Masnaviy-i Nuriya
— 193 —

MUNDARAJOT HAQIDA

Bu muhim majmuaning jumla-i muqaddamotidan boʻlgan bir "I'lam"ham:

"Bu Risola, ba'zi oyoti Qur'oniyaning shuhudiy bir navi tafsiridir. Va undagi masalalar Qur'oni Hakimning boʻstonidan uzilgan chechaklardir. Bu risolaning iborasidagi ijmol va ijoz va fahmidagi zohiriy mushkulot senga tavahhush bermasin. Takror-takror mutolaa et, toki

﴿ لَهُ مُلْكُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ ﴾

va oʻxshash boʻlgan takroroti Qur'oniyaning sirri senga ochilsin.

Ey qori! Bu majmuadagi tavhidning burhonlari va mazharlari bir-biriga ehtiyoj qoldirmaydi deb oʻylama. Chunki men har bir burhonga har bir maqomi maxsusda ehtiyoj his qildim. Harakoti jihodiyam meni shunday bir mavqega majbur qilar ediki, u mavqeda, u onda bir eshik ochishga majbur boʻlardim. Chunki u dahshatli onda boshqa ochiq eshiklarga qaytish muyassar boʻlmas edi. Ham u sayohati ajibada toʻqnashgan nurlarimga dalolat etish uchun emas, balki xotirlash uchun ishoratlar qoʻydim. Ba'zan ulkan bir nurga bir ishorat qoʻyardim... "Ila oxir" deya naqadar goʻzal bir muqaddimani va bir xulosani -bu majmua- goʻyo kalit soʻz kabi bir kalitni qorilariga taqdim etadi.

Bu Masnavi-i Nuriyadagi risolalarning ismlari "Rashhalar, Qatra, Hubob, Habba" shaklida ketadi. Agar Qatra Risolasining oxirida marhum Shayx Safvat Afandining yozgani kabi, har bir risolaga bir taqriz yozilsa edi, u marhumning "Bu bir qatra emas, bir bahrdir" degani kabi biz ham derdik:

"U bir lam'a emas, bir shamsdir. U bir rashha emas, bir bahrdir. U bir zuhra emas, bir jinondir. U bir hubob emas, bir ummondir."