ASOYI MUSODAN
Bu risolani Anqara ahli vuqufi koʻp taqdir etganlari kabi; bu dafa ham baroatimizga ahamiyatli bir sabab, va kufri mutlaqni sindirgan eng keskin va yuksak va quvvatli bir hujjati qat'iya va burhoni bahirdir.
BIRINCHI HUJJATI IYMONIYA
[Bu Ikkinchi Maqom bu oyati muazzamani tafsir qilish bilan barobar, tashlab oʻtilgan Arabcha Birinchi Maqomning burhonlarini va hujjatlarini va tarjimasini va qisqa bir ma'nosini bayon qiladi.]
Shundayki: Bu oyati muazzama kabi juda koʻp oyoti Qur'oniya, bu koinot Xoliqini bildirish jihatidan, har vaqt va harkas eng koʻp hayrat bilan qarab zavq bilan mutolaa qilgan eng porloq bir sahifa-i tavhid boʻlgan samovotni eng boshda zikr qilishlaridan, eng boshda undan boshlash muvofiqdir.
Ha, bu dunyo mamlakatiga va musofirxonasiga kelgan har bir musofir koʻzini ochib qaraganda koʻradiki: Gʻoyat karamkorona bir ziyofatgoh va gʻoyat san'atkorona bir tashhirgoh va gʻoyat hashmatkorona bir lashkargoh va ta'limgoh va gʻoyat hayratkorona va shavq-angizona bir sayrongoh va tomoshagoh va gʻoyat ma'nodorona va hikmatparvarona bir mutolaagoh boʻlgan bu goʻzal musofirxonaning sohibini va bu kitobi kabirning muallifini va bu muhtasham mamlakatning sultonini tanish va bilish uchun shiddat bilan qizikarkan, eng boshda koʻklarning nur zarhali bilan yozilgan goʻzal yuzi koʻrinadi: "Menga qara, qidirganingni senga bildiraman!", deydi. U ham qaraydi, koʻradiki:
Bir qismi arzimizdan ming marta katta va u kattalardan bir qismi zambarak oʻqidan yetmish daraja tez yuz minglab ajromi samoviyani ustunsiz tushirmasdan saqlagan va bir-biriga urmasdan favqalhad tez va barobar kezdirgan, yogʻsiz soʻndirmasdan mutamodiyan u hadsiz chiroqlarni yondirgan va hech bir shovqin va ixtilol chiqarmasdan u nihoyatsiz katta toʻdalarni idora qilgan va Quyosh va Qamarning vazifalari kabi, hech isyon qildirmasdan u juda katta maxluqlarni vazifalar bilan ishlattirgan va ikki qutbning doirasidagi hisob raqamlariga sigʻishmagan bir nihoyatsiz uzoqlik ichida, ayni zamonda, ayni quvvat va ayni tarz va ayni sikka-i fitrat va ayni suratda, barobar, nuqsonsiz tasarruf qilgan va u juda katta mutajoviz quvvatlarni tashiganlarni tajovuz qildirmasdan qonuniga itoat qildirgan va u nihoyatsiz yigʻinning qoldiqlari kabi koʻkning yuzini kirlatadigan axlatlarga fursat bermasdan juda porloq va juda goʻzal tozalatgan va bir muntazam qoʻshin harakati kabi harakat bilan kezdirgan va arzni aylantirishi bilan, u hashmatli harakatning boshqa bir suratda haqiqiy va xayoliy tarzlarini har kecha va har yil kino lavhalari kabi tomoshabin maxluqotiga koʻrsatgan bir tazohuri rububiyat va u rububiyat faoliyati ichida koʻringan tasxir, tadbir, tadvir, tanzim, tanzif, tavzifdan hosil boʻlgan bir haqiqat bu azamati va ihototi bilan u samovot Xoliqining vujubi vujudiga va vahdatiga va mavjudiyati samovotning mavjudiyatidan yanada zohir boʻlganiga bilmushohada shahodat qiladi ma'nosi bilan Birinchi Maqomning birinchi zinapoyasida:
deyilgandir.
Soʻngra dunyoga kelgan u yoʻlovchi odamga va musofirga osmonu falak deyilgan va mahshari ajoyib boʻlgan fazo shovqin bilan gapirib baqiradi: "Menga qara! Qiziqish bilan qidirganingni va seni bu yerga yuborganni men bilan bilishing va topishing mumkin", deydi. U musofir uning achchiq, faqat marhamatli yuziga qaraydi. Mudhish, faqat xushxabarli shovqinini tinglaydi, koʻradiki:
Zamin bilan osmon oʻrtasida muallaqda saqlangan bulut gʻoyat hakimona va rahimona bir tarzda zamin bogʻini suvlaydi va zamin aholisiga obi hayot keltiradi va haroratni (ya'ni, yashash otashining shiddatini) ta'dil etadi va ehtiyojga koʻra har yerning yordamiga yetishadi. Va bu vazifalar kabi koʻp vazifalarni qilish bilan barobar, muntazam bir qoʻshinning shoshilinch amrlarga koʻra koʻrinishi va yashirinishi kabi, birdan osmonni toʻldirgan u ulkan bulut ham yashirinadi, butun ajzolari istirohatga chiqadi, hech bir asari koʻrilmaydi. Soʻngra yomgʻir "Saflan" amrini olgan onda; bir soat, balki bir necha daqiqa mobaynida toʻplanib osmonni toʻldiradi, bir qoʻmondonning amrini kutayotganday turadi.
Soʻngra u yoʻlovchi osmondagi shamolga qaraydi, koʻradiki: Havo shu qadar koʻp vazifalar bilan gʻoyat hakimona va karimona istihdom etiladiki, goʻyo u jomid havoning shuursiz zarralaridan har bir zarrasi bu koinot sultonidan kelgan amrlarni tinglaydi, biladi va hech birini qoldirmasdan u qoʻmondonning quvvati bilan qiladi va intizom bilan bajarish vaziyatida, zaminning butun nufuslariga nafas berish va zihayotga luzumi boʻlgan harorat va ziyo va elektr kabi moddalarni va ovozlarni naql etish va nabototning changlanishiga vosita boʻlish kabi koʻp kulliy vazifalarda va xizmatlarda bir dasti gʻaybiy tarafidan gʻoyat shuurkorona va olimona va hayotparvarona istihdom etilyapti.
Soʻngra yomgʻirga qaraydi, koʻradiki: U latif va tiniq va totli va hechdan va gʻaybiy bir xazina-i rahmatdan yuborilgan qatralarda shu qadar rahmoniy hadyalar va vazifalar borki, goʻyo rahmat tajassum etib qatralar suratida xazina-i Rabboniyadan oqayotgan ma'nosida boʻlganidan, yomgʻirga "rahmat" nomi berilgandir.
Soʻngra chaqmoqqa qaraydi va momaqaldiroqni tinglaydi, koʻradiki, juda ajib va gʻarib xizmatlarda ishlattirilyaptilar.
Soʻngra koʻzini oladi, aqliga qaraydi, oʻz-oʻziga deydiki: "Otilgan paxta kabi bu jomid, shuursiz bulut albatta bizlarni bilmaydi va bizga achinib yordamimizga oʻz-oʻzidan yugurmaydi va amrsiz maydonga chiqmaydi va yashirinmaydi. Balki gʻoyat Qodir va Rahim bir qoʻmondonning amri bilan harakat qiladiki, bir iz qoldirmasdan yashirinadi va birdaniga maydonga chiqadi, ish boshiga oʻtadi va gʻoyat faol va mutaol va gʻoyat jilvali va hashmatli bir sultonning farmoni bilan va quvvati bilan ora-sira osmon olamini toʻldirib boʻshatadi va mutamodiyan hikmat bilan yozar va paydos bilan buzar taxtasiga va mahv va isbot lavhasiga va hashr va qiyomat suratiga oʻgiradi va gʻoyat lutfkor va ehsonparvar va gʻoyat karamkor va rububiyatparvar bir hakimi mudabbirning tadbiri bilan shamolga minadi va togʻlar kabi yomgʻir xazinalarini mindiradi, muhtoj boʻlgan yerlarga yetishadi. Goʻyo ularga achinib yigʻlab koʻz yoshlari bilan ularni gullar bilan kuldiradi, quyoshning shiddati otashini salqinlantiradi va sunger kabi bogʻlariga suv sepadi va zamin yuzini yuvadi, tozalaydi."
Ham u sinchkov yoʻlovchi oʻz aqliga deydi: Bu jomid, hayotsiz, shuursiz, mutamodiyan chayqalgan, qarorsiz, boʻronli, dagʻdagʻali, sabotsiz, maqsadsiz shu havoning pardasi bilan va zohiriy surati bilan vujudga kelgan yuz minglab hakimona va rahimona va san'atkorona ishlar va ehsonlar va yordamlar bilbedaho isbot qiladiki: Bu gʻayratli shamolning va bu javvol xizmatkorning mustaqil ravishda hech bir harakati yoʻq, balki gʻoyat Qodir va Alim va gʻoyat Hakim va Karim bir amirning amri bilan harakat qiladi. Goʻyo har bir zarrasi har bir ishni biladigan va u amirning har bir amrini tushunadigan va tinglaydigan bir askar kabi, havo ichida jarayon etgan har bir amri Rabboniyni tinglaydi, itoat qiladiki; butun hayvonotning nafas olishiga va yashashiga va nabototning changlanishiga va oʻsishiga va hayotiga luzumli moddalarning yetishtirilishiga va bulutlarning yoʻnaltirilishi va idorasiga va otashsiz kemalarning sayr va sayohatiga va ayniqsa ovozlarning va ayniqsa simsiz telefon va telegraf va radio bilan soʻzlashishlarning yetkazilishiga va bu xizmatlar kabi umumiy va kulliy xizmatlardan boshqa, azot va muvallidul humuza (kislorod) kabi ikki oddiy moddadan iborat boʻlgan havoning zarralari bir-birining misli ekan, zamin yuzida yuz minglab tarzda boʻlgan Rabboniy san'atlarda kamoli intizom bilan bir dasti hikmat tarafidan boshqarilayotganini koʻryapman.
Demak
oyatining tasrihi bilan, shamolning tasrifi bilan hadsiz Rabboniy xizmatlarda iste'mol va bulutlarning tasxiri bilan hadsiz Rahmoniy ishlarda istihdom va havoni u suratda ijod qilgan faqat Vojib-ul Vujud va Qodiri Kulli Shay va Alimi Kulli Shay, bir Robbi Zuljaloli Val Ikromdir deydi, hukm qiladi.
Soʻngra yomgʻirga qaraydi, koʻradiki: Yomgʻirning donalari sanogʻicha manfaatlar va qatralari adadicha rahmoniy jilvalar va rashhalari miqdoricha hikmatlar ichida mavjud. Ham u shirin va latif va muborak qatralar shu qadar muntazam va goʻzal yaratiladiki, xususan yoz mavsumida kelgan doʻl shu qadar mezon va intizom bilan yuboriladi va tushadiki; boʻronlar bilan chayqalgan va katta narsalarni toʻqnashtirgan shiddatli shamollar ularning muvozana va intizomlarini buzmaydi; qatralarni bir-biriga urib, birlashtirib, zararli toʻdalar qilmaydi. Va bular kabi juda hakimona ishlarda va ayniqsa zihayotda ishlattirilgan oddiy va jomid va shuursiz muvallidul ma va muvallidul humuza (vodorod-kislorod) kabi ikki oddiy moddadan tarkib topgan bu suv yuz minglarcha hikmatli va shuurli va muxtalif xizmatlarda va san'atlarda istihdom etilyapti. Demak, bu tajassum etgan ayni rahmat boʻlgan yomgʻir faqat bir Rahmoni Rahimning xazina-i gʻaybiya-i rahmatida qilinyapti va nuzuli bilan
oyatini moddatan tafsir qiladi.
Soʻngra momaqaldiroqni tinglaydi va chaqmoqqa qaraydi, koʻradiki: Bu ikki osmondagi hayratlantiruvchi hodisa aynan
va
oyatlarini moddatan tafsir qilish bilan barobar, yomgʻirning kelishini xabar berib, muhtojlarga xushxabar beradilar.
Ha, hechdan, birdan horiqo bir shovqin bilan osmonni gapirtirish va favquloda bir nur va nor bilan zulmatli osmonni ziyo bilan toʻldirish va togʻvoriy paxta-misol va doʻl va qor va suv tulumbasi hukmida boʻlgan bulutlarni otashlantirish kabi hikmatli va gʻarobatli vaziyatlar bilan tentak gʻofil insonning boshiga toʻqmoq kabi uradi: "Boshingni koʻtar, oʻzini tanittirish istagan faol va qudratli bir zotning horiqo ishlariga qara! Sen sohibsiz boʻlmaganing kabi, bu hodisalar ham sohibsiz boʻlolmaydilar. Har birisi koʻp hikmatli vazifalar orqasida yugurtirilyapti. Bir Mudabbiri Hakim tarafidan istihdom etilyapti", deya ixtor etyaptilar.
Xullas bu sinchkov yoʻlovchi bu osmonda bulutni tasxirdan, shamolni tasrifdan, yomgʻirni tanzildan va osmondagi hodisalarni tadbirdan tarkib topgan bir haqiqatning yuksak va oshkora shahodatini eshitadi, "Amantu billah" deydi. Birinchi Maqomning ikkinchi martabasida:
fikrasi bu yoʻlovchining osmonga doir mazkur mushahadotini ifoda qiladi.
{(Ixtor) Birinchi Maqomda oʻtgan oʻttiz uch martaba-i tavhidni bir parcha izoh qilishni istardim. Faqat hozirgi vaziyatim va holimning iznsizligi jihati bilan, yolgʻiz gʻoyat muxtasar burhonlari va ma'nosining tarjimasi bilan kifoyalanishga majbur boʻldim. Risola-i-Nurning oʻttiz, balki yuz risolalarida bu oʻttiz uch martaba dalillari bilan, boshqa-boshqa tarzlarda, har bir risolada bir qism martabalar bayon qilinganidan, izohi ularga havola qilingan.}
Soʻngra u sayohati fikriyaga oʻrgangan u mutafakkir musofirga kura-i arz lisoni holi bilan deydiki: "Koʻkda, fazoda, havoda nimaga kezyapsan? Kel, men senga qidirganingni tanittiraman. Bajargan vazifalarimga qara va sahifalarimni oʻqi!" U ham qaraydi, koʻradiki: Arz majzub bir mavlaviy kabi ikki harakati bilan; kunlarning, yillarning, mavsumlarning hosil boʻlishiga mador boʻlgan bir doirani hashri a'zamning maydoni atrofida chizyapti. Va zihayotning yuz ming anvo'ini butun arzoq va lavozimotlari bilan ichiga olib fazo dengizida kamoli muvozana va nizom bilan kezdirgan va quyosh atrofida sayohat qilgan muhtasham va musahhar bir safina-i Rabboniyadir.
Soʻngra sahifalariga qaraydi, koʻradiki: Boblaridagi har bir sahifasi minglab oyoti bilan arzning Robbini tanittiradi. Umumini oʻqish uchun vaqt topolmaganidan, yolgʻiz birgina sahifa boʻlgan zihayotning bahor faslida ijod va idorasiga qaraydi, mushohada etadiki: Yuz ming anvo'ning hadsiz afrodlarining suratlari oddiy bir moddadan gʻoyat muntazam ochilyapti va gʻoyat rahimona tarbiya qilinyapti va gʻoyat moʻ'jizona bir qismining urugʻlariga qanotchalar berib, ularni uchirish surati bilan nashr ettirilyapti va gʻoyat mudabbirona idora qilinyapti va gʻoyat mushfiqona iosha va it'om etilyapti va gʻoyat rahimona va razzoqona hadsiz va turli-tuman va lazzatli va totli rizqlari hechdan va quruq tuproqdan va bir-birining misli va farqlari juda oz va suyak kabi ildizlardan, urugʻlardan, suv qatralaridan yetishtirilyapti. Har bahorga, bir vagon kabi, xazina-i gʻaybdan yuz ming navi at'ima va lavozimot kamoli intizom bilan yuklanib zihayotga yuborilyapti. Va ayniqsa u arzoq paketlari ichida bolalarga yuborilgan sut konservalari va volidalarning shafqatli koʻkraklarida osilgan shirin sut tulumbachalarini yuborish shu qadar shafqat va marhamat va hikmat ichida koʻrinadiki, bilbedaho bir Rahmoni Rahimning gʻoyat mushfiqona va murabbiyona bir jilva-i rahmati va ehsoni boʻlganini isbot qiladi.
Bu sahifa-i hayotiya-i bahoriya hashri a'zamning yuz ming namunalarini va misollarini koʻrsatish bilan
oyatini moddatan gʻoyat porloq tafsir qilgani kabi, bu oyat ham bu sahifaning ma'nolarini moʻ'jizona ifoda qiladi. Va arzning butun sahifalari bilan, kattaligi nisbatida va quvvatida لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deganini tushundi.
Shunday qilib, kura-i arzning yigirmadan ziyoda ulkan sahifalaridan birgina sahifaning yigirma vajhidan birgina vajhining muxtasar shahodati bilan, u yoʻlovchining boshqa vajhlarning sahifalaridagi mushahadoti ma'nosida boʻlib va u mushahadotlarni ifoda uchun Birinchi Maqomning uchinchi martabasida bunday deyilgan:
Soʻngra u mutafakkir yoʻlovchi har sahifani oʻqigan sari saodat kaliti boʻlgan iymoni quvvatlanib va ma'naviy taraqqiyotning kaliti boʻlgan ma'rifati ziyodalashib va butun kamolotning asosi va ma'dani boʻlgan iymoni billoh haqiqati bir daraja yana inkishof etib ma'naviy koʻp zavqlarni va lazzatlarni bergan sari uning qiziqishini shiddat bilan tahrik etganidan; samo, osmon va arzning mukammal va qat'iy darslarini tinglagani holda هَلْ مِنْ مَز۪يدٍ deb turarkan, dengizlarning va ulkan daryolarning jazbakorona joʻshu xurush bilan zikrlarini va hazin va laziz ovozlarini eshitadi. Lisoni hol va lisoni qol bilan: "Bizga ham qara, bizni ham oʻqi!", deydilar. U ham qaraydi, koʻradiki: Hayotdorona mutamodiyan chayqalgan va tarqalish va toʻkilish va istilo qilish fitratida boʻlgan dengizlar arzni qamrab, arz bilan barobar gʻoyat tez bir suratda bir yilda yigirma besh ming yillik bir doirada yugurtirilganlari holda; na tarqaladilar, na toʻkiladilar va na qoʻshnilaridagi tuproqqa tajovuz qiladilar. Demak, gʻoyat qudratli va azamatli bir zotning amri bilan va quvvati bilan turadilar, kezadilar, muhofaza boʻladilar.
Soʻngra dengizlarning ichlariga qaraydi, koʻradiki: Gʻoyat goʻzal va ziynatli va muntazam javharlaridan boshqa, minglarcha tur hayvonotning iosha va idoralari va tavalludot va vafiyotlari shu qadar muntazam, oddiy bir qum va achchiq bir suvdan berilgan arzoqlari va tayinotlari shu qadar mukammaldirki, bilbedaho bir Qodiri Zuljalolning, bir Rahimi Zuljamolning idora va ioshasi bilan boʻlganini isbot qiladi.
Soʻngra u musofir daryolarga qaraydi, koʻradiki: Manfaatlari va vazifalari va voridot va sarfiyotlari shu qadar hakimona va rahimonadir, bilbedaho isbot qiladiki, butun irmoqlar, chashmalar, soylar, ulkan daryolar bir Rahmoni Zuljaloli Val Ikromning xazina-i rahmatidan chiqyaptilar va oqyaptilar. Hatto shu qadar favquloda iddixor va sarf qilinyaptilarki, "Toʻrtta daryo Jannatdan kelyaptilar" deya rivoyat qilingan. Ya'ni, zohiriy sabablardan juda yuksak boʻlganliklaridan, ma'naviy bir jannatning xazinasidan va yolgʻiz gʻaybiy va tuganmas bir manbaning fayzidan oqyaptilar demakdir. Masalan: Misrning qumistonini bir jannatga oʻgirgan Nili Muborak janub tarafidan, "Jabali Qamar" deyilgan bir togʻdan mutamodiyan kichik bir dengiz kabi tugamasdan oqadi. Olti oydagi sarfiyoti togʻ shaklida toʻplansa va muzlatilsa, u togʻdan yanada katta boʻladi. Holbuki u togʻdan unga ayrilgan yer va mahzan olti qismidan bir qism boʻlmaydi. Voridoti esa, u mintaqa-i harrada juda oz kelgan va suvsagan tuproq tez yutgani uchun mahzanga oz ketgan yomgʻir, albatta u muvozana-i vase'ani muhofaza qilolmaganidan, u Nili Muborak odati arziyadan ustun bir gʻaybiy jannatdan chiqyapti degan rivoyat gʻoyat ma'nodor va goʻzal bir haqiqatni ifoda qiladi.
Shunday qilib, dengiz va dayrolarning dengizlar kabi haqiqatlarining va shahodatlarining mingdan birini koʻrdi. Va umumi bil-ijmo' dengizlarning kattaligi nisbatida bir quvvat bilan لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deydi va bu guvohlikka dengizlar maxluqoti adadicha shohidlar koʻrsatadi deya tushundi. Va dengizlarning va daryolarning umum guvohliklarini iroda qilib ifoda qilish ma'nosida, Birinchi Maqomning toʻrtinchi martabasida:
deyilgandir.
Soʻngra togʻlar va sahrolar sayohati fikriyada boʻlgan u yoʻlovchini chaqiradilar, "Sahifalarimizni ham oʻqi!" deydilar. U ham qaraydi, koʻradiki: Togʻlarning kulliy vazifalari va umumiy xizmatlari shu qadar azamatli va hikmatliki, aqllarni hayrat ichida qoldiradi. Masalan: Togʻlarning zamindan amri Rabboniy bilan chiqishlari va zaminning ichida inqiloboti dohiliyadan nash'at etgan hayajonini va gʻazabini va hiddatini chiqishlari bilan taskin etib, zamin u togʻlarning joʻsh urishi bilan va tuynugi bilan nafas olib, zararli boʻlgan silkinishlardan va zilzila-i muzirradan qutilib, vazifa-i davriyasida sakanasining istirohatlarini buzmaydi. Demak, qandayki safinalarni silkinishdan viqoya va muvozanalarini muhofaza uchun ularning tirgaklari ustida qurilgan. Xuddi shuning kabi, togʻlar zamin safinasiga bu ma'noda xazinali tirgaklari boʻlganliklarini Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon
kabi koʻp oyatlar bilan farmon qilyapti.
Ham masalan, togʻlarning ichida zihayotga lozim boʻlgan har navi manbalar, suvlar, ma'danlar, moddalar, dorilar shu qadar hakimona va mudabbirona va karimona va ehtiyotkorona iddixor va ihzor va istif etilganki, bilbedaho qudrati nihoyatsiz bir Qodirning va hikmati nihoyatsiz bir Hakimning xazinalari va omborlari va xizmatkorlari boʻlganliklarini isbot qiladilar, deya tushunadi. Va sahro va togʻlarning togʻ qadar vazifa va hikmatlaridan bu ikki javharga boshqalarini qiyos qilib, togʻlarning va sahrolarning umum hikmatlari bilan, xususan ehtiyotiy iddixorlar jihati bilan keltirgan shahodatni va aytgan لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ tavhidini togʻlar quvvatida va sabotida va sahrolar kengligida va kattaligida koʻradi, "Amantu Billah" deydi.
Xullas, bu ma'noni ifoda uchun Birinchi Maqomning beshinchi martabasida:
deyilgan.
Soʻngra u yoʻlovchi togʻda va sahroda fikri bilan kezarkan, ashjar va nabotot olamining eshigi fikriga ochildi. Uni ichkariga chaqirdilar. "Kel, doiramizda ham kez, yozuvlarimizni ham oʻqi!" dedilar. U ham kirdi, koʻrdiki: Gʻoyat muhtasham va muzayyan bir majlisi tahlil va tavhid va bir halqa-i zikr va shukr tashkil qilganlar. Butun ashjar va nabototning anvo'lari bil-ijmo' barobar لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deyayotganlaridek lisoni hollaridan tushundi. Chunki butun mevador daraxt va nabotlar; mezonli va fasohatli yaproqlarining tillari bilan va ziynatli va jazolatli gullarining soʻzlari bilan va intizomli va balogʻatli mevalarining kalimalari bilan barobar, musabbihona shahodat keltirganliklariga va لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deganlariga dalolat va shahodat qilgan uch buyuk kulliy haqiqatni koʻrdi:
Juda zohir bir suratda qasdiy bir in'om va ikrom va ixtiyoriy bir ehson va imtinon ma'nosi va haqiqati har birisida his etilgani kabi, majmuida esa quyoshning zuhuridagi ziyosi kabi koʻrinadi.
Tasodifga havolasi hech bir jihati imkoni boʻlmagan qasdiy va hakimona bir tamyiz va tafriq, ixtiyoriy va rahimona bir tazyin va tasvir ma'nosi va haqiqati u hadsiz anvo' va afrodda kunduz kabi oshkora koʻrinadi va bir Sone'-i Hakimning asarlari va naqshlari boʻlganliklarini koʻrsatadi.
U hadsiz masnu'otning yuz ming tur va boshqa-boshqa tarz va shaklda boʻlgan suratlari gʻoyat muntazam, mezonli, ziynatli boʻlib, mahdud va ma'dud va bir-birining misli va oddiy va jomid va bir-birining ayni yoki oz farqli va qorishiq boʻlgan urugʻlardan, donchalardan u ikki yuz ming navlarning fariqali va intizomli, boshqa-boshqa, muvozanali, hayotdor, hikmatli, yanglishsiz, xatosiz bir vaziyatda umum afrodining suratlarining fathi va ochilishi esa shunday bir haqiqatdirki, quyoshdan yanada porloqdir va bahorning gullari va mevalari va yaproqlari va mavjudoti sanogʻicha u haqiqatni isbot qilgan shohidlar bor deya bildi.
dedi.
Demak, bu mazkur haqiqatlarni va shahodatlarni ifoda etish ma'nosi bilan, Birinchi Maqomning oltinchi martabasida:
deyilgan.
Soʻngra sayohati fikriyada boʻlgan u sinchkov va taraqqiy bilan zavqi va shavqi ortgan dunyo yoʻlovchisi bahor bogʻidan bir bahor qadar bir guldasta-i ma'rifat va iymon olib kelarkan, hayvonot va tuyur olamining eshigi haqiqat-bin boʻlgan aqliga va ma'rifat-oshino boʻlgan fikriga ochildi. Yuz ming boshqa-boshqa ovozlar bilan va turli-tuman tillar bilan uni ichkariga chaqirdilar, "Marhamat qiling" dedilar. U ham kirdi va koʻrdiki: Butun hayvonot va qushlarning butun navlari va toifalari va millatlari bil-ittifoq lisoni qol va lisoni hollari bilan لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deb, zamin yuzini bir zikrxona va muazzam bir majlisi tahlil suratiga oʻgirganlar; har biri shaxsan bittadan qasida-i Rabboniy, bittadan kalima-i Subhoniy va ma'nodor bittadan harfi Rahmoniy hukmida sone'larini tavsif etib hamdu sano qilayotgan vaziyatda koʻrdi. Goʻyo u hayvonlarning va qushlarning tuygʻulari va quvalari va jihozlari va a'zolari va asboblari manzum va mavzun kalimalardir va muntazam va mukammal soʻzlardir. Ular bular bilan Xalloq va Razzoqlariga shukr va vahdoniyatiga shahodat keltirganliklariga qat'iy dalolat etgan uch muazzam va qamragan haqiqatlarni mushohada etdi.
Hech bir jihat bilan bebosh tasodifga va koʻr quvvatga va shuursiz tabiatga havolasi mumkin boʻlmagan hechdan hakimona ijod va san'atparvarona ibdo' va ixtiyorkorona va olimona yaratish va insho va yigirma jihat bilan ilm va hikmat va irodaning jilvasini koʻrsatgan ruhlantirish va ihyo etish haqiqatidirki, ziruhlar adadicha shohidlari boʻlgan bir burhoni bahir boʻlib, Zoti Hayyi Qayyumning vujubi vujudiga va sifati sab'asiga va vahdatiga shahodat qiladi.
U hadsiz masnu'larda bir-biridan siymocha fariqali va shaklcha ziynatli va miqdorcha mezonli va suratcha intizomli bir tarzdagi tamyizdan, tazyindan, tasvirdan shunday azamatli va quvvatli bir haqiqat koʻrinadiki: Qodiri Kulli Shay va Alimi Kulli Shaydan boshqa hech bir narsa bu har jihat bilan minglarcha horiqolarni va hikmatlarni koʻrsatgan ihotali fe'lga sohib boʻlolmaydi va hech bir imkon va ehtimoli yoʻq.
Bir-birining misli va ayni yoki oz farqli va bir-biriga oʻxshagan mahsur va mahdud tuxumlardan va tuxumchalardan va nutfa deyilgan suv qatralaridan u hadsiz hayvonlarning yuz minglab tur tarzlarda va bittadan moʻ'jiza-i hikmat mohiyatida boʻlgan suratlarini gʻoyat muntazam va muvozanali va xatosiz bir hay'atda ochish va fath etish shunday porloq bir haqiqatdirki, hayvonlar adadicha sanadlar, dalillar oʻsha haqiqatni tanvir etadi.
Xullas bu uch haqiqatning ittifoqi bilan, hayvonlarning butun anvo'i barobar shunday bir لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deb shahodat keltiradilarki, goʻyo zamin katta bir inson kabi, kattaligi nisbatida لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deb samovot ahliga eshittirayotgan mohiyatda koʻrdi va toʻliq dars oldi. Birinchi Maqomning yettinchi martabasida bu mazkur haqiqatlarni ifoda etish ma'nosi bilan:
deyilgandir.
Soʻngra u mutafakkir yoʻlovchi ma'rifati Ilohiyaning hadsiz martabalarida va nihoyatsiz azvoqida va anvorida yanada ilgarilash uchun insonlar olamiga va bashar dunyosiga kirishni istarkan, boshda anbiyolar boʻlib uni ichkariga da'vat qildilar, u ham kirdi. Eng avval oʻtgan zamonning manziliga qaradi, koʻrdiki: Navi basharning eng nuroniy va eng mukammali boʻlgan umum paygʻambarlar (Alayhimussalom) bil-ijmo' barobar لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deb zikr qilyaptilar va porloq va musaddaq boʻlgan hadsiz moʻ'jizotlarining quvvati bilan tavhidni iddi'o etyaptilar va basharni hayvoniyat martabasidan malakiyat darajasiga chiqarish uchun, ularni iymoni billohga da'vat bilan dars berayotganlarini koʻrdi. U ham u nuroniy madrasada tiz choʻkib darsda oʻtirdi. Koʻrdiki: Mashohiri insoniyaning eng yuksaklari va nomdorlari boʻlgan u ustozlarning har birisining qoʻlida Xoliqi Koinot tarafidan berilgan nishona-i tasdiq boʻlib moʻ'jizalar boʻlganidan, har birining ixbori bilan bashardan bir toifa-i azima va bir ummat tasdiq qilib iymonga kelganlaridan, u yuz ming jiddiy va toʻgʻri zotlar ijmo' va ittifoq bilan hukm va tasdiq qilgan bir haqiqat naqadar quvvatli va qat'iy boʻlganini qiyos qila oldi. Va bu quvvatga bu qadar muxbiri sodiqlar hadsiz moʻ'jizalari bilan imzo bosgan va isbot qilgan bir haqiqatni inkor qilgan ahli zalolat qay daraja hadsiz bir xato, bir jinoyat qilganliklarini va naqadar hadsiz bir azobga haqdor boʻlganliklarini tushundi va ularni tasdiq qilib iymon keltirganlar naqadar haqli va haqiqatli boʻlganliklarini bildi, iymon qudsiyatining buyuk bir martabasi yana unga koʻrindi. Ha, anbiyoni (Alayhimussalom) Janobi Haq tarafidan fe'lan tasdiq hukmida boʻlgan hadsiz moʻ'jizotlaridan va haqqoniyatlarini koʻrsatgan muorizlariga kelgan samoviy juda koʻp ta'zirlaridan va haq boʻlganliklariga dalolat qilgan shaxsiy kamolotlaridan va haqiqatli ta'limotlaridan va togʻri boʻlganliklariga guvohlik qilgan quvvati iymonlaridan va tom jiddiyatlaridan va fidokorliklaridan va qoʻllarida boʻlgan qudsiy kitob va suhuflaridan va ularning yoʻllari toʻgʻri va haq boʻlganiga guvohlik qilgan ittibolari bilan haqiqatga, kamolotga, nurga vosil boʻlgan hadsiz tilmizlaridan boshqa, ularning va u juda jiddiy muxbirlarning musbat masalalarda ijmo'i va ittifoqi va tavoturi va isbotda tavofuqi va tasonudi va tatobuqi shunday bir hujjatdir va shunday bir quvvatdirki, dunyoda hech bir quvvat qarshisiga chiqolmaydi va hech bir shubha va taraddudni qoldirmaydi. Va iymonning arkonida umum anbiyoni (Alayhimussalom) tasdiq ham dohil boʻlishi, u tasdiq buyuk bir quvvat manbai boʻlganini tushundi. Ularning darslaridan koʻp fayzi iymoniy oldi. Demak, bu yoʻlovchining mazkur darsini ifoda etish ma'nosida Birinchi Maqomning sakkizinchi martabasida:
deyilgan.
Soʻngra iymonning quvvatidan ulviy bir zavqi haqiqat olgan u sayyohi tolib Anbiyo Alayhimussalomning majlisidan kelarkan, ulamoning ilmalyaqiyn suratida qat'iy va quvvatli dalillar bilan Anbiyolarning (Alayhimussalom) da'volarini isbot qilgan va asfiyo va siddiqiyn deyilgan mutabahhir, mujtahid muhaqqiqlar uni darsxonalariga chaqirdilar. U ham kirdi, koʻrdiki: Minglarcha dohiy va yuz minglarcha mudaqqiq va yuksak ahli tahqiq qil qadar bir shubha qoldirmagan tadqiqoti a'miqolari bilan, boshda vujubi vujud va vahdat boʻlib musbat masoili iymoniyani isbot qilyaptilar. Ha, iste'dodlari va maslaklari muxtalif boʻlgani holda, usul va arkoni iymoniyada ularning muttafiqan ittifoqlari va har birisining quvvatli va yaqiyniy burhonlariga istinodlari shunday bir hujjatdirki, ularning majmui qadar bir zakovat va diroyat sohibi boʻlish va burhonlarining umumi qadar bir burhon topish mumkin boʻlsa, qarshilariga faqat shunday chiqilishi mumkin. Boʻlmasa u munkirlar yolgʻiz jaholat va ajhaliyat va inkor va isbot qilinmagan manfiy masalalarda qaysarlik va koʻz yumish surati bilan qarshilariga chiqishlari mumkin. Koʻzini yumgan yolgʻiz oʻziga kunduzni kecha qiladi. Bu sayyoh bu muhtasham va keng darsxonada bu muhtaram va mutabahhir ustozlar nashr qilgan nurlar zaminning yarmini ming yildan ziyoda ziyolantirganini bildi. Va shunday bir quvva-i ma'naviyani topdiki, butun ahli inkor toʻplansa, uni qil qadar adashtirmaydi va ikkilantirmaydi. Mana, bu yoʻlovchi bu darsxonadan olgan darsga bir qisqa ishorat boʻlib, Birinchi Maqomning toʻqqizinchi martabasida:
deyilgan.
Soʻngra iymonning yanada ziyoda quvvatlanishida va inkishofida va ilmalyaqiyn darajasidan aynalyaqiyn martabasiga taraqqiysidagi anvorni va azvoqni koʻrishga juda mushtoq boʻlgan u mutafakkir yoʻlovchi madrasadan kelarkan, hadsiz kichik takyalarning va zaviyalarning qoʻshilishi bilan kengaygan gʻoyat fayzli va nurli va sahro kengligida bir takya, bir xangoh, bir zikrxona, bir irshodgohda va jadda-i kubro-i Muhammadiyning (S.A.V.) va me'roji Ahmadiyning (S.A.V.) soyasida haqiqatga xizmat qilgan va haqqa erishgan va aynalyaqiynga yetishgan minglab va millionlab qudsiy murshidlar uni dargohga chaqirdilar. U ham kirdi, koʻrdiki: U ahli kashf va karomat murshidlar kashfiyotlariga va mushohadalariga va karomatlariga istinodan bil-ijmo' muttafiqan لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deb vujubi vujud va vahdati Rabboniyani koinotga e'lon qilyaptilar. Quyoshning ziyosidagi yetti rang bilan quyoshni tanish kabi, yetmish rang bilan, balki asmo-i husna adadicha Shamsi Azaliyning ziyosidan tajalliy etgan boshqa-boshqa nurli ranglar va turli-tuman ziyoli lavnlar va boshqa-boshqa haqiqatli tariqatlar va muxtalif toʻgʻri maslaklar va mutanavvi' haqli mashrablarda boʻlgan u qudsiy dohiylar va nuroniy oriflar ijmo' va ittifoq bilan imzo bosgan bir haqiqat qay daraja zohir va bahir boʻlganini aynalyaqiyn mushohada etdi va anbiyoning (Alayhimussalom) ijmo'i va asfiyoning ittifoqi va avliyoning tavofuqi va bu uch ijmo'ning birdan ittifoqi quyoshni koʻrsatgan kunduzning ziyosidan yanada porloq ekanini koʻrdi. Mana bu musofir takyadan olgan fayzga qisqa bir ishorat sifatida, Birinchi Maqomning oʻninchi martabasida:
deyilgan.
Soʻngra kamoloti insoniyaning eng muhimi va eng muazzami, bakli biljumla kamoloti insoniyaning manbai va asosi iymoni billohdan va ma'rifatullohdan nash'at etgan muhabbatulloh boʻlganini bilgan u dunyo sayyohi butun quvvati bilan va latoifi bilan iymonning quvvatida va ma'rifatning inkishofida yanada ziyoda taraqqiy qilishini istash fikri bilan boshini koʻtardi va samovotga qaradi. Oʻz aqliga dediki: "Modomiki koinotda eng qimmatbaho narsa hayotdir va koinotning mavjudoti hayotga musahhardir va modomiki zihayotning eng qimmatbahosi ziruhdir va ziruhning eng qimmatbahosi zishuurdir va modomiki bu qimmatbaholik uchun kura-i zamin zihayotni mutamodiyan koʻpaytirish uchun har asr, har yil toʻladi, boʻshaladi. Albatta va har holda, bu muhtasham va muzayyan boʻlgan samovotning ham oʻziga munosib aholisi va sakanasi zihayot va ziruh va zishuurlardan bordirki, huzuri Muhammadiyda (S.A.V.) sahobalarga koʻringan Hazrat Jabroilning (A.S.) tamassuli kabi maloikalarni koʻrish va ular bilan gaplashish hodisalari tavotur suratida eskidan beri naql va rivoyat qilinadi. Unday boʻlsa, koshki men samovot ahli bilan ham koʻrishsaydim, ular qanday fikrda boʻlganliklarini bilsaydim, chunki "Xoliqi Koinot haqida eng muhim soʻz ularnikidir" deya oʻylarkan, birdan samoviy shunday bir ovozni eshitdi: "Modomiki biz bilan koʻrishish va darsimizni tinglashni istaysan, bilki: Boshda Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam va Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon boʻlib butun paygʻambarlarga vositamiz bilan kelgan masoili iymoniyaga eng avval biz iymon keltirganmiz. Ham insonlarga tamassul etib koʻringan va bizlardan boʻlgan butun arvohi toyyiba bila-istisno va bil-ittifoq bu koinot xoliqining vujubi vujudiga va vahdatiga va sifati qudsiyasiga shahodat keltirib bir-biriga muvofiq va mutobiq boʻlib ixbor etganlar. Bu hadsiz ixborotning tavofuqi va tatobuqi quyosh kabi senga bir rahbardir", deganlarini bildi va uning nuri iymoni porladi, zamindan koʻklarga chiqdi. Bu yoʻlovchi maloikalardan olgan darsga qisqa bir ishorat sifatida, Birinchi Maqomning oʻn birinchi martabasida:
deyilgandir.
Soʻngra pur-maroq va pur-ishtiyoq u musofir olami shahodat va jismoniy va moddiy jihatdan va maxsus toifalarning tillaridan va lisoni hollaridan dars olganidan, olami gʻayb va olami barzohda ham mutolaa bilan bir sayohat va bir taxarri-i haqiqat orzu qilarkan, har toifa-i insoniyada boʻlgan va koinotning mevasi boʻlgan insonning urugʻi hukmida boʻlgan va kichikligi bilan barobar ma'nan koinot qadar inbisot eta olgan mustaqim va munavvar aqllarning, salim va nuroniy qalblarning eshigi ochildi. Qaradiki, ular olami gʻayb va olami shahodat oʻrtasida insoniy barzohlardir va ikki olamning bir-biri bilan munosabatlari va muomalalari insonga nisbatan u nuqtalarda boʻlishini koʻrganidan, oʻz aql va qalbiga dediki: "Keling, bu oʻxshashingizning eshigidan haqiqatga ketgan yoʻl yanada qisqadir. Biz boshqa yoʻllardagi tillardan dars olganimiz kabi emas, balki iymon nuqtasidagi ittisoflaridan va holat va ranglaridan mutolaamiz bilan istifoda qilishimiz kerak dedi, mutolaani boshladi. Koʻrdiki:
Iste'dodlari gʻoyat muxtalif va mazhablari bir-birdan uzoq va muxolif boʻlgan umum istiqomatli va nurli aqllarning iymon va tavhiddagi ittisofkorona va rasihona e'tiqodlari tavofuq va sabotkorona va mutmainona qanoat va yaqiynlari tatobuq etadi. Demak, tabaddul etmagan bir haqiqatga tayanib bogʻlanganlar va ildizlari metin bir haqiqatga kirgan, uzilmaydi. Unday boʻlsa, bularning nuqta-i iymoniyada va vujub va tavhidda ijmo'lari hech uzilmas bir zanjiri nuroniydir va haqiqatga ochilgan ziyoli bir derazadir.
Ham koʻrdiki: Maslaklari bir-biridan uzoq va mashrablari bir-biriga mubayin boʻlgan oʻsha umum salim va nuroniy qalblarning arkoni iymoniyadagi muttafiqona va itminonkorona va munjazibona kashfiyot va mushahadotlari bir-biriga tavofuq va tavhidda bir-biriga mutobiq chiqadi. Demak, haqiqatga muqobil va vosil va mutamassil bu kichkina bittadan arshi ma'rifati Rabboniya va bu jamlovchi bittadan oyna-i Samadoniya boʻlgan nuroniy qalblar shamsi haqiqatga qarshi ochilgan derazalardir va umumi birdan quyoshga oynadorlik qilgan bir dengiz kabi bir oyna-i a'zamdir. Bularning vujubi vujudda va vahdatda ittifoqlari va ijmo'lari hech adashmas va adashtirmas bir rahbari akmal va bir murshidi akbardir. Chunki hech bir jihat bilan hech bir imkon va hech bir ehtimol yoʻqki, haqiqatdan boshqa bir vahm va haqiqatsiz bir fikr va aslsiz bir sifat bu qadar mustamirrona va rasihona bu juda buyuk va keskin koʻzlarning umumini birdan aldatsin, gʻolati hisga duchor qilsin. Bunga ehtimol bergan buzilgan va chirigan bir aqlga bu koinotni inkor qilgan ahmoq Sofistaiylar ham rozi boʻlmaydilar, rad qiladilar deya tushundi. Oʻz aql va qalbi bilan barobar "Amantu Billah" dedilar. Xulas, bu yoʻlovchi mustaqim aqllardan va munavvar qalblardan istifoda qilgan ma'rifati iymoniyaga qisqa bir ishorat sifatida Birinchi Maqomning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi martabalarida
deyilgan.
Soʻngra olami gʻaybga yaqindan qaragan va aql va qalbda sayohat qilgan oʻsha yoʻlovchi, ajabo olami gʻayb nima deydi deya sinchkovlik bilan u eshikni ham shunday bir fikr bilan qoqdi. Ya'ni, modomiki bu jismoniy olami shahodatda bu qadar ziynatli va san'atli hadsiz masnu'lari bilan oʻzini tanittirish va bu qadar totli va bezalgan va nihoyatsiz ne'matlari bilan oʻzini sevdirish va bu qadar moʻ'jizali va mahoratli hisobsiz asarlari bilan yashirin kamolotini bildirish, qovldan va takallumdan yanada zohir bir tarzda fe'lan istagan va hol tili bilan bildirgan bir zot parda-i gʻayb tarafida boʻlgani bilbedaho tushuniladi. Albatta va har holda, fe'lan va holan boʻlgani kabi, qovlan va takalluman ham gaplashadi, oʻzini tanittiradi, sevdiradi. Unday boʻlsa, olami gʻayb jihatidan uni uning tazohurotidan bilishimiz kerak dedi. Qalbi ichkariga kirdi, aql koʻzi bilan koʻrdiki:
Gʻoyat quvvatli bir tazohurot bilan vahiylarning haqiqati olami gʻaybning har tarafida har zamonda hukm qilyapti. Koinotning va maxluqotning shahodatlaridan koʻp quvvatli bir shahodati vujud va tavhid Allam-ul Gʻuyubdan vahiy va ilhom haqiqatlari bilan kelyapti. Oʻzini va vujud va vahdatini yolgʻiz masnu'larining shahodatlariga qoldirmayapti. Oʻzi oʻziga loyiq bir kalomi azaliy bilan gapiryapti. Har yerda ilm va qudrati bilan hozir va nazirning kalomi ham hadsizdir va kalomining ma'nosi uni bildirgani kabi, takallumi ham uni sifati bilan bildiryapti.
Ha, yuz ming Paygʻambarlarning (Alayhimussalom) tavoturlari bilan va ixborotlarining vahyi Ilohiyga mazhariyat nuqtasida ittifoqlari bilan va navi bashardan aksariyati mutlaqaning tasdiqgardasi va rahbari va muqtadosi va vahiyning samaralari va vahyi mashhud boʻlgan kutubi muqaddasa va suhufi samoviyaning daloil va moʻ'jizotlari bilan haqiqati vahiyning tahaqquqi va subuti badohat darajasiga kelganini bildi va vahiyning haqiqati besh haqiqati qudsiyani ifoda va ifoza etadi deya tushundi:
deyilgan, basharning aqllariga va fahmlariga koʻra gaplashish bir tanazzuli Ilohiydir. Ha, butun ziruh maxluqotini gapirtirgan va gapirishlarini bilgan, albatta oʻzi ham u gapirishlarga gapirishi bilan mudohala etishi, rububiyatning muqtazosidir.
Oʻzini tanittirish uchun koinotni bu qadar hadsiz xarajatlar bilan, boshdan oyoq horiqolar ichida yaratgan va minglab tillar bilan kamolotini ayttirgan, albatta oʻz soʻzlari bilan ham oʻzini tanittiradi.
Mavjudotning eng muntahobi va eng muhtoji va eng nozanini va eng mushtogʻi boʻlgan haqiqiy insonlarning munojotlariga va shukrlariga fe'lan muqobala etgani kabi, kalomi bilan ham muqobala etish, xoliqiyatning sha'nidir.
Ilm bilan hayotning zaruriy bir lozimi va nurli bir tazohuri boʻlgan mukolama sifati, albatta ihotali bir ilmni va sarmadiy bir hayotni tashigan zotda ihotali va sarmadiy bir suratda boʻladi.
Eng sevimli va muhabbatli va andishali va nuqta-i istinodga eng muhtoj va sohibini va molikini topishga eng mushtoq; ham faqir va ojiz boʻlgan maxluqotlariga ojizlik va ishtiyoqni, faqirlik va ehtiyojni va andisha-i istiqbolni va muhabbatni va parastishni bergan bir zot, albatta oʻz vujudini ularga takallumi bilan ish'or etishi, uluhiyatning muqtazosidir. Xullas, tanazzuli Ilohiy va taarrufi Rabboniy va muqobala-i Rahmoniy va mukolama-i Subhoniy va ish'ori Samadoniy haqiqatlarini tazammun etgan, umumiy samoviy vahiylarning ijmo' bilan Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga dalolatlari shunday bir hujjatki, kunduzdagi quyoshning shuootining quyoshga guvohligidan koʻproq quvvatlidir deya tushundi.
Soʻngra ilhomlar jihatiga qaradi, koʻrdiki: Sodiq ilhomlar, garchi bir jihatdan vahiyga oʻxshaydilar va bir navi mukolama-i Rabboniyadir, faqat ikki farq bordir:
Ilhomdan koʻp yuksak boʻlgan vahiyning aksari maloika vositasi bilan va ilhomning aksari vositasiz boʻlishidir.
Masalan: Qandayki bir podshohning ikki surat bilan gaplashishi va amrlari bor. Birisi: Hashmati saltanat va hokimiyati umumiya jihati bilan bir yovarini bir voliyga yuboradi. U hokimiyatning hashamatini va amrning ahamiyatini koʻrsatish uchun ba'zan vosita bilan barobar bir ijtimo' qiladi. Soʻngra farmon tabligʻ etiladi. Ikkinchisi: Sultonlik unvoni bilan va podshohlik umumiy ismi bilan emas, balki oʻz shaxsi bilan xususiy bir munosabati va juz'iy bir muomalasi boʻlgan xos bir xizmatchisi bilan yoki bir omi raiyati bilan va xususiy telefoni bilan xususiy gaplashishidir.
Shunga oʻxshab, Podshohi Azaliyning umum olamlarning Robbi ismi bilan va koinot Xoliqi unvoni bilan vahiy bilan va vahiyning xizmatini bajargan shumulli ilhomlari bilan mukolamasi boʻlgani kabi, har bir fardning va har bir zihayotning Robbi va Xoliqi boʻlish jihati bilan xususiy bir suratda, faqat pardalar orqasida ularning qobiliyatiga koʻra bir tarzi mukolamasi bor.
Vahiy soyasizdir, sofdir, xoslarga maxsusdir. Ilhom esa soyalidir, ranglar qoʻshiladi, umumiydir. Maloika ilhomlari bilan va inson ilhomlari va hayvonot ilhomlari kabi turli-tuman, ham juda koʻp anvo'lari bilan dengizlarning qatralari qadar kalimoti Rabboniyaning taksiriga mador bir zamin tashkil qiladi.
oyatining bir vajhini tafsir qilishini tushundi.
Soʻngra ilhomning mohiyatiga va hikmatiga va guvohligiga qaradi, koʻrdiki: Mohiyati bilan hikmati va natijasi toʻrt nurdan tarakkub topadi.
Tavaddudi Ilohiy deyilgan, oʻzini maxluqotiga fe'lan sevdirgani kabi, qovlan va huzuran va suhbatan ham sevdirish, vadudiyatning va rahmoniyatning muqtazosidir.
Ibodining duolariga fe'lan javob bergani kabi, qovlan ham pardalar orqasida ijobat etishi, rahimiyatning sha'nidir.
Ogʻir balolarga va shiddatli hollarga tushgan maxluqotlarining istimdodlariga va faryodlariga va tazarruotlariga fe'lan imdod etgani kabi, bir navi gaplashishi hukmida boʻlgan ilhomiy qovllar bilan ham imdodga yetishishi, rububiyatning lozimidir.
Juda ham ojiz va juda ham zaif va juda ham faqir va juda ham ehtiyojli va oʻz molikini va homiysini va mudabbirini va hofizini topishga juda ham muhtoj va mushtoq boʻlgan zishuur masnu'lariga vujudini va huzurini va himoyasini fe'lan ihsos etgani kabi, bir navi mukolama-i Rabboniya hukmida sanalgan bir qism sodiq ilhomlar pardasida va maxsus va bir maxluqqa qaragan xos va bir vajhda uning qobiliyatiga koʻra uning qalb telefoni bilan qovlan ham oʻz huzurini va vujudini ihsos etishi, shafqati uluhiyatning va rahmati rububiyatning zaruriy va vojib bir muqtazosidir deya tushundi.
Soʻngra ilhomning shahodatiga qaradi, koʻrdi: Qandayki quyoshning, farazan, shuuri va hayoti boʻlsaydi va u holda ziyosidagi yetti rangi yetti sifati boʻlsaydi, u jihatdan nurida boʻlgan shualari va jilvalari bilan bir tarz gaplashishi boʻlardi. Va bu vaziyatda, misolining va aksining shaffof narsalarda boʻlishi va har oyna va har porloq narsalar va shisha parchalari va pufakchalar va qatralar, hatto shaffof zarralar bilan har birining qobiliyatiga koʻra gaplashishi va ularning hojotiga javob berishi va butun ular quyoshning vujudiga shahodat qilishi va hech bir ish bir ishga mone boʻlmasligi va bir gaplashishi boshqa gaplashishga muzohamat etmasligi bilmushohada koʻrilishi kabi.. Aynan shuning kabi: Azal va abadning zuljalol sultoni va butun mavjudotning zuljamol xoliqi zishoni boʻlgan Shamsi Sarmadiyning mukolamasi ham uning ilmi va qudrati kabi kulliy va qamragan boʻlib, hamma narsaning qobiliyatiga koʻra tajalliy etishi; hech bir istak boshqa istakka, bir ish boshqa ishga, bir xitob boshqa xitobga mone boʻlmasligi va chalkashtirmasligi bilbedaho tushuniladi. Va butun u jilvalar, u gaplashishlar, u ilhomlar alohida-alohida va barobar bil-ittifoq u Shamsi Azaliyning huzuriga va vujubi vujudiga va vahdatiga va ahadiyatiga dalolat va shahodat qilganliklarini aynalyaqiynga yaqin bir ilmalyaqiyn bilan bildi.
Bu sinchkov musofirning olami gʻaybdan olgan darsi ma'rifatiga qisqa bir ishorat sifatida, Birinchi Maqomning oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi martabalarida
deyilgandir.
Soʻngra u dunyo sayyohi oʻz aqliga dediki: Modomiki bu koinotning mavjudoti bilan molikimni va xoliqimni qidiryapman. Albatta, har narsadan avval bu mavjudotning eng mashhuri va a'dasining tasdigʻi bilan ham eng mukammali va eng buyuk qoʻmondoni va eng nomdor hokimi va soʻz jihatidan eng yuksagi va aql jihatidan eng porlogʻi va oʻn toʻrt asrni fazilati bilan va Qur'oni bilan nurlantirgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni ziyorat qilish va qidirganimni undan soʻrash uchun Asri Saodatga barobar ketishimiz kerak deb, aqli bilan barobar u asrga kirdi. Koʻrdiki: U asr haqiqatdan u zot (S.A.V.) bilan bir saodati bashariya asri boʻlgan. Chunki eng badaviy va eng ummiy bir qavmni keltirgan nuri vositasi bilan qisqa bir zamonda dunyoga ustoz va hokim aylamish.
Ham oʻz aqliga dedi: Biz eng avval bu favquloda zotning (S.A.V.) bir daraja qiymatini va soʻzining haqqoniyatini va ixborotining toʻgʻriligini bilishimiz kerak, soʻngra xoliqimizni undan soʻrashimiz kerak deb taxarrini boshladi. Topgan hadsiz qat'iy dalillaridan bu yerda yolgʻiz toʻqqiz kulliyatiga bittadan qisqa ishorat qilinadi.
Bu zotda (S.A.V.), hatto dushmanlarining tasdigʻi bilan ham, butun goʻzal xulqlarning va axloqlarning boʻlishi va
oyatlarining sarohati bilan: Bir barmogʻining ishorati bilan Qamar ikki parcha bolishi, va bir hovuchi bilan a'dasining qoʻshiniga otgan oz bir tuproq umum u qoʻshinning koʻzlariga kirishi bilan qochishlari va suvsiz qolgan oʻz qoʻshiniga besh barmogʻidan kavsar kabi oqqan suvni kifoyat darajasida ichirishi kabi naqli qat'iy bilan va bir qismi tavotur bilan yuzlab moʻ'jizotning uning qoʻlida zohir boʻlishidir. Bu moʻ'jizotdan uch yuzdan ziyoda bir qismi Oʻn Toʻqqizinchi Maktub boʻlgan Moʻ'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) nomli horiqo va karomatli bir risolada qat'iy dalillari bilan barobar bayon qilinganidan, ularni unga havola qilib dediki: Bu qadar axloqi hasana va kamolot bilan barobar bu qadar moʻ'jizoti bahirasi boʻlgan bir zot (S.A.V.) albatta eng toʻgʻri soʻzlidir. Axloqsizlarning ishi boʻlgan hiylaga, yolgʻonga, xatoga tanazzul etishi mumkin emas.
Qoʻlida bu koinot sohibining bir farmoni boʻlgani va u farmonni har asrda uch yuz milliondan ziyoda insonlar qabul va tasdiq qilganlari va u farmon boʻlgan Qur'oni Azimushshonning yetti vajh bilan horiqo boʻlishidir. Va bu Qur'onning qirq vajh bilan moʻ'jiza boʻlgani va koinot xoliqining soʻzi boʻlgani quvvatli dalillari bilan barobar, "Yigirma Beshinchi Soʻz va Moʻ'jizoti Qur'oniya" nomlaridagi Risola-i Nurning bir quyoshi boʻlgan mashhur bir risolada batafsil bayon qilinishidan, uni unga havola qilib dedi: Bunday ayni haq va haqiqat bir farmonning tarjimoni va tabligʻ etuvchisi boʻlgan zotda (S.A.V.) farmonga jinoyat va farmon sohibiga xiyonat hukmida boʻlgan yolgʻon boʻlishi va topilishi mumkin emas!..
U zot (S.A.V.) shunday bir shariat va bir Islomiyat va bir ubudiyat va bir duo va bir da'vat va bir iymon bilan maydonga chiqqanki, ularning na misli bor va na boʻladi. Va ulardan yanada mukammali na boʻlgan va na boʻladi. Chunki ummiy bir zotda (S.A.V.) zuhur etgan u shariat oʻn toʻrt asrni va navi basharning beshdan birini odilona, haqqoniyat ustida va mudaqqiqona, hadsiz qonunlari bilan idora qilishi oʻxshash qabul qilmaydi.
Ham ummiy bir zotning (S.A.V.) af'ol va aqvol va ahvolidan chiqqan Islomiyat har asrda uch yuz million insonning rahbari va marji'i va aqllarining muallimi va murshidi va qalblarining munavviri va musaffiysi va nafslarining murabbiysi va muzakkiysi va ruhlarining madori inkishofi va ma'dani taraqqiyoti boʻlishi jihati bilan misli boʻlolmaydi va boʻlolmagan.
Ham dinida boʻlgan butun ibodotning butun anvo'ida eng oldin boʻlishi va harkasdan ziyoda taqvoda boʻlishi va Allohdan qoʻrqishi va favquloda doimiy mujahadot va dagʻdagʻalar ichida, aynan ubudiyatning eng nozik asroriga qadar rioya qilishi va hech kimni taqlid qilmasdan va tom ma'nosi bilan va mubtadiyona faqat eng mukammal boʻlib, ham ibtido va intihoni birlashtirib qilishi; albatta misli koʻrilmaydi va koʻrilmagan.
Ham minglab duo va munojotlaridan Javshan-ul Kabir bilan, shunday bir ma'rifati Rabboniya bilan, shunday bir darajada Robbini tavsif etadiki, u zamondan beri kelgan ahli ma'rifat va ahli valoyat, talohuqi afkor bilan barobar, na u martaba-i ma'rifatga va na u daraja-i tavsifga yetisholmasliklari koʻrsatadiki, duoda ham uning misli yoʻqdir. Risola-i Munojotning boshida Javshan-ul Kabirning toʻqson toʻqqiz fikrasidan bir fikrasining qisqacha bir ma'nosining bayon qilingan yeriga qaragan odam Javshanning ham misli yoʻqdir deydi.
Ham tabligʻi risolatda va insonlarni haqqa da'vatda shu daraja matonat va sabot va jasorat koʻrsatganki, katta davlatlar va katta dinlar, hatto qavm va qabilasi va amakisi unga shiddatli adovat qilganlari holda, zarra miqdor bir asari taraddud, bir xavotirlanish, bir qoʻrqoqlik koʻrsatmasligi va bir oʻzi butun dunyoga qarshi chiqishi va boshga ham chiqarishi va Islomiyatni dunyoning boshiga oʻtkazishi isbot qiladiki, tabligʻ va da'vatda ham misli boʻlmagan va boʻlolmaydi.
Ham iymonda shunday favquloda bir quvvat va horiqo bir yaqiyn va moʻ'jizona bir inkishof va jahonni ishiqlantirgan bir ulviy e'tiqod tashiganki, u zamonning hukmroni boʻlgan butun afkori va aqidalari va hukamoning hikmatlari va ruhoniy raislarning ilmlari unga muoriz va muxolif va munkir boʻlganlari holda, uning na yaqiyniga, na e'tiqodiga, na e'timodiga, na itminoniga hech bir shubha, hech bir taraddud, hech bir zaiflik, hech bir vasvasa bermasliklari va ma'naviyatda va marotibi iymoniyada taraqqiy qilgan boshda sahobalar va butun ahli valoyat uning har vaqt martaba-i iymonidan fayz olishlari va uni eng yuksak darajada topishlari, bilbedaho koʻrsatadiki, iymoni ham benazirdir.
Mana, bunday benazir bir shariat va mislsiz bir Islomiyat va horiqo bir ubudiyat va favquloda bir duo va jahonpisandona bir da'vat va moʻ'jizona bir iymon sohibida, albatta hech bir jihat bilan yolgʻon boʻlolmaydi va aldatmaydi deya angladi va aqli ham tasdiq qildi.
Anbiyolarning (Alayhimussalom) ijmo'i, qandayki vujud va vahdoniyati Ilohiyaga gʻoyat quvvatli bir dalildir, xuddi shuning kabi, bu zotning (S.A.V.) toʻgʻriligiga va risolatiga gʻoyat sogʻlom bir shahodatdir. Chunki Anbiyo Alayhimussalomning toʻgʻriliklariga va paygʻambar boʻlishlariga mador boʻlgan naqadar qudsiy sifatlar va moʻ'jizalar va vazifalar boʻlsa, u zotda (S.A.V.) eng oldinda boʻlgani tarixcha musaddaqdir. Demak, ular qandayki lisoni qol bilan Tavrot, Injil, Zabur va suhuflarida bu zotning (S.A.V.) kelishini xabar berib insonlarga bashorat berganlarki, kutubi muqaddasaning u bashoratli ishorotidan yigirmadan ortiq va juda zohir bir qismi Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda goʻzal ravishda bayon va isbot qilingan. Shunga oʻxshab, lisoni hollari bilan, ya'ni nubuvvatlari bilan va moʻ'jizalari bilan oʻz maslaklarida va vazifalarida eng oldinda va eng mukammal boʻlgan bu zotni tasdiq qilib, da'vosiga imzo bosadilar. Va lisoni qol va ijmo' bilan vahdoniyatga dalolat qilganlari kabi, lisoni hol bilan va ittifoq bilan ham bu zotning sodiqiyatiga shahodat qiladilar deya angladi.
Bu zotning dasturlari bilan va tarbiyasi va tobeiyati bilan va orqasidan ketishlari bilan haqqa, haqiqatga, kamolotga, karomatga, kashfiyotga, mushahadotga yetishgan minglarcha avliyo vahdoniyatga dalolat qilganlari kabi, ustozlari boʻlgan bu zotning sodiqiyatiga va risolatiga ijmo' va ittifoq bilan shahodat qiladilar. Va olami gʻaybdan bergan xabarlarning bir qismini nuri valoyat bilan mushohada etishlari va umumini nuri iymon bilan yo ilmalyaqiyn yoki aynalyaqiyn yoki haqqalyaqiyn suratida e'tiqod va tasdiq qilishlari ustozlari boʻlgan bu zotning daraja-i haqqoniyat va sodiqiyatini quyosh kabi koʻrsatganini koʻrdi.
Bu zotning ummiyligi bilan barobar keltirgan haqoiqi qudsiya va ixtiro qilgan ulumi oliya va kashf qilgan ma'rifati Ilohiyaning darsi bilan va ta'limi bilan, martaba-i ilmiyada eng yuksak maqomga yetishgan millionlab asfiyo-i mudaqqiqiyn va siddiqiyni muhaqqiqiyn va dohiy hukamo-i moʻ'miniyn bu zotning ussul asos da'vosi boʻlgan vahdoniyatni quvvatli burhonlari bilan bil-ittifoq isbot va tasdiq qilganlari kabi, bu muallimi akbarning va bu ustozi a'zamning haqqoniyatiga va soʻzlarining haqiqat boʻlganiga ittifoq bilan shahodatlari kunduz kabi bir hujjati risolati va sodiqiyatidir. Masalan: Risola-i Nur yuz parchasi bilan bu zotning sadoqatining birgina burhonidir.
Ol va asxob nomli va navi basharning anbiyodan soʻngra farosat va diroyat va kamolot bilan eng mashhuri va eng muhtaram va nomdori va eng dindor va eng keskin nazarli toifa-i azimasi qattiq qiziqish bilan va gʻoyat diqqat va nihoyat jiddiyat bilan bu zotning butun yashirin va oshkora hollarini va fikrlarini va vaziyatlarini taxarri va taftish va tadqiq qilishlari natijasida bu zotning dunyoda eng sodiq va eng yuksak va eng haqli va haqiqatli boʻlganiga ittifoq bilan va ijmo' bilan va oʻzgarmas tasdiqlari va quvvatli iymonlari, quyoshning ziyosiga dalolat qilgan kunduz kabi bir dalildir deya angladi.
Bu koinot qandayki oʻzini ijod va idora va tartib qilgan va tasvir va taqdir va tadbir bilan bir saroy kabi, bir kitob kabi, bir koʻrgazma kabi, bir tomoshagoh kabi tasarruf qilgan sone'iga va kotibiga va naqqoshiga dalolat qiladi. Shunga oʻxshab, koinotning xilqatidagi maqosidi Ilohiyani biladigan va bildiradigan va tahavvulotidagi Rabboniy hikmatlarini ta'lim beradigan va vazifadorona harakotidagi natijalarni dars beradigan va mohiyatidagi qiymatini va ichidagi mavjudotning kamolotini e'lon qiladigan va u kitobi kabirning ma'nolarini ifoda qiladigan bir yuksak dallol, bir toʻgʻri kashshof, bir muhaqqiq ustoz, bir sodiq muallim istagani va iqtizo qilgani va har holda boʻlishiga dalolat qilgani jihati bilan, albatta bu vazifalarni harkasdan ziyoda qilgan bu zotning haqqoniyatiga va bu koinot Xoliqining eng yuksak va sodiq bir ma'muri boʻlganiga shahodat qilganini bildi.
Modomiki bu san'atli va hikmatli masnu'oti bilan oʻz hunarlarini va san'atkorligining kamolotini tashhir etish va bu bezalgan, ziynatli nihoyatsiz maxluqoti bilan oʻzini tanittirish va sevdirish va bu lazzatli va qiymatli hisobsiz ne'matlari bilan oʻziga tashakkur va hamd ettirish va bu shafqatli va himoyali umumiy tarbiya va iosha bilan, hatto ogʻizlarning eng nozik zavqlarini va ishtahalarning har navini qoniqtiradigan bir suratda ihzor etilgan Rabboniy it'omlar va ziyofatlar bilan oʻz rububiyatiga qarshi minnatdorona va mutashakkirona va parastishkorona ibodat ettirish va mavsumlarning tabdili va kecha va kunduzning tahvili va ixtilofi kabi azamatli va hashmatli tasarrufot va ijroot va dahshatli va hikmatli faoliyat va xalloqiyat bilan oʻz uluhiyatini izhor qilib, u uluhiyatiga qarshi iymon va taslim va inqiyod va itoat ettirish va har vaqt yaxshilikni va yaxshilarni himoya, yomonlikni va yomonlarni izola va samoviy ta'zirlar bilan zolimlarni va yolgʻonchilarni imho etish jihati bilan haqqoniyat va adolatini koʻrsatish istagan parda orqasida biri bor. Albatta va har holda, u gʻaybiy zotning yonida eng sevgili maxluqi va eng toʻgʻri abdi va uning mazkur maqsadlariga toʻliq xizmat qilib, xilqati koinotning tilsimini va muammosini hal va kashf qilgan va doimo u Xoliqining nomidan harakat qilgan va undan istimdod etgan va muvaffaqiyat istagan va u tarafidan imdodga va tavfiqqa mazhar boʻlgan va Muhammadi Qurayshiy deyilgan bu zot boʻladi. (S.A.V.)
Ham aqliga dedi: Modomiki bu mazkur toʻqqiz haqiqatlar bu zotning sidqiga shahodat qiladilar. Albatta bu odam bani odamning madori sharafi va bu olamning madori iftixoridir. Va unga "Faxri Olam" va "Sharafi Bani Odam" deyilishi juda loyiqdir va uning qoʻlida boʻlgan farmoni Rahmon boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning hashmati saltanati ma'naviyasining nisfi arzni istilosi va shaxsiy kamoloti va yuksak xislatlari koʻrsatadiki, bu olamda eng muhim zot udir, Xoliqimiz haqida eng muhim soʻz unikidir.
Mana kel, qara! Bu horiqo zotning yuzlab zohir va bahir qat'iy moʻ'jizalarining quvvatiga va dinidagi minglab oliy va asosli haqiqatlariga istinodan, butun da'volarining asosi va butun hayotining gʻoyasi, Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga va sifotiga va asmosiga dalolat va shahodat va u Vojib-ul Vujudni isbot va e'lon va i'lam etishdir.
Demak, bu koinotning ma'naviy quyoshi va Xoliqimizning eng porloq bir burhoni bu Habibulloh deyilgan zotdirki, uning shahodatini qoʻllagan va tasdiq va imzo bosgan aldanmas va aldamaydigan uch buyuk ijmo' bor:
"Agar parda-i gʻayb ochilsa, yaqiynim ziyodalashmaydi" degan Imom Ali (Roziyallohu Anh) va yerda ekan arshi a'zamni va Isrofilning azamati haykalini tomosha qilgan Gʻavsi A'zam (Q.S.) kabi keskin nazar va gʻaybbin koʻzlari boʻlgan minglab aqtob va avliyo-i azimani jamlagan va Oli Muhammad nomi bilan shuhratshiori olam boʻlgan jamoati nuroniyaning ijmo' bilan tasdiqlaridir.
Badaviy bir qavm va ummiy bir muhitda, hayoti ijtimoiyadan va afkori siyosiyadan xoli va kitobsiz va fatrat asrining qorongʻiliklarida boʻlgan va juda oz bir zamonda eng madaniy va oʻqimishli va hayoti ijtimoiyada va siyosiyada eng oldinda boʻgan millatlarga va hukumatlarga ustoz va rahbar va diplomat va hokimi odil boʻlib, sharqdan gʻarbga qadar jahonpisandona idora qilgan va "Sahoba" nomi bilan dunyoda nomdor boʻlgan jamoati mashhuraning ittifoq bilan jon va mollarini, padar va qabilalarini fido qildirgan bir quvvatli iymon bilan tasdiqlaridir.
Har asrda minglarcha afrodi boʻlgan va har fanda dohiyona ilgarilagan va muxtalif maslaklarda mashgʻul boʻlgan ummatidan yetishgan hadsiz muhaqqiq va mutabahhir ulamosining jamoati uzmosining tavofuq bilan va ilmalyaqiyn darajasida tasdiqlaridir.
Demak bu zotning vahdoniyatga shahodati shaxsiy va juz'iy emas, balki umumiy va kulliy va oʻzgarmas va butun shaytonlar toʻplansa, qarshisiga hech bir jihat bilan chiqolmaydigan bir shahodatdir deya hukm qildi.
Mana Asri Saodatda aqli bilan barobar sayohat qilgan dunyo musofiri va hayot yoʻlovchisi u madrasa-i nuroniyadan olgan darsiga bir qisqa ishorat sifatida, Birinchi Maqomning oʻn oltinchi martabasida bunday:
deyilgandir.
Soʻngra, bu dunyoda hayotning gʻoyasi va hayotning hayoti iymon boʻlganini bilgan bu toliqmaydigan va toʻymaydigan yoʻlovchi oʻz qalbiga dediki: "Qidirgan zotimizning soʻzi va kalomi deyilgan bu dunyoda eng mashhur va eng porloq va eng hakim va unga taslim boʻlmagan harkasga, har asrda qarshi chiqqan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon nomli kitobga murojaat qilib, u nima deydi, bilaylik. Faqat eng avval bu kitob bizning Xoliqimizning kitobi boʻlganini isbot qilish lozimdir deya taxarrini boshladi.
Bu sayyoh bu zamonda boʻlish munosabati bilan eng avval ma'naviy i'jozi Qur'oniyaning lam'alari boʻlgan Risola-i Nurga qaradi va uning bir yuz oʻttiz risolalari oyoti Furqoniyaning nuktalari va nurlari va asosli tafsirlari boʻlganini koʻrdi. Va Risola-i Nur bu qadar muannid va mulhid bir asrda har tarafga haqoiqi Qur'oniyani mujohidona nashr qilgani holda, qarshisiga hech kim chiqolmaganidan isbot qiladiki, uning ustozi va manbai va marji'i va quyoshi boʻlgan Qur'on samoviydir, bashar kalomi emasdir. Hatto Risola-i Nurning yuzlab hujjatlaridan birgina hujjati Qur'oniyasi boʻlgan Yigirma Beshinchi Soʻz bilan Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning oxiri Qur'onning qirq vajh bilan moʻ'jiza boʻlganini shunday isbot qilganki, kim koʻrgan boʻlsa, tanqid va e'tiroz qilish emas, balki isbotlariga hayron qolib, yuksakka koʻtarib koʻp marotaba sano etgan. Qur'onning vajhi i'jozini va haq Kalomulloh boʻlganini isbot qilish jihatini Risola-i Nurga havola qilib yolgʻiz bir qisqa ishorat bilan buyukligini koʻrsatgan bir necha nuqtaga diqqat qildi.
Qandayki Qur'on butun moʻ'jizoti bilan va haqqoniyatiga dalil boʻlgan butun haqoiqi bilan Muhammad Alayhissalotu Vassalamning bir moʻ'jizasidir. Shunga oʻxshab, Muhammad Alayhissalotu Vassalam ham butun moʻ'jizoti bilan va daloili nubuvvati bilan va kamoloti ilmiyasi bilan Qur'onning bir moʻ'jizasidir va Qur'on kalomulloh boʻlganiga bir hujjati qat'iyasidir.
Qur'on bu dunyoda shunday nuroniy va saodatli va haqiqatli bir suratda bir tabdili hayoti ijtimoiya bilan barobar, insonlarning ham nafslarida, ham qalblarida, ham ruhlarida, ham aqllarida, ham hayoti shaxsiyalarida, ham hayoti ijtimoiyalarida, ham hayoti siyosiyalarida shunday bir inqilob qilgan va idoma etgan va idora qilganki, oʻn toʻrt asr muddatida, har daqiqada olti ming olti yuz oltmish olti oyatlari kamoli ehtirom bilan, hech boʻlmasa yuz milliondan ziyoda insonlarning tillari bilan oʻqilyapti va insonlarni tarbiya va nafslarini tazkiya va qalblarini tasfiya etyapti. Ruhlariga inkishof va taraqqiy va aqllarga istiqomat va nur va hayotga hayot va saodat beryapti. Albatta, bunday bir kitobning misli yoʻqdir, horiqodir, favqulodadir, moʻ'jizadir.
Qur'on u asrdan to hozirga qadar shunday bir balogʻat koʻrsatganki, Ka'baning devorida oltin bilan yozilgan eng mashhur adiblarning "Muallaqoti Sab'a" nomi bilan shuhratshior qasidalarini shu darajaga tushurdiki, Labidning qizi otasining qasidasini Ka'badan tushirarkan degan: "Oyotga qarshi buning qiymati qolmadi."
Ham badaviy bir adib: فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ oyati oʻqilarkan, eshitgan vaqti sajda qilgan. Unga deganlar: "Sen musulmon boʻldingmi?" U degan: "Yoʻq, men bu oyatning balogʻatiga sajda qildim."
Ham ilmi balogʻatning dohiylaridan Abdulqohir Jurjoniy va Sakkokiy va Zamaxshariy kabi minglarcha dohiy imomlar va mutafannin adiblar ijmo' va ittifoq bilan qaror berganlarki: "Qur'onning balogʻati toqati bashardan ustundir, yetishilmaydi."
Ham u zamondan beri mutamodiyan maydoni muorazaga da'vat qilib, magʻrur va anoniyatli adiblarning va baligʻlarning jahllarini chiqarib, gʻururlarini sindiradigan bir tarzda deydi: "Yo birgina suraning mislini keltiringlar yoki dunyoda va oxiratda halokat va zillatni qabul qilinglar." deya e'lon qilgani holda, u asrning muannid baligʻlari birgina suraning mislini keltirish bilan qisqa bir yoʻl boʻlgan muorazani tashlab, uzun boʻlgan, jon va mollarini tahlikaga otgan muhoraba yoʻlini ixtiyor qilishlari isbot qiladiki, u qisqa yoʻlda ketish mumkin emasdir.
Ham Qur'onning doʻstlari Qur'onga oʻxshashlik va taqlid qilish shavqi bilan va dushmanlari ham Qur'onga muqobala va tanqid qilish savqi bilan u vaqtdan beri yozgan va yozilgan va talohuqi afkor bilan taraqqiy qilgan millionlab Arabcha kitoblar oʻrtada kezyapti. Hech birisining unga yetisholmaganini, hatto eng oddiy odam ham tinglasa, albatta deydi: "Bu Qur'on bularga oʻxshamaydi va ularning martabasida emas." Yo ularning ostida yoki umumidan ustun boʻladi. Umumining ostida boʻlganini dunyoda hech bir fard, hech bir kofir, hatto hech bir ahmoq deyolmaydi. Demak, martaba-i balogʻati umumidan ustundir. Hatto bir odam
oyatini oʻqidi. Dediki: "Bu oyatning horiqo deb oʻylangan balogʻatini koʻrolmayapman." Unga deyildi: "Sen ham bu sayyoh kabi oʻsha zamonga ket, u yerda tingla." U ham oʻzini Qur'ondan avval u yerda taxayyul etarkan, koʻrdiki; Mavjudoti olam parishon, zim-ziyo, jomid va shuursiz va vazifasiz boʻlib; xoli, hadsiz, hududsiz bir fazoda; qarorsiz, foniy bir dunyoda turibdilar. Birdan Qur'onning lisonidan bu oyatni tinglarkan, koʻrdi: Bu oyat koinot ustida, dunyoning yuzida shunday bir parda ochdi va nurlantirdiki, bu azaliy nutq va bu sarmadiy farmon asrlar qatorlarida tizilgan zishuurlarga dars berib koʻrsatadiki, bu koinot bir jome'-i kabir hukmida, boshda samovot va arz boʻlib, umum maxluqotni hayotdorona zikr va tasbehda va vazifa boshida joʻshu xurush bilan mas'udona va mamnunona bir vaziyatda ushlab turibdi deb mushohada etdi. Va bu oyatning daraja-i balogʻatini zavq qilib, boshqa oyatlarni bunga qiyos bilan, Qur'onning zamzama-i balogʻati arzning yarmini va navi basharning beshdan birini istilo qilib, hashmati saltanati kamoli ehtirom bilan oʻn toʻrt asr uzluksiz idoma etganining minglab hikmatlaridan bir hikmatini angladi.
Qur'on shunday haqiqatli bir halovat koʻrsatganki, eng totli bir narsadan ham zeriktirgan koʻp takror Qur'onni tilovat qilganlar uchun zeriktirish emas, balki qalbi chirimagan va zavqi buzilmagan odamlarga takrori tilovati halovatini ziyodalashtirgani eski zamondan beri harkas tomonidan musallam boʻlib, zarbulmasal hukmiga oʻtgan. Ham shunday bir yangilik va yoshlik va shabobat va gʻarobat koʻrsatganki, oʻn toʻrt asr yashagani va hammaning qoʻliga osongina kirgani holda, hozir nozil boʻlgan kabi yangiligini muhofaza qilyapti. Har asr oʻziga xitob qilayotgandek bir yoshlikda koʻrgan. Har toifa-i ilmiya Undan har vaqt foydalanish uchun kasrat bilan va mabzuliyat bilan yonlarida saqlaganlari va uslubi ifodasiga ittibo va iqtido qilganlari holda, u uslubidagi va tarzi bayonidagi gʻarobatini aynan muhofaza qilyapti.
Qur'onning bir janohi moziyda, bir janohi mustaqbalda, ildizi va bir qanoti eski Paygʻambarlarning ittifoqli haqiqatlari boʻlgani va bu ularni tasdiq qilgani va qoʻllagani va ular ham tavofuqning lisoni holi bilan buni tasdiq qilganlari kabi, shunga oʻxshab: Avliyo va asfiyo kabi undan hayot olgan samaralari va hayotdor takammullari bilan, shajara-i muborakalarining hayotdor, fayzdor va haqiqat-mador boʻlganiga dalolat qilgan va ikkinchi qanotining himoyasi ostida yetishgan va yashagan valoyatning butun haq tariqatlari va Islomiyatning butun haqiqatli ilmlari Qur'onning ayni haq va majma-i haqoiq va jome'iyatda mislsiz bir horiqo boʻlganiga shahodat qiladi.
Qur'onning olti jihati nuroniydir, sidq va haqqoniyatini koʻrsatadi. Ha, ostida hujjat va burhon ustunlari, ustida sikka-i i'joz lam'alari, qarshisida va moʻljalida saodati dorayn hadyalari, orqasida nuqta-i istinodi vahyi samoviy haqiqatlari, oʻng tomonida hadsiz uquli mustaqimaning dalillar bilan tasdiqlari, chap tomonida salim qalblarning va toza vijdonlarning jiddiy itminonlari va samimiy injizoblari va taslimlari Qur'onning favquloda, horiqo, metin, hujum qilinmaydigan bir qal'a-i samoviya-i arziya boʻlganini isbot qilganlari kabi, olti maqomdan ham uning ayni haq va sodiq boʻlganiga va basharning kalomi boʻlmaganiga, ham xato boʻlmaganiga imzo bosgan, boshda bu koinotda doimo goʻzallikni izhor, yaxshilikni va toʻgʻrilikni himoya va soxtakorlarni va muftariylarni imho va izola etish odatini bir dasturi faoliyat qabul qilgan bu koinotning mutasarrifi u Qur'onga olamda eng maqbul, eng yuksak, eng hakimona bir maqomi hurmat va bir martaba-i muvaffaqiyat berishi bilan uni tasdiq qilgani va imzo bosgani kabi, Islomiyatning manbai va Qur'onning tarjimoni boʻlgan zotning (Alayhissalotu Vassalam) harkasdan ziyoda unga e'tiqod va ehtiromi va nuzuli zamonida uyqu kabi bir vaziyati naimonada boʻlishi va boshqa kalomlari unga yetisholmasligi va bir daraja oʻxshamasligi va ummiyati bilan barobar boʻlgan va boʻladigan haqiqiy hodisoti kavniyani gʻaybiyona Qur'on bilan taraddudsiz va itminon bilan bayon qilishi va koʻp diqqatli koʻzlarning nazari ostida hech bir hiyla, hech bir xato vaziyati koʻrilmagan u tarjimonning butun quvvati bilan Qur'onning har bir hukmiga iymon keltirib tasdiq qilishi va hech bir narsa uni ikkilantirmasligi; Qur'on samoviy, haqqoniyatli va oʻz Xoliqi Rahimining muborak kalomi boʻlganiga imzo bosadilar.
Ham navi insonning beshdan biri, balki qismi a'zami koʻz qarshisida unga munjazibona va dindorona irtiboti va haqiqatparastona va mushtoqona quloq solishi va koʻp alomatlarning va voqealarning va kashfiyotning shahodati bilan, jin va malak va ruhoniylarning ham tilovati vaqtida parvona kabi haqparastona atrofida toʻplanishi, Qur'onning koinotcha maqbuliyatiga va eng yuksak bir maqomda boʻlganiga bir imzodir.
Ham navi basharning umum tabaqalari, eng kaltafahm va omidan tut to eng aqlli va olimga qadar har birisi Qur'onning darsidan toʻliq hissa olishlari va eng chuqur haqiqatlarni fahm etishlari va yuzlarcha fan va ulumi Islomiyaning va ayniqsa shariati kubroning buyuk mujtahidlari va usul-ud din va ilmi Kalomning ham muhaqqiqlari kabi, har toifa oʻz ilmlariga oid butun hojotini va javoblarini Qur'ondan istixroj etishlari Qur'onning manba-i haq va ma'dani haqiqat boʻlganiga bir imzodir.
Ham adabiyotda eng oldinda boʻlgan Arab adiblaridan Islomiyatga kirmaganlar, hozirga qadar muorazaga juda ham muhtoj boʻlganlari holda, Qur'onning i'jozidan yetti buyuk vajhi bor ekan, yolgʻiz birgina vajhi boʻlgan balogʻatining, (birgina suraning) mislini keltirishdan istinkoflari va hozirga qadar kelgan va muoraza bilan shuxrat qozonish istagan mashhur baligʻlarning va dohiy olimlarning uning hech bir vajhi i'joziga qarshi chiqolmasliklari va ojizona sukut etishlari Qur'on moʻ'jiza va toqati bashardan ustun boʻlganiga bir imzodir.
Ha, bir kalom "Kimdan kelgan va kimga kelgan va nima uchun?" deyilishi bilan qiymati va ulviyati va balogʻati tazohur etishi nuqtasidan, Qur'onning misli boʻlolmaydi va unga yetishilib boʻlmaydi. Chunki Qur'on butun olamlarning Robbi va Xoliqining xitobi va soʻzlashishi va hech bir jihatdan taqlidni va tasannuni his ettiradigan bir alomat boʻlmagan bir mukolamasi va butun insonlarning, balki butun maxluqotning nomiga mab'us va navi basharning eng mashhur va nomdor muxotobi boʻlgan va u muxotobning quvvat va vus'ati iymoni ulkan Islomiyatni sizib, sohibini Qobi Qavsayn maqomiga chiqarib, muxotobi Samodoniyaga mazhariyat bilan nuzul etgan va saodati doraynga doir va xilqati koinotning natijalariga va undagi Rabboniy maqsadlarga oid masoilni va u muxotobning butun haqoiqi Islomiyani tashigan eng yuksak va eng keng boʻlgan iymonini bayon va izoh qilgan va ulkan koinotning bir xarita, bir soat, bir xona kabi har tarafini koʻrsatib aylantirib, ularni yaratgan san'atkorni xatti-harakati bilan ifoda va ta'lim etgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning albatta mislini keltirish mumkin emas va daraja-i i'joziga yetishilmaydi.
Ham Qur'onni tafsir qilgan va bir qismi oʻttiz-qirq, hatto yetmish jild boʻlib bittadan tafsir yozgan oʻtkir zehnli mudaqqiq minglarcha mutafannin ulamoning sanadlari va dalillari bilan bayon qilganlari Qur'ondagi hadsiz maziyatlarni va nuktalarni va xususiyatlarni va sirlarni va oliy ma'nolarni va umuri gʻaybiyaning har navidan kasratli gʻaybiy ixborlarni izhor va isbot qilishlari va ayniqsa Risola-i Nurning bir yuz oʻttiz kitobining har biri Qur'onning bir maziyatini, bir nuktasini qat'iy burhonlar bilan isbot qilishi va ayniqsa Moʻ'jizoti Qur'oniya Risolasi poyezd va tayyora kabi madaniyatning horiqolaridan koʻp narsalarni Qur'ondan istixroj etgan Yigirmanchi Soʻzning Ikkinchi Maqomi va Risola-i Nurga va elektrga ishorat qilgan oyatlarning ishorotini bildirgan Ishoroti Qur'oniya nomli Birinchi Shua va hurufi Qur'oniya naqadar muntazam, asrorli va ma'noli boʻlganini koʻrsagan Rumuzoti Samoniya nomli sakkiz kichik risolalar va Sura-i Fathning oxirgi oyati besh vajh bilan ixbori gʻaybiy jihatidan moʻ'jizaligini isbot qilgan kichik bir risola kabi Risola-i Nurning har bir juzi Qur'onning bir haqiqatini, bir nurini izhor etishi Qur'onning misli boʻlmaganiga va moʻ'jiza va horiqo boʻlganiga va bu olami shahodatda olami gʻaybning lisoni va bir Allam-ul Gʻuyubning kalomi boʻlganiga bir imzodir.
Mana, olti nuqtada va olti jihatda va olti maqomda ishorat qilingan Qur'onning mazkur maziyatlari va xususiyatlari uchundirki, hashmatli hokimiyati nuroniyasi va azamatli saltanati qudsiyasi asrlarning yuzlarini nurlantirib zamin yuzini ham bir ming uch yuz yil tanvir etib kamoli ehtirom bilan davom etishi, ham u xususiyatlari uchundirki, Qur'onning har bir harfining hech boʻlmasa oʻn savobi va oʻn hasanasi boʻlishi va oʻn meva-i boqiy berishi, hatto bir qism oyotning va suralarning har bir harfi yuz va ming va yanada ziyoda meva berishi va muborak vaqtlarda har harfning nuri va savobi va qiymati oʻndan yuzlarga chiqishi kabi qudsiy imtiyozlarni qozongan deya dunyo sayyohi angladi va qalbiga dedi: Demak bunday har jihat bilan moʻ'jizotli bu Qur'on suralarining ijmo'i bilan va oyotining ittifoqi bilan va asroru anvorining tavofuqi bilan va samarot va osorining tatobuqi bilan birgina Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga va sifot va asmosiga dalillar bilan isbot suratida shunday shahodat qilganki, butun ahli iymonning hadsiz shahodatlari uning shahodatidan tarashshuh etganlar.
Xullas bu yoʻlovchi Qur'ondan olgan darsi tavhid va iymonga qisqa bir ishorat sifatida Birinchi Maqomning oʻn yettinchi martabasida bunday:
deyilgandir.
Soʻngra bir faqir insonga foniy va muvaqqat bir ekinzorni, bir xonani emas, balki ulkan koinotni va dunyo qadar bir mulki boqiyni qozontirgan va bir foniy odamga abadiy bir hayotning lavozimotini toptirgan va ajalning dorini kutgan bir bechorani i'domi abadiydan qutqargan va saodati sarmadiyaning xazinasini ochgan eng qiymatli sarmoya-i insoniyaning iymon boʻlganini bilgan mazkur musofir va hayot yoʻlovchisi oʻz nafsiga dediki: "Qani, oldinga! Iymonning hadsiz martabalaridan bir martaba yana qozonish uchun koinotning hay'ati majmuasiga murojaat qilib, u ham nima deyapti, tinglashimiz kerak, arkonidan va ajzosidan olgan darslarimizni takmil va tanvir etishimiz kerak" deya Qur'ondan olgan keng va ihotali bir durbin bilan qaradi, koʻrdi:
Bu koinot shu qadar ma'nodor va muntazamdirki, mujassam bir kitobi Subhoniy va jismoniy bir Qur'oni Rabboniy va muzayyan bir saroyi Samadoniy va muntazam bir shahri Rahmoniy suratida koʻrinadi. U kitobning butun suratlari, oyatlari va kalimotlari, hatto harflari va boblari va boʻlimlari va sahifalari va satrlari.. umumining har vaqt ma'nodorona mahvu isbotlari va hakimona tagʻyir va tahvillari ijmo' bilan bir Alimi Kulli Shayning va bir Qodiri Kulli Shayning va bir musannifning hamma narsada hamma narsani koʻrgan va hamma narsaning hamma narsasi bilan munosabatini bilgan, rioya qilgan bir Naqqoshi Zuljalolning va bir Kotibi Zulkamolning vujudini va mavjudiyatini bilbedaho ifoda qilganlari kabi, butun arkon va anvo'i bilan va ajzo va juz'iyoti bilan va sakanalari va mushtamiloti bilan va voridot va masarifoti bilan va ularda maslahatkorona tabdillari bilan va hikmatparvarona tajdidlari bilan, bil-ittifoq hadsiz bir qudrat va nihoyatsiz bir hikmat bilan ish qilgan oliy bir ustaning va mislsiz bir Sone'ning mavjudiyatini va vahdatini bildiradilar. Va koinotning azamatiga munosib ikki buyuk va keng haqiqatning shahodatlari koinotning bu buyuk shahodatini isbot qiladilar.
Usul-ud din va ilmi Kalomning dohiy ulamosi va hukamo-i Islomiya koʻrgan va hadsiz burhonlar bilan isbot qilgan "hudus" va "imkon" haqiqatlaridir. Ular deganlarki: "Modomiki olamda va hamma narsada tagʻayyur va tabaddul bor; albatta foniydir, hodisdir, qadim boʻlolmaydi. Modomiki hodisdir, albatta uni ihdos etgan bir Sone' bor. Va modomiki hamma narsaning zotida vujudi va adami, bir sabab boʻlmasa, tengdir. Albatta vojib va azaliy boʻlolmaydi. Va modomiki mahol va botil boʻlgan davr va tasalsul bilan bir-birini ijod qilish mumkin boʻlmagani qat'iy burhonlar bilan isbot qilingan. Albatta shunday bir Vojib-ul Vujudning mavjudiyati lozimdirki, naziri mumtani', misli mahol va butun ma'dasi mumkin va mosivosi maxluqi boʻladi." Ha, hudus haqiqati koinotni istilo etgan. Koʻpchiligini koʻz koʻradi, boshqa qismini aql koʻradi. Chunki koʻzimizning qarshisida har yil kuz mavsumida shunday bir olam vafot qiladiki, har birisining hadsiz afrodi boʻlgan va har biri zihayot bir koinot hukmida boʻlgan yuz ming navi nabotot va kichkina hayvonot oʻsha olam bilan barobar vafot qiladilar. Faqat shu qadar intizom bilan bir vafotdirki, hashr va nashrlariga mador boʻlgan va rahmat va hikmatning moʻ'jizalari, qudrat va ilmning horiqolari boʻlgan urugʻlarni va danaklarni va tuxumchalarni bahorda yerlarida qoldirib, daftari a'mollarini va qilgan vazifalarining dasturlarini ularning qoʻllariga berib, Hofizi Zuljalolning himoyasi ostida hikmatiga omonat qilib, vafot etishadi. Va bahor mavsumida, hashri a'zamning yuz ming misoli va namuna va dalillari hukmida boʻlib u vafot qilgan daraxtlar va ildizlar va bir qism hayvonchalar aynan ihyo va tiriladilar. Va bir qismining ham oʻz oʻrinlarida oʻxshashlari va aynan ularga oʻxshaganlari ijod va ihyo qilinadi. Va oʻtgan bahorning mavjudoti qilgan amallarining va vazifalarining sahifalarini e'lonot kabi nashr qilib,
oyatining bir misolini koʻrsatadilar.
Ham hay'ati majmua jihatidan, har kuzda va har bahorda katta bir olam vafot qiladi va yangi bir olam vujudga keladi. Va u vafot va hudus shu qadar muntazam jarayon qiladi va oʻsha vafot va hudusda gʻoyat intizom va mezon bilan shu qadar navlarning vafiyotlari va huduslari boʻladiki, goʻyo dunyo shunday bir musofirxonadirki, zihayot koinotlar unga musofir boʻladilar va sayyoh olamlar va sayyor dunyolar unga keladilar, vazifalarini qiladilar, ketadilar. Mana, bu dunyoda bunday hayotdor dunyolarni va vazifador koinotlarni kamoli ilm va hikmat va mezon bilan va muvozana va intizom va nizom bilan ihdos va ijod qilib Rabboniy maqsadlarda va Ilohiy gʻoyalarda va Rahmoniy xizmatlarda qodirona iste'mol va rahimona istihdom etgan bir Zoti Zuljalolning vujubi vujudi va hadsiz qudrat va nihoyatsiz hikmati bilbedaho quyosh kabi aqllarga koʻrinadi. "Hudus" masoilini Risola-i Nurga va muhaqqiqiyni kalomiyaning kitoblariga havola bilan u bahsni yopamiz.
Ammo "imkon" jihati esa, u ham koinotni istilo va ihota etgan. Chunki koʻryapmizki, hamma narsa, kulliy va juz'iy boʻlsin, katta va kichik boʻlsin, arshdan farshga, zarrotdan sayyorotga qadar har mavjud maxsus bir zot va muayyan bir surat va mumtoz bir shaxsiyat va xos sifatlar va hikmatli holatlar va maslahatli jihozlar bilan dunyoga yuborilyapti. Holbuki u maxsus zotga va u mohiyatga hadsiz imkonot ichida u xususiyatni berish.. ham suratlar adadicha imkonlar va ehtimollar ichida oʻsha naqshli va fariqali va munosib u muayyan suratni kiydirish.. ham hamjinsidan boʻlgan ashxasning miqdoricha imkonlar ichida chayqalgan oʻsha mavjudga u loyiq shaxsiyatni imtiyoz bilan taxsis etish.. ham sifatlarning navlari va martabalari sanogʻicha imkonlar va ehtimollar ichida shaklsiz va mutaraddid boʻlgan u masnu'ga u xos va muvofiq, maslahatli sifatlarni joylashtirish.. ham hadsiz yoʻllar va tarzlarda boʻlishi mumkin boʻlishi nuqtasida hadsiz imkonot va ehtimolot ichida mutahayyir, sargardon, maqsadsiz u maxluqqa u hikmatli holatlarni va inoyatli jihozlarni taqish va tajhiz etish, albatta kulliy va juz'iy butun mumkinot adadicha va har mumkinning mazkur mohiyat va huviyat, shakl va surat, sifat va vaziyatining imkonoti adadicha taxsis etuvchi, tarjih etuvchi, tayin etuvchi, ihdos etuvchi bir Vojib-ul Vujudning vujubi vujudiga va hadsiz qudratiga va nihoyatsiz hikmatiga va hech bir narsa va hech bir sha'n undan yashirinmaganiga va hech bir narsa unga ogʻir kelmaganiga va eng katta bir narsa eng kichik bir narsa kabi unga oson kelganiga va bir bahorni bir daraxt qadar va bir daraxtni bir urugʻ qadar suhulat bilan ijod qila olganiga ishoratlar va dalolatlar va shahodatlar imkon haqiqatidan chiqib koinotning bu buyuk shahodatining bir qanotini tashkil qiladilar. Koinotning shahodatini har ikki qanoti va ikki haqiqati bilan Risola-i Nur ajzolari va ayniqsa Yigirma Ikkinchi va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzlar va Yigirmanchi va Oʻttiz Uchinchi Maktublar tatomi bilan isbot va izoh qilganlaridan, ularga havola qilib, bu juda uzun qissani tugatdik.
Koinotning hay'ati majmuasidan kelgan buyuk va kulliy shahodatning ikkinchi qanotini isbot qilgan:
Bu mutamodiyan chayqalgan inqiloblar va tahavvulotlar ichida vujudini va xizmatini va zihayot boʻlsa hayotini muhofazaga va vazifasini bajarishga harakat qilgan maxluqotda quvvatlarining butun-butun xorijida bir taovun haqiqati koʻrinyapti. Masalan: Unsurlarni zihayotning imdodiga, xususan bulutlarni nabototning madadiga va nabototni ham hayvonotning yordamiga va hayvonot esa insonlarning muovanatiga va koʻkraklarning kavsar kabi sutlari chaqaloqlarning oziqlanishlariga va zihayotlarning iqtidorlari xorijidagi juda koʻp hojatlari va arzoqlari kutilmagan yerlardan ularning qoʻllariga berilishi, hatto zarroti taomiya ham hujayroti badaniyaning ta'miriga yugurishlari kabi tasxiri Rabboniy bilan va istihdomi Rahmoniy bilan haqiqati taovunning juda koʻp misollari toʻgʻridan toʻgʻriga butun koinotni bir saroy kabi idora qilgan bir Robbul Olaminning umumiy va rahimona rububiyatini koʻrsatadilar.
Ha, jomid va shuursiz va shafqatsiz boʻlgan va bir-biriga shafqatkorona, shuurdorona vaziyat koʻrsatgan muovanatchilar, albatta gʻoyat Rahim va Hakim bir Robbi Zuljalolning quvvati bilan, rahmati bilan, amri bilan yordamga yugurtirilyaptilar.
Demak, koinotda joriy boʻlgan taovuni umumiy, sayyorotdan to zihayotning a'zo va jihozot va zarroti badaniyasiga qadar kamoli intizom bilan jarayon qilgan muvozana-i omma va muhofaza-i shomila va samovotning zarrin yuzidan va zaminning ziynatli yuzidan to gullarning bezalgan yuzlariga qadar qalam kezdirgan tazyin va Kahkashondan va manzuma-i shamsiyadan to makkajoʻxori va anor kabi mevalarga qadar hukm qilgan tanzim va Quyosh va Qamardan va unsurlardan va bulutlardan to asalarilariga qadar ma'muriyat bergan tavzif kabi juda ulkan haqiqatlarning kattaliklari nisbatidagi shahodatlari koinot shahodatining ikkinchi qanotini isbot va tashkil qiladilar. Modomiki Risola-i Nur bu ulkan shahodatni isbot va izoh qilgan, biz bu yerda bu qisqacha ishorat bilan kifoyalanamiz.
Dunyo sayyohining koinotdan olgan darsi iymoniysiga qisqa bir ishorat sifatida Birinchi Maqomning oʻn sakkizinchi martabasida bunday:
deyilgandir.
Soʻngra dunyoga kelgan va dunyoni yaratganni qidirgan va oʻn sakkkiz adad martabalardan chiqqan va arshi haqiqatga yetishgan bir me'roji iymoniy bilan gʻoyibona ma'rifatdan hozirona va muxotobona bir maqomga taraqqiy qilgan sinchkov va mushtoq yoʻlovchi odam oʻz ruhiga dediki: Fotiha-i Sharifada boshidan to اِيَّاكَ kalimasiga qadar gʻoyibona madhu sano bilan bir huzur kelib اِيَّاكَ xitobiga chiqilishi kabi, biz ham toʻgʻridan toʻgʻriga gʻoyibona qidirishni tashlab, qidirganimizni qidirganimizdan soʻrashimiz kerak. Hamma narsani koʻrsatgan quyoshni quyoshdan soʻrash kerakdir. Ha, hamma narsani koʻrsatgan, oʻzini hamma narsadan ziyoda koʻrsatadi. Unday boʻlsa shamsning shuooti bilan uni koʻrish va tanish kabi, Xoliqimizning asmo-i husnasi bilan va sifati qudsiyasi bilan uni qobiliyatimizning nisbatida tanishga harakat qilishimiz mumkin.
Bu maqsadning hadsiz yoʻllaridan ikki yoʻlni va u ikki yoʻlning hadsiz martabalaridan ikki martabani va u ikki martabaning juda koʻp haqiqatlaridan va juda ham uzun tafsilotidan yolgʻiz ikki haqiqatni ijmol va ixtisor bilan bu risolada bayon qilamiz.
Bilmushohada koʻzimiz bilan koʻringan va qamragan va doimiy va muntazam va dahshatli va samoviy va arziy boʻlgan butun mavjudotni aylantirgan va tabdil va tajdid etgan va koinotni qoplagan faoliyati mustavliya haqiqati koʻrinishi va u har jihat bilan hikmat-mador faoliyat haqiqatining ichida tazohuri rububiyat haqiqatining bilbedaho his qilinishi va u har jihat bilan rahmat-fashon tazohuri rububiyat haqiqatining ichida taboruzi uluhiyat haqiqati bizzarura bilingan boʻlishidir.
Demak, bu hokimona va hakimona faoliyati doimadan va pardasining orqasida bir Foili Qodir va Alimning af'oli koʻrinayotgandek his qilinadi. Va bu murabbiyona va mudabbirona af'oli Rabboniyadan va pardasining orqasidan hamma narsada jilvalari boʻlgan asmo-i Ilohiya his qilinar darajasida badohat bilan bilinadi. Va bu jaloldorona va jamolparvarona jilvalangan asmo-i husnadan va pardasining orqasida sifati sab'a-i qudsiyaning ilmalyaqiyn, balki aynalyaqiyn, balki haqqalyaqiyn darajasida vujudlari va tahaqquqlari tushuniladi. Va bu yetti qudsiy sifatning ham butun masnu'otning shahodati bilan ham hayotdorona, ham qodirona, ham olimona, ham sami'ona, ham basirona, ham muridona, ham mutakallimona nihoyatsiz bir suratda tajalliylari bilan bilbedaho va bizzarura va biilmalyaqiyn bir Mavsufi Vojib-ul Vujudning va bir Musammo-i Vohidi Ahadning va bir Foili Fardi Samadning mavjudiyati quyoshdan yanada zohir, yanada porloq bir tarzda qalbdagi iymon koʻziga koʻrinar kabi qat'iy bilinadi. Chunki goʻzal va ma'nodor bir kitob va muntazam bir xona badohat bilan yozish va qurish fe'llarini va gozal yozish va intizomli qilish fe'llari ham badohat bilan yozuvchi va duradgor nomlarini, yozuvchi va duradgor unvonlari esa badohat bilan kitobat va duradgorlik san'atlarini va sifatlarini va bu san'at va sifatlar badohat bilan har holda bir zotni istilzom etadiki, mavsuf va sone' va musammo va foil boʻlsin. Foilsiz bir fe'l va musammosiz bir ism mumkin boʻlmagani kabi, mavsufsiz bir sifat, san'atkorsiz bir san'at ham mumkin emasdir.
Demak, bu haqiqat va qoidaga binoan, bu koinot butun mavjudoti bilan barobar qadarning qalami bilan yozilgan, qudratning bolgʻasi bilan qilingan ma'nodor hadsiz kitoblar, maktublar, nihoyatsiz binolar va saroylar hukmida, har biri minglab vajh bilan va barobar hadsiz vujuh bilan Rabboniy va Rahmoniy nihoyatsiz fe'llarni va u fe'llarning mansha'lari boʻlgan ming bir asmo-i Ilohiyaning hadsiz jilvalari bilan va u goʻzal ismlarning manbai boʻlgan yetti sifati Subhoniyaning nihoyatsiz tajalliylari bilan u yetti qamrovli va qudsiy sifatlarning ma'dani va mavsufi boʻlgan azaliy va abadiy bir Zoti Zuljalolning vujubi vujudiga va vahdatiga hadsiz ishoratlar va nihoyatsiz shahodatlar qilganlari kabi; butun u mavjudotda boʻlgan butun husnlar, jamollar, qiymatlar, kamollar ham af'oli Rabboniyaning va asmo-i Ilohiyaning va sifati Samadoniyaning va shuunoti Subhoniyaning oʻzlariga loyiq va muvofiq qudsiy jamollariga va kamollariga va hammasi birdan Zoti Aqdasning qudsiy jamoliga va kamoliga badohat bilan shahodat qiladilar.
Ushbu faoliyat haqiqati ichida tazohur etgan rububiyat haqiqati; ilm va hikmat bilan yaratish va ijod va sun' va ibdo', nizom va mezon bilan taqdir va tasvir va tadbir va tadvir, qasd va iroda bilan tahvil va tabdil va tanzil va takmil, shafqat va rahmat bilan it'om va in'om va ikrom va ehson kabi shuunoti bilan va tasarrufoti bilan oʻzini koʻrsatadi va tanittiradi. Va tazohuri rububiyat haqiqati ichida badohat bilan his qilingan va boʻlgan uluhiyatning taboruz haqiqati ham asmo-i husnaning rahimona va karimona jilvalari bilan va yetti sifati subutiya boʻlgan Hayot, Ilm, Qudrat, Iroda, Sam', Basar va Kalom sifatlarining jalolli va jamolli tajalliylari bilan oʻzini tanittiradi, bildiradi.
Ha, qandayki kalom sifati vahiylar va ilhomlar bilan Zoti Aqdasni tanittiradi, xuddi shuning kabi qudrat sifati ham mujassam kalimalari hukmida boʻlgan san'atli asarlari bilan u Zoti Aqdasni bildiradi va koinotni boshdan oyoq bir Furqoni Jismoniy mohiyatida koʻrsatib, bir Qodiri Zuljalolni tavsif va ta'rif etadi. Va ilm sifati ham hikmatli, intizomli, mezonli boʻlgan butun masnu'ot miqdoricha va ilm bilan iroda va tadbir va tazyin va tamyiz etilgan butun maxluqot adadicha mavsuflari boʻlgan birgina Zoti Aqdasni bildiradi. Va hayot sifati esa qudratni bildirgan butun asarlar va ilmning vujudini bildirgan butun intizomli va hikmatli va mezonli va ziynatli suratlar, hollar va boshqa sifatlarni bildirgan butun dalillar sifati hayotning dalillari bilan barobar, hayot sifatining tahaqquqiga dalolat qilganlari kabi; hayot ham butun dalillari bilan oynalari boʻlgan butun zihayotlarni shohid koʻrsatib Zoti Hayyi Qayyumni bildiradi. Va koinotni boshdan oyoq har vaqt yangi-yangi va boshqa-boshqa jilvalarni va naqshlarni koʻrsatish uchun doimo oʻzgargan va yangilangan va hadsiz oynalardan tarakkub etgan bir oyna-i akbar suratiga oʻgiradi. Va bu qiyos bilan koʻrish va eshitish, ixtiyor qilish va gapirish sifatlari ham har biri bittadan koinot qadar Zoti Aqdasni bildiradi, tanittiradi.
Ham u sifatlar Zoti Zuljalolning vujudiga dalolat qilganlari kabi, hayotning vujudiga va tahaqquqiga va oʻsha zotning hayotdor va tirik boʻlganiga ham badohat bilan dalolat qiladilar. Chunki bilish hayotning alomati, eshitish tiriklik nishoni, koʻrish tiriklarga maxsus, iroda hayot bilan boʻlishi mumkin, ixtiyoriy iqtidor zihayotlarda boʻladi, takallum esa bilgan tiriklarning ishidir.
Demak, bu nuqtalardan tushuniladiki, hayot sifatining yetti marta koinot qadar dalillari va oʻz vujudini va mavsufning vujudini bildirgan burhonlari bordirki, butun sifatlarning asosi va manbai va ismi a'zamning masdari va madori boʻlgandir. Risola-i Nur bu birinchi haqiqatni quvvatli burhonlar bilan isbot va bir daraja izoh qilganidan, bu dengizdan bu mazkur qatra bilan hozircha kifoyalanamiz.
Sifati kalomdan kelgan takallumi Ilohiydir.
oyatining sirri bilan: Kalomi Ilohiy nihoyatsizdir. Bir zotning vujudini bildirgan eng zohir alomat, gaplashishidir. Demak, bu haqiqat nihoyatsiz bir suratda Mutakallimi Azaliyning mavjudiyatiga va vahdatiga shahodat qiladi. Bu haqiqatning ikki quvvatli shahodati bu risolaning oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi martabalarida bayon qilingan vahiylar va ilhomlar jihati bilan va keng bir shahodati ham oʻninchi martabasida ishorat qilingan kutubi muqaddasa-i samoviya jihati bilan va juda porloq va jamlovchi bir boshqa shahodati ham oʻn yettinchi martabasida Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon jihati bilan kelganidan, bu haqiqatning bayon va shahodatini u martabalarga havola qilib, u haqiqatni moʻ'jizona e'lon qilgan va shahodatini boshqa haqiqatlarning shahodatlari bilan barobar ifoda qilgan
oyati muazzamaning anvori va asrori bizning bu yoʻlovchiga kifoya qilganki, ortiq oldinga ketolmagan. Xullas bu yoʻlovchi bu maqomi qudsiydan olgan darsining qisqa bir ma'nosiga bir ishorat sifatida, Birinchi Maqomning oʻn toʻqqizinchi martabasida:
deyilgandir.
IKKINCHI HUJJATI IYMONIYA
Bir Ramazon kechasida shu kalomi tavhidiyning oʻn bir jumlasining har birida bittadan tavhid martabasi va bittadan xushxabar boʻlganini va u martabalardan yolgʻiz لَا شَر۪يكَ لَهُ dagi ma'noni oddiy avomning fahmiga uygʻun bir muhovara-i tamsiliya va bir munozara-i faraziya tarzida va lisoni holni lisoni qol suratida aytgan edim. Menga xizmat qilgan qiymatli qardoshlarimning va masjiddagi oʻrtoqlarimning orzulari va istaklari sababli u muhovarani yozyapman. Shundayki:
Butun tabiatparast, sababparast va mushrik kabi umum anvo'i ahli shirk va kufr va zalolat tavahhum etgan sheriklarining nomiga bir shaxs faraz qilamizki: U shaxsi faraziy mavjudoti olamdan bir narsaga Rob boʻlishni istaydi va haqiqiy molik boʻlishni da'vo qilmoqdadir.
Xullas, u mudda'i avvalo mavjudotning eng kichigi boʻlgan bir zarraga uchraydi. Unga Rob va haqiqiy molik ekanini zarraga tabiat lisoni bilan, falsafa tili bilan aytadi. U zarra ham haqiqat lisoni bilan va hikmati Rabboniy tili bilan deydiki: "Men hadsiz vazifalarni bajaraman. Boshqa-boshqa har masnu'ga kirib ishlayman, butun u vazoifni menga qildiradigan senda ilm va qudrat boʻlsa.. ham menga oʻxshash son-sanoqsiz zarrot ichida barobar kezib
{(Hoshiya) Ha, mutaharrik har bir narsa, zarrotdan sayyorotga qadar oʻzlarida boʻlgan sikka-i Samadiyat bilan vahdatni koʻrsatganlari kabi, harakotlari bilan ham kezgan butun yerlarini vahdat nomiga zabt qiladilar. Oʻz molikining mulkiga idhol etadilar. Harakat qilmagan masnu'ot esa, nabototdan nujumi savobitga qadar bittadan muhri vahdoniyat hukmidadirlarki, turgan makonni oʻz Sone'ining maktubi boʻlganini koʻrsatadilar. Demak, har bir nabot, har bir meva bittadan muhri vahdoniyat, bittadan sikka-i vahdatdirlarki, makonlarini va vatanlarini vahdat nomiga Sone'larining maktubi boʻlganini koʻrsatadilar.
Alhosil: Har bir narsa harakati bilan butun ashyoni vahdat nomiga zabt qiladi. Demak, butun yulduzlarni qoʻlida tutmagan birgina zarraga Rob boʻlolmaydi.}
ish bajaramiz. Agar butun oʻxshashlarim u zarralarni ham istihdom etib amr taxtiga oladigan bir hukm va iqtidor senda boʻlsa.. ham kamoli intizom bilan juz boʻlganim mavjudlarga, masalan qondagi kurayvoti hamroga haqiqiy molik va mutasarrif boʻla olsang, menga Rob boʻlishni da'vo qil. Meni Janobi Haqdan boshqasiga isnod et. Boʻlmasa jim boʻl! Ham menga Rob boʻlmaganing kabi, mudohala ham qilolmaysan. Chunki vazifamizda va harakotimizda shu qadar mukammal bir intizom borki, nihoyatsiz bir hikmat va keng bir ilm sohibi boʻlmagan bizning ishimizga qoʻshila olmaydi. Agar qoʻshilsa, chalkashtirib yuboradi. Holbuki sen kabi jomid, ojiz va koʻr va ikki qoʻli tasodif va tabiat kabi ikki koʻrning qoʻlida boʻlgan bir shaxs hech bir jihatdan qoʻlini uzatolmaydi".
U mudda'i Moddiyunlarning deganlari kabi dediki: "Shunday ekan, sen oʻzingga oʻzing molik boʻl. Nima uchun boshqasining hisobiga ishlashingni aytyapsan?" Zarra unga javoban deydi: "Agar quyosh kabi bir aqlim va ziyosi kabi ihotali bir ilmim va harorati kabi shumulli bir qudratim va ziyosidagi yetti rang kabi keng tuygʻularim va kezgan har yerimga va ishlagan har mavjudimga mutavajjih bittadan yuzim va qaraydigan bittadan koʻzim va oʻtadigan bittadan soʻzim boʻlsa edi, balki sen kabi ahmoqlik qilib, oʻzimga oʻzim molik boʻlganimni da'vo qilardim. Qani daf boʻlib ket, sen mendan hech narsaga erisholmaysan!"
Xullas, sheriklarning vakili zarradan ma'yus boʻlib, kurayvoti hamrodan natijaga erishaman deya, qondagi bir kurayvoti hamroga uchraydi. Unga sabablar nomiga va tabiat va falsafa lisoni bilan deydiki: "Men senga Rob va molikman". U kurayvoti hamro, ya'ni aylana qizil mavjud unga haqiqat lisoni bilan va hikmati Ilohiya tili bilan deydiki: "Men yolgʻiz emasman. Agar sikkamiz va ma'muriyatimiz va nizomotimiz bir boʻlgan qon qoʻshinidagi butun oʻxshashlarimga molik boʻla olsang, ham kezganimiz va kamoli hikmat bilan istihdom ettirilganimiz butun hujayroti badanga molik boʻladigan bir daqiq hikmat va azim qudrat senda boʻlsa, koʻrsat va koʻrsata olsang balki sening da'vongda bir ma'no boʻlishi mumkin. Holbuki sen kabi tentak va sening qoʻlingdagi kar tabiat va koʻr quvvat bilan molik boʻlish emas, balki zarra miqdor qoʻshilolmaysan. Chunki bizdagi intizom shu qadar mukammaldirki, faqat hamma narsani koʻradigan va eshitadigan va biladigan va qiladigan bir zot bizga hukm qila oladi. Shunday ekan, jim boʻl! Vazifam shu qadar muhim va intizom shu qadar mukammaldirki, sen bilan sening bunday mantiqsiz soʻzlaringga javob berishga vaqtim yoʻq" deydi, uni quvadi.
Soʻngra uni koʻndirolmagani uchun u mudda'i ketadi, badandagi hujayra ta'bir etganlari manzilchaga uchraydi. Falsafa va tabiat lisoni bilan deydi: "Zarraga va kurayvoti hamroga soʻz tushuntirolmadim, balki sen soʻzimni tushunasan. Chunki sen gʻoyat kichik bir manzil kabi bir nechta narsadan yaratilgansan. Shunday ekan, men seni yarata olaman. Sen mening masnu'im va haqiqiy mulkim boʻl", deydi. U hujayra unga javoban hikmat va haqiqat lisoni bilan deydiki:
"Men garchi kichkina bir narsaman. Faqat juda katta vazifalarim, juda nozik munosabatlarim va badanning butun hujayrotiga va hay'ati majmuasiga bogʻliq aloqalarim bor. Azjumla: Avrida va sharoyin tomirlariga va hassosa va muharrika asablariga va joziba, dafi'a, muvallida, musavvira kabi quvvalarga qarshi chuqur va mukammal vazifalarim bor. Agar butun badanni, butun tomir va asab va quvvalarni tashkil va tanzim va istihdom etadigan bir qudrat va ilm senda boʻlsa va mening oʻxshashlarim va san'at va holat jihatidan bir-birmizning qardoshi boʻlgan butun hujayroti badaniyaga tasarruf qiladigan nofiz bir qudrat, shomil bir hikmat senda boʻlsa, koʻrsat. Soʻngra men seni yarata olaman deya da'vo qil. Boʻlmasa qani ket! Kurayvoti hamro menga arzoq keltiryaptilar. Kurayvoti bayzo esa menga hujum qilgan xastaliklarga muqobala etyaptilar. Ishim bor, meni mashgʻul qilma. Ham sen kabi ojiz, jomid, kar, koʻr bir narsa bizga hech bir jihat bilan aralasha olmaydi. Chunki bizda shu daraja latif va nozik va mukammal bir intizom
{(Hoshiya) Sone'-i Hakim badani insonni gʻoyat muntazam bir shahar hukmida yaratgandir. Tomirlarning bir qismi telegraf va telefon vazifasini bajaradi. Bir qismi esa chashmalarning quvurlari hukmida obi hayot boʻlgan qonning javaloniga madordirlar. Qon esa ichida ikki qism kurayvot yaratilgan. Bir qismi kurayvoti hamro ta'bir etiladiki, badanning hujayralariga arzoq tarqatadi va bir qonuni Ilohiy bilan hujayralarga arzoq yetishtiradi (tujjor va arzoq ma'murlari kabi). Boshqa qismi kurayvoti bayzodirlarki, boshqalarga nisbatan kamchilikdadirlar. Vazifalari xastalik kabi dushmanlarga qarshi askar kabi mudofaadirki, qachonki mudofaaga kirsalar, Mavlaviy kabi ikki harakati davriya bilan sur'atli bir vaziyati ajiba oladilar. Qonning hay'ati majmuasi esa; ikki vazifa-i umumiyasi bor: Biri: Badandagi hujayrotning taxribotini ta'mirlash. Boshqasi: Hujayrotning qoldiqlarini toʻplab, badanni tozalashdir. Avrida va sharoyin nomli ikki qism tomirlar borki: Biri toza qonni keltiradi, tarqatadi, toza qonning ariqlaridir. Boshqa qismi; qoldiqni toʻplagan loyqa qonning arigʻidirki, shu ikkinchi esa qonni "Ree" deyilgan nafas kelgan yerga keltiradilar.
Sone'-i Hakim havoda ikki unsur yaratgandir. Biri azot, biri muvallidul humuza. Muvallidul humuza esa nafas ichida qonga tegilgan vaqt qonni talvis etgan uglerod unsuri kasifini qahrabo kabi oʻziga tortadi. Ikkisi birlashadi. Bugʻ shaklidagi uglerod kislotasi deyilgan (zaharli havo holidagi) bir moddaga aylantiradi. Ham harorati gʻariziyani ta'min qiladi, ham qonni tasfiya etar. Chunki Sone'-i Hakim fanni Kimyoda ishqi kimyoviy ta'bir etilgan bir munosabati shadidani muvallidul humuza bilan uglerodga berganki, u ikki unsur bir-biriga yaqin boʻlgan vaqt, u qonuni Ilohiy bilan u ikki unsur birlashadilar. Fannan sobitdirki, birikishdan harorat hosil boʻladi. Chunki birikish bir navi yonishdir. Shu sirning hikmati shudirki: U ikki unsurning har birisining zarralarining boshqa-boshqa harakatlari bor. Birikish vaqtida har ikki zarra, ya'ni uning zarrasi buning zarrasi bilan birikadi, bitta harakat bilan harakat qiladi. Bir harakat muallaq qoladi. Chunki birikishdan avval ikki harakat edi. Hozir ikki zarra bir boʻldi, har ikki zarra bir zarra hukmida bir harakat oldi. Boshqa harakat Sone'-i Hakimning bir qonuni bilan haroratga inqilob etadi. Zotan "harakat haroratni keltirib chiqaradi" bir qonuni muqarraradir. Xullas, shu sirga binoan badani insoniydagi harorati gʻariziya bu kimyoviy birlashish bilan ta'min etilgani kabi, qondagi uglerod olingani uchun qon ham sof boʻladi. Xullas, nafas ichkari kirgan vaqt vujudning ham obi hayotini tozalaydi, ham nori hayotni ish'ol etadi. Chiqqan vaqt ogʻizda moʻ'jizoti qudrati Ilohiya boʻlgan kalima mevalarini beradi.
}
borki, agar bizga hukm qilgan bir Hakimi Mutlaq va Qodiri Mutlaq va Alimi Mutlaq boʻlmasa, intizomimiz buziladi, nizomimiz chalkashadi".
Soʻngra u mudda'i undan ham ma'yus boʻldi. Bir insonning badaniga uchradi. Yana koʻr tabiat va bebosh falsafa lisoni bilan tabiiyyunning deganlari kabi deydiki: "Sen menikisan? Seni yaratgan menman. Yoki senda hissam bor". Javoban u badani insoniy haqiqat va hikmat tili bilan va intizomining lisoni holi bilan deydiki: "Agar butun oʻxshashim va yuzimizdagi sikka-i qudrat va turra-i fitrat bir boʻlgan butun insonlarning badanlariga haqiqiy mutasarrif boʻladigan bir qudrat va ilm senda boʻlsa, ham suvdan va havodan tut, to nabotot va hayvonotga qadar mening arzoqimning mahzanlariga molik boʻladigan bir sarvating va bir hokimiyating boʻlsa, ham men gʻilof boʻlgan gʻoyat keng va yuksak boʻlgan ruh, qalb, aql kabi latoifi ma'naviyani men kabi tor, sufliy bir qutida joylashtirib, kamoli hikmat bilan istihdom etib ibodat ettiradigan senda nihoyatsiz bir qudrat, hadsiz bir hikmat boʻlsa, koʻrsat, soʻng "Men seni yaratdim" degin. Boʻlmasa jim boʻl! Ham mendagi intizomi akmalning shahodati bilan va yuzimdagi sikka-i vahdatning dalolati bilan, mening Sone'im hamma narsaga Qodir, hamma narsaga Alim, hamma narsani koʻradigan va hamma narsani eshitadigan bir zotdir. Sen kabi tentak, ojizning barmogʻi uning san'atiga aralasholmaydi. Zarra miqdor mudohala etolmaydi".
U sheriklarning vakili badanda ham aralasha oladigan yer topolmaydi, ketadi, inson naviga uchraydi. Qalbidan deydiki: "Balki bu tarqoq, tartibsiz boʻlgan jamoat ichida, shayton ularning af'oli ixtiyoriya va ijtimoiyalariga qoʻshilgani kabi, balki men ham ahvoli vujudiya va fitriyalariga qoʻshila olaman va aralasha oladigan bir yer topaman. Va unda bir yer topib meni quvgan badanga va badan hujayrasiga hukmimni oʻtkazaman". Shuning uchun basharning naviga yana kar tabiat va tentak falsafa lisoni bilan deydiki: "Siz juda chalkash bir narsa koʻrinyapsiz. Men sizga Rob va molikman va yoxud hissadorman", deydi. U vaqt navi inson haq va haqiqat lisoni bilan, hikmat va intizomning tili bilan deydiki: "Agar butun kura-i arzga kiydirilgan va navimiz kabi butun hayvonot va nabototning yuzlab ming anvo'idan, rang-barang otqi va iplardan kamoli hikmat bilan toʻqilgan va tikilgan koʻylakni va yer yuziga toʻshalgan va yuz minglab zihayot anvo'idan toʻqilgan va gʻoyat naqshli bir suratda ijod qilingan gilamni toʻqiydigan va har vaqt kamoli hikmat bilan tajdid etib almashtiradigan bir qudrat va hikmat senda boʻlsa, ham agar biz meva boʻlgan kura-i arzga va urugʻ boʻlgan olamga tasarruf qiladigan va hayotimizga lozim moddalarni mezoni hikmat bilan aqtori olamdan bizga yuboradigan bir qamrovli qudrat va shomil bir hikmat senda boʻlsa, va yuzimizdagi sikka-i qudrat bir boʻlgan butun ketgan va keladigan oʻxshashimizni ijod qiladigan bir iqtidor senda boʻlsa, balki menga rububiyat da'vo qilishing mumkin. Boʻlmasa, qani jim boʻl! Mening navimdagi tartibsizlikka qarab aralasha olaman dema. Chunki intizom mukammaldir. U tartibsiz deb oʻylagan vaziyatlaring qudratning qadar kitobiga koʻra kamoli intizom bilan bir istinsohdir. Chunki bizdan juda past boʻlgan va bizning taxti nazoratimizda boʻlgan hayvonot va nabototning kamoli intizomlari koʻrsatadiki, bizdagi chalkashliklar bir navi kitobatdir.
Hech mumkinmidirki: Bir gilamning har tarafiga yoyilgan bir otqi ipini san'atkorona joylashtirgan gilamning ustasidan boshqasi boʻlsin. Ham bir mevaning mujidi daraxtining mujididan boshqasi boʻlsin. Ham urugʻni ijod qilgan urugʻli jismning sone'idan boshqasi boʻlsin. Ham koʻzing koʻrdir. Yuzimdagi moʻ'jizoti qudratni, mohiyatimizdagi havoriqi fitratni koʻrmayapsan. Agar koʻrsang, tushunasanki: Mening Sone'im shunday bir zotdirki, hech bir narsa undan yashirinolmaydi, hech bir narsa unga nozlanib ogʻir kelolmaydi. Yulduzlar zarralar qadar unga oson keladi. Bir bahorni bir gul qadar suhulat bilan ijod qiladi. Ulkan koinotning mundarijasini kamoli intizom bilan mening mohiyatimda joylashtirgan bir zotdir. Bunday bir zotning san'atiga sen kabi jomid, ojiz va koʻr, kar qoʻshila oladimi? Shunday ekan, jim boʻl! Daf boʻlib ket!", deb uni quvadi.
Soʻngra u mudda'i ketadi, zaminning yuziga toʻshalgan keng gilamga va zaminga kiydirilgan gʻoyat muzayyan va munaqqash koʻylakka sabablar nomiga va tabiat lisoni bilan va falsafa tili bilan deydiki: "Senda tasarruf etib bilaman va senga molikman yoki senda hissam bor", deya da'vo qiladi. U vaqt u koʻylak,
{(Hoshiya) Faqat shu gilam ham hayotdordir, ham intizomli bir tebranishdadir. Har vaqt naqshlari kamoli hikmat va intizom bilan tabaddul etadi. Toki nassojining muxtalif jilva-i asmosini boshqa-boshqa koʻrsatsin.}
u gilam haq va haqiqat nomiga, lisoni hikmat bilan u mudda'iga deydiki: "Agar yillar, asrlar adadicha yerga kiydirilib soʻngra intizom bilan chiqarilib oʻtgan zamonning ipiga osilgan va yangidan kiydiriladigan va kamoli intizom bilan qadar doirasida dasturlari va shakllari chizilgan va tayin qilingan va kelajak zamonning tasmasiga osib qoʻyilgan va intizomli va hikmatli boshqa-boshqa naqshlari boʻlgan butun koʻylaklarni, gilamlarni toʻqiydigan, ijod qiladigan qudrat va san'at senda boʻlsa, ham xilqati arzdan to xarobi arzga qadar, balki azaldan abadga qadar yetadigan, hikmatli, qudratli ikki ma'naviy qoʻling boʻlsa va butun otqilarimdagi butun fardlarni ijod qiladigan kamoli intizom va hikmat bilan ta'mir va tajdid etadigan senda bir iqtidor va hikmat boʻlsa, ham bizning modelimiz va bizni kiygan va bizni oʻziga yopinchiq va choyshab qilgan kura-i arzni qoʻlingda tutib mujid boʻlib bilsang, menga rububiyat da'vo qil. Boʻlmasa qani tashqariga! Bu yerda yer topolmaysan. Ham bizda shunday bir sikka-i vahdat va shunday bir turra-i ahadiyat bordirki, butun koinot qabza-i tasarrufida boʻlmagan va butun ashyoni butun shuunoti bilan birdan koʻrmagan va nihoyatsiz ishlarni barobar qilolmagan va har yerda hozir va nazir boʻlmagan va makondan munazzah boʻlmagan va nihoyatsiz hikmat va ilm va qudratga molik boʻlmagan bizga sohib boʻlolmaydi va mudohala etolmaydi".
Soʻngra u mudda'i ketadi. "Balki kura-i arzni koʻndirib, u yerda bir yer topaman", deydi. Ketadi, kura-i arzga
{(Hoshiya1) Alhosil: Zarra u mudda'ini kurayvoti hamroga havola qiladi. Kurayvoti hamro uni hujayraga, hujayra ham badani insonga, badani inson esa navi insonga, navi inson uni zihayot anvo'idan toʻqilgan arzning koʻylagiga, arzning koʻylagi ham kura-i arzga, kura-i arz uni Quyoshga, Quyosh esa butun yulduzlarga havola qiladi. Har biri deydi: "Ket, mendan yuqoridagini zabt qila olsang, soʻngra kel meni zabt qilishga urin. Agar uni magʻlub qilmasang, meni qoʻlga kiritolmaysan". Demak, butun yulduzlarga soʻzini oʻtkazolmagan birgina zarraga rububiyatini tinglatolmaydi.}
yana sabablar nomiga va tabiat lisoni bilan deydiki: "Bunday bebosh kezganingdan, sohibsiz boʻlganingni koʻrsatyapsan. Shunday ekan, sen meniki boʻlishing mumkin". U vaqt kura-i arz haq nomiga va haqiqat tili bilan momaqaldiroq kabi bir sado bilan unga deydiki: "Valdirama... Men qanday bebosh, sohibsiz boʻlishim mumkin? Mening koʻylagimni va koʻylagimning ichidagi eng kichik bir nuqtani, bir ipni intizomsiz topdingmi va hikmatsiz va san'atsiz koʻrdingmiki, menga sohibsiz, bebosh deysan. Agar harakati sanaviyam bilan taqriban yigirma besh ming yillik
{(Hoshiya2) Bir doiraning taqriban nisfi qutri bir yuz sakson million kilometr boʻlsa, u doira (oʻzi) taqriban yigirma besh ming yillik masofa boʻladi.}
bir masofada bir yilda kezganim va kamoli mezon va hikmat bilan vazifa-i xizmatimni qilganim u doira-i azimaga haqiqiy molik boʻla olsang va qardoshlarim va men kabi vazifador boʻlgan oʻn sayyoraga va kezgan butun doiralariga va bizning imomimiz va biz u bilan bogʻliq va joziba-i rahmat bilan unga taqilgan boʻlganimiz Quyoshni ijod qilib joylashtiradigan va sopqon toshi kabi meni va sayyorot yulduzlarni unga bogʻlaydigan va kamoli intizom va hikmat bilan aylantirib istihdom etadigan bir nihoyatsiz hikmat va nihoyatsiz qudrat senda boʻlsa, menga rububiyat da'vo qil, boʻlmasa qani jahannamiy boʻl, ket! Mening ishim bor. Vazifamga ketyapman. Ham bizlardagi hashamatli intizomot va dahshatli harakot va hikmatli tasxirot koʻrsatadiki, bizning ustamiz shunday bir zotdirki; butun mavjudot, zarralardan yulduzlarga va quyoshlarga qadar amrbar askar hukmida unga mute' va musahhardirlar. Bir daraxtni mevalari bilan tanzim va tazyin etgani kabi, osongina quyoshni sayyorot bilan tanzim etadigan bir Hakimi Zuljalol va Hokimi Mutlaqdir".
Soʻngra u mudda'i yerda yer topolmagani uchun ketadi Quyoshga. Qalbidan deydiki: "Bu juda katta bir narsadir, balki ichida bir tuynuk topib, bir yoʻl ochaman. Yerni ham musahhar etaman". Quyoshga shirk nomiga va shaytonlashgan falsafa lisoni bilan, majusiylarning deganlari kabi deydiki: "Sen bir sultonsan, oʻzingga oʻzing moliksan, istaganing kabi tasarruf etasan". Quyosh boʻlsa Haq nomiga va haqiqat lisoni bilan va hikmati Ilohiya tili bilan unga deydi: "Xosho, yuz ming marta xosho va kallo!.. Men musahhar bir ma'murman. Sayyidimning musofirxonasida bir mumdorman. Bir chivinga, balki bir chivinning qanotiga ham haqiqiy molik boʻlolmayman. Chunki chivinning vujudida shunday ma'naviy javharlar va koʻz, quloq kabi antiqa san'atlar borki, mening doʻkonimda yoʻq. Doira-i iqtidorimning xorijidadir" deydi, mudda'ini urushadi.
Soʻngra u mudda'i oʻgiriladi, fir'avnlashgan falsafa lisoni bilan deydiki: "Modomiki oʻzingga molik va sohib emassan, bir xizmatkorsan. Sabablar nomiga menikisan", deydi. U vaqt Quyosh haq va haqiqat nomiga va ubudiyat lisoni bilan deydiki: "Men shunday birisiniki boʻlishim mumkinki, butun oʻxshashim boʻlgan ulviy yulduzlarni ijod qilgan va samovotida kamoli hikmat bilan joylashtirgan va kamoli hashmat bilan aylantirgan va kamoli ziynat bilan bezagan bir zot boʻlishi mumkin".
Soʻngra u mudda'i qalbidan deydiki: "Yulduzlar juda gavjumdirlar. Ham tarqoq, tartibsiz koʻrinyaptilar. Balki ularning ichida muakkillarim nomiga biron narsa qozonaman", deydi. Ularning ichiga kiradi. Ularga sabablar nomiga, sheriklari hisobiga va tugʻyon etgan falsafa lisoni bilan, nujumparast boʻlgan sobiiyunlarning deganlari kabi deydiki: "Sizlar juda ham tarqoq boʻlganingizdan, boshqa-boshqa hokimlarning taxti hukmidasizlar". U vaqt yulduzlar nomiga bir yulduz deydiki: "Naqadar tentak, aqlsiz va ahmoq va koʻzsizsanki, bizning yuzimizdagi sikka-i vahdatni va turra-i ahadiyatni koʻrmayapsan, tushunmayapsan. Va bizning nizomoti oliyamizni va qavonini ubudiyatimizni bilmaysan. Bizni intizomsiz deb oʻylaysan. Bizlar shunday bir zotning san'atimiz va xizmatkorlarimizki, bizning dengizimiz boʻlgan samovotni va shajaramiz boʻlgan koinotni va masiragohimiz boʻlgan nihoyatsiz fazo-i olamni qabza-i tasarrufida tutgan bir Vohidi Ahaddir. Bizlar elektr chiroqlar floti kabi uning kamoli rububiyatini koʻrsatgan nuroniy shohidlarmiz va saltanati rububiyatini e'lon qilgan ziyoli burhonlarmiz. Har bir toifamiz uning doira-i saltanatida ulviy, sufliy, dunyoviy, barzohiy, uxroviy manzillarda hashmati saltanatni koʻrsatgan va ziyo bergan nuroniy xizmatkorlarmiz.
Ha, har birimiz qudrati Vohidi Ahadning bittadan moʻ'jizasi va shajara-i xilqatning bittadan muntazam mevasi va vahdoniyatning bittadan munavvar burhoni va maloikalarning bittadan manzili, bittadan tayyorasi, bittadan masjidi va avolimi ulviyaning bittadan chirogʻi, bittadan quyoshi va saltanati rububiyatning bittadan shohidi va fazo-i olamning bittadan ziynati, bittadan qasri, bittadan guli va samo dengizining bittadan nuroniy baligʻi va koʻk yuzining bittadan goʻzal koʻzi
{(Hoshiya) Janobi Haqning ajoyibi masnu'otiga qarab, tomosha qilgan va qildirgan ishoratlarmiz. Ya'ni: Samovot hadsiz koʻzlar bilan zamindagi ajoyibi san'ati Ilohiyani tomosha qilgandek koʻrinadi. Samoning maloikalari kabi yulduzlar ham mahshari ajoyib va gʻaroyib boʻlgan arzga qaraydilar va zishuurlarni diqqat bilan qaratadilar.}
boʻlganimiz kabi, hay'ati majmuamizda sukunat ichida bir sukut va hikmat ichida bir harakat va hashmat ichida bir ziynat va intizom ichida bir husni xilqat va mavzuniyat ichida bir kamoli san'at boʻlganidan, Sone'-i Zuljalolimizni nihoyatsiz tillar bilan vahdatini, ahadiyatini, samadiyatini va avsofi jamol va jalol va kamolini butun koinotga e'lon qilganimiz holda, biz kabi nihoyat darajada sof, toza, mute', musahhar xizmatkorlarni tartibsizlik va intizomsizlik va vazifasizlik, hatto sohibsizlik bilan ittihom etganingdan ta'zirga haqdorsan", deydi. U mudda'ining yuziga rajmi shayton kabi bir yulduz shunday bir ta'zir uradiki, yulduzlardan jahannamning tubigacha uni otadi. Va barobarida boʻlgan tabiatni
{(Hoshiya1) Faqat sukutdan keyin tabiat tavba qildi. Haqiqiy vazifasi ta'sir va fe'l boʻlmaganini, balki qabul va infiol boʻlganini tushundi. Va oʻzi qadari Ilohiyning bir navi daftari, faqat tabaddul va tagʻayyur etadigan bir daftari, va qudrati Rabboniyaning bir navi dasturi va Qodiri Zuljalolning bir navi fitriy shariati va bir navi majmua-i qavonini boʻlganini bildi. Kamoli ajz va inqiyod bilan vazifa-i ubudiyatini boʻyniga oldi. Va fitrati Ilohiya va san'ati Rabboniya ismini oldi.}
avhom daralariga va tasodifni adam qudugʻiga va sheriklarni imtino' va maholiyat zulumotiga va dinga qarshi falsafani asfali sofiliynning tubiga otadi. Butun yulduzlar bilan barobar u yulduz
farmoni qudsiysini oʻqishyaptilar. Va "Chivin qanotidan tut, to samovot qandillariga qadar bir chivin qanoti qadar sherikka yer yoʻqdirki, aralasha olsin" deya e'lon qiladilar.
oyatining azaliy bogʻidan bir guliga ishorat qilgan Arabcha fikralardir.
Ya'ni: Goʻyo gul ochgan har bir daraxt goʻzal yozilgan manzum bir qasidadirki, u qasida Fotiri Zuljalolning madoyihi bahirasini inshod etib, shoirona lisoni hol bilan aytadi. Va yoxud u gul ochgan har bir daraxt minglab qaragan va qaratgan koʻzlarini ochgan, toki Sone'-i Zuljalolning nashr va tashhir etilgan ajoyibi san'atiga bir-ikki koʻz bilan emas, balki minglab koʻzlar bilan qarasin; toki ahli diqqatni shunday qaratsin. Va yoxud u gul ochgan har bir daraxt umumiy bayram boʻlgan bahorning ichidagi xususiy bayramida va rasmiy namoyish misol bir onda yashillangan a'zolarini eng bezalgan muzayyanot bilan bezagan. Toki uning Sultoni Zuljaloli unga ehson qilgan hadoyani va latoifni va osori nuroniyasini mushohada etsin. Ham mashhari san'ati Ilohiya boʻlgan zamin yuzida va bahor mavsumida murassaoti rahmatini anzori xalqqa tashhir etsin. Va shajarning hikmati xilqatini basharga e'lon qilsin. Nozikkina shoxlarida naqadar muhim xazinalar boʻlganini va ehsonoti Rahmoniyaning mevalarida qay daraja muhim dafinalar bor boʻlganini koʻrsatish bilan kamoli qudrati Ilohiyani koʻrsatsin.
Birinchi Mavqifning Kichik Bir Zayli
Bu oyatning bir navi tarjimasi boʻlgan
tarjimasidir. Ya'ni oyati karima nazari diqqatni samoning ziynatli va goʻzal yuziga oʻgiryapti. Toki diqqati nazar bilan samoning yuzida favquloda sukunat ichida bir sukutni koʻrib, bir Qodiri Mutlaqning amr va tasxiri bilan u vaziyatni olganini anglasin. Boʻlmasa agar qarovsiz boʻlganlarida, bir-biri ichida u dahshatli hadsiz ajrom, u gʻoyat katta kuralar va gʻoyat tez harakatlari bilan shunday bir shovqin solishlari kerak ediki, koinotning qulogʻini kar qilar edilar. Ham shunday bir zilzila-i harju marj ichida chalkashlik boʻlar ediki, koinotni tarqatishar edi. Yigirmata qoʻtos bir-biri ichida harakat qilsa, naqadar shovqinli bir harju-marjga sababiyat bergani ma'lum. Holbuki kura-i arzdan ming marta katta va zambarak oʻqidan yetmish marta tezroq harakat qilganlar yulduzlar ichida bor boʻlganini astronomiya aytadi. Xullas, sukunat ichidagi sukuti ajromdan Sone'-i Zuljalolning va Qodiri Zulkamolning daraja-i qudrat va tasxirini va nujumning unga daraja-i inqiyod va itoatini angla.
Ham samoning yuzida hikmat ichida bir harakatni koʻrishni oyat amr qilyapti. Ha, gʻoyat ajib va azim u harakot gʻoyat daqiq va keng hikmat ichidadir. Qandayki bir fabrikaning charxlarini va chigʻirlarini bir hikmat ichida aylantirgan bir san'atkor fabrikaning azamat va intizomi darajasida daraja-i san'at va mahoratini koʻrsatadi. Shunga oʻxshab: Ulkan Quyoshga sayyorot bilan barobar fabrika vaziyatini bergan va u mudhish azim kuralarni sopqon toshlari kabi va fabrika charxlari kabi atrofida aylantirgan bir Qodiri Zuljalolning daraja-i qudrat va hikmati oʻsha nisbatda nazarga tazohur etadi.
Ya'ni: Ham samovot yuzida, shunday bir hashmat ichida bir porlash va bir ziynat ichida bir tabassum borki, Sone'-i Zuljalolning naqadar muazzam bir saltanati, naqadar goʻzal bir san'ati boʻlganini koʻrsatadi. Flot bayrami kunlarida kasratli elektr chiroqlari sultonning daraja-i hashmatini va taraqqiyoti madaniyada daraja-i kamolini koʻrsatgani kabi, ulkan samovot oʻsha muhtasham, ziynatli yulduzlari bilan Sone'-i Zuljalolning kamoli saltanatini va jamoli san'atini shunday qilib nazari diqqatga koʻrsatadilar.
Ham deydiki: Samoning yuzidagi maxluqotning intizomini daqiq mezonlar ichida masnu'otning mavzuniyatini koʻr va anglaki: Ularning Sone'i naqadar Qodir va naqadar Hakim boʻlganini bil. Ha, muxtalif va kichik jirmlarni va yoxud hayvonlarni aylantirgan va bir vazifa uchun oʻgirgan va bir mezoni maxsus bilan har birini muayyan bir yoʻlda savq etgan bir zotning daraja-i iqtidor va hikmatini va harakat qilgan jirmlarning unga daraja-i itoat va musahhariyatlarini koʻrsatganlari kabi, ulkan samovot u dahshatli azamati bilan, hadsiz yulduzlari bilan va u yulduzlar ham dahshatli kattaliklari bilan va gʻoyat shiddatli harakatlari bilan barobar, zarra miqdor va bir soniyacha qadar hududlaridan tajovuz etmasliklari, bir ashira-i daqiqa qadar vazifalaridan orqada qolmasliklari Sone'-i Zuljalollarining naqadar daqiq bir mezoni maxsus bilan rububiyatini ijro qilganini nazari diqqatga koʻrsatadilar. Hamda shu oyat kabi Sura-i Ammada va boshqa oyatlarda bayon qilingan tasxiri Shams va Qamar va nujum bilan ishorat qilgani kabi:
Ya'ni: Samoning muzayyan shiftiga Quyosh kabi ishiq beruvchi, isintiruvchi bir chiroqni ilish, kecha-kunduz xatlari bilan qish-yoz sahifalarida maktuboti Samadoniyani yozishiga bir nur siyohdoni hukmiga keltirish va yuksak minora va burjlardagi katta soatlarning porlagan millari kabi, qubba-i samoda Qamarni zamonning soati kubrosiga bir mil qilish; mutafovit koʻp hilollar suratida har kechaga goʻyo boshqa bir hilol qoldirib, soʻngra qaytib oʻziga toʻplash, manzillarida kamoli mezon bilan, daqiq hisob bilan harakat qildirish va qubba-i samoda porlagan, tabassum qilgan yulduzlar bilan koʻkning goʻzal yuzini porlatish, albatta nihoyatsiz bir saltanati rububiyatning shao'iridir. Zishuurga uni ish'or etgan muhtasham bir uluhiyatning ishorotidir. Ahli fikrni iymonga va tavhidga da'vat qiladi.
Boq kitobi koinotning safha-i ranginina
Xoma-i zarrini qudrat, koʻr ne tasvir aylamish
Qolmamish bir nuqta-i muzlim chashmi dil arbobiga
Xuddi oyotin Xudo nur bilan tahrir aylamish
Boq ne moʻ'jizi hikmat iz'onrubo-i koinot
Boq ne oliy bir tomoshadir fazoyi koinot
Tingla-da yulduzlarni, shu xutba-i shiriniga
Noma-i nurini hikmat, boq ne taqrir aylamish.
Birgalikda nutqqa kelmish, haq lisoni bilan derlar:
Bir Qodiri Zuljalolning muhtasham hokimiyatiga
Bittadan burhoni nur-afshonmiz vujubi Sone'ga
Ham vahdatga, ham qudratga shohidlarmiz biz.
Shu zamin yuzini porlatgan
Nozanin moʻ'jizoti chun malak sayroniga.
Bu samoning Arzga boqqan, Jannatga diqqat qilgan
Minglab mudaqqiq koʻzlarmiz biz.
Tubo-i xilqatdan samovot qismiga, butun Kahkashon shoxlariga
Bir Jamili Zuljalolning dasti hikmati bilan toqilgan minglab goʻzal mevalarmiz biz.
Shu samovot ahliga bittadan masjidi sayyor, bittadan xona-i davvor, bittadan ulviy oshiyona,
Bittadan misbohi navvor, bittadan kema-i jabbor, bittadan tayyoramiz biz.
Bir Qodiri Zulkamolning, bir Hakimi Zuljalolning bittadan moʻ'jiza-i qudrat, bittadan horiqo-i san'ati Xoliqona,
Bittadan nodira-i hikmat, bittadan dohiya-i xilqat, bittadan nur olamimiz biz.
Bunday yuz ming til bilan yuz ming burhon koʻrsatamiz, eshittiramiz inson boʻlgan insonga.
Koʻr boʻlsin dinsiz koʻzi, koʻrmas boʻldi yuzimizni. Ham eshitmas soʻzimizni. Haq soʻylagan oyatlarmiz biz.
Sikkamiz bir, turramiz bir, Robbimizga musahharmiz,musabbihmiz, obidona
Zikr qilamiz, Kahkashonning halqa-i kubrosiga mansub bittadan majzublarmiz biz"
UCHINCHI HUJJATI IYMONIYA
Shu notada tabiiyyunning munkir qismi ketgan yoʻlning mohiyati naqadar aqldan uzoq va naqadar xunuk va qay daraja xurofot boʻlgani, loaqal toʻqson maholni tazammun etgan toʻqqiz mahol bilan bayon etilgan. Boshqa risolalarda u mahollar qisman izoh qilinganidan, bu yerda gʻoyat muxtasar boʻlish jihati bilan, ba'zi zinapoyalar tashlab oʻtilgan. Shuning uchun, birdaniga bu qadar zohir va oshkora bir xurofotni qanday bu mashhur oqil faylasuflar qabul qilganlar, u yoʻlda ketadilar, xotirga keladi. Ha, ular maslaklarining mohiyatini koʻrolmaganlar. Ham haqiqati maslaklari va maslaklarining lozimi va muqtazosi shudirki; yozilgan har bir maholning uchida bayon qilingan u xunuk va jirkanch va gʻayri ma'qul
{(Hoshiya) Bu Risolaning sababi ta'lifi; gʻoyat mutajavizona va gʻoyat xunuk bir tarz bilan haqoiqi iymoniyani tazyif etib, aynigan aqli yetolmagan narsaga xurofot deb, dinsizlikni tabiatga bogʻlab, Qur'onga hujum qilinishidir. U hujum esa, shiddatli bir hiddatni (qalbga) qalamga berdiki, shiddatli va gʻaliz ta'zirlarni u mulhidlarga va haqdan yuz oʻgirgan botil mazhablilarga yedirdi. Boʻlmasa, Risola-i Nurning maslagi nazihona va nozikona va qovli layyindir.}
xulosa-i mazhablari maslaklarining lozimi va zaruriy muqtazosi boʻlganini gʻoyat badihiy va qat'iy burhonlar bilan shubhasi boʻlganlarga tafsilan bayon va isbot qilishga tayyorman.
Shu oyati karima istifhomi inkoriy bilan "Janobi Haqhaqida shak boʻlmaydi va boʻlmasligi kerak" deyish bilan; vujud va vahdoniyati Ilohiya badohat darajasida boʻlganini koʻrsatadi.
1338 yilda Anqaraga bordim. Islom qoʻshinining Yunon ustidan gʻalabasidan nash'a olgan ahli iymonning quvvatli afkori ichida gʻoyat mudhish bir zindiqo fikri ichiga kirish va buzish va zaharlantirish uchun dassosona harakat qilayotganini koʻrdim. Ey voh dedim, bu ajdarho iymonning arkoniga ta'sir qiladi! U vaqt shu oyati karima badohat darajasida vujud va vahdoniyatni ifhom etish jihati bilan undan istimdod etib, u zindiqoning boshini tarqatadigan darajada Qur'oni Hakimdan olingan quvvatli bir burhonni arabcha risolada yozdim. Anqarada, Yangi Kun Bosmaxonasida chop qildirgandim. Faqat ma'ataassuf arabcha bilgan oz va ahamiyat bilan qaraganlar ham nodir boʻlish bilan barobar, gʻoyat muxtasar va mujmal bir suratda u quvvatli burhon ta'sirini koʻrsatmadi. Ma'ataassuf, u dinsizlik fikri ham inkishof etdi, ham quvvat topdi. Bilmajburiya u burhonni turkcha boʻlib bir daraja bayon qilaman. U burhonning ba'zi parchalari ba'zi risolalarda toʻliq izoh qilinganidan, bu yerda ijmolan yoziladi. Boshqa risolalarda qismlarga ajratilgan mutaaddid burhonlar bu burhonda qisman ittihod etadi. Har biri buning bir juzi hukmiga oʻtadi.
Ey inson! Bilki, insonlarning ogʻzidan chiqqan va dinsizlikni ishmom etgan dahshatli kalimalar bor. Ahli iymon bilmasdan iste'mol qiladilar. Muhimlaridan uchtasini bayon qilamiz:
Ya'ni, sabablar bu narsani ijod qiladi.
Ya'ni, oʻzidan-oʻzi tashakkul etadi, boʻladi, bitadi.
Ya'ni, tabiiydir, tabiat iqtizo etib ijod qiladi.
Ha, modomiki mavjudot bor va inkor qilinmaydi. Ham har mavjud san'atli va hikmatli vujudga keladi. Ham modomiki qadim emas, yangidan boʻladi. Har holda, ey mulhid! Bu mavjudni, masalan bu hayvonni yo deysanki, olamning sabablari uni ijod qiladi; ya'ni, sabablarning ijtimo'idan u mavjud vujud topadi va yoxud u oʻzidan-oʻzi tashakkul etadi va yoxud tabiat muqtazosi boʻlib, tabiatning ta'siri bilan vujudga keladi va yoxud bir Qodiri Zuljalolning qudrati bilan ijod qilinadi.
Modomiki aqlan bu toʻrt yoʻldan boshqa yoʻl yoʻqdir, avvalgi uch yoʻl mahol, battol, mumtani', gʻayri qobil boʻlganliklari qat'iy isbot qilinsa, bizzarura va bilbedaho toʻrtinchi yoʻl boʻlgan tariqi vahdoniyat shaksiz-shubhasiz sobit boʻladi.
Olamdagi sabablarining ijtimo'i bilan tashkili ashyo va vujudi maxluqotdir. Juda koʻp maholotidan yolgʻiz uch donasini zikr qilamiz.
Bir dorixonada gʻoyat muxtalif moddalar bilan toʻla yuzlab shishali idishlar mavjud. U adviyalardan zihayot bir ma'jun istanildi. Ham hayotdor horiqo bir tiryoq ulardan qilinish ijob etdi. Keldik, u dorixonada u zihayot ma'junning va hayotdor tiryoqning juda koʻp afrodini koʻrdik. U ma'junlardan har birini tadqiq qildik. Koʻramizki, u shisha idishlardan har birisidan bir mezoni maxsus bilan bir-ikki dirham bundan, uch-toʻrt dirham keyingisidan, olti-yetti dirham boshqasidan va hokazo muxtalif miqdorlarda ajzolar olingan. Agar biridan bir dirham yo kam yoki koʻp olinsa, u ma'jun zihayot boʻlolmaydi, xosiyatini koʻrsata olmaydi. Ham u hayotdor tiryoqni ham tadqiq qildik. Har bir idishdan bir mezoni maxsus bilan bir modda olinganki, zarra miqdori kam va yoki ziyoda boʻlsa, tiryoq xossasini yoʻqotadi. U idishlar ellikdan ziyoda ekan, har birisidan alohida bir mezon bilan olingan kabi, boshqa-boshqa miqdorda ajzolari olingan. Ajabo, hech bir jihatdan imkon va ehtimol bormiki, u shishalardan olingan muxtalif miqdorlar shishalarning gʻarib bir tasodif yoki boʻronli bir havoning urilishi bilan yiqilishidan, har birisidan olingan miqdor qadar yolgʻiz oʻsha miqdor oqsin, barobar ketsinlar va toʻplanib u ma'junni tashkil qilsinlar? Ajabo, bundan yanada xurofot, mahol, botil bir narsa bormi? Eshak muzaaf bir eshaklikka kirsa, soʻngra inson boʻlsa, "Bu fikrni qabul qilmayman" deya qochadi.
Mana bu misol kabi; har bir zihayot, albatta zihayot bir ma'jundir va har bir nabot hayotdor bir tiryoq kabidirki; koʻp mutaaddid ajzolardan, koʻp muxtalif moddalardan, gʻoyat hassos bir oʻlchov bilan olingan moddalardan tarkib topgan. Agar sabablarga, anosirga isnod etilsa va "sabablar ijod qildi" deyilsa, aynan dorixonadagi ma'junning, shishalarning yiqilishidan vujud topishi kabi, yuz daraja aqldan uzoq, mahol va botil boʻladi.
Shu dorixona-i kubro-i olamda, Hakimi Azaliyning mezoni qazo va qadari bilan olingan mavaddi hayotiya hadsiz bir hikmat va nihoyatsiz bir ilm va har narsani qamragan bir iroda bilan vujud topa oladi. "Koʻr, kar, hududsiz, sel kabi oqqan kulliy anosir va tabayi' va sabablarning ishidir" degan badbaxt, "U tiryoqi ajib oʻzidan-oʻzi shishalarning yiqilishidan chiqib boʻlgandir" degan devona bir safsatachi, sarxush boʻlgan ahmoqdan yanada ziyoda ahmoqdir. Ha, u kufr ahmoqona, sarxushona, devonacha bir safsatadir.
Agar hamma narsa Vohidi Ahad boʻlgan Qodiri Zuljalolga berilmasa, balki sabablarga isnod etilsa, lozim boʻladiki; olamning juda koʻp anosir va sabablari har bir zihayotning vujudida mudohalasi boʻlsin. Holbuki, chivin kabi bir kichik maxluqning vujudida kamoli intizom bilan gʻoyat hassos bir mezon va toʻliq bir ittifoq bilan muxtalif va bir-biriga zid, mubayin sabablarning ijtimo'i shu qadar zohir bir maholdirki, chivin qanoti qadar shuuri boʻlgan, "Bu maholdir, boʻlolmaydi!" deydi. Ha, bir chivinning kichkinagina jismi koinotning aksar anosir va sabablari bilan aloqadordir, balki bir xulosasidir. Agar Qodiri Azaliyga berilmasa, u moddiy sabablar uning vujudi yonida bizzot hozir boʻlishi lozim; balki uning kichkinagina jismiga kirishi kerak boʻladi. Balki jismining kichik bir namunasi boʻlgan koʻzidagi bir hujayrasiga kirishlari ijob etadi. Chunki sabab moddiy boʻlsa, musabbabning yonida va ichida boʻlishi lozim boʻladi. Shu holda, ikki chivinning igna uchi kabi barmoqlari yerlashmagan u hujayrachada arkoni olam va anosir va tabayi'ning moddiy holda ichida boʻlib, usta kabi ichida ishlashlarini qabul qilish lozim boʻladi.
Xullas, Sofistaiyning eng ablahlari ham bunday bir maslakdan uyaladilar.
qoida-i muqarrarasi bilan: "Bir mavjudning vahdati boʻlsa, albatta bir vohiddan, bir qoʻldan sudur eta oladi". Xususan u mavjud gʻoyat mukammal bir intizom va hassos bir mezon ichida va jome' bir hayotga mazhar boʻlsa, bilbedaho sababi ixtilof va chalkashlik boʻlgan mutaaddid qoʻllardan chiqmaganini; balki gʻoyat Qodir, Hakim boʻlgan birgina qoʻldan chiqqanini koʻrsatgani holda; hadsiz va jomid va johil, mutajoviz, shuursiz, tartibsizlik ichida koʻr, kar tabiatdagi sabablarning tartibsiz qoʻllariga hadsiz imkonot yoʻllari ichida va ijtimo' va ixtilot bilan u sabablarning koʻrligi, karligi ziyodalashgani holda; u muntazam va mavzun va vohid bir mavjudni ularga isnod etish, yuz maholni birdan qabul qilish kabi aqldan uzoqdir.
Mayli, bu maholni nazarga olmasak ham, moddiy sabablarning albatta ta'sirlari mubosharat bilan va tegilish bilan boʻladi. Holbuki, u tabiatdagi sabablarning tegilishlari zihayot mavjudlarning zohirlari bilandir. Holbuki, koʻryapmizki; u moddiy sabablarning qoʻllari yetishmagan va tegilolmagan u zihayotning botini oʻn marta zohiridan yanada muntazam, yanada latif, san'at e'tibori bilan yanada mukammaldir. Moddiy sabablar qoʻllari va jihozlari bilan hech bir jihat bilan yerlasholmagan, balki toʻliq zohiriga ham tegina olmagan u kichkinagina zihayot, kichkinagina hayvonchalar eng katta maxluqlardan ziyodaroq san'at jihatidan ajib, xilqat jihatidan badi' bir suratda boʻlganlari holda, u jomid, johil, qoʻpol, uzoq, katta va bir-biriga zid boʻlgan kar, koʻr sabablarga isnod etish yuz daraja koʻr, ming daraja kar boʻlish bilan boʻladi!
dir. Ya'ni, oʻzidan-oʻzi tashakkul etadi. Xullas, bu jumlaning ham koʻp maholoti bor. Koʻp jihat bilan botildir, maholdir. Namuna uchun maholotidan uchtasini bayon qilamiz.
Ey muannid munkir! Sening anoniyating seni shu qadar ahmoqlashtirganki, yuz maholni birdan qabul qilishni bir daraja hukm qilasan. Chunki sen mavjudsan. Va oddiy bir modda va jomid va tagʻayyursiz emassan. Balki doimo tajaddudda boʻlib, gʻoyat muntazam bir uskuna va horiqo va doimo tahavvulda bir saroy kabisan. Sening vujudingda har vaqt zarralar ishlaydilar. Sening vujuding koinot bilan, xususan rizq munosabati bilan, xususan baqo-i nav'iy e'tibori bilan aloqador va oldi-berdisi bordir. Sening vujudingda ishlagan zarralar u munosabatni buzmaslik va u aloqadorlikni uzmaslik uchun diqqat qiladilar. Ana shunday ehtiyot bilan oyoqlarini bosadilar. Goʻyo butun koinotga qaraydilar. Sening munosabatingni koinotda koʻrib shunday vaziyat oladilar. Sen zohiriy va botiniy tuygʻularing bilan u zarralarning u horiqo vaziyatiga koʻra istifoda etasan. Agar sen vujudingdagi zarralarni Qodiri Azaliyning qonuni bilan harakat qilgan kichkina ma'murlari yoki qoʻshini yoki qalami qadarning uchlari, har bir zarra bir qalam uchi yoki qalami qudratning nuqtalari, har bir zarra bir nuqta boʻlganini qabul qilmasang, u vaqt sening koʻzingda ishlagan har bir zarraga shunday bir koʻz lozimki, sening majmu-i jasadingning har tarafini koʻrish bilan barobar, munosabatdor boʻlganing butun koinotni ham koʻradigan bir koʻzi va butun sening moziy va mustaqbal va nasl va asling va anosiringning manbalarini va rizqingning ma'danlarini biladigan, taniydigan yuz dohiy qadar bir aql berish lozim boʻladi. Sen kabi bu masalalarda zarra qadar aqli boʻlmaganning bir zarrasiga ming Aflotun qadar bir ilm va shuur berish ming daraja devonacha bir xurofotchilikdir!...
Sening vujuding ming qubbali horiqo bir saroyga oʻxshaydiki, har qubbasida toshlar tirgaksiz bir-birini qoʻllab, muallaqda turgʻizilgan. Balki sening vujuding ming marta bu saroydan yanada ajibdir. Chunki u saroyi vujuding doimo kamoli intizom bilan yangilanadi. Gʻoyat horiqo boʻlgan ruh, qalb va ma'naviy latoifni nazarga olmasak ham, yolgʻiz jasadingdagi har bir a'zo bir qubbali manzil hukmidadir. Zarralar u qubbadagi toshlar kabi bir-birlari bilan kamoli muvozana va intizom bilan bir-birini qoʻllab, horiqo bir bino, favquloda bir san'at, koʻz va til kabi ajib bittadan moʻ'jiza-i qudrat koʻrsatadilar. Agar bu zarralar shu olamning ustasining amriga tobe bittadan ma'mur boʻlmasalar, u vaqt har bir zarra u jasaddagi zarralarga ham hokimi mutlaq, ham har birisiga mahkumi mutlaq, ham har birisiga misl, ham hokimiyat nuqtasida zid, ham yolgʻiz Vojib-ul Vujudga maxsus boʻlgan aksar sifotning masdari, manbai, ham gʻoyat muqayyad, ham gʻoyat mutlaq bir suratda boʻlish bilan barobar, sirri vahdat bilan yolgʻiz bir Vohidi Ahadning asari boʻla olgan gʻoyat muntazam bir masnu'i vohidni u hadsiz zarrotga isnod etish; zarra qadar shuuri boʻlgan buning juda zohir bir mahol, balki yuz mahol boʻlganini idrok etadi.
Agar sening vujuding Vohidi Ahad boʻlgan Qodiri Azaliyning qalami bilan yozilgan boʻlmasa va tabiatga, sabablarga mansub matbu' boʻlsa, u vaqt sening vujudingdagi bir hujayra-i badandan tortib bir-biri ichida doiralar kabi minglab tarkib topgan narsalar adadicha tabiat qoliplarining boʻlishi lozim boʻladi. Chunki, masalan, bu qoʻlimizdagi kitob agar yozilgan boʻlsa, birgina qalam kotibining ilmiga istinod etib butun ularni yozadi. Agar u yozilgan boʻlmasa va uning qalamiga berilmasa, oʻzidan-oʻzi boʻlgan deyilsa yoki tabiatga berilsa, u vaqt matbu' kitob kabi, har bir harfi uchun alohida bir temir qalam lozimdirki, chop qilinsin. Qandayki bosmaxonada hurufot adadicha temir harflar boʻladi, soʻngra u harflar vujud topadi; u vaqt birgina qalamga badal u hurufot adadicha qalamlar boʻlishi lozim boʻladi. Balki u hurufot ichida, ba'zan boʻlgani kabi, kichik qalam bilan bir katta harfda bir sahifa mayin xat bilan yozilgan boʻlsa, minglab qalam birgina harf uchun lozim boʻladi. Balki bir-birining ichiga kirib, muntazam bir vaziyat bilan, sening jasading kabi bir shakl olayotgan boʻlsa, u vaqt har bir doirada, har bir juz uchun u tarkib topgan narsalar adadicha qoliplar lozim boʻladi. Mayli, yuz mahol ichida boʻlgan bu tarzni mumkin desang ham, bu muntazam san'atli temir harflarni va mukammal qoliplarni va qalamlarni qilish uchun yana birgina qalamga berilmasa, u qalamlar, u qoliplar, u temir harflarning qilinishi uchun ularning adadlaricha yana qalamlar, qoliplar va harflar lozim boʻladi. Chunki ular ham qilinganlar va ular ham muntazam san'atlidirlar. Va hokazo mutasalsilan borgancha boradi...
Xullas sen ham bilgin! Bu shunday bir fikrdirki, sening zarroting adadicha maholot va xurofotlar ichida mavjud. Ey muannid muattil! Sen ham uyal, bu zalolatdan voz kech!
Ya'ni, tabiat iqtizo etadi, tabiat yaratadi. Xullas, bu hukmning koʻp maholoti bor. Namuna uchun uchtasini zikr qilamiz.
Agar mavjudotda, xususan zihayotda koʻringan basirona, hakimona boʻlgan san'at va ijod Shamsi Azaliyning qalami qadar va qudratiga berilmasa, balki koʻr, kar, tushunchasiz boʻlgan tabiatga va quvvatga isnod etilsa, lozim boʻladiki, tabiat ijod uchun hamma narsada hadsiz ma'naviy uskuna va bosmaxonalarni saqlasin va yoxud hamma narsada koinotni yaratadigan va idora qiladigan bir qudrat va hikmat yerlashtirsin. Chunki qandayki shamsning jilvalari va akslari zamin yuzidagi zarracha shisha parchalarida va qatralarda koʻrinadi. Agar u misoliy va aksiy quyoshchalar samodagi yagona quyoshga isnod etilmasa, lozim boʻladiki; bir gugurt boshi yerlashmagan bir zarracha shisha parchasida tabiiy, fitriy va quyoshning xususiyatlariga molik, zohiran kichik, ma'nan juda chuqur bir quyoshning xorijiy vujudini qabul qilib, zarroti zujojiya adadicha tabiiy quyoshlarni qabul qilish lozim boʻlgani kabi Aynan bu misol kabi, mavjudot va zihayot toʻgʻridan-toʻgʻriga Shamsi Azaliyning jilva-i asmosiga berilmasa, har bir mavjudda, xususan har bir zihayotda hadsiz bir qudrat va iroda va nihoyatsiz bir ilm va hikmat tashiydigan bir tabiatni, bir quvvatni, xuddi bir ilohni ichida qabul qilish lozim boʻladi. Bu tarzi fikr esa koinotdagi maholotning eng botili, eng xurofotidir. Xoliqi koinotning san'atini mavhum, ahamiyatsiz, shuursiz bir tabiatga bergan inson, albatta yuz marta hayvondan yanada hayvon, yanada shuursiz boʻlganini koʻrsatadi.
Agar gʻoyat intizomli, mezonli, san'atli, hikmatli shu mavjudot; nihoyatsiz Qodir, Hakim bir zotga berilmasa, balki tabiatga isnod etilsa, lozim boʻladiki; tabiat har bir parcha tuproqda Ovrupaning umum bosmaxonalari va fabrikalari adadicha uskunalarni, bosmaxonalarni saqlasin.. toki u parcha tuproq mansha' va dastgoh boʻlgan hadsiz gullar va mevalarning yetishishlariga va tashkillariga mador boʻla olsin. Chunki gullar uchun gultuvaklik vazifasini bajargan bir kosa tuproq ichiga urugʻlari navbat bilan otilgan umum gullarning bir-biridan juda boshqa boʻlgan shakl va hay'atlarini tashkil va tasvir qila oladigan bir qobiliyati bilfe'l koʻriladi. Agar Qodiri Zuljalolga berilmasa; u vaqt u kosadagi tuproqda har bir gul uchun ma'naviy, boshqa, tabiiy bir uskunasi boʻlmasa, bu hol vujudga kelolmaydi. Chunki urugʻlar esa nutfalar va tuxumlar kabi moddalari birdir. Ya'ni, muvallidul ma, muvallidul humuza, uglerod, azotning intizomsiz, shaklsiz, xamir kabi qorishmasidan iborat boʻlish bilan barobar, havo, suv, harorat, ziyo ham har biri oddiy va shuursiz va hamma narsaga qarshi sel kabi bir tarzda ketganidan, u hadsiz gullarning tashkillari boshqa-boshqa va gʻoyat muntazam va san'atli boʻlib u tuproqdan chiqishi, bilbedaho va bizzarura iqtizo etadiki; u kosada boʻlgan tuproqda ma'nan Ovrupa qadar ma'naviy va kichik miqyosda bosmaxonalari va fabrikalari boʻlsin. Toki bu qadar hayotdor gazlamalarni va minglab boshqa-boshqa naqshli mansujotlarni toʻqiy olsin.
Mana, tabiiyyunlarning fikri kufriylari qay daraja doira-i aqldan xorij chiqib ketganini qiyos qil. Va tabiatni mujid deb oʻylagan inson suratidagi ahmoq sarxushlar "mutafannin va aqllimiz" deya da'vo qilganlari holda, aql va fandan naqadar uzoq tushganlarini va mumtani' va hech bir jihat bilan mumkin boʻlmagan bir xurofotni oʻzlariga maslak ittihoz etganlarini koʻr, kul va tupur!..
Mavjudot tabiatga isnod etilsa, bunday ajib mahollar boʻladi, imtino' darajasida mushkulot boʻladi; ajabo, Zoti Ahad va Samadga berilgan vaqt u mushkulot qanday yoʻqoladi? Va u suubatli imtino' u suhulatli vujubga qanday inqilob etadi?
Birinchi maholda qandayki quyoshning jilva-i in'ikosi kamoli suhulat bilan qiyinchiliksiz eng kichik zarracha jomiddan tut to eng katta bir dengizning yuziga qadar fayzini va ta'sirini misoliy quyoshchalar bilan gʻoyat osonlik bilan koʻrsatganlari holda, agar quyoshdan nisbati uzilsa, u vaqt har bir zarrachada tabiiy va bizzot bir quyoshning xorijiy vujudi imtino' darajasida bir suubat bilan boʻla olishi qabul qilinishi lozim boʻladi. Shunga oʻxshab, har bir mavjud toʻgʻridan-toʻgʻri Zoti Ahad va Samadga berilsa, vujub darajasida bir suhulat, bir osonlik bilan va bir intisob va jilva bilan har bir mavjudga lozim har bir narsa unga yetishtirilishi mumkin. Agar u intisob uzilsa va u ma'muriyat tartibsizlikka aylansa va har bir mavjud oʻz holiga va tabiatga tashlab qoʻyilsa, u vaqt imtino' darajasida yuz ming mushkulot va suubat bilan chivin kabi bir zihayotning koinotning kichik bir mundarijasi boʻlgan gʻoyat horiqo uskuna-i vujudini ijod qilgan ichidagi koʻr tabiatning koinotni yaratadigan va idora qiladigan bir qudrat va hikmat sohibi boʻlganini faraz qilish lozim boʻladi. Bu esa bir mahol emas, balki minglab maholdir.
Qandayki Zoti Vojib-ul Vujudning sherik va naziri mumtani' va maholdir. Shunga oʻxshab, rububiyatida va ijodi ashyoda boshqalarining mudohalasi sheriki zotiy kabi mumtani' va maholdir.
Ammo ikkinchi maholdagi mushkulot esa, mutaaddid Risolalarda isbot qilingani kabi, agar butun ashyo Vohidi Ahadga berilsa; butun ashyo birgina narsa kabi suhulatli va oson boʻladi. Agar sabablarga va tabiatga berilsa, birgina narsa umum ashyo qadar mushkulotli boʻlgani mutaaddid va qat'iy burhonlar bilan isbot qilingan. Bir burhonning xulosasi shudirki:
Qandayki bir odam bir podshohga askarlik yoki ma'muriyat jihati bilan intisob etsa, u ma'mur va u askar u intisob quvvati bilan yuz ming marta quvvati shaxsiyasidan ortiq ishlarga mador boʻla oladi. Va podshohi nomidan ba'zan bir shohni asir qiladi. Chunki bajargan ishlarining va qilgan asarlarining jihozotini va quvvatini oʻzi tashimaydi va tashishga majbur boʻlmaydi. U intisob munosabati bilan podshohning xazinalari va orqasidagi nuqta-i istinodi boʻlgan qoʻshin u quvvatni, u jihozotni tashiydi. Demak, bajargan ishlari shohona oʻlaroq bir podshohning ishi kabi; va koʻrsatgan asarlari bir qoʻshin asari bamisoli horiqo boʻlishi mumkin. Qandayki chumoli u ma'muriyat jihati bilan Fir'avnning saroyini xarob qiladi. Chivin u intisob bilan Namrudni oʻldiradi. Va u intisob bilan bugʻdoy donasi kabi bir qaragʻay urugʻi ulkan qaragʻay daraxtining butun jihozotini yetishtiradi.
{(Hoshiya) Ha, agar intisob boʻlsa, u urugʻ qadari Ilohiydan bir amr oladi, u horiqo ishlarga mazhar boʻladi. Agar u intisob uzilsa, u urugʻning xilqati ulkan qaragʻay daraxtining xilqatidan yanada ziyoda jihozot va iqtidor va san'atni iqtizo qiladi. Chunki togʻdagi qudrat asari boʻlgan mujassam qaragʻay daraxtining butun a'zolari va jihozoti bilan u urugʻdagi qadar asari boʻlgan ma'naviy daraxtda mavjud boʻlishi lozim boʻladi. Chunki u ulkan daraxtning fabrikasi u urugʻdir. Ichidagi qadariy daraxt qudrat bilan xorijda tazohur etadi, jismoniy qaragʻay daraxti boʻladi.}
Agar u intisob uzilsa, u ma'muriyatdan tarhis etilsa, qiladigan ishlarining jihozotini va quvvatini belida va bilagida tashishga majburdir. U vaqt u kichkinagina bilagidagi quvvat miqdoricha va belidagi oʻq-dorilar adadicha ish bajara oladi.
Avvalgi vaziyatda gʻoyat osonlik bilan bajargan ishlari bu vaziyatda undan istanilsa, albatta bilagiga bir qoʻshin quvvatini va beliga bir podshohning jihozoti harbiya fabrikasini yuklash lozim boʻladiki, kuldirish uchun ajib xurofotlarni va masallarni hikoya qilgan masxarabozlar ham bu xayoldan uyaladilar!..
Vojib-ul Vujudga har mavjudni berishning vujub darajasida bir suhulati bor. Va tabiatga ijod jihatidan berish, imtino' darajada mushkul va xoriji doira-i aqliyadir.
Bu maholni izoh qiladigan ba'zi risolalarda bayon qilingan ikki misol:
Butun osori madaniyat bilan takmil va tazyin etilgan, boʻsh bir sahroda qurilgan, qilingan bir saroyga gʻoyat vahshiy bir odam kirgan, ichiga qaragan. Minglarcha muntazam san'atli ashyoni koʻrgan. Vahshatidan, ahmoqligidan, xorijdan hech kim mudohala etmasdan, u saroy ichida u ashyodan birisi u saroyni mushtamiloti bilan barobar yaratgandir deya taharriyni boshlaydi. Qaysi narsaga qaramasin, u vahshatli aqli qabul qilmaydiki, u narsa bularni yaratsin. Keyin u saroyning tashkilot dasturini va mavjudot mundarijasini va idora qonunlari ichida yozilgan bir daftarni koʻradi. Garchi qoʻlsiz va koʻzsiz va bolgʻasiz boʻlgan u daftar ham boshqa ichidagi narsalar kabi hech bir qobiliyati yoʻqdirki, u saroyni tashkil va tazyin etsin. Faqat chorasiz qolib, bilmajburiya, boshqa narsalarga nisbatan qavonini ilmiyaning bir unvoni boʻlish jihati bilan u saroyning umumiga bu daftarni munosabatdor koʻrganidan, "Mana bu daftardirki, u saroyni tashkil, tanzim va tazyin etib, bu ashyoni yaratgan, taqqan, yerlashtirgan", deb vahshatini ahmoqlarning, sarxushlarning safsatasiga aylantirgan.
Aynan bu misol kabi, hadsiz darajada misoldagi saroydan yanada muntazam, yanada mukammal va butun atrofi moʻ'jizona hikmat bilan toʻla shu saroyi olamning ichiga inkori uluhiyatga ketgan tabiiyyun fikrini tashigan vahshiy bir inson kiradi. Doira-i mumkinot xorijida boʻlgan Zoti Vojib-ul Vujudning asari san'ati boʻlganini oʻylamasdan va undan i'roz etib, doira-i mumkinot ichida qadari Ilohiyning yozar buzar bir lavhasi hukmida va qudrati Ilohiyaning qavonini ijrootiga tabaddul va tagʻayyur etgan bir daftari boʻla olgan va juda yanglish va xato oʻlaroq "tabiat" nomi berilgan bir majmua-i qavonini odoti Ilohiya va bir mundarija-i san'ati Rabboniyani koʻradi. Va deydiki: "Modomiki bu ashyo bir sabab istaydi, hech bir narsaning bu daftar kabi munosabati koʻrinmaydi. Garchi hech bir jihat bilan aql qabul qilmaydiki; koʻzsiz, shuursiz, qudratsiz bu daftar rububiyati mutlaqaning ishi boʻlgan va hadsiz bir qudratni iqtizo etgan ijodni qilsin. Faqat modomiki Sone'-i Qadimni qabul qilmayman, shunday ekan, eng munosibi, bu daftar buni yaratgan va yaratadi deyman", deydi. Biz ham deymiz:
Ey ahmoq-ul humaqodan tahammuq etgan sarxush ahmoq! Boshingni tabiat botqoqligidan chiqar, orqangga qara. Zarrotdan sayyorotga qadar butun mavjudot boshqa-boshqa lisonlar bilan shahodat etganlari va barmoqlari bilan ishorat qilganlari bir Sone'-i Zuljalolni koʻr va u saroyni yaratgan va u daftarda saroyning dasturini yozgan Naqqoshi Azaliyning jilvasini koʻr, farmoniga qara, Qur'onini tingla, u safsatalardan qutul!..
Gʻoyat vahshiy bir odam muhtasham bir kazarma doirasiga kiradi. Gʻoyat muntazam bir qoʻshinning umumiy, barobar ta'limlarini, muntazam harakatlarini koʻradi. Bir askarning harakati bilan; bir harbiy qism, bir polk, bir harbiy qoʻshin turadi, oʻtiradi, ketadi; bir "oʻt och!" amri bilan oʻt ochganliklarini mushohada etadi. Uning qoʻpol, vahshiy aqli bir qoʻmondonning davlatning nizomoti bilan va qonuni podshohiy bilan buyrugʻini tushunmasdan inkor qilganidan, u askarlarning iplar bilan bir-biri bilan bogʻliq boʻlganliklarini taxayyul etadi. U xayoliy ip naqadar horiqoli bir ip boʻlganini oʻylaydi; hayratda qoladi. Soʻngra ketadi... "Ayasofya" kabi gʻoyat muazzam bir masjidga, juma kunida dohil boʻladi. U jamoati musliminning bir odamning ovozi bilan turib, egilib, sajda qilib oʻtirganlarini mushohada etadi. Ma'naviy va samoviy qonunlarning majmuidan iborat boʻlgan shariatni va shariat sohibining amrlaridan kelgan ma'naviy dasturlarini tushunmaganidan, u jamoatning moddiy iplar bilan bogʻlanganini va u ajib iplar ularni asir qilib oʻynatganini taxayyul etib eng vahshiy inson suratidagi jonivor hayvonlarni ham kuldiradigan darajada masxarali bir fikr bilan chiqadi, ketadi.
Xullas aynan bu misol kabi: Sultoni azal va abadning hadsiz junudining muhtasham bir kazarmasi boʻlgan shu olamga va u Ma'budi Azaliyning muntazam bir masjidi boʻlgan shu koinotga; mahzi vahshat boʻlgan inkorli fikri tabiatni tashigan bir munkir kiradi. U Sultoni Azaliyning hikmatidan kelgan nizomoti koinotning ma'naviy qonunlarini bittadan moddiy modda tasavvur qilib va saltanati rububiyatning qavonini e'tiboriyasi va u Ma'budi Azaliyning shariati fitriya-i kubrosining ma'naviy va yolgʻiz vujudi ilmiysi boʻlgan ahkomlarini va dasturlarini bittadan mavjudi xorijiy va moddiy bittadan modda taxayyul etib, qudrati Ilohiyaning oʻrniga u ilm va kalomdan kelgan va yolgʻiz vujudi ilmiysi boʻlgan u qonunlarni iqoma etish va qoʻllariga ijod berish, keyin esa ularga "tabiat" nomini taqish va yolgʻiz bir jilva-i qudrati Rabboniya boʻlgan quvvatni bir ziqudrat va mustaqil bir qodir deb qabul qilish misoldagi vahshiydan ming marta past bir vahshatdir...
Tabiiyyunlarning mavhum va haqiqatsiz tabiat deganlari narsa, boʻlsa-boʻlsa va haqiqati xorijiya sohibi boʻlsa; faqat bir san'at boʻla olar, Sone' boʻlolmas. Bir naqshdir, naqqosh boʻlolmas. Ahkomdir, hokim boʻlolmas. Bir shariati fitriyadir, shari' boʻlolmas. Maxluq bir parda-iizzatdir, Xoliq boʻlolmas. Munfail bir fitratdir, fotir bir foil boʻlolmas. Qonundir, qudrat emasdir; qodir boʻlolmas. Mistardir, masdar boʻlolmas.
Modomiki mavjudot bor. Modomiki Oʻn Oltinchi Notaning boshida aytilgani kabi, mavjudning vujudiga taqsimi aqliy bilan toʻrt yoʻldan boshqa yoʻl taxayyul etilmaydi. U toʻrt jihatdan uchtasining, har birining uch zohir mahollar bilan botilligi qat'iy bir suratda isbot etildi. Albatta, bizzarura va bilbedaho toʻrtinchi yoʻl boʻlgan vahdat yoʻli qat'iy bir suratda isbot qilinadi. U toʻrtinchi yoʻl esa; boshdagi
oyati shaksiz va shubhasiz, badohat darajasida Zoti Vojib-ul Vujudning uluhiyatini va hamma narsa toʻgʻridan-toʻgʻriga dasti qudratidan chiqqanini va samovot va arz qabza-i tasarrufida boʻlganini koʻrsatadi.
Ey sababparast va tabiatga sigʻingan bechora odam! Modomiki hamma narsaning tabiati hamma narsa kabi maxluqdir, chunki san'atlidir va yangidan boʻladi. Ham har musabbab kabi, zohiriy sababi ham masnu'dir.Va modomiki hamma narsaning vujudi juda koʻp jihozot va uskunalarga muhtojdir. U holda, u tabiatni ijod qilgan va u sababni yaratgan bir Qodiri Mutlaq bor! Va u Qodiri Mutlaqning nima ehtiyoji borki, ojiz vasoitni rububiyatiga va ijodiga tashrik etsin! Xosho! Balki toʻgʻridan-toʻgʻri musabbabni sabab bilan barobar yaratib, jilva-i asmosini va hikmatini koʻrsatish uchun bir tartib va tanzim bilan zohiriy bir sababiyat, bir muqoranat berish bilan ashyodagi zohiriy qusurlarga, marhamatsizliklarga va nuqsoniyatlarga marji' boʻlish uchun, sabablar va tabiatni dasti qudratiga parda qilgan; izzatini u surat bilan muhofaza qilgan. Ajabo, bir soatsoz soatning charxlarini yasasin, soʻngra soatni charxlar bilan tartib etib tanzim etsin, osonroqmidir? Boʻlmasa horiqo bir uskunani u charxlar ichida yasasin, soʻngra soatning yasalishini u uskunaning jomid qoʻllariga bersin, toki soatni yasasin, osonroqmidir? Ajabo, imkon xorijida emasmidir? Qani, u insofsiz aqling bilan sen ayt, sen hokim boʻl! Va yoxud bir kotib; siyoh, qalam, qogʻozni keltirdi. U bilan oʻzi bizzot u kitobni yozsa osonroqmidir? Boʻlmasa u qogʻoz, siyoh, qalam ichida u kitobdan yanada san'atli, yanada zahmatli, yolgʻiz u kitobga maxsus boʻlib bir yozuv uskunasi ijod qilsin; soʻngra u shuursiz uskunaga: "Qani, sen yoz!"desin va oʻzi qoʻshilmasin, osonroqmidir? Ajabo, yuz marta yozuvdan mushkulroq emasmidir?
Ha, bir kitobni yozgan uskunaning ijodi u kitobdan yuz marta mushkulroqdir.Faqat u uskuna ayni kitobning bir qancha nusxalarini yozishga vosita boʻlish jihati bilan balki bir osonlik bor?
Naqqoshi Azaliy hadsiz qudrati bilan nihoyatsiz jilva-i asmosini har vaqt yangilash bilan, boshqa-boshqa shaklda koʻrsatish uchun, ashyodagi tashaxxuslarni va xususiy siymolarni shunday bir suratda yaratgandirki, hech bir maktubi Samadoniy va hech bir kitobi Rabboniy boshqa kitoblarning aynan oʻzidek boʻlolmaydi. Har holda, boshqa ma'nolarni ifoda qilish uchun boshqa bir siymosi boʻladi. Agar koʻzing boʻlsa, insonning siymosiga qara, koʻrki; zamoni Odamdan hozirga qadar, balki abadga qadar bu kichik siymoda a'zo-i asosiyda ittifoq bilan barobar, har bir siymo, umum siymolarga nisbatan har birisiga qarshi bittadan alomati fariqasi bor boʻlgani qat'iyan sobitdir. Shuning uchun, har bir siymo alohida bir kitobdir. Yolgʻiz san'atning tanzimi uchun alohida bir yozuv tarkibi va alohida bir tartib va ta'lif istaydi. Va moddalarini ham keltirish, ham yerlashtirish va hamda vujudga lozim boʻlgan hamma narsani yerlashtirish uchun butun-butun boshqa bir dastgoh istaydi. Mayli, farzi mahol boʻlib tabiatga bir bosmaxona nazari bilan qaradik. Faqat bir bosmaxonaga oid boʻlgan tanzim va chop etish, ya'ni, muayyan intizomini qolipga solishdan boshqa, u tanzimning ijodidan ijodlari yuz daraja mushkulroq bir zihayotning jismidagi moddalarni aqtori olamdan mezoni maxsus bilan va xos bir intizom bilan ijod qilish va keltirish va bosmaxona qoʻliga berish uchun yana u bosmaxonani ijod qilgan Qodiri Mutlaqning qudrat va irodasiga muhtojdir. Demak, bu bosmaxonalik ehtimoli va farazi butun-butun ma'nosiz bir xurofotdir.
Xullas, bu soat va kitob misollari kabi; Sone'-i Zuljalol, Qodiri Kulli Shay sabablarni yaratgan, musabbabotni ham yaratadi. Hikmati bilan musabbabotni sabablarga bogʻlaydi. Koinotning harakotining tanzimiga doir qavonini odatullohdan iborat boʻlgan shariati fitriya-i kubro-i Ilohiyaning bir jilvasini va ashyodagi u jilvasiga yolgʻiz bir oyna va bir ma'kas boʻlgan tabiati ashyoni irodasi bilan tayin etgandir. Va u tabiatning vujudi xorijiyga mazhar boʻlgan vajhini qudrati bilan ijod qilgan va ashyoni u tabiat ustida yaratgan, bir-biriga aralashtirgan.
Ajabo, gʻoyat darajada ma'qul va hadsiz burhonlarning natijasi boʻlgan bu haqiqatning qabuli osonroqmidir.. -ajabo, vujub darajasida lozim emasmidir? Boʻlmasa, jomid, shuursiz, maxluq, masnu', oddiy boʻlgan u sabab va tabiat deganingiz moddalarga har bir narsaning vujudiga lozim hadsiz jihozot va uskunalarni berib hakimona, basirona boʻlgan ishlarni oʻz-oʻzlariga qildirish osonroqmidir? Ajabo, imtino' darajasida, imkon xorijida emasmidir? Sening u insofsiz aqlingning insofiga havola qilamiz.
Munkir va tabiatparast deydiki: Modomiki meni insofga da'vat qilasan. Men ham deymanki; hozirga qadar xato ketgan yoʻlimiz ham yuz daraja mahol, ham gʻoyat zararli va nihoyat darajada xunuk bir maslak boʻlganini e'tirof qilaman. Sobiq tahqiqotingizdan zarra miqdor shuuri boʻlgan tushunadiki; sabablarga, tabiatga ijod berish mumtani'dir, maholdir. Va hamma narsani toʻgʻridan-toʻgʻriga Vojib-ul Vujudga berish vojibdir, zaruriydir. Alhamdulillahi a'lal iyman deb iymon keltiraman.
Yolgʻiz bir shubham bor. Janobi Haqning Xoliq boʻlganini qabul qilaman; faqat ba'zi juz'iy sabablarning ahamiyatsiz narsalarda ijodga mudohalalari va bir parcha madhu sano qozonishlari saltanati rububiyatiga nima zarar beradi? Saltanatiga nuqsoniyat keladimi?
Ba'zi risolalarda gʻoyat qat'iy isbot qilganimiz kabi; hokimiyatning sha'ni mudohalani rad qilishdir. Hatto eng adno bir hokim, bir ma'mur; doira-i hokimiyatida oʻgʻlining mudohalasini qabul qilmaydi. Hatto hokimiyatiga mudohala tavahhumi bilan, ba'zi dindor podshohlar, xalifa boʻlganlari holda, ma'sum avlodlarini qatl qilishlari bu "raddi mudohala qonuni"ning hokimiyatda naqadar asosli hukm qilganini koʻrsatadi. Bir tumanda ikki mudirdan tortib to bir mamlakatda ikki podshohga qadar, hokimiyatdagi istiqloliyat iqtizo etgan "man'i ishtirok qonuni" tarixi basharda juda ajib harju-marj bilan quvvatini koʻrsatgan. Ajabo, ojiz va muovanatga muhtoj insonlardagi amiriyat va hokimiyatning bir soyasi bu darajada mudohalani rad qilishni va boshqasining mudohalasini man qilishni va hokimiyatida ishtirok qabul qilmaslikni va maqomida istiqloliyatini nihoyat taassub bilan muhofazaga harakat qilishni koʻr, soʻngra hokimiyati mutlaqa rububiyat darajasida va amiriyati mutlaqa uluhiyat darajasida va istiqloliyati mutlaqa ahadiyat darajasida va istigʻno-i mutlaq qodiriyati mutlaqa darajasida bir Zoti Zuljalolda bu raddi mudohala va man'i ishtirok va tardi sherik qay darajada u hokimiyatning zaruriy bir lozimi va vojib bir muqtazosi boʻlganini qiyos qila olsang, qil.
Ba'zi sabablar ba'zi juz'iyotning ba'zi ubudiyatlariga marji' boʻlsa, u Ma'budi Mutlaq boʻlgan Zoti Vojib-ul Vujudga mutavajjih zarrotdan sayyorotga qadar maxluqotning ubudiyatlaridan nima kam boʻladi?
Shu koinotning Xoliqi Hakimi koinotni bir daraxt hukmida yaratib, eng mukammal mevasini zishuur va zishuurning ichida eng jome' mevasini inson qilgandir. Va insonning eng ahamiyatli, balki insonning natija-i xilqati va gʻoya-i fitrati va samara-i hayoti boʻlgan shukr va ibodatni; u Hakimi Mutlaq va Amiri Mustaqil oʻzini sevdirish va tanittirish uchun koinotni yaratgan u Vohidi Ahad, butun koinotning mevasi boʻlgan insonni va insonning eng yuksak mevasi boʻlgan shukr va ibodatini boshqa qoʻllarga beradimi? Butun-butun hikmatiga zid boʻlib, natija-i xilqatni va samara-i koinotni abas etadimi? Xosho va kallo...
Ham hikmatini va rububiyatini inkor qildiradigan bir tarzda maxluqotning ibodatlarini boshqalarga berishga rizo koʻrsatadimi, hech muso'ada etadimi?
Va ham hadsiz bir darajada oʻzini sevdirishni va tanittirishni af'oli bilan koʻrsatgani holda, eng mukammal maxluqotining shukr va minnatdorliklarini, tahabbub va ubudiyatlarini boshqa sabablarga berish bilan oʻzini unuttirib, koinotdagi maqosidi oliyasini inkor ettiradimi? Ey tabiatparastlikdan voz kechgan oʻrtoq! Qani sen gapir.
U deydi: Alhamdulilloh, bu ikki shubham hal boʻlish bilan barobar, vahdoniyati Ilohiyaga doir va Ma'budi Bilhaq u boʻlganiga va undan boshqalari ibodatga loyiq boʻlmaganiga shu qadar porloq va quvvatli ikki dalil koʻrsatdingki, ularni inkor qilish, Quyoshni va kunduzni inkor qilish kabi bir mukobaradir.
Tabiat fikri kufriysini tark qilgan va iymonga kelgan zot deydiki: Alhamdulilloh, mening shubhalarim qolmadi. Yolgʻiz qiziqishimga sabab boʻlgan bir nechta savolim bor.
Koʻp tanballardan va tark-us salotlardan eshitamiz, deydilarki: Janobi Haqning bizning ibodatimizga nima ehtiyoji borki, Qur'onda juda shiddat va isror bilan ibodatni tark qilganni jahannam kabi dahshatli bir jazo bilan tahdid etadi. Moʻ'tadil va istiqomatli va adolatli boʻlgan ifoda-i Qur'oniyaga qanday yarashadiki,ahamiyatsiz bir juz'iy xatoga qarshi nihoyat shiddatni koʻrsatadi?
Ha, Janobi Haq sening ibodatingga, balki hech bir narsaga muhtoj emas. Faqat sen ibodatga muhtojsan, ma'nan xastasan. Ibodat esa ma'naviy yaralaringga tiryoqlar hukmida boʻlganini koʻp risolalarda isbot qilganmiz. Ajabo, bir xasta u xastalik haqida shafqatli bir hakimning unga nafi' dorilarni ichirish xususida etgan isroriga muqobil hakimga desa: "Sening nima ehtiyojing bor, menga bunday isror etyapsan?" Naqadar ma'nosiz boʻlganini tushunasan.
Ammo Qur'onning tarki ibodat haqida shiddatli tahdidoti va dahshatli jazolari esa; qandayki bir podshoh raiyatining huquqini muhofaza qilish uchun oddiy bir odamni raiyatining huquqiga zarar bergan bir xatosiga koʻra shiddatli jazolantiradi. Shunga oʻxshab, ibodatni va namozni tark qilgan odam Sultoni Azal va Abadning raiyati hukmida boʻlgan mavjudotning huquqiga ahamiyatli bir tajovuz va ma'naviy bir zulm qiladi. Chunki mavjudotning kamollari Sone'ga mutavajjih yuzlarida tasbeh va ibodat bilan tazohur etadi. Ibodatni tark qilgan mavjudotning ibodatini koʻrmaydi va koʻrolmaydi, balki inkor ham qiladi. U vaqt ibodat va tasbeh nuqtasida yuksak maqomda boʻlgan va har biri bittadan maktubi Samadoniy va bittadan oyna-i Asmo-i Rabboniya boʻlgan mavjudotni oliy maqomlaridan tanzil etganidan va ahamiyatsiz, vazifasiz, jomid, parishon bir vaziyatda deb oʻylaganidan, mavjudotni tahqir etadi; kamolotini inkor va tajovuz etadi.
Ha, hamma koinotni oʻz oynasi bilan koʻradi. Janobi Haq insonni koinot uchun bir miqyos, bir mezon suratida yaratgandir. Har inson uchun bu olamdan xususiy bir olam bergan. U olamning rangini u insonning e'tiqodi qalbiysiga koʻra koʻrsatadi. Masalan, gʻoyat ma'yus va motamli boʻlib yigʻlagan bir inson mavjudotni yigʻlayotgan va ma'yus suratda koʻradi; gʻoyat sururli va nash'ali, xushxabarli va kamoli nash'asidan kulgan bir odam koinotni nash'ali, kulayotgan koʻrgani kabi; mutafakkirona va jiddiy bir suratda ibodat va tasbeh qilgan odam mavjudotning haqiqatdan mavjud va muhaqqaq boʻlgan ibodat va tasbehotlarini bir daraja kashf qiladi va koʻradi. Gʻaflat bilan yoki inkor bilan ibodatni tark qilgan odam mavjudotni haqiqati kamolotiga tamoman zid va muxolif va xato bir suratda tavahhum etadi va ma'nan ularning huquqiga tajovuz etadi.
Ham u tark-us salot oʻziga oʻzi molik boʻlmagani uchun, oʻz molikining bir abdi boʻlgan oʻz nafsiga zulm qiladi. Uning moliki u abdining haqqini uning nafsi ammorasidan olish uchun dahshatli tahdid etadi.
Ham natija-i xilqati va gʻoya-i fitrati boʻlgan ibodatni tark qilganidan, hikmati ilohiya va mashiati Rabboniyaga qarshi bir tajovuz hukmiga oʻtadi. Shuning uchun jazolantiriladi.
Ibodatni tark qilgan ham oʻz nafsiga zulm qiladi. Nafs esa Janobi Haqning abdi va mamlukidir. Ham koinotning huquqi kamolotiga qarshi bir tajovuz, bir zulmdir. Ha, qandayki kufr mavjudotga qarshi bir tahqirdir. Tarki ibodat ham koinotning kamolotini bir inkordir. Ham hikmati Ilohiyaga qarshi bir tajovuz boʻlganidan, dahshatli tahdidga, shiddatli jazoga loyiq boʻladi.
Xullas, bu istihqoqni va mazkur haqiqatni ifoda qilish uchun Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon moʻ'jizona bir suratda u shiddatli tarzi ifodani ixtiyor qilib, tamoman haqiqati balogʻat boʻlgan mutobiqi muqtazo-i holga mutobaqat etadi.
Tabiatdan voz kechgan va iymonga kelgan zot deydiki:
Har mavjud har jihatda, har ishida va har narsasida va har sha'nida mashiati Ilohiyaga va qudrati Rabboniyaga tobe boʻlishi juda azim bir haqiqatdir. Azamati jihatidan tor zehnlarimizga sigʻmaydi. Holbuki koʻzimiz bilan koʻrganimiz bu nihoyat darajada toʻkinlik, ham xilqat va ijodi ashyodagi hadsiz suhulat, ham sobiq burhonlaringiz bilan tahaqquq etgan vahdat yoʻlidagi ijodi ashyoda nihoyat darajada osonlik va suhulat, ham nassi Qur'on bilan bayon qilingan
kabi oyatlar sarohatan koʻrsatgan nihoyat darajada osonliklar u haqiqati azimani eng maqbul va eng ma'qul bir masala boʻlganini koʻrsatadilar. Bu osonlikning sirri va hikmati nima?
Yigirmanchi Maktubning Oʻninchi Kalimasi boʻlgan
bayonida u sir gʻoyat yaqqol va qat'iy va muqni' bir tarzda bayon qilingan. Xususan, u maktubning zaylida yanada ziyoda yaqqollik bilan isbot qilinganki; butun mavjudot Sone'-i Vohidga isnod etilgan vaqtda birgina mavjud hukmida osonlashadi. Agar Vohidi Ahadga berilmasa, birgina maxluqning ijodi butun mavjudot qadar mushkullashadi va bir urugʻ bir daraxt qadar suubatli boʻladi. Agar Sone'-i Haqiqiysiga berilsa, koinot bir daraxt kabi va daraxt bir urugʻ kabi va jannat bir bahor kabi va bahor bir gul kabi osonlashadi, suhulat paydo qiladi. Va bilmushohada koʻringan hadsiz toʻkinlik va arzonlikning va har navning suhulat bilan kasrati afrodi boʻlishining va kasrati suhulat va sur'at bilan muntazam, san'atli, qiymatli mavjudotning osongina vujudga kelishining sirlariga mador boʻlgan va hikmatlarini koʻrsatgan yuzlab dalillaridan va boshqa risolalarda tafsilan bayon qilingan bir-ikkitasiga muxtasar bir ishorat qilamiz. Masalan, qandayki yuzta askar bitta zobitning idorasiga berilsa, bitta askarning yuzta zobitning idoralariga berilishidan yuz daraja osonroq boʻlgani kabi, bir qoʻshinning tajhizoti askariyasi; bir markaz, bir qonun, bir fabrika va bir podshohning amriga berilgan vaqt, xuddi miqdor jihatidan bir askarning tajhizoti qadar osonlashgani kabi.. bir askarning tajhizoti askariyasi; mutaaddid markazlarga, mutaaddid fabrikalarga, mutaaddid qoʻmondonlarga havolasi ham xuddi bir qoʻshinning tajhizoti qadar miqdor jihatidan mushkulotli boʻladi. Chunki birgina askarning tajhizoti uchun butun qoʻshinga lozim boʻlgan fabrikalarning boʻlishi lozimdir.
Ham bir daraxtning sirri vahdat jihati bilan bir ildizda, bir markazda, bir qonun bilan mavaddi hayotiyasi berilganidan; minglab meva bergan u daraxt bir meva qadar suhulatli boʻlgani bilmushohada koʻrinadi. Agar vahdatdan kasratga ketilsa, har bir mevaga lozim mavaddi hayotiya boshqa yerdan berilsa; har bir meva bir daraxt qadar mushkulot paydo qiladi. Balki daraxtning bir anmuzaji va mundarijasi boʻlgan birgina urugʻ ham u daraxt qadar suubatli boʻladi. Chunki bir daraxtning hayotiga lozim boʻlgan butun mavaddi hayotiya birgina urugʻ uchun ham lozim boʻladi.
Xullas bu misollar kabi yuzlab misollar bor, koʻrsatadilarki; vahdatda nihoyat darajada suhulat bilan vujudga kelgan minglab mavjud shirkda va kasratda birgina mavjuddan yanada ziyoda oson boʻladi. Boshqa risolalarda bu haqiqat ikki karra ikki toʻrt boʻlar darajada isbot qilinganidan, ularga havola qilib, bu yerda yolgʻiz bu suhulat va osonlikning ilm va qadari Ilohiy va qudrati rabboniya nuqtai nazaridan gʻoyat muhim bir sirrini bayon qilamiz. Shundayki:
Sen bir mavjudsan. Agar Qodiri Azaliyga oʻzingni bersang, bir gugurt yoqishdek, hechdan, yoʻqdan, bir amr bilan, hadsiz qudrati bilan seni bir onda yaratadi. Agar sen oʻzingni unga bermasang, balki moddiy sabablarga va tabiatga isnod etsang, u vaqt sen koinotning muntazam bir xulosasi, mevasi va kichik bir mundarijasi va roʻyxati boʻlganingdan; seni yaratish uchun koinotni va anosirni mayin elak bilan elaklab, hassos oʻlchovlar bilan aqtori olamdan sening vujudingdagi moddalarni toʻplash lozim boʻladi. Chunki moddiy sabablar yolgʻiz tarkib etadi, toʻplaydi. Oʻzlarida boʻlmaganni hechdan, yoʻqdan yaratolmaganlari butun ahli aqlning yonida musaddaqdir. Unday boʻlsa, kichik bir zihayotning jismini aqtori olamdan toʻplashga majbur boʻladilar.
Xullas, vahdatda va tavhidda naqadar osonlik vashirkda va zalolatda naqadar mushkulot bor boʻlganini tushun!
Ikkinchisi: Ilm nuqtasida hadsiz bir suhulat bordir. Shundayki:
Qadar ilmning bir navidirki, hamma narsaning ma'naviy va maxsus qolipi hukmida bir miqdor tayin qiladi. Va u miqdori qadariy u narsaning vujudiga bir reja, bir nusxa hukmiga oʻtadi. Qudrat ijod qilgan vaqt gʻoyat suhulat bilan u qadariy miqdor ustida ijod qiladi. Agar u narsa muhit va hadsiz va azaliy bir ilmning sohibi boʻlgan Qodiri Zuljalolga berilmasa, sobiqan oʻtgani kabi, minglab mushkulot emas, balki yuz maholot oʻrtaga chiqadi. Chunki u miqdori qadariy va miqdori ilmiy boʻlmasa, minglab xorijiy va moddiy qoliplar kichkina bir hayvonning jasadida iste'mol qilinishi lozim boʻladi.
Mana, vahdatda nihoyatsiz osonlik va zalolatda va shirkda hadsiz mushkulotning bir sirrini angla,
oyati naqadar haqiqatli va toʻgʻri va yuksak bir haqiqatni ifoda qilganini bil!
Ilgari dushman, hozir doʻst boʻlgan muhtadiy deydiki: Shu zamonda juda ilgarilab ketgan faylasuflar deydilarki: "Hechdan hech bir narsa ijod qilinmaydi va hech bir narsa i'dom etilmaydi; yolgʻiz bir tarkib, bir parchalanishdirki, koinot fabrikasini ishlattiradi".
Nuri Qur'on bilan mavjudotga qaramagan faylasuflarning eng ilgarilab ketganlari qaraganlarki, tabiat va sabablar vositasi bilan bu mavjudotning tashakkulot va vujudlarini, sobiqan isbot qilganimiz tarzda, imtino' darajasida mushkulotli koʻrganlaridan, ikki qismga ayrildilar.
Bir qismi sofistaiy boʻlib, insonning xossasi boʻlgan aqldan voz kechib, ahmoq hayvonlardan yanada past tushib, koinotning vujudini inkor qilishni; hatto oʻzlarining vujudlarini ham inkor qilishni; zalolat maslagida sabablar va tabiatning ijod sohibi boʻlishlaridan yanada ziyoda oson koʻrganlaridan, ham oʻzlarini, ham koinotni inkor qilib, jahli mutlaqqa tushganlar.
Ikkinchi guruh qaraganlarki; zalolatda, sabablar va tabiat mujid boʻlish nuqtasida bir chivin va bir urugʻning ijodi, hadsiz mushkuloti bor va tavri aqlning xorijida bir iqtidor iqtizo etadi. Shuning uchun bilmajburiya ijodni inkor qiladilar. "Yoʻqdan bor boʻlmaydi" deydilar va i'domni ham mahol koʻradilar. "Bor yoʻq boʻlmaydi" deb hukm qiladilar. Yolgʻiz harakoti zarrot bilan, tasodif shamollari bilan bir tarkib va parchalanish va tarqalish va toʻplanish suratida bir vaziyati e'tiboriya taxayyul etadilar. Xullas sen kel, ahmoqlikning va jaholatning eng past darajasida eng yuksak aqlli deb oʻzini oʻylagan odamlarni koʻr; va zalolat insonni naqadar masxara va sufliy va ajhal qilganini bil, ibrat ol! Ajabo, har yili toʻrt yuz ming anvo'ni birdan zamin yuzida ijod qilgan va samovot va arzni olti kunda yaratgan va olti haftada, har bahorda koinotdan yanada san'atli, hikmatli bir zihayot koinotni insho etgan bir qudrati azaliya, bir ilmi azaliyning doirasida rejalari va miqdorlari taayyun etgan mavjudoti ilmiyani koʻzga koʻrsatmaydigan bir ajzo bilan yozilgan va koʻrinmaydigan bir yozuvni koʻrsatish uchun surilgan bir ajzo kabi, gʻoyat oson u madumoti xorijiya boʻlgan mavjudoti ilmiyaga vujudi xorijiy berishni u qudrati azaliyadan uzoq koʻrish va ijodni inkor qilish; avvalgi guruh boʻlgan sofistaiylardan yanada ziyoda ahmoqona va johilonadir. Bu badbaxtlar ojizi mutlaq va yolgʻiz bir juzi ixtiyoriydan boshqa qoʻllarida boʻlmagan fir'avnlashgan oʻz nafslari hech bir narsani i'dom va yoʻq qilolmaganlaridan va hech bir zarrani, bir moddani hechdan, yoʻqdan ijod qilolmaganlaridan va ishongan sabablari va tabiatlarining qoʻllaridan hechdan ijod kelmagani jihat bilan, ahmoqliklaridan deydilar: "Yoʻqdan bor boʻlmaydi, bor ham yoʻq boʻlmaydi" deb bu botil va xato dasturni qodiri mutlaqqa tashmil etishni istaydilar. Ha, Qodiri Zuljalolning ikki tarzda ijodi bor:
Biri; ixtiro va ibdo' bilandir. Ya'ni, hechdan, yoʻqdan vujud beradi va unga lozim hamma narsani ham hechdan ijod qilib qoʻliga beradi.
Boshqasi; insho bilan, san'at bilandir. Ya'ni, kamoli hikmatini va koʻp asmosining jilvalarini koʻrsatish kabi juda daqiq hikmatlar uchun koinotning anosiridan bir qism mavjudotni insho etadi. Har amriga tobe boʻlgan zarrotlarni va moddalarni razzoqiyat qonuni bilan ularga yuboradi va ularda ishlattiradi. Ha, Qodiri Mutlaqning ikki tarzda, ham ibdo', ham insho suratida ijodi bor. Borni yoʻq qilish va yoʻqni bor qilish; eng oson, eng suhulatli, balki doimiy, umumiy bir qonunidir. Bir bahorda uch yuz ming anvo'i zihayot maxluqotning shakllarini, sifatlarini, balki zarrotlaridan boshqa butun holatlari va ahvollarini hechdan bor qilgan bir qudratga qarshi "yoʻqni bor qilolmaydi" degan odam yoʻq boʻlishi kerak!
Tabiatni tashlagan va haqiqatga oʻtgan zot deydiki: Janobi Haqqa zarrot adadicha shukr va hamdu-sano aytamanki, kamoli iymonni qozondim, avhom va zalolatlardan xalos boʻldim va hech bir shubham ham qolmadi.
TOʻRTINCHI HUJJATI IYMONIYA
oyatining bir nuktasi va bir ismi a'zam va yoxud ismi a'zamning olti nuridan bir nuri boʻlgan "Adl" ismining bir jilvasi, Birinchi Nukta kabi Eskishehir Hibsxonasida uzoq-uzoqlardan koʻrindi. Uni yaqinlashtirish uchun yana tamsil yoʻli bilan aytamiz:
Shu koinot shunday bir saroydirki, u saroyda mutamodiyan taxrib va ta'mir ichida chayqalib turgan bir shahar bor,.. va u shaharda har vaqt harb va hijrat ichida qaynab turgan bir mamlakat bor,.. va u mamlakatda har zamon mavt va hayot ichida yumalayotgan bir olam bor. Holbuki u saroyda, u shaharda, u mamlakatda, u olamda shu daraja hayrat-angiz bir muvozana, bir mezon, bir tavzin hukm suradi, bilbedaho isbot qiladiki: Bu hadsiz mavjudotda boʻlgan tahavvulot va voridot va masorif har on umum koinotni koʻradigan, nazari taftishidan oʻtkazadigan yolgʻiz bir zotning mezoni bilan oʻlchanadi, tortiladi. Aks holda, baliqlardan bir baliq ming tuxumchalar bilan va nabototdan hashhash kabi bir gul yigirma ming urugʻ bilan va sel kabi oqqan unsurlarning, inqiloblarning hujumi bilan shiddatli ravishda muvozanani buzishga harakat qilgan va istilo qilish istagan sabablar bebosh boʻlsalar edi va yoxud maqsadsiz sarsari tasodif va mezonsiz koʻr quvvatga va shuursiz zulmatli tabiatga havola qilinsa edi, u muvozana-i ashyo va muvozana-i koinot shunday buzilar ediki, bir yilda, balki bir kunda harju-marj boʻlar edi. Ya'ni: Dengiz aralash-quralash narsalar bilan toʻlar edi, sasib ketar edi; havo gʻozoti muzirra bilan zaharlanar edi; zamin esa bir mazbala, bir mazbaha, bir botqoqlikka aylanar edi. Dunyo boʻgʻilar edi.
Xullas, jasadi hayvoniyning hujayrotidan va qondagi kurayvoti hamro va bayzodan va zarrotning tahavvulotidan va jihozoti badaniyaning tanosubidan tut to dengizlarning voridot va masorifiga,.. to zamin ostidagi chashmalarning kirim va sarfiyotlariga,.. to hayvonot va nabototning tavalludot va vafiyotlariga,.. to kuz va bahorning taxribot va ta'mirotlariga,.. to unsurlarning va yulduzlarning xidamot va harakotlariga,.. to mavt va hayotning, ziyo va zulmatning va harorat va burudatning almashinishlariga va kurashishlariga va toʻqnashishlariga qadar shu daraja hassos bir mezon bilan va shu qadar nozik bir oʻlchov bilan tanzim etiladi va tortiladiki, aqli bashar hech bir yerda haqiqatdan hech bir isrof, hech bir abas koʻrmagani kabi, hikmati insoniya ham hamma narsada eng mukammal bir intizom, eng goʻzal bir mavzuniyat koʻradi va koʻrsatadi. Balki hikmati insoniya u intizom va mavzuniyatning bir tazohuridir, bir tarjimonidir.
Xullas kel, Quyosh bilan muxtalif oʻn ikki sayyoraning muvozanalariga qara. Ajabo, bu muvozana Quyosh kabi Adl va Qodir boʻlgan Zoti Zuljalolni koʻrsatmaydimi? Va ayniqsa sayyorotdan boʻlgan kemamiz, ya'ni kura-i arz bir yilda yigirma toʻrt ming yillik bir doirada kezadi, sayohat qiladi. Va u horiqo tezligi bilan barobar zaminning yuzida tizilgan, terib qoʻyilgan ashyoni tarqatmaydi, silkitmaydi, fazoga uchirib yubormaydi. Agar tezligi bir ozgina tazyid yoki tanqis etilsa edi, sakanasini havoga uchirib, fazoda sochib yuborar edi. Va bir daqiqa, balki bir soniya muvozanasini buzsa, dunyomizni buzib yuboradi; balki boshqasi bilan toʻqnashadi, bir qiyomatni yuzaga keltiradi. Va ayniqsa zaminning yuzida nabotiy va hayvoniy toʻrt yuz ming toifaning tavalludot va vafiyot jihatidan va iosha va yashash jihatidan rahimona muvozanalari, ziyo quyoshni koʻrsatgani kabi, yagona Zoti Adl va Rahimni koʻrsatadi. Va ayniqsa u hadsiz millatlarning hadsiz afrodidan birgina fardning a'zosi, jihozoti, tuygʻulari shu daraja hassos bir mezon bilan bir-biri bilan munosabatdor va muvozanatdadirki; u tanosub, u muvozana badohat darajasida bir Sone'-i Adlu Hakimni koʻrsatadi. Va ayniqsa har fardi hayvoniyning badanidagi hujayrotning va qon yoʻllarining va qondagi kurayvotning va u kurayvotdaki zarralarning shu daraja nozik va hassos va horiqo muvozanalari bor, bilbedaho isbot qiladiki: Hamma narsaning tizgini qoʻlida va hamma narsaning kaliti yonida va bir narsa bir narsaga mone boʻlmaydi,.. umum ashyoni bitta narsa kabi osonlik bilan idora qilgan birgina Xoliqi Adlu Hakimning mezoni bilan, qonuni bilan, nizomi bilan tarbiya va idora qilyapti. Hashrning mahkama-i kubrosida mezoni azimi adolatida jin va insning muvozana-i a'mollarini istib'od etib ishonmagan, bu dunyoda koʻzi bilan koʻrgan bu muvozana-i akbarga diqqat qilsa, albatta istib'odi qolmaydi.
Ey isrofli, iqtisodsiz,.. ey zulmli, adolatsiz,.. ey kirli, nazofatsiz badbaxt inson! Butun koinotning va butun mavjudotning dasturi harakati boʻlgan iqtisod va nazofat va adolatga rioya qilmaganing sababli, umum mavjudotga muxolafating bilan, ma'nan ularning nafratlariga va hiddatlariga mazhar boʻlyapsan. Nimaga ishonyapsanki, umum mavjudotni zulming bilan, mezonsizliging bilan, isrofing bilan, nazofatsizliging bilan gʻazablantiryapsan? Darhaqiqat, Ismi Hakimning jilva-i a'zamidan boʻlgan hikmati omma-i koinot iqtisod va isrofsizlik ustida harakat qiladi, iqtisodni amr qiladi. Va Ismi Adlning jilva-i a'zamidan kelgan koinotdagi adolati tomma umum ashyoning muvozanalarini idora qiladi va basharga ham adolatni amr qiladi. Sura-i Rahmonda
oyatidagi toʻrt martaba toʻrt navi mezonga ishorat qilgan toʻrt marta "mezon"ning zikr qilinishi, koinotda mezonning daraja-i azamatini va favquloda juda buyuk ahamiyatini koʻrsatadi. Darhaqiqat, hech bir narsada isrof boʻlmagani kabi, hech bir narsada ham haqiqiy zulm va mezonsizlik yoʻqdir. Va Ismi Quddusning jilva-i a'zamidan kelib chiqqan tanzif va nazofat butun koinotning mavjudotini tozalaydi, goʻzallashtiradi. Basharning kir qoʻli qoʻshilmaslik sharti bilan, hech bir narsada haqiqiy nazofatsizlik va xunuklik koʻrinmaydi.
Xullas, haqoiqi Qur'oniyadan va dasotiri Islomiyadan boʻlgan "adolat, iqtisod, nazofat" hayoti bashariyada naqadar asosli bittadan dastur boʻlganini angla. Va ahkomi Qur'oniya naqadar koinot bilan aloqador va koinot ichiga ildiz otgan va qurshab olganligini va u haqoiqni buzish koinotni buzish va suratini oʻzgartirish kabi mumkin emasligini bil!. Va ushbu uchta ziyo-i a'zam kabi; rahmat, inoyat, hofiziyat kabi yuzlab ihotali haqiqatlar hashrni, oxiratni iqtizo va istilzom etganlari holda, hech mumkinmidirki: Koinotda va umum mavjudotda hukmfarmo boʻlgan rahmat, inoyat, adolat, hikmat, iqtisod va nazofat kabi juda quvvatli ihotali haqiqatlar; hashrning adami bilan va oxiratning kelmasligi bilan marhamatsizlikka, zulmga, hikmatsizlikka, isrofga, nazofatsizlikka, abasiyatga inqilob etsinlar? Xosho, yuz ming marta xosho! Bir chivinning haqqi hayotini rahimona muhofaza qilgan bir rahmat, bir hikmat; ajabo hashrni keltirmaslik bilan umum zishuurlarning hadsiz huquqi hayotlarini va nihoyatsiz mavjudotning nihoyatsiz huquqlarini zoye qiladimi? Va ta'biri joiz boʻlsa, rahmat va shafqatda va adolat va hikmatda hadsiz hassosiyat va diqqat koʻrsatayotgan bir hashmati rububiyat; va kamolotini koʻrsatish va oʻzini tanittirish va sevdirish uchun bu koinotni hadsiz horiqo san'atlari bilan, ne'matlari bilan bezatgan bir saltanati uluhiyat, ana shunday ham umum kamolotini, ham butun maxluqotini yoʻqqa chiqaradigan va inkor qildiradigan hashrsizlikka muso'ada etadimi? Xosho! Bunday bir Jamoli Mutlaq bunday bir qubhi mutlaqqa bilbedaho muso'ada etmaydi. Darhaqiqat, oxiratni inkor qilishni istagan odam, avvalo butun dunyoni butun haqoiqi bilan inkor qilishi lozim. Aks holda, dunyo butun haqoiqi bilan, yuz ming lison bilan uni takzib etib bu yolgʻonida yuz ming daraja yolgʻonchiligini isbotlab qoʻyadi. Oʻninchi Soʻz qat'iy dalillar bilan isbot qilgandirki, oxiratning borligi dunyoning borligichalik qat'iy va shubhasizdir.
BESHINCHI HUJJATI IYMONIYA
oyatining bir nuktasi va bir Ismi A'zam yoki Ismi A'zamning olti nuridan bir nuri boʻlgan «Ismi Hakem» ning bir jilvasi Ramazoni Sharifda koʻrindi. Unga yolgʻiz bir ishorat oʻlaroq «Besh Nuqta» dan iborat Uchinchi Nukta shoshilib yozildi, musvadda holida qoldi.
Oʻninchi Soʻzda ishorat qilingani kabi: Ismi Hakemning tajalli-i a'zami shu koinotni shunday bir kitob holatiga keltirganki, har sahifasida yuzlab kitob yozilgan,.. va har satrida yuzlab sahifa joylashtirilgan,.. va har kalimasida yuzlab satr mavjuddir,.. va har harfida yuzlab kalima bor,.. va har nuqtasida kitobning muxtasar bir mundarijachasi mavjud bir tarzga keltirgandir. U kitobning sahifalari, satrlari, to nuqtalariga qadar yuzlab jihatdan naqqoshini, kotibini shunday vuzuh bilan koʻrsatadiki; u kitobi koinotning mushohadasi oʻz vujudidan yuz daraja yanada ziyoda kotibining vujudini va vahdatini isbot qiladi. Chunki bir harf oʻz vujudini bir harf qadar ifoda qilgani holda, kotibini bir satr qadar ifoda qiladi. Darhaqiqat, bu kitobi kabirning bir sahifasi, zamin yuzidir. U sahifada nabotot, hayvonot toifalari adadicha kitoblar bir-biri ichida, barobar, bir vaqtda, xatosiz, gʻoyat mukammal bir suratda bahor mavsumida yozilgani koʻz bilan koʻrinadi. Bu sahifaning bir satri, bir bogʻdir. U bogʻda mavjud gullar, daraxtlar, nabotlar adadicha manzum qasidalar; barobar, bir-biri ichida, xatosiz yozilganini koʻzimiz bilan koʻryapmiz. U satrning bir kalimasi gullagan, meva berish uchun yaprogʻini yozgan bir daraxtdir. Mana shu kalima muntazam, mavzun, bezalgan yaproq, gul va mevalari adadicha Hakemi Zuljalolning madhu sanosiga doir ma'nodor fikralardir. Goʻyo gullagan har daraxt kabi, u daraxt ham naqqoshining madhlarini kuylayotgan manzum bir qasidadir.
Ham goʻyo Hakemi Zuljalol zaminning mashharida tashhir etgan antiqa va ajib asarlariga minglab koʻz bilan qarashni istaydi.
Ham goʻyo u Sultoni Azaliyning u daraxtga bergan murasso' hadya va nishonlarni va formalarni maxsus bayrami va rasmi kushodi boʻlgan bahorda podshohning nazariga taqdim qilish uchun shunday muzayyan, mavzun, muntazam, ma'nodor bir shakl olgan va shunday hikmatli bir shakl berilgandirki; har bir gulida, har bir mevasida bir-biri ichida koʻp vajhlar va dalillar bilan naqqoshining vujudiga va asmosiga shahodat qiladilar. Masalan: Har bir gulda, har bir mevada bir mezon bor. Va u mezon bir intizom ichida,.. va u intizom yangilanib turadigan bir tanzim va tavzin ichida,.. va u tavzin va tanzim bir ziynat va san'at ichida,.. va u ziynat va san'at ma'nodor hidlar va hikmatli ta'mlar ichida boʻlganidan; har bir gul u daraxtning gullari adadicha Hakemi Zuljalolga ishoratlar qiladi. Va ushbu bir kalima boʻlgan bu daraxtda, bir harf hukmida boʻlgan bir mevada boʻlgan bir urugʻ nuqtasi butun daraxtning mundarijasini, dasturini tashuvchi kichik bir sandiqchadir. Va hokazo.. Bunga qiyosan koinot kitobining butun satrlari, sahifalari bunday Ismi Hakem va Hakimning jilvasi bilan faqatgina har bir sahifasi emas, balki har bir satri va har bir kalimasi va har bir harfi va har bir nuqtasi bittadan moʻ'jiza hukmiga keltirilgandirki; butun sabablar toʻplansa, bir nuqtasining nazirini keltirolmaydilar, muoraza etolmaydilar. Darhaqiqat, ushbu Qur'oni Azimi Koinotning har bir oyati takviniyasi u oyatning nuqtalari va hurufi adadicha moʻ'jizalar koʻrsatganlari uchun, albatta sarsari tasodif, koʻr quvvat, gʻoyasiz, mezonsiz, shuursiz tabiat hech bir jihatdan u hakimona, basirona boʻlgan xos mezonga va gʻoyat nozik intizomga aralasholmaydilar. Agar aralashsaydilar, albatta aralashish asari koʻrinar edi. Holbuki hech bir jihatdan intizomsizlik koʻrinmaydi.
"Ikki Masala"dir.
Oʻninchi Soʻzda bayon qilingani kabi, nihoyat kamolda bir jamol va nihoyat jamolda bir kamol, albatta oʻzini koʻrish va koʻrsatish, tashhir etish istashi; eng asosli bir qoidadir. Mana bu asosli dasturi umumiyga binoandirki, bu kitobi kabiri koinotning Naqqoshi Azaliysi bu koinot orqali va bu koinotning har bir sahifasi orqali va har bir satri orqali, hatto harflari va nuqtalari orqali Oʻzini tanittirish va kamolotini bildirish va jamolini koʻrsatish va Oʻzini sevdirish uchun eng juz'iydan eng kulliyga qadar har bir mavjudning mutaaddid lisonlari bilan jamoli kamolini va kamoli jamolini tanittiradi va sevdiradi.
Mana ey gʻofil inson! Bu Hokimi Hakemi Hakimi Zuljaloli Valjamol Oʻzini senga har bir maxluqi orqali shunday hadsiz va porloq tarzlarda tanittirish va sevdirishni istagani holda, sen Uning tanittirishiga qarshi iymon bilan tanimasang va Uning sevdirishiga muqobil ubudiyating bilan Oʻzingni unga sevdirmasang, qay daraja hadsiz muzaaf bir jaholat, bir xasorat ekanligini bil, oʻzingga kel!..
Bu koinotning Sone'-i Qodir va Hakimining mulkida sheriklik yeri yoʻqdir. Chunki hamma narsada nihoyat darajada intizom borligi uchun, shirkni qabul qilolmaydi. Chunki mutaaddid qoʻllar bir ishga aralashsa, ish chalkashadi. Bir mamlakatda ikki podshoh, bir shaharda ikki hokim, bir qishloqda ikki rais boʻlsa; u mamlakat, u shahar, u qishloqning har ishida bir chalkashlik boshlanishi kabi.. eng adno bir vazifador odam oʻsha vazifasiga boshqasining mudohalasini qabul qilmasligi koʻrsatadiki; hokimiyatning eng asosli xossasi, albatta istiqlol va infiroddir. Demak, intizom vahdatni va hokimiyat infirodni iqtizo etadi. Modomiki hokimiyatning bir muvaqqat soyasi muovanatga muhtoj va ojiz insonlarda bunday mudohalani rad qilsa, albatta daraja-i rububiyatdagi haqiqiy bir hokimiyati mutlaqa, bir Qodiri Mutlaqda butun shiddati bilan mudohalani rad qilishi kerakdir. Agar zarra qadar mudohala boʻlsa edi, intizom buzilib ketar edi. Holbuki bu koinot shunday bir tarzda yaratilganki, bir urugʻni yaratish uchun bir daraxtni yarata oladigan bir qudrat lozimdir. Va bir daraxtni yaratish uchun ham koinotni yarata oladigan bir qudrat kerakdir. Va koinot ichida ishga aralashadigan bir sherik bor boʻlsa, eng kichik bir urugʻda ham hissador boʻlishi lozim boʻladi. Chunki bu uning namunasidir. U holda ulkan koinotda sigʻmagan ikki rububiyat bir urugʻda, balki bir zarrada joylashishi lozim boʻladi. Bu esa maholotning va botil xayolotning eng ma'nosiz va eng uzoq bir maholidir. Ulkan koinotning umum ahvol va holatlarini mezoni adlida va nizomi hikmatida tutgan bir Qodiri Mutlaqning ajzini, hatto bir urugʻda ham iqtizo etadigan shirk va kufr naqadar hadsiz darajada muzaaf bir xilof, bir xato, bir yolgʻon ekanligini,.. va tavhid qay daraja hadsiz muzaaf bir darajada haq va haqiqat va toʻgʻri ekanligini bil,
degin!..
Sone'-i Qodir Ismi Hakem va Hakimi bilan bu olam ichida minglab muntazam olamlarni joylashtirgandir. U olamlar ichida eng ziyoda koinotdagi hikmatlarga mador va mazhar boʻlgan insonni bir markaz, bir mador hukmida yaratgan. Va u koinot doirasining eng muhim hikmatlari va foydalari insonga qaratilgan. Va inson doirasi ichida ham rizqni bir markaz hukmiga keltirgan. Olami insoniyda aksar hikmatlar, manfaatlar u rizqqa qaratilgan va u bilan tazohur etadi. Va insonda shuur va rizqda zavq vositasi bilan Ismi Hakimning jilvasi porloq bir suratda koʻrinadi. Va shuuri insoniy vositasi bilan kashf qilingan yuzlab fanlardan har bir fan Hakem ismining bir navdagi bir jilvasini ta'rif qiladi. Masalan Tibbiyot Fanidan soʻralsa: "Bu koinot nima oʻzi?" Albatta aytadiki: "Gʻoyat muntazam va mukammal bir dorixona-i kubrodir. Ichida har bir dori goʻzal tarzda ihzor va istif etilgandir". Fanni kimyodan soʻralsa: "Bu Kura-i Arz nima?" Aytadi: "Gʻoyat muntazam va mukammal bir kimyoxonadir". Fanni Uskuna aytadi: "Hech bir kamchiligi boʻlmagan gʻoyat mukammal bir fabrikadir". Fanni Ziroat deydi: "Nihoyat darajada hosildor, har navi hububni vaqtida yetishtirgan muntazam bir ekinzordir va mukammal bir bogʻdir". Fanni Tijorat aytadi: "Gʻoyat muntazam bir koʻrgazma va juda ham intizomli bir bozor va mollari juda san'atli bir doʻkondir". Fanni iosha aytadi: "Gʻoyat muntazam, butun arzoqning anvo'ini jamlagan bir ombordir". Fanni rizq aytadi: "Yuz minglab laziz taomlar barobar kamoli intizom bilan ichida pishiriladigan bir matbaxi Rabboniy va bir qozoni Rahmoniydir". Fanni askariya aytadiki: "Arz bir lashkargohdir. Har bahor mavsumida xizmatga yangi chaqirilgan va zamin yuzida chodirlari qurilgan toʻrt yuz ming muxtalif millatlar u qoʻshinda boʻlgani holda; farqli-farqli arzoqlari, farqli-farqli liboslari, qurollari, farqli-farqli ta'limotlari, tarhisotlari kamoli intizom bilan hech birini unutmasdan va adashmasdan, birgina Qoʻmondoni A'zamning amri bilan, quvvati bilan, marhamati bilan, xazinasi bilan gʻoyat muntazam qilinib idora etiladi". Va Fanni Elektrdan soʻralsa, albatta aytadiki: "Bu muhtasham saroyi koinotning tomi gʻoyat intizomli, mezonli hadsiz elektr chiroqlari bilan tazyin etilgandir. Faqat shu qadar horiqo bir intizom va mezon bilanki: Boshda Quyosh oʻlaroq, Kura-i Arzdan ming marta katta u samoviy chiroqlar mutamodiyan yonib turganlari holda, muvozanalarini buzmaydilar, portlamaydilar, yongʻin chiqarmaydilar. Sarfiyotlari hadsiz boʻlgani holda, voridotlari va kerosinlari va modda-i ishti'ollari qayerdan kelyapti? Nima uchun tugamaydi? Nima uchun yonish muvozanasi buzilmaydi?.. Kichik bir chiroq ham muntazam qarab turilmasa, soʻnadi. Astronomiyaga koʻra, Kura-i Arzdan bir milliondan ortiq katta va bir million yildan ziyod yashagan Quyoshni
{(Hoshiya) Ajabo, dunyo saroyini isitayotgan Quyosh oʻchogʻiga yoki chirogʻiga qancha oʻtin va koʻmir va kerosin kerakligi chamalab koʻrilsin. Har kun yonishi uchun -Astronomiyaning soʻziga qaraganda- bir millionta Kura-i Arz qadar oʻtin yigʻinlari va minglab dengizlar qadar kerosin kerak boʻladi. Endi oʻylab koʻr; uni oʻtinsiz, kerosinsiz doimiy ravishda yondirib turgan Qodiri Zuljalolning haybatiga, hikmatiga, qudratiga Quyoshning zarralari adadicha "Subhanalloh, Mashaalloh, Barakalloh" degin.}
koʻmirsiz, yogʻsiz yondirayotgan, oʻchirib qoʻymayotgan Hakimi Zuljalolning hikmatiga, qudratiga qara. "Subhanalloh" degin. Quyoshning muddati umrida oʻtgan daqiqalarining ashiroti adadicha "Mashaalloh, Barakalloh, La Ilaha Illa Hu" deb ayt. Demak, bu samoviy chiroqlarda gʻoyat horiqo bir intizom bor va ularga juda diqqat bilan qarab turilibdi. Goʻyo u juda katta va juda koʻp kitla-i noriyalarning va gʻoyat koʻp qanadili nuriyalarning bugʻ qozoni esa, harorati tugamaydigan bir Jahannamdirki, ularga nursiz harorat beradi. Va u elektr chiroqlarining generatori va markaziy fabrikasi, doimiy bir Jannatdirki, ularga nur va yorugʻlik beradi. Ismi Hakem va Hakimning jilva-i a'zami bilan, intizomli shaklda yonishlari davom etadi. Va hokazo... Shularga qiyosan, yuzlab fanlardan har birining qat'iy shahodatiga koʻra, nuqsonsiz bir intizomi akmal ichida hadsiz hikmatlar, manfaatlar bilan bu koinot tazyin etilgandir. Va u horiqo va ihotali hikmat bilan majmu-i koinotga bergan intizom va hikmatlarni eng kichik bir zihayot va bir urugʻda kichik bir miqyosda joylashtirgandir. Va ma'lum va badihiydirki, intizom bilan gʻoyalarni va hikmatlarni va foydalarni ta'qib qilish; ixtiyor bilan, iroda bilan, qasd bilan, mashiat bilan boʻlishi mumkin; boshqacha boʻlmaydi. Ixtiyorsiz, irodasiz, qasdsiz, shuursiz sabablar va tabiatning ishi boʻlmagani kabi, mudohalalari ham mumkin emas. Demak, bu koinotning butun mavjudotidagi hadsiz intizomot va hikmatlari bilan iqtizo etganlari va koʻrsatganlari bir Foili Muxtorni, bir Sone'-i Hakimni bilmaslik yoki inkor qilish naqadar ajib bir jaholat va devonalik ekanligini ta'riflab boʻlmaydi. Darhaqiqat, dunyoda eng koʻp hayrat qilinadigan bir narsa boʻlsa, u ham ana shu inkordir. Chunki koinotning mavjudotidagi hadsiz intizomot va hikmatlari bilan, vujud va vahdatiga shohidlar boʻlgani holda, uni koʻrmaslik, bilmaslik naqadar koʻrlik va jaholat ekanligini eng koʻr johil ham anglaydi. Hatto ayta olamanki; ahli kufrning ichida koinotning vujudini inkor qilganlari sababli ahmoq deb oʻylangan sofistaiylar eng aqllilaridir. Chunki koinotning vujudini qabul qilish bilan Allohga va Xoliqiga ishonmaslik qobil va mumkin boʻlmagani uchun, koinotni inkor qilishni boshladilar. Oʻzlarini ham inkor qildilar. "Hech narsa yoʻq" deb aqldan iste'fo etib, aql pardasi ostida boshqa munkirlarning hadsiz aqlsizliklaridan qutulib, bir daraja aqlga yaqinlashdilar.
Oʻninchi Soʻzda ishorat qilingani kabi: Bir Sone'-i Hakim va gʻoyat hikmatli bir usta bir saroyning har bir toshida yuzlab hikmatni hassosiyat bilan ta'qib etsa, soʻngra u saroyning tomini yopmasdan bekordan-bekorga xarob boʻlishi bilan ta'qib etgan hadsiz hikmatlarni zoye qilishini hech bir zishuur qabul qilmagani,.. va bir Hakimi Mutlaq kamoli hikmatidan bir dirham qadar bir urugʻdan yuzlab botmon foydalarni, gʻoyalarni, hikmatlarni diqqat bilan ta'qib etgani holda; togʻ kabi ulkan daraxtga bir dirham qadar bir dona foyda, bir dona kichik gʻoya, bir dona meva berish uchun u ulkan daraxtning juda koʻp masorifini qilish bilan oʻz hikmatiga butun-butun zid va muxolif oʻlaroq musrifona bir safohat irtikob etishi hech bir jihat bilan imkoni boʻlmagani kabi; aynan shuningdek, bu koinot saroyining har bir mavjudotiga yuzlab hikmat taqqan va yuzlab vazifa bilan tajhiz etgan, hatto har bir daraxtga mevalari adadicha hikmatlar va gullari adadicha vazifalar bergan bir Sone'-i Hakim qiyomatni keltirmaslik bilan va hashrni qilmaslik bilan butun son-sanoqsiz hikmatlarni va nihoyatsiz vazifalarni ma'nosiz, abas, behuda, foydasiz zoye qilishi, u Qodiri Mutlaqning kamoli qudratiga ajzi mutlaq bergani kabi, u Hakimi Mutlaqning kamoli hikmatiga hadsiz abasiyat va foydasizlikni va u Rahimi Mutlaqning jamoli rahmatiga nihoyatsiz xunuklikni va u Odili Mutlaqning kamoli adolatiga nihoyatsiz zulmni berish demakdir. Goʻyo, koinotda hammaga koʻringan hikmat, rahmat, adolatni inkor qilishdir. Bu esa eng ajib bir maholdirki, hadsiz botil narsalar ichida topiladi. Ahli zalolat kelsin, qarasin; oxir oqibat boradigan qabri kabi, oʻz zalolati qay daraja dahshatli bir zulmat, bir qorongʻilik va ilonlarning, chayonlarning uyasi boʻlgan chuqur ekanligini koʻrsin. Va oxiratga iymon esa, Jannat kabi goʻzal va nuroniy bir yoʻl ekanligini bilsin, iymonga kirsin.
"Ikki Masala"dir.
Sone'-i Zuljalol Ismi Hakimning muqtazosi bilan, hamma narsada eng yengil suratni, eng qisqa yoʻlni, eng oson tarzni, eng foydali shaklni ahamiyat bilan ta'qib qilgani koʻrsatadiki; isrof, abasiyat, foydasizlik fitratda yoʻqdir. Isrof esa, Ismi Hakimning ziddi boʻlgani kabi, iqtisod uning lozimidir va dasturi asosidir.
Ey iqtisodsiz isrofli inson! Butun koinotning eng asosli dasturi boʻlgan iqtisodga rioya qilmaganing uchun, naqadar xilofi haqiqat harakat qilganingni bil!
oyati naqadar asosli, keng bir dasturni dars berganini angla!..
Ismi Hakem va Hakim badohat darajasida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning risolatiga dalolat va istilzom etadi deyish mumkin. Darhaqiqat, modomiki gʻoyat ma'nodor bir kitob, uni dars beradigan bir muallim istar. Va gʻoyat goʻzal bir jamol, oʻzini koʻradigan va koʻrsatadigan bir oyna iqtizo etar. Va gʻoyat kamolda bir san'at, tashhirchi bir dallol istar. Albatta har bir harfida yuzlab ma'nolar, hikmatlar boʻlgan bu kitobi kabiri koinotning muxotobi boʻlgan navi inson ichida albatta bir rahbari akmal, bir muallimi akbar boʻlishi shart. Toki u kitobda boʻlgan qudsiy va haqiqiy hikmatlarni dars beradigan,.. balki koinotdagi hikmatlarning vujudini bildiradigan,.. balki koinotning xilqatidagi maqosidi Rabboniyaning zuhuriga, balki husuliga vasila boʻladigan,.. va umum koinotda Xoliq tarafidan gʻoyat ahamiyat bilan izhorini iroda qilgan kamoli san'atini, jamoli asmosini bildiradigan, oynadorlik qiladigan,.. va u Xoliq butun mavjudot orqali oʻzini sevdirish va zishuur maxluqlaridan muqobala istaganidan, u zishuurlarning nomidan bittasi u keng tazohuroti rububiyatga qarshi keng bir ubudiyat bilan muqobala etib, barr va bahrni jazbaga keltiradigan, Samovot va Arzni larzaga soladigan bir valvala-i tashhir va taqdis bilan u zishuurlarning nazarini u san'atlarning Sone'iga buradigan,.. va qudsiy darslar va ta'limot bilan butun ahli aqlning quloqlarini oʻziga qaratadigan bir Qur'oni Azimushshon bilan, u Sone'-i Hakemi Hakimning maqosidi Ilohiyasini eng goʻzal bir suratda koʻrsatadigan,.. va butun hikmatlarining tazohuriga va tazohuroti jamoliya va jaloliyasiga qarshi eng akmal bir muqobala etadigan bir zot, Quyoshning vujudi kabi bu koinotga lozimdir, zaruriydir. Va shunday qilgan va eng akmal bir suratda u vazifalarni amalga oshirgan, bilmushohada Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdir. Shunday ekan; Quyosh ziyoni, ziyo kunduzni istilzom etgan darajada; koinotdagi hikmatlar Risolati Ahmadiyani (S.A.V.) istilzom etadi.
Darhaqiqat, qandayki Ismi Hakem va Hakimning jilva-i a'zami bilan, a'zamiy darajada Risolati Ahmadiyani iqtizo etadi. Xuddi shuning kabi, asmo-i husnadan Alloh, Rahmon, Rahim, Vadud, Mun'im, Karim, Jamil, Rob kabi koʻp ismlarning har biri koinotda koʻringan bir jilva-i a'zam bilan, a'zamiy darajada va martaba-i qat'iyatda Risolati Ahmadiyani (S.A.V.) istilzom etadilar.
Masalan: Ismi Rahmonning jilvasi boʻlgan rahmati vase'a u Rahmatan lil olamin bilan tazohur etadi. Va Ismi Vadudning jilvasi boʻlgan tahabbubi Ilohiy va taarrufi Rabboniy u Habibi Rabbul Olamin bilan natija beradi, muqobala koʻradi. Va Ismi Jamilning bir jilvasi boʻlgan butun jamollar; ya'ni jamoli zot, jamoli asmo, jamoli san'at, jamoli masnu'ot ham u oyna-i Ahmadiyada koʻriladi, koʻrsatiladi. Va hashmati rububiyat va saltanati uluhiyatning jilvalari ham u dalloli saltanati rububiyat boʻlgan Zoti Ahmadiyaning risolati bilan bilinadi, koʻrinadi, tushuniladi, tasdiq etiladi. Va hokazo... Bu misollar kabi aksar asmo-i husnaning har biri Risolati Ahmadiyaga bittadan porloq burhondir.
Modomiki koinot mavjuddir va inkor qilinmaydi. Albatta koinotning ranglari, ziynatlari, yorugʻliklari, ziyolari, san'atlari, hayotlari, robitalari hukmida boʻlgan hikmat, inoyat, rahmat, jamol, nizom, mezon, ziynat kabi mashhud haqiqatlar hech bir jihatdan inkor qilinmaydi. Modomiki u sifatlarning, fe'llarning inkori mumkin emas ekan; albatta u sifatlarning mavsufi va u fe'llarning foili va u ziyolarning quyoshi boʻlgan Zoti Vojib-ul Vujud, Hakim, Karim, Rahim, Jamil, Hakem, Adl ham hech bir jihatdan inkor qilinmaydi va inkori mumkin emas. Va albatta u sifatlarning va u fe'llarning madori zuhurlari, balki madori kamollari, balki madori tahaqquqlari boʻlgan rahbari akbar, muallimi akmal va dalloli a'zam va tilsimi koinotning kashshofi va oyna-i Samadoniy va Habibi Rahmoniy boʻlgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolati hech bir jihatdan inkor qilinmaydi. Olami haqiqatning va haqiqati koinotning ziyolari kabi, u Zotning risolati ham koinotning eng porloq bir ziyosidir.
OLTINCHI HUJJATI IYMONIYA
Hech mumkinmidirki: Oʻlgan, qurigan ulkan Arzni ihyo etgan va u ihyo ichida har biri bashar hashri kabi ajib, uch yuz mingdan ziyod anvo'i maxluqotni hashr va nashr etib, qudratini koʻrsatgan va u hashr va nashr ichida nihoyat darajada chalkashlik va ixtilot ichida nihoyat darajada imtiyoz va tafriq bilan ihota-i ilmiyasini koʻrsatgan va butun samoviy farmonlari bilan basharning hashrini va'da berish bilan butun ibodining anzorini saodati abadiyaga oʻgirgan va butun mavjudotni boshni boshga, yelkani yelkaga, qoʻlni qoʻlga berdirib, amr va irodasi doirasida aylantirib bir-biriga yordamchi va musahhar qilish bilan azamati rububiyatini koʻrsatgan; va basharni shajara-i koinotning eng jamlagan va eng nozik va eng nozanin, eng nozdor, eng niyozdor bir mevasi qilib yaratib, oʻziga muxotob ittihoz etib hamma narsani unga musahhar qilish bilan insonga bu qadar ahamiyat berganini koʻrsatgan bir Qodiri Rahim, bir Alimi Hakim; qiyomatni keltirmasin? Hashrni qilmasin va qilolmasin? Basharni ihyo etmasin yoki etolmasin? Mahkama-i kubroni ocholmasin? Jannat va Jahannamni yaratolmasin? Xosho va kallo!.
Ha, shu olamning Mutasarrifi Zishoni har asr, har yil, har kun bu tor, muvaqqat roʻyi zaminda hashri akbarning va maydoni qiyomatning juda koʻp amsolini va namunalarini va ishorotini ijod qilyapti. Azjumla: Hashri bahoriyda koʻryapmizki; besh-olti kun mobaynida kichik va katta hayvonot va nabototdan uch yuz mingdan ziyod anvo'ni hashr etib nashr qilyapti. Butun daraxtlarning, oʻtlarning ildizlarini va bir qism hayvonlarni aynan ihyo etib i'oda etyapti. Boshqalarini ayniyat darajasida bir misliyat suratida ijod qilyapti. Holbuki moddatan farqlari juda oz boʻlgan danakchalar shu qadar aralashgan ekan, kamoli imtiyoz va tashhis bilan shu qadar tezlik va vus'at va suhulat ichida kamoli intizom va mezon bilan olti kun yoki olti hafta mobaynida ihyo etilyapti. Hech mumkinmiki: Bu ishlarni qilgan Zotga biron narsa ogʻir kela olsin; samovot va arzni olti kunda yarata olmasin, insonni bir hayqiriq bilan hashr etolmasin? Xosho!
Ajabo: Moʻ'jiznamo bir kotib boʻlsa; harflari yo buzilgan yoki mahv boʻlgan uch yuz ming kitobni birgina sahifada chalkashtirmasdan, gʻalatsiz, sahvsiz, nuqsonsiz, hammasini barobar, gʻoyat goʻzal bir suratda bir soatda yozsa; birisi senga desa: Shu kotib oʻzi ta'lif etgan sening suvga tushib ketgan kitobingni qaytadan, bir daqiqa mobaynida hofizasidan yozadi. Sen ayta olasanmiki: "Qilolmaydi va ishonmayman"
Va yoxud, bir sultoni moʻ'jizakor oʻz iqtidorini koʻrsatish uchun yoki ibrat va tanazzuh uchun bir ishorat bilan togʻlarni koʻtaradi, mamlakatlarni tabdil etadi, dengizni quruqlikka aylantirganini koʻrganing holda, soʻngra koʻrsangki; katta bir tosh soyga dumalab tushgan. U zotning oʻz ziyofatiga da'vat qilgan musofirlarining yoʻlini toʻsgan, oʻtolmayaptilar. Biri senga desa: U zot bir ishorat bilan u toshni, qanchalar katta boʻlsa boʻlsin, olib tashlaydi yoki parchalab sochib yuboradi. Musofirlarini yoʻlda qoldirmaydi. Sen desangki: Koʻtarmaydi yoki koʻtarolmaydi.
Va yoxud, bir zot bir kunda yangidan katta bir qoʻshinni tashkil qilgani holda biri desa: U zot bir karnay ovozi bilan afrodi istirohat uchun tarqalgan harbiy qismlarni toʻplaydi. Harbiy qismlar nizomi ostiga kiradilar. Sen desangki: Ishonmayman! Qanchalar telbalarcha harakat qilganingni anglaysan...
Mana shu uch tamsilni fahmlagan boʻlsang, boq: Naqqoshi Azaliy koʻzimizning oʻngida qishning oq sahifasini varaqlab, bahor va yoz yashil yaprogʻini ochib, roʻyi arzning sahifasida uch yuz mingdan ziyod anvo'ni, qudrat va qadar qalami bilan ahsani surat tarzida yozadi. Bir-biri ichida bir-biriga aralashmaydi. Barobar yozadi, bir-biriga mone boʻlmaydi. Tuzilish jihatidan, surat jihatidan bir-biridan boshqa, hech adashtirmaydi. Xato yozmaydi. Ha, eng katta bir daraxtning ruh dasturini bir nuqta kabi eng kichik bir urugʻda joylashtirib muhofaza qilgan Zoti Hakimi Hafiz; vafot qilganlarning ruhlarini qanday muhofaza qiladi, deyiladimi? Va Kura-i Arzni bir sopqon toshi kabi aylantirgan Zoti Qodir; oxiratga ketgan musofirlarining yoʻlidan qanday bu Arzni olib tashlaydi yoki yoʻq qilib yuboradi, deyiladimi? Ham hechdan, qaytadan butun zihayotning qoʻshinlarini butun jasadlarining harbiy qismlarida kamoli intizom bilan zarrotni Amri كُنْ فَيَكُونُ bilan qayd qilib joylashtirgan, qoʻshinlar ijod qilgan Zoti Zuljalol; harbiy qism-misol jasadning nizomi ostiga kirish bilan, bir-biri bilan tanishgan zarroti asosiya va ajzo-i asliyasini bir hayqiriq bilan qanday toʻplay oladi, deyiladimi?
Ham bu bahor hashriga oʻxshagan, dunyoning har davrida, har asrida, hatto kecha-kunduzning tabdilida, hatto osmondagi bulutlarning ijod va ifnosida hashrga namuna va misol va alomat boʻladigan qanchalar naqshlar qilganini koʻzing bilan koʻryapsan. Hatto agar xayolan ming yil avval oʻzingni faraz qilsang, keyin zamonning ikki qanoti boʻlgan moziy bilan mustaqbalni bir-biriga qarshilashtirsang; asrlar, kunlar adadicha misoli hashr va qiyomatning namunalarini koʻrasan. Keyin bu qadar namuna va misollarni mushohada etganing holda, hashri jismoniyni aqldan uzoq koʻrib istib'od etish bilan inkor qilsang; naqadar telbalik ekanini oʻzing ham anglaysan. Boq! Farmoni A'zam bahs qilganimiz haqiqatga doir nima deyapti:
Hashrga mone hech bir narsa yoʻqdir. Muqtaziy esa hamma narsadir. Ha, mahshari ajoyib boʻlgan shu ulkan Arzni oddiy bir hayvon kabi imota va ihyo etgan va bashar va hayvonga yoqimli bir beshik, goʻzal bir kema qilgan va Quyoshni ularga shu musofirxonada nur beruvchi va isituvchi bir chiroq qilgan, sayyorotni malaklariga tayyora qilgan bir zotning, bu daraja muhtasham va sarmadiy rububiyati va bu daraja muazzam va qamragan hokimiyati; albatta, faqat bunday oʻtkinchi, davomsiz, beqaror, ahamiyatsiz, mutagʻayyir, bebaqo, noqis, takammulsiz umuri dunyo ustida qurilmaydi va turmaydi. Demak, unga shoyista, doimiy, barqaror, bezavol, muhtasham bir diyori oxar bor. Boshqa boqiy bir mamlakati bordir. Bizni u uchun ishlattiradi. U yerga da'vat qiladi va u yerga naql qilishiga; zohirdan haqiqatga oʻtgan va qurbi huzuriga musharraf boʻlgan butun arvohi nayyira asxobi, butun qulubi munavvara aqtobi, butun uquli nuroniya arbobi shahodat qiladilar va bir mukofot va mujozot ihzor etganini muttafiqan xabar beradilar va mukarraran juda kuchli va'da va juda shiddatli tahdid etadilar, naql etadilar.
Xulf-ul va'd esa ham zillat, ham tazalluldir. Hech bir jihat bilan jaloli qudsiyatiga yaqinlasholmaydi. Xulf-ul va'id esa yo avfdan, yo ojizlikdan keladi. Holbuki kufr; jinoyati mutlaqadir,
{(Hoshiya) Ha, kufr mavjudotning qiymatini isqot va ma'nosizlik bilan ittihom etganidan; butun koinotga qarshi bir tahqir va mavjudot oynalarida jilva-i asmoni inkor boʻlganidan; butun asmo-i Ilohiyaga qarshi bir tazyif va mavjudotning vahdoniyatga boʻlgan shahodatlarini rad etganidan; butun maxluqotga qarshi bir takzib boʻlganidan; iste'dodi insoniyni shunday ifsod etadiki, saloh va xayrni qabulga layoqati qolmaydi. Ham bir zulmi azimdirki, umum maxluqotning va butun asmo-i Ilohiyaning huquqiga bir tajovuzdir. Mana shu huquqning muhofazasi va nafsi kofir xayrga qobiliyatsizligi, kufrning adami avfini iqtizo etadi.
shu ma'noni ifoda qiladi.}
avf mumkin emas. Qodiri Mutlaq esa ojizlikdan munazzah va muqaddasdir. Shohidlar, muxbirlar esa; maslaklarida, mashrablarida, mazhablarida muxtalif boʻlganlari holda, kamoli ittifoq bilan shu masalaning asosida muttahiddirlar. Kasrat jihati bilan tavotur darajasidadirlar. Holat jihati bilan ijmo' quvvatidadirlar. Mavqe jihatidan har biri navi basharning bir yulduzi, bir toifaning koʻzi, bir millatning azizidirlar. Ahamiyat jihatidan shu masalada ham ahli ixtisos, ham ahli isbotdirlar. Holbuki bir fanda yoki bir san'atda ikki ahli ixtisos minglab boshqalardan murajjahdirlar va ixborda ikki musbit minglab inkorchilarga tarjih etiladi. Masalan: Ramazon hilolining subutini ixbor etgan ikki odam minglab munkirlarning inkorlarini yoʻqqa chiqaradilar.
Dunyoda bundan yanada toʻgʻri bir xabar, yanada sogʻlom bir da'vo, yanada zohir bir haqiqat boʻlolmaydi. Demak, shubhasiz dunyo bir ekinzordir. Mahshar esa bir baydardir, xirmondir. Jannat, Jahannam esa bittadan mahzandir.
YETTINCHI HUJJATI IYMONIYA
Zamin yuzini yoz zamonida tomosha qilib koʻryapmizki: Ijodi ashyoda mushavvashiyatni iqtizo etgan va intizomsizlikka sabab boʻlgan nihoyatsiz saxovat va bir judi mutlaq gʻoyat darajada bir saranjomlik va intizom ichida koʻrinyapti. Mana, zamin yuzini tazyin etgan butun nabototni koʻr. Ham mezonsizlikni va qoʻpollikni iqtizo etgan ijodi ashyodagi mutlaq tezlik ham kamoli mavzuniyat ichida koʻrinyapti. Mana, zamin yuzini bezatgan butun mevalarga qara. Ham ahamiyatsizlikni, balki xunuklikni iqtizo etgan kasrati mutlaqa ham kamoli husni san'at ichida koʻrinyapti. Mana, yer yuzini porlatgan butun gullarga qara! Ham san'atsizlikni, oddiylikni iqtizo etgan ijodi ashyodagi suhulati mutlaqa ham nihoyatsiz darajada san'atkorlik va mahorat va ihtimomkorlik ichida koʻrinyapti. Mana, yer yuzidagi daraxt va nabotot jihozotining sandiqchalari va dasturlari va tarixcha-i hayotlarining qutichalari hukmida boʻlgan butun urugʻlarga, danaklarga diqqat bilan qara. Ham ixtilof va har xillikni iqtizo etgan uzoqlik va budi mutlaq ham ittifoqi mutlaq ichida koʻrinyapti. Mana, butun aqtori zaminda ekilgan har navi urugʻlarga qara. Ham aralashish va bulgʻanishni iqtizo etgan kamoli ixtilot, aksincha kamoli imtiyoz va tafriq ichida koʻrinyapti. Mana, butun yer ostiga aralash otilgan va modda e'tibori bilan bir-biriga oʻxshagan urugʻlarning unib chiqish vaqtida kamoli imtiyozlari va daraxtlarga kirgan muxtalif moddalarning yaproq, gul va mevalarga kamoli imtiyoz bilan tafriqlari va me'daga kirgan aralash gʻidolarning muxtalif a'zo va hujayrotga koʻra kamoli imtiyoz bilan ayrilishlariga boq, kamoli hikmat ichida kamoli qudratni koʻr. Ham ahamiyatsizlikni, qiymatsizlikni iqtizo etgan gʻoyat darajada mabzuliyat va nihoyat darajada arzonlik ham, yer yuzida masnu'ot jihatidan, san'at jihatidan nihoyat darajada qiymatli va qimmat bir holatda koʻrinyapti. Mana, u hadsiz ajoyibi san'at ichida yer yuzining Rahmoniy dasturxonida yolgʻiz qudratning shirinliklari boʻlgan tutlarning navlariga qara! Kamoli rahmatni kamoli san'at ichida koʻr. Mana, butun roʻyi zaminda gʻoyat qimmatlilik bilan barobar hadsiz arzonlik; va hadsiz arzonlik ichida hadsiz ixtilot va chalkashlik bilan barobar hadsiz imtiyoz va tafriq; va hadsiz imtiyoz va tafriq ichida gʻoyat uzoqlik bilan barobar nihoyat darajada muvofaqat va oʻxshashlik; va nihoyat darajada oʻxshashlik ichida gʻoyat darajada suhulat va osonlik bilan barobar gʻoyat darajada ihtimomkorona yaratilish; va gʻoyat darajada goʻzal yaratilish ichida mutlaq jadallik va tezlik bilan barobar gʻoyat darajada mavzun va mezonli va isrofsizlik; va gʻoyat darajada isrofsizlik ichida nihoyat daraja koʻplik va kasrat bilan barobar nihoyat darajada husni san'at; va nihoyat daraja husni san'at ichida nihoyat darajada saxovat bilan barobar intizomi mutlaq.. albatta kunduz ziyoni, nur quyoshni koʻrsatgani kabi, bir Qodiri Zuljalolning, bir Hakimi Zulkamolning, bir Rahimi Zuljamolning vujubi vujudiga va kamoli qudratiga va jamoli rububiyatiga va vahdoniyatiga va ahadiyatiga shahodat qiladilar.
ning sirrini koʻrsatadilar.
Endi ey bechora johil, gʻofil, muannid, muattil! Bu haqiqati uzmoni nima bilan tafsir qila olasan? Bu nihoyat darajada moʻ'jiza va horiqo holatni nima bilan izoh qila olasan! Bu hadsiz darajada ajib shu san'atlarni nimaga isnod eta olasan? Bu yer yuzi darajasida keng shu derazaga qaysi parda-i gʻaflatni tashlab berkita olasan? Sening tasodifing qayoqda, tabiat deganing va ishonganing shuursiz yoʻldoshing va zalolatda istinodgohing va oʻrtogʻing qayoqda? Bu ishlarga tasodifning aralasha olishi yuz daraja mahol emasmi? Va shu horiqo ishlarning mingdan birining tabiatga havolasi ming daraja mahol boʻlmaydimi?
Boʻlmasa jomid, ojiz tabiatning har bir narsaning ichida oʻsha narsadan yasalgan ashyo adadicha ma'naviy uskuna va matbaalari bormi?..
SAKKIZINCHI HUJJATI IYMONIYA
Bu Sakkizinchi Hujjati Iymoniya vujubi vujudga va vahdoniyatga dalolat qilgani kabi, ham daloili qat'iya bilan rububiyatning qamroviga va qudratining azamatiga dalolat qiladi. Ham hokimiyatining qamroviga va rahmatining qurshoviga ham dalolat va isbot qiladi. Ham koinotning butun ajzosiga hikmatining qamrovini va ilmining qurshovini isbot qiladi.
Bu Sakkizinchi Hujjati Iymoniyaning har bir muqaddimasining sakkiz natijasi bor. Sakkiz muqaddimalarning har birida sakkiz natijani dalillari bilan isbot qiladiki, bu jihatdan bu Sakkizinchi Hujjati Iymoniyada yuksak maziyatlar bordir.
Ya Ilohi va ya Robbi!
Men iymonning koʻzi bilan va Qur'onning ta'limi bilan va nuri bilan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning darsi bilan va Ismi Hakimning koʻrsatishi bilan koʻryapmanki: Samovotda hech bir davaron va harakat yoʻqdirki, bunday intizomi bilan sening mavjudiyatingga ishorat va dalolat qilmasin.
Va hech bir ajromi samoviya yoʻqdirki, sukuti bilan shovqinsiz vazifa bajarib tayanchsiz turishlari bilan sening rububiyatingga va vahdatingga shahodati va ishorati boʻlmasin.
Va hech bir yulduz yoʻqdirki, mavzun xilqati bilan, muntazam vaziyati bilan va nuroniy tabassumi bilan va butun yulduzlarga mumosalat va mushobahat sikkasi bilan sening hashmati uluhiyatingga va vahdoniyatingga ishorat va shahodatda boʻlmasin.
Va oʻn ikki sayyoradan hech bir sayyora yulduz yoʻqdirki, hikmatli harakati bilan va itoatli musahhariyati bilan va intizomli vazifasi bilan va ahamiyatli yoʻldoshlari bilan sening vujubi vujudingga shahodat va saltanati uluhiyatingga ishorat qilmasin!..
Ha, koʻklar sakanalari bilan, har biri bir oʻzi shahodat qilganlari kabi, hay'ati majmuasi bilan daraja-i badohatda, -ey zamin va koʻklarni yaratgan yaratuvchi!- sening vujubi vujudingga shunday zohir shahodat.. -va ey zarrotni muntazam tashkilu tarkibi bilan tadbirini qilgan va idora qilgan va bu sayyora yulduzlarni manzum yoʻldoshlari bilan aylantirgan, amriga itoat qildirgan!- sening vahdatingga va birligingga shunday quvvatli shahodat qiladilarki, koʻkning yuzida boʻlgan yulduzlar sanogʻicha nuroniy burhonlar va porloq dalillar u shahodatni tasdiq qiladilar. Ham bu sof, toza, goʻzal koʻklar favquloda ulkan va favquloda tez ajromi bilan muntazam bir qoʻshin va elektr chiroqlari bilan bezalgan bir saltanat floti vaziyatini koʻrsatish jihati bilan, sening rububiyatingning hashmatiga va hamma narsani ijod qilgan qudratingning azamatiga zohir dalolat.. va hadsiz samovotni qamragan hokimiyatingning va har bir zihayotni quchogʻiga olgan rahmatingning hadsiz kengliklariga quvvatli ishorat.. va butun maxluqoti samoviyaning butun ishlariga va holatlariga taalluq etgan va hovuchiga olgan, tanzim etgan ilmingning hamma narsani qamroviga va hikmatingning har ishni qurshoviga shubhasiz shahodat qiladilar. Va u shahodat va dalolat shu qadar zohirdirki, goʻyo yulduzlar shohid boʻlgan koʻklarning shahodat kalimalari va tajassum etgan nuroniy dalillaridirlar.
Ham samovot maydonida, dengizida, fazosidagi yulduzlar esa mute askarlar, muntazam safinalar, horiqo tayyoralar, ajoyib chiroqlar kabi vaziyati bilan, sening saltanati uluhiyatingning dabdabasini koʻrsatadilar. Va u qoʻshinning afrodidan bir yulduz boʻlgan quyoshimizning sayyoralarida va zaminimizdagi vazifalarining dalolat va ixtori bilan, quyoshning boshqa oʻrtoqlari boʻlgan yulduzlarning bir qismi oxirat olamlariga qaraydilar va vazifasiz emaslar. Balki boqiy boʻlgan olamlarning quyoshlaridirlar.
Ey Vojib-ul Vujud! Ey Vohidi Ahad!
Bu horiqo yulduzlar, bu ajib quyoshlar, oylar sening mulkingda, sening samovotingda, sening amring bilan va quvvating va qudrating bilan va sening idora va tadbiring bilan tasxir va tanzim va tavzif etilgandirlar. Butun u ajromi ulviya oʻzlarini yaratgan va aylantirgan va idora qilgan birgina Xoliqqa tasbeh aytadilar, takbir aytadilar, lisoni hol bilan "Subhanalloh, Allohu Akbar" deydilar.
Men ham ularning butun tasbehoti bilan seni taqdis etaman.
Ey shiddati zuhuridan yashiringan va ey azamati kibriyosidan ixtifo etgan Qodiri Zuljalol! Ey Qodiri Mutlaq!
Qur'oni Hakimingning darsi bilan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ta'limi bilan angladim: Qandayki koʻklar, yulduzlar, sening mavjudiyatingga va vahdatingga shahodat qiladilar. Shuning kabi; osmon bulutlari bilan va chaqmoqlari va momqaldiroqlari va shamollari bilan va yomgʻirlari bilan sening vujubi vujudingga va vahdatingga shahodat qiladilar.
Ha, jomid, shuursiz bulut obi hayot boʻlgan yomgʻirni muhtoj boʻlgan zihayotlarning imdodiga yuborishi faqat sening rahmating va hikmating bilandir. Aralash tasodif aralasholmaydi.
Ham elektrning eng quvvatlisi boʻlgan va favoidi tanviriyasiga ishorat qilib undan istifodaga tashviq qilgan chaqmoq esa, sening fazodagi qudratingni goʻzal ravishda tanvir etadi.
Ham yomgʻirning kelishini xushxabar bergan va ulkan fazoni gapirtirgan va tasbehotining shovqini bilan koʻklarni larzaga solgan momoqaldiroqlar ham, lisoni qol bilan gapirib seni taqdis etib, Rububiyatingga shahodat qiladi.
Ham zihayotlarning yashashi uchun eng luzumli rizqni va istifoda jihatidan eng osoni va nafaslarni berish va nufuslarni rohatlantirish kabi koʻp vazifalar bilan tavzif etilgan shamollar ham osmonni goʻyo bir hikmatga binoan "lavhi mahv va isbot" va "yozadigan, ifoda qiladigan, keyin buzadigan taxta" suratiga oʻgirish bilan, sening faoliyati qudratingga ishorat va sening vujudingga shahodat qilgani kabi, sening marhamating bilan bulutlardan sogʻib zihayotlarga yuborilgan rahmat ham mavzun, muntazam qatralari kalimalari bilan sening vus'ati rahmatingga va keng shafqatingga shahodat qiladi.
Ey Mutasarrifi Fa'ol va ey Fayyozi Muta'ol!
Sening vujubi vujudingga shahodat qilgan bulut, chaqmoq, momaqaldiroq, shamol, yomgʻir alohida-alohida shahodat qilganlari kabi, hay'ati majmuasi bilan holat jihatidan bir-biridan uzoq, mohiyat jihatidan bir-biriga muxolif boʻlish bilan barobar, birlik, barobarlik, bir-birining ichiga kirish va bir-birining vazifasiga yordam berish haysiyati bilan, sening vahdatingga va birligingga gʻoyat quvvatli ishorat qiladilar.
Ham ulkan fazoni bir mahshari ajoyib qilgan va ba'zi kunlarda bir necha marta toʻldirib boʻshatgan rububiyatingning hashmatiga va u keng osmonni yozadigan almashtiradigan bir lavha kabi va siqadigan va u bilan zamin bogʻini suvlaydigan bir sunger kabi tasarruf qilgan qudratingning azamatiga va har bir narsani qurshaganiga shahodat qilganlari kabi; umum zaminga va butun maxluqotga osmon pardasi ostida qaragan va idora qilgan rahmatingning va hokimiyatingning hadsiz kengliklariga va hamma narsaga yetishishlariga dalolat qiladilar.
Ham fazodagi havo shu qadar hakimona vazifalarda istihdom va bulut va yomgʻir shu qadar olimona foydalarda iste'mol qilinadiki, hamma narsani qamragan bir ilm va hamma narsani qurshab olgan bir hikmat boʻlmasa, u iste'mol, u istihdom boʻlolmaydi.
Ey Fa'olun Lima Yurid!
Osmondagi faoliyating bilan har vaqt bir namuna-i hashr va qiyomat koʻrsatish, bir soatda yozni qishga va qishni yozga aylantirish, bir olamni keltirish, bir olamni gʻaybga yuborish kabi shuunotda boʻlgan qudrating dunyoni oxiratga aylantiradi va oxiratda shuunoti sarmadiyani koʻrsatadigan ishoratini beradi.
Ey Qodiri Zuljalol!
Osmondagi havo, bulut va yomgʻir, chaqmoq va momaqaldiroq sening mulkingda, sening amring va havling bilan, sening quvvat va qudrating bilan musahhar va vazifadordirlar. Mohiyat jihatidan bir-biridan uzoq boʻlgan bu fazo maxluqoti gʻoyat jadal va oniy amrlarga va tez va shoshilinch buyruqlarga itoat ettirgan amir va hokimlarini taqdis etib, rahmatini madhu sano etadilar.
Ey Arz va Samovotning Xoliqi Zuljaloli!
Sening Qur'oni Hakimingning ta'limi bilan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning darsi bilan iymon keltirdim va bildimki: Qandayki samovot yulduzlari bilan va osmon mushtamiloti bilan sening vujubi vujudingga va sening birligingga va vahdatingga shahodat qiladilar. Shuning kabi: Arz butun maxluqoti bilan va ahvoli bilan sening mavjudiyatingga va vahdatingga mavjudoti adadicha shahodatlar va ishoratlar qiladilar.
Ha, zaminda hech bir tahavvul va daraxt va hayvonlarida har yili kiyimini almashtirish kabi hech bir tabaddul -juz'iy boʻlsin, kulliy boʻlsin- yoʻqdirki; intizomi bilan, sening vujudingga va vahdatingga ishorat qilmasin. Ham hech bir hayvon yoʻqdirki, za'fiyat va ehtiyojining darajasiga koʻra berilgan rahimona rizqi bilan va yashashiga luzumi boʻlgan jihozotning hakimona berilishi bilan sening borligingga va birligingga shahodati boʻlmasin.
Ham har bahorda koʻz oʻngimizda ijod qilingan nabotot va hayvonotdan hech bir donasi yoʻqdirki, san'ati ajibasi bilan va latif ziynati bilan va tom tamayyuzi bilan va intizomi bilan va mavzuniyati bilan seni bildirmasin.
Va zamin yuzini toʻldirgan va nabotot va hayvonot deyilgan qudratingning horiqolari va moʻ'jizalari mahdud va moddalari bir va mutashabih boʻlgan tuxum va tuxumchalardan va qatralardan va don va donchalardan va urugʻlardan xatosiz, mukammal, bezalgan, alomati fariqali boʻlib yaratilishlari Sone'-i Hakimlarining vujudiga va vahdatiga va hikmatiga va hadsiz qudratiga shunday bir shahodatdirki, ziyoning quyoshga shahodatidan yanada quvvatli va porloqdir.
Ham havo, suv, nur, otash, tuproq kabi hech bir unsur yoʻqdirki, shuursizliklari bilan barobar, shuurkorona, mukammal vazifalarni qilishi bilan, oddiy va istilo qiluvchi, intizomsiz, har yerga tarqalish bilan barobar, gʻoyat muntazam va mutanavvi' mevalarni va hosillarni xazina-i gʻaybdan keltirishi bilan sening birligingga va borligingga shahodati boʻlmasin.
Ey Fotiri Qodir! Ey Fattohi Allam! Ey Faoli Xalloq!
Qandayki arz butun sakanasi bilan Xoliqining Vojib-ul Vujud ekaniga shahodat qiladi. Shuning kabi: Sening -ey Vohidi Ahad, ey Hannoni Mannon, ey Vahhobi Razzoq!- vahdatingga va ahadiyatingga yuzidagi sikkasi bilan va sakanasining yuzlaridagi sikkalari bilan va birlik va barobarlik va bir-biri ichiga kirish va bir-biriga yordam berish va ularga qaragan rububiyat ismlarining va fe'llarining bir boʻlish jihatidan, badohat darajasida sening vahdatingga va ahadiyatingga shahodat, balki mavjudot adadicha shahodatlar qiladi.
Ham qandayki zamin bir lashkargoh, bir mashhar, bir ta'limgoh vaziyati bilan.. va nabotot va hayvonot jamoatlarida boʻlgan toʻrt yuz ming muxtalif millatlarning boshqa-boshqa jihozotlari muntazaman berilishi bilan, sening rububiyatingning hashmatiga va qudratingning hamma narsaga yetishishiga dalolat qiladi. Shuning kabi: Hadsiz butun zihayotning boshqa-boshqa rizqlari oʻz vaqtida quruq va oddiy bir tuproqdan rahimona, karimona berilishi va u hadsiz afrodning kamoli musahhariyat bilan avomiri Rabboniyaga itoatlari rahmatingning hamma narsani qurshaganini va hokimiyatingning hamma narsani qamrashini koʻrsatadi.
Ham zaminda oʻzgarayotgan maxluqot karvonlarining yoʻllanishlari va idoralari, mavt va hayot munavabalari va hayvon va nabototning idora va tadbirlari ham hamma narsaga taalluq etgan bir ilm bilan va hamma narsada hukm qilgan nihoyatsiz bir hikmat bilan boʻla olishi, sening ihota-i ilmingga va hikmatingga dalolat qiladi.
Ham zaminda qisqa bir zamonda hadsiz vazifalar bajargan va hadsiz bir zamon yashaydigan kabi iste'dod va ma'naviy jihozot bilan tajhiz etilgan va zamin mavjudotiga tasarruf qilgan inson uchun bu ta'limgohi dunyoda va bu muvaqqat lashkargohi zaminda va bu muvaqqat mashharda bu qadar ahamiyat, bu hadsiz masraf, bu nihoyatsiz tajalliyoti rububiyat, bu hadsiz xitoboti Subhoniya va bu gʻoyatsiz ehsonoti Ilohiya, albatta va har holda bu qisqacha va huzunli umrga va bu chalkash gʻamgin hayotga, bu baloli va foniy dunyoga sigʻmaydi. Balki faqat boshqa va abadiy bir umr va boqiy bir dori saodat uchun, olami baqoda boʻlgan ehsonoti uxroviyaga ishorat, balki shahodat qiladi.
Ey Xoliqi Kulli Shay!
Zaminning butun maxluqoti sening mulkingda, sening arzingda, sening havl va quvvating bilan va sening qudrating va irodang bilan va ilming va hikmating bilan idora qilinyaptilar va musahhardirlar. Va zamin yuzida faoliyati mushohada etilgan bir rububiyat shunday qamrov va qurshovini koʻrsatadi va uning idorasi va tadbiri va tarbiyasi shunday mukammal va shunday hassosdir va har tarafdagi ijrooti shunday birlik va barobarlik va oʻxshashlik ichidadirki, tajazzi qabul qilmagan bir kull va inqisomi imkonsiz boʻlgan bir kulliy hukmida bir tasarruf, bir rububiyat boʻlganini bildiradi.
Ham zamin butun sakanasi bilan barobar, lisoni qoldan yanada zohir hadsiz lisonlar bilan Xoliqini taqdis va tasbeh va nihoyatsiz ne'matlarining lisoni hollari bilan Razzoqi Zuljalolining hamd va madhu sanosini qilishyapti.
Ey shiddati zuhuridan yashiringan va ey azamati kibriyosidan istitor etgan Zoti Aqdas!
Zaminning butun taqdisot va tasbehoti bilan seni qusurdan, ajzdan, sherikdan taqdis va butun tahmidot va sanolari bilan senga hamd va shukr qilaman.
Ey Robbul Barri Val Bahr!
Qur'onning darsi bilan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ta'limi bilan angladimki: Qandayki koʻklar va fazo va zamin sening birligingga va borligingga shahodat qiladilar. Shuning kabi: Dengizlar, daryolar va chashmalar va irmoqlar, sening vujubi vujudingga va vahdatingga badohat darajasida shahodat qiladilar.
Ha, bu dunyomizning manba-i ajoyib bugʻ qozonlari hukmida boʻlgan dengizlarda hech bir mavjud, hatto hech bir qatra suv yoʻqdirku; vujudi bilan, intizomi bilan, manfaati bilan va vaziyati bilan Xoliqini bildirmasin.
Va oddiy bir qumda va oddiy bir suvda rizqlari mukammal bir suratda berilgan gʻarib maxluqlardan va xilqatlari gʻoyat muntazam hayvonoti bahriyadan, xususan bir donasi bir million tuxumchalari bilan dengizlarni jonlantirgan baliqlardan hech birisi yoʻqdirki, xilqati bilan va vazifasi bilan va idora va ioshasi bilan va tadbir va tarbiyasi bilan yaratganiga ishorat va Razzoqiga shahodat qilmasin.
Ham dengizda qiymatli, xosiyatli, ziynatli javohirlardan hech birisi yoʻqdirki, goʻzal xilqati bilan va jozibador fitrati bilan va manfaatli xosiyati bilan seni tanimasin, bildirmasin.
Ha, ular alohida-alohida shahodat qilganlari kabi; hay'ati majmuasi bilan, barobarlik va bir-biri ichida aralashish va sikka-i xilqatda birlik va ijod jihatidan gʻoyat oson va afrod jihatidan gʻoyat koʻplik nuqtalaridan, sening vahdatingga shahodat qilganlari kabi; arzni, tuprogʻi bilan barobar bu kura-i arzni qamragan keng dengizlarini muallaqda tutib turish va toʻkmasdan va tarqatib yubormasdan quyoshning atrofida kezdirish va tuproqni istilo ettirmaslik va oddiy qumidan va suvidan mutanavvi' va muntazam hayvonotini va javohirlarini yaratish va arzoq va boshqa umurlarini kulliy va toʻliq bir suratda idora qilish va tadbirlarini qilish va yuzida boʻlishi lozim boʻlgan hadsiz janozalaridan hech biri boʻlmaslik nuqtalaridan, sening borligingga va Vojib-ul Vujud boʻlganigga mavjudoti adadicha ishoratlar qilib shahodat qiladi.
Va sening saltanati rububiyatingning hashmatiga va hamma narsani oʻz ichiga olgan qudratingning azamatiga juda zohir dalolat qilganlari kabi, koʻklarning ustidagi gʻoyat buyuk va muntazam yulduzladan to dengizlarning tubida boʻlgan gʻoyat kichkina va intizom bilan iosha etilgan baliqlarga qadar hamma narsaga yetishgan va hukm qilgan rahmatingning va hokimiyatingning hadsiz kengliklariga dalolat.. va intizomoti bilan va foydalari bilan va hikmatlari bilan va mezon va mavzuniyatlari bilan sening hamma narsani oʻz ichiga olgan ilmingga va hamma narsani qurshagan hikmatingga ishorat qiladilar.
Va sening bu musofirxona-i dunyoda yoʻlovchilar uchun bunday rahmat hovuzlarining boʻlishi va insonning sayru-sayohatiga va kemasiga va istifodasiga musahhar boʻlishi ishorat qiladiki; yoʻlda qurilgan bir karvonsaroyda bir kechalik musofirlariga bu qadar dengiz hadyalari bilan ikrom etgan zot, albatta maqarri saltanati abadiyasida shunday abadiy rahmat dengizlari hozirlaganki, bular ularning foniy va kichik namunalaridirlar.
Mana, dengizlarning bunday gʻoyat horiqo bir tarzda arzning atrofida vaziyati ajibasi bilan boʻlishi va dengizlarning maxluqoti ham, gʻoyat muntazam idora va tarbiya qilinishi bilbedaho koʻrsatadiki; yolgʻiz sening quvvating va qudrating bilan va sening iroda va tadbiring bilan, sening mulkingda, sening amringga musahhardirlar. Va lisoni hollari bilan Xoliqini taqdis etib "Allohu Akbar" deydilar.
Ey togʻlarni zamin safinasiga xazinali tirgaklar qilgan Qodiri Zuljalol!
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimingning darsi bilan angladimki, qandayki dengizlar ajoyiblari bilan seni taniydilar va tanittiradilar. Shuning kabi: Togʻlar ham, zilzila ta'sirotidan zaminning sukunatiga va ichidagi dohiliy inqilobot boʻronlaridan sukutiga va dengizlarning istilosidan qutulishiga va havoning gʻazoti muzirradan tasfiyasiga va suvning muhofaza va iddixorlariga va zihayotlarga lozim boʻlgan ma'danlarning xazinadorligiga qilgan xizmatlari bilan va hikmatlari bilan seni taniydilar va tanittiradilar.
Ha, togʻlardagi toshlarning anvo'idan va muxtalif xastaliklarga dori boʻlgan moddalarning aqsomidan va zihayotga, xususan insonlarga juda lozim va juda mutanavvi' boʻlgan ma'daniyotning ajnosidan va togʻlarni, sahrolarni gullari bilan bezatgan va mevalari bilan jonlantirgan nabototning asnofidan hech biri yoʻqdirki; tasodifga havolasi mumkin boʻlmagan hikmatlari bilan, intizomi bilan, husni xilqati bilan, foydalari bilan.. xususan ma'daniyotning tuz, limon kislotasi, sulfat tuzi va achchiq tosh kabi koʻrinishdan bir-biriga oʻxshashlik bilan barobar ta'mlarining shiddati muxolafati bilan.. va ayniqsa nabototning oddiy bir tuproqdan turli-tuman anvo'lari bilan, boshqa-boshqa gul va mevalari bilan nihoyatsiz Qodir, nihoyatsiz Hakim, nihoyatsiz Rahim va Karim bir Sone'ning vujubi vujudiga badohat bilan shahodat qilganlari kabi; hay'ati majmuasidagi vahdati idora va vahdati tadbir va mansha' va maskan va xilqat va san'at jihatidan barobarlik va birlik va arzonlik va osonlik va koʻplik va qilinishda tezlik nuqtalaridan, Sone'ning vahdatiga va ahadiyatiga shahodat qiladilar.
Ham qandayki togʻlarning yuzidagi va qornidagi masnu'lar zaminning har tarafida, har bir nav ayni zamonda, ayni tarzda, xatosiz, gʻoyat mukammal va tez qilinishlari va bir ish bir ishga mone boʻlmasdan, boshqa navlar bilan barobar aralash ekan, aralashtirmasdan ijodlari; sening rububiyatingning hashmatiga va hech bir narsa unga ogʻir kelmagan qudratingning azamatiga dalolat qiladi.
Shuning kabi: Zaminning yuzidagi butun zihayot maxluqlarning hadsiz hojatlarini, hatto mutanavvi' xastaliklarini, hatto muxtalif zavqlarini va boshqa-boshqa ishtahalarini qoniqtiradigan bir suratda, togʻlarning yuzlarini va ichlarini muntazam ashjar va nabotot va ma'daniyot bilan toʻldirish va muhtojlarga tasxir etish jihati bilan, sening rahmatingning hadsiz kengligiga va hokimiyatingning nihoyatsiz vus'atiga dalolat.. va tuproq tabaqoti ichida, yashirin va qorongʻi va aralash boʻlgani holda; bilib turib, koʻrib turib, adashmasdan, intizom bilan, hojatlarga koʻra ihzor etilishlari bilan, sening hamma narsaga taalluq etgan ilmingning qamroviga va har bir narsani tanzim etgan hikmatingning butun ashyoni qurshoviga va dorilarning ihzoroti va ma'daniy moddalarning iddixoroti bilan rububiyatingning rahimona va karimona boʻlgan tadobirining mahosiniga va inoyatingning ehtiyotli latoifiga juda zohir bir suratda ishorat va dalolat qiladilar.
Ham bu dunyo karvonsaroyida musofir yoʻlovchilar uchun ulkan togʻlarni lavozimotlariga va istiqboldagi ehtiyojlariga muntazam ehtiyot deposi va jihozot ombori va hayotga luzumi boʻlgan koʻp dafinalarning mukammal mahzani boʻlish jihatidan ishorat, balki dalolat, balki shahodat qiladiki; bu qadar karim va musofirparvar va bu qadar hakim va shafqatparvar va bu qadar qodir va rububiyatparvar bir Sone'ning, albatta va har holda, juda sevgan u musofirlari uchun, abadiy bir olamda, abadiy ehsonotining abadiy xazinalari bordir. Bu yerdagi togʻlarga badal u yerda yulduzlar u vazifani bajaradilar.
Ey Qodiri Kulli Shay!
Togʻlar va ichidagi maxluqlar sening mulkingda va sening quvvat va qudrating bilan va ilm va hikmating bilan musahhar va mudaxxardirlar. Ularni bu tarzda tavzif va tasxir etgan Xoliqini taqdis va tasbeh etadilar.
Ey Xoliqi Rahmon va ey Robbi Rahim!
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimingning darsi bilan angladim: Qandayki samo va fazo va arz va dengiz va togʻ mushtamilot va maxluqlari bilan barobar seni taniydilar va tanittiradilar. Shuning kabi: Zamindagi butun daraxt va nabotot yaproqlari va gullari va mevalari bilan seni badohat darajasida tanittiradilar va taniydilar.
Va umum ashjarning va nabototning jazbadorona harakati zikriyada boʻlgan yaproqlaridan va ziynatlari bilan Sone'ining ismlarini tavsif va ta'rif etgan gullaridan va latofat va jilva-i marhamatidan tabassum etgan mevalaridan har birisi, tasodifga havolasi hech bir jihati imkoni boʻlmagan horiqo san'at ichidagi nizom va nizom ichidagi mezon va mezon ichidagi ziynat va ziynat ichidagi naqshlar va naqshlar ichidagi goʻzal va boshqa-boshqa hidlar va hidlar ichidagi mevalarning muxtalif ta'mlari bilan nihoyatsiz Rahim va Karim bir Sone'ning vujubi vujudiga badohat darajasida shahodat qilganlari kabi, hay'ati majmuasi bilan, butun zamin yuzida birlik va barobarlik, bir-biriga oʻxshashlik va sikka-i xilqatda mushobahat va tadbir va idorada munosabat va ularga taalluq etgan ijod fe'llari va Rabboniy ismlarda muvofaqat va u yuz ming anvo'ning hadsiz afrodlarini bir-biri ichida adashmasdan birdan idoralari kabi nuqtalar u Vojib-ul Vujud Sone'ning bilbedaho vahdatiga va ahadiyatiga ham shahodat qiladilar.
Ham qandayki ular sening vujubi vujudingga va vahdatingga shahodat qiladilar. Shuning kabi; roʻyi zaminda toʻrt yuz ming millatlardan hosil boʻlgan zihayot qoʻshinidagi hadsiz afrodning yuz minglab tarzda iosha va idoralari; adashmasdan, chalkashtirmasdan mukammal bajarilishi bilan, sening rububiyatingning vahdoniyatdagi hashmatiga va bir bahorni bir gul qadar oson ijod qilgan qudratingning azamatiga va hamma narsaga taalluqiga dalolat qilganlari kabi, ulkan zaminning har tarafida, hadsiz hayvonotiga va insonlarga, hadsiz taomlarning turli-tuman aqsomini ihzor etgan rahmatingning hadsiz kengligiga.. va u hadsiz ishlar va in'omlar va idoralar va ioshalar va ijrootlar kamoli intizom bilan jarayonlari va hamma narsa, hatto zarralar u amrlarga va ijrootga itoat va musahhariyatlari bilan, hokimiyatingning hadsiz vus'atiga qat'iy dalolat qilish bilan barobar u daraxtlarning va nabotlarning va har bir yaproq va gul va meva va ildiz va shox va butoq kabi har birining har bir narsasini, har bir ishini bilib turib, koʻrib turib, foydalarga, manfaatlarga, hikmatlarga koʻra qilinish bilan, sening ilmingning hamma narsani qamraganiga va hikmatingning hamma narsani qurshaganiga juda zohir bir suratda dalolat va hadsiz barmoqlari bilan ishorat qiladilar. Va sening gʻoyat kamoldagi jamoli san'atingga va nihoyat jamoldagi kamoli ne'matingga hadsiz tillari bilan sano va madh etadilar.
Ham bu muvaqqat karvonsaroyda va foniy musofirxonada va qisqa bir zamonda va oz bir umrda, ashjar va nabototning qoʻllari bilan, bu qadar qiymatli ehsonlar va ne'matlar va bu qadar favquloda masraflar va ikromlar ishorat, balki shahodat qiladiki:
Musofirlariga bu yerda bunday marhamatlar qilgan qudratli, karamkor Zoti Rahim, butun qilgan masrafi va ehsoni, oʻzini sevdirish va tanittirish natijasining aksi bilan, ya'ni butun maxluqot tarafidan "Bizga tottirdi, faqat yedirmasdan bizni i'dom etdi" demaslik va dedirmaslik va saltanati uluhiyatini isqot etmaslik va nihoyatsiz rahmatini inkor qilmaslik va qildirmaslik va butun mushtoq doʻstlarini mahrumiyat jihatidan dushmanlarga oʻgirmaslik nuqtalaridan, albatta va har holda abadiy bir olamda, abadiy bir mamlakatda, abadiy qoldiradigan abdlariga, abadiy rahmat xazinalaridan, abadiy Jannatlarida, abadiy va Jannatga loyiq bir suratda mevador ashjar va gulli nabotlar ihzor etgandir. Bu yerdagilar esa, mushtariylarga koʻrsatish uchun namunalardir.
Ham daraxtlar va nabotlar, umuman yaproq va gul va mevalarining kalimalari bilan seni taqdis va tasbeh va tahmid etganlari kabi, u kalimalardan har biri ham alohida seni taqdis etadi. Xususan mevalarning badi' bir suratda, etlari juda muxtalif, san'atlari juda ajib, urugʻlari juda horiqo tarzda qilinib u ovqat patnislarini daraxtlarning qoʻllariga berib va nabotlarning boshlariga qoʻyib zihayot musofirlariga yuborish jihatidan, lisoni hol boʻlgan tasbehotlari zuhur jihatidan lisoni qol darajasiga chiqadi. Butun ular sening mulkingda, sening quvvat va qudrating bilan, sening iroda va ehsonoting bilan, sening rahmat va hikmating bilan musahhardirlar va sening har bir amringga mutedirlar.
Ey shiddati zuhuridan yashiringan va ey kibriyo-i azamatidan tasattur etgan Sone'-i Hakim va Xoliqi Rahim!
Butun ashjar va nabototning, butun yaproq va gul va mevalarning tillari bilan va adadi bilan seni qusurdan, ajzdan, sherikdan taqdis etib hamdu sano etaman.
Ey Fotiri Qodir! Ey Mudabbiri Hakim! Ey Murabbi-i Rahim!
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladim va iymon keltirdimki; qandayki nabotot va ashjar seni taniydilar, sening sifoti qudsiyangni va asmo-i husnangni bildiradilar. Shuning kabi: Zihayotlardan ruhli qismi boʻlgan inson va hayvonotdan hech biri yoʻqdirki; jismida gʻoyat muntazam soatlar kabi ishlagan va ishlattirilgan dohiliy va xorijiy a'zolari bilan va badanida gʻoyat nozik bir nizom va gʻoyat hassos bir mezon va gʻoyat muhim foydalar bilan joylashtirilgan jihozlar va tuygʻulari bilan va jasadida gʻoyat san'atli bir yasalish va gʻoyat hikmatli bir tafrish va gʻoyat diqqatli bir muvozana ichida qoʻyilgan jihozoti badaniyasi bilan sening vujubi vujudingga va sifatlaringning tahaqquqiga shahodat qilmasin.
Chunki bu qadar basirona nozik san'at va shuurkorona latif hikmat va mudabbirona batamom muvozanaga, albatta koʻr quvvat va shuursiz tabiat va bebosh tasodif aralasholmaslar va ularning ishi boʻlolmas va mumkin emas. Va oʻzidan oʻzi shakllanib qolishi esa, yuz daraja mahol ichida maholdir. Chunki u holda har bir zarrasi har bir narsasini va jasadining shakllanishini, balki dunyoda aloqador boʻlgan hamma narsasini biladigan, koʻradigan, yarata oladigan goʻyo iloh kabi keng bir ilm va qudrati boʻladi. Soʻng tashkili jasad unga havola qilinadi va oʻzidan oʻzi boʻladi deb boʻladi.
Va hay'ati majmuasidagi vahdati tadbir va vahdati idora va vahdati nav'iya va vahdati jinsiya va umumning yuzlarida koʻz, quloq, ogʻiz kabi nuqtalarda ittifoq jihatidan mushohada etilgan sikka-i fitratda birlik va har bir navning afrodi siymolarida koʻrilgan sikka-i hikmatda ittihod va ioshada va ijodda barobarlik va bir-birining ichida boʻlish kabi holatlaridan hech biri yoʻqdirki, sening vahdatingga qat'iy shahodatda boʻlmasin! Va har bir fardida, koinotga qaragan butun ismlarning jilvalari boʻlish bilan, vohidiyat ichida sening ahadiyatingga ishorati boʻlmasin.
Ham qandayki inson bilan barobar hayvonotning butun zamin yuzida yoyilgan yuz ming anvo'i, muntazam bir qoʻshin kabi tajhiz va ta'limot va itoat va musahhariyat bilan va eng kichikdan to eng kattaga qadar, rububiyatning amrlari intizom bilan jarayonlari bilan u rububiyatning daraja-i hashmatiga va gʻoyat koʻplik bilan barobar gʻoyat qiymatli va gʻoyat mukammal boʻlish bilan birga gʻoyat tez yasalishlari va gʻoyat san'atli boʻlish bilan barobar gʻoyat oson yasalishlari bilan qudratingning daraja-i azamatiga dalolat qilganlari kabi; sharqdan gʻarbga, shimoldan janubga qadar yoyilgan mikrobdan to karkidonga qadar, eng kichkina chivindan to eng katta qushga qadar ularning butun rizqlarini yetishtirgan rahmatingning hadsiz vus'atiga va har biri amrbar askar kabi vazifa-i fitriyasini qilishi va zamin yuzi har bahorda, kuz mavsumida tarhis etilganlar oʻrnida qaytadan taxti silohga olingan bir lashkarga lashkargoh boʻlish jihati bilan, hokimiyatingning nihoyatsiz kengligiga qat'iy dalolat qiladilar.
Ham qandayki hayvonotdan har birisi koinotning bir kichik nusxasi va bir misoli musagʻgʻari hukmida gʻoyat chuqur bir ilm va gʻoyat daqiq bir hikmat bilan, aralash ajzolarni aralashtirmasdan va butun hayvonlarning boshqa-boshqa suratlarini adashmasdan, xatosiz, sahvsiz, nuqsonsiz yaratilishlari bilan ilmingning hamma narsani qamraganiga va hikmatingning hamma narsani qurshaganiga adadlaricha ishoratlar qiladilar.
Shuning kabi: Har biri bittadan moʻ'jiza-i san'at va bittadan horiqo-i hikmat boʻlishi qadar san'atli va goʻzal yaratilishi bilan, juda ham sevganing va tashhirini istaganing san'ati Rabboniyaning kamoli husniga va gʻoyat darajada goʻzalligiga ishorat va har biri, xususan bolalar gʻoyat nozdor, nozanin bir suratda oziqlanishlari bilan va havaslarining va orzularining qondirilishi jihati bilan, sening inoyatingning gʻoyat shirin jamoliga hadsiz ishoratlar qiladilar.
Ey Rahmonirrahim! Ey Sodiq-ul Va'd-il Amin! Ey Maliki Yavmiddin!
Sening Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamingning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimingning irshodi bilan angladimki: Modomiki koinotning eng muntahob natijasi hayotdir.. va hayotning eng muntahob xulosasi ruhdir.. va ziruhning eng muntahob qismi zishuurdir.. va zishuurning eng mukammali insondir.. va butun koinot esa, hayotga musahhardir va u uchun ishlayapti.. va zihayotlar ziruhlarga musahhardir, ular uchun dunyoga yuborilyaptilar.. va ziruhlar insonlarga musahhardir, ularga yordam qilyaptilar.. va insonlar fitratan Xoliqini juda jiddiy sevadilar va Xoliqlari ularni ham sevadi, ham oʻzini ularga har vasila bilan sevdiradi.. va insonning iste'dodi va jihozoti ma'naviyasi boshqa bir boqiy olamga va abadiy bir hayotga qaraydi.. va insonning qalbi va shuuri butun quvvati bilan baqo istaydi.. va lisoni hadsiz duolari bilan baqo uchun Xoliqiga yolvoradi.
Albatta va har holda, u juda ham sevgan va sevilgan va mahbub va muhib boʻlgan insonlarni tirilmaydigan qilib oʻldirish bilan, abadiy bir muhabbat uchun yaratilgan ekan, abadiy bir adovat bilan ranjida etmaydi va mumkin emas. Balki boshqa bir abadiy olamda mas'udona yashashi hikmati bilan, bu dunyoda harakat qilish va uni qozonish uchun yuborilgandir. Va insonda tajalliy etgan ismlarning, bu foniy va qisqa hayotdagi jilvalari bilan olami baqoda ularning oynasi boʻlgan insonlarning abadiy jilvalariga mazhar boʻlishlariga ishorat qiladilar.
Ha, abadiyning sodiq doʻsti abadiy boʻladi. Va Boqiyning oyna-i zishuuri boqiy boʻlishi lozim boʻladi.
Hayvonlarning ruhlari boqiy qolishini va Hudhudi Sulaymoniy (A.S.) va Namli va Naqa-i Solih (A.S.) va Kalbi Asxobi Kahf kabi ba'zi afrodi maxsusa ham ruhi, ham jasadi bilan boqiy olamga ketishi va har bir navning ora-sira iste'mol uchun bitta jasadi boʻlishi rivoyoti sahihadan tushunilish bilan barobar; hikmat va haqiqat, ham rahmat va rububiyat shunday iqtizo etadilar.
Ey Qodiri Qayyum!
Butun zihayot, ziruh, zishuur sening mulkingda, yolgʻiz sening quvvat va qudrating bilan va faqat sening iroda va tadbiring bilan va rahmat va hikmating bilan rububiyatingning amrlariga tasxir va fitriy vazifalar bilan tavzif etilganlar. Va bir qismi insonning quvvati va gʻalabasi uchun emas, balki fitratan insonning zaifligi va ojizligi uchun rahmat tarafidan unga musahhar boʻlganlar. Va lisoni hol va lisoni qol bilan Sone'larini va Ma'budlarini qusurdan, sherikdan taqdis va ne'matlariga shukr va hamd etib, har biri ibodati maxsusasini qilyaptilar.
Ey shiddati zuhuridan yashiringan va ey azamati kibriyosidan pardalangan Zoti Aqdas!
Butun ziruhlarning tasbehoti bilan seni taqdis etishni niyat qilib
deyman.
Yo Robbul Olamin! Yo Ilohal Avvalina Val Oxirin! Yo Robbas Samavati Val Arozin!
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladim va iymon keltirdimki: Qandayki samo, fazo, arz, barr va bahr, shajar, nabot, hayvon; afrodi bilan, ajzosi bilan, zarroti bilan seni biladilar, taniydilar va borligingga va birligingga shahodat va dalolat va ishorat qiladilar. Shuning kabi: Koinotning xulosasi boʻlgan zihayot va zihayotning xulosasi boʻlgan inson va insonning xulosasi boʻlgan anbiyo, avliyo, asfiyoning xulosasi boʻlgan qalblarining va aqllarining mushahadot va kashfiyot va ilhomot va istixrojot bilan, yuzlab ijmo' va yuzlab tavotur quvvatida bir qat'iyat bilan sening vujubi vujudingga va sening vahdoniyat va ahadiyatingga shahodat qilib, ixbor etadilar. Moʻ'jizot va karomot va yaqiyniy burhonlari bilan xabarlarini isbot qiladilar.
Ha, qalblarda parda-i gʻaybda ixtor etuvchi bir zotga qaragan hech bir xotiroti gʻaybiya; va ilhom etuvchi bir zotga qaratgan hech bir ilhomoti sodiqa; va haqqalyaqiyn suratida sifoti qudsiya va asmo-i husnani kashf etgan hech bir e'tiqodi yaqiyna; va anbiyo va avliyoda bir Vojib-ul Vujudning anvorini aynalyaqiyn bilan mushohada etgan hech bir nuroniy qalb; va asfiyo va siddiqiynda, bir Xoliqi Kulli Shayning oyoti vujubini va barohini vahdatini ilmalyaqiyn bilan tasdiq qilgan, isbot qilgan hech bir munavvar aql yoʻqdirki, sening vujubi vujudingga va sifoti qudsiyangga va sening vahdatingga va ahadiyatingga va asmo-i husnangga shahodat qilmasin, dalolati boʻlmasin va ishorati boʻlmasin.
Va xususan butun anbiyo va avliyo va asfiyo va siddiqiynning imomi va raisi va xulosasi boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ixborini tasdiq qilgan hech bir moʻ'jizoti bahirasi va haqqoniyatini koʻrsatgan hech bir haqiqati oliyasi va butun muqaddas va haqiqatli kitoblarning xulosat-ul xulosasi boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning hech bir oyati tavhidiya-i qat'iyasi va masoili iymoniyadan hech bir masala-i qudsiyasi yoʻqdirki, sening vujubi vujudingga va qudsiy sifatlaringga va sening vahdatingga va ahadiyatingga va asmo va sifotingga shahodat qilmasin va dalolati boʻlmasin va ishorati topilmasin!..
Ham qandayki butun u yuz minglab muxbiri sodiqlar, moʻ'jizotlariga va karomotlariga va hujjatlariga istinod etib, sening borligingga va birligingga shahodat qiladilar. Shuning kabi: Hamma narsani oʻz ichiga olgan Arshi A'zamning kulliyati umurini idoradan, to qalbning gʻoyat yashirin va juz'iy xotirotini va orzularini va duolarini bilish va eshtish va idora qilishga qadar jarayon etgan rububiyatingning daraja-i hashmatini.. va koʻzimiz oʻngida hadsiz muxtalif ashyoni birdan ijod qilgan hech bir fe'l bir fe'lga, bir ish bir ishga mone boʻlmasdan, eng katta bir narsani eng kichik bir chivin kabi oson qilgan qudratingning daraja-i azamatini ijmo' bilan, ittifoq bilan e'lon va ixbor va isbot qiladilar.
Ham qandayki bu koinotni ziruhga, xususan insonga mukammal bir saroy hukmiga keltirgan va jannatni va saodati abadiyani jin va insga ihzor etgan va eng kichik bir zihayotni unutmagan va eng ojiz bir qalbning qondirilishiga va taltifiga harakat qilgan rahmatingning hadsiz kengligini.. va zarrotdan to sayyorotga qadar butun anvo'i maxluqotni amrlariga itoat ettirgan va tasxir va tavzif etgan hokimiyatingning nihoyatsiz vus'atini xabar berib, moʻ'jizot va hujjatlari bilan isbot qiladilar. Shuning kabi: Koinotni ajzolari adadicha risolalar ichida boʻlgan bir kitobi kabir hukmiga keltirgan va Lavhi Mahfuzning daftarlari boʻlgan Imomi Mubin va Kitobi Mubinda butun mavjudotning butun sarguzashtlarini qayd qilib yozgan va umum urugʻlarda umum daraxtlarning mundarijalarini va dasturlarini va zishuurning boshlarida butun quvva-i hofizalarda sohiblarining tarixcha-i hayotlarini xatosiz, muntazaman yozdirgan ilmingning hamma narsani qamrashiga; va har bir mavjudga juda koʻp hikmatlarni taqqan, hatto har bir daraxtda mevalari sanogʻicha natijalarni berdirgan; va har bir zihayotda a'zolari, balki ajzolari va hujayrotlari adadicha foydalarni ta'qib etgan; hatto insonning lisonini koʻp vazifalarda tavzif etish bilan barobar, taomlarning ta'mlari adadicha zavqiy boʻlgan mezonchalar bilan tajhiz ettirgan hikmati qudsiyangning har bir narsani qurshashiga; ham bu dunyoda namunalari koʻrilgan jaloliy va jamoliy ismlaringning tajalliylari yanada porloq bir suratda abad-ul abadda davom qilishiga va bu foniy olamda namunalari mushohada etilgan ehsonotingning yanada dabdabali bir suratda Dori Saodatda istimroriga va baqosiga va bu dunyoda ularni koʻrgan mushtoqlarning abadda ham rafoqatlariga va barobar boʻlishlariga bil-ijmo', bil-ittifoq shahodat va dalolat va ishorat qiladilar.
Ham yuzlab moʻ'jizoti bahirasiga va oyoti qat'iyasiga istinodan, boshda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam va Qur'oni Hakiming boʻlib, butun arvohi nayyira asxobi boʻlgan anbiyolar va qulubi nuroniya aqtobi boʻlgan avliyolar va uquli munavvara arbobi boʻlgan asfiyolar butun suhuf va kutubi muqaddasada sening koʻp takror bilan qilgan va'dalaringga va tahdidlaringga istinodan va sening qudrat va rahmat va inoyat va hikmat va jalol va jamoling kabi qudsiy sifatlaringga va sha'nlaringga va izzati jalolingga va saltanati rububiyatingga ishonib va kashfiyot va mushahadot va ilmalyaqiyn e'tiqodlari bilan, saodati abadiyani jin va insga xushxabar beryaptilar. Va ahli zalolat uchun Jahannam boʻlganini xabar berib e'lon qilyaptilar va iymon keltirib shahodat qilyaptilar.
Ey Qodiri Hakim! Ey Rahmoni Rahim! Ey Sodiq-ul Va'd-il Karim! Ey izzat va azamat va jalol sohibi Qahhori Zuljalol!
Bu qadar sodiq doʻstlaringni va bu qadar va'dalaringni va bu qadar sifot va shuunotingni takzib etib, saltanati rububiyatingning qat'iy muqtaziyotini va sevganing va ular ham seni tasdiq va itoat bilan oʻzlarini senga sevdirgan hadsiz maqbul ibodingning hadsiz duolarini va da'volarini rad etib, kufr va isyon bilan va seni va'dangda takzib etish bilan, sening azamati kibriyongga tegilgan va izzati jalolingga tegdirgan va uluhiyatingning haysiyatiga ilashgan va shafqati rububiyatingni mutaassir etgan ahli zalolat va ahli kufrni hashrning inkorida tasdiq qilishdan yuz ming daraja muqaddassan va hadsiz daraja munazzah va oliysan!
Bunday nihoyatsiz bir zulmdan, bir xunuklikdan sening nihoyatsiz adolatingni va jamolingni va rahmatingni taqdis etaman!
oyatini vujudimning butun zarroti adadicha aytishni istayman!
Balki sening u sodiq elchilaring va u toʻgʻri dalloli saltanating haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn suratida sening uxroviy rahmat xazinalaringga va olami baqoda ehsonotingning dafinalariga va dori saodatda tamomi bilan zuhur etgan goʻzal ismlaringning horiqo goʻzal jilvalariga shahodat, ishorat, bashorat qiladilar. Va butun haqiqatlarning marji'i va quyoshi va homiysi boʻlgan "Haq" ismingning eng buyuk bir shuasi bu haqiqati akbari hashriya boʻlganiga iymon keltirib, sening ibodingga dars beryaptilar.
Ey Robbul Anbiyo Vas Siddiqiyn!
Butun ular sening mulkingda, sening amring va qudrating bilan, sening iroda va tadbiring bilan, sening ilming va hikmating bilan musahhar va muvazzafdirlar. Taqdis, takbir, tahmid, tahlil bilan Kura-i Arzni bir zikrxona-i a'zam, bu koinotni bir masjidi akbar hukmida koʻrsatganlar.
Yo Robbi va yo Robbas Samavati Val Arozin! Yo Xoliqi va yo Xoliqi Kulli Shay!
Koʻklarni yulduzlari bilan, zaminni mushtamiloti bilan va butun maxluqotni butun holati bilan tasxir etgan qudratingning va irodangning va hikmatingning va hokimiyatingning va rahmatingning haqqi uchun, nafsimni menga musahhar ayla! Va matlubimni menga musahhar qil! Qur'onga va iymonga xizmat uchun insonlarning qalblarini Risola-i Nurga musahhar qil! Va menga va ixvonimga iymoni komil va husni xotima ber. Hazrat Muso Alayhissalomga dengizni va Hazrat Ibrohim Alayhissalomga otashni va Hazrat Dovud Alayhissalomga togʻni, temirni va Hazrat Sulaymon Alayhissalomga jinni va insni va Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamga Shams va Qamarni tasxir etganing kabi, Risola-i Nurga qalblarni va aqllarni musahhar qil!.. Va meni va Risola-i Nur talabalarini nafs va shaytonning sharridan va qabr azobidan va Jahannam otashidan muhofaza ayla va Jannat-ul Firdavsda mas'ud qil! Omin, omin, omin!..
Qur'ondan va munojoti Nabaviya boʻlgan Javshan-ul Kabirdan olgan bu darsimni, bir ibodati tafakkuriya boʻlib, Robbi Rahimimning dargohiga arz qilishda qusur etgan boʻlsam, qusurimning avfi uchun Qur'onni va Javshan-ul Kabirni shafoatchi qilib rahmatidan avfimni niyoz qilaman.
TOʻQQIZINCHI HUJJATI IYMONIYA
Iymonning bir qutbini koʻrsatgan bu samoviy oyoti kubroning va hashrni isbot qilgan shu qudsiy barohini uzmoning bir nukta-i akbari va bir hujjati a'zami; bu «Toʻqqizinchi Shua» da bayon qilinadi.
Latif bir inoyati rabboniyadirki: Bundan oʻttiz yil avval Eski Said, yozgan tafsiri muqaddimasi «Muhakamot» nomli asarning oxirida; "Ikkinchi maqsad: Qur'onda hashrga ishorat etuvchi ikki oyat tafsir va bayon qilinadi.
" deb toʻxtagan. Boshqa yozolmagan. Xoliqi Rahimimga daloil va amoroti hashriya adadicha shukr va hamd boʻlsinki: Oʻttiz yil oʻtib tavfiq ehson ayladi. Ha, bundan toʻqqiz-oʻn yil avval u ikki oyatdan birinchi oyat boʻlgan:
farmoni Ilohiyning ikki porloq va juda quvvatli hujjatlari va tafsirlari boʻlgan Oʻninchi Soʻz bilan Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzni in'om etdi, munkirlarning ovozini oʻchirdi. Ham iymoni hashriyning hujum qilinmaydigan u ikki metin qal'asidan, toʻqqiz va oʻn yil keyin ikkinchi oyat boʻlgan boshda mazkur oyoti akbarning tafsirini bu risola bilan ikrom etdi. Bu Toʻqqizinchi Shua mazkur oyoti bilan ishorat qilingan toʻqqiz oliy maqom va bir muhim muqaddimadan iboratdir.
(Hashr aqidasining juda koʻp ruhiy foydalaridan va hayotiy natijalaridan birgina natija-i jome'ani ixtisor bilan bayon va hayoti insoniyaga, xususan hayoti ijtimoiyasiga qay darajada luzumli va zaruriy boʻlganini izhor va bu iymoni hashriy aqidasining juda koʻp hujjatlaridan birgina hujjati kulliyani ijmol bilan koʻrsatish va u aqida-i hashriya naqadar badihiy va shubhasiz boʻlganini ifoda qilishdan iborat boʻlib "Ikki Nuqtda"dir.)
Oxirat aqidasi, hayoti ijtimoiya va shaxsiya-i insoniyaning ussul asosi va saodatining va kamolotining asosoti boʻlganiga yuzlab dalillaridan bir miqyos boʻlib yolgʻiz toʻrttasiga ishorat qilamiz.
Navi basharning deyarli yarmini tashkil qilgan bolalar, yolgʻiz Jannat fikri bilan ularga dahshatli va yigʻlatuvchi koʻringan oʻlimlarga va vafotlarga qarshi dosh bera oladilar va gʻoyat zaif va nozik vujudlarida bir quvva-i ma'naviya topa oladilar va hamma narsadan tez yigʻlaydigan gʻoyat muqovamatsuz mizoji ruhlarida u Jannat bilan bir umid topib masrurona yashay oladilar.
Masalan, Jannat fikri bilan deydi: «Mening ukam yoki oʻrtogʻim oʻldi, Jannatning bir qushi boʻldi. Jannatda kezadi, bizdan yanada goʻzal yashaydi». Boʻlmasa har vaqt atrofida oʻzi kabi bolalarning va kattalarning oʻlimlari u zaif bechoralarning andishali nazarlariga urilishi; muqovamatlarini va quvva-i ma'naviyalarini chil-parchin qilib, koʻzlari bilan barobar ruh, qalb, aql kabi butun latoifini ham shunday yigʻlatar ediki, yo mahv boʻlardi, yoki bir devona badbaxt hayvon boʻlardi.
Navi insonning bir jihatdan nisfi boʻlgan keksalar, yolgʻiz hayoti uxroviya bilan yaqinlarida boʻlgan qabrga qarshi tahammul eta oladilar. Va koʻp aloqador boʻlgan hayotlarining yaqinda soʻnishiga va goʻzal dunyolarining berkilishiga muqobil bir tasalli topa oladilar va bola hukmiga oʻtgan sariut taassur ruhlarida va mizojlarida mavt va zavoldan chiqqan aliym va dahshatli ma'yusiyatga qarshi faqat hayoti boqiya umidi bilan muqobala eta oladilar. Boʻlmasa u shafqatga loyiq muhtaramlar va sukunatga va istirohati qalbiyaga juda muhtoj u andishali otalar va onalar, shunday bir vovaylo-i ruhiy va bir dagʻdagʻa-i qalbiy his qilar edilarki; bu dunyo ular uchun zulmatli bir zindon va hayot ham qasovatli bir azob boʻlar edi.
Insonlarning hayoti ijtimoiyasining eng quvvatli madori boʻlgan yoshlar, oʻspirinlar shiddati gʻalayonda boʻlgan hissiyotlarini va ifrotkor boʻlgan nafs va orzu-havaslarini tajovuzotdan va zulmlardan va taxribotdan saqlagan va hayoti ijtimoiyaning husni jarayonini ta'min qilgan, yolgʻiz Jahannam fikridir. Boʻlmasa, Jahannam andishasi boʻlmasa «Al-hukmu lil-gʻolib» qoidasi bilan u sarxush oʻspirinlar havasotlari deb bechora zaiflarga, ojizlarga dunyoni Jahannamga aylantirar edilar va yuksak insoniyatni gʻoyat sufliy bir hayvoniyatga aylantirar edilar.
Navi basharning hayoti dunyoviyasida eng jam'iyatli markaz va eng asosli turtki sababi va dunyoviy saodat uchun bir Jannat, bir malja, bir tahassungoh esa; oila hayotidir va hammaning xonadoni kichik bir dunyosidir. Va u xonadon va oila hayotining hayoti va saodati esa; samimiy va jiddiy va vafodorona hurmat va haqiqiy va shafqatli va fidokorona marhamat bilan boʻlishi mumkin. Va bu haqiqiy hurmat va samimiy marhamat esa; abadiy bir doʻstlik va doimiy bir rafoqat va sarmadiy bir barobarlik va hadsiz bir zamonda va hududsiz bir hayotda bir-biri bilan padarona, farzandona, qardoshona, doʻstona munosabatlarning boʻlishi fikri bilan, aqidasi bilan boʻlishi mumkin.
Masalan deydi: "Bu xotinim abadiy bir olamda, abadiy bir hayotda doimiy bir rafiqa-i hayotimdir. Hozircha keksa va xunuk boʻlgan boʻlsa ham, zarari yoʻq. Chunki abadiy bir goʻzalligi bor, keladi va bunday doimiy doʻstlikning hurmati uchun har qanday fidokorlikni va marhamatni qilaman", deya u keksa xotiniga goʻzal bir huriy kabi muhabbat bilan, shafqat bilan, marhamat bilan muqobala qila oladi. Boʻlmasa, qisqacha bir-ikki soat suriy bir rafoqatdan keyin abadiy bir firoq va mufaroqatga duchor boʻlgan doʻstlik; albatta gʻoyat suriy muvaqqat va asossiz, hayvon kabi bir riqqati jinsiya ma'nosida va bir majoziy marhamat va sun'iy bir hurmat bera oladi. Va hayvonotda boʻlgani kabi; boshqa manfaatlar va boshqa gʻolib hislar u hurmat va marhamatni magʻlub qilib, u dunyo jannatini jahannamga aylantiradi...
Xullas, iymoni hashriyning yuzlab natijasidan birisi; hayoti ijtimoiya-i insoniyaga taalluq etadi. Va bu yagona natijaning ham yuzlab jihatidan va foydalaridan mazkur toʻrt dalilga boshqalari qiyos qilinsa, anglashiladiki: Haqiqati hashriyaning tahaqquqi va vuqu'i; insoniyatning ulviy haqiqati va kulliy hojati darajasida qat'iydir. Balki, insonning me'dasidagi ehtiyojning vujudi; taomlarning vujudiga dalolat va shahodatidan yanada zohirdir va yanada ziyoda tahaqquqini bildiradi. Va agar bu haqiqati hashriyaning natijalari insoniyatdan chiqsa; u juda ahamiyatli va yuksak va hayotdor boʻlgan insoniyat mohiyati; murdor va mikrob uyasi bir oʻlimtik hukmiga sukut etishini isbot qiladi. Basharning idora va axloq va ijtimoiyati bilan gʻoyat aloqador boʻlgan ijtimoiyun va siyosiyun va axloqiyunning quloqlari jaranglasin! Kelsinlar, bu boʻshliqni nima bilan toʻldira oladilar va bu chuqur yaralarni nima bilan davolay oladilar?
Haqiqati hashriyaning hadsiz burhonlaridan boshqa arkoni iymoniyadan kelgan shahodatlarning xulosasidan chiqqan bir burhonni gʻoyat muxtasar bir suratda bayon qiladi. Shundayki:
Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolatiga dalolat qilgan butun moʻ'jizalari va butun daloili nubuvvati va haqqoniyatining butun burhonlari, birdan haqiqati hashriyaning tahaqquqiga shahodat qilib isbot qiladilar. Chunki bu zotning butun hayotida butun da'volari, vahdoniyatdan keyin hashrda tamarkuz etadi. Ham umum paygʻambarlarni tasdiq qilgan va qildirgan butun moʻ'jizalari va hujjatlari ayni haqiqatga shahodat qiladi. Ham وَ بِرُسُلِه۪ kalimasidan kelgan shahodatni badohat darajasiga chiqargan وَ كُتُبِه۪ shahodati ham ayni haqiqatga shahodat qiladi. Shundayki:
Boshda Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning haqqoniyatini isbot qilgan butun moʻ'jizalari, hujjatlari va haqiqatlari birdan haqiqati hashriyaning tahaqquqiga va vuqu'iga shahodat qilib isbot qiladilar. Chunki Qur'onning deyarli uchdan biri hashrdir va aksar qisqa suralarining boshlarida gʻoyat quvvatli oyoti hashriyadir. Sarihan va ishoratan minglab oyoti bilan ayni haqiqatni xabar beradi, isbot qiladi, koʻrsatadi. Masalan:
kabi oʻttiz-qirq suralarning boshlarida butun qat'iyat bilan haqiqati hashriyani koinotning eng ahamiyatli va vojib bir haqiqati boʻlganini koʻrsatish bilan barobar, boshqa oyatlar ham u haqiqatning turli-tuman dalillarini bayon etib iqno' etadilar.
Ajabo, birgina oyatning birgina ishorati, koʻz oʻngimizda ulumi Islomiyada mutaaddid ilmiy, kavniy haqiqatlarni meva bergan bir kitobning minglab bunday guvohliklari bilan va da'volari bilan, Quyosh kabi zuhur etgan iymoni hashriy; haqiqatsiz boʻlishi Quyoshning inkori, balki koinotning adami kabi hech bir jihati imkoni bormi va yuz daraja mahol va botil boʻlmaydimi? Ajabo, bir sultonning birgina ishorati yolgʻon boʻlmasligi uchun ba'zan bir qoʻshin harakat qilib jang qilgani holda, u juda jiddiy va izzatli sultonning minglab soʻzlari va va'dalari va tahdidlarini yolgʻonga chiqarishning hech bir imkoni bormi va haqiqatsiz boʻlishi mumkinmi?
Ajabo, oʻn uch asrda oraliqsiz ravishda hadsiz ruhlarga, aqllarga, qalblarga, nafslarga haq va haqiqat doirasida hukm qilgan, tarbiya qilgan, idora qilgan bu ma'naviy Sultoni Zishonning birgina ishorati bunday bir haqiqatni isbot qilishga kifoya ekan, minglab tasrihot bilan bu haqiqati hashriyani koʻrsatib isbot qilgandan keyin, u haqiqatni tanimagan bir ajhal ahmoq uchun Jahannam azobi lozim boʻlmaydimi va ayni adolat boʻlmaydimi?
Ham bittadan zamonga va bittadan davrga hukm qilgan butun samoviy suhuflar va muqaddas kitoblar ham butun istiqbolga va umum zamonlarga hukmron boʻlgan Qur'onning tafsilot bilan, izohot bilan, takror bilan bayon va isbot qilgan haqiqati hashriyani, asrlariga va zamonlariga koʻra u haqiqatni qat'iy qabul bilan barobar, tafsilotsiz va pardali va muxtasar bir suratda bayon, faqat quvvatli bir tarzda iddi'o va isbotlari, Qur'onning da'vosini minglab imzo bilan tasdiq qiladilar.
Bu bahsning munosabati bilan Risola-i Munojotning oxirida:
rukniga boshqa ruknlarning, xususan "Rusul" va "Kutub"ning shahodatlarini, munojot suratida zikr qilingan juda quvvatli va xulosali va butun avhomlarni izola etgan bir hujjati hashriya aynan bu yerga kiryapti. Shundayki: Munojotda degan:
Ey Robbi Rahimim! Rasuli Akramingning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladimki: Boshda Qur'on va Rasuli Akraming boʻlib, butun muqaddas kitoblar va paygʻambarlar, bu dunyoda va har tarafda namunalari koʻrilgan jalolli va jamolli ismlaringning tajalliylari yanada porloq bir suratda abad-ul abad davom etishiga va bu foniy olamda rahimona jilvalari, namunalari mushohada etilgan ehsonotingning yanada koʻz qamashtiradigan bir tarzda dori saodatda istimroriga va baqosiga va bu qisqa hayoti dunyoviyada ularni zavq bilan koʻrgan va muhabbat bilan rafoqat etgan mushtoqlarning abadda ham rafoqatlariga va barobar boʻlishlariga ijmo' va ittifoq bilan shahodat va dalolat va ishorat qiladilar.
Ham yuzlab moʻ'jizoti bahiralaringga va oyoti qat'iyalaringga istinodan, boshda Rasuli Akram va Qur'oni Hakiming boʻlib barcha nuroniy ruhlarning sohiblari boʻlgan paygʻambarlar va butun munavvar qalblarning qutblari boʻlgan valiylar va butun keskin va nurli aqllarning ma'danlari boʻlgan siddiqiynlar, butun suhufi samoviyada va kutubi muqaddasada sening koʻp takror bilan qilgan minglab va'dalaringga va tahdidlaringga istinodan, ham sening qudrat va rahmat va inoyat va hikmat va jalol va jamol kabi oxiratni iqtizo etgan qudsiy sifatlaringga, sha'nlaringga va sening izzati jalolingga va saltanati rububiyatingga e'timod etganlari holda, ham oxiratning izlarini va tarashshuhotini bildirgan hadsiz kashfiyotlariga va mushohadalariga va ilmalyaqiyn va aynalyaqiyn darajasida boʻlgan e'tiqodlariga va iymonlariga binoan saodati abadiyani insonlarga xushxabar beryaptilar. Ahli zalolat uchun Jahannam va ahli hidoyat uchun Jannat borligini xabar berib e'lon qilyaptilar. Quvvatli iymon keltirib shahodat qilyaptilar.
Ey Qodiri Hakim! Ey Rahmoni Rahim! Ey Sodiq-ul Va'd-il Karim! Ey izzat va azamat va jalol sohibi Qahhori Zuljalol!..
Bu qadar sodiq doʻstlaringni, bu qadar va'dalaringni va bu qadar sifot va shuunotingni yolgʻonchiga chiqarish, takzib etish va saltanati rububiyatingning qat'iy muqtaziyotini takzib etmaslik va sen sevgan va ular ham seni tasdiq va itoat qilish bilan oʻzlarini senga sevdirgan hadsiz maqbul ibodingning oxiratga qaragan hadsiz duolarini va da'volarini rad qilish, tinglamaslik va kufr va isyon bilan va seni va'dangda takzib etish bilan, sening azamati kibriyongga tegilgan va izzati jalolingga tegdirgan va uluhiyatingning haysiyatiga aralashgan va shafqati rububiyatingni mutaassir etgan ahli zalolatni va ahli kufrni hashrning inkorida ularni tasdiq qilishdan yuz minglab daraja muqaddassan va hadsiz daraja munazzah va oliysan. Bunday nihoyatsiz bir zulmdan va nihoyatsiz bir xunuklikdan sening u nihoyatsiz adolatingni va nihoyatsiz jamolingni va hadsiz rahmatingni hadsiz daraja taqdis etamiz. Va butun quvvatimiz bilan iymon keltiramizki: U yuz minglab sodiq elchilaring va u hadsiz toʻgʻri dalloli saltanating boʻlgan anbiyo, asfiyo, avliyolar haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn suratida sening uxroviy rahmat xazinalaringga, olami baqodagi ehsonotingning dafinalariga va dori saodatda tamomila zuhur etgan goʻzal ismlaringning horiqo goʻzal jilvalariga shahodatlari haq va haqiqatdir. Va ishoratlari toʻgʻri va mutobiqdir. Va bashoratlari sodiq va sodir boʻlgandir. Va ular butun haqiqatlarning marji'i va quyoshi va homiysi boʻlgan "Haq" ismingning eng buyuk bir shuasi; bu haqiqati akbari hashriya boʻlganiga iymon keltirib, sening amring bilan sening ibodingga haq doirasida dars beryaptilar. Va ayni haqiqat boʻlib ta'lim beryaptilar. Yo Rob! Bularning dars va ta'limlarining haqqi va hurmati uchun bizga va Risola-i Nur talabalariga iymoni akmal va husni xotima ber. Va bizlarni ularning shafoatlariga mazhar ayla, omin...
Ham qandayki Qur'onning, balki butun samoviy kitoblarning haqqoniyatini isbot qilgan umum dalillar va hujjatlar va Habibullohning, balki butun anbiyoning nubuvvatlarini isbot qilgan umum moʻ'jizalar va burhonlar, bilvosita eng buyuk muddaolari boʻlgan oxiratning tahaqquqiga dalolat qiladilar. Aynan shuning kabi, Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga shahodat qilgan aksar dalillar va hujjatlar, bilvosita rububiyatning va uluhiyatning eng buyuk madori va mazhari boʻlgan dori saodatning va olami baqoning vujudiga, ochilishiga shahodat qiladilar. Chunki kelasi maqomotda bayon va isbot qilinadigani kabi, Zoti Vojib-ul Vujudning ham mavjudiyati, ham umum sifatlari, ham aksar ismlari, ham rububiyat, uluhiyat, rahmat, inoyat, hikmat, adolat kabi vasflari, sha'nlari luzum darajasida oxiratni iqtizo va vujub darajasida boqiy bir olamni istilzom va zarurat darajasida mukofot va mujozot uchun hashrni va nashrni istaydilar. Ha, modomiki azaliy, abadiy bir Alloh bor; albatta saltanati uluhiyatining sarmadiy bir madori boʻlgan oxirat bordir. Va modomiki bu koinotda va zihayotda gʻoyat hashmatli va hikmatli va shafqatli bir rububiyati mutlaqa bor. Va koʻrinyapti. Albatta, u rububiyatning hashmatini sukutdan va hikmatini abasiyatdan va shafqatini gʻadrdan qutqargan abadiy bir dori saodat boʻladi va kiriladi.
Ham modomiki koʻz bilan koʻringan bu hadsiz in'omlar, ehsonlar, lutflar, karamlar, inoyatlar, rahmatlar; parda-i gʻayb orqasida bir Zoti Rahmoni Rahimning boʻlganini soʻnmagan aqllarga, oʻlmagan qalblarga koʻrsatadi. Albatta, in'omni istihzodan, va ehsonni aldashdan va inoyatni adovatdan va rahmatni azobdan va lutf va karamni ihonatdan xalos qilgan va ehsonni ehson qilgan va ne'matni ne'mat qilgan bir olami boqiyda bir hayoti boqiya bor. Va boʻladi.
Ham modomiki bahor faslida zaminning tor sahifasida xatosiz yuz ming kitobni bir-biri ichida yozgan bir qalami qudrat koʻz oʻngimizda tinmasdan ishlayapti. Va u qalam sohibi yuz ming marta ahd qilgan va va'da berganki: «Bu tor yerda va chalkash va bir-biri ichida yozilgan bahor kitobidan yanada oson boʻlib keng bir yerda goʻzal va layamut bir kitobni yozaman va sizga oʻqittiraman», deya butun farmonlarda u kitobdan bahs yuritadi. Albatta va har holda, u kitobning asli yozilgan va hashr va nashr bilan hoshiyalari ham yoziladi. Va umumning daftari a'mollari unda qayd etiladi.
Ham modomiki bu Arz kasrati maxluqot jihati bilan va mutamodiyan oʻzgargan yuz minglab turli-tuman anvo'i zavil hayot va zavil arvohning maskani, mansha'i, fabrikasi, mashhari, mahshari boʻlishi haysiyati bilan bu koinotning qalbi, markazi, xulosasi, natijasi, sababi xilqati boʻlib gʻoyat buyuk shunday bir ahamiyati borki: Kichikligi bilan barobar ulkan samovotga qarshi teng tutilgan. Samoviy farmonlarda doimo:
deyiladi. Va modomiki bu mohiyatdagi Arzning har tarafiga hukm qilgan va aksar maxluqotiga tasarruf qilgan va aksar zihayot mavjudotini tasxir etib oʻz atrofiga toʻplattirgan va aksar masnu'otini oʻz havasotining muhandisligi bilan va ehtiyojotining dasturlari bilan shunday chiroyli ravishda tanzim va tashhir va tazyin va gʻoyat antiqa navlarini roʻyxat kabi bittadan yerlarda shunday jamlab bezattiradiki, nafaqat yolgʻiz ins va jin nazarlarini, balki samovot ahlining va koinotning nazari diqqatlarini va taqdirlarini va koinot sohibining nazari istehsonini jalb qilish bilan gʻoyat buyuk bir ahamiyat va qiymat olgan va bu haysiyat bilan bu koinotning hikmati xilqati va buyuk natijasi va qiymatli mevasi va Arzning xalifasi boʻlganini; fanlari bilan, san'atlari bilan koʻrsatgan.. va dunyo jihatidan Sone'-i Olamning moʻ'jizali san'atlarini gʻoyat goʻzal ravishda tashhir va tanzim etgani uchun, isyon va kufri bilan barobar dunyoda qoldirilgan va azobi ta'xir etilgan.. va bu xizmati uchun imhol etilib muvaffaqiyat koʻrgan navi bani odam bor.
Va modomiki bu mohiyatdagi navi bani odam, mizoj va xilqat e'tibori bilan gʻoyat zaif va ojiz va gʻoyat ojizligi va faqirligi bilan barobar hadsiz ehtiyojoti va taallumoti boʻlgani holda, butun-butun quvvatidan va ixtiyoridan ustun boʻlib ulkan Kura-i Arzni u navi insonga luzumi boʻlgan har navi ma'danlarga mahzan va har navi taomlarga ombor va navi inson manzur koʻradigan har xil mollarga bir doʻkon suratiga keltirgan gʻoyat quvvatli va hikmatli va shafqatli bir mutasarrif borki, ana shunday navi insonga qarayapti, parvarish qilyapti, istaganini beryapti.
Va modomiki bu haqiqatdagi bir Rob; ham insonni sevadi, ham oʻzini insonga sevdiradi; ham boqiydir; ham boqiy olamlari bor; ham adolat bilan ish qiladi va hikmat bilan hamma narsani qiladi. Ham bu qisqa hayoti dunyoviyada va bu qisqagina umri basharda va bu muvaqqat va foniy zaminda u Hokimi Azaliyning hashmati saltanati va sarmadiyati hokimiyati joylasholmaydi. Va navi insonda sodir boʻlgan va koinotning intizomiga va adolat va muvozanalariga va husni jamoliga zid va muxolif juda buyuk zulmlari va isyonlari va valine'matiga va uni shafqat bilan parvarish qilganga qarshi ihonatlari, inkorlari, kufrlari bu dunyoda jazosiz qolib, gʻaddor zolim hayotini rohatda va bechora mazlum mashaqqatlar ichida umrlarini kechiradilar. Va umum koinotda asarlari koʻringan shu adolati mutlaqaning mohiyati esa; tirilmaslik surati bilan u gʻaddor zolimlarning va ma'yus mazlumlarning vafot ichidagi musovotlariga butun-butun ziddir, koʻtarmaydi, muso'ada etmaydi!
Va modomiki, qandayki koinotning sohibi koinotdan zaminni va zamindan navi insonni intihob etib gʻoyat buyuk bir maqom, bir ahamiyat bergan. Xuddi shuning kabi, navi insondan ham maqosidi rububiyatiga tavofuq etgan va oʻzlarini iymon va taslim bilan unga sevdirgan haqiqiy insonlar boʻlgan anbiyo va avliyo va asfiyoni intihob etib oʻziga doʻst va muxotob etib, ularni moʻ'jizalar va tavfiqlar bilan ikrom va dushmanlarini samoviy ta'zirlar bilan ta'zib etadi.
Va bu qiymatli, sevimli doʻstlaridan ham, ularning imomi va mafxari boʻlgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamni intihob etib, ahamiyatli Kura-i Arzning yarmini va ahamiyatli navi insonning beshdan birini uzun asrlarda uning nuri bilan tanvir etyapti. Xuddi bu koinot uning uchun yaratilgandek; butun gʻoyalari u bilan va uning dini bilan va Qur'oni bilan tazohur etyapti. Va u juda ham qiymatli va millionlar yil yashaydigan qadar hadsiz xizmatlarining haqlarini hadsiz bir zamonda olishga haqdor va loyiq ekan, gʻoyat mashaqqatlar va mujohadalar ichida oltmish uch yil kabi qisqacha bir umr berilgan. Ajabo, hech bir jihat bilan hech bir imkoni, hech bir ehtimoli, hech bir layoqati bormiki: U zot butun amsoli va doʻstlari bilan barobar tirilmasin? Va hozir ham ruhan tirik va hayy boʻlmasin? I'domi abadiy bilan mahv boʻlsinlar? Xosho, yuz ming marta xosho va kallo!.. Ha, butun koinot va haqiqati olam tirilishini da'vo qiladi va hayotini Sohibi Koinotdan talab qiladi.
Va modomiki Yettinchi Shua boʻlgan «Oyat-ul Kubro» da har biri bir togʻ quvvatida oʻttiz uch adad ijmo'-i azim isbot qilganlarki: Bu koinot bir qoʻldan chiqqan. Va birgina zotning mulkidir. Va kamoloti Ilohiyaning madori boʻlgan vahdatini va ahadiyatini badohat bilan koʻrsatganlar va vahdat va ahadiyat bilan butun koinot u Zoti Vohidning amrbar askarlari va musahhar ma'murlari hukmiga oʻtadi va oxiratning kelishi bilan, kamoloti sukutdan; va adolati mutlaqasi mustahziyona gʻadri mutlaqdan; va hikmati ommasi safohatkorona abasiyatdan; va rahmati vase'asi lahiyona ta'zibdan; va izzati qudrati zalilona ojizlikdan qutuladilar, taqaddus etadilar. Albatta va albatta va har holda, iymoni billohning yuzlab nuktasidan bu sakkiz "modomiki"lardagi haqiqatlarning muqtazosi bilan; qiyomat kuni keladi, hashr va nashr boʻladi, dori mujozot va mukofot ochiladi... Toki arzning mazkur ahamiyati va markaziyati va insonning ahamiyati va qiymati tahaqquq eta olsin va Arz va insonning Xoliqi va Robbi boʻlgan Mutasarrifi Hakimning mazkur adolati, hikmati, rahmati, saltanati taqarrur eta olsin va u Boqiy Robning mazkur haqiqiy doʻstlari va mushtoqlari i'domi abadiydan qutulsin va u doʻstlarning eng buyugi va eng qiymatlisi butun koinotni mamnun va minnatdor qilgan qudsiy xizmatlarining mukofotini koʻrsin va Sultoni Sarmadiyning kamoloti nuqson va qusurdan va qudrati ojizlikdan va hikmati safohatdan va adolati zulmdan tanazzuh va taqaddus va tabarri etsin.
Modomiki Alloh bor, albatta oxirat bordir...
Ham qandayki mazkur uch arkoni iymoniya ularni isbot qilgan butun dalillari bilan hashrga shahodat va dalolat qiladilar. Xuddi shuning kabi
boʻlgan ikki rukni iymoniy ham hashrni istilzom etib quvvatli bir suratda olami baqoga shahodat va dalolat qiladilar. Shundayki:
Maloikaning vujudini va vazifa-i ubudiyatlarini isbot qilgan butun dalillar va hadsiz mushohadalar, mukolamalar, bilvosita olami arvohning va olami gʻaybning va olami baqoning va olami oxiratning va kelajakda jin va ins bilan jonlantiradigan dori saodatning, Jannat va Jahannamning vujudlariga dalolat qiladilar. Chunki malaklar bu olamlarni izni Ilohiy bilan koʻra oladilar va kiradilar va Hazrat Jabroil kabi, insonlar bilan koʻrishgan umum maloika-i muqarrobin mazkur olamlarning vujudlarini va ular ularda kezganlarini muttafiqan xabar beradilar. Koʻrmaganimiz Amerika qit'asininig vujudini undan kelganlarning ixbori bilan badihiy bilganimiz kabi; yuz tavotur quvvatida boʻlgan maloika ixboroti bilan olami baqoning va dori oxiratning va Jannat va Jahannamning vujudlariga oʻsha qat'iyatda iymon keltirish kerakdir va shunday ham iymon keltiramiz.
Ham Yigirma Oltinchi Soʻz boʻlgan "Risola-i Qadar"da "Iymoni bilqadar" ruknini isbot qilgan butun dalillar; bilvosita hashrga va nashri suhufga va mezoni akbardagi muvozana-i a'molga dalolat qiladilar. Chunki hamma narsaning muqaddarotini koʻz oʻngimizda nizom va mezon lavhalarida qayd qilish va har zihayotning sarguzashti hayotiyalarini quvva-i hofizalarida va urugʻlarida va boshqa alvohi misoliyada yozish va har ziruhning, xususan insonlarning daftari a'mollarini alvohi mahfuzada tasbit etish va oʻtkazish; albatta shunday qamrovli bir qadar va hakimona bir taqdir va mudaqqiqona bir qayd va hofizona bir kitobat boʻlib; faqat mahkama-i kubroda umumiy bir muhokama natijasida doimiy bir mukofot va mujozot uchun boʻlishi mumkin. Boʻlmasa u ihotali va juda ham diqqatli boʻlgan qayd va muhofaza; butun-butun ma'nosiz, foydasiz qoladi. Hikmatga va haqiqatga zid boʻladi. Ham hashr kelmasa; qadar qalami bilan yozilgan bu kitobi koinotning butun muhaqqaq ma'nolari buziladiki, hech bir jihati imkoni boʻlolmaydi va u ehtimol bu koinotning vujudini inkor kabi mahol, balki bir safsata boʻladi.
Iymonning besh rukni butun dalillari bilan hashr va nashrning vuqu'iga va vujudiga va dori oxiratning vujudiga va ochilishiga dalolat qilib istaydilar va shahodat qilib talab qiladilar. Demak, haqiqati hashriyaning azamatiga tamoman muvofiq bunday azamatli va tebranmas ustunlari va burhonlari boʻlgani uchundirki; Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning qariyb uchdan biri hashr va oxiratni tashkil qiladi va uni butun haqoiqiga poydevor va ussul asos qiladi va hamma narsani uning ustiga bino qiladi.
Boshdagi oyat moʻ'jizona ishorat qilgan toʻqqiz tabaqa barohini hashriyaga doir toʻqqiz maqomdan "Birinchi Maqom":
boʻlgan fikradagi farmoni hashrga doir bu yerda koʻrsatgan burhoni bahiri va hujjati qat'iyasi bayon va izoh qilinadi inshaallohur Rahmon.
OʻNINCHI HUJJATI IYMONIYA
Qat'iyan bilki: Xilqatning eng yuksak gʻoyasi va fitratning eng ulkan natijasi iymoni Billohdir. Va insoniyatning eng oliy martabasi va bashariyatning eng buyuk maqomi, iymoni Billoh ichidagi ma'rifatullohdir. Jin va insning eng porloq saodati va eng totli ne'mati, u ma'rifatulloh ichidagi muhabbatullohdir. Va ruhi bashar uchun eng xolis surur va qalbi inson uchun eng sof sevinch, u muhabbatulloh ichidagi lazzati ruhoniyadir.
Ha, butun haqiqiy saodat va xolis surur va shirin ne'mat va sof lazzat, albatta ma'rifatulloh va muhabbatullohdadir. Ular usiz boʻlolmaydi. Janobi Haqni tanigan va sevgan nihoyatsiz saodatga, ne'matga, anvorga, asrorga yo bilquvva yoki bilfe'l mazhardir. Uni haqiqiy tanimagan, sevmagan nihoyatsiz shaqovatga, alomga va avhomga ma'nan va moddatan mubtalo boʻladi.
Ha, shu parishon dunyoda, ovora navi bashar ichida, samarasiz bir hayotda; sohibsiz, homiysiz bir suratda; ojiz, miskin bir inson butun dunyoning sultoni ham boʻlsa, necha pulga arziydi? Mana bu ovora navi bashar ichida, bu parishon foniy dunyoda; inson sohibini tanimasa, molikini topmasa, naqadar bechora sargardon boʻlganini hamma anglaydi. Agar sohibini topsa, molikini tanisa, u vaqt rahmatiga iltijo qiladi, qudratiga istinod etadi. U vahshatgoh dunyo bir tanazzuhgohga aylanadi va bir tijoratgoh boʻladi.
Shu kalomi tavhidiyning oʻn bir kalimasining har birida bittadan xushxabar bor. Va u xushxabarda bittadan shifo va u shifoda bittadan lazzati ma'naviya mavjud.
da shunday bir xushxabar borki: Hadsiz hojotga mubtalo, nihoyatsiz a'daning hujumiga nishon boʻlgan ruhi insoniy bu kalimada shunday bir nuqta-i istimdod topadiki, butun hojotini ta'min etadigan bir xazina-i rahmat eshigini unga ochadi va shunday bir nuqta-i istinodni topadiki, butun a'dasining sharridan amin qiladigan bir qudrati mutlaqaning sohibi boʻlgan oʻz Ma'budini va Xoliqini bildiradi va tanittiradi, sohibini koʻrsatadi, Moliki kim boʻlganini namoyon qiladi. Va shu namoyon qilish bilan qalbni vahshati mutlaqadan va ruhni huzni aliymdan qutqarib, abadiy bir farohni, doimiy bir sururni ta'min qiladi.
Shu kalimada shifoli, saodatli bir xushxabar bordir. Shundayki: Koinotning aksar anvo'i bilan aloqador va u aloqadorlik tufayli parishon va chalkashlik ichida boʻgʻilish darajasiga kelgan ruhi bashar va qalbi inson وَحْدَهُ kalimasida bir malja, bir xaloskor topadiki, uni butun u chalkashlikdan, u parishoniyatdan qutqaradi. Ya'ni, وَحْدَهُ ma'nan deydi: "Alloh birdir". Boshqa narsalarga murojaat qilib charchama, ularga tazallul etib minnat chekma, ularga tamalluq etib boʻyin egma, ularning orqasidan ketib zahmat chekma, ulardan qoʻrqib titrama. Chunki Sultoni Koinot birdir, hamma narsaning kaliti uning yonida, hamma narsaning tizgini uning qoʻlidadir; hamma narsa uning amri bilan hal qilinadi. Uni topsang, har matlubingni topding; hadsiz minnatlardan, qoʻrquvlardan qutulding.
Ya'ni: Qandayki uluhiyatida va saltanatida sherigi yoʻqdir; "Alloh" bir boʻladi, mutaaddid boʻlolmaydi. Shunga oʻxshab; Rububiyatida va ijrootida va ijodotida ham sherigi yoʻqdir. Ba'zan boʻladiki; sulton bir boʻladi, saltanatida sherigi boʻlmaydi.. faqat ijrootida uning ma'murlari uning sherigi sanaladilar va uning huzuriga har kimning kirishiga mone boʻladilar. "Bizga ham murojaat qil", deydilar. Faqat Azal, Abad Sultoni boʻlgan Janobi Haq, saltanatida sherigi boʻlmagani kabi, ijrooti rububiyatida ham muinlarga, sheriklarga muhtoj emasdir. Amr va irodasi, havl va quvvati boʻlmasa, hech bir narsa hech bir narsaga mudohala qilolmaydi. Toʻgʻridan-toʻgʻri hamma unga murojaat qila oladi. Sherigi va muini boʻlmagani uchun, u murojaatchi odamga "Mumkin emas, uning huzuriga kirolmaysan", deyilmaydi.
Xullas, shu kalima ruhi bashar uchun shunday bir xushxabar beradiki: Iymonni qoʻlga kiritgan ruhi bashar monesiz, mudohalasiz, hailsiz, ta'qiqsiz, har holida, har orzusida, har onda, har yerda u azal va abad va xazoini rahmat moliki va dafoini saodat sohibi boʻlgan Jamili Zuljalol, Qodiri Zulkamolning huzuriga kirib, hojotini arz qila oladi. Va rahmatini topib, qudratiga istinod etib, kamoli faroh va sururni qozona oladi.
Ya'ni: Mulk umuman unikidir. Sen ham uning mulkisan, ham mamlukisan, ham mulkida ishlaysan. Shu kalima shunday shifoli bir xushxabar beradi va deydi: Ey inson! Sen oʻzingni oʻzingga molik deb hisoblama. Chunki sen oʻzingni idora qilolmaysan, u yuk ogʻirdir. Bir oʻzing muhofaza qilolmaysan, balolardan saqlanib, lavozimotini ta'min qilolmaysan. Shunday ekan, behuda iztirobga tushib azob chekma, mulk boshqasinikidir. U Molik ham Qodirdir, ham Rahimdir; qudratiga istinod et, rahmatini ittihom etma. Gʻam-gʻussani ot, davringni sur. Zahmatni ot, safoni top.
Ham deydiki: Ma'nan sevganing va aloqadar boʻlganing va parishoniyatidan mutaassir boʻlganing va isloh qilolmaganing shu koinot bir Qodiri Rahimning mulkidir. Mulkni sohibiga taslim qil, unga havola qil.. jafosini emas, safosini chek. U ham Hakimdir, ham Rahimdir. Mulkida istagani kabi tasarruf qiladi, aylantiradi. Dahshatga tushgan vaqting, Ibrohim Haqqi kabi: "Mavlo koʻraylik naylar, naylarsa goʻzal aylar" degin, derazalardan tomosha qil, ichlariga kirma.
Ya'ni: Hamd va sano, madh va minnat unga maxsusdir, unga loyiqdir. Demak, ne'matlar unikidir va uning xazinasidan chiqadi. Xazina esa doimiydir. Demak, bu kalima shunday xushxabar berib deydiki: Ey inson! Ne'matning zavolidan alam chekma. Chunki rahmat xazinasi tuganmas. Va lazzatning zavolini oʻylab, u alamdan faryod qilma. Chunki u ne'mat mevasi bir rahmati benihoyaning samarasidir. Daraxti boqiy boʻlsa, mevasi ketsa ham, oʻrniga keladigani bor. Ne'matning lazzati ichida oʻsha lazzatdan yuz daraja yanada ziyoda lazzatli bir iltifoti rahmatni hamd bilan oʻylab, lazzatni birdan yuz daraja qila olasan. Qandayki bir podshohi zishon senga hadya qilgan bir olma lazzati ichida yuz, balki ming olmaning lazzatidan ustun bir iltifoti shohona lazzatini senga ihsos va ehson etadi. Shunga oʻxshab, لَهُ الْحَمْدُ kalimasi bilan, ya'ni hamd va shukr bilan, ya'ni ne'matdan in'omni his qilish bilan, ya'ni Mun'imni tanish bilan va in'omini oʻylash bilan, ya'ni uning rahmatining iltifotini va shafqatining tavajjuhini va in'omining davomini oʻylash bilan; ne'matdan ming daraja yanada laziz, ma'naviy bir lazzat eshigini senga ochadi.
Ya'ni: hayotni bergan udir. Va hayotni rizq bilan idoma etgan ham udir. Va lavozimoti hayotni ham ihzor etgan yana udir. Va hayotning oliy gʻoyalari unga oiddir va muhim natijalari unga qaraydi, yuzdan toʻqson toʻqqiz mevasi unikidir. Bu kalima shunday foniy va ojiz basharga nido qiladi, xushxabar beradi va deydi: Ey inson! Hayotning ogʻir takolifini yelkangga olib zahmat chekma. Hayotning fanosini oʻylab qaygʻuga tushma. Yolgʻiz dunyoviy ahamiyatsiz mevalarini koʻrib, dunyoga kelganingdan pushaymonlik koʻrsatma. Balki u safina-i vujudingdagi hayot uskunasi Hayyi Qayyumga oiddir. Masorif va lavozimotini u tadorik etadi. Va u hayotning juda kasratli gʻoyalari va natijalari bor va unga oiddir. Sen u kemada bir rul boshqaruvchi askarsan. Vazifangni goʻzal bajar, haqqingni ol, zavqingga qara. U hayot safinasi naqadar qiymatli boʻlganini va naqadar goʻzal foydalar berganini va u safina sohibi boʻlgan zotning naqadar Karim va Rahim boʻlganini oʻyla, masrur boʻl va shukr qil va anglaki: Vazifangni istiqomat bilan qilgan vaqting, u safina bergan butun natoij bir jihatdan sening daftari a'molingga oʻtadi, senga bir hayoti boqiyani ta'min qiladi, seni abadiy ihyo etadi.
Ya'ni: Mavtni bergan udir. Ya'ni: Hayot vazifasidan tarhis etadi, foniy dunyodan joyingni tabdil etadi, xizmat qiyinchiligidan ozod qiladi. Ya'ni: Hayoti foniyadan seni hayoti boqiyaga oladi. Mana shu kalima shunday tarzda foniy jin va insga baqiradi, deydiki:
Sizlarga xushxabar! Mavt i'dom emas, hechlik emas, fano emas, inqiroz emas, soʻnish emas, firoqi abadiy emas, adam emas, tasodif emas, foilsiz bir in'idom emas. Balki bir Foili Hakimi Rahim tarafidan bir tarhisdir, bir tabdili makondir. Saodati abadiya tarafiga, vatani asliylariga bir joʻnatilishdir. Yuzdan toʻqson toʻqqiz ahbobning majma'i boʻlgan olami barzohga bir visol eshigidir.
Ya'ni: Butun koinotning mavjudotida koʻringan va vasila-i muhabbat boʻlgan kamol va husn va ehsonning hadsiz bir daraja ustida bir jamol va kamol va ehsonning sohibi va butun mahbublarga badal birgina jilva-i jamoli kifoya boʻlgan bir Ma'budi Lamyazal, bir Mahbubi Loyazalning azaliy va abadiy bir hayoti doimasi borki; shaiba-i zavol va fanodan munazzah va avorizi naqs va qusurdan mubarrodir. Demak, bu kalima jin va insga va butun zishuurga va ahli muhabbat va ishqqa e'lon qiladiki: Sizlarga xushxabar! Mahbublaringizdan nihoyatsiz firoqlarning yaralarini davolab malham surtadigan bir Mahbubi Boqiyingiz bor. Modomiki u bor va Boqiydir, boshqalari nima boʻlsa boʻlsin, qaygʻurma. Balki oʻsha mahbublarda sababi muhabbatingiz boʻlgan husn va ehson, fazl va kamol u Mahbubi Boqiyning jilva-i jamoli boqiysidan koʻp pardalardan oʻtgan, gʻoyat zaif bir soyaning soyasidir. Ularning zavollari sizlarni ranjitmasin. Chunki ular bir navi oynalardir. Oynalarning oʻzgarishi shashaa-i jamolning jilvasini yangilaydi, goʻzallashtiradi. Modomiki u bor, hamma narsa bor.
Ya'ni: Har xayr uning qoʻlidadir. Har bir qilgan yaxshiligingiz uning daftariga yoziladi. Har qilgan amali solihangiz yonida qayd qilinadi. Mana shu kalima jin va insga nido qilib xushxabar beradi. Deydiki: Ey bechoralar! Mozoristonga koʻchgan vaqtingiz, "Ey voh! Molimiz xarob boʻlib, sa'yimiz behuda ketdi; shu goʻzal va keng dunyodan ketib, tor bir tuproqqa kirdik", demanglar, faryod qilib ma'yus boʻlmanglar... Chunki sizning hamma narsangiz muhofaza qilinyapti. Har amalingiz yozilgandir. Har xizmatingiz qayd qilingandir. Xizmatingizning mukofotini beradigan va har xayr qoʻlida va har xayrni qila oladigan bir Zoti Zuljalol sizni jalb qilib, yer ostida muvaqqatan saqlaydi. Soʻngra huzuriga oldiradi. Qanday baxtlisizlarki, xizmatingizni va vazifangizni bitirdingiz. Zahmatingiz tugadi, rohatga va rahmatga ketyapsiz. Xizmat, mashaqqat tugadi; ujrat olishga ketyapsiz.
Ha, oʻtgan bahorning daftari a'molining sahifalari va xizamotining sandiqchalari boʻlgan danaklarni, urugʻlarni muhofaza qilgan.. va ikkinchi bahorda gʻoyat dabdabali, balki yuz daraja aslidan yanada barakali bir tarzda muhofaza qilgan, nashr qilgan Qodiri Zuljalol, albatta sizning ham natoiji hayotingizni shunday muhofaza qilyapti va xizmatingizga juda kasratli bir suratda mukofot beradi.
Ya'ni: U Vohiddir, Ahaddir, hamma narsaga qodirdir. Hech bir narsa unga ogʻir kelmaydi. Bir bahorni yaratish bir gul qadar unga osondir. Jannatni yaratish bir bahor qadar unga yengildir. Har kuni, har yili, har asr yangidan-yangi ijod qilyotgan hadsiz masnu'oti nihoyatsiz qudratiga nihoyatsiz lisonlar bilan guvohlik qiladilar. Xullas, shu kalima ham shunday xushxabar beradi. Deydiki: Ey inson! Qilgan xizmating, ado etgan ubudiyating behuda ketmaydi. Bir dori mukofot, bir mahalli saodat sen uchun ihzor etilgandir. Sening shu foniy dunyoingga badal boqiy bir jannat seni kutadi. Ibodat qilganing va taniganing Xoliqi Zuljalolning va'dasiga iymon va e'timod et. Unga va'dasida xulf etish maholdir. Qudratida hech bir jihat bilan nuqsoniyat yoʻqdir. Ishlariga ajz mudohala etolmaydi. Sening kichik bogʻingni yaratgani kabi, Jannatni ham sen uchun yarata oladi va yaratgan va senga va'da bergan. Va va'da bergani uchun, albatta seni uning ichiga oladi.
Modomiki bilmushohada koʻryapmiz: Har yili yer yuzida hayvonot va nabototning uch yuz mingdan ziyoda anvo'larini va millatlarini mukammal intizom va mezon bilan, mukammal tezlik va suhulat bilan hashr etib, nashr qiladi. Albatta bunday bir Qodiri Zuljalol va'dasini bajarishga muqtadirdir. Ham modomiki har yili shunday bir Qodiri Mutlaq hashrning va Jannatning namunalarini minglab tarzda ijod qiladi. Ham modomiki butun samoviy farmonlari bilan saodati abadiyani va'da qilib, Jannatni xushxabar beradi. Ham modomiki butun ijrooti va shuunoti haq va haqiqatdir va sidq va jiddiyatdir. Va modomiki asarlarining shahodati bilan butun kamolot uning nihoyatsiz kamoliga dalolat va guvohlik qiladi. Va hech bir jihatdan nuqson va qusur unda yoʻqdir. Ham modomiki xulf-ul va'd va xilof va kizb va aldatish eng xunuk bir xislat va nuqson va qusurdir. Albatta va albatta u Qodiri Zuljalol, u Hakimi Zulkamol, u Rahimi Zuljamol va'dasini bajaradi; saodati abadiya eshigini ochadi, Odam otangizning vatani asliysi boʻlgan Jannatga sizlarni, ey ahli iymon, idhol etadi.
Ya'ni: Tijorat va ma'muriyat uchun, muhim vazifalar bilan bu dori imtihon boʻlgan dunyoga yuborilgan insonlar tijoratlarini qilib, vazifalarini tugatib va xizmatlarini itmom etgandan keyin, yana ularni yuborgan Xoliqi Zuljaloliga qaytadilar va Mavloyi Karimlariga qovushadilar. Ya'ni, bu dori foniydan ketib dori boqiyda huzuri kibriyoga musharraf boʻladilar. Ya'ni, sabablar tashvishlaridan va vositalarning qorongʻi pardalaridan qutulib, Robbi Rahimlariga maqarri saltanati abadiysida pardasiz qovushadilar. Toʻgʻridan-toʻgʻri hamma oʻz Xoliqi va Ma'budi va Robbi va Sayyidi va Moliki kim boʻlganini biladi va topadi. Xullas, shu kalima butun xushxabarlar uzra shunday xushxabar beradi. Va deydiki:
Ey inson! Bilasanmi qayerga ketyapsan va qayerga yuborilyapsan? Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning oxirida aytilgani kabi: Dunyoning ming yillik mas'udona hayoti bir soatlik hayotiga muqobil kelmagan Jannat hayotining va oʻsha Jannat hayotining ham ming yili bir soatlik ru'yati jamoliga muqobil kelmagan bir Jamili Zuljalolning doira-i rahmatiga va martaba-i huzuriga ketyapsan. Mubtalo va maftun va mushtoq boʻlganingiz majoziy mahbublarda va butun mavjudoti dunyoviyadagi husn va jamol uning jilva-i jamolining va husni asmosining bir nav soyasi va butun Jannat butun latoifi bilan bir jilva-i rahmati va butun ishtiyoqlar va muhabbatlar va injizoblar va jozibalar bir lam'a-i muhabbati boʻlgan bir Ma'budi Lamyazalning, bir Mahbubi Loyazalning doira-i huzuriga ketyapsiz va ziyofatgohi abadiysi boʻlgan Jannatga chaqirilyapsiz. Shunday ekan, qabr eshigiga yigʻlab emas, kulib kiringlar.
Ham shu kalima shunday xushxabar beradi, deydiki: Ey inson! Fanoga, adamga, hechlikka, zulumotga, nisyonga, chirishga, parchalanishga va kasratda boʻgʻilishga ketganingizni tavahhum etib oʻylamang! Siz fanoga emas, baqoga ketyapsiz. Adamga emas, vujudi doimiyga yuborilyapsiz. Zulumotga emas, olami nurga ketyapsiz. Sohib va Moliki Haqiqiyning tarafiga ketyapsiz va Sultoni Azaliyning poytaxtiga qaytyapsiz. Kasratda boʻgʻilishga emas, vahdat doirasida tanaffus qilasiz. Firoqqa emas, visolga mutavajjihsiz.
OʻN BIRINCHI HUJJATI IYMONIYA
Bir zamon ikki odam bir hovuzda choʻmildilar. Favquloda bir ta'sir ostida behush boʻldilar. Koʻzlarini ochgan payt koʻrdilarki, ajib bir olamga keltirilganlar. Shunday bir olamki, kamoli intizomidan bir mamlakat hukmida, balki bir shahar hukmida, balki bir saroy hukmidadir. Kamoli hayratlaridan atroflariga qaradilar. Koʻrdilarki: Bir jihatdan qaralsa, azim bir olam koʻrinadi. Bir jihatdan qaralsa, muntazam bir mamlakat... Bir jihatdan qaralsa, mukammal bir shahar... Boshqa bir jihatdan qaralsa, gʻoyat muhtasham bir olamni ichiga olgan bir saroydir. Shu ajoyib olamda kezib sayron etdilar. Koʻrdilarki: Bir qism maxluqot bor; bir tarz bilan gapiryaptilar, faqat bular ularning tillarini bilmaydilar. Yolgʻiz ishoratlaridan tushunilyaptiki, muhim ishlar qilyaptilar va ahamiyatli vazifalar bajaryaptilar.
U ikki odamdan birisi doʻstiga dediki: "Shu ajib olamning albatta bir mudabbiri va shu muntazam mamlakatning bir moliki, shu mukammal shaharning bir sohibi, shu musanno' saroyning bir ustasi bordir. Biz harakat qilishimiz kerak, uni tanishimiz kerak. Chunki tushunilyaptiki, bizni bu yerga keltirgan udir. Uni tanimasak, kim bizga madad beradi? Tillarini bilmaganimiz va ular bizni tinglamagan shu ojiz maxluqlardan nima kutishimiz mumkin? Ham ulkan bir olamni bir mamlakat suratida, bir shahar tarzida, bir saroy shaklida qurgan va boshdan oyoq horiqo narsalar bilan toʻldirgan va muzayyanotning anvo'i bilan tazyin etgan va ibratnamo moʻ'jizotlar bilan bezagan bir zot, albatta bizdan va bu yerga kelganlardan bir istagani bordir. Uni tanishimiz kerak. Ham nima istaganini bilishimiz lozimdir." Boshqa odam dedi: "Ishonmayman, bunday bahs qilganing kabi bir zot boʻlsin va butun bu olamni bir oʻzi idora qilsin." Doʻsti javoban dediki: "Buni tanimasak, loqayd qolsak, manfaati hech yoʻq; zarari boʻlsa juda azimdir. Agar tanishga harakat qilsak, mashaqqati juda yengildir, manfaati boʻlsa juda azimdir. Shuning uchun unga qarshi loqayd qolish hech kori aql emasdir." U bebosh odam dedi: "Men butun rohatimni, halovatimni uni oʻylamaslikda koʻraman. Ham bunday aqlimga sigʻmagan narsalar bilan ovora boʻlmayman. Butun bu ishlar tasodifiy va aralash-quralash ishlardir, oʻzidan-oʻzi boʻlyapti, menga nima kerak." Aqlli doʻsti unga dedi: "Sening bu tamarruding meni ham, balki koʻplarni ham baloga tiqadi. Bir adabsiz sababli, ba'zan boʻladiki, bir mamlakat xarob boʻladi." Yana u bebosh qaytib dediki: "Yo qat'iyan menga isbot qilki; bu ulkan mamlakatning yagona bir moliki, yagona bir sone'i bordir. Yoki menga aralashma." Javoban doʻsti dedi: "Modomiki qaysarliging devonalik darajasiga chiqqan; u oʻjarliging bilan bizni va balki mamlakatni bir qahrga giriftor etasan. Men ham senga oʻn ikki burhon bilan koʻrsatamanki: Bir saroy kabi shu olamning, bir shahar kabi shu mamlakatning yagona bir ustasi bordir va u usta, hamma narsani idora qilgan yolgʻiz udir. Hech bir jihatdan nuqsoniyati yoʻqdir. Bizga koʻrinmagan u usta, bizni va hamma narsani koʻradi va soʻzlarini eshitadi. Butun ishlari moʻ'jiza va horiqodir. Butun bu koʻrganimiz va tillarini bilmaganimiz shu maxluqlar uning ma'murlaridir."
Kel, har tarafga qara, hamma narsaga diqqat qil! Butun bu ishlar ichida yashirin bir qoʻl ishlayapti. Chunki qara, bir dirham
{(Hoshiya1) Daraxtlarni boshlarida tashigan urugʻlarga ishoratdir.}
qadar quvvati boʻlmagan bir urugʻ kichikligidagi bir narsa minglab botmon yukni koʻtaryapti. Zarra qadar shuuri boʻlmagan
{(Hoshiya2) Oʻzidan-oʻzi yuksalmagan va mevalarning ogʻirligiga dosh bermagan uzum novdalari kabi nozanin nabototning boshqa daraxtlarga latif qoʻllar otib oʻralishlariga va ularga yuklanishlariga ishoratdir.}
gʻoyat hakimona ishlar qilyapti. Demak, bular oʻzlaridan-oʻzlari ishlamayaptilar. Ularni ishlattirgan yashirin bir qudrat sohibi bordir. Agar bir oʻzi boʻlsa, butun boshdan-oyoq bu koʻrganimiz mamlakatda har ish moʻ'jiza, hamma narsa moʻ'jizakor bir horiqo boʻlishi lozim boʻladi. Bu esa bir safsatadir.
Kel, butun bu vodiylarni, bu maydonlarni, bu manzillarni bezatgan narsalar ustiga diqqat qil. Har birisida u yashirin zotdan xabar bergan ishlar bor. Xuddi har biri bittadan turra, bittadan sikka kabi u gʻaybiy zotdan xabar beradilar. Mana koʻzingning oʻngida, qara; bir dirham paxtadan
{(Hoshiya3) Danakka ishoratdir. Masalan: Zarra kabi bir afyun buzri, bir dirham kabi bir zardoli navoti, bir qovun urugʻi, qanday matodan goʻzalroq toʻqilgan yaproqlar, batis gazlamasidan oqroq va sariq gullar shirinlikdan shirinroq va koʻftalardan va konserva qutilaridan latifroq, lazizroq, shirinroq mevalarni xazina-i rahmatdan keltiradilar, bizga taqdim qiladilar.}
nima qilyapti. Qara, necha toʻp mato va batis gazlamasi va gulli mato chiqdi. Qara, undan naqadar shirinliklar, aylana totli koʻftalar qilinyaptiki, bizlar kabi minglab odam kiysa va yesa, kifoya qiladi. Hamda qara, bu temirni, tuproqni, suvni, koʻmirni, misni, kumushni, oltinni gʻaybiy hovuchiga oldi, bir goʻsht parchasi
{(Hoshiya4) Unsurlardan jismi hayvoniyni yaratish va nutfadan zihayotni ijod qilishga ishoratdir.}
qildi; qara, koʻr... Mana ey aqlsiz odam! Bu ishlar shunday bir zotga maxsusdirki; butun bu mamlakat butun ajzosi bilan uning moʻ'jiza-i quvvati ostida turyapti, har orzusiga rom boʻlyapti.
Kel, bu mutaharrik antiqa
{(Hoshiya5) Hayvonlarga va insonlarga ishoratdir. Zero hayvon shu olamning kichik bir mundarijasi va mohiyati insoniya shu koinotning bir misoli musagʻgʻari boʻlganidan; xuddi olamda nima boʻlsa, insonda namunasi bordir.}
san'atlariga qara! Har birisi shunday bir tarzda qilingan; xuddiki bu ulkan saroyning bir kichik nusxasidir. Butun bu saroyda nima boʻlsa, u kichkina mutaharrik uskunalarda mavjud. Hech mumkinmidirki, bu saroyning ustasidan boshqa birisi kelib, bu ajib saroyni kichik bir uskunada joylashtirsin? Ham hech mumkinmidirki, bir quti qadar bir uskuna butun bir olamni ichiga olgani holda, tasodifiy yoxud abas bir ish ichida boʻlsin? Demak, butun koʻzing koʻrgan naqadar antiqa uskunalar boʻlsa, u yashirin zotning bittadan sikkasi hukmidadirlar. Balki bittadan dallol, bittadan e'lonnoma hukmidadirlar. Lisoni hollari bilan deydilarki: "Biz shunday bir zotning san'atimizki: Butun bu olamimizni, bizni yaratgani va suhulat bilan ijod qilgani kabi, osonlik bilan yarata oladigan bir zotdir".
Ey muannid doʻstim! Kel, senga yanada ajibini koʻrsataman. Qara, bu mamlakatda butun bu ishlar, bu narsalar oʻzgardi, oʻzgaryapti, bir holatda turmayapti. Diqqat qilki, bu koʻrganimiz jomid jismlar, hissiz qutilar; bittadan hokimi mutlaq suratini oldilar; xuddi har bir narsa butun ashyoga hukm qiladi. Mana, bu yonimizdagi bu uskunaga qara;
{(Hoshiya6) Uskuna mevador daraxtlarga ishoratdir. Chunki yuzlab dastgohlarni, fabrikalarni ingichkagina shoxlarida tashiydiganday; hayratnamo yaproqlarni, gullarni, mevalarni toʻqiydi, bezaydi, pishiradi, bizlarga uzatadi. Holbuki qaragʻay va qatron kabi muhtasham daraxtlar quruq bir toshda dastgohini otgan, ishlab turibdilar.}
goʻyo amr qiladi. Mana, uning tazyinotiga va ishlashiga lozim lavozimot va moddalar uzoq yerlardan yugurib kelyaptilar. Mana, u yerga qara: U shuursiz jism
{(Hoshiya7) Hububotga, danaklarga, chivinlarning tuxumchalariga ishoratdir. Masalan bir chivin bir qayragʻochning yaprogʻida tuxumini qoldiradi. Birdan u ulkan qayragʻoch yaproqlarini u tuxumlarga bir rahmi modar, bir beshik, asal kabi bir gʻido bilan toʻla bir mahzanga aylantiradi. Xuddi u mevasiz daraxt u suratda ziruh mevalar beradi.}
goʻyo bir ishorat qiladi, eng katta bir jismni oʻziga xizmatkor qiladi, oʻz ishlarida ishlattiradi. Yana boshqa narsalarni bularga qiyos qil. Xuddi har bir narsa butun bu olamdagi xilqatlarni musahhar etadi. Agar u yashirin zotni qabul qilmasang, butun bu mamlakatdagi toshida, tuprogʻida, hayvonida, insonga oʻxshash maxluqlarda; u zotning butun hunarlarini, san'atlarini, kamolotlarini bitta-bittalab (u narsalarga) berasan. Mana, aqling uzoq koʻrgan birgina moʻ'jiznamo zotning badaliga milliardlab u kabi moʻ'jiznamo, ham bir-biriga zid, ham bir-biriga misl, ham bir-biri ichida boʻlishsin; bu intizom buzilmasin, oraliqni chalkashtirmasinlar. Holbuki bu ulkan mamlakatda ikki barmoq qoʻshilsa, chalkashtiradi. Chunki bir qishloqda ikki mudir, bir shaharda ikki hokim, bir mamlakatda ikki podshoh boʻlsa, chalkashtiradi. Qayerda qoldiki, hadsiz hokimi mutlaq barobar boʻlsin!
Ey vasavasali doʻstim! Kel, bu azim saroyning naqshlariga diqqat qil va butun bu shaharning ziynatlariga qara va butun bu mamlakatning tanzimotini koʻr va butun bu olamning san'atlarini tafakkur qil! Xullas qara: Agar nihoyatsiz moʻ'jizalari va hunarlari boʻlgan yashirin bir zotning qalami ishlamasa, bu naqshlari boshqa shuursiz sabablarga, koʻr tasodifga, kar tabiatga berilsa, u vaqt yo bu mamlakatning har bir toshi, har bir oʻti shunday moʻ'jiznamo naqqosh, shunday bir horiquloda kotib boʻlishi lozim boʻladiki, bir harfda ming kitobni yoza olsin, bir naqshda millionlab san'atni joylashtira olsin. Chunki qara bu toshlardagi naqshga,
{(Hoshiya8) Shajara-i xilqatning mevasi boʻlgan insonga va oʻz daraxtining dasturini va mundarijasini tashigan mevaga ishoratdir. Zero qalami qudrat olamning kitobi kabirida nima yozgan boʻlsa, ijmolini mohiyati insoniyada yozgandir. Qalami qadar togʻ kabi bir daraxtda nima yozgan boʻlsa, tirnoq kabi mevasida ham joylashtirgandir.}
har birisida butun saroyning naqshlari bor, butun shaharning tanzimot qonunlari bor, butun mamlakatning tashkilot dasturlari bor. Demak, bu naqshlarni qilish butun mamlakatni qilish qadar horiqodir. Shunday ekan, har bir naqsh, har bir san'at u yashirin zotning bir e'lonnomasidir, bir xotamidir.
Modomiki bir harf kotibini koʻrsatmasligi mumkin emas. San'atli bir naqsh naqqoshini bildirmasligi mumkin emas. Qanday boʻladiki: Bir harfda ulkan bir kitobni yozgan, bir naqshda ming naqshni naqsh etgan naqqosh oʻz kitobi bilan va naqshi bilan bilinmasin?
Kel, bu keng vodiyga chiqamiz.
{(Hoshiya9) Bahor va yoz mavsumida zaminning yuziga ishoratdir. Zero yuz minglab muxtalif maxluqotning toifalari bir-biri ichida barobar ijod qilinadi, roʻyi zaminda yoziladi. Xatosiz, qusursiz, kamoli intizom bilan almashtiriladi. Minglab dasturxoni Rahmon ochiladi, teriladi, yangi yangi keladi. Har bir daraxt bittadan vositachi savdogar, har bir boʻston bittadan qozon hukmiga oʻtadi.}
Mana, u vodiy ichida yuksak bir togʻ bor. Ustiga chiqamiz, toki butun atrofi koʻrinsin. Ham hamma narsani yaqinlashtiradigan goʻzal durbinlarni ham barobar olamiz. Chunki bu ajib mamlakatda ajib ishlar boʻlyapti. Har soatda hech aqlimizga kelmagan ishlar boʻlyapti. Mana, qara! Bu togʻlar va vodiylar va shaharlar birdan oʻzgaryapti. Ham qanday oʻzgaryapti.. shunday bir tarzdaki: Millionlab bir-biri ichida ishlar gʻoyat muntazam suratda oʻzgaryapti. Xuddi millionlab mutanavvi' matolar bir-biri ichida barobar toʻqilayotganday juda ajib tahavvulot boʻlyapti. Qara, shu qadar unsiyat etganimiz va taniganimiz gulli-mulli narsalar yoʻqoldilar. Muntazaman oʻrinlariga va mohiyatlari ularga oʻxshash, lekin suratlari boshqa boʻlganlar keldilar. Xuddi shu vodiy, togʻlar bittadan sahifa; yuz minglab boshqa-boshqa kitoblar ichida yozilyapti. Ham xatosiz, nuqsonsiz boʻlib yozilyapti. Xullas, bu ishlar yuz daraja maholdirki, oʻzidan-oʻzi boʻlsin. Ha, nihoyat darajada san'atli, diqqatli shu ishlar oʻzidan-oʻzi boʻlishi ming daraja maholdirki: Oʻzlaridan ziyoda san'atkorlarini koʻrsatadilar. Ham bularni qiluvchi shunday moʻ'jiznamo bir zotdirki, hech bir ish unga ogʻir kelmaydi. Mingta kitob yozish bir harf qadar unga oson boʻladi. Bu bilan birga har tarafga qaraki, ham shunday bir hikmat bilan hamma narsani joy-joyiga qoʻyapti va shunday mukrimona hammaga loyiq boʻlgan lutflarni qilyapti; ham shunday ehsonparvarona umumiy pardalar va eshiklar ochyaptiki, hammaning orzularini qondiryapti. Ham shunday saxovatparvarona dasturxonlar hozirlanayaptiki, butun bu mamlakatning xalqlariga, hayvonlariga, har bir toifasiga xos va loyiq, balki har bir fardiga maxsus ismi bilan va rasmi bilan bir ne'mat patnisi berilyapti. Xullas, dunyoda bundan mahol bir narsa bormiki, bu koʻrganimiz ishlar ichida tasodifiy ishlar boʻlsin yoki abas va foydasiz boʻlsin yoki mutaaddid qoʻllar qoʻshilsin yoki ustasi hamma narsaga muqtadir boʻlmasin yoki hamma narsa unga musahhar boʻlmasin! Mana ey doʻstim! Hadding boʻlsa, bunga qarshi bir bahona top!
Ey doʻstim, kel! Hozir bu juz'iyotni tashlab, saroy shaklidagi bu ajib olamning ajzolarining bir-biriga qarshi boʻlgan vaziyatlariga diqqat qilamiz. Mana, qara. Bu olamda shu daraja intizom bilan kulliy ishlar qilinyapti va umumiy inqiloblar boʻlyaptiki, xuddi butun bu saroydagi mavjud toshlar, tuproqlar, daraxtlar, har bir narsa bittadan foili muxtor kabi butun bu olamning nizomoti kulliyasiga rioya qilib, unga koʻra tavfiqi harakat qilyapti. Bir-biridan eng uzoq narsalar bir-birining imdodiga yuguryapti. Mana, qara. Gʻaybdan ajib bir qofila
{(Hoshiya1) Umum hayvonotning arzoqini tashigan nabotot va ashjar qofilalaridir.}
chiqib kelyapti. Markablari daraxtlarga, nabotlarga, togʻlarga oʻxshaydilar. Boshlarida bittadan rizqlar patnisi tashiyaptilar. Mana, qara: Bu tarafda kutayotgan muxtalif hayvonotning arzoqlarini keltiryaptilar. Hamda qara: Bu gumbazda u azim elektr chirogʻi
{(Hoshiya2) U azim elektr chirogʻi, Quyoshga ishoratdir.}
ularga nur bergani kabi, butun taomlarini shunday goʻzal pishiryapti; yolgʻiz, pishiriladigan taomlar bir dasti gʻaybiy tarafidan bittadan ipga taqilib
{(Hoshiya3) Ip va ipga taqilgan taom esa, daraxtning ingichka shoxlari va laziz mevalaridir.}
unga qarshi tutilyapti. Bu tarafga ham qara: Bu bechora zaif, nahif, quvvatsiz hayvonchalar... Qanday ularning boshi qarshisida latif gʻido bilan toʻla ikki tulumbacha
{(Hoshiya4) Ikki tulumbacha esa, volidalarning koʻkraklariga ishoratdir.}
taqilgan, ikki chashma kabi; yolgʻiz u quvvatsiz maxluq uni ogʻziga yopishtirishi kifoyadir.
Alhosil: Butun bu olamning butun ashyosi, bir-biriga qarayotganday, bir-biriga yordam berishadi. Bir-birini koʻrayotganday, bir-biriga qoʻlni qoʻlga berishadi. Bir-birining ishini takmil uchun, bir-biriga yelkani yelkaga berishadi. Belni belga berib barobar ishlashadi. Hamma narsani bunga qiyos qil; sanagan bilan tugamaydi... Xullas, butun bu hollar ikki karra ikki toʻrt boʻlish darajasida qat'iy koʻrsatadiki; shu saroyi ajibning ustasiga, ya'ni shu gʻarib olamning sohibiga hamma narsa musahhardir. Hamma narsa uning hisobiga ishlaydi. Hamma narsa unga bir amrbar askar hukmidadir. Hamma narsa uning quvvati bilan aylanadi. Hamma narsa uning amri bilan harakat qiladi. Hamma narsa uning hikmati bilan tanzim boʻladi. Hamma narsa uning karami bilan muovanat etadi. Hamma narsa uning marhamati bilan boshqasining imdodiga yuguradi, ya'ni yugurtiriladi. Ey doʻstim! Hadding boʻlsa, bunga qarshi bir soʻz ayt!
Kel, ey nafsim kabi oʻzini aqlli deb oʻylagan aqlsiz doʻstim! Shu saroyi muhtashamning sohibini tanishni istamayapsan! Holbuki hamma narsa uni koʻrsatyapti, unga ishorat qilyapti, unga shahodat qilyapti. Butun bu narsalarning shahodatini qanday takzib etyapsan! Shunday ekan, bu saroyni ham inkor qil va "Olam yoʻq, mamlakat yoʻq" degin va oʻzingni ham inkor qil, oʻrtadan chiq. Boʻlmasa esingni yigʻ, meni tingla! Mana, qara: Shu saroy ichida boʻlgan va mamlakatni ihota etgan yaknasoq unsurlar, ma'danlar bor.
{(Hoshiya5) Unsurlar, ma'danlar esa juda koʻp muntazam vazifalari boʻlgan va izni Rabboniy bilan har muhtojning imdodiga yugurgan va amri Ilohiy bilan har bir yerga kirgan, madad bergan va hayotning lavozimotini yetishtirgan va zihayotni emizgan va masnu'oti Ilohiyaning nasjiga, naqshiga mansha' va muvallid va beshik boʻlgan havo, suv, ziyo, tuproq unsurlariga ishoratdir.}
Xuddi mamlakatdan chiqqan hamma narsa u moddalardan qilinadi. Demak, u moddalar kimning mulki boʻlsa, butun undan qilingan narsalar ham unikidir. Ekinzor kimniki boʻlsa, mahsulot ham unikidir. Dengiz kimniki boʻlsa, ichidagilar ham unikidir. Ham qara, bu toʻqilgan narsalar, bu nasj etilgan munaqqash matolar bitta moddadan qilinyapti. U moddani keltirgan, ihzor etgan va ip holiga keltirgan, albatta bilbedaho birdir. Chunki u ish ishtirok qabul qilmaydi. Shunday ekan, butun nasj etilgan san'atli narsalar unga maxsusdir. Ham yana qara, bu toʻqilgan, qilingan narsalarning har bir jinsi butun mamlakatning har tarafida mavjud; butun abno-i jinslari bilan shunday intishor etgan; barobar boʻlib bir-biri ichida, bir tarzda, bir onda qilinyapti, nasj etilyapti. Demak, birgina zotning ishidir, birgina amr bilan harakat qiladi. Boʻlmasa bunday bir onda, bir tarzda, bir vaziyatda, bir hay'atda ittifoq va muvofaqat maholdir. Shunday ekan, bu san'atli narsalarning har birisi u yashirin zotning bir e'lonnomasi hukmida uni koʻrsatadi. Goʻyo har bir gulli mato, har bir san'atli uskuna, har bir totli luqma u moʻ'jiznamo zotning bittadan sikkasi, bittadan xotami, bittadan nishoni, bittadan turrasi hukmida; lisoni hol bilan har birisi deydi: "Men kimning san'ati boʻlsam, joylashgan sandiqlarim va doʻkonlarim ham uning mulkidir". Va har bir naqsh deydi: "Meni kim toʻqigan boʻlsa, joylashgan toʻpim ham uning toʻqimasidir". Har bir totli luqma deydi: "Meni kim qilayotgan, pishirayotgan boʻlsa, joylashgan qozonim ham unikidir". Har bir uskuna deydi: "Meni kim qilgan boʻlsa, mamlakatda intishor etgan butun oʻxshashlarimni ham u qilyapti va butun mamlakatning har tarafida bizni yetishtirgan udir. Demak, mamlakatning moliki ham udir. Shunday ekan, butun bu mamlakatga, bu saroyga molik kim boʻlsa, u bizga molik boʻla oladi". Masalan, qandayki miriyga maxsus birgina askar kamari yoxud birgina tugmaga molik boʻlish uchun, ularni yasagan butun fabrikalarga molik boʻlish lozimdirki, ularga haqiqiy molik boʻlsin. Boʻlmasa u vaysaqi boshibuzuqdan, "miriy molidir" deya qoʻlidan olinib, tajziya etiladi.
Alhosil: Qanday qilib bu mamlakatning anosiri mamlakatni qamragan bittadan moddadir. Ularning moliki ham butun mamlakatga molik birgina zot boʻlishi mumkin. Shunga oʻxshab, butun mamlakatda intishor etgan san'atlar bir-biriga oʻxshagani va birgina sikka izhor qilganlari uchun, butun mamlakat yuzida intishor etgan masnu'lar har bir narsaga hukm qilgan bitta zotning san'atlari boʻlganini koʻrsatadilar.
Mana ey doʻstim! Modomiki shu mamlakatda, ya'ni shu saroyi muhtashamda bir birlik alomati bordir; bir vahdat sikkasi bor. Chunki bir qism narsalar, bir ekan; ihotasi bor. Bir qism mutaaddid boʻlsa -faqat bir-biriga oʻxshagani va har tarafda boʻlgani uchun- bir vahdati nav'iya koʻrsatyapti. Vahdat esa bir vohidni koʻrsatadi. Demak ustasi ham, moliki ham, sohibi ham, sone'i ham bir boʻlishi lozim boʻladi. Bu bilan barobar, sen bunga diqqat qilki, bir parda-i gʻaybdan qalingina bir ip chiqyapti.
{(Hoshiya6) Qalingina bir ip mevador daraxtga; minglab iplar esa shoxlariga va iplar boshidagi olmos, nishon, ehson, hadyalar esa, gullarning aqsomiga va mevalarning anvo'iga ishoratdir.}
Qara, soʻngra minglab iplar undan uzangan. Har bir ipning boshiga qara: Bittadan olmos, bittadan nishon, bittadan ehson, bittadan hadya taqilgan. Hammaga koʻra bittadan hadya beryapti. Ajabo, bilasanmiki, bunday gʻarib bir gʻayb pardasidan bunday ajib ehsonotni, hadoyani shu maxluqlarga uzatgan zotni tanimaslik, unga tashakkur etmaslik naqadar devonacha bir harakatdir. Chunki uni tanimasang, bilmajburiya deysanki: "Bu iplar uchlaridagi olmoslarni, boshqa hadyalarni oʻzlari qilyaptilar, beryaptilar". U vaqt har ipga bir podshohlik ma'nosini berish lozim boʻladi. Holbuki koʻzimizning oʻngida bir dasti gʻaybiy u iplarni ham qilib u hadoyani ularga taqyapti. Demak, butun bu saroyda hamma narsa oʻz nafsidan ziyoda u moʻ'jiznamo zotni koʻrsatadi. Uni tanimasang, butun bu narsalarni inkor qilish bilan hayvondan yuz daraja pastga tushasan.
Kel, ey muhokamasiz doʻstim! Sen shu saroyning sohibini tanimaysan va tanishni ham istamaysan. Chunki istib'od etasan. Uning ajib san'atlarini va holotini aqlga sigʻishtirolmaganingdan inkorga kiryapsan. Holbuki asl istib'od, asl mushkulot va haqiqiy suubatlar va dahshatli qiyinchiliklar uni tanimaslikdadir. Chunki uni tanisak, butun bu saroy, bu olam bitta narsa kabi oson boʻladi, yengil boʻladi; bu oʻrtadagi arzonlik va mabzuliyatga mador boʻladi. Agar tanimasak va u boʻlmasa, u vaqt har bir narsa butun bu saroy qadar mushkulotli boʻladi. Chunki hamma narsa bu saroy qadar san'atlidir. U vaqt na arzonlik va na mabzuliyat qoladi. Bu koʻrgan narsalarimizning bittasi nafaqat qoʻlimizga, balki hech kimning qoʻliga oʻtmas edi. Sen yolgʻiz shu ipga taqilgan totli konserva qutisiga qara.
{(Hoshiya7) Konserva quttisi qudrat konservalari boʻlgan qovun, tarvuz, anor, sut qutisi hindiston yongʻogʻi kabi rahmat hadyalariga ishoratdir.}
Agar uning yashirin oshxona-i moʻ'jiznamosidan chiqmasa edi, hozir qirq tiyin bilan olganimiz holda, yuz liraga ham ololmas edik.
Ha, butun istib'od, mushkulot, suubat, halokat balki maholiyat uni tanimaslikdadir. Chunki qandayki bir daraxtga bir ildizdan, bir qonun bilan, bir markazdan hayot beriladi. Minglab mevalarning tashakkuli bir meva kabi suhulat paydo qiladi. Agar u daraxtning mevalari boshqa-boshqa markazga va ildizga, boshqa-boshqa qonun bilan rabt etilsa, har bir meva butun daraxt qadar mushkulotli boʻladi. Ham qandayki butun qoʻshinning tajhizoti bir markazdan, bir qonundan, bir fabrikadan chiqsa; miqdor jihatidan bir askarning tajhizoti qadar osonlashadi. Agar har bir askarning boshqa-boshqa yerlarda tajhizoti qilinsa, olinsa; har bir askarning tajhizoti uchun butun qoʻshinning tajhizotiga lozim fabrikalar boʻlishi lozim boʻladi.
Aynan bu ikki misol kabi: Shu muntazam saroyda, shu mukammal shaharda, shu mutaraqqiy mamlakatda, shu muhtasham olamda butun bu narsalarning ijodi bitta zotga berilgan vaqt, shu qadar oson boʻladi, shu qadar yengillik paydo qiladiki; koʻrganimiz nihoyatsiz arzonlikka va mabzuliyatga va saxovatga sababiyat beradi. Boʻlmasa hamma narsa shu qadar qimmat, shu qadar mushkulotli boʻladiki, dunyo berilsa, birisini qoʻlga kiritib boʻlmaydi.
Kel, ey bir parcha insofga kelgan doʻstim! Oʻn besh kundir
{(Hoshiya1) Oʻn besh kun sinni taklif boʻlgan oʻn besh yilga ishoratdir.}
biz bu yerdamiz. Agar shu olamning nizomlarini bilmasak, podshohini tanimasak, jazoga haqdor boʻlamiz. Uzrimiz qolmadi. Zero oʻn besh kundan beri (goʻyo bizga muhlat berilgandek) hech kimning biz bilan ishi yoʻq. Albatta biz sohibsiz emasmiz. Bu daraja nozik san'atli, me'zonli, latofatli, ibratli masnu'lar ichida hayvon kabi kezib buzolmaymiz, bizga buzdirmaydilar. Shu mamlakatning hashmatli molikining albatta jazosi ham dahshatlidir. U zot naqadar qudratli, hashmatli bir zot boʻlganini shu bilan tushuningki: Shu ulkan olamni bir saroy kabi tanzim etyapti, bir charxpalak kabi aylantiryapti. Shu katta mamlakatni bir xona kabi, hech bir narsani nuqson qoldirmasdan idora qilyapti. Mana, qara, vaqt-bavaqt bir idishni toʻldirib boʻshatish kabi shu saroyni, shu mamlakatni, shu shaharni kamoli intizom bilan toʻldirib, kamoli hikmat bilan boʻshattiryapti. Bir dasturxonni ham koʻtarib tushurish kabi, ulkan mamlakatni boshdan oyoq turli-tuman dasturxonlar
{(Hoshiya2) Dasturxonlar esa, yozda zaminning yuziga ishoratdirki, yuzlab yangi-yangi va boshqa-boshqa boʻlib, oshxona-i rahmatdan chiqqan Rahmoniy dasturxonlar toʻshaladi, almashadi. Har bir boʻston bir qozon, har bir daraxt bir vositachi savdogardir.}
bir dasti gʻaybiy tarafidan koʻtarib, tushirib mutanavvi' ovqatlarni navbat bilan keltirib yediradi. Uni olib tashlab boshqasini keltiradi, sen ham koʻryapsan va aqling boʻlsa tushunasanki, u dahshatli hashmat ichida hadsiz saxovatli bir karam bor.
Hamda qaraki, u gʻaybiy zotning saltanatiga, birligiga butun bu narsalar shahodat qilgani kabi; shuningdek qofila-qofila orqasidan kelib oʻtgan, u haqiqiy parda-parda orqasidan ochilib yopilgan bu inqiloblar, bu tahavvulotlar u zotning davomiga, baqosiga shahodat qiladi. Chunki zavol topgan ashyo bilan barobar sabablari ham yoʻqoladi. Holbuki ularning orqasidan ularga isnod etganimiz narsalar takror boʻladi. Demak, u asarlar ularniki emas ekan; balki zavolsiz birisining asarlari ekan. Qandayki bir daryoning pufakchalari ketadi, orqasidan kelgan pufakchalar ketganlar kabi porlaganidan anglashiladiki; ularni porlattirgan, doimiy va yuksak bir nur sohibidir. Shuning kabi: Bu ishlarning tezlik bilan oʻzgarishi, orqalaridan kelganlarning ayni rang olishi koʻrsatadiki; zavolsiz doimiy birgina zotning jilvalaridir, naqshlaridir, oynalaridir, san'atlaridir.
Kel, ey doʻstim! Hozir senga oʻtgan oʻn burhon quvvatida qat'iy bir burhon yana koʻrsataman. Kel, bir kemaga minamiz;
{(Hoshiya3) Kema tarixga va jazira esa Asri Saodatga ishoratdir. Shu asrning zulumotli sohilida, mimsiz madaniyat kiydirgan libosni yechib, zamonning dengiziga kirib, tarix va siyar safinasiga minib, Asri Saodat jazirasiga va Jazirat-ul Arab maydoniga chiqib, Faxri Olamni (S.A.V.) ish boshida ziyorat qilish bilan bilamizki, u zot shu qadar porloq bir burhoni tavhiddirki, zaminning boshdan oyoq yuzini va zamonning oʻtgan va kelajak ikki yuzini nurlantirgan, kufr va zalolat zulumotini tarqatgandir.}
shu uzoqda bir jazira bor, u yerga ketamiz. Chunki bu tilsimli olamning kalitlari u yerda boʻladi. Ham hamma u jaziraga qarayapti, u yerdan bir narsalar kutyapti, u yerdan amr olyaptilar. Mana qara, ketyapmiz. Hozir shu jaziraga chiqdik. Qara, juda katta bir ijtimo' bor. Shu malakatning butun kattalari bu yerda toʻplangan kabi muhim ihtifol koʻrinyapti. Yaxshi diqqat qil. Bu jamiyati azimaning bir raisi bor. Kel, yaqinroq boramiz. U raisni tanishimiz kerak. Mana qara, naqadar porloq va mingdan
{(Hoshiya4) Ming nishon esa, ahli tahqiq yonida mingga yetgan moʻ'jizoti Ahmadiyadir (S.A.V.).}
ziyoda nishonlari bor. Naqadar quvvatli gapiryapti. Naqadar totli bir suhbat qilyapti. Shu oʻn besh kun mobaynida, bularning deganlarini men biroz oʻrgandim. Sen ham mendan oʻrgan. Qara, u zot shu mamlakatning moʻ'jiznamo sultonidan bahs qilyapti. "U sultoni zishon meni sizlarga yubordi", deyapti. Qara, shunday horiqolar koʻrsatyapti; shubha qoldirmayaptiki, bu zot u podshohning bir ma'muri maxsusidir. Sen diqqat qilki, bu zotning aytgan soʻzini nafaqat shu jaziradagi maxluqlar tinglayaptilar, balki horiquloda suratda butun mamlakatga eshittiryapti. Chunki uzoqdan uzoqqa hamma bu yerdagi nutqini eshitishga harakat qilyapti. Nafaqat insonlar tinglayaptilar, balki hayvonlar ham, hatto qara, togʻlar ham u keltirgan amrlarni tinglayaptilarki, yerlaridan qimirlayaptilar. Shu daraxtlar ishorat qilgan yerga ketyaptilar. Qayerda istasa, suv chiqaryapti. Hatto barmogʻini ham bir obi kavsar koʻkragi kabi qilyapti; undan obi hayot ichiryapti. Qara, shu saroyning qubba-i oliysida muhim chiroq,
{(Hoshiya5) Muhim chiroq Qamardirki, uning ishorati bilan ikki parcha boʻlgan. Ya'ni: Mavlono Jomiyning deganlari kabi: "Hech yozuv yozmagan u ummiy zot barmoq qalami bilan sahifa-i samoviyda bir alif yozgan, bir qirqni ikki ellik qilgan". Ya'ni; yorilishdan avval qirq boʻlgan mimga oʻxshagan; yorilishdan keyin ikki hilol boʻldi, ellikdan iborat boʻlgan ikki nunga oʻxshadi.}
uning ishorati bilan bir ekan, ikkita boʻlyapti. Demak, bu mamlakat butun mavjudoti bilan uning ma'muriyatini taniydi. Uni "gʻaybiy bir zoti moʻ'jiznamoning eng xos va toʻgʻri bir tarjimonidir, bir dalloli saltanati va tilsimining kashshofi va avomirining tabligʻiga amin bir elchisi" boʻlganini biladiganday, uni tinglab itoat qilyaptilar. Mana, bu zot har aytgan soʻzini atrofidagi butun aqli boshida boʻlganlar: "Ha, ha toʻgʻridir" deydilar, tasdiq qiladilar. Balki shu mamlakatda togʻlar, daraxtlar, butun mamlakatlarni ziyolantirgan katta nur chirogʻi
{(Hoshiya6) Katta bir nur chirogʻi Quyosh boʻlib, yerning sharqdan aylanib kelishi bilan Quyoshning yangidan koʻrinishi, quchogʻida Paygʻambarning (S.A.V.) yotishi bilan asr namozini oʻqimagan Imom Ali (R.A.) u moʻ'jizaga binoan asr namozini vaqtida oʻqigan.}
u zotning ishorat va amrlariga bosh egishi bilan, "Ha, ha, har deganing toʻgʻridir" deydilar.
Mana ey tentak doʻstim! Shu podshohning xazina-i xossasiga maxsus ming nishon tashigan shu nuroniy va muhtasham va juda jiddiy zotning butun quvvati bilan butun mamlakatning raislarining taxti tasdiqida bahs qilgan bir Zoti Moʻ'jiznamodan va zikr qilgan avsofidan va tabligʻ etgan avomirida hech bir vajh bilan xilof va hiyla boʻlishi mumkinmi? Bunda xilofi haqiqat mumkin boʻlsa; shu saroyni, shu chiroqlarni, shu jamoatni ham vujudlarini, ham haqiqatlarini takzib etish lozim boʻladi. Agar hadding boʻlsa, bunga qarshi e'tiroz barmogʻingni uzatib koʻr, qanday barmogʻing burhon quvvati bilan sinib, sening koʻzingga suqilishini koʻrasan.
Kel, ey bir oz aqli boshiga kelgan birodar! Butun oʻn bir burhon quvvatida bir burhon yana koʻrsataman. Mana, qara. Yuqoridan tushgan va hamma unga hayratidan yoki hurmatidan kamoli diqqat bilan qaragan shu nuroniy farmonga
{(Hoshiya7) Nuroniy farmon Qur'onga va ustidagi turra esa i'joziga ishoratdir.}
qara. U ming nishonli zot uning yonida turgan, oʻsha farmonning maolini umumga bayon qilyapti. Mana, shu farmonning uslublari shunday bir tarzda porlayaptiki, hammaning nazari istehsonini jalb etyapti va shunday jiddiy, ahamiyatli masalalarni zikr qilyaptiki, hamma quloq solishga majbur boʻlyapti. Chunki butun bu mamlakatni idora qilgan va bu saroyni qurgan va bu ajoyibni izhor qilgan zotning shuunotini, af'olini, avomirini, avsofini alohida-alohida bayon qilyapti. U farmonning hay'ati umumiyasida bir turra-i a'zam boʻlgani kabi, qara, har bir satrida, har bir jumlasida taqlid qilinmaydigan bir turra boʻlgani kabi, ifoda qilgan ma'nolar, haqiqatlar, amrlar, hikmatlar ustida ham u zotga maxsus bittadan ma'naviy xotam hukmida unga xos bir tarz koʻrinyapti.
Alhosil: U Farmoni A'zam quyosh kabi u Zoti A'zamni koʻrsatadi; koʻr boʻlmagan koʻradi.
Mana ey doʻstim! Aqling joyiga kelgan boʻlsa, bu qadar yetarli... Agar bir soʻzing boʻlsa, hozir ayt. U qaysar odam javoban dediki: "Men sening bu burhonlaringga qarshi yolgʻiz deyman: Alhamdulilloh, ishondim. Ham quyosh kabi porloq va kunduz kabi oydin bir tarzda ishondimki: Shu mamlakatning yolgʻiz bir Moliki Zulkamoli, shu olamning yolgʻiz bir Sohibi Zuljaloli, shu saroyning yolgʻiz bir Sone'-i Zuljamoli boʻlganini qabul qildim. Alloh sendan rozi boʻlsinki, meni eski qaysarligimdan va devonaligimdan qutqarding. Keltirgan burhonlaringning har birisi bir oʻzi bu haqiqatni koʻrsatishga yetarli edi. Faqat har bir burhon kelgan sari yanada ravnaqdor, yanada shirin, yanada xush, yanada nuroniy, yanada goʻzal ma'rifat tabaqalari, tanimoq pardalari, muhabbat derazalari ochilgani uchun kutdim, tingladim".
Tavhidning haqiqati uzmosiga va "Amantu Billah" iymoniga ishorat qilgan hikoya-i tamsiliya tugadi. Fazli Rahmon, fayzi Qur'on, nuri iymon soyasida tavhidi haqiqiyning quyoshidan hikoya-i tamsiliyadagi oʻn ikki burhonga muqobil oʻn ikki lam'a bilan bir muqaddimani koʻrsatamiz.
Shu koinot samosining botmaydigan ma'naviy quyoshi Qur'oni Karim; shu mavjudot kitobi kabirining oyoti takviniyasini oʻqittirish, mohiyatini koʻrsatish uchun Shualari hukmida boʻlgan anvorini nashr qilyapti. Basharning aqlini tanvir bilan siroti mustaqimni koʻrsatyapti. Bashariyat olamida har fard; xilqatidagi maqsadlar va fitratidagi orzular va istiqomatidagi gʻoyasini u hidoyat quyoshining nuri bilan koʻradi va biladi. U hidoyat nurining tajalliysiga mazhar boʻlganlar; qalb qobiliyati nisbatida unga oynadorlik qilib yaqinlik kasb etadi. Ashyo va hayotning mohiyati; u nur bilan tazohur etib faqat u nur bilan koʻrinadi, tushuniladi va bilinadi.
Azaliy Quyoshning ma'naviy hidoyat nurlarini tamsil etgan Qur'oni Karim aql va qalb koʻzi bilan haq va haqiqatni koʻrishni ta'min qiladi. Uning nuridan uzoqda qolganlar zulmatda qoladilar. Zero hamma narsa nur bilan koʻrinadi, tushuniladi va bilinadi.
Xullas, shu haqiqatning ma'naviy va sarmadiy quyoshi boʻlgan Qur'oni Karimning nur tajalliysiga bu asrimizda Nur ismi bilan musammo boʻlgan Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi mazhar boʻlgandir.
U nurlarki; zulmatdan ayrilish istamagan koʻr shapalak tabiatli, gʻaflat uyqusi bilan kunduzini kecha qilgan, safohatparast, aqli koʻziga tushgan, zulmatda qolib koʻzi koʻrmaydiganlarga va yoʻlini adashtirganlarga qarshi projektor kabi nurlarini iymon haqiqatlariga tavjih etib siroti mustaqimni butunligicha koʻr boʻlmaganlarga koʻrsatyapti. Nur toʻqmogʻini ahli kufr va munkirlarning boshiga urib: "Yo aqlingni boshingdan chiqarib ot, hayvon boʻl. Yoxud aqlingni boshinga ol, inson boʻl", deyapti.
Ilm bir nur boʻlganiga koʻra, Risola-i Nurning ilmga boʻlgan eng chuqur vuqufini koʻrsatadigan bir-ikki dalilga qisqacha ishorat qilamiz:
Shuni esda saqlashimiz kerakki; Risola-i Nur boshqa kitoblarni emas, yolgʻiz Qur'oni Karimni ustoz sifatida tan olishi va unga xizmat qilishi e'tibori bilan maqbuliyati haqida bizning bu mavzuda soʻz soʻzlashimizga hojat qoldirmaydi. Biz faqat ilm arbobi nazarida Risola-i Nurning qiymatini bildirish uchun deymizki:
Risola-i Nur hozirga qadar hech bir ilm arbobining tom bir vuzuh bilan isbot qilolmagan eng mugʻlaq masalalarni gʻoyat oson bir shaklda eng sodda avom tabaqasidan tortib eng yuksak xoslar tabaqasiga qadar hammaning iste'dodi nisbatida tushuna oladigan bir tarzda shubhasiz toʻliq qanoatlantiruvchi bir shaklda izoh va isbot qilishidir. Bu hususiyat deyarli hech bir olimning asarida yoʻqdir.
Butun Nur asarlari; Qur'oni Karimning bir qism oyatlarining tafsiri boʻlib uning ma'naviy yogʻdulari boʻlganini har xususda koʻrsatishidir.
Insonlarning eng chuqur ehtiyojlariga qat'iy dalil va burhonlar bilan ilmiy mohiyatda javob berishidir. Masalan: Allohning borligi, oxirat va boshqa iymon ruknlarini, bir zarraning lisoni hol va qol suratida tarjimonligini qilib isbot qilishidir. Eng mashhur Islom faylasuflaridan Ibn Sino, Farobiy, Ibn Rushd bu masalalarda butun mavjudotni dalil sifatida koʻrsatganlari holda, Riola-i Nur u haqiqatlarni bir zarra va bir urugʻ lisoni bilan isbot qiladi. Agar Risola-i Nurning ilmiy qudratini hozir ularga koʻrsatish mumkin boʻlsa edi, ular hamon tiz choʻlib Risola-i Nurdan dars olardilar.
Risola-i Nur insonning yillarcha harakat qilib qoʻlga kirita olmaydigan ma'lumotlarni zichlangan xulosalar navidan qisqa bir zamonda ta'min qilishidir.
Risola-i Nur ilmning asos gʻoyasi boʻlgan rizoyi Ilohiyni qozonishga sabab boʻlishi va dunyo manfaatiga ilmni vosita qilmasdan, tom ma'noda insoniyatga xizmat kabi eng ulviy vazifani tamsil etishidir.
Risola-i Nur quvvatli va qudsiy va iymoniy bir tafakkur samarasi boʻlib, butun mavjudotning lisoni hol va qol suratida tarjimonligini qiladi. Ayni zamonda iymon haqiqatlarini ilmalyaqiyn va aynalyaqiyn va haqqalyaqiyn darajalarida inkishof ettiradi.
Risola-i Nur asos nuqta-i nazaridan butun ilmlarni oʻzida jamlagan. Goʻyo, ilm ipi bilan toʻqilgan muzayyan bir mato kabidir. Va hozirga qadar hech bir ilm arbobi tarafidan aytilmagan va har ilmga boʻlgan vuqufini taboruz ettirgan vajizalar majmuasidir. Misol sifatida bir nechtasini zikr qilib, hay'ati majmuasi haqida bir tushuncha hosil qilishni istaganlarga Risola-i Nur bahriga murojaat qilishlarini tavsiya qilamiz.
1. Pashshaning koʻzini yaratgan, quyoshni ham u yaratgan.
2. Burganing me'dasini tanzim etgan Manzuma-i Shamsiyani ham u tanzim etgandir.
3. Bir zarrani ijod qilish uchun butun koinotni ijod qiladigan bir qudrati gʻayri mutanohiy lozimdir. Zero shu kitobi kabiri koinotning har bir harfining, xususan zihayot har bir harfning har bir jumlasiga mutavajjih bittadan yuzi va nazir bittadan koʻzi bordir.
4. Tabiat; misoli bir matbaadir, tabi' emas. Naqshdir, naqqosh emas. Mistardir, masdar emas. Nizomdir, nozim emas. Qonundir, qudrat emas. Shariati irodiyadir, haqiqati xorijiya emas.
5. Sobit, doim, fitriy qonunlar kabi; ruh ham olami amrdan, sifati irodadan kelgan va qudrat unga vujudi hissiy kiydirgandir. Va bir sayyola-i latifani u javharga sadaf qilgandir.
Va hokazo minglab vajizalar bor.