Risola-i Nur Kulliyotidan "Al-Masnaviyy-ul Arabiy" bilan muanvan buyuk Ustozning jahon-baho juda qiymatli shu asarini ham Allohning avnu inoyati bilan Arabchadan Turkchaga oʻgirishga muvaffaq boʻlish bilan oʻzimni baxtiyor sanayman. Faqat, aslidagi ulviyat, quvvat va jazolatni tarjimada muhofaza qilolmadim. Ha, u javhar-baho haqiqatlarga zarf boʻladigan na bir harf topa oldim va na bir lafz. Tarjima lisoni ham, fikrim kabi noqis va qisqa boʻlganidan, u azim iymoniy va ulugʻvor Qur'oniy haqiqatlarga zoʻrgʻa bunday tor va qisqa bir qiyofani tadorik eta oldim. Na haqning va na haqiqatning xotiri qolgan. Fabrika-i dimogʻiyamning buzuqligidan bu qadarini ham muallifi muhtaram Badiuzzamonning ma'naviy yordamlari bilan yoza oldim.
Ha, bir tovuq oʻzining uchishi bilan lochinning yoki burgutning uchishlarini taqlid va tarjima qilolmaydi. Bu haqiqatdan asliga uygʻun va loyiq bir tarjima emas. (Juda qisqa bir maol, ba'zan esa tashlab oʻtilgan, tarjima qilolmagan.) Koʻp yerlarda yolgʻiz maolini oldim. Ba'zi yerlarda ham tashlab oʻtdim. Faqat aslidagi haqoiqni avlodi vatanga koʻrsatgan kichik bir oynadir...
RISOLA-I NURNING BIR NAVI ARABCHA MASNAVI-I SHARIFI HUKMIDA BOʻLGAN BU MAJMUANING MUQADDIMASI "BESH NUQTA"DIR.
Qirq-ellik yil avval Eski Said, ziyoda ulumi aqliya va falsafiyada harakat qilgani uchun, haqiqat-ul haqoiqqa qarshi ahli tariqat va ahli haqiqat kabi bir maslak qidirdi. Aksar ahli tariqat kabi yolgʻiz qalban harakatga qanoat qilolmadi. Chunki aqli, fikri hikmati falsafiya bilan bir daraja yarali edi; tadoviy lozimdi. Soʻngra ham qalban, ham aqlan haqiqatga ketgan ba'zi buyuk ahli haqiqatning orqasidan ketishni istadi. Qaradi, ularning har birining oʻzga jozibador bir xususiyati bor. Qaysisining orqasidan ergashishga tahayyurda qoldi. Imom Rabboniy ham unga gʻaybiy bir tarzda "Tavhidi qibla et!" degan; ya'ni "Yolgʻiz bir ustozning orqasidan ket!" U juda ham yarali Eski Saidning qalbiga keldiki:
"Ustozi haqiqiy Qur'ondir. Tavhidi qibla bu ustoz bilan boʻladi", deya yolgʻiz u ustozi qudsiyning irshodi bilan ham qalbi, ham ruhi gʻoyat gʻarib bir tarzda sulukni boshladilar. Nafsi ammorasi ham shukuk va shubahoti bilan uni ma'naviy va ilmiy mujohadaga majbur etdi. Koʻzi yopiq holda emas; bakli Imom Gʻazzoliy (R.A.), Mavlono Jaloliddin (R.A.) va Imom Rabboniy (R.A.) kabi qalb, ruh, aql koʻzlari ochiq holda, ahli istigʻroq aql koʻzini yopgan yerlarda, u maqomlarda koʻzi ochiq tarzda kezgan. Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, Qur'onning darsi bilan, irshodi bilan haqiqatga bir yoʻl topgan, kirgan. Hatto
haqiqatiga mazhar boʻlganini Yangi Saidning Risola-i Nuri bilan koʻrsatgan.
Mavlono Jaloliddin (R.A.) va Imom Rabboniy (R.A.) va Imom Gʻazzoliy (R.A.) kabi, aql va qalb ittifoqi bilan ketgani uchun, hamma narsadan avval qalb va ruhning yaralarini tadoviy va nafsning avhomdan qutulishini ta'minga harakat qilib, lillahilhamd Eski Said Yangi Saidga inqilob etgan. Asli Forscha, soʻngra Turkcha boʻlgan Masnavi-i Sharif kabi u ham Arabcha bir navi Masnaviy hukmida Qatra, Hubob, Habba, Zuhra, Zarra, Shamma, Shu'la, Lam'alar, Rashhalar, Lasiyyamalar va boshqa darslari va Turkchada u vaqt Nuqta va Lamaatni gʻoyat qisqa bir suratda yozgan; fursat topganda esa nashr etgan. Yarim asrga yaqin u maslakni Risola-i Nur suratida, faqat dohiliy nafs va shayton bilan mujodalaga badal, xorijda muhtoj mutahayyirlarga va zalolatda ketgan ahli falsafaga qarshi Risola-i Nur keng va kulliy Masnaviylar hukmiga oʻtdi.
U Yangi Saidning munozarasi bilan, nafs va shaytonning tom magʻlub qilinishi va jim qilinishi kabi, Risola-i Nur ham yaralangan tolibi haqiqatni qisqa bir zamonda tadoviy etgani kabi, ahli ilhod va zalolatni ham tom ilzom va isqot etadi. Demak, bu Arabcha Masnaviy Majmuasi Risola-i Nurning bir navi urugʻi va koʻchatzori hukmidadir. Bu Majmuaning yolgʻiz dohiliy nafs va shayton bilan mujodalasi nafsi ammoraning va shaytoni jinniy va insiyning shubahotidan tamomi bilan qutqaradi. Va u ma'lumot esa, mashhudot hukmida va ilmalyaqiyn esa, aynalyaqiyn darajasida bir itminon va bir qanoat beradi.
Eski Said ilmi hikmat va ilmi haqiqatning juda chuqur masalalari bilan mashgʻul boʻlishi va buyuk ulamolar bilan chuqur masalalar ustida munozarasi va madrasaning yuksak darslarini oʻqigan eski talabalarining fahmlashi darajasiga koʻra yozishi va Eski Saidning ham taraqqiyoti fikriya va qalbiyasida yolgʻiz oʻzi tushunadigan bir suratda, gʻoyat qisqa jumlalar bilan va gʻoyat muxtasar bir ifoda bilan uzun haqiqatlarga qisqa kalimalar bilan ishoratlar navidan u majmuani yozgani uchun, bir qismini eng mudaqqiq olimlar ham zoʻrgʻa tushuna oladi. Agar toʻliq izoh boʻlsa edi, Risola-i Nurning muhim bir vazifasini qilar edi. Demak, u koʻchatzor Masnaviy turuqi xafiya kabi anfusiy va dohiliy tomonda ishlagan; qalb va ruh ichida yoʻl ochishga muvaffaq boʻlgan. Boʻstoni boʻlgan Risola-i Nur ham anfusiy, ham aksar tomondan turuqi jahriya kabi ofoqiy va xorijiy doiraga qarab ma'rifatullohga keng va har yerda yoʻl ochgan. Xuddi Muso Alayhissalomning hassasi kabi, qayerga urgan boʻlsa, suv chiqargan...
Ham, Risola-i Nur hukamo va ulamoning maslagida ketmasdan, Qur'onning bir i'jozi ma'naviysi bilan, hamma narsada bir deraza-i ma'rifat ochgan; bir yillik ishni bir soatda xuddi qilgandek, Qur'onga maxsus bir sirni anglaganki, bu dahshatli zamonda hadsiz ahli inodning hujumlariga qarshi magʻlub boʻlmasdan gʻalaba qilgan.
Eski Saidning Yangi Saidga inqilob etishi zamonida, yuzlab ilmlar bilan aloqador minglab haqiqatlar, boshqa-boshqa bittadan risolaga mavzu boʻladigan qiymatda ekan, u Said ta'lif etarkan, masalalarning boshida "I'lam, I'lam, I'lam "lar bilan, har bir haqiqati-ki, bir risola boʻladigan darajada ahamiyatli ekan- bir necha qatorda, ba'zan bir sahifada, ba'zan bir-ikki qatorda zikr qiladilar. Goʻyo har bir "I'lam" bir risolaning kalit soʻzidir.
Ham "I'lam"lar bir-biriga qaramasdan muxtalif ilmlarning va haqiqatlarning mundarijalari hukmida yozilganidan, u majmuani oʻqiganlar bu nuqtalarni nazarga olib e'tiroz bildirmasinlar.
LAM'ALAR
Ey sabablar doirasidan zuhur etgan ishlarni, hodisalarni sabablarga isnod etgan gʻofil, johil! Mol sohibi deb oʻylaganing sabablar, mol sohibi emaslar. Asl mol sohibi, ularning orqasida ish qilgan qudrati azaliyadir. Ular faqat u qudratdan kelgan haqiqiy ta'sirlarni e'lon va nashq qilish bilan muvazzafdirlar. Demak, sabablar doirasi hukumatning qalam doirasi hukmidadirki, yuqoridan kelgan amrlarning tabligʻoti u doiradan qilinadi. Chunki izzat va azamat pardani iqtizo etadi; tavhid va jalol esa shirkatni rad qiladi, ta'sirni sabablarga bermaydi.
Ha, Sultoni Azaliyning ma'murlari bor, ammo ijrootchilari emaski, saltanat va Rububiyatida sherik boʻlsinlar. Faqat u ma'murlarning vazifasi dallollik boʻlib, qudratning ijrootini e'lon qiladilar. Yoki u ma'murlar nazir mushohidlarki, avomiri takviniyalariga itoat va inqiyodlari bilan iste'dodlariga koʻra bir navi ibodat qilgan boʻladilar. Demak, sabablar faqat va faqat qudratning izzatini, Rububiyatning hashmatini izhor uchun vaz' etilgan bir qator vositalardir. Boʻlmasa, qudratning ojizlik va ehtiyoji uchun muovanat qilgan yordamchilar emas. Bashar sultonlarining ma'murlari esa; sultonlarning ehtiyoj va ojizliklarini ketkazish uchun ta'yinlariga zarurat hosil boʻlgan yordamchi va sheriklaridir. Shunga binoan, Allohning ma'murlari bilan insonning ma'murlari orasida munosabat yoʻq. Yolgʻiz gʻofil va johil boʻlganlar hodisalardagi va vuqu'otdagi hikmatlarni, goʻzalliklarni koʻrolmaganlaridan, Janobi Haqdan shakvo va shikoyatlarni boshlaydilar. Xullas, u shakvo va shikoyatlarning nishonini almashtirish uchun sabablar joriy etilgan. Chunki qusur ulardan chiqadi, ularning qobiliyatsizligidan kelib chiqadi. Bu sirga bir misoli latif suratida bir tamsili ma'naviy rivoyat qilinadiki:
Hazrat Azroil Alayhissalom Janobi Haqqa deganki:
-Qabzi arvoh vazifasida sening iboding mendan shakvo qiladilar. Mendan ranjiydilar.
Janobi Haq lisoni hikmat bilan unga deganki:
-Sen bilan ibodimning oʻrtasida musibatlar, xastaliklar pardasini qoʻyaman. Toki shakvolari ularga ketib sendan ranjimasinlar.
Ha, qandayki xastaliklar pardadir, ajalda tavahhum etilgan yomonliklarga marji'dirlar. Va qabzi arvohda haqiqiy oʻlaroq hikmat va goʻzallik, Hazrat Azroil Alayhissalomning vazifasiga mutaalliqdir. Shunga oʻxshab, Hazrat Azroil Alayhissalom ham bir pardadir. Qabzi arvohda zohiran marhamatsiz koʻringan va rahmatning kamoliga munosib tushmagan ba'zi holotga marji' boʻlish uchun u ma'muriyatga bir nazir va qudrati Ilohiyaga bir pardadir.
Ha, izzat va azamat istarki, sabablar pardadori dasti qudrat boʻlsin aqlning nazarida; tavhid va jalol istarki, sabablar qoʻllarini tortsinlar ta'siri haqiqiydan...
Birodar! Tavhid ikki xil boʻladi:
Biri omiyona tavhiddirki: "Allohning sherigi yoʻq va bu koinot Uning mulkidir", deydi. Bu qism tavhid sohiblarining fikran gʻaflat va zalolatga tushishlari xavfi bor.
Ikkinchisi haqiqiy tavhiddirki: "Alloh birdir, mulk Uniki, vujud Uniki, hamma narsa Unikidir", deyishadi; ular loyatazalzal bir e'tiqodga sohibdirlar. Bu qism tavhid sohiblari, hamma narsaning ustida Janobi Haqning sikkasini koʻrishadi va hamma narsaning jabhasida boʻlgan muhrini, tamgʻasini oʻqishadi. Va bu soyada huzuriy bir tavhid malakasi moliki boʻladilarki, zalolat va avhomning hujumidan qutuladilar.
Qur'oni Hakimdan istifoda etganimiz ikkinchi qism tavhidning bir necha martabalarini bir necha lam'a zimnida izoh qilamiz:
Qaranglar! Har bir masnu'ning yuzida shunday bir sikka borki, faqatgina hamma narsani yaratgan Xoliqqa maxsusdir. Va har bir maxluqning jabhasida shunday bir xotam urilganki, hamma narsani qilgan Sone'dan ma'ada hech kimda u xotam boʻlmaydi. Va qudrat nashr qilgan maktublardan har bir maktubning oxirida taqlidi mumkin boʻlmagan shunday bir turra bordirki, faqat Sultoni Azal va Abadga xosdir. U kabi sikkalardan yolgʻiz hayot ustida porlagan sikka-i i'jozga qarangki; hayot bilan bir narsadan juda koʻp narsalar vujudga keladi, ijod qilinadi. Va juda koʻp narsalar ham bir narsa-i vohidga amri Rabboniy bilan inqilob etadilar. Masalan: Suv bir narsa-i vohid ekan, juda koʻp a'zolarga, jihozlarga Allohning izni bilan mansha' boʻladi, ijod qilinadi. Va me'daga kirgan juda koʻp muxtalif ovqatlar va mevalardan Xoliqi Taolo birgina jismni ijod qiladi, birgina jismni vujudga keltiradi.
Xullas, qalb, aql, shuur sohibi boʻlgan bir odam bu jihatni oʻylasa, anglaydiki, bir narsadan koʻp narsalarni ijod qilib chiqarish va koʻp narsalarni bir narsaga tahvil etish, faqat hamma narsani yaratgan va hamma narsani qilgan Sone'ga maxsus bir sikkadir.
Behisob xotamlardan jonli maxluqotga joriy etilgan hayot xotamiga qaranglar! Ha, jonli bir maxluq, jome'iyati e'tibori bilan, koinotga kichik bir misoldir, shajara-i olamga goʻzal va totli bir mevadir, kavn va vujudga bir nuvadirki, Janobi Haq u nuvada juda koʻp olamlarning namunalarini joylashtirgan. Xuddi u zihayot gʻoyat hakimona muayyan nizomlar bilan butun vujudlardan sogʻilgan bir qatra yoki bir nuqtadir. Bu e'tibor bilan bir zihayotni yaratish, butun koinotni yadi tasarrufiga olgan Janobi Haqdan ma'ada hech bir narsaga isnod qilinolmaydi.
Ha, aqli buzilmagan kishi, taammuli natijasida anglaydiki: Masalan, asalarini juda koʻp narsalarga mundarija qilgan va kitobi koinotning aksar masoilini insonning mohiyatida yozgan va anjir nuvasida anjir daraxtining dasturini joylashtirgan va insonning qalbini minglarcha olamlarga oʻrnak va deraza qilgan va basharning quvva-i hofizasida tarixi hayotini taalluqoti bilan barobar yozgan, faqat va faqat hamma narsani yaratgan Xoliq boʻlishi mumkin. Va bunday bir tasarruf, yolgʻiz va yolgʻiz Robbul Olaminga maxsus bir xotamdir.
Janobi Haqning jonli maxluqotga bosgan hayot xotamining gʻayri mutanohiy naqsh va holatlaridan bir namunani koʻrsatamiz. Shundayki:
Qandayki suvning qatralaridan, shishaning parchalaridan to sayyor yulduzlarga qadar shaffof yoki shaffof kabi hamma narsada shamsning jilvalaridan shamsga maxsus bir turra, bir jilva boʻladi. Shuning kabi, Shamsi Azaliyning ham butun jonli maxluqotda "ihyo va nafhi hayot" jihati bilan bir tajalli-i ahadiyati boʻlib, butun sabablar iqtidor va ixtiyor sohibi boʻlganlari faraz qilinsa ham, u sikkaning na mislini va na taqlidini, na munfaridan va na mujtami'an yaratishdan ojizdirlar.
Bunga binoan, shaffof narsalarda koʻringan u timsollar shamsning timsoli boʻlib, shamsdan u shaffof narsalarga in'ikos etganiga hukm qilinmagan taqdirda, u behisob qatralarda va zarralarda (har birida) haqiqiy bir shamsning moddasi bilan mavjud boʻlganiga hukm qilish lozim boʻladi.
Shuning kabi, Shamsi Azaliyning shualar manzilasida boʻlgan tajalli-i asmosining nuqta-i markaziyasi boʻlgan hayot, Shamsi Azaliyga isnod qilinmagan taqdirda, bir chivindan, bir guldan tortib har bir zihayotda nihoyatsiz bir qudrat, muhit bir ilm, mutlaq bir iroda kabi Vojib-ul Vujuddan ma'ada hech bir narsada vujudi mumkin boʻlmagan boshqa sifatlarning mavjud boʻlishiga johilona, ahmoqona, kulgili bir botil hukm lozim boʻladi. Va ayni zamonda, shu botil hukm bilan har bir zarraga va har bir sababga bir uluhiyati mutlaqani isnod etish bilan behisob sheriklarni isbot qilish majburiyati hosil boʻladi.
Shu bilan barobar, danak boʻladigan bir habba yoki bir urugʻdagi gʻarib, ajib, muntazam vaziyatga qarangki; u habba, danagi boʻladigan jimsning butun ajzosi bilan munosabatdor boʻlgani kabi, navi bilan, ya'ni abno-i jinsi bilan ham va butun mavjudot bilan ham munosabatlari bor. Va ularga qarshi munosabatlari nisbatida vazifalari bor. Agar u danakcha habbaning Qodiri Mutlaqdan nisbati kesilib oʻz nafsiga isnod etilsa, ya'ni oʻzidan-oʻzi boʻlgan deyilsa, har bir danakda hamma narsani koʻradigan bir koʻzning va hamma narsani qamragan bir ilmning boʻlishini e'tiqod etish lozim boʻladi. Bu esa, sobiq tamsilda har bir shaffof zarrada haqiqiy bir shamsning vujudini iddi'o etish kabi kulgili bir ahmoqlikdir.
Bir kitob qoʻl yozmada yozilsa, yolgʻiz bir odamga va bir qalamga ehtiyoj boʻladi. Lekin bosmaxonada chop qilinsa, qalam ishini bajaradigan juda koʻp temir qalamlar lozim boʻladi. Va u temir harflarni yasash uchun ustalar va asbob-uskunalar va murattiblar kabi koʻp narsalarga ehtiyoj boʻladi. Shuning kabi, shu kitobi koinotda yozilgan qatorlar, kalimalar va harflarning bir Vohidi Ahadning qalami qudrati bilan yozilgani jihatga hukm qilgan odam, juda yengil va oson va ma'qul bir yoʻlga suluk etgan boʻladi. Faqat, u yozuvlarni, u harflarni tabiatga va sabablarga isnod etgan kimsalar, imtino' va maholning eng suubatli va chiqilmas bir yoʻliga zahob etgan boʻladilar. Chunki bu yoʻlga zahob etganlar uchun birgina zihayotning chop va nashr qilinishi uchun aksar koinotning chop qilinishiga lozim boʻlgan tajhizot lozim. Bu esa, vahming qabul qilolmagan bir xurofotdir.
Va shuningdek, tuproqning, suvning, havoning har bir juzida nabotot adadicha ma'naviy yashirin bosmaxonalar lozimki, mohiyatlari va jihozlari mutaxolif behisob meva va gullarning tashkilotini qila olsinlar. Va yoxud, u nabototni shu qadar ziynat va intizomlari bilan barobar koʻkartirish uchun, u uch unsurning har bir juzida barcha daraxtlarning, mevalarning va gullarning xossalarini, jihozlarini va mezonlarini bilib qila oladigan bir qudrat, bir ilm lozim. Chunki bu uch unsurning har bir juzi har bir nabotning tashkiliga mador va mansha' boʻla oladi. Ha, bir gultuvakdagi tuproq, jihozlari va shakllari va boshqa sifatlari muxolif boʻlgan har qanday nabotning urugʻini koʻkartirishga qobiliyati bor. Shunga binoan, ikkinchi yoʻlga zahob etganlarga koʻra, u kichik gultuvak ichida behisob yashirin uskuna va fabrikalarning vujudi lozim boʻladiki, xurofotchilar ham bundan uyaladilar.
Bir kitobda yozilgan bir harf yolgʻiz bir jihat bilan oʻzini koʻrsatadi va oʻziga dalolat qiladi. Faqat u harf kotibiga koʻp jihatlar bilan dalolat qiladi va naqqoshini ta'riflaydi.
Shuning kabi, kitobi koinotda mujassam tarzda yozilgan har bir kalima oʻz miqdoricha oʻzini koʻrsatsada, juda koʻp jihatlardan munfaridan va mujtami'an Sone'ini koʻrsatadi, asmosini izhor etadi. Va oʻz avsofi bilan, ashkali bilan, naqshlari bilan goʻyo Sone'ini madh uchun yozilgan bir qasidadir. Bunga binoan, mashhur Habannaqa kabi ahmoqlashgan bir odam ham Sone'-i Zuljalolning inkoriga ketmasligi kerak.
Janobi Haq butun juz va juz'iylarda sikka-i maxsusasini va butun kull va kulliylarda xos xotamini joylashtirgani kabi, aqtori samovot va arzni xotami vohidiyat bilan va majmu-i koinotni sikka-i ahadiyat bilan muhrlagan. Mazkur sikka va xotamlardan, masalan
oyati ishorat qilgan ihyo va nafhi ruh holatidagi xotami Ilohiyga qarangki, juda koʻp gʻarib-gʻarib hashrlarni, ajib-ajib nashrlarni koʻrasizlar!
Ha, xususan arzning ihyosida, har yil uch yuz mingdan ortiq soha-i vujudga keltirilgan maxluqotning navlarida hashr va nashrlar bor. Ammo, bilinmaydigan bir hikmatga binoan, shu hashr va nashrlarning aksarida i'oda etilgan amsol oralaridagi misliyat shu qadar ayniyatga yaqindirki, deyarli tirilgan avvalgining na ayni va na gʻayridir deb boʻladi. Nima boʻlganda ham, misliyat, ayniyat mavzu'i bahs emas. Qanday boʻlsa boʻlsin, u hashr-nashrlar basharning suhulati hashriga dalolat qilganlari kabi, basharning hashriga bittadan misol va bittadan oʻrnak boʻla oladilar.
Xullas, bir-biriga muxolif nihoyat darajada aralash boʻlgan u anvo'i kasirani kamoli imtiyoz bilan ihyo etish va xatosiz, xaltsiz, gʻalatsiz mumtozona i'oda etish nihoyatsiz bir qudratga va muhit bir ilmga sohib boʻlgan Zoti Zuljalolning xotami xos va sikka-i maxsusasidir.
Va shuningdek, sathi arz sahifasida qusursiz, nuqsonsiz, sahvsiz kamoli intizom bilan uch yuz mingdan ortiq risolalarni yozish, shunday bir Zotning sikka-i maxsusasidirki, hamma narsaning ich yuzi, hamma narsaning kaliti uning qoʻlidadir. Va hech bir narsa uning tavajjuhini boshqasidan oʻgirib oʻziga hasr etolmaydi.
Xulosa: Sathi arzda olti oy mobaynida, basharning hashrini tamsil etgan u behisob hashr va nashrlarda koʻringan Rububiyatning u tasarrufi azimida juda yuksak, muazzam va inja naqshli bir xotami bor. Maxluqotning ijodida koʻringan shu intizomlar, suhulatlar, tezliklar, imtiyozlar hammasi u xotamning yogʻdusidan vujudga keladilar. Ha, har bahor mavsumida juda hakimona, basirona, karimona faoliyatlar boshlanadi va horiquloda san'atlar yaratiladi. Va butun bu amaliyot mukammal tezlikda, suhulat bilan muntazaman jarayon etayotgani koʻrinadi.
Xullas, bu horiquloda faoliyatlar shunday bir Zotning xotamidirki, hech bir makonda boʻlmagani holda, har makonda ilm va qudrati bilan hozir va nazirdir.
Qaranglar! Aqtori samovot va arz sahifalari ustida xotami Ahadiyat koʻringani kabi, koinotning hay'ati majmuasining ulkan sahifasi ustida ham juda yaqqol bir suratda xotami tavhid koʻrinmoqda.
Ha, bu olam juda muhtasham bir saroy yoki muntazam bir fabrika yoki mukammal bir shahardir. Bu fabrika-i koinotning ajzosi, afrodi va anvo'i, asbob-uskunalari orasida hakimona bir muorafa va tanishish va doʻstona bir mukolama va suhbatlashish va juda karimona bir muovanat va yordamlashish borki, mukammal tezlik bilan juda uzun masofalardan bir-birining ovozini eshitadigan va ehtiyojini koʻradigandek darhol yordamiga yetishadi, ehtiyojini daf qiladi.
Ha, samodagi ajrom va yulduzlarning bir-biriga va arzga bergan ziyo va haroratni, xususan arzga qilgan boshqa yordamlarini koʻryapsiz. Va shuningdek, bulut bilan arz orasida jarayon etgan suv oldi-berdisiga qarangki, arz suvni bugʻ shaklida bulutga beradi, bulut ham oʻz fabrikalarida lozim boʻlgan amaliyotni qilgandan soʻngra muz, qor, yomgʻir shaklida i'oda qiladi. Xuddi u jomid jirmlar lisoni hollari bilan simsiz telegraf kabi bir-biri bilan gapiradi va yakdigariga arzi ehtiyoj qiladilar. Xususan, butun u ajrom goʻyo qoʻlini qoʻliga bergandek, kamoli jiddiyat bilan zavil hayotga lozim boʻlgan narsalarni ta'minlash xizmatida sa'y etyaptilar va bir Mudabbirning amriga bogʻlanib bir gʻoyaga tavajjuh etyaptilar.
Ha, shu taovun qonuniga ittiboan, shams, qamar, kecha va kunduz, yoz va qish taraflaridan qilingan yordamlar soyasida, shu hayvonlarning arzoqini yetishtirgan nabotot izni Ilohiy bilan vujudga keladi. Hayvonot ham amri Rabboniy bilan basharning ehtiyojotini qondiradi. Asalari bilan ipak qurtining insonlarga qilgan yordamlari bu da'voni isbot qiladi.
Ha, bu kabi ashyo-i jomidaning yakdigariga qilgan shu yordamlari, juda oshkora bir dalil boʻlib, ular karim bir Mudabbirning xizmatchisi va ishchisi boʻlib, uning amri bilan, izni bilan ishlaydilar.
Gʻido oʻlaroq maxluqotga, xususan hayvonotga taqsim qilingan rizqlarga diqqat lozimki, bu rizq vaqti muayyanida yetishadi, vaqti ehtiyojda yuboriladi. Va daraja-i ehtiyoj nisbatida qilingan yuborilishda buyuk bir intizom bor. Xusans, bu umumiy rizq haqida koʻringan keng va muntazam rahmat va inoyatlar, faqatgina hamma narsaning murabbiysi va hamma narsaning mudabbiri va hamma narsa yadi tasxirida boʻlgan bir zotning xotami xossi boʻlishi mumkin.
Qaranglar! Olami arz va butun juz'iyot ustida xotami Ahadiyat boʻlgani kabi, tarqoq navlar va muhit unsurlar ustida ham aynan u xotami Ahadiyat mavjud.
Ha, bir dalaga urugʻ ekilishidan anglashiladiki, u dala urugʻ sohibining mulkidir. Va u urugʻ ham u dala sohibining molidir. Ya'ni, u bunga, bu ham unga shahodat qiladilar.
Shuning kabi, koinotdagi masnu'ot urugʻ kabidir. Olam va anosir ham dala kabidir. Har ikki tarafning lisoni hollari bilan qilgan shahodatlariga koʻra, masnu'ot bilan olami anosir, ya'ni urugʻ bilan dala va muhit bilan muhat, (doimo) bir Sone'-i Vohidning yadi tasarrufidadir. Demak, adno bir maxluqqa qilingan tasarrufi haqiqiy va zaif bir mavjudga qilingan tavjihi Rububiyat, olam va anosir qabza-i tasarrufida boʻlgan Zotga maxsus boʻlgani kabi, har qaysi unsurning ham tadvir va tadbiri, butun hayvonot va nabototni qabza-i Rububiyatida tutib tarbiya qilgan aynan u Zotga maxsusdir. Xullas, xotami tavhid deganimiz budir. Agar bir narsaga tamalluk etishga niyating boʻlsa, maydonga chiq, oʻzingni tajriba qil, qara nima deyaptilar! Eng juz'iy bir fard, "Faqat navimni yaratgan meni yarata oladi", deydi. Chunki afrod orasida misliyat bor. Va arzning har tarafida tarqoq bir suratda boʻlgan eng kichik bir nav, "Meni yarata olgan faqat arzni yaratgandir", deyapti.
Arzga qara nima deyapti? Samo bilan oralarida oldi-berdisi boʻlgani uchun, "Meni yarata olgan, faqat majmu-i koinotni yaratgan Zotdir", deyapti. Chunki oralarida tasonud bor.
Birodar! Hayot va ihyo va zavil hayot bilan har bir juz va juz'iya va har bir kull va kulliya va koinotning hay'ati majmuasiga urilgan tavhid xotamlaridan bir qism misollari mazkur bayonotdan anglashildi. Hozir tingla! Anvo' va kulliyot ustiga joylashtirilgan vahdoniyat sikkalaridan bir donani zikr qilamiz. Shundayki:
Birgina samara bilan samarador shajaraning yaratilishlaridagi suubat va suhulat birdir. Chunki ikkisi ham bir markazga qaraydi, bir qonunga bogʻliq, tarbiya va holatlari bir. Ma'lumki, markazning ittihodi, qonunning vahdati, tarbiyaning vahdoniyati soyasida qiyinchilik, mashaqqat, masraf kamayadi va shunday bir osonlik hosil boʻladiki, juda koʻp samaralari boʻlgan bir daraxt yadi vohidga, birgina samaraning qilinishi ham ayadi kasiraga tavdi' etilgan zamon, har ikki tarafning yasalishlari suhulat jihatidan bir boʻladi. Va oralarida yaratilish jihatidan farq yoʻq. Koʻp odamlar tarafidan qilingan bir samaraning tarbiyasi uchun lozim boʻlgan jihozlar va asbob-uskunalar va boshqalar, birsi am tarafidan qilingan samarador shajaraning tarbiya va qilinishi uchun ham aynan shu qadar malzama lozimdir. Yolgʻiz holat jihatidan farq boʻlishi mumkin. Masalan:
Bir qoʻshin askarga qilingan kiyim tadoriki uchun qancha asbob-uskuna lozim boʻlsa; bir askarning kiyimi uchun ham shu qadar asbob-uskunalar lozimdir. Va shuningdek, bir kitobning ming nusxasi bilan bir nusxasining ujrati bosmaxona uchun birdir. Ba'zan esa birgina nusxaning chop qilinishi koʻproq bir ujratga tobe boʻladi. Bunga qiyosan, bir bosmaxonani tashlab koʻp bosmaxonalarga murojaat qilinsa, bir necha marta ortiq ujratlarning berilishi lozim boʻladi. Ha, kasrat vahdatga isnod qilinmagan taqdirda, vahdatni kasratga isnod etish majburiyati hosil boʻladi. Demak, tarqoq bir navning ijodidagi suhulati horiqo vahdat va tavhid sirriga bogʻliq.
Birodar! Bir navning afrodi orasidagi tavofuq va bir jinsning anvo'i orasida a'zo-i asosiyada boʻlgan mushobahat, sikkaning ittihodiga, qalamning vahdatiga dalolat qilganidan anglashiladiki, butun mutavoqif va mutashabehlar, ya'ni bir-biriga oʻxshagan koʻp narsalar bir Zoti Vohidning asari san'atidir.
Shuning kabi, insho va ijodlarda koʻringan shu suhulati mutlaqa, butun mavjudotning bir Sone'-i Vohidning asari boʻlganini vujub darajasida istilzom etadi. Aks holda, suubat, mashaqqat shunday bir daraja-i imtino' va maholiyatga chiqadiki, u jins va navlarning adamdan vujudga chiqishlariga bir toʻsiq qoʻyilgan boʻladi. Shunga binoan, Janobi Haqning zotida sherigi boʻlmagani kabi -chunki intizom buziladi, olam fasodga ketadi- fe'lida ham sherigi yoʻqdir. Chunki suubat, mashaqqat sababli olamning adamdan chiqmasligiga sabab boʻladi.
Birodar! Hayot, xoliqning ahadiyatiga burhon boʻlgani kabi, mavt ham davom va baqosiga bir dalildir. Ha, qandayki oqqan daryolarning, toʻlqinlangan dengizlarning pufakchalari va yer yuzida boʻlgan boshqa shaffof narsalar, shamsning ziyo va timsollarini koʻrsatish bilan shamsning vujudiga shahodat qilganlari kabi; u pufakcha kabi shaffoflar oʻlib, soʻngandan soʻngra oʻrinlariga mutasalsilan kelib oʻtgan oʻxshashlari, yana shamsning ziyo va timsollarini koʻrsatganlaridan, shamsning davom va baqosiga va butun u shuoot, jalavot va timsollarning bir Shamsi Vohidning asari boʻlganlariga shahodat qiladilar. Xullas, u shaffoflar vujudlari bilan shamsning vujudiga va adamlari va oʻlimlari bilan ham shamsning davom va baqosiga dalolat qiladilar.
Shuning kabi, mavjudot vujudlari bilan "Vojib-ul Vujudning vujubi vujudiga va oʻlim va zavoli bilan, tajaddudiy bir tasalsul bilan yerlariga kelgan amsoli Sone'ning azaliy va abadiy vohidiyatiga shahodat qiladilar.
Ha, layl va nahorning ixtilofi, fusuli arbaaning tahavvuli va unsurlarning tabadduli hangomida yuzaga chiqqan shu goʻzal mavjudot va bu latif masnu'otda davom bilan jarayon qilgan mubodala va davru taslim muomalasi qat'iy bir shahodat bilan, sarmadiy, oliy, doim-ut tajalliy bir Sohibi Jamolning vujudiga va baqosiga va vahdatiga shahodat qilgan qat'iy bir burhondir.
Va shuningdek, yillik inqiloblarda musabbabot bilan sabablarning birlikda oʻlim va zavoli va keyinchalik ikkovining yana birlikda i'odalari, sabablarning ham musabbabot kabi ojiz masnu' va maxluqlardan boʻlganiga dalolat qilgani kabi; bu masnu'ot va mavjudotning bir Zoti Vohidning mutajaddid bir san'ati boʻlganiga ham shahodat qiladi.
Birodar! Zarralardan to sayyoralarga qadar va naqshlardan shamslarga borgunga qadar hamma narsa zotida, haqiqatida sobit boʻlgan "ojizlik va faqirlik"ning lisoni holi bilan Sone'ning vujubi vujudini e'lon qiladi.
Va shuningdek, ojizligi bilan barobar, nizomi umumiyning buzilmasligi uchun, hamil boʻlgan ajib va muhim vazifalar jihati bilan Sone'ning vahdatiga dalolat qiladi. Shunga binoan, Sone'ning vojib va vohid boʻlganiga hamma narsada ikki shohid boʻlgani kabi, Xoliqning Ahad va Samad boʻlganiga ham har bir zihayotda ikki oyat bor.
{(*) Ixtor: Koinotning ajzosidan har bir juzning ellik besh lison bilan Vohidi Ahad va Vojib-ul Vujudni e'lon qilayotganligini Qur'onning fayzidan fahmlab, ijmolan "Qatra" nomli asarimda bayon qilganman. Orzu qilgan unga murojaat qilsin.}
Birodar! Mavjudot Janobi Haqning vujubi vujud va vahdatiga shahodat qilgani kabi, jaloliy, jamoliy, kamoliy boʻlgan butun sifotiga ham dalolat qilish bilan Xoliqning zotida nuqson va qusur boʻlmaganini va shuunotida, sifotida va asmosida va af'olida ham nuqson va qusur boʻlmaganini e'lon qiladi.
Zero, asarning kamoli bilmushohada fe'lning kamoliga, fe'lning kamoli bilbedaho ismning kamoliga, ismning kamoli bizzarura sifatning kamoliga, sifatning kamoli hadsi yaqiyn bilan shuunotning kamoliga dalolat qiladi. Sha'nning kamoli esa, haqqalyaqiyn bir surat bilan Zotning kamolini koʻrsatadi.
Shunga binoan, bir qasrning va bir saroyning nuqush va tazyinotidagi mukammaliyat, sone' va muhandis qilgan naqshlar ustida va tazyinot ostida koʻringan af'olning mukammaliyatiga dalolat qiladi.
Af'olning mukammaliyati ham, Sone' taqqan ism va laqablarning mukammaliyatini koʻrsatadi. Asmoning mukammaliyati, sifatning mukammaliyatiga dalolat qiladi. Sifatning mukammaliyati, shuunotning mukammaliyatini tasrih etadi. Shuunotning mukammaliyati ham u naqqoshning mukammaliyati zotiga dalolat qiladi.
Shuning kabi, koinotda koʻringan osorning kamoli, hadsiy bir mushohada bilan af'olning mukammaliyatiga, af'olning kamoli ham foilning kamoli asmosiga, asmoning kamoli sifotning kamoliga, sifotning kamoli shuunoti zotiyaning kamoliga, shuunotning kamoli Zoti Zuljalolning kamoliga dalolat qiladi.
RASHHALAR
Xoliqi Olamni bizga ta'rif va e'lon qilgan dalillar va burhonlar layu'add va layuhsadir. U dalillarning eng kattalari uchta:
Ba'zi oyatlarini koʻrganing, eshitganing shu "kitobi kabiri koinot"dir.
Bu kitobning oyat-ul kubrosi va devoni nubuvvatning xotami va kunuzi maxfiyaning kaliti boʻlgan Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir.
Kitobi olamning tafsiri va maxluqotga qarshi Allohning hujjati boʻlgan Qur'ondir.
Hozir, bir necha rashha zimnida ikkinchi burhonni ta'rifdan soʻngra soʻzlarini tinglaymiz.
Birodar! Xoliqimizni ta'rif etgan, juda buyuk bir shaxsiyati ma'naviyaga molik, burhoni notiq deganimiz "Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam kim?" deya soʻralgan savolga javoban deymizki:
Hazrat Muhammad (S.A.V.) shunday bir zotdirki, azamati ma'naviyasi sababli sathi arz u zotning Masjidi Aqsosidir. Makka-i Mukarrama uning mehrobi, Madina-i Munavvara uning minbari fazli kamolidir. Jamoati moʻ'mininga eng oxirgi va eng oliy imom va navi basharning xatibi sharihidir; saodat dasturlarini bayon qiladi. Va butun anbiyoning raisidir; ularni tazkiya va tasdiq qiladi. Chunki dini butun dinlarning asoslarini jamlagan. Va butun avliyoning rahbaridir. Shamsi risolati bilan ularni tarbiya va tanvir etadi.
U zot (S.A.V.) shunday bir qutb va nuqta-i markaziya boʻlib, uning halqa-i zikrida boʻlgan butun anbiyoyu axyor, abroru sodiqiyn uning kelishiga muttafiq va kalomi nutqi bilan notiqdirlar. Va shunday bir shajara-i nuroniyadirki, tomir va ildizlari, anbiyoning asosoti samoviyasidir. Shox va shodalari, avliyoning ma'orifi ilhomiyasidir.
Bu e'tibor bilan, har qaysi bir da'voni iddi'o etgan boʻlsa, butun anbiyo moʻ'jizalariga istinodan va butun avliyo karomatlariga mustanidan unga shahodat qilishgan. Ha, butun da'volarining tasdiqlarini ish'or etgan, butun komillarning xotam va muhrlari bordir. Azjumla:
U zotning (S.A.V.) da'volaridan biri "Tavhid"dir. Bu da'voni tasrih va ifoda etgan لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ kalima-i muborakasidir. U zotning halqa-i din va zikriga kirgan butun oʻtgan va keladigan insonlar u kalima-i muqaddasani rukni iymon va virdi zabon qilganlar. Demak, u da'voning haq va haqiqat ekaniga qanoat va itminon va iz'onlari hosil boʻlganki, zamon va makonni shomil bir tarzda, u kalima-i muboraka mashrablari, maslaklari, an'analari muxtalif, mutabayin insonlarning ogʻizlarida Mavlaviylar kabi samoviy davaron va javalon etadi.
Shunga binoan, gʻayri mutanohiy shohidlarning tasdiqi bilan haq va haqqoniyati tahaqquq etgan bir da'voga, hech bir vahmning haddi yoʻqki, unga dasti e'toroziy uzata olsin!
Birodar! Tavhidni isbot va navi basharni irshod etgan u nuroniy burhon; biri oʻngida, boshqasi chapida, biri mutavotir, boshqasi majma'i alayh boʻlgan nubuvvat va valoyat bilan mujahhazdir. Va ayni zamonda, irhosot deyilgan qobl-an nubuvvat oʻzidan zuhur etgan horiqo hollarning rumuzoti bilan va kutubi samoviyaning bashoroti bilan va havatif deyilgan -gʻaybdan berilgan- tabshiroti mutaaddida bilan musaddaqdir.
Va shuningdek, u burhoni nuroniydan zuhur etgan inshiqoqi Qamar, barmoqlaridan otilib chiqqan suvlar, daraxtlarning uning da'vatiga ijobatlari, duosining aqobinda yomgʻirning nuzuli, juda oz bir ovqatdan koʻplarning yeb toʻyishlari va boʻri, jayron, tuya, tosh va boshqalarning gapirishlari kabi moʻ'jizalarining dalolat va shahodati bilan tasdiq etilgan bir zotdir (S.A.V.).
Va shuningdek, dunyo va oxirat saodatlarini ta'minga kafil va kifoya boʻlgan shariati, nubuvvatini tasdiq va isbotga kifoyadir. Oʻtgan darslarda shamsi shariatidan ba'zi shualarni koʻrdik. Tatvili kalomni mujib takrorlari lozim emas.
Birodar! U zot (S.A.V.), daloili afkoriya deyilgan xorijiy dalillar bilan musaddaq boʻlgani kabi, daloili anfusiya deyilgan zotida va nafsida sobit dalil va ishoratlar bilan ham musaddaqdir. Chunki U zot shams kabidir; zotini zoti bilan nurlantirib koʻrsatadi. Masalan: Butun axloqi hamidaning eng yuksagi u zotda ijtimo' etganiga butun olam shahodat qiladi. Va shuningdek, eng nazih xulqlarni va axloqlarni va eng yuksak xislatlarni jamlagan bir shaxsiyati ma'naviya sohibi boʻlganiga ijmo' bor. Va shuningdek, u zotning eng yuksak darajada boʻlgan zuhd va taqvo va ubudiyati shahodatlari bilan molik boʻlgan quvvati iymoniya bilan musaddaqdir. Va shuningdek, siyari Nabaviyaning shahodati bilan daraja-i vusuqi va kamoli jiddiyat va matonati va butun ishlarida va harakotida quvvati amniyati, haqqa mutamassik va haqiqatga solik boʻlganini tasdiq etgan qat'iy dalillardir. Ha, yaproqlarning yashilligi, gullarning tarovat va goʻzalligi va samaralarning yangiligi; daraxtning jonli, hayotli, hayy boʻlganiga sodiq shohiddirlar.
Birodar! Tuli zamon va bu'di makonning muhakamoti aqliyada ta'siri koʻp. Shu bilan barobar,
dasturiga ittiboan, shu zamon va muhitning xayolotidan chiqib tayyi zamon va makon bilan, xayolan Jazirat-ul Arabga boraylik va Madina-i Munavvarada nuroniy va yuksak minbari saodatiga chiqqan, navi basharga xitoban irshodot qilayotgan u zoti mualloni bizzot koʻrib, soʻzlarini tinglashimiz lozim.
Xullas, xayolan u yerga bordik. Qara, horiqo bir suratda husni surat bilan husni siyratni jam etgan u Murshidi Umumiy, u Xatibi Qudsiy javohir toʻla bir kitobi moʻ'jiz-ul bayonni qoʻliga olib, butun insonlarga mala-i a'lodan nozil boʻlgan bir xutba-i azaliyani oʻqiyapti. Va butun Bani Odamni va jinlarni va mavjudotni tinglatyapti. Ha, juda buyuk bir amrdan xabar beryapti. Xilqati olamning ajib muammosini ochyapti. Koinotning sirri hikmatiga doir tilsimni ochyapti. Falsafa va fanni hikmatning navi basharga "Siz kimsizlar? Qayerdan kelyapsizlar? Qayerga ketyapsizlar? deya irod etgan, aqllarni ojizlik va hayratda qoldirgan uch savolga javob beryapti.
Birodar! Shu zoti nuroniy (S.A.V.), murshidi iymoniy Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, qara qanday nashr etgan haqiqatining nuri bilan, haqning ziyosi bilan navi basharning kechasini kunduzga, qishini bahorga aylantirib, olamda qilgan inqilobi bilan olamning shaklini almashtirib nuroniy bir shaklga solgan. Ha, u zotning nuroniy goʻzalligi bilan koinotga qaralmasa, koinot bir motami umumiy ichida koʻrinar edi. Butun mavjudot bir-biriga qarshi ajnabiy va dushman holida boʻlardi. Jamodot bittadan janoza suratini koʻrsatardi. Hayvon va insonlar, aytam kabi zavol va firoqning qoʻrquvidan dod-faryodni boshlashardi. Va koinotga, harakoti bilan, tanavvu'i bilan va tagʻayyuroti bilan, nuqushi bilan tasodifga bogʻliq bir oʻyinchoq nazari bilan qaralardi. Xususan, insonlar hayvonlardan yanada past, zalil va haqir boʻlishar edi.
Xullas, U Zot talqin etgan iymon nazari bilan koinotga qaralmagan taqdirda, koinot bunday qoʻrqinch, zulumotli bir shaklda koʻrinardi. Faqat u murshidi komilning koʻzi bilan va iymon koʻzoynagi bilan qaralsa; har taraf nurli, ziyodor, jonli, hayotli, sevimli, sevgili bir vaziyatda arzi diydor etadi.
Ha, koinot iymon nuri bilan motami umumiy yeri boʻlishdan chiqib masjidi zikr va shukr boʻlgan. Bir-biriga dushman deb oʻylangan mavjudot bir-biriga ahbob va qardosh boʻlishgan. Janoza va oʻlik shaklini koʻrsatgan jamodot, unsiyatli bittadan hayotdor va lisoni holi bilan Xoliqining oyotini notiq bittadan musahhar ma'muri shakliga kiradilar. Yigʻlagan, mutashakkiy va aytam qiyofasida koʻringan inson, ibodatida zokir, Xoliqiga shokir sifatini oladi. Va koinotning harakot, tanavvu'ot, tagʻayyurot va nuqushi abasiyatdan qutuladi. Rabboniy maktublar, oyoti takviniyaga sahifalar, asmo-i Ilohiyaga oynalar suratiga inqilob etadilar.
Xulosa: iymon nuri bilan olam shunday taraqqiy etadiki: "Hikmati Samadoniya Kitobi" nomini oladi. Va inson, zalil va faqir va ojiz hayvonlarning qatoridan chiqadi; zaifligining quvvati bilan, ojizligining qudrati bilan, ubudiyatining shavkati bilan, qalbining shuasi bilan, aqlining hashmati iymoniyasi bilan xilofat va hokimiyatning choʻqqisiga yuksalgan. Hatto ojizlik, faqirlik, ehtiyoj va aql uning sukuti sabablari ekan, su'ud va yuksalishiga sabab boʻladilar. Zulmatli, zim-ziyo bir mozori akbar suratida koʻringan zamoni moziy, anbiyo va avliyoning ziyosi bilan ziyodor va nuroniy boʻlib koʻrinishni boshlaydi. Zim-ziyo kecha shaklida boʻlgan istiqbol, Qur'onning ziyosi bilan tanavvur etadi. Jannatning boʻstonlari shakliga kiradi. Bunga binoan, U zoti nuroniy boʻlmasa edi, koinot ham, inson ham, hamma narsa ham adam hukmida qolar, na qiymati boʻlar va na ahamiyati qolardi.
Shunga binoan, bu qadar gʻarib, ajib, goʻzal koinot uchun bunday ta'rifot va tashrifotchi bir murshidi horiqo lozim. "Agar bu zot (S.A.V.) boʻlmasa edi, koinot ham boʻlmasdi." maolida,
boʻlgan hadisi qudsiy shu haqiqatni tanvir etadi.
Birodar! U xutba-i azaliyani oʻqigan zot, koinotning kamolotini kashf etgan jonli bir quyoshdir. Saodati abadiyani ixbor va tabshir etadi. Nihoyatsiz rahmatni kashf etgan, e'lon qiladi. Saltanati rububiyatning mahosinining dalloli va asmo-i Ilohiyaning yashirin dafinalarining kashshofidir.
Ha! U Zot (S.A.V.) vazifasi e'tibori bilan, haqning burhoni, haqiqatning ziyosi, hidoyatning quyoshi, saodatning vasilasidir. Shaxsiyat va huviyat jihati bilan, muhabbati Rahmoniyaning misoli, rahmati Rabboniyaning timsoli, haqiqati insoniyaning sharafi, shajara-i xilqatning eng qiymatdor va qimmatli bahodor bir samarasidir. Tabligʻ etgan dini ham horiqo bir tezlik bilan sharq va gʻarbni ihota etgan, navi basharning beshdan biri qabul qilgan. Ajabo, bunday bir zotning da'volarida nafs va shaytonning munoqasha va e'tirozlariga bir imkon bormi?
Birodar! U zotni harakatga keltirib u inqiloblarni oʻziga qildirgan faqat bir quvva-i qudsiyadir. Ha, xususan Jazirat-ul Arabda qilgan inqilob va ijrootiga qara!..
U sahrolarda, u choʻllarda odatlarini muhofazada juda mutaassib va asabiyatlarida favquloda qaysar va qasovati qalb va marhamatsizlikda mislsiz va hatto tiriklayin qizlarini tuproqqa koʻmib oʻldirarkan, mutaassir ham boʻlmagan juda koʻp vahshiy qavmlar istiqomat qilardilar. U zoti nuroniy qisqa bir zamonda u qavmlarning axloqi sayyialarini olib tashlab, axloqi hasana bilan tabdil ettirdi. Hatto u zoti murshidning (S.A.V.) talqin etgan iymon nuri soyasida, u vahshiy insonlar inson olamida insonlarga muallim boʻldilar. Va madaniyat dunyosida madaniylarga ustoz boʻldilar. U zotning (S.A.V.) shu qadar keng va azim saltanati yolgʻiz zohiriy bir saltanat emas. Yanada keng va yanada chuqur yerda saltanati botiniyasi borki, butun qalblarni va aqllarni oʻziga jazb va jalb etgan. Va butun ruhlarni va nafslarni tasxir etganki, qalblarga mahbub, aqllarga muallim va tanvir etuvchi va nafslarga murabbiy va ruhlarga sulton boʻlgan va boʻlyapti.
Birodar! Bilasanki, sigaret kabi kichik bir odatni, bir narsani ishqibozidan raf' etish juda qiyin. Hatto buyuk bir hokim, buyuk bir azm bilan kichik bir qavmda i'tiyod etilgan bir axloqni olib tashlashda katta mushkulotga uchraydi. Holbuki bu zoti nuroniy juda koʻp odatlarni juda ham asabiy, qaysar qavmlardan juz'iy bir quvvat bilan, qisqa bir zamonda olib tashlab, oʻrnini yuksak, nazih axloq va odatlar bilan toʻldirgan.
Ha, Hazrat Umar Ibn-ul Xattob (Roziyallohu ta'ala anh)ning Islomiyatdan oldin va keyingi hollari bu masalaga goʻzal bir misoldir. Shuning kabi, ijrooti asosiyasidan minglarcha horiqolar bor. U zotning u zamondagi ijrootiga horiqo deymiz. Ajabo, bu zamonning yuzlarcha faylasuflari u zamonda u vahshat-obod jaziraga ketib, juda uzun zamonlarda u vahshiylarni isloh uchun harakat qilsalar, u zoti murshid bir yilda muvaffaq boʻlgan qadar, ular ellik yilda muvaffaq boʻla oladilarmi? Xosho!..
Birodar! Aqli boshida boʻlgan bir odam munozarali da'volarda yolgʻon gapirolmaydi. Chunki keyinchalik yolgʻoni ayon boʻlib uyalib qolishidan qoʻrqadi. Va shuningdek, bir inson yolgʻon gapirgan taqdirida parvosiz, e'tiborsiz bir tarzda gapirolmaydi. Va shuningdek, erkin, hayajonli gapirishga kirisholmaydi. Hatto oddiy bir masala, kichik bir jamoat ichida, kichik bir vazifada boʻlgan kichik bir shaxs boʻlsin.
Ajabo, buyuk bir vazifa bilan vazifador, juda buyuk bir masalada, juda buyuk bir sharaf va haysiyat sohibi, juda buyuk bir jamoat ichida, juda shadid xasmlarning qarshisida iddi'o etgan bir da'voda yolgʻon va xilofi haqiqat gapira oladimi?
Xullas, u zoti nuroniy oʻqigan u xutba-i azaliyasini shunday bir tarz bilan oʻqiyapti; na taraddudi bor, na hijobi, na qoʻrquvi bor, na taassuri... Ham samimiy bir safo-i qalb bilan, xolis bir jiddiyat bilan, xasmlarining jahllarini chiqarib aqllarini tazyif, nafslarini tahqir etib, izzatlarini sindiryapti. Ajabo, bunday bir da'voda, bunday bir maqomda, bunday bir shaxsdan zarra misqol bir hiylaning bu masalaga qoʻshilishiga imkon bormi? Xosho,
Ha, haq hiylaga muhtoj emas, haqni aytishda hiyla va igʻfol ehtimoli yoʻq. Haqiqatni koʻrgan bir nazar xalqni igʻfol etmaydi, xilofi haqiqat gapirmaydi, xayol bilan haqiqatni tamyiz etadi; oralarida iltibos boʻlolmaydi.
Birodar! U zoti murshid navi basharni qoʻrqitish uchun juda mudhish haqiqatlardan bahs etyapti. Va insonlarni tabshir uchun, qalblarni jazb va aqllarni jalb etgan masalalardan xabar beryapti.
Xoy! Haqoiq va gʻaroibni kashf uchun insonlarda shunday bir shavq, shunday bir maroq bordirki, gʻarib bir haqiqatni kashf yoʻlida jonlarini, mollarini fido qilyaptilar. Bu Zot (S.A.V.) kashf va ixbor etgan haqoiqqa nima uchun ahamiyat bermayaptilar? Holbuki butun anbiyo va avliyo va siddiqiyn kabi ahli shuhud va asxobi ixtisos, bil-ittifoq u zotni tasdiq etgan va etyaptilar.
Bu zot (S.A.V.) shunday bir sultonning shuunidan bahs etyaptiki, qamar Uning mulkida bir chivin kabidir. Ajib horiqolardan bahs etgani kabi, juda mudhish portlash va inqiloblardan ham xabar beryapti. Qarang! U xutba-i azaliyada
kabi tilovat qilgan oyatlariga diqqat qiling!
Va bashar uchun shunday bir istiqboldan xabar beyaptiki, dunyoviy istiqbol unga nisbatan bir qatra hukmidadir. Va shunday bir saodatdan xushxabar beryaptiki, dunyo saodatlari unga nazaran tushlar kabi boʻladi. Ha, bu koinotning pardasi ostida juda ajoyib narsalar bor, bizlarni kutyaptilar. Biz ham ularga intizor etyapmiz. Shunga binoan, u ajoyibni koʻrib bizga vaziyatlarini hikoya qilish uchun horiquloda bir inson lozimki, u horiqo gʻaroibni koʻrsin va koʻrgani kabi bizga ham gapirib bersin.
Va shuningdek, u zot Xoliqimiz bizdan talab qilgan narsalaridan bahs qilyapti va koʻp haqiqatlardan, masalalardan xabar beryaptiki, ulardan qutulish yoʻqdir. Fayo ajabo! Aksar nos nima uchun bunday haq narsalardan koʻz yumayaptilar, haqiqatlardan quloq berkityaptilar?.
Birodar! Shu minbari oliyda Xutba-i Azaliyani oʻqiyotgan va shaxsiyati ma'naviyasi bilan bizlarga mashhud va yuksak shuunoti bilan olamda mashhur boʻlgan Zoti Nuroniy (S.A.V.), vahdoniyati Ilohiyaga bir burhoni sodiqi notiq va tavhidning haqiqat boʻlganiga bir dalili haq va saodati abadiyaning ham vujudga kelishiga qat'iy bir dalil va zohir bir burhondir.
Va shuningdek, u zot insonlarni hidoyatga da'vat qilish bilan saodati abadiyaning (husuliga sabab boʻlgani kabi), vusuliga ham sababdir.
Va shuningdek, u zot duosi bilan, ubudiyati bilan u saodatning vujudiga va ijodiga vasiladir. Ha, qara! U zot navi basharga imomdir. Masjidi yolgʻiz Jazirat-ul Arab emas, kura-i arzdir. Jamoati ham yolgʻiz u zamonning insonlari emas. Balki Odam zamonidan qiyomatga qadar har bir asrning xalqi bir saf boʻlib, butun asrlar saflari uning orqasida, uning duosiga "Omin" deyaptilar.
Xususan, u zot, u jamoati uzmoda umum zavil hayotni shomil juda shadid bir ehtiyoji azim uchun duo qiladi. Va uning duosiga yolgʻiz u jamoat emas, balki arz va samo va butun mavjudot "Omin" deydi. Ya'ni, "Yo Robbana! Uning duosini qabul qil. Biz ham u duoni qilyapmiz. Biz ham u talab qilganni talab qilyapmiz."
Xususan, u jamoati uzmo oldida qildirgan namozida shunday bir tazarru va tazallul bilan, shunday bir ishtiyoq bilan, shunday bir huzun bilan niyoz va duo qiladiki, koinot ham hayajonga keladi; U Zotning duosiga ishtirok etadi. Ha, shunday bir maqsad uchun niyoz etadiki, agar u maqsad hosil boʻlmasa, yolgʻiz maxluqot emas, olam ham qiymatsiz boʻladi, asfali sofiliynga tushadi. Chunki u zotning matlubi bilan mavjudot yuksak kamolotga erishadi. Ajabo, u zot u matlubni kimdan istayapti? Ha, shunday bir zotdan talab qiladiki, eng yashirin va eng kichik bir hayvonning juz'iy bir ehtiyoji uchun lisoni holi bilan qilgan duosini eshitadi, qabul qiladi, ehtiyojini qondiradi.
Va shuningdek, eng adno bir umidni, eng adno bir gʻoya uchun eng adno bir zihayotda koʻradi va uni unga yetishtirish bilan ikrom va marhamat qiladi. Bu duolarning natijasida qilingan tarbiya va tadbirlar shunday bir intizom bilan jarayon etadiki, u tarbiyalarning faqat bir Sami' va Basir, bir Alim va Hakimdan boʻlganiga shubha qoldirmaydi.
Ajabo, u zot, u minbarda arshga mutavajjihan qoʻllarini koʻratib qilgan duosi bilan nima istayaptiki, butun maxluqot "Omin" deyapti?
Ha, u zot Janobi Haqning rizosini va Jannatda muloqot va ru'yati bilan saodati abadiyani istayapti. Bu istanilgan narsalarning ijodiga rahmat, hikmat, adolat kabi behisob sabablar boʻlmagan taqdirda, u zoti nuroniyning bir duosi va tazarru' bilan niyoz etishi, Jannatning ijodiga va i'tosiga kifoyadir. Shunga binoan, u zotning risolati, imtihon va ubudiyat uchun shu dunyoning qurilishiga sabab boʻlgani kabi, u zotning ubudiyatida qilgan duosi, mukofot va mujozot uchun dori oxiratning ijodiga sabab boʻladi.
Ha, bu yuksak intizom va keng rahmat va goʻzal san'at va qusursiz jamol bilan zulm va xunuklik orasida zidlik bor. Ijtimo'lari mumkin emas.
Ha, adno bir ovozni, adno bir kishidan, oddiy bir ish uchun eshitib qabul qilish bilan; eng yuksak bir savtni, eng buyuk bir ish uchun eshitib qabul qilmaslik, oʻxshovsiz bir qubh va xunuklik va bir qusurdir. Bu esa mumkin emas. Chunki husni zotiy qubhi zotiyga inqilob etadi. Inqilobi haqoiq esa maholdir.
Birodar! U xatibi murshiddan koʻrganing, eshitganing kifoyadir. Chunki ahvolini tamomi bilan ihota etish mumkin emasdir. Unday boʻlsa, undan soʻngra kelgan asrlarning u zotdan olgan fayzlariga diqqat etish maqsadida orqaga qaytaylik. Qara, birodar! Butun bu asrlar u Asri Saodatning quyoshidan Abu Hanifa, Shofe'iy, Abu Yazid, Junayd Bogʻdodiy, Abdulqodir Jiyloniy, Imom Gʻazzoliy, Muhyiddin Arabiy, Abu Hasan Shozaliy, Shohi Naqshband, Imom Rabboniy (Roziyallohu anhum ajma'iyn) kabi minglarcha nuroniy ziyodor yulduzlar ayrilib, olami basharni tanvir etganlar.
Mashhudotimizning tafsilotini boshqa vaqtga ta'xir etib moʻ'jizot sohibi u zoti nuroniy Alayhissalotu Vassalamga bir salotu salom keltiraylik.
Birodar! Risolati Ahmadiyani isbot qilgan dalillar juda buyuk bir yakun tashkil qiladi. Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz nomli risolamda u dalillardan bir qismi zikr qilingandir. U zot izhor etgan mingga yaqin moʻ'jizalari bilan Yigirma Beshinchi Soʻz nomli asarimda tafsil etilgan qirq vajhi i'jozga yetgan Qur'on, risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) shahodat qilgani kabi, bu koinot ham oyoti bilan u zotning nubuvvatiga dalolat qiladi. Ha, koinotda yozilgan behisob oyatlar Zoti Ahadning vahdoniyatiga shahodat qilganlari kabi, risolati Ahmadiyaga ham (S.A.V.) dalolat va shahodat qiladilar.
Azjumla: Koinotda koʻringan husni san'at ham risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) dalolat va shahodat qilgan qat'iy bir dalildir. Zero, shu ziynatli masnu'otning jamoli husni san'at va ziynatni izhor etadi. San'at va suratning goʻzalligi, Sone'da goʻzallashtirish va ziynatlantirish istagi mavjud boʻlganiga dalolat qiladi. Goʻzallashtirish va ziynatlantirish sifatlari, Sone'ning san'atiga boʻlgan muhabbatiga dalolat qiladi. Bu muhabbat esa, masnu'otning eng akmali inson boʻlganiga dalildir. Chunki u muhabbatning mazhar va madori insondir. Inson ham masnu'otning eng jome' va eng gʻaribi boʻlganidan, shajara-i xilqatga bir samara-i shuuriyadir. Inson bir samara kabi boʻlish jihati bilan koinotning ajzosi orasida eng jome' va baid bir juzdir. Inson zishuur va jome' boʻlish jihati bilan, nazari a'mm, shuuri kulliy boʻladi. Nazari a'mm boʻlganidan, shajara-i xilqatni tamomi bilan koʻradi; shuuri ham kulliy boʻlganidan, Sone'ning maqosidini biladi. Shunday ekan, inson Sone'ning muxotobi xossidir.
Ha, a'mm va shumulli boʻlgan nazar va shuurini Sone'ning ibodatiga va muhabbatiga sarf va san'atini istehson, taqdir va tashhiriga tavjih va ne'matlarining shukriga iste'mol qilgan bir fard, bergan ne'matlariga qarshi shukr istagan va yaratgan maxluqotini ibodatga, shukrga da'vat qilgan Sone'ning xos muxotob va habibidir.
Ey insonlar! Zikr qilingan ahvol va shuunot bilan muttasif boʻlgan Hazrat Muhammadning (S.A.V.) Sone'ning u fardi farid deganimiz muxotobi xossi boʻlmasligiga imkon bormi? Va tarixingiz koʻrsatgan navi bashardan eng buyuk insonlar orasida bu maqomga yanada loyiq boshqa bir shaxs bormi?
Ey koʻzlari sogʻlom va qalblari koʻr boʻlmagan insonlar! Qarang, inson olamida ikki doira va ikki lavha bordir:
Birinchi doira: Rububiyat doirasidir.
Ikkinchi doira: Ubudiyat doirasidir.
Birinchi lavha: Husni san'atdir.
Ikkinchi lavha esa: Tafakkur va istehsondir.
Bu ikki doira bilan ikki lavha orasidagi munosabatga qarangki: Ubudiyat doirasi butun quvvati bilan rububiyat doirasi hisobiga ishlayapti. Tafakkur, tashakkur, istehson lavhasi ham butun ishoratlari bilan husni san'at va ne'mat lavhasiga qarayapti. Bu haqiqatni koʻzing bilan koʻrgandan soʻngra, rububiyat va ubudiyat doiralarining raislari orasida eng buyuk bir munosabatning boʻlmasligiga fikringcha imkon bormi? Va Sone'ning maqosidiga kamoli ixlos bilan xizmat qilgan ubudiyat raisining Sone' bilan azim bir munosabati va qoviy bir intisobi va u intisob bilan har ikki doira raislari orasida bir muorafa va mukolama va oldi-berdining boʻlmasligiga ehtimol bormi? Shunday ekan, bilbedaho tahaqquq etdiki; ubudiyat raisi rububiyatning xos mahbub va maqbulidir.
Ey inson! Bu bezalgan masnu'otni anvo'i mahosin bilan tazyin etgan va butun zihayotlarning zavqlariga, ishtahalariga koʻra bu qadar ne'matlarni in'om etgan Sone'ning eng komil, eng jamil va ibodatiga kamoli ishtiyoq bilan tavajjuh etgan va Sone'ning mahosini san'atiga taqdir va istehsonoti bilan arsh va farshni tarobga, sevinishga keltirgan va Sone'ning ehsonotiga qilgan tashakkuroti bilan va takbiroti bilan barr va bahrni jazbaga keltirgan shu goʻzal maxluq va masnu'iga iltifot koʻrsatib soʻzini nazari e'tiborga olmasligi va tashakkurotiga muqobala etmasligi va tavajjuh etib oʻzi bilan gapirlashmasligi va iqtidoriga koʻra butun maxluqotga bir imom va murshid qilmaslik imkoni bormi?
LASIYYAMALAR
Koinotning butun zarroti mujtami'an va munfaridan lisoni ajz va faqr bilan vujubi vujud va vahdatiga shahodat qilishgan Sone'-i Hakimga hamdlar, sanolar, shukrlar boʻlsin. Va koinotning tilsimini ochib, oyotini kashf va bayon etgan Rasuli bilan olu asxobiga va boshqa anbiyo va mursalin ixvoniga va ibodi solihinga salotu salomlar boʻlsin...
Birodar! Tabiat va sabablar ba'zi insonlarga shukr eshigini yopib, shirk va kufr eshigini ochgan. Holbuki, shikrning asosi behisob maholotdan qurilganidan xabarlari yoʻq. U maholotdan bir donani bayon qilayki, shirkning naqadar yomon ekanini koʻr koʻzlari bilan koʻrishsin. Shundayki:
Shirk sohibi, jaholat sarxushligini tark va ilm koʻzi bilan kufriga qaragan vaqt, u kufrni iymon va iz'on eta olish uchun, bir zarra-i vohidaga bir tonna ogʻirlikda bir yuk yuklashga va har zarrada behisob bosmaxonalarni ijod qilib tabiat va sabablarning qoʻliga berishga va butun masnu'otdagi butun san'at nozikliklarini tabiatga dars berishga muztar va majbur boʻladi. Zero havo unsuridan (masalan) har bir zarra butun nabotlar, gullar, samaralar ustida qoʻnib vujudlarida vazifasini bajarish salohiyatidadir. Agar bu zarralar qilgan vazifalarida ma'mur boʻlib Janobi Haqning amr va irodasiga tobe ekanliklari kofirona inkor qilinsa, u zarra har qaysi bir vujudga kirganda, u vujudning butun jihozotini, holati bilan tashakkulini bilishi lozim boʻladi. Bu ma'lumotning u zarrada boʻlishini faqat u kofir e'tiqod qilishi mumkin.
Shu bilan barobar, bir samara bir shajaraning bir misoli musagʻgʻaridir. Va u samaradagi urugʻ u shajaraning daftari a'molidir. U daraxtning tarixi hayoti u urugʻda yozilgan. Bu e'tibor bilan, bir samara shajaraning tamomiga, balki u shajaraning naviga, balki kura-i arzga nazirdir. Shunday ekan, bir samaraning san'atidagi azamati ma'naviyasi, arzning kattaligi nisbatidadir. U zarrani, san'at jihatidan ichiga olgan u azamati ma'naviya bilan bino qilgan, arzni haml va bino qilishdan ojiz boʻlmaydi. Ajabo, u kofir munkir qalbida bunday bir kufrni tashish bilan, aql va zakovat iddi'osida boʻlishi qadar bir ahmoqlik bormi?
Birodar! Har bir narsa uchun ikki surat va shakl bor:
Biri: Moddiya boʻlib, xuddi bir koʻylak kabi, hamma narsaning vujudiga koʻra qadarning taqdiri bilan bichilgan shu koʻringan suratlar.
Boshqasi: Maqulaki, bir narsa yashagan bir umrda mururi zamon bilan almashtirgan muxtalif moddiy suratlarning ijtimo'idan tasavvur qilingan bir surati vahmiya.
Bir otashning tezlik bilan tadviridan hosil boʻlgan doira-i vahmiya kabi, hamma narsaning tarixi hayotini bildirgan va qadarga mador boʻlgan va muqaddaroti ashyo deyilgan shu ikkinchi surat, maquladir. Surati moddiya e'tibori bilan hamma narsaning bir nihoyati, bir gʻoyasi boʻlgani kabi, surati ma'naviya e'tibori bilan ham bir nihoyati va yashirin ba'zi hikmatlar uchun bir gʻoyasi ham bor. Shunga binoan, hamma narsaning surati moddiyasida qudrati Rabboniy ustadır, qadar muhandisdir. Surati ma'naviyasida esa, qadar mistardir, ya'ni, tashakkulotning chiziqlarini chizadi, qudrat masdardir, ya'ni u chiziqlar ustida qilingan tashakkulot qudratdan sudur etadi.
Ey kofir! Buni eshitgandan soʻng yaxshilab oʻyla! Bir zarraga bir tikuvchilik san'atini oʻrgatishga qudrating bormi? Oʻzingga Xoliq ittihoz etganing tabiat va sabablar, hamma narsaning muxtalif va mutanavvi' suratlarini bichib tikishiga qudratlari bormi?
Qara, ey koʻzdan mahrum kofir! Shajara-i xilqatning samarasi va quvvat va ixtiyor jihatidan sabablardan ustun boʻlgan inson, tikuvchilikning butun qobiliyatlarini, ma'lumotlarini jamlab tikanli bir shajaraning a'zolariga uygʻun bir koʻylakni tikolmaydi. Holbuki, Sone'-i Hakim hamma narsaning oʻsishi zamonida juda muntazam, jadid va yangi-yangi koʻylaklarni va yashil-yashil hullalarni mukammal tezlik va suhulat bilan yasaydi, kiydiradi. Fasubhanalloh!...
Ha munazzahdir, hamma narsaning vujudi amriga bogʻliq boʻlgan Alloh munazzahdir.
Hamma narsaning ich yuzi qoʻlida boʻlgan Sone' munazzahdir. Butun maxluqotga marji' boʻlgan Sone' munazzahdir.
Birodar! Har bir mavjudning ustida Sone'-i Ahad va Samadning bir sikkasi, bir xotami boʻlib, u mavjud Sone'-i Ahad va Samadning mulki va asari san'ati boʻlganiga shahodat qiladilar. Ha, gʻayri mutanohiy Ahadiyat sikkalaridan va Samadoniyat xotamlaridan, yolgʻiz bahor mavsumida sahifa-i arzga zarb etilgan sikkaga qaraki; shu zikr qilinadigan mutasalsil fikralar, jumlalar u sikkani quyosh kabi koʻrsatadilar va izhor qiladilar.
Ha, sahifa-i arzda juda gʻarib, hokimona bir ijod koʻrinadi. Bu koʻringan ijod koʻrsatgan quvvat va faoliyatni koʻrishni istasang, quyidagi fikralarga diqqat qil!
1- U ijod fe'li juda azim va keng bir saxovati mutlaqadan keladi.
2- Bir suhulati mutlaqa bilan bir quvvati mutlaqadan chiqadi.
3- Mutlaq bir intizom bilan sur'ati mutlaqada vujudga keladi.
4- Mavzun va mezonli boʻlib, bir vus'ati mutlaqada turadi.
5- Goʻzal bir asari san'at boʻlish bilan barobar, mutlaq bir arzonlikda koʻrinadi.
6- Taalluq etgan narsalari juda chalkash boʻlish bilan barobar, buyuk bir imtiyozi mutlaq va adami iltibos bilan qilinadi.
7- Mahalli taalluqi gʻayri mutanohiy boʻlish bilan barobar, asarlarida xunuklik koʻrinmaydi, ahsan shaklda hosil boʻladi.
8- Afrod va anvo' orasida bu'di mutlaq bilan barobar, tafavvuqi mutlaq bor.
Birodar! Bu fikralarning har biri bir oʻzi ham u sikkani izhor qilishga kifoyadir. Qarang, eng horiqo bir saxovat bilan eng horiqo bir husni san'at, muhit bir qudratning xossasidir. Va intizom bilan barobar horiqo bir suhulat hech bir narsadan ojiz boʻlmagan muhit bir ilm sohibiga maxsusdir. Oʻlchangandek gʻoyat mezonli boʻlish bilan barobar, moʻ'jizona bir mutlaq tezlik, hamma narsani amriga va qudratiga tasxir etgan zotga maxsusdir. Navlarning juda tarqoq boʻlishidan, juda keng bir tasarruf bilan horiqo bir husni san'at ilm va qudrati bilan hamma narsaning yonida boʻlgan zotga xosdir. Kasrat va mabzuliyat bilan barobar har fardning san'at e'tibori bilan qiymatli boʻlishi, soʻngsiz bir boylik bilan gʻayri mutanohiy xazinalarga molik boʻlgan zotga maxsusdir. Afrodning ziyodasi bilan aralash boʻlishi bilan barobar iltibossiz va favquloda imtiyoz va tashaxxuslarga mazhar boʻlishlari, hamma narsani koʻrgan va hamma narsaga shohid va har bir fe'li oʻzini boshqa bir fe'ldan man qilmagan zotga maxsusdir.
Va shuningdek, arzda tarqoq boʻlgan afrod orasidagi uzoqlik bilan barobar surat, vujud, tashkilot jihatlaridan oralarida hosil boʻlgan tavofuq, kura-i arz yadi tasarrufida, ilmida, hukmida, hikmatida boʻlgan zotga maxsusdir.
Va shuningdek, navning kasrati afrodi bilan barobar har fardning horiquloda bir husni xilqatga molik boʻlishi, Qodiri Mutlaqqa xos boʻlib, oz-koʻp, kichik va katta hamma narsa unga nisbatan birdir.
Oʻtgan boʻlimlarning har birisida, hamma narsaning yolgʻiz bir Sone'ning sun'i va san'ati boʻlganiga dalolat qilgan boshqa bir oyat yana bor. Ha, saxovat bilan quvva-i iqtisodiya orasida va tezlik bilan mezonli boʻlish orasida va arzonlik bilan qiymatli boʻlish orasida va chalkash boʻlish bilan mumtoz boʻlish orasida zidlik bor. Bu zidlarni bir fe'lida jam etish, faqat qudrati hadsiz bir Sone'-i Qodirga maxsusdir.
Xulosa: Har bir boʻlim, bir oʻzi xotami ahadiyatni izhorga kifoya boʻlgan taqdirda, boʻlimlarning toʻplami juda zohir bir tariqi avlo bilan xotami ahadiyatni koʻrsatadi. Xullas, bu izohdan,
oyati karimasining sirri zohir boʻldi. Ya'ni, u inodli munkirga "Xoliqi Samovot va Arz kimdir?" deya soʻralgan vaqt chor-nochor "Allohdir" deydi.
Birodar! Uluhiyat, risolat, oxirat, koinot orasida haqiqatdan talozum bordir. Ya'ni, bulardan birisining vujud va subuti, boshqasining ham vujud va subutini istilzom etadi. Birisiga iymon, boshqasiga ham iymonni ijob ettiradi. Ha, masalan, har bir kalimasi bir kitobni va har bir harfi bir satrni ichida tutgan bir kitobning kotibsiz vujudi mumkin emas. Koinot kitobi ham Naqqoshi Azaliyning vujubi vujudiga bogʻliq. Sarxush boʻlmaganlar faqat Naqqoshi Azaliyga iymon keltirish bilan kitobi koinotga shohid boʻla oladilar.
Va shuningdek, juda koʻp san'at horiqolariga va naqsh va ziynatlarning gʻaroibiga mushtamil boʻlgan bir binoning baniy va sone'siz vujudi mumkin boʻlmagani kabi, bu olamning vujudi ham Sone'ning vujudiga tobedir. Zalolat sarxushligi bilan sarxush boʻlmaganlar uni busiz tasdiq qilolmaydilar.
Va shuningdek, dengiz va daryolarning yuzida, shamsning aksini koʻrsatgan pufakchalardagi quyoshning yogʻdusi, shamsning vujudini inkor qilish bilan mumkin boʻlmagani kabi, aqli buzuq boʻlmaganlar uchun, kamoli intizom bilan tahavvul va tajaddud etgan shu koinotning shuhudi, Baniy va Sone'ning vujubi vujudini tasdiq bilan boʻlishi mumkin. Chunki shu muhtasham koinotni, mashiat va hikmati bilan ta'sis va qazo va qadarning dasturlari bilan tafsil va adolatining qonunlari bilan tanzim va inoyat va rahmatining nomuslari bilan tazyin va asmo va sifotining jilvalari bilan tanvir etgan faqat va faqat Baniy va Sone'dir. Ha, Xoliqi Vohid qabul qilinmagan taqdirda, koinotning zarrot va murakkaboti adadicha soʻngsiz ilohlarning qabuliga majburiyat hosil boʻladi. Va ayni zamonda, har bir ilohning shu koinotni yaratishga qodir boʻlishi lozim. Chunki zihayotning har bir juz'iysi zavil hayotning kulliga (ya'ni, umumiga) bir mundarijadir. Juz'iyni yaratgan kulliyni ham yaratishga qodir boʻlishi kerak...
Va shuningdek, ziyosiz quyoshning vujudi mumkin boʻlmagani kabi, uluhiyat ham tazohursiz boʻlolmaydi. Tazohuri esa, irsoli rusul bilan boʻladi. Va shuningdek, haddi kamolga yetgan eng yuksak bir jamolning bilinishi, koʻrinishi, koʻrsatilishi uchun rasullarning ta'rifi lozim.
Va shuningdek, kamoli jamolga yetgan kamoli husni san'at, rasullarning dalolati bilan boʻladi.
Va shuningdek, rububiyati omma ubudiyati kulliya istaydi. Bu ham zuljanohayn rasullarning vahdati Ilohiyani xalqqa e'lon qilishlari bilan mumkin boʻladi.
Va shuningdek, bir husn sohibining istagi boʻlmasa va bir oyna boʻlmasa va ta'rif qiluvchi bir shaxs tavassut etmasa, uning husnining koʻrinishi, koʻrsatilishi mumkin emas. Bu ham faqat rasullar vositasi bilan boʻladi. Chunki rasul, ubudiyati bilan Xoliqning husniga oynadir; risolati jihati bilan ham xalqqa izhor va e'lon qiladi.
Va shuningdek, bir zotning javohir bilan, ziqiymat ashyo bilan toʻla xazinalarini ochib xalqqa koʻrsatish va arz etish bilan u zotning qudratini, boyligini, saltanatini e'lon qilish uchun faqat u zotning muso'adasi bilan va irodasi bilan amr va ta'yin etilgan bir ma'mur lozimdir. Xullas, u ma'mur rasuldir.
Birodar! Bu sifatlarga sohib, bu vazifalarni eng mukammal qila oladigan Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdan boshqa olamda bir shaxs yoʻqdir. Eng jome', eng komil, eng fozil u zotdir. Tamoman tashhir, tabligʻ, ta'rif, tavsif, izhor, e'lon qilgan u zotdir.
Aziz birodar! "Iymoni Billoh" bilan "Oxirat iymoni" orasidagi talozumga keldik. Tayyor boʻl, tingla!
Bir sulton itoat etganlarga mukofot va isyon etganlarga ham mujozot etmasa, saltanati inhidomga yuz tutadi. Va shuningdek, bir sultonning oʻng tomonida lutf va marhamat va chap tomonida qahr va tarbiya lozimdir. Mukofot, marhamatning iqtizosidir. Tarbiya ham mujozotni istaydi. Mukofot va mujozot manzillari oxiratdir.
Va shuningdek, yuksak bir hikmat va adolat sohibi boʻlgan bir sulton saltanatining shonini qusurdan saqlash uchun, oʻziga iltijo etganlarni taltif va hokimiyatining hashmatini koʻrsatish uchun millatining huquqini muhofaza qiladi. Bu jihatlarning muhim bir qismi oxiratda boʻladi.
Va shuningdek, labolab toʻla xazinalarga molik va saxovati mutlaqaga sohib boʻlgan bir sulton uchun umumiy va doimiy bir dori ziyofat lozim. Va boshqa-boshqa ehtiyoj sohiblarining davom va baqolarini istaydi. Bu ham faqat oxiatda boʻladi.
Va shuningdek, bir jamol sohibi, doimo husn va jamolini koʻrish va koʻrsatishni istaydi. Bu esa, oxiratning vujudini istaydi. Chunki doimiy bir jamol zoil va muvaqqat bir mushtoqqa rozi boʻlmaydi. Uning ham davomini istaydi. Bu ham oxiratni istaydi.
Va shuningdek, yordam istaganlarga yordam va duo qilganlarga javob berish xususida, juda rahimona bir shafqat sohibi boʻlgan bir sulton-ki, adno bir maxluqning adno bir istagini darhol qiladi, beradi- albatta butun maxluqotning eng buyuk bir ehtiyojini kamoli suhulat bilan qiladi. Bunday umumiy va eng muhim bir ehtiyoj faqat oxiratdir.
Va shuningdek, ijrootidan, faoliyatidan anglashilgan juda horiqo bir hashamat ichida bir saltanati bor ekan, millatining ijtimo'lari uchun yolgʻiz tor bir musofirxona qilingan; doimiy tarzda millatni isti'ob etolmaydi, doimo toʻladi-boʻshaladi. Va bir imtihon maydoni bor; har vaqt almashadi, tabaddul etadi. Va sultonning ba'zi osori san'atiga va ehsonotiga ba'zi namunalar koʻrsatish uchun majlislari bor; vaqti-vaqti bilan tahavvul etadi.
Bu vaziyat, bu tor manzil va maydon va mashhardan soʻngra doimiy bir manzil, sobit saroylar, ochiq xazinalar boʻlib va sokinlari sobit va doimiy qolishlariga bilbedaho dalolat qiladi.
Va shuningdek, diqqat sohibi bir sultonki, millatining butun a'mollarini, af'ollarini, xizmatlarini, hojatlarini tamomiyla yozadi va yozdiradi va mulkida jarayon qilgan har bir hodisa va har bir voqeaning tasvirlarini, rasmlarini olib tasbit va hifz etsa, albatta bu vaziyat bir muhosabaning, bir muhokamaning, bir mukofot va mujozotning sodir boʻlishiga qat'iy bir surada dalolat qiladi.
Va shuningdek, mukofot va mujozot haqida takror bilan juda koʻp va'dalari va tahdidlari boʻlsa va u va'du va'id etilgan narsalar qudratiga ogʻir kelmasa va u narsalar raiyati uchun juda ahamiyatli boʻlsa, albatta soʻz bergan narsalarida xilof boʻlmaydi. Chunki xulf-ul va'd, qudratning izzatiga ziddir.
Va shuningdek, haddi tavoturga yetgan muxbirlarning ittifoq va ijmo'lariga koʻra, u muhtasham va azim saltanatning madori va javalongohi faqat oxirat mamlakatidir. Bu kichik manzillar, maydonlar u azamatga doimiy bir makon boʻlolmaydi. Chunki bu kabi zoil, mutabaddil narsalar u mustaqar saltanatga maqarr boʻlolmaydi.
Ha, u sulton shu kichik manzilda va maydonda koʻp narsalarni, ijtimo'larni, iftiroqlarni koʻrsatadi. Faqat, bizzot maqsad u narsalar emasdir. Faqat oxiratning maydoni akbarida sodir boʻladigan hollarning, amrlarning namunalarini koʻrsatishdir. Chunki u mahshari azimda qilinadigan muomalalar bu kichkina namunalarga koʻra jarayon qiladi. Demak, bu manzilda koʻrsatilgan foniy, zoil hollar u olamda boqiy va doimiy samaralar beradi.
Ha, u sultonning shu foniy manzillarda va qoʻrqinch maydonlarda koʻrsatgan hikmati, inoyati, adolati, rahmati va shafqatidan ustun bir darajaning tasavvuri imkon xorijidir. Albatta, bu qadar yuksak va keng horiqo san'atlar doimiy makonlarni, sobit maskanlarni va zavolsiz sokinlarni istaydilarki, u buyuk hikmat va adolatning haqiqatlariga mazhar boʻlsinlar. Aks holda shu koʻringan hikmat, inoyat, marhamatning inkori lozim boʻladi. Va ayni zamonda, bu qadar hikmatidan va inoyatidan zuhur etgan fe'llar sohibining -xosho- zolim, gʻaddor, safih boʻlganiga zahob etiladi. Bu esa, inqilobi haqoiqni istilzom etadi.
Va shuningdek, shu muvaqqat manzillarning saltanati doimaga maqarr boʻladigan bir shaklga kirishiga juda koʻp dalillar, burhonlar bor. Shu bilan barobar, bu olamni ijod qilib narigi olamni ijod qilmaslik va bu koinotni vujudga keltirib narigi koinotni keltirmaslik, bu dunyoni yaratib narigi dunyoni yaratmaslik imkoni yoʻqdir. Chunki rububiyatning saltanati mukofot va mujozotni istaydi. Va shuningdek, Sone'-i Olamning hamma narsani ichiga olgan va hamma narsani istilo va isti'ob etgan bir rahmati vase'asi bor. Volidalarning, hatto bir jihatda nabototning avlodiga boʻlgan shafqatlari va kichik, zaif bolalarining suhulati rizqlari, u rahmat daryosidan bir qatradir. U bahri rahmatning azamati bilan, shu foniy dunyoda, bu qisqa umrda, shu daqar zahmat va balolar bilan aralash, zoil va gʻayri sobit boʻlgan shu ne'matlar; va abadiy baqoni istagan insonlar orasida munosabat yoʻq. Va ayni zamonda, i'oda etilmaslik tarzidagi zavol, ne'matni niqmatga, shafqatni zahmatga, muhabbatni musibatga va lazzatni alamga va rahmatni ziddiga aylantiradi.
Va shuningdek, olamda koʻringan tasarrufotdan anglashiladiki, Sone'-i Olamning juda yuksak, jalolli, izzatli bir haysiyati bordirki, ubudiyat bilan Sone'ga ta'zim etmaganlarning yoki istihfof etganlarning ta'diblarini ta'xir va imhol etsa ham, ihmol etmaydi.
Va shuningdek, u sultonning amrlarini, nahiylarini qiymatsiz koʻrib iymon bilan imtisol etmaganlar va ibodat bilan oʻzlarini sevdirmaganlar va shukron bilan hurmatda boʻlmaganlar uchun rububiyatning abadiy qarorgohida albatta bir dori mukofot va mujozot boʻladi.
Va shuningdek, butun maxluqotda koʻringan husni san'atlar, intizomlar va ihtimomlardan va hamma narsada ta'qib qilinayotgan gʻoya va foydalardan anglashiladiki; koinot taxti tasarrufida boʻlgan Sone'-i Zuljalolda juda buyuk bir hikmati omma borki, itoat bilan iltijo etganlarning buyuk taltif va in'omlarga mazhar boʻlishlari u hikmati ommaning iqtizosidandir.
Va shuningdek, koʻrinyaptiki, hamma narsa loyiq joyiga vaz' etilyapti. Va har haq haq sohibiga berilyapti. Va har ehtiyoj sohibining hojati istagani kabi qilinadi. Va har istaganlarning matlublari -xususan iste'dod lisoni bilan yoki ehtiyoji fitriy lisoni bilan yoki izdiror va zarurat lisoni bilan boʻlsin- javoblantirilyapti. Bunday asarlari koʻringan bir adolatga bir mahkama-i kubro lozimdirki, Rububiyatning hokimiyati bilan huquqi ibod muhofaza qilinsin. Chunki foniy boʻlgan shu dunyo manzili u buyuk adolati haqiqiyaga mazhar boʻlolmaydi. Shunday ekan, u buyuk Sultoni Odil uchun bir jannati boqiya, bir jahannami doima lozim.
Va shuningdek, koʻrinyaptiki, bu olamning sohibi -qilgan shu qadar fe'llarning dalolati bilan- horiqo bir saxovatga sohib boʻlgani kabi, nur va ziyo bilan toʻla quyoshlar va meva va samaralar bilan homila ashjar va daraxtlar misoli juda koʻp xazinalari bor. Shunga bianoan, bu abadiy saxovat, tuganmas sarvat abadiy bir ziyofatgohni istaydi va davom bilan muhtojlarning ham davomi vujudini iqtizo etadi. Zero nihoyat bir saxovat, horiqo bir karam doimo xalqqa ehson va in'om etishni iqtizo etadi. Bu esa, ehson va in'omlarga minnatdor va muhtoj boʻlganlarning davomi vujudlarini istaydi.
Va shuningdek, shu moʻ'jizali va hikmatli af'oli karimonaning tazohurotidan anglashiladiki, Sone'-i Foilning juda yashirin kamoloti bor. Va doimo u kamolotni anzori olamga taqdim va tashhir etishni istaydi. Chunki doimiy bir kamol doimiy bir tazohur bilan taqdir etuvchilarning davomi vujudlarini iqtizo etadi. Chunki adami mutlaqqa nomzod boʻlgan inson, kamolotga qiymat bermaydi va istehson va taqdirga badal istisqol va tahqir etadi.
Va shuningdek, bu goʻzal, muzayyan, munavvar masnu'otning Sone'i uchun mujarrad ma'naviy bir jamol bor. Va Uning u maxfiy husn va jamol uchun juda koʻp mahosin va latoifi boʻlib, qisqa aqllarimiz bilan idrok qilolmaymiz. Azjumla, u jamolning kasif oynalaridan biri sathi arzdir. Bu sathi arz har asrda, har mavsumda, har vaqtda doimo tajalliy etayotgan u jilvalarning soyalarini tashhir, tavsif, e'lon va izhor etadi.
Va shuningdek, haqoiqi sobitadanki, yuksak bir jamol sohibi bizzot oʻz koʻzi bilan va bilvosita boshqasining koʻzi bilan jamolini va jamolining nozikliklarini koʻrishni istaydi. Shunga binoan, jamol sarmadiy va doim boʻlsa, har holda uning nozikliklarini koʻrsatgan oynalarning ham abadiy va doimiy boʻlishi zaruriydir. Chunki boqiy bir husn foniy bir mushtoqqa rozi boʻlolmadi. Va zoil va foniy bir oshiqning abadiy va boqiy boʻlgan mahbubiga muhabbati adovatga aylanadi. Ha, inson qoʻli yoki fahmi yetishmagan goʻzal bir narsani, oʻziga tasalli berish uchun taqbih etadi. Bu e'tibor bilan, bu olam Sone'ni istilzom etgani kabi, Sone' ham olami oxiratni istilzom etadi.
Va shuningdek, bu olamning Sone'ida juda rahimona bir shafqat bor. Zero koʻryapmizki: Bu olamda yordam istagan bir musibatzadaga mukammal tezlik bilan yordam qilinyapti. Dargohi izzatga iltijo etgan qutulyapti. Soʻragan saillarning istaklari berilyapti. Eng oddiy bir zihayotning ovozi eshitilyapti va hojati qabul qilinyapti. Xullas, bunday bir shafqat sohibi, navi basharning eng buyuk, eng lozim, eng zaruriy, shadid bir hojati haqida, butun insonlar nomiga qilgan duosida istagan Jannatni va saodati abadiyani va ba'su ba'dal mavtni qiladi. Xususan, u raisi muhtaramning shu umumiy duosiga, butun zavil hayot, butun maxluqot "Omin! Omin!" deyaptilar.
Qara, u zot shunday bir maqsad, shunday bir gʻoya uchun saodat istab duo qilyaptiki, insonni va butun maxluqotni asfali sofiliyn boʻlgan fano-i mutlaqqa sukutdan, qiymatsizlikdan, foydasizlikdan, abasiyatdan a'loyi illiyin boʻlgan qiymatga, baqoga, ulviy vazifaga, maktuboti samadoniya boʻlish darajasiga chiqaryapti. Qara, ham shunday yuksak bir fizori istimdodkorona bilan istayapti va shunday totli bir niyozi istirhomkorona bilan yolvoryaptiki, goʻyo butun mavjudotga, samovotga, arshga eshittirib, vajdga keltirib, duosiga "Omin! Allohumma omin!" dedirtiryapti.
Ajabo, butun bani Odamni orqasiga olib, shu arz ustida turib, arshi a'zamga mutavajjihan qoʻl koʻratib, navi basharning xulosa-i ubudiyatini jome' haqiqati ubudiyati Ahmadiya (S.A.V.) ichida duo qilgan shu sharafi navi inson va faridi kavnu zamon boʻlgan Faxri Koinot nima istayapti, tinglaylik. Qara, oʻziga va ummatiga saodati abadiya istayapti, baqo istayapti, Jannat istayapti. Ham mavjudot oynalarida jamollarini koʻrsatgan butun asmo-i qudsiya-i Ilohiya bilan barobar istayapti; u asmodan shafoat talab qilyapti, koʻryapsan.
Agar oxiratning hisobsiz talab qilgan sabablari, daloili vujudi boʻlmasa edi, yolgʻiz shu zotning bir duosi, bahorimizning ijodi qadar Xoliqi Rahimning qudratiga yengil kelgan shu Jannatning binosiga sababiyat berardi. Demak, qandayki u zotning risolati shu dori imtihonning ochilishiga sababiyat berdi,
sirriga mazhar boʻldi, shuningdek, ubudiyati ham narigi dori saodatning ochilishiga sababiyat berdi.
Va shuningdek, bu olamning boshlanishi va jarayonlarida va butun maxluqotni bir maqsadga yoʻllashda va samoviy, sufliy butun ajromning bir qudratga bogʻliq va musahhar boʻlishida juda buyuk bir saltanat asari koʻrinadi. Va bundan anglashiladiki, bu mavjudotda tasarruf etgan Sone'ning azim rububiyatida horiqo bir saltanati bor. Holbuki bu dunyo manzili tahavvulotga, zavolga ma'ruzdir. Xuddi musofirlar uchun qilingan bir karvonsaroydirki, doimo toʻlib boʻshaladi. Na oʻzining sobit bir shakli bor va na ichida oʻtirganlarning bir barqarorligi bor. Va Sone'-i Olamning gʻarib va ajib san'atlarining namunalarini tashhir va e'lon uchun tahavvuldan xoli qolmagan bir mashhardir. Bu e'tibor bilan u karvonsaroyda va u mashharda ijtimo' etgan insonlar sobit qoladigan emaslar. Chunki maskanlari sobit emas.
Xullas, bu hol va shu vaziyat, bu foniy manzildan soʻngra u sarmadiy saltanatga qarorgoh boʻlish uchun, sobit, boqiy, abadiy, sarmadiy saodatlarning, jannatlarning va saroylarning boʻlishiga qat'iy bir dalolat bilan shahodat qiladi. Chunki foniy boqiyga maqom va mador boʻlolmaydi. Ha, bir malikning kelib-ketgan musofirlari uchun yoʻlda qurgan shu manzilga va u manzilda oʻtirgan musofirlarga qaralgan vaqt koʻrilyaptiki, millionlab lira bilan qurilgan u manzil juda oz bir vaqt uchundir. Va undagi ziynatlar, qiymatli narsalar faqat surat va oʻrnaklardir. Va musofirlar u nafis taom va ovqatlarning yolgʻiz ta'mini koʻrib, qorinlarini toʻydiradigan darajada yemaydilar. Va har bir musofir xususiy uskunasi bilan u manzildagi ziynatlarning rasmlarini oladi. Va malikning ham yashirin ma'murlari ularning butun harakot, af'ol va muomalalarini yozyaptilar. Va u malik har mavsumda millionlab u ziynatlarni, u goʻzal narsalarni yangi keladigan musofirlar uchun taxrib va tajdid etyapti. Va hokazo, juda koʻp gʻarib va ajib narsalar koʻrinyapti. Xullas, bu vaziyat koʻrstadiki, u muvaqqat manzil sohibining juda yuksak qiymatli manzillari, doiralari va abadiy, sarmadiy saroylari bor. Bu kichik manzilda koʻringan narsalar, hollar musofirlarni abadiy manzillardagi yuksak narsalarga tashviq uchun koʻrsatilgan namunalardir.
Shuning kabi, bu dunyo manzilining va ichida oʻtirgan insonlarning ahvoliga diqqat qilinsa, anglashiladiki: Bu dunyo abadiy qolish uchun yaratilgan bir manzil emas. Faqat Janobi Haqning abadiy va sarmadiy boʻlgan "Dorus-salom" manziliga da'vat qilingan maxluqotning ijtimo'lari uchun bir karvonsaroy va bir kutish mehmonxonasidir. Bu dunyo manzilida koʻringan laziz narsalar, lazzat va zavq uchun emas. Chunki visollarining lazzati firoqlarining alamiga muqobil kelmaydi. Shu bilan barobar, u lazzatlardan hech kim tom ma'noda murodiga noil boʻlolmaydi. Yo u lazzatlarning umrlari qisqa boʻladi yoki insonning umri qisqa boʻlganidan, murodiga yetisholmaydi. Faqat, u lazzatlar va u nafis narsalar ibrat va shukrga yoʻllash uchundir. Chunki ular Janobi Haqning ahli iymon uchun jannatlarda ihzor etgan haqiqiy ne'matlarga namunalardir. Va u muzayyan masnu'oti foniya, fano va adam uchun emas. Faqat, ularning suratlari va misollari, ma'nolari, natijalari olinadi; olami baqoda ahli baqo uchun abadiy manzaralarning qilinishiga mador boʻladilar. Yoxud abadiy olamda Sone'-i Abadiy istagan shakllariga soladi. Chunki u masnu'ot baqo uchun. Ularning u zohiriy oʻlim va fanolari; vazifalaridan tarhisdir, i'dom emas. Ha, ularning oʻlimlari fano boʻlsa ham, yolgʻiz bir jihatdan fanoga ketadi, koʻp jihatlardan boqiy qoladi. Masalan, Qudrati Azaliya yaratgan shu gul chechagiga qara! Ha, qanday bir kalima ogʻizdan chiqar-chiqmas zohiran fanoga ketsa ham, Allohning izni bilan quloqlarda, qogʻozlarda, kitoblarda millionlab timsollari qolgani kabi, aqllarda ham aqllar adadicha ma'nolari qoladi. Shuning kabi, u gul qisqa bir zamonda vazifasi tamom boʻlar-boʻlmas soʻladi, oʻlib ketadi. Ammo uni koʻrgan butun insonlarning quvva-i hofizalarida va xalafi bilan homila boʻlgan urugʻlariga suratlari, ma'nolari boqiydir. Demak, u gulning urugʻi boʻlsin, quvva-i hofizalar boʻlsin, u gul chechagining suratini, ziynatini, manzilini hifz uchun xuddi bittadan rasm va baqosi uchun bittadan manzildir.
Ey birodar! Inson ham bebosh, sarsari, sohibsiz bir hayvon emas. Faqat uning ham butun harakot va af'oli yozilyapti, tasbit etilyapti va a'molining natijalari hifz qilinyaptiki, muhosaba-i kubroda unga koʻra daraja olsin. Xulosa, har kuz mavsumida qilingan taxribot, kelasi bahor mavsumlarida keladigan yangi musofirlar uchun yer tayorlash va bir navi tarhis va izndir.
Va shuningdek, bu olamda tasarruf etgan Sone'ning shunday bir kitobi mubini borki, na kichik va na katta, u kitobda yozilib hifz etilmagan hech bir narsa yoʻq. U kitobning moddalaridan olamda koʻringan yolgʻiz nizom va mezon moddalariga qara! Ha, koʻryapmizki, har qaysi muvazzaf boʻlgan bir narsa, vazifasidan tarhis etilish bilan doira-i vujuddan chiqsa, Fotiri Hakim uning koʻp suratlarini "Lavhi Mahfuz"larda tasbit etadi. Va tarixi hayotini urugʻida va natijasida naqsh qiladi va juda koʻp gʻaybiy oynalarda ibqo etadi.
Masalan: Bir shajara, mevasi bilan homila boʻlgani kabi, danagi ham meva bilan homiladir. Demak, daraxtning tuzilishida samarasi mavjud boʻlgani kabi, danagida ham samara mavjud. Va shuningdek, vujuddan chiqqan juda koʻp narsalar insonning quvva-i hofizasida mavjud qoladi.
Xullas, bu misollardan, hifz va hofiziyat qonuni qay daraja ihotali boʻlgani anglashildi. Ha, bu mavjudotning sohibi juda katta bir ihtimom bilan mulkida jarayon etgan hamma narsani taxti hifz va muhofazasiga olgan. Va hokimiyatining muhofazasi uchun soʻngsiz bir diqqati bor. Va rububiyatida tom bir intizom va saltanat borki, adno bir hodisani, oddiy bir xizmatni yozadi va yozdiradi. Xullas, bu daraja ihotali, ihtimomli bir hifz qonuni, albatta olami oxiratda qilinadigan bir devoni muhosabatga qaraydi. Shu muhofaza qonuni, butun ashyoda joriy boʻlgani kabi, maxluqotning eng ashrafi boʻlgan insonni ham qamragan. Chunki inson Janobi Haqning rububiyatiga oid shuunot va ahvoliga shohiddir. Va maxluqotning jamoatlari ichida Allohning birligiga dalloldir. Va mavjudotning tasbehotiga mushohid va xilofati kubro bilan takrim va tashrif etilgandir. Inson bu ikromga, bu sharafga noil boʻlgani holda, oʻzini bebosh va gʻayri mas'ul deb oʻylamasin. Uning ham devoni muhosabatda juda aralash hisoblari bordir. Undan qutulgandan soʻng, mustahaq boʻlgan yeriga boradi.
Ha, qudrati azaliyaga nisbat bilan, oʻlimdan soʻng hashrning kelishi, kuzdan soʻng bahorning kelishi kabidir. Ha, nabotot kabi, insonning ham bir kuzi, bir da bahori bor. Ha, oʻtgan zamonda sodir boʻlgan moʻ'jizoti qudrat, Sone'ning butun imkonoti istiqboliyaga qodir boʻlganiga qat'iy shohid va burhondirlar.
Va shuningdek, bu olamning moliki, oʻz qudratiga juda oson va juda ahvan va ibodiga favquloda muhim va juda shadid-ul ehtiyoj boʻlgan hashrning takror ba takror va'dasida boʻlgan. Ma'lumdirki, va'dadan qaytish qudratning izzatiga, rububiyatning marhamatiga ziddir. Zero va'daning xilofini qilish, johillikning yoki ojizlikning alomatidir. Bu esa Qodiri Mutlaq, Hakimi Mutlaq boʻlgan zotga maholdir.
Shu bilan barobar, insonlarning hashri nabototning hashri kabidir. Buni koʻrgan uni qanday inkor qiladi? Hashrning ijodiga boʻlgan va'dasi esa, butun anbiyoning tavoturi bilan va buyuk insonlarning ijmo'i bilan sobit boʻlgani kabi, Qur'oni Karimning lisoni bilan ham sobitdir. Azjumla:
oyati karimasi buyuk bir shiddat va quvvat bilan hashrning ijodiga soʻz beradi. Faqat, ba'zi insonlar juda nonkoʻrki; butun mavjudot sidqiga va haq boʻlganiga dalolat qilgan u Malik-ul Mulkning soʻzlarini tasdiq etmaydi, oʻz safsatasiga va ahmoqligiga e'timod etadi.
Va shuningdek, bu olamda juda hashamatli bir rububiyat osori bilan dabdabali bir saltanatning shualari koʻrinyapti. Ha, koʻryapmizki: Ulkan arz -sakanasi bilan barobar- xonaki, zalil, mute' bir hayvon kabi u rububiyatning amri ostida parvarish qilinyapti. Kuzda oʻlishi, bahorda tirilishi va bir Mavlaviy kabi raqs va harakati va boshqa butun ishlari u amrga tobe boʻlgani kabi, shamsning ham sayyoroti bilan tanzim va tasxiri va boshqa vaziyatlari u amrga bogʻliq. Holbuki, azamatli shu rububiyati sarmadiya va bu saltanati abadiya shunday zaif, zoil, muvaqqat poydevorlar va asoslar ustiga bino qilinolmaydi. Va bu mutabaddil, baloli, gʻamli, foniy dunyo ustida qoim boʻlolmaydi. Faqat, bu dunyo u azamatli rububiyatning juda azim va keng doirasi ichida insonlarni tajriba va imtihon, qudratning moʻ'jizalarini tashhir va e'lon uchun qurilgan muvaqqat bir manzil boʻlib; taxrib etilib juda muazzam, keng, abadiy va boqiy bir olamga juz boʻlish uchun tabdil etiladi. Shunga binoan, bu tabaddulot ma'razi boʻlgan olamning Sone'i uchun boshqa tagʻayyursiz, sobit bir olamning vujudi zaruriydir.
Shu bilan barobar, zohirdan haqiqatga oʻtgan arvohi nayyira asxobi va qulubi munavvara aqtobi va uquli nuroniya arbobi va qurbi huzuri Ilohiyda dohil boʻlganlar, u Zoti Zuljalolning mute'lar uchun bir dori mukofot va osiylar uchun bir dori mujozot ihzor etganini va juda metin va'dalar bilan shadid tahdidlari boʻlganini qat'iy ixbor etadilar. Ma'lumki, va'dalarni ado etmaslik bir zulldir. Xoliqi Olam zull va zillatlardan munazzahdir. Va ayni zamonda, u haqiqatni ixbor etgan ahli haqiqat va anbiyo va avliyo va asfiyo jamoatlariga koinot butun oyoti bilan, kalimoti bilan zohir oʻlaroq ixborlarini tayid va taqviya etadi. Ey inson! Bu xabardan yanada toʻgʻri bir xabar va bu soʻzdan yanada toʻgʻri bir soʻz bormi?
Va shuningdek, bu olamning mutasarrifi, tor va muvaqqat shu arz maydonida olami oxiratning ulkan maydonining koʻp misollarini, namunalarini har vaqt koʻrsatadi.
Azjumla: Bahor mavsumida arzning sathida qilingan nabotiy hashrlarga diqqat qilish lozim. Ha, olti kun mobaynida u aralash nabototning urugʻlaridan oʻlgan, chirigan, yoʻqolgan jasadlarni gʻolatsiz, xaltsiz kama fis-sobiq insho va i'oda etish bilan, arz maydonida nabotiy hashrlarni qilgan qudrat, samovot va arzni olti kunda yaratishidan ojiz emas. Va u qudratga nazaran koʻz ishorati qadar oson boʻlgan hashri insoniyni qilmaslik imkoni bormi? Ha, hashri nabotiyda kalimalari, yozuvlari tamoman oʻchib ketgan uch yuz ming qadar sahifalarni, birlikda, bila-xalt va bila-gʻolat qisqa bir zamonda eski yozuvlarini i'oda etgan bir qudratga, birgina sahifadan iborat boʻlgan hashri insoniy ogʻir keladimi? Xosho! Xullas, u qudrat sohibi, lisoni Qur'on bilan amr qilgan
oyati karimasi bu masalaning haqiqat ekaniga sarohat bilan shahodat qiladi.
Ey aziz birodar! Janobi Haqning shu tasarrufotidan va shuunotidan anglashildiki, arz maydonida qilingan nabotiy hashrlar va nashrlar va boshqa ijtimo' va iftiroqlar maqsudi bizzot emasdir. Chunki narigi olamning maydoni kabirida qilingan u ulkan va muhim ihtifollar bilan qisqa bir zamonda qilingan shu juz'iy gʻayri sobit bu samaralar orasida munosabat yoʻq. Faqat bu juz'iy samaralar, bir qator misol va namunalar boʻlib, bularning surat va natijalariga u majma'-i kabirda muomalalar tatbiq va ijro etilsin. Demak, bu foniy narsalarning suratlari u olamda boqiy samaralarni meva beradi.
Va shuningdek, koʻryapmizki: Sone'-i Sarmadiy, Sultoni Abadiy shu inhidomga mayyol manzillarda va zavolga mahkum maydonlarda shunday bir hikmati bahiraning va bir inoyati zohiraning va bir adolati oliyaning va bir marhamati jome'aning osorini izhor etyaptiki, qalbi zanglamagan, koʻzi koʻr boʻlmagan bir inson, aynalyaqiyn bilan anglaydiki, u hikmatdan yanada akmal bir hikmat boʻlolmaydi. Va u osori koʻringan inoyatdan yanada ajmal bir inoyat mumkin emas. Va u amoroti koʻringan adolatdan yanada ajall bir adolat yoʻqdir. Va u samaroti koʻringan marhamatdan yanada ashmal bir marhamat tasavvur qilinolmaydi. Shunday ekan, u sultonning mamlakatida doimiy makonlar, sobit maskanlar, doimiy va muqim sokinlar boʻlmasa, shu koʻringan hikmat, inoyat, marhamat va adolatning qalb va fikr sohiblari tomonidan inkorlari lozim boʻladi. Va ayni zamonda u af'oli hakimona sohibining, -xosho- safih, zolim boʻlishini istilzom etadi. Bu esa haqiqatni ziddiga aylantirgan bir maholdir.
Ey soʻzlarimni tinglagan birodar! Hashrning vujudiga va vuqu'iga doir dalillarning shu zikr qilingan qismga, alomatlarga munxasir deb oʻylama. Qur'oni Karim koʻrsatgan gʻayri mutanohiy alomatlardan istixroj etilgan haqiqat shudirki: Xoliqimiz shu muvaqqat dunyo mashharlarida doimiy boʻlgan rububiyatining sobit qarorgohiga bizlarni naql qiladi. Va bu sayyol mamlakatni sarmadiy bir mamlakatga tabdil etadi. Va yana oʻylamaginki, hashr va oxiratni iqtizo etgan, asmo-i husnadan yolgʻiz "Hakim, Karim, Rahim, Odil, Hofiz" ismlaridir. Balki koinotning tadbiri bilan aloqador boʻlgan har bir ism oxirat va hashrni iqtizo etadi.
Hashr masalasi shunday bir haqiqatdirki, jaloli bilan, jamoli bilan, asmosi bilan Xoliqi Zishon, butun kutubi samoviya bilan anbiyo va avliyo va asfiyoning ijmo'larini tazammun etgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon va Faxri Koinot Hazrat Muhammad (S.A.V.) -akmal-ul xalq va ashraf-ul inson- hashrning kelishiga ittifoq bilan hukm qilganlari kabi, shu koinot ham, butun oyoti bilan va kalimoti bilan hashrning vujud va ijodiga shahodat qiladi. Hatto har bir juzning, juz'iy boʻlsin, kulliy boʻlsin, juz boʻlsin, kull boʻlsin, ikki vajhi bor. Bir vajh bilan Xoliqqa qaraydi, vahdoniyatga dalolat qiladi. Boshqa vajh bilan ham oxiratga nazirdirki, hashrning, oxiratning vujudlarini istaydi.
Masalan: Bir inson oʻz vujudi bilan, husni san'ati bilan Sone'ning vujubi vujudiga va vahdatiga dalolat qilgani kabi; amol va iste'dodlari abadga qadar uzangani holda, juda tezlik bilan oʻlim va zavoli, oxiratning vujudiga dalolat qiladi. Butun mavjudotda koʻringan intizomi hikmat, tazyini inoyat, taltifi rahmat, tavzini adolat, Sone'-i Hakimning vujud va vahdatiga shohid boʻlganlari kabi, oxiratning va saodati abadiyaning ham ijod va vujudlariga dalolat qiladilar.
QATRA
Ma'lumki, inson hasbal qadar koʻp yoʻllarga suluk etadi. Va u yoʻlda koʻp musibat va dushmanlarga uchraydi. Ba'zan qutulsa ham, ba'zan choʻkadi. Men ham qadari Ilohiyning yoʻllashi bilan juda ajib bir yoʻlga kirgandim. Va juda koʻp balolarga va dushmanlarga uchradim. Faqat, ajz va faqrimni vasila qilib Robbimga iltijo etdim. Inoyati azaliya meni Qur'onga taslim qilib Qur'onni menga muallim qildi. Xullas, Qur'ondan olgan darslarim soyasida u balolardan xalos boʻlganim kabi, nafs va shayton bilan qilgan muhorabalarimdan ham muzaffaran qutuldim. Butun ahli zalolatning vakili boʻlgan nafs va shayton bilan ilk musodama
kalimalarida sodir boʻldi. Bu kalimalarning qal'alarida tahassun etib u dushmanlar bilan munoqashalarga kirishdim. Har bir kalimada oʻttiz daf'a maydon jangi sodir boʻldi. Bu risolada yozilgan har bir kalima, har bir qayd qozongan bir muzaffariyatimga ishoratdir.
Bu risolada yozilgan haqiqatlar zidlariga bir imkoni vahmiy qolmaydigan darajada yozilgan. Uzun bir haqiqatga (dalili bilan barobar) bir qayd yoki bir sifat bilan ishorat qilinadi.
Bu zamonning jarayoni men kabi koʻpchilikni vahmiy tahlikalarga otgan. Inshaalloh, bu asar Allohning izni bilan ularni qutqaradi degan umiddaman.
MUQADDIMA
Qirq yil umrimda, oʻttiz yil tahsilimda yolgʻiz toʻrt kalima bilan toʻrt kalom oʻrgandim. Tafsilan bayon qilinadi. Bu yerda yolgʻiz ijmolan ishorat qilinadi.
Kalimalardan maqsad: Ma'no-i harfiy, ma'no-i ismiy, niyat, nazardir. Shundayki:
Janobi Haqning mosivosiga (ya'ni, koinotga) ma'no-i harfiy bilan va Uning hisobiga qarash lozim. Ma'no-i ismiy bilan va sabablar hisobiga qarash xato.
Ha, hamma narsaning ikki jihati bordir. Bir jihati Haqqa qaraydi. Boshqa jihati xalqqa qaraydi. Xalqqa qaragan jihat Haqqa qaragan jihatga toʻrli bir parda yoki shaffof bir shisha parchasi kabi, ostida Haqqa qaragan jihati isnodni koʻrsatadigan bir parda kabi boʻlishi kerak. Shunga binoan, ne'matga qaralgan zamon Mun'im, san'atga qaralgan zamon Sone', sabablarga nazar etilgan vaqt Muassiri Haqiqiy zehnga va fikrga kelishi kerak.
Va shuningdek, nazar bilan niyat mohiyati ashyoni tagʻyir etadi. Gunohni savobga, savobni gunohga oʻzgartiradi. Ha, niyat oddiy bir harakatni ibodatga aylantiradi. Va xoʻjakoʻrsinlik uchun qilingan bir ibodatni gunohga oʻzgartiradi. Moddiyotga sabablar hisobi bilan qaralsa, jaholatdir. Alloh hisobi bilan boʻlsa, ma'rifati Ilohiyadir.
Men oʻzimga molik emasman. Faqat molikim koinotning molikidir. Faqat oʻzimga molik nazari bilan qaraymanki, Moliki Haqiqiyning sifotini va sifatlarning bir daraja mohiyatini va hududini bilay. Ha, mavhum, mutanohiy hududim bilan Moliki Haqiqiyning sifatlarining bir jihatdan gʻayri mutanohiy hududini bildim.
Oʻlim haqdir. Ha, bu hayot va bu badan shu azim dunyoga ustun boʻladigan qobiliyatda emas. Zero ular temir va toshdan emas. Faqat goʻsht, qon va suyak kabi mutaxolif narsalardan tarakkub etgan. Qisqa bir zamonda tavofuqlari, ijtimo'lari boʻlsa ham, iftiroqlari va tarqalishlari har vaqt malhuzdir.
Robbim birdir. Ha, hammaning butun saodatlari, bir Robbi Rahimga boʻlgan taslimiyatga bogʻliq. Aks holda juda koʻp Roblarga muhtoj boʻladi. Chunki inson jome'iyati e'tibori bilan butun ashyoga ehtiyoji va aloqasi bor. Va hamma narsaga qarshi (his qilib yoki qilmasdan) taassuri, alamlari bordir. Bu esa tom jahannam kabi bir holatdir. Faqat arbob tavahhum etilgan sabablar yadi qudratiga bir parda boʻlgan Robbi Vohidga taslimiyat, firdavsiy bir vaziyatdir.
اَنَا bilan ta'bir etilgan menlik, ya'ni oʻziga bir vujud, bir qiymat berishdirki; bu ana, Janobi Haqning sifotini, shuunotini bilish uchun bir markaz va bir vohidi qiyosiydir.
BIRINCHI BOB
bayonidandir.
Allohdan boshqa haq bir Allohning mavjud emasligini qalban tasdiq va lisonan iqror etganimga, butun koʻrgan va koʻringan ashyoni shohid koʻrsataman.
Shunday bir Allohki, vujubi vujudiga va Vohid, Ahad, Fard, Samad boʻlganiga Hazrat Muhammad (S.A.V.) bir shohidi sodiq va bir burhoni notiqdir.
Shunday Muhammad (S.A.V.) ki, ijmo' va tasdiqlariga mazhar boʻlish bilan, anbiyo va mursalinga siyodat unvonini; va ittifoq va tahqiqlarini olish bilan, imom-ul avliyo val ulamo laqabini olgan. Va shunday Muhammad (S.A.V.) ki, oyoti bahira, moʻ'jizoti qat'iya va sajaya-i samiya va axloqi oliya sohibi boʻlish bilan mahbiti vahyi Ilohiy boʻlgan. Va shunday bir Muhammad (S.A.V.) ki, olami gʻayb va malakutni sayr va ziyorat etish bilan, arvohni mushohada va maloika bilan musohaba, jin va insonlarga irshod vazifasini olgandir. Va shunday bir Muhammad (S.A.V.)dirki, shaxsiyati ma'naviyasi bilan koinotning kamoliga bir mundarija boʻlish bilan, butun saodatlarning va madaniyatlarning dasturlarini ichiga olgan bir shariatga sohibdir. Va shunday bir Muhammad (S.A.V.)dirki, olami shahodatda ekan, gʻaybiyotdan xabar beradigan bir bashir va nazir boʻlib, butun quvvati bilan, kamoli jiddiyat bilan va vusuq bilan, itminon bilan yuksak bir iymon bilan navi basharga qarshi "Tavhid Dini"ni لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ bilan e'lon va i'lam etadi.
Va shuningdek, shunday bir Allohki, vujub va vujudiga, jalol va jamoliga, Vohidi Ahad boʻlganiga shahodat qilganlardan birisi ham "Furqoni Hakim"dir.
Va shunday bir Furqoni Hakimdirki, butun anbiyo kitoblarining tasdiqlariga mazhardir. Va shunday bir Furqoni Hakimdirki, butun aqllar va qalblar, hukmlarini qabul va tasdiqqa ijmo' etganlari va jihoti sittasidan nur-afshon bir kitobdir.
Va shunday bir Furqoni Hakimdirki, mazhari vahiy boʻlgan rasullar deganlaridek, mahzi vahiydir. Ahli kashf va ilhom aytganlaridek, ayni hidoyatdir. Ma'dani iymon va majma'-i haqoiqdir. Hukmlari daloili aqliya bilan muayyad va fitrati salimaning shahodati bilan musaddaqdir. Lison-ul gʻayb boʻlib, olami shahodatda navi basharni
bilan tavhidga amr va da'vat etadi.
Shunday bir Allohki, vujubi vujud va vahdatiga, shu kitobi kabir deyilgan olam, butun yozuvlari va fasllari bilan, sahifalari bilan, satrlari bilan, jumlalari bilan, harflari bilan shahodat qilgani kabi; shu insoni kabir deyilgan koinot ham, butun a'zosi bilan, javorihi bilan, hujayroti bilan, zarroti bilan, avsofi bilan, ahvoli bilan dalolat qiladi.
Ya'ni, bu koinot ixtivo etgan butun anvo'i bilan لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ va u olamlarning arkoni bilan لَا خَالِقَ اِلَّا هُوَ va u arkonning a'zosi bilan لَا صَانِعَ اِلَّا هُوَ va u a'zoning ajzosi bilan لَا مُدَبِّرَ اِلَّا هُوَ va u ajzoning juz'iyoti bilan لَا مُرَبِّىَ اِلَّا هُوَ va u juz'iyotning hujayroti bilan لَا مُتَصَرِّفَ اِلَّا هُوَ va u hujayrotning zarroti bilan لَا خَالِقَ اِلَّا هُوَ va u zarrotning dalasi boʻlgan efiri bilan لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ deb; butun anvo'i bilan, arkoni bilan, a'zosi bilan, ajzosi bilan, hujayroti bilan, zarroti bilan, efiri bilan (ellik besh lison bilan) vujubi vujud va vahdatiga shahodat va dalolat qiladi. Shu lisonlarning tafsili keladi. Hozir ijmol bilan zikr qilaman. Shundayki:
Koinot tarkiblaridagi intizom, jarayoni ahvoldagi nizom, suratlardagi gʻarobat, naqshlaridagi ziynat, yuksak hikmatlar, ashyodagi muxolafat va mumosalat, jomidotdagi muovanat, bir-biridan uzoq boʻlgan narsalardagi tasonud, hikmati omma, inoyati tomma, rahmati vase'a, rizqi a'mm, hayotlar, tasarruf, tahvil, tagʻyir, tanzim, imkon, hudus, ehtiyoj, za'f, mavt, johillik, ibodat, tasbehot, da'avat va hokazo juda koʻp sifatlar lisonlari bilan Xoliqi Qadimi Qodirning vujub va vujudiga va avsofi kamoliyasiga shahodat qilganlari kabi; asmo-i husnani tilovat qilib, Janobi Haqqa tasbeh va Qur'oni Hakimni tafsir va Rasuli Akramning (S.A.V.) ixborotini tasdiq qiladilar.
Oʻtgan lisonlarning tafsiliga oʻtamiz. Shundayki:
Koinotda koʻringan tanzimot, nizomot, muvozanot qabza-i tasarrufida bir mezon va nizom boʻlgan Xoliqning vujubi vujudiga dalolat qilish bilan
jumlasini oʻqiydi.
Va shuningdek, koinotda intizom va ittirod hukmfarmodir. Bu ikki sifat, mutasarrifning vahdatiga va bir boʻlganiga shahodat qilish bilan
haqiqatini e'lon qiladi.
Va shuningdek, samovot sahifasini quyosh va yulduzlar bilan yozgan qudrat bilan, asalari bilan chumolining sahifalarini hujayrot va zarrot bilan yozgan qudrat bir boʻlganidan
bilan (masalaning e'loni bilan) Xoliqning bir boʻlganiga dalolat va shahodat qiladi.
Va shuningdek, masalan bulut bilan arz kabi jomid va mutaxolif narsalarda tajovub va muovanat, ya'ni bir-birining hojatiga javob berish va sayyorot kabi shamsdan juda uzoq boʻlgan yulduzlarning shamsga yoki bir-biriga tasonud etishlari, butun ashyoning bir Mudabbirning idorasida boʻlganiga shahodat qilib
bilan e'lon qiladi.
Va shuningdek, samovotning yulduzlar kabi osori muntazamadagi mushobahat va arzning bir-biriga oʻxshagan gullarida, hayvonotidagi munosabat, Xoliqning bir boʻlganiga dalolat bilan shahodatini
bilan e'lon qiladi.
Va shuningdek, har bir zihayot koʻp ism va sifatlarning tajalliysiga mazhardir. Masalan, bir zihayot vujudga kelganida Bari ismining jilvasiga, tashakkulida Musavvir sifatining jilvasiga, ozuqlangan zamon Razzoq ismining jilvasiga; xastalikdan shifo topganida, Shofiy ismining tajalliysiga va hokazo ta'sirda mutasonid, osorda mutaxolif koʻp sifat va ismlarga mazhardir. Bu sifatlarning va ismlarning maqsadlari bir boʻlganidan, albatta musammolari ham bir boʻladi. Xullas, har bir zihayot shu mazhariyat bilan Xoliqning bir boʻlganiga doir boʻlgan shahodatini
bilan e'lon qiladi.
Va shuningdek, manzuma-i shamsiya bilan asalarining koʻzlari orasidagi irtibot va holat jihatidan bir-biri bilan munosabatlari, ikkisining bir Naqqoshning naqshi boʻlganiga boʻlgan dalolatlarini
bilan i'lam etadilar.
Va shuningdek, zarrot orasidagi jozibaning quyosh va yulduzlar orasida boʻlgan jozibaga qardosh boʻlishi, har ikki qismning ham bir qalami vohidning yozuvi boʻlganini
bilan izhor etadilar.
Va shuningdek, tarkib va murakkabotda koʻringan intizom, u murakkabotdagi har zarraning loyiq mavze'iga qoʻyilishi bilan hosil boʻlgandir. Shunga binoan, u zarralarni, oralaridagi munosabatlar buzilmaslik sharti bilan, loyiq mavqelariga qoʻyib bilish, faqat butun u murakkabotni yarata oladigan bir qudrat sohibiga xosdir. Xullas, zarrotdagi intizom va shu vaziyatning lisoni bilan Allohu Akbar deb
ni oʻqiydi.
Va shuningdek, bir navdan bir fardning, butun afroddan imtiyozini ta'min qiladigan tashaxxus va taayyunining qalami qudrat bilan yozilishi, butun navi basharning, masalan afrodining nazari qudratda mashhud va malhuz boʻlganini istilzom etadi. Chunki bir fard, alomati fariqasi jihati bilan butun afrodga muxolif boʻladi. Agar butun afrod hozir boʻlmasa, taayyunlarida, alomotlarida muxolafatning boʻlmasligi ehtimoli bor. Bu ehtimol esa botildir. Shunday ekan, bir fardning Xoliqi, bir navning Xoliqi boʻladi.
Va shuningdek, bir navga Xoliq boʻla olish, jinsga ham Xoliq boʻla olishga mutavaqqifdir. Eng nihoyat ish
da nihoyat topadi.
Va shuningdek, xilqat va yaratilishning Vojib-ul Vujudga isnod etilishini, nazarlari juda qisqa boʻlganlar, baid, gʻarib, qiyin boʻlganini tavahhum etish bilan inkoriga zahob etadilar. Holbuki, sabablarga isnod etilsa, ular tavahhum etgan bu'd, gʻarobat, qiyinchilik qavat-qavat muzaaf boʻlib haqiqatga inqilob etadi. Chunki vojibga koʻproq oson boʻladi. Masalan, bir odamdan bir necha narsaning suduri, bir necha odamdan bir narsaning suduridan koʻproq ahvandir. Masalan, asalarining xilqati, qudrati Ilohiyaga isnod etilmasa, nihoyatsiz mushkulot boʻladi.
Shu bilan barobar, vohidning kasratga bergan vaziyat va foydani, kasrat koʻp mashaqqatlardan soʻngra bera oladi. Masalan, bir qoʻmondonning juda koʻp askarlarga bergan intizom vaziyatini, u askarlarga berilsa, suhulat bilan qilolmaydilar. Demak, Xoliqi Vohidga qilingan isnodda, zohiran bu'd va gʻarobat boʻlsa ham, sabablar va kasratga qilingan isnodda muzaaf oʻlaroq mutasalsil mahollar bor. Shundayki:
Har bir zarrada Vojib-ul Vujudning sifatlarini faraz qilish lozim boʻladi. Chunki naqshdagi kamol, san'atdagi husn u sifatlarni istaydi. Ham shirkatni qabul qilmagan vujub haqida, gʻayri mutanohiy sheriklarning farazi lozimdir. Ham har bir zarraning, butun zarralarga ham hokimi mutlaq, ham mahkumi mutlaq boʻlishi lozim boʻladi. Chunki nizom va intizom shunday istaydi. Ham har bir zarrada ihotali bir shuur, tom bir ilm lozim. Chunki zarralar orasida tasonud va muvozana bor. Bu tasonud va muvozana esa ilm bilan boʻladi.
Xullas, ashyoni sabablarga isnod etishda bu qadar mahollar bor. Ammo, sohibi haqiqiy boʻlgan Vojib-ul Vujudga isnod etilgan vaqt, u zarralar shunday bir vaziyatga kiradilarki, shamsning jilvalariga, timsollariga, lam'alariga mazhar boʻlgan suv qatralari kabi; qudrati azaliyaning nuroniy tajalliysiga, jilvalariga, lam'alariga u zarralar ham mazhar boʻlib, sohibi qudratning izni bilan, gʻayri mutanohiy boʻlgan ilm va irodasi bilan, u zarralarda tashakkulot va tarkibot qilinadi. Shunga binoan, qudrati azaliyaning bir lam'asi qudratning xosiyatiga molik boʻlganidan, sabablarning minglab lam'asidan va sabablarning sultonidan koʻproq ta'sirlidir. Chunki bunda tajazzi va inqisom bor, qudrati azaliyada esa yoʻq.
Va shuningdek, qiyinchilik va ovora boʻlish ham yoʻq. Chunki qudrat Sone'ning zotiga zotiydir, a'roziy emasdir. Ajz qudratiga taxallul etolmaydi. Qudratning bir lam'asiga zarralar, shamslar mutasoviydir. Katta narsa kichik narsadan ogʻir va zahmatli emas. Va shuningdek, hayot, vujud, nur kabi narsalarning zohir va botinlari shaffof boʻlganidan, ijodlari zamonida, sabablar vositalari ostida qudratning tararrufi koʻrinadi. Ha, hayotning vaziyatlariga va darajalariga diqqat qilinsa, qudratning tasarrufi koʻrinadi.
Masalan: Bir shingil uzumning yaratilishi uchun inja, jomid bir shox va bir shisha parchasida shamsning timsolini tarsim uchun kichik bir tuynukdan ziyoning oʻtishi va bir uyni tanvir uchun bir gugurt tavassut etadi. Va bu kabi oddiy sabablar ostida qilingan u azim va gʻarib ishlarda qudratning tasarrufi kunduz kabi koʻrinishi oshkoradir.
Va shuningdek, ashyoning sabablarga isnodidagi istib'oddan va istigʻrobdan hosil boʻlgan inkordan nash'at etgan zalolatlardan hosil boʻlgan iztirobot, butun aqllarni, ruhlarni Vojib-ul Vujudga firor va iltijo etishga majbur qiladi. Chunki faqat Uning qudrati bilan, irodasi bilan har mushkul hal boʻladi va yopiq eshiklar ochiladi. Va Uning zikri bilan qalblar mutmain boʻladilar. Shunga binoan, najot va xalos faqat Allohga iltijo bilan boʻladi.
Xullas, koinot shu haqiqatning lisoni bilan
ni aytadi.
Va shuningdek, zohiriy sabablar juda oddiy, mahdud, faqir, jomid, shuursiz, irodasiz va qonunlar qismi ham e'tiboriy, mavhum narsalardir. Musabbabotda boʻlgan horiqo naqshlar, ziynatlar, gʻarib va ajib san'atlarning u kabi qiymatsiz sabablar bilan qat'iyan munosabatlari yoʻq. Shunga binoan, masalan badanning hujayrotidagi nizomli, intizomli tashakkulotni non yeyishiga; va quvva-i hofizada yozilgan gʻayri mahdud muntazam naqshlarni quloqdagi va boshdagi buklamlarga; va gapirishda, tafakkurda harflarning tashakkulotiga va suvari zehniyaning husuliga lison va zehn٧َؤg harakatlari kabi sabablarga isnodlari ahmoqchasiga bir hukmdir. Faqat u kabi musabbabot gʻayri mutanohiy bir qudrat bilan bir ilm va bir irodani iqtizo etadilar. Bu haqiqatga binoan sobitdirki, kavn va vujudda muassiri haqiqiy, faqat qudrati gʻayri mutanohiy bir Xoliqi Qodirdir. Sabablar esa bahonalardir, vasoit ham pardadirlar.
Hislar va xosiyatlar ham qudratning tajalliyotiga va lam'alariga ism va unvondirlar.
Ham qonunlar va navomis deyilgan narsalar, faqat ilm bilan iroda va amrning anvo'ga boʻlgan tajalliylarining ismlaridir. Ha, qonun amrdandir, nomus irodadandir. Xullas, koinot musabbabotning lisoni bilan
bilan Xoliqi Haqiqiyni e'lon qiladi.
Va shuningdek, koinot sahifasida juda katta bir diqqat va ihtimom bilan horiqo bir tarzda yozilgan naqshlar, munfaridan va mujtamian, gʻayri mutanohiy bir qudratni iqtizo etganlaridan, koinot ham bir Vojib-ul Vujud, bir Xoliqi Qodirning vujudiga bizzarura dalolat qiladiki, u Xoliqning ta'siri qudratiga nihoyat boʻlmaganidan, sheriklardan bilbedaho mustagʻniydir, sherikka ehtiyoji yoʻq.
Shu bilan barobar, sherik haddi zotida mumtani'dir. Bir fardining vujudi mumkin emasdir. Chunki qudrati komilaning ta'siri gʻayri mutanohiydir. Sherik boʻlgan taqdirda, qudratning ta'siri mahdud boʻladi. Mutanohiy boʻlmagani holda, mutanohiy boʻladi, inqito'ga duchor boʻladi. Bu esa, bir necha jihatdan maholdir. Shunday ekan, istiqlol va infirod, uluhiyat uchun zotiy xossalardir.
Shu bilan barobar, sherikka bir yer, bir maqom, bir imkoni zotiy yoʻqdir. Va sherikning vujudi haqida na bir dalil va na bir dalildan nash'at etgan bir ehtimol va na bir alomat va koinotning hech bir jihatida sherikka bir mavze' yoʻq. Aksincha qaysi narsaga, qaysi jihatga qaralsa, tavhid sikkasi koʻrinadi. Demak, muassiri haqiqiy faqat va faqat Allohdir.
Ha, inson koinotning eng ashrafi va sabablar ichida ixtiyori eng keng boʻlgani holda, af'oli ixtiyoriysi ichida yeyish va ichish kabi eng oddiy bir fe'lida, yuz juzidan faqat bir juzi insonga oid boʻlishi mumkin. Sabablarning sultoni boʻlgan inson bunday qoʻli bogʻliq, ta'sirsiz boʻlsa, narigi jonsiz sabablar qanday nooʻrin ish qilishi mumkin?
Xullas, koinot shu haqiqatdan taboruz etgan vujud va vahdat lisoni bilan
ni tilovat qiladi.
Va shuningdek, koinotning butun ajzo va zarrotiga tajalliy etgan asmo-i Ilohiya orasidagi tasonud, ya'ni bir-biriga tayanib tajalliy etgan bir tamozujlari, ya'ni alvoni sab'a kabi bir-biri bilan mamzuj boʻlib ashyoni jilvalantirgan asarlari bir boʻlgani kabi, musammolarining ham vohid, ahad boʻlganiga shahodat qiladi. Va bu shahodat lisoni bilan, koinot
deb e'lon qiladi.
Va shuningdek, koinotning -kulliy va juz'iy- ixtivo etgan butun ajzosini istilo etgan bir hikmati omma koʻrinadi. Va bu hikmati omma qasd, shuur, iroda, ixtiyor sifatlarini tazammun etadi. Bu sifatlar bir Hakimi Mutlaqning vujubi vujudiga dalolat qiladi. Chunki koinot maf'ul va munfaildir. Maf'ul foilsiz boʻlmagani kabi, maf'ulning jomid bir juzi ham foil boʻlolmaydi.
Va shuningdek, koinot sahifasida bir inoyati tomma porlaydi. Bu inoyat tazammun etgan hikmat, lutf, tahsin sifatlari bilan bir Xoliqi Karimning vujubi vujudiga dalolat qiladi. Chunki in'om va ehson mun'im va muhsinsiz boʻlolmaydi.
Va shuningdek, koinotni mushtamiloti bilan barobar ichiga olgan juda keng bir marhamat koʻrinadi. Bu marhamat rahmat, hikmat, inoyat, in'om kabi koʻp sifatlarni tazammun etadi. Bu sifatlar bir Rahmoni Rahimning vujubi vujudiga shahodat qiladi. Chunki sifat mavsufsiz boʻlolmaydi.
Va shuningdek, zavil hayot va jonli maxluqotga tavzi' etilgan bir rizqi a'mm bordir. Va bu rizq sifati oʻtgan sifatlarni istilzom etish bilan bir Razzoqi Rahimning vujudiga dalolat qiladi. Chunki fe'l foilsiz boʻlolmaydi.
Va shuningdek, butun koinotda intishor etgan bir hayot bor. Bu hayot sifati ham oʻtgan sifatlarni iqtizo etish bilan bir Hayyi Qayyum, bir Muhyi va Mumit Xoliqning vujubi vujudiga dalolat qiladi. Birodar! Alvoni sab'a kabi mamzuj boʻlgan shu besh haqiqat koinotga bir Rob, Qodir, Alim, Hakim, Qadim, Rahim, Rahmon, Razzoq, Hayyi Qayyum zaruriy boʻlganiga bilbedaho dalolat va shahodat qiladi. Va koinot bu shahodatlarini
bilan e'lon qiladi.
Va shuningdek, koinot yuzida husni zotiyni koʻrsatgan bir husni aroziy va bir jamoli mujarradni koʻrsatgan bir jamoli hazin va mahbubi haqiqiyga ishorat qilgan bir ishqi sodiq va butun asrorni jazb etgan bir haqiqati jozibaga ishorat qilgan bir jazba va bir injizob bordir. Bu haqiqatlar koinotga bir Robbi Vojib-ul Vujud lozim va zaruriy boʻlganiga shahodat qilganlarini koinot
bilan ta'lim va i'lam etadi.
Va shuningdek, butun anvo'ning juz'iyotida bir tasarruf bor. Bu tasarruf foydali ish va gʻoyalar uchundir. Va nabotot va hayvonotda bir tabaddul va tahavvul bor. Bu ham juda koʻp manfaatlar uchundir. Kura-i arzda kecha va kunduz jihati bilan bir tagʻyir bor. Bu ham ulkan-ulkan gʻoyalar uchundir. Koinotda hukmfarmo boʻlgan nizom va intizom bilan barobar, faoliyat xususida alvoni sab'a kabi taboruz etgan shu haqiqatlar, bilbedaho bir mutasarrifi hakim, qodir, foili muxtor kabi butun avsofi kamoliya bilan muttasif bir Xoliqning vujubi vujudiga qilgan dalolatni koinot
bilan tabligʻ etadi.
Va shuningdek, koinot ixtivo etgan butun anvo' va ajzo va zarrotni istilo etgan hudus, bir muhdis va bir mujidni iqtizo etadi.
Va shuningdek, koinot butun ajzosi bilan barobar gʻayri mutanohiy ashkal va vaziyatlarga qobiliyati, ehtimoli, imkoni bor ekan, bu shakli hozirga kirishi, albatta bir Xoliqi Vojib-ul Vujudning ixtiyor, iroda va tarjihi bilan boʻlgan.
Va shuningdek, buyuk bir faqru ehtiyojda boʻlgan koinotning anvo' va ajzosida lozim boʻlgan ishlarini, hojatlarini avqoti munosibda
ifo va is'af etish, bir Razzoqi Karimning vujubi vujudiga dalolat qiladi.
Va shuningdek, koinot umumiy va xususiy, moddiy va ma'naviy juda ulkan ehtiyojlar ichidadir. Kerak boʻlsa vujudiga va kerak boʻlsa baqosiga lozim narsalarni, ishlarni qilishdan ojizdir. Bu kabi matlublarining shuuri boʻlmasdan ado etilishi, albatta Rahmoni Rahim va Vojib-ul Vujud bir Sone'-i Hakim tarafidandir.
Va shuningdek, kavn va vujudda imkon, kasrat, infiol martabalari bor. Imkon martabasi vujub martabasiga qaraydi va uni istilzom etadi. Kasrat martabasi vahdat martabasiga nazirdir, uni iqtizo etadi. Infiol martabasi faoliyat martabasiga mutavaqqifdir. Bu martabalar orasidagi istilzom, bizzarura vojib, vohid, fa'ol bir Xoliqni iqtizo va istilzom etadi.
Va shuningdek, qaraymizki, koinotda har qaysi narsa, haddi kamolga vosil boʻlmasdan harakat qilishdan toʻxtamaydi. Kamoliga vosil boʻlgan vaqti harakatni tark qilib sukunda oʻtiradi. Bundan anglashiladiki, vujud kamolni istaydi, kamol ham subutni iqtizo etadi. Shunday ekan, vujudning vujudi kamol bilandir. Kamolning kamoli ham davom bilan boʻladi. Shunday ekan, bir Vojibi Sarmadiy, Komili Mutlaq borki, mumkinotning butun kamoloti Uning nuri kamolining jilvalariga bittadan soyadir. Shunday ekan, Janobi Haq zotida, sifatida, af'olida komili mutlaqdir.
Va shuningdek, hamma narsaning botini zohiridan yanada latif, yanada shaffofdir. Bu esa, Sone'ning u narsadan xorij va ba'id boʻlmasligiga dalolat qiladi. U narsaning boshqa ashyo bilan nizom va muvozanasining Sone'i tarafidan ta'min qilingan jihati bilan ham, Sone'ning u narsada dohil boʻlmasligini iqtizo etadi. Shunday ekan, bir masnu'ning zotiga qaralsa, Sone'ning ilm va hikmati koʻrinadi. Gʻayrisi bilan birlikda qaralsa, Sone'ning favqal-kull bir sam' va basarga molik boʻlgani koʻrinadi. Bu haqiqatdan anglashildiki: Sone'-i Olam olamda dohil boʻlmagani kabi, olamdan xorij ham emas. Ilmi va qudrati bilan hamma narsaning ichida boʻlgani kabi, hamma narsaning ustidadir. Bir narsani koʻrgani kabi, butun ashyoni ham barobar koʻradi.
Bu haqiqatlar, kamalak ranglari kabi ma'jun, bir qator nuroniy oyatlardir. Koinot butun avsofi kamoli bilan muttasif bir Xoliqning vujubi vujud va vahdatiga dalolat qiladi. Ha, koinot u Xoliqning nurining soyasi, asmosining tajalliyoti, af'olining osoridir.
Birodar! Koinotning shu oʻtgan haqiqatlarning lisoni bilan aytgan
daloili bilan
ni isbot qiladi.
Va shuningdek,
haqiqati
ni istilzom etadi.
ham iymonning besh ruknini tazammun etgani kabi, sifati rububiyatga ham mazhar va mir'atdir. Bu sirga binoandirki,
iymonning mezon va tarozisida
bilan qarin va muvoziy boʻlgan. Nubuvvat, sifati rububiyatga nazir va mazhar boʻlganidan, umumiy bir jome'iyatga molikdir. Valoyat esa, xususiy va juz'iydir. Oralaridagi nisbat
bilan
orasidagi nisbat kabidirki, birisida izofa umumiy, nargisida xususiydir. Yoki arzdan arshga boʻlgan me'roj bilan sajdadagi me'roj orasida yoki arsh bilan qalb orasidagi nisbat kabidir.
Birodar! Shu yuksak boʻlgan matlubga zikr qilganimiz burhonlar, matlubni ihota etgan bir doiradir. Matlub boʻlgan vujubi vujud va vahdat u doiraning markazidadir. Doirani tashkil qilgan burhonlarning har biri barmogʻini uzatib, matlubning haq va sodiq ekaniga imzo qoʻyadilar. U burhonlardan zaif boʻlganlarning oralarida tasonud bor. Ya'ni, bir-birini tayid va taqviya qilish bilan, zaif burhonlarning za'fiyati zoil boʻladi. Zoil boʻlmasa ham, e'tibordan tushmaydi. E'tibordan tushsa ham, doiraning buzilishiga sabab boʻlmaydi. Faqat doira kichrayadi.
Shu bilan barobar, burhonlarning hay'ati majmuasiga tarattub etgan matlubning quvvat va vuzuhini har farddan istash va har fardda qidirish, aqlning xastaligiga, zehnning juz'iyatiga ishorat boʻlib, matlubni rad va inkor uchun bir zamin tashkil qiladi. Shunga binoan, bir burhonga qaralgan zamon, za'fiyat sababli vahmlar oʻrtaga chiqsa, narigi burhonlardan sizilgan quvvat bilan oʻrtada za'fiyat qolmaydi, vahmlar ham tarqaladi.
Shu bilan barobar, ba'zi burhonlar suvga oʻxshaydi, bir qismi ham havoga oʻxshaydi, bir qismi ham ziyo kabidir. Shunga binoan, bu kabi burhonlarni gʻoyat latif va diqqatli inja bir fikr bilan qidirib tutish kerakki, toʻkilmasin, soʻnmasin, uchmasin!..
(Fozili muhtaram Majlisi Masofih va Tadqiqi Muallafoti Shar'iya Raisi Oliysi Shayx Safvat Afandi Hazratlarining taqrizidir.)
Janobi Haqqa hamd va oʻziga Qur'on nozil boʻlgan Paygʻambarimizga va dinning binosini tahkim va tamhid etgan olu asxobiga salotu salom boʻlsin!
Tavhid Dengizidan Bir Qatra nomli risola koʻzimga tajalliy etdi. U dengiz bilan bu qatra orasida bir farq koʻrolmadim. Chunki u qatra haqiqatdan u dengizdan keladi va u dengizga toʻkiladi. Tavhid dengizidan hovuch bilan suv ichayotgan va Islomiyat koʻkragidan sut emayotgan qardoshimiz boʻlgan alloma Badiuzzamon Said Nursiyning sa'yi sababli Janobi Haqqa hadsiz shukrlar boʻlsin!
XOTIMA
Birodar! Amalga va toatga muvaffaq boʻlolmagan azobdan qoʻrqadi, ya'sga tushadi. Bunday bir ma'yusning koʻziga diniy masalalarga zid adno va zaif bir alomat ulkan bir burhon boʻlib koʻrinadi. Bunday bir necha alomatni qoʻlga kiritar-kiritmas, boshqa alomatlarning saiqasi bilan e'loni isyon etib Islom doirasidan chiqadi, shaytonning qoʻshiniga iltihoq etadi. Shunga binoan, a'molga muvaffaq boʻlolmaganlar, ya'sga tushmaslik uchun shu oyatga murojaat etsin:
Birodar! Ya'sga tushgan odam, azobdan qutulish uchun, istinod qiladigan bir nuqtani qidirishni boshlaydi. Qaraydiki, bir miqdor hasanot va kamoloti bor, darrov u kamolotiga bel bogʻlaydi. Ishonib deydiki: "Bu kamolot beni qutraqadi, yetadi" deya bir daraja tinchlanadi. Holbuki, a'molga ishonish, u'jbdir. Insonni zalolatga otadi. Chunki inson qozongan kamolot va qilgan yaxshiliklarida haqqi yoʻq; mulki emas, ularga ishonolmaydi.
Ham insonning vujudi va jasadi ham uniki emas. Chunki oʻzining asari san'ati emas. U vujudni yoʻlda topgan, laqita oʻlaroq tamalluk ham etgan emas. Qiymati boʻlmagan narsalardan boʻlgani uchun, yerga otilgan-u, inson olgan emas. Faqat u vujud ichiga olgan gʻarib san'at, ajib naqshlarning shahodati bilan, bir Sone'-i Hakimning dasti qudratidan chiqqan qiymatli bir xonadon boʻlib, inson u xonadonda omonatan oʻtiradi. U vujudda qilingan minglarcha tasarrufotdan faqat bir donasigina insonga oiddir.
Va shuningdek, sabablar ichida eng ashraf, eng quvvatli bir ixtiyor sohibi inson ekan, af'oli ixtiyoriya nomi bilan oʻziga mol deb oʻylagan af'olning yeyish, ichish kabi eng oddiy bir fe'lning hosil boʻlishida yuz juzidan faqat bir juzi insonga oiddir.
Va shuningdek, insonning qoʻlidagi ixtiyor juda tordir. Tuygʻularining eng kengi xayol boʻlgani holda, u xayol aql va aqlning samaralarini ihota etolmaydi. Bularni, bu qadar ulkan ekan, qanday doira-i ixtiyoringga idhol etib, ular bilan iftixor etyapsan?
Va shuningdek, shuuriy boʻlmasdan, sening foydangga va senga qarshi koʻp fe'llar jarayon qilyapti. U fe'llar shuuriy boʻlganlari holda, shuuring taalluq etmaganidan sobit boʻladiki, u fe'llarning foili bir Sone'-i Zishuurdir. Na sen foilsan va na sening sabablaring... Shunga binoan, malikiyat da'vosidan voz kech. Oʻzingni mahosin va kamolotga masdar deb oʻylama. Va qat'iyan bilki, sendan senga yolgʻiz nuqson va qusur bor. Chunki sui ixtiyoring bilan, senga berilgan kamolotni ham tagʻyir etyapsan. Sening xonadoning hukmida boʻlgan jasading ham omonatdir. Mahosining faqat mavhubadir; sayyioting maksubadir. Shunga binoan,
degin.
Ha, gʻurur bilan inson moddiy va ma'naviy kamolot va mahosindan mahrum qoladi. Agar gʻurur saiqasi bilan boshqalarning kamolotiga tanazzul etmasdan, oʻz kamolotini kifoya va yuksak koʻrsa, u inson noqisdir. Bunday insonlar, ma'lumot va kashfiyotlarini yanada yuksak koʻrish bilan, aslafi i'zomning irshodot va kashfiyotlaridan mahrum qoladilar. Va avhomga ma'ruz qolib butun-butun chiziqdan chiqadilar. Holbuki, aslafi i'zom qirq kunda qilgan bir kashfiyotlarini bular qirq yilda topolmaydilar.
Ha, inson husni zonga ma'murdir. Inson hammani oʻzidan ustun bilishi kerak. Oʻzida boʻlgan sui axloqni sui zon saiqasi bilan boshqalarga tashmil etmasin. Va boshqalarning ba'zi harakotini, hikmatini bilmaganidan, taqbih etmasin. Shunga binoan, aslafi i'zomning hikmatini bilmaganimiz ba'zi hollarini yoqtirmaslik, sui zondir. Sui zon esa, moddiy va ma'naviy ijtimoiyotni buzadi.
Birodar! Taxt-al arz qilgan xayoliy bir sayohatimda koʻrgan ba'zi haqiqatlarni zikr qilaman:
Birodar! Moliki Haqiqiydan gʻaflat, nafsning fir'avnligiga sabab boʻladi. Ha, taxti tasarrufida boʻlgan butun ashyoning Moliki Haqiqiysini unutgan, oʻzini oʻziga molik deb oʻylab, hokimiyat tavahhumida boʻladi. Va boshqalarni ham, xususan sabablarni oʻziga qiyos bilan, hokim va molik daftariga qayd qiladi. Va bu vasila bilan, Allohning mulkini, molini oʻzlariga taqsim qilib, ahkomi Ilohiyaga qarshi muoraza va muborazani boshlaydi.
Holbuki, Janobi Haq tarafidan insonlarga berilgan menlik va hurriyat uluhiyat sifatlarini fahm qilish uchun bir vohidi qiyosiy vazifasini bajaradi. Afsuski, sui ixtiyor bilan hokimiyat va istiqloliyatga vosita qilib tom bir fir'avn boʻladi.
Birodar! Bu inja haqiqat, tom vuzuh va zuhuri bilan menga shunday koʻrindiki: Gʻaflat suvi bilan tanabbut etgan menlik, Xoliqning sifatalarini fahmlash uchun bir vohidi qiyosdir. Chunki insonlar koʻrmagan narsalarini qiyos va tamsillar bilan biladilar. Masalan: Bir odam Janobi Haqning qudratini anglash uchun bir taqsimot qiladi: "Bu yerdan bu yergacha mening qudratimda, bundan u tomoni Uning qudratidadir" deya vahmiy bir chiziq chizish bilan masalani anglaydi. Soʻng mavhum xatni buzadi, hammasini unga taslim qiladi. Chunki nafs nafsiga molik boʻlmagani kabi, jismiga ham molik emas. Jismi faqat ajib bir uskuna-i Ilohiyadir. Qazo va qadar qalami bilan qudrati azaliya (bir jilvachasi) u uskunada ishlaydi. Shunga binoan, inson u fir'avnlik da'vosidan voz kechish bilan, mulkni molikiga taslim etsin, omonatga xiyonat qilmasin! Agar xiyonat bilan bir zarrani nafsiga isnod etsa, Allohning mulkini jonsiz sabablarga taqsim qilgan boʻladi.
Ey nafsi ammora, qat'iyan bilki, sening xususiy, ammo juda keng bir dunyong borki; amol, umid, taalluqot, ehtiyojot ustida bino qilingan. Eng katta poydevori va yagona ustuni, sening vujuding va sening hayotingdir. Holbuki u ustunning qurti bor. U poydevor ham chirik. Xulosa, asosdan fosid va zaifdir. Doimo xarob boʻlishga tayyordir.
Ha, bu jism abadiy emas, temirdan emas, toshdan emas.. faqat goʻsht va suyakdan iborat bir narsadir. Oniy oʻlaroq sening boshingga yiqiladi, ostida qolasan. Qara, zamoni moziy sen kabi oʻtganlarga keng bir qabr boʻlgani kabi, istiqbol zamoni ham keng bir mozoriston boʻladi. Bugun sen ikki qabrning orasidasan; buyogʻini oʻzing bilasan!...
Birodar! Bilgan, koʻrgan dunyoimiz bir ekan, insonlar adadicha dunyolarni ichiga olgan. Chunki har insonning tom ma'noda xayoliy bir dunyosi bor. Faqat, oʻlgan payti dunyosi yiqiladi, qiyomati qoʻpadi.
Shu koʻrgan dunyoingni, butun lazoizi bilan, safohatlari bilan, safolari bilan juda ogʻir va katta bir yuk ekanini koʻrdim. Ruhi fosid, qalbi xasta boʻlganlardan boshqa hech kim u ogʻir yukning ostiga kirolmaydi. Chunki butun koinot bilan aloqador boʻlgandan koʻra va hamma narsaning minnatiga kirishdan koʻra va butun sabablar va vositalarga qoʻl ochib arzi ehtiyoj qilishdan koʻra, bir Robbi Vohid, Sami' va Basirga iltijo qilish osonroq va foydaliroq emasmi?
Ey nafs. {(*)(Muallifi muhtaram oʻz nafsiga tasrihan, boshqalarga ham ta'rizan aytyapti.)} Koinotning uzoq choʻllariga ketib Sone'ning isbotiga dalillar toʻplashga ehtiyoj yoʻq. Bir kulbacha hukmida boʻlgan ichida oʻtirgan jisming qafasiga qara! Sening u kulbangning devorlariga osilgan ijod silsilalaridan, xilqatning moʻ'jizalaridan va horiqo san'atlaridan, kulbadan xorijga uzatilgan ehtiyoj qoʻllaridan va derazalaridan yuksalgan "Oh!, Voh!" va nolonlar lisoni holi bilan istanilgan yordamlaridan anglashiladiki, u kulbani mushtamiloti bilan barobar yaratgan Xoliqing u ohu nolonlarni eshitadi, shafqat va marhamatga keladi, hojot va amoling nima boʻlsa, taxti taahhudga oladi. Zero chivinning boshidagi u kichik-kichik hujayrotning nidolariga "Labbayk" degan u Sone'-i Sami' va Basirning sening duolaringni eshitmasligi va u duolarga musbat javoblar bermasligi imkon va ehtimoli bormi?
Shunga binoan, ey bu kichik hujayralardan tarkib topgan va "ana" bilan ta'bir etilgan hujayra-i kubro! U kulbachaning kichikligi bilan barobar, toʻla boʻlgan horiqo ijodlarini koʻr, iymonga kel! Va: Yo Ilohi! Yo Robbi! Yo Xoliqi! Yo Musavviri! Yo Moliki va yo Man Lahul-Mulku val-Hamd! Sening mulking va omonating va vadi'ang boʻlgan shu kulbachada musofirman, molik emasman." de; u botil tamalluk da'vosidan voz kech! Chunki u tamalluk da'vosi insonni juda aliym alamlarga ma'ruz qoldiradi.
{(**) (Mutarjimning bir i'tizori) Masnavi-i Nuriyaning Arabcha asl nusxasida boʻlgan va yeri bu joy boʻlgan Subhanalloh, Alhamdulilloh va Allohu Akbarga doir juda qiymatli va ahamiyatli bir qismi, uslubini va fasohatini muhofaza qilolmaslik va avrod maqomida oʻqib boʻladigan u haqiqatlarni Turkchaga oʻgirish bilan, qiymati asliyasini xalaldor etish andishasi bilan tarjima qilmadim. Qorilardan uzr soʻrayman, rahmat va xayr duolarini kutaman.
Mutarjim ABDULMAJID}
Birodar! Iymon butun ashyo orasida haqiqiy bir uxuvvatni, irtibotni, ittisolni va ittihod robitalarini ta'sis etadi.
Kufr esa, burudat kabi, butun ashyoni bir-biridan alohida koʻrsatadi va bir-biriga ajnabiy nazari bilan qaratadi. Shuning uchundirki, moʻ'minning ruhida adovat, kin, vahshat yoʻq. Eng katta bir dushmani bilan bir navi qardoshligi bor. Kofirning ruhida hirs, adovat boʻlgani kabi, nafsini iltizom va nafsiga e'timodi bor. Bu sirga binoandirki, dunyo hayotida ba'zan gʻalaba kofirlarda boʻladi. Va shuningdek, kofir dunyoda hasanotining mukofotini (filjumla) koʻradi. Moʻ'min esa, sayyiotining jazosini koʻradi.
Shuning uchun, dunyo kofirga jannat (ya'ni, oxiratga nisbatan), moʻ'minga jahannamdir (ya'ni, saodati abadiyasiga nisbatan). Boʻlmasa, dunyoda ham moʻ'min yuz daraja ziyoda mas'uddir, deyilgan.
Va shuningdek, iymon insonni abadiyatga, Jannatga loyiq bir javharga aylantiradi. Kufr esa ruhni, qalbni soʻndiradi, zulmatlar ichida qoldiradi. Chunki iymon qobiqning ichidagi magʻzni koʻrsatadi. Kufr esa, magʻz bilan qobiqni tafriq etmaydi. Qobiqni aynan magʻz deb biladi va insonni javharlik darajasidan koʻmir darajasiga tushiradi.
Birodar! Qalb bilan ruhning xastaligi nisbatida falsafa ilmlariga mayl va muhabbat ziyoda boʻladi. U xastalik marazi ham, ulumi aqliyaga tavagʻgʻul etish nisbatidadir. Demak, ma'naviy xastaliklar insonlarni aqliy ilmlarga tashviq qiladi va yoʻnaltiradi. Va aqliyot bilan ishtigʻol etgan, amrozi qalbiyaga mubtalo boʻladi.
Va shuningdek, dunyoning ikki yuzini koʻrdim:
Bir yuzi: Oz-koʻp zohiriy bir unsiyat, bir goʻzalligi boʻlsa ham, botini va ichi doimiy bir vahshat bilan toʻladir.
Ikkinchi yuzi: Filjumla zohiran vahshatli boʻlsa ham, botinan doimiy bir unsiyat bilan toʻladir. Qur'oni Azimushshon nazarlarni oxirat bilan muttasil boʻlgan ikkinchi vajhga tavjih etadi. Birinchi vajh esa oxiratning ziddi boʻlib adam bilan muttasildir.
Va shuningdek, mumkinotning ham ikki vajhi bor:
Birisi: Anoniyat bilan vujuddir. Bu esa, adamga ketadi va adamga aylanadi.
Ikkinchisi: Anoniyatning tarki bilan adamdir. Bu esa Vojib-ul Vujudga qaraydigan bir vujud qozonadi. Shunga binoan, vujud istasang, mun'adim boʻlki, vujudni topgin!..
Birodar! Bu niyat masalasi mening qirq yillik umrimning bir maxsulidir. Ha, niyat shunday bir xususiyatga molikdirki, odatlarni, harakatlarni ibodatga oʻgirgan juda ajib bir eliksir va bir moyadir.
Va shuningdek, niyat oʻlik va mayyit boʻlgan holatlarni ihyo etgan va jonli, hayotdor ibodatlarga aylantirgan bir ruhdir.
Va shuningdek, niyatda shunday bir xususiyat borki; sayyiotni hasanotga va hasanotni sayyiotga tahvil etadi. Demak, niyat bir ruhdir. U ruhning ruhi ham ixlosdir. Shunday ekan, najot, xalos faqat ixlos bilandir. Xullas, bu xususiyatga binoandirki; oz bir zamonda koʻp amallar hosil boʻladi. Bunga binoan; oz bir umrda Jannat butun lazoiz va mahosini bilan qozoniladi. Va niyat bilan inson doimiy bir shokir boʻladi, shukr savobini qozonadi.
Va shuningdek, dunyodagi lazzat va ne'matlarga ikki jihat bilan qaraladi:
Bir jihatdan, u ne'matlarning bir mun'im tarafidan berilgani oʻylanadi. Va nazar, u lazzatdan in'om etganga qaytadi; uni oʻylaydi. Mun'imni oʻylash lazzati, ne'matni oʻylashdan koʻproq lazizdir.
Ikkinchi jihat, ne'matni koʻrar-koʻrmas nazarini unga hasr etib, u ne'matni gʻanimat deb oʻylab, minnatsiz yeydi. Holbuki birinchi jihatda lazzat, zavol bilan zoil boʻlsa ham, ruhi boqiydir. Chunki Mun'imni oʻylaydi. Mun'im esa marhamatlidir, doimo bu ne'matlarni menga beradi deya umidvor boʻladi. Ikkinchi jihatda, ne'matning zavoli oʻlim emaski, ruhi qolsin. Ruhi ham soʻnadi, faqat tutuni qoladi. Musibatlarning esa; zavolidan soʻng tutunlari soʻnadi, nurlari qoladi. Lazzatlarning zavolidan soʻng qolgan tutunlari, gunohlardir.
Birodar! Dunyo va oxiratdagi lazzat va ne'matlarga, iymon bilan qaralsa, bularda bir harakati davriya koʻriladiki; oʻxshashlar bir-birini ta'qib qiladi. Biri ketadi, oʻrniga uning misli keladi. Bu soyada u ne'matlarning mohiyati soʻnmaydi. Faqat tashaxxusoti juz'iyada firoq va iftiroqlari bordir. Shuning uchun; lazoizi iymoniya, firoq va iftiroq bilan mutaassir va mukaddar boʻlmaydi. Faqat ikkinchi jihatda, har bir lazzatning zavoli bor. Va u zavol haddi zotida alam boʻlgani kabi, uni oʻylash ham alamdir. Chunki bu ikkinchi jihatda, harakat davriya emasdir, mustaqimdir. Lazzat abadiy bir oʻlim bilan mahkum boʻladi...
Birodar! Sabablar va vasoitni inson quchogʻiga olib yopishsa, zillat va haqirlikka sabab boʻladi. Masalan: Kalb butun hayvonlar ichida bir necha sifati hasana bilan muttasifdir va u sifatlar bilan ishtihor etgan. Hatto sadoqat va vafodorligi zarbulmasal boʻlgan. Bu goʻzal axloqiga binoan, insonlar orasida oʻziga muborak bir hayvon nazari bilan qaralishga loyiq ekan, afsuski insonlar orasida muborakiyat emas, najis-ul ayn deb sanaladi.
Tovuq, sigir, mushuk kabi boshqa hayvonlarda, insonlarning ularga qilgan ehsonlariga qarshi shukron hissi boʻlmagani holda, insonlar tomonidan aziz va muborak deb sanaladilar. Buning sabablari, kalbda hirs marazi ortiq boʻlganidan, zohiriy sabablarga shunday bir daraja ihtimom bilan yopishadiki, Mun'imi Haqiqiydan batamom gʻaflatiga sabab boʻladi. Shunga binoan, vositani muassir deb bilib, Muassiri Haqiqiydan qilgan gʻaflatiga jazo oʻlaroq najis hukmini olgandirki, tohir boʻlsin. Chunki hukmlar, hadlar gunohlarni avf etadi. Va baynan-nos tahqir zarbasini gʻaflatga kafforat oʻlaroq yegan.
Narigi hayvonlar esa, vositalarni bilmaydilar va sabablarga u qadar qiymat bermaydilar. Masalan: Mushuk senga erkalanadi, tazarru etadi, sendan ehsonni olgunga qadar. Ehsonni olgandan keyin shunday bir vaziyat oladiki, xuddi orangizda muorafa boʻlmagan va oʻzlarida senga qarshi shukron hissi ham yoʻq. Faqat Mun'imi Haqiqiyga shukron hislari bor. Chunki fitratlari Sone'ni biladi va lisoni hollari bilan ibodatlarini qiladilar. Shuur boʻlsin-boʻlmasin...
Ha, mushukning "mir-mir"lari "Yo Rahim! Yo Rahim! Yo Rahim"dir.
Yana koʻrdimki: Agar hamma narsa Janobi Haqqa isnod etilmasa, bir oni vohidda gʻayri mutanohiy ilohlarning isboti lozim boʻladi. Va butun zarroti koinotdan ham koʻproq boʻlgan shu ilohlarning har biri, butun ilohlarga ham zid, ham misl boʻlishi lozim boʻladi. Va ayni zamonda, har biri butun koinotga qoʻlini uzatgan tasarrufotda boʻlgandek vaziyat olishi lozim boʻladi. Masalan: Asalarining bir fardini yaratgan bir qudratning hukmi butun koinotga joriy va nafiz boʻlishi lozim. Zero, u asalari koinotning unsurlariga namunadir, ajzosini koinotdan oladi. Holbuki vujud sohasida mahal va maqom, yolgʻiz va yolgʻiz Vojib-ul Ahadga maxsusdir. Agar ashyo oʻz nafslariga isnod etilsa, har bir zarraga bir uluhiyat lozimdir. Masalan: Ayasofyaning baniysi inkor qilingan taqdirda, har bir toshi bir Me'mor Sinon boʻlishi lozim boʻladi. Shunday ekan, koinotning Sone'ga boʻlgan dalolati, oʻz nafsiga boʻlgan dalolatidan yanada vazih, yanada zohir, yanada avlodir.
Shunday ekan, koinotning inkori mumkin boʻlsa ham, Sone'ning inkori mumkin emas...
Gʻaflatdan nash'at etgan zalolat juda gʻarib va ajibdir. Muqoranatni illiyatga aylantiradi. Ikki narsa orasida bir muqoranat boʻlsa, ya'ni doimo barobar vujudga kelsalar, birisining narigisiga illat koʻrsatilishi u zalolatning sha'nidandir. Holbuki davomli muqoranat illiyatga dalil boʻlolmaydi.
Birodar! نَعْبُدُ dagi "nun" ifoda qilgan jamlash va jamoat, fikri va qalbi uygʻoq boʻlgan musolliyning nazarida sathi arzni bir masjid shakliga keltiradi. Va butun moʻ'minlardan tashkil topgan, sharqdan gʻarbga qadar tizilgan saflarni ichiga olgan u jamoati kubro ichida namoz oʻqiganini ixtor ettiradi.
Va shuningdek, لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ boʻlgan kalima-i zikriyani bir inson virdi zabon qilgan zamon, zamonni bir halqa-i zikr taxayyul qilish bilan u halqaning oʻng tarafi boʻlgan moziy jihatida anbiyoning, chap tarafi boʻlgan istiqbol jihatida ham avliyoning oʻtirib jamoat bilan zikr qilgan va oʻzi ham u jamoati uzmo ichida boʻlib, shu qubba-i minoni toʻldirgan yuksak Ilohiy va totli sadolariga ishtirok etganini taxayyul etsin. Quvva-i xayoliyasi yanada keskin boʻlganlar ham koinot masjidida butun masnu'ot tashkil qilgan halqa-i zikrlariga kirsin, shu fazoni shovqinlantirgan u sadolarni tinglasin.
Janobi Haqning mosivosiga qilingan muhabbat ikki xil boʻladi. Birisi, yuqoridan pastga nozil boʻladi. Boshqasi, pastdan yuqoriga chiqadi. Shundayki:
Bir inson eng avval muhabbatini Allohga bersa, uning muhabbati sababli Alloh sevgan hamma narsani sevadi va maxluqotga taqsim qilgan muhabbati Allohga boʻlgan muhabbatini tanqis emas, tazyid etadi.
Ikkinchi qism esa, eng avval sabablarni sevadi va bu muhabbatini Allohni sevishga vasila qiladi. Bu qism muhabbat birikilishini muhofaza qilolmaydi, tarqaladi. Va ba'zan quvvatli bir sabablarga uchraydi. Uning muhabbatini ma'no-i ismiy bilan tamoman jazb etadi, halokatga sabab boʻladi. Shoyat Allohga vosil boʻlsa ham, vusuli noqis boʻladi...
oyati karimasi bilan, rizq taahhud ostiga olingandir. Faqat, rizq deganimiz ikki qismdir: Haqiqiy rizq, majoziy rizq. Ya'ni, zaruriy bor, gʻayri zaruriy bor.
Oyat bilan taahhud ostiga olingan, zaruriy qismidir. Ha, hayotni asraydigan darajada gʻido beriladi. Jism va badanning semizligi va za'fiyati, rizqning koʻp va oz boʻlganiga qaramaydi. Dengizning baliqlari bilan quruqlikning baqlajonlari shohiddir. Majoziy boʻlgan rizq esa, oyatning taahhudi ostida emas. Faqat sa'y va kasbga bogʻliqdir.
Birodar! Ma'sum bir insonga yoki hayvonlarga kelgan falokatlarda, musibatlarda bashar fahmi anglamagan ba'zi sabablar va hikmatlar bor. Yolgʻiz mashiati Ilohiyaning dasturlarini ichiga olgan shariati fitriya ahkomi aqlning vujudiga tobe boʻlmay, aqliy boʻlmagan bir narsaga tatbiq etilmasin. U shariatning hikmatlari qalb, his, iste'dodga qaraydi. Bulardan hosil boʻlgan fe'llarga u shariatning hukmlari tatbiq bilan tajziya etiladi. Masalan: Bir bola qoʻliga olgan bir qushni yoki bir chivinni oʻldirsa, shariati fitriyaning ahkomidan boʻlgan hissi shafqatga muxolafat qilgan boʻladi. Xullas, bu muxolafat sababli, yiqilib boshi yorilsa, mustahaq boʻladi. Chunki bu musibat u muxolafatga jazodir. Yoki urgʻochi bir yoʻlbars, oʻz avlodlariga boʻlgan shiddati shafqat va himoyani nazarga olmasdan, bechora jayronning bolachasini parcha-parcha qilib bolalariga rizq qiladi. Soʻng bir ovchi tarafidan oʻldiriladi. Xullas, hissi shafqat va himoyaga muxolafat etganidan, jayronga qilgan ayni musibatga ma'ruz qoladi.
Ixtor: Yoʻlbars kabi hayvonlarning halol rizqlari, oʻlik hayvonlardir. Sogʻ hayvonlarni oʻldirib rizq qilish, shariati fitriya jihatidan haromdir.
Birodar! Bu risola, Qur'onning ba'zi oyotini shuhudiy bir tarzda bayon qilgan bir navi tafsirdir. Va ichiga olgan masoil, Furqoni Hakimning jannatlaridan uzilgan bir qator gul va chechaklaridir. Faqat iborasidagi qiyinlashtirish va ijozdan tavahhush etib, mutolaasidan voz kechma... Mutolaasiga takror bilan davom qilinsa, ma'luf va ma'nus bir shakl oladi. Shuning kabi, nafsning tamarrudidan ham qoʻrqma. Chunki mening nafsi ammoram bu risolaning satvatiga chiday olmasdan inqiyodga majbur boʻlgani kabi, shaytonim ham اَيْنَ الْمَفَرُّ deya baqirdi. Sizning nafs va shaytonlaringiz mening nafs va shaytonimdan yanada osiy, yanada togʻiy, yanada shaqiy emaslar.
Shuning kabi, Birinchi Bobda tavhidning bayoni uchun zikr qilingan dalillarda voqe' boʻlgan takrorlarni foydasiz deb oʻylama. Xususiy maqomlarda, ehtiyojga binoan zikr qilinganlar. Ha, xatti harbda handaqda oʻtirib mudofaa qilgan bir askar, atrofida boʻlgan boʻsh handaqlarga ketmasdan, boʻlgan handaqi ichida boshqa bir derazani ochishi, albatta bir ehtiyojga binoandir.
Shuning kabi, bu risolalarning iboralaridagi qiyinlashtirish va igʻloqning, xursandchilik uchun ixtiyorimdan chiqqan deb oʻylama. Chunki bu risola, dahshatli bir zamonda, nafsimning hujumiga qarshi qilingan oniy va irtijoliy bir munoqashadir. Kalimalari u mudhish mujodala asnosida zehnimning qoʻliga oʻtgan tikanli kalimalardir. U otash bilan nurning qoʻshilishlari hangomida boshim aylanishni boshlardi. Goh yerda, goh koʻkda, goh minoraning tubida, goh minoraning sharafasida oʻzimni koʻrardim. Chunki ta'qib qilgan yoʻlim, aql bilan qalb orasida yangi ochilgan barzohiy bir yoʻldir. Aqldan qalbga, qalbdan aqlga tushib chiqishdan bezor boʻlgandim. Shuning uchun, bir nur topganim zamon, hamon ustiga bir kalima qoldirardim. Faqat u nurlarning ustiga qoldirgan kalima toshlari dalolat uchun emasdi. Faqat yoʻqolmaslik uchun bittadan nishon va bittadan alomat sifatida qoldirardim. Soʻng qaradimki, u zulmatlar ichida menga yordam bergan u nurlar Qur'on quyoshidan ilhom etilgan misboh va qandillar edi.
QATRANING ZAYLI
Birodar! Vaqtning avvalida, Ka'bani xayolan nazarga olish bilan namoz oʻqish manbuddirki, bir-biriga kirgan doiralar kabi, Baytning atrofida tashakkul etgan saflarni koʻrish bilan, yaqin saflar Baytni ihota etganlari kabi, eng uzoq saflarning ham olami Islomni ihota etganini xayol bilan koʻrsin. Va u saflarga kirish bilan, u jamoati uzmoga dohil boʻlsinki, u jamoatning ijmo' va tavoturi uning namozda aytgan har da'vosiga va har bir soʻziga bir hujjat va bir burhon boʻlsin.
Masalan: Namoz oʻqigan odam اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ deganda, xuddi u jamoati uzmoni tashkil qilgan barcha moʻ'minlar "Ha, toʻgʻri aytding" deya uning u soʻzini tasdiq qiladilar. Va bu tasdiqlar hujum qilgan avhom va vasvasalarga qarshi ma'naviy bir qalqon vazifasini bajaradi. Va ayni zamonda, butun hislari, latifalari, tuygʻulari u namozdan zavq va hissalarini oladilar. Yolgʻiz musolliyning Ka'baga boʻlgan shu xayoliy nazari qasdiy emas, taba'i bir shuurdan iborat boʻlishi kerak.
Sathi Arz masjidini mutaxolif va muntazam harakoti bilan tazyin etgan u jamoati uzmoning, satrlarni eslatgan saflarining u goʻzal manzarasi muhofaza qilinish maqsadida, olami misol sahifasida qalami qadar bilan, Ilohiy bir fotoapparat bilan tarsim va takrim etilayotganligi ehtimol va imkondan xoli emas.
Birodar! Vasvasa va avhom zulmatlari ichida yurarkan, Rasuli Akramning (S.A.V.) sunnatlari bittadan yulduz, bittadan chiroq vazifasini bajarganini koʻrdim. Har bir sunnat yoki bir haddi shar'iy zulmatli zalolat yoʻllarida quyosh kabi porlaydi. U yoʻllarda inson, zarra-misqol u sunnatlardan inhirof va u'dul etsa; shaytonlarga mal'ab, avhomga markab, ahval va qoʻrquvlarga ma'raz va togʻlar qadar ogʻir yuklarga matiyya boʻladi.
Va shuningdek, u sunnatlarni, xuddi samodan tadalli va tanazzul etgan iplar kabi koʻrdimki, ularga tamassuk etgan yuksaladi, saodatlarga noil boʻladi. Muxolafat etib, aqlga tayanganlar esa, uzun bir minora bilan samoga chiqish hamaqotida boʻlgan Fir'avn kabi bir fir'avn boʻladi...
Birodar! Nafsda shunday dahshatli bir nuqta va ochilmas bir uqda borki, zidlarni bir-biridan tavlid etadi. Va uning zarariga boʻlgan har bir narsani foydasiga deb oʻylaydi. Masalan, quyoshning qoʻli senga yetishadi, ziyosi bilan boshingni erkalaydi. Faqat sening qoʻling unga yetisholmaydi va sen xohlagandek harakat qilmaydi. Demak, shamsning senga qarshi ikki jihati bor: Biri qurb, boshqasi bu'd. Agar sening undan ba'id boʻlgan jihating bilan "U menga ta'sir qilolmaydi" va uning senga qorib boʻlgan jihati bilan "Unga ta'sir qila olaman" desang, johilligingni e'lon qilgan boʻlasan.
Shuning kabi, Xoliq bilan nafs orasida ham bir qurb va bu'd bordir. Qurb Xoliqnikidir, bu'd nafsnikidir. Agar nafs uzoqligi jihati bilan anoniyat bilan Xoliqqa qarab, "Menga ta'sir qilolmaydi" deya bir axmoqlikda boʻlsa, zalolatga tushadi. Va shuningdek, nafs mukofotni koʻrgan zamon "Koshki men ham shunday qilsaydim, bunday boʻlaydim" deydi. Mujozotning shiddatini ham koʻrgan vaqti, ta'ami va inkor bilan oʻziga tasalli beradi.
Ey ahmoq nuqta-i sevda! Xoliqning af'oli senga nazir emas. Faqat Unga qaraydi. Koinotni sening handasang boʻyicha yaratgan emasdir. Va seni xilqati olamda shohid qilmagan. Imom Rabboniyning (R.A.) degani kabi: "Malikning atiyyalarini faqat matiyyalari tashiy oladi."
Birodar! Xususan muztar boʻlganlarning duolarining buyuk bir ta'siri bordir. Ba'zan u kabi duolarning hurmati uchun, eng katta bir narsa eng kichik bir narsaga musahhar va mute' boʻladi. Ha, siniq bir taxta parchasi ustidagi faqir va qalbi siniq bir ma'sumning duosi hurmati uchun, dengizning boʻroni, shiddati, hiddati tushishni boshlaydi. Demak, duolarga javob bergan Zot, butun maxluqotga hokimdir. Unday boʻlsa, butun maxluqotga ham Xoliqdir.
Qardoshlarim! Nafsning eng muhim bir xastaligi ham shudirki; kullni juzda, kattani kichikda koʻrishni istaydi. Koʻrolmagan taqdirida rad va inkor qiladi. Masalan: Kichik bir pufakchada quyoshning tamomi bilan tajalliyotini istaydi. Buni koʻra olmagani uchun, u pufakchadagi jilvaning quyoshdan boʻlganini inkor qiladi. Holbuki shamsning vahdati tajalliyotining ham vahdatini istilzom etmaydi.
Va shuningdek, dalolat qilish tazammun etishni iqtizo etmaydi. Masalan: Pufakchadagi quyoshning jilvasi quyoshning vujudiga dalolat qiladi, faqat quyoshni tazammun etolmaydi, ya'ni ichiga ololmaydi. Va shuningdek, bir narsani bir narsa bilan tavsif etganning u narsa bilan muttasif boʻlishi lozim boʻlmaydi. Masalan, shaffof bir zarra shamsni tavsif etadi, faqat shams boʻlolmaydi. Asalari Sone'-i Hakimni vasflantiradi, ammo Sone' boʻlolmaydi...
Birodar! Kufr yoʻlida yurish, muzlar ustida yurishdan zahmatliroq va tahlikaliroqdir. Iymon yoʻli esa, suvda, havoda, ziyoda yurish va suzish kabi juda oson va zahmatsizdir. Masalan: Bir inson, tanasining jihoti sittasini quyoshga tutishni istagan zamon, yo bir Mavlaviy kabi aylanib tanasining har tarafini quyosh qarshisiga keltiradi yoki quyoshni u masofa-i ba'idadan jalb bilan tanasining atrofida aylantiradi. Birinchi imkoniyat, tavhidning osonligiga misoldir. Ikkinchisi ham, kufrning zahmatlariga misoldir.
Savol: Shirk bu qadar zahmatli boʻlgani holda, nima uchun kofirlar qabul qiladilar?
Javob: Qasddan va bizzot hech kim kufrni qabul qilmaydi. Yolgʻiz shirk havo-i nafslariga yopishadi. Ular ham ichiga tushadi; mulavvas, iflos boʻladilar. Undan chiqishi mushkullashadi. Iymon esa, qasddan va bizzot ta'qib va qabul qilinish bilan qalbning ichiga qoʻyiladi.
Birodar! Bir kalima-i vohidaning eshitilishida, bir odam, ming odam, birdir. Yaratilish xususida ham -Qudrati Azaliyaga nisbatan- bir boʻlsin, ming boʻlsin, birdir. Nav bilan fard orasida farq yoʻq.
Birodar! Butun zamonlarda, butun insonlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini ta'min uchun nozil boʻlgan Qur'onning horiquloda sohib boʻlgan jome'iyati va vus'ati bilan barobar, tabaqoti basharning hissiyotiga qilgan muro'ati va erkalashlari, xususan eng katta tabaqani tashkil qilgan avomi nosning fahmini erkalab, tavjihi xitob asnosida qilgan tanazzuloti, Qur'onning kamoli balogʻatiga dalil va bahir bir burhon boʻlgani holda, xasta boʻlgan nafslarning zalolatiga sabab boʻlgan. Chunki zamonlarning ehtiyojlari mutaxolifdir. Insonlar fikr, his, zakovat, ahmoqlik jihatidan bir emas. Qur'on murshiddir, irshod umumiy boʻladi. Shuning uchun, Qur'onning ifodalari zamonlarning ehtiyojlariga, maqomlarning iqtizosiga, muxotoblarning vaziyatlariga koʻra boshqa-boshqadir. Haqiqati hol bu markazda ekan, eng yuksak, eng goʻzal ifoda turlarini Qur'onning har bir ifodasida qidirish xato boʻlgani kabi; muxotobning hissiga, fahmiga uygʻun boʻlgan bir uslubning mezon va mirsodi bilan mutakallimga qaragan albatta zalolatga tushadi.
Birodar! Dunyoning uch vajhi bordir:
Birisi: Oxiratga qaraydi. Chunki uning ekinzoridir.
Ikkinchisi: Asmo-i husnaga qaraydi. Chunki ularning maktab va dastgohlaridir.
Uchinchisi: Qasddan va bizzot oʻz-oʻziga qaraydi. Bu vajh bilan insonlarning havasotiga, xohishlariga va bu foniy hayotning takolifiga mador boʻladi. Nuri iymon bilan dunyoning avvalgi ikki vajhiga qarash, ma'naviy bir jannat kabi boʻladi. Uchinchi vajh esa, dunyoning fano yuzidirki, zotiy va ahamiyatli bir qiymati yoʻq...
Birodar! Insonning vujudi, badani, amvoli miriyadan bir askarning qoʻlida boʻlgan bir hayvon kabidir. U askar u hayvonni oziqlantirishga va xizmatiga mukallaf boʻlgani kabi, inson ham u vujudni oziqlantirishga mukallafdir.
Aziz qardoshlarim! Bu yerda menga bu soʻzni ayttirgan, nafsim bilan boʻlgan bir munoqashamdir. Shundayki:
Mahosini bilan magʻrur boʻlgan nafsimga dedimki:
-Sen bir narsaga molik emassan, nedir bu gʻururing?
Dediki:
-Modomiki molik emasman, men ham xizmatini qilmayman.
Dedimki:
-Hoy, bu chivinga qara! Gʻoyat kichkina zarif qoʻllari bilan qanotlarini, koʻzlarini artadi, supuradi. Hamma ishini qiladi. Sen ham loaqal u qadar vujudingga xizmat qilishing kerak, deya iqno' etdim.
Taqdis etamiz u zotniki, bu chivinga nazofatni ilhoman oʻrgatadi, menga ham ustoz qiladi. Men ham u bilan nafsimni iqno' va ilzom etaman.
Insonni zalolatlarga sudragan jihatlardan biri ham shuki: Ismi Zohir bilan ismi Botinning hukmlari boshqa-boshqa boʻladi; bularni bir-biriga aralashtirib marji'larini yoʻqotish yoqimsizdir.
Shuning kabi, qudratning lavozimi bilan hikmatning lavozimi bir emas. Birisiga oid lavozimotni boshqasidan talab qilish xato.
Va shuningdek, sabablar doirasining iqtizosi bilan e'tiqod va tavhid doirasining iqtizosi bir emas. Uni bundan istamaslik kerak.
Va shuningdek, qudratning taalluqoti boshqa, vujudning jilvalari yoki boshqa sifatning tajalliyoti boshqadir. Bir-biri bilan iltibos etmaslik kerak. Masalan: Dunyoda vujuding tadrijiydir. Barzohiy oynalarda oniy va daf'iydir. Chunki ijod bilan tajalliy orasida farq bor.
Birodar! Islomiyat butun insonlarga bir nur, bir rahmatdir. Kofirlar ham uning rahmatidan istifoda qilishgan. Chunki Islomiyatning talqinoti bilan kufri mutlaq, inkori mutlaq shak va taraddudga inqilob etgan. U talqinotning kofirlarda ham qilgan in'ikosi va ta'siroti soyasida, kofirlarning hayoti abadiya haqida umidlari bor. Bu soyada, dunyo lazzatlari va saodati ularning fikricha tamomi bilan zaharlanmaydi. U lazzatlar batamom alamlarga inqilob etmaydi. Yolgʻiz taraddudlari bor. Taraddud esa, har ikki tarafga qaratadi. Tuyaqush kabi, tom ma'noda na qush boʻladi va na tuya. Oʻrtada qolib har ikki tarafning zahmatidan qutuladi.
Birodar! Nafs tanballik saiqasi bilan vazifa-i ubudiyatini tark etganidan, tasattur etishni istaydi. Ya'ni, uni koʻradigan bir raqibning koʻzi ostida boʻlishini istamaydi. Shuning uchun bir Xoliqning, bir Molikning boʻlmasligini tamanniy etadi. Soʻngra mulohaza etadi. Soʻngra tasavvur etadi. Nihoyat, adamini, yoʻq boʻlganini e'tiqod qilish bilan dindan chiqadi. Holbuki, qozongan u hurriyatlari, adami mas'uliyatlari ostida qanday zaharlar, ilonlar, aliym alamlar boʻlganini bilgan boʻlsa, darhol tavba bilan vazifasiga qaytadi.
Birodar! Har bir insonning bir nuqta-i istinodi boʻlganiga nazaran, istinod nuqtalarining tafovutiga koʻra insonlarning qila oladigan ishlari ham tafovut etadi. Masalan: Buyuk bir sultonga istinodi boʻlgan bir askar, bir shoh qilolmagan bir ishni qiladi. Chunki nuqta-i istinodi shohdan buyuk. Ha, qudrati azaliya tarafidan ma'mur etilgan bau'da, ya'ni pashshaning Namrudga boʻlgan gʻalabasi; va bir urugʻning
tarafidan berilgan izn va quvvatga binoan ulkan bir daraxtning jihozotini, malzamasini tazammun etishi, ya'ni ichiga olishi bu haqiqatni tanvir etgan bittadan haqiqatdir.
Birodar! "Qatra" nomli asarimda Qur'ondan ilhoman ta'qib etganim yoʻl bilan ahli nazar va falsafa ta'qib etgan yoʻl orasidagi farq shu:
Qur'ondan tavri qalbga ilhom etilgan Asoyi Muso kabi, ma'naviy bir hassa ehson etilgan. Bu hassa bilan kitobi koinotning har qaysi bir zarrasiga urilsa, darhol ma-i hayot chiqadi. Chunki muassir faqat asarda koʻrinishi mumkin.
Ma'naviy lift hukmida boʻlgan muroqabalar bilan ma-i hayotni topish juda mushkuldir.
Vasoitga luzum koʻrsatgan ahli nazar esa, atrofi olamni arshga qadar kezishlari lozim. Va u uzun masofada hujum qilgan vasvasalarga, vahmlarga, shaytonlarga magʻlub boʻlib yoʻldan chiqmaslik uchun, juda koʻp burhonlar, alomatlar, nishonlar lozimdirki, yoʻlni adashtirmasinlar.
Qur'on esa, bizga asoyi Muso kabi bir haqiqat berganki; qayerda boʻlsam, hatto tosh ustida boʻlsam ham, hassani uraman, ma-i hayot joʻsh uradi. Olamning xorijiga ketib uzun safarlarga va suv quvurlarining sinmasligi va parchalanmasligi uchun muhofazaga muhtoj boʻlmayman. Ha,
bayti bilan bu haqiqat haqiqati bilan taboruz etadi.
{(*) Ixtor: Qur'onning dalolati bilan topgan yoʻlimda ketish istagan uchun va unga u yoʻlni goʻzal tarzda ta'rif qilish uchun "Risola-i Nur Kulliyoti" goʻzal bir ta'rifchidir...}
Birodar! Nafsning vujudida bir koʻrlik bordir. U koʻrlik vujudida zarra-misqol qolgancha haqiqat quyoshining koʻrinishiga mone bir hijob boʻladi. Ha, mushohadam bilan sobitki; qat'iy, yaqiyniy burhonlar bilan dalillar toʻla boʻlgan ulkan bir qal'ada, kichik bir toshda bir za'fiyat koʻrinsa, u koʻr boʻlgur nafs u qal'ani tamoman inkor qiladi. Ostini ustiga oʻgiradi. Xullas, nafsning jaholati, hamaqoti bu kabi insofsizcha taxribotdan anglashiladi.
Ey inson! Sening vujudingning sohasida qilingan fe'llar va ishlardan sening yadi ixtiyoringda boʻlgan, faqat mingdan bir nisbatidadir. Boqiy qolgan Malik-ul Mulkka oiddir. Shunga binoan, oʻz quvvatingga koʻra yuk ol. Boʻlmasa ostida ezilasan. Qil qadar bir shuur bilan ulkan toshlarni koʻtarish tashabbusida boʻlma. Molikingning izni boʻlmasdan Uning mulkiga qoʻl uzatma. Shunga binoan, gʻaflat bilan, oʻz hisobingga bir ish qilganing zamon, haddingni tajovuz etma. Agar Moliking hisobiga boʻlsa, istagan narsangni ol va qil. Faqat izn va mashiat va amri doirasida boʻlish sharti bilan. Izn va mashiatini ham shariatidan oʻrganasan.
Ey shon va sharafni, nom va shuhratni istagan odam! Kel, u darsni mendan ol. Shuhrat ayni riyodir va qalbni oʻldirgan zaharli bir asaldir. Va insonni insonlarga abd va qul qiladi. U balo va musibatga tushsang
de, u balodan qutul...
HUBOB
va مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ va اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ kabi muborak kalimalar bilan e'lon etgan bir hukming va iddi'o etgan bir da'vong va ishhod etgan bir e'tiqoding lisoningdan chiqar-chiqmas, millionlab moʻ'minlarning tasdiq va shahodatlariga iqtiron etadi.
Va shuningdek, Islomiyatning haq va haqiqat boʻlganiga va hukmlarining toʻgʻri va sodiq boʻlganlariga dalolat etgan butun dalillar, shohidlar, burhonlar sening u da'vongning va e'tiqodingning haq boʻlganiga dalolat qiladilar.
Va shuningdek, aytgan u muborak va muqaddas kalomlaringga juda buyuk yumunlar, fayzlar va barakoti Ilohiya tarattub etadi.
Va shuningdek, jumhuri moʻ'miniyn va muvahhidinning u kalimoti muborakadan qalban zavq qilganlari ma-i hayotni va sharobi jannatni sen ham u muqaddas mashrabalardan ichasan...
Qavoidi usuliyadanki: Bir masala haqida isbot qilganning soʻzi inkor qilganning soʻzidan murajjahdir. Chunki isbot qilganning yordamchilari bor, soʻzida quvvat boʻladi. Inkor qilganning yordamchisi boʻlmaganidan bir oʻzi qoladi, soʻzida quvvat yoʻq. Hatto ming odam bir narsani inkor qilsa, bir odam kabidir. Ming odam ham isbot qilsa, isbot qilganlarning har biri ming boʻladi. Chunki hammasi bir narsaga qaraydilar. Va bir nuqtaga ishorat qilganlaridan bir-birini taqviya etadilar. Inkor qilganlarda bir-birini taqviya etish yoʻq, har biri tanho qoladi.
Masalan: Mingta derazadan bitta yulduzni koʻrib isbot qilgan mingta odamning har biri boshqasiga yordamchi boʻladi, soʻzini taqviya etadi. Chunki u mingta odam, barmoq bilan ishorat qilayotganday, u narsani isbot qiladilar. Inkor qilganlar unday emas. Chunki inkor uchun sabab lozim. Sabablar ham boshqa-boshqa boʻladi. Masalan: Biri "Koʻzimda za'fiyat bor, koʻrolmadim", narigisi "Uyimizda deraza yoʻq", narigisi "Sovuqdan boshimni koʻtarib qarolmadim" deydi. Va hokazo... Har biri inkoriga, mudda'osiga boshqa bir sabab koʻrsatganidan, oʻzicha yulduzning boʻlmasligi, nafs-ul amrda ham yulduzning boʻlmasligiga dalolat qilmaydiki, bir-biriga yordamchi boʻlsin.
Shunga binoan, bir masala-i iymoniyaning inkori haqida ahli zalolatning ittifoqlari xabari vohid hukmidadir, ta'siri yoʻqdir. Ammo ahli hidoyatning masoili iymoniyada boʻlgan soʻzlari, har biri boshqasiga yordamchidir, taqviya etadi...
(=Ey aziz qardoshim, bilki) Bir kull qaysi narsaga muhtoj boʻlsa, juzi ham u narsaga muhtojdir. Masalan: Bir shajaraning vujudga kelishi uchun nima lozim boʻlsa, bir samaraning vujudiga ham lozimdir. Shunday ekan, samaraning Xoliqi, shajaraning ham Xoliqi u boʻladi. Hatto arzning va shajara-i xilqatning ham Xoliqi, U Xoliq boʻladi.
Ikki tarafi bir-biridan gʻoyat uzoq bir masala borki, har bir tarafi bir urugʻ kabi unib chiqqan; daraxt boʻlgan, shox-shoda solgan. Bunday bir masala sababli, shukuk va avhomning qoʻnmasligi lozim. Chunki bir urugʻ boshqa bir urugʻ bilan, urugʻ boʻlib tuproq ostida qolgan muddatcha iltibos etilishi mumkin. Ammo daraxt boʻlgandan, meva bergandan soʻng shak qilsang, butun mevalar senga qarshi shahodat qiladilar. Agar bu boshqa bir urugʻ deya tavahhum etsang, u daraxtning butun mevalari seni takzib etadilar. Olma daraxtiga inqilob etgan bir urugʻni hanzala daraxtining urugʻi deb faraz qilish senga muyassar boʻlmaydi. Faqat tavahhum bilan yoki butun olmalarning hanzalaga tabdil etilgan boʻlishi bilan mumkindirki, bu ham maholdir.
Shunga binoan, nubuvvat shunday bir urugʻdirki: Islomiyat daraxti butun samaroti bilan, chehcaklari bilan u urugʻdan chiqqandir. Qur'on ham, sayyor yulduzlarni ismar etgan shams kabi, Islomiyatning oʻn bir ruknini intoj etgan. Ajabo, bu jahon-baho samaralarga qarab koʻrgandan soʻng, urugʻida shubha va taraddud yeri qoladimi? Xosho...
Tovus qushi kabi juda chiroyli bir qush tuxumdan chiqadi, takomul etadi, samolarda tarayonni boshlaydi. Ofoqi olamda shuhrat qozongandan soʻng, yerda qolgan tuxumining poʻchogʻi ichida u qushning goʻzalligini, kamolotini, taraqqiyotini qidirib topishni istagan odamning ahmoq ekaniga shubha yoʻq. Shunga binoan, tarixlar naql etgan Paygʻambarimizning (S.A.V.) bidoyati hayotiga moddiy, sathiy, suriy bir nazar bilan qaragan bir odam shaxsiyati ma'naviyasini idrok qilolmaydi va daraja-i qiymatiga vosil boʻlolmaydi. Faqat bidoyati hayotiga va lavozimi bashariyatiga va ahvoli zohiriyasiga nozik bir poʻst, nozik bir qobiq nazari bilan qarashi kerakki, u poʻst ichidan ikki olamning quyoshi va tubo kabi shajara-i Muhammadiya (S.A.V.) chiqqan. Va fayzi Ilohiy bilan sugʻorilgan va fazli Rabboniy bilan takomul etgan. Shunga binoan, Nabiyyi Zishonning (S.A.V.) mabda-i hayotiga oid ahvoli suriyasidan zaif bir narsa eshitilgan zamon ustida toʻxtamaslik kerak; darhol boshini koʻtarib atrofi olamga nashr etgan nurlarga qarash kerak.
Shu bilan barobar, mabda-i hayotiga shak va shubha bilan qaragan odam har holda masdar bilan mazhar, manba bilan ma'kas, zotiy bilan tajalliy oralarini farq qilolmaydi. Va bu sababli shubhaga tushadi. Ha, Nabiyyi Zishon (S.A.V.) tajalliyoti Ilohiyaga mazhar va ma'kasdir; masdar va manba emas. Chunki u zot yolgʻiz obiddir va ibodat jihatidan hammadan oldindadir. Demak, bu qadar koʻringan taraqqiyot, kamolot uning zotiy moli emas. Faqat xorijdan berilgan Rahmoni Rahimning tajalliylaridir. Avvalroq bayon qilingani kabi, hech bir narsa bir zarraga ham ma'no-i ismiy bilan masdar boʻlolmaydi. Ammo bir zarra ma'no-i harfiy bilan samoning yulduzlariga mazhar boʻladi. Yolgʻiz gʻaflat bilan u zarraning masdar boʻlish mulohazasi bilan qaralganidan, san'ati Ilohiyani togʻutiy bir tabiatga mol qiladilar.
Duolar, tavhid va ibodatning asroriga namunadir. Tavhid va ibodatda lozim boʻlgani kabi, duo qilgan kishi ham, "Qalbida kezgan orzu va istaklarini Janobi Haq eshitadi" deb Qodir boʻlganiga e'tiqod qilishi kerak. Bu e'tiqod, Allohning hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir boʻlganini istilzom etadi.
Shu olamni ziyolantirgan shamsning bir chivinning koʻziga tajalliy bilan kirib ishiqlantirishi mumkin. Va otashdan bir uchqunnning koʻziga kirib tanvir etishi imkon xorijidir. Chunki koʻzni portlatadi.
Shuning kabi, bir zarra Shamsi Azaliyning tajalliysiga mazhar boʻladi. Faqat Muassiri Haqiqiyga zarf boʻlolmaydi...
Sen shunday bir za'fiyat, ojizlik, faqirlik, miskinlik kabi hollarga mahalsanki, jigaringga yopishgan va koʻp marta kattalashtirgandan soʻng zoʻrgʻa koʻrib boʻladigan bir mikrobga muqovamat etolmaysan; seni yerga ogʻdiradi, oʻldiradi...
Xardala bilan ta'bir etilgan, bir tariq habbasi hukmida boʻlgan quvva-i hofiza ihota etgan maydonda sayr-tomoshalar qilinarkan, shu qadar katta bir sahroga inqilob etadiki, kezish bilan tugamaydigan bir shakl oladi. Ajabo, u xardalaning ichidagi maydonni tugatolmagan, u xardalaning doirasini qay suratda tugatadi? Aqlning nazarida xardalaning vaziyati bunday ekan, aql kezgan doira qanday? Aqli ham dunyoni yutadi. Fasubhanalloh! Janobi Haq xardalani aql uchun dunyo va dunyoni ham aql uchun bir xardala kabi qilgan.
Insonlarning eng katta zulmlaridan biri ham shuki: Katta bir jamoatning masa'iysiga tarattub etgan hasanotni intoj etgan samarotni bir shaxsga isnod va unga mol etadilar. Bu zulmda bir shirki xafiy bor. Chunki bir jamoatning juzi ixtiyoriysi bilan kasb etgan maxsulotlarini bir shaxsga atf etish, u shaxsning ijod darajasida horiquloda bir qudratga molik ekaniga dalolat qiladi. Hatto eski Yunonlarning va Vasaniylarning ilohalari bunday zolimona tasavvuroti shaytoniyaning maxsulidir.
Zikr qilgan odamning fayzi Ilohiyni jalb qilgan muxtalif latifalari bor. Bir qismi qalb va aqlning shuuriga bogʻliq. Bir qismi esa shuursiz, ya'ni shuurlarga tobe emas.
hosil boʻladi. Shunga binoan, gʻaflat bilan qilingan zikrlar ham fayzdan xoli emas.
Janobi Haq insonni juda ajib bir tarkibda yaratgan. Kasrat ichida vahdati, tarkib ichida basotati, jamoat ichida fardiyati bor. Ixtivo etgan a'zo, tuygʻular va latifalarning har biri uchun mustaqil lazzatlar, alamlar boʻlgani kabi; oralarida koʻrilgan taovun va imdod tezligidan anglashilganidan, har biri birodarlarining lazzat, alam va taassurotidan ham hissa oladilar. Bu xilqat soyasida, inson agar ubudiyat yoʻlida ketsa; butun lazzat, ne'mat, kamolot navlarining bir qismlariga mazhar boʻlishga shoyondir. Va shuningdek, agar anoniyat yoʻlini ta'qib qilsa, turli-tuman alam va azoblarga ham mahal boʻlishga mustahaqdir.
Kalima-i Tavhidni takror bilan zikrida davom qilish, qalbni juda koʻp narsalar bilan bogʻlagan bogʻlarni, iplarni sindirish uchundir. Va nafs sigʻinadigan darajada sanam ittihoz etgan mahbublardan yuzini oʻgirishdir. Shu bilan barobar, zokir boʻlgan zotda boʻlgan his va latifalarning boshqa-boshqa tavhidlari boʻlganiga ishorat boʻlgani kabi; ularning ham ularga munosib sheriklari bilan boʻlgan aloqalarini kesish uchundir.
Insonning bir qarindoshiga (masalan) oʻqigan bir Fotiha-i Sharifadan hosil boʻlgan savobda istifoda etishda bir bilan ming musoviydir. Qandayki ogʻizdan chiqqan bir lafzning eshtilishida bir jamoat bilan bir fard bir boʻladi. Chunki latif narsalar matbaa kabidir. Bosilgan bir kalimadan ming kalima chiqadi.
Va shuningdek, nuroniy narsalarda vahdat bilan barobar takassur boʻlganiga, ya'ni bir nuroniy narsada ming savob borligiga bir ishoratdir...
Nabiyyi Zishonning (S.A.V.) Maqomi Mahmudi Ilohiy bir moida va Rabboniy bir dasturxon hukmidadir. Ha, tavzi' etilgan lutflar, fayzlar, ne'matlar u dasturxondan oqadi. Rasuli Zishonga (S.A.V.) oʻqilgan salovoti sharifa, u dasturxonga qilingan da'vatga ijobatdir.
Va shuningdek, salovoti sharifani keltirgan odam Zoti Paygʻambariyni (S.A.V.) bir sifat bilan tavsif etgan zamon, u sifatning qayerga taalluq etganini oʻylasinki, takror ba takror salovot keltirishga mushavviqi boʻlsin.
{(*) Ahamiyatlidir.}
Ujratim oz, ilmimga ragʻbat yoʻq, deya mahzun boʻlma. Chunki mukofoti dunyoviya ehtiyojga qaraydi, qiymati zotiyaga qaramaydi. Maziyati zotiya esa mukofoti uxroviyaga nazirdir.
Shunday ekan, zotiy boʻlgan maziyatingni mukofoti uxroviyaga saqla, bir necha tiyinlik dunyo moliga sotma.
Sen, oʻz nafsingni past koʻrsatishga va nadomat etib qusurlaringni e'lon qilishga haqqing bor. Faqat shao'iri Islomiyaga zid va muxolif boʻlgan harzalar bilan Islomiyatni qoralashga qat'iyan haqqing yoʻq.
Seni kim tavkil etgandir? Fatvoni qayerdan olyapsan? Qaysi haqqa binoan millat nomidan, ummat hisobidan Islomiyat haqida safsatalarni sochib, zalolatingni nashr va e'lon qilyapsan? Millatni, ummatni oʻzing kabi zoll deb oʻylama. Zalolatingni kimga sotyapsan? Bu yer Islomiyat mamlakatidir, Yahudiy mamlakati emas.
Jumhuri moʻ'miniyn qabul qilmagan narsaning gazetada e'lon qilinishi, millatni zalolatga da'vatdir, huquqi ummatga tajovuzdir. Bir odamning huquqiga tajovuzga javozi qonuniy boʻlmagani holda, ulkan bir millatning, balki olami Islomning huquqiga qaysi jasoratga binoan tajovuz etyapsan? Ogʻzingni yop!..
Kofirlarning musulmonlarga va ahli Qur'onga dushman boʻlishlari kufrning iqtizosidandir. Chunki kufr iymonga ziddir. Shu bilan barobar, Qur'on kofirlarni va abo va ajdodlarini i'domi abadiy bilan mahkum etgan.
Shunga binoan, musulmonlar bilan ulfat va muhabbatlari mumkin boʻlmagan kofirlarga muhabbat behuda ketadi. Ularning muhabbati bilan hisoblashilmaydi. Ulardan madad kutib boʻlmaydi. Faqat
deya Janobi Haqqa iltijo qilish lozim.
Kofirlarning madaniyati bilan moʻ'minlarning madaniyati orasidagi farq:
Birinchisi, madaniyat libosini kiygan qoʻrqinch bir vahshatdir. Zohiri porlaydi, botini ham yoqadi. Tashi ziynat, ichi iflos; surati manus, siyrati ma'kus bir shaytondir...
Ikkinchisi, botini nur, zohiri rahmat; ichi muhabbat, tashi uxuvvat, surati muovanat, siyrati shafqat, jozibador bir malakdir.
Ha, moʻ'min boʻlgan kishi, iymon va tavhid iqtizosi bilan, koinotga bir madhi uxuvvat nazari bilan qaragani kabi; butun maxluqotni, xususan insonlarni, xususan Musulmonlarni bir-biri bilan bogʻlagan ip ham, faqat uxuvvatdir. Chunki iymon butun moʻ'minlarni bir otaning janohi shafqati ostida yashagan qardoshlar kabi qardosh deb sanaydi.
Kufr esa, shunday bir burudatdirki, qardoshlarni ham qardoshlikdan chiqaradi. Va butun ashyoda bir navi ajnabiylik tuxumini ekadi. Va hamma narsani hamma narsaga dushman qiladi.
Ha, hamiyati milliyalarida bir uxuvvat boʻlsa ham, muvaqqatdir. Va azaliy, abadiy iftiroq va firoq bilan muttasil va mahduddir. Ammo kofirlarning madaniyatida koʻringan mahosin va yuksak taraqqiyoti sanoyi', (bular) tamoman madaniyati Islomiyadan, Qur'onning irshodotidan, adyoni samoviyadan in'ikos va iqtibos etilgani "Lamaat" bilan "Sunuhot" nomli asarlarimda istanilgani kabi izoh va isbot qilingandir...
Masoili diniyadan boʻlgan ijtihod eshigi ochiqdir. Faqat, shu zamonda u yerga kirishga olti mone bor...
Birinchisi: Qandayki qishda boʻronlar shiddatli boʻlgan bir vaqtda, tor tuynuklar ham berkitiladi; yangi eshiklar ochish hech bir jihat bilan kori aql emas. Ham qanday qilib katta bir selning hujumida ta'mir uchun devorlarda tuynuklar ochish gʻarq boʻlishga vasiladir. Shunga oʻxshab: Shu munkarot zamonida va odoti ajanibning istilosi onida va bid'atlarning kasrati vaqtida va zalolatning taxriboti hangomida, ijtihod nomi bilan qasri Islomiyatdan yangi eshiklar ochib devorlarida muxarriblarning kirishiga vasila boʻladigan tuynuklar ochish, Islomiyatga jinoyatdir...
Ikkinchisi: Dinning zaruriyotiki, ijtihod ularga kirolmaydi. Chunki qat'iy va muayyandirlar. Ham u zaruriyot qut va gʻido hukmidadirlar; shu zamonda tarkka duchor boʻlyaptilar va tazalzuldadirlar. Va butun himmat va gʻayratni ularning iqomasiga va ihyosiga sarf qilish lozim kelarkan, Islomiyatning nazariyot qismida va salafning ijtihodoti sofiyona va xolisonasi bilan butun zamonlarning hojotiga tor kelmagan afkorlari boʻlgani holda, ularni tashlab, qattiq havas bilan yangi ijtihodlar qilish; bid'atkorona bir xiyonatdir.
Uchinchisi: Hamma davr insonlari fikricha, qiymatli sanalib afkorni jalb qilgan jozibador bir mol margʻubdir. Masalan: Bu zamonda eng ragʻbatli, eng iftixorli narsa, siyosat bilan ishtigʻol va dunyo hayotini ta'min qilishdir. Salafi solihin asrida va u zamon bozorida eng margʻub mol, Xoliqi Samovot va Arzning marziyotlarini va bizdan orzularini kalomidan istinbot etish va nuri nubuvvat va Qur'on bilan yopilmaydigan darajada ochilgan oxirat olamidagi saodati abadiyani qozontirish va vasoilini qoʻlga kiritish edi. Bu e'tibor bilan, u zamonlarda butun fikrlar, qalblar, ruhlar marziyoti Ilohiyani bilish va oʻrganishga mutavajjih edi. Shuning uchun, iste'dod va iqtidori boʻlganlar u zamonlarda sodir boʻlgan butun ahvol va vuqu'ot va muhovarotdan dars olish bilan, ijtihodlarga zamin tashkil qilgan yuksak iste'dodlar vujudga kelardi.
Hozir esa, fikr va qalblarning tashattuti, inoyat va himmatlarning za'fiyati, insonlarning siyosat va falsafaga ibtilo va ragʻbatlari yuzidan, butun iste'dodlar fununi hozira va hayoti dunyoviyaga mutavajjihdir. Ahkomi diniyaga sarf qilinadigan mustaqim bir ijtihod yoʻq.
Toʻrtinchisi: Ijtihod eshigidan Islomiyatga kirib masoilini kengaytirishga mayl etgan odamning maqsadi, zaruriyotga imtisol bilan taqvo va kamolga mazhariyat boʻlsa, goʻzaldir. Ammo zaruriyotni tark va hayoti dunyoviyani hayoti uxroviyaga tarjih etgan odam boʻlsa, uning ijtihodga mayli, mayl-ut taxribdir. Taklifdan chiqib qochish uchun bir yoʻl topishdir.
Beshinchisi: Har narsaning, har hukmning vujudga kelishi bir illatga binoan boʻlgani kabi, bir foydaga ham tobedir. Faqat foyda illat emas. Faqat tarjih etuvchi bir hikmatdir. Bu zamonning afkori, bizzot saodati dunyoga mutavajjihdir. Shariatning nazari esa, bizzot saodati uxroviyaga mutavajjih boʻlib, albatta dunyoga ham nazirdir. Chunki dunyo oxiratga vasiladir.
Umumiy bir balo boʻlgan va insonlar unga mubtalo boʻlgan koʻp ishlar borki, zaruriyotdan boʻlgan. U kabi ishlar sui ixtiyor bilan gʻayri mashru' mayllardan tugʻilganlaridan, mahzurotni iboha etgan zaruriyotdan emas. Va ruxsat va muso'ada-i shar'iyaning shumuliga dohil boʻlolmaydilar. Masalan: Bir odam sui ixtiyori bilan harom bir tarzda oʻzini sarxush etsa, sarxushlik holida qilgan tasarrufotida uzrli boʻlolmaydi. Bu zamonda bu kabi ijtihodlar, samoviy emas, faqat arziy ijtihodlardir.
Bu kabi ijtihodlar bilan Xoliqi Samovot va Arzning hukmlarida qilingan tasarrufot marduddir.
Masalan: Ba'zi gʻofillar xutbaning Turkcha oʻqilishini istehson etadilarki, xalqning xususan siyosiy ahvoldan xabarlari boʻlsin. Holbuki bu kabi ahvoli siyosiya yolgʻondan, hiyladan, shaytoniy fikrlardan xoli emas. Xutba maqomi esa, ahkomi Ilohiyaning tabligʻi uchun ittihoz etilgan bir maqomdir.
Savol: Avomi nos Arabchadan xabardor emas, tushunolmaydi?
Javob: Avomi nos zaruriyot va musallamoti diniyaga muhtojdir. Va xutba maqomi ham bu kabi hukmlarning tabligʻi uchundir. Bu hukmlar kisva-i Arabiya ichida tafsilan boʻlmasa ham, ijmolan avomi nosga ma'lum va ma'rufdir. Shu bilan barobar, lisoni Arabda boʻlgan shahomat, yuksaklik, maziyat, satvat boshqa lisonlarda yoʻq...
Janobi Haqning vujubi vujud va vahdatiga, koinotning murakkaboti va zarrotining ellik besh vajh bilan qilgan shahodatlarining bir vajhini yozaman. Shundayki:
Ashyoning ijodi, yo nafslariga yoki sabablarga boʻlgan isnodi, hayrat va istigʻrobni mujibdir. Bu ham rad va inkorni ijob etadi. Bu ham zalolatlarni intoj etadi. Bu esa iztiroboti ruhiya va tashavvushoti aqliyaga sabab boʻladi. Bu ham ruhlarni va aqllarni qochirish bilan Vojib-ul Vujudga iltijo qilishga majbur qiladi. Zero har mushkulot Uning qudrati bilan hal boʻladi. Va ochilmas tugunlar Uning irodasi bilan ochiladi. Va qalblar Uning zikri bilan mutmain boʻladi. Bu haqiqatni shunday bir muvozana bilan izoh qilaman. Shundayki:
Mavjudotning foili -ya'ni ashyoni vujudga keltirgan- yo vojib va vohiddir va yoxud mumkin va kasirdir. Foil vojib va vohid boʻlgan taqdirda, na qiyinchilik bor, na gʻarobat bor. Boʻlsa ham, vahmiy boʻladi. Sabablarga isnod etilgan taqdirda, qiyinchilik va gʻarobat vahmlikdan chiqadi; qat'iy va haqiqiy bir shaklda tahaqquq etadi. Chunki qusur va za'fiyatdan xoli boʻlmagan koʻplab sabablardan hech bir sabab bir musabbabni yelkasida koʻtarolmaydi. Va bir narsaning ijodida gʻayri mutanohiy sabablarning ishtiroki lozim. Masalan: Asalari hamma narsa bilan aloqador boʻlganidan, agar ijodi sabablarga isnod qilinsa, samovot va arzning ishtiroklari lozim.
Shu bilan barobar, kasratning vohiddan suduri, vohidning kasratdan suduri qadar zahmat emas, yanada osondir. Masalan: Bir qoʻmondon afrodi kasiraga bergan intizomni va qildirgan ishlarni, u afrodi kasira bir oʻzlari katta bir mushkulotdan soʻng qila oladilar.
Shu bilan barobar, ijodning sabablarga isnodida layu'add qiyinchilik, gʻarobat boʻlish bilan barobar, juda koʻp maholotga zamin tashkil etadi.
1- Har bir zarrada Vojib-ul Vujudning sifatlarining farazi lozim.
2- Uluhiyatda gʻayri mutanohiy sheriklarning ishtiroki lozim boʻladi.
3- Har bir zarraning ham hokim, ham mahkum boʻlishi lozim boʻladi. Qubbali binolarda bir-biriga tayanish bilan yiqilishdan qutulgan toshlar kabi.
4- Shuur, iroda va qudrat kabi sifatlarning har zarrada boʻlishi lozim boʻladi. Chunki husni san'at bu sifatlarni iqtizo etadi. Shu haqiqatni izoh uchun bir necha misol aytamiz:
Birinchisi: Shams shaffofiyat sirriga binoan, shishalarning zarralarida, arzning dengizlarida, samoning sayyoralarida musovot uzra tajalliy etadi.
Ikkinchisi: Muqobala sirriga binoan, markazdagi bir chiroqning doirani tashkil qilgan oynalarga nisbati in'ikosi birdir.
Uchinchisi: Nurdan yoki nuroniy bir narsadan tanavvur etish va ziyo olishda, bir bilan ming birdir. Nuroniyning iqtizosi shundaydir.
Toʻrtinchisi: Muvozana sirriga binoan, hassos bir tarozining ikki pallasida ikki yongʻoq va yoxud ikki quyosh boʻlsa; qaysi pallasiga bir narsa ilova qilinsa, u past tushadi; narigisi havoga koʻtariladi.
Beshinchisi: Ulkan bir safina bilan gʻoyat kichik bir safinani yoʻnaltirish va tahrik xususida farq yoʻq. -Kapitan; istar bir bola boʻlsin, istar katta boʻlsin- chunki intizom bor.
Oltinchisi: Hayvoni notiq kabi bir mohiyati mujarradaning kichik va katta afrodiga nisbati birdir.
Xulosa: Qolil bilan kasir, kichik bilan katta orasida bir narsa-i vohidga isnodlarida tafovut boʻlmagani, imkon doirasida boʻlgan shu misollar bilan tavazzuh etdi. Shunga binoan, ashyoda boʻlgan intizom, muvozana, avomiri takviniyaga qarshi imtisol, itoat, qudrati azaliyaning nuroniyati, ashyoning ich yuzining shaffofiyati kabi sirlar sababli; bir chivin bilan arzning ihyosi, bir daraxt bilan samovotning ijodi, bir zarra bilan quyoshning yaratilishi Vojib-ul Vujudga nisbat bilan mutasoviydir. Ha, musovot va adami tafovuti koʻz bilan koʻrinadi. Qara! Mohiyati majhul, moʻ'jizoti bilan ma'lum boʻlgan qudrati azaliyaning, xususan samarot va sabzavotdagi naqshlari, san'atlari sabablarga havola qilinsa, sabablar ostida eziladi.
Alhosil: Hayotiy, vujudiy, nuroniy narsalarning ijodida uch nuqta bor:
Birinchi Nuqta: Qudratning umuri xasisa bilan zohiran mubosharati koʻrinmasligi uchun parda boʻlish maqsadida sabablar oʻrnatilgan.
Ikkinchi Nuqta: Hayot, vujud va nurning, tashqi tomonlari kabi ichlari ham shaffof boʻlganidan, kasif pardalar hukmida boʻlgan sabablar oʻrnatilmagan. Yolgʻiz juda inja, nozik pardalarni eslatgan vositalar boʻlsa ham, ostida dasti qudrat koʻrinadi.
Uchinchi Nuqta: Qudrati azaliyaning ta'sirida, tasni'ida qiyinchilik yoʻq. Ha, bir anjir urugʻidan ulkan bir anjir daraxtini va inja bir band bilan ulkan bir qovunni bogʻlab chiqargan qudratga hech bir narsa ogʻir kelmaydi. Shunday moʻ'jizoti bilan ma'lum boʻlgan qudrat sohibining vujudi, zuhuri; koinotning vujudidan, zuhuridan yanada zohirdir. Chunki har bir masnu' oʻz nafsiga bir necha vajh bilan aynan dalolat qiladi. Faqat Sone'iga ham aynan, ham aqlan koʻp vajhlar bilan dalolatlari bor. Va qaysi bir masnu'ning vujudi sabablardan istanilsa, butun sabablar toʻplanib bir-biriga yordamlari boʻlsa ham, u masnu'ning oʻxshashini qilolmaydilar...
Insonning aql va fikr maydoni shunday bir vus'atdadirki, ihotasi mumkin emasdir; va shu qadar torki, ignaga mahal boʻlolmaydi. Ha, ba'zan zarra ichida aylanadi, qatra ichida suzadi, bir nuqtada hibs boʻladi. Ba'zan esa, olamni bir tarvuz kabi qoʻliga oladi va koinotni musofir qilib keltiradi, aql xonasida musofir qiladi. Ba'zan esa shu qadar haddini tajovuz etadi, yuksakka chiqadiki; Vojib-ul Vujudni koʻrishga harakat qiladi. Ba'zan esa kichrayadi, zarraga oʻxshaydi. Ba'zan esa samovot qadar oʻsadi. Ba'zan esa bir qatraga kiradi. Ba'zan esa fitrat va xilqatni ichiga oladi...
Janobi Haq insonga bergan ne'matlari, istar ofoqiy boʻlsin, istar anfusiy boʻlsin, ba'zi sharoit ostida insonga kelib vusul topadi. Masalan: Ziyo, havo, gʻido, savt va sado kabi ne'matlardan insonning istifoda eta olishi faqat koʻz, quloq, ogʻiz, burun kabi vositalarning ochilishi bilan boʻladi. Bu vositalar Allohning yaratishi va ijodi bilan boʻladi. Insonning qoʻli, kasb va ixtiyorida yolgʻiz u vositalarni ochishdir.
Shunga binoan, u ne'matlarni yoʻlda topgan kabi sohibsiz, hisobsiz boʻlganini oʻylamasin. Faqat Mun'imi Haqiqiyning qasdi bilan keladi, inson ham ixtiyori bilan oladi. Soʻngra ehtiyojga koʻra in'om etganning irodasi bilan badanida intishor etadi.
Har qaysi bir narsaning intihosi va oxiri intizom va goʻzallik jihatidan avvalidan past boʻlmagani kabi; zohiri va surati ham san'at va hikmat jihatidan botinidan goʻzal emas. Shunday ekan, ashyoning ich yuzlarini va nihoyatlarini sohibsiz oʻylab, tasodiflarga havola qilma. Chechak bilan, chechakdan chiqqan samaradagi asari san'at va hikmat; urugʻ bilan, urugʻdan chiqqan kurtakning asari san'at va naqshidan past emas. Shunga binoan, Sone'-i Zuljalol ham avvaldir, ham oxir, ham zohirdir, ham botin...
Qur'onning i'jozi tahrifiga bir toʻsiqdir. Ha, modomiki Qur'on moʻ'jizadir, bashar uning taqlidini qilolmaydi. Oyatlari boshqa kalomlar bilan tabdil etilish bilan tahrif va tagʻyiri mumkin emas. Chunki mufassir, muallif, mutarjim muharraf uslublarini, qiyofalarini oyotning qiyofasi bilan iltibos ettirolmaydilar. Oyatlarda i'joz tamgʻasi bordir. U tamgʻaning ostida boʻlmagan kalomlar oyat deb sanalmaydi. Shunday ekan, i'joz tahrif va tagʻyirni qabul etmaydi.
Qur'oni Karim ne'matlarni, oyatlarni, dalillarni ta'dad etarkan
oyati jalilasi takror bilan zikr qilinganidan, shunday bir dalolat bordirki: Jin va insning eng koʻp isyonlarini, eng shadid tugʻyonlarini, eng azim kufronlarini tavlid etgan shunday bir vaziyatlarki; ne'mat ichida in'omni koʻrmaydilar. In'omni koʻrmaganlaridan Mun'imi Haqiqiydan gʻaflatda qolishadi. Mun'imdan gʻaflatlari saiqasi bilan u ne'matlarni sabablarga yoki tasodifga isnod etib, Allohdan u ne'matlarning kelganini takzib etadilar. Shunga binoan, har bir ne'matning bidoyatida moʻ'min kishi Basmalani oʻqisin. Va u ne'matning Allohdan boʻlganini qasd qilish bilan, oʻzi faqat Allohning ismi bilan, Allohning hisobiga olganini bilib, Allohga minnatdorchilik bilan muqobalada boʻlsin.
Inson qalban va fikran haqoiqi Ilohiyaga qarab oʻylagan vaqtida, xususan namoz va ibodat asnosida, xoh shayton tarafidan, xoh nafsi tarafidan juda yomon, iflos va xunuk vasvasalar, xotiralar, chivinlar kabi qalbga, aqlga hujum qiladilar. Bu kabi havoiy, vahmiy va xunuk narsalarni daf qilish bilan ovora boʻlgan odam u vasvasalarga magʻlub boʻladi. Lekin ularni magʻlub qilib qochirish chorasi, mudofaani tark qilib ular bilan ovora boʻlmaslikdir. Ha, arilar bilan ovora boʻlgan sari ular huvumlarini orttiradilar. Ular bilan ishi boʻlmagan taqdirda, insonni tark qiladilar, ketadilar. Hamda u kabi vasvasalarning na haqoiqi Ilohiyaga va na sening qalbingga bir mazarroti yoʻq. Ha, iflos bir manzilning tuynuklaridan samoning quyosh va yulduzlariga, jannatning gul va chechaklariga qaralsa, u tuynuklardagi ifloslik na qaraganga va na qaralganga yuqmaydi. Va yomon bir ta'sir etmaydi.
{(Hoshiya) U xunuk soʻzlar sening qalbingning soʻzlari emas. Chunki sening qalbing undan mutaassir va mutaassifdir. Balki qalbga yaqin boʻlgan lumma-i shaytoniydan kelyapti. Masalan: Sen namozda, Ka'ba qarshisida, huzuri Ilohiyda oyotni tafakkurda boʻlgan bir holingda, shu tadoi-i afkor seni tutib eng uzoq moloyoniyoti razilaga chorlaydi. Masalan: Oynaning ichidagi ilonning timsoli tishlamaydi. Otashning misoli yoqmaydi. Va najosatning koʻrinishi oynani talvis etmaydi.}
Nedir bu gʻurur va nedir bu gʻaflat? Nedir bu hashmat, nedir bu istigʻno, nedir bu azamat? Qoʻlingdagi ixtiyor bir qil qadardir va iqtidoring bir zarra qadardir. Va hayoting soʻndi, faqat bir shu'la qoldi. Umring oʻtdi, shuuring soʻndi, bir lam'a qoldi. Shuhrating ketdi, faqat bir on qoldi...
Zamoning oʻtdi, qabrdan boshqa makoning bormi? Bechora! Ajzingga va faqringga bir had bormi? Umidlaring nihoyatsizdir, ajaling yaqindir. Ha, bunday ajz va faqring bilan iqtidor va ixtiyordan xoli bir insonning holi nima boʻladi? Xazoini rahmat sohibi Xoliqi Rahmon-ur Rahimga bunday bir ajz bilan e'timod qilish lozim. Udir hammaga nuqta-i istinod. Udir har zaifga jihati istimdod...
{(Hoshiya) Bu Forscha munojot, qisqaligiga qaramasdan juda uzun haqiqatlarni ichga oladi. Anqarada oʻttiz besh yil avval chop etilgan vaqt, Afgʻon Elchisi Sulton Ahmad juda ham yoqtirgan va Afgʻon Shohiga bir adad bu munojotdan hadya yuborgan. Turkcha tarjimasi "Keksalar Risolasi"da va "Oʻn Yettinchi Soʻz"da boʻlganidan, tarjima qilinmadi.}
Ey mujohidini Islom! Ey ahli hallu a'qd! Bu faqirning bir masalada kirish soʻzini, bir necha nasihatini tinglashingizni iltimos qilaman.
Shu muzaffariyatdagi horiquloda ne'mati Ilohiya bir shukron istaydiki, davom etsin, ziyoda boʻlsin. Boʻlmasa, ne'mat shukrni koʻrmasa, ketadi. Modomiki Qur'onni, Allohning tavfiqi bilan dushmanning hujumidan qutqardingiz; Qur'onning eng sarih va eng qat'iy amri boʻlgan "Salot" kabi faroizni imtisol etishingiz lozimdir. Toki uning fayzi shunday horiqo suratida ustingizda tavoli va davom etsin.
Olami Islomni masrur etdingiz, muhabbat va tavajjuhini qozondingiz. Lekin u tavajjuh va muhabbatning idomasi, shao'iri Islomiyani iltizom bilan boʻladi. Zero, Musulmonlar Islomiyat hisobiga sizni sevadilar.
Bu olamda avliyoulloh hukmida boʻlgan gʻoziy va shuhadolarga qoʻmondonlik qildingiz. Qur'onning avomiri qat'iyasiga imtisol etish bilan, narigi olamda ham u nuroniy guruhga rafiq boʻlishga harakat qilish, siz kabi himmatlilarning sha'nidir. Boʻlmasa, bu yerda qoʻmondon ekan, u yerda bir askardan istimdodi nur etishga muztar qolasiz. Bu dunyo-i daniyya, shon va sharafi bilan unday bir mato emaski, siz kabi insonlarni ishba' etsin, tatmin etsin va maqsudi bizzot boʻlsin.
Bu millati Islomning jamoatlari -garchi bir jamoat namozsiz qolsa, fosiq boʻlsa ham, yana- boshliqlarini mutadayyin koʻrishni istaydi. Hatto umum Kurdistonda umum ma'murlarga doir eng avval soʻragan savollari bu ekan: "Ajabo, namoz oʻqiydimi?" derlar. Namoz oʻqisa mutlaq amniyat etadilar; oʻqimasa, naqadar muqtadir boʻlsa, nazarlarida muttahamdir. Bir zamon, Bayt-ush Shabob qabilalarida isyon bor edi. Men bordim, soʻradim: "Sabab nima?" Dedilarki: "Raisimiz namoz oʻqimasdi, raqi ichardi. Bunday dinsizlarga qanday itoat qilamiz?" Bu soʻzni aytganlar ham namozsiz, hamda qaroqchi edilar.
Anbiyoning aksari sharqda va hukamoning agʻlabi gʻarbda kelishi qadari azaliyning bir < Ramz
idirki, sharqni oyoqqa koʻtaradigan din va qalbdir, aql va falsafa emas. Sharqni intibohga keltirdingiz, fitratiga muvofiq bir jarayon berdingiz. Boʻlmasa, sa'yingiz yo behuda ketadi yoki muvaqqat, sathiy qoladi...
Xasmingiz va Islomiyat dushmani boʻlgan ovrupaliklar dindagi loqaydligingizdan juda koʻp istifoda etdilar va etyaptilar. Hatto deya olamanki, xasmingiz qadar Islomga zarar bergan, dinda ihmolingizdan istifoda etgan insonlardir. Islom dinining foydasi va millatning salomatligi nomiga, bu ihmolni a'molga tabdil etishingiz kerak. Koʻrilmayaptimiki, Ittihodchilar shu qadar horiqo azmu sabot va fidokorliklari bilan, hatto Islomning shu intibohiga ham bir sabab boʻlganlari holda, bir daraja dinda laubalilik vaziyatini koʻrsatganlari uchun, dohildagi millatdan nafrat va tazyif koʻrdilar. Xorijdagi Musulmonlar dindagi ihmollarini koʻrmaganlari uchun, hurmatni berdilar.
Olami kufr, butun vositalari bilan, madaniyati bilan, falsafasi bilan, fununi bilan, missionerlari bilan olami Islomga hujum va moddatan uzun zamondan beri gʻalaba qilgani holda, -olami Islomga- dinan gʻalaba qilolmadi. Va dohiliy butun firoqi zolla-i Islomiya ham, bittadan kammiya-i qolila-i muzirra suratida mahkum qolgani; va Islomiyat matonatini va salobatini sunnat va jamoat bilan muhofaza qilgan bir zamonda, laubaliyona, Ovrupa madaniyati habisa qismidan sizilgan bir jarayoni bid'atkorona siynasida joy ololmaydi. Demak, olami Islom ichida muhim va inqilobvoriy bir ish qilish, Islomiyatning dasotiriga inqiyod bilan boʻlishi mumkin, boshqa boʻlolmaydi. Ham boʻlmagan, boʻlgan boʻlsa ham tez oʻlib soʻngan...
Za'fi dinga sabab boʻlgan Ovrupa madaniyati safihonasi yirtilishga yuz tutgan bir zamonda va madaniyati Qur'onning zuhurga yaqin kelgan bir onda, loqaydona va ihmolkorona musbat bir ish qilinmaydi. Manfiy tarzda, taxribkorona ish esa, bu qadar raxnalarga ma'ruz qolgan Islom zotan muhtoj emas.
Sizning bu "Isqiqlol Urushi"dagi muzaffariyatingizni va oliy xizmatingizni taqdir etgan va sizni jonu dildan sevgan, jumhuri moʻ'miniyndir. Va ayniqsa tabaqa-i avomdirki, sogʻlom musulmonlardir. Sizni jiddiy sevadi va sizni qoʻllaydi va sizga minnatdordir va fidokorligingizni taqdir etadilar. Va, intibohga kelgan eng katta va mudhish bir quvvatni sizga taqdim qiladilar. Siz ham, avomiri Qur'oniyaga imtisol bilan ularga ittisol va istinod etishingiz Islom dini foydasi nomiga zaruriydir. Boʻlmasa, Islomiyatdan tajarrud etgan badbaxt, milliyatsiz Ovrupa maftuni frank muqallidlarini avomi muslimiynga tarjih etish, Islom dini foydasiga zid boʻlganidan, olami Islom nazarini boshqa tarafga aylantiradi va boshqasidan istimdod etadi...
Bir yoʻlda toʻqqiz ehtimoli halokat, bitta ehtimoli najot boʻlsa; hayotidan voz kechgan, majnun bir jasur lozimki, u yoʻlga suluk etsin. Hozir, yigirma toʻrt soatdan bir soatni olgan farz namoz kabi zaruriyoti diniyada yuzdan toʻ'son toʻqqiz ehtimoli najot bor. Yolgʻiz, gʻaflat va tanballik jihati bilan, bir ehtimol zarari dunyoviy boʻlishi mumkin. Holbuki faroizning tarkida toʻqson toʻqqiz ehtimoli zarar bor. Yolgʻiz gʻaflat va zalolatga istinod, bitta ehtimoli najot boʻlishi mumkin. Ajabo, dinga va dunyoga zarar boʻlgan ihmol va faroizning tarkiga nima bahona topilishi mumkin? Hamiyat qanday muso'ada etadi?
Xususan bu guruhi mujohidin va bu yuksak majlisning af'oli taqlid qilinadi. Qusurlarini millat yo taqlid yoki tanqid qiladi; ikkisi ham zarardir. Demak, ularda huququlloh huquqi ibodni ham tazammun etadi. Sirri tavotur va ijmo'ni tazammun etgan hadsiz ixborotni va daloilni tinglamagan va safsata-i nafs va vasvasa-i shaytondan kelgan bir vahmni qabul qilgan odamlar bilan haqiqiy va jiddiy ish qilinmaydi.
Shu inqilobi azimning poydevorlari sogʻlom boʻlishi kerak. Shu majlisi oliyning shaxsiyati ma'naviyasi, sohib boʻlgan quvvat jihati bilan ma'no-i saltanatni boʻyniga olgan. Agar shao'iri Islomiyani bizzot imtisol etish va ettirish bilan ma'no-i xilofatni ham vakolatan boʻyniga olmasa, hayot uchun toʻrt narsaga muhtoj faqat an'ana-i mustamirra bilan kunda loaqal besh marta dinga muhtoj boʻlgan shu fitrati buzilmagan va lahviyoti madaniya bilan ehtiyojoti ruhiyasini unutmagan bu millatning hojoti diniyasini Majlis tatmin etmasa, majburan ma'no-i xilofatni, tamoman qabul qilganingiz ismga va lafzga beradi. U ma'noni idoma etish uchun quvvatni ham beradi. Holbuki majlis qoʻlida boʻlmagan va majlis tariqi bilan boʻlmagan bunday bir quvvat, inshiqoqi a'soga sababiyat beradi. Inshiqoqi a'so esa
oyatiga ziddir. Zamon jamoat zamonidir. Jamoatning ruhi boʻlgan shaxsi ma'naviy chidamliroq va tanfizi ahkomi shar'iyaga ziyodaroq muqtadirdir. Xalifa-i shaxsiy faqat unga istinod bilan vazoifni boʻyniga olishi mumkin. Jamoatning ruhi boʻlgan shaxsi ma'naviy agar mustaqim boʻlsa, ziyoda porloq va komil boʻladi. Agar yomon boʻlsa, juda ham yomon boʻladi. Fardning yaxshiligi ham, yomonligi ham mahduddir. Jamoatniki esa gʻayri mahduddir. Xorijga qarshi qozongan yaxshiligingizni, dohildagi yomonlik bilan buzmanglar. Bilasizki, abadiy dushmanlaringiz va zidlaringiz va xasmlaringiz Islomning shao'irini taxrib etyaptilar. Shunday ekan, zaruriy vazifangiz, shao'irni ihyo va muhofaza etishdir. Boʻlmasa shuursiz boʻlib shuurli dushmanga yordamdir. Shao'irda tahovun, za'fi milliyatni koʻrsatadi. Za'f esa dushmanni tavqif etmaydi, tashji' etadi...
Haqoiqi iymoniyani isbot uchun irod etilgan burhon va dalillarni tadqiq etarkan, shu ulkan natijani bu zaif, nahif dalil intoj etolmaydi deya tanqidotda boʻlma. Zero za'fiyati bilan ittihom etganing u dalilning oʻngida va chapida boʻlgan taqviya quvvatlari va qit'alari juda koʻpdir. Ha, Islomiyatning sidqiga dalolat qilgan shohidlardan, shahidlardan, burhonlardan, dalillardan, alomatlardan har birisi, u mudofaa maydonida birodarini himoya qilish bilan salomatlik hujjatini imzolab sogʻlom boʻlganini tasdiq qiladi. U ham, uning ilm va xabariga ahli vuquf boʻladi. Chunki haqoiqi iymoniyada maqsad subutdir, inkor emas. Sobit boʻlgan bir narsani koʻrsatganlarning biri, ming kabidir. Zero subutda koʻrsatganlarning koʻrsatish tarzlari bir-biriga uygʻun va muvofiq boʻlganidan, har birisi narigilarni tazkiya va tasdiq etgan boʻladi. Inkor jihatidan, inkor qilganlarning shahodatlarida tavofuq yoʻqdir. Inkorlariga mutaxolif sabablar koʻrsatadilar. Shuning uchun, shahodatlari bir-birining sihatiga dalil boʻlolmaydi. Chunki tavofuq yoʻq.
Ba'zan bir narsaga shiddatli muhabbat, u narsaning inkoriga sabab boʻladi. Va shuningdek, shiddati xavf va gʻoyat azamat va aqlning ihotasizligi ham inkorga sabab boʻladi.
Hanzalaning urugʻida hanzala daraxti mundamij va dohil boʻlgani kabi, Jahannamning ham kufr va zalolat danagida mustatir boʻlganini shuhudiy bir yaqiyn bilan mushohada etdim. Va shuningdek, qandayki xurmoning urugʻi xurmo daraxtiga homiladir. Aynan shuning kabi, iymon habbasida ham Jannatning mavjud boʻlganini hadsi qat'iy bilan koʻrdim. Chunki u urugʻlarning daraxtlarga tahavvul va inqiloblari gʻarib boʻlmagani kabi, kufr va zalolat ma'nosi ham ta'zib etuvchi bir Jahannamni, iymon va hidoyat ham bir Jannatni intoj etishida istib'od yoʻq.
Danak boʻladigan bir habbaning qalbi, ya'ni ichi teshilgan zamon, albatta unib chiqib nashvu namo topolmaydi; oʻlib ketadi. Shuning kabi, ana bilan ta'bir etilgan anoniyatning qalbi, Alloh Alloh zikrining shua va harorati bilan yonib teshilsa, oʻsib gʻaflat bilan fir'avnlasholmaydi. Va Xoliqi Samovot va Arzga isyon etolmaydi. U zikri Ilohiy soyasida ana mahv boʻladi.
Xullas, Naqshbandiylar zikr xususida oʻzlashtirgan zikri xofiylari soyasida qalbning fathi bilan, ana va anoniyat mikrobini oʻldirishga va shaytonning amrbari boʻlgan nafsi ammoraning boshini yorishga muvaffaq boʻlishgan. Shuning kabi, Qodiriylar ham zikri jahriy soyasida tabiat togʻutlarini toru mor etishgan.
Olamda hamma narsaning yuzida hikmat asarlari koʻringani kabi, eng uzoq, eng keng, eng inja kasratning tabaqalari ustida ham hikmat, ihtimom asarlari koʻrilyapti. Ha, kasrat va takassurning muntahosi va natijasi boʻlgan insonning sahifa-i vajhida, jabhasida, jildida, qoʻllarining ichlarida qalami qadar bilan juda koʻp chiziqlar, xatlar, naqshlar, nishonlar yozilgan. Ma'lumdirki, insonning shu sahifalarida yozilgan u kalimalar, harflar, nuqtalar, harakalar, ruhi insoniyda boʻlgan ma'nolarga, ma'naviyatlarga dalolat qilganlari kabi, fitratida qadar tarafidan yozilgan maktublarga ham ishoratlari bor. Birodar, insonning oʻtgan sahifalariga qadar yozgan hoshiya tasodif va ittifoqning duxuliga bir tuynuk qoldirmagan.
Shu dunyo hayotiga muhabbat bilan mubtalo boʻlgan ba'zi insonlar, u hayotning vujudga kelishidan maqsad va gʻoya, yolgʻiz u hayotga xizmat va u hayotning baqosi boʻlib, boshqa bir foydasi boʻlmaganini, ya'ni Fotiri Hakim zavil hayotda va javhari insoniyatda omonat oʻlaroq qoldirgan butun jihozoti ajiba va tajhizoti horiqoning, sari-uz zavol boʻlgan shu hayotning hifzi bilan baqosi uchun berilganini oʻylaydilar. Holbuki qoziya unday boʻlgan taqdirda, koinotdagi gʻayri mutanohiy nizomlarning shahodatlari bilan, sathi olamda koʻringan hikmat, inoyat, intizom, adami abasiyatga boʻlgan dalil va burhonlarning, ma'kusa oʻlaroq abasiyatga, isrofga, intizomsizlikka, adami hikmatga dalil va burhon boʻlishlari lozim boʻladi.
Birodar! Shu dunyoviy hayotning foydalari juda koʻpdir. U foydalardan, hayot sohibiga -tasarruf va xizmati nisbatida- bir hissa ayrilgandan soʻng boshqa qolgan gʻoyalar, samaralar Fotiri Hakimga roji'dir. Ha, inson va insonning hayoti asmo-i Ilohiyaning tajalliyotiga bir ekinzordir. Va Jannatda rahmati Ilohiyaning anvo'ining jilvalariga mazhardir. Va hayoti uxroviyaning horiqo va gʻayri mutanohiy samaralari uchun bir koʻchatzor yoki bir urugʻdir.
Demak, inson bir safina kapitani kabidir. Safinaning gʻayri mahdud foydalaridan, kapitanning aloqa va xizmati nisbatida oʻziga beriladi. Boshqa qolgan qismi sultonga roji'dir. Inson ham, safina-i vujudi bilan aloqasi darajasida u vujudning hayotdor samarotidan hissasini oladi. Mutaboqiysi, Sultoni Azaliyga oiddir...
Dunyoning lazzatlari, zavqlari va ziynatlari, Xoliqimizni, Molikimizni va Mavlomizni bilmagan taqdirimizda, jannat boʻlsa ham, jahannamdir. Ha, shunday koʻrdim, ham shunday zavq qildim. Xususan, shafqatning otashini soʻndiradigan, ma'rifatullohdan boshqa bir narsa bormidir? Ha, ma'rifatulloh boʻlgandan soʻng, dunyo lazzatlariga ishtaha boʻlmagani kabi, Jannatga ham ishtiyoq orqada qoladi.
Dunyoda jarayon etgan va vujudga kelgan har bir narsaning ikki vajhi bor. Biri oxiratga qaraydiki, nafs-ul amrda eng sobit, eng ogʻir bu vajhdir. Ikkinchisi dunyoga, nafsiga va zararli istaklarga qaraydi. Bu vajh, qiymatsizlik, hiffat va zavoldan shunday bir mavqedadirki, qalbning taassuriga, taallumiga, iztirobiga, tushunchalariga bois boʻladigan bir qiymatda emas.
Insonlarning shunday ablahlari borki, shaffof bir zarrada shamsning timsolini yoki bir gulning rangida shamsning tajalliysini koʻrsa; shamsning u timsol va tajalliysidan haqiqiy shamsning butun lavozimotini, hatto olamga markaz boʻlishini va sayyorotga boʻlgan jazbini talab qilib istaydilar. Shu bilan barobar, u zarrada yoki u gulda koʻrgan timsol va tajalliyning bir kamchilik sababli yoʻqolganlari zamon, basar va basiratining koʻrligi sababli haqiqiy shamsning inkoriga zahob etadilar.
Va shuningdek, u ablahlar tajalliy bilan hosil boʻlgan vujudi zilliyni vujudi haqiqiy va asliydan farq qilolmaydilar, bir-biri bilan iltibos etadilar. Shuning uchun, bir narsada shamsning timsolini, soyasini koʻrganlari zamon, shamsning haroratini, ziyosini va boshqa xususiyotini ham istashni boshlaydilar.
Va shuningdek, u ablahlar chivin, hashorot va boshqa kichik va xasis narsalarga qararkan, ularda juda yuksak bir asari san'at va hikmat koʻrish bilan, deydilar: "Sone' bularga haddan ortiq ahamiyat bergan. Bir chivinning qanday qiymati boʻlishi mumkinki, bu qadar masraflarga, qiyinchiliklarga mahal boʻlsin?"
Birodar! Bu kabi ablahlarni iqno' va qiyinlashtirishlarini daf qilish uchun, toʻrt narsaning bilinishi lozimdir.
Birinchisi: Janobi Haqning rububiyatining kamoli bilan aloqador boʻlgan hamma narsa Uni tavsif etadi. Faqat u narsaning, rububiyatiga mazhar boʻlish munosabati bilan, kamolining ham mahalli tajalliysi boʻladi. Faqat, u kamol bilan muttasif boʻlolmaydi.
Ikkinchisi: Hamma narsadan Janobi Haqning nuriga bir eshik ochiladi. Bu eshiklardan bittasining yopilishi, gʻayri mutanohiy boshqa eshiklarning ham yopilishini istilzom etmaydi. Faqat, hammasi bir kalit bilan ochilishi mumkin.
Uchinchisi: Ilmi muhitdan in'ikos etgan qadar, hamma narsada asmo-i nuriyadan bir hissa tarsim etgan.
Toʻrtinchisi:
Bu oyatlarning sarohatiga koʻra, hamma narsaning vujudi "Kun" amri bilan bogʻliq boʻlgani kabi; butun ashyoning ijod va keyinchalik ihyolari, bir nafsi vohidaning ijod va ihyosi kabidir. Demak, ijod Janobi Haqqa isnod etilsa, bu qadar yengil va oson boʻladi. Ammo sabablarga yoki ashyoning oʻzlariga isnod etilgan zamon, butun uqaloning va ablahlarning hukmlaridan nash'at etgan maholotni qabul qilishlari lozim boʻladi...
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon haqiqatlarni zarbulmasallar bilan bayon qiladi. Chunki doira-i uluhiyatga oid haqoiqi mujarrada doira-i mumkinotda faqat misollar bilan tamassul va tavazzuh etadi. Mumkin va miskin boʻlgan inson ham, doira-i imkonda misollarga qarab, ustun boʻlgan doira-i vujubning shuunotini, ahvolini oʻylaydi.
Hamma narsaning ichiga malakut, tashiga ham mulk deyiladi. Bu e'tibor bilan, inson bilan qalb bir-biriga ham zarf, ham mazruf boʻladi. Chunki inson mulk jihati bilan qalbga zarf boʻladi. Malakut jihati bilan ham mazruf boʻladi.
Bu qoida arsh bilan kavn haqida ham tatbiq etiladi. Shundayki: Arsh; Zohir, Botin, Avval, Oxir ismlarining qorishma va aralashmasidir. Bu qorishmada dohil boʻlgan Ismi Zohir e'tibori bilan arsh, mulk; kavn, malakut boʻladi. Ismi Botin e'tibori bilan arsh, malakut; kavn, mulk boʻladi. Demak, arshga ismi Zohir nazari bilan qaralsa; oʻzi zarf, kavn ham mazruf boʻladi. Ismi Botin koʻzi bilan qaralsa; oʻzi mazruf, kavn zarf boʻladi. Va shuningdek, ismi Avval e'tibori bilan
oyati ishorat qilgan kavnning bidoyatini ichiga oladi. Va ismi Oxir e'tibori bilan
hadisi sharifi imo etgan kavnning nihoyatini ichiga oladi.
Demak, Arsh shunday bir qorishmaki, shu toʻrt ismdan olgan hissalar bilan kavn va vujudning oʻngini, chapini, ustini va ostini ihota etgan boʻladi.
Ajz, nidoning ma'danidir. Ehtiyoj, duoning manbaidir.
Fayo Robbi, Ya Xoliqi, Ya Maliki! Seni chaqirishda hujjatim hojatimdir. Senga qilgan duolarimda u'ddatim faqotimdir. Vasilam fiqdani hiyla va faqrimdir. Xazinam ajzimdir. Ra's-ul molim, umidlarimdir. Shafi'im, Habibing (Alayhissalotu Vassalam) va rahmatingdir. Avf ayla, magʻfirat ayla va marhamat ayla yo Alloh yo Rahmon yo Rahim! Omin!
ZAYL-UL HUBOB
Shunday bir Allohga hamd, madhu sanolar qilamizki, shu olami kabir uning ijodidir. Va inson deyilgan shu kichik olam ham uning ibdo'idir. Biri inshosi, boshqasi binosidir. Biri san'ati, boshqasi sibgʻasidir. Biri naqshi, boshqasi ziynatidir. Biri rahmati, boshqasi ne'matidir. Biri qudrati, boshqasi hikmatidir. Biri azamati, boshqasi rububiyatidir. Biri maxluqi, boshqasi masnu'idir. Biri mulki, boshqasi mamlukidir. Biri masjidi, boshqasi abdidir. Ha, butun bu narsalar, ajzosi bilan barobar Allohning mulki va moli boʻlgani, i'jozvoriy sikka va muhrlari bilan sobitdir...
Har kim oʻzini Allohga mol etsa, butun ashyo uning lahida boʻladi. Va kim Allohga mol boʻlmasa, butun ashyo uning alayhida boʻladi. Allohga mol boʻlish esa, butun ashyoni tark va hamma narsaning undan ekanini va unga ruju' etishini bilish bilan boʻladi.
Janobi Haq senga in'om etgan vujud bilan vujudga lozim boʻlgan narsalar, tamlik surati bilan emas. Ya'ni, sening mulking va moling boʻlib istaganing kabi tasarruf qilish uchun berilmagan. Faqat bu kabi ne'matlarda, Allohning rizosiga muvofiq tasarruf etilishi mumkin.
Ha, bir musofir uy sohibining izniga va rizosiga muvofiq boʻlmaydigan darajada, ovqatlarda va boshqa narsalarda isrof qilolmaydi.
Koʻzlari kusuf tutgan ba'zi odamlar, koʻz oʻngida sodir boʻlgan gʻayri mahdud xususiy hashru nashrlarni koʻr koʻzlari bilan koʻrganlari holda, qiyomati kubroni va hashri umumiyani qanday istigʻrob etadilar? Ajabo, chechak ochib, samara bergan daraxtlarda har yil ijod etilgan mevalarning hashru nashrlarini koʻrgandan soʻng hashri umumiyni istib'od etgani uyalmaydimi? Agar ular shuhudiy bir yaqiyn bilan hashri umumiyni koʻrishni istasalar, -aqllarini ham barobar olish sharti bilan- yoz mavsumida kura-i arz boʻstoniga kirishsin. Ajabo, daraxt shoxlaridan tebrangan u totli, asalli, nazif, latif qudrat moʻ'jizalari u maxluqoti latifa, avvalgisining, ya'ni oʻlib ketgan samarotning ayni yoki misli emasmi?
Agar insonlarda boʻlgani kabi, u mevalarda ham vahdati ruhiya boʻlsa edi, oʻtgan va kelgan yangi mevalar bir-birining ayni boʻlmasmidi? Faqat ruhlari boʻlmagani uchun oralarida ayniyatga yaqin shunday bir misliyat borki, na aynidir va na gʻayr holatni koʻrsatadi. Ajabo, samarotdagi bu vaziyatni koʻrgan hashrni istib'od etishi mumkinmi?
Va shuningdek, ma'naviy lift bilan lozim boʻlgan arzoq va gʻidolarini daraxtning yuksak shoxlariga chiqarish bilan, tabassumlari bilan arzi diydor etgan tut va zardoli kabi mevalarni quruq va jomid bir daraxtdan ixroj va ijod qilish bilan u quruq daraxtni ajib bir vaziyatga va hayotdor antiqa bir shaklga qoʻygan qudrati azaliyaga hashri umumiy ogʻir keladimi? Xosho! Bu latif, nozik masnu'otni u quruq daraxtlardan ixroj etgan qudratga hech bir narsa ogʻir kelmaydi. Bu badihiy bir masaladir. Faqat koʻzlari koʻr boʻlganlar koʻrolmaydilar.
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning har bir surasi butun Qur'onning mundarijotini ijmolan ixtivo etgani kabi, boshqa suralarda zikr qilingan maqosid va muhim qissalarni ham tazammun etgan. Bundagi hikmat, Qur'onni tamoman oʻqishga vaqt muso'id boʻlmagan yoki faqat bir qismini yoki bir surasini oʻqiy olgan insonlar, Qur'onning hammasini oʻqishdan hosil boʻlgan savobdan mahrum qolmasligidir.
Ha, mukallafiyn orasida boʻlgan ummiylar faqat bir surani oʻqiy oladilar. I'jozi Qur'on ularni ham toʻliq savob qozonishdan mahrum etmaslik uchun, bu nukta-i i'joziyani ta'qib qilib, bir surani toʻliq Qur'on hukmiga keltirgan.
Moddiyotdan boʻlmagan, xususan mohiyatlari mutabayin boʻlgan bir koʻplikda tasarruf etgan bir zotning, u koʻplikning har birisi bilan bizzot mubosharat va muolajasi lozim emas.
Ha, askar nafaroti orasida bir qoʻmondonning tasarrufoti, tanzimoti, faqat amr va irodasi bilan hosil boʻladi. Agar u qoʻmondonlik vazifalari va ishlari nafarotga havola qilinsa, har bir nafarning bizzot mubosharat va xizmati bilan yoki har bir nafarning bir qoʻmondonga aylanishi bilan vujud topadi.
Shunga binoan, Janobi Haqning maxluqotidagi tasarrufi, yolgʻiz bir amr va iroda bilan boʻladi. Bizzot mubosharati yoʻq. Shamsning koinotni tanvir etgani kabi.
{(*) Ahamiyatli.}
Inson, yashash vaziyati jihatidan, bir togʻdan uzilib sel ichiga tushgan yoki yuksak bir imoratdan yiqilib dumalagan bir shaxs kabidir.
Ha, hayot imorati yiqiladi. Umr tayyorasi chaqmoq kabi oʻtadi. Zamon ham sel charxpalaklarini tezlik bilan ishlattiradi. Arz safinasi ham, tezlik bilan ketarkan تَمُرُّ مَرَّ السَّحَابِ oyatini oʻqiydi. Safina-i arz tezlik bilan yurarkan, dunyoning gʻayri mashru' lazzatlariga uzatilgan qoʻllarga zaharli tikanlarning botishi mulohaza qilinsin. Shunga binoan, u zaharli dunyo oʻqlariga qarab qoʻl uzatma. Firoqning alami talaqiy lazzatidan ogʻirdir.
Ey nafsi ammoram! Senga tobe emasman. Sen istagan narsangga ibodat qil va istagan narsangning orqasidan ket; men faqat va faqat meni yaratib, shams va qamar va arzni menga musahhar etgan Fotiri Hakimi Zuljalolga abd boʻlaman.
Va shuningdek, qadar muhitida uchgan tayyora-i umrga yoki hayot togʻlari orasida ochilgan uxdud va tunellardan chaqmoq kabi oʻtgan zamonning poyezdiga mindirib, abad-ul abad mamlakatining bandargohi hukmida boʻlgan qabr tunelining eshigiga yoʻllagan Xoliqi Rahmon-ur Rahimdan madad istayman.
Va shuningdek, hech bir narsani duolarimga, istigʻosalarimga va niyozlarimga gʻoya ittihoz etmayman. Faqat kura-i arzni harakatga keltirgan falak charxlarini toʻxtatishga va shams va qamarning birlashtirilishi bilan zamonning harakatini taskin ettirishga va vujudning choʻqqilaridan yumalab kelgan shu dunyoni sokin qilishga qodir boʻlgan qudrati nihoyatsiz Robbi Zuljalolga duolarimni, niyozlarimni bayon va taqdim qilaman. Chunki hamma narsa bilan aloqador amol va maqosidim bordir.
Va shuningdek, qalbimga voqe' boʻlgan eng inja, eng yashirin xotiralarni eshitgani va qalbimning muyul va umidlarimni tatmin etgani kabi; aql va xayolim ham tamanniy etgan saodati abadiyani berishga qodir boʻlgan Zoti Aqdasdan ma'ada hech kimga ibodat qilmayman. Ha, dunyoni oxiratga aylantirish bilan qiyomatni yuzaga keltirgan qudrat muqtadirdir, ojiz emas. Bir zarra u qudratning nazarida yashirina olmaydi. Shams, kattaligiga ishonib u qudratning qoʻlidan qutulolmaydi. Ha, uning ma'rifati bilan alamlar lazzatlarga inqilob etadi.
Ha, Uning ma'rifati boʻlmasa, ulum avhomga tahavvul etadi. Hikmatlar illat va balolarga tabaddul etadi. Vujud adamga inqilob etadi. Hayot oʻlimga va nurlar zulmatlarga va lazoiz gunohlarga tahavvul etadi. Ha, Uning ma'rifati boʻlmasa, insonning ahbobi va mol va mulki insonga a'da va dushman boʻladilar. Baqo balo boʻladi, kamol habo boʻladi, umr havo boʻladi. Hayot azob boʻladi, aql i'qob boʻladi. Amol alomga inqilob etadi.
Ha, Allohga abd va xizmatkor boʻlganga hamma narsa xizmatkor boʻladi. Bu ham, hamma narsa Allohning mulk va moli ekaniga iymon va iz'on bilan boʻladi.
Ha, qudrat insonni koʻp doiralar bilan aloqador bir vaziyatda yaratgan. Eng kichik va eng haqir bir doirada insonning qoʻli yetisha oladigan qadar insonga bir ixtiyor, bir iqtidor bergan. Farshdan arshga, azaldan abadga qadar eng keng doiralarda insonning vazifasi, yolgʻiz duodir.
Ha,
oyati karimasi bu haqiqatni tanvir va isbotga kifoyadir. Shunday ekan, bolaning qoʻli yetisha olmagan bir narsani padar va volidasidan istagani kabi; abd ham, ajz va faqri bilan Robbiga iltijo qiladi va Xoliqidan istaydi.
Ashyoda koʻringan nav'iy va fardiy vahdatlar Sone'dagi sirri vahdatdan nash'at etgan. Chunki quvvat tarqalmaydi. Bir qismiga koʻp, bir qismiga oz sarf qilinish bilan qudratda quvvatning tajazzi va inqisomi boʻlmaydi. Ha, vahdat boʻlmasa edi, qudrat qilgan sarfiyotda tafovut boʻlsa edi, masnu'otda ham tafovut va intizomsizlik boʻlardi. Demak, qudratning vahdat bilan barobar masnu'otga qilgan tasarrufi, shamsning tanviri kabi, bir shamsi vohid, juz va kullni bila-tafovut hamma narsani ziyolantirgani kabi, tajalliysi bilan ham hamma narsaning yonida mavjuddir. Shunga binoan, mumkinot doirasi afrodidan tavzif etilgan miskin, jomid, mayyit va ismi Nurga mazhar Shamsda sirri vahdat soyasida bu qadar intizomli tasarruf boʻlsa; Shamsi Azaliy, Sultoni Abadiy, Qayyumi Sarmadiy, Vojib-ul Vujud, Vohidi Ahadning masnu'otga tasarrufi qanday boʻladi?
Sone'ning vahdatiga eng sodiq shohidlardan birinchisi: Juz'iy va kulliy ashyolarda koʻringan vahdatlardir. Chunki har qaysi bir narsa zarradan olamga qadar vahdat bilan muttasif va aloqadordir. Shunday ekan, Sone'da ham vahdat bor. Shunday ekan, Sone' ahaddir.
Ikkinchisi: Hamma narsada qobiliyatining layoqatiga koʻra bir kamoli ittiqon bor. Eng oddiy, kichik nabotiy va hayvoniy bir narsada koʻr koʻzlar ham koʻrgan shunday bir antiqa asari san'atlar bordirki, insonlarni hayratda qoldiradi.
Uchunchisi: Hamma narsaning ijod va inshosidagi suhulatdir. Koʻz bilan koʻringan san'atdagi suhulat isbotga, dalilga muhtoj emas.
Kura-i arz doʻkonidan ma'kulot va mashrubot va libos va boshqa ehtiyojlaringizni ta'min qilyapsiz. Bepul olgan bu mollaringizni Ilohiy xazinadan olmasdan bir-bir sabablarga qildiradigan boʻlsangiz, ajabo bir anor donasini naqadar zamonlarda qoʻlga kirgizib, naqadar qimmat olasiz? Chunki u anor butun ashyo bilan aloqadordir. Oz bir zamonda, oz bir qiymat bilan vujudga kelishi imkon xorijidir. Va ayni zamonda undagi ziynat, intizom, san'at, royiha, tot va hid kabi latif narsalardan tushuniladiki, u anor donasi shunday bir Sone'ning masnu'idirki, ijodida qiyinchilik va mubosharat yoʻq.
Masalan, shunday boʻlgani holda, hashorotlarning zavq va tuygʻularini tatmin uchun har bir nuqtasida minglab i'joz nuktalari boʻlgan u kura-i arz doʻkonidagi ashyoning Sone'i yo shuursiz, hissiz, irodasiz, ilmsiz, ixtiyorsiz, kamolsizki, bu qadar moʻl-koʻl ziqiymat antiqa ashyoni bepul tarqatadi. Bu botil ehtimol isbotga muhtoj boʻlmagan badihiy bir haqiqatdir. Yoki u xazina sohibi u xazinani oxiratga ketish uchun kelib muvaqqatan qolgan insonlarga Ilohiy va Rahmoniy bir dasturxon qilib yaratgan. U xazina-i gʻaybda ashyoning ijodi "Kun" amri bilan bogʻliqdir.
Va butun ashyoning malakutiyatlari markaz kabi Hakim, Qodir, Murid, Alim bir Vojib-ul Vujudning yadi qudratidadir.
Shu bilan barobar, u Ilohiy dasturxondagi ashyo yolgʻiz inson va hayvonlarning lazzat va zavqlarining tatmini uchun emas. Har bir fardi mustahlikda zavil hayotga oid juz'iy foydalardan boshqa asmo-i Ilohiyaning tajalliyotiga va faoliyatdagi asror va shuunotiga oid gʻayri mutanohiy hikmatlar, gʻoyalar bor. Shunday ekan, bu ziyofati omma va bu fayzi a'mmning bir koʻr quvvatdan nash'at etishi va bu ashyoning samaroti sel kabi oqib ittifoqi va tasodifning qoʻliga havolasi maholdir. Chunki u ashyoning intizomli hakimona tashaxxusoti va shuurkorona muhkam xususiyoti koʻr tasodif va ittifoqni rad qiladi. Shuning kabi: U dasturxoni rahmatdagi arzonlik va osonlik va koʻplik u ashyoning bir Javvodi Mutlaqdan, bir Hakimi Mutlaqdan, bir Qodiri Mutlaqdan kelganini koʻrsatgan shohidlardir.
Bilki, sababning yaratilishi va sababiyatining taqdiri va musabbabning vujudiga lozim boʻlgan narsalar bilan tajhizi, qudratiga nisbat bilan zarralar va shamslar musoviy boʻlgan Zotning "Kun" amri bilan musabbabni yaratishidan ancha oson, ancha akmal, ancha a'lo emas.
Dunyoda koʻrilgan, xususan nabotiy va hayvoniy hayotlarda mushohada etilgan adamlar, i'domlar tabaddul va tajaddudi amsoldan iboratdir. Iymonli boʻlgan kishilarga koʻra zavol va firoqning azobi emas, oʻrinlariga kelgan oʻxshashlari bilan visolning lazzati hosil boʻladi.
Shunday ekan, iymonga kelginki, alamdan amin boʻlaٍٰؤ. Qadarga taslim boʻlki, salomatda qolasan.
A'sobiyati johiliya, bir-biriga tasonud etib yordam bergan gʻaflat, zalolat, riyo va zulmatdan hosil boʻlgan bir ma'jundir. Shuning uchun milliyatchilar, milliyatni ma'bud ittihoz etadilar. Hamiyati Islomiya esa, nuri iymondan in'ikos etib mavj urgan bir ziyodir.
Ahli ilhod bilan va xususan Ovrupa muqallidlari bilan munozara bilan ishtigʻol etganlar katta bir tahlikaga ma'ruzdirlar. Chunki nafslari tazkiyasiz va amniyatsiz boʻlishi ehtimoli bilan tadrijan xasmlariga magʻlub boʻladiki, betarafona muhokama deyilgan munsifona munozarada nafsi ammoraga amniyat etib boʻlmaydi. Chunki insofli bir munozir, xayoliy bir munozara sohasida, ora-sira xasmining libosini kiyadi, unga bir da'vo vakili boʻlib uning lahida mudofaa qiladi. Bu vaziyatning takrori bilan, aqlida bir tanqid dogʻining hosil boʻlishidan, zarar beradi. Lekin niyati xolis boʻlsa va quvvatiga ishonsa, zarari yoʻqdir. Bunday vaziyatga tushgan bir odamning chora-i najoti, tazarru va istigʻfordir. Bu surat bilan u dogʻni izola etishi mumkin.
Bu kura-i arz mehmonxonasi insonlarning mulk va moli emasdir. Faqat insonlar, ishchi kabi u mehmonxonaning turli-tuman ishlarida va tazyinotida ishlaydilar. Agar kura-i arzning xorijidan begona birisi kelib mehmonxonaning bir moʻ'jiza va horiqo boʻlganiga va insonlarning ham ojiz, faqir, muhtoj boʻlganlariga diqqat qilsa, bu insonlar bu binoga sohib va sone' boʻladigan bir iqtidorda emas, faqat bunday horiqo bir masnu'ning sone'i ham moʻ'jiznamo boʻlganiga qat'iyat bilan hukm qiladi. Va bu insonlar, u Sultoni Azaliyning maqosidi uchun ishlagan ishchilardir. Bu ishchilar, olgan ujratlaridan ma'ada bu binodan bir narsaga molik va sohib boʻlmaganlariga takroran hukm qiladi. Va shuningdek, u chechaklar zavil hayotga qarshi koʻrsatgan tavaddudlariga va tahabbublariga va tabassumlariga diqqat qilgan anglaydiki: Bir Hakimi Karim tarafidan mehmonlariga xizmat bilan muvazzaf bir qator hadoya va bahoyadirki, Sone' bilan masnu' orasida bir vasila-i tao'ruf va tahabbub boʻlsin.
Ayyuhan-nafs! Sen har bir asarda muassirning azamatini koʻrishni istaysan; faqat, xorijiy boʻlgan ma'nolarni zehniy ma'nolarda qidiryapsan. Asmo-i husnaning har birida butun asmoning shuootini koʻrishni istaysan. Har bir latifaning zavqi bilan butun latoifning zavqlarini zavq etishni istaysan. Har bir hissa tobe boʻlgan ishlarni va hojatlarni ifo etarkan, butun hislaringning ishlarini barobar qilishni istaysan. Shu sababli avhomga ma'ruz qolasan.
Bir ne'matning umumiy va hammaga shomil boʻlishi, qiymatining ozligiga va ahamiyatsizligiga dalolat qilmaydi. Va u ne'matning bir qasd va irodadan kelmasligiga alomat boʻlolmaydi. Masalan: Koʻz ne'matining butun hayvonlarda boʻlishi, sening koʻzga boʻlgan shiddati ehtiyojingni taxfif etmagani kabi, koʻzning qiymatini tanqis etishga ham sabab boʻlolmaydi. Va shuningdek, xususiy va birgina ne'matning tasodifi mumkin boʻlsa ham, umumiy bir ne'mat har holda bir mun'imning asari qasd va irodasidir.
Har bir zihayotning hayotida gʻayri mutanohiy gʻoyalar bor. Bu gʻoyalardan zihayotga oid faqat mingdan birdir. Boshqa gʻoyalari gʻayri mutanohiy molikiyati nisbatida hayotni ijod qilgan zotga oiddir. Shunday ekan, katta bir maxluqning kichik bir maxluqqa takabbur etishga haqqi yoʻq. Va haqiqatga nazaran abasiyat ham yoʻq. Chunki bir hayotning butun foydalari, bir zihayotga oid emaski, abas boʻlsin. Ha, sathi arzda har yil qilingan ziyofati omma-i Ilohiya navi basharga xalifa boʻlish munosabati bilan bir ikromdir. Boʻlmasa hammasi uning istifodasi uchun emas.
Insoning zehniga ba'zan shunday bir vasvasa keladi, deydi: "Sen ham oddiy va hashorot kabi bir hayvonsan. Hayvonlardan ortiq nima qiymating bor? Hamda samovot va arzni yadi qudratiga olgan Xoliqi Zuljalolga qarshi nima maziyating va qanday bir xizmating borki, sen bilan mashgʻul boʻlsin? Bu vasvasaga qarshi shunday bir haqiqatni oʻylash lozim:
1- Inson gʻayri mutanohiy ajz va faqri bilan barobar Janobi Haqqa iymoni bilan, qudrat va gʻino va izzatiga mazhar boʻlgan. Xullas, bu mazhariyat sababli inson, hayvoniyatdan taraqqiy etib xalifa-i zamin boʻlgandir.
2- Janobi Haq ihota-i qudrat va azamati bilan insonning duosini eshitadi, hojotini koʻradi. Va samovot va arzning tadbiri u insonni ham oʻylashga mone emas.
Savol: Janobi Haqning juz'iyot va xasis ishlar bilan ishtigʻoli azamatiga ziddir?
Aljavob: U ishtigʻol azamatiga zid emas. Aksincha, adami ishtigʻoli azamati rububiyatiga bir noqisadir. Masalan: Shamsning ziyosidan ba'zi narsalarning mahrum va xorij qolishi, shamsga bir noqisa boʻladi. Shu bilan barobar, butun shaffof narsalarda koʻringan shamsning timsollarining har biri, "Shams menikidir. Shams yonimdadir. Shams mendadir." deya oladi. Va zarralar bilan shams orasida muzohama yoʻq. Butun maxluqot -xususan insonlarda fardiy boʻlsin, nav'iy boʻlsin, sharif boʻlsin, xasis boʻlsin- ilm, iroda, qudrat e'tibori bilan Janobi Haqning tajalliysiga mazhardir. Har bir narsa, har bir inson, "Alloh yonimdadir" deya oladi. Xususan insonning za'fi, faqri, ajzi nisbatida Janobi Haqning qurbiyati va har bir narsaning Janobi Haq bilan munosabati boʻlish bilan barobar, u ham munosabatdordir. Va gʻayri mutanohiy ajz va faqri boʻlgan inson, gʻayri mutanohiy qudrat va gʻino va azamati boʻlgan Janobi Haq bilan munosabati naqadar latifdir.
Taqdis etamiz u zotniki, eng buyuk lutfni eng buyuk azamatga, eng yuksak shafqatni eng yuksak jabarutga idhol etgani kabi, nihoyatsiz qurbni nihoyatsiz bu'd bilan jam qilib, zarralar bilan shamslar orasida uxuvvatni ta'sis etgandir. Bir-biriga zid boʻlgan bu narsalarni jam qilish bilan daraja-i azamatini bir daraja koʻrsatgan.
Iymonga oid ma'lumotlardan soʻng eng lozim va eng muhim a'moli solihadir. Solih amal esa, moddiy va ma'naviy huquqi ibodga tajovuz etmaslik bilan, huququllohni ham bihaqqin ifo etishdan iboratdir. Ajnabiylardan olingan moddiy ma'lumotlar, san'at va taraqqiyotga oid boʻlsa, lozimdir. Safohatga doir boʻlsa, muzirdir.
HABBA
Shu koʻrganing katta olamga katta bir kitob nazari bilan qaralsa, Nuri Muhammadiy (S.A.V.) u kitob kotibining qalamining siyohidir. Agar u olami kabir bir shajara deb taxayyul etilsa, Nuri Muhammadiy ham urugʻi, ham samarasi boʻladi. Agar dunyo mujassam bir zihayot deb faraz qilinsa, u nur uning ruhi boʻladi. Agar katta bir inson deb tasavvur qilinsa, u nur uning aqli boʻladi. Agar juda goʻzal koʻz qamashtiradigan bir jannat boʻstoni deb taxayyul etilsa, Nuri Muhammadiy uning andalibi boʻladi. Agar juda katta bir saroy deb faraz qilinsa, Nuri Muhammadiy u Sultoni Azaliyning maqarri saltanat va hashmati va tajalliyoti jamoliyasi bilan osori san'atini ichiga olgan u yuksak saroyga nazir va munadiy va tashrifotchi boʻladi. Butun insonlarni da'vat qiladi. U saroyda boʻlgan butun antiqa san'atlarni, horiqolarni va moʻ'jizalarni ta'rif qiladi. Xalqni u saroy sohibiga, sone'iga iymon keltirish maqsadida jozibador, hayrat-afzo da'vat qiladi.
Xilqat shajarasining samarasi insondir. Ma'lumdirki, samara butun ajzoning eng akmali va ildizdan eng uzogʻi boʻlgani uchun, butun ajzoning xususiyatlarini, maziyatlarini ichiga olgan. Va shuningdek, xilqati olamning illa-i gʻoya hukmida boʻlgan urugʻi yana insondir.
Soʻngra, u shajaraning samarasi boʻlgan insondan bir donasini shajara-i Islomiyatga urugʻ ittihoz etgan. Demak, u urugʻ olami Islomiyatning ham baniysidir, ham asosidir, ham quyoshidir. Faqat u urugʻning urugʻi qalbdir. Qalbning ehtiyojot soiqasi bilan olamning anvo'i bilan, ajzosi bilan juda koʻp aloqalari bor. Asmo-i husnaning butun nurlariga ehtiyojlari bor. Dunyoni toʻldiradigan darajada qalbning ham umidlari, hamda dushmanlari bordir. Faqat, Gʻaniyyi Mutlaq va Hofizi Haqiqiy bilan itminon etishi mumkin.
Va shuningdek, u qalbning shunday bir qobiliyati bordirki, bir xarita yoki bir mundarija kabi, butun olamni tamsil etadi. Va Vohidi Ahaddan boshqa markazida bir narsani qabul qilmaydi. Abadiy, sarmadiy bir baqodan ma'ada bir narsaga rozi boʻlmaydi.
Insonning urugʻi boʻlgan qalb, ubudiyat va ixlos ostida Islomiyat bilan isqo etilish bilan iymon bilan intibohga kelsa, nuroniy, misoliy olami amrdan kelgan amr bilan shunday bir shajara-i nuroniy boʻlib koʻkaradiki; uning jismoniy olamiga ruh boʻladi. Agar oʻsha qalb urugʻi bunday bir tarbiya koʻrmasa, quruq bir urugʻ holida qolib, nurga inqilob etguncha otash bilan yonishi lozim.
Va shuningdek, u habba-i qalb uchun juda koʻp xizmatchi borki, u xodimlar qalbning hayoti bilan hayot topib inbisot etsalar, ulkan koinot ular uchun tanazzuh va sayrongoh boʻladi. Hatto qalbning xodimlaridan boʻlgan xayol -masalan- eng zaif, eng qiymatsiz ekan, hibsda va zindonda boʻlgan sohibini butun dunyoda kezdiradi, sevintiradi. Va sharqda namoz oʻqiganning boshini Hajar-ul Asvadning ostiga qoʻydiradi. Va shahodatlarini Hajar-ul Asvadga muhofaza uchun tavdi' ettiradi.
Modomiki bani Odam koinotning samarasidir. Qandayki, bir xirmonda boshoqlar yanchiladi; tasfiya natijasida samaralar istibqo va iddixor etiladi. Shunga binoan, hashr maydoni ham bir xirmondir. Koinotning boshoq va samarasi boʻlgan bani Odamni intizor etyapti.
Shu koʻringan umumiy olamda har insonning xususiy bir olami bor. Bu xususiy olamlar umumiy olamning aynidir. Yolgʻiz umumiy olamning markazi shamsdir. Xususiy olamlarning markazi esa shaxsdir. Har xususiy olamning kalitlari u olamning sohibida boʻlib, latoifi bilan bogʻliqdir. U shaxsiy olamlarning safvati, husni va qubhi, ziyosi va zulmati, markazlari boʻlgan ashxasga tobedir. Ha, oynada irtisom etgan bir bogʻ harakat, tagʻayyur va boshqa ahvolida oynaga tobe boʻlgani kabi, har shaxsning olami ham markazi boʻlgan u shaxsga tobedir. Soya va misol kabi.
Shunga binoan, jismingning kichikligiga qarab gunohlaringni kichik deb oʻylama. Chunki qalbning qasovatidan bir zarra sening shaxsiy olamingning butun yulduzlarini kusuf ettiradi.
Oʻttiz yildan beri ikki togʻut bilan mujodalam bor. Biri insondadir, boshqasi olamda. Biri "Ana"dir, boshqasi "Tabiat"dir. Birinchi togʻutni gʻayri qasdiy, soyavoriy bir oyna kabi koʻrdim. Faqat u togʻutni qasddan yoki bizzot nazari ahamiyatga olganlar, Namrud va Fir'avn boʻladilar.
Ikkinchi togʻut esa, uni Ilohiy bir san'at, Rahmoniy bir sibgʻat, ya'ni naqshli bir boʻyoq shaklida koʻrdim. Faqat gʻaflat nazari bilan qaralsa, tabiat deb oʻylanadi va moddiyunlarcha bir iloh boʻladi. Shu bilan barobar, u tabiat deb oʻylangan narsa, Ilohiy bir san'atdir. Janobi Haqqa hamd va shukrlar boʻlsinki, Qur'onning fayzi bilan, mazkur mujodalam har ikki togʻutning oʻlimi bilan va har ikki sanamning sinishi bilan natijalandi.
Ha, Nuqta, Qatra, Zarra, Shamma, Habba, Hubob nomli Risolalarimda isbot va izoh qilingani kabi; mavhum boʻlgan tabiat pardasi parchalanib ostida shariati fitriya-i Ilohiya va san'ati shuuriya-i Rahmoniya quyosh kabi oʻrtaga chiqqan. Va shuningdek, fir'avnlikka dalolat qilgan "Ana"dan Sone'-i Zuljalolga roji' boʻlgan "Huva" taboruz etdi.
Dunyoda senga oid koʻp amrlar bor. Ammo na mohiyatlaridan va na oqibatlaridan xabaring boʻlmaydi. Biri, jasaddir. Ha, jasading yosh ekan latif, zarif va goʻzal gul chechagiga oʻxshasa ham, keksaligingda quruq va uvushib qolgan qish chechagiga oʻxshaydi va tahavvul etadi.
Biri ham, hayot va hayvoniyatdir. Buning ham oxiri oʻlim va zavoldir.
Biri ham insoniyatdir. Bu esa, zavol va baqo orasida mutaraddiddir. Doimi Boqiyning zikri bilan muhofazasi lozim.
Biri ham umr va yashashdir. Buning ham hududi ta'yin etilgan. Na oldinga va na da orqaga bir qadam tashlanmaydi. Buning uchun alam chekma, mahzun boʻlma. Tahammulidan ojiz, toqatidan xorij boʻlganing tuli amal yukini ustingga yuklama!
Biri ham, vujuddir. Vujud zotan sening mulking emas. Uning moliki faqat Malik-ul Mulkdir. Va sendan yanada ziyoda sening vujudingga shafqatlidir. Shunga binoan, Maliki Haqiqiyning doira-i amridan xorij u vujudga qoʻshilgan vaqting zarar bergan boʻlasan. (Umidsizlikni keltirib chiqargan hirs kabi.)
Biri ham balo va musibatlardir. Bular zoildir, davomlari yoʻq. Zavollari oʻylansa, zidlari zehnga keladi, lazzat beradi.
Biri ham, sen bu yerda musofirsan va bu yerdan ham boshqa bir yerga ketasan. Musofir boʻlgan kishi oʻzi bilan barobar keltirolmagan bir narsaga qalbini bogʻlamaydi. Bu manzildan ayrilganing kabi, bu shahardan ham chiqasan. Va shuningdek, bu foniy dunyodan ham chiqasan. Shunday ekan, aziz boʻlib chiqishga harakat qil. Vujudingni Mujidingga fiqo et. Muqobilida katta bir narx olasan. Chunki fido etmaganing taqdirda, yo bodi havo zoil boʻladi, ketadi; yoki Uning moli boʻlganidan yana Unga ruju' etadi.
Agar vujudingga e'timod etsang, adamga tushasan. Chunki faqat vujudning tarki bilan vujud topilishi mimkin. Va shuningdek, vujudingga qiymat berish fikrida boʻlsang, u vujuddan sening qoʻlingda faqat bir nuqta qolishi mumkin. Butun vujuding jihati arbaasi bilan adamlar ichida qoladi. Ammo, u nuqtani ham qoʻldan chiqarsang, vujuding tom ma'nosi bilan nurlar ichida qoladi.
Biri ham dunyoning lazzatlaridir. Bu esa, qismatga bogʻliqdir. Talabida zahmatga tushadi. Va tez qoʻldan ketishi e'tibori bilan aqli boshida boʻlgan ularni qalbiga olib qiymat bermaydi.
Dunyoning oqibati nima boʻlsa boʻlsin, lazoizni tark qilish avlodir. Chunki oqibating yo saodatdir, saodat esa shu foniy lazoizning tarki bilan boʻladi. Yoki shaqovatdir. Oʻlim va i'dom intizorida boʻlgan bir odam, dorning tazyin va bezatilishidan zavq va lazzat olishi mumkinmi? Dunyosining oqibatini kufr saiqasi bilan adami mutlaq boʻlganini tavahhum etgan odam uchun ham, tarki lazoiz avlodir. Chunki u lazoizning zavoli bilan sodir boʻlgan xususiy va muqayyad adamlardan adami mutlaqning aliym alamlari har daqiqada his qilinadi. Bu kabi lazzatlar u alamlarga gʻalaba etolmaydi.
Oʻtloqning hududidan oʻtgan qoʻy podasini qaytarish uchun choʻpon otgan toshlarga musab boʻlgan bir qoʻy, lisoni holi bilan: "Biz choʻponning amri ostidamiz. U bizdan koʻproq foydamizni oʻylaydi. Modomiki uning rizosi yoʻqdir, qaytaylik." deya oʻzi qaytadi, poda ham qaytadi.
Ey nafs! Sen u qoʻydan ortiq osiy va zoll emassan. Qadardan senga otilgan bir musibat toshiga ma'ruz qolgan vaqting,
ayt va Marji-i Haqiqiyga qayt, iymonga kel, mukaddar boʻlma. U seni sendan koʻproq oʻylaydi.
Qalbning umuri dunyoviya bilan qasddan mashgʻul boʻlish uchun yaratilmagani shunday tarzda izoh qilinishi mumkin:
Koʻryapmizki, qalb qaysi bir narsaga qoʻl uzatsa, butun quvvati bilan, shiddati bilan u narsaga bogʻlanadi. Katta bir ihtimom bilan qoʻliga oladi, quchoqlaydi. Va abadiy bir davom bilan u bilan barobar qolishni istaydi. Va u haqida tom ma'nosi bilan fano boʻladi. Va eng katta va eng davomli narsalarning orqasidadir, talabidadir. Holbuki umuri dunyoviyadan har qaysi bir amr boʻlsa, qalbning istak va amoliga nazaran bir qil qadardir. Demak, qalb abad-ul abadga mutavajjih ochilgan bir derazadir. Bu foniy dunyoga rozi emas.
Qur'on samodan nozil boʻlgandir. Va Uning nuzuli bilan samoviy bir moida va bir dasturxoni Ilohiya ham nozil boʻlgan. Bu dasturxon tabaqoti basharning ishtaha va istifodalariga koʻra ayrilgan safhalarni ichiga olgan. U dasturxonning sathida, yuzida boʻlgan ilk safha tabaqa-i avomga oiddir. Masalan:
oyati karimasi basharning birinchi tabaqasiga shu ma'noni ifhom va ifoda etadi:
Samovot ayoz, bulutsiz, yomgʻirni yogʻdiradigan bir qobiliyatda boʻlmagani kabi, arz ham qup-quruq, nabototni yetishtiradigan bir shaklda emasdir. Soʻngra ikkisining ham yopishqoqliklarini izola va fatq etdik. Birisidan suvlar tushishni, boshqasidan nabotot chiqishni boshladi. Mazkur oyat ifoda etgan shu ma'noga dalolat etgan
oyati karimasidir. Chunki hayvoniy va nabotiy boʻlgan hayotlarni muhofaza qilgan gʻidolar faqat arz va samoning izdivojidan tavallud etishi mumkin.
Mazkur oyatning tabaqa-i avomga oid safhasining orqasida shunday bir safha ham bordirki: Nuri Muhammadiyadan (S.A.V.) yaratilgan modda-i a'jiniyadan, sayyorot bilan shamsning u nurning ma'jun va xamiridan infisol ettirilishiga ishoratdir. Bu safhani dalolati bilan tayid etgan
boʻlgan hadisi sharifidir.
Ikkinchi misol:
boʻlgan oyati karimaning tabaqa-i avomga oid safhasida shu ma'no bor.
"Ular yanada ajib boʻlgan birinchi yaratilishlarini shahodat bilan iqror etganlari holda, yanada ahvan, yanada oson ikkinchi yaratilishlarini uzoq koʻradilar." Shu safhaning orqasida hashr va nashrning juda oson boʻlganini tanvir etgan buyuk bir burhon bor.
Ey hashr va nashrni inkor etgan ahmoq! Umringda necha marta jismingni tabdil etasan. Nahor va oqshom koʻylagingni almashtirganing kabi, har yili bir dafa tamomi bilan jismingni tabdil va tajdid etasan, xabaring bormi? Balki har yili, har kuni jismingdan bir qism narsalar oʻladi, oʻrniga oʻxshashi keladi. Buni hech mulohaza qilolmaysan. Chunki boshing boʻshdir. Agar mulohaza qila olsayding, har vaqt olamda minglarcha namunalari sodir boʻlgan hashr va nashrni inkor etmasding. Shifokorga bor, boshingni davolatgin.
Nafsning balohat va hamaqotiga qaraki, bir Robbi Muxtori Hakim tarafidan tarbiya etilganini va u Robbi Hakimning mamluk va masnu'i boʻlganini bilganiga va bu tamalluk va tarbiyaning butun afrod, anvo', ajnosda joriy boʻlish bilan masalaning bir qoida-i kulliya shaklini olganiga va bu fayzning shumulli boʻlish bilan bir navi ijmo' va fe'liy bir tasdiqqa mazhar boʻlganiga nazaran qonun va dastur shaklida boʻlgan hodisaga va kasbi kulliyat etgan qoidaga qarab qanoat va itminon etishi lozim ekan, butun ofoqni jilvalantirgan tajalliyoti asmoni -oʻzi ham u jilvalarda hissador boʻlgani holda- vosita-i tasattur va alomati ihmol deb sanaydi. Goʻyo u nafsdan ustun uning butun ahvolini nazorat etgan hech kim yoʻq. Va oʻzini, qilgan fe'llarida fe'l ichida mustatir "Hu" kabi koʻradi. Tajalliyotning kengligini imtino'ga, kattaligini adamga haml etish bilan shaytonni ham qilgan mugʻolatadan uyaltiradi.
Nafs doimo iztiroblar, zahmatlar ichida avhomdan qutulib tavakkalga yaqinlashmaydi. Hukmi Qadarga rozi boʻlmaydi. Holbuki shamsning tulu' va gʻurubi muqaddar boʻlgani kabi, insonning ham bu dunyoda tulu' va gʻurubi va boshqa muqaddaroti, qalami qadar bilan jabhasida yozilgandir. Istasa boshini toshga ursinki, u yozuvlarni oʻchirsin; faqat boshi yoriladi, yozuvlarga bir narsa boʻlmaydi!
Va ayniqsa muhaqqaq bilsinki: Samovot va Arzning xorijiga qochib qutulolmagan inson, Xoliqi Kulli Shayning rububiyatiga muhabbat bilan rizo-doda boʻlishi kerak.
Bir narsaning sone'i, u narsaning ichida boʻlsa, oralarida tom bir munosabat lozim. Va masnu'otning adadicha sone'larning koʻpayishi lozim. Bu esa mahol. Shunday ekan, sone' masnu' ichida boʻlolmaydi. Masalan: Matbaa bilan taksir etilgan bir kitob, yana bir odamning qalami bilan yoziladi. U kitobning naqshlari, harflari; oʻzidan unib chiqmaydi. Kotib ham u kitobat san'ati ichida emas. Va mutlaqo, intizomdan chiqadi. Shunday ekan, masnu'ning naqshlari oʻzidan emas. Faqat, qudrat qalami bilan qadarning taqdiri ustida yoziladi.
Aqlning juda gʻarib bir holi bordir. Shunday bir yadi tula sohibidirki, ba'zan koinotni ihota etish bilan quchogʻiga oladi. Ba'zan doira-i imkondan chiqadi, eng yuksak doiralarga mudohalaga harakat qiladi. Ba'zan esa bir qatra suvda boʻgʻiladi, bir zarra ichida yoʻq boʻladi, bir qilda yoʻqoladi. Shu bilan barobar, qaysi narsada fano boʻlsa va yoʻqolsa, butun borligʻi u narsaga munxasir boʻlganini biladi. Va qaysi bir nuqtaga kirsa, butun olamni birgalikda etish istagidadir.
Agar dunyoning yoki vujudning mulkiyati, zilliyati senda boʻlsa taahhud, tahaffuz, qoʻrquv qiyinchiliklari bilan ne'matlardan lazzat ololmaysan, doimo notinch boʻlasan. Chunki nuqsonlarni tadorik, mavjudlarni yoʻq boʻlishdan muhofaza bilan doimo avhom, qorquvlar, mashaqqatlarga mahal boʻlasan. Holbuki u ne'matlar Mun'imi Karimning taahhudi ostidadir. Sening ishing uning dasturxoni ehsonidan yeb-ichish bilan shukr qilishdir. Shukrda bir zahmat yoʻq. Aksincha ne'matning lazzatini orttiradi. Chunki shukr, ne'matda in'omni koʻrish deganidir. In'omni koʻrish, ne'matning zavolidan hosil boʻlgan alamni daf qiladi. Zero ne'mat zoil boʻlganidan, Mun'imi Haqiqiy uning oʻrnini boʻsh qoldirmaydi, misli bilan toʻldiradi va tajaddudidan lazzat olasan.
Ha,
boʻlgan oyati karima, hamdning ayni lazzat boʻlganiga dalolat qiladi. Chunki hamd, in'om shajarasini ne'mat samarasida koʻrsatadi. Va bu vasila bilan zavoli ne'matning tasavvuridan hosil boʻlgan alam zoil boʻladi. Chunki shajarada koʻp samara bor, biri ketsa, boshqasi oʻrniga keladi. Demak hamd, ayni lazzatdir.
Ofoqiy ma'lumot, ya'ni xorijdan, uzoqlardan olingan ma'lumot, avhom va vasvasalardan boʻsh boʻlolmaydi. Ammo bizzot vijdoniy bir shuurga mahal boʻlgan anfusiy va dohiliy ma'lumot esa, avhom va ehtimollardan tozadir. Shunga binoan, markazdan muhitga, dohildan xorijga qarash lozim.
Kura-i arzni bir qishloq shakliga solgan shu madaniyati safiha bilan gʻaflat pardasi juda qalinlashgan. Ta'dili buyuk bir himmatga muhtojdir. Va shuningdek, bashariyat ruhidan dunyoga nazir juda koʻp tuynuklar ochgan. Bularning yopilishi faqat Allohning lutfiga mazhar boʻlganlarga muyassar boʻladi.
Bir zarra, ulkan shamsni tajalliy bilan, ya'ni in'ikos e'tibori bilan isti'ob etadi, ichiga oladi. Faqat kichkina ikki zarrani bizzot, ya'ni hajmlari e'tibori bilan ichiga ololmaydi. Shunga binoan, yomgʻirning shamsning timsoliga ma'kas boʻlgan qatralari kabi, koinotning zarrot va murakkaboti, ilm va irodaga mustanid qudrati nuroniya-i azaliyaning -tajalliy va in'ikos e'tibori bilan- lam'alariga mazhar boʻla oladilar. Faqat koʻzning ichidagi bir hujayra zarrasi, "a'sob, avrida, sharoyin"da ta'sirlari koʻringan bir qudrat, shuur va irodaga manba boʻlolmaydi. Bu ajib san'at, muntazam naqsh, inja hikmatning iqtizosiga koʻra koinotning har bir zarrasi, har bir murakkaboti uluhiyatga maxsus muhit va mutlaq sifatlarga manba va masdar boʻlishi lozim boʻladi. Yoki u sifatlar bilan muttasif Shamsi Azaliyning tajalliyot lam'alariga ma'kas boʻlishlari lozim.
Birinchi imkonda koinotning zarroti adadicha maholot bordir. Shunga binoan, har bir zarra u ulkan yukning tahammulidan ojiz boʻlganini iqror bilan "Mujid, Xoliq, Rob, Malik, Qayyum faqat Allohdir" deya shahodatini e'lon qiladi. Va shuningdek, har bir zarra, har bir murakkabot muxtalif lison va dalolatlari bilan shu baytni tarannum etadilar:
Ha, har bir harf oʻz vujudiga bir vajh bilan dalolat qiladi. Ammo kotibining, sone'ining vujudiga koʻp vajhlar bilan dalolat qiladi. Ha...
Shisha, suv, havo, olami misol, ruh, aql, xayol, zamon va boshqalar kabi, tajalli-i timsol akslarga mahal va mazhar boʻlgan koʻp narsalar bor. Moddiyoti kasifaning timsollari ham munfasil, ham oʻlik hukmidadirlar. Chunki asllariga gʻayr boʻlganlari kabi, asllarining xususiyatlaridan ham mahrumdirlar. Nuroniylarning timsollari esa, asllari bilan muttasil va asllarining xususiyatlariga molik va asllariga gʻayr emas. Shunga binoan, Janobi Haq shamsning haroratini hayot, ziyosini shuur, ziyodagi ranglarni tuygʻu kabi qilgan boʻlsa edi, sening qoʻlingdagi oynada tamassul etgan shamsning timsoli sen bilan gaplashar edi. Chunki u, timsolida yeratli darajada harorati, ziyosi, ranglari boʻlardi. Harorati bilan hayot topardi. Ziyosi bilan shuurli boʻlardi. Ranglari bilan ham tuygʻuli boʻlardi. Bunday boʻlgandan soʻng, sen bilan gaplasha olardi. Shu sirga binoan, Rasuli Akram (S.A.V.) oʻziga oʻqilgan butun salovoti sharifaga bir onda voqif boʻladi.
Subhanalloh va Alhamdulilloh jumlalari Janobi Haqni Jalol va Jamol sifatlari bilan zimnan tavsif etadilar. "Jalol" sifatini tazammun etgan "Subhanalloh", abdning va maxluqning Allohdan baid ekaniga nazirdir.
Jamol sifatini ichiga olgan "Alhamdulilloh", Janobi Haqning rahmati bilan abdga va maxluqotga qorib ekaniga ishoratdir. Masalan, biri qurb, boshqasi bu'd boʻlib bizga nazir shamsning ikki jihati bor. Qurb jihati bilan harorat va ziyoni beradi. Bu'd jihati bilan insonlarning mazarrotlaridan tohir va sof qoladi. Bu e'tibor bilan, inson shamsga qarshi yolgʻiz qobil boʻlishi mumkin, foil va muassir boʻlolmaydi.
Shuning kabi -bila tashbeh- Janobi Haq rahmati bilan bizga qorib boʻlish jihati bilan unga hamd etamiz. Biz undan uzoq boʻlganimiz jihat bilan Uni tasbeh etamiz. Shunga binoan, rahmati bilan qurbiga qararkan, hamd et. Undan baid boʻlganingga qararkan, tasbeh et. Faqat har ikki maqomni aralashtirma va har ikki nazarni birlashtirmaginki, haq va istiqomat multabis boʻlmasin. Lekin iltibos va mazj boʻlmagan taqdirida, har ikki maqomni va har ikki nazarni ham tabdil, ham birlashtira olasan. Ha, "Subhanallohi va bihamdihi" har ikki maqomni jamlagan bir jumladir.
Toʻrt narsa uchun dunyoni kasban emas, qalban tark qilish lozimdir:
1- Dunyoning umri qisqa boʻlib, tezlik bilan zavol va gʻurubga ketadi. Zavolning alami bilan visolning lazzati zavol topadi.
2- Dunyoning lazoizi zaharli asalga oʻxshaydi. Lazzati nisbatida alami ham bor.
3- Seni intizor etayotgan va sening ham tezlik bilan unga toʻgʻri ketayotganing "qabr", dunyoning ziynatli, lazzatli narsalarini hadya sifatida qabul qilmaydi. Chunki dunyo ahli nazarida goʻzal deb sanalgan narsa u yerda xunukdir.
4- Dushmanlar va hasharoti muzirra orasida bir soat turish bilan doʻst va buyuklar majlisida yillarcha turish orasidagi muvozana, qabr bilan dunyo orasidagi ayni muvozanadir. Shu bilan barobar, Janobi Haq ham bir soatlik lazzatni tark qilishga da'vat etyaptiki, yillarcha doʻstlaring bilan barobar rohatlanasan. Shunday ekan, tutilgan va kishanli tarzda yuborilmasdan avval, Allohning da'vatiga ijobat et.
Fasubhanalloh, Janobi Haqning insonlarga fazlu karami shu qadar buyukdirki, insonga vadi'a oʻlaroq bergan molini, ulkan bir samani bilan insondan sotib oladi, ibqo va himoya qiladi. Agar inson u molni tamalluk etib Allohga sotmasa, katta bir baloga tushadi. Chunki u molni zimmasiga olgan boʻladi. Holbuki, qudrati taahhudga kifoya kelmaydi. Chunki orqasiga olsa, balki sinadi; qoʻli bilan tutsa, qochadi, tutilmaydi. Eng nihoyat majjonan fano boʻlib ketadi, yolgʻiz gunohlari meros qoladi.
Tunga oʻxshagan yoshligim zamonida koʻzlarim uxlagan edi, faqat keksalik tongi bilan uygʻondim, maolida boʻlgan:
she'rning shumuliga dohilman. Chunki yoshligimda eng yuksak bir intiboh choʻqqisiga chiqqanman deb oʻylar edim. Hozir tushunyapmanki, u intiboh intiboh emas ekan. Faqat uyquning eng chuqur qudugʻida boʻlishdan iborat ekan. Shunga binoan, madaniylarning iftixor bilan ogʻiz koʻpirtirganlari tanavvuri intibohlari, mening yoshlik zamonimdagi intiboh toifasidan boʻlsa kerak.
Ularning misoli, tushida goʻyo uygʻonib, tushini xalqqa hikoya qilgan naim masalidir. Holbuki tushida uning u intibohi, uyquning yengil pardasidan chuqur va qalin bir pardaga intiqol etganiga ishoratdir. Bunday bir naim oʻlik kabidir. Yarim uyquda boʻlgan insonlarni qanday iqoz etishi mumkin?
Ey uyquda ekan oʻzlarini uygʻoq deb oʻylaganlar! Umuri diniyada musomaha yoki tashabbuh bilan madaniylarga yaqinlashmang. Chunki oramizdagi dara juda chuqurdir. Toʻldirib xatti muvosalani ta'min etolmaysiz. Yo siz ham ularga iltihoq etasiz yoki zalolatga tushib boʻgʻilasiz.
Ma'siyatning mohiyatida, xususan davom etsa, kufr danagi bor. Chunki u ma'siyatga davom etgan, unga ulfat paydo etadi. Soʻng unga oshiq va mubtalo boʻladi. Tarkiga imkon topolmaydigan darajaga keladi. Soʻng u ma'siyatining i'qobga mujib boʻlmaganini tamanniyni boshlaydi. Bu hol shu tariqa davom etgan sari, kufr danagi koʻkarishni boshlaydi. Eng oxiri, kerak boʻlsa i'qobni va kerak boʻlsa dor-ul i'qobni inkorga sabab boʻladi.
Va shuningdek, ma'siyatga tarattub etgan xijolat sababli, u ma'siyatning ma'siyat emasligini da'vo etish bilan, u ma'siyatga muttali' boʻlgan malaklarni ham inkor etadi. Hatto shiddati xijolatdan yavmi hisobning kelmasligini tamanniy etadi.
Shoyat yavmi hisobni inkor qilgan adno bir shubhani topsa, u shubhani ulkan bir burhon deb sanaydi. Eng nihoyat nadomat etib tark qilmaganlarning qalbi kusufga tutiladi, mahv boʻlib ketadi. -Al'iyazu billah-
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning i'joz va balogʻatiga doir Lamaat nomli asarimda izoh etilgan ba'zi lam'alarni tingla:
1- Qur'onning oʻqilishida yuksak bir salosat borki, lisonlarga ogʻir kelmaydi.
2- Buyuk bir salomat borki, lafzan va ma'nan xatodan salimdir.
3- Oyatlar orasida buyuk bir tasonud borki, kargir binolar kabi, oyatlari bir-biriga tayanib bunya-i Qur'oniyani tebranishdan viqoya etadi.
4- Buyuk bir tanosub, tajovub, taovun borki; oyatlari bir-biriga ajnabiy boʻlmagani kabi, bir-birining vuzuhiga yordam, istizohiga javob beradi.
5- Parcha-parcha, boshqa-boshqa zamonlarda nozil boʻlgani holda, shiddati tanosubdan xuddi bir dafada nozil boʻlgandek.
6- Nozil boʻlish sabablari boshqa-boshqa va mutabayin boʻlgani holda, shiddati tasonuddan xuddi sabab birdek.
7- Mukarrar mutafovit savollarga javob boʻlgani holda, shiddati imtizoj va ittihoddan xuddi savol birdek.
8- Mutaaddid, mutagʻayir hodisotga bayon boʻlgani holda, kamoli intizomidan xuddi hodisa birdek va bir hodisaga javobdek.
9- "Tanazzuloti Ilohiya" bilan ta'bir etilgan muxotoblarning fahmlariga yaqin va munosib uslublar ustida nozil boʻlgandek.
10- Butun zamon va makonlarda kelib oʻtgan insonlarga tavjihi kalom etgani holda, suhulati bayon sababli xuddi muxotob birdek.
11- Irshodning gʻoyalariga isol uchun takrorlari tahqiq va taqrirni ifoda etadi. Shu bilan barobar, takrorlari zarar bermaydi. I'odasi, zavqni izola etmaydi. Takarrur etgan sari, misk kabi hid chiqaradi.
12- Qur'on qalblarga quvvat va gʻidodir. Ruhlarga shifodir. Gʻidoning takrori quvvatni orttiradi. Takror qilish bilan yanada ma'luf va ma'nus boʻlganidan, lazzati ortadi.
13- Inson moddiy hayotida; har on havoga, har vaqt suvga, har zamon va har kun gʻidoga, har hafta ziyoga muhtojdir. Bularning takarruri aslida takarrur boʻlmasdan, ehtiyojlarning takarruri uchundir. Shuning kabi, inson hayoti ruhiyasi jihati bilan Qur'onda zikr qilingan butun navlarga muhtojdir. Ba'zi navlarga har onda muhtojdir. "Huvalloh" kabi. Chunki ruh bu bilan nafas oladi. Ba'zi navlarga har vaqt, ba'zilariga har zamon muhtojdir. Xullas, hayoti qalbiyaning ehtiyojlariga binoan Qur'on takrorlar qiladi. Masalan: "Bismilloh", havo-i nasimiy kabi qalbni va ruhni tatmin etganidan, kasrati ehtiyojga binoan, Qur'onda koʻp takror etilgan.
14- Qissa-i Muso kabi ba'zi hodisoti juz'iyaning takrori, u hodisaning katta bir dasturni tazammun etganiga ishoratdir.
Xulosa: Qur'on ham zikrdir, ham fikrdir, ham hikmatdir, ham ilmdir, ham haqiqatdir, ham shariatdir, ham sadrlarga shifo, moʻ'minlarga huda va rahmatdir.
Fitrati insoniyaning gʻarib bir holi, gʻaflat zamonida latoif bilan hislarning hukmlarini iltibos bilan bir-biriga oʻxshatadi, tafriq etolmaydi. Masalan: Qoʻl bilan koʻzni bir-birga oʻxshatib xizmatlarini va vazifalarini tafriq etolmagan bir majnun, balandlikda koʻzi bilan koʻrgan bir narsani olish uchun qoʻlini uzatadi. Qoʻl koʻzning qoʻshnisi boʻlish munosabati bilan, u qilgan ishni, qoʻl ham qila oladi deb oʻylaydi.
Shuning kabi, insoni gʻofil, oʻz shaxsiga oid adno, juz'iy bir tanzimdan ojiz boʻlgani holda, gʻururi bilan, xayoli bilan Janobi Haqning af'oliga tahakkum bilan qoʻl uzatadi.
Yana insonning fitratida ajib bir hol: Insonning afrodi orasida jisman va suratan tafovut boʻlsa ham, juda oz. Ammo ma'nan va ruhan oralarida zarra bilan shams orasidagi tafovut qadar bir tafovut bor. Faqat boshqa hayvonot unday emas. Masalan baliq bilan qush, qiymati ruhiya jihatidan bir-biriga juda yaqindirlar. Eng kichigi eng kattasi kabidir. Chunki insonning quvva-i ruhiyasi tahdid etilmagan. Anoniyat bilan shu qadar past tushadiki, zarraga musoviy boʻladi. Ubudiyat bilan ham shu qadar yuksakka chiqadiki, ikki jahonning quyoshi boʻladi. -Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam kabi.-
Ashyoda asos baqodir, adam emas. Hatto adamga ketgan deb oʻylaganimiz kalimot, alfaz, tasavvurot kabi sari-uz zavol boʻlgan ba'zi narsalar ham adamga ketmaydi. Faqat suratlarini va vaziyatlarini oʻzgartirib zavoldan masun qolib ba'zi yerlarda tahassun bilan adami mutlaqqa ketmaydilar. Fan deganlari hikmati jadida bu sirga voqif boʻlgan boʻlsa ham, vuzuhi bilan voqif boʻlolmagan. Va ayni zamonda "Olamda adami mutlaq yoʻq. Faqat tarakkub va inhilol bor" deya ifrot va xato qilgan. Chunki olamda Janobi Haqning sun'i bilan tarkib bor. Allohning izni bilan tahlil bor. Allohning amri bilan ijod va i'dom bor.
Qabr, olami oxiratga ochilgan bir eshikdir. Orqa tomoni rahmatdir, old tomoni esa azobdir. Butun doʻst va sevgililar u eshikning orqa tomonida turishibdi. Sening ham ularga iltihoq zamoning kelmadimi? Va ularga borib ularni ziyorat qilishga ishtiyoqing yoʻqmi? Ha, vaqt yaqinlashdi. Dunyo chiqindisidan tozalanish uchun bir gʻusl lozimdir. Boʻlmasa ular istiqzor bilan iqroh etadilar.
Agar Imom Rabboniy Ahmad Faruqiy bugun Hindistonda hayotdordir deya ziyoratiga bir da'vat boʻlsa, butun zahmatlarga va tahlikalarga sabr qilib ziyoratiga boraman. Shunga binoan, Injilda "Ahmad", Tavrotda "Axyad", Qur'onda "Muhammad" ismi bilan musammo, ikki jahonning quyoshi, qabrning orqa tarafida millionlab Faruqi Ahmadlar bilan muhat boʻlib sokindir. Ularning ziyoratlariga borish uchun nimaga shoshilmayapmiz? Orqada qolish xatodir.
Shu asosotga diqqat lozim:
1- Allohga abd boʻlganga hamma narsa musahhardir. Boʻlmaganga hamma narsa dushmandir.
2- Hamma narsa qadar bilan taqdir etilgan. Qismatingga rozi boʻlki, rohatlanasan.
3- Mulk Allohnikidir. Senda omonat oʻlaroq turibti. U omonatni ibqo etib sen uchun muhofaza qiladi. Senda qolsa, majjonan zoil boʻlib ketadi.
4- Davom qilmagan bir narsada lazzat yoʻqdir. Sen zoilsan. Dunyo ham zoildir. Xalqning dunyosi ham zoildir. Koinotning shu shakli hoziri ham zoildir. Bular soniya va daqiqa va soat va kun kabi bir-birini ta'qib qilib zavolga ketyaptilar.
5- Oxiratda seni qutqaradigan bir asaring boʻlmagan taqdirda, foniy dunyoda qoldirgan asarlaringga ham qiymat berma.
"Subhanalloh", "Alhamdulilloh", "Allohu Akbar" bu uch muqaddas jumlaning foydalarini va mahalli iste'mollarini tingla:
1- Qalbida hayot boʻlgan bir inson koinotga, olamga qararkan, idrokidan ojiz, xususan shu boʻshliqda qilingan Ilohiy manyovrlarni koʻrish bilan haytarlar ichida qoladi. Xullas, bu kabi hayrat va dahshatangiz vaziyatlarni faqat "Subhanalloh" jumlasidan joʻshib chiqqan ma-i zulolni ichish bilan u hayrat otashi soʻnadi.
2- Ayni u inson, koʻrgan laziz ne'matlardan his qilgan zavqlarni izhor qilish bilan, "Hamd" unvoni ostida in'omni ne'matda va mun'imni in'omda koʻrish bilan idoma-i ne'mat va tazyidi lazzat talabida boʻlib, "Alhamdulilloh" jumlasi bilan ne'matlar dafinasini topgan odam kabi nafas oladi.
3- Ayni u inson, maxluqoti ajiba va harakoti gʻaribadan aqli tortolmagan va zehni ichiga ololmagan narsalarni koʻrgan zamon, "Allohu Akbar" deyish bilan rohatlanadi. Ya'ni, Xoliqi yanada azim va yanada buyukdir. Ularning yaratilish va tadbirlari oʻziga ogʻir emas.
Inson sayyioti bilan Allohga zarar bergan boʻlmaydi. Faqat nafsiga zarar qiladi. Masalan: Xorijda, voqe'da va haqiqatda Allohning sherigi yoʻqdirki, uning hizbiga kirish bilan Janobi Haqning mulkiga va osoriga mudohala eta olsin. Faqat, sherikni zehnida oʻylaydi, boʻsh boshida yerlashtiradi. Chunki xorijda sherikning yeri yoʻqdir. U holda u boshsiz, oʻz qoʻli bilan oʻzining uyini yiqitadi.
Allohga tavakkal qilganga Alloh kifoyadir. Alloh komili mutlaq boʻlganidan, lizotihi mahbubdir. Alloh mujid, vojib-ul vujud boʻlganidan, qurbiyatida vujud nurlari, bu'diyatida adam zulmatlari bor. Alloh malja va manjadir. Koinotdan ranjigan, dunyo ziynatidan hazar qilgan, vujudidan bezor boʻlgan ruhlarga malja va manja udir. Alloh boqiydir, olamning baqosi faqat uning baqosi bilandir. Alloh molikdir, sendagi mulkingni sen uchun saqlash uchun oladi. Alloh gʻaniyyi mugʻniydir, hamma narsaning kaliti undadir. Bir inson Allohga xolis bir abd boʻlsa, Allohning mulki boʻlgan koinot uning mulki kabi boʻladi.
Aqli boshida boʻlgan inson na dunyo umuridan qozonganiga masrur va na yoʻqotgan narsasiga mahzun boʻladi. Zero dunyo turmayapti, ketyapti. Inson ham barobar ketyapti. Sen ham yoʻlovchisan. Qara, keksalik shafagʻi quloqlaring ustida tulu' etgan. Boshingning yarmidan ortigʻi oq kafanga oʻralgan. Vujudingda tavattun etishga niyat qilgan xastaliklar, oʻlimning kashf guruhidirlar. Shu bilan barobar, abadiy umring qarshingdadir. U umri boqiyda koʻradigan rohat va lazzating faqat bu foniy umrda sa'y va harakatlaringga bogʻliqdir. Sening u umri boqiydan hech xabaring yoʻq. Oʻlim sakaroti uygʻotmasdan avval uygʻon!
Janobi Haqqa ma'lum va ma'ruf unvoni bilan qaraydigan boʻlsang, majhul va mankur boʻladi. Chunki bu ma'lumiyat, urfiy bir ulfat, taqlidiy bir sama'dir. Haqiqatni i'lam etadigan bir ifoda ham emasdir. Shu bilan barobar, u unvon bilan fahmga kelgan ma'no, sifoti mutlaqani barobar tarzda olib zehnga ilqo etolmaydi. Faqat Zoti Aqdasni mulohaza uchun bir navi unvondir. Ammo Janobi Haqqa mavjudi majhul unvon bilan qaralsa, ma'rufiyat shualari bir daraja taboruz etadi. Va koinotda tajalliy etgan sifoti mutlaqa-i muhita bilan bu mavsufning u unvondan tulu' etishi ogʻir kelmaydi.
Asmo-i husnaning har birisi boshqalarini ijmolan tazammun etadi. (Ziyoning alvoni sab'ani tazammun etgani kabi). Va shuningdek, har biri boshqalariga dalil boʻlgani kabi, ularning har birisiga ham natija boʻladi. Demak, asmo-i husna mir'at va oyna kabi bir-birini koʻrsatadi. Shunga binoan, natijalari barobar mazkur qiyoslar kabi yoki dalillari barobar natijalar kabi oʻqilishi mumkin.
TAZARRU VA NIYOZ
ZAYL-UL HABBA
Birodar! Shu mushavvash asarlarim bilan katta bir narsaning atrofini qazyapman. Ammo bilmayman kashf eta oldimmi? Va yoxud soʻngra inkishof etadi. Va yoxud oxirida zuhur etadi. Kashfiga yoʻl ochib koʻrsatyapman.
Musofir boʻlgan bir kishi safarida koʻp yerlarga, manzillarga kirib oʻtadi. Kirib oʻtgan har yerning odatlari va shartlari boshqa-boshqa boʻladi.
Shuning kabi Allohning yoʻlida suluk etgan zot koʻp maqomlarga, martabalarga, hollarga, pardalarga toʻqnashadiki, bularning ham har biri uchun oʻziga maxsus shartlar va vaziyatlar bor. Bu shartlarni va pardalarni, bir-biriga xalt etib chalkashtirgan, chalgʻiydi va xato harakat etadi. Masalan: Bir ogʻilxonada otning kishnashini eshitgan odam, yuksak bir saroyda andalibning tarannumini, goʻzal sadosini eshitadi. Agar u tarannum bilan otning kishnashini farqlamay andalibdan kishnashni talab etsa, oʻz nafsi bilan mugʻolata etgan boʻladi.
Dunyo hayotini goʻzallashtirgan sabablardan biri, dunyo oynasida tamassul bilan porlagan hidoyat nurlari va buyuk insonlarning sevgili va sevimli timsollaridir. Ha, mustaqbal moziyning oynasidir. Moziy barzohga, ya'ni narigi olamga intiqol va inqilob etganidan suratini va shaklini va dunyosini istiqbol oynasiga, tarixga, insonlarning zehnlariga vadi'a etadi. Ularga boʻlgan ma'naviy va xayoliy muhabbatlari bilan dunyo muhabbati totli boʻladi. Masalan: Birodarlarining va qarindoshlarining timsollarini va rasmlarini ichiga olgan katta bir oynani yoʻlida topgan bir odam, sharq tomonga ketgan odamlarning mamlakatlariga ketib ularga iltihoq etish uchun harakat qilmasdan, u oynaning ichidagi timsollar bilan ovora boʻladi, muhabbat etadi. Xullas, bu odam gʻaflatdan uygʻongan zamon: "Eyvoh, nima qilyapman! Bular sharob emas, sarobdir. Bular bilan ovora boʻlish a'zb emas, azobdir." deydi, birodarlariga yetishish uchun sharq safariga tadorikotda boʻlishni boshlaydi.
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning haq va haqiqat ekaniga eng sodiq dalillar:
1- Tavhidning butun iqtizolarini va lozimlarini martabalari bilan muhofaza etishidir.
2- Asmo-i husnaning tanosub va iqtizosiga koʻra haqoiqi oliya-i Ilohiyadagi muvozanaga muro'at etishidir.
3- Rububiyat va uluhiyatga oid shuunotni kamoli muvozana bilan jamlashidir.
Qur'onning bu xususiyati basharning asarlarida boʻlmagani kabi, malakut jihatiga oʻtgan avliyo va boshqa buyuklarning natoiji fikrlarida ham boʻlmagandir. Va ashyoning botinida shoʻngʻigan Ishrokiyyun va olami gʻaybga nufuz etgan Ruhoniyyun ham Qur'onning bu xususiyatini topolmaganlar. Zero ularning nazarlari muqayyad boʻlganidan, haqiqati mutlaqani ihota etolmaydi. Bular faqat haqiqatning bir tarafini topadi va ifrot-tafrit bilan tasarrufni boshlaydilar. Shuning uchun tanosubni buzib, muvozanani ixlol etadilar.
Masalan: Anvo'-i javohirni ichiga olgan ziynatli va qiymatli bir dafinani kashf etish uchun bir necha odam dengizning tubiga shoʻngʻiydilar. Dengizning tubida tadqiqot qilarkan, birisining qoʻliga uzunchoq bir parcha olmos oʻtadi. Dafinaning mushtamilotini tamoman bu kabi olmoslardan iborat ekaniga hukm qiladi. Soʻng birodarlaridan boshqa xil javharning bahsini eshitganida ular topgan javohirning oʻzi topgan olmosning naqshlari boʻlganlarini taxayyul etadi. Boshqasi kuraviy bir yoqutni topadi. Narigi birodari ham boshqa bir turini topadi. Va hokazo, har biri dafinaning asos mushtamiloti oʻzi topgan turdan iborat ekanini va birodarlari topgan xillar ham dafinaning zavoid va tafarruotidan boʻlganini e'tiqod qiladi. Masala bu shaklga kirish bilan muvozana yoʻqoladi va tanosub zoil boʻladi. Soʻng masalaning haqiqatini kashf va izoh uchun ta'vilot va takallufotni boshlaydilar. Hatto dafinaning inkoriga ham zahob etgan boʻladi.
Ha, sunnati saniya bilan muvozana qilinishdan avval, hamon mashhudotiga e'timod etgan Ishrokiyyun bilan mutasavvifaning asarlarini taammul etgan zotlar shu aytganimni toʻgʻri deb biladilar. Ikkilanmasdan qabul qiladilar.
Birodar! Qur'on ham u dafinani kashf etish uchun u dengizga shoʻngʻigan. Faqat Qur'onning koʻzi ochiq boʻlganidan, dafinani tamomi bilan ihota bilan koʻrgan. Va haqiqatga uygʻun bir tarzda tanosub va muvozanaga rioya qilib kamoli intizom va ittirod bilan haqiqatni izhor etgan.
Birodar! Navi basharda anvo'an zalolatga tushgan firqalarning sababi zalolatlari, imomlarining qusuridir. Ha, imomlari botindan bahs etgan boʻlsalar ham, mashhudotlariga e'timod va iktifo etib asnoyi tariqdan qaytishgan. Va
qovliga masadaq boʻlganlar.
Janobi Haq seni adamdan vujudga va vujudning juda koʻp ashkal va vaziyatlaridan eng yuksagi boʻlgan muslim sifati bilan inson suratiga keltirgan. Mabda-i harakating bilan oxirgi olgan surating orasida mutaaddid vaziyatlarning, manzillarning va atvor va ahvolning har biri senga oid ne'matlar daftariga qayd qilingan. Bu e'tibor bilan, sen oʻtkazgan zamon tasmasiga olmos kabi ne'matlar tizilgan, tom bir boʻyin taqinchogʻi yoki ne'matlarning anvo'iga bir mundarija shaklini beradi.
Shunga binoan, oʻtkazgan vujudning har manzilida va vaziyatida, atvorida, ahvolida: "Qanday bu ne'matga vosil boʻlding? Nima bilan mustahaq boʻlding? Va shukrida boʻldingmi?" deya soʻroqqa tortilasan. Chunki voqe' boʻlgan hollar soʻroqqa tobedir. Ammo imkonda qolib voqe' boʻlmagan narsalar soʻroqqa tobe emas. Oʻtkazgan ahvoling, vuqu'ot. Kelasi ahvoling adamdir. Vujud mas'uldir, adam esa mas'ul emas. Shunday ekan, moziyda shukrini ado qilmaganing ne'matlarning shukrini qazo qilish lozim.
Insonni havolantirib bosh bilan falokatga otgan shunday bir hol bor:
Istihqoq nazarga olinmasdan, Haqning taqdiri haqida tafrit yoki ifrot qilinadi. Va quvvatiga, qiymatiga qaralmasdan kichik yoki katta bir yuk ostiga olingandek gʻayri insoniy hollar insonni insoniyatdan tushiradi, yo zulmga yoki kizbga yoʻllaydi.
Masalan: Bir boʻlinma askarning mumassili boʻlgan bir nafar, butun askarlik ishlarini bilish yoki bir qatra suvdagi timsolidan shamsning azamatini koʻrsatish talabida boʻlish, eng past insofsizlikdir. Chunki vasf bilan ittisof orasida farq bor. Masalan: Qatradagi timsol shamsning avsofini koʻrsatadi. Ammo u avsof bilan muttasif boʻlolmaydi.
Vujud navida tazohum yoʻq. Ya'ni, juda koʻp olamlar, hollar, vujud sahnasida ijtimo' etishadi, birlashadi. Masalan: Tun vaqti devorlari shishadan boʻlgan va elektr yongan bir xonaga kirgan vaqting, olami misolga bir deraza hukmida boʻlgan shishalarda juda koʻp manzillarni, xonalarni koʻrasan.
Soniyan: Xonada oʻtirarkan, kamoli suhulat bilan u misoliy xonalarda har xil tabdil, tagʻyir, tasarruf eta olasan.
Solisan: Xonadagi elektr, oʻz misollarining eng uzogʻiga eng yaqindir. Chunki u misoliy misollarning qayyumi udir.
Robian: Bu moddiy vujudning bir habbasi, bir parchasi u misoliy vujudning bir olamini ichiga olishi mumkin. Bu toʻrt hukm Vojib bilan olami mumkinot orasida ham joriydir. Chunki mumkinotning vujudi, Vojibning nuridan bir soya boʻlish jihati bilan vahmiy bir martabadadir. Vojibning amri bilan vujudi xorijiyaga kiradi. Sobit va mustaqar qoladi. Demak, mumkinotning vujudi bizzot haqiqiy bir vujudi xorijiy boʻlmagani kabi, vahmiy yoki zoil bir zill ham emas. Faqat, Vojib-ul Vujudning ijodi bilan bir vujuddir.
Bu goʻzal olamning bir moliki boʻlmasligi mahol boʻlgani kabi, oʻzini insonlarga bildirib ta'rif etmasligi ham maholdir. Chunki inson molikning kamolotiga dalolat etgan olamning husnini koʻradi; va oʻziga beshik oʻlaroq yaratilgan kura-i arzda istagani kabi tasarruf etgan bir xalifadir. Hatto samo-i dunyoda ham aqli bilan ishlaydi va kichikligi bilan, za'fiyati bilan barobar horiqo tasarrufoti ajibasi bilan ashrafi maxluqot unvonini olgan. Va qoʻlida juzi ixtiyoriy borligidan butun sabablar ichida eng keng bir salohiyat sohibidir. Shunga binoan, Moliki Haqiqiyning rusul vositasi bilan bunday yuksak, faqat gʻofil abdlariga oʻzini bildirib ta'rif etishi zaruriydirki, u Molikning avomiriga va marziyotiga voqif boʻlsinlar.
Insonning vahm, faraz, xayol tuygʻulariga borgunga qadar butun xossalari oxir-oqibat ruju' etib bil-ittifoq Haqqa iltijo etganlarini va botilga hech bir ehtimol va imkonning qolmaganini va koinotning faqat va faqat Qur'on izoh etgan shaklda ekanini koʻrdim.
Olami ziyo, olami harorat, olami havo, olami qahrabo, olami elektr, olami jazb, olami efir, olami misol, olami barzoh kabi olamlar orasida muzohama va yer torligi yoʻq. Bu olamlar, hammasi ham ixtilolsiz, musodamasiz kichik bir yerda ijtimo' etadilar.
Shuning kabi, juda keng gʻaybiy olamlarning ham bu kichik arzda ijtimo'lari mumkindir. Darhaqiqat, havo, suv insonning yurishiga, shisha ziyoning oʻtishiga, shuaning rentgen vositasi bilan kasif jismlarga ham nufuziga va aql nuriga, malak ruhiga, temirning ichiga haroratning oqishiga, elektrning jarayoniga bir mone yoʻq.
Shuning kabi, bu kasif olamda ruhoniylarni davarondan, jinniylarni javalondan, shaytonlarni jarayondan, malaklarni sayarondan man qiladigan bir mone yoʻq.
Koʻz, chiroq, shams kabi nur va nuroniy narsalarda juz'iy-kulliy, juz-kull, bir-ming musoviydir. Ha, shamsga qara! Uning timsollari bilan sayyorot, dengizlar va hovuzlar, qatra, pufakchalar kabi butun shaffof narsalar kamoli suhulat bilan tamassul etishadi.
Shuning kabi, Shamsi Azaliy shu koinot kitobida butun boblarni, boʻlimlarni, satrlarni, jumlalarni, harflarni daf'atan qiyinchiliksiz yozadi. Va ba'su ba'dal mavtda ham ayni bu suhulat bor. "Xilqatingiz va ba'singiz, bir nafsning xilqat va ba'si kabidir." deya Qur'oni Karim emr etadi.
Hamma narsani tahrik etgan zarroti mutaharrikaning, muayyan hadlariga qadar harakat qilgandan soʻng tavaqquf va toʻxtashlariga diqqat qilgan odam anglaydiki: Hamma narsaning hududida doimo harakatda boʻlgan zarrotni toʻxtatib, qaytargan bir hudud posboni bor. U zarrotni toshishdan man qiladi. U posbon esa, muhit bir ilmning tajalliysidirki, u tajalliy qadarga, qadar esa miqdorga, miqdor esa qolipga tahavvul etadi. Demak, hamma narsaning ichidagi zarrotga bir qolipdir.
Qur'onning oyatlari bir-birini tafsir qilgani kabi, bu kitobi olamning ham bir qismi boshqa bir qismini izoh qiladi. Masalan: Moddiyot olami Janobi Haqning anvori ne'matini jazb etish uchun haqiqiy bir ehtiyoj bilan shamsga muhtoj boʻlgani kabi, olami ma'naviyat ham rahmati Ilohiyaning ziyolarini olish uchun shamsi nubuvvatga muhtojdir. Shunga binoan, Rasuli Akramning (S.A.V.) nubuvvati, shamsning qat'iyat va vuzuhi darajasida qat'iy va vazihdir.
Zihayotning vujudiga tarattub etgan samaralar, yolgʻiz oʻziga, manfaatiga, baqosiga, kamoliga maxsus emas. Faqat u samaralardan bir hissa oʻziga oiddir. Qolgan qismi a'zami Xoliqqa roji'dir. Zihayotga oid uzun bir zamon soʻng hosil boʻladi. Xoliqqa roji' qism esa, bir onda hosil boʻladi. Masalan: U zihayot, asmo-i husnaning tajalliyotiga mazhariyat bilan Xoliqni, avsofi kamoliya bilan tavsif va lisoni holi bilan hamd etgan boʻladi.
Insonning bir fardi, ihota-i fikriyasi bilan, aqli bilan, qalbining vus'ati bilan bir navi kulliyat kasb etadi. Va shuningdek, insonning bir fardi, xilofat xususida olamning ajzosi bilan shuur jihatidan aloqador boʻlganidan nabotiy boʻlsin, hayvoniy boʻlsin juda koʻp navlarda tasarruf sohibi boʻlganidan, nav kabidir. Va bu e'tibor bilan, insonning bir fardi navlar qatoriga oʻtadi. Shunga binoan, kerak boʻlsa hayvonotning, kerak boʻlsa samarotning navlarida sodir boʻlgan mukarrar qiyomatlar, qurt-qumursqa va hashorotda vujudga kelgan yillik hashr va nashrlar insonning ham har bir fardida joriydir.
Xulosa: Qur'onning oyatlari bilan abnoyi bashar uchun katta qiyomatning kelishiga qat'iy dalolatlar boʻlgani kabi, kitobi olamning oyoti takviniyasi bilan ham qiyomati kubroga juda qat'iy dalolatlar va ishoratlar bor.
Qur'oni Karim oʻqilarkan, istimo'ida boʻlgan vaqting muxtalif shakllarda tinglay olasan:
1- Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, nubuvvat kursisiga chiqib navi basharga xitoban Qur'onning oyatlarini tabligʻ etarkan, qiroatini qalban va xayolan tinglash uchun qulogʻingni u zamonga yubor. U fami muborakidan chiqayotgandek tinglagan boʻlasan.
2- Yoki Jabroil (A.S.) Hazrat Muhammadga (S.A.V.) tabligʻ etarkan, har ikki Hazratning orasida qilingan tabligʻ-taballugʻ vaziyatini tinglayotgandek boʻl.
3- Yoki Qobi Qavsayn maqomida, yetmish ming parda orqasida Mutakallimi Azaliyning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga boʻlgan takallumini tinglayotgandek xayoliy bir vaziyatga kir.
Sening shuur va ilmingning senga taalluqi, ahvol va lavozimoti ehtiyojoting nisbatidadir. Chunki sabab bilan musabbab, quvvat bilan amal orasida munosabat lozim. Ortiqcha, nuqson boʻlmasligi kerak. Sening senga boʻlgan shuur va ilmingning nisbati, Xoliqning senga boʻlgan nazar va ilmiga nisbat bilan bir qil kabidir. Shunga binoan, juda juz'iy boʻlgan ilm va shuuring bilan, Shamsi Azaliyning ilm va nazariga muqobala etish bilan kunduz oʻrtasida quyoshning ostida, quyoshning ziyosi bilan muborazaga chiqqan tillaqoʻngʻiz kabi boʻlma!
Janobi Haqning af'oli bir-biriga munosib, osori bir-biriga mushabih, asmosi bir-biriga oyna va ma'kas, sifati bir-biriga mutadohil, shuunoti mamzuj boʻlsa ham, har birisi uchun xususiy bir vaziyat, bir hol borki, maqsudi bizzot u xususiy vaziyatdir. Boshqa vaziyatlar esa taba'idirlar. Shunga binoan, masalan Xoliqning osoridan jamodotga qaragan vaqting, azamat va qudratni niyatingga maqsad qil. Boshqa ismlarning tajalliyotini tab'an oʻyla. Hayvonotga qararkan, marhamat niyati bilan qara. Boshqa tajalliyotga taba'i bir nazar bilan qara.
Qur'oni Karim butun insonlarga rahmatdir. Chunki har bir insonning shu haqiqiy olamdan oʻziga maxsus xayoliy bir olami boʻlgani kabi, hamma oʻz mashrabiga koʻra Qur'ondan fahm va iqtibos etgan (hofizasida) oʻziga xos bir Qur'on borki, uning ruhini tarbiya, qalbini tadoviy etadi.
Va shuningdek, Qur'oni Karimning bir maziyati shudirki: Butun ulamo va ahli mashrab kabi hamma hidoyati uchun, shifosi uchun mutaaddid suralardan boshqa-boshqa oyatlarni axz etishi mumkin. Chunki bir oyatning boshqa oyoti Qur'oniya bilan juda inja munosabatlari, ittisol jihatlari bor. Oralarida vahshat yoʻq. Bu e'tibor bilan, mutaaddid suralardan olingan oyatlar kichik bir Qur'on hukmida boʻladi.
jumla-i muqaddasasi, insonning zarra vaziyatidan insoni moʻ'min suratiga kelgunga qadar jomidiyat, nabotiyat, hayvoniyat, insoniyat kabi oʻtkazgan atvor va ahvoliga nazirdir. Shu manzillarda insonning latoifi juda koʻp alam va umidlarga ma'ruzdir. Shu bilan barobar, havl va quvvatning mutaalliqlari zikr qilinmasdan mutlaq qoldirilgan. Shunga binoan, bu jumla tasalli-baxsh boʻlib, shumuli dohilida boʻlgan maqomlarga koʻrsa tafsir qilinadi. Masalan:
1-
Adamdan chiqib vujudga kelish.
2-
Zavolga ketmasdan baqoda qolish.
3-
Mazarrotni daf', manfaatni jalb.
4-
Musibatdan uzoq boʻlib, matlubga noil boʻlish.
5-
Ma'asiyga tushmaslik, ibodatda davom etish.
6-
Azobga ma'ruz qolmaslik, ne'matga mazhar boʻlish.
7-
Zulmatga tushmaslik, nur bilan tanavvur etish.
Va hokazo har bir maqomda insonning latoifiga koʻra taqyid va tafsir etilishi mumkin.
ZAYL-UZ ZAYL
Ba'zi insonlarning ogʻzida miqdor jihatidan oz, sifat jihatidan juda katta uch kalima kezyapti:
Birinchisi: Hamma narsa oʻzidan-oʻzi tashakkul etgan.
Ikkinchisi: Mujid va muassir sabablardir.
Uchinchisi: Tabiat iqtizo etdi.
Bu uch kalimotning juda koʻp maholotga zarf boʻlganlari haqida qilingan bayonotni tingla:
Inson mavjuddir. Bu mavjud inson, birinchi kalimaga nazaran ham sone'dir, ham masnu'.
Ikkinchi kalimaga koʻra, sabablarning ta'siri bilan vujudga kelgan.
Uchinchi kalimaga nazaran, mavhum tabiatning asaridir.
Toʻrtinchi jihat esa, haq va haqiqat istilzom etgani kabi, Allohning masnu'idir.
1- U kalimaning iqtizosiga koʻra, insonni tashkil etgan zarralardan har birisida ham insonning ichini, ham koinotni koʻradigan, biladigan bir koʻz, bir ilm va boshqa sifati lozimaning boʻlishi lozim.
2- Insonning badanida zarrotdan tashakkul etgan mutaxolif murakkabot adadicha -matbaalarda hurufotni tartib etish uchun ishlatilgan qoliplar kabi- qoliplar lozimdir.
3- Kargir kamarlarning toshlari kabi, har bir zarraning birodarlariga ham hokim, ham mahkum boʻlishi lozim boʻladi. Va shuningdek, har biri boshqalarga ham zid, ham misl, ham mutlaq, ham muqayyad boʻlishi lozim.
1- Insonning ma'hazi, ya'ni insonni tashkil etgan moddalar dorixonalarda boʻlgan ogʻizlari muhrlangan, boshqa-boshqa, turli-tuman mutabayin dorilar kabi moddalardir. Hech kimning qoʻli tegmasdan ehtiyoj nisbatida kamoli intizom va muvozana bilan u dorilarning shishalardan oʻz-oʻzidan chiqib hayotiy bir ma'jun vaziyatiga kelishi mumkin boʻlsa, insonning ham sone'siz sabablar va mavoddi jomidadan suduri mumkindir deb boʻladi.
2- Bir narsaning kamoli intizom bilan gʻayri mahdud, koʻr, kar, jomid, shuursiz sabablardan sudurining maholiyati nisbatida sone'siz insonning ham u moddalardan qilinishi maholdir. Shu bilan barobar, moddiy sabablarning yolgʻiz zohirga taalluqi bor. Botindagi latif, inja, gʻarib naqshlarga, san'atlarga nufuzi yoʻq.
3- U kalimaning iqtizosiga koʻra, kamoli ittifoq va intizom bilan ehtiyojot nisbatida gʻayri mahsur sabablarning bir juzda, bir hujayrada ijtimo'lari lozim boʻladi. Bu ijtimo', olamning ajzo va arkonining azamati bilan barobar sening qoʻlingning ichiga kirib ijtimo' etadi deganidir.
Chunki insoning ustasi sabablar boʻlgan taqdirda, olamning butun ajzo va arkoni inson bilan aloqador boʻlganiga nazaran, insonning yaratilishida omil va usta boʻlishlari lozim boʻladi. Bir usta qilgan narsasining ichida boʻlgandan soʻng qiladi. U holda, insonning bir hujayrasida olamning ajzosi ijtimo' etishi mumkin. Bu shunday bir maholdirki, mahollarning eng mumtani'idir.
Ha, tabiatning ikki jihati bor. Biri zohiri boʻlib, ahli gʻaflat va zalolat tomonidan haqiqat deb oʻylangan. Boshqasi botinidirki, san'ati Ilohiya va sibgʻa-i Rahmoniyadir. Tabiatga ilovatan iddi'o etilgan quvvat esa, Xoliqi Hakimi Alimning jilva-i qudratidir. Ahli gʻaflat sone' oʻlaroq talaqqiy etgan tabiatga, janoh deb oʻylagan koʻr tasodif va ittifoq esa, zalolatdan nash'at etgan izdiror natijasida shaytonlar ixtiro' etgan safsatalardir. Chunki mutaaddid asarlarimda qat'iy bir suratda isbot qilingani kabi, horiqolarning horiqosi boʻlgan shu san'at, faqat va faqat butun avsofi kamoliya bilan muttasif bir Xobiri Basirning yadi qudratidan chiqmagan boʻlsa, koinotga kiydirilgan bu koʻylak kasif, jomid, muqayyad, miskin, mumkinning qoʻli bilan yaratilganmi? Boʻlmasa olamlarga kiydirilgan shu goʻzal tashakkullarni, naqshlarni bau'da yoki toshbaqa yaratganmi? Xosho, summa xosho!...
Ha, insonda, hamma narsada Sone'-i Azaliyning masnu'i boʻlganlariga mavjudotning adadicha shohidlar bor. Masalan:
1- Koinotdir. Ha, koinot ixtivo etgan butun zarrot va murakkabotning har biri ellik besh lison bilan shahodat qiladi.
2- Qur'ondir. Ha, Qur'on butun anbiyo, avliyo va muvahhidinning kitoblari bilan, sahifa-i kavn va vujudda yaratilgan ijodiy va takviniy oyatlar Xoliqning xalloqiyatiga odil shohidlardir.
3- Maxluqotning raisi va rasuli, butun anbiyo, avliyo, maloika bilan birlikda hamma narsaning sone'i Alloh boʻlganiga e'loni shahodat qiladilar.
4- Ins va jin toifalari anvo'an ehtiyojoti fitriyasi bilan shohiddirlar.
5- Uluhiyat va Xalloqiyatning Allohga maxsus va munxasir boʻlganiga Alloh ham shahodat qiladi.
Birodar! San'atning, vujuhi salosa-i mazkura ustiga mumkina yoki haqning istilzom etganiga nazaran Vojibga boʻlgan isnodi masalasi; samarador bir daraxt masalasi kabidir. Shundayki: Daraxtning u samaralari yo vahdatga isnod etiladi. Ya'ni nashvu namo qonuni bilan daraxtning ildizidan, ildiz ham urugʻdan, urugʻ ham avomiri takviniyani tamassuldan, avomiri takviniya ham "Kun" amridan, "Kun" amri ham Vohidi Vojibdan sodir boʻlgan.
U vaqt, oʻsha daraxt butun ajzosi bilan, yaproqlari bilan, shoxlari bilan, samaralari bilan yaratilish osonligida bir samara-i vohida hukmida boʻladi. Chunki vahdatga nisbatan kichik bir samara daraxti bilan juda katta va koʻp samarali bir daraxt orasida farq yoʻq. Bu adami farq, vahdatda suhulat bilan yusr, kasratda suubat bilan u'srning boʻlganidan nash'at etgan.
Agar kasratga isnod etilsa, har bir samara, har bir chechak, har bir yaproq, har bir shox; batamom daraxtining vujudga kelishiga lozim boʻlgan butun vositalar, jihozlar, sabablar va boshqalarga ehtiyoj koʻrsatadi. Chunki kull juzda dohil. Unga nima lozim boʻlsa, bunga ham lozim. Masala bu ikki imkoniyatdan xorij emas. Biri vojib, boshqasi mumtani'dir.
Xulosa: Bir hujayraning vujudga kelishi oʻziga isnod etilsa, koinotni qamragan sifatlar oʻzida boʻlishi lozim. Sabablarga isnod etilsa, olamdagi butun sabablarning u hujayrada ijtimo'lari lozim boʻladi. Holbuki chivinning ikki qoʻli sigʻmagan bir hujayra ikki ilohning tasarrufiga mahal boʻlishi mumkinmi? Xosho!..
Shu bilan barobar, hujayradan tut, olamga qadar har bir narsaning bir navi vahdati bor. Shunday ekan, Sone' ham vohid boʻladi. Chunki vohid faqat vohiddan sudur etadi. Va shuningdek, bir habba shamsni ziyosi bilan, rangi bilan (tajalliy surati bilan) ichiga olishi mumkin. Faqat masdariyat e'tibori bilan, bir habba ikki habbani ichiga olib ularga masdar boʻlolmaydi. Va shuningdek, vujudi xorijiy vujudi misoliydan koʻproq sobit, koʻproq muhkamdir. Vujudi xorijiydan bir nuqta vujudi misoliydan bir togʻni ichiga olishi mumkin. Shuning kabi, vujudi vujubiy; koʻproq qoviy, koʻproq rasix, koʻproq sobitdir. Balki da vujudi haqiqiy, vujudi xorijiy undan iborat.
Shunga binoan, ilmi muhiti azaliyda tamassul etgan imkoniy vujudlar, vujudi vujubiyning tajalliyoti nuriyalariga oyna va ma'kasdirlar. Shunday ekan, ilmi azaliy imkoniy vujudlarga oyna boʻlgani kabi, imkoniy vujudlar ham vujudi vujubiyga oynadir. Soʻngra u imkoniy vujudlar ilmi azaliydan vujudi xorijiyga intiqol etgan boʻlsalar ham, vujudi haqiqiy martabasiga vosil boʻlmaganlar.
Kavn va vujud maydonida turib, ahvoli olamga diqqat qilgan odam, hadsiy bir tezlik bilan anglaydiki: Ta'sir va foiliyat; latif, nuroniy, mujarrad boʻlgan narsalarning sha'ni boʻlgani kabi; infiol, qobiliyat, taassur ham moddiy, kasif, jismoniy narsalarning xossasidir. Ha, misol oʻlaroq samodagi nur bilan yerdagi shu ulkan togʻga qara. U nur samoda ekan, ziyosi bilan yerda ish qiladi, faoliyatdadir. U togʻ esa, azamati bilan barobar, faoliyatsiz joyida turadi. Na bir ta'siri bor va na bir fe'li bor.
Va shuningdek, ashyo orasida sodir boʻlgan fe'llardan anglashiladiki, qaysi bir narsa latif, nuroniy boʻlsa, sabab va foil boʻlishga kasbi layoqat etadi. Kasofati nisbatida ham infiol va musabbabiyat martabasiga yaqinlashadi. Bundan anglashiladiki, zohiriy sabablarning Xoliqi bilan musabbabotning mujidi, faqat va faqat Nur-ul Anvor, Sone'-i Azaliydir.
Tafakkur gʻaflatni izola etadi. Diqqat, taammul; avhom zulumotini tarqatadi. Lekin nafsingda, botiningda, xususiy ahvolingda tafakkur etganing zamon juda chuqur tafsilot bilan tadqiqot qil. Faqat ofoqiy, xorijiy, umumiy ahvolotga taammul etgan vaqting sathiy, ijmoliy oʻyla, tafsilotga oʻtma. Chunki ijmolda, fazlakada boʻlgan qiymat va goʻzallik tafsilotida yoʻqdir. Hamda ofoqiy tafakkur tubsiz dengizga oʻxshaydi, sohili yoʻq. Ichiga shoʻngima, choʻkasan.
Birodar! Nafsiy tafakkurda tafsilotli, ofoqiy tafakkurda esa ijmoliy qilsang, vahdatga taqarrub etasan. Aksini qilgan taqdiringda, kasrat fikringni tarqatadi, avhom seni havolantiradi. Anoniyating qalinlashadi, gʻaflating quvvat topadi, tabiatga aylanadi. Xullas, zalolatga isol etgan kasrat yoʻli budir.
Inson naqadar johil va gʻofildir. Naqadar yoʻlini adashtirgan, nafsiga zarar beradi. Toʻqqiz vajh bilan manfaati muhaqqaq, yolgʻiz bir vajh bilan zarari mavhum boʻlgan buyuk bir xayri azimni tark, zalolatni irtikob etadi. Ha, sofistaiyning bir shubhasi uchun, minglarcha manfaat dalillari boʻlgan hidoyatni tark qiladi.
Holbuki inson juda vahhom, ehtiyotli boʻlganiga nazaran, dunyoviy bir ishda oʻndan bir zarar ehtimoli boʻlsa, ijtinob etadi. Oxirat ishi boʻlsa, oʻndan toʻqqiz zarar ehtimoli boʻlgani holda, ijtinob etmaydi. Mana, johillik bu qadar boʻladi!
Ruhi insoniy gʻayri mutanohiy ehtiyojlarga giriftor, gʻayri mutanohiy alamlarga mahaldir. Gʻayri mahsur lazzatlarga ishtahalidir. Gʻayri mahdud amolni tashiydi. Hatto qalbning zalolati bilan barobar ruhdan joʻsh urgan shafqat gʻayri mutanohiy alamlarni tazammun etadi. Shunga binoan, "Men kimman? Qanday qiymatim borki, men uchun qiyomat qoʻpsin, mezon joriy qilinsin, hisob-kitob qilinsin?" deyishga haqqing yoʻq.
Ey kamoli gʻurur bilan zalolat minbarida oʻtirgan! Hayotingga magʻrur boʻlma. Zero u hayot bir mugʻolata bilan qoimdir. Shundayki: U minbarda oʻtirgan zall, zavol va fanoning dahshatini oʻylab qoʻrqqan vaqt saodati abadiya ehtimoliga qochadi, takolifi diniyaning tarkida ham oxiratning boʻlmasligi ehtimoliga qochadi. Bu magʻlata bilan har ikki alamdan qutuladi. Lekin, qisqa bir zamonda tugun ochiladi, haqiqat oʻrtaga chiqadi. Na birinchi ehtimol alamini izola etadi va na ikkinchi ehtimol yukini taxfif etadi.
Va shuningdek, "Musibat taammum etganida, alam yengil boʻladi. Men ham oʻxshashim kabiman." deya yana yuk ostidan qochadi. Faqat, musibat a'mm boʻlganidan, alami muzaaf boʻladi, qat-qat ziyoda boʻladi. Chunki oʻzi kabi qarindoshi, doʻstlari ham u musibatga dohildir. Chunki insonning ruhi abno-i jinsi bilan aloqadordir. Qanchalik umumiy boʻlsa, shuncha alami koʻp boʻladi.
Ey shak jabhasida, gʻaflat soyasida istirohatga chekilgan bechora! Gʻaflat salqinligida, shak ichida zavq olgan lazzatingni lazzat deb sanama! U zaharli asaldir. Oz bir zamon soʻngra jahannamiy bir azobga inqilob etadi. Agar aloming lazoizga, noring nurga inqilob etishi umidida boʻlsang, avqoti hamsada ruku va sujud changagi bilan gʻururning xartumini buk, siq, boshini yor, iymonni toʻldir. Soʻngra oyotga tafakkur bilan toatga davom aylaginki, shak va gʻaflat pardalari yirtilsin. Bu zalolot achchiqligidan, najotning halovati tavazzuh bilan munojot lazzati oʻrtaga chiqsin.
Ubudiyatda faqat taslimiyat bor. Tajriba, imtihon yoʻq. Chunki sayyid, xoʻjayin abdini, xizmatkorini tajriba va imtihon qilishi mumkin. Faqat, abd sayyidini imtihon qilish salohiyatida emas. Va shuningdek, inson Robbini, Xoliqini tajriba qilolmaydi.
ZUHRA
{(*) (Bu Zuhra Risolasi Masnavi-i Arabiyning juda muhim bir risolasidir. Har naqadar tarjima qilishga harakat qilgan boʻlsam ham, muallifining bir vaqtlar Nur Shogirdlarining rijokorona isrorlari bilan qilgan tarjimani aynan kiritishni yanada munosib koʻrdim. Risola-i Nurning Oʻn Yettinchi Lam'asi nomini olgan bu risola bilan Arabcha Zuhra orasida bir ijmol-tafsil va taqdim-ta'xir farqi bor.)
Mutarjim ABDULMAJID}
Bu risolaning ta'lifidan oʻn ikki yil avval {(Hoshiya) Oʻn ikki yil avval deyilgan tarix; Hijriy 1340, Milodiy 1921 yillaridir. Noshir} inoyati Rabboniya bilan ma'rifati Ilohiyada bir harakati fikriya va bir sayohati qalbiya va bir inkishofoti ruhiyada tazohur etgan ba'zi lama'ati tavhidiyani Arabchada Mulohazalar suratida "Zuhra", "Shu'la", "Habba", "Shamma", "Zarra", "Qatra" kabi risolalarda qayd etgandim. Uzun bir haqiqatning yolgʻiz uchini koʻrsatish va porloq bir nurning yolgʻiz bir shuasini iroa etish tarzida yozilganidan, yolgʻiz oʻzim uchun bittadan xotira va bittadan ixtor shaklida boʻlganidan, boshqalarning istifodasi mahdud qolgan edi. Xususan, eng mumtoz va eng xos qardoshlarimning qismi a'zami Arabcha oʻqimaganlar. Bularning isrori va ilhohi bilan u Mulohazalarning, u Lam'alarning qisman izohli va qisman qisqa bir maolini Turkcha oʻlaroq yozishga majbur boʻldim. Shu Mulohazalar va Arabcha risolalar Yangi Saidning eng avval haqiqat ilmidan bir daraja shuhud suratida koʻrgani uchun tagʻyir etilmasdan maollari yozildi. Shuning uchun, ba'zi jumlalar boshqa Soʻzlarda ham zikr qilinish bilan barobar, bu yerda ham zikr qilinadi; va bir qismi gʻoyat mujmal boʻlish bilan barobar, izoh qilinmaydi, toki latofati asliyasini yoʻqotmasin.
Oʻz nafsimga xitoban degandim: Ey gʻofil Said! Bilki: Shu olamning fanosidan soʻng senga rafoqat etmagan va dunyoning xarob boʻlishi bilan sendan mufaroqat etgan narsaga qalbingni bogʻlash senga loyiq emas. Xususan sening asringning inqirozi bilan seni tark etib orqa oʻgirgan va xususan barzoh safarida hamrohlik qilmagan va xususan seni qabr eshigiga qadar tashyi' etmagan, xususan bir-ikki yil mobaynida abadiy firoq bilan sendan ayrilib gunohini sening boʻyningga taqqan, xususan senga xilof ravishda hosil boʻlish onida seni tark etgan foniy narsalar bilan qalbingni bogʻlash kori aql emas. Agar aqling boʻlsa; uxroviy inqilobotingda, barzohiy atvoringda va dunyoviy inqilobotning musodamoti ostida ezilgan, buzilgan va abadiy safarda senga hamrohlikka muqtadir boʻlmagan ishlarni tashla, ahamiyat berma, ularning zavolidan qaygʻurma. Sen oʻz mohiyatingga qaraginki: Sening latifalaring ichida shunday bir latifa borki, abaddan va abadiy zotdan boshqasiga rozi boʻlolmaydi. Undan boshqasiga tavajjuh etolmaydi, mosivosiga tanazzul etmaydi. Butun dunyoni unga bersang, u fitriy ehtiyojni tatmin etolmaydi. U narsa esa, sening tuygʻularingning va latifalaringning sultonidir. Fotiri Hakimning amriga mute' boʻlgan u sultoningga itoat qil, qutul!..
Haqiqatdor bir tushda koʻrdimki, insonlarga derdim: "Ey inson! Qur'onning dasotiridandirki, Janobi Haqning mosivosidan hech bir narsani unga taabbud etadigan bir darajada oʻzingdan ulugʻ deb oʻylama. Ham sen oʻzingni hech bir narsadan takabbur qiladigan darajada katta tutma. Chunki maxluqot ma'budiyatdan uzoqlik nuqtasida musoviy boʻlganlari kabi, maxluqiyat nisbatida ham birdirlar."
Ey gʻofil Said! Bilki: Gʻolati his navidan gʻoyat muvaqqat dunyoni loyamut va doimiy koʻryapsan. Atrofingga va dunyoga qaragan vaqting, bir daraja sobit va mustamir koʻrganingdan, foniy nafsingni ham u nazar bilan sobit deb oʻylaganingdan, yolgʻiz qiyomatning kelishidan dahshatga tushyapsan. Goʻyo qiyomatning kelishiga qadar yashaydiganday, yolgʻiz undan qoʻrqyapsan. Esingni yigʻ! Sen va xususiy dunyoing doimiy zavol va fano zarbasiga duchorsiz. Sening bu gʻolati hissing va magʻlatang shu misolga oʻxshaydiki:
Bir odam qoʻlidagi oynani bir xona yoki bir shaharga yoki bir bogʻga qaratsa; misoliy bir xona, bir shahar, bir bogʻ u oynada koʻrinadi. Adno bir harakat va kichik bir tagʻayyur oynaning boshiga kelsa, u xayoliy xona va shahar va bogʻda ostin-ustunlik va chalkashlik boʻladi. Xorijdagi haqiqiy xona, shahar va bogʻning davom va baqosi senga foyda bermaydi. Chunki sening qoʻlingdagi oynadagi xona va senga oid shahar va bogʻ yolgʻiz oyna senga bergan miqyos va mezon bilandir. Sening hayoting va umring, oynadir. Sening dunyoingning ustuni va oynasi va markazi, sening umring va hayotingdir. Har daqiqada u xona va shahar va bogʻing oʻlishi mumkin va xarob boʻlishi muhtamal boʻlganidan, har daqiqa sening boshingga yiqiladigan va sening qiyomating keladigan bir vaziyatdadir. Modomiki shunday ekan; sen bu hayotingga va dunyoingga tortolmaydigan va koʻtarolmaydigan yuklarni yuklama!..
Bilki: Koʻpincha Fotiri Hakimning odatidir, ahamiyatli va qiymatli narsalarni ayni bilan i'oda etadi. Ya'ni, aksar ashyoning misli bilan yangilanishi, mavsumlarning tabaddulida, asrlarning oʻzgarishida qiymatli, ahamiyatli narsalarni ayni bilan i'oda etadi. Yavmiy va yillik va asriy hashrlarning umumida shu qoida-i odatulloh koʻpincha muttarid koʻrinadi. Xullas, bu sobit qoidaga binoan deymiz: Modomiki fununning ittifoqi bilan va ulumning shahodatiga koʻra, xilqat shajarasining eng mukammal mevasi insondir. Va maxluqot ichida eng ahamiyatlisi insondir. Va mavjudot ichida eng qiymatlisi insondir. Va insonning bir fardi boshqa hayvonotning bir turi hukmidadir. Albatta, qat'iy bir hads bilan hukm qilinadiki, hashr va nashri akbarda basharning har bir fardi ayni bilan, jismi bilan, ismi bilan, rasmi bilan i'oda etiladi.
Shu mulohazada Ovrupa fununi va madaniyati, Eski Saidning fikrida bir daraja yerlashgani uchun, Yangi Said harakoti fikriyada sayr etgan zamon, Ovrupaning funun va madaniyati u sayohati qalbiyada amrozi qalbiyaga inqilob etib ziyoda mushkulotga mador boʻlganidan, bilmajburiya Yangi Said zehnini silkitib, muzaxraf falsafani va safih madaniyatni otishni istarkan, oʻz ruhida Ovrupa foydasiga shahodat qilgan hissiyoti nafsoniyani jim qilish uchun, Ovrupaning shaxsi ma'naviysi bilan bir jihatdan gʻoyat qisqa, bir jihatdan uzun quyidagi muhovaraga majbur boʻlgan.
Xato tushunilmasin, Ovrupa ikkidir.
Biri: Isaviylikning dini haqiqiyidan va Islomiyatdan olgan fayz bilan hayoti ijtimoiya-i bashariyaga nafi' sanoatlarni va adolat va haqqoniyatga xizmat qilgan fununlarni ta'qib etgan Ovrupaga xitob qilmayapman. Balki falsafa-i tabiiyaning zulmati bilan, madaniyatning sayyiotini mahosin deb oʻylab, basharni safohatga va zalolatga yetaklagan buzilgan ikkinchi Ovrupaga xitob qilyapman. Shundayki:
U vaqt oʻsha sayohati ruhiyada mahosini madaniyat va fununi nafi'adan boshqa moloyani va muzir falsafani va muzir va safih madaniyatni qoʻlida tutgan Ovrupaning shaxsi ma'naviysiga qarshi degandim:
Bil, ey ikkinchi Ovrupa! Sen oʻng qoʻling bilan saqim va zalolatli bir falsafani va chap qoʻling bilan safih va muzir bir madaniyatni tutib da'vo qilyapsanki, basharning saodati bu ikkisi bilandir. Sening bu ikki qoʻling sinsin va shu ikki iflos hadyang sening boshingni yesin.
Ey kufr va kufronni tarqatib nashr etgan badbaxt ruh! Ajabo, ham ruhida, ham vijdonida, ham aqlida, ham qalbida dahshatli musibatlar bilan musibatzada boʻlgan va azobga tushgan bir odamning jismi bilan zohiriy bir suratda aldovchi bir ziynat va sarvat ichida boʻlsa, saodati mumkin boʻladimi? Uni mas'ud deyish mumkinmi? Ajabo, koʻrmayapsanmiki, bir odamning juz'iy bir ishdan ma'yus boʻlishi va vahmiy bir orzudan umidi kesilishi va ahamiyatsiz bir ishdan inkisori xayolga duchor boʻlishi sababi bilan totli xayollar unga achchiqlashadi, shirin vaziyatlar unga azob beradi, dunyo unga tor boʻladi, zindon boʻladi. Holbuki sening shaamating bilan qalbining eng chuqur burchaklarida va ruhining asosigacha zalolat zarbasini yegan va u zalolat jihati bilan butun orzulari inqito'ga duchor boʻlgan va butun alamlari undan nash'at etgan bir bechora insonga qaysi saodatni ta'min etyapsan? Ajabo, jismi zoil, yolgʻonchi bir jannatda boʻlgan va qalbi, ruhi jahannamda azob chekkan bir insonni mas'ud deb boʻladimi? Xullas, sen bechora basharni shunday yomon yoʻlga boshlading, yolgʻonchi bir jannat ichida jahannamiy bir azob chektiryapsan.
Ey navi basharning nafsi ammorasi! Bu tamsilga qara, basharni qayerga boshlaganingni bil. Masalan, bizning oldimizda ikki yoʻl bor. Biridan ketyapmiz. Koʻryapmizki, har qadam boshida bechora, ojiz bir odam bor. Zolimlar hujum qilib molini, ashyosini tortib olib kulbasini xarob qilyaptilar, ba'zan esa yaralayaptilar. Shunday bir tarzdaki, achinadigan holiga osmon yigʻlaydi. Qayerga qaralmasin, hol shunday davom etyapti. U yoʻlda eshitilgan ovozlar, zolimlarning shovqinlari, mazlumlarning yigʻlashlaridan, umumiy bir motam yoʻlni qoplayapti. Inson insoniyat jihati bilan gʻayrning alami bilan mutaallim boʻlganidan, hadsiz bir alamga giriftor boʻladi. Holbuki vijdon bu daraja taallumga tahammul etolmaganidan, u yoʻlda ketgan ikki narsadan biriga majbur boʻladi. Yo insoniyatdan tajarrud etib nihoyatsiz vahshatni iltizom etib, shunday bir qalbni tashiydiki, oʻz salomati bilan barobar umumning halokati uni mutaassir etmasin va yoxud qalb va aqlning muqtazosini bekor qilsin.
Ey safohat va zalolatda buzilgan va Isaviy dinidan uzoqlashgan Ovrupa! Dajjol kabi bitta koʻzni tashigan koʻr dahoing bilan ruhi basharga bu jahannamiy holatni hadya etding. Soʻngra angladingki: Bu shunday bedavo bir illat boʻlib, insonni a'loyi illiyindan asfali sofiliynga otadi. Hayvonotning eng badbaxt darajasiga tushiradi. Bu illatga qarshi topgan chorang, muvaqqatan ibtoli his ishini bajargan jozibador oʻyinchoqlaring va uxlatadigan havasot va fantaziyalaringdir. Sening bu chorang sening boshingni yesin va yeydi! Xullas, basharga ochgan yoʻling va bergan saodating bu misolga oʻxshaydi.
Ikkinchi yoʻlki: Qur'oni Hakim hidoyati bilan basharga hadya etgan. Shundayki: Koʻryapmizki, u yoʻlning har manzilida, har makonida, har shahrida bir Sultoni Odilning mustaqim askarlari har tarafda bor, kezyaptilar. Ora-sira u Sultonning amri bilan u askarlarning bir qismini tarhis etyaptilar. Qurollarini, otlarini va miriy lavozimotlarini olyaptilar, ularga izn tazkarasini beryaptilar. U tarhis etilgan nafarlar, garchi koʻnikib qolgan ot va qurollarning olib qoʻyilayotganidan zohiran mahzun boʻlyaptilar. Faqat haqiqat nuqtasida tarhis bilan mufarrah boʻlib, Sultonning ziyoratiga va podshohning poytaxtiga qaytish va podshohni ziyorat qilish jihatidan gʻoyat mamnun boʻlyaptilar. Ba'zan tarhis ma'murlari ajamiy bir nafarga duch keladilar. Nafar ularni tanimaydi. "Qurolingni topshir", deydilar. Nafar deydi: "Men podshohning askariman, uning xizmatidaman; soʻngra uning yoniga boraman. Siz kimsizlar? Agar uning izn va rizosi bilan kelgan boʻlsangiz, qabul qilaman, amrini koʻrsating, boʻlmasa keting, mendan uzoqlashing. Men bir oʻzim qolsam, sizlar minglab boʻlsangiz ham, yana siz bilan jang qilaman. Oʻz nafsim uchun emas, chunki nafsim oʻzimniki emas, mening sultonimnikidir. Balki mendagi nafsim va qurolim molikimning omonatidir. Omonatni muhofaza va Sultonimning haysiyatini himoya va izzatini viqoya uchun sizga bosh egmayman!"
Xullas, u ikkinchi yoʻldagi madori surur va saodat boʻlgan minglab ahvoldan bu hol bir namunadir. Qolgan ahvolni sen qiyos qil. Butun u ikkinchi yoʻlning safarida tavalludot nomli sevinch va xursandchilik bilan bir tahshidot va savqiyoti askariya bor va vafiyot nomli surur va musiqa bilan tarhisoti askariya koʻrinyapti. Xullas, Qur'oni Hakim basharga bu yoʻlni hadya etgan. Bu hadyani kim toʻliq qabul qilsa, ikki jahonning saodatiga ketgan bu ikkinchi yoʻldan ketadi. Na boʻlgan narsadan mahzun va na boʻladigan narsadan xavf etadi.
Ey ikkinchi buzuq Ovrupa! Sening chirik va asossiz asoslaringning bir qismi shularki: "Eng katta malakdan eng kichik samakka qadar har bir zihayot oʻz nafsiga molikdir va oʻz zoti uchun ishlaydi va oʻz lazzati uchun tirishadi. Uning bir haqqi hayoti bor. Gʻoya-i himmati va hadafi maqsadi, yashash va baqosini ta'min etishdir." deysan. Va Xoliqi Karimning karam dasturlaridan va arkoni koinotda kamoli itoat bilan imtisol etilgan dasturi taovun bilan nabotot hayvonotning imdodiga va hayvonot insonlarning yordamiga yugurishidan tazohur etgan u umumiy qonunning rahimona, karimona jilvalarini kurash deb oʻylab, "Hayot bir kurashdir" deya ahmoqona hukm qilgansan. Ajabo, u dasturi taovunning jilvasidan boʻlgan zarroti taomiyaning kamoli shavq bilan badan hujayralarining ozuqlantirilishi uchun yugurishlari qanaqa kurash? Qanaqa jang qilish boʻlsin? Balki u imdod va u yugurish Karim bir Robning amri bilan bir taovundir. Yana chirik bir asosing: "Hamma narsa oʻz nafsiga molikdir" deysan. Hech bir narsa oʻz nafsiga molik boʻlmaganiga qat'iy bir dalil shudirki: Sabablarning ichida eng ashrafi va ixtiyor nuqtasida eng keng irodalisi, insondir. Holbuki, insonning oʻylash, gapirish va yeyish kabi eng zohir af'oli ixtiyoriyasidan yuz juzidan uning dasti ixtiyoriga berilgan va doira-i iqtidoriga kirgan, yolgʻiz mashkuk bitta juzdir. Bunday eng zohir fe'lning yuz juzidan bir juziga molik boʻlmagan qanday qilib oʻziga molik deyiladi? Bunday eng ashraf va ixtiyori eng keng, bu daraja haqiqiy tasarrufdan va tamallukdan qoʻli bogʻlangan boʻlsa, "Boshqa hayvonot va jamodot oʻziga molikdir" degan hayvondan yanada ziyoda hayvon va jamodotdan yanada ziyoda jomid va shuursiz boʻlganini isbot qiladi.
Seni bu xatoga otib bu jarlikka tushirgan, bir koʻzli dahoingdir. Ya'ni, horiqo, manhus zakovatingdir. U koʻr dahoing bilan hamma narsaning Xoliqi boʻlgan Robbingni unutding, mavhum bir tabiatga isnod etding, osorini sabablarga berding, u Xoliqning molini botil ma'bud boʻlgan togʻutlarga taqsimlading. Shu nuqtada va u dahoing nazarida har zihayot, har bir inson bir oʻzi hadsiz a'daga qarshi muqovamat etish va nihoyatsiz hojotning tahsiliga tirishishi lozim boʻladi. Va zarra kabi bir iqtidor, inja qil kabi bir ixtiyor, zoil lam'a kabi bir shuur, tez soʻnuvchi shu'la kabi bir hayot, tez oʻtuvchi daqiqa kabi bir umr bilan, u hadsiz a'daga va hojotga qarshi dosh berishga majbur boʻladi. Holbuki, u bechora zihayotning sarmoyasi minglab matlublaridan bittasiga kifoya qilmaydi. Musibatga giriftor boʻlgan vaqt; kar, koʻr sabablardan boshqa dardiga darmon kutmaydi.
sirriga mazhar boʻladi.
Sening qorongʻi dahoing navi basharning kunduzini kechaga aylantirgan. Yolgʻiz u mashaqqatli, zulmli va zulmatli kechaga koʻniktirish uchun yolgʻonchi, muvaqqat chiroqlar bilan tanvir etding. U chiroqlar surur bilan basharning yuziga tabassum qilmaydi. Balki basharning yigʻlanadigan achchiq hollaridagi ablahona kulishiga u nurlar mustahziyona kulib masxara qiladi. Har bir zihayot sening shogirdlaring nazarida zolimlarning hujumiga ma'ruz, miskin bittadan musibatzadalardir. Dunyo bir motamxona-i umumiyadir. Dunyodagi sadolar oʻlimlardan, alamlardan kelgan dod-faryodlardir. Sendan toʻliq dars olgan shogirding bir fir'avn boʻladi. Faqat eng xasis narsaga ibodat qilgan va manfaat koʻrgan har narsasini oʻziga Rob deb qabul qilguvchi bir fir'avni zalildir. Ham sening shogirding mutamarriddir. Faqat bir lazzati uchun eng past zillatni qabul qilgan miskin bir mutamarriddir. Xasis bir manfaat uchun shaytonning oyogʻini oʻpadigan darajada pastkashlik koʻrsatadi! Ham jabbordir, faqat qalbida bir nuqta-i istinod topolmagani uchun, zotida gʻoyat ojiz bir jabbori xudfurushdir. U shogirdning gʻoya-i himmati, havasoti nafsoniyani tatmin va hamiyat va fidokorlik pardasi ostida oʻz manfaati nafsini qidirgan va hirs va gʻururini taskin qilishga harakat qilgan bir dassosdir. Nafsidan boshqa jiddiy oʻlaroq hech bir narsani sevmaydi. Hamma narsani nafsiga fido qiladi. Ammo Qur'onning xolis va chinakkam shogirdi esa, bir abddir. Faqat a'zami maxluqotga qarshi ham ubudiyatga tanazzul etmaydi va Jannat kabi eng buyuk va a'zam bir manfaatni gʻoya-i ubudiyat qilmaydigan bir abdi azizdir. Ham halim-salimdir. Faqat Fotiri Zuljalolidan boshqasiga, izni va amri boʻlmasdan, tazallulga tanazzul etmaydigan bir halimi oliyhimmatdir. Ham faqirdir, lekin uning Moliki Karimi unga kelajakda iddixor etgan mukofot bilan bir faqiri mustagʻniydir. Ham zaifdir, faqat qudrati nihoyatsiz boʻlgan Sayyidining quvvatiga istinod etgan bir zaifi qoviydirki, Qur'on haqiqiy bir shogirdiga jannati abadiyani ham gʻoya-i maqsad qildirmagani holda; hech bu zoil, foniy dunyoni unga gʻoya-i maqsad qiladimi? Xullas, ikki shogirdning himmatlarining qay daraja bir-biridan farqli boʻlganini angla!
Ham falsafa-i saqimaning shogirdlari bilan Qur'oni Hakimning tilmizlarining hamiyatkorlik va fidokorliklarini bu bilan muvozana qilishingiz mumkin. Shundayki:
Falsafaning shogirdi oʻz nafsi uchun qardoshidan qochadi, unga qarshi da'vo ochadi. Qur'onning shogirdi esa, samovot va arzdagi umum solih ibodni oʻziga qardosh deya qabul qilib, gʻoyat samimiy bir suratda ularga duo qiladi va saodatlari bilan mas'ud boʻladi va ruhida shadid bir aloqani ularga qarshi his qiladi. Ham eng katta narsa boʻlgan Arsh va Shamsni musahhar bittadan ma'mur va oʻzi kabi bir abd, bir maxluq deb qabul qiladi.
Ham ikki shogirdning ulviyat va inbisoti ruhlarini bundan qiyos qilki: Qur'on oʻz shogirdlarining ruhiga shunday bir inbisot va ulviyat beradiki; toʻqson toʻqqiz donali tasbehga badal toʻqson toʻqqiz Asmo-i Ilohiyaning jilvalarini koʻrsatgan toʻqson toʻqqiz olamlarning zarrotini bittadan tasbeh donalari oʻlaroq shogirdlarining qoʻllariga beradi, "Avrodlaringizni bu bilan oʻqinglar" deydi. Xullas, Qur'onning tilmizlaridan Shohi Jiyloniy, Rufaiy, Shozaliy (R.A.) kabi shogirdlari virdlarini oʻqiganlari vaqt tingla, qara! Qoʻllarida silsila-i zarrotni, qatarot adadlarini, maxluqotning adadi anfasini tutishgan, u bilan avrodlarini oʻqishyapti. Janobi Haqni zikr va tasbeh qilishyapti. Xullas, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning moʻ'jizona tarbiyasiga qaraginki: Qanday adno bir qaygʻu bilan va kichik bir gʻam bilan boshi aylanib esini yoʻqotgan va kichik bir mikrobga magʻlub boʻlgan bu kichik inson tarbiya-i Qur'oniya bilan naqadar ta'oliy etadi. Va qay daraja latoifini inbisot etadiki: Ulkan dunyo mavjudotini virdiga tasbeh boʻlishda kalta koʻradi. Jannatni zikr va virdiga gʻoya boʻlishga oz deb koʻrgani holda, oʻz nafsini Janobi Haqning adno bir maxluqining ustida katta tutmaydi. Nihoyat izzat ichida nihoyat tavozuni jamlaydi. Falsafa shogirdlarining bunga nisbatan qay daraja past va tuban ekanini qiyoslashing mumkin.
Xullas, falsafa-i saqima-i Ovrupaiyadan yak-chashm boʻlgan dahosi xato koʻrgan haqiqatlarni, ikki jahonga qaragan, gʻayb-oshino porloq ikki koʻzi bilan ikki olamga nazar solgan, bashar uchun ikki saodatga ikki qoʻli bilan ishorat qilgan hudo-i Qur'oniy deydiki: "Ey inson! Sening qoʻlingda boʻlgan nafs va moling sening mulking emas, balki senga omonatdir. U omonatning moliki hamma narsaga qodir, hamma narsani biladigan bir Rahimi Karimdir. U sening yoningdagi mulkini sendan sotib olishni istaydi. Toki sen uchun muhofaza qilsin, zoye boʻlmasin. Kelajakda senga muhim bir haq beradi. Sen muvazzaf va ma'mur bir askarsan. Uning nomi bilan ishla va hisobi bilan amal qil. Udirki, muhtoj boʻlgan narsalaringni senga rizq qilib yuboradi va sening toqating yetmaydigan narsalardan seni muhofaza qiladi. Sening shu hayotingning gʻoyasi, natijasi; u Molikning asmosiga va shuunotiga bir mazhariyatdir. Senga bir musibat kelgan vaqt, de.
Ya'ni: "Men molikimning xizmatidaman. Ey musibat! Agar uning izn va rizosi bilan kelgan boʻlsang, marhabo, xush kelding. Chunki albatta bir vaqt unga qaytamiz va uning huzuriga ketamiz va unga mushtoqmiz. Modomiki, har holda bir zamon bizni hayotning takolifidan ozod qiladi. Mayli, ey musibat! U tarhis va u ozod etish sening qoʻling bilan boʻlsin, roziman. Agar mening omonat muhofazasida va vazifaparvarligimni tajriba suratida senga amr va iroda etgan, faqat senga taslim boʻlishimga izn va rizosi boʻlmasa; men toqatim yetguncha, amin boʻlmaganga, Molikimning omonatini taslim qilmayman", deydi.
Xullas, mingdan bir namuna boʻlgan, daho-i falsafiy va hudo-i Qur'oniy bergan darslarning darajalariga qara. Ha, ikki tarafning haqiqati holi sobiqan bayon qilingan tarz bilan ketadi. Faqat hidoyat va zalolatda insonlarning darajalari mutafovitdir. Gʻaflatning martabalari muxtalifdir. Hamma har martabada bu haqiqatni tamomila his qilolmaydi. Chunki gʻaflat hisni yoʻq qiladi. Va bu zamonda shunday bir darajada ibtoli his qilganki, bu aliym alamning ogʻrigʻini ahli madaniyat his qilmayaptilar. Faqat hassosiyati ilmiyaning tazoyudi bilan va har kuni oʻttiz ming janozani koʻrsatgan mavtning iqozoti bilan u gʻaflat pardasi parchalanadi. Ajnabiylarning togʻutlari bilan va fununi tabiiyalari bilan zalolatga tushganlarga va ularni koʻr-koʻrona taqlid qilib ittibo etganlarga minglab la'nat va taassuflar!
Ey bu vatan yoshlari! Faranglarni taqlid qilishga intilmang! Nahot, Ovrupaning sizga qilgan hadsiz zulm va adovatlaridan soʻngra, qaysi aql bilan ularning safohat va botil afkorlariga ergashib ishonyapsiz? Yoʻq! Yoʻq! Safihona taqlid qilganlar ittibo emas, balki shuursiz holda ularning safiga iltihoq etib, oʻzingizni va qardoshlaringizni i'dom etyapsiz. Ogoh boʻlinglarki, siz axloqsizlarcha ittibo etgan sari hamiyat da'vosida yolgʻonchilik qilyapsiz!.. Chunki shu suratda ittiboingiz, vatanparligizga qarshi bir istixfofdir va millatga bir istehzodir!..
Ey kofirlarning koʻpliklaridan va ularning ba'zi haqoiqi iymoniyaning inkoridagi ittifoqlaridan xavotirga tushgan va e'tiqodini buzgan bechora inson! Bilki: Qiymat va ahamiyat kammiyatda va adad koʻpligida emas. Chunki inson agar inson boʻlmasa, shayton bir hayvonga inqilob etadi. Inson ba'zi faranglar va farang-mashrablar kabi ehtirosoti hayvoniyada taraqqiy etgan sari, yanada shiddatli bir hayvoniyat martabasini egallaydi. Sen koʻryapsanki; hayvonotning kammiyat va adad e'tibori bilan hadsiz bir koʻpligi bor ekan, unga nisbatan inson gʻoyat oz ekan, umum anvo-i hayvonot ustidan sulton va xalifa va hokimdir. Xullas, muzir kofirlar va kofirlarning yoʻlida yurgan safihlar Janobi Haqning hayvonotidan bir navi xabis boʻlib, Fotiri Hakim ularni dunyoning imorati uchun yaratgan. Moʻ'min ibodiga bergan ne'matlarining darajalarini bildirish uchun, ularni bir vohidi qiyosiy qilib, oqibatda mustahaq boʻlgan Jahannamlariga taslim etadi.
Xullas, kufforning va ahli zalolatning bir haqiqati iymoniyani inkor va rad qilishlarida quvvat yoʻq. Chunki rad qilish sirri bilan, ittifoqlari quvvatsizdir. Mingta rad qiluvchi bitta hukmidadir. Masalan: Butun Istanbul aholisi Ramazonning boshida oyni koʻrmagani uchun rad qilsa, ikki shohidning isboti bilan u jammi gʻofirning rad va ittifoqi sukut etadi. Modomiki kufrning va zalolatning mohiyati raddir va inkordir, johillikdir va adamddir, kufforning kasrat bilan ittifoqi ahamiyatsizdir. Ahli haqning haq va sobit va subuti isbot qilingan masoili iymoniyada shuhudga istinod etgan ikki moʻ'minning hukmi, hadsiz ahli zalolatning ittifoqidan rojih boʻladi, gʻalaba qozonadi. Bu haqiqatning sirri shudirki: Rad qilganlarning da'volari suratan bir ekan, mutaaddiddir; bir-biri bilan ittihod etolmaydiki, quvvatlansin. Isbot qiluvchilarning da'volari ittihod etadi, bir-biridan quvvat oladi. Chunki koʻkdagi hiloli Ramazonni koʻrmagan deydiki: "Mening nazarimda oy yoʻqdir; mening yonimda koʻrinmayapti". Boshqasi ham, "Nazarimda yoʻq", deydi. Yana boshqasi ham shunday deydi. Har biri oʻz nazarida "yoʻq" deydi. Har birining nazarlari boshqa-boshqa va nazarga parda boʻlgan sabablar ham boshqa-boshqa boʻla olgani uchun, da'volari ham boshqa-boshqa boʻladi; bir-biriga quvvat berolmaydi. Faqat isbot qilganlar demaydilarki: "Mening nazarimda va koʻzimda hilol bor". Balki "Nafs-ul amrda, koʻk yuzida hilol bor, koʻrinyapti", deydi. Koʻrganlar hammasi ayni da'voni va "nafs-ul amrda bor" deydi. Demak, barcha da'volar birdir. Rad qiluvchilarning nazarlari boshqa-boshqa boʻlganidan, da'volari ham boshqa-boshqa boʻladi. Nafs-ul amrga hukm qilolmaydilar. Chunki nafs-ul amrda inkor isbot etilmaydi. Chunki ihota lozim.
bir qoida-i usuldir. Ha, bir narsani dunyoda bor desang, yolgʻiz u narsani koʻrsatish kifoya boʻladi. Agar yoʻq deb inkor qilsang, butun dunyoni elakdan oʻtkazib koʻrsatish lozim boʻladi, toki u inkor isbot qilinsin.
Xullas, bu sirga binoan; ahli kufrning bir haqiqatni inkor etishi esa, bir masalani hal qilish va yoxud tor bir tuynukdan oʻtish va yoxud bir xandakdan sakrashga oʻxshaydiki; ming ham, bir ham birdir. Chunki bir-biriga yordamchi boʻlolmaydi. Faqat isbot qilganlar nafs-ul amrda haqiqati holga qaraganlari uchun mudda'olari ittihod etadi. Quvvatlari bir-biriga yordam beradi. Katta bir toshning koʻtarilishiga oʻxshaydiki, naqadar koʻp qoʻllar yopishsa, yanada ziyoda koʻtarilishi osonlashadi va bir-biridan quvvat oladi.
Ey musulmonlarni dunyoga shiddat bilan tashviq etgan va san'at va taraqqiyoti ajnabiyaga jabr bilan yetaklagan badbaxt hamiyat-furush! Diqqat qil, bu millatning ba'zilarining din bilan bogʻlangan robitalari uzilmasin! Agar bunday ahmoqona, koʻr-koʻrona tayoqlarning ostida ba'zilarning dindan robitalari uzilsa, u vaqt hayoti ijtimoiyada bir sammi qotil hukmida u dinsizlar zarar yetkazninlar. Chunki murtadning vijdoni tamoman buzilganidan, hayoti ijtimoiyaga zahar boʻladi. Shuning uchun, ilmi usulda "Murtadning haqqi hayoti yoʻq. Kofir agar zimmiy boʻlsa yoki musolaha etsa, haqqi hayoti bor" degan usuli shariatning bir dasturi bor. Hamda mazhabi Hanafiyda ahli zimmadan boʻlgan bir kofirning shahodati maqbuldir. Faqat fosiq mardud-ush shahodatdir, chunki xoindir.
Ey badbaxt fosiq odam! Fosiqlarning kasratiga qarab aldanma va "Aksariyatning fikri menikidek" dema! Chunki fosiq odam fisqni istab va bizzot talab qilib kirmagan; balki ichiga tushib qolgan, chiqolmaydi. Hech bir fosiq yoʻqki, solih boʻlishni tamanniy etmasin va amirini va raisini mutadayyin koʻrishini istamasin. Magaramki, al'iyazu billah, irtidod bilan vijdoni tafassuh etib, ilon kabi zaharlashdan lazzatlanadigan boʻlmasa bas.
Ey devona bosh va buzuq qalb! Oʻylaysanki, "Musulmonlar dunyoni sevmaydilar va yoxud oʻylamaydilarki, faqri holga tushganlar va iqozga muhtojlar; toki dunyodan hissalarini unutmasinlar". Oʻying yanglishdir, taxmining xatodir. Balki hirs shiddatlangan, shuning uchun faqri holga tushyaptilar. Chunki moʻ'minda hirs, sababi xasoratdir va safolatdir.
zarbulmasal hukmiga oʻtgan. Ha, insonni dunyoga chaqirgan va yoʻnaltirgan sabablar koʻp. Avvalo nafs va havosi va ehtiyoj va havassi va tuygʻulari va shaytoni va dunyoning suriy totliligi va sen kabi yomon doʻstlari kabi koʻp da'ilari bor. Holbuki boqiy boʻlgan oxiratga va uzun hayoti abadiyaga da'vat qilgan ozdir. Agar senda zarra miqdor bu bechora millatga qarshi hamiyat boʻlsa va uluvvi himmatdan ogʻiz koʻpirtirishing yolgʻon boʻlmasa, hayoti boqiyaga yordam bergan ozlarga imdod etish lozim boʻladi. Boʻlmasa, u oz da'ilarning ovozini oʻchirib, koʻplarga yordam bersang, shaytonga oʻrtoq boʻlasan.
Nahot bu millatning faqri holi, dindan kelgan bir zuhd va tarki dunyodan kelgan bir tanballikdan nash'at etadi, deb oʻylaysan. Bu fikring xatodir. Chin va Hinddagi Majusiy va Barohima va Afrikadagi zanjilar kabi, Ovrupaning mustamlakasi boʻlgan millatlar bizdan ham faqirligini koʻrmayapsanmi. Hamzaruriy ozuqadan boshqa musulmonlarning qoʻlida qoldirilmayotganini koʻrmayapsanmi. Yo Ovrupa kofir zolimlari yoki Osiyo munofiqlari dasisalari bilan yo oʻgʻirlayapti yoki gʻasb etyapti.
Sizning jabran bunday ahli iymonni mimsiz madaniyatga yetaklashdan maqsadingiz, agar mamlakatda osoyish va amniyatni ta'min va osonlik bilan idora qilish boʻlsa, qat'iyan bilingki; xato qilyapsiz, yanglish yoʻlga boshlayapsiz. Chunki e'tiqodi zaiflashgan, axloqi buzilgan yuz fosiqning idorasi va ular ichida osoyish ta'mini, minglab ahli salohatning idorasidanda mushkuldir.
Xullas, bu asoslarga binoan, ahli Islom dunyoga va hirsga yoʻllanishga va tashviq qilinishga muhtoj emasdirlar. Taraqqiyot va osoyishlar bu bilan ta'min qilinmaydi. Balki maso'iylarining tanzimiga va mobaynlaridagi amniyatning ta'sisiga va taovun dasturining tasxiliga muhtojdirlar. Bu ehtiyoj ham, dinning avomiri qudsiyasi bilan va taqvo va salobati diniya bilan boʻladi.
Ey sa'y va amaldagi lazzat va saodatni bilmagan tanbal inson! Bilki:
Janobi Haq kamoli karamidan, xizmatning mukofotini xizmat ichida darj etgan. Amalning ujratini nafsi amal ichida qoʻygan. Xullas, bu sir uchun, mavjudot, hatto bir nuqtai nazarga koʻra jomidot ham avomiri takviniya deb ataluvchi xususiy vazifalarida kamoli shavq bilan va oʻziga xos lazzat bilan avomiri Rabboniyaga imtisol etadilar. Aridan, chivindan, tovuqdan tortib; to Shams va Qamarga qadar hamma narsa kamoli lazzat bilan vazifasini qilyaptilar. Demak, xizmatlarida bir lazzat borki, aqllari boʻlmaganidan, oqibatni va natijalarni oʻylamasdan, mukammal vazifalarini ifo etyaptilar.
Agar desang: Zihayotda lazzat bor, jamodotda qanday shavq va lazzat boʻlishi mumkin?
Aljavob: Jamodot oʻz hisoblari uchun emas, ularda tajalliy etgan asmo-i Ilohiya hisobiga bir sharaf, bir maqom, bir kamol, bir goʻzallik, bir intizom istaydilar, izlaydilar. Oʻsha vazifa-i fitriyalarining imtisolida Nur-ul Anvorning ismlariga bittadan ma'kas, bittadan oyna hukmiga oʻtganidan tanavvur etadi, taraqqiy etadi.
Masalan: Qandayki bir qatra suv, bir zarracha shisha parchasi zotida ziyosiz, ahamiyatsiz ekan, sof qalbi bilan Quyoshga yuzini oʻgirsa, u vaqt u ahamiyatsiz, ziyosiz qatra va shisha parchasi Quyoshning bir navi arshi boʻlib sening yuzingga ham tabassum qiladi.
Xullas, bu misol kabi, zarrot va mavjudot jamoli mutlaq va kamoli mutlaq sohibi boʻlgan Zoti Zuljalolning ismlariga vazifaparvarlik jihatidan oyna boʻlishlari bilan, oʻsha qatra va zarracha shisha kabi gʻoyat past bir darajadan gʻoyat yuksak bir daraja-i zuhurga va tanavvurga chiqadilar. Modomiki vazifa jihatidan gʻoyat nuroniy va yuksak bir maqom oladilar; lazzat mumkin va qobil boʻlsa, ya'ni hayoti a'mmadan hissador boʻlsalar, gʻoyat lazzat bilan u vazifalarni bajaradilar, deyish mumkin.
Vazifada lazzat boʻlganiga eng zohir bir dalil, sen oʻz a'zo va tuygʻularingning xizmatlariga qara. Har biri baqo-i shaxsiy va baqo-i nav'iy uchun qilgan xizmatlarida boshqa-boshqa lazzatlari bor. Nafsi xizmat ularga bir talazzuz hukmiga oʻtadi. Hatto xizmatni tark qilish u a'zoning bir navi azobidir.
Ham eng zohir bir dalil ham, xoʻroz yoki ona tovuq kabi hayvonotning vazifalarida koʻrsatgan fidokorona va mardona vaziyatlariki, xoʻroz och boʻlgani holda, tovuqlarni nafsiga tarjih etib, topgan rizqiga ularni chaqiradi; yemaydi, ularga yediradi. Va bir shavq va iftixor va talazzuz bilan u vazifani bajargani koʻrinadi. Demak, u xizmatda yeyishdan ortiq bir lazzat oladi.
Ham jajji bolalariga choʻponlik qilgan tovuq ham bolalarining xotiri uchun ruhini fido qiladi, itga tashlanadi. Oʻzi och qolib ularni toʻydiradi. Demak, u xizmatdan shunday bir lazzat oladiki; ochlik dardidan va oʻlish alamidan tarajjuh etadi, ziyoda boʻladi. Hayvoniy volidalar bolalarini, kichik ekan vazifalari boʻlgani uchun lazzat bilan himoya qilishga harakat qiladilar. Ulgʻaygandan soʻng vazifa tugaydi, lazzati ham ketadi. Bolasini choʻqib, ogʻzidan donini oladi. Yolgʻiz inson navidagi volidalarning vazifalari bir daraja davom qiladi. Chunki insonlarda za'f-u ajz e'tibori bilan, doimo bir navi bolalik bor, har vaqt shafqatga muhtojlar. Xullas, umum hayvonotning xoʻroz kabi choʻponlik qilgan erkaklariga va tovuq kabi volidalariga qara, anglaginki; bular oʻzlari uchun va oʻz nomlaridan, oʻz kamollari uchun u vazifani bajarmaydilar. Chunki hayotini, vazifada lozim boʻlsa, fido qiladilar. Balki vazifalarni, ularni oʻsha vazifa bilan tavzif etgan va u vazifa ichida rahmati bilan bir lazzat darj etgan Mun'imi Karimning hisobi boʻyicha va Fotiri Zuljalolning nomidan bajaradilar.
Ham, nafsi xizmatda ujrat boʻlganiga bir dalil ham shudirki: Nabotot va ashjar bir shavq va lazzatni ihsos etgan bir holat bilan Fotiri Zuljalolning amrlariga imtisol etadilar. Chunki taratgan xushboʻy hidlari va mushtariylarning nazarlarini jalb qiladigan ziynatlar bilan bezanishlari va novdalari va mevalari uchun chirib ketgunga qadar oʻzlarini fido etishlari ahli diqqatga koʻrsatadiki: Ularning amri Ilohiyning imtisolidan shunday bir lazzatlari borki, oʻz nafsini mahv etib chiritadi.
Qara, boshida koʻplab sut konservalarini tashigan Hindiston yongʻogʻi va anjir kabi mevali daraxtlar rahmat xazinasidan lisoni hol bilan sut kabi eng goʻzal bir gʻidoni istaydi, oladi, mevalariga yediradi; oʻzi esa balchiq yeydi. Anor daraxti sof bir sharobni xazina-i rahmatdan olib mevasiga yediradi; oʻzi balchiqli va loyqa suvga qanoat qiladi.
Hatto hububotda ham unib chiqish vazifasida zohir bir ishtiyoq koʻrinadi. Qandayki tor bir yerda hibs qilingan bir zot bir boʻstonga, keng bir yerga chiqishni mushtoqona istaydi. Xuddi shuningdek: Hububotda unib chiqish vazifasida shunday sururli bir vaziyat, bir ishtiyoq koʻrinadi. Xullas, "Sunnatulloh" deb atalgan, koinotda jarayon etgan bu sirli uzun dasturdandirki: Ishsiz, tanbal, istirohat bilan yashagan va rohat toʻshagida yotganlar, aksariyat bilan sa'y etgan, ishlaganlardan koʻra koʻproq zahmat va mashaqqat chekadi. Chunki doimo ishsizlar umridan shikoyat qiladi; vaqtichogʻlik bilan tez oʻtishini istaydi. Sa'y etgan va ishlagan esa; shokirdir, hamd etadi, umrning oʻtishini istamaydi.
kulliy dasturdir. Ham u sir bilan: "Rohat zahmatda, zahmat rohatdadir" jumlasi zarbulmasal boʻlgandir. Ha, jamodotga diqqat bilan nazar qilinsa: Bilquvva yolgʻiz iste'dod va qobiliyat jihatidan noqis qolib inkishof etmaganlarning, gʻoyat bir ijtihod va sa'y bilan inbisot etib bilquvvadan bilfe'l suratiga oʻtishida mazkur sunnati Ilohiya dasturi bilan bir holat koʻrinadi. Va u holat ishorat qiladiki: U vazifa-i fitriyada bir shavq va u masalada bir lazzat bor. Agar u jomidning umumiy hayotdan hissasi boʻlsa, shavq oʻziniki boʻladi; boʻlmasa u jomidni tamsil etgan, nazorat qilgan narsaga oiddir. Hatto bu sirga binoan deyish mumkin: Latif, nozik suv injimod amrini olgan vaqt shunday shiddatli bir shavq bilan u amrga imtisol etadiki, temirni shaqq etadi, parchalaydi. Demak, burudat va taht-as sifr sovuqning lisoni bilan ogʻzi berk temir idishdagi suvga "Kengay!" amri Rabboniysini tabligʻida, shiddati shavq bilan idishini parchalaydi, temirni buzadi, oʻzi muz boʻladi. Va hokazo.. hamma narsani bunga qiyos qilginki, quyoshlarning davaronidan va sayru-sayohatlaridan tortib, to zarralarning mavlaviy kabi davr etishlariga va aylanishlariga va tebranishlariga qadar koinotdagi butun sa'yu harakat qonuni qadari Ilohiy ustida jarayon qiladi. Va dasti qudrati Ilohiydan sudur etgan va iroda va amr va ilmni tazammun etgan amri takviniy bilan zuhur etadi.
Hatto har bir zarra, har bir mavjud, har bir zihayot bir nafar askarga oʻxshaydiki; qoʻshinda muxtalif doiralarda u nafarning boshqa-boshqa nisbatlari, vazifalari boʻlgani kabi; har bir zarra, har bir zihayot ham shundaydir. Masalan: Sening koʻzingda bir zarra koʻzning hujayrasida va koʻzda va a'sobi vajhiyada va badanning sharoyin deb atalgan tomirlarida bittadan nisbati va u nisbatga koʻra bittadan vazifasi va u vazifaga koʻra bittadan foydasi bor. Va hokazo, hamma narsani unga qiyos qil. Bunga binoan har bir narsa bir Qodiri Azaliyning vujubi vujudiga ikki jihat bilan shahodat qiladi.
Biri: Toqatidan minglab daraja ustun vazifalarni bajarishdagi ajzi mutlaq lisoni bilan u Qodirning vujudiga shahodat qiladi.
Ikkinchisi: Har bir narsa nizomi olamni tashkil qilgan dasturlarga va muvozana-i mavjudotni idoma etgan qonunlarga tatbiqi harakat qilish bilan u Alimi Qodirga shahodat qiladi.
Chunki zarra kabi bir jomid, ari kabi kichik bir hayvon Kitobi Mubinning muhim va nozik masalalari boʻlgan nizom va mezonni bilmaydi. Jomid bir zarra, ari kabi kichik bir hayvon qayoqda? Samovot tabaqalarini bir daftar sahifasi kabi ochib, berkitib toʻplagan Zoti Zuljalolning qoʻlidagi Kitobi Mubinning muhim, nozik masalalarini oʻqish qayoqda? Agar sen telbalik qilib; zarrada u kitobning nozik hurufotini oʻqiy oladigan bir koʻz boʻlganini tavahhum etsang; u vaqt u zarraning shahodatini rad qilishga urinishing mumkin. Ha, Fotiri Hakim Kitobi Mubinning dasturlarini gʻoyat goʻzal bir suratda va muxtasar bir tarzda va xos bir lazzatda va maxsus bir ehtiyojda ijmol etib darj etadi. Hamma narsa shunday xos bir lazzat va maxsus bir ehtiyoj bilan amal qilsa, u Kitobi Mubinning dasturlarini bilmasdan imtisol etadi. Masalan: Xartumli pashsha dunyoga kelgan daqiqada uyidan chiqadi; toʻxtamasdan insonning yuziga hujum qiladi, uzun hassaٍَۙbilan urib, obi hayotni joʻshtiradi, ichadi. Hujumdan qochishda arkoni harb kabi mahorat koʻrsatadi. Ajabo, bu kichik, tajribasiz, endigina dunyoga kelgan maxluqqa bu san'atni va bu fanni harbni va suv chiqarish san'atini kim oʻrgatgan va u qayerdan oʻrgangan? Men, ya'ni bu bechora Said e'tirof etamanki: Agar men u xartumli pashshaning oʻrnida boʻlsaydim; bu san'atni, bu karru-far harbini va suv chiqarish xizmatini juda uzun darslar va juda mutaaddid tajribalar bilan zoʻrgʻa oʻrgangan boʻlardim.
Xullas, ilhomga mazhar boʻlgan ari, oʻrgimchak va uyasini paypoqqa oʻxshatib toʻqigan bulbul kabi hayvonotni bu pashshaga qiyos qil. Hatto nabototni ham aynan hayvonotga qiyoslashing mumkin. Ha, Javvodi Mutlaq (Jalla Jaloluhu) har fardi zihayotning qoʻliga lazzat midadi bilan va ehtiyoj murakkabi bilan yozilgan bir xatni bergan. U bilan avomiri takviniyaning dasturini va xizmatlarining mundarijasini tavdi' etgan. Qara u Hakimi Zuljalol; qandayam Kitobi Mubinning dasturlaridan ari vazifasiga oid miqdorini bir xatda yozgan, arining boshidagi sandiqchaga qoʻygan. U sandiqchaning kaliti ham, vazifaparvar ariga xos bir lazzatdir. U bilan sandiqchani ochadi, dasturini oʻqiydi, amrni anglaydi, harakat qiladi.
oyatining sirrini izhor etadi.
Xullas, agar bu Sakkizinchi Mulohazani eshitgan va toʻliq anglagan boʻlsang, bir hadsi iymoniy bilan
ning bir sirrini,
ning bir haqiqatini,
ning bir dasturini,
ning bir nuktasini anglab yetasan.
Bilki: navi basharda nubuvvat, bashardagi xayr va kamolotning fazlakasi va asosidir. Dini Haq, saodatning mundarijasidir. Iymon, bir husni munazzah va mujarraddir. Modomiki shu olamda porloq bir husn, keng va yuksak bir fayz, zohir bir haq, yuksak bir kamol koʻrinyapti. Bilbedaho haq va haqiqat, nubuvvat ichida va nabiylar qoʻlidadir. Zalolat, shar va xasorat; uning muxolifidadir.
Mahosini ubudiyatning mingtasidan yolgʻiz shunga qaraginki: Nabiy Alayhissalotu vassalam, ubudiyat jihati bilan muvahhidinning qalblarini hayit va juma va jamoat namozlarida ittihod ettiradi va tillarini bir kalimada jamlaydi. Shunday bir suratdaki: Shu inson Ma'budi Azaliyning azamati xitobiga hadsiz qalblardan va tillardan chiqqan ovozlar, duolar, zikrlar bilan muqobala etadi. U ovozlar, duolar, zikrlar bir-biriga tasonud etib va bir-biriga yordam berib, ittifoq qilib shunday keng bir suratda Ma'budi Azaliyning uluhiyatiga qarshi bir ubudiyat koʻrsatadiki; goʻyo kura-i arz oʻzi u zikrni aytadi, u duoni qiladi va aqtori bilan namoz oʻqiydi va atrofi bilan samovotdan ustun izzat va azamat bilan nozil boʻlgan
amriga kura-i arz imtisol etadi. Bu sirri ittihod bilan koinot ichida bir zarra kabi zaif, kichik bir maxluq boʻlgan shu inson, ubudiyatning azamati jihati bilan Xoliqi Arz va Samovotning mahbub bir abdi va Arzning xalifasi, sultoni va hayvonotning raisi va xilqati koinotning natijasi va gʻoyasi boʻladi. Ha, agar namozlarning orqasida, xususan bayram namozlarida, bir onda "Allohu Akbar" degan yuzlab million insonlarning ovozlari olami gʻaybda ittihod etganlari kabi, olami shahodatda ham bir-biri bilan ittihod etib ijtimo' etsa, kura-i arz tamomi bilan ulkan bir inson boʻlib, azamatiga nisbatan yuksak bir sado bilan aytgan "Allohu Akbar"ga musoviy kelganidan, u muvahhidinning ittihodi bilan bir onda "Allohu Akbar" deyishlari, kura-i arzning katta bir "Allohu Akbar"i hukmiga oʻtadi. Goʻyo bayram namozlarida olami Islomning zikr va tasbehi bilan zamin zilzila-i kubroga mazhar boʻlib, aqtor va atrofi bilan "Allohu Akbar" deb, qiblasi boʻlgan Ka'ba-i Mukarramaning samimiy qalbi bilan niyat qilib, Makka ogʻzi bilan, Jabali Arafa tili bilan "Allohu Akbar" deb, u birgina kalima atrofi Arzdagi umum moʻ'minlarning gʻor-misol ogʻizlaridagi havoda tamassul etadi. Birgina "Allohu Akbar" kalimasining aks-sadosi bilan hadsiz "Allohu Akbar" vuqu' topgani kabi, u maqbul zikr va takbir samovotni ham jaranglatib barzoh olamlariga ham mavj urib sado beradi. Xullas, Arzni bunday oʻziga sajid va obid va ibodiga masjid va maxluqlariga beshik va oʻziga musabbih va mukabbir etgan Zoti Zuljalolga yerning zarroti adadicha hamd va tasbeh va takbir aytib va mavjudoti adadicha hamd aytamizki; bizga bu nav ubudiyatni dars bergan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamiga ummat aylagan.
Bil ey gʻofil, mushavvash Said! Janobi Haqning nuri ma'rifatiga yetishish va qarash va oyot va shohidlarning oynalarida jilvalarini koʻrish va barohin va dalillar tuynuklari bilan tomosha qilish iqtizo etadiki; sening ustingdan oʻtgan, qalbingga kelgan va aqlingga koʻringan har bir nurni tanqid barmoqlari bilan tekshirma va taraddud qoʻli bilan tanqid qilma. Senga yorishgan bir nurni tutish uchun qoʻlingni uzatma; balki gʻaflat sabablaridan tajarrud et, ularga mutavajjih boʻl, toʻxta. Chunki men mushohada etdimki: Ma'rifatullohning shohidlari, burhonlari uch xildir:
Bir qismi: Suv kabidir; koʻrinadi, his qilinadi, lekin barmoqlar bilan tutilmaydi. Bu qismda xayolotdan tajarrud etish, kulliyat bilan unga shoʻngʻish kerak. Tanqid barmoqlari bilan tajassus qilinmaydi; qilinsa oqadi, qochadi. U obi hayot barmoqni makon ittihoz etmaydi.
Ikkinchi qism: Havo kabidir; his qilinadi, faqat na koʻrinadi, na tutiladi. Unga qarshi sen yuzing, ogʻzing, ruhing bilan u rahmat shabadasiga qarshi tavajjuh et, oʻzingni muqobil tut, tanqid qoʻlini uzatma, tutolmaysan. Ruhing bilan tanaffus et. Taraddud qoʻli bilan qarasang, tanqid bilan qoʻl uzatsang, u ketib qoladi; sening qoʻlingni maskan ittihoz etmaydi, unga rozi boʻlmaydi.
Uchinchi qism esa: Nur kabidir; koʻrinadi, faqat na his qilinadi, na tutiladi. Shunday ekan, qalbingning koʻzi bilan, ruhingning nazari bilan oʻzingni unga muqobil tut va koʻzingni unga tavjih et, kut; balki oʻz-oʻzidan keladi. Chunki nur; qoʻl bilan tutilmaydi, barmoqlar bilan ushlanmaydi, balki u nur faqat basirat nuri bilan ushlanadi. Agar haris va moddiy qoʻlingni uzatsang va moddiy mezonlar bilan tortsang, soʻnmasa ham yashirinadi. Chunki unday nur moddiyda hibsga rozi boʻlmagani kabi, qaydga ham kirolmaydi, kasifni oʻziga molik va sayyid deb qabul qilmaydi.
Bilki: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ifodasida koʻp shafqat va marhamat bor. Chunki muxotoblarning aksariyati, jumhuri avomdir. Ularning zehnlari soddadir. Nazarlari ham daqiq narsalarni koʻrmaganidan, ularning basotati afkorini erkalash uchun takror bilan samovot va arzning yuzlarida yozilgan oyatlarni takrorlaydi. U katta harflarni osonlik bilan oʻqittiradi. Masalan: Samovot va arzning xilqati va samodan yomgʻirning yogʻdirilishi va arzning tirilishi kabi bilbedaho oʻqilgan va koʻringan oyatlarni dars beradi. U hurufi kabira ichida kichik harflar bilan yozilgan inja oyotga nazarni kamdan-kam oʻgiradi, toki zahmat chekmasinlar. Ham uslubi Qur'oniyda shunday bir jazolat va salosat va fitriylik borki: Goʻyo Qur'on bir hofizdir; qudrat qalami bilan koinot sahifalarida yozilgan oyotni oʻqiydi. Goʻyo Qur'on koinot kitobining qiroatidir va nizomotining tilovatidir va Naqqoshi Azaliysining shuunotini oʻqiydi va fe'llarini yozadi. Bu jazolati bayoniyani koʻrishni istasang, hushyor va mudaqqiq bir qalb bilan Sura-i Amma va
oyatlari kabi farmonlarni tingla!..
Ey bu Mulohazalarni tinglayotgan doʻstlarim! Bilib qoʻyingki; men xilofi odat tarzida, yashirish lozim boʻlgan Robbimga qarshi qalbimning tazarru va niyoz va munojotini ba'zan yozganimning sababi; oʻlim tilimni jim qilgan zamonlarda, tilimga badal kitobimning soʻylashining qabulini rahmati Ilohiyadan rijo etishdir. Ha, qisqa bir umrda, hadsiz gunohlarimga kafforat boʻladigan muvaqqat lisonimning tavba va nadomatlari kifoya qilmaydi. Sobit va bir daraja doimiy boʻlgan kitobning lisoni u ishga ziyodaroq yaraydi. Xullas, oʻn uch yil {(Hoshiya) Bu risolaning ta'lifidan oʻn uch yil avval.} avval, gʻavgʻoli bir firtina-i ruhiya natijasida Eski Saidning kulishlari Yangi Saidning yigʻlashlariga inqilob etadigan hangomda; yoshlikning gʻaflat uyqusidan keksalik tongi bilan uygʻongan bir onimda, shu munojot va niyoz Arabcha yozilgan. Bir qismining Turkcha maoli shudirki:
Ey Robbi Rahimim va ey Xoliqi Karimim! Mening sui ixtiyorim bilan umrim va yoshligim zoye boʻlib ketdi. Va u umr va yoshlikning mevalaridan qoʻlimda qolgan, alam beruvchi gunohlar, zillat beruvchi alamlar, zalolat beruvchi vasvasalar qolgan. Va bu ogʻir yuk va kasalmand qalb va xijolatli yuzim bilan qabrga yaqinlashyapman. Bilmushohada koʻra-koʻra, gʻoyat tezlik bilan oʻngga va chapga qayrilmasdan, ixtiyorsiz bir tarzda vafot etgan ahbob va aqron va aqoribim kabi qabr eshigiga yaqinlashyapman. U qabr bu dori foniydan firoqi abadiy bilan abad-ul abad yoʻlida qurilgan, ochilgan avvalgi manzil va birinchi eshikdir. Va bu bogʻlanganim va maftun boʻlganim shu dori dunyo ham qat'iy bir yaqiyn bilan angladimki; halikdir, ketadi va foniydir, oʻladi. Va bilmushohada ichidagi mavjudot ham, bir-biri orqasidan qofila-qofila koʻchib ketadi, yoʻqoladi. Xususan, men kabi nafsi ammorasi borlarga shu dunyo juda gʻaddordir, makkordir. Bir lazzat bersa, ming alam beradi, chektiradi. Bir uzum yedirsa, yuz tarsaki uradi.
Ey Robbi Rahimim va ey Xoliqi Karimim!
sirri bilan men hozirdan koʻryapmanki: Yaqin bir zamonda men kafanimni kiydim, tobutimga mindim, doʻstlarim bilan vidolashdim. Qabrimga tavajjuh etib ketarkan, sening dargohi rahmatingda janozamning lisoni holi bilan, ruhimning lisoni qoli bilan baqirib deyman: "Al-omon, al-omon! Yo Hannon! Yo Mannon! Meni gunohlarimning xijolatidan qutqar!" Mana, qabrimning boshiga yetib keldim, boʻynimga kafanimni ilib, qabrimning boshida uzangan jismimning ustida toʻxtadim. Boshimni dargohi rahmatingga koʻtarib, bor quvvatim bilan faryod qilib nido qilyapman: "Al-omon al-omon! Yo Hannon! Yo Mannon! Meni gunohlarimning ogʻir yuklaridan xalos ayla!"
Mana, qabrimga kirdim, kafanimga oʻrandim. Tashyi'chilar meni tashlab ketdilar. Sening avfu rahmatingga intizor etaman. Va bilmushohada koʻrdimki: Sendan boshqa malja va manja yoʻq. Gunohlarning xunuk yuzidan va ma'siyatning vahshiy shaklidan va u makonning torligidan bor quvvatim bilan nido etib deyman: Al-omon, al-omon! Yo Rahmon! Yo Hannon! Yo Mannon! Yo Dayyon! Meni xunuk gunohlarimning hamrohligidan qutqar, yerimni kengaytir. Ilohim! Sening rahmating maljaimdir va Rahmatan lil Olamin boʻlgan Habibing sening rahmatingga yetishish uchun vasilamdir. Sendan shikoyat emas, balki nafsimni va holimni senga shikoyat qilaman. Ey Xoliqi Karimim va ey Robbi Rahimim! Sening Said ismli maxluqing va masnu'ing va abding ham osiy, ham ojiz, ham gʻofil, ham johil, ham a'lil, ham zalil, ham musiy, ham musinn, ham shaqiy, ham sayyididan qochgan bir qul boʻlgani holda, qirq yildan soʻng nadomat etib sening dargohingga qaytishni istaydi. Sening rahmatingga iltijo qiladi. Hadsiz gunoh va xatiotlarini e'tirof etadi. Avhom va turli-tuman illatlar bilan mubtalo boʻlgan. Senga tazarru va niyoz etadi. Agar kamoli rahmating bilan uni qabul qilsang, magʻfirat aylab rahmat etsang; zotan u sening shoningdir. Chunki Arhamurrohiminsan. Agar qabul qilmasang, sening eshigingdan boshqa qaysi eshikka boraygin? Qaysi eshik bor? Sendan boshqa Rob yoʻqki, dargohiga borilsin. Sendan boshqa haq Ma'bud yoʻqki, unga iltijo qilinsin!
Madori iltibos boʻlgan besh masaladir.
Birinchisi: Tariqi haqda xizmat qilgan va mujohada qilganlar yolgʻiz oʻz vazifalarini oʻylashlari lozim ekan, Janobi Haqqa oid vazifani oʻylab, harakotini unga bino qilib xatoga tushadilar. "Adab-ud Din vad Dunyo" Risolasida keladiki: Bir zamon shayton Hazrat Iso Alayhissalomga e'tiroz bildirib aytadiki: "Modomiki ajal va hamma narsa qadari Ilohiy bilan ekan; sen oʻzingni bu tepalikdan ot, qara qanday oʻlasan". Hazrat Iso Alayhissalom deganki:
Ya'ni: "Janobi Haq abdini tajriba qiladi va deydiki: "Sen bunday qilsang, senga bunday qilaman, seni koʻraychi, qila olasanmi?", deya tajriba qiladi. Lekin abdning haqqi yoʻq va haddi emaski, Janobi Haqni tajriba qilsin va desin: "Men bunday ish qilsam, sen bunday ish qilasanmi?" deya tajribavoriy bir suratda Janobi Haqning rububiyatiga qarshi imtihon tarzi sui adabdir, ubudiyatga munofiydir."
Modomiki haqiqat bu ekan, inson oʻz vazifasini bajarib, Janobi Haqning vazifasiga aralashmasligi kerak.
Mashhurki: Bir zamon Islom qahramonlaridan va Chingizning qoʻshinini mutaaddid dafa magʻlub qilgan Jaloliddin Xorazmshoh jangga borarkan, vuzarosi va atba'i unga deganlar: "Sen muzaffar boʻlasan, Janobi Haq seni gʻolib qiladi". U degan: "Men Allohning amri bilan, jihod yoʻlida harakat qilishga vazifadorman, Janobi Haqning vazifasiga qoʻshilmayman; muzaffar qilish yoki magʻlub qilish uning vazifasidir". Xullas, u zot bu sirri taslimiyatni tushunganidan, horiqo bir suratda koʻp marta muzaffar boʻlgan.
Ha, insonning qoʻlidagi juzi ixtiyoriy bilan qilgan af'ollarida Janobi Haqqa oid natoijni oʻylamaslik kerak. Masalan: Odamlarning Risola-i Nurga iltihoqlari qardoshlarimizdan bir qism zotlarning shavqlarini ziyodalashtiradi, gʻayratga keltiradi. Tinglamagan vaqtlari, zaiflarning quvva-i ma'naviyalari sinadi, shavqlari bir daraja soʻnadi. Holbuki Ustozi Mutlaq, Muqtado-i Kull, Rahbari Akmal boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam
boʻlgan farmoni Ilohiyni oʻzlariga rahbari mutlaq qilib, insonlarning chekingani va tinglamagani sari yanada ziyoda sa'yu gʻayrat va jiddiyat bilan tabligʻ etganlar. Chunki
sirri bilan anglaganlarki: Insonlarni tinglattirish va hidoyat berish, Janobi Haqning vazifasidir. Janobi Haqning vazifasiga aralashmas edilar.
Shunday ekan; mana ey qardoshlarim! Siz ham sizga oid boʻlmagan vazifaga harakotingizni bino qilish bilan aralashmang va Xoliqingizga qarshi tajriba vaziyatini olmang!
Ikkinchi Masala: Ubudiyat, amri Ilohiyga va rizo-i Ilohiyga qaraydi. Ubudiyatning da'isi amri Ilohiy va natijasi rizo-i Haqdir. Samaroti va favoidi uxroviyadir. Faqat illa-i gʻoya boʻlmaslik, ham qasddan istanilmaslik sharti bilan, dunyoga oid foydalar va oʻz-oʻzidan tarattub etgan va istanilmasdan berilgan samaralar ubudiyatga munofiy boʻlmaydi. Balki zaiflar uchun mushavviq va murajjih hukmiga oʻtadilar. Agar dunyoga oid foydalar va manfaatlar; u ubudiyatga, u virdga yoki u zikrga illat yoki illatning bir juzi boʻlsa; u ubudiyatni qisman yoʻq qiladi. Balki u xosiyatli virdni befoyda qilib qoʻyadi, natija bermaydi. Mana bu sirni anglamaganlar, masalan yuz xosiyati va foydasi boʻlgan Avrodi Qudsiya-i Shohi Naqshbandiyni yoki ming xosiyati boʻlgan Javshan-ul Kabirni u foydalarning ba'zilarini maqsudi bizzot niyat qilib oʻqiydilar. U foydalarni koʻrolmaydilar va koʻrmaydilar va koʻrishga ham haqlari yoʻq. Chunki u foydalar u avrodlarning illati boʻlolmaydi va undan ular qasddan va bizzot istanilmaydi. Chunki ular fazliy bir suratda u xolis virdga talabsiz tarattub etadi. Ularni niyat qilsa, ixlosi bir daraja buziladi. Balki ubudiyatdan chiqadi va qiymatdan tushadi. Yolgʻiz shu qadarki; bunday xosiyatli avrodni oʻqish uchun zaif insonlar bir mushavviq va murajjihga muhtojdirlar. U foydalarni oʻylab, shavqqa kelib; avrodni yolgʻiz rizo-i Ilohiy uchun, oxirat uchun oʻqisa, zarar bermaydi. Hamda maqbuldir. Bu hikmat anglashilmagani uchun; koʻpchilik aqtobdan va salafi solihindan marvi boʻlgan foydalarni koʻrmaganlaridan shubhaga tushadi, hatto inkor ham qiladi.
Ya'ni, "Qanday baxtli u odamki, oʻzini bilib haddidan oshmaydi". Qandayki, bir zarra shishadan, bir qatra suvdan, bir hovuzdan, dengizdan, qamardan sayyoralarga qadar quyoshning jilvalari bor. Har birisi qobiliyatiga koʻra quyoshning aksini, misolini tutadi va haddini biladi. Bir qatra suv oʻz qobiliyatiga koʻra "Quyoshning bir aksi menda bor" deydi. Faqat "Men ham dengiz kabi bir oynaman" deyolmaydi. Xuddi shuning kabi: Asmo-i Ilohiyaning jilvasining tanavvu'iga koʻra, maqomoti avliyoda shunday marotib bor. Asmo-i Ilohiyaning har birisining bir quyosh kabi qalbdan Arshga qadar jilvalari bor. Qalb ham bir Arshdir, faqat "Men ham Arsh kabiman" deyolmaydi. Xullas, ubudiyatning asosi boʻlgan ajz va faqr va qusur va nuqsonini bilish va niyoz bilan dargohi uluhiyatga qarshi sajda qilishga badal, noz va faxr suratida ketganlar; zarradek qalbini Arshga musoviy tutadi. Qatra kabi maqomini dengiz kabi avliyoning maqomoti bilan iltibos etadi. Oʻzini u buyuk maqomotga loyiq qilish va u maqomda oʻzini muhofaza qilish uchun tasannu'otga, takallufotga, ma'nosiz xudfurushlikka va bir qancha mushkulotga tushadi.
Alhosil: Hadisda voridki:
Ya'ni: Madori najot va xalos, yolgʻiz ixlosdir. Ixlosni qozonish juda muhimdir. Bir zarra ixlosli amal botmonlab xolis boʻlmagan amallarga murajjahdir. Ixlosni qozontirgan harakotining sababi, yolgʻiz bir amri Ilohiy va natijasi rizo-i Ilohiy ekanini oʻylashi kerak va vazifa-i Ilohiyaga qoʻshilmasligi kerak. Hamma narsada bir ixlos bor. Hatto muhabbatning ham ixlos bilan bir zarrasi botmonlab rasmiy va ujratli muhabbatga tarajjuh etadi. Xullas, bir zot bu ixlosli muhabbatni bunday ta'bir etgan:
Ya'ni: "Men muhabbat evaziga bir rushvat, bir ujrat, bir muqobala, bir mukofot istamayman. Chunki muqobilida bir mukofot, bir savob istanilgan muhabbat zaifdir, davomsizdir." Hatto xolis muhabbat fitrati insoniyada va umum volidalarda darj etilgan. Xullas, bu xolis muhabbatga toʻliq ma'noda volidalarning shafqatlari mazhardir. Volidalar u sirri shafqat bilan, avlodlariga qarshi muhabbatlariga bir mukofot, bir rushvat istamaganlariga va talab qilmaganlariga dalil: ruhini, balki saodati uxroviyasini ham ular uchun fido qilishlaridir. Tovuqning butun sarmoyasi oʻz hayoti ekan, bolasini itning ogʻzidan qutqarish uchun -Husravning mushohadasi bilan- boshini itga uzdiradi.
Toʻrtinchi Masala: Zohiriy sabablar qoʻli bilan kelgan ne'matlarni u sabablar nomidan olmaslik kerak. Agar u sabab ixtiyor sohibi boʻlmasa -masalan, hayvon va daraxt kabi- ne'matni Janobi Haq nomidan toʻgʻridan-toʻgʻri beradi. Modomiki u lisoni hol bilan Bismilloh deydi, senga beradi. Sen ham Alloh nomidan Bismilloh de, ol. Agar u sabab ixtiyor sohibi boʻlsa; u Bismilloh deyishi kerak, soʻngra undan ol, boʻlmasa olma. Chunki
oyatining ma'no-i sarihidan boshqa bir ma'no-i ishoriysi shudirki: "Mun'imi Haqiqiyni xotirga keltirmagan va uning nomi bilan berilmagan ne'matni yemangiz!" deganidir. U holda ham bergan Bismilloh deyishi lozim, ham olgan Bismilloh deyishi lozim. Agar u Bismilloh demasa, faqat sen ham olishga muhtoj boʻlsang; sen Bismilloh de, uning boshi ustida rahmati Ilohiyaning qoʻlini koʻr, shukr bilan oʻp, undan ol. Ya'ni, ne'matdan in'omga qara, in'omdan Mun'imi Haqiqiyni oʻyla. Shunday oʻylash bir shukrdir. Soʻngra u zohiriy vositaga istasang duo qil. Chunki u ne'mat uning qoʻli bilan sizga yuborildi.
Zohiriy sabablarni parastish etganlarni aldagan; ikki narsaning barobar kelishi yoki boʻlishiki, "iqtiron" ta'bir qilinadi, bir-biriga illat deb oʻylashlaridir.
Hamda bir narsaning adami, bir ne'matning ma'dum boʻlishiga illat boʻlganidan, tavahhum etadiki: U narsaning vujudi ham u ne'matning vujudiga illatdir. Shukrini, minnatdorligini u narsaga beradi, xatoga yoʻliqadi. Chunki bir ne'matning vujudi, u ne'matning umum muqaddamotiga va sharoitiga tarattub etadi. Holbuki u ne'matning adami, birgina shartning adami bilan boʻladi. Masalan: Bir bogʻni sugʻoradigan odam ariqning ogʻzini ochmasa, u bogʻning qurishiga va u ne'matlarning adamiga sabab va illat boʻladi. Faqat u bogʻning ne'matlarining vujudi, u odamning xizmatidan boshqa yuzlab sharoitning vujudiga tavaqquf bilan barobar, illati haqiqiy boʻlgan qudrat va iroda-i Rabboniya bilan vujudga keladi. Xullas, bu magʻlataning naqadar xatosi zohir boʻlganini angla va sababparastlarning naqadar xato qilganlarini bil!
Ha, iqtiron boshqadir, illat boshqadir. Bir ne'mat senga keladi; faqat bir insonning senga qarshi ehson niyati u ne'matga muqorin boʻlgan; faqat illat boʻlmagan. Illat, rahmati Ilohiyadir. Ha, u odam ehson qilishni niyat qilmasaydi, u ne'mat senga kelmas edi. Ne'matning adamiga illat boʻlardi. Faqat mazkur qoidaga binoan; u mayli ehson u ne'matga illat boʻlolmaydi. Faqat yuzlab sharoitning bir sharti boʻla oladi. Masalan: Risola-i Nurning shogirdlari ichida Janobi Haqning ne'matlariga mazhar ba'zi zotlar (Xusrav, Ra'fat kabi) iqtironni illat bilan iltibos etishgan, Ustoziga ortiqcha minnatdorchilik bildirishgan. Holbuki, Janobi Haq ularga darsi Qur'oniyda bergan ne'mati istifoda bilan, Ustozlariga ehson etgan ne'mati ifodani barobar qilgan, muqoranat bergan. Ular deydilarki: "Agar Ustozimiz bu yerga kelmasaydi, biz bu darsni ololmasdik. Unday boʻlsa, uning ifodasi, istifodamizga illatdir". Men ham deyman: "Ey qardoshlarim! Janobi Haqning menga ham, sizlarga ham bergan ne'mati barobar kelgan, ikki ne'matning illati ham rahmati Ilohiyadir. Men ham siz kabi iqtironni illat bilan iltibos etib, bir vaqt Risola-i Nurning sizlar kabi olmos qalamli yuzlab shogirdlariga koʻp minnatdorlik his qilardim. Va der edimki: Bular boʻlmasa edi, men kabi yarim ummiy bir bechora qanday xizmat qilardi? Soʻngra angladimki, sizlarga qalam vositasi bilan boʻlgan qudsiy ne'matdan soʻngra, menga ham bu xizmatda muvaffaqiyat ehson etgan. Bir-biriga iqtiron etgan, bir-birining illati boʻlolmaydi. Men sizga tashakkur emas, balki sizni tabriklayman. Siz ham menga minnatdorlikka badal, duo va tabrik qilinglar".
Bu toʻrtinchi masalada gʻaflatning qanday darajalari borligi anglashiladi.
Beshinchi Masala: Qandayki bir jamoatning moli bir odamga berilsa zulm boʻladi. Yoki jamoatga oid vaqflarni bir odam zabt etsa, zulm qiladi. Xuddi shuningdek: Jamoatning sa'ylari bilan hosil boʻlgan bir natijani yoki jamoatning hasanotlari bilan tarattub etgan bir sharafni, bir fazilatni u jamoatning raisiga yoki ustoziga berish; ham jamoatga, hamda u ustoz yoki raisga zulmdir. Chunki anoniyatni erkalaydi, gʻururga boshlaydi. Darvozabon ekan, oʻzini podshoh deb tasavvur qildiradi. Oʻz nafsiga ham zulm qiladi. Balki bir navi shirki xofiyga yoʻl ochadi. Ha, bir qal'ani fath etgan bir qoʻshinning gʻanimatini va muzaffariyat va sharafini mingboshisi ololmaydi. Ha, ustoz va murshid masdar va manba deb oʻylanmasligi kerak. Balki mazhar va ma'kas ekanini bilish lozim. Masalan: Harorat va ziyo senga bir oyna vositasi bilan keladi. Sen Quyoshga qarshi minnatdor boʻlishga badal, oynani masdar deb oʻylab, Quyoshni unutib, unga minnatdor boʻlishing devonalikdir. Ha, oyna muhofaza qilinishi kerak, chunki mazhardir. Xullas, murshidning ruhi va qalbi bir oynadir. Janobi Haqdan kelgan fayzga ma'kas boʻladi, muridiga aks etilishiga ham vasila boʻladi. Vasilalikdan ortiq fayz nuqtasida maqom berilmasligi lozim. Hatto ba'zan boʻladiki, masdar deb oʻylangan bir ustoz, na mazhardir, na masdardir. Balki muridining safvati ixlosi bilan va quvvati irtiboti bilan va unga hasri nazar bilan u murid boshqa yoʻlda olgan fuyuzotni ustozining mir'ati ruhidan kelgan deb koʻradi. Qandayki ba'zi odamlar gipnoz vositasi bilan bir shishaga diqqat qila-qila olami misolga qarshi xayolida bir deraza ochiladi. U oynada koʻp gʻaroibni mushohada etadi. Holbuki oynada emas, balki oynaga boʻlgan diqqati nazar vositasi bilan bir oynaning xorijida xayoliga bir deraza ochilganini koʻradi. Shuning uchun, ba'zan noqis bir shayxning xolis muridi shayxidan yanada ziyoda komil boʻlishi mumkin va qaytib kelib, shayxini irshod etadi va shayxining shayxi boʻladi.
Tavhidga doir toʻrt kichik < Ramz
dir.
Ey sababparast inson! Ajabo, gʻarib javharlardan yasalgan bir ajib qasrni koʻrsangki, qurilyapti. Uning binosida sarf etilgan javharlarning bir qismi yolgʻiz Chinda mavjud. Boshqa qismi Andalusda, bir qismi Yamanda, bir qismi Sibirdan boshqa joyda topilmaydi. Binoning qurilish zamonida ayni kunning oʻzida sharq, shimol, gʻarb, janubdan u javharli toshlar osonlik bilan jalb boʻlib qurilganini koʻrsang; hech shubhang qoladimiki, u qasrni qurgan usta, butun kura-i arzga hukm qilgan bir hokimi moʻ'jizakordir.
Xullas, har bir hayvon shunday bir qasri Ilohiydir. Xususan, inson oʻsha qasrlarning eng goʻzali va u saroylarning eng ajibidir. Va bu inson deb ataluvchi saroyning javharlari; bir qismi olami arvohdan, bir qismi olami misoldan va Lavhi Mahfuzdan va boshqa bir qismi ham havo olamidan, nur olamidan, anosir olamidan kelgani kabi; hojoti abadga uzangan, orzulari samovot va arzning aqtorida intishor etgan, robitalari, aloqalari dunyo va oxirat advorida tarqalgan bir saroyi ajib va bir qasri gʻaribdir.
Xullas, ey oʻzini inson deb oʻylagan inson! Modomiki mohiyating shunday ekan; seni yaratgan faqat u zot boʻlishi mumkinki: Dunyo va oxirat bittadan manzil, arz va samo bittadan sahifa, azal va abad kecha va ertangi kun hukmida boʻlib tasarruf qilgan bir zot boʻlishi mumkin. Shunday ekan, insonning ma'budi va maljai va xaloskori u boʻlishi mumkinki; arz va samoga hukm qiladi, dunyo va uqbo tizginlariga molikdir.
Ba'zi ablahlar borki, quyoshni tanimaganlari uchun, bir oynada quyoshni koʻrsa, oynani sevishni boshlaydi. Shadid bir his bilan uni muhofaza qilishga urinadi. Toki ichidagi quyoshi yoʻqolmasin. Qachonki u ablah quyosh oynaning oʻlishi bilan oʻlmasligini va sinishi bilan fano topmasligini tushunib yetsa, butun muhabbatini koʻkdagi quyoshga qaratadi. U vaqt anglaydiki, oynada koʻringan quyosh oynaga tobe emas, baqosi unga mutavaqqif emas. Balki quyosh u oynani oʻshanday tutadi va uning porlashiga va nuriga madad beradi. Quyoshning baqosi u bilan emas, balki oynaning hayotdor porlashining baqosi quyoshning jilvasiga tobedir.
Ey inson! Sening qalbing va huviyat va mohiyating, bir oynadir. Sening fitratingda va qalbingda boʻlgan shadid bir muhabbati baqo u oyna uchun emas va u qalbing va mohiyating uchun emas, balki u oynada iste'dodga koʻra jilvasi boʻlgan Boqiyi Zuljalolning jilvasiga qarshi muhabbating boʻlib, balohat tufayli u muhabbatning yuzi boshqa tarafga qaytgan. Modomiki shunday ekan "Yo Boqiy Antal Boqiy" de. Ya'ni, modomiki Sen borsan va Boqiysan; fano va adam nima xohlasa bizga qilsin, ahamiyati yoʻq!..
Ey inson! Fotiri Hakim sening mohiyatingga qoʻygan eng gʻarib bir holat shudirki: Ba'zan dunyoga sigʻmay qolasan. Zindonda boʻgʻilayotgan odam kabi "uf, uf," deya dunyodan yanada keng bir yer istaganing holda, bir zarracha bir ish, bir xotira, bir daqiqa ichiga kirib joylashib olasan. Ulkan dunyoga joylashmagan qalb va fikring u zarrachada joylashadi. Eng shiddatli hissiyoting bilan u daqiqacha, u xotirachada kezib yurasan.
Ham sening mohiyatingga shunday ma'naviy jihozot va latifalar berganki; ba'zilari dunyoni yutsa, toʻymaydi. Ba'zilari bir zarrani oʻzida joylashtirolmaydi. Bosh bir botmon toshni koʻtargani holda, koʻz bir sochni koʻtarolmagani kabi, u latifa bir soch qadar siqlatga, ya'ni gʻaflat va zalolatdan kelgan kichik bir holatga chiday olmaydi. Hatto ba'zan soʻnadi va oʻladi. Modomiki shunday ekan; ehtiyot boʻl, diqqat bilan bos, botishdan qoʻrq. Bir luqma, bir kalima, bir urugʻ, bir lam'a, bir ishoratda, bir oʻpishda botma! Dunyoni yutgan butun latoiflaringni unda botirma. Chunki juda kichik narsalar bor, juda kattalarni bir jihatda yutadi. Qandayki, kichik bir shisha parchasida koʻk yulduzlari bilan barobar ichiga kirib gʻarq boʻladi. Mosh kabi kichik quvva-i hofizangda, sening sahifa-i a'molingning aksariyati va sahoifi umringning agʻlabi ichiga kirgani kabi; koʻp juz'iy kichik narsalar bor, shunday katta ashyoni bir jihatda yutadi, isti'ob etadi.
Ey dunyoparast inson! Juda keng deb tasavvur qilgan sening dunyoing, tor bir qabr hukmidadir. Faqat u tor qabr kabi manzilning devorlari shishadan boʻlgani uchun, bir-biri ichida in'ikos etib, koʻz koʻra olgan darajada kengayadi. Qabr kabi tor ekan, bir shahar qadar keng koʻrinadi. Chunki u dunyoning oʻng devori boʻlgan oʻtgan zamon va chap devori boʻlgan kelasi zamon, ikkisi ma'dum va gʻayri mavjud boʻlganlari holda, bir-biri ichida in'ikos etib gʻoyat qisqa va tor boʻlgan hozirgi zamonning qanotlarini ochadilar. Haqiqat xayolga aralashadi, ma'dum bir dunyoni mavjud deb oʻylaysan. Qandayki bir chiziq tez harakatlanishi bilan bir sath kabi keng koʻrinarkan, haqiqati vujudi inja bir chiziq boʻlgani kabi, sening ham dunyoing haqiqatdan tor, faqat sening gʻaflat va vahm va xayoling bilan devorlari juda kengaygan. U tor dunyoda bir musibatning tahriki bilan qimirlab ketsang, boshingni juda uzoq deb oʻylagan devorga urasan. Boshingdagi xayolni uchiradi, uyqungni qochiradi. U vaqt koʻrasanki: U keng dunyoing; qabrdan yanada tor, koʻprikdan yanada muso'adasiz. Sening zamoning va umring chaqmoqdan yanada tez oʻtadi; hayoting soydan yanada tezroq oqadi.
Modomiki dunyo hayoti va jismoniy yashash va hayvoniy hayot bundaydir; hayvoniyatdan chiq, jismoniyatni tashla, qalb va ruhning daraja-i hayotiga kir. Tavahhum etgan keng dunyoingdan yanada keng bir doira-i hayot, bir olami nur topasan. Xullas, olamning kaliti ma'rifatulloh va vahdoniyat sirlarini ifoda qilgan "La ilaha Illalloh" kalima-i qudsiyasi bilan qalbni gapirtirish, ruhni ishlattirishdir.
Uch Masaladir.
Birinchi Masala: Ismi Hofizning tajalli-i atammiga ishorat qilgan
oyatidir. Qur'oni Hakimning bu haqiqatiga dalil istasang, Kitobi Mubinning mistari ustida yozilgan shu koinot kitobining sahifalariga qarasang, Ismi Hofizning jilva-i a'zamini va bu oyati karimaning bir haqiqati kubrosining nazirasini koʻp jihatlar bilan koʻra olasan. Azjumla: Daraxt, gul va oʻtlarning muxtalif urugʻlaridan bir hovuch ol. U muxtalif va bir-biriga muxolif urugʻlarning jinslari bir-biridan boshqa, navlari bir-biridan boshqa boʻlgan gul va daraxt va oʻtlarning sandiqchalari hukmida boʻlgan u hovuchni qorongʻida va qorongʻi va oddiy va jomid bir tuproq ichida dafn et, sep. Soʻngra mezonsiz va ashyoni farq qilmagan va qayerga yuzini bursang, u yerga ketadigan oddiy suv bilan sugʻor. Soʻngra, sanaviy hashrning maydoni boʻlgan bahor mavsumida kel, qara! Isrofil-voriy malagi ra'd; bahorda nafhi sur navidan yomgʻirga baqirishi, yer ostida dafn etilgan urugʻlarga nafhi ruh bilan xushxabar berishi zamoniga diqqat qilki, u nihoyat daraja chalkash va chalkashgan va bir-biriga oʻxshagan u urugʻchalar ismi Hofizning tajalliysi ostida kamoli imtisol bilan xatosiz oʻlaroq Fotiri Hakimdan kelgan avomiri takviniyaga imtisol etadilar. Va shunday tavfiqi harakat qiladilarki; ularning u harakatlarida bir shuur, bir basirat, bir qasd, bir iroda, bir ilm, bir kamol, bir hikmat porlagani koʻrinadi. Chunki koʻryapsanki, u bir-biriga oʻxshagan urugʻchalar bir-biridan tamoyuz etib ayriladi. Masalan, bu urugʻcha bir anjir daraxti boʻldi. Fotiri Hakimning ne'matlarini boshlarimiz ustida nashr qilishni boshladi. Ulashyapti, shoxlarining qoʻllari bilan bizlarga uzatyapti. Xullas, unga suratan oʻxshagan bu ikki urugʻcha esa, kun oshigʻi nomli gul bilan kamalak rang binafsha kabi gullar berdi. Bizlar uchun bezandi. Yuzimizga kulyapti, oʻzlarini bizga sevdiryaptilar. Yana bu yerdagi bir qism urugʻchalar bu goʻzal mevalarni berdi va nihol va daraxt boʻldilar. Goʻzal mazasi va hidi va shakllari bilan ishtahamizni ochib, oʻz nafslariga bizning nafslarimizni da'vat etyaptilar va oʻzlarini mushtariylariga fido qilyaptilar. Toki nabotiy hayot martabasidan hayvoniy hayot martabasiga taraqqiy qilsinlar. Va hokazo.. qiyos qil. Shunday bir suratda u urugʻchalar inkishof etdilarki, u bir hovuch muxtalif daraxtlar va mutanavvi' gullar bilan toʻla bir bogʻ hukmiga oʻtdi. Ichida hech bir gʻalat, qusur yoʻq.
sirrini koʻrsatadi. Har bir urugʻ ismi Hofizning jilvasi bilan va ehsoni bilan unga padarining va aslining molidan bergan irsiyatni; iltibossiz, nuqsonsiz muhofaza qilib koʻrsatadi. Xullas, bu hadsiz horiqo muhofazani qilgan Zoti Hofiz, qiyomat va hashrda hofiziyatning tajalli-i akbarini koʻrsatishiga qat'iy bir ishoratdir. Ha, bu ahamiyatsiz, zoil, foniy holatlarda bu daraja qusursiz, gʻalatsiz hofiziyat jilvasi bir hujjati qat'iyadirki; abadiy ta'siri va azim ahamiyatli boʻlgan omonati kubro hamalasi va arzning xalifasi boʻlgan insonlarning af'ol, osor va aqvollari va hasanot va sayyiotlari kamoli diqqat bilan muhofaza qilinib muhosabasi koʻriladi. Nahot, inson bebosh qolaman deb oʻylaydimi? Xosho!.. Balki inson abadga mab'usdir va saodati abadiyaga va shaqovati doimaga nomzoddir. Kichik-katta, oz-koʻp har amalidan muhosaba koʻradi. Yo taltif yoki ta'zir yeydi. Xullas, hofiziyatning jilva-i kubrosiga va mazkur oyatning haqiqatiga shohidlarning haddu-hisobi yoʻq. Bu masalada koʻrsatgan shohidimiz; dengizdan bir qatra, togʻdan bir zarradir.
ZARRA
Janobi Haqqa nazir va unga vosil boʻlgan yoʻllar, eshiklar; olamning tabaqalari, sahifalari, murakkaboti nisbatida bir yakun tashkil etmoqdadir. Oddiy bir yoʻl yopilgan zamon, butun yoʻllar yopilgan deb tavahhum etish, jaholatning eng katta bir shohididir. Bu odamning masali, gʻoyat katta askariy bir qarorgohni ichiga olgan katta bir shaharda, qarorgohning bayrogʻini koʻrmaganidan, sultonning va askarlikka oid butun narsalarning inkorini yoki ta'vilini boshlagan odamning masali kabidir.
Hamma narsaning botini zohiridan yanada oliy, yanada komil, yanada latif, yanada goʻzal, yanada muzayyan boʻlgani kabi; hayot jihatidan yanada qoviy, shuur jihatidan yanada toʻliqdir. Va zohirda koʻringan hayot, shuur, kamol va boshqalar faqat botindan zohirga sizilgan zaif bir tarashshuhdir. Boʻlmasa botin, jomid, mayyit boʻlib, ilm va hayotni tashqariga bergan zahobga ehtimol yoʻqdir.
Ha, qorning (me'dang) uyingdan; jilding koʻylagingdan va quvva-i hofizang sening kitobingdan naqsh va intizom jihatidan yanada yuksak va yanada gʻaribdir. Shunga binoan, olami malakut olami shahodatdan, olami gʻayb dunyo va oxiratdan yanada oliy va yanada yuksakdir. Afsuski, nafsi ammora havo-i nafs bilan qaragani uchun, zohirni hayotli, unsiyatli bir parda kabi, mayyit va zulmatli va vahshatli deb oʻylagan botin ustiga toʻshalganini koʻradi.
Sening yuzing, vajhing shu qadar kichilkigi bilan barobar, oʻtgan va keladigan butun insonlarning adadicha oʻzini ulardan ayirgan va ta'rif etgan nishon va alomatlarni ichiga olgani kabi, yuzingni tashkil etgan asos va arkonida ham butun insonlar ittifoqdadir. Butun insonlarda biri tavofuq, boshqasi taxoluf boʻlib, ikki jihat bor. Taxoluf jihati Sone'ning muxtor boʻlganiga, tavofuq jihati esa Sone'ning Vohidi Ahad boʻlganiga dalolat etadilar. Bu ikki jihatning bir Qosidning qasdi bilan, bir Muxtorning ixtiyori bilan, bir Muridning irodasi bilan, bir Alimning ilmi bilan boʻlmaganini oʻylash, maholotning eng ajibidir. Fasubhanalloh! Yuzning u kichik sahifasida qanday gʻayri mutanohiy nishonlar darj etilgandirki, koʻz bilan oʻqiladi-yu, nazar bilan, ya'ni aql bilan koʻrinmaydi.
Inson navida shu taxoluf bilan barobar bugʻdoy, uzum, ari, chumoli navlaridagi tavofuq, koʻr tasodifning ishi emasligi quyosh kabi oshkoradir. Modomiki kasratning bunday uzoq, inja, keng ahvol va atvorida ham tasodifning mudohalasiga imkon yoʻq. Va tasodifning qoʻlidan mahfuzdir. Va faqat bir Hakimning qasdi va bir Muxtorning ixtiyori va Sami', Basir bir Muridning irodasining doira-i tasarrufidadir.
"Tasodif, shirk va tabiat"dan tashakkul etgan fasod boʻlimining olami Islomdan nafiy va ixrojiga, Risola-i Nur tomonidan berilgan qaror ijro etilgan.
Shayton ilqo etgan vasvasalardan biri:
"Hoy, shu qoʻy yoki sigir, agar Qodir va Alimi Azaliyning naqshi, mulki boʻlgan boʻlsa edi; bu qadar miskin bechora boʻlmasdilar. Agar botinlarida, ichlarida Alim, Qodir, Murid bir Sone'ning qalami ishlagan boʻlsaydi, bu qadar johil, yetim, miskin boʻlmasdilar." degan va jinniy shaytonlarga ustoz boʻlgan ey shaytoni insiy! Janobi Haq hamma narsaga loyigʻini beradi va gʻoyaga koʻra beradi. Agar a'tosi, in'omi bu qoidadan xorij boʻlsa edi, sening eshagingning qulogʻi sendan va sening ustozlaringdan yanada aqlli, yanada alim boʻlishi lozim boʻlardi. Va sening barmogʻing ichida sening shuur va iqtidoringdan yanada koʻp bir shuur, bir iqtidor yaratardi. Demak, hamma narsaning bir haddi bor. U narsa oʻsha had bilan muqayyaddir.
Qadar hamma narsaga bir miqdor va u miqdorga koʻra bir qolip bergan. Fayyozi Mutlaqdan olgan fayziga boʻlgan qobiliyati u qolipga koʻradir. Ma'lumki, dohildan xorijga sizilgan juzi ixtiyoriy mezoni bilan, ehtiyoj darajasi bilan, qobiliyatning muso'adasi bilan hokimiyati asmoning nizom va taqobuli bilan fayz olinishi mumkin. Shu bilan barobar, shamsning azamatini bir pufakchada qidirish, aqlli boʻlgan insonning ishi emas.
Inson, hikmat bilan yaratilgan bir masnu'dir. Va Sone'ning gʻoyat hakim ekaniga, qilgan vuzuhi dalolati bilan xuddi mujassam bir hikmati naqqoshadir. Tajassud etgan bir ilmi muxtordir. Injimod etgan bir qudrati basira boʻlgani kabi, shunday bir fe'lning maxsulidirki, iste'dodi iroda qilgan narsani oʻziga beradi. Shunday bir in'om va ehsonning kasifidirki, butun hojotiga voqifdir. Shunday bir qadarning tarsim etgan bir suratidirki, tuzilishiga lozim va munosib narsalarni biladi. Bu ma'lumot bilan hamma narsaning moliki boʻlgan Malikidan qanday tagʻoful etadi; va butun jinoyatlarini bilgan, hojotini koʻrgan, dod-faryodlarini eshitgan Sami', Basir, Alim, Mujib boʻlib ustida bir Roqibning boʻlmasligi qanday tavahhum etilishi mumkin?
Ey nafsi ammora! Nima uchun oʻzingni xorij tavahhum etyapsan? Agar avomirga imtisol doirasidan chiqsang, yo hammaning oyogʻini oʻpadigandek muro'at va ehtirom etishga majbur boʻlasan. Yoki ahamiyat bermasdan "Zolimi Alalkull" boʻlasan. Bu yuk ogʻirdir, tashiy olmaysan. Eng yaxshisi, ajnabiy boʻlgan shirkni tark bilan mulkullohning doirasiga kirginki, rohatlanasan. Aks holda, safinaga minib yukini orqasiga olgan ablah odam kabi boʻlasan.
Bir insonni yaratgan Xoliqning, olamni mushtamiloti bilan barobar yaratishida bir bu'd, bir gʻarobat yoʻq. Zero bir insonning yaratilishi, ichida boʻlgan ashyoning yaratilishidan iborat boʻlgani kabi, olamning ham yaratilishi mushtamilotining yaratilishidan iboratdir. Va shuningdek, inson olamga bir anmuzaj va kichik bir mundarijadir. Chunki qovunning xoliqi, urugʻining xoliqidan boshqasi boʻlishi mumtani'dir.
Sening iqtidoring qisqa, baqoing oz, hayoting mahdud, umringning kunlari ma'dud va hamma narsang foniydir. Shunday ekan, shu qisqa, foniy umringni foniy narsalarga sarf etmaginki, foniy boʻlmasin. Boqiy narsalarga sarf etginki, boqiy qolsin.
Ha, yashagan umringda dunyoda koʻradigan istifodang faqat yuz yil boʻladi. Bu yuz yil umringni yuz dona xurmo urugʻi deb faraz qilaylik. Bu urugʻlar isqo etilib muhofaza qilinsa, ila-mashaalloh samara beradigan yuz dona daraxt boʻladi. Aks holda otashga otib yoqishdan boshqa bir istifodani ta'min etmaydi. Shuning kabi, sening u yuz yillik umring ham shariat suvi bilan isqo va oxiratga sarf qilinsa, olami baqoda ilalabad samaralaridan istifoda qilasan. Shunga binoan, samarador yuz dona xurmo daraxtini tark va yuz dona urugʻlariga qanoat bilan aldansa, u odam Xutomaga (jahannamga) hatob boʻlishga loyiqdir.
Avhom, shubahot, zalolatning mansha' va maxzanlaridan biri: Nafs oʻzini qadar va sifoti Ilohiyaning tajalliyot doirasidan xorij deb oʻylaydi. Soʻngra tajalliyotga mazhar boʻlganlardan birisining mavqeyida oʻzini faraz qiladi. Unda fano boʻladi. Soʻngra boshlaydi ba'zi ta'villar bilan u narsani ham Allohning mulkidan, tasarrufidan chiqartiradi. Oʻzi kirgan shirki xofiyga kiritadi. Va shirki xofiydan olgan ba'zi hollarni u ma'sumga ham aks ettiradi.
Xulosa: Nafsi ammora, tuyaqush kabi zarariga boʻlgan narsani foydasiga deb oʻylaydi. Yoki sofistaiy kabi munoqasha etganlaridirki, vakillari bir-birini rad qiladi. Ta'aruz, tasaqut navidan: "Hech birisi haq emas" deya hukm qiladi.
Gʻofil nafs oxiratni dunyo bilan yonma-yon va dunyo bilan bogʻliq bir manzil deb oʻylaydi. Bu e'tibor bilan, nafsning qoʻlida ikki qurol bor. Dunyoning zavol va fanosining alamidan qutulish uchun oxiratni oʻylash bilan umidvor boʻladi. Oxirat uchun lozim boʻlgan a'mol zahmatiga kelganda, gʻaflat yoki tagʻoful bilan undan ham oʻzini qutqaradi. Oʻlganlarning hayotda emasliklarini oʻylamaydi. Faqat safarga ketganlar kabi, koʻrinmayotgan boʻlsalar ham, hayotdalar, deya oʻylaydi. Va oʻlimga unchalik ahamiyat bermaydi. Ba'zi dunyoviy ishlarini abadiylashtirish uchun shunday bir dasisasi ham borki: "Matlublarimning dunyoda samaralari boʻlmasa ham, asoslari oxirat bilan muttasil va oxiratda foydalari bor" deya mutasalli boʻladi. Masalan: Ilm kabi, "Dunyoda manfaati boʻlmasa ham, oxiratda foydasi bor" deya yaxshi jihatni koʻrsatish bilan, yomon jihatni ostida yuttiradi.
Xulosa: Nafs tuyaqush kabidir. Shayton sofistaiy, havo esa Bektoshidir.
Narsalarning yaratilishi haqida "mujiba-i kulliya" sodiq boʻlmagan taqdirda "saliba-i kulliya" sodiq boʻladi. Ya'ni, yo butun ashyoning xoliqi Allohdir yoki Alloh hech bir narsaning xoliqi emas. Chunki ashyoning orasida muntazam tasonud bilan ijod va yaratish, tajazzini qabul etmas bir kulldir, baziyat yoʻqdir. Yo mujiba-i kulliya boʻladi yoki saliba-i kulliya boʻladi. Boshqa ehtimol yoʻq. Hamma narsada illatning adamini tavahhum etgan vahmning vahi hukmida bir qiymat yoʻq. Shunga binoan, adno bir narsada Xoliqiyat asari koʻringan zamon, butun ashyoda tahaqquq etadi.
Va shuningdek, Xoliq yo birdir yoki gʻayri mutanohiydir, avsat yoʻq. Zero Sone' vohidi haqiqiy boʻlmasa, kasiri haqiqiy boʻladi. Kasiri haqiqiy esa, gʻayri mutanohiydir.
Shu bilan barobar, nurni nashr etganning nursiz, ijod etganning vujudsiz, ijob ettirganning vujubsiz boʻlishi maholdir.
Va shuningdek, ilm sifatini ehson etganning ilmsiz, shuurni ehson etganning shuursiz, ixtiyorni berganning ixtiyorsiz, irodani berganning irodasiz, komil narsalarning sone'i gʻayri komil boʻlganini talaqqiy etish maholdir.
Va shuningdek, ayni tarsim, basarni tasvir va nazarni tanvir etganning basarsiz ekanini oʻylash, faqat basar va basiratdan mahrum boʻlgan odamning ishidir. Shu bilan barobar, masnu'dagi kamolot, tamoman Sone'dagi kamoldan oqqan bir fayzdir. Faqat qushlardan yolgʻiz chivinni koʻrgan, tanigan bir mikrob, burgutni koʻrgan vaqti "Bu qush emas." deydi. Chunki chivindagi narsalar unda yoʻq.
Nafsi notiqaning eng yuksak matlubi davom va baqodir. Hatto vahmiy bir davom bilan oʻzini aldamasa, hech bir lazzat ololmaydi. Shunday ekan, ey davomni istagan nafs! Doimiy bir Zotning zikrida davom aylaginki, davom etasan. Undan nur olginki, soʻnmaysan. Uning javhariga sadaf va zarf boʻlginki, qiymatli boʻlasan. Uning nasimi zikriga badan boʻlginki, hayotdor boʻlasan. Asmo-i Ilohiyadan birisining nurli arqoniga tamassuk etki, adam daryosiga tushmaysan.
Ey nafs! Seni tutib yiqilishdan muhofaza etgan Zoti Qayyumga tayan. Sening mavjudiyatingning toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz parchasi Uning zimmasidadir. Sening qoʻlingda yolgʻiz bir parcha qoladi. Eng yaxshisi u parchani ham Uning xazinasiga otginki, rohatlanasan.
Sen oʻz vujudingni yaratishga qodir emassan. Va qoʻling uni ijod etishdan qasirdir. Boshqalar ham u ishdan ojiz va qasirdirlar. Istasang, tarjiba qil, koʻraylik. Shajara-i kalimot deyilgan bir lisonni yoki muxobarot va azvoq markazi oʻlaroq bir ogʻizni yarat. Albatta, yaratolmaysan.
Shunday ekan, Allohga shirk keltirma!
Shu koʻringan olam, Ilohiy bir doʻkon va bir mahzandir. Ichida anvo'an turli-tuman mansujot gazlamalar, ma'kulot ovqatlar, mashrubot sharbatlar bor. Bir qismi kasif, bir qismi latif, bir qismi zoil, bir qismi doimiy, bir qismi qattiq bir oʻzak, bir qismi mayi' va hokazo har xil mavjud. Lekin bir qismi ijodiy bir nasjdir. Bir qismi ham tajalliyotga bir naqshdir. Falosifaning dalolaticha, ijod bilan naqsh birdir. Va u doʻkon sohibi ham mujibi bizzotdir.
Anoniyatdan nash'at etgan shirki xofiy qattiqlashgan zamon, sabablar shirkiga inqilob etadi. Bu ham davom etsa, kufrga tahavvul etadi. Bu ham davom etsa, ta'tilga, ya'ni haqsizlikka injiror etadi. Al'iyazu billah!..
Insonning xilqatidan maqsad, maxfiy xazina-i Ilohiyani kashf bilan koʻrsatish va Qodiri Azaliyga bir burhon, bir dalil, bir ma'kasi nuroniy boʻlish bilan jamoli azaliyning tajalliysi uchun shaffof bir mir'at, bir oyna boʻlishdir. Haqiqatdan, samovot, arz va jibal hamldan ojiz qolgan omonatni inson haml etish jihati bilan jilolangan, jilvalangan bir shaklga kirgandir. Chunki u omonatning mazmunlaridan biri ham insonning sifoti Ilohiyani fahm etish uchun bir vohidi qiyosiy vazifasini bajarishdir. Insonning xilqatidan maqsad bu kabi narsalar boʻlgani holda, qismi aksariysi parda boʻlishadi, toʻsiq boʻlishadi. Vazifasi fath va ochish ekan, yopadi, bogʻlaydi. Ziyo va nurni nashr ekan, soʻndiradi. Allohni tavhid etish oʻrniga shirk keltiradi. Va shuningdek, nuri iymon bilan Allohga qarab mulkni unga taslim qilish bilan -e'tiqodan- mukallaf ekan, "Ana" rasadi bilan xalqqa qarab Allohning mulkini ularga taqsim etadi. Haqiqatdan
Ey nafs! Agar taqvo va amali solih bilan Xoliqingni rozi qilgan boʻlsang, xalqning rizosini tahsilga luzum yoʻq; u kifoyadir. Agar xalq ham Allohning hisobiga rizo va muhabbat koʻrsatsalar, yaxshi. Agar ularniki dunyo hisobiga boʻlsa, qiymati yoʻq. Chunki ular ham sen kabi ojiz qullardir. Shu bilan barobar, ikkinchi shiqni ta'qib etishda shirki xofiy boʻlgani kabi, tahsili ham mumkin emas. Ha, bir maqsad uchun sultonga murojaat qilgan odam, sultonni irzo etgan boʻlsa, u ish bajariladi. Etmagan boʻlsa, xalqning iltimosi bilan koʻp zahmat boʻladi. Shunday boʻlish bilan barobar, yana sultonning izni lozim. Izni ham rizosiga mutavaqqifdir.
Vojib-ul Vujud zotida, mohiyatida mumkinga oʻxshamagani kabi, af'olida ham oʻxshamaydi. Chunki Vojib-ul Vujudning qudratiga nisbatan yaqin-uzoq, oz-koʻp, kichik-katta, fard-nav, juz-kull oralarida farq yoʻq. Va shuningdek, uning fe'lida bizzot mubosharat yoʻq. Faqat mumkinning qudrati bu daraja emas. Shuning uchun, nafs Vojib-ul Vujudning af'olini fe'llariga oʻxshatolmaydi. Haqiqatini fahmlashda aql mutahayyir qoladi. Fe'lni foilsiz deb oʻylaydi.
Arslon kabi hayvonlarning tish va panjalariga qaralsa, gʻajish va parchalash uchun yaratilganliklari tushuniladi. Va qovunning, masalan, latofatiga diqqat qilinsa, yeyish uchun yaratilgani his qilinadi. Shuning kabi, insonning ham iste'dodiga qaralsa, vazifa-i fitriyasining ubudiyat ekani anglashilgani kabi; ruhoniy ulviyatiga va abadiyatga boʻlgan daraja-i ishtiyoqiga ham diqqat qilinsa, eng avval inson bu olamdan yanada latif bir olamda ruhan yaratilgan-u, tajhizot olish uchun muvaqqatan bu olamga yuborilganligi anglashiladi.
Va shuningdek, inson xilqat samarasi boʻlganidan anglashiladiki: Insonlardan bir urugʻ borki, Janobi Haq shajara-i xilqatni u urugʻdan oʻstirgandir. U urugʻ ham faqat va faqat butun ahli kamolning va balki navi basharning nisfining ittifoqi bilan afzal-ul xalq, sayyid-ul anom Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir.
Qora va oq naqshlar bilan naqshli bir salla bilan kura-i arzning boshini oʻragan samovot va arzning nozim va xoliqi boʻlgan Allohning Uluhiyatiga loyiqmiki, olamning ba'zi safahotini miskin bir mumkinga tavdi' va tafviz etsin. Arshning sohibidan ma'ada, arshning ostidagi narsalarga bizzot tasarruf etgan imkon doirasida biron kishi bormi! Kallo. Chunki u qudrat qisqa va qasir emas, muhit bir qudrat boʻlganidan, ochiq bir yer, bir tuynuk qolmaydiki, gʻayr mudohala etsin. Shu bilan barobar, jabarutiyat va istiqloliyatning izzati va oʻzini sevdirish va tanittirish muhabbati, gʻayrga muso'ada etmaydiki, orada ibodullohning anzorini oʻziga jalb etgan ismiy bir vosita boʻlsin. Shu bilan barobar, kull bilan juzda, nav bilan fardda qilingan tasarrufot, bir-birining ichida mutadohil va yakdigariga mutasonid boʻlganidan, u tasarruflarni boshqa-boshqa foillarga berish mumkin emas. Masalan: Olamning nizom, intizom va tasarrufida arzning tadbiri dohildir. Arzning tadbirida insonning ham tadbiri dohildir. Va ayni zamonda bu tasarrufot qilinarkan, boshqa navlarning ham shuunotiga qaraladi. Va hujayroti badaniya bilan zarrot ham yaratilyapti. Va hokazo, butun bu tasarrufot butun safahotga ayni qudrat bilan qilinadi. Qandayki shamsning nuridan qatra va pufakchalarga borgunga qadar hech bir narsa xorij qolmaydi. Butun ashyo u nur bilan tanavvur etadi.
Shuning kabi, butun tasarrufot qudrati azaliyaga oiddir. Boshqa bir narsaning mudohalasi yoʻq. Kuradan zarraga borgunga qadar u qudratning tasarrufidan xorij emas.
Xulosa: Arining miyasini, mikrobning koʻzini tanzim etgan zot, sening af'ol va a'molingni e'tiborsiz, oʻz holicha, hisobsiz, kitobsiz qoldirmasdan "Imomi Mubin"da yozadi. Unga koʻra muhosabang boʻladi.
Har bir masnu'da, har bir zarrada koʻringan tasarrufi mutlaq, qudrati muhita va hikmati basiraning dalolat va shahodatlari bilan sobitki, butun ashyoning Sone'i vohiddir, sherigi yoʻq. Na qudratida inqisom bor, na iqtidor va ixtiyorida tajazzi bor. Shunga binoan, Sone' faqat Vojib-ul Vujud boʻladiki, qadarning mezoni bilan yurgan qudratiga bir nihoyat yoʻq.
Chivin, oʻrgimchak, burga kabi kichik hayvonlar fil, qoʻtos, tuya kabi katta hayvonlardan yanada aqlli, xilqat jihatidan yanada chiroyli, san'at jihatidan yanada mukammal boʻlganlari holda, bularning umri qisqa, ularniki uzun, bularning zohiran manfaatlari yoʻq, ularniki bor. Xullas, bu hol, xilqati ashyoda Sone'ning qiyinchiligi boʻlmaganiga va hamma narsaning vujudga kelishi faqat "Kun" amri bilan boʻlganiga bahir bir burhondir.
Ha, Alloh ilmi, irodasi, qudrati va boshqa sifati bilan muhitdir. Doira-i ihotasidan xorij bir narsa yoʻqdir. Faqat inson juz'iy va qisqa zehni bilan Allohning azamatiga va shamsning atrofida sayyorotni tadvir etganiga qararkan, masalan ari kabi kichik hayvonlar bilan ishtigʻol etishini uzoq koʻradi. Chunki Vojib-ul Vujudni mumkinga qiyos etadi. Holbuki bu qiyosga koʻra kichik hayvonlarga katta bir zulm boʻladi. Chunki ular ham
qoziyasiga koʻra Xoliqlarini tasbeh etish bilan, Allohdan ma'ada hech kimni Rob deb tanimaydilar. Shunga binoan, kattaning kichikka takabbur etishga haqqi yoʻq.
Umumiy in'om bilan inoyati shaxsiya orasida munafat yoʻq. Masalan: Bir ziyofatga qilingan umumiy bir da'vat ostida shaxslar ham da'vat qilingan boʻladi. Ya'ni, bu ziyofat umumiyligidan, da'vat umumiyatda qoladi, shaxslar nazarga olinmaydi, deyilmaydi. Shunga binoan, Allohning ne'matlari vaqf moli yoki daryo suvi kabi umumiy boʻlib, in'omida shaxslar qasd qilinmagan emas. Faqat u umumiyatda xususiyat ham maqsuddir. Shunga binoan, ashxas u umumiy in'omda qasd qilinmaganlaridan, u ne'matlarga qarshi shukr qilishga mukallaf emasliklariga zahob etish xatodir.
Ertaga seni zillat va razolatlarga ma'ruz qoldirish bilan tark qiladigan dunyoning safohatini bugun kamoli izzat va sharaf bilan tark qilsang, juda aziz va yuksak boʻlasan. Chunki u seni tark qilishdan avval sen uni tark qilsang, xayrini olib, sharridan qutulasan. Faqat vaziyat ma'kusa boʻlsa, qoziya ham ma'kusa boʻladi.
Fisq balchigʻi bilan mulavvas boʻlgan madaniyat, insonlarni ham u balchiq bilan talvis etadi. Azjumla: Riyoni shon va sharaf bilan iltibos etgan. Insonlarni ham u qabih axloqqa boshlaydi. Haqiqatdan, insonlar u riyoga shunday oʻrganishganki, shaxslarga qilganlari kabi, millatlarga, hatto unsurlarga ham qiladilar. Gazetalarni u riyoga dallol, tarixlarni ham olqishchi qilganlar. Shu tufayli shaxsiy hayotlar "hamiyati johiliya" unvoni ostida unsuriy hayotlarga fido qilinmoqda.
Nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) isbot qilgan dalillardan biri ham tavhiddir. Ha, marotibi bilan tavhid bayrogʻini koinotning eng ustki tepasi ustiga oʻrnatgan va anzori olamga qarshi maqomlari bilan barobar tavhidga dallollik etgan va anbiyo mujmal qoldirgan haqoiqni tafsiloti bilan bayon etgan va izohlagan faqat va faqat Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Shunga binoan, tavhidning haqiqat va quvvati nisbatida nubuvvati Ahmadiya (S.A.V.) haq va haqiqatdir.
Sathi olamda barpo qilingan shu sirgayi Ilohiyda tashhir etilgan tazyinotga, kamolotga, goʻzal manzaralarga va rububiyatning hashmati bilan uluhiyatning azamatiga bir mushohid, bir mutanazzih, bir mutahayyir, bir mutafakkir lozimki, u goʻzalliklarni koʻrsin; u manzaralar orasida tanazzuh etsin; u horiqo naqshlarga, ziynatlarga tafakkur bilan hayron boʻlsin. Soʻngra u koʻrgazmadan Sone'ining jaloliga, Molikining iqtidor va kamolotiga intiqol bilan Uning azamatiga sajda-i hayrat etsin. Bu vazifani ifo etadigan insondir. Chunki inson garchi johil, zulmatli bir narsadir, ammo shunday bir iste'dodi borki, olamga bir anmuzaj va bir namuna boʻlishga layoqati bor. Ham u insonda shunday bir omonat vadi'a qoldirilganki, u bilan yashirin dafinani topadi, ochadi. Ham u insondagi quvvatlar tahdid etilmasdan mutlaq qoldirilgan. Bunga binoan, kulliy bir navi shuur sohibi boʻladiki, Sultoni Azaliyning azamat va hashmatining dabdabasini idrok etadi.
Ha, ma'shuqning husni oshiqning nazarini istilzom etgani kabi, Naqqoshi Azaliyning rububiyati ham insonning nazarini iqtizo etadiki, hayrat va tafakkur bilan taqdir va tahsinlarda boʻlsin.
Ha, gul va chehaklarning yuzlarini goʻzallashtirgan zot, qanday qilib u goʻzal yuzlarga arilardan, bulbullardan istehson oshiqlarini ijod etmasin. Va goʻzallarning goʻzal yuzlarida goʻzallikni yaratgan, albatta u goʻzallikka mushtoqlarni ham yaratadi.
Shuning kabi, bu olamni shuncha ziynatlar bilan, naqshlar bilan tazyin etgan Malik-ul Mulk, albatta va albatta u horiqo, antiqa, moʻ'jiza manzaralarni, ziynatlarni tomoshabinlardan, mushohidlardan, oshiq va mushtoqlardan, orif dallollardan boʻsh qoldirmaydi. Xullas, jome'iyati sababli insoni komil olamlarning yaratilishiga illa-i gʻoya boʻlgani kabi, xalqi koinotga(koinotning yaratilishiga ham samara va natija boʻlgan.
Ashyo orasidagi tavofuq, Sone'ning Vohid, Ahad ekaniga dalolat etgani kabi, oralarida boʻlgan muntazam taxoluf ham Sone'ning Muxtor va Hakim boʻlganiga shahodat qiladi. Masalan: Hayvonlarning, xususan insonlarning asos a'zolaridagi tavofuq, xususan juft a'zolardagi tamasul, Xoliqning vahdatiga burhon boʻlgani kabi, holatlar va shakllardagi taxoluf ham Xoliqning ixtiyor va hikmatiga dalolat qiladi.
Maxluqotning eng zolimi insondir. Inson, oʻz nafsiga boʻlgan shiddati muhabbat sababli oʻziga xizmati va manfaati boʻlgan narsalarni ham sevadi, ham qiymat beradi. Samarasidan istifoda koʻrgan narsalariga abd va qul boʻladi. Aks holda na sevadi va na qiymat beradi. Va shuningdek, hayotning ijodida illa-i gʻoyaning yolgʻiz hayot boʻlganini biladi. Janobi Haq ijod etgan "hayy"larda maqsad ittihoz etgan minglarcha hikmatlaridan xabari yoʻq. Ajabo, imkon va ehtimoldan xorijmiki, olamda koʻringan shu ashyo-i horiqo yanada gʻarib, yanada horiqo va yanada moʻ'jiza malakutiy, barzohiy, misoliy narsalarga ba'zi namuna va ba'zi asoslar boʻlmasin?
Janobi Haq koinotni tashkil etgan zarrotni shariati fitriyasiga musahhar va mute' va avomiri takviniyasiga ham munqad va mumassil qilgan. Bir ari "Kun" amriga imtisolan matlub bir shaklga kirgani kabi, har bir hayvon ham ayni amrga imtisolan iroda etilgan vaziyatlarga kiradi.
Shams, qamar, yulduz, arz kabi ajromni qabzasida tutgan qudrat u ajromni shunday bir suhulat bilan tanzim etganki, tarqalgan tasbeh donalarini ipga tizgan odam kabi, na bir ajz koʻrgan va na boshqasining yordamiga ehtiyoj boʻlgan.
Bir qatra suv bir dengiz suvi bilan muttahiddir. Chunki ikkisi ham suvdir. Daryo suvi bilan ham muttahiddir. Chunki ikkisining ham mansha'lari samodir. Va shuningdek, bir kichik baliq kit baligʻi bilan muttahiddir. Chunki unvonlari bir. Shuning kabi, asmo-i Ilohiyadan bir hujayraga yoki bir mikrobga tajalliy etgan bir ism koinotni ihota etgan ism bilan muttahiddir. Chunki musammolari bir. Masalan: Butun koinotga taalluq va tajalliy etgan Alim ismi bilan bir zarraga taalluq etgan Xoliq ismi musammoda muttahiddir. Xurmo daraxtiga taalluq etgan Musavvir ismi bilan ham, samarasiga taalluq va tajalliy etgan Munshi ismi musammoda muttahiddir. Zotan eng katta narsaga tajalliy etgan ism bilan eng kichik bir narsaga tajalliy etmasligi maholdir.
Mumkin unvoni ostidagi ashyoning vujudida tagʻayyur bor. Ya'ni vaziyatlari, hollari oʻzgaradi. Shunga binoan, mumkin boʻlgan bir narsaning doimo bir holda tavaqquf va sukut etish bilan atolatda qolishi, u narsaning ahvol va holatlari uchun bir navi adamdir. Chunki u narsaning istiqbol hollari adamda qoladi, yoʻl topib vujudga kelolmaydi. Adam esa katta bir alam va bir sharri mahzdir. Shunga binoan, faoliyatda lazzat boʻlgani kabi, ahvol va shuunotda ham bir tabaddul boʻlib, bu tahavvul va tabadduldan nash'at etgan taassurot, taallumot, bir jihatdan xunuk boʻlsa ham, bir necha jihatdan ham goʻzaldir. Ha, bir narsaning shakllarida sodir boʻlgan davr va taslim vaqtida ketganlar mutaassir, kelganlar ham mamnun boʻlishadi. Va bu soyada hayot tasaffi etadi, tozalanadi. Vujud ham tajaddud etadi.
SHAMMA
Shu olam, koʻringan va koʻrinmagan butun tabaqot va anvo'i bilan "La ilaha Illa Hu" deya tavhidni e'lon qiladi. Chunki oralaridagi tasonud shuni iqtizo qiladi. Va u tabaqot bilan anvo' butun arkoni bilan "La Robba Illa Hu" deya e'loni shahodat qiladi. Chunki oralaridagi mushobahat shuni istaydi. Va u arkon butun a'zosi bilan "La Malika Illa Hu" deya shahodatlarini e'lon qiladilar. Chunki oralaridagi tamasul shuni iqtizo qiladi. Va u a'zo butun ajzosi bilan "La Mudabbira Illa Hu" deya shahodat qiladi. Chunki oralarida taovun va tadoxul bor. Va u ajzo butun juz'iyoti bilan "La Murabbiya Illa Hu" deya oʻz shahodatini e'lon qiladi. Chunki oralaridagi tavofuq, qalamning bir boʻlganiga dalolat qiladi. U juz'iyot butun hujayroti bilan "La Mutasarrifa Fil-Haqiqati Illa Hu" deya shahodat qiladi. Va u hujayrot butun zarroti bilan "La Nazima Illa Hu" deya e'loni shahodat qiladi. Chunki javohiri fard orasidagi xaytning bir boʻlgani shuni iqtizo etadi. Va u zarrot butun efiri bilan "La ilaha Illa Hu" javharasi bilan e'loni tavhid etadi. Chunki efirning basotati, sukuni, intizom bilan amri Xoliqqa sur'ati imtisoli shuni iqtizo etadi.
Hech bir insonning Janobi Haqqa qarshi haqqi e'tirozi yoʻq va shakvo va shikoyatga ham haddi yoʻq. Chunki shikoyat qilgan fardning istaklarining ziddini iqtizo etgan nizomi olamda minglarcha hikmat bor. U fardni irzo etishda u ming hikmatning igʻdabi bor. Bir fardni rozi etish uchun ming hikmat fido qilinmaydi.
Agar har fardning istagiga koʻra harakat qilinsa, dunyoning nizom va intizomi fasodga uchraydi.
Ey mutashakkiy! Sen kimsan? Nimaga binoan e'tiroz qilyapsan? Juz'iy istagingni kulliyoti koinotga muxandis qilyapsanmi? Hidlangan zavqingni ne'matlarning darajalariga miqyos va mezon qilyapsanmi? Qayerdan bilasan, oʻylagan ne'mating niqmat boʻlmasin. Sening qanday qiymating borki, chivinning qanotiga muvoziy boʻlmagan istagingni tatmin va taskin uchun falak charxlari bilan harakatdan taskin etilsin!..
Jasadning bir a'zosidagi bir hujayrada qilingan tasarruf, eng avval jasadni tasavvur etishga mutavaqqifdir. Chunki kullning naqshlari bilan, ahvoli bilan juzning koʻp aloqa va munosabatlari bor. Shunday ekan, juzda tasarruf, Xoliqi Kullning amri ostidadir.
Qurt-qumusqa, baliq kabi kichik hayvonlarning tuxumlarini, hasharotlar va nabototning urugʻlarini, juda buyuk bir rahmat bilan, bir lutf bilan, bir hikmat bilan hifz etgan Sone'-i Hakimning hofiziyatiga loyiqmiki, oxiratda samara bergan daraxtlarga chekirdak boʻladigan a'molingizni hifz etmasin, ihmol etsin? Holbuki sen homili omonat, xalifa-i arzsan.
Ha, har bir zihayotda boʻlgan hifz-ul hayot hissi, vujudning abadiy bir baqoga Ismi Hayy, Hofiz, Boqiyning tajalliysi bilan injiror etishiga dalolat qiladi.
Bir anjir danagini holdan holga hifz etgan, davrdan davrga himoya qilgan, inhiloldan viqoya etgan va u danakda anjir daraxtining tashkilotiga lozim boʻlgan asoslarni kamoli ihtimom bilan muhofaza qilgan, albatta va albatta, xalifa-i arz unvonini olgan navi basharning a'molini ihmol etmaydi, hifz etadi.
Lafzlarning tabadduli bilan ma'no tabaddul etmaydi, boqiy qoladi. Qobiq parchalanadi, magʻiz boqiy va sogʻlom qoladi. Libosi yirtiladi, jasadi sogʻlom, boqiy qoladi. Jasad oʻlib tarqalsa ham, ruh boqiy qoladi. Jism keksaysa ham, anoniyat yosh qoladi. Koʻplik, jamoat tarqaladi, ammo vohidi fard boqiy qoladi. Kasrat buziladi, vahdat boqiydir. Modda sinadi, nur boqiydir. Shunga binoan, umrning bidoyatidan oxiriga qadar davom etgan ma'no, koʻp jasadlarni tabaddul va holdan holga intiqol va davrdan davrga dumalagani holda vahdatini, baqosini muhofaza qilgani kabi, oʻlim xandagʻini ham hatlab saliman abad yoʻliga davom etadi
Shu bilan barobar, har vaqt "Fanoga tayyor boʻl" amrini intizor etgan zoil va baqosiz moddiyotda, shu hifz va muhofaza dasturi baqo bilan juda ham munosabatdor boʻlgan ruh va ma'noda ham joriydir.
Uluhiyatning azamati, izzati, istiqloliyati, hamma narsaning, -kichik boʻlsin, katta boʻlsin, yuksak boʻlsin, past boʻlsin- taxti tasarrufida boʻlishini istaydi. Sening xissating yoki qiymatsizliging uning tasarrufidan xorij qolishingga sabab boʻlolmaydi. Chunki sening undan bu'ding boʻlsa ham, uning sendan bu'di yoʻq. Yoki sening bir sifatingning qiymatsizligi vujudingning qiymatsizligini istilzom etmaydi. Yoki mulk jihatining mulavvas boʻlishi, malakut jihatining ham mulavvas boʻlishini iqtizo etmaydi. Va shuningdek, Xoliqning azamati, xunuk narsalarning tasarrufidan chiqishini istilzom etmaydi. Aksincha, azamati haqiqiya, ijod xususida infirodni, tasarruf jihati bilan ham ihotani iqtizo etadi.
Moddiy narsa, kasofati naqadar ortiq boʻlsa, u nisbatda inja va yashirin narsalarni koʻrolmaydi va ularni idrokdan qasirdir. Faqat nur va nuroniy narsalar, naqadar nuroniyatda taraqqiy etsa, oʻsha nisbatda inja va yashirin narsalarga nufuzi tom va keskin boʻladi. Va shuningdek, naqadar latif boʻlsa, shu darajada moddiyotning ichini kashf etadi (rentgen shuasi kabi). Mumkinotda masala bu markazda boʻlsa; Vojib, Vohid boʻlgan Nur-ul Anvor qay daraja
boʻlishi bir daraja anglashildi. Shunday ekan, azamati tom ma'noda ihota, nufuz, shumulni iqtizo va istilzom etadi.
Aksariyati mutlaqani tashkil etgan avomi nosning fahmlari Qur'onda shu qadar muro'at etilganki, bir necha darajani, bir necha jihatni ixtivo etgan bir masalada avomning fahmlariga eng ma'nus, eng qorib jihatni va nazarlariga eng vazih, eng zohir darajani aytadi. Chunki shunday boʻlmasa, dalilning natijadan xofiy boʻlishi lozim boʻladi. Qur'onning koinotdan qilgan bahsi, Xoliqning sifatlarini isbot va izoh uchundir. Shunga binoan, naqadar jumhurning fahmiga yaqin boʻlsa, irshodga yanada loyiq va yanada muvofiq boʻladi. Masalan: Xoliqning tasarrufotiga dalolat etgan oyatlardan eng zohir, eng oshkora boʻlgan tabaqani
oyati bilan zikr qilgan. Holbuki bu tabaqaning orqasida vujuhning taayyunot, tashaxxusot tabaqasi bor. Avvalgi tabaqaning fahmi ikkinchi tabaqaning fahmidan ancha yaqin. Va shuningdek, eng oshkora darajani
oyati bilan zikr qilgan. Bu darajaning orqasida arzning shams atrofida amr va iroda-i Ilohiy qonuni bilan tahrik va tadviri darajasi ham bor. Lekin bu daraja avvalgi darajadan bir daraja maxfiy boʻlganidan, tark qilingan.
Va shuningdek,
jumlasi bilan eng oson oʻqiladigan sahifani koʻrsatgan. Holbuki, bu sahifaning orqasida "Ustun va qoziqlar bilan tahlikadan muhofaza qilingan bir safina kabi, arz ham ichida sodir boʻlgan harju-marj sababli parchalanish tahlikasidan himoyalash uchun togʻlar bilan qoziqlangandir" sahifasi ham bordir. Faqat bu sahifa, avomi nos tomonidan u qadar oson oʻqiladigan boʻlmaganidan, tark qilingan. Va bu sahifaning ostida ham shunday bir hoshiya bor:
Hayotni asrab ta'minlash uchun togʻlar arzga ustun qilingan. Chunki togʻlar suvlarning mahzanidir. Havoning tarogʻidir, tasfiya etadi. Tuproqning homiysidir, dengizning istilosidan viqoya etadi. Zotan hayotning ustunlari bu unsurlardir.
Shu sirga binoan, shariat tomonidan hilolning tulu' va gʻurubi nazarga olingandir. Bu esa oylarni, kunlarni hisob qilishdan avom tomonidan ancha osondir. Va yana shu sirga binoan, azhani avomda tasbit va taqrir uchun Qur'onda takrorlar sodir boʻlgan.
Oyatlar bahs qilgan haqiqatlar she'rlar bahs etgan xayolotdan juda keng va juda yuksakdir. Bu e'tibor bilan she'rdan sanalmagan. Hamda, oyatlar sohibining shuunot va af'olidan bahs etadi. She'r esa, fuzuliy oʻlaroq gʻayrdan bahs etadi. Hamda filjumla oddiy narsalardan bahsi horiqulodadir. She'rning horiqulodalardan bahsi, aksariyat tasdigʻi bilan oddiydir.
Xoliqning vahdatini koʻrsatgan oynalar va dalillarini oʻqitgan sahifalarining juda koʻp turlari boʻlgani kabi, markazlari bir va bir-birining ichiga dohil boʻlganlar. Shunga binoan, bir oynada koʻrinsa yoki bir sahifada oʻqilsa, hammasida ham koʻrinadi va oʻqiladi. Ammo birida koʻrinmasligi, hammasida koʻrinmasligini istilzom etmaydi.
Bir kalimani yozgan uning harfini yozgandan gʻayrisi, bir sahifani yozgan satrni yozgandan gʻayrisi, kitobni yozgan sahifani yozgandan gʻayrisi boʻlishi mumkin boʻlmagani kabi; chumolini yaratgan jinsi hayvonni yaratgandan gʻayrisi, hayvonni yaratgan arzni yaratgandan gʻayrisi, arzni yaratgan Robbul Olamindan gʻayrisi boʻlishi maholdir.
Rububiyati ommaning ishoratlaridanki, koinot kitobida shunday katta harflar borki, u harflarning bir qismida bir kalima yozilgan. Bir qismida bir kalom, bir qismida bir kitob yozilgan. Masalan: U kitobda bahr, shajar, arz bittadan harf maqomidalar. Birinchi harfda samak kalimasi, ikkinchisida shajar kalomi, uchinchisida hayvon kitobi yozilgan. Hatto, Yosin suratida toʻliq Yosin Surasi yozilgani kabi, ba'zi masnu'otda, bir kalima boʻlgan ismida, urugʻida u masnu'ning surasi va kitobi yozilgan.
Yulduzlar, shamslar orasida mumosalat boʻlgani kabi filjumla musovot ham bor. Shunga binoan, ulardan biri boshqalarga Rob boʻlolmaydi. Va ulardan biriga Rob boʻlgan, hammasiga ham Rob boʻladi. Va shuningdek, hamma narsaga ham Rob boʻladi.
Insonning bir fardida bir jamoati mukallafin mavjud. Ha, har bir a'zo bir narsa uchun yaratilgan. U a'zosi oʻsha narsada ishlatilish bilan mukallafdir. Masalan, har bir tuygʻu uchun bir ibodat bor. Uning xilofida ishlatilishi zalolatdir. Masalan, bosh bilan qilingan sajda Alloh uchun boʻlsa ibodatdir, gʻayrisi uchun zalolatdir. Shuning kabi, shuaroning xayolan qilgan hayrat va muhabbat sajdalari zalolatdir. Xayol u bilan fosiq boʻladi.
Insonlarni fikran zalolatga otgan sabablardan biri; ulfatni ilm talaqqiy etishlaridir. Ya'ni, ma'luflari boʻlgan narsalarni oʻzlaricha ma'lum deb biladilar. Hatto ulfat sababli oddiyotga taammul etib ahamiyat bermaydilar. Holbuki ulfatlari sababli ma'lum deb oʻylagan oddiy narsalari, bittadan horiqo va bittadan moʻ'jiza-i qudrat boʻlganlari holda, ulfat saiqasi bilan ularni taammulga, diqqatga olmaydilar; toki ulardan ustun boʻlgan tajalliyoti sayyolaga im'oni nazar eta olsinlar. Bularning masali, dengiz chetida turib, dengizning ichidagi hayvonotga va boshqa gʻarib holotiga qaramasdan, yolgʻiz shamol bilan hosil boʻlgan toʻlqinlarga va shamsning shuootidan paydo boʻlgan yogʻdusiga diqqat qilish bilan Malik-ul Bihar boʻlgan Allohning azamatiga dalil keltirgan odamning masali kabidir.
Insonlarning arzga oid ma'lumot va musallamoti badihiyatlari ulfatga mabnidir. Ulfat esa, jahli murakkab ustiga toʻshalgan bir pardadir. Haqiqatga qaralsa, oʻylagan ilmlari, jaholatdir. Bu sirga binoanki, Qur'on oyatlari bilan insonlarning nazarini ma'lufotlari boʻlgan narsalarga oʻgiradi. Oyatlar, najmlar kabi, ulfat pardasini teshib otadi. Insonning qulogʻidan tutadi, boshini egdiradi. U ulfatning ostidagi havoriq-ul odot moʻ'jizalarni u oddiyot ichida koʻrsatadi.
Oralarida munosabat, muomala, hatto mukolama boʻlgan ikki narsaning bir-biriga mushabih yoki musoviy boʻlishini istilzom etmaydi. Masalan: Yomgʻirning bir qatrasi yoki samaraning bir chechagining, -kichikligi bilan barobar- shams bilan munosabati va muomalasi bor.
Shunga binoan, ey inson! Sening kichikliging seni Xalloqi Olamning nazari inoyatidan satr etadigan bir sabab boʻlolmaydi.
Dengizlarda sodir boʻlgan maddu jazr kabi, avliyo orasida ham basti zamon,
{(Hoshiya) Basti zamon sirri bilan koʻp yillar hukmida boʻlgan bir necha daqiqalik zamoni Me'roj bu haqiqatning vujudini isbot qiladi va bilfe'l vuqu'ini koʻrsatadi. Me'rojning bir necha soat muddatining minglab yillar hukmida vus'ati va ihotasi va uzunligi bor. Chunki Me'roj yoʻli bilan baqo olamiga kirdi. Baqo olamining bir necha daqiqasi bu dunyoning minglab yilini tazammun etgan. Ham bu haqiqatga binoan, ba'zi avliyo bir daqiqada bir kunlik ishni qilgan. Ba'zilari bir soatda bir yillik vazifasini qilgan. Ba'zilari bir daqiqada bir xatma-i Qur'oniya qilganlari kabi, Risola-i Nurning ta'lifida ham bu basti zamon haqiqati koʻp marta sodir boʻlgan. Azjumla:
Oʻn Toʻqqizinchi Maktub bir yuz ellik sahifadir. Uch yuzdan ortiq moʻ'jizotni kitoblarga murojaat qilinmasdan yoddan togʻ, bogʻ yonlarida toʻrt kun mobaynida har kun uch soatdan mashgʻul boʻlish bilan majmui oʻn ikki soatda ta'lif etilishi.. Ramazon Risolasi qirq daqiqada ta'lif etilishi.. Yigirma Sakkizinchi Soʻz yigirma daqiqada ta'lif etilishi.. basti zamonning boʻlishini isbot qilgan.
oyati tayyi zamonni koʻrsatgani kabi
oyati ham basti zamonni koʻrsatadi.}
tayyi makon masalasi shuhrat topgan. Azjumla, Kitobi Yavaqitning rivoyatiga koʻra, Imom Sha'roniy bir kunda ikki yarim dafa ulkan Futuhoti Makkiya nomli katta majmuani mutolaa etgan ekan. Bu kabi vuqu'ot istigʻrob bilan inkor qilinmasin. Zero bu kabi gʻarib masalalarni tasdiqqa yaqinlashtirgan misollar juda koʻp. Masalan, tushda bir soat mobaynida bir yilning oʻtganini va juda koʻp ishlar qilinganini koʻrasan. Agar u soatda u ishlarga badal Qur'on oʻqigan boʻlsayding, bir necha xatm qilgan boʻlarding. Bu holat avliyo uchun holati yaqozoda inkishof etadi. Zamon inbisot etadi. Masalan, ruhning doirasiga yaqinlashadi. Ruh zotan zamon bilan muqayyad emas. Ruhi jismoniyatiga gʻolib boʻlgan avliyoning ishlari, fe'llari ruh tezligi mezoni bilan jarayon etadi.
Bir burhon bilan qoʻlga kiritilgan natija-i tavhidni ba'zi insonlar isti'zom bilan tor zehnlariga sigʻdirolmaydilar yoki buzuq xayollari tahammul etolmaydi. Bu holga qarshi u qat'iy, sahih burhonni rad qilish uchun "Bu natijani, bu qadar azamati bilan shu burhon (uni) intoj etolmaydi." deya bahonalar bilan qabul qilmaydi. U miskin bilmaydimiki, natijaning qayyumi iymondir. Burhon, faqat uni koʻrish uchun bir tuynukdir yoki bir supurgi kabi u natijaga qoʻngan vahmlarni supuradi. Shu bilan barobar, burhon bir emas, ming emasdir. Zarroti olam adadicha burhonlar bor.
Fasubhanalloh! Mulk bilan malakut orasidagi hijob naqadar inja, oralaridagi masofa naqadar kattadir. Dunyo bilan oxirat orasidagi yoʻl naqadar qisqa va naqadar uzundir. Ilm bilan jaholat orasidagi hijob naqadar latif va naqadar qalindir. Iymon bilan kufr orasidagi barzoh naqadar shaffof va naqadar kasifdir. Ibodat bilan ma'siyat orasidagi masofa naqadar qisqadir. Holbuki oralari Jannat bilan Norning oralari qadardir. Hayot naqadar qisqa, orzu naqadar uzundir. Ha, hozirgi zamon bilan moziy orasida shunday inja bir parda borki, ruhning moziy jihatiga oʻtishiga mone emasdir. Jasadga nisbatan bitmas-tuganmas bir masofadir.
Shuning kabi, mulk bilan malakut, dunyo bilan oxirat orasida ahli qalb uchun shaffof, ahli havo uchun kasif inja bir parda bor. Shuning kabi, kecha bilan kunduz orasida latif bir parda borki, koʻzning yopilishi bilan kecha boʻlib, ochilishi bilan kunduz boʻlgani kabi; nafsning olami ma'naviyatga koʻzi yopilsa, abadiy bir kecha ichida qoladi; koʻzi ma'naviyatga ochilsa, nahori inkishof etadi.
Shuning kabi, Allohning hisobiga koinotga qaragan odam nimani mushohada etsa, ilmdir. Agar gʻaflat bilan sabablar hisobiga qarasa, ilm deb oʻylagan narsasi ham jaholat boʻladi.
Shuning kabi, iymon va tavhid bilan qaragan, olamni nurli koʻradi, boʻlmasa olamni zulumot ichida koʻradi.
Shuning kabi, af'oli bashar uchun ikki jihat bordir. Agar niyat bilan Allohning hisobiga boʻlsa, tajalliyotga ma'kas, shaffof, porloq boʻladi. Agar Alloh hisobiga boʻlmasa, zulmatli bir manzarani koʻrsatgan boʻladi.
Shuning kabi, hayotning ham ikki vajhi bor. Biri qora, dunyoga qaraydi. Boshqasi shaffof, oxiratga nazirdir. Nafs qora vajhning ostiga kiradi. Shaffof vajhga tarattub etgan saodati abadiyani istaydi.
Koinotning miftahi, kaliti insonning qoʻlidadir. Olamning eshiklari ochiq boʻlsa ham, ma'nan yopiqdir. Janobi Haq butun u eshiklarni va kanzi maxfiyni ochgan "Ana" nomli bir miftahni insonning qoʻliga bergan. Faqat, ana ham eshigi yopiq bir jumboqdir. Uning eshigi ochilsa, koinotning ham eshiklari ochiladi.
Ha, Janobi Haq insonga bir menlik, bir navi hurriyat berganki, Janobi Haqning rububiyatiga oid avsofni bilish uchun mavhum, faraziy bir vohidi qiyosiy qilsin.
Mohiyati basharda juda inja bir ip, insonning vujudida shuurli bir qil, shaxsning kitobida bir alif qiymatida va miqdorida boʻlgan "Ana"ning ikki vajhi bor. Biri xayrga qaraydi. Bu vajh bilan yolgʻiz qobili fayzdir, foil emas. Boshqa vajhi esa sharga qaraydi. Bu vajh bilan oʻzini foil deb biladi.
Ananing mohiyati mavhumadir, rububiyati xayoliydir. Vujudi bir narsaga hamil boʻlolmaydi. Faqat mezon-ul harorat kabi, Vojib-ul Vujudning rububiyatiga oid sifoti mutlaqa-i muhitani bilish uchun bir mezon vazifasini bajaradi.
Agar inson menligiga mezon nazari bilan qarasa, koinotdan zehniga oqib kelgan ofoqiy ma'lumotni oʻz ma'lumoti bilan, tasarrufot va sifoti Ilohiyani ham oʻz sifoti bilan tasdiq etadi. Yana marji'iga i'oda etadi. Va bu soyada قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكّٰيهَا dagi مَنْ shumuliga dohil boʻlib bihaqqin omonatni ifo etgan boʻladi. Faqat oʻziga mustaqil nazari bilan qarash bilan oʻzini molik e'tiqod etsa قَدْ خَابَ مَنْ دَسّٰيهَا ning shumuliga dohil boʻlish bilan omonatga xiyonat qilgan boʻladi. Zero samovot va arzning, hamlidan qoʻrqib imtino' etgan jihatlari "ana"ning bu jihatidir. Chunki zalolatlar, shirklar, sharlar bu jihatdan tugʻiladilar. Agar vaqtida u "ana"ning shiddatli bir tarbiya bilan boshi yorilmasa, oʻsadi, insonning vujudini yutadi.
Agar millatning ham anoniyati inzimom etsa, Sone'ning amriga qarshi muborazaga chiqadi. Tom ma'noda bir shayton boʻladi. Soʻngra xalqni ham oʻziga qiyos qiladi, sabablarni ham u qiyosga dohil etadi, katta bir shirkka tushadi. -Al'iyazu billah...-
Muhim bir Masala: "Ana"ning ikki vajhi bor. Bir vajhini nubuvvat olgan. Bir vajhini ham falsafa olgan.
Birinchi vajh ubudiyati mahzaga mansha'dir. Mohiyati harfiya boʻlib, mustaqil emas. Vujudi taba'i boʻlib, asliy emas. Molikiyati vahmiy boʻlib, haqiqiy emas. Vazifasi Xoliqning sifatini fahmlash uchun bir mezon va bir miqyos boʻlishdir. Anbiyo (Alayhimussalom) anoniyatning bu vajhiga qarash bilan, mulkni tamoman Allohga taslim qilib na mulkida, na rububiyatida, na uluhiyatida sherigi yoʻqligiga hukm qilishgan. Ananing bu vajhidan Janobi Haq shajara-i tubo-i ubudiyatni oʻstirib shox va shodalari koinot boʻstonida anbiyo, avliyo, siddiqiyn kabi muborak samaralarni bergan.
Ikkinchi vajhni olgan falsafa, ananing vujudini asliy va oʻzini mustaqil va moliki haqiqiy ekanini zu'm etishgan. Vazifasi ham yolgʻiz hubbi zoti bilan takammuli hayotdir. Ananing bu qora yuzidan anvo'an shirklar, zalolatlar chiqqan. Azjumla: Quvva-i bahimiya shoxida sanamlar vujudga kelgan. Quvva-i gʻazabiya gʻusnidan fir'avnlar, namrudlar chiqqan. Quvva-i aqliyadan dahriyyun, moddiyun, falosifa chiqib, Vojib-ul Vujudga bir maxluqi vohidni beradi. Qolgan mulkini gʻayrga taqsim etishadi.
Xulosa: Ana haddi zotida bir havo, bir bugʻ kabi ekan, berilgan ahamiyatga koʻra mayi' holiga keladi. Soʻng ulfat bilan qalinlashadi. Soʻng gʻaflat va isyon bilan shunday qalinlashadiki, sohibini yutadi. Xalqni, sabablarni ham oʻziga qiyos etib Xoliqning avomiriga muborazani boshlaydi. Kichik olamda, ya'ni insonda ana, katta insonda, ya'ni koinotda tabiatga oʻxshaydi. Ikkisi ham togʻutlardandir.
Xayrot va hasanotning hayoti niyat bilandir. Fasodi ham u'jb, riyo va xoʻjakoʻrsinlik bilan. Va fitriy tarzda vijdonda shuur bilan bizzot his qilingan vijdoniyatning asosi, ikkinchi bir shuur va niyat bilan inqito' topadi.
Qandayki amallarning hayoti niyat bilan. Shuning kabi, niyat bir jihatdan fitriy ahvolning oʻlimidir. Masalan: Tavozuga niyat uni ifsod etadi, takabburga niyat uni izola etadi, farohga niyat uni uchiradi, gʻam va qaygʻuga niyat uni taxfif etadi. Va hokazo qiyos qil.
Koinot bir shajaradir. Anosir uning shoxlaridir. Nabotot yaproqlaridir. Hayvonot uning chechaklaridir. Insonlar uning samaralaridir. Bu samaralardan eng ziyodor, nurli, ahsan, akram, ashraf, altaf Sayyid-ul Anbiyo Val Mursalin, Imom-ul Muttaqin, Habibi Robb-ul Olamin Hazrat Muhammaddir.
OʻNINCHI RISOLA
Shu oyati karimaning yuksak samosiga chiqib sirrini fahm etish uchun yetti pogʻonali bir zinapoya quramiz.
Samovotning maloika bilan tasmiya etilgan munosib sokinlari bor. Chunki kura-i arzning samoga nisbatan kichikligi va qiymatsizligi bilan barobar zavil hayot bilan toʻla boʻlishi, samovotning u muzayyan burjlari zavil idrok bilan toʻla boʻlishini tasrih etadi. Va shuningdek, samovotning bu qadar ziynatlar bilan tazyin etilishi, har holda zavil idrokning taqdir va istehson bilan nazari hayratlarini jalb qilish uchundir. Chunki husni ziynat, oshiqlarning jalbi uchundir. Ovqat va taom ham och boʻlganlarga beriladi. Shu bilan barobar, ins va jin u vazifani qilishga kifoya emaslar. Lekin gʻayri mahdud u yerga munosib maloika va ruhoniylar u vazifani qila oladilar.
Arzning samovot bilan aloqasi, muomalasi boʻlib oralarida juda katta irtibot bor. Ha, arzga kelgan ziyo, harorat, baraka va boshqalar samovotdan keladi. Arzdan ham samoga duolar, ibodatlar, ruhlar ketadi. Demak, oralarida jarayon etgan tijoriy muomaladan anglashilyaptiki; arzning sokinlari uchun samoga chiqishga bir yoʻl boʻlib, anbiyo, avliyo, arvoh jasadlaridan tajarrud bilan samovotga uruj etadilar.
Samovotda davom bilan jarayon etgan sukun, sukut, nizom, intizom, ittiroddan his qilinganiga nazaran, samovot ahli arz sokinlari kabi emas. Ha, arzda boʻlgan nifoq, shiqoq, ixtilof, azdodning ijtimo'i, xayr va sharning ixtiloti kabi narsalar samovotda yoʻq. Bu soyada samovotda nizom va intizomni buzadigan bir hol yoʻq. Sokinlari berilgan amrlarga kamoli itoat bilan imtisol etadilar.
Janobi Haqning iqtizolari, hukmlari mutagʻayir ba'zi asmolari bor. Masalan: Badr kabi ba'zi gʻazolarda Asxobi Kiromga yordam berish maqsadida kuffor bilan muhoraba etish uchun maloikaning samodan inzolini iqtizo etgan ismi, maloika bilan shayatin -ya'ni samoviy boʻlgan axyor bilan arziy ashror- orasida muhorabaning vuqu'ini istib'od emas, iqtizo etadi. Ha, Janobi Haq maloikaga bildirmasdan shaytonlarni daf yoki ihlak etishi mumkin. Faqat satvat va hashmatining iqtizosiga koʻra, bu kabi mujozotning mustahaqlariga e'lon va tashhiri, azamatiga loyiqdir.
Ruhoniylarning axyori samoda boʻlganlaridan, ashrori ham latofatlariga ishonib ularni taqlid qilib iltihoq etish istaganlarida, ahli samo, ularni sharoratlari uchun qabul qilmasdan daf qiladilar. Shu bilan barobar, bu kabi ma'naviy muborazalari olami shahodatga, xususan vazifasi shahodat va mushohada boʻlgan insonga e'lon va tashhiriga rajmi nujum alomat va nishon qilingan.
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon navi basharni itoatga irshod, isyondan zajr va man qilish uchun ishlatgan uslubi oliysiga qara:
Ya'ni: "Ey ins va jin jamoati! Mulkimdan xorij bir mamlakatga chiqib qutulish uchun samovot va arzning aqtoridan chiqishga quvvatingiz boʻlsa, chiqing. Ammo faqat bir sulton bilan chiqasiz."
Qur'oni Karim bu oyat bilan juda keng saltanati rububiyatga qarshi ins va jinning ajzlarini e'lon zimnida nido qiladi: "Ey insoni haqir, sagʻir, ojiz! Qanday qilib shaytonlarni rajm etgan maloika bilan najmlar, shamslar, qamarlar itoat etgan Sultoni Azalga isyon qilyapsan! Qanday ulkan yulduzlarni snaryad, oʻq oʻrnida ishlata olgan bir askarga sohib boʻlgan bir sultonga qarshi isyon etishga jasorat qilyapsan!"
Yulduzlarning juda kichik afrodi boʻlgani kabi, juda kattalari ham bor. Samoning vajhini, yuzini ziyolantirgan hamma narsa yulduzdir. Bu navdan bir qismi samoga ziynat boʻlgan. Bir qismi ham shaytonlarni rajm etish uchun samoviy manjaniqlardir. Samoda qilingan bu rajm, samo kabi eng vase' doiralarda ham sodir boʻlgan muboraza hodisasini insonlarga koʻrsatish bilan insonlarning mute'larini osiylar bilan muborazaga tashviq bilan koʻniktirishdir.
Insonni hayvondan ayirgan narsalardan:
Biri, moziy va mustaqbal bilan aloqador boʻlishidir. Hayvon bu ikki zamonni haqiqiy ma'noda oʻylaydigan bir idrokka molik emas.
Ikkinchisi, kerak boʻlsa anfusiy, kerak boʻlsa ofoqiy, ya'ni dohiliy va xorijiy narsalarga taalluq etgan idroki kulliy va umumiydir.
Uchinchisi, inshootga lozim boʻlgan muqaddimalarni kashf va tartib etish. Masalan: Bir uyning qurilishi uchun lozim boʻlgan tosh, daraxt, sement kabi luzumli muqaddimalarni ihzor va tartib etish kabi.
Shunga binoan, insonning eng avval va eng katta vazifasi, tasbeh va tahmiddir. Avvalo moziy, hozirgi va istiqbol zamonlarida koʻrgan yoki koʻradigan ne'matlar lisoni bilan, soʻngra nafsida yoki xorijida koʻrgan in'omlar lisoni bilan, soʻngra maxluqot qilayotgan tasbehotni shahodat va mushohada lisoni bilan Sone'ni hamdu sano etishdir.
Janobi Haqning a'to, qazo va qadar nomli uch qonuni bordir. A'to qazo qonunini, qazo esa qadarni buzadi.
Masalan: Bir narsa haqida berilgan qaror, qadar deganidir. U qarorning ijrosi, qazo deganidir. U qarorning bekor qilinishi bilan hikmni qazodan muofat, a'to deganidir. Ha, yumshoq bir oʻtning tomirlari qattiq toshni teshgani kabi, a'to ham qazo qonunining qat'iyatini teshadi. Qazo ham oʻq kabi qadar qarorlarini teshadi. Demak, a'toning qazoga nisbati, qazoning qadarga nisbati kabidir. A'to qazo qonunining shumulidan ixrojdir. Qazo ham qadar qonunining kulliyatidan ixrojdir. Bu haqiqatga voqif boʻlgan orif:
"Ey Ilohim! Hasanotim sening a'toingdan. Sayyiotim ham sening qazoingdandir. Agar a'toing boʻlmasa edi, halok boʻlardim" deydi.
Asmo-i husnani tazammun etgan ba'zi fazlakalar bilan oyatlarga xotima berilishda qanday bir sir bor?
Ha, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon, ba'zan oyoti qudratni oyatlarda bast etadi. Soʻngra ichidan asmoni chiqaradi. Ba'zan mansujot toʻplaydigandek ochib tarqatadi. Soʻngra toʻplaydi, asmoda tayy etadi. Ba'zan esa af'olini tafsil etgandan soʻng ismlar bilan ijmol etadi. Ba'zan esa xalqning a'molini tahdidona gapiradi. Soʻng rahmatga ishorat etgan ismlar bilan tasalli etadi. Ba'zan esa ba'zi maqosidi juz'iyani zikr qilgandan soʻng u maqosidni taqrir va isbot uchun burhon oʻlaroq qavoidi kulliya hukmida boʻlgan ismlarni zikr qiladi. Ba'zan esa moddiy juz'iyotni zikr qiladi. Soʻng asmo-i kulliya bilan ijmol etadi va hokazo...
Ajz ham ishq kabi Allohga isol etgan yoʻllardan biridir. Ammo ajz yoʻli ishqdan yanada qisqa va yanada salomatdir.
Ahli suluk tariqi xofada latoifi ashara ustida, tariqi jahrda nufusi sab'a ustida suluk etganlar. Bu faqir, ojiz esa toʻrt xatvadan iborat; ham qisqa, ham sahl bir tariqni Qur'onning fayzidan istifoda etgan.
oyatidan,
oyatidan;
oyatidan;
Toʻrtinchi xatvani
oyatidan ahz etgan. Bularning izohi:
Birinchi Xatva: Ha, inson yaratilishida oʻz nafsiga muhib oʻlaroq yaratilgan. Hatto bizzot nafsi qadar bir narsaga sevgisi yoʻq. Oʻzini, faqat Ma'budga loyiq sanolar bilan madh etadi. Nafsini butun ayblardan, qusurlardan tanzih etish bilan, -haqli boʻlsin, haqsiz boʻlsin- kamoli shiddat bilan mudofaa etadi. Hatto Janobi Haqni hamd va sano uchun oʻzida yaratilgan jihozotni oʻz nafsiga hamdu sano uchun sarf qiladi va مَنِ اتَّخَذَ اِلٰهَهُ هَوٰيهُ dagi مَنْ shumuliga dohil boʻladi. Bu martabada nafsning tazkiyasi, faqat adami tazkiyasi bilan boʻladi.
Ikkinchi Xatva: Nafs xizmat zamonida orqaga qochadi. Ujrat vaqtida ilgari safga hujum qiladi. Bu martabada uning tazkiyasi, qilgan ishining aksini qilish bilan boʻladi. Ya'ni, ishda, xizmatda oldinga yoʻllash, ujrat tavzi'ida orqada qoldirilishi kerak.
Uchinchi Xatva: Oʻz nafsida, xaltasida qusur, nuqson, ajz, faqrdan ma'ada bir narsani qoldirmasligi kerak. Butun mahosin, yaxshiliklar Fotiri Hakim tarafidan in'om etilgan ne'matlar boʻlib, hamdni iqtizo etadi. Faxrni istilzom etmaganlarini e'tiqod va talaqqiy etish kerak. Bu martabada uning tazkiyasi; kamolining adami kamolida, qudratining ajzida, gʻinosining faqrida boʻlganini bilishdan iboratdir.
Toʻrtinchi Xatva: Oʻzi istiqloliyat holida foniy, hodis, ma'dum boʻlganini va asmo-i Ilohiyaga oynadorlik qilgani holda shohid, mashhud, mavjud boʻlganini bilishdan iboratdir. Bu martabada uning tazkiyasi; vujudida adamini, adamida vujudini bilish bilan
ni oʻziga vird ittihoz etishdir.
Va shuningdek, Vahdat-ul Vujud ahli koinotni inkor qilish bilan i'dom etadilar. Vahdat-ush Shuhud xalqi esa, butun mavjudotni, -eshkak jazolilari kabi- nisyon zindonida abadiy hibsga mahkum etadilar.
Qur'on ifhom etgan tariq, koinotni, mavjudotni ham i'domdan, ham hibsdan qutqaradi. Asmo-i husnaga mazhariyat bilan oynadorlik qilish kabi vazifalarda istehdom etadi. Faqat koinotni istiqloliyatdan va oʻz hisobiga ishlashdan azl etadi.
Va shuningdek, insonning vujudida bir nechta doira bor. Chunki ham nabotiydir, ham hayvoniydir, ham insoniydir, ham iymoniy. Tazkiya muomalasi ba'zan tabaqa-i iymoniyada boʻladi. Soʻngra tabaqa-i nabotiyaga tushadi. Ba'zan esa yigirma toʻrt soat mobaynida har toʻrt tabaqada muomala sodir boʻladi. Insonni xato va gʻolatga otgan, bu toʻrt tabaqadagi farqqa rioya etmaslikdir.
ga istinodan insoniyatning me'da-i hayvoniya va nabotiyaga munxasir boʻlganining fikri bilan gʻolat etadi. Soʻng butun gʻoyalarning nafsiga oid boʻlganining hasri bilan gʻolat etadi.
Soʻng hamma narsaning qiymati manfaati nisbatida boʻlganining taqdiri bilan gʻolat etadi. Hatto Zuhra yuldizini xushboʻy bir zuhraga muqobil olmaydi. Chunki oʻziga manfaati tegilmaydi.
Ubudiyat, sabqot etgan ne'matning natijasi va uning narxidir. Kelgusidagi bir ne'matning mukofot muqaddimasi va vasilasi emas. Masalan: Insonning eng goʻzal bir suratda yaratilishi, ubudiyatni iqtizo etgan sobiq bir ne'mat boʻlgani va soʻngra esa, iymonning i'tosi bilan oʻzini senga ta'rif etishi, ubudiyatni iqtizo etgan sobiq ne'matlardir. Ha, qandayki me'daning i'tosi bilan butun mat'umot i'to etilgandek talaqqiy etiladi; hayotning i'tosi bilan ham, olami shahodat mushtamil boʻlgan ne'matlar bilan barobar i'to etilgan kabi talaqqiy etiladi.
Va shuningdek, nafsi insoniyning i'tosi bilan, bu me'da uchun mulk va malakut olamlari ne'matlar dasturxoni kabi qilingandir. Shuning kabi, iymonning i'tosi bilan, mazkur dasturxonlar bilan barobar, asmo-i husnada iddixor etilgan dafinalari ham dasturxon oʻlaroq berilgan boʻladi. Bu kabi ujratlarni oldindan olgandan soʻng, davom bilan xizmatga mulozim boʻlish lozimdir. Xizmat va amaldan soʻng berilgan ne'matlar mahza uning fazlidandir.
Anvo'ning afrodida, xususan hasharot va qurt-qumursqalar qismida koʻringan favquloda koʻplikda mushohada etilgan horiquloda gʻayri mutanohiy bir judu saxovat bor. Kamoli ittiqon va intizom bilan butun anvo'da boʻlgan shu kasrati afrod, tajalliyoti Ilohiyaning gʻayri mutanohiy ekaniga va Janobi Haqning mohiyati hamma narsaga mubayin boʻlganiga va butun ashyo uning qudratiga nisbatan mutasoviy boʻlganiga sarohatan dalolat qiladi.
Ha, bu judi ijod Sone'ning vujubidandir. Navda jaloliydir, fardda jamoliydir.
Inson qilgan san'atlarning suhulat va suubat darajalari, uning ilm va jaholati bilan oʻlchanadi. Naqadar san'atlarda, xususan inja va latif jihozotda ilmi, mahorati koʻp boʻlsa, oʻsha nisbatda oson boʻladi. Jaholati nisbatida ham zahmat boʻladi. Shunga binoan, ashyoning xilqatida mutlaq tezlik bilan mutlaq kenglik ichida koʻringan mutlaq osonlik, Sone'ning ilmida chegara boʻlmaganiga hadsi qat'iy bilan dalolat qiladi.
Insonning fitratan molik boʻlgan jome'iyatning ajoyibidandirki: Sone'-i Hakim shu kichik jismda gʻayri mahdud anvo'i rahmatni oʻlchash uchun gʻayri ma'dud mezonlar oʻrnatgan. Va asmo-i husnaning gʻayri mutanohiy maxfiy dafinalarini fahm etish uchun gʻayri mahsur jihozlar va vositalar yaratgan. Masalan: Masmu'ot, mubsirot, ma'kulot olamlarini ihota etgan insondagi tuygʻular Sone'ning sifoti mutlaqasini va keng shuunotini fahm etish uchundir.
Va shuningdek, xardaladan yanada kichik quvva-i hofizasida shunday bir latifa-i mudrika qoldirilganki, u xardala tazammun etgan keng olamda u latifa doimiy sayr va javalon etayotgan boʻlsa ham, sohiliga vosil boʻlolmaydi. Shu bilan barobar, ba'zan bu katta olam u latifaga shu qadar torlashadiki, olam u latifaning qornida bir zarra kabi boʻladi. Va u latifani, butun sayohat maydonlari bilan, mutolaa qilgan kitoblari bilan u xardala ham yutadi, joyida oʻtiradi, qorni ham ogʻrimaydi.
Xullas, insonning mutafovit martabalari bu sirdan anglashiladi.
Ha, ba'zi insonlar zarrada choʻkadilar. Ba'zisida esa dunyo choʻkadi. Ba'zilar esa, oʻzlariga berilgan kalitlardan biri bilan kasratning eng keng olamini ochadi, faqat ichida choʻkadi. Sohili vahdat va tavhidga zoʻrgʻa vosil boʻladi. Demak, insonning sayri ruhoniysida koʻp tabaqalar bor. Bir tabaqada, insonlarga huzuri tavhid juda osonlik bilan nasib va muyassar boʻladi. Bir tabaqasini ham gʻaflat va avhom shunday istilo qiladiki, kasrat ichida gʻarq boʻlish bilan tom ma'nosi bilan tavhidni unutgan boʻladi. Sukutni su'ud, tadanniyni taraqqiy, jahli murakkabni yaqiyn, uyquning oxirgi pardasini intiboh zon va tavahhum etgan bir qism madaniylar ikkinchi tabaqadagi insonlardandir. Ular haqoiqi iymoniyani dark etishda badaviylarning badaviylaridir.
Ismi Jalol koʻpincha navlarda, kulliyotda tajalliy etadi. Ismi Jamol esa mavjudotning juz'iyotiga tajalliy etadi. Bu e'tibor bilan, navlardagi judi mutlaq, jalolning tajalliysidir. Juz'iyotning naqshlari, ashxasning goʻzalliklari, jamolning tajalliyotidandir.
Va shuningdek, jalol vohidiyatning tajalliysidan, jamol esa ahadiyatning tajalliysidan zohir boʻladi. Ba'zan esa jamol jaloldan tajalliy etadi. Ha, jamolning koʻzida jalol naqadar jamildir, jalolning koʻzida ham jamol shu qadar jalildir.
Basar masnu'otni koʻrib, basirat Sone'ni koʻrmasa, juda gʻarib va juda xunuk boʻladi. Chunki u holda Sone'ning ma'nan, qalban koʻrinmasligi, yo basiratning fiqdanidandir yoki qalb koʻzining koʻr boʻlishidandir yoki juda tor boʻlganidan masalani azamati bilan qamramaganidandir. Yoki bir hizlandir. Boʻlmasa Sone'ning inkori basarning shuhudini inkordan yanada ziyoda munkardir.
Bir dalaga ekilgan bir urugʻ, ma'naviy bir qal'a va bir devordir. U dalani urugʻ sohibiga mol etadi. Boshqasining tasarrufiga mone boʻladi. Shuning kabi, kura-i arz dalasiga ekilgan nabotot, hayvonot urugʻlari ma'naviy bir qal'a va bir toʻsiq boʻlib, shirkatni man qiladi; gʻayrni mudohaladan quvadi.
Tabiatlari latif, inja va latif san'atlarga maftun ba'zi insonlar, xususan maxsus bogʻlarida juda goʻzal handasavoriy bir shaklda shakllarni, ariqlarni, hovuzlarni, shodirvonlarni qildirish bilan bogʻlariga juda muntazam bir manzara beradilar. Va u latofatning, u goʻzallikning darajasini koʻrsatish uchun ba'zi xunuk qoya tosh, qoʻpol, gʻayri muntazam -gʻor va togʻ haykallari kabi- narsalarni ham ilova etadilarki, ularning xunukligi bilan, adami intizomi bilan bogʻning goʻzalligi, latofati koʻproq porlasin. Chunki
Ammo mudaqqiq bir kishi u azdodni jam etgan bogʻning manzarasiga qaragan zamon anglaydiki, u xunuk, qoʻpol narsalar qasddan qilingandirki; goʻzallik, intizom, latofat ortsin. Zero, goʻzalning goʻzalligini orttirgan, xunukning xunukligidir. Demak, bogʻning toʻliq intizomini ikmol etgan, u xunukliklardir. Va u xunukliklarning adami intizomi nisbatida bogʻning intizomi ortadi.
Shuning kabi, dunyo bogʻida nizom va intizomning oxirgi tizimida boʻlgan maxluqot va masnu'ot orasida -hayvonlarda boʻlsin, nabototda boʻlsin, jamodotda boʻlsin- ba'zi xunuk, intizomdan xorij narsalar mavjud. Bularning xunukligi, intizomsizliklari, dunyo bogʻining goʻzalligiga, intizomiga bir ziynat, bir bezak boʻlish uchun Sone'-i Hakim tarafidan qasddan qilingan boʻlganini, juda yuksak, keng, shoirona bir xayol bilan dunyoning u bogʻ manzarasini nazar ostiga olgan odam koʻra oladi.
Shu bilan barobar, u kabi narsalar qasdiy boʻlmasaydi, shakllarida hikmatli taxoluf boʻlmasdi. Ha, taxolufda qasd va ixtiyor bor. Har insonning butun insonlarga siymo jihatidan muxolafati bunga dalildir.
Insonni fitratan butun hayvonlarga tafavvuq ettirgan jome'iyatining maziyatlaridan biri, zavil hayotning Vohib-ul Hayotga boʻlgan tahiyya va tasbehlarini fahm etishdir. Ya'ni, inson oʻz kalomini fahm etgani kabi, iymon qulogʻi bilan zavil hayotning ham, balki jamodotning ham butun tasbehlarini fahm etadi. Demak, hamma narsa kar odam kabi yolgʻiz oʻz kalomini anglaydi. Inson esa, butun mavjudotning lisonlari bilan takallum etganlari asmo-i husnaning dalillarini fahm etadi. Shunga binoan, hamma narsaning qiymati oʻziga koʻra juz'iydir. Insonning qiymati esa kulliydir. Demak, bir inson, bir fard ekan, bir nav kabi boʻladi.
Zohir bilan botin orasida mushobahat boʻlsa ham, haqiqatga qaralsa, oralarida ulkan uzoqlik bordir.
Masalan: Omiyona boʻlgan tavhidi zohiriy, hech bir narsani Allohdan boshqasiga isnod etmaslikdan iboratdir. Bunday bir inkor, sahl va oddiydir. Ahli haqiqatning haqiqiy tavhidlari esa, hamma narsani Janobi Haqqa isnod etish bilan barobar, hamma narsaning ustida boʻlgan muhrini, sikkasini koʻrib oʻqishdan iboratdir. Bu huzurni isbot, gʻaflatni inkor qiladi.
Hayoti dunyoviyaga qasddan va bizzot tavajjuh etib bogʻlangan kofirning, imholi i'qobida va aksincha taraqqiyoti moddiyada muvaffaqiyatidagi hikmat nima?
Ha, u kofir, oʻz tarkibi bilan, sifati bilan Janobi Haq tomonidan navi basharga taqdir etilgan ne'matlarning tazohuriga -shuursiz- xizmat qiladi. Va goʻzal masnu'oti Ilohiyaning mahosinini bila-shuur tanzim etadi. Va quvvadan fe'lga chiqarish bilan gʻarobati san'ati Ilohiyaga nazarlarni jalb qiladi. Farqiga ham bormaydi, bundan nima foyda. Demak, u kofir soat kabi oʻzi qilgan amaldan xabari yoʻq. Ammo vaqtlarni bildirish kabi, navi basharga juda buyuk bir xizmati bor. Bu sirga binoan, dunyoda mukofotini koʻradi.
Tavfiqi Ilohiy rafiqi boʻlgan odam, tariqat barzohiga kirmasdan zohirdan haqiqatga oʻta oladi. Ha, Qur'ondan, haqiqati tariqatni -tariqatsiz- fayz surati bilan koʻrdim va bir parcha oldim. Va shuningdek, maqsudi bizzot boʻlgan ilmlarga ulumi aliyani oʻqimasdan isol etuvchi bir yoʻl topdim.
Sari-us sayr boʻlgan bu zamonning avlodiga, qisqa va salomat bir tariqni ehson etish, rahmati hakimaning shonidandir.
Insonni gʻaflatga tushurish bilan Allohga ubudiyatiga mone boʻlgan, juz'iy nazarini juz'iy narsalarga hasr etishdir. Ha, juz'iyot ichiga tushib juz'iylarga hasri nazar etgan, u juz'iy narsalarning sabablardan suduriga ehtimol berishi mumkin. Ammo boshini koʻtarib navga va umumga qaragan zamon, adno bir juz'iyning eng katta bir sababdan suduriga javoz berolmaydi. Masalan: Juz'iy rizqini ba'zi sabablarga isnod etishi mumkin. Faqat mansha-i rizq boʻlgan arzning, qish mavsumida qup-quruq, hosilsiz ekaniga, bahor mavsumida rizq bilan toʻla boʻlganiga qaragan vaqt, arzni ihyo etish bilan butun zavil hayotning rizqlarini bergan Allohdan ma'ada oʻz rizqini beradigan bir narsa boʻlmaganiga qanoati hosil boʻladi. Va shuningdek, uyidagi kichik bir ishiqni yoki qalbida boʻlgan kichik bir nurni ba'zi sabablarga isnod etishing mumkin. Ammo, u ishiqning, shamsning ziyosi bilan, u nurning ham Manba-ul Anvorning nuri bilan muttasil boʻlganiga voqif boʻlgan vaqt anglaysanki; qalbingni nurlantirgan, qalbingni tanvir etgan faqatgina layl va nahorni bir-biriga almashtirgan Fotiri Hakimdir.
Va shuningdek, sening vujudingning zuhur va vuzuh jihatidan Xoliqning vujudiga nisbati, Xoliqning vujudiga dalolat qilganlarning nisbati kabidir. Chunki sen bir vajh bilan oʻz vujudingga dalolat qilasan. Ammo Xoliqning vujudiga butun mavjudot, butun zarroti bilan dalolat qiladi. Shunday ekan, uning vujudi sening vujudingdan, olamning zarroti adadicha zuhur darajalari bordir.
Va shuningdek, seni nafsingni sevishga yoʻllagan sabablar:
1- Butun lazzatlarning mahzani nafsdir;
2- Vujudning markazi va manfaatning ma'dani nafsdir;
3- Insonga eng qorib -yaqin- nafsdir, deysan. Juda yaxshi. Faqat u foniy lazzatlarga muqobil lazoizi boqiyani bergan Xoliqni yanada ziyoda ubudiyat bilan sevish lozim emasmi? Nafs vujudga markaz boʻlganidan, muhabbatga loyiq boʻlsa, u vujudni ijod etgan va u vujudning qayyumi boʻlgan Xoliq yanada koʻproq muhabbatga, ubudiyatga mustahaq boʻlmaydimi? Nafsing ma'dani manfaat va eng yaqin boʻlgani, sababi muhabbat boʻlsa, butun xayrlar, rizqlar qoʻlida boʻlgan va u nafsni yaratgan Nafi', Boqiy va yanada qorib boʻlgan, yanada ziyoda muhabbatga loyiq emasmi? Shunga binoan, butun mavjudotga inqisom etgan muhabbatlarni jamlash va muhabbating bilan barobar mahbubi haqiqiy boʻlgan Fotiri Hakimga hadya etish lozim.
Sening qarshingda juda qoʻrqinchli ulkan masalalar borki, insonni ehtiyotga, ihtimomga majbur qiladi.
Birisi: Oʻlim boʻlib, insonni dunyodan va butun sevgililaridan ayirgan bir ayrilishdir.
Ikkinchisi: Dahshatli, qoʻrqinchli abad mamlakatiga yoʻlovchilikdir.
Uchinchisi: Umr oz, safar uzun, yoʻl tadoriki yoʻq, quvvat va qudrat yoʻq, ajzi mutlaq kabi aliym alamlarga ma'ruz qolishdir. Shunday ekan, bu gʻaflatu nisyon nima? Tuyaqush kabi boshini nisyon qumiga suqib, koʻzingga gʻaflat koʻzoynagini taqasanki, Alloh seni koʻrmasin. Yoki sen Uni koʻrmagin. Qachongacha zoiloti foniyaga ihtimom va boqiyoti doimadan tagʻoful etasan?
Janobi Haqqa hamdlar, shukrlar boʻlsinki; masoili nahviyadan "ism" bilan "harf" orasidagi ma'naviy farq bilan juda muhim masalalarni menga oʻrgatgan. Shundayki:
"Harf", gʻayrning ma'nosini izoh uchun bir vosita, bir xodim boʻlgani kabi; shu mavjudot ham, asmo-i husnaning tajalliyotini izhor, ifhom, izoh uchun bir qator Ilohiy maktublardirki, ichlarida yozilgan daloil, barohin, havoriq moʻ'jiza-i qudratdir. Mavjudot bu vajh bilan nazarga olinishi; ilm, iymon, hikmatdir. Shoyad "ism" kabi mustaqil va maqsudi bizzot jihati bilan qaralsa, kufron va jahli murakkab boʻladi.
Va shuningdek, masoili mantiqiyadan "kulliy" bilan "kull" orasidagi farq bilan rububiyatga doir koʻp masalalarni oʻrganganman. Jamol bilan Ahadiyat كُلِّىٌّ ذُو جُزْئِيَّاتٍ shumuliga dohil. Jalol va Vohidiyat كُلٌّ ذُو اَجْزَاءٍ unvoniga dohil.
Dunyo olami oxiratga bir mundarija hukmidadir. Bu mundarijada olami oxiratning muhim masalalariga boʻlgan ishoratlardan biri, jismoniy rizqlardagi lazzatlardir. Bu foniy, razil, zalil dunyoda bu qadar ne'matlarni ihsos va ifoza etish uchun insonning vujudida yaratilgan tuygʻular, hislar, jihozlar, a'zolar kabi asbob-uskunalaridan anglashiladiki, olami oxiratda ham
qasrlarning ostida, abadiyatga loyiq jismoniy ziyofatlar boʻladi.
Insonning xavf va muhabbati xalqqa tavajjuh etgan taqdirida, xavf bir balo, bir alam boʻladi. Muhabbat bir musibat kabi boʻladi. Zero u qoʻrqqan odaming yo senga marhamat etmaydi yoki sening istirhomlaringni eshitmaydi. Muhabbat etgan shaxsing ham yo seni tanimaydi yoki muhabbatingga tanazzul etmaydi. Shunga binoan, xavfing bilan muhabbatingni dunyo va dunyo insonlaridan oʻgir. Fotiri Hakimga tavjih etki, xavfing Uning marhamat quchogʻiga -bolaning ona quchogʻiga qochgani kabi- laziz bir tazallul boʻls٦ّۣ Muhabbating ham saodati abadiyaga vasila boʻlsin.
Sen shajara-i xilqatning yo bir samarasi yoki bir urugʻisan. Jisming e'tibori bilan kichik, ojiz, zaif bir juzsan. Lekin Sone'-i Hakim lutfi bilan, latif san'ati bilan seni juz boʻlishdan kull boʻlishga chiqargan.
Ha, jismingga berilgan hayot soyasida, keng tuygʻularing bilan olami shahodat ustida javalon etish bilan filjumla juz'iyat qaydidan qutulgansan. Va shuningdek, insoniyat i'tosi bilan bilquvva "kull" hukmidasan. Va shuningdek, iymon va Islomiyat ehsoni bilan bilquvva "kulliy" boʻlgansan. Va shuningdek, ma'rifat va muhabbatning in'omi bilan muhit bir nur boʻlgansan.
Shunga binoan, dunyoga va jismoniy lazoizga mayl etsang, ojiz, zalil bir juz'iy boʻlasan. Agar jihozotingni insoniyati kubro deyilgan Islomiyat hisobiga sarf etsang, bir kulliy va bir kull boʻlasan.
Bu qadar aliym firoq va ayriliqlarga ma'ruz qolish bilan chekkan alamlaringning sababi va qabohati sendadir. Chunki u muhabbatlarni gʻayr yerda sarf etyapsan. Agar u muhabbatlarni jamlab Vohidi Ahadga tavjih va Uning hisobi bilan, izni bilan sarf etsang, butun mahbublaring bilan barobar bir onda birlashib sevinchlarga, mamnuniyatlarga mazhar boʻlasan.
Ha, bir sultonga intisob etgan bir odam, u sultonning, hamma narsa bilan aloqador, har makonda hamma bilan muxobarasi, aloqasi zimnida, u odam ham bir jihatdan, bir daraja aloqador boʻlishi mumkin.
Masalan: Qamarning ahvoliga yoki istiqbolning haqiqatiga doir i'to-i ma'lumot etgan odamga, butun mamolikingni unga fido qilishga tayyorsan. Ammo qamar doira-i mulkida bir ari hukmida boʻlgan Xoliqdan xabar keltirgan va azal, abadga, hayoti abadiyaga, haqoiqi asosiyaga, azim masalalarga doir ma'lumot i'to etgan va seni ma'naviy parishoniyatlardan, zalolatlardan qutqarib kasratdan vahdatga toʻgʻri yoʻl koʻrsatgan va hayoti abadiyaga iymon bilan ma-ul hayotni senga ichirish bilan firoq va ayrilish otashlaridan qutqargan; va Xoliqning marziyotini, matolibini ta'rif etgan va Sultoni Azal, Abadning muxobarasiga tarjimonlik qilgan Rasuli Rahmonni tinglashga va u Muxbiri Sodiqqa iymon bilan taslim boʻlishga mone boʻlgan nafsning havo va havasini tark qilmayapsan!..
Koʻryapmizki: Sone'-i Hakim kamoli hikmati bilan juda oddiy narsalardan juda horiqo moʻ'jiza-i mansujot qilyapti. Va shuningdek, abasiyat va isrofga yer qoldirmaslik uchun, bir fardni anvo'an vazifalar bilan tavzif etyapti. Hatto insonning boshida, inson muvazzaf boʻlgan vazifalarni qilish uchun har vazifaga koʻra bittadan tirnoq qadar moddiy bir narsaning boʻlishi ijob etsaydi, bir bosh Jabali Tur kattaligida boʻlishi lozim boʻlardiki, asxobi vazoifga yer boʻlsin.
Va shuningdek, lison boshqa vazoifi bilan barobar arzoq xazinasiga va qudratning matbaxida pishirilgan butun taomlarga mufattishdir. Va butun taomlarning totlarini yaqiyn etgan, bilgan bir ahli vuqufdir.
Xullas, bu faoliyati hakimiyadan anglashilyaptiki; zamonning sayli bilan barobar kelib oʻtgan ashyo-i sayyoladan va oʻtgan kunlardan, sanalardan, asrlardan, layl va nahorning taqallubi bilan juda koʻp mansujoti gʻaybiya va uxroviya qilinyapti. Ha, olamning mundarijasi hukmida boʻlgan inson fabrikasida toʻqilgan mansujot u haqiqatni tanvir etadi. Shunday ekan, bu foniy dunyoda mavt, fano, davoiri gʻaybiyada sof bir baqoga intiqol etib boqiy qoladi. Ha, rivoyatlarda borki; insonning umr daqiqalari insonga avdat etadilar. Yo gʻaflat bilan muzlim oʻlaroq keladilar yoki hasanoti muzia bilan avdat etadilar."
Koʻryapmizki: Sone'-i Hakimning, afrod va juz'iyotning tasvirida katta-katta tafannunlari bor. Ha, hayvonlarning juda katta va juda kichiklari boʻlgani kabi, qushlarda, baliqlarda, malaklarda va boshqa ajromda, olamlarda ham juda kichik va juda katta fardlari bordir. Janobi Haqning shu tafannunda ta'qib qilgan hikmati:
1- Tafakkur va irshod uchun bir lutf, bir tasxilotdir.
2- Qudrat maktublari oʻqilib fahmlashda bir osonlikdir.
3- Qudratning kamolini izhor etishdir.
4- Jaloliy va jamoliy har ikki nav san'atni ibroz etishdir.
Shu bilan barobar, juda inja yozuvlarni hamma oʻqiy olmaydi va juda katta narsalar ham nazari ihotaga olinolmaydi. Xullas, irshodni tasxil va ta'mim uchun bir qismini kichik harflar bilan, bir qismini ham katta harflar bilan yozish bilan irshodning iqtizosi ado etilgan.
Ammo shaytonning talabasi boʻlgan nafsi ammora, jismning kichikligini san'atning kichikligiga atf etish bilan, sabablardan sudurini tajviz etadi. Va juda katta jismlar ham hikmat bilan yaratilmagan iddi'osida boʻlib bir navi abasiyatga isnod etadi.
Kerak boʻlsa judda, kerak boʻlsa rizqda ifrot darajasida toʻkinlik bor. Bu esa, hikmatdan uzoq, abasiyatga yaqin koʻrinadi. Ha, agar yaratilgan narsa bir gʻoya uchun yaratilayotgan boʻlsa, haqqing bor; ammo gʻoyalar juda koʻp. Shunga binoan, bir gʻoyaga nazaran abasiyat his qilinsa ham, gʻoyalarning majmuiga nazaran ayni hikmat va ayni adolatdir.
Insonning san'ati bilan Xoliqning san'ati orasidagi farq: Inson oʻz san'atining orqasida koʻrinishi mumkin, ammo Xoliqning masnu'i orqasida yetmish ming parda bor. Faqat, Xoliqning butun masnu'oti daf'atan bir nazarda koʻrina olsa, qora pardalar oʻrtadan koʻtariladi, nuroniylar qoladi.
Hayvonotdan boʻlsin, nabototdan boʻlsin tavallud bilan tanosul shumuliga dohil boʻlgan har fard vajhi arzni istilo va tasallut etish niyatidadirki, arzni oʻziga va zurriyotiga xos va xolis bir masjid qilish bilan Fotiri Hakimning asmo-i husnasini izhor bilan Xoliqiga gʻayri mutanohiy bir ibodatda boʻlsin.
Ha, qushlarning, baliqlarning, chumolilarning tuxumlarida, ashjar va sabzavotning samarotida va u samarotning danaklaridagi ifrot darajasini topgan kasrat u vaziyatni tanvir etadi. Lekin olami shahodatning torligiga va mustaqbal ibodatlarning Allam-ul Gʻuyubning ilmida mavjud boʻlganiga binoan, niyatdan fe'lga hanuz chiqmagan ularning ibodatlari qabul qilingandir.
Qur'oni Karim, ba'zan bir narsaning mutaaddid gʻoyalaridan insonlarga oid bir gʻoyani zikrga taxsis etadi. Bu ixtor uchun, inhisor uchun emas. Ya'ni, u narsaning gʻoyalari zikr qilingan gʻoyaga munxasir emas. Faqat u narsaning nizom va intizom va boshqa foydalariga insonning nazari diqqatini jalb qilish uchun insonlarga roji' u foydani zikr qiladi. Masalan:
oyati karima bilan zikr qilingan foyda, taqdiri qamarning minglab foydalaridan biridir. Boʻlmasa, taqdiri qamar bu foydaga munxasir emas. Ya'ni, qamar yolgʻiz bu gʻoya uchun emas. Bu gʻoya uning gʻoyalaridan biridir.
Janobi Haqqa maxsus taqlidi mumkin boʻlmagan eng yaqqol tavhid sikka va muhrlaridan biri, gʻayri ma'dud muxtalif ashyoni oddiy bir narsadan yaratishdir. Ha, juda oddiy boʻlgan shu tuproqdan minglarcha anvo', muxtalif nabotot gʻayri mutanohiy bir qudrat bilan, bir ilm bilan, juda katta bir ittiqon, bir suhulat bilan yaratilyotgani tavhidning shunday bir burhonidirki; ham taqlidi, ham tanqidi imkon xorijidir.
Hayoti insoniyaning vazoifidan biri ham oʻz juz'iy sifatlarini, shuunotini Xoliqning kulliy sifatlarini, shuunotini fahm etish uchun bir miqyos qilishdir. Ammo, olami oxiratda hashrdagi shuunoti azimasini va qiyomatda amvotning ihyosi bilan ahvoli umumiyasini fahm etish uchun, faqat kuz mavsumining qiyomati bilan bahorlarning hashri, hashr va qiyomati kubroda Xoliqning shuunotiga miqyos boʻlishi mumkin.
Musulmonlarni lahviyoti navmiya masobasida boʻlgan dunyo hayotiga da'vat qilish bilan, Janobi Haq halol qilgan toyyibot doirasidan harom qilgan xobisot mazbalasiga tashviq etgan odamning masali shunday bir sarxushga oʻxshaydiki:
Parcha parcha qiladigan arslon bilan unsiyatli xonaki otni bir-biridan tafriq etolmaydi. Dor bilan gimnastika taxtasini bir-biridan ayirolmaydi. Qonli yarani qizil guldan tamyiz etolmagani holda, oʻzini murshid deb bilib irshod va nasihatga oʻtadi.
Asnoyi irshodda bir odamga uchraydi. Bechora odamning orqa tarafida qoʻrqinchli bir arslon turgan. Qarshisida ham dor oʻrnatilgani kabi, har ikki yonida ham dahshatli yaralar bor. U odamning qoʻlida ikki dori bor. Va lisoni bilan qalbida ikki tilsim bor. Ularni iste'mol qilsa, shifoyob boʻladi. Va u arslon otga inqilob etadi; buroq kabi ulovi boʻladi. U dor ham; doimo tajaddud etayotgan ahvoli olamni, sayyol manzaralarni tomosha qilishga mador va vosita boʻladi. Sarxush kimsa u bechoraga deydi: "Hoy nega u dorilarni, tilsimlarni saqlayapsan? Ularni ot, kayfingni sur."
U odam: "Yoq! Bu dorilar va tilsimlarning hifz va himoyasidaman. Ulardan olayotgan zavq, lazzat, quvonchlarim menga kifoya. Faqat u arslon kabi parcha-parcha qiladigan oʻlimni oʻldira olsang va dorni sindirish bilan qabr ogʻzini yopa olsang va hayotim ma'ruz qolgan fano va zavol yaralarini bir hayoti boqiyaga tabdil etish bilan tadoviy eta olsang, mayli, sen bilan barobar raqsga tushamiz. Boʻlmasa koʻz oʻngimdan daf boʻlib ket. Sen faqat oʻzing kabi sarxushlarni ishontira olasan. Men sarxush emasman. Dunyoingizga, zavqingizga ehtiyojim yoʻq. Chunki
menga yetar."
Falsafa talabasi bilan madaniyat tilmizlari musulmonlarni ajnabiy odatlariga ittibo bilan shao'iri Islomiyani tark qilishga da'vat etganlarida, Qur'on Nurchilari shu tarzda mudofaa qilishdi: "Agar dunyodan zavol va oʻlimni va insondan ajz va faqrni olib tashlashga iqtidoringiz boʻlsa, mayli, dinni ham tark qiling, shao'irni ham olib tashlang. Boʻlmasa tilingizni kesing, gapirmang. Qarang, orqamizda panjalarini ochgan hujumga tayyor ajal arsloni tahdid etyapti. Agar iymon qulogʻi bilan Qur'onning sadosini eshitadigan boʻlsang, u ajal arsloni bir buroq boʻladi. Bizlarni rahmati Rahmonga ulashtiradi. Aks holda u ajal yirtqich bir hayvon kabi bizlarni parcha-parcha qiladi. Botil e'tiqodingiz kabi, abadiy bir firoq bilan jazolaydi. Va shuningdek, qarshimizda i'dom dorlari oʻrnatilgan. Agar iymon, iqon bilan Qur'onning irshodini tinglasang, u dorlardan, safina-i Nuh kabi sohili salomatga, ya'ni olami oxiratga ulashtiruvchi bir safina qilinadi.
Va shuningdek, oʻng yonimizda faqr yarasi, chapda esa ajz, za'f jarihasi bor. Agar Qur'onning dorilari bilan tadoviy etsang, faqrimiz rahmati Rahmonning ziyofatiga shavqu ishtiyoqqa inqilob etadi. Ajz va za'fimiz ham Qodiri Mutlaqning dargohi izzatiga iltijo uchun bir da'vat tazkarasi kabi boʻladi.
Va shuningdek, bizlar uzun bir safardamiz. Bu yerdan qabrga, qabrdan hashrga, hashrdan abad mamlakatiga ketish arafasidamiz. U yoʻllarda zulumotni tarqatadigan bir nur va bir arzoq lozim. Ishongan aql va ilmimizdan umid yoʻq. Faqat Qur'onning quyoshidan, Rahmonning xazinasidan tadorik etilishi mumkin. Agar bizlarni bu safardan qoldiradigan bir chorangiz boʻlsa, mayli. Boʻlmasa sukut eting, Qur'onni tinglaylik, qaraylik nimani amr qilyapti:
Xulosa: Xushyor boʻlgan senga tobe boʻlmaydi. Faqat siyosat sharobi bilan yoki shuhrat hirsi bilan yoki riqqati jinsiya bilan yoki falsafaning zalolati bilan yoki madaniyatning safohati bilan sarxush boʻlganlar sening mashrab va maslagingga tobe boʻladilar. Faqat insonning boshiga tushirilgan zarbalar va yuziga urilgan tarsakilar uning sarxushligini izola bilan xushiga keltiradi.
Va shuningdek, inson hayvon kabi yolgʻiz zamoni hol bilan mubtalo va mashgʻul emas. Balki mustaqbalning qoʻrquvi va moziyning huzun va gʻami bilan hozirgi zamon alamlariga ma'ruzdir. Faqat oʻzini shaqiy, zoll, ahmoqlardan sanamagan odam Qur'onning shu bashoratini tinglasin:
ila oxiri Sura...
Har bir masnu'da tahaqquq etgan kamoli san'at, Sone'ning har makonda va har masnu'ning yonida ekaniga dalolat qilgani kabi; hech bir makonda va hech bir masnu'ning yonida emasligiga ham dalolat qiladi.
Va shuningdek, inson har bir narsaga muhtoj boʻlish jihati bilan hamma narsaning malakuti qoʻlida va hamma narsaning xazinasi yonida boʻlgan Zoti Aqdasdan ma'ada hech kimga ibodat qilolmaydi.
Va shuningdek, inson vujud, ijod, xayr, af'ol jihati bilan juda kichik, noqis boʻlish bilan chumolidan, aridan adno, oʻrgimchakdanda zaifdir. Faqat adam, taxrib, shar, infiol jihati bilan samovot, arz, jibaldanda kattadir. Masalan: Hasanot qilgan vaqti, habba habba qiladi. Sayyiot qilsa, qubba qubba qiladi. Ha, masalan kufr sayyiasi butun mavjudotni tahqir etadi, qiymatdan tushiradi.
Va shuningdek, insonning bir jihat bilan qil qadar bir ixtiyori, zarra qadar bir iqtidori, shua qadar bir hayoti, daqiqa qadar bir umri, juz'iy bir juz qadar mavjudiyati boʻlsa ham, boshqa jihatdan hadsiz bir ajz va faqri ham bor. Qodiri Mutlaq va Gʻaniyyi Mutlaqning tajalliyotiga keng bir ma'kas boʻladi.
Va shuningdek, inson hayoti dunyoviya jihati bilan bir urugʻ boʻlib, juda ulkan samara va nihollar berish uchun oʻziga tavdi' etilgan jihozotni, ba'zi moddalarni qoʻlga kiritish uchun tovuq kabi tuproqlarni, goʻnglarni, najaslarni titkilashga sarf etadi, foydasiz tafassuh etadi. Va hayoti ma'naviya jihati bilan umidlari abadga qadar uzangan bir shajara-i boqiyadir.
Va shuningdek, inson fe'l va sa'yi jihati bilan zaif bir hayvon boʻlib, doira-i sa'yi juda tordir. Infiol, istash, duo jihati bilan Rahmoni Rahimning aziz bir musofiridir. Doirasi xayol qadar kengdir.
Va shuningdek, inson hayoti hayvoniyadan olgan lazzati bir chumchuqning lazzati qadar emas. Chunki insonda huzun, gʻam, qoʻrquv bor, unda yoʻq. Faqat jihozot, hissiyot, tuygʻular, iste'dodlar e'tibori bilan hayvonlarning eng a'losidan ortiq lazzat oladi. Insonning shu vaziyatiga diqqat qilinsa, anglashiladiki: Bu qadar jihozot bu hayot uchun emas, balki bir hayoti boqiya uchun unga berilgan.
Va shuningdek, inson saltanati rububiyatning mahosiniga nazir va asmo-i qudsiyaning jilvalariga dallol va qalami qudrat bilan yozilgan maktuboti Ilohiyani mutolaa bilan mutafakkir boʻlish jihati bilan, ashrafi maxluqot va xalifa-i arz boʻlgan.
Insondagi qusur soʻngsiz boʻlgani kabi, ajz, faqr va ehtiyojiga ham chegara yoʻq. Insonga tavdi' etilgan ochlik bilan ne'matlarning lazzatlari taboruz etgani kabi; insondagi qusur, kamoloti Subhoniya darajalariga bir mirsoddir. Insondagi faqr, gʻino-i rahmatning darajalariga bir miqyosdir. Insondagi ajz, qudrat va kibriyosiga bir mezondir. Insondagi tanavvu'i hojot, anvo'i niom va ehsonotiga bir zinapoyadir. Shunday ekan, fitratidan gʻoya, ubudiyatdir. Ubudiyat esa, dargohi izzatiga qusurlarini "Astagʻfirulloh" va "Subhanalloh" bilan e'lon qilishdir.
Har bir inson uchun hayot safarida ikki yoʻl bor. Bu ikki yoʻlning uzun-qisqaligi birdir. Ammo birida ahli shuhud va ahli vuqufning shahodat va tasdiqlari bilan oʻndan toʻqqiz manfaat ehtimoli bor. Ikkinchi yoʻlda masala ma'kusadir. Oʻndan toʻqqiz zarar ehtimoli bor. Ikkinchi yoʻl bilan borganning na quroli bor, na zahirasi. Tabiiyki, yoʻlda juda koʻp qoʻrquvlarga ma'ruz qolishi kabi, ehtiyojlarini daf qilish uchun koʻplarga minnat ostida qoladi. Ammo birinchi yoʻlda suluk etganning ham quroli, ham arzoqi barobardir. Juda erkin boradi. Birinchi yoʻl Qur'on yoʻlidir, ikkinchi yoʻl esa zalolat yoʻlidir.
Ha, ahli shuhudning, ahli vuqufning tasdiq va shahodatlari bilan sobitki, iymon quvvati bilan yurgan amnu amon ichidadir. Va oxirida markazi hukumatga yetishganida, oʻndan toʻqqizi ulkan mukofotlarga mazhar boʻladilar. Faqat, zalolat zulumoti ichida yurganlar asnoyi safarda qoʻrquvdan, ochlikdan hamma narsaga va harkasga tazallul etgandan soʻng, mahalli hukumatga vosil boʻlganida, oʻndan toʻqqizi yo i'dom yoki abadiy hibsga mahkum boʻladilar. Shunga binoan, aqli boʻlgan zararli bir narsani dunyoviy, adno bir hiffat uchun tarjih etmaydi.
Ahli shuhud deganimizdan maqsad, avliyoullohdir. Zero valoyat sohibi avom e'tiqod etgan narsalarni koʻz bilan mushohada etadi. Qur'on yoʻli bilan ketganlarning qurol va zahiralari esa; Qodiri Mutlaqqa, Gʻaniyyi Karimga boʻlgan tavakkal ularni ta'min qiladi. Zero tavakkal istinod va istimdod nuqtalarini tazammun etadi. Bu nuqtalar ham kalima-i tavhidni istilzom etadi. Kalima-i tavhid ham namozni iqtizo etadi. Namoz ham ubudiyatning asos bir ruknidir. Ubudiyatni amr qilgan taklifdir. Mukallafiyatini ifo etganning, mukallafiyat muddaticha, mukallafiyati askariya kabi ovqatlari, liboslari va boshqa hayot lozimalari xazina-i Rahmondan beriladi. Mukallafiyati askariya ikki yarim yildir. Ammo mukallafiyati ubudiyat muddati umrdir.
Inson bir yoʻlovchidir. Bolalikdan yoshlikka, yoshlikdan keksalikka, keksalikdan qabrga, qabrdan hashrga, hashrdan abadga qadar yoʻlovchiligi davom qiladi. Har ikki hayotning lavozimoti Malik-ul Mulk tarafidan berilgan. Faqat u lavozimotni, johilligi sababli tamoman bu hayoti foniyaga sarf qiladi. Holbuki, u lavozimotdan loaqal oʻndan birni dunyoviy hayotga, toʻqqizni hayoti boqiyaga sarf etish kerak. Ajabo, bir necha mamlakatni kezish uchun hukumatdan yigirma toʻrt lira xarjiroh olgan bir ma'mur, ilk dohil boʻlgan mamlakatida yigirma uch lirani sarf etsa, boshqa yerlarda nima qiladi? Hukumatga nima deb javob neradi? Shunday qilgan oʻziga aqlli deyishi mumkinmi? Shunga binoan, Janobi Haq har ikki hayot lavozimotini qoʻlga kiritish uchun yigirma toʻrt soatlik bir vaqt bergan. Koʻpini ozga, ozini koʻpga berish surati bilan, yigirma uch soat qisqa va foniy boʻlgan dunyo hayotiga, hech boʻlmasa bir soatni ham besh namozga va boqiy va soʻngsiz uxroviy hayotga sarf qilish lozimki, dunyoda poshsho, oxiratda gado boʻlmasin!
Gʻofil boʻlgan inson oʻz vazifasini tark qiladi, Allohning vazifasi bilan mashgʻul boʻladi. Ha, inson gʻaflat sababli iqtidori dohilida oson boʻlgan ubudiyat vazifasining tarki bilan, zaif qalbi bilan rububiyat vazifa-i saqilasining ostiga kiradi, ostida eziladi. Va ayni zamonda butun istirohatini yoʻqotish bilan osiy, shaqiy, xoin odamlarning jamoasiga dohil boʻladi.
Ha, inson bir askardir. Askarlik vazifasi boshqa, hukumatning vazifasi boshqadir. Askarlik vazifasi ta'lim, jihod kabi din va vatanni himoya qiladigan ishlardir. Hukumatning vazifasi esa, arzoqini, libosini, qurolini berishdir. Shunga binoan, arzoqini ta'min uchun askarlikka oid vazifasini tark qilib tijorat bilan -masalan- ishtigʻol etgan bir askar, shaqiy va xoin boʻladi. Bu e'tibor bilan insonning Allohga qarshi ubudiyat, vazifasidir. Tarki kaboir, taqvosidir. Nafs va shayton bilan kurashishi, jihodidir.
Ammo kerak boʻlsa nafsiga, kerak boʻlsa avlod va taalluqotiga hayot malzamasini tadorik etish, Allohning vazifasidir. Ha, modomiki hayotni bergan udir. U hayotni asraydigan lavozimotni ham u beradi. Yolgʻiz, hukumat askar uchun omborlarda jam qilgan arzoqni askarlarga tashittirgani, tozalattirgani, ta'lim berdirgani, pishirtirgani kabi, Janobi Haq ham hayot uchun lozim boʻlgan lavozimotni kura-i arz omborida yaratib jam qilgandan soʻng, u arzoqning toʻplanishini va boshqa ahvolini insonga qildiradiki, insonga bir mashgʻuliyat, bir ermak boʻlsin va atolat, batolat azobidan qutulsin.
Ey inson! Rahmi modarda ekan, bola ekan, ixtiyor va iqtidordan mahrum bir vaziyatda ekan, seni juda laziz rizqlar bilan parvarish qilgan Alloh, sen hayotda qolgan mudatcha u rizqni beradi. Qarasangchi! Har bahor mavsumida sathi arzda yaratilgan anvo'i arzoqni kim yaratyapti va kimlar uchun yaratyapti? Sening oʻgzingga keltirib solmaydiku! Hoy, koʻngilxushliklarga, bogʻlarga ketib shoxlarda osilib turgan u kular yuzli laziz mevalarni uzib yeyish qiyinmi? Alloh insof bersin!
Xulosa: Allohni ittihom etish bilan ishingni tark qilib Allohning ishiga qoʻshilmaginki, nonkoʻr osiylar daftariga qayd boʻlasan.
Ba'zi duolar ijobatga iqtiron etmaydi, deya da'vo qilma. Chunki duo bir ibodatdir. Ibodatning samarasi oxiratda koʻrinadi. Dunyoviy maqsadlar esa, namoz vaqtlari kabi, duolar ibodati uchun bittadan vaqtlardir. Duolarning samarasi emaslar. Masalan: Shamsning tutilishi kusuf namoziga, yomgʻirsizlik yomgʻiz namoziga bittadan vaqtdir.
Va shuningdek, zolimlarning tasalluti va balolarning nuzuli ba'zi xususiy duolar vaqtidir. Bu vaqtlar davom etgunicha, u namozlar, u duolar qilinadi. Agar bu vaqtlarda dunyoviy maqsadlar hosil boʻlsa, zotan nurun ala nur. Boʻlmasa, ijobat duoga iqtiron etmadi deyolmaysan. Faqat, hanuz vaqt inqizo etmagan, duoni davom qilish lozim, deya olasan. Chunki u maqsadlar duolarning muqaddimasidir, natijasi emas. Janobi Haqning duolarning ijobatiga va'da qilishi esa, ijobat ayni qabul emas. Ya'ni, ijobat qabulni istilzom etmaydi. Duoga har holda javob beriladi. Javobsiz qoldirilmaydi. Matlubga boʻlgan is'af esa, Mujibning hikmatiga tobedir. Masalan: Shifokorni chaqirgan vaqting, har holda: "Nima istaysan" deya javob beradi. Faqat: "Bu oqvatni yoki bu dorini menga ber" degan vaqting, ba'zan beradi, ba'zan xastaligingga, mizojingga toʻgri kelmagani uchun bermaydi.
Adami qabul sabablaridan biri ham, duoni ibodat qasdi bilan qilmasdan, matlubning tahsiliga taxsis etganidan, aks-ul amal boʻladi. U duo ibodatida ixlos sinadi, maqbul boʻlmaydi.
Inqiloblar natijasida, har ikki taraf orasida juda keng daralar hosil boʻladi. U daralar ustida har ikki olam bilan munosabatdor koʻpriklar lozimdirki, har ikki olam orasida borib-kelish boʻlsin. Lekin u koʻpriklarning inqilobot jinslariga koʻra shakllari, mohiyatlari mutabayin; ismlari mutanavvi' boʻladi. Masalan, uyqu olami yaqazo bilan olami misol orasida bir koʻprikdir. Barzoh, dunyo bilan oxirat orasida boshqa bir koʻprikdir. Va misol, olami jismoniy bilan olami ruhoniy orasida bir koʻprikdir. Bahor, qish bilan yoz orasida boshqa bir navi koʻprikdir. Qiyomatda esa, inqilob bir emas. Juda koʻp va buyuk inqiloblar boʻlishidan, koʻprigi ham juda gʻarib, ajib boʻlishi lozim boʻladi.
Insonning ba'dal mavt Xoliqi Rahmon va Rahimga ruju'i haqida e'lonot qilgan shu
kabi oyatlarda buyuk bir bashorat va tasalli boʻlgani kabi, ahli isyonga ham buyuk tahdidlarga imo bor.
Ha, bu oyatlarning sarohatiga koʻra: Oʻlim; zavol, firoq, adam eshigi va zulumot qudugʻi boʻlmasdan; faqat Sultoni Azal va Abadning huzuriga kirish uchun bir madxaldir. Bu bashoratning ishorati bilan qalb adami mutlaq qoʻrquvidan, alamidan qutuladi. Ha, kufr tazammun etgan jahannami ma'naviyaga qara!
Hadisi Qudsiysi sirricha, Janobi Haq kofirning zon va e'tiqodini doimiy bir azobi aliymga aylantiradi. Soʻngra, iymon va yaqiyn bilan, Janobi Haqning liqosidan soʻngra, rizosidan soʻngra, ru'yatidan soʻngra moʻ'minlar uchun hosil boʻlgan lazzatlarning darajalariga qara! Hatto jahannami jismoniy, orif boʻlgan moʻ'min uchun, osiya kofirning jahannami ma'naviysiga nisbatan jannat kabidir.
Birodar! Olami baqoga dalolat qilgan barohindan ma'ada, orqasida saflar tashkil qilib duolariga bir ogʻizdan "Omin! Omin!" aytgan anbiyo, avliyo, siddiqiyn imomlari, Mahbubi Azaliyning Habibi Akrami Muhammad Alayhissalotu Vassalamning tazarruoti, duolari, olami baqoda insonning baqosiga juda buyuk burhon va kifoya bir vasiladir. Chunki; koinotni boshdan oyoq istilo qilgan shu husnlar, goʻzalliklar, jamollar, kamollar; u Habibning tazarruotini eshitmaslik yoki qabul qilmaslik qadar xunuk, qobih, qusur, naqs sanaladigan bir narsaga muso'ada etadimi? Janobi Haq butun naqoisdan, xunuk narsalardan munazzah, mubarro emasmi? Albatta munazzahdir.
Janobi Haq bergan ne'matlarni aytib e'lon va tahdisi ne'mat etish, ba'zan gʻururga va kibrga injiror etadi. Tavozu qasdi bilan ham u ne'matlarni yashirish yaxshi emasdir. Shunga binoan, ifrot va tafritdan qutulish uchun istiqomat mezoniga murojaat qilish kerak. Shundayki:
Har bir ne'matning ikki vajhi bor. Bir vajhi insonga oiddirki, insonni tazyin etadi, madori lazzati boʻladi. Xalq ichida tamoyuzga sabab boʻladi. Mujibi faxr boʻladi, sarxush boʻladi. Moliki Haqiqiyni unutadi. Eng oxiri kibr va gʻurur qudugʻiga tushiradi.
Ikkinchi vajhi esa, in'om qilganga qaraydiki, karamini izhor, daraja-i rahmatini e'lon, in'omini ifsho, asmosiga shahodat qiladi. Shunga binoan, tavozu faqat birinchi vajh bilan tavozu boʻlishi mumkin. Boʻlmasa kufronni tazammun etgan boʻladi. Tahdisi ne'mat ham, ikkinchi vajh bilan ma'naviy bir shukr boʻlish bilan mamduh boʻladi. Boʻlmasa kibr va gʻururni tazammun etganidan mazmumdir. Tavozu bilan tahdisi ne'matning shunday bir ijtimo'lari bor:
Bir odam hadya oʻlaroq bir palto birisiga beradi. Paltoni kiygan odamga boshqa bir odam "Naqadar goʻzal boʻlding." deganida, "Goʻzallik paltoniki." desa, tavozu bilan tahdisi ne'matni jam qilgan boʻladi.
Ujrat olingan zamon yoki mukofot tavzi' etilgan vaqt, raqobat, qizgʻanchilik mikrobi oʻynashni boshlaydi. Faqat ish zamonida, xizmat vaqtida u mikrobning xabari boʻlmaydi. Hatto tanbal boʻlgan odam mehnatkashni sevadi. Zaif boʻlgan qoviyni taqdir va tahsin etadi. Faqat ishlashini istaydiki, ish yengil boʻlsin, zahmatdan qutulsin.
Dunyo ham umuri diniyaga va a'moli oxiratga ish va xizmat uchun qurilgan bir fabrika boʻlishi jihati bilan va u fabrika ichida ishlangan va qilingan ibodatlarning samarasi narigi olamda koʻringaniga nazaran, ibodatlarda raqobat qilinmasligi kerak. Boʻlgan taqdirda ixlosi yoʻqoladi. Va u raqobatni qilgan, xalqning taqdir va tahsinlari kabi dunyoviy bir mukofotni oʻylaydi. Bechora oʻylamaydiki, u tushuncha bilan amalini adami ixlos bilan yoʻq qiladi. Chunki savob i'tosida va ujrat olganida, nosni Robbi Nosga sherik qiladi va xalqning nafratlariga nishon boʻladi.
Karomat bilan istidroj ma'nan bir-biriga mubayindir. Zero karomat, moʻ'jiza kabi Allohning fe'lidir. Va u karomat sohibi ham karomatning Allohdan boʻlganini biladi va Allohning oʻziga homiy va roqib boʻlganini ham biladi. Tavakkal va yaqiyni ham ziyodalashadi. Lekin ba'zan Allohning izni bilan karomatlariga shuuri boʻladi, ba'zan boʻlmaydi. Avlo va aslami ham bu qismdir.
Istidroj esa, gʻaflat ichida ekan, ashyoyi gʻaybiyaning inkishofidan va gʻarib fe'llarni izhor etishdan iboratdir. Faqat bu istidroj sohibi, nafsiga istinod va iqtidoriga isnod etish bilan anoniyati, gʻururi shunday ziyodalashadiki
oʻqishni boshlaydi. Lekin u inkishof, tasfiya-i nafs va tanavvuri qalb natijasi boʻlgan taqdirda, ahli istidroj bilan ahli karomat orasida tabaqa-i ulada farq yoʻqdir. Tom ma'noda fanoga mazhar boʻlganlar esa, ularga ham Allohning izni bilan ashyoyi gʻaybiya inkishof etadi. Va ular ham u ashyoni fano filloh boʻlgan hislari bilan koʻradilar. Buning istidrojdan farqi juda zohirdir. Zero zohirga chiqqan botinlarining nuroniyati muroilarning zulumoti bilan iltibos boʻlmaydi.
Tasbehot, ibodot gʻayri mahdud anvo'lari bilan hamma narsada bor. Faqat, hamma narsaning oʻz tasbehot va ibodatini butun vajhlarini doimo bilib tushunilishi lozim emas. Chunki husul huzurni istilzom etmaydi. Tasbeh va ibodat qilganlar, yolgʻiz qilgan amallarining maxsus bir tasbeh yoki sifati ma'lum bir ibodat boʻlganini bilsalar kifoya. Zotan Ma'budi Mutlaqning ilmi kifoyadir. Insondan ma'ada maxluqotda taklif boʻlmaganidan, ularga niyat lozim emas. Va shuningdek, amallarining sifatini bilish ham lozim emas.
Insoni moʻ'minning qiymati, ixtivo etgan san'ati oliya bilan asmo-i husnadan in'ikos etgan jilvalarning naqshlari nisbatidadir. Insoni kofirning qiymati esa, goʻsht, suyakdan iborat foniy va saqit moddasining qiymati bilan oʻlchanadi. Shuning kabi, bu olam ham, agar Qur'on ta'rif qilgani kabi ma'no-i harfiy bilan, ya'ni Janobi Haqning azamatiga bir vosita nazari bilan qaralsa, u nisbatda qiymatli boʻladi. Agar falsafaning degani kabi, ma'no-i ismiy bilan, ya'ni hech bir foil, Xoliqqa bogʻliq boʻlmasdan mustaqilli bizzot nazari bilan qaralsa, qiymati jomid, mutagʻayyir moddasida munxasir qoladi. Qur'ondan istifoda etilgan ilmning falsafa ilmidan qay daraja yuksak boʻlgani shu misol bilan taboruz etadi:
Bu hukmi Qur'oniy asmo-i husnaning jilvalariga qarash uchun bir deraza ochadi. Shundayki:
Ey inson! Bu shams, azamati bilan barobar sizga musahhardir. Maskanlaringizga nur beradi. Ovqatlaringizni harorati bilan pishiradi. Sizning shunday Azim, Rahim bir Molikingiz borki, bu shams uning bir chirogʻi boʻlib, musofirxonasida sokin musofirlarini ziyolantiradi.
Falsafaning hikmati boʻyicha, shams ulkan bir otash boʻlib, joyida aylanadi. Arz bilan sayyorot undan uchgan parchalardir. Joziba bilan shamsga marbut qolib madorlarida harakat qiladilar.
Insonning Janobi Haqdan hech bir haqni talab qilishga haqqi yoʻq. Aksincha doimo unga shukr qilishga madyundir. Chunki mulk unikidir. Inson esa uning mamlukidir.
MOʻ'JIZA-I KUBRODAN BIR NECHA QATRANI TAZAMMUN ETGAN OʻN TOʻRTINCHI RASHHA
Nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) isbot etgan dalillar na ta'dad va na tahdid etiladi. Ahli tahqiq va yuksak insonlar fikricha, bayonlari haqida qilingan tasniflar juda koʻp. Ajz va qusurim bilan "Shuoot" nomli asarimda u shamsning ba'zi shualari bayon qilingani kabi, "Lamaat" nomli ikkinchi bir asarimda Qur'onning i'joz darajalari qirqqa iblogʻ etilgan. Va u vujuhi i'jozdan balogʻati nazmiyaga oid bir vajh ham "Ishorot-ul I'joz" nomli asarimda bayon qilingan. Ishtahasi borlarga u uch kitobni tavsiya qilaman.
Oʻtgan darslardan anglashilgani kabi, Xoliqi arz va samovotning, navi basharning isloh va tarbiyasi uchun inzol etgan Qur'onining juda koʻp vazifa va maqomlari bor.
Ha, Qur'on koinotning bir tarjima-i azaliyasidir. Va koinot oʻz lisonlari bilan oʻqigan oyoti takviniyaning tarjimonidir. Va shu kitobi olamning tafsiri boʻlgani kabi; arz, samovot sahifalarida mustatir asmo-i husnaning dafinalarini kashshofdir. Va shu olami shahodatga olami gʻaybdan bir lisondir. Va olami Islomning quyoshi boʻlgani kabi, olami oxiratning ham xaritasidir. Va Janobi Haqning zotiga, sifotiga, asmosiga, shuunotiga bir burhon va bir tarjimondir. Va shuningdek, navi basharning shariat kitobi, hikmat kitobi, duo kitobi, da'vat kitobi, ibodat kitobi, amr kitobi, zikr kitobi, fikr kitobi boʻlish bilan, zohiran bir kitob shaklida boʻlsa ham, ixtivo etgan funun va ulum jihati bilan minglarcha kitob hukmidadir.
Takroroti Qur'oniyadagi i'jozning bir lam'asini bayon zimnida "Olti Nuqta"dan iboratdir.
Qur'on bir zikr kitobi, bir duo kitobi, bir da'vat kitobi boʻlganiga nazaran, suralarida vuqu' topgan takror, balogʻat jihatidan ayni isobat va ayni hikmatdir. Chunki zikr va duodan maqsad savobdir va marhamati Ilohiyani jalb qilishdir. Ma'lumdirki, bu kabi xususlarda ortigʻi bilan takror lozimki, oʻsha nisbatda savob qozonilsin va marhamat jalb qilinsin. Hamda zikrning takrori qalbni tanvir etadi. Duoning takrori bir taqrirdir. Da'vat ham, takrori nisbatida ta'siri, ta'kidi bor.
Qur'on butun basharning tabaqotiga xitob va davo boʻlgani uchun, zakiy-gʻobiy, toqiy-shaqiy, zohid-gʻayri zohid, butun inson tabaqalari shu xitobi Ilohiyaga mazhar va bu ajzaxona-i Rahmoniyadan dori olishga haqlari bor. Holbuki Qur'onni tamoman va doimo oʻqish hammaga muyassar boʻlmaydi. Shuning uchun, luzumli boʻlgan maqsadlar, hujjatlar xususan uzun suralarda takror qilinganki, har bir sura deyarli bir kichik Qur'on hukmida boʻlsinki, hamma suhulat bilan istagan vaqti istagan surasini oʻqish bilan toʻliq Qur'onning savobini qozona olsin. Ha,
boʻlgan oyati karima bu haqiqatni isbot qiladi.
Jismoniy ehtiyojlar vaqtlarning ixtiloflari bilan tabaddul etadi. Kamayadi va koʻpayadi. Masalan: Havoga boʻlgan ehtiyoj har on bor. Suvga boʻlgan ehtiyoj me'daning harorati zamonlarida boʻladi. Gʻidoga boʻlgan hojat har kuni boʻladi. Ziyoga boʻlgan ehtiyoj, asosan haftada bir dafa lozim. Va hokazo...
Shuning kabi, ma'naviy ehtiyojlar ham vaqtlari muxtalif va mutafovitdir. Har on "Alloh" kalimasiga ehtiyoj bor. Har vaqt "Basmala"ga, har soat "La ilaha illalloh"ga ehtiyoj bor. Va hokazo...
Shunga binoan; oyatlarning, kalimalarning takrori ehtiyojlarning takroridan kelib chiqadi. Va shuningdek, u kabi hukmlarga boʻlgan ehtiyojning shiddatiga ishoratdir.
Bilasizki; Qur'on bu metin dini azimning asosotini va Islomiyatning arkonini ta'sis etgani kabi, ijtimooti bashariyani tabdil etgan bir kitobdir. Ma'lumdirki: Muassis boʻlgan zot joriy qilgan asoslarni goʻzal tarzda joylashtirish uchun takrorlarga koʻp ehtiyoji boʻladi. Ha, takror qilingan narsa sobit qoladi, taqarrur etadi, unutilmaydi.
Va shuningdek, Qur'on basharning muxtalif tabaqalaridan qoliy yoki holiy soʻralgan savollarga lozim boʻlgan javoblarni bergan umumiy bir murshidi mujibdir. Ma'lumki, savol takarrur etsa, javob ham takarrur etadi.
Bilasizki, Qur'on juda buyuk masalalardan bahs qiladi. Va qalblarni iymon va tasdiqqa da'vat qiladi. Va juda inja haqiqatlardan bahs ochadi. Aqllarni; ma'rifatga, diqqatga tahrik etadi. Shunga binoan, u masoilning, u inja haqoiqning qalblarda, afkorda tasbit va taqriri uchun suvari muxtalifada turli-tuman uslublar bilan takrorga ehtoyoj bor.
Bilasizki, har oyat uchun bir zohir bor, bir botin bor; bir had bor, bir muttola' bor. Va har bir qissa uchun koʻp vajhlar, hukmlar, foydalar, maqsadlar bor. Shunga binoan, muayyan bir oyat har yerda boshqa munosib bir vajh uchun, bir foyda uchun zikr qilinishi mumkin. Bu e'tibor bilan, zohiran takror koʻrinsa ham, haqiqatda takror emas.
Qur'on falsafiy masoili kavniyaning bir qismida ihmol bilan, bir qismida ibhom bilan, narigi qismida ijmol bilan ishorat etgan daraja-i i'jozni "Olti Nukta" zimnida izoh qilamiz.
S: Nima uchun Qur'on ham hikmat va falsafa kabi koinotdan bahs qilmaydi?
J: Falsafa haqiqatdan u'dul etgain.koinotga ma'no-i ismiy bilan qarab, koinotni koinot hisobiga istihdom etadi. Qur'on esa, Haqdan haq bilan nozil boʻlgan, haqiqatga boradi. Mavjudotga ma'no-i harfiy bilan qarab Xoliqining hisobiga istihdom etadi.
S: Ulviy va sufliy ajromning mohiyatlari, shakllari, harakatlari haqida fan bergan bayonot kabi bayon lozim ekan, mubham qoldirilgan?
J: Bu kabi masalalarda koʻproq ibhom muhimdir. Va ijmol koʻproq jamil va goʻzaldir. Chunki Qur'on istidrodiy va taba'i boʻlib, Janobi Haqning zotiga, sifatiga istidlol uchun koinotdan bahs qiladi. Istidlolning birinchi sharti, dalilning natijadan yanada zohir va ma'lum boʻlishi lozim. Agar fanchilarning ishtahasi kabi "Shamsning sukuniga, arzning harakatiga qarash bilan Allohning azamatini anglangiz." desaydi, dalil mudda'odan yanada xofiy boʻlardi. Va insonlarning aksarisi, aksar zamonlarda fahm etolmaganlaridan, inkorga zahob etishar edi. Holbuki, irshod va hidoyat zamonlarida jumhurning daraja-i fahmlari nazarga olinib, unga koʻra soʻz soʻylash ijob etadi. Shu bilan barobar, aksariyatga qilingan muro'atdan, aqolliyatda qolganning mahrumiyati nash'at etmaydi. Chunki ular ham istifoda etadilar. Ammo masala ma'kusa boʻlsa, aksariyat mahrum qoladi, istifoda etolmaydi. Chunki fahmlari qisqadir.
Va soniyan: Balogʻati irshodiyaning sha'nidanki, avomning nazariga, ommaning hissiga, jumhurning fahmiga koʻra harakat qilinsinki; nazarlarni tavahhush, fikrlarni qabuldan imtino' etmasin. Shunga binoan, jumhurga boʻlgan xitobning eng baligʻi zohir, basit, sahl boʻlishidirki, ojiz boʻlishmasin. Muxtasar boʻlsinki, malul boʻlishmasin. Mujmal boʻlsinki, luzumli boʻlmagan tafsildan nafrat etishmasin.
Va solisan: Qur'on mavjudotning ahvolidan faqat Xoliqlari uchun bahs qiladi. Mavjudotning zotlariga oid emas. Bu e'tibor bilan, Qur'on e'tiboridan eng muhim, koinotning Xoliqqa nazir boʻlgan ahvolidir. Fan esa, Xoliqni ishga qoʻshmaydi. Koinotning ahvolidan bizotiha bahs qiladi. Va shuningdek, Qur'on butun insonlarga xitob qiladi. Va aksariyatning fahmini muro'at qiladiki, tahqiqiy bir ma'rifat sohibi boʻlishsin. Fan esa, yolgʻiz fanchilar bilan gaplashadi. Avomni nazarga olmaydi. Avom taqlidda qoladi. Bu e'tibor bilan, fanning tafsilotini ihmol yoki ibhom, ommaning foydasi va umumning manfaatiga nazaran, ayni isobat va ayni hikmatdir.
Va robian: Qur'on butun zamonlarni tanvir va butun insonlarni irshod etgan bir kitobdir. Bu e'tibor bilan irshodning balogʻati ijobiga koʻra aksariyatni, nazarlarida badihiy boʻlgan masalalarga qarshi muqobalaga, mugʻolataga iqo' va ijbor etmaslik lozim. Va ularning fikricha maxsus, mashhud, ma'ruf boʻlgan bir narsani luzumsiz yerda tagʻyir etmaslik lozim. Va shuningdek, vazifa-i asliya jihatidan aksariyatga lozim boʻlmagan narsaning ihmol yoki ijmoli lozimdir. Masalan, shamsning zotidan, mohiyatidan bahs qilish emas. Faqat, olamni tanvir etish bilan, xilqatning nizom markazi va olamga oʻq boʻlishi kabi horiqo narsalarni ixtivo etgan vazifasidan bahs etish bilan, Xoliqning azamati qudratini afkori ommaga ibroz etishdir.
S: Nima uchun shams "siroj" bilan tavsif etilgan. Holbuki ahli fan fikricha, shams arzga tobe emaski, unga siroj boʻlsin. Balki arz bilan sayyorot oʻziga tobe boʻlgan bir markazdir?
J: "Siroj" ta'biri shunday bir tasvirga ishoratdirki: Olam bir saroy kabidir. Mavjudoti u saroyning mushtamiloti, tazyinoti maqomida boʻlgani kabi, shams ham u saroy xalqini tanvir etgan Ilohiy bir shamchiroqdir. Va shuningdek, "siroj" ta'biri Janobi Haqning rububiyatidan tugʻilgan vus'ati rahmatiga va u rahmat ichida daraja-i in'om va ehsoniga bir ixtor va azamati saltanati ichida vahdoniyatiga bir e'lon boʻlib, mushriklar ma'bud ittihoz etgan ulkan shams, olam saroyida shamchiroq vazifasi bilan muvazzaf musahhar bir ma'mur va bir xizmatkordir. Ma'lumki, chiroq xizmatini bajargan jomid bir narsaning ibodatga, ya'ni ma'bud boʻlishga hech layoqati bormi?
Qur'on ta'qib etgan maqosidi asosiya va anosiri asliya: Ubudiyat bilan tavhid, risolat, hashr, adolat boʻlib toʻrttadir. Boshqa bahs qilgan masalalari faqat bu maqsadlarga vasilalardir. Bu e'tibor bilan vasilalarda qilinadigan tafsilot ul bobdagi qavoidga muxolifdir. Chunki moloyani bilan ishtigʻol maqsadni ortda qoldiradi. Shuning uchun, ba'zi masoili kavniyada Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon ihmol yoki ibhom yoki ijmol etgan. Va shuningdek, Qur'onning muxotoblaridan qismi aksari avomdir. Avom sinfining haqoiqi Ilohiyaning inja va mushkul qismiga fahmlari qodir emas. Faqat tamsil va ijmollar bilan fahmlariga yaqinlashtirish lozim. Shuning uchun, Qur'on kasrat bilan tamsillarni zikr qiladi. Va istiqbolda kashf qilinadigan ba'zi masoilda ham ijmol qiladi.
Bu Nukta mutarjim tarafidan tashlab oʻtilgan.
Muallifi muhtarami tarafidan tashlab oʻtilgan.
Qur'on boshqa kalomlar bilan muqoyasa qilinmaydi. Oralarida munosabat yoʻq. Ha, kalomning ulviyatiga, quvvatiga, husniga, jamoliga quvvat bergan mutakallim, muxotob, maqsad, maqom boʻlib toʻrt narsadir. Adiblar oʻylaganlari kabi yolgʻiz maqom emas. Demak, bir kalomning daraja-i quvvatini anglashni istagan vaqting; foiliga, muxotobiga, gʻoyasiga, mavzusiga qara. Bularning darajalari nisbatida kalomning darajasi anglashiladi.
Ha, masalan: U kalom amr yoki nahiy boʻlsa, iroda va qudratni tazammun etganidan darajasiga koʻra tazo'uf etadi. Masalan: Qur'onning
oyati bilan, samo va arzga bergan amr tazammun etgan yuksak va qat'iy iroda va qudrat bilan darhol samoiy sahab chekinadi, arz ham suvini yutadi. Va shuningdek, arz va samoga
oyati bilan berilgan amrni itoat bilan qabul qilishlaridan, u amrdagi iroda va qudratning daraja-i quvvati va bilvosita kalomning daraja-i ulviyati taboruz etadi. Faqat, insonlarning jomidotga bergan amrlari, mutakallimlardagi iroda va qudratning za'fiyati nisbatida ruhsiz, xayoliy safsatalardan farqlari yoʻq.
Janobi Haqning "A'lam, Akbar, Arham, Ahsan" kabi asmo va sifot va af'olida ishlatilgan ismi tafzil tavhidga naqs emas. Chunki maqsad, bizzot va haqiqiy bir mavsufni gʻayri haqiqiy yoki aqliy bir imkon bilan yoki vahmiy bir mavsuf bilan tafzil etishdir.
Va shuningdek, izzati Ilohiyaga ham munofiy emas. Chunki maqsad, sifat va ahvoli Ilohiya bilan maxluqotning sifat va af'oli orasida bir muvozana qilish emas. Ya'ni, ikkisini bir saviyada tutgandan soʻng, buni unga tafzil etish emas, sifati Ilohiyaga bir naqs boʻlsin.
Ha, masnu'otdagi kamolot, Janobi Haqning kamolidan in'ikos etgan bir soya ekaniga nazaran, masnu'ot sifoti Ilohiya bilan muvozana haqqiga molik emas.
SHU'LA
Butun asmo-i husna ifoda etgan ma'nolar bilan butun sifoti kamoliyaga Lafza-i Jalol boʻlgan "Alloh" bil-iltizom dalolat etadi. Boshqa ismi xoslar yolgʻiz musammolariga dalolat qiladi. Sifatlarga dalolatlari yoʻq. Chunki sifatlar, musammolariga juz boʻlmagani kabi, oralarida luzumi bayyin ham yoʻq. Bu e'tibor bilan na tazammunan va na iltizoman sifatlarga dalolatlari yoʻq. Ammo Lafza-i Jalol bil-mutobaqot Zoti Aqdasga dalolat etadi. Zoti Aqdas bilan sifoti kamoliya orasida luzumi bayyin boʻlganidan, sifatlarga ham bil-iltizom dalolat etadi. Va shuningdek, uluhiyat unvoni sifoti kamoliyani istilzom etishi, ismi xos boʻlgan "Alloh"ning ham u sifatni istilzom etganini istilzom etadi. Va shuningdek, "Alloh" kalimasi ham inkordan soʻngra sifatlar bilan barobar oʻylanadi. Shunga binoan, "La ilaha illalloh" kalomi asmo-i husnaning adadicha kalomlarni tazammun etadi. Bu e'tibor bilan, shu kalima-i tavhid kalomi dalolat etgan sifatlar e'tibori bilan bir kalom ekan, ming kalom boʻladi. "La Xoliqa illalloh", "La Fatira, La Roziqa, La Qayyuma illalloh" kabi... Shunga binoan, taraqqiy qilgan zokir bir zot bu kalomni aytarkan, ichidagi minglarcha kalomlarni ham aytgan boʻladi.
Modomiki hamma narsaning Allohdan ekanini bilasan va unga iz'oning bor. Zararli-manfaatli hamma narsani tahsin va husni rizo bilan qabul qilish lozim boʻladi. Boʻlmasa gʻaflatga tushishga majbur boʻlasan. Shuning uchun zohiriy sabablar joriy qilingan va koʻzlarga ham gʻaflat pardasi yopilgan. Koinot hodisalaridan insonning hoyu-havasiga muxolif boʻlgan qism muvofiq boʻlgan qismdan yanada koʻp boʻladi. Agar havo sohibi bu zohiriy sabablarni koʻrib Musabbib-ul Asbobdan gʻaflat etmasa, e'tirozlarini tamoman Allohga tavjih etadi.
Duolar uch qismdir.
Birisi: Insonning lisoni bilan qilgan qovliy duolardir. Savt va sadoli hayvonotning, -masalan- och qolgan vaqti oʻz xususiy lisonlari bilan chiqargan sadolari qovliy duolardandir.
Ikkinchi Qism: Nabotot, ashjarning xususan bahor mavsumida lisoni ehtiyoj bilan qilgan ehtiyojiy duolaridir.
Uchinchisi: Tahavvul, takammul sha'nida boʻlgan narsalarning lisoni iste'dod bilan his qilingan iste'dodiy duolaridir. Ha, hamma narsa Janobi Haqni tasbeh etgani kabi, lisoni bilan, ehtiyoji bilan, iste'dodi bilan ham Allohga duo qiladi.
Urugʻ daraxt boʻlmasdan avval, tuxum qush boʻlishdan avval, habba boshoq chiqarishdan avval minglarcha imkon va ehtimollar ichida va minglarcha surat va shakllarga kirish qobiliyatida ekan; u egri-bugri ehtimollar, yoʻllar ichidan chekinib toʻgʻri va mustaqim muntaj bir shaklga, bir vaziyatga yoʻllanishlaridan anglashiladiki, u danaklar avval ham Allam-ul Gʻuyubning tarbiya, tadvir, tadbiri ostida ekanlar. Xuddi u danaklarning har birisi, qudrat kitoblaridan istinsoh etilgan kichik bir tazkaradir. Yoxud bir mundarijadir, ilmi azaliydan olingandir. Yoxud Qadar kitoblaridan yozilgan ba'zi dasturlardir.
Moʻ'min boʻlgan zot ma'no-i harfiy bilan, ya'ni gʻayrga bir xodim va bir vosita sifati bilan koinotga qaraydi. Kofir esa ma'no-i ismiy bilan, ya'ni mustaqil bir "Xoʻjayin" nazari bilan olamga qaraydi. Bu e'tibor bilan, har bir masnu'da ikki jihat bordir. Bir jihati oʻzining zot va sifatidan iboratdir. Boshqa jihati Sone'ga va asmo-i husnadan oʻziga boʻlgan tajalliyotga qaraydi.
Ikkinchi jihatning doirasi yanada keng va maol jihatidan yanada komildir. Zero, bir harf oʻz zotiga bir harf miqdori -u ham bir vajh bilan- dalolat etadi. Kotibiga koʻp vajhlar bilan dalolat etadi. Va kotibini qaraganlarga ta'rif va tavsif etadi.
Shuning kabi, Qudrati Azaliy kitobidan boʻlgan bir masnu' oʻz nafsiga oʻz jirmi qadar va bir vajh bilan dalolat etadi. Ammo Naqqoshi Azaliyga juda koʻp vujuh bilan dalolat etadi. Va oʻziga tajalliy etgan asmodan uzun bir qasidani inshod etadi. Qavoidi muqarraradandirki: "Ma'no-i harfiy qasdiy hukmlarga mahkumu alayh boʻlolmaydi. Va u ma'no-i harfiyning injaliklariga tadqiqot qilib boʻlmaydi. Faqat ma'no-i ismiy sodiq, kozib har hukmga mahal boʻladi." Bu sirga binoan, ma'no-i ismiy bilan koinotga qaragan falosifaning kitoblarida koinotga oid hukmlar, nafs-ul amrda oʻrgimchakning nasjidan zaif boʻlsa ham, zohirga koʻra yanada muhkam koʻrinadi.
Ahli kalom falsafiy masalalarda va ulumi kavniyaga ma'no-i harfiy bilan, istidlol uchun taba'i bir nazar bilan qaraydi. Hatto shamsning siroj boʻlishi, arzning beshik, jibalning avtad boʻlishi, ahli kalomning mudda'olarini isbotga kifoyadir. Hatto ahli kalomning ra'ylari, hissi umumiya va taorufi omma mutobiq boʻlgandan soʻngra, voqe'ga mutobiq boʻlmasa ham, ularning mudda'osiga zarar bermaydi va takzibga ham mustahaq boʻlmaydilar. Shuning uchun, ahli kalomning ra'ylari masoili falsafiyada adno va zaif koʻrinadi. Ammo masoili Ilohiyada temirdan yanada metindir.
Janobi Haqning gunohkorlarni avf etishi fazldir, ta'zib etishi adldir. Ha, zaharni ichgan odam, odatullohga nazaran xastalikka, oʻlimga kasbi istihqoq etadi. Soʻngra xasta boʻlsa, adldir. Chunki jazosini tortadi. Xasta boʻlmagan taqdirida, Allohning fazliga mazhar boʻladi. Ma'siyat bilan azob orasida qoviy bir munosabat bor. Hatto ahli i'tizol, ma'siyat haqida, toʻgʻri yoʻldan u'dul bilan ma'siyatni, sharni Allohga isnod etmaganlari kabi, ma'siyat ustiga ta'zibning ham vojib ekaniga zahob etganlar. Sharning azobni istilzom etgani, Rahmati Ilohiyaga munafiy emas. Chunki shar, nizomi olamning qonuniga muxolifdir.
Inson nisyondan olingani uchun, nisyonga mubtalodir. Nisyonning eng yomoni ham nafsning unutilishidir. Faqat xizmat, sa'y, tafakkur zamonlarida nafsning unutilishi, ya'ni nafsga bir ish berilmasligi zalolatdir. Xizmatlar qilingandan soʻng natijada, mukofot zamonlarida nafsning unutilishi kamoldir. Bu e'tibor bilan, ahli zolal bilan ahli kamol, nisyon va tazakkurda mutaakisdirlar. Ha, zoll boʻlgan kishi bir ish va bir ibodat taklifida boshini havoga koʻtarib fir'avnlashadi. Lekin, mukofotning, manfaatning tavzi'ida bir zarra ham tark qilmaydi. Ammo nafsini unutgan ahli kamol sa'y, tafakkur, suluk zamonlarida hamma narsadan avval nafsini ilgari suradi; lekin natijalarda, foydalarda, manfaatlarda nafsini unutish bilan eng orqaga tashlaydi.
Moʻ'minlar ibodatlarida, duolarida bir-biriga tayanib jamoat bilan oʻqigan namoz va boshqa ibodatlarida buyuk bir sir borki; har bir fard oʻz ibodatidan qozongan miqdordan juda koʻp savobni jamoatdan qozonadi. Va har bir fard boshqalarga duochi boʻladi, shafoatchi boʻladi, tazkiyachi boʻladi, xususan Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamga... Va shuningdek, har bir fard birodarlarining saodatidan zavq oladi va Xoliqi koinotga ubudiyat etishga va saodati abadiyaga nomzod boʻladi.
Xullas, moʻ'minlar orasida, jamoatlar soyasida hosil boʻlgan shu ulviy ma'naviy taovun va bir-biriga yordamlashish bilan xilofatga haml, omonatga mazhar boʻlish bilan barobar maxluqot ichida mukarram unvonini olgan.
Bir narsadan uzoq boʻlgan kishi, yaqin boʻlgan odamchalik u narsani koʻrolmaydi. Naqadar zakiy boʻlsa boʻlsin, u narsaning ahvoli haqida ixtiloflari boʻlgan zamon yaqin boʻlganning soʻzi ishonchlidir. Shunga binoan, Ovrupa faylasuflari moddiyotda shiddati tavagʻgʻul sababli iymon, Islom va Qur'onning haqoiqidan juda uzoq masofalarda qolishgan. Ularning eng buyugi, yaqindan haqoiqi Islomiyaga vuqufi boʻlgan omi odam kabi ham emas. Men shunday koʻrdim, nafs-ul amr ham mening koʻrganimni tasdiq etadi. Shunga binoan, chaqmoq, bugʻ kabi fanniy masalalarni kashf etgan faylasuflar, Haqning asrorini, Qur'on nurlarini ham kashf eta oladilar deyolmaysan. Zero uning aqli koʻzidadir. Koʻz esa, qalb va ruhning koʻrganlarini koʻrolmaydi. Chunki qalblarida jon qolmagan. Gʻaflat u qalblarni tabiat botqoqligida chiritgan.
Sam', basar, havo, suv kabi umumiy ne'matlar koʻproq ahamiyatli, koʻproq qiymatli boʻlganlariga nazaran, xususiy shaxsiy ne'matlardan qat-qat koʻproq shukrga istihqoq va layoqatlari bor.
Shunga binoan, unday umumiy ne'matlarga qarshi nonkoʻrlik qilib shukron etmaslik, eng katta kufroni ne'mat sanaladi. Demak haqiqati hol bu ekan, ba'zi insonlar shaxslariga oid xususiy ne'matlarga qarshi Allohga shukr qilsa ham, bu umumiy ne'matlar ularga shumuli yoʻqdek fikrlariga ham kelmaydi. Holbuki eng katta ne'mat, a'mm va doimiy boʻlgan ne'matlardir. Umumiyat kamol va ahamiyatga dalil boʻlgani kabi, davom ham ulviyat va qiymatga dalolat etadi.
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ba'zi oyatlarining takrorini iqtizo etgan hikmatlar, ba'zi azkor va duolarning ham takrorini iqtizo etadi. Zero Qur'on, haqiqat va shariat, hikmat va ma'rifat kitobi boʻlgani kabi; zikr, duo va da'vatning ham kitobidir. Duoda takror, zikrda tazkor, da'vatda ta'kid lozimdir.
Qur'onning yuksak maziyatlaridan biri ham shuki: Kasratga oid bahslardan soʻngra vahdat tazkiralarini yozadi. Tafsildan soʻngra ijmol qiladi. Juz'iyotning bahslaridan soʻngra rububiyati mutlaqaning dasturlarini, sifoti kamoliyaning nomuslarini fazlakalar bilan zikr qiladi. Bu kabi fazlakalarning, oyatlarning oxiridagi foydalari, oyatlarning oʻrtalarida zikr qilingan muqaddimalarga natijalar hukmidadirlar. Yoki illat boʻladilar; toki sami'ning zehni oyatlarda zikr qilingan juz'iyot bilan mashgʻul boʻlib uluhiyati mutlaqa martabasining azamatini unutmasinki, ubudiyati fikriyasiga xalal kelmasin.
Valiylarning himmatlari, imdodlari, ma'naviy fe'llari bilan fayz berishlari holiy yoki fe'liy bir duodir. Hadiy, Mugʻis, Muin faqat Allohdir. Lekin insonda shunday bir latifa, shunday bir holat borki, u latifa lisoni bilan har nima soʻralsa, -hattoki fosiq boʻlsa ham- Janobi Haq u latifaga hurmatan u matlubni beradi. U latifa juda uzoqdan menga koʻringan boʻlsa ham, tashhis etolmadim.
Ilm va yaqiyn shumuliga dohil boʻlgan ahvoli moziya bilan shak pardasi ostida qolgan ahvoli istiqboliya orasida shunday bir muqoyasa qil:
Silsila-i nasabing oʻrtasida, bir boboning oʻrnida oʻzingni faraz qil, oʻtir. Soʻngra mavjudoti moziya qofilasiga dohil boʻlgan ajdoding bilan hanuz istiqbol rahmida qolib bir-birining orqasidan vujudga chiqqan avlod va ahfading orasida bir tafovut bormi? Yaxshilab qara! Avvalgi qism ilm va ittiqon bilan Sone'ning masnu'i boʻlgani kabi, ikkinchi qism ham aynan u Sone'ning masnu'i boʻladi. Har ikki qism ham Sone'ning ilmi va mushohadasi ostidadir. Bu e'tibor bilan, ajdodning i'odatan ihyosi, avlodining ijodidan yanada gʻarib emas. Balki yanada ahvandir. Xullas, bu muqoyasadan anglashildiki: Vuqu'oti moziya, Sone'ning butun imkonoti istiqboliyaga qodir ekaniga shahodat qilgan bir qator moʻ'jizalardir.
Ha, koinot boʻstonida koʻringan shu mavjudot va ajrom, Xoliqlarining hamma narsaga qodir va hamma narsaga alim ekaniga dalolat etgan horiqolardir.
Shuning kabi, nabotot va hayvonot, anvo'i bilan, afrodi bilan Sone'larining hamma narsaga qodir boʻlganiga shahodat qilgan san'at horiqolaridir. Ha, qudratiga nisbatan zarrot bilan shumus mutasoviy boʻlgani kabi, yaproqlarning nashri bilan basharning hashri ham birdir. Va shuningdek, daraxtlarning chirigan tarqalgan yaproqlarining i'odatan ihyosi orasida farq yoʻq.
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon buyuk oʻlchovda takror etgan ihyo-i arz va tuproq unsuriga nazari diqqatni jalb qilganidan qalbimga shunday bir fayz tomchilaganki: Arz, olamning qalbi boʻlgani kabi, tuproq unsuri ham arzning qalbidir. Va tavozu, mahviyat kabi maqsudga isol etgan yoʻllarning eng yaqini ham tuproqdir. Balki tuproq, eng yuksak samovotdan Xoliqi Samovotga yanada yaqin bir yoʻldir. Zero koinotda tajalli-i rububiyat va faoliyati qudratga va maqarri xilofatga va Hayy, Qayyum ismlarining jilvalariga eng uygʻun tuproqdir. Qandayki arshi rahmat suv ustidadir. Arshi hayot va ihyo esa tuproq ustidadir. Tuproq, tajalliyot va jilvalarga eng yuksak bir oynadir. Ha, kasif bir narsaning oynasi naqadar latif boʻlsa, oʻsha nisbatda suratini vazih koʻrsatadi. Va nuroniy va latif bir narsaning ham oynasi naqadar kasif boʻlsa, oʻsha nisbatda asmoning jilvalarini jiloli koʻrsatadi. Masalan, havo oynasida yolgʻiz shamsning zaif bir ziyosi koʻrinadi. Suv oynasida shams ziyosi bilan koʻrinsa ham, alvoni sab'asi koʻrinmaydi. Faqat tuproq oynasi chechaklarining ranglari bilan shamsning ziyosidagi yetti rangni ham koʻrsatadi.
boʻlgan hadisi sharif bu sirga ishoratan shahodat qiladi. Shunday ekan birodar, tuproqdan va tuproqqa inqilob etishdan, qabrdan va qabrga kirib yotishdan tavahhush etma!
Aqlim ishlar ekan, ba'zan qalbim bilan doʻst boʻladi. Qalb zavqi bilan topgan narsasini aqlga beradi. Aql barvajhi mu'tad burhon shaklida bir tamsil bilan ibroz etadi. Masalan: Fotiri Hakim koinotdan soʻngsiz uzoq boʻlganidek, soʻngsiz bir qurbiyati ham bordir. Ha, ilm va qudrati bilan botinlarning eng botinida boʻlgani kabi; favqlarning ham eng favqida turadi. Hech bir narsaga dohil boʻlmagani kabi, hech bir narsadan xorij ham emas. Ha, osori rahmatiga mazhar boʻlgan sathi arzda ma'muloti qudratga qaraginki, bir parcha bu sirga voqif boʻlasan. Masalan: Biri arzda boshqasi samoda yoki biri sharqda boshqasi gʻarbda ikki narsani bir onda yaratgan Sone'ning u yaratilgan narsalarning orasidagi uzoqlik qadar uzoqligi lozimdir. Va shuningdek, hamma narsaning qayyumi boʻlishi jihat bilan ham, hamma narsaning nafsidan yanada ziyoda bir qurbiyati ham bor. Bu sir, doira-i vujub, tajarrud va itloq xasoisidandir. Va foili asliyning mohiyati bilan zilliy boʻlgan munfail orasidagi muboyanati lozimasidir. Masalan: Shams timsollariga qayyum boʻlgani uchun favqalhad ularga bir qurbiyati bor. Oynadagi zill va soya bilan samoda boʻlgan asl orasidagi masofa qadar ham bu'diyati bor.
SHU'LANING ZAYLI
Butun koinotni ihota etgan bir nurdan hech bir narsa yashirinolmaydi. Va gʻayri mutanohiy bir doira-i qudratdan bir narsa xorij qololmaydi. Boʻlmasa, gʻayri mutanohiyning tanohiysi lozim boʻladi. Va shuningdek, hikmati Ilohiya hamma narsaga qiymati nisbatida fayz beradi. Va hamma piyolasiga koʻra dengizdan suv olishi mumkin. Va shuningdek, muqoddir boʻlgan Qodiri Hakimning kattaga boʻlgan tavajjuhi kichikka boʻlgan tavajjuhiga mone boʻlolmaydi. Va shuningdek, moddatan mujarrad zohir va botin boʻlgan muhit bir nazarga eng katta narsa eng kichik bir narsani yoki nav bir fardini yashira olmaydi. Va shuningdek, kichik bir narsa mazhar va mahal boʻlgan san'ati nisbatida kattalashadi. Va kichik narsalarning navlari katta boʻladi. Va shuningdek, azamati mutlaqa shirkatni aslo qabul qilmaydi. Va shuningdek, favquloda bir suhulat bilan, horiqo bir tezlik bilan, moʻ'jiz bir ittiqon va intizom bilan judi mutlaqdan oqqan osordan anglashiladiki; mikrob kabi eng kichik va yanada kichik havoiy, maiy, turobiy hayvonlar boʻsh deb oʻylangan olamning yerlarini toʻldirganlar.
Nafsingga boʻlgan muhabbatni ijob ettirgan nafsning senga boʻlgan qurbiyati bor ekan, Xoliqingga muhabbating undan ham koʻp boʻlishi kerak. Chunki U senga nafsingdan ham qoribdir. Ha, sening fikring, ixtiyoring idrok etolmagan sendagi maxfiyat, Xoliqning nazari va ilmi ostidadir.
Olamda tasodif yoʻqdir. Ha, xususan bahor mavsumida, kura-i arz bogʻida, butun daraxtlarning shoxlarida chechaklarning yaproqlarida, mazru'otning boshoqlarida hikmat bulbullari hikmat oyatlarini tanagʻgʻum bilan inshod etishgan iymon qulogʻi bilan, basirat koʻzi bilan eshitilsa, tasodif shaytonlari ham qabul bilan hayron boʻladilar.
Tavhid bilan butun ashyoni Vohidi Ahadga isnod etmaganing taqdirda, olamda boʻlgan butun afrod mazhar boʻlgan tajalliyoti Ilohiya adadicha ilohlarni qabul qilish majburiyatida boʻlasan. Ha, koʻzingni shamsdan yumgan va timsollari bilan irtibotingni kesgan vaqting, timsollariga ma'kas boʻlgan narsalarning adadicha haqiqiy shamslarning vujudini qabul qilishga majbur boʻlasan.
Sen ba'zi vajhlardan fanoga ketgan vaqting, Xoliqi Rahmoni Rahimning ilmida, mashhudida, ma'lumida boqiy qolishing, sening baqoing uchun kifoyadir.
Hoy, hamma narsani sohibi haqiqiysiga ber yoki unga isnod et. Uning ismi bilan olginki, rohatlanasan. Boʻlmasa, bu qadar ashyoni vujudga keltirib nizom va intizomlarini ta'min qiladigan oʻshancha ilohlarni qabulga muztar qolasan.
NUQTA
Bir bogʻga kirsam, yaxshisini intihob etaman. Uzishdan zahmat cheksam, sevinaman. Chirigini, pishmaganini koʻrsam "Xuz ma safa" deyman. Muxotoblarimni ham shunday boʻlishlarini orzu qilaman. Derlar:
- Soʻzlaring yaxshi tushunilmaydi?
Bilamanki, goh minora boshida, goh quduq tubida gapiraman. Nima qilay, zuhurot shunday. "Shuoot" va shu kitobda mutakallim ojiz qalbimdir. Muxotob osiy nafsimdir. Mustami' mutaharri-i haqiqat bir Yapondir. Tomosha qilgan buni anglashi kerak. Gʻoyat-ul gʻoyat boʻlgan Ma'rifatullohning bir burhoni boʻlgan ma'rifat-un Nabiyni "Shuoot"da bir parcha bayon etdik. Shu risolada maqsudi bizzot boʻlgan tavhidning layuhad barohinidan yolgʻiz toʻrt muazzam burhoniga ishorat qilamiz. Ham nazari aqliyni hadsi qalbiy bilan birlashtirish uchun, maloika va hashrning bir qism daloiliga imo qilib iymonning olti ruknidan toʻrtasidan bittadan lam'asini fahmi qasirim bilan koʻrsatishni istayman.
maqsudimizdir, matlubimizdir.
Gʻayri mutanohiy barohinidan toʻrt burhoni kulliyni irod etamiz.
Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Şu burhoni nayyirimiz Shuootda tanavvur etganidan, tanviri muddaomizda munavvar bir mir'atdir.
Kitobi kabir va insoni akbar boʻlgan koinotdir.
Kitobi Moʻ'jiz-ul Bayon, Kalomi Aqdasdir.
Olami gʻayb va shahodatning nuqta-i iltisoqi va barzohi va ikki olamdan bir-biriga kelgan sayyorotning multaqosi vijdon deyilgan fitrati zishuurdir. Ha, fitrat va vijdon aqlga bir derazadir. Tavhidning shuasini nashr etadilar.
Risolat va Islomiyat bilan mujahhaz boʻlgan "haqiqati Muhammadiya"dirki, risolat nuqtasida eng muazzam ijmo' va eng vase' tavotur sirrini ixtivo etgan majmu'i anbiyoning shahodatini tazammun etadi. Va Islomiyat jihati bilan vahiyga istinod etgan butun adyoni samoviyaning ruhini va tasdiqlarini tashiydi. Xullas, butun anbiyoning shahodati bilan va butun adyonning tasdiqi bilan va butun moʻ'jizotining tayidi bilan musaddaq boʻlgan butun aqvoli bilan vujud va vahdati Sone'ni basharga koʻrsatadi. Demak, shu da'voda ittihod etgan butun afozili bashar nomiga u nurni koʻrsatadi. Ajabo, bu qadar tasdiqlarga mazhar, katta, chuqur, durbin, sof, keskin, haqoiq-oshino bir koʻz koʻrgan haqiqat, haqiqat boʻlmasligi hech ehtimoli bormi?
Koinot kitobidir. Ha, shu kitobning butun hurufi va butun nuqtalari, afrodan va tarakkuban Zoti Zuljalolning vujud va vahdatini, alsina-i maxsusalari qiroat bilan
ni tilovat qilyaptilar.
Jamiki zarroti koinot bir-bir zot va sifat va boshqa vujuh bilan hadsiz imkonot mobaynida mutaraddid ekan; birdaniga bir jihatni ta'qib, muayyan bir sifat bilan ittisof, maxsus bir holat bilan takayyuf etib hayratbaxsho hikamni intoj etganidan, Sone'ning vujubi vujudiga shahodat bilan avolimi gʻaybiyaning anmuzaji boʻlgan latifa-i Rabboniya ichida e'loni Sone' etgan misbohi iymonni nurlantiryaptilar. Ha, bir nafar, nafsida va boʻlinmasida va rotada, batal'onda va qoʻshinda boʻlgani kabi; har bir zarra ham, bir oʻzi zot, sifat, holatidagi imkonot jihati bilan Sone'ni e'lon qilgani kabi, tasoviri mutadohilaga oʻxshagan murakkaboti mutashabiqa-i mutaso'ida-i koinotning har bir maqomida va har bir nisbatida va har bir doirasida, har bir zarra, muvozana-i jarayoni umumiyni muhofaza; va har nisbatida va har boʻlinmasida boshqa-boshqa vazifani ifo va hikmatni intoj etganlaridan, Sone'ning qasd va hikmatini izhor va vujud va vahdatining oyotini qiroat etganlari uchun, Sone'-i Zuljalolning barohini zarrotdan qat-qat ziyoda boʻladi.
Demak
haqiqatdir, mubolagʻa emas; balki noqisdir.
S: Nima uchun buni aqli bilan hamma koʻrolmaydi?
J: Kamoli zuhuridan va zidning adamidan.
Ya'ni: "Sahifa-i olamning ab'adi vase'asida Naqqoshi Azaliy yozgan silsila-i hodisotning satrlariga hikmat nazari bilan qara va fikri haqiqat bilan yopish. Toki mala-i a'lodan uzangan shu salosili rasoil seni a'loyi illiyini tavhidga chiqarsin." Shu kitobning hay'ati majmuasida shunday porloq bir nizom borki, nazzomi quyosh kabi ichida tajalliy etadi. Har kalimasi, har harfi bittadan moʻ'jiza-i qudrat boʻlgan bu kitobi koinotning ta'lifida shunday bir i'joz borki, butun tabiatdagi sabablar, farzi mahol boʻlib muqtadir bittadan foili muxtor boʻlsalar, yana kamoli ajz bilan u i'jozga qarshi sajda qilib
deydilar.
Har bir kalimasi butun kalimoti bilan munosabatdordir. Va har harfi, xususan zihayot bir harfi butun jumlalarga qarshi mutavajjih bittadan yuzi, nazir bittadan koʻzi bor boʻlgan bu kitobning shunday bir muzaaf ishtiboki tasonudi nazmi borki, bir nuqtani joyida ijod etish uchun butun koinotni ijod qiladigan bir qudrati gʻayri mutanohiy lozim. Demak, pashshaning koʻzini yaratgan, quyoshni ham u yaratgan. Burganing me'dasini tanzim etgan, manzuma-i shamsiyani ham u tanzim etgan. Sunuhotning toʻqqizinchi sahifasida
oyatining sirriga murojaat et. Yolgʻiz shu kitobning kichik bir kalimasi boʻlgan asalarini koʻr. Qanday shahdi shahodat u moʻ'jiza-i qudratning lisonidan oqyapti. Va yoxud shu kitobning bir nuqtasi boʻlgan xurdabini bir huvaynot-ki, koʻp dafa kattalashtirilgandan soʻng koʻrinadi. Diqqat qil! Qanday moʻ'jiznamo, hayrat-fazo bir misoli musagʻgʻari koinotdir. Sura-i Yosin surati lafzi Yosinda yozilgani kabi, jazolatli, mujiz bir nuqta-i jome'adir. Uni yozgan, butun koinotni ham u yozgan. Agar insof bilan diqqat qilsang, shu kichkina hayvonning va huvaynotning surati ostida boʻlgan uskuna-i daqiqa-i badi'a-i Ilohiyaning shuursiz, koʻr, majra va mahraklari tahdid qilinmagan va imkonotidan avlaviyat boʻlmagan tabiatdagi jonsiz oddiy sabablardan husulini, mahol andar mahol koʻrasan.
Agar har biz zarrada hukamo shuuri, attibo hikmati, hukkamning siyosati boʻlganini va har bir zarra ham boshqa zarrot bilan vositasiz muxobara etganini e'tiqod etsang, balki nafsingni ishontirib u maholni ham e'tiqod eta olasan. Holbuki, u zihayot uskunada shunday bir moʻ'jiza-i qudrat, shunday bir horiqo-i hikmat borki, faqat butun koinotni, butun shuunotini ijod etgan, tanzim etgan bir Sone'ning sun'i boʻlishi mumkin. Boʻlmasa koʻr, oz, oddiy imkon taraddudi bilan oyoq tashlolmaydi. Asbobi tabiiydan boʻlolmaydi. Xususan, u tabiatdagi sabablarning ussul asosi hukmida boʻlgan juzi layatajazzadagi quvva-i joziba va quvva-i dafi'aning ijtimo'larining xartumi ustida bir maholiyat tamgʻasi bor. Faqat joizki, har bir narsaning asosi deb oʻylaganlari jazb, daf', harakat, quva kabi ishlar odatullohning qonunlariga bittadan ism boʻlsin. Lekin qonun qoidalikdan tabiiylikka va zehniylikdan xorijiylikka va e'tiboriydan haqiqatga va vosita boʻlishdan ta'sir qilishga oʻtmaslik sharti bilan qabul qilamiz.
S: Azaliyati modda va harakoti zarrotdan tashakkuli anvo' kabi botil ishlarga nima uchun ehtimol beriladi?
J: Yolgʻiz boshqa narsa bilan nafsini iqno' etish maqsadida boʻlgani uchun, u ishlarning asosi fosidasini taba'i bir nazar bilan dark etmaganidan nash'at etadi. Agar nafsini iqno' etish suratida qasddan va bizzot unga mutavajjih boʻlsa, maholiyatiga va ma'qul boʻlmaganiga hukm qiladi. Deylikki, qabul qilsa ham, tagʻofuli anis-Sone' sababi bilan hosil boʻlgan izdiror bilan qabul qilinishi mumkin. Zalolat naqadar ajibdir. Zoti Zuljalolning lozimi zaruriysi boʻlgan azaliyatni va xossasi boʻlgan ijodni aqliga sigʻdirolmagan, qanday qilib, gʻayri mutanohiy zarrotga va ojiz narsalarga beradi.
Ha, mashhurki: Hiloli i'ydga qarayotgan edilar. Hech kim bir narsa koʻrmadi. Keksa bir zot qasam ichdi: "Hilolni koʻrdim." Holbuki koʻrgan hiloli, kiprigining taqavvus etgan oq bir qili edi. Qil qayerda, qamar qayerda? Harakoti zarrot qayerda, sababi tashkili anvo' qayerda?
Inson fitratan mukarram boʻlganidan haqni qidiradi. Ba'zan botil qoʻliga keladi. Haq deb oʻylab qoʻynida saqlaydi. Haqiqatni qazarkan ixtiyorsiz tarzda boshiga zalolat tushadi; haqiqat deb oʻylab uni boshiga kiydiradi.
S: Shu tabiat, qavonin, quva nimaki, ular bilan oʻzlarini aldaydilar?
J: Tabiat, olami shahodat deyilgan jasadi xilqatning anosir va a'zosining af'olini intizom va rabt ostiga olgan bir shariati kubro-i Ilohiyadir. Xullas, bu shariati fitriya sunnatulloh va tabiat bilan musammodir. Xilqati koinotda joriy boʻlgan qavonini e'tiboriyasining majmu' va muhassolasidan iboratdir. Quva deyilgan narsa, har biri shu shariatning bittadan hukmidir. Va qavonin deyilgan narsa, har biri shu shariatning bittadan masalasidir. Faqat bu shariatdagi ahkomning yaknasoq istimroriga istinodan vahm, xayol tasallut bilan tazyiq oʻtkazib, shu tabiati havoiya tavazzu' va tajassum etib mavjudi xorijiy va xayoldan haqiqat suratiga kirgan. Xayolni haqiqat suratida koʻrgan, koʻrsatgan nufusning iste'dodi shoʻrasidan foili muassir vaziyatini koʻrsatgan. Holbuki koʻr, shuursiz tabiat, qat'iyan qalbni iqno' etadigan va fikrga oʻzini sevdiradigan va nazari haqiqat unga unsiyat etadigan hech bir muloyamat va munosabat yoʻq ekan va masdar boʻlishga qobiliyati mafqud ekan, yolgʻiz nafyi Sone' farazidan chiqqan bir izdiror bilan valah-rasoni afkor boʻlgan qudrati azaliyaning osori bahirasining tabiatdan suduri taxayyul etilgan.
Holbuki tabiat misoli bir matbaadir, tabi' emas; naqshdir, naqqosh emas; qobildir, foil emas; mistardir, masdar emas; nizomdir, nozim emas; qonundir, qudrat emas; shariati irodiyadir, haqiqati xorijiya emas. Masalan: Yigirma yoshli bir odam birdaniga dunyoga kelsa, xoli bir yerda muhtasham va sanoyi'i nafisaning osori bilan muzayyan bir saroyga kirsa, va qat'iyan xorijdan kelgan hech bir foilning asari emas deb faraz qilsa. Soʻngra ichidagi ashyo-i muntazamaga sabab qidirarkan, tanzimining qavoninini jamlagan bir kitob topsa, uni ma'kasi shuur boʻlganidan, bir foil, bir illati izdiroriy deb qabul qiladi. Xullas, Sone'-i Zuljaloldan tagʻoful sababi bilan bunday gʻayri ma'qul, gʻayri muloyim bir illati izdiroriy boʻlgan tabiat bilan oʻzlarini aldashgan.
Biri: Sifati kalomdan kelgan bir shariat boʻlib, basharning af'oli ixtiyoriyasini tanzim etadi.
Ikkinchisi: Sifati irodadan kelgan va avomiri takviniya tasmiya etilgan shariati fitriya boʻlib, butun koinotda joriy boʻlgan qavonini odatullohning muhassolasidan iboratdir. Avvalgi shariat qanday qavonini aqliyadan iboratdir; tabiat deyilgan ikkinchi shariat ham, majmu'i qavonini e'tiboyadan iboratdir. Sifati qudratning xossasi boʻlgan ta'sir va ijodga molik emasdir.
Sobiqan sirri tavhid bayonida degandik: Hamma narsa bir-biri bilan bogʻliq. Bir narsa boshqa narsalarsiz qilinmaydi. Bir narsani yaratgan hamma narsani yaratgandir. Shunday ekan, bir narsani qilgan Vohid, Ahad, Fard, Samad boʻlishi zaruriydir.
Shu ahli zalolat koʻrsatgan tabiatdagi sabablar, ham mutaaddid, ham bir-biridan xabari yoʻq; ham koʻr, ikki qoʻlida ikki koʻr boʻlgan tasodufi a'mo va ittifoqiyati a'vroning qoʻliga bergan.
Alhosil: Ikkinchi burhonimiz boʻlgan kitobi kabiri koinotdagi nazm va nizom, intizom va ta'lifidagi i'joz quyosh kabi koʻrsatadiki; bir qudrati gʻayri mutanohiy, bir ilmi loyatanoha, bir iroda-i azaliyaning asarlaridir.
S: Nazm va nizomi tomma nima bilan sobit?
Aljavob: Navi basharning tuygʻulari va josuslari hukmida boʻlgan fununi akvon istiqro-i tomma bilan u nizomni kashf etgan. Chunki; har bir navga doir bir fan yo tashakkul etgan yoki shuni qila oladi. Har bir fan, kulliyati qoida e'tibori bilan oʻz navidagi nazm va intizomni koʻrsatadi. Zero, har bir fan qavoidi kulliya dasotiridan iborat. Demak, shaxsning nazari nizomni ihota etmasa, javosisi funun vositasi bilan koʻradiki, insoni akbar insoni asgʻar kabi muntazamdir. Har bir narsa hikmat ustida oʻrnatilgan. Foydasiz abas yoʻq. Shu
{(*) Dalolat jihatidan siymosi bir "Hu" lafziga oʻxshaydiki, u "Hu"ning har bir juzi kichik "Hu"lardan, har bir kichik "Hu" ham kichkina "Hu"lardan tashakkul etgan.}
burhonimiz emas yolgʻiz arkoni va a'zosi, balki butun hujayroti, balki butun zarroti bittadan lisoni zokiri tavhid boʻlib katta burhonning sadoyi balandiga ishtirok etib "La ilaha Illalloh" deya zikr qiladilar.
Qur'oni Azimushshondir. Shu burhoni notiqning ovoziga qulogʻingni qoʻysang eshitasan: "Allohu La ilaha Illa Hu"ni takror qilyapti. Ham gʻoyat mukammal samaroti bilan, mevador bir daraxtning manba-i hayoti boʻlgan jursuma boʻlmasa yoki ildizi buzilgan boʻlsa, samara bermaydi. Shu burhonimiz shoxlarida meva-i haq va haqiqat shu qadar koʻp va shu qadar toʻgʻriki, jursumasida boʻlgan masala-i tavhid, hech vahm qoldirmaydigan darajada quvvatli ekaniga shubha qoldirmaydi, toʻgʻri bir haq va haqiqatni tazammun etadi. Ham shu burhonning olami shahodat tarafiga tadalli etgan ahkomga doir shoxi, butun sidq va haq va haqiqat boʻlgani kabi, bizzarura olami gʻayb tarafiga uzangan tavhidga va gʻaybga doir gʻusni a'zami (daraxt shoxi) yana sobit haqoiq bilan mevadordir.
Ham chuqur tarzda shu burhon tarsim etilsa anglashiladiki, uni koʻrsatgan zot, natijasi boʻlgan masala-i tavhidda shu qadar aminki, hech bir shaiba-i taraddud hech bir tarafida ihsos etilmaydi. Ham u natijani butun haqoiqqa asos deb sanab musallama va zaruriya boʻlganini butun quvvati bayoni bilan va isrori bilan unga kiydiradi. Va boshqa narsalarni unga irjo' etadi. Poydevor kabi u shadid quvvat sun'iy boʻlolmaydi. Hamda, ustidagi sikka-i i'joz har ixborini tasdiq etadi. Tazkiyadan mustagʻniy qiladi.
Goʻyo ixboroti binafsiha sobit umurlardandir. Ha, shu burhoni munavvarning olti jihati ham shaffofdir. Ustida i'joz; ostida mantiq va dalil; oʻngida aqlni istintoq; chapida vijdonni istishhod; qarshisida hadafida xayr va saodat; nuqta-i istinodi vahyi mahzdir. Vahmning qanday haddi borki, kira olsin.
Ma'rifati Sone' deyilgan kamolot arshiga uzangan me'rojlarning usuli toʻrtdir.
Birinchisi: Tasfiya va ishroqqa muassas boʻlgan muhaqqiqiyni soʻfiyaning minhojidir.
Ikkinchisi: Imkon va hudusga mabni mutakallimiynning tariqidir.
Bu ikki asl, garchi Qur'ondan tasho'ub etgan bolsada, lekin fikri bashar boshqa suratga ifrogʻ etgani uchun uzunlashgan va mushkullashgan, avhomdan masun qolmaganlar.
Uchinchisi: Shubahot-olud hukamo maslagidir.
Toʻrtinchisi va eng birinchisi: Balogʻati Qur'oniyaning ulviy martabasini e'lon qilish bilan barobar, jazolat jihati bilan eng porlogʻi va istiqomat jihati bilan eng qisqasi va vuzuh jihati bilan basharning umumiga eng ashmali boʻlgan me'roji Qur'oniydir. Ham u arshga chiqish uchun toʻrt vasila bor: Ilhom, ta'lim, tasfiya, nazari fikriy.
Birinchisi: Dalili inoyat va goʻyot boʻlib, manofi'i ashyoni ta'dad etgan butun oyoti Qur'oniya bu dalilni nasj va shu burhonni tanzim etadilar. Bu dalilning zubdasi, koinotning nizomi akmalida ittiqoni san'at va rioyati masolih va hikamdir. Bu esa Sone'ning qasd va hikmatini isbot va tasodif vahmini oʻrtadan nafiy etadi. Zero ittiqon ixtiyorsiz boʻlmaydi. Ha, nizomning shohidlari boʻlgan butun fununi akvon, mavjudotning silsilalaridagi halqalardan osilgan masolih va samarotni va inqiloboti ahvolning qatmar va tugunlari ichida saqlangan hikam va favoidni koʻrsatish bilan, Sone'ning qasd va hikmatiga qat'iy shahodat qiladilar. Azjumla:
Fanni hayvonot, fanni nabotot, ikki yuz mingni mutajoviz anvo'ning katta padar va odamlari hukmida boʻlgan mabdalarining har birining hudusiga shahodat qilgani kabi; mavhum va e'tiboriy boʻlgan qavonin, koʻr va shuursiz boʻlgan tabiatdagi sabablar esa bu qadar hayrat-fazo silsilalar va bu silsilalarni tashkil etgan va afrod deyilgan dahshatangiz bittadan uskuna-i ajiba-i Ilohiyaning ijod va inshosiga adami qobiliyatlari jihati bilan har bir fard, har bir nav mustaqil holda Sone'-i Hakimning dasti qudratidan chiqqanlarini e'lon va izhor etishadi.
Qur'oni Karim
deydi. Qur'onda dalili inoyat vujuhi mumkinaning eng mukammal vajhi bilan mavjud. Qur'on koinotda tafakkurga amr bergani kabi, favoidni tazkor va ne'matlarni ta'dad etgan oyotning favosil va xotimalarida gʻoliban aqlga havola va vijdon bilan mushovaraga yoʻllash uchun
kabi, u burhoni inoyatni azhanda tasbit etadi.
Ikkinchi Dalili Qur'oniy: "Dalili Ixtiro'"dir. Xulosasi:
Maxluqotning har naviga, har fardiga va u navga va u fardga murattab boʻlgan osori maxsusasini muntij va iste'dodi kamoliga munosib bir vujudning berilishidir. Hech bir nav mutasalsili azaliy emas. Imkon qoldirmaydi. Inqilobi haqiqat boʻlmaydi. Mutavassit navning silsilasi davom etmaydi. Tahavvuli asnof inqilobi haqoiqning gʻayrisidir. Modda deyilgan narsa, surati mutagʻayyira, ham harakoti mutahavvila-i hodisadan tajarrud etmaganidan hudusi muhaqqaqdir. Quvvat va suratlar, a'roziyatlari jihati bilan anvo'dagi muboyanati javhariyani tashkil qilolmaydi. A'roz javhar boʻlolmaydi. Demak, anvo'ining fasilalari va umum a'rozining ajratuvchi xususiyatlari bizzarura adami sirfdan muxtaro'dirlar. Silsilada tanosul, sharoiti oddiya-i e'tiboriyadandir.
Ajabo! Vojib-ul Vujudning lozima-i zaruriya-i bayyinasi boʻlgan azaliyatni zehnlariga sigʻdirolmagan, qanday qilib, har bir jihatdan azaliyatga munofiy boʻlgan moddaning azaliyatini zehnlariga sigʻdira oladi? Ham dasti tasarrufi qudratga qarshi muqovamat etolmagan ulkan koinot, qanday qilib kichkina va nozik zarrotlarning (shunday dahshatli salobat topganki) qudrati azaliyaning yadi idomiga qarshi tayanadi. Ham qanday qilib, qudrati azaliyaning xossasi boʻlgan ibdo' va ijodi, hech bir munosabati ma'qula boʻlmasdan eng ojiz va eng bechora sabablarga isnod etiladi?
Xullas, Qur'oni Karim shu dalilni yaratish va ijoddan bahs etgan oyoti bilan azhanda tanzim etadi. Muassiri haqiqiy yolgʻiz Allohdir. Ta'siri haqiqiy sabablarda yoʻq. Sabablar izzat va azamati qudratning pardasidir. Toki, aqlning nazari zohiriysida dasti qudrat qiymatsiz ishlar bilan mubashir koʻrinmasin. Bir narsada ikki jihat bor: Biri mulk, oynaning mulavvan vajhi kabi. Azdod unga vorid boʻladi. Xunuk boʻladi, shar boʻladi, haqir boʻladi, azim boʻladi... ila oxir. Sabablar bu jihatda bor. Izhori azamat va izzati qudrat shunday istaydi.
Ikkinchi jihat malakutiyat jihatidir. Oynaning shaffof vajhi kabi. Shu jihat hamma narsada goʻzaldir. Shu jihatda sabablarning ta'siri yoʻqdir. Vahdat shunday istaydi. Hatto hayot va ruh va nur va vujud, ikki vajhlari shaffof va goʻzal boʻlganidan mulkan va malakutan vositasiz dasti qudratdan chiqadilar.
Vijdoni bashar deyilgan fitrati zishuurdir. Shu burhonda toʻrt nuktani nazari diqqatga ol:
Birinchisi: Fitrat yolgʻon gapirmaydi. Masalan, bir urugʻdagi mayaloni numuvv deydiki: " Unib chiqaman, meva beraman." Toʻgʻri aytadi. Masalan, tuxumda bir mayaloni hayot bor, deydi: "Joʻja boʻlaman." Biiznilloh boʻladi. Toʻgʻri aytadi. Masalan, bir hovuch suv, injimod bilan mayaloni inbisoti deydi: "Ortiq yer egallayman." Metin temir uni yolgʻonga chiqarolmaydi. Soʻzining toʻgʻriligi temirni parchalaydi. Xullas, bu mayalonlar, iroda-i Ilohiyadan kelgan avomiri takviniyaning tajalliylaridir, jilvalaridir.
Ikkinchisi: Basharning zohiriy va botiniy besh tuygʻusidan boshqa, olami gʻaybga qarshi ochilgan juda koʻp derazalari bor. Juda koʻp gʻayri mashru' hislari bor. Hissi sami'a, basira, zoiqa boʻlgani kabi, bir hissi sodisa-i sodiqa boʻlgan saiqa bor. Ham bir hissi sabi'a-i bariqa boʻlgan shaiqa bor. U shavq va savq yolgʻon aytmaydi, xato ketolmaydi.
Uchinchisi: Mavhum bir narsa haqiqati xorijiyaga mabda boʻlolmaydi. Fitrat va vijdonda nuqta-i istinod bilan nuqta-i istimdod, ikki haqiqati zaruriyadir. Xilqatning safvati va eng mukarrami boʻlgan ruhi bashar, u ikki nuqta boʻlmasa eng sufliy, eng barbod bir maxluq boʻladi. Holbuki, koinotdagi hikmat va nizom va kamol bu ehtimolni rad qiladi.
Toʻrtinchisi: Aql ta'tili ashgʻal etsa ham, nazarini ihmol etsa, vijdon Sone'ni unutolmaydi. Oʻz nafsini inkor etsa ham; uni koʻradi, uni oʻylaydi, unga mutavajjihdir. Hads-ki, chaqmoq kabi sur'ati intiqoldir, doimo uni tahrik etadi. Hadsning muzaafi boʻlgan ilhom uni doimo tanvir etadi. Mayalonning muzaafi boʻlgan orzu va uning muzaafi boʻlgan ishtiyoq va uning muzaafi boʻlgan ishqi Ilohiy uni doimo ma'rifati Zuljalolga yoʻllaydi. Shu fitratdagi injizob va jazba bir haqiqati jozibadorning jazbi bilandir.
Bu nuktalarni bilgandan soʻng shu burhoni anfusiy boʻlgan vijdonga murojaat qil. Koʻrasanki, qalb badanning aqtoriga nashri hayot etgani kabi, qalbdagi uqda-i hayotiya boʻlgan ma'rifati Sone'ki, iste'dodoti gʻayri mahduda-i insoniya bilan mutanosib boʻlgan amol va muyuli mutashaibaga nashri hayot etadi. Lazzatni ichiga otadi va qiymat beradi va bast va tamdid etadi. Mana nuqta-i istimdod.
Va urush va muzohamatning maydoni boʻlgan dagʻdagʻa-i hayotga hujum koʻrsatgan olamning, minglarcha musibat va muzohamalariga qarshi yagona nuqta-i istinod yana ma'rifati Sone'dir.
Ha, hamma narsani hikmat va intizom bilan qilgan bir Sone'-i Hakimga e'tiqod etmasa va a'lalamya koʻr tasodiflarga havola etsa va u baliyyotga qarshi qoʻlidagi qudratning adami kifoyatini oʻylasa, istar-istamas tavahhush, dahshat, xavotir, xavfdan tashkil topgan bir holati jahannam-numun va jigarshikafga tushadi. U esa ashraf va ahsani maxluqot boʻlgan ruhi insoniyatning hamma narsadan ziyoda parishon boʻlganini istilzom etadi. U esa, intizomi komili koinotdagi nizomi akmalga zid boʻladi. Shu nuqta-i istimdod va nuqta-i istinod bilan bu daraja nizomi olamda hukmfarmolik, haqiqati nafs-ul amriyaning xossa-i munxasirasi boʻlgani uchun, har vijdonda ikki deraza boʻlgan shu ikki nuqtadan Sone'-i Zuljalol ma'rifatini qalbi basharga doimo tajalliy ettiradi. Aql koʻzini yumsa ham, vijdonning koʻzi doimo ochiqdir. Sone'-i Zuljalol bu toʻrt burhoni azimning qat'iy shahodatlari bilan Vojib-ul Vujud, Azaliy, Vohid, Ahad, Fard, Samad, Alim, Qodir, Murid, Sami', Basir, Mutakallim, Hayy, Qayyum boʻlgani kabi, butun avsofi jaloliya va jamoliya bilan muttasifdir. Zero muqarrarki: Masnu'dagi fayzi kamol Sone'ning zilli tajalliysidan muqtabasdir. Demak, koinotda naqadar husni jamol, kamol boʻlsa, umumidan layuhad darajada yuksak tabaqada avsofi jamoliya va kamoliya bilan Sone'-i Zuljalol muttasifdir. Zero, ehson sarvatning, ijod vujudning, ijob vujubning, tahsin husnning, tanvir nurning far'i va dalili boʻlgani kabi; butun koinotdagi butun kamol va jamol Sone'-i Zuljalolning kamol va jamoliga bir zilli zalildir va burhonidir.
Hamda Sone'-i Zuljalol butun naqoisdan munazzahdir. Zero navoqis mohiyati moddiyotning iste'dodsizligidan nash'at etadi. Zoti Zuljalol moddiyotdan mujarraddir, munazzahdir. Ham koinotning mohiyoti mumkinasidan nash'at etgan avsof va lavozimotidan muqaddasdir.
Savol: Vahdat-ul vujud haqida fikring qanday?
Aljavob: Tavhidda istigʻroqdir va nazarga sigʻmagan bir tavhidi zavqiydir. Asosan tavhidi rububiyat va tavhidi uluhiyatdan soʻng tavhidda zavqan shiddati istigʻroq, vahdati qudrat ya'ni
soʻng vahdati idora, soʻng vahdat-ush shuhud, soʻng vahdat-ul vujud, soʻng yolgʻiz bir vujudni, soʻng yolgʻiz bir mavjudni koʻrgungacha munjar boʻladi. Muhaqqiqiyni Soʻfiyaning mutashabehot hukmida boʻlgan shatohati bilan istidlol etilmaydi. Sabablar doirasini yirtib chiqmagan va ta'siridan qutulmagan bir ruh, vahdat-ul vujuddan soʻz ochsa, haddini tajovuz etadi. Soʻz ochganlar Vojib-ul Vujudga shu qadar hasri nazar etishganki, mumkinotdan tajarrud etib, yolgʻiz bir vujudni, balki bir mavjudni koʻrishgan. Ha, dalil ichida natijani koʻrish, olamda Sone'ni mushohada etish, tariqi istigʻroqkorona jihati bilan jadovili akvonda jarayoni tajalliyoti Ilohiyani va malakutiyati ashyoda sarayoni fuyuzotni va maroyayi mavjudotda tajalli-i asmo va sifotni, yolgʻiz zavqan tushuniladigan bittadan haqiqat ekan, diqi alfaz sababi bilan uluhiyati sariya va hayoti sariya ta'bir etdilar. Ahli fikr u haqoiqi zavqiyani nazarning maqoyisiga tiqishtirganidan, koʻp avhomi botilaga mansha' boʻldi. Moddaparvar hukamo va zaif-ul e'tiqod ahli nazarning vahdat-ul vujudi bilan avliyoning vahdat-ul vujudi tamoman bir-birining ziddidir. Besh jihatdan farq bor:
Birinchisi: Muhaqqiqiyni Soʻfiya Vojib-ul Vujudga shu qadar hasri nazar etgan va mustagʻraq boʻlgan va ahamiyat berishganki, uning hisobiga koinotning vujudini inkor etganlar. Hukamo va zaif-ul e'tiqod boʻlganlar moddaga shu qadar hasri nazar etganlar va mustagʻraq boʻlishganki, fahmi uluhiyatdan uzoqlashdilar. Va shu daraja moddaga qiymat berdilarki, hamma narsani moddada koʻrish, hatto uluhiyatni unda mazj etish, hatto koinot hisobiga uluhiyatdan istigʻno etish darajasida tariqi muta'assifaga kirishgan.
Ikkinchisi: Muhaqqiqiyni soʻfiyaning vahdati vujudi vahdat-ush shuhudni tazammun etadi. Ikkinchilarniki esa vahdat-ul mavjudni tazammun etadi.
Uchinchisi: Birinchilarning maslagi zavqiydir. Ikkinchilarniki esa nazariydir.
Toʻrtinchisi: Birinchilar avvalan va bizzot Haqqa, nazari taba'i oʻlaroq xalqqa qaraydilar. Ikkinchilar esa avvalan va bizzot xalqqa qarashadi.
Beshinchisi: Birinchilar Xudoparastdirlar. Ikkinchilar esa xudparastdirlar.
Masalan: Kura-i arz rang-barang muxtalif va kichik-kichik shisha parchalaridan iborat deb faraz qilinsa, har biri boshqa xosiyat bilan lavniga va jirmiga va shakliga nisbat bilan shamsdan bir fayz oladi. Shu xayoliy fayz esa, na quyoshning zoti va na ayni ziyosidir. Hamda ziyoning tamosili va alvoni sab'asining tasoviri va quyoshning tajalliysi boʻlgan shu gunogun va rang-barang chechaklarning alvoni farazan lisonga kelsalar, har biri "Quyosh men kabidir" va yoxud "Quyosh menman" deydi.
Faqat ahli vahdat-ush shuhudning mashrabi, farq va saxvdir. Ahli vahdat-ul vujudning mashrabi mahv va sakrdir. Sof mashrab esa, mashrabi ahli farq va saxvdir.
"NUQTA"ning ikkinchi qismi, hashr va maloika va baqo-i ruhga oid boʻlganidan va bu haqiqatlarni karomatli "Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz" va "Oʻninchi Soʻz" gʻoyat porloq bir suratda izoh etganidan ularga havola qilinib bu yerga kirgizilmadi. Uchinchi qism esa, Oʻn Toʻrt Darsdan iborat "Nurning Ilk Eshigi" nomi bilan alohida nashr qilindi.
MUNDARAJOT HAQIDA
Bu muhim majmuaning jumla-i muqaddamotidan boʻlgan bir "I'lam"ham:
"Bu Risola, ba'zi oyoti Qur'oniyaning shuhudiy bir navi tafsiridir. Va undagi masalalar Qur'oni Hakimning boʻstonidan uzilgan chechaklardir. Bu risolaning iborasidagi ijmol va ijoz va fahmidagi zohiriy mushkulot senga tavahhush bermasin. Takror-takror mutolaa et, toki
va oʻxshash boʻlgan takroroti Qur'oniyaning sirri senga ochilsin.
Ey qori! Bu majmuadagi tavhidning burhonlari va mazharlari bir-biriga ehtiyoj qoldirmaydi deb oʻylama. Chunki men har bir burhonga har bir maqomi maxsusda ehtiyoj his qildim. Harakoti jihodiyam meni shunday bir mavqega majbur qilar ediki, u mavqeda, u onda bir eshik ochishga majbur boʻlardim. Chunki u dahshatli onda boshqa ochiq eshiklarga qaytish muyassar boʻlmas edi. Ham u sayohati ajibada toʻqnashgan nurlarimga dalolat etish uchun emas, balki xotirlash uchun ishoratlar qoʻydim. Ba'zan ulkan bir nurga bir ishorat qoʻyardim... "Ila oxir" deya naqadar goʻzal bir muqaddimani va bir xulosani -bu majmua- goʻyo kalit soʻz kabi bir kalitni qorilariga taqdim etadi.
Bu Masnavi-i Nuriyadagi risolalarning ismlari "Rashhalar, Qatra, Hubob, Habba" shaklida ketadi. Agar Qatra Risolasining oxirida marhum Shayx Safvat Afandining yozgani kabi, har bir risolaga bir taqriz yozilsa edi, u marhumning "Bu bir qatra emas, bir bahrdir" degani kabi biz ham derdik:
"U bir lam'a emas, bir shamsdir. U bir rashha emas, bir bahrdir. U bir zuhra emas, bir jinondir. U bir hubob emas, bir ummondir."
MUNDARIJA
1- LAM'ALAR
Tavhidga doir boʻlib Risola-i Nurdagi Yigirma Ikkinchi Soʻzning asosi va bir jihatdan Arabchasidir. Oʻn Toʻrt Lam'a bilan tavhidning eng inja haqiqatlarini eng mufassal bir suratda
haqiqatiga mazhar qiladigan bir silsila-i daloil va shahodatni ibroz etgan juda qimmatbaho va havo, suv, non kabi hamma muhtoj boʻlgan bir risoladir.
Nurning Masnaviysining boshida kirgizilgan "Lasiyyamalar", "Lam'alar", "Rashhalar" nomli uch risola oxirdagi risolalar kabi mutafarriq masalalardan bahs qilmaydi. Bir xil mavzu ustida ketadi.
Bu Rashhalar risolasi iymonning eng muhim uch arkonidan nubuvvatning haqiqatini va nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) gʻoyat qat'iy va porloq burhonlar bilan isbot qiladi. Shams qanday ziyo bermasligi mumkin emas. Aynan shuning kabi: Uluhiyat ham risolatsiz mumkin boʻlmaganini isbot qiladi. Va nubuvvatning haqiqatini quyosh kabi koʻrsatadi. Koinotni mujassam bir Qur'oni kabir sifatida tamsil etib, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam uning oyat-ul kubrosi boʻlganini, koʻzida parda va qalbida zang boʻlmaganlarga iroa etadi.
Bu horiqo risola "Oʻn Bir Rashha"dir. Oʻn Birinchi Rashhada yigirma bir moʻ'jizoti Ahmadiyaga (S.A.V.) ishorat etgan bir salovoti sharifani u Nabiyyi Zishon Alayhissalotu Vassalam Hazratlariga keltiradi.
Oʻn Birinchi Rashhadan soʻng uzun bir I'lamda nubuvvati Ahmadiyaga (S.A.V.) -boshqa bir tarzda- koʻrilmagan dalillarni koʻrsatadi.
Bu risolaning Turkchasi Risola-i Nurdagi Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzdadir.
Masnaviyning boshidagi bu uch risola "Eski Said"ning asarlaridan boʻlmasdan, Ustozimizning ta'biri bilan, "Yangi Said"ning asarlaridir. Ustozimizning eski asarlaridan Risola-i Nurga kirganlar boʻlgani kabi; Risola-i Nurni ta'lifi zamonida yozgan Arabcha asarlari ham bu surat bilan Masnavi-i Arabiyaga idhol etilgan.
Iymoni Hashrga doir boʻlgan bu risola Risola-i Nurdagi Oʻninchi Soʻzning asosi boʻlib Barlada, Ustozimizning -bir bahor kunida- rahmati Ilohiyaning osorini bogʻ va boʻstonlarda mushohadasidan va ixtiyorsiz boʻlib
oyati karimasini qirq dafaga yaqin oʻqishidan soʻngra tulu' etgan gʻoyat qimmatbaho va bu zamonda juda luzumli va inkori hashr mafkurasini ildizi bilan kesib Ibn Sino kabi ajib bir dohiy "Hashr bir masala-i naqliyadir, aql bu yoʻlda ketolmaydi" degan hashrni eng sodda fahmga ham qabul ettirgan; va hashrning minglab namunalarini arz yuzida koʻrsatgan; va hashrni iqtizo etgan juda koʻp asmo-i Ilohiyadan tortib to mohiyati insoniyada ham hashrni isbot etgan bir risoladir.
Bir qoida-i hasananing tazohuri oʻlaroq, har risolaning boshida boʻlgani kabi, bu risolaning boshida ham Janobi Haqqa tahmidot va Nabiyyi Zishonga salotu salom bor. Iymoni Billoh, iymoni bin-nabiy, iymoni bil-hashr va shuhudi koinot mobaynida bir irtiboti tomma va talozumi qat'iyya boʻlganidan, bu risola qisqacha oʻlaroq "Tavhid va Risolat" haqiqatlaridan bahs qilib asos masala boʻlgan masala-i hashriyaga "Lasiyyama"lar bilan oʻtgan. Risola-i Nurning Yigirma Sakkizinchi Soʻzining Ikkinchi Maqomi boʻlgan bu risola, yigirma yildir Ustozimizning qoʻliga endi oʻtgan.
Bu Qatra risolasi bir muqaddima, bir xotima va toʻrt bobdan iborat. Muqaddimada Ustozimiz qirq yil umrida ta'lif aylagan yilga nisbat bilan oʻttiz yillik ilm sayrida toʻrt kalima bilan toʻrt kalom tahsil etganini va bu toʻrt kalimaning biri "Ma'no-i Harfiy", ikkinchisi "Ma'no-i Ismiy", uchinchisi "Niyat", toʻrtinchisi "Nazar" boʻlganini.. toʻrt kalom esa, biri "Men oʻz-oʻzimga molik emasman", ikkinchisi "Al-mavtu haqqun", uchinchisi "Rabbi vahidun", toʻrtinchisi "Ananing bir nuqta-i sevda va bir vohidi qiyosiy" ekanini aytadi. Bu Risola
haqiqatini, Birinchi Bob oʻlaroq, koinot arkonidan har bir rukn ellik besh kulliy va gʻoyat zohir lison bilan isbot qiladi.
Mutafarriq va qisqa, faqat juda luzumli va muhim haqiqatlardan bahs qiladi. Boshida "ya's, u'jb, gʻurur, sui zon" kabi nafsning toʻrt xastaligini; soʻngra toʻrt haqiqatni va keyinchalik esa "Qatra"da zikr qilingan Birinchi Bobdagi "La ilaha illalloh" haqiqatini va davomi oʻlaroq Bobi Soniyda "Subhanalloh"; Bobi Solisda "Alhamdulilloh"; Bobi Robi'da "Allohu Akbar" martabalarini bayon etgandan soʻng, NUQTA va NUKTA sarlavxalari bilan mavzu e'tibori bilan bir-biridan farqli I'lamlar oʻtadi.
"Ramz"lar va "I'lam"lar unvoni ostida, har biri bir risolaga mavzu boʻladigan qiymatdagi haqiqatlardan iboratdir. Boshida salotu salomdan soʻngra birinchi "I'lam" namozning avvalgi vaqtiga rioya qilishning va xayolan Ka'baga mutavajjih boʻlishning fazilatini va avhom va vasvasa-i shaytoniyani qanday muzmahil etganini va musolliyning butun latoif va tuygʻularining qanday fayzlanganini bayon etadi.
Bu oʻtgan risolalar ayni zamonda arkoni iymoniyadan bahs qilish bilan ham iymon, ham ilm, ham ma'rifatulloh, ham zikr boʻlganidan; oʻqilishi ham bir navi ibodatdir.
Biri Turkcha, boshqasi Arabcha ikki zayli boʻlgan bu juda muhim risola, Ustozimizning "Xutuvoti Sitta"ni nashri munosabati bilan taltif uchun Ankaraga chaqirilganida, Ankarada Islom qoʻshinining Yunonga gʻalabasidan nash'a olgan ahli iymonning quvvatli afkori ichiga gʻoyat mudhish bir zindiqo fikri kirish va buzish va zaharlantirish uchun dassosona harakat qilganini koʻrgan hangomida ta'lif etgan ikki asaridan biridir.
Bu risolaning boshida boʻlgan salotu salom juda ahamiyatlidir. Bu Masnavi-i Nuriyaning favquloda boʻlgan va hech bir asarda uchralmagan bir xususiyati ham bir barmoqning harakati bilan bir nechta uskunani birdan ishlatish kabi gʻoyat balogʻatli bir bayon tarziga sohib boʻlishidir. Sobiqan zikr qilingani kabi, bu muazzam majmuada ham zikr, ham iymon, ham tafakkur, ham ilmni bir orada topish doim mumkin. Masalan: Salotu salomni yolgʻiz zikr oʻlaroq kirgizmaydi. Ayni zamonda unda bir iymon inkishofi, ayni zamonda bir ilm, ayni zamonda moʻ'mini musolliyni avhom va shubahotdan qutqargan haqiqatlarni sard etib, loaqal uch ma'no martabasini bayon etadi.
Bu horiqo risola muhim bir "I'lam"ida, madaniy moʻ'min bilan madaniy kofirning surat va siyrat va zohir va botin farqlarini gʻoyat baligʻ bir tarzda bayon qiladi. Va natijada bu farqni koʻrlarga ham koʻrsatish uchun deydiki: "Agar istasang, xayoling bilan Nurshin qishlogʻidagi Seydaning majlisiga bor, qara: U yerda fuqaro qiyofasida maliklar, podshohlar va inson koʻylagida maloikalarni bir suhbati qudsiyada koʻrasan. Soʻngra Parijga bor va eng katta uychalariga kir, koʻrasanki, chayonlar inson libosi kiyganlar va ifritlar odam suratini olganlar ila oxir" deb yana boshqa jihatdagi farqlarini "Lamaat" va "Sunuhot"ga havola qiladi.
Boshqa bir "I'lam"da, Risola-i Nurda Yigirma Yettinchi Soʻz nomini olgan Ijtihod Risolasini toʻrt sahifada xulosa qiladi.
Forscha bir munojot bilan boshlanadi. Bu munojotning Turkchasi Yettinchi Rijoda va Oʻn Yettinchi Soʻzning zaylida bor.
Ustozimiz hech Forscha tahsil etmagani holda, bu qadar mukammal Forscha bir lison bilan ta'lif etilganki, u zamondagi Afgʻon Elchisi bu asarni taqdir hislari ichida Afgʻonistonga yuborgan. Bu Forscha munojotning orqasida: "Ey Mujohidini Islom" sarlavhasi ostida Turkcha oʻlaroq mab'usanga oʻn moddalik bir xitob bor. Bu xitobning ta'siri bilan Majlisi Mab'usanda kichik bir xona boʻlgan masjid katta bir zalga tabdil etilgan.
Hubobning Ikkinchi Zayli ham juda muhim haqiqatlarni ixtivo etmoqda.
Ikki zayli bor. Bu risolaning birinchi "I'lam"i, haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) olamning ham sababi xilqati, ham urugʻi, ham mevasi, ham natija-i xilqati olam boʻlganini gʻoyat adibona bir uslub bilan bayon qiladi. Deydiki: Agar olamni bir kitobi kabir sifatida koʻrsang, kotib qalamining murakkabi Nuri Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Agar olamni bir shajara suratida koʻrsang, avvalo urugʻi, soʻngra mevasi yana Nuri Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Agar olamni bir zihayot libosini kiyganini koʻrsang, Uning ruhi Nuri Muhammadiy Alayhissalotu Vassalamdir. Agar olamni bir guliston tarzida koʻrsang, uning andalibi zishoni yana Nuri Muhammadiy Alayhissalotu Vassalamdir."
Risolaning oxirida gʻoyat goʻzal bir tazarru va niyoz va istigʻfor bor.
Habbaning Birinchi Zaylining oxirlarida,
martabalarining Yigirma Toʻqqizinchi Lam'a-i Arabiyaga nisbatan qisqa va gʻoyat goʻzal bayonlari mundarijdir.
Habbaning ikkinchi zaylida gʻoyat muhim bir risola boʻlgan ham Arabcha, ham Turkcha boʻlib kasrat bilan intishor etgan Asoyi Muso majmuasida Yigirma Uchinchi Lam'a nomli "Tabiat Risolasi"ning muxtasar qisqa Arabchasi ham bor.
Bu risola Anqarada ta'lif etilgan zamon bir matbaada chop qilingan. Insonlarning ogʻzidan chiqqan dahshatli uch kalimaning butlanini isbot qilib tabiat botqoqligida boʻgʻilganlarni qutqaradi.
Uzun bir haqiqatning yolgʻiz uchini koʻrsatish va porloq bir nurning yolgʻiz bir shuasini iroa etish maqsadi bilan yozilgan bu juda muhim risola, gʻoyat ahamiyatli haqiqatlarni ixtivo etganidan eng mumtoz Nur shogirdlarining tirishib soʻragan talablariga binoan -aksari Arabcha bilmagan shogirdlarning istifodalariga mador boʻlish uchun- qisman izohli, qisman qisqa bir maoli Ustozimiz tarafidan Turkchaga oʻgirilgan va Oʻn Yettinchi Lam'a nomi bilan Oʻn Besh Mulohaza oʻlaroq Rasola-i Nur Kulliyotining Lam'alar qismiga ilhoq etilgan.
Zuhra shunday bir haqiqat bilan boshlaydi: Dunyodagi har zihayot molikining ismi bilan, nomi bilan, hisobi bilan ishlagan muvazzaf bir askar kabidir. Kim oʻzini oʻziga molik deb oʻylasa, u kishi halikdir.
Soʻngra uzun va muhit bir salotu salomni muta'aqib har biri bir risolaning goʻyo xulosasi va urugʻi mohiyatidagi shumulli "I'lam"larga oʻtadi. "I'lam"larning birisida, Qur'on tilmizi bilan falsafa tilmizini ijtimoiy va shaxsiy jihatlaridan muqoyasa etib falsafaning saqim va muzir qismining botil hukmlarini chiritadi. Soʻnggi "I'lam"i ham gʻoyat goʻzal va hazin bir munojotni ixtivo etyapti. Koʻproq ma'lumotni Turkcha Mulohazalar Risolasiga havola qilamiz.
Bu Masnavi-i Nuriyaning mundarijasida u qimmatbaho, horiqo risolalardagi yuzlab haqiqatlardan yolgʻz bir-ikkitasini noqis fahmimiz bilan va qasir ifodamiz bilan koʻrsatishga harakat qildik. Boʻlmasa, koʻrsatgan misollarimiz u horiqo-i ilmu irfonning na eng jonli nuqtalari boʻlishi mumkin va na eng qiymatli javharlari boʻlishi mumkin. Balki u shamsning juz'iy bir shuasi va u bahrning kichik bir qatrasidir.
Shaytoning va ahli ilhodning ba'zi vasvasalarini tard etgan mutafarriq masalalardan bahs etgan horiqo va favquloda bir risola boʻlib, ikki qismdan iboratdir.
Iymon va axloqiyotni va vasvasalarning izolasini va insondagi tashaxxusoti vajhiyaning hikmatini bayon etgan I'lamlar bu risolaning mundarajotidandir. Bir I'lamida
oyatida zikr qilingan samovot va arzning xilqati va basharning lison va ranglarining ixtilofi Janobi Xoliqi Zuljalolning oyatlaridan boʻlganining haqiqatini gʻoyat goʻzal bir tarzda bayon qiladi. Deydiki:
"Butun basharning asosoti a'zoda ittifoqi, Sone'ning vahdatiga; tashaxxusoti vajhiyada tamoyuzi, Sone'ning muxtor va hakim ekaniga gʻoyat bahir va zohir dalildir" deydi, isbot qiladi. Basharning bir-biridan tashaxxus jihatidan farqlarining hikmatini va boshqa maxluqotda bu tamoyuzning bir-bir boʻlmasdan, nav-nav boʻlishi hikmatning shunday iqtizo etganini izoh etadi.
Boshqa bir I'lamda, shaytoni insiy va jinniyning, baqaraning botinan gʻoyat mukammal, zohiran miskin boʻlishi haqidagi bir vasvasasini tard etadi va deydiki: "Ey shaytoni jinniyga ustoz boʻlgan shaytoni insiy! Agar hamma narsa, hamma narsani gʻoya miqdori bilan va loyiqi vajh bilan qilgan Qodiri Azaliyning san'ati boʻlmasa edi, sening eshagingning qulogʻi sendan va sening ustozlaringdan yanada aqlli va yanada haziq boʻlishi lozim boʻlardi." deya insiy va jinniy shaytonlarning vasvasalari yuzlariga urilib; baqaraning, ya'ni inakning dohilining mutlaq boʻlganining va xorijining muqayyad boʻlishining hikmatini aqlan va ilman gʻoyat muqni' bir suratda bayon etadi.
Axloqqa doir bir I'lamida deydiki: "Ey fosiq! Bilki, madaniyati safiha shunday mudhish bir riyoni ibroz etgan va maydonga chiqarganki, ahli madaniyatning undan qutulishi mumkin emas. Chunki ahli madaniyat riyoga shon va sharaf nomini bergan. Insonni shaxslarga qarshi riyokorlikka badal, unsurlarga va millatlarga va davlatlarga qarshi riyokorlikka tashviq etgan va tarixni ularga mushavviq va laganbardor va jaridalarni ham, ya'ni gazetalarni ham dallol qilgan. Oʻlimni unuttirib (goʻyo) unsurlari ichida bir hayotlari bor deya, zamoni johiliyatdagi gʻaddor zolimlarning dasisalari navidan bir dasisa bilan, basharni tasannu va riyokorlikka chorlagan." Naqadar oʻqilsa, oʻqilishga loyiq boʻlgan bu risola ham bir istigʻfor va Hazrat Mavlononing bir bayti bilan nihoyat topgan.
Koinotning majmuidan to zarraga qadar mutanazilan har bir mavjudning juda koʻp asmo-i Ilohiyadan Alloh, Rob, Molik, Mudabbir, Murabbiy, Mutasarrif va Nazim ismlariga shahodat qilganlarini isbot etadi. Boshqa bir I'lamida, hech bir kishining Sone'-i Olamdan shikoyat haqqi boʻlmaganini koʻrsatadi. Boshqa bir I'lamida Qur'oni Hakimning ilk va aksar muxotobi boʻlgan jumhuri avomning fahmlarini qanday erkalaganini va ularning idroklariga qanday muro'at etganini uzun bir haqiqat bilan bayon etadi. Ham tayyi makon va basti zamon va ananing mohiyati va ikki vajhi kabi juda ham inja haqoiqni bayon etgan mutafarriq mavzulargan mutashakkil bir qimmatbaho risoladir.
Bu risola:
deya bir manzum qit'adan soʻng uzun va muhit bir istigʻfor va duoga oʻtib tugaydi.
Boshqalariga nisbat bilan katta boʻlgan bu risolada Soʻzlardan ba'zilarining xulosalari bilan mutafarriq va muxtalif mavzulardan iborat I'lamlar bor.
Birinchi I'lamida
oyati karimasining tafsirini, samovotga chiqish istagan shaytonlarning rajm etilishlarini Yetti Zinapoya bilan bayon qiladi.
Birinchi zinapoyasida: Samodagi sukunat va sukutga va intizomga ishorat bilan deydiki: "Samo ahli arz ahli kabi xayrlarning va sharlarning qoʻshilishidan va zidlarning ijtimo'idan hosil boʻlgan munoqasha va ixtilofot va tazabzub ichida emas. Balki ular oʻzlariga Xoliqlari tarafidan amr qilingan narsalarni kamoli itoat bilan qilgan mute'lardir."
Shaytonlarning rajm etilishlarini bayon va isbotdan soʻng boshqa bir I'lamda (Ustozimiz) Qur'ondan istifoda etgan toʻrt tariqni toʻrt xatva bilan gʻoyat vajiz bir tarzda izoh etadi. Risola-i Nurning Soʻzlar qismida mufassal izohi boʻlgan bu I'lam juda muhimdir.
Boshqa bir I'lamida, ubudiyat muqaddima-i mukofoti lohiqa emas, natija-i ne'mati sobiqa boʻlganini bayondan soʻng juda haqiqatli va keng ma'nodagi I'lamlarga oʻtib Nurning Ilk Eshigida va Kichik Soʻzlarda bir daraja maollari boʻlgan haqiqatlarning izohi bilan bu qimmatbaho va muhim risola tugaydi. Bu qimmatbaho risolaning mundarajotidan shams kabi nurli, qamar kabi porloq bir misoli shudir: Qur'oni Hakim koinotdagi insonga roji' va manfaatli boʻlgan ashyoni ixtor uchun zikr qiladi. Boʻlmasa Qur'oni Hakimning u bayonoti yolgʻiz u foydasiga inhisor etmaydi. Chunki inson oʻzi bilan aloqasi boʻlgan va foydasi tegilgan bir zarraga oʻzi bilan aloqasi boʻlmagan bir shamsdan ziyoda ahamiyat beradi. Masalan:
Ya'ni, qamarning kura-i arz atrofida davrining Janobi Haq tarafidan taqdir etilishining juda koʻp hikmatlaridan bir hikmati ham basharning kunlarini, oylarini, yillarini hisob etishi, bilishidir. Boʻlmasa qamarning taqdiri, bizcha juda luzumli boʻlgan bu foydasiga inhisor etmaydi. Xoliqi Zuljalolning asmosiga oynadorlik etgan minglab hikmatlari yana bor.
Bu qimmatbaho risolaning oxirida, olti qatrada I'jozi Qur'onni xulosa etgan kichik, faqat oʻsha nisbatda shumulli bir risola bor.
Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning risolatining haqqoniyatiga bir dalil ham Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayondir... Qur'oni Hakimning qirqqa yaqin vajhi i'jozi Lamaat va Ishorot-ul I'joz tafsirida bayon etilganidan, ularga havola etib Birinchi Qatra nihoyat topadi.
Ikkinchi Qatrada: Yigirma Beshinchi Soʻzda zikr qilingan "Qur'on Nedir?" ta'rifining qisqa bir Arabchasi bor.
Uchinchi Qatra: Olti Nuqtadir. Uchinchi Nuqtasida: Qandayki inson muxtalif hojoti jismoniyaga muxtalif vaqtlarda muhtojdir... Masalan: Havoga har on, haroratga, suvga har vaqt, gʻidoga har kun, ziyoga har hafta muhtojdir. Xuddi shuning kabi, hojoti ma'naviya-i insoniya ham muxtalifdir. Bir qismiga har on muhtojdir. Lafzulloh kabi. Bir qismiga har vaqt muhtojdir. Bismilloh kabi. Bir qismiga har soat muhtojdir. "La ilaha Illalloh" kabi. Va hokazo qiyos qil.
Toʻrtinchi Qatra: Olti Nuktadir. Beshinchi Nuktasida koʻp oyati karima boʻlishidan; va u yer ham izoh maqomi boʻlmaganidan, Moʻ'jizoti Qur'oniyaga havola qilinib, u nukta tashlab oʻtilgan. Ba'zan bir harfi Qur'oniyda Qur'onning i'jozini isbot qilgan bu risola va doʻstlari boʻlgan "Ishorot-ul I'joz" va "Moʻ'jizoti Qur'oniya" risolalari Qur'oni Hakimning bittadan olmos qilichidir.
Oltinchi Qatra: Balogʻati Qur'oniyaning bir sirrini kashf etib; adiblarning "Unzur ila man qola" ya'ni "Kim aytgan" deyishlariga muqobil "Unzur ila man qola va liman qola va lima qola va fima qola" deb i'jozi Qur'oniyani porlattiradi. Bu Oltinchi Qatra balogʻati Qur'oniya uchun muhim bir kalitdir.
Ikki sahifalik bir zayli boʻlgan kichik hajmda bir risoladir.
Juda muxtasar boʻlgani uchun xulosa qilinmadi.
Mundarijasi tugagan Masnavi-i Nuriya hayotning hayoti va gʻoyasi va eng yuksak haqiqat boʻlgan iymonni taqliddan tahqiqqa, tahqiqdan ilmalyaqiyn martabasiga, ilmalyaqiyn martabasidan aynalyaqiyn darajasiga va keyinchalik ham haqqalyaqiynga ulashtirgan muazzam va muhtasham va juda koʻp risolalarni tazammun etgan muhit va horiqo bir asardir.
Bu asarning haqiqiy qiymatini taboruz ettiradigan eng haqiqiy mundarijani yana uning aziz va muhtaram muallifi ustozimiz qila olardilar. Bizning juda qisqa anglashimiz va zaif idrokimiz va qasir fahmimiz va Arabchaga boʻlgan vuqufsizligimiz, ulamo-i mutabahhiriynning qatrasiga bahr deganlari bu benazir asarning mundarijasini qorilarga juda nuqsonli tarzda taqdim etishimizning omillari boʻlgan.
Muhtaram qori! Bu mundarijaga qarab, tilsimi koinotning kashshofi, haqoiqi ashyoning miftahi, hikmati xilqatning dalloli boʻlgan bu ma'naviy xazina hukmidagi majmuani ham u mezon bilan tortma. Chunki bizdagi ajz va nuqsonlik u majmuaning qiymati bilan mabsutan emas, ma'kusan mutanosibdir. Quyoshning bir zarra shisha parchasidagi timsoliga qarab, "Quyosh ham bu qadardir" dema. Chunki u zarra qobiliyati qadar u quyoshdan fayz oladi. Sen esa oynangning kattaligi nisbatida u ma'naviy shamsdan fayz olasan.
Ham bu majmuada boʻlgan yuzlab I'lamlardan yolgʻiz juda oz bir qismining juda juz'iy bir ma'nosi yolgʻiz ishorat uchun zikr qilingan. Boʻlmasa, har bir risola, hatto har bir I'lam uchun bu Masnaviy mundarijasining majmui qadar bir mundarija qilish lozim boʻlardi. Bunga ham na bizning iqtidori ilmiyamiz va na maqom va na zamon muso'id emas.