Masnaviy-i Nuriya
— 176 —

SHU'LA

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Butun asmo-i husna ifoda etgan ma'nolar bilan butun sifoti kamoliyaga Lafza-i Jalol boʻlgan "Alloh" bil-iltizom dalolat etadi. Boshqa ismi xoslar yolgʻiz musammolariga dalolat qiladi. Sifatlarga dalolatlari yoʻq. Chunki sifatlar, musammolariga juz boʻlmagani kabi, oralarida luzumi bayyin ham yoʻq. Bu e'tibor bilan na tazammunan va na iltizoman sifatlarga dalolatlari yoʻq. Ammo Lafza-i Jalol bil-mutobaqot Zoti Aqdasga dalolat etadi. Zoti Aqdas bilan sifoti kamoliya orasida luzumi bayyin boʻlganidan, sifatlarga ham bil-iltizom dalolat etadi. Va shuningdek, uluhiyat unvoni sifoti kamoliyani istilzom etishi, ismi xos boʻlgan "Alloh"ning ham u sifatni istilzom etganini istilzom etadi. Va shuningdek, "Alloh" kalimasi ham inkordan soʻngra sifatlar bilan barobar oʻylanadi. Shunga binoan, "La ilaha illalloh" kalomi asmo-i husnaning adadicha kalomlarni tazammun etadi. Bu e'tibor bilan, shu kalima-i tavhid kalomi dalolat etgan sifatlar e'tibori bilan bir kalom ekan, ming kalom boʻladi. "La Xoliqa illalloh", "La Fatira, La Roziqa, La Qayyuma illalloh" kabi... Shunga binoan, taraqqiy qilgan zokir bir zot bu kalomni aytarkan, ichidagi minglarcha kalomlarni ham aytgan boʻladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Modomiki hamma narsaning Allohdan ekanini bilasan va unga iz'oning bor. Zararli-manfaatli hamma narsani tahsin va husni rizo bilan qabul qilish lozim boʻladi. Boʻlmasa gʻaflatga tushishga majbur boʻlasan. Shuning uchun zohiriy sabablar joriy qilingan va koʻzlarga ham gʻaflat pardasi yopilgan. Koinot hodisalaridan insonning hoyu-havasiga muxolif boʻlgan qism muvofiq boʻlgan qismdan yanada koʻp boʻladi. Agar havo sohibi bu zohiriy sabablarni koʻrib Musabbib-ul Asbobdan gʻaflat etmasa, e'tirozlarini tamoman Allohga tavjih etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Duolar uch qismdir.

Birisi: Insonning lisoni bilan qilgan qovliy duolardir. Savt va sadoli hayvonotning, -masalan- och qolgan vaqti oʻz xususiy lisonlari bilan chiqargan sadolari qovliy duolardandir.

Ikkinchi Qism: Nabotot, ashjarning xususan bahor mavsumida lisoni ehtiyoj bilan qilgan ehtiyojiy duolaridir.

Uchinchisi: Tahavvul, takammul sha'nida boʻlgan narsalarning lisoni iste'dod bilan his qilingan iste'dodiy duolaridir. Ha, hamma narsa Janobi Haqni tasbeh etgani kabi, lisoni bilan, ehtiyoji bilan, iste'dodi bilan ham Allohga duo qiladi.

— 177 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Urugʻ daraxt boʻlmasdan avval, tuxum qush boʻlishdan avval, habba boshoq chiqarishdan avval minglarcha imkon va ehtimollar ichida va minglarcha surat va shakllarga kirish qobiliyatida ekan; u egri-bugri ehtimollar, yoʻllar ichidan chekinib toʻgʻri va mustaqim muntaj bir shaklga, bir vaziyatga yoʻllanishlaridan anglashiladiki, u danaklar avval ham Allam-ul Gʻuyubning tarbiya, tadvir, tadbiri ostida ekanlar. Xuddi u danaklarning har birisi, qudrat kitoblaridan istinsoh etilgan kichik bir tazkaradir. Yoxud bir mundarijadir, ilmi azaliydan olingandir. Yoxud Qadar kitoblaridan yozilgan ba'zi dasturlardir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Moʻ'min boʻlgan zot ma'no-i harfiy bilan, ya'ni gʻayrga bir xodim va bir vosita sifati bilan koinotga qaraydi. Kofir esa ma'no-i ismiy bilan, ya'ni mustaqil bir "Xoʻjayin" nazari bilan olamga qaraydi. Bu e'tibor bilan, har bir masnu'da ikki jihat bordir. Bir jihati oʻzining zot va sifatidan iboratdir. Boshqa jihati Sone'ga va asmo-i husnadan oʻziga boʻlgan tajalliyotga qaraydi.

Ikkinchi jihatning doirasi yanada keng va maol jihatidan yanada komildir. Zero, bir harf oʻz zotiga bir harf miqdori -u ham bir vajh bilan- dalolat etadi. Kotibiga koʻp vajhlar bilan dalolat etadi. Va kotibini qaraganlarga ta'rif va tavsif etadi.

Shuning kabi, Qudrati Azaliy kitobidan boʻlgan bir masnu' oʻz nafsiga oʻz jirmi qadar va bir vajh bilan dalolat etadi. Ammo Naqqoshi Azaliyga juda koʻp vujuh bilan dalolat etadi. Va oʻziga tajalliy etgan asmodan uzun bir qasidani inshod etadi. Qavoidi muqarraradandirki: "Ma'no-i harfiy qasdiy hukmlarga mahkumu alayh boʻlolmaydi. Va u ma'no-i harfiyning injaliklariga tadqiqot qilib boʻlmaydi. Faqat ma'no-i ismiy sodiq, kozib har hukmga mahal boʻladi." Bu sirga binoan, ma'no-i ismiy bilan koinotga qaragan falosifaning kitoblarida koinotga oid hukmlar, nafs-ul amrda oʻrgimchakning nasjidan zaif boʻlsa ham, zohirga koʻra yanada muhkam koʻrinadi.

Ahli kalom falsafiy masalalarda va ulumi kavniyaga ma'no-i harfiy bilan, istidlol uchun taba'i bir nazar bilan qaraydi. Hatto shamsning siroj boʻlishi, arzning beshik, jibalning avtad boʻlishi, ahli kalomning mudda'olarini isbotga kifoyadir. Hatto ahli kalomning ra'ylari, hissi umumiya va taorufi omma mutobiq boʻlgandan soʻngra, voqe'ga mutobiq boʻlmasa ham, ularning mudda'osiga zarar bermaydi va takzibga ham mustahaq boʻlmaydilar. Shuning uchun, ahli kalomning ra'ylari masoili falsafiyada adno va zaif koʻrinadi. Ammo masoili Ilohiyada temirdan yanada metindir.

— 178 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqning gunohkorlarni avf etishi fazldir, ta'zib etishi adldir. Ha, zaharni ichgan odam, odatullohga nazaran xastalikka, oʻlimga kasbi istihqoq etadi. Soʻngra xasta boʻlsa, adldir. Chunki jazosini tortadi. Xasta boʻlmagan taqdirida, Allohning fazliga mazhar boʻladi. Ma'siyat bilan azob orasida qoviy bir munosabat bor. Hatto ahli i'tizol, ma'siyat haqida, toʻgʻri yoʻldan u'dul bilan ma'siyatni, sharni Allohga isnod etmaganlari kabi, ma'siyat ustiga ta'zibning ham vojib ekaniga zahob etganlar. Sharning azobni istilzom etgani, Rahmati Ilohiyaga munafiy emas. Chunki shar, nizomi olamning qonuniga muxolifdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson nisyondan olingani uchun, nisyonga mubtalodir. Nisyonning eng yomoni ham nafsning unutilishidir. Faqat xizmat, sa'y, tafakkur zamonlarida nafsning unutilishi, ya'ni nafsga bir ish berilmasligi zalolatdir. Xizmatlar qilingandan soʻng natijada, mukofot zamonlarida nafsning unutilishi kamoldir. Bu e'tibor bilan, ahli zolal bilan ahli kamol, nisyon va tazakkurda mutaakisdirlar. Ha, zoll boʻlgan kishi bir ish va bir ibodat taklifida boshini havoga koʻtarib fir'avnlashadi. Lekin, mukofotning, manfaatning tavzi'ida bir zarra ham tark qilmaydi. Ammo nafsini unutgan ahli kamol sa'y, tafakkur, suluk zamonlarida hamma narsadan avval nafsini ilgari suradi; lekin natijalarda, foydalarda, manfaatlarda nafsini unutish bilan eng orqaga tashlaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Moʻ'minlar ibodatlarida, duolarida bir-biriga tayanib jamoat bilan oʻqigan namoz va boshqa ibodatlarida buyuk bir sir borki; har bir fard oʻz ibodatidan qozongan miqdordan juda koʻp savobni jamoatdan qozonadi. Va har bir fard boshqalarga duochi boʻladi, shafoatchi boʻladi, tazkiyachi boʻladi, xususan Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamga... Va shuningdek, har bir fard birodarlarining saodatidan zavq oladi va Xoliqi koinotga ubudiyat etishga va saodati abadiyaga nomzod boʻladi.

Xullas, moʻ'minlar orasida, jamoatlar soyasida hosil boʻlgan shu ulviy ma'naviy taovun va bir-biriga yordamlashish bilan xilofatga haml, omonatga mazhar boʻlish bilan barobar maxluqot ichida mukarram unvonini olgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir narsadan uzoq boʻlgan kishi, yaqin boʻlgan odamchalik u narsani koʻrolmaydi. Naqadar zakiy boʻlsa boʻlsin, u narsaning ahvoli haqida ixtiloflari boʻlgan zamon yaqin boʻlganning soʻzi ishonchlidir. Shunga binoan, Ovrupa faylasuflari moddiyotda shiddati tavagʻgʻul sababli iymon, Islom va Qur'onning haqoiqidan juda uzoq masofalarda qolishgan. Ularning eng buyugi, yaqindan haqoiqi Islomiyaga vuqufi boʻlgan omi odam kabi ham emas. Men shunday koʻrdim, nafs-ul amr ham mening koʻrganimni tasdiq etadi. Shunga binoan, chaqmoq, bugʻ kabi fanniy masalalarni kashf etgan faylasuflar, Haqning asrorini, Qur'on nurlarini ham kashf eta oladilar deyolmaysan. Zero uning aqli koʻzidadir. Koʻz esa, qalb va ruhning koʻrganlarini koʻrolmaydi. Chunki qalblarida jon qolmagan. Gʻaflat u qalblarni tabiat botqoqligida chiritgan.

— 179 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sam', basar, havo, suv kabi umumiy ne'matlar koʻproq ahamiyatli, koʻproq qiymatli boʻlganlariga nazaran, xususiy shaxsiy ne'matlardan qat-qat koʻproq shukrga istihqoq va layoqatlari bor.

Shunga binoan, unday umumiy ne'matlarga qarshi nonkoʻrlik qilib shukron etmaslik, eng katta kufroni ne'mat sanaladi. Demak haqiqati hol bu ekan, ba'zi insonlar shaxslariga oid xususiy ne'matlarga qarshi Allohga shukr qilsa ham, bu umumiy ne'matlar ularga shumuli yoʻqdek fikrlariga ham kelmaydi. Holbuki eng katta ne'mat, a'mm va doimiy boʻlgan ne'matlardir. Umumiyat kamol va ahamiyatga dalil boʻlgani kabi, davom ham ulviyat va qiymatga dalolat etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ba'zi oyatlarining takrorini iqtizo etgan hikmatlar, ba'zi azkor va duolarning ham takrorini iqtizo etadi. Zero Qur'on, haqiqat va shariat, hikmat va ma'rifat kitobi boʻlgani kabi; zikr, duo va da'vatning ham kitobidir. Duoda takror, zikrda tazkor, da'vatda ta'kid lozimdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'onning yuksak maziyatlaridan biri ham shuki: Kasratga oid bahslardan soʻngra vahdat tazkiralarini yozadi. Tafsildan soʻngra ijmol qiladi. Juz'iyotning bahslaridan soʻngra rububiyati mutlaqaning dasturlarini, sifoti kamoliyaning nomuslarini fazlakalar bilan zikr qiladi. Bu kabi fazlakalarning, oyatlarning oxiridagi foydalari, oyatlarning oʻrtalarida zikr qilingan muqaddimalarga natijalar hukmidadirlar. Yoki illat boʻladilar; toki sami'ning zehni oyatlarda zikr qilingan juz'iyot bilan mashgʻul boʻlib uluhiyati mutlaqa martabasining azamatini unutmasinki, ubudiyati fikriyasiga xalal kelmasin.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Valiylarning himmatlari, imdodlari, ma'naviy fe'llari bilan fayz berishlari holiy yoki fe'liy bir duodir. Hadiy, Mugʻis, Muin faqat Allohdir. Lekin insonda shunday bir latifa, shunday bir holat borki, u latifa lisoni bilan har nima soʻralsa, -hattoki fosiq boʻlsa ham- Janobi Haq u latifaga hurmatan u matlubni beradi. U latifa juda uzoqdan menga koʻringan boʻlsa ham, tashhis etolmadim.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ilm va yaqiyn shumuliga dohil boʻlgan ahvoli moziya bilan shak pardasi ostida qolgan ahvoli istiqboliya orasida shunday bir muqoyasa qil:

Silsila-i nasabing oʻrtasida, bir boboning oʻrnida oʻzingni faraz qil, oʻtir. Soʻngra mavjudoti moziya qofilasiga dohil boʻlgan ajdoding bilan hanuz istiqbol rahmida qolib bir-birining orqasidan vujudga chiqqan avlod va ahfading orasida bir tafovut bormi? Yaxshilab qara! Avvalgi qism ilm va ittiqon bilan Sone'ning masnu'i boʻlgani kabi, ikkinchi qism ham aynan u Sone'ning masnu'i boʻladi. Har ikki qism ham Sone'ning ilmi va mushohadasi ostidadir. Bu e'tibor bilan, ajdodning i'odatan ihyosi, avlodining ijodidan yanada gʻarib emas. Balki yanada ahvandir. Xullas, bu muqoyasadan anglashildiki: Vuqu'oti moziya, Sone'ning butun imkonoti istiqboliyaga qodir ekaniga shahodat qilgan bir qator moʻ'jizalardir.

Ha, koinot boʻstonida koʻringan shu mavjudot va ajrom, Xoliqlarining hamma narsaga qodir va hamma narsaga alim ekaniga dalolat etgan horiqolardir.

Shuning kabi, nabotot va hayvonot, anvo'i bilan, afrodi bilan Sone'larining hamma narsaga qodir boʻlganiga shahodat qilgan san'at horiqolaridir. Ha, qudratiga nisbatan zarrot bilan shumus mutasoviy boʻlgani kabi, yaproqlarning nashri bilan basharning hashri ham birdir. Va shuningdek, daraxtlarning chirigan tarqalgan yaproqlarining i'odatan ihyosi orasida farq yoʻq.

— 180 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon buyuk oʻlchovda takror etgan ihyo-i arz va tuproq unsuriga nazari diqqatni jalb qilganidan qalbimga shunday bir fayz tomchilaganki: Arz, olamning qalbi boʻlgani kabi, tuproq unsuri ham arzning qalbidir. Va tavozu, mahviyat kabi maqsudga isol etgan yoʻllarning eng yaqini ham tuproqdir. Balki tuproq, eng yuksak samovotdan Xoliqi Samovotga yanada yaqin bir yoʻldir. Zero koinotda tajalli-i rububiyat va faoliyati qudratga va maqarri xilofatga va Hayy, Qayyum ismlarining jilvalariga eng uygʻun tuproqdir. Qandayki arshi rahmat suv ustidadir. Arshi hayot va ihyo esa tuproq ustidadir. Tuproq, tajalliyot va jilvalarga eng yuksak bir oynadir. Ha, kasif bir narsaning oynasi naqadar latif boʻlsa, oʻsha nisbatda suratini vazih koʻrsatadi. Va nuroniy va latif bir narsaning ham oynasi naqadar kasif boʻlsa, oʻsha nisbatda asmoning jilvalarini jiloli koʻrsatadi. Masalan, havo oynasida yolgʻiz shamsning zaif bir ziyosi koʻrinadi. Suv oynasida shams ziyosi bilan koʻrinsa ham, alvoni sab'asi koʻrinmaydi. Faqat tuproq oynasi chechaklarining ranglari bilan shamsning ziyosidagi yetti rangni ham koʻrsatadi.

اَقْرَبُ مَا يَكُونُ الْعَبْدُ مِنْ رَبِّه۪ وَ هُوَ سَاجِدٌ

boʻlgan hadisi sharif bu sirga ishoratan shahodat qiladi. Shunday ekan birodar, tuproqdan va tuproqqa inqilob etishdan, qabrdan va qabrga kirib yotishdan tavahhush etma!

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Aqlim ishlar ekan, ba'zan qalbim bilan doʻst boʻladi. Qalb zavqi bilan topgan narsasini aqlga beradi. Aql barvajhi mu'tad burhon shaklida bir tamsil bilan ibroz etadi. Masalan: Fotiri Hakim koinotdan soʻngsiz uzoq boʻlganidek, soʻngsiz bir qurbiyati ham bordir. Ha, ilm va qudrati bilan botinlarning eng botinida boʻlgani kabi; favqlarning ham eng favqida turadi. Hech bir narsaga dohil boʻlmagani kabi, hech bir narsadan xorij ham emas. Ha, osori rahmatiga mazhar boʻlgan sathi arzda ma'muloti qudratga qaraginki, bir parcha bu sirga voqif boʻlasan. Masalan: Biri arzda boshqasi samoda yoki biri sharqda boshqasi gʻarbda ikki narsani bir onda yaratgan Sone'ning u yaratilgan narsalarning orasidagi uzoqlik qadar uzoqligi lozimdir. Va shuningdek, hamma narsaning qayyumi boʻlishi jihat bilan ham, hamma narsaning nafsidan yanada ziyoda bir qurbiyati ham bor. Bu sir, doira-i vujub, tajarrud va itloq xasoisidandir. Va foili asliyning mohiyati bilan zilliy boʻlgan munfail orasidagi muboyanati lozimasidir. Masalan: Shams timsollariga qayyum boʻlgani uchun favqalhad ularga bir qurbiyati bor. Oynadagi zill va soya bilan samoda boʻlgan asl orasidagi masofa qadar ham bu'diyati bor.

— 181 —

SHU'LANING ZAYLI

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Butun koinotni ihota etgan bir nurdan hech bir narsa yashirinolmaydi. Va gʻayri mutanohiy bir doira-i qudratdan bir narsa xorij qololmaydi. Boʻlmasa, gʻayri mutanohiyning tanohiysi lozim boʻladi. Va shuningdek, hikmati Ilohiya hamma narsaga qiymati nisbatida fayz beradi. Va hamma piyolasiga koʻra dengizdan suv olishi mumkin. Va shuningdek, muqoddir boʻlgan Qodiri Hakimning kattaga boʻlgan tavajjuhi kichikka boʻlgan tavajjuhiga mone boʻlolmaydi. Va shuningdek, moddatan mujarrad zohir va botin boʻlgan muhit bir nazarga eng katta narsa eng kichik bir narsani yoki nav bir fardini yashira olmaydi. Va shuningdek, kichik bir narsa mazhar va mahal boʻlgan san'ati nisbatida kattalashadi. Va kichik narsalarning navlari katta boʻladi. Va shuningdek, azamati mutlaqa shirkatni aslo qabul qilmaydi. Va shuningdek, favquloda bir suhulat bilan, horiqo bir tezlik bilan, moʻ'jiz bir ittiqon va intizom bilan judi mutlaqdan oqqan osordan anglashiladiki; mikrob kabi eng kichik va yanada kichik havoiy, maiy, turobiy hayvonlar boʻsh deb oʻylangan olamning yerlarini toʻldirganlar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Nafsingga boʻlgan muhabbatni ijob ettirgan nafsning senga boʻlgan qurbiyati bor ekan, Xoliqingga muhabbating undan ham koʻp boʻlishi kerak. Chunki U senga nafsingdan ham qoribdir. Ha, sening fikring, ixtiyoring idrok etolmagan sendagi maxfiyat, Xoliqning nazari va ilmi ostidadir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Olamda tasodif yoʻqdir. Ha, xususan bahor mavsumida, kura-i arz bogʻida, butun daraxtlarning shoxlarida chechaklarning yaproqlarida, mazru'otning boshoqlarida hikmat bulbullari hikmat oyatlarini tanagʻgʻum bilan inshod etishgan iymon qulogʻi bilan, basirat koʻzi bilan eshitilsa, tasodif shaytonlari ham qabul bilan hayron boʻladilar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tavhid bilan butun ashyoni Vohidi Ahadga isnod etmaganing taqdirda, olamda boʻlgan butun afrod mazhar boʻlgan tajalliyoti Ilohiya adadicha ilohlarni qabul qilish majburiyatida boʻlasan. Ha, koʻzingni shamsdan yumgan va timsollari bilan irtibotingni kesgan vaqting, timsollariga ma'kas boʻlgan narsalarning adadicha haqiqiy shamslarning vujudini qabul qilishga majbur boʻlasan.

— 182 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sen ba'zi vajhlardan fanoga ketgan vaqting, Xoliqi Rahmoni Rahimning ilmida, mashhudida, ma'lumida boqiy qolishing, sening baqoing uchun kifoyadir.

Hoy, hamma narsani sohibi haqiqiysiga ber yoki unga isnod et. Uning ismi bilan olginki, rohatlanasan. Boʻlmasa, bu qadar ashyoni vujudga keltirib nizom va intizomlarini ta'min qiladigan oʻshancha ilohlarni qabulga muztar qolasan.