Masnaviy-i Nuriya
— 194 —

MUNDARIJA

MUQADDIMA

1- LAM'ALAR

Tavhidga doir boʻlib Risola-i Nurdagi Yigirma Ikkinchi Soʻzning asosi va bir jihatdan Arabchasidir. Oʻn Toʻrt Lam'a bilan tavhidning eng inja haqiqatlarini eng mufassal bir suratda

وَ ف۪ى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰى اَنَّهُ وَاحِدٌ

haqiqatiga mazhar qiladigan bir silsila-i daloil va shahodatni ibroz etgan juda qimmatbaho va havo, suv, non kabi hamma muhtoj boʻlgan bir risoladir.

Nurning Masnaviysining boshida kirgizilgan "Lasiyyamalar", "Lam'alar", "Rashhalar" nomli uch risola oxirdagi risolalar kabi mutafarriq masalalardan bahs qilmaydi. Bir xil mavzu ustida ketadi.

2 - RASHHALAR

Bu Rashhalar risolasi iymonning eng muhim uch arkonidan nubuvvatning haqiqatini va nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) gʻoyat qat'iy va porloq burhonlar bilan isbot qiladi. Shams qanday ziyo bermasligi mumkin emas. Aynan shuning kabi: Uluhiyat ham risolatsiz mumkin boʻlmaganini isbot qiladi. Va nubuvvatning haqiqatini quyosh kabi koʻrsatadi. Koinotni mujassam bir Qur'oni kabir sifatida tamsil etib, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam uning oyat-ul kubrosi boʻlganini, koʻzida parda va qalbida zang boʻlmaganlarga iroa etadi.

Bu horiqo risola "Oʻn Bir Rashha"dir. Oʻn Birinchi Rashhada yigirma bir moʻ'jizoti Ahmadiyaga (S.A.V.) ishorat etgan bir salovoti sharifani u Nabiyyi Zishon Alayhissalotu Vassalam Hazratlariga keltiradi.

Oʻn Birinchi Rashhadan soʻng uzun bir I'lamda nubuvvati Ahmadiyaga (S.A.V.) -boshqa bir tarzda- koʻrilmagan dalillarni koʻrsatadi.

Bu risolaning Turkchasi Risola-i Nurdagi Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzdadir.

Masnaviyning boshidagi bu uch risola "Eski Said"ning asarlaridan boʻlmasdan, Ustozimizning ta'biri bilan, "Yangi Said"ning asarlaridir. Ustozimizning eski asarlaridan Risola-i Nurga kirganlar boʻlgani kabi; Risola-i Nurni ta'lifi zamonida yozgan Arabcha asarlari ham bu surat bilan Masnavi-i Arabiyaga idhol etilgan.

— 195 —
3- LASIYYAMALAR

Iymoni Hashrga doir boʻlgan bu risola Risola-i Nurdagi Oʻninchi Soʻzning asosi boʻlib Barlada, Ustozimizning -bir bahor kunida- rahmati Ilohiyaning osorini bogʻ va boʻstonlarda mushohadasidan va ixtiyorsiz boʻlib

﴿ فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ﴾

oyati karimasini qirq dafaga yaqin oʻqishidan soʻngra tulu' etgan gʻoyat qimmatbaho va bu zamonda juda luzumli va inkori hashr mafkurasini ildizi bilan kesib Ibn Sino kabi ajib bir dohiy "Hashr bir masala-i naqliyadir, aql bu yoʻlda ketolmaydi" degan hashrni eng sodda fahmga ham qabul ettirgan; va hashrning minglab namunalarini arz yuzida koʻrsatgan; va hashrni iqtizo etgan juda koʻp asmo-i Ilohiyadan tortib to mohiyati insoniyada ham hashrni isbot etgan bir risoladir.

Bir qoida-i hasananing tazohuri oʻlaroq, har risolaning boshida boʻlgani kabi, bu risolaning boshida ham Janobi Haqqa tahmidot va Nabiyyi Zishonga salotu salom bor. Iymoni Billoh, iymoni bin-nabiy, iymoni bil-hashr va shuhudi koinot mobaynida bir irtiboti tomma va talozumi qat'iyya boʻlganidan, bu risola qisqacha oʻlaroq "Tavhid va Risolat" haqiqatlaridan bahs qilib asos masala boʻlgan masala-i hashriyaga "Lasiyyama"lar bilan oʻtgan. Risola-i Nurning Yigirma Sakkizinchi Soʻzining Ikkinchi Maqomi boʻlgan bu risola, yigirma yildir Ustozimizning qoʻliga endi oʻtgan.

4- QATRA

Bu Qatra risolasi bir muqaddima, bir xotima va toʻrt bobdan iborat. Muqaddimada Ustozimiz qirq yil umrida ta'lif aylagan yilga nisbat bilan oʻttiz yillik ilm sayrida toʻrt kalima bilan toʻrt kalom tahsil etganini va bu toʻrt kalimaning biri "Ma'no-i Harfiy", ikkinchisi "Ma'no-i Ismiy", uchinchisi "Niyat", toʻrtinchisi "Nazar" boʻlganini.. toʻrt kalom esa, biri "Men oʻz-oʻzimga molik emasman", ikkinchisi "Al-mavtu haqqun", uchinchisi "Rabbi vahidun", toʻrtinchisi "Ananing bir nuqta-i sevda va bir vohidi qiyosiy" ekanini aytadi. Bu Risola

اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ

haqiqatini, Birinchi Bob oʻlaroq, koinot arkonidan har bir rukn ellik besh kulliy va gʻoyat zohir lison bilan isbot qiladi.

TAQRIZ
QATRANING XOTIMASI

Mutafarriq va qisqa, faqat juda luzumli va muhim haqiqatlardan bahs qiladi. Boshida "ya's, u'jb, gʻurur, sui zon" kabi nafsning toʻrt xastaligini; soʻngra toʻrt haqiqatni va keyinchalik esa "Qatra"da zikr qilingan Birinchi Bobdagi "La ilaha illalloh" haqiqatini va davomi oʻlaroq Bobi Soniyda "Subhanalloh"; Bobi Solisda "Alhamdulilloh"; Bobi Robi'da "Allohu Akbar" martabalarini bayon etgandan soʻng, NUQTA va NUKTA sarlavxalari bilan mavzu e'tibori bilan bir-biridan farqli I'lamlar oʻtadi.

— 196 —
QATRANING ZAYLI

"Ramz"lar va "I'lam"lar unvoni ostida, har biri bir risolaga mavzu boʻladigan qiymatdagi haqiqatlardan iboratdir. Boshida salotu salomdan soʻngra birinchi "I'lam" namozning avvalgi vaqtiga rioya qilishning va xayolan Ka'baga mutavajjih boʻlishning fazilatini va avhom va vasvasa-i shaytoniyani qanday muzmahil etganini va musolliyning butun latoif va tuygʻularining qanday fayzlanganini bayon etadi.

Bu oʻtgan risolalar ayni zamonda arkoni iymoniyadan bahs qilish bilan ham iymon, ham ilm, ham ma'rifatulloh, ham zikr boʻlganidan; oʻqilishi ham bir navi ibodatdir.

5- HUBOB

Biri Turkcha, boshqasi Arabcha ikki zayli boʻlgan bu juda muhim risola, Ustozimizning "Xutuvoti Sitta"ni nashri munosabati bilan taltif uchun Ankaraga chaqirilganida, Ankarada Islom qoʻshinining Yunonga gʻalabasidan nash'a olgan ahli iymonning quvvatli afkori ichiga gʻoyat mudhish bir zindiqo fikri kirish va buzish va zaharlantirish uchun dassosona harakat qilganini koʻrgan hangomida ta'lif etgan ikki asaridan biridir.

Bu risolaning boshida boʻlgan salotu salom juda ahamiyatlidir. Bu Masnavi-i Nuriyaning favquloda boʻlgan va hech bir asarda uchralmagan bir xususiyati ham bir barmoqning harakati bilan bir nechta uskunani birdan ishlatish kabi gʻoyat balogʻatli bir bayon tarziga sohib boʻlishidir. Sobiqan zikr qilingani kabi, bu muazzam majmuada ham zikr, ham iymon, ham tafakkur, ham ilmni bir orada topish doim mumkin. Masalan: Salotu salomni yolgʻiz zikr oʻlaroq kirgizmaydi. Ayni zamonda unda bir iymon inkishofi, ayni zamonda bir ilm, ayni zamonda moʻ'mini musolliyni avhom va shubahotdan qutqargan haqiqatlarni sard etib, loaqal uch ma'no martabasini bayon etadi.

Bu horiqo risola muhim bir "I'lam"ida, madaniy moʻ'min bilan madaniy kofirning surat va siyrat va zohir va botin farqlarini gʻoyat baligʻ bir tarzda bayon qiladi. Va natijada bu farqni koʻrlarga ham koʻrsatish uchun deydiki: "Agar istasang, xayoling bilan Nurshin qishlogʻidagi Seydaning majlisiga bor, qara: U yerda fuqaro qiyofasida maliklar, podshohlar va inson koʻylagida maloikalarni bir suhbati qudsiyada koʻrasan. Soʻngra Parijga bor va eng katta uychalariga kir, koʻrasanki, chayonlar inson libosi kiyganlar va ifritlar odam suratini olganlar ila oxir" deb yana boshqa jihatdagi farqlarini "Lamaat" va "Sunuhot"ga havola qiladi.

Boshqa bir "I'lam"da, Risola-i Nurda Yigirma Yettinchi Soʻz nomini olgan Ijtihod Risolasini toʻrt sahifada xulosa qiladi.

HUBOBNING BIRINCHI ZAYLI

Forscha bir munojot bilan boshlanadi. Bu munojotning Turkchasi Yettinchi Rijoda va Oʻn Yettinchi Soʻzning zaylida bor.

Ustozimiz hech Forscha tahsil etmagani holda, bu qadar mukammal Forscha bir lison bilan ta'lif etilganki, u zamondagi Afgʻon Elchisi bu asarni taqdir hislari ichida Afgʻonistonga yuborgan. Bu Forscha munojotning orqasida: "Ey Mujohidini Islom" sarlavhasi ostida Turkcha oʻlaroq mab'usanga oʻn moddalik bir xitob bor. Bu xitobning ta'siri bilan Majlisi Mab'usanda kichik bir xona boʻlgan masjid katta bir zalga tabdil etilgan.

ZAYL-UL HUBOB

Hubobning Ikkinchi Zayli ham juda muhim haqiqatlarni ixtivo etmoqda.

— 197 —
6- HABBA

Ikki zayli bor. Bu risolaning birinchi "I'lam"i, haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) olamning ham sababi xilqati, ham urugʻi, ham mevasi, ham natija-i xilqati olam boʻlganini gʻoyat adibona bir uslub bilan bayon qiladi. Deydiki: Agar olamni bir kitobi kabir sifatida koʻrsang, kotib qalamining murakkabi Nuri Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Agar olamni bir shajara suratida koʻrsang, avvalo urugʻi, soʻngra mevasi yana Nuri Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Agar olamni bir zihayot libosini kiyganini koʻrsang, Uning ruhi Nuri Muhammadiy Alayhissalotu Vassalamdir. Agar olamni bir guliston tarzida koʻrsang, uning andalibi zishoni yana Nuri Muhammadiy Alayhissalotu Vassalamdir."

Risolaning oxirida gʻoyat goʻzal bir tazarru va niyoz va istigʻfor bor.

ZAYL-UL HABBA

Habbaning Birinchi Zaylining oxirlarida,

حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ الْعَلِىِّ الْعَظ۪يمِ

martabalarining Yigirma Toʻqqizinchi Lam'a-i Arabiyaga nisbatan qisqa va gʻoyat goʻzal bayonlari mundarijdir.

ZAYL-UZ ZAYL

Habbaning ikkinchi zaylida gʻoyat muhim bir risola boʻlgan ham Arabcha, ham Turkcha boʻlib kasrat bilan intishor etgan Asoyi Muso majmuasida Yigirma Uchinchi Lam'a nomli "Tabiat Risolasi"ning muxtasar qisqa Arabchasi ham bor.

Bu risola Anqarada ta'lif etilgan zamon bir matbaada chop qilingan. Insonlarning ogʻzidan chiqqan dahshatli uch kalimaning butlanini isbot qilib tabiat botqoqligida boʻgʻilganlarni qutqaradi.

7- ZUHRA

Uzun bir haqiqatning yolgʻiz uchini koʻrsatish va porloq bir nurning yolgʻiz bir shuasini iroa etish maqsadi bilan yozilgan bu juda muhim risola, gʻoyat ahamiyatli haqiqatlarni ixtivo etganidan eng mumtoz Nur shogirdlarining tirishib soʻragan talablariga binoan -aksari Arabcha bilmagan shogirdlarning istifodalariga mador boʻlish uchun- qisman izohli, qisman qisqa bir maoli Ustozimiz tarafidan Turkchaga oʻgirilgan va Oʻn Yettinchi Lam'a nomi bilan Oʻn Besh Mulohaza oʻlaroq Rasola-i Nur Kulliyotining Lam'alar qismiga ilhoq etilgan.

Zuhra shunday bir haqiqat bilan boshlaydi: Dunyodagi har zihayot molikining ismi bilan, nomi bilan, hisobi bilan ishlagan muvazzaf bir askar kabidir. Kim oʻzini oʻziga molik deb oʻylasa, u kishi halikdir.

Soʻngra uzun va muhit bir salotu salomni muta'aqib har biri bir risolaning goʻyo xulosasi va urugʻi mohiyatidagi shumulli "I'lam"larga oʻtadi. "I'lam"larning birisida, Qur'on tilmizi bilan falsafa tilmizini ijtimoiy va shaxsiy jihatlaridan muqoyasa etib falsafaning saqim va muzir qismining botil hukmlarini chiritadi. Soʻnggi "I'lam"i ham gʻoyat goʻzal va hazin bir munojotni ixtivo etyapti. Koʻproq ma'lumotni Turkcha Mulohazalar Risolasiga havola qilamiz.

Bu Masnavi-i Nuriyaning mundarijasida u qimmatbaho, horiqo risolalardagi yuzlab haqiqatlardan yolgʻz bir-ikkitasini noqis fahmimiz bilan va qasir ifodamiz bilan koʻrsatishga harakat qildik. Boʻlmasa, koʻrsatgan misollarimiz u horiqo-i ilmu irfonning na eng jonli nuqtalari boʻlishi mumkin va na eng qiymatli javharlari boʻlishi mumkin. Balki u shamsning juz'iy bir shuasi va u bahrning kichik bir qatrasidir.

— 198 —
8- ZARRA

Shaytoning va ahli ilhodning ba'zi vasvasalarini tard etgan mutafarriq masalalardan bahs etgan horiqo va favquloda bir risola boʻlib, ikki qismdan iboratdir.

Iymon va axloqiyotni va vasvasalarning izolasini va insondagi tashaxxusoti vajhiyaning hikmatini bayon etgan I'lamlar bu risolaning mundarajotidandir. Bir I'lamida

﴿ وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ ﴾

oyatida zikr qilingan samovot va arzning xilqati va basharning lison va ranglarining ixtilofi Janobi Xoliqi Zuljalolning oyatlaridan boʻlganining haqiqatini gʻoyat goʻzal bir tarzda bayon qiladi. Deydiki:

"Butun basharning asosoti a'zoda ittifoqi, Sone'ning vahdatiga; tashaxxusoti vajhiyada tamoyuzi, Sone'ning muxtor va hakim ekaniga gʻoyat bahir va zohir dalildir" deydi, isbot qiladi. Basharning bir-biridan tashaxxus jihatidan farqlarining hikmatini va boshqa maxluqotda bu tamoyuzning bir-bir boʻlmasdan, nav-nav boʻlishi hikmatning shunday iqtizo etganini izoh etadi.

Boshqa bir I'lamda, shaytoni insiy va jinniyning, baqaraning botinan gʻoyat mukammal, zohiran miskin boʻlishi haqidagi bir vasvasasini tard etadi va deydiki: "Ey shaytoni jinniyga ustoz boʻlgan shaytoni insiy! Agar hamma narsa, hamma narsani gʻoya miqdori bilan va loyiqi vajh bilan qilgan Qodiri Azaliyning san'ati boʻlmasa edi, sening eshagingning qulogʻi sendan va sening ustozlaringdan yanada aqlli va yanada haziq boʻlishi lozim boʻlardi." deya insiy va jinniy shaytonlarning vasvasalari yuzlariga urilib; baqaraning, ya'ni inakning dohilining mutlaq boʻlganining va xorijining muqayyad boʻlishining hikmatini aqlan va ilman gʻoyat muqni' bir suratda bayon etadi.

Axloqqa doir bir I'lamida deydiki: "Ey fosiq! Bilki, madaniyati safiha shunday mudhish bir riyoni ibroz etgan va maydonga chiqarganki, ahli madaniyatning undan qutulishi mumkin emas. Chunki ahli madaniyat riyoga shon va sharaf nomini bergan. Insonni shaxslarga qarshi riyokorlikka badal, unsurlarga va millatlarga va davlatlarga qarshi riyokorlikka tashviq etgan va tarixni ularga mushavviq va laganbardor va jaridalarni ham, ya'ni gazetalarni ham dallol qilgan. Oʻlimni unuttirib (goʻyo) unsurlari ichida bir hayotlari bor deya, zamoni johiliyatdagi gʻaddor zolimlarning dasisalari navidan bir dasisa bilan, basharni tasannu va riyokorlikka chorlagan." Naqadar oʻqilsa, oʻqilishga loyiq boʻlgan bu risola ham bir istigʻfor va Hazrat Mavlononing bir bayti bilan nihoyat topgan.

9- SHAMMA

Koinotning majmuidan to zarraga qadar mutanazilan har bir mavjudning juda koʻp asmo-i Ilohiyadan Alloh, Rob, Molik, Mudabbir, Murabbiy, Mutasarrif va Nazim ismlariga shahodat qilganlarini isbot etadi. Boshqa bir I'lamida, hech bir kishining Sone'-i Olamdan shikoyat haqqi boʻlmaganini koʻrsatadi. Boshqa bir I'lamida Qur'oni Hakimning ilk va aksar muxotobi boʻlgan jumhuri avomning fahmlarini qanday erkalaganini va ularning idroklariga qanday muro'at etganini uzun bir haqiqat bilan bayon etadi. Ham tayyi makon va basti zamon va ananing mohiyati va ikki vajhi kabi juda ham inja haqoiqni bayon etgan mutafarriq mavzulargan mutashakkil bir qimmatbaho risoladir.

Bu risola:

Madad ey qofila-salari rusul huz biyadi,
Sensan ey nuri karam jumlamizning moʻ'tamadi
Intisobim sengadir mana tilimda sanadi:
La ilaha illalloh Muhammadun Rasululloh.

deya bir manzum qit'adan soʻng uzun va muhit bir istigʻfor va duoga oʻtib tugaydi.

— 199 —
OʻNINCHI RISOLA:

Boshqalariga nisbat bilan katta boʻlgan bu risolada Soʻzlardan ba'zilarining xulosalari bilan mutafarriq va muxtalif mavzulardan iborat I'lamlar bor.

Birinchi I'lamida

﴿ وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاط۪ينِ ﴾

oyati karimasining tafsirini, samovotga chiqish istagan shaytonlarning rajm etilishlarini Yetti Zinapoya bilan bayon qiladi.

Birinchi zinapoyasida: Samodagi sukunat va sukutga va intizomga ishorat bilan deydiki: "Samo ahli arz ahli kabi xayrlarning va sharlarning qoʻshilishidan va zidlarning ijtimo'idan hosil boʻlgan munoqasha va ixtilofot va tazabzub ichida emas. Balki ular oʻzlariga Xoliqlari tarafidan amr qilingan narsalarni kamoli itoat bilan qilgan mute'lardir."

Shaytonlarning rajm etilishlarini bayon va isbotdan soʻng boshqa bir I'lamda (Ustozimiz) Qur'ondan istifoda etgan toʻrt tariqni toʻrt xatva bilan gʻoyat vajiz bir tarzda izoh etadi. Risola-i Nurning Soʻzlar qismida mufassal izohi boʻlgan bu I'lam juda muhimdir.

Boshqa bir I'lamida, ubudiyat muqaddima-i mukofoti lohiqa emas, natija-i ne'mati sobiqa boʻlganini bayondan soʻng juda haqiqatli va keng ma'nodagi I'lamlarga oʻtib Nurning Ilk Eshigida va Kichik Soʻzlarda bir daraja maollari boʻlgan haqiqatlarning izohi bilan bu qimmatbaho va muhim risola tugaydi. Bu qimmatbaho risolaning mundarajotidan shams kabi nurli, qamar kabi porloq bir misoli shudir: Qur'oni Hakim koinotdagi insonga roji' va manfaatli boʻlgan ashyoni ixtor uchun zikr qiladi. Boʻlmasa Qur'oni Hakimning u bayonoti yolgʻiz u foydasiga inhisor etmaydi. Chunki inson oʻzi bilan aloqasi boʻlgan va foydasi tegilgan bir zarraga oʻzi bilan aloqasi boʻlmagan bir shamsdan ziyoda ahamiyat beradi. Masalan:

﴿ وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ ٭ لِتَعْلَمُوا عَدَدَ السِّن۪ينَ وَالْحِسَابَ ﴾

Ya'ni, qamarning kura-i arz atrofida davrining Janobi Haq tarafidan taqdir etilishining juda koʻp hikmatlaridan bir hikmati ham basharning kunlarini, oylarini, yillarini hisob etishi, bilishidir. Boʻlmasa qamarning taqdiri, bizcha juda luzumli boʻlgan bu foydasiga inhisor etmaydi. Xoliqi Zuljalolning asmosiga oynadorlik etgan minglab hikmatlari yana bor.

Bu qimmatbaho risolaning oxirida, olti qatrada I'jozi Qur'onni xulosa etgan kichik, faqat oʻsha nisbatda shumulli bir risola bor.

MOʻ'JIZA-I KUBRODAN BIR NECHA QATRANI TAZAMMUN ETGAN OʻN TOʻRTINCHI RASHHA

Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning risolatining haqqoniyatiga bir dalil ham Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayondir... Qur'oni Hakimning qirqqa yaqin vajhi i'jozi Lamaat va Ishorot-ul I'joz tafsirida bayon etilganidan, ularga havola etib Birinchi Qatra nihoyat topadi.

Ikkinchi Qatrada: Yigirma Beshinchi Soʻzda zikr qilingan "Qur'on Nedir?" ta'rifining qisqa bir Arabchasi bor.

Uchinchi Qatra: Olti Nuqtadir. Uchinchi Nuqtasida: Qandayki inson muxtalif hojoti jismoniyaga muxtalif vaqtlarda muhtojdir... Masalan: Havoga har on, haroratga, suvga har vaqt, gʻidoga har kun, ziyoga har hafta muhtojdir. Xuddi shuning kabi, hojoti ma'naviya-i insoniya ham muxtalifdir. Bir qismiga har on muhtojdir. Lafzulloh kabi. Bir qismiga har vaqt muhtojdir. Bismilloh kabi. Bir qismiga har soat muhtojdir. "La ilaha Illalloh" kabi. Va hokazo qiyos qil.

Toʻrtinchi Qatra: Olti Nuktadir. Beshinchi Nuktasida koʻp oyati karima boʻlishidan; va u yer ham izoh maqomi boʻlmaganidan, Moʻ'jizoti Qur'oniyaga havola qilinib, u nukta tashlab oʻtilgan. Ba'zan bir harfi Qur'oniyda Qur'onning i'jozini isbot qilgan bu risola va doʻstlari boʻlgan "Ishorot-ul I'joz" va "Moʻ'jizoti Qur'oniya" risolalari Qur'oni Hakimning bittadan olmos qilichidir.

Oltinchi Qatra: Balogʻati Qur'oniyaning bir sirrini kashf etib; adiblarning "Unzur ila man qola" ya'ni "Kim aytgan" deyishlariga muqobil "Unzur ila man qola va liman qola va lima qola va fima qola" deb i'jozi Qur'oniyani porlattiradi. Bu Oltinchi Qatra balogʻati Qur'oniya uchun muhim bir kalitdir.

— 200 —
10- SHU'LA

Ikki sahifalik bir zayli boʻlgan kichik hajmda bir risoladir.

11- < NUQTA

Juda muxtasar boʻlgani uchun xulosa qilinmadi.

اَللّٰهُمَّ اخْتِمْ لَنَا بِالسَّعَادَةِ وَالشَّهَادَةِ وَالْكَرَامَةِ وَالْبُشْرٰى اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
— 201 —
I'TIZOR

Mundarijasi tugagan Masnavi-i Nuriya hayotning hayoti va gʻoyasi va eng yuksak haqiqat boʻlgan iymonni taqliddan tahqiqqa, tahqiqdan ilmalyaqiyn martabasiga, ilmalyaqiyn martabasidan aynalyaqiyn darajasiga va keyinchalik ham haqqalyaqiynga ulashtirgan muazzam va muhtasham va juda koʻp risolalarni tazammun etgan muhit va horiqo bir asardir.

Bu asarning haqiqiy qiymatini taboruz ettiradigan eng haqiqiy mundarijani yana uning aziz va muhtaram muallifi ustozimiz qila olardilar. Bizning juda qisqa anglashimiz va zaif idrokimiz va qasir fahmimiz va Arabchaga boʻlgan vuqufsizligimiz, ulamo-i mutabahhiriynning qatrasiga bahr deganlari bu benazir asarning mundarijasini qorilarga juda nuqsonli tarzda taqdim etishimizning omillari boʻlgan.

Muhtaram qori! Bu mundarijaga qarab, tilsimi koinotning kashshofi, haqoiqi ashyoning miftahi, hikmati xilqatning dalloli boʻlgan bu ma'naviy xazina hukmidagi majmuani ham u mezon bilan tortma. Chunki bizdagi ajz va nuqsonlik u majmuaning qiymati bilan mabsutan emas, ma'kusan mutanosibdir. Quyoshning bir zarra shisha parchasidagi timsoliga qarab, "Quyosh ham bu qadardir" dema. Chunki u zarra qobiliyati qadar u quyoshdan fayz oladi. Sen esa oynangning kattaligi nisbatida u ma'naviy shamsdan fayz olasan.

Ham bu majmuada boʻlgan yuzlab I'lamlardan yolgʻiz juda oz bir qismining juda juz'iy bir ma'nosi yolgʻiz ishorat uchun zikr qilingan. Boʻlmasa, har bir risola, hatto har bir I'lam uchun bu Masnaviy mundarijasining majmui qadar bir mundarija qilish lozim boʻlardi. Bunga ham na bizning iqtidori ilmiyamiz va na maqom va na zamon muso'id emas.

﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ ﴾
﴿ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا ﴾
رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا بِاَحْسَنِ قَبُولٍ هٰذِهِ الْفِهْرِسْتَةَ النَّاقِصَةَ بِحُرْمَةِ سَيِّدِ الْمُرْسَل۪ينَ وَ اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ وَالْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
MUSTAFA GUL VA TOHIRIY MUTLU