YIGIRMA BIRINCHI SOʻZ
Birinchi Maqom
Bir kuni yoshi, jismi, rutbasi mendan katta bir odam: "Namoz yaxshi. Lekin xar kuni besh mahal oʻqish koʻplik qiladi. Tugamagani uchun zeriktiradi." dedi.
U kishining gapidan ancha vaqt oʻtib nafsimni tingladim. Huddi oʻsha gaplarni aytayotganini eshitdim. Qarasam u darsni tanballik qulogʻi bilan shaytondan dars olyapti. Shunda: Haligi kishi gapini butun nafsi ammoralarning nomidan aytgan yoki ayttirilganini tushundim. Shunda javoban: "Modomiki nafsim ammoradir. Nafsini isloh qilmagan inson boshqa birovni isloh qila olmaydi. Shunday ekan, nafsimdan boshlayman" dedim.
Ey nafs! Jahli murakkab ichida, tanballik toʻshagida, gʻaflat uyqusida aytgan bu soʻzingga muqobil "besh tanbeh"ni mendan eshit, dedim.
Birinchi tanbeh: Ey badbaxt nafsim! Ajabo, umring abadiymi? Kelasi yilgacha, balki ertagacha qolishingga biror qat'iy hujjating bormi? Senga zerikish bergan narsa oʻzingni abadiy yashaydigandek tasavvur qilishingdir. Oʻyin-kulgi uchun, dunyoda abadiy qoladigandek nozlanasan. Agar umring ozligi, yana foydasiz ketayotganini tushunganingda, albatta uning yigirma toʻrtdan birini, haqiqiy abadiy hayotining saodatiga sabab boʻladigan goʻzal, xush, tinch va rahmatli xizmatga sarflagan boʻlar eding. Hatto zerikish u yoqda tursin, balki undan jiddiy ishtiyoq va xush lazzat olishga sabab boʻladi.
Ikkinchi tanbeh: Ey qornini oʻylaydigan nafsim! Ajabo, xar kuni non eysan, suv ichasan, havodan nafas olasan. Ular senga zerikish beradimi? Modomiki bermaydi. Chunki ehtiyoj takrorlangani uchun zerikish emas, balki lazzatlanasan. Shunday ekan, jism uyimda doʻstlaring hisoblangan qalbimning ozuqasi, ruhimning obi hayoti va Rabboniy latifamning havo-i nasimini tirtgan va jalb qilgan namoz seni zeriktirmasligi kerak.
Ha, nihoyatsiz taʻsirlanish va azoblarga uchragan, mubtalo boʻlgan,
nihoyatsiz lazzatlar va orzularga maftun,
ozuqa va quvvati - hamma narsaga qodir boʻlgan Rahimi Karimning eshigini yolvorib qoqish orqali qoʻlga kiritilishi mumkin.
Ha, bu foniy dunyoda oʻta tez ayriliq faryodiga sabab boʻlgan aksar mavjudotga aloqador ruhning obi hayoti hamma narsa oʻrniga bir Ma'budi Boqiyning, Mahbubi Sarmadiyning rahmat chashmasiga namoz bilan yuzlanib ichilishi mumkin.
Fitratan abadiyatni istagan,
abad uchun yaratilgan,
azaliy va abadiy Zotning oynasi boʻlgan,
nihoyatsiz darajada nozik va latofatli boʻlgan shuur sohibi boʻlgan inson siri,
nurli Rabboniy latifa, ushbu qaygʻuli, ezuvchi, mashaqqatli, oʻtkinchi, zulmatli va boʻgʻuvchi dunyoviy holatlatlar ichida albatta tanaffusga juda muhtojdir. Bu esa faqat namozning derazasi orqali nafas olishi mumkin.
Uchinchi tanbeh: Ey sabrsiz nafsim! Ajabo, oʻtgan kunlardagi ibodat qiyinchiligini, namozning mashaqqatini va musibatning zahmatini bugun oʻylab iztirob chekish, kelajakdagi ibodat vazifasini, namoz xizmatini va musibat azobini bugun tasavvur qilib sabrsizlik qilish aql korimi hech?!
Sabrsizlik qilgan misoling, dushmanning oʻng qanot quvvati uning oʻng tomonidagi quvvatiga qoʻshilgan va yangi kuchi boʻlsada, u muhim kuchni oʻng qanotga yuborgan, markazni zaiflashtirgan tentak qoʻmondonga oʻxshaydi. Dushmanning askari boʻlmagan, hali kelmagan chap qanotga katta kuchni yuboradi "Oʻt och!" deb buyruq beradi. Markazni batamom kuchdan qoldiradi. Dushman ishni bilib, markazga hujum qiladi, toru-mor qiladi.
Sen shunga oʻxshaysan. Chunki, oʻtgan kunlarning zahmati bugun rahmatga aylangan. Azobi ketgan, lazzati qolgan. Qiyinchiligi karomatga qoʻshilgan va mashaqqati savobga aylangan. Shunday ekan, undan zerikish emas, balki yangi shavq, toza zavq va harakatda davom etishga jiddiy gʻayrat olish kerak boʻladi. Modomiki kelajak kunlar kelmagan ekan, uni hozirdan oʻylab zerikish va umidsizlikka tushish, kelajakdagi ochlik va chanqashni bugun oʻylab baqirib-chaqirishga oʻxshagan devonalik boʻladi.
Modomiki haqiqat shunday ekan, oqil boʻlsang, ibodat jihatidan faqat bugunni oʻyla. Uning bir soatining haqqi juda katta, qiyinchiligi juda oz, xush, goʻzal va ulugʻ xizmatga sarf qilyapman degin. Shunda sening achchiq sustkashliging shirin gʻayratga oʻzgaradi.
Mana ey sabrsiz nafsim! Sen uch sabrga mukallafsan. Biri: Toat ustida sabr. Ikkinchisi: Ma'siyatdan sabr. Uchinchisi: Musibatga sabr. Aqling boʻlsa, shu uchinchi tanbehdagi misoldagi haqiqatni oʻzingga rahbar qil. Mardona "Yo Sabur!" de, uch sabrni boʻyningga ol. Janobi Haq senga bergan sabr quvvatini agar xato yoʻlda tarqatmasang, xar bir mashaqqatga va xar musibatga kifoya boʻla oladi. U quvvat orqali tayan.
Toʻrtinchi tanbeh: Ey tentak nafsim! Ajabo, ushbu qullik vazifasi samarasizmi, haqqi ozmiki, senga zerikish beryapti? Chunki, bir odam senga bir oz pul bersa yoki seni qoʻrqitsa, shomgacha ishlatadi, sen ham indamasdan ishlaysan. Ajabo, bu dunyo musofirxonasida ojiz va faqir qalbingga ozuqa, boylik va albatta bir manziling boʻlgan qabringda ozuqa, ziyo va xar holda mahkamang hisoblangan Mahsharda hujjat, ozodlik hujjati, istar-istamas ustidan oʻtiladigan Sirot Koʻprigida nur va buroq boʻladigan namozning natijasi yoʻqmi yoki haqqi ozmi? Bir kishi senga yuz liralik hadya va'da qilsa, yuz kun ishlatadi. Va'dasidan qaytishi mumkin boʻlgan odamga ishonasan, indamay ishlaysan. Ajabo, va'dadan qaytish imkoni boʻlmagan Zot, Jannat kabi haqni va saodati abadiya kabi hadyani senga va'da qilsa, senga juda qisqa vaqtda juda goʻzal vazifa yuklasa, sen xizmat qilmasang yoki istaksiz, majburlangandek yoki zerikish bilan chala-chulpa bajarsang, Uni va'dasida ayblab, hadyasini mensimasang, juda shiddatli adab va daxshatli azobga haqdor boʻlishingni oʻylamayapsanmi?! Dunyodagi qamoq qoʻrquvidan eng ogʻir ishlarda indamay xizmat qilasan. Lekin Jahannam kabi abadiy qamoqning qoʻrquvi eng yengil va latif xizmat uchun senga gʻayrat bermaydimi?!
Beshinchi tanbeh: Ey dunyoparast nafsim! Ajabo, ibodatdagi sustliging va namozni oqsatishing dunyoviy ishlarning koʻpligidan yoki tirikchilik dardi bilan band boʻlib vaqt topa olmaganingdanmi?
Ajabo, faqat dunyo uchun yaratilganmisanki, butun vaqtingni unga sarflayapsan! Sen iste'dod jihatida butun hayvonotdan ustun ekaning va dunyoviy hayot uchun kerakli narsalarni qoʻlga kiritish iqtidoring bir chumchuqqa yeta olmasligini bilasan. Bundan xulosa chiqarmayapsanmi. Asl vazifang hayvon kabi tirishish emas, balki haqiqiy inson kabi haqiqiy doimiy hayot uchun saʻy harakat qilishdir. Shu bilan birga, dunyoviy ishlar degan narsalaring koʻpi senga oid emas. Sen ortiqcha aralashgan va aralashtirgan moloyani ishlardir. Qilishing shart boʻlgan vazifalrani tashlab, goʻyo minglab yil umring borday, umuman keraksiz ma'lumot bilan vaqt oʻtkazyapsan. Masalan: "Zuhal yulduzining atrofidagi halqalarning holati qanday?" yoki "Amerika tovuqlari necha pul?" kabi qiymatsiz narsalar bilan qiymatli vaqtingni oʻtkazyapsan. Goʻyo falakiyot ilmidan va statistika fanidan kamol olyapsan.
Agar: "Meni namozdan va ibodatdan qoldirgan va sustlik bergan keraksiz narsalar emas, balki tirikchilik dardining zaruriy ishlari", desang. Senga aytaman:
Agar kunlik yiz tiyin maoshga ishlasang, bir kishi kelib: "Kel, oʻn daqiqa bu yerni qaz, yuz lira qiymatida bir olmos va bir zumrad topasan" desa, sen unga: "Yoʻq, bormayman. Chunki kunlik oʻn tiyinlik maoshimdan kesiladi, nafaqam kamayadi", desang, naqadar telbalarcha bahona boʻlishini albatta bilasan. Aynan shuning kabi, sen oʻz bogʻingda nafaqang uchun ishlayapsan. Agar farz namozini tark etsang, butun sa'y-gʻayratingning samarasi faqat dunyoviy, ahamiyatsiz va barakatsiz nafaqaga maxsus boʻlib qoladi. Agar sen istirohat va tanaffus vaqtingni ruhning rohatiga, qalbning tanaffusiga sabab boʻlgan namozga sarflasang, barakatli dunyoviy nafaqa bilan birga, uxroviy nafaqang va oxirat ozuqangga ahamiyatli manba boʻlgan ikki ma'naviy ma'dan topasan:
Birinchi ma'dan: Butun bogʻingda {(Hoshiya) Bu maqom bir bogʻda bir kishiga berilgan dars boʻlgani uchun bu tarzda bayon qilindi.} yetishtirgan, gulli boʻlsin, mevali boʻlsin, xar bir oʻsimlik, xar bir daraxtning tasbehotidan goʻzal niyat orqali hissa olasan.
Ikkinchi ma'dan: Yana bu bogʻdan chiqqan mahsulotdan kim yesa, hayvon boʻlsin, inson boʻlsin, sigir boʻlsin, chivin boʻlsin, xaridor boʻlsin, oʻgʻri boʻlsin, senga sadaqaga aylanadi. Faqat shu shart bilanki, sen oʻzingga Razzoqi Haqiqiy nomi bilan, izni doirasida tasarruf qilsang va Uning molini Uning maxluqotiga beradigan tarqatish xodimi nazari bilan qarasang...
Mana qara, namozni tark qilgan kimsa naqadar katta yoʻqotish qiladi. Juda ahamiyatli boylikni yoʻqotadi va sa'y-harakatga juda katta shavq bergan va amalda katta ma'naviy kuch bergan ikki natijadan va ikki ma'dandan maxrum boʻladi, barbod boʻladi. Hatto keksaygan sari bogʻdorchilikdan zerikadi, tushkunlikka tushadi. "Nima keragi bor" deydi. "Men zotan dunyodan ketyapman. Nega bunchalik qiynalay?" deydi, oʻzini tanballikka soladi. Avvalgi odam esa: "Yanada koʻproq ibodat bilan birga qabrimga yanada koʻproq nur yuborish, oxiratimga yanada ziyoda zaxira tayyorlash uchun halol saʻy-harakatga harakat qilaman." deydi.
Xulosa: Ey nafs! Bilginki, kechagi kun sening qoʻlingdan ketdi. Erta esa, unga yetishingga qoʻlingda hujjat yoʻq. Shunday ekan, haqiqiy umringni bugungi kuning deb bil. Loaqal kunning bir soatini ehtiyot puli kabi, haqiqiy istiqbol uchun tashkil etilgan uxroviy sandiqcha boʻlgan masjidga yoki joynamozga tashla.
Yana bilginki, xar bir yangi kun senga va xar kimga yangi olamning eshigidir. Agar namoz oʻqimasang, oʻsha kungi olaming zulmatli va abgor holda ketadi, olami misolda senga qarshi guvohlik qiladi. Chunki hammaning xar kuni bu olamdan maxsus bir olami bor. U olamning holati egasining qalbiga va amaliga bogʻliq. Aks etgan muhtasham saroy oynaning rangiga bogʻliq. Qora boʻlsa, qora koʻrinadi. Qizil boʻlsa, qizil koʻrinadi. Uning sifatiga ham qaraydi. Oyna shishasi tekis boʻlsa, saroyni goʻzal koʻrsatadi. Tekis boʻlmasa, xunuk koʻrsatadi. Eng nozik narsalarni qoʻpol koʻrsatgani singari, qalbing bilan, aqling bilan, amaling bilan, koʻngling bilan oʻz olamingning shaklini oʻzgartirasan. Yo oʻzingga qarshi yoki oʻz foydangga guvohlik berdirasan. Agar namoz oʻqisang, namozing bilan oʻsha olamning Sone'-i Zuljaloliga yuzlangan boʻlsang, senga qaragan olaming toʻliq nurlanadi. Namozing xuddi bir elektr chirogʻi va namozga niyating uning tugmasini bosish boʻlib, u olamning qorongʻuligini tarqatadi. Dunyoviy harju marjdagi aralash-quralashlik, abgorlik ichidagi oʻzgarish va harakatlar hikmatli intizom va ma'noli qudrat kitobati ekanini koʻrsatadi. Qalbingga nurga toʻla اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ oyatidan bir nurni sochadi. Sening u kungi olamingni nurning aks etishi orqali nurlantiradi. Sening foydangga nuroniyat bilan guvohlik berdiradi.
Aslo: "Mening namozim qayerda, namozning ushbu haqiqati qayerda..." demagin. Chunki bir xurmo danagi, daraxt kabi, oʻz daraxtini vasf qiladi. Oradagi farq faqat qisqa yoki tafsilotli boʻlgani kabi, sen va men kabi bir omining (garchi his qilmasa ham) namozi, buyuk valiyning namozi kabi bu nurdan hissasi bor. Garchi shuur bilan bilmasang ham bu haqiqatning sirri bor. Lekin darajalariga koʻra kengayishi va nurlanishi turli tuman. Xurmo danagidan mukammal xurmo daraxti boʻlishigacha qancha martabalar boʻlsa, namozning darajalarida undan ham koʻproq martabalar boʻlishi mumkin. Lekin butun martabalarda oʻsha nuroniy haqiqatning asosi mavjud.
Yigirma Birinchi Soʻzning Ikkinchi Maqomi
Ey vasvasa dardiga mubtalo boʻlgan odam! Bilasanmi vasvasang nimaga oʻxshaydi? Musibatga. Ahamiyat berganing sari shishadi, ahamiyat bermasang soʻnadi. Unga katta deb qarasang, kattalashadi. Kichik deb bilsang, kichrayadi. Qoʻrqsang ogʻirlashadi, xasta qiladi. Xavfsiramasang, yengillashadi, mahfiyligicha qoladi. Mohiyatini bilmasang, davom etadi, oʻrnashib qoladi. Mohiyatini bilsang, uni tanisang, ketadi. Shunday ekan, bu musibatli vasvasaning koʻplab qismining eng koʻp uchraydigan "Besh jihat"ini bayon qilaman. Balki senga va menga shifo boʻlar. Chunki vasvasa shunday narsaki, bilmaslik uni chaqiradi, ilm uni haydaydi. Tanimasang keladi, tanisang ketadi.
Birinchi Jihat - Birinchi Yara
Shayton avvalo qalbga shubhani otadi. Agar qalb qabul qilmasa, shubhadan yomon tasavvurga aylanadi. Hayolda yomon tasavvurga oʻxshash ba'zi iflos xotiralarni va beadab xunuk holatlarni tasvirlaydi. Qalbni "Eyvoh," dediradi. Tushkunlikka tushiradi.
Vasvasali odam oʻz qalbini Rabbiga nisbatan beadablik qilayotganini oʻylaydi. Mudhish havotir va hayajon his qila boshlaydi. Bundan qutulish uchun huzurdan qochadi, gʻaflatga shoʻngʻishni istaydi. Bu yaraning malhami quyidagicha:
Qaragin ey bechora vasvasali odam! Xavotir olma. Chunki hayolingga kelgan narsa yomon tasavvur emas, hayoldir. Kufrni xayol qilish kufr boʻlmagani kabi, yomon narsani xayol qilish ham yomonlik emasdir. Chunki mantiq ilmida xayol qilish hukm hisoblanmaydi. Yomon soʻz esa hukm. Shu bilan birga xunuk soʻzlar sening qalb soʻzlaring emas. Chunki qalbing undan iztirob va afsus-nadomat chekmoqda. Balki qalbga yaqin boʻlgan lumma-i shaytoniyadan kelayotir. Vasvasaning zarari tasavvuriy zarardir. Ya'ni, uni zararli deb tasavvur qilish orqali qalban iztirob chekiladi. Chunki boshqarilmas xayolni haqiqat deb vahimaga tushadi. Hamda shaytonning ishini oʻz qalbidan deb biladi. Shaytonning soʻzini qalbdan chuqdi deb oʻylaydi. Zararli deb anglaydi, zarar koʻradi. Zotan shayton ham shunday boʻlishini istaydi.
Ikkinchi Jihat
Ma'nolar qalbdan chiqqan vaqt, hayolga suratlari boʻlmagan holda kiradi. U yerda surat kiyadi. Hayol esa, xar doim bir sabab ostida xar hil suratlarni chizib turadi. Hayotida ahamiyat bergan narsalarning suratlarini saqlab qoʻyadi. Qaysi ma'no oʻtsa, yo unga kiydiradi, yo iladi, yo bulgʻaydi, yo parda qilib yopadi. Agar ma'nolar toza va pok boʻlib, suratlar iflos va razil boʻlsa, kiydirmaydi, faqat tegib turishi mumkin. Vasvasali odam tegishni kiyish bilan chalkashtiradi. "Eyvoh!" deydi, "Qalbim bunchalik buzilibdi. Bu yaramas, bu pastkash nafs meni barbod qiladi." Shayton uning shu hissidan koʻp foydalanadi. Bu yaraning malhami quyidagicha:
Tingla ey bechora! Ma'lumki, namozingdagi pokizalik odobining sababchisi boʻlgan zohiriy tozalikka qorning ichidagi najosat ta'sir qilmaydi va buzmaydi. Shuning kabi, muqaddas ma'nolarning iflos suratlarga qoʻshilishi zarar qilmaydi. Masalan, sen Ilohiy oyatlarni tafakkur qilmoqdasan. Birdan bir illat, yo bir ishtaha, yo bavl kabi bir qoʻrqituvchi narsa sening hissingga shuddat bilan kelib tegdi. Albatta xayoling bu illatni bartaraf qilish va hojatni ushatish uchun kerakli ishlarga nazar soladi, qaraydi, ularga munosib iflos suratlarni tasvirlaydi. Kelgan ma'nolar ularning oralaridan oʻtib boradi. Oʻtayotganlarga na yomonligi bor, na iflos qiladi, na zarari va na xatari bor. Birgina xatar borki, u ham boʻlsa, butun diqqat-e'tiborni u bilan band qilish va uni zararli deb oʻylashdir.
Narsalar orasida ba'zi yashirin munosabatlar boʻladi. Hatto sen kutmagan narsalar ichida munosabat iplari boʻladi. Yo aynan oʻzida boʻladi yoki xayoling mashgʻul boʻlgan sohaga koʻra iplarni toʻqiydi, ularni bir-biri bilan bogʻlaydi. Bu munosabat tufayli, ba'zan bir muqaddas narsani koʻrish bir iflos narsani eslatadi. Bayon fanida aytilganidek "Tashqarida bir-biridan uzoqlik sababi boʻlgan ziddiyat, hayolda yaqinlikning sababidir." Ya'ni, ikki bir-biriga zid narsaning suratlarini jamlovchi vosita xayoliy munosabatdir. Bu munosabatlar orqali kelgan xotira, "bir fikrning boshqa fikrlarni bardavom chaqirishi" deb ataladi. Masalan, sen namozda, munojotda, Ka'ba qarshisida, huzuri Ilohiyda turib, oyatlarni tafakkur qilayotgan bir holingda, hayol seni olib, eng uzoq sharmandali moloyaʻni narsalarga yetaklaydi. Agar hayoling bunday parishonxotirlikka mubtalo boʻlsa, aslo tashvish chekma. Balki oʻzingga kelgan vaqtingdayoq qayt. Zaif munosabat sening diqqating orqali kuchga tyoʻlmasligi uchun "Eh, qandayin kamchilik qildim!" deb uni tekshirish bilan mashgʻul boʻlib qolma. Chunki ta'sirlangan sari, ahamiyat berganing sari zaif xayoling malaka holiga kela boshlaydi. Xayoliy illatga aylanadi. Qoʻrqma, qalbiy illat emas. Bu hildagi xotiralar koʻpincha beixtiyor keladi. Ayniqsa hissiyotli asabiy odamlarda koʻp uchraydi. Shayton bu hil vasvasa ma'danini koʻp ishlatadi. Bu yaraning malhami quyidagicha:
Fikrlarni jamlovchi narsa koʻpincha beixtiyor keladi. Unda mas'uliyat yoʻq. Ham tado'iyda yaqin kelish bor, tegish va aralashib ketish yoʻq. Shuning uchun fikrlarning kayfiyatlari bir-biriga kirib ketmaydi, bir-biriga zarar bermaydi. Masalan, shayton ila ilhom farishtasi qalb atrofida bir-biriga yaqin joylashgani hamda fojirlar va abrorlarning bir-biriga qarindoshligi va bir maskanda turishlari zarar bermaydi. Shuning kabi, tado'iyi afkor tufayli sen istamagan iflos xayollar kelib, pok fikrlarning ichiga kirsa, zarar bermaydi. Magar qasdan boʻlsa va zarar deb oʻylab u bilan koʻp mashgʻul boʻlsa, zarar beradi. Ham ba'zan qalb charchaydi. Fikr oʻzini ovuntirmoq uchun toʻgʻri kelgan bir narsa bilan mashgʻul boʻladi. Shayton fursat topadi. Iflos narsalarni oldiga yoyadi, u tomon suradi.
Toʻrtinchi Jihat: Amalning eng yaxshisini izlashdan kelib chiqqan vasvasa boʻlib, taqvo deb oʻylab gazablangan sari holat ogʻirlashib boraveradi. Hatto shunday bir darajaga keladiki, odam amalning eng yaxshisini izlayotib, haromga yoʻliqadi. Ba'zan bir sunnatni izlash bir vojibni tark ettiradi. "Ajabo, amalim toʻgʻri boʻldimikin?" deydi, yana qayta qiladi. Bu hol davom etadi. Qattiq tushkunlikka tushadi. Shayton bu holidan foydalanib uni yaralaydi. Bu yaraning ikki malhami bor.
Birinchi Malham: Bunday vasvasalar moʻ'tazila ahliga loyiqdur. Chunki ular: "Shariat buyurgan va qaytargan ishlar va narsalar oʻz aslida, oxirat nuqtai nazarida yo husni bor, shu sabab unga binoan buyurilgan, yoki xunuk, shuning uchun undan qaytarilgan. Demak, oxirat va haqiqat nuqtai nazarida boʻlgan husn va xunuklik narsalarning oʻzidadir. Ilohiy amr va nahiy esa unga tobedir", deyishadi. Bu mazhabga koʻra, inson qilgan xar bir amalida shunday vasvasa keladi: "Ajabo, amalim haqiqatan goʻzal suratda qilinganmikin?"
Ammo haq mazhab boʻlgan Ahli Sunnat val Jamoat aytadiki: "Janobi haq bir narsaga buyuradi, soʻng goʻzal boʻladi. Qaytaradi, soʻng xunuk boʻladi." Demak amr bilan goʻzallik, qaytarish orqali xunuklik yuzaga chiqadi. Husn va xunuklik mukallaf odamning xabardorligiga qaraydi va unga koʻra qaror topadi. Husn va qabohat oʻtkinchi va dunyoga tegishli emas, balki oxiratga tegishli tarafidadir. Masalan namoz oʻqiding yoki tahorat olding. Chunki haqiqatda namozingni va tahoratingni buzadigan bir sabab yuz bergan. Lekin seni undan hech xabaring yoʻq. Namozing va tahorating ham toʻgʻridir, ham goʻzal. Moʻ'tazila: "Haqiqatda xunuk va buzilgan. Lekin sendan qabul qilinadi. Chunki noma'lum boʻlgan, bilmading va uzring bor." deydi. Shunday ekan, Ahli Sunnat mazhabiga koʻra, shariatning zohiriga muvofiq qilgan amalingda: "Ajabo toʻgʻri boʻlganmikin?" deb vasvasaga tushma. "Qabul boʻlganmikin?" degin. Gʻururlanma, gʻururga kirma.
Ikkinchi Malham: Dinda qiyinchilik yoʻq. لَا حَرَجَ فِى الدِّينِ Modomiki toʻrt mazhab haq. Modomiki istigʻforga undovchi oʻz kamchiligini anglash, gʻururga olib boruvchi amalini goʻzal koʻrishlikdan koʻra (ayniqsa bunday vasvasali odam uchun) afzaldir. Ya'ni, vasvasali odam, amalini goʻzal koʻrib gʻururga tushgandan koʻra, amalini qusurli koʻrib istigʻfor keltirishi yanada a'lodir. Modomiki bunday ekan, sen vasvasani ot, shaytonga ayt: "Bu hol bir qiyinchilikdir. Haqiqiy holatdan xabardor boʻlish qiyin. Dindagi yengillikka ters. اَلدِّينُ يُسْرٌ لَا حَرَجَ فِى الدِّينِ asosiga ziddir. Albatta amalim haq mazhablarning biriga muvofiq keladi. U menga kifoya. Yana men loaqal ojizligimni e'tirof etib, ibodatni loyigʻidek ado qila olmaganim uchun, istigʻfor va tavba-tazarru bilan Allohning marhamati doirasiga kirib, kamchiligimni afv etilishi, qusurli amalimni qabul qilinishi uchun yolvorib niyoz qilishimga sababdir."
Beshinchi Jihat: Iymoniy masalalarida shubha tarzida kelgan vasvasadir. Bechora vasvasali odam, ba'zan hayolni aqlga ishi bilan chalkashtirib qoʻyadi. Ya'ni, hayolga kelgan shubhani aqlga kirgan shubha deb vahima qilib, e'tiqodiga putur yetdi deb oʻylaydi. Ba'zan tasavvuriy shubhani iymonga zarar beruvchi shak deb gumon qiladi. Ba'zan tasavvur qilgan shubhani aql tasdiqlagan shubha deb oʻylaydi. Ba'zan bir kufr ishni oʻylahsni kufr keltirdim deb gumon qiladi. Ya'ni, zalolatning sabablarini oʻylash suratida, tafakkurning joʻsh urishini, tadqiqotini va betarafona muhokamasini iymonga xilof deb oʻylaydi. Nihoyat shaytoniy vasvasalarning belgisi boʻlgan gumonlardan hurkib: "Eyvoh! Qalbim buzilibdi, e'tiqodimga putur yetibdi," deydi. Bu holatlar koʻpincha ixtiyorsiz ravishda boʻlgani uchun va uni oʻzining juz'iy ixtiyori bilan isloh qila olmagani uchun tushkunlikka tushadi. Bu yaraning malhami quyidagicha:
Kufrni xayolga keltirish kufr boʻlmaydi. Shuning kabi kufr deb gumon qilish ham kufr emas. Zalolatni tasavvur qilish zalolat boʻlmagani kabi, zalolatni tafakkur qilish ham zalolat emas. Chunki xayolga keltirish ham, gumon qilish ham, tasavvur qilish ham, tafakkur qilish ham aql bilan tasdiqlash va qalban ishonishdan ayridir, boshqadir. Ular bir daraja erkin. Juz'iy ixtiyorga koʻpincha quloq solmaydi. Ular koʻpincha diniy majburiyat ostiga kirmaydi.
Tasdiq va ishonch esa unday emas. Bir mezonga tobedir. Hayol, vahima, tasavvur, tafakkur kabi xislatlar tasdiq va ishonch boʻlmagani kabi, shubha va ikkilanish deb ham hisoblanmaydi. Biroq, agar keraksiz takror qila-qila oʻrnashib qolsa, undan haqiqiy bir shubha paydo boʻlishi mumkin.
Yana betarafona muhokama deyilgan yoki insof uchun narigi tomonni qoʻllab quvvatlayversa, shunday bir holga keladiki, beixtiyor qarshi tomonni ma'qullaydigan boʻlib qoladi. Unga vojib boʻlgan haqni tasrafdorlik hissi sinadi. Oʻzi esa tahlikaga tushadi. Zehnida raqib va yo shaytonning bekorchi vakili boʻladigan vaziyat oʻrnashib qoladi.
Bu hildagi vasvasaning eng ahamiyatli tomoni quyidagicha: Vasvasali odam zotiy imkon bilan zehniy imkonni bir-biriga chalkashtirib qoʻyadi. Ya'ni, bir narsani mohiyatida mumkin deb bilsa, u narsani zehnan ham mumkin va aqlan shak-shubhali deb tasavvur qiladi. Xolbuki, Kalom Ilmida "mohiyatida mumkin boʻlgan narsa ilmiy tasdiqqa zid emas va zehniy zaruratga ziddiyati yoʻq" qoidasi bor. Masalan, hozirgi daqiqada Qora dengizning qurib ketishi mohiyatida mumkindir va mohiyatan mumkinligi tufayli uning ehtimoli bor. Xolbuki, uning qat'iyan joyida ekanini tasdiqlaymiz, shubhasiz bilamiz. Imkoniy ehtimol va u zotiy imkon bizga shak bermaydi, bir shubha tugʻdirmaydi, qat'iy ishonchimizni buzmaydi. Masalan, quyoshning mohiyatida bugun botmasligi va ertaga chiqmasligi mumkin. Lekin bu imkon ishonchimizga zarari yoʻq, shubha tugʻdirmaydi. Xuddi shuning kabi masalan iymon haqiqatlaridan boʻlgan, dunyo hayotining yoʻq boʻlishiga va oxirat hayotining chiqishiga zotiy imkon jihatida kelgan tasavvurlar iymoniy yaqin-qat'iyatga zarar bermaydi. Hamda لَا عِبْرَةَ لِلْاِحْتِمَالِ الْغَيْرِ النَّاشِئِ عَنْ دَلِيلٍ ya'ni: "Biron dalildan kelib chiqmagan bir ehtimolning umuman ahamiyati yoʻq", deyilgan mashhur qoida ham usuli din, ham usuli fiqhning aniq qoidasidan hisoblanadi.
Agar: "Moʻ'minlarga bunchalik zararli va siquvchi vasvasa qaysi hikmatga binoan boshimizga balo boʻlgan?" desang.
Javob: Haddan oshmaslik hamda gʻolib kelmaslik sharti bilan, vasvasaning asli hushyor boʻlishga sababchi, izlanishga chorlovchi, jiddiyatga vositadir. Loqaydlikni ketkazadi, beparvolikni daf qiladi. Shuning uchun Hakimi Mutlaq vasvasani - bu imtihon yerida, bu musobaqa maydonida bizga tashviq qamchisi sifatida shaytonning qoʻliga bergan. Insonning boshiga uradi. Shoyad koʻproq ranjitsa, Hakiymi Rahiymga shikoyat qilmogʻimiz va "A'uzu billahi minash shaytonir rojiym" demogʻimiz lozim.