Nubuvvat Haqida
Gʻoyat qisqa bir maoli: Ya'ni "Abdimiz ustiga inzol etgan Qur'onimizda bir shubhangiz boʻlsa, Qur'onning mislidan bir sura keltiring; hamda Allohdan boshqa, ishlaringizda oʻzlariga murojaat qilgan shuhado va muinlaringizni ham chaqiring, yordam bersinlar. Agar soʻzingizda sodiq boʻlsangiz, hammangiz barobar harakat qilinglar, Qur'onning mislidan bir sura keltiringlar. Agar bir misl keltirolmagan taqdiringizda, tabiiyki keltirolmaysiz ham, shunday bir otashdan saqlaningizki, oʻtini insonlar bilan toshlardir."
Kitobning avvalida bayon qilingani kabi, Qur'oni Karim ta'qib qilgan asos maqsad toʻrttadir. Birinchi maqsadi boʻlgan "tavhid" avvalgi oyat bilan bayon qilingan. Bu oyat bilan ham ikkinchi maqsad boʻlgan "nubuvvat" bayon va izoh qilingan. Yolgʻiz bir narsa borki, bu oyat nubuvvati Muhammadiyaning (S.A.V.) isboti haqidadir; nubuvvati mutlaqa haqida emas. Holbuki maqsad, mutlaq nubuvvatdir. Faqat kulliy juz'iyda dohildir. Juz'iyning isboti bilan kulliy ham isbot qilingan boʻladi. Bu oyat Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning nubuvvatini eng buyuk moʻ'jizasi boʻlgan i'jozi Qur'ondan bahs bilan isbot qiladi. U zotning (S.A.V.) nubuvvatiga doir daloil boshqa risolalarimizda bayon qilingan. Bu yerda yolgʻiz bir qismini xulosatan olti masala ichida bayon qilamiz:
Anbiyo-i solifinda nubuvvatga mador va asos tutilgan nuqtalar va ularning ummatlari bilan boʻlgan muomalalari haqida -yolgʻiz zamon va makonning ta'siri bilan ba'zi xususot mustasno boʻlish sharti bilan- qilinadigan toʻliq bir taftish va tekshirish natijasida, Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamda yanada akmal, yanada yuksagi boʻlgani tahaqquq etadi. Shunga binoan, nubuvvat martabasiga noil boʻlganlarning hay'ati majmuasi, moʻ'jizalari bilan va boshqa ahvollari bilan, lisoni hol va qol bilan, navi basharning sinni kamolga kelganida Ustoz-ul Bashar unvonini tashigan Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning sidqi nubuvvatiga e'loni shahodat qilganlar. U Hazrat ham (S.A.V.) butun moʻ'jizalari bilan Sone'ning vujud va vahdatini nurli bir burhon oʻlaroq olamga e'lon qilgan.
U zotning (S.A.V.) avval va oxir butun ahvol va harakoti nazari diqqatdan oʻtkazilsa, har bir harakati, har bir holi horiquloda boʻlmasa ham, uning sidqiga dalolat qiladi. Azjumla: Gʻor masalasida Abu Bakr-is Siddiq bilan barobar xalos va qutulish umidi tamomi bilan kesilgan bir onda,
"Qoʻrqma, Alloh biz bilan barobar" deya Abu Bakr-is Siddiqqa bergan tasalli va tavqi bashardan ustun bir jiddiyat bilan, bir matonat bilan, bir shijoat bilan, xavfsiz, taraddudsiz koʻrsatgan vaziyati; albatta sidqiga va nuqta-i istinodi boʻlgan Xoliqiga e'timod etishiga quyosh kabi bir burhondir. Shuning kabi, saodati dorayn uchun ta'sis qilgan asoslarida isobat etgani va izhor qilgan qavoidining haqiqat bilan muttasil va haqqoniyat bilan yopishgani, butun olamda mazhari qabul va tasdiq etilgan va etilyapti.
U zotning (S.A.V.) ahvol va harakoti alohida-alohida, ya'ni bir-bir uning sidq va haqqoniyatini koʻrsatsa; hay'ati majmuasi uning sidqi nubuvvatiga shunday bir dalil boʻladiki, shaytonlarni ham tasdiqqa majbur qiladi.
U zotning (S.A.V.) sidqi nubuvvatini yozib tasdiq qilgan bir nechta sahifa bor. Hozir u sahifalarni oʻqiymiz:
U hazratning zotidir. Faqat bu sahifani mutolaadan avval toʻrt nuktaga diqqat lozimdir:
Ya'ni: Fitriy odamlarni kuldirish fe'li sun'iy kuldirish kabi emas. Ya'ni, yasama va sun'iy narsa qanchalik goʻzal va naqadar komil boʻlsa boʻlsin, fitriy va tabiiy narsalarning martabasiga yetisholmaydi va uning oʻrnida qoim boʻlolmaydi. Har holda sun'iylikning xatolari uning ahvolidan, atvoridan ma'lum boʻladi.
Axloqi oliyani va yuksak xulqlarni haqiqatga jipslashtirgan va u axloqni doimo yashattirgan, jiddiyat bilan sidqdir. Agar sidq koʻtarilib oraga kizb kirsa, shamollarga oʻyinchoq boʻlgan yaproqlar kabi, u odam ham insonlarga oʻyinchoq boʻladi.
Mutanosib boʻlgan ashyo orasida mayl va jazba bor. Ya'ni, bir-biriga tamoyul etadilar va yakdigarlarini jalb qiladilar. Oralarida ittihod boʻladi. Faqat bir-biriga zid boʻlgan ashyoning oralarida nafrat bor, hasad boʻladi.
Jamoatda boʻlgan quvvat fardda yoʻq. Masalan, koʻp iplarning hay'ati majmuasi tashkil qilgan arqondagi quvvat, iplar bir-biridan alohida boʻlgan vaqt boʻlmaydi.
Bu nuktalar koʻz oʻngiga keltirilish bilan u hazratning sahifasi oʻqilishi kerak. Ha, u zotning butun ishlari, siyratlari, tarixcha-i hayoti va boshqa ahvoli uning juda buyuk, azim axloq sohibi boʻlganiga shahodat qiladilar. Hatto dushmanlari ham uning axloq jihatidan juda yuksakligi sababli Muhammad-ul Amin bilan laqablantirganlar.
Ma'lumdirki, bir zotda ijtimo' etgan axloqi oliyaning imtizojidan izzati nafs, haysiyat, sharaf, viqor kabi; xasis, tuban narsalarga tanazzul etishga muso'ada etmagan yuksak hollar hosil boʻladi. Ha, maloika uluvvi shonlaridan shaytonlarni rad qiladilar, qabul qilmaydilar. Shuning kabi, bir zotda ijtimo' etgan axloqi oliya; kizb, hiyla kabi tuban hollarni rad qiladi. Ha, yolgʻiz shijoat bilan ishtihor etgan bir zot osonlikcha yolgʻonga tanazzul etmaydi. Butun axloqi oliyani jam etgan bir zot qanday qilib yolgʻonga va hiylaga tanazzul etadi, imkoni bormi?
Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam oʻz-oʻziga quyosh kabi bir burhondir. Va shuningdek, u zotning (S.A.V.) toʻrt yoshdan qirq yoshga qadar oʻtkazgan yoshlik davrida bir hiylasi, bir xiyonati koʻrilmagan va bir yolgʻoni eshitilmagan. Agar u zotning yaratilishida, tabiatida bir nojoʻyalik, bir yomonlik hissi va mayli boʻlgan boʻlsaydi; har holda yoshlik saiqasi bilan tashqariga chiqardi. Holbuki butun yoshini, umrini kamoli istiqomat bilan, matonat bilan, iffat bilan, bir ittirod va intizom ustida oʻtkazgan, dushmanlari ham hiylaga ishorat qilgan bir holini koʻrmaganlar. Va shuningdek, yosh qirqqa yetganda yaxshi boʻlsin, yomon boʻlsin va qanday bir axloq boʻlsa boʻlsin rusux paydo qiladi, malaka holiga keladi, ortiq tarki mumkin boʻlmaydi. Bu zotning tom qirq yoshining boshida ekan qilgan u inqilobi azimni, olamga qabul va tasdiq ettirgan va olamni jalb va jazb ettirgan, u zotning (S.A.V.) avval va oxir hammaga ma'lum boʻlgan sidq va omonati edi. Demak, u zotning (S.A.V.) sidq va omonati da'vo-i nubuvvatiga eng buyuk bir burhon boʻlgandir.
Ikkinchi sahifani oʻqiymiz. Bu sahifa moziy, ya'ni zamoni saodatdan avvalgi zamondir. Shu sahifa ichiga olgan anbiyo-i solifinning ahvol va qissalari u zotning sidqi nubuvvatiga bittadan burhondir. Yolgʻiz toʻrt nuktaga diqqat qaratish lozim:
Inson bir fanning asoslarini va u fanning hayotiga taalluq etgan nuqtalarni bilish bilan, oʻz oʻrnida ishlatishga voqif boʻlgandan soʻngra da'vosini u asoslarga bino qilishi, u fanda mohir va mutaxassis ekaniga dalildir.
Fitrati bashariyaning iqtizosidandirki; oddiy bir inson boʻlsa ham, hatto bola boʻlsa ham, hatto kichik bir qavm ichida boʻlsa ham, juda qiymatsiz bir da'vo xususida jumhurga muxolafat etib yolgʻon aytishga jasorat qilolmaydi. Ajabo, juda buyuk bir haysiyat sohibi, olamshumul bir da'voda, juda qaysar va kasratli bir qavm ichida, ummiy, ya'ni oʻqib-yozadigan sinfidan boʻlmagani holda, aqlning bir oʻzi idrokdan ojiz boʻlgan ba'zi narsalardan bahs qilib kamoli jiddiyat bilan olamga nashr va e'lon qilishi uning sidqiga dalil boʻlgani kabi, u masalaning Allohdan ekaniga ham bir burhon boʻlmaydimi?
Ma'lumki, madaniy insonlarga ma'lum va maluf juda koʻp ilmlar, sifatlar, fe'llar borki, badaviylarga majhul boʻladi va u kabi narsalardan xabarlari yoʻq. Shunga binoan, ayniqsa oʻtgan zamonlardagi badaviylarning ahvolidan bahs qilishni istagan bir odam, xayolan u zamonlarga, u choʻllarga borib ular bilan koʻrishishi kerak. Zero, ularning ahvolini yoddan, ularni koʻrmasdan muhokama qilish bilan istagan ma'lumotini qoʻlga kiritolmaydi.
Ummiy bir odam, bir fanning ulamosi bilan munoqashaga kirishib, baynal-ulamo ittifoqli boʻlgan masalalarni tasdiq va ixtilofli boʻlganlarni ham tasxix etsa; u odamning bu horiqo boʻlgan holi, uning juda ham yuksakligiga va ilmining ham vahbiy ekaniga dalolat qilmaydimi?
Bu toʻrt nuktani koʻz oʻngingga keltir, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga qara: U zot hamma tomonidan musallam ummiyligi bilan barobar, oʻtgan anbiyo bilan qavmlarining ahvollarini koʻrgan va mushohada etgandek Qur'onning lisoni bilan aytgan. Va ularning ahvolini, sirlarini bayon qilib olamga nashr va e'lon qilgan. Ayniqsa, naql qilgan ularning qissalari, butun zakiylarning nazari diqqatini jalb qilgan da'vo-i nubuvvatini isbot qilish uchundir. Va naql qilgan asoslari, baynal-anbiyo ittifoqli boʻlgan qismni tasdiq, ixtilofli boʻlganni ham tasxix etib da'vosiga muqaddima qilgan. Xuddi u zot, vahyi Ilohiyning ma'kasi boʻlgan ma'sum ruhi bilan zamon va makonni tayy etib, u zamonning eng chuqur daralariga kirgan va koʻrganidek aytgan. Shunga binoan, u zotning bu holi uning bir moʻ'jizasi boʻlib nubuvvatiga dalil boʻlgani kabi, avvalgi anbiyoning ham nubuvvat dalillari ma'naviy bir dalil hukmida boʻlib, u zotning nubuvvatini isbot qiladi.
Asri saodatga va ayniqsa Jazirat-ul Arab masalasiga doirdir. Bunda ham toʻrt nukta bor.
Olamga ma'lumdirki, oz bir qavmning odatlaridan haqir, ahamiyatsiz bir odatni yoʻqotish yoki zalil, miskin bir toifaning juz'iy, zaif xulqlarini raf' etish; buyuk bir hukmdorga, uzun zamonda, ham koʻp zahmatlarga bogʻliqdir. Ajabo, hokim boʻlmaslik bilan barobar, oz bir zamonda, nihoyat darajada odatlariga mutaassib, qaysar va kasratli bir qavmda rusux va quvvat paydo qilgan odatlarni raf' va qalblarda istiqror paydo qilgan va zamonlar osha davom va istimror etgan axloqlarini tark ettirgan; ham yerlariga gʻoyat yuksak odatlarni, goʻzal axloqlarni ta'sis etgan bir zot horiquloda boʻlmaydimi?
Yana olamga ma'lumki, davlat bir shaxsi ma'naviydir. -Bola kabi- tashakkuli, oʻsishi tadrijiydir. Va shuningdek, yangi tashakkul etgan bir davlatning, bir millatning ruhigacha nufuz etgan eski bir davlatga gʻolib boʻlishi yana tadrijiydir, zamonga mutavaqqifdir. Ajabo, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning butun asosoti oliyani ichiga olgan va moddiy-ma'naviy butun taraqqiyot va madaniyati Islomiyaning eshigini ochgan, qisqa bir zamonda daf'atan tashkil qilgan bir davlat bilan dunyoning butun davlatlariga gʻolib boʻlib moddiy-ma'naviy hokimiyatini muhofaza va ibqo ettirgan, horiqulodaligidan emasmi?
Ha, qahr va jabr bilan zohiriy bir hokimiyat, satxiy bir tahakkum, qisqa zamonda ibqo etilishi mumkin. Faqat butun qalblarga, fikrlarga, ruhlarga ijro-i ta'sir etib, zohiran va botinan oʻziga qabul qilish sharti bilan vijdonlar ustida hokimiyatini muhofaza va ibqo etish, -eng buyuk horiqo boʻlish bilan- faqat nubuvvatning xususiyatlaridan boʻlishi mumkin.
Ha, tahdidlar bilan, qoʻrquvlar bilan, hiylalar bilan afkori ommani boshqa bir majraga oʻgirtirish mumkin boʻladi. Faqat ta'siri juz'iydir, satxiydir, muvaqqat boʻladi. Muhokama-i aqliyani oz bir zamonda berkita oladi. Ammo irshodi bilan qalblarning tubigacha nufuz etish, hissiyotning eng noziklarini hayajonga keltirish, iste'dodlarning inkishofiga yoʻl ochish, axloqi oliyani ta'sis va tuban xulqlarni imho va izola etish, javhari insoniyatdan pardani koʻtarib haqiqatni tashhir etish, hurriyati kalomga erkinlik berish, faqat shua-i haqiqatdan muqtabas horiquloda bir moʻ'jizadir.
Ha, asri saodatdan avvalgi zamonlarda qalb qattiqligi va marhamatsizlik shunday darajaga yetgan ediki, erga berishdan or qilib qizlarini tiriklayin tuproqqa koʻmar edilar. Asri saodatda Islomiyat vujudga keltirgan marhamat, shafqat, insoniyat soyasida, avvallari qizlarini koʻmarkan mutaassir boʻlmagan odamlar, Islomiyat doirasiga kirgandan soʻngra chumolini ham bosmaydigan boʻldilar. Ajabo, bunday ruhiy, qalbiy, vijdoniy bir inqilob hech bir qonunga tatbiq etilishi mumkinmi?
Bu nuktalarni jaybi qalbingga solgandan soʻngra, bu nuqtalarga ham diqqat qil:
1- Tarixi olamning shahodati bilan sobitki; barmoq bilan koʻrsatilgan eng buyuk bir dohiy, faqat umumiy bir iste'dodni ihyo va umumiy bir axloqni iqoz va umumiy bir hisni inkishof ettira oladi. Agar bunday bir hisni ham iqoz etolmagan boʻlsa, barcha harakatlari behuda ketadi.
2- Tarix bizga koʻrsatyaptiki; eng buyuk bir inson, hamiyati milliya, hissi uxuvvat, hissi muhabbat, hissi hurriyat kabi hissiyoti umumiyadan bir yoki ikki va yoxud uch hisni iqoz etishga muvaffaq boʻladi. Ajabo, avvalgi zamonlarning jaholat, shaqovat, zulm zulmatlari ostida yashirin qolgan minglarcha hissiyoti oliyani, Jazirat-ul Arab mamlakatida, badaviy va tarqoq bir qavm ichida inkishof ettirish horiquloda emasmi? Ha, shamsi haqiqatning ziyosidandir.
Bu nuqtalarni aqliga sigʻdira olmaganning Jazirat-ul Arabni biz koʻziga tiqamiz. Ey muannid! Jazirat-ul Arabga bor, eng buyuk faylasuflardan yuztasini ham intihob et, barobar olib bor. Ular ham u yerda axloqning va ma'naviyatning inkishofi xususida harakat qilishsin. Muhammadi Arabiyning vahshatlar zamonida u vahshiy badaviylarga bergan jiloni sening faylasuflaring shu madaniyat va taraqqiyot davrida yuzda bir nisbatida bera oladilarmi? Chunki u zot bergan jilo; Ilohiy, sobit, layatagʻayyar bir jilodir va uning buyuk moʻ'jizalaridan biridir.
Va shuningdek, bir ishda muvaffaqiyat qozonishni istagan odam, Allohning odatlariga qarshi safvat va muvofaqatini muhofaza etsin va fitratning qonunlariga kasbi muorafa etsin va hay'ati ijtimoiya robitalariga munosabat paydo qilsin. Aks holda fitrat adami muvafaqat bilan javob beradi.
Va shuningdek, hay'ati ijtimoiyada umumiy jarayonga muxolafat qilmaslik lozim. Muxolafat qilingan taqdirda, javonning ustidan yiqiladi, ostida qoladi. Shunga binoan, u jarayonlarda tavfiqi Ilohiyning muso'adasiga mazhariyati sababli, u javonning ustida Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning haq bilan mutamassik boʻlgani sobit boʻladi.
Ha, Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam keltirgan shariatning haqoiqi fitratning qonunlaridagi muvozanani muhofaza qilgan. Ijtimoiyotning robitalariga lozim boʻlgan munosabatlarni ixlol etmagan. Zamon uzangan sari, oralarida ittisol paydo boʻlgan. Bundan tushuniladiki; Islomiyat navi bashar uchun fitriy bir dindir va ijtimoiyotni tazalzuldan viqoya etgan yagona bir omildir.
Bu nuktalar bilan shu nuqtalarni nazarga ol, Muhammadi Hoshimiy Alayhissalotu Vassalamga qara. U zot ummiyligi barobarida, bir quvvatga molik emasdi. Na uning va na ajdodining bir hokimiyatlari sabqot etmagandi; bir hokimiyatga, bir saltanatga mayllari yoʻq edi. Bunday bir vaziyatda ekan, muhim bir maqomda, tahlikali bir mavqeda, kamoli vusuq va itminon bilan buyuk bir ishga tashabbus etdi. Butun afkori ommaga gʻalaba qildi, butun ruhlarga oʻzini sevdirdi, butun tabiatlarning ustiga chiqdi. Qalblaridan butun vahshat odatlarini, xunuk axloqlarni olib tashlab juda yuksak odot va goʻzal axloqni ta'sis etdi. Vahshatning choʻllarida soʻngan qalblardagi qasovatni nozik hissiyot bilan tabdil ettirdi va javhari insoniyatni izhor etdi. Ularni u vahshat burchaklaridan chiqarib, avji madaniyatga yuksaltirdi va ularni u zamonga, u olamga muallim qildi. Va ularga shunday bir davlat tashkil qildiki, sahirlarning sehrlarini yutgan asoyi Muso kabi, boshqa zolim davlatlarni yutdi va navi basharni istilo qilgan zulm, fasod, ixtilol, shaqovat robitalarini yoqdi, yiqitdi va oz bir zamonda davlati Islomiyani sharqdan gʻarbga qadar tavsi' ettirdi. Ajabo, u zotning shu mojarosi uning maslagi haq va haqiqat boʻlganiga dalolat qilmaydimi?
Bu masala istiqbol sahifasiga qaraydi. Bu sahifada ham toʻrt nukta bordir:
Bir inson naqadar yuksak boʻlsa boʻlsin, faqat toʻrt-besh fanda mutaxassis va malaka sohibi boʻlishi mumkin.
Ba'zan boʻladiki, ikki odam aytgan bir soʻz, bir kalom mutafovit boʻladi; birisining jahliga satxiyligiga, boshqasining ilmiga mahoratiga dalolat qiladi. Shundayki:
Bir odam oʻylamasdan, gʻayri muntazam bir suratda aytadi; boshqasi u soʻzning avval va oxiriga qaraydi, siyoq va siboqini oʻylaydi va u soʻzning boshqa soʻzlar bilan munosabatlarini tasavvur qiladi va munosib bir mavqeda, munbit bir yerda zar' etadi. Xullas, bu odamning shu tarzi harakatidan daraja-i ilm va ma'rifati tushuniladi. Qur'oni Karim fanlardan bahs qilarkan, olgan fazlakalari bu kabi kalomlardandir.
Bu zamonda vositalar, asbob-uskunalar, sanoatning takammuli bilan bolalarning oʻyinchoqlari kabi oddiylashgan koʻp narsalar borki, agar ular bundan ikki-uch asr avval vujudga kelgan boʻlsaydilar, horiqolardan sanalardilar. Shuning kabi, kalomlarda, soʻzlarda ham zamonning ta'siri bor. Masalan, bir zamonda qiymatli bir soʻzning boshqa bir zamonda qiymati qolmaydi. Shunga binoan, shu qadar uzun zamonlar, asrlar boʻyicha yoshligini, goʻzalligini, totliligini, gʻarobatini muhofaza qilgan Qur'on, albatta va albatta horiqodir.
Irshodning tom va nafi' boʻlishining birinchi sharti, jamoatning iste'dodiga koʻra boʻlishi lozim. Jamoat avomdir. Avom esa haqoiqni ochiq-oydin koʻrolmaydi, faqat ularga ma'lum va maluf uslub va koʻylak ostida koʻra oladi. Shuning uchunki, Qur'oni Karim yuksak haqoiqni mutashabehot deyilgan tashbehlar, misollar, istioralar bilan tasvir qilib, jumhurga, ya'ni avomi nosning fahmlariga yaqinlashtirgan. Va shuningdek, takammul etmagan avomi nosning tahlikali gʻolatlarga tushmasligi uchun, hissi zohiriy bilan koʻrgan va e'tiqod etgan Quyosh, Arz kabi masalalarda ijmol va ibhom etgan boʻlsa ham, yana haqiqatlarga ishorat navidan ba'zi alomatlar, ishoratlar vaz' etgan.
Bu nuktalarni aqlingga qoʻygandan soʻngra, shu kelgan fazlakaga diqqat qil: Shariati Islomiya aqliy burhonlar ustida muassasdir. Bu shariat ulumi asosiyaning hayotiy nuqtalarini tamomi bilan tazammun etgan ulum va funundan mulaxxasdir. Ha, tahzib-ur ruh, riyozat-ul qalb, tarbiyat-ul vijdon, tadbir-ul jasad, tadvir-ul manzil, siyosat-ul madaniya, nizomot-ul olam, huquq, muomalot, odobi ijtimoiya va boshqalar kabi ulum va funun ixtivo etgan asosotning mundarijasi, shariati Islomiyadir. Va ayni zamonda, luzum koʻrilgan masalalarda, ehtiyojga koʻra izohotda boʻlgan. Luzumli boʻlmagan yerlarda yoki zehnlarning iste'dodi boʻlmagan masalalarda va yoxud zamonning qobiliyati boʻlmagan nuqtalarda bir fazlaka bilan ijmol etgan. Ya'ni, asoslarni vaz' etgan, faqat u asoslardan olinadigan hukmlarni yoki asosotga bino qilinadigan furuotni aqllarning mashvaratiga havola qilgan. Bunday bir shariat ixtivo etgan fanlarning uchdan biri ham; shu zamoni taraqqiyda, eng madaniy yerlarda, eng aqlli bir insonda ham boʻlishi mumkin emas. Shunga binoan, vijdoni insof bilan ziynatlangan zot, bu shariat haqiqatining butun zamonlarda, ayniqsa eski zamonda, toqati bashariyadan xorij bir haqiqat ekanini tasdiq qiladi. Ha, zohiran Islomiyat doirasiga kirmagan dushman faylasuflari ham bu haqiqatni tasdiq qilganlar. Azjumla, Amerikalik faylasuf Karlayl -Olmon adibi shahiri Gyotedan naql qilib- Qur'onning haqoiqiga diqqat qilgandan soʻngra, "Ajabo, Islomiyat ichida olami madaniyatning takammuli mumkinmi?" deya soʻragan. Yana bu savolga javoban: "Ha, muhaqqiqlar hozir u doiradan istifoda etyaptilar." degan. Yana Karlayl: "Haqoiqi Qur'oniya tulu' etgan zamon otash kabi butun dinlarni yutdi. Zotan bu uning haqqi edi. Chunki Nasoro va Yahudiylarning xurofotlaridan bir narsa chiqmadi." degan. Xullas, bu faylasuf,
boʻlgan oyati karimaning maolini tasdiq qilgan.
{(Hoshiya) Qirq yildan keyin nashr boʻlgan Risola-i Nurda Karlayl, Gyote va Bismark kabi qirqta mashhur faylasuflarning tasdiqlari bayon qilingan. Inshaalloh bu kitobning zaylida ham yoziladi.}
S- Xoh Qur'oni Karim boʻlsin, xoh tafsiri boʻlgan hadisi sharif boʻlsin; har fandan, har ilmdan bittadan fazlaka olganlar. Bir kitob yoki bir shaxsning yolgʻiz fazlakalarni ihota etish bilan horiqo boʻlishi lozim kelmaydi. Bir shaxs juda koʻp fazlakalarni ihota qila oladi?
J- Bahs qilgan fazlakamiz, sallamahussalam fazlakalar emas. Faqat husni isobat bilan munosib bir mavqeda va munbit bir yerda, eshitilmagan koʻp ishoratlarni tazammun etish bilan iste'mol va zar' etilgan fazlakalardir. Qur'on yoki hadis olgan fazlakalar bu kabi fazlakalardir. Bu kabi fazlakalar tom bir malaka va ittilo'dan soʻngra hosil boʻlishi mumkinki, har bir fazlaka, ma'hazi boʻlgan fan yoki ilmning hukmida boʻladi. Bu esa bir shaxsda boʻlolmaydi.
Aziz birodar! Bu masalalarda yozilgan muhokamalarning natijasi oʻlaroq shu kelgan qoidalarni ham koʻnglingga ol, senga lozim boʻladi.
1- Bir shaxs koʻp fanlarda ixtisos sohibi boʻlolmaydi.
2- Ikki shaxsdan sudur etgan bir soʻz, iste'dodlariga koʻra tafovut etadi. Ya'ni, birisiga koʻra oltin, boshqasiga nazaran koʻmir qiymatida boʻladi.
3- Funun fikrlarning birlashishidan hosil boʻlib, zamonning oʻtishi bilan takomul etadi.
4- Eski zamonda nazariy boʻlib, bu zamonda badihiy boʻlgan juda koʻp masalalar bor.
5- Zamoni moziy bu zamonga qiyos qilinolmaydi; oralarida koʻp farq bor.
6- Sahro va choʻl odamlari sodda va sof insonlar boʻlganidan, shaharliklarning madaniyat pardasi ostida yashira olgan hiyla va dasisalarni bilmaydilar va yashira olmaydilar. Har ishlari mardonadir, qalblari va lisonlari birdir.
7- Koʻp ilm va fanlar borki, odatlarning talqini bilan, vuqu'otning ta'limi bilan va zamon bilan, muhitning yordami bilan hosil boʻladi.
8- Basharning nazari istiqbolga nufuz etolmaydi, xususiy holat va ahvolni koʻrolmaydi.
9- Bashar uchun bir umri tabiiy boʻlgani kabi, qilgan qonunlari uchun ham bir umri tabiiy bor; uning nihoyati boʻlgani kabi, buning ham nihoyati bor.
10- Insonlarning sifatlarida, tabiatlarida, ahvolida zamon va makonning koʻp ta'siri bor.
11- Eski zamonlarda horiqo deb sanalgan koʻp narsalar borki, mabadi va vasoitning takomuli bilan oddiy narsalar hukmiga oʻtgan.
12- Daf'atan bir fanning ijodiga va ikmol etilishiga, bir zako-i horiqo boʻlsa ham, muqtadir boʻlolmaydi. U fan faqat bola kabi tadrijan kamolga erishadi.
Aziz birodarim! Bu qoidalarni alohida-alohida sanab boshingga qoʻygandan soʻngra, zamonning xayol va xulyalaridan, muhitning avhom va xurofotlaridan tajarrud et, ulardan tozalan; bu asrning sohilidan shoʻngʻi, Jazirat-ul Arab yarim oroliga chiq; u yarim orolning mahsulotidan boʻlgan insonlarning qiliq va qiyofatlariga kir, fikrlarini boshingga taq, juda keng boʻlgan u sahroga qara. Koʻrasanki: Bir inson bir oʻzi... Na muini bor va na yordam bergani; na saltanati bor va na dafinasi. Maydonga chiqqan, butun dunyoga qarshi muboraza etyapti. Va umum insonlarga hujum qilishga tayyorlangan. Va yelkalariga Kura-i Arzdan yanada katta bir haqiqat olgan. Qoʻlida ham insonlarning saodatini ta'min qilgan bir shariat tutganki, libosga oʻxshamaydi; jild va teri kabi yopishqoq boʻlib, iste'dodi basharning inkishofi nisbatida tavassu' va inkishof etish bilan, saodati doraynni intoj va navi basharning ahvolini tanzim etadi. U shariatning qonunlari, qoidalari qayerdan kelgan va qayergacha davom qilib ketadi deya soʻralgan vaqt, yana u shariat lisoni i'jozi bilan javoban deydiki: Biz Kalomi Azaliydan ayrildik, navi basharning fikri bilan barobar abadga qadar davom etib ketamiz. Faqat navi bashar dunyodan aloqani uzgandan soʻngra, biz ham suratan taklif jihati bilan insonlardan ayrilamiz, faqat ma'naviyatimiz va asrorimiz bilan navi basharning doʻstligiga davom qilib, ularning ruhlarini oziqlantirib, ularga dalil boʻlishdan ayrilmaymiz.
Ey birodar! Bu koʻrganing gʻarib, ajib sahifaning boshdan oxiriga qadar ixtivo etgan hollar, inqiloblar, vaziyatlar;
dagi amri tajiziyni navi basharga takror-takror e'lon qiladilar.
Aziz qardoshim! Bir eshik yana ochildi, u yerga qaraylik.
boʻlgan oyati karima ishorat qilgani kabi, jamoatning iste'dodiga koʻra irshodning qilinishi luzumidan va Shari'ning jumhurni irshod qilishda ta'qib qilgan maqsaddan gʻaflatlari va johilliklari sababli ba'zi insonlar Qur'on haqida koʻp shak va shubhalarga ma'ruz qolganlar. U shak va shubhalarning mansha'i uch amrdir:
1- Deydilarki: Qur'onda "mutashabehot va mushkulot" deyilgan, haqiqiy ma'nolari tushunilmagan ba'zi narsalarning boʻlishi, i'joziga ziddir. Zero Qur'onning i'jozi balogʻat ustida muassasdir; balogʻat ham faqat ifodaning zuhur va vuzuhiga mabnidir.
2- Deydilarki: Yaratilishga oid masalalar mubham va mutlaq qoldirilgan. Va shuningdek, koinotga doir funundan juda oz bahs qilingan. Bu esa, ta'lim va irshod maslagiga zid.
3- Deydilarki: Qur'onning ba'zi oyatlari zohiran aqliy dalillarga muxolif. Bundan, u oyatlarning haqiqatga zid boʻlganlari zehnga keladi. Bu esa Qur'onning sidqiga muxolif.
U kimsalarning gumonlaricha, Qur'onga bir noqisa va shak va shubhalarga sabab deb bilgan shu uch amrlari Qur'oni Karimga bir noqisa tashkil etmaydi. Faqat Qur'onning i'jozini bir bor yana isbot qilishga va irshod xususida Qur'onning eng baligʻ bir ifoda bilan eng yuksak bir uslubni ixtiyor etishiga sodiq shohid va qat'iy dalildir. Demak, qabohat ularning tushunishlarida, xosho, Qur'oni Karimda emas.
Ha,
shoirning degani kabi, fahmlashlari xasta boʻlganidan, sogʻlom soʻzlarni ta'yib etadilar yoki ayiq kabi qoʻllari uzum shingiliga yetisholmaganidan, nordon deydilar. Bularning ham tushunishlari Qur'onning u yuksak i'joziga yetisholmaganidan, ta'yib etadilar.
Qur'oni Karimda mutashabehot bor degan birinchi shubhalariga javob: Ha, Qur'oni Karim umumiy bir muallim va bir murshiddir. Halqa-i darsida oʻtirgan, navi bashardir. Navi basharning aksariyati avomdir. Murshidning nazarida kamchilik koʻpchilikka tobedir. Ya'ni, umumiy irshodini kamchilikning xotiri uchun tahsis etolmaydi. Shu bilan barobar, avomga qilingan soʻzlashuvlardan xoslar hissalarini oladilar. Aks holda avom yuksak soʻzlashuvlarni tushunolmaganidan mahrum qoladi. Va shuningdek, avomi nos ulfat etgan uslublaridan va ifodalarning turlaridan va doimo xayollarida boʻlgan alfaz, ma'ani va iboralardan fikrlarini ayirolmaganlaridan, yaqqol haqiqatlarni va aqliyotni tushunolmaydilar. Faqat u yuksak haqoiqning ular ulfat etgan ifodalar bilan anglatilishi lozim. Lekin Qur'onning bunday ifodalarining haqiqat ekaniga e'tiqod qilmasliklari kerakki, jismiyat va jihatiyat kabi mahol narsalarga zahib boʻlmasinlar. Faqat u kabi ifodalarga, haqoiqqa oʻtish uchun bir vasila nazari bilan qaralishi kerak. Masalan, Janobi Haqning koinotda boʻlgan tasarrufining holati, faqat bir sultonning taxti saltanatida qilgan tasarrufi bilan tasvir qilinishi mumkin. Shunga binoan;
da kinoya tariqi ixtiyor qilingan.
Hissiyoti bu markazda boʻlgan avomi nosga qilingan irshodlarda, balogʻat va irshodning iqtizosidan, avomning fahmlashlariga muro'at, hissiyotiga ehtirom, fikrlariga va aqllariga koʻra yurish lozim. Qandayki bir bola bilan gaplashgan odam, oʻzini bolalarcha tutadi va bolalar kabi chala-chulpa gapiradiki, bola tushuna olsin. Avomi nosning fahmlashlariga koʻra ifoda qilingan Qur'oni Karimning nozik haqiqatlari,
bilan eslanmoqda. Ya'ni, insonlarning fahmiga koʻra Janobi Haq xitobotida qilgan bu tanazzuloti Ilohiya, insonlarning zehnlarini haqoiqdan tanfir etib qochirmaslik uchun Ilohiy bir erkalashdir. Shuning uchun, mutashabehot deyilgan Qur'oni Karimning uslublari, haqiqatlarga oʻtish uchun va eng chuqur nozikliklarni koʻrish uchun, avomi nosning koʻziga bir durbin yoki bittadan optik koʻzoynakdir. Shu sirga binoan; bulagʻo buyuk bir oʻlchovda nozik haqiqatlarni tasavvur va tarqoq ma'nolarni tasvir va ifoda uchun istiora va tashbehlarga murojaat etyaptilar. Mutashabehot ham nozik va mushkul istioralarning bir qismidir. Zero mutashabehot nozik haqiqatlarga suratlardir.
Qur'onda mushkulot bor degan birinchi shubhalarining ikkinchi qismiga javob: Ishkal degan narsalari yo uslubning juda yuksak va muxtasar boʻlishi bilan ma'noning juda chuqur va nozikligidan kelib chiqadi, Qur'onning mushkuloti bu turdandir. Yoki iborada chalkash va tugunli nuqtalarning boʻlishidan nash'at etadi; Qur'oni Karim bu qism mushkulotdan mubarro va munazzahdir. Ajabo, jumhurning zehnidan uzoq va juda chuqur haqiqatlarni oson va qisqa bir surat bilan avomi nosning fahmiga yaqinlashtirish ayni balogʻat emasmi? Balogʻat, muqtazo-i holni muro'atdan iborat emasmi? Koʻzing koʻr boʻlgur yaramas!
Yaratilishda va moddiyotga doir masalalarda Qur'on mubham oʻtgan degan ikkinchi shubhalariga javob, shundayki:
Shajara-i olamda mayl-ul istikmol bor. Ya'ni, koinotning bir daraxt kabi butun zarroti va ajzosi kamolga mayl etadi va kamolga toʻgʻri yurmoqda. U umumiy mayl-ul istikmoldan alohida boʻlib, insonda ham mayl-ut taraqqiy bor. Bu mayl-ut taraqqiy urugʻ kabidir; nashvu namosi juda koʻp tajribalar vositasi bilan boʻladi; va koʻp fikrlarning maxsuli boʻlgan natijalarning ijtimo'i bilan tashakkul va tavassu' etish bilan fununni intoj etadi. Bu funun ham murattabadir. Ya'ni, har ikkinchi fan birinchisining natijasidir. Birinchisi boʻlmasa, u boʻlolmaydi. Birinchisining unga muqaddima va ulumi muta'arifa hukmida boʻlishi shart. Bunga binoan, bundan oʻn asr avval kelgan insonlarga fununi hozirani dars berish yoki gʻarib masalalardan bahs qilish; ularning zehnlarini adashtirishdan va u insonlarni safsatalarga otishdan boshqa bir foyda bermasdi. Masalan: Qur'oni Karim, "Ey insonlar! Shamsning sukuniga, Arzning harakatiga
{(Hoshiya1) Xasta holimda, navm bilan yaqazo orasida ixtor etilgan bir nuktadir: Shamsning mavlaviyvoriy qilgan samoviy harakati, quvva-i jozibani tavlid etish uchundir. Quvva-i joziba ham manzuma-i shamsiya bilan eslangan quyoshga bogʻliq yulduzlarni tushish tahlikasidan qutqarish uchundir. Demak, Shamsning oʻqida dairavoriy jarayon va harakati boʻlmasa, yuzduzlar tushadilar.
Said Nursiy
Muhtaram muallif boshqa bir risolasida shunday deydi:
Ha, quyosh bir mevadordir, silkinar toki tushmasin sayyor boʻlgan oziqlari.
Agar sukuni bilan sukunat aylasa, jazba qochar, yigʻlar fazoda muntazam majzublari.
Mutarjim}
va bir qatra suv ichida minglarcha hayvonotning borligiga diqqat qilingki, azamati Ilohiyani anglagan boʻlasiz." degan boʻlsaydi, butun u zamonlarning insonlarini takzibga yoʻllagan boʻlardi. Chunki hissi zohiriyga muxolifdir. Shu bilan barobar, oʻn asrdan beri kelib oʻtgan insonlarni adashtirish, yolgʻiz fununi jadidaning zuhuridan soʻngra kelgan insonlarni mamnun etish; maqomi irshodga muxolif boʻlgani kabi, ruhi balogʻat bilan ham qobili ta'lif emas.
S- Kashfiyoti fanniya va fununi hozira eski insonlarga majhul va gʻayri maluf boʻlganidan, bularni ularga dars berish xato deyapsan. Ayniqsa oxiratga oid ahvol kabi, mustaqbaldagi nazariyot ham shunday emasmi? Ular ham bizga majhul va gʻayri malufdirlar. Ulardan bahs qilish nima uchun xato boʻlmaydi?
J- Mustaqbaldagi nazariyot, ayniqsa oxiratga oid ahvolga hech bir jihat bilan hissi zohiriy taalluq etmaganki, u hisning xilofini aytish adashish boʻlsin. Shunga binoan, u kabi narsalar doira-i imkondadir. Shunday ekan, ularga e'tiqod va ular bilan itminon paydo qilish mumkindir. Shunday ekan, u kabi narsalarning haqqi sarihi, ularni tasrih etishdir. Lekin kashfiyoti fanniya; eski insonlarga koʻra, imkon va ehtimol doirasidan chiqib, mahol va imtino' darajasiga kirgan. Chunki koʻzlari bilan koʻrgan narsalari, ularda badohat darajasiga kirish bilan, uning xilofi ularda maholdir. Shunday ekan, ularning hissiyotiga hurmatan, u kabi masalalarda balogʻatning iqtizosi, ibhom va itloqi, ularga bir adashtirish boʻlmasin. Faqat Qur'oni Karim irshodini nuqson qoldirmagan. Bu zamonning fan mutaxassislarini ham istifodadan mahrum qilmaslik uchun, koʻp ishorat va alomatlarning vaz' qilinishi bilan, haqiqatlarga ishoratlar qilgan.
{(Hoshiya2) Moʻ'jizoti Qur'oniya risola-i nuriyasi tamomi bilan bu haqiqatni isbot qilgan.
Mutrajim}
Ey insofsiz! Seni insofga da'vat qilaman. Bir marta
boʻlgan mashhur dasturni nazarga olish bilan, zamonlari bilan muhitlarining muso'adasizligini oʻylab, talohuq etgan minglarcha afkorning natijalaridan tugʻilgan shu kashfiyoti fanniyani u zamonlardagi insonlarning aql me'dalari olib hazm qilolmaganlariga diqqat qilsang tushunasanki; Qur'oni Karimning u kabi masalalarda ixtiyor qilgan ibhom va itloq yoʻli, ayni balogʻat boʻlgani kabi, yuksak i'jozini ham isbotga oshkora bir dalil boʻlganini koʻzing koʻr boʻlmasa, koʻrasan.
Qur'onda daloili aqliyaga va fanning kashfiyotiga muxolif ba'zi oyatlar bor degan uchinchi shubhalariga javob:
Qur'oni Karimda ta'qib etilgan maqsadi asliy; isboti Sone', nubuvvat, hashr, adolat bilan ibodat asoslariga jumhuri nosni irshod va isol etishdir. Shunga binoan, Qur'oni Karimning koinotdan qilgan bahsi taba'idir, qasdiy emas. Ya'ni, ligʻayrihidir, lizotihi emas. Ya'ni, Qur'oni Karim Janobi Haqning vujud, vahdat va azamatiga istidlol surati bilan koinotdan bahs qilgan. Boʻlmasa koinotning bizzot holatini izoh qilish uchun emas. Chunki Qur'oni Karim geografiya, astronomiya kabi qasddan koinotning holatidan ma'no-i ismiy bilan bahs qilgan bir fan, bir kitob emas. Faqat koinot sahifasida yozilgan san'ati Ilohiyaning naqshlari va qudratning xilqat moʻ'jizalari va astronomlarni hayratda qoldirgan nizom va intizom bilan, ma'no-i harfiy bilan Sone' va Nazzomi Haqiqiyga istidlol holatini oʻrgatish uchun nozil boʻlgan bir kitobdir. Shunga binoan, san'at, qasd, nizom koinotning har zarrasida mavjud, matlub hosil boʻladi. Tashakkuli qanday boʻlsa boʻlsin, bizning matlubimizga taalluqi yoʻq. Fabinaan a'la zalik modomiki Qur'onning koinotdan bahsi istidlol uchundir va dalilning ham muddaodan avval ma'lum boʻlishi shartdir va dalilning muxotoblarga vuzuhi mustahsandir; ba'zi oyatlarning ularning hissiyotiga va adabiy ma'lumotlariga imola etishi va oʻxshatishi, muqtazo-i balogʻat va irshod boʻlmaydimi? Faqat bu oyatlarning hissiyotlariga imola etishi masalasi, u hissiyotga qasddan dalolat qilish uchun emas. Faqat kinoya qobilidan u hissiyotni erkalash uchun. Shu bilan barobar, haqiqatga ahli tahqiqni isol uchun, ishorat va alomatlar vaz' etilgan. Masalan, agar Qur'oni Karim maqomi istidlolda shunday degan boʻlsa edi: "Ey insonlar! Quyoshning zohiriy harakati bilan haqiqiy sukuniga va Arzning zohiriy sukuni bilan haqiqiy harakatiga va yulduzlar orasida joziba-i umumiyaning gʻaribalariga va elektrning ajibalariga va yetmish unsur orasida hosil boʻlgan imtizojotga va bir hovuch suv ichida minglab mikrobning boʻlishiga diqqat qilingki, bu kabi horiqo narsalardan Janobi Haqning hamma narsaga qodir boʻlganini anglagan boʻlasiz." desaydi; dalil muddaodan minglab daraja yanada xafiy, yanada mushkul boʻlardi. Holbuki dalilning muddaodan yanada xafiy boʻlishi, maqomi istidlolga muvofiq boʻlmaydi. Shu bilan barobar, ularning hissiyotiga imola etilgan oyatlar kinoya turidan boʻlib, ifoda qilgan zohiriy ma'nolari sidq yoki kizbga mador boʻlolmaydi. Ha, koʻrmayapsan قَالَ dagi ا hiffatni ifoda etadi. Asli و boʻlsin, ى boʻlsin, nima boʻlsa ham, bizga taalluq etmaydi.
Modomiki Qur'on butun zamonlardagi butun insonlarga nozil boʻlgan, shu shubha deb bilgan umuri salosalari Qur'onga noqisa emas, Qur'onning yuksak i'joziga dalillardir. Ha, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonni ta'lim bergan Janobi Haqqa qasam ichamanki; u Bashir va Nazirning (S.A.V.) basar va basirati haqiqatni xayoldan tafriq etolmaslikdan munazzahdir, jalildir, jaliydir yoki insonlarni aldab magʻlatalarga tushurishdan maslaki oliylari gʻaniydir, oliydir, tozadir, tohirdir.
Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam izhor etgan mahsus va zohiriy va insonlar orasida mashhur va ma'lum boʻlgan horiqo va moʻ'jizalarining aksarisi, Tarix va Siyar kitoblarida mazkurdir va ayni zamonda, muhaqqiqiyni ulamo tarafidan izoh va bayon qilingandir. Shunga binoan, tafsilotini u kitoblarga havola qilib yolgʻiz u horiqolarning navlarini ijmolan izoh qilamiz. Ha, Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning zohiriy horiqolarining har biri ahadiy boʻlib mutavotir boʻlmasa ham, u ahadiylarning hay'ati majmuasi va koʻp navlari mutavotiri bilma'nodir. Ya'ni, lafz va iboralari mutavotir boʻlmasa ham, ma'nolari koʻp insonlar tarafidan naql qilingan. U horiqolarning navlari uchta:
"Irhosot" bilan nomlanyaptiki, Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning nubuvvatidan avval zuhur etgan horiqolardir. Majusiy millati sigʻingan otashning soʻnishi, Sava Dengizi suvlarining qaytishi, Kisro Saroyining yiqilishi va gʻaybdan qilingan tabshirlar kabi narsalardir. Xuddi u hazratning (S.A.V.) zamoni valodati hassos va karomat sohibi ekandek u zotning qudum va kelishini shu kabi hodisalar bilan tabshirotda boʻlgan.
Ixboroti gʻaybiyadirki, keyinchalik sodir boʻladigan juda koʻp gʻarib narsalardan bahs qilgan. Azjumla; Kisro va Qaysarning dafinalarining Islom qoʻliga oʻtishi, Rumliklarning magʻlub qilinishi, Makkaning fathi, Konstantinoplning olinishi kabi hodisotdan xabar bergan. Xuddi u zotning jasadidan tajarrud etgan ruhi, zamon va makonning qaydlarini sindirib istiqbolning har tarafiga uchib kezgan va koʻrgan vuqu'otini aytgan va aytganidek ham sodir boʻlgan.
{(*) Diyorbaqirda Van Voliysi Javdat Beyning uyida 19/Fevral/1331 tarixida Juma kechasi bu tafsirning ilk Arabcha nusxasini tabyiz etarkan, shu shakli gʻarib tavofuqan sodir boʻlgan. Va u kecha sodir boʻlgan Bitlisning yiqilishi bilan muallif Badiuzzamonning asoratiga toʻgʻri keladi. Xuddi shu shakli gʻaribning, shu moʻ'jizalar va horiqolar bahsida u kecha sodir boʻlishi, muallifning Ruslarga asir tushganiga va barobarida boʻlgan ba'zi talabalarining shahid boʻlib qonlarining toʻkilishiga horiqo bir ishoratdir.
Saidning ukasi, yigirma yillik talabasi Aldulmajid
Va shuningdek bu naqsh boshi kesilgan bir ilonning dumi muallif Badiuzzamonni oʻrab olganiga va muallifning yarali boʻlib oʻttiz soat oʻlimga muntaziran suv arigʻining ichida qolgan yerga oʻxshaydi va u vaziyatni eslatadi.
Eski Saidning ahamiyatli talabasi Hamza}
Hissi horiqolarki, muoraza zamonlarida oʻzidan talab qilingan moʻ'jizalardir. Toshning gapirishi, daraxtning yurishi, Oyning ikki parchaga boʻlinishi, barmoqlaridan suv oqishi kabi... Tafsiri Kashshofning muallifi Zamaxshariyning aytishicha, u hazratning bu navi horiqolari mingga yetgan. Va bir qismi ham mutavotiri bilma'nodir. Hatto Qur'onni inkor qilganlardan bir qismi inshiqoqi Qamar ma'nosida qoʻllamaganlar.
S- Inshiqoqi Qamar butun insonlar nazdida kasbi shuhrat etishi lozim bir moʻ'jiza ekan, olam aro u qadar shuhrat topmagan. Sabablari nima?
J- Matla'larning ixtilofi va havoning bulutli boʻlishining ehtimoli va u zamonda rasadxonalarning boʻlmasligi va vaqtning uyqu kabi gʻaflat zamoni boʻlishi va inshiqoqning oniy boʻlishi kabi sabablar tufayli, hamma tomonidan u voqeaning koʻrinishi va ma'lum boʻlishi lozim kelmaydi. Shu bilan barobar, Hijoz matla'i bilan matla'lari bir boʻlgan yerlarda, u kecha yoʻllarda boʻlgan karvon va qofilalardan naqlan, inshiqoqning sodir boʻlgani haqida koʻp rivoyatlar bordir.
Uchinchi nav moʻ'jizalarning raisi va eng buyugi, Qur'oni Azimushshondirki, yetti vajh bilan moʻ'jiza boʻlganiga mazkur oyat bilan ishorat qilingan.
Birodar! Shu masalalarni yetarlicha fahmlading. Hozir bu oyatning maqobli bilan boʻlgan jihati irtibotiga qaraylik:
Ha, Ibn Abbosning (R.A.)
oyatidagi "ibodat"ni tavhid bilan tafsir qilganiga nazaran, avvalgi oyat isboti tavhid haqida boʻlib, bu oyat ham isboti nubuvvat haqidadir. Nubuvvati Muhammadiya (S.A.V.) esa, tavhidning eng buyuk bir dalilidir. Demakki, bu ikki oyat orasida jihati irtibot, oralaridagi dalliyat va madluliyat aloqasidir. Ya'ni, biri dalil, boshqasi madluldir. Nubuvvatning isboti faqat moʻ'jizalar bilan boʻladi. Eng buyuk moʻ'jizasi esa, Qur'oni Karimdir. Ha, Qur'onning moʻ'jizaligi olami Islom tomonidan qabul va tasdiq qilingan bir haqiqatdir. Ammo muhaqqiqiyni ulamo tarafidan Qur'onning vujuhi i'jozi haqida ixtilof sodir boʻlgan. Ya'ni, i'jozini intoj etgan jihatlar koʻp. Har bir muhaqqiq bir jihatni tarjih va ixtiyor qilgan; oralarida muxolafat, musodama yoʻq. I'jozning vajhlari:
1- Gʻaybdan, istiqboldan xabar berishi.
2- Oyatlarida tanoquz, taxoluf, xato boʻlmasligi.
3- Nazm bilan nasr orasida adiblarcha gʻayri ma'lum bir uslubni ixtiyor qilishi.
4- Oʻqib yozishni bilmagan bir zotdan sudur etishi.
5- Toqati bashariyadan ustun ulum va haqoiqni ihota etishi kabi juda koʻp narsalardir.
Lekin i'jozining eng yuksak vajhi, nazmidagi balogʻatdan tugʻilgan. Ha, Qur'onning bu navi i'jozi basharning toqatidan xorij darajadadir. Bu haqiqatni tafsilan tushunib qanoat hosil qilishni istagan bu tafsirni va oʻxshash asarlarni va "Yigirma Beshinchi Soʻz"ni zayllari bilan barobar mutolaa qilsin. Faqat ijmoliy bir ma'lumotni qoʻlga kiritishni istaganlar ham, balogʻatning imomlari boʻlgan Abdulqohir Jurjoniy, Zamaxshariy, Sakkokiy, Johizning bu qism i'joz haqida -uch tariq bilan- bayon qilgan ma'lumotlaridan miqdori kofiy ma'lumot qoʻlga kiritishi mumkin.
Arab qavmi ma'orifsiz, badaviy bir millat edi. Muhitlari ham, ular kabi badaviy bir muhit edi. Devonlari she'r edi. Ya'ni, madori iftixor boʻlgan hollarini she'r bilan qayd va muhofaza qilardilar. Ilmlari balogʻat edi. Madori iftixorlari fasohat edi. Boshqa qavmlardan koʻproq bir zakovatga molik edilar. Boshqa insonlarga nisbatan javvol fikrlari bor edi. Xullas, Arab qavmi bunday bir vaziyatda ekan va zehnlari ham bahor gullari kabi yangi-yangi ochilishni boshlarkan, birdaniga Qur'oni Azimushshon yuksak balogʻati bilan, horiqo fasohati bilan mala-i a'lodan yer yuziga tushdi. Arablarning madori iftixorlari va timsoli balogʻatlari boʻlgan va ayniqsa Ka'ba devorida tashhir etilish uchun oltin suvi bilan yozilgan "Muallaqoti Sab'a" unvoni bilan tilga olingan eng mashhur adiblarning eng baligʻ va eng fasih asarlarini iftixor roʻyxatidan oʻchirtirdi. Shu bilan barobar, Hazrat Muhammad (S.A.V.), Qur'on bilan muorazaga va Qur'onga bir nazira qilinishiga ularni shiddat bilan da'vat qilishdan chekinmadi. Jahllarini chiqarardi, tajhil va tarzil etardi. U hazrat qilgan bunday shiddatli hujumlarga qarshi, u umaro-i balogʻat va hukkami fasohat unvoni bilan tilga olingan Arab adiblari, bir kalima bilan ham muqobalada boʻlolmadilar. Holbuki kibr va azamatlari, anoniyatlari va koʻklarga qadar chiqqan gʻururlari iqtizo qilgan, kecha-kunduz harakat qilib Qur'onga bir nazira qilishlari kerak ediki, olamga razilu rasvo boʻlmasinlar. Demak, bu masalaning uddasidan chiqolmaganlaridan, ya'ni Qur'onning bir oʻxshashini keltirishdan ojiz qolganlaridan, sukutga majbur boʻlganlar. Xullas, ularning bu izdiroriy sukutlari ajzlarini maydonga chiqardi. Va bularning ajzlaridan ham i'jozi Qur'onning quyoshi tulu' etgan.
Kalomlarning xosiyatlarini, qiymatlarini, maziyatlarini bilib oltinlarini misidan tafriq etgan butun ahli tahqiqdan, tadqiqdan, tanqiddan, doʻst va dushmanlar tarafidan Qur'oni Karim sura-sura, oyat-oyat, kalima-kalima sinovdan oʻtkazilib, oltindan ma'ada bir mis asari koʻrilmagan. Bu ogʻir imtihondan keyin, Qur'oni Azimushshon ixtivo etgan mazoya, latoif, haqoiqning hech bir bashar kalomida boʻlmaganiga shahodat etganlar. Ularning sidqi shahodatlari shunday tarzda isbot qilinishi mumkin: Qur'onning inson olamida qilgan buyuk inqilob va tabaddul; va sharq va gʻarbni ichiga olgan ta'sis qilgan dini, diyonati; va zamonning oʻtishi bilan yoshlik va shababiyati va takarrur etgan sari halovatini muhofaza etishi kabi horiqo hollari,
oyatini oʻqib e'lon qiladilar.
Balogʻat imomlaridan mashhur Johizning tahqiqotiga koʻra: Arab adib va baligʻlarining Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning da'vosini qalam bilan yoʻq qilishga ta'rif qilib boʻlmaydigan darajada ehtiyojlari bor edi. Va u hazratga qarshi boʻlgan kin, adovat va qaysarliklari bilan barobar; eng oson, eng yaqin, eng salim boʻlgan qalam va yozuv bilan muorazani tark va eng uzun, eng mushkul, eng tahlikali va shubhali sayf va harb bilan muqobalaga majburan iltijo etishdi. Surati qat'iyada bundan tushunildiki, Qur'onning oʻxshashini keltirishdan ojiz qolganlar. Zero har ikki yoʻlning orasidagi farqni bilmaganlardan emas edilar. Shunga binoan, birinchi yoʻl ibtoli da'vo uchun yanada uygʻun ekan, uni tark qilib, ham mollarni, ham jonlarni tahlikaga otgan boshqa bir yoʻlga suluk etgan yo safihdir -holbuki musulmon boʻlgandan soʻngra siyosati olamni qoʻliga olganlarga safih deyilmaydi- yoki birinchi yoʻlga sulukdan oʻzlarini ojiz koʻrishgan. Shuning uchun qalam oʻrniga sayfga murojaat qilishgan.
S- Qur'onga bir nazira qilish mumkinotdan ekan, lekin nega qilinmagan?
J- Mumkinotdan boʻlsaydi, jahllari chiqarilgan, har holda muorazani orzu qilardilar. Va muoraza orzusida boʻlgan boʻlsaydilar, muoraza qilardilar. Chunki ibtoli da'vo uchun muorazaga ehtiyojlari juda shadid edi. Muoraza qilgan boʻlsaydilar, yashirin qolmasdi, tazohur etardi. Chunki tazohuriga ragʻbat koʻp boʻlgani kabi, sabablar ham koʻp edi. Tazohur etsaydi, olamda shuhrat topardi. Shuhrat topgan boʻlsaydi, Musaylimaning safsatalari kabi har holda tarixda boʻlar edi. Modomiki tarixda boʻlmagan ekan, demak qilinmagan. Modomiki qilinmagan ekan, demak Qur'on moʻ'jizadir.
S- Musaylima fusaho-i Arabdan boʻlgani holda, soʻzlari nima uchun olamga masxara boʻlgan?
J- Chunki uning soʻzlari, ming daraja ustun boʻlgan soʻzlarga qarshi muqobalaga chiqqanidan, xunuk va kulgili boʻlgan. Ha, goʻzal bir odam Hazrat Yusuf (A.S.) bilan barobar goʻzallik imtihoniga kirsa, albatta xunuk va kulgili boʻladi.
S- Qur'oni Karim haqida shak va shubhalari boʻlganlar, Qur'onning ba'zi tarkib va kalimalari goʻyo Nahv ilmining qoidalariga muxolafat qilgandek shubha iqo' etganlar?
J- Bu kabi kimsalarning Ilmi Nahvning qoidalaridan xabarlari yoʻq. Sakkokiyning degani kabi; afsohi fusaho boʻlgan Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam, Qur'oni Karimni uzun-uzun zamonlarda takror-takror oʻqigani holda, u xatolarni bilmaganu, bu johil kimsami bilsin? Bu qaysi aqlga sigʻadi va qaysi boshga kiradi? Sakkokiy "Miftah"ining oxirida, bu kabi johillarga yaxshigina tosh otgan. Ha, bir shoirning degani kabi,
har akillagan itning ogʻziga bit tosh otadigan boʻlsang, dunyoda tosh qolmaydi.
Bu oyatni maqobli bilan rabt etgan ikkinchi vajh esa: Avvalgi oyat qachonki ibodatni amr qildi, xuddi ibodatning holati qanday deya sami'ning zehniga bir savol keldi, "Qur'on ta'lim qilgani kabi" deya javob berildi. Takror, Qur'onning Allohning kalomi boʻlganini qanday bilamiz deya ikkinchi bir savolga yana eshik ochildi. Bu savolga javoban
oyati bilan javob berildi. Demak, har ikki oyatning orasidagi jihati irtibot, bir savol-javob va bir oldi-berdidir.
Birodar! Bu oyat ixtivo etgan jumlalarning orasiga kiraylik, qaraylik, oralarida qanday munosabatlar bor?
Ha,
jumlasi muqaddar bir savolga javobdir. Chunki, Qur'on avvalgi oyatda ibodatni amr qilgan vaqt, "Ajabo, ibodatga boʻlgan bu amrning Allohning amri boʻlib boʻlmaganini qanday anglaymizki, imtisol etaylik?" degan bir savol sami'ning xotiriga keldi. Bu savolga javoban deyildiki: "Agar Qur'onning va demakki bu amrning Allohning amri boʻlganida shubhangiz boʻlsa, oʻzingizni tajriba qiling va shubhangizni izola eting."
Va ayzan qachonki Qur'on, suraning avvalida
jumlasi bilan oʻzini sano etdi, soʻngra moʻ'minlarning madhiga, soʻngra kofir va munofiqlarning zammiga intiqol etdi, soʻngra ibodat va tavhidni amr qilgandan soʻng suraning boshiga qaytib لَا رَيْبَ ف۪يهِ jumlasini ta'kid qilib وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ الخ jumlasini zikr qildi. Ya'ni, "Qur'on shak va shubhalarga mahal emas. Sizning shubhalaringiz, faqat qalblaringizning xastaligidan va tabiatingizning saqomatidan nash'at etadi." Ha, koʻzi xasta boʻlgan quyoshning ziyosini inkor qiladi, ogʻzi achchiq boʻlgan totli suvni achchiq deydi.
فَاْتُوا بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِه۪ : Ya'ni "Qur'onning mislidan bir sura keltiring."
Birodar! Bu jumlani وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ jumlasi bilan bogʻlagan اِنْ adati shartdir. Shart adatlari doimo -harorat bilan otash kabi- biri sabab, boshqasi musabbab ikki jumlaga dohil boʻladilar. Ilmi Nahvcha birisiga fe'lush-shart, ikkinchisiga jazo-ush shart deyiladi. Bu ikki jumla orasida, harorat bilan otash orasida boʻlgani kabi, "luzum" lozimdir. Holbuki bu ikki jumla orasida luzum koʻrinmayapti. Shunga binoan, oyatning ixtisori sababli, oʻrtadan olib tashlangan jumlalarga murojaat lozimdir. Muqaddar jumlalar esa,
amrlaridir. Bular navbat bilan, ikkinchisi birinchisiga lozimdir. Ya'ni, ityan (dalil keltirish) tajribaga lozim; tajriba ta'allumga, ta'allum vujubi tashabbusga, vujubi tashabbus ham tashabbusga, tashabbus ham raybga lozimdir. Demak, bu qadar luzumlarning taqdiri lozimki, "Qur'onning bir mislini keltiring" bilan "Qur'onda shubhangiz boʻlsa... " orasida luzum tazohur eta olsin.
Bu jumlaning uch vajh bilan maqobli bilan irtiboti bor.
"Qur'onga muoraza etishdan zohir boʻlgan ajzimiz butun insonlarning ajzini istilzom etmaydi. Biz qilolmadik, ammo boshqalari qila oladilar" deya zehnlariga kelgan vasvasani daf qilish uchun Qur'oni Karim bu oyatning lisoni bilan: "Buyuklaringizni, raislaringizni ham chaqiring, sizga yordam bersinlar", deya ularni ilzom etgan.
"Agar biz muoraza tashabbusida boʻlsak, bizni dastaklagan, mudofaa qilgan yoʻq", deya ilgari surgan zu'mlarini ham rad qilganki; har qaysi bir maslak boʻlsa boʻlsin, mutaassiblari koʻp. Muoraza etgan taqdiringizda, sizni mudofaa qilgan koʻp boʻladi, deya ularni iskat etgan.
Qur'oni Karim xuddi ularga istihzoan deydiki: "Muhammad Alayhisalotu Vassalam butun insonlarga nubuvvatini tasdiq ettirish uchun Allohidan yordam istadi. Allohi ham Qur'oniga sikka-i i'jozni bosib juda koʻp insonlarga tasdiq ettirdi. Sizning alihalaringizdan bir foydangiz boʻlsa, siz ham ularni chaqiring, sizga yordam bersinlar."
فَاِنْ لَمْ تَفْعَلُوا : Ya'ni "Tajribadan soʻngra qarang. Muorazaga qodir boʻlmagan taqdiringizda, ajzingiz zohir boʻladi va muoraza qilgan ham boʻlmaysiz."
وَلَنْ تَفْعَلُوا : Ya'ni: "Moziyda qilolmaganingiz kabi, bundan soʻngra ham qat'iyat bilan qilolmaysiz." Shunga binoan, "Bizning moziyda qilolmasligimiz, istiqbolda basharning qilolmasligini istilzom etmaydi." deya izhor qilgan u bahonalarini ham, لَنْ تَفْعَلُوا bilan daf qilgan. Va ayni zamonda uch vajh bilan i'jozga ishorat qilgan:
Gʻaybdan xabar bergan va ixbor etgani kabi ham muoraza sodir boʻlmagan. Qarang, millionlab arabcha kitob bor va butun mualliflar, doʻst boʻlsin, dushman boʻlsin, Qur'onning uslubini taqlid qilishga favquloda mushtoq boʻlganlari holda, hech bir muallif, hech bir kitobida Qur'oni Karimning uslubini taqlid qilishga muvaffaq boʻlolmagan. Xuddi Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon,
ya'ni, bir shaxsda inhisor etgan bir navdir. Shunga binoan, Qur'oni Karim yo butun kitoblarning ostidadir -bu kulgili bir soʻzdir- yoki butun kitoblardan ustun, favqal-kull bir nodiradir.
Bunday buyuk bir da'voda va mushkul bir maqomda ularning a'soblarini tahrik, izzati nafslarini sindirish surati bilan "qilolmaysizlar" deya qat'iyat bilan bergan hukmi; uning amin, mutmain, e'timodli ekaniga dalildir.
Xuddi Qur'oni Karim deydiki: "Sizlar fasohatning umarosi va hammadan ziyoda fasohatga muhtoj boʻlganingiz holda, muorazaga qodir boʻlolmadingiz. Bashar ham Qur'onning muorazasiga qodir boʻlolmaydi." Va shuningdek, Qur'onning natijasi boʻlgan Islomiyatga bir nazira qilinishiga zamoni moziy qodir boʻlmagani kabi, istiqbol zamoni ham uning mislidan ojiz qolishiga bir ishoratdir.
Ya'ni: "Kofirlarga tayyorlangan bir otashdan saqlaningizki, oʻtini insonlar bilan toshlardir."
فَاتَّقُوا jumlasi اِنْ لَمْ تَفْعَلُوا jumlasiga jazo-ush shart boʻlish jihati bilan, oralarida luzumning boʻlishi lozim. Holbuki muorazaning qilinmasligi, otashdan saqlanishni istilzom etmaydi.
Shunga binoan, ixtisor uchun oʻrtadan olib tashlangan jumlalarga murojaat qilish bilan, bu luzumni qidirib topamiz. Shundayki:
1- Muorazaning qilinmasligidan, Qur'onning i'jozi lozim boʻladi.
2- Qur'onning i'jozidan, Allohning kalomi boʻlgani lozim boʻladi.
3- Allohning kalomi boʻlganidan, amrlariga imtisol lozim boʻladi.
4- Amrlariga imtisoldan, ibodatning qilinishi lozim boʻladi.
5- Ibodatning qilinishi, otashga kirmaslikka vasiladir.
Mana bu jumlalarning orasida boʻlgan luzumlarning silsilasidan, فَاتَّقُوا bilan اِنْ لَمْ تَفْعَلُوا orasidagi u yashirin luzum tazohur etadi. Va bu qilingan ijoz va ixtisordan i'jozning bir shuasi hosil boʻladi.
اَلَّت۪ى وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ : Qur'oni Karim ularni فَاتَّقُوا النَّارَ jumlasi bilan tahdid etgandan soʻngra نَارْ kalimasining bu jumla bilan vasflantirilishi bilan ham u tahdidni ta'kid va tashdid etgan. Zero oʻtini insonlar bilan toshlar boʻlgan bir otashning haybati, dahshati va xavfi yanada shadiddir. Va shuningdek, bu jumla bilan sanamlarga ibodat qilganlarni zajr va man qilishga ishorat qilingan. Shundayki: "Ey insonlar! Allohning amrlariga imtisol etmasdan, ayniqsa toshlarga va jomid narsalarga ibodat qilsangiz, muhaqqaq bilingki, sigʻinganlar bilan sigʻingan narsalarini yeb yutadigan bir otashga kirasiz."
اُعِدَّتْ لِلْكَافِر۪ينَ : Bu jumla فَاتَّقُوا bilan اِنْ لَمْ تَفْعَلُوا jumlalari orasidagi luzumni izoh qiladi va qarorlashtiradi. Ya'ni, shu otash azobi Qur'onga imtisol etmagan kofirlarga tayyorlangan. Ham bu otash toʻfon va boshqa musibatlar kabi yaxshi-yomon butun insonlarni shomil musibatlardan emas. Faqat bu musibatni jalb qilgan, kufrdir. Bu balodan qutulish chorasi, faqat Qur'oni Karimga imtisoldir.
Moziy siygʻasi bilan zikr qilingan اُعِدَّتْ kalimasi, Jahannamning al-an maxluq va mavjud boʻlib, Ahli I'tizolning keyinchalik vujudga kelishiga zahoblari kabi emasligiga ishoratdir.
Ey birodar! Otash unsuri koinotning butun qismlarini istilo qilgan juda buyuk bir unsurdir. Bir tomir kabi koinotning yaratilishidan boshlab har tarafga shox-shoda solib kelgan shu shajara-i noriyaga nazari hikmat bilan diqqat qilinsa, bu shajaraning boshida, ya'ni natijasida katta bir mevaning borligi anglashiladi. Ha, tuproqning ichida katta va uzun bir tomirni koʻrgan odam, u tomirning boshida qovun kabi bir mevaning borligini bilganidek, olamning har tarafida tomirlari boʻlgan shu shajara-i noriyaning ham Jahannam kabi bir mevasining borligiga bilhads, ya'ni sur'ati intiqol bilan hukm qila oladi.
S- Jahannam hozir mavjud boʻlgan taqdirda, yeri qayerda?
J- Biz Ahli Sunnat va Jamoat al-an Jahannamning vujudiga e'tiqod qilamiz, ammo oʻrnini tayin qilolmaymiz.
S- Ba'zi hadislarning zohiriga koʻra, Jahannam taxt-al Arzdir; ya'ni yerning ostidadir. Va shuningdek, bir hadisga nazaran, Jahannam otashining dunyo otashidan ikki yuz daraja ortiq harorati bor. Bu nuqtalarning izohi qanday?
J- Kuraning taxti markazidan iborat. Bunga binoan, Arzning taxti markazidir. Nazariyoti hikamiyacha sobit boʻlish vajhi bilan, Arzning markazida harorati ikki yuz ming darajaga yetgan bir otash bor. Chunki har oʻttiz uch ziro' chuqurligida, taxminan bir daraja harorat ortadi. Bunga binoan, markazga qadar ikki yuz ming darajali bir harorat hosil boʻladi. Mana bu nazariyaga mazkur hadisning maoli mutobiq keladi. Bunga binoan, Kura-i Arzning markazida boʻlgan ikki yuz ming daraja haroratli bir otash, Jahannamga bir urugʻ hukmida boʻlib, qiyomatda qobigʻi hukmida boʻlgan tabaqa-i turobiyani yorib, butun dahshati bilan chiqadi, tavassu' etishni boshlaydi va toʻliq tajhizoti bilan Jahannam shakllanadi, deb boʻladi. Va shuningdek, bir hadisga nazaran, "zamharir" nomli, burudat bilan yoqqan bir otash bor. Bu hadis ham u nazariyotga mutobiqdir. Zero markazi Arzdan sathiga qadar daraja-daraja ortgan yoki tanoqus etgan otash, zamharir ham dohil boʻlib, otashning butun martabalarini qamragan. Hikmati tabiiyada taqarrur etgani kabi, otash ba'zan shunday bir darajaga keladiki, yaqinida boʻlgan narsalardan haroratlarni tamoman jalb va jazb etish bilan, ularni burudat bilan yoqadi va suvni injimod ettiradi.
S- Mazkur hadisga koʻra; Jahannam Arzning markazida. Holbuki Arz Jahannamga nisbatan bir tuxum qadardir. U ulkan Jahannam Arzning qornida qanday joylashadi?
J- Ha, olami mulk, ya'ni olami shahodat, ya'ni bu koʻrayotgan olamimizga koʻra, Jahannam Arzning ichida deya, Jahannamni kichik koʻrsatyapmiz. Ammo, olami oxiratga nazaran, Jahannam shunday azamat paydo qiladiki, minglarcha Arzlarni ichiga oladi, toʻymaydi. Bu olami shahodat bir parda kabi uning tavassu'iga mone boʻlgan. Shunga binoan, Arzning ichidagi Jahannamdan maqsad, Jahannamning qalbi va Jahannamning urugʻidir. Va shuningdek, Jahannamning Arzning ostida boʻlishi, Arzning qornida yoki Arz bilan muttasil, yopishgan boʻlishini istilzom etmaydi. Zero shams, qamar, yulduz, Arz kabi kuralar, hammasi shajara-i xilqatning mevalaridir. Ma'lumki, meva ostining butun shoxlarning oralariga shumuli bor. Shunga binoan, Allohning mulki juda keng. Shajara-i xilqatning shoxlari ham har tarafga uzanib ketgan; Jahannam qayerga ketsa, yeri bor. Va shuningdek, bir hadisga koʻra, Jahannam matviydir, ya'ni bukilgan, ya'ni toʻliq ochiq emas. Demak, Jahannamning bir tuxum kabi Arzning markazida mavjud va keyinchalik tazohur etishi mumkinotdandir.
Jahannamning hozir mavjud boʻlmaganiga Moʻ'tazilalarni yoʻnaltirgan bu hadis boʻlsa kerak.
Birodar! Bu oyatning jumlalarini koʻrib chiqaylik, qaraylik; u zarflar qanday sadaflardir, ichlarida qanday javharlar bor:
Ha,
jumlasining boshidagi و harfi atfdir. Ma'lumki, bir narsaning boshqa bir narsaga atfi, oralarida bir munosabatning boʻlishiga mutavaqqifdir. Holbuki اِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ bilan يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا jumlalari orasida munosabat koʻrinmaydi. Bularning oralaridagi munosabat faqat ikki savol va javobning taqdiri bilan tazohur etadi. Shundayki:
Avvalgi oyatda ibodatga amr qilinganida, "Ibodat qanday?" deya vorid boʻlgan savolga javoban: "Qur'on ta'lim bergani kabi" deyildi. "Qur'on Allohning kalomimidir?" deya berilgan ikkinchi savolga javoban وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ deyildi. Xullas, har ikki jumla orasida bu surat bilan munosabat tazohur etadi va harfi atfning ham muqtazosi sodir boʻladi.
S- اِنْ shak va taraddudni ifoda etadi. اِذَا esa, jazm va qat'iyatga dalolat qiladi. Ularning shak va rayblari Qur'on haqida qat'iydir. Shunga binoan, maqomning iqtizosi xilofiga اِنْ kalimasining اِذَا kalimasiga tarjihan zikrida qanday bir ishorat bor?
J- Ha, ularning shak va rayblarini izola etadigan sabablarning zuhuri sababli, u kabi shubhalarning vujudiga qat'iyat bilan hukm qilinmasligiga, faqat u shaklarning vujudiga yana shak va shubha bilan hukm qila olishiga ishoratdir.
اِنْ kalimasi ifoda qilgan shak va taraddud, uslubning iqtizosiga koʻradir. Xosho, mutakallimga oid emas.
اِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ bilan اِنِ ارْتَبْتُمْ jumlalari bir ma'noni ifoda qilganlari va ikkinchi jumla birinchi jumladan qisqa boʻlishi uslubga yanada uygʻun boʻlgani holda, birinchi jumlaning ikkinchi jumlaga tarjihan zikri, ularning rayblarining mansha'i; xasta tabiatlari bilan, yomon ekanliklariga ishoratdir.
S- Ular rayblarga zarf va mahal boʻlganlari holda, ularni mazruf, raybni ularga zarf koʻrsatish nimaga binoan?
J- Ha, qalblaridagi raybning zulmati butun badanlariga, qoliplariga intishor va istilo etganidan, oʻzlarining rayb ichida deb hisoblanishlariga ishoratdir.
Nakra oʻlaroq رَيْبٍ kalimasining zikri, ta'mim uchundir. Ya'ni, qaysi raybingiz boʻlsa, javob birdir; har bir raybingziga qarshi maxsus bir javob lozim emas. Qaysi choraga murojaat qilsangiz, oladigan javobingiz, Qur'onning i'jozidir. Ha, bir chashma boshida suv ichib totliligini anglagan bir odam, butun u chashmadan tasho'ub etgan ariqlarni tajriba qilishga haqqi yoʻq; zero manbai birdir. Shuning kabi, bir suraning muorazasidan ojiz qolgan odamning, butun Qur'onni tajribaga haqqi yoʻq. Chunki kotib bir.
مِمَّا dagi مِنْ bayonni ifoda qilganidan, ف۪ى شَىْءٍ kalimasining taqdirini istaydi. Taqdiri kalom,
boʻlsa kerak.
نَزَّلْنَا ta'biridan anglashiladiki; ularning shubhalarining manshai nuzul sifati boʻlib, qat'iy javoblari ham, isboti nuzuldir.
Tadrijan, ya'ni oyat-oyat, sura-sura, hodisalarga koʻra nuzulni ifoda qilgan taf'il bobidan نَزَّلْنَا kalimasining, daf'atan nuzulga dalolat qilgan if'ol bobidan اَنْزَلْنَا kalimasiga tarjihan zikr qilinishi; ularning da'volarida "Nima uchun Qur'on daf'atan nozil boʻlmagan?" deya dalil keltirishganiga ishoratdir.
عَبْدِنَا : Abd lafzining nabiy yoki Muhammad (S.A.V.) lafzlariga jihati tarjihi; abd ta'biri Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning azamatiga va ibodatining uluvvi darajasiga ishorat boʻlgani kabi,
اُعْبُدُوا amrini ta'kiddir va Rasuli Akram haqida vorid boʻlgan vahmlarni daf qilish boʻlib, u zot butun insonlardan ziyoda ibodat qilgan va Qur'onni oʻqigan.
فَاْتُوا : Bu amr, ta'jiz uchundir. Ya'ni, amrdan maqsad, muxotobdan bir narsa talab emas. Faqat boshlariga urish bilan muorazaga, tajribaga da'vat qilishki, ajzlari namoyon boʻlsin.
بِسُورَةٍ ila oxir... Bu ta'birdan tushuniladiki; ularning ilzomlari, ajzlari oxirgi hadga yetgan. Zero toʻqqiz darajaga yetgan tahaddining, ya'ni muorazaga da'vat qilishning ta'birlari, tabaqalari bor.
1- Yuksak nazmi bilan, ixboroti gʻaybiyasi bilan, ixtivo etgan ulum va oliy haqoiqi bilan barobar toʻliq bir Qur'onning mislini ummiy bir shaxsdan keltiring.
2- Agar bunday mislini keltirish toqatingizdan ustun boʻlsa, baligʻ bir nazmi bilan uydirma narsalardan boʻlsada keltiring.
3- Agar bunga ham qudratingiz yetmasa, oʻn sura qadar bir mislini keltiring.
4- Bu ham mumkin boʻlmagan boʻlsa, uzun bir suraning mislini keltiring.
5- Agar bu ham sizga oson boʻlmasa, qisqa bir suraning misli boʻlsin.
6- Agar ummiy bir shaxsdan imkon topmagan boʻlsangiz, olim va kotib bir odamdan boʻlsin.
7- Bu ham boʻlmagan taqdirda, bir-biringizga yordam berish surati bilan qiling.
8- Bunga ham imkon topilmagan taqdirda, butun ins va jinlardan yordam istanglar va butun afkorning natijalaridan istimdod etinglar. Natijalari tamoman yoningizda boʻlgan kutubi Arabiyada mavjud. Butun kutubi Arabiya bilan Qur'on orasida bir muqoyasa qilinsa, Qur'on muqoyasa qilinmaydi. Chunki hech biriga oʻxshamaydi. Shunday ekan, Qur'on yo hammasidan past yoki hammasidan yuqoridir. Birinchi ehtimol botil va maholdir. Shunday ekan, hammasidan yuqori, favqal-kull bir kitobdir. Oʻn uch asrdan beri misli vujudga kelmagan, bundan soʻngra ham vujudga kelmaydi, vassalom.
9- "Bizning shohidlarimiz yoʻq. Agar muorazaga kirishsak, bizni qoʻllaydigan hech kim yoʻq." deya koʻrsatgan u bahonalarini ham daf qilish uchun, "Shohidlaringizga ham muso'ada qilingan. Ularni ham chaqiring, sizga yordam berishsin."
Xullas, bu tabaqalarga diqqat qilinsa, muorazaning shu martabalariga ishoratan, Qur'oni Karim qilgan ijoz bilan koʻrsatgan i'jozga bir shua koʻrinadi.
Birodar! Qur'oni Karimdan eng qisqa bir suraga muoraza qilishdan basharning ajzi mazkur izohot bilan sobit boʻldi. Ammo i'jozning limmiyat jihati qoldi. Ya'ni, basharning ajzini intoj etgan illat va sabab nima? Ha, Qur'on bilan muoraza va muborazaga chiqqan insonlarning quvvati Janobi Haq tarafidan koʻrlashtirilib, muorazani qila oladigan qobiliyatdan sukut ettirilgan. Faqat Abdulqohir Jurjoniy, Zamahshariy, Sakkokiy kabi balogʻat imomlariga koʻra basharning quvvati Qur'onning yuksak uslub va nazmiga yetisholmaganidan, ajzi tazohur etgan. Yana Sakkokiy deganki: "I'joz zavqiydir, ta'rif va ta'bir qilib boʻlmaydi.
Ya'ni, fikri bilan i'jozni zavq qilmagan, ta'rif bilan voqif boʻlolmaydi.. asal kabidir." Lekin Abdulqohir iltizom etgan vajhga koʻra, i'jozni ta'rif va ta'bir etish mumkin. Biz ham bu vajhni qabul qilamiz.
S- "Toifa", "najm", "navbat" kalimalari "sura" kalimasining vazifasini ado qila oladilar. "Sura" kalimasining ularga tarjihan zikrida nima bor?
J- Ularni shubhalarining mansha'i bilan ilzom va choʻktirishdir. Shundayki:
Ularni shubhaga tushirgan, goʻyo Qur'onning daf'atan nozil boʻlmaganidir. Demak, Qur'on daf'atan nozil boʻlgan boʻlsaydi, Allohning kalomi boʻlganida shubhalari boʻlmasdi. Lekin parcha-parcha nozil boʻlganidan, shubhalariga bois boʻlib; "Bu basharning kalomidir, parcha-parcha qilinishi osondir, biz ham qila olamiz." deya shubhaga tushdilar. Qur'oni Karim ham ularning oson deb oʻylagan yoʻllarini, بِسُورَةٍ ta'biri bilan ixtor va "Qani, mislini keltiring va siz oson deb oʻylagan parcha-parcha shaklida boʻlsin" deya, ularni oson deb oʻylagan yoʻllarida boʻgʻgan. Va shuningdek, Zamahshariyning bayoni vajhi bilan, Qur'oni Karimning suralarga taqsim qilingan bir shaklda nozil boʻlishida koʻp foydalar bor. Ha, koʻp gʻarib latoifni ichiga olgani uchun, shu uslubi gʻarib ixtiyor qilingan.
مِنْ مِثْلِه۪ dagi zamir yo Qur'onga roji'dir, ya'ni "Qur'onning mislini keltiring" yoki Hazrat Muhammadga (S.A.V.) oiddir. Ya'ni, bir surani u zotning (S.A.V.) misli boʻlgan ummiy bir shaxsdan keltiring. Lekin birinchi ehtimolga koʻra iboraning haqqi مِثْلِ سُورَةٍ مِنْهُ ekan, iqtizoning xilofiga بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِه۪ deyilgan. Buning sabablari: Chunki birinchi ehtimolda ikkinchi ehtimolning ham mulohazasi va ri'oyati lozim. Zero, yolgʻiz Qur'onning mislini keltirish bilan masala tugamaydi. Faqat ummiy bir shaxsdan keltirilishi lozim va muorazaning tamomiyatiga shartdir. Shuning uchun ham مِنْ مِثْلِه۪ dagi zamirning Qur'onga roji' boʻlishi lozim, ham iboraning tabdili lozimki, har ikki ehtimol mar'i boʻlsin. Va shuningdek, muorazaning tamomiyati, yolgʻiz bir suraning mislini keltirish bilan boʻlmaydi. Faqat Qur'onning tamomiga misl boʻladigan bir majmu'dan, bir kitobdan olingan bir suraning mislini keltirish shart boʻlganiga ishoratdir. Va shuningdek, nuzulda Qur'onning amsoli boʻlgan kutubi samoviyaga zehnlarni oʻgiradiki, oralarida qilinadigan muvozana bilan Qur'onning uluhiyati tushunilsin.
وَادْعُوا Bu ta'birning "istio'na" yoki "istimdod" kalimalariga jihati tarjihi, "da'vat" kalimasining ishlatilish yerlaridan anglashilish vajhi bilan; ularni balolardan, zahmatlardan qutqarib yordam berganlar hozir boʻlib, yolgʻiz chaqirishlari lozimdir, ortiqcha bir zahmatga ehtiyoj boʻlmaganiga ishoratdir. "Istio'na va istimdod" kalimalari esa yordamchilarning hozir boʻlganliklariga dalolat qilmaydilar.
شُهَدَٓاءَ Bu ta'bir uch ma'noga tatbiq qilinishi mumkin:
Buyuk adiblar. Bu ma'noga koʻra, ularning muoraza ma'nosida "Bizning quvvatimiz muorazaga kifoya boʻlmasa ham, buyuk adib va hoʻjalarimizning muorazaga qudratlari bor" deya aytgan yolgʻonlarini ham Qur'oni Karim وَادْعُوا amri bilan kesib otgan.
Muorazani dastaklab shahodat qilganlar. Bu ehtimolga nazaran, ularning "Biz muorazaga kirishsak, bizni dastaklagan, guvohlik qilgan yoʻq", deya koʻrsatgan bahonani ham Qur'oni Karim, muso'ada berish surati bilan "Qani, shohidlaringizni ham chaqiring, sizni taqviya etsinlar" deya u bahonani ham yolgʻonga chiqargan.
Aliha ma'nosida. Bu ma'noga nazaran, xuddi Qur'oni Karim ularga qarshi "Hoy, bu qadar sigʻingan ilohlaringiz bor ekan, bunday tang va mashaqqatli bir vaqtingizda nima uchun ulardan yordam istamaysiz? Ularni chaqiringki, bu muoraza balosidan sizni qutqarsinlar." deya bu jumla bilan ularga istehzo etgan, yuzlariga kulgan.
شُهَدَٓاءَكُمْ : Ixtisosni ifoda qilgan shu izofa شُهَدَٓاءَ kalimasining har uch ma'nosiga ham qaraydi. Shundayki:
1- Modomiki buyuk adib va domlalaringiz bor, tabiiyki orangizda irtibot, hurmat va muhabbat bor va yoningizda hozir boʻlib, gʻoyib ham emaslar. Agar ularning bu dahshatli muorazaga qudratlari boʻlsaydi, har holda yordam berardilar. Demak, ular ham sizlar kabi ojizdirlar, aybga buyurmang.
2- Muorazada sizlarni qoʻllaydigan, shahodat qiladigan har kim boʻlsa boʻlsin, qabul qilamiz, chaqiring. Ammo ular bunday badihul-butlan bir da'voda yolgʻon shahodatga jasorat qilolmaydilar.
3- Ma'bud ittihoz etgan alihalaringiz nega sizga yordam bermayaptilar? Ularni ham chaqiring, koʻraylik. Faqat ularda jon yoʻq, shuurlari ham boʻlmagani kabi, hech bir narsaga ham qodir emaslar. Ularni ham ma'zur koʻring.
مِنْ دُونِ اللّٰهِ Ya'ni: Allohdan ma'ada. Bu qayd shuhadoning birinchi ma'nosiga koʻra ta'mimni ifoda qiladi.
Ya'ni: "Allohdan ma'ada, dunyoda naqadar arbobi fasohat boʻlsa, chaqiring." Shuhadoning ikkinchi ma'nosiga nazaran, ojizliklariga ishoratdir. Chunki bir masalada ojiz va magʻlub boʻlgan qasam ichadi, shohidlarni koʻrsatadi. Bu ojizlar uchun bir usuldir. Shuhadoning uchinchi ma'nosiga koʻra, ularning Rasuli Akram bilan muorazalari, xuddi shirk bilan tavhid yoki jamodot bilan Xoliqi Arz va Samovot orasida bir muoraza boʻlganiga ishoratdir.
اِنْ كُنْتُمْ صَادِق۪ينَ : Bu jumla, "Biz istasak Qur'onning mislini qilamiz" deya avvalroq sarf qilgan soʻzlariga ishoratdir. Va shuningdek, ularning yolgʻonchi ekaniga bir ta'rizdir. Ya'ni: Sidq arbobi emassiz, faqat safsatachi odamlarsiz. Ha, siz haqni talab qilarkan rayb, shubha qudugʻiga tushmadingiz; faqat rayb, shak va shubhalarga yugurarkan, ichiga tushgan aqlsiz odamlarsiz.
jumlasining jazo-ush sharti, maqoblining xulosasidir. Taqdiri kalom:
Ya'ni: "Soʻzingizda sodiq boʻlsaydingiz, qilar edingiz."
Birodar! اِنْ كُنْتُمْ صَادِق۪ينَ تَفْعَلُوا jumlasi ularga qarshi bir qiyosi istisnoiyni tazammun etgan. U qiyosning surati tashakkuli: "Agar sodiq boʻlsaydingiz, qilardingiz; biroq qilolmadingiz, Shunday ekan sodiq emassiz." Faqat Qur'oni Karim, muqaddima-i istisnoiya oʻrnida, ya'ni "Biroq qilolmadingiz"ga badal, فَاِنْ لَمْ تَفْعَلُوا ila oxir jumlasini shakni ifoda qilgan اِنْ bilan aytgan. Buning sabablari esa, ularning "qilamiz" deya qilgan gumonni bir daraja erkalash uchundir. Va shuningdek, u qiyosning natijasi boʻlgan "sodiq emassiz" oʻrniga ham, u natijaning uchinchi darajada lozimining illati boʻlgan فَاتَّقُوا النَّارَ degan. Taqdiri kalom: "Agar sodiq boʻlsaydingiz qilardingiz, lekin qilolmadingiz. Shunday ekan, sodiq emassiz. Shunday ekan, xasmingiz boʻlgan Rasuli Akram sodiqdir. Shunday ekan, Qur'on moʻ'jizdir. Shunday ekan, iymon va tasdiqingiz lozimki, otashga tushmangiz."
فَاتَّقُوا النَّارَ Bu amri Ilohiy ularga qilingan tahdidlarni dahshatga tishiradi.
اِنْ لَمْ تَفْعَلُوا jumlasidagi تَفْعَلُوا kalimasi, fe'li muzoriydir. Bu fe'l zamoni hol bilan istiqbol orasida mushtarakdir. Hurufi shartiyadan boʻlgan اِنْ zamoni holdan istiqbol togʻlariga otyapti. Hurufi jazimadan boʻlgan لَمْ istiqboldan moziy daralariga uloqtiryapti. Bechora تَفْعَلُوا har ikki adatning qoʻllarida toʻp kabi oʻyinchoq boʻlgan. Bu adatlarning bu vaziyatlari zehnlarni ham moziyga, ham istiqbolga yuboradiki; moziyni bezatgan baligʻ xitobalari, oltin bilan yozilgan muallaqotlari Qur'onning yaqiniga ham kelolmaganlarini koʻrsinlar. U sahifani koʻrgandan soʻngra, istiqbol sahifasini ham unga qiyos qilsinlar.
تَفْعَلُوا ning تَاْتُوا kalimasiga tarjihida ikki nukta bordir:
Birisi: Qur'onning i'jozi, ularning ajzidandir. Ajzlari esa, asardan boʻlmasdan fe'ldan ekaniga ishoratdir. Ya'ni, ajzlarining mansha'i; Qur'onning misli emasdir, u mislni qilishdandir.
Ikkinchisi esa: Ilmi Sarfda ف ع ل butun fe'llarning tarozisi boʻlgani kabi; uslublarda ham uzun hikoyalarni, ishlarni, voqealarni, qissalarni bir lafz bilan ifoda qilgan bir fazlakadir. Xuddi kinoya turidan jumlalarni ta'bir qilgan bir zamirdir.
وَلَنْ تَفْعَلُوا dagi لَنْ hurufi nasibadan boʻlib, dohil boʻlgan fe'lni istqibolga naql qiladi, muakkad yoki muabbad boʻlib istiqbolda nafiy etadi. Demak, bu jumlaning qoili juda buyuk bir itminon va jiddiyat bilan, shak va shubha qilmasdan bu hukmni bergan. Bundan tushuniladiki, u zotning ishlarida hiyla yoʻq.
S- فَاتَّقُوا Ittiqo bilan tajannub, ikkisi ham bir ma'noni ifodalaydi. Ittiqoning tajannubga jihati tarjihi nima?
J- Ha, ittiqo iymonga tobedir. Ya'ni, ittiqo iymon boʻlgandan soʻngra hosil boʻladi. Tajannubda bu tobeiyat yoʻq. Shunga binoan, ittiqo kalimasi iymonni eslatadi va ittiqo lafzi bilan iymonga imo va ishorat qilinishi mumkin. Faqat tajannub kalimasi bu ishni qilolmaydi. Shuning uchun, اِنْ لَمْ تَفْعَلُوا ning haqiqiy jazosi boʻlgan
اٰمَنُوا ning oʻrnida تَجَنَّبُوا ga tarjihan فَاتَّقُوا ixtiyor va iqoma etilgandir.
اَلنَّارَ : Norning اَلْ bilan ta'rifi, norning ma'hudiyat va ma'lumiyatiga ishoratdir. Chunki anbiyo-i i'zomdan eshitilish surati bilan, zehnlarda ma'lumiyati taqarrur etgan.
S- اَلَّت۪ى asmo-i mavsuladandir. "Sila" dohil boʻlgan jumlaning avval ma'lum boʻlganini iqtizo etadi. Holbuki silasi boʻlgan
avvalroq muxotoblarga ma'lum emas ekan?
J- نَارًا وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ oyati bu oyatdan avval nozil boʻlganiga nazaran muxotoblar undan kasbi ma'lumot etganlariga binoan, bu yerda اَلنَّارَ bilan اَلَّت۪ى orasida tavsif muomalasi qilingan.
وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ : Bu qaydlardan maqsad, tahdiddir. Tahdidlarning ta'kid va tashdid etilganiga binoan, bu yerda اَلنَّاسُ kalimasi bilan ta'kid etilgan; حِجَارَةٌ lafzi bilan ham tashdid va tavbix etilgan. Shundayki: "Manfaat, najot umidi bilan toshdan ma'mul ma'bud ittihoz etgan sanamlaringiz sizga ta'zib vositasi, ya'ni sizni yondirib yoqqan otashga oʻtin boʻlishgan. Bechoralar! Nima uchun buni oʻylamaysiz?"
S- اُعِدَّتْ لِلْكَافِر۪ينَ Jumlada maqomning iqtizosi xilofiga لَكُمْ oʻrniga لِلْكَافِر۪ينَ deyilishi nimaga binoan?
J- Ha, Qur'oni Karim ta'qib qilgan usul, koʻpincha oyatlarning oxirida kulliy qoidalarni, fazlakalarni aytganiga koʻra, Qur'oni Karim ularning Jahannamlik ekanini isbot qilgan dalilning ikkinchi muqaddimasiga ishorat qilish uchun, ismi zohirni zamir oʻrniga, ya'ni لِلْكَافِر۪ينَ jumlasini لَكُمْ oʻrniga iqoma bilan ta'mim qilgan. Taqdiri kalom:
Ya'ni: "Sizlar Jahannamliksiz, chunki kofirlardansiz. Jahannam ham kofirlar uchun."
Ya'ni: "Iymon keltirgan va solih amallar qilgan moʻ'minlarga bashorat berki, ostida anhorlar oqqan Jannatlar ularnikidir. U Jannatlardan bir meva yegan vaqt, bular bundan avval yegan mevalarimiz derlar. Bir-biriga oʻxshash bir suratda rizqlar keltirib beriladi. Va u Jannatlarda ular uchun pokiza ayollar bordir. Va ular Jannatlarda ham doimiy bir shaklda qoladilar."
Birodar! Bu oyatning avvalo maqobli bilan boʻlgan irtibotidan bahs qilamiz. Shundayki:
Bu oyatning oʻtgan oyatlar bilan mutafovit koʻp irtibotlari bor. Ya'ni, mazkur jumlalarga toʻgʻri bu oyatdan uzanib ketgan muxtalif xatlar bor. Qarang, Qur'oni Karimning bu oyat bilan ishorat qilgan natijasi, iymon bilan amali solihning samarasi, suraning boshida moʻ'minlarga qilgan madhu sanoga qaraydi.
Va yana, suraning boshida, kofir va munofiqlarga qilgan zamm va tahqirlaridan soʻngra tutgan yoʻllarining ularni abadiy bir shaqovatga yoʻllashini bayon qilgan. Bu oyat bilan tasrih etgan saodati abadiyaning nurini koʻrsatib, ularning bu buyuk ne'matlarni yoʻqotganlaridan chekkan hasratlarini tazyid va orttirgan.
Va yana, يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا bilan amr qilgan bir qism dunyo lazzatlarining tarkiga bois boʻlgan ibodatdan nash'at etgan zahmat va mashaqqatlarga qarshi, bu oyat bilan Jannatning eshigini ochib, Jannatning lazoizini koʻrsatish bilan moʻ'minlarning qalblarini tatmin va ta'min etgan.
Va yana, taklifning asosi va iymonning birinchi rukni boʻlgan tavhidni avvalroq isbot qilgan. Bu oyatda ham tavhidning samarasini va rahmatning unvonini Jannat va saodati abadiya bilan koʻrsatgan.
Va yana, yuqorida nubuvvati Muhammadiya (S.A.V.)
oyati bilan ishorat qilingan i'joz bilan isbot qilingan. Bu yerda ham, tabshir va inzor kabi nubuvvat vazifalariga lisoni Qur'on bilan ishorat qilingan.
Va yana, yuqorida i'od va inzor; ya'ni taxvif va tahdidlar qilingan. Bu yerda ham va'dalar, ragʻbatlar, bashoratlar qilingan. Bularning orasidagi munosabat tazodiy bir munosabatdir.
Va yana, nafsni va vijdonni, aqlning hukmlariga itoatlarini davom ettirgan targʻib va tarhib, ya'ni umid va qoʻrquv hislari lozimdir. Bu hislarning vujud topib davom etishlari faqat targʻib va tarhib, ya'ni umidlantirish va qoʻrqitish bilan boʻladi. Targʻib va tarhibning davomi faqat vijdonda mavjud tahrik etuvchi bir amirning vujudi bilan boʻladi. Xullas, bu oyat bilan targʻib hissi uygʻotilgan. Avvalgi oyatlar bilan esa tarhib hissi tahrik etilgan. Bu e'tibor bilan oralarida tazodiy bir munosabat bor. Va yana, oʻtgan oyatlarda oxiratning bir shiqqiga, ya'ni Jahannamga ishorat qilingan. Bu oyatda ikkinchi shiqqi boʻlgan Jannatdan xabar berilgan. Bu e'tibor bilan oxiratning har ikki shiqqi ham zikr qilingan boʻlyapti.
Birodar! Jannat va Jahannam shajara-i xilqatdan abadga toʻgʻri uzanib ketgan ikki shoxdan tazohur etgan ikki samaradir va koinotning tasalsulan kelayotgan silsilalarining ikki natijasidir va abadga toʻgʻri oqib ketgan koinot saylining ikki mahzani va ikki hovuzidir. Ha, Janobi Haq gʻayri mutanohiy hikmatlar uchun bu olamni imtihonga sahna qildi; yana soʻngsiz hikmatlar uchun tagʻayyurotga, tahavvulotga, inqiloblarga mahal boʻlishini iroda qildi; va yana soʻngsiz gʻoyalar uchun xayr bilan sharni, naf' bilan zararni, husn bilan qubhni, xulosa yaxshilik bilan yomonlikni aralash bir shaklda Jannat va Jahannamga urugʻ boʻlish uchun koinotning shu mazraasiga sochdi. Ha, modomiki bu olam navi basharning imtihon maydonidir va musobaqa yeridir; yaxshilik bilan yomonlikning bir-biridan tafriq qilib boʻlmaydigan darajada muxtalit va aralash boʻlishi lozimki, insonlarning darajalari tazohur etsin. Imtihon va tajriba zamonlari tugagandan soʻng yomon insonlar:
"Ey mujrimlar! Bir tarafga ajraling" deya dahshatga soluvchi, saiqavoriy, shiddatli amri Ilohiyga ma'ruz qolishlari kabi; yaxshi insonlar ham
"Doimiy qolish uchun Jannatga kiring", deyilgan Janobi Haqning mun'imona, shafiqona, lutfkorona amrlariga mazhar boʻladilar. Insonlar bu ikki qismga ayrilgandan soʻngra, koinot ham tasfiya amaliyotiga duchor boʻladi. Yomonlikni, sharni, zararni tavlid etgan moddalarning bir tarafga chekinishi bilan Jahannamning; yaxshilikni, xayrni, naf'ni vujudga keltirgan moddalarning ham boshqa tarafga chekinishi bilan Jannatning tajhizotlari ikmol etiladi.
Bu oyat maqobli bilan barobar qiyomatga, hashrga ishorat qiladi. Shunga binoan, bu masalada nazarga olinadigan toʻrt nuqta bor:
Birinchisi: Olamning imkoni xarobiyati bilan oʻlimi. Ikkinchisi: Xarobiyatning sodir boʻlishi. Uchunchisi: Ta'mir va ihyosi. Toʻrtinchisi: Ta'mirining imkoni va sodir boʻlishi.
Xarobiyati olam imkon doirasida boʻlib-boʻlmaganidan bahs qilamiz. Ha, olamda takomul qonuni bordir. Bu qonunga tobe boʻlgan nashvu namo qonuniga dohildir. Bu qonunga dohil boʻlganning bir umri tabiiysi bor. Umri tabiiysi boʻlganning ajali fitriysi bor; ajalning panjasidan qutulolmaydi. Ha, koinot ixtivo etgan anvo'ning va bu anvo' ihota etgan afrodning qismi aksariysi bu qonunlarga tobedirlar. Shunga binoan, olami sagʻir deyilgan inson oʻlimdan va xarobiyatdan qutulolmagani kabi, insoni kabir deyilgan olamning ham oʻlimdan najoti yoʻq. Va shuningdek, koinotning bir daraxti oʻlimdan, tarqalishdan xalos boʻlmagani kabi, shajara-i xilqatdan boʻlgan koinot silsilasining ham xarobiyatdan qutulishi yoʻq. Ha, agar koinot umri fitriysidan avval xorijiy bir taxribotga yoki Sone'i tarafidan bir hadm va qiyomatga ma'ruz qolmasa ham, fanniy bir hisob bilan koinotning shunday bir kuni keladiki;
kabi oyatlarga masadaq boʻladi va insoni kabir deyilgan ulkan koinot shu boʻshliqni sakarotining baqiriqlari bilan toʻldiradi.
Xarobiyati olamning sodir boʻlishi. Ha, butun samoviy dinlar olamning xarob boʻlishida muttafiqdirlar. Ham har bir fitrati salima olamning oʻlishiga shahodat qiladi. Va koinotda koʻz bilan koʻringan shu qadar nav'iy, fardiy, yavmiy, shahriy, sanaviy tagʻayyurot, tahavvulot, inqiloblarning yolgʻiz ishorati bilan emas, sarohatlari bilan qiyomatning kelishi sobitdir. Agar bu ijmol bilan qanoat hosil qilolmagan boʻlsang, bir parcha izohot beraylik.
Birodar! Koinot deganimiz shu imorati Ilohiy shunday ulviy, yuksak, chuqur, nozik nizomlarga tobe va shunday ajib-gʻarib robitalarga bogʻliqki, agar bir devori yoki bir toshi, "Oʻrningdan chiq!" amriga hadaf boʻlsa; darhol olam oʻlim xastaligiga tushadi, sakarotni boshlaydi; yulduzlar orasida musodamalar, ajrom orasida muhorabalar sodir boʻladi. Shu gʻayri mutanohiy boʻshliq; juda shiddatli hayqiriqlar, juda dahshatli chaqmoqlar, juda qoʻrqinch ovozlar, sadolar, shovqinlar va guldurashlar bilan toʻladi. Ha, insoni kabirning oʻlimi, kichik bir oʻlim emas. Sakarotni boshlagan zamon, milliardlab kuralarning toʻqnashuvidan hosil boʻlgan boʻronning na tasavvuri va na ta'rifi va na koʻrilishi imkon doirasidadir.
Mana bu shiddatli oʻlim bilan xilqat hushdan ketadi, koinot yoyiladi, xilqatning yogʻi bilan ayroni bir-biridan ajraladi. Jahannam moddasi bilan, qabilasi bilan bir tarafga chekinadi; Jannat ham latofati bilan, lazoizi bilan va butun goʻzal unsurlari bilan tajalliy va injilo etadi.
S: Koinot ilk yaratilishida abadga mos tarzda sobit bir shaklda yaratilsaydi; bunday tagʻayyurotli, inqilobli, moili inhidom bir suratda yaratilib, keyinchalik taxribdan soʻngra abadiyatga daxldor, metin bir shaklda qilinishidan yanada yaxshi va yanada qisqa boʻlmasmidi?
J: Qachonki Janobi Haq, hikmati azaliya bilan inoyati azaliyaning iqtizosi bilan, insonlarning qobiliyatlarining tazohurini va iste'dodlarining nashvu namosini iroda qilish bilan, navi basharni imtihon va tajribaga tobe tutdi, zararlarni manfaatlarga qoʻshdi, sharlarni xayrlarning ichiga otdi, goʻzalliklarni xunukliklar bilan jam etdi; hammasini bir-biriga aralashtirib koinotning xamiri bilan barobar yaratilish togʻorasida qorgandan soʻngra, koinotni tagʻayyur, tabaddul, takomul qonunlariga tobe tutdi.
Qachonki imtihon pardasi yopiladi va tajriba zamoni nihoyat topadi va koinot dalasining vaqti hasadi hulul etadi. Sone'-i Hakim inoyati bilan, bir-biri bilan aralash qorgan zidlarni tasfiya etadi, ichlaridan tagʻayyurni vujudga keltirgan sabablarni ayiradi va ixtilof moddalarini tafriq etadi. Soʻngra Jahannam abadga mos tarzda metin va qoviy bir jism bilan tashakkul etib, وَامْتَازُوا xitobiga hadaf boʻladi. Jannat esa asosoti bilan barobar abadiy va muhkam bir shaklda tajalliy etadi va munjaliy boʻladi. Ha, kerak boʻlsa Jahannamni, kerak boʻlsa Jannatni tashkil qilgan ajzo va moddalar orasida munosabat bor, ziddiyat yoʻq. Munosabat intizomning shartidir, nizom ham davomga sababdir. Va shuningdek, bu ikki manzilning yaratilishi ham, abadiy boʻlganlari uchun, vujudlarini tashkil qilgan ajzo tagʻayyurga ma'ruz emas. Chunki dunyodagi jismlarining tarkib va tahlillari orasida muvozana yoʻq. Ya'ni, jism binolariga kirganlarning, chiqqanlarning orasida nisbat yoʻq. Shuning uchun inhilolga yüz tutadilar. Faqat oxiratdagi jismlarning qurilishi unday emas. Ajzolari orasida tom ma'nosi bilan muvozana bordirki; inhilolga mahal qolmaydi.
Ya'ni, dunyoning ikkinchi ta'miri bilan hashrning sodir boʻlishi. Ha, tavhid va nubuvvatning isbotlari yolgʻiz dalili naqliy bilan sahih emas. Chunki davr lozim keladi. Ha, Qur'on va hadisdan iborat boʻlgan naqliy dalillarning sihhati, nubuvvatning sihhat va sidqiga bogʻliq. Agar nubuvvat ham dalili naqliy bilan isbot qilinsa, mahol lozim keladi. Shuning uchun Qur'oni Karim tavhid bilan nubuvvatni daloili aqliya bilan isbot qilgan. Ammo hashr masalasining ham aqliy, ham naqliy dalillar bilan isboti sahihdir.
Dalili aqliy bilan isboti,
oyati karimasining bahsida bayon qilingan. Xulosasi:
Vujudlarida shak va shubha boʻlmagan nizom, rahmat va ne'mat faqat va faqat hashrning kelishi bilan va ikkinchi bir hayotning tahaqquqi bilan nizom, rahmat, ne'mat boʻla oladilar. Agar hashr kelmasa va ikkinchi bir hayot tahaqquq etmasa, bularni asmo-ul azdoddan sanash lozim boʻladi.
Dalili naqliy esa: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon bilan butun anbiyo hashrning kelishiga ittifoq qilganlar.
Aqliy va naqliy dalillar esa: Faxriddin-ar Roziyning tafsirida bu kabi dalillarni bildirgan oyatlar bayon qilingan. Xulosa: Ayniqsa hayvonot va nabototda doimo sodir boʻlgan hashrlarga diqqat qilib taammul etgan odam, qoʻlga kiritadigan mutafarriq alomatlar bilan hashrning sodir boʻlishiga hads bilan, ya'ni bir sur'ati intiqol bilan hukm qiladi.
Hozir bu oyatning jumlalarini bir-biriga bogʻlagan munosabatlarga kelaylik. Ha, bu oyatning javharlarini nazm etgan va jumlalarining silsilasiga madori bahs boʻlgan nuqta, saodatdir. Shundayki
Birinchi va eng birinchi qismi: Allohning rizosiga, lutfiga, tajalliysiga, qurbiyatiga mazhar boʻlishdir.
Ikkinchi qismi esa, saodati jismoniyadir. Buning asoslari; maskan, akl, nikoh boʻlib uchdir. Va bu uch asosning darajalariga koʻra saodati jismoniya tabaddul etadi. Va bu qism saodatni ikmol va itmom etgan, xulud va davomdir. Chunki saodat davom qilmasa, ziddiga inqilob etadi.
Birinchi qism saodatning aqsomi tafsildan mustagʻniydir yoki imkonsizdir.
Ikkinchi qism saodatning aqsomi esa: Ha, "maskan"ning eng latifi, eng jozibador shakli; atrofi arbaasi turli-tuman gul va chechaklar bilan muzayyan, bogʻ-boʻstonlar bilan oʻralgan, ostida suvlar, anhorlar oqqan qasr va koʻshklardir. Ha, jomid qalblarni ishq va shavq bilan ihyo etgan, soʻngan ruhlarni xushnud va shod etgan, shoirlarga sarmoya oʻlaroq shoirona tashbehlarni, tamsillarni, uslublarni ilhom etgan; suvlar bilan hazravot va nabototdir. Saodatning ikkinchi asosi boʻlgan "akl" esa, ma'kulot (yeyiladigan) quvvat berish jihati bilan, eng yaxshisi, eng lazizi, ma'luf boʻlgan qismdir. Ya'ni, insonga gʻarib, vahshiy boʻlmagan narsalardir. Chunki ulfat bilan u ne'matning daraja-i qiymati bilinadi; lazzat berish jihati bilan ham lazzatning eng buyuk lazzati, tajaddud va tabaddulidandir. Va shuningdek, akl lazzatini ikmol etgan sabablardan biri ham, u rizqning oʻz amalining ujrati ekanini bilishdir; ikkinchi bir sabab ham u rizq manbaining doimo koʻz oʻngida hozir boʻlishiki, qalbi mutmain boʻlsin, rizq uchun xavotirlanmasin. Saodatning asoslaridan "nikoh" esa: Ha, insonning eng koʻp ehtiyojini tatmin etgan, qalbiga muqobil bir qalbning mavjud boʻlishiki, har ikki taraf sevgilarini, ishqlarini, shavqlarini mubodala etsinlar va lazoizda bir-biriga sherik, gʻam va qaygʻuli narsalarda ham yakdigariga muovin va yordamchi boʻlsinlar. Ha, bir ishda mutahayyir qolgan yoki bir narsaga shoʻngʻib tafakkur qilgan odam hatto zehnan boʻlsin, istaydiki; birisi kelsin, oʻzi bilan u hayratni, u tafakkurni boʻlishsin. Qalblarning eng latifi, eng shafiqi; qismi soniy bilan ta'bir qilingan ayol qalbidir. Faqat ayol bilan ruhiy imtizojni (turmushni) ikmol etgan, qalbiy unsiyat va ulfatni itmom etgan, suriy va zohiriy boʻlgan doʻstlikni samimiylashtirgan; ayolning iffati bilan, axloqi sayyiadan toza va pok boʻlishi va xunuk kamchiliklardan xoli boʻlishidir.
S- Yeyish, ichish shaxsiy vujudni ibqo etish uchundir. Chunki vujuddan erib ayrilgan narsalarning oʻrnini toʻldirib ta'mir qilish, ovqat va gʻido bilan boʻladi. Nikoh ham, navning baqosi uchun. Holbuki oxiratda ashxas abadiy boʻlganidan, vujudlarida erib ayrilgan bir narsa yoʻqki, gʻidoga ehtiyoj boʻlsin va oxiratda tanosul yoʻqki, nikohga luzum boʻlsin?
J- Yeyish, ichish va nikohning foydalari, yolgʻiz baqoga va tanosulga munxasir emas.
Ha, shu alamli, qaygʻuli olamda boʻlganlarda juda katta lazzat va foydalar boʻlsin-u, lazzatlar yeri boʻlgan olami saodatda nima uchun yanada nazih lazzat va foydalari boʻlmasin?
S- Bu olamda lazzat alamning daf qilinishidan hosil boʻladi. Holbuki oxiratda alam yoʻq?
J- Alamning daf qilinishi, lazzatning sabablaridan biridir. Boʻlmasa lazzat unga munxasir emas. Va shuningdek, olami abadiyning bu olamga oʻxshatilishi, qiyosi ma'alfariqdir. Ya'ni, oralarida koʻp farqlar boʻlganidan, bir-biriga oʻxshamaydi. Jannat bilan Xorxor Bogʻining {(Hoshiya) Xorxor Vandagi muallifning madrasasining nomidir.} orasida qanday nisbat boʻlsa, Jannatning lazzatlari bilan dunyoning lazzatlari orasida ham aynan shunday nisbat bor. Jannatning Xorxor Bogʻidan darajalari naqadar koʻp yuksak boʻlsa, uxroviy lazzatlar ham dunyo lazzatlariga koʻra shundaydir. Har ikki olam orasida bu katta tafovutga Ibn Abbos
jumlasi bilan ishorat qilgan. Ya'ni, "Jannatda dunyo mevalarining yolgʻiz ismlari bordir."
Ya'ni, ismlari birdir, faqat lazzatlari boshqadir.
Jannatda lazzatning davomi masalasi esa: Ha, lazzatning haqiqiy lazzat boʻlishi, zavol koʻrmasdan davom etishidadir. Zero, alamning zavoli lazzat boʻlgani kabi, lazzatning zavoli ham alamdir; hatto zavolining tasavvuri ham alamdir. Ha, butun majoziy oshiqlarning ingrashlari, baqirib chaqirishlari bu qism alamdan va butun devonlari bilan qilgan yigʻilari, dod-faryodlari, doim mahbublarning firoq va zavollarining tasavvuridan nash'at etgan alamdandir. Ha, juda koʻp muvaqqat lazzatlar borki, zavollari doimiy alamlarni intoj etgani kabi; koʻp alamlarning zavoli ham laziz lazzatlarga bois boʻladi. Lazzat va ne'mat esa, davom qilish sharti bilan, lazzat va ne'mat sanalishi mumkin.
Xulosa: Inson abad uchun yaratilgan. Uning haqiqiy lazzatlari faqat ma'rifatulloh, muhabbatulloh, ilm kabi umuri abadiyadadir.
Bu oyatning jumlalari orasidagi robitalarni koʻrdik. Hozir jumlalar ishgʻol qilgan yerlar bilan munosabatlariga qaraymiz:
Ha,
bu jumlaning bu mavqe bilan munosabati: Ha, Janobi Haq ibodatni taklif qildi va nubuvvatni isbot qildi va Paygʻambarimizni (S.A.V.) tabligʻ ishlariga ma'mur qildi va dunyoviy ba'zi lazzatlarga ruxsat bermagan va mashaqqatlarni tazammun etgan ibodatga moʻ'minlarning imtisollarini ta'min qilish uchun, moʻ'minlarga va'da qilingan tabshirlarni tabligʻ etishni Rasuli Akramga (S.A.V.) amr qildi. Chunki u Hazrat (S.A.V.) inzor va taxvifga (qoʻrqitish) ma'mur boʻlgani kabi; Allohning rizosini, lutfini, qurbiyatini va saodati abadiya kabi tabshirotini ham tabligʻga ma'murdir.
اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْر۪ى : Insonning ehtiyojoti zaruriyasi ichida eng avval lozim boʻlgan, makon va maskandir. Makonning eng goʻzali, nabotot va ashjarga mushtamil boʻlgan yerlardir; va eng latifi, nabotlari orasida suvlarning majrasi boʻlgan bogʻlardir; va eng komil qismi, daraxtlarning orasidan oqqan anhorlarning koʻp boʻlishidir. Qur'oni Karim bu qismga تَجْر۪ى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ jumlasi bilan ishorat qilgan.
Maskandan soʻngra inson eng koʻp muhtoj boʻlgan; jismoniy lazzatlardan yeb-ichishdir. Bu qismga ham جَنَّة , نَهْر kalimalari bilan ishorat qilingan. Soʻngra rizqning eng akmali, ma'luf qismi boʻlib, daraja-i qiymati bilinsin. Mevalarning lazzati, tajaddud va tabaddulidandir. Lazzatning eng sofi, hozir va yaqin boʻlgani va eng lazizi, amalining ujrati boʻlganini bilishdir. Qur'oni Karim bu qismga ham
jumlasi bilan ishorat qilgan.
مِنْ قَبْلُ : Ya'ni "Bundan oldin yegan mevalarimiz yoki dunyoda yegan mevalarimizdir." Chunki Jannatning mevalari bir-biriga oʻxshagani kabi, dunyo mevalariga ham zohiran oʻxshaydilar.
وَاُتُوا بِه۪ مُتَشَابِهًا : Ya'ni, rizqlari bir-biriga mutashabeh oʻlaroq keltiriladi. Hadisda ham vorid boʻlganiga koʻra, Jannatning mevalari rang jihatidan birdir; ammo totlari, taomlari bir emas. Bu jumlada majhul siygʻasi bilan zikr qilingan اُتُوا kalimasidan anglashilgani kabi, rizqning insonga yetkazilishi, buyuk bir sharaf va ikromga dalolat qilganidan, buyuk bir lazzatni intoj etadi.
وَلَهُمْ ف۪يهَٓا اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ : Joy va taomdan keyin inson eng ziyoda muhtoj boʻlgan, juftidir. Bu ehtiyojining Jannatda ta'min qilinganiga bu jumla bilan ishorat qilingan. Ha, inson bir rafiqaga yoki bir rafiqqa muhtojdirki, tarafayn oralarida hayotlariga lozim boʻlgan narsalarni muovanat surati bilan qila olsinlar va rahmatdan nash'at etgan muhabbat iqtizosi bilan, yakdigarining zahmatlarini taxfif etsinlar va gʻamli, qaygʻuli zamonlarini faroh va sururga tabdil eta olsinlar. Zotan dunyoda insonlarning tom unsiyati, faqat rafiqasi bilan boʻladi.
وَهُمْ ف۪يهَا خَالِدُونَ : Inson bir ne'matga yoki bir lazzatga mazhar boʻlgan zamon, eng avval fikrini buzgan, vasvasa bergan; u ne'matning yoki u lazzatning davom qilib-qilmasligi tushunchasidir. Bu vasvasali tushunchaga yer qolmaslik uchun, Qur'oni Karim bu jumla bilan ularning azvoji bilan, lazoizi bilan barobar Jannatda davomli boʻlib qolishlarini tabshir etish bilan, u qaygʻuli tushunchadan qutqargan.
jumlasining boshida boʻlgan وَ harfi atfdir. Atfning har ikki tarafi orasida munosabat lozim. Holbuki bu yerda tabshir bilan maqobli orasida munosabat koʻrinmayapti. Faqat maqoblida inzor bor. Shunday ekan, bu tabshir u maqoblidan tarashshuh etgan inzorga atfdir.
بَشِّرْ : "Bashorat" ta'biri; Jannatning Janobi Haqning fazli karamidan bir hadya-i Ilohiya boʻlib, amalning ujrati muqobilida vojib bir haq boʻlmaganiga ishoratdir. Chunki haq va ujratning berilishi bashorat bilan ta'bir qilinolmaydi. Bunga binoan, qilingan ibodat Jannat uchun boʻlmasligi kerak.
Tabshirning siygʻa-i amr qiyofasi bilan zikri, tabligʻning taqdiriga ishoratdir. Chunki Rasuli Akram (S.A.V.) tabligʻga ma'murdir, tabshirga mukallaf emas. Taqdiri kalom: "Xushxabar berib tabligʻ qil" deganidir.
S- اَلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا Bu sila va mavsula ta'biri ismi foil siygʻasi boʻlgan اَلْمُؤْمِن۪ينَ dan yanada uzun boʻlgani holda nimaga ishorat qiladi?
J- Suraning boshida tafsilan zikr qilingan اَلَّذ۪ينَ يُؤْمِنُونَ boʻlgan sila va mavsula ishoratdirki, u yerda qilingan tafsil bu yerda qilingan ijmolga bayon boʻlsin.
S- Suraning boshida اَلَّذ۪ينَ ning sila deyilgan dohil boʻlgan jumlasi, muzoriy siygʻasi bilan zikr qilingani holda, bu yerda moziy siygʻasi bilan zikr qilingan. Sabablari nima?
J- U yerda maqom, iymon va amalga tashviq va madh maqomidir. Bunga munosib, muzoriy siygʻasidir. Bu yerda maqom, mukofot va ujratni berish maqomidir. Bunga ham munosib, moziy siygʻasidir. Chunki ujrat xizmatdan soʻngra beriladi.
وَعَمِلُوا : Bu وَ harfi atfdir. Atfning tarafayni orasida munosabat lozim boʻlgani kabi, mugʻoyarat ham lozim. Bu yerda oralarida boʻlgan mugʻoyarat, Mazhabi I'tizolning xilofiga, amalning iymonga dohil boʻlmaganiga va amalsiz iymonning ham kifoya qilmaganiga dalolat qilgani kabi, عَمَلْ ta'biri ham tabshir etilganning ujrat kabi boʻlganiga ishoratdir.
اَلصَّالِحَاتِ : Bu kalima bir narsa bilan taqyid va taxsis etilmasdan, mutlaq va mubham qoldirilgan. Misr Muftiysi Shayx Muhammad Abduhning qarashiga koʻra: "Yaxshi narsalar ma'nosida boʻlgan "solihat" kalimasi, baynannos mashhur va ma'lum boʻlganidan, mutlaq qoldirilgan." Men ham deymanki: Suraning boshiga e'timodan bu yerda mubham qoldirilgan. Chunki sura boshida zikr qilingan
oyati bu yerdagi صَالِحَاتِ ni bayondir.
اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْر۪ى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ : Bu oyatdan maqsad, mukofotdan nash'at etgan nash'ali lazzat va sururdir. Bu maqsadning taqviyasiga ishorat qilgan qaydlar:
1- اَنَّ ning ta'kidi.
2- ل ning ixtisosi.
3- لَهُمْ ning taqdimi.
4- "Jannat"ning jam'i bilan tankiri.
5- "Jarayon"ning zikri.
6- تَحْتَ bilan barobar مِنْ ning zikri.
7- "Anhor" ta'biri bilan ta'rifidir.
Bu qaydlarning u maqsadning tahaqquqiga harakat qilganlariga bir parcha izohot beramiz. Shundayki:
Juda katta bir narsa tabshir qilingan zamon, aql taraddud etadi, ishonmaydi; ishontirish uchun ta'kidga ehtiyoj boʻladi. Va shuningdek, nash'a va surur maqomlari avhomdan xoli boʻlishi kerak. Chunki adno bir vahm bilan surur zoil boʻladi. Bunga binoan, bu yerda u katta tabshirot, اَنَّ bilan ta'kid qilinganki; ham aql ishonsin, ham u sururni izola qiladigan hech bir avhom qolmasin. Va shuningdek, bu tabshirotning yolgʻiz bir va'dadan iborat boʻlmasdan, bir haqiqat ekaniga ishoratdir.
Ixtisosni ifoda qilgan لَهُمْ dagi ل tabshir etilgan narsaning ularga maxsus va ularning mulki va ularning fazliy istihqoqlari boʻlganiga dalolat qiladiki; lazzatlari toʻliq, sururlari muzdad boʻlsin. Va xususan, bir podshoh bir faqirni musofir qilsa; modomiki u musofirlik va u suhbat abadiy emas, qiymati yoʻq.
لَهُمْ ning taqdimi hasrni ifoda etganidan, baynannos Jannatning ularga taxsis qilinganiga va demakki ahli norning ham parishon hollarini ularning koʻz oʻnglariga keltirishga sabab boʻlganiga dalolat qiladi. Va bu e'tibor bilan Jannatning lazzati ortadi va qiymati tazohur etadi.
Jannatning jam'i, Jannatlarning taaddudiga va amallarga koʻra Jannatning martabalariga ishoratdir. Va shuningdek, Jannatning har bir juzi Jannat kabi bir Jannat ekaniga va har bir moʻ'minga tushgan qism, kattaligiga nazaran toʻliq bir Jannat kabi koʻrinishiga ishoratdir.
Jannatning tankiri esa, goʻzalligining qobili ta'rif va tavsif qilib boʻlmasligiga yoki sami'larning ishtaha va istehsonlarining favqulodaligiga ishoratdir.
تَجْر۪ى : Bogʻlarning eng goʻzali, ichida suvi boʻlganidir. Bularning ham eng goʻzali, ichlaridan suvlari oqqanlardir. Bularning ham eng yaxshisi, oqimi davomli boʻlganlardir. Xullas, jarayonning siygʻa-i muzoriy qiyofasida zikr qilinishi, u jarayonlarni tasvir qilish bilan, davomli ekanligiga ishoratdir.
مِنْ تَحْتِهَا : Hazravot (koʻkat) va nabotot ichida jarayon etgan suvlarning eng yaxshisi; qaynab chiqish surati bilan bogʻning ichidan chiqish bilan yuksak koʻshklarning ostidan oʻziga maxsus tarannumoti bilan oʻtgan, ashjar va nabototga tarqalgan suvlardir. مِنْ تَحْتِهَا kalimasi bu qism suvlarga ishoratdir.
الْاَنْهَارُ : Suvlarning koʻpligi bogʻlarga yanada ziyoda manfaat, porloqlik va goʻzallik beradi. Shuning kabi, kichik-kichik ariqlardan tajammu' etgan anhorlar yanada goʻzal manzaralarni tashkil qiladi. Ayniqsa suvlari tiniq, zilol, totli, sovuq boʻlsa, favquloda bir qiymat, bir lazzat beradi. Xullas, الْاَنْهَارُ kalimasi jam'i bilan, ta'rifi bilan, moddasi bilan bu kabi suvlarga ishorat qiladi.
Bu katta jumla koʻp kichik-kichik jumlalarni tazammun etgan. Ha, bu jumla maqobli bilan bogʻliq emas, musta'nifadir; vazifasi muqaddar bir savolni javoblantirishdir. Muqaddar savol boʻlsa, sakkiz savolning mamzuj va ma'junidir. Shundayki: Qachonki iymon keltirganlar va amali solih qilganlar Jannat kabi yuksak bir maskan bilan tabshir etildilar, birdaniga sami'ning zehniga keldi: "Ajabo, u maskanda rizq boʻladigan biron narsa bormi? Boʻlsa, u rizq qayerdan hosil boʻladi va qayerdan keladi? U rizqlar u Jannatdan hosil boʻlgan taqdirlarida, qayerdan nash'at etadi? Samarotidan hosil boʻlsa, dunyo samarotiga oʻxshaydimi? Oʻxshagan taqdirda, bir-biriga ham oʻxshaydimi? Bir-biriga mushabih boʻlsalar, totlari birmi, boʻlmasa boshqa-boshqami? Totlari muxtalif boʻlgan taqdirlarida, uzilgan vaqtlari yerlari boʻsh qoladimi, boʻlmasa darhol toʻladimi? Tabaddul etgan taqdirlarida, davomiymi? Davomiy boʻlsalar, ularni yeganlar sevinishadimi? Sevingan vaqtlari nima deydilar?"
Birodar! Bu savollarni hovuchingga qoʻy. Men ham bu jumlalarni ochaman, ichlariga qarayman. Sen ham diqqat qil, koʻraylikchi mutobiq boʻladimi?
كُلَّمَا kalimasi davom va tahqiqga dalolat qiladi.
رُزِقُوا siygʻa-i moziysi bilan sodir boʻlishining tahaqquqiga dalolat qilgani kabi, moddasi bilan ham dunyodagi rizqlarini ixtor etadi. Va bino-i majhul siygʻasi bilan zikr qilinishi, u rizqda mashaqqatning boʻlmasligiga va ularning (raislar va beklar kabi) rizqlari oyoqlariga kelganiga dalolat qiladi.
مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ deyilgandan koʻra مِنْ ثَمَرَاتِهَا deyilgan boʻlsaydi, yanada muxtasar va yanada goʻzal boʻlardi. Faqat mazkur savollardan ikki savolga javob boʻlganidan, مِنْهَا alohida مِنْ ثَمَرَةٍ alohida aytish ijob etgan.
مِنْ ثَمَرَةٍ dagi tankir, ta'mimni ifoda qilish jihati bilan, Jannatning butun samaralari rizq boʻlishga shoyon ekaniga ishoratdir.
رِزْقًا kalimasining tankiri esa, ochlikni ketkazish uchun yeganingiz koʻrganingiz rizq emasligiga ishoratdir.
قَالُوا tafo'ul bobining ma'nosi boʻlgan shirkatni eslatadi. Ya'ni, "U rizqning ajib holatidan qilgan taajjub va istigʻroblarni bir-biriga aytishni boshladilar."
هٰذَا الَّذ۪ى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ : Bu jumlada mubham qoldirilib, bayon qilinmagan "rizq" kalimasining toʻrt ma'noga ehtimoli bor:
Rizqdan maqsad, amali solihdir. Ya'ni "Bu dori dunyoda rizq oʻlaroq bizga nasib qilingan amali solih, ya'ni hozir yegan rizqlarimiz dunyoda qilgan amali solihlarimizning natijasidir." Ya'ni, amal bilan jazo orasida shu qadar ittisol (bogʻliqlik) bordirki; xuddi dunyodagi amal oxiratda tajassum etib savob boʻlgan. Ularning sevinchlari bu nuqtadan hosil boʻlgan.
Rizqdan maqsad, dunyoning taom va ovqatlaridir. Ya'ni: "Dunyoda rizq oʻlaroq bizga berilgan taomlar bulardir. Ammo zavqlari, totlari orasida togʻlar qadar farq bor." Xullas, ularning istigʻroblari bu nuqtadandir.
Bu samaralar biroz avval yeganimiz samaralar kabidir, ammo suratlari bir, ma'nolari, totlari boshqa. Demak, suratan, shaklan bir boʻlganidan, ulfat lazzatini beradi; totlarining boshqa boʻlishi bilan ham tajaddud lazzati hosil boʻladi. Xullas, sevinchlari bu nuqtadandir.
Mana hozir yegan mevalarimiz bu shoxlardagi mevalardir. Demak, bir meva uzilgan vaqt, oʻrni boʻsh qolmaydi, darhol oʻrniga bir meva paydo boʻladi. Mana shundan, Jannatning mevalarida nuqsoniyat boʻlmaydi.
وَاُتُوا بِه۪ مُتَشَابِهًا : Bu jumla e'tiroziyadir. Ya'ni, yangi bir hukmni ifoda qilish uchun zikr qilishga luzum boʻlmagani holda, هٰذَا الَّذ۪ى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ jumlasidagi hukmni tasdiq va illatini bayon qilish uchun, avvalgi jumlaga bir zayl va bir fazlaka oʻlaroq zikr qilingan.
Bino-i majhul siygʻasi bilan اُتُوا ning zikr qilinishi, ahli Jannatning ishlari xizmatkorlari tarafidan qilinishiga ishoratdir.
مُتَشَابِهًا : Ya'ni, zohiran va shaklan bir boʻlganidan, ulfat lazzatini beradi; botin tomondan va taom sifatida ham boshqa boʻlish jihati bilan tajaddud lazzatini beradi. Bu e'tibor bilan مُتَشَابِهًا kalimasi har ikki lazzatga ishora qiladi.
وَلَهُمْ ف۪يهَٓا اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ : Bu jumla, لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْر۪ى الخ jumlasiga atfdir. Atfning tarafayni orasida lozim boʻlgan munosabatning iqtizosicha, taqdiri kalom shunday boʻlsa kerak: "Ular oʻz jismlari uchun bir maskanga muhtoj boʻlganlari kabi, ayollari uchun ham bir maskanga muhtojdirlar."
لَهُمْ kalimasi ixtisosni ifoda qilish jihati bilan, u azvojning ularning mulki va ularga maxsus boʻlganlariga dalolat qilgani kabi, dunyo ayollaridan boshqa حُورٌ ع۪ينٌ bilan ta'bir qilingan bir qism ayollar ham ular uchun yaratilganini imoan koʻrsatadi.
ف۪يهَا : Jannat u ayollarga zarf va maskan boʻlganidan anglashiladiki, u ayollar u yuksak Jannatga loyiqdirlar va ayni zamonda Jannat darajalarining yuksakligi nisbatida ularning husnlari ham yuksaladi. Va shuningdek, Jannatning ham ular bilan muzayyan boʻlganiga yashirin bir imo bor.
مُطَهَّرَةٌ taf'il bobidan ism-i maf'ul boʻlganidan, har holda tathir etuvchi bir foil bor. U foil ham faqat yadi qudratdir. Shunga binoan, yadi qudrat tathir va tanzih etgan ayollarning tavsiflari mumkin emas.
Va shuningdek, مُطَهَّرَةٌ kalimasi muta'addi boʻlganiga nazaran, u ayollarning tahoratlari oʻzlaridan boʻlmasdan, boshqasidan ularga siroyat etgani anglashiladi. Shunga binoan, dunyo ayollari ham Jannatga kirgandan soʻngra bir tatahhur va tasfiya va tasayqul amaliyoti bilan goʻzallikda huriylarning darajalariga chiqishlariga dalolat qiladi.
وَهُمْ ف۪يهَا خَالِدُونَ : Ya'ni: Ular ham, azvojlari ham, Jannat ham, Jannatning lazoizi ham faqat abadiydir.
Gʻoyat qisqacha bir maoli: Ya'ni, "Janobi Haq qullarini irshod va iqoz etish uchun, pashsha kabi haqir, qiymatsiz bir hayvon bilan yoki bir maxluq bilan misol keltirishni, kofirlarning istagi uchun tark qilmaydi. Iymoni boʻlganlar uning Roblaridan haq ekanini biladilar. Ammo kofirlar, Alloh bu kabi haqir misollardan nimani iroda qilgan deydilar. Alloh u bilan koʻplarini zalolatga va koʻplarini ham hidoyatga boshlaydi. Faqat fosiqlardan ma'ada zalolatga ketgani yoʻq. Fosiqlar ham u odamlarki; Allohning toatidan xuruj bilan, miysoqi azaliydan soʻngra ahdlarini buzadilar va Allohning qarindoshlar orasida yoki moʻ'minlar ichida amr qilgan xatti muvosalani uzadilar; yer yuzida ishlari ifsoddir; dunyo va oxiratda zarar va xusronga ma'ruz qolgan faqat ulardir."
Bu oyatning ham boshqa birodarlari kabi mavzu'i bahs boʻladigan vujuhi irtiboti va jihoti nazmiyasi uchta. Shu bilan barobar, bu oyatning maoli ham maqobliga, ham maba'diga, ham Qur'onning umumiga qaraydi.
Ha, qachonki Qur'oni Azimushshon chivindan, oʻrgimchakdan misol keltirdi, chumoli bilan asalaridan bahs qildi; mushriklar, munofiqlar, Yahudiylar e'tiroz uchun fursat topib ahmoqona:
"Alloh azamati bilan barobar, bunday xasis, haqir narsalardan bahs qilishga tanazzul etadimi? Holbuki asxobi kamol bu kabi qiymatsiz narsalardan bahs qilishga tanazzul etmaydilar, hayo qiladilar", deyishdi. Qur'oni Karim bu oyat bilan ogʻizlariga urib yopdi.
Ha, Qur'on ixtivo etgan sifot va mazoya hech bir kalomda, hech bir kitobda, hech bir shaxsda boʻlmagani sura boshida isbot qilingani kabi, Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning nubuvvati ham Qur'onning i'jozi bilan isbot qilindi. Qur'onning i'jozi ham tahaddi bilan, ya'ni muxoliflarni muoraza, muboraza maydoniga da'vat qilish bilan isbot qilindi. Chunki muorazaga qilingan da'vatga sukut bilan javob berildi. Bunday jahonshumul bir inqilobni soʻndirish uchun qilingan da'vatga javoban muboraza maydoniga bormasdan sukut etish, albatta asari ajzdir. Qur'oni Karimning bu isbotlariga qarshi kofirlar habt boʻlib ogʻizlarini ocholmaganlari kabi, shoh tomirlari ham falaj boʻldi. Faqat, Qur'on har xususda haddi kamolga yetishganidan, uzoq uzoqlardan ba'zi kichkina e'tiroz toshlarini otganlar.
Azjumla:
va
kabi oddiy, qiymatsiz misollardan Qur'on keltirgan tamsillar yuksak kalomlarning kamoliga yarashmaydi. Bu kabi tamsillar, baynannos qilingan mukolamalarga, soʻzlashuvlarga oʻxshaydi, deya mugʻolata bilan xalt etganlar. Qur'oni Karim ularning u xaltlarini bu oyat bilan boshlariga urgan.
Birodar! Shoshilma, bu yerda bir oz toʻxtash ijob etadi. Ularning umuman ma'nosiz va zaif shubhalari bor. Bu shubhalar mutasalsil ba'zi vahmlardan nash'at etgan. U vahmlar ham ba'zi mugʻolatalardan hosil boʻlgan.
Ularning Qur'onning kamolini tanzil etish uchun, Qur'onning tamsillarini insonlarning tamsillariga qiyos qilishlari, "qiyosi ma'alfariq"dir; oralarida dunyolar qadar farq bor. Ularni mugʻolata bilan bu qiyosga yoʻllagan nuqtalar:
1- Ular hamma narsaga ma'luflariga qaragan nazar bilan qarashadi.
2- Ular insonning zehnining, fikrining, lisonining, sam'ining juz'iy boʻlganlarini va juz'iy boʻlishganidan, qasddan va bizzot ikki narsaga barobar taalluq etolmaganlarini nazarga olishgan.
3- Himmatning yuksak va past qismlarini tafriq etgan miqyosning ishtigʻol va ihtimomdan iborat boʻlganini oʻylashgan. Ya'ni, yuksak narsalarga ihtimom etganning himmati yuksak, past ishlarda ishtigʻol etganning himmati past boʻladi.
4- Qiymat va azamatning himmat nisbatida boʻlganini oʻylaganlar. Hatto kichik yoki past bir narsani yuksak va buyuk shaxslarga isnod etmaydilar. Goʻyo azim insonlar qiymati boʻlmagan narsalarga tanazzul etmaydilar va zaif, kichik bir narsa u buyuk himmat va azamatni tahammul etolmaydi.
Xullas, u aqlsizlar bu nuqtalarga istinodan Janobi Haqni ham insonlarga qiyos qilib deydilarki:
"Alloh jalol va azamati bilan insonlarning gapirganlari kabi qanday insonlar bilan takammul etishga tanazzul etadi? Va bu juz'iy va haqir narsalardan qanday bahs qiladi? Azamatiga yarashadimi?" Ajabo, u sufaho jamoasi; Allohning irodasi, ilmi, qudrati kabi boshqa sifatlarining ham kulliy, umumiy, shomil, muhit boʻlganlarini bilishmaydimi? Va yana bilishmaydimiki; Janobi Haqning azamatiga miqyos, faqat majmu'osoridir, yolgʻiz bir asar miqyos boʻlolmaydi! Va yana, bilishmaydimiki; Janobi Haqning tajalliysiga mezon boʻladigan, kaffa-i kalimotidirki; ashjar qalam, dengizlar siyoh boʻlsa, u kalimotni yozib tugatolmaydilar.
{(Hoshiya) Bu maoldagi oyatda bir mubolagʻa, bir muzoyada koʻrinadi. Ammo haqiqatga, voqe'ga qaralsa, ziyodalik yoʻq. Chunki "kalima" bir ma'noni ifoda qilgan narsaga deyiladi. Ammo Nahviylarning lafz bilan taqyid va taxsis qilganlari, ularga maxsus bir istiloh. Ha, biri qol, boshqasi hol boʻlib ikki lison bor. Lisoni qolning kalimoti alfaz boʻlsa, lisoni holning kalimoti ham ahvoldir. Shunga binoan, qudsiy shoirning
degani kabi; kitobi kabiri koinotda yaratilgan har qaysi bir narsa Xoliqning azamatiga dalolat qilgan bir kalima-i holiyadir. Ashjar bilan dengizlar koinot kitobida mavjud kalimoti holiyalarning yozilishiga kifoya kelgan taqdirda, u dengizlarning qatralari, u daraxtlarning zarralari bittadan holiy kalima boʻlganidan, ularning ham yozilishi uchun siyoh, qalam lozimdir. Shunday ekan, ular uchun ham ular qadar boshqa ashjar va dengizlar lozim. Va shuningdek, har bir birinchining qatralari va kalimoti yozilgandan soʻngra, unga ham ular qadar ikkinchi bir guruh ashjar va dengizlar lozim. Hol shunday qilib ila gʻayrin-nihoya tasalsul etib ketadi. Janobi Haqning kalimoti, ya'ni Janobi Haqning azamatiga dalolat qilgan kalimoti holiyasi cheksiz. Demak, haqiqatda
oyati ifoda qilgan ma'noda hech bir jihat bilan mubolagʻa, muzoyada yoʻq, balki tanoqus bordir.
Mutarjim Abdulmajid}
Masalan: Shams aql, ixtiyor va iroda sohibi deb faraz qilinsa, ziyosini butun olamga nashr qilgan bir vaqtda iflos, mulavvas bir zarra ham uning ziyosidan istifoda qilgan payt, shamsga qarshi "Nima uchun bu iflos, bu mulavvas zarra bilan mashgʻul boʻldi va nima uchun unga ziyosini berdi" deya e'tiroz qilinishi mumkinmi? Xosho! Shamsning azamatiga bir noqisa keladimi? Yoʻq.
Shunga binoan, gʻoyat buyuk boʻlgan bu olamni, buyuk bir san'at bilan va buyuk bir ihtimom bilan yaratgani kabi, javhari fard bilan ta'bir qilingan zarra ham uning dastgohi qudratidan chiqqan bir asari san'atidir. Chunki u buyuk qudratning nazarida javohiri fard, ya'ni zarralar bilan nujumi sayyora, ya'ni kezuvchi yulduzlar musoviydirlar. Zero u buyuk Allohning qudrati, ilmi, irodasi, kalomi zotiy sifatlaridir. Zoti Aqdasga lozimdirlar. Ularda tajaddud yoʻq, ziyoda va nuqson boʻlishga qobiliyat yoʻq, tagʻayyurlari yoʻqki, martabalari boʻlsin. Shu bilan barobar, ajz bu sifatlarning ziddi boʻlganidan, ularning ichiga kirib oʻtirolmaydi. Shunga binoan, qudrati Ilohiyada zarra bilan shams orasida farq yoʻqdir. Masalan, tarozining har ikki pallasida ikki quyosh yoki ikki zarra boʻlgani faraz qilinsa, oralarida musovot va muvozana boʻlganidan, xorijdan bir quvvat bir pallasini bossa, narigi palla havoga koʻtariladi. Xoh u pallada zarra boʻlsin, xoh quyosh boʻlsin, u quvvatga koʻra farqlari yoʻq, ikkisi ham bir. Shuning kabi, mumkin boʻlgan bir narsaning tarafayni, ya'ni vujud va adami orasida, tarozining pallalari kabi musovot boʻlganidan, qudrati azaliya qaysi tarafni bossa, narigi taraf haba kabi havoga koʻtariladi. Quyosh, chivin, zarra bu xususda hammasi ham birdir.
Zarra kabi kichik narsalar yoki oddiy fe'llar, Xoliqning yaratishi bilan vujudga kelganlari uchun, uning doira-i ilmida dohil boʻlganlari badihiydir. Bu e'tibor bilan, ulardan bahs qilishda bilbedaho mushahat (munoqasha etish) yoʻqdir. Qur'oni Karim
oyati bilan bu sirga ishorat qilgan. Ya'ni, yaratgan Xoliq maxluqini bilmasmi va bilmasligining imkoni bormi? Shunday ekan, maxluqidan nima uchun bahs qilmasin, nima uchun maxluqi bilan soʻzlashmasin?
Ular: "Qur'onning uslublari va shevasi ostida bir insonning timsoli koʻrinadi", deydilar. Chunki Qur'onda bahs qilingan oddiy ishlar va haqir narsalar, insonlar orasida qilingan muhovara va soʻzlashishlar kabidir. Bu johil kimsalar bilmasmiki, aytilgan bir kalom bir jihatdan mutakallimiga qarasa, bir nechta jihatdan ham muxotobiga qaraydi. Chunki muxotobning ahvolini nazarga olish lozimki, aytilgan soʻz u ahvolning iqtizosiga koʻra aytilsin. Shunga binoan, Qur'onning muxotobi bashardir. Qur'onning maqsadi ham tafhimdir. Ya'ni, bashar bilmagan narsalarni bildirishdir. Shunga binoan, balogʻatning iqtizosiga koʻra, Qur'on basharning hissiyoti bilan mamzuj boʻlgan uslublarini kiyadi va shevasi bilan aytadiki, basharning fahmi aytilgan soʻzdan tavahhush etib qoʻrqmasin. Ha, katta odam bir bola bilan gaplashgan vaqti bolalarning shevasi bilan gapirsa, bolaning zehnini erkalagan boʻladi. Bolaning fahmi uning chala-chulpa aytgan soʻzlari bilan unsiyat paydo qiladi, aytganlarini tinglaydi va tushunadi. Aks holda, u inson bilan u bola orasida bir ma'lumot oldi-berdisi boʻlolmaydi. Alloh bilan bashar orasidagi ahzu i'tolar ham shundaydir. Agar Janobi Haq basharga i'to etadigan ma'lumotni basharning tarozisi bilan tortib bermasa, bashar qat'iyan na qaraydi va na oladi. Chunki bashar faqat oʻrganib qolgan tarozisining tilidan anglaydi, bu fanniy tarozilarning tilidan anglamaydi.
S- Haqiqatdan, ashyoning qiymaysizligi, xissati; qudratning azamatiga, kalomning nazohat va nazokatiga ziddir?
J- Ba'zi narsalarda yoki ishlarda koʻringan qiymatsizlik, xunuklik ashyoning mulk jihatiga oiddir. Ya'ni, tashqi yuziga nozirdir va bizning nazarimizda shunday koʻrinadi. Va shuning uchun, ashyo bilan yadi qudrat orasiga parda oʻlaroq zohiriy sabablar vaz' etilganki, sathiy nazarimizda yadi qudratning u kabi ashyo bilan mubosharati koʻrinmasin. Faqat malakut jihati, ya'ni ich yuzi esa shaffof va yuksakdir. Qudrat taalluq etgan bu jihatda, hech bir narsa qudratning taalluqidan xorij emas. Ha, azamati Ilohiya zohiriy sabablarning oʻrnatilishini iqtizo etgani kabi, vahdat va izzati Ilohiya ham qudratning butun ashyoni qamraganini va kalomning hamma narsani ihotasini iqtizo qiladi. Shu bilan barobar, bir zarra ustida zarralar bilan yozilgan bir Qur'on sahifa-i samoda yulduzlar bilan yoziladigan Qur'ondan husn va goʻzallikda past emas. Va shuningdek,
{(Hoshoya1) Pashshaning boshida nayza kabi bir xartum bor. Filning boshiga qoʻnadi, xartumini filning xartumiga suqadi, fil qochishni boshlaydi, hech bir tarzda qoʻlidan qutulolmaydi. Demak, Janobi Haq pashshani filga gʻolib va hokim qilgan. Shunga binoan, xilqat jihatidan dun boʻlsa ham, jasorat xususida faiqdir.
Mutarjim Abdulmajid}
bir pashshaning yaratilishi, san'at jihatidan filning xilqatidan past emas. Kalom sifati ham aynan qudrat sifati kabidir. Bir bola bilan gaplashib soʻz tushintirish, bir faylasuf bilan gaplashishdan past emas.
S- Shu tamsillarda qiymatsiz koʻringan narsa nimaga oid boʻladi?
J- U kabi hollar tamsil keltirganga oid emas, faqat mumassali lahga oiddir. Ya'ni, kimga va qaysi narsaga tamsil keltirilgan boʻlsa, unga oiddir. Zotan, kalomning goʻzalligi, balogʻati; mumassali lahga mutobaqati nisbatidadir. Ha, bir podshoh bir choʻponga choʻponlarga maxsus bir aba, bir palto va itiga ham bir suyak bersa, "Podshoh yaxshi qilmadi", deya hech kim e'tiroz qilolmaydi. Chunki hamma narsani loyigʻiga bergan boʻladi. Shunga binoan, mumassali lah naqadar haqir boʻlsa, tamsili ham shu qadar haqir boʻladi va naqadar buyuk boʻlsa, tamsili ham shu qadar buyuk boʻladi. Ha, sanamlar juda oddiy, haqir boʻlganlaridan; Janobi Haq chivinni
{(Hoshiya2) Bir arabning sigʻinadigan bir sanami bor ekan. Bir kun ibodatga boradi. Qarasa, bir tulki sanamning boshiga bavl etgan. Bu holni koʻrib,
deb sanamni sindirib tashlagan. Demak, sanamlarning qiymatsizliklaridan, yolgʻiz chivinlar emas, tulkilar ham boshlariga chiqadi, talvis etadi.
Mutarjim Abdulmajid}
ularga musallat qilgan; va ibodatlari ham shu qadar xunukki, nasjul-ankabut bilan, ya'ni oʻrgimchakning toʻri bilan ta'bir qilingan.
Ular deydilarki: "Haqiqatni izhor qilishda, ajzni imo qilgan bu kabi tamsilotga qanday ehtiyoj bor?"
Aljavob: Qur'onni inzol etishdan maqsad, jumhuri nosni irshod qilishdir. Jumhur esa avomdir. Avomi nos ochiq boʻlgan haqoiqni koʻrolmaydi; ulfat paydo qilmagan aqliyoti mahzani va mujarradotni fahmlari ololmaydi. Shuning uchun Janobi Haq lutf va ehsoni bilan haqiqatlarni ular ulfat etgan bir libos bilan, bir sheva bilan koʻrsatgandirki, tavahhush etib qoʻrqmasinlar. Bu bahs mutashabehot bahsida oʻtgan.
Ha,
jumlasi ular irod etgan pastdagi mutasalsil e'tirozlarni rad qiladi.
1- Allohning bashar bilan gaplashishida va ularga qahr va i'tob etishda va ulardan shikoyat qilishda qanday hikmat bor? Holbuki bu kabi narsalardan tushuniladiki, olamda insonning ham boshqa bir tasarrufi, bir ta'siri bor.
2- Insonlar orasida jarayon qilgan soʻzlashishlar kabi tamsillarning keltirilishi... Zero bu Qur'onning bashar kalomi boʻlganiga alomatdir.
3- Kalomning orqasida, uslublarning orasida insonning timsoli koʻrinadi.
4- Haqoiq tamsilot bilan tasvir qilinadi. Bu esa, haqiqatni izhor qilishdan ojiz boʻlganiga dalolat qiladi.
5- Keltirilgan tamsillar, oddiy tamsillardir. Bu esa, mutakallimning zehni inhisor ostida boʻlganiga alomatdir.
6- Haqir va qiymatsiz narsalardan tamsillar keltiriladi. Bu ham mutakallimning zaif boʻlganiga dalildir.
7- Keltirilgan tamsillarga majburiyat boʻlmaganidan, tarki zikridan avlodir.
8- Ayniqsa, ahli izzat hayo qilib tanazzul etmagan narsalardan tamsil keltirilgan.
Qur'oni Karim bu e'tiroz silsilasini
jumlasi bilan bir zarbada sindirgan va yiqitgan.
1- Ashyoning ich yuzlari yuksak va shaffof boʻlganidan, bu yuzlardan bahs qilish azamat va jalolga zid boʻlmagani kabi, uluhiyatning iqtizosiga koʻra tashqi yuzlari xunuk koʻringanlarning bahs qilinishdan, zikr qilinishdan xorij tutilishlari, uluhiyat qonuniga muxolifdir. Chunki bir hokim taba'asidan Loʻlilarni huquqi madaniyadan ixroj etmaydi.
2- Balogʻat va hikmatning iqtizosiga koʻra, haqir ma'nolarni ifoda uchun haqir tamsillarning zikrida bir muxolafat yoʻq.
3- Oddiy tamsillarda bir zarar yoʻq, tarbiya va irshod shunday istaydi.
4- Inoyati Ilohiyaning iqtizosiga koʻra, haqoiq tamsilot bilan tasvir qilinadi.
5- Rububiyat va tarbiyaning iqtizosiga binoan, insonlarni oʻz oralarida jarayon etgan muhovaralari, uslublari, shevalari bilan irshod etish lozim.
6- Hikmat va nizomning iqtizosiga koʻra, Janobi Haqning insonlar bilan soʻzlashishi zaruriydir.
Janobi Haq insonlarga juzi ixtiyoriy berish bilan, ularni olami af'olga masdar qildi. U olami af'olni bir nizom ostiga olish uchun kalomini, ya'ni Qur'onini ham u olami af'olga yubordi. Shunga binoan, tanzif va tanzim uchun qilingan Ilohiy bir dastur e'tirozlarga mahal boʻlolmaydi.
Bu jumlani avvalgi jumla bilan bogʻlagan aloqaga kelsak: Avvalgi jumladagi hukmni isbot uchun bu jumla bir dalilning yoʻlini koʻrsatadi va zehnga kelgan vahmlarni ham daf qiladi. Shundayki:
Har kim inoyati azaliya bilan rububiyati Ilohiyani koʻz oldiga keltirib Alloh tomonidan, qudratning azamati ostida qarasa بَعُوضَةً va oʻxshashi bilan keltirilgan tamsillarning balogʻat qonunlariga muvofiq va Janobi Haqdan haq boʻlganini tasdiq qiladi. Faqat har kim nafsining amri ostida mumkinotni nazarga olib qarasa, shubhasiz vahmlar uni havolantiradi, zalolatning botqoqligiga otadi. Bu ikki toifa insonlarning masali shunday ikki shaxsning masaliga oʻxshaydiki: Ulardan birisi yuqoriga, boshqasi pastga ketadi. Har ikkisi ham juda koʻp suv ariqlarini koʻradilar. Yuqoriga ketgan shaxs toʻgʻri chashmaning boshiga boradi, suvning manbaini topadi; totli, toza bir suv boʻlganini anglaydi. Soʻngra u chashmadan tasho'ub etib tarqalgan butun ariqlarning toza va totli ekanligiga hukm qiladi va qaysi ariqqa duch kelsa, totli va toza ekaniga taraddud etmaydi. Xullas, bu e'tibor bilan, oʻziga vahmlar tasallut etmaydi. Pastga ketgan ikkinchi shaxs esa ariqlarga qaraydi, suvning manbaini koʻrolmaganidan, duch kelgan ariq suvining totli boʻlib boʻlmaganini bilish uchun dalillarni, alomatlarni qidirishga majbur boʻladi. Shu sababli vahmlarga ma'ruz qoladi. Adno bir vahm u aqlsizni yoʻldan chiqaradi.
Yoxud u ikki toifaning misoli, qoʻllarida bir oyna boʻlgan ikki shaxsning misoliga oʻxshaydiki; birisi oynaning shaffof yuziga qaraydi, ichida oʻzini koʻrgani kabi, koʻp narsalarni ham koʻra oladi. Narigi odam esa, oynaning rangli yuziga qaraydi, hech narsani tushunolmaydi.
Allohning sun'iga, af'oliga, kalomiga, tamsilotiga, uslublariga; inoyat va rububiyatini mulohaza qilish bilan barobar Alloh tomonidan qarash lozimdir. Bu qarash ham faqat nuri iymon bilan boʻladi. Bu e'tibor bilan vahmlar boʻlsa ham, faqat oʻrgimchak toʻrining qiymat va quvvatida boʻladi. Agar mumkinot jihatidan juz'iy fikri bilan, mushtariy nazari bilan qarasa, zaif bir vahm ham uning nazarida bir togʻ kabi boʻladi. Judi Togʻini koʻzning ru'yatidan man qilgan chivinning qanoti kabi; zaif, kichik bir vahm ham haqiqatni uning koʻzining koʻrishidan satr etadi.
Ha, tamsiloti Qur'oniyadagi hikmatni fahm etish uchun Alloh tomonidan nuri iymon bilan qarash lozim boʻlganiga avvalgi jumla bilan ishorat qilingan. Bu jumlada esa, mazkur tamsilotdagi hikmatning adami fahmini intoj etgan va ayni zamonda avhom va bahonalar uyasiga ketgan yoʻl koʻrsatilgan. Shundayki:
Tuban nafs tarafidan hamma narsani zim-ziyo koʻrsatgan kufr zulmati bilan tamsiloti Qur'oniyaga qaraydigan boʻlsa, tabiiyki, u tamsilotning hikmatini tushunolmaydi, avhomga tushadi. Qalbidagi marazning yordami bilan, har bir vahm uning nazarida bir devga oʻxshaydi, tariqi haqni yoʻqotadi, taraddudlarga ma'ruz qoladi. Soʻngra istifhomni, ya'ni soʻrab surishtirishni boshlaydi; ichidan chiqolmaydi, eng oxirida ish inkorga tayanadi, inkorning ichida qoladi. Qur'oni Karim ixtisor va kinoya tariqi bilan ularning inkorni tazammun etgan istifhomlariga, مَاذَٓا اَرَادَ اللّٰهُ بِهٰذَا مَثَلًا jumlasi bilan ishorat qilgan. Va bu ishorat uchunki, avvalgi jumlada mazkur boʻlgan يَعْلَمُونَ ga mutobaqat uchun, bu yerda لَا يَعْلَمُونَ ning zikri lozim ekan مَاذَٓا اَرَادَ اللّٰهُ بِهٰذَا مَثَلًا deyilgan.
Bu jumla ularning tamsilotining sababini, illa-i gʻoyasini anglash uchun مَاذَا bilan qilgan istifhomlariga javob boʻladi. Faqat Qur'oni Karim usul ittihoz etgan ijoz va ixtisorga binoan, tamsilotning oqibatini, ya'ni tamsilotga tarattub etgan zalolat va hidoyatni illa-i gʻoya manzilasida koʻrsatgan. Ha, zalolat va hidoyat tamsilotga illat boʻlolmaydi. Agar illat boʻlsa, jabr boʻladi. Faqat tamsilotning sabab va illa-i gʻoyasi, jumhuri avomni iqoz va irshoddir. Xuddi ular "Nima uchun bunday boʻldi? Nima uchun i'joz badihiy boʻlmadi? Nima uchun Allohning kalomi boʻlgani zaruriy boʻlmadi? Nima uchun bu tamsilot sababli vahmlarga yoʻl qoʻyildi?" deya bir qancha savollarni oʻrtaga chiqardilar. Qur'oni Karim
jumlasi bilan u savol toʻdasini tarqatdi. Shundayki:
U tamsilotni nuri iymon bilan tafakkur qilganning nuri iymoni inkishof etadi, quvvat topadi. Kufr zulmati bilan va tanqid hirsi bilan qaraganning ham zulmati ziyodalashadi va koʻzi koʻr boʻladi. Chunki nazariydir, badihiy emas. Ha, bu tamsilot toza va yuksak ruhlarni mulavvas va tuban ruhlardan tafriq uchundir. Bu ham yuksak iste'dodlarni nashvu namolantirish bilan iflos iste'dodlardan tamyiz uchundir. Bu ham sogʻlom fitratlarni mujohada bilan buzuq va xasta fitratlardan ayirish uchundir. Buni ham imtihoni bashar istilzom etadi. Buni ham sirri taklif iqtizo etgan. Taklif esa saodati bashar uchundir. Saodat esa takammuldan keyindir.
S- Deysanki, taklif saodat uchundir. Holbuki aksari nosning shaqovatiga sabab, taklifdir. Taklif boʻlmasaydi, bu qadar tafovuti shaqovat ham boʻlmasdi?
J- Janobi Haq bergan juzi ixtiyoriy bilan af'oli ixtiyoriya olamini kasbi bilan tashkil qilishga insonni mukallaf qilgani kabi, ruhi basharda vadi'a oʻlaroq ekilgan gʻayri mutanohiy urugʻlarni sugʻorish va nashvu namolantirish uchun ham basharni taklif bilan mukallaf qilgan. Agar taklif boʻlmasaydi, ruhlardagi u urugʻlar nashvu namo topolmasdi.
Ha, navi basharning ahvoliga diqqat bilan qaralsa, koʻriladiki; ruhning ma'nan taraqqiysini, vijdonning takomulini, aql va fikrning inkishof va taraqqiysini talqih etgan, ya'ni emlagan, shariatlardir; vujud bergan, taklifdir; hayot bergan, paygʻambarlarning yuborilishidir; ilhom bergan, dinlardir. Agar bu nuqtalar boʻlmasaydi, inson hayvon boʻlib qolardi va insondagi bu qadar kamoloti vijdoniya va axloqi hasana tamoman yoʻq boʻlardilar. Faqat insonlarning bir qismi orzu va ixtiyori bilan taklifni qabul qilgan. Bu qism, saodati shaxsiyani qoʻlga kiritgani kabi, navning saodatiga ham sabab boʻlgandir. Ammo insonlarning katta bir qismi oʻz ixtiyori bilan kufrni qabul va takolifi Ilohiyani rad qilgan boʻlsalar ham, taklifning ba'zi navlaridan sizilgan tarbiyaviy, axloqiy va boshqa goʻzal narsalarni olganlaridan, taklifning u navlarini zimnan va izdiroran qabul qilgan hisoblanadilar. Xullas, bu e'tibor bilan, kofirning har sifati va har holi kofir emas.
S- Insonlardan katta bir qismning shaqovati oʻrtada ekan, yolgʻiz kichik bir qismning saodati qanday navning saodatiga sabab boʻladiki, "Shariat rahmatdir" deyapsiz. Holbuki navning saodati, yo butun afrodning yoki qismi aksariysining saodati bilan boʻlishi mumkin?
J- Ostiga yuzta tuxum qoʻyilgan tovuq, u tuxumdan yigirmatasini joʻja chiqarib, saksonini ifsod etsa, bu tovuq tuxum naviga xizmat qilgan boʻladi. Chunki bir joʻja mingta tuxumning onasi boʻlishi mumkin. Yoki yuz dona urugʻ tuproqqa ekilsa va suv bilan sugʻorilib oxirida yigirmatasi nashvu namo topib xurmo daraxti boʻlsa va saksoni chirib mahv boʻlsa, yigirmata urugʻning koʻkarib daraxt boʻlishiga sabab boʻlgan suv, albatta urugʻ naviga xizmat qilgan boʻladi. Va yoxud bir ma'dan otashda eritilsa, beshdan biri oltin, qolgani tuproq chiqsa; albatta otash u ma'danning kamoliga, saodatiga sabab boʻladi. Shunga binoan, taklif ham insonlarning beshdan birini qutqarsa, u beshdan birining saodati nav'iyaga sabab va omil boʻlganiga qat'iyat bilan hukm qilinishi mumkin.
Shu bilan barobar, yuksak hissiyot bilan goʻzal axloqning nashvu namosi faqat mujohada va ijtihod bilan boʻladi. Ha, oʻng qoʻl doimo ishlagani uchun chap qoʻldan quvvatliroqdir. Va bir hukumat mujohada etgan sari, jasorati ortadi, tark qilgan vaqti jasorati kamayadi va binnatija jasorat ham, hukumat ham soʻnadi, mahv boʻladi. Va shuningdek, har narsaning va har ishning takomuli, zidlarining muqobala va raqobat qilishlari bilan boʻladi. Masalan, hidoyatning takomuliga zalolat yordam bergani kabi, iymonning takomuliga ham kufr yordam beradi. Chunki, kufr va zalolatning qay daraja iflos va zararli boʻlganini koʻrgan bir moʻ'minning iymoni va hidoyati birdan mingga chiqadi. Bu ikki jihat taklifning asar va samarasidir. Va bu ikki jihat e'tibori bilan taklif, saodati nav'iyaning yagona omilidir.
Bu jumlaning maqobli bilan munosabati: Ha, Qur'oni Karim يُضِلُّ بِه۪ كَث۪يرًا jumlasida zalolatga otilganlar kimlar ekanini bayon qilmasdan mubham qoldirganidan, sami' qoʻrqdi. "Ajabo, u zalolatga otilganlar kimlar? Sababi nima? Qur'onning nuridan zulmat qanday keladi?" deya soʻragan bu uch savolga shu jumla bilan javob berilganki: "Ular fosiqlardir. Zalolatga otilishlari, fisqlarining jazosidir. Fisq sababi bilan, fosiqlar haqida nur norga, ziyo zulmatga inqilob etadi." Ha, shamsning ziyosi bilan iflos moddalar taaffun etadi, sasiydi, barbod boʻladi.
Bu jumlaning avvalgi jumla bilan vajhi nazmi: Ha, bu jumla bilan fisq sharh va bayon qilingan. Shundayki: Fisq haqdan udul, ayrilish, haddan tajovuz, hayoti abadiyadan chiqib tark qilishdir. Fisqning mansha'i; quvva-i aqliya, quvva-i gʻazabiya, quvva-i shahaviya deyilgan uch quvvatning ifrot va tafritidan nash'at etadi. Ha, ifrot yoki tafrit, dalillarga qarshi bir isyondir. Ya'ni, sahifa-i olamda yaratilgan daloil, uhudi Ilohiya hukmidadir. U daloilga muxolafat qilgan, Janobi Haq bilan fitratan qilgan ahdini buzgan boʻladi. Va shuningdek, ifrot va tafrit hayoti nafsiya va ruhiyaning maraz va xastaligini intoj etgan sabablardandir. Bunga fisqning birinchi sifati boʻlgan
jumlasi bilan ishorat qilingan.
Va shuningdek, ifrot va tafrit hayoti ijtimoiyaga qarshi isyon otashini yoqqan ikki omildir. Ha, bu omillar hayoti ijtimoiyani nizom va intizom ostiga olgan robitalarni, qonunlarni kesib otadi. Ha, shahvat yoki gʻazab haddini oshsa, irz va nomuslar poy-mol boʻladi, ma'sumlar mahv boʻladi. Bunga ham, fisqning ikkinchi sifati boʻlgan
jumlasi bilan ishorat qilingan.
Va shuningdek, dunyo nizomining buzilishini intoj etib fasod va ixtilolga sababiyat bergan ikki ixtilolchidirlar. Bunga ham, fisqning uchinchi sifati boʻlgan وَيُفْسِدُونَ فِى الْاَرْضِ jumlasi bilan ishorat qilingan.
Ha, fosiq boʻlgan kishining quvva-i aqliya va fikriyasi i'tidolni yoʻqotib safsatalarga tushsa, e'tiqodotga oid robitalarni kesish bilan, hayoti abadiyasini yirtib otadi.
Va shuningdek, quvva-i gʻazabiyasi haddi vasatni tajovuz etsa, hayoti ijtimoiyaning ham yuzini, ham astarini yirtadi, ostin-ustun qiladi.
Va shuningdek, quvva-i shahaviyasi hadni oshsa, havo-i nafsga tobe boʻladi, qalbidan shafqati jinsiya zoil boʻladi, oʻzi barbod boʻlishi kabi, boshqalarini ham barbod qiladi. Bu e'tibor bilan, fosiqlar ham navining zarariga, ham Arzning fasodiga harakat qilgan boʻladi.
Bu jumla avvalgi jumlaning natijasi va ayni zamonda ta'kiddir. Shundayki:
Avvalgi jumlada ahdni buzish, sila-i rahmni kesish, Arzda fasod qilish kabi fosiqning jinoyatlarini qoʻrqinch bir shaklda aytgandan soʻng, bu jumlada avvalgi tahdid va qoʻrquvni ta'kid uchun, fosiqning jinoyatlarining natija va jazosini shunday bayon qilgan: U fosiqlar oxiratlarini berib dunyoni olganlari kabi, hidoyatni zalolat bilan tabdil etgan aqlsiz odamlardir.
Avvalo shuni bilish lozimki, Qur'oni Karimning oyatlari va oyatlarining jumlalari va jumlalarning hay'atlari; soniya, daqiqa, soatlarni sanagan soatning millari kabidir. Millarning har ikkinchisi birinchisiga yordam bergani kabi, bir oyat bir maqsadni ta'qib qilgan vaqt, jumlalari ham u maqsadning atrofida yuradilar; jumlalarning hay'atlari ham jumlalarning izini ta'qib qiladilar. Vaziyatlari shunday bir nuqtaga keladiki; hollari lisoni hol bilan shu baytni oʻqiydi:
Ya'ni: "Aytgan soʻzlarimiz boshqa-boshqa boʻlsa ham, sening husning birdir. Butun soʻzlarimiz u husni jamolga ishorat qiladi." Shuning uchunki, Qur'oni Karimning salosati va yuksak balogʻati va naqshidagi nozikligi tabaqa-i i'jozga vosil boʻlgandir.
اِنَّ kalimasi ham hukmning haqiqatga bogʻliq boʻlganiga, ham hukmdan chiqqan taraddud va inkorlarning daf qilinishiga dalolat qiladi. Shunday ekan, bu اِنَّ oyatning boshida zikr qilingan mutasalsil taraddudlarga ishoratdir.
اَللّٰهَ kalimasi bundan oldin zikr qilingan Janobi Haq bilan mumkinot orasida qilgan qiyosdagi xatolarini zehnning koʻziga tiqadi. Ya'ni, "Qanday Alloh deyapsiz va qanday Allohni mumkinotga qiyos qilyapsiz, Alloh unvonidagi zot mumkinotga qiyos qilinishi mumkinmi?"
S- لَا يَسْتَحْي۪ى Hayo, nafsning uyalishi bilan yuzda paydo boʻlgan qizarishdan iborat boʻlganidan, Janobi Haq haqida bu kalimaning ishlatilishi maholdir; maholni inkor qilishda foyda yoʻq. Shunga binoan لَا يَسْتَحْي۪ى oʻrnida لَايَتْرُكُ aytilgan boʻlsaydi, maholiyatga mahal qolmasdi?
J- Bau'da bilan qilingan tamsilni iqtizo etgan va husnini taqdir etgan hikmat, balogʻat va boshqalar kabi sabablarga qarshi tamsilni tark qilishni istagan, hayodan ma'ada birgina sabab yoʻq. Hayo ham Janobi Haq haqida maholdir. Shunday ekan, u tamsilni tark qilishga aslo sabab boʻlmaganiga ishoratan لَا يَسْتَحْي۪ى kalimasi لَايَتْرُكُ kalimasiga tarjih etilgandir. Chunki لَايَتْرُكُ kalimasi bu ma'noni ifoda qilolmaydi.
Yoxud يَسْتَحْي۪ى ning zikri, ularning ahmoqona aytgan
ya'ni "Muhammadning Robbi bu haqir narsalardan tamsil keltirishga hayo qilmaydimi?" deya aytgan soʻzlaridagi يَسْتَحْي۪ى kalimasiga mushokalat va mushobahat uchundir. Qur'oni Karim balogʻat jihatidan qiymatli boʻlgan مُشَاكَلَةً فِى الصُّحْبَةِ uslubiga binoan, ular ishlatgan يَسْتَحْي۪ى kalimasini aynan ishlatgan.
Ularning bu soʻzlariga mushokalat va mushobahat nuqtai nazaridan اَنْ يَضْرِبَ oʻrnida مِنَ الْمَثَلِ الْحَق۪يرِ deyilishi mushobahatni saqlash uchun yanada munosib boʻlardi. Faqat bu munosabatning nazarga olinmasligi latif bir uslubga ishorat boʻlib: Tamsillar, muhr yoki imzolar kabi tasdiq va isbot uchundir. Qandayki yozilgan bir narsa muhrlanish bilan tasdiq qilingan boʻladi; aynan shuning kabi, aytilgan bir soʻz ham bir misol bilan tasdiq va isbot qilingan boʻladi.
Yoxud اَنْ يَضْرِبَ bilan pulning zarbiga imo qilingan. Ya'ni, tamsillarning zarbi va zarbulmasallar sikkaning zarbi qadar kalomga qiymat beradi. Ya'ni, qandayki sikka kumush va oltinga qiymat beradi, zarbulmasallar ham kalomlarga u nisbatda qiymat va e'tibor beradi. Va bu ishorat bilan, vahmlarni daf qilish uchun tamsillarning goʻzal bir vosita boʻlganiga va tamsillarning bid'at boʻlmasdan balogʻat sohasida unumdor va goʻzal bir yoʻl boʻlganiga imo qilingan. Ha, zarbulmasallar ma'lum qoidalardandir. Yanada qisqa va muxtasar boʻlgan ضَرْبٌ masdari ustiga اَنْ يَضْرِبَ ning fe'l siygʻasi bilan tarjihan zikr qilinishi, e'tirozlarining mansha'i bizzot tamsil boʻlmasdan, bau'daning qiymatsizligi ekaniga ishoratdir. Chunki tamsillar haddi zotida qiymatli boʻlib, e'tirozlarga mahal emas. Zero اَنْ يَضْرِبَ fe'ldir. Fe'l, mustaqil va sobit boʻlmaganidan, xuddi latifdir. Mutakallimning qasdi unda turmaydi, maf'ulga oʻtadi. Masdar boʻlgan ضَرْبٌ esa otdir. Ot, mustaqil va sobit boʻlgani uchun xuddi kasifdir. Mutakallimning qasdini jazb qilib maf'ulga bermasligi ehtimoli bordir.
Shunga binoan,
aytilgan boʻlsaydi, istihya mahalli "zarb" boʻlardi. Holbuki istihyaning mahalli "bau'da"dir.
مَثَلًا : Bundan murod, tamsilning xosiyati boʻlgan aqliy bir narsani hissiy bir narsa bilan va asliy boʻlmagan mavhum bir narsani muhaqqaq va mavjud boʻlgan bir narsa bilan va gʻoyib boʻlgan bir narsani hozir bir narsa bilan tasvir qilishdir.
مَثَلًا dagi tankirdan tushuniladiki, bu yerda madori nazar, bizzot masalning zotidir, sifatlari emas. Sifatlari esa maqomning iqtizosiga yoki mumassali lahning holiga havola qilingan.
مَا ta'mimni ifoda qilganidan, qoidaning umumiy boʻlganiga ishorat boʻlib, javob yolgʻiz ular e'tiroz qilgan narsalariga munxasir qolmasin.
بَعُوضَةً : Juda koʻp kichik va haqir narsalar va hayvonlar boʻlgani holda bau'daning taxsisi, indal-bulagʻo tamsil uchun iste'moli koʻp boʻlganiga binoandir.
فَمَا فَوْقَهَا : Ya'ni: Qiymat va balogʻat jihatidan bau'daning (chivin) mafavqi yoki kichiklikda bau'daning maduni va yoxud ham qiymatda, ham kichiklikda bau'daning maduni boʻlgan narsalar. Faqat مَا فَوْقَهَا ta'biri, kichik narsaning balogʻat jihatidan yanada gʻarib, xilqat jihatidan yanada ajib boʻlganiga ishoratdir.
Bu jumlaning avvalgi jumladan tafarru' va tasho'ub etganini ifoda qilgan ف bu jumlani har ikki shiqqi bilan intoj etgan zimniy va yashirin bir dalilga ishoratdir. Tasviri shunday boʻlsa kerak:
Janobi Haq tamsilni tark qilmaydi. Chunki balogʻat iqtizo etgan bir tamsildir. Balogʻat iqtizo etgan narsa tark qilinmaydi. Shunday ekan, Janobi Haq bu tamsilni tark qilmaydi. Shunga binoan, insofi boʻlgan odam u tamsilning baligʻ, haq va Allohdan ekanini biladi. Oʻjarlik bilan qaragan kishi esa hikmatini bilmaydi, taraddudga tushadi, soʻraydi, surishtiradi, eng oxiri istihqor bilan inkorga kiradi.
Xulosa: Moʻ'min insofli boʻlgani uchun, Allohdan ekanini tasdiq qiladi. Kofir qaysar boʻlganidan, "Bunda nima foyda bor?" deydi.
اَمَّا : Bu اَمَّا shart adatidir. Dohil boʻlgan har ikki jumlani birinchisi malzum, ikkinchisi lozim; yoki avvalgisi shart, keyingisi mashrut boʻlib, ikkinchisini birinchi bilan bogʻlaydi. Ha, bu اَمَّا ikki jumla orasida luzumni ta'sis etish uchun vaz' etilgan. Shunga binoan, bu yerda فَيَعْلَمُونَ اَنَّهُ الْحَقُّ jumlasining اَلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا jumlasiga lozim va zaruriy boʻlganiga dalolat qiladi. Ya'ni, iymoni boʻlganning sha'ni, uning haq boʻlganini bilishdir.
Oʻzidan qisqaroq boʻlgan اَلْمُؤْمِنُونَ kalimasiga badal اَلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا deyilishi, uning haq boʻlganini bilish iymon sababi bilan boʻlganiga va shuningdek, uning haq boʻlganini bilish iymon borligiga ishoratdir.
Balogʻat nuqtai nazarida maqomga munosibroq boʻlgan اَنَّهُ الْبَل۪يغُ jumlasiga tarjihan اَنَّهُ الْحَقُّ deyilishi, ularning e'tirozlaridan qasd qilgan oxirgi natijaga ishoratdir. Chunki ularning maqsadlari, Allohdan boʻlganini inkor qilishdir.
اَنَّهُ الْحَقُّ haqqoniyatning u tamsilga hasr etilishidan tushuniladiki, taqbih etilmasdan istehson etilgan yolgʻiz bau'da tamsilidir. Bau'dadan boshqasi va bau'dadan yaxshirogʻi, ayblardan xoli boʻlsa ham, balogʻat jihatidan bau'daning oʻrnini ololmaydi. Chunki yolgʻiz ayblardan salomat, kamolga dalil boʻlolmaydi.
مِنْ رَبِّهِمْ : U tamsilning Roblaridan nozil boʻlganini ifoda qilgan bu qayd ularning e'tirozlariga nishon ittihoz etgan, u tamsilning nuzuli ekaniga ishoratdir.
وَاَمَّا الَّذ۪ينَ كَفَرُوا : Bu اَمَّا avvalgi اَمَّا kabi maqobllaridagi ijmolni tafsil etish bilan, tahqiq va ta'kidni ifoda qiladi.
اَلَّذ۪ينَ كَفَرُوا ning اَلْكَافِرُونَ kalimasiga tarjihan zikr qilinishi, ularning bu inkori, qalblarida rusux paydo qilgan kufrdan nash'at etganiga va shuning uchun ularni yana kufrga olib borganiga ishoratdir.
Avvalgi jumladagi يَعْلَمُونَ ning mutobaqati uchun bu yerda فَلَا يَعْلَمُونَ deyilishi munosib ekan, uning oʻrniga zikr qilingan فَيَقُولُونَ ijoz va ixtisor uchun muqaddar boʻlgan hollardan kinoyadir. Taqdiri kalom: "Kufri bor odam haqiqatni bilmaydi, taraddudga tushadi, inkorga kiradi, istifhom shaklida istihqor etadi, haqir koʻradi." Va shuningdek, oʻzlari zalolatda boʻlganlari kabi, ogʻizlari bilan xalqni ham zalolatga sudraganlariga ishoratdir.
Bu jumladan avvalgi jumlada اَلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا muqaddam boʻlganiga nazaran, bu yerda unga munosib boʻlgan يَهْد۪ى بِه۪ ning taqdimi lozim ekan, يُضِلُّ بِه۪ taqdim etilgan. Chunki bu kalomdan maqsad, inkor qilganlarning e'tirozlarini rad qilishdir. Bunga binoan يُضِلُّ بِه۪ kasbi ahammiyat etganidan, taqdim haqqini qozongan.
S- Zalolat oʻrniga يُضِلُّ , hidoyatoʻrniga يَهْد۪ى ya'ni, masdardan fe'lga boʻlgan uduldan maqsad nima?
J- Fe'li muzoriy tajaddud va istimrorga dalolat qilganidan; yigirma uch yil davom qilgan nuzuli Qur'onning parcha-parcha tajaddudi nisbatida, ularning zulmati kufriyalariga qat-qat zulmatlarning ilovasiga sababiyat berganiga, moʻ'minlarning ham nuzulning tajaddudi nisbatida nuri iymonlarining daraja-daraja yuksalishiga bois boʻlganiga ishoratdir. Va shuningdek, bu jumla مَاذَٓا اَرَادَ اللّٰهُ الخ jumlasi bilan ishorat qilingan istifhomga javob boʻlgani uchun, har ikki guruhning vaziyatlarini bayon qilish ijob etgan. Va bu ijobga binoan, masdarga tarjihan fe'l zikr qilingan. Ya'ni, bir guruhning vaziyati zalolat, boshqasiniki hidoyatdir.
كَث۪يرًا : Avvalgi كَث۪يرًا dan miqdor va adad jihatidan koʻplik iroda qilingan. Ikkinchi كَث۪يرًا dan holat va qiymat jihatidan koʻplik qasd qilingan. Va ayni zamonda, Qur'onning navi basharga rahmat boʻlganining sirriga ishoratdir. Ha, insonlarning oz bir qismining fazilat va hidoyatlarini koʻp koʻrish va koʻrsatish, Qur'onning basharga qarshi marhamatli va lutfkor ekanini koʻrsatadi. Va shuningdek, bir fazilat sohibi ming fazilatsizga muqobildir. Bu e'tibor bilan, fazilatni tashigan oz boʻlsa ham, koʻp koʻrinadi.
وَمَا يُضِلُّ بِه۪ٓ اِلَّا الْفَاسِق۪ينَ : Avvalgi jumlada mutlaq va mubham oʻlaroq zikr qilingan كَث۪يرًا dan hosil boʻlgan vasvasalarni, qoʻrquvlarni, taraddudlarni bu jumla bilan shunday daf qilganki: Zalolatga ketganlar, fosiqlardir. Zalolatlarining mansha'i ham fisqdir. Fisqning sababi esa, kasblaridir. Ayb ulardadir, Qur'onda emas. Zalolatni yaratish, qilganlarining jazosi uchundir.
Yana bilish lozimki; bu jumlalarning har biri maqoblini sharh va bayon qiladi; maba'di ham uni tafsir qiladi. Demak, har jumla maqobliga dalil, maba'diga natijadir. Ikki silsila bilan buni izoh qilamiz:
1- Alloh u tamsildan hayo qilmaydi. Chunki u tamsilni tark qilmaydi. Ham u tamsil baligʻdir. Ham u tamsil haqdir. Ham u tamsil Allohning kalomidir. Buni ham moʻ'min boʻlgan kishilar biladi.
2- Alloh munkirlar deganlari kabi, u tamsildan hayo qilmaydi. U munkirlar, "U tamsilning tarki lozimdir" deydilar. Chunki u tamsilning hikmatini bilmaydilar, ham "Bunda nima foyda bor" deydilar. Ham inkor qiladilar, chunki haqir koʻradilar. Ham eshitishlari bilan zalolatga tushdilar, chunki Qur'on ularni zalolatga otdi. Ham ular fisq bilan qoliplaridan chiqdilar, ham Allohga boʻlgan ahdlarini buzdilar, ham sila-i rahmni kesdilar, ham Arzda Allohning nizom va intizomini ifsod etdilar. Shunga binoan, xasir va zararli boʻlganlar ulardir. Dunyoda vijdon, qalb va ruhning azobi bilan, oxiratda ham Allohning gʻazabi bilan abadiy bir azob ichida qolgan ulardir.
Avvalo bilish lozimki, Qur'oni Karimning i'joz va nazmidagi shak va shubhalarni iqo' etgan fosiqlarning ayniqsa bu maqomda, bu jumlada mazkur sifatlar bilan tavsiflari juda yuksak va latif bir munosabatni ichiga olgan. Ha, xuddi Qur'oni Karim deydiki: "Qur'oni akbar deyilgan koinotning nizomida qudrati azaliyaning i'jozini koʻrolmagan yoki koʻrishni istamagan u fosiqlarning; Qur'oni Karimning ham nazm va i'jozida taraddudlarni va koʻr koʻzlari bilan i'jozini koʻrolmasdan inkor qilishlari, ba'id va gʻarib emas. Zero ular koinotdagi nizom va intizomni tasodifga va tahavvuloti gʻaribaga va inqiloboti ajibani abasiyatga va tasodifga isnod etganlaridan, buzilgan ruhlarining koʻzidan u nizom tasattur etib koʻrinmagani kabi, iflos fitratlari bilan ham, Qur'onning moʻ'jiz boʻlgan nazmini chalkash, muqaddimalarini natijasiz, samaralarini achchiq koʻrdilar.
يَنْقُضُونَ : Oʻralgan qalin bir arqonni ochib tarqatish ma'nosini ifoda qilgan "naqz" ta'biri yuksak bir uslubga ishoratdir. Xuddi Janobi Haqning ahdi; mashiat, hikmat, inoyatning iplari bilan oʻralgan nuroniy bir arqonki, azaldan abadga qadar uzangan. Bu nuroniy arqon, koinotda nizomi umumiy shaklida tajalliy etib silsilalarini koinotning anvo'iga tarqatar ekan, eng ajib silsilasini navi basharga uzatgan va ruhi basharda juda koʻp iste'dod va qobiliyatlarning urugʻlarini ekkan. Lekin u iste'dodlarning tarbiyasini va natijasini juzi ixtiyoriyning qoʻliga bergan. U juzi ixtiyoriyning egari ham shariatning va daloili naqliyaning qoʻliga berilgan. Shunga binoan, Janobi Haqning ahdini buzmaslik va ifo etish, faqat u iste'dodlarni loyiq va munosib yerlariga sarf qilish bilan boʻladi. Ahdning naqzi esa, buzish va parchalashdan iboratdir. Masalan: Ba'zi anbiyoga iymon va tasdiq, ba'zilarini inkor va takzib; ba'zi hukmlarni qabul, ba'zilarini rad; ba'zi oyatlarni tahsin, ba'zilarni qobih va xunuk koʻrish kabi. Zero bunday tarzda qilingan naqzi ahd; nazmni, nizomni, intizomni ixlol etadi, buzadi.
Bu jumladagi amr ikki qismdir:
Birisi, tashri'iydirki, sila-i rahm bilan ta'bir qilingan qarindosh va moʻ'minlar orasida shar'an amr qilingan muvosala chizigʻidir.
Boshqasi, amri takviniydirki, fitriy qonunlar bilan odatulloh tazammun etgan amrlardir. Masalan, ilmning i'tosi ma'nan amalni amr qiladi; zakovatning i'tosi ilmni amr qiladi; iste'dodning boʻlishi zakovatni; aqlning berilishi ma'rifatullohni; qudratning berilishi ishlashni; jasoratning berilishi jihodni ma'nan va takvinan amr qiladi.
Xullas, u fosiqlar bu kabi narsalarning orasida shar'an va takvinan ta'sis etilgan muvosala chizigʻidan oʻtyaptilar. Masalan, aqllari ma'rifatullohdan, zakovatlari ilmdan ranjigani kabi; qarindoshlardan va moʻ'minlardan ham dargʻazab boʻlib, borib kelmaydilar.
وَيُفْسِدُونَ فِى الْاَرْضِ : Ha, fisq bilan buzilgan bir odam botqoqlikka tushib chiqolmagan bir shaxs kabi koʻplarning ham u botqoqlikka tushishlarini istaydiki, ma'ruz qolgan u dahshatli holati bir oz yengil boʻlsin. Chunki musibat umumiy boʻlsa, yengil boʻladi. Va shuningdek, bir shaxsning qalbida bir ixtilol, bir yomonlik hissi uygʻonsa; yuksak hissiyoti, kamoloti sukut etishni boshlaydi; qalbida taxribotga, yomonlikka bir mayl, bir zavq paydo boʻladi. Asta-asta u mayl qalbida kattalashadi; keyin u shaxs butun lazzatini, zavqini taxribotda, yomonlikda topadi. Xullas, u vaqt u shaxs tom ma'noda Arzda yirtqich bir hayvon, ixtilolni chiqarib kattalashtirgan bir balo, fasodni toʻxtamasdan chalkashtirgan bir ofatga aylanadi.
S- Bir fosiqning fisqi bilan Arzning mutaassir boʻlishi aqldan uzoqdir?
J- Modomiki Arzda nizom bor, muvonaza ham boʻlishi kerak. Hatto nizom muvozanaga tobedir. Shunga binoan, bir uskunaning tishlari orasiga kichik bir narsa tushsa, uskuna mutaassir boʻladi, balki faoliyati ham toʻxtaydi. Yoki farazan ikki togʻ bir tarozi bilan tortilarkan, tarozi muvoziy boʻlgan vaqt bir pallasiga bir yongʻoq ilova qilinsa, muvozanasi buziladi. Dunyoning ham ma'naviy nizom uskunasi shunday. Mutamarrid bir fosiqning fisqi Arzning muvozana-i ma'naviyasining buzilishiga vasila boʻlishi mumkin.
اُولٰٓئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ : اُولٰٓئِكَ uch narsani ifoda qiladi. Birisi ihzor, ikkinchisi mahsusiyat, uchinchisi uzoqlik. Demak bu اُولٰٓئِكَ gʻoyib boʻlgan u fosiqlarni ihzor etadi, mahsus bir shaklda koʻrsatadi.
S- Ularning ihzorini ijob etgan sabab nima?
J- Sami'ning talab va istagidir. Ha, ularning iflos ahvolini eshitgan sami' ularga qarshi his qilgan hiddat va nafratini izola uchun; xusron bilan tajziya va tavsiflarida, xuddi ularni qarshisida hozir tarzda koʻrishni istaydi, toki "Oh! oh!" deyish bilan qalbi tinchlansin. Mushohadalari mumkin boʻlmagani holda اُولٰٓئِكَ bilan maxsus koʻrsatilishlari; goʻyo iflos ahvollari, xabis sifatlari va shuxrat va kasratlari shunday bir hadga yetganki, hammaning nazari nafrati qarshisida ularning u hollarini tajassum ettirib maxsus bir shaklda koʻrsatadi. Va bu ishoratdan xasoratga mahkum boʻlganliklarining sababi ham anglashilgan boʻladi.
U fosiqlarga roji' boʻlgan اُولٰٓئِكَ ifoda qilgan uzoqlik esa, ularning tariqi haqdan uzoqliklari shunday bir darajaga yetganki, boshqa tariqi haqqa ruju'lari mumkin boʻlmasdan, bu sababli zammga, tahqirga mustahaq boʻlishganiga ishoratdir.
Hasrni ifoda qilgan هُمْ xasoratning ularga munxasir boʻlganiga dalolat qiladi. Hatto moʻ'minlarning ba'zi dunyo lazzatlaridan xasoratlari, xasorat sanalmaydi; va yana moʻ'minlardan ahli tijoratning tijoratlarida sodir boʻlgan zararlari xasorat emas.
اَلْخَاسِرُونَ dagi harfi ta'rif jinsni va haqiqatni ifoda qiladi. Ya'ni, xusron koʻrganlarning haqiqatini, jinslarini koʻrishni istagan boʻlsa, ularga qarasin. Va shuningdek, ularning maslaklari mahzi xasoratdir, boshqa xasoratlarga oʻxshamaydi.
اَلْخَاسِر۪ين : Xasoratning mutlaq qoldirilishi, ya'ni bir narsa bilan taqyid etilmasligi, xasoratning butun anvo'ini qamraganiga ishoratdir. Masalan: Vafo-i ahdda naqz bilan xasorat etdilar, sila-i rahmda kesish bilan, islohda ifsod bilan, iymonda kufr bilan, saodati abadiyada shaqovat bilan qilgan xasoratlari kabi.
Ya'ni: «Qanday qilib Allohni inkor qilyapsiz? Holbuki sizning hayotingiz yoʻq edi, u sizga hayotni berdi; soʻngra sizni oʻldiradi, soʻngra yana hayot beradi, soʻngra unga ruju' etib borasiz.»
Oyatlarning nazmiga oid uch vajh bu oyatda ham joriydir:
Ha, Qur'oni Karim, qachonki insonlarni ibodatga va Allohga iymon keltirishga da'vat qildi va iymonning e'tiqod qilinadigan asoslari bilan qilinadigan hukmlarini ijmolan, dalillariga ishoratan zikr qildi, avvalroq mujmalan ishorat qilingan dalillarni tazammun etgan ne'matlarning ta'dadi bilan bu oyatda ham zikr qilishga qaytdi.
Ha, bu oyat bilan eng buyuk ne'mat boʻlgan hayotga ishorat qilingan. Ikkinchi oyat bilan baqo ne'matiga ishorat qilingan. Ha, samovot va Arzning tanzimoti hayotning kamol va saodatini ta'min qiladi. Uchinchi oyat bilan basharning koinot ustida tafzil va takrimiga ishoratdir. Toʻrtinchi oyat bilan, basharga ta'limi ilm ne'matiga ishorat qilingan. Bu ne'matlarning suratlariga, ya'ni ne'matlik jihatlariga qaralsa; inoyati Ilohiyaga dalil boʻlganlari kabi, ibodatga ham dalildirlar. Chunki ne'matlarni berganga shukr, vojibdir; kufroni ne'mat aqlan ham haromdir. Agar u ne'matlarning haqiqatlariga qaralsa, mabda va ma'adni isbot qilgan dalillardir.
Va shuningdek, bu oyat oʻtgan kofir va munofiqlarning bahsiga ham nazirdir. Shuning uchun taajjubni ifoda qilish bilan inkorni tazammun etgan كَيْفَ bilan qilingan istifhom, ularning tahdidlariga ishoratdir.
Ha, Qur'oni Karim avvalroq gʻoyibona qilgan hikoyasidan soʻngra bu yerda xitobni boshladi. Bu ham balogʻat jihatidan ma'lum bir nukta uchundir. Shundayki:
Inson bir odamning yomonligidan, ayblaridan bahs qilarkan, hiddati, gʻazabi shu qadar gʻalaba qiladiki; xayolan, xayoliy bir ihzor bilan, xitob surati bilan oʻziga tavjihi kalom etishni boshlaydi. Yoki yaxshiliklaridan bahs qilarkan, shavqi va ishqi gʻalayonga keladi, hamon xayolining qarshisiga keltiradi, oʻziga xitob bilan gapirishni boshlaydi. Bu "iltifot" bilan tasmiya etilgan bir qoidadir. Bu qoidaning lisoni Arabda buyuk bir mavqei bor. Xullas, Qur'oni Karim bu qoidani ta'qib qilib
deb, siygʻa-i xitob bilan ularga tavjihi kalom etgan.
Soʻngra qachonki bu maqomda ta'qib qilingan maqsad; iymon, ibodat qilish va kufroni ne'mat qilmaslik, kufrni rad qilish kabi oʻtgan usul va asoslarni isbot uchun lozim boʻlgan dalillarni zikr qilish va dalillarning eng vazihi, ahvoli bashar silsilasidan istifoda qilingan dalillardir va ne'matlarning eng buyugi, u silsilaning uqda va tugunlaridandir. Qur'oni Karim
boʻlgan oyati karima bilan, besh tugunli murattab u silsila-i ajibaga ishorat qilgan. Biz ham u besh tugunni besh masalada hal va bayon qilamiz.
كُنْتُمْ اَمْوَاتًا uqdasini, tugunini ochadi. Shundayki:
Insonning jasadini tashkil qilgan zarralar, olamning zarroti ichida jomid, tarqoq bir shaklda ekan, qaraysanki maxsus bir qonun bilan, muayyan bir nizom bilan intizom ostiga olinib olami anosirga yuboriladi. Olami anosirda sokit, sokin, yashirin bir vaziyatda ekan, birdaniga qofila-qofila, muayyan bir dastur bilan, yavmiy bir intizom bilan, bir qasd va hikmat ostida olami mavolidga intiqol etadi.
Olami mavolidda ham, sukut ichida ekan, birdaniga ajib, gʻarib bir tarz bilan nutfaga inqilob etadi. Soʻngra mutasalsil inqiloblar bilan alaqa boʻladi; soʻngra mudgʻa boʻladi, soʻngra goʻsht, suyak boʻladi. Bu inqiloblarning har biri avvalgisiga nisbatan yanada mukammal boʻlsa ham, loyigʻiga koʻra mavotdir, ya'ni hayotsizdir.
S- Mavt hayotning zavolidir. Holbuki u zarralarda hayot yoʻqki, zavoli mavt boʻlsin?
J- Mavtning u zarralarga itloq etilishi, majozdir. Sababi esa; uchinchi, toʻrtinchi tugunlarni zehnga qabul qildirish uchun, zehn uchun bir tayyorgarlikdir.
فَاَحْيَاكُمْ tugunini ochadi. Ha, hayot, qudrati azaliyaning eng buyuk va eng nozik va eng ajib bir moʻ'jizasidir va butun ne'matlardan ustundir va mabda va ma'adning burhonlaridan eng zohir burhondir.
Ha, hayot navlarining eng adnosi nabot hayotidir. Hayoti nabotiyaning boshlangʻichi, urugʻda yoki donda hayot tugunining uygʻonib ochilishidir. Buning holati shu qadar zohir, shu qadar umumiy, shu qadar ma'luf ekan, zamoni Odamdan hozirga qadar hikmati bashardan va falsafasidan yashirin qolgan. Xullas, hayotning qay daraja nozik boʻlgani anglashildi.
Va shuningdek, hayoti boʻlmagan bir jism, eng katta bir togʻ ham boʻlsa yolgʻizdir, yetimdir, makonidan boshqa bir narsa bilan munosabati yoʻq. Lekin asalari kabi kichik bir jism, hayotga mazhar boʻlgan vaqti, butun koinot bilan munosabatdor boʻladi va hamma narsa bilan oldi-berdi qiladi; hatto: "Koinot mening mulkimdir, mening yerimdir." deya oladi. Koinotning har tarafiga boradi, hislari bilan tasarruf qiladi, butun ashyo bilan kasbi muorafa etadi. Ayniqsa, hayoti insoniya tabaqasiga chiqqan hayot aqlning nuri bilan olamlarni kezgan boʻladi. Olami jismoniyda tasarruf qilgani kabi, olami ruhoniyda kezadi, olami misolga sayohat qiladi; oʻzi u olamlarni ziyoratga ketgani kabi, u olamlar ham, uning ruhining oynasida tamassul etish bilan io'da-i ziyorat etgan kabi boʻladi. Hatto inson "Olam Allohning fazli bilan men uchun yaratilgan" deya oladi. Hayoti insoniya; har birisi koʻp tabaqalarni qamragan boʻlib, hayoti moddiya, hayoti ruhoniya, hayoti ma'naviya, hayoti jismoniya kabi navlarga ayriladi, inbisot etadi. Demak, ziyo, rang va jismlarning koʻrinishiga sabab boʻlgani kabi; hayot ham mavjudotning koshifi va sababi zuhuridir. Ha, hayot bir zarrani bir kura kabi qiladi; asxobi hayotning har birisi, olam menikidir deya oladi. Oralarida muzohama va munoqasha ham boʻlmaydi; muzohama va munoqasha yolgʻiz navi basharda boʻladi. Xullas, hayotning qanday buyuk bir ne'mat ekani anglashildi.
Va shuningdek, jomid, tarqoq ba'zi zarralarning birdaniga bir vaziyatdan chiqib, ma'qul bir sabab boʻlmagani holda, boshqa bir vaziyatga kirishi, Sone'ning vujudiga zohir bir dalildir. Hatto hayot; haqiqatlarning eng ashrafi, eng tozasidir; hech bir jihat bilan xissati yoʻq, xunuk bir dogʻi yoʻq. Hayotning tashi ham, ichi ham, har ikki yuzi ham latifdir. Hatto eng kichik va xasis bir hayvonnig hayoti ham yuksakdir. Shuning uchun, hayot bilan qudrat orasida zohiriy bir sabab tavassut etmaydi. Hayotga bizzot qudratning mubosharati, izzatga zid emas. Holbuki qiymatsiz ishlarga qudratning zohiran mubosharati koʻrinmasligi uchun zohiriy sabablar oʻrnatilgan. Demak, hayotda xissat yoʻq. Xullas, bundan anglashildiki; hayot, Sone'ning vujudiga eng zohir bir dalildir.
Va shuningdek, eng oddiy bir jismning oʻtkazgan inqilobot va tahavvulotiga diqqat bilan qaralsa, koʻriladiki; olami zarrotdagi zarralar olami anosirga intiqol etganda boshqa suratga kiradi, olami mavolidda boshqa suratga aylanadi, nutfada boshqa vaziyat oladi, soʻngra alaqa boʻladi, soʻngra mudgʻa boʻladi, soʻngra bir inson suratini kiyadi, oʻrtaga chiqadi. Bu qadar inqiloboti ajiba asnosida, zarralar shunday muntazam harakot va muayyan dasturlar ustida jarayon qiladilarki; xuddi bir zarra, masalan olami zarrotda ekan vazifalantirilgan va Abdulmajidning koʻzida yer olib vazifa bajarish uchun yoʻlga chiqarilgan. Bu holni, bu vaziyatni, bu intizomni koʻrgan bir zehn, bila-taraddud hukm qiladiki; u zarralar bir qasd bilan va bir hikmat ostida yuboriladi. Xullas, zarrotning hayotga mazhariyati uchun oʻtkazgan bu qadar ajib va gʻarib vaziyatlari, insonga ikkinchi bir hayotning bu hayotdan yanada oson va yanada sahil ekaniga ham bir qanoat keltiradi. Xullas, hayotning mabda va ma'adi dalil boʻlgani bu haqiqatlardan anglashildi. فَاَحْيَاكُمْ jumlasi ثُمَّ يُم۪يتُكُمْ jumlasiga bir dalil kabidir. Hammasi ham birlikda كَيْفَ dan istifoda etilgan inkorga dalildir.
ثُمَّ يُم۪يتُكُمْ tugunini ochadi. Ha, mavtning ham hayot kabi maxluq ekaniga, mavtning i'dom va adami mahz emasligiga dalolat qiladi. Mavt, faqat ruhning jasad qafasidan chiqishi bilan tabdili makon etishidan iboratdir. Va shuningdek, navi basharda mavjud amorot va ishoroti kasiradan qat'iyat bilan anglashiladiki, inson oʻlgandan soʻng bir narsasi boqiy qoladi; u narsasi ham, faqat ruhdir. Demak, ruhning baqosi, xossa-i zotiyadir. Bu xossa-i zotiyaning bir fardda mavjud boʻlishi, navning tamomida mavjud boʻlishini istilzom etish bilan; mujiba-i juz'iyaning mujiba-i kulliya hukmida boʻlganiga bir misol tashkil qiladi. Shunga binoan, mavt hayot kabi bir moʻ'jiza-i qudratdir. Boʻlmasa hayot shartlari boʻlmaganidan adamning doirasiga kirgan emas.
S- Oʻlim qanday qilib ne'mat boʻladi va qay suratda ne'matlarning qatoriga dohil etilgan?
J- Avvalo: Oʻlim saodati abadiyaga muqaddimadir; bu e'tibor bilan ne'mat sanalishi mumkin. Chunki ne'matning muqaddimasi ham ne'matdir. Haqiqatdan, vojibning muqaddimasi, vojib; haromning muqaddimasi, haromdir.
Soniyan: Oʻlim, muzir hayvonlar bilan toʻla bir hibsdan keng bir sahroga chiqish kabidir. Shunga binoan, ruh jasad qafasidan chiqsa, najot topadi.
Solisan: Oʻlim boʻlmasaydi, kura-i Arz navi basharni isti'ob etolmasdi va navi bashar mudhish parishoniyatlarga ma'ruz qolardi.
Robian: Keksalik sababli shunday darajaga kelganlar borki, takolifi hayotiyaga qodir boʻlolmaydi, doimo oʻlimini istaydilar.
Xullas shuning uchun, oʻlim ne'matdir.
ثُمَّ يُحْي۪يكُمْ tugunining bayonidadir. Ha, bu hayot ikkinchi hayotki; oʻlimdan soʻngra, hashrdan avval sodir boʻladi. Demak, hayoti uxroviya bu ikkinchi hayot bilan boshlanadi. Shunga binoan, bu يُحْي۪يكُمْ dagi xitob yolgʻiz insonlarga oid emas, biljumla koinotga roji'dir. Chunki bu hayoti uxroviya butun koinotning natijasidir. Agar bu hayot boʻlmasa, koinotda haqiqat deyilgan hamma narsa ziddiga inqilob etadi. Masalan: Ne'mat niqmat boʻladi, aql balo boʻladi, shafqat ilon boʻladi.
ثُمَّ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ning tuguni haqidadir. Ha, Janobi Haq olami kavnu fasod deyilgan shu olamda husn, qubh, naf', zarar kabi zidlarni koʻp hikmatlarga binoan aralash bir tarzda yaratgan. Hamda izhori izzat uchun vositalar va sabablarni vaz' etgan. Hashr va qiyomatda koinot tasfiya amaliyotini qilgan vaqt zidlar bir-biridan ayriladi va sabablar bilan vositalar ham oʻrtadan koʻtariladi; oʻrtadagi parda va hijob koʻtarilgandan soʻngra hamma Sone'ini koʻradi va haqiqiy Molikini biladi.
Janobi Haq, qachonki ularning kufrini, istifhom ifoda etgan كَيْفَ bilan rad qildi va xalqni ham taajjubga da'vat qildi va undan soʻngra kelgan toʻrt buyuk inqilobni koʻrsatgan toʻrt jumla bilan burhon keltirib isbot qildi; u inqiloblarning har biri koʻp holatlarni, vaziyatlarni va martabalarni qamragani kabi, oʻzidan soʻngra kelgan inqiloblarni hozirlaydigan bittadan muqaddima boʻldi. Birinchi inqilobga وَكُنْتُمْ اَمْوَاتًا jumlasi bilan ishorat qilingan. Ya'ni, bir insonning jasadini tashkil qilgan zarralarning olami zarrotda oʻtkazgan vaziyatlardan oxirgi vaziyatiga ishorat qiladiki, فَاَحْيَاكُمْ jumlasi bilan ishorat qilingan ikkinchi inqilobga muqaddima boʻladi. Haqoiqi kavniyaning eng ajibi boʻlgan shu ikkinchi inqilob ham koʻp martabalarni, koʻp holatlarni qamraydiki; oxirgi holati, vaziyati ثُمَّ يُم۪يتُكُمْ jumlasi bilan ishorat qilingan uchinchi inqilobga muqaddima boʻladi. Bu inqilob ham juda koʻp barzohiy holatlarni qamragan boʻlib, oxirgi vaziyati ثُمَّ يُحْي۪يكُمْ jumlasi bilan ishorat qilingan toʻrtinchi inqilobda tugaydi. Bu toʻrtinchi inqilob ham, bir qancha qabriy va hashriy vaziyatlarni qamragan boʻlib, eng oxirgi vaziyati ثُمَّ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ jumlasi bilan xitom topadi.
Demak, bir zihayotning jasadi, birinchi inqilobning birinchi vaziyatidan boshlanib doimo tajaddud etadi, yangilanadi; ya'ni bir libosdan, bir qiyofadan chiqadi, yanada goʻzal bir libosga, boshqa qiyofaga kiradi. Va hokazo mana shunday saodati abadiyaga mazhar boʻlgunga qadar davom qiladi. Shunga binoan, bir zihayotning shu mutasalsil vaziyatlariga qaragan bir odam qanday inkorga jasorat qilishi mumkin.
Bu jumla bilan qilingan istifhom u kofirlarning zehnlarini, koʻzlarini; qilgan yomonliklariga, yaramas ishlarga oʻgiradi. Toki, bizzot shaqovatlarini koʻrishsin; balki insofga kelib iqror etarlar.
dagi xitob, Janobi Haqning shiddati gʻazabiga ishoratdir. Chunki gʻaybatdan xitobga qilingan iltifot; yo shiddati hiddatga yoki kasrati muhabbatga ishoratdir. تَكْفُرُونَ ga badal لَا تُؤْمِنُونَ ning zikr qilinmasligi, ularning shiddati inodlariga ishoratdir. Chunki, ular haqqoniyati daloil bilan sobit boʻlgan iymonni tark va butlani burhonlar bilan sobit boʻlgan kufrni qabul qildilar.
وَكُنْتُمْ اَمْوَاتًا : Bu jumladagi و
, vovi holiyadir, ya'ni maba'dining maqobliga hol boʻlganiga dalolat qiladi. Demak كُنْتُمْ اَمْوَاتًا، تَكْفُرُونَ ning foiliga holdir. Holning zavilholning omili bilan barobar boʻlishi shartdir. Holbuki bu yerda toʻrtta jumla bor. Bulardan ikkitasi moziy, ikkitasi mustaqbal boʻlganidan, zavilholning omili boʻlgan تَكْفُرُونَ bilan zamon jihatidan muqorin emas. Shunga binoan, و ning holiyati bir muqaddarga ishoratdir.
Taqdiri kalom:
Bu e'tibor bilan تَكْفُرُونَ ning foiliga تَعْلَمُونَ jumlasi hol boʻladi. Boshqa jumlalar اِنْ ga kesim boʻladilar.
S- Ular birinchi oʻlim bilan bir hayotni bilsalar ham, Allohdan ekanini bilmaydilar, inkor qiladilar. Ikkinchi hayot bilan Allohga ruju'ni zotan inkor qiladilar?
J- Jahlni izola etadigan dalillar zohir ekan, u vajh bilan jahl deyilmasligi, balogʻatning qoidalaridan biridir. Bunga binoan, birinchi mavt bilan birinchi hayotning atvor va ahvoliga qilingan diqqat, Sone'ni iqror va tasdiq qilishga ijbor etadi va ayni zamonda avvalgi hayot va mamotning Allohdan ekanini bilish, ikkinchi bir hayotning boʻlishiga ham zehnni iqno' va ijbor etadi. Haqiqat bu ekan, johil deb oʻylaganing u kofirlar olimlar qatoriga dohildirlar.
كُنْتُمْ dagi xitobdan, ularning olami zarrotda ham bir navi vujud va taayyunlari boʻlgani tushuniladi. Boʻlmasa u zarrot tasodif bilan uchragan muayyan jismlarni tashkil qilolmaydi.
اَمْوَاتًا ta'biri لَمْ يَكُنْ شَيْئًا مَذْكُورًا ning maoliga imodir.
فَاَحْيَاكُمْ : Bu ف ta'qib va ittisolni ifoda qiladi. Ya'ni, maqobli bilan maba'dining orasida masofa boʻlmaydi. Holbuki, bu yerda mavt bilan hayot orasida uzun bir masofa bor. Ha, faqat bu ف Sone'ni isbot qilgan dalillarning mansha'iga ishorat boʻlib; u zarrotning hech bir vosita va sabablar boʻlmasdan jamodiyatdan hayvoniyatga daf'atan intiqol etishi, zehnni Sone'ni iqror etishga majbur qiladi. Va shunindek, u zarrot mavot holida ekan, vaziyatlari sobit boʻlmaganidan, sha'nlari va iqtizolari, oraliqsiz ta'qibdir.
S- اَحْيَاكُمْ ning oʻrniga nima uchun صِرْتُمْ اَحْيَٓاءً deyilmagan?
J- اَحْيَاكُمْ hayotning Janobi Haq tarafidan i'to etilganiga sarohatan dalolat qiladi. صِرْتُمْ اَحْيَٓاءً da u dalolat yoʻq. Yolgʻiz "Hayot sohibi boʻldingiz" ma'nosiga dalolat qiladi.
ثُمَّ يُم۪يتُكُمْ : Buning oʻrniga تَمُوتُونَ zikr qilinmasligi; mavtning qadarning taqdiri bilan qudratning buyuk bir tasarrufi ekaniga ishoratdir. Ha, umri tabiiysini tugatib soʻngra oʻlganlar juda oz. Qismi a'zami umri tabiiysi asnosida oʻladilar. Demak, mavt tabiiy bir natija emas; balki jasadning inhiloli bilan tarqalishidan iboratdir, boʻlmasa ruhning fanosi bilan emas. Mavt bilan jasad tarqaladi, ruh boqiy qoladi.
ثُمَّ يُحْي۪يكُمْ : Maqobli bilan maba'di orasida bu'di masofani ifoda qilgan ثُمَّ imota bilan ikkinchi ihyo orasida ulkan olami barzohning oraliq ekaniga ishoratdir.
ثُمَّ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ : Bu ثُمَّ esa ikkinchi ihyo bilan ruju' orasida mavjud katta bir parda va hijobning borligiga ishoratdir.
تُرْجَعُونَ Ya'ni: Sabablar pardasining kashfi bilan, vositalarning tardi bilan Allohga ruju' etasiz.
S- Allohga ruju' etish, Allohdan kelishni iqtizo etadi. Shuning uchun, bir qism insonlar Alloh bilan inson orasida ittisolni tavahhum etganlar va ba'zi soʻfiylar ham shubhaga tushganlar?
J- Dunyoda insonning vujud va baqosi boʻlgani kabi, oxiratda ham vujud va baqosi bor.
Dunyodagi vujud, vositasiz dasti qudratdan chiqadi. Dunyoda tarkib, tahlil, tasarruf, tahavvul bilan aralash baqo masalasi sobiqan zikr qilingan hikmat sababli sabablar, vositalar, illatlar masalaga mudohala etib oraga kiradilar. Oxiratda esa vujud va baqo, har ikkisi ham lavozimoti bilan, tarkiboti bilan bizzot dasti qudratdan chiqadilar va hamma haqiqiy Molikini biladi. Xullas, buni anglagan, ruju'ning nimaligini anglaydi.
Avvalgi oyatda kufr bilan kufron daloili anfusiya bilan inkor qilingan. Bu oyatda daloili ofoqiyaga ishorat qilingan. Va shuningdek, avvalgi oyatda vujud va hayot ne'matlariga ishorat qilingan, bu oyatda baqo ne'matiga ishorat qilingan. Va shuningdek, avvalgi oyatda, Sone'ning vujudiga dalil boʻlish bilan hashrga bir muqaddima boʻlganiga ishorat qilingan; bu oyatda esa, oxiratning tahqiqi bilan shubhalarning izolasiga ishorat qilingan. Ha, xuddiki ular: "Insonga bu qadar qiymat va ahamiyat berilishi qayerdan va nimaga binoan? Va Allohning nazdida mavqei qandayki, u uchun qiyomatni qoʻporadi?" deydilar. Ularga javoban Qur'oni Karim bu oyatning ishorati bilan deydiki: "Insonning juda yuksak bir qiymati boʻlmasaydi, samovot va arz uning istifodasiga mute' va musahhar boʻlmasdi. Va shuningdek, inson ahamiyatsiz boʻlsaydi, maxluqot u uchun yaratilmasdi. Agar inson ahamiyatsiz va qiymatsiz boʻlsaydi, u vaqt inson maxluqot uchun yaratilardi. Va shuningdek, insonning Xoliqi yonida mavqei juda katta boʻlgani uchun; olami dunyoni oʻzi uchun emas, bashar uchun; basharni ham ibodati uchun yaratgan.
Inson mumtoz va mustasnodir; hayvonlar kabi emas. Shuning uchun inson وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ javhariga bir sadaf boʻlgandir.
Ey birodar! Birinchi jumlada جَم۪يعًا , ikkinchi jumlada ثُمَّ , uchinchi jumlada سَبْعَ kalimalari uchun bir tahqiqot lozim. U tahqiqotni olti nuqtada izoh qilamiz:
Quyida bayon qilingani kabi, hayotning shunday bir xosiyati borki, hayot juzni kull, juz'iyni kulliy, fardni nav, muqayyadni mutlaq, bir shaxsni bir olam kabi qiladi. Shunga binoan, birgina inson, "Dunyo mening uyimdir. Dunyodagi anvo' mening qavmimdir va mening qabilamdir va butun ashyo bilan muorafam va munosabatim bor." deya oladi.
Bilasanki; olamda sobit bir nizom bor, mustahkam bir irtibot bor va doimiy dasturlar, asosli qonunlar bor. Bu e'tibor bilan olam bir soat yoki muntazam bir uskuna kabidir. Har bir charxning, har bir buramaning, har bir mixning; uskunaning nizom va intizomida bir hissasi va uskunaning natija va foydalarida bir ta'siri boʻlgani kabi, ahli hayot uchun va ayniqsa bashar uchun ham bir foydasi bor.
Quyida eshitadiganing kabi, istifodada muzohamat va munoqasha yoʻq. Qandayki Zayd deya oladiki: "Shams mening chiqogʻimdir, dunyo mening uyimdir." Umar ham shunday deya oladi va oralarida munoqasha ham boʻlmaydi. Ha, Zayd, masalan, dunyoda yagona faraz qilinsa, istifodasi qanday boʻlsa, butun insonlar ichida ekan istifodasi yana shunday, na koʻp boʻladi, na kam. Faqat gʻoraynga oid boʻlgan qism mustasnodir. Zero yeyiladigan, ichiladigan va boshqa narsalarida munoqasha boʻladi.
Olam uchun birgina yuz, bir jihat emas, juda koʻp umumiy va muxtalif vajhlar bor. Va foydalarni ta'min qilgan, kasrat bilan umumiy va mutadohil, ya'ni bir-biri ichida jihatlar bor. Va istifoda yoʻllarining ham anvo'an turli-tuman tariqlari bor. Masalan, sening goʻzal bir bogʻing bor. U bogʻ bir jihatdan sening istifodangga taxsis etilgani kabi, boshqa bir jihatdan ham xalqni foydalantiradi. Masalan, u bogʻning husniga, goʻzalligiga qaragan odam bir zavq oladi, bir inshiroh paydo qiladi; bunda bir mone yoʻq. Shuning kabi, insonning besh zohiriy, besh botiniy oʻn dona xossasi va tuygʻusi bor. Inson bu tuygʻulari bilan va shuningdek jismi bilan, ruhi bilan, qalbi bilan dunyoning har bir juzidan istifoda qila oladi; mone yoʻq.
Bu oyat bilan boshqa ba'zi oyatlardan anglashiladiki; bu katta dunyo inson uchun yaratilgan. Va yaratilishida insonning istifodasi illa-i gʻoya oʻlaroq nazarga olingan. Holbuki Arzdan juda katta boʻlgan Zuhalning, masalan bashariy foydalaridan, yolgʻiz ziynati va zaif bir ziyosidir. Bu juz'iy foyda uchun qay suratda bashar unga illa-i gʻoya boʻladi?
Bir foydani ta'qib etgan odam butun fikrini, xayolini u foydaga hasr etadi va undan ma'ada bir narsaga qaramaydi va hamma narsaga oʻz hisobiga qaraydi, hech kimni nazarga olmaydi, hatto oʻzini illa-i gʻoya deb oʻylaydi. Shunga binoan, bu kabi odamga qarshi maqomi imtinonda aytilgan u kabi kalomlarda mubolagʻa yoʻq. Ha, minglab hikmatlar uchun yaratilgan Zuhalning har bir hikmatida minglab jihatlar va har bir jihatida minglab istifoda qilganlar boʻlgani holda, "Xilqatida u odamning istifodasi, illa-i gʻoyadan bir juz oʻlaroq oʻylangan" deyishga qanday mone bor? Chunki illa-i gʻoya doimo oddiy bir narsadan iborat emas.
Imom Alining
amr qilgani kabi, inson kichik bir jism boʻlsa ham, katta olamni ichiga oladigan darajada kattadir. Shunday ekan, juz'iy istifodasi kulliy boʻladi, Shunday ekan, abasiyat yoʻq.
ثُمَّ haqidadir.
Ey birodar! Bu oyat Arzning samodan avval yaratilganiga dalolat qiladi va
oyati ham samovotning Arzdan avval yaratilganligiga dalildir. Va
oyati esa ikkisining bir moddadan barobar yaratilgan va soʻngra bir-biridan ajratilganligini koʻrsatadi. Shariatning naqliyotiga nazaran, Janobi Haq bir javharani, bir moddani yaratgan. Soʻngra u moddaga tajalliy etish bilan bir qismini buhor, bir qismini ham mayi' qilgan; soʻngra mayi' qismi ham, tajalliysi bilan takosuf etib zabadga (koʻpik) aylangan; soʻngra Arz yoki yetti kura-i arziyani u koʻpikdan yaratgan. Bu e'tibor bilan har bir arz uchun havo-i nasimiydan bir samo hosil boʻlgan. Soʻngra u modda-i buhoriyani bast etish bilan yetti qavat samovotni tasviya etib yulduzlarni ichiga zar' etgan va u yulduzlar tuxumini mushtamil boʻlgan samovot in'iqod etgan, vujudga kelgan.
Hikmati jadidaning nazariyoti esa shu markazdadirki: Biz koʻrayotgan manzuma-i shamsiya bilan ta'bir qilingan quyosh bilan unga bogʻliq yulduzlar jamoati, oddiy bir javhara ekan; soʻngra bir navi buhorga inqilob etgan; soʻngra u buhordan mayi'i noriy hosil boʻlgan; soʻngra u mayi'i noriy burudat bilan tasallub etgan, ya'ni qattiqlashgan; soʻngra shiddati harakati bilan ba'zi katta parchalarni uloqtirgan. U parchalar takosuf etib sayyorot boʻlishgan; shu Arz ham ulardan biridir. Bu izohotga tavfiqan, shu ikki maslak orasida mutobaqat hosil boʻlishi mumkin. Shundayki:
"Ikkisi ham bir-biri bilan birlashgan edi, soʻngra ajratdik" ma'nosida boʻlgan
ning ifodasiga nazaran, manzuma-i shamsiya bilan Arz, dasti qudratning modda-i efiriyadan qorilgan bir xamir shaklida ekan. Modda-i efiriya mavjudotga nazaran oqar bir suv kabi mavjudotning oralariga nufuz etgan bir moddadir.
oyati shu modda-i efiriyaga ishoratdirki, Janobi Haqning Arshi suv hukmida boʻlgan shu efir moddasi ustida ekan. Efir moddasi yaratilgandan soʻngra, Sone'ning ilk ijodlarining tajalliysiga markaz boʻlgan. Ya'ni, efirni yaratgandan soʻngra, javohiri fardga aylantirgan. Soʻngra bir qismini kasif qilgan va bu kasif qismidan maskun tarzida yetti kura yaratgan. Arz bulardandir. Xullas, Arzning -hammasidan avval takosuf va tasallub etish bilan tez qobiq hosil qilib, uzun zamonlardan beri mansha'i hayot boʻlishi e'tibori bilan- xilqati tashakkuli samovotdan avvaldir. Faqat Arzning bast etilishi bilan navi basharning ta'ayyushiga munosib bir vaziyatga kelgani, samovotning tasviya va tanzimidan soʻngra boʻlish jihati bilan, xilqati samovotdan soʻngra boshlasa ham bidoyatda, mabdada ikkisi barobar ekanlar. Shunga binoan, u uch oyatning oralarida boʻlgan zohiriy muxolafat bu uch jihat bilan mutobaqatga inqilob qiladi.
Ey birodar! Qur'oni Karim tarix, joʻgʻrofiya muallimi emas. Faqat olamning nizom va intizomidan bahs bilan, Sone'ning ma'rifat va azamatini jumhuri nosga dars bergan murshid bir kitobdir. Shunga binoan, bunda ikki maqom bor:
Ne'matlarni, ehsonlarni, marhamatlarni koʻrsatish bilan daloili zohiriyani bayon qilishdan iboratdir. Bu e'tibor bilan Arz samovotdan avvaldir.
Azamat, izzat, qudrat dalillarini koʻrsatadigan bir maqomdir. Bu jihat bilan samovot Arzdan avvaldir.
ثُمَّ maba'dining maqoblidan bir zamon soʻngra vujudga kelganiga dalolat qiladiki, bunga "taraxiy" deyiladi. Demak, bu yerda Arz bilan samovot orasida bir uzoqlik bor. Bu uzoqlik Arzning samovotdan avval yaratilganiga koʻra zotiydir. Aks holda rutabiy va tafakkuriydir. Ya'ni, samovotning xilqati birinchi boʻlsa ham, tafakkur jihatidan rutbasi ikkinchidir; Arzning xilqati ikkinchi boʻlsa ham, tafakkuri birinchidir. Ya'ni, avvalo Arzning tafakkuri, soʻngra samovotning tafakkuri lozim. Bunga koʻra ثُمَّ bilan اِسْتَوٰى orasida اِعْلَمُٓوا وَ تَفَكَّرُوا muqaddardir. Taqdiri kalom:
ila oxirdir.
سَبْعَ kalimasi haqida.
Ey birodar! Samovotning toʻqqiz tabaqadan iborat boʻlgani, eski hikmatning xurofotlaridan biridir. Ularning u xurofotvoriy fikrlari afkori ommani istilo qilgandi. Hatto ba'zi mufassirlar ba'zi oyatlarning zohirini ularning mazhablariga mayl ettirishgan. Hikmati jadida esa, fazo deyilgan shu boʻshliqda yolgʻiz yulduzlarning muallaq bir vaziyatda turganlarini aytadi. Bularning mazhabidan samovotning inkori chiqadi. Va bu ikki hikmatning bittasi ifrotga borgan boʻlsa ham boshqasi tafritda qolgan. Shariat esa, Janobi Haqning yetti tabaqadan iborat samovotni yaratganiga hokimdir va yulduzlarning ham baliq kabi u samolar dengizlarida suzayotganlarini aytadi. Hadis esa, samoning مَوْجٌ مَكْفُوفٌ dan iborat boʻlganini amr qiladi. Shu haq boʻlgan mazhabning olti muqaddima bilan tahqiqotini qilamiz.
Shu keng boʻshliqning efir bilan toʻla boʻlgani fannan va hikmatan sobitdir.
Ajromi ulviyaning qonunlarini rabt etgan va ziyo va haroratning amsolini nashr va naql etgan fazoni toʻldirgan bir modda mavjud.
Modda-i efiriyaning yana efir boʻlib qolish sharti bilan, boshqa moddalar kabi muxtalif tashakkuloti va boshqa-boshqa navlari bor. Buhor bilan suv va muzning tashakkulotlari kabi.
Ajromi ulviyaga diqqat qilinsa, tabaqalari orasida muxolafat koʻrinadi. Ha, yangi tashakkul va in'iqodni boshlagan milliardlab yulduzlardan iborat Kahkashon deb nomlangan tabaqa-i efiriya sobit yulduzlarning tabaqasiga muxolifdir. Bu ham manzuma-i shamsiyaning tabaqasiga va hokazo yetti tabaqaga qadar bir-biriga muxolif tabaqalar bor.
Tadqiqotlar natijasida sobit boʻlganki: Bir moddada tashkil, tanzim, tasviyalar sodir boʻlsa, bir-biriga muxolif tabaqalar hosil boʻladi. Bir ma'dandan kul, koʻmir, olmos paydo boʻladi; otashdan olov, tutun hosil boʻladi. Muvallidul ma bilan muvallidul humuzaning imtizojidan suv, muz, buhor tavallud etadi.
Shu mutaaddid alomatlardan tushunildiki; samovot mutaaddiddir, shariat sohibi ham yettidir degan, Shunday ekan yettidir. Shu bilan barobar, yetti, yetmish, yetti yuz sonlari Arab uslublarida kasrat uchun ishlatiladi.
Birodar! Juda keng boʻlgan Qur'oni Karimning xitoblariga, ma'nolariga, ishoratlariga diqqat qilish bilan bir omidan to bir valiyga qadar butun tabaqoti nosga va umum afkori ommaga boʻlgan muro'atlari, erkalashlari favquloda hayratga, taajjubga mujibdir. Masalan: سَبْعَ سَمٰوَاتٍ kalimasidan ba'zi insonlar havo-i nasimiyaning tabaqalarini fahm etgan. Boshqa ba'zilar esa Arzimiz bilan doʻstlari boʻlgan hayotdor kuralarni ihota etgan nasimiy kuralarni fahm etgan. Bir qism sayyoroti sab'ani fahm etgan. Bir qismi manzuma-i shamsiya ichida efirning yetti tabaqasini fahm etgan. Bir qism shu bilganimiz manzuma-i shamsiya bilan barobar olti dona yana manzuma-i shamsiyani fahm etgan. Bir qism efirning tashakkuloti yetti tabaqaga inqisom etganini fahm etgan.
Har bir qism insonlar, iste'dodlariga koʻra fayzi Qur'ondan hissalarini olganlar. Ha, Qur'oni Karim butun shu mafhumlarni qamragan deya olamiz.
هُوَ الَّذ۪ى خَلَقَ لَكُمْ مَا فِى الْاَرْضِ جَم۪يعًا : Bu jumlaning besh vajh bilan maqobli bilan irtiboti bor:
Avvalgi oyat vujud va hayot ne'matlariga ishoratdir. Bu oyat baqo va baqoning sabablar va lavozimotiga ishoratdir.
Qur'oni Karim qachonki avvalgi oyat bilan bashar uchun martabalarning eng yuksagi boʻlgan ruju'ni isbot qildi, sami'ning zehniga shunday bir savol keldi: Shu zalil insonlarning bu yuksak martabaga layoqatlari qayerdan kelgan? Qur'oni Karim bu jumla bilan u savolni shunday tarzda javoblantirgan: Butun dunyo dasti itoat va tasxiriga berilgan insonning, albatta Xoliqining yonida buyuk bir mavqei bor.
Avvalgi oyat bashar uchun hashr va qiyomatning vujudiga ishorat qilishi, sami' nazarida goʻyo "Basharning qanday qiymati borki, uning saodati uchun qiyomat qoʻpadi?" deya vorid boʻlgan savol bu oyat bilan: "Arz butun mushtamiloti bilan istifodasi uchun yaratilgan va butun anvo' itoat va amriga berilgan inson, natija-i xilqatdir. Albatta va albatta uning saodati uchun qiyomat qoʻpajak." deya javob bergan.
Avvalgi oyat, qiyomatda sabablar va vositalarning yoʻqolishi, insonning marji'i yolgʻiz Janobi Haqqa munxasir qolishiga ishorat qilgan. Bu oyat esa, dunyoda ham insonning marji'i haqiqiysi Janobi Haqqa munxasir boʻlganini aytyapti. Zero sabablar va vositalarning orqasida qudratning shuasi koʻrinadi; ta'sir uniki, sabablar esa pardadir.
Avvalgi oyat saodati abadiyaga ishoratdir. Bu oyat ham, saodati abadiyaning insonga berilishini iqtizo etgan va sabab boʻlgan Janobi Haqdan sabqot etgan fazl va in'omga ishorat boʻlib; oʻziga Arzning mushtamiloti ehson qilingan insonning albatta saodati abadiyaga layoqati bor.
ثُمَّ اسْتَوٰٓى اِلَى السَّمَٓاءِ : Buning maqobli bilan jihati irtiboti toʻrtta:
Arz va samo tav'am, ya'ni ekizak boʻlib, bir-biridan ayrilmaydi; zikrda, fikrda doimo barobar kezadi. Bu jumladan avvalgi jumlada Arz zikr qilingani kabi, bu jumlada ham samo zikr qilingan.
Basharning Arzdan istifodasini ikmol va itmom etgan, faqat samovotning tanzimidir.
Avvalgi oyat ehson va fazl dalillariga ishorat qilgan. Bu oyat ham qudrat va azamatga ishorat qiladi.
Bu jumla, basharning istifodasi yolgʻiz Arzga munxasir boʻlmaganiga, samo ham uning istifodasiga tasxir etilganiga ishoratdir.
فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ : Bu jumlaning maqobli bilan irtiboti uch xildir:
1- كُنْ bilan فَيَكُونُ orasidagi irtibot kabidir. Qandayki ma'murning husuli كُنْ amriga bogʻliq; samovotning tasviyasi ham اِسْتَوٰى ga bogʻliqdir.
2- Qudratning taalluqi bilan irodaning taalluqi orasidagi irtibot kabidir. Yani "istivo" irodaning taalluqiga, "tasviya" ham qudratning taalluqiga oʻxshash bir irtibotdir.
3- Natija bilan muqaddima orasida boʻlgan irtibot kabidir. Chunki samovotning tasviyasi, muqaddimasi boʻlgan "istivo"ga tarattub etadi.
وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ : Bu jumla maqobli bilan ikki vajh bilan marbutdir:
Bu jumladagi ilmi kulliy, samovotning tanzim va tasviyasiga dalil boʻlgani kabi, tanzim va tasviyaning vujudi ham ilmi kulliyning vujudiga dalildir.
Avvalgi jumla qudrati komilaga, bu jumla esa kulliy va shumulli ilmga dalolat qiladi.
Bu jumla maqobli bilan bogʻliq emas. Faqat musta'nifa boʻlib besh savol bilan javoblariga ishoratdirki, bundan oldin bayon qilinganidan, takroriga luzum yoʻq.
هُوَ الَّذ۪ى dagi هُوَ ega, اَلَّذ۪ى silasi bilan barobar kesimdir. Bu jumlada ega bilan kesimning ta'riflari tavhidga ishorat boʻlgani kabi, hasrga ham dalolat qiladi. Ya'ni, mushtamiloti Arziyaning yaratilishi Janobi Haqqa munxasir boʻlgani kabi, Xoliqi ham yolgʻiz Janobi Haqdir. Bu hasr, ثُمَّ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ jumlasida اِلَيْهِ ning taqdimi bilan hosil boʻlgan hasrga dalildir. Ya'ni, mushtamiloti Arziyaning yaratilishi Janobi Haqqa munxasir boʻlgani uchun, qiyomatda marji'iyat ham Janobi Haqqa munxasirdir. اَلَّذ۪ى silasi bilan barobar kesimdir. Kesimning asli va mustahaqqi, nakra boʻlishdir. Bu yerda ma'rifa boʻlib kelishi, hukmning zohir va ma'lum boʻlganiga ishoratdir. Ya'ni: "Janobi Haqning mushtamiloti Arziyaning Xoliqi boʻlgani ma'lum va zohirdir."
Manfaat uchun ishlatilgan لَكُمْ dagi ل ashyoning xilqatan muboh, halol, manfaatli tarzda yaratilib, ba'zi nuqsonlar sababli harom boʻlganlariga ishoratdir. Masalan, boshqalarning moli, ismati shar'iya uchun harom boʻlgan. Insonning goʻshti, hurmat va ikrom uchun; zahar zarar uchun; oʻlimtik goʻshti, najosat boʻlgani uchun harom boʻlgan. Va shuningdek, har bir narsada bir foyda, bir manfaat borligiga ramzdir. Va shuningdek, bashar uchun hamma narsada bir manfaati borligiga ramzdir. Ha, qaysi narsa boʻlsa boʻlsin, basharga bir jihatdan bir istifodani ta'min qiladi, hatto ibrat olish uchun boʻlsin. Va shuningdek, Arzning qornida istiqbol insonlarini kutyotgan juda koʻp rahmatning xazina va dafinalarining borligiga ramzdir.
لَكُمْ jar va majrurining مَا فِى الْاَرْضِ ustida taqdimi, basharga oid istifodalarning har gʻoyadan avval va avlo boʻlganiga ishoratdir.
Umumni ifoda qilgan مَا hamma narsada manfaatlarni qidirishga insonlarni targʻib va tashviq uchundir.
فِى الْاَرْضِ dagi ف۪ى ning عَلٰى ga tarjihi, eng koʻp manfaatlarning Arzning qornida boʻlganiga va Arzning qornidagi ashyoning taharriysiga insonlarni tashji' etganiga ishoratdir. Va shuningdek, Arzning ichidagi ma'dan va moddalarning istifoda-i bashar uchun yaratilishi, Arzning ichida hanuz kashf qilinmagan anosir va moddalardan -takolifi hayotning zahmatlaridan mustaqbal insonlarini qutqaradigan- ba'zi gʻidoiy va boshqa moddalarning vujudi mumkin ekaniga dalolat qiladi.
جَم۪يعًا : Arzdagi ba'zi ashyoning abas va foydasiz ekaniga oid avhomni daf qilish uchundir.
ثُمَّ اسْتَوٰى dagi ثُمَّ Arzning xilqati bilan samovotning tasviyasi orasidagi Janobi Haqning af'ol va shuunotining silsilasiga ishoratdir. Va shuningdek, basharga manfaat xususida, samovotning tasviyasi Arzning xilqatidan rutba jihatidan uzoq boʻlganiga dalolat qiladi. Ijoz va ixtisor uchun اَرَادَ اَنْ يُسَوّ۪ى oʻrnida اِسْتَوٰى deyilgan.
اِسْتَوٰى kalimasining iste'moli bu yerda majozdir. Ya'ni, moʻljalga olishini hasr etib chalgʻimasdan, samovotning tasviyasini iroda etgan.
اِلَى السَّمَٓاءِ : Bu samodan maqsad, samovotning moddasi boʻlgan buhordir.
فَسَوّٰيهُنَّ dagi ف tafri'ni ifoda qilganiga nazaran, tasviyaning istivoga bogʻlanishi; فَيَكُونُ ning كُنْ amriga yoki qudratning taalluqi irodaning taalluqiga yoki qazoning qadarga boʻlgan tarattublariga oʻxshaydi va tarkibni ifoda qilganiga koʻra, muqaddar ba'zi fe'llarga imodir.
Taqdiri kalom:
dan iboratdir. Ya'ni: "Navlarga ayirdi, tanzim etdi, oralarida lozim kelgan amrlarni, tadbirlarni qildi; soʻngra yetti tabaqaga tasviya etdi."
سَوّٰى : Ya'ni "Muntazam, mustavi; anvo'ni, ajzolarni mutasaviy qilib yaratdi."
هُنَّ : Bu olmoshning jam'i, samovot boʻladigan moddaning navlarga munqasim ekaniga ishoratdir.
سَبْعَ ta'biri, samovot tabaqalarining kasratiga ishoratdir va bu tabaqalarning tashakkuloti Arziyaning advori sab'asi bilan sifoti sab'aga munosabatdor boʻlganiga imodir.
سَمٰوَاتٍ : Bu samolarning bir qismi, sayyorot baliqlariga dengizdir; bir qismi ham sobit yulduzlarga ekinzordir; bir qismi ham samo gullari hukmida boʻlgan "daroriy" yulduzlarga bogʻ va boʻstondir.
وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ : Bu و atf uchundir. Holbuki bu yerda atfning tarafayni orasida munosabat yoʻq. Shunday ekan, bu munosabatni topish uchun taqdirga ehtiyoj bor. Shundayki:
"Shunday ekan, bu katta ajromning Xoliqi udir."
"Shunday ekan, u ajromdagi san'atni tanzim, tahkim etgan udir."
Ilsoqni ifoda etgan بِكُلِّ kalimasidagi ب ilmning ma'lumdan infikok va infisolining mumkin boʻlmaganiga ishoratdir.
كُلِّ ta'mimni ifoda qilgan bir adatdir. Bu yerda ifoda qilgan ta'mimdan hech bir narsaning, hech bir fardning taxsisi va doira-i shumulidan ixroji yoʻqdir. Bu e'tibor bilan
boʻlgan qoida-i kulliyani taxsis qiladi. Chunki oʻzi bu qoidaning shumulidan xorij qolgandir.
شَىْءٍ : Bu kalima; vojib, mumkin, mumtani'ni qamragan.
عَل۪يمٌ : Ya'ni, zotiy bilan ilm orasida zaruriy, luzumiy bir subut bor.
Ya'ni: Oʻyla, Robbing maloikaga xitob etgan zamon: "Men yerda bir xalifani yarataman!" dedi. Maloika ham: "Yerda fasod qiladigan, qon toʻkadigan kimsalarni yaratasanmi! Holbuki, biz hamding bilan seni tasbeh va taqdis etamiz." dedilar. Robbing ham: "Siz bilmaganni men bilaman!" deya ularga javob berdi.
Birodar! Maloikaning vujudini tasdiq va qabul qilish iymonning ruknlaridan biridir. Bir nechta maqomda bu ruknni isbot va izoh qilamiz.
Arzning ajromi ulviyaga nisbatan juda kichik va sufliy boʻlgani holda, jonli maxluqot bilan toʻla boʻlganini koʻrib, olamning ham nizom va intizomiga diqqat qilgan inson, ajromi ulviyaning ham u yuksak burjlarida hayotli sokinlari boʻlganiga qat'iy bir shaklda hukm qiladi.
Ha, u burjlarda maloikaning vujudini qabul qilmagan odamning masali shunday bir odamning masaliga oʻxshaydi: U odam katta bir shaharga borarkan, shaharning bir burchagida juda kichik bir binoga duch keladi. Qaraydiki, insonlar bilan toʻla. Va hovlisiga qarasa, jonli maxluqot bilan toʻla. Va gʻidolariga qarasa; nabotot, baliq va boshqalar kabi hayot shartlari joyida. Soʻngra qaraydiki; juda uzoqda millionlab binolar, koʻshklar bor. Oralarida, uzun-uzun maydonlar, tanazzuhgohlar mavjud. Faqat u kichik binodagi insonlarning hayot shartlari u katta binolarda boʻlmaganidan; u yuksak, muzayyan saroylarni sokinlardan boʻsh, xoli deb oʻylaydi.
Maloikaning vujudini tasdiq qilgan odamning masali esa shunday bir shaxsning masali kabidir: U odam u kichik xonaning insonlar bilan toʻla boʻlganini koʻrar-koʻrmas, bila-taraddud u yuksak qasrlarning ham hayot yeri va ularda ham ularga munosib sokinlar boʻlganiga hukm qiladi. Va u yuksak qasrlarga maxsus va munosib hayot shartlari bor. Faqat ularning sokinlari juda uzoq boʻlganlaridan koʻrinmasliklari, yoʻq boʻlganlariga dalolat qilmaydi.
Shunga binoan, Arzning zavil hayot bilan toʻla boʻlishidan qat'iyat bilan anglashiladiki; bu keng boʻshliqda turgan samolarda, yulduzlarda, burjlarda va koʻp qismlarga munqasim va mushtamil samovotda, shariat maloika bilan tasmiya etgan zihayotlar mavjud.
Bundan avval isbot va izoh qilingani kabi; hayot, mavjudotning kashshofidir, balki mavjudotning natijasidir. Shunga binoan, bu keng fazoning sokinlardan va shu yuksak samovotning shodiyonalardan boʻsh boʻlishining imkoni bormi? Ha, butun uqola-i aql va naql, ma'naviy bir ijmo' va ittifoq bilan maloikaning ma'no va haqiqatlariga hukm qilganlar; faqat ta'birlari turli-tuman. Masalan: Mashaiyyun, anvo'i mavjudotni idora qilgan ruhoniy mohiyati mujarrada bilan; Ishrokiyyun esa, uqul va arbob-ul anvo' bilan; dinlar ham malak-ul jibal, malak-ul bihar, malak-ul amtar kabi ta'birlar bilan ta'bir qilganlar. Hatto aqllari koʻr koʻzida boʻlgan moddiyun toifasi ham, maloikaning ma'nosini inkor qilishga majol topolmaganlaridan, fitratning nomuslariga nufuz etgan quvayi sariya bilan ta'bir qilganlar.
S- Koinotning irtibotini, hayotini ta'min uchun, xilqatda jarayon etgan nomuslar, qonunlar kifoya emasmi?
J- Sen aytgan u sariy qonunlar, nomuslar; e'tiboriy va vahmiy amrlardir. Muayyan vujudlari, mushahhas huviyatlari faqat ularni tamsil etgan va ularning ma'kasi boʻlgan va ularning egarlarini qoʻlga olgan maloika bilan sobit boʻladi.
Va shuningdek, tashakkuli arvohga munosabati boʻlmagan shu jomid olami shahodatga vujudning munxasir boʻlmaganiga, aql va naql muttafiqan hukm qilgan. Shunga binoan, arvohga munosib va muvofiq koʻp olamlarni mushtamil boʻlgan olami gʻayb maloika bilan toʻla va olami shahodatning hayotiga mazhardir.
Maloikaning ma'no-i haqiqati bu izoh qilingan amrlardan taboruz etdi. Shunga binoan, maloikaning suratlari, ashkallari orasida, uquli salima qabul qilgan vajh bilan, shariat izoh va bayon qilgan shakldirki: Malaklar mukarram abddirlar, amrlarga muxolafatlari yoʻqdir va muxtalif qismlarga munqasim va latif va nuroniy jismlardir.
Birodar! Maloika masalasi shunday masalalardandirki; bir juzning subuti bilan kull sobit boʻladi; bir fardning vujudi bilan nav tahaqquq etadi. Zero inkor qilgan kullini inkor qiladi. Shunga binoan, zamoni Odamdan hozirga qadar butun din odamlari har asrda ijmo' va ittifoq bilan maloikaning vujudiga va oralarida muhovaraning subutiga va mushohadalarining tahaqquqiga va ulardan qilingan rivoyatlarning naqliga hukm qilganlari holda maloikaning hech birining insonlarga koʻrinmagani yoki vujudlari his qilinmagani albatta maholdir. Shuning kabi, basharning aqoidiga qoʻshilib hech bir zamonda, hech bir inqilobda e'tirozlarga ma'ruz qolmasdan davom qilgan maloika e'tiqodining bir haqiqatga, bir aslga tayanmasligi va mabadi-i zaruriyadan tavallud etmasligi maholdir. Har holda basharning bu umumiy e'tiqodi, mabadi-i zaruriyadan nash'at etgan va mushahadot voqealaridan hosil boʻlgan va muxtalif alomatlardan tavallud etgan hadsiy bir hukmning natijasidir. Ha, bu e'tiqodi umumiyning sababi; qat'iy bir suratda ma'naviy bir tavotur quvvatini bergan, juda koʻp marta sodir boʻlgan maloikaning mushohadalaridan hosil boʻlgan zaruriy va qat'iy dalil va alomatlardir. Chunki maloika masalasi, basharning ma'lumoti yakuniyasidandir. Agar bunda shubha boʻlsa, basharning yaqiyniyatida amniyat qolmaydi.
Ruhoniylardan bir fardning bir zamonda vujudi tahaqquq etsa, bu navning vujudi tahaqquq etadi. Navning vujudi tahaqquq etsa, har holda shariat bayon qilgani kabi boʻladi.
Bu oyatlar basharga berilgan buyuk ne'matlarni ta'dad etadi. Birinchi oyat bilan eng buyuk ne'matga ishorat qilinganki; bashar xilqatning natijasidir va Arzning mushtamiloti unga tasxir etilgan, istagani kabi tasarruf qiladi. Bu oyat bilan ham, basharning Arzga hokim va xalifa qilinganiga ishorat qilingan.
.........
Avvalgi oyat bilan, jonli maxluqotning maskanlari boʻlgan Arz va samovotga ishorat qilingan. Bu oyat bilan ham, u maskanlarning sokinlari boʻlgan bashar va maloikaga ishorat qilingan. Va shuningdek, u oyat xilqatning silsilasiga; bu oyat esa zavil arvohning silsilasiga ishorat qilgan.
Avvalgi oyatda xilqatdan maqsad bashar boʻlgani va Xoliqning yonida basharning bir mavqe sohibi boʻlgani tasrih etilganida sami'ning zehniga keldiki: "Bu qadar fasod, shurur va yomonlikni qilgan basharga bu qadar qiymat nimaga berildi? Janobi Haqqa ibodat va taqdis uchun shu fasodchi basharning vujudiga hikmatning iqtizosi va rizosi bormi?" Sami'ning bu vasvasasini daf qilish uchun shunday bir ishoratda boʻldiki: Basharning u shurur va fasodlari, unda vadi'a qoldirilgan sirga muqobala etolmaydi, kechiriladi. Va Janobi Haq uning ibodatiga muhtoj emas. Faqat Allam-ul Gʻuyubning ilmidagi bir hikmat uchundir.
وَاِذْ : Bu kalima وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ jumlasiga atfdir. Holbuki oralarida munosabat boʻlmagani kabi اِذْ boshqa bir اِذْ ni iqtizo etadi. Shunga binoan, bunday bir taqdirga luzum bor:
Bu taqdirda, ikkinchi اِذْ birinchisiga atf boʻladi va har ikki jumla orasida ham munosabat boʻladi.
اِنّ۪ى جَاعِلٌ فِى الْاَرْضِ خَل۪يفَةً : Janobi Haq mushovara yoʻlini oʻrgatish bilan basharning xilofatidagi hikmatning sirrini maloikaga istifsor ettirib bu jumlani aytdi. Sami'ning zehni uch nuqtani nazarga olib harakatga oʻtdi:
1- Maloika nima dedilar?
2- Taajjub bilan hikmatni soʻradilar.
3- Jinlarga xalifa boʻlish bilan barobar, basharda ham quvva-i gʻazabiya va shahaviya taratilgandir. Bular jinlardan yanada koʻproq fasod qiladi.
Xullas, Qur'oni Karim
jumlasi bilan u uch nuqtaga ishorat qilgan. Maloikaning savoli taajjub va istifsorlari tugagandan soʻngra, sami' Janobi Haqdan beriladigan javobni kutarkan Qur'oni Karim
jumlasi bilan javob bergan. Ya'ni, "Ashyo va ahkom sizning ma'lumotingizga munxasir emas. Adami ilmingiz ularning vujudga kelmasliklariga sabab boʻlolmaydi. Mening basharning xilqati haqida bir hikmatim bor; u hikmatning xotiri uchun fasodlarini nazarga olmayman." deya farmon etgan.
Atfni ifoda qilgan bu و munosabati atfiyaning iqtizosiga binoan وَاِذْ قَالَ رَبُّكَ الخ jumlasiga ma'tuf-un alayh boʻlib اِذْ خَلَقَ مَا خَلَقَ مُنْتَظَمًا jumlasining taqdiriga ishoratdir.
Va shuningdek اِذْ zamoni moziyni ifoda qilgan jihati bilan, xuddi zehnlarni oʻtgan zamonlarning silsilasiga etadi yoki u silsilani bu zamonga keltiradi, ihzor etadiki; zehnlar u zamonlarda sodir boʻlgan hodisalarni koʻrsinlar.
رَبُّكَ : Bu ta'bir maloikaga qarshi bir hujjat va bir dalildir. Ya'ni, Alloh seni tarbiya qilgan, haddi kamolga erishtirgan va seni basharga murshid qilganki, fasodlarini izola qilasan. Demak, navi basharning eng buyuk hasanasi sensanki, ularning mafsadatlarini berkityapsan.
لِلْمَلٰٓئِكَةِ : Janobi Haqning mushovara shaklida maloika bilan qilgan muhovarasi, maloikaning bashar bilan ortiqcha bir irtibot va aloqa va munosabatlari borligiga ishoratdir. Chunki maloikaning bir qismi insonlarni hifz etadi, bir qismi kitobat ishlarini qiladi. Demak, insonlar bilan aloqalari ziyoda boʻlganidan, insonlarning ahvoliga ahamiyat beradilar.
اِنّ۪ى : Maloikaning اَتَجْعَلُ bilan qilgan istifhomlaridan anglashilgan taraddudlarini rad qilish bilan, masalaning azamat va ahamiyatiga ishoratdir.
اِنّ۪ى : Bu yerda ى mutakallimi vahda bilan وَاِذْ قُلْنَا da mutakallimi ma'algʻayr olmoshining zikrlaridan shunday bir ishorat chiqadiki: Janobi Haqning yaratish va ijod fe'lida vositaning boʻlmaganiga, kalom va xitobida vositalarning boʻlganiga ishoratdir. Bu nuktaga dalolat qilgan boshqa oyatlar ham bor.
Azjumla:
oyati karimasida azamatga dalolat qilgan نَا zamiri jam'i, vahiyda vositaning boʻlganiga ishorat boʻlgani kabi; بِمَٓا اَرٰيكَ اللّٰهُ da mufrad hukmida boʻlgan Lafza-i Jalol, ma'nolarni ilhom qilishda vositaning boʻlmaganiga ishoratdir.
جَاعِلٌ kalimasining خَالِقٌ kalimasiga tarjihan zikri: Maloikaning madori shubha va mujibi istifsorlari, yaratish va ijod fe'li emas. Zero vujud xayri mahz, yaratish Allohning fe'li, Allohning fe'li layus'aldir. Faqat maloikani shubhaga da'vat qilgan va istifsorlariga mujib boʻlgan ja'ldir. Ya'ni, Janobi Haqning basharni Arzning ta'miriga taxsis etishidir.
فِى الْاَرْضِ dagi ف۪ى ning عَلٰى ga tarjihi: Basharning yer ustida boʻlgani, عَلٰى kalimasining ma'nosiga muvofiq va munosib ekan tarjihan ف۪ى ning zikr qilinishi; basharning bir ruh kabi Arzning jasadiga nafx va nufuz etganiga va basharning oʻlib inqiroz etish bilan Arzning yiqilishiga ishoratdir.
خَل۪يفَةً : Bu ta'bir, Arzning insonlarning hayotiga mos keladigan sharoitga sohib boʻlmasdan avval Arzda idrokli bir maxluqning boʻlganiga va u maxluqning hayotiga u zamondagi Arzning avvalgi vaziyatlari muvofiq va uygʻun boʻlganiga ishoratdur. خَل۪يفَةٌ ta'birining bu ma'noga dalolati, muqtazo-i hikmatdir. Ammo mashhur boʻlgan ma'noga nazaran, u idrokli maxluq jinlardan bir nav ekan; qilgan fasodlari sababli insonlar bilan mubodala etilishgan.
قَالُٓوا اَتَجْعَلُ ف۪يهَا مَنْ يُفْسِدُ ف۪يهَا وَيَسْفِكُ الدِّمَٓاءَ : Bu jumla musta'nifadir. Bu istinofdan tushuniladiki; Janobi Haqning maloika bilan boʻlgan xitobi sami'ni shunday bir savolga majbur qilganki: "Ajabo, maloikalar qoʻshnichiliklariga keladigan insonlarni qanday qarshilaydilar? Ham ular bilan barobar boʻlishga va qoʻshni boʻlishga rizolari bormi? Ham fikrlari nima?" Qur'oni Karim قَالُٓوا اَتَجْعَلُ jumlasi bilan u savolga javob bergan.
S- قَالُٓوا اَتَجْعَلُ الخ jumlasi اِذْ قَالَ jumlasiga jazo boʻlganiga nazaran, oralarida luzum lozimdir. Holbuki luzum koʻrinmayapti?
J- Maloika Arzning muakkallari boʻlish jihatlari bilan, Arz ularning idorasida boʻladi. Bu e'tibor bilan insonlarning Arzga xalifa qilinishi haqida maloikaning fikrlarini izhor qilish luzumi bor.
قَالَ - قَالُوا ta'birlari, muqovala va muhovara shaklida mushovara uslubini insonlarga oʻrgatish uchun.
Boʻlmasa Janobi Haq mushovaradan munazzahdir.
Maloikaning اَتَجْعَلُ bilan qilgan istifhomlaridan maqsad, ja'lga e'tiroz, ja'lni inkor qilish emas.
Chunki Janobi Haqning fe'llariga e'tiroz qilishga ismatlari monedir. Faqat ja'lning sababi maxfiy boʻlganidan, taajjub bilan sabab va hikmatini soʻraganlar. Ja'l ta'biridan tushunilyaptiki; insonning ahvoli, vaziyatlari na tabiatning iqtizosidir va na fitratning ijobidir, faqat bir ja'ilning ja'li bilandir.
S- ف۪يهَا : Masofa juda qisqa boʻlgani holda, ikkinchi ف۪يهَا ning zikriga qanday ehtiyoj bor?
J- Birinchi ف۪يهَا bilan, basharning bir ruh kabi Arzga nufuz etishi bilan Arzni ihyo etishiga; ikkinchi ف۪يهَا esa, basharning fasodi ham Azroil kabi Arzning qalbiga qadar panjasini suqib Arzni imotasiga ishoratdir.
Demak, bashar bir tarafdan Arzning shifosi uchun bir dori ekan, boshqa tarafdan oʻlimini intoj etgan bir zahardir.
مَنْ : Bashardan kinoyadir. Kinoyaning tasrihga sababi tarjihi: Maloikaning maqsadi, basharning shaxsiyati boʻlmasdan, faqat oʻzlariga saqil, ogʻir kelgan bir maxluqning Allohga isyon etishiga ishoratdir.
يُفْسِدُ : Fasodning "isyon"ga badal zikri, isyonlarining nizomi olamning fasodiga sabab boʻlishiga ishoratdir. Davom bilan tajaddudni ifoda qilgan muzoriy siygʻasi bilan fasodning zikr qilinishi, maloikaning asl istamagan va inkor qilgan, faqat isyonlarining davom va istimror bilan sodir boʻlishiga oid ekaniga ishoratdir. Maloika basharning isyonlarining davom va istimrorini, yo Janobi Haqning i'lami bilan bilganlar yoki Lavhi Mahfuzga qarab undan olganlar va yoxud insonlardagi quvva-i gʻazabiya va shahaviyadan anglaganlar.
ف۪يهَا : Quvva-i shahaviya bilan Arzda fasod hosil boʻladi, quvva-i gʻazabiyaning tajovuzi bilan qatl va qitalga mahal boʻladi. Holbuki Arz, taqvo ustida ta'sis etilgan bir masjid hukmidadir.
و esa fasod bilan safk kabi ikki razilani bir-biriga atf va jam etadi. Chunki fasod safki dima'ga sababdir.
يَسْفِكُونَ ning يَقْتُلُونَ ga tarjihan zikridan tushuniladiki; safk, zulman qilingan qatldir. Bu esa fasodga koʻproq munosibdir. Chunki qatl ifoda qilgan ma'no, qatlning muboh qismini ham qamragan. Jihodda yoki bir jamoatni qutqarish uchun qilingan qatllar kabiki; bu qatl fasodga munosib boʻlmaydi.
اَلدِّمَٓاءَ : Safk kalimasi dalolat qilgan iroqa-i damdagi damni ta'kiddir.
وَنَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَنُقَدِّسُ لَكَ : Basharning ja'lidagi hikmatni soʻragan maloikaga, xuddi shunday bir e'tiroz vorid boʻlgan: "Basharning Allohga qiladigan ibodat va taqdisi, uning ja'liga sababi kofiy boʻlmaydimiki, ja'lining hikmatini soʻrayapsiz?" Xullas, "vovi holiya" bilan zikr qilingan وَنَحْنُ نُسَبِّحُ الخ jumlasi, goʻyo u e'tirozni daf qilishga ishoratdir.
نَحْنُ : Ma'asiydan ma'sum maloikaning jamoatlaridan kinoyadir. Jumlaning jumla-i ismiya shaklida zikr qilinishi; tasbehning maloikaga bir xislat boʻlganiga va maloikaning tasbehotga mulozim va mudavim boʻlganlariga ishoratdir.
نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ : Bizlar, butun ibodatlarning senga maxsus boʻlganini koinotga e'lon va Janobi Uluhiyatingga loyiq boʻlmagan narsalardan munazzah ekaniga iymon va butun avsofi azamat va jalol bilan muttasifligiga e'tiqod qilamiz.
وَنُقَدِّسُ لَكَ : Bu ل yo siladir, bir ma'noni ifoda etmaydi yoki ta'lil va sababiyat uchundir. Birinchi ehtimolga koʻra, نُقَدِّسُكَ taqdirida boʻladi. Ya'ni "Seni taqdis va tathir etamiz" deganidir. Ikkinchi ehtimolga nazaran, نُقَدِّسُ لِاَجْلِكَ taqdirida boʻladi. Ya'ni, biz nafslarimizni, fe'llarimizni gunohlardan tozalash bilan barobar, qalblarimizni mosivodan oʻgiramiz deganidir.
Bu و esa, ikki razilani jam' va bir-biriga atf etgan يَسْفِكُ dagi و ning aksiga va xilof ravishda, biri taqdis, boshqasi tasbeh ikki fazilatni jam' va bir-biriga atf etadi.
قَالَ اِنّ۪ٓى اَعْلَمُ مَا لَا تَعْلَمُونَ : Bu jumla maloikaning istifsoridan soʻngra, ajabo Janobi Haq istifsorlariga qanday javob berdi va taajjublarini nima bilan izola etdi va basharning ularga tarjihidagi hikmat nima deya sami'ning qalbiga kelgan savolga ijmoliy bir javobdir, tafsili soʻngra keladi.
اِنّ۪ٓى اَعْلَمُ dagi اِنَّ tahqiqni ifoda qilish bilan taraddud va shubhani daf qilish uchundir. Bu esa, musallam boʻlmagan nazariy hukmlarda boʻladi. Holbuki bu yerda Alloh xalqning bilmaganlarini bilishi musallam va badihiy bir hukmdir; xosho maloikaning bu hukmda taraddudlari yoʻqdir. Shunga binoan bu yerdagi اِنَّ Qur'oni Karimning ijoz uchun ixtisoran ijmol etgan bir nechta jumlaga ishoratdir:
1- Bashardagi foydalar va basharning xayri kasirga nisbatan mafsadatlari, sharri qolildir. Sharri qolil uchun xayri kasirni tark etish, hikmatga muxolifdir.
2- Basharning xilofatga boʻlgan sirri layoqati maloika tomonidan majhul, Xoliq tomonidan ma'lumdir.
3- Basharning ularga tarjih haqqini bergan hikmat, maloika tomonidan majhuldir.
4- اِنَّ ifoda qilgan tahqiq, ba'zan sarih hukmga emas, jumlaning bir qaydidan istifoda etilgan zimniy bir hukmga roji' boʻladi. Bu yerda اِنَّ ning tahqiqi لَا تَعْلَمُونَ qaydidan istifoda etilgan hukmi zimniyga roji'dir. Ya'ni, "Sizlar muhaqqaq bilmaysiz va shuningdek Allohning ilmi lozim, basharning vujudi malzumdir." Bu jumlada ilmi Ilohiyning vujudiga dalolat qilgan اَعْلَمُ dan basharning vujudga kelishi taboruz etadi. Chunki اَعْلَمُ ning dalolatiga koʻra, ilmi Ilohiy taalluq va tahaqquq etgan. Shunday ekan, basharning vujudi har holda boʻladi.
Maloikaga berilgan u ijmoliy javobning tahqiqi haqida
oyatidan shunday bir izohot olinishi mumkinki: Janobi Haqning af'oli hikmatlardan, foydalardan xoli emas. Shunday ekan, mavjudot xalqning ma'lumotida munxasir emas. Shunday ekan, maloikaning adami ilmlari, basharning adami vujudiga dalil boʻlolmaydi. Va shuningdek, Janobi Haq xayri mahz oʻlaroq maloikani yaratgan, sharri mahz oʻlaroq ham shaytonni yaratgan, xayr va shardan mahrum oʻlaroq bahaim va hayvonotni yaratgan. Hikmatning iqtizosiga koʻra, xayr va sharga qodir va jome' oʻlaroq toʻrtinchi qismni tashkil etgan basharning yaratilishi ham lozimki; basharning shahaviya va gʻazabiya quvvatlari quvva-i aqliyasiga munqad va magʻlub boʻlsa, bashar mujohadasi sababli maloikaga tafavvuq etadi. Aks holda, hayvonotdan yanada past boʻladi, chunki uzri yoʻq.
Janobi Haq butun ashyoning ismlarini Odamga (A.S.) oʻrgatdi. Soʻngra u ashyoni maloikaga koʻrsatib dediki: "Agar da'vongizda sodiq boʻlsangiz, bularning ismlarini menga aytingiz." Maloika dedilarki: "Seni har naqoisdan tanzih va butun sifoti kamoliya bilan muttasif boʻlganingni e'tirof qilamiz. Sen bizga oʻrgatgan ilmdan boshqa bir ilmimiz yoʻqdir, hamma narsani biluvchi va har kimga layoqatiga koʻra ilm va irfon ehson etuvchi Sensan." Janobi Haq dediki: "Ey Odam! Bularning ismlarini ularga ayt." Qachonki Odam ismlarini ularga aytdi. Janobi Haq dediki: "Sizga aytmadimmi, samovot va Arzning gʻaybini bilaman va sizning Odam haqida lison bilan izhor qilganingiz va qalban yashirganingizni bilaman."
Bu ta'limi asmo masalasi yo Hazrat Odam Alayhissalomning maloikaning inkorlariga qarshi moʻ'jizasi boʻlib, maloikani inkordan iqrorga ijbor etgan; yoxud maloikaning, xilofatiga e'tiroz etganlari navi basharning xilofatga layoqatini maloikaga qabul ettirish uchun izhor etgan bir moʻ'jizasidir.
Ey birodar! Hamma narsaning Kitobi Mubinda mavjud boʻlganini tasrih etgan
oyati karimasining hukmiga koʻra: Qur'oni Karim zohiran va botinan, nassan va dalolatan, ramzan va ishoratan har zamonda vujudga kelgan yoki keladigan hamma narsani ifoda qiladi. Bunga binoan, xoh anbiyoning qissa va hikoyalari, xoh moʻ'jizalari haqida Qur'oni Karimning ishorotidan fahm etganimga koʻra,
{(Hoshiya) Agar muallifning Tanzilning nazmidan chiqargan latoifda shubhang boʻlsa, deymanki: Ibn-ul Farid kitobidan tafa'ul etarkan shu bayt chiqdi:
Habib}
moʻ'jizoti anbiyodan ikki gʻoya va hikmat ta'qib etilgan:
Nubuvvatlarini xalqqa tasdiq va qabul ettirish.
Taraqqiyoti moddiya uchun lozim boʻlgan oʻrnaklarni navi basharga koʻrsatib, u moʻ'jizalarning oʻxshashlarini vujudga keltirish uchun navi basharni tashviq va tashji' etishdir. Xuddi Quroni Karim anbiyoning qissa va hikoyalari bilan taraqqiyotning asoslariga, tamallariga barmoq bilan ishorat qilib: "Ey bashar! Shu koʻrgan moʻ'jizalaring bir qator oʻrnak va namunalardir. Talohuqi afkoringiz bilan, say-harakatlaringiz bilan shu oʻrnaklarning oʻxshashini qilasiz", deya ixtor etgan. Ha, moziy istiqbolning oynasidir; istiqbolda vujudga keladigan ijodlar moziyda qurilgan asos va poydevorlar ustida bino qilinadi. Ha, shu taraqqiyoti hozira tamomiyla dinlardan olingan ishoratlardan, vajizalardan hosil boʻlgan ilhomlar ustida vujudga kelgan. Ha:
1- Ilk soat va safina, moʻ'jiza qoʻli bilan basharga berilgan.
2- Koinot ixtivo etgan butun navlarning ismlarini, sifatlarini, xossalarini bayonida nazarda tutilgan; basharning talohuqi afkori bilan vujudga kelgan minglarcha funun soyasida
oyati bilan ishorat qilingan Hazrat Odamning moʻ'jizasiga mazhar boʻlgan.
3- Butun san'atlarning madori boʻlgan temirning yumshatilib ishlatilishi soyasida ijod etilgan bu qadar taraqqiyot bilan navi inson,
oyati bilan ishorat qilingan Hazrat Dovudning moʻ'jizasiga mazhardir.
4- Yana talohuqi afkor bilan tayyora kabi ijod qilingan taraqqiyoti havoiya soyasida navi bashar
oyati bilan tezligi bayon qilingan Hazrat Sulaymonning moʻ'jizasiga yaqinlashyapti.
5- Unumsiz va qumli yerlardan suvlarni chiqargan parmalash jihozi,
oyati bilan ishorat qilingan Hazrat Musoning (A.S.) hassasidan dars olgandir.
6- Tajribalar soyasida va talohuqi afkor bilan hosil boʻlgan taraqqiyoti tibbiya, Hazrat Isoning (A.S.) moʻ'jizasining ilhomotidandir. Haqiqatdan, shu moʻ'jizalar bilan bu taraqqiyot orasida juda katta munosabat va muvofaqat bor. Ha, diqqat qilgan odam, bila-taraddud u moʻ'jizalar bu taraqqiyotga bittadan miqyos va namunalardir deya hukm qiladi.
Va shuningdek,
oyati karimasining dalolatiga koʻra, Hazrat Ibrohim otashga otilgan vaqt, otashning harorati burudatga inqilob etishi; bashar kashf qilgan yoquvchi boʻlmagan martaba-i noriyaga oʻrnak va ma'hazdir.
7- لَوْلَٓا اَنْ رَاٰ بُرْهَانَ رَبِّه۪ oyati karimasining -bir qovlga koʻra- ishorat qilgani kabi, Hazrat Yusufning (A.S.) Kan'onda boʻlgan otasining timsolini koʻrar-koʻrmas Zulayhodan orqaga chekinishi; va karvonlari Misrdan qaytganida Hazrat Ya'qubning
ya'ni, "Men Yusufning hidini sezyapman" deyishi; va bir ifritning Hazrat Sulaymonga "Koʻzingni ochib yummasdan avval Bilqisning taxtini keltiraman" deyishiga ishorat etgan
oyati karimasi; juda uzoq masofalardan jalbi savt, surat va boshqalar kabi bashar kashf qilgan yoki qiladigan ijodotga namuna va ma'hazdirlar.
8- Hazrat Sulaymonga qush tilini oʻrgatdik ma'nosida
boʻlgan oyati karima; basharning kashfiyotidan radio, toʻtiqush, kabutar kabi jihozlar va hayvonlarning gapirishlariga va muhim ishlarda ishlatilishiga ma'hazdir.
Bu oyatning nazmida ham oʻxshashi kabi uch vajh bordir:
Avvalgi oyat bilan irtibotidir. Shundayki:
1- Insonning xilqati haqida maloikaning e'tirozlariga, avvalgi oyatda umumiy, fahmi oson, iqno' etuvchi bir javob berilgan. Bu oyat bilan, avom va havasni iqno' etgan tafsilotli bir javob berilgan.
2- Avvalgi oyatda basharning xilofat masalasi tasrih etilgan; bu oyatda esa, navi basharning maloikaga qarshi koʻrsatgan moʻ'jizasi bilan, da'vo-i xilofati isbot etilgan.
3- Avvalgi oyatda basharning maloikaga tarajjuh etishiga ishorat qilingan; bu oyatda tarajjuhining illatiga ishorat qilingan.
4- Basharning Arzda xilofati kubroga mazhar boʻlishiga avvalgi oyat bilan dalolat qilingan; bu yerda esa, butun tajalliyotga mazhar bir nusxa-i jome'a oʻlaroq koʻrsatilgan. Bu ham boshqa-boshqa iste'dodlarga molik va ilm va istifodalarining yoʻllari koʻp boʻlganidandir. Ha, bashar zohir va botin havas va tuygʻulari bilan, ayniqsa chuqurligiga nihoyat boʻlmagan vijdoni bilan koinotni ihota etgan bir qobiliyatdadir.
Jumlalarning bir-biri bilan irtibotlaridir. Shundayki:
jumlasi
jumlasining mazmunini tahqiq va ijmolini tafsil va ibhomini tafsirdir. Va shuningdek, Janobi Haqning Arzida basharning xalifa boʻlishi, Allohning hukmlarini ijro va qonunlarini tatbiq etishi uchundir. Bu esa tom bir ilmga mutavaqqifdir. Va shuningdek, birinchi oyatda kalomning savqiyoti iqtizosiga koʻra shunday bir taqdir boʻladi: Odamni yaratdi, tasviya etdi, jasadiga nafhi ruh etdi, tarbiyaladi, soʻngra asmoni ta'lim etdi va xilofatga nomzod qildi. Soʻngra qachonki Odamni maloikaga tarjih etish bilan rujhon masalasida va xilofat istihqoqida ilmi asmo bilan mumtoz qildi; maqomning iqtizosiga koʻra, ashyoni maloikaga topshirib, ulardan muorazani talab qildi; soʻngra maloika ajzlarini his qilish bilan Janobi Haqning hikmatini e'tirof etdilar. Qur'oni Karim bunga ishoratan
degandan soʻngra, قَالُوا oldinroq iblisning anoniyat va kibriga ishonib qilgan istifsorlaridan pushaymon boʻlib
dedilar. Soʻngra qachonki iste'dodlarining adami jome'iyati sababli maloikaning ajzi zohir boʻldi; maqomning iqtizosiga koʻra Odam iqtidorining bayoni ijob etdiki, muoraza tamom boʻlsin. Shuning ichun
xitobi bilan Odamga farmon etdi. Soʻngra qachonki masala tabayyun etdi va hikmatning sirri zohir boʻldi; oʻtgan javobi ijmoliyning bu tafsilotga natija qilinishi maqomning iqtizosidan boʻlganiga binoan
ya'ni "Siz yashirayotgan narsani bilaman."
Shu muqovala va mukolamadan anglashilyaptiki; iblisning anoniyati, kibri maloikaga siroyat etgan va qilgan istifsorlariga bir toifaning e'tirozi ham qoʻshilgan.
Jumlalarning hay'at va nuktalari:
Ya'ni: Janobi Haq Odamni (A.S.) butun kamolotning maba'dini tazammun etgan oliy bir fitrat bilan tasvir etgan va butun ma'aliyning tuxumlariga ekinzor boʻlib yuksak bir iste'dod bilan yaratgan va mavjudotni ihota etgan ulviy bir vijdon va ihotali oʻn tuygʻu bilan tajhiz etgan; va bu uch maziyat soyasida, butun haqoiqi ashyoni oʻrgatishga tayyorlagan, soʻngra butun asmoni oʻziga oʻrgatgan. Demak, bu jumlaning avvalidagi و shu muqaddar boʻlgan uch jumlaga ishoratdir.
عَلَّمَ : Bu kalimaning ixtiyor etilishi, ilmning uluvvi qadriga va qadrining yuksak darajasiga va xilofatga markaz boʻlganiga ishoratdir. Va shuningdek, asmoning tavqifiga, ya'ni Shari' tarafidan bildirilganiga ramzdir. Zotan asmo bilan musammayot orasida ta'qib qilingan munosaboti vaz'iya buni tayid etadi. Va shuningdek, moʻ'jizaning vositasiz Allohning fe'li ekaniga imodir. Faqat faysaluflarga koʻra horiqolar, arvohi horiqoning fe'lidir.
اٰدَمَ : Xilofati iroda qilingan va Odam ismi bilan tasmiya etilgan Kura-i Arzning sohibi shaxsi ma'huddir. Ismining tasrihi, tashrif va tashhiri uchundir.
الْاَسْمَٓاءَ : Ism va sifat va xosiyat kabi ashyoni bir-biridan ayirib tamyiz va ta'yin etgan alomat va nishonlardir; yoxud insonlar orasida munqasim boʻlgan lugʻatlardir.
عَرَضَهُمْ : Topshirilgan ashyo boʻlgani holda olmoshning asmoga ruju'idan; ismning ayni musammo boʻlganini aytgan Ahli Sunnatning mazhabiga ishoratdir.
كُلَّهَا : Odamning maloikadan jihati imtiyozi va maloikaning muorazadan sabab va madori ajzi, asmoning hay'ati majmuasi ekaniga ishoratdir. Boʻlmasa asmoning bir qismini, balki qismi a'zamini malaklar ham biladilar.
ثُمَّ : Taroxiy va bu'di masofani ifoda qilish jihati bilan, shunday bir taqdirga ishoratdir:
Ya'ni: Odam sizdan koʻproq karim va xilofatga koʻproq mustahaq va loyiqdir.
عَرَضَهُمْ : Mushtariylarga koʻrsatish uchun gazlama toʻplarining ochilib koʻrsatilgani kabi, ashyoning anvo'i ham bast etilib anzori maloikaga koʻrsatilgan. Bu ta'birdan shunday bir ishorat chiqadiki:
Mavjudot mudrik va olimning molidir. Ilm bilan oladi, ism bilan axz etadi, suratlarining tamassuli bilan sohib boʻladi.
هُمْ muzakkar va aqllar jamoatidan kinoyadir. Bu yerda muzakkarning muannasga va aqlning gʻayri aqlga tagʻlib va tashmili bilan, majozan anvo'i ashyoga irjo' etilgan. Bu e'tibor bilan هُمْ kalimasida bir majoz, ikki tagʻlib bor. Bu majoz bilan u tagʻliblarni ijbor etgan sabablar عَرَضَ kalimasi ishorat qilgan uslubdir. Chunki maloikaga anvo'i ashyoning arz qilinishi, ma'naviy bir namoyish manzarasini eslatadi. Ma'lumki, namoyishlarni qilgan, muzakkar va aqlli insonlardir. Shuning uchun, bu yerda ikki tagʻlibga va natijada bir majozga majburiyat hosil boʻlgan.
عَلٰى : Arz etilganning lavhi a'loda naqsh qilingan suratlar ekaniga ishoratdir.
(Hoshiya) Intihobim boʻlmasdan, ixtiyorsiz bir tarzda, goʻyo umum Soʻzlarning va Maktublarning oxirlarida shu oyat
menga ayttirilgan. Hozir angladimki; tafsirim ham shu oyat bilan xitom topadi. Demak, inshaalloh butun Soʻzlar haqiqiy bir tafsir va shu oyatning bahridan bittadan ariqdir. Eng nihoyat yana u dengizga borib quyiladilar. Shu tafsirning xitomida, goʻyo har Soʻz ma'nan shu oyatdan boshlaydi. Demak, u zamondan beri yigirma yilki, hali shu oyatni tafsir qilyapman; tugata olmadimki, tafsirning ikkinchi jildini yozsam.
Allohning avnu inoyati bilan umidimdan, iqtidorimdan ustun shu tarjimani yaxshi-yomon qildim; nuqsonlari koʻpdir, muallif tomonidan islohlari lozim. Zotan uning himmati bilan bu qadarini zoʻrgʻa qila oldim. Boʻlmasa nazmi Qur'ondagi ijozli boʻlgan i'jozni qisqa va vajiz oʻlaroq bayon etgan bu tafsirni soʻniq, koʻr bir fikr bilan tarjima qilish, Aldulmajidning ishi emas. Yana uning farti shafqatidan himmati yetishdi, ikmoliga muvaffaq boʻldim.