So'zlar
— 235 —

OʻN TOʻQQIZINCHI SOʻZ

Risolati Ahmadiyaga Doir
وَ مَا مَدَحْتُ مُحَمَّدًا بِمَقَالَتِى ٭ وَ لكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَتِى بِمُحَمَّدٍ (ع.ص.م)

Ha, bu soʻz goʻzaldir. Lekin uni goʻzallashtirgan, goʻzallarning goʻzali boʻlgan Muhammadiy vasflardir.

"Oʻn toʻrt Rashahot"ni ichiga olgan Oʻn Toʻrtinchi Yogʻduning

BIRINCHI RASHXASI: Robbimizni bizga ta'rif qilgan uch buyuk, umumiy taʻrif qiluvchi bor.

Biri: Ushbu koinot kitobi boʻlib, bir oz shohidligini oʻn uch yogʻdu orqali Nur Risolasidan Oʻn Uchinchi Darsdan eshitdik.

Boshqasi: Ushbu katta kitobning buyuk oyati boʻlgan Xotam-ul Anbiyo Alayhissolatu Vassalamdir.

Keyingisi - Qur'oni Azimushshondir.

Demak ikkinchi notiq burhoni boʻlgan Xotam-ul Anbiyo Alayhissolatu Vassalamni tanishimiz, tinglashimiz lozim.

Ha, u burhonning ma'naviy shaxsiga qara:

Yer yuzi bir masjid, Makka mehrob, Madina minbar, Oʻzlari ochiq burhon boʻlgan Paygʻambarimiz Alayhissolatu Vassalam -

barcha ahli iymonga imom,

butun insonlarga xatib,

butun anbiyolarga rais,

hamma avliyoga sayyid,

butun anbiyo va avliyodan tarkib topgan zikr halqasining zikrboshisi,

butun anbiyolar hayotdor ildizlari, butun avliyolar tarovatdor samaralari boʻlgan nuroniy daraxt boʻlib, xar bir da'vosini, moʻ'jizalariga tayangan butun anbiyolar, karomatlariga ishongan butun avliyolar tasdiqlab imzo qoʻymoqda.

Zero U zot لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deydilar, da'vo qiladilar. Butun oʻng va chap, ya'ni oʻtmish va kelajak taraflarida saf tortgan nuroniy zikr qiluvchilar ayni soʻzni takrorlab, bir ovozdan ma'nan «Sodaqta va bil haqqi nataqta» deydi. Bu hisobsiz imzolar bilan tasdiqlangan iddaoga tumshuq suqishga qanday tushunchaning haddi bor.

— 236 —

IKKINCHI RASHXA: U nuroniy tavhid burhoni,

ikki qanotning ijmo' va tavoturi orqali tasdiqlangani kabi, Tavrot va Injil kabi Samoviy Kitoblarning {(Hoshiya) U kitoblardan Husayn Jisriy "Risola-i Hamidiya"sida bir yuz oʻn toʻrt ishoratlarni chiqargan. Tahrif-oʻzgartirilgandan keyin bunchasi topilsa, albatta undan avval koʻplab ochiq oydin xabarlar boʻlgan.} yuzlab ishoratlari,

irhosotning minglab ramzlari,

hatiflarning mashhur bashoratlari,

kohinlarning mutavotir shahodatlari,

Shaqqi Qamar - oyning boʻlinishi kabi minglab moʻ'jizalarning dalolatlari,

shariatning haqqoniyati bilan toʻgriligini bildirib tasdiq etganlari kabi,

U zotda oʻta mukammal maqtalgan axloqi,

vazifasida oʻta goʻzalligi kuzatilgan juda qiymatli va yukak xulqi,

mukammal ishonchi,

iymonining quvvati,

juda osoyishtaligi,

oʻta durustligini koʻrsatgan favqulotda taqvosi, favqulotda qulligi, favqulotda jiddiyati, favqulotda matonati -

oʻz da'vosiga oʻta sodiq ekanini quyoshdek oshkora koʻrsatadi.

UCHINCHI RASHXA: Agar xohlasang kel, Asri Saodatga, Jazirat-ul Arabga boramiz. Hayolan, uni vazifasining boshida koʻrib ziyorat qilamiz. Mana qara: Husni siyrat va jamoli surat bilan mumtoz bir zotni koʻryapmizki: Qoʻlida moʻ'jizali kitob, tilida haqiqatlarni bilgan xitob, butun bani Odamga, balki jin va insonlarga, farishtalarga, balki butun mavjudotga azaliy xutbani yetkazyapti. Olamning yaratilish xilqati boʻlgan ajib topishmogʻini hal va sharh qilib koinot siri boʻlgan qulflanfan topishmoqni ochib kashf qiladi, butun mavjudotdan soʻralgan, butun mutafakkirlarni hayratda mashgʻul qilgan uch qiyin va daxshatli azim savol hisoblangan "Kimsan", "Qayerdan kelyapsan?", "Qayerga ketyapsan?" savollariga ishontiradigan, maqbul javob beryapti.

TOʻRTINCHI RASHXA: Qara! Shunday bir haqiqat ziyosi yoyadiki: Agar koinotga U zotning nuroniy haqiqat doirasining irshodining xorijida qarasang, albatta koinotning shaklini umumiy motamxona suratida, mavjudotni bir-biriga begona balki dushman, jonsiz narsalarni daxshatli mayyit, butun jonlilarni zavol toppish va firoq ta'ziri bilan yigʻlayotgan yetimlar shaklida koʻrasan. Endi qara: U zot tarqatgan nur orqali umumiy motamxona, shavqu jazava ichida zikrxonaga aylandi. Begona, dushman mavjudotlar bir-birga doʻst va qardoshga aylandi. Oʻlik va jonsiz mavjudotlar sevimli xodim, amrga tobe' xizmatkorga aylandi. Yigʻlayotgan, shikoyat qiluvchi, hech kimi yoʻq yetimlar, tasbeh aytayotgan zokir yoki vazifasidan nafaqaga chiqqan shokir suratiga kirdi.

— 237 —

BESHINCHI RASHXA: U nur bilan koinotdagi harakatlar, turlarga ajralish, oʻzgarish, almashishlar ma'nosizlikdan, bemaqsadlikdan va tasodif oʻyinchogʻ boʻlishdan chiqib Rabboniy maktublarga, yaratilishga oid dalillarning sahifasiga, Asmo-i Husnaning oynalari darajasiga, olam esa Samadoniy hikmat kitobi martabasiga chiqdi. Insonni butun hayvonlardan ham past darajaga tushirgan cheksiz zaifligi va ojizligi, faqirligi va ehtiyojlari, butun hayvonlardan ham badbaxt qiladigan, huzn, azob va gʻam tashuvchi vositasi hisoblangan aqli, u nur orqali yorishgan vaqti, inson butun hayvonot, butun maxluqotning ustiga chiqadi. Nurlangan ojizlik, faqirlik aql orqali, duo bilan nozanin sulton va yigʻi bilan yerdagi nozli xalifa boʻladi. Demak, u nur boʻlmasa, koinot ham, inson ham, hatto hamma narsa yoʻqlikka tushadi. Albatta bunday tenggi yoʻq koinotga shunday zot lozimdir. Yoʻqsa koinot va olamlar boʻlmasligi kerak.

OLTINCHI RASHXA: U zot, abadiy saodatning xabarchisi, mujdachisi, benihoy rahmatning kashf qiluvchisi, e'lon qiluvchisi, Rububiyat saltanati goʻzalliklarining dalloli, tomoshabini, Asmoi Husna xazinalarini kashf qiluvchisi, koʻrsatuvchisidir. Qulligi jihatida qarasang u zotni muhabbat misoli, rahmat timsoli, insoniyat sharafi, yaratilishning eng nuroniy samarasi ekanini koʻrasan. Risolati jihatidan qarasang Haqning burhoni, haqiqat nuri, hidoyat quyoshi, saodat vositasi ekanini koʻrasan. Koʻz qamashtiradigan chaqmoq kabi u zotning nuri, sharqdan gʻarbgacha hammayoqni tutdi, yer yuzining yarmi va insoniyatning beshdan biri, u kishining hidoyat hadyasini qabul qilib, bagʻriga bosib jonidek asradi. Bunday zotning butun da'volarining asosi boʻlgan "La Ilaha Illalloh"ni butun martabalari bilan birga qabul qilmagan bizning nafs va shaytonimizga nima boʻlyapti?

YETTINCHI RASHXA: Qara: Ushbu keng jazirada vahshiy, odatlariga mutaassib, turli tuman qaysar qavmlarni, qanchalik tez odatlari va yomon vaxshiy axloqlarini kutilmaganda chiqarib tashlab, butun chiroyli axloq bilan bezab butun olamga muallim va madaniy millatlarga ustoz ayladi. Qara! Zohiriy bir bosim orqali emas, balki aqllarni, ruhlarni, qalblarni, nafslarni fath qildi va boʻysundirdi. Qalblarning mahbubi, aqllarning muallimi, nafslarning murabbiyi, jonlarning sultoni boʻldi.

SAKKIZINCHI RASHXA: Kichik qavmda buyuk bir hukmdor tamaki kabi kichik bir odatni katta gʻayrat sarflab tag-tugi bilan zoʻrgʻa yoʻqota olishini bilasan. Xolbuki, bu zot, katta va koʻp odatlarni ham qaysar, katta mutaassib qavmlardan, zohiriy kichik kuch bilan, kichik himmat bilan, qisqa vaqtda olib tashlab, oʻrniga oliy fazilatlarni, qoni va hislariga aralashib ketgan darajada sobit oʻrnatdi va mahkamladi. Bu kabi yana juda koʻp gʻaroyib ishlar qilyapti. Demak, Asri Saodatni koʻrmaganlarga Jaziratul Arabni koʻzlariga tiqamiz. Mayli, yuzlab faylasuflarni olsin, u yerga borsin, yuz yil ishlashsin. Ajabo, u zotning, oʻsha davrga nisbatan bir yilda qilgan ishining yuzdan birini qila olishadimi?

— 238 —

TOʻQQIZINCHI RASHXA: Kichik bir odam, kichik hurmati bilan, kichik jamoatda, kichik bir masalada, tortishilgan da'voda uyalmay, parvosiz, kichik, lekin xijolatli yolgʻonni, dushmanlari yonida hiylasini his qildirmaydigan darajada taʻsirlanmay va xavotirini koʻrsatmasdan ayta olmasligini bilasan. Endi bu zotga qara. Juda buyuk vazifada, juda buyuk vazifa egasi, juda katta hurmat bilan, juda buyuk ishonchga muhtoj holda, juda katta jamoatda, juda katta xusumat oldida, juda ulkan masalalarda, juda buyuk da'voda, oʻta erkinlik bilan, beparvo, ikkilanmay, uyalmasdan, xavotirsiz, samimiy poklik bilan, oʻta jiddiyat bilan, dushmanlariga ogʻir botadigan shiddatli, aytgan ulugi soʻzlarida biror xilof boʻlishi mumkinmi?! Hech hiyla aralashishi mumkinmi?! Aslo! اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحٰى

Ha, haq aldamaydi, durust odam aldanmaydi. Haq boʻlgan maslagi hiyladan pok boʻladi, durust odamni chalgʻitishga, haqiqat bolʻib koʻrinishga, aldashga xayolning qanday haddi bor?!

OʻNINCHI RASHXA: Naqadar qiziq, naqadar jozibador, naqadar kerakli, naqadar buyuk haqiqatlarni koʻrsatadi va masalalarni isbotlashini koʻr.

Bilasanki, insonni eng koʻp harakatga keltiradigan narsa qiziqishdir. Agar bir kishi senga: "Yarim umringni, yarim molingni bersang, Oy va Mushtariy yulduzidan bir kishi keladi, u yerda nima bor nima yoʻqligini holatlarini aytadi. Toʻgʻri shaklda kelejagini va boshingga nima kelishini toʻgʻri xabarini beradi", desa. Qiziqsang, berasan. Xolbuki bu kishi shunday bir Sultonning xabarlarini aytayapti: U zotning yurtida oy bir chivin kabi bir parvona boʻlib atrofida aylanadi. Parvona yer esa, chiroq atrofida parvoz etadi chiroq boʻlgan Quyosh esa, Sultonning minglab manzillaridan bir musofirxonasida minglab chiroqlar ichida bir chirogʻidir. Yana shunday ajoyib olamdan haqiqatdan gapiryapti va shunday bir oʻzgarishdan xabar beryaptiki: Minglab Kura-i Arz bomba boʻlib portlasa ham, unchalik ajib boʻlmaydi. Qara! U zotning tilida

اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ٭ اِذَا السَّمَٓاءُ انْفَطَرَتْ ٭ اَلْقَارِعَةُ

kabi suralarni eshit. Yana shunday kelajakdan togʻri xabar beryaptiki: Dunyoviy kelajak unga nisbatan bir tomchi sarob hisoblanadi. Yana shunday saodatdan oʻta jiddiy xabar beryaptiki: Butun dunyoviy baht-saodat unga nisbatan, bir bir onlik chaqmoqning bardavom quyoshga nisbati kabidir.

— 239 —

OʻN BIRINCHI RASHXA: Bunday ushbu ajib va tushunilishi qiyin va aralash koinotning zoxiriy pardasi ostida albatta va albatta bizni ajoyib narsalar kutyapti. Bunday ajoyib narsalarni xabar beradigan, gʻaroyib va favqulotda moʻ'jizaviy zot lozim. Bu zotning olib borayotgan faoliyatidan koʻrinyaptiki: U koʻrgan, koʻryapti va koʻrganini aytyapti. Bizni ne'matlari bilan parvarish qilgan Samovot va Arzning Ilohi bizdan nima istayotgani, nimalardan rozi boʻlishini juda toʻgʻri shaklda dars beryapti. Bular kabi yana juda koʻp e'tiborni tortuvchi, kerakli haqiqatlarni dars bergan bu zotga hamma narsani tashlab ergashish, tinglash lozim. Aksar insonlarga nima boʻlganki kar, koʻr boʻlgan. Balki telba boʻlishganki haqni koʻrishmayapti, bu haqiqatni eshitishmayapti, anglamayaptilar?

OʻN IKKINCHI RASHXA: Bu zot, ushbu mavjudot Xoliqining vahdoniyat-yagonaligiga haqqoniyati darajasidagi haq gapiruvchi burhon, sodiq dalili boʻlgani kabi, hashr va abadiy saodatning ham qat'iy burhoni, yorqin dalilidir. U zot, hidoyati bilan abadiy saodatning hosil boʻlish sababi va yetishga vositadirlar. Shuningdek duosi bilan, niyozi bilan u saodatning borliq sababi va ijod qilinishiga sababchidir. Hashr masalasida mazkur sirni, maqom munosabati bilan takrorlaymiz:

Qara! U zot shunday bir buyuk namozda duo qilyaptiki: Goʻyo shu jazira, balki yer u zotning azamatli namozi bilan namoz oʻqiyapti, niyoz etyapti. Qara, yana shunday bir azim jamoatda yolvoryaptiki:

Goʻyo Odam avlodlarining Odam (a.s.) davridan bizning asrimizga, qiyomatga qadar butun nuroniy, komil insonlar unga tobe boʻlib, iqtido qilib duosiga "omin" deyaptilar. Yana qara, shunday umumiy ehtiyoj uchun duo qilyaptiki, nafaqat yer yuzidagilar balki samovot ahli, balki butun mavjudot duosiga: «Ha, Ey Rabbimiz ber. Biz ham istaymiz», deb ishtirok etyapti.

— 240 —

Yana muhtoj holda, huznli shaklda, sevimli shaklda, ishtiyoq bilan, tazarru bilan duo etyaptiki, butun koinotni yigʻlatyapti. Duosiga ishtirok ettiryapti. Qara! Yana shunday maqsad va gʻoya uchun duo qilyaptiki: Inson va olamni, balki butun maxluqotni asfali sofiliyndan, tubanlikdan, qiymatsizlikdan, foydasizlikdan, a'loyi illiyinga, ya'ni qiymatga, boqiylikka, ulugʻ vazifaga chiqaryapti. Qara! Yana shunday yuksak madad istab yolvoryapti va shunday rahmat soʻrab shirin duo bilan istayapti, yolvoryaptiki: Goʻyo butun mavjudot, samovot va Arshga eshittirib, joʻshtirib duosiga "Omin, Allohumma omin" dediryapti. Koʻrgin! Hammaga maʻlumki, eng yashirin hayot egasining eng yashirin hojatini, niyozini koʻradigan, eshitadigan, qabul qiladigan, marhamat qiladigan Shunday Sami', Karim bir Qodirdan, Basir, Rahim bir Alimdan hojatini istayapti. Chunki istaganini, (hatto holat tili bilan boʻlsa ham) beradi va hikmatli suratda, koʻrib, marhamat bilan beradiki, shubha qoldirmaydi. Bu tarbiya va tadbir Sami' va Basir va Karim va Rahimga xosdir.

OʻN UCHINCHI RASHXA: Ajabo, butun Odam avlodlarinign eng afzallarini orqasiga olib, yer ustida turib, Arshi A'zamga yuzlanib qoʻl koʻtarib duo qilayotgan ushbu insoniyatning sharafi, zamon va borliqning yagonasi va haqiqatdakoinot fahri nima istayapti? Qara, tingla:

Abadiy saodat istayapti, boqiylik istayapti, Allohga yetishni istayapti, Jannat istayapti. Bularni mavjudot oynalarida hukmini va jamollarini koʻrsatgan butun muqaddas Asmoi Ilohiy bilan birga istayapti. Hatto agar rahmat, inoyat, hikmat, adolat kabi hisobsiz istaklarni sababi boʻlmasa edi, bu zotning bitta duosi, qudratiga bahorimizni ijod qilish qadar yengil boʻlgan Jannatni bino qilishga sabab boʻlar edi. U zotning risolati ushbu imtihon diyorining ochilishiga boʻlganidek, u zotning qulligi ham narigi diyorning ochilishiga sabab boʻladi. Ajabo, haqiqatni izlagan aql sohiblariga: لَيْسَ فِى الْاِمْكَانِ اَبْدَعُ مِمَّا كَانَ dedirgan ushbu koʻringan ustun intizom, rahmat ichida kamchiliksiz husni san'at va tenggi yoʻq rububiyat jamoli bunday xunuk tomonni, marhamatsizlikni, intizomsizlikni qabul qiladimi hech?! Eng kichik, eng ahamiyatsiz istaklarni, ovozlarni ahamiyat bilan eshitib bajo keltirgan Zot eng ahamiyatli, eng kerakli istaklarga ahamiyat bermasdan eshitmasligi, anglamasligi, qilmasligi mumkinmi?! Qatʻiyyan va aslo! Yuz ming marta aslo! Bunday jamol bunday bir chirkinlikni qabul qilmaydi, xunuk boʻlmaydi.

Ey xayoliy birodarim! Hozircha kifoya, orqaga qaytishimiz kerak. Agar oʻsha davda, shu jazirada yuz yil qolsak ham, u zotning gʻaroyib ijrootlarini va ajib vazifalarini, yuzdan birisi tamoman qamrab tomosha qilishga toʻymaymiz.

Endi kel! Ustidan toʻxtalib oʻtadigan xar bir asrimizga bir-bir nazar solamiz. Qara, xar bir asr u Hidoyat quyoshidan olgan fayzlari bilan gul ochgan! Abu Hanifa, Shofe'iy, Boyazidi Bistomiy, Shohi Jiyloniy, Shohi Naqshband, Imom Gʻazzoliy, Imom Rabboniy kabi millionlab nuroniyr mevalar beryapti. Kuzatgan tafsilotlarimizni boshqa vaqtga qoldirib, moʻ'jiza koʻrsatgan va hidoyatga sabab boʻlgan zotning bir qancha qat'iy moʻ'jizalariga ishorat qilgan salovot aytishimiz lozim:

— 241 —
عَلٰى مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْفُرْقَانُ الْحَك۪يمُ مِنَ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ مِنَ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ بِعَدَدِ حَسَنَاتِ اُمَّتِه۪ عَلٰى مَنْ بَشَّرَ بِرِسَالَتِهِ التَّوْرٰيةُ وَ الْاِنْج۪يلُ وَ الزَّبُورُ ٠ وَ بَشَّرَ بِنُبُوَّتِهِ الْاِرْهَاصَاتُ وَ هَوَاتِفُ الْجِنِّ وَ اَوْلِيَاءُ الْاِنْسِ وَ كَوَاهِنُ الْبَشَرِ ٠ وَ انْشَقَّ بِاِشَارَتِهِ الْقَمَرُ ٠ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ سَلَامٍ بِعَدَدِ اَنْفَاسِ اُمَّتِه۪ ٠ عَلٰى مَنْ جَائَتْ لِدَعْوَتِهِ الشَّجَرُ وَ نَزَلَ سُرْعَةً بِدُعَائِهِ الْمَطَرُ وَ اَظَلَّتْهُ الْغَمَامَةُ مِنَ الْحَرِّ ٠ وَ شَبَعَ مِنْ صَاعٍ مِنْ طَعَامِه۪ مِأٰتٌ مِنَ الْبَشَرِ وَ نَبَعَ الْمَاءُ مِنْ بَيْنِ اَصَابِعِه۪ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ كَالْكَوْثَرِ وَ اَنْطَقَ اللّٰهُ لَهُ الضَّبَّ وَ الظَّبْىَ وَ الْجِذْعَ وَ الذِّرَاعَ وَ الْجَمَلَ وَ الْجَبَلَ وَ الْحَجَرَ وَ الْمَدَرَ صَاحِبِ الْمِعْرَاجِ وَ مَازَاغَ الْبَصَرُ ٠ سَيِّدِنَا وَ شَف۪يعِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ سَلَامٍ بِعَدَدِ كُلِّ الْحُرُوفِ الْمُتَشَكِّلَةِ فِى الْكَلِمَاتِ الْمُتَمَثِّلَةِ بِاِذْنِ الرَّحْمٰنِ ف۪ى مَرَايَا تَمَوُّجَاتِ الْهَوَاءِ عِنْدَ قِرَائَةِ كُلِّ كَلِمَةٍ مِنَ الْقُرْاٰنِ مِنْ كُلِّ قَارِءٍ مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلٰى اٰخِرِ الزَّمَانِ وَ اغْفِرْلَنَا وَ ارْحَمْنَا يَا اِلٰهَنَا بِكُلِّ صَلَاةٍ مِنْهَا اٰم۪ينَ
— 242 —

Ma'rifatun Nabiy shuʻlalari nomli Turkcha risolada, Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda va bu Soʻzda qisqacha ishorat qilgan nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) dalillarini bayon qilgan edim. Oʻshanda Qur'oni Hakimning i'jozi tomonlarini qisqacha zikr etilgan. Yana "Lamaat" nomli turkcha risolada va Yigirma Beshinchi Soʻzda Qur'onning qirq tomondan moʻ'jiza ekanini qisqa bayon qilgan va qirq i'joz tomonlariga ishorat qilganman. Qirq tomonida, birgina nazmdagi balogʻatni "Ishorotul I'joz" nomli Arabiy tafsirda qirq sahifa ichida yozganman. Agar ehtiyojingiz boʻlsa, mazkur uch kitobga murojaat qilishingiz mumkin.

OʻN TOʻRTINCHI RASHXA: Moʻ'jizalar ombori va buyuk moʻ'jiza boʻlgan Qur'oni Hakim, nubuvvati Ahmadiya (S.A.V) bilan Allohning vahdoniyatini shu darajada qat'iy isbot etadiki, boshqa burhonga ehtiyoj qoldirmaydi. Biz ham uning ta'rifiga va tanqidga sabab boʻlgan bir-ikki i'joz yogʻdusiga ishorat qilamiz.

Robbimizni bizga ta'rif etgan Qur'oni Hakim:

buyuk koinot kitobining azaliy tarjimasi,

yer va koʻk sahifalarining yopiq Asmoi Husna hazinalarining kashf qiluvchisi,

voqe'alar satri ostida yashirin haqiqatlarning kaliti,

shahodat olami pardasi orqasidagi gʻayb olamidan kelgan Rahmoniy iltifotlar va azaliy xitoblarning xazinasi,

Islomiyatning ma'naviy olamining quyoshi, asosi, rejasi,

uxroviy olamlarning xaritasi,

Alloning Zot, sifat va xususiyatlarini sharh qiluvchisi, ochiq tafsiri, notiq burhoni, porloq tarjimoni,

insoniyat olamining murabbiyi, haqiqiy hikmati, murshidi va yoʻlboshlovchisi,

ham hikmat va shariat kitobi,

ham duo va qullik kitobi,

ham amr va da'vat kitobi,

ham zikr va ma'rifat kitobi,

basharning butun ma'naviy ehtiyojlarining kitobi,

turli tuman yoʻl va yoʻnalish egalari boʻlgan avliyo va siddiqiynlarning, asfiyo va muhaqqiqiynlarning xar birlarining yoʻnalishiga loyiq risola koʻrsatgan "Muqaddas kutubxona"dir.

Kamchilik deb oʻylangan takrorlanishidagi i'joz yogʻdusiga qara:

Qur'on ham zikr kitobi, ham duo kitobi, ham da'vat kitobi boʻlgani uchun, ichidagi takrorlanish goʻzal, balki juda kerakli va holat va maqsadga juda uygʻundir. Kamchilik qidirganlar oʻylaganidek emas. Chunki zikrning xususiyati takror bilan nurlantirish, duoning xususiyati takrorlash bilan mustahkamlash, amr va da'vatning xususiyati takror orqali ta'kiddir.

Bundan tashqari xar kim xar doim butun Qur'onni oʻqishga qodir boʻlmaydi. Koʻpincha faqat bir sura oʻqishga qodir boʻladi. Shuning uchun eng muhim Qur'oniy maqsad aksar uzun suralarga joylashtirilib xar bir sura bir kichik Qur'on hukmiga oʻtgan. Demak, hech kimni maxrum qilmaslik uchun, Tavhid, Hashr va Muso (a.s.) qissasi kabi ba'zi maqsadlar takrorlangan.

Yana jismoniy ehtiyoj kabi, ma'naviy ehtiyojlar ham turlicha boʻladi. Ba'zilariga inson xar nafas muhtoj boʻladi: Jismga havo, ruhga "Hu" kabi. Ba'zisiga xar soat (Bismilloh kabi) va hokazo. Demak, oyatlar takrorlanishi, ehtiyojlarning qaytarilishidan kelib chiqqan. Oʻsha ehtiyojga ishorat qilib, uygʻotib tashviq qilish, ishtiyoqni va ishtahani harakatlantirish uchun takrorlaydi.

— 243 —

Bundan tashqari Qur'on taʻsis qiluvchidir. Bir dini mubinning asosoti, Islom olamining poydevorlaridir, insoniya ijtimoiy hayotini oʻzgartirib, turli tabaqalarning takror batakror soʻragan savollariga javobdir. Taʻsis qiluvchiga, mustahkamlash uchun takrorlanish lozim. Ta'kidlash uchun takror kerak. Quvvtlash uchun mustahkamlash, izlanish, takrorlash lozimdir. Yana shunday buyuk masalalar va daqiq haqqiatlardan gapiradiki hammaning qalbiga joylashtirish uchun koʻp marta turli suratlarda takror lozim. Shu bilan birga suratan takrorlangan. Lekin xar bir oyatning ma'nan koʻp ma'nolari, koʻp foydalari, koʻp tomonlari va tabaqalari bor. Xar bir maqomda ayri bir ma'no, foyda va maqsadlar uchun zikr qilinadi.

Yana Qur'onning baʻzi yaratilishga tegishli masalalarda ustini yopiq qoldirish va qisqaligi esa, irshodiy i'joz yogʻdusidir. Dinsizlar tasavvur qilganidek tanqid qilishga sabab boʻla olmaydi va kamchilik sababi emas.

Agar: "Nima uchun Qur'oni Hakim falsafa kabi mavjudotdan gapirmaydi. Ba'zi masalalarni qisqa qoldiradi, ba'zisini umumiy nazarni yoqadigan, ommani hissini ranjida etmaydigan, avom fikrini bezovta qilib charchatmaydigan zoxiriy oddiy shaklda aytadi?" desang.

Javoban aytamiz: Falsafa haqiqat yoʻlidan adashgan, shuning uchun... Oʻtgan darslar va Soʻzlardan albatta tushundingizki: Qur'oni Hakim Allohning zoti, sifatlari va ismlarini bildirish uchun ya'ni, koinot kitobining ma'nolarini tushuntirish, Xoliqini tanitish uchun koinotdan gapiradi. Demak mavjudotga ularning oʻzi uchun emas, balki yaratuvchisi uchun qaraydi. Yana umumga xitob qiladi. Hikmat ilmi esa mavjudotga ularning oʻzi uchun qaraydi, xususan olimlarga xitob qiladi.

Shunday ekan, modomiki Qur'oni Hakim mavjudotni dalil, burhon qilayotgan ekan, dalilning zoxiriy boʻlishi, hamma uni tez tushunishi kerak. Modomiki Qur'oni Murshid, insonlarning butun tabaqalariga xitob qiladi va aksariyat tabaqa, avom tabaqasi ekan, albatta irshod keraksiz narsalarni usti yopiq qoldirib qisqa qilishi va daqiq-nozik masalalarni misol bilan tushunishga yaqinlashtirishi, tinglovchini adashtirmaslik uchun uchun zohiran ochiq oydin narsalarni keraksiz, balki zararli suratda oʻzgartirmaslikni taqozo qiladi.

— 244 —

Masalan quyoshga: "Aylanadigan nur sochuvchi, chiroq" deydi. Chunki Quyoshning mohiyatini gapirmaydi. Balki bir navʻ intizom zambaragi va nizom markazi ekanini bildiradi. Intizom va nizom esa, Sone'ning ma'rifat oynasi ekani uchun bahs etadi. الشَّمْسُ تَجْر۪ى "Quyosh aylanadi" deydi. Aylanadi ta'biri bilan, qish yoz, kecha, kunduzning aylanishidagi intizomli qudrat tasarruflarini eslatib Sone'ning azamatini tushuntiradi. Ushbu aylanish haqiqati nima boʻlsa boʻlsin, maqsad va mavzu, kuzatilgan intizomga ta'sir qilmaydi. وَ جَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًا Chiroq ta'biri bilan, olamni qasr suratida, ichidagi ashyo esa, inson va hayot egalariga tayyorlangan bezalgan narsalar, ozuqalar va kerakli narsalar ekanini, Quyosh esa boʻysungan nur sochuvchi ekanini eslatib Xoliqning rahmat va ehsonini bildiradi. Endi, tentak va vaysaqi falsafa nima deyishiga qara:

"Quyosh suyuq holdagi kata olov yigʻini boʻlib, undan otilib chiqqan sayyoralarni oʻz atrofida aylantiradi, kattaligi shu miqdorda, mohiyati bunday, shunday...", deydi. Qoʻrqitadigan daxshatdan, mudhish hayratdan boshqa ruhga bilimini koʻpaytirmaydi, Qur'on kabi tushuntirmaydi. Bunga qiyosan, botinan boʻsh, zohiran riyokor falsafiy masalalarning qiymati nima ekanini anglaysan. Uning tashqi porloqligi va sunʻiy riyokorligiga aldanib, Qur'onning oʻta moʻ'jizaviy bayoniga nisbatan hurmatsizlik qilma!

Eslatma: Arabiy Risola-i Nurda Oʻn Toʻrtinchi Rashhaning Olti Qatrasi bor. Boxusus Toʻrtinchi Qatraning Olti Nuktasi Qur'oni Hakimning qirqtacha i'jozining navʻlaridan oʻn beshtasini bayon etadi. Unga havola qilib bu yerda qisqa qildik. Istasangiz unga murojaat qiling, moʻ'jizalar xazinasini topasiz.

اَللّٰهُمَّ اجْعَلِ الْقُرْاٰنَ شِفَاءً لَنَا مِنْ كُلِّ دَاءٍ وَ مُونِسًا لَنَا ف۪ى حَيَاتِنَا وَ بَعْدَ مَمَاتِنَا وَ فِى الدُّنْيَا قَر۪ينًا وَ فِى الْقَبْرِ مُونِسًا وَ فِى الْقِيَامَةِ شَف۪يعًا وَ عَلَى الصِّرَاطِ نُورًا وَ مِنَ النَّارِ سِتْرًا وَ حِجَابًا وَ فِى الْجَنَّةِ رَف۪يقًا وَ اِلَى الْخَيْرَاتِ كُلِّهَا دَل۪يلًا وَ اِمَامًا بِفَضْلِكَ وَ جُودِكَ وَ كَرَمِكَ وَ رَحْمَتِكَ يَا اَكْرَمَ الْاَكْرَم۪ينَ وَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اٰم۪ينَ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْفُرْقَانُ الْحَك۪يمُ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى