Masnaviy-i Nuriya
— 86 —

HABBA

(Jannati Qur'oniyaning samarotidan bir samara ixtivo etgan)
حَبَّه م۪ى گُويَدْ
مَنْ شَاخِ دِرَخْتَمْ پُرْ اَزْ مَيْوَهٔ‌ِ تَوْح۪يدْ يَكْ شَبْنَمَمْ اَزْ يَمْ پُرْ اَزْ لُؤْلُؤِ تَمْج۪يدْ
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى د۪ينِ الْاِسْلَامِ وَ كَمَالِ الْا۪يمَانِ وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلٰى مُحَمَّدٍ الَّذ۪ى هُوَ مَرْكَزُ دَائِرَةِ الْاِسْلَامِ وَ مَنْبَعُ اَنْوَارِ الْا۪يمَانِ وَعَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ مَا دَامَ الْمَلَوَانِ وَمَا دَارَ الْقَمَرَانِ
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shu koʻrganing katta olamga katta bir kitob nazari bilan qaralsa, Nuri Muhammadiy (S.A.V.) u kitob kotibining qalamining siyohidir. Agar u olami kabir bir shajara deb taxayyul etilsa, Nuri Muhammadiy ham urugʻi, ham samarasi boʻladi. Agar dunyo mujassam bir zihayot deb faraz qilinsa, u nur uning ruhi boʻladi. Agar katta bir inson deb tasavvur qilinsa, u nur uning aqli boʻladi. Agar juda goʻzal koʻz qamashtiradigan bir jannat boʻstoni deb taxayyul etilsa, Nuri Muhammadiy uning andalibi boʻladi. Agar juda katta bir saroy deb faraz qilinsa, Nuri Muhammadiy u Sultoni Azaliyning maqarri saltanat va hashmati va tajalliyoti jamoliyasi bilan osori san'atini ichiga olgan u yuksak saroyga nazir va munadiy va tashrifotchi boʻladi. Butun insonlarni da'vat qiladi. U saroyda boʻlgan butun antiqa san'atlarni, horiqolarni va moʻ'jizalarni ta'rif qiladi. Xalqni u saroy sohibiga, sone'iga iymon keltirish maqsadida jozibador, hayrat-afzo da'vat qiladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Xilqat shajarasining samarasi insondir. Ma'lumdirki, samara butun ajzoning eng akmali va ildizdan eng uzogʻi boʻlgani uchun, butun ajzoning xususiyatlarini, maziyatlarini ichiga olgan. Va shuningdek, xilqati olamning illa-i gʻoya hukmida boʻlgan urugʻi yana insondir.

Soʻngra, u shajaraning samarasi boʻlgan insondan bir donasini shajara-i Islomiyatga urugʻ ittihoz etgan. Demak, u urugʻ olami Islomiyatning ham baniysidir, ham asosidir, ham quyoshidir. Faqat u urugʻning urugʻi qalbdir. Qalbning ehtiyojot soiqasi bilan olamning anvo'i bilan, ajzosi bilan juda koʻp aloqalari bor. Asmo-i husnaning butun nurlariga ehtiyojlari bor. Dunyoni toʻldiradigan darajada qalbning ham umidlari, hamda dushmanlari bordir. Faqat, Gʻaniyyi Mutlaq va Hofizi Haqiqiy bilan itminon etishi mumkin.

Va shuningdek, u qalbning shunday bir qobiliyati bordirki, bir xarita yoki bir mundarija kabi, butun olamni tamsil etadi. Va Vohidi Ahaddan boshqa markazida bir narsani qabul qilmaydi. Abadiy, sarmadiy bir baqodan ma'ada bir narsaga rozi boʻlmaydi.

Insonning urugʻi boʻlgan qalb, ubudiyat va ixlos ostida Islomiyat bilan isqo etilish bilan iymon bilan intibohga kelsa, nuroniy, misoliy olami amrdan kelgan amr bilan shunday bir shajara-i nuroniy boʻlib koʻkaradiki; uning jismoniy olamiga ruh boʻladi. Agar oʻsha qalb urugʻi bunday bir tarbiya koʻrmasa, quruq bir urugʻ holida qolib, nurga inqilob etguncha otash bilan yonishi lozim.

Va shuningdek, u habba-i qalb uchun juda koʻp xizmatchi borki, u xodimlar qalbning hayoti bilan hayot topib inbisot etsalar, ulkan koinot ular uchun tanazzuh va sayrongoh boʻladi. Hatto qalbning xodimlaridan boʻlgan xayol -masalan- eng zaif, eng qiymatsiz ekan, hibsda va zindonda boʻlgan sohibini butun dunyoda kezdiradi, sevintiradi. Va sharqda namoz oʻqiganning boshini Hajar-ul Asvadning ostiga qoʻydiradi. Va shahodatlarini Hajar-ul Asvadga muhofaza uchun tavdi' ettiradi.

Modomiki bani Odam koinotning samarasidir. Qandayki, bir xirmonda boshoqlar yanchiladi; tasfiya natijasida samaralar istibqo va iddixor etiladi. Shunga binoan, hashr maydoni ham bir xirmondir. Koinotning boshoq va samarasi boʻlgan bani Odamni intizor etyapti.

— 87 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shu koʻringan umumiy olamda har insonning xususiy bir olami bor. Bu xususiy olamlar umumiy olamning aynidir. Yolgʻiz umumiy olamning markazi shamsdir. Xususiy olamlarning markazi esa shaxsdir. Har xususiy olamning kalitlari u olamning sohibida boʻlib, latoifi bilan bogʻliqdir. U shaxsiy olamlarning safvati, husni va qubhi, ziyosi va zulmati, markazlari boʻlgan ashxasga tobedir. Ha, oynada irtisom etgan bir bogʻ harakat, tagʻayyur va boshqa ahvolida oynaga tobe boʻlgani kabi, har shaxsning olami ham markazi boʻlgan u shaxsga tobedir. Soya va misol kabi.

Shunga binoan, jismingning kichikligiga qarab gunohlaringni kichik deb oʻylama. Chunki qalbning qasovatidan bir zarra sening shaxsiy olamingning butun yulduzlarini kusuf ettiradi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Oʻttiz yildan beri ikki togʻut bilan mujodalam bor. Biri insondadir, boshqasi olamda. Biri "Ana"dir, boshqasi "Tabiat"dir. Birinchi togʻutni gʻayri qasdiy, soyavoriy bir oyna kabi koʻrdim. Faqat u togʻutni qasddan yoki bizzot nazari ahamiyatga olganlar, Namrud va Fir'avn boʻladilar.

Ikkinchi togʻut esa, uni Ilohiy bir san'at, Rahmoniy bir sibgʻat, ya'ni naqshli bir boʻyoq shaklida koʻrdim. Faqat gʻaflat nazari bilan qaralsa, tabiat deb oʻylanadi va moddiyunlarcha bir iloh boʻladi. Shu bilan barobar, u tabiat deb oʻylangan narsa, Ilohiy bir san'atdir. Janobi Haqqa hamd va shukrlar boʻlsinki, Qur'onning fayzi bilan, mazkur mujodalam har ikki togʻutning oʻlimi bilan va har ikki sanamning sinishi bilan natijalandi.

Ha, Nuqta, Qatra, Zarra, Shamma, Habba, Hubob nomli Risolalarimda isbot va izoh qilingani kabi; mavhum boʻlgan tabiat pardasi parchalanib ostida shariati fitriya-i Ilohiya va san'ati shuuriya-i Rahmoniya quyosh kabi oʻrtaga chiqqan. Va shuningdek, fir'avnlikka dalolat qilgan "Ana"dan Sone'-i Zuljalolga roji' boʻlgan "Huva" taboruz etdi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Dunyoda senga oid koʻp amrlar bor. Ammo na mohiyatlaridan va na oqibatlaridan xabaring boʻlmaydi. Biri, jasaddir. Ha, jasading yosh ekan latif, zarif va goʻzal gul chechagiga oʻxshasa ham, keksaligingda quruq va uvushib qolgan qish chechagiga oʻxshaydi va tahavvul etadi.

Biri ham, hayot va hayvoniyatdir. Buning ham oxiri oʻlim va zavoldir.

Biri ham insoniyatdir. Bu esa, zavol va baqo orasida mutaraddiddir. Doimi Boqiyning zikri bilan muhofazasi lozim.

Biri ham umr va yashashdir. Buning ham hududi ta'yin etilgan. Na oldinga va na da orqaga bir qadam tashlanmaydi. Buning uchun alam chekma, mahzun boʻlma. Tahammulidan ojiz, toqatidan xorij boʻlganing tuli amal yukini ustingga yuklama!

Biri ham, vujuddir. Vujud zotan sening mulking emas. Uning moliki faqat Malik-ul Mulkdir. Va sendan yanada ziyoda sening vujudingga shafqatlidir. Shunga binoan, Maliki Haqiqiyning doira-i amridan xorij u vujudga qoʻshilgan vaqting zarar bergan boʻlasan. (Umidsizlikni keltirib chiqargan hirs kabi.)

Biri ham balo va musibatlardir. Bular zoildir, davomlari yoʻq. Zavollari oʻylansa, zidlari zehnga keladi, lazzat beradi.

— 88 —

Biri ham, sen bu yerda musofirsan va bu yerdan ham boshqa bir yerga ketasan. Musofir boʻlgan kishi oʻzi bilan barobar keltirolmagan bir narsaga qalbini bogʻlamaydi. Bu manzildan ayrilganing kabi, bu shahardan ham chiqasan. Va shuningdek, bu foniy dunyodan ham chiqasan. Shunday ekan, aziz boʻlib chiqishga harakat qil. Vujudingni Mujidingga fiqo et. Muqobilida katta bir narx olasan. Chunki fido etmaganing taqdirda, yo bodi havo zoil boʻladi, ketadi; yoki Uning moli boʻlganidan yana Unga ruju' etadi.

Agar vujudingga e'timod etsang, adamga tushasan. Chunki faqat vujudning tarki bilan vujud topilishi mimkin. Va shuningdek, vujudingga qiymat berish fikrida boʻlsang, u vujuddan sening qoʻlingda faqat bir nuqta qolishi mumkin. Butun vujuding jihati arbaasi bilan adamlar ichida qoladi. Ammo, u nuqtani ham qoʻldan chiqarsang, vujuding tom ma'nosi bilan nurlar ichida qoladi.

Biri ham dunyoning lazzatlaridir. Bu esa, qismatga bogʻliqdir. Talabida zahmatga tushadi. Va tez qoʻldan ketishi e'tibori bilan aqli boshida boʻlgan ularni qalbiga olib qiymat bermaydi.

Dunyoning oqibati nima boʻlsa boʻlsin, lazoizni tark qilish avlodir. Chunki oqibating yo saodatdir, saodat esa shu foniy lazoizning tarki bilan boʻladi. Yoki shaqovatdir. Oʻlim va i'dom intizorida boʻlgan bir odam, dorning tazyin va bezatilishidan zavq va lazzat olishi mumkinmi? Dunyosining oqibatini kufr saiqasi bilan adami mutlaq boʻlganini tavahhum etgan odam uchun ham, tarki lazoiz avlodir. Chunki u lazoizning zavoli bilan sodir boʻlgan xususiy va muqayyad adamlardan adami mutlaqning aliym alamlari har daqiqada his qilinadi. Bu kabi lazzatlar u alamlarga gʻalaba etolmaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Oʻtloqning hududidan oʻtgan qoʻy podasini qaytarish uchun choʻpon otgan toshlarga musab boʻlgan bir qoʻy, lisoni holi bilan: "Biz choʻponning amri ostidamiz. U bizdan koʻproq foydamizni oʻylaydi. Modomiki uning rizosi yoʻqdir, qaytaylik." deya oʻzi qaytadi, poda ham qaytadi.

Ey nafs! Sen u qoʻydan ortiq osiy va zoll emassan. Qadardan senga otilgan bir musibat toshiga ma'ruz qolgan vaqting,

﴿ اِنَّا لِلّٰهِ وَ اِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ ﴾

ayt va Marji-i Haqiqiyga qayt, iymonga kel, mukaddar boʻlma. U seni sendan koʻproq oʻylaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qalbning umuri dunyoviya bilan qasddan mashgʻul boʻlish uchun yaratilmagani shunday tarzda izoh qilinishi mumkin:

Koʻryapmizki, qalb qaysi bir narsaga qoʻl uzatsa, butun quvvati bilan, shiddati bilan u narsaga bogʻlanadi. Katta bir ihtimom bilan qoʻliga oladi, quchoqlaydi. Va abadiy bir davom bilan u bilan barobar qolishni istaydi. Va u haqida tom ma'nosi bilan fano boʻladi. Va eng katta va eng davomli narsalarning orqasidadir, talabidadir. Holbuki umuri dunyoviyadan har qaysi bir amr boʻlsa, qalbning istak va amoliga nazaran bir qil qadardir. Demak, qalb abad-ul abadga mutavajjih ochilgan bir derazadir. Bu foniy dunyoga rozi emas.

— 89 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'on samodan nozil boʻlgandir. Va Uning nuzuli bilan samoviy bir moida va bir dasturxoni Ilohiya ham nozil boʻlgan. Bu dasturxon tabaqoti basharning ishtaha va istifodalariga koʻra ayrilgan safhalarni ichiga olgan. U dasturxonning sathida, yuzida boʻlgan ilk safha tabaqa-i avomga oiddir. Masalan:

﴿ اَنَّ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ كَانَتَا رَتْقًا فَفَتَقْنَاهُمَا ﴾

oyati karimasi basharning birinchi tabaqasiga shu ma'noni ifhom va ifoda etadi:

Samovot ayoz, bulutsiz, yomgʻirni yogʻdiradigan bir qobiliyatda boʻlmagani kabi, arz ham qup-quruq, nabototni yetishtiradigan bir shaklda emasdir. Soʻngra ikkisining ham yopishqoqliklarini izola va fatq etdik. Birisidan suvlar tushishni, boshqasidan nabotot chiqishni boshladi. Mazkur oyat ifoda etgan shu ma'noga dalolat etgan

﴿ وَ جَعَلْنَا مِنَ الْمَٓاءِ كُلَّ شَىْءٍ حَىٍّ ﴾

oyati karimasidir. Chunki hayvoniy va nabotiy boʻlgan hayotlarni muhofaza qilgan gʻidolar faqat arz va samoning izdivojidan tavallud etishi mumkin.

Mazkur oyatning tabaqa-i avomga oid safhasining orqasida shunday bir safha ham bordirki: Nuri Muhammadiyadan (S.A.V.) yaratilgan modda-i a'jiniyadan, sayyorot bilan shamsning u nurning ma'jun va xamiridan infisol ettirilishiga ishoratdir. Bu safhani dalolati bilan tayid etgan

اَوَّلُ مَا خَلَقَ اللّٰهُ نُور۪ى

boʻlgan hadisi sharifidir.

Ikkinchi misol:

﴿ اَفَعَي۪ينَا بِالْخَلْقِ الْاَوَّلِ بَلْ هُمْ ف۪ى لَبْسٍ مِنْ خَلْقٍ جَد۪يدٍ ﴾

boʻlgan oyati karimaning tabaqa-i avomga oid safhasida shu ma'no bor.

"Ular yanada ajib boʻlgan birinchi yaratilishlarini shahodat bilan iqror etganlari holda, yanada ahvan, yanada oson ikkinchi yaratilishlarini uzoq koʻradilar." Shu safhaning orqasida hashr va nashrning juda oson boʻlganini tanvir etgan buyuk bir burhon bor.

Ey hashr va nashrni inkor etgan ahmoq! Umringda necha marta jismingni tabdil etasan. Nahor va oqshom koʻylagingni almashtirganing kabi, har yili bir dafa tamomi bilan jismingni tabdil va tajdid etasan, xabaring bormi? Balki har yili, har kuni jismingdan bir qism narsalar oʻladi, oʻrniga oʻxshashi keladi. Buni hech mulohaza qilolmaysan. Chunki boshing boʻshdir. Agar mulohaza qila olsayding, har vaqt olamda minglarcha namunalari sodir boʻlgan hashr va nashrni inkor etmasding. Shifokorga bor, boshingni davolatgin.

— 90 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Nafsning balohat va hamaqotiga qaraki, bir Robbi Muxtori Hakim tarafidan tarbiya etilganini va u Robbi Hakimning mamluk va masnu'i boʻlganini bilganiga va bu tamalluk va tarbiyaning butun afrod, anvo', ajnosda joriy boʻlish bilan masalaning bir qoida-i kulliya shaklini olganiga va bu fayzning shumulli boʻlish bilan bir navi ijmo' va fe'liy bir tasdiqqa mazhar boʻlganiga nazaran qonun va dastur shaklida boʻlgan hodisaga va kasbi kulliyat etgan qoidaga qarab qanoat va itminon etishi lozim ekan, butun ofoqni jilvalantirgan tajalliyoti asmoni -oʻzi ham u jilvalarda hissador boʻlgani holda- vosita-i tasattur va alomati ihmol deb sanaydi. Goʻyo u nafsdan ustun uning butun ahvolini nazorat etgan hech kim yoʻq. Va oʻzini, qilgan fe'llarida fe'l ichida mustatir "Hu" kabi koʻradi. Tajalliyotning kengligini imtino'ga, kattaligini adamga haml etish bilan shaytonni ham qilgan mugʻolatadan uyaltiradi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Nafs doimo iztiroblar, zahmatlar ichida avhomdan qutulib tavakkalga yaqinlashmaydi. Hukmi Qadarga rozi boʻlmaydi. Holbuki shamsning tulu' va gʻurubi muqaddar boʻlgani kabi, insonning ham bu dunyoda tulu' va gʻurubi va boshqa muqaddaroti, qalami qadar bilan jabhasida yozilgandir. Istasa boshini toshga ursinki, u yozuvlarni oʻchirsin; faqat boshi yoriladi, yozuvlarga bir narsa boʻlmaydi!

Va ayniqsa muhaqqaq bilsinki: Samovot va Arzning xorijiga qochib qutulolmagan inson, Xoliqi Kulli Shayning rububiyatiga muhabbat bilan rizo-doda boʻlishi kerak.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir narsaning sone'i, u narsaning ichida boʻlsa, oralarida tom bir munosabat lozim. Va masnu'otning adadicha sone'larning koʻpayishi lozim. Bu esa mahol. Shunday ekan, sone' masnu' ichida boʻlolmaydi. Masalan: Matbaa bilan taksir etilgan bir kitob, yana bir odamning qalami bilan yoziladi. U kitobning naqshlari, harflari; oʻzidan unib chiqmaydi. Kotib ham u kitobat san'ati ichida emas. Va mutlaqo, intizomdan chiqadi. Shunday ekan, masnu'ning naqshlari oʻzidan emas. Faqat, qudrat qalami bilan qadarning taqdiri ustida yoziladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Aqlning juda gʻarib bir holi bordir. Shunday bir yadi tula sohibidirki, ba'zan koinotni ihota etish bilan quchogʻiga oladi. Ba'zan doira-i imkondan chiqadi, eng yuksak doiralarga mudohalaga harakat qiladi. Ba'zan esa bir qatra suvda boʻgʻiladi, bir zarra ichida yoʻq boʻladi, bir qilda yoʻqoladi. Shu bilan barobar, qaysi narsada fano boʻlsa va yoʻqolsa, butun borligʻi u narsaga munxasir boʻlganini biladi. Va qaysi bir nuqtaga kirsa, butun olamni birgalikda etish istagidadir.

— 91 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Agar dunyoning yoki vujudning mulkiyati, zilliyati senda boʻlsa taahhud, tahaffuz, qoʻrquv qiyinchiliklari bilan ne'matlardan lazzat ololmaysan, doimo notinch boʻlasan. Chunki nuqsonlarni tadorik, mavjudlarni yoʻq boʻlishdan muhofaza bilan doimo avhom, qorquvlar, mashaqqatlarga mahal boʻlasan. Holbuki u ne'matlar Mun'imi Karimning taahhudi ostidadir. Sening ishing uning dasturxoni ehsonidan yeb-ichish bilan shukr qilishdir. Shukrda bir zahmat yoʻq. Aksincha ne'matning lazzatini orttiradi. Chunki shukr, ne'matda in'omni koʻrish deganidir. In'omni koʻrish, ne'matning zavolidan hosil boʻlgan alamni daf qiladi. Zero ne'mat zoil boʻlganidan, Mun'imi Haqiqiy uning oʻrnini boʻsh qoldirmaydi, misli bilan toʻldiradi va tajaddudidan lazzat olasan.

Ha,

﴿ وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ ﴾

boʻlgan oyati karima, hamdning ayni lazzat boʻlganiga dalolat qiladi. Chunki hamd, in'om shajarasini ne'mat samarasida koʻrsatadi. Va bu vasila bilan zavoli ne'matning tasavvuridan hosil boʻlgan alam zoil boʻladi. Chunki shajarada koʻp samara bor, biri ketsa, boshqasi oʻrniga keladi. Demak hamd, ayni lazzatdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ofoqiy ma'lumot, ya'ni xorijdan, uzoqlardan olingan ma'lumot, avhom va vasvasalardan boʻsh boʻlolmaydi. Ammo bizzot vijdoniy bir shuurga mahal boʻlgan anfusiy va dohiliy ma'lumot esa, avhom va ehtimollardan tozadir. Shunga binoan, markazdan muhitga, dohildan xorijga qarash lozim.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Kura-i arzni bir qishloq shakliga solgan shu madaniyati safiha bilan gʻaflat pardasi juda qalinlashgan. Ta'dili buyuk bir himmatga muhtojdir. Va shuningdek, bashariyat ruhidan dunyoga nazir juda koʻp tuynuklar ochgan. Bularning yopilishi faqat Allohning lutfiga mazhar boʻlganlarga muyassar boʻladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir zarra, ulkan shamsni tajalliy bilan, ya'ni in'ikos e'tibori bilan isti'ob etadi, ichiga oladi. Faqat kichkina ikki zarrani bizzot, ya'ni hajmlari e'tibori bilan ichiga ololmaydi. Shunga binoan, yomgʻirning shamsning timsoliga ma'kas boʻlgan qatralari kabi, koinotning zarrot va murakkaboti, ilm va irodaga mustanid qudrati nuroniya-i azaliyaning -tajalliy va in'ikos e'tibori bilan- lam'alariga mazhar boʻla oladilar. Faqat koʻzning ichidagi bir hujayra zarrasi, "a'sob, avrida, sharoyin"da ta'sirlari koʻringan bir qudrat, shuur va irodaga manba boʻlolmaydi. Bu ajib san'at, muntazam naqsh, inja hikmatning iqtizosiga koʻra koinotning har bir zarrasi, har bir murakkaboti uluhiyatga maxsus muhit va mutlaq sifatlarga manba va masdar boʻlishi lozim boʻladi. Yoki u sifatlar bilan muttasif Shamsi Azaliyning tajalliyot lam'alariga ma'kas boʻlishlari lozim.

Birinchi imkonda koinotning zarroti adadicha maholot bordir. Shunga binoan, har bir zarra u ulkan yukning tahammulidan ojiz boʻlganini iqror bilan "Mujid, Xoliq, Rob, Malik, Qayyum faqat Allohdir" deya shahodatini e'lon qiladi. Va shuningdek, har bir zarra, har bir murakkabot muxtalif lison va dalolatlari bilan shu baytni tarannum etadilar:

عِبَارَاتُنَا شَتّٰى وَ حُسْنُكَ وَاحِدٌ وَ كُلٌّ اِلٰى ذَاكَ الْجَمَالِ يُش۪يرُ

Ha, har bir harf oʻz vujudiga bir vajh bilan dalolat qiladi. Ammo kotibining, sone'ining vujudiga koʻp vajhlar bilan dalolat qiladi. Ha...

تَاَمَّلْ سُطُورَ الْكَائِنَاتِ فَاِنَّهَا ٭ مِنَ الْمَلَاِ الْاَعْلٰى اِلَيْكَ رَسَائِلُ
— 92 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shisha, suv, havo, olami misol, ruh, aql, xayol, zamon va boshqalar kabi, tajalli-i timsol akslarga mahal va mazhar boʻlgan koʻp narsalar bor. Moddiyoti kasifaning timsollari ham munfasil, ham oʻlik hukmidadirlar. Chunki asllariga gʻayr boʻlganlari kabi, asllarining xususiyatlaridan ham mahrumdirlar. Nuroniylarning timsollari esa, asllari bilan muttasil va asllarining xususiyatlariga molik va asllariga gʻayr emas. Shunga binoan, Janobi Haq shamsning haroratini hayot, ziyosini shuur, ziyodagi ranglarni tuygʻu kabi qilgan boʻlsa edi, sening qoʻlingdagi oynada tamassul etgan shamsning timsoli sen bilan gaplashar edi. Chunki u, timsolida yeratli darajada harorati, ziyosi, ranglari boʻlardi. Harorati bilan hayot topardi. Ziyosi bilan shuurli boʻlardi. Ranglari bilan ham tuygʻuli boʻlardi. Bunday boʻlgandan soʻng, sen bilan gaplasha olardi. Shu sirga binoan, Rasuli Akram (S.A.V.) oʻziga oʻqilgan butun salovoti sharifaga bir onda voqif boʻladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Subhanalloh va Alhamdulilloh jumlalari Janobi Haqni Jalol va Jamol sifatlari bilan zimnan tavsif etadilar. "Jalol" sifatini tazammun etgan "Subhanalloh", abdning va maxluqning Allohdan baid ekaniga nazirdir.

Jamol sifatini ichiga olgan "Alhamdulilloh", Janobi Haqning rahmati bilan abdga va maxluqotga qorib ekaniga ishoratdir. Masalan, biri qurb, boshqasi bu'd boʻlib bizga nazir shamsning ikki jihati bor. Qurb jihati bilan harorat va ziyoni beradi. Bu'd jihati bilan insonlarning mazarrotlaridan tohir va sof qoladi. Bu e'tibor bilan, inson shamsga qarshi yolgʻiz qobil boʻlishi mumkin, foil va muassir boʻlolmaydi.

Shuning kabi -bila tashbeh- Janobi Haq rahmati bilan bizga qorib boʻlish jihati bilan unga hamd etamiz. Biz undan uzoq boʻlganimiz jihat bilan Uni tasbeh etamiz. Shunga binoan, rahmati bilan qurbiga qararkan, hamd et. Undan baid boʻlganingga qararkan, tasbeh et. Faqat har ikki maqomni aralashtirma va har ikki nazarni birlashtirmaginki, haq va istiqomat multabis boʻlmasin. Lekin iltibos va mazj boʻlmagan taqdirida, har ikki maqomni va har ikki nazarni ham tabdil, ham birlashtira olasan. Ha, "Subhanallohi va bihamdihi" har ikki maqomni jamlagan bir jumladir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Toʻrt narsa uchun dunyoni kasban emas, qalban tark qilish lozimdir:

1- Dunyoning umri qisqa boʻlib, tezlik bilan zavol va gʻurubga ketadi. Zavolning alami bilan visolning lazzati zavol topadi.

2- Dunyoning lazoizi zaharli asalga oʻxshaydi. Lazzati nisbatida alami ham bor.

3- Seni intizor etayotgan va sening ham tezlik bilan unga toʻgʻri ketayotganing "qabr", dunyoning ziynatli, lazzatli narsalarini hadya sifatida qabul qilmaydi. Chunki dunyo ahli nazarida goʻzal deb sanalgan narsa u yerda xunukdir.

4- Dushmanlar va hasharoti muzirra orasida bir soat turish bilan doʻst va buyuklar majlisida yillarcha turish orasidagi muvozana, qabr bilan dunyo orasidagi ayni muvozanadir. Shu bilan barobar, Janobi Haq ham bir soatlik lazzatni tark qilishga da'vat etyaptiki, yillarcha doʻstlaring bilan barobar rohatlanasan. Shunday ekan, tutilgan va kishanli tarzda yuborilmasdan avval, Allohning da'vatiga ijobat et.

Fasubhanalloh, Janobi Haqning insonlarga fazlu karami shu qadar buyukdirki, insonga vadi'a oʻlaroq bergan molini, ulkan bir samani bilan insondan sotib oladi, ibqo va himoya qiladi. Agar inson u molni tamalluk etib Allohga sotmasa, katta bir baloga tushadi. Chunki u molni zimmasiga olgan boʻladi. Holbuki, qudrati taahhudga kifoya kelmaydi. Chunki orqasiga olsa, balki sinadi; qoʻli bilan tutsa, qochadi, tutilmaydi. Eng nihoyat majjonan fano boʻlib ketadi, yolgʻiz gunohlari meros qoladi.

— 93 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tunga oʻxshagan yoshligim zamonida koʻzlarim uxlagan edi, faqat keksalik tongi bilan uygʻondim, maolida boʻlgan:

وَ عَيْن۪ى قَدْ نَامَتْ بِلَيْلِ شَب۪يبَت۪ى ٭ وَ لَمْ تَنْتَبِهْ اِلَّا بِصُبْحِ مَش۪يبِ

she'rning shumuliga dohilman. Chunki yoshligimda eng yuksak bir intiboh choʻqqisiga chiqqanman deb oʻylar edim. Hozir tushunyapmanki, u intiboh intiboh emas ekan. Faqat uyquning eng chuqur qudugʻida boʻlishdan iborat ekan. Shunga binoan, madaniylarning iftixor bilan ogʻiz koʻpirtirganlari tanavvuri intibohlari, mening yoshlik zamonimdagi intiboh toifasidan boʻlsa kerak.

Ularning misoli, tushida goʻyo uygʻonib, tushini xalqqa hikoya qilgan naim masalidir. Holbuki tushida uning u intibohi, uyquning yengil pardasidan chuqur va qalin bir pardaga intiqol etganiga ishoratdir. Bunday bir naim oʻlik kabidir. Yarim uyquda boʻlgan insonlarni qanday iqoz etishi mumkin?

Ey uyquda ekan oʻzlarini uygʻoq deb oʻylaganlar! Umuri diniyada musomaha yoki tashabbuh bilan madaniylarga yaqinlashmang. Chunki oramizdagi dara juda chuqurdir. Toʻldirib xatti muvosalani ta'min etolmaysiz. Yo siz ham ularga iltihoq etasiz yoki zalolatga tushib boʻgʻilasiz.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ma'siyatning mohiyatida, xususan davom etsa, kufr danagi bor. Chunki u ma'siyatga davom etgan, unga ulfat paydo etadi. Soʻng unga oshiq va mubtalo boʻladi. Tarkiga imkon topolmaydigan darajaga keladi. Soʻng u ma'siyatining i'qobga mujib boʻlmaganini tamanniyni boshlaydi. Bu hol shu tariqa davom etgan sari, kufr danagi koʻkarishni boshlaydi. Eng oxiri, kerak boʻlsa i'qobni va kerak boʻlsa dor-ul i'qobni inkorga sabab boʻladi.

Va shuningdek, ma'siyatga tarattub etgan xijolat sababli, u ma'siyatning ma'siyat emasligini da'vo etish bilan, u ma'siyatga muttali' boʻlgan malaklarni ham inkor etadi. Hatto shiddati xijolatdan yavmi hisobning kelmasligini tamanniy etadi.

Shoyat yavmi hisobni inkor qilgan adno bir shubhani topsa, u shubhani ulkan bir burhon deb sanaydi. Eng nihoyat nadomat etib tark qilmaganlarning qalbi kusufga tutiladi, mahv boʻlib ketadi. -Al'iyazu billah-

— 94 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning i'joz va balogʻatiga doir Lamaat nomli asarimda izoh etilgan ba'zi lam'alarni tingla:

1- Qur'onning oʻqilishida yuksak bir salosat borki, lisonlarga ogʻir kelmaydi.

2- Buyuk bir salomat borki, lafzan va ma'nan xatodan salimdir.

3- Oyatlar orasida buyuk bir tasonud borki, kargir binolar kabi, oyatlari bir-biriga tayanib bunya-i Qur'oniyani tebranishdan viqoya etadi.

4- Buyuk bir tanosub, tajovub, taovun borki; oyatlari bir-biriga ajnabiy boʻlmagani kabi, bir-birining vuzuhiga yordam, istizohiga javob beradi.

5- Parcha-parcha, boshqa-boshqa zamonlarda nozil boʻlgani holda, shiddati tanosubdan xuddi bir dafada nozil boʻlgandek.

6- Nozil boʻlish sabablari boshqa-boshqa va mutabayin boʻlgani holda, shiddati tasonuddan xuddi sabab birdek.

7- Mukarrar mutafovit savollarga javob boʻlgani holda, shiddati imtizoj va ittihoddan xuddi savol birdek.

8- Mutaaddid, mutagʻayir hodisotga bayon boʻlgani holda, kamoli intizomidan xuddi hodisa birdek va bir hodisaga javobdek.

9- "Tanazzuloti Ilohiya" bilan ta'bir etilgan muxotoblarning fahmlariga yaqin va munosib uslublar ustida nozil boʻlgandek.

10- Butun zamon va makonlarda kelib oʻtgan insonlarga tavjihi kalom etgani holda, suhulati bayon sababli xuddi muxotob birdek.

11- Irshodning gʻoyalariga isol uchun takrorlari tahqiq va taqrirni ifoda etadi. Shu bilan barobar, takrorlari zarar bermaydi. I'odasi, zavqni izola etmaydi. Takarrur etgan sari, misk kabi hid chiqaradi.

12- Qur'on qalblarga quvvat va gʻidodir. Ruhlarga shifodir. Gʻidoning takrori quvvatni orttiradi. Takror qilish bilan yanada ma'luf va ma'nus boʻlganidan, lazzati ortadi.

13- Inson moddiy hayotida; har on havoga, har vaqt suvga, har zamon va har kun gʻidoga, har hafta ziyoga muhtojdir. Bularning takarruri aslida takarrur boʻlmasdan, ehtiyojlarning takarruri uchundir. Shuning kabi, inson hayoti ruhiyasi jihati bilan Qur'onda zikr qilingan butun navlarga muhtojdir. Ba'zi navlarga har onda muhtojdir. "Huvalloh" kabi. Chunki ruh bu bilan nafas oladi. Ba'zi navlarga har vaqt, ba'zilariga har zamon muhtojdir. Xullas, hayoti qalbiyaning ehtiyojlariga binoan Qur'on takrorlar qiladi. Masalan: "Bismilloh", havo-i nasimiy kabi qalbni va ruhni tatmin etganidan, kasrati ehtiyojga binoan, Qur'onda koʻp takror etilgan.

14- Qissa-i Muso kabi ba'zi hodisoti juz'iyaning takrori, u hodisaning katta bir dasturni tazammun etganiga ishoratdir.

Xulosa: Qur'on ham zikrdir, ham fikrdir, ham hikmatdir, ham ilmdir, ham haqiqatdir, ham shariatdir, ham sadrlarga shifo, moʻ'minlarga huda va rahmatdir.

— 95 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Fitrati insoniyaning gʻarib bir holi, gʻaflat zamonida latoif bilan hislarning hukmlarini iltibos bilan bir-biriga oʻxshatadi, tafriq etolmaydi. Masalan: Qoʻl bilan koʻzni bir-birga oʻxshatib xizmatlarini va vazifalarini tafriq etolmagan bir majnun, balandlikda koʻzi bilan koʻrgan bir narsani olish uchun qoʻlini uzatadi. Qoʻl koʻzning qoʻshnisi boʻlish munosabati bilan, u qilgan ishni, qoʻl ham qila oladi deb oʻylaydi.

Shuning kabi, insoni gʻofil, oʻz shaxsiga oid adno, juz'iy bir tanzimdan ojiz boʻlgani holda, gʻururi bilan, xayoli bilan Janobi Haqning af'oliga tahakkum bilan qoʻl uzatadi.

Yana insonning fitratida ajib bir hol: Insonning afrodi orasida jisman va suratan tafovut boʻlsa ham, juda oz. Ammo ma'nan va ruhan oralarida zarra bilan shams orasidagi tafovut qadar bir tafovut bor. Faqat boshqa hayvonot unday emas. Masalan baliq bilan qush, qiymati ruhiya jihatidan bir-biriga juda yaqindirlar. Eng kichigi eng kattasi kabidir. Chunki insonning quvva-i ruhiyasi tahdid etilmagan. Anoniyat bilan shu qadar past tushadiki, zarraga musoviy boʻladi. Ubudiyat bilan ham shu qadar yuksakka chiqadiki, ikki jahonning quyoshi boʻladi. -Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam kabi.-

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ashyoda asos baqodir, adam emas. Hatto adamga ketgan deb oʻylaganimiz kalimot, alfaz, tasavvurot kabi sari-uz zavol boʻlgan ba'zi narsalar ham adamga ketmaydi. Faqat suratlarini va vaziyatlarini oʻzgartirib zavoldan masun qolib ba'zi yerlarda tahassun bilan adami mutlaqqa ketmaydilar. Fan deganlari hikmati jadida bu sirga voqif boʻlgan boʻlsa ham, vuzuhi bilan voqif boʻlolmagan. Va ayni zamonda "Olamda adami mutlaq yoʻq. Faqat tarakkub va inhilol bor" deya ifrot va xato qilgan. Chunki olamda Janobi Haqning sun'i bilan tarkib bor. Allohning izni bilan tahlil bor. Allohning amri bilan ijod va i'dom bor.

يَفْعَلُ اللّٰهُ مَا يَشَٓاءُ ٭ وَ يَحْكُمُ مَا يُر۪يدُ
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qabr, olami oxiratga ochilgan bir eshikdir. Orqa tomoni rahmatdir, old tomoni esa azobdir. Butun doʻst va sevgililar u eshikning orqa tomonida turishibdi. Sening ham ularga iltihoq zamoning kelmadimi? Va ularga borib ularni ziyorat qilishga ishtiyoqing yoʻqmi? Ha, vaqt yaqinlashdi. Dunyo chiqindisidan tozalanish uchun bir gʻusl lozimdir. Boʻlmasa ular istiqzor bilan iqroh etadilar.

Agar Imom Rabboniy Ahmad Faruqiy bugun Hindistonda hayotdordir deya ziyoratiga bir da'vat boʻlsa, butun zahmatlarga va tahlikalarga sabr qilib ziyoratiga boraman. Shunga binoan, Injilda "Ahmad", Tavrotda "Axyad", Qur'onda "Muhammad" ismi bilan musammo, ikki jahonning quyoshi, qabrning orqa tarafida millionlab Faruqi Ahmadlar bilan muhat boʻlib sokindir. Ularning ziyoratlariga borish uchun nimaga shoshilmayapmiz? Orqada qolish xatodir.

— 96 —

Shu asosotga diqqat lozim:

1- Allohga abd boʻlganga hamma narsa musahhardir. Boʻlmaganga hamma narsa dushmandir.

2- Hamma narsa qadar bilan taqdir etilgan. Qismatingga rozi boʻlki, rohatlanasan.

3- Mulk Allohnikidir. Senda omonat oʻlaroq turibti. U omonatni ibqo etib sen uchun muhofaza qiladi. Senda qolsa, majjonan zoil boʻlib ketadi.

4- Davom qilmagan bir narsada lazzat yoʻqdir. Sen zoilsan. Dunyo ham zoildir. Xalqning dunyosi ham zoildir. Koinotning shu shakli hoziri ham zoildir. Bular soniya va daqiqa va soat va kun kabi bir-birini ta'qib qilib zavolga ketyaptilar.

5- Oxiratda seni qutqaradigan bir asaring boʻlmagan taqdirda, foniy dunyoda qoldirgan asarlaringga ham qiymat berma.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

"Subhanalloh", "Alhamdulilloh", "Allohu Akbar" bu uch muqaddas jumlaning foydalarini va mahalli iste'mollarini tingla:

1- Qalbida hayot boʻlgan bir inson koinotga, olamga qararkan, idrokidan ojiz, xususan shu boʻshliqda qilingan Ilohiy manyovrlarni koʻrish bilan haytarlar ichida qoladi. Xullas, bu kabi hayrat va dahshatangiz vaziyatlarni faqat "Subhanalloh" jumlasidan joʻshib chiqqan ma-i zulolni ichish bilan u hayrat otashi soʻnadi.

2- Ayni u inson, koʻrgan laziz ne'matlardan his qilgan zavqlarni izhor qilish bilan, "Hamd" unvoni ostida in'omni ne'matda va mun'imni in'omda koʻrish bilan idoma-i ne'mat va tazyidi lazzat talabida boʻlib, "Alhamdulilloh" jumlasi bilan ne'matlar dafinasini topgan odam kabi nafas oladi.

3- Ayni u inson, maxluqoti ajiba va harakoti gʻaribadan aqli tortolmagan va zehni ichiga ololmagan narsalarni koʻrgan zamon, "Allohu Akbar" deyish bilan rohatlanadi. Ya'ni, Xoliqi yanada azim va yanada buyukdir. Ularning yaratilish va tadbirlari oʻziga ogʻir emas.

— 97 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson sayyioti bilan Allohga zarar bergan boʻlmaydi. Faqat nafsiga zarar qiladi. Masalan: Xorijda, voqe'da va haqiqatda Allohning sherigi yoʻqdirki, uning hizbiga kirish bilan Janobi Haqning mulkiga va osoriga mudohala eta olsin. Faqat, sherikni zehnida oʻylaydi, boʻsh boshida yerlashtiradi. Chunki xorijda sherikning yeri yoʻqdir. U holda u boshsiz, oʻz qoʻli bilan oʻzining uyini yiqitadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Allohga tavakkal qilganga Alloh kifoyadir. Alloh komili mutlaq boʻlganidan, lizotihi mahbubdir. Alloh mujid, vojib-ul vujud boʻlganidan, qurbiyatida vujud nurlari, bu'diyatida adam zulmatlari bor. Alloh malja va manjadir. Koinotdan ranjigan, dunyo ziynatidan hazar qilgan, vujudidan bezor boʻlgan ruhlarga malja va manja udir. Alloh boqiydir, olamning baqosi faqat uning baqosi bilandir. Alloh molikdir, sendagi mulkingni sen uchun saqlash uchun oladi. Alloh gʻaniyyi mugʻniydir, hamma narsaning kaliti undadir. Bir inson Allohga xolis bir abd boʻlsa, Allohning mulki boʻlgan koinot uning mulki kabi boʻladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Aqli boshida boʻlgan inson na dunyo umuridan qozonganiga masrur va na yoʻqotgan narsasiga mahzun boʻladi. Zero dunyo turmayapti, ketyapti. Inson ham barobar ketyapti. Sen ham yoʻlovchisan. Qara, keksalik shafagʻi quloqlaring ustida tulu' etgan. Boshingning yarmidan ortigʻi oq kafanga oʻralgan. Vujudingda tavattun etishga niyat qilgan xastaliklar, oʻlimning kashf guruhidirlar. Shu bilan barobar, abadiy umring qarshingdadir. U umri boqiyda koʻradigan rohat va lazzating faqat bu foniy umrda sa'y va harakatlaringga bogʻliqdir. Sening u umri boqiydan hech xabaring yoʻq. Oʻlim sakaroti uygʻotmasdan avval uygʻon!

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqqa ma'lum va ma'ruf unvoni bilan qaraydigan boʻlsang, majhul va mankur boʻladi. Chunki bu ma'lumiyat, urfiy bir ulfat, taqlidiy bir sama'dir. Haqiqatni i'lam etadigan bir ifoda ham emasdir. Shu bilan barobar, u unvon bilan fahmga kelgan ma'no, sifoti mutlaqani barobar tarzda olib zehnga ilqo etolmaydi. Faqat Zoti Aqdasni mulohaza uchun bir navi unvondir. Ammo Janobi Haqqa mavjudi majhul unvon bilan qaralsa, ma'rufiyat shualari bir daraja taboruz etadi. Va koinotda tajalliy etgan sifoti mutlaqa-i muhita bilan bu mavsufning u unvondan tulu' etishi ogʻir kelmaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Asmo-i husnaning har birisi boshqalarini ijmolan tazammun etadi. (Ziyoning alvoni sab'ani tazammun etgani kabi). Va shuningdek, har biri boshqalariga dalil boʻlgani kabi, ularning har birisiga ham natija boʻladi. Demak, asmo-i husna mir'at va oyna kabi bir-birini koʻrsatadi. Shunga binoan, natijalari barobar mazkur qiyoslar kabi yoki dalillari barobar natijalar kabi oʻqilishi mumkin.

— 98 —

TAZARRU VA NIYOZ

اِلٰه۪ى لَازِمٌ عَلَىَّ اَنْ لَا اُبَالِىَ وَ لَوْ فَاتَ مِنّ۪ى حَيَاةُ الدَّارَيْنِ وَ عَادَتْنِى الْكَائِنَاتُ بِتَمَامِهَا اِذْ اَنْتَ رَبّ۪ى وَ خَالِق۪ى وَ اِلٰه۪ى اِذْ اَنَا مَخْلُوقُكَ وَ مَصْنُوعُكَ ل۪ى جِهَةُ تَعَلُّقٍ وَ اِنْتِسَابٍ مَعَ قَطْعِ نِهَايَةِ عِصْيَان۪ى وَ غَايَةِ بُعْد۪ى لِسَائِرِ رَوَابِطِ الْكَرَامَةِ فَاَتَضَرَّعُ بِلِسَانِ مَخْلُوقِيَّت۪ى يَا خَالِق۪ى ٠ يَا رَبّ۪ى يَا رَازِق۪ى يَا مَالِك۪ى يَا مُصَوِّر۪ى ٠ يَا اِلٰه۪ى اَسْئَلُكَ بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى وَ بِاِسْمِكَ الْاَعْظَمِ وَ بِفُرْقَانِكَ الْحَك۪يمِ وَ بِحَب۪يبِكَ الْاَكْرَمِ وَ بِكَلَامِكَ الْقَد۪يمِ وَ بِعَرْشِكَ الْاَعْظَمِ وَ بِاَلْفِ اَلْفِ قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ اِرْحَمْن۪ى يَا اَللّٰهُ يَا رَحْمٰنُ يَا حَنَّانُ يَا مَنَّانُ يَا دَيَّانُ اِغْفِرْل۪ى يَا غَفَّارُ يَا سَتَّارُ يَا تَوَّابُ يَا وَهَّابُ اُعْفُ عَنّ۪ى يَا وَدُودُ يَا رَؤُفُ يَا عَفُوُّ يَا غَفُورُ ٠ اُلْطُفْ ب۪ى يَا لَط۪يفُ يَا خَب۪يرُ يَا سَم۪يعُ يَا بَص۪يرُ وَ تَجَاوَزْ عَنّ۪ى يَا حَل۪يمُ يَا عَل۪يمُ يَا كَر۪يمُ يَا رَح۪يمُ اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ يَا رَبِّ يَا صَمَدُ يَا هَاد۪ى جُدْ عَلَىَّ بِفَضْلِكَ يَا بَد۪يعُ يَا بَاق۪ى يَا عَدْلُ يَا هُوَ اَحْىِ قَلْب۪ى وَ قَبْر۪ى بِنُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ يَا نُورُ يَا حَقُّ يَا حَىُّ يَا قَيُّومُ يَا مَالِكَ الْمُلْكِ يَا ذَا الْجَلَالِ وَ الْاِكْرَامِ يَا اَوَّلُ يَا اٰخِرُ يَا ظَاهِرُ يَا بَاطِنُ يَا قَوِىُّ يَا قَادِرُ يَا مَوْلَاىَ يَا غَافِرُ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اَسْئَلُكَ بِاِسْمِكَ الْاَعْظَمِ فِى الْقُرْاٰنِ وَ بِمُحَمَّدٍ عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَ السَّلَامُ اَلَّذ۪ى هُوَ سِرُّكَ الْاَعْظَمُ ف۪ى كِتَابِ الْعَالَمِ اَنْ تَفْتَحَ مِنْ هٰذِهِ الْاَسْمَاءِ الْحُسْنٰى كُوَاةً مُف۪يضَةً اَنْوَارَ الْاِسْمِ الْاَعْظَمِ اِلٰى قَلْب۪ى ف۪ى قَالِب۪ى وَ اِلٰى رُوح۪ى ف۪ى قَبْر۪ى فَتَص۪يرَ هٰذِهِ الصَّح۪يفَةُ كَسَقْفِ قَبْر۪ى وَ هٰذِهِ الْاَسْمَاءُ كَكُوَاتٍ تُف۪يضُ اَشِعَّةَ شَمْسِ الْحَق۪يقَةِ اِلٰى رُوح۪ى اِلٰه۪ى اَتَمَنّٰى اَنْ يَكُونَ ل۪ى لِسَانٌ اَبَدِىٌّ يُنَاد۪ى بِهٰذِهِ الْاَسْمَاءِ اِلٰى قِيَامِ السَّاعَةِ فَاَقْبَلْ هٰذِهِ النُّقُوشَ الْبَاقِيَةَ بَعْد۪ى نَائِبًا عَنْ لِسَانِىَ الزَّائِلِ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلَاةً تُنْج۪ينَا بِهَا مِنْ جَم۪يعِ الْاَهْوَالِ وَ الْاٰفَاتِ وَ تَقْض۪ى لَنَا بِهَا جَم۪يعَ الْحَاجَاتِ وَ تُطَهِّرُنَا بِهَا مِنْ جَم۪يعِ السَّيِّئَاتِ وَ تَغْفِرُ لَنَا بِهَا جَم۪يعَ الذُّنُوبِ وَ الْخَط۪يئَاتِ يَا اَللّٰهُ يَا مُج۪يبَ الدَّعَوَاتِ اِجْعَلْ ل۪ى ف۪ى مُدَّةِ حَيَات۪ى وَ بَعْدَ مَمَات۪ى ف۪ى كُلِّ اٰنٍ اَضْعَافَ اَضْعَافِ ذٰلِكَ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ سَلَامٍ مَضْرُوب۪ينَ ف۪ى مِثْلِ ذٰلِكَ وَ اَمْثَالِ اَمْثَالِ ذٰلِكَ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ اَصْحَابِه۪ وَ اَنْصَارِه۪ وَ اَتْبَاعِه۪ وَاجْعَلْ كُلَّ صَلَاةٍ مِنْ كُلِّ ذٰلِكَ تَز۪يدُ عَلٰى اَنْفَاسِىَ الْعَاصِيَةِ ف۪ى مُدَّةِ عُمْر۪ى وَ اغْفِرْل۪ى وَ ارْحَمْن۪ى بِكُلِّ صَلَاةٍ مِنْهَا بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اٰم۪ينَ
— 99 —

ZAYL-UL HABBA

Birodar! Shu mushavvash asarlarim bilan katta bir narsaning atrofini qazyapman. Ammo bilmayman kashf eta oldimmi? Va yoxud soʻngra inkishof etadi. Va yoxud oxirida zuhur etadi. Kashfiga yoʻl ochib koʻrsatyapman.

لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ
﴿ حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ نِعْمَ الْمَوْلٰى وَ نِعْمَ النَّص۪يرُ ﴾
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نِعْمَةِ الْا۪يمَانِ وَالْاِسْلَامِ بِعَدَدِ قَطَرَاتِ الْاَمْطَارِ وَاَمْوَاجِ الْبِحَارِ وَثَمَرَاتِ الْاَشْجَارِ وَنُقُوشِ الْاَزْهَارِ وَنَغَمَاتِ الْاَطْيَارِ وَلَمَعَاتِ الْاَنْوَارِ وَالشُّكْرُ لَهُ عَلٰى كُلِّ مِنْ نِعَمِه۪ فِى الْاَطْوَارِ بِعَدَدِ كُلِّ نِعَمِه۪ فِى الْاَدْوَارِ وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلٰى سَيِّدِ الْاَبْرَارِ وَالْاَخْيَارِ مُحَمَّدٍ الْمُخْتَارِ وَعَلٰى اٰلِهِ الْاَطْهَارِ وَاَصْحَابِه۪ نُجُومِ الْهِدَايَةِ ذَوِى الْاَنْوَارِ مَادَامَ الَّيْلُ وَالنَّهَارُ
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Musofir boʻlgan bir kishi safarida koʻp yerlarga, manzillarga kirib oʻtadi. Kirib oʻtgan har yerning odatlari va shartlari boshqa-boshqa boʻladi.

Shuning kabi Allohning yoʻlida suluk etgan zot koʻp maqomlarga, martabalarga, hollarga, pardalarga toʻqnashadiki, bularning ham har biri uchun oʻziga maxsus shartlar va vaziyatlar bor. Bu shartlarni va pardalarni, bir-biriga xalt etib chalkashtirgan, chalgʻiydi va xato harakat etadi. Masalan: Bir ogʻilxonada otning kishnashini eshitgan odam, yuksak bir saroyda andalibning tarannumini, goʻzal sadosini eshitadi. Agar u tarannum bilan otning kishnashini farqlamay andalibdan kishnashni talab etsa, oʻz nafsi bilan mugʻolata etgan boʻladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Dunyo hayotini goʻzallashtirgan sabablardan biri, dunyo oynasida tamassul bilan porlagan hidoyat nurlari va buyuk insonlarning sevgili va sevimli timsollaridir. Ha, mustaqbal moziyning oynasidir. Moziy barzohga, ya'ni narigi olamga intiqol va inqilob etganidan suratini va shaklini va dunyosini istiqbol oynasiga, tarixga, insonlarning zehnlariga vadi'a etadi. Ularga boʻlgan ma'naviy va xayoliy muhabbatlari bilan dunyo muhabbati totli boʻladi. Masalan: Birodarlarining va qarindoshlarining timsollarini va rasmlarini ichiga olgan katta bir oynani yoʻlida topgan bir odam, sharq tomonga ketgan odamlarning mamlakatlariga ketib ularga iltihoq etish uchun harakat qilmasdan, u oynaning ichidagi timsollar bilan ovora boʻladi, muhabbat etadi. Xullas, bu odam gʻaflatdan uygʻongan zamon: "Eyvoh, nima qilyapman! Bular sharob emas, sarobdir. Bular bilan ovora boʻlish a'zb emas, azobdir." deydi, birodarlariga yetishish uchun sharq safariga tadorikotda boʻlishni boshlaydi.

— 100 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning haq va haqiqat ekaniga eng sodiq dalillar:

1- Tavhidning butun iqtizolarini va lozimlarini martabalari bilan muhofaza etishidir.

2- Asmo-i husnaning tanosub va iqtizosiga koʻra haqoiqi oliya-i Ilohiyadagi muvozanaga muro'at etishidir.

3- Rububiyat va uluhiyatga oid shuunotni kamoli muvozana bilan jamlashidir.

Qur'onning bu xususiyati basharning asarlarida boʻlmagani kabi, malakut jihatiga oʻtgan avliyo va boshqa buyuklarning natoiji fikrlarida ham boʻlmagandir. Va ashyoning botinida shoʻngʻigan Ishrokiyyun va olami gʻaybga nufuz etgan Ruhoniyyun ham Qur'onning bu xususiyatini topolmaganlar. Zero ularning nazarlari muqayyad boʻlganidan, haqiqati mutlaqani ihota etolmaydi. Bular faqat haqiqatning bir tarafini topadi va ifrot-tafrit bilan tasarrufni boshlaydilar. Shuning uchun tanosubni buzib, muvozanani ixlol etadilar.

Masalan: Anvo'-i javohirni ichiga olgan ziynatli va qiymatli bir dafinani kashf etish uchun bir necha odam dengizning tubiga shoʻngʻiydilar. Dengizning tubida tadqiqot qilarkan, birisining qoʻliga uzunchoq bir parcha olmos oʻtadi. Dafinaning mushtamilotini tamoman bu kabi olmoslardan iborat ekaniga hukm qiladi. Soʻng birodarlaridan boshqa xil javharning bahsini eshitganida ular topgan javohirning oʻzi topgan olmosning naqshlari boʻlganlarini taxayyul etadi. Boshqasi kuraviy bir yoqutni topadi. Narigi birodari ham boshqa bir turini topadi. Va hokazo, har biri dafinaning asos mushtamiloti oʻzi topgan turdan iborat ekanini va birodarlari topgan xillar ham dafinaning zavoid va tafarruotidan boʻlganini e'tiqod qiladi. Masala bu shaklga kirish bilan muvozana yoʻqoladi va tanosub zoil boʻladi. Soʻng masalaning haqiqatini kashf va izoh uchun ta'vilot va takallufotni boshlaydilar. Hatto dafinaning inkoriga ham zahob etgan boʻladi.

Ha, sunnati saniya bilan muvozana qilinishdan avval, hamon mashhudotiga e'timod etgan Ishrokiyyun bilan mutasavvifaning asarlarini taammul etgan zotlar shu aytganimni toʻgʻri deb biladilar. Ikkilanmasdan qabul qiladilar.

Birodar! Qur'on ham u dafinani kashf etish uchun u dengizga shoʻngʻigan. Faqat Qur'onning koʻzi ochiq boʻlganidan, dafinani tamomi bilan ihota bilan koʻrgan. Va haqiqatga uygʻun bir tarzda tanosub va muvozanaga rioya qilib kamoli intizom va ittirod bilan haqiqatni izhor etgan.

Birodar! Navi basharda anvo'an zalolatga tushgan firqalarning sababi zalolatlari, imomlarining qusuridir. Ha, imomlari botindan bahs etgan boʻlsalar ham, mashhudotlariga e'timod va iktifo etib asnoyi tariqdan qaytishgan. Va

حَفَظْتَ شَيْئًا وَ غَابَتْ عَنْكَ اَشْيَاءُ

qovliga masadaq boʻlganlar.

— 101 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haq seni adamdan vujudga va vujudning juda koʻp ashkal va vaziyatlaridan eng yuksagi boʻlgan muslim sifati bilan inson suratiga keltirgan. Mabda-i harakating bilan oxirgi olgan surating orasida mutaaddid vaziyatlarning, manzillarning va atvor va ahvolning har biri senga oid ne'matlar daftariga qayd qilingan. Bu e'tibor bilan, sen oʻtkazgan zamon tasmasiga olmos kabi ne'matlar tizilgan, tom bir boʻyin taqinchogʻi yoki ne'matlarning anvo'iga bir mundarija shaklini beradi.

Shunga binoan, oʻtkazgan vujudning har manzilida va vaziyatida, atvorida, ahvolida: "Qanday bu ne'matga vosil boʻlding? Nima bilan mustahaq boʻlding? Va shukrida boʻldingmi?" deya soʻroqqa tortilasan. Chunki voqe' boʻlgan hollar soʻroqqa tobedir. Ammo imkonda qolib voqe' boʻlmagan narsalar soʻroqqa tobe emas. Oʻtkazgan ahvoling, vuqu'ot. Kelasi ahvoling adamdir. Vujud mas'uldir, adam esa mas'ul emas. Shunday ekan, moziyda shukrini ado qilmaganing ne'matlarning shukrini qazo qilish lozim.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonni havolantirib bosh bilan falokatga otgan shunday bir hol bor:

Istihqoq nazarga olinmasdan, Haqning taqdiri haqida tafrit yoki ifrot qilinadi. Va quvvatiga, qiymatiga qaralmasdan kichik yoki katta bir yuk ostiga olingandek gʻayri insoniy hollar insonni insoniyatdan tushiradi, yo zulmga yoki kizbga yoʻllaydi.

Masalan: Bir boʻlinma askarning mumassili boʻlgan bir nafar, butun askarlik ishlarini bilish yoki bir qatra suvdagi timsolidan shamsning azamatini koʻrsatish talabida boʻlish, eng past insofsizlikdir. Chunki vasf bilan ittisof orasida farq bor. Masalan: Qatradagi timsol shamsning avsofini koʻrsatadi. Ammo u avsof bilan muttasif boʻlolmaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Vujud navida tazohum yoʻq. Ya'ni, juda koʻp olamlar, hollar, vujud sahnasida ijtimo' etishadi, birlashadi. Masalan: Tun vaqti devorlari shishadan boʻlgan va elektr yongan bir xonaga kirgan vaqting, olami misolga bir deraza hukmida boʻlgan shishalarda juda koʻp manzillarni, xonalarni koʻrasan.

Soniyan: Xonada oʻtirarkan, kamoli suhulat bilan u misoliy xonalarda har xil tabdil, tagʻyir, tasarruf eta olasan.

Solisan: Xonadagi elektr, oʻz misollarining eng uzogʻiga eng yaqindir. Chunki u misoliy misollarning qayyumi udir.

Robian: Bu moddiy vujudning bir habbasi, bir parchasi u misoliy vujudning bir olamini ichiga olishi mumkin. Bu toʻrt hukm Vojib bilan olami mumkinot orasida ham joriydir. Chunki mumkinotning vujudi, Vojibning nuridan bir soya boʻlish jihati bilan vahmiy bir martabadadir. Vojibning amri bilan vujudi xorijiyaga kiradi. Sobit va mustaqar qoladi. Demak, mumkinotning vujudi bizzot haqiqiy bir vujudi xorijiy boʻlmagani kabi, vahmiy yoki zoil bir zill ham emas. Faqat, Vojib-ul Vujudning ijodi bilan bir vujuddir.

— 102 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bu goʻzal olamning bir moliki boʻlmasligi mahol boʻlgani kabi, oʻzini insonlarga bildirib ta'rif etmasligi ham maholdir. Chunki inson molikning kamolotiga dalolat etgan olamning husnini koʻradi; va oʻziga beshik oʻlaroq yaratilgan kura-i arzda istagani kabi tasarruf etgan bir xalifadir. Hatto samo-i dunyoda ham aqli bilan ishlaydi va kichikligi bilan, za'fiyati bilan barobar horiqo tasarrufoti ajibasi bilan ashrafi maxluqot unvonini olgan. Va qoʻlida juzi ixtiyoriy borligidan butun sabablar ichida eng keng bir salohiyat sohibidir. Shunga binoan, Moliki Haqiqiyning rusul vositasi bilan bunday yuksak, faqat gʻofil abdlariga oʻzini bildirib ta'rif etishi zaruriydirki, u Molikning avomiriga va marziyotiga voqif boʻlsinlar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning vahm, faraz, xayol tuygʻulariga borgunga qadar butun xossalari oxir-oqibat ruju' etib bil-ittifoq Haqqa iltijo etganlarini va botilga hech bir ehtimol va imkonning qolmaganini va koinotning faqat va faqat Qur'on izoh etgan shaklda ekanini koʻrdim.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Olami ziyo, olami harorat, olami havo, olami qahrabo, olami elektr, olami jazb, olami efir, olami misol, olami barzoh kabi olamlar orasida muzohama va yer torligi yoʻq. Bu olamlar, hammasi ham ixtilolsiz, musodamasiz kichik bir yerda ijtimo' etadilar.

Shuning kabi, juda keng gʻaybiy olamlarning ham bu kichik arzda ijtimo'lari mumkindir. Darhaqiqat, havo, suv insonning yurishiga, shisha ziyoning oʻtishiga, shuaning rentgen vositasi bilan kasif jismlarga ham nufuziga va aql nuriga, malak ruhiga, temirning ichiga haroratning oqishiga, elektrning jarayoniga bir mone yoʻq.

Shuning kabi, bu kasif olamda ruhoniylarni davarondan, jinniylarni javalondan, shaytonlarni jarayondan, malaklarni sayarondan man qiladigan bir mone yoʻq.

— 103 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Koʻz, chiroq, shams kabi nur va nuroniy narsalarda juz'iy-kulliy, juz-kull, bir-ming musoviydir. Ha, shamsga qara! Uning timsollari bilan sayyorot, dengizlar va hovuzlar, qatra, pufakchalar kabi butun shaffof narsalar kamoli suhulat bilan tamassul etishadi.

Shuning kabi, Shamsi Azaliy shu koinot kitobida butun boblarni, boʻlimlarni, satrlarni, jumlalarni, harflarni daf'atan qiyinchiliksiz yozadi. Va ba'su ba'dal mavtda ham ayni bu suhulat bor. "Xilqatingiz va ba'singiz, bir nafsning xilqat va ba'si kabidir." deya Qur'oni Karim emr etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hamma narsani tahrik etgan zarroti mutaharrikaning, muayyan hadlariga qadar harakat qilgandan soʻng tavaqquf va toʻxtashlariga diqqat qilgan odam anglaydiki: Hamma narsaning hududida doimo harakatda boʻlgan zarrotni toʻxtatib, qaytargan bir hudud posboni bor. U zarrotni toshishdan man qiladi. U posbon esa, muhit bir ilmning tajalliysidirki, u tajalliy qadarga, qadar esa miqdorga, miqdor esa qolipga tahavvul etadi. Demak, hamma narsaning ichidagi zarrotga bir qolipdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'onning oyatlari bir-birini tafsir qilgani kabi, bu kitobi olamning ham bir qismi boshqa bir qismini izoh qiladi. Masalan: Moddiyot olami Janobi Haqning anvori ne'matini jazb etish uchun haqiqiy bir ehtiyoj bilan shamsga muhtoj boʻlgani kabi, olami ma'naviyat ham rahmati Ilohiyaning ziyolarini olish uchun shamsi nubuvvatga muhtojdir. Shunga binoan, Rasuli Akramning (S.A.V.) nubuvvati, shamsning qat'iyat va vuzuhi darajasida qat'iy va vazihdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Zihayotning vujudiga tarattub etgan samaralar, yolgʻiz oʻziga, manfaatiga, baqosiga, kamoliga maxsus emas. Faqat u samaralardan bir hissa oʻziga oiddir. Qolgan qismi a'zami Xoliqqa roji'dir. Zihayotga oid uzun bir zamon soʻng hosil boʻladi. Xoliqqa roji' qism esa, bir onda hosil boʻladi. Masalan: U zihayot, asmo-i husnaning tajalliyotiga mazhariyat bilan Xoliqni, avsofi kamoliya bilan tavsif va lisoni holi bilan hamd etgan boʻladi.

— 104 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning bir fardi, ihota-i fikriyasi bilan, aqli bilan, qalbining vus'ati bilan bir navi kulliyat kasb etadi. Va shuningdek, insonning bir fardi, xilofat xususida olamning ajzosi bilan shuur jihatidan aloqador boʻlganidan nabotiy boʻlsin, hayvoniy boʻlsin juda koʻp navlarda tasarruf sohibi boʻlganidan, nav kabidir. Va bu e'tibor bilan, insonning bir fardi navlar qatoriga oʻtadi. Shunga binoan, kerak boʻlsa hayvonotning, kerak boʻlsa samarotning navlarida sodir boʻlgan mukarrar qiyomatlar, qurt-qumursqa va hashorotda vujudga kelgan yillik hashr va nashrlar insonning ham har bir fardida joriydir.

Xulosa: Qur'onning oyatlari bilan abnoyi bashar uchun katta qiyomatning kelishiga qat'iy dalolatlar boʻlgani kabi, kitobi olamning oyoti takviniyasi bilan ham qiyomati kubroga juda qat'iy dalolatlar va ishoratlar bor.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Karim oʻqilarkan, istimo'ida boʻlgan vaqting muxtalif shakllarda tinglay olasan:

1- Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, nubuvvat kursisiga chiqib navi basharga xitoban Qur'onning oyatlarini tabligʻ etarkan, qiroatini qalban va xayolan tinglash uchun qulogʻingni u zamonga yubor. U fami muborakidan chiqayotgandek tinglagan boʻlasan.

2- Yoki Jabroil (A.S.) Hazrat Muhammadga (S.A.V.) tabligʻ etarkan, har ikki Hazratning orasida qilingan tabligʻ-taballugʻ vaziyatini tinglayotgandek boʻl.

3- Yoki Qobi Qavsayn maqomida, yetmish ming parda orqasida Mutakallimi Azaliyning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga boʻlgan takallumini tinglayotgandek xayoliy bir vaziyatga kir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sening shuur va ilmingning senga taalluqi, ahvol va lavozimoti ehtiyojoting nisbatidadir. Chunki sabab bilan musabbab, quvvat bilan amal orasida munosabat lozim. Ortiqcha, nuqson boʻlmasligi kerak. Sening senga boʻlgan shuur va ilmingning nisbati, Xoliqning senga boʻlgan nazar va ilmiga nisbat bilan bir qil kabidir. Shunga binoan, juda juz'iy boʻlgan ilm va shuuring bilan, Shamsi Azaliyning ilm va nazariga muqobala etish bilan kunduz oʻrtasida quyoshning ostida, quyoshning ziyosi bilan muborazaga chiqqan tillaqoʻngʻiz kabi boʻlma!

— 105 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqning af'oli bir-biriga munosib, osori bir-biriga mushabih, asmosi bir-biriga oyna va ma'kas, sifati bir-biriga mutadohil, shuunoti mamzuj boʻlsa ham, har birisi uchun xususiy bir vaziyat, bir hol borki, maqsudi bizzot u xususiy vaziyatdir. Boshqa vaziyatlar esa taba'idirlar. Shunga binoan, masalan Xoliqning osoridan jamodotga qaragan vaqting, azamat va qudratni niyatingga maqsad qil. Boshqa ismlarning tajalliyotini tab'an oʻyla. Hayvonotga qararkan, marhamat niyati bilan qara. Boshqa tajalliyotga taba'i bir nazar bilan qara.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Karim butun insonlarga rahmatdir. Chunki har bir insonning shu haqiqiy olamdan oʻziga maxsus xayoliy bir olami boʻlgani kabi, hamma oʻz mashrabiga koʻra Qur'ondan fahm va iqtibos etgan (hofizasida) oʻziga xos bir Qur'on borki, uning ruhini tarbiya, qalbini tadoviy etadi.

Va shuningdek, Qur'oni Karimning bir maziyati shudirki: Butun ulamo va ahli mashrab kabi hamma hidoyati uchun, shifosi uchun mutaaddid suralardan boshqa-boshqa oyatlarni axz etishi mumkin. Chunki bir oyatning boshqa oyoti Qur'oniya bilan juda inja munosabatlari, ittisol jihatlari bor. Oralarida vahshat yoʻq. Bu e'tibor bilan, mutaaddid suralardan olingan oyatlar kichik bir Qur'on hukmida boʻladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!
لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ

jumla-i muqaddasasi, insonning zarra vaziyatidan insoni moʻ'min suratiga kelgunga qadar jomidiyat, nabotiyat, hayvoniyat, insoniyat kabi oʻtkazgan atvor va ahvoliga nazirdir. Shu manzillarda insonning latoifi juda koʻp alam va umidlarga ma'ruzdir. Shu bilan barobar, havl va quvvatning mutaalliqlari zikr qilinmasdan mutlaq qoldirilgan. Shunga binoan, bu jumla tasalli-baxsh boʻlib, shumuli dohilida boʻlgan maqomlarga koʻrsa tafsir qilinadi. Masalan:

1-

لَا حَوْلَ عَنِ الْعَدَمِ وَ لَا قُوَّةَ عَلَى الْوُجُودِ

Adamdan chiqib vujudga kelish.

2-

لَا حَوْلَ عَنِ الزَّوَالِ وَ لَا قُوَّةَ عَلَى الْبَقَاءِ

Zavolga ketmasdan baqoda qolish.

3-

لَا حَوْلَ عَنِ الْمَضَرَّةِ وَ لَا قُوَّةَ عَلَى النَّفْعِ

Mazarrotni daf', manfaatni jalb.

4-

لَا حَوْلَ عَنِ الْمَصَائِبِ وَ لَا قُوَّةَ عَلَى الْمَطَالِبِ

Musibatdan uzoq boʻlib, matlubga noil boʻlish.

— 106 —

5-

لَا حَوْلَ عَنِ الْمَعَاصِى وَ لَا قُوَّةَ عَلَى الْعِبَادَةِ

Ma'asiyga tushmaslik, ibodatda davom etish.

6-

لَا حَوْلَ عَنِ النِّقَمِ وَ لَا قُوَّةَ عَلَى النِّعْمَةِ

Azobga ma'ruz qolmaslik, ne'matga mazhar boʻlish.

7-

لَا حَوْلَ عَنِ الظّلْمَةِ وَ لَا قُوَّةَ عَلَى النُّورِ

Zulmatga tushmaslik, nur bilan tanavvur etish.

Va hokazo har bir maqomda insonning latoifiga koʻra taqyid va tafsir etilishi mumkin.

— 107 —

ZAYL-UZ ZAYL

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ba'zi insonlarning ogʻzida miqdor jihatidan oz, sifat jihatidan juda katta uch kalima kezyapti:

Birinchisi: Hamma narsa oʻzidan-oʻzi tashakkul etgan.

Ikkinchisi: Mujid va muassir sabablardir.

Uchinchisi: Tabiat iqtizo etdi.

Bu uch kalimotning juda koʻp maholotga zarf boʻlganlari haqida qilingan bayonotni tingla:

Inson mavjuddir. Bu mavjud inson, birinchi kalimaga nazaran ham sone'dir, ham masnu'.

Ikkinchi kalimaga koʻra, sabablarning ta'siri bilan vujudga kelgan.

Uchinchi kalimaga nazaran, mavhum tabiatning asaridir.

Toʻrtinchi jihat esa, haq va haqiqat istilzom etgani kabi, Allohning masnu'idir.

— 108 —
Avvalgi kalimaning gʻayri mahsur maholoti:

1- U kalimaning iqtizosiga koʻra, insonni tashkil etgan zarralardan har birisida ham insonning ichini, ham koinotni koʻradigan, biladigan bir koʻz, bir ilm va boshqa sifati lozimaning boʻlishi lozim.

2- Insonning badanida zarrotdan tashakkul etgan mutaxolif murakkabot adadicha -matbaalarda hurufotni tartib etish uchun ishlatilgan qoliplar kabi- qoliplar lozimdir.

3- Kargir kamarlarning toshlari kabi, har bir zarraning birodarlariga ham hokim, ham mahkum boʻlishi lozim boʻladi. Va shuningdek, har biri boshqalarga ham zid, ham misl, ham mutlaq, ham muqayyad boʻlishi lozim.

Ikkinchi kalimaning maholoti:

1- Insonning ma'hazi, ya'ni insonni tashkil etgan moddalar dorixonalarda boʻlgan ogʻizlari muhrlangan, boshqa-boshqa, turli-tuman mutabayin dorilar kabi moddalardir. Hech kimning qoʻli tegmasdan ehtiyoj nisbatida kamoli intizom va muvozana bilan u dorilarning shishalardan oʻz-oʻzidan chiqib hayotiy bir ma'jun vaziyatiga kelishi mumkin boʻlsa, insonning ham sone'siz sabablar va mavoddi jomidadan suduri mumkindir deb boʻladi.

2- Bir narsaning kamoli intizom bilan gʻayri mahdud, koʻr, kar, jomid, shuursiz sabablardan sudurining maholiyati nisbatida sone'siz insonning ham u moddalardan qilinishi maholdir. Shu bilan barobar, moddiy sabablarning yolgʻiz zohirga taalluqi bor. Botindagi latif, inja, gʻarib naqshlarga, san'atlarga nufuzi yoʻq.

3- U kalimaning iqtizosiga koʻra, kamoli ittifoq va intizom bilan ehtiyojot nisbatida gʻayri mahsur sabablarning bir juzda, bir hujayrada ijtimo'lari lozim boʻladi. Bu ijtimo', olamning ajzo va arkonining azamati bilan barobar sening qoʻlingning ichiga kirib ijtimo' etadi deganidir.

Chunki insoning ustasi sabablar boʻlgan taqdirda, olamning butun ajzo va arkoni inson bilan aloqador boʻlganiga nazaran, insonning yaratilishida omil va usta boʻlishlari lozim boʻladi. Bir usta qilgan narsasining ichida boʻlgandan soʻng qiladi. U holda, insonning bir hujayrasida olamning ajzosi ijtimo' etishi mumkin. Bu shunday bir maholdirki, mahollarning eng mumtani'idir.

— 109 —
Uchinchi kalimaning mahol va butlani esa:

Ha, tabiatning ikki jihati bor. Biri zohiri boʻlib, ahli gʻaflat va zalolat tomonidan haqiqat deb oʻylangan. Boshqasi botinidirki, san'ati Ilohiya va sibgʻa-i Rahmoniyadir. Tabiatga ilovatan iddi'o etilgan quvvat esa, Xoliqi Hakimi Alimning jilva-i qudratidir. Ahli gʻaflat sone' oʻlaroq talaqqiy etgan tabiatga, janoh deb oʻylagan koʻr tasodif va ittifoq esa, zalolatdan nash'at etgan izdiror natijasida shaytonlar ixtiro' etgan safsatalardir. Chunki mutaaddid asarlarimda qat'iy bir suratda isbot qilingani kabi, horiqolarning horiqosi boʻlgan shu san'at, faqat va faqat butun avsofi kamoliya bilan muttasif bir Xobiri Basirning yadi qudratidan chiqmagan boʻlsa, koinotga kiydirilgan bu koʻylak kasif, jomid, muqayyad, miskin, mumkinning qoʻli bilan yaratilganmi? Boʻlmasa olamlarga kiydirilgan shu goʻzal tashakkullarni, naqshlarni bau'da yoki toshbaqa yaratganmi? Xosho, summa xosho!...

Ha, insonda, hamma narsada Sone'-i Azaliyning masnu'i boʻlganlariga mavjudotning adadicha shohidlar bor. Masalan:

1- Koinotdir. Ha, koinot ixtivo etgan butun zarrot va murakkabotning har biri ellik besh lison bilan shahodat qiladi.

2- Qur'ondir. Ha, Qur'on butun anbiyo, avliyo va muvahhidinning kitoblari bilan, sahifa-i kavn va vujudda yaratilgan ijodiy va takviniy oyatlar Xoliqning xalloqiyatiga odil shohidlardir.

3- Maxluqotning raisi va rasuli, butun anbiyo, avliyo, maloika bilan birlikda hamma narsaning sone'i Alloh boʻlganiga e'loni shahodat qiladilar.

4- Ins va jin toifalari anvo'an ehtiyojoti fitriyasi bilan shohiddirlar.

5- Uluhiyat va Xalloqiyatning Allohga maxsus va munxasir boʻlganiga Alloh ham shahodat qiladi.

Birodar! San'atning, vujuhi salosa-i mazkura ustiga mumkina yoki haqning istilzom etganiga nazaran Vojibga boʻlgan isnodi masalasi; samarador bir daraxt masalasi kabidir. Shundayki: Daraxtning u samaralari yo vahdatga isnod etiladi. Ya'ni nashvu namo qonuni bilan daraxtning ildizidan, ildiz ham urugʻdan, urugʻ ham avomiri takviniyani tamassuldan, avomiri takviniya ham "Kun" amridan, "Kun" amri ham Vohidi Vojibdan sodir boʻlgan.

— 110 —

U vaqt, oʻsha daraxt butun ajzosi bilan, yaproqlari bilan, shoxlari bilan, samaralari bilan yaratilish osonligida bir samara-i vohida hukmida boʻladi. Chunki vahdatga nisbatan kichik bir samara daraxti bilan juda katta va koʻp samarali bir daraxt orasida farq yoʻq. Bu adami farq, vahdatda suhulat bilan yusr, kasratda suubat bilan u'srning boʻlganidan nash'at etgan.

Agar kasratga isnod etilsa, har bir samara, har bir chechak, har bir yaproq, har bir shox; batamom daraxtining vujudga kelishiga lozim boʻlgan butun vositalar, jihozlar, sabablar va boshqalarga ehtiyoj koʻrsatadi. Chunki kull juzda dohil. Unga nima lozim boʻlsa, bunga ham lozim. Masala bu ikki imkoniyatdan xorij emas. Biri vojib, boshqasi mumtani'dir.

Xulosa: Bir hujayraning vujudga kelishi oʻziga isnod etilsa, koinotni qamragan sifatlar oʻzida boʻlishi lozim. Sabablarga isnod etilsa, olamdagi butun sabablarning u hujayrada ijtimo'lari lozim boʻladi. Holbuki chivinning ikki qoʻli sigʻmagan bir hujayra ikki ilohning tasarrufiga mahal boʻlishi mumkinmi? Xosho!..

Shu bilan barobar, hujayradan tut, olamga qadar har bir narsaning bir navi vahdati bor. Shunday ekan, Sone' ham vohid boʻladi. Chunki vohid faqat vohiddan sudur etadi. Va shuningdek, bir habba shamsni ziyosi bilan, rangi bilan (tajalliy surati bilan) ichiga olishi mumkin. Faqat masdariyat e'tibori bilan, bir habba ikki habbani ichiga olib ularga masdar boʻlolmaydi. Va shuningdek, vujudi xorijiy vujudi misoliydan koʻproq sobit, koʻproq muhkamdir. Vujudi xorijiydan bir nuqta vujudi misoliydan bir togʻni ichiga olishi mumkin. Shuning kabi, vujudi vujubiy; koʻproq qoviy, koʻproq rasix, koʻproq sobitdir. Balki da vujudi haqiqiy, vujudi xorijiy undan iborat.

Shunga binoan, ilmi muhiti azaliyda tamassul etgan imkoniy vujudlar, vujudi vujubiyning tajalliyoti nuriyalariga oyna va ma'kasdirlar. Shunday ekan, ilmi azaliy imkoniy vujudlarga oyna boʻlgani kabi, imkoniy vujudlar ham vujudi vujubiyga oynadir. Soʻngra u imkoniy vujudlar ilmi azaliydan vujudi xorijiyga intiqol etgan boʻlsalar ham, vujudi haqiqiy martabasiga vosil boʻlmaganlar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Kavn va vujud maydonida turib, ahvoli olamga diqqat qilgan odam, hadsiy bir tezlik bilan anglaydiki: Ta'sir va foiliyat; latif, nuroniy, mujarrad boʻlgan narsalarning sha'ni boʻlgani kabi; infiol, qobiliyat, taassur ham moddiy, kasif, jismoniy narsalarning xossasidir. Ha, misol oʻlaroq samodagi nur bilan yerdagi shu ulkan togʻga qara. U nur samoda ekan, ziyosi bilan yerda ish qiladi, faoliyatdadir. U togʻ esa, azamati bilan barobar, faoliyatsiz joyida turadi. Na bir ta'siri bor va na bir fe'li bor.

Va shuningdek, ashyo orasida sodir boʻlgan fe'llardan anglashiladiki, qaysi bir narsa latif, nuroniy boʻlsa, sabab va foil boʻlishga kasbi layoqat etadi. Kasofati nisbatida ham infiol va musabbabiyat martabasiga yaqinlashadi. Bundan anglashiladiki, zohiriy sabablarning Xoliqi bilan musabbabotning mujidi, faqat va faqat Nur-ul Anvor, Sone'-i Azaliydir.

— 111 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tafakkur gʻaflatni izola etadi. Diqqat, taammul; avhom zulumotini tarqatadi. Lekin nafsingda, botiningda, xususiy ahvolingda tafakkur etganing zamon juda chuqur tafsilot bilan tadqiqot qil. Faqat ofoqiy, xorijiy, umumiy ahvolotga taammul etgan vaqting sathiy, ijmoliy oʻyla, tafsilotga oʻtma. Chunki ijmolda, fazlakada boʻlgan qiymat va goʻzallik tafsilotida yoʻqdir. Hamda ofoqiy tafakkur tubsiz dengizga oʻxshaydi, sohili yoʻq. Ichiga shoʻngima, choʻkasan.

Birodar! Nafsiy tafakkurda tafsilotli, ofoqiy tafakkurda esa ijmoliy qilsang, vahdatga taqarrub etasan. Aksini qilgan taqdiringda, kasrat fikringni tarqatadi, avhom seni havolantiradi. Anoniyating qalinlashadi, gʻaflating quvvat topadi, tabiatga aylanadi. Xullas, zalolatga isol etgan kasrat yoʻli budir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson naqadar johil va gʻofildir. Naqadar yoʻlini adashtirgan, nafsiga zarar beradi. Toʻqqiz vajh bilan manfaati muhaqqaq, yolgʻiz bir vajh bilan zarari mavhum boʻlgan buyuk bir xayri azimni tark, zalolatni irtikob etadi. Ha, sofistaiyning bir shubhasi uchun, minglarcha manfaat dalillari boʻlgan hidoyatni tark qiladi.

Holbuki inson juda vahhom, ehtiyotli boʻlganiga nazaran, dunyoviy bir ishda oʻndan bir zarar ehtimoli boʻlsa, ijtinob etadi. Oxirat ishi boʻlsa, oʻndan toʻqqiz zarar ehtimoli boʻlgani holda, ijtinob etmaydi. Mana, johillik bu qadar boʻladi!

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ruhi insoniy gʻayri mutanohiy ehtiyojlarga giriftor, gʻayri mutanohiy alamlarga mahaldir. Gʻayri mahsur lazzatlarga ishtahalidir. Gʻayri mahdud amolni tashiydi. Hatto qalbning zalolati bilan barobar ruhdan joʻsh urgan shafqat gʻayri mutanohiy alamlarni tazammun etadi. Shunga binoan, "Men kimman? Qanday qiymatim borki, men uchun qiyomat qoʻpsin, mezon joriy qilinsin, hisob-kitob qilinsin?" deyishga haqqing yoʻq.

Ey kamoli gʻurur bilan zalolat minbarida oʻtirgan! Hayotingga magʻrur boʻlma. Zero u hayot bir mugʻolata bilan qoimdir. Shundayki: U minbarda oʻtirgan zall, zavol va fanoning dahshatini oʻylab qoʻrqqan vaqt saodati abadiya ehtimoliga qochadi, takolifi diniyaning tarkida ham oxiratning boʻlmasligi ehtimoliga qochadi. Bu magʻlata bilan har ikki alamdan qutuladi. Lekin, qisqa bir zamonda tugun ochiladi, haqiqat oʻrtaga chiqadi. Na birinchi ehtimol alamini izola etadi va na ikkinchi ehtimol yukini taxfif etadi.

Va shuningdek, "Musibat taammum etganida, alam yengil boʻladi. Men ham oʻxshashim kabiman." deya yana yuk ostidan qochadi. Faqat, musibat a'mm boʻlganidan, alami muzaaf boʻladi, qat-qat ziyoda boʻladi. Chunki oʻzi kabi qarindoshi, doʻstlari ham u musibatga dohildir. Chunki insonning ruhi abno-i jinsi bilan aloqadordir. Qanchalik umumiy boʻlsa, shuncha alami koʻp boʻladi.

— 112 —

Ey shak jabhasida, gʻaflat soyasida istirohatga chekilgan bechora! Gʻaflat salqinligida, shak ichida zavq olgan lazzatingni lazzat deb sanama! U zaharli asaldir. Oz bir zamon soʻngra jahannamiy bir azobga inqilob etadi. Agar aloming lazoizga, noring nurga inqilob etishi umidida boʻlsang, avqoti hamsada ruku va sujud changagi bilan gʻururning xartumini buk, siq, boshini yor, iymonni toʻldir. Soʻngra oyotga tafakkur bilan toatga davom aylaginki, shak va gʻaflat pardalari yirtilsin. Bu zalolot achchiqligidan, najotning halovati tavazzuh bilan munojot lazzati oʻrtaga chiqsin.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ubudiyatda faqat taslimiyat bor. Tajriba, imtihon yoʻq. Chunki sayyid, xoʻjayin abdini, xizmatkorini tajriba va imtihon qilishi mumkin. Faqat, abd sayyidini imtihon qilish salohiyatida emas. Va shuningdek, inson Robbini, Xoliqini tajriba qilolmaydi.