So'zlar
— 245 —

YIGIRMANCHI SOʻZ

Ikki Maqomdan iborat

Birinchi Maqom

﴿ بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ ﴾
﴿ وَاِذْ قُلْنَا لِلْمَلئِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا اِلَّا اِبْلِيسَ ﴾
﴿ اِنَّ اللّهَ يَاْمُرُكُمْ اَنْ تَذْبَحُوا بَقَرَةً ﴾
﴿ ثُمَّ قَسَتْ قُلُوبُكُمْ مِنْ بَعْدِ ذلِكَ فَهِىَ كَالْحِجَارَةِ اَوْ اَشَدُّ قَسْوَةً ﴾

Bir kuni bu oyatlarni oʻqir ekanman Iblisning aldoviga Qur'oni Hakimning fayzidan uch nozik va chuqur maʻno ilhom etildi. Vasvasaning surati quyidagicha:

Dediki: "Siz Qur'onni moʻ'jiza, yana cheksiz balogʻati bor, umum insoniyatga xar doim hidoyat deysiz. Xolbuki, ba'zi juz'iy hodisalarni tarix kabi ta'kidlab takrorlashida qanday ma'no bor? Bir sigirni soʻzyish kabi bir kichik voqeani shu qadar muhim tavsiflar bilan gapirish, hatto oʻsha katta suraga Al-Baqara deb nomlanishida qanday munosabat bor? "Odamga sajda qilish" hodisasi, faqat gʻaybiy amrdir. Aql uni tushunishga yoʻl topa olmaydi. Kuchli iymondan soʻng taslim va shubhasiz ishonishi mumkin. Xolbuki Qur'on umum aql sohiblariga dars beradi. Koʻp joylarda اَفَلَا يَعْقِلُونَ deydi, aqlga havola qiladi. Toshlarning ba'zi tasodifiy tabiiy holatini urgʻu berib bayon qilishida qanday hidoyat bor?"

— 246 —

Ilhom qilingan chuqur maʻnolarning surati quyidagicha:

Birinchi maʻno: Qur'oni Hakimda koʻp kichik hodisalar borki, xar birining orqasida kulliy dastur saqlangan va umumiy qonunning uchi sifatida koʻrsatiladi. عَلَّمَ آدَمَ الْاَسْمَاءَ كُلَّهَا Hazrati Odamning farishtalarga nisbatan xalifalik qobiliyati borligi uchun moʻ'jizasi boʻlgan ismlarni oʻrgatish boʻlib, bu kichik hodisadir. Lekin bu,

bashariyatning iste'dodining qamrovi jihati orqali ta'lim berilgan hadsiz ilmlar,

koinotning turlarini qamragan juda koʻp fanlar,

Xoliqning muqaddas xusuiyatlar va sifatlarini qamragan koʻp bilimlarni ta'lim berish boʻlib,

insoniyatga nafaqat farishtalarga, balki samovot, yer va togʻlar oʻrniga omonati kubro yukini olish da'vosida ustunlik bergan,

Qur'on insonning umumiy yaratilishi orqali "Yerning ma'naviy xalifasi ekanini bildirgani kabi, farishtalarning Odamga sajdasi bilan birga, Shaytonning sajda etmasligi" gʻaybiy kichik hodisa, juda keng koʻringan kulliy dasturning uchi boʻlgani kabi, juda buyuk haqiqatni bildiradi. Bu kuzatilgan buyuk va kulliy dasturning uchi boʻlib:

Qur'on,

Hazrati Odam (a.s.)ning shaxsiga farishtalarning itoat qilishi va boʻyin egishini,

shaytonning takabbur va boʻysunmasligini aytish orqali -

insoniyatga koinotning aksariyat moddiy sinflari va turlarning ma'naviy namoyandalari va vazifa yuklangan maxluqlarining boʻysunganini,

inson ulardan toʻliq foydalanishlariga muhayyo ekanini,

ularning itoat qilishini tushuntirish bilan birga,

maxluqot turining iste'dodlarini buzgan va xato yoʻllarga chorlagan yomon moddalar orqali ularning namoyondalari va yomonlari,

insonning kamolotga yetishish yoʻlida qanday katta toʻsiq va mudxish dushman ekanini eslatib, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon, birgina Odam (A.S.) orqali kichik hodisani aytar ekan, butun koinot va butun insoniyat bilan ulugʻ soʻzlashish amalga oshiryapti.

Ikkinchi Nukta: Misr Qit'asi, qumdan iborat Sahro-i Kabirning bir qismi boʻlgani uchun Muborak Nilning fayzi bilan oʻta maxsuldor ekinzor boʻlgani uchun, jahannam kabi saxro qoʻshniligida shunday jannat misol muborak joyning boʻlgani, ekinchilik va dehqonchilikni insonlarda qattiq ragʻbatlantiruvchi holga keltirgani va ularning tabiatiga shunday joylashgani uchun dehqonchilikni muqaddas va dehqonchilikda ishlatilgan sigir va hoʻkizni muqaddas, balki ma'bud darajasiga chiqargan. Hatto oʻsha davrdagi Misr xalqi hoʻkizga, sigirga ibodat qilish darajasida muqaddaslashtirgan. Oʻsha davrda Bani Isroil ham shu qit'ada yashar edi va mazkur tarbiyadan hissa olgani "ijl" - buzoq voqeasidan anglashilmoqda.

— 247 —

Qur'oni Hakim bir sigirning soʻyilishi orqali Hazrati Muso Alayhissalomning risolati orqali bu millatning xarakteriga oʻrnashgan va iste'dodlariga ta'sir qilgan sigirga sigʻinish e'tiqodini soʻyib oʻldirganini tushuntiryapti.

Bu kichik voqe'a orqali xar doim kulliy dasturni va hammaga oʻta kerakli hikmat darsi ekanini ulugʻ moʻ'jiza bilan bayon qiladi.

Bunga qiyosan bilginki: Qur'oni Hakimda ba'zi tarixiy hodisalar suratida zikr qilingan kichik voqe'alar kulliy dasturlarning uchi hisoblanadi. Hatto koʻp suralarda zikr qilingan va takror etilgan Muso (a.s.) qissasining yetti jumlasiga misol sifatida "Lamaʻat"da Qur'on Iʻjozi Risolasida kichik jumlalarning xar bir juzʻining muhim bir kulliy dasturni ichiga olganini bayon qilganmiz. Istasangiz u risolaga murojaat qiling.

Uchinchi Nukta:
﴿ ثُمَّ قَسَتْ قُلُوبُكُمْ مِنْ بَعْدِ ذلِكَ فَهِىَ كَالْحِجَارَةِ اَوْ اَشَدُّ قَسْوَةً وَاِنَّ مِنَ الْحِجَارَةِ لَمَا يَتَفَجَّرُ مِنْهُ الْاَنْهَارُ وَاِنَّ مِنْهَا لَمَا يَشَّقَّقُ فَيَخْرُجُ مِنْهُ الْمَاءُ وَاِنَّ مِنْهَا لَمَا يَهْبِطُ مِنْ خَشْيَةِ اللّهِ وَمَا اللّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ ﴾

Shu oyatni oʻqir ekanman, vasvasachi aytdiki: "Hammaga ma'lum va oddiy toshlarning fitriy ba'zi tabiiy hollaatlini eng muhim va buyuk masalalar suratida bahs qilishida va bayon etishida qanday ma'no, munosabat va ehtiyoj bor?"

Bu vasvasaga qarshi Qur'on fayzidan shunday nozik va chuqur maʻno ilhom etildi:

Ha, munosabat bor va ehtiyoj bor. Shu daraja buyuk munosabat, muhim ma'no, muazzam va kerakli haqiqat borki, faqat Qur'onning moʻ'jizali qisqaligi, irshod lutfu bilan bir daraja soddalashtirilgan va qisqartirilgan.

Qur'onning tinglovchilari ichida aksariyatni tashkil etgan avomga kulliy haqiqatlarni, chuqur va umumiy dasturlarni, ular odatlangan va kichik suratlar orqali koʻrsatilishni, fikr yuritishi sodda boʻlgan barcha avomga muazzam haqiqatlarning faqat uchlari va sodda bir surati koʻrsatilishini Qur'on iʻjozining bir asosi boʻlgan ijoz-kam soʻzda koʻp maʻno tushuntirishni, odat pardasi orqasi va yer ostida Allohning hayratlanarli tasarruflari qisqacha koʻrsatilishni Qur'on hidoyatining nuri boʻlgan irshod lutfi va anglatish chiroyi taqozo qiladi.

Bu sirga binoan, Qur'oni Hakim bu oyat orqali:

— 248 —

Ey Bani-Isroil va ey Bani-Odam! Sizlarga nima boʻlganki: Qalblaringiz toshdan ham jonsiz va yanada ziyod qattiqlashgan. Zero koʻrmayotirsizmiki, u juda qattiq va juda ham jonsiz va tuproq ostida bir buyuk tabaqa tashkil etgan u katta toshlar shu qadar Ilohiy amrlarga qarshi itoatli va musahhar va Rabboniy ijroot ostida shu qadar yumshoq va amrbardorki, havoda daraxtlarning tashkilida Allohning tasarruflari qay daraja osonlik bilan jarayon etadi.

Xuddi shuning kabi, yer ostida va qattiq, kar toshlarda shu daraja osonlik va intizom bilan, hatto tomirlarda qonning aylanishi kabi intizomli suv ariqlari

{(Izoh) Zamin deyilgan muhtasham va sayyor saroyning poydevori hisoblangan tosh qobiqlrinng Fotiri Zuljalol tarafidan vazifa yuklangan eng muhim uch vazifani bayon qilish faqat Qur'onga yarashadi.

Birinchi vazifasi: Tuproqning Rabboniy qudrat bilan nabototga onalik qilib yetishtirgani kabi, Ilohiy qudrat bilan tosh ham tuproqqa onalik qilib yetishtiradi.

Ikkinchi vazifasi: Zamin tanasida qon aylanishi kabi suvlarning intizomli harakatlanishiga xizmatidir.

Uchinchi fitriy vazifasi: Chashmalar va irmoqlarning, buloq va anhorlarning oʻlchovli intizom bilan chiqish va davom etishiga xazinadorlik qilish. Toshlar butun quvvati bialn va ogʻzi toʻlib oqqan obi hayot suratida zamin yuziga vahdoniyat dalillarini yozib sochadi.}

va suv quvurlari mukammal hikmat bilan toshlarning qarshiligisiz aylanadi.

Qur'on havoda nabotot va daraxtlarning shoxlarining yengillik bilan yoyilishini shu daraja osonlik bilan ildizlarning nozik tomirlarining yer ostidagi toshlari qarshilik koʻrmasdan Ilohiy amr bilan intizom bilan yoyilganiga ishora qiladi va keng haqiqatni shu oyat orqali dars beradi. Bu dars bilan qattiq qalblarga ma'no berib va ramzan aytadiki:

Ey Bani-Isroil va ey Bani Odam! Zaiflik va ojiz holingizda qanday qalbingiz borki, shunday bir zotning amrlariga nisbatan u qalb qattiqlik qilib qarshi turyapti? Xolbuki katta qattiq toshlarning eng katta tabaqasi u Zotning amrlari oldida mukammal itoat bilan qorongʻilikda nozik vazifalarini mukammal ado etmoqda. Itoatsizlik qilmayapti. Balki ular tuproq ustidagi butun tirik mavjudotga obi hayot bilan birga boshqa hayot sabablariga shunday xazinadorlik qilmoqda, shunday adolat bilan taqsimotga sabab boʻlyapti va shunday hikmat bilan ta'minlashga vosita boʻlmoqdaki Hakiymi Zuljalolning qudrat qoʻlida mum kabi va balki havo kabi yumshoq, kuchsiz va qudratining azamatiga nisbatan sajdadadir. Chunki tuproq ustida biz koʻrgan ushbu muntazam san'atli asarlar, hikmatli va inoyatli Ilohiy tasarruflar kabi, zamin ostida ham huddi shuningdek jarayon etadi. Balki hikmatan yanada ajib va intizom bilan yanada gʻarib suratda hikmat va Ilohiy inoyat koʻrinadi.

— 249 —

Qarang! Eng qattiq va hissiz katta toshlar mumdek yaratilishga oid ishlarga yumshoq boʻladi va Ilohiy xodim boʻlgan latif suvlarga, nozik ildizlarga, ipakdek tomirlarga shu daraja kuchsiz va yumshoq boʻladiki, goʻyo oshiq kabi latif va goʻzallar tekkan payt qalbini parchalaydi, ularning yoʻllarida tuproq boʻladi.

Yana وَاِنَّ مِنْهَا لَمَا يَهْبِطُ مِنْ خَشْيَةِ اللّهِ bilan shunday muazzam haqiqatning uchini koʻrsatadiki: "Talabi Ru'yat" voqe'asida mashhur togʻning tajalliy bilan maydalanishi va toshlarining sochilib ketishi kabi, butun roʻyi zaminda asli suvdan muzlagan xuddi butun toshlardan iborat aksar togʻlarning zilzila yoki ba'zi yer hodisalari suratida jaloliy tajalliylar orqali togʻlarning yuksak choʻqqilaridan qoʻrquvga soladigan jaloliy tajalliylarning yuzaga kelishi orqali toshlar parchalanib, bir qismi titilib tuproqqa aylanib, nabototga manba boʻladi. Boshqa bir qismi tosh holida qolib, aylanib daralarga, pastliklarga tarqalib, zaminda yashovchilarning maskani kabi bir qancha ishlarida xizmatkorlik qilib va ba'zi maxfiy hikmatlar va manfaatlar uchun Ilohiy qudrat va hikmatga itoat sajdasi qilib, Subhoniy hikmat dasturlari amriga tayyor holda turadi.

Albatta u qoʻrquvdan yuksak mavqeʻni tark etib kamtarlik bilan past yerlarni ixtiyor qilish va muhim manfaatlarga sabab boʻlish behuda boʻlmasdan, oʻz-oʻzidan va tasodifiy emasligini, balki bir Hakiymi Qodiyrning hakimona tasarruflari orqali, intizomsizlik ichida zohiran koʻzga koʻrinmagan hakimona intizom borligiga dalil shuki, toshlarga bogʻliq foydalar, manfaatlar va ular ustida aylangan togʻning jasadiga kiydirilgan, gul va mevalarning ziynatlari orqali naqshinkor va bezalgan koʻylaklarning mukammal intizomi va goʻzal san'ati qat'iy, shubhasiz guvohlik qiladi.

Ushbu uch oyatning hikmat nuqtai nazaridan naqadar qiymatli ekanini koʻrdingiz. Endi Qur'on bayonining latifligiga va balogʻati moʻ'jizaligini, mazkur buyuk, keng va ahamiyatli haqiqatlarning uchlarini uch parcha ichida uch mashhur va kuzatilgan voqea bilan koʻrsatishini va ibrat olishga boshqa uch hodisani eslatib latif irshod qilishini, qarshi turilmas ogohlantirishini koʻring.

Masalan: Ikkinchi qismda: وَاِنَّ مِنْهَا لَمَا يَشَّقَّقُ فَيَخْرُجُ مِنْهُ الْمَاءُ deydi.

Bu boʻlim orqali Hazrati Muso Alayhissalomning hassasi tekkanda mukammal shavq bilan yorilib oʻn ikki koʻzidan oʻn ikki chashma oqitgan toshga ishora qilib, quyidagi ma'noni anglatadi va ma'nan aytadiki: Ey Bani-Isroil! Musoning (A.S.) bitta moʻ'jizasiga katta toshlar yumshalib, parchalanadi. Yo qoʻrquvidan yoki sevinchidan yigʻlab sel kabi yosh tokdi. Siz qanday insof bilan Musoning (A.S.) butun moʻ'jizalariga qaysarlik qilib yigʻlamasdan, koʻzingiz qup-quruq va qalbingiz qattiqlik qilyapti.

— 250 —

Ham uchinchi qismda: وَاِنَّ مِنْهَا لَمَا يَهْبِطُ مِنْ خَشْيَةِ اللّهِ deydi.

Bu ifoda orqali mashhur Sino Togʻidagi Hz.Musoning (A.S.) munojotida sodir boʻlgan jaloliy tajalliy haybatidan ulkan togʻ parchalanib ketishi va qoʻrquvdan toshlarning atrofga sochilishi voqeasini eslatish orqali quyidagi ma'noni dars beradi:

Ey Muso (A.S.) qavmi! Nega Allohdan qoʻrqmaysizlar? Toshlardan iborat boʻlgan togʻlar Uning qoʻrquvidan maydalanib tarqaladi va sizdan ahd olish uchun ustingizda Tur Togʻini tutganini, "ru'yat talabi" voqe'asida togʻning parchalanishini bilib va koʻrganingizga qaramay, qanday jasorat bilan Uning hashamatidan titramasdan, qalbingizni qattiqlik va sertlikda saqlamoqdasiz?

Birinchi ifodada: وَاِنَّ مِنَ الْحِجَارَةِ لَمَا يَتَفَجَّرُ مِنْهُ الْاَنْهَارُ deydi.

Bu ifoda orqali togʻlardan qaynab chiqqan Muborak Nil, Dijla va Firot kabi irmoqlarni eslatib, toshlarning yaratilishga tegishli ishlarga naqadar gʻaroyib shaklda va moʻ'jizavoriy suratda sazovor va boʻysunganini anglatadi. Bu maʻno orqali uygʻongan qalblarga beradiki:

Bunday azim irmoqlarning haqiqiy manbalari togʻlar boʻlishi albatta mumkin emas. Chunki farazan u togʻlar tamoman suv toʻxtasa va konussimon hovuz boʻlsa, katta daryolarning tez va koʻp oqishda muvozanatni yoʻqotmasdan, bir necha oygina chiday oladi. Koʻp xarajatga koʻpi bilan bir metr tuproqda taʻsir qilgan yomgʻir kirimi yetarli boʻlmaydi. Demak, anhorning qaynab chiqishi oddiy, tabiiy va tasodifiy ish emas. Balki Fotiri Zuljalol juda gʻaroyib suratda ularni gʻayb xazinasidangina oqitmoqda.

Ushbu sirga ishorat qilgan bu ma'noni ifodalash uchun hadisda rivoyat etiladiki: "Uch daryoning xar biriga xar doim Jannatdan tomchi tomadi, shu bois barakatlanadi". Yana bir rivoyatda aytilganki: "Ushbu uch daryoning manbalari Jannatdan keladi". Bu rivoyatning haqiqati quyidagicha:

Modomiki moddiy sabablar ularning bu darajada toʻxtamay qaynab chiqishiga yetarli emas. Albatta manbalari bir gʻayb olamida va yashirin rahmat xazinasidan kelgani uchun, xarajat bilan kirimning muvozanati saqlanadi.

— 251 —

Qur'oni Hakim bu ma'noni eslatib shunday bir dars bermoqda:

Ey Bani Isroil va ey Bani Odam! Qalbingiz qattiqligi va qotib qolib, shunday Zoti Zuljalolning amrlariga qarshi itoatizlik qilyapsiz va shunday Shamsi Sarmadiyning ma'rifat ziyosiga gʻaflat bilan koʻzlaringizni yummoqdasizki, Misringizni Jannatga aylantirgan Muborak Nil kabi katta daryolarni oddiy, jonsiz toshlarning ogʻizlaridan oqitib qudrat moʻ'jizalarini, vahdoniyat shohidlarini katta daryolarning kuchi, yuzaga kelishi va fayzlantirishi darajasida koinotning qalbiga va zaminning aqliga berib, jin va insonlarning qalblari va aqllariga toʻkmoqda. Yana baʻzi hissiz, jonsiz toshlarni ajib tarzda

{(Izoh) Nili Muborak Qamar Togʻidan chiqqani kabi, Dijlaning eng muhim irmogʻi Van Viloyatining Mukus nohiyasidagi bir qoyaning gʻoridan chiqadi. Firotning ham muhim irmogʻi Diyadin taraflarida bir togʻning etagidan chiqadi. Togʻlarning asli xilqatan suv moddasidan muzlagan toshlar ekanini fan aniqlagan. Tasbehoti Nabaviyadan boʻlgan

سُبْحَانَ مَنْ بَسَطَ الْاَرْضَ عَلَى مَاءٍ جَمَدْ

qat'iy dalolat qiladiki: Yer yaratilishining asli quyidagicha: Suvdek modda Ilohiy amr bilan muzlaydi, toshga aylanadi. Tosh Ilohiy izn bilan tuproq boʻladi. Tasbehdagi yer lafzi tuproq demakdir. Demak, suv juda yumshoqdir, ustida turilmaydi. Tosh juda qattiq, undan foydalanilmaydi. Shuning uchun Hakiymi Rahiym tuproqni tosh ustida yoyadi, tirik mavjudotga qarorgoh qiladi.}

qudrat moʻ'jizalariga sazovor qilishi, Quyoshning ziyosi Quyoshni koʻrsatgani kabi, Fotiri Zuljalolni koʻrsatyapti. Lekin nima uchun siz koʻr boʻlib Uning ma'rifat nurini koʻrmayotirsiz?

Ushbu uch haqiqatga qanday bir balogʻat kiydirilganini koʻr. Va irshod balogʻatiga diqqat qil. Bunchalik haroratli irshod balogʻatiga qaysi gʻaflat va qattiqlik qarshi tura oladi, ezilmaydi ajabo?!

Boshdan bu yerga qadar tushungan boʻlsangiz, Qur'oni Hakimning irshodiy iʻjoz yogʻdusini koʻr, Allohga shukr qil.

﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ ﴾
اَللّهُمَّ فَهِّمْنَا اَسْرَارَ الْقُرْآنِ كَمَا تُحِبُّ وَ تَرْضَى وَ وَفِّقْنَا لِخِدْمَتِهِ آمِينَ بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ
اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْقُرْآنُ الْحَكِيمُ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ اَجْمَعِينَ
— 252 —

Yigirmanchi Soʻzning Ikkinchi Maqomi

Paygʻambarlarning Moʻ'jizalarida Porlagan Qur'on Iʻjozining Bir Yogʻdusi
(Oxirdagi Ikki Savol va Ikki Javobga Diqqat qiling.)
﴿ بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ ﴾
﴿ وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا فِى كِتَابٍ مُبِينٍ ﴾

Oʻn toʻrt yil avval, (hozir oʻttiz yildan oshdi) bu oyatning bir siriga doir Ishorat-ul I'joz nomli tafsirimda arabiy matnli mavzu yozgan edim. Hozir nazdimda ahamiyatli istakdagi ikki qardoshim oʻsha mavzuga doir Turk tilida bir oz izoh istadilar. Men ham Janobi Haqning tavfiqiga ishonib, Qur'onning fayziga tayangan holda aytaman:

Bir gapga koʻra Kitobi Mubin Qur'ondan iboratdir. Ichiga hamma hoʻl va quruq narsalarni olganini bu oyati karima bayon etadi. Shundaymi? Ha, hamma narsa uning ichida. Lekin xar kim ichidagi hamma narsani ichida koʻrmaydi. Chunki turli darajalarda boʻladi. Ba'zan urugʻlari, ba'zan danaklari, ba'zan qisqa holda, ba'zan dasturlari, ba'zan belgilari, yo ochiq ravshan yo ishorat va ramz orqali yo yopiq shaklda yoki eslatma tarzida boʻladi. Lekin ehtiyojga koʻra, Qur'on maqsadiga munosib tarzda va maqom taqozosi munosabatida shu holatlarning biri orqali ifoda etiladi. Jumladan:

Basharning san'at va fanda taraqqiyotlarining samarasi hisoblangan san'at ajoyibotlari va fan ning gʻaroyibotlari tayyora, elektr, poyezd, telegraf kabi narsalar vujudga kelgan va inonning moddiy hayotida eng buyuk joy olgan. Albatta umum insoniyatga xitob qilgan Qur'oni Hakim bularni e'tiborsiz qoldirmaydi. Ha, qoldirmagan. Ikki jihat orqali ularga ham ishora qilgan:

— 253 —

Birinchi jihat: Paygʻambarlar Moʻ'jizalari surati orqali.

Ikkinchi qismi: Ba'zi tarixiy voqe'alar suratida ishora qilgan. Jumladan:

﴿ قُتِلَ اَصْحَابُ الْاُخْدُودِ النَّارِ ذَاتِ الْوَقُودِ اِذْ هُمْ عَلَيْهَا قُعُودٌ وَهُمْ عَلَى مَا يَفْعَلُونَ بِالْمُؤْمِنِينَ شُهُودٌ وَمَا نَقَمُوا مِنْهُمْ اِلَّا اَنْ يُؤْمِنُوا بِاللّهِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ ﴾

Shuningdek: {(Izoh1) Bu jumla: Poyezdning Islom olamini asir qilganini, kofirlar u orqali Islomni magʻlub qilganiga ishora qialdi.}

﴿ فِى الْفُلْكِ الْمَشْحُونِ وَخَلَقْنَا لَهُمْ مِنْ مِثْلِهِ مَا يَرْكَبُونَ ﴾

kabi oyatlar orqali poyezdga ishora qilgani kabi,

﴿ اَللّهُ نُورُ السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكَاةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ اَلْمِصْبَاحُ فِى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لَا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِيءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلَى نُورٍ يَهْدِى اللّهُ لِنُورِهِ مَنْ يَشَاءُ ﴾

{(Izoh2)

﴿ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِيءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلَى نُورٍ ﴾

jumlasi oʻsha ramzni yoritadi.}

oyati juda koʻp nurlarga, sirlarga ishora qilish bilan birga elektrga ham ramzi bor.

Ikkinchi qism, koʻp zotlar bu masalalarda izlangani, koʻp diqqat va izohga muhtoj boʻlgani va ham koʻp boʻlgani uchun hozircha poyezd va elektrga ishora qilgan bu oyatlar bilan kifoyalanib, u eshikni ochmayman.

— 254 —

Birinchi qism Paygʻambarlar moʻ'jizalari suratida ishora qiladi. Biz bu qismning ba'zi namunalarni misol sifatida zikr etamiz.

Muqaddima: Qur'oni Hakim anbiyolarni insonning jamoatlariga ma'naviy taraqqiyot jihatida peshqadam va imom qilib yuborgani kabi, insonlarning moddiy taraqqiyoti ham anbiyolarning xar birining qoʻliga ba'zi ajoyibotlar berib yana u insonlarga ustaboshi va ustoz qilgan. Ularga mutlaq ergashishni amr qiladi.

Anbiyolarning ma'naviy kamolotini aytish orqali insonlarni ulardan foydalanishga tashviq qilgani kabi, moʻ'jizalaridan bahs yuritishi ularning oʻxshashlariga yetishishga va taqlid qilishga tashviq qiladi. Hatto aytish mumkinki: Bashariyatga ma'naviy kamolot kabi moddiy kamolot va ajoyibotlarni ham eng avval moʻ'jiza qoʻli hadya qilgan.

Hazrati Nuhning (Alayhissalom) bir moʻ'jizasi boʻlgan kema va Hazrati Yusufning (Alayhissadom) bir moʻ'jizasi boʻlgan soatni insoniyatga eng avval moʻ'jiza qoʻli hadya qilgan. Bu haqiqatga latif bir ishorat shuki: Ustalarning aksariyati xar bir hunarda bir paygʻambarni pir deb qabul qilgan. Masalan kemachilar Hazrati Nuhni (Alayhissalom), soatchilar Hazrati Yusufni (Alayhissalom), tikuvchilar Hazrati Idrisni (Alayhissalom)...

Modomiki Qur'onning xar bir oyatining koʻp irshod shakllari va turli hidoyat jihatlari borligini tadqiq qilganlar va balogʻat ilmi ittifoq qilgan. Shunday ekan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning eng porloq Paygʻambarlar moʻ'jizalari oyatlari tarixiy hikoyalar emas, balki koʻp irshodiy ma'nolarni ichiga oladi.

Ha, Paygʻambarlar moʻ'jizalarini zikr etishi orqali bashariyat fan va san'atining soʻnggi hududini chizadi. Eng yuqori gʻoyalariga ishora qiladi. Eng soʻnggi maqsadini tayin qiladi. Insonning gardaniga tashviq qoʻli bilan urib oʻsha gʻoyaga chorlaydi. Oʻtgan vaqtni kelajak urugʻlarining xazinasi va ishlarining oynasi boʻlgani kabi, istiqbol ham moziyning ekinzori va holatlarining oynasidir. Misol sifatida juda keng manbadan faqat bir nechta namunalarini bayon qilamiz:

Masalan: Hazrati Sulaymon Alayhissalomning bir moʻ'jizasi boʻlgan havoni boʻysundirishni bayon qilgan:

﴿ وَ لِسُلَيْمنَ الرِّيحَ غُدُوُّهَا شَهْرٌ وَرَوَاحُهَا شَهْرٌ ﴾

oyati, "Hazrati Sulaymonning bir kunda havoda uchish orqali ikki oylik masofani bosib oʻtgan" deydi. Bu orqali, insonga havoda masofani bosib oʻtishga yoʻl ochiqligiga ishora qiladi. Shunday ekan ey inson! Modomiki senga yoʻl ochiq ekan, bu martabaga yaqinlash va yetish.

— 255 —

Janobi Haq bu oyatning tili bilan ma'nan: "Ey inson! Bir qulim havoyi nafsini tark etgani uchun havoga mindirdim. Siz ham nafsning tanballigini tashlab ba'zi koinotga oʻrnatgan qonunlarimdan yaxshilab foydalansangiz, siz ham mina olasiz", deydi.

Hazrati Muso Alayhissalomning bir moʻ'jizasini bayon qilgan:

﴿ فَقُلْنَا اضْرِبْ بِعَصَاكَ الْحَجَرَ فَانْفَجَرَتْ مِنْهُ اثْنَتَا عَشْرَةَ عَيْنًا ﴾

oyatning toʻligʻi ishora qiladiki:

Zamin ostoda yashirin rahmat xazinalarini oddiy vositalar bilan olish mumkin. Hatto tosh kabi bir qattiq yerda hassa orqali obi hayotni tortish mumkin. Demak, bu oyat ushbu ma'no bilan insonga: "Rahmatning eng nozik fayzi hisoblangan obi hayotni bir hassa bilan topishingiz mumkin. Shunday ekan qani, harakat qil top!" deydi.

Janobi Haq shu oyatning ramz tili orqali ma'nan: "Ey inson! Modomiki menga tayangan qulimning qoʻliga shunday hassa beryapmanki, u orqali istagan joyida obi hayot chiqaradi. Sen ham mening rahmat qonunlarimga tayansang unga oʻxshash yoki unga yaqin vositani qoʻlga kiritishing mumkin, qani boshla!" deydi. Demak, insoniyat muhim taraqqiyotidan biri asbobning ijodi boʻlib, aksar joylarda urilgan payti suv chiqaradi. Bu oyat undan ham oldin, oxirgi chegara va gʻoyalar hududini chizgan. Avvalgi oyat hozirgi mavjud tayyoradan ham oʻtgan kelajakdagi chegaralarining soʻnggi nuqtalarini tayin etgandir.

Yana masalan: Hazrati Iso Alayhissalomning bir moʻ'jizasiga doir:

﴿ وَاُبْرِئُ الْاَكْمَهَ وَالْاَبْرَصَ وَاُحْيِى الْمَوْتَى بِاِذْنِ اللّهِ ﴾

oyati Qur'on insoniyatni Hazrati Iso Alayhissalomning yuksak axloqiga ergashishga ochiq ravshan tashviq qiladi. Xuddi shuning kabi, qoʻlidagi oliy san'atga va Rabboniy tibga ramzan targʻib etadi. Bu oyat ishora qiladiki: "Eng bedavo dardlarga ham darmon topilishi mumkin. Shunday ekan, ey inson va ey jabrdiyda bani-Odam! Gʻam chekmang. Xar bir dardning (nima boʻlishidan qatʻiy nazar) darmonini toppish mumkin. Qidiringlar, topinglar. Hatto oʻlimga ham vaqtinchalik hayot rangi berish mumkin".

Janobi Haq bu oyatning ishorat tili bilan ma'nan: "Ey inson! Men uchun dunyoni tark etgan bir abdimga ikki hadya berdim. Biri ma'naviy dardlarning darmoni, ikkinchisi moddiy dardlarning davosi. Demak, oʻlgan qalblar hidoyat nuri bilan tiriladi. Oʻlgan kasallar ham uning nafasi va dorisi bilan shifo topadi. Sen ham mening hikmat dorixonamda xar dardingga darmon topasan. Harakat qil, top! Albatta qidirsang topasan", deydi.

— 256 —

Demak, shu oyat basharning hozirgi tibbiyot sohasidagi taraqqiyotidan ancha ilgarilagan chegarani chizmoqda, unga ishora etmoqda va tashviq qilmoqda.

Yana masalan Hazrati Dovud Alayhissalom haqida:

﴿ وَاَلَنَّا لَهُ الْحَدِيدَ ٭ وَآتَيْنَاهُ الْحِكْمَةَ وَفَصْلَ الْخِطَابِ ﴾

Hazrati Sulaymon Alayhissalom haqida:

﴿ وَاَسَلْنَا لَهُ عَيْنَ الْقِطْرِ ﴾

oyatlari ishora qiladiki: Temirni yumshatish eng buyuk Ilohiy ne'mat boʻlib, buyuk paygʻambarining fazlini u orqali koʻrsatmoqda. Temirni yumshatish, ya'ni temirni xamir kabi yumshatish, misni eritish, konlarni topish, chiqarish - insoniyatning butun moddiy sanoatlarining asli, onasi, asosi va ma'danidir. Bu oyat: "Buyuk bir rasulga, zaminning ulugʻ xalifasiga, temirni buyuk moʻ'jiza suratida, katta ne'mat sifatida yumshatish, temirni xamir kabi yumshatish, simdek mayin qilish va misni eritmoq orqali aksar umumiy san'oatlarga asos ekani"ga ishora qiladi.

Modomiki bir rasulga xalifa, ya'ni ham ma'naviy ham moddiy hukmdorga, tiliga hikmat va qoʻliga sanoat bergan. Tilidagi hikmatga ochiq ravshan tashviq qilar ekan, albatta qoʻlidagi sanoatga ham targʻib ishorasi bor. Janobi Haq bu oyatning ishora tili bilan ma'nan:

"Ey bani Odam! Mukallaf boʻlgan amrlarimga itoat etgan qulimning tili va qalbiga shunday hikmat berdimki: Hamma narsani ochiq ravshan ajratib, haqiqatini koʻrsatadi. Qoʻliga shunday sanoat berdimki, mum kabi temirni xar shaklga aylantiradi. Xalifalik va podshohligiga muhim quvvat qoʻlga kiritadi. Modomiki bu mumkin, berilayapti va ahamiyatli, ijtimoiy hayotingizda unga juda muhtoj ekansiz, siz ham koinotda oʻrnatgan qonunlarimga itoat etsangiz, hikmat va sanoat sizga ham berilishi mumkin. Vaqt oʻtishi bilan yetishasiz va yaqinlashasiz", deydi.

Demak, inonning sanoatda taraqqiyoti va moddiy kuch tomonlama eng muhim iqtidorni temirni yumshatish va misni eritish orqali qoʻlga kiritadi. Oyatda mis "qitr" deb ifodalangan. Bu oyatlar umum bashariyatning e'tiborini bu haqiqatga qaratadi va uning naqadar ahamiyatli ekanini baholay olmagan eski davr insonlariga va hozirgi tanballariga shiddat bilan eslatadi.

Yana masalan: Hazrati Sulaymon Alayhissalomga Bilqisning taxtini oldiga olib kelish uchun vazirlaridan narsalarni olib oldiga olib kelish ilmining bir olimi: "Koʻzingizni ochib yopishingizgacha u taxtni oldingiza olib kelaman" degan gʻaroyib hodisaga dalolat qilgan ushbu oyat:

— 257 —
﴿ قَالَ الَّذِى عِنْدَهُ عِلْمٌ مِنَ الْكِتَابِ اَنَا آتِيكَ بِهِ قَبْلَ اَنْ يَرْتَدَّ اِلَيْكَ طَرْفُكَ فَلَمَّا رَآهُ مُسْتَقِرًّا عِنْدَهُ ﴾

toʻliq holda oyat ishora qiladiki:

Uzoq masofalardan narsalarni oʻzini yoki suratan oldiga keltirish mumkin. Risolati ila barobar saltanat ila musharraf boʻlgan Hazrati Sulaymon Alayhissalomning ham gunohsizligiga, hamda adolatiga sabab boʻlish uchun juda keng mamlakatining xar tarafidan bir oʻzi qiyinchiliksiz xabardor boʻlish va xalqining ahvolini koʻrish va dardlarini eshitish uchun moʻ'jiza suratida Janobi Haq ehson etgani maʻlum.

Demak, Janobi Haqqa tayanib Sulaymon Alayhissalomning gunohsiz lisoni bilan istagani kabi, inson iste'dod tili bilan Janobi Haqdan istasa va koinotga oʻrnatgan qonunlari va inoyatiga mos harakat qilsa unga dunyo shaharga aylanadi. Demak, Bilqisning taxti Yamanda boʻlsada, uning oʻzini yoki surati Shomda hozir boʻlgan, koʻrilgan. Albatta, taxt atrofidagi odamlarning suratlari bilan birga ovozlari ham eshitilgan. Demak, uzoq masofada surat va ovozni olib kelishga hashamatli suratda ishora qiladi va ma'nan:

"Ey saltanat sohiblari! Toʻliq adolat qilmoq istasangiz, Hz. Sulaymon kabi roʻyi zaminni atrofi ila koʻrishga va tushunishga tirishingiz. Chunki adolatli bir hokim, bir raiyatparvar podshoh mamlakatining har tarafiga, har istagan payti xabardor boʻlmoq darajasiga chiqmoq ila ma'naviy mas'uliyatdan qutular yoki toʻliq adolat qila olar", deydi. Janobi Haq bu oyatning ishorati tili bilan ma'nan: "Ey bani Odam! Bir qulimga keng mulk berdim. Keng mulkida toʻliq adolat qilishi uchun ahvol va zamin voqealaridan shaxsan oʻzini xabardor qilmoqdaman. Modomiki xar bir insonga fitratan zaminga xalifa boʻlish qobiliyatini bergan ekanman, albatta hikmatim oʻsha qobiliyatga koʻra roʻyi zaminni koʻradigan, qaraydigan, tushunadigan iste'dodini ham berishni taqozo qilgani uchun berganman. Inson oʻsha nuqtaga shaxsan yetishmasada, sinf jihatidan yetisha oladi. Moddatan yetishmasada, avliyolar kabi ma'nan erisha oladi. Shunday ekan, bu azim ne'matdan foydalanishingiz mumkin. Qani koʻraylik sizni, qullik vazifangizni unutmaslik sharti bilan shunday harakat qilingizki, roʻyi zaminni, har biringizga xar tarafni koʻringan va xar burchagidagi ovozlarni eshittirgan bogʻchaga aylantiringlar.

﴿ هُوَ الَّذِى جَعَلَ لَكُمُ الْاَرْضَ ذَلُولًا فَامْشُوا فِى مَنَاكِبِهَا وَكُلُوا مِنْ رِزْقِهِ وَاِلَيْهِ النُّشُورُ ﴾

oyatidagi Rahmonning farmonini tinglang." deydi.

Demak, bu oyat ramzan basharning nozik sanoatlaridan hisoblangan surat va ovozlarni tortish taraqqiyotining oxirgi hududini koʻrsatadi va tashviq qiladi.

— 258 —

Yana masalan: Yana Hazrati Sulaymon Alayhissalom jin va shaytonlar, xabis-yomon ruhlarni amri ostiga olib, yomonliklarini manʻ qilib foydali ishlarda ishlatishini ifodalagan ushbu toʻliq holdagi:

﴿ مُقَرَّنِينَ فِى الْاَصْفَادِ ٭ وَمِنَ الشَّيَاطِينِ مَنْ يَغُوصُونَ لَهُ وَيَعْمَلُونَ عَمَلًا دُونَ ذلِكَ ﴾

oyatlar: "Yerning insondan soʻng eng muhim idrokli yashovchilari hisoblangan jinlar, insonga xizmatkor boʻlishi mumkin. Ular bilan aloqa qilish mumkin. Shaytonlar ham dushmanlikni tashlashga majbur boʻlib, istar-istamas xizmat qilishi mumkin, Janobi Haqning amrlariga boʻysungan bir quliga ularni boʻysundirgan", deydi.

Janobi Haq shu oyatning ramz tili orqali ma'nan: "Ey inson! Menga itoat qilgan bir qulimga jin va shaytonlarni va yomonlarini itoat ettirmoqdaman. Sen ham mening amrimga boʻysunsang, koʻp mavjudot, hatto jin va shayton ham senga boʻysunishi mumkin", deydi.

Demak, bu oyat insonning sanoat va fanning uyushishidan sizib chiqqan, moddiy va ma'naviy favqulodda sezuvchanligidan yuzaga kelgan spiritizm kabi ruhlarni chaqirish va jinlar bilan xabarlashishning eng oxirgi hududini chizmoqda, eng foydali suratlarini tayin etmoqda va unga yoʻlni ham ochmoqda. Lekin hozirgidek, ba'zan oʻziga oʻliklar nomini bergan jinlar, shaytonlar va xabis-yomon ruhlarga boʻysunib, masqara boʻlib oʻyinchoq boʻlish emas, balki maqsad Qur'onning tilsimlari bilan ularni amr ostiga olish, sharrlaridan qutulishdir.

Ruhlarning aks berib koʻrinishiga ishora qilgan Hazrati Sulaymon Alayhissalomning ifritlarni chaqirishi va itoat ettirishiga doir oyatlar va

﴿ فَاَرْسَلْنَا اِلَيْهَا رُوحَنَا فَتَمَثَّلَ لَهَا بَشَرًا سَوِيًّا ﴾

kabi ba'zi oyatlar ruhoniy borliqlarning aks etib koʻrinishiga ishora qilish bilan birga ruhlarni chaqirishga ham ishora qiladi. Lekin ishorat qilingan yaxshi ruhlarning chaqirilishi esa, madaniy insonlarning qilganidek hazil suratida ba'zi oʻyinchoqlarga oʻta jiddiy va jiddiy olamdagi ruhlarga hurmatsizlik qilib, oldiga va oʻyinchoqlarga chaqirish emas, balki jiddiy holatda va jiddiy bir maqsad uchun Muhyiddini Arabiy kabi zotlar istagan payti ruhlar bilan koʻrishgan bir qism avliyolardek ular bilan koʻrishib munosabatga kirishish va ularning oldiga borib olamlariga bir daraja yaqinlashib ruhoniy borliqlardan ma'nan foydalanishdan iborat. Oyatlar bunga ishora qiladi, ishora ichida tashviq qiladi va bu turdagi ishlar va yashirin ilmlarning eng oxirgi hududini chizmoqda va eng goʻzal suratini koʻrsatmoqda.

— 259 —

Ham masalan: Hazrati Dovud Alayhissalomning moʻ'jizalariga doir

﴿ اِنَّا سَخَّرْنَا الْجِبَالَ مَعَهُ يُسَبِّحْنَ بِالْعَشِىِّ وَالْاِشْرَاقِ ٭ يَا جِبَالُ اَوِّبِى مَعَهُ ﴾
﴿ وَالطَّيْرَ وَاَلَنَّا لَهُ الْحَدِيدَ ﴾

va

﴿ عُلِّمْنَا مَنْطِقَ الطَّيْرِ ﴾

oyatlar:

Janobi Haq Hazrati Dovud Alayhissalomning tasbehotiga shunday quvvat, yuksak ovoz va xush ado bergan. Togʻlarni qattiq hayajonga keltirib muazzam grammofon kabi va insonlardek zikrboshining atofida xalqa boʻlib, doira shaklida tasbehot qilganiga dalolat qiladi. Bunday boʻlishi mumkinmi, haqiqatmi ajabo?

Ha haqiqatdir. Gʻor boʻlgan xar bir togʻ har inson va insonning tili bilan toʻtiqushdek aks sado beradi. Chunki aks-sado vositasida togʻning qarshisida "Alhamdulillah" degan paytingiz togʻ ham "Alhamdulillah" deydi. Modomiki togʻlarga bu qobiliyatni Janobi Haq ehson etgan ekan, albatta u qobiliyat yuksaltirilishi va u urugʻ koʻkarishi mumkin.

Hazrati Dovud Alayhissalomga risolati bilan birga roʻyi zamin xalifaligini mustasno suratda berilgani uchun, keng risolat va muazzam saltanatga loyiq moʻ'jiza sifatida oʻsha qobiliyat urugʻini yuksaltganki, juda katta togʻlar askar, shogird, murid kabi Hazrati Dovudga ergashib u zotning tili va amri bilan Xoliqi Zuljalolga tasbehot aytishar edi. Hazrati Dovud Alayhissalom nima desa, ular ham takrorlar edi.

Hozir xabarlashish va aloqa vositalarining koʻpayishi va rivojlanishi sababli hashamatli qoʻmondon togʻlarga tarqalgan azim qoʻshiniga bir onda "Allohu Akbar" dedirgani kabi, katta togʻlarni gapirtiradi, larzaga keltiradi. Modomiki insonning bir qoʻmondoni, togʻlarni u yerdagilarining ovozi orqali majozan gapirtirar ekan, albatta Janobi Haqning hashamatli qoʻmondoni haqiqatda gapirtiradi, tasbehot ayttiradi. Shu bilan birga xar bir togʻning ma'naviy shaxsi ekani va unga munosib tasbeh va ibodatlari borligini eski "Soʻzlar"da bayon qilganmiz.

Demak, xar bir togʻ insonlarning ovoziga aksi-sado siri orqali tasbehot aytagi kabi, oʻz maxsus tili bilan ham Xoliqi Zuljalolga tasbehotlari bordir.

— 260 —
﴿ وَالطَّيْرَ مَحْشُورَةً ٭ عُلِّمْنَا مَنْطِقَ الطَّيْرِ ﴾

jumlalari bilan Hazrati Dovud va Sulaymon Alayhissalomga qushlar sinfining tilini, iste'dodlarining tillarini, ya'ni nima ish qila olishini ularga Janobi Haqning ehson etgan ushbu jumlalar koʻrsatadi. Modomiki bu haqiqat ekan. Modomiki roʻyi zamin Rahmonning bir dasturxoni ekan, inson sharafiga qurilgan ekan, bu dasturxondan foydalangan boshqa hayvonot va qushlarning koʻpi insonga boʻsungan va xizmatkor boʻlishi mumkin. Eng kichiklaridan asal arisi va ipak qurtini xizmat qildirib Ilohiy ilhom ila azim bir foydalanish yoʻlini ochib, kabutarlarni ba'zi ishlarda ishlatib, toʻtiqush kabi qushlarni gapirtirib, bashariyat madaniyatining goʻzalliklariga chiroyli narsalarni qoʻshgani kabi, boshqa qush va hayvonlarning iste'dod tili topilsa, koʻp toifalari borki, qarindoshlari uy hayvonlari kabi muhim ishda ishlatish mumkin. Masalan: Chigirtka ofatining istilosiga qarshi, uni yemasdan yoʻq qilgan qushchalarning tili bilinsa va harakati tartibga solinsa, naqadar foydali xizmatda bepul ishlatish mumkin boʻladi. Bu oyat qushlardan foydalanish va itoat ettirishni, telefon va grammofon kabi jonsizlarni gapirtirishning eng soʻnggi hududini chizmoqda. Eng uzoq nishonini tayin etmoqda. Eng hashamatli suratiga barmoq bilan ishora etmoqda va bir navʻ tashviq qilmoqda. Demak, Janobi Haq bu oyatlarning ramz tili orqali ma'nan:

"Ey insonlar! Menga toʻliq qul boʻlgan sizga oʻxshagan insonga, nubuvvatining maʻsumligiga va saltanatining toʻliq adolatiga sabab boʻlishi uchun mulkimdagi muazzam maxluqotni boʻysundirib gapirtiryapman. Askarlarim va hayvonlarimning koʻpini unga xizmatkor qilib beryapman. Shunday ekan, modomiki xar biringizga osmon, yer va togʻlar koʻtarishdan chekingani "omonati kubro"ni omonat qilib bergan ekanman, zamin xalifasi boʻlish iste'dodini bergan ekanman, Uning mulkidagi maxluqlar ham sizga rom boʻla olishi va ularning tizginlari qoʻlidagi zotning nomiga qoʻlga kiritishingiz va iste'dodlaringizga loyiq maqomga chiqingiz uchun maxluqotning tizgini kimning qoʻlida boʻlsa, Unga rom boʻlishingiz lozim.

Modomiki bu haqiqat ekan, ma'nosiz bir oʻyin-kulgi hisoblangan grammofonni ishlatish, kabutarlar bilan oʻynash, maktub tashish, toʻtiqushlarni gapirtirish oʻrniga eng xush, eng yuksak, eng yuksak ma'sumona oʻyin-kulgiga harakat qilsang, togʻlar senga Hz. Dovud kabi muazzam grammofon boʻlsin va shabada tekkan daraxtlar va nabototning musiqiy torlari kabi zikr ovozlari qulogʻingga keladi. Togʻ minglab tillari bilan tasbehot qilgan maxluqlarning eng hayratlanarli holati xususiyatini koʻrsatadi va aksar qushlar Hudhudi Sulaymoniy kabi munis doʻst yoki mute' xizmatkorga aylanadi. Ham seni xursand qiladi ham komillikka iste'dodli boʻlganing uchun seni shavq bilan chorlaydi. Aytilgan oʻyinlar kabi insonlik taqozo qilgan maqomidan seni tushirmaydi." deydi.

— 261 —

Yana masalan: Hazrati Ibrohim Alayhissalomning bir moʻ'jizasi haqidagi

﴿ قُلْنَا يَا نَارُ كُونِى بَرْدًا وَسَلَامًا عَلَى اِبْرَاهِيمَ ﴾

oyatida uch latif ishora bor:

Birinchisi: Olov ham, turli tuman tabiiy sabablar kabi oʻzi istagi bilan, tabiati bilan, koʻr-koʻrona harakat qilmaydi. Balki amr ostida vazifa bajaradi. Hazrati Ibrohimni (Alayhissalom) yoqmadi. Unga, "Yoqma" deb buyruq berilgan.

Ikkinchisi: Olovning bir darajasi sovuqlik bilan yoqadi. Ya'ni yoqishdek ta'sir qiladi. Janobi Haq, سَلَامًا {(Izoh) Bir tafsirda: سَلَامًا demaganida, sovuqligi bilan yoqar edi, deyiladi.} lafzi bilan sovuqlikka: "Sen ham harorat kabi sovuqliging bilan yoqma" deydi. Demak, oʻsha martabadagi olov sovuqligi bilan yondirgandek ta'sir qiladi. Ham olov, ham sovuqlik boʻladi. Ha, tabiat ilmlarida oq olov holida olovning bir darajasi haroratni atrofiga tarqatmaydi va atrofidagi haroratni oʻziga torgani uchun, bu sovuqlik bilan atrofidagi suv kabi suyuq narsalarni muzlatib, ma'nan sovuqligi bilan yoqadi. Qish chillasi sovuqligi bilan yoqadigan bir tur olov hisoblanadi. Shunday ekan, olovning butun darajalariga va umum turlarini ichiga olgan Jahannam ichida, albatta "Chilla"ning boʻlishi zaruriy.

Uchinchisi: Jahannam otashining ta'sirini manʻ qiladigan va omonlik beradigan iymon kabi ma'naviy modda, Islomiyat kabi zirh boʻlgani kabi, dunyoviy olovning ham ta'sirini yoʻqotadigan moddiy modda bor. Chunki Janobi Haq Hakiym Ismi taqozosi bilan, bu dunyo hikmat yeri boʻlgani uchun, sabablar pardasi ostida ijroot qiladi. Shunday ekan olov Hazrati Ibrohimning jismi bilan koʻylagini ham yoqmadi va unga qarshi chidash holatini berdi. Ibrohimni yoqmagani kabi, koʻylagini ham yoqmadi. Bu ishoraning ramzi bilan b u oyat ma'nan:

— 262 —

"Ey Ibrohim Millati! Moddiy va ma'naviy koʻylaklaringizni eng katta dushmaningiz boʻlgan olovga ham bu yerda ham u yerda zirh boʻlishi uchun Hz. Ibrohim kabi boʻling. Ruhingizga iymonni kiydirib, jahannam oloviga qarshi zirh qilganingiz kabi Janobi Haqning yerda siz uchun saqlagan va tayyorlagan ba'zi moddalari bor. Ular sizni olovning yomonligidan muhofaza qiladi. Qidiringlar, chiqaringlar, kiyinglar". Demak, inonning muhim taraqqiyoti va kashfiyotlari orqali olov yoqmaydigan moddani topgan va chidaydigan bir koʻylak kiygan. Bu oyat, unga javoban naqadar yuksak, latif, goʻzal va abadga qadar yirtilmaydigan "Hanifan Musliman" dastgohida toʻqiladigan koʻylakni koʻrsatadi.

Yana masalan: وَعَلَّمَ آدَمَ الْاَسْمَاءَ كُلَّهَا "Hazrati Odam Alayhissalomning buyuk xalifalik da'vosida eng buyuk moʻ'jizasi ismlarning taʻlimidir" deydi. Boshqa paygʻambarlarning moʻ'jizalari xususiy bashariyat gʻaroyibotlariga ramz qilgani kabi, butun paygʻambarlarning otasi va nubuvvat devonining fotihasi boʻlgan Hazrati Odam Alayhissalomning moʻ'jizasi - bashariyatning umum kamolot va taraqqiyotining soʻnggi nuqtalari va eng rivojlangan choʻqqilariga ochiq-oydin darajasiga yaqin darajada ishora qiladi.

Janobi Haq (Jalla Jalaluhu) bu oyatning ishora tili bilan ma'nan:

"Ey bani Odam! Otangizga, farishtalarga nisbatan xalifalik da'vosida ustunligiga hujjat sifatida, butun ismlarni ta'lim beganman. Siz ham modomiki uning avlodi va iste'dodining vorisi ekansiz, butun ismlarni oʻrganib, "omonati kubro" martabasida, butun maxluqotdan ustunligingizga layoqatingizni koʻrsatishingiz kerak. Chunki koinotda butun maxluqot ustida eng yuksak maqomlarga chiqish va zamin kabi buyuk maxluqlar sizga boʻsungani kabi, sizga oliy martabaga yoʻl ochiq. Qani ilgarilashga otlaning va bir-bir ismini mahkam tuting, chiqing. Otangiz shaytonga bir marta aldandi, jannat kabi bir maqomdan roʻyi zaminga vaqtinchalik tushdi. Diqqat qiling, siz ham taraqqiyotingizda shaytonga ergashib Ilohiy hikmatning samovotidan tabiat zalolatiga yiqilmang. Vaqti-vaqti bilan boshingizni koʻtarib eng goʻzal ismlarga e'tibor berib, samovotga yuksalish uchun, ilm va kamolotingiz manbalari va haqiqatlari boʻlgan Rabboniy ismlarimga chiqing va ularning durbini orqali, qalbingiz bilan Rabbingizga qarashga ilmlaringizni va taraqqiyotingizni narvon qiling.

Muhim bir maʻno va ahamiyatli sir

Bu ajib oyat inson iste'dodining qamrovli boʻlgan butun ilmiy kamolot, fanda taraqqiyot va sun'iy gʻaroyib narsalarni "ismlarning oʻrgatilishi" unvoni bilan ifodalash va ta'bir etishda shunday latif yuksak ramz bor:

Xar bir kamolning, xar bir ilmning, xar bir taraqqiyotning, xar bir fanning oliy bir haqiqati mavjud. U Allohning jalla jalaluhu bir ismiga tayanadi. Juda koʻp pardalari va xar hil koʻrinishlari va farqli doiralari boʻlgan ismga tayanib fan, kamolot, sanoat kamol topar, amalga oshadi. Aksi esa pala-partish suratda nuqsonli bir soya boʻladi.

— 263 —

Masalan: Muhandislik bir fandir. Uning haqiqati va eng oxirgi nuqtasi Janobi Haqning Adl va Muqaddir Ismiga yetishib, muhandislik oynasida u ismning hikmatli jilvalarini hashamati bilan kuzatishdan iborat.

Tibbiyot ham fan, ham san'atdir. Uning oxirgi chegarasi va haqiqati - Hakiymi Mutlaqning Shofiy ismiga tayanib, katta dorixonasi boʻlgan roʻyi zaminda dorilarda rahimona jilvalarini kuzatish orqali tibbiyot kamol topadi, yuzaga chiqadi.

Mavjudotning haqiqatini tishintirgan Tabiat Ilmlari Janobi Haqning (Jalla Jalallohu) "Hakiym Ismi"ning eng buyuk tajalliylarini ashyolarda, manfaatlarida va foydalarida mudabbirligi, murabbiyligini koʻrib u ismga yetishish orqali unga tayansagina hikmat hikmat boʻlishi mumkin. Yoʻqsa yo xurofotga aylanadi, foydasiz narsa boʻladi yoki tabiat falsafasi kabi zalolatga yoʻl ochadi.

Mana senga uch misol. Boshqa kamolot va fanlarni bu uch misolga qiyos qil.

Qur'oni Hakim bu oyat orqali insonni hozirgi taraqqiyotida juda koʻp orqada qolib ketgan eng yuksak nuqtalarga, eng soʻnggi hududiga, eng oxirgi martabalariga gardaniga tashviq qoʻlini urib, barmogʻi bilan u martabalarni koʻrsatib "Qani oldinga" deydi. Bu oyatning eng buyuk xazinasidan hozircha bu javhar bilan qanoatlanib u eshikni yopamiz.

Yana masalan:

Nubuvvat devonining soʻnggisi,

butun anbiyolarning moʻ'jizalari u zotning risolati da'vosiga moʻ'jiza boʻlgan anbiyolarning sarvari,

koinotning faxri va Hazrati Odamga (Alayhissalom) qisqacha ta'lim etilgan butun ismlarning butun martabalari bilan tafsilotiga sazovor boʻlgan (Alayhissalotu Vassalam) yuqoriga haybat bilan barmogʻini koʻtarganda oyni ikkiga boʻlgan va pastga jamol bilan tushirganda oʻn barmogʻidan kavsar kabi suv oqitgan,

ming moʻ'jizalari bilan tasdiqlangan va dastaklangan Muhammad Alayhissalotu Vassalamning eng buyuk moʻ'jizasi boʻlgan Qur'oni Hakimning i'joz tomonining en porlogʻi hisoblanagn haq va haqiqatga doir bayonotidagi ravonlik,

ifodasidagi balogʻat, ma'nolaridagi qamrovlilik, uslublaridagi ulugʻlik va shirinlikni ifodalagan:

﴿ قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلَى اَنْ يَاْتُوا بِمِثْلِ هذَا الْقُرْآنِ لَا يَاْتُونَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا ﴾
— 264 —

kabi koʻp oyati bayyinot -

insonlar va jinning e'tiborini ushbu abadiy moʻ'jizaning iʻjoz tomonining eng zohiriy va eng porloq jihatiga qaratadi.

Butun insonlar va jinga qattiq tegadi. Doʻstlarining shavqini, dushmanlarining oʻjarligini harakatga keltiradi. Azim tashviq, shiddatli targʻib bilan doʻst va dushmanlarni uni oʻxshatishga va taqlidga, ya'ni nazirini keltirish va kalomini unga oʻxshatishga chorlaydi.

Bu suratda moʻ'jizani hammaninh e'tiboriga havola qiladi. Goʻyo insonning bu dunyoga kelishining yagona gʻoyasi u moʻ'jizani moʻljal va dastur qabul qilib, unga qarab, inson yaratilishining natijasiga yetishishdir.

Natija: Boshqa Anbiyolar Alayhimussolamning moʻ'jizalari sanoat gʻaroyiblariga ishora qiladi. Hazrati Odam Alayhissalomning moʻ'jizasi esa sanoat asoslari bilan birga, ilmlar va fanlarning, gʻaroyiblari va kamolotining mundarijasini qisqa suratda ishora qiladi va tashviq etadi. Ammo Hz.Muhammadning (S.A.V.) eng buyuk moʻ'jizasi boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon ismlar oʻrgatilishining haqiqatiga mufassal sazovorligi, haq va haqiqat ilm va fanlarning toʻgʻri moʻljallarini, dunyoviy, uxroviy kamolot va saodatni ochiqcha koʻrsatadi. Juda koʻp azim tashviqot bilan insonni ularga chorlaydi. Quyidagi tarzda chorlaydi, tashviq etadi va tushuntiradi: "Ey inson! Koinotdan buyuk maqsad, rububiyatning koʻrinishiga javoban insonning kulliy qulligidir. Insonning eng ulugʻ gʻoyasi qullikka ilm va kamolot bilan chiqish". Yana shunday suratda ifodalaydiki, u ifoda orqali quyidagicha ishora qiladi:

"Albatta insoniyat qiyomatga yaqin ilm va fanga chuqurlashib boradi. Butun kuchini ilmdan oladi. Hukm va quvvat esa ilmning qoʻliga oʻtadi".

Qur'oni Moʻ'jizul Bayon, Qur'onning ravonlik va balogʻatini takror-takror ilgari surganidan ramzan tushuntiradiki: "Oxirzamonda ilm va fanlarning eng porlogʻi hisoblangan balogʻat va ravonlik butun sinflari bilan eng ragʻbatli holga keladi. Hatto insonlar oʻz fikrlarini bir-birlariga qabul ettirish va hukmlarini bir-biriga ijro ettirish uchun eng oʻtkir qurolini bayondagi ravonlik va qarshi chiqib boʻlmaydigan quvvatini uslub va ifodadagi balogʻatdan oladi."

Xulosa: Qur'onning aksar oyatlari, xar biri kamolot xazinalarining va ilm xazinalarining kalitidir.

— 265 —

Agar istasang Qur'onning samovotiga va oyatlarining yulduzlariga yetishishni, oʻtgan yigirma adad "Soʻzlar"ni yigirma zinali {(Izoh1) Balki oʻttiz uch adad Soʻzlari, oʻttiz uch adad Maktublari, oʻttiz bir Yogʻdulari, oʻn uch Shualari bir yuz yigirma zinalik bir norvondir.} bir narvon qilib chiq. U orqali Qur'onning naqadar porloq quyosh ekanini koʻr. Ilohiy haqiqatlarga va mumkinot haqiqatlarining ustiga qanday sof nur sochayotgani va oydin ziyo yoyayotganiga qara.

Natija: Modomiki paygʻambarlarga tegishli oyatlar hozirgi bashariyat taraqqiyotining gʻaroyib kashfiyotlariga oʻziga koʻra ishora qilish bilan birga, yanada ilgari hududini chizgandek ifoda tarzi bor. Modomiki xar bir oyatning koʻp ma'nolarga dalolati shubhasiz, balki bir ovozdan tasdiqlangan. Modomiki anbiyolarga ergashish va iqtido qilishga doir mutlaq amrlar bor ekan, mazkur oyatlarning ochiq ma'nolariga dalolat qilish bilan birga, muhim sanoat va bashariyat ilmlariga ishoriy tarzda dalolat qiladi, tashviq qilyapti deyish mumkin.

Ikki Muhim Savolga
Ikki Muhim Javob

Birinchisi: Agar: "Modomiki Qur'on inson uchun nozil boʻlgan. Nima uchun inson nazdida eng muhim madaniyat gʻaroyibotlarini ochiq ravshan aytmaydi? Yashirin ramz bilan, xufyona imo orqali, yengil ishora bilan, kichik hotirlatish bilan qanoatlanadi?"

Javob: Chunki Qur'oniy bahsda bashariyat madaniyati gʻaroyibotlarining haqqi bu qadar boʻlishi mumkin. Chunki Qur'onning asl vazifasi: Rububiyat doirasining kamoloti, foliyati, qulklik doirasining vazifalari va holatlarini ta'lim berishdan iborat. Shunday ekan bashariyat gʻaroyibotlarining bu ikki doirada haqqi faqat zaif ramz, yengil ishora holida boʻlishi mumkin. Chunki ular rububiyat doirasidan haqlarini istasa, juda oz haq oladi.

Masalan, inson tayyorasi {(Izoh2) Shu jiddiy masalani yozarkan ixtiyorsiz boʻlib, qalamim uslubini shu latif latifaga oʻgirdi. Men ham qalamimni erkin qoldirdim. Umid etamanki, uslubning latifaligi masalaning jiddiyatiga xalal bermas.} Qur'onga: "Menga gap gapirish haqqi ber, oyatingda bir joy ber." desa, albatta u rububiyat doirasining tayyoralari boʻlgan Sayyoralar, Arz, Qamar Qur'on nomidan: "Bu yerda miqdoring qadar joy olishing mumkin" deydi.

Agar insonning suv osti kemalari Qur'on oyatlaridan joy istasa, u doiraning suv osti kemalari (ya'ni, havo okeanida va efir dengizida suzgan) zamin va yulduzlar unga: "Yonimizda senga joy koʻrinmaydigan darajada oz", deb javob beradi.

Agar elektrning porloq, yulduzmisol chiroqlari gap gapirish haqqi istab, oyatlarga kirishni istasa, u doiraning elektr chiroqlari hisoblangan chaqmoq, dumli yulduzlar va osmonni ziynatlagan yulduzlar va chiroqlar: "Nuring nisbatida mavzu va bayonga kirishing mumkin", deydi.

— 266 —

Agar madaniyat gʻaroyibotlari, nozik san'atlar haqini istasa va oyatlardan joy talab qilsa, bitta pashsha ularga "Jim boʻling" deydi. "Mening bir qanotimchalik haqqingiz yoʻq. Chunki sizdagi, insonning juz'iy ixtiyori bilan qoʻlga kiritilgan butun nozik san'atlar va barcha nozik jihozlar toʻplansa, mening kichkina vujudimdagi nozik san'at va nozanin jihozlar qadar ajib boʻla olmaydi.

﴿ اِنَّ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللّهِ لَنْ يَخْلُقُوا ذُبَابًا وَلَوِ اجْتَمَعُوا لَهُ ﴾

oyatning toʻligʻi sizning ovozingizni oʻchiradi".

Agar gʻaroyibotlar qullik doirasiga borib, u doiradan haqini istasa u doiradan shunday javob oladilarki: "Sizning biz bilan munosabatingiz juda kam va doiramizga osonlikcha kira olmaysiz. Chunki dasturimiz quyidagicha: Dunyo bir musofirxonadir. Inson esa unda oz turadi, vazifasi koʻp bir musofirdir, qisqa umrda abadiy hayotga lozim boʻlgan kerakli narsalarni qoʻlga kiritish vazifasi yuklangan. Eng ahamiyatli va eng zaruriy ishlar taqdim etiladi. Lekin sizning holatingiz aksariyat insonlar qarashiga koʻra bu foniy dunyoni abadiy joy tasavvuri va gʻaflat pardasi ostida, dunyoparastlik hissi bilan ishlangan suratda kuzatilmoqda. Shunday ekan, faqat Aallohga qullik qilish va oxiratni oʻylash asoslari ustiga qurilgan qillikdan hissangiz juda ozdir. Lekin agar qiymatli ibodat boʻlgan faqat Alloh (Jalla Jalaluhu) qullarining manfaati uchun, umumiy manfaatlarga, umumiy osoyishtalikka va ijtimoiy hayotning kamoliga xizmat qilgan, albatta orqangizda va ichingizda ozchilik tashkil etgan muhtaram ustalar va ilhom qilingan kashfiyotchilar boʻlsa, sezgir kishilarga Qur'oniy ramz va ishora sa'y-gʻayratga tashviq va hunarlarini taqdir qilish uchun haqiqatdan kifoya va yetarli".

Ikkinchi savolga javob: Agar: "Hozir bu tahqiqotdan soʻng shubham qolmadi va tasdiq etdimki, Qur'onda boshqa haqiqatlar bilan birga, hozirgi madaniyatning gʻaroyibotlariga va balki yanada yuqori marralariga ishora va ramz bor ekan, inson saodatiga kerak boʻlgan dunyoviy va uxroviy hamma narsa qiymati nisbatida mavjud. Lekin nima uchun Qur'on oʻjar kofirlar ham tasdiqqa majbur boʻlishi, qalbimiz taskin topishi uchun ularni ochiqchasiga zikr qilmaydi?

— 267 —

Javob: Din bir imtihondir. Oliy ruhlar ila yomon ruhlar musobaqa maydonida bir-biridan ayrilishi uchun Allohning taklifi tajribasidir. Qandayki ma'dan olovga qoʻyilganda olmos bilan koʻmir, oltin bilan tuproq bir-biridan ayrilgani kabi, ushbu imtihon uyidagi Ilohiy takliflar sinovdir va musobaqaga chorlashdan iborat, bashar iste'dodi ma'danidagi oliy javharlar bilan past moddalar bir-biridan ayrilishi kerak.

Modomiki Qur'on bu imtihon uyida bir tajriba suratida, musobaqa maydonida insonning komillikka yetishi uchun nozil boʻlgan. Albatta bu dunyoviy va hammaga koʻrinadigan kelajakka oid gʻaybiy ishlarga faqat ishora qiladi va hujjatini isbotlaydigan darajada aqlga eshik ochadi. Agar yaqqol zikr qilsa, «taklif siri» buziladi. Xuddi osmondagi yulduzlar bilan ochiq oydin "La ilaha illalloh" yozish kabi yaqqollikka kiradi. Unday boʻlsa hamma istar-istamas tasdiqlaydi. Musobaqa boʻlmaydi, imtihon buziladi. Koʻmirdek ruh bilan olmosdek ruh {(Izoh3) Abu Jahli Lain bilan Abu Bakri Siddiq teng koʻrinadi. Taklif siri zoye boʻladi.} birga qoladi.

Natija: Qur'oni Hakim hakimdir. Hamma narsaga qiymati nisbatida joy beradi. Qur'on, bir ming uch yuz yil avval kelajak zulmatida yashirin, gʻaybiy natijalar, insoniy taraqqiyotni koʻradi. Biz ham koʻrganimiz ham koʻrishimiz sababli goʻzal suratda koʻrsatadi. Demak Qur'on, butun zamonlarni va ichidagi butun narsalarni bir onda koʻradigan bir zotning kalomidir.

Mana Paygʻambarlar moʻ'jizalari yuzida porlagan Qur'on Moʻ'jizaligining yogʻdusi...

اَللّهُمَّ فَهِّمْنَا اَسْرَارَ الْقُرْآنِ وَ وَفِّقْنَا لِخِدْمَتِهِ فِى كُلِّ آنٍ وَ زَمَانٍ
﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ ﴾
﴿ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَا اِنْ نَسِينَا اَوْ اَخْطَاْنَا ﴾
— 268 —
اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ وَ بَارِكْ وَ كَرِّمْ عَلَى سَيِّدِنَا وَ مَوْلَينَا مُحَمَّدٍ عَبْدِكَ وَ نَبِيِّكَ وَ رَسُولِكَ النَّبِىِّ الْاُمِّىِّ وَ عَلَى آلِهِ وَ اَصْحَابِهِ وَ اَزْوَاجِهِ وَ ذُرِّيَّاتِهِ وَ عَلَى النَّبِيِّنَ وَ الْمُرْسَلِينَ وَ الْمَلئِكَةِ الْمُقَرَّبِينَ وَ الْاَوْلِيَاءِ وَ الصَّالِحِينَ اَفْضَلَ صَلَاةٍ وَ اَزْكَى سَلَامٍ وَ اَنْمَى بَرَكَاتٍ بِعَدَدِ سُوَرِ الْقُرْآنِ وَ آيَاتِهِ وَ حُرُوفِهِ وَ كَلِمَاتِهِ وَ مَعَانِيهِ وَ اِشَارَاتِهِ وَ رُمُوزِهِ وَ دَلَالَاتِهِ وَاغْفِرْلَنَا وَارْحَمْنَا وَ الْطُفْ بِنَا يَا اِلهَنَا يَا خَالِقَنَا بِكُلِّ صَلَاةٍ مِنْهَا بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ وَ الْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ آمِينَ