Kastamonu Lahikasi
— 218 —
(Risola-i Nur shogirdlaridan Hofiz Tavfiq, Mehmed Fayzi, Amin, Hilmi, Komilning bir ifodasi)

Gʻavsi A'zamning Ustozimiz haqida فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ ifodasi bilan, inoyat va yengillashishga sazovor boʻlganiga; va tavofuq, Risola-i Nurning karomatining bir ma'dani boʻlganiga juda koʻp alomatlardan, bu bir-ikki kun mobaynida, kichik va latif, faqat qat'iy qanoat bergan juz'iy hodisalar tavofugʻida koʻzimiz bilan koʻrganimiz inoyati Rabboniyaning namunalaridan besh-oltitasini bayon qilyapmizki, ular bu ikki kun mobaynida barobar sodir boʻlgan:

Birinchisi: Kecha Ustozimizga, Risola-i Nurga oid uch xizmat lozim keldi. Hech kim ham yoʻq. Biz ham uzoqdamiz. Zinapoyadan tushib, bir bolani topib, bizlarga yuborish niyati bilan eshikni ochdi. Risola-i Nurning oʻsha xizmatini qiladigan favqulodda bir tarzda, oʻsha daqiqada uchta shogirdi eshikka keldilar.

Ikkinchisi: Ikki yildan ziyoda Risola-i Nurning muhim parchalari, Risola-i Nurning barakasi bilan uyi yongʻindan qutulgan Hofiz Ahmad oʻziga yozdirib, boshqa bir tuman va nohiyada boʻlgan bir-ikki zot ularni koʻchirish uchun oldilar. Ikki yildan beri qoʻllaridan qochirib, uyalganlaridan xabar bermaganlari uchun ham biz, ham Hofiz Ahmad xavotir, ham hiddat etayotgandik. U kitoblar bugun kelgan ayni vaqtda, kecha xuddi shu soatda; ustozimizga, besh yildan beri, har bir necha kun mobaynida osonlik uchun bir oz ovqat pishirish bilan ahvolidan xabar olar edi. Ikki yildan beri oʻsha odatni tark qilgandi. Ham qoʻshnilikdan ham boshqa yerga koʻchishi bilan, ikki yildir oʻsha odat tark qilingan ekan, yana kecha oʻsha ayni soatda, ikki yil avvalgi ayni odati bilan, oʻsha zotning xonasidan aynan eskisi kabi kichkina bir ahvol soʻrash navidan oʻgʻli keltirdi. Ustozimiz: "Ikki yil avvalgi odatga ehtiyoj qolmagan, siz ham qoʻshnilikdan ketgansiz" dedilar. Bugun ayni vaqtda, oʻsha Hofiz Ahmad yozdirgan yoʻqolgan kitoblar mukammal bir suratda koʻchirilgani bilan barobar keldi. Bizda shubha qoldirmadiki, bu tavofuq ham, Risola-i Nur haqidagi inoyatning bir jilvasidir.

Uchinchisi: Ustozimiz, aynan yana bugun Aminga: "Uch-toʻrt oydir har hafta qishlogʻidan bu yerga kelgan uy sohibasi kelmadi, kirosini toʻrt oydir olmadi. Har holda javob yuboring kelsin, olsin" deganlari ayni daqiqada, toʻrt oydan beri yonlariga kelmagan oʻsha uy sohibasi eshikni urdi, keldi. Besh oylik kirosini oldi. Ustozimiz, bu hodisa-i inoyatdan mamnuniyatlari uchun, uzoq bir nohiyadan kelgan, aylana, hech koʻrmaganimiz va bu yerda boʻlmagan bir kichik nonni oʻsha uy sohibasiga berdilar. Ayni vaqtda, yigirma daqiqa mobaynida, bu yerda boʻlmagan ayni nondan, ikki yil Risola-i Nurning ikkita kitobini olib mutolaasining ma'naviy haqqidan mingdan bir haq boʻlib keldi. Va biroz ashuro shoʻrvasini ham yana oʻsha uy sohibasiga berdi. Aynan oʻsha ashuroning oʻn misli qadar, latif uchta non, yana ikki yil ikkita kitobning oʻqilishiga mingdan bir haqqi deb keldi. Koʻzimiz bilan koʻrdik.

— 219 —

Ham yana Ustozimiz, bugun oʻsha uy sohibasiga, yetti yildir ismini bilmaganlari uchun "Isming nima?" deb soʻraganlar. U ham: "Xayriya", degan. Xayriya ismli boʻlish tavofugʻi bilan, ikki soat oʻtib, Xayri ismli Risola-i Nurning bir shogirdi, xabarimiz yoʻq ekan Istanbulga ketgan. Ham tijorat munosabati bilan ikki muhim shogirdlar ham ketib kech qoldilar. Moddiy, ma'naviy toʻfonlar munosabati bilan Ustozimiz ular haqida, ham u yerdagi muhim bir shogird haqida juda xavotirlanayotgan edilar. Bugun oʻsha Xayri, ikki soat Xayriyadan keyin keldi; oʻsha uchta shogird haqidagi xavotirni ketkazgandan keyin, toʻrt oydan beri davom qilgan taforiq nomli Ustozimizning bir atiri bugun tugagandi. Xayrining qoʻlida bir kichik shisha... "Sizga taforiq keltirdim", dedi. Biz ham bu kichik, latif taforiqdagi tavofuqqa BarakAlloh dedik.

Bu ikki kun mobaynida bu kichkina namunalar kabi, Ustozimiz Moʻ'jizoti Ahmadiyaning tahrirlari bilan mashgʻul boʻlganlari uchun, bulardan boshqa koʻp namunalarni koʻrganlar. Modomiki ikki kunda bunday inoyatning jilvalarini koʻryapmiz. Risola-i Nur doirasi ichida diqqat qilinsa, hamma - oʻzida - xizmati darajasida bunday namunalarni koʻra oladi.

Risola-i Nur shogirdlaridan:

Hofiz Tavfiq (Ha), Hilmi (Ha), Komil (Ha), Xayri (Ha), Mehmed Fayzi (Ha), Amin: (Ha)

Koʻzimiz bilan koʻrdik.

Ha, men ham tasdiq qilaman.
Said Nursiy
***
— 220 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu shiddatli qishda va ma'naviy, dahshatli boshqa tarz bir qishda va nav'-i bashar ijtimoiy hayotida mudhish, qonli boshqa tarz bir qishda tipirchilagan bechoralarga, jinsdoshiga achinish va turdoshiga shafqat qilish jihatidan gʻoyat darajada bir huzn va alam his qildim. Koʻp yerlarda bayon qilganim kabi, yana Arhamurrohimiyn va Ahkamulhakimiyn boʻlgan ularning Xoliqi Karim va Rahiymning hikmat va rahmati, mening qalbimning yordamiga yetishdi. Ma'nan deyildiki: "Sening bu shiddati ranjishing u Hakiym va Rahiymning hikmatini, rahmatini bir navi tanqid hukmiga oʻtadi. Rahmati Ilohiyadan oldin shafqat qilinmaydi. Hikmati Rabboniyadan yanada akmal hikmat doira-i imkonda boʻlolmaydi. Osiylar jazolarini; ma'sumlar, mazlumlar zahmatlaridan oʻn daraja ziyoda mukofotlarini olishlarini oʻyla. Sening doira-i iqtidoring xorijida boʻlgan hodisalarga Uning marhamat va hikmat va adolati va rububiyati nuqtasida qarashing kerak!" Men ham oʻsha keraksiz, shiddatli alami shafqatdan qutuldim.

Oʻttiz yil avval qabilalarda kezarkan, bunday savol soʻradilar: Ajabo, shu zamon va davrning shikoyatidagi, hatto buyuk zotlar va avliyolar ham falakdan va zamondan shikoyat qiladilar. Undan Sone'-i Zuljalolning san'ati badi'yiga e'tiroz chiqmasmi?

Javob: Yoʻq va aslo!.. Balki ma'nosi shudir: Goʻyo shikoyatchi deydiki: "Istagan amrim va orzu qilgan narsam va xohlagan holim; hikmati azaliyaning dasturi bilan tartiblangan olamning mohiyati iste'dodli emas va inoyati azaliyaning sirkuli bilan naqsh qilingan falakning qonuni uygʻun emas va mashiati azaliyaning matbaasida chop qilingan zamonning tabiati muvofiq emas va umumiy foydalarni ta'sis qilgan hikmati Ilohiya rozi emasdirki; shu olami imkon, Fayyozi Mutlaqning qudrat qoʻlidan, shu aqllarimizning loyihasi bilan va havaslanishimizning ishtahasi bilan istaganimiz har bir samaralarni uzsin. Bersa ham tutolmaydi, tushsa ham koʻtarolmaydi. Ha, bir shaxsning havaslanishi uchun ulkan bir qamrovchi doira harakati muhimmasidan toʻxtatilmaydi.

Xullas, oʻttiz yil avvalgi javobga Risola-i Nur ham zilzilalar bahsida, bunday kichik bir hoshiya qoʻshadiki:

Har bir unsurning, moddiy va ma'naviy qish va zilzila kabi hodisalarning yuzlab xayrli natijalari va gʻoyalari bor ekan; yomon va zararli birgina natijasi uchun uni vazifasidan toʻxtatish, oʻsha yuzlab xayrli natijalarni tark qilish bilan, yuzlab yomonlik qilish, toki birgina yomonlik kelmasin kabi hikmatga, haqiqatga, rububiyatga zid boʻladi. Faqat kulliy qonunlarning tazyigʻidan faryod qilgan fardlarga, inoyati xossa va imdodoti xususiya bilan va ehsonoti maxsusa bilan Rahmonurrahiym har bechoraning yordamiga yetisha oladi. Dardlariga darmon yetishtiradi. Faqat oʻsha fardning havasi bilan emas, haqiqiy manfaati bilan yordam beradi. Ba'zan dunyoda istagan bir shishasiga muqobil, oxiratda bir olmos beradi.

***
— 221 —

Ustozimizning va Risola-i Nurning jiddiy haqiqatlari ichida eng shirin bir mevasi tavofuq boʻlgani uchun, qardoshlarimizga yana bu ikki kun mobaynida kichik bir-ikkita tavofuqni, sizga bundan avvalgi tavofuqqa hoshiya sifatida yozyapmiz:

Ha, qandayki kalimalarda va yozilgan kalimalarda tavofuq; bir qasd, bir inoyati xususiyani koʻrsatadi. Ba'zan hayratomuz boʻlib karomat darajasiga chiqadi. Ba'zan latif bir zariflik beradi. Aynan shuning kabi, Risola-i Nurga oid va Ustozimizga oid hodisalarda ham aynan qasdiy va inoyatkorona tavofuqni soʻzlardagi u ishlarda ham koʻryapmiz. Jumladan:

Sizga yozilgan, toʻrt oy kelmagan uy sohibasi uchun Amin qardoshimizga dedilar: "Xabar yubor" aytayotganlarida, uning eshikni qoqishi tavofuq qilgani kabi; ayni jumla, ikki marta oʻqilgan payt, "Aminga degani" kalimasi oʻqilgan onda, pastdagi eshikni Amin ochdi. Kelish payti kelmasdan keldi. Ikkinchi kun, yana boshqa bir odamga oʻqilgan payt, "Aminga degani" kalimasini oʻqigan payt, ayni onda yuqori eshikni Amin ochdi, kelish odatiga muxolif boʻlib keldi, kirdi. Bu ikkita tavofuq, uy sohibasining tavofugʻiga tavofugʻi koʻrsatyaptiki; eng oddiy ishlarimiz ham tasodif emas, qasdiy tavofuqdir.

Ham toʻrt oy avval bizga biroz tarhana yeguligi keltirgan Risola-i Nur shogirdlaridan Fuadning Istanbulga ketib, oʻttiz kun qoldirilishidan kech qolishidan xavotirlanganimiz ayni kunda, uning tarxana yeguligi tugagan ayni kunda kelishi tavofuq qildi.

Ham ayni kunda, bir parcha sariyogʻ, - biz va Ustozimiz ham buning barakasini his qilayotgandik - tugagan daqiqada uning miqdoriga tavofuq qilib, fikrimizcha ayni yerda, ayni miqdor, ayni zamonda kelgani kabi; ham bu yerlarda, qishloqlarda, kul ichida qilingan bir non, Ustozimiz yoqtirganlari uchun tong va oqshom undan yeb va oʻn besh kun davom qilib, tugagan ayni kunda, ayni nondan uning qarindoshidan birisi keltirdi. Bu tavofuqning xotiri uchun orqa qaytarmadilar, qabul qildilar. Evaziga bir tabarruk berdilar. Koʻzimiz bilan bu latif tavofuqdagi shirin inoyati Ilohiyaning juz'iy jilvalarini koʻrdik va tushundikki, koʻr tasodif ishimizga qoʻshilmaydi. Ma'nodor tavofuq, Risola-i Nurning kalimalarida va harflarida boʻlgani kabi, unga munosabatdor boʻlgan harakat va fe'llarda ham unday ma'nodor tavofuqlar bor. Inoyatga munosabatdor boʻlgani uchun, eng juz'iy bir narsa ham boʻlsa, qiymati buyukdir. Bunday uzun yozish va ziyoda ahamiyat berish isrof boʻlmaydi. Chunki ma'nosi boʻlgan inoyat va iltifoti rahmat muroddir. Va u bahs ham ma'naviy bir shukrdir.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Amin, Fayzi
***
— 222 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Nur fabrikasining sohibi bilan qahramon Tohiriy bizni gʻoyat masrur qilgan xushxabarlar beryaptilar, ham ba'zi masalalarni soʻrayaptilar. Sizlardagi arkonlar bergan qarorlar va munosib koʻrgan tarzlar mening fikrimdan ustun inshaAlloh nishonga tegadilar. Modomiki mening fikrimni ham olishni istaydilar. Hozircha, oldin nozlangan matbaachilarga ehtiyoj yoʻq. Ham maslagimizga muxolif yangi harflarga, Risola-i Nurning bir navi ruxsati hukmiga oʻtgani uchun, lozim emas. Sizlar qoʻl mashinkasi bilan yozganingiz miqdor yetadi. Zotan Nazif ham qoʻl mashinkasi bilan bir daraja ishlayapti. Tahririga juda diqqat qilish lozim. Eski harflar bilan olmos qalamli qardoshlarim matbaaga ehtiyoj qoldirmaydilar. Bizga yordam bersinlar.

Soʻraganingiz ikkinchi jihat esa, Hofiz Mustafoga bergan yangi harflar bilan ikkita risolam, koʻpchiligi boshqa-boshqa boʻlsin, ba'zan esa barobar boʻlsin. Yoshlarga oid risolachaning boshida ism boʻlib "Sirojul-Gʻofiliyn" yoxud "Yoshlarga Rahnamo" nomi; tavhidga oid risolaga "Hujjatullohil-Baligʻa" nomini yoxud "Misbahul-Iyman"; Karomat majmuasining nomi esa, "Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiy" yoki "Tasdiqi Gʻaybiyning Xotami" nomini boshida yozarsiz. Arabcha "Virdul-Akbari Nuriya" chop qilingan boʻlsa, arabcha bilmagan Risola-i Nur shogirdlariga osonlashtirishlar boʻlishi uchun Yettinchi Shu'la Oyat-ul Kubro va Yigirmanchi Maktubda izoh va tarjima qilingan sahifalarining raqamlari, Vird-ul Akbarning burchaklariga raqam bilan bir hoshiyacha kabi yozilsa yaxshi boʻladi. Ya'ni "Bu arabcha maqom falon risolada, falon sahifada izohi bor" deb ishorat qilinsa va olmos qalamli qardoshlarimiz buni tarqatib, har biri ba'zi nusxalarni bunday ishoratlar bilan qayd etsa va ham qoʻl mashinkasi bilan qilganingiz yoki matbaadan kelgan risolalardan namuna uchun bir-ikki nusxasini bizga yuborsangiz yaxshi boʻladi.

***
— 223 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu shiddatli moddiy va ma'naviy qishdagi qimmatchilik va borliq ichida qahatchilik va tirikchilik dardi faqirlarga ogʻir botishi jihatidan, aksari faqir holda boʻlgan Risola-i Nur shogirdlarining bu dahshatli holga qarshi ta'sirlanishlari va hamjihatliklari buzilishi ehtimoli bilan ziyoda xavotirlanayotgandim. Sizlar ham zamondan ziyoda bu toʻfonda hamjihatligingizni va birdamligingizni va bir-birining kamchiligiga qaramasligi, bir-birini tanqid qilmasligi, Risola-i Nurning vazifa-i qudsiya-i iymoniyasi hisobiga vazifador va muhtojsizlar.

Aslo bir-biringizdan xafa boʻlmanglar va tanqid qilmanglar. Boʻlmasa oz bir zaiflik koʻrsatsangiz, munofiqlar foydalanib sizlarga katta zarar bera oladilar. Tirikchilik dardi zaruratiga qarshi iqtisod va qanoat bilan qarshi turishga zarurat bor. Manfaati dunyoviya koʻp ahli haqiqatni, ahli tariqatni ham bir navi raqobatga chorlagani uchun xavotirlanaman. Risola-i Nur shogirdlari ichida hozirga qadar bu jihat ularga ziyon yetkazmagan. InshaAlloh yana ziyon yetkazolmaydi. Ammo hamma bir axloqda boʻlolmaydi. Ba'zilari shar'iy doirada rohatini istasa ham, e'tiroz qilinmasligi kerak. Muhtoj holga tushgan bir shogird zakotni qabul qila oladi. Risola-i Nurning xizmatiga bor vaqtini ajratgan ruknlarga va xizmat qilganlarga zakot bilan yordam berish ham, Risola-i Nurga bir navi xizmatdir.

Ham yordam berilishi kerak. Ammo hirs va ochkoʻzlik va hol tili bilan istash boʻlmasligi kerak. Boʻlmasa, ahli zalolat-ki, hirs va ochkoʻzlik yoʻlida dinini fido qilgan. Ular nazarida oʻzi bilan qiyoslash jihati bilan, "Risola-i Nurning bir qism shogirdlari ham, dinini dunyoga vosita qilyaptilar" deb xunuk bir ayblov bilan hujumlariga maydon ochadi.

Sizlar ora-sira Ixlosni va Iqtisod Yogʻdularini va ba'zan Hujumoti Sitta Risolasini mobayningizda barobar oʻqishingiz kerak. Sizning hozirga qadar favqulodda sabot va matonat va hamjihatlik va ittifogʻingiz bu mamlakatga sababi iftixor boʻladigan va istiqbolini qutqaradigan darajadadir. Diqqat qilinglar! Bu yangi toʻfon sizning hamjihatligingizni buzmasin. Arabcha Virdul-Akbari Nuriyaga doir xushxabaringiz va qahramon Tohirlarning va muboraklarning yuqumli va dahshatli xastaliklarga tiryoqlar va dorilar yetishtirishlari va doimiy ravishda ishlashlari bizni, balki ruhoniylarni va rijalul-gʻayb zotlarni ham sevintiryapti. Xulusiyning, Val-Asri nukta-i i'joziyasiga qarshi toʻliq taqdiri va tasdiqi va Konyaga aylantirishi, xizmati Nuriya nuqtasida meni mamnun ayladi. Ha, Risola-i Nur shogirdlarining birinchilaridan faol birisi oʻsha ahamiyatli shaharga ketishi lozim edi.

— 224 —

Qardoshlarim! Mudofaalar Yogʻdusida Isparta muxbirlari unvoni bilan bizni hibsga chorlagan Anqaradagi zolimlar iroda qilingan. Majburiyat taxtida unday deganmiz. Hozir, Isparta mening muborak bir vatanim va juda qiymatdor qardoshlarimning ham suyukli vatanlari boʻlganidan, Isparta muxbirlari kalimasini oʻsha maqomlardan olib tashladim, ularning oʻrinlariga "mulhid zolimlar" yozdim. Siz ham shunday yozing.

Ham qahramon Tohirning menga yozgan Mudofalar Risolasida, Keksalar Yogʻdusida Anqaraga oid bahsida Sakkizinchi Umid yozgan. Holbuki Yettinchi Umiddir. Uni ham toʻgʻrilanglar. Tohiriy kabi qahramon bir oʻgʻilga sohib boʻlgan va xonasida Risola-i Nurning olti shogirdi boʻlgan qardoshimiz Husni Afandiga javoban salom aytamiz va tabriklaymiz.

***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Aziz qardoshlarim!

Qur'onga oid eng juz'iy, eng kichik bir nuktaning ham qiymati buyuk boʻlganidan; Qur'on ishoratlarining bu zamonimizga munosabatdor boʻlgan kichik bir shu'lasi bugun Sura-i Val-Asri nukta-i i'joziyasi munosabati bilan, Sura-i Fildan ma'no-i ishoriy tabaqasidan tavofuq dasturiga tayanib bir nuktasini bayon etishim eslatildi. Jumladan:

Sura-i اَلَمْ تَرَ كَيْفَ mashhur va tarixiy bir hodisa-i juz'iyani bayon bilan, kulliy va har asrda fardlari boʻlgan u kabi va unga oʻxshagan hodisalarni eslatish va tabaqa-i ishoriyadan har tabaqaga koʻra bir ma'noni ifoda qilish, umum asrlarda, umum nav'-i bashar bilan soʻzlashgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning balogʻatining taqozosi boʻlishidan, bu qudsiy sura bu asrimizga ham qarayapti, dars beryapti, yomonlarni ta'zirlayapti. Ma'noyi ishoriy tabaqasida, bu asrning eng buyuk hodisasini xabar berish bilan barobar; dunyoni har jihat bilan dindan ustun qoʻyish va zalolatda ketishning jazosi boʻlib, jifr va hisobi abjad bilan uch jumlasi, ayni hodisaning zamoniga mos kelib ishorat qiladi.

— 225 —

Birinchi jumlasi: Ka'ba-i Muazzamaga hujum qilgan Abraha askarlarining boshlariga Abobil tayyoralari bilan samoviy bombalar yogʻdirishini ifoda qilgan تَرْمِيهِمْ بِحِجَارَةٍ jumla-i qudsiyasi bir ming uch yuz ellik toʻqqiz (1359) boʻlib, dunyoni dindan ustun qoʻygan va nav'-i basharni yoʻldan chiqargan madaniyatchilarning boshlariga samoviy bombalar va toshlarni yogʻdirishiga tavofuq bilan ishorat qiladi.

Ikkinchi jumla: اَلَمْ يَجْعَلْ كَيْدَهُمْ فِى تَضْلِيلٍ kalima-i qudsiyasi, eski zamon hodisasidagi Ka'baning nurini soʻndirish uchun, hiylalar bilan hujum qilganlarning oʻzlari yoʻqlik, zulmat zalolatida zid natija bilan ularga qarshi aylanishi bilan ta'zir yeganlari kabi; bu asrning aynan hiylalar bilan, dasisalar bilan, zulmlar bilan Samoviy Dinlar Ka'basini, qiblagohini zalolat hisobiga buzishga uringan jabbor, magʻrur ahli zalolatning tadlil va idlollariga samoviy bombalar ta'ziri bilan jazolanishiga ayni sanasi فِى تَضْلِيلٍ kalima-i qudsiyasi bir ming uch yuz oltmish (1360) maqomi jifriysi bilan tavofuq qilib ishorat qiladi.

Uchinchisi: اَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِاَصْحَابِ الْفِيلِ jumla-i qudsiyasi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga xitoban: "Sening muborak vataning va qiblagohing boʻlgan Makka-i Mukarramani va Ka'ba-i Muazzamani hayratomuz bir suratda dushmanlaringdan qutqarishini va u dushmanlaring qanday bir ta'zir yeganlarini koʻrmayapsanmi?" deb ochiq ma'nosi bilan ifoda qilgani kabi, bu asrga ham xitob qilgan oʻsha jumla-i qudsiya ma'no-i ishoriysi bilan deydiki: "Sening dining va Islomiyatning va Qur'onning va ahli haq va haqiqatning jabbor dushmanlari boʻlgan dunyoparast va dunyoning manfaati uchun muqaddas narsalarni toptagan oʻsha asxobi dunyoga sening Robbing qanday ta'zirlar bilan jazolarini berganini koʻrmayapsanmi? Koʻr, qara!" deb ma'no-i ishoriysi bilan, bu jumla aynan maqomi jifriysi bilan toʻliq bir ming uch yuz ellik toʻqqiz (1359) sanasi bilan aynan samoviy ofatlar navida samoviy ta'zirlar bilan Islomiyatga xoinlik jazosi boʻlib, deb ma'no-i ishoriy ifoda qiladi.

— 226 —

Faqat "Asxob-il Fil" oʻrnida "Asxob-id Dunyo" keladi. "Fil" ketadi, "Dunyo" keladi.

{(Hoshiya) Bu fil lafzi olinishining sirri: Eski zamonda, dahshatli Fili Mahmudiy azamatiga, haybatiga tayangan, hujum qilganlar. Hozir esa, dunyo sarvatiga va moliga va u sarvat bilan flotlar tashkil qilib, hatto qirq millionlik bir millat oʻsha fil kabi flotlar bilan nav'-i basharni asorat ostiga olgan va Yevropa madaniyatchilari madaniyatning goʻzalliklari bilan, yaxshiliklari bilan, manfaatlari bilan emas, aksincha madaniyatning yomonliklari bilan va safohati bilan va dinsizligi bilan uch yuz ellik million musulmonlarning har tarafda hokimiyatlarini yoʻq qilib, istibdodiga bosh eggan va bu musibati samoviyaga sabab boʻlgan. Va dunyoparast gʻaddor zolimlar, zulmlariga jazo oʻlaroq ta'zirlar kelishni hamda faqir va ma'sumlar va mazlumlarga, foniy mollarini va hayotlarini oxiratlariga oʻgirish va qiymatdor qilish va dunyodagi gunohlariga kafforat-uz zunub qilishga qadari Ilohiyga fatvo berdilar. Men bir yarim yildir dunyoparastlarning bu musibatda vaziyatlarini va holatlarini va Ikkinchi Jahon Urushi sahifalarini qat'iyan bilmayman. Faqat ikki yil avvalgi vaziyatlari, bu sura-i qudsiyaning ma'no-i ishoriy tabaqasidan kelgan ta'zirlar, aynan ularning boshlariga tushyaptilar va suraning bir ma'no-i ishoriysini toʻliq tafsir qilyapti.}

Tahlil: تَرْمِيهِمْ بِحِجَارَةٍ : Ikki ت sakkiz yuz. Ikki ر toʻrt yuz. Ikki م , bir ب , bir ح , bir ى yuz. Tanvin vaqf boʻlmaganidan ن dir, ellik. Bir ه , bir ج , bir (madda Alif) toʻqqiz. Umumi bir ming uch yuz ellik toʻqqiz (1359).

فِى تَضْلِيلٍ : ض sakkiz yuz. ف sakson. ت toʻrt yuz. Ikki ى yigirma. Ikki ل oltmish. Tanvin vaqfga toʻgʻri kelgan, sanalmaydi. Yigʻindisi bir ming uch yuz oltmish (1360).

اَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِاَصْحَابِ الْفِيلِ : Ikki "re", bir "te" sakkiz yuz. Ikki "fe", ikki

— 227 —

ك ikki yuz. Ikki ل , bir م yuz. Bir ع , bir ص bir yuz oltmish. Toʻrt ب uch alif, bir ى , bir ح yigirma toʻqqiz. الْفِيلِ oʻrniga kelgan الدُّنْيَا dagi ikki د , bir alif toʻqqiz. Bir ن ellik. Bir ى oʻn. Bir alif, bir. Bu yigʻindi, bir ming uch yuz ellik toʻqqiz (1359), agar oʻqilmagan alif sanalmasa bir ming uch yuz ellik sakkiz (1358) boʻladi. Ham arabcha, ham rumiy sanasi bilan bu samoviy ta'zirlarning boshqa-boshqa turlarining zamonlariga tavofuq bilan ishorat qiladi. {(Hoshiya) Ha, bu ta'zirdan, purshar bashar shirkdan shukrga kirmasa va Qur'ondan kechirim soʻramasa, maloika qoʻllari bilan ham samoviy toshlar boshlariga yogʻishini bu sura bir ma'no-i ishoriy bilan tahdid qilyapti.} Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytaman va duolar qilaman.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***

Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!

Sabrining ta'biri bilan, Risola-i Nurning zulfiqori boʻlgan Hizb-ul Akbari Nuriy darhaqiqat kutganimizdan ortiq gʻoyat porloq va goʻzal va diqqatli va toʻgʻri va xatolari juda oz bir tarzda Janobi Haqning inoyati bilan vujudga kelgan. Hofiz Ali, Tohiriy, Hofiz Mustafo bu vazifada darhaqiqat tom ma'noda gʻayrat qilganlar. Risola-i Nurning qoʻliga bir olmos qilich berdilar.

Qardoshlarim! Bu qudsiy hadyangiz bu shaharga kirgan ayni zamonda, hali bir xabar olmasdan, mamlakatimizda talabalar bir kitobni boshlagan payt, kurdcha maftixona nomli bir ziyofat berganlariga tom bir misol boʻlib, Risola-i Nurning beshta talabasi, boshqa-boshqa qishloqlarda, na biz, na ular pochtadan xabarimiz yoʻq ekan, goʻyo bu qudsiy kitobning maftixonasi boʻlib har biri, boshqa-boshqa taomdan tashkil topgan bir kichik ziyofat keltirganlari navida, hech bir sabab yoʻq ekan, butun-butun odatimga muxolif bir tarzda oʻsha beshlarning bu nuqtada ittifogʻi va tavofuqlari, beshimiz (Men, Amin, Fayzi, Hilmi, Tavfiq) ittifoqan qaror berdikki, tasodif qat'iyan imkoni yoʻq. Demak, bu yerdagi madrasa-i nuriyaning maftixonasi oʻlaroq, rahmati Ilohiya tarafidan bir karomati nuriyadir.

— 228 —

Ham oʻttiz kundan beri Ineboludan har hafta bir-ikki marta kelganlari holda; hech biri kelmasdan, birdan, sababsiz, bir xos talaba uch kunda piyoda boʻlib Hizb-ul Akbar bilan barobar keldi. Ikkinchi kun, goʻyo u uchun yuborilganday, chop qilingan Hizb-ul Akbari Nuriyaning bir qismini oldi, etdi.

Aziz qardoshlarim! Bu Hizbi Nuriya mening shaxsimga oid juda buyuk bir karomati ma'naviyasi bor. Hozir bayon qilish vaqti keldi:

Yigirma uch yil avval, Eski Said Yangi Saidga oʻzgargan vaqt, tafakkur maslagida ketgani uchun تَفَكُّرُ سَاعَةٍ خَيْرٌ مِنْ عِبَادَةِ سَنَةٍ sirrini qidirdim. Har bir-ikki yilda oʻsha sir yo arabcha, yo turkcha bir risolani natija berib surat almashtirayotgan edi. Arabcha Qatra Risolasidan to Oyat-ul Kubro Risolasiga qadar oʻsha haqiqat davom etib suratlar almashtirib, oxiri Hizb-ul Akbari Nuriya surati doimasiga kirdi. Yigirma yildan beridirki, qachon siqilsam hamda fikr va qalbga charchoqlik va zerikish kelsa, bu hizbning bir qismini mutafakkirona oʻqigan boʻlsam, oʻsha siqilishni va zerikish va charchoqlikni ketkazar edi. Hatto, istisnosiz, har tun tongga yaqin toʻrt-besh soat mashgʻuliyatdan kelgan zerikish va charchoqlik, oʻsha hizbning oltisidan birini oʻqish bilan hech bir asari qolmagani ming marta takrorlangan.

Muhim bir haqiqati bu haqiqat munosabati bilan bu zamonda ahli madrasaga va domlalarga taalluq etgan bir masalani bayon qilaman. Jumladan:

Eski zamondan beri aksar yerlarda madrasa toifasi takyalar toifasiga bosh eggan; ya'ni itoat qilib ularga valiylik samaralari uchun murojaat qilganlar. Ularning doʻkonlarida iymon zavqlarini va haqiqat nurlarini qidirganlar. Hatto madrasaning buyuk bir olimi takyaning kichik bir valiy shayxining qoʻlini oʻpar, tobe boʻlardi. U obi hayot chashmasini takyada qidirganlar. Holbuki madrasa ichida yanada qisqa bir yoʻl haqiqatning nurlariga ketganini va iymon ilmlarida yanada sof va yanada xolis bir obi hayot chashmasi boʻlganini hamda amal va ubudiyat va tariqatdan yanada yuksak va yanada shirin va yanada quvvatli bir tariqi valoyat; ilmda, iymon haqiqatlarida va Ahli Sunnatning Ilmi Kalomida boʻlishini Risola-i Nur Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning moʻ'jiza-i ma'naviyasi bilan ochgan, koʻrsatgan, maydondadir.

— 229 —

Xullas, Risola-i Nurga harkasdan ziyoda kamoli shavq bilan tarafdor boʻlib va faxrlanib madrasa toifasidan boʻlgan ulamolarning yugurishlari lozim va juda lozim ekan, afsuski hali madrasa ahlining aksari oʻz madrasasidan chiqqan bu obi hayot chashmasini va bu qiymatdor boqiy xazinasini tanimayapti, qidirmayapti, muhofaza qilolmayapti. Lillahilhamd hozir batamom boshladilar. Soʻzlar majmuasi ham domlalarni, ham muallimlarni Nurlarga tortdi.

Hizbi Nuriya boshidagi turkcha parchasining "toʻliq arabcha bilgan" kalimasidan keyin bu yozilsin: "Va yoxud Oyat-ul Kubro va Munojot va Yigirmanchi Maktub Risolalari yonida boʻlgan va oʻqigan." Ham toʻrtinchi sahifaning oxiridan ikkinchi satrning boshidagi لِْلاَوْقَاتِ , و oldinga oʻtgan, لِْلاَقْوَاتِ yozilsin, qutning jamidir.

Ham yigirma ikkinchi sahifaning toʻrtinchi satrida فِى صَحِيفَةِ حَسَنَاتِنَا وَ فِى صَحِيفَةِ kalimasidan keyin Hofiz Ali va Tohiriy va Hofiz Mustafo va Nazif ilova qilinadi. وَ اَمْثَالِهِ kalimasi ham وَ اَمْثَالِهِمْ yoziladi.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki: Isparta viloyatini, eskidan beri bir gʻoya-i xayolim boʻlgan bir Madrasat-uz Zahro, bir Jome'-ul Azhar qilgan. Sizning qalamlaringiz Risola-i Nurni matbaaga muhtoj qilmasligini, bunday qisqa bir zamonda bu qadar mukammal tavofuqli nusxalarni koʻpaytirishi, bugun ertalab aytganim bir da'voga, peshinga yaqin sizning bu jannat bogʻlarining mevalari kabi shirin va goʻzal hadyangizni Amin keltirdi, tongdagi da'voni toʻliq isbot qildi. Da'vo ham budir:

— 230 —

Degandim: Risola-i Nur xizmat qilgan iymon haqiqatlari hamma narsadan ustun boʻlgani kabi, bu zamonda hamma narsadan ziyoda ularga ehtiyoj bor. Ammo qalbini oʻldirgan, nafsini havaslar bilan taltaytirgan mulhidlar, iymondagi haqiqatning daraja-i ehtiyojini inkor qilganlaridan, "Ahli diyonat va ahli ilmni chorlagan, harakatga keltirgan dunyoviy maqsadlar va ehtiyojlaridir" deb ayblaydilar. U ayblovga koʻra ham, juda insofsizchasiga ularga yopishyaptilar. Bu badbaxt mulhidlarni qat'iy bir suratda jim qilish, bilfe'l -moddiy jihatdan- shunday fidokorlar lozimki, dunyoning eng muhim ishlari, balki ulkan zararlari, ularning iymon haqiqatlari ehtiyojlarini soʻndirmaydi.

Ajabo, undaylari bormi? deb xotirlariga keldi. Ha, bor. Mana Isparta Viloyati va atrofi. Mana, Sandiqli tarafidan uch-toʻrt oy mobaynida Risola-i Nurni hamma narsadan ustun qoʻygan yigitlari va mujohidlari deb da'vo qilgandim. Ikki soat soʻngra, hech kutmaganimiz bir tarzda, Rahmatulloh nomini olgan Amin, ikki sandiq bilan oʻsha da'voga ikkita hujjat koʻrsatdi.

Qardoshimiz Kotib Usmonning maktubi boshqa-boshqa koʻp xavotirlarimga bir malham boʻldi. Janobi Haq u kabi Risola-i Nurga minglab shogirdlarni oʻsha madrasa-i nuriyada yetishtirsin, omin.

Atifning ham Sandiqli tarafiga ketishi, muvaffaqiyat qozonishi, nafaqat bizlarni, maloikalarni ham sevintirdi. Irfon qishlogʻi nomi inshaAlloh bir madrasa-i Nuriya boʻladi. Zotan Atifdagi ixlos unday natija berishini his qilayotgan edim.

Gul, Nur, Muborak, Madrasa-i Nuriya, Ma'sum, Keksalar hay'atiga minglab salom va salomatlari uchun duo qilamiz.

Oʻn uch yil avval Barlada, besh misl baraka bilan karomat darajasiga chiqqan shirin luqmalarni va oʻsha luqmalarni hadya qilgan, juda muborak Hoji Hofizni surur bilan xotirimizga keltirgan bu yangi kelgan shirin luqmalari, besh xil shirinlik keldi. Har bir donasiga sizlarga Janobi Haq Jannatda minglab Jannat shirinliklari bersin, omin.

***

Aziz qardoshim Xusrav!

Janobi Haq marhumani magʻfirat aylasin va senga va uning avlodlariga sabri jamil ehson aylasin! Men ham motamingizga rostdan hissadorman.

— 231 —

Sening yigʻlashingga va yigʻlagan maktubingga ishtirok qildim. Ha, sen ham men kabi, dunyo bilan ikki jihat bilan aloqang kesilyapti. Ham shunday lozim. Sen kabi Risola-i Nurning bir fidoiysi aloqasi boʻlmasligi kerak va aloqa paydo qilmasligi kerak. Aloqali boʻlsa, favqulodda bir sabot, bir ixlosning lozimligi bilan barobar; ba'zi nuqsonlar ichida tebranadi, toʻliq fidokorlik qilolmaydi. Oʻsha atrofning qahramonlari haqiqatdan mustasnodirlar. Aloqalar ularni tebratmaydi. Faqat ba'zilari; Xusrav kabi, Said kabi va Atif va oʻxshashi kabi butun-butun aloqasiz ham boʻlishlari lozim.

Oʻsha marhuma hozirga qadar, Risola-i Nurning xos talabalari ichida doimo, har kun yuz martaga yaqin va xususiy ismi bilan ham, bir marta fajrda ma'naviy qozonchlarimizga oʻn yildir hissadordir. Hozir vafotidan soʻng ismi bilan har kun, koʻp marta xususiy duolarda hissador boʻlgan zamon kabi, yana yuz marta hissador boʻlyapti.

Aziz qardoshim Xusrav! Sen bilan koʻp gaplashishni istayman. Faqat bu daqiqada shunchalar vaqtim ozdirki, ziyoratga kelgan doʻst toʻrt-beshta odamga "Meni mashgʻul qilmanglar" deb keraksiz hiddat qildim. Nima boʻlganda ham... U yerdagi qardoshlarimizga hasrat va ishtiyoq bilan juda koʻp salom va salomatlariga duo qilaman. Bu yerdagi qardoshlaringiz ham sizni ta'ziya va u yerdagi qardoshlariga hurmatlarini arz qilib salom aytyaptilar.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Hizbi Nuriyda; ham تَفَكُّرُ سَاعَةٍ sirri, ham kulliy bir ubudiyat boʻlganidan; hozir bu vaqtda, quvvatli bir alomatni mushohada etdim. Bugun Risola-i Nurning Hizbi Nuriysidan bir qismini va Javshan-ul Kabirdan ham bir qismini oʻqirkan koʻrdimki; koinotning navlarini va olamlarini Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning oxir qismi اَللَّهُ نُورُ السَّمَوَاتِ وَاْلاَرْضِ oyatining bayonida, sayohati qalbiya bilan, har bir ismi Ilohiy bu koinotdagi bir olamni nurlantirganini va zulmatni tarqatganini koʻrganim kabi; aynan va yana boshqa bir shaklda, Javshan-ul Kabir va Risola-i Nur va Hizbi Nuriy ham koinotni boshdan oyoq nurlantiradi, zulmatlar qorongʻuliklarini tarqatadi.. gʻaflatlarni, tabiatlarni parcha-parcha qiladi. Ahli gʻaflat va ahli zalolat ostida saqlanishni istagan pardalarni yirtayotganini koʻrdim. Koinotni navlari bilan paxta kabi titayotganini, taroqlar bilan tarayotganini mushohada qildim. Ahli zalolat boʻgʻilgan eng oxirgi va eng keng koinot pardalarining orqasida, tavhid nurlarini koʻrsatyapti.

— 232 —

Jumladan: Ikki kun avval, Ismi Hakam nuktasini oʻqigan bir Naqshiy darveshi, quyoshning va manzumasining bahsini Risola-i Nur maslagiga tatbiq jihatini tushunmagan. Degan: "Bu ham ahli fan va astronomlar kabi bahs qiladi" deb oʻylagan. Yonimda unga oʻqildi, oʻziga keldi. "Bu butun-butun boshqadir" dedi. Demak astronomlar kabi, ahli fanning eng oxirgi va keng tayanch nuqtalari va gʻaflatga sabablari boʻlgan pardalarda nuri ahadiyatni koʻrsatadi. U yerda ham dushmanlarini ta'qib qiladi. Eng uzoq panogohlarini buzadi. Har yerda huzurga bir yoʻl koʻrsatadi. Agar quyoshga qochsa, unga: "U bir oʻchoq, bir chiroqdir. Oʻtinini, kerosinini bergan kimdir? Bir oʻzingga kel!", deydi. Boshiga uradi.

Ham koinotni boshdan oyoq oynalar hukmida tajalliyoti asmoga sazovorliklarini shunday koʻrsatadiki, gʻaflatning imkoni boʻlmaydi. Hech bir narsa huzurga mone boʻlmaydi. Ahli tariqat va haqiqat kabi huzuri doimiy qozonish uchun, koinotni yo rad qilish yoki unutish, ortiq xotirga keltirmaslik emas; aksincha koinot qadar keng bir martaba-i huzurni qozontirganini hamda keng va kulliy va doimiy koinot kengligida bir ubudiyat doirasini ochganini koʻrdim. Yana bor. Faqat hozir bu qadar yozdirildi.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu safar Hofiz Alining va Halil Ibrohimning va Lutfining bir vorisi Abdullohning ahamiyatli uchta maktublarini oldim. Hofiz Alining Hizbi Qur'oniy va Hizbi Nuriydagi xatolardan xafaligini bildiryapti. Qat'iyan u bilsinki; u va Tohiriy va Hofiz Mustafo va doʻstlarining gʻayratlari bilan chop qilingan oʻsha ikkita hizb, bu zamonda, bu sharoit ichida gʻoyat porloq bir muzaffariyati nuriyadir. Ularning amallar daftariga, har tarafda hasanotlari oʻtkaziladi. Kim oʻqisa, ularning hissasi bor. Xatolari, taxminimizdan juda kamdir. Lillahilhamd, osonlik bilan tahrir qildik. Loyiq qoʻllarga kirgan.

Halil Ibrohimning Risola-i Nur haqida gʻoyat shirin va goʻzal va uygʻun misoli va tavsifi, - ichida - samimiy ixlosidan va qanoatidan kelgani jihat bilan, bizningcha gʻoyat porloq va adibona boʻlgan. Risola-i Nurga oid qismini Ilovaga yozamiz. Haqiqatdan, Risola-i Nurning muhim va sabotli va doimiy bir rukni boʻlganiga shubha qolmagan. Unga va rafiqlariga har kun xususiy duolarimizga, qozonchlarimizga, xususan Inje Mehmed hissador boʻlishlarini va salomimizni yetkazarsiz.

— 233 —

Marhum Lutfining jiddiy va haqiqiy bir vorisi boʻlgan Abdullohning maktubida, Risola-i Nur bilan aloqador boʻlgan boshda Tohiriy va otasi va Ali va Vahbi, Shukru, Mustafo, Mehmed, Husan, Mehmed, Haqqi va ayniqsa avvaldan Risola-i Nurda mavqe'i boʻlgan Katta Zuhdu kabi qardoshlarimizning salomlari meni haddan ortiq masrur ayladi. Men ham oʻsha qardoshlarimizga ham salom, ham duo, ham iltimos qilib soʻrayman. Uning maktubidagi savollari esa, hozir bu daqiqada esa zehnim boshqa yer bilan mashgʻul, ularning javobiga qarolmaydi.

...

Uchinchi masala: Bir qardoshimiz qusurini koʻrmagani munosabati bilan, uni ogohlantirish uchun yozilgan nozik bir masaladir. Balki sizga foydasi boʻladi deb yozdik.

Bir vaqt buyuk avliyodan nafsi ammorasidan qutulganlardan bir qancha zotdan, shiddatli mujohada-i nafsiyalar va nafsi ammoradan shikoyatlarini koʻrdim. Juda hayrat qilar edim. Ancha zamon oʻtib, nafsi ammoraning oʻz dasisalaridan tashqari, yanada shiddatli va yanada ziyoda soʻz tinglamas va yanada ziyoda yomon axloqni davom ettirgan va havas va tomir va asab, tabiat va hissiyot qorishmasidan chiqqan va nafsi ammoraning oxirgi panogohi boʻlgan va nafsi ammorani poklashdan soʻng uning eski yomonlik qilish vazifasini bajargan va mujohadani oxir umrga qadar davom qildirgan, bir ma'naviy nafsi ammorani koʻrdim. Va tushundimki, oʻsha muborak zotlar haqiqiy nafsi ammoradan emas; aksincha majoziy bir nafsi ammoradan shikoyat qilganlar. Soʻngra koʻrdimki, Imom Rabboniy ham bu majoziy nafsi ammoradan xabar beradi. Bu ikkinchi nafsi ammorada shuursiz koʻr hissiyot boʻlgani uchun, aql va qalbning soʻzlarini tushunmaydi va tinglamaydiki, ular bilan isloh boʻlsin va nuqsonini tushunsin. Faqat ta'zirlar va alamlar bilan nafrat qilib yoki toʻliq bir fidoiylikka har hissini maqsadiga fido qilsin. Va Risola-i Nurning arkonlari kabi, hamma narsasini, anoniyatini tashlasin.

— 234 —

Bu ajib asrda dahshatli bir yuqtirish va emlash bilan ham haqiqiy, ham majoziy ikkita nafsi ammora ittifoq qilib; shunday yomonliklarga, shunday gunohlarga sevib kiradiki, koinotni hiddatga keltiradi. Hatto oʻzim, bir daqiqa mobaynida yarim kurushlik bir aziyat bilan oltmish liralik bir hasanadan ustun qoʻyishga urindim. Ham oʻn daqiqa mobaynida, ulkan bir mujohada-i ma'naviyda, mening jabhamda qirq ikki dyumlik bir zambarak kabi dushmanlarimga tashlab yoʻl ochgani holda; oʻsha ikkita nafsi ammoraning vaqtinchalik bir gʻaflat fursatida, xudgʻamlik va boshqalardan oʻzish mayli kabi gʻoyat zulmli va zulmatli hissi bilan, buyuk bir shukr va tashakkur oʻrniga, "Nima uchun men tashlamadim?" deb eng xunuk bir riyo va raqobat tomirini his qildim.

Janobi Haqqa yuz ming shukr qilamakni, Risola-i Nur va ayniqsa Ixlos Risolalari oʻsha ikkita nafsning barcha hiylalarini yoʻqotgan va ular ochgan yaralarni davolagani kabi, oʻsha bir daqiqa va oʻn daqiqadagi holatlarni birdan ketkazdi. Va ma'naviy bir istigʻfor boʻlgan nuqsonimni bildim. Oʻsha xatoning naqd berilgan jazosi boʻlgan ichidagi alamdan va azobdan qutuldim.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birdan ruhimga kelgan bir xavotirni bayon qilyapman.

Ahli zalolat, Risola-i Nurning olmos qilichlariga qarshilik qilolmaganlari uchun, shogirdlari ichida tirikchilik dardi jihatidan va bahor mavsumi gʻaflatidan foydalanib; - mashrablar yoki hissiyotlari muxolifliklaridan- zaif tomirlarni topib shogirdlar ichidagi hamjihatlikni zaiflantirish istaganlarini his qildim va tushundim. Aslo! Juda diqqat qiling, ichingizda bir kelishmovchilik boʻlmasin. Inson xatodan xoli boʻlolmaydi, ammo tavba eshigi ochiqdir. Nafs va shayton, sizni qardoshingizga qarshi e'tirozga va haqli boʻlib tanqidga chorlagan vaqti, aytingki: "Biz bunday juz'iy huquqimizni emas, balki hayotimizni va sharafimizni va dunyoviy saodatimizni, Risola-i Nurning eng kuchli aloqasi boʻlgan hamjihatlikka fido qilishga vazifadormiz. U bizga qozontirgan natija e'tibori bilan dunyoga, anoniyatga oid hamma narsani fido qilish vazifamizdir" deb nafsingizning ovozini oʻchiring! Sababi nizo bir masala boʻlsa, mashvarat qilinglar. Juda qattiq tutmang, hamma bir mashrabda boʻlmaydi. Kamchiliklarni koʻrmaslikka olish bilan bir-biriga qarash hozir juda lozimdir.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz.

***
— 235 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki; bu gʻaflat mavsumi boʻlgan bahorda va tirikchilik dardi balosida, Risola-i Nur fathlarida davom qilyapti. Istanbuldan yozyaptilarki; u yerga ketgan, boshda Xusravning Moʻ'jizoti Ahmadiyasi boʻlib, risolalarni kimiki koʻrgan va oʻqigan boʻlsa, boshda Fatvo Amini Ali Rizo boʻlib harkas hayrat va tahsin bilan "Bu tarzi ifoda va isbot va bayon hech bir kitobda topmaganmiz. Bu sharoit ichida bunday asarlar hech kishiga muyassar boʻlmagan" deb, kamoli ishtiyoq bilan qarshilayaptilar. Va Anqarada, dunyo jihatidan yuksak maqomlarda, askarlik hay'atida kamoli ishtiyoq va taqdir bilan Risola-i Nurni yozib oʻqittiryaptilar. Boshda Polk Qoʻmondoni Mehmed Yumni boʻlib, muhim askariy poshsholari, "Risola-i Nur iymon qutqaruvchidir" deb taqdirkorona toʻliq taslimiyat bilan oʻqib istifoda qilyaptilar. Hatto bu yerda ham juda koʻp boshqa-boshqa tarzda Risola-i Nurga qarshi qilgan hiylalari va tadbirlari hamda shogirdlarni sovutish va boʻshashtirish rejalari, xususan tirikchilik dardi balolari, Risola-i Nurning inkishofini toʻxtatmayapti. Kundan kunga kengayapti. Hatto eng koʻp hujum qilganlar ham, parda ostida istifoda qilishga harakat qilyaptilar. Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, inoyati Ilohiya va himoyati Rabboniya davom qilyapti. Faqat yolgʻiz ahamiyatli bir reja bilan, boshqa bir jabhada, qaysar munofiqlar tarafidan bir hujum bor. Juda ehtiyot va diqqat va sabot va hamjihatlik lozimdir, toki ularning bu rejasi ham natijasiz qolsin. Reja ham budir:

"Risola-i Nur talabalari ichida hamjihatlikni buzish." Oʻn sakkiz yildan beri haqqimizda dasturlari, xos talabalarni bizdan qochirish, sovutish edi. Bu rejalari natijasiz qoldi. Hozir hamjihatlikni buzish va ba'zi manfaatparast, faqat ahli ilm va ahli dindan, Risola-i Nurning jarayoniga qarshi raqib chiqarish surati bilan yoyilishiga zarar berishga urinyaptilar.

Ham Ramazon Risolasining oxirida nafsi ammorani har navi azobdan ziyoda, ochlik bilan qaysarligini tark qilgani kabi; hozirgi munofiqlarning qaysarona safohatining jazosi oʻlaroq umumga va ma'sumlarga ham kelgan bu ochlik va tirikchilik dardi balosidan ahli zalolat istifoda qilib, Risola-i Nurning faqir shogirdlariga qarshi iste'mol qilish ehtimoli bor. Modomiki hozirga qadar aksariyati mutlaqa bilan Risola-i Nur shogirdlari Risola-i Nur xizmatini har baloga, har dardga bir chora, bir dori deb topganlar. Biz har kun xizmat darajasida, tirikchilikda osonlik, qalbda sevinch, mashaqqatlarga kenglik his qilyapmiz, koʻryapmiz. Albatta bu dahshatli yangi balolarga, musibatlarga qarshi ham, yana Risola-i Nurning xizmati bilan qarshilik qilishimiz lozimdir.

— 236 —

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz.

***

Aziz, siddiq, muborak, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning bir i'joz jihatini hayratomuz qalami bilan koʻrsatgan va doimiy ravishda daftari hasanotiga oʻsha yozgan Qur'onlarni oʻqiganlarning savoblari yozilgan qiymatdor Xusrav!

Menga yuborgan ikkita muborak nusxangdan birinchisini sizga Hilmi Bey bilan yubordim. Bir oldindan sezish hissi bilan, sen Ispartadan ayrilasizlar deb ikkalasini birdan bizga yuborganding. Juda ham yaxshi boʻldi. Hozir Isparta Madrasat-uz Zahro-i Akbar va Madrasa-i Nuriya-i Kubro boʻlganidan; bu qudsiy asar u yerda, xususan shuhuri salosa kelayotgan bir zamonda lozimdir. Inshaalloh u yerda ham biz kabi juzlari bilan taqsim bilan xatmlar oʻqiladi.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu safar Hofiz Alining maktubida buyuk bir bashorat his qildikki, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonimizni chop qilinadigan sabablar bor, monelar yoʻq. Modomiki muborak Xusrav keldi; eng birinchi haq, bu masalada unikidir. Va modomiki ikkita Ali bilan Tohiriy, Hofiz Mustafo, hayratomuz hamjihatliklari bilan va hozirga qadar barcha Risola-i Nur talabalarini sevintirgan va ahli iymonni mamnun va minnatdor qilgan maydondagi xizmatlari bilan va qahramon Rushduning tebranmas sadoqati bilan, Xusrav bilan barobar bu buyuk va ogʻir va qiymatdor xizmati Qur'oniyaga kamoli tasonud bilan xizmat qilish lozimdir. Aslo! Diqqat qilinglar! Ixtilofi mashrabingizdan va zaif tomirlaringizdan va tirikchilik dardi zaruratingizdan ahli zalolat istifoda qilib, bir-biringizni tanqid qildirishga yoʻl qoʻymanglar. Mashvarati shar'iya bilan fikrlaringizni tarqoqlikdan muhofaza qilinglar. Ixlos Risolasining dasturlarini har vaqt koʻz oʻngingizda saqlanglar. Boʻlmasa oz bir ixtilof bu vaqtda Risola-i Nurga ulkan zarar bera oladi. Hatto sizdan saqlamayman, mana hozir Fayzi ham, Amin ham biladilarki; mobayningizda gʻoyat ahamiyatsiz bir tanqid, bizga bu yerda zarar berayotganday, sizga, hech bilmaganim holda, bu nuqtaga doir ikkita maktub yozdim va ruhan juda ham xavotirlanayotgan edim. "Ajabo, yangi bir hujum bormi?" deb iztirob chekayotgan edim.

— 237 —

Ham oʻsha zarardandirki, muborak Xusravning kelishi bilan yangi bir shavq va tezlik bilan bizga Hizbi Nuriyning orqasiga qoʻshilgan munojot parchasi oʻn besh kun kechikishga yoʻliqdi. Oʻn besh kun avval bizga kelishini taxmin qilayotgandim. Inson nuqsonsiz boʻlmaydi va raqibsiz ham boʻlmaydi. Risola-i Nurning qahramon shogirdlari har qiyinchilikka gʻalaba qilganlari kabi; inshaalloh bu ahamiyatli va dahshatli mavsumda yana gʻalaba qiladilar. Soflik va ixloslarini buzmaydilar va xizmatlariga sustlik keltirmaydilar. Siz tadbiri moddiyani mendan yanada yaxshi bilasiz. Faqat modomiki Xusrav bilan Rushdu Risola-i Nurda juda ahamiyatli ruknlardir. Ham atroflarida Risola-i Nurning juda ahamiyatli shogirdlari bor. Va modomiki Hofiz Ali, Tohiriy, Hofiz Mustafo, Kichik Ali Risola-i Nur xizmatida toʻliq muvaffaqiyatlari bilan toʻliq maqbul boʻlganlari ayon boʻlgan. Bu ikki jarayon boshdagi ikki koʻz kabi boʻlishi kerak. Tom ma'noda hamjihatlik lozimki, bu ogʻir xazinaga yelkalari tayana olsin.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz.

***

Sava Madrasa-i Nuriyaning qiymatdor bir talabasi Duradgor Ahmadning goʻzal va xolis manzumasi bizni mamnun qilib Ilovaga kirdi. Xususan Risola-i Nurning oʻrindigʻidan ma'sumlari tushmaganlari va "U nurli oʻrindiqda oʻtirgan yongʻinlar, tugʻyonlardan qutuladi" deb soʻzlari goʻyo tom Madrasat-uz Zahroning haqiqiy bir talabasi, istiqboldan zamonimizga kelgan bizga tasalli beryapti va ma'sum talabalarning koʻpayishini xushxabar beryapti.

Risola-i Nurning ta'lifi boshida bosh kotib Shomli Hofiz Tavfiqning xotini marhuma Zahro, men Barlada ekan, Shomli Hofiz Risola-i Nurni yozishi uchun, u marhuma Hofizning badaliga belida oʻtin tashish bilan oʻtin keltirar edi va Hofizning ishlarini qilar edi.. toki nurlarni yozsin. Biz ham oʻsha marhumani oʻsha yaxshiligiga muqobil, Risola-i Nurning vafot qilgan xos talabalari ichida oʻsha vaqtdan beri duomizda sherik qilyapmiz, ham duo qilamiz.

***
— 238 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu safar meni juda masrur qilgan va shukrga chorlagan va bu vaqtlarda hosil boʻlgan xavotirimni ketkazgan va Isparta Viloyati ma'naviy Madrasat-uz Zahro boʻlganini va Isparta shogirdlari sabotda va sadoqatda har yerdan ustun boʻlganlarini koʻrsatgan, Risola-i Nur arkonlaridan uch-toʻrt maktub va oʻsha maktubda ismlari boʻlgan xos qardoshlarimning, Risola-i Nurga xizmat va qalamlari bilan yordam jihatidan bizga koʻrsatganlari fidokorona oliyjanoblik, bunday bir zamonda va bunday bir mavsumda gʻoyat porloq bir inoyati Rabboniya boʻlganiga qanoatimiz bor.

Nur fabrikasidagi Alilar va Tohiriy istagan moʻ'jizali Qur'onimiz bilan i'jozi Qur'on ilovalari bilan barobar Istanbulda Hofiz Aminning yonidadir, oʻqittiryaptilar va yozdiryaptilar. Istasangiz mening nusxamni Hofiz Amindan oling, uning oʻrniga goʻzal ravishda ilovali nusxangizdan birisini bering, yonida qolsin.

Qur'onning oxirgi yozilgan nusxasini ham ehtiyoj boʻlgani va amalda chop qilish uchun kelgan vaqtingiz Istanbulga yuboraman. Xusravning uzun va ta'sirli va qiymatdor maktubi va hoshiyasida qahramon Rushduning kichkina maktubi va juda koʻp aloqador boʻlgan ahamiyatli qardoshlarimizning qalamlari bilan bizga yordamlari va Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻlishni hamma narsadan ustun qoʻyishlari va Xusravning ham doimiy ravishda kelganidan beri ishlashi isbot qilyaptiki; Isparta batamom Risola-i Nurga sohib boʻlgan va bitta Said oʻrnida mingta Saidni topgan. Janobi Haqqa nihoyatsiz shukr, sano va hamd boʻlsin. Moʻ'jizali Qur'onimizning matbaa va jildlash xarajati oʻttiz ming liraga chiqishi jihati bilan, bu azim masala hozircha qoldirilishiga majburiyat bor. Ra'fat Beyning bizni hayratga tushirgan hayratli va gʻarib maktubining boshdagi qismni, Ilovaga sababi ibrat boʻlib yozyapmiz. Va ayniqsa "Ana va Zarra" nomli Oʻttizinchi Soʻzni har moʻmin yodlashi zaruriydir deyishi; va u asarning qiroatidan soʻng Barlada Abdurrahim nomini qozongan va "yo Rahiym, yo Rahiym" zikrini bizga eshittirgan muborak mushukning bir qardoshi boʻlib boshqa muborak bir mushuk, Azoni Muhammadiyni (S.A.V.) mushtoqona, inson kabi tinglashi, bizga ham siz qadar hayrat va surur berdi. Va azoni Muhammadiyni (S.A.V.) toʻliq chiqishiga ishorat xushxabari deb qabul qildik. Va Kotib Usmon va Mehmed Zuhdu kabi xizmati Qur'oniyada eski va ahamiyatli va qiymatdor Tunukachi Mehmedning ham tushi ahamiyatlidir. Alloh xayrli qilsin. Isparta uchun juda xayrdir, uning ichida ahamiyatli bir xushxabar bor.

— 239 —

Ra'fat qardoshimizning maktubi toʻrt jihat bilan meni mamnun qilgan. Zotan eskidan beri Xusrav, Ra'fat, Rushdu; xayolimda, tasavvurimda birlashganlar. Janobi Haqqa shukrki, ulardan umid qilganim kamoli sadoqat va sabot davom qilyapti.

Ham Xusravning va Hofiz Alining maktublarida ismlari boʻlgan sabotkor qardoshlarimga va Kotib Usmon va Mehmed Zuhdu va Isparta Hofiz Alisi va Sava qahramonlariga bir-bir salom va duo qilamiz. Hozir bu maktubni yozarkan, Risola-i Nur stansiyasi Sabrining maktubini Amin keltirdi. Ochdik, yomgʻirsizlik bahsiga doir Risola-i Munojotning koʻplab yozilishi barakasi bilan yomgʻirning kelishi va rahmati Ilohiyaning faqirlarga yordam berishini yozganini koʻrdik. Men uchun ahamiyatli bir masalani hal qildi.

Bu yerda ham yomgʻirga shiddatli ehtiyoj bor edi. Yomgʻir keladigan hech bir alomat his qilmayotgan edik. Bu qahatchilik zamonida yomgʻirsizlik faqirlarga juda ogʻir kelgandi. Men uch marta namozdan keyin, ma'sum faqirlarni va och qolgan hayvonlarni Risola-i Nurni shafoatchi qilib duo qildik. Birdan, ayni kecha, kutganimizdan ortiq, duoning toʻliq qabulini koʻrdik. Men hayrat bilan, bu juz'iy duomiz bu kulliy masalaga qay daraja dahli boʻlganini bilolmadim. "Har holda juda muhim duolarga, duomiz ham, mingdan bir hissasi boʻlgan", dedim. Hozir ayon boʻldiki; Isparta nuroniylari, nurli ma'naviy duolari, bizni ham oʻsha rahmatdan hissador ayladi. Hatto oʻsha duomga orqamdan omin deganlardan Fayziga, bu ma'noni, bu hayratimni ham unga hozir aytdim. Oldin aytsaydim, uning yaxshi gumonini oʻzgartirolmasdim. Chunki u Ustoziga eng katta hissa beradi.

Sabrining maktubida, Siddiq Sulaymon va Barladagi qardoshlarimizning salomlari va eski aloqalarini toʻliq muhofaza qilishlari, Barladagi hayotimni hasrat bilan xotirlattirdi. Men ham ularga koʻp salom aytaman.

— 240 —

Muborak Xusrav maktubida, xos qardoshlarimizdan Ra'fat, Rushdu, Kotib Usmon, Usmon Nuri, Atif va Fayzining bir xotirlash esdaligi boʻlib bittadan nusxa yozuvlarini bizlarga hadya qilinishlarini yozyapti. Janobi Haq ularga yozgan har bir harflariga muqobil ming hasana bersin, omin.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Har vaqt ehtiyot yaxshidir. Zotan Hazrat Imom Ali (Roziyallohu Anh) ham karomatkorona bizga ehtiyotni tavsiya qiladi. Hozir sharq tarafida yangi bir hodisa:

Bir shayx tarafidan, oʻz muridlari va xalifalari vositasi bilan din foydasiga, eskidan beri mashhur boʻlgan Shayx Ahmad ismli turbadori Nabaviy tarafidan vasiyatnoma-i Paygʻambariy (S.A.V.) nomli bir asar oʻsha atrofda kezgan, tarqalgan. U yerlarda xizmat qilgan qahramon Salohiddinni bir daraja ehtiyotga chorlab, barcha siyosatlardan ustun va siyosatlarga tanazzul qilmagan Risola-i Nur jarayoni, shunday siyosatga munosabatdor boʻla oladigan jarayonlar bilan ishtiroki koʻrinmasligi uchun, yanada ziyoda ehtiyot va toʻxtashga majbur boʻlgan. Bugun, besh oy, Anqaraga bir vazifa bilan ketish uchun bu yerga keldi. Bir josus uni ta'qib qilib u ham orqasidan kirdi. Men oʻsha josusga, Salohiddin turgandan soʻng dedimki:

Risola-i Nur va undan toʻliq dars olgan biz shogirdlari, dunyo siyosatlariga emas, balki butun dunyoga qarshi ham Risola-i Nurni vosita qilolmaymiz va hozirga qadar ham qilmaganmiz. Biz ahli dunyoning dunyolariga qoʻshilmaymiz. Bizdan zarar tavahhum qilish devonalikdir.

Birinchidan: Qur'on bizni siyosatdan man qilgan; toki olmos kabi haqiqatlari ahli dunyoning nazarida shisha parchalariga tushmasin.

Ikkinchidan: Shafqat, vijdon, haqiqat bizni siyosatdan man qiladi. Chunki ta'zirga haqdor dinsiz munofiqlar oʻntadan ikkita boʻlsa, ular bilan aloqador yetti-sakkizta ma'sum, bechora, bola-chaqa, zaif, xasta, keksalar bor. Balo va musibat kelsa, oʻsha sakkizta ma'sumlar oʻsha baloga tushadilar. Balki oʻsha ikkita munofiq dinsiz yanada oz zarar koʻradi. Shuning uchun, siyosat yoʻli bilan, idora va osoyishni buzish tarzida natijaning chiqishi ham shubhali boʻlgani holda kirish, Risola-i Nurning mohiyatidagi shafqat, marhamat, haq, haqiqat shogirdlarini man qilgan.

— 241 —

Uchinchidan: Bu vatan, bu millat va bu vatandagi ahli hukumat qay shaklda boʻlsa boʻlsin, Risola-i Nurga eng shiddatli ehtiyoj bilan muhtojdirlar. Qoʻrqish yoxud adovat qilish emas, eng dinsizlari ham uning dindorona, haqparastona dasturlariga tarafdor boʻlishlari kerak. Magar butun-butun millatga, vatanga, hokimiyati Islomiyaga xiyonat boʻlmasa. Chunki bu millat va vatan, hayoti ijtimoiyasi va siyosiyasi anarxistlikdan qutulish va buyuk tahlikalardan xalos boʻlish uchun, besh asos lozim va zaruriydir: Birinchisi: marhamat.. ikkinchisi, hurmat.. uchinchisi, xavfsizlik.. toʻrtinchisi, harom va halolni bilib haromdan chekinish.. beshinchisi, beboshlikni tashlab itoat qilishdir. Xullas, Risola-i Nur hayoti ijtimoiyaga qaragan vaqti, bu besh asosni ta'min etib, ham osoyishning poydevorini tayin va ta'min qiladi. Risola-i Nurga qarshi chiqqanlar qat'iyan bilsinlarki; ularning qarshi chiqishi, anarxistlik hisobiga, vatan va millatga va osoyishtalikka dushmanlikdir. Mana buning xulosasini oʻsha josusga aytdim. Dedimki: Seni yuborganlarga bunday ayt.

Ham deki: "Oʻn sakkiz yildir bir marta oʻz istirohati uchun hukumatga murojaat qilmagan va yigirma bir oydir dunyoni ostin-ustun qilgan urushlardan hech bir xabar olmagan va juda muhim maqomlarda juda muhim odamlarning doʻstona aloqalarini istigʻno koʻrsatib qabul qilmagan bir odamga, undan qoʻrqib, faraz qilib, dunyongizga qoʻshilish ehtimoli bilan vahimaga tushib kuzatuvlar bilan aziyat berishda qaysi ma'no bor? Qaysi foyda bor? Qaysi qonun bor? Devonalar ham biladilarki, unga yopishish devonalikdir" dedik. U josus ham turdi ketdi.

Umum qardoshlarimizga, xususan arkonlarga va matbaachilarga, xususan Hizbi Nuriyaning noshirlari boʻlgan Hofiz Ali, qahramon Tohiriy va Hofiz Mustafo va rafiqlariga bir-bir salom aytamiz.

***

Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!

Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamanki, bu ajib zamonda, siz kabi xolis, muxlis, kamtarin, fidokor qardoshlarni bizga ehson aylamish.

Bu safar Xusravning, Hofiz Alining, Hofiz Mustafoning, Kichik Alining bir-biriga xitoban yozgan toʻrt maktublarini oʻqidim. Eng chuqur qalbimda bir surur, bir hissi shukron, bir mamnuniyat his qildim. Bu juda qiymatdor qardoshlarimning qay daraja oliyhimmat va yuksak ruhli, Risola-i Nur xizmatida qay daraja fidokor boʻlganliklarini tushundim. Va Risola-i Nur bunday quvvatli va xolis qoʻllarga qoldirilganidan, bizga qat'iy qanoat berdiki; Risola-i Nur magʻlub boʻlmaydi. Bu quvvatli hamjihatlik uni doimo yashattirib porlattiradi.

— 242 —

Ha qardoshlarim, sizlar ixlos sirrini toʻliq muhofaza qilyapsiz. Buncha ayrilish sabablari ichida birligingizni muhofaza, haqiqatdan bir horiqodir. Hofiz Alining haqiqatdan mustasno bir kamtarinlik va tavozesi ichida ixlosni va birodarlarda foniy boʻlish dasturini muhofaza qilishi; va Xusravning haqiqatdan tadbir jihatidan menga ehtiyoj qoldirmaydigan bir darajada tadbir va diroyati va Hofiz Ali kabi yuksak ixlosi va kamtarinligi; Hofiz Mustafoning xizmati nuriyada buyuk iqtidori ichida quvvatli bir sadoqati va fidokorona taslimiyati; va ham Abdurrahmon, ham Lutfi, ham Hofiz Ali ma'nosini tashigan buyuk ruhli Kichik Ali, Risola-i Nur xizmatini dunyoda hamma narsadan ustun qoʻyib hayotining eng buyuk maqsadi qilishi va sababi ixtilofga qarshi quvvatli bardoshi boʻlganini bu toʻrt maktubingiz menga bildirdi. Ayni tizimda, masalada aloqador qahramon Tohiriy va qahramon Rushduning ham ayni haqiqatda va ayni axloqda boʻlganliklarini hech shubha qilmaymiz. Bu olti ruknning, bu vaqtinchalik tebranishdan, haqiqiy bir tasonud bilan bir biriga qoʻlni qoʻlga, yelkani yelkaga, boshni boshga berishi, olti yuz, balki olti ming qiymati ma'naviyani oladi.. deb, Janobi Haqqa Risola-i Nur hisobiga hadsiz shukr qilamiz va sizni ham tabriklaymiz. Isparta ichidagi xos va xolis qardoshlarimizdan, bu oxirgi maktublarda; Mehmed Zuhdu, Isparta Hofiz Alisidan xabar ololmaganimdan xavotirlandim. Kasal emaslarmi?

Sandiqli tarafidan, kamoli shavq bilan va jiddiyat bilan faoliyatda boʻlgan Hasan Atif qardoshimizning bir maktubidan tushundimki; u yerda parda ostida faoliyatini toʻxtatish uchun, ba'zi domlalar, bir qism tariqatga mansub odamlarni vosita qilib sustlik beryaptilar. Holbuki maslagimiz, musbat harakat qilishdir. Bahslashish emas, aksincha boshqalarni oʻylashga ham maslagimiz ruxsat bermaydi. Ham xaridorlarni ham qidirishga majbur emasmiz, xaridorlar yolvorishi kerak.

U qardoshimiz, haqiqatdan xolis va toʻliq sodiq. Qalami kabi, qalbi, ruhi ham goʻzal. Ammo birdan hamma narsani mukammal istaydi, shuning uchun biroz aziyat tortadi. Mumkin boʻlgani qadar ham ehtiyot qilsin, hamda bid'atchi domlalarga bahs eshigini ochmasin. Inshaalloh Janobi Haq uni muvaffaq qiladi. U mintaqada oʻzi kabi xolis ruknlarni topadi, balki topgandir. Biz boshda uni va uning atrofidagi Risola-i Nur shogirdlarini tabriklaymiz. Ularning oz xizmatlariga koʻp nazari bilan qarayapmiz. Men bu yerdan ular bilan xabarlasholmaganimdan va maslahatlasholmaganimdan; sizlar mening badalimga u qardoshlarimizga ham salomimizni, ham ma'naviy qozonchlarimizga xoslar doirasida, Atifning sodiq rafiqlari unvoni ostida doxildirlar. Har tong yonimizda ma'nan borlar.

***
— 243 —

Aziz, siddiq, uygʻoq, samimiy, muttahid, muborak qardoshlarim!

Men ham sizni tabrik qilamanki, shaytoni jinniy va insiyning hiylalarini natijasiz qoldirdingiz. Janobi Haq sizni bu xizmati Nuriyada doimo muvaffaq aylasin, omin. Va sizdan abadiyan rozi boʻlsin, omin.

Avvallari bir zamon Barlada, barcha tariqatlarning shajara-i kulliyasini tartibga solish va yozish uchun Hofiz Ali bilan Xusrav oʻsha vaqt u ishda boʻldilar, ishladilar. Hali oʻsha vaqtda bu ikki zot, kelajakda Risola-i Nurga ahamiyatli xizmatda boʻlishlarini va boshda ikki koʻz kabi, ikkita qaraydi bitta koʻradi, deb kuchli bir orzu bilan umid qilgandim. Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki; oʻsha umidim oʻsha zamondan beri tahaqquq etdi va etyapti va hozir toʻliq boʻldi.

Qardoshlarim! Sizda sodir boʻlgan kichkina nuqsonlarni koʻp kattalashtirmang. Yolgʻiz men emas, balki oʻylaymanki, haqiqatdan xabardor boʻlgan harkas tasdiq qiladiki; Isparta va atrofidagi Risola-i Nur shogirdlarida favqulodda bir sadoqat va sabot va qardoshlik va ixlos va qahramonlik borki; bu ajib zamonda minglab buzuvchi va fasod chiqaruvchi sabablar ichida birliklarini va ittifoqlarini va xizmatda jiddiyliklarini muhofaza qilyaptilar. Buncha toʻfonli hodisalar ichida, Risola-i Nurni tark qilmadingiz, soʻndirmadingiz; balki shunday porlattirdingizki, bizni ham oydinlatib gʻayratga keltirdingiz. Va ayniqsa bahor mavsumida, umumiy gʻaflatda va tirikchilik dardi bergan dahshatli balo ichida bunday kamoli shavq va gʻayrat bilan Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻlish, haqiqatdan bir inoyati Ilohiyadir. Sizlarni butun ruhimiz bilan tabriklaymiz. Va qalamlarini bizning hisobimizga ishlattirishga qaror bergan oltita birlashgan qahramon, bitta ruh oltita jasad va oltita Yangi Said oʻrnida va yigirma bitta qardoshimni yigirma bitta Abdurrahmon va Abdulmajid oʻrnida qabul qilaman. Janobi Haq u qalamlarning qora nur boʻlgan siyohlarini, hadisi sahihning ochiq ifodasi bilan, har bir dirhamini yuz dirham shahid qoni qiymatida hashr kuni va mezonda daftari hasanotlariga ilova aylasin, omin.

— 244 —

Naqqosh Mehmed va Osimning vorisi Bobojon, ham hayotda, ham Risola-i Nur xizmatida boʻlishlari meni masrur ayladi.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Marhum Mehmed Zuhduning vafoti, haqiqatdan Risola-i Nur jihatidan buyuk bir yoʻqotishdir. Faqat Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki; u muborak zot oz bir zamonda Risola-i Nurga juda koʻp xizmat aylamish. Qirq-ellik yil vazifa-i nuriyasini, sakkiz-oʻn yilda batamom qilgan. Va ma'nan ichimizda, doiramizda u favqulodda xizmati bilan, porloq bir suratda yashayapti. Hasanot jihatidan oʻlmagan; doimo daftari a'moliga, yanada koʻp hasanot yozilyapti.

Hatto men ham, avvallari ochiq ismi bilan bir necha marta, Risola-i Nur talabasi unvoni bilan yuzlab marta uni va uni Risola-i Nurga bergan marhum padarini ma'naviy yutuqlarimga sherik qilganim kabi; hozir ochiq ismi bilan ba'zi kunlar ellik martaga yaqin hissador boʻladi. Demak, uning hayot qozonchi ziyodalashgan. Janobi Haq uning yaqinlariga sabri jamil va unga magʻfirati komila ehson aylasin, omin.

U muborak qalamini bizga bergandi; men ham uni ham Abdurrahmon, ham Abdulmajid oʻrnida qabul qilgandim. Uni vafot qilmagan kabi, doimo qalami ishlayotgandek qabul qilamiz. Ikki yuzga yaqin ma'sumlarni uyida Qur'onni va Risola-i Nurni dars bergan u muborak zot, aynan Abdurrahmon kabi, oz zamonda uzun bir umrning vazifasini tez qilgan, tugatgan, ketgan. Qardoshimiz Kotib Usmonning u haqida yozgan porloq ifodasi Ilovaga kirdi. Haqiqatdan u zot u ifodaga loyiqdir. InshaAlloh Ispartada u tizimda koʻplar yana chiqadi. Bu gʻamni unuttiradi. Men tarafimdan uning volidasiga va bolalariga ta'ziya bildiring.

Risola-i Nurning gʻoyat ahamiyatli bir shogirdi boʻlgan Xulusiy Beyning ahamiyatli bir maktubini koʻrdim. Darhaqiqat, u qardoshimiz birinchiligini doimo muhofaza qilyapti. Men uni doimo qalam qoʻlida, Risola-i Nurning ishi boshida deb bilaman. Ham barcha xabarlashishlarimda birinchi safda muxotobdir. Uning savollari bilan yozilgan Maktubot Risolalari va u yozgan samimiy maktublar uning oʻrnida juda koʻp insonlarni Risola-i Nur doirasiga jalb qilgan va qilyapti. U aytgani kabi, bizdan uzoq emas. Har kun koʻp marta barobarmiz. Xabarlashishimiz hech toʻxtamagan. Sizlar bilan gaplashgan vaqtim Xulusiyni ichida topaman. Sabri, qanday uning hisobi bilan men bilan gaplashadi; mening badalimga ham u bilan gaplashsin.

— 245 —

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizning juda muborak va juda foydali boʻlgan nuroniy hadyalaringizni va olmos qalamlaringizning yodgorlarini oldik. Janobi Haq ularni yozgan oʻsha qalam sohiblariga, har bir harfiga muqobil oʻn rahmat aylasin, omin. Bu nurli Keksalar Risolasining bir navi karomati shudirki: Omonat eshikka kelarkan, sakkiz yildan beri faqat ikki marta yonimga kelgan bu yerning keksa muftiysi, tuman raisi bilan kutilganga xilof bir suratda kelishlari onida, Amin ham omonatni eshikka keltirishi; ham ayni kunda, Keksalar omonati kelgan vaqt, bu shaharda, Risola-i Nurning savodsiz keksalarning boshida ikkita gʻoyat keksa zot, boshqa-boshqa yerdan, har ikkisi qoʻllarida bir parchadan qatiq tabarruk keltirishlari; va ayni kunda Isparta qahramonlarining bir tamsilchisi va yonimizga faqat uch marta kelgan Hilmi Bey, bir kunlik masofadan kelarkan, kutilganning aksiga boʻlib, omonat qoʻllarimizda ekan, goʻyo hadyani tomosha qilish uchun kelganday kirishi; ham ayni vaqtda, bir-ikki karomati Nuriyaga sabab Xayri ismli bir shogird va Risola-i Nurning ahamiyatli bir shogirdi va Daday tumanidan kelgan Fuad bilan barobar kirishlari bilan, qoʻlimizdagi omonatlardan, Istanbulda oʻqitish uchun uch nusxani Fuadning olishi; albatta tasodifiy va noxosdan emas, balki bu Keksalar omonatiga chiroyli kutib olishdir va bu atrofda goʻzal ta'siriga bir ishoratdir.

Qardoshlarim, oltita arkonlardan ikkita Ali bilan Tohiriy va Hofiz Mustafo, bu ikki-uch yilda va ayniqsa bu atrofda menga yordamlari va fathlari, yo favqulodda ixloslaridan yoki yuksak iqtidor va faoliyatlaridan shu darajadadirki; bu viloyatda Risola-i Nur shogirdlarini abadiyan minnatdor qilib, Risola-i Nurni ham bu yerlarda abadiyan yerlashtirdilar. Janobi Haq ulardan va sizlardan abadiyan rozi boʻlsin, omin.

— 246 —

Qalamlarini savodsizligimga yordamga bergan Madrasa-i Nuriyaning ustozi Hoji Hofiz va oʻgʻli va ikki qardosh Mustafo va Solih va ikki qardosh Ahmad va Sulaymon va besh qardosh barobar talaba boʻlib, uchovi bizga yordam berishlari; va Bobojon ham Osimning ruhini shod qilib, u tizimda yordamimizga yugurishi; va Zakoiy ham Lutfuning ruhini masrur qilib, eski Zakoiy kabi vazifasiga yopishishi va Duradgor Ahmad va Kotib Usmon va Mehmed Zuhdu va Nuri va Tunukachi Mehmed kabi, eski qiymatdor xizmatlari bilan Ispartani nurlantirgan boshqalari kabi, Kastamonuning nurlanishiga ham yugurishlari; va hozir taniganim Mustafo va Mustafo va Mustafo va Ayyub, qalamlari bilan, eski doʻst kabi savodsizligimga yordam berishlari; albatta shubhasiz فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ xushxabarini toʻliq tasdiq qiladilar.

***

Aziz, siddiq, mujohid qardoshlarim Hasan Atif va sodiq rafiqlari!

Birinchidan: Bu shuhuri salosa-i muborakangizni tabriklaymiz. Sizning qalamlaringizning yodgorlari va Risola-i Nurdan ayrilmaslik va sabot qilish isbotlari boʻlgan yozuvlaringizni va diningizni dunyodan juda ustun tutishingizga ishorat bergan dunyo surati ustidagi chiziqlaringizni va iymon xizmatida doimo sabot qilishingizga hujjatlar hukmidagi imzolaringizni kamoli mamnuniyat bilan oldik, qabul qildik. Janobi Haq sizlarga xazina-i rahmatidan ularning harflari adadicha amallar daftaringizga hasanalar yozsin, omin.

Aziz qardoshlarim! Bu dafa yozuvlaringizda Ixlos Risolalarini koʻrganim uchun, sizni u kabi risolalarning darsiga havola qilib, ziyoda bir darsga ehtiyoj koʻrmadim. Faqat buni eslatamanki:

Maslagimiz, sirri ixlosga tayanib, iymon haqiqatlari boʻlgani uchun; hayoti dunyoga, hayoti ijtimoiyaga majbur boʻlmasdan qoʻshilmaslik hamda raqobat va tarafgirlikka va bahslashishga chorlagan holatlardan ayrilishga maslagimiz e'tibori bilan majburmiz. Minglab afsuski; hozir mudhish ilonlarning hujumiga ma'ruz bechora ahli ilm va ahli diyonat, chivinlarning chaqishi kabi juz'iy nuqsonlarni bahona qilib, bir-birini tanqid bilan ilonlarning va zindiq munofiqlarning buzgʻunchiliklariga va oʻzlarini ularning qoʻli bilan oʻldirishiga yordam beryaptilar. Gʻoyat muxlis qardoshimiz Hasan Atifning maktubida, bir keksa olim va voiz, Risola-i Nurga zarar beradigan bir vaziyatda boʻlgan. Men kabi minglab nuqsonlari boʻlgan bir bechoraning, ahamiyatli ikkita uzriga binoan, bir sunnatni (saqol) tark qilganim bahonasi bilan shaxsimning obroʻyini toʻkib, Risola-i Nurga hujum qilishni istagan.

— 247 —

Birinchidan: Ham u zot, ham sizlar bilib qoʻyingki: Men Risola-i Nurning bir xizmatkoriman va oʻsha doʻkonning bir jarchisiman. U esa (Risola-i Nur) Arshi A'zam bilan bogʻliq boʻlgan Qur'oni Azimushshon bilan bogʻlangan bir haqiqiy tafsiridir. Mening shaxsimdagi nuqsonlar unga oʻtolmaydi. Mening yirtiq jarchilik koʻylagim uning boqiy olmoslarining qiymatini tushirolmaydi.

Ikkinchidan: U voiz va olim zotga men tarafimdan salom yetkazing. Mening shaxsimga boʻlgan tanqidini, e'tirozini bosh ustiga qabul qilaman. Sizlar ham u zotni va u kabilarni bahslashish va munozaraga chorlamanglar. Hatto tajovuz qilinsa ham badduo bilan ham javob qaytarmanglar. Kim boʻlsa boʻlsin, modomiki iymoni bor, u nuqtada qardoshimizdir. Bizga dushmanlik qilsa ham, maslagimiz e'tibori bilan javob qaytarolmaymiz. Chunki yanada mudhish dushman va ilonlar bor.

Ham qoʻlimizda nur bor, toʻqmoq yoʻq. Nur hech kimga ozor bermaydi, yorugʻligi bilan erkalaydi. Va ayniqsa ahli ilm boʻlsa, ilmdan kelgan anoniyati ham boʻlsa, anoniyatlarini qoʻzgʻatmanglar. Mumkin boʻlgani qadar, وَاِذَا مَرُّوا بِاللَّغْوِ مَرُّوا كِرَامًا dasturini rahbar qilinglar.

Ham, Hasan Avni ismli zot, modomiki avval Risola-i Nurga kirgan va yozuvi bilan ham ishtirok qilgan, u doira ichidadir. Uning fikran bir xatosi boʻlsa ham kechiringlar. Biz, emas ular kabi ahli diyonat va tariqatga mansub musulmonlar, hozir bu ajib zamonda, iymoni boʻlgan va hatto zalolat firqasidan ham boʻlsa, ular bilan ovora boʻlmaslik; va Allohni tanigan va oxiratni tasdiq qilgan, nasroniy ham boʻlsa, ular bilan nizoga sabab nuqtalarni bahslashishga sabab qilmaslikni; ham bu ajib zamon, ham maslagimiz, ham qudsiy xizmatimiz taqozo qiladi. Va Risola-i Nurning olami Islomda tarqalishiga qarshi, hayoti ijtimoiya va siyosiya jihatidan monelar chiqmasligi uchun, Risola-i Nur shogirdlari sulhkorona vaziyatni olishga vazifadordirlar. Aslo domlalarning Juma va jamoatlariga qarshi chiqmanglar. Ishtirok qilmasangiz ham, ishtirok qilganlarni tanqid qilmanglar. Garchi Imom Rabboniy deganki: "Bid'at boʻlgan yerlarga kirmanglar." Maqsadi, savobi boʻlmaydi deganidir. Boʻlmasa namoz botil boʻladi emas. Chunki, salafi solihiyndan bir qismi, Yazid va Valid kabi shaxslarning orqasida namoz oʻqiganlar. Agar masjidga borib kelishda katta gunohlarga ma'ruz qolsa, xilvatxonasida boʻlishi lozimdir.

— 248 —

Uchinchidan: Hasan Atifning maktubida, jasur va sabotkor zotlardan -ki yigitlar ta'bir qiladi - bahs bor. Biz oʻsha jasur va sabotkor yangi qardoshlarimizni ruhu jon bilan qabul qilamiz. Ammo Risola-i Nur doirasiga kirganlar, shaxsiy jasoratlarini qiymatlashtirish uchun, tebranmas bir sabot va matonatga va birodarlarining hamjihatliklariga jiddiy ravishda harakat qilishga sarf qilib, u shisha parchasi hukmida shaxsiy jasoratini haqiqatparastlik siddiqiyatidagi fidokorlik olmosiga oʻgirish kerakdir.

Ha, maslagimizda ixlosi tommadan keyin eng buyuk asos, sabot va matonatdir. Va oʻsha matonat jihati bilan hozirga qadar koʻp hodisalar borki; undaylar, har biri yuzga muqobil bu xizmati Nuriyada muvaffaq boʻlgan. Oddiy bir odam va yigirma-oʻttiz yoshda ekan, oltmish-yetmish yoshdagi valiylardan ustun boʻlganlar bor.

Ham bir odam, bir oʻzi jasorati goʻzal ham boʻlsa, bir hamjihat jamoatga kirgandan soʻng, ularning istirohatini va tebranmasliklarini muhofaza qilish uchun, u shaxsiy jasoratni iste'mol qilolmaydi. سِيرُوا عَلَى سَيْرِ اَضْعَفِكُمْ hadisi sharifining sirri bilan harakat qilish, ham hozircha bu chalkash vaziyatlarda juda zararli ham domlalarni, ham ahli siyosatni Risola-i Nurga qarshi jabha olishga va tajovuz qilishga sababiyat bergan shapka va azon masalalari va dajjol va sufyon unvonlari, Risola-i Nur shogirdlari begonalarga qarshi keraksiz sababi bahs va tortishish qilinmasligi kerak va ehtiyot qilish juda lozimdir va sovuqqonlikni muhofaza qilish vojibdir. Hatto sizda juz'iy bir ehtiyotsizlik, bu yerga qadar bizga ta'sir qiladi.

Risola-i Nur bir doira emas, ichma-ich doiralar kabi tabaqalari bor. Arkonlar va sohiblar va xoslar va noshirlar va talabalar va tarafdorlar kabi tabaqalari bor. Arkon doirasiga layoqati boʻlmagan, Risola-i Nurga muxolif jarayonga tarafdor boʻlmaslik sharti bilan, doira xorijiga tashlanmaydi. Xoslarning xususiyati boʻlmagan, zid bir maslakka kirmaslik sharti bilan talaba boʻlishi mumkin. Bid'at bilan amal qilgan, qalban tarafdor boʻlmaslik sharti bilan doʻst boʻlishi mumkin. Shuning uchun, oz bir kamchilik bilan dushman sinfiga qoʻshilmaslik uchun, tashqariga tashlamanglar. Faqat Risola-i Nurning arkonlarida va sohiblaridagi sirlar va nozik tadbirlarga ularni sherik qilmaslik kerak.

***
— 249 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu ikki kunda ikki kichik hodisalar, toʻrt-beshta masalalarni eslattirdi:

Birinchisi: Salohiddin Anqaradan yozyaptiki, tariqatga qarshi tajovuzni boshlaganlar. Ham Anqarada, ham sharqda u masalada qamoqqa olish bor ekan. Risola-i Nur shogirdlari har tarafda inoyati Rabboniya ostida himoyada qolyaptilar. Ularning quvvatli ixlosi va hamjihatliklari va ehtiyotlari oʻsha inoyatni haqlarida davom qildiryapti.

Ikkinchisi: Bu kunlarda harkas aziyatdan shikoyat qilyapti. Goʻyo ma'naviy havoning buzuqligidan, moddiy va umumiy bir aziyat xastaligini bergan. Hatto menga ham bir kun siroyat qildi. Bizning har dardimizga dori boʻlgan Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻlganlarda oʻsha aziyat xastaligi yo yoʻq yoki juda kamdir.

Uchinchisi: Marhum Mehmed Zuhduning vafoti Risola-i Nurning xizmati nuqtasida bizni juda xafa qildi. Faqat birdan, oʻtgan yil Hofiz Mehmedning barcha musodara qilingan risolalarini oʻn kun mobaynida qishlogʻidagi Risola-i Nur shogirdlari tarafidan yozib unga berish, juda mardona kafolatlari xotirimga keldi va angladimki; asrlonlar yotogʻi boʻlgan Isparta va atrofi, Mehmed Zuhduning xizmatini ortigʻi bilan qiladilar va oʻsha boʻshliqni toʻldiradilar.

Toʻrtinchisi: Ilovaga kirgan Ispartali qardoshlarimizning maktublarining ba'zilarida, ustozlari haqida ifrot bilan tavsiflar koʻrdim. Oʻzimga qaradim, oʻsha vasflardan zakoti ham menga oid emas, mening haqqim emas. "Ajabo, bu haqiqatparast qardoshlarim koʻp ogohlantirishlarim bilan barobar, bu yaxshi gumon ifrotida ham davomlarida foydalari nima?", dedim. Qalbga eslatildiki: "Ular va mamlakatlari Isparta atrofi, ularning eng katta yaxshi gumonlari darajasida yaxshi gumonlarining barakasini koʻrganlari uchun, Beshqazali Usmoni Xolidiy va Oqsoq Shukru kabi ahli valoyatga iqtido qilib, oʻsha nuqta-i nazardan ifrot qilmaganlar, bir haqiqat koʻrganlar. Faqat qandayki kashfiyot ta'vilga va tushlar ta'birga muhtojdir; xususiy hukmlar umumiylashtirilsa, bir jihatda xato koʻrinadi. Xuddi shuning kabi, ular Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysining oʻzlariga va mamlakatlariga qilgan foydani, u shaxsi ma'naviyning tamsilchilaridan birisi boʻlgan ustoz deganlari bu qardoshlariga berib, u mamlakat hodisasini umumiy bir hodisa nazari bilan qarab umumiylashtirib, ifrotona bir yaxshi gumon suratida koʻrindi."

— 250 —

Beshinchisi: Xotirga keldiki, Risola-i Nurning parchalari koʻp. Harkas muhtoj boʻlgani holda, hammasini qoʻlga kiritolmaydi. Birdan "Hujjatulloh-il Baligʻa" majmuasi xotirga javob boʻlib keldi.

Ha, Risola-i Nurdan koʻplab majmualar chiqadiki, har biri kichik, faqat kuchli Risola-i Nur boʻladi. Har muhtojning qoʻliga oʻta oladi. Bu munosabat bilan, Yigirma Beshinchi Soʻzning zayllarini oʻyladim. Hozir mening yonimda toʻrt-beshta nusxa bor, zaylsizdirlar. Muboraklarning bu dafa yuborgan nusxaning zaylida Rumuzoti Samoniya mundarijasidan nuqson olingan Sura-i اِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ va اِنَّا اَعْطَيْنَا dagi oʻn uchta alif, barmoq bilan va Fotihada oʻn uchta qoʻl bilan ishoratlari va اِنَّا اَنْزَلْنَا ishorasi kabi ahamiyatli parchalar yoʻqdir. Kechagi kun اَللَّهُ نُورُ السَّمَوَاتِ oyatiga doir Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning oxirida, sayohati xayoliya va sayri qalbiy risolachasini oʻqidim. Va Birinchi Shu'lada bu oyat Risola-i Nurga ishorasini xotirladim. Dedim: Bu ikki nukta-i Nuriya va تَغْرُبُ (الشَّمْسُ) فِى عَيْنٍ حَمِئَةٍ hujjat, nukta va hoshiyasi bilan barobar Moʻ'jiza-i Qur'oniya zayllari ichiga kirsa munosib boʻladi. Siz ham munosib koʻrsangiz yozilsin. I'jozi Qur'on nuktalariga oid muhim parcha topsangiz ilova eta olasiz.

Oltinchisi: Saksondan ortiq yil ma'naviy va boqiy bir umrni qozontirish sirrini tashigan shuhuri salosangizni va Layla-i Ragʻoyibingizni butun ruhim bilan tabriklayman. Ikki-uch kun avval, Yigirma Ikkinchi Soʻz tahrir qilinarkan tingladim. Koʻrdimki; ichida ham kulliy zikr, ham keng fikr, ham koʻplab tahlil, ham quvvatli iymon darsi, ham gʻaflatsiz huzur, ham qudsiy hikmat, ham yuksak bir ibodati tafakkuriya kabi nurlar bor. Bir qism shogirdlarning ibodat niyati bilan risolalarni yo yozish yoki oʻqish yoki tinglashlikning hikmatini bildim. Barakalloh dedim. Tasdiqladim.

Bu maktubdagi besh-oltita masalani yozarkan, Nur fabrikasi sohibi Hofiz Alining maktubi bilan, ixlosda va ishlashda va nozik oʻylashda mumtoz Hasan Atifning maktubini oldik. Hofiz Alining maktubida, Risola-i Nur shogirdlarida sirri ixlosning qay daraja yuksak bir anoniyatni tark va nafsoniy zavqdan uzoqlashish kabi, ixlosning eng yuksak xislatlari Risola-i Nur shogirdlarida namoyon boʻladi deb bir dalil boʻldi.

— 251 —

Jumladan, Hofiz Ali deydiki: Xusrav qardoshimiz oʻz qalami bilan yozilgan "Moʻ'jizotli Qur'on"ni fotoapparat bilan chop qilinishiga tarafdor boʻlmasligi va temir harflar bilan ruxsat boʻlishga qadar kutishga tarafdor boʻlishi, uning favqulodda ixlosiga va nafsning zavqlaridan uzoqligiga qat'iy dalildir. Chunki fotoapparat bilan chop qilinsa, uning oʻz xati boʻlgani uchun, minglab Qur'on nusxalarini oʻz qoʻli bilan yozgandek olami Islomning ma'naviy nazarida va uxroviy savob jihatida buyuk va ma'sumona va zararsiz bir maqomni tark qilib, ixlosning sirri uchun zavqini unutib, temir harflarga tarafdor boʻlgan. Va koʻrsatgan xatolari boʻlishi sababi esa, temir harflarda uch marta chop boʻlishga kirish nuqtasida ham u xatolar boʻlishi mumkin.

Xullas kalom: Hofiz Alining ixlosidan kelgan ifodasi va Xusravni favqulodda ixlos nuqtasida taqdir etishi; va Xusrav ham gʻoyat buyuk va boqiy bir hissasini tashlab, mening eskidan beri takror qilganim bir da'vom-ki; "Risola-i Nurning haqiqiy shogirdlari xizmati iymoniyani hamma narsadan ustun koʻradi, qutbiyat ham berilsa ixlos uchun xizmatkorlikni tanlaydi" meni oʻsha da'voda amalda tasdiq qilishi jihatidan, bor quvvatimiz bilan bu kabi qardoshlarimizni tabriklaymiz.

Qardoshimiz Hasan Atifning maktubidan angladikki, haqiqatdan chinakkam harakat qilyapti. Oʻz ta'biri bilan, Risola-i Nurning mujohidlarining va yigitlarining qalam yodgorlarini bizga hadya tariqasida yuborganiga muqobil deymiz: Janobi Haq abadiyan ulardan rozi boʻlsin. Va yanada koʻp ma'nodor yozgan jumlalari ichida, bir parchada ahli bid'atga shiddat koʻrdim. Zamon, zamin, Risola-i Nurning musbat maslagi, ahli bid'at bilan emas fe'lan, balki fikran va zehnan ham mashgʻul boʻlishga ruxsat bermaydi. Ehtiyot har vaqt lozim. U xolis qardoshimiz, inshaAlloh u yerlarda oʻzi kabi koʻp xolis shogirdlarni yetishtiradi. Biz bu yerdagi duomizda, Atif bilan barobar u yerdagi barcha rafiqlarini sherik qilamiz. Men shaxsan ular bilan xabarlashishni istayman, ammo modomiki Isparta u vazifani yanada mukammal qilyapti. U vazifani ularga qoldiraman.

Hofiz Alining maktubining oxirida, madrasa-i Nuriya qahramonlaridan va Xusrav tizimida Ahmad va qardoshi Sulaymon haqida taqdirlari bizni masrur ayladi. Zotan u Madrasa-i Nuriya shogirdlari mening nazarimda, eskidan beri bir gʻoya-i xayolim boʻlgan Madrasat-uz Zahroning talabalari suratida oʻylar edim. Va der edim: "Ular bular boʻldi yoki bular ularning yordamchilaridir."

***
— 252 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizning me'rojingizni tabrik va Me'roj Sohibining (S.A.V.) sunnati saniyalariga sizni va bizni toʻliq muvaffaq aylashiga rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz. Sizga, bu bir-ikki kun mobaynida, nazari diqqatni jalb etgan bir-ikki kichik masalani yozyapman:

Avvalo: Risola-i Nur shogirdlarining bir qismi boʻydoq qolishlarining koʻp sabablaridan bir sababini koʻrsatgan bir hodisa:

Bu kunlarda, yoshlik zarbasini yegan va boʻydoq qolgan va tasalli topish uchun Risola-i Nur bilan aloqadorlikka uringan va muhim bir maktabda dars olishga mashgʻul va ahamiyatli bir odamning qizi boʻlgan xonimga qisqacha bir haqiqatni aytdim. Balki oʻsha atrofda ba'zilarga foydasi bor deb yozyapman.

Dedimki: Modomiki yoshlik zarbasini yeding, bir vazifa-i fitriya boʻlgan nasl qoldirish qonuniga boshqa kirma. Chunki oʻsha vazifaning evaziga haq sifatida erkak olgan vaqtinchalik lazzat va kayf bir daraja boshlangʻichda kifoya keladi. Ammo bechora ayol, oʻsha vazifa-i fitriyada bir yil ogʻir yukni tortishga hamda bir-ikki yil bolaning mashaqqatiga, boqilishiga hamda ochiq-sochiqlik sababi bilan erining nazarida sadoqatsizlik ayblovi va erining ham koʻzi tashqarida boʻlish ehtimoli va unga samimiy marhamat qilmasligi jihati bilan, doimiy mashaqqatlarga va vijdoniy azoblarga muqobil; uylanishda olgan vaqtinchalik bir kayf va lazzat, bu buzilgan zamonda unga oʻsha vazifaga muqobil yuzdan birisiga teng kelolmaydi. Va ayniqsa kufuvvi shar'iy ta'bir etilgan, bir-biriga xulq va din nuqta-i nazaridan layoqat boʻlmaganidan, yanada ziyoda azob chektiradi. Va ayniqsa tarbiya-i Islomiya xorijida, musulmon nomi ostida boʻlganlar, iymondan kelgan oʻzaro hurmat va marhamatni topolmaganlaridan, butun-butun saodati hayotiyani mahv etadi, Jahannam azobini chektiradi.

— 253 —

Ham padar, ham volida, nasl qoldirish qonunidagi vazifada chekkan koʻp mashaqqatlari va qilgan koʻp xizmatlariga muqobil; faqat bolaning dunyoda kamoli hurmat va itoat bilan shafqatlariga va xizmatlariga badal, xolis bir hurmat va sodiqona bir itoat va vafotlaridan soʻng solihligi bilan va xayrli ishlari bilan va duolari bilan ularning amallar daftariga hasanot yozdirish va oʻn-besh yoshdan oldin ma'sum tarzda oʻlgan boʻlsa ularga qiyomatda shafoatchi boʻlish va Jannatda ularning quchogʻida sevimli bir bola boʻlishdir. Hozir esa, tarbiya-i Islomiya oʻrniga mimsiz madaniyat tarbiyasi yuzidan, oʻntadan, balki yigirmatadan, balki qirqtadan bitta bola faqat padar va volidasining juda ahamiyatli xizmat va shafqatlariga muqobil mazkur vaziyati farzandonani koʻrsatadi. Qolgani, tashvishlar bilan shafqatlarini doimo ranjida etib, oʻsha haqiqiy va sodiq doʻstlar boʻlgan padar va volidasiga vijdon azobini chektiradi va oxiratda ham da'vochi boʻladi: "Nima uchun meni iymon bilan tarbiya qildirmadingiz?" Shafoat oʻrniga shikoyatchi boʻladi.

Ikkinchi Masala: Kechagi kun, beshta latif tavofuqlardan qat'iy bir qanoat bizga keldiki; eng juz'iy va ahamiyatsiz ishlarimizda ham inoyatkorona bir diqqat ostidamiz.

Birinchisi: Men eshikka chiqqanim vaqtim, kutilganga xilof tarzda, Risola-i Nur shogirdlaridan toʻrtta Ahmadlar -menga aloqador bittadan maqsadni qiladi- birdan barobar eshikka keldilar. Ikki dona qishloqlardan, ikkitasi ham bu yerda boshqa-boshqa mahallalardan.

Ham yana, Risola-i Nurning muhim bir talabasi Koʻroʻgʻli Ahmadga bir miqdor qatiq ham tabarruk, ham ulush sifatida berdik. Hali qoʻlida qatiqni tutarkan, Risola-i Nurning ma'sum talabalaridan Hilmining oʻgʻli Ahmad, qoʻlida boshqa Ahmadga berganim miqdor qatiq bilan eshikni ochdi. Risola-i Nur talabalaridan oltita Ahmadning bir kunda bu tur tavofuqlari tasodifga oʻxshamaydi, balki u Ahmadlarga nazari diqqatni jalb qilgan bir ishoratdir.

Ikkinchisi: Muxojir, faqir bir ayol mendan bir tabarruk istadi. Men ham bir koʻylak berdim. Besh daqiqa soʻngra, ayni ismli bir ayol bir koʻylakni menga qabul ettirish uchun muhim bir vositani topib yubordi. Tavofuq xotiri uchun qabul qildim.

Ham ayni kun, ba'zi haqdor zotlarga yarim yogʻimni berarkan idish koʻp olgan, juda oz menga qoldi. Aynan, ular hali u yogʻni olmasdan -mening niyatimda- menga qoladigan miqdor qadar, uzoq bir qishloqdan kitoblarimni oʻqish evaziga keldi. Uni ham, oʻsha tavofuq xotiri uchun qabul qildim.

— 254 —

Uchinchisi: Oʻsha kuni men, ot ustida sayohatga (kezishga) borarkan, orqamda bir otliq tezlik bilan kelyapti. Tushdi, oyogʻimga uzangiga yopishdi. Tanimaganim bir odam. "Sen kimsan? Buncha doʻstlik koʻrsatyapsan", dedim. "Men Kozja hatibiman", dedi. Holbuki Kastamonuda hech bu ismli bir qishloq boʻlganini bilmas edim. Soʻngra keldim. Ikki Ispartalik askarlar yonimga keldilar. Birisi: "Men Kozja hatibidan senga maktub keltirdim", dedi. Bu ajib tavofuq menga, bu ikki boshqa-boshqa viloyatda, ham bunday tavofuq qilishlari, Risola-i Nur xizmatida sadoqat bilan xizmat qilishlariga bir ishoratdir. Bu munosabat bilan Sabri Kozja hatibiga mening tarafimdan koʻp salom aytsin. Uni xos talabalar ichida ma'naviy yutuqlarga sherik qilamiz. Xususiy maktub yozish odatimiz boʻlmaganidan, unga alohida maktub yozolmaganimizdan xafa boʻlmasin.

Shirin bir tavofuqning mevasini ayni kunda yanada shirin bir tarzda koʻrdim. Jumladan:

Ikkita askar, kamoli sevinch bilan gʻoyat doʻstona "Sen Ispartalisan, bizning hamshahrimizsan." Men ham dedim: "Iftixor bilan, har jihat bilan Ispartalikman. Isparta toshi bilan, tuprogʻi bilan mening nazarimda muborakdir, mening vatanimdir. Va har biri yuzga muqobil yuzlab va minglab haqiqiy qardoshlarimning kindik qonlari toʻkilgan joylaridir."

Ha, bu atrofga kelgan Ispartaliklar askar boʻlsin, boshqalar boʻlsin, mutlaq aksariyat bilan meni hamshaharlari deb biladilar. Qaysisi men bilan koʻrishsa, "Siz Ispartalikmisiz?" Men ham deyman: "Iftixor bilan, men Ispartalikman". Va Ispartada shu qadar haqiqiy qardoshlarim va yaqinlarim borki, kindik qonim toʻkilgan joy boʻlgan Nurs Qishlogʻidan juda koʻp jihatlar bilan ustun qoʻyaman. Va buyuk Ispartaning bir kichik avlodi hukmida boʻlgan Isparta tumanimizdan buyuk Ispartaning birgina qishlogʻini ustun qoʻyaman. Shu qadar xolis, qahramon qardoshlarni menga bergan Isparta toshi ham, tuprogʻi ham menga va balki Anadoluga muborak boʻlgan. InshaAlloh ham Anadoluga, ham olami Islomga nashr qilgan Nur tuxumlari bittadan rahmatga sazovor boʻladi, kurtak ochadi. Ham ozuqa, ham ziyo, ham davo boʻlib; ma'naviy qimmatchilik va vabo va zulmni va zulmatni tarqatadi.

Toʻrtinchisi: Sobiq uchta tavofuqni yozgandan soʻng, katta Hofiz Alining gʻoyat goʻzal maktubi bilan, Xulusi-i solis Abdulloh Chovushning ma'nodor maktubi va Xulusiy Beyning va Kotib Usmonning qiymatli maktublarini oldim. Hofiz Ali maktubida yozgan shu ifoda, Konya olimlarining Risola-i Nurni yozayotganlarini va taqdir qilayotganlarini va tafsir sohibi Domla Vahbining (r.h.) Risola-i Ixlos qarshisida magʻlubiyat bilan barobar, Risola-i Nur oldida hayron va taqdirkor boʻlishi munosabati bilan, Hofiz Ali degan:

— 255 —

"Risola-i Nurning bir karomatidir; hoʻkizga goʻsht va arslonga oʻt tashlamaydi. Hoʻkizga oʻt beradi, arslonga goʻsht beradi. U arslon Domlaning eng avval Ixlos Risolalari qoʻliga oʻtgan."

Xullas, Hofiz Alining bu maktubini olganimdan yo olti, yo yetti kun avval, Qoratogʻdan tusharkan, birdan der edim: "Xoy, otga goʻsht, arslonga oʻt tashlama. Arslonga goʻsht, otga oʻt ber." Bu kalimani besh-olti marta menga yoqqan, takror qilardim. Yo Hofiz Ali mendan avval yozgan, menga ham ayttirdi yoxud men avval aytganman, unga yozdirilgan. Faqat bu gʻarib tavofuqda bir farqimiz bor. U hoʻkizga oʻt degan; men otga oʻt deganman.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim va xizmati iymoniyada quvvatli, metin, jiddiy, tebranmas, fidokor doʻstlarim va sayohati barzoxiya va uxroviyada nuroniy yoʻldoshlarim!

Sizning, har bir dirhami yuz dirham shahidlar qoni qadar qiymatdor siyoh nuri oqitgan muborak qalamlaringizning bu dafagi qudsiy hadyalarning har bir harfiga muqobil, Janobi Arhamurrohimiyn sizlarga ming rahmat aylasin, omin. Bu gʻaflat va mashaqqatli va zerikarli mavsumda va dunyo mashgʻuliyatlari ichida bu fidokorona gʻayratingiz va sa'yingiz, haqiqatdan bir inoyati xossadir va bir karomati nuriyadir. Janobi Haq sizlardan abadiyan rozi boʻlsin, omin.

Olmos qalamlarini bizga yordam uchun, yigirma bir Abdurrahmon va Abdulmajidlarning bu qadar tez nusxalarni yetishtirishlari va qabri purnur boʻlgan Mehmed Zuhduning, barzohda ham qalamini bizning hisobimizga iste'mol qilishi hukmida, uning me'roslaridan nusxalari yuborilishi; bizni juda qattiq surur bilan shukrga chorladi. Eski talabaligim zamonida ishonchli zotlardan, ular ham muhim imomlardan naql qilib eshitdimki: "Jiddiy, mushtoq, xolis tolibi ilm, tahsilda ekan vafot qilgan vaqtlari, barzohda ayni tahsil misoli va bir madrasa-i ma'naviyada boʻlganday; u olamga muvofiq bir vaziyat ehson qilinadi" deb oʻsha vaqt tolibi ilm ichida koʻp marta bahsga sabab boʻlar edi. Hozir bu vaqtda, tolibi ilmning eng xolislari Risola-i Nur talabalari boʻlganidan; albatta marhum Mehmed Zuhdu, Osim va Lutfi kabi zotlarning vazifalari davom qilyapti. Amallar daftariga hasanot yozish uchun, ma'naviy qalamlari inshaAlloh ishlayaptilar.

Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamizki; sizdagi favqulodda gʻayrat va ishlash, matbaaga ehtiyoj qoldirmaydi. Bu dafa yuborgan risolalaringiz juda chiroyli, juda mukammal, juda ham kerakli. Faqat men xato qilganman. Oʻn Birinchi Yogʻdu bilan Talvehoti Tis'ani yozmaganimiz holda, yozganman deb oʻylayotgan edim.

— 256 —

Minhoj-us Sunna bizda bor. Oʻn bir nuktadan iborat boʻlgan Oʻn Birinchi Yogʻdu, Mirqot-us Sunna va Talvehoti Tis'a bilan va unga zayl boʻlib toʻrtta qadamdan iborat, Risola-i Qadarning zayli ekan, Oʻn Yettinchi Soʻzning zayliga kirgan parcha ham Talvehotga zayl oʻlaroq yozilsa munosib boʻladi. اَللَّهُ نُورُ السَّمَوَاتِ وَاْلاَرْضِ oyatining tajalliysiga qaragan bir sayohati qalbiya-i xayoliyaga doir ikki-uch sahifalik Yigirma Toʻqqizinchi Maktubning oxir qismlaridagi parcha ham ichlarida boʻlsa, chiroyli boʻladi.

Hozir sizga, musibat yuzidan bir inoyati xossani, koʻproq duo qilishingizga vasila boʻlish uchun yozyapman.

Bugun, toʻrt soat avval men yolgʻiz, Qoratogʻning xoli oʻrmonlari ichida edim. Gʻoyat hurkak bir otga mingandim. Men minarkan, birdan tizgin tasmasi uzildi. U ham yomon qoʻrqdi, changalzorga kirib qoldi. Meni shunday yomon bir tarzda tepib yerga tushirdi. Men u holda chap qoʻlim va chap oyogʻim singanday ehtimol berganim kabi, vaziyat ham shunday koʻrsatayotgan edi. Ot ham boshqasining moli. U xoli oʻrmon ichiga kirib ketdi. Atrofda hech kim yoʻqki, yordamga yetishsin. Janobi Haqqa hadsiz shukr qilaman, qoʻl-oyogʻim sinmagan, haddan ortiq lat yegan ekan, yana shamsiya bilan yura oldim. U hurkak ot ham oʻrmonga shoʻngʻib, yoʻlsiz bir istiqomatga, mening yurishim bilan yurib, oʻn besh daqiqalik bir masofaga bir soatda yetishdik. Ot suv ichayotgan ekan, Nuriya ismli bir ayol keldi. Qoʻlida non, bir parcha nonni otga berib, tutildi. Men ham, Janobi Haqqa shukr, u vaqt minib bildim, uyga keldim. Birdan shunday bir toʻfonli yomgʻir boʻldi, hujramning qarshisida bir sel boʻlib koʻrdik. Agar oʻsha suv, oʻsha Nuriyaga uchramasaydi; oʻsha xoli yerda, oʻsha yomgʻir ostida, ot ham boshqasining moli, yoʻqolish kabi koʻp musibatlardan Janobi Haq muhofaza ayladi. Bu kichik musibatda toʻqqiz jihatda ne'mat boʻlganini tasdiq qildik. Va bu navi hifzu himoya, sizlarning samimiy duolaringizning bir natijasi boʻlgani qanoatidamiz. Va bu toʻqqiz jihat bilan shukrga sabab hodisa, kecha olganimiz hadya-i nuriyaning juda foydali boʻlganiga ishoratdir. Chunki zarbulmasalda mashhurdirki: Bir narsada zahmat va mashaqqat, alomati maqbuliyatdir.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz va duolarini istaymiz.

***
— 257 —

Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!

Bu muborak ayyom va sharif kechalarda muborak duolaringizga yanada ziyoda ehtiyojimni koʻrsatish uchun, bundan avvalgi maktubda, hurkak ot sababli kelgan musibat garchi oʻndan toʻqqizi ne'matga aylandi. Oʻndan biri, eskidan beri menda boʻlgan qulunch illatiga va revmatizm xastaligiga qoʻshilib, meni yotoqqa tushirdi. Ammo xavotirlanmang, men turib kezyapman. Qat'iyan -bugun yuborgan risolalaringizni tahrir qilarkan- qanoatim keldiki; oʻsha musibatning boqiy qolgan oʻndan biri, oʻn daraja bir ne'mat hukmida boʻldi. Va oʻn adaddan ziyoda foydalaridan bir foydasi shudirki:

Men tahrirda garchi zerikmasdim, ammo har tahrirda yana dars olib istifoda qilish bir odatim edi. Ba'zan juda koʻp zavq olardim. Bu mavsumda togʻlarda, bogʻlardagi chiroyli san'ati Ilohiyani tomosha zavqi, oʻsha tahrirdagi zavqimga gʻalaba qilayotgan edi. Bu yangi musibatdagi doimo oʻzini his qildirgan xastalik, kamoli zavqu shavq bilan Hazrat Ayyub Alayhissalomning Yogʻdusi bilan, Xastalik Yogʻdusini har nusxada yangidan koʻrayotgandek oʻqib tahrir qilayotgan edim. Qat'iyan shubham qolmadiki; u zahmatli xastalik, u lazzatli, rahmatli vazifa-i nuriya uchun berilgan. Garchi harakatlarimda, namoz va tahoratda aziyat beradi; ammo xastalik bilan ubudiyat ikki baravar savobi boʻlgani kabi, bu nurlarning tahriridagi zavq, oʻsha aziyatlarni hechga tushirdi.

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى كُلِّ حَالٍ سِوَى الْكُفْرِ وَ الضَّلاَلِ

Ikkinchidan: Sizning nusxalaringizda ba'zan bitta xato, bir necha nusxada aynan topiladi. Demak ma'no yaxshi tushunilmagan, oʻshanday qolgan. Masalan: Iqtisodning oxirlarida Xusravning hoshiyasida beshinchi qatorida: "Ulamo esa, masraflaridan mollarining qiymatini bilmaganlari" jumlasi xato. Toʻgʻrisi esa, "Ulamo esa, ma'rifatlaridan mollarining qiymatini bilganlari uchun." Ham bu qatorning orqasidagi, "orqasida" kalimasi xato, toʻgʻrisi "orasida".

***
— 258 —

Aziz, siddiq, muborak, fidokor qardoshlarim!

Kecha oltita ahamiyatli maktublaringizni oldim. Har maktubingizga uzun bir maktub yozishni haqiqatdan orzu qilardim, hamda haqqingizdir. Ammo bu harflarni yozgan Fayzi shohiddirki; olti kechadir, olti soat yotolmadim. Faqat bu oltinchi kecha, bir yarim soat qadar yota oldim. Shuning uchun, bu ahamiyatli maktublarga qisqacha bittadan jumla bilan qanoat qilyapman.

Birinchidan: Risola-i Nur stansiyasi va Xulusiy, Haqqi, Sulaymonni tamsil etgan Sabri qardoshim. Ushr, shar'iy zakotdir. Zakot esa, haqdorlargadir.

Ikkinchidan: Gul fabrikasi gulistonlarini va marhum badaviy bulbullarini gapirtirgan Xusrav qardosh! Risola-i Nur Ispartani samoviy va aroziy ofatlardan muhofazasiga sabab boʻlganini koʻp hodisalar bilan barobar, bu yangi zilzila hodisasi va qarshi chiqqan domlaning doʻllar bilan boshining ta'zirlanishi yangi bir hujjati boʻlyapti. Va Moʻ'jizoti Qur'oniya ilovasini sizning uygʻun fikringizga havola qilamiz. Ham siz yozgan miqdoringizni yuboring. Biz bu yerda tugatib, sizga ham keyin xabar beramiz.

Uchinchidan: Nur fabrikasining sohibi Hofiz Ali qardosh! Sening Risola-i Nurga boʻlgan hayratomuz ixlos va aloqa va e'tiqoding, inshaAlloh u nurlarni u atrofda doimo porlattiradi. Sening u buyuk zilzilaning shovqinini eshitmasliging va zilzilani his qilmasliging; ta'zirini yegan domla kabi, Risola-i Nurning bir navi karomatidir. Demak, shogirdlarga zarar berish emas, balki inoyatkorona, vujudini ham ba'zi xoslarga bildirmaydi, qoʻrqitmaydi.

Toʻrtinchidan: Bizni va Kastamonu shogirdlarini qiyomatga qadar minnatdor qilgan va mustasno qalami bilan Risola-i Nurning deyarli hammasini bu atrofga yetishtirgan hamda avlod va padar va volidalari va rafiqasi bilan Risola-i Nurga xizmat qilgan qahramon Tohiriy qardoshim! Janobi Haq uyingizdagi singlimga, ham menga shifo ehson aylasin. Xastaligimga oid bir parcha sizga kelyapti. Padar va volidangizga ham mening tarafimdan dengki: "Tohiriy kabi qahramon bir shogirdni Risola-i Nurga yetishtirgan va u vosita bilan amallar daftarlariga doimo hasanot yozdirgan bir shogirdni bizga qardosh qilib bergan u muborak zotlar, inshaAlloh bu saodatni doimo davom ettiradilar. Dunyoning shisha parchalarini u olmoslardan ustun qoʻymaydilar. Ular xususiy duomizda doxildirlar."

— 259 —

Beshinchidan: Mujohidlarning ustozi va yigitlarning haqiqiy bir nasihatchisi va Risola-i Nurning xolis muxlis bir shogirdi boʻlgan Hasan Atif qardoshim! Sening uzun va ta'sirli va ahamiyatli maktubing ichidagi adibona, gʻoyat nozik hissiyoting va senga maxsus latif ta'birlaring menga yoqdi. Qardoshim, bid'atchilarning va xudfurushlarning va mulhidlarning qarshi chiqishlaridan iztiroblaring, meni sening hisobingga iztirobga soldi. Bundan oldin sizga yozgan maktubim, inshaAlloh oʻsha iztiroblarni ketkazadi. Risola-i Nurning maslagi esa: Vazifasini qiladi, Janobi Haqning vazifasiga qoʻshilmaydi. Vazifasi, tabligʻdir. Qabul qildirish, Janobi Haqning vazifasidir.

Ham, miqdorga ahamiyat berilmaydi. Sen oʻsha atrofda birgina Atifni topsang, yuztani topgan kabidir. Xavotirlanma. Ham, mumkin boʻlgani qadar xorijdan kelgan kichik hujumlarga ahamiyat berma. Faqat ehtiyot bilan, bu tanballik mavsumi va gʻaflat zamoni va tirikchilik dardi bandiligi zamonida, juz'iy bir mashgʻuliyat ham ahamiyatlidir. Turgʻunlik emas, muvaffaqiyatsiz magʻlubiyat yoʻq! Risola-i Nurning har tarafda gʻolibona fathlari bor.

Oltinchidan: Eski doʻst va qardosh va Risola-i Nurning oʻsha zamonda jiddiy bir talabasi va Isparta hayotimda menga goʻzal xizmat bilan samimiy bir doʻst va himmati uzun, qoʻli qisqa aziz qardoshim Mehmed Jalol!

Seni oʻsha vaqtdan beri unutmadim. Koʻp vaqt Risola-i Nur doirasida qalami bilan xizmat qilganlar ichida isming bilan hissador boʻlayotgan eding. Sening yuksak iste'dodingni va oliyhimmatligingni Risola-i Nurda iste'mol qilishni orzu qilayotgan edim. Demak, tirikchilik dardi sizni bir daraja qayd ostiga oldi. Boshda muborak otang, uyingizda boʻlganlarga men ham salom aytaman. Va ayniqsa Mehmed Sayroniy Hayyotga koʻp salom bilan barobar; agar mening u yerda ekan taniganim va Xusrav tizimida deb oʻylaganim Mehmed Sayroniy boʻlsa, uning ming salomiga salom bilan javob berib; u Sayroniy u zamondan beri Risola-i Nurning bir juziga bahsi kirgani va oʻchirilmagani kabi, xotiramda ham oʻchirilmagan. Koʻp marta kutayotgan edimki; Sayroniy Xusravning orqasida yugurib ishlasin. Demak uni ham tirikchilik dardi bogʻlagan.

Yettinchidan: Risola-i Nurning muhim arkonlaridan Halil Ibrohimning oʻn toʻrt yoshdagi avlodi ma'naviysi, Risola-i Nur doirasidagi ma'sum shogirdlarning doirasida inshaalloh ahamiyatli mavqe oladi. Va u kichik shaxsiyatda porloq, buyuk bir shogird ruhi koʻrinyapti. Maktubida bolalarcha gapirmagan; gʻoyat mudaqqiqona buyuk bir olim kabi gapirishi bizni juda sevintirdi. Mashaalloh, barakalloh ayttirdi.

— 260 —

Sakkizinchidan: Avvalcha xabar olganingiz xastaligimga doir bir nuqson parcha, duolaringizga va oʻtgan Ramazon kabi ma'naviy yordamlaringizga vasila boʻlish uchun u xastalik munosabati bilan yonimizga kelgan ba'zi zotlarga aytganim va nuqson qolgan bir ifodani yozyapman. Jumladan:

Holimni soʻraganlarga dedimki: Ham nazar, ham arvohi gʻayri toyyiba jihatidan boshimga kelgan bu musibat, rahmati Ilohiya bilan oʻn adaddan birga tushdi; toʻqqiztasi ne'mat boʻldi. Qolgan bittasi ham, toʻqqizta manfaati boʻldi:

Birinchi manfaati: Xastalikda har soat ibodatni toʻqqiz soat ibodat hukmiga keltirdi.

Ikkinchi foydasi: Oʻn beshta Xasta Risolasini, tom zavq bilan tahrir qilish va bu xastalik zamonida xastalarga va muhtoj boʻlganlarga tez yetishtirishga sabab boʻldi.

Uchinchi foydasi: Eski Saidni Yangi Saidga oʻzgartirgan eski bir xastalik kabi, hozir ham, Risola-i Nurning porloq bir tarzda tarqalishi, Yangi Saidni ham dunyo bilan bir daraja aloqador qilgani jihat bilan, u holning zararidan qutulishga sabab boʻldi.

Toʻrtinchisi: Bu muborak oylarda, juda koʻp ishtiyoq va ehtiyoj bilan ortiq uxroviy ishlarda boʻlish orzusi bilan barobar; mavsum va ba'zi sabablar jihati bilan muvaffaq boʻlolmasdan haddan ortiq xafa edim. Bu xastalik tom bu oylarga loyiq bir tarzda, xastalikdan kelgan ixlos va savob koʻpligi jihati bilan azim bir manfaati boʻldi. Meni kunduzi togʻ va bogʻlarni aylanishdan man qilgani kabi; tungi uyqu va gʻaflatdan qutqarib, kamoli tazarru va niyoz bilan kechalarni bedor oʻtkazishga sabab boʻldi.

Beshinchisi: Oʻtgan Ramazondagi xastalik kabi, bu xastalik ham fidokor qardoshlarimning shafqatlarini hayajonga keltirib, mening hisobimga uxroviy amallarining bir navi zakotini berish; noqis, qusurli sarmoyamni birdan oʻnga, balki yuzga va mingga chiqarishga sabab boʻlishidir.

Oltinchi foydasi: Xastalarga yigirma besh davo-i iymoniy bergan risolaning dorilarini nafsimda tatbiq qilib, ayni haqiqat boʻlganini tasdiq qilib, asablardan kelgan ziyoda ta'sirchanligimdan qiymatsiz, foniy ishlarni keraksiz va xavotirli qaygʻurishdan va foydasiz va zararli aloqadan bir daraja qutulishga sabab boʻlishidir.

Umum qardoshlar va opa-singillarimizga bir-bir salom aytgan va salomatliklari uchun duo qilgan va duolarini soʻragan qardoshingiz

Said Nursiy
***
— 261 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizga, xastalikning toʻqqiz foydasidan qolgan uchtasini yozyapmanki, oʻsha xastalikning bir mevasi sobiq arabcha ifodadir.

Yettinchi foydasi: Risola-i Nurning ahamiyatli bir shogirdining ahamiyatli bir xatosini ta'mir qilishidir. Hozircha bu ahamiyatli foydani izoh qilish munosib emas.

Sakkizinchi foydasi: Gʻoyat nozikdir, izoh qilinmaydi; faqat qisqa bir ishorat qilamiz: Qandayki Xusrav, yozgan Qur'onining foto nusxa bilan chop qilinishini qabul qilmasdan minglab jozibador Qur'onlar oʻz xati bilan Olami Islomda tarqalishi bilan, qutbiyat darajasida bir martaba-i ulviyani va yuksak bir sharafi imtiyozni tashlab, Risola-i Nur doirasidagi sirri ixlosni muhofaza va nafsning zavqidan uzoqlashgan. Aynan shuning kabi: Bu xastalik ruhimda shunday bir inqilob qildiki; Risola-i Nurning porloq fathlarini mutashakkirona tomosha qilish va savobdorona, mujohidona, bir navi qoʻmondon xizmatida boʻlishdan kelgan uxroviy zavqni va sharafni va dunyoda uxroviy mevasini koʻrsatgan xizmati iymoniyaning shaxsimga oid lazzatni va imtiyozni, u sirri ixlos uchun tashlash va qardoshlarimga havola qilish va ularning sharaf va zavqlari bilan qanoat qilishga nafsi ammoram ham rozi boʻlib, dunyoning bu uxroviy va goʻzal yuzida koʻzini yumish va ajalni va mavtni farah bilan qarshilashga toʻliq qabul qilishidir.

Toʻqqizinchi foydasi: Koʻpdan beri mening xususiy bir virdim va hech qalamga olinmagan va maslagimizning toʻrt asosidan eng buyuk asosi boʻlgan shukrning eng keng va eng yuksak martabasini qamragan va menda koʻp marta moddiy va ma'naviy xastaliklarning bir navi shifosi boʻlgan va ismi a'zam va basmala bilan toʻqqizta eng buyuk oyatlarni ichiga olgan va oʻn toʻqqiz marta shukr va hamdni a'zamiy bir tarzda ifoda bilan, tahmidotning adadlari bilan u ashyoning lisoni holi bilan qilganlari hamdu sanoni niyat qilib, u hadsiz hamdlarning yigʻindisini oʻz hamdlari ichiga olib azamatli va keng bir tahmidnoma va tashakkurnoma boʻlgan va Sakinadagi oltita ismning muazzam yangi bir darsini izhor qilishga sabab boʻlishidir.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz va barotlarini tabriklaymiz.

***