(Anqara Universiteti Nur Talabalarining Bir Maktubi)
Maktubingizdan Islom quyoshining bir ziyosini sezgandek boʻldik. Yuz yillardan beri insoniyatga qarshi, Islomiyat zarariga mutajoviz fikr nashr etgan ahli kufrning taxriblarini ta'mir qilish uchun maydonga chiqqan Risola-i Nurning -sizlarning maktublaringizdan- yoshlarning orasiga yoyilganini sezdik. Abadiy hayot yoʻlining haqparast yoʻlovchilari xayoliy bekorchi gap-soʻzlarni tark qilib, Risola-i Nur bilan kufr danaklarini eritadilar. Nurning talabalari ahli qalb va iymonning qardoshlaridirlar. Siz qardoshlarimizning maktublari bizlarga jadallik beryapti va beradi. Qur'onning tafsiri boʻlgan Risola-i Nur bizga zalolatda qolishning va kufr bilan mujodala etmaslikning bu zamonda juda katta ahmoqlik boʻlganini bildiryapti. Komunistlik, anarxiya, masonlik quvvat qozongan bir davrda eng muhim vazifa, Nurga xizmat qilish va rizoyi Ilohiyni qozonish uchun uni istaganga berishdir. Bu eng birinchi va eng ahamiyatli, eng qiymatli va muborak vazifamizdan bizni qaytarishni istagan eng ogʻir hujumlar ham bizlarning jadalligimizni orttiradi.
Risola-i Nur bizga oʻrgatadi va isbot qiladiki: Bu dinyo bir musofirxonadir. Abadiy hayotni istaganlar musofirxonadagi vazifalariga diqqat koʻrsatishlari nisbatida mamnun qilinadilar. Demakki, hozir eng asosiy vazifamiz; botqoqlikdan qutulishni istagan ahli dinning qorongʻilikdan zerikkan, gʻidosiz qolgan qalblarning yordamiga yugurish, oʻzimizdan boshlab Nurning dalloligini qilishdir.
Ayniqsa va ayniqsa shunisi juda ahamiyatli va juda muhimdirki; eng boshda va eng avval Risola-i Nurni diqqat va tafakkur bilan davomli boʻlib oʻqish va u muazzam asar kulliyotidagi Qur'on va iymon haqiqatlari bilan oʻzimizni tajhiz etish va bu asos va shartlar bilan u horiqo asar kulliyotini bir on avval tugatishdir. Bu buyuk ne'matga sazovor boʻlgan har bir oʻspirin va har bir kishi birga yuz ming quvvatida oʻziga, vatan va millatiga foydali boʻladi. Vatan, millat, yoshlar va Olami Islom miqyosida xizmat qila oladigan bir vaziyatga kira oladi.
Buning uchun boshda Hazrat Ustozimiz Badiuzzamon va uning haqiqiy va ixlosli talabalari boʻlishga loyiq sizlardan duo istirhom etamizki; Risola-i Nurning majmualarini bir on avval qoʻlga kiritaylik, qidiraylik, topaylik, diqqat, tafakkur va ixlos bilan oʻqiylik. Qur'on va iymon xizmatida bu vaziyatda chopaylik. Risola-i Nurning bu asrdagi maqbuliyatiga ishorat qilgan dalillar ortigʻi bilan mavjud boʻlganiga koʻra, insof sohibi har moʻ'min qardoshimiz uning tabiiy bir yordamchisidir.
Ham modomiki, Risola-i Nur bu asrga xos xususiyatlar tashiydi. Ham modomiki minglab olimlarning taqdirlari bilan qarshilanyapti. Ham modomiki Qur'onning dallolligini qilayotgan qahramon Ustoz, oʻxshashi uchralmaydigan bir mukammaliyat bilan, durust qadamlar bilan, haqiqiy uslublar bilan butun hayotini iymon va Islomiyatga vaqf etgan, dunyoviy hech bir manfaat koʻzlamasdan, yolgʻiz Alloh rizosi uchun xizmat qilganlar. Ham modomiki butun quvvati bilan Nur talabalari ham iymon va Islomiyatga ahli sunnat doirasida xizmat uchun hayotlarini ham chekinmasdan beryapti va sufliy manfaat orqasida emasdirlar. Va modomiki yuz minglarcha Nur talabalari butun tazyiq va tahdidlarga qaramasdan bu haqiqatni fe'lan isbot qilganlar. Ham har talaba bugun jarayon etgan botil falsafaning aqidalariga haqiqiy, mantiqiy javoblar bera oladigan boʻlib yetishganlar va yetishyaptilar. Ham har ehtiyojimizga Qur'on javob beryapti, unda lozim boʻlgan har haqiqat sarih oʻlaroq bordir. Va modomiki Qur'on eng goʻzal shaklda dars bergan Allohning hadyasi, bir nuri va rahmatidir...
Shunday ekan, bu xazina-i rahmatni va manba-i haqiqatni dars bergan va haqiqiy suratda yoshlar va avom tushuna oladigan bir shaklda bildirgan Risola-i Nurni diqqat va tafakkur bilan va davomli oʻlaroq uygʻun vaqtlarimizni bekor oʻtkazmasdan oʻqish va yozish eng buyuk bir ibodat va zavq manbaidir. Hol va istiqbolning va biz yoshlarning juda laziz va ishtiyoq bilan oladigan gʻoyat manfaatli va yetarli bir dori va tiryoqdir, bir ma'naviy qutqaruvchidir. Bu qat'iy haqiqatlar maydonda ekan, unga butun quvvatimiz bilan yopishmaslik, boshdan oyoq Risola-i Nurni taqdid etmaslik, aloqador boʻlmaslik, faqat gʻaflatning asari boʻlishi mumkin.
Ham kim haqiqat orqasidan chopayotgan boʻlsa, Risola-i Nurdan dars olishi lozimdir. Va Nur yoʻlida ketgan har munavvar haqiqiy saodatga qovushadi va yer yuzining mohiyatini idrok etadi deya, biz Anqara Nur talabalari ham ittifoq qilamiz. Abadiy hayot xazinasini koʻrsatgan Qur'oni Hakimning nuri boʻlgan Risola-i Nur, albatta bir zamon dunyoni larzaga keltirgan nurli ovozini yuksaltiradi.
Modomiki Islom olimlari, hadisi sharifga koʻra, dunyo iqbol va havaslari orqasidan chopmagan muddatcha, paygʻambarlarning eng amin vorislaridirlar. Biz ham Risola-i Nurni uning toʻliq vorisi deb bilamiz. Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi haqiqiy voris boʻlishning asosini yashagan va yashayapti. Uning qarshisiga chiqqan koʻrlar va karlar va hissiz gʻofillar xoʻrlanadilar. Bunday muazzam bir komillikka sohib boʻlgan Risola-i Nur, albatta butun faylasuflarni, dunyo ilm va haq arbobini chorlaydi va har aqli salim va qalbi karim boʻlgan muborak insonlarni talabasi qiladi. Bu ham inshaalloh uzoqda emas, yaqinda tahaqquq etadi. Dunyo, aksar faylasuflarning va olimlarning degani kabi, yap-yangi bir shakllanish ostonasidadir.. Dunyo nurini qidiryapti. Haqiqat shoiri Mahmad Akif:
U nurni yubor Ilohim asrlar boʻldi yetar!
Bulgʻandi millatning ofoqi bir tong istar.
deya ana shu nurga ishorat qilgani bugun bizga koʻra bir haqiqatdir.
Risola-i Nurni himmat va duolaringiz bilan, diqqat va tafakkur bilan oʻqigan sari, bu muazzam asar kulliyotining tilsimi koinotning muammosini kashf va hal qilgan bir kashshof boʻlganini, hol va istiqbolning bir murshidi akbari va bir rahbari a'zami boʻlganini, yana duo va himmatingiz bilan idrok qilamiz.
Ha, Ustozimiz Hazratlari! Risola-i Nurni oʻqigan har idrok sohibi tushunadiki; Risola-i Nur ham bu asrning, ham kelgusi asrning bashariyatini fikr qorongʻiliklaridan qutqarib, tanvir va irshod qiladi.
Risola-i Nur yolgʻiz bu vatan va millat uchun emas, olami Islom va butun bashariyatning ehtiyojiga javob beradigan bir kulliyot boʻlib ta'lif etilgandir. Bugun tarixda hech koʻrilmagan bir fajoat va falokat ichida tipirchilayotgan bashariyat uchun xaloskor oʻlaroq Risola-i Nurga yopishishdan va nima qilib boʻlsa ham, Risola-i Nurning nuroniy va porloq ajzolarini qoʻlga kiritib diqqat va tafakkur bilan oʻqishdan boshqa bir qutulish chorasi yoʻqdir. Risola-i Nurni oʻqigan har bir kishi bu haqiqatni idrok qilgan va qilmoqdadir. Agar biz muqtadir boʻlsak; bu haqiqatni koinotga koʻrinadigan bir joyga chiqib, butun koinotga e'lon qilamiz. Faqat modomiki bunga muvaffaq boʻlolmaymiz va modomiki Risola-i Nurning jahonshumul qiymatini bu daraja Ustozimizning himmati bilan idrok etganmiz; shu holda u nur va fayz xazinasi, irfon va kamolot manbai boʻlgan Risola-i Nurni bir daqiqamizni ham boʻsh oʻtkazmasdan, mutamodiy va davomli bir shaklda har kun va har soat oʻqiymiz va bu yoʻlda kecha-kunduz harakat qilamiz, inshaalloh. Faqat har on butun ishlarimizda boʻlgani kabi, bunda ham buyuk Ustozimizdan duo va himmatlari bilan muvaffaq boʻla olamiz.
Ham shu haqiqat zohir va bahirdirki: Bir kishi alloma ham boʻlsa, Risola-i Nurning va muallifining talabasidir. Risola-i Nurni oʻqish zarurat va ehtiyojdandir. Agar gʻofillik qilsa, oʻzini aldagan anoniyatiga boʻyin egib, Risola-i Nur kulliyotini oʻqimasa, buyuk bir mahrumiyatga duchor boʻladi. Faqat biz idrok qilgan bu muazzam haqiqat qarshisida bashariyatning xaloskori va milliardlab insonlarning ustida boʻlgan bir ma'muri Rabboniyga qanday minnatdor va qarzdor boʻlganimizni ta'rif qilolmaymiz. Yana duo va himmatingiz bilan idrok qilganmizki; Qur'oni Karimning bir moʻ'jiza-i ma'naviyasi boʻlgan horiqo Risola-i Nur kulliyotining bir qatoridan qilgan istifodamizning bir miqdori muqobilini ham toʻlashga kuchimiz yetmaydi. Shuning uchun faqat Janobi Haqqa shunday yolvorishga qaror qildik:
"Yo Rob! Bizni abadiy hibsi munfariddan qutqarib boqiy va sarmadiy bir olamning saodatiga noil qiladigan bir haqoiq xazinasining kalitini Risola-i Nur kabi tengsiz bir asari bilan baxshida qilgan sevgili va mushfiq Ustozimizni zolimlarning va dushmanlarning suiqasdlaridan muhofaza ayla. Qur'on va iymon xizmatida doimo muvaffaq ayla. Unga sihhat va ofiyatlar, uzun umrlar ehson ayla!", deya duo qilamiz.
Ha Ustozimiz Hazratlari! Risola-i Nurni diqqat va tafakkur bilan oʻqish ne'mati uzmosiga noil boʻlgan biz bir qism universitet yoshlari, bir husni zon yoki bir taxmin bilan emas, tahqiqiy va tadqiqiy bir suratda, yengilmas va mustahkam boʻlgan ilmalyaqiyn bir quvvati iymoniya bilan ishonamizki; zamin yuzining bu asrga qadar koʻrmagan bir vahshat va dahshatning sababi boʻlgan dinsizlik va ilhodni, Badiuzzamon oʻrtadan yoʻqotishga inoyati Haq bilan muvaffaq boʻladi.
Bizning bu qanoatimiz sofdilona yoki taxmin bilan emasdir; ilmiy va dalilga mustanid bir tahqiq bilandir. Shuning uchun muoriz boʻlgan ham bu haqiqatni qalban tasdiq qiladi. Duo va shafqat qiling, Qur'on va iymon xizmatida fidoiy boʻlaylik. Risola-i Nurni bir daqiqamizni ham yoʻqotmasdan oʻqiylik, yozaylik, ixlosi tomga muvaffaq boʻlaylik.