Risola-i Nurning muhim arkonlaridan bir zot yozyaptiki: "Adapazari zilzilasining ayni kunida, zilziladan bir necha soat avval, umumiy va hammaga koʻrsatish uchun, bir katta teatr tashkil qilinishi bilan va oʻyinchi qizlardan toʻrtta chiroylisini yarim yalangʻoch boʻlib dabdaba bilan bozor va rastalar aro kezdirib, oʻsha jozibadorlarga berilib teatr binosida toʻplangan ming kishidan ortiq tomoshabinlar, oʻyin boshlarkan, birdaniga arz kamoli hiddat va gʻazab bilan ularning hayosiz yuzlarini dahshatli ta'zirladi, mahv qilib chil-parchin qildi. Va u binoni haq bilan yakson ayladi." Men dunyoning bu kabi hodisalaridan ikki yildir hech xabarim yoʻq edi, qaramayotgan edim. Faqat bu kunlarda ham Xusrav va ham qahramon Chalabiy zilziladan xabar berishlari; va Xusrav va rafiqlarining qanoati bilan, Ispartaning shovqinli zilzilasi, qarshisida Risola-i Nurni kuchli bir qalqon sifatida topishi bilan hech bir zarar bermasligi; va Risola-i Nurga qarshi chiqqan bir domlaning barcha hosillarini mahv qilgan doʻl oʻsha e'tirozchiga xos qolishi, boshqasiga tegilmasligi bir daraja qanoat beradiki; aksar viloyatlarga kirgan va Adapazarga kirmagan Risola-i Nurning ahamiyatli bir asosi boʻlgan tasattur ramzini bu daraja ochiq xoinligi bilan, Risola-i Nur ularning yordamlariga yugurmagan deb, faqat bu hodisaga qaradim.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Risola-i Nur dunyo ishlariga vosita boʻlolmaydi, dunyo ishlariga qalqon qilinmaydi. Chunki, ahamiyatli bir ibodati tafakkuriya boʻlish jihati bilan, dunyoviy maqsadlar u bilan qasddan istanilmayli, istanilsa ixlos sinadi, u ahamiyatli ibodat shakli oʻzgaradi. Ya'ni, bolalar kabi, urushgan vaqtlari Qur'onni boshiga qalqon qiladi. Boshiga kelgan zarar Qur'onga kelgani kabi; Risola-i Nur bunday qaysar dushmanlarga qarshi qalqon qilinmasligi kerak. Ha, Risola-i Nurga qarshi chiqqanlar ta'zirlar yeydilar, yuzlab voqealar guvohdir. Faqat Risola-i Nur ta'zirlarda iste'mol qilinmaydi hamda niyat va qasd bilan ta'zirlar kelmaydi. Chunki sirri ixlos va sirri ubudiyatga ziddir. Bizlar bizga zulm qilganlarni, bizni himoya qilgan va Risola-i Nurda ishlattirgan Robbimizga havola qilamiz.
Ha, dunyoga oid hayratomuz natijalar ba'zi ahamiyatli virdlar kabi, Risola-i Nurda koʻp boʻladi. Lekin ular istanilmaydi, balki beriladi. Asl sabab boʻlolmaydi, bir foyda boʻlishi mumkin. Agar istash bilan boʻlsa, asl sabab boʻladi, ixlosni sindiradi, u ibodatni qisman yoʻqotadi. Tez bu hodisani bostiring. Boʻlmasa munofiqlar istifoda qiladilar, balki ularning qoʻli bor.
Ha, Risola-i Nurning shu qadar dahshatli qaysarlarga qarshi gʻolibona qarshilik koʻrsatishi, sirri ixlosdan va hech bir narsaga vosita qilinmasligidan va toʻgʻridan toʻgʻri saodati abadiyaga qarashidan va xizmati iymoniyadan boshqa bir maqsad ta'qib qilmasligidan va ba'zi ahli tariqat ahamiyat bergan kashf va karomati shaxsiyaga ahamiyat bermaslikdan va valoyati kubro sohiblari boʻlgan Sahobiylar kabi, nubuvvat vorisligi sirri bilan, yolgʻiz iymon nurlarini nashr qilish va ahli iymonning iymonlarini qutqarishdir.
Ha, Risola-i Nur bu dahshatli zamonda qozontirgan ikki muhaqqaq natijasi hamma narsadan ustundir, boshqa narsalarga va maqomlarga ehtiyoj qoldirmaydi.
Birinchi natijasi: Sadoqat va qanoat bilan Risola-i Nur doirasiga kirgan, iymon bilan qabrga kirishiga gʻoyat quvvatli dalillar bor.
Ikkinchi natijasi: Risola-i Nur doirasida, ixtiyorimiz boʻlmasdan, xabarimiz yoʻq ekan qaror topgan va sodir boʻlgan shirkati ma'naviya-i uxroviya jihati bilan, har bir haqiqiy sodiq shogirdi; minglab tillar bilan, qalblar bilan duo qilish, istigʻfor aytish, ibodat qilish va ba'zi malaklar kabi qirq ming lison bilan tasbeh aytishdir. Va Ramazoni Sharifdagi haqiqati Layla-i Qadr kabi qudsiy va ulviy haqiqatlarni yuz ming qoʻl bilan qidirishdir. Xullas, bu kabi natija uchundirki; Risola-i Nur shogirdlari xizmati nuriyani valiylik maqomidan ustun qoʻyadilar; kashfu karomatni qidirmaydilar; va oxirat mevalarini dunyoda uzishga urinmaydilar; va vazifa-i Ilohiya boʻlgan muvaffaqiyat va xalqqa qabul qildirish va rivoj berish va gʻalaba qildirish va haqdor boʻlgan shonu sharaf va zavqlar va inoyatlarga savozor qilish kabi oʻz vazifalarining xorijida boʻlgan narsalarga qoʻshilmaydilar va harakatlarini ularga bino qilmaydilar. Xolisan, muxlisan xizmat qiladilar, "Vazifamiz xizmatdir. U yetadi" deydilar.
Va ikkinchidan: Saksondan ortiq yil qiymatida boʻlgan va Ramazoni Sharifning majmuida yashiringan haqiqati Layla-i Qadrni qozonish uchun, Risola-i Nur shogirdlarining shirkati ma'naviya-i uxroviyalari taqozosicha, har biri mutakallimi maalgʻayr negizi bilan اَجِرْنَا اِرْحَمْنَا وَاغْفِرْلَنَا kabi ta'birlarda "biz" degan vaqtlari, Riola-i Nurning sodiq shogirdlarini niyat qilishlari kerak. Toki har bir shogird umumning nomiga murojaat qilib harakat qilsin. Va bu bechora va oz ishlay olgan va haddidan koʻp ortiq xizmat undan kutilgan bu qardoshingizga oʻsha yaxshi gumonlarni xato chiqarmaslik uchun, oʻtgan Ramazon kabi yordamingizni iltimos qilaman.
(Birdan xotirga kelgan bir masala)
Har narsada, har musibatda, xususan bashar qoʻli bilan kelgan zulmli musibatlarda, Risola-i Qadarda bayon qilingani kabi, ikkita sabab bor:
Biri: Zohiran sabablarga qaragan bashardir.
Boshqasi: Qadari Ilohiydir. Bashar zohiriy sabablarga qaraydi, ba'zan xato qiladi, zulm qiladi. Faqat qadar boshqa nuqtalarga qaraydi, adolat qiladi. Xullas, bu kunlarda alamli bir xavotir bilan Risola-i Nur doirasiga aloqador boʻlgan uch masala adolati qadariya nuqtasida ma'naviy savolga javoban eslatildi.
Birinchi Savol: Nima uchun fidokor, yuksak bir shafqatni tashigan volida; bu zamonda valadining molidan me'ros olishidan mahrum qilindi? Qadar izn berdi?
Kelgan javob shu: Volidalar bu asrda, bir emlash suratida shafqatlarini xato bir tarzda sarf etishlaridirki; bolam shon, sharaf, maqom, mansab qozonsin deb bor quvvatlari bilan farzandlarini dunyoga, maktablarga yuboryaptilar. Hatto dindor ham boʻlsa, Qur'oniy ilmlarni oʻqishdan tortib dunyo bilan bogʻlaydilar. Xullas, bu shafqatning bu xatosidan, qadar bu mahrumiyatga mahkum qildi.
Ikkinchi savol: Risola-i Nur bilan munosabatdor ba'zi zotlarga achindim. "Nima uchun padarining molidan haqqi uchdan ikki qism ekan, u haqdan qisman mahrumiyatga qadari Ilohiy nima uchun izn berdi?"
Kelgan javob: Shu asrda shunday ajib bir emlash bilan, ota-onasiga hurmat hamda padar va volidasining shafqatlariga muqobil qayd va shartsiz kamoli hurmat va itoat lozim ekan; aksariyat bilan u haqiqiy hurmat va itoat buzilganidan, uchdan ikki qism olishdan zulman mahrum qilindilar. Qadar ularning qusuriga binoan izn berdi. Qizlar esa; garchi boshqa jihatlarda qusurlari koʻp, faqat zaifliklariga binoan, himoyatkor va shafqatkor qoʻllarga ziyoda muhtoj boʻlganliklaridan hurmatlarini, padar va volidalariga qarshi ehtiyojlarini hassoslik bilan bir jihatda ziyodalashtirganliklaridan, basharning zolim qoʻli bilan, qardoshlarining qisman haqlarini vaqtinchalik ularga berishga izn berdi.
Uchinchi savol: Ba'zi dindor zotlarning dunyodor ayollari yuzidan ziyoda mashaqqat chekishlarining sababi nima? Bu atrofda bu kabi hodisalar koʻp.
Kelgan javob: U dindor zotlar, diyonatlarining taqozosi, bunday ayollar hurriyati zamonida unday erkin ayollarning vositasi bilan dunyoga kirishlari xatolaridan, oʻsha ayollarning qoʻli bilan ta'zir yeyishlariga qadar izn berdi. Qolgani bir muborak xonimning shuursiz aralashuvi bilan ortda qoldi.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Bu muborak Ramazoni Sharifdagi duolar, ixlos boʻlish sharti bilan, inshaAlloh maqbuldir. Faqat afsuski, aksariyatcha Risola-i Nur shogirdlarning nazarlarini dunyoga oʻgirish va huzuri qalbni buzish uchun ba'zi hujumlar sababli oʻsha ixlos, oʻsha huzuri tom bir daraja ziyon koʻradi. Xavotirlanmang, hamma narsani Janobi Haqqa havola qilib unday hujumlarga ahamiyat bermang. Atifga ham yozing, xavotirlanmasin va xafa boʻlmasin. U ham bir qazo-i ilohiydir. InshaAlloh, Sava Hofiz Mehmedning hodisasi kabi, Risola-i Nur tomon qaytadi.
{(Hoshiya) Atif bilan tortishgan va hujum qilgan tariqatchi muftiy va taassubli voiz va domla va ahli tariqat, ahamiyatli ahli ilm va tariqat, bu tortishuvda, eng oxirgi pardasi tizim hisobiga va tarafgirligiga va himoyasiga tayanib, Atif mudofaa qilgan sunnati saniya maslagiga hujum suratiga kirganini; va Risola-i Nurga qarshi chiqqan, bilib turib yoki bilmasdan zindiqoga yordam berganiga bir dalil, bu dafa adliya tomonidan mendan soʻradilarki:
Kurd Atif tizimga qarshi harakat qilyapti. Demak unga qarshi boʻlganlar tizimga tayandilar.
Men ham dedim: Tizimni rad qilish na vazifamizdir, na quvvatimiz bor va na oʻylayapmiz va na Risola-i Nur izn beryapti. Faqat biz qabul qilmayapmiz, amal qilmayapmiz, istamayapmiz. Rad boshqa, qabul qilmaslik boshqadir, amal etmaslik yana boshqadir. Hazrati Umarning (r.a.) taxti hukmida, qonuni adolati shar'iyasini rad qilmagan va qarshi chiqmagan Yahudiylarga, Nasroniylarga tegilmas edilar. Demak, qabul qilmaslik, tasdiq qilmaslik, idora jihatidan bir ayb tashkil qilmaydiki; u tur muxoliflar va munkirlar, eng quvvatli podshohlarning idorasi va siyosati ostida boʻlganlar. Xullas, bu nuqta-i nazardan, Risola-i Nurning shogirdlaridan eng mudhish bir muxolif va tizim muassisini la'natlasa ham, amalda idoraga qarshi chiqmasa, uning mafkurasiga qonunan tegilinmaydi. Hurriyati vijdon va hurriyati fikr ularni oqlaydi.}
Ham Atifning porloq xizmati toʻxtab qolishi
{(Hoshiya1) Hozir olgan xabarimiz: Denizli voliysi, ahamiyatli bir kalit soʻz bilan bu yer hokimiga, Atif masalasini kattalashtirib kalit soʻz yozgan. Hofizi Haqiqiyning hifziga tayanib xavotirlanmang, faqat ehtiyot qiling. Qamalgan Atif va doʻstlariga tasalli beringlar. Va xavotirlanmasinlar, Alloh Karimdir va Rahiymdir.}
va orqa ketishi; va marhum Mehmed Zuhdu Badaviyning yuksak va keng xizmatining pardalanishini oʻylashi meni ziyoda mahzun qilgan hangomda, qoʻlimga bir maktub berildi. U maktub oʻsha xavotirimni ketkazdi. Risola-i Nur xizmatida bir eshik yopilsa, yanada muhim eshiklar ochiladi, degan qoida yana hukmini ijro qildiki; Sabri kabi Risola-i Nurning gʻoyat buyuk bir ruknining katta amakisi va Risola-i Nurning bir qahramoni boʻlgan Tohiriyning yaznasi va Risola-i Nurning saffi avvalida va shogirdlarining boshida bir zamon nozirlik vazifasini bajargan va hozirga qadar ham Risola-i Nur haqida qalbini buzmagan Katta Hofiz Zuhduning samimiy kamoli sadoqat va ixlosni koʻrsatgan maktubi bilan; va Xulusi-i Solis Abdulloh Chovushning hoshiyasida tasdiq bilan, bu eski va yangi gʻayratli qardoshimiz Katta Zuhdu, rasmiyatga qaramasdan, Risola-i Nurning muhim vazifalaridan boʻlgan ma'sumlarga Qur'on darsini berish bilan koʻrsatildiki, marhum Zuhdu Badaviy oʻrniga bu Katta Zuhduni yangi beryapti. Va Atifning toʻxtab qolishi oʻrniga, bu mudaqqiq va muqtadir va xatib Katta Hofiz Zuhduni faoliyatga keltirdi. Janobi Haqqa shukr qilamiz. Bugundan e'tiboran, Risola-i Nurning xos shogirdlari ichida shirkati ma'naviya-i Nuriyadan hissador boʻlishini va ismi bilan duoga kirganini salomim bilan barobar yetkazinglar.
Risola-i Nurning karomat silsilalaridan Moʻ'jizoti Ahmadiya va karomatli Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz va Ishorot-ul I'jozning himoyakorona va moʻ'jizona yangi bir karomatlari shudirki: Bu Ramazoni Sharifning boshida doktorning xabari bilan va quvvatli alomatlarning dalolati bilan va birdan harorat qirq darajadan oʻtishi bilan ayon boʻlgan, zaharlashdan kelgan shiddatli xastalik hangomida, qardoshimiz Atifning chumoli kabi hodisasini xorij valiylar fil qilib, bu yerning ham adliya, ham zobita, ham viloyatga kalit soʻzlar bilan Risola-i Nurga qarshi chorlangan ayni zamonda, ikki soat avval, Moʻ'jizoti Ahmadiya Istanbuldan yugurib yordamga kelgan. Stolda ekan, Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz va karomatli Ishorot-ul I'joz Tosya tumanidan yordamga kelganday, ayni vaqtda zarrin jildlari bilan stol ustida turarkan, ularning musodara xavotiri va ellikdan ziyod boshqa risolalarning ham namozsiz qoʻllarning qaydiga oʻtish ehtimoli va shiddatli xastalikning gapirtirmaslik vaziyati bilan barobar; Risola-i Nurning oʻsha uchta karomatli risolalari shunday hayratomuz bir himoya va muhofazaga vasila va u zaharlantirishga zaharga qarshi darmon va taryoq boʻldiki, bu holdan xabardor boʻlgan bizlar hozir ham hayratdamiz. Goʻyo hech bir xastalik boʻlmaganday, gʻoyat quvvatli, ham shiddatli ta'zirlar urib, u dushmanlik vaziyati doʻstlikka aylantirildi.
Ham adliyaning katta ma'murlari va qidiruv inspektorlari, shiddatli qidiruv va musodara uchun kelganlari holda; ellikdan ziyoda kitoblardan hech biriga qoʻl uzatmasdan, faqat oʻsha risolalarning karomatlarini qisman tinglab ularning ma'naviy himoyasi ostida risolalar muhofaza qilindi. Faqat Mudofaalar va Oʻn Oltinchi Maktub va Ramazoniya Risolasini mutolaa qilish uchun biz berdik. Uchinchi kunda, yanada shiddatli qidiruv va tintuv qilish, zobitaning siyosiy inspektori bir qidiruv inspektori bilan kelgan vaqtdan ikki-uch soat avval, uchta karomatli risolalarning qoʻmondonligida butun risolalar oʻzlarini qoʻllarga bermaslik uchun oʻrtada koʻrinmadilar. Butun ikki soat oʻsha qidiruv natijasida, Anqaradan kelgan bir Ramazon tabrigi bilan, bir Ramazoniya Risolasini qoʻlga kiritdilar. Mutolaadan soʻng qaytarib berish va'dasi bilan oldilar. Barcha bu hollar yuksakda turgan Moʻ'jizotli Qur'oni Azimushshon bilan barobar, i'jozli Hizbi Qur'oniyning nusxalari va Hizbi Nuriyning risolalari bu hayratomuz vaziyatni koʻrsatdilar. Janobi Haqqa ularning harflari adadicha va shahri Ramazonning daqiqalarining ashiralari sanogʻicha hamdu sano aytamiz. Alhamdulillahi a'la kulli hal.
Ham xastalikdan kelgan gʻam va Atifning hodisasi bilan qalbimga kelgan alam va ularga achinish va Ispartaga siroyat qilish xavotiridan kelib chiqqan aziyat va bu muborak shaharda Risola-i Nurning "Sirran tanavvarot" pardasi ostiga kirishi va uchinchi kunda oʻsha ikkita qidiruvdan soʻng, oqshomga qadar kelgan va ketganlarning doimiy ravishda kuzatilishi va Aminning uyi ham bir narsa topilmasdan tintuv qilinishi jihati bilan ziyoda iztirobli va alamzada ekan; Janobi Arhamurrohimiynning rahmati bilan, hozirga qadar davom qilgan inoyati Ilohiya himoyasi va rizo, taslim, tavakkal va ixlos bergan tasalli barcha oʻsha aziyat bergan narsalarni natijasiz qoldirdi.
Kamoli faroh va istirohat bilan "Koʻraylik Mavlo naylar. Naylarsa goʻzal aylar" deb, kamoli taslimiyat bilan xotirjam boʻldik. Siz ham shunday boʻling, sustlik qilman
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.
Xastalik davom qilyapti, faqat bardosh xorijida emas. U musibat ham Risola-i Nurning porloq nashriyotiga toʻxtashlik berish uchun edi.