Isharat ul-I'jaz
— 5 —

Qur'on Nedir? Ta'rifi Qandaydir?

Qur'on:

Shu kitobi kabiri koinotning bir tarjima-i azaliyasi.. va oyoti takviniyani oʻqigan mutanavvi' tillarining tarjiymoni abadiysi.. va shu olami gʻayb va shahodat kitobining mufassiri.. va zaminda va koʻkda yashirin asmo-i Ilohiyaning ma'naviy xazinalarining kashshofi.. va suturi hodisotning ostida muzmar haqoiqning kaliti.. va olami shahodatda olami gʻaybning lisoni.. va shu olami shahodat pardasi orqasida boʻlgan va olami gʻayb jihatidan kelgan iltifototi abadiya-i Rahmoniya va xitoboti azaliya-i Subhoniyaning xazinasi.. va shu Islomiyat olami ma'naviysining quyoshi, tamali, handasasi.. va avolimi uxroviyaning muqaddas xaritasi.. va zot va sifot va asmo va shuuni Ilohiyaning qovli sharihi, tafsiri vazihi, burhoni qat'iysi, tarjiymoni sati'i.. va shu olami insoniyatning murabbiysi.. va insoniyati kubro boʻlgan Islomiyatning ma va ziyosi.. va navi basharning hikmati haqiqiyasi.. va insoniyatni saodatga chorlagan haqiqiy murshidi va hadiysi... va insonlarga ham bir kitobi shariat, ham bir kitobi duo, ham bir kitobi hikmat, ham bir kitobi ubudiyat, ham bir kitobi amr va da'vat, ham bir kitobi zikr, ham bir kitobi fikr, ham insonning butun hojoti ma'naviyasiga marji' boʻladigan koʻp kitoblarni tazammun etgan yagona, jome' bir kitobi muqaddas.. ham butun avliyo va siddiqiynning va urofa va muhaqqiqiynning muxtalif mashrablariga va boshqa-boshqa maslaklariga, har biridagi mashrabning mazaqiga loyiq va u mashrabni tanvir etadigan va har bir maslakning masaqiga muvofiq va uni tasvir etadigan bittadan risola ibroz etgan muqaddas bir kutubxona hukmida bir kitobi samoviydir.

Qur'on Arshi A'zamdan, Ismi A'zamdan, har ismning martaba-i a'zamidan kelgani uchun, Oʻn Ikkinchi Soʻzda bayon va isbot qilingani kabi; Qur'on butun olamlarning Robbi e'tibori bilan Allohning kalomidir. Ham butun mavjudotning Ilohi unvoni bilan Allohning farmonidir. Ham butun samovot va arzning Xoliqi nomiga bir xitobdir. Ham Rububiyati mutlaqa jihatidan bir mukolamadir. Ham saltanati omma-i Subhoniya hisobiga bir xutba-i azaliyadir. Ham rahmati vase'a-i muhita nuqtai nazaridan bir daftari iltifototi Rahmoniyadir. Ham Uluhiyatning azamati hashmati e'tibori bilan, boshlarida ba'zan kalit soʻz boʻlgan bir muxobara majmuasidir. Ham ismi a'zamning muhitidan nuzul bilan arshi a'zamning butun muhatiga qaragan va taftish etgan hikmat-fashon bir kitobi muqaddasdir. Va shu sirdandirki, "Kalomulloh" unvoni kamoli layoqat bilan Qur'onga berilgan va doimo ham beriladi. Qur'ondan soʻngra boshqa anbiyoning kutub va suhuflari darajasi keladi. Boshqa nihoyatsiz kalimoti Ilohiyaning esa bir qismi ham xos bir e'tibor bilan, juz'iy bir unvon bilan, xususiy bir tajalliy bilan, juz'iy bir ism bilan va xos bir rububiyat bilan va maxsus bir saltanat bilan va xususiy bir rahmat bilan zohir boʻlgan ilhomot suratida bir mukolamadir. Malak va bashar va hayvonotning ilhomlari kulliyat va xususiyat e'tibori bilan koʻp muxtalifdir.

Qur'on asrlari muxtalif butun anbiyoning kitoblarini va mashrablari muxtalif butun avliyoning risolalarini va maslaklari muxtalif butun asfiyoning asarlarini ijmolan tazammun etgan va jihoti sittasi porloq va avhom va shubahotning zulumotidan musaffo va nuqta-i istinodi bilyaqiyn vahyi samoviy va kalomi azaliy.. va maqsadi va gʻoyasi, bilmushohada saodati abadiya.. ichi, bilbedaho xolis hidoyat.. usti, bizzarura anvori iymon.. osti, biilmalyaqiyn dalil va burhon.. oʻngi, bittajriba taslimi qalb va vijdon.. chapi, biaynalyaqiyn tasxiri aql va iz'on.. mevasi, bihaqqalyaqiyn rahmati Rahmon va dori jinon.. maqomi va qiymati, bilhads-is sodiq maqbuli malak va insu jon bir kitobi samoviydir.

Said Nursiy
— 6 —
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ اَلرَّحْمٰنُ ٭ عَلَّمَ الْقُرْاٰنَ ٭ خَلَقَ الْاِنْسَانَ ٭ عَلَّمَهُ الْبَيَانَ ﴾
فَنَحْمَدُهُ مُصَلّ۪ينَ عَلٰى نَبِيِّه۪ مُحَمَّدٍ الَّذ۪ى اَرْسَلَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ جَعَلَ مُعْجِزَتَهُ الْكُبْرَى الْجَامِعَةَ بِرُمُوزِهَا وَ اِشَارَاتِهَا لِحَقَائِقِ الْكَائِنَاتِ بَاقِيَةً عَلٰى مَرِّ الدُّهُورِ اِلٰى يَوْمِ الدّ۪ينِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ عَامَّةً وَ اَصْحَابِه۪ كَافَّةً
Avvalo:

Shu Ishorot-ul I'joz nomli asardan maqsadimiz; Qur'onning nazmiga, lafziga va iborasiga oid i'joz ishoratlarini va ramzlarini bayon qilishdir. Chunki i'jozning muhim bir vajhi nazmidan tajalliy etadi. Va eng porloq i'joz, Qur'onning nazmidagi naqshlardan iboratdir.

Soniyan:

Qur'ondagi anosiri asosiya va Qur'on ta'qib qilgan maqsadlar; Tavhid, Nubuvvat, Hashr, Adolat bilan Ibodat boʻlib toʻrtdir. Bu toʻrt unsurni bayon qilamiz.

S: Qur'onning shu toʻrt maqsadga toʻgʻri yurgani nimadan ma'lumdir?

J: Ha, bani odam katta bir karvon va azim bir qofila kabi moziyning daralaridan kelib, vujud va hayot sahrosida musofir boʻlib, istiqbolning yuksak togʻlariga va muzayyan bogʻlariga mutavajjihan qofila-qofila mutasalsilan yurayotgan ekan, koinotning nazari diqqatini jalb qildi: "Shu gʻarib va ajib maxluqlar kimlar? Qayerdan kelyaptilar? Qayerga ketyaptilar?" deya ahvollarini anglash uchun xilqat hukumati fanni hikmatni qarshilariga chiqardi. Va oralarida shunday bir muhovara boshlandi:

Hikmat: Qayerdan kelyapsiz? Qayerga ketyapsiz? Bu dunyoda ishingiz nima? Raisingiz kim?

Bu savolga bani odam nomidan, oʻxshashi boʻlgan buyuk paygʻambarlar kabi, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam navi basharga vakolatan qarshisiga chiqib shunday javob berdi:

Ey hikmat! Bu koʻrgan insonlaring, Sultoni Azaliyning qudrati bilan yoʻqlik qorongʻiliklaridan ziyodor borliq olamiga chiqarilgan maxluqlardir. Sultoni Azaliy butun mavjudoti ichida biz insonlarni tanlagan va omonati kubroni bizga bergan. Biz hashr yoʻli bilan saodati abadiyaga mutavajjihan ketyapmiz. Dunyodagi ishimiz ham, u saodati abadiya yoʻllarini ta'min qilish bilan, ra's-ul molimiz boʻlgan iste'dodlarimizni rivojlantirishdir. Va shu azim inson karvoniga, bundan soʻngra Sultoni Azaliydan risolat vazifasi bilan kelib rayosat etgan menman. Mana, u Sultoni Azaliyning risolat baroati boʻlib menga bergan Qur'oni Azimushshon qoʻlimda. Shubhang boʻlsa ol, oʻqi!

Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam bergan shu javoblar Qur'ondan muqtabas va Qur'on lisoni bilan aytilganidan, Qur'onning anosiri asosiyasi shu toʻrt maqsadda tamarkuz etgani tushuniladi.

— 7 —

S: Shu maqosidi arbaa Qur'onning qaysi oyatlarida mavjud?

J: U anosiri arbaa Qur'onning hay'ati majmuasida boʻlgani kabi; Qur'onning suralarida, oyatlarida, kalomlarida, hatto kalimalarida ham sarohatan yoki ishoratan yoki ramzan mavjuddir. Chunki Qur'onning kulli juzlarida koʻringani kabi, juzlari ham Qur'onning kulliga oynadir. Shuning uchunki, Qur'on mushahhas boʻlgani holda, afrod sohibi boʻlgan kulliy kabi ta'rif qilinadi.

S: بِسْمِ اللّٰهِ va اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ kabi oyatlarda maqosidi arbaaga ishoratlar bormidir?

J: Ha قُلْ kalimasi Qur'onning koʻp yerlarida mazkur yoki muqaddardir. Bu mazkur va muqaddar boʻlgan قُلْ kalimalariga asos boʻlib بِسْمِ اللّٰهِ dan avval قُلْ kalimasi muqaddardir. Ya'ni, "Yo Muhammad! Bu jumlani insonlarga aytgin va ta'lim bergin." Demak basmalada Ilohiy va zimniy bir amr bor. Shu sababli, shu muqaddar boʻlgan قُلْ amri risolat va nubuvvatga ishoratdir. Chunki Rasul boʻlmasaydi, tabligʻ va ta'limga ma'mur boʻlmasdi. Shuning kabi, hasrni ifoda qilgan "jar va majrurning taqdimi" tavhidga imodir. Va shuningdek اَلرَّحْمٰنِ nizom va adolatga, اَلرَّح۪يمِ ham hashrga dalolat qiladi. V a shuningdek اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ dagi ل ixtisosni ifoda qilganidan, tavhidga ishoratdir.

رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

adolat bilan nubuvvatga ramzdir. Chunki tarbiya rasullar vositasi bilan boʻladi.

﴿ مَالِكِ يَوْمِ الدّ۪ينِ ﴾

zotan sarohatan hashr va qiyomatga dalolat qiladi.

Va shuningdek

﴿ اِنَّٓا اَعْطَيْنَاكَ الْكَوْثَرَ ﴾

sadafi ham u maqosidi arbaa javharlarini tazammun etgan.

— 8 —

بِسْمِ اللّٰهِ : Bu kalom quyosh kabidir. Ya'ni, quyosh boshqalarni koʻrsatgani kabi, oʻzini ham koʻrsatadi, boshqa bir quyoshga ehtiyoj qoldirmaydi. بِسْمِ اللّٰهِ boshqalarga qilgan vazifani oʻziga ham qiladi, ikkinchi bir بِسْمِ اللّٰهِ yana lozim emas. Ha, بِسْمِ اللّٰهِ shunday mustaqil bir nurki, bu nur hech bir narsaga bogʻliq emasdir. Hatto bu nurning "jar va majrur"i ham hech bir narsaga muhtoj emasdir. Faqat ب harfidan mustafad boʻlgan اَسْتَع۪ينُ yoki urf jihatidan ma'lum boʻlgan اَتَيَمَنُّ va yoxud muqaddar boʻlgan قُلْ istilzom etgan اِقْرَاْ fe'llaridan biriga mutaalliqdir.

Ixtor:

بِسْمِ اللّٰهِ dagi "jar va majrur"ga mutaalliq boʻlib mazkur boʻlgan fe'llar basmaladan soʻngra taqdir etiladiki, hasrni ifoda qilish bilan ixlos va tavhidni tazammun etsin.

اِسْمٌ : Janobi Haqning zotiy ismlari boʻlgani kabi, fe'liy ismlari ham bor. Bu fe'liy ismlarning Gʻaffor va Razzoq, Muhyi va Mumit kabi juda koʻp navlari bor.

S- Bu fe'liy ismlarining kasrat bilan tanavvu'i nima uchun sodir boʻladi?

J- Qudrati Azaliyaning koinotdagi mavjudotning navlariga, fardlariga boʻlgan nisbat va taalluqidan hosil boʻladi. Bu e'tibor bilan, بِسْمِ اللّٰهِ qudrati azaliyaning taalluq va ta'sirini jalb qiladi. Va u taalluq abdning kasbiga va ishiga yordam beruvchi bir ruh kabi boʻladi. Shunday ekan, hech kim hech bir ishini basmalasiz qoldirmasin!

— 9 —

اَللّٰهِ lafzi jaloli butun sifoti kamoliyani tazammun etgan bir sadafdir. Chunki lafzi jalol Zoti Aqdasga dalolat qiladi, Zoti Aqdas ham butun sifoti kamoliyani istilzom etadi. Shunday ekan, u lafza-i muqaddasa dalolati iltizomiya bilan butun sifoti kamoliyaga dalolat qiladi.

Ixtor:

Boshqa ismi xoslarda bu dalolat yoʻq. Chunki boshqa zotlarda sifoti kamoliyani istilzom etish yoʻq.

اَلرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ : Bu ikki sifatning lafzi jaloldan soʻngra zikrlarini ijob etgan munosabatlardan birisi shudirki: Lafza-i jaloldan jalol silsilasi tajalliy etgani kabi, bu ikki sifatdan ham jamol silsilasi tajalliy etadi. Ha, har bir olamda amr va nahiy, savob va azob, targʻib va tarhib, tasbeh va tahmid, xavf va rijo kabi juda koʻp furuot jalol va jamolning tajalliysi bilan tasalsul etib kelyapti. Ikkinchisi: Janobi Haqning ismi Zoti Aqdasiga ayn boʻlish jihati bilan, lafza-i jalol sifoti ayniyaga ishoratdir. الرَّح۪يمِ ham fe'liy boʻlgan sifoti gʻayriyaga imodir. اَلرَّحْمٰنِ ham na ayn, na gʻayr boʻlgan sifoti sab'aga ramzdir. Zero Rahmon Razzoq ma'nosidadir. Rizq baqoga sababdir. Baqo takarruri vujuddan iboratdir. Vujud esa; birinchisi mumayyiza, ikkinchisi muxassisa, uchinchisi muassira boʻlib "Ilm, Iroda, Qudrat" sifatlarini istilzom etadi. Baqo ham, samara-i rizq mahsuli boʻlgani uchun, "Basar, Sam', Kalom" sifatlarini iqtizo etadiki; marzuq istagan vaqt ehtiyojini koʻrsin, istagan vaqt eshitsin, oralarida vosita boʻlgan taqdirda u vosita bilan gapirsin. Bu olti sifat, shubhasiz birinchi sifati boʻlgan hayotni istilzom etadilar.

S- Rahmon katta ne'matlarga, Rahim kichik ne'matlarga dalolat qilgan jihatlari bilan, Rahimning Rahmondan soʻngra zikri, yuqoridan pastga tushish ma'nosida boʻlgan "San'at-ut tadalli" qoidasiga dohildir. Bu esa balogʻat jihatidan maqbul emas?

J- Ha, qosh koʻzni, yugan otni mutammim boʻlganlari va ularning nuqsonlarini ikmol etganlari kabi; kichik ne'matlar ham katta ne'matlarga mutammimdirlar. Bu e'tibor bilan mutammim boʻlgan haddi zotida kichik boʻlsa ham, foydani ikmol etganidan, kattadan yanada katta boʻlishi ijob etadi. Va shuningdek, kattadan kutilgan manfaat kichikka mutavaqqif boʻlsa, u kichik katta qatoriga oʻtadi, u katta ham kichik hukmida qoladi. Qulf bilan kalit, lison bilan ruh kabi.

Va shuningdek, bu maqom ne'matlarning sanogʻi yoki ne'matlar bilan imtinon maqomi emas. Faqat insonlarni yashirin va kichik ne'matlarga tanbeh va iqoz maqomidir. Avvalgi maqomlardagi "tadalli" shu "tanbeh" maqomida taraqqiy sanaladi. Chunki yashirin va kichik ne'matlarni insonlarga koʻrsatish va insonlarni ularning vujudi haqida iqoz etish loyiqroq va lozimroqdir. Bu e'tibor bilan, shu masalamizda tadalli emas, taraqqiy bordir.

S: Mabda va ma'haz e'tibori bilan riqqat-ul qalb ma'nosini ifoda qilgan bu ikki sifatning Janobi Haq haqida ishlatilishi joiz emas. Agar ma'no-i haqiqiylarining lozimi va natijasi boʻlgan in'om va ehson qasd qilinsa, majozda qanday hikmat bor?

J: Bu ikki sifat "yad" kabi ma'no-i haqiqiylari bilan Janobi Haq haqida ishlatilishi mahol boʻlgan mutashabehotdandir. Mutashabehotda ma'no-i majoziyning ma'no-i haqiqiyning lafzi bilan, uslubi bilan koʻrsatilishidagi hikmat, insonlarning ma'luf va ma'lumlari boʻlmagan ma'nolarni va haqiqatlarni zehnlariga yaqinlashtirib qabul qildirishdan iborat. Masalan "yad"ning ma'no-i majoziysi insonlarga ma'nus boʻlmaganidan, ma'no-i haqiqiyning shakli bilan, lafzi bilan koʻrsatish zarurati bor.

— 10 —
اَلْحَمْدُ
Avvalo

bu kalimani maqobliga bogʻlattirgan jihati munosabat; "Rahmon" "Rahim" dalolat qilgan ne'matlarning hamd va shukr bilan qarshilanishi luzumidan iboratdir.

Soniyan:

Shu اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ jumlasi, har biri ni'ami asosiyadan biriga ishorat boʻlish tarzida, Qur'onning toʻrt surasida takarrur etgan. U ne'matlar ham; nash'a-i ula bilan nash'a-i ulada baqo, nash'a-i uxro bilan nash'a-i uxroda baqo ne'matlaridan iboratdir.

Solisan:

Bu jumlaning Qur'onning boshlangʻichi boʻlgan Fotiha Surasiga fotiha, ya'ni boshlangʻich qilinishi nimaga binoan?

J: Koinotning va natijada insonlarning xilqatidagi hikmat va gʻoya,

﴿ وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْاِنْسَ اِلَّا لِيَعْبُدُونِ ﴾

farmoni jaliliga koʻra, ibodatdir. Hamd esa, ibodatning ijmoliy bir surati va kichik bir nusxasidir. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ ning bu maqomda zikri, xilqatning gʻoyasini tasavvur qilishga ishoratdir.

— 11 —
Robian:

Hamdning eng mashhur ma'nosi, sifoti kamoliyani izhor qilishdir. Shundayki: Janobi Haq insonni koinotga jome' bir nusxa va oʻn sakkiz ming olamni ichiga olgan shu ulkan olamning kitobiga bir mundarija qilib yaratgan. Va asmo-i husnadan har birining tajalliygohi boʻlgan har bir olamdan bir oʻrnak, bir namuna insonning javharida vadi'a qoldirgandir. Agar inson moddiy va ma'naviy har bir a'zosini Alloh amr qilgan yerga sarf qilish bilan hamdning shoʻ'balaridan boʻlgan shukri urfiyni ado va shariatga imtisol etsa, insonning javharida vadi'a qoldirilgan u oʻrnaklarning har birisi oʻz olamiga bir deraza boʻladi. Inson u derazadan u olamga qaraydi. Va u olamga tajalliy etgan sifat bilan u olamdan tazohur etgan ismga bir mir'at va bir oyna boʻladi. U vaqt inson ruhi bilan, jismi bilan olami shahodat va olami gʻaybga bir xulosa boʻladi. Va har ikki olamga tajalliy etgan, insonga ham tajalliy etadi. Xullas, bu jihat bilan inson sifoti kamoliya-i Ilohiyaga ham mazhar boʻladi, ham muzhir boʻladi.

Haqiqatdan, Muhyiddin Arabiy,

كُنْتُ كَنْزًا مَخْفِيًّا فَخَلَقْتُ الْخَلْقَ لِيَعْرِفُون۪ى

hadisi sharifining bayonida: "Maxluqotni yaratdimki, menga bir oyna boʻlsin va u oynada jamolimni koʻray." degan.

لِلّٰهِ : ل bu yerda ixtisos uchundir. Hamdning Zoti Aqdasga xos va munxasir boʻlganini ifoda qiladi. Bu ل ning mutaallaqi boʻlgan ixtisos hazf boʻlgandan soʻngra unga intiqol etganki, ixlos va tavhidni ifoda qilsin.

Ixtor:

Mushahhas boʻlgan bir narsaning umumiy bir mafhum bilan mulohaza qilinganiga binoan; Zoti Aqdas ham mushahhas boʻlgani holda, Vojib-ul Vujud mafhumi bilan tasavvur qilinishi mumkin.

رَبِّ : Ya'ni, har bir juzi bir olam masobasida boʻlgan shu olamni butun ajzosi bilan tarbiya va yulduzlar hukmida boʻlgan u juzlarning zarrotini kamoli intizom bilan tahrik etadi. Ha, Janobi Haq hamma narsa uchun bir nuqta-i kamol ta'yin etgan. Va u nuqtani qoʻlga kiritish uchun oʻsha narsaga bir mayl bergan. Hamma narsa u nuqta-i kamolga toʻgʻri harakat qilish uchun, xuddi ma'naviy bir amr olgandek muntazaman u nuqtaga mutavajjihan harakat qilmoqda. Harakat asnosida ularga yordam bergan va monelarini daf qilgan, shubhasiz Janobi Haqning tarbiyasidir. Ha, koinotga diqqat bilan qaralgan vaqt, insonlarning toifa va qabilalari kabi, koinotning zarroti munfaridan va mujtami'an Xoliqlarining qonuniga imtisolan, muayyan vazifalariga yugurayotgani his qilinadi.'' Yolgʻiz badbaxt insonlar mustasno!''

الْعَالَم۪ينَ : Bu kalimaning oxiridagi ينَ yolgʻiz i'rob alomatidir, عِشْر۪ينَ ، ثَلَاث۪ينَ kabi. Yoki jam' alomatidir. Chunki olam ixtivo etgan juzlarning har birisi bir olamdir. Va yoxud yolgʻiz manzuma-i shamsiyaga munxasir emas. Janobi Haqning shu gʻayri mutanohiy fazoda koʻp olamlari bordir. Ha

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ كَمْ مِنْ فَلَكٍ ٭ تَجْرِى النُّجُومُ بِه۪ وَالشَّمْسُ وَالْقَمَرُ
﴿ رَاَيْتُهُمْ ل۪ى سَاجِد۪ين ﴾

da boʻlgani kabi, bu yerda ham uqaloga maxsus jam' siygʻasi bilan aqlsizlar jamlangan. Bu esa qavoidga muxolifdir?

— 12 —

Ha, olam oʻz ichiga olgan a'zolarning bittadan aql, bittadan mutakallim suratida tasavvur qilinishi, balogʻatning eng maqbul bir tamoyilidir. Zero koinotning "olam" bilan tasmiyasi, koinotning Sone'iga boʻlgan dalolati, shahodati, ishorati uchun. Shunga binoan, koinotning a'zolari ham Sone'ga boʻlgan dalolatlari, shahodatlari uchun bittadan olam boʻlishlarini ijob etadi. Shunday ekan, Sone'ning u a'zolarni tarbiyasidan va a'zolarning ham Sone'ni i'lam etishlaridan tushuniladiki; u a'zolar bittadan hayy, bittadan oqil, bittadan mutakallim suratida tasavvur qilingan. Shuning uchun bu jam'da qavoidga muxolafat yoʻq.

اَلرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ : Maqobli bilan bu ikki sifatning nazmini ijob etgan shunday bir munosabat borki; biri manfaatlarni jalb, boshqasi mazarrotlarni daf qilish maqsadida tarbiyaning ikki asosi bordir. Razzoq ma'nosida boʻlgan اَلرَّحْمٰنِ birinchi asosga, Gʻaffor ma'nosini ifoda qilgan الرَّح۪يمِ ham ikkinchi asosga ishoratlari uchun bir-biri bilan bogʻlangan.

مَالِكِ يَوْمِ الدّ۪ينِ : Maqobli bilan shu sifatning nazmini iqtizo etgan sabab shuki; shu sifat rahmatni ifoda qilgan maqobliga natijadir. Zero qiyomat bilan, saodati abadiyaning kelishiga eng buyuk dalil, rahmatdir. Ha, rahmatning rahmat boʻlishi va ne'matning ne'mat boʻlishi faqat va faqat hashr va saodati abadiyaga bogʻliqdir. Ha, saodati abadiya boʻlmasa, eng buyuk ne'matlardan sanalgan aqlning insonning boshida ilon vazifasini qilishdan boshqa bir ishi qolmaydi. Shuning kabi, eng latif ne'matlardan sanalgan shafqat va muhabbat, abadiy bir ayriliq tushunchasi bilan, eng ulkan alamlar qatoriga oʻtadilar.

S: Janobi Haqning hamma narsaga molik boʻlgani bir haqiqat ekan, bu yerda hashr va jazo kunining taxsisi nimaga binoandir?

J: Shu olamning insonlar tomonidan haqir va xasis sanalgan ba'zi narsalariga qudrati azaliyaning shaxsan mubosharati, azamati Ilohiyaga munosib koʻrilmaganidan, joriy qilingan zohiriy sabablarning u kun raf'i bilan, hamma narsaning shaffof, porloq ichki mohiyati bilan tajalliy etib Sone'ini, Xoliqini vositasiz koʻrishiga ishoratdir.

يَوْمِ ta'biri esa, hashrning sodir boʻlishini koʻrsatgan alomatlardan biriga ishoratdir. Shundayki:

Soniya, daqiqa, soat va kunlarni koʻrsatgan haftalik bir soatning millaridan birisi aylanishini tugatgan zamon, mutlaqo boshqalar ham aylanishlarini ikmol etishlariga qanoat hosil boʻladi. Shuning kabi yavm, yil, umri bashar va umri dunyo ichida ta'yin qilingan ma'naviy millardan bittasi aylanishini tugatganda, boshqalarning ham (hatto uzun bir zamondan keyin boʻlsin) aylanishlarini ikmol etishlariga hukm qilinadi. Va shuningdek, bir kun yoki bir yil mobaynida sodir boʻlgan kichik-kichik qiyomatlarni, hashrlarni koʻrgan bir odam, saodati abadiyaning (hashrning tulu'i fajri bilan, shaxsiy bir nav hukmida boʻlgan) insonlarga ehson qilinishiga shubha qilolmaydi.

د۪ينْ kalimasidan maqsad; yo jazodir, chunki u kun xayr va sharlarga jazo beriladigan bir kundir.. yoki haqoiqi diniyadir. Chunki haqoiqi diniya u kun tom ma'nosi bilan oʻrtaga chiqadi. Va e'tiqod doirasi sabablar doirasiga gʻalaba qiladigan bir kundir. Ha, Janobi Haq musabbabotni sabablarga bogʻlash bilan intizomni ta'min qilgan bir nizomni koinotda joriy qilgan. Va hamma narsani u nizomga muro'at etishga va u nizom bilan qolishga tavjih etgan. Va ayniqsa insonni ham u sabablar doirasiga muro'at va marbutiyatga mukallaf qilgan. Dunyoda har qancha sabablar doirasi e'tiqod doirasiga gʻolib boʻlsa ham; oxiratda haqoiqi e'tiqodiya tamoman tajalliy etish bilan, sabablar doirasiga gʻalaba qiladi. Bunga binoan, bu doiralarning har biri uchun boshqa-boshqa maqomlar, boshqa-boshqa hukmlar bor. Va har maqom iqtizo etgan hukmga koʻra harakat lozim. Aks holda, sabablar doirasida ekan tabiati bilan, vahmi bilan, xayoli bilan doira-i e'tiqodga qaragan Moʻ'tazila boʻladiki, ta'sirni sabablarga beradi. Va shuningdek, doira-i e'tiqodda ekan, ruhi bilan, iymoni bilan sabablar doirasiga qaragan ham sabablarga qiymat bermasdan, Jabriya Mazhabi kabi dangasalarcha bir tavakkal bilan nizomi olamga muxolafat etadi.

— 13 —

اِيَّاكَ نَعْبُدُ : ك olmoshida ikki nukta bordir. Birinchisi: Maqoblida zikr qilingan sifoti kamoliyaning كَ olmoshida mustatir va mutazammin ekaniga ishoratdir. Chunki u sifatlarning alohida-alohida ta'dadidan hosil boʻlgan buyuk bir shavq bilan gʻaybdan xitobga, ya'ni ismi zohirdan shu كَ olmoshiga iltifot va intiqol boʻlgan. Demak كَ olmoshining marji'i, oʻtgan sifoti kamoliya bilan mavsuf boʻlgan zotdir. Ikkinchisi: Alfaz oʻqilarkan, ma'nolarini tushunish balogʻat mazhabida vojib boʻlganiga ishoratdir. Chunki ma'nolar tushunilsa, nozil boʻlgani kabi oʻqiladi va u oʻqilish; tabiati bilan, zavqi bilan xitobga injiror etadi. Hatto اِيَّاكَ نَعْبُدُ ni oʻqigan odam, xuddi اُعْبُدْ رَبَّكَ كَاَنَّكَ تَرَاهُ jumlasidagi amrga imtisolan oʻqiyotgandek boʻladi.

Jam' siygʻasi bilan zikr qilingan نَعْبُدُ dagi olmosh uch toifaga ishoratdir. Birinchisi: Insonning vujudidagi butun a'zo va zarrotga roji'dirki, bu e'tibor bilan shukri urfiyni ado etgan boʻladi. Ikkinchisi: Butun ahli tavhidning jamoatlariga oiddir. Bu jihat bilan shariatga itoat qilgan boʻladi. Uchinchisi: Koinot ixtivo etgan mavjudotga ishoratdir. Bu e'tibor bilan, shariati fitriya-i kubroga tobe boʻlib hayrat va muhabbat bilan qudrat va azamatning arshi ostida sajid va obid boʻlgan boʻladi.

Bu jumlaning maqobli bilan vajhi nazmi, نَعْبُدُ ning اَلْحَمْدُ ga tafsir va bayoni boʻlish bilan مَالِكِ يَوْمِ الدّ۪ينِ ga ham bir natija va bir lozim boʻlishidir.

Ixtor:

اِيَّاكَ ning taqdimi, ixlosni viqoya etish uchundir va zamiri xitob ham ibodatning sabab va illatiga ishoratdir. Chunki xitobga injiror etgan oʻtgan sifot bilan muttasif boʻlgan zot, albatta ibodatga mustahaqdir.

— 14 —

وَاِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ : نَسْتَع۪ينُ da mustatir olmosh, نَعْبُدُ ning foili kabi, u uch jamoatdan har biriga roji'dir. Ya'ni: Bizning vujudimizning zarroti yoki ahli tavhid jamoati va yoxud koinot mavjudoti, butun hojot va maqsadlarimizga, ayniqsa eng ahamm boʻlgan ibodatimizga, sendan i'ona va tavfiq istaymiz.

اِيَّاكَ kalimasining takrorlanishidagi hikmatning birinchisi, xitob va huzurdagi lazzatning ortirilishiga; ikkinchisi, ayon maqomining burhon maqomidan yanada yuksak boʻlganiga; uchinchisi, huzurda sidq boʻlib kizbning ehtimoli boʻlmaganiga; toʻrtinchisi, ibodat bilan istio'naning boshqa va mustaqil maqsadlar boʻlganiga ishoratdir.

Bu ikki fe'lni bir-biri bilan bogʻlagan munosabat, ujrat bilan xizmat orasidagi munosabatdir. Zero ibodat, abdning Allohga qarshi bir xizmatidir. I'ona ham, u xizmatga qarshi bir ujrat kabidir. Yoki muqaddima bilan maqsud orasidagi aloqadir. Chunki i'ona va tavfiq ibodatga muqaddimadir.

اِيَّاكَ kalimasining taqdimidan tugʻilgan hasr, abdning Janobi Haqqa qarshi qilgan ibodat va xizmat bilan, vositalar va sabablarga boʻlgan tazalluldan qutulishiga ishoratdir. Lekin sabablarni tamoman ihmol va tark etish yaxshi emas. Chunki u vaqt Janobi Haqning hikmat va mashiati bilan koinotda joriy qilingan nizomga qarshi bir tamarrud chiqadi. Ha, sabablar doirasida ekan, tavakkal qilish bir navi tanballik va atolatdir.

اِهْدِنَا : Hidoyatni talab qilish bilan i'onani istash orasida qanday munosabat bor?

Ha; biri savol, boshqasi javob boʻlganidan, bir biri bilan bogʻlangan. Shundayki:

نَسْتَع۪ينُ bilan i'ona talab qilinarkan maqom iqtizosi bilan "Nima istaysan?" deya vorid boʻlgan muqaddar savol, اِهْدِنَا bilan javoblantirilgan. اِهْدِنَا bilan istanilgan narsalarning boshqa-boshqa va mutaaddid boʻlishi, اِهْدِنَا ma'nosining ham boshqa-boshqa va mutaaddid boʻlishini ijob etadi. Xuddi اِهْدِنَا toʻrt masdardan tashkil topgan. Masalan: Bir moʻ'min hidoyatni istasa, اِهْدِنَا sabot va davom ma'nosini ifoda qiladi. Boy istasa, ziyoda ma'nosini; faqir istasa, i'to ma'nosini; zaif istasa, i'ona va tavfiq ma'nosini ifoda etadi. Va shuningdek, "Hamma narsani yaratgan va hidoyat etgandir" ma'nosida

﴿ وَخَلَقَ كُلَّ شَىْءٍ وَهَدٰى ﴾

oyati jalilasining hukmiga koʻra, zohiriy va botiniy tuygʻular, ofoqiy va xorijiy dalillar, anfusiy va dohiliy burhonlar, paygʻambarlarning irsoli bilan, kitoblarning inzoli kabi vositalar e'tibori bilan ham hidoyatning ma'nosi taaddud etadi.

Ixtor:

Eng buyuk hidoyat, hijobning olib tashlanishi bilan haqni haq, botilni botil koʻrsatishdir.

اَللّٰهُمَّ اَرِنَا الْحَقَّ حَقًّا وَارْزُقْنَا اِتِّبَاعَهُ ، وَاَرِنَا الْبَاطِلَ بَاطِلًا وَارْزُقْنَا اِجْتِنَابَهُ . اٰم۪ينَ
— 15 —

الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ : Siroti mustaqim; shijoat, iffat, hikmatning mazjidan va xulosasidan hosil boʻlgan adl va adolatga ishoratdir. Shundayki:

Tagʻayyur, inqilob va falokatlarga ma'ruz va muhtoj shu inson badanida iskan etilgan ruhning yashay olishi uchun uch quvvat ihdos etilgandir. Bu quvvatlarning birinchisi: Manfaatlarni jalb va jazb uchun quvva-i shahaviya-i bahimiya. Ikkinchisi: Zararli narsalarni daf uchun quvva-i sabu'iya-i gʻazabiya. Uchinchisi: Naf' va zararni, yaxshi va yomonni bir-biridan tamyiz uchun quvva-i aqliya-i malakiyadir.

Lekin insondagi bu quvvatlarga shariat tomonidan bir had va bir nihoyat tayin qilingan boʻlsa ham, fitratan tayin qilinmaganligidan, bu quvvatlarning har biri tafrit, vasat, ifrot nomi bilan uch martabaga ayriladilar. Masalan: Quvva-i shahaviyaning tafrit martabasi xumud boʻlib; na halolga va na haromga shahvati, kuchli xohishi boʻladi. Ifrot martabasi fujur boʻlib; nomuslarni va irzlarni oyoq osti qilishga kuchli xohishi boʻladi. Vasat martabasi esa iffat boʻlib; haloliga shahvati bor, haromga yoʻq.

Ixtor:

Quvva-i shahaviyaning yeyish, ichish, uxlash va gapirish kabi furuotida ham bu uch martaba mavjuddir.

Va shuningdek, quvva-i gʻazabiyaning tafrit martabasi jabonat boʻlib, qoʻrqilmaydigan narsalardan ham qoʻrqadi. Ifrot martabasi tahavvurdirki, na moddiy va na ma'naviy hech bir narsadan qoʻrqmaydi. Butun istibdodlar, tahakkumlar, zulmlar bu martabaning mahsulidir. Vasat martabasi esa shijoat boʻlib; huquqi diniya va dunyoviyasi uchun jonini fido qiladi, mashru' boʻlmagan narsalarga qoʻshilmaydi.

Ixtor:

Bu quvva-i gʻazabiyaning furuotida ham shu uch martabaning oʻrni bor.

Va shuningdek, quvva-i aqliyaning tafrit martabasi gʻabovat boʻlib, hech bir narsadan xabari boʻlmaydi. Ifrot martabasi jarbaza boʻlib; haqni botil, botilni haq suratida koʻrsatadigan darajada aldovchi bir zakovatga molik boʻladi. Vasat martabasi esa hikmat boʻlib; haqni haq bilib imtisol etadi, botilni botil bilib ijtinob etadi.

﴿ وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ اُوتِىَ خَيْرًا كَث۪يرًا ﴾
Ixtor:

Bu quvvatning shu uch martabaga inqisomi kabi, furuoti ham u uch martabani ichiga olgan. Masalan: Fe'llarning yaratilishi masalasida Jabr mazhabi ifrotda boʻlib, batamom insonni mahrum qiladi. I'tizol mazhabi ham tafritda boʻlib, ta'sirni insonga beradi. Ahli Sunnat mazhabi vasatdir. Chunki bu mazhab bayna-baynadirki; u fe'llarning bidoyatini iroda-i juz'iyaga, nihoyatini iroda-i kulliyaga beradi. Va shuningdek, e'tiqodda ham ta'til ifrotdir, tashbeh tafritdir, tavhid vasatdir.

— 16 —
Xulosa:

Shu toʻqqiz martabaning oltitasi zulmdir, uchtasi adl va adolatdir. Siroti mustaqimdan murod shu uch martabadir.

صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ : Qur'onning marvarid kabi lafzlarining tizilishi; bir xaytga, bir turga, bir naqshga munxasir emas. Balki zuhur jihatidan, xofa jihatidan, yaqinlik jihatidan, uzoqlik jihatidan mutafovit koʻp tanosublardan hosil boʻlgan juda koʻp naqshlar ustiga tizilgan, nazm etilgandir. Zotan i'jozning asosi, ixtisordan keyin faqat shunday naqshlardadir.

Ha,

﴿ صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ ﴾

bilan maqoblidagi har bir kalima orasida bir munosabat bor. Masalan: اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ bilan munosabati bor. Chunki ne'mat hamdga dalil va ishoratdir. رَبِّ الْعَالَم۪ينَ bilan munosabatdordir. Chunki tarbiyaning kamoli, ne'matlarning tavoli va ta'oqubi bilan boʻladi. اَلرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ bilan aloqadordir. Chunki اَلَّذ۪ينَ dan iroda etilgan "anbiyo, shuhado, sulaho, ulamo" rahmatdirlar. مَالِكِ يَوْمِ الدّ۪ينِ bilan aloqasi bordir. Chunki ne'mati komila, faqat dindir. نَعْبُدُ bilan aloqasi bor. Chunki, ibodatda imomlar bulardir. نَسْتَعِينُ bilan bor. Chunki, tavfiqga va i'onaga mazhar bulardir. اِهْدِنَا bilan bor. Chunki, hidoyatda muqtado-bih ulardir. صِرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ bilan bor. Chunki, toʻgʻri yoʻl faqat ularning maslagidir.

"Tariq" yoki "sabil" kalimalariga "sirot" kalimasining tarjihi, maslaklarining atrofi mahdud va gavjum bir yoʻl boʻlganiga va u yoʻlga kirganlarning boshqa chiqmasliklariga ishoratdir.

— 17 —

Ma'hud va ma'lum boʻlgan narsalarda ishlatilishi usul ittihoz etilgan asmo-i mavsuladan اَلَّذ۪ينَ ta'biri ularning zulumoti bashariya ichida olmos kabi porlaganlariga ishoratdirki; ularni taharriy va talab etishga va qidirishga luzum yoʻq. Ular hammaning koʻz oʻngida hozir boʻlganliklarini ta'min etgan bir uluvvi shonga molikdirlar. Jam' siygʻasi bilan اَلَّذ۪ينَ ning zikri, ularga iqtido va tobe boʻlish imkonining mavjudiyatiga va ularning maslaklarida butlan boʻlmaganiga ishoratdir. Chunki fardiy boʻlmagan bir maslakda tavotur bordir; tavoturda butlan yoʻq.

Moziy siygʻasi bilan اَنْعَمْتَ ning zikri; takror ne'matni talab qilishga bir vasila boʻlganiga va Allohga roji' boʻlgan olmoshi ham bir yordamchi va bir shafoatchi vazifasini qilganiga ishoratdir. Ya'ni: "Ey Robbim! Modomiki in'om sening fe'lingdir va avval ham in'omni qilgansan; istihqoqim boʻlmagani holda in'omni takrorlash, sening sha'ningdir."

عَلَيْهِمْ dagi عَلٰى anbiyoga yuklatilgan risolat va taklif yukining juda ogʻir boʻlganiga va sahrolarni foydalantirish uchun yomgʻir, qor va boʻronlarning shadoidiga ma'ruz qolgan yuksak togʻlar kabi, paygʻambarlarning ham ummatlarini fayzlantirish uchun risolat zahmatlariga ma'ruz qolganlariga ishoratdir.

Ixtor:

Boshqa bir surada zikr qilingan

﴿ فَاُولٰٓئِكَ مَعَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمَ اللّٰهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيّ۪ينَ وَالصِّدّ۪يق۪ينَ وَالشُّهَدَٓاءِ وَالصَّالِح۪ينَ ﴾

oyati karimasi bu yerdagi

﴿ اَلَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ ﴾

oyati jalilasini bayon qiladi. Zotan Qur'onning bir qismi bir qismini tafsir qiladi.

S: Paygʻambarlarning maslaklari bir-biriga muvofiq kelmagani kabi, ibodatlari ham bir-biriga muxolifdir. Buning sabablari nimada?

J: E'tiqod va amalda, usul va ahkomi asosiyada paygʻambarlarning hammasi doimdirlar, sobitdirlar, muttahiddirlar. Ixtilof va tafovutlari faqat furuotdadir. Zotan, zamonlarning tabadduli bilan furuotning ham tabaddul va tagʻayyuri tabiiy narsa. Ha, mavosimi arbaada tadoviy va talabbus kabi koʻp narsalar tabaddulga uchraydi. Masalan, qishda kiyilgan qalin kiyim yozda tabaddulga uchraydi; yoki qishda yaxshi ta'siri boʻlgan bir dorining yozda yomon ta'siri boʻladi, ishlatilmaydi. Shuning kabi, qalb va ruhlarning gʻidosi boʻlgan ahkomi diniyaning furuoti ham umri basharning davrlari e'tibori bilan tabaddulga uchraydi.

غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ : Xavf va firor maqomi boʻlgan shu sifatning maqoblidagi maqomlar bilan munosabati esa: Bu maqomning hayrat va dahshat nazari bilan jalol va jamol bilan muttasif boʻlgan maqomi rububiyatga qaratishi; va iltijo va daxolat nazari bilan نَعْبُدُ dagi maqomi ubudiyatga qaratishi; va ajz nazari bilan نَسْتَع۪ينُ dagi tavakkal maqomiga qaratishi; va tasalli nazari bilan rafiqi doimiy boʻlgan maqomi rijoga qaratishidir. Chunki qoʻrqinch bir narsani koʻrgan odam, qoʻrquv va hayrat ichida qoladi; soʻngra firor etishga mayl qiladi. Ojiz boʻlgan taqdirida tavakkal qiladi, soʻngra tasalli yoʻllarini qidiradi.

— 18 —

S- Janobi Haq Gʻaniyyi Mutlaqdir; olamda bu qadar zalolatlarni va juda xunuk yomon narsalarni qilgan navi basharning yaratilishida qanday hikmat bordir?

J- Koinotda maqsudi bizzot va kulliy va shumulli qilib yaratilgan faqat kamollar, xayrlar, husnlardir. Sharlar, qubhlar, nuqsonlar esa; husnlarning, xayrlarning, kamollarning orasida koʻrilmaydigan darajada tarqoq va juz'iyat turidan taba'i boʻlib yaratilganlarki; xayrlarning, husnlarning, kamollarning martabalarini, navlarini, qismlarini koʻrsatishga vasila boʻlsinlar va haqoiqi nisbiyaning vujudiga yoki zuhuriga bir muqaddima va bir vohidi qiyosiy boʻlsinlar.

S- Haqoiqi nisbiyaning nima qiymati borki, u uchun sharlar istehson etiladi?

J- Haqoiqi nisbiya deyilgan narsalar, koinotning ajzosi orasida boʻlgan robitalardir. Va koinotdagi nizom faqat haqoiqi nisbiyadan tugʻilgan. Va haqoiqi nisbiyadan koinotning anvo'iga bir vujudi vohid in'ikos etgan. Haqoiqi nisbiya katta bir oʻlchovda haqoiqi haqiqiyadan koʻp. Hatto bir zotning haqoiqi haqiqiyasi yetti boʻlsa, haqoiqi nisbiyasi yetti yuzdir. Shu sababli qubh va sharda shar boʻlsa ham qolildir.

Ma'lumdirki, sharri qolil uchun xayri kasir takr etilmaydi. Tark qilinsa, sharri kasir boʻladi. Zakot va jihodda boʻlgani kabi.

Ha

اِنَّمَا تُعْرَفُ الْاَشْيَاءُ بِاَضْدَادِهَا

mashhur hukmidan maqsad, bir narsaning ziddi, u narsaning haqoiqi nisbiyasining vujud yoki zuhuriga sababdir. Masalan: Qubh boʻlmasaydi va husnlarning orasiga kirmasaydi, husnning gʻayri mutanohiy boʻlgan martabalari tazohur etmasdi.

S- اَنْعَمْتَ fe'l, مَغْضُوبِ ism-i maf'ul, ضَٓالّ۪ينَ ismi foil boʻlib, zikrlarida va shuningdek uchinchi parchaning sifatini va ikkinchi parchaning sifatiga tarattub etgan oqibatini va birinchi parchaning unvoni sifatini aynan zikr qilishda qanday bir hikmat bor?

J- Ne'mat unvoni, nafs doimo mayl qilgan bir lazzat boʻlganidan ixtiyor qilingandir. Fe'li moziy boʻlib zikridagi sabab, avval bayon qilingandir. Ikkinchi parcha esa, quvva-i gʻazabiyaning gʻalaba va tajovuzi bilan tajovuz qilib ahkomning tarki bilan zulm va fisqqa tushgan. Yahudiylarning tamarrudi kabi. Zulm va fisqda xasis va xayrsiz bir lazzat koʻringanidan, ulardan nafs tanaffur etmaydi. Qur'oni Karim u zulmning oqibati boʻlgan gʻazabi Ilohiyni zikr qilganki, nafslarni u zulm va fisqdan tanfir ettirsin. Istimror va davom sha'nida boʻlgan ismlardan ism-i maf'ul boʻlib zikr qilinishi esa, shar va isyonlarning davom qilib, tavba va avf bilan inqito' etmaganlari taqdirda, qat'iylashishiga va oʻchirilmaydigan bir tamgʻa shakliga kelishiga ishoratdir. Uchinchi parcha esa, vahm va havo-i nafsning aql va vijdonlariga gʻalabasi bilan, botil bir e'tiqodga tobe boʻlib nifoqqa tushgan bir qism nasorodir. Zalolat nafslarni tanfir va ruhlarni ogʻritgan bir alam boʻlganidan; Qur'oni Karim u parchani ayni u sifat bilan zikr qilgan. Va ismi foil boʻlib zikr qilinishiga sabab esa; zalolatning zalolat boʻlib davom etishiga mutavaqqif boʻlib, inqito'ga duchor boʻlgan zamon avfga dohil boʻlishiga ishoratdir.

Ey doʻstim! Butun lazzatlar iymonda boʻlgani kabi, butun alamlar ham zalolatdadir. Buning izohi esa; bir shaxs, qudrati azaliya tarafidan, adam zulumotidan shu qoʻrqinchli dunyo sahrosiga oʻtkazilar ekan koʻzini ochadi, qaraydi. Bir lutf kutgan vaqti, birdaniga dushmanlar kabi xastaliklar, alamlar, balolar hujum qilishni boshlaydilar. Bir madad, bir yordam uchun mustarhiymona tabiatga va anosirga qaragan vaqti, qasovati qalb bilan, marhamatsizlik bilan qarshilanadi. Ajromi samoviyadan istimdod etish niyatida boshini havoga koʻtaradi. U ajrom atom bombalari kabi dahshatli va haybatli hollarida koʻziga koʻrinadi. Hamon koʻzini yumadi, boshini egadi, oʻylashni boshlaydi. Qaraydiki, hayotiy hojatlari baqirib chaqirishni boshlaydilar. Butun-butun tavahhush etib hamon quloqlarini yopadi, vijdoniga iltijo qiladi; qaraydiki: Vijdoni minglab amol (umidlar) va omoniy bilan toʻla shovqinlaridan jinnat keltiradigan bir holga keladi. Ajabo, hech bir jihatdan hech bir tasalli chorasini topolmagan u bechora shaxs, mabda bilan ma'dni, Sone' bilan hashrni e'tiqod etmasa, uning u vaziyatidan Jahannam yanada salqin boʻlmaydimi?

— 19 —

Ha, u bechora xavf va haybatdan, ajz va ra'shatdan, vahshat va koʻngil torligidan, yetimlik bilan ma'yusiyatdan tashkil topgan bir vaziyat ichida boʻlib qudratiga qaraydi, qudrati ojiz va noqis.. hojatlariga qaraydi, daf qilinadigan bir holatda emas. Chariqib yordam istasa, yordamiga keladigan yoʻq. Hamma narsani dushman, hamma narsani gʻarib koʻradi. Dunyoga kelganiga ming marta nadomat etadi, la'nat oʻqiydi. Faqat u shaxsning siroti mustaqimga kirib, qalbi va ruhi nuri iymon bilan nurlansa, u zulmatli avvalgi vaziyati nuroniy bir holatga inqilob etadi. Shundayki:

U shaxs hujum qilgan balolarni, musibatlarni koʻrgan vaqti Janobi Haqqa istinod etadi, mustarih boʻladi. Yana u shaxs abadga qadar uzanib ketgan umidlarini, iste'dodlarini oʻylagan vaqt, saodati abadiyani tasavvur qiladi. U saodati abadiyaning ma-ul hayotidan bir qultum ichadi, qalbidagi umidlarini taskin etadi. Yana u shaxs boshini koʻtarib samoga va atrofga qaraydi; hamma narsa bilan unsiyat paydo qiladi. Yana u shaxs samodagi ajromga qaraydi; harakatlaridan dahshat emas, unsiyat va amniyat paydo qiladi.. va ularning u harakatlarini ibrat va hayrat bilan tafakkur qiladi. Yana u shaxs ajromi ulviya bilan shunday bir kasbi muorafa etadiki, qaysi bir jirmga qarasa qarasin, u jirmlardan: "Ey doʻstim! Bizdan tavahhush etma! Harakatlarimizdan qoʻrqma! Hammamiz bir Xoliqning ma'murlarimiz" deya ma'nus va amniyat beruvchi ovozlarni qalban eshitishni boshlaydi.

Xulosa:

U shaxs avvalgi vaziyatida vijdonidagi u dahshatli va vahshatli va qoʻrqinch alomi shadidadan qutulish uchun tasallilar bilan hissini yoʻq qilish va sarxushlik bilan u hollarni unutishni istaydi. Ikkinchi holatida esa, ruhida yuksak lazzatlarni va saodatlarni his qiladi; qalbini iqoz, vijdonini tahrik etib ruhini ihsos etgan sari, u saodatlar ziyodalashadi va unga ma'naviy Jannatlarning eshiklari ochiladi.

اَللّٰهُمَّ بِحُرْمَةِ هَذِهِ السُّورَةِ اجْعَلْنَا مِنْ اَصْحَابِ الصِّرَاطِ الْمُسْتَقِيمِ آمِينَ