Isharat ul-I'jaz
— 20 —

Sura-i Baqara

S: Ijoz bilan i'joz sifatlarini ichiga olgan Qur'oni Azimushshonda

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾

va

﴿ فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا‌الخ ﴾

va

وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ‌الخ

kabi juda koʻp oyatlar takarrur etyapti. Holbuki bu takrorlar balogʻatga ziddir, zerikish beradi?

J: Ey birodar! Har porlagan narsa yoquvchi otash emasdir. Ha, takror va takarrur ba'zan zerikish beradi, faqat umumiy emas. Har yerga, har kalomga va har kitobga shomil emas. Zerikish beruvchi deb oʻylangan juda koʻp zohiriy takrorlar balogʻat jihatidan istehson va taqdir qilinadi. Ha, inson yegan ovqatlar; biri gʻido, boshqasi tafakkuh (meva) boʻlib ikki qismdir. Birinchi qism takarrur etgan sari mamnuniyat beradi, quvvat beradi, juda koʻp tashakkurlarga sabab boʻladi. Ikkinchi qismning takarrurida zerikish, tajaddudida lazzat bor. Shuning kabi, kalomlar ham ikki qismdir. Bir qismi ruhlarga qut, fikrlarga quvvat beruvchi haqiqatlardirki, takarrur etgan sari quyoshning ziyosi kabi, ruhlarga, fikrlarga hayot beradi. Meva kabi ishtahani ochgan qismda takarrur maqbul emas, istehson etilmaydi. Bunga binoan, Qur'on hay'ati majmuasi bilan qalblarga qut va quvvat boʻlib, takrori zerikish emas, halovat va lazzat bergani kabi, Qur'onning oyatlarida ham shunday bir qism borki, u quvvatning ruhi hukmida boʻlib takarrur etgan sari yanada ziyoda porlaydi, haq va haqiqat nurlarini sochadi.

هُوَ الْمِسْكُ مَا كَرَّرْتَهُ يَتَضَوَّعُ

Azjumla: بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ kabi oyatlarda boʻlgan uqda-i hayotiya va nuroniy asoslar takarrur etgan sari ishtahalarni ochadi; mushk kabi, aralashtirilgan sari hid chiqaradi. Demak, takarrur deb oʻylangan, haqiqatda takarrur emas. Faqat وَاُتُوا بِه۪ مُتَشَابِهًا kabi, boshqa-boshqa hikmatlarni, nuktalarni, gʻoyalarni ifoda qilgan takrorli kalomlar yolgʻiz ibora jihatidan, lafz jihatidan bir-biriga oʻxshaganlari uchun takror deb oʻylanadi. Hatto qissa-i Muso koʻp maziyatlarni va hikmatlarni oʻz ichiga olgan. Har maqomda oʻsha maqomga munosib bir vajh bilan zikr qilinishi ayni balogʻatdir. Ha, Qur'oni Azimushshon u qissa-i mashhurani, kumush ekan yadi bayzosiga olib oltin shakliga aylantirishi bilan shunday bir naqshi balogʻatga mazhar etgandirki, butun ahli balogʻat uning balogʻatiga hayron boʻlganlar, sajda qilganlar. Va shuningdek, tayammun, tabarruk va istio'na kabi koʻp vajhlarni ichiga olgan; va tavhid, tanzih, sano, jalol va jamol va ehson kabi koʻp maqomlarni tazammun; va tavhid va nubuvvat, hashr va adolat kabi maqosidi arbaaga ishorat qilgan Basmala, zikr qilingan yerlarning har birida bu vajhlardan, bu maqomlardan biri e'tibori bilan zikr qilingan va qilinmoqda. Shu bilan barobar, qaysi surada takarrur boʻlsa, u suraning ruhi bilan munosib boʻlgan bir vajh bizzot qasd qilinish bilan, boshqa vajhlarning istidrodiy va taba'i zikrlari balogʻatga zid emas.

— 21 —

الٓمٓ : Suralarning boshlarida boʻlgan hurufi muqatto'aga oid izohotni "Toʻrt Mabhas"da zikr qilamiz.

Birinchi Mabhas: الٓمٓ bilan, suralarning avvallarida boʻlgan hurufi muqatto'adan tanaffus etgan i'joz haqida. I'joz marvarid kabi nafis latoifi balogʻat yogʻdularining imtizoj va ijtimo'idan tajalliy etgan bir nurdir. Bu mabhasda bu nurni bir nechta latoif zimnida izoh qilish bilan porlatamiz. Faqat har bir latifa nozik va ziyosi oz boʻlsa ham, latoifning hay'ati majmuasidan hosil boʻlgan tom bir ziyo bilan fajri sodiq chiqadi.

1- Hijo harflarining adadi -alifi sokina xorij qolish sharti bilan- yigirma sakkiz harfdir. Qur'oni Azimushshon, suralarning boshida bu harflarning yarmini zikr qilgan, yarmini tark qilgandir.

2- Qur'on olgan nisf tark qilgan nisfdan ziyodaroq kasir-ul iste'moldir.

3- Qur'on suralarning boshida zikr qilgan qism ichida lison ustiga yanada suhulatli boʻlgan "alif, lom"ni koʻp takror qilgan.

4- Qur'on olgan harflarni hijo harflarining adadicha suralarga tavzi' etgan.

5- Hijo harflarining mahmusa, majhura, shadida, rahva, musta'liya, munhafiza, muntabiqa, munfatiha kabi juftli jinslarining har biridan yana nisf olgan.

6- Jufti, ya'ni oʻxshashi boʻlmagan -avtar- qismida saqildan ozni, xafifdan koʻpni olgan. Qalqala, zalaqa kabi.

7- Qur'oni Azimushshonning, suralarning boshidagi hurufi muqatto'aning zikr qilingan minval ustiga tansiflari haqida ixtiyor qilgan tariq, besh yuz toʻrt ehtimoldan intihob etilgan. Va intihob etilgan shu tariqdan boshqa hech bir ehtimol bilan mazkur tansif mumkin emas. Chunki taqsimlar juda koʻp bir-biriga kirgan va juda mutafovitdir. Bu kabi i'joz yogʻdularidan hissa ololmagan, zavqiga malomat etsin va koyisin.

Ikkinchi Mabhas:

Bu mabhasda ham bir nechta latoif bordir:

1- الٓمٓ bilan amsolida koʻzga urilgan gʻarobat, bu harflarning juda gʻarib va ajib bir narsaning muqaddimasi va kashf guruhi boʻlganlariga ishoratdir.

2- Bu suralarning boshlaridagi taqti'i huruf bilan ismlarni hijolash, musammoning ma'haziga va nimadan nash'at etganiga ishoratdir.

3- Bu harflarning taqti'i; musammoning vohidi e'tiboriy boʻlib, tarkibi majziy emasligiga ishoratdir.

4- Bu harflarning taqti' va ta'dadi, san'atning modda va ma'hazini muxotobga koʻrsatilish bilan muorazaga tolib boʻlganlarni maydonga chaqirib, "Mana, i'joz san'atini shu koʻrgan harflaringizning nazm va naqshlaridan qildim. Maydonga marhamat!" deya ularning tahqirona tabkidlariga (takdirlariga) ishoratdir.

— 22 —

5- Ma'nodan chiqarilgan shu hijo harflarining zikri, muorizlarni hujjatsiz qoldirishga ishoratdir. Ha, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon shu ma'nosiz harflarning lisoni holi bilan e'lon qiladiki: "Men sizdan baligʻ ma'nolarni, hukmlarni, haqiqatlarni ifoda qilgan yuksak xutbalarni va nutqlarni istamayman. Yolgʻiz shu sanab oʻtgan harflarimdan bir nazira qiling, hatto boʻhton va hikoyalardan ham iborat boʻlsa boʻlsin!"

6- Harflarni ta'dad bilan hijolash, endi qiroatni va kitobatni boshlagan mubtadilarga maxsusdir. Bundan tushuniladiki: Qur'on ummiy bir qavmga va mubtadi bir muhitga muallimlik qiladi.

7- ا، ل، د kabi harflarni, masalan "alif, lom, dol" kabi ismlari bilan ta'bir va zikr qilish, ahli qiroat va arbobi kitobat ittihoz etgan bir usuldir. Bundan tushuniladiki, ham aytgan, ham tinglagan ummiy boʻlganlariga nazaran, bu ta'birlar aytgandan chiqmayapti va uning moli emas; faqat boshqa bir yerdan unga kelyapti.

Ey birodar! Bu latoifning yupqa iplaridan toʻqilgan yuksak naqshi balogʻatni koʻrolmagan odam, balogʻat ahlidan emas. Arbobi balogʻatga murojaat etsin.

Uchinchi Mabhas: الٓمٓ i'jozning asoslaridan ijozning eng yuksak va eng nozik darajasiga bir misoldir. Bunda ham bir nechta latoif bor:

1- الٓمٓ uch harfi bilan uch hukmga ishoratdir. Shundayki: Alif, هٰذَا كَلَامُ اللّٰهِ الْاَزَلِىِّ hukmiga va qoziyasiga; lam, نَزَلَ بِه۪ جِبْر۪يلُ hukmiga va qoziyasiga; mim عَلٰى مُحَمَّدٍ ع.ص.م hukmiga va qoziyasiga ramzan va imoan ishoratdir.

— 23 —

Ha, qandayki Qur'onning hukmlari uzun bir surada, uzun bir sura qisqa bir surada, qisqa bir sura bir oyatda, bir oyat bir jumlada, bir jumla bir kalimada, u kalima ham "sin, lom, mim" kabi hurufi muqatto'ada irtisom etadi, koʻrinadi. Shuning kabi الٓمٓ ning har bir harfida mazkur hukmlardan biri tamassul etib koʻrinadi.

2- Suralarning boshlaridagi hurufi muqatto'a Ilohiy bir kalit soʻzdir. Bashar fikri unga yetisholmaydi. Kaliti faqat Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdadir.

3- Kalit soʻz kabi shu hurufi muqatto'aning zikri Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning favquloda bir zakovatga molik boʻlganiga ishoratdirki: Muhammad Alayhissalotu Vassalam ramzlarni, imolarni va eng yashirin narsalarni sarih kabi qabul qiladi, anglaydi.

4- Shu harflarning taqti'i; harf va lafzlar ichiga olgan qiymat, yolgʻiz ifoda qilgan ma'nolarga koʻra boʻlmasdan, ilmi asror-ul hurufda bayon qilingani kabi, adad va sonlari kabi, harflarning orasida fitriy munosabatlar boʻlganiga ishoratdir.

{(Hoshiya) Qirq yildan keyin Risola-i Nur bu lam'a-i i'jozni koʻrlarga ham koʻrsatgandir.}

5- الٓمٓ taqti'i bilan, butun harflarning asos mahrajlari boʻlgan "halq, vasat, shafa" maxrajlariga ishoratdir. Va zehnlarning nazari diqqatini shu maxrajlarga oʻgiradiki; zehnlar, kerak boʻlsa bu uch maxrajda, kerak boʻlsa bularga bogʻliq kichik-kichik maxrajlarda lafzlarning va harflarning qanday vujudga kelganlarini hayrat va ibrat bilan mutolaa etsinlar.

Ey zehnini balogʻatning rangi bilan ranglagan birodar! Bu latoifni siqadigan boʻlsang, هٰذَا كَلَامُ اللّٰهِ ichidan chiqadi.

Toʻrtinchi Mabhas: الٓمٓ amsoli bilan barobar, tarkib shaklidan taqti' suratida zikrlari, bu shaklning mustaqil boʻlib hech bir imomga tobe boʻlmaganiga va hech kimni taqlid qilmaganiga va uslublari ajib, turlari gʻarib yangi soha-i vujudga kelgan bir badi'a boʻlganiga ishoratdir. Bu mabhasda ham bir nechta latoif bordir.

1- Xatib va baligʻlarning odatidanki, maslaklarida doimo bir misolga tobe boʻladilar va bir oʻrnak ustida naqsh toʻqiydilar va bosib oʻtilgan bir yoʻlda yuradilar. Holbuki bu harflardan anglashilganiga nazaran, Qur'on hech bir misolga tobe boʻlmagan va hech bir naqshi balogʻat oʻrnagi ustida naqsh qilmagan va bosib oʻtilmagan bir yoʻlda yurgandir.

2- Qur'on boshdan oxiriga qadar nozil boʻlgan hay'at ustida boqiydir. Bu qadar Qur'onni taqlid qilishga mushtoq boʻlgan doʻstlar va mutahajim dushmanlarga qaramasdan, hozirga qadar Qur'onnning na taqlidi qilingan va na bir misoli koʻrsatilgan. Ha, Qur'on millionlab Arabcha kitoblar bilan muqoyasa qilinsa, oʻxshashi topilolmaydi. U holda Qur'on yo hammasining ostidadir, bu esa maholdir; Shunday ekan hammasidan ustundir... shunday ekan Allohning kalomidir.

— 24 —

3- Basharning san'ati boʻlgan bir narsa, bidoyatda xunuk va gʻayri muntazam boʻladi, soʻngra asta-asta intizomga kiradi. Qur'on esa, ilk zuhurida koʻrsatgan halovatni, goʻzallikni, yoshlikni hozir ham shunday holda muhofaza qilmoqda.

Ey balogʻat latofatining iforini hidlagan birodar! Zehningni shu mabohisi arbaaga yuborki, asalarisi

اَشْهَدُ اَنَّ هٰذَا كَلَامُ اللّٰهِ

asalini chiqarsin.

ذٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ف۪يهِ هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ : Birodar! Kalomlarning husnini orttirgan va goʻzalligini ortiqcha porlattirgan balogʻatning asoslaridan biri ham shudirki: Bir hovuzni toʻldirish uchun atrofidan sizilgan suvlar kabi, baligʻ kalomlarda ham zikr qilingan kalimalarning, qaydlarning, hay'atlarning tamoman u kalom ta'qib qilgan asos maqsadga nazir boʻlish bilan uning taqviyasiga xizmat qilishlari, balogʻat mazhabida lozimdir.

Birinchi Misol:
﴿ وَلَئِنْ مَسَّتْهُمْ نَفْحَةٌ مِنْ عَذَابِ رَبِّكَ ﴾

boʻlgan oyati karima nazari diqqatga olinsa, koʻriladiki: Bu kalomdagi maqsad va asos, juda oz bir azob bilan ortiqcha qoʻrqitishdir. Va bu kalomda boʻlgan mazkur kalimalar va qaydlar tamoman u maqsadni taqviya uchun xizmat qilyaptilar.

Azjumla: Shak va ehtimolni ifoda qilgan اِنْ shartiya boʻlib, azobning ozligiga va ahamiyatsizligiga ishoratdir.

Va shuningdek, نَفْحَةٌ siygʻasi bilan va tanvini bilan, azobning ahamiyatsizligiga imodir.

— 25 —

Va shuningdek, مَسَّ kalimasi, azobning shadid boʻlmaganiga ishoratdir.

Va shuningdek, tab'izni ifoda qilgan مِنْ va shiddatni koʻrsatgan "nakal" kalimasiga badal, hiffatni imo etgan عَذَابِ kalimasi va رَبِّ kalimasidan imo etilgan shafqat, hammasi ham azobning qillat va ahamiyatsizligiga ishorat qilish bilan, shu she'rni lisoni hollari bilan tamassul etadilar:

عِبَارَاتُنَا شَتّٰى وَحُسْنُكَ وَاحِدٌ وَكُلٌّ اِلٰى ذَاكَ الْجَمَالِ يُش۪يرُ

Ya'ni: "Iboralarimiz boshqa-boshqa boʻlsa ham, husning birdir. Hammasi ham u husnga ishorat qiladilar."

Ikkinchi Misol:
﴿ الٓمٓ ٭ ذٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ف۪يهِ هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ ﴾

boʻlgan oyati karimadir. Bu oyatda maqsadi asos, Qur'onning yuksakligini koʻrsatishdir. Va bu maqsadni taqviya etgan,

﴿ الٓمٓ ، ذٰلِكَ ، الْكِتَاب ، لَا رَيْبَ ف۪يهِ ﴾

qaydlaridir. Ha, bu qaydlar istinod etgan juda nozik va yashirin dalillariga ishorat qilish bilan barobar, u maqsadning taqviyasiga yuguryaptilar.

— 26 —

Azjumla: الٓمٓ qasam boʻlish jihati bilan, Qur'onning azamatiga va ostida mustatir, yashirin u mazkur latoif jihati bilan ham da'voning isbotiga ishorat qiladi.

Va shuningdek, ذٰلِكَ zot bilan sifatni koʻrsatgan bir ishorat boʻlishi e'tibori bilan ham Qur'onning azamatiga, ham azamatni isbot qilgan sifoti kamoliyaga ishorat qiladi.

Va shuningdek, ذٰلِكَ ishorati hissiyaga maxsus ekan, ishorati aqliyada ishlatilishi, ta'zim va ahamiyatni ifoda qilgani kabi, ma'qul boʻlgan Qur'onni maxsus suratida koʻrsatishi, Qur'onni azhan va anzorning nazari diqqatiga arz qilish bilan, tasatturni ijob etgan hiyla, za'fiyat va boshqa xunuk narsalardan munazzah boʻlganini izhor va e'tirof ettirishdir.

Va shuningdek ذٰلِكَ ning ل vositasi bilan ifoda qilgan bu'd, Qur'onning kamoliga dalolat qilgan uluvvi rutbasiga ishoratdir.

Va shuningdek, الْكِتَاب dagi اَلْ hasri urfiyni ifoda qilganidan, Qur'onning azamatiga va boshqa kitoblarning mahosinini jam' qilish bilan ulardan ustun boʻlganiga ishoratdir.

Va shuningdek, "kitab" ta'biri, ahli qiroat va kitobatdan boʻlmagan bir ummiyning mahsuli emasligiga ishoratdir.

Va shuningdek, لَا رَيْبَ ف۪يهِ olmoshining har ikki ehtimoliga binoan Qur'onning kamolini isbot yoki ta'kid qiladi. Va shuningdek, istigʻroqni ifoda qilgan لَا Qur'onning har burchagida rakz va har yerida zikr qilingan dalillar, burhonlar, hujum qilgan shak va shubhalarni daf bilan, Qur'onning unday qusurlardan munazzah ekanini e'lon qiladi. Va lisoni holi bilan shu she'rni oʻqiydi:

وَكَمْ مِنْ عَائِبٍ قَوْلًا صَح۪يحًا وَاٰفَتُهُ مِنَ الْفَهْمِ السَّق۪يمِ

Ya'ni: Qur'onda ta'yib etilaigan hech bir nuqta yoʻqdir. Qur'on kabi sahih qovllarni ta'yib etish, faqat fahmlarning saqomatidan kelib chiqadi. Va shuningdek, zarfiyatni ifoda qilgan فِى ta'biri, Qur'onning sathiga va zohiriga qoʻngan shak va shubha boʻlsa, ichidagi haqoiq bilan daf qila olishiga ishoratdir.

Birodar! Tahlil vositasi bilan tarkibning qiymatini va kull bilan juzlar orasidagi farqni idrok qila olgan boʻlsang, bu misollardagi quyud va hay'otga diqqat qil. Va u kalimalardan joʻshib chiqqan ziloli balogʻatni va kavsari fasohatni toʻygunga qadar ich, "Alhamdulilloh!" de.

S-

﴿ الٓمٓ ٭ ذٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ف۪يهِ هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ ﴾

oyati karimasining jumlalari atf bilan bir-biri bilan bogʻlanmagan boʻlishi nimaga binoan?

— 27 —

J- U jumlalar orasidagi shiddati ittisol, bogʻlanish va quchoqlashishdan bir farqlilik yoʻqki, bir-biri bilan bogʻlanishga luzum boʻlsin. Zero u jumlalarning har birisi oʻrtoqlariga ham otadir, ham oʻgʻil. Ya'ni, ham dalildir, ham natijadir.

Ha, الٓمٓ lisoni holi bilan ham muorazaga chaqiradi, ham moʻ'jiz boʻlganini e'lon qiladi. ذٰلِكَ الْكِتَابُ ham butun kitoblarga faiq boʻlganini tasrih etadi, ham mustasno va mumtoz boʻlganini izhor etadi. لَا رَيْبَ ف۪يهِ ham Qur'onning shak va shubha yeri boʻlmaganini tasrih etadi, ham mustasno va mumtoz boʻlganini izhor etadi. هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ ham tariqi mustaqimni koʻrsatish bilan muvazzaf boʻlganini koʻrsatadi, ham mujassam bir nuri hidoyat boʻlganini e'lon qiladi. Xullas, bu jumlalardan har birisi, ifoda qilgan birinchi ma'nosi bilan oʻrtoqlariga dalil boʻlgani kabi, ikkinchi ma'nosi bilan ham ularga natijadir. Soʻngra bu oyatning shu jumlalari orasida i'jozga manba, balogʻatga mador boʻlgan oʻn ikki munosabat, aloqa va bogʻliqlik bor. Bulardan misol tariqasida uch donani zikr qilib, boshqalarni senga havola qilaman.

1- الٓمٓ butun muorizlarni muorazaga da'vat qiladi. Shunday ekan, eng yuksak bir kitobdir. Shunday ekan, bir yaqiyn sadafidir. Zero kitobning kamoli yaqiyn bilandir. Shunday ekan, navi bashar uchun mujassam bir hidoyatdir.

2- ذٰلِكَ الْكِتَابُ ya'ni amsoliga tafavvuq etgandir. Shunday ekan, mustasnodir. Chunki shak va shubha yeri emas. Chunki muttaqilarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatadi. Shunday ekan, moʻ'jizdir.

3- هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ Ya'ni, tariqi mustaqimga irshod etadi. Shunday ekan, yaqiyniyatdandir. Shunday ekan, mumtozdir. Shunday ekan, moʻ'jizdir.

Ey birodar! Shu هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ jumlasidagi nuri balogʻat va husni kalom toʻrt nuqtadan tazohur etgan.

1- Bu jumlada ega mahzufdir. Bu hazf; (jumlani tashkil qilgan ega bilan kesim orasidagi ittihod shunday bir darajaga borganki, xuddi ega hazf boʻlmasdan kesimning ichiga kirgan) xorijan ikkisi muttahid boʻlganlari kabi, zehnan ham muttahid boʻlganlariga ishoratdir.

2- هَاد۪ى oʻrnida هُدًى ya'ni, ismi foil mavqeida masdarning ishlatilishi, tajassum etgan nuri hidoyatdan javhari Qur'onning hosil boʻlganiga ishoratdir.

3- هُدًى dagi tanvini tankirdan tushunilyaptiki, hidoyati Qur'on shunday nozik bir darajaga borganki, haqiqati idrok etila olmaydi va shunday keng bir maydonni ishgʻol qilganki, ihotasi ilman mumkin emas. Chunki ma'rifaning ziddi boʻlgan "nakra"; yo shiddati xofadan boʻladi yoki kasrati zuhurdan nash'at etadi. Bunga binoan, "tankir" ba'zan tahqirni, ba'zan ta'zimni ifoda qiladi, deyilgan.

4- Mutaaddid kalimalarga badal ismi foil siygʻasi bilan ixtiyor etilgan مُتَّق۪ينَ kalimasi bilan qilingan ijoz, hidoyatning samarasiga va ta'siriga ishorat boʻlgani kabi, hidoyatning vujudiga ham bir dalili inniydir.

— 28 —

S: Gʻoyat mahdud, oz bir nechta nuqtadan basharning iqtidoridan xorij deyilgan i'jozning tugʻilish ehtimoli bormi?

J: Moddiy va ma'naviy hamma narsada yordamning va ijtimo'ning buyuk quvvat va ta'siri bor. Ha, in'ikos sirri bilan, uch narsaning husni ijtimo' etsa, besh boʻladi. Besh ijtimo' etsa, oʻn boʻladi. Oʻn ijtimo' etsa, qirq boʻladi. Chunki hamma narsada bir navi in'ikos va bir navi tamassul bor. Qandayki bir-biriga muqobil tutilgan ikki oynada koʻp oynalar koʻrinadi; shuning kabi, ikki-uch nukta yoki ikki-uch husn ijtimo' qilgan vaqtlari juda koʻp nuktalar, juda koʻp husnlar tavallud etadi. Bu sirga binoan, har husn sohibining va har bir sohibi kamolning amsoli bilan ijtimo' etishga fitriy bir mayli borki, ijtimo'lari zamonida husnlari, kamollari bir ekan, ikki boʻladi. Hatto bir tosh, toshligi bilan barobar gumbazli binolarda ustaning qoʻlidan chiqar-chiqmas boshini egadi, oʻrtoqlari bilan birlashishga mayl qiladiki, yiqilish tahlikasidan qutulsin. Afsuski insonlar taovun sirrini idrok qilisholmagan. Hech boʻlmasa, toshlar orasidagi yordam vaziyatidan dars olishsin.

S: Balogʻat va hidoyatdan maqsad, haqiqatni vazih bir shaklda koʻrsatib fikrlarni va zehnlarni ixtiloflardan qutqarish ekan; mufassirlarning bu kabi oyatlarda qilgan ixtilofoti, koʻrsatgan ehtimollari, bayon qilgan boshqa-boshqa bir-biriga toʻgʻri kelmagan vajhlari ostida haq va haqiqat qanday suratda koʻrilishi mumkin?

J: Ma'lumdirki, Qur'oni Azimushshon yolgʻiz bir asrga emas, butun asrlarga nozil boʻlgandir. Ham bir tabaqa insonlarga maxsus emas, butun tabaqoti basharga shumuli bor. Ham bir sinf insonlarga oid emas, butun basharning sinflariga roji'dir. Shunga binoan, hamma, har tabaqa, har zamon fahmiga, iste'dodiga koʻra Qur'onning haqoiqidan hissa olishi mumkin va hissadordir. Holbuki navi bashar daraja e'tibori bilan muxtalif va zavq jihati bilan mutafovit va shuningdek mayl, istehson, lazzat, tabiat e'tibori bilan bir-biriga uygʻun emas. Masalan: Bir toifa istehson qilgan bir narsa boshqa toifaning zavqiga muxolifdir. Bir qavm mayl qilgan bir narsadan boshqa qavm nafrat qiladi. Bu sirga binoan, Qur'oni Karim gunohlarning jazosi yoki xayrlarning mukofoti haqida zikr qilgan oyatlarda taxsisot qilmagan; umumiy bir shaklda qoldirganki, hamma zavqiga koʻra fahm etsin.

Xulosa: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon oyatlarini, jumlalarini shunday bir shaklda nazm etgan va vaz' etganki, har jihatdan ehtimol yoʻllari boʻlsinki, muxtalif fahmlar va iste'dodlar zavqlariga koʻra hissalarini olib bilsinlar. Shuning kabi, ulumi Arabiyaning qoidalariga muvofiq va balogʻatning dasturlariga uygʻun va ilmi usulga mutobiq boʻlish sharti bilan, mufassirlarning bir-biriga muxolif boʻlgan bayonoti va ehtimollari; zamonlarga, tabaqalarga va fahmlarga koʻra murod va joizdir deya hukm qilinishi mumkin. Bu nuktadan tushunildiki, Qur'onning i'joz vajhlaridan biri, nazmi shunday bir uslubdaki, butun asrlarga, tabaqalarga intiboq eta oladi.

— 29 —

اَلَّذ۪ينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ : Bu jumlaning avvalgi jumla bilan nazmini ijob ettirgan munosabat vajhlari esa: Bu jumla moʻ'minlarni madh etadi, avvalgi jumla esa Qur'onni madh etadi. Shu har ikki madh orasida bir insibob (toʻkilish) bordirki; bu uni istaydi, u buni istaydi. Chunki ikkinchi madh birinchi madhning natijasi va birinchi madhga bir burhoni inniydir va hidoyatning samarasi va shohididir. Va ayni zamonda hidoyatga bir yordamchi vazifasini bajaradi. Chunki moʻ'minlarni madh qilishda iymonga kelish uchun bir tashviq bor. Tashviq esa bir navi hidoyatdir.

اَلَّذ۪ينَ bilan مُتَّق۪ينَ orasidagi munosabatga kelsak: Bularning biri taxliya تَخْلِيَه , boshqasi tahliya تَحْلِيَه dir. Taxliya تَخْلِيَه tathir etish va tozalashdir. Tahliya تَحْلِيَه esa, tazyin etish va bezash ma'nosidadir. Bular bir-biri bilan oʻrtoq boʻlib bu yerda boʻlgani kabi, doimo bir-birini ta'qib qiladilar. Shuning uchun, qalb taqvo bilan sayyiotdan poklanar poklanmas hamon, uning orqasidan iymon bilan tazyin etilgan va bezatilgandir.

Qur'oni Karim taxliya-i sayyiotni uch martabasi bilan zikr qilgan.

Birinchisi, shirkni tark;

ikkinchisi, ma'osiyni tark;

uchinchisi, mosivoullohni tark qilish.

Tahliya تَحْلِيَه esa hasanot bilan boʻladi. Hasanot ham yo qalb bilan boʻladi yoki qolip va badan bilan boʻladi va yoxud mol bilan boʻladi.

A'moli qalbiyning shamsi, iymondir.

A'moli badaniyaning mundarijasi, namozdir.

A'moli moliyaning qutbi, zakotdir.

S-

﴿ اَلَّذ۪ينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ ﴾

hol iqtizosiga koʻra ijoz boʻlsa ham, ayni ma'noni ifoda qilgan اَلْمُؤْمِنُونَ kalimasiga nazaran itnobdir (uzundir). Ha, اَلْ harfi اَلَّذ۪ينَ bilan; مُؤْمِنُونَ kalimasi يُؤْمِنُونَ fe'li bilan almashtirilgan. Bu itnobning ijozga tarjih sababi nima?

— 30 —

J- اَلَّذ۪ينَ asmo-i mubhamadan boʻlganidan, uni ta'yin va tamyiz etgan yolgʻiz silasidir. Demak, butun qiymat silasiga oid. Boshqa sifatlarida hech qanday qiymat yoʻq. Bu esa, bu yerda silasi boʻlgan iymonga buyuk bir azamat berish bilan insonlarni iymon keltirishga tashviq qiladi. Ammo مُؤْمِنُونَ kalimasiga badal fe'l siygʻasi bilan يُؤْمِنُونَ ning tarjihi; iymon fe'lini xayol nazariga koʻrsatib vaziyatning tasvir etilishiga, dohiliy va xorijiy dalillarning tajalliysi bilan iymonning istimror va davom bilan tajaddud etishiga ishoratdir. Ha, daloilning zuhuri nisbatida iymon ziyodalashadi, tajaddud etadi.

بِالْغَيْبِ Ya'ni, nifoqsiz ixlosi qalb bilan iymon keltiradilar. Yoki iymon keltiriladigan narsalar gʻayb boʻlish bilan barobar, iymon keltiradilar. Va yoxud, gʻoyibga yoki olami gʻaybga iymon keltiradilar.

Iymon, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tabligʻ etgan zaruriyoti diniyani tafsilan va zaruriyotning gʻayrisini ijmolan tasdiq qilishdan hosil boʻlgan bir nurdir.

S: Avomi nosdan haqoiqi diniyani ta'bir etgan faqat yuzdan birdir?

J: Ta'bir etmasligi, bilmasligiga dalil boʻlolmaydi. Ha, koʻp marta lison, insonning tasavvurotidan nozik tomonlarini ta'birdan ojiz boʻlgani kabi, qalbidagi va vijdonidagi nozik tomonlar ham aqlga koʻrinmaydi. Hatto balogʻat dohiylaridan Sakkokiy kabi bir zot Imriul-Qays yoki boshqa bir badaviy ibroz etgan balogʻat nozik tomonlarini qamray olmagan. Shu bilan barobar, iymoning bor-yoʻqligi soʻroq bilan tushuniladi. Masalan, omi bir odamga, butun jihatlari bilan, ajzosi bilan qudratida va tasarrufida boʻlgan Sone' yaratgan bu olamning bir jihatda Sone'i bor-yoʻqligi haqida bir savol soʻralgan zamon, "Hech bir jihatdan yoq! Boʻlolmaydi!" desa, kifoyadir. Chunki inkor jihatining, ya'ni Sone'siz boʻlolmasligi uning vijdonida sobit boʻlganiga dalolat qiladi. Chunki nafiy jihatining ya'ni, Sone'siz boʻlolmasligining uning vijdonida sobit boʻlganiga dalolat qiladi.

Iymon, Sa'diy Taftazoniyning tafsiriga koʻra: "Janobi Haq istagan qulining qalbiga, juzi ixtiyoriyning sarfidan soʻngra, ilqo etgan bir nurdir." deyilgan. Shunday ekan, iymon, Shamsi Azaliydan vijdoni basharga ehson qilingan bir nur va bir shuadirki, vijdonning ich yuzini tamomi bilan nurlantiradi. Va bu soyada butun koinot bilan bir unsiyat, bir amniyat paydo boʻladi. Va hamma narsa bilan kasbi muorafa etadi. Va insonning qalbida shunday bir quvva-i ma'naviya hosil boʻladiki, inson u quvvat bilan har musibatga, har hodisaga qarshi muqovamat eta oladi. Va shunday bir vus'at va kenglik beradiki, inson u vus'at bilan oʻtgan va kelasi zamonlarni yuta oladi.

Va shuningdek, iymon Shamsi Azaliydan ehson qilingan bir nur boʻlgani kabi; saodati abadiyadan ham bir yogʻdudir. Va u yogʻdu bilan vijdonda boʻlgan butun umid va iste'dodlarining urugʻlari bir shajara-i tubo kabi nashvu namoni boshlaydi, abad mamlakatiga togʻri harakat qiladi, ketadi.

— 31 —

وَيُق۪يمُونَ الصَّلَاةَ : Bu jumlaning avvalgi jumla bilan bogʻliqlik va munosabati kunduz kabi oshkoradir. Ammo badaniy ibodat va toatlardan namozning taxsisi, namozning butun hasanotga mundarija va oʻrnak ekaniga ishoratdir. Ha, qandayki Fotiha Qur'onga, inson koinotga mundarijadir; namoz ham hasanotga mundarijadir. Chunki namoz, savm, haj, zakot va boshqa haqiqatlarni ichiga olgani kabi, idrokli va idroksiz maxluqotning ixtiyoriy va fitriy ibodatlarining namunalarini ham oʻz icjhiga olgan. Masalan: Sajdada, rukuda, qiyomda boʻlgan maloikaning ibodatlarini, ham tosh, daraxt va hayvonlarning u ibodatlarga oʻxshagan vaziyatlarini eslatgan bir ibodat.

S- يُق۪يمُونَ ning fe'l siygʻasi bilan zikrida qanday hikmat bor?

J- Ruhga hayot bergan namozning u keng harakatini va olami Islomga yoyilgan u intibohi ruhoniyni muxotobga ixtor etib koʻrsatishdir. Va u goʻzal vaziyatni va u muntazam holatni xayolga olib tasvir qilish bilan sami'larni namozga maylini iqoz etib orttirishdir.

Ha, tarqoq bir vaziyatda boʻlgan afrodni buyuk bir sevinch bilan ijtimo'ga yoʻnaltirgan ma'lum jihozning ovozi kabi, olam sahrosida tarqalgan insonlarni jamoatga da'vat qilgan azoni Muhammadiyning (S.A.V.) oʻsha shirin ovozi bilan ibodatga va jamoatga bir mayl, bir shavq hosil boʻladi.

S- يُصَلُّونَ kalimasiga badal itnobli يُق۪يمُونَ الصَّلَاةَ ning zikrida qanday hikmat bor?

J- Namozda lozim boʻlgan ta'dili arkon, mudavomat, muhofaza kabi iqomaning ma'nolarini muro'at etishga ishoratdir.

Birodar! Namoz, qul bilan Alloh orasidagi yuksak bir nisbat va ulviy bir munosabat va nazih bir xizmatdirki, har ruhni jalb va jazb etish namozning sha'nidandir. Namozning arkoni, ''Futuhoti Makkiya''ning sharx qilgani kabi, shunday asrorni ichiga olganki, har vijdonning muhabbatini jalb qilish, namozning sha'nidandir. Namoz, Xoliqi Zuljalol tarafidan har yigirma toʻrt soat mobaynida ta'yin etilgan vaqtlarda ma'naviy huzuriga qilingan bir da'vatdir. Bu da'vatning sha'nidandirki, har qalb kamoli shavq va ishtiyoq bilan ijobat etsin. Va me'rojvoriy boʻlgan u yuksak munojotga mazhar boʻlsin.

Namoz, qalblarda azamati Ilohiyani tasbit va idoma.. va aqllarni unga tavjih ettirish bilan adolati Ilohiyaning qonuniga itoat.. va nizomi Rabboniyga imtisol ettirish uchun yagona Ilohiy bir vasiladir. Zotan inson madaniyatli boʻlish jihati bilan, shaxsiy va ijtimoiy hayotini qutqarish uchun, u qonuni Ilohiyga muhtojdir. U vasilaga muro'at etmagan yoki tanballik bilan namozni tark qilgan va yoxud qiymatini bilmagan; naqadar johil, qay daraja xasir, naqadar zararli boʻlganini oxirida anglaydi, ammo kech boʻladi.

— 32 —

وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ : Bu kalomning maqobli bilan nazmini ijob ettirgan munosabat esa: Namoz عِمَادُ الدّ۪ينِ ya'ni, dinning ustuni va asosi boʻlgani kabi, zakot ham Islomning qantarasi, ya'ni koʻprigidir. Demak, birisi dinni, boshqasi osoyishni muhofaza qilgan Ilohiy ikki asosdirlar. Shuning uchun bir-biri bilan bogʻlanganlar.

Zakot bilan sadaqaning loyiq boʻlgan mavqelarini topish uchun bir nechta shart bor:

1- Sadaqani berishda isrof boʻlmasligi.

2- Birovdan olib boshqasiga berish surati bilan xalqning molidan boʻlmasdan, oʻz molidan boʻlishi.

3- Minnat bilan in'omning buzilmasligi.

4- Faqir boʻlish qoʻrquvi bilan sadaqaning tark qilinmasligi.

5- Sadaqaning yolgʻiz molga va pulga munxasir boʻlmagani bilinishi bilan ilm, fikr, quvvat, amal kabi narsalarda ham muhtoj boʻlganlarga sadaqaning berilishi.

6- Sadaqani olgan odam u sadaqani safohatda emas, hojoti zaruriyasida sarf qilishi lozim.

Qur'oni Karim bu shartlarni, bu nuktalarni insonlarga sadaqa boʻlib ehson va ihsos etish uchun يُزَكُّونَ yoki يَتَصَدَّقُونَ va yoxud يُؤْتُونَ الزَّكَاةَ kabi ijozli bir ifodani tark qilib, وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ kabi itnobli bir jumlani ixtiyor qilgan.

1- Tab'izni ifoda qilgan مِنْ isrofning raddiga.

2- مِمَّا ning taqdimi, sadaqaning oʻz molidan boʻlganiga.

3- رَزَقْنَا minnatning boʻlmasligiga. Chunki bergan Allohdir, qul esa bir vositadir.

4- Rizqning نَا ga boʻlgan isnodi, faqirlikdan qoʻrqilmasligiga.

5- Rizqning umumiy va mutlaq boʻlib zikr qilinishi, sadaqaning ilm va fikr kabi narsalarni ham qamrashiga.

6- نَفَقَ moddasi; olganning safohatga emas, hojoti zaruriyasiga sarf qilishiga ishoratlardir.

— 33 —

Butun muovanat va yordam navlarini ichiga olgan zakot haqida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan

اَلزَّكَاةُ قَنْطَرَةُ الْاِسْلَامِ

sahih hadisi sharifi marvidir. Ya'ni, musulmonlarning bir-biriga yordamlari faqat zakot koʻprigi ustidan oʻtish bilan qilinadi. Zero yordam vositasi, zakotdir. Insonlarning jamiyatida intizom va osoyishni ta'min qilgan koʻprik, zakotdir. Olami basharda hayoti ijtimoiyaning hayoti muovanatdan tugʻiladi. Insonlarning taraqqiyotiga toʻsiq boʻlgan isyonlardan, ixtilollardan, ixtiloflardan kelib chiqqan falokatlarning tiryoqi, dorisi muovanatdir.

Ha, zakotning vujubi bilan riboning harom boʻlishida buyuk bir hikmat, yuksak bir foyda, keng bir rahmat bordir. Ha, agar tarixiy bir nazar bilan sahifa-i olamga qaraydigan boʻlsang va u sahifani kirlatgan basharning masaviysiga, xatolariga diqqat qilsang, jamiyatda koʻringan ixtilollar, fasodlar va butun axloqi razilaning ikki kalimadan tugʻilganini koʻrasan.

Birisi: "Men toʻq boʻlay, boshqasi ochligidan oʻlsa oʻlsin, menga nima."

Ikkinchisi: "Sen zahmatlar ichida boʻgʻilki, men ne'matlar va lazzatlar ichida rohatlanay."

Olami insoniyatni zilzilaga mahkum qilish bilan parokandalikka yaqinlashtirgan birinchi kalimani oʻchirgan faqatgina zakotdir.

Bashariyatni umumiy falokatlarga olib borgan va bolsheviklikka yoʻnaltirib taraqqiyotni, osoyishni mahv etgan ikkinchi kalimani ildizidan sugʻurib tashlagan narsa, riboning harom qilinishidir.

Birodar! Jamiyatning hayotini saqlagan intizomning eng katta sharti, insonlarning tabaqalari orasida boʻshliq qolmasligidir. Xoslar qismi avomdan, boy qismi fuqarodan xatti muvosalani uzadigan darajada uzoqlashmasliklari lozimdir. Bu tabaqalar orasida muvosalani ta'min qilgan, zakot va muovanatdir. Holbuki vujubi zakot bilan riboning haromligiga muro'at etmaganlaridan, tabaqalar orasi borgancha keskinlashadi, xatti muvosala uziladi, sila-i rahm qolmaydi. Shu sababdandirki, past tabaqadan yuqori tabaqaga ehtirom, itoat, muhabbat oʻrniga ixtilol sadolari, hasad baqiriqlari, kin va nafrat dod-faryodlari yuksaladi. Shuning kabi, yuqori tabaqadan past tabaqaga marhamat, ehson, taltif oʻrniga zulm otashlari, tahakkumlar, chaqmoq kabi tahqirlar yogʻadi. Afsuski, xoslar tabaqasidagi maziyatlar tavozu va tarahhumga sabab ekan, takabbur va gʻururga sabab boʻladi. Faqirlar tabaqasidagi ajz va faqirlik ehson va marhamatni mujib ekan, asorat va safolatni keltirib chiqaradi. Agar bu aytganlarimga bir shohid istasang, olami madaniyatga qara, istaganingcha shohidlar mavjud.

Xulosa: Tabaqalar orasida musolahaning ta'mini va munosabatining ta'sisi, faqat va faqat arkoni Islomiyadan boʻlgan zakot va zakotning bolalari boʻlgan sadaqa va tabarru'otning jamiyat miqyosida yuksak bir dastur ittihoz etilishi bilan boʻladi.

— 34 —
﴿ وَالَّذ۪ينَ يُؤْمِنُونَ بِمَٓا اُنْزِلَ اِلَيْكَ وَمَٓا اُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ وَبِالْاٰخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ ﴾

Qur'oni Karim bu oyat kabi koʻp oyatlarda tarkiblarning, kalomlarning muhtamal boʻlgan ehtimollardan, vajhlardan bir ehtimolini yoki bir vajhini bir alomat bilan ta'yin qilmaslik bilan, nazmi kalomni mursal va mutlaq qoldirgan. Bu ham i'jozni keltirib chiqargan ijozga mansha' boʻlgan latif bir sirdir. Shundayki:

Balogʻat, muqtazo-i holga mutobaqatdan iboratdir. Qur'onning muxotoblari muxtalif asrlarda mutafovit tabaqalardir. Bu tabaqalarga muro'atan, muhovara va mukolamani u asrlarga tashmil etish uchun koʻp yerlarda ta'mim uchun hazf qiladi, koʻp yerlarda nazmi kalomni mutlaq qoldiradiki; ahli balogʻat va ulumi Arabiya jihatidan goʻzal koʻringan vajhlar, ehtimollar koʻpaysinki, har asrda har tabaqa fahmlariga koʻra hissasini olsin.

Bu oyatni maqobli bilan nazm va rabt etgan munosabat: Qur'oni Karim avvalgi oyat bilan ta'mim qilgandan soʻngra, bu oyat bilan taxsis qilgan. Ha, bu oyat ahli kitobdan iymon keltirganlarni taxsis bilan sharaflarini e'lon va iymonga kelmaganlarni iymonga tashviq qiladi. Abdulloh Ibn Salom qoʻlga olinib boshqalarining Abdulloh Ibn Salom kabi boʻlishlari uchun qilingan tashviq kabi.

Va shuningdek, Qur'oni Karimning butun ummatlarga va risolati Muhammadiyaning butun millatlarni qamraganini tasrih etish uchun, har ikki اَلَّذ۪ينَ bilan مُتَّق۪ينَ ning har ikki qismiga tansis etilgan.

Va shuningdek, يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ sadafida boʻlgan iymonning ruknlarini bayon qilish uchun ijmoldan soʻngra tafsilga oʻtgan. Chunki bu oyat kitoblarga, qiyomatga sarohatan; rusul va maloikaga zimnan dalolat qiladi.

Qur'oni Azimushshon bu yerda

وَالْمُؤْمِنُونَ بِالْقُرْاٰنِ

kabi ijozli ifodalarni tark qilib,

﴿ وَالَّذ۪ينَ يُؤْمِنُونَ بِمَٓا اُنْزِلَ اِلَيْكَ ﴾

bilan itnobni ixtiyor qilgan. Shu itnob bu maqomni yuksak nukta va latoif bilan tazyin etish uchun ixtiyor qilingan.

— 35 —

1- Asmo-i mavsula va mubhamadan boʻlgan اَلَّذ۪ينَ bu yerda hukmning madori va maqsadning asosi iymon sifati boʻlganiga va mavsufi bilan boshqa sifatlarni iymon sifatiga tobe va ostida koʻrinmaydigan bir holatda boʻlganlariga ishoratdir.

2- Yolgʻiz zamonlarning birida subutni ifoda qilgan مُؤْمِنُونَ kalimasiga badal fe'l siygʻasi bilan يُؤْمِنُونَ ta'biri, nuzul va zuhur takarrur etgan sari iymonning tajaddud etganiga ishoratdir.

3- Ibhomni ifoda qilgan مَا iymoni ijmoliyning kifoya boʻlganiga va iymonning hadis kabi botiniy va Qur'on kabi zohiriy vahiylarni qamraganiga ishoratdir.

4- اُنْزِلَ moddasi e'tibori bilan; Qur'onga iymon, Qur'onning Allohdan nuzuliga iymon deganini koʻrsatadi. Shuning kabi, Allohga iymon; Allohning vujudiga iymon, oxiratga iymon, oxiratning kelishiga iymon deganidir.

5- اُنْزِلَ moziyga dalolat qilgan hay'ati e'tibori bilan, hanuz nozil boʻlmaganning nuzuli, nozil boʻlganning nuzuli qadar muhaqqaq boʻlganiga ishoratdir. Shu bilan barobar, يُؤْمِنُونَ dagi istiqbol اُنْزِلَ ning moziyligidan nash'at etgan nuqsonni bartaraf qiladi. Ya'ni, hanuz nozil boʻlmagan qism اُنْزِلَ ning shumuli dohilida boʻlmasa ham, يُؤْمِنُونَ ning shumuli ostidadir. Bu tanzil masalasi Qur'onning koʻp yerlarida vuqu' topgan. Ba'zan moziy istiqbolga musofir boʻlib ketadi. Ba'zan esa muzoriy moziyning mamlakatiga keladi. Bunda juda latif bir balogʻat bor. Shundayki:

Bir odam oʻziga koʻra hanuz oʻtmagan bir narsani moziyga dalolat qilgan bir siygʻa bilan eshitgan vaqti, zehni hayajonga keladi, oʻziga keladi; anglaydiki, muxotob yolgʻiz u emas. Balki orqasida muxtalif masofalarda juda koʻp boshqa-boshqa toifalar, saflar boʻlish bilan, oʻziga tavjih etilgan xitoblarni, nidolarni, Ilohiy xitoblarni orqasida boʻlgan butun u toifalar zehni eshitayotganday boʻladi.

عَلَيْكَ ga badal اِلَيْكَ ning zikri: Rasuli Akram (S.A.V.) ning taklif qilingan risolat vazifasini juzi ixtiyoriysi bilan haml va qabul qilganiga va bu xizmat Jabroil tarafidan qilinganidan, Rasuli Akramning (S.A.V.) yanada yuksak boʻlganiga ishoratdir. Chunki عَلٰى da ixtiyor boʻlmagani kabi, vosita-i nuzulning yanada yuksak boʻlganiga dalolat qiladi. اِلَيْكَ dagi olmoshning ismi zohirga tarjih sababi, Qur'on va Qur'onga oid xususot xususida Hazrat Muhammad (S.A.V.) yolgʻiz muxotob boʻlib, kalom Allohning kalomi ekaniga ishoratdir.

Bu kalomning ijoz darajasi shu zikr qilingan latoifdan anglashiladi.

— 36 —

وَمَٓا اُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ : Bu kabi sifatlarda bir tashviq bordir. Va u tashviqdan sami'larni imtisolga chorlagan amrlar va nahiylar vujudga keladi. Bu jumlaning maqobli bilan nazmiga doir "toʻrt latoif" bor.

1- Bu jumlaning maqobliga atfi, madlulning dalilga boʻlgan bir atfidir. Shundayki:

Ey insonlar! Qur'onga iymon keltirganingiz kabi, kutubi sobiqaga ham iymon keltiring. Chunki Qur'on ularning sidqiga dalil va shohiddir.

2- Yoxud u atf, dalilning madlulga boʻlgan atfidir. Shundayki:

Ey ahli kitob! Oʻtib ketgan anbiyo va kitoblarga iymon keltirganingiz kabi, Hazrat Muhammad (S.A.V.) bilan Qur'onga ham iymon keltiring! Zero ular, Hazrat Muhammadning (S.A.V.) kelishini tabshir etganlari kabi, ularning va kitoblarining sidqiga boʻlgan dalillar, haqiqati bilan, ruhi bilan Qur'onda va Hazrat Muhammadda (S.A.V.) mavjuddir. Shunday ekan, Qur'on Allohning kalomi va Hazrat Muhammad (S.A.V.) ham rasuli boʻlganini tariqi ula bilan qabul qiling va qilishingiz kerak.

3- Zamoni Saodatda Qur'ondan nash'at etgan Islomiyat xuddi bir shajaradir. Ildizi zamoni saodatda sobit boʻlish bilan, tomirlari u zamonning obi hayot manbalaridan quvvat va hayot olib, har tarafga intishor etganlari kabi, shox va shodalari ham istiqbol samosiga qadar uzanib, olami basharga moddiy va ma'naviy samaralarni yetishtiradi. Ha, Islomiyat moziy bilan istiqbolni qanotlari ostiga olgan, soyalantirib istirohati umumiyani ta'min etadi.

4- Qur'oni Karim u jumlada ahli kitobni iymonga tashviq qilish bilan, ularga bir unsiyat, bir suhulat koʻrsatadi. Shundayki:

"Ey ahli kitob! Islomiyatni qabul qilishda sizga bir mashaqqat yoʻq. Sizga ogʻir kelmasin! Zero sizga tamoman diningizni tark qilishingizni amr qilmayapti. Faqat e'tiqodingizni ikmol va yoningizda boʻlgan asosoti diniya uzra bino qiling", deya taklif qilyapti. Zero Qur'on, butun kutubi salifaning goʻzalliklarini va eski shariatlarining qavoidi asosiyalarini jam etganidan, usulda mua'ddil va mukammildir. Ya'ni, ta'dil va takmil etuvchidir. Yolgʻiz zamon va makonning tagʻayyur etishi ta'siri bilan tahavvul va tabaddulga ma'ruz boʻlgan furuot qismida muassisdir. Bunda aqliy va mantiqiy boʻlmagan bir jihat yoʻq. Ha, mavosimi arbaada kiyiladigan, yeyiladigan va boshqa dorilarning tabadduliga luzum va ehtiyoj hosil boʻlgani kabi, bir shaxsning yashash bosqichlarida ta'lim va tarbiya holati tabaddul etadi. Shuning kabi, hikmat va foydaning iqtizosi sababli, umri basharning martabalariga koʻra ahkomi far'iyada tabaddul bor. Chunki, far'iy hukmlardan biri, bir zamonda foyda ekan, boshqa bir zamonga koʻra mazarrot boʻladi. Yoki bir dori bir shaxsga davo ekan, boshqa insonga xastalik boʻladi. Bu sirdandirki, Qur'on far'iy hukmlardan bir qismini nasx etgan. Ya'ni, "Vaqtlari tugadi, navbat boshqa hukmlarga keldi", deya hukm qilgan.

مِنْ قَبْلِكَ : Qur'onda hech bir kalima yoʻqki, mavqeyi bilan munosabatdor boʻlmasin. Va yoxud mavqeining boshqa bir kalimaga munosabati koʻproq boʻlsin. Ha, Qur'onning har qaysi oʻrnida boʻlgan bir kalima u mavqening boshida bir toji zarrin kabi koʻrinadi. Va oralaridagi munosabatlar sababli, oralarida ixtilof yeri yoʻq.

Azjumla: مِنْ قَبْلِكَ kalimasiga qara! Bu oyatning har tarafidan uchib bu kalimaning boshiga qoʻngan latoifni koʻr. Zero, bu oyat nubuvvat haqidadir. Nubuvvat masalasida "Besh Maqsad" bor. Bu maqsadlar besh nukta va latoifdan in'ikos etgan. Bu besh latoif, مِنْ قَبْلِكَ ning sadafidadir. Maqsadlar esa:

— 37 —

1- Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam rasuldir.

2- Akmal-ur Rasuldir.

3- Xotam-ul Anbiyodir.

4- Risolati a'mmadir.

5- Shariati boshqa shariatlarning mahosinini jamlash bilan ularning nasixidir.

Birinchi maqsadning مِنْ قَبْلِكَ dan vajhi in'ikosi: Maslaklari va yoʻllari bir boʻlgan bir jamoat, مِنْ قَبْلِكَ kalimasidan imoan fahm qilinadi. Shunga binoan, Hazrat Muhammadning (S.A.V.) مِنْ قَبْلِكَ dagi olmoshga marji' boʻlishi, u jamoatdan ma'dud boʻlishini iqtizo etadi. Va ularning maslaklari boʻlgan nubuvvatlariga va kitoblarining sidqiga boʻlgan butun dalillar, Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolatiga va Qur'onning Allohdan nozil boʻlganiga bir hujjati qat'iya boʻlgani kabi, ularning moʻ'jizalari ham Hazrat Muhammadning (S.A.V.) da'vosiga bir moʻ'jiza hukmiga oʻtadi.

Ikkinchi maqsadning vajhi in'ikosi: Uch qoidadan tazohur etadi.

1- Sultonlar doimo xalqning, jamoatning, qoʻshinning oxirida chiqadilar.

2- Navi basharda takammul bordir. Bu takammul qonuni ikkinchi murabbiyning va ikkinchi mukammilning avvalgi murabbiylardan yanada akmal boʻlishini iqtizo etadi.

3- Aksariyat bilan, xalafning mahorati salafidan yanada ziyodadir.

Mana shu uch qoidadan, Hazrat Muhammadning (S.A.V.) akmali anbiyo boʻlgani tazohur etadi.

Uchinchi maqsadning vajhi in'ikosi: Mashhur bir qoida borki; bir vohid koʻpaysa tasalsul etadi, borgancha boraveradi, bir yerda turmaydi. Faqat koʻplar va kasir boʻlganlar ittihod etsa, quvvatlanadi, istiqror paydo qiladi, joyida qoladi, ortiq oʻzgarmaydi. Demak, Muhammad Alayhissalotu Vassalam xotam-ul anbiyodir. Mafhumi muxolifi bilan ishmom etadiki, undan soʻngra paygʻambar kelmaydi. Xotamiyatiga xotam va izmo bosadi.

— 38 —

Toʻrtinchi maqsadning vajhi in'ikosi: مِنْ قَبْلِكَ kalimasining ifoda qilgani kabi, Hazrat Muhammad (S.A.V.) ularning xalafidir. Va ular tamoman u hazratning salaflaridir. Shunga binoan, xalafning salafga oid vazifani tamomiyla boʻyniga olib ularning oʻrniga qoim boʻlishi, u hazratning butun salaflariga noib va butun ummatlariga rasul boʻlganini iqtizo etadi.

Ha, bu qoida hukmiga uygʻun fitriy bir qoidadir. Zero zamoni saodatdan avval inson olami ixtivo etgan ummatlar, millatlar orasida moddatan va ma'nan, iste'dodan va tarbiyatan juda muxtalif va keng masofalar bor edi. Shuning uchunki, tarbiya-i vohida va da'vati munfarida kifoya qilmas edi. Qachonki olami insoniyat zamoni saodatning shamsi saodati bilan uygʻondi va mudovala-i afkor bilan, an'analarining tarki bilan, tabdili bilan va qavmlarning bir-biriga ixtilotlari bilan ittihodga mayl koʻrsatdi va oralarida munaqola va muxobara boshlandi; hatto kura-i arz bir mamlakat, balki bir viloyat, balki bir qishloq kabi boʻldi; bir da'vat va bir nubuvvat umum insonlarga kifoya koʻrildi.

Beshinchi maqsadning vajhi in'ikosi:

مِنْ قَبْلِكَ dagi مِنْ ibtido ma'nosini ifoda qiladi. Ibtido esa bir intihoga qaraydi. Intiho adami ehtiyojga dalolat qiladi. Shunday ekan, u hazrat Xotam-ul Anbiyodir va olami insoniyatning boshqa bir rasulga ehtiyoji yoʻqdir.

مِنْ قَبْلِكَ kalimasining bu besh latoifga ma'kas va mazhar boʻlishiga nazari balogʻat jihatidan dalolat qilgan alomat shudirki: Bu besh maqsad bir daryo kabi shu oyatlarning ostida oqish bilan, oyatdan oyatga intiqol natijasida, مِنْ قَبْلِكَ hovuzida ijtimo' etgan. Ha, kalimaning sathida koʻringan bir tarashshuh, bir namlik kalimaning ostida hovuzning boʻlganiga dalolat va imo qiladi. Shu bilan barobar, bu maqsadlarning bayoniga boshqa-boshqa oyatlar taxsis etilgandir.

وَبِالْاٰخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ : Bu oyat hashr masalasiga ishoratdir. Hashrning isboti haqida fayzi Qur'ondan fahmlaganim va boshqa bir risolada tafsiloti bilan zikr qilganim oʻn burhonning xulosasiga bu yerda ishorat qilamiz. Shundayki: Qasd va irodadan vujudga kelgan bir nizomi akmal bor. Xilqat va yaratilishda tom bir hikmat hukmfarmodir. Olamda abas yoʻq. Fitratda isrof yoʻq. Bu shohidlarni tazkiya etgan, istiqro-i tomdirki; har fan mavzusi boʻlgan navning nizomiga bir shohidi odildir.Va shuningdek, yavm va sana va boshqalar kabi har navda nav'iy bir qiyomati mukarrara bor. Va shuningdek, bashardagi iste'dod qiyomatga bir ramzdir. Va shuningdek, basharning gʻayri mutanohiy mayl va umidlari qiyomatni istaydi. Va shunigdek, Sone'-i Hakimning rahmat xazinasining mahalli sarfi faqat qiyomat va hashrdir. Va shunigdek, sidq va omonat bilan ma'ruf Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam sarohatan e'lon qiladi. Va shunigdek, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon

﴿ وَقَدْ خَلَقَكُمْ اَطْوَارًا ٭ وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّامٍ لِلْعَب۪يدِ ﴾

oyatlari bilan va bu oyatlarning amsoli bilan hashrning vuqu'ini qat'iyat bilan isbot qiladi. Xullas, tom unga yetishgan shohidlar saodati abadiyaning kaliti boʻlib, u Jannatning eshiklarini ochadilar.

Birinchi Burhon:

Ha, koinot saodati abadiyani intoj etmasa, aqllarni hayratda qoldirgan koinotda koʻringan eng bariz, eng mukammal shu nizom aldovchi zaif bir suratdan iborat boʻlib qoladi. Va butun ma'naviyat va aloqalar, robitalar va nisbatlar butunlay foydasiz boʻladi. Shunday ekan, u nizomning nizom boʻlishi, faqat va faqat saodati abadiyani intoj etish bilan boʻladi. Ya'ni, u nizomdagi ma'naviyat va nuktalar faqatgina olami oxiratda unib chiqadi. Boʻlmasa butun ma'naviyat soʻnadi, robitalar uziladi, nisbatlar tor-mor boʻladi, nizom ham barhavo boʻladi. Holbuki u nizomda boʻlgan quvvat butun quvvati bilan u nizomning barhavo etilmasligini e'lon qiladi.

— 39 —
Ikkinchi Burhon:

Har bir navda, har bir fardda hikmatlarga, manfaatlarga rioya qilgan va inoyati azaliyaning timsoli boʻlgan hikmati tomma saodati abadiyaning kelishini tabshir etadi. Chunki aks holda, badohat bilan iqror va tasdiq qilganimiz shu hikmatlarni va foydalarni inkor qilishimiz lozim boʻladi. Chunki u foydalarning, u hikmatlarning, u manfaatlarning har biri ziddiga inqilob etadi. Bu hol esa safsatadir.

Uchinchi Burhon:

Ikkinchi burhonni tafsir qiladi. Fanning ham shahodat qilgani kabi, Sone'-i Hakim hamma narsada eng qisqa yoʻlni, eng yaqin jihatni, eng goʻzal va eng xafif suratni ixtiyor qilgan. Bu ixtiyor koinotda abasiyatning boʻlmaganiga dalolat qiladi. Bu esa jiddiyatga dalolat qiladi. Jiddiyat esa saodati abadiyaning kelishi bilan boʻladi; boʻlmasa bu borliq adam sanaladi va hamma narsa abasiyatga tahavvul etadi. Holbuki, abas va isrof kabi botildan pok va munazzah boʻlganini shu

سُبْحَانَكَ مَا خَلَقْتَ هٰذَا بَاطِلً

kalomi bilan i'lom va ta'lim bergan Zoti Zuljalol soʻziga qanday muxolafat qiladi?

Toʻrtinchi Burhon:

Uchinchi Burhonni izoh qiladi. Butun fanlarning shahodati bilan, fitratda isrof yoʻqdir. Agar insoni akbar deyilgan olamdagi hikmatlarni idrokdan ojiz boʻlsang, olami asgʻar deyilgan insondagi nuktalarga, hikmatlarga diqqat qil. Ha, "Fanni Manafi'-ul A'zo" sharh va bayon qilgan vajh bilan, insonning jismida, har biri bir manfaat uchun taqriban ikki yuzdan ortiq suyak bor. Va har biri bir foyda uchun olti ming tomir bor. Va hujayrotga xizmat qilgan yigirma toʻrt ming masama va deraza bor. U hujayrotda joziba, dafi'a, mumsika, musavvira, muvallida nomi bilan har biri bir foyda uchun besh quvvat ishlaydi. Olami asgʻar shunday ekan, insoni akbar undan orqada qoladimi? Ruhga nisbatan ahamiyatsiz boʻlgan jasad bu daraja isrofdan uzoq boʻlsa, qanday qilib javhari ruh bilan asarlarida, umidlarida, afkorida va ma'naviyatida isrof boʻladi. Chunki saodati abadiya boʻlmasa, butun ma'naviyat quriydi. U haqiqatlar isrof mamlakatiga qochadi. Ajabo, dunyo qadar qiymatli boʻlgan bir javharga molik boʻlish bilan, ham doimo uning jildini va gʻilofini muhofaza qilgandan soʻngra, u javharni birdaniga yerga urib sindirish ehtimoli bormi? Qaysi aql qabul qiladi? Ham bir shaxsning tuzilishidagi quvvat, a'zosidagi sihat, iste'dodidagi qobiliyat u shaxsning yashashiga va takammuliga dalil boʻlgani kabi, koinotning ruhiga qadar nufuz etgan haqiqati sobita va davomli yashashini imo etgan intizomidagi quvvati komila va takammuliga ketgan nizomidagi kamol, ajabo hashri jismoniy yoʻli bilan saodati abadiyaga dalil boʻlmaydimi? Zero intizomini ixtiloldan va buzilishdan qutqargan, saodati abadiyadir. Va takammulga vosita boʻladi. Va u quvvatni inkishof ettirgan udir.

— 40 —
Beshinchi Burhon:

Ha, har navi maxluqotda bir navi qiyomatning va bir tur hashrning takror bilan sodir boʻlayotgani katta qiyomatning sodir boʻlishiga va kelishiga ishoratdir. Bunga bir misol: Ha, haftalik soatga qara. U soatda soniyalarni, daqiqalarni, soatlarni, kunlarni sanagan ibralardan va millardan soniyalarni sanagan ibra daqiqalarni sanagan ibraning harakatini ixbor etadi. Daqiqalarni sanagan ibra soatlarni sanagan ibraning harakatini e'lon qiladi. Soatlarni sanagan ibra ham kunlarni koʻrsatgan ibraning harakatini hosil qiladi va i'lam etadi. Xullas, birinchisining harakatining tamom boʻlishi ikkinchisining ham harakatining tamom boʻlishiga va ikkinchining tamomi harakat etishi uchinchining ham itmomi harakat etishiga ishoratdir.

Shuning kabi, Sone'-i Hakimning koinot deyilgan katta bir soati bordir. Bu soatning millari falaklarning turli-tuman davaronidan iboratdir. Mana bu davaronlar; kunlarni, yillarni, umri basharni, dunyoning baqo muddatini koʻrsatadilar. Shunga binoan, har kechadan soʻngra tongning, har qishdan soʻngra bahorning kelishi kabi, hashrning tongi u katta soatdan vujudga kelishiga dalil va ishoratdir.

S: Koinotda koʻringan shu navi qiyomatlarda ashyo ayni bilan i'oda etilmaydi. Holbuki katta qiyomatda nima uchun ajsom ayni bilan i'oda etiladi?

J: Insonning bir fardi boshqa maxluqotning bir navi kabidir. Zero insondagi u nuri fikr umidlariga, ruhiga shunday bir inkishof, shunday bir inbisot berganki, butun zamonlarni yutsa, toʻymaydi. Zero, undagi u yuksak fikr insonning mohiyatini ulviy, qiymatini umumiy, nazarini kulliy, kamolini gʻayri mahsur, lazzat va alamini doimiy qilgan. Boshqa navlarning fardlari esa bunday emas. Ularning mohiyatlari juz'iy, qiymatlari shaxsiy, nazarlari mahdud, kamollari mahsur, lazzat va alamlari oniydir. Bundan tushunilyaptiki, insonning bir fardi boshqa maxluqotning bir navi hukmidadir. Shunga binoan, u navlarda koʻringan shu qiyomatlarning va hashr va nashrlarning holatlari qanday boʻlsa, afrodi insoniya ham shundaydir.

Oltinchi Burhon:

Saodati abadiyaga ishorat qilgan burhonlardan biri ham, insondagi gʻayri mutanohiy iste'dodlardir. Ha, Janobi Haq tarafidan mukarram qilingan insonning javhari ruhida ekilgan va raqamlarga sigʻmagan iste'dodlar bor. Bu iste'dodlarning ostida hisobsiz qobiliyatlar bor. Va bulardan nash'at etgan nihoyatsiz mayllar bor. Va bulardan hosil boʻlgan gʻayri mutanohiy afkor va tasavvurot bor. Bularning har biri hashri jismoniyning orqasidagi saodati abadiyaga shahodat barmoqlarini uzatib koʻrsatadilar.

Yettinchi Burhon:

Ha, Rahmon va Rahim boʻlgan Sone'-i Hakimning rahmati rahmatlarning eng buyugi boʻlgan saodati abadiyaning kelishini tabshir etadi. Zero, rahmat faqat saodati abadiya bilan rahmat boʻladi. Va ne'mat faqat u saodat bilan ne'mat boʻladi. Ha, butun ne'matlarni niqmatlarga aylantirgan abadiyan ayrilishdan vujudga kelgan va umumiy motamlardan yuksalgan oʻsha balolardan koinotni, xususan shuurli boʻlgan maxluqotni qutqargan narsa, saodati abadiyaning kelishidir. Chunki butun ne'matlarning, rohatlarning, lazzatlarning ruhi boʻlgan saodati abadiya kelmasa, umum koinotning shahodati bilan sobit boʻlgan va quyosh kabi porlagan rahmat va shafqati Ilohiyaning badohatiga qarshi mukobara bilan inkor lozim boʻladi.

Ey Habibi Shafiq va ey Shafiqi Habib! Ey Saidi Majid va ey Majidi Said! Rahmati Ilohiyaning eng latifi, eng zarifi, eng lazizi boʻlgan muhabbat va shafqatiga qaranglar. U muhabbat va shafqatni firoqi abadiy va hijroni layozaliy bilan qarshilaganingiz taqdirda; vijdon, xayol va ruh nima holga kiradilar. U muhabbat va u shafqat eng buyuk, eng shirin bir ne'mat ekan, eng azim bir musibatga, bir baloga inqilob etadi. Ajabo, koʻz oʻngida bilbedaho koʻringan rahmati Ilohiya firoqi abadiyning muhabbat va shafqatga qarshi hujum qilishiga muso'ada etadimi?

(Vallohi, yoʻq!..) لَا وَاللّٰهِ

Faqat u rahmatning sha'nidandirki, firoqi abadiyni hijroni layozaliyga, hijroni layozaliyni firoqi abadiyga va adami mutlaqni ham har ikkisiga yoʻliqtiradiki, u firoqlarning, u hijronlarning ildizlari yoʻq boʻlsin.

— 41 —
Sakkizinchi Burhon:

Butun olamda har xususda sidqi va toʻgʻriligi ma'lum va musallam boʻlgan Hazrat Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam barmogʻi bilan qamarni shaqq etgani kabi, lisoni bilan ham saodati abadiyaning eshiklarini ochgan. Va butun anbiyo-i i'zomning bu haqiqat ustida ijmo'lari bir hujjati qat'iyadir.

Toʻqqizinchi Burhon:

Oʻn uch asrdan beri yetti vajh bilan i'jozi tasdiq qilingan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning hashr haqidagi bayonoti saodati abadiyaning kelishiga kifoya bir dalil emasmi? Boshqa bir dalilga ehtiyoj bormi?

Oʻninchi Burhon:

Bu burhon minglab burhonlarni jamlagan. Bu burhonlarni koʻp oyatlar tazammun etgan. Ha, Qur'oni Karim koʻp oyatlaridan hashrga qaragan derazalar ochgan. Azjumla:

﴿ وَقَدْ خَلَقَكُمْ اَطْوَارًا ﴾

oyati bilan saodati abadiyaga yoʻl ochgan bir qiyosi tamsiliyga ishorat qilgan. Shuning kabi

﴿ وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّامٍ لِلْعَب۪يدِ ﴾

oyati karimasi bilan saodatni koʻrsatgan bir qiyosi adliyga ishorat qilgan.

Birinchi oyat bilan ishorat qilingan qiyosi tamsiliy: Avvalo insonning vujudiga qara. Qanday holatdan holatga, ya'ni nutfadan alaqaga, alaqadan mudgʻaga, mudgʻadan goʻsht va suyakka, goʻsht va suyakdan inson suratiga bir qasd, bir iroda va bir ixtiyor ostida maxsus qonunlar bilan, muayyan nizomlar bilan, muntazam harakatlar bilan intiqol etganini va qolipdan qolipga kirib chiqqanini koʻr. Soʻngra insonning baqosiga diqqat qil. Inson bu vujud libosini har yil oʻzgartiradi. Bu vujud oʻzgarishi badandagi hujayrotning buzilib yaratilishi bilan boʻladi. Bu ta'mirot ham butun a'zoning arzoq mahzani hukmida boʻlgan, Janobi Haq bir qonuni maxsus bilan ihzor etgan u modda-i latifadan olingan ajzo bilan qilinadi. Soʻngra u modda-i latifaning ahvoliga qara. Qanday a'zoning ehtiyojlariga koʻra muayyan bir qonun bilan taqsim qilinadi va badanning har tarafiga maxsus bir nizom bilan muntazaman tarqaladi. Yana shoyoni diqqatdirki; u modda-i latifa toʻrt matbaxda pishirilgandan soʻngra va toʻrt inqilobdan oʻtgandan soʻngra va toʻrt suzgichdan tasfiya etilgandan soʻngra rizq qilib taqsim qilinadi. Ham yana shoyoni diqqatdirki, u modda-i latifa ovqatlarning ruhi va xulosasidir. U ovqatlar olami anosirda tarqoq manbalardan muntazam bir dastur bilan, maxsus bir nizom bilan jam' va tahsil etiladi.

Xullas, butun bu nizomlar, bu qonunlar, bu intizomlar; umumiy bir qasd, bir iroda, bir hikmatdan chiqadi. Ha, masalan Habibning koʻzida joylashgan bir zarraning, unsuri havodan yoki unsuri turobdan oʻsha gʻarib, ajib holatlarda, inqiloblarda qilgan muntazam harakatidan tushuniladiki; u zarra, tuproqda ekan Habibning koʻziga ta'yin qilingan va bir ma'mur kabi mahalli ma'muriyatiga muntazaman i'zom qilingan (yuksaltirilgan).

Ha, fanniy bir nazar bilan diqqat qilinsa anglashiladiki, u zarraning harakati koʻr-koʻrona, tasodif asari emas. Chunki u zarra, qaysi martabaga kirsa, u martabaning nizomiga tobe boʻladi. Va qaysi bir holatga intiqol etgan boʻlsa, uning muayyan qonuni bilan amal qilgan. Va qaysi bir tabaqaga musofir boʻlgan boʻlsa, muntazam bir harakat bilan yoʻnaltirilgan.

— 42 —
Xulosa:

Nash'a-i ulaga diqqat qilganning nash'a-i uxro haqida taraddudi qolmaydi. Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning amr qilganlari kabi: "Nash'a-i ulani koʻrgan odam nash'a-i uxroni inkor qila oladimi?" Chunki: Ikkinchi tashakkul, ya'ni ikkinchi yaratilish birinchi tashakkuldan osonroq. Buni bajargan uni yanada oson qiladi.

Masalan: Bir guruh askarning ilk tashakkulida, afrodning bir-biri bilan unsiyatlari, mu'orofalari boʻlmaganidan va ta'lim va tarbiya koʻrmaganlaridan, sayqallanmagan toshlardek boʻlganlaridan, u afrod u guruh tuzilgunicha koʻp zahmatlar boʻladi. Faqat ba'dat tashakkul tarhis etilib yana bir bor taxti silohga da'vat qilingan zamon, juda oson ijtimo' etadi va guruhni tashkil qiladi. Bu tashakkul avvalgi tashakkuldan ancha oson boʻladi.

Shuning kabi, bir-biri bilan ulfat paydo qilgan va har biri yerini tanigan va bir daraja ishlov berilgan toshlar kabi kasbi latofat etgan badanning zarroti, oʻlim bilan tarqalgandan soʻngra, hashrda Xoliqning izni bilan, Isrofilning suri bilan u zarroti asliya va asosiya ijtimo'ga da'vat qilinganlari zamon, juda oson ijtimo' etadilar va badani insoniyni yana eskisi kabi tashkil qiladilar. Shuning kabi, qudrati azaliyaga nisbatan eng katta, eng kichik kabidir; hech bir narsa u qudratga ogʻir kelolmaydi.

Birodar! Zohirga nazaran, hashrda ajzo-i asliya bilan ajzo-i zoida birlikda i'oda etiladi. Ha, junub ekan tirnoqlarning, sochlarning kesilishi makruh va badandan ayrilgan har bir juzning bir yerga koʻmilishi sunnat boʻlgani bunga ishoratdir. Faqat tahqiqga koʻra, nabototning urugʻlari kabi "Ajb-uz zanab" ta'bir etilgan bir qism zarralar insonning urugʻi hukmida boʻlib, hashrda u zarralar ustida badani insoniy nashvu namo bilan tashakkul etadi.

Ikkinchi oyat bilan ishorat qilingan dalili adliy esa: Ha, koʻryapmizki; koʻpincha gʻaddor, fojir zolimlar lazzatlar, ne'matlar ichida mazza qilib yashayaptilar. Yana koʻryapmizki; ma'sum, mutadayyin, faqir mazlumlar zahmatlar, zillatlar, tahqirlar, tahakkumlar ostida jon beryaptilar. Soʻngra oʻlim kelyapti, ikkisiga ham yetyapti. Bu vaziyatdan bir zulm hidi keladi. Holbuki, koinotning shahodati bilan, adolat va hikmati Ilohiya zulmdan pok va munazzahlar. Shunday ekan, adolati Ilohiyaning tom ma'nosi bilan tajalliy etishi uchun hashrga va mahkama-i kubroga luzum bordirki; biri jazosini, boshqasi mukofotini koʻrsin.

— 43 —

وَ بِالْاٰخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ : Bu jumladagi kalimalarning orasida boʻlgan nazm va nizom:

1- Bu jumlaning maqobli bilan bogʻlanishini ifoda qilgan و bu rukni iymoniyaning bu yerda sarohatan zikr qilinishi uchun umumiy boʻlib zikr qilingan avvalgi jumladan bu jumlaning taxsis luzumiga binoan atf qilingan.

2- Taqdimi bilan hasrni ifoda qilgan بِالْاٰخِرَةِ kalimasi, ba'zi ahli kitob iymon keltirgan oxirat haqiqiy bir oxirat boʻlmaganiga ta'rizdir. Chunki ularning

﴿ لَنْ تَمَسَّنَا النَّارُ اِلَّا اَيَّامًا مَعْدُودَةً ﴾

oyati karimasi hikoya qilgani kabi: "Jahannam otashi bizni doimo yoqmaydi?! Faqat bir necha kun yoqadi." kabi soʻzlari bilan va bir jihatdan lazoizi jismoniyani nafiy va inkor qilganlaridan anglashilganiga koʻra, bilganlari oxirat, majoziy bir oxirat ekan.

3- Ma'lum va ma'hud boʻlgan narsaga ishorat uchun qoʻyilgan اَلْ adati, butun kutubi samoviyaning lisonlarida davaron etgan ma'hud oxiratga ishoratdir. Va yoxud mazkur daloili fitriya bilan aqllarning koʻzlari qarshisida hozir boʻlgan va oxirat bilan eslangan haqiqatga ishoratdir.

4- Muqaddar boʻlgan nash'aning sifatiga oxirat ta'biri zehnlarni nash'a-i ulaga oʻgirib, undan nash'a-i uxroga bil-intiqol imkon yoʻlini koʻrsatish uchun ixtiyor qilingandir.

5- Yaqiyn bilan barobar tasdiqni birlikda ifoda qilgan يُؤْمِنُونَ kalimasiga badal يُوقِنُونَ ta'biri, hashr masalasi shak va shubhalarga bir mahshar va bir majma' boʻlgani uchun, tasdiqdan ortiq iqon va yaqiyn yanada ahamiyatli boʻlganiga ishoratdir. Yoki ahli kitob iddi'o etgan iymon, yaqiyndan xoli boʻlganidan, ularning iymoni, iymon emasligiga ishoratdir.

اُولٰٓئِكَ عَلٰى هُدًى مِنْ رَبِّهِمْ : Bu jumladagi nuktalarga ishorat qilgan ma'hazlar shulardir:

1- Avvalgi jumla bilan bu jumlaning nazmi.

2- اُولٰٓئِكَ bilan ishorati hissiya.

3- اُولٰٓئِكَ dagi uzoqlik.

4- عَلٰى dagi ulviyat.

5- هُدًى dagi tankir.

6-
مِنْ

7- رَبِّهِمْ dagi tarbiyadan iborat yetti ma'hazdir.

— 44 —
Birinchisi:

Bu jumlani maqobli bilan bogʻlagan munosabatlardir.

Birinchi munosabat:

Bu jumla maqoblidan nash'at etgan uch savolga javobdir.

Birinchisi:

Hidoyatdan nash'at etgan u goʻzal vasflarni labis oʻlaroq hidoyat taxti ustida oʻtirgan u shaxslarni koʻrish istagan sailga javobdir.

Ikkinchisi:

"U odamlarning hidoyatga istihqoq va ixtisoslari nima sababdan?" deya soʻragan sami'ga javobdir. Ya'ni, illat va sabab, اُولٰٓئِكَ bilan ishorat qilingan vasflardir.

S- Sobiqan mazkur vasflarning tafsilan zikrlari, اُولٰٓئِكَ kalimasidagi ijmoldan yanada vazih bir suratda sababni koʻrsatadi?

J- Ijmol ba'zan tafsildan yanada vazih boʻladi. Xususan matlub bir nechta narsadan tarkib topgan boʻlgan zamon, sami'ning gʻabovati yoki nisyoni sababli u tarkib topgan narsaning ajzosini mazj etish bilan sababni chiqarish mushkul boʻladi.

Uchinchisi:

"Hidoyatning natijasi, samarasi va hidoyatdagi lazzat va ne'mat nima?" deya soʻragan sailga javobdir. Ya'ni, hidoyatda saodati dorayn bordir. Hidoyatning natijasi, hidoyatning oʻzidir. Hidoyatning samarasi, ayni hidoyatdir. Zero hidoyat haddi zotida buyuk bir ne'matdir va vijdoniy bir lazzatdir va ruhning jannatidir (qandayki zalolat ruhning jahannamidir). Alal oqibat oxiratning falah va saodatini intoj etadi.

Ikkinchi ma'haz:

اُولٰٓئِكَ bilan qilingan ishorati hissiya. Bir narsaning mutaaddid sifatlarini zikr qilish, u narsaning zehnlarda tajassum etishiga va aqlda hozir va xayolda mahsus boʻlishiga sabab boʻlganiga ishoratdir. Shu bilan barobar, sobiqan zikrlaridan bir ma'hudiyat chiqadi. Bu ma'hudiyati zikriya ma'hudiyati xorijiyalariga eshik ochadi. Xorijiy boʻlgan ma'hudiyatlaridan, mumtoz va mustasno insonlar boʻlganlari taboruz etadiki, navi bashar ichida koʻzini ochib qaraganlarning koʻzlariga eng avval ularning yogʻdulari uriladi.

— 45 —
Uchunchi ma'haz:

Uzoqlikni ifoda qilgan اُولٰٓئِكَ : Ularning filjumla yaqin boʻlganlari holda uzoq koʻrsatilishlari, uluvvi martabalariga majoziy bir ishorat ekaniga ishoratdir. Chunki uzoqda boʻlganlarga qaralgan zamon, boʻyi eng uzunlar koʻrinadi. Shu bilan barobar, zamoniy va makoniy boʻlgan bu'di haqiqiy qasd qilinsa, balogʻatga yanada uygʻun boʻladi. Chunki butun asrlar asri saodat kabi bu oyatni zikr qiladilar. Shunday ekan, اُولٰٓئِكَ bilan qilingan ishorat saflarning avvallariga ishoratdir. Va bu e'tibor bilan bu'd haqiqiy boʻladi, majoziy emas. Shunga binoan, ularning haqiqatdan zamon va makon e'tiboridan uzoq boʻlganlari holda ishorati hissiya bilan koʻrsatilishlari, azamatlariga va uluvvi martabalariga ishoratdir.

Toʻrtinchi ma'haz:

Ulviyatni ifoda qilgan عَلٰى kalimasidir.

Birodar! Ashyo va narsalar orasida shunday munosabatlar borki; ularni oyna kabi qiladi. Har biri boshqasini koʻrsatadi. Bittasiga qaralgan zamon boshqasi koʻrinadi. Masalan: Bir parcha oyna katta bir sahroni koʻrsatgani kabi, ba'zan bir kalima uzun va xayoliy bir mojaroni senga koʻrsatadi. Bir kalima juda ajib bir vuqu'otni sening koʻz oʻngingga keltiradi, tamassul ettiradi. Yoxud bir kalom zehningni oladi, misoliy olami misollarga qadar etadi, kezdiradi. Masalan: بَارَزَ kalimasi muhoraba maydonini; ثَمَرَةٌ kalimasi katta bir meva bogʻini insonning fikriga keltiradi. Bunga binoan, bu yerdagi عَلٰى kalimasi tamsiliy bir uslubga deraza ochish, koʻrsatish qasdi bilan zikr qilingan. Shundayki:

Xuddi hidoyati Ilohiy, bir buroq boʻlib moʻ'minlarga yuborilgan. Moʻ'minlar tariqi mustaqimda unga minib arshi kamolotga yurishadi.

Beshinchi ma'haz:

هُدًى dagi tankirdir. Bir nakra ma'rifa boʻlib mukarraran zikr qilinsa, u ma'rifa u nakraning ayni boʻladi. Faqat u nakra nakra boʻlib zikr qilingan taqdirda, aksariyat hollarda bir-birining ayni boʻlolmaydi. Bu qoidaga koʻra, nakra sifatida takarrur etgan هُدًى avvalgi هُدًى ning ayni emas. Faqat avvalgi هُدًى masdardir. Ikkinchisi hosili bilmasdardir va birinchisining samarasi hukmida maxsus va sobit bir sifatdir.

Oltinchi ma'haz:

Hidoyatning Allohdan ekanini ifoda qilgan مِنْ kalimasidan bu yerda bir jabr his qilinayotgan boʻlsa ham, haqiqatda jabr emas. Chunki ularning juzi ixtiyorlari bilan hosili bilmasdar boʻlgan hidoyatga yurishlari sababli, Janobi Haq u sifati sobita boʻlgan hidoyatni yaratgan va ehson etgan. Demak, ihtido, ya'ni hidoyatga toʻgʻri yurish ularning kasb va ixtiyorlari dohilidadir. Faqat sifati sobita boʻlgan hidoyat Allohdandir.

Yettinchi ma'haz:

Tarbiyani ifoda qilgan رَبِّ kalimasidir. Bu kalimaning bu yerda ixtiyor qilinishi; ularning rizq bilan tarbiyalari rububiyatning sha'nidan boʻlgani kabi, hidoyat bilan ham tagʻaddilari rububiyatning sha'nidan ekaniga ishoratdir.

وَاُولٰٓئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ : Bu jumladagi nuktalarning ma'hazlari:

1- و bilan atf.

2- اُولٰٓئِكَ ning takrori.

3- Zamir-ul fasl boʻlgan هُمْ

4- اَلْ adati.

5- Falah yoʻllarining adami zikri bilan مُفْلِحُونَ ning umumiy va mutlaq qoldirilishi kabi "Besh Ma'haz"dan iboratdir.

— 46 —
Birincisi:

و bilan qilingan atf, har ikki jumla orasida boʻlgan munosabatga binoan qilingan. Zero birinchi اُولٰٓئِكَ saodati a'jila عَاجِلَه boʻlgan hidoyat samarasiga ishoratdir. Ikkinchi اُولٰٓئِكَ hidoyatning samara-i ajilasiga اٰجِلَه ishoratdir.

Ha, har bir اُولٰٓئِكَ maqobliga bir fazlaka, bir ijmoldir. Faqat arkoni Islomiya ma'haz tutilish bilan, birinchi اُولٰٓئِكَ ni birinchi اَلَّذ۪ينَ ga rabti va ikkisining ham ummiy moʻ'minlarga taxsisi; va shuningdek arkoni iymoniya bilan yaqiyn ma'haz tutilish bilan ikkinchi اُولٰٓئِكَ ni ikkinchi اَلَّذ۪ينَ ga rabti va ikkisining ham ahli kitob moʻ'minlarga irjo'i yanada yaxshiroqdir.

Ikkinchisi:

اُولٰٓئِكَ ning takrori, har ikki saodatning kerak boʻlsa hidoyatga, kerak boʻlsa ularning madh va sanolariga mustaqil va boshqa-boshqa gʻoyalar va sabablar boʻlganliklariga ishoratdir. Faqat ikkinchi اُولٰٓئِكَ ning hukmi bilan barobar, birinchi اُولٰٓئِكَ ga ishorati yanada ma'qulroq.

— 47 —
Uchinchisi:

Zamir-ul fasl boʻlgan هُمْ ahli kitobdan boʻlib Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamga iymon keltirmaganlarga bir ta'riz boʻlib, bu jumla bilan qilingan hasrni ta'kid qilish bilan barobar, goʻzal bir nuktani tazammun etgandir. Shundayki:

Ega bilan kesim orasida boʻlgan هُمْ olmoshi egani koʻp kesimlarga ega qiladi. Va bu kabi kesimlarning ta'yinini ham xayolga havola qiladi. Ya'ni, kesimlarning mahdud va muayyan boʻlmaganini xayolga arz qilish bilan; xayoliy, munosib kesimlarni taxarri etishga tashviq qiladi. Qandayki Zaydni qoʻlga olish bilan "Zayd olimdir, Zayd fozildir, Zayd chiroylidir." kabi Zaydning sifatlaridan koʻp hukmlarni tiza olasan. Shuning kabi, اُولٰٓئِكَ dan soʻngra kelgan هُمْ olmoshi xayolni harakatga keltirish bilan "Ular otashdan qutuladilar", "Ular Jannatga kiradilar", "Ular ru'yatga mazhar boʻladilar..." va yana shu kabi sifatlariga munosib koʻp hukmlarni va jumlalarni xayolga keltiradi.

Toʻrtinchisi:

اَلْمُفْلِحُونَ kalimasidagi اَلْ haqiqatni tasvir qilishga ishoratdir. Xuddi lisoni holi bilan deydiki: "Agar muflihlarning haqiqatini koʻrishni istasang, اُولٰٓئِكَ ning oynasiga qara, senga tamassul qiladi." Yoxud ularning ta'yin va tamyizlariga ishoratdir. Xuddi: "Ahli faloh boʻlganlarni tanishni istasang, اُولٰٓئِكَ ga qara. Ichidadirlar." deydi. Yoki hukmning zohir va badihiy ekaniga ishoratdir.

Beshinchisi:

Falah va najot yoʻllarini ta'yin qilmagan اَلْمُفْلِحُونَ kalimasidagi itloq ta'mim uchundir. Shundayki:

Qur'onga muxotob boʻlgan matlublari va istaklari muxtalif juda koʻp tabaqalardirki, bir qismi otashdan najot istaydilar, bir qismi Jannatga kirishni istaydilar, bir qismi ru'yatga mazhar boʻlishni istaydilar. Va bular kabi u tabaqalarning juda koʻp tuynuklari bor. Qur'oni Karim اَلْمُفْلِحُونَ kalimasini umumiy va mutlaq qoldirganki, hamma istaganini ta'qib qilsin.

﴿ اِنَّ الَّذ۪ينَ كَفَرُوا سَوَٓاءٌ عَلَيْهِمْ ءَاَنْذَرْتَهُمْ اَمْ لَمْ تُنْذِرْهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ ﴾
Bu jumlaning maqobli bilan jihati nazmi:

Birodar! Janobi Haqning sifoti azaliya olamida biri jaloliy, boshqasi jamoliy ikki xil tajalliysi bordir. Jalol bilan Jamolning sifoti af'ol olamida tajalliysidan lutf va qahr, husn va haybat tazohur etadi. Af'ol olamiga tajalliy etganda tahliya تَحْلِيَه bilan taxliya تَخْلِيَه (tazyin bilan tanzih) tugʻiladi. Osor va a'mol olamidan olami oxiratga intibo' etganda, lutf Jannat va nur boʻlib; qahr ham Jahannam va nor boʻlib tajalliy etadi. Soʻngra olami zikrga in'ikos etganda, biri hamd, boshqasi tasbeh boʻlib ikki qismga ayriladi. Soʻngra olami kalomda tajalliy etganda, kalomning amr va nahiyga taqsimiga sabab boʻladi. Soʻngra olami irshodga intiqol etganda, irshodni targʻib va tarhib, tabshir va inzorga taqsim qiladi. Soʻngra vijdonga tajalliy etganda, rijo va xavf hosil boʻladi. Soʻngra irshodning iqtizosidandirki, xavf bilan rijo orasidagi muvozana davom bilan muhofaza qilinsinki, rijo bilan toʻgʻri yoʻllarga suluk etilsin, xavf bilan ham egri yoʻllarga ketilmasin. Na Allohning rahmatidan ma'yus, va na azobidan amin boʻlinsin.

Mana shunday qilib tasalsul etgan shu hikmat sababli Qur'oni Karim a'laddavom targʻibdan soʻngra tarhib va abrorni madh qilgandan soʻngra fujjorni zamm etgan.

S- Bu jumla bilan

﴿ اِنَّ الْاَبْرَارَ لَف۪ى نَع۪يمٍ ٭ وَاِنَّ الْفُجَّارَ لَف۪ى جَح۪يمٍ ﴾

jumlasi orasida qanday bir farq borki, u yerda atf bor, bu yerda yoʻqdir?

J- Atfning husni munosabatning husniga qaraydi. Husni munosabat har ikki jumladan ta'qib qilingan gʻaraz va maqsadning bir boʻlishiga mutavaqqifdir. Holbuki u yerdagi maqsad bu yerda yoʻq. Bu yerda birinchi jumladagi maqsad, Qur'onning madhiga injiror etgan moʻ'minlarning madhidir. Ikkinchi jumladan maqsad, yolgʻiz taxvif va tarhib uchun kofirlarning zammidir. Bu esa Qur'onning madhi bilan aloqador emas.

Soʻngra bu jumla ixtivo etgan ajzoning nazmida tazohur etgan latoif jihatiga qaraylik:

اِنَّ bilan اَلَّذ۪ينَ mavqelarga koʻra ifoda qilgan nuktalardan ma'ada, balogʻat jihatidan qiymatli sanalgan ikki nuktani yana tazammun etganki, Qur'on juda koʻp yerlarida اِنَّ bilan اَلَّذ۪ينَ ni mukarraran zikr qilgan. Tahqiqni ifoda qilgan اِنَّ dagi nukta shunday tasvir qilinishi mumkinki: اِنَّ har qaysi bir jumlada boʻlsa, u jumlaning tomini teshadi, haqiqatga nufuz etadi. Va u da'voni yoki hukmni pastga tushiradi, haqiqatga yopishtirish bilan, u hukmning xayoliy yoki zonniy yoki mavzu' yoki xurofot hukmlardan emasligini va faqat haqoiqi sobitadan boʻlganini isbot qiladi.

— 48 —

Bu jumlada اِنَّ ning xususiy nuktasi: Bu oyatning muxotobi boʻlgan Hazrat Muhammadda (S.A.V.) shak va inkor boʻlmagani holda, shak va inkorni raf' etish sha'nida boʻlgan اِنَّ bilan qarshilanishi, ularning iymon keltirishi uchun Paygʻambarning (S.A.V.) shiddati hirsiga ishoratdir.

اَلَّذ۪ينَ kalimasi esa, koʻzga koʻrinmasdan avval aqlga koʻringan gʻarib va yangi haqiqatlarga bir vosita-i ishoratdir. Shuning uchun, haqiqatlarni tabdil va tajdid etgan inqiloblarni tasvir uchun ishlatilgan ishorat va vositalardan eng koʻp ishlatilgan اَلَّذ۪ينَ va amsolidir.

Qur'onning tajalliysi bilan koʻp navlar oʻchirildi, haqiqatlar yiqildi. Ularga badal yangi-yangi navlar, haqiqatlar tashakkul etdi. Ha, zamoni johiliyatga qara! U zamonda butun navlar milliy robitalar ustida tashakkul etgani kabi, ijtimoiy haqiqatlar ham taassubi qavmiy ustida bino qilingan edi. Qur'onning tajalliysi bilan u robitalar kesildi, u haqiqatlar taxrib etildi. Ularga badal, diniy robitalar ustida yangi navlar va haqiqatlar ihdos etildi. Ha, Shamsi Qur'onning tulu'i bilan, ba'zi qalblar uning ziyosi bilan tanavvur etdi. Va moʻ'minlarning navini tamyiz va ta'yin etgan bir haqiqati nuroniya oʻrtaga chiqdi. Shuning kabi, u keskin ziyo qarshisida mazbalaga oʻxshagan ba'zi iflos qalblar ham yonib koʻmir boʻldilar. Va u kofirlarning navini e'lon qilgan zaharli bir haqiqati kufriya hosil boʻldi. Xullas, bu haqiqati kufriyaga ishorat uchun اَلَّذ۪ينَ zikr qilingan.

Shu bilan barobar, har ikki اَلَّذ۪ينَ orasida tom bir munosabat bor. Chunki har birisi bir-biriga zid boʻlgan bir haqiqatga ishoratdir.

Va shuningdek, harfi ta'rif boʻlgan اَلْ ifoda qilgan besh ma'noni, اَلَّذ۪ينَ da ifoda qiladi. U ma'nolarning eng mashhuri, ahddir. Ya'ni, kerak boʻlsa اَلْ dan, kerak boʻlsa اَلَّذ۪ينَ dan ma'hud va ma'lum bir narsa qasd qilinadi. Shunga binoan, Abu Jahl, Abu Lahab, Umayya Ibn Xalaf va boshqalar kabi ma'hud va mashhur katta kofirlarga اَلَّذ۪ينَ bilan ishorat qilingan boʻlgani ehtimoli juda qoviydir. Bu ehtimolga binoan, shu oyat gʻaybdan ixbor etgan oyatlardan biri boʻladi. Chunki ular kufr ustida oʻlganlar. Va ayni zamonda, i'jozi ma'naviyning toʻrt navidan bir navi shu gʻaybiy ixborlardan tazohur etadi.

— 49 —

S: Qur'on zaruriyoti diniyadandir. Zaruriyotda ixtilof boʻlolmaydi. Holbuki mufassirlar tomonidan berilgan muxtalif ma'nolarning ba'zilari bir-biriga muxolif?

J: Azizim! Qur'onning har bir kalomi uch qoziyani qamragan:

Birinchisi:

Bu Allohning kalomi.

Ikkinchisi:

Alloh tomonidan murod boʻlgan ma'no haq.

Uchinchisi:

Ma'no-i murod bu.

Agar Qur'onning u kalomi boshqa bir ma'noga ehtimoli boʻlmagan muhkamotdan boʻlsa yoki Qur'onning boshqa bir yerida bayon qilingan boʻlsa, birinchi va ikkinchi qoziyalarni aynan qabul qilish lozim va inkorlari ham kufrdir. Shoyad Qur'onning u kalomi boshqa bir ma'noga ehtimoli boʻlgan bir nass yoki zohir boʻlsa, uchinchi qoziyani qabul qilish lozim boʻlmagani kabi, inkori ham kufr emas. Xullas, mufassirlarning ixtiloflari faqat va faqat shu qismga oid.

Ixtor:

Mutavotir hadislar ham, bu xususda, oyatlar kabidir. Yolgʻiz birinchi qoziya, taammul yeridir. Chunki هٰذَا bilan ishorat qilingan hadisning haqiqatdan hadis boʻlib boʻlmaganida taraddud oʻrni bor.

S- Kufr jahldir. Holbuki kofirlar Hazrat Muhammadni (S.A.V.) avlodlari qadar tanir edilar?

J- Kufr ikki qismdir. Bir qismi bilmagani uchun inkor qiladi; ikkinchisi bilgani holda inkor qiladi. Bu ham bir nechta shoʻ'badir. Birinchisi; biladi, lekin qabul qilmaydi. Ikkinchisi; yaqiyni bor, lekin e'tiqodi yoʻq. Uchinchisi; tasdiqi bor, lekin vijdoniy iz'oni yoʻq.

S: Shaytonning qalbida ma'rifat bormi?

J: Yoʻq. Chunki san'ati fitriyasi iqtizosicha, qalbi doimo izlol bilan talqin etgani uchun, fikri doimo kufrni tasavvur qilish bilan mashgʻul boʻlganidan, qalbida yoki fikrida boʻsh bir yer ma'rifat uchun qolmaydi.

— 50 —

S- Kufr qalbga oid bir sifatdir. Qalbda u sifat boʻlmagan taqdirda, zunnor bogʻlashdan yoki unga qiyos qilingan bosh kiyim kiyishdan nima uchun kufr hosil boʻlsin?

J- Yashirin boʻlgan ishlarga shariat alomatlarga koʻra hukm qiladi. Hatto illat boʻlmagan zohiriy sabablarni illat oʻrnida qabul qiladi. Shunga binoan, itmomi ruku'ga mone boʻlgan bir qism zunnorlarning bogʻlanilishi va sajdaning ikmoliga mone boʻlgan ba'zi bosh kiyimlarning kiyilishi, ubudiyatdan istigʻno va kufrga tashabbuh etish alomatlaridir. Yashirin boʻlgan u sifati kufriyaning yoʻqligiga qat'iyat bilan hukm qilib boʻlolmaganidan, bu kabi alomatlarga koʻra hukm qilinadi.

S- Inzor qilinmagancha taklif qanday qilinadi?

J- Inzor qilinmagan taqdirda taklif ham qilinmasa, adami tajziyalariga bir hujjat boʻladi. Zero, "Biz nima qilaylik. Na tabligʻot qilindi va na taklifdan xabarimiz bor." deya mujozotdan qutulishlariga bir mador boʻladi.

S- Janobi Haqning ularning kufr va tamarrudlaridan qilgan ixbor, ularning iymonga kelishlarini imtino' darajasiga chiqaradi. Mumtani' va mahol bir narsa taklif qilinadimi?

J- Janobi Haqning ixbori, ilmi va irodasi, sababni inobatga olmasdan yolgʻiz kufrlariga taalluq etmaydi. Faqat ixtiyorlari bilan kufrlariga birlikda taalluq etadi. Bu esa ixtiyorlarini nafiy etmaydiki, taklifi bilmahol boʻlsin. Bu bahsning tafsiloti hali keladi.

S- Iymon keltirmasliklarini ifoda qilgan لَا يُؤْمِنُونَ va oʻxshash oyatlarga ularni iymon keltirishga da'vat qilishdan adami iymonga iymon chiqyapti. Bu esa, maholi aqliydir?

J- Ularga taklif qilingan iymon ijmoliydir, tafsiliy emas. "Har bir oyatga, har bir hukmga alohida-alohida, birma-bir iymon keltiring!", deya taklif qilinmayaptiki, bu mahzur lozim kelsin. Soʻngra kufrlarini siygʻa-i moziy bilan zikr qilish, haqning tabayyunidan soʻngra ularning kufrni quchoqlab qabul qilishlariga ishoratdir. Shuning uchun, ularga qarshi inzorning adami inzor kabi foydasiz qolganiga, سَوَٓاءٌ kalimasi bilan ishorat qilingan.

— 51 —

Soʻngra favqoniyatni ifoda qilgan عَلَيْهِمْ dagi عَلٰى ularning yuzlari yerga yopishgandek boshlarini koʻtarib amirlarining soʻzini tinglay olmaganlariga ishoratdir.

Va shuningdek, ma'noga bir zarar va bir xalal iros etmagan va tarkiga tarjih etilgan عَلَيْهِمْ ning zikri, Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamga nazaran inzorning adami inzor kabi boʻlmaganiga ishoratdir. Zero inzorda ajru savob bor.

ءَاَنْذَرْتَهُمْ اَمْ لَمْ تُنْذِرْهُمْ jumlasidagi hamza bilan اَمْ musavotni ifoda qilganidan, سَوَٓاءٌ kalimasiga ta'kiddir. Yoxud سَوَٓاءٌ kalimasidan musavotning bir ma'nosi, hamza bilan اَمْ dan ikkinchi ma'nosi iroda qilinadi. Chunki musavotning madori yo adami foydadir yoki mujibning adami vujudidir.

S- Istifhom shakli bilan musavotni ifoda qilishda qanday ma'no bor?

J- Qilgan fe'lida bir foydasi boʻlmagan muxotob fe'lining foydasiz ekaniga latif va muqni'ona bir vajh bilan ogohlantirilishi faqat istifhom bilan boʻladiki, muxotob fe'lini oʻylagandan soʻngra, yomon natijasini nazarga olib qalbi mutmain boʻlsin.

S- سَوَٓاءٌ kalimasi inzor va adami inzordan majoz boʻlsa, oralarida qanday aloqa bor?

J- Istifhomning musavotni tazammun etishidir. Zero istifhom etgan odamning fikriga koʻra, vujud bilan adam mutasoviydir. Shu bilan barobar, bu kabi istifhomlarga berilgan javoblar, asosan shu musavoti zimniya bilan beriladi.

S- Moziy siygʻasi bilan inzordan qilingan ta'bir nimaga ishorat?

J- Ikkinchi va uchinchi inzorlarga luzum qolmaganiga ishorat boʻladi. Ya'ni, qilgan inzoring foyda bermadi, bundan soʻngra ham foydasiz qoladi.

S- Inzor etmaslikda foydaning boʻlmasligi zohirdir. اَمْ لَمْ تُنْذِرْهُمْ qaydida qanday foyda bor?

J- Sukut, ba'zan muxotobning insofga kelib matlub ishga muvofaqatiga sabab boʻladi.

— 52 —

S- Qur'oni Karim, boshqa maqomlarda tarhibdan soʻngra targʻib ham qilgani holda, bu yerda targʻibni tark qilgan. Buning sabablari nimada?

J- Kufr maqomiga faqat tarhib va taxvif munosibdir. Hamda kufr kabi mazarrotlarni daf qilish, Jannatni qozonish kabi manfaatlarning jalbidan yanada yaxshiroq va yanada ta'sirlidir. Shu bilan barobar, bu yerdagi tarhib targʻibni ham eslatadi. Chunki inzor va adami inzorni koʻrgan xayol, ziddiyat munosabati bilan, darhol tabshir va adami tabshirga intiqol etadi.

Azizim! Har bir hukmning boshqa narsalarga xizmat qilgan koʻp ma'nolari borligi va har bir hukmdan ta'qib qilingan yashirin maqsadlar borligi va bu kalomning ham Hazrat Muhammadga (S.A.V.) ishorat qilgan ma'nolari boʻlgani kabi; kufrni taqbih etish maqsadi bilan, katta oʻlchovda tankirotda boʻlgandir. Azjumla:

Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam koʻrayotgan zahmatlarning taxfifiga va koʻrsatayotgan hirs va shiddatning tahviniga mador boʻlish uchun, ma'no-i harfiy turidan ba'zan imolar qilgan va eski rasullarning hollarini nazarga olib, ularga iqtido bilan tasalli yoʻllarini koʻrsatgan boʻlsa ham; bu qonuni fitriy boʻlib, tahammul va inqiyod lozim deya lisoni hol bilan e'lon qilgan.

Bu oyat وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظ۪يمٌ jumlasiga qadar butun ajzosi bilan kufrni taqbih va tanfir bilan man qiladi. Va ahli kufrni tahdid va taxvif bilan kufrdan tarhib etadi. Va shuningdek, butun kalimoti bilan, kufrning buyuk bir musibat ekani barobarida, lazzati yoʻq alami bor, ne'mati yoʻq niqmati bor deya e'lon qiladi. Va shuningdek, butun jumlalari bilan, kufrning hamma narsadan zararli ekanini tasrih etadi. Ha, ular iymon keltirmaganidan va javhari ruhni ifsod va butun alamlarni ichiga olgan kufr musibatiga ma'ruz qolganlaridan لَمْ يُؤْمِنُوا ga badal كَفَرُوا ta'biri bilan ishorat qilingan. Va shuningdek لَا يَتْرُكُونَ الْكُفْرَ kalimasiga badal لَا يُؤْمِنُونَ ta'biri bilan, ularning buyuk musibatga ma'ruz qolganlari kabi, olmos kabi javhari iymoniyni ham yoʻqotganlariga ishoratdir.

Va shuningdek خَتَمَ اللّٰهُ عَلٰى قُلُوبِهِمْ jumlasi bilan qalb bilan vijdon, nuri iymon soyasida haqoiqi Ilohiyaning tajalliysiga mazhar boʻlish bilan manba-i kamolot, hayotdor va ziyodor boʻlganlari holda, kufrning ixtiyor qilinishi bilan zulmatli, yovvoyi, hashoroti muzirra uyasiga inqilob etganlari uchun muhrlangan, qulflanganki; u qoʻrqinch uyadagi chayonlardan yoki ilonlardan ijtinob etilishiga ishorat qilingan.

— 53 —

Va shuningdek, وَعَلٰى سَمْعِهِمْ kalimasi bilan, kufr sababi bilan quloqqa oid juda buyuk bir ne'matni yoʻqotganlariga ishorat qilingan. Hatto quloqdagi parda, nuri iymon bilan nurlangan zamon, koinotdan kelgan ma'naviy nidolarni eshitadi. Lisoni hol bilan qilingan zikrlarni, tasbehotlarni fahm etadi. Hatto u nuri iymon soyasida, shamollarning tarannumotini, bulutlarning na'ralarini, dengizlar toʻlqinlarining nagʻamotini va hokazo yomgʻir, qush va boshqalar kabi har navdan Rabboniy kalomlarni va ulviy tasbehotni eshitadi. Xuddi koinot, Ilohiy bir musiqa doirasidir. Turli-tuman ovozar bilan, xilma-xil tarannumot bilan qalblarga huzunlarni va Rabboniy ishqlarni intibo' ettirish bilan qalblarni, ruhlarni nuroniy olamlarga etadi, juda gʻarib misoliy lavhalarni koʻrsatish bilan, u ruhlarni va qalblarni lazzatlarga, zavqlarga gʻarq etadi. Faqat u quloq kufr bilan tiqilgan zamon, u laziz, ma'naviy yuksak savtlardan mahrum qoladi. Va u lazzatlarni iros etgan ovozlar motam ovozlariga inqilob etadi. Qalbda u ulviy huzunlar oʻrniga ahbobning fiqdani bilan abadiy yetimliklar, molikning adami bilan nihoyatsiz vahshatlar va soʻngsiz gʻurbatlar hosil boʻladi.

Bu sirga binoandirki, shariat boʻyicha ba'zi savtlar halol, ba'zilari esa harom qilingan. Ha, ulviy huzunlarni, Rabboniy ishqlarni iros etgan ovozlar haloldir. Yetiymona huzunlarni, nafsoniy shahvatni tahrik etgan ovozlar haromdir. Shariat ta'yin qilmagan qism esa, sening ruhingga, vijdonigga qilgan ta'sirga koʻra hukm oladi.

وَعَلٰى اَبْصَارِهِمْ غِشَاوَةٌ : Bu jumla bilan ru'yatga, ya'ni koʻzga oid buyuk bir ne'mati basariyaning kufr bilan yoʻqolganiga ishorat qilingandir. Zero koʻzning nuri nuri iymon bilan nurlansa va qoviylashsa, butun koinot gul va rayhonlar bilan muzayyan bir Jannat shaklida koʻrinadi. Koʻzning koʻz qorachigʻi ham, asalari kabi, butun koinot safhalarida manqush gul va chechak kabi dalillaridan, burhonlaridan oladigan ibrat, fikrat, unsiyat kabi sharbat va shiralaridan vijdonda u shirin iymon asallarini qiladi. Agar u koʻz kufr zulmati bilan koʻr boʻlsa, dunyo kengligi bilan barobar bir hibsxona shakliga kiradi. Butun haqoiqi kavniya nazaridan yashirinadi. Koinot undan tavahhush etadi. Qalbi ahzan va akdar bilan toʻladi.

وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظ۪يمٌ jumlasi bilan, kufr shajarasining oxiratga oid zaqqum kabi samarasiga ishorat qilingan.

لَا يُؤْمِنُونَ kalimasi esa, inzor bilan adami inzor orasidagi musavotga nass etib سَوَٓاءٌ kalimasiga ta'kiddir.

— 54 —
﴿ خَتَمَ اللّٰهُ عَلٰى قُلُوبِهِمْ وَعَلٰى سَمْعِهِمْ وَعَلٰٓى اَبْصَارِهِمْ غِشَاوَةٌ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظ۪يمٌ ﴾
MUQADDIMA:

Bu oyatning ustida toʻxtash ijob etadi. Ahli i'tizol, ahli jabr, ahli sunnat va jamoat kabi Ahli Kalomning shu oyati azimaning ostida qilgan muhoraba-i ilmiyalarini tinglaylik. Zero bu kabi fikriy harblar ahli nazarni diqqatga da'vat qiladi. Shunga binoan, ularning bu oyatda ta'qib qilgan jihatlarni tekshirish lozim. Ha, ahli sunnat va jamoatning siroti mustaqim ustida ekanini, boshqalarning yo ifrotga yoki tafritga ma'ruz qolganlarini isbotlash uchun ba'zi munosabatlarning zikri lozim:

Birinchisi:

Tahaqquq etgan haqoiqdanki, ta'siri haqiqiy yolgʻiz va yolgʻiz Allohnikidir. Shunday ekan, ahli i'tizol abdga bergan ta'siri haqiqiy xilofi haqiqatdir.

Ikkinchisi:

Alloh hakimdir, shunday ekan savob va i'qob abas emas, faqat istihqoqga koʻradir. Shunday ekan, izdiror va jabr yoʻq.

Uchinchisi:

Hamma narsaning biri mulk, boshqasi malakut; ya'ni biri tashqi, boshqasi ichki boʻlib ikki jihati bor. Mulk jihati ba'zi narsalarda goʻzal, ba'zi narsalarda esa xunuk koʻrinadi; oynaning orqa yuzi kabi. Malakut jihati esa, hamma narsada goʻzal va shaffof. Oynaning tashqi yuzi kabi. Shunday ekan, xunuk koʻringan narsaning yaratilishi xunuk emas, goʻzaldir. Va ayni zamonda u kabi xunuklarning yaratilishi, mahosinni ikmol uchundir. Shunday ekan, xunukning ham bir navi goʻzalligi bor. Shunga binoan, bu xususda ahli i'tizolning "Xunuk narsalarning yaratilishi Allohga oid emas" degan safsatalariga mahal qolmadi.

Toʻrtinchisi:

Masalan zarb va qatlga tarattub etgan alam va oʻlim kabi hosili bilmasdar bilan ta'bir qilingan narsa, maxluq va sobit boʻlish bilan barobar, jomiddir. Sarf ilmida ma'lumki, jomidlardan ismi foil kabi sifatlar yasalmaydi. Faqat kasbiy, nisbiy, e'tiboriy boʻlgan ma'no-i masdariydan yasalishi mumkin. Shunday ekan, oʻlimning yaratilishi qatl emasdir. Shunday ekan, ahli i'tizolning xatolariga xato nazari bilan qaralishi kerak.

Beshinchisi:

Insonning qatl kabi zohiriy va ixtiyoriy boʻlgan fe'llari nafsning mayaloniga intiho etadi. Juzi ixtiyoriy deyilgan shu nafs mayaloni ustida munoza'alar davaron etadi.

— 55 —
Oltinchisi:

Odatulloh sababli, iroda-i kulliya-i Ilohiya abdning iroda-i juz'iyasiga qaraydi. Ya'ni, buning bir fe'lga taalluqidan soʻngra u taalluq etadi. Shunday ekan, jabr yoʻqdir.

Yettinchisi:

Ilm ma'lumga tobedir. Bu qoziyaga koʻra, ma'lum ilmga tobe emas; chunki davr lozim keladi. Shunday ekan, bir inson amal bilan qilgan bir fe'lning sabablarini qadarga havola qilish bilan, ta'allul va bahonalar koʻrsatolmaydi.

Sakkizinchisi:

Oʻlim kabi hosili bilmasdar deyilgan narsa kasb kabi bir masdarga mutavaqqifdir. Ya'ni, odatulloh sababli u hosili bilmasdardan vujudiga shart qilingan. Kasb deyilgan masdarda urugʻ va uqda-i hayotiya mayalondir. Bu tugunning ochilishi bilan masaladagi tugun ham ochiladi.

Toʻqqizinchisi:

Janobi Haqning af'olida tarjih etuvchi bir gʻarazga, bir illatga ehtiyoj yoʻq. Faqat tarjih etuvchi Janobi Haqning ixtiyoridir.

Oʻninchisi:

Bir amrning, bahamahol bir muassirning ta'siri bilan vujudga kelishi lozimki, tarajjuh bila murajjih lozim kelmasin. Ammo e'tiboriy amrlarda taxsis etuvchi bir narsa boʻlmasa ham, mahol lozim kelmaydi.

Oʻn Birinchisi:

Bir narsa, vujudi vojib boʻlmagancha vujudga kelmaydi. Ha, iroda-i juz'iyaning taalluqi bilan iroda-i kulliyaning taalluqi bir narsada ijtimo' etgan vaqtlari, u narsaning vujudi vojib boʻladi va darhol vujudga keladi.

— 56 —
Oʻn Ikkinchisi:

Bir narsani bilish bilan mohiyatini bilish lozim kelmaydi. Va bir narsani bilmaslik bilan u narsaning adami vujudi lozim kelmaydi. Shunga binoan, juzi ixtiyoriyning mohiyatining ta'bir qilinolmasligi, vujudining qat'iyatiga zid emas.

Nazari diqqatingizga arz etganim shu asoslarni tom ma'nosi bilan anglagandan soʻngra, shu ma'ruzotimni ham tinglangiz:

Biz Ahli Sunnat va Jamoat Ahli I'tizolga qarshi deymizki: Abd, kasb deyilgan masdardan nash'at etgan, hosili bilmasdar boʻlgan asarga xoliq emasdir. Abdning qoʻlida faqat va faqat kasb bordir. Zero Allohdan boshqa muassiri haqiqiy yoʻq. Zotan tavhid ham shunday istaydi.

Soʻngra Ahli jabrga oʻgirilib aytamizki: Abd, bir daraxt kabi butun-butun izdiror va jabr ostida emas. Qoʻlida kichik bir ixtiyor bor. Chunki Janobi Haq hakimdir, jabr kabi zulmlarni intoj etgan narsalardan munazzahdir.

S- Juzi ixtiyoriy deyilgan narsa nima? Naqadar atrofi qazilsa, ostidan jabr chiqadi! Bu nima oʻzi?

J- Birincisi:

Fitrat bilan vijdon ixtiyoriy amrlarni izdiroriy amrlardan tafriq etgan yashirin bir narsaning vujudiga shahodat qiladi. Ta'yin va ta'biriga boʻlgan ajz vujudiga xalal keltirmaydi.

Ikkinchisi:

Abdning bir fe'lga boʻlgan mayaloni Ash'ariylarning mazhabi kabi mavjud bir amr boʻlsa ham, u mayalonni bir fe'ldan boshqa bir fe'lga oʻgirish bilan qilingan tasarruf, e'tiboriy bir amr boʻlib abdning qoʻlidadir. Agar Moturidiylarning mazhabi kabi, u mayalonning bizzot bir amri e'tiboriy boʻlganiga hukm qilinsa, u amri e'tiboriyning subut va ta'yini oʻzining bir illati tomma ekanini istilzom etmaydiki, iroda-i kulliyaga ehtiyoj qolmasin. Chunki koʻp daf'alar mayalonning vuqu'idan fe'l hosil boʻlmaydi.

Xulosa:

Odatullohning jarayoni sababli hosili bilmasdarning vujudi masdarga mutavaqqifdir. Masdarning asosi esa mayalondir. Mayalon yoki mayalondagi tasarruf mavjudotdan emaski, bir muassirga ehtiyoji boʻlsin. Ma'dum ham emaski, hosili bilmasdar kabi mavjud boʻlgan bir narsaning vujudiga shart qilinishiga yoki savob va i'qobga sabab boʻlishiga ruxsat boʻlmasin.

S- Ilmi azaliyning yoki iroda-i azaliyaning bir fe'lga taalluqlari ixtiyorga mahal qoldirmaydi?

— 57 —
J- Birinchisi:

Abdning ixtiyoridan nash'at etgan bir fe'lga ilmi azaliyning taalluqi u ixtiyorga zid va mone emas. Chunki muassir ilm emas, qudratdir. Ilm ma'lumga tobedir.

İkincisi:

Ilmi azaliy muhit boʻlgani uchun, musabbabot bilan sabablarni birlikda abluqa etadi, ichiga oladi. Boʻlmasa ilmi azaliy, oʻylangani kabi uzun bir silsilaning boshi emaski, sabablardan tasodif bilan, yolgʻiz musabbabot u mabdaga isnod etilsin.

Uchinchisi:

Ma'lum qanday bir holatga koʻra boʻlsa, ilm ham shunday taalluq etadi. Shunday ekan, ma'lumning maqoyisini va sabablarini qadarga isnod qilib boʻlmaydi.

Toʻrtinchisi:

Tasavvur qilinganidek, iroda-i kulliyaning bir marta musabbabga, bir marta ham sababga boshqa-boshqa taalluqi yoʻqdir. Faqat musabbab bilan sababga bir taalluqi bor.

Bu mazhablarning nuqtai nazarlarini bir misol bilan izoh qilaylik:

Bir odam bir asbob bilan bir shaxsni oʻldirsa, sababning ma'dum boʻlganini faraz qilsak, musabbabning vaziyati qanday boʻladi? Ahli jabrning nuqtai nazarlari: "Oʻlar edi." Chunki ularning fikricha taalluq ikkidir va sabab bilan musabbab orasida inqito' joiz. Ahli i'tizol fikricha: "Oʻlmas edi." Chunki ularning fikricha murodning irodadan taxallufi joiz. Ahli sunnat va jamoat fikricha, bu misolda sukut va tavaqquf lozim. Chunki iroda-i kulliyaning sabab bilan musabbabga bir taalluqi bor. Bu e'tibor bilan sababning adami faraz qilinsa, musabbabning ham farzi adami lozim keladi. Chunki taalluq bir. Jabr va i'tizol ifrot va tafritdir.

Ikkinchi bir muqaddima:

Ahli tabiat sabablarga haqiqiy bir ta'sir beradi. Majusiylar; biri shar, boshqasi xayr boʻlib ikki xoliqqa e'tiqod qiladilar. Ahli i'tizol ham, "Af'oli ixtiyoriyaning xoliqi abddir" deydi. Bu uch mazhabning asosi; botil bir vahmi mahz, bir xato va hududdan tajovuzdir. Bu vahmni izola uchun, bir nechta masalani tinglash lozim.

Birinchisi:

Insonning tinglashi, gapirishi, oʻylashi juz'iy boʻlgani uchun, ta'oqub surati bilan ashyoga taalluq etgani kabi, himmati ham juz'iydir. Navbat bilan, ashyo bilan mashgʻul boʻlishi mumkin.

Ikkinchisi:

Insonning qiymatini ta'yin etgan mohiyatidir. Mohiyatning qiymati esa, himmati nisbatidadir. Himmati esa, hadaf ittihoz etgan maqsadning daraja-i ahamiyatiga qaraydi.

Uchinchisi:

Inson qaysi bir narsaga tavajjuh etsa, u bilan bogʻlanadi va unda foniy boʻladi. Bu sirga binoan, insonlar xasis va juz'iy narsalarni buyuk odamlarga isnod etmaydilar. Faqat sabablarga va vasilalarga atf etadilar. Xuddi xasis ishlar bilan ishtigʻol ularning viqoriga munosib boʻlmagani kabi, juz'iy narsalar ham ularning azim himmatlarini ishgʻol etishga loyiq emasdir.

— 58 —
Toʻrtinchisi:

Inson bir narsaning ahvolini muhokama qilgan zamon, u narsaning robitalarini, sabablarini, asoslarini avvalo oʻz nafsida, soʻngra abno-i jinsida, soʻngra atrofdagi mumkinotda taharriy etadi. Hatto hech bir surat bilan mumkinotga mushobahati boʻlmagan Janobi Haqni oʻylaydigan boʻlsa, quvva-i vahimasi bilan bir insonning maqoyisini, asosotini, ahvolini miqyos qilib Janobi Haqni oʻylashni boshlaydi. Holbuki Janobi Haqqa bu kabi miqyoslar bilan qarab boʻlmaydi. Zero, sifoti inhisor ostida emasdir.

Beshinchisi:

Janobi Haqning qudrat, ilm, irodasi; shamsning ziyosi kabi butun mavjudotga a'mm va shomil boʻlib, hech bir narsa bilan muvozana qilinmaydi. Arshi A'zamga taalluq etganlari kabi, zarralarga ham taalluq etadilar. Janobi Haq shams va qamarni yaratgani kabi, chivinning koʻzini ham U yaratgan. Janobi Haq; koinotda joriy qilgan yuksak nizom kabi, xurdabini hayvonlarning ichaklarida ham juda nozik va latif bir nizom joriy qilgan. Samodagi ajromni bir-biri bilan rabt etgan joziba-i umumiy qonuni kabi, javohiri fardni ham, ya'ni zarrotni ham u qonunning bir misli bilan nazm etgan. Xuddi bu zarrot olami u samoviy olamga kichik bir misoldir. Xulosa, ajzning mudohalasi bilan qudrat martabalari ayriladi. Ajzi mumtani' boʻlgan qudratga koʻra katta, kichik bir.

Oltinchisi:

Qudrati Azaliya, eng avval ashyoning malakut, ya'ni mohiyatiga taalluq etadi. Bu yuz esa, umumiyat bilan goʻzal va shaffofdir. Ha, shams va qamarning yuzlari porloq boʻlgani kabi, kechaning va bulutlarning ham mohiyatlari ziyodordir.

Yettinchisi:

Basharning zehni va fikri Janobi Haqning azamatiga bir miqyos, kamolotiga bir me'zon, avsofining muhokamasiga bir vosita topish vus'atida emas; faqat jami' masnu'otidan va majmu'i osoridan va butun af'olidan tahassul va tajalliy etgan bir vajh bilan qaralishi mumkin. Ha, zarra mir'at boʻladi, faqat miqyos boʻlolmaydi. Bu masalalardan taboruz etgan vajh bilan, Janobi Haqning mumkinotga qiyos qilinishi va mumkinotning uning shuunotiga miqyos qilinishi eng katta jaholat va hamaqotdir. Chunki oralaridagi farq, yerdan osmonga qadardir. Ha, vojibni mumkinga qiyos qilishdan juda gʻarib va kulgili narsalar chiqadi. Masalan: Ahli tabiat u aldovchi qiyos bilan, ta'siri haqiqiyni sabablarga; Ahli i'tizol ishlarning yaratilishini abdga; Majusiylar sharni ikkinchi bir xoliqqa isnod etishga majbur boʻlishgan. Goʻyo zu'mlaricha Janobi Haq, azamati kibriyo va tanazzuhi sababli, bu kabi xasis va xunuk narsalarga tanazzul etmaydi. Demak, aqllari vahmlariga asir boʻlganlar bu kabi kulgili narsalarni keltirib chiqaradilar.

Ixtor:

Moʻ'minlardan ham vasvasa jihati bilan bu vahmga ma'ruz qolganlar bor, diqqat qilish lozim.

Bu oyatning kalimalari orasida nazmni ijob etgan munosabatlarga kelaylik:

خَتَمَ ning لَا يُؤْمِنُونَ bilan irtiboti va uning orqasida zikr qilinishi, jazoning jurmga tarattubi turidandir. Ya'ni, ular qachonki juzi ixtiyoriylarini ifsod etish bilan iymonga kelmadilar, qalblarining xatmi bilan tajziya etildilar.

خَتَمَ ta'biri ularning zalolatlarini tasvir etgan tamsiliy bir uslubga ishoratdir. Shundayki:

Qalb koʻzi, xuddi javohirga bir xazina boʻlish uchun Janobi Haq tarafidan yaratilgan bir binodir. Qachonki sui ixtiyori bilan ifsodga duchor boʻldi va javharlar uchun yaratilgan yerlar ilonlar va chayonlar bilan toʻldi; eshigi xatm etildiki, u yuqumli xastalikdan boshqalar mutazarrir boʻlmasin.

— 59 —

اَللّٰهُ : Zamiri mutakallimin oʻrniga ismi zohirning kelishi, takallumdan gʻaybatga iltifotdir. Va bu iltifotda latif bir nukta bor. Shundayki:

لَا يُؤْمِنُونَ dan soʻngra بِاللّٰهِ muqaddar va manviy (maqsud) boʻlganiga nazaran, xuddi nuri ma'rifat ularning qalblarining eshiklariga kelgan zamon qalblarini ochib qabul qilmaganlaridan, Alloh ham gʻazabga kelib qalblarini xatm etdi.

عَلٰى : خَتَمَ oʻtimli fe'l boʻlgani holda عَلٰى bilan zikr qilinishi, xatm etilgan qalbning dunyoga qaragan eshigi emas, faqat oxiratga nazir boʻlgan eshigi berkitilganiga ishoratdir. Va shuningdek, xatmning "alomat" ma'nosini ifoda qilgan vasmni (tamgʻa) tazammun etganiga ishoratdir. Xuddi u xatm, u muhr qalblarining ustida sobit bir tamgʻadir va oʻchmas bir alomatdirki, doimo maloikaga koʻrinadi.

S- Bu oyatda qalbning sam' va basarga taqdimidagi hikmat nima?

J- Qalb iymonning mahalli boʻlgani kabi, eng avval Sone'ni qidirgan va istagan va Sone'ning vujudini daloili bilan e'lon qilgan, qalb bilan vijdondir. Zero qalb hayot malzamasini oʻylarkan, eng buyuk bir ajzga ma'ruz qolganini his qilar-qilmas, darhol bir nuqta-i istinodni; shunday qilib umidlarining tanmiyasi (namalantirmoq) uchun bir chora qidirarkan, darhol bir nuqta-i istimdodni qidirishni boshlaydi. Bu nuqtalar esa, iymon bilan qoʻlga kiritilishi mumkin. Demak, qalbning sam' va basarga haqqi taqaddumi bor.

Ixtor:

Qalbdan maqsad; sanavbariy (qaragʻay gʻuddasi) kabi bir goʻsht parchasi emas. Faqat bir latifa-i Rabboniyaki, mazhari hissiyoti, vijdon; ma'kasi afkori aqldir. Shunga binoan, u latifa-i Rabboniyani tazammun etgan u goʻsht parchasiga qalb ta'biridan shunday bir latofat chiqadiki; u latifa-i Rabboniyaning insonning ma'naviyatiga qilgan xizmati, jismi sanavbariyning jasadga qilgan xizmat kabidir. Ha, qandayki butun aqtori badanga ma-ul hayotni nashr etgan u jismi sanavbariy bir uskuna-i hayotdir va moddiy hayot uning ishlashi bilan qoim; toʻxtab qolgan vaqt jasad ham sukutga duchor boʻladi; shuning kabi, u latifa-i Rabboniya umidlar va hollar va ma'naviyatning hay'ati majmuasini haqiqiy bir nuri hayot bilan jonlantiradi, nurlantiradi; nuri iymonning soʻnishi bilan mohiyati, mayyiti gʻayri mutaharrik kabi bir haykaldan iborat boʻlib qoladi.

وَعَلٰى سَمْعِهِمْ da عَلٰى ning takrori, qalb bilan sam'ga urilgan xotamlarning har biri mustaqil bir navi daloilga oid boʻlganiga ishoratdir. Ha, qalbning xatmi daloili qalbiya va vijdoniyaga oid. Sam'ning xatmi daloili naqliya va xojiriyaga oid. Va shuningdek, har ikki xatmning bir jinsdan emasligiga bir ramzdir.

S- Qalb bilan basarning jam' siygʻasi bilan, sam'ning mufrad suratida zikrlarida qanday hikmat bor?

J- Qalb bilan basar taalluq etgan narsalar mutaxolif, yoʻllari mutabayin, dalillari mutafovit, ta'lim va talqin qiluvchilari mutanavvi'dir. Sam' esa, qalb va basarning xilofiga, masdardir. Eshittirgan farddir. Jamoatning eshitganlari, farddir. Eshitgan fard, fard boʻladi. Shuning uchun mufrad boʻlib ikki jamning orasiga tushgan.

S- Qalbdan soʻngra tarjihan sam' nimaga binoan zikr qilingan?

J- Malakot va ma'lumoti qalbiya, asosan quloq derazasidan qalbga kiradi. Bu e'tibor bilan sam' qalbga yaqindir. Va ayni zamonda, jihoti sittadan ma'lumot olish jihati bilan qalbga oʻxshaydi. Zero koʻz yolgʻiz old jihatni koʻradi. Bular esa har tarafni koʻradilar.

وَعَلٰٓى اَبْصَارِهِمْ غِشَاوَةٌ da, uslubning tagʻyiri bilan, jumla-i fe'liyaga tarjihan jumla-i ismiyaning ixtiyor qilinishi, basar bilan koʻringan dalillarning sobitligiga; qalb yoki sam' bilan olingan dalillar esa, mutajaddid va gʻayri sobit ekaniga ishoratdir.

— 60 —

S- خَتَمَ bilan غِشَاوَةٌ orasida nima farq bordirki, خَتَمَ اللّٰهُ isnod etilgandir. غِشَاوَةٌ isnodsiz qoldirilgan?

J- خَتَمَ Alloh tarafidan ularning kasblariga bir jazodir. غِشَاوَةٌ esa, Alloh tarafidan boʻlmasdan, ularning maksubidir.

Va shuningdek, mabda e'tibori bilan ru'yatda bir izdiror bor; sama'da, taxatturda ixtiyor bor. Ha, koʻzning ochilishi bilan ashyoni koʻrmaslik mumkin emas. Faqat masmu'otni tinglashda yoki xotirotni taxattur etishda bu izdiror yoʻqdir.

غِشَاوَةٌ ta'biri, koʻzning yolgʻiz old jihatga hokim va nazir boʻlganiga ishorat boʻladiki, agar bir parda bilan u jihatdan aloqasi kesilsa, batamom koʻr boʻlib qoladi. Tankirni ifoda qilgan غِشَاوَةٌ dagi tanvin, ularning koʻzlari ustidagi parda, ma'lum boʻlmagan bir parda boʻlib, undan saqlanish ular uchun mumkin emasligiga ishoratdir. Jar va majrurning غِشَاوَةٌ ga taqdim etilishi, eng avval nazari diqqatni ularning koʻzlariga qaratish bilan, qalblaridagi sirlarni koʻrsatish uchundir. Zero, koʻz qalbning oynasidir.

— 61 —

وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظ۪يمٌ : Bu jumlaning maqobli bilan jihati munosabati shudirki; avvalgi jumladagi kalimot bilan shajara-i kufriyaning dunyoga oid achchiq samaralariga ishorat qilingan. Bu jumla bilan u mal'un shajaraning oxiratda beradigan samarasi zaqqumi Jahannamdan iboratligiga ishorat qilingan.

S- Uslubning majrayi tabiiysi

وَعَلَيْهِمْ عِقَابٌ شَد۪يدٌ

jumlasi ekan, uslubning muqtazosi boʻlgan shu jumlaning tarki bilan

﴿ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظ۪يمٌ ﴾

jumlasi ixtiyor qilingan. Holbuki bu jumladagi kalimalar ne'mat va lazzatlar haqida ishlatilgan kalimalardir?

J- Shu goʻzal kalimalarni ichiga olgan shu jumlaning ularga qarshi zikr qilinishi, bir tehekkum (istehzo), bir tavbix, yuzlariga kulishdir. Ya'ni, ularning manfaatlari, lazzatlari va buyuk ne'matlari faqatgina i'qobdir. Manfaat va foydani ifoda qilgan وَ لَهُمْ dagi ل lisoni hol bilan "Amalingizning foydali boʻlgan ujratini olinglar!", deya yuzlariga kulyapti.

"Totli" ma'nosini tazammun etgan عَذَابٌ lafzi, ularning kufr va musibatlari bilan istilzoz etganlarini tazkir bilan, xuddi lisoni hol bilan "Totli amalingizning azobini torting!", deya tavbix etadi.

Asosan buyuk ne'matlarga sifat boʻlgan عَظ۪يمٌ kalimasi Jannatda ne'mati azim sohiblarining hollarini u kofirlarga tazkir ettirish bilan yoʻqotgan ne'mati azimalariga badal aliym alamlarga tushganlarini ixtor etadi.

Soʻngra عَظ۪يمٌ kalimasi ta'zimni ifoda qilgan عَذَابٌ dagi tanvinga ta'kiddir.

S- Bir kofirning ma'siyati kufriyasi mahduddir; qisqa bir zamonni ishgʻol qiladi. Abadiy va gʻayri mutanohiy bir jazo bilan tajziyasi, adolati Ilohiyaga uygʻun boʻlmagani kabi, hikmati azaliyaga ham muvofiq emas. Marhamati Ilohiya muso'ada etmaydi?

J- U kofirning jazosi gʻayri mutanohiy boʻlgani taslim qilingan taqdirda, qisqa bir zamonda irtikob etilgan u ma'siyati kufriyaning gʻayri mutanohiy bir jinoyatligi olti jihat bilan sobitdir:

Birinchisi:

Kufr ustida oʻlgan bir kofir abadiy bir umr bilan yashaydigan boʻlsa, u gʻayri mutanohiy umrini bahamahol kufr bilan oʻtkazishi shubhasizdir. Chinki kofirning javhari ruhi buzilgan. Bu e'tibor bilan u buzilgan qalbning gʻayri mutanoniy bir jinoyatga iste'dodi bor. Shunga binoan, abadiy jazosi adolatga muxolif emas.

Ikkinchisi:

U kofirning ma'siyati; mutanohiy bir zamonda boʻlsa ham, gʻayri mutanohiy boʻlgan umum koinotning vahdoniyatga boʻlgan shahodatlariga gʻayri mutanohiy bir jinoyatdir.

Uchinchisi:

Kufr, gʻayri mutanohiy ne'matlarga kufron boʻlganidan, gʻayri mutanohiy bir jinoyatdir.

— 62 —
Toʻrtinchisi:

Kufr, gʻayri mutanohiy boʻlgan zot va sifoti Ilohiyaga jinoyatdir.

Beshinchisi:

Insonning vijdoni, zohiran mutanohiy boʻlsa ham, botinan abadga qaraydi va abadni istaydi. Bu e'tibor bilan, gʻayri mutanohiy hukmida boʻlgan u vijdon, kufr bilan ifloslanib mahv boʻlib ketadi.

Oltinchisi:

Zid ziddiga mua'nid boʻlsa ham, koʻp xususlarda mumasil boʻladi. Shunga binoan, iymon lazoizi abadiyani ismar etgani kabi, kufr ham alomi aliymani va abadiyani oxiratda intoj etishi sha'nidandir.

Bu olti jihatdan chiqqan natija va gʻayri mutanohiy boʻlgan bir jazo, gʻayri mutanohiy bir jinoyatga qarshi ayni adolatdir.

S- Kofirning u jazosining adolatga uygʻun ekanini taslim etdik. Faqat azoblarni intoj etgan sharlardan hikmati azaliyaning gʻaniyligiga nima deysan?

J- Qavoidi asosiyadanki, ora-sira sodir boʻlgan sharri qolil uchun xayri kasir tark qilinmaydi. Tark qilingan taqdirda, sharri kasir boʻladi. Shunga binoan, haqoiqi nisbiyaning subutini izhor qilish, hikmati azaliyaning iqtizosidandir. Bu kabi haqoiqning tazohuri, faqat sharning vujudi bilan boʻladi. Shardan, hadni tajovuz etmaslik uchun, tarhib va taxvif lozim. Tarhibning vijdon ustida ta'siri, tarhibni tasdiq qilish bilan boʻladi. Tarhibning tasdiqi esa, xorijiy bir azobning vujudiga mutavaqqifdir. Zero vijdon, aql va vahm kabi, xorijiy va abadiy haqiqat hukmiga oʻtgan bir azobdan qilingan tarhib bilan mutaassir boʻladi. Shunday ekan, dunyoda boʻlgani kabi, oxiratda ham otashning vujudidan qilingan tarhib, taxvif ayni hikmatdir.

S- Juda yaxshi, u abadiy jazo hikmatga muvofiqdir, qabul qildik. Ammo marhamat va shafqati Ilohiyaga nima deysan?

J- Azizim! U kofir haqida ikki ehtimol bor. U kofir, yo adamga kiradi yoki doimiy bir azob ichida mavjud qoladi. Vujudning, hatto Jahannamda boʻlsin, adamdan yanada xayrli boʻlgani vijdoniy bir hukmdir. Zero adam, sharri mahz boʻlgani kabi, butun musibat va ma'siyatlarning ham marji'idir. Vujud esa, hatto Jahannam boʻlsa ham, xayri mahzdir. Shu bilan barobar, kofirning maskani Jahannamdir va abadiy boʻlib u yerda qoladi.

Faqat kofir, oʻz amali bilan bu holatga kasbi istihqoq etgan boʻlsa ham, amalining jazosini olgandan soʻngra, otash bilan bir navi ulfat paydo qiladi va avvalgi shiddatlardan ozoda boʻladi. U kofirlarning dunyoda qilgan a'moli xayriyalariga mukofot tarzida, shu marhamati Ilohiyaga mazhar boʻlishlariga doir ishoroti hadisiya bor.

Shu bilan barobar, jinoyatning dogʻini izola yoki xijolatini taxfif va yoxud ijroyi adolatga ishtiyoq uchun jazoni husni rizo bilan qabul qilish, ruhning fitriy sha'nidir. Ha, dunyoda koʻp nomus sohiblari, jinoyatlarining hijobidan qutulish uchun, oʻzlariga jazoning tatbiqini istaganlar.. va istaganlar ham bor.

— 63 —
﴿ وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ اٰمَنَّا بِاللّٰهِ وَبِالْيَوْمِ الْاٰخِرِ وَمَا هُمْ بِمُؤْمِن۪ينَ ﴾

Bu oyatning maqobli bilan vajhi nazmi:

Qandayki bir hukmda ikki mufradning ishtiroki yoki bir maqsadda ikki jumlaning ittihodi atfni ijob ettiradi. Shuning kabi, bir hadafni, bir gʻarazni ta'qib qilgan ikki qissaning ham atflari balogʻatning iqtizosidandir. Shunga binoan, oʻn ikki oyatning xulosasini tazammun etgan munofiqlarning qissasi kofirlar haqida oʻtgan ikki oyatning maoliga atf etilgan.

Darhaqiqat, qandayki eng avval Qur'onning sanosi bilan boshlandi. Soʻngra moʻ'minlarning madhiga intiqol etildi. Soʻngra kofirlarning zammiga injiror etdi. Insonlarning qismlarini ikmol etish uchun munofiqlarning qissasi ham zikr qilindi.

S- Kofirlarning zammi haqida yolgʻiz ikki oyat bilan kifoyalangan. Oʻn ikki oyatning xulosasi bilan munofiqlar haqida qilingan itnob nimaga binoan?

J- Munofiqlar haqida itnobni, tatvilni ijob ettirgan bir nechta nukta bor:

Birinchisi:

Dushman majhul boʻlgan zamon yanada zararli boʻladi. Firib beruvchi boʻlsa, yanada xabis boʻladi. Aldatuvchi boʻlsa, fasodi yanada shiddatli boʻladi. Dohiliy boʻlsa, zarari yanada azim boʻladi. Chunki dohiliy dushman quvvatni tarqatadi, jasoratni kamaytiradi. Xorijiy dushman esa, aksincha, gʻayratni shiddatlashtiradi, salobatni orttiradi.

Nifoqning jinoyati Islom ustida juda buyukdir. Olami Islomni zilzilaga ma'ruz qoldirgan nifoqdir. Shuning uchundirki, Qur'oni Azimushshon ortigʻi bilan ularga tashni'ot va taqbihotda boʻlgan.

Ikkinchisi:

Munofiqning moʻ'minlar bilan ixtiloti sababli, asta-asta unsiyat kasb etadi, iymon bilan ulfat paydo qiladi. Kerak boʻlsa Qur'ondan, kerak boʻlsa moʻ'minlardan nifoqning yomonligi haqidagi soʻzlarni eshita-eshita isqirt holatdan nafrat etadi. Eng nihoyat, lisonidan kalima-i tavhidning qalbiga tomishiga zamin hozirlash uchun itnob qilingandir.

Uchinchisi:

Istehzo, xud'a, ikkiyuzlamalik, hiyla, kizb, riyo kabi yomon axloqlar munofiqda bor. Kofirda u darajada yoʻqdir. Bu jihatdan munofiqlar haqida itnob qilingandir.

Toʻrtinchisi:

Asosan munofiqlar, ahli kitobdan boʻlganlari uchun, shaytoniy bir zakovat sohiblari boʻlib, yanada hiylakor, dasisachi boʻladilar. Mana bu holatdagi munofiqlar haqida intob, ya'ni tatvili kalom ayni balogʻatdir.

— 64 —

Bu oyatning kalimalari orasidagi munosabatlarga kelaylik:

مِنَ النَّاسِ jar va majruri, munofiqlarni ta'bir etgan مَنْ kalimasiga kesim boʻlgan taqdirda, shunday bir savol vorid boʻladiki: Munofiqlarning nosdan boʻlganlari badihiydir. Bu hukm ma'lumni i'lam etishdan iborat qoladi?

Aljavob:

Ma'lumdirki, bir hukm badihiy boʻlgan zamon, u hukmning lozimi qasd qilinadi. Bu yerda qasd qilingan, u hukmning lozimi boʻlgan taajjubdir. Xuddi Qur'oni Azimushshon, zimnan "Munofiqlarning nosdan boʻlganlari ajib bir narsadir" deb, xalqni taajjub etishga da'vat qilgan. Zero inson mukarramdir. Mukarram boʻlgan inson nifoqqa tanazzul etmaydi.

S- Modomiki مِنَ النَّاسِ kesim, nima uchun مَنْ ustiga taqaddum etgan?

J- Modomiki u hukmdan taajjub qasd qilingan; taajjubi inshoiyning sha'ni, kalomning avvalida boʻlishdir.

Soʻngra نَاس ta'biridan bir nechta latoif chiqadi.

Birinchisi:

Qur'on; munofiqlarning shaxslarini ta'yin etmasdan umumiy bir sifat bilan ularga ishorat qilishi, Rasuli Akramning (S.A.V.) siyosatiga koʻproq munosibdir. Zero shaxslarining ta'yini bilan qabohatlari yuzlariga urilsaydi, moʻ'minlar nafsning dasisasi bilan vasvasaga tushardilar. Holbuki vasvasa xavfga, xavf riyoga, riyo nifoqqa injiror etadi.

Va shuningdek, agar Qur'on ularni ta'yin bilan taqbih etsaydi, "Rasuli Akram (S.A.V.) mutaraddiddir, atba'iga amniyati yoʻq" deyilardi.

Va shuningdek, ba'zan yomonlik ifsho etilmasa, tadrijan zoil boʻlish ehtimoli bor. Faqat tashhir etilgan taqdirda, sohibining hiddatini tahrik etadi. Yanada koʻpini qilishiga bois boʻladi.

Va shuningdek, نَاس kabi umumiy bir sifatning nifoqqa zid boʻlishi, xususiy sifatlarning yanada ziyoda zid boʻlishiga dalolat qiladi. Zero, inson mukarramdir. Bu kabi razolatning shonida emasdir.

Soʻngra اٰمَنَّا va shuningdek نَاس ta'biri: Nifoqning bir toifa yoki bir tabaqaga maxsus boʻlmasdan, inson navida boʻladi, qaysi toifa boʻlsa boʻlsin.

Va shuningdek, نَاس ning ta'biri, nifoq butun insonlarning haysiyat va sharaflarini ixlol etgan bir razolat boʻlganidan, anzori ommani nifoqqa qarshi oʻgirtirish bilan izola va adami intishoriga harakat qilishlari kerakligiga ishoratdir.

S- يَقُولُ bilan اٰمَنَّا ning marji'lari bir ekan, birisining mufrad, boshqasining jam' siygʻasi bilan zikrlarida qanday hikmat bor?

J- Zarif bir latofatga ishoratGdirki, iymonning mavsufi jam' boʻlsa ham, talaffuz qilgani mufraddir.

يَقُولُ اٰمَنَّا jumlasi, ularning iymon da'volarini hikoyadir. Bu jumlada da'volarining raddiga ikki jihat bilan ishorat qilingani kabi, da'volarining taqviyasiga ham ikki vajh bilan imo qilingandir. Shundayki: يَقُولُ kalimasi, modda jihati bilan ularning iymon da'vosining ayni e'tiqod boʻlmasdan, faqat soʻzdan iborat bir qovl boʻlganiga ishoratdir. Shuning kabi, muzoriy siygʻasi bilan ularning davomli boʻlib qilgan mudofaalariga yoʻnaltirgan, vijdoniy bir sabab emas, faqat xalqqa qarshi bir riyokorlik boʻlganiga ishoratdir.

— 65 —

Da'volarining taqviyasiga qilingan ishoratlar esa:

اٰمَنَّا fe'li moziyning hay'atidan "Biz ahli kitob jamoatlari, eskidan beri moʻ'minmiz. Hozir iymondan orqada qolishimizga imkon yoʻq" kabi taqviya etuvchi bir dalil tarashshuh etgani kabi, jam'ga roji' boʻlgan نَا olmoshidan ham "Bizlar bir fard kabi emasmiz, faqat muhtasham bir jamoatmiz. Yolgʻonga tanazzul etmaymiz" kabi ikkinchi bir taqviya yana chiqyapti.

﴿ بِاللّٰهِ وَبِالْيَوْمِ الْاٰخِرِ ﴾

Qur'oni Karim hikoya qilgan narsalarni yo ayni bilan oladi yoki maolining axzi bilan va yoxud iborasining talxisi bilan bir tasarruf qiladi.

Birinchi ehtimolga koʻra, ularning arkoni iymoniyadan yolgʻiz bu ikki ruknni ixtiyor qilishlari; ruknlarning eng muhimlarini izhor qilish bilan sadoqatlarini koʻrsatishga ishoratdir. Va ayni zamonda, ulardan eng ziyoda qabulga shoyon, gumonlari boʻyicha bu ikki rukndir.

Ikkinchi ehtimolga nazaran, Janobi Haqning iymonning ruknlari ichida qutb sanalgan bu ikki ruknni taxsis etishi, ularning quvvat bilan iddi'o qilgan iymonlari, dinga iymon boʻlmaganiga ishoratdir. Chunki bu ikki ruknning ham muqtazosiga amal va e'tiqod qilishmagan. ب ning takrori, har ikki ruknga boʻlgan iymonning bir jihatdan boʻlmaganiga ishoratdir. Chunki, Allohga iymon, Allohning vujud va vahdatiga iymondir. Yavmi oxiratga iymon esa, u kunning haq boʻlganiga va muhaqqaq kelishiga iymondir.

﴿ وَمَا هُمْ بِمُؤْمِن۪ينَ ﴾

S- اٰمَنَّا ga mushabih boʻlgan وَمَا اٰمَنُوا ga tarjihan وَمَا هُمْ بِمُؤْمِن۪ينَ jumla-i ismiya bilan aytilishida qanday hikmat bor?

J- Birinchisi:

Har ikki اٰمَنَّا orasida koʻrilgan zohiriy tanoquzdan ijtinob etish uchundir.

Ikkinchisi:

اٰمَنَّا ixbor emas, inshodir. Insho nafiy bilan takzib qilinolmaganidan وَمَا اٰمَنُوا deyilmagan.

— 66 —
Uchinchisi:

اٰمَنَّا jumlasidan zimnan istifoda etilgan نَحْنُ مُؤْمِنُونَ jumlasiga nafiy va takzibni irjo' uchun وَمَا هُمْ بِمُؤْمِن۪ينَ deyilgan.

Toʻrtinchisi:

Ularning adami iymonlarining davomiga dalolat qilish uchun jumla-i ismiya ixtiyor qilingan.

S- Nafiyni ifoda qilgan مَا jumlaning avvalida boʻlgani holda, jumladan istifoda qilingan davomni nafiy qilishga dalolat qilmaganining hikmati nima?

J- Nafiy, kasif bir harfning madlulidir. Davom esa, jumla-i ismiyaning hay'ati xafifasidan istifoda qilingan bir ma'nodir. Shunga binoan, kasif kasifga, ya'ni nafiy iymonga yanada qoribdir.

S- وَمَا هُمْ بِمُؤْمِن۪ينَ dagi kesim ustiga harfi jar boʻlgan ب ning duxuli nimaga ishorat qiladi?

J- Ularning zohiran iymonlari boʻlsa ham, haqiqatda iymonga ahil va loyiq insonlar boʻlib moʻ'miniyn sinfidan sanalmaganlariga dalolat uchun مَا ning kesimi ustiga ب dohil boʻlgan.

﴿ يُخَادِعُونَ اللّٰهَ وَالَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَمَايَخْدَعُونَ اِلَّٓا اَنْفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ ٭ ف۪ى قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ فَزَادَ هُمُ اللّٰهُ مَرَضًا وَلَهُمْ عَذَابٌ اَل۪يمٌ بِمَا كَانُوا يَكْذِبُونَ ﴾

Bu oyat butun jumlalari bilan nifoqqa hujum qilib, munofiqlarni tavbix, taqbih, tahdid, ta'yib etish bilan, avvalroq اٰمَنَّا degan qovllarini nima maqsadda va nima illatga binoan aytganlarini va nifoqning eng birinchi jinoyati boʻlgan xud'a va hiylalarini bayon qilyapti.

Avvalo, nifoqning birinchi jinoyati boʻlgan xud'aga oid يُخَادِعُونَ dan يَكْذِبُونَ ga qadar yetti jumlaga tarattub etgan mutasalsil natijalarni nazarga olish lozim.

Birinchisi:

Allohni aldash kabi mahol bir narsaning talabida boʻlganlari uchun tahmiq etilishgan.

— 67 —
Ikkinchisi:

Manfaat niyati bilan oʻzlariga zarar yetkazganlari uchun tasfih etilishgan.

Uchinchisi:

Manfaatni mazarrotdan tafriq qilolmaganlari uchun tajhil etilishgan.

Toʻrtinchisi:

Tiynatlari iflos, sihatlarining ma'dani xasta, hayot manbalari oʻlgan va boshqalar kabi razolatlari bilan tarzil etilishgan.

Beshinchisi:

Shifoning talabi bilan marazlarini ziyoda qilganlari uchun tazlil etilishgan.

Oltinchisi:

Alamdan boshqa bir narsani intoj etmagan kuchli bir azob bilan tahdid etilishgan.

Yettinchisi:

Insonlar tomonidan alomatlarning eng iflosi boʻlgan kizb bilan tashhir etilishgan.

Soʻngra bu yetti jumlaning orqasidagi intizom, irtibotning shunday bir tasvir bilan tinglanishi lozim:

Bir shaxs bir shaxsni nasihat bilan yomon bir narsadan man qilish uchun shunday tavjihi kalom qiladi:

"Ey kishi! Aqling boʻlsa, shu qilishni istagan narsang maholdir. Ham nafsingga zarardir. Yaxshi-yomonni tafriq etadigan bir hissing yoʻqmi? Anglashilgani, haqiqatni xurofot, totlini achchiq koʻrsatadigan xulqingda bir xastalik bor. Shubhasiz, u xastalikdan qutulib shifoyob boʻlishni istaysan. Faqat sening bu holing u xastalikni izola emas, tazyid etadi. Agar bu holing bilan bir lazzat, bir zavq istasang, eng shiddatli bir alamni intoj etgan bir azob qoʻlingga oʻtadi. Eng oxiri agar sarxushligingdan ayrilib, yomon holingdan voz kechmagan taqdiringda, fasoding boshqalarga oʻtmasligi uchun, xartuming ustiga bir tamgʻaning urilishi bilan seni tashhir va e'lon qilish lozim."

Shunday qilib, Janobi Haq munofiqlarni nifoqdan zajr va man uchun yomon hollarini shunday tarzda naql qilish bilan yuzlariga uryapti:

— 68 —

يُخَادِعُونَ اللّٰهَ : Ya'ni, hiyla bilan Allohni aldashni istaydilar. Zero Rasuli Akram (S.A.V.) Allohning elchisidir. Unga qilingan hiyla Allohga roji'dir. Allohga qilingan hiyla esa maholdir. Maholni talab qilish hamaqotdir. Bunday hayvonlardek hamaqot, taajjubi mujibdir.

وَمَا يَخْدَعُونَ اِلَّا اَنْفُسَهُمْ : Ya'ni, ular faqatgina nafslariga hiyla qiladilar; zero fe'llarida naf emas, zarar bordir. Bu zarar ham nafslariga roji'dir. Nafslariga zarar bergan, faqatgina sufaho qismidir.

وَمَا يَشْعُرُونَ : Ya'ni, naf va zararni tafriq etadigan bir hisga molik emaslar. Bu esa jaholatning eng adno va eng past bir darakasiga tushishlariga ishoratdir.

ف۪ى قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ : Ya'ni, nifoq va hasaddan qalblarida, ruhlarida shunday bir maraz borki, haqni botil, haqiqatni xurofot talaqqiy etishga sababdir. Zotan fosid bir qalbdan, buzuq bir ruhdan bunday razolatning chiqishi tabiiydir.

فَزَادَهُمُ اللّٰهُ مَرَضًا : Ya'ni, agar ular qilgan yomonliklari bilan gʻayz va hasadlarini izola uchun bir davo, bir dori talabida boʻlsalar, u oʻylagan dorilari qalblarini, ruhlarini buzgan bir zahardir. Zahar bilan oʻzini davolashga uringan, albatta zalildir. Ha, singan va yarali bir qoʻl bilan intiqomini olishni istagan, yarasining ortishiga xizmat qilgan bir miskindir.

— 69 —

وَلَهُمْ عَذَابٌ اَل۪يمٌ : Ya'ni, agar ular bir zavq, bir lazzat talabida boʻlsalar, shu nifoqlarida juda koʻp ma'asiy boʻlgani kabi, muvaqqat bir lazzat ham yoʻqdir. Atigi dunyoda shiddatli bir alamni, oxiratda esa eng shiddatli bir azobni intoj etadigan bir zalolatdir.

بِمَا كَانُوا يَكْذِبُونَ : Ya'ni, qilgan kizblaridan pushaymon boʻlib, nadomat qilmagan taqdirlarida, baynannos yolgʻonchilik bilan tashhir va bir alomat bilan tavsimlari lozimki, boshqalar ularga e'timod etib, marazlariga ma'ruz qolmasinlar.

Mazkur jumlalarning ajzolari orasida boʻlgan irtibot va intizomning bayoniga kelaylik:

Munofiqlar qilgan hiyladan ta'qib qilingan gʻoyaning mahol boʻlganiga va u maholiyatni koʻz oʻngiga keltirib xunuk bir shaklda koʻrsatilishiga tasrih etilish maqsadida

﴿ يُخَادِعُونَ اللّٰهَ وَالَّذِينَ اٰمَنُوا ﴾

jumlasida munofiqlarning amalidan (mushorakat bobidan) muzoriy siygʻasi bilan xud'a unvoni bilan ta'bir etilgandir.

Va shuningdek, maqomning iqtizosi xilofiga اَلنَّبِىُّ ga badal اَللّٰه va اَلْمُؤْمِن۪ينَ ga badal وَالَّذ۪ينَ اٰمَنُوا zikr qilingandir.

Chunki يُخَادِعُونَ ning moddasidan nafrat chiqadi. Siygʻasidan davom va istimror chiqadi. Bobidan mushorakat chiqadi. Mushorakat esa mushokalatni, ya'ni muqobala-i bilmislni ijob etadi. Mushokalat esa ularning sayyialariga qarshi sayyia bilan muqobala etilishini istilzom etadi. Demak, ular davom bilan qilgan shu yomon fe'llari, nafslarni titratgan bir nafratni intoj etgani kabi, ta'qib qilgan gʻarazlarining ham natijasiz qolganiga dalolat qiladi.

اَللّٰهُ kalimasining tasrihidan ham gʻarazlarining mahol ekaniga dalolat bordir. Chunki Rasuli Akramga (S.A.V.) qilingan xud'a Allohga roji'dir. Ma'lumki, Alloh bilan urushishni istagan qulaydi.

— 70 —

وَالَّذ۪ينَ اٰمَنُوا : اَلَّذ۪ينَ ning ibhomini izola etish uchun bogʻlovchi sifatida iymon sifatining ixtiyor qilinishi, ularning iymon jihati bilan oʻzlarini sevdirib moʻ'minlardan hisoblanishni ishtashlariga ishoratdir. Va shuningdek, nuri iymon bilan aqllari munavvar boʻlgan moʻ'minlarning diroyatidan hiylaning yashirin qolmasligiga bir imodir.

وَمَا يَخْدَعُونَ اِلَّا اَنْفُسَهُمْ : Bu jumladagi hasr, kamoli safohatlariga ishoratdir. Zero moʻ'minlarga zarar berdirish uchun qilgan muomalalari ma'kusa boʻlib, boltani nafslariga urish bilan, xuddi u xud'ani bizzot nafslariga qilish bilan safohatlarini e'lon qilishgan.

يَخْدَعُونَ ning يَضُرُّونَ ga tarjihi, yana safohatlariga ishoratdir. Chunki asxobi uqul orasida qasddan nafsiga zarar bergan bordir. Faqat a'mdan oʻzi bilan xud'a etgan yoʻqdir, magar inson suratidagi eshak boʻlsa...

اَنْفُسَهُمْ Bu unvon ularning juda aziz, sevgili boʻlgan nafslarini mamnun qilish maqsadida bir hazzi nafsoniy qozonish niyati bilan qilgan nifoqlari aksul amal turidan bir zaqqum ismar etganiga ishoratdir.

S- Bu jumladagi hasrdan tushuniladiki, ulaning xud'a va nifoqlari Islomiyatga va olami Islomga zarar bermagan. Holbuki olami Islomning unsurlarida oʻldiruvchi zahar kabi intishor etgan nifoq shoʻ'balaridan koʻrgan zararlarni hech bir narsadan koʻrmagan.

J- Olami Islomda koʻringan zarar faqat ularning buzilgan tabiatlaridan, tafassuh etgan fitratlaridan, taaffun etgan vijdonlaridan nash'at va intishor etgan. Boʻlmasa ularning orzu va ixtiyorlari bilan qilgan xud'a va hiylalarining natijasi emas. Chunki ularning hiylalari Janobi Haqqa, Paygʻambarga (S.A.V.), jamoati muslimiynga qilingan bir muomaladir. Ma'lumdirki, Alloh u muomaladan xabardordir. Paygʻambar (S.A.V.) ham vahiy bilan voqifdir. Jamoati muslimiyn tomonidan ham iymoniy bir shiddati zako soyasida u kabi hiylalar tasattur etib yashirin qololmaydi. Demak, ular urgan boltalari qaytib oʻz boshlarini parchalagan. Chunki aldangan jamoati muslimiyn emasdir. Faqat aldaganning oʻzi aldangandir.

وَمَا يَشْعُرُونَ : Ya'ni, qilgan hiylalarining nafslariga roji' boʻlganini his qilmaydilar. Bu fazlaka ularning jaholatini e'lon qiladi. Chunki uqalodan emaslar. Chunki ularning bu ishi uqalo ishi emasdir. Va shuningdek, hayvon sinfiga ham oʻxshamaydilar. Chunki hayvonlar zararli boʻlgan narsalarni his qilganlaridan chekinadilar. Demak, bular hissi hayvoniydan ham hamrumdirlar. Unday boʻlsa, ixtiyor va shuuri boʻlmagan jamodot naviga dohildirlar.

ف۪ى قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ : Bu jumlaning maqobli bilan vajhi irtiboti: Qachonki ular shuur hissini istihdom etib muhokama-i aqliya bilan amal qilmadilar. Anglashildiki, ruhlarida bir maraz bordir. Va loaqal uning zararli bir maraz boʻlganini bilishlari lozimdirki, u marazdan sodir boʻlgan hukmlarga e'timod etmasinlar. Chunki u maraz haqiqatlarni tagʻyir etish bilan achchiqni totli, xunukni goʻzal koʻrsatish shonidandir.

— 71 —

Zarfiyatni ifoda qilgan ف۪ى kalimasidan tushuniladiki, ularning marazlari qalbning sathida emas. Faqat qalbning malakutida, ya'ni mohiyatida kain bir marazdir.

قَلْب unvonidan tushuniladiki, qalbning sathida boʻlgan bir xastalik butun a'moli badaniyani toʻxtatgani kabi, qalbning mohiyati ham nifoq bilan xastalangan zamon, af'oli ruhiya tamoman istiqomat ustida lozim boʻlgan harakdan tushadilar. Chunki hayotning oʻqi va uskunasi faqat qalbdir.

ف۪ى قُلُوبِهِمْ ning مَرَضٌ kalimasi ustida taqdimi ikki jihat bilan hasrni ifoda qiladi.

Biri: Maraz boshqa a'zolarda emas, faqat qalblarga munxasirdir. Boshqasi: U qalblar ham faqat munofiqlarning qalbi boʻlib, boshqalarning qalblari emasdir.

U ikki hasrdan ta'riz surati bilan anglashiladiki, nuri iymon insonning butun af'ol va osoriga sihat va istiqomatni berish, shonidandir.

Va yana tushuniladiki, fasod qalbdadir. Ma'lumki, bir narsaning asosi, qalbi buzuq boʻlsa, tafarruotini ta'mir qilish bir foyda bermaydi.

Va yana tushuniladiki, fitratdan haqiqat chiqadi. Va fitrat haqiqatlarga marji' bir masdardir. Fasod va xarob esa ariziy bir marazdir. Chunki ashyoda asl sihatdir. Maraz esa ariziydir. Shunga binoan, "Nifoq va fasodimiz fitriydir. Ixtiyoriy boʻlmaganidan, mujibi jazo emasdir" deya i'tizorda boʻlolmaydilar.

Tankirni, majhuliyatni ifoda qilgan tanvin esa, marazning juda yashirin boʻlganidan na koʻrinishi va na tadoviysi mumkin boʻlmaganiga ishoratdir.

Beshinchi jumlani tashkil qilgan

﴿ فَزَادَهُمُ اللّٰهُ مَرَضًا ﴾

ning maqobli bilan vajhi irtiboti bilan ajzosi orasidagi jihati intizom:

Ha, qachonki munofiqlar qilgan amallaridan bir maraz boʻlgani qanoati bilan ijtinob etmadilar. Aksincha u amallarini istehson etib koʻproq talabida boʻldilar. Janobi Haq ham talablariga koʻra orttirdi.

— 72 —

S- فَزَادَ dagi ف maqoblining mab'adiga sabab boʻlganini ifoda qiladi. Holbuki bu yerdagi marazning vujudi, marazning ziyodasiga sabab emas?

J- Qachonki, ular marazlarini tashxis qilib tadoviysi talabida boʻlmadilar. Xuddi beparvolik yuzidan ziyodasini talab qilganlar. Janobi Haq ham moʻ'minlarning zafari bilan ularning umidlarini ya'sga oʻgirgan. Va Musulmonlarning gʻalabasi bilan ularning xusumatlarini hasad va kinga aylantirgan. Soʻngra esa ma'ruz qolganlari u ya's; kindan vujudga kelgan qoʻrquv, zaifiyat, zillat marazlarini qalblariga istilo ettirish bilan marazlarini ziyodalashtirdi.

S- Qur'oni Karimning bu jumlada maraz kalimasini maf'ul emas, tamyiz shaklida ishlatishi nimaga ishoratdir?

J- Munofiqlarning botiniy va qalbiy boʻlgan marazlari, xuddi zohirga chiqqan va butun amallariga va fe'llariga siroyat etish bilan vujudlari tamomi bilan maraz holiga kelganini ifoda qilish uchun مرض kalimasi tamyiz sifatida ishlatilgan. Ha, مرض kalimasi maf'ul boʻlgan taqdirda, bu ma'noni ifoda qilolmaydi. Chunki u vaqt ziyoda yolgʻiz marazga taalluq etadi.

Oltinchi jumlani tashkil qilgan وَلَهُمْ عَذَابٌ اَل۪يمٌ ning vajhi irtiboti:

Darhaqiqat, manfaatni ifoda qilgan ل dan anglashiladiki, munofiqlarning manfaati yo dunyoda aliym bir azobdir va yoxud oxiratda shiddatli bir alamdir. Bular esa manfaat emas. Shunday ekan, manfaatlari maholdir.

— 73 —

S- اَل۪يمٌ "mutaallim" ma'nosidadir. Mutaallim esa shaxsning sifatidir. Shunga binoan, azobning aliym bilan vasflantirilishida qanday hikmat bor?

J- Azob ularning vujudlarini shunday qoplaydi va jasadlarini shunday ihota etadi va botinlariga shunday nufuz etadiki, xuddi vujudlari bir azob quymasi holiga keladi. Azobdan ma'ada bir narsa koʻrinmaydi. Hatto u azob quymasidan joʻsh urgan nolonlar, faryodlar, taallumlar, xuddi nafsi azobdan nash'at etadilar. Ya'ni, chaqirgan, baqirgan, mutaallim boʻlgan ayni azob ekani hisoblanadi.

Yettinchi jumlani tashkil qilgan

﴿ بِمَا كَانُوا يَكْذِبُونَ ﴾

ning vajhi irtiboti:

Munofiqlarning azoblarining mazkur jinoyatlari orasida yolgʻiz kizb bilan vasflantirilishi, kizbning shiddati qubh va iflosligiga ishoratdir. Bu ishorat ham, kizbning naqadar ta'sirli bir zahar boʻlganiga bir shohidi sodiqdir.

Zero kizb, kufrning asosidir.

Kizb, nifoqning birinchi alomatidir.

Kizb, qudrati Ilohiyaga bir boʻhtondir.

Kizb, hikmati Rabboniyaga ziddir.

Axloqi oliyani taxrib etgan, kizbdir.

Olami Islomni zaharlantirgan, faqat kizbdir.

Olami basharning ahvolini fasodga solgan, kizbdir.

Navi basharni kamolotdan orqada qoldirgan, kizbdir.

Musaylima-i Kazzob bilan amsolini olamda razil va rusvay etgan, kizbdir.

Shu sabablar tufayli, butun jinoyatlar ichida tal'inga, tahdidga taxsis etilgan, kizbdir. Bu oyat insonlarni, xususan musulmonlarni diqqatga da'vat qiladi.

S: Bir foydaga binoan kizbning joiz boʻlgani aytilmoqda. Shundaymi?

J: Ha, qat'iy va zaruriy bir foyda uchun masagʻiri shar'iy bor. Faqat haqiqatga qaralsa, foyda degan narsalari, botil bir uzrdir. Zero usuli shariatda taqarrur etgan vajh bilan, mazbut va miqdori muayyan boʻlmagan bir narsa hukmlarga illat va mador boʻlolmaydi. Chunki miqdori bir had ostiga olinmaganidan suiste'molga uchraydi. Shu bilan barobar, bir narsaning zarari manfaatiga gʻalaba qilsa, u narsa manhus va gʻayri moʻ'tabar boʻladi. Foyda, u narsani tark qilish bilan boʻladi.

— 74 —

Ha, olamda koʻringan bu qadar inqiloblar, chalkashliklar, zararning uzr deb oʻylangan foydaga gʻalaba qilishiga bir shohiddir.

Faqat kinoya yoki ta'riz surati bilan, ya'ni gʻayri sarih bir kalima bilan aytilgan yolgʻon, kizbdan sanalmaydi.

Xulosa, yoʻl ikkidir:

Yo sukutdir. Chunki aytilgan har soʻzing togʻri boʻlishi lozim.

Yoki sidqdir. Chunki Islomiyatning asosi, sidqdir.

Iymonning xossasi, sidqdir.

Butun kamolotga isol etuvchi, sidqdir.

Axloqi oliyaning hayoti, sidqdir.

Taraqqiyotning oʻqi, sidqdir.

Olami Islomning nizomi, sidqdir.

Navi basharni ka'ba-i kamolotga isol etgan, sidqdir.

Asxobi Kiromni butun insonlarga tafavvuq ettirgan, sidqdir.

Muhammadi Hoshimiy alayhissalotu vassalamni marotibi bashariyaning eng yuksagiga chiqargan, sidqdir.

— 75 —
﴿ وَاِذَا ق۪يلَ لَهُمْ لَاتُفْسِدُوا فِى الْاَرْضِ قَالُٓوا اِنَّمَا نَحْنُ مُصْلِحُونَ ٭ اَلَٓا اِنَّهُمْ هُمُ الْمُفْسِدُونَ وَلٰكِنْ لَايَشْعُرُونَ ﴾

Bu oyatning avvalgi oyat bilan vajhi irtiboti: Qachonki, munofiqlarning nifoqidan nash'at etgan jinoyatlarning birinchisini tashkil qilgan nafslariga zulm qilish bilan huququllohga tajovuzlari boʻlgan jinoyat zikr qilingandan soʻng mazkur jinoyatlarning ikkinchisini tashkil qilgan huquqi ibodga tavojuz bilan oralariga fasodni ilqo etish boʻlgan jinoyat ham mavqe-i munosibida zikr qilingandir.

Soʻngra وَاِذَا ق۪يلَ jumlasi munofiqlarning qissasiga va hikoyasiga dohil boʻlish jihati bilan وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ dagi يَقُولُ ga bogʻliqdir, ma'no va maol jihatidan يُخَادِعُونَ ga nazirdir. Haddi zotida ham يَكْذِبُونَ ga marbutdir. Uslubning tagʻyiri esa, ya'ni qoziya-i hamliya oʻrniga qoziya-i shartiya irodi يَكْذِبُونَ bilan وَاِذَا ق۪يلَ orasida bir nechta jumlaning muqaddar boʻlganiga bir alomatdir. Taqdiri kalom shunday boʻlsa kerakdir:

"Yolgʻon aytganlari zamon fitnani iqo' etadilar. Fitnani iqo' etganlari zamon ifsod etadilar. Nasihat qilinganlari vaqt, qabul qilmaydilar. Fasod qilmanglar deyilgan zamon, "Biz faqat islohga harakat qilyapmiz", deydilar."

Bu oyat ichiga olgan mazkur va gʻayri mazkur jumlalar orasidagi vajhi irtibot bir misol bilan izoh qilinadi. Shundayki:

Bir inson tahlikali bir yoʻlga suluk etgan zamon, eng avval "Sening bu yoʻling seni falokatga etadi, bu yoʻldan voz kech" deya nasihat qilinadi. U inson voz kechmagan taqdirda, shiddat bilan zajr va nahiy etiladi. Va ayni zamonda "Umum xalqning nafrat va qahriga uchraysan" deya tahdid qilingani kabi, "abno-i jinsingga zulm qilgan boʻlasan" deya shafqati jinsiyaga ham da'vat qilinadi.

Agar u inson, sarxushlar kabi qaysar va aqlsiz boʻlsa, oʻziga qilingan nasihat va zajr va nahiylarni mudofaa bilan muqobala etadi va "Mening maslagim haqdir; na sening haqqi e'tirozing bor va na mening sening nasihatlaringga ehtiyojim bor" deya sarkashlikni boshlaydi.

— 76 —

Agar u inson ikkiyuzlamachi boʻlsa, tabiiyki bir jihatdan nasihat qilganlarni aldaydi va ilzomga harakat qiladi. Boshqa jihatdan ham "Men isloh qiluvchi bir insonman" deya maslagini haq koʻrsatishni davom etadi. Va ayni zamonda "Isloh mening haqiqiy bir sifatim boʻlib, keyinchalik hosil boʻlgan bir sifat emas" deya da'vosini ta'kid va tayid etadi.

Bundan keyin agar u inson maslagida qat'iyat bilan nasihatlarni qabul qilmasa, tushuniladiki, uning islohiga hech bir chora va bir davo yoʻq. Yolgʻiz uning fasodi xalqqa siroyat etmasligi uchun, maslagining muzir va yomon ekanini e'lon qilish lozimki, hamma undan tahaffuz etsin. Zero aqlini ishlatmaydi, shuurini istihdom etmaydiki, bunday zohir boʻlgan bir narsani his qila olsin.

Bu misoldagi jumlalarning orasidagi munosabatlarga diqqat qilinsa, mazkur oyatning jumlalari orasida boʻlgan munosabat halqalari goʻzal ravishda koʻrinadi. Ha, oralarida shunday fitriy bir nizom borki, ijoz va ixtisoridan i'jozning yuksak ovozlari eshitiladi.

Mazkur oyatning har bir jumlasining hay'atidagi vajhi intizom:

Ha, qat'iyatni ifoda qilgan وَاِذَا ق۪يلَ لَهُمْ dagi اِذَا yomon va nojoʻya narsalarni man va nahiy etish lozim va vojib boʻlganiga ishoratdir.

Foilning tarki bilan, siygʻa-i majhul bilan zikr qilingan ق۪يلَ yomon bir narsani nahiy etish, farzi kifoya ekaniga ishoratdir.

Manfaat va lutfni ifoda qilgan لَهُمْ dagi ل qilinadigan nahiylarning tahqir va tahakkum surati bilan emas, faqat nasihat tarzi bilan lozim boʻlganiga ishoratdir.

لَا تُفْسِدُوا shunday bir qiyosi istisnoiyga ishoratki: "Bunday qilmanglar, aks holda chalkashliklar sodir boʻladi. Insonlar orasida itoat robitasi uziladi. Adolat ixtilolga inqilob etadi. Ittifoq va ittihodning iplari uziladi. Fasod vujudga kelishni boshlaydi. Shunday ekan, bunday qilmangki, fasod boʻlmasin."

فِى الْاَرْضِ nahiyni ta'kid, zajrni idoma ettiradi. Chunki nasihat muvaqqat boʻlgani uchun inzijorning davomi lozimdir. Bu ham vijdonning hayajonga keltirilishi bilan boʻladi. Bu ham yo shafqati jinsiyaning uygʻotilishi bilan yoki nafrati umumiyaga ma'ruz qolish qoʻrquvi bilan boʻladi. Ha فِى الْاَرْضِ kalimasi har ikki jihatni ham ta'min qiladi. Zero "arz" kalimasi lisoni holi bilan, "Sizning bu fasodingiz navi basharga siroyat etadi. Navi basharning, xususan faqir fuqaro, ma'sumlarning sizlarga yomonligi nimaki, ularga qarshi bunday yomonlik qilyapsiz? Shafqati jinsiyangiz yoʻqmi, nima uchun marhamat etmaysiz? Ha, taslim qildikki, sizning shafqati jinsiyangiz yoʻq. Hech boʻlmasa nafrati umumiyadan qoʻrqinglar", deya ularga tanbeh beradi.

S- Ularning maqsadlari umum insonlar emasdir. Nima uchun ularning fasodi butun insonlarga siroyat etsin?

J- Ha, qora bir koʻzoynakni taqqan odam hamma narsani qora va xunuk koʻradi. Shuning kabi, basirat koʻzi ham nifoq bilan pardalansa va qalb kufr bilan toʻsilsa, butun ashyo xunuk va yomon koʻrinadi. Va butun insonlarga, balki koinotga qarshi bir bugʻz, bir adovatga sabab boʻladi. Hamda kichik bir charxning sinishi bilan katta bir uskuna mutaassir boʻlgani kabi, bir shaxsning nifoqi bilan hay'ati bashariyaning intizomi mutaassir boʻladi. Zero adolat, intizom, Islomiyat itoat bilan boʻladi. Afsuski, ular sochgan zaharlar tabaqadan tabaqaga intiqol eta-eta bu zillat, safolatni ismar etgan.

— 77 —

قَالُوا اِنَّمَا نَحْنُ مُصْلِحُونَ : Ya'ni, "Xalqni ifsod etmangiz", deyilgan zamon, "Bizlar faqat isloh qiluvchi insonlarmiz", iddi'osida boʻldilar."

اِنَّمَا da ikki xususiyat bor:

Birinchisi: Dohil boʻlgan hukmning haqiqatdan yoki iddi'oan ma'lum boʻlishi lozim. Bu xususiyatdan, nasihat qilganlarni tazyif etishga va jaholatlariga boʻlgan sabotlarini izhor etishga bir ramz bordir. Ya'ni, "Bizning isloh qiluvchi ekanimiz ma'lumdir, shunga binoan maslagimizda sabot qilamiz, nasihatlarga quloq solmaymiz."

Ikkinchi xususiyat, hasrdir. Bu hasrdan ham ularning salohlariga hech bir fasodning qoʻshilmagan boʻlganiga bir ramz bordir. Va bu ramzdan moʻ'minlarga bir ta'riz borki, ularning salohlariga fasod qoʻshilmoqda.

Sabot va davomni ifoda qilgan ismi foil siygʻasi bilan مُصْلِحُونَ ning نُصْلِحُ ga tarjih etib zikr qilinishi, salohlarining sobit va doimiy bir sifat boʻlganidan hozirgi hollari ham ayni saloh ekaniga ishoratdir. Soʻngra ular bu kalomlarida ham munofiqlik qiladilar. Zero, botinan fasodlarini saloh sanaganlari kabi, zohiran "Bu amalimiz moʻ'minlarning saloh va manfaatlari uchun" deya muroilik qiladilar.

اَلَا اِنَّهُمْ هُمُ الْمُفْسِدُونَ وَلٰكِنْ لَا يَشْعُرُونَ : Bu oyatning maqobli bilan vajhi irtiboti:

Ha, avvalgi oyatda munofiqlardan hikoya qilingan ba'zi ma'nolar va iddi'olar bor. Masalan, Maslaklarini tarvij va tashviq etishgan. Salohni oʻzlariga isbot va salohning doimiy bir sifatlari boʻlganini iddi'o etishgan. Va amallarining salohga munxasir boʻlgani va salohlariga hech bir fasodning qoʻshilmagani va bu hukmning ma'lum hukmlardan boʻlgani iddi'osida boʻlganlar. Va moʻ'minlarga ta'rizda boʻlib, nasihat qilganlarni tajhil etishgan.

Qur'oni Karim ham munofiqlarning shu mazkur iddi'olarini jarh va akslarini isbot qilish maqsadida shu jumlada ba'zi hukmlar sard etgan. Azjumla:

Fasod munofiqlarga isnod va isbot etilgan. Va ularning, mufsidlarning haqiqati bilan ittihod qilganlariga ishorat qilingan. Va fasodning munofiqlarga munxasir boʻlganiga va bu hukmning sobit bir haqiqat boʻlganiga ishoratlar qilingan. Va ularning muzir boʻlganlariga xalq iqoz etilgan. Va hislari nafiy etilish bilan tajhil etilishgan.

Ha, yomon bir narsaga tushmaslik uchun ishlatilayotgan iqoz asbobi deyilgan اَلَا bilan ularning da'volari xalqning nazarida tazyif va bekor qilingan. Tahqiqni ifoda etgan اِنَّ bilan da'volarida iddi'o etgan haqqoniyat va ma'lumiyatlari rad qilingan. Hasrni ifoda qilgan هُمْ ularning اِنَّمَا va نَحْنُ bilan moʻ'minlarga qarshi qilgan ta'rizlarni jarh etuvchi bir muqobaladir.

Jins va haqiqatni ifoda qilgan اَلْمُفْسِدُونَ dagi harfi ta'rifdan anglashiladiki, ular mufsidlarning haqiqati bilan ittihod etishgan.

Shuurdan mahrum boʻlganlarini ifoda qilgan وَلٰكِنْ لَا يَشْعُرُونَ jumlasi, ularning gumonlari boʻyicha da'volarining ma'lumligi sababli nasihatga ehtiyojlari boʻlmaganiga va nasihat qilganlarni tazyif etganlariga qarshi bir mudofaadir.

— 78 —
﴿ وَاِذَا ق۪يلَ لَهُمْ اٰمَنُوا كَمَٓا اٰمِنَ النَّاسُ قَالُٓوا اَنُؤْمِنُ كَمَٓا اٰمَنَ السُّفَهَٓاءُ اَلَٓا اِنَّهُمْ هُمُ السُّفَهَٓاءُ وَلٰكِنْ لَا يَعْلَمُونَ ﴾

Ya'ni, "Xalqning iymonga kelganlari kabi, siz ham iymonga keling", deya iymonga da'vat qilinganlari zamon, "Sufaho jamoasining iymonga kelgani kabi biz ham iymonga kelamizmi?", deya javob berishdi. Faqat sufaho jamoasi faqat va faqat ulardir. Lekin bilmaydilar.

Bu oyatni maqobli bilan rabt va nazm etgan jihatlar:

Ha, bu ikki oyat munofiqlarning jinoyatlarini hikoya qilganlari kabi, ularga nasihat va irshod vazifasini ham bajaryapti. Shunga binoan, bu ikki oyatning orasidagi atf, yo moʻ'minlarga isnod etganlari safohat jinoyati, arzda qilganlari ifsod jinoyatiga atfdir yoki amri bilma'rufni tazammun etgan ikkinchi oyat, nahyi anilmunkarni ifoda qilgan birinchi oyatga atfdir. Demak, bu ikki oyat orasidagi jihat-ul vahdat yo jinoyatdir yoki irshoddir.

Bu oyatdagi jumlalarning orasidagi jihati irtibot:

Ha, qachonki

﴿ وَاِذَا ق۪يلَ لَهُمْ اٰمِنُوا كَمَٓا اٰمَنَ النَّاسُ ﴾

jumlasi bilan farzi kifoya boʻlgan nasihat vazifasi ado etilish uchun komil insonlardan iborat boʻlgan jumhuri nosga ittiboan, xolis bir iymonga da'vat qilinganlari zamon, anoniyati johiliyalari hayajonga kelib

﴿ قَالُٓوا اَنُؤْمِنُ كَمَٓا اٰمَنَ السُّفَهَٓاءُ ﴾

deb gʻurur va qaysarliklarida isror etish bilan va "Da'vomiz haqdir va bizlar haq uzramiz" deya botil va qaysarlarning odati kabi botil da'volarini haq va jaholatlarini ilm iddi'o etdilar. Chunki nifoq bilan qalblari fasodga duchor boʻlgan. Shubhasiz, fosid boʻlgan bir qalb gʻururli boʻladi va ifsodotga mayl etadi. Shunga binoan, qalblarining fosid boʻlishidan tamarrud va qaysarlik qiladilar. Va hadaf ittihoz etgan ifsodlari iqtizosi bilan, yakdigarlariga xalqni izlol etishni tavsiya qiladilar. Va gʻurularining hukmi bilan, diyonat va iymonni safohat va safolat talaqqiy etadilar. Va nifoqlarining ijobi bilan, bu soʻzlarida ham munofiqlik qiladilar. Zero bu soʻzlarining zohiridan "Biz devonalar emasmiz, qanday safihlar kabi boʻlamiz?" kabi bir ma'no chiqadi. Botinidan esa "Qanday aksariyati fuqaro va nazarimizda safih boʻlgan moʻ'minlar kabi boʻlamiz?" kabi boshqa bir ma'no chiqadi.

Soʻngra Qur'oni Karim ularning moʻ'minlarga otgan safohat toshlarini

﴿ اَلَٓا اِنَّهُمْ هُمُ السُّفَهَٓاءُ ﴾

jumlasi bilan i'oda etish bilan oʻzlariga yuttirgan. Chunki qaysarlik va jaholatlari bu darajaga vosil boʻlganning haq va mustahaqi, baynannos tashhir etilish bilan safohatning oʻziga munxasir boʻlganini e'lon qilishdir.

Soʻngra

﴿ وَلٰكِنْ لَايَعْلَمُونَ ﴾

jumlasi bilan ularning jahli murakkab bilan johil boʻlishganiga ishorat etganki, bu kabi johillarga nasihat ta'sir qilmaganidan, ulardan tamomi bilan i'roz etish lozimdir. Chunki nasihatni tinglagan faqat johilligini bilganlardir. Bular johilliklarini ham bilmaydilar.

Bu oyat ixtivo etgan jumlalarning ajzosi orasida boʻlgan vajhi irtibot:

Ha,

﴿ وَاِذَا ق۪يلَ لَهُمْ اٰمِنُوا كَمَٓا اٰمَنَ النَّاسُ ﴾

Jumlasidagi اِذَا qat'iyatni ifoda qilganidan, amri ma'ruf bilan xalqni irshod qilish luzumiga ishoratdir. Siygʻa-i majhul bilan zikr qilingan ق۪يلَ nasihatning yetarli darajada vojib boʻlganiga ishoratdir.

Va

اَخْلِصُوا ف۪ى ا۪يمَانِكُمْ

kabi, "ixlos" lafzini ixtivo etgan bir jumlaga badal اٰمِنُوا lafzining zikr qilinishi; ixlosi boʻlmagan iymonning iymondan sanalmasligiga ishoratdir.

Va كَمَا اٰمَنَ النَّاسُ lafzi bilan goʻzal bir misol, bir namuna, bir oʻrnak koʻrsatilgandirki, unga ittibo etib ixlosli bir iymonga kelsinlar.

نَاس lafzida ikki nukta bor. Va u ikki nukta vijdonlarni amri ma'rufga ijbor etgan omillardandir.

Birinchisi: نَاس unvoni hammani jumhuri nosga tobe boʻlishga da'vat qiladi. Chunki jumhurga muxolafat shunday bir xatoki, u xatoni irtikob etish qalbning, vijdonning shonidan emas.

Ikkinchisi: كَمَٓا اٰمَنَ النَّاسُ ta'biridan tushunilyaptiki, iymoni boʻlmaganning nosdan sanalmasligi lozim. Faqat نَاس ta'biri moʻ'minlarga maxsusdir. Bu ham yo iymonning xususiyati bilan insoniyatning haqiqati moʻ'minlarga munxasirdir, yoki iymonsiz boʻlganlar insoniyatning martabasidan sukut etganlar.

— 79 —
﴿ قَالُٓوا اَنُؤْمِنُ كَمَٓا اٰمَنَ السُّفَهَٓاءُ ﴾

Ya'ni, "Bizlar nasihatlarni qabul qilmaymiz. Shu miskinlarning jamoatiga qanday kiramiz? Biz kabi asxobi joh va martaba ularga qiyos qilinolmaydi."

قَالُوا nafslarini tazkiya, maslaklarini tarvij, nasihatdan istigʻno, magʻrurona da'vo shaklida mudofaa etishlariga ishoratdir.

Inkoriy bir istifhomni ifoda qilgan اَنُؤْمِنُ kalimasi, ular jaholatda koʻrsatgan tamarrud va qaysarlikka ishoratdir. Xuddi istifhom bilan nasihat qilgandan soʻraydilarki: "Maslagimizni tark qilishmizga vijdoning rozi, insofing qabul qiladimi?"

S- Ular u soʻzlarida kimlarni muxotob etishgan?

J- Avvalo nafslariga, soniyan abno-i jinslariga, solisan nasihat qilganlarga tavjihi xitob etishgan.

Ha, birovga nasihat qilinarkan, u odam avvalo nafsiga murojaat qiladi. Soʻngra birodarlari bilan gaplashadi. Soʻngra nasihat qilganiga oʻgiriladi. Qilgan murojaatlarining natijasini unga aytadi. Bunga binoan, qachonki munofiqlar iymonga da'vat qilindilar. Fasodga duchor boʻlgan qalblariga, tafassuh etgan vijdonlariga qilgan murojaatlarida inkor javobini olib, qalblaridagi narsani tashqariga chiqardilar. Soʻngra ifsod birodarlariga murojaat etdilar. Yana inkor javobini olib, yashirin-yashirin soʻzlashuvlarni boshladilar. Soʻngra, i'tizor shaklida nasihat qilganga oʻgirilib shunday bir safsata sotishadi: "Hoy, oramizda koʻp farq bor. Biz ularga qiyos qilinolmaymiz. Chunki biz boymiz, ular faqirlar. Ular majburiyat sababli iymonga kelishgan. Ularning diyonati izdiroriydir. Biz esa asxobi izzat, sarvat insonlarmiz."

Xulosa: Ular gʻururlarining hukmi bilan murshidni insofga da'vat qildilar. Xud'a va hiylalari bilan ikkiyuzlama bir soʻzlashuvda boʻldilar. Shundayki: "Ey murshid! Bizlarni sufaho deb oʻylama! Bizlar sufaho kabi boʻlolmaymiz. Faqat xolis moʻ'minlarning qilganlari kabi qilyapmiz" deya murshidni aldashni istadilar. Holbuki qalblarida, "Bu faqir va qiymatdan sukut etgan moʻ'minlar kabi emasmiz" kabi boshqa bir ma'noni izmar qilganlar.

Xulosa: اَنُؤْمِنُ lafzida ularning fasodlariga, ifsodlariga, gʻururlariga, nifoqlariga yashirin bittadan ramz bor.

كَمَٓا اٰمَنَ السُّفَهَٓاءُ : Ya'ni, "Komil deb oʻylaganingiz moʻ'minlar; nazarimizda zalil, faqir bir jamoatdir. Har biri bir qavmning safihidir."

— 80 —

Ular tajviz etgan qiyosda bir nechta ishorat bor:

Birinchisi:

Majma-ul masokin, malja-ul fuqaro, haqni himoya, haqiqatni muhofaza, gʻururni man, takabburni daf qilgan yagona Islomiyatdir. Ha, kamol va sharafning miqyosi Islomiyatdir.

Ikkinchisi:

Nifoqni intoj etgan; gʻaraz, gʻurur, takabburdir.

Uchinchisi:

Islomiyat; ahli dunyo, asxobi marotib qoʻllarida tahakkum va tagʻallubga vasila boʻlolmaydi. Faqat boshqa dinlarning xilofiga, ahli faqr va hojat qoʻlida ihqoqi haq uchun sinmas olmos bir qilichdir. Bu haqiqatga tarix goʻzal bir shohiddir.

اَلَا اِنَّهُمْ هُمُ السُّفَهَٓاءُ : Bilinishi lozimki, Qur'oni Karimning kasrat bilan nifoqqa qarshi qilgan shiddatli tahdidlari, taqbihlarining sababi, faqat va faqat olami Islomning nifoq shoʻ'balaridan koʻrgan zarbalaridir.

اَلَا iqoz vositasi boʻlib, safohatlarini tashhir va afkori ommani safohatlariga istishhod etish uchun zikr qilingan. Haqiqatni koʻrsatish uchun bir oyna va haqiqatga dalolat uchun bir dalil vazifasini bajargan اِنَّ lisoni holi bilan, "Haqiqatga qaranglar", deya "Ularning zohiriy safsatalarining asli yoʻq, aldanmangiz", deydi.

Hasrni ifoda qilgan هُمْ kalimasi nafslariga iddi'o etgan tazkiyalarini rad va moʻ'minlarga isnod etgan safohatlarini daf qiladi. Ya'ni, bir lazzati foniya uchun oxiratini tark qilgan safihdir. Boqiy bir mulkni havasoti foniyasining tarki bilan sotib olgan safih emas.

اَلسُّفَهَٓاءُ dagi alif va lom hukmning ma'lumiyatiga va kamoliga ishoratdir. Ya'ni, ularning safohati ma'lum. Va safohatning oxirgi tizimi ulardadir.

وَلٰكِنْ لَا يَعْلَمُونَ jumlasida uch ishorat bordir:

Birinchisi:

Haqni botildan, iymon maslagini nifoq maslagidan tamyiz etish faqat ilm va nazar bilan boʻladi. Faqat qilgan fitnalari va fasodlari zohir boʻlgani uchun, adno bir shuuri boʻlgan farqida boʻladi. Bunga binoan, Qur'oni Karim birinchi oyatni وَلٰكِنْ لَايَشْعُرُونَ bilan zayllantirgan.

— 81 —
Ikkinchisi:

لَايَعْلَمُونَ kabi oyatlarning oxirida zikr qilingan اَفَلَا يَعْقِلُونَ va اَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ va اَفَلَا يَتَذَكَّرُونَ kabi jumlalari bilan, Islomiyatning aql, hikmat, mantiq ustida muassas ekaniga ishoratdirki, har bir aqli salim qabul qilish shonidandir.

Uchinchisi:

Ulardan i'roz etish va ularga e'timod etmaslik lozim. Chunki johilliklarini bilmaganlaridan, nasihatning ularga ta'siri boʻlmaydi.

﴿ وَاِذَا لَقُوا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا قَالُٓوا اٰمَنَّا وَاِذَا خَلَوْا اِلٰى شَيَاط۪ينِهِمْ قَالُٓوا اِنَّا مَعَكُمْ اِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُنَ ٭ اَللّٰهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ وَيَمُدُّهُمْ ف۪ى طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ ﴾

Istehzo va istihfof kabi, munofiqlarning toʻrtinchi jinoyatlarini bayon qilgan shu oyatning fasod, ifsod, tasfih kabi oldin oʻtgan jinoyatlariga atfini iqtizo etgan, ayni munosabat bilan bu oyatning maoli bilan maqoblining maoli orasida irtibot va intizom hosil boʻlgan.

Bu oyatning jumlalari orasidagi vajhi irtibot esa:

Ha, insonning musibat va alamlarga qarshi nuqta-i istinodi va ehtiyoj, umidlarini tasviya uchun nuqta-i istimdodi boʻlgan iymonning uch xossasi bor.

Birinchisi:

Nuqta-i istinodidan nash'at etgan izzati nafsdir. Izzati nafsi boʻlgan, boshqalarga oʻzini zalil koʻrsatishga tanazzul etmaydi.

Ikkinchisi:

Shafqatdir. Shafqati boʻlgan, hech kimni tahqir va tazlil etmaydi.

— 82 —
Uchinchisi:

Haqiqatlarga ehtirom etish va yuksak narsalarning qiymatini bilish bilan istihfof etmaslikdir.

Shuning kabi, iymonning ziddi boʻlgan nifoqning ham uch xossasi bor.

Birinchisi:

Zillatdir.

Ikkinchisi:

Ifsodotga mayl etishdir.

Uchinchisi:

Boshqalarni tahqir etish bilan gʻurulanib zavq olishdir.

Shunga binoan, iymon izzati nafsni intoj etgani kabi, nifoq ham uning aksiga zillatni intoj etadi. Zillati boʻlgan, hammaga qarshi oʻzini zalil koʻrsatadi. Bu esa riyodir. Riyo esa mudohanadir. Mudohana ham kizbdir. Qur'oni Karim shu silsilali kizbga

﴿ وَاِذَا لَقُوا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا قَالُٓوا اٰمَنَّا ﴾

bilan ishorat qilgandir. Ya'ni, "Moʻ'minlar bilan uchrashgan vaqtlari, "Biz ham iymonga keldik", deydilar."

Soʻngra nifoq, iymonning xilofiga, qalblarni ifsod etadi. Qalbning fasodi esa, yetimlikni intoj etadi. Ya'ni, buzuq boʻlgan bir qalb oʻzini sohibsiz, moliksiz, yetim deb biladi. Bundan qoʻrquv nash'at etadi. Qoʻrquv ham uni qochib yashirinishga ijbor etadi. Qur'on shu hollariga وَاِذَا خَلَوْا bilan ishorat etgandir. Ya'ni, "Qochib xilvatlarga ketganlari zamon..."

Soʻngra nifoq iymonning aksiga, aqrabo va boshqalar orasidagi sila-i rahmni qat' etadi, kesadi. Bu esa shafqatni izola etadi. Shafqatning zavoli esa ifsodotga sabab boʻladi. Ifsoddan fitna chiqadi. Fitnadan xiyonat vujudga keladi. Xiyonat ham za'fiyatni lozim qiladi. Za'fiyat ham himoya qiladigan bir zohirga, bir orqaga iltijo qilishni ijbor etadi. Qur'oni Karim bunga اِلٰى شَيَاط۪ينِهِمْ bilan ishorat qilgan. Ya'ni, "Shaytonlariga qochib, himoyalariga kiradilar."

Soʻngra iymonning xilofiga, nifoqda taraddud bordir. Ya'ni, munofiq boʻlgan kishi qat'iy bir hukm sohibi emas. Bu esa sabotsizlikni intoj etadi. Bu ham maslaksizlikni, bu ham amniyatsizlikni tavlid etadi. Bu esa -qonunan maznunlarning har kun isboti vujud etishlari luzumi kabi- doimo shaytonlariga borib kufrlarini, ahdlarini yangilashlarini ijob ettiradi. Qur'oni Karim bu silsilaga قَالُٓوا اِنَّا مَعَكُمْ bilan ishorat qilgan. Ya'ni, "Bizlar siz bilan barobarmiz", deya ahdlarini yangilashadi.

— 83 —

Soʻngra moʻ'minlarga borib kelishganidan hosil boʻlgan shubhani izola uchun, uzr soʻrashga majbur boʻldilar. Va iymonning xilofiga, haqiqatlarga adami hurmat va istihfofda boʻlib qiymatdor narsalarga xiyonat qildilarki, ularga atf etilgan ayblarni daf qilsinlar. Mana, Qur'oni Karim bunga

﴿ قَالُٓوا اِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُنَ ﴾

bilan ishorat qilgan. Ya'ni, "Bizning moʻ'minlar bilan boʻlgan ixtilotimiz, istehzo uchundir. Oramizda samimiyat yoʻq. Faqat yuzlariga kulamiz."

Soʻngra munofiqlarning shu ketish va gaplarini eshitgan sami'ning moʻ'minlarning ham muqobalada boʻlishlarini intizor etayotgani siyoqi kalomdan anglashildi. Shuning uchun Qur'oni Karim ham moʻ'minlarga badal اَللّٰهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ deya muqobalada boʻlgan. Ya'ni, "Janobi Haq ularning istehzolari sababli qattiq jazo bilan dunyo va oxiratda tajziya etadi va etajak."

Janobi Haqning shu muqobalasi, moʻ'minlarning sharafiga va munofiqlar qilgan istehzoning, Janobi Haqning tajziyasiga qarshi adam hukmida qolganiga va ularning hamaqotlariga ishoratdir.

Soʻngra Qur'oni Karim

﴿ وَيَمُدُّهُمْ ف۪ى طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ ﴾

jumlasi bilan jazolarini istehzo surati bilan tasvir etgan. Ya'ni, "Ular zalolat va tugʻyonni intoj etgan sabablarga sui ixtiyor va orzulari bilan tavassul etish bilan, xuddi lisoni hol bilan zalolatning talabida boʻlishgan. Janobi Haq ham ularning talablari sababli, istaklariga yordam bergan."

— 84 —

Bu oyat tazammun etgan jumlalarning hay'atlari orasida intizom jihati:

Ha, dohil boʻlgan hukmning qat'iyatini ifoda qilgan وَاِذَا لَقُوا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا dagi اِذَا ularning moʻ'minlarga boʻlgan muloqotlarini a'mdan va qasddan jazm etganlariga ishoratdir.

Koʻpincha yoʻllarda uchrashish ma'nosini ifoda qilgan لَقُوا ularning yoʻllarda xalq ichida moʻ'minlarga duch kelishlarini ta'ammud etishganiga ishoratdir.

اَلْمُؤْمِن۪ينَ kalimasiga tarjihan اَلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا kalimasining zikri, ularning moʻ'minlar bilan jihati irtibotlari, yolgʻiz iymon sifati sababi bilan boʻlganiga va butun sifatlar ichida eng mumtoz va madori nazar yolgʻiz iymon sifati boʻlganiga imodir.

قَالُوا Bu unvon, ularning soʻzlari bilan qalblari bir emasligiga va aytgan soʻzlari yolgʻiz riyo va mudohana pardasi ostida oʻzlariga qilingan ayblovlarni daf qilish va moʻ'minlardan jalbi manofi bilan sirlariga voqif boʻlish azmida boʻlishganiga ishoratdir.

اٰمَنَّا maqomning iqtizosi bilan bu kalimaning ta'kidlar bilan muakkad boʻlib zikr qilinishi lozim ekan, ta'kidsiz zikri, qalblarida tahrik etuvchi bir shavqning, bir ishqning boʻlmaganidan, soʻzlarini shiddatsiz va ta'kidsiz, sarsariyona aytganlariga ishoratdir.

Va shuningdek, ularning ta'kidlari adam hukmida boʻlib, moʻ'minlarni ishontira olishmaganiga ishoratdir.

Va shuningdek, اٰمَنَّا kalimasi bilan; nifoqlariga berkitgan pardalari juda zaif boʻlganidan, ta'kid va tashdid etilgan taqdirda, yirtilish ehtimoli borligiga ishoratdir. Chunki ta'kid, tashdid shubhaga da'idir. Shubha esa tahqiqotga boisdir. Tahqiqot qilingan taqdirda, ranglari maydonga chiqadi.

اٰمَنَّا ning jumla-i fe'liya bilan zikri esa, iymonlarining sobit va davomli ekanini moʻ'minlarga ishontirish imkonini topolmaganlariga; yolgʻiz manfaatlarni jalb, asrorga muttali' boʻlish maqsadi bilan moʻ'minlarga mudohana va tasannu qilish bilan ihdosi iymon etganlariga ishoratdir.

﴿ وَاِذَا خَلَوْا اِلٰى شَيَاط۪ينِهِمْ قَالُٓوا اِنَّا مَعَكُمْ ﴾

Avvalgi oyat bilan bu oyatning bir-biriga boʻlgan atflari, ularning maslaksiz, sabotsiz boʻlishganiga ishoratdir.

اِذَا ifoda qilgan jazmiyat, i'tiyod etganlari fasod va ifsod iqtizosi bilan shaytonlariga ketishlarini zaruriy bir vazifa deb bilishganiga ishoratdir.

خَلَوْا ta'biri, jinoyatlaridan qoʻrqqanlaridan tasattur va yashirinishni istaganlariga ishoratdir.

اِلٰى kalimasining خَلَوْا kalimasi bilan yanada uygʻun boʻlgan مَعَ kalimasiga tarjihan zikr qilinishi, ikki narsa uchun: Birisi, ajz va za'aflari sababli iltijo qilishga majbur boʻlishlaridir. Ikkinchisi, fitna va ifsod iqtizosi bilan, moʻ'minlarning sirlarini kofirlarga isol etishdir. Bu ikki ma'noni مَعَ ifoda qilolmaydi.

شَيَاط۪ينِهِمْ Bu unvon, raislarining shaytonlar kabi yashirinib vasvasalarni ilqo etganlariga va shaytonlar qadar muzir boʻlganlariga va shaytonlar kabi shardan ma'ada bir narsa tasavvur qilishmaganiga ishoratdir.

— 85 —

قَالُٓوا اِنَّا مَعَكُمْ Ya'ni, "Siz bilan birgamiz." Bu jumla bilan nafslarining tazkiyasiga, ahdlarining tajdidiga, maslaklarida sobit qolganlariga ishorat qilishgan. Yolgʻiz bu jumlaning muxotoblarida munofiqlarning munkirlari boʻlmagani holda, jumla ta'kidlagan.

﴿ وَاِذَا لَقُوا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا قَالُٓوا اٰمَنَّا ﴾

jumlasining muxotoblari faqat munkir boʻlganlari holda, ta'kidsiz qoldirilgan. Buning sabablari, birinchi jumlani shavqsiz, ishqsiz; ikkinchi jumlani esa ishq va shavq bilan aytganlariga ishoratdir.

Shaytonlariga aytgan jumlalarini ismiya shaklida, moʻ'minlarga qarshi aytganlarini jumla-i fe'liya suratida zikr qilishlari; maqsadlarining bu yerda ahdlariga sobit va davomli qolganlarini isbot, u yerda esa yolgʻiz iymonga kelganlarini ihdos etishganiga ishoratdir.

﴿ اِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُنَ ﴾

Ya'ni, "Bizlar moʻ'minlarga qarshi faqat istehzo qiluvchi insonlarmiz."

Bu jumlaning avvalgi jumlaga atf etilmaganining sabablari:

Ha, ikki kalima yoki ikki jumla orasida yo kamoli ittisol va ittihod bor yoki kamoli inqito', infisol bor. Bu ikki suratda bir-biriga atflari joiz emas. Faqat oralarida oʻrta darajada bir inqito' va bir ittisol boʻlgan yerlarda atflari joizdir. Bu jumla esa اِنَّا مَعَكُمْ jumlasiga bir jihatdan ta'kiddir, bir jihatdan ham badaldir. Bu ikki suratda har ikki jumlaning orasida kamoli ittisol bor. Boshqa bir jihatdan ham muqaddar bir savolga javobdir. Bu suratda ham oralarida kamoli inqito' bor. Chunki koʻpincha savol insho, javob ixbor boʻladi. Mana shuning uchun oralarida atf qilinmagan.

S: Bu jumlaning اِنَّا مَعَكُمْ jumlasiga ta'kid yoki badal boʻlganining tavjihi?

J: اِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُنَ jumlasi kerak boʻlsa haq va haqiqatga va kerak boʻlsa ahli haq, hidoyatga xiyonatga doirdir. Ma'lumki, bundan zalolat va ahli zalolatga ta'zim chiqadi. Bu esa اِنَّا مَعَكُمْ jumlasining maolidir. Demak, har ikki jumlaning maollari birdir yoki bir-birini ta'kid etadi.

Muqaddar bir savolga javob boʻlganining tavjihi esa:

Ha, xuddi shaytonlari tarafidan shunday bir savol vorid boʻlganki, "Hoy, agar siz biz bilan barobar va bizning maslagimizda boʻlgan boʻlsaydingiz, moʻ'minlarga muvofaqat etmasdingiz. Yo siz ularning mazhablariga oʻtgansiz yoki siz uchun muayyan bir mazhab yoʻqdir." Bu savolga qarshi

— 86 —

اِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُنَ deya, musulmonlardan boʻlmaganlarini sarohatan aytganlari kabi, hasrni ifoda qilgan اِنَّمَا bilan, muayyan bir mazhabi boʻlmaganlardan boʻlmaganlariga ishorat qilishgan.

Va shuning kabi, davomni ifoda qilgan ismi foil siygʻasi bilan مُسْتَهْزِؤُنَ deyishlari, moʻ'minlarga qarshi qilgan istehzolarining doimiy bir sifatlari boʻlib, keyinchalik ariz boʻlgan bir sifatlari boʻlmaganiga ishoratdir.

اَللّٰهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ Ya'ni, "Alloh ularni istehzo etadi." Bu jumlaning avvalgi jumlalarga atf etilmasdan atfsiz zikr qilinishining sabablari:

Agar atf etilgan boʻlsaydi, yo اِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُنَ jumlasiga atf boʻlardi. Bu esa bu jumlaning ham اِنَّا مَعَكُمْ jumlasiga ta'kid boʻlishini ijob etadi.

Yoki اِنَّا مَعَكُمْ jumlasiga atf boʻlardi. Bu ham bu jumlaning ularning soʻzlaridan biri boʻlganini iqtizo etadi.

Va yoxud قَالُوا ga atf boʻlardi. U vaqt Allohning ularga boʻlgan istehzosi xilvat zamoni bilan muqayyad boʻlardi. Holbuki Allohning istehzosi doimiydir.

Yoki وَاِذَا لَقُوا jumlasiga atf qilinardi. Bu esa har ikki tarafdan, ya'ni ma'tuf va ma'tuf-un alayhdan maqsadning bir boʻlganini istilzom etadi. Holbuki, birinchi jumla amallarini bayon qiladi. Ikkinchi jumla ham jazolari haqidadir. Demak, mahzursiz, munosib bir ma'tuf-un alayh boʻlmaganidan musta'nifa boʻlib, ya'ni maqobli bilan bogʻliq boʻlmasdan muqaddar bir savolga javob qilingan.

Ha, munofiqlarning yaramasligi, yomonligi shunday bir darajaga yetgandirki, hollariga voqif boʻlgan har ruh, "Ajabo, bunday yomon boʻlganlarning jazosi nima? Va jazolari beriladimi?" deya soʻrashga majbur boʻladi.

Xullas, Qur'oni Karim اَللّٰهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ jumlasi bilan shu muqaddar savolga javob bergan. Demak, bu jumlaning istinofi atfidan muhimroqdir.

Soʻngra, maqomning iqtizosi bilan ularning istehzolariga qarshi moʻ'minlarning muqobalada boʻlishlari ijob etarkan, Janobi Haqning muqobalada boʻlishi, moʻ'minlarning tashrif va tarahhumlariga ishorat boʻlgani kabi, munofiqlarni istehzo etishdan zajr va man qilish uchundir. Zero, istinodlari Allam-ul Gʻuyubga boʻlganlar istehzo qilinolmaydilar.

Soʻngra Janobi Haqning tankil va ta'ziblaridan istehzo bilan ta'bir qilish sha'ni uluhiyatga yarashmaganidan, istehzoning lozimi boʻlgan tahqir iroda qilingandir.

— 87 —

S: Munofiqlarning istehzosi, davomni ifoda qilgan ismi foil siygʻasi bilan boʻlgani holda; Janobi Haqning muqobil istehzosi tajaddudni ifoda qilgan fe'li muzoriy siygʻasi bilan qilinish hikmati nimada?

J: Ta'zib, tahqirlar; tabaddul va tajaddud bilan ta'sirlari koʻpayadi. Zero bir tarz ustida davom qilgan bir alamning ta'siri bora-bora kamayadi. Yangilangan sari ta'siri koʻp boʻladi. Bu ma'noni ifoda qilgan, faqat fe'li muzoriydir. Ismi foil esa yolgʻiz davomni ifoda qiladi.

﴿ وَيَمُدُّهُمْ ف۪ى طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ ﴾

Ya'ni, "Zalolat sabablariga tavassul etish bilan zalolatning talabida boʻlishgan. Alloh ham ularga zalolat bergan."

Alloh tarafidan yordamning qilinishini ifoda qilgan يَمُدُّ kalimasi, abdning xoliqi af'ol boʻlganini iddi'o etgan I'tizol mazhabining raddiga ishoratdir. Va ularning lisoni hol bilan istaklariga qarab Allohning ularga yordam berganiga dalolat qilgan

يَمُدُّ tazammun etgan يَسْتَمِدُّ jumlasi; abdning qoʻlida hech narsa yoʻq, doim Allohdan kelganini iddi'o etgan mazhabi Jabrning raddiga ishoratdir. Zero, ular sui ixtiyor va orzulari bilan istaganlar, Alloh ham ularning istaklarini bergan.

طُغْيَانٌ kalimasining هُمْ olmoshiga izofasi; tugʻyon jinoyati ularning ixtiyorlari bilan hosil boʻlib, jabr bilan aloqador boʻlmagani uchun, "Bizlar Allohning jabri bilan bu tugʻyonni qilyapmiz" deya ma'zaratlarining raddiga ishoratdir.

طُغْيَانٌ unvoni esa ularning zarari, toʻfon kabi, butun mahosin va kamolotni taxrib etganiga imodir.

يَعْمَهُونَ Ya'ni, "Tugʻyon va zalolatlarida mutahayyir va mutaraddid shaxslardir. Na maslaklari bor va na muayyan bir maqsadlari bordir."

— 88 —
﴿ اُولٰٓئِكَ الَّذ۪ينَ اشْتَرَوُا الضَّلَالَةَ بِالْهُدٰى فَمَا رَبِحَتْ تِجَارَتُهُمْ وَمَا كَانُوا مُهْتَد۪ينَ ﴾

Ya'ni: "Ular, hidoyatni berib, zalolatni sotib olgan bir guruh aqlsizlarki, tijoratlaridan bir foyda koʻrmaganlari kabi, u zarardan qutulish uchun yoʻl ham topolmaydilar."

Bu oyatning maqobli bilan jihati irtiboti:

Ha, bu oyat oʻtgan tafsillarga bir fazlaka, bir xulosadir. Va u tafsillarni yuksak va muassir bir uslub bilan tasvir qilgan. Lekin muxotoblarining saffi avval va tabaqa-i ulasidagilar qishda Yaman tomon, yozda esa Shom tomonlariga ketib qilgan tijoratlarining foyda va zararini, lazzat va alamini koʻrganlaridan, tasvir uchun tijorat uslubi intihob etilgan. Shundayki:

Navi basharning dunyoga yuborilishi, doimiy bir tavattun uchun emas. Faqat sarmoyasi boʻlgan iste'dod va qobiliyatlarini tanmiya va inkishof ettirish uchun tijorat uchun kelganlar. Faqat munofiqlar bu tijoratlarida sarmoyalarini boy berib, olam oldida razil boʻldilar.

Soʻngra bu oyatning jumlalari orasida jihati nazm va intizom:

Ha, bu oyatning jumlalari orasida tijorat uslublaridagi tartiblar kabi gʻoyat fitriy, solis, muntazam bir tartib bor. Shundayki:

Bir tujjorga yuksak bir sarmoya beriladi. U ham u sarmoya bilan zararli, zaharli narsalarni olib sotsa, oxirida oldi-berdisidan na bir foyda koʻradi va na bir daromad koʻradi. Aksincha, xasorat ichida boʻgʻilish bilan, qochish uchun yoʻlni ham yoʻqotadi. Xullas, munofiqlar ham qilgan muomala aynan shunga oʻxshaydi.

Soʻngra mazkur oyatdagi jumlalarning hay'atlari esa:

اُولٰٓئِكَ kalimasi, uzoqlarda boʻlgan narsalarni ihzor etib maxsus va mashhud boʻlib koʻrsatish uchun ishlatilgan bir ishorat vositasidir.

S: Munofiqlarning اُولٰٓئِكَ bilan ihzorlarida nima foyda bor?

J: Ularning mazkur jinoyatlarini eshitgan sami'ning qalbida hosil boʻlgan nafrat va adovat shunday bir darajaga yetdiki, ularni koʻzi bilan koʻrishni va yuzlariga tupurgisi keladiki, yuzlariga tupurish bilan qalbi tinchlansin. Mana shuning uchun ular اُولٰٓئِكَ durbini bilan ihzor etilganlarki, sami' yuzlariga tupursin.

— 89 —

S: Munofiqlarning maxsus va mashhud boʻlmaganlari holda اُولٰٓئِكَ bilan maxsus tarzda koʻrsatilishlari qanday surat bilan boʻladi? Va qanday bir foydasi bor?

J: Munofiqlarning mazkur jinoyat va ajib sifatlar bilan ittisoflari ularni shunday tajassum ettirganki, xayolan maxsus va mashhud va hozir koʻrinyaptilar. Va shu maxsusiyatlaridan, ularga isnod etilgan hukmning illati ham anglashiladi. Ha, hidoyatni berib zalolatni olish kabi bir hukmga albatta bir illat va bir sabab lozim. U illat esa, ularning oldin oʻtgan jinoyatlari va sifatlaridir. Xullas, Qur'oni Karim ularni u sifatlar bilan muttasif qilib اُولٰٓئِكَ bilan ihzor etganki, bu oyatda ularga yuklatilgan hukmning illat va sababi sami' tomonidan ma'lum boʻlsin.

S: Uzoqlik jihatini ham ifoda qilgan اُولٰٓئِكَ bilan munofiqlarni uzoq koʻrsatishdan maqsad nima?

J: Ularning tariqi haqdan uzoqlashishlariga va qaytib toʻgʻri yoʻlga ruju'lari mumkin boʻlmaganiga ishoratdir. Chunki ketish ularning qoʻlida boʻlsa, kelish ularning qoʻlida emas.

Yangi in'iqod va tashakkul etishni boshlagan haqiqatlar haqida ishlatilgan اَلَّذ۪ينَ unvoni, hidoyatni sotib zalolatni olish kabi shu iflos muomalaning -bir navi tijorat boʻlish bilan- zamonning insonlari uchun asosli bir maslak boʻlishni boshlaganiga ishoratdir.

اِشْتَرَوُا unvoni esa, munofiqlarning "Hidoyatni tark, zalolatni olganimiz, fitratimizning iqtizosidir, ixtiyorimiz bilan emas", deya qiladigan ma'zaratning raddiga ishoratdir. Ha, xuddi Qur'oni Karim ularga deydiki:

"Janobi Haq ra's-ul mol oʻlaroq sizga uzun bir umr bergan. Va ruhlaringizda ham kamolot iste'dodini qoldirgan. Va hidoyati fitriyaning urugʻi ham vijdoningizga ekilganki, saodat topasiz. Holbuki saodatga badal, lazoizi foniya va manofi'-i dunyoviyani olyapsiz. Demak, sui ixtiyoringiz bilan, zalolat maslagini hidoyat maslagiga ixtiyor va tarjih etish bilan hidoyati fitriyangizni ifsod va ra's-ul molingizni ham zoye etgansiz."

اَلضَّلَالَةَ بِالْهُدٰى Munofiqlarning ikki xusronga ma'ruz qolganlariga ishoratdir. Birisi: Zalolat xusronidir. Ikkinchisi: Hidoyat kabi buyuk bir ne'matni yoʻqotishdir.

فَمَا رَبِحَتْ تِجَارَتُهُمْ Ya'ni, "Tijoratlarining daromadi boʻlmadi."

S: Munofiqlarning bu tijoratlarida ra's-ul mollari ham zoye boʻlgani holda, yolgʻiz daromadning boʻlmasligidan bahs qilinishi nimaga ishoratdir?

J: Aqlli bir tujjorning daromadi boʻlmagan bir oldi-berdiga kirishmasligi lozim boʻlganiga va daromadi boʻlmasligi bilan barobar, ra's-ul molning ham zoye boʻlishi ehtimoli boʻlgan tijoratlarga kirishmasligi juda lozim va yanada yaxshi ekaniga ishoratdir.

— 90 —

S: Ribh fe'li haqiqatdan munofiqlarning fe'li boʻlgani holda, bu jumlada tijoratga isnod etilgan boʻlgani nimaga ishoratdir?

J: Ularning na bu tijoratlarida, na ajzosida va na ahvolida va na vasoitida na juz'iy va na kulliy bir foyda boʻlmaganiga ishoratdir. Ha, ba'zi tijoratlarda matlub daromad boʻlmasa ham, ahvolida yoki vasoitida oz-koʻp bir foyda boʻlishi mumkin. Faqat bu tijorat esa sharri mahzdir, foydalardan mahrum bir zarardir.

وَمَا كَانُوا مُهْتَد۪ينَ Ya'ni, "Ra's-ul mollarini zoye qilish bilan xusronga ma'ruz qolganlari kabi, yoʻllarini ham yoʻqotganlar." Bu jumlada suraning boshidagi

هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ jumlasiga yashirin bir ramz borki, Qur'oni Karim hidoyatni bermagan emas. Hidoyatni bergan-u bular qabul qilmaganlar.

— 91 —
﴿ مَثَلُهُمْ كَمَثَلِ الَّذِى اسْتَوْقَدَ نَارًا فَلَمَّٓا اَضَٓاءَتْ مَا حَوْلَهُ ذَهَبَ اللّٰهُ بِنُورِهِمْ وَ تَرَكَهُمْ ف۪ى ظُلُمَاتٍ لَا يُبْصِرُونَ ٭ صُمٌّ بُكْمٌ عُمْىٌ فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ ٭ اَوْ كَصَيِّبٍ مِنَ السَّمَٓاءِ ف۪يهِ ظُلُمَاتٌ وَ رَعْدٌ وَ بَرْقٌ يَجْعَلُونَ اَصَابِعَهُمْ ف۪ٓى اٰذَانِهِمْ مِنَ الصَّوَاعِقِ حَذَرَ الْمَوْتِ وَاللّٰهُ مُح۪يطٌ بِالْكَافِر۪ينَ ٭ يَكَادُ الْبَرْقُ يَخْطَفُ اَبْصَارَهُمْ كُلَّمَٓا اَضَٓاءَ لَهُمْ مَشَوْا ف۪يهِ وَاِذَٓا اَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُوا وَلَوْ شَٓاءَ اللّٰهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَاَبْصَارِهِمْ اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ﴾

Bu uzun oyat bilan maqobli orasida va jumlalari orasida va jumlalarining holatlarida boʻlgan jihati irtibot, intizom:

Ha, Qur'oni Karim avvalo munofiqlarning hollarini; soniyan jinoyatlarini sarohatan qayd qilgani kabi, muomalalarining yomonligini aqlga qabul qildirgandan soʻngra xayolga, vahmga, hisga ham koʻrsatib, ularga ham qabul ettirilishini bu tamsil bilan ta'min qilgandir.

Ha, aqliy narsalardan koʻproq tamsillar bilan xayoliy narsalarni qabulga xayol yaqinroqdir. Va shuningdek, aqlga muxolif boʻlgan va ham gʻayri maluf boʻlgan bir narsaning ma'nus bir shaklda koʻrsatilishi bilan xayol tez qabul qiladi.

Va shuningdek, gʻoyib bir narsani hozir koʻrsatish bilan, aql bilan his orasida mutobaqat hosil boʻladi. His ham qabul qiladi.

Xulosa:

Munofiqlarning yomonligi shu tamsil bilan aqlga tasdiq ettirilgani kabi, xayolga, vahmga, hisga ham qabul ettirilishi ta'min qilingandir.

Va ayzan, munofiqlarning boshqa-boshqa jinoyatlari va muxtalif sifatlari orasida haqiqiy bir irtibotning boʻlishi shu tamsil bilan koʻrsatilgandir.

Va ayzan, munofiqlarning muomalasini xayolning koʻz oʻngiga shu tamsil bilan keltirishdan maqsad, lison aytolmagan nozik jihatlarni bizzot xayol qarasin, koʻrsin, olsinki, bir e'tirozi qolmasin:

Soʻngra bu tamsilning jumlalarining maoli, hay'ati majmuasi bilan munofiqlarning hikoyalarining maoliga muvofiq kelgani kabi, boshqa-boshqa hikoyalarining ham jumlalariga uygʻun keladi.

Ha, munofiqlarning hikoyasi bunday: Zohiran iymonga kelganlar, soʻngra qalban kufr va inkor etganlar. Soʻngra hayrat va taraddud ichida qolganlar. Soʻngra haqni talab etmaganlar. Soʻngra u zalolatdan ruju'ga qodir boʻlishmaganki, haqni qidirsinlar.

Tamsilning maoli esa: Avvalan otash yoqqanlar. Soʻngra u otashni muhofaza qilolmaganlar. Soʻngra otashlari soʻngan. Soʻngra zulmat ichida qolganlar. Soʻngra hamma narsa ularga koʻrinmaydigan boʻlgan. Kechasi sas-sado boʻlmaganidan, xuddi kar boʻlganlar. Otashlari soʻnganidan, a'mo kabi boʻlganlar. Bir muxotob yoki bir yordamchilari boʻlmaganidan, xuddi lol boʻlganlar. Va u zulmatdan chiqib ruju'ga qodir boʻlmaganlaridan, xuddi ruhsiz, haykal kabi qotganlar.

Xullas, tamsildagi jumlalar bilan hikoyadagi jumlalar orasida muvofaqat taboruz etish bilan, oralarida bir muxolafat qolmagani tabayyun etdi.

— 92 —
Ixtor:

Tamsildagi zulmat, hayrat, otash; hikoyadagi kufr, adami sabot va fitnalariga ishoratdir.

S: Tamsilda nurdan bahs qilingan. Munofiqlarning nuri qayerda?

J: Oʻzida nur boʻlmagan bir inson atrofida boʻlgan nurdan istifoda etadi. Atrofida boʻlmasa qavmida, qavmida boʻlmasa navida, navida boʻlmasa fitratida, fitratida mumkin boʻlmasa, dunyo manfaatlari uchun lisonida bordir. Bu ham boʻlmasa, boshda iymon keltirib, soʻngra irtidod etganlarning avvalgi nurlariga ishoratdir. Bu ham boʻlmasa, dunyoga oid koʻrgan istifodalariga ishoratdir. (Qandayki otash fitnalariga ishoratdir). Bu ham boʻlmagan taqdirda doira-i imkonda boʻlgan nurlari vujud doirasiga tushirilgan.

﴿ اِشْتَرَوُا الضَّلَالَةَ بِالْهُدٰى ﴾

dagi hidoyat kabi.

Soʻngra jumlalarning orasidagi jihati intizom:

﴿ مَثَلُهُمْ كَمَثَلِ الَّذِى اسْتَوْقَدَ نَارًا ﴾

Ya'ni, "Ularning masalasi, otash yoqqan odamning masalasi kabidir." Bu jumlaning mavqe va maqomga boʻlgan munosabati shunday tasvir qilinishi mumkinki:

Oyatda bayon qilingan shaklga koʻra, otash yoqqan odamning holi, Jazirat-ul Arabda xuddi Qur'onning muxotoblaridan birinchi tabaqadagi odamlarning hollariga tatobuq etadi. Zero u tabaqadagi odamlar bu otashni yoqqan odamning holini yo bizzot koʻrganlar yoki eshitganlar. Va u holning qay daraja muassir va faji' boʻlganini his qilganlar. Zero ular ham koʻp marta quyoshning zulmidan kechaning zulmatiga qochib, kechaning salqinligida yoʻllarini davom qilgan vaqtlarida, shiddatli yomgʻirlarga uchrab koʻp zahmatlarga tushganlar. Va shuningdek, koʻp marta yoʻllarini yoʻqotib muzir hayvonlar bilan toʻla gʻorlarga kirganlar. Va doʻstlarini koʻrib ular bilan farohlanish va ashyolarini koʻrib muhofaza qilish yoki muzir hayvonlarni koʻrib ulardan tahaffuz etish uchun otash yoqqanlar. Otashning ziyosidan istifoda etarkanlar, samoviy bir ofat bilan otashlari soʻnadi. Va rijo, umidlari tamoman ya'sga, xusronga inqilob etadi.

Xullas, Qur'oni Karim ularning bu vaziyatiga

﴿ فَلَمَّا اَضَٓاءَتْ مَا حَوْلَهُ ذَهَبَ اللّٰهُ بِنُورِهِمْ ﴾

jumlasi bilan ishorat qilgandir. Ya'ni, "Qachonki u otash atrofni yoritdi. Oʻsha on Janobi Haq nurlarini soʻndirib, ziyolarini zulmatga oʻgirdi."

فَلَمَّا dagi ف kalomning siyoqi, kalomning shu shaklda boʻlganini iqtizo etganiga ishoratdirki: Ziyosidan istifoda uchun otash yoqdilar. Otash ularni ziyolantirdi. Ular ham mutmain va mufarrah boʻldilar. Soʻngra bir xusronga duchor boʻlib yuz tuban yerga tushdilar.

Soʻngra bu jumla-i shartiyaning shart va jaza deyilgan har ikki jumlasi orasida luzumning vujudi lozim ekan, izoa bilan nurning zahobi orasida hech bir luzum koʻrinmaydi. Shunga binoan, bu yashirin luzumni tashqariga chiqarib koʻrsatish uchun ba'zi muqaddar jumlalarga ehtiyoj bor. Shundayki:

Qachonki otash yoritdi. Ular ham yorishdilar. Faqat otashga ahamiyat berib muhofaza qilmadilar. Va u ne'matning qadrini bilib davom ettirmadilar. U ham soʻnib ketdi. Ha, ziyoni muhofaza qilishdan gʻaflat, adami davomini istilzom etadi. Adami davom esa intifosini, ya'ni soʻnishini istilzom etadi.

Nurlarning soʻnishi bilan duchor boʻlgan xusronlaridan soʻngra

﴿ وَتَرَكَهُمْ ف۪ى ظُلُمَاتٍ ﴾

jumlasi bilan zulumotga tushish kabi ikkinchi bir xusronga ma'ruz qolganlariga ishorat qilingan.

لَا يُبْصِرُونَ jumlasi esa uchinchi bir xusronlariga ishoratdir. Chunki inson zulmatga tushish bilan yoʻlini yoʻqotgan zamon, doʻstlarini va ashyosini koʻrish bilan bir daraja mutasalli boʻladi. Faqat bularni ham koʻrmagani kabi, uning u qorongʻilikda turishi, yurishi kabi bir musibat va bir vahshatdir.

— 93 —
﴿ صُمٌّ بُكْمٌ عُمْىٌ فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ ﴾

Ya'ni, "Kar, lol, koʻr boʻlib qaytolmaydilar."

Bir inson bunday bir baloga tushgan vaqti, toʻrt jihat bilan umidvor va mutasalli boʻlishi mumkin.

Birinchisi:

Qishloq xalqidan yoki oʻtgan yoʻlovchilardan bir ovoz keladi-da, u ovoz vositasi bilan bir oydinlik yoʻlini koʻrish umidida boʻlishi mumkin. Holbuki kechasi sokit va sokin, ovozsiz, sadosiz bir kecha boʻlganidan, u odam bilan bir karning orasida farq qolmaydi. Bu jihatdan umidining uzilgan boʻlganiga ishoratan Qur'oni Karim صُمٌّ kalimasini degandir.

Ikkinchisi:

Agar chaqirib yordam istasa, balki eshitgan boʻladi-da, uning qutulishi uchun keladigan boʻladi deya umid qilishi mumkin. Faqat kechasi kar boʻlgani uchun tilli, tilsiz birdir. Bu rijosini ham kesish uchun بُكْمٌ deyilgandir.

Uchinchisi esa:

Ketadigan jihatning yoʻlini taxminan ta'yin va koʻrish uchun bir alomat, bir otash, bir yulduzni qidiradi, mutasalli boʻladi. Holbuki tun shunday zulmatliki, koʻzli-koʻzsiz bir boʻladi. U odamning bu umidini soʻndirish uchun عُمْىٌ deyilgandir.

Toʻrtinchisi:

U balodan qutulib ruju' etish uchun bor quvvati bilan harakat qilishdan ma'ada bir chora qolmaganini koʻrar-koʻrmas, quvvatiga ishonadi va umidvor boʻladi. Holbuki zulmat har tarafdan shunday qurshagandirki, quvvati bilan, harakat qilishi bilan qutulish imkonini topolmaydi. Oʻz sui ixtiyori bilan botqoqlikka kirgandan soʻng ortiq qaytib chiqish mumkin boʻlmagan bir eshak kabi ichida qoladi. Ha, koʻp narsalar borki, inson ixtiyori bilan kiradi, ammo chiqishi mumtani' boʻladi. Inson uni tashlaydi, u insonni tashlamaydi.

Xullas, ularning shu vaziyatlariga qarshi فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ deyilgandirki, u musibatdan qutulib ruju'lariga bir chora qolmaganiga va oxirgi umidlarining ham kesilganiga binoan vahshat, ya's, qoʻrquvlar ichida qolganlariga ishoratdir.

— 94 —

Jumlalarning hay'atlariga kelsak:

Ha,

﴿ مَثَلُهُمْ كَمَثَلِ الَّذِى اسْتَوْقَدَ نَارًا ﴾

jumlasi nuktalarga bir dafina hukmidadir. Shundayki:

Lisonlar ustida davaron bilan baynannos gʻarib va ajib narsalarda ishlatilgan va "hikmat-ul avom", "falsafat-ul umum" bilan eslangan مَثَلُ kalimasi munofiqlarning vaziyatlari bir ugʻruba va qissalari bir ajuba ekaniga ishoratdir. Bu ishoratdan ularning sifatlari nafrat, la'nat lisonlari ustida ilalabad zarbulmasal kabi davaron etish shonida boʻlganiga bir ramz bordir.

S: Tashbehni ifoda qilgan har ikki masal orasidagi ك ning hazfi balogʻat jihatidan yanada maqbul boʻlgani holda, nima uchun hazf etilmagan?

J: Bu maqomda adati tashbehning zikri hazfidan koʻproq baligʻdir. Zero sami' tashbeh adatini koʻrar-koʻrmas, tashbeh bilan aloqador boʻladi. Mushabbahun-bihda boʻlgan har nuqtadan mushabbahdagi naziriga tatbiq etadi. Faqat adati tashbehning mahzufi taqdirda, tashbehdan gʻaflat bilan har ikki tarafni bir-biriga tatbiq etish fikriga kelmasligi ehtimoli bor. Ikkinchi masal kalimasi esa, otash yoqqan u odamning vaziyati, afkori omma jihatidan bir zarbulmasal hukmiga oʻtganligiga ishoratdir.

S: Otash yoqqanlar bir jamoat ekan, mufrad ishorati boʻlgan اَلَّذ۪ى bilan ishorat qilingani nimaga binoan?

J: Fard qiladigan bir ishga jamoatning ishtiroki bilan bir ziyoda, nuqsonlik hosil boʻlmagan taqdirda, fard nav, juz kull bir boʻladi. Shu bilan barobar اَلَّذ۪ى ning ifrodi, ulardan har bir fardning dahshatni tamassul va qabohatni tasvir qilishda mustaqil ekaniga ishoratdir. Shu bilan barobar اَلَّذ۪ى nin اَلَّذ۪ينَ dan ixtisor etilgani ehtimoli bordir.

اِسْتَوْقَدَ dagi س otash yoqishlarining qiyinchilik va axtarib chiqish bilan hosil boʻlganiga ishoratdir.

اِسْتَوْقَدَ ning ifrod siygʻasi bilan نُورِهِمْ dagi jam' olmoshi, bir jamoat uchun bir fardning otash yoqishi odat boʻlganiga ishoratdir.

Chiroq va boshqa oydinlatish vositalari orasida نَارٌ ning intihob etilishi, taklifning juda shiddatli bir nur boʻlganiga va ular izhor qilgan zohiriy nur ostida fitna otashini yoqqanlariga ishoratdir.

— 95 —
Ixtor:

Nakra boʻlib نَارٌ kalimasining zikri, ularning shiddati luzumi sababli har qaysi va qanday bir otash boʻlsa -boʻlsin, hamon yoqish ehtiyojida ekanliklariga ishoratdir.

﴿ فَلَمَّا اَضَٓاءَتْ مَا حَوْلَهُ ذَهَبَ اللّٰهُ بِنُورِهِمْ ﴾

Ta'qibni ifoda qilgan فَلَمَّا dagi ف ularning ya'sdan soʻngra umid va rijo zamonlari kelganiga ishoratdir.

لَمَّا esa, qiyosi istisnoiy bilan eslangan, dohil boʻlgan jumlalardan birinchi jumlaning tahaqquq va vujudga kelganiga dalolat qilish bilan, ikkinchi jumlaning ham vujudga kelganini intoj etganiga va ularning tasalli va umidlarining batamom kesilganligiga ishoratdir.

اَضَٓاءَتْ kalimasi ularning isinishga emas, oydinlanishga ehtiyojlari boʻlganiga ishoratdirki, atrofida boʻlgan zararli narsalarni koʻrib ulardan tahaffuz etsinlar.

مَا حَوْلَهُ dahshatning har toʻrt tarafdan ihota etilganiga va ziyo bilan jihoti sittadan hujum qilgan zararlardan tahaffuz etish luzumiga ishoratdir.

ذَهَبَ Bu bilan اَضَٓاءَتْ orasidagi luzum masalasi oʻtgandir. U yerga qaralsin.

ذَهَبَ اللّٰهُ Zahobning Allohga isnodi, ikki jihatdan rijo va umidlarining kesilganiga ishoratdir.

— 96 —
Birinchisi:

Ofat, samoviy boʻlganidan, daf qilish mumkin emas.

Ikkinchisi:

U ofat, qusurlarining jazosi boʻlganidan, Janobi Haqdan marhamat ham rijo qilinolmaydi. Chunki ibtoli haq uchun harakat qilgan odam Haqdan yordam, marhamat talab qilolmaydi.

بِنُورِهِمْ dagi harfi jar boʻlgan ب nur va ziyoning boshqa qaytmasligiga ishoratdir.

Chunki ذَهَبَ اللّٰهُ بِنُورِهِمْ ning ma'nosi, "Alloh ularning nurlarini olib ketgan." Ma'lumdirki, Alloh olgan bir narsani hech kim rad qilolmaydi.

نُورٌ unvoni esa, sirot ustidagi hollarini eslatadi. Ixtisosni va hasrni ifoda qilgan نُورٌ ning هُمْ olmoshiga boʻlgan izofasi, ularning shiddati taassurlariga ishoratdir. Zero xalqning otashlari yonarkan, insonning otashi soʻnsa, inson juda mutaassir boʻladi.

﴿ وَتَرَكَهُمْ ف۪ى ظُلُمَاتٍ لَا يُبْصِرُونَ ﴾

Harfi atf boʻlgan و ularning ikki zararni jam qilganliklarini ifoda qiladi. Birisi: Ziyolarining yoʻqotilib soʻndirilishidir. Ikkinchisi esa: Zulmatning ularga ilbos va kiydirilishidir.

تَرَكَ unvoni, ularning ruhsiz bir jasad, ichsiz bir qobiq hukmida boʻlganliklaridan, bu kabilarning holi, aloqani kesib butun-butun tark etishga dalolat qiladi.

ف۪ى adati ifoda qilgan zarfiyatdan tushuniladiki, zulmatning shiddatidan, ularning nazarida hamma narsa adamga ketgan, yolgʻiz zulmat qolgan. Ular ham dahshatlaridan, u zulmatni oʻzlariga qabr qilib, ichiga kirib yashiringanlar.

ظُلُمَاتٍ jam'i esa, tunning qorongʻiligi bilan bulutlarning zulmatidan, ularning ruhlarida ya's va xavfning yerlarida vahshat va dahshatning, zamonlarida ham sukun va sukunatning zulmatlari kabi turli-tuman zulmatlar vujudga kelganlar.

ظُلُمَاتٍ kalimasidagi tankir esa, u kabi zulmatlarning oʻxshashini koʻrishmaganidan, oʻzlaricha majhul, ulfat etmagan bir qator zulmatlar boʻlganlariga ishoratdir.

لَا يُبْصِرُونَ jumlasi musibatlarning eng kattasini koʻrsatadi. Zero koʻzi koʻrmagan odam yanada koʻp balolar chekadi. Koʻzlarini yoʻqotganlar eng yashirin musibatlarni koʻradilar.

لَا يُبْصِرُونَ ning siygʻa-i muzoriy bilan zikri, ularning vaziyatlarini tasvir bilan xayolning koʻz oldiga keltirib ihzor etadiki, sami' xayoli bilan dahshatlarini koʻrsin, vijdoni bilan bir ibrat olsin.

لَا يُبْصِرُونَ ning maf'ulsiz qoldirilishi, ta'mim uchundir. Shundayki: Ular manfaatlarini koʻrishmaydiki, jalb va muhofaza qilsinlar. Tahlikalarni koʻrishmaydiki, ijtinob etsinlar. Doʻstlarini koʻrishmaydiki, bir parcha farohlansinlar. Xuddi har biri bir oʻzi bir u zulmat ichida qoladi.

— 97 —
﴿ صُمٌّ بُكْمٌ عُمْىٌ فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ ﴾

Ya'ni, "Kar, lol, koʻr shaxslar kabi u zulmatdan chiqib qutulolmaydilar." Bu jumlada boʻlgan sifati arbaa, munofiqlar bilan otash yoqqanlar orasida mushtarak boʻlib, har ikki tarafdan xabar beradi. Va vaziyatlarini bildiradi. Va oyna kabi hollarini koʻrsatadi.

Ha, otash yoqqanlarga qarshi ishoroti shundayki:

Bunday bir zulmat musibatiga duchor boʻlgan bir odam avvalan qutqaradigan bir ovozni eshitish uchun atrofni tinglaydi. Lekin tunning sassiz, lol boʻlishi uning karligini intoj etgan. Soʻngra yordamiga keladigan bir odamni chaqirishni istaydi. Lekin tunning sokit va karligi uning lolligiga sabab boʻlgan. Soʻngra yoʻlini topish umidi bilan bir alomat, bir nishon qidiradi. Faqat tunning ziyosizligi va koʻrligi, uning koʻrligini mujib boʻlgan. Soʻngra avvalgi yeriga qaytishni istaydi. Faqat eshiklar bogʻlangan, ruju'ga imkon yoʻqdir. Botqoqlikka tushgan kabi titragancha botadi.

Munofiqlarga nazir jihati esa:

Ha, munofiqlar kufr va nifoq zulmatiga tushgan vaqtlari, toʻrt jihat bilan qutulishlari mumkin edi. Zero u nifoqdan boshlarini koʻtarib haqni tinglash, Qur'onning irshodiga quloq solish bilan najotlari mumkin edi. Faqat nafslarining shaytoniy havosi Qur'onning sadosini quloqlariga yetkazadigan havoni aralashtirish bilan mone boʻlgandir. Qur'oni Karim bu jihatdan umidlari inqito' etganiga ishoratan صُمٌّ degandir. Va bu ishoratdan, xuddi quloqlari kesilgan, quloqlari kesilgan itlarning quloqlarini eslatgan juda xunuk teshiklar qolganiga bir ramz bordir.

Soniyan: Boshlarini pastga tushirib vijdonlari bilan mushovara etish bilan toʻgʻri yoʻlni, haqni soʻrashdan najot javobini olish imkoni bor ekan, qalblaridagi qaysarlik, soʻyilgan tovuq kabi, tillarini ichkari tarafga tortib, gapirishlariga va nadomat bilan tavba qilishlariga mone boʻlgan. Qur'oni Karim bu eshikning yopiq ekaniga ishoratan بُكْمٌ degandir. Va bu ishoratdan, tillari yulib tashlangan va ogʻizlari chivin uyasi kabi xunuk teshikka oʻxshab qolganiga ramz qiladi.

Solisan: Ibrat nazari bilan dohiliy va xorijiy dalillarni koʻrish bilan haqqa ruju'lari mumkin ekan, gʻaflatlari koʻzlari oldidagi parda boʻlib, koʻrlik ham qovoqlarini yopish bilan yana najotdan mahrum qolishgan. Qur'oni Karim bunga ishoratan عُمْىٌ degandir. Ya'ni, shaytonlarga bir uya insho qilinish maqsadida koʻzlari oʻyilgan shaytonlarning boshlarini eslatgan, boshlarida xunuk va qoʻrqinchli ikkita gʻor shaklini xayolga arz qiladilar.

Robian: Iflos va xunuk vaziyatlariga qarab nadim boʻlib tavba qilishlari mumkin boʻlgani holda, nafslarining havosiga, buzuq fitratlarining iqtizosiga inzimom etgan shaytonning igʻvosi bilan qilgan u xunuk hollari koʻzlariga goʻzal koʻringanidan, tark qila olishmadi. Xullas, Qur'oni Karim bunga ham فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ deyish bilan, ularning oxirgi umidlarining ham suvga tushganiga va qum daryosiga ixtiyorlari bilan kirgan va boshqa ixtiyorlari bilan chiqa olmaydigan badbaxt insonlar ekanliklariga ishorat qilgan.

— 98 —

Ikkinchi bir tamsil:

﴿ اَوْ كَصَيِّبٍ مِنَ السَّمَٓاءِ ف۪يهِ ظُلُمَاتٌ وَ رَعْدٌ وَ بَرْقٌ يَجْعَلُونَ اَصَابِعَهُمْ ف۪ٓى اٰذَانِهِمْ مِنَ الصَّوَاعِقِ حَذَرَ الْمَوْتِ وَاللّٰهُ مُح۪يطٌ بِالْكَافِر۪ينَ ٭ يَكَادُ الْبَرْقُ يَخْطَفُ اَبْصَارَهُمْ كُلَّمَٓا اَضَٓاءَ لَهُمْ مَشَوْا ف۪يهِ وَاِذَٓا اَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُوا وَلَوْ شَٓاءَ اللّٰهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَاَبْصَارِهِمْ اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ﴾

Yoxud munofiqlarning masali; samodan yogʻgan shiddatli, boʻronli yomgʻirda qolgan yoʻlovchilarning masalasi kabidir. U yomgʻirning shiddatini orttirgan zulmatlar, shovqinlar, chaqmoqlar ichida bor. Chaqmoqlarning chaqishi bilan oʻlimning qoʻrquvidan barmoqlarini quloqlariga tiqadilar. Janobi Haq qudrati bilan kofirlarni ihota etgan. Kufr jazosidan qutulgan yoʻq. Chaqqan chaqmoqlar shiddatlari bilan qariyb koʻzlarni koʻr qiladigan shonidadir. Chaqmoqlarning chaqishi bilan atrof oydinlangan zamon yuradilar. Qorongʻiliklar choʻkkan vaqt toʻxtaydilar. Agar Janobi Haqning mashiati boʻlsaydi, quloq va koʻzlarini olib ketar edi. Janobi Haq hamma narsaga qodirdir."

Bu oyatda bayon qilinadigan uch nuqta bor.

Birinchisi:

Bu oyatning maqobli bilan vajhi irtiboti.

Ikkinchisi:

Jumlalari orasidagi jihati intizom.

Uchinchisi:

Jumlalarning hay'atlari, ajzolari, kalimalaridagi nizom.

— 99 —

Ha, bu oyatning jumlalari orasidagi nizom, irtibot aynan soniya, daqiqa, soatlarni sanagan millar orasidagi irtibot kabidir.

Avvalo, bu oyatni avvalgi oyat bilan rabt etgan jihat:

Qur'oni Karim munofiqlarning vaziyatini tasvir uchun itnob va tatvil bilan, ya'ni uzun iboralarni ichiga olgan misol va tamsillarni takror qilgan. Bu ham munofiqlarning vaziyatiga tarattub etgan dahshat va hayratning ikki qismga ayrilganidan kelib chiqqan. Zero; birinchi tamsilning xulosasiga koʻra; munofiq boʻlgan kishi, oʻzini vujud sahrosida doʻstlaridan ayrilgan, bir oʻzi qolganini va koinot jamiyatidan quvilgan sohibsiz qolganini bilgani kabi, hamma narsani ham ma'dum deb biladi. Va vahshat bilan qrshalgan sukun va sukunat ichida butun maxluqotga ajnabiy nazari bilan qaraydi.

Munofiqning shu qarashi bilan moʻ'minning qarashi orasida togʻlar bor. Zero, moʻ'min boʻlgan zot nuri iymon bilan butun mavjudlarni oʻziga doʻst va oshino deb biladi. Va koinot bilan tavahhush emas, tom unsiyati, muorafasi bordir.

Ikkinchi tamsilning xulosasiga koʻra: Munofiq boʻlgan odam, olamni musibatlari bilan oʻldiruvchi, balolari bilan tahdid etuvchi, hodisoti bilan na'ra tortuvchi, shadoidi bilan siquvchi bir shaklda koʻrish bilan butun dunyoning anvo'i bilan barobar adovatiga ittifoq qilishgan deb oʻylaydi. Uning bu fikriga koʻra, olamda unga manfaat beradigan hech bir narsa yoʻq. Butun ashyo unga qarshidirlar.

Holbuki, moʻ'min boʻlgan zot iymonning iqtizosi bilan, koinot qilgan tasbehlarni, tabshirlarni ham eshitadi.

Va shuningdek, Qur'oni Karimning tamsil xususida qilgan takrori, munofiqlarning ikki qismga ayrilganliklariga ishoratdir.

Birisi: Sufliy, omi boʻlgan tabaqadir. Bu tabaqaning holiga uygʻun birinchi tamsildir.

Ikkinchisi: Kibrli, magʻrur, goʻyo yuksak tabaqasidir. Bunga munosib ikkinchi tamsildir. Demak, tamsillarning takrori, qismlarning taaddudiga ishoratdir.

Soʻngra shu ikkinchi tamsilning munofiqlarning nazariga koʻra, bu maqom bilan munosabati nima?

Ha, Qur'oni Karimning muxotoblaridan tabaqa-i ulada yoki saffi avval odamlari doimo sahrolarda kezgan choʻl odamlaridir. Bular hammalari bu hodisani yo koʻrganlar yoki abno-i jinslaridan eshitganlar. Hatto bunday otash yoqish masalasi afkori omma bilan aloqadordir. Va bu hodisa ularga bir zarbulmasal qadar ta'sir qiladi.

Soʻngra ikkinchi tamsilning birinchi tamsil bilan munosabati oʻta oshkoradir. Zero u unga ikmol etuvchi bir tatimmadir. Hatto koʻp nuqtalarda ham ittihodlari bor.

— 100 —

Soʻngra bu ikkinchi tamsilning munofiqlarning holiga besh jihatdan munosabati bor.

Birinchisi:

Har ikki taraf ham shunday hayratga tushganlarki, oʻzlariga qutulish yoʻllari tamoman yopilgan, najot vasilalari yoʻqolganlar.

Ikkinchisi:

Har ikki taraf ham qoʻrquv shiddatidan, butun mavjudot dushman deb oʻylaydilar. Bir daqiqa ham oʻlim tahlikasidan amin boʻlmaydilar.

Uchinchisi:

Har ikki taraf ham dahshatning shiddatidan aqllarini yoʻqotgan devonalar kabi boʻladilar. Hatto qilichlarning yarqirashini koʻrib koʻzlarini yumish bilan yoki miltiqlarning ovozlarini eshitib quloqlarini berkitish bilan oʻlimdan tahaffuz etishni istagan yoki quyoshning gʻurubini istamaganidan, soatining zambaragini qisqartirgan ahmoqlar kabi bir vaziyat koʻrsatadilar. Holbuki quloqlarini berkitish bilan yoki koʻzlarini yumish bilan momaqaldiroqdan yoki chaqmoq chaqishidan qutulolmaydilar.

Toʻrtinchisi:

Quyosh, yomgʻir, suv, ziyo gullarga isobat etsa, hayot beradilar. Nabototga boʻlsa, tarbiya va tanmiya ettiradilar. Iflos narsalarga isobat etsa, yomon-yomon hidlarni ihdos etadilar. Mavot va oʻliklarga qarasalar, ufunat tavlid etadilar. Shuning kabi, rahmat va ne'mat ham loyiq va ularni intizor etib qiymatlarini bilmagan mavqelarga isobat etsalar, zahmatga va niqmatga inqilob etadilar.

Beshinchisi:

Ikkinchi tamsilning maoli bilan munofiqlarning qissasining maoli orasida ajzolariga qaralmasdan munosabat boʻlgani kabi, har ikki tarafning ajzolari orasida ham munosabatlar bor. Azjumla, صَيِّبٍ nabototga hayot bergani kabi, Islomiyat ham arvohga hayot beradi. Chaqmoq, momaqaldiroq (va'd, va'id), ya'ni xayrli zararli, Allohning amrlariga; zulumot ham kufrning shubhalariga, nifoqning shaklariga ishoratdir.

Soʻngra bu tamsilning jumlalari orasidagi munosabatlar:

Ha, Qur'oni Karim اَوْ كَصَيِّبٍ مِنَ السَّمَٓاءِ jumlasi bilan, "Munofiqlar; kimsasiz, qoʻrqinch, vahshatli bir sahroda, qorongʻi bir tunda, har bir qatrasi bir oʻq kabi shiddatli bir yomgʻirda qolgan yoʻlovchilar kabidir" degan vaqt, sami' darhol oʻziga keldi va savol berdiki: "Yomgʻirlar margʻub va matlub bir rahmat ekan, nimaga ular uchun qoʻrqinch bir musibatga aylangan?"

Qur'oni Karim u savolga qarshi u yomgʻirning dahshatini tasvir etish bilan, ف۪يهِ ظُلُمَاتٌ degandir. Va ظُلُمَاتٌ ning jam'i bilan, bulutlarning zulmatiga va yomgʻirning kasofatidan hosil boʻlgan zulmatga va ihotali, kasratli boʻlganidan, xuddi tunda bulut kabi, bulut yogʻdirgan qora-qora qatralarning zulmatiga zarf boʻlganini bildirgandir.

— 101 —

Soʻngra zulmatli, yomgʻirli tunlar asosan shovqinli boʻladilar. Sami' yana savol berib dedi: Ajabo, ularning ham bu tunlarida shovqin bormi?

Qur'oni Karim bunga ham javoban وَرَعْدٌ deya, vaziyatning dahshat va qoʻrqinchli boʻlganiga ishorat qilgan. Xuddi mavjudotning bir zohiriy podshohi boʻlgan samo ularni falokatga, halokatga chorlash uchun chaqirib, baqiradi. Zero dahshatli bir musibatga duchor boʻlgan odam, sukuni ichida koinotning har tarafidan zararli harakatlarni va sukuti ichida har tarafdan qoʻrqinch hayqiriqlarni taxayyul etadi. Shu bilan barobar, ra'd ovozini eshitgan vaqt, uning hayqiriqlarini oʻziga qarshi qattiq na'ralar deb oʻylaydi. Zero, qoʻrqqan va xoin bir odam har hayqiriqni oʻziga qarshi deb oʻylaydi.

Soʻngra ra'd, barq orasida bir rafoqati zikriya boʻlganidan, birisidan bahs qilingan zamon, boshqasi ham hatto tufayliy, ya'ni da'vatsiz boʻlsin zehnga keladi. Undan ham bahs qilinadi. Xullas, bu munosabat bilan, Qur'oni Karim رَعْدٌ dan soʻngra وَبَرْقٌ degan va tankiri bilan barqning juda gʻarib va ajib boʻlganiga ishorat qilgan. Ha, barqning chaqishi bilan zulumot olami oʻladi, oʻrtadan olib tashlanib, adam daryosiga otiladi. Va oniy oʻlaroq barqning oʻlimi bilan ham zulumot olami tiriladi, maydoni hashrga keladi. Xuddi barq soʻngan zamon olamni tamoman tutuni bilan toʻldirgan haqiqati majhul bir otashdirki, koʻrgan odam satxiy bir nazar emas, im'on bilan diqqati lozimdirki, qudratning osori azamatini koʻrsin.

Soʻngra sami', "Munofiqlar shu musibatning boshi berk koʻchasiga kirganlarida qanday bir tadbirda boʻldilar?" deya oʻzidan-oʻzi oʻylashni boshlarkan, Qur'oni Karim oʻylashiga ehtiyoj qoldirmasdan

﴿ يَجْعَلُونَ اَصَابِعَهُمْ ف۪ى اٰذَانِهِمْ مِنَ الصَّوَاعِقِ حَذَرَ الْمَوْتِ ﴾

deya ularga bir malja, bir qutulish chorasi qolmaganiga ishorat qilgan. Hatto choʻkayotgan odam dengizning oʻrtasida bir xasga iltijo qilgani kabi, bular ham sarosimaliklaridan barmoqlarining uchini emas, barmoqlarini tamoman quloqlariga tiqadilar. Xuddi musibatlari dahshat xipchini bilan ularning qoʻllarini uradi. Ular ham ogʻrigʻidan barmoqlarini choʻntaklariga emas, sarosimaliklaridan quloqlariga tiqadilar.

Xulosa, soi'qaning isobatidan qutulish oʻyi bilan qilgan shu ablahona harakatlaridan nima boʻlganlari anglashiladi.

Soʻngra sami'ning zehniga keldiki: "Ajabo, bu musibat umumiymidir, yoxud ularga maxsusmidir?" Bunga qarshi Qur'oni Karim

﴿ وَاللّٰهُ مُح۪يطٌ بِالْكَافِر۪ينَ ﴾

degan. Ya'ni, bu musibat ularning ne'matlarga qarshi qilgan kufronlarining jazosidir. Ularni bu musibat bilan tajziya etadi. Chunki ular jumhur uchun joriy qilingan qonuni Ilohiydan xuruj etishgan.

Soʻngra sami', "Ra'dning shiddatiga muqobil barqning ularga bir foydasi boʻlmadimi?" deya nafsi bilan soʻzlasharkan, Qur'oni Karim

﴿ يَكَادُ الْبَرْقُ يَخْطَفُ اَبْصَارَهُمْ ﴾

jumlasi bilan, barqning ularga bir foydasi emas, aksincha yorugʻigi bilan ularning koʻzlarini qariyb koʻr qiladigan darajada bir shiddat koʻrsatyapti, deya sami'ga javob bergan. Xuddi ra'd quloqlariga, barq ham koʻzlariga e'loni xusumat etishgan.

Sami' qaradiki, ra'd va barq va boshqalar kabi koinotning ajzosi muttafiqan ularga qarshi boʻlib ularni itlaf etish uchun bir-biriga yordam beradilar. Bularga qarshi ularning nima qilishlarini oʻylashni boshladi. Qur'oni Karim,

﴿ كُلَّمَٓا اَضَٓاءَ لَهُمْ مَشَوْا ف۪يهِ وَاِذَٓا اَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُوا ﴾

jumlasi bilan ularning hayrat doirasida taraddud ichida sarosima bir vaziyatda yoʻllarini koʻrib, yoʻlda davom qilish uchun juz'iy bir fursat kutayotganlariga va barqning ziyosi bilan yoʻl koʻringan zamon davomidan umidsiz, mazbuhona bir harakatga oʻtib bir-ikki qadam otganlariga, faqat zulmat birdaniga istilo etganida, yerlarida muzlab qolgandek bir vaziyatda qolganlariga ishorat bilan javob bergan.

Sami' bu vaziyatni koʻrib: "Bu qadar ta'ziblar ostida ezilishdan koʻra, birdaniga oʻlib ketishlari yoki butun-butun kar va koʻr boʻlishlari yanada yaxshi emasmi?" deya soʻradi. Qur'oni Karim

﴿ وَلَوْ شَٓاءَ اللّٰهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَاَبْصَارِهِمْ ﴾

jumlasi bilan, "Ularning oʻlim bilan azobdan, iztirobdan qutulishga istihqoqlari yoʻqdir. Shuning uchun mashiati Ilohiya ularning oʻlimiga taalluq etmagan. Taalluq etsaydi, koʻzlarini koʻr, quloqlarini kar qilishga taalluq etardi. Bunga ham taalluq etmaydi. Chunki qonuni Ilohiydan xorij qolgan bu kabi badbaxtlarning koʻzlari, quloqlari doimo sogʻ qolsinki, azoblarni eshitishdan va chayonlarni koʻrishdan zavq olsinlar", deya sami' janobga javob bergan.

Soʻngra bu qissa ixtivo etgan azamat va qudrati Ilohiya bilan Janobi Haqning umum koinotda tasarruf sohibi boʻlgani va xususan osori qudratidan ra'd, barq, sahab moʻ'jizalari koʻrinib sami' tomonidan tahaqquq etish bilan "Koinot haybatining bir tajalliy va bu musibatlar ham gʻazabining bir qahri boʻlgan Zotning qudrati naqadar buyukdir, سُبْحَانَ اللّٰهِ " deya tasbehotni boshlagan. Qur'oni Karim ham uni tasdiqan

﴿ اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ﴾

degan.

— 102 —

Mazkur oyat ixtivo etgan jumlalarning hay'atlaridagi munosabatlar:

Ha, اَوْ كَصَيِّبٍ dagi اَوْ sufliy va gʻayri sufliy munofiqlarning ikki qismga munqasim boʻlganliklariga ishoratdir. Va har ikki tamsilning bir-biriga munosib va munofiqlarning holiga uygʻun boʻlganiga ramzdir. Va oralarida mushobahatning boʻlishi ma'lum va musallam boʻlganiga imodir. Va shuningdek, hurufi atfdan taraqqiyni ifoda qilgan بَلْ kalimasining ma'nosini mutazammindir. Chunki ikkinchi tamsil birinchi tamsildan yanada shadiddir.

كَصَيِّبٍ dagi ك munofiqlarni yomgʻirga tashbeh etish uchundir. Holbuki bir-biriga mushabih emas. Oralarida mutobaqat yoʻq. Shunday ekan, mushabbahun-bih boʻladigan narsa muqaddardir. Zikr qilinmasligi, lafzning ijoz va ixtisori uchundir. Lafzidagi ijoz ham ma'noni itnob va uzatilishi uchundir. Ma'noning bu uzatilishi ham sami'ning vus'ati xayoliga havola qilinadiki, maqomga munosib jumlalarni ta'yin qila olsa qilsin.

Masalan,

اَوْكَالَّذ۪ينَ سَافَرُوا ف۪ى صَحْرَٓاءَ خَالِيَةٍ وَلَيْلَةٍ مُظْلِمَةٍ فَاَصَابَتْهُمْ مُص۪يبَةٌ بِصَيِّبٍ

kabi, munofiqlarga mushabbahun-bih boʻlishga uygʻun va uzun bir jumlani taqdir qilishi mumkin. Ya'ni, "Munofiqlar xoli bir sahroda, zulmatli bir tunda chiqib yomgʻir musibatiga tutilgan yoʻlovchilar kabidir."

Ixtor:

Hamma bilgan مَطَرٌ kalimasiga maluf boʻlmagan صَيِّبٌ kalimasining tarjihan zikr qilinishi; u yomgʻirning qatralari goʻyo bittadan musibat boʻlib, ularning ruh va jonlariga oʻq kabi qasddan otilganiga ishoratdir.

Soʻngra yomgʻirning ochiq samo jihatidan yogʻgani hammaga ma'lum boʻlgani holda مِنَ السَّمَٓاءِ qaydi bilan taqyid etilishi, itloq uchundir. Ya'ni, "samo" qaydi bilan qilingan taxsis ta'mim uchundir. Ha, samoning qaydidan anglashiladiki, u yomgʻir butun samoning ufqini tutgan, umumiy bir shaklda yogʻadi. Hech bir yer undan xoli qolgani yoʻq. Ha,

﴿ وَمَا مِنْ دَٓابَّةٍ فِى الْاَرْضِ وَلَا طَٓائِرٍ يَط۪يرُ بِجَنَاحَيْهِ ﴾

jumlalarida ham دَابَّةٍ ning فِى الْاَرْضِ bilan, طَٓائِرٍ ning يَط۪يرُ ila oxir bilan taqyidlari, itloq va ta'mim uchundir.

Mufassir unvonini olgan ba'zi odamlar yomgʻir va boshqalar kabi yogʻgan narsalarning samoning jirmidan yogʻganiga zahib boʻlganlar va ulkan bir dengizning ham samoda boʻlganini ilova qilganlar. Ularni bu zahobga yoʻllagan, Qur'oni Karimning bir nechta yerida مِنَ السَّمَٓاءِ kalimasining boʻlishidir. Holbuki, asxobi tahqiq va arbobi balogʻatcha eng uygʻun ma'no مِنْ bilan سَمَٓاءِ orasida جِهَةِ lafzining taqdiri bilan, yomgʻirlarning samo jirmidan emas, samo jihatidan nozil boʻlganiga hukm qilishdir.

— 103 —

Shu bilan barobar, samo kalimasining yuqorida boʻlgan hamma nasaga itloq etila olinganiga binoan, bulutga ham samo deyilishi mumkin. Va bulut ham samo kalimasining shumuliga dohildir.

Bu maqomning tahqiqi shunday izoh qilinishi mumkin: Agar qudrati Ilohiyaning azamatiga qaralsa, jihatlar hammasi birdir. Qaysi jihatdan va qaysi narsadan boʻlsa boʻlsin, yomgʻirning yogʻishi mumkin. Agar hikmati Ilohiyaga qaralsa, yomgʻirning nuzuli, faqat kura-i havoiyada muntashir va kura-i havoiyaning oʻndan bir juzini tashkil qilgan buhari maining takosufidan hosil boʻladi.

Zero, hikmati Ilohiya butun ashyoda eng goʻzal bir nizom tashkil etgan. Bu nizom ashyodagi muvozana-i umumiyaning muhofazasiga xizmat qiladi. Bu muvozananing muhofazasi ham eng yaqin, oson, qisqa yoʻllarni tarjih etishga qaraydi.

Yomgʻir masalasi haqida eng qisqa yoʻl shunday ta'rif qilinishi mumkin:

Tabaqa-i havoiyada muntashir buhari maining zarralariga iroda-i Ilohiya amr qilgan vaqt, har tarafdan "Labbayk!" deb toʻplanishni boshlaydilar. Va bulut shaklida, iroda-i Ilohiyaga amrbar boʻlib tayyor turadilar. Yana iroda-i Ilohiyaning amri bilan bir qism zarralar shiddati tazyiq va takosufdan qatralarga inqilob etadilar. Soʻngra qonunlar mumassili va nizomot ma'kaslari deyilgan, u qatralarga munosib yaratilgan maloikalar vositasi bilan u qatralar muzohamatsiz, musodamasiz nuzul etadilar, yerga tushadilar. Lekin javvi havoda muvozananing muhofazasi uchun yogʻgan qatralardan boʻsh qolgan yerlar dengizlardan, yerlardan koʻtarilgan bugʻlar bilan toʻldiriladi.

Ixtor:

Samoda ulkan bir dengizning borligiga qilingan zahob, majozning haqiqat deb oʻylanganidan kelib chiqqandir. Darhaqiqat, javvi havo dengizning rangini eslatadi. Va kura-i havoiyada muntashir bahri muhitdan koʻproq suv bor. Shunga binoan, javvi havoni dengizga tashbeh etish baid emas. Faqat ma'no-i haqiqiy bilan qaralsa, xatodir.

S:

﴿ وَيُنَزِّلُ مِنَ السَّمَٓاءِ مِنْ جِبَالٍ ف۪يهَا مِنْ بَرَدٍ ﴾

oyati karimasining zohiriga koʻra yomgʻirning nuzuli, doʻldan mutashakkil samoda boʻlgan togʻlardandir. Buning izohi?

J: Bir kalomning na balogʻatga uygʻun va na aqlga muvofiq va na mantiqqa mutobiq ma'no-i zohiriysiga yopishib, zohiridan ayrilmaslik bir jumud va bir xiralikdir. Zero, Jannatning ovqat idishlarining vasflari haqida

قَوَار۪يرَ مِنْ فِضَّةٍ

jumlasi bir istiora-i badiiyani tazammun etgani kabi

﴿ مِنْ جِبَالٍ ف۪يهَا مِنْ بَرَدٍ ﴾

ham bir istiora-i badiiyani ixtivo etyapti. Shundayki:

Jannatning idishlari na shishadan va na kumushdan boʻlganidan, bu jumlaning ma'no-i zohiriysiga hamli joiz emas. Chunki u idishlarga "kumushdan qilingan shishalar" deyilmaydi. Zero, har ikki unsur orasida mutobaqat yoʻq. Faqat

قَوَار۪يرَ مِنْ فِضَّةٍ

dan ma'no-i majoziy bilan shishaning shaffofiyati, kumushning oqligi qasd qilingandir. Ya'ni "U idishlar shisha kabi shaffof, kumush kabi oqdirlar."

— 104 —

Shuning kabi,

﴿ مِنْ جِبَالٍ ف۪يهَا مِنْ بَرَدٍ ﴾

jumlasi ham ikki istiorani tazammun etgan. Bu istioralar sami'ning shoirona bir xayoliga muassasdir. Bu xayol ham olami sufliy bilan olami ulviy orasida bir navi mushobahat va mumosalatni mulohaza etishga mabnidir.

Ya'ni, olami sufliy deyilgan arz, mavosimi arbaada, xususan bahor mavsumida qanday turli-tuman shakllarga kiradi va anvo'an ziynatli, naqshli koʻylaklarni kiyadi, boshqa-boshqa manzaralarni koʻrsatadi. Olami ulviy boʻlgan samovot ham, xususan bulutlari bilan juda gʻarib, ajib holatlarga, suratlarga, ranglarga kiradi, chiqadi. Xuddi har ikki olam bir-biriga raqobat qiladilar.

Bu ikki olam orasida shunday bir mushobahat va mumosalatning tushunilishi ham oralarida bir musobaqa va raqobatni taxayyul etishdan nash'at etadi. Shundayki:

Arz, samo goʻzallik musobaqasiga kirish uchun lozim kelgan ziynatlarni taqib tayyorgarliklar qilganlari zamon, arz qish mavsumida qordan ma'mul oq kiyimlarini kiyadi. Bahor mavsumida zumrud kabi yashil gilamlarini sahrolariga toʻshaydi. Yashil liboslarini togʻlariga kiydiradi. Boshlariga oq sallalarini oʻraydi. Va bu goʻzal inqilob va manzaralari bilan qudrati Ilohiyaning moʻ'jizalarini hikmati Ilohiyaning nazariga arz etadi.

Bunga qarshi javvi samo ham azamati Ilohiyani izhor qilish uchun ulkan togʻlarni, tepalarni, soylarni va boshqa gʻarib, ajib narsalarning shakllarini va oq, qora, qizil kabi boʻyoqlar bilan boʻyalgan paxta yigʻinlarini eslatgan bulut qofilalarini oldinga yetaklab nazari hikmatga taqdim qiladi.

Xullas, bu ikki olam orasidagi xayoliy mushobahat sababli, xususan yoz mavsumidagi bulutlarning Arablar tarafidan togʻlarga, kemalarga, boʻstonlarga, soylarga, tuya qofilalariga qilingan tashbehlari, uslublari nazari balogʻatda juda goʻzal koʻrinadi.

Shuning kabi, olami ulviy bilan olami sufliy orasidagi va demakki bulutlar bilan togʻlar orasidagi mushobahat va munosabatga binoan

﴿ وَيُنَزِّلُ مِنَ السَّمَٓاءِ مِنْ جِبَالٍ ف۪يهَا مِنْ بَرَدٍ ﴾

oyati karimaning ma'no-i baligʻonasi, "Togʻlarning kattaligida, doʻlning rangida boʻlgan samodagi bulutlardan yomgʻirlarni inzol etamiz" deyishdan iboratdir.

Bu goʻzal va balogʻat jihatidan maqbul, aql va mantiqqa mutobiq ma'no turarkan, oyatning zohiriga yopishib, "Besh yuz yillik masofaqan ikki daqiqalik bir zamon mobaynida yomgʻirni jirmi samodan yer yuziga tushirish" kabi notoʻgʻri bir ma'noga zahib boʻlish, kori aql emasdir. Hikmat va iqtisod va adami abasiyat rad qiladi.

— 105 —

Yoʻlovchilar tunining qoʻrqinchli boʻlganini koʻrsatish uchun zikr qilingan ف۪يهِ ظُلُمَاتٌ dagi ف۪يهِ ning taqdimi, u musibatli tunning shiddati zulmatidan dahshat olganlarcha goʻyo koʻp tunlarning zulmatlari toʻplanib, u tunning zulmatiga inzimom etganiga ishoratdir.

S: ف۪يهِ dagi olmoshning صَيِّبٍ ga roji' boʻlishidan, yomgʻirning zarf, zulmatning mazruf boʻlgani tushuniladi. Holbuki qoziya ma'kusadir, yomgʻir zulmatning ichidadir.

J: Yomgʻirning kasratidan dahshat olgan yoʻlovchilarning fikri bilan goʻyo shu boʻshliq yomgʻir bilan toʻla bir hovuzdir. Va zulmatning zarralari ham oʻsha yomgʻirning qatralari orasiga tarqalganlar. Xullas, bunday fikrga binoan, yomgʻir zarf, zulmat mazruf boʻlishi mumkin.

ظُلُمَاتٌ ning jam' siygʻasi bilan zikri esa, bulutlarning qorongʻiliklaridan, kasofatidan va a'mm boʻlganidan va yomgʻir qatralarining kasofatlaridan hosil boʻlgan mutaaddid zulmatlarga ishoratdir.

Tankir va majhuliyatni ifoda qilgan ظُلُمَاتٌ dagi tanvin, yoʻlovchilarga haqiqatlari majhul bir qator zulmatlar boʻlganiga ishoratdir. Demak, u tanvin yoʻlovchilarning ilmiga parda boʻlib, bir zulmatni yana ilova etgandir. U holda, bu tanvin yoʻlovchilarning koʻzlariga parda boʻlgan zulumotga bir ta'kiddir.

وَرَعْدٌ وَبَرْقٌ

Ya'ni, momaqaldiroq bilan chaqmoq Janobi Haqning azamatiga, qudratiga dalolat qilgan juda oshkora ikki oyatdirki, olami gʻaybdan bulutlarning idora va tadvirlariga muakkal va nizom, intizom qonunlarining mumassillari va ma'murlari boʻlgan malaklarning yadi salohiyatlariga berilgandir.

Soʻngra musabbabotning sabablar bilan zohirda bogʻliq boʻlganiga binoan, havoda muntashir boʻlgan buhari maidan izni Ilohiy bilan tashakkul etadilar. Bu bulutlarning hikmati Rabboniy bilan bir qismi manfiy elektrni olib yuradi. Bir qismi ham musbat elektrni olib yuradi. Bu qismlar bir-biriga yaqinlashib, oralarida tasodum boʻlganida, iroda-i Xoliq bilan barq tavallud etadi. Bir qismi hujum, bir qismi ham firor etganlari zamon, oralarida havosiz qolgan yerlarni toʻldirish uchun amri Rabboniy bilan tabaqoti havoiya harakat va hayajonga kelganida ra'd sadosi, ya'ni momaqaldiroq hosil boʻladi. Faqat bu hollarning jarayoni bir nizom, bir qonun ostida boʻladiki, u nizomni, u qonunni tamsil etgan ra'd va barq malaklaridirlar.

S: Ra'd va barqning "zulumot" kalimasiga atflaridan anglashiladiki, bularning zarfi yomgʻirdir. Holbuki zarflari bulutdir, yomgʻir emas.

J: Dahshatidan hushdan ketgan sami' fikricha, u yomgʻirning hamma narsani ihota etgani oʻylanganiga koʻra, ra'd va barq ham yomgʻir ichiga olgan narsalarga dohildir.

S: Zulumotning aksiga, ra'd va barqning mufrad siygʻasi bilan zikrlari nimaga ishoratdir?

J: Yoʻlovchilarning eng koʻp nazari hayratlarini jalb qilgan, samovotning qichqirishi bilan mavjudotni oniy oʻlaroq yoritishdir. Bular esa ma'no-i masdariydir. Ma'no-i masdariy mufrad boʻladi va ifrod bilan ifoda qilinadi. Va shuningdek, ra'd boʻlsin, barq boʻlsin, samoviy oyatlardan afrodi koʻp bittadan navdirlar. Bu yerda ulardan maqsad navlaridir, afrodlari emas. Shuning uchun ifrod bilan zikr qilinganlar.

S: Ra'd va barqdagi tanvin nimaga ishoratdir?

J: Yo mahzuf bir sifatga i'vazdir. Taqdiri kalom

﴿رَعْدٌ قَاصِفٌ﴾ ﴿بَرْقٌ خَاطِفٌ﴾

dir. Yoxud ra'd va barqning nakra va majhuliyatlarini ifoda uchundir. Chunki yoʻlovchilar koʻzlarini yumgan, quloqlarini berkitishganidan, ularni koʻrgan va eshitgan emaslarki, ularni bilishsin.

— 106 —
﴿ يَجْعَلُونَ اَصَابِعَهُمْ ف۪ى اٰذَانِهِمْ مِنَ الصَّوَاعِقِ حَذَرَ الْمَوْتِ ﴾

Bu jumla musta'nifadir. Ya'ni, maqobli bilan bogʻliq emasdir. Faqat muqaddar bir savolga javobdir. Shundayki:

Qachonki sami' shu ikkinchi qissa-i tamsiliyani eshitdi. Shubhasiz, musibatning holatini anglash uchun shiddatli bir mayli uygʻondi. Qachonki Qur'oni Karimning tasviridan ma'lumot oldi. Musibatzada boʻlgan yoʻlovchilarning ham hollarini va u musibatga qarshi nima qilganliklarini anglashni istadi. Qur'oni Karim

﴿ يَجْعَلُونَ اَصَابِعَهُمْ ف۪ى اٰذَانِهِمْ ‌ الخ ﴾

deyish bilan ularni qutqaradigan bir malja qolmaganiga -va najot topish xayoli bilan dengizda qoʻllarini xaslarga uzatgan choʻkayotganlar kabi- samoviy toʻp va manjaniqlardan qutulish uchun quloqlarini berkitishdan ma'ada choralari qolmaganiga ishorat qilgan.

S: Maqomning iqtizosi xilofiga يُدْخِلُونَ ning oʻrniga يَجْعَلُونَ ning ishlatilishi nimaga binoandir?

J: Yoʻlovchilar najotlarini intoj etadigan haqiqiy sabablarni qidirib topishdan ma'yus boʻlgandan soʻngra quloqlarini berkitish kabi ja'li va zanniy narsalarga murojaat etish majburiyatida qolganliklariga ishoratdir.

S: Oʻtgan voqealarni zamoni holga ihzor uchun ishlatilgan muzoriy siygʻasi bilan يَجْعَلُونَning zikri nimaga ishoratdir?

J: Hayratlarni orttirgan shu maqomning sami'ga bergan dahshat sababli yoʻlovchilarning hodisasini -garchi xayoliy boʻlsin- koʻrish orzusida boʻlgan sami'ning orzusini qondirish uchun (siygʻa-i muzoriy bilan) oʻtgan u voqea zamoni holga keltirilib sami'ning xayoliga tasvir etilgandir. Va shuningdek, muzoriy siygʻasi, koʻpincha kesilib yangilanish bilan barobar, istimror va davomni iqtizo etadi. Va buning istimroridan bulutning shovqinining ham davomiga imo bordir.

اَصَابِعَهُمْ Quloqlarga suqib boʻladigan faqat barmoq uchlari ekan, bu yerda barmoq ma'nosida boʻlgan اَصَابِعَ ning ishlatilishi, ularning hayrat va dahshatlari sababli sarosimali holatda ekanlariga ishoratdir.

ف۪ى اٰذَانِهِمْ Ra'dning sadosidan ular yoʻliqqan shunday bir shiddati xavfga ishoratdirki, agar ra'd quloqlarining derazasidan ichkari kiradigan boʻlsa, darhol ruhlari ogʻizlarining eshigidan tashqariga qochadi.

Va shuningdek, bu qaydda juda goʻzal va latif bir imo bordirki: Qachonki ular oʻzlariga qilingan nasihatlarni, nido-i haqni quloqlarini ochib ichiga olmadilar. Samovot jihatidan quloqlar jabhasi ra'd va barqning toʻp va manjaniqlariga tutildi. Ular u zamon xayr uchun berkitgan quloqlarini hozir ham shar va azob uchun berkitishga majbur boʻldilar.

اَلْجَزَاءُ مِنْ جِنْسِ الْعَمَلِ

Ha, qoʻl bilan sirqat qilinganidan, qoʻl kesiladi. Yomon soʻzlar ogʻiz bilan aytilganidan, ogʻizga uriladi. U ham nadomat uchun oʻng qoʻlini ogʻziga, xijolat uchun chap qoʻlini koʻzlariga qoʻyadi.

مِنَ الصَّوَاعِقِ Ra'd va barqning yoʻlovchilarga zarar berishda muttahid boʻlishganiga ishoratan, yolgʻiz barqning sifati boʻlgan soi'qaning zikri bilan kifoyalanib ra'dning sifati tark qilingandir. Shu bilan barobar, soi'qa shiddatli bir savt bilan yoquvchi bir otashdan iborat boʻlish jihati bilan, ra'dning shovqinini ham tazammun etgan boʻladi. Bu e'tibor bilan ra'dning sifati ham zikr qilingan deganidir.

حَذَرَ الْمَوْتِ Ya'ni, yoʻlovchilarning soi'qalarga qarshi barmoqlari bilan qilgan u kulgili mudofaalari mol, avlod va boshqa ashyoning qoʻrquvidan emas. Faqat jonlarini Jahannamga taslim qiladigan oʻlim qoʻrquvidandir. Chunki musibatning pichogʻi suyakka tiralgandir. Boshqa narsalarning gʻamida, maroqida boʻlmasdan, yolgʻiz oʻlim va hifzi hayotni oʻylaydilar.

وَاللّٰهُ مُح۪يطٌ بِالْكَافِر۪ينَ Bu jumlada boʻlgan kalimalarning bir-biri bilan munosabatlariga va ifoda qilgan nuktalari:

— 107 —

Ha, و oralarida munosabat boʻlgan ikki narsani bir-biriga atf etgan bir vositadir. Bu yerda maqobli bilan maba'di orasida bir munosabat koʻrinmaydi. Yolgʻiz birinchi tamsil bilan ikkinchi tamsilning orasidagi munosabatga qarab shunday silsilali bir nechta jumlani ixtor etadi:

Ular gavjum boʻlgan yerlardan firor, shaharlilikdan nafrat, tunning istirohat zamoni boʻlganiga doir qonunga muxolafat etganlari kabi, nasihatlarga itoat qilmasdan, xuddi najotlari choʻllarda ekandek sahrolarga tushdilar. Eng oxiri xaybat va xusronga duchor boʻlib Allohning balosiga muhat va ma'ruz qoldilar.

اَللّٰهُ Bu kalima-i muboraka, ularning oxirgi umid va rijolarining kesilganiga ishoratdir. Chunki musibatzada boʻlgan bir odam, avval va oxir Allohning marhamatiga iltijo qilish bilan mutasalli boʻladi.

Shunga binoan, Allohning qahr va gʻazabiga mustahaq boʻlganning, albatta va albatta najotidan umid va rijosi kesiladi.

مُح۪يطٌ kalimasi ularni qamragan musibatlarning, Allohning osori azamati boʻlganiga ishoratdir. Ya'ni, koʻklarning, bulutlarning, yomgʻirlarning, tunlarning ularga jihoti sittadan hujum qilganlari kabi, Allohning ham gʻazab va baliyyoti har tarafdan ularni ihota etgan.

Va shuningdek, Allohning butun koinotni ihota etgan ilm va qudrati va butun zarrotni qamragan amrlari koʻz oldiga keltirilsa مُح۪يطٌ kalimasidan shunday bir ixtor otilib chiqishni boshlaydi:

"Ey kofirlar! Samovot va arzning tashqarisiga chiqolmaysizlar. Dohilda esa har qayerga qochsangiz qoching, u yerda Alloh ilm va qudrati bilan hozir va nazirdir."

بِالْكَافِر۪ينَ Bu kalimani مُح۪يطٌ lafziga bogʻlagan ب harfi jarri, Allohning gʻazabidan qochgan kofirlar yana Allohning gʻazabiga uchrab musibat oʻqlariga nishon boʻlishganiga ishoratdir.

كَافِر۪ينَ unvoni esa uch ishoratni tashiydi.

— 108 —
Birinchisi:

Tamsil ichida mumassalni, ya'ni munofiqlarni koʻrsatish bilan, sami'ning tamsil bilan mashgʻul boʻlib mumassaldan, maqsaddan gʻofil boʻlmasligini ta'min qilish uchundir.

Ikkinchisi:

Tamsil bilan mumassal; ya'ni yoʻlovchilarning vaziyati bilan munofiqlarning vaziyati orasida oxirgi tizimda boʻlgan mushobahatning quvvati sababli, bir-birining sifatini, yakdigarining laqabini, nasabini tashiy olishlariga ishoratdir.

Uchinchisi:

Kofirlarning qalblari kabi, ularning ham qalblari zulmat va azob ichida ekaniga ishoratdir. Zero qilgan jinoyat va qusurlaridan, vijdonlari ham ularni ta'zib etishdan orqa qolmaydi. Darhaqiqat, bizzot qilgan jinoyatining jazosini koʻrgan bir odamning vijdoni mustarih boʻlmaydi.

﴿ يَكَادُ الْبَرْقُ يَخْطَفُ اَبْصَارَهُمْ ﴾

Bu jumladagi kalimalar ishgʻol qilgan yerlar bilan munosabatlari va har biri tashigan ishoratlari:

Ha, avvalo bu jumla musta'nifadir. Ya'ni, maqobli bilan bogʻliq emas. Istinofi esa muqaddar bir savolga javobdir.

S: Barq, zulmatlarni tarqatgan ziyodor bir otashdir. Ular uning ziyosidan istifoda etmadilarmi?

J: Bir foyda va bir manfaat koʻrishlari shunday tursin, barqning zararidan, balosidan qoʻrqdilar deya Qur'oni Karim bu jumla bilan u muqaddar savolga javob bergan.

Qurbiyatni va yaqinlikni ifoda qilgan يَكَادُ kalimasining bu jumlada dalolat qilgan ma'no shundan iboratdirki: Koʻzlarini qamashtiradigan va koʻr qiladigan sabablar mavjud boʻlganiga qaramasdan, nima boʻlganda ham bir mone sababli hanuz koʻr boʻlishmagan.

Imkon berish ma'nosini ifoda qilgan يَخْطَفُ kalimasida juda goʻzal va latif bir balogʻat bor. Shundayki:

Ashyoning suratlarini olib keltirish uchun koʻz yuborgan ziyo, yoʻlovchilik asnosida ashyoga yetishishdan avval, birdaniga chaqmoq chaqadi; ilib ketuvchi bir qush kabi u ziyoni olib ketadi. Yoki koʻzning shuasi ashyoning shakllarini olib keltirarkan, tunning koʻzi hukmida boʻlgan chaqmoq mukammal tezlik bilan hujum qilib qoʻlidan u shakllarni olib ketadi. Xuddi, zulmatni olib tashlash bilan ashyoni koʻrsatgan chaqmoq, u badbaxtlarning ashyoni koʻrishlariga rozi boʻlmaganidan, koʻzning shuaidan u shakllarni olib ketadi.

عُيُونٌ kalimasiga tarjihan zikr qilingan اَبْصَارَهُمْ unvoni, Qur'on bayon qilgan qat'iy burhonlarga qarshi koʻrlik koʻrsatgan munofiqlarning basirat va qalblaridagi yomon niyatlarini, amallarini eslatish bilan tashhir etish uchundir. Zero, koʻz qalbning oynasidir. Qalbning muzmaroti koʻzda koʻrinadi.

— 109 —
﴿ كُلَّمَٓا اَضَٓاءَ لَهُمْ مَشَوْا ف۪يهِ وَاِذَٓا اَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُوا ﴾

Bu oyatni tashkil qilgan kalimalarning ishoratlari:

Ha, avvalo, bu jumla yana musta'nifa boʻlib, maqobli bilan aloqador emasdir. Faqat, sami'ning xotiriga kelgan shu savolga javob beradi.

S: Ularning musibati tabaddul va taaddud etgan. Ajabo, har ikki holatda hollari nima boʻldi?

J: "Chamoqning ziyosi bilan yoʻllari koʻringan zamon yurarkanlar. Zulmat ham choʻkkan zamon toʻxtarkanlar", deya Qur'oni Karim shu jumla bilan sami'ning u shubhasini izola etgan.

S: كُلَّمَا istigʻroq va istimrorni, ya'ni umumiyat va davomni ifoda qilgan bir adatdir.

اِذَا esa na umumiyatni va na davomni ifoda etmaydi. Bu e'tibor bilan chaqmoqning ziyolantirilishida كُلَّمَا ning, zulmat choʻkkanida اِذَا ning ishlatilishi nimaga binoan?

J: Ularning ziyoga ortiqcha hirs va ehtiyojlari boʻlgani uchun eng oz bir ziyoni ham fursat bilib qochirish istamaganlariga ishoratan, ziyo ustida كُلَّمَا iste'mol qilingan.

Sababiyat va manfaatga dalolat qilgan اَضَٓاءَ لَهُمْ dagi ل harfidan tushuniladiki, hushidan ketish darajasida bir musibatzada nafsiga oid narsalardan ma'ada hech bir narsani oʻylamaydi. Hatto qudrati Ilohiyaning minglab hikmatlari uchun koinotda nashr etgan ziyoning manfaati tamoman oʻziga oid boʻlganini va oʻzi uchun yuborilgan deb oʻylaydi.

Ziyoning adami davomi yuzidan jadal bir yurish bilan yoʻllarini davom qilishlari muqtazo-i hol va maqom ekan, sekin, oddiy bir yurishni ifoda qilgan مَشَوْا ta'biri, musibatning shiddatidan nash'at etgan za'fiyat sababli, tez yurishga qodir boʻlmaganlariga ishoratdir.

S: Insonlar yerda yurganlari kabi, ularning ham yurishlari yerda boʻlishi kerak. Holbuki ف۪يهِ dagi olmoshning ziyoga roji' boʻlishi jihati bilan, ularning yurishlari ziyoda boʻlgani anglashiladi.

J: Ularning ziyo xorijida yurishlari mumkin boʻlmagani uchun, xuddi masofa va madori harakatlari yolgʻiz ziyoga munxasirdir.

وَاِذَا dagi و yoʻlovchilarning avval koʻrgan zulmat musibatlarini yangilash uchun ikkinchi bir zulmat yana atf va ilova qilinganiga ishoratdir.

اِذَا ifoda qilgan juz'iyat va qillat esa, yoʻlovchilarning zulmatga qarshi his qilgan nafrat va koʻrsatgan koʻrlik shiddatlaridan, fikrlariga zulmatni keltirmaganlariga, faqat alad davom ziyo uchun bir fursat kutarkanlar, birdaniga zulmatning hujumiga ma'ruz qolganlariga ishoratdir.

اَظْلَمَ ning barqqa boʻlgan isnodi, barqning ziyosidan soʻngra hujum qilgan zulmatning boshqa zulmatlardan shadid boʻlganiga ishoratdir.

Va shuningdek, musibatzada boʻlgan yoʻlovchilarning taxayyullariga koʻra, goʻyo barqning ziyosidan soʻngra shu boʻshliqni toʻldirgan zulmatlar faqat barq otashining soʻnishidan hosil boʻlgan tutunlar boʻlganiga ham xayoliy bir imodir.

Zarar uchun ishlatilgan عَلَيْهِمْ dagi عَلٰى kalimasi zulmat musibatining tasodifiy boʻlmasdan, faqat ularning jazo-i amallari boʻlganiga ishoratdir. Va musibatzada boʻlgan yoʻlovchilarning, shu boʻshliqni toʻldirgan zulmatlar butun insonlar ichidan ularni qasd va ularga zarar berish uchun yuborilganliklarini taxayyul etganlariga bir ramzdir.

Zulmat choʻkkan vaqt sukunat bilan turib takrorlanmasliklari ijob etarkan, "oyoqqa turdilar" ma'nosini ifoda qilgan قَامُوا ta'biri, musibatning shiddatidan va musibat bilan koʻp mashgʻul boʻlganlaridan, ruku vaziyatini eslatgan bellarida bir taqavvus paydo boʻlganiga va zulmatning oniy hujumidan hazar qilib oyoqqa turib qochganlar kabi, bellarini toʻgʻrilaganlariga ishoratdir.

— 110 —
﴿ وَلَوْ شَٓاءَ اللّٰهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَاَبْصَارِهِمْ ﴾

Bu jumladagi kalimalarning ishoratlari:

Ha, avvalgi jumlalarda koʻzlarini koʻr, quloqlarini kar qilish shonida boʻlgan sabablar zikr qilingandan soʻngra, bu jumlada musabbabotni mashiati Ilohiya bilan bogʻlagandan soʻng avvalgi jumlalarga atf etgan و harfi sabablar pardasi ostida tasarruf qilgan faqat yadi qudrat va butun sabablar va illatlar ustida muroqaba etgan nazari hikmat boʻlganiga ishoratdir.

لَوْ Bu kalima tazammun etgan (qiyosi istisnoiy) shunday tasvir qilinishi mumkin: Mashiati Ilohiyaning boʻlmasligi; zahobi sam' va basarning boʻlmasligiga illatdir. Zahobi sam' va basarning boʻlmasligi ham mashiatining boʻlmaganini bildirishga bir dalil va bir illatdir.

Va shuningdek, mashiati Ilohiyadan ma'ada butun sabablarning takammul etishiga va yolgʻiz mashiati Ilohiyaning taalluqi bilan koʻz va quloqlarining ishi tugashiga ishoratdir.

شَٓاءَ ta'biri, musabbabotni sabablar bilan bogʻlagan mashiat va iroda-i Ilohiya ekaniga dalolat qiladi. Shunday ekan, ta'sir qudratnikidir. Sabablar esa, yadi qudratning nazari zohiriyda umuri xasisa bilan mubosharati koʻrinmasligi uchun vaz' etilgan pardalardir.

اَللّٰهُ Lafza-i Jalolning sarohat bilan zikri, xalqni ortiqcha sabablarga ahamiyat berishdan zajr va man qilish bilan, sabablar pardasi ostida tasarruf etgan yadi qudratni koʻrishga fikrlarni da'vat qiladi.

شَٓاءَ fe'lining bir maf'ul bilan taqyid etilmasdan mutlaq qoldirilishi, mashiat va iroda-i Ilohiyaning koinotning ahvolidan mutaassir boʻlmaganiga va mavjudotning sifoti Ilohiyaga ta'sirlari boʻlmaganiga ishoratdir. Ya'ni, basharning irodasi va boshqa sifatlari mavjudotning husn qubh, kattalik kichiklik kabi ahvolidan mutaassir boʻlgani kabi, sifoti Ilohiya mutaassir boʻlolmaydi. Sifoti Ilohiyaga koʻra hammasi mutasoviydir.

Olib borish ma'nosini ifoda qilgan ذَهَبَ dan anglashiladiki, sabablar musabbabot ustida musallat va mustavliy emas. Ya'ni, sabablarning irtifo'i zamonida, ular bilan qoim va bogʻliq boʻlgan musabbabotning adam daryosiga tushishi ehtimoli yoʻq. Faqat sabablarning orqasida hozir boʻlgan yadi qudrat u musabbabotni hifz etadi. Va hikmati Ilohiya muvozana va nizom qonuni mujibicha boshqa mavqelarga yuboradi, ihmol etmaydi. Ha, harorat suvni qaynatish bilan tuzilishini taxrib etgan zamon, ichidagi bugʻ adamga ketmaydi, balki nizomoti havoiya mujibicha muayyan bir majrada muayyan bir mavqega yoʻnaltiriladi.

Va shuningdek, ذَهَبَ ta'biridan tushuniladiki, "havassi xamsa" deyilgan tuygʻular; tabiatdan nash'at etgan emas va quloq, koʻz a'zolariga ham lozim emaslar. Faqat u tuygʻular Janobi Haqdan ehson qilingan hadyalardir. Shu quloq, qovoqlar ham oddiy shartlardir.

Va shuningdek, ذَهَبَ ning harfi jar boʻlgan ب bilan barobar kelishidan anglashiladiki, musabbabot sabablardan ayrilgan zamon oʻz holicha qoldirilmasdan, yana bir nizom ostiga olinadi. Chunki ذَهَبَ بِه۪ "birgalikda olib ketish" ma'nosini ifoda qiladi. Ma'lumki, birgalikda olib ketilgan bir narsa sohibsiz, oʻz holicha qoldirilmaydi.

Ixtor:

Sam'ning mufrad boʻlib, basarning jam' boʻlib zikirlari; eshitilgan bir, koʻringan koʻp boʻlganiga ishoratdir. Ha, aytilgan soʻzlar birma-bir quloqqa kiradi, eshitiladi. Faqat koʻp narsalar daf'atan koʻzga koʻrinishi mumkin.

— 111 —
﴿ اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ﴾

Bu jumladagi nukta va ishoratlar:

Ha, avvalo bu jumla munofiq va yoʻlovchilarni istilo etgan dahshatning tahqiqi uchun bir fazlaka va bir xulosadir. Va bu xulosadan anglashiladiki, yoʻlovchilarning ahvoli munofiqlarning ahvolini tamomi bilan tamsil etganlari va har bir hollari yoʻlovchilarning hollarida koʻringani kabi, har bir zarrada va har bir holda qudrati Ilohiyaning ham tasarrufi koʻrinadi.

Tahqiqni ifoda qilgan اِنَّ dohil boʻlgan hukmning sobit va tebranmas haqiqatlardan boʻlganiga dalolat qilgani kabi, masalaning azamatiga, vus'atiga, diqqatiga va navi basharning bu kabi masalalarda ojiz, zaif, qasir boʻlganiga ramzan koʻrsatadi. Chunki bu kabi yaqiyniy masalalarda taraddudni intoj etgan vahmlardir. Vahmlarni tavlid etgan za'fiyat, ajz, qusurdir. Bular ham insonning tiynati bilan qorilgan sifatlardir.

اَللّٰهُ Lafza-i Jalolining u yerda sarohatan zikr qilinishi, bu jumladagi hukmni isbot qilgan dalilga ishoratdir. Chunki butun mavjudot taxti tasarrufida va doira-i shumulida boʻlgan qudrat boshqa sifatlar kabi uluhiyatning lozimasidir.

عَلٰى kalimasidan anglashiladiki, adamdan ashyoni chiqargan qudrat, u ashyoni e'tiborsiz va oʻz holicha qoldirmaydi. Faqat hikmatning muroqaba va nazorati ostida tarbiya qildiradi.

كُلِّ adatidan anglashiladiki, sabablarning butun asarlari va hosili bilmasdar deyilgan af'oli ixtiyoriyaga tarattub etgan asarlar tamoman qudratga bogʻliqdir.

— 112 —

Mavjud va mavjudotga narsa va ashyo deyilishi mashiati Ilohiyaning taalluqidan nash'at etganiga nazaran شَىْءٍ ta'biridan anglashiladiki, ashyo vujudga kelgandan soʻngra ham Sone'dan aloqalari kesilmaydi. Vujudning takarruridan iborat boʻlgan baqolari uchun doimo Sone'ga muhtojdirlar.

قَادِرٌ kalimasiga badal subut va davomni ifoda qilgan قَد۪يرٌ siygʻasidan anglashiladiki, qudrat maqdurot nisbatida boʻlmasdan, doira-i tasarrufi juda kengdir. Va qudrat zotiyadir, tagʻayyurni qabul qilmaydi. Va qudrat lozimadir, ziyoda va nuqsonga qobiliyati yoʻqdir. Ham qudrat "Razzoq, Gʻaffor, Muhyi, Mumit" kabi sifoti fe'liyaning marji'i va mezonidir.

— 113 —
﴿ يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا رَبَّكُمُ الَّذ۪ى خَلَقَكُمْ وَ الَّذ۪ينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ ٭ اَلَّذ۪ى جَعَلَ لَكُمُ الْاَرْضَ فِرَاشًا وَالسَّمَٓاءَ بِنَٓاءً وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَاَخْرَجَ بِه۪ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَكُمْ فَلَا تَجْعَلُوا لِلّٰهِ اَنْدَادًا وَ اَنْتُمْ تَعْلَمُونَ ﴾

Ya'ni: "Ey insonlar! Sizlarni va sizlardan avval oʻtganlarni yaratgan Robbingizga ibodat qilingki, taqvo martabasiga vosil boʻlasiz. Va yana Robbingizga ibodat qilingki; Arzni sizga toʻshak, osmonni binongizga shift qilgan va osmondan suvlarni tushirganki, sizlarga rizq sifatida yerdan meva va boshqa gʻidolarni chiqarsin. Shunday ekan, Allohga misl va sherik qilmanglar. Bilib qoʻyingki, Allohdan boshqa ma'bud va xoliqingiz yoʻqdir."