Ajnabiy faylasuflarining Qur'onni tasdiqlariga doir shahodatlari
Muxtalif davrlarda bashariyatni idora qilish uchun tarafi lahutiydan kelgani da'vo qilingan butun munzal samoviy kitoblarni toʻliq va atroflicha tadqiq qilgan boʻlsam ham, tahrif qilinganlari uchun, hech birida qidirganim hikmat va tom isobatni koʻrolmadim. Bu qonunlar nafaqat bir jamiyat, balki bir uy odamlarining saodatini ta'min qiladigan mohiyatdan juda uzoqdir. Lekin Muhammadiylarning Qur'oni bu qayddan ozodadir. Men Qur'onni har jihatdan tadqiq qildim, har kalimasida buyuk hikmatlar koʻrdim. Muhammadiylarning dushmanlari, bu kitob Muhammadning (S.A.V.) zoda-i tab'i boʻlganini da'vo qilsalar ham, eng mukammal, hatto eng mutakomil bir aqldan bunday horiqoning zuhurini da'vo qilish, haqiqatlarga koʻz yumib kin va gʻarazga vosita boʻlish ma'nosini ifoda qiladiki; bu ham ilm va hikmat bilan qobili ta'lif emas. Yana shuni da'vo qilamanki; Muhammad (S.A.V.) mumtoz bir quvvatdir. Dastgohi qudratning bunday ikkinchi bir vujudni imkon maydoniga keltirishi ehtimoldan uzoqdir.
Senga hamasr bir vujud boʻlolmaganim sababli mutaassirman ey Muhammad (S.A.V.)! Muallimi va noshiri boʻlganing bu kitob seniki emas; u lahutiydir. Bu kitobning lahutiy boʻlganini inkor qilish, uydirma ilmlarning butlanini ilgari surish qadar kulgilidir. Shuning uchun, bashariyat sen kabi mumtoz bir qudratni bir marta koʻrgan, bundan soʻngra koʻrmaydi. Men huzuri mahobatingda kamoli hurmat bilan ta'zim qilaman.
Vizantiya Nasroniylarini, ichiga tushgan botil e'tiqodlarining berk koʻchasidan faqat Arabistonning Hiro Togʻida yuksalgan ovoz qutqara olgan. Ilohiy kalimani eng ulviy maqomga yuksaltirgan ovoz, bu ovoz edi. Faqat Rumlar bu ovozni eshitolmagandilar. Bu ovoz insonlarga eng toza va eng toʻgʻri dinni ta'lim berardi. U yuksak dinki, u haqida Gundo Firey Hasin kabi muhaqqiq bir fozil shu soz'larni juda haqli oʻlaroq aytadi: "Bu dinda muqaddas suvlar, shoyoni tabarruk ashyo, asnam va azizlar, yoxud a'moli solihadan mujarrad iymonni mufid tanigan aqidalar, yoxud sakaroti mavt asnosida nadomatning bir foyda berishini ifoda qilgan soʻzlar, yoxud boshqalar tarafidan qilinadigan duo va niyozlarning gunohkorlarni qutqarishiga doir ifodalari yoʻq. Chunki bu kabi aqidalar ularni qabul qilganlarni tubanlashtirdi."
Doktor Moris, Loʻparle Franses Roman nomli gazetada Qur'onning Fransuzcha mutarjimlaridan Salmon Ruhonning tanqidotiga bergan javobida deydiki:
Qur'on nedir? Har tanqiddan ustun bir fasohat va balogʻat moʻ'jizasidir. Qur'onning, uch yuz ellik million Musulmonning koʻksini haqli bir gʻurur bilan toʻldirgan maziyati, uning har ma'noni husni ifoda etishi e'tibori bilan, munzal kitoblarning eng mukammali va azaliy ekanidir. Yoʻq, yanada oldin boramiz: Qur'on, qudrati azaliyaning, inoyat bilan insonga baxsh etgan kutubi samoviyaning eng goʻzalidir. Bashariyatning farovonligi nuqtai nazaridan Qur'onning bayonoti, Yunon falsafasining ifodotidan ziyoda ulviydir. Qur'on, arz va samoning Xoliqiga hamdu shukron bilan toʻladir. Qur'onning har kalimasi, hamma narsani yaratgan va hamma narsani oʻz qobiliyatiga koʻra yoʻnaltirgan va irshod qilgan Zoti Kibriyoning azamatida mundamijdir. Adabiyot bilan aloqador boʻlganlar uchun Qur'on, bir kitobi adabdir. Lison mutaxassislari uchun Qur'on, bir alfaz xazinasidir. Shoirlar uchun Qur'on, bir ohang manbaidir. Bundan boshqa bu kitob; ahkom va fiqh sohasida bir muhiti maorifdir. Dovudning (A.S.) zamonidan Jon Talmus davriga qadar yuborilgan kitoblarning hech biri Qur'oni Karimning oyatlari bilan muvaffaqiyatli bir shaklda raqobat qilolmagan. Shu sababli, Musulmonlarning yuksak sinflari, hayotning haqiqatini qamrash nuqtai nazaridan naqadar tanavvur etsalar, shu daraja Qur'on bilan aloqador boʻladilar va unga shu qadar ta'zim va hurmat koʻrsatadilar.
Musulmonlarning Qur'onga hurmatlari doimo tazoyud etyapti. Islom muharrirlari, Qur'on oyatlarini iqtibos bilan yozuvlarini bezaydilar va u yozuvlar u oyatlardan mulham boʻladilar. Musulmonlar, tahsil va tarbiya e'tibori bilan yuksalgan sari, fikrlarini u nisbatda Qur'onga istinod ettiradilar. Musulmonlar kitoblariga oshiqdirlar va uni qalblarining butun samimiyati bilan muqaddas deb biladilar. Holbuki kutubi Ilohiyaga noil boʻlgan boshqa millatlar na kitoblariga ahamiyat beradilar va na ularni hurmat qiladilar. Musulmonlarning Qur'onga hurmatlarining sababi; bu kitob poydor boʻlgan sari, boshqa bir diniy rahbarga arzi ehtiyoj qilmasliklarini anglashlaridir.
Darhaqiqat, Qur'onning fasohat, balogʻat va nazohat e'tibori bilan mumtoziyati, Musulmonlarni boshqa balogʻat qidirishdan vorasta qilyapti. Adabiy daholarning va yuksak shoirlarning Qur'on huzurida ta'zimlari bir haqiqatdir. Qur'onning har kun yanada koʻproq tajalliy etayotgan goʻzalliklari, har kun yanada koʻproq anglashilgan, faqat tugamagan asrori, she'r va nasrda ustoz boʻlgan musulmonlarni, uslubining nazohat va ulviyati huzurida tiz choʻkishga majbur qilyapti. Musulmonlar, Qur'onni to roʻzi hashrga qadar poydor qoladigan bebaho xazina deb biladilar va u bilan juda haqli tarzda iftixor etadilar. Musulmonlar Qur'onni eng fasih soʻzlar bilan, eng raqiq ma'nolar bilan joʻshgan bir daryoga oʻxshatadilar. Agar Mesye Reno, Islom olami bilan aloqada boʻlish fursatini qoʻlga kiritadigan boʻlsa, munavvar va tarbiyali Musulmonlarning, Qur'onga eng yuksak hurmat koʻrsatganlarini va uning avomiri axloqiyasiga favquloda rioyatkor boʻlganlarini va buning xorijiga chiqmaslikka gʻayrat qilganlarini koʻrardi. Yangi nasllar va asriy maktablarning ma'zunlari ham Qur'on va Musulmonlikka qarshi mustahziyona bir jumlaning sarfiga dosh bermayaptilar. Chunki Qur'on ikki sifat bilan bu ahliyatga sohibdir:
Bularning birinchisi: Bugun qoʻllarda tadovul etgan Qur'onning Hazrat Muhammadga (S.A.V.) vahiy qilingan kitobning ayni boʻlishidir. Holbuki Injil bilan Tavrot haqida bir qancha shubhalar ilgari surilmoqda.
Ikkinchisi: Musulmonlar, Qur'onni Arabchaning eng quvvatli muhofizi va asosoti diniyaning amaliy bir mohiyat olishining eng quvvatli manbai talaqqiy etadilar. Shunga binoan, Mesye Reno asarini tasxix etadigan boʻlsa, bu tarjimasi bilan, insonlarni tanvir xususida insoniyatga buyuk bir muovanatda boʻladi va botil e'tiqodlarning hududlarini tor-mor etishga xodim boʻladi.
(Nur Chashmasida va Risola-i Nurda yozilgan bu navi faylasuflardan qirq oltinchisi.)
Janob Jon Davenport, "Hazrat Muhammad (S.A.V.) va Qur'oni Karim" nomli asarida Qur'oni Karimdan bahs etarkan, shu soʻzlarni aytadi:
Qur'onning behisob xususiyatlari ichida ayniqsa ikkitasi favquloda muhimdir:
1- Zoti Kibriyoni ifoda etgan oyotning ohangidagi ulviyat. Qur'oni Karim bashariy zaaflardan har qaysi birini Zoti Kibriyoga isnoddan munazzahdir.
2- Qur'on -boshidan oxiriga qadar- gʻayri baligʻ, gʻayri axloqiy, yoxud tarbiyaga muxolif fikrlardan, jumlalardan va hikoyalardan tamoman munazzahdir.
Holbuki butun bu noqisalar Nasroniylarning qoʻllaridagi muharraf kitobi muqaddasda mabzuliyat bilan bordir.
Qur'onni bir marta diqqat bilan oʻqisangiz, uning xususiyatlarini izhoylay boshlaganini koʻrasiz.
Qur'onning goʻzalligi boshqa butun adabiy asarlarning goʻzalliklaridan qobili tamyizdir. Qur'onning asosiy xususiyatlaridan biri, uning asliyatidir. Mening fikr va qanoatimga koʻra, Qur'on boshdan-oyoq samimiyat va haqqoniyat bilan toʻladir. Hazrat Muhammad (S.A.V.) jahonga tabligʻ etgan da'vat, haq va haqiqatdir.
Angliyaning eng mashhur va eng buyuk muarrihlaridan Edvard Gibon "Rim Imperatorligining Inhitot va Sukuti" nomli asarida shunday deydi:
Ganga Daryosi bilan Bahri Muhiti Atlasiy (Atlantika Okeani) orasidagi mamlakatlar, Qur'onni bir qonuni asosiy va tashri'iy hayotning ruhi oʻlaroq tanishgan. Qur'on oldida kuch bilan bosim oʻtkazuvchi (jabbor) bir hukmdor bilan bechora bir faqir orasida farq yoʻq. Qur'on bu kabi asoslar ustida shunday bir tashri' vujudga keltirganki, dunyoda boshqa naziri yoʻq. Musulmonlikning asosoti; taslisiyat va Allohning tajassudiyatini va vahdati vujud aqidasini rad qilmoqda. Bu mutasavvifona aqidalar uch quvvatli uluhiyatning mavjudiyatini va Masihning Allohning oʻgʻli -xosho- boʻlganini oʻrgatmoqda. Faqat bu aqidalar, faqat mutaassib Nasroniylarni tatmin etishi mumkin. Holbuki Qur'on bu kabi chalkashliklardan, ibhomlardan ozodadir. Qur'on, Allohning birligiga eng quvvatli dalildir. Faylasufona bir aqlga molik boʻlgan bir muvahhid Islomiyatning nuqtai nazarini qabul qilishda hech taraddud etmaydi. Musulmonlik balki bugungi inkishofi fikrimizning saviyasidan yanada yuksak bir dindir.
Qur'on talqin va Hazrat Muhammad tabligʻ etgan asosotdan mukammal bir axloq majallasi vujud topadi. Asosoti Qur'oniyaning muxtalif mamlakatlarda insoniyatga qilgan yaxshilikni va qilgandan soʻngra Allohga taqarrub etishni istagan insonlarni Janobi Haqqa rabt etganini inkor qilish mumkin emas. Xoliqning huquqi bilan maxluqning huquqi faqat musulmonlik tarafidan mukammal bir suratda ta'rif qilingan. Buni yolgʻiz Musulmonlar emas, Nasroniylar ham, Musaviylar ham e'tirof qiladilar.
Yangi kashfiyotning va yoxud ilm va irfonning yordami bilan hal qilingan yoxud hal qilishga harakat qilingan masoil orasida bir masala yoʻqdirki; Islomiyatning asosoti bilan ta'aruz etsin. Bizning, Nasroniylikni qavonini tabiiya bilan ta'lif uchun sarf qilgan sa'y-harakatimizga muqobil, Qur'oni Karim va Qur'onning ta'limi bilan qavonini tabiiya orasida tom bir ohang koʻrilmoqda. Qur'on har hurmatga shoyon boʻlgan asardir.
Qur'on, insonlarga huququllohni tanitgan, maxluqotning Xoliqdan nima kutishini, maxluqotning Xoliq bilan munosabotini eng sarih shaklda oʻrgatgan. Qur'on axloq va falsafaning butun asosotini jamlagandir. Fazilat va razilat, xayr va shar, ashyoning mohiyati haqiqiyasi, xulosa har mavzu Qur'onda ifoda qilingan. Hikmat va falsafaning asosi boʻlgan adolat va musovotni oʻrgatgan va boshqalariga yaxshilik qilishni, fazilatli boʻlishni ta'lim bergan asoslar.. bularning hammasi Qur'onda bor. Qur'on, insonni iqtisod va i'tidolga yoʻllaydi, zalolatdan himoya qiladi, axloqiy zaifliklarning qorongʻiligidan chiqaradi, ta'oliyi axloq nuriga yetkazadi; insonning qusurlarini, xatolarini i'tilo va kamolga aylantiradi.
Qur'on shunday bir Paygʻambar ovozidirki, uni butun dunyo tinglay oladi. Bu ovozning aksi saroylarda, choʻllarda, shaharlarda, davlatlarda jaranglaydi!..
Qur'on she'rmi? Emasmi, faqat uning she'r boʻlib-boʻlmaganini tafriq etish mushkul. Qur'on she'rdan ancha yuksak bir narsadir. Shunday boʻlish bilan barobar, Qur'on na tarixdir, na tarjima-i holdir, na Isoning (A.S.) togʻda irod etgan mav'iza kabi bir majmua-i ash'ardir. Hatto Qur'on na Buddaning talqinoti kabi bir maba'dat-tabiiya yoxud mantiq kitobi, na Aflotun harkasga irod etgan nasihatlari kabidir. Bu bir Paygʻambarning ovozidir. Shunday bir ovozki, uni butun dunyo tinglay oladi. Bu ovozning aksi saroylarda, choʻllarda, shaharlarda, davlatlarda jaranglaydi! Bu ovoz tabligʻ etgan din, avvalo noshirlarini topgan, soʻngra tajaddudparvar va i'mor etuvchi bir quvvat shaklida tajalliy etgan. Bu soyada Yunoniston bilan Osiyoning birlashgan nuri Ovrupaning abadiy zulmatlari boʻlgan qorongʻiliklarini yorgan va bu hodisa Nasroniylik eng qorongʻilik davrlarini yashagan zamon sodir boʻlgan.
Qur'on Allohning birligiga ishonish haqiqati kubrosini e'lon qilad i
Inglizcha-Arabcha, Arabcha-Inglizcha lugʻatlarning muharriri Doktor Citi Yongest Qur'on haqida shu soʻzlarni aytadi:
Qur'on, insonlarning yadi istifodasiga oʻtgan asarlarning eng buyuklaridan biridir. Qur'onda buyuk bir insonning xayol va xislati eng vazih shaklda koʻrilmoqda. Karlayl "Qur'onning ulviyati, uning jahonshumul haqiqatidandir" degan vaqti, shubhasiz toʻgʻri aytgandi. Muhammadning (S.A.V.) toʻgʻriligi, faoliyati, haqiqatni taharriyda samimiyati, mustahkam azmi, iymoni, oʻzini eshitishni istaganlarga azaliy haqiqatni eshittirish yoʻlidagi saboti; menga qolsa uning u jasur va azmkor paygʻambarning xotami risolat boʻlganining eng qat'iy va eng amin dalillaridir. Qur'on aqoid va axloqning, insonlarga hidoyat va hayotda muvaffaqiyat ta'min etgan asosotning mukammal majallasidir. Butun bu asosotning ussul asosi, olamning butun muqaddarotini yadi qudratida tutgan Zoti Kibriyoga iymondir.
Allohning birligiga iymon keltirish haqiqati kubrosini e'lon qilarkan, Qur'on lisoni balogʻatning eng yuksagiga va nazohatning shohiqasiga boradi. Qur'on Allohning irodasiga itoatni, Allohga isyonning natijalarini izoh qilarkan, insonlarning muxayyilasini elektrlagan eng sayyol lisonni ishlatadi. Rasuli Kibriyoga tasalli berish va uni tashviq etish, yoxud xalqni boshqa paygʻambarlarning ahvoli bilan, millatlarining oqibati bilan qoʻrqitish ijob etgan vaqt, Qur'onning lisoni eng qat'iy jiddiyatni olmoqda. Modomiki Qur'onning bir-biriga dushman qabilalarni, yakdigari bilan mujodala etgan unsurlarni batartib bir millat holiga keltirganini, ularni eski fikrlaridanda yuksak bir saviyaga yuksaltirganini koʻrgan chogʻimizda balogʻati Qur'oniyaning mukammaliyatiga hukm qilishimiz kerak. Chunki Qur'onning bu balogʻati vahshiy qabilalarni madaniy bir millat holiga keltirgan; dunyoning eski tarixiga yangi bir quvvat ilova etgan. Zamon va makon e'tibori bilan bir-biridan juda uzoq boʻlganlari kabi, fikriy inkishof e'tibori bilan ham bir-biridan juda farqli insonlarga horiquloda bir hassosiyat ilhom etgan va muxolafatni hayratga va istehsonga aylantirgan Qur'on, eng shoyoni hayrat asar boʻlib tanilishga loyiqdir. Qur'on, basharning muqaddaroti bilan mashgʻul olimlar uchun tatabbu'ga shoyon eng foydali mavzu sanaladi.
Qur'on, Arabchaning eng mukammal va juda mavsuq bir asaridir. Musulmonlarning e'tiqodiy vajhi bilan; bir inson qalami bu i'jozkor asarni vujudga keltirolmaydi. Qur'on bizotihi doimiy bir moʻ'jizadir; ham shunday bir moʻ'jizaki, oʻliklarni tiriltirishdan yanada yuksakdir. Bu muqaddas kitobning oʻzi mansha'ining samoviy ekanini isbot qilishga kifoyadir. Muhammad (S.A.V.) bu moʻ'jizaga istinodan, bir paygʻambar boʻlib tanilishini istagan. Arabistonning yalangʻoch va unumsiz choʻllarini oydinlatgan, shoir va xatiblarga qarshi chiqqan Qur'on bir oyatiga bir nazira istagan; hech kim bu tahaddiga qarshi kelolmagandi. Bu yerda yolgʻiz bir misol irod etib, butun buyuk odamlarning, Qur'onning balogʻatiga bosh egganlarini koʻrsatishni istayman.
Hazrat Muhammadning (S.A.V.) zamonida, Arabiston shoirlarining shahriyori Shoir Labid edi. Labid, muallaqotdan birining nozimidir. U zamon butparast boʻlgan Labid Qur'onning balogʻati qarshisida lol qolgan, bu balogʻatni eng goʻzal soʻzlar bilan ifoda qilgandi. Qur'onning balogʻati qarshisida hayron qolgan Labid Muslmonlikni qabul qilgan, Qur'onning faqat bir paygʻambar lisonidan eshitilishini aytgan.
Qur'onning lisoni baligʻ va horiquloda sayyoldir. Janobi Haqning shon va jalolatini, azamat sifatlarini ifoda qilgan oyatlarning aksarisi mustasno bir goʻzallikka sohibdir. Qur'onni betarafona tarjimaga gʻayrat qilgan boʻlsam ham; qorilar Qur'onning matnini sadoqatkorona bir ifodaga muvaffaq boʻlolmaganimni koʻradilar. Bu qusurimga qaramasdan qorilar tarjimamda bahs mavzusi qilganim muhtasham oyatlarning koʻpchiligini oʻqiydilar.
Qur'on oyatlarini nuzul tarixiga koʻra tarjima qilgan va tartiblagan Angliyaning eng mutaassib ruhoniylaridan Radvel shu haqiqatlarni e'tirof qiladi:
Qur'on Arabistonning oddiy badaviylarini shunday bir istiholaga duchor qildiki, bularning goʻyo masxur boʻlganlarini oʻylaysiz. Nasroniylarning talaqqiysiga koʻra Qur'onning nozil boʻlgan bir kitob boʻlganini aytadigan boʻlsak ham, Qur'on butparastlikni imho, Allohning vahdoniyat aqidasini ta'sis, jinlarga, parilarga, toshlarga ibodatni ilgʻo, bolalarni tiriklayin koʻmish kabi vahshiy odatlarni izola, butun xurofotlarni istisol, taaddudi zavjotni tahdid bilan, butun Arablar uchun Ilohiy lutf va ne'mat boʻlgan. Qur'on butun koinotni yaratgan, yashirin va oshkora hamma narsani bilgan Qodiri Mutlaq sifati bilan Zoti Kibriyoni taqdis va tabjil etganidan, har sitoyishga shoyondir. Qur'onning ifodasi vajiz va mujmal boʻlish bilan barobar; eng chuqur haqiqatni, eng quvatli va mulham hikmatni taqrir etgan alfaz bilan aytgan. Qur'on, davomli mamlakatlar boʻlmasa ham, muzaffar jumhuriyatlar vujudga keltirishga xodim boʻladigan asoslarni muhtaviy boʻlganini isbot qilgan. Qur'onning asoslari bilan; faqru safolatlari faqat jaholatlari bilan qobili qiyos boʻlgan, suvsiz va yalangʻoch bir yarim orolning sakanasi, yangi bir dinning, haroratli va samimiy soliklari boʻlishgan, davlatlar qurishgan, shaharlar insho etishgan. Darhaqiqat, Musulmonlarning haybati; Fasdod, Bogʻdod, Kordova, Dehli butun Nasroniy Ovrupani titratgan bir azamat va hashmat ihroz etgan.
Fransiyaning eng ma'ruf mustashriqlaridan Gaston Kar 1913 yili Figaro Gazetasida, yer yuzidan Musulmonlik koʻtariladigan boʻlsa, musolamatning muhofazasiga imkon boʻlib-boʻlmasligi haqida maqolalar silsilasi yozgan va u zamon bu maqolalar Sharq gazetalari tarafidan tarjima qilingandi. Fransuz mustashriqi deydiki:
"Yuz millionlab insonning dini boʻlgan Musulmonlik, butun soliklariga nazaran, dunyoning qivomi boʻlgan bir dindir. Bu aqliy dinning manbai va dasturi boʻlgan Qur'on, jahon madaniyati istinod etgan asoslarni muhtaviydir. Shu qadarki, bu madaniyatning Islomiyat tarafidan nashr qilingan asoslarning imtizojidan vujud topganini ayta olamiz. Darhaqiqat, bu oliy din; Ovrupaga, dunyoning i'morkorona inkishofi uchun lozim boʻlgan eng asosli manbalarni ta'min etgan. Islomiyatning bu faiqiyatini taslim qilib, undan qarzdor boʻlganimiz shukronni bilmasakda, haqiqatning bu markazda boʻlganida shak va shubha yoʻq."
Fransuz muharriri keyinroq Qur'onning umumiy musolamatni muhofaza xususidagi xizmatini bahs mavsuzi qilib deydiki:
Islomiyat yer yuzidan koʻtariladigan va bu yoʻl bilan hech bir Musulmon qolmaydigan boʻlsa, tinchlikni davom qildirishga imkon qoladimi? Yoʻq.. bunga imkon yoʻqdir!
Olmon olimlaridan va mustashriqlaridan Yohaym Dyu Raf Qur'onning sihat-salomatlikka bergan ahamiyatidan bahs etarkan shu soʻzlarni aytadi:
Islomiyatning hozirga qadar Ovrupa muharrirlaridan hech birining nazari diqqatini jalb qilmagan bir tarafini bahs mavzusi qilishni istayman. Islomiyatning bu tarafini, uning sihat-salomatlikni muhofaza uchun sodir boʻlgan amrlaridir. Avvalo shuni e'tirof qilish lozim: Qur'on, bu nuqtai nazardan butun diniy kitoblardan ustundir. Qur'on ta'rif qilgan oddiy, faqat mukammal sihhiy qoidalarni nazari diqqatga olsak; bu muqaddas kitob soyasida butun dunyoning ba'zi qismlari bilan, hasharot mahshari boʻlgan Osiyoning mudhish bir tahlika boʻlishdan qutulganini koʻramiz. Musulmonlik nazofatni, tozalikni, nazohatni butun soliklariga farz qilish bilan bir qancha taxribkor mikroblarni imho etgan.
Qur'on oyatlari Islomiyatning muhtasham tuzilishida oltin bir arqon kabi qilinga n
Sembires Encyclopedia nomi bilan intishor etgan Inglizcha muhit-ul maorifda, Musulmonlikdan shu tarzda bahs qilinmoqda:
Islom Paygʻambarining xislatini oydinlatgan Qur'on oyatlari juda ham mukammal va bagʻoyat muassirdir. Bu qism oyatlar Musulmonlikning axloqiy qoidalarini ifoda qiladi. Faqat bu qoidalar bir-ikki suraga munxasir emas. Bu oyatlar Islomiyatning muhtasham tuzilishida oltin bir arqon kabi qilingan. Insofziklik, yolgʻonchilik, hirs, isrof, fuhush, xiyonat, gʻiybat; bularning hammasi Qur'on tarafidan eng shiddatli suratda taqbih qilingan va bular razilatning oʻzginasi boʻlib tanilgan. Boshqa tarafdan husni niyat sohibi boʻlish, boshqalarga yaxshilik qilish, iffat, hayo, musomaha, sabr va tahammul, iqtisod, toʻgʻrilik, istiqomat, sulhparvarlik, haqparastlik, hamma narsadan koʻproq Janobi Haqqa e'timod va tavakkal, Allohga itoat... Musulmonlik nazarida haqiqiy iymon asoslari va haqiqiy bir moʻ'minning eng muhim sifatlari oʻlaroq koʻrsatilgan.
Professor Eduard Monte, "Nasroniylikning Intishori va Xasmi Boʻlgan Musulmonlar" nomli asarining 17 va 18 inchi sahifalarida deydiki:
Ratsionalizm, ya'ni aqliya kalimasining ifoda etgan ma'nosini va tarixiy ahamiyatini tavsi' eta olsak, Musulmonlikning aqliy bir din boʻlganini ayta olamiz. Aql va mantiq misdaqi bilan aqoidi diniyani muhokama etgan maktab, ratsionalizm kalimasining, Islomiyatga tamomiyla mutobiq boʻlganini taslim qilishda taraddud etmaydi. Rasuli Akram shuur va idrok timsoli boʻlgani, aqlining iymon nurlari va komil bir yaqiyn bilan pur-nur boʻlgani muhaqqaqdir. Rasuli Akram muasirlarini ayni hayajon bilan olovlagan, bu sifatlar bilan tajhiz etgan. Hazrat Muhammad (S.A.V.) uddalashni istagan islohotni Ilohiy bir vahiy oʻlaroq taqdim etgan. Bu Ilohiy bir vahiydir. Hazrat Muhammadning (S.A.V.) dini esa, aql qoidalarining ilhomlariga tamomi bilan muvofiqdir. Ahli Islomga koʻra Islomiyatning asos aqoidi shu surat bilan xulosa qilinishi mumkin: Alloh birdir, Muhammad (S.A.V.) uning paygʻambaridir. Darhaqiqat, Islomiyatning asoslarini sukunat bilan va chuqur bir taammul bilan tadqiq qilgan vaqtimiz, bularning Allohning birligiga va Muhammadning (S.A.V.) risolatiga, soʻngra hashr va nashrga e'tiqodga muntahiy boʻlganlarini koʻramiz. Bizzot dinning asoslari tanilgan bu ikki aqida butun dindor insonlar tomonidan aql va mantiqqa mustanid talaqqiy qilinish bilan va bular Qur'on aqidalarining xulosasi hisoblanmoqda. Qur'onning ifodasidagi oddiylik va tiniqlik, Musulmonlikning intishor va i'tilosini bila-tavaqquf tamadiy ettirgan saiq quvvat boʻlgan. Rasuli Islom tarafidan tabligʻ qilingan muqaddas ta'limotning jahonshumul taraqqiysiga qaramasdan, Musulmonlarning ilhom manbai va eng quvvatli iltijogohi Qur'on boʻlgan. Eng taqdiskor va qanoatbahsh bir lison bilan, boshqa bir kitobi munzalin tafavvuq qilolmasligi bir ifoda bilan taqrir etgan kitob, Qur'ondir. Bu qadar mukammal va asrorangiz, har insonning tadqiqiga bu qadar ochiq boʻlgan bir din; muhaqqaq insonlarni oʻziga majlub etgan i'jozkor qudratga sohibdir. Musulmonlikning bu qudratga sohib boʻlganiga shubha yoʻq.
Mahkama-i odilangizning huzuriga chiqishdan favquloda mamnunman. Odil mahkamalar; Koinot Xoliqining Haq ismining, Odil ismining va yana koʻp asmo-i Ilohiyaning tajalliygohidir. Haq nomiga hukm qilgan, Odili Mutlaq hisobiga adolat qilgan va haqiqiy, Islomiy bir adolat boʻlgan kursi-i muallo qandayam yuksakdir, qandayam mubajjaldir... Haq tanimas magʻrur zolimlarni huzurida sarfuru ettirgan, haqsizlarni haqni taslimga ijbor etgan odil mahkamalar eng yuksak tabjilga va eng oliy ehtiromga sazodirlar.
Zulm va gʻadr bilan huquqi ixlol etilgan, haysiyat va sharafi poy-mol qilingan mazlumlarning, huzurida ahzi mavqe bilan tazallumi hol etgan bechoralarning shu dunyo-i foniyda ihqoqi haq uchun masnadi ra'slari, mahkamalardir. Shu holda qandayam sharafbaxsh bir taxti oliy boʻlib; mazlumlarga malja va panoh, zolimlarga ham xusron va tabah boʻladi.
Insonlarning abrorini ham, ashrorini ham jam' qilgan huzuri mahokim, unaqa qoʻrqiladigan bir yer emas. Balki muhabbatga, hurmatga loyiqdir.
Sultonlar bilan qullarni, aslzodalar bilan ahadi nosni musoviy tutgan shu maqom saltanatdan ham mubajjaldir. Xususan, butun olami insoniyatga davrlarning, asrlarning oqishi davomida adolat darsini bergan Islom mahkamalari; aqvomi sairaning inkvizitsiyalariga muqobil, adolat nurini bechora basharning qora sahifasiga hashmat bilan aks ettirgan. Adliya va adolat tariximiz buning minglarcha misoliga shohiddir.
Azjumla, bu muborak, adolatli mahkamaning huzurida iftixor bilan arz qilishni istaymanki; mashhur Islom sayyohi va tarixchisi Avliyo Chalabiy Sayohatnomasida deydiki: "Ilk Istanbul qozisi (hokimi) boʻlgan Hizir Bey Chalabiyning huzurida hashmatli podshoh Fotih bilan bir Rum me'mori orasida shunday bir muhokama jarayon etadi:
Katta bir obidaning inshosida ishlatiladigan ikki marmar ustunni Fotih bir Rum me'moriga topshiradi. Me'mor ham Fotihning istagining xilofiga, bu ustunlarni uch arshindan kesib qisqartiradi. Fotih jazo tarzida Rum me'morining qoʻlini kestiradi. Rum me'mori ham Fotihga qarshi da'vo ochadi. Shu sababli mahkamaga jalb qilingan buyuk podshoh toʻrga oʻtishni istagan vaqtda, birdaniga hokimning shunday ixtoriga duch keladi:
-Oʻtirma hukmdorim! Xasming bilan murofa'a-i shar'iy boʻlasan, oyoqda barobar tur!
Hizir Bey Chalabiy bu buyuk shonli podshohi maznunga, haqsiz qoʻl kestirgani uchun, oʻzining ham qisosga tobe boʻlganini va qoʻlining kesilishini bildiradi. Faqat me'mor qisosni istamagani uchun, buyuk Fotih kuniga oʻn oltin tazminotga mahkum boʻladi va hatto qisosdan qutulgani uchun bu tazminotni belgilanganidan yigirma oltinga chiqaradi."
Islom mahkamasining adolatining shonli misollaridan biri boʻlgan bu misol, bizga eng hashmatli hukmdorlar bilan eng ojiz fardlarning huzuri mahokimda musoviy boʻlganini koʻrsatadi.
Xullas, men ham bugun, Fotih qadar shonli, qahramon Islom hokimi Hizir Bey Chalabiyning maqomining mumassili boʻlgan va haqiqiy adolati Qur'oniyani asos tutgan bir maqomning oʻrnida boʻlgan bir mahkamaning huzurida turibman. Butun qalbimni huzur va sururga aylantirgan mamnuniyatim budir.
Qarhamon ajdodimizning bu qadar ulviyatining sirri; qalblarida ALLOH qoʻrquvining mavjudiyati bilan Qur'on nurining va nihoyatsiz fayzining ruhlarida joylashgan boʻlishi va qudsiy haqoiqqa qarshi soʻngsiz va nihoyatsiz darajada marbutiyatlaridir. U muborak ajdoddan bizga tavorus etgan, ALLOH va QUR'ON uchun oqitgan qudsiy qonlarining hozir ham izlari boʻlgan bu yurtda va aziz jonlarini fido etganlari shu mamlakatda: "Qur'onning qudsiy haqiqatlariga xizmat qilyapti, Qur'onning tafsirini oʻqiyapti, uyida saqlayapti." qaydi bilan mahkamaning huzuriga jalb qilindim.
Ha, muhokamamiz shaxsim bilan aloqador boʻlishdan ziyoda, RISOLA-I NURning muhokamasidir. Risola-i Nur esa, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning samoviy va qudsiy haqoiqining tarashshuhoti boʻlish e'tibori bilan, u yuksak asarlardagi qiymat, toʻgʻridan toʻgʻri Qur'onga oiddir. Shu holda muhokama ham Qur'onning muhokamasidir. Ahli tavhidning kitobi boʻlgan KALOMULLOH butun oyot va bayyinoti bilan Xoliqi Koinotning vahdoniyatini va ahadiyatini e'lon qiladi. Qur'onning ahli uqulni hayratda qoldirgan i'jozi, balogʻat va fasohati, nihoyat darajadagi yuksak uslubi, salosati bayoni, alhosil soʻngsiz badayi' va jome'iyati bilan ins va jinning qiyomatga qadar keladigan ehtiyojotiga akmaliyat bilan kifoya qilishi, dunyo va oxirat saodatining rahbari boʻlishi va butun asrlardagi tabaqoti basharga xitob qilishi va koinot Xoliqining marziyotini qullariga bildiradigan oyot va bayyinotni tafsir va izoh qiladigan mutaxassis ahli ilmning boʻlishi zaruratiga binoan har asrda kelgan minglab mudaqqiq ahli ilm yuz minglarcha Qur'on tafsirlarini vujudga keltirishgan; butun asrlarni Qur'onning nuri bilan nurlantirishgan.
Xullas, Risola-i Nur ham bu asrda Qur'onning fayzi bilan vujud topgan, basharning takammulotiga uygʻun boʻlib Qur'on koʻrsatgan moʻ'jizali haqiqatlarning, bu takomul bilan soha-i fe'lga qoʻyilganini bildirgan va asrning idrokiga xitob etgan gʻoyat qudsiy bir tafsirdir. Qur'on boshdan oyoq tavhidi Ilohiyni e'lon qiladi. Risola-i Nur ham iymoni billohni koʻrsatgan va haqoiqi iymoniyani dars bergan oyatlarni tafsir qiladi.
Xullas, muhokamaning asl mavzusi bu:
Oʻttiz yildan beri yashirin din dushmanlarining, komunistlarning va masonlarning tahrikoti bilan, Risola-i Nur shogirdlari bir qancha mahkamalarga jalb qilinganlar. Odil mahkamalar ham u xoin, yashirin din va Qur'on dushmanlari qilgan boʻhtonlarni juda ham chuqur tadqiq qilganlar, "Bularda bir ayb yoʻq, kitoblar esa foydali kitoblardir" deb, koʻp mahkamalar baroat bilan natijalanganlar.
Tamyiz Mahkamasi ham uch marta mahkamalarning baroat qarorini tasdiq etgan. Hukm qoziya-i muhkama holiga kelgani holda, mamlakatni umumiy bir dinsizlikka sudrash uchun parda orqasidagi din dushmanlari; faoliyatlarini mutamodiyan yangilaganlar, sukun va osoyishga juda ham muhtoj boʻlgan mamlakatimizni bu jihatdan zaiflikka duchor etish uchun adliyalarni, mahkamalarni doimo xoinona aldovchi hiylalar bilan mashgʻul qilishgan.
Avvalroq ham aytib arz etganim vajh bilan; Salafi Solihin qoldirgan qudsiy tafsirlar ikki qismdir: Bir qismi ahkomga doir tafsirlardir. Boshqa bir qismi ham oyoti Qur'oniyaning hikmatlarini va iymon haqiqatlarini tafsir va izoh qiladilar. Salafi Solihinning bu turdagi tafsirlari koʻp. Xususan Gʻavsi A'zam Shohi Jiyloniy, Imom Gʻazzoliy, Muhyiddin Arabiy, Imom Rabboniy kabi zavoti kiromning asarlari bu qism tafsirlardir. Ayniqsa Mavlono Jaloliddin Rumiy Hazratlarining Masnavi-i Sharifi ham bu tarz bir navi ma'naviy tafsirdir. Xullas, Risola-i Nur bu tarz tafsirlarning eng yuksagi, eng mumtozi va eng mustasnosidir. Demakki bu tarz tafsirlar mutadovildir, hech kim qarshi chiqmaydi, Risola-i Nurga ham qarshi chiqmaslik lozimdir. Qarshi chiqqanlar, QUR'ONGA va ajdodga dushmanliklaridan qarshi chiqadilar.
Risola-i Nur, arkoni iymoniyani va oyoti Qur'oniyani tafsir qilib shunday bir tarzda bayon qiladiki; hech bir munkir, hech bir dinsiz u haqiqatlarni inkor qilolmaydi. Ham riyoziy bir qat'iyat bilan isbot qiladi, koʻzga koʻrsatadi, aqlni toʻydiradi, latoifni ishontiradi; ortiq hech bir iymoniy va Qur'oniy haqiqatni inkorga majol qolmaydi. Shu sababli; dinsizlar, komunistlar, bu mamlakatda Risola-i Nur bor ekan, mal'unona fikrlarini soha-i tatbiqqa qoʻyolmaganlaridan va bir ma'naviy qoʻriqchi kabi Risola-i Nur doimo qarshilariga chiqqanidan, Risola-i Nurning har tomonlama nashriga toʻsiq qoʻyishni gʻoya qilib olishgan.
Risola-i Nur tahqiqiy iymon darslari beradi. Shogirdlarini har qanday yomonlikdan saqlaydi. Qalblarga toʻgʻrilik singdiradi. Uni haqqi bilan anglagan, boshqa yomonlik qilolmaydi. Shuning uchun, bugun mamlakatning har tarafidagi Risola-i Nur talabalari, osoyishning ma'naviy muhofizi hukmidadirlar. Hozirga qadar hech bir haqiqiy Nur talabasida osoyishga zid bir harakat koʻrilmagan, goʻyo Nur talabalari zobitalarning ma'naviy yordamchisi boʻlganlar. Risola-i Nur talabalarining rizo-i Ilohiydan boshqa, a'moli uxroviyaga mutavajjih boʻlishdan boshqa oʻylari yoʻq. Shu holda Risola-i Nurga gʻarazkor aldovchi hiylalar tayyorlaganlar, parda orqasidagi ma'lum din dushmanlaridan boshqasi emas.
Yuqoridagi taqdim qilganlarimizda bir qancha mahkamalarning baroat qarorlarining mavjudiyatini arz qilgandim. Qoʻlga kirita olganim tarix va raqamlarini bayon qilib, u odil va yuksak mahkamalarga millionlab Nur shogirdlari nomidan minnatdorligimizni bildirishni istayman. Umum Risolalarning baroat va iodasi haqida Denizli Ogʻir Jazo Mahkamasining 15/Iyun/1944 tarix bilan baroat qarori bilan, Istanbul Aminoʻni Ogʻir Jazo Mahkamasining 1953 tarix va 1951/137 asos va 1952/27 qarori bilan; Sabilurrashod Gazetasining taqdim etganim nusxasida oʻtgan majlisda bildirilgan baroat qaroridir. Bundan tashqari mahkama-i oliyingizga surati maxsusada arz va taqdim etganim Asoyi Muso dohil umum Risola-i Nur Kulliyotining Mersin Ogʻir Jazo Mahkamasining 1954/17 asos 1954/421 qaror va 9/4/954 tarixli baroat qarorining mavjudligi, mahkamalarning ta'minida boʻlib hech bir qoʻlning Risola-i Nurga qarshi chiqmasligini tazammun etgani holda, mastur dushmanlarning xoinona faoliyatlari bilan bu safar ham taxsisan Asoyi Muso qasd qilinib odil va yuksak mahkamaga keldik.
Risola-i Nur, iymoni billoh bilan tavhidni eng yuksak darajada, aynalyaqiyn va haqqalyaqiyn bir suratda koʻzga koʻrsatib butun latoifni a'zamiy darajada toʻydirishi bilan iymonni taqliddan qutqarib, daraja-i tahqiqqa yuksaltiradi. Asoyi Musoda esa bu ulviy va qudsiy iymon darsi eng porloq bir suratda, ham koʻrilmagan ehtishom bilan isbot qilinganidan, bir yuz oʻttiz jildga yaqinlashgan Risola-i Nur tafsirining goʻyo xulosasi hukmidadir.
Butun samoviy kitoblarning va butun paygʻambarlarning eng buyuk da'vosi Xoliqi Koinotning uluhiyat va vahdoniyatini e'lon qilishdir. Qur'on boshdan oyoq tavhidni koʻrsatadi. Xullas, Asoyi Muso ham; Musulmonlarga va umum bashariyatga Janobi Haqning birligini va daloili vahdoniyatini quyosh kabi koʻrsatishidan, eng buyuk bir mutafakkir bilan bir dinsizni va bir faylasufni haqoiqi iymoniyani tasdiqqa majbur qilgani kabi; eng omi bir odamning ham eng yuksak haqiqatlarni eng katta bir suhulat bilan anglashini ta'min etgan, tavhidni koʻrsatgan oyoti Qur'oniyaning eng qudsiy bir tafsiridir. Aynan ismi kabidir. Qandayki Muso Alayhissalom qoʻlidagi hassasi bilan qora toshlardan, mevasiz vodiylardan, otash sochgan choʻllardan obi hayotni sochtirgani kabi, Asoyi Muso ham, vahdoniyati Ilohiyani isbot qilishi bilan dunyo va oxirat olamlarini ziyodor qiladigan tavhid nurlarini sochtiryapti; tosh kabi qalblarni mum kabi erityapti, shavqi bilan koʻngillarni tasxir etyapti.
Ham modomiki mahkamalarning baroati mavjud va vijdon hurriyati bor va hech bir mamlakatda ilm bilan mashgʻul boʻlganlarga qarshi chiqilmaydi; shu holda ulumi avvalin va oxirinni jamlagan Risola-i Nurga ham qarshi chiqilmaslik lozim.
Risola-i Nur yurtning osoyishiga, sukun va salomatiga xizmat qilganiga dalil: Millionlab talabalarining hech birisida bir voqeaning koʻrilmasligi bilan barobar, hammasining ham nomuskorona faoliyatlari bilan mustaqim koʻrilganlaridir. Risola-i Nur Kulliyoti, Asoyi Muso bilan birlikda kutubxona-i masa'imning harimidan olinishi bilan, har qanday ayb unsurining mavjudiyatini bizzot raf' etadi. Zero har munavvar odam kutubxonasida har navi kitobni saqlaydi, oʻiydi, tadqiq etadi. Mal'unona fikrlarni nashr etgan va anarxistlikni talqin etgan kitoblar ham kutubxonalarda ochiqchasiga tadqiqqa tobedir.
Risola-i Nur, Qur'onning bu asrda eng yuksak va eng qudsiy bir tafsiridir. Haqiqatlari samoviydir, Qur'oniydir. Shunday ekan Qur'on oʻqilarkan, u ham oʻqiladi. Risola-i Nur, mujavharoti Qur'oniya haqiqatlarining namoyishgohidir, bozoridir. Bu ulviy bozorda hamma istagani kabi tijorat qiladi. Uxroviy, ma'naviy boyliklarga mazhariyatni ta'min qiladi.
Bu qadar taqdim qilganlarimiz bilan ifoda etmoq istadimki: Maqsadimiz; iymonimizni qutqarmoqdir, iymonga xizmatdir, Qur'onga xizmatdir. Oxiratga mutavajjih boʻlgan bir hol esa, hech bir tur ayb mavzusi boʻlolmaydi. Mutamodiyan shikoyatda boʻlganimiz u yashirin din dushmanlari, turli-tuman nayranglar bilan, aldovchi hiylalar bilan, iz'ojlar bilan bizlarni bu qudsiy vazifadan man qilishga harakat qilyaptilar. Bizlar esa bu qudsiy yoʻlda Qur'on va iymon uchun hamma narsamizni fido qilishga seva-seva hozirmiz. Nafaqat dunyoviy iztiroblar, jahannamiy azoblar ham berilsa, pichoqlar bilan ham poralansak, eng mudhish oʻlimlarga ham ma'ruz qoldirilsak, asrlar boʻyicha millionlab muborak ajdodimiz fidoyi jon etganlari bu qudsiy haqiqatga bizning jonimiz ham fido boʻlsin. Bir emas, ming ruhim ham boʻlsa, Qur'on uchun, iymon uchun hammasini fido qilishga har zamon tayyorman.
Shu aziz vatanning toshlari, tuproqlari, obidalari, qubbalari, masjidlari, minoralari, mozor toshlari, maqbaralari; Qur'on tabligʻ etgan zamzama-i tavhidni hayqiryaptilar. Iymon va Qur'onning azaliy nurini atom zarrotiga qadar nufuz etib e'lon etgan tavhid haqiqatini, hech bir quvvat bu vatanning va bu millatning siyna-i pokidan oʻchirolmaydi.
Muhtaram mahkamangizdan, yuksak adolatingizdan; haqoiqi Qur'oniyani va vahdoniyati Ilohiyani hashmat bilan e'lon qilgan va tavhidni a'zamiy darajada koʻrsatgan Risola-i Nur Kulliyotining i'odasiga va baroatiga qaror berishingizni iltimos qilaman.
Risola-i Nur Qur'onning molidir. Arshni farshga bogʻlagan Kalomulloh bilan moziy tomonidagi milliardlab ahli iymon, avliyo va anbiyo aloqador boʻlganlari kabi, Risola-i Nur mahkamasi bilan ham ma'nan aloqadordirlar. Juda ham keksaygan Arzning, toʻrt yuz million Musulmon sakanasi Risola-i Nurning baroatiga va erkinligiga va intishoriga muntazirdirlar.
Moziy tarafidan parda-i gʻayb orqasiga chekingan muborak ajdodimizning nuroniy qofilalari, ulviy maqomlaridan Risola-i Nur mahkamasiga ma'nan nazirdirlar.
Mustaqbal jabhasining fayzli nasllari baroat {(Hoshiya) Bu mudofaa tilga olingan muhokama baroat bilan natijalangan.} qarorini kutyaptilar.