Masnaviy-i Nuriya
— 129 —

ZARRA

(Hidoyati Qur'oniyaning Shuasidan)
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqqa nazir va unga vosil boʻlgan yoʻllar, eshiklar; olamning tabaqalari, sahifalari, murakkaboti nisbatida bir yakun tashkil etmoqdadir. Oddiy bir yoʻl yopilgan zamon, butun yoʻllar yopilgan deb tavahhum etish, jaholatning eng katta bir shohididir. Bu odamning masali, gʻoyat katta askariy bir qarorgohni ichiga olgan katta bir shaharda, qarorgohning bayrogʻini koʻrmaganidan, sultonning va askarlikka oid butun narsalarning inkorini yoki ta'vilini boshlagan odamning masali kabidir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hamma narsaning botini zohiridan yanada oliy, yanada komil, yanada latif, yanada goʻzal, yanada muzayyan boʻlgani kabi; hayot jihatidan yanada qoviy, shuur jihatidan yanada toʻliqdir. Va zohirda koʻringan hayot, shuur, kamol va boshqalar faqat botindan zohirga sizilgan zaif bir tarashshuhdir. Boʻlmasa botin, jomid, mayyit boʻlib, ilm va hayotni tashqariga bergan zahobga ehtimol yoʻqdir.

Ha, qorning (me'dang) uyingdan; jilding koʻylagingdan va quvva-i hofizang sening kitobingdan naqsh va intizom jihatidan yanada yuksak va yanada gʻaribdir. Shunga binoan, olami malakut olami shahodatdan, olami gʻayb dunyo va oxiratdan yanada oliy va yanada yuksakdir. Afsuski, nafsi ammora havo-i nafs bilan qaragani uchun, zohirni hayotli, unsiyatli bir parda kabi, mayyit va zulmatli va vahshatli deb oʻylagan botin ustiga toʻshalganini koʻradi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sening yuzing, vajhing shu qadar kichilkigi bilan barobar, oʻtgan va keladigan butun insonlarning adadicha oʻzini ulardan ayirgan va ta'rif etgan nishon va alomatlarni ichiga olgani kabi, yuzingni tashkil etgan asos va arkonida ham butun insonlar ittifoqdadir. Butun insonlarda biri tavofuq, boshqasi taxoluf boʻlib, ikki jihat bor. Taxoluf jihati Sone'ning muxtor boʻlganiga, tavofuq jihati esa Sone'ning Vohidi Ahad boʻlganiga dalolat etadilar. Bu ikki jihatning bir Qosidning qasdi bilan, bir Muxtorning ixtiyori bilan, bir Muridning irodasi bilan, bir Alimning ilmi bilan boʻlmaganini oʻylash, maholotning eng ajibidir. Fasubhanalloh! Yuzning u kichik sahifasida qanday gʻayri mutanohiy nishonlar darj etilgandirki, koʻz bilan oʻqiladi-yu, nazar bilan, ya'ni aql bilan koʻrinmaydi.

— 130 —

Inson navida shu taxoluf bilan barobar bugʻdoy, uzum, ari, chumoli navlaridagi tavofuq, koʻr tasodifning ishi emasligi quyosh kabi oshkoradir. Modomiki kasratning bunday uzoq, inja, keng ahvol va atvorida ham tasodifning mudohalasiga imkon yoʻq. Va tasodifning qoʻlidan mahfuzdir. Va faqat bir Hakimning qasdi va bir Muxtorning ixtiyori va Sami', Basir bir Muridning irodasining doira-i tasarrufidadir.

"Tasodif, shirk va tabiat"dan tashakkul etgan fasod boʻlimining olami Islomdan nafiy va ixrojiga, Risola-i Nur tomonidan berilgan qaror ijro etilgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shayton ilqo etgan vasvasalardan biri:

"Hoy, shu qoʻy yoki sigir, agar Qodir va Alimi Azaliyning naqshi, mulki boʻlgan boʻlsa edi; bu qadar miskin bechora boʻlmasdilar. Agar botinlarida, ichlarida Alim, Qodir, Murid bir Sone'ning qalami ishlagan boʻlsaydi, bu qadar johil, yetim, miskin boʻlmasdilar." degan va jinniy shaytonlarga ustoz boʻlgan ey shaytoni insiy! Janobi Haq hamma narsaga loyigʻini beradi va gʻoyaga koʻra beradi. Agar a'tosi, in'omi bu qoidadan xorij boʻlsa edi, sening eshagingning qulogʻi sendan va sening ustozlaringdan yanada aqlli, yanada alim boʻlishi lozim boʻlardi. Va sening barmogʻing ichida sening shuur va iqtidoringdan yanada koʻp bir shuur, bir iqtidor yaratardi. Demak, hamma narsaning bir haddi bor. U narsa oʻsha had bilan muqayyaddir.

Qadar hamma narsaga bir miqdor va u miqdorga koʻra bir qolip bergan. Fayyozi Mutlaqdan olgan fayziga boʻlgan qobiliyati u qolipga koʻradir. Ma'lumki, dohildan xorijga sizilgan juzi ixtiyoriy mezoni bilan, ehtiyoj darajasi bilan, qobiliyatning muso'adasi bilan hokimiyati asmoning nizom va taqobuli bilan fayz olinishi mumkin. Shu bilan barobar, shamsning azamatini bir pufakchada qidirish, aqlli boʻlgan insonning ishi emas.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson, hikmat bilan yaratilgan bir masnu'dir. Va Sone'ning gʻoyat hakim ekaniga, qilgan vuzuhi dalolati bilan xuddi mujassam bir hikmati naqqoshadir. Tajassud etgan bir ilmi muxtordir. Injimod etgan bir qudrati basira boʻlgani kabi, shunday bir fe'lning maxsulidirki, iste'dodi iroda qilgan narsani oʻziga beradi. Shunday bir in'om va ehsonning kasifidirki, butun hojotiga voqifdir. Shunday bir qadarning tarsim etgan bir suratidirki, tuzilishiga lozim va munosib narsalarni biladi. Bu ma'lumot bilan hamma narsaning moliki boʻlgan Malikidan qanday tagʻoful etadi; va butun jinoyatlarini bilgan, hojotini koʻrgan, dod-faryodlarini eshitgan Sami', Basir, Alim, Mujib boʻlib ustida bir Roqibning boʻlmasligi qanday tavahhum etilishi mumkin?

Ey nafsi ammora! Nima uchun oʻzingni xorij tavahhum etyapsan? Agar avomirga imtisol doirasidan chiqsang, yo hammaning oyogʻini oʻpadigandek muro'at va ehtirom etishga majbur boʻlasan. Yoki ahamiyat bermasdan "Zolimi Alalkull" boʻlasan. Bu yuk ogʻirdir, tashiy olmaysan. Eng yaxshisi, ajnabiy boʻlgan shirkni tark bilan mulkullohning doirasiga kirginki, rohatlanasan. Aks holda, safinaga minib yukini orqasiga olgan ablah odam kabi boʻlasan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir insonni yaratgan Xoliqning, olamni mushtamiloti bilan barobar yaratishida bir bu'd, bir gʻarobat yoʻq. Zero bir insonning yaratilishi, ichida boʻlgan ashyoning yaratilishidan iborat boʻlgani kabi, olamning ham yaratilishi mushtamilotining yaratilishidan iboratdir. Va shuningdek, inson olamga bir anmuzaj va kichik bir mundarijadir. Chunki qovunning xoliqi, urugʻining xoliqidan boshqasi boʻlishi mumtani'dir.

— 131 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sening iqtidoring qisqa, baqoing oz, hayoting mahdud, umringning kunlari ma'dud va hamma narsang foniydir. Shunday ekan, shu qisqa, foniy umringni foniy narsalarga sarf etmaginki, foniy boʻlmasin. Boqiy narsalarga sarf etginki, boqiy qolsin.

Ha, yashagan umringda dunyoda koʻradigan istifodang faqat yuz yil boʻladi. Bu yuz yil umringni yuz dona xurmo urugʻi deb faraz qilaylik. Bu urugʻlar isqo etilib muhofaza qilinsa, ila-mashaalloh samara beradigan yuz dona daraxt boʻladi. Aks holda otashga otib yoqishdan boshqa bir istifodani ta'min etmaydi. Shuning kabi, sening u yuz yillik umring ham shariat suvi bilan isqo va oxiratga sarf qilinsa, olami baqoda ilalabad samaralaridan istifoda qilasan. Shunga binoan, samarador yuz dona xurmo daraxtini tark va yuz dona urugʻlariga qanoat bilan aldansa, u odam Xutomaga (jahannamga) hatob boʻlishga loyiqdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Avhom, shubahot, zalolatning mansha' va maxzanlaridan biri: Nafs oʻzini qadar va sifoti Ilohiyaning tajalliyot doirasidan xorij deb oʻylaydi. Soʻngra tajalliyotga mazhar boʻlganlardan birisining mavqeyida oʻzini faraz qiladi. Unda fano boʻladi. Soʻngra boshlaydi ba'zi ta'villar bilan u narsani ham Allohning mulkidan, tasarrufidan chiqartiradi. Oʻzi kirgan shirki xofiyga kiritadi. Va shirki xofiydan olgan ba'zi hollarni u ma'sumga ham aks ettiradi.

Xulosa: Nafsi ammora, tuyaqush kabi zarariga boʻlgan narsani foydasiga deb oʻylaydi. Yoki sofistaiy kabi munoqasha etganlaridirki, vakillari bir-birini rad qiladi. Ta'aruz, tasaqut navidan: "Hech birisi haq emas" deya hukm qiladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Gʻofil nafs oxiratni dunyo bilan yonma-yon va dunyo bilan bogʻliq bir manzil deb oʻylaydi. Bu e'tibor bilan, nafsning qoʻlida ikki qurol bor. Dunyoning zavol va fanosining alamidan qutulish uchun oxiratni oʻylash bilan umidvor boʻladi. Oxirat uchun lozim boʻlgan a'mol zahmatiga kelganda, gʻaflat yoki tagʻoful bilan undan ham oʻzini qutqaradi. Oʻlganlarning hayotda emasliklarini oʻylamaydi. Faqat safarga ketganlar kabi, koʻrinmayotgan boʻlsalar ham, hayotdalar, deya oʻylaydi. Va oʻlimga unchalik ahamiyat bermaydi. Ba'zi dunyoviy ishlarini abadiylashtirish uchun shunday bir dasisasi ham borki: "Matlublarimning dunyoda samaralari boʻlmasa ham, asoslari oxirat bilan muttasil va oxiratda foydalari bor" deya mutasalli boʻladi. Masalan: Ilm kabi, "Dunyoda manfaati boʻlmasa ham, oxiratda foydasi bor" deya yaxshi jihatni koʻrsatish bilan, yomon jihatni ostida yuttiradi.

Xulosa: Nafs tuyaqush kabidir. Shayton sofistaiy, havo esa Bektoshidir.

— 132 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Narsalarning yaratilishi haqida "mujiba-i kulliya" sodiq boʻlmagan taqdirda "saliba-i kulliya" sodiq boʻladi. Ya'ni, yo butun ashyoning xoliqi Allohdir yoki Alloh hech bir narsaning xoliqi emas. Chunki ashyoning orasida muntazam tasonud bilan ijod va yaratish, tajazzini qabul etmas bir kulldir, baziyat yoʻqdir. Yo mujiba-i kulliya boʻladi yoki saliba-i kulliya boʻladi. Boshqa ehtimol yoʻq. Hamma narsada illatning adamini tavahhum etgan vahmning vahi hukmida bir qiymat yoʻq. Shunga binoan, adno bir narsada Xoliqiyat asari koʻringan zamon, butun ashyoda tahaqquq etadi.

Va shuningdek, Xoliq yo birdir yoki gʻayri mutanohiydir, avsat yoʻq. Zero Sone' vohidi haqiqiy boʻlmasa, kasiri haqiqiy boʻladi. Kasiri haqiqiy esa, gʻayri mutanohiydir.

Shu bilan barobar, nurni nashr etganning nursiz, ijod etganning vujudsiz, ijob ettirganning vujubsiz boʻlishi maholdir.

Va shuningdek, ilm sifatini ehson etganning ilmsiz, shuurni ehson etganning shuursiz, ixtiyorni berganning ixtiyorsiz, irodani berganning irodasiz, komil narsalarning sone'i gʻayri komil boʻlganini talaqqiy etish maholdir.

Va shuningdek, ayni tarsim, basarni tasvir va nazarni tanvir etganning basarsiz ekanini oʻylash, faqat basar va basiratdan mahrum boʻlgan odamning ishidir. Shu bilan barobar, masnu'dagi kamolot, tamoman Sone'dagi kamoldan oqqan bir fayzdir. Faqat qushlardan yolgʻiz chivinni koʻrgan, tanigan bir mikrob, burgutni koʻrgan vaqti "Bu qush emas." deydi. Chunki chivindagi narsalar unda yoʻq.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Nafsi notiqaning eng yuksak matlubi davom va baqodir. Hatto vahmiy bir davom bilan oʻzini aldamasa, hech bir lazzat ololmaydi. Shunday ekan, ey davomni istagan nafs! Doimiy bir Zotning zikrida davom aylaginki, davom etasan. Undan nur olginki, soʻnmaysan. Uning javhariga sadaf va zarf boʻlginki, qiymatli boʻlasan. Uning nasimi zikriga badan boʻlginki, hayotdor boʻlasan. Asmo-i Ilohiyadan birisining nurli arqoniga tamassuk etki, adam daryosiga tushmaysan.

Ey nafs! Seni tutib yiqilishdan muhofaza etgan Zoti Qayyumga tayan. Sening mavjudiyatingning toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz parchasi Uning zimmasidadir. Sening qoʻlingda yolgʻiz bir parcha qoladi. Eng yaxshisi u parchani ham Uning xazinasiga otginki, rohatlanasan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sen oʻz vujudingni yaratishga qodir emassan. Va qoʻling uni ijod etishdan qasirdir. Boshqalar ham u ishdan ojiz va qasirdirlar. Istasang, tarjiba qil, koʻraylik. Shajara-i kalimot deyilgan bir lisonni yoki muxobarot va azvoq markazi oʻlaroq bir ogʻizni yarat. Albatta, yaratolmaysan.

Shunday ekan, Allohga shirk keltirma!

﴿ اِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظ۪يمٌ ﴾
— 133 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shu koʻringan olam, Ilohiy bir doʻkon va bir mahzandir. Ichida anvo'an turli-tuman mansujot gazlamalar, ma'kulot ovqatlar, mashrubot sharbatlar bor. Bir qismi kasif, bir qismi latif, bir qismi zoil, bir qismi doimiy, bir qismi qattiq bir oʻzak, bir qismi mayi' va hokazo har xil mavjud. Lekin bir qismi ijodiy bir nasjdir. Bir qismi ham tajalliyotga bir naqshdir. Falosifaning dalolaticha, ijod bilan naqsh birdir. Va u doʻkon sohibi ham mujibi bizzotdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Anoniyatdan nash'at etgan shirki xofiy qattiqlashgan zamon, sabablar shirkiga inqilob etadi. Bu ham davom etsa, kufrga tahavvul etadi. Bu ham davom etsa, ta'tilga, ya'ni haqsizlikka injiror etadi. Al'iyazu billah!..

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning xilqatidan maqsad, maxfiy xazina-i Ilohiyani kashf bilan koʻrsatish va Qodiri Azaliyga bir burhon, bir dalil, bir ma'kasi nuroniy boʻlish bilan jamoli azaliyning tajalliysi uchun shaffof bir mir'at, bir oyna boʻlishdir. Haqiqatdan, samovot, arz va jibal hamldan ojiz qolgan omonatni inson haml etish jihati bilan jilolangan, jilvalangan bir shaklga kirgandir. Chunki u omonatning mazmunlaridan biri ham insonning sifoti Ilohiyani fahm etish uchun bir vohidi qiyosiy vazifasini bajarishdir. Insonning xilqatidan maqsad bu kabi narsalar boʻlgani holda, qismi aksariysi parda boʻlishadi, toʻsiq boʻlishadi. Vazifasi fath va ochish ekan, yopadi, bogʻlaydi. Ziyo va nurni nashr ekan, soʻndiradi. Allohni tavhid etish oʻrniga shirk keltiradi. Va shuningdek, nuri iymon bilan Allohga qarab mulkni unga taslim qilish bilan -e'tiqodan- mukallaf ekan, "Ana" rasadi bilan xalqqa qarab Allohning mulkini ularga taqsim etadi. Haqiqatdan

اِنَّ الْاِنْسَانَ لَظَلُومٌ جَهُولٌ
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ey nafs! Agar taqvo va amali solih bilan Xoliqingni rozi qilgan boʻlsang, xalqning rizosini tahsilga luzum yoʻq; u kifoyadir. Agar xalq ham Allohning hisobiga rizo va muhabbat koʻrsatsalar, yaxshi. Agar ularniki dunyo hisobiga boʻlsa, qiymati yoʻq. Chunki ular ham sen kabi ojiz qullardir. Shu bilan barobar, ikkinchi shiqni ta'qib etishda shirki xofiy boʻlgani kabi, tahsili ham mumkin emas. Ha, bir maqsad uchun sultonga murojaat qilgan odam, sultonni irzo etgan boʻlsa, u ish bajariladi. Etmagan boʻlsa, xalqning iltimosi bilan koʻp zahmat boʻladi. Shunday boʻlish bilan barobar, yana sultonning izni lozim. Izni ham rizosiga mutavaqqifdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Vojib-ul Vujud zotida, mohiyatida mumkinga oʻxshamagani kabi, af'olida ham oʻxshamaydi. Chunki Vojib-ul Vujudning qudratiga nisbatan yaqin-uzoq, oz-koʻp, kichik-katta, fard-nav, juz-kull oralarida farq yoʻq. Va shuningdek, uning fe'lida bizzot mubosharat yoʻq. Faqat mumkinning qudrati bu daraja emas. Shuning uchun, nafs Vojib-ul Vujudning af'olini fe'llariga oʻxshatolmaydi. Haqiqatini fahmlashda aql mutahayyir qoladi. Fe'lni foilsiz deb oʻylaydi.

— 134 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Arslon kabi hayvonlarning tish va panjalariga qaralsa, gʻajish va parchalash uchun yaratilganliklari tushuniladi. Va qovunning, masalan, latofatiga diqqat qilinsa, yeyish uchun yaratilgani his qilinadi. Shuning kabi, insonning ham iste'dodiga qaralsa, vazifa-i fitriyasining ubudiyat ekani anglashilgani kabi; ruhoniy ulviyatiga va abadiyatga boʻlgan daraja-i ishtiyoqiga ham diqqat qilinsa, eng avval inson bu olamdan yanada latif bir olamda ruhan yaratilgan-u, tajhizot olish uchun muvaqqatan bu olamga yuborilganligi anglashiladi.

Va shuningdek, inson xilqat samarasi boʻlganidan anglashiladiki: Insonlardan bir urugʻ borki, Janobi Haq shajara-i xilqatni u urugʻdan oʻstirgandir. U urugʻ ham faqat va faqat butun ahli kamolning va balki navi basharning nisfining ittifoqi bilan afzal-ul xalq, sayyid-ul anom Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qora va oq naqshlar bilan naqshli bir salla bilan kura-i arzning boshini oʻragan samovot va arzning nozim va xoliqi boʻlgan Allohning Uluhiyatiga loyiqmiki, olamning ba'zi safahotini miskin bir mumkinga tavdi' va tafviz etsin. Arshning sohibidan ma'ada, arshning ostidagi narsalarga bizzot tasarruf etgan imkon doirasida biron kishi bormi! Kallo. Chunki u qudrat qisqa va qasir emas, muhit bir qudrat boʻlganidan, ochiq bir yer, bir tuynuk qolmaydiki, gʻayr mudohala etsin. Shu bilan barobar, jabarutiyat va istiqloliyatning izzati va oʻzini sevdirish va tanittirish muhabbati, gʻayrga muso'ada etmaydiki, orada ibodullohning anzorini oʻziga jalb etgan ismiy bir vosita boʻlsin. Shu bilan barobar, kull bilan juzda, nav bilan fardda qilingan tasarrufot, bir-birining ichida mutadohil va yakdigariga mutasonid boʻlganidan, u tasarruflarni boshqa-boshqa foillarga berish mumkin emas. Masalan: Olamning nizom, intizom va tasarrufida arzning tadbiri dohildir. Arzning tadbirida insonning ham tadbiri dohildir. Va ayni zamonda bu tasarrufot qilinarkan, boshqa navlarning ham shuunotiga qaraladi. Va hujayroti badaniya bilan zarrot ham yaratilyapti. Va hokazo, butun bu tasarrufot butun safahotga ayni qudrat bilan qilinadi. Qandayki shamsning nuridan qatra va pufakchalarga borgunga qadar hech bir narsa xorij qolmaydi. Butun ashyo u nur bilan tanavvur etadi.

Shuning kabi, butun tasarrufot qudrati azaliyaga oiddir. Boshqa bir narsaning mudohalasi yoʻq. Kuradan zarraga borgunga qadar u qudratning tasarrufidan xorij emas.

Xulosa: Arining miyasini, mikrobning koʻzini tanzim etgan zot, sening af'ol va a'molingni e'tiborsiz, oʻz holicha, hisobsiz, kitobsiz qoldirmasdan "Imomi Mubin"da yozadi. Unga koʻra muhosabang boʻladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Har bir masnu'da, har bir zarrada koʻringan tasarrufi mutlaq, qudrati muhita va hikmati basiraning dalolat va shahodatlari bilan sobitki, butun ashyoning Sone'i vohiddir, sherigi yoʻq. Na qudratida inqisom bor, na iqtidor va ixtiyorida tajazzi bor. Shunga binoan, Sone' faqat Vojib-ul Vujud boʻladiki, qadarning mezoni bilan yurgan qudratiga bir nihoyat yoʻq.

— 135 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Chivin, oʻrgimchak, burga kabi kichik hayvonlar fil, qoʻtos, tuya kabi katta hayvonlardan yanada aqlli, xilqat jihatidan yanada chiroyli, san'at jihatidan yanada mukammal boʻlganlari holda, bularning umri qisqa, ularniki uzun, bularning zohiran manfaatlari yoʻq, ularniki bor. Xullas, bu hol, xilqati ashyoda Sone'ning qiyinchiligi boʻlmaganiga va hamma narsaning vujudga kelishi faqat "Kun" amri bilan boʻlganiga bahir bir burhondir.

﴿ يَفْعَلُ اللّٰهُ مَا يَشَٓاءُ ٭ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾
I'lam Ayyuhal-Aziz!
﴿ وَ اللّٰهُ مِنْ وَرَٓائِهِمْ مُح۪يطٌ ﴾

Ha, Alloh ilmi, irodasi, qudrati va boshqa sifati bilan muhitdir. Doira-i ihotasidan xorij bir narsa yoʻqdir. Faqat inson juz'iy va qisqa zehni bilan Allohning azamatiga va shamsning atrofida sayyorotni tadvir etganiga qararkan, masalan ari kabi kichik hayvonlar bilan ishtigʻol etishini uzoq koʻradi. Chunki Vojib-ul Vujudni mumkinga qiyos etadi. Holbuki bu qiyosga koʻra kichik hayvonlarga katta bir zulm boʻladi. Chunki ular ham

﴿ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾

qoziyasiga koʻra Xoliqlarini tasbeh etish bilan, Allohdan ma'ada hech kimni Rob deb tanimaydilar. Shunga binoan, kattaning kichikka takabbur etishga haqqi yoʻq.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Umumiy in'om bilan inoyati shaxsiya orasida munafat yoʻq. Masalan: Bir ziyofatga qilingan umumiy bir da'vat ostida shaxslar ham da'vat qilingan boʻladi. Ya'ni, bu ziyofat umumiyligidan, da'vat umumiyatda qoladi, shaxslar nazarga olinmaydi, deyilmaydi. Shunga binoan, Allohning ne'matlari vaqf moli yoki daryo suvi kabi umumiy boʻlib, in'omida shaxslar qasd qilinmagan emas. Faqat u umumiyatda xususiyat ham maqsuddir. Shunga binoan, ashxas u umumiy in'omda qasd qilinmaganlaridan, u ne'matlarga qarshi shukr qilishga mukallaf emasliklariga zahob etish xatodir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ertaga seni zillat va razolatlarga ma'ruz qoldirish bilan tark qiladigan dunyoning safohatini bugun kamoli izzat va sharaf bilan tark qilsang, juda aziz va yuksak boʻlasan. Chunki u seni tark qilishdan avval sen uni tark qilsang, xayrini olib, sharridan qutulasan. Faqat vaziyat ma'kusa boʻlsa, qoziya ham ma'kusa boʻladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Fisq balchigʻi bilan mulavvas boʻlgan madaniyat, insonlarni ham u balchiq bilan talvis etadi. Azjumla: Riyoni shon va sharaf bilan iltibos etgan. Insonlarni ham u qabih axloqqa boshlaydi. Haqiqatdan, insonlar u riyoga shunday oʻrganishganki, shaxslarga qilganlari kabi, millatlarga, hatto unsurlarga ham qiladilar. Gazetalarni u riyoga dallol, tarixlarni ham olqishchi qilganlar. Shu tufayli shaxsiy hayotlar "hamiyati johiliya" unvoni ostida unsuriy hayotlarga fido qilinmoqda.

— 136 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) isbot qilgan dalillardan biri ham tavhiddir. Ha, marotibi bilan tavhid bayrogʻini koinotning eng ustki tepasi ustiga oʻrnatgan va anzori olamga qarshi maqomlari bilan barobar tavhidga dallollik etgan va anbiyo mujmal qoldirgan haqoiqni tafsiloti bilan bayon etgan va izohlagan faqat va faqat Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Shunga binoan, tavhidning haqiqat va quvvati nisbatida nubuvvati Ahmadiya (S.A.V.) haq va haqiqatdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sathi olamda barpo qilingan shu sirgayi Ilohiyda tashhir etilgan tazyinotga, kamolotga, goʻzal manzaralarga va rububiyatning hashmati bilan uluhiyatning azamatiga bir mushohid, bir mutanazzih, bir mutahayyir, bir mutafakkir lozimki, u goʻzalliklarni koʻrsin; u manzaralar orasida tanazzuh etsin; u horiqo naqshlarga, ziynatlarga tafakkur bilan hayron boʻlsin. Soʻngra u koʻrgazmadan Sone'ining jaloliga, Molikining iqtidor va kamolotiga intiqol bilan Uning azamatiga sajda-i hayrat etsin. Bu vazifani ifo etadigan insondir. Chunki inson garchi johil, zulmatli bir narsadir, ammo shunday bir iste'dodi borki, olamga bir anmuzaj va bir namuna boʻlishga layoqati bor. Ham u insonda shunday bir omonat vadi'a qoldirilganki, u bilan yashirin dafinani topadi, ochadi. Ham u insondagi quvvatlar tahdid etilmasdan mutlaq qoldirilgan. Bunga binoan, kulliy bir navi shuur sohibi boʻladiki, Sultoni Azaliyning azamat va hashmatining dabdabasini idrok etadi.

Ha, ma'shuqning husni oshiqning nazarini istilzom etgani kabi, Naqqoshi Azaliyning rububiyati ham insonning nazarini iqtizo etadiki, hayrat va tafakkur bilan taqdir va tahsinlarda boʻlsin.

Ha, gul va chehaklarning yuzlarini goʻzallashtirgan zot, qanday qilib u goʻzal yuzlarga arilardan, bulbullardan istehson oshiqlarini ijod etmasin. Va goʻzallarning goʻzal yuzlarida goʻzallikni yaratgan, albatta u goʻzallikka mushtoqlarni ham yaratadi.

Shuning kabi, bu olamni shuncha ziynatlar bilan, naqshlar bilan tazyin etgan Malik-ul Mulk, albatta va albatta u horiqo, antiqa, moʻ'jiza manzaralarni, ziynatlarni tomoshabinlardan, mushohidlardan, oshiq va mushtoqlardan, orif dallollardan boʻsh qoldirmaydi. Xullas, jome'iyati sababli insoni komil olamlarning yaratilishiga illa-i gʻoya boʻlgani kabi, xalqi koinotga(koinotning yaratilishiga ham samara va natija boʻlgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ashyo orasidagi tavofuq, Sone'ning Vohid, Ahad ekaniga dalolat etgani kabi, oralarida boʻlgan muntazam taxoluf ham Sone'ning Muxtor va Hakim boʻlganiga shahodat qiladi. Masalan: Hayvonlarning, xususan insonlarning asos a'zolaridagi tavofuq, xususan juft a'zolardagi tamasul, Xoliqning vahdatiga burhon boʻlgani kabi, holatlar va shakllardagi taxoluf ham Xoliqning ixtiyor va hikmatiga dalolat qiladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Maxluqotning eng zolimi insondir. Inson, oʻz nafsiga boʻlgan shiddati muhabbat sababli oʻziga xizmati va manfaati boʻlgan narsalarni ham sevadi, ham qiymat beradi. Samarasidan istifoda koʻrgan narsalariga abd va qul boʻladi. Aks holda na sevadi va na qiymat beradi. Va shuningdek, hayotning ijodida illa-i gʻoyaning yolgʻiz hayot boʻlganini biladi. Janobi Haq ijod etgan "hayy"larda maqsad ittihoz etgan minglarcha hikmatlaridan xabari yoʻq. Ajabo, imkon va ehtimoldan xorijmiki, olamda koʻringan shu ashyo-i horiqo yanada gʻarib, yanada horiqo va yanada moʻ'jiza malakutiy, barzohiy, misoliy narsalarga ba'zi namuna va ba'zi asoslar boʻlmasin?

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haq koinotni tashkil etgan zarrotni shariati fitriyasiga musahhar va mute' va avomiri takviniyasiga ham munqad va mumassil qilgan. Bir ari "Kun" amriga imtisolan matlub bir shaklga kirgani kabi, har bir hayvon ham ayni amrga imtisolan iroda etilgan vaziyatlarga kiradi.

— 137 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shams, qamar, yulduz, arz kabi ajromni qabzasida tutgan qudrat u ajromni shunday bir suhulat bilan tanzim etganki, tarqalgan tasbeh donalarini ipga tizgan odam kabi, na bir ajz koʻrgan va na boshqasining yordamiga ehtiyoj boʻlgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir qatra suv bir dengiz suvi bilan muttahiddir. Chunki ikkisi ham suvdir. Daryo suvi bilan ham muttahiddir. Chunki ikkisining ham mansha'lari samodir. Va shuningdek, bir kichik baliq kit baligʻi bilan muttahiddir. Chunki unvonlari bir. Shuning kabi, asmo-i Ilohiyadan bir hujayraga yoki bir mikrobga tajalliy etgan bir ism koinotni ihota etgan ism bilan muttahiddir. Chunki musammolari bir. Masalan: Butun koinotga taalluq va tajalliy etgan Alim ismi bilan bir zarraga taalluq etgan Xoliq ismi musammoda muttahiddir. Xurmo daraxtiga taalluq etgan Musavvir ismi bilan ham, samarasiga taalluq va tajalliy etgan Munshi ismi musammoda muttahiddir. Zotan eng katta narsaga tajalliy etgan ism bilan eng kichik bir narsaga tajalliy etmasligi maholdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Mumkin unvoni ostidagi ashyoning vujudida tagʻayyur bor. Ya'ni vaziyatlari, hollari oʻzgaradi. Shunga binoan, mumkin boʻlgan bir narsaning doimo bir holda tavaqquf va sukut etish bilan atolatda qolishi, u narsaning ahvol va holatlari uchun bir navi adamdir. Chunki u narsaning istiqbol hollari adamda qoladi, yoʻl topib vujudga kelolmaydi. Adam esa katta bir alam va bir sharri mahzdir. Shunga binoan, faoliyatda lazzat boʻlgani kabi, ahvol va shuunotda ham bir tabaddul boʻlib, bu tahavvul va tabadduldan nash'at etgan taassurot, taallumot, bir jihatdan xunuk boʻlsa ham, bir necha jihatdan ham goʻzaldir. Ha, bir narsaning shakllarida sodir boʻlgan davr va taslim vaqtida ketganlar mutaassir, kelganlar ham mamnun boʻlishadi. Va bu soyada hayot tasaffi etadi, tozalanadi. Vujud ham tajaddud etadi.