Ham Risola-i Nurning tumanlarga va jamoatlarga barakaga sabab boʻlishi va unga zarar berganlarga ta'zir kelishi kabi; shaxslarga ham, juda yaqqol bir suratda ham baraka va chiroyli tirikchilik (u bilan mashgʻul boʻlganlarga); va gʻaybiy ta'zirlar, unga qarshi boʻlganlarga kelishi.. bu atrofda koʻp hodisalari bor. Biz oʻzimizda; mashgʻul boʻlgan paytimiz juda yaqqol bir suratda goʻzal bir tirikchilik, bir inoyat koʻrganimiz kabi, Risola-i Nur yoki shogirdlariga qarshi harakat qilganlarga shiddatli ta'zirlar kelganini koʻryapmiz. Jumladan:
Risola-i Nurning arkonidan birisi, qat'iy bir suratda xabar beradiki: Uch-toʻrtta odam, dunyo sarvati deb toʻplanib, munofiqona tadbir qurganlari hangomda; uch kun soʻngra oʻsha uch-toʻrtta odamning uylari va birining doʻkoni yonib, har biri minglab lira zarar bilan ta'zir yedilar.
Ham bir makkor josus odam, Risola-i Nur shogirdlariga qarshi harakat qilayotgan ediki, ularni qamoqqa tashlattirsin. Bir kun -bemalol- "Men bir alomat topolmadimki, bularni qamoqqa tiqsam. Agar bir alomat topsam, ularni qamoqqa tiqaman." deb e'lon qilgan vaqtdan ikki kun soʻng bir ish qilib, Risola-i Nur shogirdlari oʻrniga, u odam ikki yil qamoqqa kirdi.
Ham badbaxt, qaysar bir odam, Risola-i Nurga qarshi ham shogirdlarining bir rukniga qarshi tajovuzkorona boʻlgan hangomda, bir-ikki kun oʻtib mayxonaga borib ichib-ichib boʻkib, u yerda oʻlgan. Bu navdan koʻp hodisalar bor. Demak Risola-i Nur doʻstlarga tiryoq boʻlgani kabi, dushmanlarga ham chaqmoq boʻladi.