Masnaviy-i Nuriya
— 183 —

NUQTA

مِنْ نُورِ مَعْرِفَةِ اللّٰهِ جَلَّ جَلَالُهُ
(Qirq besh yil avval ta'lif etilgan bir risolaning bir qismidir.)
IFODA-I MAROM

Bir bogʻga kirsam, yaxshisini intihob etaman. Uzishdan zahmat cheksam, sevinaman. Chirigini, pishmaganini koʻrsam "Xuz ma safa" deyman. Muxotoblarimni ham shunday boʻlishlarini orzu qilaman. Derlar:

- Soʻzlaring yaxshi tushunilmaydi?

Bilamanki, goh minora boshida, goh quduq tubida gapiraman. Nima qilay, zuhurot shunday. "Shuoot" va shu kitobda mutakallim ojiz qalbimdir. Muxotob osiy nafsimdir. Mustami' mutaharri-i haqiqat bir Yapondir. Tomosha qilgan buni anglashi kerak. Gʻoyat-ul gʻoyat boʻlgan Ma'rifatullohning bir burhoni boʻlgan ma'rifat-un Nabiyni "Shuoot"da bir parcha bayon etdik. Shu risolada maqsudi bizzot boʻlgan tavhidning layuhad barohinidan yolgʻiz toʻrt muazzam burhoniga ishorat qilamiz. Ham nazari aqliyni hadsi qalbiy bilan birlashtirish uchun, maloika va hashrning bir qism daloiliga imo qilib iymonning olti ruknidan toʻrtasidan bittadan lam'asini fahmi qasirim bilan koʻrsatishni istayman.

اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ وَ مَلٰئِكَتِه۪ وَ كُتُبِه۪ وَ رُسُلِه۪ وَ الْيَوْمِ الْاٰخِرِ وَ بِالْقَدَرِ خَيْرِه۪ وَ شَرِّه۪ مِنَ اللّٰهِ تَعَالٰى وَ الْبَعْثُ بَعْدَ الْمَوْتِ حَقٌّ اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَ اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّٰهِ
Said Nursiy
— 184 —
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلٰى مُحَمَّدٍ خَاتَمِ النَّبِيّ۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ
﴿ اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ ﴾

maqsudimizdir, matlubimizdir.

Gʻayri mutanohiy barohinidan toʻrt burhoni kulliyni irod etamiz.

Birinchi Burhon:

Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Şu burhoni nayyirimiz Shuootda tanavvur etganidan, tanviri muddaomizda munavvar bir mir'atdir.

Ikkinchi Burhon:

Kitobi kabir va insoni akbar boʻlgan koinotdir.

Uchinchi Burhon:

Kitobi Moʻ'jiz-ul Bayon, Kalomi Aqdasdir.

Toʻrtinchi Burhon:

Olami gʻayb va shahodatning nuqta-i iltisoqi va barzohi va ikki olamdan bir-biriga kelgan sayyorotning multaqosi vijdon deyilgan fitrati zishuurdir. Ha, fitrat va vijdon aqlga bir derazadir. Tavhidning shuasini nashr etadilar.

— 185 —
BIRINCHI BURHON:

Risolat va Islomiyat bilan mujahhaz boʻlgan "haqiqati Muhammadiya"dirki, risolat nuqtasida eng muazzam ijmo' va eng vase' tavotur sirrini ixtivo etgan majmu'i anbiyoning shahodatini tazammun etadi. Va Islomiyat jihati bilan vahiyga istinod etgan butun adyoni samoviyaning ruhini va tasdiqlarini tashiydi. Xullas, butun anbiyoning shahodati bilan va butun adyonning tasdiqi bilan va butun moʻ'jizotining tayidi bilan musaddaq boʻlgan butun aqvoli bilan vujud va vahdati Sone'ni basharga koʻrsatadi. Demak, shu da'voda ittihod etgan butun afozili bashar nomiga u nurni koʻrsatadi. Ajabo, bu qadar tasdiqlarga mazhar, katta, chuqur, durbin, sof, keskin, haqoiq-oshino bir koʻz koʻrgan haqiqat, haqiqat boʻlmasligi hech ehtimoli bormi?

IKKINCHI BURHON:

Koinot kitobidir. Ha, shu kitobning butun hurufi va butun nuqtalari, afrodan va tarakkuban Zoti Zuljalolning vujud va vahdatini, alsina-i maxsusalari qiroat bilan

﴿ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾

ni tilovat qilyaptilar.

Jamiki zarroti koinot bir-bir zot va sifat va boshqa vujuh bilan hadsiz imkonot mobaynida mutaraddid ekan; birdaniga bir jihatni ta'qib, muayyan bir sifat bilan ittisof, maxsus bir holat bilan takayyuf etib hayratbaxsho hikamni intoj etganidan, Sone'ning vujubi vujudiga shahodat bilan avolimi gʻaybiyaning anmuzaji boʻlgan latifa-i Rabboniya ichida e'loni Sone' etgan misbohi iymonni nurlantiryaptilar. Ha, bir nafar, nafsida va boʻlinmasida va rotada, batal'onda va qoʻshinda boʻlgani kabi; har bir zarra ham, bir oʻzi zot, sifat, holatidagi imkonot jihati bilan Sone'ni e'lon qilgani kabi, tasoviri mutadohilaga oʻxshagan murakkaboti mutashabiqa-i mutaso'ida-i koinotning har bir maqomida va har bir nisbatida va har bir doirasida, har bir zarra, muvozana-i jarayoni umumiyni muhofaza; va har nisbatida va har boʻlinmasida boshqa-boshqa vazifani ifo va hikmatni intoj etganlaridan, Sone'ning qasd va hikmatini izhor va vujud va vahdatining oyotini qiroat etganlari uchun, Sone'-i Zuljalolning barohini zarrotdan qat-qat ziyoda boʻladi.

Demak

اَلطُّرُقُ اِلَى اللّٰهِ بِعَدَدِ اَنْفَاسِ الْخَلَائِقِ

haqiqatdir, mubolagʻa emas; balki noqisdir.

S: Nima uchun buni aqli bilan hamma koʻrolmaydi?

J: Kamoli zuhuridan va zidning adamidan.

تَاَمَّلْ سُطُورَ الْكَائِنَاتِ فَاِنَّهَا ٭ مِنَ الْمَلَاِ الْاَعْلٰى اِلَيْكَ رَسَائِلُ

Ya'ni: "Sahifa-i olamning ab'adi vase'asida Naqqoshi Azaliy yozgan silsila-i hodisotning satrlariga hikmat nazari bilan qara va fikri haqiqat bilan yopish. Toki mala-i a'lodan uzangan shu salosili rasoil seni a'loyi illiyini tavhidga chiqarsin." Shu kitobning hay'ati majmuasida shunday porloq bir nizom borki, nazzomi quyosh kabi ichida tajalliy etadi. Har kalimasi, har harfi bittadan moʻ'jiza-i qudrat boʻlgan bu kitobi koinotning ta'lifida shunday bir i'joz borki, butun tabiatdagi sabablar, farzi mahol boʻlib muqtadir bittadan foili muxtor boʻlsalar, yana kamoli ajz bilan u i'jozga qarshi sajda qilib

سُبْحَانَكَ لَا قُدْرَةَ لَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ

deydilar.

— 186 —

Har bir kalimasi butun kalimoti bilan munosabatdordir. Va har harfi, xususan zihayot bir harfi butun jumlalarga qarshi mutavajjih bittadan yuzi, nazir bittadan koʻzi bor boʻlgan bu kitobning shunday bir muzaaf ishtiboki tasonudi nazmi borki, bir nuqtani joyida ijod etish uchun butun koinotni ijod qiladigan bir qudrati gʻayri mutanohiy lozim. Demak, pashshaning koʻzini yaratgan, quyoshni ham u yaratgan. Burganing me'dasini tanzim etgan, manzuma-i shamsiyani ham u tanzim etgan. Sunuhotning toʻqqizinchi sahifasida

﴿ مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ ﴾

oyatining sirriga murojaat et. Yolgʻiz shu kitobning kichik bir kalimasi boʻlgan asalarini koʻr. Qanday shahdi shahodat u moʻ'jiza-i qudratning lisonidan oqyapti. Va yoxud shu kitobning bir nuqtasi boʻlgan xurdabini bir huvaynot-ki, koʻp dafa kattalashtirilgandan soʻng koʻrinadi. Diqqat qil! Qanday moʻ'jiznamo, hayrat-fazo bir misoli musagʻgʻari koinotdir. Sura-i Yosin surati lafzi Yosinda yozilgani kabi, jazolatli, mujiz bir nuqta-i jome'adir. Uni yozgan, butun koinotni ham u yozgan. Agar insof bilan diqqat qilsang, shu kichkina hayvonning va huvaynotning surati ostida boʻlgan uskuna-i daqiqa-i badi'a-i Ilohiyaning shuursiz, koʻr, majra va mahraklari tahdid qilinmagan va imkonotidan avlaviyat boʻlmagan tabiatdagi jonsiz oddiy sabablardan husulini, mahol andar mahol koʻrasan.

Agar har biz zarrada hukamo shuuri, attibo hikmati, hukkamning siyosati boʻlganini va har bir zarra ham boshqa zarrot bilan vositasiz muxobara etganini e'tiqod etsang, balki nafsingni ishontirib u maholni ham e'tiqod eta olasan. Holbuki, u zihayot uskunada shunday bir moʻ'jiza-i qudrat, shunday bir horiqo-i hikmat borki, faqat butun koinotni, butun shuunotini ijod etgan, tanzim etgan bir Sone'ning sun'i boʻlishi mumkin. Boʻlmasa koʻr, oz, oddiy imkon taraddudi bilan oyoq tashlolmaydi. Asbobi tabiiydan boʻlolmaydi. Xususan, u tabiatdagi sabablarning ussul asosi hukmida boʻlgan juzi layatajazzadagi quvva-i joziba va quvva-i dafi'aning ijtimo'larining xartumi ustida bir maholiyat tamgʻasi bor. Faqat joizki, har bir narsaning asosi deb oʻylaganlari jazb, daf', harakat, quva kabi ishlar odatullohning qonunlariga bittadan ism boʻlsin. Lekin qonun qoidalikdan tabiiylikka va zehniylikdan xorijiylikka va e'tiboriydan haqiqatga va vosita boʻlishdan ta'sir qilishga oʻtmaslik sharti bilan qabul qilamiz.

S: Azaliyati modda va harakoti zarrotdan tashakkuli anvo' kabi botil ishlarga nima uchun ehtimol beriladi?

J: Yolgʻiz boshqa narsa bilan nafsini iqno' etish maqsadida boʻlgani uchun, u ishlarning asosi fosidasini taba'i bir nazar bilan dark etmaganidan nash'at etadi. Agar nafsini iqno' etish suratida qasddan va bizzot unga mutavajjih boʻlsa, maholiyatiga va ma'qul boʻlmaganiga hukm qiladi. Deylikki, qabul qilsa ham, tagʻofuli anis-Sone' sababi bilan hosil boʻlgan izdiror bilan qabul qilinishi mumkin. Zalolat naqadar ajibdir. Zoti Zuljalolning lozimi zaruriysi boʻlgan azaliyatni va xossasi boʻlgan ijodni aqliga sigʻdirolmagan, qanday qilib, gʻayri mutanohiy zarrotga va ojiz narsalarga beradi.

Ha, mashhurki: Hiloli i'ydga qarayotgan edilar. Hech kim bir narsa koʻrmadi. Keksa bir zot qasam ichdi: "Hilolni koʻrdim." Holbuki koʻrgan hiloli, kiprigining taqavvus etgan oq bir qili edi. Qil qayerda, qamar qayerda? Harakoti zarrot qayerda, sababi tashkili anvo' qayerda?

Inson fitratan mukarram boʻlganidan haqni qidiradi. Ba'zan botil qoʻliga keladi. Haq deb oʻylab qoʻynida saqlaydi. Haqiqatni qazarkan ixtiyorsiz tarzda boshiga zalolat tushadi; haqiqat deb oʻylab uni boshiga kiydiradi.

— 187 —

S: Shu tabiat, qavonin, quva nimaki, ular bilan oʻzlarini aldaydilar?

J: Tabiat, olami shahodat deyilgan jasadi xilqatning anosir va a'zosining af'olini intizom va rabt ostiga olgan bir shariati kubro-i Ilohiyadir. Xullas, bu shariati fitriya sunnatulloh va tabiat bilan musammodir. Xilqati koinotda joriy boʻlgan qavonini e'tiboriyasining majmu' va muhassolasidan iboratdir. Quva deyilgan narsa, har biri shu shariatning bittadan hukmidir. Va qavonin deyilgan narsa, har biri shu shariatning bittadan masalasidir. Faqat bu shariatdagi ahkomning yaknasoq istimroriga istinodan vahm, xayol tasallut bilan tazyiq oʻtkazib, shu tabiati havoiya tavazzu' va tajassum etib mavjudi xorijiy va xayoldan haqiqat suratiga kirgan. Xayolni haqiqat suratida koʻrgan, koʻrsatgan nufusning iste'dodi shoʻrasidan foili muassir vaziyatini koʻrsatgan. Holbuki koʻr, shuursiz tabiat, qat'iyan qalbni iqno' etadigan va fikrga oʻzini sevdiradigan va nazari haqiqat unga unsiyat etadigan hech bir muloyamat va munosabat yoʻq ekan va masdar boʻlishga qobiliyati mafqud ekan, yolgʻiz nafyi Sone' farazidan chiqqan bir izdiror bilan valah-rasoni afkor boʻlgan qudrati azaliyaning osori bahirasining tabiatdan suduri taxayyul etilgan.

Holbuki tabiat misoli bir matbaadir, tabi' emas; naqshdir, naqqosh emas; qobildir, foil emas; mistardir, masdar emas; nizomdir, nozim emas; qonundir, qudrat emas; shariati irodiyadir, haqiqati xorijiya emas. Masalan: Yigirma yoshli bir odam birdaniga dunyoga kelsa, xoli bir yerda muhtasham va sanoyi'i nafisaning osori bilan muzayyan bir saroyga kirsa, va qat'iyan xorijdan kelgan hech bir foilning asari emas deb faraz qilsa. Soʻngra ichidagi ashyo-i muntazamaga sabab qidirarkan, tanzimining qavoninini jamlagan bir kitob topsa, uni ma'kasi shuur boʻlganidan, bir foil, bir illati izdiroriy deb qabul qiladi. Xullas, Sone'-i Zuljaloldan tagʻoful sababi bilan bunday gʻayri ma'qul, gʻayri muloyim bir illati izdiroriy boʻlgan tabiat bilan oʻzlarini aldashgan.

Shariati Ilohiya ikkidir:

Biri: Sifati kalomdan kelgan bir shariat boʻlib, basharning af'oli ixtiyoriyasini tanzim etadi.

Ikkinchisi: Sifati irodadan kelgan va avomiri takviniya tasmiya etilgan shariati fitriya boʻlib, butun koinotda joriy boʻlgan qavonini odatullohning muhassolasidan iboratdir. Avvalgi shariat qanday qavonini aqliyadan iboratdir; tabiat deyilgan ikkinchi shariat ham, majmu'i qavonini e'tiboyadan iboratdir. Sifati qudratning xossasi boʻlgan ta'sir va ijodga molik emasdir.

Sobiqan sirri tavhid bayonida degandik: Hamma narsa bir-biri bilan bogʻliq. Bir narsa boshqa narsalarsiz qilinmaydi. Bir narsani yaratgan hamma narsani yaratgandir. Shunday ekan, bir narsani qilgan Vohid, Ahad, Fard, Samad boʻlishi zaruriydir.

Shu ahli zalolat koʻrsatgan tabiatdagi sabablar, ham mutaaddid, ham bir-biridan xabari yoʻq; ham koʻr, ikki qoʻlida ikki koʻr boʻlgan tasodufi a'mo va ittifoqiyati a'vroning qoʻliga bergan.

﴿ قُلِ اللّٰهُ ثُمَّ ذَرْهُمْ ف۪ى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ ﴾

Alhosil: Ikkinchi burhonimiz boʻlgan kitobi kabiri koinotdagi nazm va nizom, intizom va ta'lifidagi i'joz quyosh kabi koʻrsatadiki; bir qudrati gʻayri mutanohiy, bir ilmi loyatanoha, bir iroda-i azaliyaning asarlaridir.

— 188 —

S: Nazm va nizomi tomma nima bilan sobit?

Aljavob: Navi basharning tuygʻulari va josuslari hukmida boʻlgan fununi akvon istiqro-i tomma bilan u nizomni kashf etgan. Chunki; har bir navga doir bir fan yo tashakkul etgan yoki shuni qila oladi. Har bir fan, kulliyati qoida e'tibori bilan oʻz navidagi nazm va intizomni koʻrsatadi. Zero, har bir fan qavoidi kulliya dasotiridan iborat. Demak, shaxsning nazari nizomni ihota etmasa, javosisi funun vositasi bilan koʻradiki, insoni akbar insoni asgʻar kabi muntazamdir. Har bir narsa hikmat ustida oʻrnatilgan. Foydasiz abas yoʻq. Shu

{(*) Dalolat jihatidan siymosi bir "Hu" lafziga oʻxshaydiki, u "Hu"ning har bir juzi kichik "Hu"lardan, har bir kichik "Hu" ham kichkina "Hu"lardan tashakkul etgan.}

burhonimiz emas yolgʻiz arkoni va a'zosi, balki butun hujayroti, balki butun zarroti bittadan lisoni zokiri tavhid boʻlib katta burhonning sadoyi balandiga ishtirok etib "La ilaha Illalloh" deya zikr qiladilar.

UCHINCHI BURHON:

Qur'oni Azimushshondir. Shu burhoni notiqning ovoziga qulogʻingni qoʻysang eshitasan: "Allohu La ilaha Illa Hu"ni takror qilyapti. Ham gʻoyat mukammal samaroti bilan, mevador bir daraxtning manba-i hayoti boʻlgan jursuma boʻlmasa yoki ildizi buzilgan boʻlsa, samara bermaydi. Shu burhonimiz shoxlarida meva-i haq va haqiqat shu qadar koʻp va shu qadar toʻgʻriki, jursumasida boʻlgan masala-i tavhid, hech vahm qoldirmaydigan darajada quvvatli ekaniga shubha qoldirmaydi, toʻgʻri bir haq va haqiqatni tazammun etadi. Ham shu burhonning olami shahodat tarafiga tadalli etgan ahkomga doir shoxi, butun sidq va haq va haqiqat boʻlgani kabi, bizzarura olami gʻayb tarafiga uzangan tavhidga va gʻaybga doir gʻusni a'zami (daraxt shoxi) yana sobit haqoiq bilan mevadordir.

Ham chuqur tarzda shu burhon tarsim etilsa anglashiladiki, uni koʻrsatgan zot, natijasi boʻlgan masala-i tavhidda shu qadar aminki, hech bir shaiba-i taraddud hech bir tarafida ihsos etilmaydi. Ham u natijani butun haqoiqqa asos deb sanab musallama va zaruriya boʻlganini butun quvvati bayoni bilan va isrori bilan unga kiydiradi. Va boshqa narsalarni unga irjo' etadi. Poydevor kabi u shadid quvvat sun'iy boʻlolmaydi. Hamda, ustidagi sikka-i i'joz har ixborini tasdiq etadi. Tazkiyadan mustagʻniy qiladi.

Goʻyo ixboroti binafsiha sobit umurlardandir. Ha, shu burhoni munavvarning olti jihati ham shaffofdir. Ustida i'joz; ostida mantiq va dalil; oʻngida aqlni istintoq; chapida vijdonni istishhod; qarshisida hadafida xayr va saodat; nuqta-i istinodi vahyi mahzdir. Vahmning qanday haddi borki, kira olsin.

Ma'rifati Sone' deyilgan kamolot arshiga uzangan me'rojlarning usuli toʻrtdir.

Birinchisi: Tasfiya va ishroqqa muassas boʻlgan muhaqqiqiyni soʻfiyaning minhojidir.

Ikkinchisi: Imkon va hudusga mabni mutakallimiynning tariqidir.

Bu ikki asl, garchi Qur'ondan tasho'ub etgan bolsada, lekin fikri bashar boshqa suratga ifrogʻ etgani uchun uzunlashgan va mushkullashgan, avhomdan masun qolmaganlar.

Uchinchisi: Shubahot-olud hukamo maslagidir.

Toʻrtinchisi va eng birinchisi: Balogʻati Qur'oniyaning ulviy martabasini e'lon qilish bilan barobar, jazolat jihati bilan eng porlogʻi va istiqomat jihati bilan eng qisqasi va vuzuh jihati bilan basharning umumiga eng ashmali boʻlgan me'roji Qur'oniydir. Ham u arshga chiqish uchun toʻrt vasila bor: Ilhom, ta'lim, tasfiya, nazari fikriy.

— 189 —
Tariqi Qur'oniy ikki navdir:

Birinchisi: Dalili inoyat va goʻyot boʻlib, manofi'i ashyoni ta'dad etgan butun oyoti Qur'oniya bu dalilni nasj va shu burhonni tanzim etadilar. Bu dalilning zubdasi, koinotning nizomi akmalida ittiqoni san'at va rioyati masolih va hikamdir. Bu esa Sone'ning qasd va hikmatini isbot va tasodif vahmini oʻrtadan nafiy etadi. Zero ittiqon ixtiyorsiz boʻlmaydi. Ha, nizomning shohidlari boʻlgan butun fununi akvon, mavjudotning silsilalaridagi halqalardan osilgan masolih va samarotni va inqiloboti ahvolning qatmar va tugunlari ichida saqlangan hikam va favoidni koʻrsatish bilan, Sone'ning qasd va hikmatiga qat'iy shahodat qiladilar. Azjumla:

Fanni hayvonot, fanni nabotot, ikki yuz mingni mutajoviz anvo'ning katta padar va odamlari hukmida boʻlgan mabdalarining har birining hudusiga shahodat qilgani kabi; mavhum va e'tiboriy boʻlgan qavonin, koʻr va shuursiz boʻlgan tabiatdagi sabablar esa bu qadar hayrat-fazo silsilalar va bu silsilalarni tashkil etgan va afrod deyilgan dahshatangiz bittadan uskuna-i ajiba-i Ilohiyaning ijod va inshosiga adami qobiliyatlari jihati bilan har bir fard, har bir nav mustaqil holda Sone'-i Hakimning dasti qudratidan chiqqanlarini e'lon va izhor etishadi.

Qur'oni Karim

﴿ فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ ﴾

deydi. Qur'onda dalili inoyat vujuhi mumkinaning eng mukammal vajhi bilan mavjud. Qur'on koinotda tafakkurga amr bergani kabi, favoidni tazkor va ne'matlarni ta'dad etgan oyotning favosil va xotimalarida gʻoliban aqlga havola va vijdon bilan mushovaraga yoʻllash uchun

اَوَلَا يَعْلَمُونَ ، اَفَلَا يَعْقِلُونَ ، اَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ ، فَاعْتَبِرُوا

kabi, u burhoni inoyatni azhanda tasbit etadi.

Ikkinchi Dalili Qur'oniy: "Dalili Ixtiro'"dir. Xulosasi:

Maxluqotning har naviga, har fardiga va u navga va u fardga murattab boʻlgan osori maxsusasini muntij va iste'dodi kamoliga munosib bir vujudning berilishidir. Hech bir nav mutasalsili azaliy emas. Imkon qoldirmaydi. Inqilobi haqiqat boʻlmaydi. Mutavassit navning silsilasi davom etmaydi. Tahavvuli asnof inqilobi haqoiqning gʻayrisidir. Modda deyilgan narsa, surati mutagʻayyira, ham harakoti mutahavvila-i hodisadan tajarrud etmaganidan hudusi muhaqqaqdir. Quvvat va suratlar, a'roziyatlari jihati bilan anvo'dagi muboyanati javhariyani tashkil qilolmaydi. A'roz javhar boʻlolmaydi. Demak, anvo'ining fasilalari va umum a'rozining ajratuvchi xususiyatlari bizzarura adami sirfdan muxtaro'dirlar. Silsilada tanosul, sharoiti oddiya-i e'tiboriyadandir.

Ajabo! Vojib-ul Vujudning lozima-i zaruriya-i bayyinasi boʻlgan azaliyatni zehnlariga sigʻdirolmagan, qanday qilib, har bir jihatdan azaliyatga munofiy boʻlgan moddaning azaliyatini zehnlariga sigʻdira oladi? Ham dasti tasarrufi qudratga qarshi muqovamat etolmagan ulkan koinot, qanday qilib kichkina va nozik zarrotlarning (shunday dahshatli salobat topganki) qudrati azaliyaning yadi idomiga qarshi tayanadi. Ham qanday qilib, qudrati azaliyaning xossasi boʻlgan ibdo' va ijodi, hech bir munosabati ma'qula boʻlmasdan eng ojiz va eng bechora sabablarga isnod etiladi?

— 190 —

Xullas, Qur'oni Karim shu dalilni yaratish va ijoddan bahs etgan oyoti bilan azhanda tanzim etadi. Muassiri haqiqiy yolgʻiz Allohdir. Ta'siri haqiqiy sabablarda yoʻq. Sabablar izzat va azamati qudratning pardasidir. Toki, aqlning nazari zohiriysida dasti qudrat qiymatsiz ishlar bilan mubashir koʻrinmasin. Bir narsada ikki jihat bor: Biri mulk, oynaning mulavvan vajhi kabi. Azdod unga vorid boʻladi. Xunuk boʻladi, shar boʻladi, haqir boʻladi, azim boʻladi... ila oxir. Sabablar bu jihatda bor. Izhori azamat va izzati qudrat shunday istaydi.

Ikkinchi jihat malakutiyat jihatidir. Oynaning shaffof vajhi kabi. Shu jihat hamma narsada goʻzaldir. Shu jihatda sabablarning ta'siri yoʻqdir. Vahdat shunday istaydi. Hatto hayot va ruh va nur va vujud, ikki vajhlari shaffof va goʻzal boʻlganidan mulkan va malakutan vositasiz dasti qudratdan chiqadilar.

TOʻRTINCHI BURHON:

Vijdoni bashar deyilgan fitrati zishuurdir. Shu burhonda toʻrt nuktani nazari diqqatga ol:

Birinchisi: Fitrat yolgʻon gapirmaydi. Masalan, bir urugʻdagi mayaloni numuvv deydiki: " Unib chiqaman, meva beraman." Toʻgʻri aytadi. Masalan, tuxumda bir mayaloni hayot bor, deydi: "Joʻja boʻlaman." Biiznilloh boʻladi. Toʻgʻri aytadi. Masalan, bir hovuch suv, injimod bilan mayaloni inbisoti deydi: "Ortiq yer egallayman." Metin temir uni yolgʻonga chiqarolmaydi. Soʻzining toʻgʻriligi temirni parchalaydi. Xullas, bu mayalonlar, iroda-i Ilohiyadan kelgan avomiri takviniyaning tajalliylaridir, jilvalaridir.

Ikkinchisi: Basharning zohiriy va botiniy besh tuygʻusidan boshqa, olami gʻaybga qarshi ochilgan juda koʻp derazalari bor. Juda koʻp gʻayri mashru' hislari bor. Hissi sami'a, basira, zoiqa boʻlgani kabi, bir hissi sodisa-i sodiqa boʻlgan saiqa bor. Ham bir hissi sabi'a-i bariqa boʻlgan shaiqa bor. U shavq va savq yolgʻon aytmaydi, xato ketolmaydi.

Uchinchisi: Mavhum bir narsa haqiqati xorijiyaga mabda boʻlolmaydi. Fitrat va vijdonda nuqta-i istinod bilan nuqta-i istimdod, ikki haqiqati zaruriyadir. Xilqatning safvati va eng mukarrami boʻlgan ruhi bashar, u ikki nuqta boʻlmasa eng sufliy, eng barbod bir maxluq boʻladi. Holbuki, koinotdagi hikmat va nizom va kamol bu ehtimolni rad qiladi.

Toʻrtinchisi: Aql ta'tili ashgʻal etsa ham, nazarini ihmol etsa, vijdon Sone'ni unutolmaydi. Oʻz nafsini inkor etsa ham; uni koʻradi, uni oʻylaydi, unga mutavajjihdir. Hads-ki, chaqmoq kabi sur'ati intiqoldir, doimo uni tahrik etadi. Hadsning muzaafi boʻlgan ilhom uni doimo tanvir etadi. Mayalonning muzaafi boʻlgan orzu va uning muzaafi boʻlgan ishtiyoq va uning muzaafi boʻlgan ishqi Ilohiy uni doimo ma'rifati Zuljalolga yoʻllaydi. Shu fitratdagi injizob va jazba bir haqiqati jozibadorning jazbi bilandir.

Bu nuktalarni bilgandan soʻng shu burhoni anfusiy boʻlgan vijdonga murojaat qil. Koʻrasanki, qalb badanning aqtoriga nashri hayot etgani kabi, qalbdagi uqda-i hayotiya boʻlgan ma'rifati Sone'ki, iste'dodoti gʻayri mahduda-i insoniya bilan mutanosib boʻlgan amol va muyuli mutashaibaga nashri hayot etadi. Lazzatni ichiga otadi va qiymat beradi va bast va tamdid etadi. Mana nuqta-i istimdod.

Va urush va muzohamatning maydoni boʻlgan dagʻdagʻa-i hayotga hujum koʻrsatgan olamning, minglarcha musibat va muzohamalariga qarshi yagona nuqta-i istinod yana ma'rifati Sone'dir.

Ha, hamma narsani hikmat va intizom bilan qilgan bir Sone'-i Hakimga e'tiqod etmasa va a'lalamya koʻr tasodiflarga havola etsa va u baliyyotga qarshi qoʻlidagi qudratning adami kifoyatini oʻylasa, istar-istamas tavahhush, dahshat, xavotir, xavfdan tashkil topgan bir holati jahannam-numun va jigarshikafga tushadi. U esa ashraf va ahsani maxluqot boʻlgan ruhi insoniyatning hamma narsadan ziyoda parishon boʻlganini istilzom etadi. U esa, intizomi komili koinotdagi nizomi akmalga zid boʻladi. Shu nuqta-i istimdod va nuqta-i istinod bilan bu daraja nizomi olamda hukmfarmolik, haqiqati nafs-ul amriyaning xossa-i munxasirasi boʻlgani uchun, har vijdonda ikki deraza boʻlgan shu ikki nuqtadan Sone'-i Zuljalol ma'rifatini qalbi basharga doimo tajalliy ettiradi. Aql koʻzini yumsa ham, vijdonning koʻzi doimo ochiqdir. Sone'-i Zuljalol bu toʻrt burhoni azimning qat'iy shahodatlari bilan Vojib-ul Vujud, Azaliy, Vohid, Ahad, Fard, Samad, Alim, Qodir, Murid, Sami', Basir, Mutakallim, Hayy, Qayyum boʻlgani kabi, butun avsofi jaloliya va jamoliya bilan muttasifdir. Zero muqarrarki: Masnu'dagi fayzi kamol Sone'ning zilli tajalliysidan muqtabasdir. Demak, koinotda naqadar husni jamol, kamol boʻlsa, umumidan layuhad darajada yuksak tabaqada avsofi jamoliya va kamoliya bilan Sone'-i Zuljalol muttasifdir. Zero, ehson sarvatning, ijod vujudning, ijob vujubning, tahsin husnning, tanvir nurning far'i va dalili boʻlgani kabi; butun koinotdagi butun kamol va jamol Sone'-i Zuljalolning kamol va jamoliga bir zilli zalildir va burhonidir.

Hamda Sone'-i Zuljalol butun naqoisdan munazzahdir. Zero navoqis mohiyati moddiyotning iste'dodsizligidan nash'at etadi. Zoti Zuljalol moddiyotdan mujarraddir, munazzahdir. Ham koinotning mohiyoti mumkinasidan nash'at etgan avsof va lavozimotidan muqaddasdir.

لَيْسَ كَمِثْلِه۪ شَىْءٌ جَلَّ جَلَالُهُ سُبْحَانَ مَنِ اخْتَفٰى لِشِدَّةِ ظُهُورِه۪ سُبْحَانَ مَنِ اسْتَتَرَ لِعَدَمِ ضِدِّه۪ سُبْحَانَ مَنِ احْتَجَبَ بِالْاَسْبَابِ لِعِزَّتِه۪
— 191 —

Savol: Vahdat-ul vujud haqida fikring qanday?

Aljavob: Tavhidda istigʻroqdir va nazarga sigʻmagan bir tavhidi zavqiydir. Asosan tavhidi rububiyat va tavhidi uluhiyatdan soʻng tavhidda zavqan shiddati istigʻroq, vahdati qudrat ya'ni

لَا مُؤَثِّرَ فِى الْكَوْنِ اِلَّا اللّٰهُ

soʻng vahdati idora, soʻng vahdat-ush shuhud, soʻng vahdat-ul vujud, soʻng yolgʻiz bir vujudni, soʻng yolgʻiz bir mavjudni koʻrgungacha munjar boʻladi. Muhaqqiqiyni Soʻfiyaning mutashabehot hukmida boʻlgan shatohati bilan istidlol etilmaydi. Sabablar doirasini yirtib chiqmagan va ta'siridan qutulmagan bir ruh, vahdat-ul vujuddan soʻz ochsa, haddini tajovuz etadi. Soʻz ochganlar Vojib-ul Vujudga shu qadar hasri nazar etishganki, mumkinotdan tajarrud etib, yolgʻiz bir vujudni, balki bir mavjudni koʻrishgan. Ha, dalil ichida natijani koʻrish, olamda Sone'ni mushohada etish, tariqi istigʻroqkorona jihati bilan jadovili akvonda jarayoni tajalliyoti Ilohiyani va malakutiyati ashyoda sarayoni fuyuzotni va maroyayi mavjudotda tajalli-i asmo va sifotni, yolgʻiz zavqan tushuniladigan bittadan haqiqat ekan, diqi alfaz sababi bilan uluhiyati sariya va hayoti sariya ta'bir etdilar. Ahli fikr u haqoiqi zavqiyani nazarning maqoyisiga tiqishtirganidan, koʻp avhomi botilaga mansha' boʻldi. Moddaparvar hukamo va zaif-ul e'tiqod ahli nazarning vahdat-ul vujudi bilan avliyoning vahdat-ul vujudi tamoman bir-birining ziddidir. Besh jihatdan farq bor:

Birinchisi: Muhaqqiqiyni Soʻfiya Vojib-ul Vujudga shu qadar hasri nazar etgan va mustagʻraq boʻlgan va ahamiyat berishganki, uning hisobiga koinotning vujudini inkor etganlar. Hukamo va zaif-ul e'tiqod boʻlganlar moddaga shu qadar hasri nazar etganlar va mustagʻraq boʻlishganki, fahmi uluhiyatdan uzoqlashdilar. Va shu daraja moddaga qiymat berdilarki, hamma narsani moddada koʻrish, hatto uluhiyatni unda mazj etish, hatto koinot hisobiga uluhiyatdan istigʻno etish darajasida tariqi muta'assifaga kirishgan.

Ikkinchisi: Muhaqqiqiyni soʻfiyaning vahdati vujudi vahdat-ush shuhudni tazammun etadi. Ikkinchilarniki esa vahdat-ul mavjudni tazammun etadi.

Uchinchisi: Birinchilarning maslagi zavqiydir. Ikkinchilarniki esa nazariydir.

Toʻrtinchisi: Birinchilar avvalan va bizzot Haqqa, nazari taba'i oʻlaroq xalqqa qaraydilar. Ikkinchilar esa avvalan va bizzot xalqqa qarashadi.

Beshinchisi: Birinchilar Xudoparastdirlar. Ikkinchilar esa xudparastdirlar.

اَيْنَ الثَّرٰى مِنَ الثُّرَيَّا وَ اَيْنَ الضِّيَاءُ السَّاطِعُ مِنَ الظُّلْمَةِ الطَّامِسَةِ
— 192 —
TANVIR

Masalan: Kura-i arz rang-barang muxtalif va kichik-kichik shisha parchalaridan iborat deb faraz qilinsa, har biri boshqa xosiyat bilan lavniga va jirmiga va shakliga nisbat bilan shamsdan bir fayz oladi. Shu xayoliy fayz esa, na quyoshning zoti va na ayni ziyosidir. Hamda ziyoning tamosili va alvoni sab'asining tasoviri va quyoshning tajalliysi boʻlgan shu gunogun va rang-barang chechaklarning alvoni farazan lisonga kelsalar, har biri "Quyosh men kabidir" va yoxud "Quyosh menman" deydi.

اٰنْ خَيَالَات۪ى كِه دَامِ اَوْلِيَاسْتْ ٭ عَكْسِ مَهْرُويَانِ بُوسْتَانِ خُدَاسْتْ

Faqat ahli vahdat-ush shuhudning mashrabi, farq va saxvdir. Ahli vahdat-ul vujudning mashrabi mahv va sakrdir. Sof mashrab esa, mashrabi ahli farq va saxvdir.

تَفَكَّرُوا ف۪ى اٰلَاءِ اللّٰهِ وَ لَا تَفَكَّرُوا ف۪ى ذَاتِه۪ فَاِنَّكُمْ لَنْ تَقْدِرُوا
حَق۪يقَةُ الْمَرْءِ لَيْسَ الْمَرْءُ يُدْرِكُهَا فَكَيْفَ كَيْفِيَّةُ الْجَبَّارِ ذِى الْقِدَمِ ٭ هُوَ الَّذ۪ى اَبْدَعَ الْاَشْيَاءَ وَ اَنْشَاَهَا فَكَيْفَ يُدْرِكُهُ مُسْتَحْدَثُ النَّسَمِ

"NUQTA"ning ikkinchi qismi, hashr va maloika va baqo-i ruhga oid boʻlganidan va bu haqiqatlarni karomatli "Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz" va "Oʻninchi Soʻz" gʻoyat porloq bir suratda izoh etganidan ularga havola qilinib bu yerga kirgizilmadi. Uchinchi qism esa, Oʻn Toʻrt Darsdan iborat "Nurning Ilk Eshigi" nomi bilan alohida nashr qilindi.

Said Nursiy