Oʻn Yettinchi Soʻz
Xoliqi Rahim, Razzoqi Karim va Sone'i Hakim bu dunyoni ruhlar va ruhoniyat olami uchun bayram, saylgoh suratida yaratib butun ismlarining gʻaroyib naqshlari bilan bezab kichik-katta, yuqori-past xar bir ruhga munosib va bayramdagi turli-tuman hisobsiz goʻzalliklar va in'omlardan foydalanishga muvofiq qilib yaratadi va tuygʻular bilan jihozlangan jasad kiydiradi. Jismoniy vujud beradi, tomoshagohga bir marta yuboradi. Zamon va makon jihatidan juda keng bayramni asrlarga, yillarga, mavsumlarga, hatto kunlarga, qit'alarga taqsimlab xar bir asrni, xar bir yilni, xar bir mavsumni, hatto bir jihatda xar bir kunni, xar bir qit'ani ruhli maxluqotining toifalariga va nabotiy san'atli asarlariga koʻrsatadigan namoyish tarzida katta bayram qilgan. Xususan roʻyi zamin, xususan bahor va yozda kichik san'atli asarlarning toifalariga ajoyib va bir-biri orqasida bayramlar boʻlib, oliy tabaqalarda boʻlgan ruhoniy borliqlar, farishtalar va samovot yashovchilarini sayrga chorlaydigan jozibadorlik koʻrinadi va tafakkur ahli uchun shunday shirin bir mutolaagoh boʻladiki, aql ta'rifidan ojiz. Lekin bu Ilohiy ziyofat va Rabboniy bayramdagi Rahmon va Muhyi Ismining koʻrinishlariga muqobil Qahhor va Mumit Ismi firoq va oʻlim bilan oldiga chiqadi. Bu esa
rahmatining qamrovi kengligiga zohiran muvofiq emas. Lekin haqiqatda bir nechta uygʻunlik jihati bordir. Bir jihati quyidagicha:
Sone'i Kariym, Fotiri Rahiym xar bir toifaning marosimda namoyish navbati bitgandan va undan koʻzlangan natijalar olingandan soʻng, aksariyat dunyodan marhamatli shaklda nafrat ettirib zeriktiradi, istirohatga istak va boshqa olamga koʻchishga shavq ehson etadi va hayot vazifasidan nafaqaga chiqqan vaqti, ruhlarida asl vatanlariga shavqlantirgan mayl uygʻotadi.
Yana, vazifa yoʻlida, urushda oʻlgan askarga shahidlik martabasini berishi, soʻyilgan qurbonlik qoʻyga oxiratda jismoniy boqiy vujud berib Sirot ustida sohibiga buroq kabi minish martabasini berib mukofotlantirish Rahmonning cheksiz rahmatidan uzoq emas. Xuddi shuning kabi, boshqa ruh sohibi va hayvonotning ham oʻziga maxsus Rabboniy fitriy vazifalarida va Subhoniy amrlarga itoat qilishda oʻlgan va qattiq mashaqqat chekkan ruh egasining, oʻziga koʻra bir turdagi ruhoniy mukofot va iste'dodiga koʻra bir navʻ ma'naviy haq u tuganmas rahmati xazinasida uzoq emaski, boʻlmasin. Dunyodan ketgani uchun qattiq xafa boʻlmasinlar, balki xursand boʻlishsin.
Lekin ruh sohiblarining eng sharaflisi va bayram vaqtlari son va sifat jihatida eng koʻp foydalangan inson, dunyoga juda qattiq maftun va mubtalo boʻlib, dunyodan nafratlanib va baqo olamiga oʻtish uchun rahmat belgisi sifatida shavqlantiruvchi holat beradi. Insonligi zalolatda boʻgʻilmagan odam u holatdan foydalanadi. Qalb hotirjamligi bilan ketadi. Hozir u holatni keltirib chiqargan jihatlardan namuna sifatida beshtasini bayon qilamiz.
Birinchisi: Keksalik mavsumida dunyoviy, goʻzal va jozibador narsalar ustida foniylik va zavol topish tamgʻasini, ogʻriq ma'nosini koʻrsatib insonni dunyodan qoʻrqitib, foniy oʻrniga boqiy orzuni qidirtiradi.
Ikkinchisi: Inson aloqa paydo qilgan butun doʻstlarining yuzda toʻqson toʻqqizi dunyodan ketib boshqa olamga joylashgani uchun, jiddiy muhabbat vositasida doʻstlar ketgan joyga ishtiyoq ehson qilib, oʻlim va ajalni sevinchli holda kutib oldiradi.
Uchinchisi: Insondagi nihoyatsiz zaiflik va ojizlikni ba'zi narsalar bilan his ettirib, hayot yuki va yashash taklifi naqadar ogʻirligini tushuntirib, istirohatga jiddiy bir orzu va boshqa diyorga ketishga samimiy shavq beradi.
Toʻrtinchisi: Moʻ'min insonga, oʻlim qatl emas, makon almashtirish, qabr esa zulmatli chuqurlik ogʻzi emas, nuroniyatli olamlarning eshigi, dunyo esa butun dabdabasi bilan oxiratga nisbatan zindon ekanini iymon nuri ila koʻrsatadi. Albatta dunyo zindonidan jannatlar boʻstoniga chiqish va zeriktiruvchi jismoniy hayot tashvishlaridan rohatlanish olamiga va ruhlarning uchish maydoniga oʻtish va maxluqotning zeriktiruvchi shovqinidan uzoqlashib Rahmon huzuriga borish ming jon bilan orzu qilinadigan sayohatdir, balki saodatdir.
Beshinchisi: Qur'onni tinglagan insonga Qur'ondagi haqiqat ilmini va haqiqat nuri orqali dunyoning mohiyatini bildirishi bilan dunyoga ishq va aloqa juda ma'nosiz ekanini tushuntirish hisoblanadi. Ya'ni, insonga aytadi va isbotlaydiki: "Dunyo Samadoniy kitobdir. Harflari va soʻzlari nafslariga emas, balki boshqa bir zotning zot, sifat va ismlariga dalolat etadi. Shunday ekan ma'nosini bil ol, naqshlarini tashla ket.
Ham bir ekinzordir, ek va mahsulini ol, muhofaza qil, xunuk tomonlarini ot, ahamiyat berma.
Ham bir-biri orqasida doim kelib ketuvchi oynalar majmuasidir. Shunday ekan, ularda namoyon boʻlgan narsani bil, nurlarini koʻr va ularda koʻringan ismlarning namoyon boʻlishlarini tushun va goʻzal ismlarning sohibini sev, zavol va sinishga mahkum boʻlgan shisha parchalaridan aloqani uz.
Ham sayyor bir tijoratgohdir. Shunday ekan oldi-berdisini qil, kel va sendan qochgan, senga iltifot qilmagan karvonlarning orqalaridan behuda yugurma, charchama.
Ham vaqtinchalik bir sayr joyidir. Shunday ekan, ibrat nazari bilan qara, zohiriy xuruk yuziga emas, balki Jamiyli Boqiyga yuzlangan yashirin, goʻzal yuziga diqqat qil, xush va foydali bir sayr qilib qayt. Goʻzal manzaralarni koʻrsatgan va goʻzallarni koʻrsatgan pardalar yopilganda aqlsiz bola kabi yigʻlama, xavotir olma.
Ham bir musofirxonadir. Demak, uni yaratgan Mehmondori Kariymning izni doirasida yegin, ichgin, shukr qilgin. Qonuni doirasida ishla, harakat et. Soʻng orqangga qarama, chiq ket. Ma'nosiz, foydasiz suratda aralashma. Sendan ayrilgan va senga oid boʻlmagan narsalar bilan ma'nosiz ovora boʻlma va oʻtkinchi ishlaringga bogʻlanib boʻgʻilma." kabi zohiriy haqiqatlar bilan dunyoning asl mohiyatidagi sirlarni koʻrsatib, dunyodan ayriliqni oʻta yengillatadi, balki xushyor boʻlganlarga sevdiradi va hamma narsada va xar ishida rahmatining izi borligini koʻrsatadi. Xullas, Qur'on shu besh jihatga ishora etgani kabi, boshqa xususiy jihatlarga ham Qur'on oyatlari ishora qiladi.
Bu besh jihatdan biror hissasi boʻlmagan kishining holiga voy.
OʻN YETTINCHI SOʻZNING IKKINCHI MAQOMI
{(Izoh) Bu ikkinchi maqomdagi boʻlimlar she'rga oʻxshaydi, lekin she'r emas. Qasddan nazm qilinmagan, balki haqiqatlarning mukammal intizomi bir daraja nazm suratini oldi.}
Tashla faryodni, bechora, kel, balodan tavakkal qil.
Zero, faryod balo ichra, xato ichra balodir, bil.
Balo berganni topsang, ato ichra, safo ichra balodir, bil.
Tashla faryodni, shukr qil, bulbullardek xar doim kayfidan kular xar gul mul.
Gar topmasang, butun dunyo jafo ichra, fano ichra befoyda bil!
Jahon toʻla balo boshingdadir, nega baqirasan kichik balodan? Kel tavakkal qil!
Tavakkal bilan balo yuziga kul, to u ham kulsin.
U kulgan sari kichrayar, oʻzgarar.
Bil, ey oʻzin oʻylagan! Bu dunyoda saodat - tarki dunyoda.
Xudobin boʻlsang, u yetar, tashlasangda butun ashyolar doʻst.
Agar xudbin boʻlsang, halokatdir, nima qilsang ham butun ashyo senga dushman.
Demak, tark qilish kerakdir, har ikki holda bu dunyoda.
Tark demak: Xudo mulki, Uning izni, Uning nomi bilan koʻrishda.
Tijorat istasang agar, shu foniy umringni boqiyga aylantirishda.
Agar nafsingga tolib boʻlsang, chirikdir, ham asossiz.
Agar begona ishlar istar boʻlsang, fano tamgʻasi ustingda.
Demak, olinsa arzimas, chirik moldir hammasi bu bozorda
Shunday ekan, oʻt, yaxshi mollar tizilgandir orqasida.
Qora Tutning Bir Mevasi
Tinglovchim Ziyo Posho emas, Ovrupaga maftun boʻlganlardir.
Gapiruvchi nafsim emas, Qur'on shogirdi nomidan qalbim.
Oʻtgan soʻzlar haqiqat, zinhor sarosimaga tushma, hududidan hazar oshma.
Ajnabiylar fikriga kirma, zalolatdir quloq solma, etar albat seni pushaymon.
Koʻrarsan eng ziyodoring, zakovatda olamdoring,
U hayratdan der doim: "Eyvoh, kimdan kimga shikoyat etayin men hayron!"
Qur'on ayttirar, men aytaman, hech ham chekinmasman.
Undan Unga shikoyat qilaman, sen kabi adashmasman.
Haqdan Haqqa faryod qilaman, sen kabi oshmayman.
Yerdan koʻkkacha da'vo qilaman, sen kabi qochmayman.
Qur'onda xar da'vo nurdan nurgadir, sen kabi qaytmayman.
Qur'ondadir haq hikmat, isbot qilaman, muxolif falsafani bir tiyinga olmayman.
Furqondadir olmos haqiqat, jonim bilan qabul qilaman, sen kabi sotmayman.
Xalqdan Haqqa sayron qilaman, sen kabi adashmayman.
Tikanli yoʻlda uchaman, sen kabi bosmayman.
Yerdan Arshga shukron qilaman, sen kabi osmayman.
Oʻlimga, ajalga doʻst deb qarayman, sen kabi qoʻrqmayman.
Qabrga kulib kiraman, sen kabi choʻchimayman.
Ajdar ogʻzi, vahshat toʻshagi, hechlik boʻgʻozi, sen kabi koʻrman.
Doʻstlarga qovushtirar meni, qabrdan ranjimayman, sen kabi achchiqlanmayman.
Rahmat eshigi, Nur eshigi, Haq eshigi, undan siqilmayman, ortga chekilmayman.
Bismilloh deb chalyapman, {(Izoh1) "Ey voh" deb qochmayman.} orqamga boqmasman, daxshat ham olmasman.
Alhamdulillah deb rohat topib yotaman, zahmat chekmasman, vahshatda qolmasman.
Allohu Akbar deb hashr azonini eshitib uygʻonaman, {(Izoh2) Isrofilning azonini hashr tongida eshitib, Allohu Akbar deb turaman. Saloti Kubrodan chekinmayman, Oxiratdan chekinmasman.} Buyuk Maxshardan chekinmayman, masjidi a'zamdan chekilmayman.
Lutfi Yazdon, Nuri Qur'on, fayzi iymon soyasida hech ranjimayman.
Turmasdan yuguraman, arshi Rahmon soyasiga uchaman, sen kabi yanglishmayman inshaalloh.
Qalbga Forscha Eslatilgan Munojot
Ya'ni bu munojot qalbga Fors tilida eslatilgani uchun Forsiy yozilgandir. Avvalroq chop etilgan "Hubob Risolasi"da kiritilgan edi.
Yo Rab! Tavakkalsiz, gʻaflat bilan, iqtidor va ixtiyorimga tayanib dardimga darmon topish uchun "jihati sitta" deyilgan olti tomonda nazar soldim. Afsuski dardimga darmon topa olmadim. Menga ma'nan: "Yetmasmi dard, darmon senga." deyildi.
Tasalli olish uchun oʻng tomonimdagi oʻtgan zamonga gʻaflat bilan qaradim. Lekin, kechagi kun otamning qabri va oʻtgan ajdodlarimning eng katta mozori suratida koʻrindi. Tasalli oʻrniga qoʻrquvga soldi.
Xoshiya: Iymon esa, eng katta qoʻrqinchli mozorni doʻstona nurli majlis va doʻstlarning yigʻilish joyi qilib koʻrsatadi.
Soʻng chap tomonimdagi kelajakka qaradim. Darmon topa olmadim. Balki ertangi kun mening qabrim, istiqbol esa tengdoshlarim va nasl-nasabimning eng katta qabri suratida koʻrinib doʻstona yaqinlik emas, balki qoʻrquvga soldi.
Xoshiya: Iymon va iymon huzuri - eng katta dahshatli qabrni sevimli saodat saroylariga Rahmoniy da'vat sifatida koʻrsatadi.
Chap tomondan ham xayr koʻrinmagani uchun, hozirgi kunga boqdim. Bu kun - goʻyo oʻlim oni tipirchilayotgan jismimning mayyitini tashiyotgan tobut boʻlib koʻrindi.
Xoshiya: Iymon - u tobutni tijorat joyi va oydin bir musofirxona sifatida koʻrsatadi.
Bu tomondan ham davo topolmadim. Soʻng boshimni koʻtarib, umr daraxtimning boshiga qaradim. Uning yagona mevasi mening oʻlimim boʻlib, daraxtning ustida turib, menga qarayotganini koʻrdim.
Xoshiya: Iymon - bu daraxtning mevasini oʻlim emas, balki abadiy hayotga sazovor va abadiy saodatga nomzod boʻlgan ruhimning eskirgan uyidan yulduzlarda kezish uchun chiqqanini koʻrsatadi.
U tomondan ham gʻamga botib boshimni pastga egdim. Qarasam: Pastda, oyoq ostida suyaklarimning tuprogʻi bilan ilk yaratilishimning tuprogʻi bir-biriga qoʻshilib ketganini koʻrdim. Darmon emas, dardimga dard qoʻshdi.
Xoshiya: Iymon - u tuproqni rahmat eshigi va Jannat mehmonxonasining pardasi sifatida koʻrsatadi.
Undan ham nazarni oʻgirib orqamga qaradim. Asossiz, foniy dunyo hechlik daralarida va yoʻqlik zulmatlarida aylanib ketayotganini koʻrdim. Dardimga malham emas, balki vahshat va daxshat zaxarini qoʻshdi.
Xoshiya: Iymon - zulmatlarda yumalagan dunyoni vazifasi bitgan, ma'nosini ifoda etib boʻlgan, oʻzining oʻrniga natijalarini vujudda qoldirgan Samadoniy maktublar va Subhon boʻlgan Alloh naqshlarining sahifalari boʻlganini koʻrsatadi.
Unda ham xayr koʻrmaganim uchun old tarafimga, oldinga nazar soldim. Yoʻlimning boshida qabr eshigi ochilgan, uning orqasida uzoqdan abadga ketgan koʻcha uzoqdan nazarga koʻrinyapti.
Xoshiya: Iymon - qabr eshigini nur olami eshigi va u abadiy saodat yoʻli ekanini koʻrsatgani uchun dardlarimga ham darmon, ham malham boʻladi.
Bu olti tomondan doʻstona yaqinlik va tasalli emas, balki dahshat va qoʻrquvga tushib, ularga javoban qoʻlimda tayanadigan va qarshilik koʻrsatishga juz'iy ixtiyordan boshqa hech bir narsa yoʻq.
Xoshiya: Iymon - juz'iy boʻlinmas juz'iy ixtiyor oʻrniga cheksiz qudratga tayanish uchun hujjat beradi va balki iymon unga hujjatdir.
Xolbuki juz'iy ixtiyor deyilgan insonning quroli - ham ojiz, ham qisqadir. Ham sozlanishi qiyin. Ijod qila olmaydi, qoʻlidan kasbdan boshqa hech bir narsa kelmaydi.
Xoshiya: Iymon - juz'iy ixtiyorni Alloh nomidan ishlatib, bir askarning juz'iy kuchini davlat hisobidan ishlatgani uchun minglab kuchlardan koʻproq ishlar qilishi kabi hamma narsaga yetadigan holga keltiradi.
Na oʻtgan zamonga kira oladi, na kelajakka taʻsir qila oladi. Moziy va kelajakka oid orzularim va azoblarimga foydasi yoʻq.
Xoshiya: Iymon - tizginni hayvoniy jismning qoʻlidan olib qalbga, ruhga bergani uchun, moziyga taʻsir qiladi va istiqbolga kira oladi. Chunki qalb va ruhning hayot doirasi keng.
U juz'iy ixtiyorning harakat maydoni hozirgi qisqa vaqt va bir kelib ketuvchi lahzadan iborat.
Xullas, butun ehtiyojlarim, zaifligim, faqir va ojizligim biln birga olti tomondan kelgan dahshat va qoʻrquvlar bilan abgor holda turgan vaqtim, qudrat qalami bilan fitratim sahifasida abadga uzangan orzular va sarmadiy-bardavom umidlar oshkora suratda yozilgan, mohiyatimga kirgizilgan.
Balki dunyoda nima boʻlsa, uning namunalari fitratimda bor. Ularning barchasiga aloqadorman. Ular uchun ishlatilyapman, ishlayapman.
Ehtiyoj doirasi, nazar doirasi qadar buyukdir, kengdir.
Hatto xayol qayerga yetsa, ehtiyoj doirasi ham u yerga boradi. U yerda ham hojat bor. Balki qoʻlda boʻlmagan xamma narsa, ehtiyojda bor. Qoʻlda boʻlmagan narsa ehtiyojda bor. Qoʻlda yoʻq narsa esa sanoqsiz.
Xolbuki iqtidor doirasi qisqa, qoʻlimning doirasi qadar qisqa va tor.
Demak faqirligim va ehtiyojlarim dunyo qadar.
Sarmoyam esa, boʻlinmaydigan parcha kabi juz'iydir.
Xullas, bu jahon qadar va milliardlar bilan zoʻrgʻa qoʻlga kiritilgan ehtiyoj qayerda-yu, bir tiyinlik juz'iy ixtiyor qayerda?! Bu bilan ular sotib olinmaydi. Bu bilan ular qoʻlga kiritilmaydi. Shunday ekan boshqa chora qidirish kerak.
Chora esa: Juz'iy ixtiyordan voz kechib, ishini Allohning irodasiga qoʻyib, oʻz kuch-quvvatidan yuz oʻgirib, Janobi Haqning havlu quvvatiga iltijo qilib tavakkal haqiqatini mahkam tutish kerak.
Yo Rab! Modomiki bu najot chorasi ekan, Sening yoʻlingda juz'iy ixtiyordan voz kechaman va menligimdan yuz oʻgiraman.
Sening inoyating ojizlik va zaifligimga marhamatan qoʻlimni tutsin. Sening rahmating - faqirligim va ehtiyojimga shafqat qilib menga tayanch yeri boʻlsin, oʻz eshigini menga ochsin.
Xar kim rahmatning nihoyatsiz dengizini topsa, albatta bir tomchi sarob hisoblangan juz'iy ixtiyoriga ishonmaydi, rahmatni tashlab unga murojaat qilmaydi.
Eyvoh! Aldandik. Shu dunyo hayotini sobit deb oʻyladik. Shu sabab batamom zoye qildik. Bu hayotning oʻtishi uyqudir, tushdek oʻtdi. Asossiz umr ham bir shamol kabi uchar ketadi.
Oʻziga ishongan va abadiy deb oʻylagan magʻrur inson zavol boʻlishga mahkum. Tezlik bilan ketmoqda. Inson uyi boʻlgan dunyo yoʻqlik zulmatiga yiqiladi. Umidlar boqiy emas, azoblar ruhda boqiy qoladi.
Modomiki bu haqiqat ekan, kel ey hayotga juda ishtiyoqand, umrga juda tolib, dunyoga juda oshiq, cheksiz orzular va azoblarga mubtalo boʻlgan badbaxt nafsim! Uygʻon, esingni yigʻ! Tilla qoʻngʻiz oʻz nurchasiga ishonadi. Tunnign cheksiz zulmatida qoladi. Asal ari esa oʻziga ishonmagani uchun, kunduzning Quyoshini topadi. Doʻsti boʻlgan barcha gullarni Quyoshning ziyosi bilan bezalganini kuzatadi. Xuddi shuning kabi, oʻzingga, vujudingga va menligingga tayansang, tilla qoʻngʻiz kabi boʻlasan. sen foniy vujudingni senga bergan Xoliqning yoʻlida fido qilsang, asal arisi kabi boʻlasan. Hadsiz bir vujud nuri topasan. Fido et. Chunki bu vujud senga berilgan va omonatdir.
Va uning mulkidir. Yana u bergandir. Shunday ekan boʻyin egmasdan va chekinmasdan fano et, fido et. Toki baqo topsin. Chunki inkorni inkor qilish isbotdir. Ya'ni: Yoʻq, agar yoʻq boʻlsa, u bordir. Yoʻq yoʻq boʻlsa, bor boʻladi.
Xoliqi Kariym oʻz mulkini sendan sotib olmoqda. Jannat kabi buyuk evaz beradi. Ham mulkni sen uchun chiroyli muhofaza qilyapti. Qiymatini yuksaltiryapti. Yana senga, ham boqiy ham mukammal suratda beradi. Shunday ekan, ey nafsim! Hech turma. Ushbu bir-biri ichidagi besh foydali tijoratni qil. Bu orqali besh zarardan qutulib, besh foydani birdan qozongin.
Ibrohim Alayhissalom koinotning zavol va oʻlimini e'lon qilgan oʻlim xabari لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ meni yigʻlatdi.
Shuning uchun qalb koʻzi yigʻladi va koʻz yosh toʻkdi. Qalb koʻzi yigʻlagani kabi, toʻkkan har bir tomchisi ham shu qadar xazinki, yigʻlatadi, goʻyo oʻzi ham yigʻlayotir. Koʻz yoshlari quyidagi forsiy boʻlimlardir.
Koʻz yoshalri Nabiyyi Paygʻambar boʻlgan Hakiymi Ilohiyning Kalomullohi ichida bir kalomining bir navʻ tafsiridir.
Botib gʻoyib boʻlgan mahbub goʻzal emas. Chunki haqiqiy goʻzal zavolga mahkum boʻlmaydi. Adabiy ishq uchun yaratilgan va Samad oynasi boʻlgan qalb bilan sevilmaydi va sevilmasligi kerak.
Botib koʻrinmaslikka mahkum istak qalbning aloqasiga, fikrning mashgʻul boʻlishiga arzimaydi. Orzularni soʻraydigan joy boʻla olmaydi. Orqasida gʻam va qaygʻu bilan afsuslanishga loyiq emas. Qalbning esa unga mahliyo boʻlishi va unga bogʻlanib qolishiga esa umuman arzimaydi.
Fanoda yoʻq boʻladigan, orzuni istamasman. Chunki foniyman, foniy narsani istamasman, nima qilayin?
Zavolda dafn boʻladigan ma'budni chaqirmayman, unga iltijo etmayman. Chunki nihoyatsiz muhtojman va ojizman. Ojiz boʻlgan narsa mening juda buyuk dardlarimga davo topa olmaydi. Abadiy yaralarimga malham sura olmaydi. Zavoldan oʻzini qutqara olmasa, qanday ma'bud boʻla oladi?
Ha, zohirga mubtalo boʻlgan aql bu qorishiq koinotda mahliyo boʻlgan narsalarining zavol topishini koʻrib gʻamli faryod qiladi va boqiy mahbubni qidirgan ruh ham لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ faryodini e'lon qiladi.
Ayriliqni istamayman, orzu qilmayman, toqat keltirmayman.
Darrov zavol topib achchiqlashgan qovushish gʻam va xavotirga arzimaydi. Ishtiyoqqa umuman loyiq emas. Chunki lazzat zavol topsa alam boʻlgani kabi, lazzatning zavol topishini tasavvur qilish ham azobdir. Butun majoziy oshiqlarning devonlari, ya'ni ishqnomalari boʻlgan manzum kitoblar ushbu zavolni tasavvur qilib azobdan faryod qiladi. Agar xar birining, butun she'rlar devonining ruhini siqsang, azobli faryod tomadi.
Zavolga qoʻshilgan qovushishlar, azobli majoziy muhabbatlar dardidan va balosidan qalbim Ibrohim kabi لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ haqiqati bilan yigʻlayapti va baqirayapti.
Agar bu foniy dunyoda baqo istasang, baqo fanodan chiqadi. Nafsi ammora jihatida fano top, boqiy boʻlasan.
Dunyoparastlik asoslari hisoblangan yomon axloqdan ajralib chiq. Foniy boʻl! Mulk va moling doirasidagi narsalarni Mahbubi Haqiqiy yoʻlida fido qil. Mavjudotning yoʻqlik koʻrsatgan oqibatlarini koʻr. Chunki bu dunyodan baqoga ketgan yoʻl fanodan oʻtadi.
Sabablar ichiga tolgan inson fikri shu dunyoning zavol zilzilasidan hayratda qolib, umidsiz holda hoʻngrab yigʻlaydi. Haqiqiy vujud istagan vijdon Ibrohim kabi لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ yigʻisi bilan majoziy mahbublardan va yoʻq boʻlib ketuvchi mavjudotdan aloqani uzib, Mavjudi Haqiqiyga va Mahbubi Sarmadiyga bogʻlanadi.
Ey nodon nafsim! Bilginki: Garchi dunyo va mavjudot foniy boʻlsada, xar bir foniy narsada boqiyga qovushtiradigan ikki yoʻl topasan. Jon va jonon boʻlgan Mahbubi Loyazalning jamolining tajalliyidan ikki yogʻduni, ikki sirni koʻrasan. Bir sharti bor: Foniy suratdan va oʻzingdan kechib bilsang.
Ha, ne'mat ichida in'om koʻrinadi, Rahmonning iltifoti his etiladi. Ne'matdan in'omga oʻtsang, Mun'imni topasan. Yana xar Samadoniy asari bir maktub boʻlgan Sone'i Zuljalolning ismlarini bildiradi. Naqshdan ma'noga oʻtsang, ismlar yoʻli orqali Goʻzal Asmo Sohibini topasan. Modomiki bu foniy san'atli asarlarning magʻzini, ichini topar ekansan, uni qoʻlga kirit, tashqi ma'nosiz qobigʻini achinmasdan fano seliga otgin.
Ha, san'atli asarlarda hech bir asar yoʻqki, koʻp ma'noli mujassam bir lafz boʻlmasin, Sone'i Zuljalolning koʻp ismlarini oʻqittirmasin. Modomiki bu san'atli asarlar soʻzlar, qudrat kalimalari ekan, ma'nolarini oʻqi, qalbingga qoʻy. Ma'nosiz qolgan soʻzlarni parvosiz zavolning havosiga ot. Orqasidan bogʻlanib, qarab mashgʻul boʻlma.
Xullas, zohirparast va sarmoyasi begona ma'lumotlardan iborat boʻlgan dunyoviy aql, fikrlar silsilasini hechga va yoʻqlikka yoʻnaltirgani uchun, hayratidan va maxrumligidan umidsiz holda faryod qiladi. Haqiqat tomon toʻgʻri yoʻl qidiradi. Modomiki ruh qoʻlini botuvchi va zavol topgan narsalardan tortgan ekan, qalb ham majoziy mahbublardan voz kechgan ekan, vijdon ham foniylardan yuzini oʻgirgan ekan, sen ham bechora nafsim, Ibrohim kabi لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ madadkorini ol, qutul.
Fitrati ishq bilan qorilgandek ishq qadahi bilan boshi aylangan Mavlono Jomiy e'tiborni koʻplikdan birlikka qaratish uchun goʻzal
degan gapiga qara. {(Izoh) Faqat ushbu satrgina Mavlono Jomiyning kalomidir.} Yaʻni:
1 - Faqat bittani ista, boshqalar istashga arzimaydi.
2 - Bittani chaqir, boshqalar yordamga kelmaydi.
3 - Bittani talab qil, boshqalar loyiq emas.
4 - Bittani koʻr, boshqalar xar doim koʻrinmaydi, zavol pardasida yashirinadi.
5 - Bittani bil, ma'rifatiga yordam bermagan boshqa bilishlar foydasiz.
6 - Bittani ayt, unga oid boʻlmagan soʻzlar foydasiz sanaladi.
Ha, Jomiy juda toʻgʻri aytdingiz. Haqiqiy mahbub, haqiqiy matlub, haqiqiy maqsud, haqiqiy ma'bud faqat Udir.
Chunki bu olam butun mavjudotlari bilan, farqli tillari bilan, turli tuman ohangli ovozlari bilan Ilohiy zikrning eng katta halqasida birgalikda "La ilaha illa Hu" deydi, vahdoniyatga shahodat qiladi. لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ ning ochgan yarasiga malham suradi va aloqani uzgan majoziy mahbublar evaziga Mahbubi Loyazaliyni koʻrsatadi.
Bundan yigirma besh yil avval Istanbul Boʻgʻozidagi Yusha Tepasida, dunyoni tark qilishga qaror qilgan vaqtim, bir qancha muhim doʻstlarim meni dunyoga, eski holatimga qaytarish uchun yonimga keldilar. Men: "Ertagacha meni qoldiringlar, istixora qilay." dedim. Tongda qalbimga ushbu ikki lavha xotirlatirildi. She'rga oʻxshaydi, lekin she'r emas. Muborak xotiraning hurmati uchun tegmadim. Kelganidek muhofaza qilindi. Yigirma Uchinchi Soʻzning oxiriga kiritilgan edi. Maqom munosabati bilan bu yerga olindi.
Meni dunyoga chaqirma, Unga keldim fano koʻrdim.
Dema gʻaflat hijob boʻldi, Va nuri Haq pinhon koʻrdim.
Butun ashyoi mavjudot, Bir-bir foniy zararli koʻrdim.
Vujud desang, uni kiydim, Oh, hechlik edi, koʻp balo koʻrdim.
Hayot desang uni tottim, Azob ichra azob koʻrdim.
Aql ayni jazo boʻldi, Baqoni bir balo koʻrdim.
Umr ayni havo boʻldi, Kamolni foydasiz koʻrdim.
Amal ayni riyo boʻldi, Umid ayni azob koʻrdim.
Visol zavolning oʻzi boʻldi. Davoni ayni xastalik koʻrdim.
Bu nurlar zulmatlar boʻldi, Bu doʻstlarni yetim koʻrdim.
Bu ovozlar mavt xabari, Tiriklarni oʻlik koʻrdim.
Ilmlar vahimalarga aylandi, Hikmatda ming kasal koʻrdim.
Lazzat ayni alam boʻldi. Vujudda ming yoʻqlik koʻrdim.
Habib desang uni topdim, Oh! Firoqda koʻp azob koʻrdim.
Dema gʻaflat zavol topdi, Va nuri Haq ayon koʻrdim.
Vujud burhoni Zot boʻldi, Hayot Haq oynasi, koʻr.
Aql hazina kaliti boʻldi, Fano baqo eshigidir, koʻr.
Kamolning yogʻdusi soʻndi, Faqat shamsi Jamol bor, koʻr.
Zavol ayni visol boʻldi, Alam ayni lazzatdir, koʻr.
Umr ayni amal boʻldi, Abad ayni umrdir, koʻr.
Zulmat ziyo parda boʻldi, Bu oʻlimda haq hayot bor, koʻr.
Butun ashyo doʻst boʻldi, Butun saslar zikrdir koʻr.
Butun mavjudot zarralari, Bir-bir zokir, tasbehchi, koʻr.
Faqirlikni boylik hazina topdim, Yerda toʻliq quvvat bor, koʻr.
Agar Allohni topgan boʻlsang, Butun ashyo seniki, koʻr.
Agar Maliki Mulkka qul boʻlsang, Uning mulki seniki, koʻr.
Agar xudbin va oʻz nafsingga sohibsan, Sanoqsiz balodir koʻr,
Cheksiz azobdir, tot, Juda ogʻirdir koʻr.
Agar haqiqiy xudobin qul boʻlsang, Hududsiz bir safodir, koʻr,
Hisobsiz bir savob bor tat, Nihoyatsiz saodat koʻr...
Yirigma besh yil avval Ramazonda asrdan soʻng Shayhi Jiyloniyning (Q.S.) Asmo-i Husna manzumasini oʻqidim. Menga asmo-i husna bilan bir munojot yozay degan istak keldi. Lekin oʻshanda bu qadar yozildi. U muqaddas ustozimning muborak Munojoti Asmoyasiga nazira qilishni istadim. Hayhot! Nazmga iste'dodim yoʻq. Qila olmadim, chala qoldi. Bu munojot Oʻttiz Uchinchi Soʻzning Oʻttiz Uchinchi Maktubi boʻlgan Derazalar Risolasiga kiritilgan edi. Maqom munosabati ila bu yerga olindi.
Ey nafsim! Qalbim kabi yigʻla, baqir va aytgin:
"Foniyman, foniy narsani istamasman.
Ojizman, ojiz boʻlganni istamasman.
Ruhimni Rahmonga taslim ayladim, boshqasini istamasman.
Istagin, faqat bir yori boqiy istayman.
Zarraman, lekin Soʻngsiz quyosh istayman.
Hech ichra hechman, lekin bu mavjudotning hammasini istayman."
BARLA YAYLOVI, ARCHA, QATRON,
Bir kuni asirligimda togʻ boshida katta archa, qatron va ardich daraxtlarining haybatli suratlarini, hayratga soladigan vaziyatlarini tomosha qilar ekanman, juda latif bir shamol esdi. U holatni, juda muhtasham va shirin shovqinli raqs qilayotgandek, jazavali tasbeh aytuvchi suratiga oʻgirdi. Sayr tomoshasi ibrat olishga va hikmatli tinglashga aylandi. Birdan Ahmadi Jizriyning kurdcha:
hikmati xotiramga keldi. Qalbim ibrat ma'nolarini ifodalash uchun quyidagicha yigʻladi:
Barla Yaylovi Tepaligida Archa, Qatron, Ardich, Qoraqovoq Mevasi Haqida Yozilgan Forsiy Baytlarning Ma'nosi:
Xotiramga keldi. Qalbim ibrat ma'nolarini ifodalash uchun quyidagicha yigʻladi:
Ya'ni: Sening tomoshangga, husningga barcha xar joydan yugurib kelgan. Sening jamoling bilan noz qilmoqda.
Xar bir jonzot sening tomoshangga, san'ating boʻlgan zamin yuziga xar joydan chiqib qaramoqda.
Pastdan, yuqoridan dallollar kabi chiqib bor ovozdan nido qilmoqda.
Sening naqshing goʻzalligidan xursand boʻlib, dallol misol daraxtlar oʻynamoqda.
Sening mukammal san'atingdan sevinib, xush-goʻzal sado bermoqdalar.
Goʻyo sadolarining shirinligi ularni ham sevintirib nozaninona noz ettirmoqda.
Shu sabab, daraxtlar raqsga kelgan, jazba istamoqda.
Bu Ilohiy rahmatning belgisi orqali, xar bir jonzot oʻziga maxsus tasbeh va namozning darsini olmoqda.
Dars olgandan soʻng, xar bir daraxt yuksak bir tosh ustida arshga boshini koʻtarib turibdi.
Xar biri yuzlab qoʻllarini Shaxbozi Qalandar {(Izoh1) Shahbozi Qalandar mashhur bir qahramon boʻlib, Shayxi Jiyloniyning irshodi bilan Allohning dargohiga iltijo qilib valiylik martabasiga chiqqan.} kabi Allohning dargohiga uzatib muhtasham ibodat qilayotgan koʻrinishiga kirgan.
{(Izoh2) Shaxnozi Chelkezi qirq oʻrama sochi bilan mashhur boʻlgan dunyo goʻzali.}
Oʻynatadi zulf kabi kichik shoxlarini va u bilan tomosha qilganlarga ham latif shavqlarini va yuksak zavqlarini eslatadi.
Ishqning "Hay huy" pardalaridan eng sezgir torlarga, tomirlarga tegadigandek sado beradi.
{(Nusxa) Bu nusxa qabristondagi archa daraxtiga tegishli:
}
Fikrga shu vaziyatdan shunday bir ma'no keladi: Majoziy Muhabbatlarning zavol tiposhining azobidan yigʻi, chuqurdan-chuqur hazin hoʻngrashini eslatadi.
Maxmudlarning, ya'ni Sulton Maxmud kabi mahbubidan ayrilgan butun oshiqlarning boshida gʻamli mahbublarining ohangli ovozlarining tarzini eshittiradi.
Dunyoviy sadolarning va soʻzlarning eshitilishdan ayrilgan oʻlganlarga; azaliy ohangli ovozlarni, tashvishga soladigan sadolarni eshittirgan vazifasi borligi koʻrinadi.
Ruh esa bu holatdan quyidagicha tushundi: Ashyolar tasbehot bilan Sone'i Zuljalolning ismlarining tajalliylariga javoban, bir duo-niyoz nagʻmasi kelmoqda.
Qalb esa, xar biri jismlashgan oyat hisoblangan daraxtlardan tavhid sirini bu moʻ'jizaning nazm buyukligidan oʻqiydi. Ya'ni, xilqatida shu daraja gʻaroyib intizom, san'at, hikmat borki: Butun koinotdagi sabablar istagnini qiladigan deb faraz qilinsa va toʻplanishsa ham taqlid qila olmaydi.
Nafs esa, buni koʻrib, butun yer yuzi shovqinli firoq zilzilasida aylanayotgandek koʻrdi, boqiy zavq qidirdi. "Dunyoparastlikning tarkida topasan" degan ma'no chiqardi.
Aql esa, hayvon va daraxtning xush ohangi, nabotot va havoning chiqargan ovozidan oʻta ma'noli yaratilish intizomi, hikmat naqshi, sirlar xazinasi topdi. Hamma narsa koʻp jihatlar bilan Sone'i Zuljalolga tasbeh aytganini tushundi.
Havoyi nafs esa havo sadosi va yaproqlar ovozidan shunday lazzat oladiki, butun majoziy lazzatlarni unuttirib, havoyi nafsning hayoti boʻlgan majoziy lazzatni tark etib, haqiqat zavqida oʻlishni istaydi.
Xayol esa, goʻyo daraxtlarning vazifa yuklangan farishtalari kirib xar bir shoxida koʻp naylardan toqilgan daraxtlarni jasad qilib kiyganini koʻrdi. Goʻyo Sultoni Sarmadiy minglab nay sadosi bilan muhtasham ochilish marosimida ularni kiydirgan. Daraxtlar jonsiz, idroksiz jism kabi emas, balki oʻta idrokli ma'noli holatlarni koʻrsatadi.
Naylar samoviy, yuksak musiqadan kelayotganday sof va ta'sirlidir. Fikr ulardan, boshda Mavlono Jaloliddin Rumiy va butun oshiqlar eshitgan azobli ayriliq shikoyatlarini eshitmaydi. Balki Zoti Hayyi Qayyumga nisbatan taqdim qilingan Rahmoniy tashakkurotni va Rabboniyani hamdlarni eshitadi.
Daraxtlar jasad, butun yaproqlar tilga aylangan ekan. Demak, xar biri minglab tili bilan havo tekkanda "Hu Hu" zikrini takror etadi. Hayotlarining tahiyyoti orqali Sone'ining Hayyi Qayyum boʻlganini e'lon qiladi.
Chunki butun ashyo "La ilaha illa Hu" deb koinotning azim zikr xalqasida birgalikda zikr qilib ishlayapti.
Vaqti-vaqti bilan iste'dod tili orqali Janobi Haqdan hayoti haqqini "Yo Haq" deb, rahmat xazinasidan istaydi. Boshdan oxirigacha hayotga sazovor boʻlgan tili bilan "Yo Hayy" ismini zikr etadi.
Bir kuni Barlada Archa togʻida yuksak bir joyda, kechasi samoning yuziga boqdim. Birdan xotirga quyidagi ifodalar keldi. Yulduzlarning holat tili bilan gapirishini hayolan eshitganimdek yozildi. Nazm va she'rni bilmaganim uchun she'r qoidasiga kirmadi. Kelganidek yozildi. Toʻrtinchi maktub bilan Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Birinchi Qismining oxiridan olindi.
Tinglagin yulduzlarni, ushbu shirin xutbasiga
Hikmatning nurli nomasi, qara qanday bildirgan.
Birgalikda nutqqa kelgan, haq bilan bilan deydi:
Bir Qodiri Zuljalolning muhtasham sultonligin
Biir-bir nurli burhonmiz Sone'ning borligiga
Ham vahdatga, ham qudratga shohidlarmiz biz.
Bu zamin yuzini porlatgan
Nozanin moʻ'jizalar chun malak sayr etishiga.
Bu samoning yerga boqqan, Jannatga diqqat qilgan
Minglab diqqatli koʻzlarmiz biz.
{(Hoshiya) Ya'ni Jannat chechaklarining koʻchatzor va ekinzori boʻlgan zaminning yuzida hadsiz moʻ'jizoti qudrat tashhir etilganidan, samovot olamidagi maloikalar u moʻ'jizotni va u horiqolarni tomosha qilganlari kabi; ajromi samoviyaning koʻzlari hukmida boʻlgan yulduzlar ham, goʻyo maloikalar kabi, zamin yuzidagi nozanin masnu'otni koʻrishlari bilan Jannat olamiga qaraydilar va u muvaqqat horiqolarni boqiy bir suratda Jannatda ham tomosha qilayotgandek, bir zaminga, bir Jannatga qaraydilar. Ya'ni u ikki olamga nazoratlari bor deganidir.}
Xilqat daraxtidan samovot tomon, butun Somonyoʻli shoxlariga
Bir Jamili Zuljalolning hikmat qoʻli bilan toʻqilgan minglab goʻzal mevalarmiz biz.
Bu samovot ahliga sayyor masjidlarmiz,
Aylangan uylar, ulugʻ makonlarmiz,
Nurli chiroqlar, azamatli kemalar, tayyoramiz biz.
Bir Qodiri Zulkamolning, bir Hakimi Zuljalolning
Qudrat moʻ'jizalari, gʻaroyib Xoliqona san'ati,
Nodir hikmatlar, gʻaroyib yaratilgan, nur olamimiz biz.
Yuz ming til bilan yuz ming burhon koʻrsatamiz,
Eshittiramiz inson boʻlgan insonga.
Koʻr boʻlsin dinsiz koʻzi, koʻrmas boʻldi yuzimizni.
Ham eshitmas soʻzimizni. Haq soʻylagan oyatlarmiz biz.
Muxrimiz bir, tamgʻamiz bir, Robbimizga boʻysunamiz,
Tasbehhonmiz, zikr qilamiz obidlardek
Somonyoʻli katta halqasiga mansub majzublarmiz biz.
deganlarini xayolan tingladim.