Masnaviy-i Nuriya
— 171 —

MOʻ'JIZA-I KUBRODAN BIR NECHA QATRANI TAZAMMUN ETGAN OʻN TOʻRTINCHI RASHHA

BIRINCHI QATRA:

Nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) isbot etgan dalillar na ta'dad va na tahdid etiladi. Ahli tahqiq va yuksak insonlar fikricha, bayonlari haqida qilingan tasniflar juda koʻp. Ajz va qusurim bilan "Shuoot" nomli asarimda u shamsning ba'zi shualari bayon qilingani kabi, "Lamaat" nomli ikkinchi bir asarimda Qur'onning i'joz darajalari qirqqa iblogʻ etilgan. Va u vujuhi i'jozdan balogʻati nazmiyaga oid bir vajh ham "Ishorot-ul I'joz" nomli asarimda bayon qilingan. Ishtahasi borlarga u uch kitobni tavsiya qilaman.

IKKINCHI QATRA:

Oʻtgan darslardan anglashilgani kabi, Xoliqi arz va samovotning, navi basharning isloh va tarbiyasi uchun inzol etgan Qur'onining juda koʻp vazifa va maqomlari bor.

Ha, Qur'on koinotning bir tarjima-i azaliyasidir. Va koinot oʻz lisonlari bilan oʻqigan oyoti takviniyaning tarjimonidir. Va shu kitobi olamning tafsiri boʻlgani kabi; arz, samovot sahifalarida mustatir asmo-i husnaning dafinalarini kashshofdir. Va shu olami shahodatga olami gʻaybdan bir lisondir. Va olami Islomning quyoshi boʻlgani kabi, olami oxiratning ham xaritasidir. Va Janobi Haqning zotiga, sifotiga, asmosiga, shuunotiga bir burhon va bir tarjimondir. Va shuningdek, navi basharning shariat kitobi, hikmat kitobi, duo kitobi, da'vat kitobi, ibodat kitobi, amr kitobi, zikr kitobi, fikr kitobi boʻlish bilan, zohiran bir kitob shaklida boʻlsa ham, ixtivo etgan funun va ulum jihati bilan minglarcha kitob hukmidadir.

UCHINCHI QATRA:

Takroroti Qur'oniyadagi i'jozning bir lam'asini bayon zimnida "Olti Nuqta"dan iboratdir.

Birinchi Nuqta:

Qur'on bir zikr kitobi, bir duo kitobi, bir da'vat kitobi boʻlganiga nazaran, suralarida vuqu' topgan takror, balogʻat jihatidan ayni isobat va ayni hikmatdir. Chunki zikr va duodan maqsad savobdir va marhamati Ilohiyani jalb qilishdir. Ma'lumdirki, bu kabi xususlarda ortigʻi bilan takror lozimki, oʻsha nisbatda savob qozonilsin va marhamat jalb qilinsin. Hamda zikrning takrori qalbni tanvir etadi. Duoning takrori bir taqrirdir. Da'vat ham, takrori nisbatida ta'siri, ta'kidi bor.

Ikkinchi Nuqta:

Qur'on butun basharning tabaqotiga xitob va davo boʻlgani uchun, zakiy-gʻobiy, toqiy-shaqiy, zohid-gʻayri zohid, butun inson tabaqalari shu xitobi Ilohiyaga mazhar va bu ajzaxona-i Rahmoniyadan dori olishga haqlari bor. Holbuki Qur'onni tamoman va doimo oʻqish hammaga muyassar boʻlmaydi. Shuning uchun, luzumli boʻlgan maqsadlar, hujjatlar xususan uzun suralarda takror qilinganki, har bir sura deyarli bir kichik Qur'on hukmida boʻlsinki, hamma suhulat bilan istagan vaqti istagan surasini oʻqish bilan toʻliq Qur'onning savobini qozona olsin. Ha,

﴿ وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْاٰنَ لِلذِّكْرِ ﴾

boʻlgan oyati karima bu haqiqatni isbot qiladi.

— 172 —
Uchinchi Nuqta:

Jismoniy ehtiyojlar vaqtlarning ixtiloflari bilan tabaddul etadi. Kamayadi va koʻpayadi. Masalan: Havoga boʻlgan ehtiyoj har on bor. Suvga boʻlgan ehtiyoj me'daning harorati zamonlarida boʻladi. Gʻidoga boʻlgan hojat har kuni boʻladi. Ziyoga boʻlgan ehtiyoj, asosan haftada bir dafa lozim. Va hokazo...

Shuning kabi, ma'naviy ehtiyojlar ham vaqtlari muxtalif va mutafovitdir. Har on "Alloh" kalimasiga ehtiyoj bor. Har vaqt "Basmala"ga, har soat "La ilaha illalloh"ga ehtiyoj bor. Va hokazo...

Shunga binoan; oyatlarning, kalimalarning takrori ehtiyojlarning takroridan kelib chiqadi. Va shuningdek, u kabi hukmlarga boʻlgan ehtiyojning shiddatiga ishoratdir.

Toʻqtinchi Nuqta:

Bilasizki; Qur'on bu metin dini azimning asosotini va Islomiyatning arkonini ta'sis etgani kabi, ijtimooti bashariyani tabdil etgan bir kitobdir. Ma'lumdirki: Muassis boʻlgan zot joriy qilgan asoslarni goʻzal tarzda joylashtirish uchun takrorlarga koʻp ehtiyoji boʻladi. Ha, takror qilingan narsa sobit qoladi, taqarrur etadi, unutilmaydi.

Va shuningdek, Qur'on basharning muxtalif tabaqalaridan qoliy yoki holiy soʻralgan savollarga lozim boʻlgan javoblarni bergan umumiy bir murshidi mujibdir. Ma'lumki, savol takarrur etsa, javob ham takarrur etadi.

Beshinchi Nuqta:

Bilasizki, Qur'on juda buyuk masalalardan bahs qiladi. Va qalblarni iymon va tasdiqqa da'vat qiladi. Va juda inja haqiqatlardan bahs ochadi. Aqllarni; ma'rifatga, diqqatga tahrik etadi. Shunga binoan, u masoilning, u inja haqoiqning qalblarda, afkorda tasbit va taqriri uchun suvari muxtalifada turli-tuman uslublar bilan takrorga ehtoyoj bor.

Oltinchi Nuqta:

Bilasizki, har oyat uchun bir zohir bor, bir botin bor; bir had bor, bir muttola' bor. Va har bir qissa uchun koʻp vajhlar, hukmlar, foydalar, maqsadlar bor. Shunga binoan, muayyan bir oyat har yerda boshqa munosib bir vajh uchun, bir foyda uchun zikr qilinishi mumkin. Bu e'tibor bilan, zohiran takror koʻrinsa ham, haqiqatda takror emas.

— 173 —
TOʻRTINCHI QATRA:

Qur'on falsafiy masoili kavniyaning bir qismida ihmol bilan, bir qismida ibhom bilan, narigi qismida ijmol bilan ishorat etgan daraja-i i'jozni "Olti Nukta" zimnida izoh qilamiz.

Birinchi Nukta:

S: Nima uchun Qur'on ham hikmat va falsafa kabi koinotdan bahs qilmaydi?

J: Falsafa haqiqatdan u'dul etgan, koinotga ma'no-i ismiy bilan qarab, koinotni koinot hisobiga istihdom etadi. Qur'on esa, Haqdan haq bilan nozil boʻlgan, haqiqatga boradi. Mavjudotga ma'no-i harfiy bilan qarab Xoliqining hisobiga istihdom etadi.

S: Ulviy va sufliy ajromning mohiyatlari, shakllari, harakatlari haqida fan bergan bayonot kabi bayon lozim ekan, mubham qoldirilgan?

J: Bu kabi masalalarda koʻproq ibhom muhimdir. Va ijmol koʻproq jamil va goʻzaldir. Chunki Qur'on istidrodiy va taba'i boʻlib, Janobi Haqning zotiga, sifatiga istidlol uchun koinotdan bahs qiladi. Istidlolning birinchi sharti, dalilning natijadan yanada zohir va ma'lum boʻlishi lozim. Agar fanchilarning ishtahasi kabi "Shamsning sukuniga, arzning harakatiga qarash bilan Allohning azamatini anglangiz." desaydi, dalil mudda'odan yanada xofiy boʻlardi. Va insonlarning aksarisi, aksar zamonlarda fahm etolmaganlaridan, inkorga zahob etishar edi. Holbuki, irshod va hidoyat zamonlarida jumhurning daraja-i fahmlari nazarga olinib, unga koʻra soʻz soʻylash ijob etadi. Shu bilan barobar, aksariyatga qilingan muro'atdan, aqolliyatda qolganning mahrumiyati nash'at etmaydi. Chunki ular ham istifoda etadilar. Ammo masala ma'kusa boʻlsa, aksariyat mahrum qoladi, istifoda etolmaydi. Chunki fahmlari qisqadir.

Va soniyan: Balogʻati irshodiyaning sha'nidanki, avomning nazariga, ommaning hissiga, jumhurning fahmiga koʻra harakat qilinsinki; nazarlarni tavahhush, fikrlarni qabuldan imtino' etmasin. Shunga binoan, jumhurga boʻlgan xitobning eng baligʻi zohir, basit, sahl boʻlishidirki, ojiz boʻlishmasin. Muxtasar boʻlsinki, malul boʻlishmasin. Mujmal boʻlsinki, luzumli boʻlmagan tafsildan nafrat etishmasin.

Va solisan: Qur'on mavjudotning ahvolidan faqat Xoliqlari uchun bahs qiladi. Mavjudotning zotlariga oid emas. Bu e'tibor bilan, Qur'on e'tiboridan eng muhim, koinotning Xoliqqa nazir boʻlgan ahvolidir. Fan esa, Xoliqni ishga qoʻshmaydi. Koinotning ahvolidan bizotiha bahs qiladi. Va shuningdek, Qur'on butun insonlarga xitob qiladi. Va aksariyatning fahmini muro'at qiladiki, tahqiqiy bir ma'rifat sohibi boʻlishsin. Fan esa, yolgʻiz fanchilar bilan gaplashadi. Avomni nazarga olmaydi. Avom taqlidda qoladi. Bu e'tibor bilan, fanning tafsilotini ihmol yoki ibhom, ommaning foydasi va umumning manfaatiga nazaran, ayni isobat va ayni hikmatdir.

Va robian: Qur'on butun zamonlarni tanvir va butun insonlarni irshod etgan bir kitobdir. Bu e'tibor bilan irshodning balogʻati ijobiga koʻra aksariyatni, nazarlarida badihiy boʻlgan masalalarga qarshi muqobalaga, mugʻolataga iqo' va ijbor etmaslik lozim. Va ularning fikricha maxsus, mashhud, ma'ruf boʻlgan bir narsani luzumsiz yerda tagʻyir etmaslik lozim. Va shuningdek, vazifa-i asliya jihatidan aksariyatga lozim boʻlmagan narsaning ihmol yoki ijmoli lozimdir. Masalan, shamsning zotidan, mohiyatidan bahs qilish emas. Faqat, olamni tanvir etish bilan, xilqatning nizom markazi va olamga oʻq boʻlishi kabi horiqo narsalarni ixtivo etgan vazifasidan bahs etish bilan, Xoliqning azamati qudratini afkori ommaga ibroz etishdir.

— 174 —
Ikkinchi Nukta:
وَجَعَلْنَا الشَّمْسَ سِرَاجًا

S: Nima uchun shams "siroj" bilan tavsif etilgan. Holbuki ahli fan fikricha, shams arzga tobe emaski, unga siroj boʻlsin. Balki arz bilan sayyorot oʻziga tobe boʻlgan bir markazdir?

J: "Siroj" ta'biri shunday bir tasvirga ishoratdirki: Olam bir saroy kabidir. Mavjudoti u saroyning mushtamiloti, tazyinoti maqomida boʻlgani kabi, shams ham u saroy xalqini tanvir etgan Ilohiy bir shamchiroqdir. Va shuningdek, "siroj" ta'biri Janobi Haqning rububiyatidan tugʻilgan vus'ati rahmatiga va u rahmat ichida daraja-i in'om va ehsoniga bir ixtor va azamati saltanati ichida vahdoniyatiga bir e'lon boʻlib, mushriklar ma'bud ittihoz etgan ulkan shams, olam saroyida shamchiroq vazifasi bilan muvazzaf musahhar bir ma'mur va bir xizmatkordir. Ma'lumki, chiroq xizmatini bajargan jomid bir narsaning ibodatga, ya'ni ma'bud boʻlishga hech layoqati bormi?

Uchinchi Nukta:

Qur'on ta'qib etgan maqosidi asosiya va anosiri asliya: Ubudiyat bilan tavhid, risolat, hashr, adolat boʻlib toʻrttadir. Boshqa bahs qilgan masalalari faqat bu maqsadlarga vasilalardir. Bu e'tibor bilan vasilalarda qilinadigan tafsilot ul bobdagi qavoidga muxolifdir. Chunki moloyani bilan ishtigʻol maqsadni ortda qoldiradi. Shuning uchun, ba'zi masoili kavniyada Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon ihmol yoki ibhom yoki ijmol etgan. Va shuningdek, Qur'onning muxotoblaridan qismi aksari avomdir. Avom sinfining haqoiqi Ilohiyaning inja va mushkul qismiga fahmlari qodir emas. Faqat tamsil va ijmollar bilan fahmlariga yaqinlashtirish lozim. Shuning uchun, Qur'on kasrat bilan tamsillarni zikr qiladi. Va istiqbolda kashf qilinadigan ba'zi masoilda ham ijmol qiladi.

Toʻrtinchi Nukta:

Bu Nukta mutarjim tarafidan tashlab oʻtilgan.

Beshinchi Nukta:

Muallifi muhtarami tarafidan tashlab oʻtilgan.

— 175 —
OLTINCHI QATRA:

Qur'on boshqa kalomlar bilan muqoyasa qilinmaydi. Oralarida munosabat yoʻq. Ha, kalomning ulviyatiga, quvvatiga, husniga, jamoliga quvvat bergan mutakallim, muxotob, maqsad, maqom boʻlib toʻrt narsadir. Adiblar oʻylaganlari kabi yolgʻiz maqom emas. Demak, bir kalomning daraja-i quvvatini anglashni istagan vaqting; foiliga, muxotobiga, gʻoyasiga, mavzusiga qara. Bularning darajalari nisbatida kalomning darajasi anglashiladi.

Ha, masalan: U kalom amr yoki nahiy boʻlsa, iroda va qudratni tazammun etganidan darajasiga koʻra tazo'uf etadi. Masalan: Qur'onning

﴿ يَٓا اَرْضُ ابْلَع۪ى مَٓاءَكِ وَيَا سَمَٓاءُ اَقْلِع۪ى ﴾

oyati bilan, samo va arzga bergan amr tazammun etgan yuksak va qat'iy iroda va qudrat bilan darhol samoiy sahab chekinadi, arz ham suvini yutadi. Va shuningdek, arz va samoga

﴿ اِئْتِيَا طَوْعًا اَوْ كَرْهًا ﴾

oyati bilan berilgan amrni itoat bilan qabul qilishlaridan, u amrdagi iroda va qudratning daraja-i quvvati va bilvosita kalomning daraja-i ulviyati taboruz etadi. Faqat, insonlarning jomidotga bergan amrlari, mutakallimlardagi iroda va qudratning za'fiyati nisbatida ruhsiz, xayoliy safsatalardan farqlari yoʻq.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqning "A'lam, Akbar, Arham, Ahsan" kabi asmo va sifot va af'olida ishlatilgan ismi tafzil tavhidga naqs emas. Chunki maqsad, bizzot va haqiqiy bir mavsufni gʻayri haqiqiy yoki aqliy bir imkon bilan yoki vahmiy bir mavsuf bilan tafzil etishdir.

Va shuningdek, izzati Ilohiyaga ham munofiy emas. Chunki maqsad, sifat va ahvoli Ilohiya bilan maxluqotning sifat va af'oli orasida bir muvozana qilish emas. Ya'ni, ikkisini bir saviyada tutgandan soʻng, buni unga tafzil etish emas, sifati Ilohiyaga bir naqs boʻlsin.

Ha, masnu'otdagi kamolot, Janobi Haqning kamolidan in'ikos etgan bir soya ekaniga nazaran, masnu'ot sifoti Ilohiya bilan muvozana haqqiga molik emas.