Ifodat-ul Marom
Qur'oni Azimushshon butun zamonlarda kelib oʻtgan navi basharning tabaqalariga, millatlariga va kishilariga xitoban Arshi A'lodan irod etilgan Ilohiy va shumulli bir nutq va umumiy, Rabboniy bir xitoba boʻlgani kabi; bilinishi, bir kishining yoki kichik bir jamoatning iqtidoridan xorij boʻlgan va ayniqsa bu zamonda, dunyo moddiyotiga oid juda koʻp fanlarni va ilmlarni oʻzida jamlagan.
Bu e'tibor bilan zamon jihatidan, makon jihatidan, ixtisos jihatidan doira-i ihotasi juda tor boʻlgan bir kishining fahmidan va qorihasidan chiqqan bir tafsir, bihaqqin Qur'oni Azimushshonga tafsir boʻlolmaydi. Chunki Qur'onning xitobiga muxotob boʻlgan millatlarning, insonlarning ahvoli ruhiyalariga va moddiyotlariga, jome' boʻlgan nozik fanlarga, ilmlarga bir kishi voqif va sohibi ixtisos boʻlolmaski, unga koʻra bir tafsir qila olsin. Ham bir kishining maslagi va mashrabi taassubdan xoli boʻlolmaski, haqoiqi Qur'oniyani koʻrsin, betarafona bayon qilsin. Ham bir kishining fahmidan chiqqan bir da'vo unga xos boʻlib, boshqasi u da'voning qabuliga da'vat qilinolmaydi. Agarki bir turdagi ijmo'ning tasdiqiga mazhar boʻlsa.
Shu sababli Qur'onning nozik ma'nolarining va tafsirlarda tarqoq bir suratda boʻlgan mahosinining va zamonning tajribasi bilan fanning kashfi soyasida tajalliy etgan haqiqatlarining tasbiti bilan, bir tafsir har biri bir necha fanda mutaxassis boʻlgan muhaqqiqiyni ulamodan yuksak bir hay'atning tadqiqoti bilan, tahqiqoti bilan qilinishi lozim. Haqiqatdan, qonuniy hukmlarning tanzim va ittirodi bir kishining fikridan emas, yuksak bir hay'atning nazari diqqat va tadqiqotidan oʻtishi lozimki, umumiy bir amniyatni va jumhuri nosning e'timodini qozonish uchun millatga qarshi bir kafolati zimniya maydonga kelsin; va ijmo'-i millat hujjatni qoʻlga kirita olsin.
Ha, Qur'oni Azimushshonning mufassiri yuksak bir daho sohibi va nafiz bir ijtihodga molik va bir valoyati komilaga ega bir zot boʻlishi kerak. Ayniqsa bu zamonlarda bu shartlar faqatgina yuksak va azim bir hay'atning tasonudi bilan va u hay'atning talohuqi afkoridan va ruhlarining tanosubi bilan bir-biriga yordam berishidan va hurriyati fikrlaridan va taassublaridan ozoda boʻlib tom ixloslaridan tugʻilgan dohiy bir shaxsi ma'naviyda boʻladi. Xullas, Qur'onni faqat shunday bir shaxsi ma'naviy tafsir qila oladi. Chunki "Juzda boʻlmagan kullda boʻladi" qoidasiga binoan, har kishida boʻlmagan bu kabi shartlar hay'atda boʻladi. Bunday bir hay'atning zuhurini koʻpdan beri kutarkan, hissi qoblal vuqu' turidan boʻlib, mamlakatni buzib yondiradigan buyuk bir zilzilaning arafasida boʻlganimiz zehnga keldi.
{(Hoshiya1) Ha, Vanda Xorxor Madrasamizning tomida asnoyi darsda buyuk bir zilzilaning kelayotganini aytdi. Haqiqatdan aytgani kabi, oz bir zamon soʻngra Harbi Umumiy boshlandi.
Hamza, Mahmad Shafiq, Mahmad Mihri}
"Bir narsa butunicha qoʻlga kiritilmagan taqdirda u narsani tamomila tark qilish joiz emas" qoidasiga binoan, ojizligim va qusurim bilan barobar; Qur'onning ba'zi haqiqatlari bilan nazmidagi i'joziga doir ba'zi ishoratlarni bir oʻzim qayd qilishni boshladim. Faqat Birinchi Harbi Umumiyning oʻt olishi bilan Erzurumning Pasinlarning togʻ va daralariga tushdik. U qiyomatlarda, u togʻ va tepalarda fursat topish bilan, qalbimga kelganlarni, bir-biriga mos kelmagan iboralar bilan u dahshatli va muxtalif hollarda yozar edim. U zamonlarda, u kabi yerlarda, murojaat qilinadigan tafsirlarning, kitoblarning boʻlishi mumkin boʻlmaganidan; yozganlarim yolgʻiz sunuhoti qalbiyamdan iborat qoldi. Shu sunuhotim agar tafsirlarga muvofiq boʻlsa, nurun ala nur; shoyat muxolif jihatlari boʻlsa, mening qusurlarimga isnod qilinishi mumkin. Ha, tasxixga muhtoj yerlari bor, faqat xatti harbda buyuk bir ixlos bilan, shahidlar orasida yozilib kiydirilgan u yirtiq iboralarning tabdiliga (shahidlarning qon va kiyimlarining tabdiliga ruxsat berilmagani kabi) ruxsat berolmadim va qalbim rozi boʻlmadi. Hozir ham rozi emas, chunki u zamondagi ixlos va xulusni hozir topolmayapman.
{(Hoshiya2) Yangi Said Risola-i Nurdagi haqiqiy ixlos bilan yana u ixlosni topdi. Yangi Said ayni ixlos bilan qaradi, tasxix yerini topolmadi. Demak, sunuhoti Qur'oniya boʻlganidan, i'jozi Qur'oniya uni xatolardan himoya qilgan.
Nur Talabalari}
Shu bilan birgalikda, qalamga olganim shu Ishorot-ul I'joz nomli asarimni haqiqiy bir tafsir niyati bilan qilmadim; faqat ulamo-i Islomdan ahli tahqiqning taqdirlariga mazhar boʻlgan taqdirda, uzoq bir istiqbolda qilinadigan yuksak bir tafsirga bir oʻrnak va bir ma'haz boʻlish uchun u zamonlarning insonlariga bir tuhfa maqsadi bilan qildim.