LASIYYAMALAR
Koinotning butun zarroti mujtami'an va munfaridan lisoni ajz va faqr bilan vujubi vujud va vahdatiga shahodat qilishgan Sone'-i Hakimga hamdlar, sanolar, shukrlar boʻlsin. Va koinotning tilsimini ochib, oyotini kashf va bayon etgan Rasuli bilan olu asxobiga va boshqa anbiyo va mursalin ixvoniga va ibodi solihinga salotu salomlar boʻlsin...
Birodar! Tabiat va sabablar ba'zi insonlarga shukr eshigini yopib, shirk va kufr eshigini ochgan. Holbuki, shikrning asosi behisob maholotdan qurilganidan xabarlari yoʻq. U maholotdan bir donani bayon qilayki, shirkning naqadar yomon ekanini koʻr koʻzlari bilan koʻrishsin. Shundayki:
Shirk sohibi, jaholat sarxushligini tark va ilm koʻzi bilan kufriga qaragan vaqt, u kufrni iymon va iz'on eta olish uchun, bir zarra-i vohidaga bir tonna ogʻirlikda bir yuk yuklashga va har zarrada behisob bosmaxonalarni ijod qilib tabiat va sabablarning qoʻliga berishga va butun masnu'otdagi butun san'at nozikliklarini tabiatga dars berishga muztar va majbur boʻladi. Zero havo unsuridan (masalan) har bir zarra butun nabotlar, gullar, samaralar ustida qoʻnib vujudlarida vazifasini bajarish salohiyatidadir. Agar bu zarralar qilgan vazifalarida ma'mur boʻlib Janobi Haqning amr va irodasiga tobe ekanliklari kofirona inkor qilinsa, u zarra har qaysi bir vujudga kirganda, u vujudning butun jihozotini, holati bilan tashakkulini bilishi lozim boʻladi. Bu ma'lumotning u zarrada boʻlishini faqat u kofir e'tiqod qilishi mumkin.
Shu bilan barobar, bir samara bir shajaraning bir misoli musagʻgʻaridir. Va u samaradagi urugʻ u shajaraning daftari a'molidir. U daraxtning tarixi hayoti u urugʻda yozilgan. Bu e'tibor bilan, bir samara shajaraning tamomiga, balki u shajaraning naviga, balki kura-i arzga nazirdir. Shunday ekan, bir samaraning san'atidagi azamati ma'naviyasi, arzning kattaligi nisbatidadir. U zarrani, san'at jihatidan ichiga olgan u azamati ma'naviya bilan bino qilgan, arzni haml va bino qilishdan ojiz boʻlmaydi. Ajabo, u kofir munkir qalbida bunday bir kufrni tashish bilan, aql va zakovat iddi'osida boʻlishi qadar bir ahmoqlik bormi?
Birodar! Har bir narsa uchun ikki surat va shakl bor:
Biri: Moddiya boʻlib, xuddi bir koʻylak kabi, hamma narsaning vujudiga koʻra qadarning taqdiri bilan bichilgan shu koʻringan suratlar.
Boshqasi: Maqulaki, bir narsa yashagan bir umrda mururi zamon bilan almashtirgan muxtalif moddiy suratlarning ijtimo'idan tasavvur qilingan bir surati vahmiya.
Bir otashning tezlik bilan tadviridan hosil boʻlgan doira-i vahmiya kabi, hamma narsaning tarixi hayotini bildirgan va qadarga mador boʻlgan va muqaddaroti ashyo deyilgan shu ikkinchi surat, maquladir. Surati moddiya e'tibori bilan hamma narsaning bir nihoyati, bir gʻoyasi boʻlgani kabi, surati ma'naviya e'tibori bilan ham bir nihoyati va yashirin ba'zi hikmatlar uchun bir gʻoyasi ham bor. Shunga binoan, hamma narsaning surati moddiyasida qudrati Rabboniy ustadır, qadar muhandisdir. Surati ma'naviyasida esa, qadar mistardir, ya'ni, tashakkulotning chiziqlarini chizadi, qudrat masdardir, ya'ni u chiziqlar ustida qilingan tashakkulot qudratdan sudur etadi.
Ey kofir! Buni eshitgandan soʻng yaxshilab oʻyla! Bir zarraga bir tikuvchilik san'atini oʻrgatishga qudrating bormi? Oʻzingga Xoliq ittihoz etganing tabiat va sabablar, hamma narsaning muxtalif va mutanavvi' suratlarini bichib tikishiga qudratlari bormi?
Qara, ey koʻzdan mahrum kofir! Shajara-i xilqatning samarasi va quvvat va ixtiyor jihatidan sabablardan ustun boʻlgan inson, tikuvchilikning butun qobiliyatlarini, ma'lumotlarini jamlab tikanli bir shajaraning a'zolariga uygʻun bir koʻylakni tikolmaydi. Holbuki, Sone'-i Hakim hamma narsaning oʻsishi zamonida juda muntazam, jadid va yangi-yangi koʻylaklarni va yashil-yashil hullalarni mukammal tezlik va suhulat bilan yasaydi, kiydiradi. Fasubhanalloh!...
Ha munazzahdir, hamma narsaning vujudi amriga bogʻliq boʻlgan Alloh munazzahdir.
Hamma narsaning ich yuzi qoʻlida boʻlgan Sone' munazzahdir. Butun maxluqotga marji' boʻlgan Sone' munazzahdir.
Birodar! Har bir mavjudning ustida Sone'-i Ahad va Samadning bir sikkasi, bir xotami boʻlib, u mavjud Sone'-i Ahad va Samadning mulki va asari san'ati boʻlganiga shahodat qiladilar. Ha, gʻayri mutanohiy Ahadiyat sikkalaridan va Samadoniyat xotamlaridan, yolgʻiz bahor mavsumida sahifa-i arzga zarb etilgan sikkaga qaraki; shu zikr qilinadigan mutasalsil fikralar, jumlalar u sikkani quyosh kabi koʻrsatadilar va izhor qiladilar.
Ha, sahifa-i arzda juda gʻarib, hokimona bir ijod koʻrinadi. Bu koʻringan ijod koʻrsatgan quvvat va faoliyatni koʻrishni istasang, quyidagi fikralarga diqqat qil!
1- U ijod fe'li juda azim va keng bir saxovati mutlaqadan keladi.
2- Bir suhulati mutlaqa bilan bir quvvati mutlaqadan chiqadi.
3- Mutlaq bir intizom bilan sur'ati mutlaqada vujudga keladi.
4- Mavzun va mezonli boʻlib, bir vus'ati mutlaqada turadi.
5- Goʻzal bir asari san'at boʻlish bilan barobar, mutlaq bir arzonlikda koʻrinadi.
6- Taalluq etgan narsalari juda chalkash boʻlish bilan barobar, buyuk bir imtiyozi mutlaq va adami iltibos bilan qilinadi.
7- Mahalli taalluqi gʻayri mutanohiy boʻlish bilan barobar, asarlarida xunuklik koʻrinmaydi, ahsan shaklda hosil boʻladi.
8- Afrod va anvo' orasida bu'di mutlaq bilan barobar, tafavvuqi mutlaq bor.
Birodar! Bu fikralarning har biri bir oʻzi ham u sikkani izhor qilishga kifoyadir. Qarang, eng horiqo bir saxovat bilan eng horiqo bir husni san'at, muhit bir qudratning xossasidir. Va intizom bilan barobar horiqo bir suhulat hech bir narsadan ojiz boʻlmagan muhit bir ilm sohibiga maxsusdir. Oʻlchangandek gʻoyat mezonli boʻlish bilan barobar, moʻ'jizona bir mutlaq tezlik, hamma narsani amriga va qudratiga tasxir etgan zotga maxsusdir. Navlarning juda tarqoq boʻlishidan, juda keng bir tasarruf bilan horiqo bir husni san'at ilm va qudrati bilan hamma narsaning yonida boʻlgan zotga xosdir. Kasrat va mabzuliyat bilan barobar har fardning san'at e'tibori bilan qiymatli boʻlishi, soʻngsiz bir boylik bilan gʻayri mutanohiy xazinalarga molik boʻlgan zotga maxsusdir. Afrodning ziyodasi bilan aralash boʻlishi bilan barobar iltibossiz va favquloda imtiyoz va tashaxxuslarga mazhar boʻlishlari, hamma narsani koʻrgan va hamma narsaga shohid va har bir fe'li oʻzini boshqa bir fe'ldan man qilmagan zotga maxsusdir.
Va shuningdek, arzda tarqoq boʻlgan afrod orasidagi uzoqlik bilan barobar surat, vujud, tashkilot jihatlaridan oralarida hosil boʻlgan tavofuq, kura-i arz yadi tasarrufida, ilmida, hukmida, hikmatida boʻlgan zotga maxsusdir.
Va shuningdek, navning kasrati afrodi bilan barobar har fardning horiquloda bir husni xilqatga molik boʻlishi, Qodiri Mutlaqqa xos boʻlib, oz-koʻp, kichik va katta hamma narsa unga nisbatan birdir.
Oʻtgan boʻlimlarning har birisida, hamma narsaning yolgʻiz bir Sone'ning sun'i va san'ati boʻlganiga dalolat qilgan boshqa bir oyat yana bor. Ha, saxovat bilan quvva-i iqtisodiya orasida va tezlik bilan mezonli boʻlish orasida va arzonlik bilan qiymatli boʻlish orasida va chalkash boʻlish bilan mumtoz boʻlish orasida zidlik bor. Bu zidlarni bir fe'lida jam etish, faqat qudrati hadsiz bir Sone'-i Qodirga maxsusdir.
Xulosa: Har bir boʻlim, bir oʻzi xotami ahadiyatni izhorga kifoya boʻlgan taqdirda, boʻlimlarning toʻplami juda zohir bir tariqi avlo bilan xotami ahadiyatni koʻrsatadi. Xullas, bu izohdan,
oyati karimasining sirri zohir boʻldi. Ya'ni, u inodli munkirga "Xoliqi Samovot va Arz kimdir?" deya soʻralgan vaqt chor-nochor "Allohdir" deydi.
Birodar! Uluhiyat, risolat, oxirat, koinot orasida haqiqatdan talozum bordir. Ya'ni, bulardan birisining vujud va subuti, boshqasining ham vujud va subutini istilzom etadi. Birisiga iymon, boshqasiga ham iymonni ijob ettiradi. Ha, masalan, har bir kalimasi bir kitobni va har bir harfi bir satrni ichida tutgan bir kitobning kotibsiz vujudi mumkin emas. Koinot kitobi ham Naqqoshi Azaliyning vujubi vujudiga bogʻliq. Sarxush boʻlmaganlar faqat Naqqoshi Azaliyga iymon keltirish bilan kitobi koinotga shohid boʻla oladilar.
Va shuningdek, juda koʻp san'at horiqolariga va naqsh va ziynatlarning gʻaroibiga mushtamil boʻlgan bir binoning baniy va sone'siz vujudi mumkin boʻlmagani kabi, bu olamning vujudi ham Sone'ning vujudiga tobedir. Zalolat sarxushligi bilan sarxush boʻlmaganlar uni busiz tasdiq qilolmaydilar.
Va shuningdek, dengiz va daryolarning yuzida, shamsning aksini koʻrsatgan pufakchalardagi quyoshning yogʻdusi, shamsning vujudini inkor qilish bilan mumkin boʻlmagani kabi, aqli buzuq boʻlmaganlar uchun, kamoli intizom bilan tahavvul va tajaddud etgan shu koinotning shuhudi, Baniy va Sone'ning vujubi vujudini tasdiq bilan boʻlishi mumkin. Chunki shu muhtasham koinotni, mashiat va hikmati bilan ta'sis va qazo va qadarning dasturlari bilan tafsil va adolatining qonunlari bilan tanzim va inoyat va rahmatining nomuslari bilan tazyin va asmo va sifotining jilvalari bilan tanvir etgan faqat va faqat Baniy va Sone'dir. Ha, Xoliqi Vohid qabul qilinmagan taqdirda, koinotning zarrot va murakkaboti adadicha soʻngsiz ilohlarning qabuliga majburiyat hosil boʻladi. Va ayni zamonda, har bir ilohning shu koinotni yaratishga qodir boʻlishi lozim. Chunki zihayotning har bir juz'iysi zavil hayotning kulliga (ya'ni, umumiga) bir mundarijadir. Juz'iyni yaratgan kulliyni ham yaratishga qodir boʻlishi kerak...
Va shuningdek, ziyosiz quyoshning vujudi mumkin boʻlmagani kabi, uluhiyat ham tazohursiz boʻlolmaydi. Tazohuri esa, irsoli rusul bilan boʻladi. Va shuningdek, haddi kamolga yetgan eng yuksak bir jamolning bilinishi, koʻrinishi, koʻrsatilishi uchun rasullarning ta'rifi lozim.
Va shuningdek, kamoli jamolga yetgan kamoli husni san'at, rasullarning dalolati bilan boʻladi.
Va shuningdek, rububiyati omma ubudiyati kulliya istaydi. Bu ham zuljanohayn rasullarning vahdati Ilohiyani xalqqa e'lon qilishlari bilan mumkin boʻladi.
Va shuningdek, bir husn sohibining istagi boʻlmasa va bir oyna boʻlmasa va ta'rif qiluvchi bir shaxs tavassut etmasa, uning husnining koʻrinishi, koʻrsatilishi mumkin emas. Bu ham faqat rasullar vositasi bilan boʻladi. Chunki rasul, ubudiyati bilan Xoliqning husniga oynadir; risolati jihati bilan ham xalqqa izhor va e'lon qiladi.
Va shuningdek, bir zotning javohir bilan, ziqiymat ashyo bilan toʻla xazinalarini ochib xalqqa koʻrsatish va arz etish bilan u zotning qudratini, boyligini, saltanatini e'lon qilish uchun faqat u zotning muso'adasi bilan va irodasi bilan amr va ta'yin etilgan bir ma'mur lozimdir. Xullas, u ma'mur rasuldir.
Birodar! Bu sifatlarga sohib, bu vazifalarni eng mukammal qila oladigan Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdan boshqa olamda bir shaxs yoʻqdir. Eng jome', eng komil, eng fozil u zotdir. Tamoman tashhir, tabligʻ, ta'rif, tavsif, izhor, e'lon qilgan u zotdir.
Aziz birodar! "Iymoni Billoh" bilan "Oxirat iymoni" orasidagi talozumga keldik. Tayyor boʻl, tingla!
Bir sulton itoat etganlarga mukofot va isyon etganlarga ham mujozot etmasa, saltanati inhidomga yuz tutadi. Va shuningdek, bir sultonning oʻng tomonida lutf va marhamat va chap tomonida qahr va tarbiya lozimdir. Mukofot, marhamatning iqtizosidir. Tarbiya ham mujozotni istaydi. Mukofot va mujozot manzillari oxiratdir.
Va shuningdek, yuksak bir hikmat va adolat sohibi boʻlgan bir sulton saltanatining shonini qusurdan saqlash uchun, oʻziga iltijo etganlarni taltif va hokimiyatining hashmatini koʻrsatish uchun millatining huquqini muhofaza qiladi. Bu jihatlarning muhim bir qismi oxiratda boʻladi.
Va shuningdek, labolab toʻla xazinalarga molik va saxovati mutlaqaga sohib boʻlgan bir sulton uchun umumiy va doimiy bir dori ziyofat lozim. Va boshqa-boshqa ehtiyoj sohiblarining davom va baqolarini istaydi. Bu ham faqat oxiatda boʻladi.
Va shuningdek, bir jamol sohibi, doimo husn va jamolini koʻrish va koʻrsatishni istaydi. Bu esa, oxiratning vujudini istaydi. Chunki doimiy bir jamol zoil va muvaqqat bir mushtoqqa rozi boʻlmaydi. Uning ham davomini istaydi. Bu ham oxiratni istaydi.
Va shuningdek, yordam istaganlarga yordam va duo qilganlarga javob berish xususida, juda rahimona bir shafqat sohibi boʻlgan bir sulton-ki, adno bir maxluqning adno bir istagini darhol qiladi, beradi- albatta butun maxluqotning eng buyuk bir ehtiyojini kamoli suhulat bilan qiladi. Bunday umumiy va eng muhim bir ehtiyoj faqat oxiratdir.
Va shuningdek, ijrootidan, faoliyatidan anglashilgan juda horiqo bir hashamat ichida bir saltanati bor ekan, millatining ijtimo'lari uchun yolgʻiz tor bir musofirxona qilingan; doimiy tarzda millatni isti'ob etolmaydi, doimo toʻladi-boʻshaladi. Va bir imtihon maydoni bor; har vaqt almashadi, tabaddul etadi. Va sultonning ba'zi osori san'atiga va ehsonotiga ba'zi namunalar koʻrsatish uchun majlislari bor; vaqti-vaqti bilan tahavvul etadi.
Bu vaziyat, bu tor manzil va maydon va mashhardan soʻngra doimiy bir manzil, sobit saroylar, ochiq xazinalar boʻlib va sokinlari sobit va doimiy qolishlariga bilbedaho dalolat qiladi.
Va shuningdek, diqqat sohibi bir sultonki, millatining butun a'mollarini, af'ollarini, xizmatlarini, hojatlarini tamomiyla yozadi va yozdiradi va mulkida jarayon qilgan har bir hodisa va har bir voqeaning tasvirlarini, rasmlarini olib tasbit va hifz etsa, albatta bu vaziyat bir muhosabaning, bir muhokamaning, bir mukofot va mujozotning sodir boʻlishiga qat'iy bir surada dalolat qiladi.
Va shuningdek, mukofot va mujozot haqida takror bilan juda koʻp va'dalari va tahdidlari boʻlsa va u va'du va'id etilgan narsalar qudratiga ogʻir kelmasa va u narsalar raiyati uchun juda ahamiyatli boʻlsa, albatta soʻz bergan narsalarida xilof boʻlmaydi. Chunki xulf-ul va'd, qudratning izzatiga ziddir.
Va shuningdek, haddi tavoturga yetgan muxbirlarning ittifoq va ijmo'lariga koʻra, u muhtasham va azim saltanatning madori va javalongohi faqat oxirat mamlakatidir. Bu kichik manzillar, maydonlar u azamatga doimiy bir makon boʻlolmaydi. Chunki bu kabi zoil, mutabaddil narsalar u mustaqar saltanatga maqarr boʻlolmaydi.
Ha, u sulton shu kichik manzilda va maydonda koʻp narsalarni, ijtimo'larni, iftiroqlarni koʻrsatadi. Faqat, bizzot maqsad u narsalar emasdir. Faqat oxiratning maydoni akbarida sodir boʻladigan hollarning, amrlarning namunalarini koʻrsatishdir. Chunki u mahshari azimda qilinadigan muomalalar bu kichkina namunalarga koʻra jarayon qiladi. Demak, bu manzilda koʻrsatilgan foniy, zoil hollar u olamda boqiy va doimiy samaralar beradi.
Ha, u sultonning shu foniy manzillarda va qoʻrqinch maydonlarda koʻrsatgan hikmati, inoyati, adolati, rahmati va shafqatidan ustun bir darajaning tasavvuri imkon xorijidir. Albatta, bu qadar yuksak va keng horiqo san'atlar doimiy makonlarni, sobit maskanlarni va zavolsiz sokinlarni istaydilarki, u buyuk hikmat va adolatning haqiqatlariga mazhar boʻlsinlar. Aks holda shu koʻringan hikmat, inoyat, marhamatning inkori lozim boʻladi. Va ayni zamonda, bu qadar hikmatidan va inoyatidan zuhur etgan fe'llar sohibining -xosho- zolim, gʻaddor, safih boʻlganiga zahob etiladi. Bu esa, inqilobi haqoiqni istilzom etadi.
Va shuningdek, shu muvaqqat manzillarning saltanati doimaga maqarr boʻladigan bir shaklga kirishiga juda koʻp dalillar, burhonlar bor. Shu bilan barobar, bu olamni ijod qilib narigi olamni ijod qilmaslik va bu koinotni vujudga keltirib narigi koinotni keltirmaslik, bu dunyoni yaratib narigi dunyoni yaratmaslik imkoni yoʻqdir. Chunki rububiyatning saltanati mukofot va mujozotni istaydi. Va shuningdek, Sone'-i Olamning hamma narsani ichiga olgan va hamma narsani istilo va isti'ob etgan bir rahmati vase'asi bor. Volidalarning, hatto bir jihatda nabototning avlodiga boʻlgan shafqatlari va kichik, zaif bolalarining suhulati rizqlari, u rahmat daryosidan bir qatradir. U bahri rahmatning azamati bilan, shu foniy dunyoda, bu qisqa umrda, shu daqar zahmat va balolar bilan aralash, zoil va gʻayri sobit boʻlgan shu ne'matlar; va abadiy baqoni istagan insonlar orasida munosabat yoʻq. Va ayni zamonda, i'oda etilmaslik tarzidagi zavol, ne'matni niqmatga, shafqatni zahmatga, muhabbatni musibatga va lazzatni alamga va rahmatni ziddiga aylantiradi.
Va shuningdek, olamda koʻringan tasarrufotdan anglashiladiki, Sone'-i Olamning juda yuksak, jalolli, izzatli bir haysiyati bordirki, ubudiyat bilan Sone'ga ta'zim etmaganlarning yoki istihfof etganlarning ta'diblarini ta'xir va imhol etsa ham, ihmol etmaydi.
Va shuningdek, u sultonning amrlarini, nahiylarini qiymatsiz koʻrib iymon bilan imtisol etmaganlar va ibodat bilan oʻzlarini sevdirmaganlar va shukron bilan hurmatda boʻlmaganlar uchun rububiyatning abadiy qarorgohida albatta bir dori mukofot va mujozot boʻladi.
Va shuningdek, butun maxluqotda koʻringan husni san'atlar, intizomlar va ihtimomlardan va hamma narsada ta'qib qilinayotgan gʻoya va foydalardan anglashiladiki; koinot taxti tasarrufida boʻlgan Sone'-i Zuljalolda juda buyuk bir hikmati omma borki, itoat bilan iltijo etganlarning buyuk taltif va in'omlarga mazhar boʻlishlari u hikmati ommaning iqtizosidandir.
Va shuningdek, koʻrinyaptiki, hamma narsa loyiq joyiga vaz' etilyapti. Va har haq haq sohibiga berilyapti. Va har ehtiyoj sohibining hojati istagani kabi qilinadi. Va har istaganlarning matlublari -xususan iste'dod lisoni bilan yoki ehtiyoji fitriy lisoni bilan yoki izdiror va zarurat lisoni bilan boʻlsin- javoblantirilyapti. Bunday asarlari koʻringan bir adolatga bir mahkama-i kubro lozimdirki, Rububiyatning hokimiyati bilan huquqi ibod muhofaza qilinsin. Chunki foniy boʻlgan shu dunyo manzili u buyuk adolati haqiqiyaga mazhar boʻlolmaydi. Shunday ekan, u buyuk Sultoni Odil uchun bir jannati boqiya, bir jahannami doima lozim.
Va shuningdek, koʻrinyaptiki, bu olamning sohibi -qilgan shu qadar fe'llarning dalolati bilan- horiqo bir saxovatga sohib boʻlgani kabi, nur va ziyo bilan toʻla quyoshlar va meva va samaralar bilan homila ashjar va daraxtlar misoli juda koʻp xazinalari bor. Shunga bianoan, bu abadiy saxovat, tuganmas sarvat abadiy bir ziyofatgohni istaydi va davom bilan muhtojlarning ham davomi vujudini iqtizo etadi. Zero nihoyat bir saxovat, horiqo bir karam doimo xalqqa ehson va in'om etishni iqtizo etadi. Bu esa, ehson va in'omlarga minnatdor va muhtoj boʻlganlarning davomi vujudlarini istaydi.
Va shuningdek, shu moʻ'jizali va hikmatli af'oli karimonaning tazohurotidan anglashiladiki, Sone'-i Foilning juda yashirin kamoloti bor. Va doimo u kamolotni anzori olamga taqdim va tashhir etishni istaydi. Chunki doimiy bir kamol doimiy bir tazohur bilan taqdir etuvchilarning davomi vujudlarini iqtizo etadi. Chunki adami mutlaqqa nomzod boʻlgan inson, kamolotga qiymat bermaydi va istehson va taqdirga badal istisqol va tahqir etadi.
Va shuningdek, bu goʻzal, muzayyan, munavvar masnu'otning Sone'i uchun mujarrad ma'naviy bir jamol bor. Va Uning u maxfiy husn va jamol uchun juda koʻp mahosin va latoifi boʻlib, qisqa aqllarimiz bilan idrok qilolmaymiz. Azjumla, u jamolning kasif oynalaridan biri sathi arzdir. Bu sathi arz har asrda, har mavsumda, har vaqtda doimo tajalliy etayotgan u jilvalarning soyalarini tashhir, tavsif, e'lon va izhor etadi.
Va shuningdek, haqoiqi sobitadanki, yuksak bir jamol sohibi bizzot oʻz koʻzi bilan va bilvosita boshqasining koʻzi bilan jamolini va jamolining nozikliklarini koʻrishni istaydi. Shunga binoan, jamol sarmadiy va doim boʻlsa, har holda uning nozikliklarini koʻrsatgan oynalarning ham abadiy va doimiy boʻlishi zaruriydir. Chunki boqiy bir husn foniy bir mushtoqqa rozi boʻlolmadi. Va zoil va foniy bir oshiqning abadiy va boqiy boʻlgan mahbubiga muhabbati adovatga aylanadi. Ha, inson qoʻli yoki fahmi yetishmagan goʻzal bir narsani, oʻziga tasalli berish uchun taqbih etadi. Bu e'tibor bilan, bu olam Sone'ni istilzom etgani kabi, Sone' ham olami oxiratni istilzom etadi.
Va shuningdek, bu olamning Sone'ida juda rahimona bir shafqat bor. Zero koʻryapmizki: Bu olamda yordam istagan bir musibatzadaga mukammal tezlik bilan yordam qilinyapti. Dargohi izzatga iltijo etgan qutulyapti. Soʻragan saillarning istaklari berilyapti. Eng oddiy bir zihayotning ovozi eshitilyapti va hojati qabul qilinyapti. Xullas, bunday bir shafqat sohibi, navi basharning eng buyuk, eng lozim, eng zaruriy, shadid bir hojati haqida, butun insonlar nomiga qilgan duosida istagan Jannatni va saodati abadiyani va ba'su ba'dal mavtni qiladi. Xususan, u raisi muhtaramning shu umumiy duosiga, butun zavil hayot, butun maxluqot "Omin! Omin!" deyaptilar.
Qara, u zot shunday bir maqsad, shunday bir gʻoya uchun saodat istab duo qilyaptiki, insonni va butun maxluqotni asfali sofiliyn boʻlgan fano-i mutlaqqa sukutdan, qiymatsizlikdan, foydasizlikdan, abasiyatdan a'loyi illiyin boʻlgan qiymatga, baqoga, ulviy vazifaga, maktuboti samadoniya boʻlish darajasiga chiqaryapti. Qara, ham shunday yuksak bir fizori istimdodkorona bilan istayapti va shunday totli bir niyozi istirhomkorona bilan yolvoryaptiki, goʻyo butun mavjudotga, samovotga, arshga eshittirib, vajdga keltirib, duosiga "Omin! Allohumma omin!" dedirtiryapti.
Ajabo, butun bani Odamni orqasiga olib, shu arz ustida turib, arshi a'zamga mutavajjihan qoʻl koʻratib, navi basharning xulosa-i ubudiyatini jome' haqiqati ubudiyati Ahmadiya (S.A.V.) ichida duo qilgan shu sharafi navi inson va faridi kavnu zamon boʻlgan Faxri Koinot nima istayapti, tinglaylik. Qara, oʻziga va ummatiga saodati abadiya istayapti, baqo istayapti, Jannat istayapti. Ham mavjudot oynalarida jamollarini koʻrsatgan butun asmo-i qudsiya-i Ilohiya bilan barobar istayapti; u asmodan shafoat talab qilyapti, koʻryapsan.
Agar oxiratning hisobsiz talab qilgan sabablari, daloili vujudi boʻlmasa edi, yolgʻiz shu zotning bir duosi, bahorimizning ijodi qadar Xoliqi Rahimning qudratiga yengil kelgan shu Jannatning binosiga sababiyat berardi. Demak, qandayki u zotning risolati shu dori imtihonning ochilishiga sababiyat berdi,
sirriga mazhar boʻldi, shuningdek, ubudiyati ham narigi dori saodatning ochilishiga sababiyat berdi.
Va shuningdek, bu olamning boshlanishi va jarayonlarida va butun maxluqotni bir maqsadga yoʻllashda va samoviy, sufliy butun ajromning bir qudratga bogʻliq va musahhar boʻlishida juda buyuk bir saltanat asari koʻrinadi. Va bundan anglashiladiki, bu mavjudotda tasarruf etgan Sone'ning azim rububiyatida horiqo bir saltanati bor. Holbuki bu dunyo manzili tahavvulotga, zavolga ma'ruzdir. Xuddi musofirlar uchun qilingan bir karvonsaroydirki, doimo toʻlib boʻshaladi. Na oʻzining sobit bir shakli bor va na ichida oʻtirganlarning bir barqarorligi bor. Va Sone'-i Olamning gʻarib va ajib san'atlarining namunalarini tashhir va e'lon uchun tahavvuldan xoli qolmagan bir mashhardir. Bu e'tibor bilan u karvonsaroyda va u mashharda ijtimo' etgan insonlar sobit qoladigan emaslar. Chunki maskanlari sobit emas.
Xullas, bu hol va shu vaziyat, bu foniy manzildan soʻngra u sarmadiy saltanatga qarorgoh boʻlish uchun, sobit, boqiy, abadiy, sarmadiy saodatlarning, jannatlarning va saroylarning boʻlishiga qat'iy bir dalolat bilan shahodat qiladi. Chunki foniy boqiyga maqom va mador boʻlolmaydi. Ha, bir malikning kelib-ketgan musofirlari uchun yoʻlda qurgan shu manzilga va u manzilda oʻtirgan musofirlarga qaralgan vaqt koʻrilyaptiki, millionlab lira bilan qurilgan u manzil juda oz bir vaqt uchundir. Va undagi ziynatlar, qiymatli narsalar faqat surat va oʻrnaklardir. Va musofirlar u nafis taom va ovqatlarning yolgʻiz ta'mini koʻrib, qorinlarini toʻydiradigan darajada yemaydilar. Va har bir musofir xususiy uskunasi bilan u manzildagi ziynatlarning rasmlarini oladi. Va malikning ham yashirin ma'murlari ularning butun harakot, af'ol va muomalalarini yozyaptilar. Va u malik har mavsumda millionlab u ziynatlarni, u goʻzal narsalarni yangi keladigan musofirlar uchun taxrib va tajdid etyapti. Va hokazo, juda koʻp gʻarib va ajib narsalar koʻrinyapti. Xullas, bu vaziyat koʻrstadiki, u muvaqqat manzil sohibining juda yuksak qiymatli manzillari, doiralari va abadiy, sarmadiy saroylari bor. Bu kichik manzilda koʻringan narsalar, hollar musofirlarni abadiy manzillardagi yuksak narsalarga tashviq uchun koʻrsatilgan namunalardir.
Shuning kabi, bu dunyo manzilining va ichida oʻtirgan insonlarning ahvoliga diqqat qilinsa, anglashiladiki: Bu dunyo abadiy qolish uchun yaratilgan bir manzil emas. Faqat Janobi Haqning abadiy va sarmadiy boʻlgan "Dorus-salom" manziliga da'vat qilingan maxluqotning ijtimo'lari uchun bir karvonsaroy va bir kutish mehmonxonasidir. Bu dunyo manzilida koʻringan laziz narsalar, lazzat va zavq uchun emas. Chunki visollarining lazzati firoqlarining alamiga muqobil kelmaydi. Shu bilan barobar, u lazzatlardan hech kim tom ma'noda murodiga noil boʻlolmaydi. Yo u lazzatlarning umrlari qisqa boʻladi yoki insonning umri qisqa boʻlganidan, murodiga yetisholmaydi. Faqat, u lazzatlar va u nafis narsalar ibrat va shukrga yoʻllash uchundir. Chunki ular Janobi Haqning ahli iymon uchun jannatlarda ihzor etgan haqiqiy ne'matlarga namunalardir. Va u muzayyan masnu'oti foniya, fano va adam uchun emas. Faqat, ularning suratlari va misollari, ma'nolari, natijalari olinadi; olami baqoda ahli baqo uchun abadiy manzaralarning qilinishiga mador boʻladilar. Yoxud abadiy olamda Sone'-i Abadiy istagan shakllariga soladi. Chunki u masnu'ot baqo uchun. Ularning u zohiriy oʻlim va fanolari; vazifalaridan tarhisdir, i'dom emas. Ha, ularning oʻlimlari fano boʻlsa ham, yolgʻiz bir jihatdan fanoga ketadi, koʻp jihatlardan boqiy qoladi. Masalan, Qudrati Azaliya yaratgan shu gul chechagiga qara! Ha, qanday bir kalima ogʻizdan chiqar-chiqmas zohiran fanoga ketsa ham, Allohning izni bilan quloqlarda, qogʻozlarda, kitoblarda millionlab timsollari qolgani kabi, aqllarda ham aqllar adadicha ma'nolari qoladi. Shuning kabi, u gul qisqa bir zamonda vazifasi tamom boʻlar-boʻlmas soʻladi, oʻlib ketadi. Ammo uni koʻrgan butun insonlarning quvva-i hofizalarida va xalafi bilan homila boʻlgan urugʻlariga suratlari, ma'nolari boqiydir. Demak, u gulning urugʻi boʻlsin, quvva-i hofizalar boʻlsin, u gul chechagining suratini, ziynatini, manzilini hifz uchun xuddi bittadan rasm va baqosi uchun bittadan manzildir.
Ey birodar! Inson ham bebosh, sarsari, sohibsiz bir hayvon emas. Faqat uning ham butun harakot va af'oli yozilyapti, tasbit etilyapti va a'molining natijalari hifz qilinyaptiki, muhosaba-i kubroda unga koʻra daraja olsin. Xulosa, har kuz mavsumida qilingan taxribot, kelasi bahor mavsumlarida keladigan yangi musofirlar uchun yer tayorlash va bir navi tarhis va izndir.
Va shuningdek, bu olamda tasarruf etgan Sone'ning shunday bir kitobi mubini borki, na kichik va na katta, u kitobda yozilib hifz etilmagan hech bir narsa yoʻq. U kitobning moddalaridan olamda koʻringan yolgʻiz nizom va mezon moddalariga qara! Ha, koʻryapmizki, har qaysi muvazzaf boʻlgan bir narsa, vazifasidan tarhis etilish bilan doira-i vujuddan chiqsa, Fotiri Hakim uning koʻp suratlarini "Lavhi Mahfuz"larda tasbit etadi. Va tarixi hayotini urugʻida va natijasida naqsh qiladi va juda koʻp gʻaybiy oynalarda ibqo etadi.
Masalan: Bir shajara, mevasi bilan homila boʻlgani kabi, danagi ham meva bilan homiladir. Demak, daraxtning tuzilishida samarasi mavjud boʻlgani kabi, danagida ham samara mavjud. Va shuningdek, vujuddan chiqqan juda koʻp narsalar insonning quvva-i hofizasida mavjud qoladi.
Xullas, bu misollardan, hifz va hofiziyat qonuni qay daraja ihotali boʻlgani anglashildi. Ha, bu mavjudotning sohibi juda katta bir ihtimom bilan mulkida jarayon etgan hamma narsani taxti hifz va muhofazasiga olgan. Va hokimiyatining muhofazasi uchun soʻngsiz bir diqqati bor. Va rububiyatida tom bir intizom va saltanat borki, adno bir hodisani, oddiy bir xizmatni yozadi va yozdiradi. Xullas, bu daraja ihotali, ihtimomli bir hifz qonuni, albatta olami oxiratda qilinadigan bir devoni muhosabatga qaraydi. Shu muhofaza qonuni, butun ashyoda joriy boʻlgani kabi, maxluqotning eng ashrafi boʻlgan insonni ham qamragan. Chunki inson Janobi Haqning rububiyatiga oid shuunot va ahvoliga shohiddir. Va maxluqotning jamoatlari ichida Allohning birligiga dalloldir. Va mavjudotning tasbehotiga mushohid va xilofati kubro bilan takrim va tashrif etilgandir. Inson bu ikromga, bu sharafga noil boʻlgani holda, oʻzini bebosh va gʻayri mas'ul deb oʻylamasin. Uning ham devoni muhosabatda juda aralash hisoblari bordir. Undan qutulgandan soʻng, mustahaq boʻlgan yeriga boradi.
Ha, qudrati azaliyaga nisbat bilan, oʻlimdan soʻng hashrning kelishi, kuzdan soʻng bahorning kelishi kabidir. Ha, nabotot kabi, insonning ham bir kuzi, bir da bahori bor. Ha, oʻtgan zamonda sodir boʻlgan moʻ'jizoti qudrat, Sone'ning butun imkonoti istiqboliyaga qodir boʻlganiga qat'iy shohid va burhondirlar.
Va shuningdek, bu olamning moliki, oʻz qudratiga juda oson va juda ahvan va ibodiga favquloda muhim va juda shadid-ul ehtiyoj boʻlgan hashrning takror ba takror va'dasida boʻlgan. Ma'lumdirki, va'dadan qaytish qudratning izzatiga, rububiyatning marhamatiga ziddir. Zero va'daning xilofini qilish, johillikning yoki ojizlikning alomatidir. Bu esa Qodiri Mutlaq, Hakimi Mutlaq boʻlgan zotga maholdir.
Shu bilan barobar, insonlarning hashri nabototning hashri kabidir. Buni koʻrgan uni qanday inkor qiladi? Hashrning ijodiga boʻlgan va'dasi esa, butun anbiyoning tavoturi bilan va buyuk insonlarning ijmo'i bilan sobit boʻlgani kabi, Qur'oni Karimning lisoni bilan ham sobitdir. Azjumla:
oyati karimasi buyuk bir shiddat va quvvat bilan hashrning ijodiga soʻz beradi. Faqat, ba'zi insonlar juda nonkoʻrki; butun mavjudot sidqiga va haq boʻlganiga dalolat qilgan u Malik-ul Mulkning soʻzlarini tasdiq etmaydi, oʻz safsatasiga va ahmoqligiga e'timod etadi.
Va shuningdek, bu olamda juda hashamatli bir rububiyat osori bilan dabdabali bir saltanatning shualari koʻrinyapti. Ha, koʻryapmizki: Ulkan arz -sakanasi bilan barobar- xonaki, zalil, mute' bir hayvon kabi u rububiyatning amri ostida parvarish qilinyapti. Kuzda oʻlishi, bahorda tirilishi va bir Mavlaviy kabi raqs va harakati va boshqa butun ishlari u amrga tobe boʻlgani kabi, shamsning ham sayyoroti bilan tanzim va tasxiri va boshqa vaziyatlari u amrga bogʻliq. Holbuki, azamatli shu rububiyati sarmadiya va bu saltanati abadiya shunday zaif, zoil, muvaqqat poydevorlar va asoslar ustiga bino qilinolmaydi. Va bu mutabaddil, baloli, gʻamli, foniy dunyo ustida qoim boʻlolmaydi. Faqat, bu dunyo u azamatli rububiyatning juda azim va keng doirasi ichida insonlarni tajriba va imtihon, qudratning moʻ'jizalarini tashhir va e'lon uchun qurilgan muvaqqat bir manzil boʻlib; taxrib etilib juda muazzam, keng, abadiy va boqiy bir olamga juz boʻlish uchun tabdil etiladi. Shunga binoan, bu tabaddulot ma'razi boʻlgan olamning Sone'i uchun boshqa tagʻayyursiz, sobit bir olamning vujudi zaruriydir.
Shu bilan barobar, zohirdan haqiqatga oʻtgan arvohi nayyira asxobi va qulubi munavvara aqtobi va uquli nuroniya arbobi va qurbi huzuri Ilohiyda dohil boʻlganlar, u Zoti Zuljalolning mute'lar uchun bir dori mukofot va osiylar uchun bir dori mujozot ihzor etganini va juda metin va'dalar bilan shadid tahdidlari boʻlganini qat'iy ixbor etadilar. Ma'lumki, va'dalarni ado etmaslik bir zulldir. Xoliqi Olam zull va zillatlardan munazzahdir. Va ayni zamonda, u haqiqatni ixbor etgan ahli haqiqat va anbiyo va avliyo va asfiyo jamoatlariga koinot butun oyoti bilan, kalimoti bilan zohir oʻlaroq ixborlarini tayid va taqviya etadi. Ey inson! Bu xabardan yanada toʻgʻri bir xabar va bu soʻzdan yanada toʻgʻri bir soʻz bormi?
Va shuningdek, bu olamning mutasarrifi, tor va muvaqqat shu arz maydonida olami oxiratning ulkan maydonining koʻp misollarini, namunalarini har vaqt koʻrsatadi.
Azjumla: Bahor mavsumida arzning sathida qilingan nabotiy hashrlarga diqqat qilish lozim. Ha, olti kun mobaynida u aralash nabototning urugʻlaridan oʻlgan, chirigan, yoʻqolgan jasadlarni gʻolatsiz, xaltsiz kama fis-sobiq insho va i'oda etish bilan, arz maydonida nabotiy hashrlarni qilgan qudrat, samovot va arzni olti kunda yaratishidan ojiz emas. Va u qudratga nazaran koʻz ishorati qadar oson boʻlgan hashri insoniyni qilmaslik imkoni bormi? Ha, hashri nabotiyda kalimalari, yozuvlari tamoman oʻchib ketgan uch yuz ming qadar sahifalarni, birlikda, bila-xalt va bila-gʻolat qisqa bir zamonda eski yozuvlarini i'oda etgan bir qudratga, birgina sahifadan iborat boʻlgan hashri insoniy ogʻir keladimi? Xosho! Xullas, u qudrat sohibi, lisoni Qur'on bilan amr qilgan
oyati karimasi bu masalaning haqiqat ekaniga sarohat bilan shahodat qiladi.
Ey aziz birodar! Janobi Haqning shu tasarrufotidan va shuunotidan anglashildiki, arz maydonida qilingan nabotiy hashrlar va nashrlar va boshqa ijtimo' va iftiroqlar maqsudi bizzot emasdir. Chunki narigi olamning maydoni kabirida qilingan u ulkan va muhim ihtifollar bilan qisqa bir zamonda qilingan shu juz'iy gʻayri sobit bu samaralar orasida munosabat yoʻq. Faqat bu juz'iy samaralar, bir qator misol va namunalar boʻlib, bularning surat va natijalariga u majma'-i kabirda muomalalar tatbiq va ijro etilsin. Demak, bu foniy narsalarning suratlari u olamda boqiy samaralarni meva beradi.
Va shuningdek, koʻryapmizki: Sone'-i Sarmadiy, Sultoni Abadiy shu inhidomga mayyol manzillarda va zavolga mahkum maydonlarda shunday bir hikmati bahiraning va bir inoyati zohiraning va bir adolati oliyaning va bir marhamati jome'aning osorini izhor etyaptiki, qalbi zanglamagan, koʻzi koʻr boʻlmagan bir inson, aynalyaqiyn bilan anglaydiki, u hikmatdan yanada akmal bir hikmat boʻlolmaydi. Va u osori koʻringan inoyatdan yanada ajmal bir inoyat mumkin emas. Va u amoroti koʻringan adolatdan yanada ajall bir adolat yoʻqdir. Va u samaroti koʻringan marhamatdan yanada ashmal bir marhamat tasavvur qilinolmaydi. Shunday ekan, u sultonning mamlakatida doimiy makonlar, sobit maskanlar, doimiy va muqim sokinlar boʻlmasa, shu koʻringan hikmat, inoyat, marhamat va adolatning qalb va fikr sohiblari tomonidan inkorlari lozim boʻladi. Va ayni zamonda u af'oli hakimona sohibining, -xosho- safih, zolim boʻlishini istilzom etadi. Bu esa haqiqatni ziddiga aylantirgan bir maholdir.
Ey soʻzlarimni tinglagan birodar! Hashrning vujudiga va vuqu'iga doir dalillarning shu zikr qilingan qismga, alomatlarga munxasir deb oʻylama. Qur'oni Karim koʻrsatgan gʻayri mutanohiy alomatlardan istixroj etilgan haqiqat shudirki: Xoliqimiz shu muvaqqat dunyo mashharlarida doimiy boʻlgan rububiyatining sobit qarorgohiga bizlarni naql qiladi. Va bu sayyol mamlakatni sarmadiy bir mamlakatga tabdil etadi. Va yana oʻylamaginki, hashr va oxiratni iqtizo etgan, asmo-i husnadan yolgʻiz "Hakim, Karim, Rahim, Odil, Hofiz" ismlaridir. Balki koinotning tadbiri bilan aloqador boʻlgan har bir ism oxirat va hashrni iqtizo etadi.
Hashr masalasi shunday bir haqiqatdirki, jaloli bilan, jamoli bilan, asmosi bilan Xoliqi Zishon, butun kutubi samoviya bilan anbiyo va avliyo va asfiyoning ijmo'larini tazammun etgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon va Faxri Koinot Hazrat Muhammad (S.A.V.) -akmal-ul xalq va ashraf-ul inson- hashrning kelishiga ittifoq bilan hukm qilganlari kabi, shu koinot ham, butun oyoti bilan va kalimoti bilan hashrning vujud va ijodiga shahodat qiladi. Hatto har bir juzning, juz'iy boʻlsin, kulliy boʻlsin, juz boʻlsin, kull boʻlsin, ikki vajhi bor. Bir vajh bilan Xoliqqa qaraydi, vahdoniyatga dalolat qiladi. Boshqa vajh bilan ham oxiratga nazirdirki, hashrning, oxiratning vujudlarini istaydi.
Masalan: Bir inson oʻz vujudi bilan, husni san'ati bilan Sone'ning vujubi vujudiga va vahdatiga dalolat qilgani kabi; amol va iste'dodlari abadga qadar uzangani holda, juda tezlik bilan oʻlim va zavoli, oxiratning vujudiga dalolat qiladi. Butun mavjudotda koʻringan intizomi hikmat, tazyini inoyat, taltifi rahmat, tavzini adolat, Sone'-i Hakimning vujud va vahdatiga shohid boʻlganlari kabi, oxiratning va saodati abadiyaning ham ijod va vujudlariga dalolat qiladilar.