Masnaviy-i Nuriya
— 147 —

OʻNINCHI RISOLA

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاط۪ينِ ﴾
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shu oyati karimaning yuksak samosiga chiqib sirrini fahm etish uchun yetti pogʻonali bir zinapoya quramiz.

Birinchi pogʻona:

Samovotning maloika bilan tasmiya etilgan munosib sokinlari bor. Chunki kura-i arzning samoga nisbatan kichikligi va qiymatsizligi bilan barobar zavil hayot bilan toʻla boʻlishi, samovotning u muzayyan burjlari zavil idrok bilan toʻla boʻlishini tasrih etadi. Va shuningdek, samovotning bu qadar ziynatlar bilan tazyin etilishi, har holda zavil idrokning taqdir va istehson bilan nazari hayratlarini jalb qilish uchundir. Chunki husni ziynat, oshiqlarning jalbi uchundir. Ovqat va taom ham och boʻlganlarga beriladi. Shu bilan barobar, ins va jin u vazifani qilishga kifoya emaslar. Lekin gʻayri mahdud u yerga munosib maloika va ruhoniylar u vazifani qila oladilar.

Ikkinchi pogʻona:

Arzning samovot bilan aloqasi, muomalasi boʻlib oralarida juda katta irtibot bor. Ha, arzga kelgan ziyo, harorat, baraka va boshqalar samovotdan keladi. Arzdan ham samoga duolar, ibodatlar, ruhlar ketadi. Demak, oralarida jarayon etgan tijoriy muomaladan anglashilyaptiki; arzning sokinlari uchun samoga chiqishga bir yoʻl boʻlib, anbiyo, avliyo, arvoh jasadlaridan tajarrud bilan samovotga uruj etadilar.

Uchinchi pogʻona:

Samovotda davom bilan jarayon etgan sukun, sukut, nizom, intizom, ittiroddan his qilinganiga nazaran, samovot ahli arz sokinlari kabi emas. Ha, arzda boʻlgan nifoq, shiqoq, ixtilof, azdodning ijtimo'i, xayr va sharning ixtiloti kabi narsalar samovotda yoʻq. Bu soyada samovotda nizom va intizomni buzadigan bir hol yoʻq. Sokinlari berilgan amrlarga kamoli itoat bilan imtisol etadilar.

— 148 —
Toʻrtinchi pogʻona:

Janobi Haqning iqtizolari, hukmlari mutagʻayir ba'zi asmolari bor. Masalan: Badr kabi ba'zi gʻazolarda Asxobi Kiromga yordam berish maqsadida kuffor bilan muhoraba etish uchun maloikaning samodan inzolini iqtizo etgan ismi, maloika bilan shayatin -ya'ni samoviy boʻlgan axyor bilan arziy ashror- orasida muhorabaning vuqu'ini istib'od emas, iqtizo etadi. Ha, Janobi Haq maloikaga bildirmasdan shaytonlarni daf yoki ihlak etishi mumkin. Faqat satvat va hashmatining iqtizosiga koʻra, bu kabi mujozotning mustahaqlariga e'lon va tashhiri, azamatiga loyiqdir.

Beshinchi pogʻona:

Ruhoniylarning axyori samoda boʻlganlaridan, ashrori ham latofatlariga ishonib ularni taqlid qilib iltihoq etish istaganlarida, ahli samo, ularni sharoratlari uchun qabul qilmasdan daf qiladilar. Shu bilan barobar, bu kabi ma'naviy muborazalari olami shahodatga, xususan vazifasi shahodat va mushohada boʻlgan insonga e'lon va tashhiriga rajmi nujum alomat va nishon qilingan.

Oltinchi pogʻona:

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon navi basharni itoatga irshod, isyondan zajr va man qilish uchun ishlatgan uslubi oliysiga qara:

﴿ يَا مَعْشَرَ الْجِنِّ وَالْاِنْسِ اِنِ اسْتَطَعْتُمْ اَنْ تَنْفُذُوا مِنْ اَقْطَارِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ فَانْفُذُوا لَا تَنْفُذُونَ اِلَّا بِسُلْطَانٍ ﴾

Ya'ni: "Ey ins va jin jamoati! Mulkimdan xorij bir mamlakatga chiqib qutulish uchun samovot va arzning aqtoridan chiqishga quvvatingiz boʻlsa, chiqing. Ammo faqat bir sulton bilan chiqasiz."

Qur'oni Karim bu oyat bilan juda keng saltanati rububiyatga qarshi ins va jinning ajzlarini e'lon zimnida nido qiladi: "Ey insoni haqir, sagʻir, ojiz! Qanday qilib shaytonlarni rajm etgan maloika bilan najmlar, shamslar, qamarlar itoat etgan Sultoni Azalga isyon qilyapsan! Qanday ulkan yulduzlarni snaryad, oʻq oʻrnida ishlata olgan bir askarga sohib boʻlgan bir sultonga qarshi isyon etishga jasorat qilyapsan!"

Yettinchi pogʻona:

Yulduzlarning juda kichik afrodi boʻlgani kabi, juda kattalari ham bor. Samoning vajhini, yuzini ziyolantirgan hamma narsa yulduzdir. Bu navdan bir qismi samoga ziynat boʻlgan. Bir qismi ham shaytonlarni rajm etish uchun samoviy manjaniqlardir. Samoda qilingan bu rajm, samo kabi eng vase' doiralarda ham sodir boʻlgan muboraza hodisasini insonlarga koʻrsatish bilan insonlarning mute'larini osiylar bilan muborazaga tashviq bilan koʻniktirishdir.

— 149 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonni hayvondan ayirgan narsalardan:

Biri, moziy va mustaqbal bilan aloqador boʻlishidir. Hayvon bu ikki zamonni haqiqiy ma'noda oʻylaydigan bir idrokka molik emas.

Ikkinchisi, kerak boʻlsa anfusiy, kerak boʻlsa ofoqiy, ya'ni dohiliy va xorijiy narsalarga taalluq etgan idroki kulliy va umumiydir.

Uchinchisi, inshootga lozim boʻlgan muqaddimalarni kashf va tartib etish. Masalan: Bir uyning qurilishi uchun lozim boʻlgan tosh, daraxt, sement kabi luzumli muqaddimalarni ihzor va tartib etish kabi.

Shunga binoan, insonning eng avval va eng katta vazifasi, tasbeh va tahmiddir. Avvalo moziy, hozirgi va istiqbol zamonlarida koʻrgan yoki koʻradigan ne'matlar lisoni bilan, soʻngra nafsida yoki xorijida koʻrgan in'omlar lisoni bilan, soʻngra maxluqot qilayotgan tasbehotni shahodat va mushohada lisoni bilan Sone'ni hamdu sano etishdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqning a'to, qazo va qadar nomli uch qonuni bordir. A'to qazo qonunini, qazo esa qadarni buzadi.

Masalan: Bir narsa haqida berilgan qaror, qadar deganidir. U qarorning ijrosi, qazo deganidir. U qarorning bekor qilinishi bilan hikmni qazodan muofat, a'to deganidir. Ha, yumshoq bir oʻtning tomirlari qattiq toshni teshgani kabi, a'to ham qazo qonunining qat'iyatini teshadi. Qazo ham oʻq kabi qadar qarorlarini teshadi. Demak, a'toning qazoga nisbati, qazoning qadarga nisbati kabidir. A'to qazo qonunining shumulidan ixrojdir. Qazo ham qadar qonunining kulliyatidan ixrojdir. Bu haqiqatga voqif boʻlgan orif:

"Ey Ilohim! Hasanotim sening a'toingdan. Sayyiotim ham sening qazoingdandir. Agar a'toing boʻlmasa edi, halok boʻlardim" deydi.

— 150 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Asmo-i husnani tazammun etgan ba'zi fazlakalar bilan oyatlarga xotima berilishda qanday bir sir bor?

Ha, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon, ba'zan oyoti qudratni oyatlarda bast etadi. Soʻngra ichidan asmoni chiqaradi. Ba'zan mansujot toʻplaydigandek ochib tarqatadi. Soʻngra toʻplaydi, asmoda tayy etadi. Ba'zan esa af'olini tafsil etgandan soʻng ismlar bilan ijmol etadi. Ba'zan esa xalqning a'molini tahdidona gapiradi. Soʻng rahmatga ishorat etgan ismlar bilan tasalli etadi. Ba'zan esa ba'zi maqosidi juz'iyani zikr qilgandan soʻng u maqosidni taqrir va isbot uchun burhon oʻlaroq qavoidi kulliya hukmida boʻlgan ismlarni zikr qiladi. Ba'zan esa moddiy juz'iyotni zikr qiladi. Soʻng asmo-i kulliya bilan ijmol etadi va hokazo...

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ajz ham ishq kabi Allohga isol etgan yoʻllardan biridir. Ammo ajz yoʻli ishqdan yanada qisqa va yanada salomatdir.

Ahli suluk tariqi xofada latoifi ashara ustida, tariqi jahrda nufusi sab'a ustida suluk etganlar. Bu faqir, ojiz esa toʻrt xatvadan iborat; ham qisqa, ham sahl bir tariqni Qur'onning fayzidan istifoda etgan.

Birinchi xatva:
﴿ فَلَا تُزَكُّٓوا اَنْفُسَكُمْ ﴾

oyatidan,

Ikkinchi xatvani:
﴿ وَلَا تَكُونُوا كَالَّذ۪ينَ نَسُوا اللّٰهَ فَاَنْسٰيهُمْ اَنْفُسَهُمْ ﴾

oyatidan;

Uchinchi xatvani:
﴿ مَٓا اَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللّٰهِ وَمَٓا اَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَ ﴾

oyatidan;

Toʻrtinchi xatvani

﴿ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ ﴾

oyatidan ahz etgan. Bularning izohi:

— 151 —

Birinchi Xatva: Ha, inson yaratilishida oʻz nafsiga muhib oʻlaroq yaratilgan. Hatto bizzot nafsi qadar bir narsaga sevgisi yoʻq. Oʻzini, faqat Ma'budga loyiq sanolar bilan madh etadi. Nafsini butun ayblardan, qusurlardan tanzih etish bilan, -haqli boʻlsin, haqsiz boʻlsin- kamoli shiddat bilan mudofaa etadi. Hatto Janobi Haqni hamd va sano uchun oʻzida yaratilgan jihozotni oʻz nafsiga hamdu sano uchun sarf qiladi va مَنِ اتَّخَذَ اِلٰهَهُ هَوٰيهُ dagi مَنْ shumuliga dohil boʻladi. Bu martabada nafsning tazkiyasi, faqat adami tazkiyasi bilan boʻladi.

Ikkinchi Xatva: Nafs xizmat zamonida orqaga qochadi. Ujrat vaqtida ilgari safga hujum qiladi. Bu martabada uning tazkiyasi, qilgan ishining aksini qilish bilan boʻladi. Ya'ni, ishda, xizmatda oldinga yoʻllash, ujrat tavzi'ida orqada qoldirilishi kerak.

Uchinchi Xatva: Oʻz nafsida, xaltasida qusur, nuqson, ajz, faqrdan ma'ada bir narsani qoldirmasligi kerak. Butun mahosin, yaxshiliklar Fotiri Hakim tarafidan in'om etilgan ne'matlar boʻlib, hamdni iqtizo etadi. Faxrni istilzom etmaganlarini e'tiqod va talaqqiy etish kerak. Bu martabada uning tazkiyasi; kamolining adami kamolida, qudratining ajzida, gʻinosining faqrida boʻlganini bilishdan iboratdir.

Toʻrtinchi Xatva: Oʻzi istiqloliyat holida foniy, hodis, ma'dum boʻlganini va asmo-i Ilohiyaga oynadorlik qilgani holda shohid, mashhud, mavjud boʻlganini bilishdan iboratdir. Bu martabada uning tazkiyasi; vujudida adamini, adamida vujudini bilish bilan

﴿ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ ﴾

ni oʻziga vird ittihoz etishdir.

Va shuningdek, Vahdat-ul Vujud ahli koinotni inkor qilish bilan i'dom etadilar. Vahdat-ush Shuhud xalqi esa, butun mavjudotni, -eshkak jazolilari kabi- nisyon zindonida abadiy hibsga mahkum etadilar.

Qur'on ifhom etgan tariq, koinotni, mavjudotni ham i'domdan, ham hibsdan qutqaradi. Asmo-i husnaga mazhariyat bilan oynadorlik qilish kabi vazifalarda istehdom etadi. Faqat koinotni istiqloliyatdan va oʻz hisobiga ishlashdan azl etadi.

Va shuningdek, insonning vujudida bir nechta doira bor. Chunki ham nabotiydir, ham hayvoniydir, ham insoniydir, ham iymoniy. Tazkiya muomalasi ba'zan tabaqa-i iymoniyada boʻladi. Soʻngra tabaqa-i nabotiyaga tushadi. Ba'zan esa yigirma toʻrt soat mobaynida har toʻrt tabaqada muomala sodir boʻladi. Insonni xato va gʻolatga otgan, bu toʻrt tabaqadagi farqqa rioya etmaslikdir.

خُلِقَ لَنَا مَا فِى الْاَرْضِ جَم۪يعًا

ga istinodan insoniyatning me'da-i hayvoniya va nabotiyaga munxasir boʻlganining fikri bilan gʻolat etadi. Soʻng butun gʻoyalarning nafsiga oid boʻlganining hasri bilan gʻolat etadi.

Soʻng hamma narsaning qiymati manfaati nisbatida boʻlganining taqdiri bilan gʻolat etadi. Hatto Zuhra yuldizini xushboʻy bir zuhraga muqobil olmaydi. Chunki oʻziga manfaati tegilmaydi.

— 152 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ubudiyat, sabqot etgan ne'matning natijasi va uning narxidir. Kelgusidagi bir ne'matning mukofot muqaddimasi va vasilasi emas. Masalan: Insonning eng goʻzal bir suratda yaratilishi, ubudiyatni iqtizo etgan sobiq bir ne'mat boʻlgani va soʻngra esa, iymonning i'tosi bilan oʻzini senga ta'rif etishi, ubudiyatni iqtizo etgan sobiq ne'matlardir. Ha, qandayki me'daning i'tosi bilan butun mat'umot i'to etilgandek talaqqiy etiladi; hayotning i'tosi bilan ham, olami shahodat mushtamil boʻlgan ne'matlar bilan barobar i'to etilgan kabi talaqqiy etiladi.

Va shuningdek, nafsi insoniyning i'tosi bilan, bu me'da uchun mulk va malakut olamlari ne'matlar dasturxoni kabi qilingandir. Shuning kabi, iymonning i'tosi bilan, mazkur dasturxonlar bilan barobar, asmo-i husnada iddixor etilgan dafinalari ham dasturxon oʻlaroq berilgan boʻladi. Bu kabi ujratlarni oldindan olgandan soʻng, davom bilan xizmatga mulozim boʻlish lozimdir. Xizmat va amaldan soʻng berilgan ne'matlar mahza uning fazlidandir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Anvo'ning afrodida, xususan hasharot va qurt-qumursqalar qismida koʻringan favquloda koʻplikda mushohada etilgan horiquloda gʻayri mutanohiy bir judu saxovat bor. Kamoli ittiqon va intizom bilan butun anvo'da boʻlgan shu kasrati afrod, tajalliyoti Ilohiyaning gʻayri mutanohiy ekaniga va Janobi Haqning mohiyati hamma narsaga mubayin boʻlganiga va butun ashyo uning qudratiga nisbatan mutasoviy boʻlganiga sarohatan dalolat qiladi.

Ha, bu judi ijod Sone'ning vujubidandir. Navda jaloliydir, fardda jamoliydir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson qilgan san'atlarning suhulat va suubat darajalari, uning ilm va jaholati bilan oʻlchanadi. Naqadar san'atlarda, xususan inja va latif jihozotda ilmi, mahorati koʻp boʻlsa, oʻsha nisbatda oson boʻladi. Jaholati nisbatida ham zahmat boʻladi. Shunga binoan, ashyoning xilqatida mutlaq tezlik bilan mutlaq kenglik ichida koʻringan mutlaq osonlik, Sone'ning ilmida chegara boʻlmaganiga hadsi qat'iy bilan dalolat qiladi.

﴿ وَمَٓا اَمْرُنَٓا اِلَّا وَاحِدَةٌ كَلَمْحٍ بِالْبَصَرِ ﴾
— 153 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning fitratan molik boʻlgan jome'iyatning ajoyibidandirki: Sone'-i Hakim shu kichik jismda gʻayri mahdud anvo'i rahmatni oʻlchash uchun gʻayri ma'dud mezonlar oʻrnatgan. Va asmo-i husnaning gʻayri mutanohiy maxfiy dafinalarini fahm etish uchun gʻayri mahsur jihozlar va vositalar yaratgan. Masalan: Masmu'ot, mubsirot, ma'kulot olamlarini ihota etgan insondagi tuygʻular Sone'ning sifoti mutlaqasini va keng shuunotini fahm etish uchundir.

Va shuningdek, xardaladan yanada kichik quvva-i hofizasida shunday bir latifa-i mudrika qoldirilganki, u xardala tazammun etgan keng olamda u latifa doimiy sayr va javalon etayotgan boʻlsa ham, sohiliga vosil boʻlolmaydi. Shu bilan barobar, ba'zan bu katta olam u latifaga shu qadar torlashadiki, olam u latifaning qornida bir zarra kabi boʻladi. Va u latifani, butun sayohat maydonlari bilan, mutolaa qilgan kitoblari bilan u xardala ham yutadi, joyida oʻtiradi, qorni ham ogʻrimaydi.

Xullas, insonning mutafovit martabalari bu sirdan anglashiladi.

Ha, ba'zi insonlar zarrada choʻkadilar. Ba'zisida esa dunyo choʻkadi. Ba'zilar esa, oʻzlariga berilgan kalitlardan biri bilan kasratning eng keng olamini ochadi, faqat ichida choʻkadi. Sohili vahdat va tavhidga zoʻrgʻa vosil boʻladi. Demak, insonning sayri ruhoniysida koʻp tabaqalar bor. Bir tabaqada, insonlarga huzuri tavhid juda osonlik bilan nasib va muyassar boʻladi. Bir tabaqasini ham gʻaflat va avhom shunday istilo qiladiki, kasrat ichida gʻarq boʻlish bilan tom ma'nosi bilan tavhidni unutgan boʻladi. Sukutni su'ud, tadanniyni taraqqiy, jahli murakkabni yaqiyn, uyquning oxirgi pardasini intiboh zon va tavahhum etgan bir qism madaniylar ikkinchi tabaqadagi insonlardandir. Ular haqoiqi iymoniyani dark etishda badaviylarning badaviylaridir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ismi Jalol koʻpincha navlarda, kulliyotda tajalliy etadi. Ismi Jamol esa mavjudotning juz'iyotiga tajalliy etadi. Bu e'tibor bilan, navlardagi judi mutlaq, jalolning tajalliysidir. Juz'iyotning naqshlari, ashxasning goʻzalliklari, jamolning tajalliyotidandir.

Va shuningdek, jalol vohidiyatning tajalliysidan, jamol esa ahadiyatning tajalliysidan zohir boʻladi. Ba'zan esa jamol jaloldan tajalliy etadi. Ha, jamolning koʻzida jalol naqadar jamildir, jalolning koʻzida ham jamol shu qadar jalildir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Basar masnu'otni koʻrib, basirat Sone'ni koʻrmasa, juda gʻarib va juda xunuk boʻladi. Chunki u holda Sone'ning ma'nan, qalban koʻrinmasligi, yo basiratning fiqdanidandir yoki qalb koʻzining koʻr boʻlishidandir yoki juda tor boʻlganidan masalani azamati bilan qamramaganidandir. Yoki bir hizlandir. Boʻlmasa Sone'ning inkori basarning shuhudini inkordan yanada ziyoda munkardir.

— 154 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir dalaga ekilgan bir urugʻ, ma'naviy bir qal'a va bir devordir. U dalani urugʻ sohibiga mol etadi. Boshqasining tasarrufiga mone boʻladi. Shuning kabi, kura-i arz dalasiga ekilgan nabotot, hayvonot urugʻlari ma'naviy bir qal'a va bir toʻsiq boʻlib, shirkatni man qiladi; gʻayrni mudohaladan quvadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tabiatlari latif, inja va latif san'atlarga maftun ba'zi insonlar, xususan maxsus bogʻlarida juda goʻzal handasavoriy bir shaklda shakllarni, ariqlarni, hovuzlarni, shodirvonlarni qildirish bilan bogʻlariga juda muntazam bir manzara beradilar. Va u latofatning, u goʻzallikning darajasini koʻrsatish uchun ba'zi xunuk qoya tosh, qoʻpol, gʻayri muntazam -gʻor va togʻ haykallari kabi- narsalarni ham ilova etadilarki, ularning xunukligi bilan, adami intizomi bilan bogʻning goʻzalligi, latofati koʻproq porlasin. Chunki

اِنَّمَا الْاَشْيَاءُ تُعْرَفُ بِاَضْدَادِهَا

Ammo mudaqqiq bir kishi u azdodni jam etgan bogʻning manzarasiga qaragan zamon anglaydiki, u xunuk, qoʻpol narsalar qasddan qilingandirki; goʻzallik, intizom, latofat ortsin. Zero, goʻzalning goʻzalligini orttirgan, xunukning xunukligidir. Demak, bogʻning toʻliq intizomini ikmol etgan, u xunukliklardir. Va u xunukliklarning adami intizomi nisbatida bogʻning intizomi ortadi.

Shuning kabi, dunyo bogʻida nizom va intizomning oxirgi tizimida boʻlgan maxluqot va masnu'ot orasida -hayvonlarda boʻlsin, nabototda boʻlsin, jamodotda boʻlsin- ba'zi xunuk, intizomdan xorij narsalar mavjud. Bularning xunukligi, intizomsizliklari, dunyo bogʻining goʻzalligiga, intizomiga bir ziynat, bir bezak boʻlish uchun Sone'-i Hakim tarafidan qasddan qilingan boʻlganini, juda yuksak, keng, shoirona bir xayol bilan dunyoning u bogʻ manzarasini nazar ostiga olgan odam koʻra oladi.

Shu bilan barobar, u kabi narsalar qasdiy boʻlmasaydi, shakllarida hikmatli taxoluf boʻlmasdi. Ha, taxolufda qasd va ixtiyor bor. Har insonning butun insonlarga siymo jihatidan muxolafati bunga dalildir.

— 155 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonni fitratan butun hayvonlarga tafavvuq ettirgan jome'iyatining maziyatlaridan biri, zavil hayotning Vohib-ul Hayotga boʻlgan tahiyya va tasbehlarini fahm etishdir. Ya'ni, inson oʻz kalomini fahm etgani kabi, iymon qulogʻi bilan zavil hayotning ham, balki jamodotning ham butun tasbehlarini fahm etadi. Demak, hamma narsa kar odam kabi yolgʻiz oʻz kalomini anglaydi. Inson esa, butun mavjudotning lisonlari bilan takallum etganlari asmo-i husnaning dalillarini fahm etadi. Shunga binoan, hamma narsaning qiymati oʻziga koʻra juz'iydir. Insonning qiymati esa kulliydir. Demak, bir inson, bir fard ekan, bir nav kabi boʻladi.

وَاللّٰهُ اَعْلَمُ بِالصَّوَابِ
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Zohir bilan botin orasida mushobahat boʻlsa ham, haqiqatga qaralsa, oralarida ulkan uzoqlik bordir.

Masalan: Omiyona boʻlgan tavhidi zohiriy, hech bir narsani Allohdan boshqasiga isnod etmaslikdan iboratdir. Bunday bir inkor, sahl va oddiydir. Ahli haqiqatning haqiqiy tavhidlari esa, hamma narsani Janobi Haqqa isnod etish bilan barobar, hamma narsaning ustida boʻlgan muhrini, sikkasini koʻrib oʻqishdan iboratdir. Bu huzurni isbot, gʻaflatni inkor qiladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hayoti dunyoviyaga qasddan va bizzot tavajjuh etib bogʻlangan kofirning, imholi i'qobida va aksincha taraqqiyoti moddiyada muvaffaqiyatidagi hikmat nima?

Ha, u kofir, oʻz tarkibi bilan, sifati bilan Janobi Haq tomonidan navi basharga taqdir etilgan ne'matlarning tazohuriga -shuursiz- xizmat qiladi. Va goʻzal masnu'oti Ilohiyaning mahosinini bila-shuur tanzim etadi. Va quvvadan fe'lga chiqarish bilan gʻarobati san'ati Ilohiyaga nazarlarni jalb qiladi. Farqiga ham bormaydi, bundan nima foyda. Demak, u kofir soat kabi oʻzi qilgan amaldan xabari yoʻq. Ammo vaqtlarni bildirish kabi, navi basharga juda buyuk bir xizmati bor. Bu sirga binoan, dunyoda mukofotini koʻradi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tavfiqi Ilohiy rafiqi boʻlgan odam, tariqat barzohiga kirmasdan zohirdan haqiqatga oʻta oladi. Ha, Qur'ondan, haqiqati tariqatni -tariqatsiz- fayz surati bilan koʻrdim va bir parcha oldim. Va shuningdek, maqsudi bizzot boʻlgan ilmlarga ulumi aliyani oʻqimasdan isol etuvchi bir yoʻl topdim.

Sari-us sayr boʻlgan bu zamonning avlodiga, qisqa va salomat bir tariqni ehson etish, rahmati hakimaning shonidandir.

— 156 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonni gʻaflatga tushurish bilan Allohga ubudiyatiga mone boʻlgan, juz'iy nazarini juz'iy narsalarga hasr etishdir. Ha, juz'iyot ichiga tushib juz'iylarga hasri nazar etgan, u juz'iy narsalarning sabablardan suduriga ehtimol berishi mumkin. Ammo boshini koʻtarib navga va umumga qaragan zamon, adno bir juz'iyning eng katta bir sababdan suduriga javoz berolmaydi. Masalan: Juz'iy rizqini ba'zi sabablarga isnod etishi mumkin. Faqat mansha-i rizq boʻlgan arzning, qish mavsumida qup-quruq, hosilsiz ekaniga, bahor mavsumida rizq bilan toʻla boʻlganiga qaragan vaqt, arzni ihyo etish bilan butun zavil hayotning rizqlarini bergan Allohdan ma'ada oʻz rizqini beradigan bir narsa boʻlmaganiga qanoati hosil boʻladi. Va shuningdek, uyidagi kichik bir ishiqni yoki qalbida boʻlgan kichik bir nurni ba'zi sabablarga isnod etishing mumkin. Ammo, u ishiqning, shamsning ziyosi bilan, u nurning ham Manba-ul Anvorning nuri bilan muttasil boʻlganiga voqif boʻlgan vaqt anglaysanki; qalbingni nurlantirgan, qalbingni tanvir etgan faqatgina layl va nahorni bir-biriga almashtirgan Fotiri Hakimdir.

Va shuningdek, sening vujudingning zuhur va vuzuh jihatidan Xoliqning vujudiga nisbati, Xoliqning vujudiga dalolat qilganlarning nisbati kabidir. Chunki sen bir vajh bilan oʻz vujudingga dalolat qilasan. Ammo Xoliqning vujudiga butun mavjudot, butun zarroti bilan dalolat qiladi. Shunday ekan, uning vujudi sening vujudingdan, olamning zarroti adadicha zuhur darajalari bordir.

Va shuningdek, seni nafsingni sevishga yoʻllagan sabablar:

1- Butun lazzatlarning mahzani nafsdir;

2- Vujudning markazi va manfaatning ma'dani nafsdir;

3- Insonga eng qorib -yaqin- nafsdir, deysan. Juda yaxshi. Faqat u foniy lazzatlarga muqobil lazoizi boqiyani bergan Xoliqni yanada ziyoda ubudiyat bilan sevish lozim emasmi? Nafs vujudga markaz boʻlganidan, muhabbatga loyiq boʻlsa, u vujudni ijod etgan va u vujudning qayyumi boʻlgan Xoliq yanada koʻproq muhabbatga, ubudiyatga mustahaq boʻlmaydimi? Nafsing ma'dani manfaat va eng yaqin boʻlgani, sababi muhabbat boʻlsa, butun xayrlar, rizqlar qoʻlida boʻlgan va u nafsni yaratgan Nafi', Boqiy va yanada qorib boʻlgan, yanada ziyoda muhabbatga loyiq emasmi? Shunga binoan, butun mavjudotga inqisom etgan muhabbatlarni jamlash va muhabbating bilan barobar mahbubi haqiqiy boʻlgan Fotiri Hakimga hadya etish lozim.

— 157 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sening qarshingda juda qoʻrqinchli ulkan masalalar borki, insonni ehtiyotga, ihtimomga majbur qiladi.

Birisi: Oʻlim boʻlib, insonni dunyodan va butun sevgililaridan ayirgan bir ayrilishdir.

Ikkinchisi: Dahshatli, qoʻrqinchli abad mamlakatiga yoʻlovchilikdir.

Uchinchisi: Umr oz, safar uzun, yoʻl tadoriki yoʻq, quvvat va qudrat yoʻq, ajzi mutlaq kabi aliym alamlarga ma'ruz qolishdir. Shunday ekan, bu gʻaflatu nisyon nima? Tuyaqush kabi boshini nisyon qumiga suqib, koʻzingga gʻaflat koʻzoynagini taqasanki, Alloh seni koʻrmasin. Yoki sen Uni koʻrmagin. Qachongacha zoiloti foniyaga ihtimom va boqiyoti doimadan tagʻoful etasan?

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqqa hamdlar, shukrlar boʻlsinki; masoili nahviyadan "ism" bilan "harf" orasidagi ma'naviy farq bilan juda muhim masalalarni menga oʻrgatgan. Shundayki:

"Harf", gʻayrning ma'nosini izoh uchun bir vosita, bir xodim boʻlgani kabi; shu mavjudot ham, asmo-i husnaning tajalliyotini izhor, ifhom, izoh uchun bir qator Ilohiy maktublardirki, ichlarida yozilgan daloil, barohin, havoriq moʻ'jiza-i qudratdir. Mavjudot bu vajh bilan nazarga olinishi; ilm, iymon, hikmatdir. Shoyad "ism" kabi mustaqil va maqsudi bizzot jihati bilan qaralsa, kufron va jahli murakkab boʻladi.

Va shuningdek, masoili mantiqiyadan "kulliy" bilan "kull" orasidagi farq bilan rububiyatga doir koʻp masalalarni oʻrganganman. Jamol bilan Ahadiyat كُلِّىٌّ ذُو جُزْئِيَّاتٍ shumuliga dohil. Jalol va Vohidiyat كُلٌّ ذُو اَجْزَاءٍ unvoniga dohil.

— 158 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Dunyo olami oxiratga bir mundarija hukmidadir. Bu mundarijada olami oxiratning muhim masalalariga boʻlgan ishoratlardan biri, jismoniy rizqlardagi lazzatlardir. Bu foniy, razil, zalil dunyoda bu qadar ne'matlarni ihsos va ifoza etish uchun insonning vujudida yaratilgan tuygʻular, hislar, jihozlar, a'zolar kabi asbob-uskunalaridan anglashiladiki, olami oxiratda ham

﴿ تَجْر۪ى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ ﴾

qasrlarning ostida, abadiyatga loyiq jismoniy ziyofatlar boʻladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning xavf va muhabbati xalqqa tavajjuh etgan taqdirida, xavf bir balo, bir alam boʻladi. Muhabbat bir musibat kabi boʻladi. Zero u qoʻrqqan odaming yo senga marhamat etmaydi yoki sening istirhomlaringni eshitmaydi. Muhabbat etgan shaxsing ham yo seni tanimaydi yoki muhabbatingga tanazzul etmaydi. Shunga binoan, xavfing bilan muhabbatingni dunyo va dunyo insonlaridan oʻgir. Fotiri Hakimga tavjih etki, xavfing Uning marhamat quchogʻiga -bolaning ona quchogʻiga qochgani kabi- laziz bir tazallul boʻlsin. Muhabbating ham saodati abadiyaga vasila boʻlsin.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sen shajara-i xilqatning yo bir samarasi yoki bir urugʻisan. Jisming e'tibori bilan kichik, ojiz, zaif bir juzsan. Lekin Sone'-i Hakim lutfi bilan, latif san'ati bilan seni juz boʻlishdan kull boʻlishga chiqargan.

Ha, jismingga berilgan hayot soyasida, keng tuygʻularing bilan olami shahodat ustida javalon etish bilan filjumla juz'iyat qaydidan qutulgansan. Va shuningdek, insoniyat i'tosi bilan bilquvva "kull" hukmidasan. Va shuningdek, iymon va Islomiyat ehsoni bilan bilquvva "kulliy" boʻlgansan. Va shuningdek, ma'rifat va muhabbatning in'omi bilan muhit bir nur boʻlgansan.

Shunga binoan, dunyoga va jismoniy lazoizga mayl etsang, ojiz, zalil bir juz'iy boʻlasan. Agar jihozotingni insoniyati kubro deyilgan Islomiyat hisobiga sarf etsang, bir kulliy va bir kull boʻlasan.

— 159 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bu qadar aliym firoq va ayriliqlarga ma'ruz qolish bilan chekkan alamlaringning sababi va qabohati sendadir. Chunki u muhabbatlarni gʻayr yerda sarf etyapsan. Agar u muhabbatlarni jamlab Vohidi Ahadga tavjih va Uning hisobi bilan, izni bilan sarf etsang, butun mahbublaring bilan barobar bir onda birlashib sevinchlarga, mamnuniyatlarga mazhar boʻlasan.

Ha, bir sultonga intisob etgan bir odam, u sultonning, hamma narsa bilan aloqador, har makonda hamma bilan muxobarasi, aloqasi zimnida, u odam ham bir jihatdan, bir daraja aloqador boʻlishi mumkin.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Masalan: Qamarning ahvoliga yoki istiqbolning haqiqatiga doir i'to-i ma'lumot etgan odamga, butun mamolikingni unga fido qilishga tayyorsan. Ammo qamar doira-i mulkida bir ari hukmida boʻlgan Xoliqdan xabar keltirgan va azal, abadga, hayoti abadiyaga, haqoiqi asosiyaga, azim masalalarga doir ma'lumot i'to etgan va seni ma'naviy parishoniyatlardan, zalolatlardan qutqarib kasratdan vahdatga toʻgʻri yoʻl koʻrsatgan va hayoti abadiyaga iymon bilan ma-ul hayotni senga ichirish bilan firoq va ayrilish otashlaridan qutqargan; va Xoliqning marziyotini, matolibini ta'rif etgan va Sultoni Azal, Abadning muxobarasiga tarjimonlik qilgan Rasuli Rahmonni tinglashga va u Muxbiri Sodiqqa iymon bilan taslim boʻlishga mone boʻlgan nafsning havo va havasini tark qilmayapsan!..

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Koʻryapmizki: Sone'-i Hakim kamoli hikmati bilan juda oddiy narsalardan juda horiqo moʻ'jiza-i mansujot qilyapti. Va shuningdek, abasiyat va isrofga yer qoldirmaslik uchun, bir fardni anvo'an vazifalar bilan tavzif etyapti. Hatto insonning boshida, inson muvazzaf boʻlgan vazifalarni qilish uchun har vazifaga koʻra bittadan tirnoq qadar moddiy bir narsaning boʻlishi ijob etsaydi, bir bosh Jabali Tur kattaligida boʻlishi lozim boʻlardiki, asxobi vazoifga yer boʻlsin.

Va shuningdek, lison boshqa vazoifi bilan barobar arzoq xazinasiga va qudratning matbaxida pishirilgan butun taomlarga mufattishdir. Va butun taomlarning totlarini yaqiyn etgan, bilgan bir ahli vuqufdir.

Xullas, bu faoliyati hakimiyadan anglashilyaptiki; zamonning sayli bilan barobar kelib oʻtgan ashyo-i sayyoladan va oʻtgan kunlardan, sanalardan, asrlardan, layl va nahorning taqallubi bilan juda koʻp mansujoti gʻaybiya va uxroviya qilinyapti. Ha, olamning mundarijasi hukmida boʻlgan inson fabrikasida toʻqilgan mansujot u haqiqatni tanvir etadi. Shunday ekan, bu foniy dunyoda mavt, fano, davoiri gʻaybiyada sof bir baqoga intiqol etib boqiy qoladi. Ha, rivoyatlarda borki; insonning umr daqiqalari insonga avdat etadilar. Yo gʻaflat bilan muzlim oʻlaroq keladilar yoki hasanoti muzia bilan avdat etadilar."

— 160 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Koʻryapmizki: Sone'-i Hakimning, afrod va juz'iyotning tasvirida katta-katta tafannunlari bor. Ha, hayvonlarning juda katta va juda kichiklari boʻlgani kabi, qushlarda, baliqlarda, malaklarda va boshqa ajromda, olamlarda ham juda kichik va juda katta fardlari bordir. Janobi Haqning shu tafannunda ta'qib qilgan hikmati:

1- Tafakkur va irshod uchun bir lutf, bir tasxilotdir.

2- Qudrat maktublari oʻqilib fahmlashda bir osonlikdir.

3- Qudratning kamolini izhor etishdir.

4- Jaloliy va jamoliy har ikki nav san'atni ibroz etishdir.

Shu bilan barobar, juda inja yozuvlarni hamma oʻqiy olmaydi va juda katta narsalar ham nazari ihotaga olinolmaydi. Xullas, irshodni tasxil va ta'mim uchun bir qismini kichik harflar bilan, bir qismini ham katta harflar bilan yozish bilan irshodning iqtizosi ado etilgan.

Ammo shaytonning talabasi boʻlgan nafsi ammora, jismning kichikligini san'atning kichikligiga atf etish bilan, sabablardan sudurini tajviz etadi. Va juda katta jismlar ham hikmat bilan yaratilmagan iddi'osida boʻlib bir navi abasiyatga isnod etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Kerak boʻlsa judda, kerak boʻlsa rizqda ifrot darajasida toʻkinlik bor. Bu esa, hikmatdan uzoq, abasiyatga yaqin koʻrinadi. Ha, agar yaratilgan narsa bir gʻoya uchun yaratilayotgan boʻlsa, haqqing bor; ammo gʻoyalar juda koʻp. Shunga binoan, bir gʻoyaga nazaran abasiyat his qilinsa ham, gʻoyalarning majmuiga nazaran ayni hikmat va ayni adolatdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning san'ati bilan Xoliqning san'ati orasidagi farq: Inson oʻz san'atining orqasida koʻrinishi mumkin, ammo Xoliqning masnu'i orqasida yetmish ming parda bor. Faqat, Xoliqning butun masnu'oti daf'atan bir nazarda koʻrina olsa, qora pardalar oʻrtadan koʻtariladi, nuroniylar qoladi.

— 161 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hayvonotdan boʻlsin, nabototdan boʻlsin tavallud bilan tanosul shumuliga dohil boʻlgan har fard vajhi arzni istilo va tasallut etish niyatidadirki, arzni oʻziga va zurriyotiga xos va xolis bir masjid qilish bilan Fotiri Hakimning asmo-i husnasini izhor bilan Xoliqiga gʻayri mutanohiy bir ibodatda boʻlsin.

Ha, qushlarning, baliqlarning, chumolilarning tuxumlarida, ashjar va sabzavotning samarotida va u samarotning danaklaridagi ifrot darajasini topgan kasrat u vaziyatni tanvir etadi. Lekin olami shahodatning torligiga va mustaqbal ibodatlarning Allam-ul Gʻuyubning ilmida mavjud boʻlganiga binoan, niyatdan fe'lga hanuz chiqmagan ularning ibodatlari qabul qilingandir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Karim, ba'zan bir narsaning mutaaddid gʻoyalaridan insonlarga oid bir gʻoyani zikrga taxsis etadi. Bu ixtor uchun, inhisor uchun emas. Ya'ni, u narsaning gʻoyalari zikr qilingan gʻoyaga munxasir emas. Faqat u narsaning nizom va intizom va boshqa foydalariga insonning nazari diqqatini jalb qilish uchun insonlarga roji' u foydani zikr qiladi. Masalan:

﴿ وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ ٭ لِتَعْلَمُوا عَدَدَ السِّن۪ينَ وَالْحِسَابَ ﴾

oyati karima bilan zikr qilingan foyda, taqdiri qamarning minglab foydalaridan biridir. Boʻlmasa, taqdiri qamar bu foydaga munxasir emas. Ya'ni, qamar yolgʻiz bu gʻoya uchun emas. Bu gʻoya uning gʻoyalaridan biridir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqqa maxsus taqlidi mumkin boʻlmagan eng yaqqol tavhid sikka va muhrlaridan biri, gʻayri ma'dud muxtalif ashyoni oddiy bir narsadan yaratishdir. Ha, juda oddiy boʻlgan shu tuproqdan minglarcha anvo', muxtalif nabotot gʻayri mutanohiy bir qudrat bilan, bir ilm bilan, juda katta bir ittiqon, bir suhulat bilan yaratilyotgani tavhidning shunday bir burhonidirki; ham taqlidi, ham tanqidi imkon xorijidir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hayoti insoniyaning vazoifidan biri ham oʻz juz'iy sifatlarini, shuunotini Xoliqning kulliy sifatlarini, shuunotini fahm etish uchun bir miqyos qilishdir. Ammo, olami oxiratda hashrdagi shuunoti azimasini va qiyomatda amvotning ihyosi bilan ahvoli umumiyasini fahm etish uchun, faqat kuz mavsumining qiyomati bilan bahorlarning hashri, hashr va qiyomati kubroda Xoliqning shuunotiga miqyos boʻlishi mumkin.

— 162 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Musulmonlarni lahviyoti navmiya masobasida boʻlgan dunyo hayotiga da'vat qilish bilan, Janobi Haq halol qilgan toyyibot doirasidan harom qilgan xobisot mazbalasiga tashviq etgan odamning masali shunday bir sarxushga oʻxshaydiki:

Parcha parcha qiladigan arslon bilan unsiyatli xonaki otni bir-biridan tafriq etolmaydi. Dor bilan gimnastika taxtasini bir-biridan ayirolmaydi. Qonli yarani qizil guldan tamyiz etolmagani holda, oʻzini murshid deb bilib irshod va nasihatga oʻtadi.

Asnoyi irshodda bir odamga uchraydi. Bechora odamning orqa tarafida qoʻrqinchli bir arslon turgan. Qarshisida ham dor oʻrnatilgani kabi, har ikki yonida ham dahshatli yaralar bor. U odamning qoʻlida ikki dori bor. Va lisoni bilan qalbida ikki tilsim bor. Ularni iste'mol qilsa, shifoyob boʻladi. Va u arslon otga inqilob etadi; buroq kabi ulovi boʻladi. U dor ham; doimo tajaddud etayotgan ahvoli olamni, sayyol manzaralarni tomosha qilishga mador va vosita boʻladi. Sarxush kimsa u bechoraga deydi: "Hoy nega u dorilarni, tilsimlarni saqlayapsan? Ularni ot, kayfingni sur."

U odam: "Yoq! Bu dorilar va tilsimlarning hifz va himoyasidaman. Ulardan olayotgan zavq, lazzat, quvonchlarim menga kifoya. Faqat u arslon kabi parcha-parcha qiladigan oʻlimni oʻldira olsang va dorni sindirish bilan qabr ogʻzini yopa olsang va hayotim ma'ruz qolgan fano va zavol yaralarini bir hayoti boqiyaga tabdil etish bilan tadoviy eta olsang, mayli, sen bilan barobar raqsga tushamiz. Boʻlmasa koʻz oʻngimdan daf boʻlib ket. Sen faqat oʻzing kabi sarxushlarni ishontira olasan. Men sarxush emasman. Dunyoingizga, zavqingizga ehtiyojim yoʻq. Chunki

﴿ حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ نِعْمَ الْمَوْلٰى وَنِعْمَ النَّص۪يرُ ﴾

menga yetar."

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Falsafa talabasi bilan madaniyat tilmizlari musulmonlarni ajnabiy odatlariga ittibo bilan shao'iri Islomiyani tark qilishga da'vat etganlarida, Qur'on Nurchilari shu tarzda mudofaa qilishdi: "Agar dunyodan zavol va oʻlimni va insondan ajz va faqrni olib tashlashga iqtidoringiz boʻlsa, mayli, dinni ham tark qiling, shao'irni ham olib tashlang. Boʻlmasa tilingizni kesing, gapirmang. Qarang, orqamizda panjalarini ochgan hujumga tayyor ajal arsloni tahdid etyapti. Agar iymon qulogʻi bilan Qur'onning sadosini eshitadigan boʻlsang, u ajal arsloni bir buroq boʻladi. Bizlarni rahmati Rahmonga ulashtiradi. Aks holda u ajal yirtqich bir hayvon kabi bizlarni parcha-parcha qiladi. Botil e'tiqodingiz kabi, abadiy bir firoq bilan jazolaydi. Va shuningdek, qarshimizda i'dom dorlari oʻrnatilgan. Agar iymon, iqon bilan Qur'onning irshodini tinglasang, u dorlardan, safina-i Nuh kabi sohili salomatga, ya'ni olami oxiratga ulashtiruvchi bir safina qilinadi.

Va shuningdek, oʻng yonimizda faqr yarasi, chapda esa ajz, za'f jarihasi bor. Agar Qur'onning dorilari bilan tadoviy etsang, faqrimiz rahmati Rahmonning ziyofatiga shavqu ishtiyoqqa inqilob etadi. Ajz va za'fimiz ham Qodiri Mutlaqning dargohi izzatiga iltijo uchun bir da'vat tazkarasi kabi boʻladi.

Va shuningdek, bizlar uzun bir safardamiz. Bu yerdan qabrga, qabrdan hashrga, hashrdan abad mamlakatiga ketish arafasidamiz. U yoʻllarda zulumotni tarqatadigan bir nur va bir arzoq lozim. Ishongan aql va ilmimizdan umid yoʻq. Faqat Qur'onning quyoshidan, Rahmonning xazinasidan tadorik etilishi mumkin. Agar bizlarni bu safardan qoldiradigan bir chorangiz boʻlsa, mayli. Boʻlmasa sukut eting, Qur'onni tinglaylik, qaraylik nimani amr qilyapti:

﴿ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيٰوةُ الدُّنْيَا وَلَايَغُرَّنَّكُمْ بِاللّٰهِ الْغَرُورُ ﴾

Xulosa: Xushyor boʻlgan senga tobe boʻlmaydi. Faqat siyosat sharobi bilan yoki shuhrat hirsi bilan yoki riqqati jinsiya bilan yoki falsafaning zalolati bilan yoki madaniyatning safohati bilan sarxush boʻlganlar sening mashrab va maslagingga tobe boʻladilar. Faqat insonning boshiga tushirilgan zarbalar va yuziga urilgan tarsakilar uning sarxushligini izola bilan xushiga keltiradi.

Va shuningdek, inson hayvon kabi yolgʻiz zamoni hol bilan mubtalo va mashgʻul emas. Balki mustaqbalning qoʻrquvi va moziyning huzun va gʻami bilan hozirgi zamon alamlariga ma'ruzdir. Faqat oʻzini shaqiy, zoll, ahmoqlardan sanamagan odam Qur'onning shu bashoratini tinglasin:

﴿ اَلَٓا اِنَّ اَوْلِيَٓاءَ اللّٰهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ ٭ اَلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَكَانُوا يَتَّقُونَ ٭ لَهُمُ الْبُشْرٰى فِى الْحَيٰوةِ الدُّنْيَا وَفِى الْاٰخِرَةِ لَا تَبْد۪يلَ لِكَلِمَاتِ اللّٰهِ ذٰلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظ۪يمُ ﴾
— 163 —
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ وَ التّ۪ينِ وَ الزَّيْتُونِ ٭ وَ طُورِ س۪ين۪ينَ ﴾

ila oxiri Sura...

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Har bir masnu'da tahaqquq etgan kamoli san'at, Sone'ning har makonda va har masnu'ning yonida ekaniga dalolat qilgani kabi; hech bir makonda va hech bir masnu'ning yonida emasligiga ham dalolat qiladi.

Va shuningdek, inson har bir narsaga muhtoj boʻlish jihati bilan hamma narsaning malakuti qoʻlida va hamma narsaning xazinasi yonida boʻlgan Zoti Aqdasdan ma'ada hech kimga ibodat qilolmaydi.

Va shuningdek, inson vujud, ijod, xayr, af'ol jihati bilan juda kichik, noqis boʻlish bilan chumolidan, aridan adno, oʻrgimchakdanda zaifdir. Faqat adam, taxrib, shar, infiol jihati bilan samovot, arz, jibaldanda kattadir. Masalan: Hasanot qilgan vaqti, habba habba qiladi. Sayyiot qilsa, qubba qubba qiladi. Ha, masalan kufr sayyiasi butun mavjudotni tahqir etadi, qiymatdan tushiradi.

Va shuningdek, insonning bir jihat bilan qil qadar bir ixtiyori, zarra qadar bir iqtidori, shua qadar bir hayoti, daqiqa qadar bir umri, juz'iy bir juz qadar mavjudiyati boʻlsa ham, boshqa jihatdan hadsiz bir ajz va faqri ham bor. Qodiri Mutlaq va Gʻaniyyi Mutlaqning tajalliyotiga keng bir ma'kas boʻladi.

Va shuningdek, inson hayoti dunyoviya jihati bilan bir urugʻ boʻlib, juda ulkan samara va nihollar berish uchun oʻziga tavdi' etilgan jihozotni, ba'zi moddalarni qoʻlga kiritish uchun tovuq kabi tuproqlarni, goʻnglarni, najaslarni titkilashga sarf etadi, foydasiz tafassuh etadi. Va hayoti ma'naviya jihati bilan umidlari abadga qadar uzangan bir shajara-i boqiyadir.

— 164 —

Va shuningdek, inson fe'l va sa'yi jihati bilan zaif bir hayvon boʻlib, doira-i sa'yi juda tordir. Infiol, istash, duo jihati bilan Rahmoni Rahimning aziz bir musofiridir. Doirasi xayol qadar kengdir.

Va shuningdek, inson hayoti hayvoniyadan olgan lazzati bir chumchuqning lazzati qadar emas. Chunki insonda huzun, gʻam, qoʻrquv bor, unda yoʻq. Faqat jihozot, hissiyot, tuygʻular, iste'dodlar e'tibori bilan hayvonlarning eng a'losidan ortiq lazzat oladi. Insonning shu vaziyatiga diqqat qilinsa, anglashiladiki: Bu qadar jihozot bu hayot uchun emas, balki bir hayoti boqiya uchun unga berilgan.

Va shuningdek, inson saltanati rububiyatning mahosiniga nazir va asmo-i qudsiyaning jilvalariga dallol va qalami qudrat bilan yozilgan maktuboti Ilohiyani mutolaa bilan mutafakkir boʻlish jihati bilan, ashrafi maxluqot va xalifa-i arz boʻlgan.

﴿ يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اَنْتُمُ الْفُقَرَٓاءُ اِلَى اللّٰهِ ﴾
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insondagi qusur soʻngsiz boʻlgani kabi, ajz, faqr va ehtiyojiga ham chegara yoʻq. Insonga tavdi' etilgan ochlik bilan ne'matlarning lazzatlari taboruz etgani kabi; insondagi qusur, kamoloti Subhoniya darajalariga bir mirsoddir. Insondagi faqr, gʻino-i rahmatning darajalariga bir miqyosdir. Insondagi ajz, qudrat va kibriyosiga bir mezondir. Insondagi tanavvu'i hojot, anvo'i niom va ehsonotiga bir zinapoyadir. Shunday ekan, fitratidan gʻoya, ubudiyatdir. Ubudiyat esa, dargohi izzatiga qusurlarini "Astagʻfirulloh" va "Subhanalloh" bilan e'lon qilishdir.

— 165 —
﴿ اِنَّ الْاَبْرَارَ لَف۪ى نَع۪يمٍ ٭ وَاِنَّ الْفُجَّارَ لَف۪ى جَح۪يمٍ ﴾
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Har bir inson uchun hayot safarida ikki yoʻl bor. Bu ikki yoʻlning uzun-qisqaligi birdir. Ammo birida ahli shuhud va ahli vuqufning shahodat va tasdiqlari bilan oʻndan toʻqqiz manfaat ehtimoli bor. Ikkinchi yoʻlda masala ma'kusadir. Oʻndan toʻqqiz zarar ehtimoli bor. Ikkinchi yoʻl bilan borganning na quroli bor, na zahirasi. Tabiiyki, yoʻlda juda koʻp qoʻrquvlarga ma'ruz qolishi kabi, ehtiyojlarini daf qilish uchun koʻplarga minnat ostida qoladi. Ammo birinchi yoʻlda suluk etganning ham quroli, ham arzoqi barobardir. Juda erkin boradi. Birinchi yoʻl Qur'on yoʻlidir, ikkinchi yoʻl esa zalolat yoʻlidir.

Ha, ahli shuhudning, ahli vuqufning tasdiq va shahodatlari bilan sobitki, iymon quvvati bilan yurgan amnu amon ichidadir. Va oxirida markazi hukumatga yetishganida, oʻndan toʻqqizi ulkan mukofotlarga mazhar boʻladilar. Faqat, zalolat zulumoti ichida yurganlar asnoyi safarda qoʻrquvdan, ochlikdan hamma narsaga va harkasga tazallul etgandan soʻng, mahalli hukumatga vosil boʻlganida, oʻndan toʻqqizi yo i'dom yoki abadiy hibsga mahkum boʻladilar. Shunga binoan, aqli boʻlgan zararli bir narsani dunyoviy, adno bir hiffat uchun tarjih etmaydi.

Ahli shuhud deganimizdan maqsad, avliyoullohdir. Zero valoyat sohibi avom e'tiqod etgan narsalarni koʻz bilan mushohada etadi. Qur'on yoʻli bilan ketganlarning qurol va zahiralari esa; Qodiri Mutlaqqa, Gʻaniyyi Karimga boʻlgan tavakkal ularni ta'min qiladi. Zero tavakkal istinod va istimdod nuqtalarini tazammun etadi. Bu nuqtalar ham kalima-i tavhidni istilzom etadi. Kalima-i tavhid ham namozni iqtizo etadi. Namoz ham ubudiyatning asos bir ruknidir. Ubudiyatni amr qilgan taklifdir. Mukallafiyatini ifo etganning, mukallafiyat muddaticha, mukallafiyati askariya kabi ovqatlari, liboslari va boshqa hayot lozimalari xazina-i Rahmondan beriladi. Mukallafiyati askariya ikki yarim yildir. Ammo mukallafiyati ubudiyat muddati umrdir.

﴿ وَمَا هٰذِهِ الْحَيٰوةُ الدُّنْيَٓا اِلَّا لَهْوٌ وَلَعِبٌ وَاِنَّ الدَّارَ الْاٰخِرَةَ لَهِىَ الْحَيَوَانُ ﴾
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson bir yoʻlovchidir. Bolalikdan yoshlikka, yoshlikdan keksalikka, keksalikdan qabrga, qabrdan hashrga, hashrdan abadga qadar yoʻlovchiligi davom qiladi. Har ikki hayotning lavozimoti Malik-ul Mulk tarafidan berilgan. Faqat u lavozimotni, johilligi sababli tamoman bu hayoti foniyaga sarf qiladi. Holbuki, u lavozimotdan loaqal oʻndan birni dunyoviy hayotga, toʻqqizni hayoti boqiyaga sarf etish kerak. Ajabo, bir necha mamlakatni kezish uchun hukumatdan yigirma toʻrt lira xarjiroh olgan bir ma'mur, ilk dohil boʻlgan mamlakatida yigirma uch lirani sarf etsa, boshqa yerlarda nima qiladi? Hukumatga nima deb javob neradi? Shunday qilgan oʻziga aqlli deyishi mumkinmi? Shunga binoan, Janobi Haq har ikki hayot lavozimotini qoʻlga kiritish uchun yigirma toʻrt soatlik bir vaqt bergan. Koʻpini ozga, ozini koʻpga berish surati bilan, yigirma uch soat qisqa va foniy boʻlgan dunyo hayotiga, hech boʻlmasa bir soatni ham besh namozga va boqiy va soʻngsiz uxroviy hayotga sarf qilish lozimki, dunyoda poshsho, oxiratda gado boʻlmasin!

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Gʻofil boʻlgan inson oʻz vazifasini tark qiladi, Allohning vazifasi bilan mashgʻul boʻladi. Ha, inson gʻaflat sababli iqtidori dohilida oson boʻlgan ubudiyat vazifasining tarki bilan, zaif qalbi bilan rububiyat vazifa-i saqilasining ostiga kiradi, ostida eziladi. Va ayni zamonda butun istirohatini yoʻqotish bilan osiy, shaqiy, xoin odamlarning jamoasiga dohil boʻladi.

Ha, inson bir askardir. Askarlik vazifasi boshqa, hukumatning vazifasi boshqadir. Askarlik vazifasi ta'lim, jihod kabi din va vatanni himoya qiladigan ishlardir. Hukumatning vazifasi esa, arzoqini, libosini, qurolini berishdir. Shunga binoan, arzoqini ta'min uchun askarlikka oid vazifasini tark qilib tijorat bilan -masalan- ishtigʻol etgan bir askar, shaqiy va xoin boʻladi. Bu e'tibor bilan insonning Allohga qarshi ubudiyat, vazifasidir. Tarki kaboir, taqvosidir. Nafs va shayton bilan kurashishi, jihodidir.

— 166 —

Ammo kerak boʻlsa nafsiga, kerak boʻlsa avlod va taalluqotiga hayot malzamasini tadorik etish, Allohning vazifasidir. Ha, modomiki hayotni bergan udir. U hayotni asraydigan lavozimotni ham u beradi. Yolgʻiz, hukumat askar uchun omborlarda jam qilgan arzoqni askarlarga tashittirgani, tozalattirgani, ta'lim berdirgani, pishirtirgani kabi, Janobi Haq ham hayot uchun lozim boʻlgan lavozimotni kura-i arz omborida yaratib jam qilgandan soʻng, u arzoqning toʻplanishini va boshqa ahvolini insonga qildiradiki, insonga bir mashgʻuliyat, bir ermak boʻlsin va atolat, batolat azobidan qutulsin.

Ey inson! Rahmi modarda ekan, bola ekan, ixtiyor va iqtidordan mahrum bir vaziyatda ekan, seni juda laziz rizqlar bilan parvarish qilgan Alloh, sen hayotda qolgan mudatcha u rizqni beradi. Qarasangchi! Har bahor mavsumida sathi arzda yaratilgan anvo'i arzoqni kim yaratyapti va kimlar uchun yaratyapti? Sening oʻgzingga keltirib solmaydiku! Hoy, koʻngilxushliklarga, bogʻlarga ketib shoxlarda osilib turgan u kular yuzli laziz mevalarni uzib yeyish qiyinmi? Alloh insof bersin!

Xulosa: Allohni ittihom etish bilan ishingni tark qilib Allohning ishiga qoʻshilmaginki, nonkoʻr osiylar daftariga qayd boʻlasan.

﴿ اُدْعُون۪ٓى اَسْتَجِبْ لَكُمْ ﴾
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ba'zi duolar ijobatga iqtiron etmaydi, deya da'vo qilma. Chunki duo bir ibodatdir. Ibodatning samarasi oxiratda koʻrinadi. Dunyoviy maqsadlar esa, namoz vaqtlari kabi, duolar ibodati uchun bittadan vaqtlardir. Duolarning samarasi emaslar. Masalan: Shamsning tutilishi kusuf namoziga, yomgʻirsizlik yomgʻiz namoziga bittadan vaqtdir.

Va shuningdek, zolimlarning tasalluti va balolarning nuzuli ba'zi xususiy duolar vaqtidir. Bu vaqtlar davom etgunicha, u namozlar, u duolar qilinadi. Agar bu vaqtlarda dunyoviy maqsadlar hosil boʻlsa, zotan nurun ala nur. Boʻlmasa, ijobat duoga iqtiron etmadi deyolmaysan. Faqat, hanuz vaqt inqizo etmagan, duoni davom qilish lozim, deya olasan. Chunki u maqsadlar duolarning muqaddimasidir, natijasi emas. Janobi Haqning duolarning ijobatiga va'da qilishi esa, ijobat ayni qabul emas. Ya'ni, ijobat qabulni istilzom etmaydi. Duoga har holda javob beriladi. Javobsiz qoldirilmaydi. Matlubga boʻlgan is'af esa, Mujibning hikmatiga tobedir. Masalan: Shifokorni chaqirgan vaqting, har holda: "Nima istaysan" deya javob beradi. Faqat: "Bu oqvatni yoki bu dorini menga ber" degan vaqting, ba'zan beradi, ba'zan xastaligingga, mizojingga toʻgri kelmagani uchun bermaydi.

Adami qabul sabablaridan biri ham, duoni ibodat qasdi bilan qilmasdan, matlubning tahsiliga taxsis etganidan, aks-ul amal boʻladi. U duo ibodatida ixlos sinadi, maqbul boʻlmaydi.

— 167 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inqiloblar natijasida, har ikki taraf orasida juda keng daralar hosil boʻladi. U daralar ustida har ikki olam bilan munosabatdor koʻpriklar lozimdirki, har ikki olam orasida borib-kelish boʻlsin. Lekin u koʻpriklarning inqilobot jinslariga koʻra shakllari, mohiyatlari mutabayin; ismlari mutanavvi' boʻladi. Masalan, uyqu olami yaqazo bilan olami misol orasida bir koʻprikdir. Barzoh, dunyo bilan oxirat orasida boshqa bir koʻprikdir. Va misol, olami jismoniy bilan olami ruhoniy orasida bir koʻprikdir. Bahor, qish bilan yoz orasida boshqa bir navi koʻprikdir. Qiyomatda esa, inqilob bir emas. Juda koʻp va buyuk inqiloblar boʻlishidan, koʻprigi ham juda gʻarib, ajib boʻlishi lozim boʻladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning ba'dal mavt Xoliqi Rahmon va Rahimga ruju'i haqida e'lonot qilgan shu

﴿ وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ٭ وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ ٭ وَ اِلَيْهِ مَاٰبِ ﴾

kabi oyatlarda buyuk bir bashorat va tasalli boʻlgani kabi, ahli isyonga ham buyuk tahdidlarga imo bor.

Ha, bu oyatlarning sarohatiga koʻra: Oʻlim; zavol, firoq, adam eshigi va zulumot qudugʻi boʻlmasdan; faqat Sultoni Azal va Abadning huzuriga kirish uchun bir madxaldir. Bu bashoratning ishorati bilan qalb adami mutlaq qoʻrquvidan, alamidan qutuladi. Ha, kufr tazammun etgan jahannami ma'naviyaga qara!

اَنَا عِنْدَ ظَنِّ عَبْد۪ى ب۪ى

Hadisi Qudsiysi sirricha, Janobi Haq kofirning zon va e'tiqodini doimiy bir azobi aliymga aylantiradi. Soʻngra, iymon va yaqiyn bilan, Janobi Haqning liqosidan soʻngra, rizosidan soʻngra, ru'yatidan soʻngra moʻ'minlar uchun hosil boʻlgan lazzatlarning darajalariga qara! Hatto jahannami jismoniy, orif boʻlgan moʻ'min uchun, osiya kofirning jahannami ma'naviysiga nisbatan jannat kabidir.

Birodar! Olami baqoga dalolat qilgan barohindan ma'ada, orqasida saflar tashkil qilib duolariga bir ogʻizdan "Omin! Omin!" aytgan anbiyo, avliyo, siddiqiyn imomlari, Mahbubi Azaliyning Habibi Akrami Muhammad Alayhissalotu Vassalamning tazarruoti, duolari, olami baqoda insonning baqosiga juda buyuk burhon va kifoya bir vasiladir. Chunki; koinotni boshdan oyoq istilo qilgan shu husnlar, goʻzalliklar, jamollar, kamollar; u Habibning tazarruotini eshitmaslik yoki qabul qilmaslik qadar xunuk, qobih, qusur, naqs sanaladigan bir narsaga muso'ada etadimi? Janobi Haq butun naqoisdan, xunuk narsalardan munazzah, mubarro emasmi? Albatta munazzahdir.

— 168 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haq bergan ne'matlarni aytib e'lon va tahdisi ne'mat etish, ba'zan gʻururga va kibrga injiror etadi. Tavozu qasdi bilan ham u ne'matlarni yashirish yaxshi emasdir. Shunga binoan, ifrot va tafritdan qutulish uchun istiqomat mezoniga murojaat qilish kerak. Shundayki:

Har bir ne'matning ikki vajhi bor. Bir vajhi insonga oiddirki, insonni tazyin etadi, madori lazzati boʻladi. Xalq ichida tamoyuzga sabab boʻladi. Mujibi faxr boʻladi, sarxush boʻladi. Moliki Haqiqiyni unutadi. Eng oxiri kibr va gʻurur qudugʻiga tushiradi.

Ikkinchi vajhi esa, in'om qilganga qaraydiki, karamini izhor, daraja-i rahmatini e'lon, in'omini ifsho, asmosiga shahodat qiladi. Shunga binoan, tavozu faqat birinchi vajh bilan tavozu boʻlishi mumkin. Boʻlmasa kufronni tazammun etgan boʻladi. Tahdisi ne'mat ham, ikkinchi vajh bilan ma'naviy bir shukr boʻlish bilan mamduh boʻladi. Boʻlmasa kibr va gʻururni tazammun etganidan mazmumdir. Tavozu bilan tahdisi ne'matning shunday bir ijtimo'lari bor:

Bir odam hadya oʻlaroq bir palto birisiga beradi. Paltoni kiygan odamga boshqa bir odam "Naqadar goʻzal boʻlding." deganida, "Goʻzallik paltoniki." desa, tavozu bilan tahdisi ne'matni jam qilgan boʻladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ujrat olingan zamon yoki mukofot tavzi' etilgan vaqt, raqobat, qizgʻanchilik mikrobi oʻynashni boshlaydi. Faqat ish zamonida, xizmat vaqtida u mikrobning xabari boʻlmaydi. Hatto tanbal boʻlgan odam mehnatkashni sevadi. Zaif boʻlgan qoviyni taqdir va tahsin etadi. Faqat ishlashini istaydiki, ish yengil boʻlsin, zahmatdan qutulsin.

Dunyo ham umuri diniyaga va a'moli oxiratga ish va xizmat uchun qurilgan bir fabrika boʻlishi jihati bilan va u fabrika ichida ishlangan va qilingan ibodatlarning samarasi narigi olamda koʻringaniga nazaran, ibodatlarda raqobat qilinmasligi kerak. Boʻlgan taqdirda ixlosi yoʻqoladi. Va u raqobatni qilgan, xalqning taqdir va tahsinlari kabi dunyoviy bir mukofotni oʻylaydi. Bechora oʻylamaydiki, u tushuncha bilan amalini adami ixlos bilan yoʻq qiladi. Chunki savob i'tosida va ujrat olganida, nosni Robbi Nosga sherik qiladi va xalqning nafratlariga nishon boʻladi.

— 169 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Karomat bilan istidroj ma'nan bir-biriga mubayindir. Zero karomat, moʻ'jiza kabi Allohning fe'lidir. Va u karomat sohibi ham karomatning Allohdan boʻlganini biladi va Allohning oʻziga homiy va roqib boʻlganini ham biladi. Tavakkal va yaqiyni ham ziyodalashadi. Lekin ba'zan Allohning izni bilan karomatlariga shuuri boʻladi, ba'zan boʻlmaydi. Avlo va aslami ham bu qismdir.

Istidroj esa, gʻaflat ichida ekan, ashyoyi gʻaybiyaning inkishofidan va gʻarib fe'llarni izhor etishdan iboratdir. Faqat bu istidroj sohibi, nafsiga istinod va iqtidoriga isnod etish bilan anoniyati, gʻururi shunday ziyodalashadiki

﴿ اِنَّمَٓا اُوت۪يتُهُ عَلٰى عِلْمٍ ﴾

oʻqishni boshlaydi. Lekin u inkishof, tasfiya-i nafs va tanavvuri qalb natijasi boʻlgan taqdirda, ahli istidroj bilan ahli karomat orasida tabaqa-i ulada farq yoʻqdir. Tom ma'noda fanoga mazhar boʻlganlar esa, ularga ham Allohning izni bilan ashyoyi gʻaybiya inkishof etadi. Va ular ham u ashyoni fano filloh boʻlgan hislari bilan koʻradilar. Buning istidrojdan farqi juda zohirdir. Zero zohirga chiqqan botinlarining nuroniyati muroilarning zulumoti bilan iltibos boʻlmaydi.

﴿ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tasbehot, ibodot gʻayri mahdud anvo'lari bilan hamma narsada bor. Faqat, hamma narsaning oʻz tasbehot va ibodatini butun vajhlarini doimo bilib tushunilishi lozim emas. Chunki husul huzurni istilzom etmaydi. Tasbeh va ibodat qilganlar, yolgʻiz qilgan amallarining maxsus bir tasbeh yoki sifati ma'lum bir ibodat boʻlganini bilsalar kifoya. Zotan Ma'budi Mutlaqning ilmi kifoyadir. Insondan ma'ada maxluqotda taklif boʻlmaganidan, ularga niyat lozim emas. Va shuningdek, amallarining sifatini bilish ham lozim emas.

— 170 —
I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insoni moʻ'minning qiymati, ixtivo etgan san'ati oliya bilan asmo-i husnadan in'ikos etgan jilvalarning naqshlari nisbatidadir. Insoni kofirning qiymati esa, goʻsht, suyakdan iborat foniy va saqit moddasining qiymati bilan oʻlchanadi. Shuning kabi, bu olam ham, agar Qur'on ta'rif qilgani kabi ma'no-i harfiy bilan, ya'ni Janobi Haqning azamatiga bir vosita nazari bilan qaralsa, u nisbatda qiymatli boʻladi. Agar falsafaning degani kabi, ma'no-i ismiy bilan, ya'ni hech bir foil, Xoliqqa bogʻliq boʻlmasdan mustaqilli bizzot nazari bilan qaralsa, qiymati jomid, mutagʻayyir moddasida munxasir qoladi. Qur'ondan istifoda etilgan ilmning falsafa ilmidan qay daraja yuksak boʻlgani shu misol bilan taboruz etadi:

﴿ وَجَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًا ﴾

Bu hukmi Qur'oniy asmo-i husnaning jilvalariga qarash uchun bir deraza ochadi. Shundayki:

Ey inson! Bu shams, azamati bilan barobar sizga musahhardir. Maskanlaringizga nur beradi. Ovqatlaringizni harorati bilan pishiradi. Sizning shunday Azim, Rahim bir Molikingiz borki, bu shams uning bir chirogʻi boʻlib, musofirxonasida sokin musofirlarini ziyolantiradi.

Falsafaning hikmati boʻyicha, shams ulkan bir otash boʻlib, joyida aylanadi. Arz bilan sayyorot undan uchgan parchalardir. Joziba bilan shamsga marbut qolib madorlarida harakat qiladilar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning Janobi Haqdan hech bir haqni talab qilishga haqqi yoʻq. Aksincha doimo unga shukr qilishga madyundir. Chunki mulk unikidir. Inson esa uning mamlukidir.