SAKKIZINCHI SHU'LA
[Ma'lum boʻlsinki, men Risola-i Nurning qiymatini va ahamiyatini bayon qilish bilan Qur'onning haqiqatlarini va iymonning ruknlarini e'lon qilish va iymon zaifligiga tushganlarni ularga da'vat qilish va ularning quvvatlarini va haqqoniyatlarini koʻrsatishni istayman. Boʻlmasa, aslo! Oʻzimni va hech bir jihat bilan yoqtirmagan nafsi ammoramni yoqtirtirish va madh qilish emas. Ham Risola-i Nur zohiran mening asarim boʻlish e'tibori bilan sano etmayman. Balki yolgʻiz Qur'onning bir tafsiri va Qur'ondan ilhomlangan bir tarjimoni haqiqiysi va iymonning hujjatlari va e'lonchisi boʻlish e'tibori bilan ustun vasflarini bayon qilmoqdaman. Hatto bir qism risolalarni ixtiyorim xorijida yozganim kabi, Risola-i Nurning ahamiyatini zikr qilishda ixtiyorsiz hukmidaman. Imomi Ali (Roziyallohu Anh) Oyat-ul Kubro nomini bergan "Yettinchi Shu'la" risolasini yozishda koʻp zahmat chekkanimga bir oldindan berilgan mukofot va bir maqbuliyat alomati va bir tashviq sababi boʻlib bu karomati Jaljalutiya inoyati Ilohiya tarafidan berilganiga shubham qolmagan. Tahdisi ne'mat navidan buni "Sakkizinchi Shu'la" sifatida yozdim. Boʻlmasa hashrga doir muhim bir oyatning moʻ'jizali boʻlgan burhonlarini yozar edim.]
Ha, Oʻn Sakkizinchi va Yigirma Sakkizinchi Yogʻdularda izoh va isbot qilingan ikki zohir karomatini dastaklab va quvvatlantirib Qasida-i Jaljalutiyasida Sirojunnurdan yaqollik darajasida xabar bergani kabi, yana oʻsha Qasidada Sirojunnurning eng nomdor risolalariga ishora qiladi, goʻyo olqishlaydi; va sakkiz adad ramz bilan mashhur bir qism risolalarini koʻrsatadi.
BIRINCHISI: Risola-i Nurni ochiq shaklda bildirgan تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ سِرًّا بَيَانَةً parchasidan soʻngra Suryoniy lisoni bilan asmoyi husnadan madad va Qur'oniy suralar bilan bir munojot qiladi. Batamom oʻttiz uch suralar bilan shunday gʻarib va ma'nodor bir tarzda zikr qiladiki; bir qism sirlarni va gʻaybiy xabarlarni ham bildirmoq istagani anglashiladi. Men mashaqqatli bir zamonda Imomi Alining (Roziyallohu Anh) Oyat-ul Kubro nomini bergan "Yettinchi Shu'la"ni tugatganim ayni vaqtda -e'tiqodimga koʻra menga tez bir mukofot va bir haq sifatida- kechasi davomida Jaljalutiyani oʻqidim. Birdan bir gʻaybiy eslatma kabi qalbimga deyildi: Imomi Ali Roziyallohu Anh Risola-i Nur bilan juda ham mashgʻul. Majmuidan xabar bergani kabi, qiymatdor risolalariga ham ishora darajasida ramz qilib imo qiladi. Agar ochiq bir suratda gʻaybdan xabar berish (juda zararli boʻlganidan, hikmatga zid boʻlgani jihat bilan) hikmati Ilohiya tarafidan man boʻlmasa edi, ochiq shaklda bildirar edi. Masalan, suralarni sanab oʻtarkan, yigirma beshinchiga kelgani vaqt deydiki:
Xullas, bu ifodalarda Eskishahar Ogʻir Jazo Mahkamasini hayratda qoldirgan va ustida koʻz bilan koʻringan bir karomati bilan va qiyomat va hashrni isbot qilgan horiqo hujjatlari bilan mashhur boʻlgan "Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz"ga Hazrat Imomi Ali (Roziyallohu Anh), zikr va sanab chiqqan suralarning yigirma toʻqqizinchi martabasida وَالشَّمْسُ كُوِّرَتْ bilan unga ishora qiladi. Chunki qiyomat boʻlishidan gʻoyat dahshatli xabar bergan اِذاَ الشَّمْسُ كُوِّرَتْ surasiga toʻliq uygʻun bir suratda oʻsha Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz qiyomatning va olam xarob boʻlishining va dunyo oʻlimining va oxirat hayotining va oʻliklarni tiriltirishning qat'iy hujjatlarini bayon qilarkan, bu suraning dahshatli tasvirini zikr qilishi; ham ma'noda, ham yigirma toʻqqizinchi martabada uygʻunliklari u ishorani isbot qiladi.
Ham zarralarning oʻzgarishida boʻgʻilgan moddiyunlarni jim qilgan va zarralarning oʻzgarishi va harakatlarini, vazifa va intizomlarini oʻxshovsiz bir tarzda isbot qilgan Oʻttizinchi Soʻz nomli Zarralar Risolasiga Hazrat Imomi Ali (Roziyallohu Anh), oʻttizinchi martabada وَبِالذَّارِيَاتِ ذَرْوًا qasami bilan unga ishora qiladi. Ha, bu ishorada lafzan va suratan Sura-i وَالذَّارِيَاتِ ذَرْوًا va Risola-i Zarrot bir-biriga oʻxshashlik bilan barobar ma'no jihati bilan ham munosabat bor. Chunki Sura-i وَالذَّارِيَاتِ ning boshida tasodifiy va intizomsiz deb oʻylangan havoning toʻlqinlanishi gʻoyat hikmatli va vazifador boʻlib rububiyatning takviniy amrlarini atrofga yetishtiradi deb ifoda qilgani kabi, Risola-i Zarrot ham moddiyunlar tarafidan tasodifiy va intizomsiz deb oʻylangan zarralar harakati ham gʻoyat hikmatli va u zarralar muntazam vazifalar bilan vazifador boʻlganliklarini gʻoyat quvvatli va qat'iy burhonlar bilan isbot qiladi.
Ham Me'roji Muhammadiy Alayhissalotu Vassalomni aqliy dalillar bilan gʻoyat ma'qul va qat'iy bir suratda isbot qilgan va "Oʻttiz Birinchi Soʻz" nomida va martabasida boʻlgan Risola-i Me'rojga Hazrat Imomi Ali (R.A.) oʻttiz birinchi martabada Me'roji Ahmadiy (A.S.V.) va Qobi Qavsayndagi mushohada va muqolamani ochiq bir suratda boshlagan Sura-i وَالنَّجْمِ اِذَا هَوٰى ning boshida boʻlgan وَالنَّجْمِ اِذَا هَوٰى jumlasi bilan yaqqollikka yaqin bir tarzda oʻsha risolaga ishora qiladi va Sura-i وَالطُّورِ ni qoldirib, وَالذَّارِيَاتِ dan keyin وَالنَّجْمِ surasini zikr qilishi bu ishorani quvvatlantiradi.
Ham Shaqqi Qamar moʻ'jizasini munkirlarga qarshi quvvatli dalillar bilan isbot qilgan Me'roj Risolasining zayli boʻlgan Shaqqi Qamar Risolasi nomli oʻttiz birinchi martabaning oxirida u risolaga Hazrat Imomi Ali (R.A.) Shaqqi Qamarni nassi sarih bilan zikr qilgan Sura-i اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَانْشَقَّ الْقَمَرُ dan iqtibos etib oʻttiz birinchi martabaning oxirida zikr qilingan وَبِاِقْتَرَبَتْ لِىَ اْلاُمُورُ تَقَرَّبَتْ ifodasi bilan sarohatga yaqin ishora qiladi.
Ma'lumdirki: Risola-i Nur boshda oʻttiz uch adad Soʻzlardir va Soʻzlar nomi bilan yod qilinadi. Faqat Oʻttiz Uchinchi Soʻz mustaqil emas, balki oʻttiz uch adad Maktubotdan iborat. Va Maktubot nomi bilan zikr qilinadi. Soʻngra Oʻttiz Birinchi Maktub ham mustaqil emas, balki oʻttiz bir adad Yogʻdulardan tashkil topgan. Va Yogʻdular nomi bilan mashhurdir. Soʻngra Oʻttiz Birinchi Yogʻdu ham mustaqil boʻlmagan, u ham inshaalloh oʻttiz bir adad Shu'lalardan tarkib topadi. Al-Oyat-ul Kubro yettinchi va bu risola Sakkizinchi Shu'lalardir. Demak, Soʻzlarning xotimasi Oʻttiz Ikkinchi Soʻz. Ham Risola-i Nurning yulduzlari ichida bir Quyosh hukmida shogirdlari tomonidan qabul qilingan Oʻttiz Ikkinchi Soʻz nomli Uch Qismli hayratomuz va jome' risola va Soʻzlarning bir jihatda xotimasi va jam'iyatli natijasi boʻlgan u risolaga Hazrat Imomi Ali (R.A.) uning favqulodda ahamiyatini va jome'iyatini koʻrsatish uchun Qur'onning koʻp suralari bilan birdan Oʻttiz Ikkinchi martabada وَبِسُوَرِ الْقُرْاٰنِ حِزْبًا وَاٰيَةً qasami bilan Oʻttiz Ikkinchi Martabada boʻlgan u jome' risolaga ishora qiladi. Risola-i Nurning Oʻttiz Uchinchi Soʻzi esa, bundan avval bayon qilganimiz kabi, oʻttiz uch adad maktublardan iborat va Maktubot nomli oʻttiz uch kitob va yuzdan ziyoda risolalardir.
Xullas, Hazrat Imomi Ali (R.A.) Oʻttiz Uchinchi Martabada va qasamida Oʻttiz Uchinchi Soʻzning parchalari boʻlgan oʻsha bir yuz oʻnta kitob va Maktubotga birdan ishora qilish uchun bir yuz oʻnta samoviy sahifalar nomli bir yuz oʻn muxtasar kitoblar va oʻsha buyuk muqaddas kitoblardan madad istash ma'nosida boʻlgan shu:
kalomi bilan ishora qiladi. Ma'lumdirki: Ilmi balogʻatda va fanni bayonda uzoq va yashirin ma'nolarga dalolat qilish uchun karina ta'bir qilganlari alomatlardan va munosabatlardan birisi boʻlsa, uzoq bir ma'no va yashirin va ishoriy boʻlgan bir mafhum karinaning quvvatiga koʻra ochiq va zohir ma'nosi kabi qabul qilinadi. Xullas, bu qoidaga binoan, bu ishoriy ma'nolarning har birisiga koʻpgina karinalar, alomatlar boʻlgani kabi boshqa doʻstlari ham unga karinalar boʻladi. Risola-i Nurning majmuidan xabar bergan ochiq parchalar ham har birisiga quvvatli bir karinadir.
IKKINCHI RAMZ: Qur'onning Al-Oyat-ul Kubrosi boʻlgan
ning haqiqati kubrosini va tafsiri akbarini koʻrsatgan va ramazoni sharifning ilhomiy bir hadyasi boʻlgan "Yettinchi Shu'la" risolasiga Hazrat Imomi Ali (R.A.) Maktubotga ishoradan soʻngra "Yogʻdular"ga ishora ichida Shu'lalarga qarab
{(Hoshiya) Imomi Ali bu parcha bilan ishora qiladiki, Oyat-ul Kubro risolasi sababli shogirdlari bir musibatga tushadilar va uning karomati va barakasi bilan amniyatga va salomatga chiqadilar. Ha, bu karomati Alaviya batamom chiqdiki, oʻsha risola uchun qamoqqa tushib va uning quvvatli haqiqatlari bilan qutuldilar.} deb ilmi balogʻatda "mustatbaot-ut tarokib" va "maoriz-ul kalom" deyilgan ma'no-i zohiriyning tobeligi bilan va pardasining orqasi bilan koʻplab karinalarning quvvatiga koʻra ishora qiladi.
Va u ajib va yuksak va tavhidning hujjat-ul kubrosi; va Al-Oyat-ul Kubroning bir alomati kubrosi va bir tafsiri a'zami boʻlgan risolaga "Oyat-ul Kubro" nomini beradi. Va u nom bilan ham manbai boʻlgan Oyat-ul Kubroning azamatini, ham bu "Yettinchi Shu'la" boʻlgan vahdoniyatning va tavhidning burhoni a'zamining favqulodda quvvatini e'lon qiladi, xabar beradi. Hazrat Imomi Alining (R.A.) bu buyuk iltifotiga, bu risolaning layoqatiga kimningdir bir shubhasi boʻlsa, kelsin, bir marta oʻsha risolani oʻqisin. Agar ha, loyiqdir demasa, menga tuf desin. Ha, Qur'onga qarshi ming yildan beri intiqomona tayyorlangan dinsizlarning e'tirozlarini va kofir faylasuflarning yigʻilib hozir yoʻl topib tarqalgan shubhalarini va Qur'onning dahshatli zarbalaridan intiqom ilinjida boʻlgan oʻjar Yahudiylarning va magʻrur bir qism Nasroniylarning hujumlarini daf qilib qarshilik qilgan va har asrda Qur'onning juda koʻp qahramonlari va ma'naviy qal'alari bor edi. Hozir ehtiyoj bir-ikkidan yuzga chiqqan. Va mudofaachilar yuzdan ikki-uchga tushgan. Ham iymon haqiqatlarini ilmi kalomdan va madrasadan oʻrganish koʻp vaqtga muhtoj boʻlganidan, bu zamonda u eshik ham yopildi. Ham tez, ham hamma tushunadigan bir tarzda eng chuqur haqiqatlarni ta'lim bergan Risola-i Nur, albatta Imomi Ali Roziyallohu Anhning bu iltifotiga loyiqdir. Ham Imomi Ali (R.A.) oʻninchi sanash martabasida oʻninchi sura boʻlib va qiyomat va baroat kechasiga qaragan وَبِسُورَةِ الدُّخَانِ فِيهَا سِرًّا قَدْ اُحْكِمَتْ deb ma'no-i ishoriysi bilan "Oʻninchi Soʻz" nomli va martabasida boʻlgan Hashr Risolasiga ishora bilan barobar u risolaning favqulodda ahamiyatini va gʻoyat sogʻlom boʻlganini va u zamonning tumanli qorongʻuliklarini ketkazgan bir baroat kechasining bir qandili hukmida boʻlganiga va hashr va qiyomatning bir alomati boʻlgan tutun, ham baroat kechasining sanaviy boʻlib hikmatli ishlarni ayirish va taqsimlash nuqtalari bilan va boshqa karinalar bilan imoan va ramzan xabar beradi. Ha, Oʻninchi Soʻz juda ahamiyatli bir baloni daf qildi. Hurriyati afkor erkinligi va jahon urushi larzasi vaqtida hashrni inkor qilgan munofiqlar fursat topib koʻp yerlarda zaharli fikrlarini izhor qilishni boshlaganlari bir zamonda "Oʻninchi Soʻz" chiqdi va chop qilindi. Ming nusxasi atrofga yoyildi. Uni koʻrgan harkas kamoli ishtiyoq va qiziqish bilan oʻqidi. Zindiqlarning kofirona fikrlarini toʻliq sindirdi va ularni jim qildi. Imomi Ali Roziyallohu Anhning bu taqdiriga layoqatini isbot qildi. Kimning shubhasi boʻlsa kelsin, uni diqqat bilan oʻqisin, hashrning qanchalar quvvatli bir burhoni boʻlganini koʻrsin.
Ham Hazrat Imomi Ali Roziyallohu Anh oʻn toʻqqizinchi sura boʻlib Surat-un Nurni
parchasi bilan zikr qilib juda muxtasar boʻlgan Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzga va juda mukammal boʻlgan "Oʻn Toʻqqizinchi Maktub"ga ishora uchun nur lafzini takror qilish bilan maktublarning martabasi, ya'ni "Oʻn Toʻrtinchi Maktub" nuqson qolishiga imo qilib Sura-i Nurni oʻn beshinchida yana zikr qilishi bilan gʻoyat latif va mudaqqiqona xabar beradi. Va u ikki risolalarni Risola-i Nurning buyuk nurlari boʻlganliklarini bildiradi. Ha, risolati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalomga doir boʻlgan "Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz" ham uch jihat bilan karomatli va hayratomuz boʻlgan "Oʻn Toʻqqizinchi Maktub" haqiqatdan Risola-i Nurning eng porloq bittadan nuridirlar. Va Oisha-i Siddiqa Roziyallohu Anhaning oqlanishi munosabati bilan oyati Nurning مَثَلُ نُورِهِ kalimasidagi olmosh uch jihatdan birisi bilan Muhammad Alayhissalotu Vassalomga taalluqli boʻlish jihati bilan Sura-i Nur Zoti Muhammadiya Alayhissalotu Vassalom bilan ziyoda aloqador boʻlganidan, u sura bilan risolati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalomni isbot qilgan oʻsha ikki risolaga ikki nur lafzi bilan, balki uch nur kalimalari bilan yana aynan risolati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomni isbot qilgan "Me'roj Risolasi"ga ham ishora qilgan. Men e'tirof qilamanki: Oʻn Toʻrtinchi Maktub nuqson qolganini unutgandim. Hazrat Imomi Ali (R.A.) ayni surani ikki marta takror qilishi bilan esladim va ishoralaridagi diqqatiga hayron boʻldim. Faqat u takror yolgʻiz "Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz va Maktub" uchun sanaladi; undan keyingilarga nisbatan sanalmaydi.
UCHINCHI RAMZ: "Yigirma Sakkizinchi Yogʻdu"da izoh va isbot qilingan
parchalari bilan Risola-i Nurning uch ahamiyatli vaziyatini xabar beradi. Bu parchalarning sarohatga yaqin bir suratda ham jifr, ham ma'no jihati bilan Risola-i Nurga ishorasini "Oʻn Sakkizinchi Yogʻdu"da izohiga binoan, bu yerda esa u yerda zikr qilinmagan va Imomi Ali Roziyallohu Anhning nazari diqqatini jalb qilgan yolgʻiz uch sirri bayon qilinadi.
Birinchisi: Musulmonlar ichida, dallollar qoʻlida e'lon suratida kezdirishga loyiq boʻlgan Risola-i Nur, afsuski gʻoyat yashirin parda ostida tarqalish va yashirinishga majbur boʻlishiga ishora qilib Imomi Ali Roziyallohu Anh ikki marta سِرّاً بَيَانَةً va سِرًّا تَنَوَّرَتْ kalimalari bilan سِرّاً ya'ni faqat yashirin tarqala oladi. Taajjubona xabar beradi.
Ikkinchisi: Risola-i Nur Ismi A'zam jilvasi bilan va Ismi Rahim va Hakimning tajalliysi bilan namoyon boʻlganidan, imtiyozli xossasi "Allohu Akbar"dan iqtibos qilib jalol va kibriyo, "Bismillahirrohmanirrohiym"dan fayzlanib marhamat va shafqat, وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ dan foydalanib hikmat va intizomning asoslari uzra ketadi. Uning ruhi va hayoti ulardir. Boshqa mashrablardagi ishq oʻrniga Risola-i Nurning mashrabida mushtoqona shafqatdir va marhamatkorona muhabbatdir.
Qandayki Hazrat Imomi Ali (R.A.) ochiq bir suratda Sirojunnurning ta'lif tarixini va takommillashish zamonini va mashhur ismini تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ parchasi bilan xabar bergan. Xuddi shuning kabi بِنُورِ جَلاَلٍ بَازِخٍ وَشَرَنْطَخٍ oxirigacha.. parchasi bilan ham Sirojunnurning asoslaridan xabar beradi. Chunki جَلاَلٍ بَازِخٍ izzat, azamat va jalol va kibriyodir. شَرَنْطَخٍ Suryoniycha Rauf va بَرْكُوتٍ Rahimdir. Demak, Hazrat Imomi Ali Roziyallohu Anh Sirojunnurni ta'rif qilmoqda. Hayotini va nurini kibriyo va azamat va marhamat va rahimiyatdan olmoqda deb tanlangan xususiyatini bayon qiladi.
Uchinchisi: Hazrat Imomi Ali Roziyallohu Anh bu parchada بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ jumlasi bilan deydiki: Bir ming uch yuz ellik toʻrtda (1354) Siroj-un Nur (ya'ni, Risola-i Nurning nuri) bilan zalolatning tajovuz qilgan olovi inshaalloh soʻnadi. Ya'ni, diniy fitna otashini yo buzgʻunchilikdan voz kechiradi, yoki oldingi tajovuzlarini sindiradi. Agar hijriy tarixi boʻlsa, bundan ikki yil avval dinni dunyodan ayirmoq fursatidan foydalanish bilan dinning va Qur'onning zarariga boʻlib ilgarilagan dahshatli rejalarning tajovuzlari toʻxtashi, albatta qarshilarida kuchli bir toʻsiqning boʻlganidandir. Oʻsha toʻsiq esa, bu zamonda koʻp tarqalgan Risola-i Nurning keskin hujjatlari va kuchli burhonlari boʻlgani koʻp alomatlar bilan his qilinmoqda. Va bu ikkinchi ehtimoldagi ishorati Alaviya ham uni quvvatlantiradi.
{(Hoshiya) Hamda اِنَّا اَعْطَيْنَا ning sirri qisman amalga oshgan. Chunki Sufyoniyatning toʻrt rahnamosidan eng kuchlisi va dahshatlisi butun-butun chekindi. Qabr ostida azob chekmoqda. Va eng kattasi ham aloqasi amalda chekingan. Mason komitetining mahkumi va vositasi boʻlib azobi bilan mashgʻul. Yolgʻiz uning soyasi hukm qilmoqda. Yana tajovuz qilmaslik bilan barobar, qisman chekinmoqda. Qolgan ikki shaxs esa, qoʻllaridan kelsa, ta'mirga urinadilar.}
Ha, jifrga koʻra بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ : خ olti yuz (600), ت toʻrt yuz (400), ر ikki yuz (200), shaddali ن yuz (100), م qirq (40), د va uch ا yetti (7), بِهِ dagi ب ikki (2) , ه besh (5), jami bir ming uch yuz ellik toʻrt (1354) boʻladi. Lillahilhamd, Siroj-un Nurning Al-Oyat-ul Kubrosi kabi koʻp risolalari bor. Har biri kuchli bittadan chiroq hukmida siroti mustaqimni koʻrsatib Imomi Ali Roziyallohu Anhning xabarini tasdiq qiladilar.
Bu uchinchi sirning muosabati bilan aynan بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ kabi bir ming uch yuz ellik toʻrt (1354) tarixiga jifriy maqomi bilan qaragan va Saidning (R.A.) ikki mashhur laqabiga ramzan va isman imo qilgan va "oʻzingni muhofaza qil" amrini bergan va u tarixda harkasdan ziyoda bir qancha tahlikalarga ma'ruz boʻlishini talvih qilgan "Arjuza"ning oxirlaridagi
parchasi bilan deydi: "Ey Said-al Kurdiy! Bir ming uch yuz ellik toʻrt (1354) tarixiga yetishsang, Mavloyi Azimingdan u zamonning va u asrning fitna va sharrlaridan muhofazani ista va yolvor". Ha, Oʻn Sakkizinchi Yogʻduda Birinchi Karomati Alaviyaning izohida, Qasida-i Arjuziyaning Risola-i Nur va muallifiga doir gʻaybiy ishoralari bayon qilingan. Imsi a'zam va sakina ta'bir qilgani asmo-i sitta-i mashhura bilan doimo mashgʻul boʻlgan bir shogirdi bilan gapirgani va tasalli bergani va koʻp alomatlar va ishoralar bilan oʻsha shogird Said boʻlgani isbot qilingan. Va u yerda oʻsha shogirdiga degan:
Ya'ni, ajnabiy harflari bir ming uch yuz qirq sakkizda (1348) umumiylashtiriladi, bola-chaqa, amirlar va faqirlar majburlash suratida tungi darslar bilan oʻrganishga harakat qiladilar.
Ha, سُطِّرَتْ تَسْطِيرًا jumlasi batamom; ikki ت sakkiz yuz (800), ikki س bir yuz yigirma (120), ikki ر toʻrt yuz (400), ikki ط oʻn sakkiz (18), bir ى oʻn (10), jami bir ming uch yuz qirq sakkizdir (1348). Ayni tarixda Lotincha harflariga tungi darslari bilan jabran dars qildirildi. Soʻngra Imomi Ali (R.A.) Sakina bilan mashgʻul boʻlgan Saidga qaraydi, gapiradi. Davomida يَا مُدْرِكًا لِذَلِكَ الزَّمَانِ deydi. Ikki-uch yerda quvvatli ishora bilan Said ismini bergan shogirdiga xitoban "Oʻzingni Sakina bilan duo qilib muhofazaga harakat qil". Yo-i nidoiydan soʻngra koʻpgina ishoralar va alomatlar bilan Said bor. Demak يَاسَعِيدُ مُدْرِكًا لِذَلِكَ الزَّمَانِ boʻladi. Bu parcha qandayki مُدْرِكًا kalimasi bilan "Al-Kurdiy" laqabiga ham lafz, ham jifr jihatidan qaraydi. Chunki mimsiz دَرْكًا "Kurd" qalbidir. {(1) Ya'ni teskaridan oʻqilgan.} "Mim" esa "lom" va "ye"ga toʻliq muvofiqdir. Shuning kabi, boshqa bir ismi boʻlgan Badiuzzamon taxallusiga ham "az-zamon" kalimasi bilan imo qilish bilan barobar, bir ming uch yuz ellik toʻrt (1354) yoki bir ming uch yuz ellik besh (1355) jifriy maqomi bilan Saidning holatining haqiqatini va odatga xilof vaziyatini hamda muhofaza va qoʻriqlash uchun koʻplab duosini va xilvat va yolgʻizligini batamom ta'bir va ifoda qilganidan, yaqollikka yaqin bir suratda barmogʻini uning boshiga oʻsha qasidada tasalli uchun bosadi. Bu yerda ham بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ sirriga mazhar boʻlgan Risola-i Nurni olqishlaydi.
Ma'lum boʻlsinki, Jaljalutiyaning asosi va ruhi boʻlgan
Imomi Ali Roziyallohu Anhning eng muhim va eng mudaqqiq uvaysiy bir shogirdi va Islomiyatning eng mashhur va porloq bir hujjati boʻlgan Imom Gʻazzoliy (R.A.) Hujjat-ul Islom deydiki: "Ular vahiy bilan Paygʻambarga (A.S.V.) nozil boʻlgan vaqt Imomi Aliga (R.A.) "Yoz" deb amr qildi. U ham yozdi. Soʻngra nazm etdi". Imom Gʻazzoliy (R.A.) deydi:
Imom Gʻazzoliy Imom Nuriddindan dars olib bu Jaljalutiyaning ham Suryoniy kalimalarini, ham qiymatini va xususiyatini sharh qilgan.
Toʻrtinchi Ramz: Imomi Ali (R.A.) Siroj-un Nurdan xabar bergandan keyin yana oʻttiz uch va bir jihatdan oʻttiz ikki adad Suryoniycha ismlarni sanab oʻtarkan, Risola-i Nurning eng quvvatli, eng qiymatdor boʻlgan Moʻ'jizoti Qur'oniya Risolasiga va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzga quvvatli ishora qilgani kabi, boshqa risolalarga ham ramzan yoki imoan yoki talvihan qaraydi. Ha, Hazrat Imomi Ali (R.A.) Risola-i Nurga qarab Suryoniy ismlarni kirgizib deydi:
{(Hoshiya) Hashrga doir mashhur Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzga, keyin Me'roj va zayli Shaqqi Qamarga qaraydi.}
deb duo bilan xatm qiladi. Hazrat Imomi Ali (R.A.) boshda yaqqollik bilan xabar bergan Risola-i Nurni Siroj-un Nur va Siroj-us Surj nomi bilan Birinchi Martabada oshkora uni koʻrsatib sanab oʻtarkan, Yigirma Beshga kelgan vaqtda بِتَمْلِيخٍ اٰيَاتٍ شَمُوخٍ تَشَمَّخَتْ deydi. Qur'on oyatlarining i'jozlarini bayon va Qur'onning qirq jihat bilan moʻ'jiza boʻlganini yetti adad kulliy jihatlarda isbot qilgan Risola-i Nurning eng mashhur va porloq risolasi boʻlgan Yigirma Beshinchi Soʻz nomli Moʻ'jizoti Qur'oniya Risolasiga ishora qiladi. Chunki boshda Siroj-un Nurning birinchi martabada sanalishi, ham بِتَمْلِيخِ اٰيَاتٍ parchasida
اٰيَاتٍ kalimasining boʻlishi, ham yigirma beshinchi martabada zikr qilishi, quvvatli bir ishoradirki: Juda koʻp oyatlarni zikr qilib i'jozlarni va sirlarni bayon qilgan Yigirma Beshinchi Soʻzga ma'no-i majoziy bilan qaraydi. Va suralarning sanalishida ham yana yigirma beshinchi martabada iborani almashtirib boshdan boshlayotganday بِحَقِّ تَبَارَكَ deb Risola-i Nurning eng muborak va barakali boʻlgan Yigirma Beshinchi Soʻzning ahamiyatini koʻrsatadi. Soʻngra yigirma olti va yettida اَبَاذِيخَ بَيْذُوخٍ وَذَيْمُوخٍ بَعْدَهَا deydi. Soʻngra oʻttiz va oʻttiz birinchida بِبَلْخٍ وَسِمْيَانٍ وَبَازُوخٍ بَعْدَهَا deb yana iborani oʻzgartirib بَعْدَهَا kalimasini zikr qiladi. Gʻoyat zohir va quvvatli bir ishora bilan ijtihodga doir Yigirma Yettinchi Soʻzning sahobalar haqidagi juda muhim va qiymatdor zaylini va Me'rojga doir Oʻttiz Birinchi Soʻzning Shaqqi Qamarga doir va unga juda koʻp ehtiyoj boʻlgan ahamiyatli zaylini بَعْدَهَا kalimasi bilan koʻrsatayotganday, quvvatli ishora qiladi. Men e'tirof qilamanki; men bu zayllarni unutgandim. Imomi Alining (R.A.) bu eslatmasi bilan esladim. Shaqqi Qamarni yuqorida yozdim. Hozir bu onda sahobalar haqidagi zaylni xotirladim. Xullas, modomiki balogʻat ilmi va bayon fanida birgina ishora bilan majoziy bir ma'no murod boʻla oladi va birgina munosabat bilan bir ma'noga ishora boʻlsa, oʻsha ma'no bir ma'no-i ishoriy boʻlib qabul qilinadi. Albatta, zohir va koʻp ishoralar va alomatlarni inobatga olmasak, faqat bu ikki yerda toʻliq zayllar boʻlgan ayni maqomda va zayl ma'nosida boʻlgan بَعْدَهَا kalimasini takror suratida ifodani almashtirib aytishi, toʻliq bir alomatdirki, Hazrat Imomi Ali (R.A.) ma'no-i haqiqiysidan boshqa bir ma'no-i ma'joziy va ishoriyni ham ifoda qilishni istaydi.
Soʻngra yigirma toʻqqizinchi martabada, haybatli bir tarzda
deydi. Yigirma beshda oʻtgan va sirlarni bilish ma'nosida boʻlgan تَشَمَّخَتْ kalimasini takror bilan sobiqan bayon qilganimiz gʻaroyib Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzga quvvatli bir alomat bilan ishora qiladi. Soʻngra oʻttiz ikkinchi martabada suralarni sanab chiqilishda ahamiyat bilan ishora qilgan qamrovli risola boʻlgan Oʻttiz Ikkinchi Soʻzga yana nazari diqqatni kuchli jalb qilish uchun ذَيْمُوخٍ اَشْمُوخٍ بِهِ الْكَوْنُ عُمِّرَتْ va bir nusxada بِهِ الْكَوْنُ عُطِّرَتْ ya'ni Ismi Adl va Ismi Hakamning tajalliysi bilan va adolat va mezoni bilan va intizom va hikmati bilan dunyo ta'mir qilinadi. Buzilishdan qutuladi. Ikkinchi nusxa bilan oʻsha ikki ismning xushboʻy isi bilan va juda xush hidlari bilan dunyo goʻzal hidlar oladi. Attor doʻkoni kabi xushboʻy is beradi.
Xullas, Ismi Adl va Ismi Hakamning porloq bir oynalari va bir tafsirlari hukmida boʻlgan Oʻttiz Ikkinchi Soʻzga ishora qiladi va ma'no-i majoziy suratida ifoda qiladi. ذَيْمُوخٍ kalimasining takrori bilan Soʻzlar oʻttiz uch ekan, bir martabasi maktublardan iborat boʻlganiga va Oʻttiz Ikkinchi Soʻz oxirgi martabasi boʻlganiga imo qiladi. Men Suryoniy kalimalarining ma'nolarini tamomi bilan bilolmaganimdan va Imom Gʻazzoliy (R.A.) ham tamomi bilan izoh qilmaganidan, Hazrat Imomi Alining (R.A.) oʻsha kalimalar bilan boshqa risolalarga ishoralarini hozircha qoldiraman.
Beshinchi Ramz: Modomiki Jaljalutiya vahiy bilan Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomga nozil boʻlgan. Va Allam-ul Gʻuyubning ilmi bilan ma'no ifoda qiladi. Ham modomiki Jaljalutiya اَقِدْ كَوْكَبِى va تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ parchalarida ma'no-i majoziy bilan oʻsha qasidaning haqiqatini isbot qilgan Risola-i Nurga ochiqchasiga va uning oʻn uch ahamiyatli risolalariga ishoratan xabar berish bilan barobar,
فَيَا حاَمِلَ اْلاِسْمِ الَّذِى جَلَّ قَدْرُهُ da ham oʻsha qasidaning bir asosi boʻlgan اَ لاِسْمُ الْمُعَظَّمْ bilan koʻp mashgʻul va madad istagan Risola-i Nur muallifiga va buning oʻn uchta ahamiyatli hayot hodisalariga imo, ramz, ishora navidan majoziy ma'no bilan xabar beradi. Ham modomiki majoziy ma'no bilan va ishoriy ma'noning murod boʻlishiga bir zaif ishora va bir yashirin alomat va birgina munosabat yetarli boʻladi. Ham modomiki Risola-i Nur va risolalariga va muallifi va ahvoliga boʻlgan ishoralar bir-biriga ishora boʻladi. Balki masalaning birligi e'tibori bilan barcha ishoralar alomatlari bilan barobar har birisiga quvvatli bir ishora va kuchli bir alomat hukmidadir. Albatta deya olamizki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) qandayki boshda
ya'ni, "Sirlar xazinasi boʻlgan Bismillahirrohmanirrohiym bilan boshladim. Ruhim u bilan oʻsha xazinani kashf qildi" deb boshqa ishoralarning alomati bilan bir ma'no-i ishoriy va bir madluli majoziy suratida Risola-i Nurning Bismillohi hukmida va fotihasi va basmalasi va Bismillohdagi buyuk sirning haqiqatini bayon qilgan va qisqa va gʻoyat quvvatli Birinchi Soʻz nomli boʻlgan Bismilloh Risolasiga imo, balki ramz, balki ishora qiladi. Aynan shuning kabi: Boshqa ishoralarning alomat va munosabati bilan va Qur'on harflarining sirlaridan bahs qilgan va Rumuzoti Samoniya nomli boʻlgan sakkiz kichik risolalarning mohiyatlarini eslatadigan bir tarzda, iborani almashtirib harflarning sirlari bilan madad istashni boshlashi, latif alomati bilan muazzam duo va munojot va jome' qasami istimdodiyning oxirlarida va Soʻzlarga va Maktublarga ishoradan keyin بِوَاحِ الْوَحَا بِالْفَتْحِ وَالنَّصْرِ اَسْرَعَتْ parchasi bilan Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning
bir qism Qur'on harflarining sirlarini bayon qilgan Rumuzoti Samoniya nomli sakkiz kichik risolalarning eng muhimlari va fathi Makka va fathi Shom va fathi Quddus va fathi Istanbul kabi koʻp Islomiy fathlardan gʻaybiy xabar bergan اِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ وَ الْفَتْحُ surasining sirlarini bayon bilan, Islomiy fathlarning pahlavoni boʻlgan Hazrat Imomi Alning (R.A.) nazari diqqatini jalb qilgan Fath va Nasr Risolasiga.. ham Sura-i Fathning eng muhim va eng oxirgi oyatning besh jihat bilan i'jozini bayon va isbot bilan qahramoni Islom Hazrat Imomi Alining (R.A.) nazari diqqatini jalb qilgan gʻoyat qiymatli boʻlgan Oyati Fath Risolasi nomli kichik bir risolaga imo, balki ishora qiladi degan e'tiqoddaman. Bunday e'tiqodga ishtirok qilinmasa ham, e'tiroz qilinmasligi kerak.
Oltinchi Ramz: Modomiki Hazrat Imomi Ali (R.A.) ustozi qudsiysidan olgan darsiga binoan, Qur'onga aloqador boʻlgan kelajakdagi hodisalardan xabar beradi. Va "mendan soʻrang" deb koʻpgina va toʻgʻri xabarlarni berib bir shohi valoyat boʻlganini unday karomatlar bilan isbot qilgan. Va modomiki bu asrda Ovrupa dinsizlari va ahli zalolat munofiqlari dahshatli bir suratda Qur'onga hujumi hangomida Risola-i Nur oʻsha zalolat seliga qarshilik koʻrsatib, Qur'onning tilsimlarini kashf qilib, haqiqatini muhofaza qilmoqda. Va modomiki
parchasi bilan Yigirma Sakkizinchi Yogʻduda isbot qilingani kabi, yaqqollikka yaqin bir suratda Risola-i Nurga ishora qilish bilan barobar, Sura-i Nurdagi oyati Nurning Risola-i Nurga ishorasiga ishora qiladi. Va modomiki اَقِدْ كَوْكَبِى بِاْلاِسْمِ نُورًا ma'no va jifr jihatidan batamom Risola-i Nurga tavofuq qiladi. Albatta ayta olamizki: Bu parchaning davomida:
parchasi bilan Risola-i Nurning boshlanishda Oʻn Ikki Soʻz nomli mashhur boʻlgan va tarqalgan oʻn ikki kichik risolalariga اَقِدْ كَوْكَبِى alomati bilan, bu parchadagi oʻn ikki Suryoniy kalimalar ularga bittadan ishoradir. Garchi qoʻlimda boʻlgan Jaljalutiya nusxasi eng toʻgʻri va eng ishonchlidir. Imom Gʻazzoliy (R.A.) kabi koʻp imomlar Jaljalutiyani sharh qilganlar. Faqat bu Suryoniy kalimalarning ma'nosini toʻliq bilmaganimdan va nusxalarda farqlilik boʻlganidan, har birisining ishora va munosabat jihatini hozircha bilmaganim uchun, qoldirmoqdaman.
Xulosa: Hazrat Imomi Ali (R.A.) bir marta اَقِدْ كَوْكَبِى parchasi bilan oxirzamonda Risola-i Nurni duo bilan Allohdan yolvorib soʻraydi, istaydi va boshlanishda oʻn ikki risoladan iborat boʻlganidan, faqat oʻn ikki risolasiga ishora qiladi. Ikkinchi martada تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ parchasi bilan yanada ochiq bir suratda Risola-i Nurni madhu sano bilan koʻrsatib takomillashishiga ishora qilib, barcha Soʻzlarni va Maktublarni va Yogʻdularni ramzan xabar beradi. Ham Oʻn Ikki Soʻz nomi bilan koʻp tarqalgan oʻsha kichkina risolalar bu parchadagi kalimalar kabi bir-biriga isman va suratan oʻxshaganlari kabi, Badi' ma'nosida boʻlgan Jaljalutiya kalimasiga uygʻun boʻlib har biri gʻoyat badi' bir tarzda, goʻzal bir tamsil bilan, katta va chuqur bir haqiqati Qur'oniyani tafsir va isbot qiladi.
Agar bir qaysar tarafidan deyilsaki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) bu barcha majoziy ma'nolarni iroda qilmagan?
Biz ham deymizki: Farazan Hazrat Imomi Ali (R.A.) iroda qilmasa, faqat kalom dalolat qiladi. Va alomatlarning quvvati bilan ishoriy va yashirin dalolat bilan ma'nolarni ichiga kiritadi. Ham modomiki u majoziy ma'nolar va ishoriy mafhumlar haqdir, toʻgʻridir va haqiqatga uygʻundir; va bu iltifotga loyiqdirlar va alomatlari quvvatlidir. Albatta Hazrat Imomi Alining (R.A.) bunday barcha ishoriy ma'nolarni iroda qiladigan kulliy bir e'tibori farazan boʻlmasa -Jaljalutiya vahiy boʻlish jihati bilan- haqiqiy sohibi Hazrat Imomi Alining (R.A.) ustozi boʻlgan Paygʻambari Ziyshonning (A.S.V.) kulliy tavajjuhi va Ustozining Ustozi Zuljalolining qamrovli ilmi ularga qaraydi. Iroda doirasiga oladi. Bu xususda mening xususiy va qat'iy va yaqiyn darajasidagi qanoatimning bir sababi shudirki: Ulkan qiyinchiliklar ichida Al-Oyat-ul Kubroning buyuk tafsiri boʻlgan Yettinchi Shu'lani yozishda koʻp zahmat chekkanimdan, bir qudsiy tasalli va tashviqqa haqiqatdan juda muhtoj edim. Hozirga qadar takror-takror tajribalar bilan bu kabi holatlarimda inoyati Ilohiya yordamimga yetishayotgan edi. Risolani tugatganim ayni vaqtda, hech xotirimga kelmagani holda, birdan bu karomati Alaviyaning chiqishi menda hech bir shubha qoldirmadiki: Bu ham mening yordamimga kelgan boshqa inoyati Ilohiya kabi Rabbi Rahiymning bir inoyatidir. Inoyat esa aldatmaydi, haqiqatsiz boʻlmaydi.
Yettinchi Ramz: Hazrat Imomi Ali (R.A.) qandayki
deb birinchi parchasi bilan Yettinchi Shu'laga ishora qilgan. Xuddi shuning kabi, ayni parcha bilan oliy bir tafakkurnoma va tavhidga doir yuksak bir ma'rifatnoma nomli boʻlgan Yigirma Toʻqqizinchi Arabcha Yogʻduga ham ishora qiladi. Ikkinchi parchasi bilan Ismi A'zam va Sakina deyilgan Mashhur Olti Ismning haqiqatlarini gʻoyat oliy bir tarzda bayon va isbot qilgan va Yigirma Toʻqqizinchi Yogʻduni ta'qib qilgan Oʻttizinchi Yogʻdu nomli olti nukta-i asmo risolasiga وَبِاَسْمَآئِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْنِى مِنَ الشَّتَتْ jumlasi bilan ishora qilganidan soʻng davomida risola-i asmoni ta'qib qilgan Oʻttiz Birinchi Yogʻduning Birinchi Shu'lasi boʻlib, oʻttiz uch oyati Qur'oniyaning Risola-i Nurga ishorasini qayd qilib, jifriy hisob munosabati bilan boshdan oyoq harflar ilmi risolasi kabi koʻringan va bir moʻ'jiza-i Qur'oniya hukmida boʻlgan risolaga حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَتَشَامَخَتْ kalimasi bilan ishora qilib,
darhol orqasidan وَاسْمُ عَصَا مُوسىَ بِهِ الظُّلْمَتُ انْجَلَتْ kalomi bilan ham harflar risolasini ta'qib qilgan va Al-Oyat-ul Kubrodan va boshqa Resail-i Nuriyadan tarkib topgan va Asoyi Muso nomini olgan va asoyi Muso kabi, zalolatning va shirkning sehrlarini yoʻq qilgan Risola-i Nurning hozircha eng soʻng va oxirgi risolasiga Asoyi Muso nomini berib ishora bilan barobar, ma'naviy qorongʻuliklarni tarqatishini xushxabar beradi. Ha, وَبِاْلاٰيَتِ الْكُبْرَى kalimasi bilan Yettinchi Shu'laga ishorasi kuchli alomatlar bilan isbot qilingani kabi, ayni kalima boshqa bir ma'no bilan darhaqiqat Risola-i Nurning Oyat-ul Kubrosi hukmida va aksar risolalarning ruhlarini jamlagan va Arabcha boʻlgan Yigirma Toʻqqizinchi Yogʻduga bu kalom, "mustatbaot-ut tarokib" qoidasi bilan unga qaraydi, fardlariga kiritadi. Unday boʻlsa: Hazrat Imomi Ali (R.A.) ham bu parchadan unga qarab ishora qiladi deb bilamiz. Ham boshqa ishoralarning alomati bilan, ham Maktubotdan soʻngra Yogʻdularga, boshqa bir tarzi ibora bilan imo qilib, Yogʻdularning eng porlogʻining ta'lifi dahshatli bir zamonda va qamoq va qatldan qutulmoq va amin va xalos boʻlmoq uchun ma'no-i majoziy va mafhumi ishoriy bilan Hazrati Ali (R.A.) oʻz lisonini buyuk tahlikalarda boʻlgan muallifning hisobiga iste'mol qilib; وَبِاْلاٰيَتِ الْكُبْرٰى اَمِنِّى مِنَ الْفَجَتْ ya'ni "Ey Robbim! Meni qutqar, amon va aminlik ber" deb duo qilishi bilan, batamom Eskishahar qamoqxonasida qatl va uzun qamoq tahlikasi ichida ta'lif qilingan Yigirma Toʻqqizinchi Yogʻduning va sohibining vaziyatiga tavofuq alomati bilan, kalom yashirin va ishoriy dalolat qilganidan deya olamizki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) ham bundan unga ishora qiladi. Ham Oʻttizinchi Yogʻdu nomli va olti nukta boʻlgan risola-i asmoga qarab بِاَسْمَآئِكَ الْحُسْنٰى deb, boshqa ishoralarning alomati bilan, ham Yigirma Toʻqqizinchi Yogʻduga ta'qib alomati bilan, ham ikkisining ismda va asmo lafzida tavofuq alomati bilan, ham tarqoq holga va mashaqqatli bir gʻurbatga va parishoniyatga tushgan muallifi uning ta'lifi barakasi bilan tasalli va bardosh topishiga va ma'no-i majoziy jihatidan Hazrat Imomi Alining (R.A.) lisoni bilan oʻziga duo boʻlgan
وَبِاَسْمَآئِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْنِى مِنَ الشَّتَتْ ya'ni ismi a'zam boʻlgan oʻsha asmo risolasining barakasi bilan "Meni tarqoqlikdan, parishoniyatdan hifz ayla, ey Robbim" ma'nosi batamom oʻsha risola va sohibining vaziyatiga tavofuq alomati bilan kalom majoziy dalolat; va Imomi Ali (R.A.) esa gʻaybiy ishora qiladi deb bilamiz.
Ham modomiki Jaljalutiyaning asli vahiydir. Va sirlidir. Va kelasi zamonga qaraydi; va gʻaybiy istiqboldagi ishlardan xabar beradi. Va modomiki Qur'on e'tibori bilan bu asr dahshatlidir va Qur'on hisobi bilan Risola-i Nur bu qorongʻu asrda ahamiyatli bir hodisadir. Va modomiki yaqqollik darajasida koʻp ishora va alomatlar bilan Risola-i Nur Jaljalutiyaning ichiga kirgan, eng muhim yerida joylashgan. Va modomiki Risola-i Nur va parchalari bu mavqega loyiqdirlar va Hazrat Imomi Alining (R.A.) nazari taqdiriga va tahsiniga va ulardan xabar berishiga layoqatlari va qiymatlari bor. Va modomiki Hazrat Imomi Ali (R.A.) Siroj-un Nurdan ochiq bir suratda xabar bergandan soʻng ikkinchi darajada pardali bir tarzda Soʻzlardan, soʻngra Maktublardan, soʻngra Yogʻdulardan risolalardagi kabi ayni tartib, ayni maqom, ayni raqam taxtida, quvvatli alomatlarning chorlashi bilan kalom dalolat va Hazrat Imomi Alining (R.A.) ishora qilganini isbot qilgan. Va modomiki boshda
risolalarning boshi va Birinchi Soʻz boʻlgan Bismilloh Risolasiga qaragani kabi, muazzam jome' qasamning oxirida risolalarning oxirgi qismlari boʻlgan oxirgi Yogʻdularga va Shualarga, xususan bir Oyat-ul Kubro-i tavhid boʻlgan Yigirma Toʻqqizinchi Yogʻdu-i horiqa-i Arabiya va Risola-i Asmo-i Sitta va Risola-i Ishorati Hurufi Qur'oniya va ayniqsa hozircha eng oxirgi Shu'la va Asoyi Muso kabi; zalolatlarning barcha ma'naviy sehrlarini yoʻq qila oladigan bir mohiyatda boʻlgan va bir ma'noda
Oyat-ul Kubro nomini olgan risola-i horiqoga qarayotganday bir tarzi ifoda koʻrinadi. Va modomiki birgina masalada boʻlgan alomatlar va ishoralar, masalaning birligi e'tibori bilan, alomatlar bir-biriga quvvat beradigan zaif bir munosabat bilan bir tomchi ham manbasiga qoʻshiladi. Albatta bu yetti adad asoslarga tayangan holda deymiz: Hazrat Imomi Ali (R.A.) qandayki: Mashhur Soʻzlarga tartiblari bilan ishora qilgan va Maktubotdan bir qismiga va Yogʻdulardan eng muhimlariga tartib bilan qaragan. Xuddi shuning kabi: وَبِاَسْمَآئِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْنِى مِنَ الشَّتَتْ jumlasi bilan Oʻttizinchi Yogʻduga, ya'ni mustaqil Yogʻdulardan eng oxirgi boʻlgan Asmo-i Sitta Risolasiga tahsinlab qaraydi. Va حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَتَشَامَخَتْ kalomi bilan ham Oʻttizinchi Yogʻduni ta'qib etgan Ishoroti Hurufi Qur'oniya Risolasini taqdirlab, ishora bilan tasdiqlaydi. وَاسْمُ عَصَا مُوسىَ بِهِ الظُّلْمَتُ انْجَلَتْ kalmasi bilan ham hozircha eng oxirgi risola va tavhid va iymonning qoʻlida Asoyi Muso kabi horiqoli eng kuchli burhon boʻlgan majmua risolasini sanokorona ramzan koʻrsatayotganday bir tarzi ifodadan parvosizcha hukm qilamizki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) ham Risola-i Nurdan, ham koʻp ahamiyatli risolalaridan ma'no-i haqiqiy va majoziy bilan ishoriy va ramziy va imoiy va talvihiy bir suratda xabar beradi. Kimning shubhasi boʻlsa, ishora qilingan risolalarga bir karra diqqat bilan qarasin. Insofi boʻlsa, shubhasi qolmaydi deb oʻylayman.
Bu yerdagi ma'no-i ishoriy va madluli majoziylarga alomatlarning eng goʻzali va latifi ayni tartibni muhofaza bilan berilgan ismlarning munosabatidir. Masalan, yigirma toʻqqiz, oʻttiz va oʻttiz bir va oʻttiz ikki sanab chiqish martabasida Yigirma Toʻqqiz va Oʻttiz va Oʻttiz Bir va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzlarga gʻoyat munosib ismlar bilan boshda Soʻzlarning boshi boʻlgan Birinchi Soʻzga, ayni Basmala sirri bilan va oxirda hozircha risolalarning oxiriga, mohiyatini koʻrsatadigan loyiq bittadan ism berib ishora qilishi garchi yashirin boʻlsa ham.. faqat juda goʻzal va latofatlidir. Men e'tirof qilamanki: Bunday maqbul bir asarning mazhari boʻlish, hech bir jihat bilan u maqomga layoqatim yoʻq. Ammo kichik, ahammiyatsiz bir urugʻdan ulkan togʻ kabi bir daraxtni xalq etmoq, qudrati Ilohiyaning sha'nidandir va odatidir va azamatiga dalildir. Men qasam bilan ishontiramanki: Risola-i Nurni sanodan maqsadim, Qur'onning haqiqatlarini va iymonning ruknlarini quvvatlantirish va isbot va nashrdir.
Xoliqi Rahimimga yuz minglab shukr boʻlsinki: Oʻzimni oʻzimga yoqtirtirtirmagan. Nafsimning ayblarini va nuqsonlarini menga koʻrsatgan. Va u nafsi ammorani boshqalarga yoqtirtirish orzusi qolmagan. Qabr eshigida kutgan bir odam orqasidagi foniy dunyoga riyokorona qarashi achinadigan bir ahmoqlik va dahshatli bir zarardir. Xullas, bu holati ruhiya bilan faqat iymon haqiqatlarining tarjimoni boʻlgan Risola-i Nurning toʻgʻri va haq boʻlganiga latif bir munosabat aytaman. Jumladan:
Jaljalutiya Suryoniycha badi' degani. Va badi' ma'nosidadir. Iboralari badi' boʻlgan Risola-i Nur Jaljalutiyada muhim bir joy olib aksar yerlarida tomchilari koʻringanidan, Qasidaning nomi unga qarayotganday berilgan. Ham hozir anglayapmanki: Eskidan beri mening layoqatim boʻlmagani holda, menga berilgan Badiuzzamon laqabi meniki emas edi. Balki Risola-i Nurning ma'naviy bir ismi edi. Zohir bir tarjimoniga qarzga va omonat sifatida taqilgan. Hozir oʻsha omonat ism haqiqiy sohibiga qaytarib berilgan. Demak, Suryoniycha badi' ma'nosida va qasidada takrorlanishiga binoan qasidaga berilgan Jaljalutiya ismi ishoriy bir tarzda bid'at zamonida chiqqan Badi'ulbayon va Badiuzzamon boʻlgan Risola-i Nurning ham ibora, ham ma'no, ham ism nuqtalari bilan badi'ligiga munosabatdorligini his ettirishiga va bu ism bir parcha unga ham qarashiga va bu ismning nomlanishida Risola-i Nur koʻp yer ishgʻol qilgani uchun haq qozongan boʻlganini taxmin qilaman. رَبَّنَآ لاَ تُؤَاخِذْنَآ اِنْ نَسِينَآ اَوْ اَخْطَأْنَا
Sakkizinchi Ramz: Bu ramzning bayonidan avval eng muhim ikki savolga javob yoziladi.
Birinchi Savol: Barcha qiymatdor kitoblar ichida Risola-i Nur Qur'onning ishorasiga va iltifotiga va Hazrat Imomi Alining (R.A.) taqdir va tahsiniga va Gʻavsi A'zamning e'tibor va xushxabariga xususiy mazhariyatining sababi nima? U ikki zotning karomat bilan Risola-i Nurga buncha qiymat va ahamiyat berishining hikmati nima?
Javob: Ma'lumdirki: Ba'zi vaqtlar boʻladi, bir daqiqa bir soat va balki bir kun, balki yillar qadar hamda bir soat bir yil, balki bir umr qadar natija beradi va ahamiyatli boʻladi. Masalan: Bir daqiqada shahid boʻlgan bir odam valiylik qozonadi. Va sovuqning shiddatidan muzlamoq zamonida va dushman hujumining dahshatida bir soat soqchilik bir yil ibodat hukmiga oʻta oladi. Xullas, aynan shuning kabi; Risola-i Nurga berilgan ahamiyat ham zamonning ahamiyatidan, ham bu asrning shariati Muhammadiyaga (A.S.V.) va sha'ori-i Ahmadiyaga (A.S.V.) qilgan buzgʻunchiligining dahshatidan, ham bu oxirzamonning fitnasidan eski zamondan beri butun ummat panoh soʻrashi jihatidan, ham oʻsha fitnalarning hujumidan moʻminlarning iymonlarini qutqarishi nuqtasidan Risola-i Nur shunday bir ahamiyat kasb etganki; Qur'on unga quvvatli ishora bilan iltifot etgan. Va Hazrat Imomi Ali (R.A.) uch karomat bilan unga bashorat bergan. Va Gʻavsi A'zam (R.A.) karomatkorona undan xabar berib tarjimonini jasoratlantirgan. Ha, bu asrning dahshatiga qarshi taqlidiy boʻlgan e'tiqodning tayanch qal'alari buzilgan va uzoqlashgan va pardalangan boʻlganidan, har moʻmin bir oʻzi zalolatning jamoat bilan hujumiga qarshilik koʻrsatadigan gʻoyat kuchli bir iymoni tahqiqiy lozimdirki, dosh bersin. Risola-i Nur bu vazifani eng dahshatli bir zamonda va eng kerakli va nozik bir vaqtda, hamma tushunadigan bir tarzda, Qur'on va iymon haqiqatlarining eng chuqur va eng yashirinlarini gʻoyat kuchli burhonlar bilan isbot qilib, u iymoni tahqiqiyni tashigan xolis va sodiq shogirdlari ham, boʻlganlari mahalla, qishloq va shaharlarda -xizmati iymoniya e'tibori bilan- goʻyo bittadan yashirin qutb kabi, moʻminlarning ma'naviy bittadan tayanch nuqtasi boʻlib, bilinmaganlari va koʻrinmaganlari va koʻrishmaganlari holda, e'tiqodlarining ma'naviy quvvati jasur bittadan zobit kabi, ma'naviy quvvatni ahli iymonning qalblariga berib, moʻminlarga ma'nan bardosh va jasorat beradilar.
Ikkinchi Savol: Karomat izhor qilinmasa, yanada yaxshi boʻlgani holda, nima uchun sen e'lon qilasan?
Javob: Bu menga oid bir karomat emas. Balki Qur'onning i'jozi ma'naviysidan sizib chiqib xos bir tafsiridan karomat suratida bizlarga va ahli iymonga bir ikromi Rabboniy va in'omi Ilohiydir. Albatta Moʻ'jiza-i Qur'oniya va uning yogʻdulari izhor qilinadi. Va ne'mat esa, shukr niyati bilan e'lon qilish, bir tahdisi ne'matdir.
وَاَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ oyati izhoriga amr qiladi. Men uchun faxr va gʻururga sabab boʻladigan bir layoqatim va haqqim boʻlmaganini qasam bilan e'tirof qilaman. Men urugʻ kabi chiridim va quridim. Barcha qiymat va hayot va sharaf u urugʻdan chiqqan Risola-i Nur daraxti va Qur'onning ma'naviy moʻ'jizasiga oʻtgan deb bilaman. Va shunday e'tiqod qilganimdan i'jozi Qur'oniy hisobiga izhor qilaman. Barcha qiymat bir moʻ'jiza-i Qur'oniya boʻlgan Risola-i Nurdadir. Hatto eskidan beri tashiganim Badiuzzamon ismi uniki ekan.. yana unga qaytarib berildi. Risola-i Nur esa, Qur'onning moli va ma'nosidir. Bu ramzda xususiy qanoatimni quvvatlantirgan va oʻzimga maxsus koʻp alomat va ishoralar bor. Ammo boshqalarga isbot qilolmaganimdan, yozolmayman. Faqat ikki-uchtasiga ishora qilishga munosabat kelgan.
Birinchisi: Men Jaljalutiyani oʻqigan vaqtim, boshqa munojotlarga muxolif boʻlib oʻzim shaxsan hissiyotim bilan munojot qilyapman deb his qilar edim. Va boshqasining lisoni bilan taqlidkorona boʻlmas edi. Men uchun gʻoyat fitriy va dardlarimga aloqador va ruhiy tafakkurlarimga xush bir zamin boʻlar edi. Bir necha yil soʻngra karomatini va Risola-i Nur bilan munosabatini koʻrdim va angladimki: U holat bu munosabatdan kelib chiqqan.
Ikkinchisi: Hazrat Imomi Ali (R.A.) boshda:
va oʻrtalarida
va oxirda
bir ilmlar xazinasi sifatida koʻrsatadi. Holbuki koʻrinishida faqat bir munojotdir. Hatto Imom Alining (R.A) haqiqat-fashon boshqa qasidalari va ilmiy boshqa munojotlari kabi, ilm sirlari bilan toʻliq munosabati koʻrinmaydi. Mening xususiy qanoatim shuki: Jaljalutiya, modomiki Risola-i Nurni ichiga olgan va siynasiga bosib ma'naviy valad kabi qabul qilgan, albatta وَسِرُّ عُلُومٍ لِلْخَلاَئِقِ جُمِّعَتْ parchasi bilan oʻz xazinasining bir qism olmoslarini oxirzamonda nashr qilgan Risola-i Nurni shohid koʻrsatib Jaljalutiyani bir xazina-i ulum va bir dafina-i ilmiyadir deb haqqi bilan madhu sano qila oladi.
Uchinchisi: Ma'lumdirki, ba'zan gʻoyat kichik bir alomat ba'zi sharoit ichida gʻoyat kuchli bir dalil hukmiga oʻtadi. Yaqiyn darajasida qanoat beradi. Menga bunday qanoat bergan koʻp misollaridan faqat sobiq bayon qilganim bitta misol menga yetarli keladi. Shundayki:
Hazrat Imomi Ali (R.A.) تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ parchasi bilan Risola-i Nurni tarixi bilan va ismi bilan va mohiyati bilan va asoslari bilan va xizmati bilan va vazifasi bilan koʻrsatgandan keyin, Suryoniycha ismlarni sanab oʻtib munojot qiladi. Oʻttiz ikki yoki oʻttiz uch adad ismlarda ikki marta بَعْدَهَا kalimasini takror qiladi. Biri yigirma yettinchida وذَيْمُوخٍ بَعْدَهَا boshqasi oʻttiz birda وَبَازُوخٍ بَعْدَهَا deydi. Xullas, Risola-i Nurning Soʻzlari oʻttiz uch va bir jihatda oʻttiz ikki.. va Maktubot nomli risolalarning ham bir jihatda oʻttiz ikki va bir jihatda oʻttiz uch boʻlib bu munojot bilan uygʻun boʻlishi va faqat risola shaklida ikki adad zayllari boʻlishi va u zayllarning birisi Yigirma Yettinchi Soʻzning ahamiyatli zayli va boshqasi Oʻttiz Birinchi Soʻzning qiymatdor zayli boʻlishi va u ikki Zayl risolasining mustaqil martaba va raqamlari boʻlmasligi va بَعْدَهَا kalimasi ham ayni yerda, ayni ma'noda tavofuq qilishi menga ikki karra ikki toʻrt boʻlish darajasida qanoat beradiki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) tobe bir ma'no bilan va ishoriy bir tushuncha bilan Risola-i Nurga, hatto zayllariga qarash uchun shunday qilgan. Hali koʻp alomatlar va bittadan Soʻzga ishora qilgan munosabatlar bor. Faqat yashirin va nozik boʻlganliklari uchun zikr qilinmadi.
{(Hoshiya) Masalan, Yigirma sakkizinchi martabada وَبِسُورَةِ التَّهْمِيزِkalimasi bilan Yigirma Sakkizinchi Soʻzning oxiri boʻlgan Jahannam masalasining juda kuchli bir burhoniga ishora qilib boshdagi Jannat masalasining faqat ikki-uch savol va javobga doir bahsi esa, boshqa yerda ishora qilgani uchun munosabat yashiringan. Ham masalan, Ikkinchi Martabada يٰسٓ kalimasi bilan, ham Ikkinchi Soʻzga, ham Ikkinchi Maktubga, ham Ikkinchi Yogʻduga, ham Ikkinchi Shu'laga qaragani uchun, munosabat kengayganidan yashiringan.
Ham masalan: وَكَافٍ وَهَايَاءٍ وَعَيْنٍ وَصَادِهَا ya'ni كٓهَيَعٓصٓ beshinchi martabada boʻlishi, ham Beshinchi Soʻzga, ham Beshinchi Maktubga, ham Beshinchi Yogʻduga va Toʻrtinchi Shu'la boʻlgan Oyati Hasbiya Risolasiga, ham Uchinchi Shu'la boʻlgan Munojotga qaragani jihat bilan munosabat kengaygan, yashiringan. Bunga boshqalari qiyos qilinsin...}