Muso hassasi
— 196 —
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
— 197 —
وَ بِه۪ نَسْتَع۪ينُ
(Madina-i Munavvarada boʻlgan muhim bir olimning Badiuzzamon Hazratlarining Tarixcha-i Hayoti uchun yozgan bir "Soʻz Boshi"dir.)

Buyuk Iqbolga oid boʻlgan "Soʻz Boshi"da aytgan edimki: "Buyuklarning tarixi hayotlari oʻqilayotganda, ulviy rivoyatlar aytilib, aziz xotiralari eslanayotganda, inson boshqa bir olamga kirganini his qiladi. Koʻnglini top-toza sevgi hislarining ulviy otashi yoqadi va Ilohiy fayzi chulgʻab oladi. Tarix shunday buyuk insonlar qayd qiladiki, bir qancha buyuklar ularning yonida kichik boʻlib qoladi.

Tarixga sharaflar bergan mardlar eslangan zamon,

Yuksaladi ruh bepoyon olamlarga Yerdan.

Ming iforlar fayzi chulgʻar ruhni qa'ridan,

Goʻyo oʻtmish oralab Jannat gulzorlaridan.

Bu chuqur haqiqatni, "Soʻz Boshi"ni yozarkan, butun azamat va ehtishomi bilan idrok etyapman. Zero, aziz va muhtaram kitobxonlarimizga eng chuqur bir ixlos va samimiyat bilan taqdim qilayotganimiz bu asar, deyarli bir asrga yaqinlashgan uzun va barakali umrining har jabhasi minglab horiqoga sahna boʻlgan, koʻngillar fotihi buyuk Ustoz Badiuzzamon Said Nursiyga, uning bir yuz oʻttiz parchadan iborat boʻlgan Risola-i Nur Kulliyotiga; va axloq va fazilatlari, ixlos va samimiyatlari, iymon va irfonlari bilan hayotning har jabhasida faqat bir oʻlkaga emas, butun insoniyat olamiga top-toza oʻrnaklar berishda davom etayotgan Nur Talabalariga oiddir.

Bir kitobning "Muqaddima"sini oʻsha kitobning xulosasi deya ta'riflaydilar. Holbuki, har mavzui mustaqil bir asarga sigʻmaydigan darajada chuqur va keng boʻlgan bu muazzam kitobning ichidagilarini bunday bir qancha sahifalik muqaddimaga sigʻdirish mumkinmikan?

Bu kunga qadar ojizona yozgan nazmiy va nasriy yozuvlarimning hech birida bunchalik ojizlik va hayrat ichida qolmagan edim. Shu sabab, bu asarni chuqur bir zavq, Ilohiy bir nash'a va joʻshqin bir hayajon bilan oʻqiydiganlar hayratda qolib koʻradilarki; Badiuzzamon bolaligidan beri mustasno bir shaklda yetishgan va butun umri davomida Ilohiy tajalliylarga mazhar boʻlgan oʻzgacha bir olim va mumtoz bir shaxsiyatdir.

Men bu buyuk zotni, asarlarini va talabalarini juda ham chuqur tadqiq qilib, u nur olamida hissan, fikran va ruhan yashagandan keyin, buyuk va eski bir Arab shoirining bir bayti orqali juda ham chuqur bir haqiqatni ifodalaganini tushunib yetdim. "Butun olamni bir shaxsiyatda toʻplash, Janobi Haqqa ogʻir emas..."

— 198 —

Gʻoyasining ulviyatidan, da'vosining ehtishomidan va iymonining azamatidan fayzu ilhom olgan bu qutbning jozibasiga bogʻlanib qolganlarning adadi kundan kunga koʻpaymoqdadir.

Aqllarga hayrat bergan bu ulviy hodisa munkirlarni qahr etgani kabi, moʻ'minlarni ham shod va masrur aylashda davom etyapti.

Iymonli koʻngillarda ma'naviy bir robita holida yashagan bu Ilohiy hodisani buyuk bir mujohid qalblarni vajd ichida qoldirgan bir uslub bilan qarang, qanday ifodalayapti:

"Axloqsizlik chirkofining bir toʻfon holida har tomonga toshib yoyilib, har fazilatni boʻgʻishni boshlagan qora kunlarda uning, ya'ni Badiuzzamonning fayzini bir sir kabi qalbdan qalbga, qarshilik qilish imkonsiz bir hamla holida intiqol etayotganini koʻrish bilan tasalli topyapmiz... Tunlarimiz juda qoraydi va juda qoraygan kechalarning tonglari juda yaqin boʻladi".

Ha, bir sir kabi qalbdan qalbga qarshilik qilish imkonsiz bir holda yoyilib tarqalgan bu nurning mamlakatning har burchagida fayz va ta'sirini koʻrganlar hayrat va dahshatlar ichida soʻrashni boshladilar: "Dovrugʻi mamlakatimizning har tarafini qoplagan bu zot kimdir? Hayoti, asarlari, maslak va mashrabi nedir? Tutgan yoʻli bir tariqatmi, bir jamiyatmi yoki siyosiy bir tashkilotmi?"

Bu bilan ham tugamadi. Darhol ham idoraviy va ham adliyaviy juda muhim kuzatuvlar va juda jiddiy tadqiqlar, uzun va ketma-ket mahkamalar jarayon etdi... Natijada, bu Ilohiy tajalliyning koʻngillar oʻlkasida qurilgan bir "Iymon va Irfon Muassasasi" dan boshda bir narsa boʻlmagani tahaqquq etish bilan adolatning Ilohiy bir suratda tajalliysi shu shaklda zuhur etdi: "Badiuzzamon Said Nursiy va butun Risola-i Nur asarlarining baroati" qarori rasman e'lon qilindi. Va ortiq ruhning moddaga, haqning botilga, nurning zulmatga, iymonning kufrga har zamon gʻalaba qozonishi azaldan abadga oʻzgarmaydigan Ilohiy qonunlarning boshida kelgan bir haqiqat boʻlgani quyoshlar kabi oydinlashdi.

Har qaysi bir iqlimda zuhur etgan bir islohotchining mohiyat va haqiqatini, sadoqat va samimiyatini koʻrsatgan eng haqiqiy me'yor, da'vosini e'lon qilishni boshlagan ilk kunlar bilan muzaffar boʻlgan oxirgi kunlar orasida fardiy va ijtimoiy, uzviy va ruhiy hayotida vujudga kelgan oʻzgarish farqlaridir, deydilar.

Masalan: U odam ilk kunlarda mutavoze, oliyjanob, farogʻat va mahviyatkor, xulosa; butun axloq va fazilat jihatidan jiddiy ravishda oʻrnak boʻlgan gʻoyat pok va nihoyat darajada mumtoz bir shaxsiyat edi. Qaraylikchi, jihodida muzaffar boʻlib hislarda, orzularda, koʻngillarda joy olgandan keyin yana u eski pok va oʻrnak holida qola oldimi? Boʻlmasa, zafar nash'asi bilan bir qancha buyuk hisoblangan kishilar kabi, yeru koʻkka sigʻmay qoldimi?

Xullas, katta-kichik har qanday bir da'vo va gʻoya sohibining mohiyat va haqiqatini, shaxsiyat va huviyatini eng haqiqiy chehrasi bilan aks ettiradigan eng porloq oyna budir.

Tarix boʻyicha bu mudhish imtihonni qozonishning shoh asar misolini, avvalo Paygʻambarlar va ayniqsa Sulton-ul Anbiyo Sallallohu Alayhi Vasallam Hazratlari, soʻngra U zotning xalifa va sahobalari, va ulardan soʻng ularning nurli yoʻlida yurgan buyuk zotlar koʻrsatgandirlar.

— 199 —

Paygʻambar Afandimiz shu

اَلْعُلَمَاءُ وَرَثَةُ الْاَنْبِيَاءِ

ya'ni: "Olimlar Paygʻambarlarning vorislaridirlar" hadisi shariflari bilan olim boʻlishning juda oson bir narsa boʻlmaganini i'jozkor balogʻatlari bilan bayon qilyaptilar.

Zero modomiki bir olim Paygʻambarlarning vorisi ekan, u holda haq va haqiqatning tabligʻ va nashri xususida aynan ular tutgan yoʻldan yurishi lozimdir. Har naqadar bu yoʻl butun togʻ, tosh, loy, shagʻal, jarlik, yanada yomoni ta'qib, tavqif, mahkama, qamoq, zindon, surgun, tajrid, zaharlanish, i'dom dorlari va yana aql va xayolga kelmagan necha ming zulm va iskanjalar bilan toʻla ham boʻlsa...

Xullas, Badiuzzamon yarim asrdan ortiq u muqaddas jihodi bilan butun umri davomida bu qiyin yoʻlda yurgan va qarshisiga chiqqan minglab toʻsiqlarni bir chaqmoq tezligida oshgan va Paygʻambarlarning vorisi boʻlgan bir olim boʻlganini amaliy bir suratda isbotlagan bir zotdir.

Oʻzining ilmi, axloqi, adabi, bir qancha fazilat va maziyatlari orasida meni eng koʻp maftun qilgan narsa; uning u togʻlardan yanada sogʻlom, dengizlardan yanada chuqur, samolardan yanada yuksak va keng boʻlgan iymonidir.

Robbim, u ne muazzam iymon! U ne bitmas va tuganmas sabr! U ne poʻlatdan iroda! Xayol va xotiralarni titratadigan buncha tazyiq, tahdid, ta'zib va iskanjalarga qaramasdan, u ne egilmas bosh, ne boʻgʻilmas ovoz va qanday qisilmas nafasdir!

Buyuk Iqbolning hayajonli she'rlaridan olgan joʻshqin bir ilhom nash'asi bilan bir vaqtlar yozganim "Mujohid" unvonini tashigan bir manzumada, pastdagi misralarni oʻqiganlardan, balki shoirona bir mubolagʻada boʻlganimni aytganlar boʻlgandir.

Lekin shu muqaddimasini yozish bilan sharaflanganim shoh asarni oʻqiganlar, vajd bilan toʻla bir muxlislik bilan anglaydilarki, Allohning qanday qullari bor ekan. Agar bir iymon kamolini topsa, nelar qilar va ne horiqolar tugʻdirarkan.

— 200 —

Bir azm agar iymon toʻla bir qalbga kirsa,

Inson ham u iymondagi soʻnggi sirga erishsa,

Eng ayovsiz oʻlimlar unga zanjir urolmaslar...

Vulqon kabi joʻshqin oqadi, toʻxtatolmaslar...

Robbimdan tushar azmiga quvvat bergan ilhom...

Paygʻambarni tushda koʻrar balki har oqshom...

Faqat nur uning iymon toʻla qalbidagi mehrob,

Qandil boʻlolmas ufqiga dunyodagi mahtob...

Qor, qish demas, choʻchimas, oʻksinmas, ogʻriq sezmas...

Mavsum butun umrida iliq soyali bir yoz...

Jannatdagi olamlarni dunyoda koʻrar-da,

Mahv boʻlsa egilmas aslo togʻlar kabi dardga...

Eng tikka jarliklar kelib atrofini oʻrasa,

Oy botsa, quyosh soʻnsa, ufqlar ham qoraysa,

Koʻklar yiqilib choʻksa, yoʻlidan yana qaytmas!

Ruhidagi iymon bilan yongan mash'ala soʻnmas!..

Qalbida yonar togʻ kabi iymon ne muqaddas!

Vijdonida har on shuni hayqirmoqda bir ovoz:

Ey yoʻlchi! Tong otadi, turma, oldinla.

Zulmatlarga qon yigʻlatadigan mash'alalar bilan...

Yulduzlarga bos, chiq, yuksak olamlarga yuksal!

Insoniyatni qutqarishga Jannatdan tushgan qoʻl!..

— 201 —

Goʻyo bu misralar iymon qahramoni buyuk mujohid Badiuzzamon Hazratlari uchun yozilgandek. Zero bu yuksak sifatlar hammasi uning sifatlaridir. Janobi Haq shu oyati karimada qarang mujohidlarga nimalar va'da qilyapti:

﴿ وَالَّذ۪ينَ جَاهَدُوا ف۪ينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا وَاِنَّ اللّٰهَ لَمَعَ الْمُحْسِن۪ينَ ﴾
Maoli sharifi:

"Bizning yoʻlimizda mujohada qilganlarga mutlaqo yoʻllarimizni koʻrsatamiz. Va hech shubha yoʻqki, Alloh muhsinlar bilan -Allohni koʻrib turgandek ibodat qiladigan mujohidlar bilan- barobardir".

Demakki, iymon va Qur'on yoʻlida jondan va jahondan kechgan mujohidlarga buyuk Alloh haqiqat va hidoyat yoʻllarini koʻrsatishini va'da qilyapti. Xosho, Janobi Haq va'dasidan qaytmaydi.. yetarki, bu azim va'di Ilohiyni ijob ettiradigan shartlar tahaqquq etsin.

Bu oyati karima "Ustoz" ning fe'l-atvor va shaxsiyatini tahlil xususida bizga nurdan bir rahbar boʻladi va u nurning billur nuri ostida ortiq eng nozik chiziqlarni va eng hassos nuqtalarni koʻrib seza olamiz. Zero, modomiki bir inson Janobi Haqning hifz va himoyasida boʻlish ne'matiga mazhar boʻlgan ekan, ortiq u uchun qoʻrquv, andisha, qaygʻu, choʻchish, zerikish va boshqa kabi narsalar bahs mavzusi boʻlolmaydi.

Allohning nuri bilan nurlangan bir koʻngilning samosini qaysi bulutlar qoplay oladi? Har on huzuri Ilohiyda boʻlish baxtiyorligiga erishgan bir qulning ruhini qaysi foniy istak va orzular, qaysi shoʻrlik tavajjuh va iltifotlar va qaysi tuban gʻoya va ehtiroslar qondiradi, taskin va tasalli eta oladi?

Allohdir uning yori, murabbiysi, valiysi;

Yod etgan sari butun nur boʻladi tuygʻusi, hissi!

Yuksalmoqdadir ma'rifat iqlimiga har on,

Oʻzgacha ufqlar ochmoqda ruhiga Qur'on...

«Qur'on» unga yod ettirur "Bazmi Alast"ni.

Oshiq u tajalliyning azaldan beri masti...

Xullas, Badiuzzamon ana shunday horiqolar horiqosi bir inoyatga mazhar boʻlgan muborak bir shaxsiyatdir. Va shuning uchundirki, zindonlar unga bir guliston boʻlgan, u yerdan abadiyatlarning nurli ufqlarini koʻradi. I'dom dorlari bittadan va'z va irshod kursisidir. U yerdan insoniyatga ulviy bir gʻoya yoʻlida sabr va sabot, matonat va jalodat darslarini beradi. Qamoqxonalar bittadan Madrasa-i Yusufiyaga inqilob etadi. U yerga kirarkan, bir professorning universitetga dars berish uchun kirgani kabi kiradi. Zero, u yerdagilar uning fayz va irshodiga muhtoj boʻlgan talabalaridir. Har kun bir nechta yurtdoshning iymonini qutqarish va qotillarni malak kabi bir inson holiga keltirish u uchun dunyolarga almashilmas bir saodatdir.

Bunday bir yuksak iymon va ixlos shuuriga molik boʻlgan inson, hech shubhasizki, zamon va makon mafhumlarining foniylar ustida qoldirgan kichik ta'sirlarni kasif modda olamida qoldirib, ruhi bilan ma'naviyat olamining juda porloq nurlar sochgan ufqlariga yuksalgan bir holdadir.

— 202 —

Buyuk mutasavviflarning (R.A.) Fano filloh, Baqo billoh deya ta'rif va tavsif etganlari yuksak martaba, mana bu qudsiy sharafga noil boʻlishdir.

Ha, har moʻ'minning oʻziga maxsus bir huzur, xushu', tafayyuz, tajarrud va istigʻroq holi bordir. Va har kim iymon va irfoni, saloh va taqvosi, fayz va ma'naviyati nisbatida bu Ilohiy zavqdan fayzyob boʻlishi mumkin. Lekin bu goʻzal hol, bu totli visol va bu oʻxshovsiz zavq; oʻtgan Oyati Karimadagi ehson arbobi boʻlgan u buyuk Mujohidlarda har zamon davom etadi. Va mana ular bu sababdandirki, Mavloni unutish gʻaflatiga tushmaydilar. Nafslari bilan arslonlar kabi butun umrlari davomida kurashadilar. Va hayotlarining har lahzasi eng yuksak taraqqiy va takomul xotiralarini qayd qiladi. Va butun borliqlari u jamol, kamol va jalol sifatlari bilan muttasif boʻlgan Robbul Olaminning rizosida erigan hisoblanadilar.

Mavlo bizlarni ham u baxtiyorlar zumrasiga dohil aylasin, omin.

Yuqoridagi sahifalarda buyuk Ustozning doʻstlarini maftun va hayron qilgani qadar dushmanlarini ham dahshatlar ichida qoldirgan azamatli iymonidan bahs yuritdik. Endi biroz mumtoz shaxsiyati, nurdan bir halqa holida oʻrayotgan ustun maziyatlaridan, axloq va kamolotidan bahs yuritaylik.

Ma'lumki, har shaxsiyatni muxtalif va muayyan maziyatlar qamraydi. Shunga binoan Ustozning shaxsiyatini takvin etgan eng muhim sifatlar shulardir:

Farogʻati:

Bir da'vo sohibining va ayniqsa islohotchining muvaffaqiyat shartlarining eng muhimi farogʻatdir. Zero koʻzlar va koʻngillar bu muhim nuqtani eng nozik bir hassosiyat bilan tadqiq va ta'qib qilishga mayyoldirlar. Ustozning butun hayoti esa, boshdan oyoq farogʻatning shoh asar misollari bilan toʻlib toshmoqdadir.

Alloma Shayx-ul islom Mustafo Sabri Afandi marhumdan farogʻatga oid shunday bir soʻz eshitgan edim: "Islom bugun shunday mujohidlar istaydiki, nafaqat dunyosini, oxiratini ham fido qilishga tayyor boʻlsin".

Buyuk odamdan chiqqan bu buyuk soʻzni toʻliq tushunolmaganim uchun, mutasavviflarning istigʻroq hollarida aytgan asrorli soʻzlarga oʻxshatib, hammaga aytmagan va boʻlar-boʻlmas yerlarda ham ochmagandim.

Qachonki ayni soʻzni Badiuzzamonning otashlar sochgan hayajonli ifodalarida ham oʻqiganimda tushundimki, buyuklarga koʻra farogʻatning oʻlchovi ham kattalashadi... Ha, Islom uchun bu qadar ayanchli bir farogʻatga sabr qilishga rozi boʻlgan mujohidlarni Arhamurrohimin boʻlgan Allohu Zulkarim Taolloh va Taqaddas Hazratlari tashlab qoʻyarmidi? U fidoiy qulini lutfu karamidan, inoyat va marhamatidan mahrum qilish shon-sharafiga, xosho, yarashadimi?

— 203 —

Xullas, Badiuzzamon bu mustasno tajalliyning eng porloq misolidir. Butun umri davomida mujarrad yashadi. Dunyoning butun mashru' lazzatlaridan tamoman mahrum qoldi. Bir uy-joy qilish va u yerda mas'ud bir oila hayoti oʻtkazish savdosiga tushishga vaqt va fursat topolmadi. Faqat, Janobi Haq bu zotga shunday narsalar ehson qildiki, foniy qalamlar bilan ta'rif qilib boʻlmaydigan qadar muazzam va muhtashamdir.

Bugun dunyoda qaysi bir oila raisi ma'nan Badiuzzamon Hazratlari qadar mas'uddir? Qaysi bir ota millionlab avlodga sohib boʻlgandir? Hamda qanday avlodlar!... Va qaysi bir ustoz bu qadar talaba yetishtira olgandir?

Bu qudsiy va ruhiy robita -biiznillohi taolo- dunyolar turgancha turadi va nurdan bir sel holida abadiyatlarga qadar oqib ketadi. Chunki bu Ilohiy da'vo Qur'oni Karimning nur daryosida taballur etgan bir borliq boʻlgani kabi, Qur'ondan chiqqan va Qur'on bilan barobar yashaydi...

Shafqat va Marhamati:

Buyuk ustoz haq va haqiqatni hali bolaligida topgandi. Qalbining faryodini va ruhining munojotini tinglash uchun gʻorlarga berkilgan kunlarida ham ibodat va toatdan, tafakkur va muroqabalardan fayz va huzur olishning zavqiga yetishgan bir "Orifi Billoh" edi.

— 204 —

Lekin zim-ziyo kecha toʻlqinlarini eslatuvchi qoʻrqinch kufr va ilhod qobusining Musulmon dunyosini va natijada mamlakatimizni qoplash arafasida boʻlgan u tahlikali kunlarda yotogʻidan otilgan bir arslon kabi, yonar togʻlarni eslatgan bir hayqiriq bilan jihod maydoniga otildi. Butun rohat va huzurini bu muqaddas da'voga fido qildi. Va mana bu hikmatga binoandirki, oʻsha kundan beri har soʻzi bir parcha lav, har fikri bir otash parchasi boʻlgan. Tushgan koʻngillarni yoqadi, hislarni, fikrlarni alangalantiradi...

Buyuk Ustozning toʻliq bir uzlat va inzivodan soʻngra takror irshod va jamiyat hayotiga otilishi, aynan Imom Gʻazzoliyning hayotida oʻtkazgan u muhim va tarixiy bosqichga oʻxshaydi.

Demakki, Janobi Haq buyuk murshidlarni bunday bir muddat inzivoda tarbiya, tasfiya va tazkiya etgandan keyin tanvir va irshod vazifasi bilan mukallaf qiladi. Va bu sabab bilanki, bir ma-i muqattardan yanada toza va barroq boʻlgan yuraklaridan uzilib kelgan nafaslar qalblarga aks etar-etmas, butunlay oʻzgacha ta'sirlar ijro qiladi...

Arz qilganim kabi, Imom Gʻazzoliyning bundan toʻqqiz yuz yil oldin axloq va fazilat sohasida qilgan futuhotni bu asrda Badiuzzamon iymon va ixlos vodiysida uddalagandir.

Darhaqiqat, Hazrat Ustozni bu mudhish jihod maydonlariga yoʻllagan doimo bu tengsiz shafqat va marhamati boʻlgandir. Va buni shaxsan oʻzidan tinglaylik:

Menga: "Sen unga-bunga nima uchun teginding?" deyaptilar. Bilmadim, qarshimda mudhish bir yongʻin bor.. olovlari koʻklarga yuksalyapti.. ichida avlodim yonyapti.. iymonimga oʻt tushib yonyapti. U yongʻinni soʻndirishga, iymonimni qutqarishga yuguryapman. Yoʻlda bittasi meni chalmoqchi boʻlibdi-da, oyogʻim unga urilgan boʻlsa, nima ahamiyati bor? U mudhish yongʻin qarshisida bu kichik hodisa bir qiymat ifoda qiladimi? Tor tushunchalar, tor fikrlar..."

— 205 —
Istigʻnosi:

Ustozning hayoti davomida jamiyatimizning har tabaqasiga berayotgan minglab istigʻno oʻrnaklari tillarga doston boʻlgan bir ulviyatga sohibdir.

Mosivodan tom ma'nosi bilan istigʻno etib, uzviy va ruhiy butun borligʻi bilan Robbul Olaminning bitmas va tuganmas xazinasiga tayanishni muddati hayotida bir odat emas, goʻyo bir mazhab, mashrab va maslak boʻlib qabul qilgandir. Va bunda ham qancha qimmat tushmasin, sabot etishda hali ham davom qilyapti.

Ishning oʻziga xos tarafi: Bu maslak oʻz shaxsiga munxasir qolmagan, talabalariga ham qudsiy bir mafkura holida intiqol etgandir. Nur daryosida choʻmilish sharafiga mazhar boʻlgan bir Nur talabasining istigʻnosiga hayron boʻlmaslik mumkin emas...

Qarang, Ustoz "Maktubot" unvonini tashigan shoh asarning Ikkinchi Maktubida bu muhim nuqtani olti vajh bilan naqadar asl bir iymon va irfon shuuri bilan izoh qiladilar:

"Birinchisi: Ahli zalolat ahli ilmni; ilmni vosita-i jar qilish bilan ayblaydilar. Ilmni va dinni oʻzlariga madori maishat qiladilar deya insofsizlarcha ularga hujum qiladilar. Shu sababli bularni fe'lan takzib lozimdir.

Ikkinchisi: Nashri haq uchun anbiyoga ittibo qilish bilan mukallafmiz. Qur'oni Hakimda haqni nashr qilganlar:

﴿ اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ * اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ ﴾

deya insonlardan istigʻno koʻrsatganlar ..."

Xullas, Risola-i Nur Kulliyoti mazhar boʻlgan Ilohiy futuhot faqat bu anbiyo maslagida sabot qahramonligining shoh asar misoli va horiquloda natijasidir. Va bu soyada Ustoz izzati ilmiyasini jahonqiymat bir olmos kabi muhofaza qilgan.

Endi harkas u yoʻlda asir boʻlgan maosh, rutba, sarvat va yana necha ming shaxsiy va moddiy manfaatlar bilan aslo aloqasi boʻlmagan bir inson, qanday qilib koʻngillar fotihi boʻlmaydi? Iymonli koʻngillar qanday uning fayz va nuri bilan toʻlmaydi?

— 206 —
Iqtisodchiligi:

Iqtisod bundan avval bahs qilganimiz istigʻnoning tafsir va izohidan boshqa bir narsa emas. Zotan iqtisod saroyiga kira olish uchun, avvalo istigʻno deyilgan eshikdan kirish lozimdir. Bu sabab bilan iqtisod bilan istigʻno lozim bilan malzum kabidir.

Ustoz kabi istigʻno xususida Paygʻambarlarni oʻziga oʻrnak qabul qilgan bir mujohidning iqtisodchiligi oʻzligidan maydonga keladigan qadar tabiiy bir xislat holini oladi va ortiq unga kunda bir kosa shoʻrvo, bir stakan suv va bir parcha non kifoya boʻla oladi. Zero bu buyuk inson buyuk va musnif Fransuz shoiri Lamartning degani kabi: "Yeyish uchun yashamaydi, balki yashash uchun yeydi".

Ustozning mashrab va maslagini tamoman anglagandan keyin ortiq uning yuksak iqtisodchiligini bunday yeyish-ichish kabi oddiy narsalar bilan muqoyasa qilishni koʻp koʻryapman. Zero, bu buyuk insonning yuksak iqtisodchiligini ma'naviy sohalarda tatbiq qilish va moddiy boʻlmagan oʻlchovlar bilan oʻlchash lozim boʻladi.

Masalan: Ustoz bu yuksak iqtisodchilik qudratini yolgʻiz yeyish, ichish, kiyinish kabi oddiy narsalar bilan emas; aksincha fikr, zehn, iste'dod, qobiliyat, vaqt, zamon, nafs va nafas kabi ma'naviy va mujarrad qiymatlarning isrof va zoye qilinmasligi bilan oʻlchagan bir dohiydir. Va butun umri davomida bir fe'l-atvor holida ta'qib qilgan bu talabchan muhosaba va muroqaba usulini butun talabalariga ham talqin qilgandir. Shuning uchun bir Nur talabasiga boʻlar-boʻlmas asarni oʻqittirish va har soʻzni tinglattirish oson bir narsa emas. Zero, uning koʻnglining mihroq nuqtasida yozilgan "Diqqat!" kalimasi eng hassos bir boshqaruv vazifasini bajaradi.

Xullas, Badiuzzamon qudratli bir islohotchi va horiqolar horiqosi bir "Pedagog" - murabbiy boʻlganini yetishtirgan top-toza nasl bilan fe'lan isbot qilgan va iqtisod tarixiga nurdan yogʻdular bilan yozilgan bir atlas sahifa yana ilova qilgan bir nodira-i fitratdir.

Tavozusi va Mahviyatkorligi:

Nur Risolalarining bu qadar horiquloda bir shaklda jahonga yoyilishida bu ikki xislatning koʻp foydasi boʻlgan va juda chuqur ta'sirlari koʻrilgandir.

Chunki Ustoz suhbat va ta'liflarida oʻziga bir "Qutb-ul Orifin" va bir "Gʻavs-ul Vosilin" ziynatini bermagani uchun, koʻngillar unga juda tez isingan, uni top-toza bir samimiyat bilan sevgan va darhol ulviy gʻoyasini qabul qilgandir.

Masalan: Axloq va fazilatga, hikmat va ibratga oid boʻlgan bir qancha suhbat va talqinlarini toʻgʻridan-toʻgʻri nafsiga tavjih etadi. Keskin ve otashin xitoblarining ilk va yagona muxotobi oʻz nafsidir. U yerdan -markazdan atrofga yoyilgandek- butun nur va sururga, saodat va huzurga mushtoq boʻlgan koʻngillarga yoyiladi.

Ustoz xususiy hayotida gʻoyat halim-salim va oliy darajada mutavozedir. Bir fardni emas, hech bir zarraga ozor bermaslik uchun a'zamiy fidokorliklar koʻrsatadi. Cheksiz zahmat va mashaqqatlarga, iztirob va mahrumiyatlarga sabr qiladi... Faqat iymoniga, Qur'oniga tegilmaslik sharti bilan...

Ortiq u zamon qarabsizki, u sokin dengiz toʻlqinlari samolarga yuksalgan bir toʻfon, sohillarga haybat va dahshat sochgan bir ummon kabi boʻladi. Chunki U Qur'oni Karimning sodiq xizmatkori va iymon sarhadlarini qoʻriqlayotgan qahramon va fidoiy bir askaridir. Oʻzi bu haqiqatni vajiz bir jumla bilan shu shaklda ifoda qiladi: "Bir askar navbatchilikda ekan, bosh qoʻmondon ham kelsa, qurolini tashlamaydi. Men ham Qur'onning bir xizmatkori va bir askariman. Vazifa boshida turganimda, qarshimga kim chiqsa chiqsin, haq shudir deyman, boshimni egmayman..."

— 207 —

Vazifa boshida va jihod maydonida ekan, shu misralar lisoni holidir:

Kishnagan bir ot misol, parchalarman qonli yuganni,

Pastkash dushmanlarga, xosho, sotolmayman oʻzligimni...

Oʻzligimdan uzoq boʻlishdir asorat men uchun,

Bunday bir zillatga tushish ne hazin iskanja...

Abadiy vuslatning ishqi bilan oʻtar har onim...

Dasti qudrat bilan qilingan qal'adir iymonim,

Bu muqaddas umidimdan naqadar dilshodman,

Koʻrish istar meni jannatda shahid ajdodim...

Ruhim boʻlgancha muabbad, abadiydir umrim,

Eng buyuk vuslatga Allohga chiqqan yoʻldir oʻlim.

Kitobga kirishishdan avval Ustozni ilmiy, fikriy, tasavvufiy va adabiy jabhalari bilan ham mutolaa qilishni istar edim. Faqat oʻta chuqur va juda shumulli boʻlgan bu mavzularning bir necha sahifa bilan xulosa qilib boʻlmasligini qat'iy bir suratda idrok qilgandan keyin, ortiq nomi oʻtgan mavzular haqida bir necha jumla bilan gapirib oʻtishni munosib deb koʻrdim.

Robbim imkonlar lutf etsa, bu chuqur mavzularni Risola-i Nur Kulliyoti va Nur talabalari bilan birgalikda, buyuk va mustaqil bir asar bilan, tahliliy bir suratda tadqiq va mutolaa qilishni butun ruhim bilan orzu qilaman. Bu xususda buyuk Ustozimizning va aziz qardoshlarimning qiymatli duolarini niyoz aylayman!

— 208 —
Ustozning ilmiy jabhasi:

Marhum Ziyo Posho Shu:

Oynasi ishdir kishining soʻzga qaralmaydi,

Shaxsning koʻrinur rutba-i aqli asarida.

bayti bilan nasldan naslga bir dastur holida intiqol etadigan juda buyuk bir haqiqatni ifoda qilgandir.

Ha, Musulmon irqimizga "Risola-i Nur Kulliyoti" kabi muazzam bir iymon va irfon kutubxonasini hadya qilgan, koʻngillar ustida muqaddas bir nur muassasasi qurgan mumtoz va mustasno zotning qudrati ilmiyasi haqida tafsilotga kirishish, peshin payti quyoshni ta'rif qilish qadar fuzuliy bir ishdir.

Yolgʻiz otashin bir shoirimizning:

Husn borkim, koʻrganingda ixtiyor qoʻldan ketar.

degani kabi, hayotining har lahzasida Ilohiy tajalliylarga mazhar boʻlgan bu muborak zotning ilm va irfonidan, axloq va kamolotidan bahs yuritish insonga butun boshqa bir zavq va Ilohiy bir lazzat beradi. Shuning uchun soʻzni choʻzishdan oʻzimni toʻxtata olmayapman.

Ustoz Risola-i Nur Kulliyotida diniy, ijtimoiy, axloqiy, adabiy, huquqiy, falsafiy va tasavvufiy eng muhim mavzular haqida bahs etgan va hammasida ham horiquloda bir suratda muvaffaq boʻlgandir.

Ishning asl hayrat bergan nuqtasi; bir qancha ulamoning tahlikali yoʻllarga adashib kirgan eng qiyin mavzularni gʻoyat ochiq bir shaklda va eng qat'iy bir suratda hal qilgani kabi, eng girdobli chuqurliklardan Ahli Sunnat va Jamoat tutgan nurli yoʻlni ta'qib qilib sohili salomatga chiqqan va asarlarini oʻqiganlarni ham shunday chiqargandir.

Shu sababli, Risola-i Nur Kulliyotini aziz millatimizning har tabaqasiga kamoli amniyat va samimiyat bilan taqdim qilish bilan sharaflanamiz. Nur Risolalari Qur'oni Karimning nur daryosidan olingan barroq qatralar va hidoyat quyoshidan sizilgan billur shu'lalardir. Shuning uchun, har musulmon zimmasidagi eng muqaddas vazifa, iymonni qutqaradigan bu nurli asarlarning yoyilishiga harakat qilishdir. Zero, tarixda juda koʻp marta koʻrilganki, bir asar qanchalab fardlarning, oilalarning, jamiyatlarning va hisobsiz inson jamoatlarining hidoyat va saodatiga sabab boʻlgandir... Oh! Naqadar baxtiyor u insonki, bir moʻ'min qardoshining iymonining qutulishiga sabab boʻlsa!..

Ustozning Fikriy Jabhasi:

Ma'lumki, har mutafakkirning oʻziga maxsus bir tafakkur tizimi, fikriy hayotida ta'qib qilgan bir gʻoyasi va butun koʻngli bilan bogʻlangan bir "ideali" bordir. Va uning tafakkur tizimidan, gʻoya va idealidan bahs yuritish uchun uzun muqaddimalar sard etiladi. Faqat Badiuzzamonning tafakkur tizimi, gʻoya va ideali, uzun muqaddimalar bilan fe'lan charchamasdan bir jumla bilan xulosa qilinishi mumkin:

Butun samoviy kitoblarning va butun Paygʻambarlarning yagona da'volari boʻlgan "Xoliqi Koinotning uluhiyat va vahdoniyatini e'lon" va bu buyuk da'voni ham ilmiy, mantiqiy va falsafiy dalillar bilan isbot qilishdir.

- U holda, Ustozning mantiq, falsafa va musbat ilmlar bilan ham aloqasi bor ekan-da?

-Ha, mantiq va falsafa Qur'on bilan kelishib haq va haqiqatga xizmat qilganlari muddatcha Ustoz eng buyuk mantiqchi va eng qudratli bir faylasufdir. Muqaddas va jahonshumul da'vosini isbot vodiysida qoʻllagan eng porloq dalillari va eng qat'iy burhonlari Qur'oni Karimning Alloh kalomi boʻlganini har kun bir marta yana isbot va e'lon qilgan "Musbat ilm"dir.

— 209 —

Zotan falsafa, aslida hikmat ma'nosini bildirsa, Vojib-ul Vujud Taolloh va Taqaddas Hazratlarini Zoti Barisiga loyiq sifatlar bilan isbotga harakat qilgan har asar eng buyuk hikmat va u asarning sohibi ham eng buyuk hakimdir.

Xullas, Ustoz ana shunday ilmiy bir yoʻlni, ya'ni Qur'oni Karimning nurli yoʻlini ta'qib qilgani uchun, minglab universitetdagilarning iymonini qutqarish sharafiga mazhar boʻlgandir. Hazratning bu xususda sohib boʻlgan ilmiy, adabiy va falsafiy yana juda koʻp maziyatlari bordir. Faqat ularni asarlaridan misollar keltirib inshaalloh mustaqil bir asarda bayon qilish umididaman. Va minallohit-tavfiq.

Tasavvuf Jabhasi:

Naqshbandiy mashoyixidan har harakatini Paygʻambari Zishon Afandimiz Hazratlarining harakotiga tatbiq qilishga harakat qilgan va buyuk bir olim boʻlgan bir zotdan soʻradim:

-Muhtaram Janob, ulamo bilan mutasavvifa orasidagi kelishmovchilikning sababi nima?

-Ulamo Rasuli Akram Afandimizning ilmiga, mutasavviflar esa amaliga voris boʻlganlar. Xullas bu sababdandirki, Faxri Jahon Afandimizning ham ilmiga va ham amaliga voris boʻlgan bir zotga "Zuljanohayn", ya'ni "Ikki qanotli" aytiladi... Shuning uchun, tariqatdan maqsad, ruxsatlar bilan emas, azimatlar bilan amal qilib axloqi Paygʻambariy bilan axloqlanib, butun ma'naviy xastaliklardan tozalanib, Janobi Haqning rizosida foniy boʻlishdir. Ana shu ulviy darajani qozongan kishilar, shubhasizki ahli haqiqatdirlar. Ya'ni, tariqatdan maqsud va matlub boʻlgan gʻoyaga yetishganlar, demakdir. Faqat bu yuksak martabani qozonish hammaga ham muyassar boʻlolmasligi uchun, buyuklarimiz matlub boʻlgan maqsadga osonlik bilan yetishish uchun, muayyan qoidalar joriy qilgandirlar. Xulosa; tariqat, shariat doirasining ichida bir doiradir. Tariqatdan yiqilgan shariatga tushadi, faqat, ma'azalloh, shariatdan yiqilgan abadiy xusronda qoladi.

Bu buyuk zotning bayonotiga koʻra, Badiuzzamon ochgan nur yoʻli bilan haqiqiy va shaibasiz tasavvuf orasida javhariy hech bir ixtilof yoʻqdir. Har ikkisi ham Rizo-i Bariga va natijada Jannati a'loga va diydori Mavloga etuvchi yoʻllardir.

Shuning uchun, bu asl gʻoyani istihdof qilgan har qanday mutasavvif bir qardoshimizning Risola-i Nur Kulliyotini seva-seva oʻqishiga hech bir mone qolmagani kabi, aksincha, Risola-i Nur tasavvufdagi "muroqaba" doirasini Qur'oni Karim yoʻli bilan kengaytirib, unga yana tafakkur vazifasini eng muhim bir vird sifatida ilova qilgandir.

Ha, insonning koʻziga, koʻngliga butun boshqa ufqlar ochgan bu "Tafakkur" sababi bilan faqat qalbining muroqabasi bilan mashgʻul boʻlgan bir solik, qalbi va butun latoifi bilan birlikda zarralardan kuralarga qadar butun koinotni azamat va ehtishomi bilan sayr va tomosha, muroqaba va mushohada qilib, Janobi Haqning u olamlarda ming bir shaklda tajalliy etayotgan asmo-i husnasini, sifati ulyosini kamoli vajd bilan koʻrib, soʻng soʻngsiz bir ma'badda boʻlganini aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn va haqqalyaqiyn darajasida his qiladi. Chunki ichiga kirgan "Ma'bad" shunday ulugʻ bir ma'baddirki, milliardlarga sigʻmagan jamoatning hammasi ishq va shavq, xushu' va istigʻroqlar ichida Xoliqini zikr qiladi. Otashin, totli va goʻzal lisonlari, sheva, goʻzal ovoz, ohang va bastalari bilan bir ogʻizdan:

سُبْحَانَ اللّٰهِ وَالْحَمْدُ لِلّٰهِ وَلَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَاللّٰهُ اَكْبَرُ

deydilar.

Risola-i Nur ochgan iymon va irfon va Qur'on yoʻlini ta'qib qilgan ana shunday muazzam va muhtasham bir ma'badga kiradi. Har bir odam iymon va irfoni, fayz va ixlosi nisbatida fayzyob boʻladi.

— 210 —
Adabiy Jabhasi:

Eskidan beri lafz va ma'no, uslub va muhtavo jihatidan adiblar va shoirlar, mutafakkirlar va olimlar ikkiga ayrilgandirlar. Bulardan ba'zilari faqat uslub va ifodaga, vazn va qofiyaga qiymat berib, ma'noni ifodaga fido qilganlar. Va bu hol ham oʻzini eng koʻp she'rda koʻrsatadi.

Boshqa jamoat esa eng koʻp ma'no va muhtavoga ahamiyat berib mohiyatni soʻzga qurbon qilmaganlar.

Ortiq Badiuzzamon kabi buyuk bir mutafakkirning adabiy jabhasi bu kichik muqaddima bilan osongina tushuniladi, deb oʻylayman. Zero, ustoz u qiymatli va barakali umrini quloqlarda qoladigan soʻzlarning tanzim va tartibi bilan emas, aksincha qalblarda, ruhlarda, vijdon va fikrlarda qudsiy bir ideal holida insoniyat bilan barobar yashaydigan din hissining, iymon shuurining, axloq va fazilat mafhumining asrlarga, nasllarga talqini bilan mashgʻul boʻlgan bir dohiydir. Ortiq bu qadar ulviy bir gʻoyaning tahaqquqi uchun jondan va jahondan kechgan bir mujohid, juda tabiiydirki, foniy shakllar bilan mashgʻul boʻlolmaydi.

Bu bilan barobar, Ustoz zavq nozikligi, koʻngil hassosiyati, fikr chuqurligi va xayol yuksakligi jihatidan horiquloda deyiladigan darajada adabiy bir qudrat va malakaga sohibdir. Va bu sabab bilan uslub va ifodasi mavzuga koʻra almashadi. Masalan: Ilmiy va falsafiy mavzularda mantiqiy va riyoziy dalillar bilan aqlni qanoatlantirarkan, gʻoyat vajiz tarkiblar qoʻllaydi. Faqat koʻngilni mast qilib, ruhni yuksaltiradigan onlarda ifoda shu qadar barroqlasharki, ta'rif qilib boʻlmaydi. Masalan: Samolardan, quyoshlardan, yulduzlardan, mahtoblardan va ayniqsa bahor olamidan va Janobi Haqning u olamlarda tajalliy etayotgan qudrat va azamatini tasvir qilarkan, uslub shu qadar latif bir shakl oladiki, ortiq har tashbeh eng totli ranglar bilan qamralgan bir lavhani eslatadi.. va har tasvir horiqolar horiqosi bir olamni jonlantiradi.

Xullas, bu hikmatga binoan, bir Nur talabasi Risola-i Nur Kulliyotini mutolaasi bilan, universitetning har qaysi bir fakultetiga mansub boʻlsa ham, hissan, fikran, ruhan, vijdonan va xayolan tom ma'noda qoniqtirilgan boʻladi.

Qanday qoniqtirilmaydiki, Risola-i Nur Kulliyoti Qur'oni Karimning jahonshumul bogʻidan terilgan bir gul dastasidir. Shuning uchun unda u muborak va Ilohiy bogʻning nuri, havosi, ziyosi va ifori bordir...

Ruhning bu ehtiyojin soʻzlar oqqan suvlar,

Qur'onga har zamon basharning ehtiyoji bor...

Ali Ulviy KURUJU