ASOYI MUSODAN
Zindiqo va kufri mutlaqqa qarshi Risola-i Nurning bir mudofaanomasi. Va bu hibsimizda haqiqiy mudofaanomamiz ham budir. Chunki yolgʻiz shuning ustida ishlayapmiz.
Bu risola Denizli hibsxonasining bir mevasi va xotirasi va ikki juma kunining maxsulidir.
Meva Risolasi
oyatining ixbori va sirri bilan Yusuf Alayhissalom mahbuslarning piridir. Va hibsxona bir navi Madrasa-i Yusufiya boʻladi. Modomiki Risola-i Nur shogirdlari ikki dafadir koʻpchilik boʻlib bu madrasaga kiryaptilar, albatta Risola-i Nurning hibsga tegishli va isbot qilgan bir qism masalalarining qisqacha xulosalarini bu tarbiya uchun ochilgan darsxonada oʻqish va oʻqitish bilan toʻliq tarbiya olish lozim boʻladi. Xullas, u xulosalardan besh-olti donasini bayon qilamiz.
Birinchisi
Toʻrtinchi Soʻzda izohi boʻlgan, har kun yigirma toʻrt soat sarmoya-i hayotni Xoliqimiz bizga ehson etadi. Toki, ikki hayotimizga lozim narsalar u sarmoya bilan olinsin. Biz qisqagina hayoti dunyoviyaga yigirma uch soatni sarf qilib, besh farz namoziga kifoya boʻlgan bir soatni juda ham uzun boʻlgan hayoti uxroviyamizga sarf qilmasak, naqadar xilofi aql bir xato va u xatoning jazosi oʻlaroq ham qalbiy, ham ruhiy siqilishlarni chekish va u siqilishlar tufayli axloqini buzish va ma'yusona hayotini oʻtkazish sababi bilan, tarbiya olish emas, balki tarbiyaning aksiga ketish bilan qay daraja xasorat etamiz, qiyos qilinsin. Agar bir soatni besh farz namoziga sarf qilsak, u holda hibs va musibat muddatining har bir soati ba'zan bir kun ibodat va foniy bir soati boqiy soatlar hukmiga oʻta olishi va qalbiy va ruhiy ma'yusiyat va siqilishlarning qisman zavol topishi va hibsga sabab boʻlgan xatolarga kafforatan avf ettirishi va hibsning hikmati boʻlgan tarbiyani olishi qay daraja foydali bir imtihon, bir dars va musibat doʻstlari bilan tasallidorona bir xush-suhbat boʻlgani mulohaza qilinsin.
Toʻrtinchi Soʻzda aytilgani kabi, ming lira yutuq qozonchi uchun ming kishi ishtirok qilgan bir lotoreya qimoriga yigirma toʻrt lirasidan besh-oʻn lirani bergan va yigirma toʻrtdan birini abadiy bir mujavharot xazinasining chiptasiga bermagan; holbuki dunyoviy lotoreyada u ming lirani yutish ehtimoli mingdan birdir, chunki ming hissador yana bor. Va uxroviy muqaddaroti bashar lotoreyasida husni xotimaga mazhar ahli iymon uchun yutish ehtimoli mingdan toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz boʻlganiga bir yuz yigirma toʻrt ming anbiyoning unga doir ixborini kashf bilan tasdiq qilgan avliyodan va asfiyodan hadsiz-hisobsiz sodiq muxbirlar xabar berganlari holda, avvalgi lotoreyaga chopish, ikkinchisidan qochish qay daraja foydaga muxolif boʻladi, qiyos qilinsin.
Bu masalada hibsxona mudirlari va bosh nazoratchilari va balki mamlakatning idora mudabbirlari va osoyish muhofizlari Risola-i Nurning bu darsidan mamnun boʻlishlari kerakdir. Chunki ming mutadayyin va Jahannam hibsini har vaqt taxattur etgan odamlarning idora va inziboti oʻn benamoz va e'tiqodsiz, yolgʻiz dunyoviy hibsni oʻylagan va harom-halolni bilmagan va qisman daydilikka koʻnikkan odamlardan ancha oson boʻlgani koʻp tajribalar bilan koʻrilgan.
Ikkinchi Masalaning Xulosasi
Risola-i Nurdan "Yoshlarga Rahnamo"ning goʻzal izohlagani kabi, oʻlim shu daraja qat'iy va zohirdirki, bu kunning kechasi va bu kuzning qishi kelishi kabi oʻlim boshimizga keladi. Bu hibsxona qandayinki mutamodiyan chiqqanlar va kirganlar uchun muvaqqat bir musofirxonadir. Xuddi shuning kabi, bu zamin yuzi ham tez harakat qilgan karvonlarning yoʻllarida bir kechalik qoʻnish va koʻchish uchun bir karvonsaroydir. Har bir shaharni yuz marta mozoristonga boʻshatgan oʻlim, albatta hayotdan ziyoda bir istagani bor. Xullas, bu dahshatli haqiqatning muammosini Risola-i Nur hal va kashf etgan. Bir qisqacha xulosasi shudir: Modomiki oʻlim oʻldirilmaydi va qabr eshigi yopilmaydi. Albatta bu ajal jallodining qoʻlidan va qabr hibsi munfarididan ozod boʻlish chorasi boʻlsa, insonning eng katta va hamma narsadan ustun bir andishasi, bir masalasidir. Ha, chorasi bor va Risola-i Nur Qur'onning sirri bilan u chorani ikki kara ikki toʻrt boʻlish darajasida qat'iy isbot qilgan. Qisqacha xulosasi shudir:
Oʻlim yo i'domi abadiydir, u ham insonni, ham butun ahbobini va aqoribini osadigan bir dordir. Va yoxud boshqa bir boqiy olamga ketish va iymon vasiqasi bilan saodat saroyiga kirish uchun bir ruxsatnomadir. Va qabr esa, yoki zim-ziyo bir hibsi munfarid va tubsiz bir quduqdir va yoxud bu zindoni dunyodan boqiy va nuroniy bir ziyofatgoh va bogʻistonga ochilgan bir eshikdir. Bu haqiqatni "Yoshlarga Rahnamo" bir tamsil bilan isbot qilgan. Masalan, bu hibsning bogʻida osish uchun dorlar oʻrnatilgan va ular tayangan devorlar orqasida gʻoyat katta va umum dunyo ishtirok qilgan bir lotoreya doirasi qurilgan. Biz bu hibsdagi besh yuz kishi, har holda hech mustasnosi yoʻq va qutulish mumkin emas, bizni birma-bir u maydonga chaqiradilar. Yo "Kel, i'dom e'lonini ol, dorga chiq", yoki "Doimiy hibsi munfarid xatini tut, bu ochiq eshikka kir." Va yoxud "Senga xushxabar! Millionlab oltin chiptasi senga chiqdi, kel ol." deya har tarafdan e'lonotlar qilinyapti. Biz ham koʻzimiz bilan koʻryapmizki, bir-biri orqasidan u dorlarga chiqyaptilar. Bir qismining osilganlarini mushohada etyapmiz. Bir qismi esa dorlarni zinapoya qilib, u devorning orqasidagi lotoreya doirasiga kirganliklarini, u yerda buyuk va jiddiy ma'murlarning qat'iy xabarlari bilan koʻrganday bilganimiz bir paytda, bu hibsxonamizga ikki guruh kirdi. Bir jamoat qoʻllarida cholgʻular, sharoblar, zohirda gʻoyat totli holvalar, paxlavalar bor. Bizlarga yedirishga urindilar. Faqat u shirinliklar zaharlidir, insiy shaytonlar ichiga zahar solganlar.
Ikkinchi jamoat va guruh qoʻllarida tarbiyanomalar va halol taomlar va muborak sharbatlar bor. Bizga hadya beryaptilar va bil-ittifoq barobar, juda jiddiy va qat'iy deyaptilarki: "Agar u avvalgi guruhning sizni sinash uchun berilgan hadyalarini olsangiz, yesangiz, bu koʻzimiz qarshisidagi shu dorlarda boshqa koʻrganlaringiz kabi osilasizlar. Agar bizning bu mamlakat Hokimining farmoni bilan keltirgan hadyalarimizni avvalgining oʻrnida qabul qilib va tarbiyanomalardagi duolarni va avrodlarni oʻqisangiz, u osilishdan qutulasiz. U lotoreya doirasida ehsoni shohona oʻlaroq har biringiz million oltin chiptasini olishingizni koʻrayotganday va kunduz kabi ishoning. Agar u harom va shubhali va zaharli shirinliklarni yesangiz, osilishga ketganingiz zamonga qadar ham u zaharning sanchigʻini chekishingizni bu farmonlar va bizlar muttafiqan sizga qat'iy xabar beryapmiz", deyaptilar.
Xullas, bu tamsil kabi, har vaqt koʻrganimiz ajal dorining orqasida muqaddaroti navi bashar lotoreyasidan ahli iymon va toat uchun, husni xotima sharti bilan, abadiy va tuganmas bir xazinaning chiptasi chiqishini yuzdan yuz ehtimol bilan; safohat va harom va e'tiqodsizlik va fisqda davom etganlar, tavba qilmaslik sharti bilan, yo i'domi abadiy (oxiratga ishonmaganlarga) yoki doimiy va zim-ziyo hibsi munfarid (baqo-i ruhga ishongan va safohatda ketganlarga) va shaqovati abadiya xabarini olishlarini yuzdan toʻqson toʻqqiz ehtimol bilan qat'iy xabar bergan, boshda qoʻllarida nishona-i tasdiq boʻlgan hadsiz moʻ'jizalar boʻlgan bir yuz yigirma toʻrt ming paygʻambarlar va ular bergan xabarlarning izlarini va kinoda kabi soyalarini kashf bilan, zavq bilan koʻrib tasdiq qilib imzo qoʻygan bir yuz yigirma toʻrt milliondan ziyoda avliyolar (Qaddasallohu Asroruhum) va u ikki qism mashohiri insoniyaning xabarlarini aqlan qat'iy burhonlar bilan va quvvatli hujjatlar bilan fikran va mantiqan yaqiyniy bir suratda isbot qilib tasdiqlab imzo qoʻygan milliardlab oʻtib ketgan muhaqqiqlar,
{(Hoshiya) U muhaqqiqlardan bittasi Risola-i Nurdir. 20 yildir eng muannid faylasuflarni va mutamarrid zindiqlarni jim qilgan kitoblari maydondadir. Hamma oʻqishi mumkin va hech kim e'tiroz qilmaydi.}
mujtahidlar va siddiqiynlar, bil-ijmo' mutavotiran navi insonning quyoshlari, oylari, yulduzlari boʻlgan bu uch jamoati azima va bu uch toifa-i ahli haqiqat va basharning qudsiy qoʻmondonlari boʻlgan bu uch buyuk va oliy hay'atlarning farmonlari bilan bergan xabarlarni tinglamagan va saodati abadiyaga ketgan, ular koʻrsatgan yoʻl boʻlgan siroti mustaqimda ketmaganlar, yuzdan toʻqson toʻqqiz dahshatli tahlika ehtimolini nazarga olmagan va birgina muxbirning bir yoʻlda tahlika bor deyishi bilan u yoʻlni tashlagan, boshqa uzun yoʻldan harakat qilgan bir odam, albatta va albatta vaziyati shudirki: Ikki yoʻlning, hadsiz muxbirlarning qat'iy ixborlari bilan, eng qisqa va osoni va yuzdan yuz Jannat va saodati abadiyani qozontirganni tashlab eng tashvishli va uzun va ogʻir va yuzdan toʻqson toʻqqqiz Jahannam hibsini va shaqovati doimani natija bergan yoʻlni ixtiyor qilgani holda, dunyoda ikki yoʻlning, birgina muxbirning yolgʻon boʻlishi mumkin boʻlgan xabari bilan, yuzdan bir ehtimol tahlika va bir oy hibs imkoni boʻlgan qisqa yoʻlni tashlab, manfaatsiz, yolgʻiz zararsiz boʻlgani uchun uzun yoʻlni ixtiyor qilgan badbaxt, sarxush devonalar kabi dahshatli va uzoqda koʻringan va unga hujum qilyotgan ajdarholarga ahamiyat bermaydigan, chivinlar bilan ovora boʻladigan, yolgʻiz ularga ahamiyat beradigan darajada aqlini, qalbini, ruhini, insoniyatini yoʻqotgan boʻladi. Modomiki haqiqati hol budir.. biz mahbuslar bu hibs musibatidan intiqomimizni toʻliq olish uchun u muborak ikkinchi hay'atning hadyalarini qabul qilishimiz kerak. Ya'ni, qandayki bir daqiqa intiqom lazzati va bir necha daqiqa yoki bir-ikki soat safohat lazzatlari bilan bu musibat bizni oʻn besh va besh va oʻn va ikki-uch yil bu hibsga kiritdi, dunyomizni bizga zindon ayladi. Biz ham bu musibatga qarshi va xilof ravishda, bir-ikki soat muddati hibsni bir-ikki kun ibodatga va ikki-uch yil jazomizni, muborak jamoatning hadyalari bilan, yigirma-oʻttiz yil boqiy bir umrga va oʻn va yigirma yil hibsda jazomizni millionlab yil Jahannam hibsidan avfimizga vasila qilib, foniy dunyomizning yigʻlashiga muqobil boqiy hayotimizni kuldirib, bu musibatdan toʻla intiqomimizni olishimiz kerak. Hibsxonani tarbiyaxona qilib koʻrsatib, vatanimizga va millatimizga bittadan tarbiyali, amniyatli, manfaatli odam boʻlishga harakat qilishimiz kerak. Va hibsxona ma'murlari va mudirlari va mudabbirlari ham jinoyatchi va qaroqchi va daydi va qotil va safohatchi va vatanga zararli deb oʻylagan odamlarni bir muborak darsxonada oʻqiyotgan talabalar deb bilsinlar va muftaxirona Allohga shukr qilsinlar.
Uchinchi Masala
Yoshlarga Rahnamoda izohi boʻlgan ibratli bir hodisaning xulosasi shudir:
Bir zamon Eskishehir hibsxonasining derazasi oldida bir jumhuriyat bayramida oʻtirgan edim. Qarshisidagi litsey maktabining katta qizlari uning hovlisida kulib raqsga tushayotgan edilar. Birdan ma'naviy bir kino bilan ellik yil keyingi vaziyatlari menga koʻrindi. Va koʻrdimki, u ellik-oltmishta qizlardan va talabalardan qirq-elliktasi qabrda tuproq boʻlib yotishibti, azob chekishyapti. Va oʻntasi yetmish-sakson yoshda xunuklashgan, yoshligida iffatini muhofaza qilmaganidan sevishni kutgan nazarlardan nafrat koʻryaptilar... qat'iy mushohada etdim. Ularning u achinadigan hollariga yigʻladim. Hibsxonadagi bir qism oʻrtoqlar yigʻlaganimni eshitdilar. Keldilar, soʻradilar. Men dedim: Hozir meni oʻz holimga qoʻyinglar, ketinglar.
Ha, koʻrganim haqiqatdir, xayol emas. Qandayinki bu yoz va kuzning oxiri qishdir. Xuddi shuning kabi, yoshlik yozi va keksalik kuzining orqasi qabr va barzoh qishidir. Oʻtgan zamonning ellik yil avvalgi hodisoti kino bilan holi hozirda koʻrsatilgani kabi, kelasi zamonning ellik yil keyingi istiqbol hodisotini koʻrsatadigan bir kino boʻlsa, ahli zalolat va safohatning ellik-oltmish yil keyingi vaziyatlari ularga koʻrsatilsa edi, hozirgi kulishlariga va gʻayri mashru' zavqlariga nafratlar va taallumlar bilan yigʻlagan boʻlar edilar.
Men u Eskishehir hibsxonasidagi mushohada bilan mashgʻul ekan, safohat va zalolatni tarvij etgan bir shaxsi ma'naviy insiy bir shayton kabi qarshimga chiqdi va dedi: "Biz hayotning har bir tur lazzatini va zavqlarini totish va tottirish istaymiz, bizga aralashma". Men ham javoban dedim: Modomiki lazzat va zavq uchun oʻlimni xotirga keltirmasdan zalolat va safohatga otilyapsan. Qat'iyan bilki, sening zalolating hukmi bilan butun oʻtgan zamoni moziy oʻlgan va ma'dumdir va ichida janozalari chirigan bir vahshatli mozoristondir. Insoniyat aloqadorligi bilan va zalolat yoʻli bilan sening boshingga va boʻlsa va oʻlmagan boʻlsa qalbingga u hadsiz firoqlardan va nihoyatsiz doʻstlaringning abadiy oʻlimlaridan kelgan alamlar sening hozirgi sarxushcha, juda qisqa bir zamondagi juz'iy lazzatingni imho etgani kabi, kelajak istiqbol zamoni ham e'tiqodsizligingdan yana ma'dum va zim-ziyo va oʻlik va dahshatli bir vahshatgohdir. Va u yerdan kelgan va boshini vujudga chiqargan va zamoni hozirga duchor boʻlgan bechoralarning boshlari ajal jallodining boltasi bilan kesilib hechlikka otilganidan, mutamodiyan aql aloqadorligi bilan sening iymonsiz boshingga hadsiz aliym andishalar yogʻdiradi. Sening safihona juz'iy lazzatingni ostin-ustun qiladi. Agar zalolatni va safohatni tashlab iymoni tahqiqiy va istiqomat doirasiga kirsang, iymon nuri bilan koʻrasanki, u oʻtgan zamoni moziy ma'dum va hamma narsani chiritgan bir mozoriston emas, balki mavjud va istiqbolga inqilob etgan nuroniy bir olam va boqiy ruhlarning istiqboldagi saodat saroylariga kirishlari uchun bir kutish mehmonxonasi koʻrinishidan alam emas, balki iymonning quvvatiga koʻra Jannatning bir navi ma'naviy lazzatini dunyoda ham tottirgani kabi, kelajak istiqbol zamoni vahshatgoh va qorongʻilik emas, balki iymon koʻzi bilan koʻrinadiki, saodati abadiya saroylarida hadsiz rahmati va karami boʻlgan va har bahor va yozni bittadan dasturxon qilgan va ne'matlari bilan toʻldirgan bir Rahmoni Rahimi Zuljaloli Val Ikromning ziyofatlari tashkil qilingan va ehsonlarining koʻrgazmalari ochilgan, u yerga joʻnatilish bor deya iymon kinosi bilan mushohada etganidan, darajasiga koʻra boqiy olamning bir navi lazzatini his qilishi mumkin. Demak, haqiqiy va alamsiz lazzat yolgʻiz iymonda va iymon bilan boʻlishi mumkin.
Iymonning bu dunyoda ham bergan minglab foyda va natijalaridan yolgʻiz birgina foyda va lazzatini bu mazkur bahsimiz munosabati bilan "Yoshlarga Rahnamo"da bir hoshiya oʻlaroq yozilgan bir tamsil bilan bayon qilamiz. Shundayki:
Masalan, sen gʻoyat sevgan yagona avloding sakarotda oʻlim toʻshagida ekan va ma'yusona aliym abadiy firogʻini oʻylarkan, birdan Hazrati Hizr va Hakimi Luqmon kabi bir shifokor keldi, tiryoq kabi bir ma'jun ichirdi. U sevimli va goʻzal avloding koʻzini ochdi, oʻlimdan qutuldi. Naqadar sevinch va huzur beradi, bilasan. Xullas, oʻsha bola kabi sen sevgan va jiddiy aloqador boʻlgan millionlab seningcha mahbub insonlar u moziy mozoristonida, sening nazaringda, chirib mahv boʻlar ekan, birdan haqiqati iymon Hakimi Luqmon kabi u katta i'domxona deb oʻylangan mozoristonga qalb derazasidan bir nur berdi. U bilan boshdan oxir butun oʻlganlar tirildilar. Va "Biz oʻlmaganmiz va oʻlmaymiz, yana siz bilan koʻrishamiz", lisoni hol bilan deganlaridan sen olgan hadsiz sevinchlar va huzurlarni iymon bu dunyoda ham berishi bilan isbot qiladiki, iymon haqiqati shunday bir urugʻdirki, agar tajassum etsa, bir Jannati xususiya undan chiqadi, u urugʻning shajara-i tubosi boʻladi, dedim.
U muannid e'tiroz qildi, dedi: "Hech boʻlmasa hayvon kabi hayotimizni zavq va lazzat bilan oʻtkazish uchun safohat va kayfu-safo bilan bu nozik narsalarni oʻylamasdan yashaymiz".
Javoban dedim: "Hayvon kabi boʻlolmaysan. Chunki hayvonning moziy va istiqboli yoʻq. Na oʻtmishdan alamlar va taassuflar oladi va na kelajakdan andishalar va qoʻrquvlar keladi. Lazzatini toʻliq oladi. Rohat bilan yashaydi, yotadi. Xoliqiga shukr qiladi. Hatto soʻyilish uchun yotqizilgan bir hayvon hech narsa his qilmaydi. Yolgʻiz pichoq kesayotgan payt his qilishni istaydi, faqat u his ham ketadi. U alamdan ham xalos boʻladi. Demak, eng buyuk rahmat, bir shafqati Ilohiya gʻaybni bildirmaslikdir va boshga keladigan narsalarni berkitishdir. Xususan ma'sum hayvonlar haqida yanada mukammaldir. Faqat ey inson, sening moziy va istiqboling aqliy tomondan bir daraja gʻaybiylikdan chiqishi bilan, gʻaybni berkitishdan hayvonga kelgan istirohatdan tamoman mahrumsan. Oʻtmishdan chiqqan taassuflar, aliym firoqlar va kelajakdan kelgan qoʻrquvlar va andishalar sening juz'iy lazzatingni hechga tushiradi. Lazzat jihatidan yuz daraja hayvondan pastga tushiradi. Modomiki haqiqat budir. Yo aqlingni chiqar ot, hayvon boʻl, qutul. Yoki aqlingni iymon bilan boshingga ol, Qur'onni tingla. Yuz daraja hayvondan ziyoda bu foniy dunyoda ham sof lazzatlarni qozon!...", deya uni ilzom etdim.
Yana u mutamarrid shaxs e'tiroz qildi, dedi: "Hech boʻlmasa ajnabiy dinsizlari kabi yashaymiz".
Javoban dedim: "Ajnabiy dinsizlari kabi ham boʻlolmaysan. Chunki ular bir paygʻambarni inkor qilsa, boshaqalariga ishonishlari mumkin. Paygʻambarlarni bilmasa ham, Allohga ishonishi mumkin. Buni ham bilmasa, kamolotga mador ba'zi xislatlari boʻlishi mumkin. Faqat bir musulmon eng oxirgi va eng buyuk va dini va da'vati umumiy boʻlgan Oxirzamon Paygʻambari Alayhissalotu Vassallamni inkor qilsa va zanjiridan chiqsa, ortiq hech bir paygʻambarni, hatto Allohni qabul qilmaydi. Chunki butun paygʻambarlarni va Allohni va kamolotni u bilan bilgan. Ular usiz qalbida qolmaydi. Shuning uchundirki, eskidan beri har dindan Islomiyatga kiryaptilar. Va hech bir musulmon haqiqiy Yahudiy yoki Majusiy yoki Nasroniy boʻlmaydi. Balki dinsiz boʻladi, xislatlari buziladi. Vatanga, millatga zararli bir holatga kiradi", deb isbot qildim. U muannid va mutamarrid shaxsning ortiq tutiladigan bir yeri qolmadi. Yoʻqoldi, Jahannamga ketdi.
Xullas, ey bu Madrasa-i Yusufiyada mening darsdoshlarim! Modomiki haqiqat budir. Va bu haqiqatni Risola-i Nur shu daraja qat'iy va quyosh kabi isbot qilganki, yigirma yildir mutamarridlarning oʻjarliklarini sindirib iymonga keltiryapti. Biz ham ham dunyomizga, ham istiqbolimizga, ham oxiratimizga, ham vatanimizga, ham millatimizga toʻliq manfaatli va yengil va salomatli boʻlgan iymon va istiqomat yoʻlini ta'qib qilib, boʻsh vaqtimizni zerikarli xayollar oʻrniga Qur'ondan bilgan suralarni oʻqish va ma'nolarini bildirgan oʻrtoqlardan oʻrganish va qazo boʻlgan farz namozlarimizni qazo qilish va bir-birimizning goʻzal axloqlarimizdan istifoda etib bu hibsxonani goʻzal xislatli koʻchatlar yetishtirgan bir muborak bogʻga aylantirish kabi amali soliha bilan hibsxona mudir va aloqadorlari jinoyatchi va qotillarning boshida zaboniy kabi azob ma'murlari emas, balki Madrasa-i Yusufiyada Jannatga odam yetishtirish va ularning tarbiyasiga nazorat qilish vazifasi bilan ma'mur bittadan mustaqim ustoz va bittadan shafqatli rahbar boʻlishlariga harakat qilishimiz kerak.
Toʻrtinchi Masala
Yana Yoshlarga Rahnamoda izohi bor. Bir zamon menga xizmat qilgan qardoshlarim tomonidan savol soʻraldiki: "Kura-i arzni ostin-ustun qilgan va Islom muqaddaroti bilan aloqador boʻlgan bu dahshatli harbi umumiydan ellik kundir (hozir yetti yildan oʻtdi, ayni hol)
{(*) Qavs ichidagi yozuv 1946 yilga oiddir.}
hech soʻramayapsiz va qiziqmayapsiz. Holbuki bir qism mutadayyin va olim insonlar jamoatni va masjidni tashlab radio tinglashga yuguryaptilar. Ajabo, bundan yanada katta bir hodisa bormi? Yoki u bilan mashgʻul boʻlishning zarari bormi?" dedilar. Javoban dedimki:
Umr sarmoyasi juda ozdir. Kerakli ishlar juda koʻpdir. Bir-biri ichiga kirgan doiralar kabi, har insonning qalb va me'da doirasidan va jasad va xona doirasidan, mahalla va shahar doirasidan va vatan va mamlakat doirasidan va kura-i arz va navi bashar doirasidan tut... to zihayot va dunyo doirasiga qadar bir-biri ichida doiralar bor. Har bir doirada har bir insonning bir navi vazifasi boʻlishi mumkin. Faqat eng kichik doirada eng katta va ahamiyatli va doimiy vazifa bor. Va eng katta doirada eng kichik va muvaqqat, ora-sira vazifalar boʻlishi mumkin. Bu qiyos bilan, kichiklik va kattalikda teskari mutanosiblikda vazifalar boʻlishi mumkin. Faqat katta doiraning jozibadorligi jihati bilan kichik doiradagi kerakli va ahamiyatli xizmatni tashlattirib keraksiz, foydasiz va ofoqiy ishlar bilan mashgʻul qiladi. Sarmoya-i hayotini boʻsh yerda imho etadi. U qiymatli umrini qiymatsiz ishlarda oʻldiradi. Va ba'zan bu urush yoqalashuvlarini qiziqish bilan ta'qib qilgan bir tarafga qalban tarafdor boʻladi. Uning zulmlarini xush koʻradi, zulmiga sherik boʻladi.
Birinchi nuqtaga javob esa: Ha, bu jahon harbidan ancha katta bir hodisa va bu zamin yuzidagi hokimiyati omma da'vosidan ancha ahamiyatli bir da'vo, harkasning va xususan Musulmonlarning boshida shunday bir hodisa va shunday bir da'vo ochilganki; har odam, agar Olmon va Ingliz qadar quvvati va sarvati boʻlsa va aqli ham boʻlsa, u birgina da'voni qozonish uchun ikkilanmasdan sarf qiladi. Ana oʻsha da'vo esa, yuz ming mashohiri insoniyaning va hadsiz navi basharning yulduzlari va murshidlarining muttafiqan, koinot sohibining va mutasarrifining minglab va'da va ahdlariga istinodan xabar berganlari va bir qismi koʻzlari bilan koʻrganlari shuki: Har kimning iymon muqobilida bu zamin yuzi qadar bogʻlar va qasrlar bilan muzayyan va boqiy va doimiy bir ekinzor va mulkni qozonish yoki yoʻqotish da'vosi boshi ustida ochilgan. Agar iymon vasiqasini sogʻlom qoʻlga kiritmasa, yutqazadi. Va bu asrda moddiyunlik vabosi bilan koʻpchilik u da'vosini yutqazyapti. Hatto bir ahli kashf va tahqiq bir yerda qirq vafiyotdan yolgʻiz bir nechtasi qozonganini sakarotda mushohada etgan, boshqalari yutqazganlar. Ajabo, bu yutqazgan da'vosining oʻrnini butun dunyo saltanati u odamga berilsa, toʻldira oladimi!
Xullas, u da'voni qozontiradigan xizmatlarni va yuzdan toʻqsoniga u da'voni yutqazdirmagan horiqo bir da'vo vakilini u ishda ishlattirgan vazifalarni tashlab, abadiy dunyoda qoladiganday ofoqiy, foydasiz ishlar bilan mashgʻul boʻlishni butunlay bir aqlsizlik deb bilganimizdan, biz Risola-i Nur shogirdlari, har birimizning yuz daraja aqlimiz ziyoda boʻlsa ham, faqat bu vazifaga sarf qilish lozimdir deya qanoatimiz bor.
Ey hibs musibatida mening yangi qardoshlarim! Sizlar men bilan barobar kelgan eski qardoshlarim kabi Risola-i Nurni koʻrmagansiz. Men ularni va ular kabi minglab shogirdarni shohid sifatida koʻrsatib deyman va isbot qilaman va isbot qilganmanki: U buyuk da'voni yuzdan toʻqsoniga qozontirgan va yigirma yilda yigirma ming odamga u da'voning qozonchining vasiqasi va hujjati va baroati boʻlgan iymoni tahqiqiyni qoʻliga bergan va Qur'oni Hakimning moʻ'jiza-i ma'naviyasidan nash'at etib chiqqan va bu zamonning birinchi bir da'vo vakili boʻlgan Risola-i Nurdir. Bu oʻn sakkiz yildir mening dushmanlarim va zindiqlar va moddiyunlar menga qarshi gʻoyat shafqatsizlarcha dasisalar bilan hukumatning ba'zi arboblarini aldatib bizni imho uchun bu galdagi kabi oldin ham hibslarga, zindonlarga otganlari holda, Risola-i Nurning mustahkam qal'asida bir yuz oʻttiz parcha jihozotidan faqat ikki-uch parchasiga tegina olganlar. Demak, himoyachi yollashni istagan uni qoʻlga kiritsa yetadi. Ham qoʻrqmanglar, Risola-i Nur man boʻlmaydi. Hukumati Jumhuriyaning mab'uslari va arboblarining qoʻllarida muhim risolalar, ikki-uchtasi mustasno boʻlib, erkin kezayotgan edilar. Inshaalloh, bir zamon hibsxonalarni toʻliq bir islohxona qilish uchun baxtiyor mudirlar va ma'murlar u nurlarni mahbuslarga non va dori kabi tarqatadilar.
Beshinchi Masala
Yoshlarga Rahnamoda izohlangani kabi, yoshlik hech shubha yoʻqki, ketadi. Yoz kuzga va qishga yer berishi va kunduz oqshomga va tunga almashinishi qat'iyligida yoshlik ham keksalikka va oʻlimga almashadi. Agar u foniy va oʻtkinchi yoshligini iffat bilan xayrotga, istiqomat doirasida sarflasa, u bilan abadiy, boqiy bir yoshlikni qozonishini butun samoviy farmonlar xushxabar beryaptilar. Agar safohatga sarflasa, qandayki bir daqiqa hiddat tufayli bir qatl millionlab daqiqa hibs jazosini chektiradi. Xuddi shuning kabi, gʻayri mashru' doiradagi yoshlik zavqlari va lazzatlari oxirat mas'uliyatidan va qabr azobidan va zavolidan kelgan taassuflardan va gunohlardan va dunyoviy jazolanishlaridan tashqari, ayni lazzat ichida u lazzatdan ziyoda alamlar boʻlganini aqli boshida boʻlgan har bir yigit tajriba bilan tasdiq qiladi. Masalan, harom sevishda bir rashk alami va firoq alami va javob koʻrmaslik alami kabi koʻp nuqsonlar bilan u juz'iy lazzat zaharli bir asal hukmiga oʻtadi. Va u yoshlikning suiste'moli bilan kelgan kasallik bilan kasalxonalarga va joʻshqinliklari bilan hibsxonalarga va qalb va ruhiy ozuqasizlik va vazifasizlikdan nash'at etgan siqilishlar bilan mayxonalarga, safohatxonalarga yoki mozoristonga tushishlarini bilishni istasang, ket, kasalxonalardan va hibsxonalardan va mayxonalardan va qabristondan soʻra. Albatta, aksariyat bilan yoshlarning yoshligining suiste'molidan va joʻshqinliklaridan va gʻayri mashru' zavqlarning jazosi boʻlib kelgan ta'zirlardan voy-voylar va yigʻlashlar va afsuslar eshitasan. Agar istiqomat doirasida ketsa, yoshlik gʻoyat shirin va goʻzal bir ne'mati Ilohiya va totli va quvvatli bir vosita-i xayrot boʻlib oxiratda gʻoyat porloq va boqiy bir yoshlik natija berishini boshda Qur'on boʻlib koʻp qat'iy oyatlari bilan butun samoviy kitoblar va farmonlar xabar berib xushxabar beryaptilar. Modomiki haqiqat budir.Va modomiki halollik doirasi zavq uchun yetarlidir. Va modomiki harom doirasidagi bir soat lazzat ba'zan bir yil va oʻn yil hibs jazosini chektiradi. Albatta, yoshlik ne'matiga bir shukr oʻlaroq u totli ne'matni iffatda, istiqomatda sarf qilish lozim va alzamdir.
Oltinchi Masala
Risola-i Nurning koʻp yerlarida izohi va qat'iy hadsiz hujjatlari boʻlgan iymoni billoh ruknining minglab kulliy burhonlaridan birgina burhonga qisqacha bir ishoratdir.
Qastamonuda litsey talabalaridan bir qismi yonimga kelishdi. "Bizga Xoliqimizni tanittir, muallimlarimiz Allohdan bahs etmayaptilar", deyishdi. Men dedim: Sizlar oʻqiyotgan fanlardan har fan oʻz lisoni maxsusi bilan mutamodiyan Allohdan bahs etib Xoliqni tanittiryaptilar. Muallimlarni emas, ularni tinglanglar.
Masalan: Qandayki mukammal bir dorixonaki, har idishida horiqo va hassos mezonlar bilan olingan hayotdor ma'junlar va tiryoqlar bor. Shubhasiz gʻoyat mahoratli va kimyogar va hakim bir dori tayorlovchini koʻrsatadi. Shunga oʻxshab, kura-i arz dorixonasida boʻlgan toʻrt yuz ming xil nabotot va hayvonot idishlaridagi zihayot ma'junlar va tiryoqlar bu bozordagi dorixonadan qay daraja ziyoda mukammal va katta boʻlishi nisbatida, oʻqiganingiz fanni tib miqyosi bilan kura-i arz ajzaxona-i kubrosining dori tayyorlovchisi boʻlgan Hakimi Zuljalolni hatto koʻr koʻzlarga ham koʻrsatadi, tanittiradi.
Ham masalan: Qanday qilib bir horiqo fabrikaki, minglab turli-tuman matolarni oddiy bir moddadan toʻqiydi. Shaksiz bir fabrikachini va mahoratli bir mashinistni tanitadi. Shunga oʻxshab, kura-i arz deyilgan yuz minglab boshli, har boshida yuz minglab mukammal fabrika boʻlgan bu sayyor uskuna-i Rabboniya qay darajada bu inson fabrikasidan katta boʻlsa, mukammal boʻlsa, shu daraja oʻqiganingiz fanni uskuna miqyosi bilan kura-i arzning ustasini va sohibini bildiradi va tanittiradi.
Ham masalan, qandayki gʻoyat mukammal ming bir xil arzoq atrofidan jalb qilib ichida muntazam ravishda joylashtirilgan va tayyorlab qoʻyilgan omborxona va iosha ombori va doʻkon, shaksiz bir favquloda iosha va arzoq molikini va sohibini va ma'murini bildiradi. Shunga oʻxshab, bir yilda yigirma toʻrt ming yillik bir doirada muntazam ravishda sayohat qilgan va yuz minglab va boshqa-boshqa arzoq istagan toifalarni ichiga olgan va sayohati bilan mavsumlarga uchrab, bahorni bir ulkan vagon kabi minglab boshqa-boshqa taomlar bilan toʻldirib, qishda arzoqi tugagan bechora zihayotlarga keltirgan va kura-i arz deyilgan bu Rahmoniy iosha ombori va bu safina-i Subhoniya va ming bir xil jihozotni va mollarni va konserva qutilarini tashigan bu omborxona va doʻkoni Rabboniy qay daraja u fabrikadan katta va mukammal boʻlsa, oʻqiganingiz yoki endi oʻqiydiganingiz fanni iosha miqyosi bilan, oʻsha qat'iylikda va oʻsha darajada kura-i arz omborxonasining sohibini, mutasarrifini, mudabbirini bildiradi, tanittiradi, sevdiradi.
Ham qandayki, toʻrt yuz ming millat ichida boʻlgan va har millat istagan arzoqi boshqa va iste'mol qilgan quroli boshqa va kiygan kiyimi boshqa va ta'limoti boshqa va tarhisoti boshqa boʻlgan bir lashkarning moʻ'jizakor bir qoʻmondoni bir oʻzi butun u boshqa-boshqa millatlarning boshqa-boshqa arzoqlarini va turli-tuman aslahalarini va kiyimlarini va jihozotlarini, hech birini unutmasdan va adashmasdan bergan u ajib lashkar va lashkargoh, shubhasiz badohat bilan u horiqo qoʻmondonni koʻrsatadi, taqdirkorona sevdiradi. Aynan shuning kabi, zamin yuzining lashkargohida va har bahorda yangidan qurol ostiga olingan bir yangi lashkari Subhoniyda, nabotot va hayvonot millatlaridan toʻrt yuz ming navning xilma-xil kiyim, arzoq, aslaha, ta'lim, tarhislari gʻoyat mukammal va muntazam va hech birini unutmasdan va adashmasdan birgina qoʻmondoni a'zam tarafidan berilgan kura-i arzning bahor lashkargohi qay darajada mazkur inson lashkar va lashkargohidan katta va mukammal boʻlsa, siz oʻqiydigan fanni askariy miqyosi bilan diqqatli va aqli boshida boʻlganlarga shu daraja kura-i arzning Hakimini va Robbini va Mudabbirini va Qoʻmondoni Aqdasini hayratlar va taqdislar bilan bildiradi va tahmid va tasbeh bilan sevdiradi.
Ham qandayki: Bir horiqo shaharda millionlab elektr chiroqlari harakatlanib har yerni kezadilar, yonish moddalari tugamaydigan bir tarzdagi elekrt chiroqlari va fabrikasi, shaksiz, badohat bilan elektrni idora qilgan va sayyor chiroqlarni ijod qilgan va fabrikani qurgan va yonish moddalarini keltirgan bir moʻ'jizakor ustani va favquloda qudratli bir elektrchini hayratlar va tabriklar bilan tanittiradi, ofarinlar bilan sevdiradi. Aynan shuning kabi, bu olam shahrida dunyo saroyining tomidagi yulduz chiroqlari, bir qismi astronomiyaning aytganiga qaralsa, kura-i arzdan ming marta katta va zambarak oʻqidan yetmish marta tez harakat qilganlari holda, intizomini buzmaydi, bir-biriga urilmaydi, soʻnmaydi, yonish moddalari tugamaydi. Oʻqiganingiz astronomiyaning deganiga koʻra, kura-i arzdan bir million martadan ziyod katta va bir million yildan ziyod yashagan va bir musofirxona-i Rahmoniyada bir chiroq va oʻchoq boʻlgan quyoshimizning yonishining davomi uchun, har kun kura-i arzning dengizlari qadar kerosin va togʻlari qadar koʻmir yoki ming arz qadar oʻtin yigʻinlari lozimdirki, soʻnmasin. Va uni va u kabi ulviy yulduzlarni kerosinsiz, oʻtinsiz, koʻmirsiz yondirgan va soʻndirmagan va barobar va tez kezdirgan va bir-biriga urdirmagan bir nihoyatsiz qudratni va saltanatni, nurli barmoqlari bilan koʻrsatgan bu koinot shahri muhtashamidagi dunyo saroyining elektr chiroqlari va idoralari qay darajada u misoldan yanada katta, yanada mukammaldir, shu daraja sizlar oʻqigan yoki endi oʻqiydigan fanni elektr miqyosi bilan bu mashhari a'zami koinotning Sultonini, Munavvirini, Mudabbirini, Sone'ini u nuroniy yulduzlarni shohid koʻrsatib tanittiradi. Tasbehot bilan, taqdisot bilan sevdiradi, parastish ettiradi.
Ham masalan, qandayki bir kitob boʻlsaki: Bir satrida bir kitob ingichka qilib yozilgan va har bir kalimasida ingichka qalam bilan bir sura-i Qur'oniya yozilgan, gʻoyat ma'nodor va butun masalalari bir-birini quvvatlagan va kotibini va muallifini favquloda mahoratli va iqtidorli koʻrsatgan bir ajib majmua shaksiz, kunduz kabi kotib va musannifini kamoloti bilan, hunarlari bilan bildiradi, tanittiradi. Mashaalloh, Barakalloh jumlalari bilan taqdir ettiradi. Aynan shuning kabi, bu koinot kitobi kabiriki, birgina sahifasi boʻlgan zamin yuzida va birgina shakli boʻlgan bahorda uch yuz ming boshqa-boshqa kitoblar hukmidagi uch yuz ming nabotiy va hayvoniy toifalarni barobar, bir-biri ichida yanglishsiz, xatosiz, chalkashmasdan, adashmasdan mukammal, muntazam va ba'zan daraxt kabi bir kalimada bir qasidani va danak kabi bir nuqtada bir kitobning butun bir mundarijasini yozgan bir qalam ishlaganini koʻzimiz bilan koʻrganimiz bu nihoyatsiz ma'nodor va har kalimasida koʻp hikmatlar boʻlgan shu majmua-i koinot va bu mujassam Qur'oni Akbari Olam mazkur misoldagi kitobdan qay darajada katta va mukammal va ma'nodor boʻlsa, shu daraja siz oʻqigan fanni hikmat-ul ashyo va maktabda bilfe'l mubosharat etgan fanni qiroat va fanni kitobat keng miqyoslari bilan va durbin koʻzlari bilan bu kitobi koinotning naqqoshini, kotibini hadsiz kamoloti bilan tanittiradi. "Allohu Akbar" jumlasi bilan bildiradi, "Subhanalloh" taqdisi bilan ta'rif qiladi, "Alhamdulilloh" sanolari bilan sevdiradi.
Xullas, bu fanlarga qiyosan, yuzlab funundan har bir fan keng miqyosi bilan va xususiy oynasi bilan va durbinli koʻzi bilan va ibratli nazari bilan bu koinotning Xoliqi Zuljalolini asmosi bilan bildiradi. Sifatini, kamolotini tanittiradi.
Xullas, bu muhtasham va porloq bir burhoni vahdoniyat boʻlgan mazkur hujjatni dars berish uchundirki, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon koʻp takror bilan eng ziyoda
va
oyatlari bilan Xoliqimizni bizga tanittiradi deya u maktab yoshlariga dedim. Ular ham tamomi bilan qabul qilib, tasdiq qilib: Hadsiz shukr boʻlsin Robbimizgaki, toʻliq qudsiy va ayni haqiqat bir dars oldik. Alloh sendan rozi boʻlsin, dedilar! Men ham dedim:
Inson minglab xil alamlar bilan mutaallim va minglab nav lazzatlar bilan mutalazziz boʻladigan bir zihayot uskuna va gʻoyat daraja ojizligi bilan barobar hadsiz moddiy-ma'naviy dushmanlari va nihoyatsiz faqirligi bilan barobar hadsiz zohiriy va botiniy ehtiyojlari boʻlgan va mutamodiyan zavol va firoq ta'zirlarini yegan bir bechora maxluq ekan, birdan iymon va ubudiyat bilan shunday bir Podshohi Zuljalolga bogʻlanib butun dushmanlariga qarshi bir nuqta-i istinod va butun hojotiga mador bir nuqta-i istimdod topib, hamma mansub boʻlgan xoʻjayinining sharafi bilan, maqomi bilan iftixor etgani kabi, u ham shunday nihoyatsiz Qodir va Rahim bir podshohga iymon bilan intisob etsa va ubudiyat bilan xizmatiga kirsa va ajalning i'dom e'lonini oʻzi haqida erkinlik ruxsatnomasiga aylantirsa, naqadar mamnun va minnatdor va naqadar mutashakkirona iftixor etishi mumkin, qiyos qilinglar.
U maktab yoshlariga aytganim kabi, musibatzada mahbuslarga ham takror bilan deyman: Uni tanigan va itoat qilgan zindonda ham boʻlsa, baxtiyordir. Uni unutgan saroylarda ham boʻlsa, zindondadir, badbaxtdir. Hatto bir baxtiyor mazlum i'dom etilarkan, badbaxt zolimlarga degan: Men i'dom boʻlmayapman. Balki tarhis bilan saodatga ketyapman. Faqat men ham sizni i'domi abadiy bilan mahkum koʻrganimdan, sizdan toʻliq qasosimni olyapman. لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deya surur bilan taslimi ruh etadi.
Yettninchi Masala
Bir zamon Qastamonuda "Xoliqimizni bizga tanittir" degan litsey talabalariga sobiq Oltinchi Masalada maktab fununining tillari bilan bergan darsimni Denizli hibsxonasida men bilan uchrashgan mahbuslar oʻqidilar. Toʻliq bir qanoati iymoniya olganlaridan, oxiratga bir ishtiyoq his qilib: "Bizga oxiratimizni ham toʻliq bildir. Toki nafsimiz va zamonning shaytonlari bizni yoʻldan chiqarmasin, boshqa bunday hibslarga kiritmasin", dedilar. Va Denizli hibsidagi Risola-i Nur shogirdlarining va sobiqan Oltinchi Masalani oʻqiganlarning orzulari bilan oxirat ruknining ham bir xulosasining bayoni lozim keldi. Men ham Risola-i Nurdan bir qisqacha xulosa bilan deyman:
Qandayki Oltinchi Masalada biz Xoliqimizni arzdan, samovotdan soʻradik. Ular fanlarning tillari bilan quyosh kabi Xoliqimizni bizga tanittirdilar. Aynan biz ham oxiratimizni boshda oʻsha bilgan Robbimizdan, keyin Paygʻambarimizdan, keyin Qur'onimizdan, keyin boshqa paygʻambarlar va muqaddas kitoblardan, keyin maloikalardan, keyin koinotdan soʻraymiz. Xullas, birinchi martabada oxiratni Allohdan soʻraymiz. U ham butun yuborgan elchilari bilan va farmonlari bilan va butun ismlari bilan va sifatlari bilan: "Ha, oxirat bordir va sizlarni u yerga yuboryapman", farmon qilyapti. Oʻninchi Soʻz oʻn ikki porloq va qat'iy haqiqatlar bilan bir qism ismlarning oxiratga doir javoblarini isbot qilgan va izohlagan. Bu yerda u izoh bilan kifoyalanib, gʻoyat qisqa bir ishorat qilamiz.
Ha, modomiki hech bir saltanat yoʻqdirki, u saltanatga itoat qilganlarga mukofoti va isyon qilganlarga mujozoti boʻlmasin. Albatta, rububiyati mutlaqa martabasida bir saltanati sarmadiyaning u saltanatga iymon bilan intisob va toat bilan farmonlariga taslim boʻlganlarga mukofoti va u izzatli saltanatni kufr va isyon bilan inkor qilganlarga ham mujozoti; u rahmat va jamolga, u izzat va jalolga loyiq bir tarzda boʻladi deya "Robbul Olamin" va "Sultonud Dayyon" ismlari javob beryaptilar.
Ham modomiki quyosh kabi, kunduz kabi zamin yuzida bir umumiy rahmat va ihotali bir shafqat va karamni koʻzimiz bilan koʻryapmiz. Masalan, u rahmat har bahorda umum daraxtlarni va mevali nabotlarni Jannat huriylari kabi kiydirib, bezab, qoʻllariga har xil mevalarni berib bizlarga uzatib: "Qani olinglar, yenglar", degani kabi, bir zaharli chivinning qoʻli bilan bizlarga shifoli, totli asalni yedirgani va qoʻlsiz bir qurtning qoʻli bilan eng yumshoq ipakni bizlarga kiydirgani kabi, bir hovuch qadar kichkina urugʻchalarda, danakchalarda minglab botmon taomlarni bizlar uchun saqlagan va ehtiyot zahirasi qilib u kichkina omborxonalarda joylashtirgan bir rahmat, bir shafqat, albatta hech shubha boʻlmaski; bu daraja nozaninona yedirgan bu sevimli va minnatdorlari va parastishkorlari boʻlgan moʻ'min insonlarni i'dom etmaydi. Balki ularni yanada porloq rahmatlarga mazhar etish uchun hayoti dunyoviya vazifasidan tarhis etadi deya "Rahim" va "Karim" ismlari savolimizga javob beryaptilar; اَلْجَنَّةُ حَقٌّ deyaptilar.
Ham modomiki biz koʻzimiz bilan koʻryapmizki: Umum maxluqlarda va zamin yuzida shunday bir hikmat qoʻli ishlayapti va shunday bir adolat oʻlchovlari bilan ishlar aylanyaptiki, aqli bashar undan ustun tafakkur qilolmaydi. Masalan: Insonning ming jihozotiga taqilgan hikmatlaridan yolgʻiz bir kichik urugʻ qadar quvva-i hofizasida butun tarixcha-i hayotini va u bilan munosabatdor boʻlgan hadsiz hodisotni oʻsha quvvachada yozib, uni bir kutubxona hukmiga keltirib va insonning hashrda muhokamasi uchun nashr boʻladigan daftari a'molining bir kichik hujjati sifatida har vaqt xotirlatish sirri bilan har insonning qoʻliga berib miyasining hamyoniga qoʻygan bir azaliy hikmat va butun masnu'otda gʻoyat hassos mezonlar bilan a'zolarini yerlashtirgan, mikrobdan karkidonga, chivindan simurgʻ qushiga, bir gulli nabotdan milliardlab, trillionlab gullar ochgan bahor guliga qadar isrofsiz oʻlchovlar bilan bir tanosub, bir muvozana, bir intizom va bir jamol ichida masnu'otni bir husni san'at qilgan va har zihayotning huquqi hayotini kamoli mezon bilan bergan, yaxshiliklarga goʻzal natijalar va yomonliklarga yomon natijalar qozontirgan va Odam (A.S.) zamonlaridan beri togʻiy va zolim qavmlarga urgan ta'zirlar bilan oʻzini juda quvvatli his qildirgan bir adolati sarmadiya, albatta va hech shubha keltirmaydiki: Quyosh kunduzsiz boʻlmagani kabi, u hikmati azaliya, u adolati sarmadiya oxiratsiz boʻlmaydilar va oʻlimda eng zolimlarning va eng mazlumlarning bir tarzda ketishlaridagi oqibatsiz bir dahshatli haqsizlikka, adolatsizlikka va hikmatsizlikka hech bir jihat bilan ruxsat bermaydilar deya "Hakim" va "Hakem" va "Adl" va "Adil" ismlari bizning savolimizga qat'iy javob beryaptilar.
Ham modomiki butun zihayot maxluqlarning qoʻllari yetishmagan va iqtidorlari doirasida boʻlmagan butun hojotlarini, butun fitriy matlablarini bir navi duo boʻlgan iste'dodi fitriy va ehtiyoji zaruriy tillari bilan istaganlari vaqtda, gʻoyat rahim va eshituvchi va shafqatli bir dasti gʻaybiy tarafidan berilganidan va ixtiyoriy boʻlgan da'avati insoniyaning, xususan valiylar va nabiylar duolarining oʻn adaddan olti-yettitasi xilofi odat maqbul boʻlishidan qat'iy anglashilyaptiki: Har dardlining ohini, har muhtojning duosini eshitgan va tinglagan bir Sami'-i Mujib parda orqasida bor, qaraydiki, eng kichik bir zihayotning eng kichik bir ehtiyojini koʻradi va eng yashirin bir ohini eshitadi, shafqat etadi, fe'lan javob beradi, mamnun qiladi. Albatta va har holda hech bir shubha ehtimoli qolmaydiki: Maxluqlarning eng ahamiyatlisi boʻlgan navi insonning eng ahamiyatli va umumiy va umum koinotni va umum asmo va sifati Ilohiyani aloqador qilgan baqo-i uxroviyaga oid duolarini ichiga olgan va navi insonning quyoshlari va yulduzlari va qoʻmondonlari boʻlgan butun paygʻambarlarni orqasiga olib ularga duosiga "omin, omin" dedirgan va ummatidan har kun har fardi mutadayyin hech boʻlmasa necha marta unga salovot keltirish bilan uning duosiga "omin, omin" degan va balki butun maxluqot oʻsha duosiga ishtirok qilib: "Ha, yo Rabbano! Istaganini ber, biz ham uning istaganini istaymiz", deydilar. Butun bu rad qilinmaydigan sharoit ostida baqo-i uxroviy va saodati abadiya uchun Muhammad Alayhissalotu Vassalamning hashrning hadsiz keltirib chiqargan sabablardan yolgʻiz birgina duosi Jannatning vujudiga va bahorning ijodi qadar qudratiga oson boʻlgan oxiratning ijodiga yetarli bir sababdir deya "Mujib" va "Sami'" va "Rahim" ismlari bizning savolimizga javob beryaptilar.
Ham modomiki kunduz badohat bilan quyoshni koʻrsatgani kabi, zamin yuzida mavsumlarning tabaddulida kulliy oʻlish va tirilishda parda orqasida bir mutasarrif gʻoyat intizom bilan ulkan kura-i arzni bir bogʻ, balki bir daraxt osonligida va intizomida va azamatli bahorni bir gul osonligida va mezonli ziynatida va zamin sahifasida uch yuz ming hashr va nashrning namuna va misollarini koʻrsatgan uch yuz ming kitob hukmidagi nabotot va hayvonot toifalarini (unda) yozadi, barobar va bir-biri ichida adashmasdan, chalkash ekan chalkashtirmasdan, bir-biriga oʻxshamoq bilan barobar iltibossiz, sahvsiz, xatosiz, mukammal, muntazam, ma'nodor yozgan bir qalami qudrat bu azamati ichida hadsiz bir rahmat, nihoyatsiz bir hikmat bilan ishlagani kabi, ulkan koinotni bir xonasi kabi insonga musahhar va muzayyan va tafrish etish va u insonni xalifa-i zamin qilib va togʻ va koʻk va yer tahammulidan chekingan omonati kubroni unga berishi va boshqa zihayotlarga bir daraja zobitlik martabasi bilan mukarram qilishi va xitoboti Subhoniyasiga va suhbatiga musharraf aylashi bilan favquloda bir maqom bergani va butun samoviy farmonlarda unga saodati abadiyani va baqo-i uxroviyani qat'iy va'da bergani va ahd qilgani holda, albatta va hech bir shubha boʻlmaydiki: Bahor qadar qudratiga oson boʻlgan dori saodatni u mukarram va musharraf insonlar uchun ochadi va ijod qiladi va hashr va qiyomatni keltiradi deya "Muhyi" va "Mumit" va "Hayy" va "Qayyum" va "Qodir" va "Alim" ismlari Xoliqimizdan soʻraganimizda javob beryaptilar.
Ha, har bahorda butun daraxtlarni va oʻtlarning ildizlarini aynan ihyo va nabotiy va hayvoniy uch yuz ming nav hashrning va nashrning namunalarini ijod qilgan bir qudrat, Muhammad va Muso Alayhimussalotu Vassalamlarning har birining ummati oʻtkazgan ming yillik zamon qarshi-qarshiga xayolan keltirilib qaralsa, hashrning va nashrning ming misolini va ming dalilini ikki ming bahorda
{(Hoshiya) Sobiq har bir bahor qiyomati boʻlgan, oʻlgan va qarshisidagi bahor uning hashri hukmidadir.}
koʻrsatgani koʻriladi. Va bunday bir qudratdan hashri jismoniyni uzoq koʻrish ming daraja koʻrlik va aqlsizlikdir.
Ham modomiki navi basharning eng mashhurlari boʻlgan bir yuz yigirma toʻrt ming paygʻambarlar ittifoq bilan saodati abadiyani va baqo-i uxroviyani Janobi Haqning minglab va'da va ahdlariga istinodan e'lon qilib moʻ'jizalari bilan toʻgʻri boʻlganliklarini isbot qilganlari kabi, hadsiz ahli valoyat kashf bilan va zavq bilan ayni haqiqatga imzo bosyaptilar. Albatta, u haqiqat quyosh kabi zohir boʻladi, shubha qilgan devona boʻladi. Ha, bir fanda va bir san'atda mutaxassis bir-ikki zotning u fan va u san'atga oid hukm chiqarishlari va fikrlari unda ixtisosi boʻlmagan ming odamning, hatto ular boshqa fanlarda olim va ahli ixtisos ham boʻlsalar, muxolif fikrlarini hukmdan isqot qilganlari kabi, bir masalada, masalan, ramazon hilolini yavmi shakda isbot qilish va "Sut konservalariga oʻxshagan hindiston yongʻoqi bogʻi roʻyi zaminda bor" deya da'vo qilishda ikki isbot qiluvchi ming inkor qiluvchi va rad qiluvchilarga gʻalaba qilib da'voni qozonadilar. Chunki isbot qilgan yolgʻiz bir hindiston yongʻoqini va yoxud yerini koʻrsatsa, osonlik bilan da'voni qozonadi. Uni rad va inkor qilgan butun roʻyi zaminni qidirish, titkilash bilan hech bir yerda boʻlmaganini koʻrsatish bilan da'vosini isbot qilib bilganligi kabi, Jannatni va dori saodatni ixbor va isbot qilgan yolgʻiz bir izini, kinodagi kabi kashfan bir soyasini, bir tarashshuhini koʻrsatish bilan da'voni yutib chiqqani holda, uni rad va inkor qilgan butun koinotni va azaldan abadga qadar zamonlarni koʻrish va koʻrsatish bilan faqat inkorini va raddini isbot bilan da'voni yutib chiqadi. Va bu ahamiyatli sirdandirki, xususiy bir yerga qaramagan va iymoniy haqiqatlar kabi umum koinotga qaragan radlar, inkorlar (zotida mahol boʻlmaslik sharti bilan) isbot qilinmaydi deya ahli tahqiq ittifoq qilib bir dasturi asosiy deb qabul qilganlar.
Xullas, bu qat'iy haqiqatga binoan, minglab faylasuflarning muxolif fikrlari bunday iymoniy masalalarda birgina muxbiri sodiqqa qarshi hech bir shubha, hatto vasvasa bermasliklari lozim ekan, bir yuz yigirma ming isbot qiluvchi ahli ixtisos va muxbiri sodiq va hadsiz va nihoyatsiz musbit va mutaxassis ahli haqiqat va asxobi tahqiq ittifoq etgan arkoni iymoniyada aqli koʻziga tushgan, qalbsiz, ma'naviyatdan uzoqlashgan, koʻrlashgan bir nechta faylasufning inkorlari bilan shubhaga tushishning qay daraja ahmoqlik va devonalik boʻlganini qiyos qilinglar.
Ham modomiki koʻzimiz bilan, kunduz kabi ham nafsimizda, ham atrofimizda bir rahmati omma va bir hikmati shomila va bir inoyati doima mushohada etyapmiz va dahshatli bir saltanati rububiyat va diqqatli bir adolati oliya va izzatli ijrooti jaloliyaning osorini va jilvalarini koʻryapmiz. Hatto bir daraxtning mevalari va gullalari sanogʻicha u daraxtga hikmatlar taqqan bir hikmat va har bir insonning jihozoti va hissiyoti va quvvalari adadicha ehsonlarni, in'omlarni unga bogʻlagan bir rahmat va qavmi Nuh va Hud va Solih Alayhimussalom va qavmi Od va Samud va Fir'avn kabi osiy millatlarni kaltaklagan va eng kichik bir zihayotning haqqini muhofaza qilgan izzatli va inoyatli bir adolat va
oyati azamatli bir ijoz bilan deydi:
Qandayki ikki qarorgohda yotgan va turgan mute' askarlar bir qoʻmondonning chaqirishi bilan qurol boshiga va vazifa boshiga sur ovozi bilan yigʻilishgani kabi, aynan shuningdek, bu ikki qarorgohning misolida va amrga itoatida ulkan samovot va kura-i arz Sultoni Azaliyning askarlariga ikki mute' qarorgoh kabi, qay vaqt Hazrat Isrofil Alayhissalomning suri bilan u qarorgohda oʻlim bilan yotganlar chaqirilsa, darhol jasad liboslarini kiyib tashqari otilib chiqishlarini isbot qilib koʻrsatgan har bahorda arz qarorgohi ichidagilar malagi ra'dning suri bilan ayni vaziyatni koʻrsatishi bilan nihoyatsiz azamati tushunilgan bir saltanati rububiyat; albatta va albatta va har holda va hech shubha keltirmaydiki, Oʻninchi Soʻzda isbotiga binoan, u rahmat va hikmat va inoyat va adolat va saltanati sarmadiya gʻoyat qat'iy istagan dori oxirat va doira-i hashr va nashr ochilmasligi bilan u nihoyatsiz jamoli rahmat nihoyatsiz bir xunuk marhamatsizlikka inqilob etishi va u hadsiz kamoli hikmat hadsiz qusurli abasiyatga va foydasiz isrofotga aylanishi va gʻoyat shirin inoyat gʻoyat achchiq xiyonatlarga oʻzgarishi va u gʻoyat mezonli va haqqoniyatli adolat gʻoyat shiddatli zulmlarga almashinishi va u gʻoyat darajada muhtasham va quvvatli saltanati sarmadiya sukut etishi va hashrning kelmasligi bilan butun haybati yoʻqolishi va kamoloti rububiyati ojizlik va qusur bilan bulgʻangan boʻlishi, hech bir jihati imkoni yoʻq, hech bir aql ehtimol bermaydi, yuz mahol ichida birdan boʻladi, doira-i imkon xorijida botil va imkonsizdir. Chunki nozanin va nozdor oziqlantirgan va aql va qalb kabi jihozot bilan saodati abadiyaga va oxiratda baqo-i doimiyga ishtiyoq hissini bergani holda uni abadiy i'dom etish naqadar zulmli bir marhamatsizlik va uning yolgʻiz miyasiga yuzlab hikmatlar va foydalar taqqani holda uni tirilmaslik maqsadida butun jihozotini va minglab foydalari boʻlgan iste'dodotini oqibatsiz bir oʻlim bilan foydasiz, natijasiz, hikmatsiz butun-butun isrof qilish qay daraja xilofi hikmat va minglab va'da va ahdlarini bajarmaslik bilan, xosho, ojizligini va johilligini koʻrsatish naqadar u hashmati saltanatga va u kamoli rububiyatga ziddir, har zishuur anglaydi. Bularga qiyosan inoyat va adolatni tatbiq ayla.
Xullas, Xoliqimizdan soʻraganimiz oxiratga doir savolimizga "Rahmon" va "Hakim" va "Adl" va "Karim" va "Hokim" ismlari mazkur haqiqat bilan javob beryaptilar, shaksiz, shubhasiz, quyosh kabi oxiratni isbot qilyaptilar.
Ham modomiki biz koʻzimiz bilan koʻryapmiz: Shunday ihotali va azamatli bir hofiziyat hukm qiladiki, zihayot hamma narsaning va har hodisaning koʻp suratlarini va bajargan fitriy vazifasining daftarini va asmo-i Ilohiyaga qarshi lisoni hol bilan tasbehotiga doir sahifa-i a'molini misoliy lavhalarda va urugʻlarida va danakchalarida va lavhi mahfuzning namunachalari boʻlgan quvva-i hofizalarida va ayniqsa insonning miyasidagi juda katta va juda kichik kutubxonasi boʻlgan quvva-i hofizasida va boshqa moddiy va ma'naviy aks etish oynalarida qayd qiladi, yozdiradi; zabt qilib muhofaza ostiga oladi.
Keyin mavsumi kelishi bilan butun u ma'naviy yozuvlarni moddiy bir tarzda ham koʻzimizga koʻrsatib millionlarcha misollar va dalillar va namunalar quvvati bilan
oyatidagi eng ajib bir haqiqati hashriyani qudratning bir guli boʻlgan har bahor oʻzining guli akbarida milliardlab til bilan koinotga e'lon qiladi. Va boshda navi inson boʻlib butun zihayotlar va butun ashyo fanoga tushish va adamga sukut etish va hechlikda mahv boʻlish va boshda navi bashar boʻlib zihayotlar i'dom etilish uchun yaratilmaganlar. Balki baqoga taraqqiy bilan va davomga tasaffi bilan va sarmadiy vazifaga iste'dodi bilan kirish uchun yaratilganliklarini gʻoyat quvvatli isbot qiladi.
Ha, har bahorda mushohada etyapmizki: Kuz mavsumi qiyomatida vafot qilgan hadsiz nabotot bahor hashrida har bir daraxt, har bir ildiz, har bir urugʻ, har bir danak
oyatini oʻqib bir ma'nosini, bir fardini oʻz tili bilan, oʻtgan yillarda bajargan vazifaning misollari bilan tafsir qilib u azamatli hofiziyatga shahodat qiladi.
oyatidagi toʻrt muazzam haqiqatlarni hamma narsada koʻrsatib hofiziyatni a'zamiy darajada va hashrni bahor osonligida va qat'iyligida bizlarga dars beradi. Ha, bu toʻrt ismning jilvalari eng juz'iydan eng kulliyga qadar jarayon qiladilar. Masalan: Qandayki bu daraxtning manbai boʻlgan bir urugʻ اَلْاَوَّلُ ismiga mazhariyat bilan u daraxtning gʻoyat mukammal dasturini va ijodining nuqsonsiz jihozotini va tashakkulining butun shartlarini jamlagan bir qutichadirki, hofiziyatning azamatini isbot qiladi.
وَالْاٰخِرُ ismiga mazhar boʻlgan mevasi esa urugʻlari bilan u daraxt bajargan butun fitriy vazifalarining mundarijasini va amallarining roʻyxatini va hayoti soniyasining dasturlarini ichiga olgan bir sanduqchadirki, a'zamiy darajada hofiziyatga shohidlik qiladi.
وَالظَّاهِرُ ismiga mazhar boʻlgan u daraxtning surati jismoniyasi esa, shunday tanosubli va san'atli va bezalgan bir kiyim, bir libos va boshqa-boshqa naqshlar va ziynatlar va porloq nishonlar bilan tazyin etilgan; goʻyo yetmish rangli bir huriy koʻylagidirki, hofiziyat ichida azamati qudrat va kamoli hikmat va jamoli rahmatni koʻzlarga koʻrsatadi.
وَالْبَاطِنُ ismiga oyna boʻlgan u daraxtning ichidagi uskunasi esa, shunday muntazam va mukammal va moʻ'jizotli bir fabrika, bir dastgoh, bir kimyoxona va hech bir shoxni va mevani va yaproqni ozuqasiz qoldirmagan mezonli bir qozoni arzoqdirki, hofiziyat ichida kamoli qudrat va adolat va jamoli rahmat va hikmatni quyosh kabi isbot qiladi.
Aynan shuning kabi, kura-i arz yillik mavsumlar jihatidan bir daraxtdir. Ismi Avval jilvasi bilan kuz mavsumida hofiziyatga omonat qilingan butun danaklar va urugʻlar bahor choyshabini kiygan zamin yuzining milliardlab shox, shoda, meva bergan va gul ochgan daraxtining tashkilotiga doir Ilohiy amrlarning majmuachalari va qadardan kelgan dasturlarning roʻyxatlari va oʻtgan yozda bajargan vazifalarining kichkina sahifa-i amallari va daftari xizamotidirki, bilbedaho bir Hofizi Zuljaloli Val Ikromning hadsiz qudrat, adolat, hikmat, rahmat bilan ishlaganini koʻrsatadi.
Va yillik zamin daraxtining oxiri esa, ikkinchi kuzda u daraxt bajargan butun vazifalarini va asmo-i Ilohiyaga qarshi qilgan butun fitriy tasbehotlarini va kelasi bahor hashrida nashr boʻla olgan butun sahaifi a'mollarini zarracha va kichkina qutichalarning ichiga qoʻyib, Hofizi Zuljalolning dasti hikmatiga taslim qiladi. هُوَ الْاٰخِرُ ismini hadsiz tillar bilan koinot yuzida oʻqiydi.
Va bu daraxtning zohiri esa hashrning uch yuz ming misollarini va alomatlarini koʻrsatgan uch yuz ming kulliy va turli-tuman gullar ochib hadsiz rahmoniyat va razzoqiyat va rahimiyat va karimiyat dasturxonlarini yozib zihayotlarga ziyofatlar berish bilan هُوَ الظَّاهِرُ ismini mevalari, gullari, taomlari sanogʻicha lisonlar bilan zikr qilib madhu sano etadi, kunduz kabi
haqiqatini koʻrsatadi.
Bu muhtasham daraxtning botini esa hadsiz va hisobsiz muntazam uskunalarni va mezonli fabrikalarni kamoli diqqat va intizom bilan ishlattirgan shunday bir qozon va dastgohdirki, bir dirhamdan ming botmon taomlarni pishiradi, ochlarga yetishtiradi. Va shunday bir mezon va diqqat bilan ishlaydiki, zarra qadar tasodifning qoʻshilishiga bir yer qoldirmaydi. هُوَ الْبَاطِنُ ismini zaminning ich yuzi bilan, yuz ming til bilan tasbeh aytgan ba'zi maloika kabi yuz ming tarzlarda e'lon qilib isbot qiladi.
Ham arz yillik hayoti e'tibori bilan bir daraxt boʻlgani va u toʻrt ism ichida hofiziyatni va u bilan hashr eshigiga bir kalit qilgani kabi, aynan shunga oʻxshab, dahriy va dunyo hayoti jihati bilan yana mevalari oxirat bozoriga yuborilgan bir muntazam daraxtdir. Va u toʻrt ismga shunday bir mazhar, bir oyna va oxiratga ketgan bir yoʻl ochadiki, kengligini ihotaga va ta'birga aqlimiz yetmaydi. Yolgʻiz bu qadar deymiz: Qandayki bir soatning soniyalarni va daqiqalarni va soatlarni va kunlarni sanagan haftalik soatning millari bir-biriga oʻxshaydi, bir-birini isbot qiladi. Soniyalarning harakatini koʻrgan boshqa charxlarning harakatlarini tasdiq qilishga majbur boʻladi. Aynan shuning kabi, samovot va arzning Xoliqi Zuljalolining bir soati akbari boʻlgan bu dunyoning soniyalarini sanagan kunlar va daqiqalarini hisoblagan yillar va soatlarini koʻrsatgan asrlar va kunlarini bildirgan davrlar bir-biriga oʻxshaydi, bir-birini isbot qiladi. Va bu kechaning nahori va bu qishning bahori qat'iyligida foniy dunyoning zim-ziyo qishining boqiy bir bahori va sarmadiy bir nahori kelishini hadsiz alomatlar bilan xabar beradi deya Hofiz ismi bilan
ismlari biz Xoliqimizdan soʻragan hashr masalasiga mazkur haqiqat bilan javob beryaptilar.
Ham modomiki koʻzimiz bilan koʻryapmiz va aqlimiz bilan tushunyapmizki; inson shu koinot daraxtining eng oxirgi va eng jam'iyatli mevasi va haqiqati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalam tomoni bilan urugʻi asliysi va koinot Qur'onining oyati kubrosi va ismi a'zamni tashigan oyat-ul kursiysi va koinot saroyining eng mukarram musofiri va u saroydagi boshqa yashovchilarda tasarrufga iznli eng faol ma'muri va koinot shahrining zamin mahallasining bogʻida va ekinzorida voridot va sarfiyotiga va ekish va ekilishiga nazoratga ma'mur va yuzlab fanlar va minglab san'atlar bilan tajhiz etilgan eng shovqinli va mas'uliyatli naziri va koinot oʻlkasining arz mamlakatida Podshohi Azal va Abadning gʻoyat diqqat ostidagi bir mufattishi, bir navi xalifa-i arzi va juz'iy va kulliy harakoti qayd qilingan bir mutasarrifi va samo va arz va togʻning koʻtarishdan chekinganlari omonati kubroni boʻyniga olgan va oldida ikki ajib yoʻl ochilgan, bir yoʻlda zihayotning eng badbaxti va boshqasida eng baxtiyori, juda keng bir ubudiyat bilan mukallaf bir abdi kulliy va koinot sultonining ismi a'zamiga mazhar va butun asmosini eng jamlovchi bir oynasi va xitoboti Subhoniyasiga va soʻzlashuvlariga eng tushunadigan bir muxotobi xossi va koinotning zihayotlari ichida eng ziyoda ehtiyojlisi va hadsiz faqirligi bilan va ojizligi bilan barobar hadsiz maqsadlari va orzulari va nihoyatsiz dushmanlari va uni ranjitgan zararli narsalari boʻlgan bir bechora zihayoti va iste'dod jihatidan eng boyi va lazzati hayot jihatidan eng mutaallimi va lazzatlari dahshatli alamlar bilan aluda va baqoga eng ziyoda mushtoq va muhtoj va eng koʻp loyiq va haqdor va davomni va saodati abadiyani hadsiz duolari bilan istagan va yolvorgan va butun dunyo lazzatlari unga berilsa, uning baqoga qarshi orzusini qonirtirmagan va unga ehsonlar qilgan zotni parastish darajasida sevgan va sevdirgan va sevilgan juda horiqo bir moʻ'jiza-i qudrati Samadoniya va bir ajuba-i xilqat va koinotni ichiga olgan va abadga ketish uchun yaratilganiga butun jihozoti insoniyasi guvohlik qilgan.. bunday yigirmata kulliy haqiqatlar bilan Janobi Haqning Haq ismiga bogʻlangan va eng kichik zihayotning eng juz'iy ehtiyojini koʻrgan va niyozini eshitgan va fe'lan javob bergan Hofizi Zuljalolning Hofiz ismi bilan mutamodiyan amallari qayd qilingan va koinotni aloqador qiladigan af'ollari u ismning kotibini kiromlari bilan yozilgan va hamma narsadan ziyoda u ismning nazari diqqatiga mazhar boʻlgan bu insonlar, albatta va albatta va har holda va hech bir shubha keltirmaski, bu yigirmata haqiqatning hukmi bilan, insonlar uchun bir hashr va nashr boʻladi va Haq ismi bilan avvalgi xizmatlarining mukofotini va qusurotining mujozotini chekadi. Va Hofiz ismi bilan juz'iy-kulliy qayd ostiga olingan har amalidan hisobga va soʻroqqa tortiladi. Va dori baqoda saodati abadiya ziyofatgohining va shaqovati doima hibsxonasining eshiklari ochiladi. Va bu olamda koʻp toifalarga qoʻmondonlik qilgan va aralashgan va ba'zan aralashtirgan bir zobit tuproqqa kirib har amalidan soʻroq qilinmaslik va uygʻottirilmaslik maqsadi bilan yotib saqlanilmaydi.
Boʻlmasa chivinning ovozini eshitib haqqi hayotini berish bilan fe'lan javob bergani holda, momaqaldiroq quvvatidagi baqoga oid hadsiz huquqi insoniyaning mazkur yigirmata haqiqatlar lisonlari bilan qilingan va arshni va farshni larzaga solgan duolarini eshitmaslik va u hadsiz huquqni zoye qilish va chivin qanotining intizomi guvohligi bilan chivin qanoti qadar isrof qilmagan bir hikmat butun u haqiqatlar bogʻlangan insoniy iste'dodotni va abadga uzangan umidlarni va orzularni va u iste'dod va orzularni quvvatlantirgan koinotning juda koʻp robitalarini va haqiqatlarini butun-butun isrof qilish shunday bir haqsizlikdir va imkon xorijida va zolimona bir xunuklikdirki, "Haq" va "Hofiz" va "Hakim" va "Jamil" va "Rahim" ismlariga shahodat qilgan butun mavjudot uni rad qiladilar. Yuz daraja mahol va ming jihat bilan imkonsizdir deydilar. Xullas, biz Xoliqimizdan hashrga doir soʻragan savolimizga Haq, Hofiz, Hakim, Jamil, Rahim ismlari javob berib deydilar: "Biz haq va haqiqat boʻlganimiz kabi va ham bizga guvohlik qilgan mavjudotning tahaqquqi kabi, hashr haqdir va muhaqqaqdir. "
Ham modomiki... Yana yozar edim, faqat quyosh kabi ma'lum boʻlganidan tugatdim. Xullas, oʻtgan misollarda va modomikilardagi moddalarga qiyosan, Janobi Haqning yuz, balki ming asmosining koinotga qaragan ismlarining har birisi, qandayki mavjudotdagi oyna va jilvalari bilan musammosini badohat bilan isbot qiladilar. Aynan shuning kabi, hashrni va dori oxiratni ham koʻrsatadilar va qat'iylik bilan isbot qiladilar.
Ham qanday Xoliqimizdan soʻragan savolimizga u Robbimiz butun farmonlari bilan va nozil qilgan butun kitoblari bilan va musammo boʻlgan aksar ismlari bilan bizga qudsiy va qat'iy javob beryapti. Aynan shuning kabi, maloikalari bilan va ularning tili bilan yana boshqa bir tarzda dediradi:
"Sizning zamoni Odamdan beri ham ruhoniylar bilan, ham bizlar bilan koʻrishishingizning yuzlab tavotur quvvatida hodisalari bor va bizning va ruhoniylarning vujudlariga va ubudiyatlariga dalolat qilgan hadsiz alomat va dalillar bor. Va biz oxirat mehmonxonalarida va ba'zi doiralarida kezganimizni, bir-birimizga mutobiq boʻlib sizning qoʻmondonlaringiz bilan koʻrishganimiz zamon aytganmiz va ham doimo aytamiz. Albatta, bu kezganimiz boqiy va mukammal mehmonxonalar va bu mehmonxonalarning orqalarida tafrish va tazyin etilgan saroylar va manzillar, hech shubhamiz yoʻqdirki, gʻoyat ahamiyatli musofirlarni u yerlarda joylashtirish uchun kutyaptilar. Sizga qat'iy bayon qilyapmiz", deya savolimizga javob beryaptilar.
Ham modomiki Xoliqimiz bizga eng buyuk muallim va eng mukammal ustoz va adashmas va adashtirmas eng toʻgʻri rahbar oʻlaroq Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni tayin qilgan. Va eng oxirgi elchi qilib yuborgan. Biz ham ilmalyaqiyn martabasidan aynalyaqiyn va haqqalyaqiyn martabalariga taraqqiy va takammul etish uchun hamma narsadan avval bu ustozimizdan Xoliqimizdan soʻragan savolimizni soʻrashimiz lozim boʻladi. Chunki u zot Xoliqimiz tarafidan har biri bittadan nishona-i tasdiq boʻlgan ming moʻ'jizoti bilan Qur'onning bir moʻ'jizasi boʻlib Qur'onning haq va kalomulloh boʻlganini isbot qilgani kabi; Qur'on ham qirq nav i'joz bilan u zotning bir moʻ'jizasi boʻlib, Uning toʻgʻri va rasululloh ekanini isbot qilib ikkisi barobar, biri olami shahodat lisoni (butun hayotida butun anbiyo va avliyoning tasdiqlari ostida), boshqasi olami gʻayb lisoni (butun samoviy farmonlarning va koinot haqiqatlarining tasdiqlari ichida), minglab oyoti bilan da'vo va isbot qilgan haqiqati hashriyalari albatta quyosh va kunduz kabi bir qat'iylikdadir.
Ha, hashr kabi eng ajib va eng dahshatli va tavri aqlning xorijida bir masala, faqat va faqat bunday horiqo ikki ustozning darslari bilan hal qilinadi, tushuniladi.
Eski zamon paygʻambarlari ummatlariga Qur'on kabi izohot bermaganlarining sababi, u davrlar basharning badaviyat va bolalik davri boʻlishidir. Ibtidoiy darslarda izoh kam boʻladi.
Alhosil: Modomiki Janobi Haqning aksar ismlari oxiratni iqtizo etib istaydilar. Albatta, u ismlarga dalolat qilgan butun hujjatlar bir jihatdan oxiratning tahaqquqiga ham dalolat qiladilar. Va modomiki maloikalar oxiratning va olami baqoning doiralarini koʻrganliklarini xabar beryaptilar. Albatta, maloika va ruhlarning va ruhoniyotning vujud va ubudiyatlariga guvohlik qilgan dalillar, bilvosita oxiratning vujudiga ham dalolat qiladilar. Va modomiki Muhammad Alayhissalotu Vassalamning butun hayotida vahdoniyatdan soʻngra eng doimiy da'vosi va muddaosi va asosi oxiratdir. Albatta u zotning nubuvvatiga va sidqiga dalolat qilgan butun moʻ'jizalari va hujjatlari, bir jihatdan, bilvosita oxiratning tahaqquqiga va kelishiga shahodat qiladilar. Va modomiki Qur'onning toʻrtdan birisi hashr va oxiratdir va ming oyoti bilan uning isbotiga harakat qiladi va uni xabar beradi. Albatta, Qur'onning haqqoniyatiga shahodat va dalolat qilgan butun hujjatlari va dalillari va burhonlari, bilvosita oxiratning vujudiga va tahaqquqiga va ochilishiga ham dalolat va shahodat qiladilar.
Xullas qara, bu rukni iymoniy naqadar quvvatli va qat'iy boʻlganini koʻr.
Sakkizinchi Masalaning Bir Xulosasi
Yettinchida hashrni koʻp maqomotdan soʻragan boʻlar edik. Faqat Xoliqimizning ismlari bilan bergan javobi shu daraja quvvatli yaqiyn va qanoat berdiki, ortiq boshqa soʻroqlarga ehtiyoj qoldirmaganidan, u yerda tugatdik. Hozir bu masalada oxiratga iymonning ham oxirat saodatiga, ham dunyo saodatiga doir ta'minlagan foydalar va natijalaridan yuzdan biri xulosa qilinadi. Saodati uxroviyaga oid qismi, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning izohoti boshqa hech bir bayonga ehtiyoj qoldirmagan, uni unga havola qilib va saodati dunyoviyaga oid qismning izoh jihatini Risola-i Nurga qoldirib, yolgʻiz qisqa bir xulosa bilan insonning hayoti shaxsiya va hayoti ijtimoiyasiga oid yuzlab natijalaridan uch-toʻrttasini bayon qilamiz.
Birinchisi: Inson boshqa hayvonotdan farqli oʻlaroq, xonasi bilan aloqador boʻlgani kabi, dunyo bilan aloqadordir va aqoribi bilan munosabatdor boʻlgani kabi, navi bashar bilan ham jiddiy va fitriy munosabatdordir. Va dunyoda muvaqqat baqosini orzulagani kabi, bir dori abadiyda baqosini ishq darajasida orzu qiladi. Va me'dasining gʻido ehtiyojini ta'minlashga uringani kabi, dunyo qadar keng, balki abadga qadar uzangan dasturxonlarni va gʻidolarni aql va qalb va ruh va insoniyat me'dalari uchun ta'minlashga fitratan majburdir, tirishadi. Va shunday orzulari va matlablari borki, abadiy saodatdan boshqa hech narsa ularni qoniqritmaydi. Hatto Oʻninchi Soʻzda ishorat qilingani kabi, bir zamon kichikligimda xayolimdan soʻradim: "Senga bir million yil umr va dunyo saltanati berilishini, faqat keyin adamga va hechlikka tushishni istaysanmi? Boʻlmasa boqiy, faqat oddiy va mashaqqatli bir vujudni istaysanmi?", dedim. Qaradim, ikkinchisini orzulab, birinchisidan "oh" chekdi. "Jahannam boʻlsa ham, baqo istayman", dedi.
Xullas, modomiki mohiyati insoniyaning bir xizmatkori boʻlgan quvva-i xayoliyani bu dunyo lazzatlari qoniqritmaydi. Albatta, gʻoyat jamlovchi mohiyati insoniya abadiyat bilan fitratan aloqadordir. Xullas, shu hadsiz orzu va umidlar bilan bogʻliq boʻlgani holda, sarmoyasi bir juz'iy juzi ixtiyoriy va faqri mutlaq bir insonga oxiratga iymon qay daraja quvvatli va kifoya va yetarli bir xazina, bir madori saodat va lazzat, bir madori istimdod, bir marji' va dunyoning hadsiz gʻamlariga qarshi bir madori tasalli boʻlishi shunday bir meva va foydadirki, uni qozonish yoʻlida dunyo hayotini fido qilsa, yana arzondir.
Uchinchi masalada izohlangan va Yoshlarga Rahnamoda bir hoshiya boʻlgan juda ahamiyatli bir natijadir.
Ha, har bir insonning har zamon oʻylagan eng ahamiyatli andishasi, mozoristonga kirgan oʻzining doʻstlari va aqrabolari kabi oʻsha i'domxonaga kirish holatidir. Birgina doʻsti uchun ruhini fido qilgan u bechora insonning minglab, balki millionlab, milliardlab doʻstlari abadiy bir ayriliq ichida i'dom boʻlishlarini tavahhum etib Jahannam azobidan yomonroq bir alam oʻsha oʻylash uchidan koʻringan vaqt oxiratga iymon keldi, koʻzini ochtirdi va pardani koʻtardi. "Qara", dedi. U iymon bilan qaradi. Jannat lazzatidan xabar bergan bir lazzati ruhoniyani u doʻstlari abadiy oʻlimlardan va chirishlardan xalos boʻlib, masrurona bir nuroniy olamda uni ham kutish vaziyatini mushohadasi bilan oldi. Risola-i Nurda bu natija hujjatlar bilan izohiga kifoyalanib tugatamiz.
Insonning boshqa zihayotlar ustidagi ustunligi va rutbasi esa, yuksak xislatlari va jam'iyatli iste'dodlari va kulliy ubudiyatlari va keng vujudiy doiralari e'tibori bilandir. Holbuki u inson ham ma'dum, ham oʻlik, ham qorongʻilik boʻlgan oʻtmish va kelajak zamonlarining oʻrtasida siqilgan bir qisqa zamon boʻlgan hozirgi vaqtning miqyosi bilan, oʻlchovi bilan hamiyati, muhabbati, qardoshligi, insoniyligi kabi xislatlar oladi.
Masalan, oldin tanimagan va ayrilgandan keyin ham hech koʻrolmaydigan otasini, ukasini, xotinini, millatini va vatanini sevadi, xizmat qiladi. Va toʻliq sadoqatga va ixlosga kamdan-kam muvaffaq boʻlishi mumkin. U nisbatda kamoloti va xislatlari kichrayadi. Hayvonlarning eng ulviysi emas, balki aksiga aql jihati bilan eng bechorasi va pasti boʻlish vaziyatiga tushish paytida oxiratga iymon yordamga yetishadi. Mozor kabi tor zamonini oʻtmish va kelajak zamonlarini ichiga olgan juda keng bir zamonga aylantiradi. Va dunyo qadar, balki azaldan abadga qadar bir doira-i vujud koʻrsatadi. Otasini dori saodatda va olami arvohda ham otalik munosabati bilan va ukasini to abadga qadar uxuvvatini oʻylashi bilan va xotinini Jannatda ham eng goʻzal bir rafiqa-i hayoti boʻlganini bilishi jihati bilan sevadi, hurmat qiladi, marhamat etadi, yordam beradi. Va u katta va keng doira-i hayotda va vujuddagi munosabatlar uchun boʻlgan ahamiyatli xizmatlarni dunyoning qiymatsiz ishlariga va juz'iy gʻarazlariga va manfaatlariga vosita qilmaydi. Jiddiy sadoqatga va samimiy ixlosga muvaffaq boʻlib, kamoloti va axloqlari u nisbatda, darajasiga koʻra, yuksalishni boshlaydi. Insoniyati yuksaladi. Hayot lazzatida chumchuqqa yetishmagan u inson butun hayvonot ustida koinotning eng muntahob va baxtiyor bir musofiri va Sohibi Koinotning eng mahbub va maqbul bir abdi boʻlishidir. Bu natija ham Risola-i Nurda hujjatlar bilan izohiga kifoyalanib tugatildi.
Toʻrtinchi bir foydasiki, insonning hayoti ijtimoiyasiga qaraydi.
Risola-i Nurdan Toʻqqizinchi Shuada bayon qilingan u natijaning bir xulosasi shudir:
Navi insonning toʻrtdan birini tashkil qilgan bolalar oxirat iymoni bilan insonday yashay oladilar va insoniyatning iste'dodlarini tashiy oladilar. Boʻlmasa aliym andishalar ichida oʻzini uxlattirish va unuttirish uchun bolalar oʻyinchoqlari bilan, yaramas bir hayot bilan yashaydilar. Chunki har vaqt atrofida u kabi bolalarning oʻlishi bilan uning nozik aqlida va kelajakda uzun orzularni tashigan zaif qalbida va muqovamatsuz ruhiga shunday bir ta'sir qiladiki, hayotni va aqlni u bechoraga uskuna-i azob va iskanja qiladigan zamonda, oxirat iymonining darsi bilan, koʻrmaslik uchun oʻyinchoqlar ostida ulardan saqlangan u andishalar oʻrniga bir sevinch va mamnuniyat his qilib deydi: "Bu ukam yoki oʻrtogʻim oʻldi, Jannatning bir qushi boʻldi. Bizdan yanada yaxshi zavq qiladi, kezadi. Va volidam oʻldi, faqat rahmati Ilohiyaga ketdi, yana meni Jannatda quchogʻiga olib erkalaydi va men ham u shafqatli onajonimni koʻraman", deb insoniyatga loyiq bir tarzda yashay oladi.
Ham insonning toʻrtdan birini tashkil qilgan keksalar yaqinda hayotlarining soʻnishiga va tuproqqa kirishlariga va goʻzal va sevimli dunyolarining yopilishiga qarshi tasallini faqat va faqat oxirat iymonida topa oladilar. Boʻlmasa u marhamatli muhtaram otalar va fidokor shafqatli onalar shunday bir vovaylo-i ruhiy va bir dagʻdagʻa-i qalbiy chekardilarki, dunyo ularga ma'yusona bir zindon va hayot iskanjali bir azob boʻlar edi. Faqat oxirat iymoni ularga deydi: "Tashvishlanmang, sizning abadiy bir yoshligingiz bor, keyingi va porloq bir hayot va nihoyatsiz bir umr sizni kutyapti. Va yoʻqotgan avlodingiz va qarindoshlaringiz bilan sevinchlar bilan koʻrishasiz. Va qilgan barcha yaxshiliklaringiz muhofaza qilingan, mukofotlarini koʻrasiz" deya, iymoni oxirat ularga shunday bir tasalli va inshiroh beradiki, har birining yuz keksalik birdan boshlarida toʻplansa, ularni ma'yus qilmaydi.
Navi insonning uchdan birini tashkil qilgan yoshlar, havasotlari gʻalayonda, hissiyotga magʻlub, jur'atkor aqllarini har vaqt boshlariga olmagan u yoshlar oxirat iymonini yoʻqotsalar va Jahannam azobini eslamasalar, hayoti ijtimoiyada ahli nomusning moli va irzi va zaif va keksalarning rohati va haysiyati tahlikada qoladi. Ba'zi bir daqiqa lazzat uchun bir mas'ud xonadonning saodatini mahv etadi va bu kabi hibsda toʻrt-besh yil azob chekadi, yirtqich bir hayvon hukmiga oʻtadi. Agar iymoni oxirat uning yordamiga kelsa, tezda aqlini boshiga oladi. "Garchi hukumat aygʻoqchilari meni koʻrmayaptilar va men ulardan saqlana olaman, faqat Jahannam kabi bir zindoni boʻlgan bir Podshohi Zuljalolning maloikalari meni koʻryaptilar va yomonliklarimni qayd qilyaptilar. Men sohibsiz emasman va vazifador bir yoʻlovchiman. Men ham ular kabi keksa va zaif boʻlaman" deya birdan zulman tajovuz qilish istagan odamlarga qarshi bir shafqat, bir hurmat his qilishni boshlaydi. Bu ma'noning ham Risola-i Nurda burhonlari bilan izohiga kifoyalanib tugatamiz.
Ham navi basharning ahamiyatli bir qismi xastalar va mazlumlar va biz kabi musibatzadalar va faqirlar va ogʻir jazo olgan mahbuslar, agar iymoni oxirat ularning yordamiga yetishmasa, har vaqt xastalikning eslatishi bilan koʻzining oldiga kelgan oʻlim va intiqomini ololmagan va nomusini qoʻlidan qutqarolmagan zolimning magʻrurona ihonati va katta musibatlarda behuda molini, avlodini yoʻqotish bilan kelgan aliym ma'yusiyatni va bir-ikki daqiqa yoki bir-ikki soat zavq sababli besh-oʻn yil bunday bir hibs azobini chekishdan kelgan gʻamgin siqilish, albatta u bechoralarga dunyoni zindon va hayotni bir iskanjali azobga aylantiradi. Agar oxiratga iymon yordamlariga yetishsa, birdan ular nafas oladilar. Siqilishlari, ma'yusiyatlari va andishalari va intiqom hiddatlari daraja-i iymoniga koʻra qisman va ba'zan tamoman zoil boʻladi.
Hatto deyishim mumkinki: Mening va bir qism qardoshlarimning bu sababsiz hibsimizda va dahshatli musibatimizda, agar iymoni oxirat yordam bermasa edi, bir kun chidash oʻlim qadar ta'sir qilib bizni hayotdan voz kechishga yoʻnaltirar edi. Faqat hadsiz shukr boʻlsin, mening jonim qadar sevgan juda koʻp qardoshlarimning bu musibatdan kelgan alamlarini ham chekkanim va koʻzim qadar sevganim minglab Risola-i Nur risolalari va mening zarrin va bezalgan va juda qiymatdor kitoblarimning ziyonlari va yigʻlashlaridan taassuflarini chekkanim va eskidan beri oz bir ihonatni va tahakkumni koʻtarolmaganim holda, sizni qasam bilan ishontirib aytamanki: Iymoni bil-oxirat nuri va quvvati menga shunday bir sabr va bardosh va tasalli va matonat, balki mujohidona, foydali bir imtihon darsida kattaroq mukofotni qozonish uchun bir shavq berdiki, men bu risolaning boshida deganim kabi, oʻzimni Madrasa-i Yusufiya unvoniga loyiq bir goʻzal va xayrli bir madrasada deb bilaman. Ora-sira kelgan xastaliklar va keksalikdan nash'at etgan injiqliklar boʻlmasa edi, mukammal va rohati qalb bilan darslarim bilan koʻproq mashgʻul boʻlar edim. Nima boʻlganda ham... bu maqom munosabati bilan mavzudan chetga chiqildi, aybga buyurmaysiz.
Ham har insonning kichik bir dunyosi, balki kichik bir Jannati ham oʻz oilasidir. Agar iymoni oxirat oʻsha oilaning saodatida hukm qilmasa, u oila a'zolari, har biri shafqat va muhabbat va aloqadorligi darajasida aliym andishalar va azoblar chekadi. U Jannati Jahannamga aylanadi. Va yoxud muvaqqat vaqtichoqliklar va safohatlar bilan aqlini aldatib uxlatadi. Tuyaqush kabi ovchini koʻradi, qocholmaydi, ucholmaydi. Boshini qumga suqadi, toki koʻrinmasin, boshini gʻaflatga suqadi, toki oʻlim va zavol va firoq uni koʻrmasin. Devonalarcha, muvaqqat, ibtoli his navidan bir chora topadi. Chunki masalan: Volida ruhini fido qilgan avlodini doimo tahlikalarga ma'ruz koʻrishi bilan titraydi. Va padarini va ukasini yoʻq boʻlmagan balolardan qutqarolmagan avlodlar, doimo bir gʻam, bir qoʻrqoqlik his qiladi. Bunga qiyosan, bu sertashvish, qarorsiz hayoti dunyoviyada u mas'ud deb oʻylangan oila hayoti koʻp jihatlar bilan saodatini yoʻqotadi va qisqagina bir hayotdagi munosabat va yaqinlik ham haqiqiy sadoqatni va samimiy ixlosni va gʻarazsiz bir xizmatni va muhabbatni bermaydi. Axloq u nisbatda kichrayadi, balki sukut etadi. Agar oxiratga iymon u xonadonga kirsa, birdan nurlantiradi, oralaridagi munosabat va shafqat va yaqinlik va muhabbat qisqa bir zamon oʻlchovi bilan emas, balki dori oxiratda saodati abadiyada ham u munosabatlarning davomi oʻlchovi bilan samimiy hurmat qiladi, sevadi, shafqat etadi, sadoqat koʻrsatadi, qusurlariga qaramaslik kabi axloqi yuksaladi. Haqiqiy insoniyat saodati u xonadonda boshlaydi inkishofni. Bu ma'no ham hujjatlar bilan Risola-i Nurda bayoniga binoan tugatildi.
Ham har bir shahar oʻz aholisiga keng bir xonadondir. Agar iymoni oxirat u katta oila afrodida hukm qilmasa, goʻzal axloqning asoslari boʻlgan ixlos, samimiyat, fazilat, hamiyat, fidokorlik, rizo-i Ilohiy, savobi uxroviy oʻrniga gʻaraz, manfaat, soxtakorlik, xudgamlik, tasannu, riyo, pora, aldatish kabi hollar maydon oladi. Zohiriy osoyishtalik va insoniyat ostida anarxistlik va vahshat ma'nolari hukm suradi, u hayoti shahriya zaharlanadi. Bolalar yaramaslikni, yoshlar sarxushlikni, kuchlilar zulmni, keksalar yigʻlashni boshlaydilar.
Bunga qiyosan, mamlakat ham bir xonadondir va vatan ham bir milliy oilaning xonadonidir. Agar iymoni oxirat bu keng xonadonlarda hukm sursa, birdan samimiy hurmat va jiddiy marhamat va porasiz muhabbat va yordam va hiylasiz xizmat va muosharat va riyosiz ehson va fazilat va anoniyatsiz buyuklik va maziyat u hayotda inkishofni boshlaydi. Bolalarga deydi: "Jannat bor, yaramaslikni tashla". Qur'on darsi bilan tamkin beradi. Yoshlarga deydi: "Jahannam bor, sarxushlikni tashla". Aqlni boshlariga keltiradi. Zolimga deydi: "Shiddatli azob bor, ta'zir yeysan". Adolatga boshini egdiradi. Keksalarga deydi: "Sening qoʻlingdan chiqqan butun saodatlaringdan juda yuksak va doimiy bir uxroviy saodat va yangi, boqiy bir yoshlik seni kutyaptilar. Ularni qozonishga harakat qil". Yigʻlashini kulishga aylantiradi. Bularga qiyosan juz'iy va kulliy har bir toifada husni ta'sirini koʻrsatadi, nurlantiradi. Navi basharning hayoti ijtimoiysi bilan aloqador boʻlgan jamiyatshunoslar va axloqshunoslarning quloqlari jaranglasin! Xullas, iymoni oxiratning minglab foydalaridan ishorat qilganimiz besh-olti namunalariga boshqalari qiyos qilinsa, qat'iy tushuniladiki, ikki jahonning va ikki hayotning madori saodati yolgʻiz iymondir.
Risola-i Nurda Yigirma Sakkizinchi Soʻzda va boshqa risolalarida hashrning jismoniyati jihatidan kelgan zaif shubhalarga quvvatli javoblari bilan kifoyalanib bu yerda yolgʻiz bir qisqa ishorat bilan deymizki: Asmo-i Ilohiyaning eng jam'iyatli oynasi jismoniyatdadir. Va xilqati koinotdagi maqosidi Ilohiyaning eng boyi va faol markazi jismoniyatdadir. Va ehsonoti Rabboniyaning eng koʻp turlari va rang-baranglari jismoniyatdadir. Va basharning ehtiyojot tillari bilan Xoliqiga qarshi duolarining va tashakkurotining eng kasratli danaklari yana jismoniyatdadir. Ma'naviyat va ruhoniyot olamlarining eng turli-tuman urugʻlari yana jismoniyatdadir. Bularga qiyosan, yuzlab kulliy haqiqatlar jismoniyatda yigʻilganidan, Xoliqi Hakim zamin yuzida jismoniyatni koʻpaytirish va mazkur haqiqatlarga mazhar aylash uchun shunday sur'atli va dahshatli bir faoliyat bilan toʻda-toʻda orqasiga mavjudotga vujud kiydiradi, u mashharga yuboradi. Keyin ularni tarhis etadi, boshqalarini yuboradi. Mutamodiyan koinot fabrikasini ishlattiradi. Jismoniy mahsulotni toʻqib, zaminni oxiratga va Jannatga bir koʻchatzor bogʻi hukmiga keltiradi. Hatto insonning jismoniy me'dasini mamnun qilish uchun u me'daning hol tili bilan baqosiga doir duosini kamoli ahamiyat bilan tinglab qabul qilib fe'lan javob berish uchun hadsiz va hisobsiz va yuz minglab tarzlarda va minglab turli-tuman lazzatlarda gʻoyat san'atli taomlarni va gʻoyat qiymatli ne'matlarni jismoniyatga ihzor etish, badohat bilan va shaksiz koʻrsatadiki, dori oxiratda Jannatning eng koʻp va eng mutanavvi' lazzatlari jismoniydir. Va saodati abadiyaning eng ahamiyatli va hamma istagan va unsiyat etgan ne'matlari jismoniydir.
Ajabo, hech bir jihati ehtimoli va imkoni bormiki, bu oddiy me'daning hol tili bilan baqo duosini qabul qilib nihoyatsiz moʻ'jizotli moddiy taomlar bilan uni minnatdor qilib, har vaqt tasodifsiz, qasdiy oʻlaroq fe'lan javob bergan bir Qodiri Rahim, bir Alimi Karim koinotning eng ahamiyatli natijasi va arzning xalifasi va u Xoliqning guzidasi va parastishkori boʻlgan navi insonning insoniyat me'da-i kubrosi bilan kulliy va yuksak va doimo orzu qilgan va unsiyat etgan va fitratan istagan jismoniy lazzatlarni dori baqoda berilishiga doir hadsiz umumiy duolari qabul boʻlmasin va hashri jismoniy bilan fe'lan javob berilmasin, uni abadiy minnatdor qilmasin. Goʻyo chivinning ovozini eshitsin, momaqaldiroqni eshitmasin. Va oddiy bir askarning kamoli ahamiyat bilan tajhizotiga qarasin, qoʻshinga hech qaramasin, ahamiyat bermasin. Bu yuz daraja mahol va botildir. Ha,
oyatining sarohati qat'iyasi bilan: Inson eng ziyoda unsiyat etgan va dunyoda namunasini totgan jismoniy lazzatlarni Jannatga loyiq bir tarzda koʻradi, totadi. Va lison, koʻz va quloq kabi a'zolar qilgan xolis shukrlar va xususiy ibodatlarning mukofotlari a'zolarga maxsus jismoniy lazzatlar bilan beriladi. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon shu daraja jismoniy lazzatlarni sarih bir suratda bayon qiladiki, boshqa ta'villar bilan ma'noyi zohiriyni qabul qilmaslik imkon xorijidadir. Xullas, iymoni oxiratning mevalari va natijalari koʻrsatyaptilarki, qandayki a'zoyi insoniydan me'daning haqiqati va ehtiyojoti taomlarning vujudiga qat'iy dalolat qiladi, shunga oʻxshab insonning haqiqati va kamoloti va fitriy ehtiyojoti va abadiy orzulari va iymoni oxiratning mazkur natija va foydalarini istagan haqiqatlari va iste'dodlari yanada qat'iy boʻlib oxiratga va Jannatga va jismoniy boqiy lazzatlarga dalolat va tahaqquqlariga shahodat qilgani kabi, bu koinotning haqiqati kamoloti va ma'nodor takviniy oyoti va insoniyatning mazkur haqiqatlar bilan aloqador butun haqiqatlari dori oxiratning vujudiga va tahaqquqiga va hashrning kelishiga va Jannat va Jahannamning ochilishiga dalolat va shahodat qilganlarini Risola-i Nur ajzolari va ayniqsa Oʻninchi va Yigirma Sakkizinchi (Ikki Maqomi), Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzlar va Toʻqqizinchi Shua va Munojot Risolalari hujjatlar bilan porloq va shubha qoldirmaydigan bir tarzda isbotlaganlar. Ularga havola qilib bu uzun qissani tugatamiz.
Jahannamga doir bayonoti Qur'oniya shu qadar ochiq va zohirdirki, boshqa izohotga ehtiyoj qoldirmagan. Yolgʻiz bir-ikki zaif shubhani ketkazadigan ikki-uch nuktani, tafsilini Risola-i Nurga havola qilib, gʻoyat qisqa bir xulosasini bayon qilamiz.
Birinchi nukta: Jahannam fikri oʻtgan iymon mevalarining lazzatlarini qoʻrquvi bilan qochirmaydi. Chunki hadsiz rahmati Rabboniya u qoʻrqqan odamga deydi: Menga kel, tavba eshigi bilan kir. Toki Jahannamning vujudi qoʻrqitish emas, balki senga Jannatning lazzatlarini toʻliq bildirsin va sening va huquqlariga tajovuz qilingan hadsiz maxluqotning intiqomlarini olsin, sizni quvontirsin. Agar sen zalolatda boʻgʻilib chiqolmayotgan boʻlsang, yana Jahannamning vujudi ming daraja i'domi abadiydan xayrlidir va kofirlarga ham bir navi marhamatdir. Chunki inson, hatto bolali hayvonot ham, aqrabosining va avlodining va ahbobining lazzatlari bilan va saodatlari bilan lazzatlanadi, bir jihatdan mas'ud boʻladi. Shu holda sen, ey mulhid, zalolating e'tibori bilan yo i'domi abadiy bilan adamga tushasan yoki Jahannamga kirasan! Sharri mahz boʻlgan adam esa, sening butun sevganlaring va saodatlari bilan mamnun va bir daraja mas'ud boʻlganing umum aqrabo va asl va nasling sen bilan barobar i'dom boʻlishidan, minglab daraja Jahannamdan ziyoda sening ruhingni va qalbingni va mohiyati insoniyangni yondiradi. Chunki Jahannam boʻlmasa, Jannat ham boʻlmaydi. Hamma narsa sening kufring bilan adamga tushadi. Agar sen Jahannamga kirsang, vujud doirasida qolsang, sen sevganlaring va aqrabolaring yo Jannatda mas'ud yoki vujud doiralarida bir jihatdan marhamatlarga mazhar boʻladilar. Demak, har holda Jahannamning vujudiga tarafdor boʻlish senga lozimdir. Jahannamga qarshi boʻlish, adamga tarafdor boʻlishdirki, hadsiz doʻstlaring saodatlarining yoʻq boʻlishiga tarafdorlikdir. Ha, Jahannam esa, xayri mahz boʻlgan doira-i vujudning Hakimi Zuljalolining hakimona va odilona bir hibsxona vazifasini bajargan dahshatli va jalolli bir mavjud oʻlkasidir. Hibsxona vazifasini ham bajarish bilan barobar boshqa juda koʻp vazifalari bor. Va juda koʻp hikmatlari va olami baqoga oid xizmatlari bor. Va zaboniy kabi juda koʻp zihayotning jaloldorona maskanlaridir.
Ikkinchi nukta: Jahannamning vujudi va shiddatli azobi hadsiz rahmatga va haqiqiy adolatga va isrofsiz, mezonli hikmatga ziddiyati yoʻqdir. Balki rahmat va adolat va hikmat uning vujudini istaydilar. Qanday qilib ming ma'sumlarning huquqini toptagan bir zolimni jazolantirish va yuz mazlum hayvonlarni parchalagan bir yirtqichni oʻldirish adolat ichida mazlumlarga ming rahmatdir. Va u zolimni avf etish va yirtqichni qoʻyib yuborish birgina keraksiz marhamatga muqobil yuzlab bechoralarga yuzlab marhamatsizlikdir. Aynan shuning kabi; Jahannam hibsiga kirganlardan boʻlgan kofiri mutlaq kufri bilan ham asmo-i Ilohiyaning huquqiga inkor bilan tajovuz, ham u asmoga shahodat qilgan mavjudotning guvohliklarini takzib bilan huquqlariga tajovuz va maxluqotning u asmoga qarshi tasbehkorona yuksak vazifalarini inkor qilish bilan huquqlariga tajovuz va koinotning gʻoya-i xilqati va bir sababi vujudi va baqosi boʻlgan tazohuri rububiyati Ilohiyaga qarshi ubudiyatlar bilan muqobalalarini va oynadorliklarini takzib bilan huquqiga bir navi tajovuz qilish jihati bilan shunday azim bir jinoyat, bir zulmdirki, avfga qobiliyati qolmaydi.
oyatining tahdidiga mustahaq boʻladi. Uni Jahannamga otmaslik bir nooʻrin marhamatga muqobil huquqlariga hujum qilingan hadsiz da'vochilarga hadsiz marhamatsizliklar boʻladi. Xullas, u da'vochilar Jahannamning vujudini istaganlari kabi, izzati jalol va azamati kamol ham qat'iy istaydilar.
Ha, qandayki bir daydi osiy va raiyatga tajovuz qilgan bir odam u yerning izzatli hokimiga desa: "Meni hibsga otolmaysan va qilolmaysan" deb izzatiga tegilsa, albatta u shaharda hibs boʻlmasa ham, u adabsiz uchun bir hibs quradi, uni ichiga otadi. Aynan shuning kabi, kofiri mutlaq kufri bilan izzati jaloliga shiddat bilan tegiladi. Va azamati qudratiga inkor bilan tegdiradi . Va kamoli rububiyatiga tajovuzi bilan ta'sir koʻrsatadi. Albatta, Jahannamning juda koʻp vazifalar uchun juda koʻp keltirib chiqargan sabablari va vujudining hikmatlari boʻlmasa ham, unday kofirlar uchun bir Jahannamni yaratish va ularni ichiga otish u izzat va jalolning sha'nidir.
Ham mohiyati kufr ham Jahannamni bildiradi. Ha, qandayki iymonning mohiyati agar tajassum etsa, lazzatlari bilan bir Jannati xususiya shakliga kira oladi va Jannatdan bu nuqtadan yashirin xabar beradi. Aynan shuning kabi, Risola-i Nurda dalillari bilan isbot va boshdagi masalalarda ham ishorat qilinganki, kufrning va ayniqsa kufri mutlaqning va nifoqning va irtidodning shunday zim-ziyo va dahshatli alamlari va ma'naviy azoblari bor.. agar tajassum etsa, u murtad odamga bir xususiy Jahannam boʻladi. Va katta Jahannamdan bu jihatdan yashirin xabar beradi. Va bu koʻchatzor dunyo ekinzoridagi haqiqatchalar oxiratda boshoq chiqarishlari nuqtasidan bu zaharli urugʻ u zaqqum daraxtiga ishorat qiladi. "Men uning bir mevasiman" deydi. "Va meni qalbida tashigan badbaxt uchun u zaqqum daraxtining bir xususiy namunasi mening mevam boʻladi."
Modomiki kufr hadsiz huquqqa bir tajovuzdir, albatta hadsiz bir jinoyatdir. Demak, hadsiz bir azobga haqdor qiladi. Modomiki bir daqiqa qatl oʻn besh yil jazoda (sakkiz millionga yaqin daqiqada) hibs azobini chekishini adolati bashariya qabul qilib foydaga va huquqi ommaga muvofiq koʻradi. Albatta, bir kufr ming qatl qadar boʻlishi jihati bilan, bir daqiqa kufri mutlaq uchun sakkiz milliardga yaqin daqiqalarda azob chekishi u qonuni adolatga muvofiq kelyapti. Bir yil umrini u kufrda oʻtkazgan ikki trillion sakkiz yuz sakson milliardga yaqin daqiqa azobga haqdor va
sirriga mazhar boʻladi. Nima boʻlganda ham...
Qur'oni Hakimning Jannat va Jahannam haqidagi moʻ'jizona izohoti va Qur'onning tafsiri va undan kelgan Risola-i Nurning Jannat va Jahannamning vujudlariga doir hujjatlari ortiq boshqa bayonga ehtiyoj qoldirmaganlar.
kabi juda koʻp oyatlarning va boshda Rasuli Akram (S.A.V.) va umum paygʻambarlar va ahli haqiqatning har vaqt duolarida eng ziyoda
va vahiy va shuhudga binoan ularga koʻra qat'iylik kasb etgan Jahannamdan bizni hifz ayla deyishlari koʻrsatadiki, navi basharning eng katta masalasi Jahannamdan qutulmoqdir. Va koinotning juda ham ahamiyatli va muazzam va dahshatli bir haqiqati Jahannamdirki, bir qism ahli shuhud va kashf va tahqiq uni mushohada etadilar. Va bir qismi tarashshuhotini va soyalarini koʻradilar, dahshatidan faryod qiladilar. "Bizni undan qutqar" deydilar.
Ha, bu koinotda xayr-shar, lazzat-alam, ziyo-zulmat, issiqlik-sovuqlik, goʻzallik-xunuklik, hidoyat-zalolat bir-biriga qarshi kelishi va ichiga kirishi juda buyuk bir hikmat uchundir. Chunki shar boʻlmasa, xayr bilinmaydi. Alam boʻlmasa, lazzat tushunilmaydi. Zulmatsiz ziyoning ahamiyati boʻlmaydi. Sovuq bilan haroratning darajalari tahaqquq etadi. Xunuklik bilan husnning bitta haqiqati ming haqiqat boʻladi va minglab tur husn martabalari vujud topadi. Jahannamsiz Jannatning juda koʻp lazzatlari yashirin qoladi. Bularga qiyosan, hamma narsa bir jihatdan ziddi bilan bilinishi mumkin. Va birgina haqiqati unib chiqib koʻp haqiqatlar boʻladi. Modomiki bu chalkash mavjudot dori foniydan dori baqoga oqib ketyapti; albatta qandayki xayr, lazzat, nur, goʻzallik, iymon kabi narsalar Jannatga oqadi. Xuddi shuning kabi, shar, alam, qorongʻilik, xunuklik, kufr kabi zararli moddalar Jahannamga yogʻadi. Va bu mutamodiyan chayqalgan koinotning oqimlari u ikki hovuzga oqib tushadi. Karomatli Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning oxiridagi ramzli nuktalariga havola qilib tugatamiz.
Ey bu Madrasa-i Yusufiyada mening darsdoshlarim! Bu dahshatli hibsi abadiydan qutulishning osoni, chorasi; bu dunyoviy hibsimizdan istifoda etib qoʻlimiz majburiyat bilan yetishmagan koʻp gunohlardan qutulganimiz bilan barobar, eski gunohlardan tavba qilib, farzlarimizni ado qilib, har bir soat bu hibsdagi umrimizni bir kun ibodat hukmiga keltirish bilan abadiy hibsdan najotimiz va u nuroniy Jannatga kirishimiz uchun eng yaxshi bir fursatdir. Bu fursatni qoʻldan chiqarib yuborsak, dunyomiz yigʻlagani kabi oxiratimiz ham yigʻlaydi.
ta'zirini yeymiz.
Bu maqom yozilgan zamon Qurbon Bayrami keldi.
lar bilan navi basharning beshdan birisiga, uch yuz million insonlarga birdan اَللّٰهُ اَكْبَرُ dedirishi ulkan kura-i arz kattaligi nisbatida اَللّٰهُ اَكْبَرُ kalima-i qudsiyasini samovotdagi sayyorot hamrohlariga eshittirayotganday, yigirma mingdan ziyod hojilarning Arafotda va Iydda barobar birdan اَللّٰهُ اَكْبَرُ deyishlari Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bir ming uch yuz yil oldin ol va sahobalari bilan aytgan va amr qilgan اَللّٰهُ اَكْبَرُ kalomining bir navi aks sadosi boʻlib rububiyati Ilohiyaning
azamati unvoni bilan kulliy tajalliysiga qarshi keng va kulliy bir ubudiyat bilan bir muqobaladir deya taxayyul va his va qanoat qildim.
Ajabo, bu kalomi qudsiyning bizning masalamiz bilan ham munosabati bormi deya taxattur etdim. Birdan xotirga keldiki, boshda bu kalom boʻlib boshqa boqiyoti solihot unvonini tashigan سُبْحَانَ اللّٰهِ va اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ va لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ kabi shao'irdan koʻp kalomlar juz'iy va kulliy masalamizni ixtor va tahaqquqiga ishorat qiladilar. Masalan, اَللّٰهُ اَكْبَرُ ning bir vajhi ma'nosi, Janobi Haqning qudrati va ilmi hamma narsadan ham buyukdir, hech bir narsa doira-i ilmidan chiqolmaydi, tasarrufi qudratidan qocholmaydi va qutulolmaydi. Va qoʻrqqanimiz eng buyuk narsalardan yanada buyukdir. Demak, hashrni keltirishdan va bizni adamdan qutqarishdan va saodati abadiyani berishdan yanada buyukdir. Har ajib va tavri aqlning xorijidagi hamma narsadan yanada buyukdirki,
oyatining sarohati qat'iyasi bilan navi basharning hashri va nashri birgina nafsning ijodi qadar u qudratga oson boʻladi. Bu ma'no e'tibori bilandirki, zarbulmasal hukmida buyuk musibatlarga va buyuk maqsadlarga qarshi hamma "Alloh buyukdir, Alloh buyukdir" deydi.. oʻziga tasalli va quvvat va nuqta-i istinod qiladi.
Ha, qandayki Toʻqqizinchi Soʻzda bu kalima ikki oʻrtogʻi bilan butun ibodotning mundarijasi boʻlgan namozning urugʻlari va xulosalari va ichida va tasbehotida takror bilan namozning ma'nosini taqviya uchun
uch muazzam haqiqatlarga va insonning koinotda koʻrgan madori hayrat, madori shukron va madori azamat va kibriyo, ajib va goʻzal va buyuk, juda koʻp favquloda narsalardan olgan hayrat va lazzat va haybatdan nash'at etgan savollariga juda quvvatli javob bergani kabi, Oʻn Oltinchi Soʻzning oxirida izohlangan shu: Qandayki bir askar, bayramda bir mushir bilan barobar huzuri podshohga kiradi, boshqa vaqtda zobitining maqomi bilan uni taniydi. Aynan shuning kabi, har odam hajda bir daraja valiylar kabi Janobi Haqni
unvoni bilan tanishni boshlaydi. Va u kibriyo martabalari qalbiga ochilgan sari, ruhini istilo qilgan mukarrar va otashin hayrat savollariga yana اَللّٰهُ اَكْبَرُ takrori bilan umumiga javob bergani kabi, Oʻn Uchinchi Lam'aning oxirida izohi boʻlgan, shaytonlarning eng ahamiyatli dasisalarini ildizi bilan kesib javobi qat'iy bergan yana اَللّٰهُ اَكْبَرُ boʻlgani kabi, bizning oxirat haqidagi savolimizga ham qisqa, faqat quvvatli javob bergani kabi, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ jumlasi ham hashrni ixtor etib istaydi. Bizga deydi: "Ma'nom oxiratsiz boʻlmaydi. Chunki azaldan abadga qadar har kimdan va har kimga qarshi butun hamd va shukr Unga maxsusdir, ifoda qilganimdan, butun ne'matlarning boshi va ne'matlarni haqiqiy ne'mat qilgan va butun zishuurni adamning hadsiz musibatlaridan qutqargan yolgʻiz saodati abadiya boʻlishi mumkin. Va mening u kulliy ma'nomga muqobala etadi".
Ha, har moʻ'min namozlardan soʻng har kun hech boʻlmasa bir yuz ellikdan ziyod
shar'an deyishi va ma'nosi ham azaldan abadga qadar bir hadsiz keng hamd va shukrni ifoda qilishi, faqat va faqat saodati abadiyaning va Jannatning oldindan berilgan bir narxi va muajjal bir bahosidir. Va dunyoning qisqa va foniy alamlar bilan aralashgan boʻlgan ne'matlariga xos boʻlmaydi va maxsus emas va ularga ham abadiy ne'matlarga vasila boʻlishlari jihati bilan qaraydi, shukr qiladi.
سُبْحَانَ اللّٰهِ kalima-i qudsiyasi esa, Janobi Haqni sherikdan, qusurdan, nuqsoniyatdan, zulmdan, ojizlikdan, marhamatsizlikdan, ehtiyojdan va aldatishdan va kamol va jamol va jaloliga muxolif boʻlgan butun qusurotdan taqdis va tanzih etish ma'nosi bilan saodati abadiyani va jalol va jamol va kamoli saltanatining haybatiga mador boʻlgan dori oxiratni va undagi Jannatni ixtor etib dalolat va ishorat qiladi. Boʻlmasa, sobiqan isbot qilgani kabi, saodati abadiya boʻlmasa, ham saltanati, ham kamoli, ham jalol, ham jamol, ham rahmati qusur va nuqson dogʻlari bilan bulgʻangan boʻladilar.
Xullas, bu uch qudsiy kalimalar kabi, بِسْمِ اللّٰهِ va لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ va boshqa kalimoti muboraka, har biri arkoni iymoniyaning bittadan urugʻi va bu zamonda kashf etilgan goʻsht xulosasi va shakar xulosasi kabi, ham arkoni iymoniyaning, ham Qur'on haqiqatlarining xulosalari va bu uchi namozning urugʻlari boʻlganliklari kabi, Qur'onning ham urugʻlari va porloq bir qism suralarning boshlarida olmos kabi koʻrinishlari va koʻp sunuhoti tasbehotda boshlangan Risola-i Nurning ham haqiqiy ma'danlari va asoslari va haqiqatlarining urugʻlaridirlar. Va valoyati Ahmadiya va ubudiyati Muhammadiya (Alayhissalotu Vassalam) jihatidan shunday bir doira-i zikrda, namozdan keyingi tasbehotda bir tariqati Muhammadiyaning (S.A.V.) virdidirlarki, har namoz vaqtida yuz milliondan ziyoda moʻ'minlar barobar u halqa-i kubro-i zikrda, qoʻllarida tasbehlar سُبْحَانَ اللّٰهِ oʻttiz uch, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ oʻttiz uch, اَللّٰهُ اَكْبَرُ oʻttiz uch marta takror qiladilar.
Xullas, bunday gʻoyat muhtasham bir halqa-i zikrda, sobiqan bayon qilganimiz kabi, ham Qur'onning, ham iymonning, ham namozning xulosalari va urugʻlari boʻlgan oʻsha uch kalima-i muborakani namozdan soʻng oʻttiz uch marta oʻqish naqadar qimmatbaho va savobli boʻlganini albatta tushundingiz.
Bu risolaning boshida Birichi Masalasi namozga doir goʻzal bir dars boʻlgani kabi, hech oʻylamaganim holda, xuddi ixtiyorsiz boʻlib, uning oxiri ham namoz tasbehotiga doir ahamiyatli bir dars boʻldi.
Toʻqqizinchi Masala
Bu oyati ajma' va a'lo va akbarning bir kulliy va uzun nuktasini bayon qilishga bir dahshatli ma'naviy savol va bir azamatli va Ilohiy bir ne'matning inkishofidan nash'at etgan bir hol sababiyat berdilar. Shundayki: Ma'nan ruhga keldi; nima uchun bir juz'iy haqiqati iymoniyani inkor qilgan kofir boʻladi va qabul qilmagan musulmon boʻlmaydi? Demak, Alloh va oxiratga iymon bir quyosh kabi u qorongʻilikni ketkazishi lozim boʻladi. Ham nima uchun bir rukn va haqiqati iymoniyani inkor qilgan murtad boʻladi, kufri mutlaqqa tushadi va qabul qilmagan Islomiyatdan chiqadi? Holbuki boshqa arkoni iymoniyaga iymoni boʻlsa, uni kufri mutlaqdan qutqarishi lozim boʻladi?
Aljavob: Iymon olti rukndan chiqqan shunday bir vahdoniy haqiqatdirki, tafriqni qabul qilmaydi. Va shunday bir kulliydirki, tajazzini koʻtarmaydi. Va shunday bir kulldirki, qobili inqisom boʻlmaydilar. Chunki har bir rukni iymoniy oʻzini isbot qilgan hujjatlari bilan boshqa arkoni iymoniyani isbot qiladi. Har biri har birisiga gʻoyat quvvatli bir hujjati a'zam boʻladi. Shunday ekan, butun arkonga butun dalillari bilan ta'sir qilmagan bir fikri botil haqiqat nazarida birgina ruknni, balki bir haqiqatni rad qilib inkor qilolmaydi. Balki adami qabul pardasi ostida koʻzini yopish bilan bir kufri inodiy qilishi mumkin. Bora-bora kufri mutlaqqa tushadi, insoniyati mahv boʻladi. Ham moddiy, ham ma'naviy Jahannamga ketadi. Xullas, biz bu maqomda gʻoyat muxtasar ishoratlar bilan va Meva Risolasida hashrning isbotida boshqa arkoni iymoniya hashrni ham isbot qilganlarini qisqacha xulosalar bilan bayoni kabi, bu maqomda ham mujmal natija va muxtasar xulosalar bilan, Janobi Haqning inoyati bilan, bu nukta-i a'zam olti nuqtada bayon qilinadi.
Birinchi Nuqta: Iymoni billoh oʻz hujjatlari bilan ham boshqa ruknlarini, ham iymoni bil-oxiratni isbot qiladiki, Meva Risolasining Yettinchi masalasida goʻzal ravishda koʻrsatgan. Ha, bu hadsiz koinotni bir saroy, bir shahar, bir mamlakat kabi butun lavozimi bilan idora qilgan va mezon va intizom doirasida aylantirgan va hikmatlar bilan almashtirgan va zarrotni va sayyorotni va chivinlarni va yulduzlarni bittadan muntazam qoʻshin kabi barobar tajhiz va idora qilgan va amr va irodasi doirasida mutamodiyan bir ulviy harakat ichida ta'lim va tavzifot bilan faoliyatga va sayr va javalonga va ubudiyatkorona bir rasmi kushodga va sayohatga keltirgan azaliy va boqiy bir saltanati rububiyat va abadiy va doimiy bir hokimiyati uluhiyat hech mumkinmidir va hech aql qabul qiladimi va hech bir ehtimol bormiki, u abadiy va sarmadiy va boqiy va doimiy saltanatning boqiy bir maqarri va doimiy bir madori va sarmadiy bir mazhari boʻlgan dori oxirat boʻlmasin? Ming marta xosho!
Demak, Janobi Haqning saltanati rububiyati va, Yettinchi Masalada bayon qilingani kabi, aksar ismlari va vujubi vujudining hujjatlari oxiratga guvohlik qiladilar va istaydilar. Va bu qutbi iymoniyning naqadar quvvatli bir nuqta-i istinodi bor.. koʻr, bil, koʻrayotganday ishon.
Ham qandayki iymoni billoh oxiratsiz boʻlmaydi, xuddi shuning kabi, Oʻninchi Soʻzda qisqa ishoratlar bilan bayon qilingani kabi, hech bir jihatdan mumkinmidir va hech aql qabul qiladimiki, uluhiyat va ma'budiyatning tazohuri uchun bu koinotni shunday bir mujassam kitobi Samadoniyki, har sahifasi bir kitob qadar va har qatori bir sahifa qadar ma'nolarni ifoda qiladi va shunday jismoniy bir Qur'oni Subhoniyki, har bir oyati takviniyasi va har bir kalimasi, hatto har bir nuqtasi, har bir harfi bittadan moʻ'jiza hukmidadir. Va shunday muhtasham va ichi hadsiz oyot bilan va ma'nodor naqshlar bilan tazyin etilgan bir masjidi Rahmoniydirki, har bir burchagida bir toifani bir nav ibodati fitriya bilan mashgʻul boʻladigan bir shaklda yaratgan bir Alloh, bir Ma'budi Bilhaq u kitobi kabirning ma'nolarini dars beradigan ustozlarni va u Qur'oni Samadoniyning oyatlarini tafsir qiladigan mufassirlarni elchi qilib yubormasin..va u masjidi akbarda hadsiz tarzlarda ibodat qilganlarga imomlarni tayin qilmasin. Va u ustozlarga va mufassirlarga va imomlarga farmonlarni bermasin? Xosho, yuz ming xosho!
Ham jamoli rahmatini va husni shafqatini va kamoli rububiyatini zishuurlarga koʻrsatish va ularni shukrga va hamdga yoʻnaltirish uchun bu koinotni shunday bir ziyofatgoh va bir tashhirgoh va shunday bir sayrongohki, hadsiz turli-tuman, laziz ne'matlar va gʻoyat antiqa, hadsiz horiqo san'atlar ichida saf tortilgan bir tarzda yaratgan bir Sone'-i Rahim va Karim hech mumkinmidir va hech aql qabul qiladimiki, u ziyofatgohdagi zishuur maxluqlar bilan gapirmasin va ularga u ne'matlarga muqobil elchilari vositasi bilan vazifa-i tashakkuriyani va tazohuri rahmatiga va sevdirishiga qarshi vazifa-i ubudiyatni bildirmasin. Xosho, minglab xosho!
Ham hech mumkinmidir, bir Sone' san'atini sevadi, sevdirishni istaydi, hatto ogʻizlarning ming xil zavqlarini nazarga olishi dalolati bilan, taqdir va tahsinlar bilan qarshilanishni orzu qiladi va har bir san'ati bilan oʻzini ham tanittirish, ham sevdirish, ham bir xil ma'naviy jamolini koʻrsatish istaydigan bir tarzda bu koinotni antiqa san'atlar bilan bezagani holda, koinotdagi zihayotning qoʻmondonlari boʻlgan insonlarga ularning buyuklaridan bir qismi bilan gapirib elchi qilib yubormasin? Goʻzal san'atlari taqdirsiz va favquloda husni asmosi tahsinsiz va tanittirishi va sevdirishi muqobalasiz qolsin. Xosho, yuz ming xosho!
Ham butun zihayotning ehtiyojoti fitriyalari uchun duolariga va hol til bilan qilingan butun ehtiyojlarga va orzularga vaqt-vaqtida, qasd va ixtiyor va irodani koʻrsatadigan bir tarzda hadsiz in'omlari bilan va nihoyatsiz ehsonoti bilan fe'lan va holan ochiq bir suratda gapirgan bir Mutakallimi Alim, hech mumkinmidir, hech aql qabul qiladimi, eng juz'iy bir zihayot bilan fe'lan va holan gapirsin va toʻliq dardiga darmon yetishtirgan ehsoni bilan dardini tinglasin va ehtiyojini koʻrsin va bilsin va butun koinotning eng muntahob natijasi va arzning xalifasi va aksar maxluqoti arziyaning qoʻmondonlari boʻlgan insonlarning ma'naviy raislari bilan koʻrishmasin? Ular bilan, balki har zihayot bilan fe'lan va holan gapirgani kabi, ular bilan qovlan va kaloman gapirmasin va ularga farmonlarni va suhuf va kitoblarni yubormasin? Xosho, hadsiz xosho!
Demak, iymoni billoh qat'iylik bilan va hadsiz hujjatlari bilan
ya'ni paygʻambarlarga va muqaddas kitoblarga iymonni isbot qiladi.
Ham hech bir jihati imkoni bormi va hech aql qabul qiladimiki; butun masnu'oti bilan oʻzini tanittirganga va sevdirganga va tashakkurotni fe'lan va holan istaganga muqobil, koinotni hayajonga solgan haqiqati Qur'oniya bilan zuljalol u san'atkorni akmal bir tarzda tanib va tanittirib va sevib va sevdirib va tashakkur qilib va qildirib va
lar bilan kura-i arzni samovotga eshittiradigan darajada gapirtirib va quruqlik va dengizlarni jazbaga keltiradigan bir vaziyat bilan bir ming uch yuz yil mobaynida navi basharning son jihatidan beshdan birisini va sifat jihatidan va insonlik jihatidan yarmini orqasiga olib u Xoliqning butun tazohuri rububiyatiga keng va kulliy bir ubudiyat bilan muqobala etgan va butun maqosidi Ilohiyasiga qarshi Qur'onning suralari bilan koinotga va asrlarga baqirgan, dars bergan, dallollik qilgan va navi insonning sharafini va qiymatini va vazifasini koʻrsatgan va ming moʻ'jizoti bilan tasdiq qilingan Muhammad Alayhissalotu Vassalam eng muntahob maxluqi va eng mukammal elchisi va eng buyuk rasuli boʻlmasin? Xosho va kallo! Yuz ming marta xosho!
Demak,
haqiqati butun hujjatlari bilan
haqiqatini isbot qiladi.
Ham hech imkoni bormiki, bu koinotning Sone'i maxluqotini yuz ming tillar bilan bir-biri bilan gaplashtirsin va ularning gaplashishlarini eshitsin va bilsin va oʻzi gapirmasin? Xosho!
Ham hech aql qabul qiladimiki, koinotdagi maqosidi Ilohiyasini bir farmon bilan bildirmasin. Va muammosini ochadigan va maxluqot qayerdan kelyaptilar va qayerga ketadilar va nima uchun bunday toʻda-toʻda orqasida bu yerga kelib biroz turib ketyaptilar deya uch dahshatli savoli umumiyga haqiqiy javob beradigan Qur'on kabi bir kitobni yubormasin? Xosho!
Ham hech mumkinmidirki, oʻn uch asrni nurlantirgan va har soatda yuz million lisonlarda kamoli hurmat bilan kezgan va millionlab hofizlarning qalblarida qudsiyati bilan yozilgan va navi basharning sifat jihatidan qismi a'zamini qonunlari bilan idora qilgan va nafslarini va ruhlarini va qalblarini va aqllarini tarbiya va tazkiya va tasfiya va ta'lim etgan va Risola-i Nurda qirq vajhi i'jozi isbot qilingan va qirq toifa va tabaqa-i nosga va har bir tabaqaga qarshi bir navi i'jozini koʻrsatgan karomatli va horiqoli Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda bayon qilingan va Muhammad Alayhissalotu Vassalam ming moʻ'jizoti bilan uning bir moʻ'jizasi boʻlib haq kalomulloh boʻlgani qat'iy isbot qilingan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon hech bir jihatdan imkoni bormiki, u Mutakallimi Azaliy va u Sone'-i Sarmadiyning kalomi va farmoni boʻlmasin? Xosho, yuz ming marta xosho va kallo!
Demak, iymoni billoh butun hujjatlari bilan Qur'onning kalomulloh boʻlganini isbot qiladi.
Ham hech mumkinmidirki, zaminning yuzini mutamodiyan zihayotlar bilan toʻldirib boʻshatgan va oʻzini tanittirish va ibodat va tasbehot qildirish uchun bu dunyomizni zishuurlar bilan jonlantirgan bir Sultoni Zuljalol, samovotni va yulduzlarni boʻsh va xoli qoldirsin, ularga munosib aholini yaratib, u samoviy saroylarda yerlashtirmasin va saltanati rububiyatini eng buyuk mamlakatida xizmatchisiz, haybatsiz, ma'mursiz, elchisiz, yovarisiz, nazirsiz, tomoshabinsiz, obidsiz, raiyatsiz qoldirsin? Xosho, malaklar sanogʻicha xosho!
Ham hech bir jihatdan imkoni bormiki, bu koinotni shunday bir kitob tarzida yozadiki, har bir daraxtning butun tarixcha-i hayotini butun urugʻlarida qayd qilgan va har bir oʻtning va gulning butun vazifa-i hayotiyasini butun urugʻlarida yozgan va har bir zishuurning butun sarguzashti hayotiyasini hantal kabi kichik quvva-i hofizasida gʻoyat mukammal yozdirgan va butun mulkida va davoiri saltanatida har amalni va har hodisani mutaaddid fotojihoz bilan olib muhofaza qilgan va rububiyatning eng ahamiyatli bir asosi boʻlgan adolat, hikmat va rahmatning tajalliylari va tahaqquqlari uchun kattakon Jannat va Jahannamni va Sirot va mezoni akbarni yaratgan bir Hokimi Hakim va bir Alimi Rahim insonlarning koinotni aloqador qilgan amallarini yozdirmasin va mujozot va mukofot uchun fe'llarini qayd qildirmasin va sayyiot va hasanotlarini qadarning lavhalarida yozmasin? Xosho, qadarning lavhi mahfuzida yozilgan harflari adadicha xosho!
Demak, iymoni billoh haqiqati hujjatlari bilan ham maloikaga iymon, ham qadarga iymon haqiqatlarini ham qat'iy isbot qiladi. Quyosh kunduzni va kunduz quyoshni koʻrsatgani kabi, iymonning ruknlari bir-birini isbot qiladilar.
Ikkinchi nuqta: Boshda Qur'on, butun samoviy kitoblar va suhuflar va boshda Muhammad Alayhissalotu Vassalam boʻlib butun paygʻambarlar (Alayhimussalom) butun da'volari besh-olti asos ustida aylanadilar. Mutamodiyan u asoslarni dars berishga va isbot qilishga harakat qiladilar. Ularning paygʻambarliklariga va toʻgʻriliklariga guvohlik qilgan butun hujjatlar va dalillar u asoslarga qaraydilar. Ularning haqqoniyatlariga quvvat beradilar. U asoslar esa iymoni billoh va iymoni bil-oxirat va boshqa ruknlarga iymondir. Demak, iymonning olti rukni bir-birlaridan ayrilishlari mumkin emas. Har biri umumini isbot qiladi, istaydi, iqtizo etadi. U olti shunday bir kull va kulliydirki, tajazzi qabul qilmaydi va inqisomi imkon xorijidadir. Qandayki ildizi koʻklarda Tubo daraxti kabi.. har bir shoxi, har bir mevasi, har bir yaprogʻi u kattakon daraxtning kulliy, tuganmas hayotiga tayanadi. U quvvatli va quyosh kabi zohir u hayotni inkor qilolmagan birgina muttasil yaproqning hayotini inkor qilolmaydi. Agar qilsa, u daraxt shoxlari va mevalari va yaproqlari sanogʻicha u munkirni takzib etadi, jim qiladi. Xuddi shuning kabi, iymon olti ruknlari bilan ayni vaziyatdadir.
Bu maqomning boshida olti nuqta va har bir nuqta ham besh nukta boʻlib, olti arkoni iymoniyani oʻttiz olti nuktada bayon qilish niyat qilingan edi. Va boshdagi dahshatli savolga izohot bilan javob berishni murod qilgan edim. Faqat ba'zi nuqsonlar yoʻl bermadilar. Taxmin qilamanki, birinchi nuqta yetarli bir miqyos boʻlishidan, ortiq aqllilarga ziyoda izohga ehtiyoj qolmadi. Va toʻliq tushunildiki, bir musulmon bir haqiqati iymoniyani inkor qilsa, kufri mutlaqqa tushadi. Chunki boshqa dinlarning ijmollariga muqobil Islomiyatda toʻliq izohot berilgan, ruknlar bir-biri bilan zanjirlangan. Muhammad Alayhissalotu Vassalamni tanimagan, tasdiq qilmagan bir musulmon Allohni ham sifati bilan ortiq tanimaydi va oxiratni bilmaydi. Bir musulmonning iymoni shu qadar quvvatli va oʻzgarmas hadsiz hujjatlarga tayanadiki, inkorga hech bir uzr qolmaydi. Aql qabulga majbur boʻlgandek.
Uchinchi nuqta: Bir zamon Alhamdulilloh dedim. Uning hadsiz keng ma'nosiga muqobil keladigan bir ne'mat qidirdim. Birdan bu jumla xotiraga keldi:
Men ham qaradim, toʻliq mutobiqdir. Shundayki:.........
Oʻninchi Masala
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Garchi bu masala parishon vaziyatimdan mushavvash va latofatsiz boʻlgan. Faqat u mushavvash ibora ostida juda qiymatli bir navi i'joz borligini qat'iy bildim. Ma'ataassuf ifodaga muqtadir boʻlolmadim. Har naqadar iborasi soʻniq boʻlsa ham, Qur'onga oid boʻlish jihati bilan ham ibodati tafakkuriya, ham qudsiy, yuksak, porloq bir javharning sadafidir. Yirtiq libosiga emas, qoʻlidagi olmosga qaralsin. Agar munosib boʻlsa, "Oʻninchi Masala" qilinglar, boʻlmasa sizning tabrik maktublaringizga muqobil bir maktub deb qabul qilinglar. Ham buni gʻoyat xasta va parishon va gʻidosiz, bir-ikki kun Ramazonda, majburiyat bilan gʻoyat mujmal va qisqa va bir jumlada juda koʻp haqiqatlarni va mutaaddid hujjatlarni joylashtirib yozdim. Aybga buyurmaysiz.
{(1) Denizli hibsining mevasiga Oʻninchi Masala boʻlib Amirtogʻning va bu Ramazoni Sharifning nurli bir kichik chechagidir. Takroroti Qur'oniyaning bir hikmatini bayon bilan ahli zalolatning badboʻy va zaharli avhomlarini yoʻqotadi.}
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Ramazoni Sharifda Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonni oʻqirkan, Risola-i Nurga ishoratlari Birinchi Shuada bayon qilingan oʻttiz uch oyatdan qaysisi kelsa koʻrdimki, u oyatning sahifasi va yaprogʻi va qissasi ham Risola-i Nurga va shogirdlariga qissadan hissa olish nuqtasida bir daraja qarayapti. Xususan Sura-i Nurdan oyat-un nur oʻn barmoq bilan Risola-i Nurga qaragani kabi, orqasidagi oyati zulumot ham muorizlariga aynan qarayapti va ziyoda hissa beryapti. Xuddi u maqom juz'iyatdan chiqib kulliyat kasb etadi va bu asrda u kulliyatning aynan bir fardi Risola-i Nur va shogirdlaridir deya his qildim. Ha, Qur'onning xitobi, avvalo Mutakallimi Azaliyning rububiyati ommasining keng maqomidan, ham navi bashar, balki koinot nomiga muxotob boʻlgan zotning keng maqomidan, ham umum navi bashar va bani odamning butun asrlarda irshodlarining gʻoyat vus'atli maqomidan, ham dunyo va oxiratning, arz va samovotning va azal va abadning va Xoliqi Koinotning rububiyatiga va butun maxluqotning tadbiriga doir qavonini Ilohiyaning gʻoyat yuksak ihotali bayonotining maqomidan olgan vus'at va ulviyat va ihota jihati bilan u xitob shunday bir yuksak i'jozni va shumulni koʻrsatadiki, darsi Qur'onning muxotoblaridan eng kasratli toifa boʻlgan tabaqa-i avomning sodda fahmlarini erkalagan zohiriy va sodda martabasi ham eng yuksak tabaqani toʻliq hissador qiladi. Goʻyo qissadan yolgʻiz bir hissa va bir hikoya-i tarixiyadan bir ibrat emas, balki bir kulliy dasturning afrodi boʻlib har asrga va har tabaqaga xitob qilib yangi nozil boʻlyapti va ayniqsa koʻp takror bilan
deb tahdidlari va zulmlarining jazosi boʻlgan musibati samoviya va arziyani shiddat bilan bayoni bu asrning mislsiz zulmlariga Qavmi Od va Samud va Fir'avnning boshlariga kelgan azoblar bilan qaratyapti va mazlum ahli iymonga Ibrohim va Muso Alayhissalom kabi anbiyoning najotlari bilan tasalli beryapti.
Ha, nazari gʻaflat va zalolatda vahshatli va dahshatli bir adamiston va aliym va mahv boʻlgan bir mozoriston boʻlgan butun oʻtgan zamon va oʻlgan davrlar va asrlar jonli bittadan sahifa-i ibrat va boshdan-oyoq ruhli, hayotdor bir ajib olam va mavjud va biz bilan munosabatdor bir mamlakati Rabboniya suratida kino pardalari kabi goh bizni u zamonlarga, goh u zamonlarni yonimizga keltirib, har asrga va har tabaqaga koʻrsatib, yuksak bir i'joz bilan darsini bergan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon ayni i'joz bilan nazari zalolatda jomid, parishon, oʻlik hadsiz bir vahshatgoh boʻlgan va firoq va zavolda dumalagan bu koinotni bir kitobi Samadoniy, bir shahri Rahmoniy, bir mashhari sun'i Rabboniy oʻlaroq u jomidotni jonlantirib, bittadan vazifador suratida bir-biri bilan gapirtirib va bir-birining yordamiga yugurtirib navi basharga va jin va malakka haqiqiy va nurli va zavqli hikmat darslarini bergan bu Qur'oni Azimushshonning, albatta har harfida oʻn va yuz va ba'zan ming va minglab savob boʻlishi va butun jin va ins toʻplansa, uning mislini keltirolmasligi va butun bani odam bilan va koinot bilan aynan oʻrnida gaplashishi va har zamon millionlab hofizlarning qalblarida zavq bilan yozilishi va koʻp takror bilan va kasratli takroroti bilan zeriktirmasligi va koʻp iltibos yerlari va jumlalari bilan barobar bolalarning nozik va sodda boshlarida mukammal yerlashishi va xastalarning va oz soʻzdan mutaassir boʻlgan va sakarotda boʻlganlarning qulogʻida ma-i zamzam kabi xush kelishi kabi qudsiy imtiyozlarni qozonadi va ikki jahonning saodatlarini oʻz shogirdlariga qozontiradi. Va tarjimonining ummiyat martabasiga toʻliq rioya qilish sirri bilan hech bir takalluf va hech bir tasannu va hech bir xoʻjakoʻrsinlikka maydon bermasdan salosati fitriyasini va toʻgʻridan-toʻgʻri samodan kelishini va eng kasratli boʻlgan tabaqa-i avomning sodda fahmlarini tanazzuloti kalomiya bilan erkalash hikmati bilan eng ziyoda samo va arz kabi eng zohir va badihiy sahifalarini ochib u oddiyot ostidagi horiquloda moʻ'jizoti qudratini va ma'nodor suturi hikmatini dars berish bilan lutfi irshodda goʻzal bir i'joz koʻrsatadi. Takrorni iqtizo etgan duo va da'vat, zikr va tavhid kitobi ham boʻlganini bildirish sirri bilan goʻzal, totli takroroti bilan birgina jumlada va birgina qissada boshqa-boshqa koʻp ma'nolarni boshqa-boshqa muxotob tabaqalariga tafhim qilyapti va juz'iy va oddiy bir hodisada eng juz'iy va ahamiyatsiz narsalar ham nazari marhamatida va doira-i tadbir va irodasida boʻlishini bildirish sirri bilan ta'sisi Islomiyatda va tadvini Shariatda sahobalarning juz'iy hodisalarini ham nazari ahamiyatga olishida; ham kulliy dasturlarning boʻlishi, ham umumiy boʻlgan Islomiyatning va shariatning ta'sisida u juz'iy hodisalar urugʻlar hukmida juda ahamiyatli mevalarni berganliklari jihatidan ham bir navi i'jozini koʻrsatadi. Ha, ehtiyojning takarruri bilan, takrorning luzumi jihati bilan, yigirma yil mobaynida juda koʻp mukarrar savollarga javob oʻlaroq boshqa-boshqa koʻp tabaqalarga dars bergan va kattakon koinotni parcha-parcha qilib qiyomatda shaklini oʻzgartirib, dunyoni olib tashlab uning oʻrniga azamatli oxiratni quradigan va zarrotdan yulduzlarga qadar butun juz'iyot va kulliyotning birgina zotning qoʻlida va tasarrufida boʻlganini isbot qiladigan va koinotni va arzni va samovotni va anosirni gʻazablantirgan va hiddatga keltirgan navi basharning zulmlariga koinotning natija-i xilqati hisobiga gʻazabi Ilohiyni va hiddati Rabboniyani koʻrsatadigan hadsiz va nihoyatsiz va dahshatli va keng bir inqilobning ta'sisida minglab natija quvvatida ba'zi jumlalarni va hadsiz dalillarning natijasi boʻlgan bir qism oyatlarni takror qilish, bir qusur emas, balki gʻoyat quvvatli bir i'joz va gʻoyat yuksak bir balogʻat va muqtazo-i holga gʻoyat mutobiq bir jazolatdir, bir fasohatdir.
Masalan: Birgina oyat boʻlib, bir yuz oʻn toʻrt marta takrorqilingan
jumlasi Risola-i Nurning Oʻn Toʻrtinchi Lam'asida bayon qilingani kabi, arshni farshga bogʻlagan va koinotni nurlantirgan va har daqiqa harkas unga muhtoj boʻlgan shunday bir haqiqatdirki, millionlab marta takror qilinsa, yana ehtiyoj bordir. Yolgʻiz non kabi har kun emas, balki havo va ziyo kabi har daqiqa unga ehtiyoj va ishtiyoq bordir.
Ham masalan: Sura-i طٰسٓمٓ da sakkiz marta takror qilingan shu
oyati u surada hikoya qilingan paygʻambarlarning najotlarini va qavmlarining azoblarini koinotning natija-i xilqati hisobiga va rububiyati ommaning nomiga u minglab haqiqat quvvatida boʻlgan oyatni takror qilib, izzati Rabboniya u zolim qavmlarning azobini va rahimiyati Ilohiya ham anbiyoning najotlarini iqtizo etganini dars berish uchun minglab marta takror boʻlsa, yana ehtiyoj va ishtiyoq bor va ijozli va i'jozli bir ulviy balogʻatdir.
Ham masalan: Sura-i Rahmonda takror qilingan
oyati bilan Sura-i Mursalotda
oyati jin va navi basharga koinotni gʻazablantirgan va arz va samovotni hiddatga keltirgan va xilqati olamning natijalarini buzgan va hashmati saltanati Ilohiyaga qarshi inkor va istihfof bilan muqobala etgan kufr va kufronlarini va zulmlarini va butun maxluqotning huquqlariga tajovuzlarini asrlarga va arzga va samovotga tahdidkorona hayqirgan bu ikki oyat bunday minglab haqiqatlarga aloqador va minglab masala quvvatida boʻlgan bir darsi umumiyda minglab marotaba takror qilinsa, yana luzum bor va jalolli bir ijoz va jamolli bir i'jozi balogʻatdir.
Ham masalan: Qur'onning haqiqiy va tom bir navi munojoti va Qur'ondan chiqqan bir tur xulosasi boʻlgan Javshan-ul Kabir nomli munojoti Paygʻambariyda (S.A.V.) yuz marta
jumlasining takrorida tavhid kabi koinot boʻyicha eng katta haqiqat va maxluqotning rububiyatga qarshi tasbeh va tahmid va taqdis kabi uch muazzam vazifasidan eng ahamiyatli bir vazifasi va shaqovati abadiyadan qutulish kabi navi insonning eng dahshatli masalasi va ubudiyat va ajzi basharning eng luzumli natijasi boʻlishi jihati bilan minglab marotaba takror qilinsa, yana ozdir.
Xullas, takroroti Qur'oniya bu kabi asoslarga qaraydi. Hatto ba'zan bir sahifada iqtizoyi maqom va ehtiyoji ifhom va balogʻati bayon jihati bilan yigirma marta ochiqcha va yashirin tarzda tavhid haqiqatini ifoda qiladi. Zerikish emas, balki quvvat va shavq beradi. Risola-i Nurda takroroti Qur'oniya naqadar oʻrnida va munosib va balogʻat jihatidan maqbul boʻlgani hujjatlari bilan bayon qilingan.
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning Makka suralari bilan Madina suralari balogʻat nuqtasidan va i'joz jihatidan va tafsil va ijmol jihatidan bir-biridan boshqacha boʻlishining sirri va hikmati shudirki: Makkada birinchi safda muxotob va muorizlari Quraysh mushriklari va ummiylari boʻlganidan, balogʻat jihatidan quvvatli bir uslubi oliy va ijozli, mukni', qanoat beruvchi bir ijmol va tasbit uchun takror lozim kelganidan, aksariyat bilan Makkada tushgan suralar arkoni iymoniyani va tavhidning martabalarini gʻoyat quvvatli va yuksak va i'jozli bir ijoz bilan takror qilib ifodalab mabda va mi'adni, Allohni va oxiratni yolgʻiz bir sahifada, bir oyatda, bir jumlada, bir kalimada emas; balki ba'zan bir harfda va taqdim-ta'xir, ta'rif-tankir va hazf-zikr kabi holatlarda shunday quvvatli isbot qiladiki, ilmi balogʻatning dohiy imomlari hayrat bilan qarshilaganlar. Risola-i Nur va ayniqsa Qur'onning qirq vajhi i'jozini ijmolan isbot qilgan Yigirma Beshinchi Soʻz zayllari bilan barobar va Qur'onning nazmidagi vajhi i'jozni horiqo bir tarzda isbot qilgan Arabiy Risola-i Nurdan "Ishorot-ul I'joz" tafsiri bilfe'l koʻrsatganlarki, Makkada tushgan sura va oyatlarda eng oliy bir uslubi balogʻat va eng yuksak bir i'jozi ijoziy bordir. Ammo Madinada tushgan sura va oyatlarda birinchi safda muxotob va muorizlari esa, Allohni tasdiq qilgan Yahudiy va Nasoro kabi ahli kitob boʻlganidan, muqtazoyi balogʻat va irshod va mutobiqi maqom va holning luzumidan, oddiy va ochiq va tafsilli bir uslub bilan ahli kitobga qarshi dinning yuksak usulini va iymonning ruknlarini emas, balki madori ixtilof boʻlgan shariatda va ahkomda va tafarruotning va kulliy qonunlarning manbalari va sabablari boʻlgan juz'iyotning bayoni lozim kelganidan, u Madinada tushgan sura va oyatlarda aksariyat bilan tafsil va izoh va oddiy uslub bilan bayonot ichida Qur'onga maxsus mislsiz bir tarzi bayon bilan birdan u juz'iy tafarruot hodisasi ichida yuksak, quvvatli bir xulosa, bir xotima, bir hujjat va u juz'iy hodisa-i shar'iyani kulliylashtirgan va imtisolini iymoni billoh bilan ta'min qilgan bir jumla-i tavhidiyani va iymoniyani va uxroviyani zikr qiladi. U maqomni nurlantiradi, ulviylashtiradi. Risola-i Nur oyatlarning oxirlarida aksariyat bilan kelgan
kabi tavhidni va oxiratni ifoda qilgan xulosalarda va xotimalarda naqadar yuksak bir balogʻat va maziyatlar va jazolatlar va nuktalar boʻlganini Yigirma Beshinchi Soʻzning Ikkinchi Shu'lasining Ikkinchi Nurida u xulosa va xotimalarning juda koʻp nuktalaridan va maziyatlaridan oʻntasini bayon qilib, u xulosalarda bir moʻ'jiza-i kubro boʻlganini muannidlarga ham isbot qilgan. Ha, Qur'on u tafarruoti shar'iya va qavonini ijtimoiyaning bayoni ichida birdan muxotobning nazarini yuksak va kulliy nuqtalarga koʻtarib, oddiy uslubni bir yuksak uslubga va shariat darsidan tavhid darsiga aylantirib Qur'onni ham bir kitobi shariat va ahkom va hikmat, ham bir kitobi aqida va iymon va zikr va fikr va duo va da'vat boʻlganini koʻrsatib, har maqomda koʻp maqosidi irshodiya-i Qur'oniyani dars berishi bilan Makkada tushgan oyatlarning tarzi balogʻatlaridan boshqacha va porloq moʻ'jizona bir jazolat izhor qiladi. Ba'zan ikki kalimada, masalan رَبُّ الْعَالَم۪ينَ va رَبُّكَ
da رَبُّكَ ta'biri bilan ahadiyatni va رَبُّ الْعَالَم۪ينَ bilan vohidiyatni bildiradi. Ahadiyat ichida vohidiyatni ifoda qiladi. Hatto bir jumlada, bir zarrani bir koʻz qorachigʻida koʻrgani va joylashtirgani kabi, Quyoshni ayni oyat bilan, ayni bolgʻa bilan koʻkning koʻz qorachigʻida joyrlashtiradi va koʻkka bir koʻz qiladi. Masalan:
oyatidan soʻngra
oyatining orqasidan
deydi. "Zamin va koʻklarning hashmati xilqatida qalbning ham xotirotini biladi, idora qiladi" deydi, tarzida bir bayonot jihati bilan u oddiy va ummiyat martabasini va avomning fahmini nazarga olgan u sodda va juz'iy muhovara u tarz bilan ulviy va jozibador va umumiy va irshodkor bir mukolamaga aylanadi.
Bir Savol: "Ba'zan ahamiyatli bir haqiqat sathiy nazarlarga koʻrinmaganidan va ba'zi maqomlarda juz'iy va oddiy bir hodisadan yuksak bir fazlaka-i tavhidni yoki kulliy bir dasturni bayon qilishda munosabati bilinmaganidan, bir qusur deb oʻylanadi. Masalan: "Hazrat Yusuf Alayhissalom ukasini bir hiyla bilan olishi" ichida
deya gʻoyat yuksak bir dasturning zikri balogʻat jihatidan munosabati koʻrinmaydi. Buning sirri va hikmati nima?"
Aljavob: Har biri bittadan kichik Qur'on boʻlgan aksar uzun sura va mutavassitlarda va koʻp sahifa va maqomlarda yolgʻiz ikki-uch maqsad emas, balki Qur'on mohiyati, ham bir kitobi zikr va iymon va fikr, ham bir kitobi shariat va hikmat va irshod kabi koʻp kitoblarni va boshqa-boshqa darslarni ichiga olib rububiyati Ilohiyaning hamma narsani qamrashini va muhtasham tajalliyotini ifoda qilish jihati bilan koinot kitobi kabirining bir navi qiroati boʻlgan Qur'on, albatta har maqomda, hatto ba'zan bir sahifada koʻp maqsadlarni ta'qib qilib ma'rifatullohdan va tavhidning martabalaridan va iymon haqiqatlaridan dars berish jihati bilan, boshqa maqomda, masalan koʻrinishda zaif bir munosabat bilan boshqa bir dars ochadi va zaif munosabatga juda quvvatli munosabatlar qoʻshadilar. U maqomga gʻoyat mutobiq boʻladi, martaba-i balogʻati yuksaladi.
Ikkinchi bir savol: "Qur'onda sarihan va zimnan va ishoratan oxirat va tavhidni va basharning mukofot va mujozotini minglab marta isbot qilib nazarga berishning va har surada, har sahifada, har maqomda dars berishning hikmati nima?"
Aljavob: Doira-i imkonda va koinotning sarguzashtiga oid inqiloblarda va omonati kubroni va xilofati arziyani yelkasiga olgan navi basharning shaqovat va saodati abadiyaga mador boʻlgan vazifasiga doir eng ahamiyatli, eng katta, eng dahshatli masalalaridan eng azamatlilarini dars berish va hadsiz shubhalarni yoʻq qilish va gʻoyat shiddatli inkorlarni va qaysarliklarni sindirish jihatidan albatta u dahshatli inqiloblarni tasdiq qildirish va u inqiloblarning azamatida katta va basharga eng alzam va eng zaruriy masalalarni taslim qildirish uchun Qur'on, minglab marta emas, balki millionlab marta ularga qaratsa, yana isrof emaski, millionlab karra takror bilan u bahslar Qur'onda oʻqiladi, zerikish bermaydi, ehtiyoj tugamaydi.
Masalan:
oyati koʻrsatgan mujda-i saodati abadiya haqiqati "Bechora basharga har daqiqa oʻzini koʻrsatgan haqiqati mavtning; ham insonni, ham dunyosini, ham butun ahbobini i'domi abadiysidan qutqarib, abadiy bir saltanatni qozontiradi" deganidan, milliardlab marta takror qilinsa va koinot qadar ahamiyat berilsa, yana isrof boʻlmaydi, qiymatdan tushmaydi. Xullas, bu xil hadsiz qiymatli masalalarni dars bergan va koinotni bir xona kabi oʻzgartirgan va shaklini buzgan dahshatli inqiloblarni ta'sis qilishda qanoat berishga va ishontirishga va isbotga harakat qilgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon, albatta sarihan va zimnan va ishoratan minglab marta u masalalarga nazari diqqatni jalb qilish; isrof uyoqda tursin, balki non, dori, havo va ziyo kabi bittadan hojati zaruriya hukmida ehsonini yangilaydi.
Ham masalan:
va
kabi tahdid oyatlarini Qur'on gʻoyat shiddat bilan va hiddat bilan va gʻoyat quvvat va takror bilan zikr qilishining hikmati esa, Risola-i Nurda qat'iy isbot qilingani kabi, basharning kufri koinotning va aksar maxluqotning huquqlariga shunday bir tajovuzdirki, samovotni va arzni gʻazablantiradi va anosirni hiddatga keltirib toʻfonlar bilan u zolimlarni kaltaklaydi. Va
oyatining sarohati bilan u zolim munkirlarga Jahannam shunday gʻazablanadiki, hiddatidan parchalanish darajasiga keladi. Xullas, bunday bir jinoyati ommaga va hadsiz bir tajovuzga qarshi basharning kichiklik va ahamiyatsizligi nuqtasidan emas, balki zolimona jinoyatining azamatiga va kofirona tajovuzining dahshatiga qarshi Sultoni Koinot oʻz raiyatining huquqining ahamiyatini va u munkirlarning kufr va zulmidagi nihoyatsiz xunukligini koʻrsatish hikmati bilan farmonida gʻoyat hiddat va shiddat bilan u jinoyatni va jazosini ming marta emas, balki millionlab va milliardlab takror qilsa, yana isrof va qusur emaski, ming yildan beri yuzlab million insonlar har kun zerikmasdan kamoli ishtiyoq bilan va ehtiyoj bilan oʻqiydilar.
Ha, har kun, har zamon, harkas uchun bir olam ketadi, yangi bir olamning eshigi oʻziga ochilishidan, oʻtkinchi har bir olamini nurlantirish uchun ehtiyoj va ishtiyoq bilan لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ jumlasini ming marta takror bilan u almashgan pardalarning har birisiga bir لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ ni bir chiroq qilgani kabi, xuddi shuningdek: U kasratli, oʻtkinchi pardalarni va u yangilangan sayyor koinotlarni qorongʻilantirmaslik va oyna-i hayotida aks etgan suratlarini xunuklashtirmaslik va foydasiga shohid boʻlishi mumkin boʻlgan u musofir vaziyatlarni oʻziga qarshi oʻgirmaslik uchun u jinoyatlarning jazolarini va Podshohi Azaliyning shiddatli va qaysarliklarni sindirgan tahdidlarini Qur'onni oʻqish bilan taqdir etish va nafsining tugʻyonidan qutulishga harakat qilish hikmati bilan Qur'on gʻoyat ma'nodor takror qiladi va bu daraja quvvat va shiddat va takror bilan tahdidoti Qur'oniyani haqiqatsiz deb oʻylashdan shayton ham qochadi. Ularni tinglamagan munkirlarga Jahannam azobi ayni adolatdir deya koʻrsatadi.
Ham masalan: Asoyi Muso kabi koʻp hikmatlari va foydalari boʻlgan Qissa-i Musoning (A.S.) va boshqa anbiyoning (A.S.) qissalarini koʻp takrorida risolati Ahmadiyaning (S.A.V.) haqqoniyatiga butun anbiyoning nubuvvatlarini bir hujjat koʻrsatib ularning umumini inkor qilolmagan bu zotning risolatini haqiqat nuqtasida inkor qilolmaganining hikmati bilan va harkas har vaqt butun Qur'onni oʻqishga muqtadir va muvaffaq boʻlolmaganidan, har bir uzun va mutavassit surani bittadan kichik Qur'on hukmiga keltirish uchun ahamiyatli arkoni iymoniya kabi u qissalarni takror qilishi isrof emas, balki muqtazo-i balogʻatdir va hodisa-i Muhammadiya (S.A.V.) butun bani Odamning eng katta hodisasi va koinotning eng azamatli masalasi boʻlganini dars berishdir. Ha, Qur'onda Zoti Ahmadiyaga eng katta maqom berish va toʻrt arkoni iymoniyani ichiga olish bilan لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ rukniga teng tutilgan مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ risolati Muhammadiya (S.A.V.) koinotning eng katta haqiqati va Zoti Ahmadiya (S.A.V.) butun maxluqotning eng ashrafi va haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) ta'bir qilingan kulliy shaxsiyati ma'naviyasi va maqomi qudsiysi ikki jahonning eng porloq bir quyoshi boʻlganiga va bu horiqo maqomga layoqatiga doir juda koʻp hujjatlari va alomatlari qat'iy bir suratda Risola-i Nurda isbot qilingan. Mingtadan bittasi shudirki:
اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ dasturi bilan, butun ummatining butun zamonlarda qilgan yaxshi amallarning bir misli uning daftari hasanotiga kirishi va butun koinotning haqiqatlarini keltirgan nur bilan nurlantirishi yolgʻiz jin va insni va malakni va zihayotlarni emas, balki koinotni va samovotni va arzni minnatdor aylashi va iste'dod lisoni bilan nabototning duolari va ehtiyoji fitriy tili bilan hayvonotning duolari koʻz oʻngimizda bilfe'l qabul boʻlishining guvohligi bilan millionlab, balki milliardlab fitriy va rad qilinmaydigan duolari maqbul boʻlgan sulahoyi ummati har kun u zotga (S.A.V.) salot va salom bilan rahmat duolari va ma'naviy qozonchlarini eng avval u zotga (S.A.V.) bagʻishlashlari va butun ummat tomonidan oʻqilgan Qur'onning uch yuz ming hurufining har birisida oʻn savobdan to yuz, to ming hasana va meva berishidan yolgʻiz qiroati Qur'on jihati bilan daftari a'moliga hadsiz nurlar kirishi e'tibori bilan u zotning (S.A.V.) shaxsiyati ma'naviyasi boʻlgan haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) istiqbolda bir shajara-i tubo-i Jannat hukmida boʻlishini Allam-ul Gʻuyub bilgan va koʻrgan va u maqomga koʻra Qur'onida u azim ahamiyatni bergan va farmonida unga tobeiyatni va sunnati saniyasiga ittibo bilan shafoatlariga mazhariyatni eng ahamiyatli bir masala-i insoniya sifatida koʻrsatgan va u muhtasham shajara-i tuboning bir urugʻi boʻlgan shaxsiyati bashariyatini va bidoyatdagi vaziyati insoniyasini ora-sira nazarga olishidir.
Xullas, Qur'onning takror qilingan hahiqatlari bu qiymatda boʻlganidan, takrorotida quvvatli va keng bir moʻ'jiza-i ma'naviya mavjudligiga fitrati salima guvohlik qiladi. Magar ham moddiyunlik vabosi bilan marazi qalbga va vijdon xastaligiga mubtalo boʻlmasa...
qoidasiga dohil boʻladi.
Bundan {(*) Bu risolaning ta'lifidan oʻn ikki yil avval.} oʻn ikki yil avval eshitdimki, eng dahshatli va muannid bir zindiq Qur'onga qarshi suiqasdini tarjimasi bilan qilishni boshlagan va deganki: "Qur'on tarjima qilinsin, toki qanday mol boʻlgani bilinsin". Ya'ni, luzumsiz takrorotni hamma koʻrsin va tarjimasi uning oʻrnida oʻqilsin deya dahshatli bir reja tuzgan. Faqat Risola-i Nurning rad qilinmas hujjatlari qat'iy isbot qilganki: Qur'onning haqiqiy tarjimasi mumkin emas va lisoni nahviy boʻlgan lisoni Arabiy oʻrnida Qur'onning maziyatlarini va nuktalarini boshqa lison muhofaza qilolmaydi va har bir harfi oʻn adaddan mingga qadar savob bergan kalimoti Qur'oniyaning moʻ'jizona va jam'iyatli ta'birlarining oʻrnini basharning oddiy va juz'iy tarjimalari tutolmaydi, uning oʻrnida masjidlarda oʻqilmaydi deya Risola-i Nur har tarafda intishori bilan u dahshatli rejani yoʻqqa chiqardi. Faqat u zindiqdan dars olgan munofiqlar yana shayton hisobiga Qur'on quyoshini puflash bilan soʻndirishga ahmoq bolalar kabi ahmoqona va devonachasiga harakatlari sababi bilan menga gʻoyat tang va siquvchi va mashaqqatli bir holatda bu Oʻninchi Masala yozdirildi deya taxmin qilaman. Boshqalar bilan koʻrisholmaganim uchun haqiqati holni bilmayman.
Denizli hibsidan ozod qilinishimizdan keyin mashhur "Shehir" Mehmonxonasining yuksak qavatida oʻtirgan edim. Qarshimda goʻzal bogʻlarda kasratli qovoq daraxtlari bittadan halqa-i zikr tarzida gʻoyat latif, totli bir suratda ham oʻzlari, ham shoxlari, ham yaproqlari havoning tegilishi bilan jazbadorona va jozibakorona harakat bilan raqslari qardoshlarimning ayriliqlaridan va yolgʻiz qolganimdan huzunli va gʻamli qalbimga ilashdi. Birdan kuz va qish mavsumi xotirga keldi va meni bir gʻaflat bosdi. Men u kamoli nash'a bilan jilvalangan u nozanin qovoqlarga va zihayotlarga shu qadar achindimki, koʻzlarim yosh bilan toʻldi. Koinotning bezalgan pardasi ostidagi adamlarni, firoqlarni ixtor va ihsosi bilan koinot toʻla firoqlarning, zavollarning huzunlari boshimda toʻplandi. Birdan haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) keltirgan nur yordamga yetishdi. U hadsiz huzunlarni va gʻamlarni sururlarga aylantirdi. Hatto u nurning harkas va har ahli iymon kabi mening haqqimda million fayzidan yolgʻiz u vaqtda, u vaziyatga munosabati boʻlgan yordam va tasallisi uchun Zoti Muhammadiyaga (S.A.V.) qarshi abadiyan minnatdor boʻldim. Shundayki:
Ul nazari gʻaflat oʻsha muborak nozaninlarni vazifasiz, natijasiz bir mavsumda koʻrinib, harakatlari nash'adan emas, balki goʻyo adamdan va firoqdan titrab hechlikka tushganliklarini koʻrsatish bilan, harkas kabi mendagi ishqi baqo va hubbi mahosin va shafqati jinsiya va hayotiyaga mador boʻlgan tabiatimga shu daraja ta'sir qildiki, bunday dunyoni bir ma'naviy Jahannamga va aqlni bir ta'zib uskunasiga aylantirgan paytda, Muhammad Alayhissalotu Vassalamning basharga hadya keltirgan nuri pardani koʻtardi. I'dom, adam, hechlik, vazifasizlik, abas, firoq yerlarida u qovoqlarning har birining yaproqlari adadicha hikmatlari va ma'nolari va Risola-i Nurda isbot qilingani kabi, uch qismga ayrilgan natijalari va vazifalari bor deya koʻrsatdi.
Birinchi qism: Sone'-i Zuljalolning asmosiga qaraydi. Masalan: Qandayki bir usta horiqo bir uskuna yaratsa, hamma u zotga "Mashaalloh, barakalloh" deb olqishlaydi. Xuddi shuning kabi: U uskuna ham undan maqsud natijalarni butuni bilan koʻrsatishi bilan, lisoni holi bilan ustasini tabrik qiladi, olqishlaydi. Har zihayot va hamma narsa shunday bir uskunadir, ustasini tabriklar bilan olqishlaydi.
Ikkinchi qism hikmatlari esa: Zihayotning va zishuurning nazarlariga qaraydi. Ularga shirin bir mutolaagoh, bittadan kitobi ma'rifat boʻladi. Ma'nolarini zishuurlarning zehnlarida va suratlarini quvva-i hofizalarida va alvohi misoliyada va olami gʻaybning daftarlarida doira-i vujudda qoldirib, keyin olami shahodatni tark qiladi, olami gʻaybga chekinadi. Demak suriy bir vujudni tashlaydi, ma'naviy va gʻaybiy va ilmiy koʻp vujudlarni qozonadi. Ha, modomiki Alloh bor va ilmi ihota qiladi. Albatta adam, i'dom, hechlik, mahv, fano haqiqat nuqtasida ahli iymonning dunyosida yoʻqdir va kofirlarning dunyolari adam bilan, firoq bilan, hechlik bilan, foniylik bilan toʻladir. Xullas, bu haqiqatni umumning lisonida kezgan bu kelgan zarbulmasal dars berib, deydi: "Kim uchun Alloh boʻlsa, u uchun hamma narsa bor va kim uchun boʻlmasa, hamma narsa unga yoʻqdir, hechdir".
Alhosil: Qandayki iymon oʻlim vaqtida insonni i'domi abadiydan qutqaradi. Xuddi shuning kabi, harkasning xususiy dunyosini ham i'domdan va hechlik qorongʻiliklaridan qutqaradi. Va kufr esa, xususan kufri mutlaq boʻlsa, ham u insonni, ham xususiy dunyosini oʻlim bilan i'dom etib ma'naviy Jahannam zulmatlariga otadi. Hayotining lazzatlarini achchiq zaharlarga aylantiradi. Hayoti dunyoviyani oxiratiga tarjih etganlarning quloqlari jaranglasin. Kelsinlar, bunga yo bir chora topsinlar, yoki iymonga kelsinlar. Bu dahshatli xasorotdan qutulsinlar!
Juda ham sevgili ustozim afandim,
Janobi Haqqa hadsiz shukrlar boʻlsin, ikki oylik ayriliq qaygʻularini va xabarlashmaslik iztiroblarini yengillashtirgan va qalblarimizga yangi hayot baxsh qilgan va ruhlarimizga yangi, sof bir shabada hadya qilgan Qur'onning jalolli va izzatli, rahmatli va shafqatli oyatlaridagi takrorotning mahosinini sanab oʻtgan, hikmati takrorining luzum va ahamiyatini izohlagan va Risola-i Nurning bir horiqo mudofaasi boʻlgan Denizli Mevasining Oʻninchi Masalasi nomini olgan "Amirtogʻ Chechagi"ni oldik. Haqiqatdan, taqdir va tahsinga juda loyiq boʻlgan bu chechakni hidlagan sari ruhimizdagi ishtiyoq yuksaldi. Toʻqqiz oylik hibs mashaqqatiga muqobil Mevaning Toʻqqiz Masalasi qanday baroatimizga katta bir vasila boʻlish bilan goʻzalligini koʻrsatgan boʻlsa, Oʻninchi Masalasi boʻlgan chechagi ham Qur'onning ijozli i'jozidaki horiqolarni koʻrsatish bilan u nisbatda goʻzalligini koʻrsatmoqdadir.
Ha sevgili ustozim, gulning chechagidagi favquloda latofat va goʻzallik daraxtidagi tikanlarni nazarga hech koʻrsatmagani kabi, bu nuroniy chechak ham bizga toʻqqiz oylik hibs mashaqqatini unuttiradigan bir shaklda oʻsha mashaqqatlarimizni ham hechga tushirgandir. Mutolaasiga toʻyilmaydigan shaklda qalamga olingan va aqllarni hayratga yoʻnaltirgan bu nuroniy chechak ichiga olgan koʻp goʻzalliklaridan, ayniqsa Qur'onning tarjimasi surati bilan nazari basharda oddiylashtirish ihonatiga muqobil, u takrorotning qiymatini toʻliq koʻrsatish bilan Qur'onning jahonqiymat ulviyatini maydonga qoʻygan. Soliklarining har asrda favquloda bir matonat bilan yopishib olishlari bilan va amr va ta'qiqiga tamoman boʻysunishlari bilan, goʻyo endi nozil boʻlgan kabi yangiligi isbot qilingan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning butun asrlarda zolimlariga qarshi shiddatli va dahshatli va takrorli tahdidlari va mazlumlariga qarshi shafqatli va rahmatli mukarrar taltiflari, xususan bu asrimizga qaragan tahdidoti ichida zolimlariga misli koʻrilmagan bir holatda, xuddi fazo-i akbardan bir namunani eslatgan samoviy bir Jahannam bilan olti-yetti yildan beri mutamodiyan dodu faryod qildirishi va shuningdek mazlumlarining bu asrdagi kulliy fardlari boshida Risola-i Nur talabalarining boʻlishi va haqiqatan bu talabalarni ham umami salifaning anbiyolariga berilgan najotlar kabi juda buyuk umumiy va xususiy najotlarga mazhar etishi va muorizlari boʻlgan dinsizlarning jahannamiy azob bilan ta'zir yeyishlarini koʻrsatishi, ham bu ikki goʻzal va latif hoshiyalar bilan xotima berilish surati bilan chechakning tugatilishi bu faqir talabangiz Xusravni shu qadar buyuk bir surur bilan cheksiz bir shukrga yoʻnaltirdiki, bu goʻzal chechak bergan sevinch va sururni muddati umrimda his qilmaganimni sevgili ustozimga arz etganim kabi, qardoshlarimga ham karrot bilan aytganman. Janobi Haq zaif va tahammulsiz yelkalariga juda azamatli ogʻir yuk yuklangan siz sevgili ustozimizdan abadiyan rozi boʻlsin. Va yuklaringizni yengillashtirish bilan yuzlaringizni abadga qadar kuldirsin, omin.
Ha sevgili ustozim, biz Allohdan, Qur'ondan, Habibi Zishondan va Risola-i Nurdan va Qur'on dalloli siz sevgili ustozimizdan abadiyan rozimiz. Va intisobimizdan hech bir jihat bilan pushaymonligimiz yoʻq. Ham qalbimizda zarra qadar yomonlik qilish uchun niyat yoʻq. Biz faqat Allohni va rizosini istaymiz. Kun oʻtgan sari rizosi ichida, Janobi Haqqa vuslat ishtiyoqlarini qalbimizda taksif qilyapmiz. Istisnosiz bizga yomonlik qilganlarni Janobi Haqqa tark qilish bilan avf etish va aksincha bizga zulm qilgan u zolimlar ham dohil boʻlgani holda, hammaga yaxshilik qilish Risola-i Nur talabalarining qalblariga joylashgan bir shiori Islom boʻlganini biz istamasdan e'lon qilgan Hazrati Allohga hadsiz hududsiz shukrlar qilamiz.
Oʻn Birinchi Masala
Mevaning Oʻn Birinchi Masalasining boshi; bir mevasi Jannat va biri saodati abadiya va biri ru'yatulloh boʻlgan iymon shajara-i qudsiyasining hadsiz, kulliy va juz'iy mevalaridan yuzlab namunalari Risola-i Nurda bayon va hujjatlar bilan isbot qilinganidan, izohini "Sirojinnur"ga havola qilib, kulliy arkonining emas, balki juz'iy va juzlarning juz'iy va xususiy mevalaridan bir nechta namuna bayon qilinadi.
Birisi: Bir kuni bir duoda "Ey Robbim! Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroil hurmatlari va shafoatlari xotiriga meni jin va insning sharlaridan muhofaza ayla" ma'nosida duoni degan vaqtim hammani titratgan va dahshat bergan Azroil nomini zikr qilgan paytim gʻoyat totli va tasallidor va sevimli bir holat his qildim. Alhamdulilloh dedim. Azroilni jiddiy sevishni boshladim. Maloikaga iymon ruknining bu juz'iy fardining juda koʻp mevalaridan yolgʻiz bir juz'iy mevasiga gʻoyat qisqa bir ishorat qilamiz.
Birisi: Insonning eng qiymatli va ustida titragan moli uning ruhidir. Uni zoye boʻlishdan va fanodan va sohibsizlikdan muhofaza qilish uchun quvvatli va amin bir qoʻlga taslim qilishning chuqur bir sevinch berganini qat'iy his qildim. Va insonning amalini yozgan malaklar xotiramga keldi. Qaradim, aynan bu meva kabi, juda totli mevalari bor.
Birisi: Har inson qiymatli bir soʻzini va fe'lini boqiylashtirish uchun ishtiyoq bilan kitobat va she'r, hatto kino bilan hifziga harakat qiladi. Xususan u fe'llarning Jannatda boqiy mevalari boʻlsa, yanada ziyoda maroq etadi. "Kiroman Kotibin" insonning yelkalarida turib ularni abadiy manzaralarda koʻrsatishi va sohiblariga doimiy mukofot qozontirishi shu qadar menga shirin keldiki, ta'riflolmayman.
Soʻngra ahli dunyoning meni hayoti ijtimoiyadagi hamma narsadan tajrid etish ichida butun kitoblarimdan va doʻstlarimdan va xizmatchilarimdan va tasalli beradigan ishlardan ajratib qoʻyishlari bilan barobar, gʻurbat vahshati meni siqarkan va boʻsh dunyo boshimga yiqilarkan, maloikaga iymonning juda koʻp mevalaridan birisi yordamimga keldi. Koinotimni va dunyomni jonlanritdi, malaklar va ruhoniylar bilan toʻldirdi, olamimni sevinch bilan kuldirdi. Va ahli zalolatning dunyolari vahshat va boʻshliq va qorongʻilik bilan yigʻlaganlarini koʻrsatdi. Xayolim bu mevaning lazzati bilan masrur ekan, umum paygʻambarlarga iymonning juda koʻp mevalaridan bunga oʻxshash bitta mevasini oldi, totdi. Birdan butun oʻtgan zamonlardagi anbiyolar bilan yashagan kabi ularga iymonim va tasdigʻim u zamonlarni nurlantirdi va iymonimni kulliy qilib kengaytirdi. Va oxirzamon paygʻambarimizning iymonga oid boʻlgan da'volariga minglab imzo bostirdi, shaytonlarni jim qildi. Birdan "Hikmat-ul Istioza Lam'asi"da qat'iy javobi boʻlgan bir savol qalbimga keldiki: "Bu mevalar kabi hadsiz totli samaralar va foydalar va hasanotning gʻoyat goʻzal natijalari va manfaatlari va Arhamurrohiminning gʻoyat marhamatkorona tavfiqlari va inoyatlari ahli hidoyatga yordam berib quvvat berganlari holda, ahli zalolat nima uchun koʻp marotaba gʻalaba qiladi va ba'zan yigirmatasi yuzta ahli hidoyatni parishon qiladi?" deya ma'nan mendan soʻraldi. Va bu tafakkur ichida shaytonning gʻoyat zaif dasisalariga qarshi Qur'onning buyuk tahshidoti va maloikalari va Janobi Haqning yordamini ahli iymonga yuborishi xotirga keldi. Risola-i Nurning uning hikmatini qat'iy hujjatlar bilan izohiga binoan, u savolning javobiga gʻoyat qisqa bir ishorat qilamiz:
Ha, ba'zan daydi va maxfiy, muzir bir odamning bir saroyga otash otishga harakat qilishi sababli yuzlab odamning qilishi kabi, yuzlab odamning muhofazasi bilan va ba'zan davlatga va podshohga iltijo bilan u saroyning vujudi davom etishi mumkin. Chunki uning vujudi butun sharoitning va arkonning va sabablarning vujudi bilan boʻlishi mumkin. Faqat uning adami va xarob boʻlishi birgina shartning adami bilan voqe' va bir daydining bir gugirti bilan yonib mahv boʻlgani kabi, ins va jin shaytonlari oz bir fe'l bilan katta taxribot va dahshatli ma'naviy yongʻinlar qiladilar. Ha, butun yomonliklar va gunohlar va sharlarning poydevori va asoslari adamdir, taxribdir. Suratan vujudning ostida adam va buzish saqlangandir. Xullas, jinniy va insiy shaytonlar va sharirlar bu nuqtaga istinodan gʻoyat zaif bir quvvat bilan hadsiz bir quvvatga qarshi tayanib, ahli haq va haqiqatni Janobi Haqning dargohiga iltijoga va qochishga har vaqt majbur qilganidan, Qur'on ularni himoya uchun buyuk tahshidot qiladi. Toʻqson toʻqqiz asmo-i Ilohiyani ularning qoʻllariga beradi. U dushmanlarga qarshi sabot qilishlariga juda shiddatli amrlar beradi.
Bu javobdan birdan juda buyuk bir haqiqatning uchi va azamatli, dahshatli bir masalaning asosi koʻrindi. Shundayki:
Qandayki Jannat butun vujud olamlarining mahsulotini tashiydi va dunyo yetishtirgan urugʻlarni boqiyona undirib chiqaradi. Xuddi shuning kabi, Jahannam ham hadsiz dahshatli adam va hechlik olamlarining juda aliym natijalarini koʻrsatish uchun u adam mahsulotlarini qovuradi va u dahshatli Jahannam fabrikasi boshqa vazifalari ichida, olami vujud koinotini olami adam axlatlaridan tozalattiradi. Bu dahshatli masalaning hozircha eshigini ochmaymiz. Inshaalloh keyin izohlanadi.
Ham malaklarga iymon mevasidan bir juzi va Munkar va Nakirga oid bir namunasi shudir: Hamma kabi men ham muhaqqaq kiraman deya mozorimga xayolan kirdim. Va qabrda yolgʻiz, kimsasiz, qorongʻi, sovuq, tor bir hibsi munfaridda, bir tajridi mutlaq ichidagi tavahhush va ma'yusiyatdan tadahhush etarkan, birdan Munkar va Nakir toifasidan ikki muborak doʻst chiqib keldilar. Men bilan munozarani boshladilar. Qalbim va qabrim kengaydi, nurlandi, isindi. Olami arvohga derazalar ochildi. Men ham hozir xayolan va istiqbolda haqiqatdan koʻradigan u vaziyatimga butun jonim bilan sevindim va shukr qildim. Sarf va Nahv ilmini oʻqigan bir madrasa talabasining vafot etib, qabrda Munkar va Nakirning: مَنْ رَبُّكَ (Sening Robbing kim?) degan savollariga qarshi oʻzini madrasada tasavvur qilib Nahv ilmi bilan javob berib: " مَنْ egadir. رَبُّكَ kesimdir. Mushkul bir masalani mendan soʻrang, bu osondir", deya ham u maloikalarni, ham hozir ruhlarni, ham u voqeani mushohada etgan u yerda boʻlgan bir kashf-al qubur valiysini kuldirdi va rahmati Ilohiyani tabassumga keltirdi. Azobdan qutulgani kabi, Risola-i Nurning bir shahid qahramoni boʻlgan marhum Hofiz Ali hibsda Meva Risolasini kamoli ishq bilan yozarkan va oʻqirkan vafot etib qabrda maloika-i savolga mahkamadagi kabi Meva haqiqatlari bilan javob bergani kabi, men ham va Risola-i Nur shogirdlari ham u savollarga qarshi Risola-i Nurning porloq va quvvatli hujjatlari bilan istiqbolda haqiqatdan va hozir ma'nan javob berib ularni tasdiqqa va tahsinga va tabrikka yoʻllaydilar, inshaalloh.
Ham malaklarga iymonning saodati dunyoviyaga mador juz'iy bir namunasi shudirki: Ilmi holdan iymon darsini olgan bir ma'sum bolaning yonida yigʻlagan va ma'sum bir ukasining vafoti uchun dod-faryod qilgan boshqa bir bolaga: "Yigʻlama, shukr qil.. sening ukang malaklar bilan barobar Jannatga ketdi. U yerda kezadi, bizdan yanada yaxshi lazzatlanadi, malaklar kabi uchadi, har yerni tomosha qila oladi", deb faryod qilganning yigʻlashini tabassumga va sevinchga aylantirishidir. Men ham aynan bu yigʻlagan bola kabi bu hazin qishda va aliym bir vaziyatimda gʻoyat aliym ikki vafot xabarini oldim. Biri, ham oliy maktablarda birinchilikni qozogan, ham Risola-i Nurning haqiqatlarini nashr qilgan jiyanim marhum Fuad. Ikkinchisi, hajga ketib sakarot ichida tavof qilarkan, tavof ichida vafot etgan Olima Xonim ismli marhuma singlim. Bu ikki qarindoshlarimning oʻlimlari Keksalar Risolasida yozilgan marhum Abdurahmonning vafoti kabi meni yigʻlatarkan, iymon nuri bilan u ma'sum Fuad, u soliha Xonim insonlar oʻrniga malaklarga, huriylarga doʻst boʻlganliklarini va bu dunyoning tahlika va gunohlaridan qutulganliklarini ma'nan, qalban koʻrdim. U shiddatli huzun oʻrniga buyuk bir sevinch his qilib ham ularni, ham Fuadning otasi ukam Abdulmajidni, ham oʻzimni tabriklab Arhamurrohiminga shukr qildim. Bu ikki marhumlarga rahmat duosi niyati bilan bu yerda yozildi, qayd qilindi.
Risola-i Nurdagi butun mezonlar va muvozanalar iymonning saodati dunyoviya va uxroviyaga mador mevalarini bayon qiladilar. Va u kulliy va buyuk mevalar bu dunyoda koʻrsatgan saodati hayotiya va lazzati umr jihati bilan har moʻ'minning iymoni unga bir saodati abadiyani qozontiradi.. balki kurtak ochadi va u suratda inkishof etadi deya xabar beradilar. Va u kulliy va juda koʻp mevalardan besh mevasi meva-i me'roj boʻlib Oʻttiz Birinchi Soʻzning oxirida va besh mevasi Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning Beshinchi Shoxida namuna qilib yozilgan. Arkoni iymoniyaning har birining boshqa-boshqa juda koʻp, balki hadsiz mevalari boʻlgani kabi, majmuining birdan koʻp mevalaridan bir mevasi kattakon Jannat va biri ham saodati abadiya va biri ham, balki eng totlisi ham ru'yati Ilohiyadir deya boshda degan edik. Va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning oxiridagi muvozanada iymonning saodati doraynga mador bir qism samaralari goʻzal izohlangan. Iymoni bilqadar ruknining qiymatli mevalari bu dunyoda boʻlganiga bir dalil, umum lisonida
zarbulmasal boʻlgandir. Ya'ni, "Qadarga iymon keltirgan gʻamlardan qutuladi". Risola-i Qadarning oxirida goʻzal bir tamsil bilan ikki odamning shohona bir saroyning bogʻiga kirishlari bilan bir kulliy mevasi bayon qilingan. Hatto men oʻz hayotimda minglab tajribalarim bilan koʻrdim va bildimki, qadarga iymon boʻlmasa, hayoti dunyoviya saodati mahv boʻladi. Aliym musibatlarda qachonki qadarga iymon jihatidan qarar edim, musibat gʻoyat yengillashayotganini koʻrar edim. Va qadarga iymon keltirmagan qanday yashay oladi deya hayrat qilardim.
Maloikaga iymon ruknining kulliy mevalaridan biriga Yigirma Ikkinchi Soʻzning Ikkinchi Maqomida shunday ishorat qilinganki, Azroil Alayhissalom Janobi Haqqa munojot qilib degan: "Qabzi arvoh vazifasida sening iboding mendan ranjiydilar, shikoyat qiladilar". Unga javoban deyilgan: "Sening vazifangga xastaliklarni va musibatlarni parda qilaman, toki ibodimning shikoyatlari ularga ketsin, senga kelmasin". Aynan bu pardalar kabi Azroil Alayhissalomning vazifasi ham bir pardadir. Toki haqsiz shikoyatlar Janobi Haqqa ketmasin. Chunki oʻlimdagi hikmat va rahmat va goʻzallik va foyda jihatini hamma koʻrolmaydi. Zohirga qarab e'tiroz qiladi, shikoyatni boshlaydi. Xullas, bu haqsiz shikoyatlar Rahimi Mutlaqqa ketmaslik hikmati bilan Azroil Alayhissalom parda boʻlganlar. Aynan shuning kabi, butun malaklarning, balki butun zohiriy sabablarning vazifalari izzati rububiyatning pardalaridir. Toki goʻzalliklari koʻrinmagan va hikmatlari bilinmagan narsalarda qudrati Ilohiyaning izzati va qudsiyati va rahmatining qamrashi muhofaza qilinsin, e'tirozga nishon boʻlmasin va past va ahamiyatsiz va marhamatsiz narsalar bilan qudratning mubosharati nazari zohiriyda koʻrinmasin. Boʻlmasa hech bir sababning haqiqiy ta'siri va ijodga hech bir qobiliyati boʻlmaganini, hamma narsada tavhid sikkalarini qat'iy koʻrsatganini Risola-i Nur hadsiz dalillari bilan isbot qilgan. Yaratish, ijod etish unga maxsusdir. Sabablar yolgʻiz bir pardadir. Maloika kabi zishuur boʻlganlarning yolgʻiz juzi ixtiyoriy bilan juz'iy, ijodsiz, kasb deyilgan bir navi xizmati fitriya va amaliy bir navi ubudiyatdan boshqa narsa qoʻllarida yoʻqdir.
Ha, izzat va azamat istaydilarki, sabablar pardadori dasti qudrat boʻlsin aqlning nazarida.
Tavhid va ahadiyat istaydilarki, sabablar tortsinlar qoʻllarini ta'siri haqiqiydan.
Xullas, qandayki malaklar va xayrli va vujudiy ishlarda istihdom etilgan zohiriy sabablar, goʻzalliklari koʻrinmagan va bilinmagan narsalarda qudrati Rabboniyani qusurdan, zulmdan muhofaza qilib taqdis etadilar va tasbehi Ilohiyda bittadan vasiladirlar. Aynan shuning kabi: Jinniy va insiy shaytonlar va muzir moddalarning umuri sharriyada va adamiyada iste'mollari ham yana qudrati Subhoniyani gʻadrdan va haqsiz e'tirozlardan va shikoyatlarga nishon boʻlishdan qutqarish bilan taqdis etadilar va tasbehoti Rabboniyaga va koinotdagi butun qusurotdan mubarro va munazzahiyatiga xizmat qiladilar. Chunki butun qusurlar adamdan va qobiliyatsizlikdan va taxribdan va vazifa qilmaslikdanki, bittadan adamdirlar, va vujudi boʻlmagan adamiy fe'llardan keladilar. Bu shaytoniy va sharli pardalar u qusurotga marji' boʻlib e'tiroz va shikoyatlarni bil-istihqoq oʻzlariga olib Janobi Haqning taqdisiga vasila boʻladilar. Zotan sharli va adamiy va taxribchi ishlarda quvvat va iqtidor lozim emas. Oz bir fe'l va juz'iy bir quvvat, balki vazifasini qilmaslik bilan ba'zan katta adamlar va buzishlar boʻladi. U sharir foillar muqtadir deb oʻylanadilar. Holbuki adamdan boshqa hech ta'sirlari va juz'iy bir kasbdan xorij bir quvvatlari yoʻqdir. Faqat u sharlar adamdan kelganlaridan, u sharirlar haqiqiy foildirlar. Bil-istihqoq, agar zishuur boʻlishsa, jazoni chekadilar. Demak, sayyiotda u yomonlar foildirlar. Faqat hasanalar va xayrlarda va amali solihda vujud boʻlishidan, u yaxshilar haqiqiy foil va muassir emaslar. Balki qobildirlar, fayzi Ilohiyni qabul qiladilar va mukofotlari ham yolgʻiz bir fazli Ilohiydir deya Qur'oni Hakim
farmon qiladi.
Alhosil: Vujud koinotlari va hadsiz adam olamlari bir-biri bilan toʻqnashar ekan va Jannat va Jahannam kabi mevalar berar ekan va butun vujud olamlari
va butun adam olamlari
der ekan va qamrovli bir qonuni muboraza bilan malaklar shaytonlar bilan va xayrlar sharlar bilan, to qalbning atrofidagi ilhom vasvasa bilan mujodala etar ekan, birdan malaklarga iymonning bu mevasi tajalliy qiladi, masalani hal qilib qorongʻi koinotni nurlantiradi.
oyatining anvoridan bir nurini bizga koʻrsatadi va bu meva naqadar totli boʻlganini tottiradi.
Ikkinchi bir kulliy mevasiga "Yirirma Toʻrtinchi" va "alif"lar karomatini koʻrsatgan "Yirigma Toʻqqizinchi Soʻz"lar ishorat qilib porloq bir suratda malaklarning vujudini va vazifasini isbot qilganlar. Ha, koinotning har tarafida, juz'iy va kulliy hamma narsada, har navda oʻzini tanittirish va sevdirish ichida marhamatkorona bir hashmati rububiyat, albatta u haybatga, u marhamatga, u tanittirishga, u sevdirishga qarshi shukr va taqdis ichida bir keng va ihotali va shuurkorona bir ubudiyat bilan muqobala etishi lozim va qat'iydir. Va shuursiz jamodot va arkoni azima-i koinot hisobiga u vazifani faqat hadsiz malaklar qilishi mumkin va u saltanati rububiyatning har tarafda, saroda, surayyoda, zaminning asosida, tashqarisida hokimona va hashmatkorona ijrootini ular tamsil eta oladilar.
Masalan, falsafaning ruhsiz qonunlari juda qorongʻi va vahshatli koʻrsatgan xilqati arziya va vaziyati fitriyasini bu meva bilan nurli, unsiyatli bir tarzda Savr va Hut deb nomlangan ikki malakning yelkalarida, ya'ni nazoratlarida va Jannatdan keltirilgan va foniy kura-i arzning boqiy bir poydevori boʻlish, ya'ni kelajakda boqiy Jannatga bir qismini aylantirishga bir ishorat uchun "Sahret" nomli uxroviy bir modda, bir haqiqat yuborilib Savr va Hut malaklariga bir nuqta-i istinod qilingan deya Bani Isroilning eski paygʻambarlaridan rivoyat bor va Ibn Abbosdan ham rivoyat qilingandir. Afsuski, bu qudsiy ma'no mururi zamon bilan bu tashbeh avomning nazarida haqiqat talaqqiy etilish bilan aqlning xorijida bu surat olgan. Modomiki malaklar havoda kezganlari kabi tuproqda va toshda va yerning markazida ham kezadilar. Albatta ularning va kura-i arzning ustida turadigan jismoniy tosh va baliqqa va hoʻkizga ehtiyojlari yoʻqdir.
Ham masalan, kura-i arz kura-i arzning navlari adadicha boshlar va u navlarning fardlari sanogʻicha tillar va u fardlarning a'zo va yaproq va mevalari miqdoricha tasbehotlar qilgani uchun albatta u muhtasham va shuursiz ubudiyati fitriyani bilib, shuurdorona tamsil etib dargohi Ilohiyaga taqdim qilish uchun qirq ming boshli va har boshi qirq ming til bilan va har bir til bilan qirq ming tasbehot qiladigan bir malaki muakkali boʻladiki, ayni haqiqat oʻlaroq Muxbiri Sodiq xabar berganlar. Va xilqati koinotning eng ahamiyatli natijasi boʻlgan insonlar bilan munosabati Rabboniyani tabligʻ va izhor qilgan Jabroil (Alayhissalom) va zihayot olamida eng muhtasham va eng dahshatli boʻlgan tiriltirish va hayot berish va oʻlim bilan tarhis etishdagi Xoliqqa maxsus boʻlgan ijrooti Ilohiyani yolgʻiz tamsil etib ubudiyatkorona nazorat qilgan Isrofil (Alayhissalom) va Azroil (Alayhissalom) va hayot doirasida rahmatning eng jam'iyatli, eng keng, eng zavqli boʻlgan rizqdagi ehsonoti Rahmoniyaga nazorat bilan barobar shuursiz shukrlarni shuur bilan tamsil etgan Mikoil (Alayhissalom) kabi malaklarning juda ajib mohiyatda boʻlishlari va vujudlari va ruhlarning baqolari saltanat va hashmati rububiyatning muqtazosidir. Ularning va har birisining maxsus toifalarining vujudlari koinotda quyosh kabi koʻringan saltanat va haybatning vujudi darajasida qat'iydir va shubhasizdir. Maloikaga oid boshqa moddalar bularga qiyos qilinsin.
Ha, kura-i arzda toʻrt yuz ming navlarni zihayotdan bunyod etgan, hatto eng oddiy va badboʻy moddalardan ziruhlarni koʻplab yaratgan va har tarafni ular bilan jonlantirgan va moʻ'jizoti san'atiga qarshi ularga tillari bilan "Mashaalloh, Barakalloh, Subhanalloh" dedirgan va ehsonoti rahmatiga muqobil "Alhamdulilloh, Vashshukrulilloh, Allohu Akbar" oʻsha hayvonchalarga ayttirgan bir Qodiri Zuljaloli val Jamol, albatta, shaksiz va shubhasiz, kattakon samovotga munosib, isyonsiz va doimo ubudiyatda boʻlgan yashovchilarni va ruhoniylarni yaratgan, samovotni jonlantirgan, boʻsh qoldirmagan va hayvonotning toifalaridan haddan ziyod boshqa-boshqa navlarni malaklardan ijod etganki, bir qismi kichkina boʻlib yomgʻir va qor qatralariga minib san'at va rahmati Ilohiyani oʻz tillari bilan olqishlaydilar. Bir qismi bittadan sayyor yulduzlarga minib fazo-i koinotda sayohat ichida azamat va izzat va hashmati rububiyatga qarshi takbir va tahlil bilan ubudiyatlarini olamga e'lon qiladilar. Ha, zamoni Odamdan beri butun samoviy kitoblar va dinlar malaklarning vujudlariga va ubudiyatlariga ittifoqlari va butun asrlarda malaklar bilan soʻzlashishlar va muhovaralar kasratli tavotur bilan insonlar ichida sodir boʻlganini naql va rivoyatlari esa, koʻrmaganimiz Amerikada insonlarining vujudlari kabi malaklarning vujudlarini va bizlar bilan aloqador boʻlganliklarini qat'iy isbot qiladi. Xullas, hozir kel, iymon nuri bilan bu kulliy ikkinchi mevaga qara va tot. Qanday koinotni boshdan oxir jonlantirib, goʻzallashtirib bir masjidi akbarga va muazzam bir ibodatxonaga aylantiryapti. Va fan va falsafaning sovuq, hayotsiz, zulmatli, dahshatli koʻrsatishlariga muqobil hayotli, shuurli, nurli, unsiyatli, totli bir koinot qilib koʻrsatib, boqiy hayotning bir jilva-i lazzatini ahli iymonga darajasiga koʻra dunyoda ham tottiradi.
Tatimma: Qandayki vahdat va ahadiyat sirri bilan koinotning har tarafida ayni qudrat, ayni ism, ayni hikmat, ayni san'at boʻlishi bilan Xoliqning vahdat va tasarrufi va ijod va rububiyati va xalloqiyat va qudsiyati juz'iy-kulliy har bir masnu'ning hol tili bilan e'lon qilinadi. Aynan shuning kabi, har tarafda malaklarni yaratib har maxluqning lisoni hol bilan shuursiz qilgan tasbehotni malaklarning ubudiyatkorona tillari bilan qildiradi. Malaklarning hech bir jihatdan xilofi amr harakatlari yoʻqdir. Xolis bir ubudiyatdan boshqa hech bir ijod va amrsiz hech bir mudohala, hatto iznsiz shafoatlari ham boʻlmaydi. Tamoman
sirriga mazhardirlar.
Xotima
(Gʻoyat ahamiyatli bir nukta-i i'joziyaga doir birdan, ixtiyorsiz shomdan keyin qalbga ixtor etilgan va sura-i
ning zohir bir moʻ'jiza-i gʻaybiyasini koʻrsatgan uzun bir haqiqatga qisqa bir ishoratdir.)
Xullas, yolgʻiz ma'no-i ishoriy jihatidan bu sura-i azima-i horiqo: "Koinotda adam olamlari hisobiga ishlagan sharirlardan va insiy va jinniy shaytonlardan oʻzingizni muhofaza qilinglar". Paygʻambarimizga va ummatiga amr qilib, har asrga qaragani kabi, ma'no-i ishoriysi bilan bu ajib asrimizga yanada ziyoda, balki zohir bir tarzda qaraydi. Qur'onning xizmatkorlarini istiozaga da'vat qiladi. Bu moʻ'jiza-i gʻaybiya besh ishorat bilan qisqacha bayon qilinadi. Shundayki:
Bu suraning har bir oyatining ma'nolari koʻpdir. Yolgʻiz ma'no-i ishoriy bilan besh jumlasida toʻrt marta شَرِّ kalimasini takror qilish va quvvatli munosabati ma'naviya bilan barobar toʻrt tarzda bu asrning mislsiz toʻrt dahshatli va boʻronli moddiy va ma'naviy sharlariga va inqiloblariga va muborazalariga ayni tarix bilan ishorat qilish va ma'nan "Bulardan saqlaninglar" amr qilish, albatta Qur'onning i'joziga yarashadigan bir irshodi gʻaybiydir.
Masalan: Boshda
jumlasi bir ming uch yuz ellik ikki yoki toʻrt (1352-1354) tarixiga hisobi abjadiy va jifriy bilan tavofuq etib navi basharda eng keng hirs va hasad bilan va birinchi urushning sababi bilan sodir boʻlishga hozirlangan ikkinchi harbi umumiyga ishorat qiladi. Va ummati Muhammadiyaga (S.A.V.) ma'nan deydi: "Bu harbga kirmanglar va Robbingizga iltijo qilinglar". Va bir ma'no-i ramziy bilan Qur'onning xizmatkorlaridan boʻlgan Risola-i Nur shogirdlariga xususiy bir iltifot bilan ularning Eskishehir hibsidan, dahshatli bir shardan ayni tarixi bilan ozod boʻlishlariga va haqlaridagi imho rejasining natijasiz qoldirilishiga ramzan xabar beradi, ma'nan "Istioza qilinglar" deb amr qilayotgandek bir ramz beradi.
Ham masalan:
jumlasi, shadda sanalmaydi, bir ming uch yuz oltmish bir (1361) boʻlib, bu mislsiz harbning marhamatsiz va zolimona taxribotiga rumiy va hijriy tarixi bilan ishorat qilgani kabi, ayni zamonda butun quvvatlari bilan Qur'onning xizmatiga boʻlgan Nur shogirdlarining keng bir imho rejasidan va aliym va dahshatli bir balodan va Denizli hibsidan ozod boʻlishlariga tavofuq bilan, bir ma'no-i ramziy bilan ularga ham qaraydi. "Xalqning sharridan oʻzingizni himoya qilinglar" yashirin bir imo bilan deydi.
Ham masalan:
jumlasi, shaddalar sanalmaydi, bir ming uch yuz yigirma sakkiz (1328); agar shaddadagi "Lom" sanalsa, bir ming uch yuz ellik sakkiz (1358) adadi bilan bu umumiy harblarni qilgan ajnabiy gʻaddorlarning hirs va hasad bilan bizdagi Hurriyat Inqilobining Qur'on foydasidagi natijalarni buzish fikri bilan tabadduli saltanat va Bolqon va Italiya Harblari va Birinchi Harbi Umumiyning oʻt olishi bilan moddiy va ma'naviy sharlarning, siyosiy diplomatlarning radio tili bilan hammaning boshlariga sehrboz va zaharli dam solishlari bilan va muqaddaroti basharning tugun va bogʻlariga yashirin rejalarini singdirishlari bilan ming yillik madaniyat taraqqiyotini vahshiyona mahv etgan sharlarning vujudga kelishga hozirlanishlari tarixiga tavofuq etib,
ning toʻliq ma'nosiga tatobuq etadi.
Ham masalan:
jumlasi, shadda va tanvin sanalmaydi, yana bir ming uch yuz qirq yetti (1347) boʻlib, ayni tarixda ajnabiy bitimlarining majburlashlari bilan bu vatanda ahamiyatli silkinishlar va falsafaning tahakkumi bilan bu dindor millatda ahamiyatli tahavvullar vujudga kelishiga va ayni tarixda davlatlarda ikkinchi harbi umumiyni ihzor etgan dahshatli hasadlar va raqobatlarning toʻqnashuvlari tarixiga bu ma'no-i ishoriy bilan aynan tavofuqi va ma'nan tatobuqi, albatta bu qudsiy suraning bir lam'a-i i'jozi gʻaybiysidir.
Bir ixtor: Har bir oyatning mutaaddid ma'nolari bordir. Ham har bir ma'no kulliydir. Har asrda afrodi mavjud. Bahsimizda bu asrimizga qaragan yolgʻiz ma'no-i ishoriy tabaqasidir. Ham u kulliy ma'noda asrimiz bir farddir. Faqat xususiyat kasb etganki, unga tarixi bilan qaraydi. Men toʻrt yildir bu harbning na vaziyatlarini va na natijalarini va na sulh boʻlgan, boʻlmaganini bilmaganimdan va soʻramaganimdan, bu qudsiy suraning yana qancha bu asrga va bu harbga ishorati bor deya ortiq uning eshigini qoqmadim. Boʻlmasa bu xazinada yana koʻp sirlar borligi Risola-i Nurning ajzolarida, xususan Rumuzoti Samoniya risolalarida bayon va isbot qilinganidan, ularga havola qilib tugataman.
Bu lam'a-i i'joziyada boshdagi مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ da ham مِنْ , ham شَرِّ kalimalari hisobga kirishi va oxirda وَمِنْ شَرِّ حَاسِدٍ اِذَا حَسَدَ yolgʻiz شَرِّ kalimasi kirishi, وَمِنْ kirmasligi va
ikkisi ham hisob qilinmasligi gʻoyat nozik va latif bir munosabatga imo va ramz uchundir. Chunki xalqlarda sharlardan boshqa xayrlar ham bor. Ham butun shar hammaga kelmaydi. Bunga ramzan baziyatni ifoda qilgan مِنْ va شَرِّ kirganlar. Hasid hasad qilgan zamon butun shardir, baziyatga luzum yoʻqdir. Va
ramzi bilan, oʻz manfaatlari uchun kura-i arzga otash otgan dam soluvchilarning va sehrboz u diplomatlarning taxribotga oid butun ishlari ayni shardir deya ortiq شَرِّ kalimasiga luzum qolmadi.
Qandayki bu sura beshta jumlasidan toʻrtta jumlasi bilan bu asrimizning toʻrtta buyuk sharli inqiloblariga va boʻronlariga ma'no-i ishoriy bilan qaraydi. Aynan shuning kabi, toʻrt marta takroran مِنْ شَرِّ -shadda sanalmaydi- kalimasi bilan olami Islom jihatidan eng dahshatli boʻlgan Chingiz va Xulagu fitnasining va Abbosiylar Davlatining inqiroz zamonining asriga toʻrt marta ma'no-i ishoriy bilan va maqomi jifriy bilan qaraydi va ishorat qiladi. Ha, shaddasiz, شَرِّ besh yuz (500) boʻladi, مِنْ toʻqson (90) dir. Istiqbolga qaragan koʻp oyatlar ham bu asrimizga, ham u asrlarga ishorat qilishlari jihatidan istiqboldan xabar bergan Imom Ali (R.A.) va Gʻavsi A'zam (Q.S.) ham, aynan ham bu asrimizga, ham u asrga qarab xabar berganlar.
kalimalari bu zamonga emas, balki غَاسِقٍ bir ming bir yuz oltmish bir (1161) va اِذَا وَقَبَ sakkiz yuz oʻn (810) boʻlib, u zamonlarda ahamiyatli moddiy, ma'naviy sharlarga ishorat qiladi. Agar barobar boʻlsa, milodiy bir ming toʻqqiz yuz yetmish bir (1971) boʻladi. U tarixda dahshatli bir shardan xabar beradi. Yigirma yil keyin hozirgi urugʻlarning mahsuli isloh boʻlmasa, albatta ta'zirlari dahshatli boʻladi.
Oʻn Birinchi Masalaning Hoshiyasining Bir Lohiqasidir.
Oyat-ul Kursiyning tatimmasi boʻlgan
bir ming uch yuz ellik (1350);
bir ming toʻqqiz yuz yigirma toʻqqiz (1929) yoki (1928)
toʻqqiz yuz qirq olti (946) "Risolat-un Nur ismiga muvofiq";
bir ming uch yuz qirq yetti (1347);
-agar barobar boʻlsa, bir ming oʻn ikki (1012), agar barobar boʻlmasa, toʻqqiz yuz qirq besh (945) (bir shadda sanalmaydi);
bir ming uch yuz yetmish ikki (1372), shaddasiz,
bir ming toʻrt yuz oʻn yetti (1417),
bir ming uch yuz oʻttiz sakkiz (1338), shadda sanalmaydi;
bir ming ikki yuz toʻqson besh (1295), shadda sanaladi, boʻladi.
Risolat-un Nurning ham ikki karra ismiga, ham surati mujohadasiga, ham tahaqquqiga va ta'lif va takammul zamoniga aynan tavofuqi bilan barobar ahli kufrning bir ming ikki yuz toʻqson uch (1293) harbi bilan olami Islomning nurini soʻndirishga harakat qilish tarixiga va Birinchi Harbi Umumiydan istifoda bilan bir ming uch yuz oʻttiz sakkiz (1338)da bilfe'l nurdan zulmatga otish uchun qilingan dahshatli bitimlar zamoniga aynan tavofuqi va ichida mukarraran nur va zulmat qarshilashtirilishi va bu mujohada-i ma'naviyada Qur'onning nuridan kelgan bir nur ahli iymonga bir nuqta-i istinod boʻlishini ma'no-i ishoriy bilan xabar beryapti deya qalbimga ixtor etildi. Men ham majbur boʻldim, yozdim. Keyin qaradimki, ma'nosining munosabati bu asrimizga shu qadar quvvatlidirki, hech tavofuq alomati boʻlmasa ham, yana bu oyatlar har asrga qaragani kabi, ma'no-i ishoriy bilan bizlar bilan ham gaplashyapti degan qanoat keldi.
Ha, avvalo: Boshda
jumlasi maqomi jifriy va abjadiy bilan bir ming uch yuz ellik (1350) tarixiga ishorat qiladi va ma'no-i ishoriy bilan deydi: Garchi u tarixda dinni dunyodan tafriq bilan dinda iqrohga va ijborga va mujohada-i diniyaga va din uchun qurol bilan jihodga muoriz boʻlgan hurriyati vijdon hukumatlarda bir qonuni asosiy, bir dasturi siyosiy boʻladi va hukumat laik jumhuriyatga aylanadi. Faqat unga muqobil ma'naviy bir jihodi diniy iymoni tahqiqiy qilichi bilan boʻladi. Chunki dindagi rushdu irshod va haq va haqiqatni koʻzlarga koʻrsatadigan darajada quvvatli burhonlarni izhor qilib tabyin va tabayyun etgan bir nur Qur'ondan chiqadi deya xabar berib, bir lam'a-i i'joz koʻrsatadi.
Ham to خَالِدُونَ kalimasiga qadar Risola-i Nurdagi butun muvozanalarning asli, manbai boʻlib aynan u muvozanalar kabi mukarraran nur va zulmat va iymon va jaholatlarni qarshilashtirishi bilan yashirin bir alomatdirki, u tarixda boʻlgan jihodi ma'naviy muborazasida buyuk bir qahramon Nur ismli Risola-i Nurdirki, dinda boʻlgan yuzlab tilsimlarni kashf etgan uning ma'naviy olmos qilichi moddiy qilichlarga ehtiyoj qoldirmaydi.
Ha, hadsiz shukurlar boʻlsinki, yigirma yildir Risola-i Nur bu ixbori gʻaybiy va lam'a-i i'jozni bilfe'l koʻrsatgan. Va bu sirri azim uchundirki, Risola-i Nur shogirdlari dunyo siyosatiga va jarayonlariga va moddiy mujodalalariga qoʻshilmaydilar va ahamiyat bermaydilar va tanazzul etmaydilar va haqiqiy shogirdlari eng dahshatli bir dushmaniga va haqoratli tajovuziga qarshi unga deydi:
"Ey badbaxt! Men seni i'domi abadiydan qutqarishga va foniy hayvoniyatning eng sufliy va aliym darajasidan bir boqiy insoniyat saodatiga chiqarishga harakat qilyapman. Sen mening oʻlimimga va i'domimga harakat qilyapsan. Sening bu dunyoda lazzating juda oz, juda qisqa va oxiratda jazo va balolaring juda koʻp va juda uzundir. Va mening oʻlimim bir tarhisdir. Qani daf boʻl! Sen bilan ovora boʻlmayman, nima qilsang qil!", deydi. U zolim dushmaniga hiddat emas, balki achinadi, shafqat etadi, koshki qutulsa edi deya islohiga harakat qiladi.
Bu ikki qudsiy jumlalar quvvatli munosabati ma'naviya bilan barobar maqomi jifriy va abjadiy hisobi bilan, birinchisi Risolat-un Nurning ismiga, ikkinchisi uning tahaqquqiga va takammuliga va porloq futuhotiga ma'nan va jifran aynan tatobuqlari bir alomatdirki; Risolat-un Nur bu asrda, bu tarixda bir "urvat-ul vusqo"dir. Ya'ni, juda mustahkam, uzilmas bir zanjir va bir "hablulloh"dir. Unga qoʻlini uzatgan, yopishgan najot topadi deya ma'no-i ramziy bilan xabar beradi.
jumlasining ham ma'no, ham jifr bilan Risolat-un Nurga bir ramzi bor. Shundayki:.........
(Bu maqomda parda tushdi. Yozishga izn berilmadi. Boshqa zamonga qoldirildi.)
(Hoshiya): Bu nuktaning qolgan qismi hozircha yozdirilmaganinig sababi, bir daraja dunyoga, siyosatga munosabati borligidandir. Biz ham qarashdan man etilganmiz. Ha
bu togʻutga qaraydi va qaratadi.
(Risola-i Nur qahramoni Xusravning "Mevaning Oʻn Birinchi Masalasi" munosabati bilan yozgan maktubining bir parchasidir.)
Juda ham muborak, juda ham qiymatdor, juda ham sevgili ustozim afandim!
Millat va mamlakat uchun juda muazzam goʻzalliklarni ichiga olgan "Meva" "Toʻqqiz Masala"si bilan dahshatli bir zamonda, mudhish osiylar ichida eng katta dushmanlar orasida hayratfazo bir suratda shogirdlariga najot berishga vasila boʻlish bilan qolmagan, Oʻninchi va Oʻn Birinchi Masalalari bilan ham xususan Nurning shogirdlarini haqiqat yoʻllarida olqishlagan va ketadigan haqiqiy makonlari boʻlgan qabrdagi ahvollaridan va hammani titratgan va ayniqsa ahli gʻaflat uchun juda qoʻrqinchli, juda alamli, juda ayanchli bir manzil boʻlgan tuproq ostida koʻradigan va gaplashadigan maloikalar bilan gapirishni va rafoqatni sevdirib bu makonga yanada koʻproq unsiyat izhor qilish bilan bu qoʻrqinch ilk manzil haqidagi haddan ortiq qoʻrquvlarimizni ta'dil etgan, nafas oldirgan. Xususan, u olamning nuroniy hayotini men kabi koʻrolmaydiganlarning qoʻllarida shuooti yuz minglab yillik masofalarga choʻzilgan bir elektr chirogʻi hukmiga oʻtdi. Hamda doimo hidlanadigan namunali bir gul bogʻi boʻlgandir. Ha, biz sevgili ustozimizga arz etamizki, har kun darsini domlasiga oʻqigan bir talaba kabi Nurdan olgan fayzlarimizni har doim sevgili ustozimizga arz etaylik. Faqat sevgili ustozimiz hozircha soʻzlashishlarini toʻxtatib qoʻydilar.
Ey aziz ustozim! Risola-i Nurning haqiqati va Mevaning goʻzalligi va chechagining fayzi meni minnatdorona bir parcha mamlakatim nomiga gapirtirgan va men kabi gapirgan koʻp qalblarga hayot bergan. Hozir atrofimizda Risola-i Nurga qarata otilgan qadamlar va uzatilgan qoʻllar Mevaning Oʻn Birinchi chechagi bilan yanada koʻp matonat kasb etgan, inkishof etgan, faoliyatni boshlagandir.
(Ispartadagi umum Risola-i Nur talabalari nomiga ramazon tabrigi munosabati bilan yozilgan va oʻn uch fikra bilan ta'dil etilgan bir maktubdir.)
Ey olami Islomning dunyo va oxiratda salomati uchun Qur'onning fayzi bilan va Risola-i Nurning haqiqati bilan va sodiq shogirdlarning himmati bilan muborak koʻzlaridan yosh oʻrniga qon oqitgan;
Va ey fitna-i oxirzamonning shu dagʻdagʻali va boʻronli zamonida Hazrat Ayyub Alayhissalomdan ziyoda xastaliklarga, dardlarga giriftor boʻlgan;
Va Qur'onning nuri bilan va Risola-i Nurning burhonlari bilan va shogirdlarning gʻayrati bilan olami Islomning moddiy va ma'naviy xastaliklarini Hakimi Luqmon kabi davolashga harakat qilgan;
Va ey muborak qoʻllarida mavjud boʻlgan Nur parchalarining haq va haqiqat boʻlganini Qur'onning oʻttiz uch oyati bilan va karomati Alaviya va Gʻavsiya bilan isbot qilgan;
Va ey oʻzini xasta va keksa va zaif va gʻoyat achinarli holda hammadan koʻra koʻproq olami Islomga jon fido qiladigan darajada achinib oʻziga oʻzi yomonlik qilish istaganlarga Qur'onning haqiqati bilan va Risola-i Nurning hujjatlari bilan, Nur talabalarining sadoqatlari bilan xayrli duolar va yaxshilik qilish bilan qarshilagan;
Va yozgan muhim asarlaridan Oyat-ul Kubroning chop qilinishi bilan oʻziga va talabalariga kelgan musibatda hibsxonalarga tushgan;
Va u zindonlarni Qur'onning irshodi bilan va Risola-i Nurning darsi bilan va shogirdlarning ishtiyoqi bilan bir madrasa-i Yusufiyaga aylantirgan va bir darsxona qilgan;
Va ichimizdagi johillarning hammasiga Qur'onni oʻsha darsxonada xatm qildirib chiqargan;
Va u musibatda Qur'onning quvva-i qudsiyasi bilan va Risola-i Nurning tasallisi bilan va qardoshlarning tahammullari bilan keksa va zaif boʻlgani holda, butun ogʻirliklarimizni va yuklarimizni ustiga olgan;
Va yozgan Meva va Mudofaanoma risolalari bilan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning i'jozi bilan va Risola-i Nurning quvvatli burhonlari bilan va shogirdlarning ixlosi bilan, izni Ilohiy bilan u zindon eshiklarini ochtirib baroat qozontirgan;
Va u kunda bizga va olami Islomga bayram qildirgan;
Va haqiqatdan Risola-i Nurlarni "Nurun ala nur" boʻlganini isbot qilib qiyomatga qadar erkin oʻqilib va yozilishiga haq qozontirgan;
Va olami Islomning Qur'oni Azimushshonning gʻido-i qudsiysi bilan va Nurning uxroviy taomi bilan va shogirdlarining ishtahasi bilan non, suv va havo kabi bu Nurlarga koʻp ehtiyoji boʻlganini va bu Nurlarni oʻqib yozganlardan minglab kishi iymon bilan qabrga kirganini isbot qilgan;
Va oʻziga mansub talabalarini hech bir yerda magʻlub va mahjub qilmagan;
Va hali ham Qur'onning samoviy darslari bilan va Risola-i Nurning asosoti bilan va shogirdlarining zakovatlari bilan va Mevaning Oʻninchi va Oʻn Birinchi Masala va chechaklari bilan firoq otashi bilan kecha-kunduz yongan qalblarimizni obi hayot va sharobi kavsar kabi u muborak "Masala" va "Chechaklar" bilan qalblarimizning otashini soʻndirib surur va farohga yoʻnaltirgan;
Va ey olamning (Qur'oni Azimushshonning qat'iy va'dasi bilan va tahdidi bilan va Risola-i Nurning kashfi qat'iysi bilan va marhum shogirdlarining mushohadasi bilan va ulardagi kashf-al qubur sohiblarining koʻrishi bilan..) eng koʻp qoʻrqqan oʻlimni ahli iymon uchun i'domi abadiydan qutqarib bir erkinlik ruxsatnomasiga aylantirgan;
Va olami Nurga ketish uchun goʻzal bir yoʻlovchilik boʻlganini isbot qilgan;
Va kofir va munofiqlar uchun i'domi abadiy boʻlganini bildirgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ming moʻ'jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam va qirq vajhi i'jozining tasdiqi ostida ixboroti qat'iyasi bilan undan chiqqan Risola-i Nurning eng muannid dushmanlarini magʻlub qilgan hujjatlari bilan va Nur shogirdlarining koʻp alomatlarning va tajribalarning va qanoatlarining taslimi bilan u qoʻrqinchli, zim-ziyo, sovuq va tor qabrni ahli iymon uchun Jannat mozoridan bir mozor va Jannat bogʻining bir eshigi boʻlganini isbot qilgan;
Va kofir va munofiq zindiqlar uchun Jahannam mozoridan ilon va chayonlar bilan toʻlgan bir mozor boʻlganini isbot qilgan va u yerga keladigan Munkar-Nakir ismli maloikalarni ahli haq va haqiqat yoʻlida ketganlar uchun bittadan munis doʻst qilgan;
Va Risola-i Nurning shogirdlarini talaba-i ulum sinfiga dohil etib Munkar-Nakir savollariga Risola-i Nur bilan javob berganlarini marhum qahramon shahid Hofiz Alining vafoti bilan kashf etgan;
Va hayotda boʻlganlarimizning ham yana Risola-i Nur bilan javob berishimizni rahmati Ilohiyadan duo va niyoz qilgan;
Va Hazrati Qur'onni Qur'oni Azimushshonning qirq tabaqadan har tabaqaga koʻra bir navi i'jozi ma'naviysini koʻrsatishi bilan va umum koinotga qaragan kalomi azaliy boʻlishi bilan va tafsiri boʻlgan Risola-i Nurning Moʻ'jizoti Qur'oniya va Rumuzoti Samoniya risolalari bilan va Risola-i Nur gul fabrikasining sarkotibi kabi qahramon qardoshlarning va shogirdlarning favquloda gʻayratlari bilan asri saodatdan beri bunday horiqo bir suratda moʻ'jizali boʻlib yozilishiga hech kim qodir boʻlmagani holda, Risola-i Nurning qahramon bir kotibi Xusravga "Yoz" amr qilinishi bilan Lavhi Mahfuzdagi yozilgan Qur'on kabi yozilishi va Qur'oni Azimushshonning haq kalomulloh boʻlganini va butun samoviy kitoblarning eng buyugi va eng afzali va bir Fotiha ichida minglab Fotiha va bir Ixlos ichida minglab Ixlos va hurufotining birdan oʻn va yuz va ming va minglab savob va hasana berganliklarini hech koʻrilmagan va eshitilmagan juda goʻzal va horiqo bir suratda ta'rif va isbot qilgan;
Va Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning bir ming uch yuz yildan beri i'jozini koʻrsatishi bilan va muorizlarni toʻxtatishi bilan va Nurning koʻzlarga koʻrsatadigan darajada zohir dalillari bilan va Nur shogirdlarining olmos qalamlari bilan bu zamonga qadar misli koʻrilmagan Risola-i Nurning dunyoga farmon oʻqigan va eng mutamarrid va muannidlarni jim qilgan Yigirma Beshinchi Soʻz va zayllari qirq jihat bilan i'jozi Qur'oniy boʻlganini isbot qilgan;
Va ey Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning haq paygʻambar boʻlganlariga va umum bir yuz yigirma toʻrt ming paygʻambarlarning afzali va sayyidi boʻlganlariga doir minglab moʻ'jizalarini "Moʻ'jizoti Ahmadiya" (S.A.V.) nomli Risola-i Nuri bilan goʻzal bir suratda isbot qilgan va Qur'oni Azimushshonning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning rahmatan lil olamin boʻlganlarini koinotda e'lon qilishi bilan va Nurning boshdan oxiriga qadar u kishining rahmatan lil olamin boʻlganlarini burhonlar bilan isbot qilishi bilan va u Rasulning af'ol va ahvollari koinotda namuna-i iqtido boʻladigan eng sogʻlom, eng goʻzal rahbar boʻlganini hatto koʻrlarga ham koʻrsatishi bilan va Anadolu va xususiy mamlakatlarda Nurning intishori zamonida balolarning daf boʻlishi va bostirilishi bilan musibatlarning kelishi guvohligi bilan va Nur shogirdlarining gʻoyat ogʻir mushkilotlar ichida kamoli matonat bilan xizmat va irtibotlari bilan u zotning (S.A.V.) sunnati saniyalariga ittibo etish naqadar foydali boʻlganini va bir sunnatga bu zamonda ittiboda yuz shahidning ajrini qozonganini bildirgan;
Va sadaqa qazo va baloni qanday daf qilsa, Risola-i Nurning ham Anadoluga keladigan qazoni, baloni yigirma yildir daf qilganini aynalyaqiyn isbot qilgan ustozi akramimiz Afandimiz Hazratlari!...
Hozir shu Risola-i Nurning baroati, boshda siz sevgili ustozimizni, keyin biz ojiz qusurli talabalaringizni, keyin olami Islomni sururga yoʻnaltirib, ikkinchi muazzam bir bayram qildirganidan, siz muborak ustozimizning bu muazzam bayrami sharifingizni tabrik bilan va yana uchinchi bayram boʻlgan ramazoni sharifingizni va layla-i Qadringizni tabrik, amsoli kasirasi bilan musharraf boʻlishimizni niyoz va biz qusurlilarning qusurlarimizning avfini tilab umumiy salom bilan muborak qoʻllaringizdan oʻpamiz va duolaringizni orzu qilamiz, afandimiz hazratlari.
Haddimdan yuz daraja ziyoda boʻlgan bu maktub ichidagilarini tavozu bilan rad qilish bir kufroni ne'mat va umum shogirdlarning husni zonlariga qarshi bir xoinlik boʻlishi va aynan qabul qilish bir gʻurur, bir anoniyat va menlik boʻlishi jihati bilan, umum nomiga Risola-i Nur kotibi yozgan bu uzun maktubni, oʻn uch fikralarni ilova qilib, ham bir shukri ma'naviy, ham gʻururdan, ham kufroni ne'matdan qutulish uchun sizga bir nusxasini yuboryapmanki: Mevaning Oʻn Birinchi Masalasining oxirida "Risola-i Nurning Isparta va atrofidagi talabalarining bir maktubidir" deya ilova qilinsin.
Men bu maktubni bu ta'dilot bilan yozganimiz holda, ikki marta bir kabutar yonimizdagi derazaga keldi. Ichkariga kirmoqchi edi, Jaylonning boshini koʻrdi, kirmadi. Bir necha daqiqa soʻngra boshqasi aynan keldi. Yana yozganni koʻrdi, kirmadi. Men dedim, har holda avvalgi sarcha va quddus qushi kabi xushxabarchilardir. Va yoxud bu maktub kabi mutaaddid maktublarni yozganimizdan, muborak maktubning ta'dili bilan muborakiyatini tabrik uchun kelganlar deya qanoatimiz keldi.