shavq bilan yoʻllash uchun ijod qilganlari har navi ermak va tashviqlarga gʻalaba qiladigan bir lazzat, bir surur, bir shavq Risolat-un Nur beradiki, bolalar bunday harakat qilyaptilar. Ham bu hol koʻrsatadiki: Risolat-un Nur ildiz otmoqda; inshaalloh ortiq hech bir narsa uni uzib bilmaydi, kelgusi nasllarda davom qiladi.
Aynan bu ma'sum kichik shogirdlar kabi, Risolat-un Nurning jozibador doirasiga kirgan omi keksalarning ham qirq-ellik yoshdan keyin Risolat-un Nurning xotiri uchun yozishni boshlab yozganlari qirq-ellik parchani ikki-uch majmua ichida kirgizdik. Bu omi keksalarning va qisman choʻpon va yigitlarning bu zamonda bu ajib sharoit ichida hamma narsaga badal Risola-i Nur bilan bu suratda mashgʻul boʻlishlari koʻrsatadiki: Bu zamonda Risolat-un Nurga nondan ziyoda ehtiyoj borki; xirmonchilar, dehqonlar, choʻponlar, qishloq yigitlari, zaruriy ehtiyojlardan ziyoda Risola-in Nur bilan mashgʻul boʻlishlari, Risolat-un Nurning haqqoniyatini koʻrsatadilar.
Bu jildda kam, boshqa olti jildda ma'sumlarning va keksa omilarning yozuvlarining tahririda koʻp zahmat chekdim, vaqt ruxsat bermas edi. Xotirimga keldi va ma'nan deyildiki: Zerikma, bularning yozuvlari tez oʻqilmaganidan, shoshqaloqlarni asta-asta oʻqishga majbur qilganidan, Risola-i Nurning ozuqa va taom hukmidagi haqiqatlaridan ham aql, ham qalb, ham ruh, ham nafs, ham his hissalarini olib biladilar. Boʻlmasa, faqat aql juz'iy bir hissa oladi, narigilar ozuqasiz qolishlari mumkin. Risola-i Nur boshqa ilmlar va kitoblar kabi oʻqilmasligi kerak. Chunki undagi iymoni tahqiqiy ilmlari boshqa ilmlarga va ma'rifatlarga oʻxshamaydi, aqldan boshqa koʻp insoniy latifalarning ham qut va nurlaridir.
Xulosa: Ma'sumlarning va omi va keksalarning nuqsonli yozuvlarida ikki foyda bor:
Birinchisi: Oʻylab va diqqat bilan oʻqishga majbur qilishdir.
Ikkinchisi: U ma'sumona va xolisona samimiy va shirin tillaridan, darslaridan Risola-i Nurning shirin va chuqur masalalarini lazzatli bir hayrat bilan tinglash va dars olishdir.
Risolat-un Nur oʻz sodiq va sabotkor shogirdlariga qozontirgan juda buyuk foyda va qozonch va juda ham qiymatdor natijaga muqobil, haq oʻlaroq u shogirdlardan tom va xolis sadoqat va doimiy tebranmas sabot istaydi. Ha, Risolat-un Nur oʻn besh yilda madrasada qozonilgan kuchli iymoni tahqiqiyni oʻn besh haftada va ba'zilarga oʻn besh kunda qozontirganiga yigirma yilda yigirma ming zot tajribalari bilan guvohlik qiladilar.
Ham "uxroviy ishlarda sherikchilik" dasturi bilan, har bir shogirdining har kuni minglab xolis lisonlari bilan qilingan maqbul duolari va minglab ahli salohatning qilgan a'moli solihaning misl savoblarini qozontirib har bir haqiqiy sodiq va sabotli shogirdlarini amal jihatidan minglab odam hukmiga keltirganini, karomatkorona va taqdirkorona Imomi Alining uch xabari va karomati gʻaybiya-i Gʻavsi A'zamdaki tahsinkorona va tashviqkorona bashorati va Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning quvvatli ishora bilan u xolis shogirdlar ahli saodat va ahli Jannat boʻlishlarining xushxabarini juda qat'iy isbot qiladilar. Albatta bunday bir qozonch oʻshanday bir haq istaydi. Modomiki haqiqat budir. Risola-i Nur doirasining yaqinida boʻlgan ahli ilm va ahli tariqat va soʻfi mashrab zotlar uning jarayoniga kirish hamda ilm va tariqatdan kelgan sarmoyalari bilan unga quvvat berish va kengayishiga harakat qilish va shogirdlarini tashviq etish va bir muz parchasi boʻlgan anoniyatini toʻliq bir hovuzni qozonish uchun u doiradagi obi hayot hovuziga tashlab eritish kerak va juda lozimdir. Boʻlmasa boshqa bir yoʻl ochish bilan ham u zarar qiladi, ham bu mustaqim va metin Qur'on yoʻliga bilmasdan zarar beradi, balki zindiqoga bilmasdan bir navi yordam hisobiga oʻtadi.
Oʻttiz olti yaproqdan iborat va Imomi Alining favqulodda taqdiriga sazovor boʻlgan Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning oʻzidan-oʻzi kelgan besh ming yetti yuz oʻn besh (5715) tavofugʻi, Risolat-un Nurning bu atrofdagi gʻoyat muhim bir talabasi boʻlgan Ahmad Nazifning nusxasida chiqqan. Demak u risolaning xatti haqiqiysiga toʻgʻri kelganki, bu hayraomuz karomatni koʻrsatganlar.
Ham ikki Xusravni Risola-i Nur doirasiga va Bekir Sidqiga karomatini koʻrsatib iymonga keltirgan va tilsimi koinotning uchdan birini hal qilgan, oʻn besh yaproqdan iborat boʻlgan Oʻttizinchi Soʻziga qahramon Nazifning nusxasida zahmatsiz uch ming sakkiz yuz oʻttiz besh (3835) tavofuqni... Biz koʻzimiz bilan bu karomati tavofuqiya-i Nuriyani koʻrdik. {(Hoshiya) Bu risolada aliflarning yigʻindisi bir yuz qirq toʻrt (144) chiqqan. Batamom Said boʻlib muallifining imzosini koʻrsatadi.}
Aziz Ustozim!
U jarayonning hujumi onida qishlogʻimizda nohiya mudiri va yana zohiran muhim ma'murlar boʻlgani holda, soʻz bilan ismlarimizni xabar berib tintuv qildirmoq istaganlari holda, Hazrat Asadulloh Ali Karramallohu Vajhahu va Gʻavsi A'zam kabi koʻp ma'naviy ustozlarimizning ma'naviy yordamlari bilan natijasiz qolib, hatto u ma'murlarni bizga qarshi emas, biz tomon ma'naviy zarbalari bilan aylantirdilar.
Maktubni mutolaa qildik. Ajibdirki, bizning qusurimizdan va arzimas ehtiyotsizligimizdan kelgan u ta'sirsiz jarayonni xabar berayotganini koʻrdik. Chunki: "Bir qism omi odamlar va bid'atlarga tobe bir qism ulamo-i zohir, haqiqatdan oʻzlarining iflos va zalolat botqoqligidan ketgan yoʻllarida birodarlik qilmagan va bir katta yoʻlni topgan Risolat-un Nur shogirdlarini yomonlamoqda" deb sizdan kelgan u maktub xabar berayotgan edi. Haqiqatdan shunday boʻldi. Maktubdan bir kun keyin xavotirga sabab ustimizda hech bir ta'sir qolmadi.
Ha, Ispartada boʻlgan qardoshlarimizning xabar berganlari bu ahamiyatli hujum hodisasiga tashabbus boʻlgan zamonda xabarlashishimiz toʻxtagani holda, doimo har vaqt ustozimiz ayni hujumga ma'ruz boʻlyapmiz kabi bizni (ya'ni Fayzi va Aminni) ogohlantirayotgan edi. "Diqqat qiling, toʻrt tomondan bizga hujum bor. Temir kabi sabot koʻrsatinglar, hech narsa qila olmaydilar." Biz ham qarar edikki, bizda hech narsa yoʻq, his qilmas edik. Ham u gʻaybiy hodisani bartaraf qilish uchun uygʻun bir maktub bizga yozdirdi, sizga yuborildi.
"Lohiqa"ning bu dafa yuborilgan qismini oldim. Lahulhamd muqaddas vazifada ishlattirilishimiz davom qilmoqda. Haqiqatdan inson sayyidining har xil xizmatlari orasida bunday nurli va nuroniy xizmatda ishlattirilganini his qilganda, zotan haqqini oldindan olgan bir qul boʻlganini ham nazari diqqatga olganda, barcha koinot zarralari qadar til bilan hamd etishni istaydi. Ya'ni, qalbida yongan Alhamdulilloh qandili hamma narsani musabbih va homid koʻrsatadi va goʻzal bir niyat bilan u hamidlarning hamdini va musabbihlarning tasbehini va u shokirlarning shukrini barobar tarzda sayyidiga taqdimga bir ishtiyoq his qiladi. Nurli va muqaddas maktublaringiz bir-birini ta'qib qilgan sari, haqiqatdan tahqiqiy iymonning kamolga toʻgʻri harakatlangani koʻrilmoqda. Bu ojiz qardoshingiz shubhasiz bir suratda iymon keltirdimki: Shariati Gʻarra-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning haqiqatlarini, ruhini tushunishning eng qisqa, eng xatarsiz, eng zavqli tariqi, Risola-in Nurga bogʻlanish bilandir.
Ha, baxtiyor udir va unga deydilarki: Risolat-un Nurga bogʻlangan, barcha moʻminlarni oʻziga tom haqiqiy qardosh bilib bu zulmatli asrda iymoni tahqiqiy nuri bilan Jadda-i Kubroyi Ahmadiyani (A.S.V.) topadi. Nihoyatsiz shakllarga, chalkashliklarga qaramasdan, Bismilloh bilan ochilgan Risolat-un Nur eshigidan kirganda, goʻdak ekan "Ummatim" degan Shafiyingni jiddiy sevish, ya'ni Sunnati Saniyasiga ergashish amalining oldindan mukofoti oʻlaroq topadi. Har amrni bajarar ekan, bu amrni Alloh tarafidan bu ummatga keltirganni; har ta'qiqni qilmaslikka majburlarkan, bu ta'qiqni tarafi Ilohiydan bu ummatga keltirganni oʻylab-oʻylab, darslarda oʻtgani kabi, barcha umr daqiqalari ibodat boʻlishi mumkin. Va u Habibi Xudo, u Shafi-i Roʻzi Jazoni har ishida namuna qilmoq azmidan tugʻilgan muhabbat, u Habib boʻlgan olamga koʻchishni sevdiradigan holga keltirmoqda va ana shunday qilib مُوتُوا قَبْلَ اَنْ تَمُوتُوا sirri namoyon boʻlmoqda.
Tazakkuri mavt yoki robota-i mavt,
Xulosa: Nima qidirsak, faqat Risolat-un Nurda quyosh kabi koʻrinadi. Risolat-un Nur shogirdlari diqqat qilsalar, hali bu foniy olamda ekan, Livo-ul Hamdi Ahmadiy (Alayhissalotu Vassalom) ostida boʻlganlarini inoyati Haq bilan anglaydilar.
Ojizona tushuna olganim shu onda qalbimga kelgan haqiqatlarga tayanib deymanki: Bu zalolat va bid'atlarning va dinsizlikning oʻlat va vabodan yanada ziyoda va yanada shiddatli yuqumli illatlariga qarshi Risolat-un Nur keltirgan va ta'lim bergan va tushuntirgan koʻp haqiqatlardan Sunnati Ahmadiyani (A.S.V.) mahkam ushlash darsini eng haqiqiy tarzda olgan, Risolat-un Nur shogirdlaridir. Ular bu mahkam ushlash va bogʻlanishlarining, ikki karra ikki toʻrt boʻlish qat'iyatida mazhar boʻlganlari inoyati Rabboniya guvohligi bilan, oldindan mukofotlarini koʻrmoqdalar. Ya'ni: Bu yerda sunnati bilan zalolat va bid'at va dinsizlik otashlaridan qutqargan mansub boʻlganimiz Shariatning muballigʻi bu yerda xalos va qarshilik koʻrsatish bilan, oxir hayotimizda iymon bilan, hashri akbarda shafoati bilan inshaalloh abadiy sevintiradi deydilar, deb bilmoqdalar. اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى
Modomiki bunday boʻlgan. U holda shubhasiz Risolat-un Nurning yoyilishidaki maqsad, shu zamonning insonlariga tahqiqiy iymonni dars berish, sarosimaga tushganlarini qutqarish, tadqiq qiluvchilarini quvvatlantirish va jasoratlantirish, zindiqo va ahli ilhodni jim va mot qilishdir. Ammo fitna otashlari ofat holini olgan bu zamonda, shisha bilan olmos barobar sotilgan bir bozorda bu muborak Nurlarni, ya'ni shonida اِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَ اِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ deyilgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning haqiqiy tafsirlari boʻlgan Risolat-un Nurning kamsitilishdan muhofaza uchun, ham سِرًّا تَنَوَّرَتْ nurlanish sirrini Rahim va Karim Robbimiz iroda va taqdir qilgan.
اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى الرِّسَالَةِ النُّورِيَّةِ Shumusi Qur'onning navlaridan aks qilgan ajromi ulviya, sayyorot va savobiti kavkabiya va azhari muzayyana-i ravza-i safaiyya va haqoiq-oshino bilan toʻla durri maknuna اَلْمُوءَيَّدُ بِالدَّلاَئِلِ الْعَقْلِيَّةِ وَ التَّسْلِيمِيَّةِ boʻlgan Risola-i Nuriya, asrori kitobulloh, olamni ziyolantirdi va inshaalloh doimiy ziyolantiradi. Va shunday bir shohasardirki, salafi solihiynning asarlarining oxirida kelish bilan hammasidan oldindadir. Shunday koʻp fayz borki, eng zulmatli qalblarni ham nuri iymon bilan nurlantiradi. Va shunday bir ma'rifati Ilohiyani aytar va bayon aylarki, koʻrlarga ham koʻrsatdi.
U mening koʻzimning nuri, qalbimning sururi, koʻnglimning bulbuli, ruhimning ozuqasi, latifalarimning injilosi, jonimning joni... Men uning har bir haqiqatiga ming jon bersam, inshaalloh bir jonga muqobil boqiyda ming jon olaman. U mening qabrda doʻstim, barzohda rafiqim, va mezonda a'molim, Sirotda Buroqim, Jannatda yoʻldoshim...
Men uni qanday ta'rif qila olaman? Yigirma Sakkizinchi Maktubda aytilgan
ma'nosiga koʻra men ham deyman:
Ham qanday haddim borki, u manshuri Qur'ondan bahs qilay! Boʻlsa, boʻla olsa, bu faqir, undan istishfo اِسْتِشْفَاء va istishfo' اِسْتِشْفَاع va istifoza eta oladi. Shundayki: گَرْ نَه خَواهِى دَادْ نَه دَادِى خَواهْ qaidasiga koʻra, rizoyi Barining Oʻzidan xushnud va rozi boʻlishini istaymiz. Va uning nuri bilan dunyoda butun olami Islomning nurlanishini istaymiz. Va talabalarining dunyoda bittadan arslon va oxiratda bittadan sulton boʻlishini va Livo-ul hamd bayrogʻining ostida, qarshisida Ustodimiz bilan, barcha talabalari bilan borishni istaymiz.
Xulosa: Istashni bilmaganim uchun moddiy va ma'naviy barcha rizq va ehtiyojlarimizning berilishini, Ustozimning istashini istaymiz. U yerda boʻlgan qardoshlarimizning, boshda uztozimiz boʻlib, hammalariga alohida-alohida salomlar bilan sihat va salomatlikda bardavom boʻlishini istaymiz.
(Risola-i Nurning muhim peshdorlaridan boʻlgan va bu ayni haqiqat boʻlgan maktubini bizlarga yuborgan Halil Ibrohim qardoshimizning soʻzlarini ojiz lisonim aytishga va ta'sirsiz qalamim yozishga iqtidorli boʻlmasa ham, har xususda bu muborak qardoshimizning fikriga butun ruhu jonim bilan ishtirok qilaman. Ham qalbimga qarar edim. Bu maktubni yozarkan, lisonimga tarjimon boʻlolmagan qalbim ham aynan bu madhga ma'nan ishtirok qilib barobar u qardoshim bilan aytgan kabi his qilib lazzatlanaman. Agar ayta olsaydim, men ham bunday aytardim.)
Aziz, Siddiq Qardoshlarim,
Bu yangi hujum hodisasidan xafa boʻlmanglar. Chunki, takror-takror tajribalar bilan, Risolat-un Nur inoyat ostidadir. Hech bir toifa hozirga qadar bunday ahamiyatli xizmatda bizlar qadar oz mashaqqat bilan qutulgan boʻlmagan. Ham oʻtgan Ramazondagi xastaligim va Eskishahardagi musibatimiz kabi koʻp voqealar bilan zohiriy zahmatli, mashaqqatli holatlar ostida Risolat-un Nurning foydasiga oid inkishoflari va yanada ta'sirli fathlari koʻrilgan. Inshaalloh, bu zahmatli hodisa ham munofiqlarning aksi maqsadi bilan Risolat-un Nurning fathlarini boshqa yoʻllarda osonlashtirishga vasila boʻladi.
Beshinchi Shu'la qoʻllariga oʻtishi ahammiyatlidir. Faqat bunda bir hikmat bor. Balki ularga oʻz maslaklarini bildirish va Jahannamga ketganning mohiyatini bilish uchun favqulodda va iqtidorimiz xorijida bir qazoyi Ilohiy deb Janobi Haqning hikmatiga va inoyatiga va himoyasiga ishonib xavotirlanmang.
Ham siz, ham ular bilsinlarki, sadaqa baloni daf qilgani kabi, Risolat-un Nur Anadoludan, xususan Isparta va Kastamonudan samoviy va aroziy ofatlarning daf va koʻtarilishiga vasiladir. Ha, Sabrining يَا اَرْضُ ابْلَعِى ... وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ oyatidan istixroj qilgan ma'no haq va muvofiqdir.
Ha, Risola-i Nur Safina-i Nuh kabi Anadoluni Judi Togʻi hukmiga keltirib, kurra-i arzning yongʻinidan va toʻfonidan qutilishiga sababdir. Chunki iymonning zaifligidan kelgan tugʻyon koʻpincha musibati ommani jalb qilgani kabi, iymonni favqulodda quvvatlantirgan Risolat-un Nur u musibati ommani doirasining xorijiga qoʻyishga rahmati Ilohiya tarafidan vasila boʻldi. Bu ahli iymon, bu Anadolu xalqi Risolat-un Nurga kirmasalar ham, hujum qilmasinlar. Agar hujum qilsalar, yaqinda kutgan yongʻinlar, toʻfonlar, oʻlatlarning istilosiga duchor boʻlishlarini oʻylasinlar, aqllarini boshlariga olsinlar. Modomiki biz ularning dunyolariga qoʻshilmayapmiz, ular ham bizning bu daraja oxiratimizga qoʻshilishlari ularga falokat keltirish ehtimoli kuchlidir.
Xullas, bu sakkiz oydir, xususan bu hayajon bergan bu hodisalar bilan barobar, hozir yonimda boʻlgan Fayzi, Amin bilan va barcha doʻstlar shohiddirki, bu sakkiz oy mobaynida bir marta ham na jahon urushini, na siyosatni soʻramaganman. Va xonamda eshitilgan radioni ham uch yildir tinglamadim. Holbuki mening minglab odam qadar dunyoga qarash munosabatim bor. Demak bizga hujum qilgan, toʻgʻridan toʻgʻriga iymonga tajovuz qiladi. Ularni Janobi Haqqa havola qilamiz. Ham ahli siyosat bilan hech bir munosabatimiz boʻlmagani holda, qat'iy bilsinlarki: Bu mamlakatda, bu asrda bu millatni anarxistlikdan, inqiroz va tanazzuli mutlaqdan qutqaradigan yagona chora, Risolat-un Nurning asoslaridir.
Bu hodisada zahmat chekkan ma'sumlar va ustozlari bilsinlarki: Ogʻir sharoit ostida bir saot soqchilik qilish, bir yil ibodat va bir soat haqiqiy tafakkuri iymoniy bir yil toat hukmiga oʻtgani kabi, inshaalloh ularning mashaqqatlari ham shunday savobga mador boʻladi. Ular ham xavotirlanib xafagarchilik bilan emas, sevinch va surur bilan qarshilashlari kerak. Faqat Hazrat Imomi Ali Roziyallohu Anhning ikki marta سِرًّا بَيَانَةً سِرًّا تَنَوَّرَتْ deyishiga binoan, biz har vaqt ehtiyotli boʻlishimiz va toʻliq saqlanish vaziyatini muhofaza qilishga mukallafmiz. Risola-i Nurning mansublari, shuur va ixtiyorlari xorijida bir-biri bilan munosabatdor, bir-birining hodisalari bilan aloqador boʻlganiga bir dalil ham bu kunlarda boʻldi. Shundayki:
U yerdagi hodisaning boʻlishidan bu kunga qadar, bu yerdagi har xil tabaqalardagi talabalarning vaziyatlari ahamiyatli bir hodisa sababli oʻzgargandek chekinish va munofiqlarning nazarini oʻzlariga va bizlarga jalb qilmaslik uchun turgʻunlik davri oʻtdi. Ham Nazif kabi bir qancha zotning tushlarining ta'birlari bilan, sizning hodisangiz boʻlganini angladik.
Umum qardoshlarimizga bir-bir, xususan musibatzadalarga salom va duo qilamiz. Janobi Haq ularni tez qutqarib, {(Hoshiya) Bu duo hayratomuz bir suratda qabul boʻldi, juda tez xalos boʻldilar.} vazifalarining boshlariga oʻtkazsin, omin!
Aziz ustozim afandim!
"Bu ajib zamonning eng buyuk tahlikasi, Hadisi Sharif bilan sobit boʻlgan, oxirzamonda koʻp ahli safohat va gʻaflat dunyodan iymonsiz chiqish yarasini Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon lisoni bilan, qabrga iymon bilan kirish dorisi bilan davolagan Risolat-un Nur shogirdlariga bir hujjati qat'iya baxsh qilgan Risolat-un Nurga xizmat, ajabo ojiz insonlarning juz'iy va fazli Ilohiy bilan xizmatlari qanday qarshilik koʻrsatadi; balki har ikki jihat bilan bir fazli Ilohiydir." bayon qilingandan keyin, qanday tunning zulmatida yongan bir nur va bir ziyo shavqning hol tili bilan barcha ruh sohiblarini, hatto eng kichik parvonalarni ham zulmatdan nurga chaqirib chiqargani kabi, Risolat-un Nur ham lisoni hol va qol bilan, shariat qilichi bilan ma'nan qatl qilinmagan va zulmatda boʻgʻilib oʻlmagan ahli ilm va ahli tariqatni da'vat qilishi, uning Rahim ismiga mazhariyati sha'nidandir.
Ikki xotiradan birinchisi: Keksa xonimlar haqida va har zamonda nufuzini va qat'iy ta'sirini koʻrganimiz Hadisi Sharifning bayon qilinishi bizlarni va koʻp aloqador ayollarni sevintirdi. Janobi Haq sizdan abadan rozi boʻlsin, omin!
Ikkinchi Xotira: Gʻaflat sababi bilan yoki koʻzsiz, qoʻl yordami bilan ba'zilarning olmos oʻrniga shisha parchasi olgani kabi, saodati abadiya doʻkoni boʻlgan Risolat-un Nurdan saodati dunyoviya qidirishga kelganlarni ogohlantirish va irshod haqidagi bayonlaringiz kecha-kunduz kutgan umum Risolat-un Nur shogirdlarini masrur ayladi.
Mustafolar, Kichik Ali, Muborak va Munavvar Qardoshlar!
Maktubingiz Katta Alining maktubi kabi ajib bir haqiqatni bayon qiladi. U haqiqat Risolat-un Nur haqida haqdir. Faqat mening haddim emaski, u hududga kiray.
عُلَمَاءُ اُمَّتِى كَاَنْبِيَاءِ بَنِى اِسْرَائيِلَ marhamat qilganlar. Gʻavsi A'zam Shohi Geyloniy (Q.S.), Imom Gʻazzoliy (Q.S.), Imom Rabboniy (Q.S.) kabi ham shaxsan, ham vazifa jihatidan buyuk va horiqo zotlar bu Hadisni qiymatdor irshodlari bilan va asarlari bilan fe'lan tasdiq qilganlar. U zamonlar bir jihatda fardiyat zamoni boʻlganidan, hikmati Rabboniya ular kabi "farid"larni va muqaddas dohiylarni ummatning yordamiga yuborgan. Hozir esa ayni vazifaga, faqat mushkul va dahshatli sharoit ichida, bir shaxsi ma'naviy hukmida boʻlgan Risolat-un Nurni va sirri tasonud bilan bir fardi farid ma'nosida boʻlgan shogirdlarini bu jamoat zamonida u muhim vazifaga yugurtirgan. Bu sirga binoan, men kabi bir askarning, ogʻirlashgan marshallik maqomida faqat dumdorlik vazifasi bor.
Ha, bu asrning ahamiyatli va ma'naviy va ilmiy bir murshidi boʻlgan Risolat-un Nurning hay'ati majmuasi, boshqa shaxsiy buyuk murshidlar kabi oʻziga muvofiq va haqiqati ilmiyasiga munosib bir necha navda va ayniqsa iymon haqiqatlarining izhorida, yoyilishida azim karomatlari boʻlgani kabi; uch zohiriy karomati boʻlgan "Moʻ'jizoti Ahmadiya" (A.S.V.), Oʻninchi Soʻz, Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz va "Oyat-ul Kubro" kabi koʻp risolalari ham, har biri oʻziga maxsus karomatlari boʻlganiga koʻp alomatlar va voqealar menga qat'iy qanoat bergan. Hatto sakarotda boʻlgan talabalariga, iymonini qutqarish uchun, murshid kabi yetishganiga koʻplab voqealar shubha qoldirmaydi. Ham bir soat tafakkur bir yil ibodati nafila hukmida, bir misol "Hizb-ul Akbar"dir deb mushohada etdim va qanoat keltirdim.
Bir savol-javob boʻlib yozganim bir parchani, sizga ham foydasi boʻladi ehtimoli bilan bayon qilaman. Shundayki:
Avliyo devonlarini va ulamoning kitoblarini koʻp mutolaa qilgan bir qism zotlar tarafidan soʻraldi: "Risola-in Nur bergan zavq va shavq va iymon va iz'on ulardan juda quvvatli boʻlishining sababi nima?"
Javob: Eski muborak zotlarning aksar devonlari va ulamoning bir qism risolalari iymonning va ma'rifatning natijalaridan va mevalaridan va fayzlaridan bahs qiladilar. Ularning zamonlarida iymonning asoslariga va ildizlariga hujum yoʻq edi va iymonning ruknlari buzilmagan edi. Hozir esa ildizlariga va ruknlariga shiddatli va jamoatli bir suratda hujum bor. U devonlar va risolalarning koʻpchiligi xos moʻminlarga va fardlarga xitob qiladilar. Bu zamonning dahshatli hujumini daf qilolmayaptilar. Risala-i Nur esa, Qur'onning bir ma'naviy moʻ'jizasi boʻlib iymonning asoslarini qutqarmoqda va mavjud va mustahkam iymondan foydalanish jihatiga emas, balki koʻp dalillar va porloq burhonlar bilan iymonning isbotiga va tahaqquqiga va muhofazasiga va shubhalardan qutqarishga xizmat qilganidan, hammaga bu zamonda non kabi, dori kabi keragi borligiga diqqat bilan qaraganlar hukm qilmoqdalar.
U devonlar deydilarki: "Vali boʻl, koʻr, maqomlarga chiq, qara. Nurlarni, fayzlarni ol." Risola-i Nur esa deydi: "Har kim boʻlsang boʻl, qara, koʻr. Faqat koʻzingni och, haqiqatni mushohada et, saodati abadiyaning kaliti boʻlgan iymoningni qutqar."
Ham Risolat-un Nur eng avval tarjimonining nafsini ishontirishga harakat qiladi, keyin boshqalarga qaraydi. Albatta nafsi ammorasini toʻliq ishontirgan va vasvasasini toʻliq yoʻqotgan bir dars, gʻoyat quvvatli va xolisdirki, bu zamonda jamoat shakliga kirgan dahshatli zalolatning bir shaxsi ma'naviysi qarshisida bir oʻzi gʻolibona kurashadi.
Ham Risolat-un Nur boshqa ulamoning asarlari kabi faqat aqlning oyogʻi va nazari bilan dars bermaydi va avliyo kabi yolgʻiz qalbning kashf va zavqi bilan harakat qilmaydi. Balki aqlning va qalbning birlashish va birikishi va ruh va boshqa latifalarning taovuni oyogʻi bilan harakat qilib eng yuksak choʻqqiga uchadi, hujum qilgan falsafaning emas oyogʻi, balki koʻzi yetisha olmagan yerlarga chiqadi, iymon haqiqatlarini koʻr koʻziga ham koʻrsatadi.
Birinchisi: Oʻtgan yil Ramazoni Sharifda Ahli Sunnatning qutulishi va najoti uchun qilingan juda koʻp duolarning hozircha oshkora qabullari koʻrinmasligiga xususiy ikki sabab eslatildi.
Birinchi Sabab: Bu asrning ajib xossasidandirki: Olmosni olmos deb bilgani holda, shishani undan ustun qoʻyadi. Bu asrdagi ahli iymonning favqulodda soddaligi va dahshatli jinoyatchilarni oliyjanobona afv etishi va birgina yaxshilikni minglab yomonlikni qilgan va minglab ma'naviy va moddiy bandalar haqlarini mahv qilgan odamdan koʻrsa, unga bir navi tarafdor chiqishidir. Bu surat bilan juda kam boʻlgan ahli zalolat va tugʻyon sofdil tarafdor bilan aksariyatni tashkil qilib, aksariyatning xatosi bilan hosil boʻlgan ommaviy musibatning davomiga va toʻxtamasligiga, balki shiddatlanishiga qadari Ilohiyga fatvo beradilar, "Biz bunga haqdormiz" deydilar. Ha, olmosni bilgani holda, faqat zarurati qat'iyya suratida shishani undan ustun qoʻyishga ruxsati shar'iyya bor. Boʻlmasa kichik bir ehtiyoj bilan yoki tama yoki yengil bir qoʻrquv bilan tanlansa, ablahona bir johillik va zarardir. Ta'zirga haqdor boʻladi. Ham oliyjanobona afv etish esa, faqat oʻziga qilingan jinoyatni afv etishi mumkin. Oʻz haqidan voz kechsa, haqqi bor. Boʻlmasa boshqalarning huquqini toptagan jinoyatchilarga afv etuvchi shaklda qarashga haqqi yoʻq, zolimlarga sherik boʻladi.
Ikkinchi Sabab: Izn boʻlmaganidan yozilmadi.
Ikkinchi Masala: Qardoshlarim! Eskishahar Qamoqxonasida oxirzamonning hodisalari haqida kelgan rivoyatlarning ta'villari muvofiq va toʻgʻri chiqqanlari holda, ahli ilm va ahli iymon ularni bilmasliklarining va koʻrmasliklarining sirrini va hikmatini bayon qilish niyati bilan boshladim, bir-ikki sahifa yozdim, parda yopildi, orqa qoldi. Bu besh yilda besh-olti dafa ayni masalaga yuzlanib muvaffaq boʻlmas edim. Faqat u masalaning tafsilotlaridan menga oid bir masalani bayon qilish eslatildi. Shundayki:
Hurriyatning boshlanishida, Risolat-un Nurdan koʻp avval, quvvatli bir umid va e'tiqod bilan ahli iymonning umidsizliklarini ketkazish uchun "Istiqbolda bir yorugʻlik bor, bir nur koʻryapman" deb xushxabarlar berar edim. Hatto hurriyatdan avval talabalarimga xushxabar berardim. Tarixcha-i hayotimda Abdurrahmonning yozgani kabi, "Sunuhot" kabi risolalarda ham, "Men bir yorugʻlik koʻryapman" deb dahshatli hodisalarga qarshi u umid bilan bardosh berib qarshilik koʻrsatardim. Men ham hamma kabi, u yorugʻlikni siyosat olamida va hayoti ijtimoiya-i Islomiyada va juda keng bir doirada tasavvur qilar edim. Holbuki olamdagi hodisalar, ikki jahon urushi bilan meni u gʻaybiy xabarda va xushxabarda bir daraja yolgʻonlab umidimni sindirdi. Birdan bir gʻaybiy eslatma bilan qat'iy qanoat beradigan bir suratda qalbimga keldiki: "Jiddiy bir aloqa bilan sening eskidan beri takror qilganing yorugʻlik bor, bir nur koʻramiz deb xushxabarlarning ta'vili va tafsiri va ta'biri siz haqqingizda, balki iymon jihati bilan olami Islom haqida ham ahamiyatli Risolat-un Nurdir. Bu bir yorugʻlikdirki, seni shiddatli aloqador qilgan edi. Va bu bir nurki, avvallari taxayyul va taxmining bilan keng doirada, balki siyosat olamida keladigan saodatli va dindor ravishdagi holatlarning va vaziyatlarning muqaddimasi va xushxabarchisi ekan, bu oldindan boʻlgan yorugʻlikni oʻsha kelajakdagi saodat deb tasavvur qilib eski zamonda siyosat eshigi bilan uni qidirayotgan eding.
Ha, oʻttiz-qirq yil avval, bir oldindan sezish hissi bilan his qilding. Faqat qandayki qizil bir parda bilan qora bir yerga qaralsa, qorani qizil koʻradi, sen ham toʻgʻri koʻrding, faqat xato tatbiq qilding, siyosat jozibasi seni aldatdi."
AMIN BILAN FAYZINING USTOZLARINING GʻARIB VAZIYATIGA VA RISOLA-I NURNING AJIB AHAMIYATIGA DALOLAT QILGAN BIR SAVOLLARI VA USTOZLARINING ULARGA VA OʻXSHASHLARIGA BERGAN JAVOBI
Savol: Olami Islomning muqaddaroti bilan jiddiy aloqador boʻlgan bu jahon urushining dahshatli zamonlarida ellik kun qadar, (hozir yetti yildan oʻtdi, ayni hol davom qilmoqda. Ham na soʻraydi va na qiziqadi.) Har kun xizmatingizda boʻlgan bizlardan bir marta ham soʻramadingiz. Ajabo, bu ulkan hodisadan yanada katta boshqa bir haqiqat hukm qilmoqdamiki, buni ahamiyatdan tushirmoqda. Yoxud u bilan mashgʻul boʻlishning bir zarari bormi?. deb Ustozimizdan soʻradik. U ham:
Javob: Deydiki: Ha, bu jahon urushidan yanada katta bir haqiqat va yanada a'zam bir hodisa hukm qilgani uchun, shu jahon urushi unga nisbatan juda ahamiyatsiz boʻlyapti. Chunki bu jahon urushida ikki hukimat kurra-i arzning hokimiyati uchun murofaa va muhokama da'vosida boʻlishlari ichida ikki muazzam dinning kelishuv va sulh mahkamasiga yarashish da'vosi ochilib va dinsizlikning dahshatli jarayoni ham samoviy dinlar bilan ulkan urushi boshlangan hangomda, nav'-i basharning sotsialist tabaqasi bilan burjuaziyalar toifasining mahkama-i kubrolarida ochilgan da'volaridan juda muhim shunday bir da'vo ochilgan va shunday muazzam bir haqiqat oʻrtaga chiqqanki, u da'voning bitta odamga tekkan miqdori bu jahon urushidan yanada kattadir. Xullas, u da'vo ham buki:
Shu zamonda har bir moʻmin uchun, balki hamma uchun kurra-i arz qadar bir boqiy ekinzor va u ekinzor boshdan oyoq bogʻlar va qasrlar bilan bezalgan abadiy bir mulk olmoq yoki u mulkni yoʻqotmoq da'vosi ochilgan. Demak har bitta odamning boshiga shunday bir da'vo ochilganki; agar Ingliz, Olmon qadar sarvati va quvvati boʻlsa va aqli ham boʻlsa, faqat u da'voni qozonmoq uchun barchasini sarf qiladi. Albatta bu da'voni qozonmasdan avval boshqa narsalarga ahamiyat bergan, devonadir. Hatto u da'vo shu daraja tahlikaga tushganki, bir ahli kashfning mushohadasi bilan, bir yerda ajal qoʻlidan vazifadan boʻshatilish hujjatini olgan qirq odamdan bir odam qozona olgan, oʻttiz toʻqqizi yoʻqotgan.
Mana bu ahamiyatli, azim da'voni qozontiradigan va yigirma yildan beri tajribalar bilan oʻntadan sakkiztasiga u da'voni qozontirgan bir da'vo vakili boʻlsa, albatta aqli boshida har odam u da'voni qozontirgan shunday bir da'vo vakilini vazifaga yoʻllaydigan bir xizmatga har hodisadan ustun ahamiyat berishga mukallafdir. Xullas, u da'vo vakilining bu asrda birisi, balki birinchisi Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning i'jozi ma'naviysidan sizilgan va chiqqan va tavallud etgan Risola-i Nur boʻlganini minglar u bilan oʻsha da'voni qozonganlar shohid.
Darhaqiqat, bu kurra-i arzga vazifadorlik bilan yuborilgan har inson, bu yerda musofir va foniy boʻlgani va mohiyati bir hayoti boqiyaga yuzlangan boʻlgani qat'iyyan tahaqquq etgan. Oʻsha har inson bu zamonda hayoti abadiyasini qutqaradigan tayanch nuqtalari buzilganidan, bu dunyosini va ichida barcha aloqador ahbobini abadiy tark etmoq bilan barobar, bu dunyodan minglar daraja yanada mukammal bir boqiy mulkni ham yoʻqotmoq yoki qozonmoq da'vosi boshiga ochilgan. Agar iymon hujjati boʻlmasa va baroti va hujjati boʻlgan e'tiqodni sogʻlom bir suratda qoʻlga kiritmasa, u da'voni yoʻqotadi. Ajabo, bu yoʻqotgan narsasining oʻrnini qaysi narsa toʻldira oladi?
Xullas bu haqiqatga binoan, mening va qardoshlarimning har birimizning yuz daraja aqli va fikri ziyodalashsa, bu muazzam vazifa-i muqaddasaning xizmatiga zoʻrgʻa kifoya kela oladi. Boshqa masalalarga qarash bizga foydasiz va ma'nosiz boʻladi. Faqat bu qadar borki, Risola-i Nur shogirdlarining bir qismi narigi da'volar ichida boʻlgani va keraksiz va sababsiz ba'zan bizga aqlsizlarning tajovuzlari va hujumlari zamonida zarurat darajasida, istamasdan vaqtinchalik qaraganmiz. Ham bu haqiqiy va juda buyuk da'voning xorijidagi da'volarga va boʻgʻishmalarga aloqadorona fikran va qalban qoʻshilish zararlidir. Chunki bunday keng va siyosiy va hayajon bergan doiralarga diqqat qilgan va ular bilan mashgʻul boʻlgan bir odam, qisqa bir doira ichida vazifador boʻlgan ahamiyatli xizmatlaridan orqa qoladi yoki shavqi sinadi. Ham u keng va jozibador siyosat va boʻgʻishma doiralariga diqqat qilgan, ba'zan berilib ketadi; vazifasini qilolmagani kabi, salomati qalbini va husni niyatini va istiqomati fikrini va xizmatidagi ixlosni yoʻqotmasa ham, oʻsha ayblov ostida qolishi mumkin. Hatto mahkamada menga bu nuqtadan hujum qilgan paytlari dedim: "Quyosh kabi haqiqati iymoniya va Qur'oniya yerdagi vaqtinchalik yorugʻliklarning jozibasiga tobe va vosita boʻlmagani kabi, u haqiqatni haqiqatdan tanigan kurra-i arzdagi hodisalarga emas, balki koinotga ham vosita qilolmaydi dedim, ularni jim qildirdim." Xullas, ustozimizning javobi tugadi, biz ham bor quvvatimiz bilan tasdiq qildik.
[Bir maktubning parchasi. Bu maqom munosabatiga binoan yozildi.]
Aziz Siddiq Qardoshlarim!
Zinhor donyo jarayonlari, xususan siyosat jarayonlari va ayniqsa xorijga qaragan jarayonlar sizni boʻlinishga otmasin, qarshingizda birlashgan zalolat firqalariga qarshi sizni parishon etmasin. "Alhubbu Filloh" "Valbugʻzu Filloh" dasturi Rahmoniy oʻrniga, Alloh saqlasin, "Alhubbu fissiyosati valbugʻzu lissiyosati" dasturi shaytoniy hukm qilib, malak kabi bir haqiqat qardoshiga adovat va "al-xannos" kabi bir siyosatdagi birodariga muhabbat va tarafdorlik bilan zulmiga rizo koʻrsatib jinoyatiga ma'nan sherik qilmasin.
Ha, bu zamondagi siyosat qalblarni buzib asabiy ruhlarni azob ichida qoldiradi. Salomati qalb va istirohati ruh istagan odam, siyosatni tashlashi kerak. Ha, hozir kurra-i arzda hamma yo qalban, yo ruhan, yo aqlan, yo badanan kelgan musibatdan hissadorlikdan azob chekmoqda, parishondir. Ayniqsa ahli zalolat va ahli gʻaflat marhamati umumiya-i Ilohiyadan va hikmati tomma-i Subhoniyadan xabarsiz boʻlganidan, nav'-i basharga jinsdoshiga achinish, aloqadorlik jihati bilan oʻz alamidan tashqari nav'-i basharning hozirgi alamli va dahshatli alamlari bilan ham alamzada boʻlib azob chekmoqda. Chunki keraksiz va ma'nosiz bir suratda vazifa-i haqiqiyalarini va eng kerakli ishlarini tashlab ofoqiy va siyosiy boʻgʻishmalarga va koinotning hodisalarini qiziqish bilan tinglab qoʻshilib ruhlarini tentak, aqllarini vaysaqi qilganlar. "Zararga rozi boʻlganga marhamat qilinmaydi" ma'nosida اَلرَّاضِى بِالضَّرَرِ لاَ يُنْظَرُ لَهُ qoida-i asosiyasi bilan, shafqat haqqini va marhamat layoqatini oʻzlaridan olib tashlaganlar. Ularga achinilmaydi va shafqat qilinmaydi va keraksiz boshlariga balo keltirmoqdalar.
Men taxmin qilyapmanki, butun kurra-i arzning bu yongʻinida va toʻfonlarida salomati qalbini va istirohati ruhini muhofaza qilgan va qutqargan bu mamlakatda Risolat-un Nur doirasiga sadoqat bilan kirganlardir. Chunki ular Risolat-un Nurdan olgan iymoni tahqiqiy darslarining nuri bilan va koʻzi bilan hamma narsada rahmati Ilohiyaning izini, mohiyatini, yuzini koʻrib, hamma narsada kamoli hikmatini, jamoli adolatini mushohada qilganlaridan, kamoli taslimiyat va rizo bilan -Rububiyati Ilohiyaning ijrootidan boʻlgan musibatlarga qarshi- taslimiyat bilan kulib qarshilaydilar, rizo koʻrsatadilar va marhamati Ilohiyadan yanada oldin shafqat his qilmaydilarki, alam va azob cheksinlar. Xullas bu haqiqatga binoan, yolgʻiz hayoti uxroviyaning emas, balki dunyodagi hayotning ham saodat va lazzatini istaganlar, hadsiz tajribalar bilan Risolat-un Nurning iymoniy va Qur'oniy darslarida topa oladi va topmoqdalar.
AHAMIYATLI BIR DOMLANING USTOZ HAQIDA ZIYODA HUSNI ZONINI TOʻGʻRILASH MUNOSABATI BILAN AMIN VA FAYZINING OʻSHA DOMLAGA YUBORGAN BIR MAKTUBLARI
Aziz, Sodiq va Muhtaram Domla Hashmat Afandi.
Sizning mujaddid haqidagi maktubingizni hayrat bilan oʻqidik, ustozimizga aytdik. Ustozimiz deydiki: "Ha, bu zamonda ham iymon va din, ham hayoti ijtimoiya va shariat, ham huquqi omma va siyosati Islomiya uchun gʻoyat ahamiyatli bir mujaddid istaydi. Faqat eng ahamiyatlisi, iymon haqiqatlarini muhofaza nuqtasidagi tajdid, eng muqaddas va eng buyugidir. Shariat va hayoti ijtimoiya va siyosiya doiralari unga nisbatan ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi darajada qoladi. Rivoyati Hadisiyada tajdidi din haqindagi ziyoda ahamiyat esa, iymoniy haqiqatlardagi tajdid e'tibori bilandir. Faqat xalq tushunchasida va hayotparast insonlarning nazarida koʻrinishdan keng va hokimiyat nuqtasida jozibador boʻlgan hayoti ijtimoiya-i Islomiya va siyosati diniya jihatlari yanada ziyoda ahamiyatli koʻringani uchun, u koʻzoynak bilan u nuqta-i nazardan qaraydilar, ma'no beradilar.
Ham bu uch vazifalar birdan bir shaxsda va yoxud bir jamoatda bu zamonda boʻlishi va mukammal boʻlishi va bir-birini rad qilmasligi juda uzoq, goʻyo mumkin koʻrinmaydi, oxirzamonda Oli Bayti Nabaviyning jamoati nuroniyasini tamsil etgan Mahdiyda va jamoatidagi shaxsi ma'naviyda faqat yigʻila oladi. Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, bu asrda Risolat-un Nurning haqiqiy shogirdlarining shaxsi ma'naviysi iymon haqiqatlarini muhofazasida tajdid vazifasini qilgan. Yigirma yildan beri u vazifa-i muqaddasada ta'sirli va fotihona nashriyoti bilan gʻoyat dahshatli va quvvatli zindiqo va zalolat hujumiga qarshi toʻliq qarshilik qilib yuz minglab ahli iymonning uymonlarini qutqarganiga qirq ming odam guvohlik qiladi. Ammo men kabi ojiz va zaif bir bechoraning bunday minglab daraja haddimdan ortiq bir yukni koʻtarish tarzida bechora shaxsimni diqqat bilan qarashga sabab qilmaslik kerak" deydi va sizga salom aytadi. Biz ham zoti oliyingizga va u yerdagi Risolat-un Nur bilan aloqador boʻlganlarga salom aytamiz.
Gʻoyat jiddiy bir eslatma bilan bir haqiqatni bayon qilishga ehtiyoj bor. Shundayki:
لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ الاَّ اللَّهُ sirri bilan ahli valoyat gʻaybiy boʻlgan narsalarni, bildirilmasa, bilmaydilar. Eng buyuk bir vali ham dushmanining haqiqiy holini bilmaganlari uchun, haqsiz boʻlib urushganini Ashara-i Mubashsharaning mobaynidagi jang koʻrsatadi. Demak ikki vali, ikki ahli haqiqat bir-birini inkor qilish bilan maqomlaridan tushmaydilar. Agar butun-butun shariatning zohiriga muxolif va xato bir ijtihod bilan harakat qilmagan boʻlsa.
Bu sirga binoan, وَ الْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَ الْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ dagi oliyjanob dasturiga ergashib va omi moʻminlarning shayxlariga boʻlgan husni zonlarini sindirmaslik bilan iymonlarini buzmasdan muhofaza etmoq va Risola-i Nurning yetakchilarining haqsiz e'tirozlarga qarshi haqli, faqat zararli hiddatlaridan qutqarmoq ehtiyojiga binoan va ahli ilhodning ikki toifa-i ahli haqiqatning mobaynidagi xusumatdan istifoda qilib birining quroli bilan, e'tirozi bilan narigisini yaralab, narigining dalillari bilan bu yerdagini rad qilib ikkalasini ham yerga urmoq va rad qilishdan saqlanib Risola-in Nur shogirdlari; bu mazkur besh asosga binoan, qarshi chiqqanlarga hiddat va tahavvur bilan va misli bilan javob bermaslik, faqat oʻzlarini muhofaza uchun kelishib e'tirozga sabab nuqtalarni izoh qilish va javob berish kerak. Chunki bu zamonda anoniyat juda ham ildamlab ketgan, hamma qomati miqdorida bir muz parchasi boʻlgan anoniyatini eritmaydi, sindirmaydi, oʻzini uzrli deb biladi. Undan nizo chiqadi, ahli haq zarar qiladi, ahli zalolat foydalanadi.
Istanbulda ma'lum e'tiroz hodisasi imo qiladiki, kelajakda mashrabini juda ham yoqtirgan ba'zi zotlar va xudgam ba'zi soʻfi-mashrab va nafsi ammorasini toʻliq oʻldirmagan va mansabsevarlik tahlikasidan xalos boʻlmagan ba'zi ahli irshod va ahli haq, Risolat-un Nur va shogirdlariga qarshi oʻz mashrablarini va maslaklarining rivojini va ergashuvchilarining chiroyli aloqalarini muhofaza niyati bilan e'tiroz qiladilar. Balki dahshatli qarshilik qilish ehtimoli bor. Bunday hodisalarning boʻlishida bizlarga sovuqqonlik va tebranmaslik va adovatga kirmaslik va oʻsha e'tirozchi toifaning ham raisalarini rad qilmaslik kerak.
Fosh etmoq xotirimga kelmagan bir sirni fosh qilishga majbur boʻldim. Shundayki:
Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi va u shaxsi ma'naviyni tamsil etgan xos shogirdlarining shaxsi ma'naviysi "farid" maqomiga mazhar boʻlganlari uchun, xususiy bir mamlakatning qutbi emas, balki aksariyati mutlaqa bilan Hijozda boʻlgan qutbi a'zamning tasarrufidan xorij boʻlgani va uning hukmi ostiga kirishga majbur emas. Har zamonda boʻlgan ikki "Imom" kabi, uni ya'ni qutbi a'zamni tanishga majbur boʻlmaydi. Men avvallari Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysini oʻsha imomlardan birisi deb oʻylar edim. Hozir anglayapmanki, Gʻavsi A'zamda "qutbiyat" va "gʻavsiyat" bilan barobar "fardiyat" ham boʻlganidan, oxirzamondagi shogirdlari bogʻlangan Risolat-un Nur oʻsha fardiyat maqomga sazovordir. Yashirishga loyiq boʻlgan bu sirri azimga binoan, Makka-i Mukarramada ham farzi mahol boʻlib Risola-in Nurga qarshi bir e'tiroz qutbi a'zamdan ham kelsa, Risola-in Nur shogirdlari ikkilanmasdan u muborak qutbi a'zamning e'tirozini iltifot va salom suratida qabul qilib e'tiborini ham qozonish uchun e'tirozga sabab nuqtalarni oʻsha buyuk ustozlariga qarshi izoh bilan qoʻllarini oʻpishdir.
Ha Qardoshlarim!
Bu zamonda shunday dahshatli jarayonlar va hayotni va jahonni izdan chiqaradigan hodisalar ichida, hadsiz bir matonat va sovuqqonlik va nihoyatsiz bir fidokorlik tashish kerek.
Ha, يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا عَلَى اْلآخِرَةِ oyatining sirri ishoriysi bilan, oxiratni bilganlari va iymon keltirganlari holda, dunyoni oxiratga sevib turib ustun qoʻymoq va sinadigan shishani boqiy olmosga bilib turib rizo va sevinch bilan ustun qoʻymoq va oqibatni koʻrmagan koʻr hissiyotning hukmi bilan tayyor bir dirham zaharli lazzatni kelajakda bir botmon sof lazzatdan ustun qoʻymoq, bu zamonning dahshatli bir kasalligi, bir musibatidir. U musibat sirri bilan moʻminlar ham ba'zan ahli zalolatga tarafdor boʻlish kabi dahshatli xatoda boʻladilar. Janobi Haq ahli iymonni va Risola-i Nur shogirdlarini bu musibatlarning yomonligidan muhofaza aylasin, omin!
Savol: "Ishoroti Qur'oniya Risolasida Fotihaning siroti mustaqim asxobi-ki الَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ oyatining ta'rif aylagani toifa ichida, ham لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّتِى ... حَتَّى يَاْتِيَ اللَّهُ بِاَمْرِهِ oxirigacha Hadisining oxirzamonda koʻrsatgan mujohidlar ichida, ham Val Asri Surasining
اِلاَّ الَّذِينَ اَمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ bilan boshlangan uch jumlasida ma'noyi ishoriy bilan xususiy bir suratda kirgan bir fardning Risola-i Nur shogirdlari boʻlganiga sabab nima va maxsus qilish jihati nima?"
Javob: Sababi esa:
Risola-i Nur yuzga yaqin din tilsimlarini va Qur'onning haqiqatlari muammolarini hal va kashf qilganki, har bir tilsimning bilinmasligidan koʻp insonlar shubhalarga va shaklarga tushib, gumonlardan xalos boʻlmasdan ba'zan iymonini yoʻqotar edi. Hozir barcha dinsizlar toʻplansa, u tilsimlarning kashfidan keyin gʻalaba qozonolmaydilar. Yigirma Sakkizinchi Maktubda "Yetti Inoyatlar"da bir qismiga ishora qilingan. Inshaalloh, bir zamon u tilsimlar mustaqil bir risolada jam qilinadi.
................................
Bir vaqt, Tosyadan Kastamonuga kelarkan, barobarimda Risola-i Nurning "Yogʻdu"lari va "Shu'la"lari bor edi. Hashrga doir bir mabhas oʻqiyotgan edim. Yuk mashinasi tepaliklarga tirmashib chiqayotgan edi. Havoning va mashinaning harorati menga ogʻirlik va fikrimga ham "Bu Risola-i muazzam bir moʻ'jiza-i Qur'oniyadir. Boshqa sohada moʻ'jiza koʻrsata oladimi? Holbuki moʻ'jiza anbiyolarga maxsus, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdan soʻngra moʻ'jiza koʻrsatilmaydi" mulohazasi asnosida yuk mashinasi mudhish zarbalar bilan uch bor dumalab yigirma besh-oʻttiz metr yerdan pastga yumaladi. Guvohlik keltiraman. Yaralimiman deb oʻzimni tekshirdim, yuz ming shukr hech bir yaram yoʻq. Qoʻrqib turdim. Haydovchining boshi yorilgan, oh-voh chekmoqda. Atrofimni koʻrib chiqdim. Haydovchi tomonidagi shishalar chil-parchin boʻlgan. Mening tarafimdagi mayin shisha ham sinmagan. Oʻsha vaqtda buning buyuk bir karomat boʻlganini, moʻ'jiza boʻlmaganini va boshqa bunday mojaroli narsalarni tafakkur qilmaslik uchun karomatkorona Risola-i Nurning bir ta'ziri boʻlgani tushundim.
Aziz, Siddiq Qardoshlarim!
Risola-i Nurning haqqoniyatiga va ahamiyatiga doir bir imzoyi gʻaybiy hukmida bu majmua koʻrsatgan qiymat Risola-in Nurda boʻlganini bu zamonning dahshatli toʻfonlari isbot qiladi.
Ha qardoshlarim, Hazrat Iso Alayhissalom Injili Sharifda deganki:
"Men ketyapman, toki sizga tasallichi kelsin." Ya'ni Hazrat Ahmad Alayhissalotu Vassalom kelsin deyishi bilan, Qur'onning basharga gʻoyat buyuk bir natijasi, bir gʻoyasi, bir hadyasi, tasallidir. Ha, bu dahshatli koinotning toʻfonlari va zavol buzgʻunchiliklari va bu boʻshliq nihoyatsiz fazoda hamma narsa bilan aloqador boʻlgan inson uchun tasallini va madad soʻrash nuqtalarini Qur'on beradi. Eng ziyoda u tasalliga muhtoj bu zamondir va eng ziyoda quvvatli bir suratda u tasallini isbot qilgan, koʻrsatgan Risola-i Nurdir. Chunki zulmatlar va vahmlarning manbai boʻlgan tabiatni u teshgan oʻtgan, haqiqat nuriga kirgan. Yigirma Toʻqqizinchi va Oʻttizinchi va Oʻn Oltinchi Soʻzlar kabi aksar parchalarida iymon haqiqatlarining yuzlab tilsimlarini kashf va izoh qilib aqlni inkordan, ikkilanishlardan qutqargan. Xullas bu haqiqat uchundirki, bu juda zeriktiruvchi zamonda, zeriktirmaydigan bir tarzda koʻp takror bilan aqli boshida boʻlganlarni Risola-i Nur bilan mashgʻul qiladi.
Ra'fat maktubida degan: "Qachon bir oraga kelsak, Soʻzlardan birisini ochib oʻqiymiz, shirin-shirin istifoda qilib Ustozimiz bilan koʻrishamiz. Ham Risola-i Nurning eng yaqqol xususiyati, zeriktirmaslikdir. Yuz dafa oʻqilsa, bir yuz birinchida yana zavq bilan oʻqilishi mumkin." degan. Toʻgʻri aytgan.
Faqat Risola-i Nurning tarjimoni haqiqiy vazifasining xorijida dunyodagi istiqboliyotga kamdan-kam ora-sira qarashi, zohiriy bir chalkashlik beradi. Masalan: Bundan oʻttiz-qirq yil avval, "Bir nur keladi, bir nur olami koʻramiz" degan va u ma'noni keng bir doirada va siyosatda tasavvur qilgan. Ham bundan oʻn toʻrt, oʻn besh yil avval, "Dinsizlikni aylantirganlar mudhish samoviy ta'zirlar yeydilar" deb katta keng kurra-i arz doirasidagi hodisani tor bir mamlakatda va cheklangan insonlarda tasavvur qilgan. Holbuki istiqbol u ikki gʻaybiy xabarni tasavvurdan juda yuksak tarzda tafsir va ta'bir ayladi. Eski Saidning "Bir nur olami koʻramiz" deyishi, Risola-i Nurning doirasining ma'nosini his qilgan, keng bir doira-i siyosiya tasavvur qilgani kabi; sirri "Inna A'toyna"da "Oʻn uch, oʻn toʻrt yil soʻngra dinsizlikni, zindiqoni tarqatganlar mudhish ta'zirlar yeydilar" deb keng bir haqiqatni tor bir doirada tasavvur qilgan. Istiqbol u ikki haqiqatni ta'bir va tafsir ayladi. Boshda Isparta boʻlib, Risola-i Nur doirasi avvalgi haqiqatni juda porloq va goʻzal bir suratda koʻrsatgani kabi, ikkinchi haqiqatni ham buzuq madaniyatning tugʻyonini va moddiyunlik {(Hoshiya) Ha, moddiyunlik oʻlatining xastaligi nav'-i basharga bu dahshatli bezgakni va kurra-i arzga bu titrashni bergan.} oʻlatini singdirgan va idora qilgan arvohi habisaning boshlariga kelgan bu dahshatli samoviy ta'zirlar keng bir doirada sirri Inna A'toynaning haqiqatini batamom isbot qilgan.
Savol: Risola-i Nur qat'iy burhonlarga tayanib hukmlari batamom ta'vilsiz, ta'birsiz haqiqat chiqishi va faqat ishorati tavofuqiya va sunuhoti qalbiyaga ishongan bayonoti, bunday dunyoviy boʻlgan istiqbolga doir masalalarda nima uchun ta'birga va ta'vilga muhtoj boʻladi? deb xotirimga keldi.
Bunday bir javob eslatildiki: Gʻaybiy istiqboli dunyoviyda boshga kelgan hodisalarni bildirmaslikda Janobi Arhamurrohimiyning juda buyuk bir rahmati saqlangani va gʻaybni yashirishda juda ahamiyatli bir hikmati boʻlgani jihati bilan, gʻaybiy narsalarni xabar berishdan man qilib, faqat noaniq va muxtasar bir suratda yo ilhom yoki eslatma bilan bir alomatni vasila qilib kashfiyotda va sodiq tushda bir qism gʻaybiy haqiqatlarini his qildiradi va u haqiqatlarning xususiy suratlari boʻlgandan keyin bilinadi.
Risola-i Nurning tumanlarga, jamoatlarga barakaga sabab boʻlishi va unga zarar berganlarga ta'zir kelishi kabi, shaxslarga ham juda zohir bir suratda ham baraka va chiroyli tirikchilik (unga xizmat qilganlarga) va gʻaybiy ta'zirlar (unga qarshi va zarar berayotganlarga) kelishi bu atrofda juda koʻp hodisalari bor. Biz oʻzimizda, xizmat jarayonida juda yaqqol bir suratda chiroyli bir tirikchilik, bir inoyat koʻrganimiz kabi, Risola-i Nurning ilgʻorlaridan boʻlgan Nazif qat'iy bir suratda xabar beradiki: Uch-toʻrt odam dunyo sarvati deb Risola-in Nurga qarshi toʻplanib munofiqona bir tadbir qilganlari hangomda, uch kun soʻngra oʻsha uch odamning uylari va doʻkonlari yonib minglab lira yoʻqotish bilan ta'zir yedilar.
Ham bir makkor va josus odam Risolat-un Nur shogirdlariga qarshi harakat qilayotgan ediki, ularni qamoqqa tashlattirsin. Bir kun ochiqchasiga, "Men bir alomat topolmadimki, bularni qamoqqa tiqay. Agar bir alomat topsam, ularni qamoqqa tiqaman" deb e'lon qilgan vaqtdan ikki kun soʻngra bir ish qilib Risola-i Nur shogirdlari oʻrniga u ikki yil qamoqqa kirdi.
Ham badbaxt qaysar bir odam shiddatli Risola-i Nurga qarshi, ham shogirdlarining bir peshqadamiga qarshi boʻlgan hangomda, bir-ikki kun soʻngra mayxonaga ketib ichib-ichib boʻkib oʻsha yerda oʻlgan.
Bu navda koʻp hodisalar bor. Demak, Risola-i Nur doʻstlarga tiryoq boʻlgani kabi, dushmanlarga ham chaqmoq boʻladi.
Ham Gʻavsi A'zamning ustozimiz haqida: فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ ifodasi bilan inoyat va osonlashtirishga doimo sazovor boʻlganiga va tavofuq Risola-i Nurning bir ma'dani boʻlganiga juda koʻp alomatlardan, bu bir-ikki kun mobaynida kichik va latif, faqat qat'iy qanoat bergan juz'iy hodisalarning tavofuqlarida koʻzimiz bilan koʻrganimiz inoyoti Rabboniyaning namunalaridan besh-oltitasini bayon qilamizki, ular bu ikki kun mobaynida barobar sodir boʻlgan.
Birinchisi: Kecha ustozimizga Risola-i Nurga oid uch xizmat lozim keldi... Hech kim yoʻq, bizlar ham uzoqda. Zinapoyadan tushib, bir bolani topib bizlarga yuborish niyati bilan eshikni ochdi. Risola-i Nurning oʻsha uch xizmatini qiladigan uchta shogirdi favqulodda bir tarzda oʻsha daqiqada eshikka kelganlar.
Ikkinchisi:.................
Uchinchisi: Ustozimiz ayni bu kun Amin qardoshimizga dedi:
"Uch-toʻrt oydir har hafta qishlogʻidan bu yerga kelgan uy sohibasi kelmadi. Toʻrt oy boʻldi, ijara pulini olmadi. Har holda xabar yuboring kelsin, ijara pulini olsin." degan ayni vaqtda, toʻrt oydan beri kelmagan oʻsha uy sohibasi eshikni taqillatdi keldi, besh oylik ijara pulini oldi.
Ustozimiz, bu hodisa-i inoyatdan mamnuniyati uchun, unga uzoq bir nohiyadan kelgan aylana hech koʻrmaganimiz va bu yerda boʻlmagan bir kichik nonni oʻsha uy sohibasiga berdi. Ayni vaqtda yigirma daqiqa mobaynida bu yerda boʻlmagan oʻsha ayni nondan besh misli ikki yil Risola-i Nurning bir kitobini olib mutolaasining ma'naviy haqqining mingdan bir haqqi boʻlib keldi. Va bir oz ashuro shoʻrvasini ham yana oʻsha uy sohibasiga berdi. Aynan oʻsha ashuroning oʻn misli qadar uch latif non yana ikki yil ikkita kitobning oʻqilishiga mingdan bir haq boʻlib keldi, koʻzimiz bilan koʻrdik.
Ham bugun oʻsha uy sohibasining yetti yildir ismini bilmagani uchun, ustozimiz undan "Isming nima" deb soʻradi. "Xayriya", dedi.
Xayriya ismli boʻlish tafa'uli bilan ikki soat soʻngra Xayri ismli Risola-i Nurning bir shogirdi (Xabarimiz yoʻq ekan, Istanbulga ketgan. Ham tijorat munosabati bilan ikki muhim shogirdlari ham borib kech qoldilar. Moddiy va ma'naviy toʻfonlar munosabati bilan ustozimiz ham ularni, ham u yerdagi muhim bir shogirdi uchun juda xavotirlanayotgan edi) bugun u Xayri ikki soat oʻsha Xayriyadan soʻngra eshikni ochdi, keldi. Oʻsha uch shogird haqidagi xavotirni yoʻqotish bilan barobar, Ustozning toʻrt oydan beri davom qilgan "tefarik" nomli bir mushki bugun tugagan, oʻzimiz koʻrdik. Xayrining bir kichik shisha qoʻlida, "Mana sizga tefarik keltirdim." dedi. Mana bu kichik latif tefarikdagi tavofuqqa barakalloh dedi.
Bu ikki kun mobaynida bu kichik namunalar kabi ustozimiz Moʻ'jizoti Ahmadiyaning (A.S.V.) tahriri bilan mashgʻul boʻlgani uchun, koʻp namunalar koʻrgan. Modomiki ikki kun mobaynida bu qadar inoyatlarning jilvalarini koʻryapmiz. Risola-i Nur doirasi ichida diqqat qilinsa, hamma oʻzida xizmati darajasida bunday namunalarni koʻradi.
Fayzi bilan Amin deydilar: Ustozimiz boʻlgan Risola-i Nurning muhim haqiqatlari ichida eng shirin bir mevasi tavofuq boʻlgani uchun, qardoshlarimizga yana bu ikki kun mobaynida kichik bir-ikki tavofuqni sizga bundan avvalgi tavofuqa hoshiya sifatida yozamiz.
Ha, qandayki kalimalarda va yozilgan kalimalarda tavofuq bir qasd, bir xususiy inoyatni koʻrsatadi. Ba'zan horiqo boʻlib karomat darajasiga chiqadi, ba'zan latif bir zariflik beradi. Aynan shuning kabi, Risola-i Nurga oid va Ustozimizga oid hodisalarda ham aynan qasdiy va inoyatkorona tavofugʻi soʻzlarda boʻlgani kabi, u ishlarda ham koʻryapmiz.
Jumladan, sizga yozilgan, toʻrt oy kelmagan uy sohibasi uchun Amin qardoshimizga dedi: "Xabar yubor." aytayotganida uning eshik qoqishi tavofuq qilgani kabi, ayni jumlani bir kun soʻngra ikki dafa oʻqigan payt, Aminga degan kalimasi oʻqilgan onida, pastdagi eshikni Amin ochdi, kelish vaqti boʻlmasdan keldi. Ikkinchi kun yana boshqa bir odamga oʻqilgan vaqt, Aminga degan kalimasini oʻqigan vaqt ayni onda yuqori eshikni Amin ochdi, kelish odatiga muxolif boʻlib keldi, kirdi. Bu ikki tovofuq uy sohibasining tavofugʻiga tavofugʻi koʻrsatadiki, eng juz'iy ishlarimiz ham tasodif emas, qasdiy tavofuqdir.
Ham toʻrt oy avval bizga bir oz tarhana shoʻrvasi keltirgan Risola-i Nur shogirdlaridan Fuadning Istanbulga ketib oʻttiz kun qoldirilishidan, kech qolishidan xavotirlanganimiz ayni kuni, uning tarhana shoʻrvasi tugagan ayni kuni kelishi tavofuq qildi.
Ham ayni kuni bir oz sariyogʻ (biz ham, ustozimiz ham buning barakasini his qilayotgan edik) tugagan daqiqada, uning miqdoriga tavofuq qilib oʻylashimizcha ayni yerdan, ayni miqdor, ayni zamonda kelgani kabi; ham bu yerlarda qishloqlarda kul ichida tayyorlangan non ustozimizga yoqqani uchun nahor - oqshom undan yeb va oʻn besh kun davom qilgan -va tugagan ayni kuni- ayni nondan uning qarindoshlaridan birisi keltirdi, bu tavofuqning xotiri uchun orqa qaytarmadi, qabul qildi. Koʻzimiz bilan bu latif tavofuqdagi shirin inoyoti Ilohiyaning juz'iy jilvalarini koʻrdik va angladikki, koʻr tasodif ishimizga aralashmaydi. Ma'nodor tavofuq Risola-i Nurning kalimalarida va harflarida boʻlgani kabi, unga munosabatdor boʻlgan harakat va ishlarda ham ma'nodor tavofuqlar bor. Inoyatga munosabatdor boʻlgani uchun, eng juz'iy bir narsa ham boʻlsa, qiymati buyukdir. Bunday uzun yozish va ziyoda ahamiyat berish isrof boʻlmaydi. Chunki ma'nosi boʻlgan inoyat va iltifoti rahmat muroddir va u bahs ham ma'naviy bir shukrdir.
Sen minglab xush kelding, meni abadiy minnatdor qilding. Va sodiq birodarlaring bilan Risola-i Nurning erkinligiga xizmatingiz shu daraja buyuk va qiymatlidir. Yolgʻiz bizni va Risola-i Nur shogirdlarini emas, balki bu mamlakatni, balki olami Islomni ma'nan minnatdor qildingizki, ahli iymonning yordamiga yetishishga Risola-i Nurning yoʻlini erkin ochdingiz. Men bir yildan beri seni ve sen bilan barobar Risola-i Nurning bu erkinligiga harakat qilganlarni Hofiz Ali va Xusrav kabi Risola-i Nurning qahramonlari bilan barobar ma'naviy qozonchlarimga va duolarimga sherik qilganman, ham davom qiladi. Bu yerga qadar yoʻldagi har bir daqiqa, bir kun xizmatda boʻlish kabi meni minnatdor aylading.
Hokimi odil nomini olgan ma'lum zotni va biz tomonda u bilan barobar ishlaganlarni, bu haqiqiy adolatga xizmatlari uchun, oxir umrimga qadar unutmayman. Olti-yetti oydir ularni ham aynan ma'naviy qozonchlarimga sherik qilaman. Menga qaytargan risolalarning bir qismini qardoshlarimga vajob beraman, barchasini yozsinlar, ularga hadya qilaman. Chunki ular Risola-i Nurning bundan keyingi xizmatiga toʻliq hissadordirlar. Bu masalada men Denizli shahrini oʻz qishlogʻimga doʻst qilib barcha oʻtganlarini va ahli iymonning hayotda boʻlganlarini ham oʻzim, ham Risola-i Nurning talabalari ma'naviy qozonchlarimizga hissador qilishga qaror qildik. Denizli qamoqxonasini ham bir imtihon madrasamiz deb qabul qilamiz va biz bilan aloqador ham Denizlida, ham qamogʻida umumiga va xususan va toʻliq adolatini koʻrganimiz mahkama hay'atiga koʻp salom va duolar qilamiz.
Beshinchi Nuqta: Risola-i Nur bu Anadolu mamlakatiga balolarning daf boʻlishiga ahamiyatli bir vasiladir. Sadaqa qanday baloni daf qilsa, uning tarqalishi va oʻqilishi, kulliy bir sadaqa navidan samoviy va aroziy balolarnind daf boʻlishiga vasila boʻlgani koʻp alomatlar va koʻp hodisalar bilan ma'lum boʻlgan, hatto Qur'onning ishoralari bilan namoyon boʻlgan. Va yozilishini va tarqalishini man qilish zamonlarida toʻrt marta zilzilalarning boshlanishi va tarqalishi bilan toʻxtashlari va Anadoluda aksar yerlarda oʻqilishi jahon urushining Anadoluga kirmasligiga bir vasila boʻlganini Sura-i Val Asr ishora qilgani holda, bu ikki oy qurgʻoqchilik zamonida mahkamaning Risola-i Nurning oqlanishiga va vatanga manfaatli boʻlganiga doir qarorini Apellatsiya Sudi tasdiq qilib toʻliq erkinlik bilan Risola-i Nurning tarqalishi va oʻqilishini kutarkan, butun-butun aksiga boʻlib man qilinishi va mahkamadagi risolalar sohiblariga qaytarilgani holda, bizni ham oʻsha jihatdan gapirishdan man qilishlari jihati bilan balolarning daf boʻlishiga vasila boʻlgan bu kulliy sadaqa-i ma'naviya baloga qarshi chiqolmadi, gunohimiz natijasi boʻlib qurgʻoqchilik boshlandi.
Biz Risola-i Nur shogirdlari dunyoga koʻp ahamiyat bermaganimizdan, dunyoga faqat Risola-i Nur uchun qaraganimizdan, bu yomgʻirsizlikda ham oʻsha nuqtadan qaraymiz. Xullas Denizlida mahkamaga berilgan juz'iy bir qism Risola-i Nur, sohiblariga qaytarilishining ayni zamonida, bu yerda ham bir qism zotlar yozishni boshlashlari ayni vaqtida bu yomgʻirsizlikda bir oz rahmat yogʻdi. Faqat Risola-i Nurning erkinligi juz'iy boʻlishidan, rahmat ham juz'iy qoldi. Inshaalloh yaqinda mening ham risolalarim qaytarib beriladi, toʻliq erkin va tarqalishi kulliylashadi va rahmat ham toʻliq boʻladi. {(Hoshiya) Ham aynan shunday boʻldi, biz koʻrdik.}
Aziz Qardoshlarim!
Sizga ikki xatni Layla-i Ragʻoibdan olti soat avval yozdim. "Hizbi Nuriya" va Xusravning qogʻozi bilan qaytargandan keyin, qat'iyyan mening qanoatimda bir navi moʻ'jiza-i Ahmadiya boʻlib, ikki oydan beri doimo qurgʻoqchilik va yomgʻirsizlik va har tarafda doimo namozlardan soʻng juda koʻp duolarning natijasiz qolgani va hamma umidsizlikdan tirikchilik dardi xavotiri bilan qalban yigʻlarkan, birdan Layla-i Ragʻoib butun umrimda hech eshitmaganim va boshqalari ham eshitmagan, uch soatda yuz marta, balki ortiq takror bilan momoqaldiroq malagining bu yuksak va shiddatli tasbehoti bilan shunday rahmat yogʻdiki, eng qaysarga ham Layla-i Ragʻoibning muqaddasligini va Hazrati Risolatning bir daraja bir jihatda olami shahodatga tashrifining umum koinot miqyosida va butun asrlarda nazari ahamiyatda va Rahmat-an lil olamiyn boʻlganini isbot qildi va koinot oʻsha tunni olqishlamoqda deb koʻrsatdi.
Ajabo, duolarimizda Isparta bu mamlakat bilan barobar edi, bu yomgʻirda hissasi bormi? qiziqyapman. Hozirga qadar koʻp alomatlar bilan Risola-i Nur bir vasila-i rahmat boʻlishidan, bu rahmat imo qiladiki, har holda fathlari parda ostida bor va balki erkinligiga bir ishoradir. {(Hoshiya1) Soʻngra ayon boʻldiki, ayni zamonda ham fathlari, ham erkinligi parda ostida amalga oshgan.} Ham bu yerda Yogʻdular bergan ishtiyoq jihati bilan yozuvchilarning koʻpayishi, inshaalloh bir navi maqbul duo hukmiga oʻtdi.
Aziz, Siddiq Qardoshlarim!
Layla-i Me'rojning aynan Layla-i Ragʻoib kabi hech inkor qilinmas bir tarzda, bir navi moʻ'jiza-i Ahmadiya kabi bir karomatini va koinot nazdida hurmatini koʻzimiz bilan koʻrdik. Shundayki:
Qandayki avval yozganimiz kabi, ikki oy qurgʻoqchilik ichida bu yerda hech yomgʻir kelmaganini, goʻyo Layla-i Ragʻoibni kutayotgandek u muborak kechaning kelishi bilan oʻxshovsiz bir shovqin bilan muqaddasligini bu yerda koʻrsatgani kabi; aynan shuningdek: Oʻsha kechadan beri bu yerga bir qatra yomgʻir tushmagani holda, yigirma kundan soʻng aynan Me'roj kechasida birdaniga shunday rahmat yogʻdiki, dinsizlarda shubha qoldirmadiki; sohib-ul Me'roj Rahmat-an lil olamiyn boʻlgani kabi, uning Me'roj kechasi ham bir vasila-i rahmatdir. Ham ahli iymonning iymonlarini quvvatlantirgani kabi, umidsizliklarini ham bir daraja ketkazdi.
Olamning holini bilmayman, faqat his qilyapmanki: Ahli iymon ham xorijiy bir necha tarafda tazyiqlar, ham ichki xavotirlar va qurgʻoqchilikdan kelgan tirikchilik dardi va tayanch nuqtasini dunyoda topolmaslikdan ahamiyatli bir umidsizlikning ta'siri bilan, hatto ibodatga nisbatan bir sustlik kelgan edi. Birdan Me'roj kechasi, bu yerda karomati bilan Layla-i Ragʻoibning karomatini quvvatlantirib, ahli iymonga bildirdiki: "Siz sohibsiz emassiz. Koinot qabzasida boʻlgan bir zotning, olamga rahmat qilib yuborgan bir suyanchigʻingiz bor." deb umidsizlik va xavotirlarini qisman ketkazdi.
Ham Risola-i Nurning bir silsila-i karomatini tashkil qilgan tavofuq, bu hodisada hech tasodifga havola qilinmas bir tarzda uch-toʻrt tavofuq bilan, Layla-i Me'roj va Layla-i Ragʻoib hurmatlarida Risola-i Nurning ham bir hissasi bor boʻlganini koʻrdik.
Birinchi Tavofuq: Ibtido va intiho-i taraqqyoti hayoti Ahmadiyaning unvonlari boʻlgan Layla-i Ragʻoib va Layla-i Me'roj bu qurgʻoqchilik zamonida koʻp sonli rahmatda tavofuqlaridir.
Ikkinchi Tavofuq: Bu kunlarda Xusravning tavofuqli yozgan "Me'roj Risolasi"ni bu yerda Risola-i Nur talabalari shavqqa kelib aynan tavofugʻini, hatto yetti "faqat, faqat, faqat" kalimalarining porloq tavofugʻini koʻrsatgan nusxalarni yozdilar, tugatdilar. Men ham tahrir qilardim, boshqalari ham oʻqir edilar. Birdan Me'roj kechasi juda koʻp rahmati bilan kelishi, Risola-i Nurning yozilishi va Xusravning Me'roj Risolasi va tarqalishi ham bir vasila-i rahmat boʻlganini talabalariga bir qanoat berdi. Ikki-uch tavofuq yana bor. Bizga qat'iy qanoat bermoqdaki, tasodif ichida yoʻq. Toʻgʻridan-toʻgʻri bu qaysar zamonda Islomiy shiorlarning ahamiyatlarini koʻrsatishga bir ishoradir. Umum qardoshlarimga salom va Me'rojlarini tabriklayman.
Aziz, Siddiq Qardoshlarim!
Bir Savol: "Tavofuq bilan bu karomat qanday qat'iy sobit boʻladi?" deb qardoshlarimizdan birining savoliga kichik bir javobdir.
Javob: Bir narsada tavofuq boʻlsa, kichik bir alomat boʻladiki, unda bir qasd bor, toʻgʻri kelgan bir tasodif emas. Va ayniqsa bir tovofuq bir necha jihatda boʻlsa, u alomat toʻliq quvvat topadi. Va ayniqsa yuz ehtimol ichida ikki narsaga maxsus va u ikki narsa bir-biri bilan tom munosabatdor boʻlsa, u tavofuqdan kelgan ishora ochiq bir dalolat hukmiga oʻtadiki, bir qasd va iroda bilan va bir maqsad uchun oʻsha tavofuq boʻlgan, tasodifning ehtimoli yoʻq.
Xullas, bu masala-i me'rojiya ham aynan bunday boʻldi. Toʻqson toʻqqiz kun ichida faqat Layla-i Ragʻoib va Layla-i Me'rojga yomgʻir va rahmatning tavofugʻi.. va oʻsha ikki kecha va kunga maxsus boʻlishi, undan avval va undan keyin boʻlmasligi va shiddatli ehtiyojning aynan vaqtiga uygʻunligi.. va "Me'rojiya Risolasi"ning bu yerda koʻplar tarafidan shavq bilan qiroat va kitobat va nashriga toʻgʻri kelishi.. va u ikki muborak kechaning bir-biri bilan bir necha jihatda tavofuq qilishi.. va mavsumi boʻlmagani holda, ajib shovqinlar bilan, soʻnmaydigan moddiy - ma'naviy zamin shovqinlari bilan faryodlariga tahdidkorona va tasallidorona tavofuq qilishi.. va ahli iymonning umidsizligidan tasalli qidirishlariga va zalolatning hujumidan kelgan vasvasa va zaiflikka qarshi quvva-i ma'naviyaning quvvatlanishini istashlariga toʻliq tavofugʻi.. va bu kechalar kabi Islomiy shiorlarga qarshi hurmatsizlik qilganlarning xatolariga bir ta'zir oʻlaroq "Koinot bu kechalarga hurmat koʻrsatadi, nima uchun siz koʻrsatmayapsiz?" degan ma'noda koʻp miqdordagi rahmat bilan Islomiy shiorlarga qarshi hatto samovot va fazoyi olam hurmatlarini koʻrsatish bilan tavofuq qilishi... Zarra miqdor insofi boʻlgan biladiki, bu ishda xususiy bir qasd va iroda va ahli iymonga xususiy bir inoyat va marhamatdir, hech bir jihat bilan tasodif ehtimoli boʻlolmaydi. Demak haqiqati me'roj bir moʻ'jiza-i Ahmadiya (A.S.V.) va karomati kubrosi boʻlgani.. va Me'roj zinapoyasi bilan koʻklarga chiqishi bilan Zoti Ahmadiyaning (A.S.V.) samovot ahliga ahamiyatini va qiymatini koʻrsatgani kabi, bu yilgi Me'roj ham zaminga va bu mamlakat aholisiga koinot nazdida hurmatini va qiymatini koʻrsatib bir karomat koʻrsatdi.
Aziz, Siddiq Qardoshlarim!
Bizning qat'iyyan shak va shubhamiz qolmadiki: Bu xizmatimizning natijasi boʻlgan Risola-i Nurning erkinligini nafaqat faqat biz va bu Anadolu va olami Islom olqishlamoqda, taqdir etmoqda. Balki koinot ham mamnun boʻlib javvi samo va fazoyi olam olqishlamoqdaki, uch-toʻrt oyda bir yomgʻirga qattiq ehtiyoj bor ekan, kelmadi. Faqat Anqara topshirish qaroriga tavofuq qilgan Layla-i Ragʻoibdagi oʻxshovsiz va shovqinli rahmatning kelishi va Denizlida Mahkamaning amalda topshirishiga qaror berishi, yana Layla-i Me'rojda aynan Risola-i Nurning bir rahmat boʻlganiga ishora oʻlaroq Layla-i Ragʻoibga tavofuq qilib juda koʻp momoqaldiroq malagining olqishlashi bilan va rahmatning Amirtogʻda kelishi oʻsha topshirish qaroriga tavofuq qilishi va bir hafta soʻngra, demak Denizlida vakillarimizning qoʻli bilan olinishi hangomlarida, yana aynan Layla-i Me'rojga va Layla-i Ragʻoibga tavofuq qilib aynan ular kabi Sha'boni Sharifning bir juma kechasida juda koʻp rahmat va yomgʻirning bu mamlakatda kelishi ularga tavofuqlari bilan qat'iy qanoat beradiki, Risola-i Nurning musodarasiga va hibsiga toʻrt zilzilalarning tavofugʻi kurra-i arz tomonidan bir e'tiroz boʻlgani kabi, bu Amirtogʻ mamlakatida toʻrt oy mobaynida faqat uch juma kechasida-ki, biri Layla-i Ragʻoib va biri Layla-i Me'roj, biri ham Sha'boni Muazzamning birinchi juma kechasida rahmatning juda koʻp kelishi va Risola-i Nurning ham erkinligining uch davriga batamom tavofuq qilishi, kurra-i havoiyaning bir tabrigi, bir xushxabaridir va Risola-i Nur ham ma'naviy bir rahmat, bir yomgʻir boʻlganiga quvvatli bir ishoradir.
Va eng latif bir alomat ham shuki: Kecha birdaniga bir sarcha qushi derazaga keldi, derazani urdi. Biz uchirish uchun ishora qildik, ketmadi. Majbur boʻldik, dedim: "Derazani och, u nima deydi?" Kirdi, toʻxtadi.. bu ertalabgacha. Soʻng u xonani unga qoldirdik, yotoq xonamga keldim. Bu tongda chiqdim, eshikni ochdim. Yarim daqiqada qaytdim, qaradim, "quddus, quddus" zikrini qilgan bir qush xonamda koʻrdim, kulib dedim: "Bu musofir nima uchun keldi?" Batamom bir soat menga qaradi, uchmadi, qoʻrqmadi. Men ham oʻqiyotgan edim. Bir soat menga qaradi. Non tashladim, yemadi. Yana eshikni ochdim, chiqdim, yarim daqiqada keldim. U musofir ham yoʻqoldi. Soʻngra menga xizmat qilgan bola keldi, dediki: "Men bu kecha koʻrdimki, marhum Hofiz Alining (R.H.) qardoshi yonimizga kelgan." Men ham dedim: "Hofiz Ali va Xusrav kabi bir qardoshimiz bu yerga keladi." Ayni kunda ikki soat soʻngra bola keldi, dedi: "Hofiz Mustafo keldi. Ham Risola-i Nurning erkinligining xushxabarini, ham mahkamadagi kitoblarini ham qisman keltirdi. Ham sarcha qushining va mening tushimning, ham quddus qushining ta'birini isbot qildiki, tasodif boʻlmaganini koʻrsatdi. Ajabo, oʻxshovsiz bir tarzda ham sarcha qushi ajib bir suratda, ham quddus qushi gʻarib bir suratda kelib qarashi, soʻngra yoʻqolishi va ma'sum bolaning tushi aynan chiqishi, ham Risola-i Nurning Hofiz Ali kabi bir zotning qoʻli bilan bu yerga kelishining ayni zamoniga tavofugʻi hech tasodif boʻlishi mumkinmi? Hech bir ehtimoli bormiki, bir bashorati gʻaybiya boʻlmasin? {(Hoshiya) Ham bu qushlarning Risola-i Nur bilan aloqadorliklarini tasdiqlagan koʻp alomatlar bor. Jumladan, u qushlarning aloqadorligini koʻrsatgan maktub Milasga ketgan ayni vaqtda gʻarib bir tarzda quddus qushi u maktubning ma'nosini vaziyati bilan tasdiqlagani kabi; ayni maktub Ineboluda kechasi oʻqilarkan katta bir boyoʻgʻli horiqo bir tarzda derezaga kelib, qanoti bilan urib, toʻxtab tinglashi. Ayni maktub Savada oʻqilarkan bir dafa ikki chigirtka ustiga kelib, toʻxtab natijaga qadar toʻxtashlari. Bir dafa ham sarcha va bulbul qushlari ayni maktubning oʻqilishida parvona kabi uchib aloqadorlik koʻrsatishlari va Ispartada Xusravning uyida ayni maktub oʻqilarkan, bulbul qushi xilofi odat mehmonxonaga kelishi, aloqadorligini koʻrsatishi kabi koʻp alomatlar, bu karomati Nuriyani tasdiqlaydi.} Ha, bu masala kichik bir masala emas, koinot va hayvonot bilan ham aloqadordir.
Ha, Risola-in Nur erkinligidan men Risola-i Nurning bir shogirdi boʻlish e'tibori bilan oʻz hissamga tushgan bu foyda va natijani minglab oltin lira qadar qozonchim bor deb qanoat qilaman. Boshqa yuz minglab Risola-i Nur shogirdlari va iymonni quvvatlantirishga muhtoj ahli iymonning foydalanishlari bunga qiyos qilinsin.
Ha, dinning va shariatning va Qur'onning yuzdan ziyoda tilsimlarini, muammolarini hal va kashf qilgan va eng qaysar dinsizlarni jim qilib mot qilgan va me'roj va hashri jismoniy kabi faqat aqldan juda uzoq deb oʻylangan Qur'on haqiqatlarini eng qaysar va eng oʻjar faylasuflarga va zindiqlarga quyosh kabi isbot qilgan va ularning bir qismini iymonga keltirgan Risola-i Nur parchalari, albatta Kurra-i Arzni va kurra-i havoiyani oʻzi bilan aloqador qiladi va bu asrni va istiqbolni ozʻi bilan mashgʻul qiladigan bir haqiqati Qur'oniyadir va ahli iymon qoʻlida bir olmos qilichdir.
Risola-in Nurning karomatlaridandirki: Ustozimiz Roziyallohi Anhu koʻp dafa risolalarda: "Ey dinsizlar va ey zindiqlar! Risola-in Nurga hujum qilmanglar. Agar hujum qilsangiz, yaqinda sizni kutib turgan balolar sel kabi boshingizga yogʻadi." deb oʻn yildan beri koʻp karra aytar edilar. Bu xususda shohid boʻlganimiz falokatlardan:
Birinchisi: Toʻrt yil avval Erzinjanda va Izmir atrofida sodir boʻlgan zilzila boʻlgan. Oʻsha vaqtlar munofiqlar hiylalar bilan Isparta mintaqasida Sava va Kuleoʻnu va atrofi qishloqlardagi Risola-i Nur talabalariga hujum qildilar. Oʻttiz-qirq qadar Risola-i Nur talabalarini "Masjidga ketmayapsiz, doʻppi kiyapsiz, tariqat darsini beryapsiz." deb mahkamaga berildilar. Janobi Haq, Izmir atrofini va Azerilarni va atrofidagi xalqni dahshatlar ichida qoldirgan zilzilalar bilan Risola-i Nurning bir vasila-i daf'-i balo boʻlganini koʻrsatdi. Bu zilzilalardan bir hafta soʻng mahkamaga berilgan oʻsha qardoshlarimizning hammasi oqlanib ozod boʻlgandilar.
Ikkinchisi: Yana vaqti-vaqti bilan Risola-i Nur talabalarining orqalarida yugurishni davom qilgan dinsizlar, xatti Qur'on bilan bola oʻqitganlarini bahona qilib Ispartada vafot qilgan Mahmud Zuhtu (Rahmatullohi Alayh) bilan Sava Qishlogʻidan Hofiz Mahmud (Rahmatullohi Alayh) ismli ikki Risola-in Nur talabasiga hujum qilganlar. Nur darsini oʻqigan bolalarni, bu ikki qardoshimizning uylaridan olingan Risola-i Nur parchalari bilan birlikda mahkamaga berilgan. Marhum Mahmud Zuhtu jarimaga solinish bilan mahkum qilinish istanilgan. Natijada markazi Arbaa va Tokatda sodir boʻlgan ikkinchi bir qoʻrqinchli zilzila bilan Janobi Haq Risola-in Nur bir vasila-i daf'-i balo boʻlish bilan shogirdlariga yordam berib, ustozlari bergan xabarning toʻgʻriligini tasdiq qilish uchun u qardoshimizni oqlagan va olingan barcha Risola-i Nur parchalarini oʻzlariga qaytarib bergan.
Uchinchisi esa: Ichida boʻlganimiz Denizli Qamoqxonasidagi musibatning boshimizga kelishiga sabab boʻlgan oʻsha munofiqlar; rumiy bir ming uch yuz ellik toʻqqiz (1359) yilida takror boshda sevgili Ustozimiz boʻlgani holda, bizga va Risola-in Nurga hujum qildilar. Bir qismimizni Ispartadan toʻpladilar, bir qismini Chivrildan Ispartaga keltirdilar, sevgili Ustozimnzni ham yolgʻiz oʻlaroq Kastamonudan Ispartaga jalb qildilar. Yana boshqa viloyatlardan ham birodarlarimiz Ispartaga keltirilgan edi. Ahli gʻarazning aldoviga berilgan Isparta adliyasi, Risola-in Nurning gʻoyasi xoriijida boʻlgan jabhalarda, bizga koʻra ma'nosi boʻlmagan ayblovlar ostida bizga aziyat berayotgan edi. Ayniqsa qiymatdor Ustozimizga yanada koʻp tazyiq oʻtkazganlari vaqt, Ustozimizga kerakli-keraksiz bir qancha savollar bergan Isparta prokurorining: "Bu balolar deganing nima?" degan savoliga javoban: Ha degan, zindiqlar agar Risola-in Nurga va shogirdlariga hujum qilsalar, yaqinda kutgan balolarning zilzila surati bilan kelishini.. aytgandi.
Undan keyin bizni Denizliga yubordilar. Kastamonu, Istanbul, Anqara doxil boʻlib oʻn viloyatdan adliyalarga jalb qilingan yuzdan ortiq Risola-i Nur talabalarining bir qismi qoldirilgan, yetmish kishidan iborat boʻlgan boshqa qismi ham Denizlida "Madrasa-i Yusufiya" nomini olgan qamoqda edi. Bizning barcha murojaatlarimizga quruq javob berilmoqda, sevgili Ustozimiz yanada koʻp tazyiq va mashaqqat ichida yashattirilmoqda, sassiq, zah, zulmatli, havosiz bir yerda butun-butun gapirishdan va aloqadan man qilinish surati bilan yakka qamoqda azob chektirilmoqda.
Mana bu vaqtlarda Denizli zindonining bu dahshatli iztiroblarini oʻtkazayotgan edik. Allohdan boshqa hech bir suyanchiqlari boʻlmagan bu bechoralarning bir qismi Kastamonudan, boshqa bir qismi Ineboludan, boshqa bir qismi ham Istanbuldan hanuz kelmagan edilar. Shu vatanning har burchagida haq va haqiqat uchun qattiq harakat qilgan va sof qalblari bilan najotlari uchun Rabbi Rahimlariga iltijo qilgan juda koʻp ma'sumlarning osmonlarni teshib oʻtgan va Arsh-ur Rahmonga tayangan ohlari behuda ketmadi. Allohu Zuljalol Hazratlari u muborak ustozimizning Ispartada aytgani kabi, ma'sumlarni Jannatga etgan, zolimlarni Jahannamga yumalatgan dahshatli bir boshqa zilzilani yubordi. Qarshisida Risola-in Nur mudofaa vaziyatida boʻlmasligidan koʻp uylar xarob boʻldi, koʻp insonlar qoldiqlar ostida ezildi, koʻplari koʻcha oʻrtalarida qoldi. Hanuz mamlakatlarining qamoqxonalarida boʻlgan qardoshlarimizdan Kastamonudan Mahmud Fayzi va Sodiq va Amin va Hilmi va Ineboludan Ahmad Nazif, Denizli Qamoqxonasiga yuborilganlarida shu ma'lumotni berdilar:
"Zilzila aynan kechqurun soat sakkizda boshlandi. Barcha birodarlar "La ilaha Illalloh" zikrida davom qilayotgan edik. Zilzila barcha shiddati bilan davom qilmoqda edi. Oʻsha vaqtda xotirimizga keldi: Risola-in Nurni ishq bilan va bir saiq bilan uch-besh dafa shafoatchi qilib Janobi Haqdan xalos istadik. Alhamdulilloh, darhol sokin boʻldi.
Kastamonuda esa, oʻsha kecha qal'adan uzilgan juda katta bir tosh pastga dumalab bir uyni ezgan, bir qancha uylarda yoriqlar, chiqiqliklar boʻlgan, bir necha uy choʻkkan, hukumat binosi yorilgan, yana bu kabi zararlar va yoʻqotishlar boʻlgan. Faqat zilzila har kun boʻlish surati bilan bir muddat davom qilgan. Tosyada bir ming besh yuz uy xarob boʻlgan, oʻlik va yarali miqdori juda koʻp ekan. Kargi va Usmonjik tamoman, Ladik va boshqa joylarda yoʻqotish koʻp miqdorda ekan. Ineboluda bir minoraning teppasi egilgan, mayda-chuyda yoriqlar boʻlgan, zarar va yoʻqotishlar boʻlmagan."
Uchinchi boʻlgan bu zilziladan soʻng, yana Risola-in Nurga va talabalariga va muallifiga hujum qilgan ahli gʻarazning soʻziga quloq solgan adliya, ayni tarzda bizni ezishda davom qilayotgan edi. Zindiqo tarafdorlari, muborak Ustozimizning xabarlari boʻlgan va Risola-i Nurning buyuk karomatlaridan boʻlib zilzilalar qoʻli bilan kelgan balolarga ahamiyat berishni istamas edilar. Risola-in Nurning Ilohiy va Qur'oniy haqiqatlariga qarshi dushmanlik qilgan bu guruhning boshiga toʻrtinchi ta'zir yana keldi.
Gʻarib tomoni shuki, biz fevralning uchinchi kuni mahkamaga chaqirilgan edik. Iztirob va alamlari ichida yuraklarimizni yigʻlatgan kasalmand holi bilan oʻzidan soʻralgan savollarga javob berish uchun oltmish besh qadar talabasining qarshisida oyoqqa turgan muborak Ustozimizning javoblari orasida "Oʻsha zindiqlarning dunyolari boshlarini yesin va yeydi!" kalimalari takror-takror hakamlar hay'atining yuzlariga qarshi ogʻzidan toʻkilar edi. Bir necha dafa mahkamaga ketib kelgandan soʻngra, 7 Fevral 1944 tarixli Istanbulda nashr qilingan "Hamshahri" nomli bir gazeta qoʻlimga oʻtdi. Gazeta oʻqishga va radio tinglashga havaskor boʻlmasligim bilan barobar, "yigirmanchi asrning madaniylarimiz!." deb bugungi taraqqiyoti bashariyani oʻzlaridan bilgan, Allohni unutgan, oxiratga ishonmagan insonlarning boshlariga Janobi Haqning, matorli vositalar qoʻli bilan qanday otashlar yogʻdirganini, u inkorchilarning kechagi Jannat hayotlarining bugungi Jahannamiy holatlar ichida qanday oʻtayotganini bilish va Risola-in Nurning barakasi bilan Anadoluni bu dahshatli otash yomgʻiridan qanday muhofaza qilayotganini koʻrish va shukr qilish holatidan kelgan bir qiziqish bilan ba'zan bu kabi hodisalarni soʻrar edim va tinglar edim.
Xullas bu gazetaning ham urush boʻgʻishmalariga oid rasmlariga qarar edim. Nazarimga urilgan ulkan yozuv bilan yozilgan bir ustunda, Anadoluning yigirma bir viloyatini tebratgan va fevralning birinchi kunining kechasida ertalabga yaqin hamma uyquda ekan sodir boʻlgan va juda koʻp yoʻqotishlarga mol boʻlgan dahshatli bir zilzilani xabar berar edi. Darhol, fevralning uchinchisida mahkamada sevgili ustozimizning hakamlar hay'atiga "zindiqlarning dunyolari boshlarini yesin va yeydi" deb takror-takror aytgan soʻzlarni xotirladim. "Eyvoh!" dedim, "Risola-i Nur isloh qiladi, buzmaydi, barpo etadi, xarob etmaydi; mas'ud etadi, parishon etmaydi" deb aytarkan, "Aksi bilan bizni va Risola-in Nurni ayblamoq, Xoliqqa yoqmaydi." dedim.
Xullas, markazi Gerede, Bolu va Duzja boʻlgan bu qonli zilzila Risola-in Nurning toʻrtinchi bir karomati edi. Bu gazeta shu ma'lumotni beradi: Anqara, Bolu, Zonguldak, Chankiri va Izmit viloyatlarida koʻp yoʻqotishlar bor ekan. Gerededa ikki ming uy yiqilgan, yiqilmagan uylar ham oʻtirib boʻlmaydigan darajada xarob boʻlgan, mingdan ortiq oʻlik bor ekan, qoldiq ostidan doimiy ravishda oʻlik chiqarilayotgan ekan. Duzjada zarar koʻp ekan, oʻlik va yaralilarning miqdori ma'lum emas ekan. Anqarada bir yuz uch oʻlik va shuncha ham yarali bor ekan. Mingga yaqin uy yiqilgan. Debbagʻxonada ikki uy choʻkkan, ba'zi qishloqlarda larzadan soʻng yongʻinlar boʻlgan. Ilk larza juda kuchli boʻlgan, larzadan keyin yer ostidan bir toʻda shovqinlar kelgan. Boludan va boshqa yerlarning qishloqlaridan bir hafta oʻtgani holda, hanuz ma'lumot olib boʻlmayotgan ekan. Boshqa bir yerda ikki yuz uy yiqilgan, oʻn bir oʻlik bor ekan. Bolu bilan telegraf va telefon liniyalari kesilgan, zilzila mintaqasida shiddatli bir qor toʻfoni hukm surayotgan ekan. Izmitda zilzila boʻlayotganda chaqmoqlar chaqqan, shahar bir necha soniya oydinlik ichida qolgan. Bir qancha yerlarda xalq qip-yalangʻoch koʻchalarga otilgan. Dunyoning barcha rasadxonalari bu buyuk Anadolu zilzilasini qayd etgan. Bir Ingliz rasadxonasi larzaning juda ham xarob qiluvchi boʻlganini bildirgan. Sinopda ayni kuni juda qoʻrqinchli bir toʻfon boʻlgan, momoqaldiroqlar va chaqmoqlar bilan borgancha shiddatini orttirgan.
Keyinroq boshqa bir gazetada tamomlovchi va hayrat beruvchi shu ma'lumotlarni koʻrdim: Zilziladan avval mushuklar, itlar uchtadan-beshtadan boʻlib toʻplanganlar, oʻylovli, mahzun kabi hayron-hayron bir-biriga qarab bir muddat barobar oʻtirganlar, soʻngra tarqalganlar. Na zilzila boʻlayotganda va na boʻlishdan avval va boʻlgandan soʻng ham bu hayvonlardan hech biri koʻrinmagan, tumanlardan uzoqlashib qirlarga ketganlar. Bir gʻaribi ham shuki: Bu hayvonlar isyonimizdan hosil boʻlib boshimizga keladigan falokatlarni lisoni hollari bilan xabar berganlarini yozmoqdalar-u, biz anglamayapmiz deb taajjub etmoqdalar.
Xullas, Ustozimiz Badiuzzamon uzun yillardan beri: "Zindiqlar Risola-in Nurga tegilmasinlar va shogirlariga hujum qilmasinlar. Agar tegilsalar va hujum qilsalar, yaqindan kutgan falokatlar ularni yuz dafa pushaymon qiladi!" deb Risola-in Nur bilan xabar bergan yuzlab hodisalar ichida mana zilzila qoʻli bilan toʻgʻriligini imzolab kelgan toʻrt haqiqatli falokat yana.
Janobi Haq bizga va Risola-in Nurga hujum qilganlarning qalblariga iymon va boshlariga haqiqatni koʻradigan aql ehson etsin, bizni bu zindonlardan, ularni ham bu falokatlardan qutqarsin, omin!
Aziz, Siddiq Qardoshlarim!
Hozirga qadar yashirin munofiqlar Risola-i Nurga qonun bilan, adliya bilan va osoyish va idora nuqtasidan hukumatning ba'zi arboblarini aldab tajovuz qilar edilar. Biz musbat harakat qilganimiz uchun, majburiyat boʻlgan payt mudofaa vaziyatida edik. Hozir rejalari natijasiz qoldi. Aksincha tajovuzlari Risola-i Nurning doirasini kengaytirdi. Bu dafa yangi harflar bilan "Asoyi Muso"ni chop qilish niyatimiz, ixtiyorimiz boʻlmagani holda, tajovuz vaziyati Risola-i Nurga berilmoqda kabidir. Bu hodisaning ahamiyatli bir hikmati shu boʻlishi kerak:
Risola-i Nur bu muborak vatanning ma'naviy bir xaloskori boʻlish jihati bilan hozir ikki dahshatli ma'naviy baloni daf qilish uchun matbuot olami bilan koʻrinishni boshlash, dars berish zamoni keldi yoki keladi kabidir deb oʻylayman.
Oʻsha dahshatli balodan birisi: Xristiyan dinini magʻlub qilgan va anarxistlikni yetishtirgan shimolda chiqqan dahshatli dinsizlik jarayoni bu vatanni ma'naviy istilosiga qarshi Risola-in Nur, saddi Zulqarnayn kabi bir saddi Qur'oniy vazifasini bajara oladi va olami Islomning bu muborak vatanning aholisiga qarshi juda shiddatli e'tiroz va ayblovlarini ketkazish uchun matbuot lisoni bilan gapirish lozim kelgan deb qalbimga eslatildi.
Men dunyoning holini bilmayman. Faqat Ovrupada istilokorona hukm etgan va samoviy dinlarga tayanmagan dahshatli jarayonning istilosiga qarshi Risola-i Nur haqiqatlari bir qal'a boʻlgani kabi, olami Islomning va Osiyo qit'asining hozirgi vaziyatdagi e'tiroz va ayblovini ketkazish va avvalgi muhabbat va uxuvvatini qaytarishga vasila boʻlgan bir moʻ'jiza-i Qur'oniyadir. Bu mamlakatning vatanparvar siyosatchilari tez aqlini boshiga olib Risola-i Nurni chop qilib rasman nashr qilishlari lozimdirki, bu ikki baloga qarshi qalqon boʻlsin. Ajabo, bu yigirma yil mobaynida iymoni tahqiqiyni juda kuchli bir suratda bu vatanda nashr etgan Risola-i Nur boʻlmasaydi, bu dahshatli asrda ajib inqilob va portlashlarda bu muborak vatan Qur'onini, iymonini dahshatli musibatlardan toʻliq muhofaza qila olarmidi? Hima boʻlganda ham... Risola-i Nurga ortiq vatanga, idoraga zarari tegilish bahonasi bilan tajovuz qilinmaydi, ortiq hech kimni oʻsha bahona bilan ishontirolmaydilar. Faqat rejani almashtirib, din pardasi ostida ba'zi sodda domlalarni yoki bid'at tarafdori yoki anoniyatli soʻfi mashrablilarni ba'zi ayyorliklar bilan Risola-i Nurga qarshi ikki yil avval Istanbulda va Denizli atrofida boʻlgani kabi iste'mol qilish va Risola-i Nurga va shogirdlariga boshqa bir jabhada tajovuz qilishga munofiqlar tirishmoqdalar. Inshaalloh muvaffaq boʻlolmaydilar. Risola-i Nur shogirdlari toʻliq ehtiyot bilan barobar, bir hujum boʻlgan vaqtda tortishmasinlar, ahamiyat bermasinlar. Aldangan ahli ilm va iymon boʻlsa, doʻst boʻlsinlar, "Biz sizga qarshi chiqmayapmiz. Siz ham bizga qarshi chiqmanglar... Biz ahli iymon bilan qardoshmiz." deb bostirsinlar.
Ikkinchidan: Muboraklarning pahlavoni ham Abdurahmon, ham Lutfi, ham Katta Hofiz Ali ma'nolarini tashigan buyuk ruhli Kichik Ali qardoshimiz bir savol soʻramoqda. Holbuki u savolning javobi Risola-i Nurda yuz yerda bor."Risola-i Nurning iymon ruknlari haqida bu daraja koʻp ustida toʻxtashlarining sababi nima? Bir omi moʻminning iymoni buyuk bir valining iymoni kabidir, deb eski domlalar bizga dars berganlar?" demoqda.
Javob: Boshda "Oyat-ul Kubro" iymon martabalari bahslarida va oxirga yaqin mujaddidi alfi soniy Imom Rabboniy bayoni va hukmi-ki: Barcha tariqatlarning muntahosi va eng buyuk maqsadlari, iymon haqiqatlarining inkishofidir. Va bir masala-i iymoniyaning qat'iyat bilan ochilishi, ming karomatlardan va kashfiyotlardan yanada yaxshidir." va Oyat-ul Kubroning eng oxirdagi va "Lohiqa"dan olingan u maktubning parchasi va tamomining bayonoti javob boʻlgani kabi, "Meva Risolasi"ning Qur'ondagi takrorlar haqida Oʻninchi Masalasi, tavhid va iymon ruknlari haqida takrorli va koʻp sonli Qur'onning urgʻu berishlarining hikmati, aynan tamomila uning haqiqiy tafsiri boʻlgan Risola-i Nurda jarayon etishi ham javobdir.
Ham iymonning tahqiqiy va taqlidiy va ijmoliy va tafsiliy va iymonning barcha hujumlarga va vasvasa va shubhalarga qarshi tayanib tebranmasligini bayon qilgan Risola-i Nur parchalarining izohlari, buyuk ruhli Kichik Alining maktubiga shunday bir javobdirki, bizga hech bir ehtiyoj qoldirmaydi.
Ikkinchi Jihat: Iymon faqat qisqacha va taqlidiy bir tasdiqqa xos emas. Bir urugʻdan to ulkan xurmo daraxtiga qadar va qoʻldaki oynada koʻringan misoliy quyoshdan to dengiz yuzidagi aksiga, to quyoshga qadar martabalari va inkishoflari boʻlgani kabi, iymonning shu daraja koʻp haqiqatlari borki, ming bir Asmo-i Ilohiya va boshqa arkoni iymoniyaning koinot haqiqatlari bilan aloqador koʻp haqiqatlari borki, "Barcha ilmlarning va ma'rifatlarning va kamoloti insoniyaning eng buyugi iymondir va iymoni tahqiqiydan kelgan tafsilli va burhonli ma'rifati muqaddasadir." deb ahli haqiqat ittifoq qilganlar.
Ha, iymoni taqlidiy tez shubhalarga magʻlub boʻladi. Undan juda quvvatli va juda keng boʻlgan iymoni tahqiqiyda juda koʻp martabalar bor. U martabalardan ilmalyaqiyn martabasi koʻp burhonlarining quvvatlari bilan minglab shubhalarga qarshi tayanadi. Holbuki taqlidiy iymon bir shubhaga qarshi ba'zan magʻlub boʻladi.
Ham iymoni tahqiqiyning bir martabasi ham aynalyaqiyn darajasidirki, juda koʻp martabalari bor, balki asmo-i Ilohiya adadicha koʻrinish darajalari bor, butun koinotni bir Qur'on kabi oʻqiy oladigan darajasiga keladi.
Ham bir martabasi ham haqqalyaqiyndir. Uning ham koʻp martabalari bor. Bunday iymonli zotlarga shubhalar qoʻshinlari hujum ham qilsa, hech narsa qila olmaydilar. Va ulamo-i ilmi kalomning minglab jild kitoblari, aqlga va mantiqqa tayanib ta'lif qilinib, faqat oʻsha ma'rifati iymoniyaning burhonli va aqliy bir yoʻlini koʻrsatganlar. Va ahli haqiqatning yuzlab kitoblari kashfga, zavqqa tayanib u ma'rifati iymoniyani yana boshqa bir jihatda izhor qilganlar. Faqat Qur'onning moʻ'jizakor jadda-i kubrosi, koʻrsatgan haqoiqi iymoniya va ma'rifati qudsiya oʻsha ulamo va avliyodan juda ham ustun bir quvvat va yuksaklikdadir. Xullas, Risola-i Nur bu jome' va kulliy va yuksak ma'rifat yoʻlini tafsir qilib, ming yildan beri Qur'onga qarshi va Islomiyat va insoniyat zarariga va adam olamlari hisobiga buzgʻunchi kulliy jarayonlarga qarshi Qur'on va iymon nomiga qarshilik qilmoqda, mudofaa qilmoqda. Albatta hadsiz ustida toʻxtashlarga ehtiyoji borki, u hadsiz dushmanlarga qarshi tayanib ahli iymonning iymonini muhofazasiga Qur'on nuri bilan vasila boʻlsin. Hadisi Sharifda borki: Bir odam sen bilan iymonga kelishi, senga sahro toʻla qizil qoʻylardan yanada xayrlidir. Ba'zan bir soat tafakkur bir yil ibodatdan yanada xayrli boʻladi. Hatto Naqshiylarning yashirin zikrga bergan katta ahamiyati, bu navi tafakkurga yetishish uchundir. Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.
[Risola-i Nurning xos shogirdlaridan va ahamiyatli eski muallimlardan va iymoni quvvatli boʻlgan buyuk muallimlarni tamsil etgan Hasan Fayzining Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiydan olgan ilhom bilan Risola-i Nur haqida va u nurning manbai va asosi boʻlgan Nuri Muhammadiy (A.S.V.) va haqiqati Qur'on va sirri iymon ta'rifida bu qasidani yozgan:]
Ahmad yaratilgan u buyuk Nuri Ahaddan
Har zarrada nurdir, u azaldan ham abaddan.
Bir nur-ki udir ham ulugʻ, ham soʻngsiz
Ul Faxri jahon Hazrati Mahbubi Ilohiy.
Porlatdi jahonni bu goʻzal Nuri Muhammad (A.S.V.)
Xalq boʻlmasa, boʻlmas edi bir zarra va bir fard.
Ul nuri uning, har yerni, har zarrani oʻragan
Boshdan oyoq har dam bu qalin zulmatni yorgan.
Bir nurki, udir sodda va ham tebranmas
Toza va pok jumladan ustun va mukammal.
Bir nurki, barcha zarrada u namoyon,
Bir nurki, berar qalblarga ham ishq bilan iymon.
Bir nurki, agar boʻlmasa ul nur ayniqsa bir on
Boshdan oyoq zulmatda qolar hamda bu akvon.
Bir nurki, emas unday muhat, ham yana mahsur..
Bir nurki, etar qalbni ham purnur, chashmni ham purnur.
Bir lam'adir undan, shu buyuk shams va qamarlar.
Faqat mana u nurdan bu ajoyib ulkan olam,
Xalq boʻldi u nurdan yana Jannat ila Jahannam.
Shak yoʻqki u nurdir oʻqilgan Hazrati Qur'on...
Ul nuri azal ham sababi xilqati inson..
Har narsaga udir mabda' va asl va asos ham,
Undan koʻrinar navi bashar bunday mukarram.
Bir zarra emas, bahri muhit u bahri munirdan,
Ham qanday bashar hech qoladi hammasi ham birdan.
Shak yoʻqki jahon, qatra-i nuridan u nurning,
Shak yoʻqki bu jon, zarra-i nuridan u nurning.
Soʻnsin deb puflansa, u daryo kabi qaynar,
Soʻndirishga ham kimda ajab zarra majol bor.
Soʻndirishga uringandi asrlar toʻla kuffor
Qahr ayladi hammasini ul Hazrati Qahhor.
Faqat soʻngan asrlar, yonmoqda soʻnmasdan ul
Tarixdan soʻrang, kimdir u nur, ham kim ekan manfur.
Peshanasida yongan Nuri Muhammad edi Halilning
Yetmasdi kuchi, qarashga har chashmi alilning.
Koʻrsaydi Rasulning u goʻzal nurini, Namrud
Yoqmasdi u dam, norini ul kofiri matrud.
Bir chivin oʻldiradi u shohi jahonni, (!)
Otgandi Halilni otashga, chunki u joniy.
Bir parda ochib aytdi Haq yashirin kalomdan,
Ul otashga bahs ayladi ham bardu salomdan.
"Doʻstim va Rasulim ulugʻ Ibrohimni ey nor.
Ot odatingni, yoqma bugun, sen uni zinhor!"
Bir yashirin xitob keldi-da ul dam yana Haqdan
Bir abdi mukarram ham qutuldi pichoqdan
Ul nurdan uchun Yunusni hifz ayladi ul hut,
Ul nur ila qahr ayladi ham qavmini ul Lut.
Ul husni jamol ayladi olamlarni hayron
Qayerdan uni topgan, ajabo Yusufi Kan'on.
Hikmat nima, ul dardlarga sabr ayladi Ayyub,
Ham sirri nedir, Yusuf uchun yigʻladi Yoqub.
Oʻlganda tirilganda nimaga his qilmadi bir his,
Ul mashhur nabi, shonli shahid Hazrati Jarjis.
Hasrat ila nega yigʻladilar Odam va Havvo
Kimdan edi bu yillarcha surgan juda ulkan da'vo.
Ham oh, nega tark etilib Ravza-i Jannat,
Bir qolinadigan yer boʻldi nega olami mihnat.
Nur shahri boʻlgan Turda u dam Hazrati Muso
Asrori kalom faqat yechilib topdi tajallo.
Bir parcha Zaburdan oʻqisa Hazrati Dovud,
Boshlardi hamon xuddi buyuk mahshari mav'ud.
Bilmam-ki nega, shamol va suvlar faqat uni tinglar,
Bilmam-ki nega, faqat eshitgan oh! deya ingrar.
Maxluqni butun oʻziga itoat ettirdi Sulaymon,
Qayerdan edi bu quvvat, unga kimdan edi bu farmon.
Shamollar ila uchgan shonli buyuk taxti muqaddas
Asrori azaldan u ham eshitgan yana bir ovoz.
Ul qaysi ajib sirki, chiqar koʻklarga Iso,
Kimdir tortilgan chormixga, kimdir yana Yuda.
Nur derdi uchun taxtini tark ayladi Adham,
Bir boshqasining taxti boʻlar dardiga malham.
Koʻp shaxsi vali, nur ila ham etdi qanoat,
Koʻp shaxsi deni, nur ila ham topdi karomat.
Har hammasi ham parvonasi, oshigʻi nurning,
Har hammasi muammo, kuchi yetmas bu shuurning.
Yorildi qamar, Faxri bashar, ul ulugʻ Sarvar,
Har yerda va har onda uning nuri muzaffar.
Qur'on edi soʻzi, nur edi yoʻli, ummati baxtli,
Ummat boʻlganning qalbi butun nur ila toʻldi.
Chekmasdi gʻam, ul soʻzi gavhar, asli kavsar,
Ul sura-i Kavsar dedi a'dasiga "abtar!"
Ul Shamsi Azaldan qochgan ul quruq boshlar
Gʻayya-i Jahannamda butun yoqqan otashlar.
Tugagandi nafas, chiqmadi ovoz bezor boʻldi ham harkas
Ul nurga borib bosh egib faqat dedilar pas!
Idroki boʻlgan qofila ayrildi Qurayshdan..
Fayz olish uchun, chiqqan shonli quyoshdan.
Ul kavsari Ahmaddan ichib har biri tos-tos,
Boʻlgandi u kun xuddi porloq bittadan olmos.
Ul boshlarga toj, dardga darmon, murshidi olam,
Aylardi nazar bularga nuri bilan zamon-zamon..
Bular edi u dushmanni boʻgʻgan bir guruh arslon,
Haq yoʻlida, nur yoʻlida boʻlgan koʻpi qurbon.
Bulardan u kun ahli nifoq barcha qochardi,
Mushrik esa, ul aqli uning qolmas uchardi.
Bulardi ul Paygʻambarning asxobi va oli...
Dunyoda va uqboda ham ham shonlari oliy.
Tavsif etadi bularni faqat shu tariqa Qur'on:
Sulh vaqti qoʻy, urushda boʻkirgan bittadan arslon!
Doim yuzlari pok, soʻzlari haq, yoʻllari haq edi,
Ulovlari shamollar kabi Duldul edi, Buroq edi.
Bir jazba-i "Yo Hay!" ila sellar kabi oqdi,
Dushmanga borib har biri chaqmoq kabi chaqdi.
Bular edi u kun halqa-i tavhidni qurganlar,
Bular edi u kun boltalab kufrni sindirganlar.
Bular edi muborak ulugʻ jamiyati shoʻro,
Bular edi u nurdan tizilgan halqa-i kubro.
Bular edi olgan Suriya, Iroq, oʻlka-i Kisro,
Bular ila ziyodor u qorongʻu ulkan sahro.
Bular edi bergan xasta, dardman koʻzlarga bir yorugʻlik,
Bular edi u tarixga oʻtgan shonli qahramon.
Har hammasi ham bir zarra-i nuri u Habibning,
Har on koʻrinar koʻzlarga undan qancha yuz ming.
Nur ostiga kirgan boʻlgan turli jamoat,
Ham topdi baqo, hamda butun koʻrdi adolat.
Darhol ochilib koʻk yuzi ham porladi ul nurdan kelgan Risola-in Nur
Xalloqi Rahim ayladi maxluqini masrur.
Zulmat tarqalib boshladi bir yap-yangi kunduz,
Bir sevinch his qilib jim boʻldi biroz yigʻlagan u koʻz.
Bir dam ham tushmaskan uning ohi tilidan,
Xalos boʻldi, afsus dardli bashar dardning qoʻlidan.
Ul yangi quyosh, oʻlkaga sochgancha shu'lalar,
Faqat shod boʻladi, shavq topadi qalbi siniqlar.
Har qalbga surur, har koʻzga nur toʻldi bugundan,
Bir xushxabar berar xuddi u bir shonli toʻydan,
Arz aylaylik ul ulugʻ Allohga shukrlar,
Koʻtarilar bu qahr, jahl-u zalol, shirk va kufrlar.
Ul nuri xudo soldi ziyo, qalbga safo ham,
Koʻrsatdi baqo, koʻchdi fano, topdi vafo ham.
Chiqqandi shaqiy, keldi naqiy koʻrdi adovat,
Aylardi inkor, boʻldi pinhon nuri hidoyat.
Joʻsh urdi Risola-i Nur, ufuqdan nuri Risolat
Ul nuri Risolat beradi aminlik-u adolat.
Allohga shukur, ketmoqda barcha qorongʻulik,
Allohga shukur, toʻlmoqda faqat qalbga yengillik.
Allohga shukur, mana bugun parda ochildi,
Olamlarga ortiq yana bir sevinch sochildi.
Ortiq bu soʻniq jonlarga jon ufladi jonon,
Ortiq bu koʻngil dardiga ul ayladi darmon.
Bir fasli bahor boshladi yurtlarda bugundan,
Bir suhbati gul boshladi tillarda bugundan.
Mendan menga men ketish uchun Risola-i Nur deya chopdim,
Nur dardiga tushdim-da dengizlar kabi joʻshdim.
Bir zarracha boʻlsin topaygin der-da qidirarkan
Tushdim yana daryo kabi bir nurga bugun men.
Berdim unga men koʻnglimni boshdan oyoq ortiq.
Ma'shuqim udir hozir mening, men unga oshiq.
Ul nuri azal ham qoraygan qalblarga loyiq.
Ul nurdan olar fayzini ham jumla xaloyiq.
Qahr ayladi ul zulmatni Risola-i Nurga oqqanlar,
Nur qahriga yoʻliqar, unga dushmanona boqqanlar.
Kufrning butun jamoasi hujum etsa ham ey nur!
Etmas seni uzoq, oʻzi boʻlar balki da maqhur.
Sensan yana hozir, yana sensan bizga nozir
Ey nuri Rahim, ey abadiy bir jilva-i Qudrati Fotir!
Bir nash'a his qildirding iymon ila sirri azaldan
Bir xushxabar keltirding bizga ul mashhur goʻzaldan.
Modomiki ichirding bizga ul obi hayotdan
Bir zarra qadar qolmadi xavf hozir mamotdan.
Hasrat yashadik nuringga yillarcha butun biz
Ma'sum va xasta, turli balo chekdi sababsiz.
Yillarcha oqqan, qon toʻla koʻz yoshlari tinsin,
Zolim yerga botsin, u zulm bir yerga singsin.
Yillarcha, asrlarcha bu nuring yana yonsin,
Kimsasiz va yetim, tul va xasta hammasi ham qonsin.
Ey nur guli, nur chehrangni oʻpsam dudogʻingdan,
Qalb bogʻchasining qalbiga eksam butogʻingdan.
Har dam hidlab ham u goʻzal royihasidan
Chiqsam yana men olami foniy gʻamidan
Nur gullarini ochsin, yana mushklar kabi tutsin,
Siynamda bu jon bulbuli tavhid bilan kuylasin.
Sensan bizga bir sevinch bergan ul guli xolis
Sensan bizga ham jumladan a'lo, yana muxlis
Ey Nur-i Risolatdan kelgan bir burhoni Qur'on!
Ey sirri Furqondan chiqqan hujjati iymon!
Sending bizga matlub yana sending bizga mav'ud
Soyangda bugun harkas boʻlar zinda va mas'ud.
Har on seni kutar va eslardi bu dunyo
Haq oʻzini koʻrsatdi bugun bitdi u roʻyo.
Ming uch yuz yildir tuproqqa aylangan qancha milliard
Moʻmin va muvahhid seni kutardi faqat ey yor!
Har hammasi ham sen tarafdan aytardi kalomni
Har hammasi ham har on senga aylardi salomni.
Nur chehrangni ochsang otib pardani yuzdan
Soʻylar menga ruhim yana مَا ازْدَدْتُ يَقِينًا
Valloh, azaldan buni men ayladim yod:
Risola-in Nurdir valloh u soʻng mujaddidi akbar.
Yuzlarcha hujjat, ham qancha yuzlarcha ishorat,
Aylar bu muqaddas ulkan da'voga shahodat..
Eng boshda kelgan shohidi adl Hazrati Qur'on
Koʻrsatgan yaqqol tarzda oʻttiz uch yerda u burhon.
يَا مُدْرِكًا ning qalbiga koʻmgan Asadulloh
Koʻp sirki, bilganlar boʻladi faqat senga ogoh
كُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ degan ul piri muazzam
Minglarcha vali ham yana qilgan bunga ming zam.
Moʻ'jizdir u soʻz, haqdir u magʻz koʻrmadi har koʻz,
Ortiq bu muammolarni kel sen bizga bir choʻz.
Oltinchi Soʻzing nomli barcha fe'l va sifatni,
Berdim ham poklandim unga ham zot va hayotni.
Qashshoq va faqir kutayotgandim hozir eshigingda
Tavhidga erishtir meni, kel boringni ber-da.
Men men deya yozgan boʻlsam ham sensan yana ul men,
Hechdan ne chiqar, ham menga menlik yana sendan.
Afv et meni ey afvi buyuk lutfi buyuk Risola-in Nur!
Bir dam ham ham aylama sendan meni yo Robbana mahjur!
Nur haqqi, Haq haqqi doʻst haqqi ey nur!
Nuring ila va sirring ila bugun qil bizni masrur.
Ey Nuri Azaldan kelgan Nuri Muhammad (A.S.V.)
Ey sirri iymondan kelgan nuri muabbad!
Minglarcha yetimning eshitilgan ohini bir kes
Tebratar u buyuk arshni ham Valloh bu chiqqan ovoz.
Valloh jamilsan yetar ortiq bu jaloling!
Koʻrsat bizga ey Nuri Muhammad, bir kara jamolingni!
Dargohingni och, et bizga ehson yana ey nuri Risolat!
Biz dardli qulmiz, qil bizga darmon, yana ey nuri haqiqat!
Ammora boʻlgan nafsimizning amriga ergashdik.
Ber bizlarga sen nur ila iyqon yana ey Nuri Qur'on!
Hirs otashi soʻnsin-da koʻngil gulshanga aylansin,
Soch nuringni ham fayzingni har on, yana ey nuri iymon!
Sen nuri Badi', Nuri Rahimsan bizga lutf et,
Faqat istagimiz ishq ila iymon ey Nuri Ilohiy
Dining chekinib, dev kabi tashlanmoqda vahshat,
Rahmat bizni, gʻarq etishga toʻfon, yana ey Nuri Rahmoniy!
Purnurga boʻyansin butun ofoqi jahoning
Har yerda oʻqilsin da bu Qur'on, yana ey Nuri Subhoniy!
Mahbubingga ergashdik, hammamiz ummati boʻldik,
Yigʻlatma yetar, qil bizni xandon, yana Ey Nuri Rabboniy!
Ul Ravza-i Poki Ahmadiy (A.S.V.) koʻrsat bizga bir dam,
Ortiq boʻlaylik faqat unga qurbon, yana Ey Nuri Samadoniy!
Islomga zafar ber, bizni qutqar, bizni kuldir,
Dushmanimizni et haq ila yakson yana ey Nuri Furqoniy!
Har diyori Islom ila, boʻlsin bu yashil yurt,
To hashrga qadar jannati jonon yana ey Nuri iymoniy!
Ul Faxri Jahon, oli aba haqqi uchun ham yo Rab!
Hifz et bizni ofot va balodan ey Nur-al Anvor, bihaqqi ismikan Nur!
Muborak Ustozim Afandim!
U buyuk va goʻzal xos nurining bu faqir va bechora talabangizga bu vodiyda va bu shaklda boʻlgan ehson va ikromlarini aynan huzuri irfoningizga taqdim qilaman va bu vasila bilan muborak qoʻllaringizni va domoni pokingizni yana bir bor oʻpish sharafi bilan musharraf boʻlaman, qabul qilinishini Hazratinizdan iltimos qilaman afandim.
Shu masala "Yetti Ishora"dir.
Avvalo tahdisi ne'mat suratida bir nechta sirri inoyatni izhor etgan "Yetti Sabab"ni bayon qilamiz:
Birinchi Sabab: Birinchi Jahon Urushidan avval va boshlarida, bir sodiq tushda koʻrdimki: Ararat Togʻi deyilgan mashhur Agʻri Togʻining ostidaman. Birdan u togʻ mudhish tarzda portladi. Togʻlar kabi parchalarni dunyoning har tarafiga tarqatdi. Oʻsha dahshat ichida qarasam, marhum volidam yonimda. Dedim: "Ona, qoʻrqma! Janobi Haqning amridir; U Rahimdir va Hakimdir". Birdan u holatda ekan, qarasam muhim bir Zot menga amr qilib deyaptiki: "I'jozi Qur'onni bayon qil". Uygʻondim, angladimki: Bir katta portlash boʻladi. U portlash va inqilobdan soʻng Qur'on atrofidagi devorlar sinadi. Toʻgʻridan toʻgʻri Qur'on oʻzini oʻzi mudofaa qiladi. Va Qur'onga hujum qilinadi. I'jozi Uning poʻlat sovuti boʻladi. Va shu i'jozning bir navini shu zamonda izhoriga, haddimdan ortiq boʻlib, men kabi bir odam nomzod boʻladi. Va nomzod boʻlganimni angladim.
Modomiki I'jozi Qur'onni bir daraja bayon Soʻzlar bilan boʻldi. Albatta u i'jozning hisobiga oʻtgan va uning qatralari va barakalari navidan boʻlgan xizmatimizdagi inoyatlarni izhor qilish, i'jozga yordam va izhor qilish kerak.
Ikkinchi Sabab: Modomiki Qur'oni Hakim murshidimizdir, ustozimizdir, imomimizdir, har bir odobda rahbarimizdir; U oʻzini oʻzi madh etyapti. Biz ham Uning darsiga ergashib Uning tafsirini madh etamiz.
Ham modomiki yozilgan Soʻzlar uning bir navi tafsiridir va u risolalardagi haqiqatlar Qur'onning moli va haqiqatlaridir. Va modomiki Qur'oni Hakim aksar suralarda, xususan الٰرٓ larda, حٰمٓ larda oʻzini oʻzi kamoli hashmat bilan koʻrsatadi, kamolotini aytadi, loyiq boʻlgan madhni oʻziga oʻzi qiladi. Albatta, Soʻzlarda aks etgan Qur'oni Hakimning lamaati i'joziyasidan va u xizmatning maqbuliyatiga alomat boʻlgan inoyoti Rabboniyaning izhoriga mukallafmiz. Chunki u ustozimiz shunday qiladi va shunday dars beradi.
Uchinchi Sabab: Soʻzlar haqida kamtarinlik suratida demayman. Balki bir haqiqatni bayon qilish uchun aytamanki: Soʻzlardagi haqiqatlar va kamolot meniki emas, Qur'onnikidir va Qur'ondan sizib chiqqandir. Hatto Oʻninchi Soʻz yuzlab Qur'on oyatlaridan sizilgan ba'zi qatralardir. Boshqa risolalar ham hammasi shundaydir. Modomiki men shunday deb bilaman va modomiki men foniyman, ketaman. Albatta boqiy boʻladigan narsa va bir asar men bilan bogʻlanmasligi kerak va bogʻlanilmasligi kerak. Va modomiki ahli zalolat va tugʻyon ishlariga toʻgʻri kelmagan bir asarni, asar sohibini chiritish bilan asarni chiritish odatlaridir. Albatta Samo-i Qur'onning yulduzlari bilan bogʻlangan risolalar men kabi koʻp e'tirozlarga va tanqidlarga sabab boʻla olgan va mahv boʻla olgan chirik bir tirgak bilan bogʻlanmasligi kerak. Ham modomiki odamlar urfida bir asardagi ustun vasflar oʻsha asarning masdari va manbai deb oʻylaganlari muallifining xatti-harakatlarida qidiriladi va bu urfga koʻra u haqoiqi oliyani va u javohiri gʻoliyani oʻzim kabi bir qashshoqqa va ularning mingdan birini oʻzida koʻrsatolmagan shaxsimga mol etish, haqiqatga qarshi buyuk bir haqsizlik boʻlgani uchun, risolalar oʻz molim emas, Qur'onning moli boʻlib, Qur'onning ustun vasflarining qatralariga sazovor boʻlganlarini izhor qilishga majburman. Darhaqiqat, lazzatli uzum shingillarining xususiyatlari quruq choʻpchasida qidirilmaydi! Xullas, men ham shunday bir quruq choʻpcha hukmidaman.
Toʻrtinchi Sabab: Ba'zan kamtarinlik kufroni ne'matni keltirib chiqaradi, balki kufroni ne'mat boʻladi. Ba'zan esa tahdisi ne'mat, iftixor boʻladi. Ikkalasi ham zarardir. Buning chora-i yagonasi: Na kufroni ne'mat chiqsin, na iftixor boʻlsin. Ustun vasf va kamolotlarni e'tirof etib, faqat sohib chiqmasdan, Mun'imi Haqiqiyning asari in'omi oʻlaroq koʻrsatishdir. Masalan: Qandayki bezalgan va ziynatli bir koʻz qamashtiruvchi qimmat koʻylakni biri senga kiydirsa va u bilan juda goʻzallashsang, odamlar senga desaki: "Mashaalloh, juda ham goʻzalsan, juda ham goʻzallashding". Agar sen kamtarinlik qilib desangki: "Aslo!.. Men kimman, unday emas. Bu nima, qani goʻzallik?" U payt kufroni ne'mat boʻladi va koʻylakni senga kiydirgan mohir san'atkorga nisbatan hurmatsizlik boʻladi. Agar iftixor qilib desangki: "Ha, men juda goʻzalman, men kabi goʻzal qayerda bor, men kabi birini koʻrsatinglar..." U payt magʻrurona bir faxrdir.
Xullas, faxrdan, kufrondan qutulish uchun deyishi kerakki: "Ha, men goʻzallashdim, faqat goʻzallik libosnikidir va demakki libosni menga kiydirgannikidir, meniki emas."
Xuddi shuning kabi, men ham ovozim yetishsa, butun yer kurrasiga baqirib deymanki: Soʻzlar juda ham goʻzaldirlar, haqiqatdirlar, faqat meniki emaslar. Qur'oni Karimning haqiqatlaridan porlagan shu'lalardir.
dasturi bilan deymanki:
ya'ni: "Qur'on i'jozinining haqiqatlarini men goʻzallashtirolmadim, goʻzal koʻrsata olmadim. Balki Qur'onning goʻzal haqiqatlari mening ta'birotlarimni ham goʻzallashtirdi, ulviylashtirdi". Modomiki shunday ekan, Qur'on haqiqatlarining goʻzalligi nomiga, Soʻzlar nomli oynalarining goʻzalliklarini va u oynadorlikka bogʻliq boʻlib oʻrtaga chiqqan inoyoti Ilohiyani izhor etish, maqbul bir tahdisi ne'matdir.
Beshinchi Sabab: Koʻp zamon avval bir ahli valoyatdan eshitdimki, u zot eski valilarning gʻaybiy ishoralaridan istixroj qilgan va qanoati kelganki: "Sharq tarafidan bir nur chiqadi, bid'atlar zulmatlarini tarqatadi". Men bunday bir nurning chiqishini koʻp kutdim va kutyapman. Faqat gullar bahorda keladi. Unday boʻlsa, oʻsha muqaddas gullarga zamin tayyorlash lozim boʻladi. Va angladikki, bu xizmatimiz bilan u nuroniy zotlarga zamin tayyorlayapmiz. Modomiki oʻzimizga oid emas, albatta Soʻzlar nomli nurlarga oid boʻlgan inoyoti Ilohiyani bayon qilishda faxr va gʻururga sabab boʻlolmaydi. Balki hamd va shukrga sabab va tahdisi ne'mat boʻladi.
Oltinchi Sabab: Soʻzlarning ta'lifi vositasi bilan Qur'oniy boʻlgan xizmatimizga oldindan bir mukofot va bir tashviq vositasi boʻlgan inoyoti Rabboniya, bir muvaffaqiyatdir. Muvaffaqiyat esa, izhor qilinadi. Muvaffaqiyatdan oʻtsa, boʻlsa-boʻlsa bir ikromi Ilohiy boʻladi. Ikromi ilohiy esa, izhori bir shukri ma'naviydir. Undan ham oʻtsa, boʻlsa-boʻlsa hech ixtiyorimiz qoʻshilmasdan bir karomati Qur'oniya boʻladi. Biz mazhar boʻlganmiz. Bu nav ixtiyorsiz va xabarsiz kelgan bir karomatning izhori zararsizdir. Agar oddiy karomatdan yuqori chiqsa, u vaqt boʻlsa-boʻlsa, Qur'onning i'jozi ma'naviysining shu'lalari boʻladi. Modomiki i'joz izhor qilinadi. Albatta i'jozga yordam berganning ham izhori i'joz hisobiga oʻtadi, hech faxr va gʻururga sabab boʻlolmaydi. Balki hamd va shukronga sababdir.
Yettinchi Sabab: Nav'-i insonning sakson foizi ahli tahqiq emaski, haqiqatga nufuz etsin va haqiqatni haqiqat tanib qabul qilsin. Balki suratga, husni zonga binoan, maqbul va ishonchli insonlardan eshitgan masalalarni taqlid qilib qabul qiladilar. Hatto quvvatli bir haqiqatni zaif bir odamning qoʻlida zaif koʻradi. Va qiymatsiz bir masalani qiymatli bir odamning qoʻlida koʻrsa, qiymatli deb oʻylaydi. Xullas unga binoan, men kabi zaif va qiymatsiz bir bechoraning qoʻlidagi iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarning qiymatini aksar insonlarning nuqtai nazarida tushirmaslik uchun, majbur boʻlganimdan e'lon qilamanki: Ixtiyorimiz va xabarimiz boʻlmasdan, birisi bizni ishlattirmoqda. Biz bilmasdan, bizni muhim ishlarda ishlattirmoqda. Dalilimiz ham shuki: Shuurimiz va ixtiyorimizdan xorij bir qism inoyatlarga va yengillashtirishlarga sazovor boʻlyapmiz. Shunday ekan, oʻsha inoyatlarni baqirib e'lon qilishga majburmiz.
Xullas, oʻtgan "Yetti Sabablar"ga binoan kulliy bir nechta inoyati Rabboniyaga ishora qilamiz.
Birinchi Ishora: Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Birinchi Nuktasida bayon etilgandirki, "tavofuqlar"dir. Jumladan: Moʻ'jizoti Ahmadiya Maktubotida, Uchinchi Ishorasidan to Oʻn Sakkizinchi Ishorasiga qadar oltmish sahifa; xabarsiz, bilmasdan bir nusxa koʻchiruvchining nusxasida ikki sahifa mustasno boʻlib, qolgan barcha sahifalarda -kamoli muvozanat bilan- ikki yuzdan ziyoda "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom" kalimalari bir-biriga qarayaptilar. Kim insof bilan ikki sahifaga diqqat qilsa, tasodif boʻlmaganini tasdiq qiladi. Holbuki tasodif, nari borsa, bir sahifada koʻp bir xil kalimalar boʻlsa, yarim yarimga tavofuq boʻladi. Faqat bir-ikki sahifada tamoman tavofuq qila oladi. U holda bunday barcha sahifalarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kalimasi; ikkita boʻlsin, uchta boʻlsin, toʻrtta boʻlsin yoki yana koʻp boʻlsin, kamoli mezon bilan bir-birining yuziga qarasa; albatta tasodifiy boʻlishi mumkin emas. Ham sakkizta boshqa-boshqa nusxa koʻchiruvchi buzolmagan bir tavofuqot; quvvatli bir ishorati gʻaybiya ichida boʻlganini koʻrsatadi. Qandayki ahli balogʻatning kitoblarida balogʻatning darajalari boʻlgani holda, Qur'oni Hakimdagi balogʻat daraja-i i'jozga chiqqan. Hech kimning haddi emaski, unga yetishsin. Xuddi shuning kabi: Moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir oynasi boʻlgan Oʻn Toʻqqizinchi Maktub va Moʻ'jizoti Qur'oniyaning bir tarjimoni boʻlgan Yigirma Beshinchi Soʻz va Qur'onning bir navi tafsiri boʻlgan Risola-i Nur parchalarida tavofuqot barcha kitoblardan ustun bir gʻariblik darajasini koʻrsatadi. Va shundan tushuniladiki: Moʻ'jizoti Qur'oniya va Moʻ'jizoti Ahmadiyaning bir navi karomatidirki, u oynalarda namoyon va aks etyapti.
Ikkinchi Ishora: Xizmati Qur'oniyaga oid inoyoti Rabboniyaning ikkinchisi shuki: Janobi Haq men kabi qalamsiz, yarim omi, oʻzga yurtda, kimsasiz, odamlar bilan koʻrishishdan man qilingan bir tarzda quvvatli, jiddiy, samimiy, gʻayratli, fidokor va qalamlari bittadan olmos qilich boʻlgan qardoshlarni menga muovin qilib ehson qildi. Zaif va ojiz yelkamga juda ogʻir kelgan vazifa-i Qur'oniyani oʻsha kuchli yelkalarga mindirdi. Kamoli karamidan yukimni yengillashtirdi. U muborak jamoat esa, Xulusiyning ta'biri bilan, simsiz telegrafning qabul qiluvchilari hukmida va, Sabrining ta'biri bilan, nur fabrikasining elektrlarini yetishtirgan uskunalar hukmida boshqa-boshqa ustun vasflari va qiymatli har xil xususiyatlari bilan barobar, yana Sabrining ta'biri bilan, bir tavofuqoti gʻaybiya navidan boʻlib, shavq va sa'yu gʻayrat va jiddiyatga bir-biriga oʻxshash bir suratda Qur'onning sirlarini va iymonning nurlarini atrofga tarqatishlari va har yerga ham yetkazishlari va shu zamonda (ya'ni, harflar oʻzgargan, matbaa yoʻq, hamma iymon nurlariga muhtoj boʻlgan bir zamonda) va sustlik beradigan va shavqni sindiradigan koʻp sabablar bor ekan, bularning berilib, kamoli shavq va gʻayrat bilan xizmatlari, toʻgʻridan-toʻgʻriga bir karomati Qur'oniya va zohir bir inoyati Ilohiyadir. Ha, valilikning karomati boʻlgani kabi, niyati xolisaning ham karomati bor. Samimiyatning ham karomati bor. Xususan Lilloh uchun boʻlgan bir uxuvvat doirasidagi qardoshlarning ichida haqiqiy, samimiy tasonudning koʻp karomatlari boʻlishi mumkin. Hatto shunday bir jamoatning shaxsi ma'naviysi bir valiyyi komil hukmiga oʻta oladi, inoyatlarga sazovor boʻladi.
Xullas ey qardoshlarim va ey xizmati Qur'onda birodarlarim! Bir qal'ani fath etgan bir boʻlinmaning serjantiga barcha sharafni va barcha gʻanimatni berish qanday bir zulm, bir xatodir. Xuddi shuning kabi, shaxsi ma'naviyingizning quvvati bilan va qalamlaringiz bilan hosil boʻlgan fathlardagi inoyatlarni men kabi bir bechoraga berolmaysizlar!.. Albatta bunday muborak bir jamoatda gʻaybiy tavofuqlardan yanada ziyoda quvvatli bir gʻaybiy ishora bor va men koʻryapman. Faqat hammaga va umumga koʻrsatolmayman.
Uchinchi Ishora: Risola-i Nur parchalari barcha muhim iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarni hatto eng qaysarga qarshi ham porloq bir suratda isboti, juda quvvatli bir ishorati gʻaybiya va bir inoyati Ilohiyadir. Chunki iymoniy va Qur'oniy haqiqatlar ichida shundaylari borki, eng buyuk bir dohiy deb oʻylangan Ibn Sino tushunishda ojizligini e'tirof qilgan, "Aql bunga yoʻl topolmaydi!" degan. Oʻninchi Soʻz Risolasi u zot dahosi bilan yetisholmagan haqiqatlarni omilarga ham, bolalarga ham bildiradi.
Ham masalan: Sirri Qadar va juz'i ixtiyoriyning hal qilinishi uchun, buyuk Sa'di Taftazoniy kabi bir alloma qirk-ellik sahifada -mashhur Muqaddimoti Isno Ashar nomi bilan Talvih nom kitobida- zoʻrgʻa hal etgan va faqatgina ilm sohiblariga bildirgan ayni masalalarni Qadarga doir Yigirma Oltinchi Soʻzda, Ikkinchi Mabhasning ikki sahifasida batamom, ham hammaga bildiradigan bir tarzda bayoni, asari inoyat boʻlmasa, nima?
Ham barcha aqllarni hayratda qoldirgan va hech bir falsafaning qoʻli bilan kashf qilinmagan va olam yaratilishining sirri va koinot tilsimi deyilgan va Qur'oni Azimushshonning i'jozi bilan kashf etilgan u tilsimi mushkulkusho va u muammo-i hayratnamo Yigirma Toʻrtinchi Maktub va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning oxiridagi ramzli nuktada va Oʻttizinchi Soʻzning zarralar oʻzgarishining olti adad hikmatida kashf etilgan. Koinotdagi faoliyati hayratnamoning tilsimini va koinot yaratilishining va oqibatining muammosini va zarralar oʻzgarishidagi harakatlarning sirri hikmatini kashf va bayon etgandirlar, maydondadir, koʻrish mumkin.
Ham sirri Ahadiyat bilan sheriksiz Vahdati Rububiyatni, ham nihoyatsiz qurbiyati Ilohiya bilan nihoyatsiz bu'diyatimiz boʻlgan hayrat-angiz haqiqatlarni mukammal ochiqlik bilan Oʻn Oltinchi Soʻz va Oʻttiz Ikkinchi Soʻz bayon qilganlari kabi, qudrati Ilohiyaga nisbatan zarralar va sayyoralar teng boʻlganini; va hashri a'zamda barcha ziyruhning tiriltirilish, bir nafsning tiriltirilishi qadar oʻsha qudratga oson boʻlganini va shirkning koinot yaratilishida aralashuvi imkonsizlik darajasida aqldan uzoq ekanini mukammal ochiqlik bilan koʻrsatgan Yigirmanchi Maktubdagi وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ kalimasi bayonida va uch tamsilni ichiga olgan uning zayli shu azim sirri vahdatni kashf etgandir.
Ham Qur'on va iymon haqiqatlarida shunday bir kenglik borki, eng buyuk zako-i bashariy qamray olmagani holda; men kabi zehni chalkash, vaziyati parishon, murojaat qilinadigan kitob yoʻq ekan, qiynalib va tez yozgan bir odamda, u haqiqatlarning mutlaq aksariyati tafsilotlari bilan chiqishi; toʻgʻridan toʻgʻri Qur'oni Hakimning i'jozi ma'naviysining asari va inoyati Rabboniyaning jilvasi va quvvatli bir ishorati gʻaybiyadir.
Toʻrtinchi Ishora: Ellik-oltmishta risolalar - Hozir bir yuz oʻttizta - shunday bir tarzda ehson qilinganki, emas men kabi oz fikr yuritgan va zuhurotga tobe boʻlgan va tadqiqqa vaqt topolmagan bir insonning, balki buyuk zakolardan tashkil topgan bir ahli tadqiqning sa'yu gʻayrati bilan qilinmagan bir tarzda ta'liflari, toʻgʻridan toʻgʻriga bir asari inoyat boʻlganini koʻrsatadi. Chunki barcha bu risolalarda barcha chuqur haqiqatlar tamsillar vositasi bilan eng omi va savodsiz boʻlganlarga qadar dars beriladi. Holbuki u haqiqatlarning koʻpini buyuk olimlar "Tushuntirib boʻlmaydi" deb, emas avomga, balki ilm sohiblariga ham bildirolmaydilar.
Xullas, eng uzoq haqiqatlarni eng yaqin bir tarzda, eng omi bir odamga dars beradigan darajada men kabi turkchasi oz, soʻzlari qiyin tushuniladigan, koʻpi anglashilmaydigan va ba'zan qisqacha loʻnda yozganidan zohir haqiqatlarni ham qiyinlashtiradi deb eskidan beri shuhrat topgan va eski asarlari qisman oʻsha yomon shuhratni tasdiq etgan bir shaxsning qoʻlida bu hayratomuz yengillashtirishlar va bayon qilish osonligi, albatta shubhasiz bir asari inoyatdir va uning hunari boʻlolmaydi va Qur'oni Karimning i'jozi ma'naviysining bir jilvasidir va tamsiloti Qur'oniyaning bir tamassulidir va in'ikosidir.
Beshinchi Ishora: Risolalar umuman olganda juda koʻp tarqalgani holda, eng buyuk olimdan ol, to eng omi odamgacha va ahli qalb buyuk bir validan ol, to eng qaysar dinsiz bir faylasufgacha boʻlgan odamlar tabaqasi va toifalar u risolalarni koʻrganlari va oʻqiganlari va bir qismi ta'zirlarini yeganlari holda, tanqid qilinmasligi; va har toifa darajasiga koʻra foydalanishi, toʻgʻridan-toʻgʻri bir asari inoyati Rabboniya va bir karomati Qur'oniya boʻlgani kabi, koʻp tadqiqot va qidiruvlarning natijasi bilan hosil boʻlgan u tur risolalar, favqulodda bir tezlik bilan, ham idrokimni va fikrimni chalkashtirgan qiynoqli inqiboz vaqtlarida yozilishi ham, bir asari inoyat va bir ikromi Rabboniydir.
Ha, aksar qardoshlarim va yonimdagi umum birodarlarim va nusxa koʻchiruvchilar biladilarki; Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning besh parchasi bir necha kun mobaynida, har kun ikki-uch soatda va jami oʻn ikki soatda hech bir kitobga murojaat etilmasdan yozilishi.. hatto eng muhim parcha va u parchada lafzi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kalimasida zohir bir xotami Nubuvvatni koʻrsatgan Toʻrtinchi juz; uch-toʻrt soatda, togʻda, yomgʻir ostida yoddan yozilgan... va Oʻttizinchi Soʻz kabi muhim va daqiq bir risola, olti soat ichida bir bogʻda yozilgan. Va Yigirma Sakkizinchi Soʻz Sulaymonning bogʻida bir, uzogʻi ikki soat ichida yozilishi kabi, aksar risolalar bunday boʻlishi.. va eskidan beri qiynalgan va munqabiz boʻlgan vaqtim, eng zohir haqiqatlarni ham bayon etolmaganimni, balki bilolmaganimni yaqin doʻstlarim biladilar. Xususan, u aziyatga xastalik ham qoʻshilsa; yanada koʻproq meni darsdan, ta'lifdan man qilish bilan barobar.. eng muhim Soʻzlar va risolalar eng aziyatli va xastalikli zamonimda, eng tez bir tarzda yozilishi; toʻgʻridan-toʻgʻri bir inoyati Ilohiya va bir ikromi Rabboniy va bir karomati Qur'oniya boʻlmasa, nima?
Ham qaysi kitob boʻlsa boʻlsin (bunday haqoiqi Ilohiyadan va iymoniyadan bahs etgan boʻlsa) - har holatda - bir qism masalalari bir qism insonlarga zarar beradi; va zarar berganlari uchun, har masala harkasga nashr etilmagan. Holbuki shu risolalar esa; hozirgacha hech kimda, -koʻplardan soʻraganim holda- yomon ta'sir va zid ta'sir va zehnni mashgʻul qilish kabi bir zarar bermaganlari, toʻgʻridan toʻgʻri bir ishorati gʻaybiya va bir inoyati Rabboniya ekani bizga koʻra muhaqqaqdir.
Oltinchi Ishora: Hozir menga koʻra qat'iyat paydo etganki, aksar hayotim ixtiyor va iqtidorimning, shuur va tadbirimning xorijida shunday bir tarzda oʻtgan va shunday gʻarib bir suratda unga jarayon berilgan; toki Qur'oni Hakimga xizmat qiladigan bu navi risolalarni natija bersin. Goʻyo butun hayoti ilmiyam oldindan tayyorgarlikar hukmiga oʻtgan. Va Soʻzlar bilan I'jozi Qur'onning izhori, uning natijasi boʻladigan suratda boʻlgan. Hatto shu yetti yil surgunimda va gʻurbatimda va sababsiz va orzuimning xilofiga hamma narsadan uzoqlashtirilishim va mashrabimga muxolif faqat bir qishloqda hayot oʻtkazishim va eskidan beri oʻrganib qolganim hayoti ijtimoiyaning koʻp aloqalaridan va qoidalaridan nafrat qilib tark etishim; toʻgʻridan toʻgʻriga bu xizmati Qur'oniyani xolis, sof bir suratda qildirish uchun bu vaziyat berilganiga shubham qolmagan. Hatto koʻp marta menga berilgan aziyat va zulman menga qarshi boʻlgan tazyiqlar pardasi ostida, bir dasti inoyat tarafidan marhamatkorona Qur'onning sirlariga barcha fikrni jam ettirish va nazarni tarqatmaslik uchun qilingan degan qanoatdaman. Hatto avvallari mutolaaga juda mushtoq boʻlganim holda; butunlay boshqa kitoblarning mutolaasidan bir man, bir saqlanish ruhimga berilgan edi. Bunday gʻurbatda tasalli va unsiyat sababi boʻlgan mutolaani menga tark ettirgan, - angladimki - toʻgʻridan toʻgʻriga Qur'on oyatlarining ustozi mutlaq boʻlishlari uchundir.
Ham yozilgan asarlar, risolalar, - mutlaq aksariyati - xorijdan hech bir sabab kelmasdan, ruhimdan tavallud etgan bir hojatga binoan, oniy va daf'iy boʻlib ehson etilgan. Soʻngra ba'zi doʻstlarimga koʻrsatgan vaqtim deganlar: "Shu zamonning yaralariga davodir". Tarqalgandan soʻng aksar qardoshlarimdan angladimki, toʻliq shu zamondagi ehtiyojga muvofiq va dardga loyiq dori hukmiga oʻtyapti.
Xullas, ixtiyor va shuurimning doirasi xorijida, mazkur holatlar va sarguzashti hayotim va ilmlarning turlaridagi xilofi odat va ixtiyorsiz tadqiq qilib oʻrganishlarim bunday bir natija-i muqaddasa bilan natijalanish uchun, quvvatli bir inoyati Ilohiya va bir ikromi Rabboniy boʻlganiga menda shubha qoldirmagan.
Yettinchi Ishora: Bu xizmatimiz zamonida, besh-olti yil mobaynida, mubolagʻasiz yuz asari ikromi Ilohiy va inoyati Rabboniya va karomati Qur'oniyani koʻzimiz bilan koʻrdik. Bir qismiga Oʻn Oltinchi Maktubda ishora etdik; bir qismini Yigirma Oltinchi Maktubning Toʻrtinchi Mabhasining farqli masalalarida; bir qismini Yigirma Sakkizinchi Maktubning Uchinchi Masalasida bayon etdik. Mening yaqin birodarlarim buni biladilar. Doimiy birodarim Barlalik Sulaymon Afandi koʻplarini biladi. Xususan, Soʻzlarning va risolalarning nashrida va tahrirlarida va joylariga joylashtirishda hamda qoralama va oqlama nusxani yozishda kutilgandan ortiq karomatkorona osonlashtirishlarga mazhar boʻlyapmiz. Karomati Qur'oniya boʻlganiga shubhamiz qolmayapti. Buning misollari yuzlabdir.
Ham tirikchilik xususida shu qadar shafqat bilan oziqlanyapmizki; eng kichik bir orzu-i qalbimizni, bizni ishlattirgan sohibi inoyat qondirish uchun, kutilgandan ortiq bir suratda ehson etyapti. Va hokazo... Xullas, bu hol gʻoyat quvvatli bir ishorati gʻaybiyadirki, biz ishlattirilyapmiz. Ham rizo doirasida, ham inoyat ostida bizga xizmati Qur'oniya qildirilyapti.
Shu sirri inoyat ilgari mahram tarzda yozilgan, Oʻn Toʻrtinchi Soʻzning oxiriga qoʻshilgan edi. Qandaydir boʻlib aksar nusxa koʻchiruvchilar unutib yozmagan edilar. Demak, munosib va loyiq joyi bu yer ekanki, yashirin qolgan.
Mendan soʻrayapsan: "Nima uchun sening Qur'ondan yozgan Soʻzlaringda shunday bir quvvat, bir ta'sir borki, mufassirlarning va oriflarning soʻzlarida kamdan-kam topiladi. Ba'zan bir satrda bir sahifa qadar quvvat bor, bir sahifada bir kitob qadar ta'sir mavjud?.."
Javob: Goʻzal bir javobdir. Sharaf i'jozi Qur'onga oid boʻlganidan va menga oid boʻlmaganidan, qoʻrqmasdan deyman: "Aksariyat e'tibori bilan shunday." Chunki:
Yozilgan Soʻzlar tasavvur emas, tasdiqdir; taslim emas, iymondir; ma'rifat emas, shahodatdir, shuhuddir; taqlid emas, tahqiqdir; iltizom emas, iz'ondir; tasavvuf emas, haqiqatdir; da'vo emas, da'vo ichida burhondir. Shu sirning hikmati budirki:
Eski zamonda iymon asoslari himoyalangan edi, taslim kuchli edi. Tafsilotlarda oriflarning ma'rifatlari dalilsiz ham boʻlsa, bayonotlari maqbul edi, kifoya edi. Faqat shu zamonda fandan kelgan zalolat qoʻlini asoslarga va ruknlarga uzatganidan, har dardga loyiq davoni ehson etgan Hakimi Rahim boʻlgan Zoti Zuljalol, Qur'oni Karimning eng porloq mazhari i'jozidan boʻlgan tamsillaridan bir shu'lasini; ojizlik va zaifligimga, faqirlik va ehtiyojimga marhamatan xizmati Qur'onga oid yozuvlarimga ehson etdi. Falillahilhamd, sirri tamsil durbini bilan eng uzoq haqiqatlar gʻoyat yaqin qilib koʻrsatildi. Ham sirri tamsil birlik jihati bilan eng tarqoq masalalar toʻplattirildi. Ham sirri tamsil narvoni bilan eng yuksak haqiqatlarga osonlik bilan yetishtirildi. Ham sirri tamsil derazasi bilan; gʻaybiy haqiqatlarga, Islomning asoslariga shuhudga yaqin bir yaqiyni iymoniy hosil boʻldi. Aql bilan birga vahim va xayol, hatto nafs va havo taslimga majbur boʻlgani kabi, shayton ham yengilganini qabul qilib qurolini taslim qilishga majbur boʻldi.
Xulosa: Yozuvlarimda naqadar goʻzallik va ta'sir boʻlsa, faqat Qur'oniy tamsillarning yogʻdularidandir. Mening hissam, faqat shiddatli ehtiyojim bilan talabdir va gʻoyat ojizligim bilan yolvorib soʻrashimdir. Dard menikidir, davo Qur'onnikidir.
Aziz, Siddiq Qardoshlarim!
Avvalo, oʻtgan muborak Layla-i Baroatingizni va kelayotgan Ramazoni Sharifingizni tabriklaymiz. Bu yil Baroat Kechasini Nurchilar haqida juda barakali va karomatli boʻlganiga bir alomatini hayrat bilan koʻrdik. Shundayki:
Men Baroat kechasidan oz avval "Asoyi Muso" tahriri bilan mashgʻul ekan, bir kabutar derazaga keldi, menga qaradi. Men dedim: "Xushxabar keltirdingmi?" Ichkariga kirdi. Goʻyo avvaldan doʻst ekandek hech qoʻrqmadi, "Asoyi Muso" ustiga chiqdi, uch soat oʻtirdi. Non, guruch berdim, yemadi. Oqshomgacha qoldi, soʻngra ketdi. Takror keldi. Ertalabgacha yonimda qoldi. Men uxlayotganda boshimga keldi, "Sogʻ boʻling" navidan boshimni siladi, soʻngra uchdi, ketdi. Ikkinchi kun men nadomat qilarkan yana keldi, bir kecha yana qoldi. Demak bu muborak qush ham Asoyi Musoni, ham Baroatimizni tabriklashni istadi.
Avvalo: Hozir toʻliq ayon boʻldiki, zilzila Risola-in Nur bilan aloqadordir. Xusravning mudofaatimda yozilgan toʻrt zilzila masalasini tasdiq qilgan bu kechagi shiddatli toʻrt dafa zilzila, menga va Nurlarga va bu mamlakatga qat'iy bir suiqasd asari boʻlib hukumat ichida xizmatchimga baqirib meni haqoratomuz kamsitib va soʻkib "Bor unga ayt!" degan va hokimning majburiy buyrugʻi bilan "Kasal ham boʻlsa, bu yerga keltiringlar!" deb posbonlarga va jandarmalarga amr bergan va Afyonning parda ostidagi katta amaldorga tayangan Amirtogʻ zobitasi, ham Nur shogirdlarining shavqlariga, ham Nurlarning bu yerda yozilishiga, ham menga jiddiy aziyat berishi, ayni vaqtda bunday bu yerda koʻrilmagan bu shiddatli zilzilaning kelishi koʻrsatadiki; Risola-i Nur, balolarni daf qilish vasilasidir.. tark etilgan sari balo fursat topib keladi.
Bu Nur asar, tafsiridir ul samoviy kitobning,
E'lon qilar haqiqatni, amri haqni bildirar.
Isyonlarga, zulmlarga ma'ruz boʻlgan jahonning
Bu asrda koʻz yoshini, nur sochib tindirar.
Bu asardir iztirobli koʻngillarga tasalli,
Bu qarorsiz olamning har inqirozida nur sochar.
Bu asardir har zulmatda salomatlik rahbari,
Ahli iymon bu soyada bu asar bilan hur yashar.
Ma'sumlarga bir oʻgitdir, yoshlarning ham rahbari,
Har mazlumga "Yigʻlama" der, "kulasan ertaga sen!"
Tasallisi juda yuksak, ibratlidir darslari,
Beli bukik keksaga xushxabar berar tubdan.
Bu Nur asar, har olimning, har moʻminning sartoji,
Dardlilarning darmonidir, har munkirni ta'zirlar.
Shirklarning ham yoʻqotuvchisi, ham har qaygʻu dorisi,
Zindiq zolim yopishsa boshiga vulqon portlar.
Bu asardir insonlarni dahshatlardan uzoqlashtirgan,
Qudrat qoʻli himoyachisi, hayratga solgan hukmi bor.
Qaysarlar taslim boʻlar, hukmiga magʻrur ekan,
Har sarsari faylasufni maftun qilgan nuri bor.
Ey kuch yetmas, dahshat bergan holatlardan yigʻlagan,
Foniylarga aldanib ranjiganda baqirma.
Ey zoildan, ojizlardan madad kutib bogʻlangan,
Kir bu Nurning olamiga, foniylarni chaqirma.
Uygʻon ortiq, gʻaflat sarxushligidan turma uygʻon,
Havasoting bir ajdarhodir qalbingni kemiradi.
Erta mas'ud boʻladi yoʻqlikda Haqni topgan,
Nurga ber umr sarmoyasin, erta senga beriladi,
Huzuringda uxroda ehtishomlar toʻshaladi...
[Oyatining varosati Ahmadiya (A.S.V.) jihatida ma'noyi ishoriy nuqtasida bu asrda u Rahmatan-lil olamiynning bir oynasi va haqiqati Qur'oniyaning bir haqiqiy tafsiri boʻlgan Risola-i Nur, u kulliy rahmatning bir jilvasi, bir namunasi boʻlishidan; haqiqati Muhammadiyaning (A.S.V.) bir qism vasflarini, ma'noyi majoziy bilan juz'iy bir vorisiga berib boʻladi deb bu porloq qasidaga tegilmadim. Faqat haqiqati Ahmadiya (A.S.V.) bilan oynasining farqiga ishora boʻlib ba'zi kalimalar ilova etildi.]
Huzur topar bugun seningla olam
Ey bu asrda rahmati olam Risolat-un Nur.
Surur topar bugun seningla odam
Ey bir rahmati olam Risolat-un Nur!
Bu xasta koʻngillar koʻpdan parishon,
Boʻlsa senda agar Luqmondan nishon,
Bir shifo ber, kel ey mahbubi ziyshon
Ey jilva-i rahmati olam Risolat-un Nur!
Kelmaz-mi oxiri bu uzun hijoning,
Oʻtmas-mi gʻami bu motamli kechaning,
Zori ortdi, sabri bitdi qanchaning
Ey jilva-i rahmati olam Risolat-un Nur!
Faxri olam arshdan bu yerga tushdi,
Shohi valoyat kelib duldulga mindi,
Zulfiqorga bugun ortiq "Nur" deyildi
Ey bu zamonda rahmati olam Risolat-un Nur!
Yoʻlimiz, bu Nurning bu nurli yoʻli,
Boldik hammamiz U Nurning bir quli,
Nur yoʻlida yurigan ham qanday baxtli
Ey namuna-i rahmati olam Risolat-un Nur!
Nursning nur chiqqan nurli togʻida,
Bulbul sayrar bogʻchasida bogʻida,
Changi boʻlsak uning pok oyogʻida
Ey rahmati olam jilvasi Risolat-un Nur!
Dardlarga darmonsan, mahbubi jonsan,
Ham jome-ul Asmo val Qur'onsan
Hamda nuri Haqdan bizga ehsonsan
Ey bir rahmati olam Risolat-un Nur!
Bu olamda modda emas bir magʻzsan,
Har zarradan boqqan butun bir koʻzsan;
Koinotni hayron qilgan butun bir yuzsan
Ey misoli rahmati olam Risolat-un Nur!
Asli avvalisan asalning, shakarning,
Dengizisan jumla ilmning, hunarning,
Kelmadi, jahonga bunday asar oʻxshashing
Ey mir'ati rahmati olam Risolat-un Nur!
Sen oylardan, quyoshlardan ustunsan,
Nihoyatsiz, oxiri kelmas butunsan,
Nur jamoling butun- butun koʻrinsin
Ey mazhari rahmati olam Risolat-un Nur!
Boʻyin bukib achchiq-achchiq ma'rardik,
Koʻz yoshini qonlar ila artardik,
Koʻrsak deya seni Haqdan tilardik
Ey bir tamsili rahmati olam Risolat-un Nur!
Chunki sensan, bu asrda Rahmat-an-lil olamiynning jilvasi
Chunki sensan hozir Shofe'-ul-Muznibiynning vorisi,
Agʻisna yo gʻiyas-al mustagʻisiyn bir duosi
Ey shu'la-i rahmati olam Risolat-un Nur!
Shifo topsin hozir biroz yaramiz,
Rivoj topsin, oʻtmaz boʻlgan pulimiz,
Soch nuringni, oqqa aylansin qoramiz
Ey ziyo-yi rahmati olam Risolat-un Nur!
Gunohimiz ila gulxan kabi purnirmiz,
Dard qoʻlidan ham har kun zoru-zormiz,
Afv et bizni modomiki senga faqat yormiz
Ey nuri rahmati olam Risolat-un Nur!
Maylimiz yoʻq yolgʻonchi bir dunyoga,
Tugatdik biz bid'atlarni, riyoni,
Berilmaymiz unday quruq xayolga,
Ey bir haqiqati rahmati olam Risolat-un Nur!
Yoʻq bizda jamiyat qurish xayoli,
Yoʻq boshqa bir yoʻlga ketish savdosi,
Boʻldik faqat nurning dardli shaydosi
Ey dardlilarga rahmati olam Risolat-un Nur!
Yoʻllarda qoldirdik oʻtdik darveshni,
Otdik koʻngillardan unday tashvishni,
Kifoya bu porlagan nurning quyoshi
Ey ma'kasi rahmati olam Risolat-un Nur!
Oʻtganmiz barcha madhlardan, sanodan,
Yuz oʻgirdik sarvatlardan, boylikdan,
Nur istaymiz oʻtmasdan bu fanodan
Ey bu asrda rahmati olam Risolat-un Nur!
Nur qoʻlidan ichaylik biz sharobni,
Aylantirganmiz shirinlikka azobni,
Bir mahbubning biz ham boʻldik turobi
Ey bizga rahmati olam Risolat-un Nur!
Oshiqlarning arshga chiqqan faryodi,
Yigʻlatadi u pok ruhli ajdodni.
Alloh uchun ayla bizga yordamni
Ey muhtojlarga rahmati olam Risolat-un Nur!
Koʻklar soldi balo, yer berdi balo,
Tebratdi ofoqni bir achchiq faryod,
Rahmat et olamga ey Nuri Mavlo
Ey jilva-i rahmati olam Risolat-un Nur!
Bir yonda sel bor, bir yonda qon oqar,
Bu balo otashi olamni yoqar,
Yigʻlagan bu bashar faqat senga boqar
Ey namuna-i rahmati olam Risolat-un Nur!
Oʻraldi otashla bu ulkan dunyo,
Bir Jahannam kabi qaynadi daryo,
Yetish yordamga ey shohi avliyo!
Ey bu zamonda rahmati olam Risolat-un Nur!
Har yongʻinni sening nuring soʻndirar,
Har bir yerni bir gulshanga sening nuring aylantirar,
Dajjolni ham bir kun kelar albatta oʻldirar
Ey nuri rahmati olam Risolat-un Nur!
Zindiqoga, kufrga qarshi tashlanding,
Koʻngillardan gʻamlarni koʻtarding,
Bizni nurning daryosiga shoʻngʻitding
Ey bechoralarga rahmati olam Risolat-un Nur!
Koʻtarolmas senga aslo hech kim qoʻl,
Bogʻlaymiz bizlar senga jondan bel,
Dunyolarga sensan umid va istak
Ey ziyoyi rahmati olam Risolat-un Nur!
Sen qoʻshin qurmaysan erkak, askarla,
Urushmaysan unday toʻpla, pichoqla..
Nuringla shu asrni tutib quchoqla
Ey hozir rahmati olam Risolat-un Nur!
Tugasin da bu qoʻrqinch toʻfoni shadid,
Ochilsin yap-yangi bir davri mas'ud,
Oʻn sakkiz ming olam aylasin faqat iyd
Ey ahli Qur'onga rahmati olam Risolat-un Nur!
Kelmoqda shu qarshidan garchi bir zulmat,
Faqat sensan bugun atoyi rahmat...
Boʻgʻasan uni nuringla albat
Ey bir rahmati olam Risolat-un Nur!
Qizil ajdar uyimizga kirmasin,
Zaharli qoʻli yoqamizga yetmasin,
Qarshi turib nuring fursat bermasin
Ey sayfi rahmati olam Risolat-un Nur!
Qora tuman ustimizdan tarqalsin
Qizil olov soʻnib olam uygʻonsin,
Bu zafaring hashrga qadar eslansin
Ey zulfiqori rahmati olam Risolat-un Nur!
U nasldandir qancha jonlar yoqqanlar,
U nasldandir uylar, roʻzgʻorlar yiqqanlar,
U nasldandir senga kinla boqqanlar
Ey hujjati rahmati olam Risolat-un Nur!
Ma'sumlarning qonlarini icharlar,
Abu Jahlni, Namrudlarni oʻzarlar,
Oʻlimlardan oʻlimlanri tanlarlar
Ey hozir bir rahmati olam Risolat-un Nur!
Bir mikrob-ki jigarlarni tishlaydi,
Qonimizla oʻzini toʻydiradi,
Toza yurtni kirlatib kirlatadi
Ey bir dorixona-i rahmati olam Risolat-un Nur!
Gʻoziylarning, fotihlarning qoʻnogʻi,
Sayyidlarning, sarvarlarning oʻtovi,
Bu vatandir shahidlarning yotogʻi
Ey jilva-i rahmati olam Risolat-un Nur!
U shahidning olaga aylangan kafani,
Mushklar ufurur gulga oʻxshar badani
Oʻpar Malaklar ham nurli no'shini,
Ey namuna-i rahmati olam Risolat-un Nur!
Qur'on deydi oʻlmagandir, tirikdir,
Har birisi Haqning arslon yigiti,
Maqbaralari yuraklarni titratar
Ey oyna-i rahmati olam Risolat-un Nur!
Hadyasan chunki asl millatga
Tushmaylik bir kun ham zillatga,
Etgin bizni shonli buyuk davlatga
Ey misoli rahmati olam Risolat-un Nur!
Aylaydilar nuring ila doim hamla,
Zafarlarla shonlar topar bu millat,
Sharqqa gʻarbga ziyo solsin bu davlat
Ey bizlarga rahmati olam Risolat-un Nur!
Nurdan qanoting, ham mustahkam qoʻling bor,
Nurdan sening Haqqa ketgan yoʻling bor,
Qabul et bir kamtar Fayzi quling bor
Ey bu asrda rahmati olam Risolat-un Nur!
Ustozim Afandim Hazratlari!
oyatining nurlaridan nurning soyasida olib bilganim bir zarrani bu shaklda yozdim va huzuri irfoningizga taqdim qildim. Qabulini iltimos qilaman. Salomlarimizni taqdim va muborak qoʻllaringizni oʻpamiz afandimiz.
Shu koinot samosining botmaydigan ma'naviy quyoshi boʻlgan Qur'oni Karim; shu mavjudot kitobi kabirining takviniy oyatlarini oʻqittirish, mohiyatini koʻrsatish uchun shu'lalari hukmida boʻlgan nurlarini nashr etadi. Basharning aqllarini nurlantirish bilan siroti mustaqimni koʻrsatadi. Bashariyat olamida har fard, yaratilishidagi maqsadlarni va fitratidagi istaklarni va istiqomatidagi gʻoyasini u hidoyat quyoshining nuri bilan koʻradi, anglaydi va biladi. U hidoyat nurining tajalliysiga sazovor boʻlganlar, qalb qobiliyati nisbatida unga oynadorlik qilib yaqinlik kasb etadi. Narsalar va hayotning mohiyati u nur bilan koʻrinib, faqat u nur bilan koʻriladi, anglashiladi va bilinadi. Shamsi Azaliyaning ma'naviy hidoyat nurlarini tamsil etgan Qur'oni Karim qalb koʻzi bilan haq va haqiqatni koʻrishni ta'minlaydi. Shuning uchun uning nuridan uzoqda qolganlar zulmatlarda qoladilar. Zero hamma narsa nur bilan koʻriladi, anglashiladi va bilinadi. Xullas, shu kitobi kabirning ma'naviy va doimiy quyoshi boʻlgan Qur'oni Karimning nuri tajalliysiga bu asrimizda "Nur" ismi bilan nomlangan Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi sazovor boʻlgan. U Nurlar-ki, zulmatlardan ayrilishni istamagan koʻr shapalak tabiatli, gʻaflat uyqusi bilan kunduzini tun qilgan safohatparast, aqli koʻziga tushgan, zulmatlarda qolib koʻzi koʻrmas boʻglanlarga va yoʻlini adashtirganlarga qarshi proektor kabi nurlarini iymon haqiqatlariga qaratib siroti mustaqimni batamom koʻr boʻlmaganlarga koʻrsatadi. Nur toʻqmogʻini ahli kufr va munkirlarning boshiga urib "Yo aqlingni boshingdan chiqar ot hayvon boʻl, yoxud aqlingni boshingga olib inson boʻl!" deydi.
Ilm bir navi nur boʻlganiga koʻra, Risola-i Nurning ilmga boʻlgan eng chuqur voqifligini koʻrsatadigan bir-ikki daliliga qisqa ishora qilamiz.
Avvalo: Shuni eslashimiz darkorki: Risola-i Nur boshqa kitoblarni emas, balki faqat Qur'oni Karimni ustoz sifatida tanishi va unga xizmat qilishi e'tibori bilan, maqbuliyati haqida bizning bu mavzuda soʻz aytishimizga hojat qoldirmaydi. Biz faqat ilm arbobi mobaynida Risola-i Nurning qiymatini koʻrsatish uchun qoʻshimcha ravishda deymizki:
Risola-i Nur hozirga qadar hech bir ilm odami toʻliq bir ochiqlik bilan isbot qilolmagan eng qiyin tushuniladigan masalalarni gʻoyat oddiy bir shaklda, eng omi avom tabaqasidan tortib eng oliy xoslar tabaqasiga qadar harkasning iste'dodi nisbatida anglay oladigan tarzida, shubhasiz ishontiruvchi va yaqiyniy bir shaklda izoh va isbot qilishidir. Bu xususiyat deyarli hech bir ilm odamining asarida yoʻqdir.
Ikkinchisi: Barcha Nur asarlari Qur'oni Karimning bir qism oyatlarining haqiqiy tafsiri boʻlib, uning ma'naviy i'jozining yogʻdulari boʻlganini har xususda koʻrsatishidir.
Uchinchisi: Insonlarning eng chuqur ehtiyojlariga qat'iy dalil va burhonlar bilan ilmiy mohiyatda javob berishidir. Masalan: Vojib-ul-Vujudning borligi va oxirat va boshqa iymon ruknlarini bir zarraning lisoni hol va qol suratida tarjimonligini qilib isbot qilishi. Eng mashhur Islom faylasuflaridan Ibn Sino, Farobiy, Ibn Rushd bu maslaklarda butun mavjudotni dalil oʻlaroq koʻrsatganlari holda; Risola-i Nur u haqiqatlarni aynan bir zarra yoki bir urugʻ lisoni bilan isbot qiladi. Agar Risola-i Nurning ilmiy qudratini hozir ularga koʻrsatish mumkin boʻlsaydi, ular hamon tiz choʻkib Risola-i Nurdan dars olar edilar.
Toʻrtinchisi: Risola-i Nur insonning yillarcha mashgʻul boʻlib qoʻlga kirita olmagan ma'lumotlarni loʻnda xulosalar navidan qisqa bir zamonda ta'min qilishidir.
Beshinchisi: Risola-i Nur ilmning asos gʻoyasi boʻlgan rizoyi Ilohiyni qoʻlga kiritishga sabab boʻlishi va dunyo manfaatiga ilmni hech bir jihat bilan vosita qilmasdan toʻliq ma'noda insoniyatga xizmat kabi eng yuksak vazifani tamsil etishidir.
Oltinchisi: Risola-i Nur quvvatli va muqaddas va iymoniy bir tafakkur samarasi boʻlib butun mavjudotning lisoni hol va qol suratida tarjimonligini qiladi. Ayni zamonda iymon haqiqatlarini ilmalyaqiyn va aynalyaqiyn va haqqalyaqiyn darajalarida inkishof ettiradi.
Yettinchisi: Risola-i Nur barcha ilmlarni jamlagan boʻlishidir. Goʻyo ilm iplari bilan toʻqilgan ziynatli gazlama kabidir. Va hozirga qadar hech bir ilm arbobi tarafidan aytilmagan va har ilmga boʻlgan eng chuqur voqifligini koʻrsatgan vajizalar majmuasidir. Misol oʻlaroq bir nechtasini zikr qilib, umumi haqida bir fikr olishni istaganlarga Risola-i Nur dengiziga murojaat qilishini tavsiya qilamiz.
"Chivinning koʻzini yaratgan, quyoshni ham u yaratgandir."
"Bir kapalakning me'dasini tartibga solgan, Manzuma-i Shamsiyani ham u tartibga solgandir."
"Bir zarrani ijod etish uchun, butun koinotni ijod qiladigan soʻngsiz qudrat lozim. Zero shu kitobi kabiri koinotning har bir harfining, ayniqsa ziyhayot har bir harfining har bir jumlasiga yuzlangan bittadan yuzi va qaragan bittadan koʻzi bor."
"Tabiat misoli bir matbaadir, chop qilgan emas.. naqshdir, naqqosh emas.. mistardir, masdar emas.. nizomdir, nozim emas.. qonundir, qudrat emas.. shariati irodiyadir, haqiqati xorijiya emas."
"Sobit, doim, fitriy qonunlar kabi ruh ham olami amrdan, sifati irodadan kelgan va qudrat unga vujudi hissiy kiydirgan.. bir sayyola-i latifani u gavharga sadaf qilgan..."
Va hokazo.. minglab vajizalar bor.
Zarramizni farti shafqatinla shamsi anvoringga tushirding,
Johilligimizla anoniyatimizni diyori irfoningga tushirding.
Ma'dani misimizni pota-i Furqonga tushirding,
Afsuski, u potada zunnori inkorimizni tushirding.
Saroyi Ka'ba-i ulyoga erib tuli amalimizni tushirding,
Maqomi nuri tavhidga borib xobi xayolimizni tushirding.
Haromgohi Ilohiyda suvaydo hujrasiga yukimizni tushirding,
Hay'ati suratining ichidagi ma'noga koʻnglimizni tushirding.
To azal tongida vahdat ohangini eshitding,
Layliyi zamon Qays ila bir damda koʻrishding.
Doʻst iqlimining lolasining bogʻlariga erishding,
Vahdati soqi midodini سَقَيهُمْ kavsariga tushirding.
Boʻlmasayding ey Risola-i Nur bizga sen ehson;
Chohi mosivo, nafsi togʻutla yutar edi bizni hamon.
Zalolatdan oʻtolmas, kufr menligida qolardik uryon,
Hamdan Lilloh qatramizni bahri anvoringga tushirding.
Sendagi asrori Haq سَوْفَ تَرَينِى ni soʻylasam,
Gul jihatidagi Lahut menini sharh va bayon aylasam.
Nur-i Xudo, moʻminga hadya, zalolatga sayfi hamta-mi desam;
Zulfiqor va Asoyi Muso ila munkirlarni girdobga tushirding.
Oshinoyi bazmi Haqdir Risola-i Nur talabalari;
Nuri Yazdon, Fayzi Qur'ondir jumlasining rahbari.
Bu ojiz notuvon ularning bir haqir kamtari,
Halil Ibrohimga "haqi dari oli aba" tom tushirding.