Masnaviy-i Nuriya
— 4 —

LAM'ALAR

(Turkcha Risola-i Nurning Yigirma Ikkinchi Soʻzi bilan ayni maoldadir)
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ اَللّٰهُ خَالِقُ كُلِّ شَىْءٍ وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ وَك۪يلٌ ٭ لَهُ مَقَال۪يدُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ ٭ فَسُبْحَانَ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ ٭ مَا مِنْ دَٓابَّةٍ اِلَّا هُوَ اٰخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا ﴾

Ey sabablar doirasidan zuhur etgan ishlarni, hodisalarni sabablarga isnod etgan gʻofil, johil! Mol sohibi deb oʻylaganing sabablar, mol sohibi emaslar. Asl mol sohibi, ularning orqasida ish qilgan qudrati azaliyadir. Ular faqat u qudratdan kelgan haqiqiy ta'sirlarni e'lon va nashq qilish bilan muvazzafdirlar. Demak, sabablar doirasi hukumatning qalam doirasi hukmidadirki, yuqoridan kelgan amrlarning tabligʻoti u doiradan qilinadi. Chunki izzat va azamat pardani iqtizo etadi; tavhid va jalol esa shirkatni rad qiladi, ta'sirni sabablarga bermaydi.

Ha, Sultoni Azaliyning ma'murlari bor, ammo ijrootchilari emaski, saltanat va Rububiyatida sherik boʻlsinlar. Faqat u ma'murlarning vazifasi dallollik boʻlib, qudratning ijrootini e'lon qiladilar. Yoki u ma'murlar nazir mushohidlarki, avomiri takviniyalariga itoat va inqiyodlari bilan iste'dodlariga koʻra bir navi ibodat qilgan boʻladilar. Demak, sabablar faqat va faqat qudratning izzatini, Rububiyatning hashmatini izhor uchun vaz' etilgan bir qator vositalardir. Boʻlmasa, qudratning ojizlik va ehtiyoji uchun muovanat qilgan yordamchilar emas. Bashar sultonlarining ma'murlari esa; sultonlarning ehtiyoj va ojizliklarini ketkazish uchun ta'yinlariga zarurat hosil boʻlgan yordamchi va sheriklaridir. Shunga binoan, Allohning ma'murlari bilan insonning ma'murlari orasida munosabat yoʻq. Yolgʻiz gʻofil va johil boʻlganlar hodisalardagi va vuqu'otdagi hikmatlarni, goʻzalliklarni koʻrolmaganlaridan, Janobi Haqdan shakvo va shikoyatlarni boshlaydilar. Xullas, u shakvo va shikoyatlarning nishonini almashtirish uchun sabablar joriy etilgan. Chunki qusur ulardan chiqadi, ularning qobiliyatsizligidan kelib chiqadi. Bu sirga bir misoli latif suratida bir tamsili ma'naviy rivoyat qilinadiki:

Hazrat Azroil Alayhissalom Janobi Haqqa deganki:

-Qabzi arvoh vazifasida sening iboding mendan shakvo qiladilar. Mendan ranjiydilar.

Janobi Haq lisoni hikmat bilan unga deganki:

-Sen bilan ibodimning oʻrtasida musibatlar, xastaliklar pardasini qoʻyaman. Toki shakvolari ularga ketib sendan ranjimasinlar.

Ha, qandayki xastaliklar pardadir, ajalda tavahhum etilgan yomonliklarga marji'dirlar. Va qabzi arvohda haqiqiy oʻlaroq hikmat va goʻzallik, Hazrat Azroil Alayhissalomning vazifasiga mutaalliqdir. Shunga oʻxshab, Hazrat Azroil Alayhissalom ham bir pardadir. Qabzi arvohda zohiran marhamatsiz koʻringan va rahmatning kamoliga munosib tushmagan ba'zi holotga marji' boʻlish uchun u ma'muriyatga bir nazir va qudrati Ilohiyaga bir pardadir.

Ha, izzat va azamat istarki, sabablar pardadori dasti qudrat boʻlsin aqlning nazarida; tavhid va jalol istarki, sabablar qoʻllarini tortsinlar ta'siri haqiqiydan...

— 5 —
TANBEH

Birodar! Tavhid ikki xil boʻladi:

Biri omiyona tavhiddirki: "Allohning sherigi yoʻq va bu koinot Uning mulkidir", deydi. Bu qism tavhid sohiblarining fikran gʻaflat va zalolatga tushishlari xavfi bor.

Ikkinchisi haqiqiy tavhiddirki: "Alloh birdir, mulk Uniki, vujud Uniki, hamma narsa Unikidir", deyishadi; ular loyatazalzal bir e'tiqodga sohibdirlar. Bu qism tavhid sohiblari, hamma narsaning ustida Janobi Haqning sikkasini koʻrishadi va hamma narsaning jabhasida boʻlgan muhrini, tamgʻasini oʻqishadi. Va bu soyada huzuriy bir tavhid malakasi moliki boʻladilarki, zalolat va avhomning hujumidan qutuladilar.

Qur'oni Hakimdan istifoda etganimiz ikkinchi qism tavhidning bir necha martabalarini bir necha lam'a zimnida izoh qilamiz:

BIRINCHI LAM'A:

Qaranglar! Har bir masnu'ning yuzida shunday bir sikka borki, faqatgina hamma narsani yaratgan Xoliqqa maxsusdir. Va har bir maxluqning jabhasida shunday bir xotam urilganki, hamma narsani qilgan Sone'dan ma'ada hech kimda u xotam boʻlmaydi. Va qudrat nashr qilgan maktublardan har bir maktubning oxirida taqlidi mumkin boʻlmagan shunday bir turra bordirki, faqat Sultoni Azal va Abadga xosdir. U kabi sikkalardan yolgʻiz hayot ustida porlagan sikka-i i'jozga qarangki; hayot bilan bir narsadan juda koʻp narsalar vujudga keladi, ijod qilinadi. Va juda koʻp narsalar ham bir narsa-i vohidga amri Rabboniy bilan inqilob etadilar. Masalan: Suv bir narsa-i vohid ekan, juda koʻp a'zolarga, jihozlarga Allohning izni bilan mansha' boʻladi, ijod qilinadi. Va me'daga kirgan juda koʻp muxtalif ovqatlar va mevalardan Xoliqi Taolo birgina jismni ijod qiladi, birgina jismni vujudga keltiradi.

Xullas, qalb, aql, shuur sohibi boʻlgan bir odam bu jihatni oʻylasa, anglaydiki, bir narsadan koʻp narsalarni ijod qilib chiqarish va koʻp narsalarni bir narsaga tahvil etish, faqat hamma narsani yaratgan va hamma narsani qilgan Sone'ga maxsus bir sikkadir.

— 6 —
IKKINCHI LAM'A:

Behisob xotamlardan jonli maxluqotga joriy etilgan hayot xotamiga qaranglar! Ha, jonli bir maxluq, jome'iyati e'tibori bilan, koinotga kichik bir misoldir, shajara-i olamga goʻzal va totli bir mevadir, kavn va vujudga bir nuvadirki, Janobi Haq u nuvada juda koʻp olamlarning namunalarini joylashtirgan. Xuddi u zihayot gʻoyat hakimona muayyan nizomlar bilan butun vujudlardan sogʻilgan bir qatra yoki bir nuqtadir. Bu e'tibor bilan bir zihayotni yaratish, butun koinotni yadi tasarrufiga olgan Janobi Haqdan ma'ada hech bir narsaga isnod qilinolmaydi.

Ha, aqli buzilmagan kishi, taammuli natijasida anglaydiki: Masalan, asalarini juda koʻp narsalarga mundarija qilgan va kitobi koinotning aksar masoilini insonning mohiyatida yozgan va anjir nuvasida anjir daraxtining dasturini joylashtirgan va insonning qalbini minglarcha olamlarga oʻrnak va deraza qilgan va basharning quvva-i hofizasida tarixi hayotini taalluqoti bilan barobar yozgan, faqat va faqat hamma narsani yaratgan Xoliq boʻlishi mumkin. Va bunday bir tasarruf, yolgʻiz va yolgʻiz Robbul Olaminga maxsus bir xotamdir.

UCHINCHI LAM'A:

Janobi Haqning jonli maxluqotga bosgan hayot xotamining gʻayri mutanohiy naqsh va holatlaridan bir namunani koʻrsatamiz. Shundayki:

Qandayki suvning qatralaridan, shishaning parchalaridan to sayyor yulduzlarga qadar shaffof yoki shaffof kabi hamma narsada shamsning jilvalaridan shamsga maxsus bir turra, bir jilva boʻladi. Shuning kabi, Shamsi Azaliyning ham butun jonli maxluqotda "ihyo va nafhi hayot" jihati bilan bir tajalli-i ahadiyati boʻlib, butun sabablar iqtidor va ixtiyor sohibi boʻlganlari faraz qilinsa ham, u sikkaning na mislini va na taqlidini, na munfaridan va na mujtami'an yaratishdan ojizdirlar.

Bunga binoan, shaffof narsalarda koʻringan u timsollar shamsning timsoli boʻlib, shamsdan u shaffof narsalarga in'ikos etganiga hukm qilinmagan taqdirda, u behisob qatralarda va zarralarda (har birida) haqiqiy bir shamsning moddasi bilan mavjud boʻlganiga hukm qilish lozim boʻladi.

Shuning kabi, Shamsi Azaliyning shualar manzilasida boʻlgan tajalli-i asmosining nuqta-i markaziyasi boʻlgan hayot, Shamsi Azaliyga isnod qilinmagan taqdirda, bir chivindan, bir guldan tortib har bir zihayotda nihoyatsiz bir qudrat, muhit bir ilm, mutlaq bir iroda kabi Vojib-ul Vujuddan ma'ada hech bir narsada vujudi mumkin boʻlmagan boshqa sifatlarning mavjud boʻlishiga johilona, ahmoqona, kulgili bir botil hukm lozim boʻladi. Va ayni zamonda, shu botil hukm bilan har bir zarraga va har bir sababga bir uluhiyati mutlaqani isnod etish bilan behisob sheriklarni isbot qilish majburiyati hosil boʻladi.

Shu bilan barobar, danak boʻladigan bir habba yoki bir urugʻdagi gʻarib, ajib, muntazam vaziyatga qarangki; u habba, danagi boʻladigan jimsning butun ajzosi bilan munosabatdor boʻlgani kabi, navi bilan, ya'ni abno-i jinsi bilan ham va butun mavjudot bilan ham munosabatlari bor. Va ularga qarshi munosabatlari nisbatida vazifalari bor. Agar u danakcha habbaning Qodiri Mutlaqdan nisbati kesilib oʻz nafsiga isnod etilsa, ya'ni oʻzidan-oʻzi boʻlgan deyilsa, har bir danakda hamma narsani koʻradigan bir koʻzning va hamma narsani qamragan bir ilmning boʻlishini e'tiqod etish lozim boʻladi. Bu esa, sobiq tamsilda har bir shaffof zarrada haqiqiy bir shamsning vujudini iddi'o etish kabi kulgili bir ahmoqlikdir.

— 7 —
TOʻRTINCHI LAM'A:

Bir kitob qoʻl yozmada yozilsa, yolgʻiz bir odamga va bir qalamga ehtiyoj boʻladi. Lekin bosmaxonada chop qilinsa, qalam ishini bajaradigan juda koʻp temir qalamlar lozim boʻladi. Va u temir harflarni yasash uchun ustalar va asbob-uskunalar va murattiblar kabi koʻp narsalarga ehtiyoj boʻladi. Shuning kabi, shu kitobi koinotda yozilgan qatorlar, kalimalar va harflarning bir Vohidi Ahadning qalami qudrati bilan yozilgani jihatga hukm qilgan odam, juda yengil va oson va ma'qul bir yoʻlga suluk etgan boʻladi. Faqat, u yozuvlarni, u harflarni tabiatga va sabablarga isnod etgan kimsalar, imtino' va maholning eng suubatli va chiqilmas bir yoʻliga zahob etgan boʻladilar. Chunki bu yoʻlga zahob etganlar uchun birgina zihayotning chop va nashr qilinishi uchun aksar koinotning chop qilinishiga lozim boʻlgan tajhizot lozim. Bu esa, vahming qabul qilolmagan bir xurofotdir.

Va shuningdek, tuproqning, suvning, havoning har bir juzida nabotot adadicha ma'naviy yashirin bosmaxonalar lozimki, mohiyatlari va jihozlari mutaxolif behisob meva va gullarning tashkilotini qila olsinlar. Va yoxud, u nabototni shu qadar ziynat va intizomlari bilan barobar koʻkartirish uchun, u uch unsurning har bir juzida barcha daraxtlarning, mevalarning va gullarning xossalarini, jihozlarini va mezonlarini bilib qila oladigan bir qudrat, bir ilm lozim. Chunki bu uch unsurning har bir juzi har bir nabotning tashkiliga mador va mansha' boʻla oladi. Ha, bir gultuvakdagi tuproq, jihozlari va shakllari va boshqa sifatlari muxolif boʻlgan har qanday nabotning urugʻini koʻkartirishga qobiliyati bor. Shunga binoan, ikkinchi yoʻlga zahob etganlarga koʻra, u kichik gultuvak ichida behisob yashirin uskuna va fabrikalarning vujudi lozim boʻladiki, xurofotchilar ham bundan uyaladilar.

BESHINCHI LAM'A:

Bir kitobda yozilgan bir harf yolgʻiz bir jihat bilan oʻzini koʻrsatadi va oʻziga dalolat qiladi. Faqat u harf kotibiga koʻp jihatlar bilan dalolat qiladi va naqqoshini ta'riflaydi.

Shuning kabi, kitobi koinotda mujassam tarzda yozilgan har bir kalima oʻz miqdoricha oʻzini koʻrsatsada, juda koʻp jihatlardan munfaridan va mujtami'an Sone'ini koʻrsatadi, asmosini izhor etadi. Va oʻz avsofi bilan, ashkali bilan, naqshlari bilan goʻyo Sone'ini madh uchun yozilgan bir qasidadir. Bunga binoan, mashhur Habannaqa kabi ahmoqlashgan bir odam ham Sone'-i Zuljalolning inkoriga ketmasligi kerak.

OLTINCHI LAM'A:

Janobi Haq butun juz va juz'iylarda sikka-i maxsusasini va butun kull va kulliylarda xos xotamini joylashtirgani kabi, aqtori samovot va arzni xotami vohidiyat bilan va majmu-i koinotni sikka-i ahadiyat bilan muhrlagan. Mazkur sikka va xotamlardan, masalan

﴿ فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ﴾

oyati ishorat qilgan ihyo va nafhi ruh holatidagi xotami Ilohiyga qarangki, juda koʻp gʻarib-gʻarib hashrlarni, ajib-ajib nashrlarni koʻrasizlar!

Ha, xususan arzning ihyosida, har yil uch yuz mingdan ortiq soha-i vujudga keltirilgan maxluqotning navlarida hashr va nashrlar bor. Ammo, bilinmaydigan bir hikmatga binoan, shu hashr va nashrlarning aksarida i'oda etilgan amsol oralaridagi misliyat shu qadar ayniyatga yaqindirki, deyarli tirilgan avvalgining na ayni va na gʻayridir deb boʻladi. Nima boʻlganda ham, misliyat, ayniyat mavzu'i bahs emas. Qanday boʻlsa boʻlsin, u hashr-nashrlar basharning suhulati hashriga dalolat qilganlari kabi, basharning hashriga bittadan misol va bittadan oʻrnak boʻla oladilar.

Xullas, bir-biriga muxolif nihoyat darajada aralash boʻlgan u anvo'i kasirani kamoli imtiyoz bilan ihyo etish va xatosiz, xaltsiz, gʻalatsiz mumtozona i'oda etish nihoyatsiz bir qudratga va muhit bir ilmga sohib boʻlgan Zoti Zuljalolning xotami xos va sikka-i maxsusasidir.

— 8 —

Va shuningdek, sathi arz sahifasida qusursiz, nuqsonsiz, sahvsiz kamoli intizom bilan uch yuz mingdan ortiq risolalarni yozish, shunday bir Zotning sikka-i maxsusasidirki, hamma narsaning ich yuzi, hamma narsaning kaliti uning qoʻlidadir. Va hech bir narsa uning tavajjuhini boshqasidan oʻgirib oʻziga hasr etolmaydi.

Xulosa: Sathi arzda olti oy mobaynida, basharning hashrini tamsil etgan u behisob hashr va nashrlarda koʻringan Rububiyatning u tasarrufi azimida juda yuksak, muazzam va inja naqshli bir xotami bor. Maxluqotning ijodida koʻringan shu intizomlar, suhulatlar, tezliklar, imtiyozlar hammasi u xotamning yogʻdusidan vujudga keladilar. Ha, har bahor mavsumida juda hakimona, basirona, karimona faoliyatlar boshlanadi va horiquloda san'atlar yaratiladi. Va butun bu amaliyot mukammal tezlikda, suhulat bilan muntazaman jarayon etayotgani koʻrinadi.

Xullas, bu horiquloda faoliyatlar shunday bir Zotning xotamidirki, hech bir makonda boʻlmagani holda, har makonda ilm va qudrati bilan hozir va nazirdir.

YETTINCHI LAM'A:

Qaranglar! Aqtori samovot va arz sahifalari ustida xotami Ahadiyat koʻringani kabi, koinotning hay'ati majmuasining ulkan sahifasi ustida ham juda yaqqol bir suratda xotami tavhid koʻrinmoqda.

Ha, bu olam juda muhtasham bir saroy yoki muntazam bir fabrika yoki mukammal bir shahardir. Bu fabrika-i koinotning ajzosi, afrodi va anvo'i, asbob-uskunalari orasida hakimona bir muorafa va tanishish va doʻstona bir mukolama va suhbatlashish va juda karimona bir muovanat va yordamlashish borki, mukammal tezlik bilan juda uzun masofalardan bir-birining ovozini eshitadigan va ehtiyojini koʻradigandek darhol yordamiga yetishadi, ehtiyojini daf qiladi.

Ha, samodagi ajrom va yulduzlarning bir-biriga va arzga bergan ziyo va haroratni, xususan arzga qilgan boshqa yordamlarini koʻryapsiz. Va shuningdek, bulut bilan arz orasida jarayon etgan suv oldi-berdisiga qarangki, arz suvni bugʻ shaklida bulutga beradi, bulut ham oʻz fabrikalarida lozim boʻlgan amaliyotni qilgandan soʻngra muz, qor, yomgʻir shaklida i'oda qiladi. Xuddi u jomid jirmlar lisoni hollari bilan simsiz telegraf kabi bir-biri bilan gapiradi va yakdigariga arzi ehtiyoj qiladilar. Xususan, butun u ajrom goʻyo qoʻlini qoʻliga bergandek, kamoli jiddiyat bilan zavil hayotga lozim boʻlgan narsalarni ta'minlash xizmatida sa'y etyaptilar va bir Mudabbirning amriga bogʻlanib bir gʻoyaga tavajjuh etyaptilar.

Ha, shu taovun qonuniga ittiboan, shams, qamar, kecha va kunduz, yoz va qish taraflaridan qilingan yordamlar soyasida, shu hayvonlarning arzoqini yetishtirgan nabotot izni Ilohiy bilan vujudga keladi. Hayvonot ham amri Rabboniy bilan basharning ehtiyojotini qondiradi. Asalari bilan ipak qurtining insonlarga qilgan yordamlari bu da'voni isbot qiladi.

Ha, bu kabi ashyo-i jomidaning yakdigariga qilgan shu yordamlari, juda oshkora bir dalil boʻlib, ular karim bir Mudabbirning xizmatchisi va ishchisi boʻlib, uning amri bilan, izni bilan ishlaydilar.

— 9 —
SAKKIZINCHI LAM'A:

Gʻido oʻlaroq maxluqotga, xususan hayvonotga taqsim qilingan rizqlarga diqqat lozimki, bu rizq vaqti muayyanida yetishadi, vaqti ehtiyojda yuboriladi. Va daraja-i ehtiyoj nisbatida qilingan yuborilishda buyuk bir intizom bor. Xullas, bu umumiy rizq haqida koʻringan keng va muntazam rahmat va inoyatlar, faqatgina hamma narsaning murabbiysi va hamma narsaning mudabbiri va hamma narsa yadi tasxirida boʻlgan bir zotning xotami xossi boʻlishi mumkin.

TOʻQQIZINCHI LAM'A:

Qaranglar! Olami arz va butun juz'iyot ustida xotami Ahadiyat boʻlgani kabi, tarqoq navlar va muhit unsurlar ustida ham aynan u xotami Ahadiyat mavjud.

Ha, bir dalaga urugʻ ekilishidan anglashiladiki, u dala urugʻ sohibining mulkidir. Va u urugʻ ham u dala sohibining molidir. Ya'ni, u bunga, bu ham unga shahodat qiladilar.

Shuning kabi, koinotdagi masnu'ot urugʻ kabidir. Olam va anosir ham dala kabidir. Har ikki tarafning lisoni hollari bilan qilgan shahodatlariga koʻra, masnu'ot bilan olami anosir, ya'ni urugʻ bilan dala va muhit bilan muhat, (doimo) bir Sone'-i Vohidning yadi tasarrufidadir. Demak, adno bir maxluqqa qilingan tasarrufi haqiqiy va zaif bir mavjudga qilingan tavjihi Rububiyat, olam va anosir qabza-i tasarrufida boʻlgan Zotga maxsus boʻlgani kabi, har qaysi unsurning ham tadvir va tadbiri, butun hayvonot va nabototni qabza-i Rububiyatida tutib tarbiya qilgan aynan u Zotga maxsusdir. Xullas, xotami tavhid deganimiz budir. Agar bir narsaga tamalluk etishga niyating boʻlsa, maydonga chiq, oʻzingni tajriba qil, qara nima deyaptilar! Eng juz'iy bir fard, "Faqat navimni yaratgan meni yarata oladi", deydi. Chunki afrod orasida misliyat bor. Va arzning har tarafida tarqoq bir suratda boʻlgan eng kichik bir nav, "Meni yarata olgan faqat arzni yaratgandir", deyapti.

Arzga qara nima deyapti? Samo bilan oralarida oldi-berdisi boʻlgani uchun, "Meni yarata olgan, faqat majmu-i koinotni yaratgan Zotdir", deyapti. Chunki oralarida tasonud bor.

OʻNINCHI LAM'A:

Birodar! Hayot va ihyo va zavil hayot bilan har bir juz va juz'iya va har bir kull va kulliya va koinotning hay'ati majmuasiga urilgan tavhid xotamlaridan bir qism misollari mazkur bayonotdan anglashildi. Hozir tingla! Anvo' va kulliyot ustiga joylashtirilgan vahdoniyat sikkalaridan bir donani zikr qilamiz. Shundayki:

Birgina samara bilan samarador shajaraning yaratilishlaridagi suubat va suhulat birdir. Chunki ikkisi ham bir markazga qaraydi, bir qonunga bogʻliq, tarbiya va holatlari bir. Ma'lumki, markazning ittihodi, qonunning vahdati, tarbiyaning vahdoniyati soyasida qiyinchilik, mashaqqat, masraf kamayadi va shunday bir osonlik hosil boʻladiki, juda koʻp samaralari boʻlgan bir daraxt yadi vohidga, birgina samaraning qilinishi ham ayadi kasiraga tavdi' etilgan zamon, har ikki tarafning yasalishlari suhulat jihatidan bir boʻladi. Va oralarida yaratilish jihatidan farq yoʻq. Koʻp odamlar tarafidan qilingan bir samaraning tarbiyasi uchun lozim boʻlgan jihozlar va asbob-uskunalar va boshqalar, bir odam tarafidan qilingan samarador shajaraning tarbiya va qilinishi uchun ham aynan shu qadar malzama lozimdir. Yolgʻiz holat jihatidan farq boʻlishi mumkin. Masalan:

Bir qoʻshin askarga qilingan kiyim tadoriki uchun qancha asbob-uskuna lozim boʻlsa; bir askarning kiyimi uchun ham shu qadar asbob-uskunalar lozimdir. Va shuningdek, bir kitobning ming nusxasi bilan bir nusxasining ujrati bosmaxona uchun birdir. Ba'zan esa birgina nusxaning chop qilinishi koʻproq bir ujratga tobe boʻladi. Bunga qiyosan, bir bosmaxonani tashlab koʻp bosmaxonalarga murojaat qilinsa, bir necha marta ortiq ujratlarning berilishi lozim boʻladi. Ha, kasrat vahdatga isnod qilinmagan taqdirda, vahdatni kasratga isnod etish majburiyati hosil boʻladi. Demak, tarqoq bir navning ijodidagi suhulati horiqo vahdat va tavhid sirriga bogʻliq.

— 10 —
OʻN BIRINCHI LAM'A:

Birodar! Bir navning afrodi orasidagi tavofuq va bir jinsning anvo'i orasida a'zo-i asosiyada boʻlgan mushobahat, sikkaning ittihodiga, qalamning vahdatiga dalolat qilganidan anglashiladiki, butun mutavoqif va mutashabehlar, ya'ni bir-biriga oʻxshagan koʻp narsalar bir Zoti Vohidning asari san'atidir.

Shuning kabi, insho va ijodlarda koʻringan shu suhulati mutlaqa, butun mavjudotning bir Sone'-i Vohidning asari boʻlganini vujub darajasida istilzom etadi. Aks holda, suubat, mashaqqat shunday bir daraja-i imtino' va maholiyatga chiqadiki, u jins va navlarning adamdan vujudga chiqishlariga bir toʻsiq qoʻyilgan boʻladi. Shunga binoan, Janobi Haqning zotida sherigi boʻlmagani kabi -chunki intizom buziladi, olam fasodga ketadi- fe'lida ham sherigi yoʻqdir. Chunki suubat, mashaqqat sababli olamning adamdan chiqmasligiga sabab boʻladi.

OʻN IKKINCHI LAM'A:

Birodar! Hayot, xoliqning ahadiyatiga burhon boʻlgani kabi, mavt ham davom va baqosiga bir dalildir. Ha, qandayki oqqan daryolarning, toʻlqinlangan dengizlarning pufakchalari va yer yuzida boʻlgan boshqa shaffof narsalar, shamsning ziyo va timsollarini koʻrsatish bilan shamsning vujudiga shahodat qilganlari kabi; u pufakcha kabi shaffoflar oʻlib, soʻngandan soʻngra oʻrinlariga mutasalsilan kelib oʻtgan oʻxshashlari, yana shamsning ziyo va timsollarini koʻrsatganlaridan, shamsning davom va baqosiga va butun u shuoot, jalavot va timsollarning bir Shamsi Vohidning asari boʻlganlariga shahodat qiladilar. Xullas, u shaffoflar vujudlari bilan shamsning vujudiga va adamlari va oʻlimlari bilan ham shamsning davom va baqosiga dalolat qiladilar.

Shuning kabi, mavjudot vujudlari bilan "Vojib-ul Vujudning vujubi vujudiga va oʻlim va zavoli bilan, tajaddudiy bir tasalsul bilan yerlariga kelgan amsoli Sone'ning azaliy va abadiy vohidiyatiga shahodat qiladilar.

Ha, layl va nahorning ixtilofi, fusuli arbaaning tahavvuli va unsurlarning tabadduli hangomida yuzaga chiqqan shu goʻzal mavjudot va bu latif masnu'otda davom bilan jarayon qilgan mubodala va davru taslim muomalasi qat'iy bir shahodat bilan, sarmadiy, oliy, doim-ut tajalliy bir Sohibi Jamolning vujudiga va baqosiga va vahdatiga shahodat qilgan qat'iy bir burhondir.

Va shuningdek, yillik inqiloblarda musabbabot bilan sabablarning birlikda oʻlim va zavoli va keyinchalik ikkovining yana birlikda i'odalari, sabablarning ham musabbabot kabi ojiz masnu' va maxluqlardan boʻlganiga dalolat qilgani kabi; bu masnu'ot va mavjudotning bir Zoti Vohidning mutajaddid bir san'ati boʻlganiga ham shahodat qiladi.

— 11 —
OʻN UCHINCHI LAM'A:

Birodar! Zarralardan to sayyoralarga qadar va naqshlardan shamslarga borgunga qadar hamma narsa zotida, haqiqatida sobit boʻlgan "ojizlik va faqirlik"ning lisoni holi bilan Sone'ning vujubi vujudini e'lon qiladi.

Va shuningdek, ojizligi bilan barobar, nizomi umumiyning buzilmasligi uchun, hamil boʻlgan ajib va muhim vazifalar jihati bilan Sone'ning vahdatiga dalolat qiladi. Shunga binoan, Sone'ning vojib va vohid boʻlganiga hamma narsada ikki shohid boʻlgani kabi, Xoliqning Ahad va Samad boʻlganiga ham har bir zihayotda ikki oyat bor.

{(*) Ixtor: Koinotning ajzosidan har bir juzning ellik besh lison bilan Vohidi Ahad va Vojib-ul Vujudni e'lon qilayotganligini Qur'onning fayzidan fahmlab, ijmolan "Qatra" nomli asarimda bayon qilganman. Orzu qilgan unga murojaat qilsin.}

OʻN TOʻRTINCHI LAM'A:

Birodar! Mavjudot Janobi Haqning vujubi vujud va vahdatiga shahodat qilgani kabi, jaloliy, jamoliy, kamoliy boʻlgan butun sifotiga ham dalolat qilish bilan Xoliqning zotida nuqson va qusur boʻlmaganini va shuunotida, sifotida va asmosida va af'olida ham nuqson va qusur boʻlmaganini e'lon qiladi.

Zero, asarning kamoli bilmushohada fe'lning kamoliga, fe'lning kamoli bilbedaho ismning kamoliga, ismning kamoli bizzarura sifatning kamoliga, sifatning kamoli hadsi yaqiyn bilan shuunotning kamoliga dalolat qiladi. Sha'nning kamoli esa, haqqalyaqiyn bir surat bilan Zotning kamolini koʻrsatadi.

Shunga binoan, bir qasrning va bir saroyning nuqush va tazyinotidagi mukammaliyat, sone' va muhandis qilgan naqshlar ustida va tazyinot ostida koʻringan af'olning mukammaliyatiga dalolat qiladi.

Af'olning mukammaliyati ham, Sone' taqqan ism va laqablarning mukammaliyatini koʻrsatadi. Asmoning mukammaliyati, sifatning mukammaliyatiga dalolat qiladi. Sifatning mukammaliyati, shuunotning mukammaliyatini tasrih etadi. Shuunotning mukammaliyati ham u naqqoshning mukammaliyati zotiga dalolat qiladi.

Shuning kabi, koinotda koʻringan osorning kamoli, hadsiy bir mushohada bilan af'olning mukammaliyatiga, af'olning kamoli ham foilning kamoli asmosiga, asmoning kamoli sifotning kamoliga, sifotning kamoli shuunoti zotiyaning kamoliga, shuunotning kamoli Zoti Zuljalolning kamoliga dalolat qiladi.