So'zlar
— 193 —

Oʻn Oltinchi Soʻz

﴿ بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ ﴾
﴿ اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ﴾
Nafsimni toʻliq ishontirishga sabab boʻladigan, zulmatni tarqatadigan bu oyatning nuridan toʻrt shuʻlasini koʻrsatib koʻr nafsimga basirat berish uchun yozilgan.

Birinchi shuʻla: Ey nodon nafs!

Alloh zotining ahad-yakkaligi bilan ishlarining kulliyati, oʻzining vahdati-bittaligi bilan yordamchisiz umumiyligi rububiyati, fardoniyati-yolgʻizligi bilan sheriksiz tasarruflarining qamrovi, makondan munazzahligi bilan hamma joyda hozir boʻlishi, nihoyatsiz ulugʻligi bilan hamma narsaga yaqin boʻlishi, birligi bilan xar bir ishni oʻzi qoʻlida tutishi Qur'onning haqiqatlaridandir.

Qur'on esa hakimdir. Hakim esa aql qabul etmagan narsalarni aqlga yuklamaydi. Bu yerda aql zohiriy bir zidlikni koʻrmoqda. Aqlni taslimga chorlaydigan bir izoh istayman.

Javob: Modomiki shunday ekan, qoniqish uchun istasang, Qur'onning fayziga tayanib aytamiz: Nur ismi koʻp mushkullarimizni hal qilgan, inshaolloh buni ham hal qiladi. Aqlga keng, qalbga nuroniy misol keltirish yoʻlini ixtiyor qilib, Imomi Rabboniy (R.A.) kabi:

نَه شَبَمْ نَه شَبْ پَرَسْتَمْ مَنْ ٭ غُلَامِ شَمْسَمْ اَزْ شَمْسْ مِى گُويَمْ خَبَرْ

deymiz. Misol keltirish Qur'on moʻ'jizaligining eng porloq oynasi boʻlgani uchun, biz bir misol orqali bu sirga qaraymiz:

— 194 —

Bir zot turli oynalar vositasida kulliyat kasb etadi. Haqiqatda juz'iy boʻlsada, umumiy ishlarga ega boʻlgan kulliyga aylanadi. Masalan: Quyosh kichik bir narsa boʻlsada, shaffof narsalar vositasida shunday umumiy narsaga aylanadiki, yer yuzini timsollari bilan, akslari bilan toʻldiradi. Hatto tomchilar va porloq zarralar sanogʻicha jilvalari mavjud. Quyoshning harorati, ziyosi va ziyoning ichidagi yetti rangining xar biri oldidagi narsalarni qoplaydi, ichiga oladi va qamraydi. Xar bir shaffof narsa quyoshning timsoli bilan birga haroratni, ziyoni, yetti rangni koʻz qorachigʻida saqlaydi. Sof qalbini unga bir taxt qiladi.

Demak, quyosh vohidiyat-bitta boʻlishi bilan birga oldidagi barcha narsalarni qamragani kabi, ahadiyat-yagonalik jilvasi bilan xar bir narsada koʻp vasflari bilan birga bir jihatda oʻzining jilvasi bilan mavjud boʻladi. Modomiki misoldan koʻrinish mavzuiga oʻtgan ekanmiz, aks etishning koʻp turlaridan bu masalaga asos boʻladigan uch turiga ishora qilamiz.

Birinchisi: Jism - moddiy narsalarning akslaridir. Akslar ham boshqadir, aynisi emas ham jonsiz, oʻlikdir. Tashqi koʻrinishidan boshqa hech qanday xususiyatga ega emas. Masalan, sen oynalar xazinasiga kirsang, bir Said minglab Said boʻladi. Lekin jonli holatda faqat sensan, boshqalar oʻlik. Hayot xossalari ularda yoʻq.

Ikkinchisi: Moddiy nuroniy narsaning akslaridir. Aks uning ayni emas, lekin boshqa ham emas. Mohiyatni saqlamaydi, faqat u nuroniy narsaning aksar xususiyatlariga ega. U kabi hayot sanaladi. Masalan: Quyosh dunyoga kirdi. U xar bir oynada aksini koʻrsatdi. Akslarning xar birida Quyoshning xossalari boʻlgan ziyo va ziyodagi yetti rang mavjud. Agar farazan Quyosh idrokli boʻlganida, (harorati qudratininig oʻzi, ziyosi ayni ilmi, yetti rangi yetti sifati boʻlganida) yagona va yolgʻiz oʻzi bir onda xar bir oynada boʻlar, xar birini oʻziga bir arsh va bir tur telefon qilar edi. Bir-biriga mone boʻlmas edi. Xar birimiz bilan oynamiz vositasida koʻrishar edi. Biz undan uzoq boʻlsak ham, u bizga bizdan ham yaqin boʻlar edi.

Uchinchisi: Nuroniy ruhlarning aksidir. Aks ham hayotdir, ham aynidir. Oynalarning qobiliyati nisbatida koʻringani uchun, ruh asl mohiyatiga toʻliq ega emas. Masalan: Hazrati Jabroil Alayhissalom Dihya suratida Paygʻambarning huzurida boʻlgan on, Allohning huzurida ham hashamatli qanotlari bilan Arshi A'zamning yonida sajdaga boradi. Yana oʻsha onda hisobsiz yerlarda boʻladi, Ilohiy amrlarni yetkazardi. Bir ish ikkinchi ishga mone boʻlmas edi. Ushbu sir asosida, mohiyati nur va huviyati nuroniy boʻlgan Hazrati Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam dunyoda butun ummatining salovotlarini birdan eshitadi va qiyomatda butun asfiyo bilan bir onda koʻrishadi. Bir-birisiga mone boʻlmaydi. Hatto avliyolarning koʻp nuroniyat kasb etgan va abdol deyilgan bir qismi bir onda bir qancha yerlarda kuzatilgan. Ayni zot boshqa-boshqa koʻp ishlarni bajaradi.

— 195 —

Jismoniy narsalarga shisha va suv kabi narsalar oyna boʻlgani kabi, ruhoniy borliqlarga ham havo, efir va misol olamining ba'zi mavjudoti oyna boʻladi va chaqmoq va xayol tezligida sayru-sayohat vositasiga aylanadi. Bu orqali ruhoniylar xayol tezligi bilan top-toza oynalarda, u latif manzillarda kezadi. Bir onda minglab joyga kirishadi.

Modomiki, Quyosh kabi ojiz va buyruqqa itoat qiladigan maxluqlar, ruhoniy kabi modda bilan chegaralangan yarim nuroniy san'atli borliqlar nuroniyat siri orqali, bir yerda turib juda koʻp yerlarda boʻla olar ekan, chegaralangan juz'iy ekaniga qaramasdan mutlaq kulliyga aylanar ekan, bir onda juz'iy ixtiyor bilan juda koʻp ishlarni qilar ekan, moddaga bogʻliq boʻlmagan va ulugʻ, chegaralanish va moddaning zulmatidan pok, ozod, barcha nurlar va butun nuroniyat Uning muqaddas ismlarining nurlarining xira soyasi, umum mavjud narsalar, butun hayot, ruhlar olami va misol olami yarim shaffof jamolining bir oynasi, qamrovli sifati va faoliyati kulliy boʻlgan Zoti Aqdasning kulliy irodasi, mutlaq qudrati, bepoyon ilm bilan sifatining tajalliyi va ishlarining jilvasi ichidagi ahadiyatining tavajjuhidan qaysi narsa yashirin qoladi, qaysi ish ogʻir keladi, nima yashirina oladi, kim uzoq qoladi, qaysi shaxsiyat kulliyat kasb etmasdan unga yaqinlasha oladi?

Quyosh - chegarasiz nuri, moddasiz aksi vositasida senga sening koʻz qorachigʻingdan ham yaqin. Lekin sen chegaralangan boʻlganing uchun undan oʻta uzoqsan. Unga yaqinlashish uchun koʻp chegaralardan ajralib chiqish, koʻp kulliy martabalardan oʻtish kerak boʻladi. Xuddi, ma'nan yer qadar kattalashgandan oydek yuksalgandan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri quyoshning asl martabasiga bir daraja yaqinlashib pardasiz koʻrisha olasan. Xuddi shuning kabi: Jaliyli Zuljamol, Jamiyli Zulkamol senga oʻta yaqin, sen undan oʻta uzoqsan. Qalbning quvvati, aqlning yuksakligi boʻlsa, misoldagi nuqtalarni haqiqatga tatbiq qilishga harakat qil.

Ikkinchi Shuʻla: Ey aqlsiz nafs!

﴿ اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ﴾

va

﴿ اِنْ كَانَتْ اِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً فَاِذَاهُمْ جَمِيعٌ لَدَيْنَا مُحْضَرُونَ ﴾

kabi oyatlar narsalarning vujudi faqat bir amr bilan va bir onda boʻlganini,

— 196 —
﴿ اَحْسَنَ كُلَّ شَيْءٍ خَلَقَهُ ﴾

va

﴿ صُنْعَ اللّهِ الَّذِى اَتْقَنَ كُلَّ شَيْءٍ ﴾

kabi oyatlar narsalarning vujudi ilm ichida azim bir qudrat bilan, hikmat ichida nozik san'at bilan tadrijiy ekanini koʻrsatadi. Buning bir-biriga uygʻunlik tomoni nima?

Javob: Qur'onning fayziga tayanib aytamiz: Avvalo, zidlik yoʻq. Bir qismi, ibtidodagi ijod qilish kabi. Bir qismi: Mislini qaytarish kabi...

Ikkinchidan: Ushbu ikki qismdagi oyatlarning haqiqatining borligiga mavjudotda koʻringan osonlik, tezlik, koʻplik va kenglik ichida oʻta intizom, gʻoyat pishiq, san'at goʻzalligi va yaratilish mukammalligi qat'iyan shahodat qiladi. Shunday ekan, ularning xorijijda biror ishning amalga oshishini gapirishning oʻzi keraksiz. Balki "hikmatining qanday siri bor" deyish mumkin.

Demak, biz ham bir misoliy qiyos orqali ushbu hikmatga ishora qilamiz. Masalan: Tikuvchi kabi hunarmand bir qancha qiyinchiliklar, mahoratlar orqali san'atli narsani ijod etadi va unga model qiladi. Soʻng uning oʻxshashini qiyinchiliksiz, tez qiladi. Hatto ba'zan shu daraja osonlik paydo qiladiki, goʻyo amr etishi bilan qilinadi va kuchli intizom amalga oshad (soat kabi) goʻyo bir amr kelishi bilan ishlanadi va ishlaydi. Xuddi shuning kabi: Sone'i Hakiym va Naqqoshi Aliym bu olam saroyini ichidagilari maxluqoti bilan birga tenggi yoʻq suratda yaratib, juz'iy va kulliy, juz va kull hamma narsaga bir model boʻladigan qadariy bir nizom orqali muayyan bir miqdor bergan.

Qara, Naqqoshi Azaliy xar bir asrni bir model qilib qudrat moʻ'jizalari bilan bezalgan, unga yangi bir olamni kiydiradi. Xar bir yilni bir miqyos qilib, rahmatining gʻaroyib narsalari bilan bezalgan yangi bir koinotni qomatga koʻra tikadi. Xar bir kunni bir satr qilib, unga hikmatining nozik ishlari bilan bezalgan, yangilangan mavjudotni yozadi.

Qodiyri Mutlaq xar bir asrni, xar bir yilni, xar bir kunni bir model qilgani kabi, roʻyi zaminni, xar bir togʻ va sahroni, bogʻ va boʻstonni, xar bir daraxtni bittadan namuna qilgan. Vaqti-vaqti bilan zaminda yangi-yangi koinotlarni quradi, yangi dunyolarni ijod etadi. Bir olamni oladi va boshqa intizomli olamni keltiradi. Mavsum ba-mavsum xar bogʻ va boʻstonda yangi-yangi qudrat moʻ'jizalarini va rahmat hadyalarini koʻrsatadi. Yangi hikmatli kitob yozadi. Yangi-yangi rahmat oshxonalarini quradi. Yangilangan san'atli koʻylak kiydiradi.

Xar bahorda xar bir daraxtga ipak mato kabi toza kiyim kiydiradi. Marjon kabi yangi ziynatlar bilan bezaydi. Yulduzga oʻxshagan rahmat hadyalari bilan qoʻllarini toʻldiradi. Bu ishlarni oʻta yuksak san'at goʻzalligi va mukammal intizom bilan qilgan, birin ketin kelgan, zamon ipiga taqilgan sayyor olamlarni yuksak hikmat, inoyat, mukammal qudrat va san'at bilan almashtirgan Zot, albatta juda Qodir va Hakimdir. Oʻta Basir va Aliymdir. Uning ishiga tasodif aralasha olmaydi. U Zoti Zuljalol, shunday farmon etadi:

— 197 —
﴿ اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ وَمَا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ ﴾

deb, ham mukammal qudratini e'lon qiladi. Qudratiga nisbatan Hashr va Qiyomat juda oson va qiyin emasligini bayon etadi. Yaratishi qudrat va irodani ichiga olganini, butun narsalar Uning amrlariga qattiq boʻysungani, itoatli ekanini, tegmasdan, ishga kirishmasdan yaratgani uchun ijodidagi mutlaq yengillikni ifodalashga, faqat bir amr bilan ishlar qilganini Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon orqali farmon qiladi.

Soʻzning qisqasi: Bir qism oyatlar ashyolarda, xususan yaratilishning boshida oʻta goʻzal san'atini va juda mukammal hikmatni e'lon qiladi. Boshqa qismi, ashyolarda, xususan takroran ijod qilish va joylashtirishida oʻta oson va tezligini qattiq itoat va qiyinchiliksiz ekanini bayon qiladi.

Uchinchi Shuʻla: Ey haddidan oshgan vasvasasi koʻp nafs!

﴿ بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ ٭ مَا مِنْ دَابَّةٍ اِلَّا هُوَ آخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا ٭وَ نَحْنُ اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ ﴾

kabi oyatlar Allohga oʻta yaqinlikni koʻrsatadi.

﴿ وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ٭ تَعْرُجُ الْمَلئِكَةُ وَالرُّوحُ اِلَيْهِ فِى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْسِينَ اَلْفَ سَنَةٍ ﴾

va hadisda vorid boʻlgan: "Janobi Haq yetmish ming hijob orqasidadir" va Me'roj kabi haqiqatlar juda uzoqligimizni koʻrsatadi. Bu chuqur sirni tushunishga yaqinlashtiradigan bir izoh istayman?" deyapsan.

Javob: Unda tingla:

— 198 —

Avvalo, Birinchi Shuiʻlaning oxirida aytgan edik: Quyosh chegarasiz nuri va moddasiz aksi bilan senga ruhingning derazasi va uning oynasi hisoblangan koʻz qorachigʻingdan ham yaqindir. Lekin sen chegaralangan va moddada mahbus boʻlganing uchun undan oʻta uzoqsan. Lekin bir qism akslari, soyalariga tegishing mumkin. Bir navʻ jilvalari va juz'iy koʻrinishlari bilan koʻrishasan va bir sinf sifatlari hisoblangan ranglariga va bir toifa ismlari boʻlgan shuʻlalari va tushgan narsalariga yaqinlasha olasan. Agar Quyoshning oliy martabasiga yaqinlashish va toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh bilan koʻrishishni istasang, juda koʻp chegaralardan chiqishing, juda koʻp martabalaridan oʻtishing kerak boʻladi. Sen huddi ma'nan ajralib, yer kurrasi qadar kattalashib, havo kabi ruhan kengayib, Oy qadar yuksalib, toʻlin oy kabi qarshisiga kelgandan soʻng shaxsan, pardasiz koʻrishib, bir daraja yaqinlashishni da'vo qila olasan. Xuddi shuning kabi, Jaliyli Purkamol, Jamiyli Bemisol, Vojib-ul Vujud, Mujidi Kulli Mavjud, Shamsi Sarmad, Sultoni Azal va Abad senga sendan yaqindir. Sen, undan nihoyatsiz uzoqsan. Quvvating boʻlsa, misoldagi daqiq tomonlarni tatbiq qil.

Ikkinchidan: Masalan: وَ لِلّهِ الْمَثَلُ الْاَعْلَى Bir podshohning koʻp ismlari ichida "qoʻmondon" ismi ichma-ich doiralarda koʻrinadi. Umumiy boshqoʻmondon doirasidan marshallik va generallik, yuzboshi, oʻnboshigacha keng va tor, kulliy va juz'iy doiralarda ham koʻrinishi va namoyon boʻlishi bor. Bir askar askarlik xizmatida oʻnboshi maqomidagi kichik qoʻmondonlikka boʻysunadi, katta qoʻmondoniga ushbu kichik ismning jilvasiga aloqasi va munosabati boʻladi. Agar asl ismiga aloqa bogʻlashni, u unvon orqali koʻrishishni istasa, oʻnboshilikdan umumiy boshqoʻmondon martabasiga chiqishi kerak boʻladi. Demak, podshoh u askarga ismi, hukmi, qonuni, ilmi, telefoni va tadbiri bilan va agar podshoh abdol avliyolardek nuroniy boʻlsa, shaxsan huzuri orqali oʻta yaqin. Hech bir narsa moneʻlik qilmaydi, parda boʻlmaydi. Xolbuki u askar oʻta uzoq. Uni minglab martaba pardalar, minglab hijoblar ayiradi. Faqat ba'zan marhamat qiladi, odatga zid tarzda bir askarni huzuriga oladi, lutf qiladi.

Xuddi shuning kabi: كُنْ فَيَكُونُ amriga sohib, quyoshlar va yulduzlar amriga boʻsungan askar hisoblangan Zoti Zuljalol hamma narsaga hamma narsadan koʻra yaqinroqdir. Lekin hamma narsa Undan nihoyatsiz uzoqdir. Uning buyuk huzuriga pardasiz kirish istalsa, zulmatli va nuroniy, ya'ni moddiy va borliqlarga tegishli, ismlari va sifatlari bilan bogʻliq yetmish minglab hijobdan oʻtishi, xar bir ismning minglab xususiy va kulliy koʻrinishi darajasidan chiqishi, oʻta yuksak sifat tabaqalaridan oʻtib ismi a'zamiga sazovor boʻlgan arshi a'zamiga yuksalishi, agar jazb va lutf boʻlmasa, minglab yillar harakat qilishi va ma'naviy yuksalishi lozim boʻladi. Masalan: Sen unga Xoliq ismi bilan yaqinlashishni istasang, sening xoliqing xususiyati bilan, soʻng butun insonlarning xoliqi jihati bilan, soʻng butun jonzotlarning xoliqi unvoni bilan, soʻng butun mavjudotning xoliqi ismi bilan munosabat kerak boʻladi. Boʻlmasa parda orqasida qolasan, faqat juz'iy bir jilvani topasan.

— 199 —

Bir Eslatma: Misoldagi podshoh, ojizligi uchun, qoʻmondonlik ismining martabasida marshal va general kabi vositalar qoʻygan. Faqat بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ boʻlgan Qodiyri Mutlaq vositalardan behojatdir. Vositalar faqat zohiriydir, izzat va azamat pardasidir. Qullik, hayrat, ojizlik va faqirlik ichida rububiyat saltanatiga dalloldir, tomoshabindir. Yordamchisi emas, rububiyat saltanati sherigi boʻla olmaydi.

Toʻrtinchi Shuʻla: Mana ey tanbal nafsim! Bir jihatda Me'roj hisoblangan namozning haqiqati, sobiq misolda bir askar, ayni lutfning sifatida Podshohning huzuriga qabul qilinishi, ayni rahmat boʻlib Zoti Jaliyli Zuljamol va Ma'budi Jamiyli Zuljalolning huzuriga qabul qilisnihsing hisonlanadi. "Allohu Akbar" deb ma'nan va xayolan yoki niyatan ikki jahondan oʻtib, moddiyot chegarasidan ajralib qullikning kulliy martabasiga yoki kulliyning bir soyasiga yoki bir suratiga chiqib, bir jihatda huzurga musharraf boʻlib, اِيَّاكَ نَعْبُدُ xitobiga (hammaning qobiliyati nisbatida) buyuk bir sazovorlikdir. Xuddi namozdagi harakatlarda takror takror "Allohu Akbar", "Allohu Akbar" deb, martabalardan oʻtish, ma'naviy taraqqiylarga, juz'iyotdan kulliy doiralarga chiqishiga bir ishoradir va ma'rifatimiz xorijidagi kibriyosi kamolotining qisqacha unvonidir. Goʻyo xar bir "Allohu Akbar" bir me'roj zinapoyasining oʻtilishiga ishoradir.

Ushbu namoz haqiqatidan ma'nan yoki niyatan yoki tasavvuran yoki xayolan bir soyasiga, bir shuʻlasiga sazovor boʻlish ham buyuk saodatdir. Hajda juda koʻp "Allohu Akbar" deyilishi bu sirdandir. Chunki haji sharif shaxsan xar kim uchun kulliy martabadagi qullik hisoblanadi. Bir askar bayram kabi maxsus kunda general doirasida general kabi podshohning bayramiga boradi va lutfiga mazhar boʻlar. Xuddi shuning kabi: Bir hoji, naqadar omi boʻlsa ham, martabalardan oʻtgan valiy kabi butun yer yuzining Rabbi Azimi unvoni bilan Rabbiga yuzlanadi. Kulliy qullik bilan musharraf boʻladi. Albatta haj kaliti orqali ochilgan rububiyatning kulliy martabalari va durbini bilan koʻringan uluhiyatdagi buyuklikning ufqlari va shiorlari bilan qalbiga va xayoliga tobora kengaygan qullik doiralari, kibriyo martabalari va namoyon boʻlish ufuqlarining bergan harorat, hayrat va dahshat va rububiyat haybati "Allohu Akbar", "Allohu Akbar" bilan taskin etiladi va u orqali tasavvur etilgan yoki koʻz bilan koʻrilgan shaklda ochilgan darajalar e'lon qilinadi. Hajdan soʻng bu ma'noni, turli ulugʻ va kulliy darajalarda bayram namozida, yomgʻir namozida, xusuf-kusuf namozida, jamoat bilan oʻqilgan namozda mavjud. Islom shaoirlarining hatto sunnat boʻlsa ham ahamiyati bu sirga bogʻliq.

— 200 —
سُبْحَانَ مَنْ جَعَلَ خَزَائِنُهُ بَيْنَ الْكَافِ وَ النُّونِ
﴿ فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ﴾
﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ ﴾
﴿ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَا اِنْ نَسِينَا اَوْ اَخْطَاْنَا ٭ رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ ﴾
وَصَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى رَسُولِكَ الْاَكْرَمِ مَظْهَرِ اِسْمِكَ الْاَعْظَمِ وَ عَلَى آلِهِ وَ اَصْحَابِهِ وَ اِخْوَانِهِ وَ اَتْبَاعِهِ آمِينَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ
— 201 —

Kichik Bir Ilova

Qodiyri Aliym va Sone'i Hakiym qonuniyat shaklidagi odati koʻrsatgan nizom va intizomi bilan qudratini, hikmatini va ishiga hech qanday tasodif qoʻshilmaganini izhor qilgani kabi, qonun istisnolari bilan, odatining gʻaroyibotlari bilan, koʻrinishga oid oʻzgarishlar bilan, bilinishlarining farqli ekani bilan, zuxur va nuzul vaqtinining almashuvi bilan istagi, irodasi, istaganini qila oladigan yaratuvchi ekani, ixtiyorini, hech bir chegara ostida emasligini izhor qilib takrorlanish pardasini yirtib, hamma narsa, xar onda, xar holda, xar narsasida unga muhtoj ekani va rububiyatiga itoatli ekanini e'lon qilib, gʻaflatni tarqatib, inson va jinlarning e'tiborini, sabablardan Musabbibu-l Asbobga qaratadi. Qur'onning bayonoti bu asosga qaraydi.

Masalan: Aksar joylarda bir qancha mevali daraxtlar bir yil meva beradi, ya'ni rahmat xazinasidan ularning qoliga beriladi, u esa bizga uzatadi. Keyingi yil, butun zohiriy sabablar boʻlsada meva bermaydi. Yan masalan: Boshqa kerakli sabablarga ters, yomgʻir yogʻish vaqti shu qadar oʻzgaruvchiki, "beshta gʻayb boʻlga narsa"ga kirgan. Chunki vujudda eng muhim mavqeʻ hayot va rahmatga oiddir.

Yomgʻir hayot manbai va rahmatning boʻlgani uchun albatta bu obi hayot, obi rahmat, gʻaflat bergan va parda boʻlgan doimiy takrorlanish qoidasiga kirmaydi, balki toʻgʻridan-toʻgʻri Janobi Mun'imi Muhyi, Rahmon va Rahiym boʻlgan Zoti Zuljalol xar doim duo va shukr eshiklarini ochiq qoldirishi uchun pardasiz, qoʻlida tutadi. Yana masalan: Rizq va muayyan siymo berish, maxsus ehson belgisi kabi kutilmagan tarzda boʻlishi naqadar goʻzal suratda istak va Rabboniy ixtiyorni koʻrsatadi. Havoni boshqarish va bulutning amr ostiga olinib itoat ettirilishi kabi Allohning ishlarini bularga qiyos qil.