OʻN SAKKIZINCHI SOʻZ
BIRINCHI NUQTA:
Nafsi ammoramga bir adab ta'ziri:
Ey faxrga maftun, shuhratga mubtalo, madhga tushkun, xudbinlikda tengsiz betayin nafsim! Agar minglab meva bergan anjirning manbai boʻlgan kichik urugʻni va yuz shingil taqilgan uzumning qora quruq poyasi, butun mevalarni, shingillarni ulaning hunari ekani va ulardan foydalanganlar poyaga, urugʻga madh va hurmat qilish kerakligi haq daʻvo boʻlsa, sen senga yuklangan ne'matlar uchun faxrga, gʻururga balki bir haqqing bor. Xolbuki sen doim yomonlashga haqdorsan. Chunki urugʻ va danak kabi emassan.
Sening juz'iy ixtiyoring boʻlib ne'matlarning qiymatlarini faxrlanib kamaytiryapsan. Gʻururing bilan buzyapsan va kufroning orqali yoʻq qilyapsan va zoʻravonlik bilan oʻzlashtiryapsan. Sening vazifang faxrlanish emas, shukrdir. Senga loyiq boʻlgan shuhrat emas, kamtarinlikdir, xijolatdir. Haqqing madh emas, istigʻfordir, nadomatdir. Kamoling xudbinlik emas, xudobinlikdadir.
Ha, sen mening jismimda olamdagi tabiatga oʻxshaysan. Ikkovingiz xayrni qabul qilish, yomonlikka manba boʻlish uchun yaratilgansiz. Ya'ni yaratuvchi va masdar emassiz, balki taʻsir ostida qolgan va makonsiz. Faqat ta'siringiz bor: U mutlaq xayrdan kelgan xayrni goʻzal suratda qabul qilmaganingiz sababli yomonlikka sabab boʻlyapsiz. Siz goʻzalligi koʻrinmagan zohiriy xunuk tomonlar sizga yuklanib, Zoti Muqaddasa-i Ilohiyaning pokligiga vosita boʻlishingiz uchun parda sifatida yaratilgansiz. Xolbuki fitrat vazifamizga batamom zid surat kiygansiz. Qobiliyatingiz yoʻqligi sababli xayrni yomonlikka aylantirib, goʻyo Xoliqingizga sherik boʻlasiz! Demak nafsparast, tabiatparast gʻoyat ahmoq, gʻoyat zolimdir.
Yana: "Men bunga sazovor boʻlganman. Goʻzalga sazovorlik esa goʻzallashadi." dema. Chunki, aks etmagani uchun sazovor emas, koʻprik boʻlasan.
Yana: "Odamlar ichidan men tanlandim. Bu mevalar men orqali koʻrsatilyapti. Demak, bir ustun tomonim bor." dema. Yoʻq, aslo! Balki hammadan avval senga berildi. Chunki xar kimdan koʻra koʻproq sen qashshoq, muhtoj va 'am chekkaning uchun eng avval sening qoʻlingga berildi.
{(Izoh) Haqiqatdan men ham bu munozarada Yangi Said, nafsini bu daraja mot qilganim va ovozini oʻchirganini juda yoqtirdim va "Ming Barakalloh" dedim.}
IKKINCHI NUQTA:
اَحْسَنَ كُلَّ شَيْءٍ خَلَقَهُ oyatining bir sirini izohlaydi:
Hamma narsada, hatto eng xunuk koʻringan narsalarda haqiqiy husn jihati bor. Ha, koinotdagi hamma narsa, xar bir hodisa yo oʻzi goʻzaldir, unga "husni bizzot" deyiladi. Yoki natijalari jihatida goʻzal boʻlib, unga "husni bilgʻayr" deyiladi. Bir qism hodisalar borki, koʻrinishi chirkin, tartibli emas. Lekin zohiriy parda ostida oʻta porloq goʻzalliklar va intizomlar bor. Jumladan:
Bahorda boʻronli yomgʻir, loy tuproq pardasi ostida sanoqsiz goʻzal gul va intizomli nabototning tabassumi yashirin. Kuzning qoʻpol buzgʻunchiliklari, hazin firoq pardalari orqasida Subhoniy jaloliy tajalliylarga sazovor boʻlgan qish hodisalarining tazyiqi va aziyatidan muhofaza qilish uchun nozli gullarning doʻstlari boʻlgan nozanin hayvonchalarni hayot vazifasidan nafaqaga chiqarib, qish pardasi ostida nozanin yangi goʻzal bir bahorga yer tayyorlash bor. Boʻron, zilzila, vabo kabi hodisalarning pardasi ostida yashiringan juda koʻp ma'naviy gullar ochiladi. Danaklar kabi koʻkarmasdan qolgan bir qancha iste'dod urugʻlari, zohiriy chirkin koʻringan hodisalar sababli nish urib goʻzallashadi. Goʻyo barcha oʻzgarishlar va umumiy almashinishlar ma'naviy yomgʻirlar hisoblanadi. Lekin inson ham zohirparast, ham xudgam boʻlgani uchun zohirga qarab xunuk xulosa chiqaradi. Oʻzini oʻylab faqat oʻziga tegishli natija orqali muhokama qilib yomonlik deb hukm qiladi. Xolbuki ashyolarning insonga oid bir maqsadi boʻlsa, Sone'ining ismlariga oid minglab tomoni mavjud.
Masalan: Fotir zotning qudrati buyuk moʻ'jizalaridan boʻlgan tikanli oʻtlarni va daraxtlarni zararli, ma'nosiz deb oʻylaydi. Xolbuki ular oʻtlarning va daraxtlarning jihozlangan qahramoni hisoblanadi. Masalan: Lochinning chumchuqqa hujum qilishi zohiran rahmatga muvofiq koʻrinmaydi. Xolbuki chumchuqning iste'dodi shu hujum orqali ochiladi. Masalan: Qorni juda sovuq va ta'mi yoʻq deb oʻylayshadi. Xolbuki xunuk, ta'msiz parda ostida shunchalik issiq gʻoyalar va shakardek shirin natijalar borki, ta'rif qilib boʻlmaydi.
Inson oʻzini oʻylashi va tashqi koʻrinishga diqqat qilishi bilan birga, hamma narsani oʻziga tegishli tomoni bilan muhokama qilgani uchun, koʻpincha odob doirasidagi narsalarni odobga xilof deb oʻylaydi. Masalan insonning tanosil a'zosi, inson nazarida xijolatli narsadir. Lekin bu xijolat pardasi insonga tegishli tomondir. Chunki xilqatga, san'atga va fitrat gʻoyalariga tegishli tomoni shunday pardalardirki, hikmat bilan qaralganda odobning oʻzi bolib, xijolatli tomoni unga yaqinlashmaydi.
Odob manbai boʻlgan Qur'oni Hakimning ba'zi ta'birlari bu jihat va pardalarga oid. Bizga koʻringan xunuk maxluqlar va hodisalarning zohiriy tomoni oʻta goʻzal, hikmatli san'at va xilqatiga tegishli goʻzal tomonlari borki, Sone'iga yuzlangan va juda chiroyli pardalar borki, hikmatlarni yashirgan va juda koʻp zohiriy tartibsizliklar va qorishiqliklar borki, juda intizomli muqaddas kitobat hisoblanadi.
UCHINCHI NUQTA:
Modomiki koinotda shubhasiz san'at goʻzalligi bor va qat'iy ekan, albatta risolati Ahmadiya (S.A.V.) koʻzga koʻrinadigan darajada aniqlikda amalga oshishi kerak. Chunki bu goʻzal san'atli asarlardagi san'at va surat goʻzalligi koʻrsatmoqdaki: Ularning san'atkorida ahamiyatli goʻzallashtirish irodasi va quvvatli ziynatlash talabi bor. Bu iroda va talab esa, Sone'da yuksak muhabbat va san'atli asarlarida izhor qilgan san'atning kamolotiga nisbatan muqaddas istak borligini koʻrsatadi. Bu muhabbat va istak esa, san'atli asarlar ichida eng nurli va mukammal boʻlgan insonga koʻproq tegishli boʻlib, unda yigʻilishni istaydi. Inson esa, yaratilish daraxtining idrokli mevasidir. Meva esa, eng qamrovli, eng uzoq va eng koʻp umumiy e'tibor va kulliy idrok qismidir. Umumiy e'tibor va idroki kulliy zot esa, San'atkori Zuljamolga suhbatdosh boʻlib koʻrishgan, kulliy idrokini va umumiy nazarini tamoman Sone'iga mahliyo, san'atini tahsin qilish va ne'matiga shukr qilishga sarflagan eng yuksak, eng porloq bir shaxs boʻladi.
Hozir ikki lavha, ikki doira koʻrinyapti. Biri: Oʻta muhtasham, muntazam rububiyat doirasi va oʻta sanʻatli, javharlar bilan bezalgan san'at lavhasi. Ikkinchisi: Ota nurli, gullar bilan bezalgan qullik doirasi va gʻoyat keng, qamrovli tafakkur, tahsin, tashakkur va iymon lavhasi borki, ikkinchi doira bor kuchi bilan birinchi doira uchun harakat qiladi.
Demak, Sone'ning barcha san'atining maqsadlariga xizmat qilgan doira raisining qay darajada Sone' bilan munosabati borligi va uning nazarida naqadar mahbub va maqbul ekani shaksiz tushuniladi.
Shu goʻzal san'atli asarlarning bu daraja san'atparvar, hatto ogʻizning xar hil ta'mini e'tiborga olgan in'omparvar san'atkorni, Arsh va yerni jaranglatadigan tahsin va taqdir jarangi ichida, quruqlik va dengizni jazavaga keltiradigan shukron va takbir nagʻmasi bilan unga mahliyo boʻlib qaragan eng goʻzal san'atli asariga loqayd qarashi, u bilan gaplashmasligi va aloqador holda uni elchi qilib, goʻzal holatini boshqalarga ham yoyilishini istamasligini biror aql qabul qiladimi, ajabo?! Aslo! Gapirmaslik va uni rasul qilmaslik mumkin emas.
Saharlarda esar tajalliy shabadasi
Uygʻon ey koʻzlarim sahar vaqtida
Ilohiy dargohdan inoyat soʻra
Gunohkorlar tavba joyi sahardir
Uygʻon ey qalbim bomdod vaqtida
Qilgin tavba, ista gʻufron dargohi Ilohiydan