Masnaviy-i Nuriya
— 31 —

QATRA

(Tavhid Dengizidan)
IFODA-I MAROM

Ma'lumki, inson hasbal qadar koʻp yoʻllarga suluk etadi. Va u yoʻlda koʻp musibat va dushmanlarga uchraydi. Ba'zan qutulsa ham, ba'zan choʻkadi. Men ham qadari Ilohiyning yoʻllashi bilan juda ajib bir yoʻlga kirgandim. Va juda koʻp balolarga va dushmanlarga uchradim. Faqat, ajz va faqrimni vasila qilib Robbimga iltijo etdim. Inoyati azaliya meni Qur'onga taslim qilib Qur'onni menga muallim qildi. Xullas, Qur'ondan olgan darslarim soyasida u balolardan xalos boʻlganim kabi, nafs va shayton bilan qilgan muhorabalarimdan ham muzaffaran qutuldim. Butun ahli zalolatning vakili boʻlgan nafs va shayton bilan ilk musodama

سُبْحَانَ اللّٰهِ وَ الْحَمْدُ لِلّٰهِ وَ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَ اللّٰهُ اَكْبَرُ وَ لَا حَوْلَ وَ لَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ

kalimalarida sodir boʻldi. Bu kalimalarning qal'alarida tahassun etib u dushmanlar bilan munoqashalarga kirishdim. Har bir kalimada oʻttiz daf'a maydon jangi sodir boʻldi. Bu risolada yozilgan har bir kalima, har bir qayd qozongan bir muzaffariyatimga ishoratdir.

Bu risolada yozilgan haqiqatlar zidlariga bir imkoni vahmiy qolmaydigan darajada yozilgan. Uzun bir haqiqatga (dalili bilan barobar) bir qayd yoki bir sifat bilan ishorat qilinadi.

Ixtor:

Bu zamonning jarayoni men kabi koʻpchilikni vahmiy tahlikalarga otgan. Inshaalloh, bu asar Allohning izni bilan ularni qutqaradi degan umiddaman.

— 32 —
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ وَ الصَّلَاةُ عَلٰى نَبِيِّه۪
(Bu risola toʻrt Bob bilan bir Xotima va bir Muqaddimadan tuzilgan.)

MUQADDIMA

Qirq yil umrimda, oʻttiz yil tahsilimda yolgʻiz toʻrt kalima bilan toʻrt kalom oʻrgandim. Tafsilan bayon qilinadi. Bu yerda yolgʻiz ijmolan ishorat qilinadi.

Kalimalardan maqsad: Ma'no-i harfiy, ma'no-i ismiy, niyat, nazardir. Shundayki:

Janobi Haqning mosivosiga (ya'ni, koinotga) ma'no-i harfiy bilan va Uning hisobiga qarash lozim. Ma'no-i ismiy bilan va sabablar hisobiga qarash xato.

Ha, hamma narsaning ikki jihati bordir. Bir jihati Haqqa qaraydi. Boshqa jihati xalqqa qaraydi. Xalqqa qaragan jihat Haqqa qaragan jihatga toʻrli bir parda yoki shaffof bir shisha parchasi kabi, ostida Haqqa qaragan jihati isnodni koʻrsatadigan bir parda kabi boʻlishi kerak. Shunga binoan, ne'matga qaralgan zamon Mun'im, san'atga qaralgan zamon Sone', sabablarga nazar etilgan vaqt Muassiri Haqiqiy zehnga va fikrga kelishi kerak.

Va shuningdek, nazar bilan niyat mohiyati ashyoni tagʻyir etadi. Gunohni savobga, savobni gunohga oʻzgartiradi. Ha, niyat oddiy bir harakatni ibodatga aylantiradi. Va xoʻjakoʻrsinlik uchun qilingan bir ibodatni gunohga oʻzgartiradi. Moddiyotga sabablar hisobi bilan qaralsa, jaholatdir. Alloh hisobi bilan boʻlsa, ma'rifati Ilohiyadir.

Birinchi Kalom:
اِنّ۪ى لَسْتُ مَالِك۪ى

Men oʻzimga molik emasman. Faqat molikim koinotning molikidir. Faqat oʻzimga molik nazari bilan qaraymanki, Moliki Haqiqiyning sifotini va sifatlarning bir daraja mohiyatini va hududini bilay. Ha, mavhum, mutanohiy hududim bilan Moliki Haqiqiyning sifatlarining bir jihatdan gʻayri mutanohiy hududini bildim.

Ikkichi Kalom:
اَلْمَوْتُ حَقٌّ

Oʻlim haqdir. Ha, bu hayot va bu badan shu azim dunyoga ustun boʻladigan qobiliyatda emas. Zero ular temir va toshdan emas. Faqat goʻsht, qon va suyak kabi mutaxolif narsalardan tarakkub etgan. Qisqa bir zamonda tavofuqlari, ijtimo'lari boʻlsa ham, iftiroqlari va tarqalishlari har vaqt malhuzdir.

— 33 —
Uchinchi Kalom:
رَبّ۪ى وَاحِدٌ

Robbim birdir. Ha, hammaning butun saodatlari, bir Robbi Rahimga boʻlgan taslimiyatga bogʻliq. Aks holda juda koʻp Roblarga muhtoj boʻladi. Chunki inson jome'iyati e'tibori bilan butun ashyoga ehtiyoji va aloqasi bor. Va hamma narsaga qarshi (his qilib yoki qilmasdan) taassuri, alamlari bordir. Bu esa tom jahannam kabi bir holatdir. Faqat arbob tavahhum etilgan sabablar yadi qudratiga bir parda boʻlgan Robbi Vohidga taslimiyat, firdavsiy bir vaziyatdir.

Toʻrtinchi Kalom:

اَنَا bilan ta'bir etilgan menlik, ya'ni oʻziga bir vujud, bir qiymat berishdirki; bu ana, Janobi Haqning sifotini, shuunotini bilish uchun bir markaz va bir vohidi qiyosiydir.

— 34 —

BIRINCHI BOB

﴿ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ ﴾

bayonidandir.

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلٰى سَيِّدِ الْمُرْسَل۪ينَ مُحَمَّدٍ وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ

Allohdan boshqa haq bir Allohning mavjud emasligini qalban tasdiq va lisonan iqror etganimga, butun koʻrgan va koʻringan ashyoni shohid koʻrsataman.

Shunday bir Allohki, vujubi vujudiga va Vohid, Ahad, Fard, Samad boʻlganiga Hazrat Muhammad (S.A.V.) bir shohidi sodiq va bir burhoni notiqdir.

Shunday Muhammad (S.A.V.) ki, ijmo' va tasdiqlariga mazhar boʻlish bilan, anbiyo va mursalinga siyodat unvonini; va ittifoq va tahqiqlarini olish bilan, imom-ul avliyo val ulamo laqabini olgan. Va shunday Muhammad (S.A.V.) ki, oyoti bahira, moʻ'jizoti qat'iya va sajaya-i samiya va axloqi oliya sohibi boʻlish bilan mahbiti vahyi Ilohiy boʻlgan. Va shunday bir Muhammad (S.A.V.) ki, olami gʻayb va malakutni sayr va ziyorat etish bilan, arvohni mushohada va maloika bilan musohaba, jin va insonlarga irshod vazifasini olgandir. Va shunday bir Muhammad (S.A.V.)dirki, shaxsiyati ma'naviyasi bilan koinotning kamoliga bir mundarija boʻlish bilan, butun saodatlarning va madaniyatlarning dasturlarini ichiga olgan bir shariatga sohibdir. Va shunday bir Muhammad (S.A.V.)dirki, olami shahodatda ekan, gʻaybiyotdan xabar beradigan bir bashir va nazir boʻlib, butun quvvati bilan, kamoli jiddiyat bilan va vusuq bilan, itminon bilan yuksak bir iymon bilan navi basharga qarshi "Tavhid Dini"ni لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ bilan e'lon va i'lam etadi.

Va shuningdek, shunday bir Allohki, vujub va vujudiga, jalol va jamoliga, Vohidi Ahad boʻlganiga shahodat qilganlardan birisi ham "Furqoni Hakim"dir.

Va shunday bir Furqoni Hakimdirki, butun anbiyo kitoblarining tasdiqlariga mazhardir. Va shunday bir Furqoni Hakimdirki, butun aqllar va qalblar, hukmlarini qabul va tasdiqqa ijmo' etganlari va jihoti sittasidan nur-afshon bir kitobdir.

Va shunday bir Furqoni Hakimdirki, mazhari vahiy boʻlgan rasullar deganlaridek, mahzi vahiydir. Ahli kashf va ilhom aytganlaridek, ayni hidoyatdir. Ma'dani iymon va majma'-i haqoiqdir. Hukmlari daloili aqliya bilan muayyad va fitrati salimaning shahodati bilan musaddaqdir. Lison-ul gʻayb boʻlib, olami shahodatda navi basharni

﴿ فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ ﴾

bilan tavhidga amr va da'vat etadi.

— 35 —

Shunday bir Allohki, vujubi vujud va vahdatiga, shu kitobi kabir deyilgan olam, butun yozuvlari va fasllari bilan, sahifalari bilan, satrlari bilan, jumlalari bilan, harflari bilan shahodat qilgani kabi; shu insoni kabir deyilgan koinot ham, butun a'zosi bilan, javorihi bilan, hujayroti bilan, zarroti bilan, avsofi bilan, ahvoli bilan dalolat qiladi.

Ya'ni, bu koinot ixtivo etgan butun anvo'i bilan لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ va u olamlarning arkoni bilan لَا خَالِقَ اِلَّا هُوَ va u arkonning a'zosi bilan لَا صَانِعَ اِلَّا هُوَ va u a'zoning ajzosi bilan لَا مُدَبِّرَ اِلَّا هُوَ va u ajzoning juz'iyoti bilan لَا مُرَبِّىَ اِلَّا هُوَ va u juz'iyotning hujayroti bilan لَا مُتَصَرِّفَ اِلَّا هُوَ va u hujayrotning zarroti bilan لَا خَالِقَ اِلَّا هُوَ va u zarrotning dalasi boʻlgan efiri bilan لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ deb; butun anvo'i bilan, arkoni bilan, a'zosi bilan, ajzosi bilan, hujayroti bilan, zarroti bilan, efiri bilan (ellik besh lison bilan) vujubi vujud va vahdatiga shahodat va dalolat qiladi. Shu lisonlarning tafsili keladi. Hozir ijmol bilan zikr qilaman. Shundayki:

Koinot tarkiblaridagi intizom, jarayoni ahvoldagi nizom, suratlardagi gʻarobat, naqshlaridagi ziynat, yuksak hikmatlar, ashyodagi muxolafat va mumosalat, jomidotdagi muovanat, bir-biridan uzoq boʻlgan narsalardagi tasonud, hikmati omma, inoyati tomma, rahmati vase'a, rizqi a'mm, hayotlar, tasarruf, tahvil, tagʻyir, tanzim, imkon, hudus, ehtiyoj, za'f, mavt, johillik, ibodat, tasbehot, da'avat va hokazo juda koʻp sifatlar lisonlari bilan Xoliqi Qadimi Qodirning vujub va vujudiga va avsofi kamoliyasiga shahodat qilganlari kabi; asmo-i husnani tilovat qilib, Janobi Haqqa tasbeh va Qur'oni Hakimni tafsir va Rasuli Akramning (S.A.V.) ixborotini tasdiq qiladilar.

— 36 —

Oʻtgan lisonlarning tafsiliga oʻtamiz. Shundayki:

Koinotda koʻringan tanzimot, nizomot, muvozanot qabza-i tasarrufida bir mezon va nizom boʻlgan Xoliqning vujubi vujudiga dalolat qilish bilan

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

jumlasini oʻqiydi.

Va shuningdek, koinotda intizom va ittirod hukmfarmodir. Bu ikki sifat, mutasarrifning vahdatiga va bir boʻlganiga shahodat qilish bilan

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

haqiqatini e'lon qiladi.

Va shuningdek, samovot sahifasini quyosh va yulduzlar bilan yozgan qudrat bilan, asalari bilan chumolining sahifalarini hujayrot va zarrot bilan yozgan qudrat bir boʻlganidan

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

bilan (masalaning e'loni bilan) Xoliqning bir boʻlganiga dalolat va shahodat qiladi.

Va shuningdek, masalan bulut bilan arz kabi jomid va mutaxolif narsalarda tajovub va muovanat, ya'ni bir-birining hojatiga javob berish va sayyorot kabi shamsdan juda uzoq boʻlgan yulduzlarning shamsga yoki bir-biriga tasonud etishlari, butun ashyoning bir Mudabbirning idorasida boʻlganiga shahodat qilib

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

bilan e'lon qiladi.

Va shuningdek, samovotning yulduzlar kabi osori muntazamadagi mushobahat va arzning bir-biriga oʻxshagan gullarida, hayvonotidagi munosabat, Xoliqning bir boʻlganiga dalolat bilan shahodatini

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

bilan e'lon qiladi.

Va shuningdek, har bir zihayot koʻp ism va sifatlarning tajalliysiga mazhardir. Masalan, bir zihayot vujudga kelganida Bari ismining jilvasiga, tashakkulida Musavvir sifatining jilvasiga, ozuqlangan zamon Razzoq ismining jilvasiga; xastalikdan shifo topganida, Shofiy ismining tajalliysiga va hokazo ta'sirda mutasonid, osorda mutaxolif koʻp sifat va ismlarga mazhardir. Bu sifatlarning va ismlarning maqsadlari bir boʻlganidan, albatta musammolari ham bir boʻladi. Xullas, har bir zihayot shu mazhariyat bilan Xoliqning bir boʻlganiga doir boʻlgan shahodatini

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

bilan e'lon qiladi.

— 37 —

Va shuningdek, manzuma-i shamsiya bilan asalarining koʻzlari orasidagi irtibot va holat jihatidan bir-biri bilan munosabatlari, ikkisining bir Naqqoshning naqshi boʻlganiga boʻlgan dalolatlarini

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

bilan i'lam etadilar.

Va shuningdek, zarrot orasidagi jozibaning quyosh va yulduzlar orasida boʻlgan jozibaga qardosh boʻlishi, har ikki qismning ham bir qalami vohidning yozuvi boʻlganini

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

bilan izhor etadilar.

Va shuningdek, tarkib va murakkabotda koʻringan intizom, u murakkabotdagi har zarraning loyiq mavze'iga qoʻyilishi bilan hosil boʻlgandir. Shunga binoan, u zarralarni, oralaridagi munosabatlar buzilmaslik sharti bilan, loyiq mavqelariga qoʻyib bilish, faqat butun u murakkabotni yarata oladigan bir qudrat sohibiga xosdir. Xullas, zarrotdagi intizom va shu vaziyatning lisoni bilan Allohu Akbar deb

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

ni oʻqiydi.

Va shuningdek, bir navdan bir fardning, butun afroddan imtiyozini ta'min qiladigan tashaxxus va taayyunining qalami qudrat bilan yozilishi, butun navi basharning, masalan afrodining nazari qudratda mashhud va malhuz boʻlganini istilzom etadi. Chunki bir fard, alomati fariqasi jihati bilan butun afrodga muxolif boʻladi. Agar butun afrod hozir boʻlmasa, taayyunlarida, alomotlarida muxolafatning boʻlmasligi ehtimoli bor. Bu ehtimol esa botildir. Shunday ekan, bir fardning Xoliqi, bir navning Xoliqi boʻladi.

Va shuningdek, bir navga Xoliq boʻla olish, jinsga ham Xoliq boʻla olishga mutavaqqifdir. Eng nihoyat ish

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

da nihoyat topadi.

Va shuningdek, xilqat va yaratilishning Vojib-ul Vujudga isnod etilishini, nazarlari juda qisqa boʻlganlar, baid, gʻarib, qiyin boʻlganini tavahhum etish bilan inkoriga zahob etadilar. Holbuki, sabablarga isnod etilsa, ular tavahhum etgan bu'd, gʻarobat, qiyinchilik qavat-qavat muzaaf boʻlib haqiqatga inqilob etadi. Chunki vojibga koʻproq oson boʻladi. Masalan, bir odamdan bir necha narsaning suduri, bir necha odamdan bir narsaning suduridan koʻproq ahvandir. Masalan, asalarining xilqati, qudrati Ilohiyaga isnod etilmasa, nihoyatsiz mushkulot boʻladi.

Shu bilan barobar, vohidning kasratga bergan vaziyat va foydani, kasrat koʻp mashaqqatlardan soʻngra bera oladi. Masalan, bir qoʻmondonning juda koʻp askarlarga bergan intizom vaziyatini, u askarlarga berilsa, suhulat bilan qilolmaydilar. Demak, Xoliqi Vohidga qilingan isnodda, zohiran bu'd va gʻarobat boʻlsa ham, sabablar va kasratga qilingan isnodda muzaaf oʻlaroq mutasalsil mahollar bor. Shundayki:

Har bir zarrada Vojib-ul Vujudning sifatlarini faraz qilish lozim boʻladi. Chunki naqshdagi kamol, san'atdagi husn u sifatlarni istaydi. Ham shirkatni qabul qilmagan vujub haqida, gʻayri mutanohiy sheriklarning farazi lozimdir. Ham har bir zarraning, butun zarralarga ham hokimi mutlaq, ham mahkumi mutlaq boʻlishi lozim boʻladi. Chunki nizom va intizom shunday istaydi. Ham har bir zarrada ihotali bir shuur, tom bir ilm lozim. Chunki zarralar orasida tasonud va muvozana bor. Bu tasonud va muvozana esa ilm bilan boʻladi.

Xullas, ashyoni sabablarga isnod etishda bu qadar mahollar bor. Ammo, sohibi haqiqiy boʻlgan Vojib-ul Vujudga isnod etilgan vaqt, u zarralar shunday bir vaziyatga kiradilarki, shamsning jilvalariga, timsollariga, lam'alariga mazhar boʻlgan suv qatralari kabi; qudrati azaliyaning nuroniy tajalliysiga, jilvalariga, lam'alariga u zarralar ham mazhar boʻlib, sohibi qudratning izni bilan, gʻayri mutanohiy boʻlgan ilm va irodasi bilan, u zarralarda tashakkulot va tarkibot qilinadi. Shunga binoan, qudrati azaliyaning bir lam'asi qudratning xosiyatiga molik boʻlganidan, sabablarning minglab lam'asidan va sabablarning sultonidan koʻproq ta'sirlidir. Chunki bunda tajazzi va inqisom bor, qudrati azaliyada esa yoʻq.

Va shuningdek, qiyinchilik va ovora boʻlish ham yoʻq. Chunki qudrat Sone'ning zotiga zotiydir, a'roziy emasdir. Ajz qudratiga taxallul etolmaydi. Qudratning bir lam'asiga zarralar, shamslar mutasoviydir. Katta narsa kichik narsadan ogʻir va zahmatli emas. Va shuningdek, hayot, vujud, nur kabi narsalarning zohir va botinlari shaffof boʻlganidan, ijodlari zamonida, sabablar vositalari ostida qudratning tararrufi koʻrinadi. Ha, hayotning vaziyatlariga va darajalariga diqqat qilinsa, qudratning tasarrufi koʻrinadi.

— 38 —

Masalan: Bir shingil uzumning yaratilishi uchun inja, jomid bir shox va bir shisha parchasida shamsning timsolini tarsim uchun kichik bir tuynukdan ziyoning oʻtishi va bir uyni tanvir uchun bir gugurt tavassut etadi. Va bu kabi oddiy sabablar ostida qilingan u azim va gʻarib ishlarda qudratning tasarrufi kunduz kabi koʻrinishi oshkoradir.

Va shuningdek, ashyoning sabablarga isnodidagi istib'oddan va istigʻrobdan hosil boʻlgan inkordan nash'at etgan zalolatlardan hosil boʻlgan iztirobot, butun aqllarni, ruhlarni Vojib-ul Vujudga firor va iltijo etishga majbur qiladi. Chunki faqat Uning qudrati bilan, irodasi bilan har mushkul hal boʻladi va yopiq eshiklar ochiladi. Va Uning zikri bilan qalblar mutmain boʻladilar. Shunga binoan, najot va xalos faqat Allohga iltijo bilan boʻladi.

﴿ فَفِرُّٓوا اِلَى اللّٰهِ ٭ اَلَا بِذِكْرِ اللّٰهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ ﴾

Xullas, koinot shu haqiqatning lisoni bilan

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

ni aytadi.

Va shuningdek, zohiriy sabablar juda oddiy, mahdud, faqir, jomid, shuursiz, irodasiz va qonunlar qismi ham e'tiboriy, mavhum narsalardir. Musabbabotda boʻlgan horiqo naqshlar, ziynatlar, gʻarib va ajib san'atlarning u kabi qiymatsiz sabablar bilan qat'iyan munosabatlari yoʻq. Shunga binoan, masalan badanning hujayrotidagi nizomli, intizomli tashakkulotni non yeyishiga; va quvva-i hofizada yozilgan gʻayri mahdud muntazam naqshlarni quloqdagi va boshdagi buklamlarga; va gapirishda, tafakkurda harflarning tashakkulotiga va suvari zehniyaning husuliga lison va zehnning harakatlari kabi sabablarga isnodlari ahmoqchasiga bir hukmdir. Faqat u kabi musabbabot gʻayri mutanohiy bir qudrat bilan bir ilm va bir irodani iqtizo etadilar. Bu haqiqatga binoan sobitdirki, kavn va vujudda muassiri haqiqiy, faqat qudrati gʻayri mutanohiy bir Xoliqi Qodirdir. Sabablar esa bahonalardir, vasoit ham pardadirlar.

Hislar va xosiyatlar ham qudratning tajalliyotiga va lam'alariga ism va unvondirlar.

Ham qonunlar va navomis deyilgan narsalar, faqat ilm bilan iroda va amrning anvo'ga boʻlgan tajalliylarining ismlaridir. Ha, qonun amrdandir, nomus irodadandir. Xullas, koinot musabbabotning lisoni bilan

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

bilan Xoliqi Haqiqiyni e'lon qiladi.

Va shuningdek, koinot sahifasida juda katta bir diqqat va ihtimom bilan horiqo bir tarzda yozilgan naqshlar, munfaridan va mujtamian, gʻayri mutanohiy bir qudratni iqtizo etganlaridan, koinot ham bir Vojib-ul Vujud, bir Xoliqi Qodirning vujudiga bizzarura dalolat qiladiki, u Xoliqning ta'siri qudratiga nihoyat boʻlmaganidan, sheriklardan bilbedaho mustagʻniydir, sherikka ehtiyoji yoʻq.

Shu bilan barobar, sherik haddi zotida mumtani'dir. Bir fardining vujudi mumkin emasdir. Chunki qudrati komilaning ta'siri gʻayri mutanohiydir. Sherik boʻlgan taqdirda, qudratning ta'siri mahdud boʻladi. Mutanohiy boʻlmagani holda, mutanohiy boʻladi, inqito'ga duchor boʻladi. Bu esa, bir necha jihatdan maholdir. Shunday ekan, istiqlol va infirod, uluhiyat uchun zotiy xossalardir.

— 39 —

Shu bilan barobar, sherikka bir yer, bir maqom, bir imkoni zotiy yoʻqdir. Va sherikning vujudi haqida na bir dalil va na bir dalildan nash'at etgan bir ehtimol va na bir alomat va koinotning hech bir jihatida sherikka bir mavze' yoʻq. Aksincha qaysi narsaga, qaysi jihatga qaralsa, tavhid sikkasi koʻrinadi. Demak, muassiri haqiqiy faqat va faqat Allohdir.

Ha, inson koinotning eng ashrafi va sabablar ichida ixtiyori eng keng boʻlgani holda, af'oli ixtiyoriysi ichida yeyish va ichish kabi eng oddiy bir fe'lida, yuz juzidan faqat bir juzi insonga oid boʻlishi mumkin. Sabablarning sultoni boʻlgan inson bunday qoʻli bogʻliq, ta'sirsiz boʻlsa, narigi jonsiz sabablar qanday nooʻrin ish qilishi mumkin?

Xullas, koinot shu haqiqatdan taboruz etgan vujud va vahdat lisoni bilan

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

ni tilovat qiladi.

Va shuningdek, koinotning butun ajzo va zarrotiga tajalliy etgan asmo-i Ilohiya orasidagi tasonud, ya'ni bir-biriga tayanib tajalliy etgan bir tamozujlari, ya'ni alvoni sab'a kabi bir-biri bilan mamzuj boʻlib ashyoni jilvalantirgan asarlari bir boʻlgani kabi, musammolarining ham vohid, ahad boʻlganiga shahodat qiladi. Va bu shahodat lisoni bilan, koinot

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

deb e'lon qiladi.

Va shuningdek, koinotning -kulliy va juz'iy- ixtivo etgan butun ajzosini istilo etgan bir hikmati omma koʻrinadi. Va bu hikmati omma qasd, shuur, iroda, ixtiyor sifatlarini tazammun etadi. Bu sifatlar bir Hakimi Mutlaqning vujubi vujudiga dalolat qiladi. Chunki koinot maf'ul va munfaildir. Maf'ul foilsiz boʻlmagani kabi, maf'ulning jomid bir juzi ham foil boʻlolmaydi.

Va shuningdek, koinot sahifasida bir inoyati tomma porlaydi. Bu inoyat tazammun etgan hikmat, lutf, tahsin sifatlari bilan bir Xoliqi Karimning vujubi vujudiga dalolat qiladi. Chunki in'om va ehson mun'im va muhsinsiz boʻlolmaydi.

— 40 —

Va shuningdek, koinotni mushtamiloti bilan barobar ichiga olgan juda keng bir marhamat koʻrinadi. Bu marhamat rahmat, hikmat, inoyat, in'om kabi koʻp sifatlarni tazammun etadi. Bu sifatlar bir Rahmoni Rahimning vujubi vujudiga shahodat qiladi. Chunki sifat mavsufsiz boʻlolmaydi.

Va shuningdek, zavil hayot va jonli maxluqotga tavzi' etilgan bir rizqi a'mm bordir. Va bu rizq sifati oʻtgan sifatlarni istilzom etish bilan bir Razzoqi Rahimning vujudiga dalolat qiladi. Chunki fe'l foilsiz boʻlolmaydi.

Va shuningdek, butun koinotda intishor etgan bir hayot bor. Bu hayot sifati ham oʻtgan sifatlarni iqtizo etish bilan bir Hayyi Qayyum, bir Muhyi va Mumit Xoliqning vujubi vujudiga dalolat qiladi. Birodar! Alvoni sab'a kabi mamzuj boʻlgan shu besh haqiqat koinotga bir Rob, Qodir, Alim, Hakim, Qadim, Rahim, Rahmon, Razzoq, Hayyi Qayyum zaruriy boʻlganiga bilbedaho dalolat va shahodat qiladi. Va koinot bu shahodatlarini

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

bilan e'lon qiladi.

Va shuningdek, koinot yuzida husni zotiyni koʻrsatgan bir husni aroziy va bir jamoli mujarradni koʻrsatgan bir jamoli hazin va mahbubi haqiqiyga ishorat qilgan bir ishqi sodiq va butun asrorni jazb etgan bir haqiqati jozibaga ishorat qilgan bir jazba va bir injizob bordir. Bu haqiqatlar koinotga bir Robbi Vojib-ul Vujud lozim va zaruriy boʻlganiga shahodat qilganlarini koinot

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

bilan ta'lim va i'lam etadi.

Va shuningdek, butun anvo'ning juz'iyotida bir tasarruf bor. Bu tasarruf foydali ish va gʻoyalar uchundir. Va nabotot va hayvonotda bir tabaddul va tahavvul bor. Bu ham juda koʻp manfaatlar uchundir. Kura-i arzda kecha va kunduz jihati bilan bir tagʻyir bor. Bu ham ulkan-ulkan gʻoyalar uchundir. Koinotda hukmfarmo boʻlgan nizom va intizom bilan barobar, faoliyat xususida alvoni sab'a kabi taboruz etgan shu haqiqatlar, bilbedaho bir mutasarrifi hakim, qodir, foili muxtor kabi butun avsofi kamoliya bilan muttasif bir Xoliqning vujubi vujudiga qilgan dalolatni koinot

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

bilan tabligʻ etadi.

— 41 —

Va shuningdek, koinot ixtivo etgan butun anvo' va ajzo va zarrotni istilo etgan hudus, bir muhdis va bir mujidni iqtizo etadi.

Va shuningdek, koinot butun ajzosi bilan barobar gʻayri mutanohiy ashkal va vaziyatlarga qobiliyati, ehtimoli, imkoni bor ekan, bu shakli hozirga kirishi, albatta bir Xoliqi Vojib-ul Vujudning ixtiyor, iroda va tarjihi bilan boʻlgan.

Va shuningdek, buyuk bir faqru ehtiyojda boʻlgan koinotning anvo' va ajzosida lozim boʻlgan ishlarini, hojatlarini avqoti munosibda

﴿ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ﴾

ifo va is'af etish, bir Razzoqi Karimning vujubi vujudiga dalolat qiladi.

Va shuningdek, koinot umumiy va xususiy, moddiy va ma'naviy juda ulkan ehtiyojlar ichidadir. Kerak boʻlsa vujudiga va kerak boʻlsa baqosiga lozim narsalarni, ishlarni qilishdan ojizdir. Bu kabi matlublarining shuuri boʻlmasdan ado etilishi, albatta Rahmoni Rahim va Vojib-ul Vujud bir Sone'-i Hakim tarafidandir.

Va shuningdek, kavn va vujudda imkon, kasrat, infiol martabalari bor. Imkon martabasi vujub martabasiga qaraydi va uni istilzom etadi. Kasrat martabasi vahdat martabasiga nazirdir, uni iqtizo etadi. Infiol martabasi faoliyat martabasiga mutavaqqifdir. Bu martabalar orasidagi istilzom, bizzarura vojib, vohid, fa'ol bir Xoliqni iqtizo va istilzom etadi.

Va shuningdek, qaraymizki, koinotda har qaysi narsa, haddi kamolga vosil boʻlmasdan harakat qilishdan toʻxtamaydi. Kamoliga vosil boʻlgan vaqti harakatni tark qilib sukunda oʻtiradi. Bundan anglashiladiki, vujud kamolni istaydi, kamol ham subutni iqtizo etadi. Shunday ekan, vujudning vujudi kamol bilandir. Kamolning kamoli ham davom bilan boʻladi. Shunday ekan, bir Vojibi Sarmadiy, Komili Mutlaq borki, mumkinotning butun kamoloti Uning nuri kamolining jilvalariga bittadan soyadir. Shunday ekan, Janobi Haq zotida, sifatida, af'olida komili mutlaqdir.

Va shuningdek, hamma narsaning botini zohiridan yanada latif, yanada shaffofdir. Bu esa, Sone'ning u narsadan xorij va ba'id boʻlmasligiga dalolat qiladi. U narsaning boshqa ashyo bilan nizom va muvozanasining Sone'i tarafidan ta'min qilingan jihati bilan ham, Sone'ning u narsada dohil boʻlmasligini iqtizo etadi. Shunday ekan, bir masnu'ning zotiga qaralsa, Sone'ning ilm va hikmati koʻrinadi. Gʻayrisi bilan birlikda qaralsa, Sone'ning favqal-kull bir sam' va basarga molik boʻlgani koʻrinadi. Bu haqiqatdan anglashildiki: Sone'-i Olam olamda dohil boʻlmagani kabi, olamdan xorij ham emas. Ilmi va qudrati bilan hamma narsaning ichida boʻlgani kabi, hamma narsaning ustidadir. Bir narsani koʻrgani kabi, butun ashyoni ham barobar koʻradi.

Bu haqiqatlar, kamalak ranglari kabi ma'jun, bir qator nuroniy oyatlardir. Koinot butun avsofi kamoli bilan muttasif bir Xoliqning vujubi vujud va vahdatiga dalolat qiladi. Ha, koinot u Xoliqning nurining soyasi, asmosining tajalliyoti, af'olining osoridir.

— 42 —

Birodar! Koinotning shu oʻtgan haqiqatlarning lisoni bilan aytgan

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ﴾

daloili bilan

لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ

ni isbot qiladi.

Va shuningdek,

﴿ فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ ﴾

haqiqati

﴿ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ ﴾

ni istilzom etadi.

﴿ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ ﴾

ham iymonning besh ruknini tazammun etgani kabi, sifati rububiyatga ham mazhar va mir'atdir. Bu sirga binoandirki,

﴿ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ ﴾

iymonning mezon va tarozisida

﴿ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ ﴾

bilan qarin va muvoziy boʻlgan. Nubuvvat, sifati rububiyatga nazir va mazhar boʻlganidan, umumiy bir jome'iyatga molikdir. Valoyat esa, xususiy va juz'iydir. Oralaridagi nisbat

رَبُّ الْعَالَم۪ينَ

bilan

رَبّ۪ى

orasidagi nisbat kabidirki, birisida izofa umumiy, nargisida xususiydir. Yoki arzdan arshga boʻlgan me'roj bilan sajdadagi me'roj orasida yoki arsh bilan qalb orasidagi nisbat kabidir.

— 43 —

Birodar! Shu yuksak boʻlgan matlubga zikr qilganimiz burhonlar, matlubni ihota etgan bir doiradir. Matlub boʻlgan vujubi vujud va vahdat u doiraning markazidadir. Doirani tashkil qilgan burhonlarning har biri barmogʻini uzatib, matlubning haq va sodiq ekaniga imzo qoʻyadilar. U burhonlardan zaif boʻlganlarning oralarida tasonud bor. Ya'ni, bir-birini tayid va taqviya qilish bilan, zaif burhonlarning za'fiyati zoil boʻladi. Zoil boʻlmasa ham, e'tibordan tushmaydi. E'tibordan tushsa ham, doiraning buzilishiga sabab boʻlmaydi. Faqat doira kichrayadi.

Shu bilan barobar, burhonlarning hay'ati majmuasiga tarattub etgan matlubning quvvat va vuzuhini har farddan istash va har fardda qidirish, aqlning xastaligiga, zehnning juz'iyatiga ishorat boʻlib, matlubni rad va inkor uchun bir zamin tashkil qiladi. Shunga binoan, bir burhonga qaralgan zamon, za'fiyat sababli vahmlar oʻrtaga chiqsa, narigi burhonlardan sizilgan quvvat bilan oʻrtada za'fiyat qolmaydi, vahmlar ham tarqaladi.

Shu bilan barobar, ba'zi burhonlar suvga oʻxshaydi, bir qismi ham havoga oʻxshaydi, bir qismi ham ziyo kabidir. Shunga binoan, bu kabi burhonlarni gʻoyat latif va diqqatli inja bir fikr bilan qidirib tutish kerakki, toʻkilmasin, soʻnmasin, uchmasin!..

— 44 —
TAQRIZ

(Fozili muhtaram Majlisi Masofih va Tadqiqi Muallafoti Shar'iya Raisi Oliysi Shayx Safvat Afandi Hazratlarining taqrizidir.)

Janobi Haqqa hamd va oʻziga Qur'on nozil boʻlgan Paygʻambarimizga va dinning binosini tahkim va tamhid etgan olu asxobiga salotu salom boʻlsin!

Tavhid Dengizidan Bir Qatra nomli risola koʻzimga tajalliy etdi. U dengiz bilan bu qatra orasida bir farq koʻrolmadim. Chunki u qatra haqiqatdan u dengizdan keladi va u dengizga toʻkiladi. Tavhid dengizidan hovuch bilan suv ichayotgan va Islomiyat koʻkragidan sut emayotgan qardoshimiz boʻlgan alloma Badiuzzamon Said Nursiyning sa'yi sababli Janobi Haqqa hadsiz shukrlar boʻlsin!

Al-faqir, turobi aqdam-ul ulamo
SAFVAT
(Rahmatullohi Alayh)
— 45 —

XOTIMA

(Shu xotima toʻrt xil xastaliklarni bayon qiladi. Va tadoviy choralarini koʻrsatadi.)
Birinchi Xastalik: "Ya's"dir.

Birodar! Amalga va toatga muvaffaq boʻlolmagan azobdan qoʻrqadi, ya'sga tushadi. Bunday bir ma'yusning koʻziga diniy masalalarga zid adno va zaif bir alomat ulkan bir burhon boʻlib koʻrinadi. Bunday bir necha alomatni qoʻlga kiritar-kiritmas, boshqa alomatlarning saiqasi bilan e'loni isyon etib Islom doirasidan chiqadi, shaytonning qoʻshiniga iltihoq etadi. Shunga binoan, a'molga muvaffaq boʻlolmaganlar, ya'sga tushmaslik uchun shu oyatga murojaat etsin:

﴿ قُلْ يَا عِبَادِىَ الَّذ۪ينَ اَسْرَفُوا عَلٰٓى اَنْفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللّٰهِ اِنَّ اللّٰهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَم۪يعًا اِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّح۪يمُ ﴾
Ikkinchi Xastalik: "U'jb"dir.

Birodar! Ya'sga tushgan odam, azobdan qutulish uchun, istinod qiladigan bir nuqtani qidirishni boshlaydi. Qaraydiki, bir miqdor hasanot va kamoloti bor, darrov u kamolotiga bel bogʻlaydi. Ishonib deydiki: "Bu kamolot beni qutraqadi, yetadi" deya bir daraja tinchlanadi. Holbuki, a'molga ishonish, u'jbdir. Insonni zalolatga otadi. Chunki inson qozongan kamolot va qilgan yaxshiliklarida haqqi yoʻq; mulki emas, ularga ishonolmaydi.

Ham insonning vujudi va jasadi ham uniki emas. Chunki oʻzining asari san'ati emas. U vujudni yoʻlda topgan, laqita oʻlaroq tamalluk ham etgan emas. Qiymati boʻlmagan narsalardan boʻlgani uchun, yerga otilgan-u, inson olgan emas. Faqat u vujud ichiga olgan gʻarib san'at, ajib naqshlarning shahodati bilan, bir Sone'-i Hakimning dasti qudratidan chiqqan qiymatli bir xonadon boʻlib, inson u xonadonda omonatan oʻtiradi. U vujudda qilingan minglarcha tasarrufotdan faqat bir donasigina insonga oiddir.

Va shuningdek, sabablar ichida eng ashraf, eng quvvatli bir ixtiyor sohibi inson ekan, af'oli ixtiyoriya nomi bilan oʻziga mol deb oʻylagan af'olning yeyish, ichish kabi eng oddiy bir fe'lning hosil boʻlishida yuz juzidan faqat bir juzi insonga oiddir.

Va shuningdek, insonning qoʻlidagi ixtiyor juda tordir. Tuygʻularining eng kengi xayol boʻlgani holda, u xayol aql va aqlning samaralarini ihota etolmaydi. Bularni, bu qadar ulkan ekan, qanday doira-i ixtiyoringga idhol etib, ular bilan iftixor etyapsan?

Va shuningdek, shuuriy boʻlmasdan, sening foydangga va senga qarshi koʻp fe'llar jarayon qilyapti. U fe'llar shuuriy boʻlganlari holda, shuuring taalluq etmaganidan sobit boʻladiki, u fe'llarning foili bir Sone'-i Zishuurdir. Na sen foilsan va na sening sabablaring... Shunga binoan, malikiyat da'vosidan voz kech. Oʻzingni mahosin va kamolotga masdar deb oʻylama. Va qat'iyan bilki, sendan senga yolgʻiz nuqson va qusur bor. Chunki sui ixtiyoring bilan, senga berilgan kamolotni ham tagʻyir etyapsan. Sening xonadoning hukmida boʻlgan jasading ham omonatdir. Mahosining faqat mavhubadir; sayyioting maksubadir. Shunga binoan,

﴿ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَلَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ ﴾

degin.

— 46 —
Uchinchi Xastalik: "Gʻurur"dir.

Ha, gʻurur bilan inson moddiy va ma'naviy kamolot va mahosindan mahrum qoladi. Agar gʻurur saiqasi bilan boshqalarning kamolotiga tanazzul etmasdan, oʻz kamolotini kifoya va yuksak koʻrsa, u inson noqisdir. Bunday insonlar, ma'lumot va kashfiyotlarini yanada yuksak koʻrish bilan, aslafi i'zomning irshodot va kashfiyotlaridan mahrum qoladilar. Va avhomga ma'ruz qolib butun-butun chiziqdan chiqadilar. Holbuki, aslafi i'zom qirq kunda qilgan bir kashfiyotlarini bular qirq yilda topolmaydilar.

Toʻrtinchi Xastalik: "Sui zon"dir.

Ha, inson husni zonga ma'murdir. Inson hammani oʻzidan ustun bilishi kerak. Oʻzida boʻlgan sui axloqni sui zon saiqasi bilan boshqalarga tashmil etmasin. Va boshqalarning ba'zi harakotini, hikmatini bilmaganidan, taqbih etmasin. Shunga binoan, aslafi i'zomning hikmatini bilmaganimiz ba'zi hollarini yoqtirmaslik, sui zondir. Sui zon esa, moddiy va ma'naviy ijtimoiyotni buzadi.

Birodar! Taxt-al arz qilgan xayoliy bir sayohatimda koʻrgan ba'zi haqiqatlarni zikr qilaman:

Birinchi Haqiqat:

Birodar! Moliki Haqiqiydan gʻaflat, nafsning fir'avnligiga sabab boʻladi. Ha, taxti tasarrufida boʻlgan butun ashyoning Moliki Haqiqiysini unutgan, oʻzini oʻziga molik deb oʻylab, hokimiyat tavahhumida boʻladi. Va boshqalarni ham, xususan sabablarni oʻziga qiyos bilan, hokim va molik daftariga qayd qiladi. Va bu vasila bilan, Allohning mulkini, molini oʻzlariga taqsim qilib, ahkomi Ilohiyaga qarshi muoraza va muborazani boshlaydi.

Holbuki, Janobi Haq tarafidan insonlarga berilgan menlik va hurriyat uluhiyat sifatlarini fahm qilish uchun bir vohidi qiyosiy vazifasini bajaradi. Afsuski, sui ixtiyor bilan hokimiyat va istiqloliyatga vosita qilib tom bir fir'avn boʻladi.

Birodar! Bu inja haqiqat, tom vuzuh va zuhuri bilan menga shunday koʻrindiki: Gʻaflat suvi bilan tanabbut etgan menlik, Xoliqning sifatalarini fahmlash uchun bir vohidi qiyosdir. Chunki insonlar koʻrmagan narsalarini qiyos va tamsillar bilan biladilar. Masalan: Bir odam Janobi Haqning qudratini anglash uchun bir taqsimot qiladi: "Bu yerdan bu yergacha mening qudratimda, bundan u tomoni Uning qudratidadir" deya vahmiy bir chiziq chizish bilan masalani anglaydi. Soʻng mavhum xatni buzadi, hammasini unga taslim qiladi. Chunki nafs nafsiga molik boʻlmagani kabi, jismiga ham molik emas. Jismi faqat ajib bir uskuna-i Ilohiyadir. Qazo va qadar qalami bilan qudrati azaliya (bir jilvachasi) u uskunada ishlaydi. Shunga binoan, inson u fir'avnlik da'vosidan voz kechish bilan, mulkni molikiga taslim etsin, omonatga xiyonat qilmasin! Agar xiyonat bilan bir zarrani nafsiga isnod etsa, Allohning mulkini jonsiz sabablarga taqsim qilgan boʻladi.

— 47 —
Ikkinchi Haqiqat:

Ey nafsi ammora, qat'iyan bilki, sening xususiy, ammo juda keng bir dunyong borki; amol, umid, taalluqot, ehtiyojot ustida bino qilingan. Eng katta poydevori va yagona ustuni, sening vujuding va sening hayotingdir. Holbuki u ustunning qurti bor. U poydevor ham chirik. Xulosa, asosdan fosid va zaifdir. Doimo xarob boʻlishga tayyordir.

Ha, bu jism abadiy emas, temirdan emas, toshdan emas.. faqat goʻsht va suyakdan iborat bir narsadir. Oniy oʻlaroq sening boshingga yiqiladi, ostida qolasan. Qara, zamoni moziy sen kabi oʻtganlarga keng bir qabr boʻlgani kabi, istiqbol zamoni ham keng bir mozoriston boʻladi. Bugun sen ikki qabrning orasidasan; buyogʻini oʻzing bilasan!...

Birodar! Bilgan, koʻrgan dunyoimiz bir ekan, insonlar adadicha dunyolarni ichiga olgan. Chunki har insonning tom ma'noda xayoliy bir dunyosi bor. Faqat, oʻlgan payti dunyosi yiqiladi, qiyomati qoʻpadi.

Uchinchi Haqiqat:

Shu koʻrgan dunyoingni, butun lazoizi bilan, safohatlari bilan, safolari bilan juda ogʻir va katta bir yuk ekanini koʻrdim. Ruhi fosid, qalbi xasta boʻlganlardan boshqa hech kim u ogʻir yukning ostiga kirolmaydi. Chunki butun koinot bilan aloqador boʻlgandan koʻra va hamma narsaning minnatiga kirishdan koʻra va butun sabablar va vositalarga qoʻl ochib arzi ehtiyoj qilishdan koʻra, bir Robbi Vohid, Sami' va Basirga iltijo qilish osonroq va foydaliroq emasmi?

Toʻrtinchi Haqiqat:

Ey nafs. {(*)(Muallifi muhtaram oʻz nafsiga tasrihan, boshqalarga ham ta'rizan aytyapti.)} Koinotning uzoq choʻllariga ketib Sone'ning isbotiga dalillar toʻplashga ehtiyoj yoʻq. Bir kulbacha hukmida boʻlgan ichida oʻtirgan jisming qafasiga qara! Sening u kulbangning devorlariga osilgan ijod silsilalaridan, xilqatning moʻ'jizalaridan va horiqo san'atlaridan, kulbadan xorijga uzatilgan ehtiyoj qoʻllaridan va derazalaridan yuksalgan "Oh!, Voh!" va nolonlar lisoni holi bilan istanilgan yordamlaridan anglashiladiki, u kulbani mushtamiloti bilan barobar yaratgan Xoliqing u ohu nolonlarni eshitadi, shafqat va marhamatga keladi, hojot va amoling nima boʻlsa, taxti taahhudga oladi. Zero chivinning boshidagi u kichik-kichik hujayrotning nidolariga "Labbayk" degan u Sone'-i Sami' va Basirning sening duolaringni eshitmasligi va u duolarga musbat javoblar bermasligi imkon va ehtimoli bormi?

Shunga binoan, ey bu kichik hujayralardan tarkib topgan va "ana" bilan ta'bir etilgan hujayra-i kubro! U kulbachaning kichikligi bilan barobar, toʻla boʻlgan horiqo ijodlarini koʻr, iymonga kel! Va: Yo Ilohi! Yo Robbi! Yo Xoliqi! Yo Musavviri! Yo Moliki va yo Man Lahul-Mulku val-Hamd! Sening mulking va omonating va vadi'ang boʻlgan shu kulbachada musofirman, molik emasman." de; u botil tamalluk da'vosidan voz kech! Chunki u tamalluk da'vosi insonni juda aliym alamlarga ma'ruz qoldiradi.

{(**) (Mutarjimning bir i'tizori) Masnavi-i Nuriyaning Arabcha asl nusxasida boʻlgan va yeri bu joy boʻlgan Subhanalloh, Alhamdulilloh va Allohu Akbarga doir juda qiymatli va ahamiyatli bir qismi, uslubini va fasohatini muhofaza qilolmaslik va avrod maqomida oʻqib boʻladigan u haqiqatlarni Turkchaga oʻgirish bilan, qiymati asliyasini xalaldor etish andishasi bilan tarjima qilmadim. Qorilardan uzr soʻrayman, rahmat va xayr duolarini kutaman.

Mutarjim ABDULMAJID}

— 48 —
Nukta

Birodar! Iymon butun ashyo orasida haqiqiy bir uxuvvatni, irtibotni, ittisolni va ittihod robitalarini ta'sis etadi.

Kufr esa, burudat kabi, butun ashyoni bir-biridan alohida koʻrsatadi va bir-biriga ajnabiy nazari bilan qaratadi. Shuning uchundirki, moʻ'minning ruhida adovat, kin, vahshat yoʻq. Eng katta bir dushmani bilan bir navi qardoshligi bor. Kofirning ruhida hirs, adovat boʻlgani kabi, nafsini iltizom va nafsiga e'timodi bor. Bu sirga binoandirki, dunyo hayotida ba'zan gʻalaba kofirlarda boʻladi. Va shuningdek, kofir dunyoda hasanotining mukofotini (filjumla) koʻradi. Moʻ'min esa, sayyiotining jazosini koʻradi.

Shuning uchun, dunyo kofirga jannat (ya'ni, oxiratga nisbatan), moʻ'minga jahannamdir (ya'ni, saodati abadiyasiga nisbatan). Boʻlmasa, dunyoda ham moʻ'min yuz daraja ziyoda mas'uddir, deyilgan.

Va shuningdek, iymon insonni abadiyatga, Jannatga loyiq bir javharga aylantiradi. Kufr esa ruhni, qalbni soʻndiradi, zulmatlar ichida qoldiradi. Chunki iymon qobiqning ichidagi magʻzni koʻrsatadi. Kufr esa, magʻz bilan qobiqni tafriq etmaydi. Qobiqni aynan magʻz deb biladi va insonni javharlik darajasidan koʻmir darajasiga tushiradi.

Nuqta

Birodar! Qalb bilan ruhning xastaligi nisbatida falsafa ilmlariga mayl va muhabbat ziyoda boʻladi. U xastalik marazi ham, ulumi aqliyaga tavagʻgʻul etish nisbatidadir. Demak, ma'naviy xastaliklar insonlarni aqliy ilmlarga tashviq qiladi va yoʻnaltiradi. Va aqliyot bilan ishtigʻol etgan, amrozi qalbiyaga mubtalo boʻladi.

Va shuningdek, dunyoning ikki yuzini koʻrdim:

Bir yuzi: Oz-koʻp zohiriy bir unsiyat, bir goʻzalligi boʻlsa ham, botini va ichi doimiy bir vahshat bilan toʻladir.

Ikkinchi yuzi: Filjumla zohiran vahshatli boʻlsa ham, botinan doimiy bir unsiyat bilan toʻladir. Qur'oni Azimushshon nazarlarni oxirat bilan muttasil boʻlgan ikkinchi vajhga tavjih etadi. Birinchi vajh esa oxiratning ziddi boʻlib adam bilan muttasildir.

Va shuningdek, mumkinotning ham ikki vajhi bor:

Birisi: Anoniyat bilan vujuddir. Bu esa, adamga ketadi va adamga aylanadi.

Ikkinchisi: Anoniyatning tarki bilan adamdir. Bu esa Vojib-ul Vujudga qaraydigan bir vujud qozonadi. Shunga binoan, vujud istasang, mun'adim boʻlki, vujudni topgin!..

— 49 —
Nukta
(Muqaddimada zikr qilingan toʻrt kalimadan niyat haqidadir.)

Birodar! Bu niyat masalasi mening qirq yillik umrimning bir maxsulidir. Ha, niyat shunday bir xususiyatga molikdirki, odatlarni, harakatlarni ibodatga oʻgirgan juda ajib bir eliksir va bir moyadir.

Va shuningdek, niyat oʻlik va mayyit boʻlgan holatlarni ihyo etgan va jonli, hayotdor ibodatlarga aylantirgan bir ruhdir.

Va shuningdek, niyatda shunday bir xususiyat borki; sayyiotni hasanotga va hasanotni sayyiotga tahvil etadi. Demak, niyat bir ruhdir. U ruhning ruhi ham ixlosdir. Shunday ekan, najot, xalos faqat ixlos bilandir. Xullas, bu xususiyatga binoandirki; oz bir zamonda koʻp amallar hosil boʻladi. Bunga binoan; oz bir umrda Jannat butun lazoiz va mahosini bilan qozoniladi. Va niyat bilan inson doimiy bir shokir boʻladi, shukr savobini qozonadi.

Va shuningdek, dunyodagi lazzat va ne'matlarga ikki jihat bilan qaraladi:

Bir jihatdan, u ne'matlarning bir mun'im tarafidan berilgani oʻylanadi. Va nazar, u lazzatdan in'om etganga qaytadi; uni oʻylaydi. Mun'imni oʻylash lazzati, ne'matni oʻylashdan koʻproq lazizdir.

Ikkinchi jihat, ne'matni koʻrar-koʻrmas nazarini unga hasr etib, u ne'matni gʻanimat deb oʻylab, minnatsiz yeydi. Holbuki birinchi jihatda lazzat, zavol bilan zoil boʻlsa ham, ruhi boqiydir. Chunki Mun'imni oʻylaydi. Mun'im esa marhamatlidir, doimo bu ne'matlarni menga beradi deya umidvor boʻladi. Ikkinchi jihatda, ne'matning zavoli oʻlim emaski, ruhi qolsin. Ruhi ham soʻnadi, faqat tutuni qoladi. Musibatlarning esa; zavolidan soʻng tutunlari soʻnadi, nurlari qoladi. Lazzatlarning zavolidan soʻng qolgan tutunlari, gunohlardir.

Birodar! Dunyo va oxiratdagi lazzat va ne'matlarga, iymon bilan qaralsa, bularda bir harakati davriya koʻriladiki; oʻxshashlar bir-birini ta'qib qiladi. Biri ketadi, oʻrniga uning misli keladi. Bu soyada u ne'matlarning mohiyati soʻnmaydi. Faqat tashaxxusoti juz'iyada firoq va iftiroqlari bordir. Shuning uchun; lazoizi iymoniya, firoq va iftiroq bilan mutaassir va mukaddar boʻlmaydi. Faqat ikkinchi jihatda, har bir lazzatning zavoli bor. Va u zavol haddi zotida alam boʻlgani kabi, uni oʻylash ham alamdir. Chunki bu ikkinchi jihatda, harakat davriya emasdir, mustaqimdir. Lazzat abadiy bir oʻlim bilan mahkum boʻladi...

— 50 —
Nuqta

Birodar! Sabablar va vasoitni inson quchogʻiga olib yopishsa, zillat va haqirlikka sabab boʻladi. Masalan: Kalb butun hayvonlar ichida bir necha sifati hasana bilan muttasifdir va u sifatlar bilan ishtihor etgan. Hatto sadoqat va vafodorligi zarbulmasal boʻlgan. Bu goʻzal axloqiga binoan, insonlar orasida oʻziga muborak bir hayvon nazari bilan qaralishga loyiq ekan, afsuski insonlar orasida muborakiyat emas, najis-ul ayn deb sanaladi.

Tovuq, sigir, mushuk kabi boshqa hayvonlarda, insonlarning ularga qilgan ehsonlariga qarshi shukron hissi boʻlmagani holda, insonlar tomonidan aziz va muborak deb sanaladilar. Buning sabablari, kalbda hirs marazi ortiq boʻlganidan, zohiriy sabablarga shunday bir daraja ihtimom bilan yopishadiki, Mun'imi Haqiqiydan batamom gʻaflatiga sabab boʻladi. Shunga binoan, vositani muassir deb bilib, Muassiri Haqiqiydan qilgan gʻaflatiga jazo oʻlaroq najis hukmini olgandirki, tohir boʻlsin. Chunki hukmlar, hadlar gunohlarni avf etadi. Va baynan-nos tahqir zarbasini gʻaflatga kafforat oʻlaroq yegan.

Narigi hayvonlar esa, vositalarni bilmaydilar va sabablarga u qadar qiymat bermaydilar. Masalan: Mushuk senga erkalanadi, tazarru etadi, sendan ehsonni olgunga qadar. Ehsonni olgandan keyin shunday bir vaziyat oladiki, xuddi orangizda muorafa boʻlmagan va oʻzlarida senga qarshi shukron hissi ham yoʻq. Faqat Mun'imi Haqiqiyga shukron hislari bor. Chunki fitratlari Sone'ni biladi va lisoni hollari bilan ibodatlarini qiladilar. Shuur boʻlsin-boʻlmasin...

Ha, mushukning "mir-mir"lari "Yo Rahim! Yo Rahim! Yo Rahim"dir.

Nukta

Yana koʻrdimki: Agar hamma narsa Janobi Haqqa isnod etilmasa, bir oni vohidda gʻayri mutanohiy ilohlarning isboti lozim boʻladi. Va butun zarroti koinotdan ham koʻproq boʻlgan shu ilohlarning har biri, butun ilohlarga ham zid, ham misl boʻlishi lozim boʻladi. Va ayni zamonda, har biri butun koinotga qoʻlini uzatgan tasarrufotda boʻlgandek vaziyat olishi lozim boʻladi. Masalan: Asalarining bir fardini yaratgan bir qudratning hukmi butun koinotga joriy va nafiz boʻlishi lozim. Zero, u asalari koinotning unsurlariga namunadir, ajzosini koinotdan oladi. Holbuki vujud sohasida mahal va maqom, yolgʻiz va yolgʻiz Vojib-ul Ahadga maxsusdir. Agar ashyo oʻz nafslariga isnod etilsa, har bir zarraga bir uluhiyat lozimdir. Masalan: Ayasofyaning baniysi inkor qilingan taqdirda, har bir toshi bir Me'mor Sinon boʻlishi lozim boʻladi. Shunday ekan, koinotning Sone'ga boʻlgan dalolati, oʻz nafsiga boʻlgan dalolatidan yanada vazih, yanada zohir, yanada avlodir.

Shunday ekan, koinotning inkori mumkin boʻlsa ham, Sone'ning inkori mumkin emas...

Nuqta

Gʻaflatdan nash'at etgan zalolat juda gʻarib va ajibdir. Muqoranatni illiyatga aylantiradi. Ikki narsa orasida bir muqoranat boʻlsa, ya'ni doimo barobar vujudga kelsalar, birisining narigisiga illat koʻrsatilishi u zalolatning sha'nidandir. Holbuki davomli muqoranat illiyatga dalil boʻlolmaydi.

— 51 —
Nukta

Birodar! نَعْبُدُ dagi "nun" ifoda qilgan jamlash va jamoat, fikri va qalbi uygʻoq boʻlgan musolliyning nazarida sathi arzni bir masjid shakliga keltiradi. Va butun moʻ'minlardan tashkil topgan, sharqdan gʻarbga qadar tizilgan saflarni ichiga olgan u jamoati kubro ichida namoz oʻqiganini ixtor ettiradi.

Va shuningdek, لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ boʻlgan kalima-i zikriyani bir inson virdi zabon qilgan zamon, zamonni bir halqa-i zikr taxayyul qilish bilan u halqaning oʻng tarafi boʻlgan moziy jihatida anbiyoning, chap tarafi boʻlgan istiqbol jihatida ham avliyoning oʻtirib jamoat bilan zikr qilgan va oʻzi ham u jamoati uzmo ichida boʻlib, shu qubba-i minoni toʻldirgan yuksak Ilohiy va totli sadolariga ishtirok etganini taxayyul etsin. Quvva-i xayoliyasi yanada keskin boʻlganlar ham koinot masjidida butun masnu'ot tashkil qilgan halqa-i zikrlariga kirsin, shu fazoni shovqinlantirgan u sadolarni tinglasin.

Nuqta

Janobi Haqning mosivosiga qilingan muhabbat ikki xil boʻladi. Birisi, yuqoridan pastga nozil boʻladi. Boshqasi, pastdan yuqoriga chiqadi. Shundayki:

Bir inson eng avval muhabbatini Allohga bersa, uning muhabbati sababli Alloh sevgan hamma narsani sevadi va maxluqotga taqsim qilgan muhabbati Allohga boʻlgan muhabbatini tanqis emas, tazyid etadi.

Ikkinchi qism esa, eng avval sabablarni sevadi va bu muhabbatini Allohni sevishga vasila qiladi. Bu qism muhabbat birikilishini muhofaza qilolmaydi, tarqaladi. Va ba'zan quvvatli bir sabablarga uchraydi. Uning muhabbatini ma'no-i ismiy bilan tamoman jazb etadi, halokatga sabab boʻladi. Shoyat Allohga vosil boʻlsa ham, vusuli noqis boʻladi...

— 52 —
Nukta
﴿ وَمَا مِنْ دَٓابَّةٍ فِى الْاَرْضِ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ رِزْقُهَا ﴾

oyati karimasi bilan, rizq taahhud ostiga olingandir. Faqat, rizq deganimiz ikki qismdir: Haqiqiy rizq, majoziy rizq. Ya'ni, zaruriy bor, gʻayri zaruriy bor.

Oyat bilan taahhud ostiga olingan, zaruriy qismidir. Ha, hayotni asraydigan darajada gʻido beriladi. Jism va badanning semizligi va za'fiyati, rizqning koʻp va oz boʻlganiga qaramaydi. Dengizning baliqlari bilan quruqlikning baqlajonlari shohiddir. Majoziy boʻlgan rizq esa, oyatning taahhudi ostida emas. Faqat sa'y va kasbga bogʻliqdir.

Nuqta

Birodar! Ma'sum bir insonga yoki hayvonlarga kelgan falokatlarda, musibatlarda bashar fahmi anglamagan ba'zi sabablar va hikmatlar bor. Yolgʻiz mashiati Ilohiyaning dasturlarini ichiga olgan shariati fitriya ahkomi aqlning vujudiga tobe boʻlmay, aqliy boʻlmagan bir narsaga tatbiq etilmasin. U shariatning hikmatlari qalb, his, iste'dodga qaraydi. Bulardan hosil boʻlgan fe'llarga u shariatning hukmlari tatbiq bilan tajziya etiladi. Masalan: Bir bola qoʻliga olgan bir qushni yoki bir chivinni oʻldirsa, shariati fitriyaning ahkomidan boʻlgan hissi shafqatga muxolafat qilgan boʻladi. Xullas, bu muxolafat sababli, yiqilib boshi yorilsa, mustahaq boʻladi. Chunki bu musibat u muxolafatga jazodir. Yoki urgʻochi bir yoʻlbars, oʻz avlodlariga boʻlgan shiddati shafqat va himoyani nazarga olmasdan, bechora jayronning bolachasini parcha-parcha qilib bolalariga rizq qiladi. Soʻng bir ovchi tarafidan oʻldiriladi. Xullas, hissi shafqat va himoyaga muxolafat etganidan, jayronga qilgan ayni musibatga ma'ruz qoladi.

Ixtor: Yoʻlbars kabi hayvonlarning halol rizqlari, oʻlik hayvonlardir. Sogʻ hayvonlarni oʻldirib rizq qilish, shariati fitriya jihatidan haromdir.

— 53 —
I'TIZOR

Birodar! Bu risola, Qur'onning ba'zi oyotini shuhudiy bir tarzda bayon qilgan bir navi tafsirdir. Va ichiga olgan masoil, Furqoni Hakimning jannatlaridan uzilgan bir qator gul va chechaklaridir. Faqat iborasidagi qiyinlashtirish va ijozdan tavahhush etib, mutolaasidan voz kechma... Mutolaasiga takror bilan davom qilinsa, ma'luf va ma'nus bir shakl oladi. Shuning kabi, nafsning tamarrudidan ham qoʻrqma. Chunki mening nafsi ammoram bu risolaning satvatiga chiday olmasdan inqiyodga majbur boʻlgani kabi, shaytonim ham اَيْنَ الْمَفَرُّ deya baqirdi. Sizning nafs va shaytonlaringiz mening nafs va shaytonimdan yanada osiy, yanada togʻiy, yanada shaqiy emaslar.

Shuning kabi, Birinchi Bobda tavhidning bayoni uchun zikr qilingan dalillarda voqe' boʻlgan takrorlarni foydasiz deb oʻylama. Xususiy maqomlarda, ehtiyojga binoan zikr qilinganlar. Ha, xatti harbda handaqda oʻtirib mudofaa qilgan bir askar, atrofida boʻlgan boʻsh handaqlarga ketmasdan, boʻlgan handaqi ichida boshqa bir derazani ochishi, albatta bir ehtiyojga binoandir.

Shuning kabi, bu risolalarning iboralaridagi qiyinlashtirish va igʻloqning, xursandchilik uchun ixtiyorimdan chiqqan deb oʻylama. Chunki bu risola, dahshatli bir zamonda, nafsimning hujumiga qarshi qilingan oniy va irtijoliy bir munoqashadir. Kalimalari u mudhish mujodala asnosida zehnimning qoʻliga oʻtgan tikanli kalimalardir. U otash bilan nurning qoʻshilishlari hangomida boshim aylanishni boshlardi. Goh yerda, goh koʻkda, goh minoraning tubida, goh minoraning sharafasida oʻzimni koʻrardim. Chunki ta'qib qilgan yoʻlim, aql bilan qalb orasida yangi ochilgan barzohiy bir yoʻldir. Aqldan qalbga, qalbdan aqlga tushib chiqishdan bezor boʻlgandim. Shuning uchun, bir nur topganim zamon, hamon ustiga bir kalima qoldirardim. Faqat u nurlarning ustiga qoldirgan kalima toshlari dalolat uchun emasdi. Faqat yoʻqolmaslik uchun bittadan nishon va bittadan alomat sifatida qoldirardim. Soʻng qaradimki, u zulmatlar ichida menga yordam bergan u nurlar Qur'on quyoshidan ilhom etilgan misboh va qandillar edi.

اَللّٰهُمَّ اجْعَلِ الْقُرْاٰنَ نُورًا لِعُقُولِنَا وَ قُلُوبِنَا وَ اَرْوَاحِنَا وَ مُرْشِدًا لِاَنْفُسِنَا اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
— 54 —

QATRANING ZAYLI

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ
Ramz

Birodar! Vaqtning avvalida, Ka'bani xayolan nazarga olish bilan namoz oʻqish manbuddirki, bir-biriga kirgan doiralar kabi, Baytning atrofida tashakkul etgan saflarni koʻrish bilan, yaqin saflar Baytni ihota etganlari kabi, eng uzoq saflarning ham olami Islomni ihota etganini xayol bilan koʻrsin. Va u saflarga kirish bilan, u jamoati uzmoga dohil boʻlsinki, u jamoatning ijmo' va tavoturi uning namozda aytgan har da'vosiga va har bir soʻziga bir hujjat va bir burhon boʻlsin.

Masalan: Namoz oʻqigan odam اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ deganda, xuddi u jamoati uzmoni tashkil qilgan barcha moʻ'minlar "Ha, toʻgʻri aytding" deya uning u soʻzini tasdiq qiladilar. Va bu tasdiqlar hujum qilgan avhom va vasvasalarga qarshi ma'naviy bir qalqon vazifasini bajaradi. Va ayni zamonda, butun hislari, latifalari, tuygʻulari u namozdan zavq va hissalarini oladilar. Yolgʻiz musolliyning Ka'baga boʻlgan shu xayoliy nazari qasdiy emas, taba'i bir shuurdan iborat boʻlishi kerak.

Ixtor:

Sathi Arz masjidini mutaxolif va muntazam harakoti bilan tazyin etgan u jamoati uzmoning, satrlarni eslatgan saflarining u goʻzal manzarasi muhofaza qilinish maqsadida, olami misol sahifasida qalami qadar bilan, Ilohiy bir fotoapparat bilan tarsim va takrim etilayotganligi ehtimol va imkondan xoli emas.

Ramz

Birodar! Vasvasa va avhom zulmatlari ichida yurarkan, Rasuli Akramning (S.A.V.) sunnatlari bittadan yulduz, bittadan chiroq vazifasini bajarganini koʻrdim. Har bir sunnat yoki bir haddi shar'iy zulmatli zalolat yoʻllarida quyosh kabi porlaydi. U yoʻllarda inson, zarra-misqol u sunnatlardan inhirof va u'dul etsa; shaytonlarga mal'ab, avhomga markab, ahval va qoʻrquvlarga ma'raz va togʻlar qadar ogʻir yuklarga matiyya boʻladi.

Va shuningdek, u sunnatlarni, xuddi samodan tadalli va tanazzul etgan iplar kabi koʻrdimki, ularga tamassuk etgan yuksaladi, saodatlarga noil boʻladi. Muxolafat etib, aqlga tayanganlar esa, uzun bir minora bilan samoga chiqish hamaqotida boʻlgan Fir'avn kabi bir fir'avn boʻladi...

— 55 —
Ramz

Birodar! Nafsda shunday dahshatli bir nuqta va ochilmas bir uqda borki, zidlarni bir-biridan tavlid etadi. Va uning zarariga boʻlgan har bir narsani foydasiga deb oʻylaydi. Masalan, quyoshning qoʻli senga yetishadi, ziyosi bilan boshingni erkalaydi. Faqat sening qoʻling unga yetisholmaydi va sen xohlagandek harakat qilmaydi. Demak, shamsning senga qarshi ikki jihati bor: Biri qurb, boshqasi bu'd. Agar sening undan ba'id boʻlgan jihating bilan "U menga ta'sir qilolmaydi" va uning senga qorib boʻlgan jihati bilan "Unga ta'sir qila olaman" desang, johilligingni e'lon qilgan boʻlasan.

Shuning kabi, Xoliq bilan nafs orasida ham bir qurb va bu'd bordir. Qurb Xoliqnikidir, bu'd nafsnikidir. Agar nafs uzoqligi jihati bilan anoniyat bilan Xoliqqa qarab, "Menga ta'sir qilolmaydi" deya bir axmoqlikda boʻlsa, zalolatga tushadi. Va shuningdek, nafs mukofotni koʻrgan zamon "Koshki men ham shunday qilsaydim, bunday boʻlaydim" deydi. Mujozotning shiddatini ham koʻrgan vaqti, ta'ami va inkor bilan oʻziga tasalli beradi.

Ey ahmoq nuqta-i sevda! Xoliqning af'oli senga nazir emas. Faqat Unga qaraydi. Koinotni sening handasang boʻyicha yaratgan emasdir. Va seni xilqati olamda shohid qilmagan. Imom Rabboniyning (R.A.) degani kabi: "Malikning atiyyalarini faqat matiyyalari tashiy oladi."

Ramz

Birodar! Xususan muztar boʻlganlarning duolarining buyuk bir ta'siri bordir. Ba'zan u kabi duolarning hurmati uchun, eng katta bir narsa eng kichik bir narsaga musahhar va mute' boʻladi. Ha, siniq bir taxta parchasi ustidagi faqir va qalbi siniq bir ma'sumning duosi hurmati uchun, dengizning boʻroni, shiddati, hiddati tushishni boshlaydi. Demak, duolarga javob bergan Zot, butun maxluqotga hokimdir. Unday boʻlsa, butun maxluqotga ham Xoliqdir.

Ramz

Qardoshlarim! Nafsning eng muhim bir xastaligi ham shudirki; kullni juzda, kattani kichikda koʻrishni istaydi. Koʻrolmagan taqdirida rad va inkor qiladi. Masalan: Kichik bir pufakchada quyoshning tamomi bilan tajalliyotini istaydi. Buni koʻra olmagani uchun, u pufakchadagi jilvaning quyoshdan boʻlganini inkor qiladi. Holbuki shamsning vahdati tajalliyotining ham vahdatini istilzom etmaydi.

Va shuningdek, dalolat qilish tazammun etishni iqtizo etmaydi. Masalan: Pufakchadagi quyoshning jilvasi quyoshning vujudiga dalolat qiladi, faqat quyoshni tazammun etolmaydi, ya'ni ichiga ololmaydi. Va shuningdek, bir narsani bir narsa bilan tavsif etganning u narsa bilan muttasif boʻlishi lozim boʻlmaydi. Masalan, shaffof bir zarra shamsni tavsif etadi, faqat shams boʻlolmaydi. Asalari Sone'-i Hakimni vasflantiradi, ammo Sone' boʻlolmaydi...

— 56 —
Ramz

Birodar! Kufr yoʻlida yurish, muzlar ustida yurishdan zahmatliroq va tahlikaliroqdir. Iymon yoʻli esa, suvda, havoda, ziyoda yurish va suzish kabi juda oson va zahmatsizdir. Masalan: Bir inson, tanasining jihoti sittasini quyoshga tutishni istagan zamon, yo bir Mavlaviy kabi aylanib tanasining har tarafini quyosh qarshisiga keltiradi yoki quyoshni u masofa-i ba'idadan jalb bilan tanasining atrofida aylantiradi. Birinchi imkoniyat, tavhidning osonligiga misoldir. Ikkinchisi ham, kufrning zahmatlariga misoldir.

Savol: Shirk bu qadar zahmatli boʻlgani holda, nima uchun kofirlar qabul qiladilar?

Javob: Qasddan va bizzot hech kim kufrni qabul qilmaydi. Yolgʻiz shirk havo-i nafslariga yopishadi. Ular ham ichiga tushadi; mulavvas, iflos boʻladilar. Undan chiqishi mushkullashadi. Iymon esa, qasddan va bizzot ta'qib va qabul qilinish bilan qalbning ichiga qoʻyiladi.

Ramz

Birodar! Bir kalima-i vohidaning eshitilishida, bir odam, ming odam, birdir. Yaratilish xususida ham -Qudrati Azaliyaga nisbatan- bir boʻlsin, ming boʻlsin, birdir. Nav bilan fard orasida farq yoʻq.

Ramz

Birodar! Butun zamonlarda, butun insonlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini ta'min uchun nozil boʻlgan Qur'onning horiquloda sohib boʻlgan jome'iyati va vus'ati bilan barobar, tabaqoti basharning hissiyotiga qilgan muro'ati va erkalashlari, xususan eng katta tabaqani tashkil qilgan avomi nosning fahmini erkalab, tavjihi xitob asnosida qilgan tanazzuloti, Qur'onning kamoli balogʻatiga dalil va bahir bir burhon boʻlgani holda, xasta boʻlgan nafslarning zalolatiga sabab boʻlgan. Chunki zamonlarning ehtiyojlari mutaxolifdir. Insonlar fikr, his, zakovat, ahmoqlik jihatidan bir emas. Qur'on murshiddir, irshod umumiy boʻladi. Shuning uchun, Qur'onning ifodalari zamonlarning ehtiyojlariga, maqomlarning iqtizosiga, muxotoblarning vaziyatlariga koʻra boshqa-boshqadir. Haqiqati hol bu markazda ekan, eng yuksak, eng goʻzal ifoda turlarini Qur'onning har bir ifodasida qidirish xato boʻlgani kabi; muxotobning hissiga, fahmiga uygʻun boʻlgan bir uslubning mezon va mirsodi bilan mutakallimga qaragan albatta zalolatga tushadi.

Ramz

Birodar! Dunyoning uch vajhi bordir:

Birisi: Oxiratga qaraydi. Chunki uning ekinzoridir.

Ikkinchisi: Asmo-i husnaga qaraydi. Chunki ularning maktab va dastgohlaridir.

Uchinchisi: Qasddan va bizzot oʻz-oʻziga qaraydi. Bu vajh bilan insonlarning havasotiga, xohishlariga va bu foniy hayotning takolifiga mador boʻladi. Nuri iymon bilan dunyoning avvalgi ikki vajhiga qarash, ma'naviy bir jannat kabi boʻladi. Uchinchi vajh esa, dunyoning fano yuzidirki, zotiy va ahamiyatli bir qiymati yoʻq...

— 57 —
Ramz

Birodar! Insonning vujudi, badani, amvoli miriyadan bir askarning qoʻlida boʻlgan bir hayvon kabidir. U askar u hayvonni oziqlantirishga va xizmatiga mukallaf boʻlgani kabi, inson ham u vujudni oziqlantirishga mukallafdir.

Aziz qardoshlarim! Bu yerda menga bu soʻzni ayttirgan, nafsim bilan boʻlgan bir munoqashamdir. Shundayki:

Mahosini bilan magʻrur boʻlgan nafsimga dedimki:

-Sen bir narsaga molik emassan, nedir bu gʻururing?

Dediki:

-Modomiki molik emasman, men ham xizmatini qilmayman.

Dedimki:

-Hoy, bu chivinga qara! Gʻoyat kichkina zarif qoʻllari bilan qanotlarini, koʻzlarini artadi, supuradi. Hamma ishini qiladi. Sen ham loaqal u qadar vujudingga xizmat qilishing kerak, deya iqno' etdim.

Taqdis etamiz u zotniki, bu chivinga nazofatni ilhoman oʻrgatadi, menga ham ustoz qiladi. Men ham u bilan nafsimni iqno' va ilzom etaman.

— 58 —
Ramz

Insonni zalolatlarga sudragan jihatlardan biri ham shuki: Ismi Zohir bilan ismi Botinning hukmlari boshqa-boshqa boʻladi; bularni bir-biriga aralashtirib marji'larini yoʻqotish yoqimsizdir.

Shuning kabi, qudratning lavozimi bilan hikmatning lavozimi bir emas. Birisiga oid lavozimotni boshqasidan talab qilish xato.

Va shuningdek, sabablar doirasining iqtizosi bilan e'tiqod va tavhid doirasining iqtizosi bir emas. Uni bundan istamaslik kerak.

Va shuningdek, qudratning taalluqoti boshqa, vujudning jilvalari yoki boshqa sifatning tajalliyoti boshqadir. Bir-biri bilan iltibos etmaslik kerak. Masalan: Dunyoda vujuding tadrijiydir. Barzohiy oynalarda oniy va daf'iydir. Chunki ijod bilan tajalliy orasida farq bor.

Ramz

Birodar! Islomiyat butun insonlarga bir nur, bir rahmatdir. Kofirlar ham uning rahmatidan istifoda qilishgan. Chunki Islomiyatning talqinoti bilan kufri mutlaq, inkori mutlaq shak va taraddudga inqilob etgan. U talqinotning kofirlarda ham qilgan in'ikosi va ta'siroti soyasida, kofirlarning hayoti abadiya haqida umidlari bor. Bu soyada, dunyo lazzatlari va saodati ularning fikricha tamomi bilan zaharlanmaydi. U lazzatlar batamom alamlarga inqilob etmaydi. Yolgʻiz taraddudlari bor. Taraddud esa, har ikki tarafga qaratadi. Tuyaqush kabi, tom ma'noda na qush boʻladi va na tuya. Oʻrtada qolib har ikki tarafning zahmatidan qutuladi.

Ramz

Birodar! Nafs tanballik saiqasi bilan vazifa-i ubudiyatini tark etganidan, tasattur etishni istaydi. Ya'ni, uni koʻradigan bir raqibning koʻzi ostida boʻlishini istamaydi. Shuning uchun bir Xoliqning, bir Molikning boʻlmasligini tamanniy etadi. Soʻngra mulohaza etadi. Soʻngra tasavvur etadi. Nihoyat, adamini, yoʻq boʻlganini e'tiqod qilish bilan dindan chiqadi. Holbuki, qozongan u hurriyatlari, adami mas'uliyatlari ostida qanday zaharlar, ilonlar, aliym alamlar boʻlganini bilgan boʻlsa, darhol tavba bilan vazifasiga qaytadi.

Ramz

Birodar! Har bir insonning bir nuqta-i istinodi boʻlganiga nazaran, istinod nuqtalarining tafovutiga koʻra insonlarning qila oladigan ishlari ham tafovut etadi. Masalan: Buyuk bir sultonga istinodi boʻlgan bir askar, bir shoh qilolmagan bir ishni qiladi. Chunki nuqta-i istinodi shohdan buyuk. Ha, qudrati azaliya tarafidan ma'mur etilgan bau'da, ya'ni pashshaning Namrudga boʻlgan gʻalabasi; va bir urugʻning

﴿ فَالِقُ الْحَبِّ وَ النَّوٰى ﴾

tarafidan berilgan izn va quvvatga binoan ulkan bir daraxtning jihozotini, malzamasini tazammun etishi, ya'ni ichiga olishi bu haqiqatni tanvir etgan bittadan haqiqatdir.

— 59 —
Ramz

Birodar! "Qatra" nomli asarimda Qur'ondan ilhoman ta'qib etganim yoʻl bilan ahli nazar va falsafa ta'qib etgan yoʻl orasidagi farq shu:

Qur'ondan tavri qalbga ilhom etilgan Asoyi Muso kabi, ma'naviy bir hassa ehson etilgan. Bu hassa bilan kitobi koinotning har qaysi bir zarrasiga urilsa, darhol ma-i hayot chiqadi. Chunki muassir faqat asarda koʻrinishi mumkin.

Ma'naviy lift hukmida boʻlgan muroqabalar bilan ma-i hayotni topish juda mushkuldir.

Vasoitga luzum koʻrsatgan ahli nazar esa, atrofi olamni arshga qadar kezishlari lozim. Va u uzun masofada hujum qilgan vasvasalarga, vahmlarga, shaytonlarga magʻlub boʻlib yoʻldan chiqmaslik uchun, juda koʻp burhonlar, alomatlar, nishonlar lozimdirki, yoʻlni adashtirmasinlar.

Qur'on esa, bizga asoyi Muso kabi bir haqiqat berganki; qayerda boʻlsam, hatto tosh ustida boʻlsam ham, hassani uraman, ma-i hayot joʻsh uradi. Olamning xorijiga ketib uzun safarlarga va suv quvurlarining sinmasligi va parchalanmasligi uchun muhofazaga muhtoj boʻlmayman. Ha,

وَ ف۪ى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰى اَنَّهُ وَاحِدٌ

bayti bilan bu haqiqat haqiqati bilan taboruz etadi.

{(*) Ixtor: Qur'onning dalolati bilan topgan yoʻlimda ketish istagan uchun va unga u yoʻlni goʻzal tarzda ta'rif qilish uchun "Risola-i Nur Kulliyoti" goʻzal bir ta'rifchidir...}

Ramz

Birodar! Nafsning vujudida bir koʻrlik bordir. U koʻrlik vujudida zarra-misqol qolgancha haqiqat quyoshining koʻrinishiga mone bir hijob boʻladi. Ha, mushohadam bilan sobitki; qat'iy, yaqiyniy burhonlar bilan dalillar toʻla boʻlgan ulkan bir qal'ada, kichik bir toshda bir za'fiyat koʻrinsa, u koʻr boʻlgur nafs u qal'ani tamoman inkor qiladi. Ostini ustiga oʻgiradi. Xullas, nafsning jaholati, hamaqoti bu kabi insofsizcha taxribotdan anglashiladi.

— 60 —
Ramz

Ey inson! Sening vujudingning sohasida qilingan fe'llar va ishlardan sening yadi ixtiyoringda boʻlgan, faqat mingdan bir nisbatidadir. Boqiy qolgan Malik-ul Mulkka oiddir. Shunga binoan, oʻz quvvatingga koʻra yuk ol. Boʻlmasa ostida ezilasan. Qil qadar bir shuur bilan ulkan toshlarni koʻtarish tashabbusida boʻlma. Molikingning izni boʻlmasdan Uning mulkiga qoʻl uzatma. Shunga binoan, gʻaflat bilan, oʻz hisobingga bir ish qilganing zamon, haddingni tajovuz etma. Agar Moliking hisobiga boʻlsa, istagan narsangni ol va qil. Faqat izn va mashiat va amri doirasida boʻlish sharti bilan. Izn va mashiatini ham shariatidan oʻrganasan.

Ramz

Ey shon va sharafni, nom va shuhratni istagan odam! Kel, u darsni mendan ol. Shuhrat ayni riyodir va qalbni oʻldirgan zaharli bir asaldir. Va insonni insonlarga abd va qul qiladi. U balo va musibatga tushsang

﴿ اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ ﴾

de, u balodan qutul...