Masnaviy-i Nuriya
— 12 —

RASHHALAR

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
TANBEH

Xoliqi Olamni bizga ta'rif va e'lon qilgan dalillar va burhonlar layu'add va layuhsadir. U dalillarning eng kattalari uchta:

Birinchisi:

Ba'zi oyatlarini koʻrganing, eshitganing shu "kitobi kabiri koinot"dir.

Ikkinchisi:

Bu kitobning oyat-ul kubrosi va devoni nubuvvatning xotami va kunuzi maxfiyaning kaliti boʻlgan Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir.

Uchinchisi:

Kitobi olamning tafsiri va maxluqotga qarshi Allohning hujjati boʻlgan Qur'ondir.

Hozir, bir necha rashha zimnida ikkinchi burhonni ta'rifdan soʻngra soʻzlarini tinglaymiz.

— 13 —
BIRINCHI RASHHA:

Birodar! Xoliqimizni ta'rif etgan, juda buyuk bir shaxsiyati ma'naviyaga molik, burhoni notiq deganimiz "Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam kim?" deya soʻralgan savolga javoban deymizki:

Hazrat Muhammad (S.A.V.) shunday bir zotdirki, azamati ma'naviyasi sababli sathi arz u zotning Masjidi Aqsosidir. Makka-i Mukarrama uning mehrobi, Madina-i Munavvara uning minbari fazli kamolidir. Jamoati moʻ'mininga eng oxirgi va eng oliy imom va navi basharning xatibi sharihidir; saodat dasturlarini bayon qiladi. Va butun anbiyoning raisidir; ularni tazkiya va tasdiq qiladi. Chunki dini butun dinlarning asoslarini jamlagan. Va butun avliyoning rahbaridir. Shamsi risolati bilan ularni tarbiya va tanvir etadi.

U zot (S.A.V.) shunday bir qutb va nuqta-i markaziya boʻlib, uning halqa-i zikrida boʻlgan butun anbiyoyu axyor, abroru sodiqiyn uning kelishiga muttafiq va kalomi nutqi bilan notiqdirlar. Va shunday bir shajara-i nuroniyadirki, tomir va ildizlari, anbiyoning asosoti samoviyasidir. Shox va shodalari, avliyoning ma'orifi ilhomiyasidir.

Bu e'tibor bilan, har qaysi bir da'voni iddi'o etgan boʻlsa, butun anbiyo moʻ'jizalariga istinodan va butun avliyo karomatlariga mustanidan unga shahodat qilishgan. Ha, butun da'volarining tasdiqlarini ish'or etgan, butun komillarning xotam va muhrlari bordir. Azjumla:

U zotning (S.A.V.) da'volaridan biri "Tavhid"dir. Bu da'voni tasrih va ifoda etgan لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ kalima-i muborakasidir. U zotning halqa-i din va zikriga kirgan butun oʻtgan va keladigan insonlar u kalima-i muqaddasani rukni iymon va virdi zabon qilganlar. Demak, u da'voning haq va haqiqat ekaniga qanoat va itminon va iz'onlari hosil boʻlganki, zamon va makonni shomil bir tarzda, u kalima-i muboraka mashrablari, maslaklari, an'analari muxtalif, mutabayin insonlarning ogʻizlarida Mavlaviylar kabi samoviy davaron va javalon etadi.

Shunga binoan, gʻayri mutanohiy shohidlarning tasdiqi bilan haq va haqqoniyati tahaqquq etgan bir da'voga, hech bir vahmning haddi yoʻqki, unga dasti e'toroziy uzata olsin!

— 14 —
IKKINCHI RASHHA:

Birodar! Tavhidni isbot va navi basharni irshod etgan u nuroniy burhon; biri oʻngida, boshqasi chapida, biri mutavotir, boshqasi majma'i alayh boʻlgan nubuvvat va valoyat bilan mujahhazdir. Va ayni zamonda, irhosot deyilgan qobl-an nubuvvat oʻzidan zuhur etgan horiqo hollarning rumuzoti bilan va kutubi samoviyaning bashoroti bilan va havatif deyilgan -gʻaybdan berilgan- tabshiroti mutaaddida bilan musaddaqdir.

Va shuningdek, u burhoni nuroniydan zuhur etgan inshiqoqi Qamar, barmoqlaridan otilib chiqqan suvlar, daraxtlarning uning da'vatiga ijobatlari, duosining aqobinda yomgʻirning nuzuli, juda oz bir ovqatdan koʻplarning yeb toʻyishlari va boʻri, jayron, tuya, tosh va boshqalarning gapirishlari kabi moʻ'jizalarining dalolat va shahodati bilan tasdiq etilgan bir zotdir (S.A.V.).

Va shuningdek, dunyo va oxirat saodatlarini ta'minga kafil va kifoya boʻlgan shariati, nubuvvatini tasdiq va isbotga kifoyadir. Oʻtgan darslarda shamsi shariatidan ba'zi shualarni koʻrdik. Tatvili kalomni mujib takrorlari lozim emas.

UCHINCHI RASHHA:

Birodar! U zot (S.A.V.), daloili afkoriya deyilgan xorijiy dalillar bilan musaddaq boʻlgani kabi, daloili anfusiya deyilgan zotida va nafsida sobit dalil va ishoratlar bilan ham musaddaqdir. Chunki U zot shams kabidir; zotini zoti bilan nurlantirib koʻrsatadi. Masalan: Butun axloqi hamidaning eng yuksagi u zotda ijtimo' etganiga butun olam shahodat qiladi. Va shuningdek, eng nazih xulqlarni va axloqlarni va eng yuksak xislatlarni jamlagan bir shaxsiyati ma'naviya sohibi boʻlganiga ijmo' bor. Va shuningdek, u zotning eng yuksak darajada boʻlgan zuhd va taqvo va ubudiyati shahodatlari bilan molik boʻlgan quvvati iymoniya bilan musaddaqdir. Va shuningdek, siyari Nabaviyaning shahodati bilan daraja-i vusuqi va kamoli jiddiyat va matonati va butun ishlarida va harakotida quvvati amniyati, haqqa mutamassik va haqiqatga solik boʻlganini tasdiq etgan qat'iy dalillardir. Ha, yaproqlarning yashilligi, gullarning tarovat va goʻzalligi va samaralarning yangiligi; daraxtning jonli, hayotli, hayy boʻlganiga sodiq shohiddirlar.

TOʻRTINCHI RASHHA:

Birodar! Tuli zamon va bu'di makonning muhakamoti aqliyada ta'siri koʻp. Shu bilan barobar,

لَيْسَ الْخَبَرُ كَالْعَيَانِ

dasturiga ittiboan, shu zamon va muhitning xayolotidan chiqib tayyi zamon va makon bilan, xayolan Jazirat-ul Arabga boraylik va Madina-i Munavvarada nuroniy va yuksak minbari saodatiga chiqqan, navi basharga xitoban irshodot qilayotgan u zoti mualloni bizzot koʻrib, soʻzlarini tinglashimiz lozim.

Xullas, xayolan u yerga bordik. Qara, horiqo bir suratda husni surat bilan husni siyratni jam etgan u Murshidi Umumiy, u Xatibi Qudsiy javohir toʻla bir kitobi moʻ'jiz-ul bayonni qoʻliga olib, butun insonlarga mala-i a'lodan nozil boʻlgan bir xutba-i azaliyani oʻqiyapti. Va butun Bani Odamni va jinlarni va mavjudotni tinglatyapti. Ha, juda buyuk bir amrdan xabar beryapti. Xilqati olamning ajib muammosini ochyapti. Koinotning sirri hikmatiga doir tilsimni ochyapti. Falsafa va fanni hikmatning navi basharga "Siz kimsizlar? Qayerdan kelyapsizlar? Qayerga ketyapsizlar? deya irod etgan, aqllarni ojizlik va hayratda qoldirgan uch savolga javob beryapti.

— 15 —
BESHINCHI RASHHA:

Birodar! Shu zoti nuroniy (S.A.V.), murshidi iymoniy Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, qara qanday nashr etgan haqiqatining nuri bilan, haqning ziyosi bilan navi basharning kechasini kunduzga, qishini bahorga aylantirib, olamda qilgan inqilobi bilan olamning shaklini almashtirib nuroniy bir shaklga solgan. Ha, u zotning nuroniy goʻzalligi bilan koinotga qaralmasa, koinot bir motami umumiy ichida koʻrinar edi. Butun mavjudot bir-biriga qarshi ajnabiy va dushman holida boʻlardi. Jamodot bittadan janoza suratini koʻrsatardi. Hayvon va insonlar, aytam kabi zavol va firoqning qoʻrquvidan dod-faryodni boshlashardi. Va koinotga, harakoti bilan, tanavvu'i bilan va tagʻayyuroti bilan, nuqushi bilan tasodifga bogʻliq bir oʻyinchoq nazari bilan qaralardi. Xususan, insonlar hayvonlardan yanada past, zalil va haqir boʻlishar edi.

Xullas, U Zot talqin etgan iymon nazari bilan koinotga qaralmagan taqdirda, koinot bunday qoʻrqinch, zulumotli bir shaklda koʻrinardi. Faqat u murshidi komilning koʻzi bilan va iymon koʻzoynagi bilan qaralsa; har taraf nurli, ziyodor, jonli, hayotli, sevimli, sevgili bir vaziyatda arzi diydor etadi.

Ha, koinot iymon nuri bilan motami umumiy yeri boʻlishdan chiqib masjidi zikr va shukr boʻlgan. Bir-biriga dushman deb oʻylangan mavjudot bir-biriga ahbob va qardosh boʻlishgan. Janoza va oʻlik shaklini koʻrsatgan jamodot, unsiyatli bittadan hayotdor va lisoni holi bilan Xoliqining oyotini notiq bittadan musahhar ma'muri shakliga kiradilar. Yigʻlagan, mutashakkiy va aytam qiyofasida koʻringan inson, ibodatida zokir, Xoliqiga shokir sifatini oladi. Va koinotning harakot, tanavvu'ot, tagʻayyurot va nuqushi abasiyatdan qutuladi. Rabboniy maktublar, oyoti takviniyaga sahifalar, asmo-i Ilohiyaga oynalar suratiga inqilob etadilar.

Xulosa: iymon nuri bilan olam shunday taraqqiy etadiki: "Hikmati Samadoniya Kitobi" nomini oladi. Va inson, zalil va faqir va ojiz hayvonlarning qatoridan chiqadi; zaifligining quvvati bilan, ojizligining qudrati bilan, ubudiyatining shavkati bilan, qalbining shuasi bilan, aqlining hashmati iymoniyasi bilan xilofat va hokimiyatning choʻqqisiga yuksalgan. Hatto ojizlik, faqirlik, ehtiyoj va aql uning sukuti sabablari ekan, su'ud va yuksalishiga sabab boʻladilar. Zulmatli, zim-ziyo bir mozori akbar suratida koʻringan zamoni moziy, anbiyo va avliyoning ziyosi bilan ziyodor va nuroniy boʻlib koʻrinishni boshlaydi. Zim-ziyo kecha shaklida boʻlgan istiqbol, Qur'onning ziyosi bilan tanavvur etadi. Jannatning boʻstonlari shakliga kiradi. Bunga binoan, U zoti nuroniy boʻlmasa edi, koinot ham, inson ham, hamma narsa ham adam hukmida qolar, na qiymati boʻlar va na ahamiyati qolardi.

Shunga binoan, bu qadar gʻarib, ajib, goʻzal koinot uchun bunday ta'rifot va tashrifotchi bir murshidi horiqo lozim. "Agar bu zot (S.A.V.) boʻlmasa edi, koinot ham boʻlmasdi." maolida,

لَوْلَاكَ لَوْلَاكَ لَمَا خَلَقْتُ الْاَفْلَاكَ

boʻlgan hadisi qudsiy shu haqiqatni tanvir etadi.

OLTINCHI RASHHA:

Birodar! U xutba-i azaliyani oʻqigan zot, koinotning kamolotini kashf etgan jonli bir quyoshdir. Saodati abadiyani ixbor va tabshir etadi. Nihoyatsiz rahmatni kashf etgan, e'lon qiladi. Saltanati rububiyatning mahosinining dalloli va asmo-i Ilohiyaning yashirin dafinalarining kashshofidir.

Ha! U Zot (S.A.V.) vazifasi e'tibori bilan, haqning burhoni, haqiqatning ziyosi, hidoyatning quyoshi, saodatning vasilasidir. Shaxsiyat va huviyat jihati bilan, muhabbati Rahmoniyaning misoli, rahmati Rabboniyaning timsoli, haqiqati insoniyaning sharafi, shajara-i xilqatning eng qiymatdor va qimmatli bahodor bir samarasidir. Tabligʻ etgan dini ham horiqo bir tezlik bilan sharq va gʻarbni ihota etgan, navi basharning beshdan biri qabul qilgan. Ajabo, bunday bir zotning da'volarida nafs va shaytonning munoqasha va e'tirozlariga bir imkon bormi?

— 16 —
YETTINCHI RASHHA:

Birodar! U zotni harakatga keltirib u inqiloblarni oʻziga qildirgan faqat bir quvva-i qudsiyadir. Ha, xususan Jazirat-ul Arabda qilgan inqilob va ijrootiga qara!..

U sahrolarda, u choʻllarda odatlarini muhofazada juda mutaassib va asabiyatlarida favquloda qaysar va qasovati qalb va marhamatsizlikda mislsiz va hatto tiriklayin qizlarini tuproqqa koʻmib oʻldirarkan, mutaassir ham boʻlmagan juda koʻp vahshiy qavmlar istiqomat qilardilar. U zoti nuroniy qisqa bir zamonda u qavmlarning axloqi sayyialarini olib tashlab, axloqi hasana bilan tabdil ettirdi. Hatto u zoti murshidning (S.A.V.) talqin etgan iymon nuri soyasida, u vahshiy insonlar inson olamida insonlarga muallim boʻldilar. Va madaniyat dunyosida madaniylarga ustoz boʻldilar. U zotning (S.A.V.) shu qadar keng va azim saltanati yolgʻiz zohiriy bir saltanat emas. Yanada keng va yanada chuqur yerda saltanati botiniyasi borki, butun qalblarni va aqllarni oʻziga jazb va jalb etgan. Va butun ruhlarni va nafslarni tasxir etganki, qalblarga mahbub, aqllarga muallim va tanvir etuvchi va nafslarga murabbiy va ruhlarga sulton boʻlgan va boʻlyapti.

SAKKIZINCHI RASHHA:

Birodar! Bilasanki, sigaret kabi kichik bir odatni, bir narsani ishqibozidan raf' etish juda qiyin. Hatto buyuk bir hokim, buyuk bir azm bilan kichik bir qavmda i'tiyod etilgan bir axloqni olib tashlashda katta mushkulotga uchraydi. Holbuki bu zoti nuroniy juda koʻp odatlarni juda ham asabiy, qaysar qavmlardan juz'iy bir quvvat bilan, qisqa bir zamonda olib tashlab, oʻrnini yuksak, nazih axloq va odatlar bilan toʻldirgan.

Ha, Hazrat Umar Ibn-ul Xattob (Roziyallohu ta'ala anh)ning Islomiyatdan oldin va keyingi hollari bu masalaga goʻzal bir misoldir. Shuning kabi, ijrooti asosiyasidan minglarcha horiqolar bor. U zotning u zamondagi ijrootiga horiqo deymiz. Ajabo, bu zamonning yuzlarcha faylasuflari u zamonda u vahshat-obod jaziraga ketib, juda uzun zamonlarda u vahshiylarni isloh uchun harakat qilsalar, u zoti murshid bir yilda muvaffaq boʻlgan qadar, ular ellik yilda muvaffaq boʻla oladilarmi? Xosho!..

TOʻQQIZINCHI RASHHA:

Birodar! Aqli boshida boʻlgan bir odam munozarali da'volarda yolgʻon gapirolmaydi. Chunki keyinchalik yolgʻoni ayon boʻlib uyalib qolishidan qoʻrqadi. Va shuningdek, bir inson yolgʻon gapirgan taqdirida parvosiz, e'tiborsiz bir tarzda gapirolmaydi. Va shuningdek, erkin, hayajonli gapirishga kirisholmaydi. Hatto oddiy bir masala, kichik bir jamoat ichida, kichik bir vazifada boʻlgan kichik bir shaxs boʻlsin.

Ajabo, buyuk bir vazifa bilan vazifador, juda buyuk bir masalada, juda buyuk bir sharaf va haysiyat sohibi, juda buyuk bir jamoat ichida, juda shadid xasmlarning qarshisida iddi'o etgan bir da'voda yolgʻon va xilofi haqiqat gapira oladimi?

— 17 —

Xullas, u zoti nuroniy oʻqigan u xutba-i azaliyasini shunday bir tarz bilan oʻqiyapti; na taraddudi bor, na hijobi, na qoʻrquvi bor, na taassuri... Ham samimiy bir safo-i qalb bilan, xolis bir jiddiyat bilan, xasmlarining jahllarini chiqarib aqllarini tazyif, nafslarini tahqir etib, izzatlarini sindiryapti. Ajabo, bunday bir da'voda, bunday bir maqomda, bunday bir shaxsdan zarra misqol bir hiylaning bu masalaga qoʻshilishiga imkon bormi? Xosho,

﴿ اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحٰى ﴾

Ha, haq hiylaga muhtoj emas, haqni aytishda hiyla va igʻfol ehtimoli yoʻq. Haqiqatni koʻrgan bir nazar xalqni igʻfol etmaydi, xilofi haqiqat gapirmaydi, xayol bilan haqiqatni tamyiz etadi; oralarida iltibos boʻlolmaydi.

OʻNINCHI RASHHA:

Birodar! U zoti murshid navi basharni qoʻrqitish uchun juda mudhish haqiqatlardan bahs etyapti. Va insonlarni tabshir uchun, qalblarni jazb va aqllarni jalb etgan masalalardan xabar beryapti.

Xoy! Haqoiq va gʻaroibni kashf uchun insonlarda shunday bir shavq, shunday bir maroq bordirki, gʻarib bir haqiqatni kashf yoʻlida jonlarini, mollarini fido qilyaptilar. Bu Zot (S.A.V.) kashf va ixbor etgan haqoiqqa nima uchun ahamiyat bermayaptilar? Holbuki butun anbiyo va avliyo va siddiqiyn kabi ahli shuhud va asxobi ixtisos, bil-ittifoq u zotni tasdiq etgan va etyaptilar.

Bu zot (S.A.V.) shunday bir sultonning shuunidan bahs etyaptiki, qamar Uning mulkida bir chivin kabidir. Ajib horiqolardan bahs etgani kabi, juda mudhish portlash va inqiloblardan ham xabar beryapti. Qarang! U xutba-i azaliyada

﴿ اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ٭ اِذَا السَّمَٓاءُ انْفَطَرَتْ ٭ اِذَا زُلْزِلَتِ الْاَرْضُ زِلْزَالَهَا ﴾

kabi tilovat qilgan oyatlariga diqqat qiling!

Va bashar uchun shunday bir istiqboldan xabar beyaptiki, dunyoviy istiqbol unga nisbatan bir qatra hukmidadir. Va shunday bir saodatdan xushxabar beryaptiki, dunyo saodatlari unga nazaran tushlar kabi boʻladi. Ha, bu koinotning pardasi ostida juda ajoyib narsalar bor, bizlarni kutyaptilar. Biz ham ularga intizor etyapmiz. Shunga binoan, u ajoyibni koʻrib bizga vaziyatlarini hikoya qilish uchun horiquloda bir inson lozimki, u horiqo gʻaroibni koʻrsin va koʻrgani kabi bizga ham gapirib bersin.

Va shuningdek, u zot Xoliqimiz bizdan talab qilgan narsalaridan bahs qilyapti va koʻp haqiqatlardan, masalalardan xabar beryaptiki, ulardan qutulish yoʻqdir. Fayo ajabo! Aksar nos nima uchun bunday haq narsalardan koʻz yumayaptilar, haqiqatlardan quloq berkityaptilar?.

— 18 —
OʻN BIRINCHI RASHHA:

Birodar! Shu minbari oliyda Xutba-i Azaliyani oʻqiyotgan va shaxsiyati ma'naviyasi bilan bizlarga mashhud va yuksak shuunoti bilan olamda mashhur boʻlgan Zoti Nuroniy (S.A.V.), vahdoniyati Ilohiyaga bir burhoni sodiqi notiq va tavhidning haqiqat boʻlganiga bir dalili haq va saodati abadiyaning ham vujudga kelishiga qat'iy bir dalil va zohir bir burhondir.

Va shuningdek, u zot insonlarni hidoyatga da'vat qilish bilan saodati abadiyaning (husuliga sabab boʻlgani kabi), vusuliga ham sababdir.

Va shuningdek, u zot duosi bilan, ubudiyati bilan u saodatning vujudiga va ijodiga vasiladir. Ha, qara! U zot navi basharga imomdir. Masjidi yolgʻiz Jazirat-ul Arab emas, kura-i arzdir. Jamoati ham yolgʻiz u zamonning insonlari emas. Balki Odam zamonidan qiyomatga qadar har bir asrning xalqi bir saf boʻlib, butun asrlar saflari uning orqasida, uning duosiga "Omin" deyaptilar.

Xususan, u zot, u jamoati uzmoda umum zavil hayotni shomil juda shadid bir ehtiyoji azim uchun duo qiladi. Va uning duosiga yolgʻiz u jamoat emas, balki arz va samo va butun mavjudot "Omin" deydi. Ya'ni, "Yo Robbana! Uning duosini qabul qil. Biz ham u duoni qilyapmiz. Biz ham u talab qilganni talab qilyapmiz."

Xususan, u jamoati uzmo oldida qildirgan namozida shunday bir tazarru va tazallul bilan, shunday bir ishtiyoq bilan, shunday bir huzun bilan niyoz va duo qiladiki, koinot ham hayajonga keladi; U Zotning duosiga ishtirok etadi. Ha, shunday bir maqsad uchun niyoz etadiki, agar u maqsad hosil boʻlmasa, yolgʻiz maxluqot emas, olam ham qiymatsiz boʻladi, asfali sofiliynga tushadi. Chunki u zotning matlubi bilan mavjudot yuksak kamolotga erishadi. Ajabo, u zot u matlubni kimdan istayapti? Ha, shunday bir zotdan talab qiladiki, eng yashirin va eng kichik bir hayvonning juz'iy bir ehtiyoji uchun lisoni holi bilan qilgan duosini eshitadi, qabul qiladi, ehtiyojini qondiradi.

Va shuningdek, eng adno bir umidni, eng adno bir gʻoya uchun eng adno bir zihayotda koʻradi va uni unga yetishtirish bilan ikrom va marhamat qiladi. Bu duolarning natijasida qilingan tarbiya va tadbirlar shunday bir intizom bilan jarayon etadiki, u tarbiyalarning faqat bir Sami' va Basir, bir Alim va Hakimdan boʻlganiga shubha qoldirmaydi.

Ajabo, u zot, u minbarda arshga mutavajjihan qoʻllarini koʻratib qilgan duosi bilan nima istayaptiki, butun maxluqot "Omin" deyapti?

Ha, u zot Janobi Haqning rizosini va Jannatda muloqot va ru'yati bilan saodati abadiyani istayapti. Bu istanilgan narsalarning ijodiga rahmat, hikmat, adolat kabi behisob sabablar boʻlmagan taqdirda, u zoti nuroniyning bir duosi va tazarru' bilan niyoz etishi, Jannatning ijodiga va i'tosiga kifoyadir. Shunga binoan, u zotning risolati, imtihon va ubudiyat uchun shu dunyoning qurilishiga sabab boʻlgani kabi, u zotning ubudiyatida qilgan duosi, mukofot va mujozot uchun dori oxiratning ijodiga sabab boʻladi.

Ha, bu yuksak intizom va keng rahmat va goʻzal san'at va qusursiz jamol bilan zulm va xunuklik orasida zidlik bor. Ijtimo'lari mumkin emas.

Ha, adno bir ovozni, adno bir kishidan, oddiy bir ish uchun eshitib qabul qilish bilan; eng yuksak bir savtni, eng buyuk bir ish uchun eshitib qabul qilmaslik, oʻxshovsiz bir qubh va xunuklik va bir qusurdir. Bu esa mumkin emas. Chunki husni zotiy qubhi zotiyga inqilob etadi. Inqilobi haqoiq esa maholdir.

— 19 —
OʻN IKKINCHI RASHHA:

Birodar! U xatibi murshiddan koʻrganing, eshitganing kifoyadir. Chunki ahvolini tamomi bilan ihota etish mumkin emasdir. Unday boʻlsa, undan soʻngra kelgan asrlarning u zotdan olgan fayzlariga diqqat etish maqsadida orqaga qaytaylik. Qara, birodar! Butun bu asrlar u Asri Saodatning quyoshidan Abu Hanifa, Shofe'iy, Abu Yazid, Junayd Bogʻdodiy, Abdulqodir Jiyloniy, Imom Gʻazzoliy, Muhyiddin Arabiy, Abu Hasan Shozaliy, Shohi Naqshband, Imom Rabboniy (Roziyallohu anhum ajma'iyn) kabi minglarcha nuroniy ziyodor yulduzlar ayrilib, olami basharni tanvir etganlar.

Mashhudotimizning tafsilotini boshqa vaqtga ta'xir etib moʻ'jizot sohibi u zoti nuroniy Alayhissalotu Vassalamga bir salotu salom keltiraylik.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى هٰذَا الذَّاتِ النُّورَانِىِّ الَّذ۪ى اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْقُرْاٰنُ الْحَك۪يمُ مِنَ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ مِنَ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ اَعْن۪ى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ بِعَدَدِ حَسَنَاتِ اُمَّتِه۪ عَلٰى مَنْ بَشَّرَ بِرِسَالَتِهِ التَّوْرٰيةُ وَ الْاِنْج۪يلُ وَ الزَّبُورُ وَ بَشَّرَ بِنُبُوَّتِهِ الْاِرْهَاصَاتُ وَ هَوَاتِفُ الْجِنِّ وَ اَوْلِيَاءُ الْاِنْسِ وَ كَوَاهِنُ الْبَشَرِ وَانْشَقَّ بِاِشَارَتِهِ الْقَمَرُ سَيِّدِنَا وَ مَوْلَانَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ الْفِ سَلَامٍ بِعَدَدِ اَنْفَاسِ اُمَّتِه۪ عَلٰى مَنْ جَائَتْ لِدَعْوَتِهِ الشَّجَرُ وَ نَزَلَ سُرْعَةً بِدُعَائِهِ الْمَطَرُ وَ اَظَلَّتْهُ الْغَمَامَةُ مِنَ الْحَرِّ وَ شَبِعَ مِنْ صَاعٍ مِنْ طَعَامِه۪ مِئَاتٌ مِنَ الْبَشَرِ وَ نَبَعَ الْمَاءُ مِنْ بَيْنِ اَصَابِعِه۪ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ كَالْكَوْثَرِ وَ سَبَّحَ ف۪ى كَفَّيْهِ الْحَصَاةُ وَ الْمَدَرُ وَ اَنْطَقَ اللّٰهُ لَهُ الضَّبَّ وَ الظَّبْىَ وَ الذِّئْبَ وَ الْجِذْعَ وَ الذِّرَاعَ وَ الْجَمَلَ وَ الْجَبَلَ وَ الْحَجَرَ وَ الشَّجَرَ صَاحِبُ الْمِعْرَاجِ وَ مَا زَاغَ الْبَصَرُ سَيِّدِنَا وَ مَوْلَانَا وَ شَف۪يعِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ بِعَدَدِ كُلِّ الْحُرُوفِ الْمُتَشَكِّلَةِ فِى الْكَلِمَاتِ الْمُتَمَثِّلَةِ بِاِذْنِ الرَّحْمٰنِ ف۪ى مَرَايَا تَمَوُّجَاتِ الْهَوَاءِ عِنْدَ قِرَائَةِ كُلِّ كَلِمَةٍ مِنَ الْقُرْاٰنِ مِنْ كُلِّ قَارِءٍ مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلٰى اٰخِرِ الزَّمَانِ وَ اغْفِرْلَنَا وَارْحَمْنَا يَا اِلٰهَنَا بِكُلِّ صَلَاةٍ مِنْهَا اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ

Birodar! Risolati Ahmadiyani isbot qilgan dalillar juda buyuk bir yakun tashkil qiladi. Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz nomli risolamda u dalillardan bir qismi zikr qilingandir. U zot izhor etgan mingga yaqin moʻ'jizalari bilan Yigirma Beshinchi Soʻz nomli asarimda tafsil etilgan qirq vajhi i'jozga yetgan Qur'on, risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) shahodat qilgani kabi, bu koinot ham oyoti bilan u zotning nubuvvatiga dalolat qiladi. Ha, koinotda yozilgan behisob oyatlar Zoti Ahadning vahdoniyatiga shahodat qilganlari kabi, risolati Ahmadiyaga ham (S.A.V.) dalolat va shahodat qiladilar.

Azjumla: Koinotda koʻringan husni san'at ham risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) dalolat va shahodat qilgan qat'iy bir dalildir. Zero, shu ziynatli masnu'otning jamoli husni san'at va ziynatni izhor etadi. San'at va suratning goʻzalligi, Sone'da goʻzallashtirish va ziynatlantirish istagi mavjud boʻlganiga dalolat qiladi. Goʻzallashtirish va ziynatlantirish sifatlari, Sone'ning san'atiga boʻlgan muhabbatiga dalolat qiladi. Bu muhabbat esa, masnu'otning eng akmali inson boʻlganiga dalildir. Chunki u muhabbatning mazhar va madori insondir. Inson ham masnu'otning eng jome' va eng gʻaribi boʻlganidan, shajara-i xilqatga bir samara-i shuuriyadir. Inson bir samara kabi boʻlish jihati bilan koinotning ajzosi orasida eng jome' va baid bir juzdir. Inson zishuur va jome' boʻlish jihati bilan, nazari a'mm, shuuri kulliy boʻladi. Nazari a'mm boʻlganidan, shajara-i xilqatni tamomi bilan koʻradi; shuuri ham kulliy boʻlganidan, Sone'ning maqosidini biladi. Shunday ekan, inson Sone'ning muxotobi xossidir.

Ha, a'mm va shumulli boʻlgan nazar va shuurini Sone'ning ibodatiga va muhabbatiga sarf va san'atini istehson, taqdir va tashhiriga tavjih va ne'matlarining shukriga iste'mol qilgan bir fard, bergan ne'matlariga qarshi shukr istagan va yaratgan maxluqotini ibodatga, shukrga da'vat qilgan Sone'ning xos muxotob va habibidir.

Ey insonlar! Zikr qilingan ahvol va shuunot bilan muttasif boʻlgan Hazrat Muhammadning (S.A.V.) Sone'ning u fardi farid deganimiz muxotobi xossi boʻlmasligiga imkon bormi? Va tarixingiz koʻrsatgan navi bashardan eng buyuk insonlar orasida bu maqomga yanada loyiq boshqa bir shaxs bormi?

— 20 —

Ey koʻzlari sogʻlom va qalblari koʻr boʻlmagan insonlar! Qarang, inson olamida ikki doira va ikki lavha bordir:

Birinchi doira: Rububiyat doirasidir.

Ikkinchi doira: Ubudiyat doirasidir.

Birinchi lavha: Husni san'atdir.

Ikkinchi lavha esa: Tafakkur va istehsondir.

Bu ikki doira bilan ikki lavha orasidagi munosabatga qarangki: Ubudiyat doirasi butun quvvati bilan rububiyat doirasi hisobiga ishlayapti. Tafakkur, tashakkur, istehson lavhasi ham butun ishoratlari bilan husni san'at va ne'mat lavhasiga qarayapti. Bu haqiqatni koʻzing bilan koʻrgandan soʻngra, rububiyat va ubudiyat doiralarining raislari orasida eng buyuk bir munosabatning boʻlmasligiga fikringcha imkon bormi? Va Sone'ning maqosidiga kamoli ixlos bilan xizmat qilgan ubudiyat raisining Sone' bilan azim bir munosabati va qoviy bir intisobi va u intisob bilan har ikki doira raislari orasida bir muorafa va mukolama va oldi-berdining boʻlmasligiga ehtimol bormi? Shunday ekan, bilbedaho tahaqquq etdiki; ubudiyat raisi rububiyatning xos mahbub va maqbulidir.

Ey inson! Bu bezalgan masnu'otni anvo'i mahosin bilan tazyin etgan va butun zihayotlarning zavqlariga, ishtahalariga koʻra bu qadar ne'matlarni in'om etgan Sone'ning eng komil, eng jamil va ibodatiga kamoli ishtiyoq bilan tavajjuh etgan va Sone'ning mahosini san'atiga taqdir va istehsonoti bilan arsh va farshni tarobga, sevinishga keltirgan va Sone'ning ehsonotiga qilgan tashakkuroti bilan va takbiroti bilan barr va bahrni jazbaga keltirgan shu goʻzal maxluq va masnu'iga iltifot koʻrsatib soʻzini nazari e'tiborga olmasligi va tashakkurotiga muqobala etmasligi va tavajjuh etib oʻzi bilan gapirlashmasligi va iqtidoriga koʻra butun maxluqotga bir imom va murshid qilmaslik imkoni bormi?