Isharat ul-I'jaz
— 1 —

Tanbeh:

Ishorot-ul I'joz Tafsiri eski Harbi Umumiyning birinchi yilida, jabha-i harbda, ma'hazsiz va kitob mavjud boʻlmagani holda ta'lif qilingan. Harb zamonining zaruratidan boshqa, toʻrt sababga binoan gʻoyat muxtasar va ijozli bir tarzda yozilgan; Fotiha va nisfi avval yanada mujmal, yanada muxtasar qolgan.

Avvalo: U zamon izohga muso'ada etmas edi. Eski Said ijozli va qisqa ta'birot bilan ifoda-i marom etgan edi.

Soniyan: Gʻoyat zakiy boʻlgan oʻz talabalarining daraja-i fahmlarini oʻylar edi, boshqalarning tushunishlarini hisobga olmagan edi.

Solisan: Eski Said, eng daqiq va eng nozik boʻlgan nazmi Qur'ondagi ijozli boʻlgan i'jozni bayon qilgani uchun, qisqa va nafis chiqqan. Faqat hozir Yangi Said nazari bilan mutolaa etdim. Haqiqatdan, Eski Saidning butun xatioti bilan barobar, bu tafsirdagi tadqiqoti oliyasi uning bir shoh asaridir. Yozgan vaqti doimo shahid boʻlishga tayyorlangani uchun, xolis bir niyat bilan va balogʻatning qonunlariga va ulumi Arabiyaning dasturlariga tatbiq qilib yozgani uchun, hech birini rad qilolmadim. Balki Janobi Haq bu asarni unga kafforati zunub qiladi va bu tafsirni ham toʻliq tushunadigan odamlarni yetishtiradi inshaalloh.

Agar Birinchi Harbi Umumiy kabi monelar boʻlmasaydi, tafsirning bu birinchi jildi, i'joz vujuhidan boʻlgan i'jozi nazmiyni bayon qilgani kabi, boshqa juzlar va maktublar ham mutafarriq haqoiqi tafsiriyani ichiga olsaydi, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonga goʻzal bir tafsiri jome' boʻlardi. Balki inshaalloh, shu juzi tafsir va oltmish olti adad, balki bir yuz oʻttiz adad "Soʻzlar" va "Maktubot" Risolalari bilan barobar ma'haz boʻlsa, kelajakda baxtiyor bir hay'at shunday bir tafsiri Qur'oniy yozar, inshaalloh...

Said Nursıy
— 2 —
Hoshiya:

Bu horiqo tafsirda, munofiqlar haqida boʻlgan oʻn ikki oyat bilan muannid kofirlar uchun boʻlgan ikki oyatning izohot va tafsilotining ichida koʻp munosaboti balogʻatni koʻplar tushunmaydigan va istifoda qilmaydigan ahamiyatsiz nuktalarning zikr qilinishining sirri va boshqa oyatlardagi tahqiqga va izohga muxolif boʻlib mohiyati kufriyaning tafsilotiga va ahli nifoq tamassuk etgan shubhalariga juda oz toʻxtalib oʻtilishining hikmati va yolgʻiz alfazi Qur'oniyaning nozik ishorot va dalolatlarining ahamiyat bilan bayon qilinishining sababi uch nuktadir:

Birinchi Nukta: Bidoyati zuhuri Islomiyatda muannid va kitobsiz kofirlarning va nifoqqa kirgan eski dinlarning munofiqlari kabi, aynan bu zamoni oxirda bir nazirasi chiqishini, darsi Qur'oniydan kelgan bir sunuhot bilan Eski Said his qilgan. Munofiqlar haqidagi oyatlarni izoh bilan eng nozik nuktalarni bayon qilgan, faqat mutolaachilarning zehnini bulgʻatmaslik uchun mohiyati maslaklarini va istinod nuqtalarini mujmal qoldirgan, izoh qilmagan. Zotan Risola-i Nurning maslagi shuki; zehnlarda bir iz qoldirmaslik uchun, boshqa ulamoga muxolif boʻlib, muorizlarning shubhalarini zikr qilmasdan shunday bir javob beradiki, ortiq vahm va vasvasaga yer qolmaydi. Eski Said bu tafsirda, Risola-i Nur kabi, zehnlarni bulgʻatmaslik uchun, yolgʻiz balogʻat nuqtasida lafzning dalolatiga va ishorotiga ahamiyat bergan.

Ikkinchi Nukta: Modomiki Qur'oni Hakimning har harfining oʻqilganda shunday bir qiymati boʻladiki; bir harf oʻn, yuz, ming va minglab savobni va boqiy meva-i uxroviyni beradigan mohiyatdadir; albatta Eski Saidning bu tafsirida bir soch kabi, bir zarra kabi, Qur'onning kalimotiga aloqador boʻlgan nuktalarni izoh qilishi isrof emas, ahamiyatsiz emas. Balki qovoqlarning kipriklari va balki koʻz qorachigʻining zarralari kabi qiymatli boʻlganini his qilganki, u dahshatli harb ichida bu nozikkina tola kabi munosabatlarni yozishdan va oʻylashdan, ovchi xattida dushman oʻqlari uni chalgʻitmagan, undan voz kechirmagan.

{(Hoshiya) Ajabo, bunday bir odam, hech mumkinmidirki; dinni siyosatga, dunyoga vosita qilsin. Bu ittihomni qilganlarning qay daraja adolatdan xorij bir zulm qilganlari anglashiladi.

Nur Talabalaridan Zubayr, Bayram}

Uchinchi Nukta: Turkchaga tarjimasi Arabchadagi jazolat, balogʻat va horiqo qiymatini muhofaza qilolmagan. Ba'zan esa muxtasar ketgan. Inshaalloh Arabcha tafsir bu tarjimaning oxirida bir mone boʻlmasa nashr qilinadi, tarjimadagi nuqsonlarini izola qiladi. Faqat Arabcha tafsirda tavofuqning anvo'idan koʻp horiqolar bor, bashar ixtiyori qoʻshilmagan. Shuning uchun u matbu'ning ayni tarzida -imkoni boʻlsa- mumkin boʻlgan qadar harakat qilish lozimki, alomati maqbuliyat boʻlgan u horiqolar yoʻqolmasin.

Said Nursiy
— 3 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Qirq yil avval Harbi Umumiyda, jabhada ovchi xattida ba'zan ot ustida ta'lif qilingan bu Ishorot-ul I'joz Tafsirining bir qismini Ustozimizdan dars oldik. Ilmi Balogʻatni va qavoidi Arabiyani bilmaganimiz holda, olgan darsimiz bilan bundagi bir sirri azimni fahm ettikki, bu Ishorot-ul I'joz Tafsiri haqiqatdan horiqodir. Bu Tafsir Qur'onning vujuhi i'jozidan yolgʻiz nazmidagi i'jozni horiqo bir tarzda koʻrsatishi munosabati bilan toʻrt nuqtani bayon qilamiz:

Birinchisi: Modomiki Qur'on kalomullohdir; umum asrlar ustida va orqasida oʻtirgan muxtalif tabaqa-tabaqa boʻlib safga tortilgan butun navi basharga xitob qiladi, dars beradi. Ham bu koinot Xoliqi Zuljalolining kalomi boʻlib Rububiyatning eng yuksak martabasidan chiqib, bu minglab muxtalif tabaqa muxotoblar bilan gapiradi, umumining butun savollariga va ehtiyojlariga javob beradi; albatta ma'nolari kulliy va umumiydir. Bashar kalomi kabi maxsus bir zamonga, muayyan bir toifaga va juz'iy bir ma'noga inhisor etmaydi. Butun jin va insning minglab muxtalif tabaqada boʻlgan afkor va uqul va qulub va arvohining har birisiga loyiq gʻidolarni beradi, tarqatadi.

Ikkinchisi: Kalomi Azaliydan kelgan va butun asrlarni va butun tavoifi navi basharni muxotob ittihoz etgan Qur'oni Hakimning gʻoyat kulliy ma'nolarining, javharlarining sadafi hukmida boʻlgan lafzi Qur'oniy, albatta kulliydir. Yolgʻiz qiroatida har bir harfining oʻn, yuz, ming va minglab va ayyomi muborakada oʻttiz mingga qadar savobi uxroviy va meva-i Jannat bergan hurufi Qur'oniyaning har birida mavjudiyati qat'iy boʻlgan i'jozning bir qismini bu tafsirda koʻrdik.

Uchinchisi: Bir narsaning husn va jamoli u narsaning majmuida koʻrinadi. Juzlarga ayrilgan vaqt, majmuida koʻringan husn va jamol parchalarida koʻrinmaydi. U narsaning umumida tazohur etgan naqsh va goʻzallik har bir qismida qidirilmaydi. Koʻrinmagan vaqt, koʻrinmasligi uning sababi qusuri tavahhum etilmaydi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, Qur'oni Hakimning sura va oyatlarida koʻringan moʻ'jiza-i nazm, hay'at va holat e'tibori bilan tahlil etilgan vaqt, boshqa bir tarzda yana oʻzini ahli tadqiqqa koʻrsatadi. Xullas, bu Ishorot-ul I'joz Arabcha Tafsiri, i'jozi Qur'oniyning yetti manbaidan bir manbai boʻlgan nazmidagi jazolatni eng nozik asroriga qadar bayon va izoh qiladi. Qur'oni Hakimning oʻn, yuz, ming va minglab va ayyomi muborakada oʻttiz mingga qadar samara-i uxroviy bergan hurufotining har biriga oid, Ishorot-ul I'jozning a'zamiy ihtimom bilan ulardagi i'jozni koʻrsatishga harakat qilishi, albatta isrof emas, ayni haqiqatdir.

Toʻrtinchisi: Qur'oni Hakimning Kalomi Azaliydan kelgani va butun asrlardagi butun tabaqoti basharga xitob qilishi e'tibori bilan, ma'nosida bir jome'iyat va kulliyati horiqo bordir. Insondagi aql va lison kabi, bir onda yolgʻiz bir masalani oʻylash va yolgʻiz bir lafzni aytish kabi juz'iy emas, koʻz kabi qamrovli bir nazarga sohib boʻlish kabi, Kalomi Azaliy ham butun zamonni va butun toifa-i insoniyani nazarga olgan bir kulliyatda bir kalomi ilohiydir. Albatta Uning ma'nosi, bashar kalomi kabi juz'iy bir ma'noga va xusisiy bir maqsadga munxasir emas. Bu sababdan, butun tafsirlarda koʻringan va sarohat, ishorat, ramz, imo, talvih, talmih kabi tabaqalar bilan mufassiriyn bayon qilgan ma'nolar, qavoidi Arabiyaga va usuli nahvga va usuli dinga muxolif boʻlmaslik sharti bilan, u ma'nolar u kalomdan bizzot muroddir, maqsuddir.

Tohiriy, Zubayr, Sungur, Ziyo, Jaylon, Bayram