Masnaviy-i Nuriya
— 2 —

RISOLA-I NURNING BIR NAVI ARABCHA MASNAVI-I SHARIFI HUKMIDA BOʻLGAN BU MAJMUANING MUQADDIMASI "BESH NUQTA"DIR.

BIRINCHI NUQTA:

Qirq-ellik yil avval Eski Said, ziyoda ulumi aqliya va falsafiyada harakat qilgani uchun, haqiqat-ul haqoiqqa qarshi ahli tariqat va ahli haqiqat kabi bir maslak qidirdi. Aksar ahli tariqat kabi yolgʻiz qalban harakatga qanoat qilolmadi. Chunki aqli, fikri hikmati falsafiya bilan bir daraja yarali edi; tadoviy lozimdi. Soʻngra ham qalban, ham aqlan haqiqatga ketgan ba'zi buyuk ahli haqiqatning orqasidan ketishni istadi. Qaradi, ularning har birining oʻzga jozibador bir xususiyati bor. Qaysisining orqasidan ergashishga tahayyurda qoldi. Imom Rabboniy ham unga gʻaybiy bir tarzda "Tavhidi qibla et!" degan; ya'ni "Yolgʻiz bir ustozning orqasidan ket!" U juda ham yarali Eski Saidning qalbiga keldiki:

"Ustozi haqiqiy Qur'ondir. Tavhidi qibla bu ustoz bilan boʻladi", deya yolgʻiz u ustozi qudsiyning irshodi bilan ham qalbi, ham ruhi gʻoyat gʻarib bir tarzda sulukni boshladilar. Nafsi ammorasi ham shukuk va shubahoti bilan uni ma'naviy va ilmiy mujohadaga majbur etdi. Koʻzi yopiq holda emas; bakli Imom Gʻazzoliy (R.A.), Mavlono Jaloliddin (R.A.) va Imom Rabboniy (R.A.) kabi qalb, ruh, aql koʻzlari ochiq holda, ahli istigʻroq aql koʻzini yopgan yerlarda, u maqomlarda koʻzi ochiq tarzda kezgan. Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, Qur'onning darsi bilan, irshodi bilan haqiqatga bir yoʻl topgan, kirgan. Hatto

وَ ف۪ى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰى اَنَّهُ وَاحِدٌ

haqiqatiga mazhar boʻlganini Yangi Saidning Risola-i Nuri bilan koʻrsatgan.

IKKINCHI NUQTA:

Mavlono Jaloliddin (R.A.) va Imom Rabboniy (R.A.) va Imom Gʻazzoliy (R.A.) kabi, aql va qalb ittifoqi bilan ketgani uchun, hamma narsadan avval qalb va ruhning yaralarini tadoviy va nafsning avhomdan qutulishini ta'minga harakat qilib, lillahilhamd Eski Said Yangi Saidga inqilob etgan. Asli Forscha, soʻngra Turkcha boʻlgan Masnavi-i Sharif kabi u ham Arabcha bir navi Masnaviy hukmida Qatra, Hubob, Habba, Zuhra, Zarra, Shamma, Shu'la, Lam'alar, Rashhalar, Lasiyyamalar va boshqa darslari va Turkchada u vaqt Nuqta va Lamaatni gʻoyat qisqa bir suratda yozgan; fursat topganda esa nashr etgan. Yarim asrga yaqin u maslakni Risola-i Nur suratida, faqat dohiliy nafs va shayton bilan mujodalaga badal, xorijda muhtoj mutahayyirlarga va zalolatda ketgan ahli falsafaga qarshi Risola-i Nur keng va kulliy Masnaviylar hukmiga oʻtdi.

UCHINCHI NUQTA:

U Yangi Saidning munozarasi bilan, nafs va shaytonning tom magʻlub qilinishi va jim qilinishi kabi, Risola-i Nur ham yaralangan tolibi haqiqatni qisqa bir zamonda tadoviy etgani kabi, ahli ilhod va zalolatni ham tom ilzom va isqot etadi. Demak, bu Arabcha Masnaviy Majmuasi Risola-i Nurning bir navi urugʻi va koʻchatzori hukmidadir. Bu Majmuaning yolgʻiz dohiliy nafs va shayton bilan mujodalasi nafsi ammoraning va shaytoni jinniy va insiyning shubahotidan tamomi bilan qutqaradi. Va u ma'lumot esa, mashhudot hukmida va ilmalyaqiyn esa, aynalyaqiyn darajasida bir itminon va bir qanoat beradi.

— 3 —
TOʻRTINCHI NUQTA:

Eski Said ilmi hikmat va ilmi haqiqatning juda chuqur masalalari bilan mashgʻul boʻlishi va buyuk ulamolar bilan chuqur masalalar ustida munozarasi va madrasaning yuksak darslarini oʻqigan eski talabalarining fahmlashi darajasiga koʻra yozishi va Eski Saidning ham taraqqiyoti fikriya va qalbiyasida yolgʻiz oʻzi tushunadigan bir suratda, gʻoyat qisqa jumlalar bilan va gʻoyat muxtasar bir ifoda bilan uzun haqiqatlarga qisqa kalimalar bilan ishoratlar navidan u majmuani yozgani uchun, bir qismini eng mudaqqiq olimlar ham zoʻrgʻa tushuna oladi. Agar toʻliq izoh boʻlsa edi, Risola-i Nurning muhim bir vazifasini qilar edi. Demak, u koʻchatzor Masnaviy turuqi xafiya kabi anfusiy va dohiliy tomonda ishlagan; qalb va ruh ichida yoʻl ochishga muvaffaq boʻlgan. Boʻstoni boʻlgan Risola-i Nur ham anfusiy, ham aksar tomondan turuqi jahriya kabi ofoqiy va xorijiy doiraga qarab ma'rifatullohga keng va har yerda yoʻl ochgan. Xuddi Muso Alayhissalomning hassasi kabi, qayerga urgan boʻlsa, suv chiqargan...

Ham, Risola-i Nur hukamo va ulamoning maslagida ketmasdan, Qur'onning bir i'jozi ma'naviysi bilan, hamma narsada bir deraza-i ma'rifat ochgan; bir yillik ishni bir soatda xuddi qilgandek, Qur'onga maxsus bir sirni anglaganki, bu dahshatli zamonda hadsiz ahli inodning hujumlariga qarshi magʻlub boʻlmasdan gʻalaba qilgan.

BESHINCHI NUQTA:

Eski Saidning Yangi Saidga inqilob etishi zamonida, yuzlab ilmlar bilan aloqador minglab haqiqatlar, boshqa-boshqa bittadan risolaga mavzu boʻladigan qiymatda ekan, u Said ta'lif etarkan, masalalarning boshida "I'lam, I'lam, I'lam "lar bilan, har bir haqiqati-ki, bir risola boʻladigan darajada ahamiyatli ekan- bir necha qatorda, ba'zan bir sahifada, ba'zan bir-ikki qatorda zikr qiladilar. Goʻyo har bir "I'lam" bir risolaning kalit soʻzidir.

Ham "I'lam"lar bir-biriga qaramasdan muxtalif ilmlarning va haqiqatlarning mundarijalari hukmida yozilganidan, u majmuani oʻqiganlar bu nuqtalarni nazarga olib e'tiroz bildirmasinlar.

SAID NURSIY