Kastamonu Lahikasi
— 207 —
(Risola-i Nur shogirdlari tarafidan soʻralgan savolga javob)

Savol: Oʻtgan yil sizdan soʻragandikki; ellik kundir qiziqib dunyo jarayonlariga qaramadingiz va soʻramadingiz, oʻsha payt bizga bir javob berdingiz. Garchi oʻsha javob haqiqatdir va kifoyadir. Faqat Risola-i Nurning tarqalishi va xizmati va olami Islomiyatning manfaati nuqtasida bir daraja qarashingiz lozim ekan, hozir oʻn uch oy boʻlyapti, ayni hol davom qilyapti. Qiziqib hech soʻramayabsiz.

Javob: اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَظَلُومٌ oyatiga eng a'zam bir tarzda hozirgi urushgan insonlar sazovor boʻlishlaridan, ularga tarafdor boʻlish yoki qiziqish bilan oʻsha jarayonlarni ta'qib qilish va ularning yolgʻon, aldatuvchi tashviqotlarini tinglash va xafa boʻlib kurashlarini tomosha qilish emas, balki oʻsha ajib zulmlarga qarash ham joiz emas. Chunki zulmga rizo zulmdir; tarafdor boʻlsa, zolim boʻladi.

— 208 —

Mayl qilsa وَ لاَ تَرْكَنُوا اِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ oyatiga sazovor boʻladi.

Ha, haq va haqiqat va din va adolat hisobiga boʻlmaganiga va balki qaysarlik va millatchilik tomiri va manfaati jinsiya va nafsning anoniyatiga tayangan dunyoda oʻxshashi sodir boʻlmagan gʻaddorona bir zulm hisobiga boʻlganiga qat'iy bir dalil shudirki:

Ming ma'sum bola-chaqa, keksa, xasta boʻlgan bir yerda, bir-ikkita dushman askari boʻlish bahonasi bilan, bombalar bilan ularni mahv qilish va bashar tabaqalari jarayonlari ichida, burjualarning eng dahshatli mustabidlari va sotsialistlarning va bolsheviklarning eng mufritlari boʻlgan anarxistlar bilan ittifoq qilish va minglab, millionlab ma'sumlarning qonlarini zoye qilish va barcha insonlarga zarar boʻlgan bu urushni davom qilish va sulhni rad qilishdir.

Mana bunday hech bir qonuni adolatga va insoniyatga va hech bir dasturi haqiqatga va huquqqa muvofiq kelmagan urushlardan, albatta olami Islom va Qur'on yuz oʻgiradi. Yordamchiliklariga tanazzul etib zillatga tushmaydi. Chunki ularda shunday dahshatli bir fir'avnlik, bir xudgʻamlik hukm qilyapti; Qur'onga, Islomga yordam emas, aksincha oʻziga tobe va vosita qilish bilan qoʻlini uzatadi. Unday zolimlarning qilichlariga tayanish, haqqoniyati Qur'oniya albatta tanazzul qilmaydi.

Va millionlab ma'sumlarning qoni bilan qorilgan bir quvvat oʻrniga, Xoliqi Koinotning qudrat va rahmatiga tayanish, ahli Qur'onga farz va vojibdir. Garchi zindiqo va dinsizlik oʻsha urushganlarning birisiga tayanib ahli diyonatni ezadi. Oʻsha zindiqoning tazyigʻidan qutulish, uning aksi jarayoniga tarafdor boʻlish bir choradir. Ammo hozirga qadar oʻsha tarafdorlik bir manfaat bermasdan koʻp zararlari tegilgan.

Ham zindiqo, munofiqlik xususiyati bilan har tarafga oʻgiriladi. Sening doʻstingni oʻziga doʻst qilib, senga dushman qiladi. Sening tarafdorlik jihati bilan qozongan gunohlaring, foydasiz boʻyningda qoladi. Risola-i Nur shogirdlarining vazifalari iymon boʻlganidan, hayot masalalari ularni koʻp aloqador qilmaydi va qiziqish bilan qaratmaydi. Mana bu haqiqatga binoan, oʻn uch oy emas, aksincha oʻn uch yil {(Hoshiya) Ham toʻliq yetti yildir ayni hol davom qildi. Na qiziqdilar va na soʻradilar va na bildilar.} ham qaramasam, haqqim bor. Sizlar qaradingiz, gunohlardan boshqa nima qozondingiz? Men qaramadim, nima yoʻqotdim?

— 209 —

Ikkinchi savol: Ishoroti Qur'oniya risolasida, Fotihaning oxirida siroti mustaqim sohiblariki, الَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ oyati bilan ta'rif qilingan toifa ichida, ham لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّتِى ila oxir... hadisining oxirzamonda koʻrsatgan mujohidlari ichida va ham Val-Asri Surasining اِلاَّ الَّذِينَ آمَنُوا dan boshlangan uch jumlaning ma'no-i ishoriysida xususiy bir suratda bir fardi, Risola-i Nurning xos shogirdlari boʻlganiga sabab nima va maxsus tarzda tanlanish sababi nima?

Javob: Sababi esa; Risola-i Nur yuzga yaqin din tilsimlarini va Qur'on haqiqatlarining muammolarini hal va kashf qilgandirki; har bir tilsimning bilinmasligidan koʻp insonlar shubhalarga va shaklarga tushib, ikkilanishlardan qutulolmasdan, ba'zan iymonini yoʻqotardi. Hozir barcha dinsizlar toʻplansalar, oʻsha tilsimlarning kashfidan soʻng gʻalaba qilolmaydilar. Yigirma Sakkizinchi Maktubdagi Inoyati Sab'ada bir qismiga ishorat qilingan. InshaAlloh bir vaqt kelib oʻsha tilsimlar mustaqil bir risolada jam qilinadi.

***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Qahramon Tohiriy va Hofiz Mustafo qilgan xizmat juda goʻzaldir. Ularning tadbirlari oʻrinlidir, haqdir. Nur fabrikasining devonida bergan qarorlaringiz, nima boʻlmasin qabulimizdir. Ishoroti Qur'oniya tobe boʻlganlari bilan barobar juda goʻzal. Faqat Sayyid Shafiqqa ketgan maktub, shaxsiga oid qismi kirmasligi kerak edi. Ilovadan olgan parchalaringiz ham juda goʻzal. Katta Ali tizimida, kichik va ikkinchi Alining ma'nodor yozuvi yaxshidir, faqat muxtasardir.

— 210 —

Eng avval yoshlarga oid uch-toʻrtta dars, - Hofiz Mustafoga bergandik- qoʻl mashinasi bilan, mumkin boʻlsa eski harflar bilan, boʻlmasa yangi harflar bilan {(Hoshiya) Risola-i Nurning bir vazifasi; Qur'on harflarini muhofaza boʻlganidan, yangi harflarga zarurat darajasida inshaAlloh ruxsat boʻladi.} Nur fabrikasining devonidagi hay'at munosib koʻrsa va vaziyat ruxsat bersa, yozilsin. Bizga ham ba'zi nusxalar yuborilsin. Muboraklarning Ishorot-ul I'jozlariga badal bir nusxamni pochta bilan yubordik. Juma kuniga toʻgʻri kelgan bu bayram, juda qiymatdor boʻlgan hajj-ul akbar boʻlganidan, hajga bu yil borganlar koʻp qozonganlar. Janobi Haq bizni ham ularning xayrli duolariga hissador aylasin, omin. Takror batakror oʻsha bayramingizni va umum Risola-i Nur shogirdlarining bayramlarini va Nur va Gul fabrikalarining jamoatlarini va madrasa-i Nuriya shogirdlarining va ustozlarining va Barla siddiqlarining va ma'sumlarning va ummiy keksalarning, erkaklarning va ayollarning hammalarining birma-bir bayramlarini tabriklaymiz.

Said Nursiy
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ مَاكَتَبْتُمْ وَطَبَعْتُمْ

Aziz, siddiq, iqtidorli, diqqatli qardoshlarim!

Sizning muborak oʻn kechalaringizni va Qurbon Bayramingizni tabriklaymiz. Nur fabrikasi sohibi Hofiz Alining hashri jismoniy haqidagi xotiriga kelgan masala ahamiyatlidir va maktubning oxiridagi misoli gʻoyat goʻzal va ma'nodordir. U xotira bilan Toʻqqizinchi Shu'laning Muqaddima-i Hashriyadan keyingi toʻqqizta burhoni hashriyani istayapti deb tushundim. Faqat afsuski bir-ikki yildir ta'lif vazifasi toʻxtab qolgan. Risola-i Nurning masalalari ilm bilan, fikr bilan, niyat bilan va qasdiy bir ixtiyor bilan emas; aksariyati mutlaqa bilan sunuhot, zuhurot, ixtorot bilan boʻladi. Bu toʻqqizta burhonlarga hozir ehtiyoji haqiqiy qolmaganki, ta'lifga chorlanmayapmiz.

Ha, iymon ruknlari ichida "Iymoni Billoh" va "Iymoni Bilyavm-il axir" Olami Islomiyatning ikki qutbi va ikki quyoshidir.

— 211 —

Birinchisini; Risola-i Nur batamom burhonlarini izoh qilgan.

Ikkinchi qutb esa: qisman mustaqil boʻlib Oʻninchi Soʻz, Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz, Yigirma Sakkizinchi Soʻz, xususan jismoniy lazzatlarning isbotida va Muqaddima-i Hashriya kabi risolalarda gʻoyat quvvatli hashri jismoniyni isbot qilgan, qaysarlarni ham jim qilgan. Va iymoni billoh kabi, bu dunyodagi mavjudot, zohir bir suratda uni koʻrsatmaganidan, qismi aksarisi esa, boshqa iymon ruknlari ichida hashrni quvvatli bir suratda isbot qiladi.

Jumladan: Qur'oni Moʻjiz-ul Bayonning haqqoniyatini isbot qilgan barcha hujjatlari, ikkinchi darajada hashri jismoniyni, minglab Qur'on oyatlarining tasvir va izohotlari bilan isbot qiladi. Ajabo, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning moʻ'jizona Jannatning jismoniy lazzatlaridan bahslari va izohlari darajasidan yana boshqa bir izohga ehtiyoj qoladimi?

Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning haqqoniyatini isbot qilgan barcha moʻ'jizalari, hujjatlari ikkinchi darajada hashri jismoniyni va Jannat va Jahannamning jismoniy lazzat va alamlarini hayratomuz balogʻati bilan tasvir va izoh qiladi. Va u izohdan keyin yana izohga ehtiyoj qoladimi?

Ham Janobi Haqning vujubi vujudini va rahimiyat va hakiymiyatini va ilm va qudratini va odiliyat va hofiziyatini va sifati qudsiyasini isbot qilgan barcha burhonlar, hujjatlar, bir jihatda hashrni isbot qilgani kabi; rububiyatning zarurati boʻlgan rasullarni yuborish va kitoblarni tushurish jihati bilan, ham risolati Muhammadiyani (S.A.V.) lozim qiladi...

Ham Qur'on, Uning gapirishi va kalomi boʻlganini isbot qilish bilan, hashri jismoniyni tafsiloti bilan bu ikki nuqtadan yana isbot qiladi.

Xullas kalom: Risola-i Nurda iymoni Billoh va iymoni bilyavm-il axir boʻlgan ikkita qutbi iymoniy, toʻliq bir-biriga teng keladigan bir darajada isbot qilingan. Faqat bu qadar borki, hashri jismoniy qisman ochiqcha va qisman yashirin va ikkinchi darajada isbot qilingan. Chunki bu olami shahodat, Sone'ini gʻoyat ochiq va yaqqol koʻrsatadi; va hashrni yashirin va pardali xabar beradi. InshaAlloh bir vaqt kelib, Risola-i Nurning shogirdlaridan birisi yoki bir nechtasi oʻsha toʻqqizta maqomni va burhonlarni ta'lif qiladi va Muqaddima-i Hashriyaning boshidagi eng buyuk oyatlarning toʻqqizta parchasining xazinalarini, Risola-i Nurda nashr qilingan hashri jismoniy burhonlari bilan va qalblariga kelgan sunuhot va ilhomot bilan ochib; Toʻqqizinchi Shu'lani Oʻninchi Soʻzdan yanada porloq, yanada quvvatli bir tarzda toʻldiradilar.

— 212 —

Barcha qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va bayramlaringizni tabriklaymiz.

Said Nursiy
***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

عَسَى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ sirri bilan; koʻp tajribalarning natijasida, koʻp marta zohiriy muvaffaqiyatsizlik, haqqimizda bittadan inoyat pardasi boʻlganiga bir alomati, balki bir dalili ham; bu yil biz, har tarafda bir navi hujum, oʻsha hujumdan bir navi juz'iy turgʻunlik, ham matbaalarning eshiklari hozircha Risola-i Nurga - hatto yangi harflar bilan ham - yopilishi xayrdir. Bir necha jihatdan inoyatdir va himoyadir.

Birinchidan: Bu yil - parda ostida - insonlar, eng shiddatli zulm bilan rizq haqida bir dahshatli amaliyot; va qadari Ilohiy hakiymona bir adolat bilan, koʻpdan beri yigʻilgan zakotlarni va jizyalarni olish va haddan koʻp ortiq tajovuz qilgan hirsni va chayqovchilikni jazolantirish uchun, umumiy bir amaliyoti jarrohiya hangomida, albatta faqat iymonga va oxiratga bor diqqatini jamlagan va vazifa nuqtasidan hayoti ijtimoiyaga koʻp qaramagan va ixlosi tomni qozonish uchun hech bir maqsadga vosita va hech bir dunyoviy jarayonga tobe boʻlmagan Risola-i Nurning porloq va quvvatli xizmati, berkinish pardasi ostidan chiqib oshkora bir tarzda boʻlsaydi, har holda birinchi amaliyoti insoniya unga yopishar edi. Va ikkinchi amaliyoti qadariya rizq va me'da ustida boʻlishi jihati bilan; yo insonlarning nazarlarini u xizmatdan qaytarar edi, me'dalari bilan mashgʻul qilar edi, va yoxud oʻsha xizmatning ixlosini bir daraja sindirib, tirikchilik dardining bir hissasi unda boʻlar edi.

Ikkinchidan: Yozilishiga hozircha ehtiyoj yoʻq.

Uchinchidan: Izhoriga bu zamonda izn yoʻq... Faqat modomiki shogirdlarning gʻayrat va shavq va himmatlari hozirga qadar matbaalarga ehtiyoj qoldirmaganlar. Inshaalloh oʻsha qudsiy xizmatda davom qilib, oʻsha olmos qalamlar bilan nurlarni nashr qiladilar. Modomiki butun-butun maslagimizga muxolif boʻlgan yangi harflarni, bir-ikkita risola uchun qabul qilganimiz holda matbaachilar chekindilar, oʻsha xayri azimni yoʻqotdilar. Siz oʻsha ikkita risolani bizning hisobimizga, qahramon qardoshlarimizdan yigirma-oʻttizta zotga tarqatib, yigirma-oʻttizta nusxani eski harflar bilan yozdiringlar. Yozgan qalam sohiblariga doimiy hasanot qozontirgan oʻsha juda buyuk xayrni siz qozoninglar. Agar yangi harflar bilan, qoʻl mashinasi bilan oʻsha ikkita risoladan yozilgan nusxalar boʻlsa, bizga ba'zi nusxalar yuboringlar.

***
— 213 —
(Ishoroti Qur'oniya va uchta Karomati Alaviya va Karomati Gʻavsiya haqidagi Sikka-i Gʻaybiya risolasiga bir tanbeh va eslatmadir)

Bu gʻoyat mahram risolalar, allaqanday qaysar bir nomahramning qoʻliga bu risolalardan biri oʻtgan. Gʻoyat yuzaki va qaysarlik nazari bilan bir-ikkita yeriga haqsiz bir e'tiroz bilan ahamiyatli bir hodisaga sababiyat berganidan; bu majmua, Risola-i Nurning xos talabalariga, balki xoslarning xoslariga maxsus boʻlgani holda va mening vafotimdan soʻng tarqalishiga ruxsat boʻlishi bilan barobar; hozir mazkur hodisaning sababi bilan hammaga emas, balki ahli insof va Risola-i Nur bilan aloqador va talabalaridan boʻlganlarga xoslardan bir nechta shogirdning uygʻun koʻrishlari bilan koʻrsatila oladi fikri bilan yozdik.

Ikkinchi Nuqta: Bu risola (Sikka-i Gʻaybiya) boshdan oyoq birgina natijaga qaraydi. Mingga yaqin alomatlar bilan, Risola-i Nurning maqbuliyatiga gʻaybiy bir imzo bosilganini isbot qiladi. Bunday birgina da'voga bu daraja koʻplab va boshqa-boshqa jihatlarda minglab alomatlar va imolar uni koʻrsatishi ilmalyaqiyn emas, balki aynalyaqiyn, balki haqqalyaqiyn darajasida u da'voni isbot qiladi.

Uchinchi nuqta: Bu risolani mutolaa qilgan zotlar, chuqurdan-chuqur, xususan jifriy hisoblari bilan mashgʻul boʻlishga ehtiyoj yoʻq. Ham bir qismi tushunilmasa ham, zarari yoʻq. Ham hammasini oʻqish ham kerak emas. Ham Karomati Gʻavsiyaning oxirida, ikki yuz yigirma toʻrtinchi sahifada, Shomli Hofiz Tavfiqning ifodasidan boshlab oxirga qadar mutolaadan soʻng va boshdagi muqaddimani ham oʻqigandan soʻng istagan parchasini oʻqisin.

***
— 214 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ham Kotib Usmonning, ham muboraklardan Ibrohimning, ham Nur fabrika sohibining, ham Xulusiyi Soniyning maktublari bir-ikki kunda keldilar. Qiziqish bilan mahzun qalbimizni shod ayladilar. Kotib Usmonning maktubida, xususiy salomlarini yuborgan zotlarning, xususan qahramon Rushdu, Zuhdu Badaviy va Nuriy qardoshlarimizga xossatan va umumga salom va salomatlariga duo. Va Xusravning yaqinda kelishining xushxabari u haqidagi xavotirimizni ketkazdi. MashaAlloh, Kotib Usmon ham, Xusrav kabi qiziqishga sabab nuqtalarni yozyapti. Uning maktubini keltirgan gilamfurush Ibrohim deganki: "Siddiq Sulaymon, Rushdu bu yerga kelish ehtimoli bor". Oʻsha qahramon qardoshim yaqiynan bilsinki, men undan ziyoda unga mushtoqman. Faqat u har kun, xos doirasining birinchi safida ma'nan yonimizdadir, ma'naviy yutuqlarimzga ham hissador boʻlyapti. Bizning maslagimizda yuzaki suhbatning ahamiyati ozdir. Ham bu dahshatli ichki ishlarning amaliyoti hangomida va yoʻl xarajati koʻp ortiq boʻlganidan, kelish munosib boʻlmaydi. Va vahimachi ahli dunyo bu yerda haddan ortiq bizga diqqat qilyaptilar. Hatto bu bayramda eshigimni ziyoratchilarga yopdik.

Hofiz Alining maktubida Rushduning bir tashabbusi borki; yoshlarga oid toʻrt-besh parcha darski, Hofiz Mustafoga bergandimki chop qilsin. Janobi Haqqa shukr, sizning koʻplab qalamlaringiz matbaaga ehtiyoj qoldirmayapti. Agar osonlik bilan, arzon tarzda mumkin boʻlsa, eski yoki yangi harflar bilan qilarsizlar.

Hofiz Alining maktubida, Risola-i Nurga qarshi kamoli mahviyat bilan kamoli ixlosi va aloqasi, uning eskidan beri taqdir etganim bir mumtoz xususiyatini koʻrsatish bilan barobar, men kabi bir bechorani ham shafoatchi qilib, men ham uning kamoli samimiyatini shafoatchi qilib, duosiga omin deyman.

Muborak qishlogʻidan, muboraklar jamoatidan, muborak Ibrohimning barakali maktubini oʻqidim. Meni mamnun qilgan koʻp soʻzlar bor ichida. Va ayniqsa mening boshimga yogʻgan yomgʻirdan tushda ichishi va jiyani Usmonning kelajakda Risola-i Nurga talaba boʻlishi uchun oʻzini oʻqitishi bizni masrur ayladi. Janobi Haq unday muboraklarni oʻsha qishloqda koʻpaytirsin. Omin.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim.

Risola-i Nurning haqqoniyatiga va ahamiyatiga doir bir imzo-i gʻaybiy hukmida boʻlgan yozganingiz Majmua-i Ishorotga, Ilovadan tanlaganingizdan ikki mislni yana qoʻshdik. Agar siz ham oʻzingizga unday bir majmua yozgan boʻlsangiz, qoʻshgan miqdorimizni sizga ham yuboramiz. Bu majmua koʻrsatgan qiymat Risola-i Nurda boʻlganini, bu zamonning dahshatli toʻfonlari isbot qiladi.

— 215 —

Ha qardoshlarim, Hazrat Iso Alayhissalom Injili Sharifda deganki: "Men ketyapman, toki sizga tasallichi kelsin." Ya'ni Ahmad Alayhissalotu Vassalom kelsin, deyishi bilan Qur'onning basharga gʻoyat buyuk bir natijasi, bir gʻoyasi, bir hadyasi; tasallisidir.

Ha, bu dahshatli koinotning toʻfonlari va zavol va buzgʻunchiliklari ichida va bu boʻshliq nihoyatsiz fazoda hamma narsa bilan aloqador boʻlgan inson uchun haqiqiy tasallini va tayanch va madad nuqtalarini faqat Qur'on beradi. Eng ziyoda oʻsha tasalliga muhtoj bu zamonda, bu asrda eng ziyoda quvvatli bir suratda oʻsha tasallini isbot qilgan, koʻrsatgan Risola-i Nurdir. Chunki zulmatlar va vahmlarning manbai boʻlgan tabiatni, u teshgan oʻtgan, haqiqat nuriga kirgan. Oʻn Oltinchi Soʻz kabi aksar parchalarida, iymon haqiqatlarining yuzlab tilsimlarini kashf va izoh qilib, aqlni inkordan va ikkilanishlardan qutqargan. Mana bu haqiqat uchundirki; bu juda zeriktiruvchi va dahshatli zamonda, zeriktirmaydigan bir tarzda, koʻp takror bilan barobar, aqli boshida boʻlganlarni Risola-i Nur bilan mashgʻul qilyapti. Ra'fat Beyning maktubida degani kabi, "Risola-i Nurning eng yaqqol xususiyati, zeriktirmaslik. Yuz marta oʻqinsa, bir yuz birinchi marta yana zavq bilan oʻqilishi mumkin" deb juda toʻgʻri degan.

Risola-i Nurning tarjimoni, haqiqiy vazifasining xorijida dunyodagi istiqbollarga ora-sira qarashi, bir daraja zohiriy bir chalkashlik beradi. Masalan: Bundan oʻttiz-qirq yil avval der edi: "Bir nur keladi, bir nuroniy olamni koʻramiz" deb, oʻsha ma'no keng bir doirada va siyosatda tasavvur qilingan.

Ham bundan oʻn toʻrt, oʻn besh yil avval, "Dinsizlikni aylantirganlar mudhish samoviy ta'zirlar yeydilar" deb katta, keng, kurra-i arz doirasidagi bu dahshatli hodisani tor bir mamlakatda va sanoqli insonlarda tasavvur qilgan. Holbuki istiqbol oʻsha ikkita gʻaybiy xabarni tasavvuridan juda ustun tafsir va ta'bir ayladi. Ha, Eski Saidning "Bir nur olami koʻramiz" deyishi, Risola-i Nur doirasining ma'nosini his qilgan; keng bir doira-i siyosiya tasavvur qilgani kabi; Sirri Inna A'toynaning ramzi bilan, oʻn uch-oʻn toʻrt yil soʻngra, "Dinsizlikni, zindiqlikni tarqatganlar juda mudhish ta'zirlar yeydilar" deb; oʻsha haqiqatni tor bir doirada tasavvur qilgan. Hozir zamon oʻsha ikkita haqiqatni toʻliq ta'bir va tafsir qildi.

— 216 —

Ha, boshda Isparta Viloyati boʻlib Risola-i Nur doirasi, birinchi haqiqatni juda porloq va goʻzal bir suratda koʻrsatgani kabi; ikkinchi haqiqatni ham, buzuq madaniyatning tugʻyonini va moddiyunlik {(Hoshiya) Ha, moddiyunlik vabosining xastaligi nav'-i basharga bu dahshatli bezgakni va kurra-i arzga bu titrashni bergandir.} vabosining singishini aylantirgan va idora qilgan yovuz ruhlarning boshlariga kelgan bu dahshatli samoviy ta'zirlar, keng bir doirada oʻsha sirri Inna A'toynaning haqiqatini batamom isbot qilgan.

Risola-i Nur qat'iy burhonlarga tayanib hukmlari boshqa haqiqatlarda aynan, ta'vilsiz, ta'birsiz haqiqat chiqishi va faqat tavofuqdagi ishoratlar va qalbiy sunuhotga ishongan holdagi bayonoti, bunday dunyoviy boʻlgan istiqboliy masalalarda nima uchun ba'zan ta'bir va ta'vilga muhtoj boʻladi deb xotirimga keldi.

Bunday bir javob eslatildiki: Gʻaybiy istiqboli dunyoviyda va dunyo ishlarida boshga kelgan hidisalarni bildirmaslikda; Janobi Arhamurrohimiynning juda buyuk bir rahmati saqlanganini va gʻaybni yashirishda juda ahamiyatli bir hikmati boʻlgani jihat bilan, gʻaybiy narsalarni xabar berishdan man qilib, faqat noaniq va loʻnda bir suratda, yo ilhom yoki eslatma bilan bir alomatni vasila qilib, kashfiyotda va sodiq tushda bir qism gʻaybiy haqiqatlarni sezdiradi. U haqiqatlarning xususiy suratlari sodir boʻlishdan keyin bilinadi.

Qardoshlarim, bu dafa Hilmi Bey bilan kelgan Ra'fat va Rushduning maktublari bizni juda ham sevintirdi. Zotan Xusrav, Ra'fat, Rushdu Risola-i Nurga bogʻlanishda eskidan beri barobar boʻlishlaridan, men birisini eslasam, uchovi birdan xotirga keladi. Janobi Haqqa hadsiz shukrki, bu dahshatli toʻfonlar ularni va sizlarni tebratmadi. MashaAlloh, Ra'fat hozir ham eski sadoqatini va toʻliq aloqasini batamom muhofaza qilganini tushundik. Bir-ikki yildir undan hech bir maktub va xizmati Qur'oniyadagi vaziyatidan bir xabar ololmagandim, qiziqayotgan edim. Bu dafa maktubida, "Qachon bir oraga kelsak, Soʻzlardan birini ochib oʻqiymiz.. shirin-shirin istifoda qilib, Ustozimiz bilan koʻrishamiz" deyishi, bizni surur bilan shukrga chorladi. Sadoqatda nomdor Rushduning maktubida qiziqqan nuqtalarimni bayon qilishi va xizmati Nuriya toʻxtab qolmasligi va sizlarga mashaqqat boʻlmasligi bizni juda ham masrur ayladi.

— 217 —

Latif bir tavofuq: Ahmad Nazifning bu dafa koʻp mashgʻuliyatlar ichida yozgan, faqat Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda (Moʻ'jizoti Ahmadiya (S.A.V.)) tavofuqotning majmui, toʻqqiz ming sakkiz yuz oʻttiz uch (9833) adadga yetishganini koʻrdik. Oʻsha maktubdagi Moʻ'jizoti Ahmadiyaning (S.A.V.) bir karomatidir deb hukm qildik.

***