ZUHRA
{(*) (Bu Zuhra Risolasi Masnavi-i Arabiyning juda muhim bir risolasidir. Har naqadar tarjima qilishga harakat qilgan boʻlsam ham, muallifining bir vaqtlar Nur Shogirdlarining rijokorona isrorlari bilan qilgan tarjimani aynan kiritishni yanada munosib koʻrdim. Risola-i Nurning Oʻn Yettinchi Lam'asi nomini olgan bu risola bilan Arabcha Zuhra orasida bir ijmol-tafsil va taqdim-ta'xir farqi bor.)
Mutarjim ABDULMAJID}
Bu risolaning ta'lifidan oʻn ikki yil avval {(Hoshiya) Oʻn ikki yil avval deyilgan tarix; Hijriy 1340, Milodiy 1921 yillaridir. Noshir} inoyati Rabboniya bilan ma'rifati Ilohiyada bir harakati fikriya va bir sayohati qalbiya va bir inkishofoti ruhiyada tazohur etgan ba'zi lama'ati tavhidiyani Arabchada Mulohazalar suratida "Zuhra", "Shu'la", "Habba", "Shamma", "Zarra", "Qatra" kabi risolalarda qayd etgandim. Uzun bir haqiqatning yolgʻiz uchini koʻrsatish va porloq bir nurning yolgʻiz bir shuasini iroa etish tarzida yozilganidan, yolgʻiz oʻzim uchun bittadan xotira va bittadan ixtor shaklida boʻlganidan, boshqalarning istifodasi mahdud qolgan edi. Xususan, eng mumtoz va eng xos qardoshlarimning qismi a'zami Arabcha oʻqimaganlar. Bularning isrori va ilhohi bilan u Mulohazalarning, u Lam'alarning qisman izohli va qisman qisqa bir maolini Turkcha oʻlaroq yozishga majbur boʻldim. Shu Mulohazalar va Arabcha risolalar Yangi Saidning eng avval haqiqat ilmidan bir daraja shuhud suratida koʻrgani uchun tagʻyir etilmasdan maollari yozildi. Shuning uchun, ba'zi jumlalar boshqa Soʻzlarda ham zikr qilinish bilan barobar, bu yerda ham zikr qilinadi; va bir qismi gʻoyat mujmal boʻlish bilan barobar, izoh qilinmaydi, toki latofati asliyasini yoʻqotmasin.
Oʻz nafsimga xitoban degandim: Ey gʻofil Said! Bilki: Shu olamning fanosidan soʻng senga rafoqat etmagan va dunyoning xarob boʻlishi bilan sendan mufaroqat etgan narsaga qalbingni bogʻlash senga loyiq emas. Xususan sening asringning inqirozi bilan seni tark etib orqa oʻgirgan va xususan barzoh safarida hamrohlik qilmagan va xususan seni qabr eshigiga qadar tashyi' etmagan, xususan bir-ikki yil mobaynida abadiy firoq bilan sendan ayrilib gunohini sening boʻyningga taqqan, xususan senga xilof ravishda hosil boʻlish onida seni tark etgan foniy narsalar bilan qalbingni bogʻlash kori aql emas. Agar aqling boʻlsa; uxroviy inqilobotingda, barzohiy atvoringda va dunyoviy inqilobotning musodamoti ostida ezilgan, buzilgan va abadiy safarda senga hamrohlikka muqtadir boʻlmagan ishlarni tashla, ahamiyat berma, ularning zavolidan qaygʻurma. Sen oʻz mohiyatingga qaraginki: Sening latifalaring ichida shunday bir latifa borki, abaddan va abadiy zotdan boshqasiga rozi boʻlolmaydi. Undan boshqasiga tavajjuh etolmaydi, mosivosiga tanazzul etmaydi. Butun dunyoni unga bersang, u fitriy ehtiyojni tatmin etolmaydi. U narsa esa, sening tuygʻularingning va latifalaringning sultonidir. Fotiri Hakimning amriga mute' boʻlgan u sultoningga itoat qil, qutul!..
Haqiqatdor bir tushda koʻrdimki, insonlarga derdim: "Ey inson! Qur'onning dasotiridandirki, Janobi Haqning mosivosidan hech bir narsani unga taabbud etadigan bir darajada oʻzingdan ulugʻ deb oʻylama. Ham sen oʻzingni hech bir narsadan takabbur qiladigan darajada katta tutma. Chunki maxluqot ma'budiyatdan uzoqlik nuqtasida musoviy boʻlganlari kabi, maxluqiyat nisbatida ham birdirlar."
Ey gʻofil Said! Bilki: Gʻolati his navidan gʻoyat muvaqqat dunyoni loyamut va doimiy koʻryapsan. Atrofingga va dunyoga qaragan vaqting, bir daraja sobit va mustamir koʻrganingdan, foniy nafsingni ham u nazar bilan sobit deb oʻylaganingdan, yolgʻiz qiyomatning kelishidan dahshatga tushyapsan. Goʻyo qiyomatning kelishiga qadar yashaydiganday, yolgʻiz undan qoʻrqyapsan. Esingni yigʻ! Sen va xususiy dunyoing doimiy zavol va fano zarbasiga duchorsiz. Sening bu gʻolati hissing va magʻlatang shu misolga oʻxshaydiki:
Bir odam qoʻlidagi oynani bir xona yoki bir shaharga yoki bir bogʻga qaratsa; misoliy bir xona, bir shahar, bir bogʻ u oynada koʻrinadi. Adno bir harakat va kichik bir tagʻayyur oynaning boshiga kelsa, u xayoliy xona va shahar va bogʻda ostin-ustunlik va chalkashlik boʻladi. Xorijdagi haqiqiy xona, shahar va bogʻning davom va baqosi senga foyda bermaydi. Chunki sening qoʻlingdagi oynadagi xona va senga oid shahar va bogʻ yolgʻiz oyna senga bergan miqyos va mezon bilandir. Sening hayoting va umring, oynadir. Sening dunyoingning ustuni va oynasi va markazi, sening umring va hayotingdir. Har daqiqada u xona va shahar va bogʻing oʻlishi mumkin va xarob boʻlishi muhtamal boʻlganidan, har daqiqa sening boshingga yiqiladigan va sening qiyomating keladigan bir vaziyatdadir. Modomiki shunday ekan; sen bu hayotingga va dunyoingga tortolmaydigan va koʻtarolmaydigan yuklarni yuklama!..
Bilki: Koʻpincha Fotiri Hakimning odatidir, ahamiyatli va qiymatli narsalarni ayni bilan i'oda etadi. Ya'ni, aksar ashyoning misli bilan yangilanishi, mavsumlarning tabaddulida, asrlarning oʻzgarishida qiymatli, ahamiyatli narsalarni ayni bilan i'oda etadi. Yavmiy va yillik va asriy hashrlarning umumida shu qoida-i odatulloh koʻpincha muttarid koʻrinadi. Xullas, bu sobit qoidaga binoan deymiz: Modomiki fununning ittifoqi bilan va ulumning shahodatiga koʻra, xilqat shajarasining eng mukammal mevasi insondir. Va maxluqot ichida eng ahamiyatlisi insondir. Va mavjudot ichida eng qiymatlisi insondir. Va insonning bir fardi boshqa hayvonotning bir turi hukmidadir. Albatta, qat'iy bir hads bilan hukm qilinadiki, hashr va nashri akbarda basharning har bir fardi ayni bilan, jismi bilan, ismi bilan, rasmi bilan i'oda etiladi.
Shu mulohazada Ovrupa fununi va madaniyati, Eski Saidning fikrida bir daraja yerlashgani uchun, Yangi Said harakoti fikriyada sayr etgan zamon, Ovrupaning funun va madaniyati u sayohati qalbiyada amrozi qalbiyaga inqilob etib ziyoda mushkulotga mador boʻlganidan, bilmajburiya Yangi Said zehnini silkitib, muzaxraf falsafani va safih madaniyatni otishni istarkan, oʻz ruhida Ovrupa foydasiga shahodat qilgan hissiyoti nafsoniyani jim qilish uchun, Ovrupaning shaxsi ma'naviysi bilan bir jihatdan gʻoyat qisqa, bir jihatdan uzun quyidagi muhovaraga majbur boʻlgan.
Xato tushunilmasin, Ovrupa ikkidir.
Biri: Isaviylikning dini haqiqiyidan va Islomiyatdan olgan fayz bilan hayoti ijtimoiya-i bashariyaga nafi' sanoatlarni va adolat va haqqoniyatga xizmat qilgan fununlarni ta'qib etgan Ovrupaga xitob qilmayapman. Balki falsafa-i tabiiyaning zulmati bilan, madaniyatning sayyiotini mahosin deb oʻylab, basharni safohatga va zalolatga yetaklagan buzilgan ikkinchi Ovrupaga xitob qilyapman. Shundayki:
U vaqt oʻsha sayohati ruhiyada mahosini madaniyat va fununi nafi'adan boshqa moloyani va muzir falsafani va muzir va safih madaniyatni qoʻlida tutgan Ovrupaning shaxsi ma'naviysiga qarshi degandim:
Bil, ey ikkinchi Ovrupa! Sen oʻng qoʻling bilan saqim va zalolatli bir falsafani va chap qoʻling bilan safih va muzir bir madaniyatni tutib da'vo qilyapsanki, basharning saodati bu ikkisi bilandir. Sening bu ikki qoʻling sinsin va shu ikki iflos hadyang sening boshingni yesin.
Ey kufr va kufronni tarqatib nashr etgan badbaxt ruh! Ajabo, ham ruhida, ham vijdonida, ham aqlida, ham qalbida dahshatli musibatlar bilan musibatzada boʻlgan va azobga tushgan bir odamning jismi bilan zohiriy bir suratda aldovchi bir ziynat va sarvat ichida boʻlsa, saodati mumkin boʻladimi? Uni mas'ud deyish mumkinmi? Ajabo, koʻrmayapsanmiki, bir odamning juz'iy bir ishdan ma'yus boʻlishi va vahmiy bir orzudan umidi kesilishi va ahamiyatsiz bir ishdan inkisori xayolga duchor boʻlishi sababi bilan totli xayollar unga achchiqlashadi, shirin vaziyatlar unga azob beradi, dunyo unga tor boʻladi, zindon boʻladi. Holbuki sening shaamating bilan qalbining eng chuqur burchaklarida va ruhining asosigacha zalolat zarbasini yegan va u zalolat jihati bilan butun orzulari inqito'ga duchor boʻlgan va butun alamlari undan nash'at etgan bir bechora insonga qaysi saodatni ta'min etyapsan? Ajabo, jismi zoil, yolgʻonchi bir jannatda boʻlgan va qalbi, ruhi jahannamda azob chekkan bir insonni mas'ud deb boʻladimi? Xullas, sen bechora basharni shunday yomon yoʻlga boshlading, yolgʻonchi bir jannat ichida jahannamiy bir azob chektiryapsan.
Ey navi basharning nafsi ammorasi! Bu tamsilga qara, basharni qayerga boshlaganingni bil. Masalan, bizning oldimizda ikki yoʻl bor. Biridan ketyapmiz. Koʻryapmizki, har qadam boshida bechora, ojiz bir odam bor. Zolimlar hujum qilib molini, ashyosini tortib olib kulbasini xarob qilyaptilar, ba'zan esa yaralayaptilar. Shunday bir tarzdaki, achinadigan holiga osmon yigʻlaydi. Qayerga qaralmasin, hol shunday davom etyapti. U yoʻlda eshitilgan ovozlar, zolimlarning shovqinlari, mazlumlarning yigʻlashlaridan, umumiy bir motam yoʻlni qoplayapti. Inson insoniyat jihati bilan gʻayrning alami bilan mutaallim boʻlganidan, hadsiz bir alamga giriftor boʻladi. Holbuki vijdon bu daraja taallumga tahammul etolmaganidan, u yoʻlda ketgan ikki narsadan biriga majbur boʻladi. Yo insoniyatdan tajarrud etib nihoyatsiz vahshatni iltizom etib, shunday bir qalbni tashiydiki, oʻz salomati bilan barobar umumning halokati uni mutaassir etmasin va yoxud qalb va aqlning muqtazosini bekor qilsin.
Ey safohat va zalolatda buzilgan va Isaviy dinidan uzoqlashgan Ovrupa! Dajjol kabi bitta koʻzni tashigan koʻr dahoing bilan ruhi basharga bu jahannamiy holatni hadya etding. Soʻngra angladingki: Bu shunday bedavo bir illat boʻlib, insonni a'loyi illiyindan asfali sofiliynga otadi. Hayvonotning eng badbaxt darajasiga tushiradi. Bu illatga qarshi topgan chorang, muvaqqatan ibtoli his ishini bajargan jozibador oʻyinchoqlaring va uxlatadigan havasot va fantaziyalaringdir. Sening bu chorang sening boshingni yesin va yeydi! Xullas, basharga ochgan yoʻling va bergan saodating bu misolga oʻxshaydi.
Ikkinchi yoʻlki: Qur'oni Hakim hidoyati bilan basharga hadya etgan. Shundayki: Koʻryapmizki, u yoʻlning har manzilida, har makonida, har shahrida bir Sultoni Odilning mustaqim askarlari har tarafda bor, kezyaptilar. Ora-sira u Sultonning amri bilan u askarlarning bir qismini tarhis etyaptilar. Qurollarini, otlarini va miriy lavozimotlarini olyaptilar, ularga izn tazkarasini beryaptilar. U tarhis etilgan nafarlar, garchi koʻnikib qolgan ot va qurollarning olib qoʻyilayotganidan zohiran mahzun boʻlyaptilar. Faqat haqiqat nuqtasida tarhis bilan mufarrah boʻlib, Sultonning ziyoratiga va podshohning poytaxtiga qaytish va podshohni ziyorat qilish jihatidan gʻoyat mamnun boʻlyaptilar. Ba'zan tarhis ma'murlari ajamiy bir nafarga duch keladilar. Nafar ularni tanimaydi. "Qurolingni topshir", deydilar. Nafar deydi: "Men podshohning askariman, uning xizmatidaman; soʻngra uning yoniga boraman. Siz kimsizlar? Agar uning izn va rizosi bilan kelgan boʻlsangiz, qabul qilaman, amrini koʻrsating, boʻlmasa keting, mendan uzoqlashing. Men bir oʻzim qolsam, sizlar minglab boʻlsangiz ham, yana siz bilan jang qilaman. Oʻz nafsim uchun emas, chunki nafsim oʻzimniki emas, mening sultonimnikidir. Balki mendagi nafsim va qurolim molikimning omonatidir. Omonatni muhofaza va Sultonimning haysiyatini himoya va izzatini viqoya uchun sizga bosh egmayman!"
Xullas, u ikkinchi yoʻldagi madori surur va saodat boʻlgan minglab ahvoldan bu hol bir namunadir. Qolgan ahvolni sen qiyos qil. Butun u ikkinchi yoʻlning safarida tavalludot nomli sevinch va xursandchilik bilan bir tahshidot va savqiyoti askariya bor va vafiyot nomli surur va musiqa bilan tarhisoti askariya koʻrinyapti. Xullas, Qur'oni Hakim basharga bu yoʻlni hadya etgan. Bu hadyani kim toʻliq qabul qilsa, ikki jahonning saodatiga ketgan bu ikkinchi yoʻldan ketadi. Na boʻlgan narsadan mahzun va na boʻladigan narsadan xavf etadi.
Ey ikkinchi buzuq Ovrupa! Sening chirik va asossiz asoslaringning bir qismi shularki: "Eng katta malakdan eng kichik samakka qadar har bir zihayot oʻz nafsiga molikdir va oʻz zoti uchun ishlaydi va oʻz lazzati uchun tirishadi. Uning bir haqqi hayoti bor. Gʻoya-i himmati va hadafi maqsadi, yashash va baqosini ta'min etishdir." deysan. Va Xoliqi Karimning karam dasturlaridan va arkoni koinotda kamoli itoat bilan imtisol etilgan dasturi taovun bilan nabotot hayvonotning imdodiga va hayvonot insonlarning yordamiga yugurishidan tazohur etgan u umumiy qonunning rahimona, karimona jilvalarini kurash deb oʻylab, "Hayot bir kurashdir" deya ahmoqona hukm qilgansan. Ajabo, u dasturi taovunning jilvasidan boʻlgan zarroti taomiyaning kamoli shavq bilan badan hujayralarining ozuqlantirilishi uchun yugurishlari qanaqa kurash? Qanaqa jang qilish boʻlsin? Balki u imdod va u yugurish Karim bir Robning amri bilan bir taovundir. Yana chirik bir asosing: "Hamma narsa oʻz nafsiga molikdir" deysan. Hech bir narsa oʻz nafsiga molik boʻlmaganiga qat'iy bir dalil shudirki: Sabablarning ichida eng ashrafi va ixtiyor nuqtasida eng keng irodalisi, insondir. Holbuki, insonning oʻylash, gapirish va yeyish kabi eng zohir af'oli ixtiyoriyasidan yuz juzidan uning dasti ixtiyoriga berilgan va doira-i iqtidoriga kirgan, yolgʻiz mashkuk bitta juzdir. Bunday eng zohir fe'lning yuz juzidan bir juziga molik boʻlmagan qanday qilib oʻziga molik deyiladi? Bunday eng ashraf va ixtiyori eng keng, bu daraja haqiqiy tasarrufdan va tamallukdan qoʻli bogʻlangan boʻlsa, "Boshqa hayvonot va jamodot oʻziga molikdir" degan hayvondan yanada ziyoda hayvon va jamodotdan yanada ziyoda jomid va shuursiz boʻlganini isbot qiladi.
Seni bu xatoga otib bu jarlikka tushirgan, bir koʻzli dahoingdir. Ya'ni, horiqo, manhus zakovatingdir. U koʻr dahoing bilan hamma narsaning Xoliqi boʻlgan Robbingni unutding, mavhum bir tabiatga isnod etding, osorini sabablarga berding, u Xoliqning molini botil ma'bud boʻlgan togʻutlarga taqsimlading. Shu nuqtada va u dahoing nazarida har zihayot, har bir inson bir oʻzi hadsiz a'daga qarshi muqovamat etish va nihoyatsiz hojotning tahsiliga tirishishi lozim boʻladi. Va zarra kabi bir iqtidor, inja qil kabi bir ixtiyor, zoil lam'a kabi bir shuur, tez soʻnuvchi shu'la kabi bir hayot, tez oʻtuvchi daqiqa kabi bir umr bilan, u hadsiz a'daga va hojotga qarshi dosh berishga majbur boʻladi. Holbuki, u bechora zihayotning sarmoyasi minglab matlublaridan bittasiga kifoya qilmaydi. Musibatga giriftor boʻlgan vaqt; kar, koʻr sabablardan boshqa dardiga darmon kutmaydi.
sirriga mazhar boʻladi.
Sening qorongʻi dahoing navi basharning kunduzini kechaga aylantirgan. Yolgʻiz u mashaqqatli, zulmli va zulmatli kechaga koʻniktirish uchun yolgʻonchi, muvaqqat chiroqlar bilan tanvir etding. U chiroqlar surur bilan basharning yuziga tabassum qilmaydi. Balki basharning yigʻlanadigan achchiq hollaridagi ablahona kulishiga u nurlar mustahziyona kulib masxara qiladi. Har bir zihayot sening shogirdlaring nazarida zolimlarning hujumiga ma'ruz, miskin bittadan musibatzadalardir. Dunyo bir motamxona-i umumiyadir. Dunyodagi sadolar oʻlimlardan, alamlardan kelgan dod-faryodlardir. Sendan toʻliq dars olgan shogirding bir fir'avn boʻladi. Faqat eng xasis narsaga ibodat qilgan va manfaat koʻrgan har narsasini oʻziga Rob deb qabul qilguvchi bir fir'avni zalildir. Ham sening shogirding mutamarriddir. Faqat bir lazzati uchun eng past zillatni qabul qilgan miskin bir mutamarriddir. Xasis bir manfaat uchun shaytonning oyogʻini oʻpadigan darajada pastkashlik koʻrsatadi! Ham jabbordir, faqat qalbida bir nuqta-i istinod topolmagani uchun, zotida gʻoyat ojiz bir jabbori xudfurushdir. U shogirdning gʻoya-i himmati, havasoti nafsoniyani tatmin va hamiyat va fidokorlik pardasi ostida oʻz manfaati nafsini qidirgan va hirs va gʻururini taskin qilishga harakat qilgan bir dassosdir. Nafsidan boshqa jiddiy oʻlaroq hech bir narsani sevmaydi. Hamma narsani nafsiga fido qiladi. Ammo Qur'onning xolis va chinakkam shogirdi esa, bir abddir. Faqat a'zami maxluqotga qarshi ham ubudiyatga tanazzul etmaydi va Jannat kabi eng buyuk va a'zam bir manfaatni gʻoya-i ubudiyat qilmaydigan bir abdi azizdir. Ham halim-salimdir. Faqat Fotiri Zuljalolidan boshqasiga, izni va amri boʻlmasdan, tazallulga tanazzul etmaydigan bir halimi oliyhimmatdir. Ham faqirdir, lekin uning Moliki Karimi unga kelajakda iddixor etgan mukofot bilan bir faqiri mustagʻniydir. Ham zaifdir, faqat qudrati nihoyatsiz boʻlgan Sayyidining quvvatiga istinod etgan bir zaifi qoviydirki, Qur'on haqiqiy bir shogirdiga jannati abadiyani ham gʻoya-i maqsad qildirmagani holda; hech bu zoil, foniy dunyoni unga gʻoya-i maqsad qiladimi? Xullas, ikki shogirdning himmatlarining qay daraja bir-biridan farqli boʻlganini angla!
Ham falsafa-i saqimaning shogirdlari bilan Qur'oni Hakimning tilmizlarining hamiyatkorlik va fidokorliklarini bu bilan muvozana qilishingiz mumkin. Shundayki:
Falsafaning shogirdi oʻz nafsi uchun qardoshidan qochadi, unga qarshi da'vo ochadi. Qur'onning shogirdi esa, samovot va arzdagi umum solih ibodni oʻziga qardosh deya qabul qilib, gʻoyat samimiy bir suratda ularga duo qiladi va saodatlari bilan mas'ud boʻladi va ruhida shadid bir aloqani ularga qarshi his qiladi. Ham eng katta narsa boʻlgan Arsh va Shamsni musahhar bittadan ma'mur va oʻzi kabi bir abd, bir maxluq deb qabul qiladi.
Ham ikki shogirdning ulviyat va inbisoti ruhlarini bundan qiyos qilki: Qur'on oʻz shogirdlarining ruhiga shunday bir inbisot va ulviyat beradiki; toʻqson toʻqqiz donali tasbehga badal toʻqson toʻqqiz Asmo-i Ilohiyaning jilvalarini koʻrsatgan toʻqson toʻqqiz olamlarning zarrotini bittadan tasbeh donalari oʻlaroq shogirdlarining qoʻllariga beradi, "Avrodlaringizni bu bilan oʻqinglar" deydi. Xullas, Qur'onning tilmizlaridan Shohi Jiyloniy, Rufaiy, Shozaliy (R.A.) kabi shogirdlari virdlarini oʻqiganlari vaqt tingla, qara! Qoʻllarida silsila-i zarrotni, qatarot adadlarini, maxluqotning adadi anfasini tutishgan, u bilan avrodlarini oʻqishyapti. Janobi Haqni zikr va tasbeh qilishyapti. Xullas, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning moʻ'jizona tarbiyasiga qaraginki: Qanday adno bir qaygʻu bilan va kichik bir gʻam bilan boshi aylanib esini yoʻqotgan va kichik bir mikrobga magʻlub boʻlgan bu kichik inson tarbiya-i Qur'oniya bilan naqadar ta'oliy etadi. Va qay daraja latoifini inbisot etadiki: Ulkan dunyo mavjudotini virdiga tasbeh boʻlishda kalta koʻradi. Jannatni zikr va virdiga gʻoya boʻlishga oz deb koʻrgani holda, oʻz nafsini Janobi Haqning adno bir maxluqining ustida katta tutmaydi. Nihoyat izzat ichida nihoyat tavozuni jamlaydi. Falsafa shogirdlarining bunga nisbatan qay daraja past va tuban ekanini qiyoslashing mumkin.
Xullas, falsafa-i saqima-i Ovrupaiyadan yak-chashm boʻlgan dahosi xato koʻrgan haqiqatlarni, ikki jahonga qaragan, gʻayb-oshino porloq ikki koʻzi bilan ikki olamga nazar solgan, bashar uchun ikki saodatga ikki qoʻli bilan ishorat qilgan hudo-i Qur'oniy deydiki: "Ey inson! Sening qoʻlingda boʻlgan nafs va moling sening mulking emas, balki senga omonatdir. U omonatning moliki hamma narsaga qodir, hamma narsani biladigan bir Rahimi Karimdir. U sening yoningdagi mulkini sendan sotib olishni istaydi. Toki sen uchun muhofaza qilsin, zoye boʻlmasin. Kelajakda senga muhim bir haq beradi. Sen muvazzaf va ma'mur bir askarsan. Uning nomi bilan ishla va hisobi bilan amal qil. Udirki, muhtoj boʻlgan narsalaringni senga rizq qilib yuboradi va sening toqating yetmaydigan narsalardan seni muhofaza qiladi. Sening shu hayotingning gʻoyasi, natijasi; u Molikning asmosiga va shuunotiga bir mazhariyatdir. Senga bir musibat kelgan vaqt, de.
Ya'ni: "Men molikimning xizmatidaman. Ey musibat! Agar uning izn va rizosi bilan kelgan boʻlsang, marhabo, xush kelding. Chunki albatta bir vaqt unga qaytamiz va uning huzuriga ketamiz va unga mushtoqmiz. Modomiki, har holda bir zamon bizni hayotning takolifidan ozod qiladi. Mayli, ey musibat! U tarhis va u ozod etish sening qoʻling bilan boʻlsin, roziman. Agar mening omonat muhofazasida va vazifaparvarligimni tajriba suratida senga amr va iroda etgan, faqat senga taslim boʻlishimga izn va rizosi boʻlmasa; men toqatim yetguncha, amin boʻlmaganga, Molikimning omonatini taslim qilmayman", deydi.
Xullas, mingdan bir namuna boʻlgan, daho-i falsafiy va hudo-i Qur'oniy bergan darslarning darajalariga qara. Ha, ikki tarafning haqiqati holi sobiqan bayon qilingan tarz bilan ketadi. Faqat hidoyat va zalolatda insonlarning darajalari mutafovitdir. Gʻaflatning martabalari muxtalifdir. Hamma har martabada bu haqiqatni tamomila his qilolmaydi. Chunki gʻaflat hisni yoʻq qiladi. Va bu zamonda shunday bir darajada ibtoli his qilganki, bu aliym alamning ogʻrigʻini ahli madaniyat his qilmayaptilar. Faqat hassosiyati ilmiyaning tazoyudi bilan va har kuni oʻttiz ming janozani koʻrsatgan mavtning iqozoti bilan u gʻaflat pardasi parchalanadi. Ajnabiylarning togʻutlari bilan va fununi tabiiyalari bilan zalolatga tushganlarga va ularni koʻr-koʻrona taqlid qilib ittibo etganlarga minglab la'nat va taassuflar!
Ey bu vatan yoshlari! Faranglarni taqlid qilishga intilmang! Nahot, Ovrupaning sizga qilgan hadsiz zulm va adovatlaridan soʻngra, qaysi aql bilan ularning safohat va botil afkorlariga ergashib ishonyapsiz? Yoʻq! Yoʻq! Safihona taqlid qilganlar ittibo emas, balki shuursiz holda ularning safiga iltihoq etib, oʻzingizni va qardoshlaringizni i'dom etyapsiz. Ogoh boʻlinglarki, siz axloqsizlarcha ittibo etgan sari hamiyat da'vosida yolgʻonchilik qilyapsiz!.. Chunki shu suratda ittiboingiz, vatanparligizga qarshi bir istixfofdir va millatga bir istehzodir!..
Ey kofirlarning koʻpliklaridan va ularning ba'zi haqoiqi iymoniyaning inkoridagi ittifoqlaridan xavotirga tushgan va e'tiqodini buzgan bechora inson! Bilki: Qiymat va ahamiyat kammiyatda va adad koʻpligida emas. Chunki inson agar inson boʻlmasa, shayton bir hayvonga inqilob etadi. Inson ba'zi faranglar va farang-mashrablar kabi ehtirosoti hayvoniyada taraqqiy etgan sari, yanada shiddatli bir hayvoniyat martabasini egallaydi. Sen koʻryapsanki; hayvonotning kammiyat va adad e'tibori bilan hadsiz bir koʻpligi bor ekan, unga nisbatan inson gʻoyat oz ekan, umum anvo-i hayvonot ustidan sulton va xalifa va hokimdir. Xullas, muzir kofirlar va kofirlarning yoʻlida yurgan safihlar Janobi Haqning hayvonotidan bir navi xabis boʻlib, Fotiri Hakim ularni dunyoning imorati uchun yaratgan. Moʻ'min ibodiga bergan ne'matlarining darajalarini bildirish uchun, ularni bir vohidi qiyosiy qilib, oqibatda mustahaq boʻlgan Jahannamlariga taslim etadi.
Xullas, kufforning va ahli zalolatning bir haqiqati iymoniyani inkor va rad qilishlarida quvvat yoʻq. Chunki rad qilish sirri bilan, ittifoqlari quvvatsizdir. Mingta rad qiluvchi bitta hukmidadir. Masalan: Butun Istanbul aholisi Ramazonning boshida oyni koʻrmagani uchun rad qilsa, ikki shohidning isboti bilan u jammi gʻofirning rad va ittifoqi sukut etadi. Modomiki kufrning va zalolatning mohiyati raddir va inkordir, johillikdir va adamddir, kufforning kasrat bilan ittifoqi ahamiyatsizdir. Ahli haqning haq va sobit va subuti isbot qilingan masoili iymoniyada shuhudga istinod etgan ikki moʻ'minning hukmi, hadsiz ahli zalolatning ittifoqidan rojih boʻladi, gʻalaba qozonadi. Bu haqiqatning sirri shudirki: Rad qilganlarning da'volari suratan bir ekan, mutaaddiddir; bir-biri bilan ittihod etolmaydiki, quvvatlansin. Isbot qiluvchilarning da'volari ittihod etadi, bir-biridan quvvat oladi. Chunki koʻkdagi hiloli Ramazonni koʻrmagan deydiki: "Mening nazarimda oy yoʻqdir; mening yonimda koʻrinmayapti". Boshqasi ham, "Nazarimda yoʻq", deydi. Yana boshqasi ham shunday deydi. Har biri oʻz nazarida "yoʻq" deydi. Har birining nazarlari boshqa-boshqa va nazarga parda boʻlgan sabablar ham boshqa-boshqa boʻla olgani uchun, da'volari ham boshqa-boshqa boʻladi; bir-biriga quvvat berolmaydi. Faqat isbot qilganlar demaydilarki: "Mening nazarimda va koʻzimda hilol bor". Balki "Nafs-ul amrda, koʻk yuzida hilol bor, koʻrinyapti", deydi. Koʻrganlar hammasi ayni da'voni va "nafs-ul amrda bor" deydi. Demak, barcha da'volar birdir. Rad qiluvchilarning nazarlari boshqa-boshqa boʻlganidan, da'volari ham boshqa-boshqa boʻladi. Nafs-ul amrga hukm qilolmaydilar. Chunki nafs-ul amrda inkor isbot etilmaydi. Chunki ihota lozim.
bir qoida-i usuldir. Ha, bir narsani dunyoda bor desang, yolgʻiz u narsani koʻrsatish kifoya boʻladi. Agar yoʻq deb inkor qilsang, butun dunyoni elakdan oʻtkazib koʻrsatish lozim boʻladi, toki u inkor isbot qilinsin.
Xullas, bu sirga binoan; ahli kufrning bir haqiqatni inkor etishi esa, bir masalani hal qilish va yoxud tor bir tuynukdan oʻtish va yoxud bir xandakdan sakrashga oʻxshaydiki; ming ham, bir ham birdir. Chunki bir-biriga yordamchi boʻlolmaydi. Faqat isbot qilganlar nafs-ul amrda haqiqati holga qaraganlari uchun mudda'olari ittihod etadi. Quvvatlari bir-biriga yordam beradi. Katta bir toshning koʻtarilishiga oʻxshaydiki, naqadar koʻp qoʻllar yopishsa, yanada ziyoda koʻtarilishi osonlashadi va bir-biridan quvvat oladi.
Ey musulmonlarni dunyoga shiddat bilan tashviq etgan va san'at va taraqqiyoti ajnabiyaga jabr bilan yetaklagan badbaxt hamiyat-furush! Diqqat qil, bu millatning ba'zilarining din bilan bogʻlangan robitalari uzilmasin! Agar bunday ahmoqona, koʻr-koʻrona tayoqlarning ostida ba'zilarning dindan robitalari uzilsa, u vaqt hayoti ijtimoiyada bir sammi qotil hukmida u dinsizlar zarar yetkazadilar. Chunki murtadning vijdoni tamoman buzilganidan, hayoti ijtimoiyaga zahar boʻladi. Shuning uchun, ilmi usulda "Murtadning haqqi hayoti yoʻq. Kofir agar zimmiy boʻlsa yoki musolaha etsa, haqqi hayoti bor" degan usuli shariatning bir dasturi bor. Hamda mazhabi Hanafiyda ahli zimmadan boʻlgan bir kofirning shahodati maqbuldir. Faqat fosiq mardud-ush shahodatdir, chunki xoindir.
Ey badbaxt fosiq odam! Fosiqlarning kasratiga qarab aldanma va "Aksariyatning fikri menikidek" dema! Chunki fosiq odam fisqni istab va bizzot talab qilib kirmagan; balki ichiga tushib qolgan, chiqolmaydi. Hech bir fosiq yoʻqki, solih boʻlishni tamanniy etmasin va amirini va raisini mutadayyin koʻrishini istamasin. Magaramki, al'iyazu billah, irtidod bilan vijdoni tafassuh etib, ilon kabi zaharlashdan lazzatlanadigan boʻlmasa bas.
Ey devona bosh va buzuq qalb! Oʻylaysanki, "Musulmonlar dunyoni sevmaydilar va yoxud oʻylamaydilarki, faqri holga tushganlar va iqozga muhtojlar; toki dunyodan hissalarini unutmasinlar". Oʻying yanglishdir, taxmining xatodir. Balki hirs shiddatlangan, shuning uchun faqri holga tushyaptilar. Chunki moʻ'minda hirs, sababi xasoratdir va safolatdir.
zarbulmasal hukmiga oʻtgan. Ha, insonni dunyoga chaqirgan va yoʻnaltirgan sabablar koʻp. Avvalo nafs va havosi va ehtiyoj va havassi va tuygʻulari va shaytoni va dunyoning suriy totliligi va sen kabi yomon doʻstlari kabi koʻp da'ilari bor. Holbuki boqiy boʻlgan oxiratga va uzun hayoti abadiyaga da'vat qilgan ozdir. Agar senda zarra miqdor bu bechora millatga qarshi hamiyat boʻlsa va uluvvi himmatdan ogʻiz koʻpirtirishing yolgʻon boʻlmasa, hayoti boqiyaga yordam bergan ozlarga imdod etish lozim boʻladi. Boʻlmasa, u oz da'ilarning ovozini oʻchirib, koʻplarga yordam bersang, shaytonga oʻrtoq boʻlasan.
Nahot bu millatning faqri holi, dindan kelgan bir zuhd va tarki dunyodan kelgan bir tanballikdan nash'at etadi, deb oʻylaysan. Bu fikring xatodir. Chin va Hinddagi Majusiy va Barohima va Afrikadagi zanjilar kabi, Ovrupaning mustamlakasi boʻlgan millatlar bizdan ham faqirligini koʻrmayapsanmi. Hamzaruriy ozuqadan boshqa musulmonlarning qoʻlida qoldirilmayotganini koʻrmayapsanmi. Yo Ovrupa kofir zolimlari yoki Osiyo munofiqlari dasisalari bilan yo oʻgʻirlayapti yoki gʻasb etyapti.
Sizning jabran bunday ahli iymonni mimsiz madaniyatga yetaklashdan maqsadingiz, agar mamlakatda osoyish va amniyatni ta'min va osonlik bilan idora qilish boʻlsa, qat'iyan bilingki; xato qilyapsiz, yanglish yoʻlga boshlayapsiz. Chunki e'tiqodi zaiflashgan, axloqi buzilgan yuz fosiqning idorasi va ular ichida osoyish ta'mini, minglab ahli salohatning idorasidanda mushkuldir.
Xullas, bu asoslarga binoan, ahli Islom dunyoga va hirsga yoʻllanishga va tashviq qilinishga muhtoj emasdirlar. Taraqqiyot va osoyishlar bu bilan ta'min qilinmaydi. Balki maso'iylarining tanzimiga va mobaynlaridagi amniyatning ta'sisiga va taovun dasturining tasxiliga muhtojdirlar. Bu ehtiyoj ham, dinning avomiri qudsiyasi bilan va taqvo va salobati diniya bilan boʻladi.
Ey sa'y va amaldagi lazzat va saodatni bilmagan tanbal inson! Bilki:
Janobi Haq kamoli karamidan, xizmatning mukofotini xizmat ichida darj etgan. Amalning ujratini nafsi amal ichida qoʻygan. Xullas, bu sir uchun, mavjudot, hatto bir nuqtai nazarga koʻra jomidot ham avomiri takviniya deb ataluvchi xususiy vazifalarida kamoli shavq bilan va oʻziga xos lazzat bilan avomiri Rabboniyaga imtisol etadilar. Aridan, chivindan, tovuqdan tortib; to Shams va Qamarga qadar hamma narsa kamoli lazzat bilan vazifasini qilyaptilar. Demak, xizmatlarida bir lazzat borki, aqllari boʻlmaganidan, oqibatni va natijalarni oʻylamasdan, mukammal vazifalarini ifo etyaptilar.
Agar desang: Zihayotda lazzat bor, jamodotda qanday shavq va lazzat boʻlishi mumkin?
Aljavob: Jamodot oʻz hisoblari uchun emas, ularda tajalliy etgan asmo-i Ilohiya hisobiga bir sharaf, bir maqom, bir kamol, bir goʻzallik, bir intizom istaydilar, izlaydilar. Oʻsha vazifa-i fitriyalarining imtisolida Nur-ul Anvorning ismlariga bittadan ma'kas, bittadan oyna hukmiga oʻtganidan tanavvur etadi, taraqqiy etadi.
Masalan: Qandayki bir qatra suv, bir zarracha shisha parchasi zotida ziyosiz, ahamiyatsiz ekan, sof qalbi bilan Quyoshga yuzini oʻgirsa, u vaqt u ahamiyatsiz, ziyosiz qatra va shisha parchasi Quyoshning bir navi arshi boʻlib sening yuzingga ham tabassum qiladi.
Xullas, bu misol kabi, zarrot va mavjudot jamoli mutlaq va kamoli mutlaq sohibi boʻlgan Zoti Zuljalolning ismlariga vazifaparvarlik jihatidan oyna boʻlishlari bilan, oʻsha qatra va zarracha shisha kabi gʻoyat past bir darajadan gʻoyat yuksak bir daraja-i zuhurga va tanavvurga chiqadilar. Modomiki vazifa jihatidan gʻoyat nuroniy va yuksak bir maqom oladilar; lazzat mumkin va qobil boʻlsa, ya'ni hayoti a'mmadan hissador boʻlsalar, gʻoyat lazzat bilan u vazifalarni bajaradilar, deyish mumkin.
Vazifada lazzat boʻlganiga eng zohir bir dalil, sen oʻz a'zo va tuygʻularingning xizmatlariga qara. Har biri baqo-i shaxsiy va baqo-i nav'iy uchun qilgan xizmatlarida boshqa-boshqa lazzatlari bor. Nafsi xizmat ularga bir talazzuz hukmiga oʻtadi. Hatto xizmatni tark qilish u a'zoning bir navi azobidir.
Ham eng zohir bir dalil ham, xoʻroz yoki ona tovuq kabi hayvonotning vazifalarida koʻrsatgan fidokorona va mardona vaziyatlariki, xoʻroz och boʻlgani holda, tovuqlarni nafsiga tarjih etib, topgan rizqiga ularni chaqiradi; yemaydi, ularga yediradi. Va bir shavq va iftixor va talazzuz bilan u vazifani bajargani koʻrinadi. Demak, u xizmatda yeyishdan ortiq bir lazzat oladi.
Ham jajji bolalariga choʻponlik qilgan tovuq ham bolalarining xotiri uchun ruhini fido qiladi, itga tashlanadi. Oʻzi och qolib ularni toʻydiradi. Demak, u xizmatdan shunday bir lazzat oladiki; ochlik dardidan va oʻlish alamidan tarajjuh etadi, ziyoda boʻladi. Hayvoniy volidalar bolalarini, kichik ekan vazifalari boʻlgani uchun lazzat bilan himoya qilishga harakat qiladilar. Ulgʻaygandan soʻng vazifa tugaydi, lazzati ham ketadi. Bolasini choʻqib, ogʻzidan donini oladi. Yolgʻiz inson navidagi volidalarning vazifalari bir daraja davom qiladi. Chunki insonlarda za'f-u ajz e'tibori bilan, doimo bir navi bolalik bor, har vaqt shafqatga muhtojlar. Xullas, umum hayvonotning xoʻroz kabi choʻponlik qilgan erkaklariga va tovuq kabi volidalariga qara, anglaginki; bular oʻzlari uchun va oʻz nomlaridan, oʻz kamollari uchun u vazifani bajarmaydilar. Chunki hayotini, vazifada lozim boʻlsa, fido qiladilar. Balki vazifalarni, ularni oʻsha vazifa bilan tavzif etgan va u vazifa ichida rahmati bilan bir lazzat darj etgan Mun'imi Karimning hisobi boʻyicha va Fotiri Zuljalolning nomidan bajaradilar.
Ham, nafsi xizmatda ujrat boʻlganiga bir dalil ham shudirki: Nabotot va ashjar bir shavq va lazzatni ihsos etgan bir holat bilan Fotiri Zuljalolning amrlariga imtisol etadilar. Chunki taratgan xushboʻy hidlari va mushtariylarning nazarlarini jalb qiladigan ziynatlar bilan bezanishlari va novdalari va mevalari uchun chirib ketgunga qadar oʻzlarini fido etishlari ahli diqqatga koʻrsatadiki: Ularning amri Ilohiyning imtisolidan shunday bir lazzatlari borki, oʻz nafsini mahv etib chiritadi.
Qara, boshida koʻplab sut konservalarini tashigan Hindiston yongʻogʻi va anjir kabi mevali daraxtlar rahmat xazinasidan lisoni hol bilan sut kabi eng goʻzal bir gʻidoni istaydi, oladi, mevalariga yediradi; oʻzi esa balchiq yeydi. Anor daraxti sof bir sharobni xazina-i rahmatdan olib mevasiga yediradi; oʻzi balchiqli va loyqa suvga qanoat qiladi.
Hatto hububotda ham unib chiqish vazifasida zohir bir ishtiyoq koʻrinadi. Qandayki tor bir yerda hibs qilingan bir zot bir boʻstonga, keng bir yerga chiqishni mushtoqona istaydi. Xuddi shuningdek: Hububotda unib chiqish vazifasida shunday sururli bir vaziyat, bir ishtiyoq koʻrinadi. Xullas, "Sunnatulloh" deb atalgan, koinotda jarayon etgan bu sirli uzun dasturdandirki: Ishsiz, tanbal, istirohat bilan yashagan va rohat toʻshagida yotganlar, aksariyat bilan sa'y etgan, ishlaganlardan koʻra koʻproq zahmat va mashaqqat chekadi. Chunki doimo ishsizlar umridan shikoyat qiladi; vaqtichogʻlik bilan tez oʻtishini istaydi. Sa'y etgan va ishlagan esa; shokirdir, hamd etadi, umrning oʻtishini istamaydi.
kulliy dasturdir. Ham u sir bilan: "Rohat zahmatda, zahmat rohatdadir" jumlasi zarbulmasal boʻlgandir. Ha, jamodotga diqqat bilan nazar qilinsa: Bilquvva yolgʻiz iste'dod va qobiliyat jihatidan noqis qolib inkishof etmaganlarning, gʻoyat bir ijtihod va sa'y bilan inbisot etib bilquvvadan bilfe'l suratiga oʻtishida mazkur sunnati Ilohiya dasturi bilan bir holat koʻrinadi. Va u holat ishorat qiladiki: U vazifa-i fitriyada bir shavq va u masalada bir lazzat bor. Agar u jomidning umumiy hayotdan hissasi boʻlsa, shavq oʻziniki boʻladi; boʻlmasa u jomidni tamsil etgan, nazorat qilgan narsaga oiddir. Hatto bu sirga binoan deyish mumkin: Latif, nozik suv injimod amrini olgan vaqt shunday shiddatli bir shavq bilan u amrga imtisol etadiki, temirni shaqq etadi, parchalaydi. Demak, burudat va taht-as sifr sovuqning lisoni bilan ogʻzi berk temir idishdagi suvga "Kengay!" amri Rabboniysini tabligʻida, shiddati shavq bilan idishini parchalaydi, temirni buzadi, oʻzi muz boʻladi. Va hokazo.. hamma narsani bunga qiyos qilginki, quyoshlarning davaronidan va sayru-sayohatlaridan tortib, to zarralarning mavlaviy kabi davr etishlariga va aylanishlariga va tebranishlariga qadar koinotdagi butun sa'yu harakat qonuni qadari Ilohiy ustida jarayon qiladi. Va dasti qudrati Ilohiydan sudur etgan va iroda va amr va ilmni tazammun etgan amri takviniy bilan zuhur etadi.
Hatto har bir zarra, har bir mavjud, har bir zihayot bir nafar askarga oʻxshaydiki; qoʻshinda muxtalif doiralarda u nafarning boshqa-boshqa nisbatlari, vazifalari boʻlgani kabi; har bir zarra, har bir zihayot ham shundaydir. Masalan: Sening koʻzingda bir zarra koʻzning hujayrasida va koʻzda va a'sobi vajhiyada va badanning sharoyin deb atalgan tomirlarida bittadan nisbati va u nisbatga koʻra bittadan vazifasi va u vazifaga koʻra bittadan foydasi bor. Va hokazo, hamma narsani unga qiyos qil. Bunga binoan har bir narsa bir Qodiri Azaliyning vujubi vujudiga ikki jihat bilan shahodat qiladi.
Biri: Toqatidan minglab daraja ustun vazifalarni bajarishdagi ajzi mutlaq lisoni bilan u Qodirning vujudiga shahodat qiladi.
Ikkinchisi: Har bir narsa nizomi olamni tashkil qilgan dasturlarga va muvozana-i mavjudotni idoma etgan qonunlarga tatbiqi harakat qilish bilan u Alimi Qodirga shahodat qiladi.
Chunki zarra kabi bir jomid, ari kabi kichik bir hayvon Kitobi Mubinning muhim va nozik masalalari boʻlgan nizom va mezonni bilmaydi. Jomid bir zarra, ari kabi kichik bir hayvon qayoqda? Samovot tabaqalarini bir daftar sahifasi kabi ochib, berkitib toʻplagan Zoti Zuljalolning qoʻlidagi Kitobi Mubinning muhim, nozik masalalarini oʻqish qayoqda? Agar sen telbalik qilib; zarrada u kitobning nozik hurufotini oʻqiy oladigan bir koʻz boʻlganini tavahhum etsang; u vaqt u zarraning shahodatini rad qilishga urinishing mumkin. Ha, Fotiri Hakim Kitobi Mubinning dasturlarini gʻoyat goʻzal bir suratda va muxtasar bir tarzda va xos bir lazzatda va maxsus bir ehtiyojda ijmol etib darj etadi. Hamma narsa shunday xos bir lazzat va maxsus bir ehtiyoj bilan amal qilsa, u Kitobi Mubinning dasturlarini bilmasdan imtisol etadi. Masalan: Xartumli pashsha dunyoga kelgan daqiqada uyidan chiqadi; toʻxtamasdan insonning yuziga hujum qiladi, uzun hassasi bilan urib, obi hayotni joʻshtiradi, ichadi. Hujumdan qochishda arkoni harb kabi mahorat koʻrsatadi. Ajabo, bu kichik, tajribasiz, endigina dunyoga kelgan maxluqqa bu san'atni va bu fanni harbni va suv chiqarish san'atini kim oʻrgatgan va u qayerdan oʻrgangan? Men, ya'ni bu bechora Said e'tirof etamanki: Agar men u xartumli pashshaning oʻrnida boʻlsaydim; bu san'atni, bu karru-far harbini va suv chiqarish xizmatini juda uzun darslar va juda mutaaddid tajribalar bilan zoʻrgʻa oʻrgangan boʻlardim.
Xullas, ilhomga mazhar boʻlgan ari, oʻrgimchak va uyasini paypoqqa oʻxshatib toʻqigan bulbul kabi hayvonotni bu pashshaga qiyos qil. Hatto nabototni ham aynan hayvonotga qiyoslashing mumkin. Ha, Javvodi Mutlaq (Jalla Jaloluhu) har fardi zihayotning qoʻliga lazzat midadi bilan va ehtiyoj murakkabi bilan yozilgan bir xatni bergan. U bilan avomiri takviniyaning dasturini va xizmatlarining mundarijasini tavdi' etgan. Qara u Hakimi Zuljalol; qandayam Kitobi Mubinning dasturlaridan ari vazifasiga oid miqdorini bir xatda yozgan, arining boshidagi sandiqchaga qoʻygan. U sandiqchaning kaliti ham, vazifaparvar ariga xos bir lazzatdir. U bilan sandiqchani ochadi, dasturini oʻqiydi, amrni anglaydi, harakat qiladi.
oyatining sirrini izhor etadi.
Xullas, agar bu Sakkizinchi Mulohazani eshitgan va toʻliq anglagan boʻlsang, bir hadsi iymoniy bilan
ning bir sirrini,
ning bir haqiqatini,
ning bir dasturini,
ning bir nuktasini anglab yetasan.
Bilki: navi basharda nubuvvat, bashardagi xayr va kamolotning fazlakasi va asosidir. Dini Haq, saodatning mundarijasidir. Iymon, bir husni munazzah va mujarraddir. Modomiki shu olamda porloq bir husn, keng va yuksak bir fayz, zohir bir haq, yuksak bir kamol koʻrinyapti. Bilbedaho haq va haqiqat, nubuvvat ichida va nabiylar qoʻlidadir. Zalolat, shar va xasorat; uning muxolifidadir.
Mahosini ubudiyatning mingtasidan yolgʻiz shunga qaraginki: Nabiy Alayhissalotu vassalam, ubudiyat jihati bilan muvahhidinning qalblarini hayit va juma va jamoat namozlarida ittihod ettiradi va tillarini bir kalimada jamlaydi. Shunday bir suratdaki: Shu inson Ma'budi Azaliyning azamati xitobiga hadsiz qalblardan va tillardan chiqqan ovozlar, duolar, zikrlar bilan muqobala etadi. U ovozlar, duolar, zikrlar bir-biriga tasonud etib va bir-biriga yordam berib, ittifoq qilib shunday keng bir suratda Ma'budi Azaliyning uluhiyatiga qarshi bir ubudiyat koʻrsatadiki; goʻyo kura-i arz oʻzi u zikrni aytadi, u duoni qiladi va aqtori bilan namoz oʻqiydi va atrofi bilan samovotdan ustun izzat va azamat bilan nozil boʻlgan
amriga kura-i arz imtisol etadi. Bu sirri ittihod bilan koinot ichida bir zarra kabi zaif, kichik bir maxluq boʻlgan shu inson, ubudiyatning azamati jihati bilan Xoliqi Arz va Samovotning mahbub bir abdi va Arzning xalifasi, sultoni va hayvonotning raisi va xilqati koinotning natijasi va gʻoyasi boʻladi. Ha, agar namozlarning orqasida, xususan bayram namozlarida, bir onda "Allohu Akbar" degan yuzlab million insonlarning ovozlari olami gʻaybda ittihod etganlari kabi, olami shahodatda ham bir-biri bilan ittihod etib ijtimo' etsa, kura-i arz tamomi bilan ulkan bir inson boʻlib, azamatiga nisbatan yuksak bir sado bilan aytgan "Allohu Akbar"ga musoviy kelganidan, u muvahhidinning ittihodi bilan bir onda "Allohu Akbar" deyishlari, kura-i arzning katta bir "Allohu Akbar"i hukmiga oʻtadi. Goʻyo bayram namozlarida olami Islomning zikr va tasbehi bilan zamin zilzila-i kubroga mazhar boʻlib, aqtor va atrofi bilan "Allohu Akbar" deb, qiblasi boʻlgan Ka'ba-i Mukarramaning samimiy qalbi bilan niyat qilib, Makka ogʻzi bilan, Jabali Arafa tili bilan "Allohu Akbar" deb, u birgina kalima atrofi Arzdagi umum moʻ'minlarning gʻor-misol ogʻizlaridagi havoda tamassul etadi. Birgina "Allohu Akbar" kalimasining aks-sadosi bilan hadsiz "Allohu Akbar" vuqu' topgani kabi, u maqbul zikr va takbir samovotni ham jaranglatib barzoh olamlariga ham mavj urib sado beradi. Xullas, Arzni bunday oʻziga sajid va obid va ibodiga masjid va maxluqlariga beshik va oʻziga musabbih va mukabbir etgan Zoti Zuljalolga yerning zarroti adadicha hamd va tasbeh va takbir aytib va mavjudoti adadicha hamd aytamizki; bizga bu nav ubudiyatni dars bergan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamiga ummat aylagan.
Bil ey gʻofil, mushavvash Said! Janobi Haqning nuri ma'rifatiga yetishish va qarash va oyot va shohidlarning oynalarida jilvalarini koʻrish va barohin va dalillar tuynuklari bilan tomosha qilish iqtizo etadiki; sening ustingdan oʻtgan, qalbingga kelgan va aqlingga koʻringan har bir nurni tanqid barmoqlari bilan tekshirma va taraddud qoʻli bilan tanqid qilma. Senga yorishgan bir nurni tutish uchun qoʻlingni uzatma; balki gʻaflat sabablaridan tajarrud et, ularga mutavajjih boʻl, toʻxta. Chunki men mushohada etdimki: Ma'rifatullohning shohidlari, burhonlari uch xildir:
Bir qismi: Suv kabidir; koʻrinadi, his qilinadi, lekin barmoqlar bilan tutilmaydi. Bu qismda xayolotdan tajarrud etish, kulliyat bilan unga shoʻngʻish kerak. Tanqid barmoqlari bilan tajassus qilinmaydi; qilinsa oqadi, qochadi. U obi hayot barmoqni makon ittihoz etmaydi.
Ikkinchi qism: Havo kabidir; his qilinadi, faqat na koʻrinadi, na tutiladi. Unga qarshi sen yuzing, ogʻzing, ruhing bilan u rahmat shabadasiga qarshi tavajjuh et, oʻzingni muqobil tut, tanqid qoʻlini uzatma, tutolmaysan. Ruhing bilan tanaffus et. Taraddud qoʻli bilan qarasang, tanqid bilan qoʻl uzatsang, u ketib qoladi; sening qoʻlingni maskan ittihoz etmaydi, unga rozi boʻlmaydi.
Uchinchi qism esa: Nur kabidir; koʻrinadi, faqat na his qilinadi, na tutiladi. Shunday ekan, qalbingning koʻzi bilan, ruhingning nazari bilan oʻzingni unga muqobil tut va koʻzingni unga tavjih et, kut; balki oʻz-oʻzidan keladi. Chunki nur; qoʻl bilan tutilmaydi, barmoqlar bilan ushlanmaydi, balki u nur faqat basirat nuri bilan ushlanadi. Agar haris va moddiy qoʻlingni uzatsang va moddiy mezonlar bilan tortsang, soʻnmasa ham yashirinadi. Chunki unday nur moddiyda hibsga rozi boʻlmagani kabi, qaydga ham kirolmaydi, kasifni oʻziga molik va sayyid deb qabul qilmaydi.
Bilki: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ifodasida koʻp shafqat va marhamat bor. Chunki muxotoblarning aksariyati, jumhuri avomdir. Ularning zehnlari soddadir. Nazarlari ham daqiq narsalarni koʻrmaganidan, ularning basotati afkorini erkalash uchun takror bilan samovot va arzning yuzlarida yozilgan oyatlarni takrorlaydi. U katta harflarni osonlik bilan oʻqittiradi. Masalan: Samovot va arzning xilqati va samodan yomgʻirning yogʻdirilishi va arzning tirilishi kabi bilbedaho oʻqilgan va koʻringan oyatlarni dars beradi. U hurufi kabira ichida kichik harflar bilan yozilgan inja oyotga nazarni kamdan-kam oʻgiradi, toki zahmat chekmasinlar. Ham uslubi Qur'oniyda shunday bir jazolat va salosat va fitriylik borki: Goʻyo Qur'on bir hofizdir; qudrat qalami bilan koinot sahifalarida yozilgan oyotni oʻqiydi. Goʻyo Qur'on koinot kitobining qiroatidir va nizomotining tilovatidir va Naqqoshi Azaliysining shuunotini oʻqiydi va fe'llarini yozadi. Bu jazolati bayoniyani koʻrishni istasang, hushyor va mudaqqiq bir qalb bilan Sura-i Amma va
oyatlari kabi farmonlarni tingla!..
Ey bu Mulohazalarni tinglayotgan doʻstlarim! Bilib qoʻyingki; men xilofi odat tarzida, yashirish lozim boʻlgan Robbimga qarshi qalbimning tazarru va niyoz va munojotini ba'zan yozganimning sababi; oʻlim tilimni jim qilgan zamonlarda, tilimga badal kitobimning soʻylashining qabulini rahmati Ilohiyadan rijo etishdir. Ha, qisqa bir umrda, hadsiz gunohlarimga kafforat boʻladigan muvaqqat lisonimning tavba va nadomatlari kifoya qilmaydi. Sobit va bir daraja doimiy boʻlgan kitobning lisoni u ishga ziyodaroq yaraydi. Xullas, oʻn uch yil {(Hoshiya) Bu risolaning ta'lifidan oʻn uch yil avval.} avval, gʻavgʻoli bir firtina-i ruhiya natijasida Eski Saidning kulishlari Yangi Saidning yigʻlashlariga inqilob etadigan hangomda; yoshlikning gʻaflat uyqusidan keksalik tongi bilan uygʻongan bir onimda, shu munojot va niyoz Arabcha yozilgan. Bir qismining Turkcha maoli shudirki:
Ey Robbi Rahimim va ey Xoliqi Karimim! Mening sui ixtiyorim bilan umrim va yoshligim zoye boʻlib ketdi. Va u umr va yoshlikning mevalaridan qoʻlimda qolgan, alam beruvchi gunohlar, zillat beruvchi alamlar, zalolat beruvchi vasvasalar qolgan. Va bu ogʻir yuk va kasalmand qalb va xijolatli yuzim bilan qabrga yaqinlashyapman. Bilmushohada koʻra-koʻra, gʻoyat tezlik bilan oʻngga va chapga qayrilmasdan, ixtiyorsiz bir tarzda vafot etgan ahbob va aqron va aqoribim kabi qabr eshigiga yaqinlashyapman. U qabr bu dori foniydan firoqi abadiy bilan abad-ul abad yoʻlida qurilgan, ochilgan avvalgi manzil va birinchi eshikdir. Va bu bogʻlanganim va maftun boʻlganim shu dori dunyo ham qat'iy bir yaqiyn bilan angladimki; halikdir, ketadi va foniydir, oʻladi. Va bilmushohada ichidagi mavjudot ham, bir-biri orqasidan qofila-qofila koʻchib ketadi, yoʻqoladi. Xususan, men kabi nafsi ammorasi borlarga shu dunyo juda gʻaddordir, makkordir. Bir lazzat bersa, ming alam beradi, chektiradi. Bir uzum yedirsa, yuz tarsaki uradi.
Ey Robbi Rahimim va ey Xoliqi Karimim!
sirri bilan men hozirdan koʻryapmanki: Yaqin bir zamonda men kafanimni kiydim, tobutimga mindim, doʻstlarim bilan vidolashdim. Qabrimga tavajjuh etib ketarkan, sening dargohi rahmatingda janozamning lisoni holi bilan, ruhimning lisoni qoli bilan baqirib deyman: "Al-omon, al-omon! Yo Hannon! Yo Mannon! Meni gunohlarimning xijolatidan qutqar!" Mana, qabrimning boshiga yetib keldim, boʻynimga kafanimni ilib, qabrimning boshida uzangan jismimning ustida toʻxtadim. Boshimni dargohi rahmatingga koʻtarib, bor quvvatim bilan faryod qilib nido qilyapman: "Al-omon al-omon! Yo Hannon! Yo Mannon! Meni gunohlarimning ogʻir yuklaridan xalos ayla!"
Mana, qabrimga kirdim, kafanimga oʻrandim. Tashyi'chilar meni tashlab ketdilar. Sening avfu rahmatingga intizor etaman. Va bilmushohada koʻrdimki: Sendan boshqa malja va manja yoʻq. Gunohlarning xunuk yuzidan va ma'siyatning vahshiy shaklidan va u makonning torligidan bor quvvatim bilan nido etib deyman: Al-omon, al-omon! Yo Rahmon! Yo Hannon! Yo Mannon! Yo Dayyon! Meni xunuk gunohlarimning hamrohligidan qutqar, yerimni kengaytir. Ilohim! Sening rahmating maljaimdir va Rahmatan lil Olamin boʻlgan Habibing sening rahmatingga yetishish uchun vasilamdir. Sendan shikoyat emas, balki nafsimni va holimni senga shikoyat qilaman. Ey Xoliqi Karimim va ey Robbi Rahimim! Sening Said ismli maxluqing va masnu'ing va abding ham osiy, ham ojiz, ham gʻofil, ham johil, ham a'lil, ham zalil, ham musiy, ham musinn, ham shaqiy, ham sayyididan qochgan bir qul boʻlgani holda, qirq yildan soʻng nadomat etib sening dargohingga qaytishni istaydi. Sening rahmatingga iltijo qiladi. Hadsiz gunoh va xatiotlarini e'tirof etadi. Avhom va turli-tuman illatlar bilan mubtalo boʻlgan. Senga tazarru va niyoz etadi. Agar kamoli rahmating bilan uni qabul qilsang, magʻfirat aylab rahmat etsang; zotan u sening shoningdir. Chunki Arhamurrohiminsan. Agar qabul qilmasang, sening eshigingdan boshqa qaysi eshikka boraygin? Qaysi eshik bor? Sendan boshqa Rob yoʻqki, dargohiga borilsin. Sendan boshqa haq Ma'bud yoʻqki, unga iltijo qilinsin!
Madori iltibos boʻlgan besh masaladir.
Birinchisi: Tariqi haqda xizmat qilgan va mujohada qilganlar yolgʻiz oʻz vazifalarini oʻylashlari lozim ekan, Janobi Haqqa oid vazifani oʻylab, harakotini unga bino qilib xatoga tushadilar. "Adab-ud Din vad Dunyo" Risolasida keladiki: Bir zamon shayton Hazrat Iso Alayhissalomga e'tiroz bildirib aytadiki: "Modomiki ajal va hamma narsa qadari Ilohiy bilan ekan; sen oʻzingni bu tepalikdan ot, qara qanday oʻlasan". Hazrat Iso Alayhissalom deganki:
Ya'ni: "Janobi Haq abdini tajriba qiladi va deydiki: "Sen bunday qilsang, senga bunday qilaman, seni koʻraychi, qila olasanmi?", deya tajriba qiladi. Lekin abdning haqqi yoʻq va haddi emaski, Janobi Haqni tajriba qilsin va desin: "Men bunday ish qilsam, sen bunday ish qilasanmi?" deya tajribavoriy bir suratda Janobi Haqning rububiyatiga qarshi imtihon tarzi sui adabdir, ubudiyatga munofiydir."
Modomiki haqiqat bu ekan, inson oʻz vazifasini bajarib, Janobi Haqning vazifasiga aralashmasligi kerak.
Mashhurki: Bir zamon Islom qahramonlaridan va Chingizning qoʻshinini mutaaddid dafa magʻlub qilgan Jaloliddin Xorazmshoh jangga borarkan, vuzarosi va atba'i unga deganlar: "Sen muzaffar boʻlasan, Janobi Haq seni gʻolib qiladi". U degan: "Men Allohning amri bilan, jihod yoʻlida harakat qilishga vazifadorman, Janobi Haqning vazifasiga qoʻshilmayman; muzaffar qilish yoki magʻlub qilish uning vazifasidir". Xullas, u zot bu sirri taslimiyatni tushunganidan, horiqo bir suratda koʻp marta muzaffar boʻlgan.
Ha, insonning qoʻlidagi juzi ixtiyoriy bilan qilgan af'ollarida Janobi Haqqa oid natoijni oʻylamaslik kerak. Masalan: Odamlarning Risola-i Nurga iltihoqlari qardoshlarimizdan bir qism zotlarning shavqlarini ziyodalashtiradi, gʻayratga keltiradi. Tinglamagan vaqtlari, zaiflarning quvva-i ma'naviyalari sinadi, shavqlari bir daraja soʻnadi. Holbuki Ustozi Mutlaq, Muqtado-i Kull, Rahbari Akmal boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam
boʻlgan farmoni Ilohiyni oʻzlariga rahbari mutlaq qilib, insonlarning chekingani va tinglamagani sari yanada ziyoda sa'yu gʻayrat va jiddiyat bilan tabligʻ etganlar. Chunki
sirri bilan anglaganlarki: Insonlarni tinglattirish va hidoyat berish, Janobi Haqning vazifasidir. Janobi Haqning vazifasiga aralashmas edilar.
Shunday ekan; mana ey qardoshlarim! Siz ham sizga oid boʻlmagan vazifaga harakotingizni bino qilish bilan aralashmang va Xoliqingizga qarshi tajriba vaziyatini olmang!
Ikkinchi Masala: Ubudiyat, amri Ilohiyga va rizo-i Ilohiyga qaraydi. Ubudiyatning da'isi amri Ilohiy va natijasi rizo-i Haqdir. Samaroti va favoidi uxroviyadir. Faqat illa-i gʻoya boʻlmaslik, ham qasddan istanilmaslik sharti bilan, dunyoga oid foydalar va oʻz-oʻzidan tarattub etgan va istanilmasdan berilgan samaralar ubudiyatga munofiy boʻlmaydi. Balki zaiflar uchun mushavviq va murajjih hukmiga oʻtadilar. Agar dunyoga oid foydalar va manfaatlar; u ubudiyatga, u virdga yoki u zikrga illat yoki illatning bir juzi boʻlsa; u ubudiyatni qisman yoʻq qiladi. Balki u xosiyatli virdni befoyda qilib qoʻyadi, natija bermaydi. Mana bu sirni anglamaganlar, masalan yuz xosiyati va foydasi boʻlgan Avrodi Qudsiya-i Shohi Naqshbandiyni yoki ming xosiyati boʻlgan Javshan-ul Kabirni u foydalarning ba'zilarini maqsudi bizzot niyat qilib oʻqiydilar. U foydalarni koʻrolmaydilar va koʻrmaydilar va koʻrishga ham haqlari yoʻq. Chunki u foydalar u avrodlarning illati boʻlolmaydi va undan ular qasddan va bizzot istanilmaydi. Chunki ular fazliy bir suratda u xolis virdga talabsiz tarattub etadi. Ularni niyat qilsa, ixlosi bir daraja buziladi. Balki ubudiyatdan chiqadi va qiymatdan tushadi. Yolgʻiz shu qadarki; bunday xosiyatli avrodni oʻqish uchun zaif insonlar bir mushavviq va murajjihga muhtojdirlar. U foydalarni oʻylab, shavqqa kelib; avrodni yolgʻiz rizo-i Ilohiy uchun, oxirat uchun oʻqisa, zarar bermaydi. Hamda maqbuldir. Bu hikmat anglashilmagani uchun; koʻpchilik aqtobdan va salafi solihindan marvi boʻlgan foydalarni koʻrmaganlaridan shubhaga tushadi, hatto inkor ham qiladi.
Ya'ni, "Qanday baxtli u odamki, oʻzini bilib haddidan oshmaydi". Qandayki, bir zarra shishadan, bir qatra suvdan, bir hovuzdan, dengizdan, qamardan sayyoralarga qadar quyoshning jilvalari bor. Har birisi qobiliyatiga koʻra quyoshning aksini, misolini tutadi va haddini biladi. Bir qatra suv oʻz qobiliyatiga koʻra "Quyoshning bir aksi menda bor" deydi. Faqat "Men ham dengiz kabi bir oynaman" deyolmaydi. Xuddi shuning kabi: Asmo-i Ilohiyaning jilvasining tanavvu'iga koʻra, maqomoti avliyoda shunday marotib bor. Asmo-i Ilohiyaning har birisining bir quyosh kabi qalbdan Arshga qadar jilvalari bor. Qalb ham bir Arshdir, faqat "Men ham Arsh kabiman" deyolmaydi. Xullas, ubudiyatning asosi boʻlgan ajz va faqr va qusur va nuqsonini bilish va niyoz bilan dargohi uluhiyatga qarshi sajda qilishga badal, noz va faxr suratida ketganlar; zarradek qalbini Arshga musoviy tutadi. Qatra kabi maqomini dengiz kabi avliyoning maqomoti bilan iltibos etadi. Oʻzini u buyuk maqomotga loyiq qilish va u maqomda oʻzini muhofaza qilish uchun tasannu'otga, takallufotga, ma'nosiz xudfurushlikka va bir qancha mushkulotga tushadi.
Alhosil: Hadisda voridki:
Ya'ni: Madori najot va xalos, yolgʻiz ixlosdir. Ixlosni qozonish juda muhimdir. Bir zarra ixlosli amal botmonlab xolis boʻlmagan amallarga murajjahdir. Ixlosni qozontirgan harakotining sababi, yolgʻiz bir amri Ilohiy va natijasi rizo-i Ilohiy ekanini oʻylashi kerak va vazifa-i Ilohiyaga qoʻshilmasligi kerak. Hamma narsada bir ixlos bor. Hatto muhabbatning ham ixlos bilan bir zarrasi botmonlab rasmiy va ujratli muhabbatga tarajjuh etadi. Xullas, bir zot bu ixlosli muhabbatni bunday ta'bir etgan:
Ya'ni: "Men muhabbat evaziga bir rushvat, bir ujrat, bir muqobala, bir mukofot istamayman. Chunki muqobilida bir mukofot, bir savob istanilgan muhabbat zaifdir, davomsizdir." Hatto xolis muhabbat fitrati insoniyada va umum volidalarda darj etilgan. Xullas, bu xolis muhabbatga toʻliq ma'noda volidalarning shafqatlari mazhardir. Volidalar u sirri shafqat bilan, avlodlariga qarshi muhabbatlariga bir mukofot, bir rushvat istamaganlariga va talab qilmaganlariga dalil: ruhini, balki saodati uxroviyasini ham ular uchun fido qilishlaridir. Tovuqning butun sarmoyasi oʻz hayoti ekan, bolasini itning ogʻzidan qutqarish uchun -Husravning mushohadasi bilan- boshini itga uzdiradi.
Toʻrtinchi Masala: Zohiriy sabablar qoʻli bilan kelgan ne'matlarni u sabablar nomidan olmaslik kerak. Agar u sabab ixtiyor sohibi boʻlmasa -masalan, hayvon va daraxt kabi- ne'matni Janobi Haq nomidan toʻgʻridan-toʻgʻri beradi. Modomiki u lisoni hol bilan Bismilloh deydi, senga beradi. Sen ham Alloh nomidan Bismilloh de, ol. Agar u sabab ixtiyor sohibi boʻlsa; u Bismilloh deyishi kerak, soʻngra undan ol, boʻlmasa olma. Chunki
oyatining ma'no-i sarihidan boshqa bir ma'no-i ishoriysi shudirki: "Mun'imi Haqiqiyni xotirga keltirmagan va uning nomi bilan berilmagan ne'matni yemangiz!" deganidir. U holda ham bergan Bismilloh deyishi lozim, ham olgan Bismilloh deyishi lozim. Agar u Bismilloh demasa, faqat sen ham olishga muhtoj boʻlsang; sen Bismilloh de, uning boshi ustida rahmati Ilohiyaning qoʻlini koʻr, shukr bilan oʻp, undan ol. Ya'ni, ne'matdan in'omga qara, in'omdan Mun'imi Haqiqiyni oʻyla. Shunday oʻylash bir shukrdir. Soʻngra u zohiriy vositaga istasang duo qil. Chunki u ne'mat uning qoʻli bilan sizga yuborildi.
Zohiriy sabablarni parastish etganlarni aldagan; ikki narsaning barobar kelishi yoki boʻlishiki, "iqtiron" ta'bir qilinadi, bir-biriga illat deb oʻylashlaridir.
Hamda bir narsaning adami, bir ne'matning ma'dum boʻlishiga illat boʻlganidan, tavahhum etadiki: U narsaning vujudi ham u ne'matning vujudiga illatdir. Shukrini, minnatdorligini u narsaga beradi, xatoga yoʻliqadi. Chunki bir ne'matning vujudi, u ne'matning umum muqaddamotiga va sharoitiga tarattub etadi. Holbuki u ne'matning adami, birgina shartning adami bilan boʻladi. Masalan: Bir bogʻni sugʻoradigan odam ariqning ogʻzini ochmasa, u bogʻning qurishiga va u ne'matlarning adamiga sabab va illat boʻladi. Faqat u bogʻning ne'matlarining vujudi, u odamning xizmatidan boshqa yuzlab sharoitning vujudiga tavaqquf bilan barobar, illati haqiqiy boʻlgan qudrat va iroda-i Rabboniya bilan vujudga keladi. Xullas, bu magʻlataning naqadar xatosi zohir boʻlganini angla va sababparastlarning naqadar xato qilganlarini bil!
Ha, iqtiron boshqadir, illat boshqadir. Bir ne'mat senga keladi; faqat bir insonning senga qarshi ehson niyati u ne'matga muqorin boʻlgan; faqat illat boʻlmagan. Illat, rahmati Ilohiyadir. Ha, u odam ehson qilishni niyat qilmasaydi, u ne'mat senga kelmas edi. Ne'matning adamiga illat boʻlardi. Faqat mazkur qoidaga binoan; u mayli ehson u ne'matga illat boʻlolmaydi. Faqat yuzlab sharoitning bir sharti boʻla oladi. Masalan: Risola-i Nurning shogirdlari ichida Janobi Haqning ne'matlariga mazhar ba'zi zotlar (Xusrav, Ra'fat kabi) iqtironni illat bilan iltibos etishgan, Ustoziga ortiqcha minnatdorchilik bildirishgan. Holbuki, Janobi Haq ularga darsi Qur'oniyda bergan ne'mati istifoda bilan, Ustozlariga ehson etgan ne'mati ifodani barobar qilgan, muqoranat bergan. Ular deydilarki: "Agar Ustozimiz bu yerga kelmasaydi, biz bu darsni ololmasdik. Unday boʻlsa, uning ifodasi, istifodamizga illatdir". Men ham deyman: "Ey qardoshlarim! Janobi Haqning menga ham, sizlarga ham bergan ne'mati barobar kelgan, ikki ne'matning illati ham rahmati Ilohiyadir. Men ham siz kabi iqtironni illat bilan iltibos etib, bir vaqt Risola-i Nurning sizlar kabi olmos qalamli yuzlab shogirdlariga koʻp minnatdorlik his qilardim. Va der edimki: Bular boʻlmasa edi, men kabi yarim ummiy bir bechora qanday xizmat qilardi? Soʻngra angladimki, sizlarga qalam vositasi bilan boʻlgan qudsiy ne'matdan soʻngra, menga ham bu xizmatda muvaffaqiyat ehson etgan. Bir-biriga iqtiron etgan, bir-birining illati boʻlolmaydi. Men sizga tashakkur emas, balki sizni tabriklayman. Siz ham menga minnatdorlikka badal, duo va tabrik qilinglar".
Bu toʻrtinchi masalada gʻaflatning qanday darajalari borligi anglashiladi.
Beshinchi Masala: Qandayki bir jamoatning moli bir odamga berilsa zulm boʻladi. Yoki jamoatga oid vaqflarni bir odam zabt etsa, zulm qiladi. Xuddi shuningdek: Jamoatning sa'ylari bilan hosil boʻlgan bir natijani yoki jamoatning hasanotlari bilan tarattub etgan bir sharafni, bir fazilatni u jamoatning raisiga yoki ustoziga berish; ham jamoatga, hamda u ustoz yoki raisga zulmdir. Chunki anoniyatni erkalaydi, gʻururga boshlaydi. Darvozabon ekan, oʻzini podshoh deb tasavvur qildiradi. Oʻz nafsiga ham zulm qiladi. Balki bir navi shirki xofiyga yoʻl ochadi. Ha, bir qal'ani fath etgan bir qoʻshinning gʻanimatini va muzaffariyat va sharafini mingboshisi ololmaydi. Ha, ustoz va murshid masdar va manba deb oʻylanmasligi kerak. Balki mazhar va ma'kas ekanini bilish lozim. Masalan: Harorat va ziyo senga bir oyna vositasi bilan keladi. Sen Quyoshga qarshi minnatdor boʻlishga badal, oynani masdar deb oʻylab, Quyoshni unutib, unga minnatdor boʻlishing devonalikdir. Ha, oyna muhofaza qilinishi kerak, chunki mazhardir. Xullas, murshidning ruhi va qalbi bir oynadir. Janobi Haqdan kelgan fayzga ma'kas boʻladi, muridiga aks etilishiga ham vasila boʻladi. Vasilalikdan ortiq fayz nuqtasida maqom berilmasligi lozim. Hatto ba'zan boʻladiki, masdar deb oʻylangan bir ustoz, na mazhardir, na masdardir. Balki muridining safvati ixlosi bilan va quvvati irtiboti bilan va unga hasri nazar bilan u murid boshqa yoʻlda olgan fuyuzotni ustozining mir'ati ruhidan kelgan deb koʻradi. Qandayki ba'zi odamlar gipnoz vositasi bilan bir shishaga diqqat qila-qila olami misolga qarshi xayolida bir deraza ochiladi. U oynada koʻp gʻaroibni mushohada etadi. Holbuki oynada emas, balki oynaga boʻlgan diqqati nazar vositasi bilan bir oynaning xorijida xayoliga bir deraza ochilganini koʻradi. Shuning uchun, ba'zan noqis bir shayxning xolis muridi shayxidan yanada ziyoda komil boʻlishi mumkin va qaytib kelib, shayxini irshod etadi va shayxining shayxi boʻladi.
Tavhidga doir toʻrt kichik < Ramz
dir.
Ey sababparast inson! Ajabo, gʻarib javharlardan yasalgan bir ajib qasrni koʻrsangki, qurilyapti. Uning binosida sarf etilgan javharlarning bir qismi yolgʻiz Chinda mavjud. Boshqa qismi Andalusda, bir qismi Yamanda, bir qismi Sibirdan boshqa joyda topilmaydi. Binoning qurilish zamonida ayni kunning oʻzida sharq, shimol, gʻarb, janubdan u javharli toshlar osonlik bilan jalb boʻlib qurilganini koʻrsang; hech shubhang qoladimiki, u qasrni qurgan usta, butun kura-i arzga hukm qilgan bir hokimi moʻ'jizakordir.
Xullas, har bir hayvon shunday bir qasri Ilohiydir. Xususan, inson oʻsha qasrlarning eng goʻzali va u saroylarning eng ajibidir. Va bu inson deb ataluvchi saroyning javharlari; bir qismi olami arvohdan, bir qismi olami misoldan va Lavhi Mahfuzdan va boshqa bir qismi ham havo olamidan, nur olamidan, anosir olamidan kelgani kabi; hojoti abadga uzangan, orzulari samovot va arzning aqtorida intishor etgan, robitalari, aloqalari dunyo va oxirat advorida tarqalgan bir saroyi ajib va bir qasri gʻaribdir.
Xullas, ey oʻzini inson deb oʻylagan inson! Modomiki mohiyating shunday ekan; seni yaratgan faqat u zot boʻlishi mumkinki: Dunyo va oxirat bittadan manzil, arz va samo bittadan sahifa, azal va abad kecha va ertangi kun hukmida boʻlib tasarruf qilgan bir zot boʻlishi mumkin. Shunday ekan, insonning ma'budi va maljai va xaloskori u boʻlishi mumkinki; arz va samoga hukm qiladi, dunyo va uqbo tizginlariga molikdir.
Ba'zi ablahlar borki, quyoshni tanimaganlari uchun, bir oynada quyoshni koʻrsa, oynani sevishni boshlaydi. Shadid bir his bilan uni muhofaza qilishga urinadi. Toki ichidagi quyoshi yoʻqolmasin. Qachonki u ablah quyosh oynaning oʻlishi bilan oʻlmasligini va sinishi bilan fano topmasligini tushunib yetsa, butun muhabbatini koʻkdagi quyoshga qaratadi. U vaqt anglaydiki, oynada koʻringan quyosh oynaga tobe emas, baqosi unga mutavaqqif emas. Balki quyosh u oynani oʻshanday tutadi va uning porlashiga va nuriga madad beradi. Quyoshning baqosi u bilan emas, balki oynaning hayotdor porlashining baqosi quyoshning jilvasiga tobedir.
Ey inson! Sening qalbing va huviyat va mohiyating, bir oynadir. Sening fitratingda va qalbingda boʻlgan shadid bir muhabbati baqo u oyna uchun emas va u qalbing va mohiyating uchun emas, balki u oynada iste'dodga koʻra jilvasi boʻlgan Boqiyi Zuljalolning jilvasiga qarshi muhabbating boʻlib, balohat tufayli u muhabbatning yuzi boshqa tarafga qaytgan. Modomiki shunday ekan "Yo Boqiy Antal Boqiy" de. Ya'ni, modomiki Sen borsan va Boqiysan; fano va adam nima xohlasa bizga qilsin, ahamiyati yoʻq!..
Ey inson! Fotiri Hakim sening mohiyatingga qoʻygan eng gʻarib bir holat shudirki: Ba'zan dunyoga sigʻmay qolasan. Zindonda boʻgʻilayotgan odam kabi "uf, uf," deya dunyodan yanada keng bir yer istaganing holda, bir zarracha bir ish, bir xotira, bir daqiqa ichiga kirib joylashib olasan. Ulkan dunyoga joylashmagan qalb va fikring u zarrachada joylashadi. Eng shiddatli hissiyoting bilan u daqiqacha, u xotirachada kezib yurasan.
Ham sening mohiyatingga shunday ma'naviy jihozot va latifalar berganki; ba'zilari dunyoni yutsa, toʻymaydi. Ba'zilari bir zarrani oʻzida joylashtirolmaydi. Bosh bir botmon toshni koʻtargani holda, koʻz bir sochni koʻtarolmagani kabi, u latifa bir soch qadar siqlatga, ya'ni gʻaflat va zalolatdan kelgan kichik bir holatga chiday olmaydi. Hatto ba'zan soʻnadi va oʻladi. Modomiki shunday ekan; ehtiyot boʻl, diqqat bilan bos, botishdan qoʻrq. Bir luqma, bir kalima, bir urugʻ, bir lam'a, bir ishoratda, bir oʻpishda botma! Dunyoni yutgan butun latoiflaringni unda botirma. Chunki juda kichik narsalar bor, juda kattalarni bir jihatda yutadi. Qandayki, kichik bir shisha parchasida koʻk yulduzlari bilan barobar ichiga kirib gʻarq boʻladi. Mosh kabi kichik quvva-i hofizangda, sening sahifa-i a'molingning aksariyati va sahoifi umringning agʻlabi ichiga kirgani kabi; koʻp juz'iy kichik narsalar bor, shunday katta ashyoni bir jihatda yutadi, isti'ob etadi.
Ey dunyoparast inson! Juda keng deb tasavvur qilgan sening dunyoing, tor bir qabr hukmidadir. Faqat u tor qabr kabi manzilning devorlari shishadan boʻlgani uchun, bir-biri ichida in'ikos etib, koʻz koʻra olgan darajada kengayadi. Qabr kabi tor ekan, bir shahar qadar keng koʻrinadi. Chunki u dunyoning oʻng devori boʻlgan oʻtgan zamon va chap devori boʻlgan kelasi zamon, ikkisi ma'dum va gʻayri mavjud boʻlganlari holda, bir-biri ichida in'ikos etib gʻoyat qisqa va tor boʻlgan hozirgi zamonning qanotlarini ochadilar. Haqiqat xayolga aralashadi, ma'dum bir dunyoni mavjud deb oʻylaysan. Qandayki bir chiziq tez harakatlanishi bilan bir sath kabi keng koʻrinarkan, haqiqati vujudi inja bir chiziq boʻlgani kabi, sening ham dunyoing haqiqatdan tor, faqat sening gʻaflat va vahm va xayoling bilan devorlari juda kengaygan. U tor dunyoda bir musibatning tahriki bilan qimirlab ketsang, boshingni juda uzoq deb oʻylagan devorga urasan. Boshingdagi xayolni uchiradi, uyqungni qochiradi. U vaqt koʻrasanki: U keng dunyoing; qabrdan yanada tor, koʻprikdan yanada muso'adasiz. Sening zamoning va umring chaqmoqdan yanada tez oʻtadi; hayoting soydan yanada tezroq oqadi.
Modomiki dunyo hayoti va jismoniy yashash va hayvoniy hayot bundaydir; hayvoniyatdan chiq, jismoniyatni tashla, qalb va ruhning daraja-i hayotiga kir. Tavahhum etgan keng dunyoingdan yanada keng bir doira-i hayot, bir olami nur topasan. Xullas, olamning kaliti ma'rifatulloh va vahdoniyat sirlarini ifoda qilgan "La ilaha Illalloh" kalima-i qudsiyasi bilan qalbni gapirtirish, ruhni ishlattirishdir.
Uch Masaladir.
Birinchi Masala: Ismi Hofizning tajalli-i atammiga ishorat qilgan
oyatidir. Qur'oni Hakimning bu haqiqatiga dalil istasang, Kitobi Mubinning mistari ustida yozilgan shu koinot kitobining sahifalariga qarasang, Ismi Hofizning jilva-i a'zamini va bu oyati karimaning bir haqiqati kubrosining nazirasini koʻp jihatlar bilan koʻra olasan. Azjumla: Daraxt, gul va oʻtlarning muxtalif urugʻlaridan bir hovuch ol. U muxtalif va bir-biriga muxolif urugʻlarning jinslari bir-biridan boshqa, navlari bir-biridan boshqa boʻlgan gul va daraxt va oʻtlarning sandiqchalari hukmida boʻlgan u hovuchni qorongʻida va qorongʻi va oddiy va jomid bir tuproq ichida dafn et, sep. Soʻngra mezonsiz va ashyoni farq qilmagan va qayerga yuzini bursang, u yerga ketadigan oddiy suv bilan sugʻor. Soʻngra, sanaviy hashrning maydoni boʻlgan bahor mavsumida kel, qara! Isrofil-voriy malagi ra'd; bahorda nafhi sur navidan yomgʻirga baqirishi, yer ostida dafn etilgan urugʻlarga nafhi ruh bilan xushxabar berishi zamoniga diqqat qilki, u nihoyat daraja chalkash va chalkashgan va bir-biriga oʻxshagan u urugʻchalar ismi Hofizning tajalliysi ostida kamoli imtisol bilan xatosiz oʻlaroq Fotiri Hakimdan kelgan avomiri takviniyaga imtisol etadilar. Va shunday tavfiqi harakat qiladilarki; ularning u harakatlarida bir shuur, bir basirat, bir qasd, bir iroda, bir ilm, bir kamol, bir hikmat porlagani koʻrinadi. Chunki koʻryapsanki, u bir-biriga oʻxshagan urugʻchalar bir-biridan tamoyuz etib ayriladi. Masalan, bu urugʻcha bir anjir daraxti boʻldi. Fotiri Hakimning ne'matlarini boshlarimiz ustida nashr qilishni boshladi. Ulashyapti, shoxlarining qoʻllari bilan bizlarga uzatyapti. Xullas, unga suratan oʻxshagan bu ikki urugʻcha esa, kun oshigʻi nomli gul bilan kamalak rang binafsha kabi gullar berdi. Bizlar uchun bezandi. Yuzimizga kulyapti, oʻzlarini bizga sevdiryaptilar. Yana bu yerdagi bir qism urugʻchalar bu goʻzal mevalarni berdi va nihol va daraxt boʻldilar. Goʻzal mazasi va hidi va shakllari bilan ishtahamizni ochib, oʻz nafslariga bizning nafslarimizni da'vat etyaptilar va oʻzlarini mushtariylariga fido qilyaptilar. Toki nabotiy hayot martabasidan hayvoniy hayot martabasiga taraqqiy qilsinlar. Va hokazo.. qiyos qil. Shunday bir suratda u urugʻchalar inkishof etdilarki, u bir hovuch muxtalif daraxtlar va mutanavvi' gullar bilan toʻla bir bogʻ hukmiga oʻtdi. Ichida hech bir gʻalat, qusur yoʻq.
sirrini koʻrsatadi. Har bir urugʻ ismi Hofizning jilvasi bilan va ehsoni bilan unga padarining va aslining molidan bergan irsiyatni; iltibossiz, nuqsonsiz muhofaza qilib koʻrsatadi. Xullas, bu hadsiz horiqo muhofazani qilgan Zoti Hofiz, qiyomat va hashrda hofiziyatning tajalli-i akbarini koʻrsatishiga qat'iy bir ishoratdir. Ha, bu ahamiyatsiz, zoil, foniy holatlarda bu daraja qusursiz, gʻalatsiz hofiziyat jilvasi bir hujjati qat'iyadirki; abadiy ta'siri va azim ahamiyatli boʻlgan omonati kubro hamalasi va arzning xalifasi boʻlgan insonlarning af'ol, osor va aqvollari va hasanot va sayyiotlari kamoli diqqat bilan muhofaza qilinib muhosabasi koʻriladi. Nahot, inson bebosh qolaman deb oʻylaydimi? Xosho!.. Balki inson abadga mab'usdir va saodati abadiyaga va shaqovati doimaga nomzoddir. Kichik-katta, oz-koʻp har amalidan muhosaba koʻradi. Yo taltif yoki ta'zir yeydi. Xullas, hofiziyatning jilva-i kubrosiga va mazkur oyatning haqiqatiga shohidlarning haddu-hisobi yoʻq. Bu masalada koʻrsatgan shohidimiz; dengizdan bir qatra, togʻdan bir zarradir.