Muqaddima
Aqoidiy va iymoniy hukmlarni quvvatli va sobit qilish bilan malaka holiga keltirgan faqat ibodatdir. Ha, Allohning amrlarini bajarish va ta'qiqlaridan saqlanishdan iborat boʻlgan ibodat bilan, vijdoniy va aqliy boʻlgan iymoniy hukmlar tarbiya va taqviya qilinmasa, asarlari va ta'sirlari zaif boʻlib qoladi. Bu holga Olami Islomning holi hozirdagi vaziyati shohiddir. Va shuningdek, ibodat dunyo va oxirat saodatlariga vasila boʻlgani kabi, maosh va maada, ya'ni dunyo va oxirat ishlarini tanzimga sababdir va shaxsiy va nav'iy kamolotga vositadir va Xoliq bilan abd orasida juda yuksak bir nisbat va sharafli bir robitadir.
Ibodatning dunyo saodatiga vasila ekanini izoh etgan jihatlar:
Birisi: Inson butun hayvonlardan mumtoz va mustasno boʻlib, ajib va latif bir mizoj bilan yaratilgandir. U mizoj sababli insonda turli-tuman mayllar, orzular hosil boʻlgan. Masalan: Inson eng muntahob narsalarni istaydi, eng goʻzal narsalarga mayl koʻrsatadi, ziynatli narsalarni orzu qiladi, insoniyatga loyiq bir maishat va bir sharaf bilan yashashni istaydi.
Shu mayllarning taqozosi oʻlaroq yeyiladigan, kiyiladigan va boshqa hojatlarini istagani kabi goʻzal bir shaklda qondirishda koʻp san'atlarga ehtiyoji bor. U san'atlarni bilmaganidan, abno-i jinsi bilan hamkorlik qilishga majbur boʻladiki, har biri samara-i sa'yi bilan oʻrtogʻi bilan almashtirish surati bilan yordam bersinlar va bu soyada ehtiyojlarini maromga sola olsinlar.
Faqat insondagi quvva-i shahaviya, quvva-i gʻazabiya, quvva-i aqliya Sone' tarafından tahdid qilinmaganidan va insonning juzi ixtiyoriysi bilan taraqqiysini ta'min qilish uchun bu quvvatlar erkin qoʻyilganidan, muomalotda zulm va tajovuzlar sodir boʻladi. Bu tajovuzlarning oldini olish uchun, jamoati insoniya mehnatlarining samaralarini almashtirishda adolatga muhtojdir. Ammo har fardning aqli adolatni idrokdan ojiz boʻlganidan, kulliy bir aqlga ehtiyoj bordirki, kishilar u kulliy aqldan istifoda etsinlar. Unday kulliy bir aql ham faqat qonun shaklida boʻladi. Unday bir qonun faqat shariatdir.
Soʻngra u shariatning ta'sirini, ijrosini, tatbiqini ta'min qiladigan bir marji', bir sohib lozim. U marji' va u sohib ham faqat Paygʻambardir. Paygʻambar boʻlgan zotning ham zohiran va botinan xalqqa boʻlgan hokimiyatini davom ettirish uchun, moddiy va ma'naviy bir ulviyatga va bir imtiyozga ehtiyoji boʻlgani kabi, Xoliq bilan boʻlgan dajara-i munosabat va aloqasini koʻrsatish uchun ham bir dalilga ehtiyoji bor. Bunday bir dalil ham faqat moʻ'jizalardir.
Soʻngra Janobi Haqning amrlariga va ta'qiqlariga itoat va inqiyodni ta'sis va ta'min etish uchun Sone'ning azamatini zehnlarda mustahkamlashga ehtiyoj bor. Bu mustahkamlash ham faqat aqoid bilan, ya'ni ahkomi iymoniyaning tajalliysi bilan boʻladi. Iymoniy hukmlarni taqviya va inkishof ettirilishi faqat takror bilan tajaddud etgan ibodat bilan boʻladi.
Ikkinchisi: Ibodat, fikrlarni Sone'-i Hakimga qaratish uchundir. Abdning Sone'-i Hakimga boʻlgan tavajjuhi itoat va inqiyodini keltirib chiqaradi. Itoat va inqiyod esa, abdni intizomi akmal ostiga soladi. Abdning intizom ostiga kirishi bilan va nizomga rioya qilishi bilan hikmatning sirri tahaqquq etadi. Hikmat esa, koinot sahifalarida porlagan san'at naqshlari bilan taboruz etadi.
Uchunchisi: Inson markaz kabi, butun xilqatning nizomlariga va fitratning qonunlariga va koinotdagi navomisi Ilohiyaning shualariga bir markazdir. Shuning uchun insonning u qonunlarga intisob va irtibot etishi va u nomuslarning etaklariga yopishib tamassuk etishi lozimki, umumiy jarayonni ta'min etsin. Va tabaqoti olamda aylanib yurgan chigʻirlarning harakatlariga rioya qilmaslik bilan u chigʻirlarning charxlari ostida ezilmasin. Bu ham faqat u amr va man qilinganlardan iborat boʻlgan ibodat bilan boʻladi.
Toʻrtinchisi: Amrlarga rioya qilish, man qilinganlardan saqlanish soyasida bir kishi jamiyatda koʻp martabalar bilan bogʻ paydo qiladi va aloqador boʻladi. Ayniqsa ahkomi diniya va masolihi umumiya xususida bir kishi bir nav hukmiga oʻtadi. Ya'ni, juda koʻp huquqlar, haysiyatlar, irshodlar, ta'limlar, islohlar kabi vazifalar bir shaxsga yuklanadi. Agar u amrga rioya, man qilinganlardan saqlangan u shaxs boʻlmasa; u vazifalar tamoman poymol boʻladi.
Beshinchisi: Inson Islomiyat soyasida, ibodat sababli butun musulmonlarga qarshi sobit bir munosabat paydo qiladi va kuchli bir irtibot va aloqadorlik qoʻlga kiritadi. Bular esa mustahkam bir uxuvvatga, haqiqiy bir muhabbatga sabab boʻladi. Zotan jamiyatning kamoliga va taraqqiysiga ilk va eng birinchi zinapoyalar uxuvvat bilan muhabbatdir.
Ibodatning shaxsiy kamolotga sabab boʻlganining izohi:
Inson jisman kichik, zaif va ojiz boʻlish bilan barobar, hoyvonotdan sanalgani holda, juda yuksak bir ruhni tashiydi va juda buyuk bir iste'dodga sohibdir va hasr etilmaydigan darajada mayllari bordir va soʻngsiz orzular sohibidir va hisobga olib boʻlmas fikrlari bordir va chegarasiz shahaviya va gʻazabiya kabi tuygʻulari bordir va shunday ajoyib bir yaratilishi bordirki, xuddi butun anvo' va olamlarga mundarija boʻlib yaratilgan.
Mana bunday bir insonning u yuksak ruhini inbisot ettirgan ibodatdir; iste'dodlarini inkishof ettirgan ibodatdir; mayllarini tamyiz va tanzih ettirgan ibodatdir; orzularini tahaqquq ettirgan ibodatdir; fikrlarini tavsi' va intizom ostiga olgan ibodatdir; shahaviya va gʻazabiya quvvalarini had ostiga olgan ibodatdir; zohiriy va botiniy a'zolarini va tuygʻularini kirlatgan tabiat zanglarini ketkazgan ibodatdir; insonni muqaddar boʻlgan kamolotiga yetishtirgan ibodatdir; abd bilan Ma'bud orasida eng yuksak va eng latif boʻlgan nisbat faqat ibodatdir. Ha, kamoloti bashariyaning eng yuksagi shu bogʻ va munosabatdir.
Eslatma: Ibodatning ruhi ixlosdir. Ixlos esa, qilingan ibodatning yolgʻiz amr qilingani uchun qilinishidir. Agar boshqa bir hikmat va bir foyda ibodatga asl sabab qilib koʻrsatilsa, u ibodat botildir. Foydalar, hikmatlar yolgʻiz murajjih boʻlishlari mumkin, asl sabab boʻlolmaydilar.
Qur'oni Karim qachonki
amri bilan insonlarni ibodatga da'vat qildi; xuddi lisoni hol bilan: "Nima uchun ibodat qilaylik, asl sababi nedir?" deya soʻralgan savolni, Qur'oni Karim
jumlalari bilan javoblantirish maqsadida Sone'ning vujudu vahdatiga doir burhonlarni zikr qilishni boshladi.
Otashning tutunga boʻlgan dalolati kabi, muassirdan asarga qilingan istidlolga "burhoni limmiy" deyilgani kabi; tutunning otashga boʻlgan dalolati kabi, asardan muassirga boʻlgan istidlolga ham "burhoni inniy" deyiladi. Burhoni inniy shubhalardanda salimroqdir.
Bu oyatning Sone'ning vujud va vahdatiga ishorat qilgan dalillaridan biri ham, "Inoyat Dalili"dir. Bu dalil; koinotni va koinotning ajzosini va anvo'ini ixtiloldan, ixtilofdan, tarqalishdan qutqarib, butun xususotini intizom ostiga olish bilan koinotga hayot bergan nizomdan iboratdir. Butun gʻoyalarning, hikmatlarning, foydalarning, manfaatlarning mansha'i bu nizomdir. Manfaatlardan, gʻoyalardan bahs qilgan butun oyoti Qur'oniya bu nizom ustida yuradi va bu nizomning tajalliysiga mazhardir. Shunga binoan, butun masolihning, favoidning va manofi'ning marji'i boʻlgan va koinotga hayot bergan bir nizom; albatta va albatta bir nozimning vujudiga dalolat qilgani kabi, u nozimning qasd va hikmatiga dalolat qilish bilan, koʻr tasodifning vahmlarini inkor qiladi.
Ey inson! Agar sening fikring, nazaring shu yuksak nizomni topishdan ojiz boʻlsa va istiqro-i tom bilan, ya'ni umumiy bir tadqiq qilish bilan ham u nizomni qoʻlga kiritishga qodir boʻlmasang, insonlarning talohuqi afkor deyilgan fikrlarining birlashishidan vujudga kelgan va navi basharning havassi (tuygʻulari) hukmida boʻlgan funun bilan koinotga qara va sahifalarini oʻqiginki, aqllarni hayratda qoldirgan oʻsha yuksak nizomni koʻrasan.
Darhaqiqat, koinotning har bir naviga doir bir fan tashakkul etgan yoki etyapti. Fan esa qavoidi kulliyadan iboratdir. Qoidaning kulliyati esa, nizomning yuksakligiga va goʻzalligiga dalolat qiladi. Zero nizomi boʻlmaganning kulliyati boʻlolmaydi. Masalan: ''Har olimning boshida bir oq salla bor''. Kulliyat bilan aytilgan shu hukm, ulamo navida intizomning borligiga qaraydi. Shunday ekan, umumiy bir taftish natijasida fununi kavniyaning har biri, qoidalarining kulliyati bilan koinotda yuksak bir nizomning borligiga bir dalildir. Va har bir fan nurli bir burhon boʻlib, mavjudotning silsilalarida shingillar kabi osilib silkingan gʻoyalar samaralarini va ahvolning oʻzgarishida yashirin foydalarni koʻrsatish bilan Sone'ning qasd va hikmatini e'lon qiladi. Xuddi vahm shaytonlarini quvish uchun har bir fan bittadan najmi soqibdir. Ya'ni, botil vahmlarni teshib yoqqan bittadan yulduzdir.
Ey birodar! U nizomni topish uchun umum koinotni tadqiq qilishdan koʻra, shu misolga diqqat qil, matlubing hosil boʻladi: Koʻz bilan koʻrinmagan bir mikrob, bir hayvoncha, kichikligi barobarida juda nozik va gʻarib bir uskuna-i Ilohiyani ichiga olgan. U uskuna mumkinotdan boʻlgani uchun, vujud va adami mutasoviydir. Illatsiz vujudga kelishi mahol. U uskunaning bir illatdan vujudga kelgani zaruriydir. U illat esa, tabiatdagi sabablar emas. Chunki u uskunadagi nozik nizom bir ilm va shuurning asaridir. Tabiatdagi sabablar esa ilmsiz, shuursiz, jomid narsalardir. Aqllarni hayratda qoldirgan u nozik uskunaning tabiatdagi sabablardan nash'at etganini iddi'o etgan odam, sabablarning har bir zarrasiga Aflotunning shuurini, Galileyning hikmatini berish barobarida; u zarrot orasida bir muxobaraning ham mavjud boʻlishini e'tiqod qilishi kerak. Bu esa, shunday bir safsata va shunday bir xurofotdirki, mashhur sofistaiyni ham uyaltiradi. Shu bilan barobar, moddiy sabablarda asos ittihoz etilgan quvva-i joziba bilan quvva-i dafi'aning inqisomga qobiliyati boʻlmagan bir juzda birlikda ijtimo'lari iltizom etilgan. Holbuki bular bir-biriga zid boʻlganidan, ijtimo'lari joiz emas. Faqat joziba va dafi'a qonunlaridan maqsad, "Odatulloh" bilan ta'bir qilingan qavonini Ilohiya esa va tabiat bilan tasmiya etilgan shariati fitriya esa, joizdir. Lekin qonun boʻlishdan tabiatga, vujudi zehniydan vujudi xorijiyga, umuri e'tiboriyadan umuri haqiqiyaga, vosita boʻlishdan muassir boʻlmaslik sharti bilan maqbuldir. Aks holda joiz emas.
Ey birodar! Misol sifatida koʻrsatganim u kichik xurdabini hayvonchaning, ya'ni mikrobning katta fabrikasidagi nizom va intizomni aqling bilan koʻrgan taqdiringda boshingni koʻtar, koinotga qara! Amin boʻlki, koinotning vuzuh va zuhuri nisbatida u yuksak nizomni, koinotning sahifalarida juda zohir va ravshan bir shaklda koʻrib oʻqiysan.
Ey birodar! Koinotning sahifalarida "Dalil-ul Inoya" bilan eslangan nizomga oid oyatlarni oʻqiy olmagan boʻlsang, sifati kalomdan kelgan Qur'oni Azimushshonning oyatlariga qaraginki; insonlarni tafakkurga da'vat qilgan butun oyatlari shu dalil-ul inoyani tavsiya qiladilar. Va ne'matlarni va foydalarni sanagan oyatlar ham dalil-ul inoya deyilgan u yuksak nizomning samaralaridan bahs etadilar. Azjumla: Bahsida boʻlganimiz shu oyat
jumlalari bilan, oʻsha nizomning foydalarini va ne'matlarini uzib insonlarga beryaptilar.
Dalili Ixtiroiy: Mazkur oyatning Sone'ning vujud va vahdatiga ishorat qilgan dalillaridan biri ham,
jumlasi bilan ishorat qilgan "Dalili Ixtiroiy"dir. Dalili ixtiroiyning xulosasi shunday izoh qilinishi mumkin:
Janobi Haq xususiy asarlariga mansha' va oʻziga loyiq kamolotiga ma'haz boʻlish uchun, har fardga va har navga xos va mustaqil bir vujud bergan. Azal jihatiga soʻngsiz boʻlib uzanib ketgan hech bir nav yoʻq. Chunki butun anvo' imkondan vujub doirasiga chiqmagan. Va tasalsulning ham botil ekani ayondir. Va olamda koʻringan shu tagʻayyur va tabaddul bilan bir qism ashyoning hudusi, ya'ni yangi vujudga kelganini ham koʻz bilan koʻrsa boʻladi. Bir qismining ham hudusi zarurati aqliya bilan sobitdir. Demak, hech bir narsaning azaliyati jihatiga ketib boʻlmaydi.
Va shuningdek, ilm-ul hayvonot va ilm-un nabototda isbot qilingani kabi, anvo'ning sanogʻi ikki yuz mingdan ziyodadir. Bu navlar uchun bittadan adam va bittadan avval-ota lozimdir. Bu avval-otalarning va adamlarning doira-i vujubda boʻlmasdan, faqat mumkinotdan boʻlganliklariga nazaran, har holda vositasiz qudrati Ilohiyadan vujudga kelganlari zaruriydir. Chunki bu navlarning tasalsuli, ya'ni soʻngsiz uzanib ketishlari botildir. Va ba'zi navlarning boshqa navlardan hosil boʻlishlari tavahhumi ham botil. Chunki ikki navdan tugʻilgan nav, koʻpincha yo aqiymdir yoki nasli inqito'ga duchor boʻladi. Tanosul bilan bir silsilaning boshi boʻlolmaydi.
Bashariyat va boshqa hayvonot tashkil qilgan silsilalarning mabdai eng boshda bir otada kesilgani kabi, eng nihoyati ham oxirgi bir oʻgʻilda kesilib tugaydi.
Darhaqiqat, shuursiz, ixtiyorsiz, jomid, oddiy boʻlgan tabiatdagi sabablarning butun aqllarni hayratda qoldirgan u anvo' silsilalarining ijodiga qobiliyati boʻlgani doira-i imkondan xorijdir. Va shuningdek, qudrat moʻ'jizalaridan bittadan naqshi gʻarib va bittadan san'ati ajib tashigan u anvo' ichiga olgan afrodning ham ixtiro va yaratilishlarini u sabablarga isnod etish, yolgʻiz bir maholning emas, maholotning eng xurofotidir. Shunga binoan, u silsilalarni tashkil qilgan anvo' bilan afrod, hudus va imkon lisoni bilan, Xoliqlarining vujubi vujudiga qat'iy bir shahodat bilan shahodat qiladilar.
S: Butun silsilalarning Xoliqning vujubi vujudiga qat'iy shahodatlari koʻz oʻngingda boʻlgani holda, ba'zi insonlarning modda bilan moddaning harakatining azaliyati jihatiga zahib boʻlish bilan zalolatga tushganlarining sabablari nima?
J: Qasd va diqqat bilan emas, satxiy va diqqatsiz bir nazar bilan, mahol va botilga mumkin nazari bilan qarash mumkin. Masalan:
Bir bayram oqshomi, koʻkda oy va hilolni qidirganlar ichida keksa bir zot ham boʻladi. Bu zot koʻkdagi hilolni koʻrish uchun butun qasd va diqqati bilan nazarini koʻkka tavjih etib hilolni qidirish bilan mashgʻul ekan, koʻzining kipriklaridan uzangan va koʻz qorachigʻining ustiga egilgan oq bir qil qanday qilibdir koʻziga yopishadi. U zot darhol "Hilolni koʻrdim" deydi. "Mana bu koʻrganim Oydir" deya hukm qiladi.
Xullas, satxiy va diqqatsiz nazarlar bu kabi xatolarga tushganlari kabi, yuksak bir javharga va mukarram bir mohiyatga molik boʻlgan inson, qasdi va diqqati bilan doimo haq va haqiqatni qidirarkan, ba'zan satxiy va diqqatsiz bir nazar bilan botilga qaraydi. U botil ham ixtiyorsiz, talabsiz, da'vatsiz fikriga keladi. Fikri ham chor-nochor oladi, saqlaydi, asta-asta qabul va tasdiqiga ham mazhar boʻladi. Faqat uning u botilni qabul va tasdiqi, butun hikmatlarning marji'i boʻlgan nizomi olamdan gʻaflat etishidan va modda bilan harakatining azaliyatga zid boʻlishiga koʻrlik koʻrsatganidan kelib chiqqanki, shu gʻarib naqshlarni va ajib san'at asarlarini jonsiz sabablarga isnod etish majburiyati bilan u zalolatlarga tushishgan.
Husayn Jisriyning degani kabi, osori madaniyat bilan muzayyan va butun ziynatlarni mushtamil bir uyga kirgan bir odam, uy sohibini koʻrolmaganidan u ziynatni, u asosotni tasodifga va tabiatga isnod etishga majbur boʻlgan.
Shuning kabi, nizomi olamdagi butun hikmatlarning, foydalarning tom bir ixtiyorga va shomil bir ilmga va komil bir qudratga qilgan shahodatlaridan gʻaflat etgan gʻofillar, satxiy nazarlaricha, ta'siri haqiqiyni jonsiz sabablarga berishga majbur qolishgan.
Ey birodar! Janobi Haqning juda nozik osori san'atidan va juda yuksak ajoyibi qudratidan sarfi nazar etib, yolgʻiz tabiat deyilgan shu asarlar va sabablardan eng zohir boʻlgan in'ikos va irtisom holatiga qara. Masalan: Bir oynani samoga qarshi tutgan vaqting samoni irtifo'si bilan, naqshlari bilan, yulduzlari bilan jalb etib oynada in'ikos va irtisom ettirgan illati muassiraning oynaning yuzidagi xususiyat boʻlishiga qanoat hosil qilishing mumkinmi? Xosho! Va yoxud haqiqatda bir amri vahmiydan iborat boʻlgan joziba-i umumiyaning, arz bilan yulduzlarni shu boʻshliqda muntazam tahrik va tadbiriga illati muassira oʻlaroq talaqqiy va qabul qilishing mumkinmi? Xosho! Bular faqat shart va sabab boʻla oladilar, illati muassira boʻlisholmaydi.
Inson satxiy va gʻayri qasdiy bir nazar bilan botil va mahol bir narsaga qaragan vaqti, haqiqiy illatini topolmagan taqdirida, chor-nochor sihatiga yoki inkoriga qoil boʻlish bilan qabul qilish ehtimoli bor. Faqat tolib va mushtariy sifati bilan qasddan va bizzot diqqat bilan qaraydigan boʻlsa, ularning hikamiyat deganlari u botil masalalardan hech birisini ham qabul qilmaydi. Faqat butun siyosiylarning hikmatini va hukamoning aqllarini zarralarda faraz qilish bilan ablahona qabul qiladi.
S- Ularning doimo iftixor bilan bahs qilganlari tabiat, navomis va quva nimaki, oʻzlarini ular bilan ishontirishga urinadilar?
J- Tabiat degan narsalari bir matbaadir, tabi' emasdir. Tabi' faqat qudratdir. Qonundir, quvvat emasdir. Quvvat faqat qudratdadir. Yoxud qandayki bilganimiz shariat, insonlardan sudur etgan af'oli ixtiyoriyani bir nizom va bir intizom ostiga olib tahdid etgan qoidalarning xulosasidir yoki davlatning ishlarini tanzim etgan nizomlarning, dasturlarning, qonunlarning majmuasidir. Shuning kabi, tabiat deyilgan narsa ham, olami shahodatning a'zolaridan va ajzolaridan sudur etgan af'ol orasida bir nizom va bir intizomni iqo' etgan Ilohiy bir shariati fitriyadir. Shunga binoan, shariat bilan davlat nizomi, ma'qul va e'tiboriy amrlardan boʻlganlari kabi; tabiat ham e'tiboriy bir amr boʻlib, xilqatda, ya'ni yaratilishda joriy boʻlgan Odatullohdan iboratdir. Ammo tabiatning bir mavjudi xorijiy boʻlganini tavahhum etish, bir guruh askarning, mashq va ta'lim asnosida qilgan u muntazam harakatlarini koʻrgan bir vahshiyning, "Oralaridagi u nizomni idora qilib bir-biri bilan bogʻlagan ip kabi bir narsa mavjuddir" deya vahshiycha qilgan vahmga oʻxshaydi. Shunga binoan, vijdoni va aqli vahshiy boʻlgan bir odam, satxiy va taba'i bir nazar bilan, davom va istimrorini muhofaza qilgan tabiatning muassir bir mavjudi xorijiy boʻlishiga ehtimol berishi mumkin. Xulosa: Tabiat, Allohning san'ati va shariati fitriyasidir. Navomis esa, uning masalalaridir. Quva ham u masalalarning hukmlaridir.
Tavhidga oʻtamiz. Qur'oni Karim Sone'ning vahdatiga doir dalillardan hech birini tark qilmagan. Xususan "Arz va samoda Allohdan boshqa ilohlar boʻlsa edi, shu koʻringan intizom fasodga duchor boʻlardi" ma'nosida boʻlgan
oyati tazammun etgan Burhonut Tamonu' Sone'ning vohid va mustaqil boʻlishiga yetarli bir dalildir. Va istiqloliyat uluhiyatning zotiy bir xossasi va zaruriy bir lozimi ekaniga nurli bir burhondir.
Ey birodar! Bahsida boʻlganimiz oyatning avvalida boʻlgan اُعْبُدُوا amri, Ibn Abbosning tafsiriga nazaran, insonlarni tavhidga da'vat qilgan bir amrdir. Va ayni zamonda bu oyat, hay'ati majmuasi bilan tavhidga ishorat qilgan juda latif va goʻzal bir burhonni tazammun etgan. Shundayki:
Navi bashar bilan boshqa hayvonotning madori maishatlari boʻlgan samarotning tavlidi uchun, arz bilan samo orasidagi muovanat va munosabatlarni va osori olamning bir-biriga mushobahatlari va atrofi olamning bir-biri bilan quchoqlashishlari va bir-birining qoʻlini tutib ehtiyojlarini ta'min qilishlari va yakdigarining istagiga javob berib yordamiga yugurishlari va tamomiyla bir nuqta-i vohidaga qarashlari va bir nizomi Vohidning oʻqi ustida harakat qilishlari kabi hollarni ichiga olgan bunday gʻarib bir uskuna, sohib va sone'ning bir boʻlganini qat'iy bir shahodat bilan e'lon qilish bilan, "Har bir narsada Sone'ning vahdatiga dalolat qilgan bir oyat va bir alomat bordir" ma'nosida boʻlgan shu bayt bilan tanin-andoz boʻladilar:
Ey birodar! Sone'-i Zuljalol, vohid va vojib-ul vujud boʻlgani kabi, butun sifoti kamoliya bilan ham muttasifdir. Zero olamda va masnu'otda boʻlgan kamolot tamomi bilan Sone'ning kamolidan tajalliy etgan soyadan muqtabasdir. Shunday ekan, Sone'da boʻlgan jamol, kamol, husn; umum koinotda boʻlgan umum jamollardan, kamollardan, husnlardan gʻayri mutanohiy darajalar bilan yuksakdir. Zero ehson in'om qilganning sarvatidan vujudga keladi va sarvatiga dalildir. Ijod, ijod qilganning vujudiga dalolat qiladi. Ijob, mujibning vujudiga burhondir. Berilgan husn, berganning husniga dalildir. Va shuningdek, Sone'-i Zuljalol, butun navoqisdan pok va munazzahdir. Chunki nuqsoniyat moddiyotning mohiyatlaridagi iste'dodning qillatidan kelib chiqadi. Holbuki Janobi Haq moddiyotdan emas. Va shuningdek, Sone'-i Qadimi Azaliy koinot ixtivo etgan ashyoning jismiyat, jihatiyat, tagʻayyur, tamakkun kabi istilzom etganlari lavozim va avsofdan bariy va munazzahdir. Qur'oni Karim shu ikki haqiqatga "Allohga misl qilmang!" ma'nosida boʻlgan
oyati bilan ishorat qilgan.
Dalili Imkoniy: Bu oyatning Sone'ning vujudiga ishorat qilgan dalillaridan birisi ham "dalili imkoniy"dirki,
oyati bilan ishorat qilingan. Bu dalilning xulosasi: Koinot ixtivo etgan zarralardan har birining kerak boʻlsa zotida, kerak boʻlsa sifatida, kerak boʻlsa ahvolida va kerak boʻlsa vujudida gʻayri mutanohiy imkonlar, ehtimollar, mushkulotlar, yoʻllar, qonunlar bor ekan; birdaniga u zarra gʻayri mutanohiy yoʻllardan muayyan bir yoʻlga suluk etadi. Va gʻayri mahdud hollardan bir vaziyatga kiradi. Va gʻayri ma'dud sifatlardan bir sifat bilan vasflanadi va toʻgʻri bir qonun asosida muqaddar bir maqsad uchun harakatni boshlaydi va vazifa oʻlaroq mas'uliyatiga topshirilgan har qaysi bir hikmat va bir gʻoyani darhol intoj etadiki, u hikmat va u gʻoyaning hosil boʻlishi, faqat u zarraning u tur harakati bilan boʻlishi mumkin. Ajabo, shu qadar yoʻllar va ehtimollar orasida u zarraning mojarosi, lisoni holi bilan Sone'ning qasd va hikmatiga dalolat qilmaydimi?
Xullas, har bir zarra, -mustaqillan- bir oʻzi Sone'ning vujudiga dalolat qilgani kabi, kichik-katta har qaysi bir tashakkulga kirsa yoki qaysi bir murakkabga juz boʻlsa, kirgan va juz boʻlgan u maqomlarda qozongan nisbatga koʻra Sone'iga boʻlgan dalolatini muhofaza qiladi.
Bu oyatning maqobli bilan jihati irtibotiga kelsak:
Qachonki Qur'oni Karim: Birinchisi, muttaqi moʻ'minlar; ikkinchisi, qaysar kofirlar; uchinchisi, ikkiyuzlamachi munofiqlar boʻlib insonlarni uch qismga ayirdi.. va oralarida taqsimot va tashkilot qildi. Va har bir qismning sifotini va oqibatini bayon qildi. Soʻngra
oyati bilan har uch qismga tavjihi xitob etib ularni ibodatga amr va da'vat qildi. Demak, bu oyatning avvalgi oyatlarga tarattubi va ularni ta'qib qilishi; xona va binoning muhandisning chizmasiga, amalning ilmga, qazoning qadarga tarattubi va bir-birini ta'qib qilishlari kabidir. Darhaqiqat, avvalgi oyatlarda qilingan tashkilot va taqsimot, chizma va rejadan soʻngra bu oyatda ibodat binosining qilinishiga amr berilgan. Va u oyatlarda berilgan xabar va ma'lumotdan soʻngra, bu oyatda amal va ibodatga amr qilingan. Va ularda yozilgan sifot va istihqoqlarga koʻra, bu yerda amr va nahiylar bilan hukmlar berilgan. Va shuningdek, avvalgi oyatlarda insonlarning taqsimoti, ahvol va sifoti zikr qilingandan soʻngra, maqomning iqtizosi bilan, bu oyat ularni ta'qib etgan.
Qachonki Qur'oni Karim insonlarning har uch guruhidan bahs qildi va har bir guruhning sifotini va oqibatini aytdi; sami'ning orzusi va maqomning iqtizosiga binoan, Qur'oni Karim gʻaybdan xitobga intiqol etib ularga qarshi shu xitobda boʻldi. Darhaqiqat, ba'zi odamlar haqida gʻoyibona gapirganlar oxirida gaplarini xitobga aylantirishlarida ana shunday bir nukta-i umumiya bor:
Masalan: Bir shaxsning yaxshiligidan yoki yomonligidan bahs qilinarkan xoh gapirganda, xoh tinglaganda, yo tahsin yoki tal'in uchun bir mayl uygʻonadi. Soʻngra bora-bora u mayl shunday kasbi shiddat etadiki, sohibini u shaxs bilan koʻrishib soʻz bilan gapirishga quvvatli bir orzu uygʻotadi. Bu yerda sami'larning u mayllarini qondirish bilan, maqomning iqtizosiga binoan Qur'oni Karim ularni sami'larning huzuriga olib borib oʻzlariga xitob bilan tavjihi kalom etgan. Bu oyatda gʻaybdan xitobga qilingan iltifot va intiqolda xususiy bir nukta ham borki; ibodat bilan qilingan taklifdan hosil boʻlgan mashaqqat, xitobi Ilohiydan nash'at etgan zavq va lazzat bilan qarshilanadi va insonlarga ogʻir kelmaydi. Va shuningdek, xitob surati bilan ibodatni taklif qilish, abd bilan Xoliq orasida vosita boʻlmasligiga ishoratdir.
Ey birodar! Bu oyatning jumlalarini bir-biri bilan nazm etgan munosabatlar esa:
jumlasida amr va xitob, oʻtgan har uch guruhni tashkil qilgan moʻ'min, kofir va munofiqlarning moziy, hol va istiqbolda vujudga kelgan yoki keladigan butun afrodini ixtivo etgan tabaqalarga xitobdir. Shunga binoan, اُعْبُدُوا vovining marji'ida dohil boʻlgan komil moʻ'minlarga koʻra اُعْبُدُوا ibodatga davom va sabot etishga amrdir. Oʻrta darajadagi moʻ'minlarga nazaran, ibodatning orttirilishiga amrdir. Kofirlarga koʻra, ibodatning sharti boʻlgan iymon va tavhid bilan ibodatning qilinishiga amrdir. Munofiqlarga nazaran, ixlosga amrdir. Shunga binoan, اُعْبُدُوا ifoda qilgan ibodat kalimasi, mukallafiynga koʻra mushtaraki ma'naviy hukmidadir.
رَبَّكُمْ Ya'ni: Sizni tarbiya qilgan va oʻstirgan Udir. Va sizning murabbiyingiz Udir. Shunday ekan, siz ham Unga ibodat qilish bilan abd boʻling!
Ey birodar! Qachonki Qur'oni Karim ibodatni amr qildi. Ibodat esa uch narsadan soʻngra boʻlishi mumkin. Birinchisi: Ma'budning mavjud boʻlishi. Ikkinchisi: Ma'budning vohid boʻlishi. Uchinchisi: Ma'budning ibodatga istihqoqi borligidir. Qur'oni Karim u uch muqaddar savolga ishorat qilish bilan birga shartlarining dalillarini ham zikr qilarkan, Ma'budning vujudiga doir boʻlgan dalillari ikki qismga ayrilgan:
Xorijdan olingan dalillardirki, bunga ofoqiy deyiladi.
Insonlarning nafslaridan olingan burhonlar. Bunga anfusiy tasmiya etiladi. Anfusiy boʻlgan qismi ham biri nafsiy, boshqasi usuliy boʻlib, ikki qismga taqsim qilingan.
Demak, Ma'budning vujudiga uch xil dalil bordir: Ofoqiy, nafsiy, usuliy.
Avvalo, eng zohir va eng yaqin boʻlgan nafsiy dalilga اَلَّذ۪ى خَلَقَكُمْ jumlasi bilan, usuliy dalilga ham وَالَّذ۪ينَ مِنْ قَبْلِكُمْ jumlasi bilan ishorat qilgan. Soʻngra, ibodat insonlarning xilqat va yaratilishiga ta'liq etilgan.
Ibodatning xilqati basharga tarattubi ikki narsadan kelib chiqadi: Yo insonlar ilk yaratilishida ibodatga iste'dodli va taqvoga qobiliyatli tarzda yaratilganlar. Va u iste'dodni va u qobiliyatni ularda koʻrgan, ularning ibodat va taqvo vazifalarini qilishlarini qoviyyan umid qiladi. Va yoxud insonlarning xilqatidan va ma'mur boʻlgan vazifalaridan va tavajjuh etgan kamollaridan maqsad, ibodatning kamoli boʻlgan taqvodir.
لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ Shu jumla har ikki nuqtaga ham tatbiq qilinishi mumkin. Ya'ni: "Iste'dod va qobiliyatingizda ekilgan yoki vazifa va xilqatingizdan qasd qilingan taqvoning quvvadan fe'lga chiqarilishi lozim''.
Soʻngra, Qur'oni Karimda Ma'budning vujudiga oid ofoqiy dalillarning eng qoribiga
jumlasi bilan ishorat qilingandir. Va bu ishoratdan, Arzning bu shaklga keltirilishi bilan navi basharga va boshqa hayvonotga qobili sukna tarzida hozir saqlanishi, faqat Allohning ja'li bilan (yaratishi bilan) tabiatning va sabablarning ta'siri bilan boʻlmaganiga bir ramz bor. Chunki ta'siri haqiqiyning sabablarga berilishi, bir navi shirkdir.
وَالسَّمَٓاءَ بِنَٓاءً jumlasi bilan, Sone'ning vujudiga boʻlgan ofoqiy dalillardan eng oddiy va eng yuksagiga ishorat qilingan.
Soʻngra, murakkabot va mavalidning vujudi Sone'ga vajhi dalolatlariga,
jumlasi bilan ishorat qilingan.
Soʻngra, oʻtgan dalillarning har birisi alal infirod, ya'ni bitta-bittalab Sone'ning vujudiga dalolat qilgani kabi, hay'ati majmuasi ham Sone'ning vahdatiga ishoratdir.
Soʻngra, ne'matlarning mansha'i va manbai boʻlgan olamning nizomiga ishorat qilgan u jumlalarning surati tartibi رِزْقًا لَكُمْ ning dalolati bilan barobar, Ma'budning ibodatga mustahaq ekaniga dalolat qiladi. Chunki ibodat, shukrdir. Shukr mun'imga qilinadi; ya'ni, ne'matlarni bergan zotga shukr qilish vojibdir.
Soʻngra, رِزْقًا لَكُمْ jumlasidan, Arz va Arzdan chiqqan mavalid, ya'ni Arzning samaralari insonlarga xodim boʻlganlari kabi, insonlar ham ularning Sone'iga xodim boʻlishlari lozimligiga bir ramz bor.
فَلَا تَجْعَلُوا لِلّٰهِ اَنْدَادًا jumlasi esa, oʻtgan jumlalarning har biri bilan aloqadordir. Ya'ni: Robbingizga ibodat qilganingizda sherik qilmanglar. Zero Robbingiz faqat Allohdir. Sizni navingiz bilan barobar yaratgan Udir. Va Arzni sizga maskan sifatida tayyorlagan Udir. Samoni sizning binongizga shift qilib yaratgan Udir. Va sizning rizq maishatingizni tadorik uchun suvlarni yuborgan Udir. Xulosa, butun ne'matlar unikidir; shunday ekan, butun shukrlar va ibodatlar ham faqat Ungadir.
Birodar! Bu oyat tazammun etgan jumlalarning holat va nuktalariga kelaylik:
Avvalo: Qur'oni Karimda kasrat bilan zikr qilingan يَٓا اَيُّهَا bilan qilingan xitob va nido uch vajh bilan va uch adat bilan ta'kid qilingan.
Iqozni ifoda qilgan va iqoz uchun ishlatilgan يَا harfidir.
Alomatlarni qidirish bilan bir narsani topish uchun ishlatilgan اَىُّ kalimasidirki, turkchada "qaysi" kalimasi bilan tarjima qilinadi.
Gʻaflatdan uygʻotish uchun ishlatilgan هَا harfidir. Bu ta'kidlardan anglashiladiki, bu yerda shu tarz bilan qilingan nido va xitob koʻp foydalarga va nuktalarga ishoratdir.
Azjumla, birinchisi: Insonlarga ibodatlarning taklifidan hosil boʻlgan mashaqqatning, xitobi Ilohiyga mazhariyatdan nash'at etgan zavq va lazzat bilan taxfif etilishidir. Ikkinchisi: Insonning gʻoyibona boʻlgan past martabasidan huzurning yuksak maqomiga chiqishi faqat ibodat vositasi bilan boʻlishiga ishoratdir. Uchinchisi: Muxotobning uch jihatdan ibodatga mukallaf boʻlishiga ishoratdir. Qalbi bilan taslim va inqiyodga, aqli bilan iymon va tavhidga, badani bilan amal va ibodatga mukallafdir. Toʻrtinchisi: Muxotobning moʻ'min, kofir, munofiq boʻlib uch qismga ayrilishiga ishoratdir. Beshinchisi: Insonlarning yuksak, oʻrta, avom tabaqalariga xitobning shomil boʻlishiga ishoratdir. Oltinchisi: Insonlar orasida qilingan nido va xitoblarda odat boʻlgan narsalarga ishoratki; inson avvalo koʻrgan odamini chaqiradi va toʻxtatadi. Soʻngra kim boʻlganini anglash uchun alomatlariga diqqat qiladi. Soʻngra maqsadini tushuntiradi. Xulosa: Mazkur xitob oʻtgan uch jihatdan ta'kid qilingan shu nuktalarga ishoratdir.
يَا bilan nido qilingan insonlar gʻofil, gʻoyib, hozir, johil, mashgʻul, doʻst, dushman kabi koʻp muxtalif tabaqalarni qamragan. Bu muxtalif tabaqalarga koʻra يَا ning ifodasi oʻzgaradi. Masalan: Gʻofilga qarshi tanbehni ifoda qiladi; gʻoyibga ihzorni; johilga ta'rifni; doʻstga tashviqni; dushmanga tavbix va taqri'i kabi har tabaqaga munosib bir ifodasi bor. Soʻngra maqom qurbni iqtizo qilgani holda, uzoqlarga maxsus boʻlgan يَا adatining ishlatilishi bir nechta nuktaga ishoratdir:
1- Taklif qilingan omonat va ibodatning juda katta bir yuk ekaniga;
2- Daraja-i ubudiyatning martaba-i Uluhiyatdan juda uzoq ekaniga;
3- Mukallaflarning zamon va makon e'tiboridan xitobning vaqt va mahallidan iroq boʻlishiga;
4- Insonlarning daraja-i gʻaflatlariga ishoratdir.
Muzafun ilayhsiz zikr qilinganidan umumiy bir tavassumni ifoda qilgan اَىُّ kalimasi; xitob umum koinotni qamraganini, yolgʻiz farzi kifoya surati bilan hamli omonatga va ibodatga insonlarning taxsis etilganlariga ishoratdir. Shunday ekan, ibodatda insonlarning qusurlari, umum koinotga tajovuzdir.
Soʻngra اَىُّ kalimasida bir ijmol va bir ibhom bor, chunki izofasiz zikr qilingan. Uning u ibhom va ijmoli نَاسْ kalimasi bilan izola va tafsil qilinganidan, oralarida bir ijmol va tafsil jazolati hosil boʻlgan.
هَا : اَىُّ ning muzafun ilayhiga i'vaz boʻlish bilan barobar, يَا adati bilan chaqirilganlarni tanbeh uchundir.
نَاسْ aslida nisyondan olingan bir ismi foildir, vasfiyati asliyasi mulohazasi bilan insonlarni tanbeh qilishga ishoratdir. Ya'ni: Ey Insonlar! Nima uchun miysoqi azaliyni unutdingiz... Faqat bir jihatdan ham insonlarga bir ma'zarat yoʻlini koʻrsatadi. Ya'ni: Sizning u miysoqni tark qilishingiz a'mdan emas, balki sahv va nisyondan kelib chiqqandir.
اُعْبُدُوا nidoga javobdir. Moʻ'min, kofir, munofiq boʻlgan oʻtgan tabaqalar nido bilan chaqirganlaridan; اُعْبُدُوا amri davom, itoat, ixlos, tavhid kabi har tabaqaga munosib bir ma'noni ifoda qiladi.
رَبَّكُمْ : Rob unvoni اُعْبُدُوا bilan taklif qilingan ibodatga bir illat va bir sababga ishoratdir. Ya'ni: Sizning tarbiyangiz Robbingizning qoʻlida boʻlganidan, doimo unga muhtojsiz. Va tarbiyangizga lozim boʻlgan butun lavozimotni bergan Udir. Uning u ne'matlariga shukr lozim. Shukr esa faqat ibodatdir.
اَلَّذ۪ى خَلَقَكُمْ : اَلَّذ۪ى Asmo-i mubhamadan boʻlgani uchun, marji' va madluli faqat sila deyilgan dohil boʻlgan jumla bilan ma'lum boʻladi. Masalan: اَلَّذ۪ى جَٓاءَكَ deyilgan zamon, kelgan odamning yolgʻiz senga kelish bilan ma'lumiyati bor, boshqa jihatdan ma'lumiyati yoʻq. Shunga binoan, bu yerda رَبَّ kalimasining اَلَّذ۪ى bilan vasflantirilishi Janobi Haqning ma'rifati, haqiqati bilan boʻlmasdan, faqat af'ol va osori bilan boʻlishiga ishoratdir.
Ijod, insho yoki boshqa bir kalimaga tarjihan yaratilishning goʻzal shaklini ifoda qilgan خَلَقَ ta'biri, insonlardagi iste'dodning toʻgʻri va istiqomatli ibodatga munosib ekaniga ishoratdir. Va shuningdek, ibodat yaratilishning ujrati va natijasidir. Be e'tibor bilan savob, ibodatning ujrati boʻlmasdan, faqat Janobi Haqning karamidan ekaniga ishoratdir.
وَالَّذ۪ينَ مِنْ قَبْلِكُمْ : Marji' va madlulining adami ma'lumiyatiga dalolat qilgan اَلَّذ۪ينَ avvalgi insonlarning oʻlim bilan mahv boʻlib ketganlariga va ularning ahvolini bildiradigan bir ma'lumot boʻlmaganiga va yolgʻiz siz kabi bir qism maxluqlar ularning yerlariga kelish bilan, oʻsha mahv boʻlgan insonlarning ta'riflari mumkin boʻlishiga ishoratdir.
لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ : لَعَلَّ kalimasi umid va rijoni ifoda qiladi. Faqat bu ma'no -haqiqati bilan- Janobi Haq haqida iste'mol qilinolmaydi. Shunga binoan, yo majozan iste'mol qilinadi. Yoki muxotoblarga va yoxud sami' va mushohidlarga isnod qilinadi. Ma'no-i majoziy bilan Janobi Haq haqida isnod etilishi shunday tasvir qilinadi: Qandayki bir inson bir ish uchun bir odamni tajhiz qilgan vaqti, u ishning u odamdan qilinishini umid qiladi. Shuning kabi -bila tashbeh- Janobi Haq insonlarga kamol uchun bir iste'dod, taklif uchun bir qobiliyat va bir ixtiyor bergan. Bu e'tibor bilan Janobi Haq insonlardan u ishlarning qilinishini intizor etadi, deyish mumkin. Bu tashbeh va istiorada xilqati bashardagi hikmatning taqvo ekaniga va ibodatning ham natijasi taqvo ekaniga va taqvoning ham eng buyuk martaba boʻlishiga ishorat bor.
Rijo ma'nosining muxotoblarga atf etilishi shunday izoh qilinadi:
Ey muxotob boʻlgan insonlar! Xavf va rijo oʻrtasida boʻlish bilan, taqvoni rijo etib Robbingizga ibodat qilinglar. Bu e'tibor bilan inson ibodatiga e'timod etmasligi kerak va doimo ibodatining ortishiga harakat qilishi kerak.
Rijo ma'nosi sami' va mushohidlarga koʻra boʻlsa, shunday ta'vil etiladi:
Ey mushohidlar! Arslonning panjasini koʻrgan odam, u panjaning iqtizosi boʻlgan parchalashni arslondan umid va rijo qilgani kabi; siz ham insonlarni ibodat tajhizoti bilan mujahhaz boʻlganini koʻrganingizdan, ulardan taqvoni rijo va intizor etib bilasiz. Va shuningdek, ibodatning fitriy bir iqtizo natijasi ekaniga ishoratdir.
تَتَّقُونَ : Taqvo, tabaqoti mazkuraning ibodatlariga tarattub etganidan, taqvoning butun qismlarini, martabalarini ham shomildir. Masalan: Shirkdan taqvo, kaboirdan, mosivoullohdan qalbini hifz etish bilan taqvo, i'qobdan ijtinob etish bilan taqvo, gʻazabdan tahaffuz etish bilan taqvo. Demak, تَتَّقُونَ kalimasi bu kabi martabalarni tazammun etadi. Va shuningdek, ibodatning faqat ixlos bilan ibodat boʻlishiga va ibodatning yolgʻiz vasila boʻlmasdan maqsudi bizzot boʻlishiga va ibodatning savob va i'qob uchun qilinmasligi luzumiga ishoratdir.
Qur'oni Karim bu jumla bilan bayon qilgan qudrati Ilohiyaning azamati bilan insonlarni ibodatga tashviq qilib hayajonga keltiradi. Shundayki:
Ey insonlar! Arz va samoni sizlarga mute' va xizmatkor qilgan Zot, qilgan shu yaxshilikka badal ibodatga mustahaqdir; ibodatini qilinglar. Va shuningdek, insonlarning fazilatiga va yuksak bir qiymatga molik boʻlganiga va indalloh mukarram ekaniga bir imodir. Xuddi basharga amr qiladi: Ey bashar! Yuksak va past butun ajromni sizning istifodangizga taxsis etish bilan sizlarga bu qadar e'zoz va ikromlarda boʻlgan Janobi Haqqa ibodat qiling! Va sizlarga qilgan ikromiga qarshi layoqatingizni izhor qiling. Va shuningdek, sabablar va tabiatga ta'sirning berilishini rad qiladi. Shundayki:
Ey inson! Shu koʻrganingiz yerlar, koʻklar; sifatlari bilan barobar, bir Xoliqning yaratishi bilan, qasdi bilan, taxsisi bilan va bir nozimning nazmi bilan hosil boʻlib bu intizomni topganlar. Koʻr tabiatning bu qadar katta narsalarda yeri boʻlmagani kabi, eng kichik narsalarda ham yeri yoʻq. Va shuningdek, sifatlar ham mumkinotdan boʻlish jihatlari bilan, Sone'ga dalolat qilganlariga ishoratdir. Zero jismlarni tashkil qilgan zarralar, kattalik-kichiklik, xunuklik-goʻzallik kabi gʻayri mutanohiy ahvol va vaziyatlarni qabul qilishda teng. Ya'ni, bir zarraning ming vaziyatni qabul qilishga qobiliyati bor; va bir holat minglab zarralarga hol boʻlishi mumkin. Shunga binoan, goʻzallik kabi bir sifat minglarcha zarralarga va demakki jismlarga sifat boʻla olgani holda, shu qadar imkonot va ehtimollar ichida muayyan bir jismga ta'yin qilingan vaqt; har holda bir qasd bilan, bir hikmat ostida, bir zotning iroda va taxsisi bilan, minglarcha jismlar orasida u jism u sifatga mavsuf qilingan.
لَكُمُ : Bu ل ixtisos uchun emasdir, faqat sababiyatni ifoda qiladi. Ya'ni, Arzning tafrishiga sabab, ya'ni vasila, insondir. Bu musofirxonadagi ziyofat uning nomiga berildi. Faqat istifoda insonlarga maxsus va munxasir emas. Shunday ekan, insonlarning ehtiyojidan, istifodasidan ortiq qolganga abas deb boʻlmaydi.
فِرَاشًا : Bu ta'bir gʻarib bir nukta-i balogʻatga ishoratdir. Chunki Arzning siklati sababli suvga botib yoʻqolishi tabiatining ijobotidan boʻlgani holda, Janobi Haq marhamati bilan bir qismini tashqarida qoldirib, insonlar uchun bir maskan va ne'matlariga bir moida, ya'ni bir dasturxon boʻlish uchun tafrish etgan.
Va shuningdek, فِرَاشًا ta'biridan anglashilyaptiki: Arz bir xonaning poydevori kabi inson va hayvonlarga farsh va bast etilgan. Shunday ekan, Arzdagi nabotot va hayvonot, xonadagi afrodi oila bilan arzoq va boshqalar kabi lavozimi baytiya hukmidadir.
Va shuningdek, فِرَاشًا ta'biridan anglashiladiki, Arz tosh kabi zarang va qattiq emaski, qobili sukna boʻlmasin va suv kabi mayi' ham emaski, ziroat va istifodaga qobil boʻlmasin. Balki oʻrta bir vaziyatda yaratilganki, ham maskan, ham mazraa boʻlsin. Bu ikki foydaning taxti ta'minga olinishi, albatta va albatta bir maqsad, bir hikmat va bir nizom bilan boʻlishi mumkin.
وَالسَّمَٓاءَ بِنَٓاءً : Samoning insonlarga bir shift, bir tom kabi yaratilishi, yulduzlarning u tomda osilgan qandillar kabi boʻlishlarini istilzom etadiki, tashbeh tamom boʻlsin. Shunday ekan, gʻayri mutanohiy shu boʻshliqda tarqoq bir shaklda yulduzlarning borligini, aqllarni hayratda qoldirgan nizom va intizomli vaziyatlarini koʻr tasodifga isnod etib boʻlmaydi.
S: Inson Arzga nisbatan bir zarradir; Arz ham koinotga nazaran bir zarradir; va shuningdek, insonning bir fardi naviga nisbatan bir zarradir; navi ham boshqa sheriklari boʻlgan anvo' ichida bir zarra kabidir. Va shuningdek, aql tushuna olgan gʻoyalar, foydalar hikmati azaliya va ilmi Ilohiydagi foydalarga nisbatan bir zarradan yanada pastdir. Shunga binoan, bunday bir olamning insonning istifodasi uchun yaratilgani aqlga sigʻmaydi?
J: Darhaqiqat, zohirga qaralsa inson bir zarra hukmidadir. Faqat inson tashigan ruhga, boshiga taqqan aqlga, qalbida olib yurgan iste'dodlarga nazaran bu olami shahodat tordir, isti'ob etolmaydi. Faqat u ruhning orzularini va u aqlning fikrlarini va u iste'dodlarning mayllarini tatmin va ta'min qiladigan, olami oxiratdir. Va shuningdek, istifoda xususida muzohama, mumona'a va tajazzi yoʻq; bir kulliyning juz'iyotiga nisbati kabi. Qandayki bir kulliy butun juz'iyotida mavjud boʻlgani holda, na u kulliyda tajazzi va inqisom boʻladi va na juz'iyotida muzohama va mudofaa boʻladi. Kura-i Arzdan ham minglarcha mustafid boʻlsa, na oralarida bir muzohama boʻladi va na Kura-i Arzda bir nuqsoniyat paydo boʻladi. Yolgʻiz insonning indalloh mukarram ekani uchun, olami shahodatning yaratilishida inson illa-i gʻoya manzilasida koʻrsatilgan. Va insonning xotiri uchun butun anvo'ga bir umumiy ziyofat berilgan. Bu esa, butun olamning foydalari insonga munxasir boʻlib, boshqalarga hech bir foydasi yoʻq degani emas.
Inzolning Janobi Haqqa boʻlgan isnodidan anglashilyaptiki, yomgʻirning qatralari sohibsiz emas; faqat bir hikmat ostida va bir nizomi qasdiy bilan tushadi. Chunki u masofa-i ba'idadan kelish bilan barobar; shamol va havo ham musodamalariga yordamchi boʻlgani holda, qatralarning oralarida musodama boʻlmaydi. Shunday ekan, u qatralar sohibsiz boʻlmasdan, yuganlari ularni tamsil etgan malaklarning qoʻlidadir.
مِنَ السَّمَٓاءِ : Samo kalimasining zikri oʻtganiga nazaran, maqom olmoshning yeri boʻlgani holda ismi zohir bilan zikr qilinishi, yomgʻirlarning samo jirmidan emas, samo jihatidan kelganiga ishoratdir. Chunki, oʻtgan samo kalimasidan maqsad, jirm emas, jihatdir.
مَٓاءً : Samodan kelgan qorlar, doʻllar, suvlar boʻlgani holda yolgʻiz suvlarning zikr qilinishi, eng katta istifodani ta'min qilgan, suv ekaniga ishoratdir. مَٓاءً kalimasida tankirni ifoda qilgan tanvin esa, yomgʻir suvining ajib bir suv boʻlib, nizomi gʻarib, imtizojoti kimyoviyasi sizga majhul ekaniga ishoratdir.
فَاَخْرَجَ dagi ف muddat va muxlat boʻlmasdan, ta'qibni ifoda qiladi. Bunga binoan, samarotning ixroji, yomgʻirning inzoli orqasidan bir muddat ora bermasdan hosil boʻlishi lozim. Holbuki ixroj bilan inzol orasida ancha zamon bor. Shunday ekan اَخْرَجَ، اَنْزَلَ ga atf emas. Lekin, inzolni ta'qib qilgan fe'llarning silsilasi olib tashlanib, u fe'llarning natijasi hukmida boʻlgan اَخْرَجَ، اَنْزَلَ ga atf etilgan. Taqdiri kalom shunday boʻlsa kerak:
Bu e'tibor bilan inzolni ta'qib qilgan اِهْتَزَّتْ fe'lidir. ف ning ham asl mavqei اِهْتَزَّتْ dir.
بِه۪ dagi ب harfi, sababiyat bilan aralash ilsoq ma'nosidadir. Ya'ni: Suv samarotning hosil boʻlishiga sabab boʻlgani kabi, samarotga mulsaq, aralash, yopishganligidan ham, samarotning tarovat va yangiligini muhofaza qilishga vasiladir.
مِنَ الثَّمَرَاتِ dagi مِنْ bayon bilan aralash ibtidoni ifoda qiladi. Bu e'tibor bilan اَخْرَجَ ga maf'ul boʻlolmaydi. Faqat sami'ning fahmiga koʻra tayin qilingan maf'uli muqaddardir.
مِنَ الثَّمَرَاتِ esa, u maf'ulga bayondir. Taqdiri kalom
shaklidadir.
Nakra oʻlaroq رِزْقًا ning zikr qilinishi, bu rizqning qayerdan va nima bilan hosil boʻlgani sizga majhul ekaniga ishoratdir.
لَكُمْ dagi ل ajliyat va sababiyat uchundir. Ya'ni: Siz rizqning kelishiga sababsiz, ammo istifodasi sizga maxsus va munxasir emas va boshqalar ham tobe boʻlib istifodaga sherikdirlar. Va shuningdek, Janobi Haq sizlarga ne'matlarini taxsis etgani kabi, siz ham shukringizni unga taxsis etishingiz lozimligiga ishoratdir.
فَلَا تَجْعَلُوا لِلّٰهِ اَنْدَادًا : Boshda boʻlgan ف oʻtgan toʻrt bandga qaraydi. Ya'ni: Udir Ma'bud, sherik qoʻshmang. Udir Qodiri Mutlaq, sherigi bor deb e'tiqod qilmang. Udir Mun'im, shukriga sherik qoʻshmang. Udir Xoliq, boshqa bir xoliq taxayyul etmang.
تَجْعَلُوا : Bu ta'birning تَعْتَقِدُوا ta'biriga tarjihi, ular Allohga isnod etgan sheriklarning va misllarning asli va haqiqati boʻlmagani uchun, u uydirma sheriklarning e'tiqod qilinadigan narsalar boʻlmaganiga.. faqat uydirma ja'li narsalar ekaniga ishoratdir.
لِلّٰهِ : Lafza-i jalolning اَنْدَادًا ustiga taqdimi, Allohning doimo hozir boʻlganini oʻylash luzumiga; va nahiyning mansha'i, sherikning Alloh uchun qilinishi boʻlganiga ishoratdir.
اَنْدَادًا : Andad, "Nidd"ning jam'idir. "Nidd" esa, "misl" ma'nosidadir. Holbuki, Janobi Haqqa qilingan misl, uning ziddi boʻladi. Bir narsa ham zid, ham misl boʻlolmaydi va bir narsaning ziddi unga misl boʻlolmaydi. Shunday ekan, misl boʻlishi, mislning maholiyatini istilzom etadi. "Andad"ning siygʻa-i jam' bilan zikri, mushriklarning jaholatiga ishoratdir. Ya'ni: "Hech bir jihatdan bir oʻxshashi boʻlmagan Janobi Haqqa nega bir toʻda misl va zid keltiryapsiz?" Va shuningdek, butun anvo'-i shirkning raddiga ishoratdir. Ya'ni: "Na zotida va na sifotida va na af'olida sherigi, shabihi yoʻq." Va shuningdek, vasaniy, sobiiy, ahli taslis, ahli tabiat kabi zalolatdagi firqalar tavahhum etgan sheriklarning tabaqalariga ishoratdir.
Vasaniy mazhabining mansha'i; yulduzlarni iloh deb e'tiqod qilish, hululni taxayyul etish, jismiyatni tavahhum etish kabi kulgili narsadir.
وَ اَنْتُمْ تَعْلَمُونَ : Bu jumla bilan oyatlarning oxirida zikr qilingan oʻxshash jumlalar, Islomiyatning mansha'i ilm, asosi aql ekaniga ishorat qiladi. Shunga binoan, haqiqatni qabul va safsatali avhomni rad qilish Islomiyatning shonidandir.
تَعْلَمُونَ ga bir maf'ulning tarki koʻp maf'ullarning taqdiriga sabab boʻlgan. Demak, ijoz va ixtisor qilish bilan itnob va uzatishdan qochar ekan, yanada ziyoda itnobga, tatvilga sabab boʻlgan. Ya'ni: Allohdan boshqa ma'budingiz yoʻqligini, boshqa xoliq mavjud emasligini, boshqa bir qodiri mutlaq va mun'imingiz mavjud emasligini bilingiz. Shuningdek bilinglarki, ular uydirgan aliha va asnam biror narsaga qodir emas, ular ham maxluq va maj'ul narsalardir.