YIGIRMA IKKINCHI SOʻZ
Birinchi Maqom
Bir kuni bir hovuzda ikki odam choʻmilayotgan edi. Favquloda bir ta'sir ostida behush boʻldi. Koʻzlarini ochgan payt koʻrishdiki, ajib bir olamga olib kelinishibdi. Shunday bir olamki, kamoli intizomidan mamlakat hukmida, balki bir shahar hukmida, balki bir saroy hukmidadir. Kamoli hayratlaridan atroflariga qarashdi. Bir jihatdan qaralsa, azim bir olam koʻrinadi. Bir jihatdan qaralsa, muntazam bir mamlakat. Bir jihatdan qaralsa, mukammal bir shahar. Boshqa bir jihatdan qaralsa, ichiga oʻta muhtasham olamni olgan bir saroy ekanini koʻrishdi. Bu ajoyib olamda aylanib sayr qilishdi.
Bir qism maxluqotning bir tarzda gapirayotganini koʻrishdi. Lekin ularning tillarini bilishmaydi. Faqat ishoratlaridan muhim ishlar qilayotgani va ahamiyatli vazifalar bajarayotgani anglashilyapti.
Biri doʻstiga: "Bu ajib olamning albatta bir mudabbiri va bu muntazam mamlakatning bir moliki, bu mukammal shaharning bir sohibi, shu sanʻatli saroyning bir ustasi bor. Biz harakat qilishimiz kerak, uni tanishimiz kerak. Chunki bizni bu yerga keltirgan u ekani anglashilyapti. Uni tanimasak, kim bizga madad beradi? Tilini bilmagan va ular bizni tinglamagan bu ojiz maxluqlardan nima kutishimiz mumkin? Ulkan olamni bir mamlakat suratida, shahar tarzida, saroy shaklida qurgan va boshdan oyoq gʻaroyib narsalar bilan toʻldirgan va turli tuman bezaklar bilan ziynatlagan va ibratli moʻ'jizalar bilan bezagan zot, albatta bizdan va bu yerga kelganlardan istagan narsasi bor. Uni tanishimiz kerak. Nima istaganini ham bilishimiz kerak" dedi.
Narigi odam: "Sen aytgan zot boʻlishi va bu butun olamni bir oʻzi boshqarishiga ishonmayman", dedi. Doʻsti javoban: "Uni tanimasak, loqayd qolsak, umuman manfaati yoʻq, zarari esa juda katta. Agar tanishga harakat qilsak, mashaqqati juda yengil, manfaati boʻlsa juda azim. Shuning uchun uni tanimay loqayd qolish hech kori aql emas." dedi. U bebosh: "Men butun tinchli, halovatimni uni oʻylamaslikda koʻraman. Bunga oʻxshagan aqlimga sigʻmagan narsalar bilan ovora boʻlmayman. Bu ishlarning barchasi tasodifiy va aralash-quralash ishlar, oʻzidan-oʻzi boʻlyapti, menga nima kerak." dedi. Aqlli doʻsti unga: "Sening bu qaysarliging meni ham, balki koʻplarni ham baloga tiqadi. Bir adabsiz sababli, ba'zan bir mamlakat xarob boʻladi." dedi. Bebosh esa: "Yo bu ulkan mamlakatning yagona sohibi, yagona bir yaratuvchisi borligini menga qat'iyan isbot qil yoki ishimga aralashma." dedi. Doʻsti javoban: "Modomiki qaysarliging devonalik darajasiga chiqqan ekan, oʻjarliging bilan bizni va balki yurtni bir qahrga giriftor qilasan.
Senga quyidagi oʻn ikki burhon bilan koʻrsataman: Bir saroy kabi bu olamning, bir shahar kabi shu yurtning yagona ustasi bor va u usta, hamma narsani bir oʻzi boshqaradi. Hech bir jihatdan kamchiligi yoʻq. Bizga koʻrinmagan u usta, biz va hamma narsani koʻradi va soʻzlarini eshitadi. Butun ishlari moʻ'jiza va gʻaroyib. Biz koʻrgan barcha narsalar va tillarini bilmagan maxluqlar uning xodimidir."
Kel, atrofga qara, hamma narsaga e'tibor ber! Barcha ishlar ichida yashirin bir qoʻl ishlayapti. Chunki qara, bir dirhamchalik {(Hoshiya1) Daraxtlarni boshida koʻtargan urugʻlarga ishorat.} kuchi yoʻq urugʻdek kichik narsa minglab botmon yukni koʻtaryapti. Zarracha shuuri yoʻq {(Hoshiya2) Oʻz oʻzidan yuksalmagan va mevalarning ogʻirligiga dosh bermagan uzum novdalari kabi nozanin nabototning boshqa daraxtlarga latif qoʻllar otib oʻralishlariga va ularga osilishiga ishoratdir.} narsa oʻta hakimona ishlar qilyapti. Demak, bular oʻz-oʻzidan ishlamayapti. Ularni ishlatgan yashirin bir qudrat sohibi bor. Agar bir oʻzi boʻlsa, biz boshdan-oyoq koʻrgan mamlakatda xar bir ish moʻ'jiza, hamma narsa moʻ'jizali gʻaroyib boʻlishi kerak boʻladi. Bu esa bir safsatadir.
Kel, butun bu vodiylarni, maydonlarni, manzillarni bezatgan narsalarga e'tibor ber. Xar birida yashirin zotdan xabar bergan ishlar bor. Huddi xar biri muxr, tamgʻa kabi gʻaybiy zotdan xabar beradilar. Koʻz oʻngingda bir dirham paxtadan {(Hoshiya3) Danakka ishorat. Masalan, zarra kabi bir afyun urugʻni, dirham kabi zardoli danagi, qovun urugʻi, matodan ham goʻzalroq qilib toʻqilgan barglar, matodan ham oq va sariq gullar, shirinlikdan ham shirinroq va kabob va konserva qutilaridan yaxshiroq, lazizroq, shirinroq mevalarni xazina-i rahmatdan keltiradilar, bizga taqdim qiladilar.} nima qilayotganini koʻr. Qara, necha toʻp mato, gazlama va gulli mato chiqdi. Qara, undan qanchalab shirinliklar, aylana shirin kaboblar qilinyapti. Biz kabi minglab odam kiyishiga, yeyishiga kifoya qiladi. Hamda temir, tuproq, suv, koʻmir, mis, kumush va oltinni gʻaybiy hovuchiga oldi, bir goʻsht boʻlagiga {(Hoshiya4) Unsurlardan jismi hayvoniyni yaratish va nutfadan zihayotni ijod qilishga ishoratdir.} aylantirganiga qara, koʻr. Mana ey aqlsiz odam! Bu ishlar shunday bir zotga maxsuski butun mamlakat barcha qismlari bilan uning moʻ'jizali quvvati ostida turibdi, xar istagiga boʻyin egyapti.
Kel, ushbu harakatlanuvchi antiqa {(Hoshiya5) Hayvonlarga va insonlarga ishoratdir. Chunki hayvon shu olamning kichik mundarijasi va inson mojiyati koinotning kichik misoli boʻlgani uchun olamda bor narsalarning namunasi insonda bor.} san'at asarlariga qara! Xar biri xuddiki ulkan saroyning bir kichik nusxasi shaklida yasalgan. Saroyda nima boʻlsa, kichkina harakatlanuvchi uskunalarda mavjud. Saroyning ustasidan boshqa birov kelib, bu ajib saroyni kichik uskunaga joylashtirishi mumkinmi hech?! Bir qutichalik uskuna butun olamni ichiga olib, tasodifiy yoki ichida abas bir ish boʻlishi mumkinmi hech?! Demak, koʻz koʻrgan naqadar antiqa uskunalar boʻlsa, yashirin zotning tamgʻasi hisoblanadi. Balki dallollari, e'lonnomalaridir. Hol tili bilan: "Biz butun olamimizni, bizni yaratgan va oson ijod qilgani kabi, oson yarata oladigan zotning san'atimiz", deyapti.
Ey qaysar doʻstim! Kel, senga yanada ajoyibrogʻini koʻrsataman. Qara, bu mamlakatda butun ishlar, narsalar oʻzgardi, oʻzgaryapti, bir holatda qolmayapti. Biz koʻrgan qattiq jismlar, hissiz qutilar xuddi xar bir narsa butun ashyoga hukm qiladigan mutlaq hokim qiyofasiga kirdi. Oldimizdagi ushbu uskunaga qara {(Hoshiya6) Uskuna, mevador daraxtlarga ishorat. Chunki yuzlab dastgohlarni, fabrikalarni ingichkagina shoxlarida koʻtarganday hayrat beradigan yaproqlarni, gullarni, mevalarni toʻqiydi, bezaydi, pishiradi, bizlarga uzatadi. Xolbuki qaragʻay va archa kabi muhtasham daraxtlar dastgohini quruq toshga qoʻygan, ishlab turibdi.} goʻyo buyruq beryapti. Uning bezaklari va ishlashiga kerakli narsalar va moddalar tezlik bilan uzoq joydan kelyapti. Qara shuursiz jism {(Hoshiya7) Urugʻlarga, danaklarga, chivinlarning tuxumchalariga ishoratdir. Masalan bir chivin qayragʻochning bargida tuxumini qoldiradi. Shunda ulkan qayragʻoch yaproqlarini tuxumlarga bir ona qorni, beshik, asal kabi ozuqaga toʻla omborga aylantiradi. Xuddi mevasiz daraxt, bu koʻrinishda tirik mevalar beradi.} goʻyo bir ishorat beradi, eng katta jismni oʻziga xizmatkor qiladi, oʻz ishlarida ishlatadi.
Boshqa narsalarni bularga qiyos qil. Xuddi xar bir narsa bu olamdagi barcha xilqatlarni boʻsundiradi. Agar oʻsha yashirin zotni qabul qilmasang, butun bu mamlakatdagi toshida, tuprogʻida, hayvonida, insonga oʻxshash maxluqlarda u zotning butun hunarlarini, san'atlarini, kamolotlarini ularga bitta-bittalab berasan. Mana, aqlingga sigʻdira olmagan birgina moʻ'jizali zotning oʻrniga u kabi milliardlab moʻ'jizali, bir-biriga zid, bir-biriga oʻxshash, bir-biri ichida boʻlishishi, intizom buzilmasligi, oraliqni chalkashtirmasligi mumkinmi?! Chunki bu ulkan mamlakatda ikki qoʻl ishlasa, chalkashtiradi. Chunki bir qishloqda ikki mudir, bir shaharda ikki hokim, bir mamlakatda ikki podshoh boʻlsa, chalkashtiradi. Sanoqsiz hokimi mutlaq birga boʻlishi mumkinmi?!
Ey vasavasali doʻstim! Kel, bu azim saroyning naqshlariga diqqat qil va butun bu shaharning ziynatlariga qara va butun bu mamlakatning tanzimotini koʻr va butun bu olamning san'atlarini tafakkur qil! Xullas qara: Agar nihoyatsiz moʻ'jizalari va hunarlari boʻlgan yashirin bir zotning qalami ishlamasa, bu naqshlari boshqa shuursiz sabablarga, koʻr tasodifga, kar tabiatga berilsa, u vaqt yo bu mamlakatning xar bir toshi, xar bir oʻti shunday moʻ'jiznamo naqqosh, shunday bir horiquloda kotib boʻlishi lozim boʻladiki, bir harfda ming kitobni yoza olsin, bir naqshda millionlab san'atni joylashtira olsin. Chunki qara bu
toshlardagi naqshga, {(Hoshiya8) Shajara-i xilqatning mevasi boʻlgan insonga va oʻz daraxtining dasturini va mundarijasini tashigan mevaga ishoratdir. Zero qalami qudrat olamning kitobi kabirida nima yozgan boʻlsa, ijmolini mohiyati insoniyada yozgandir. Qalami qadar togʻ kabi bir daraxtda nima yozgan boʻlsa, tirnoq kabi mevasida ham joylashtirgandir.} xar birisida butun saroyning naqshlari bor, butun shaharning tanzimot qonunlari bor, butun mamlakatning tashkilot dasturlari bor. Demak, bu naqshlarni qilish butun mamlakatni qilish qadar horiqodir. Shunday ekan, xar bir naqsh, xar bir san'at u yashirin zotning bir e'lonnomasidir, bir xotamidir.
Modomiki bir harf kotibini koʻrsatmasligi mumkin emas. San'atli bir naqsh naqqoshini bildirmasligi mumkin emas. Qanday boʻladiki: Bir harfda ulkan bir kitobni yozgan, bir naqshda ming naqshni naqsh etgan naqqosh oʻz kitobi bilan va naqshi bilan bilinmasin?
Kel, bu keng vodiyga chiqamiz. {(Hoshiya9) Bahor va yoz mavsumida zaminning yuziga ishoratdir. Zero yuz minglab muxtalif maxluqotning toifalari bir-biri ichida barobar ijod qilinadi, roʻyi zaminda yoziladi. Xatosiz, qusursiz, kamoli intizom bilan almashtiriladi. Minglab dasturxoni Rahmon ochiladi, teriladi, yangi yangi keladi. xar bir daraxt bittadan vositachi savdogar, xar bir boʻston bittadan qozon hukmiga oʻtadi.} Vodiy ichida yuksak togʻ bor. Butun atrofni koʻrish uchun uning ustiga chiqamiz. Oʻzimiz bilan hamma narsani yaqinlashtiradigan goʻzal durbinlarni ham olamiz. Chunki bu ajib mamlakatda ajib ishlar boʻlyapti. Xar soatda hech aqlimizga kelmagan ishlar boʻlyapti. Mana, qara! Togʻlar, vodiylar va shaharlar birdan oʻzgaryapti. Yana qanday oʻzgaryapti. Bir-biri ichida millionlab ishlar oʻta intizomli suratda oʻzgaryapti. Xuddi millionlab turdagi matolar bir-biri ichida birgalikda toʻqilayotganday juda ajib oʻzgarishlar boʻlyapti. Qara, biz doʻst tutgan va tanigan gulli-mulli narsalar yoʻqoldi. Ularning oʻrniga va mohiyati ularga oʻxshash, lekin suratlari boshqalari keldi. Xuddiki vodiy va togʻlar sahifadek ichida yuz minglab turdagi kitoblar yozilyapti. Xatosiz, nuqsonsiz yozilyapti. Bu ishlar oʻzidan-oʻzi boʻlishi yuz daraja imkonsiz. Ha, ushbu oʻta san'atli, diqqatli ishlar oʻzidan-oʻzi boʻlishining ming daraja imkoni yoʻq. Oʻzidan koʻra koʻproq san'atkorlarini koʻrsatadi. Ularni yaratayotgan shunday moʻ'jizali zotki, unga hech qanday ish unga ogʻir emas. Unga ming kitob yozish bir harfchalik oson. Shu bilan birga hamma tomonga qara. Shunday hikmat bilan hamma narsani joy-joyiga qoʻyapti va karam bilan hammaga loyiq lutf qilyapti. Ehsonparvarlik bilan umumiy pardalar va eshiklar ochyaptiki, hammaning istagini beryapti. Yana shunday saxovat bilan dasturxonlar tayyorlayaptiki, bu mamlakatning barcha odamlari, hayvonlariga, xar bir toifasiga xos va loyiq, balki xar bir kishiga maxsus ismi va rasmi bilan ne'mat patnisi berilyapti.
Dunyoda biz koʻrganimiz ishlar ichida tasodifiy ishlar qilinishi yoki abas va foydasiz boʻlishi yoki koʻp qoʻllar aralashishi yoki ustasi hamma narsaga qodir boʻlmasligi yoki hamma narsa unga boʻysunmasligidek imkonsiz narsa bormi?! Mana ey doʻstim! Hadding boʻlsa, bunga qarshi bir bahona top!
Ey doʻstim, kel! Bu kichik narsalarni qoldirib, saroy shaklidagi bu ajib olam ashyolarining bir-biriga boʻlgan munosabatiga e'tibor beramiz. Mana, qara. Bu olamda shu daraja intizom bilan umumiy ishlar qilinyapti va umumiy oʻzgarishlar boʻlyaptiki, xuddi butun bu saroydagi mavjud toshlar, tuproqlar, daraxtlar, xar bir narsa yaratuvchi kabi butun olamning umumiy intizomiga rioya qilib, unga muvofiq harakat qilyapti. Bir-biridan juda uzoq narsalar bir-biriga yordam beryapti. Qara. Gʻaybdan ajib guruh {(Hoshiya1) Barcha hayvonlarning ozuqalarini tashigan nabotot va daraxt guruhlari.} chiqib kelyapti. Markablari daraxtlarga, nabotlarga, togʻlarga oʻxshaydi. Boshida rizqlar patnisi tashiyapti.
Bu tarafda kutayotgan turli hayvonotning yemishlarini keltiryapti. Hamda ularga ushbu gumbazda azim elektr chirogʻi {(Hoshiya2) Katta elektr chirogʻi, Quyoshga ishorat.} nur bergani kabi, butun taomlarini chiroyli pishiryapti. Pishiriladigan taomlar gʻaybiy qoʻl tomonidan iplarga taqilib {(Hoshiya3) Ip va ipga taqilgan taom esa, daraxtning ingichka shoxlari va shirin mevalaridir.} unga berilyapti. Bu tarafga ham qara: Bu bechora zaif, ojiz, kuchsiz hayvonchalar. Ularning boshida yumshoq ozuqaga toʻla ikki haltacha {(Hoshiya4) Ikki haltacha esa, volidalarning koʻkraklariga ishoratdir.} taqilgan ikki chashma kabi. Kuchsiz maxluq uni ogʻziga yopishtirishi kifoya.
Natija: Bu olamning butun ashyosi, bir-biriga qarayotganday bir-biriga yordam berishadi. Bir-birini koʻrayotganday, qoʻlni qoʻlga beradi. Bir-birining ishini toʻldirish uchun, yelkama yelka turishadi. Belni belga berib birga ishlashadi. Hamma narsani bunga qiyos qil, sanagan bilan tugamaydi.
Demak, butun bu holatlar ikki karra ikki toʻrt aniqligida qat'iy koʻrsatadiki, ushbu ajib saroyning ustasiga, ya'ni bu gʻarib olamning sohibiga hamma narsa boʻysungan. Hamma narsa unga ishlaydi. Hamma narsa unga bir buyuruqqa boʻysungan askar hukmidadir. Hamma narsa uning quvvati bilan aylanadi. Hamma narsa uning amri bilan harakat qiladi. Hamma narsa uning hikmati bilan tartibga solinadi. Hamma narsa uning karami bilan bir-biriga yordam beradi. Hamma narsa uning marhamati bilan boshqa narsaga yordam beradi, ya'ni yordam berdiriladi. Ey doʻstim! Hadding boʻlsa, bunga qarshi bir soʻz ayt!
Kel, ey nafsim kabi oʻzini aqlli deb oʻylagan aqlsiz doʻstim! Ushbu muhtasham saroyning egasini tanishni istamayapsan! Xolbuki hamma narsa uni koʻrsatyapti, unga ishorat qilyapti, unga guvohlik qilyapti. Bu narsalarning hammasining guvohligini yolgʻon deyapsan! Shunday ekan, bu saroyni ham inkor qil va "Olam yoʻq, mamlakat yoʻq" degin va oʻzingni ham inkor qil, oʻrtadan chiq. Yoʻqsa esingni yigʻ, meni tingla! Qara: Ushbu saroy ichida va mamlakatni qoplagan bir hildagi unsurlar, ma'danlar bor. {(Hoshiya5) Unsurlar, ma'danlar esa juda koʻp muntazam vazifalari boʻlgan va izni Rabboniy bilan xar muhtojning imdodiga yugurgan va amri Ilohiy bilan xar bir yerga kirgan, madad bergan va hayotning lavozimotini yetishtirgan va zihayotni emizgan va masnu'oti Ilohiyaning nasjiga, naqshiga mansha' va muvallid va beshik boʻlgan havo, suv, ziyo, tuproq unsurlariga ishoratdir.} Mamlakatdan chiqqan hamma narsa u moddalardan qilingandek. Demak, u moddalar kimning mulki boʻlsa, undan qilingan barcha narsalar ham unikidir. Ekinzor kimniki boʻlsa, mahsulot ham unikidir. Dengiz kimniki boʻlsa, ichidagilar ham unikidir.
Qara, ushbu toʻqilgan narsalar, oʻrilgan naqshinkor matolar bitta gazlamadan qilinyapti. U moddani keltirgan, tayyorlagnb va ip holiga keltirgan, albatta ochiq oydin birdir. Chunki bu ish sherikni qabul qilmaydi. Shunday ekan, barcha toʻqilgan san'atli narsalar unga maxsus. Yana qara, toʻqilgan, qilingan narsalarning xar bir jinsi mamlakatning hamma tomonida mavjud. Ular butun sinfi bilan shunday tarqalganki, bir joyda bir-biri ichida, bir tarzda, bir onda qilinyapti, toʻqilyapti. Demak, bitta zotning ishidir, bir amr bilan harakat qiladi. Yoʻqsa bir onda, bir tarzda, bir vaziyatda, bir yigʻinda birlashish va mos kelishi imkonsiz. Shunday ekan, bu san'atli narsalarning xar biri yashirin zotning e'lonnomasi boʻlib uni koʻrsatadi. Goʻyo xar bir gulli mato, xar bir san'atli uskuna, xar bir shirin luqma u moʻ'jizaviy zotning tamgʻalari, muxrlari, nishonlari, belgisi boʻlib, holat tili bilan xar biri: "Men kimning san'ati boʻlsam, joylashgan sandiqlarim va doʻkonlarim ham uning mulkidir", deydi. Xar bir naqsh: "Meni kim toʻqigan boʻlsa, joylashgan toʻpim ham uning toʻqimasidir" deydi. Xar bir shirin luqma: "Meni kim qilayotgan, pishirayotgan boʻlsa, joylashgan qozonim ham unikidir", deydi. Xar bir uskuna: "Meni kim qilgan boʻlsa, mamlakatda tarqalgan sinfimni ham u qilyapti va mamlakatning hamma tarafida bizni u yetishtirgan. Demak, u mamlakatning ham molikidir. Shunday ekan, butun mamlakatga, bu saroyga molik kim boʻlsa, bizga u molik boʻladi", deydi. Masalan, davlatga tegishli bitta askar kamari yoxud bir tugmaga ega boʻlish, ularga haqiqiy molik boʻlishi uchun ularni yasagan butun zavodlarga ega boʻlishi kerak. Yoʻqsa vaysaqi yaramasdan "davlat moli" deb, qoʻlidan olinib, jazolanadi.
Natija: Bu mamlakatning unsurlari mamlakatni qoplagan moddalardan iiborat ekan, ularning egasi ham butun mamlakatga ega bir zot boʻladi. Shuning kabi, butun mamlakatga tarqalgan san'at asarlari bir-biriga oʻxshagani va bir tamgʻani koʻrsatgani uchun, butun mamlakatda tarqalgan asarlar hamma narsaga hukm qilgan bitta zotning san'atlari ekanini koʻrsatadi.
Mana ey doʻstim! Bu mamlakatda, ya'ni ushbu muhtasham saroyda birlik alomati bor, bir yagonalik tamgʻsi bor. Chunki bir qism ashyolar, bitta boʻlsada qamrovi bor. Bir qanchasi koʻp boʻlib (faqat bir-biriga oʻxshagan va hamma tomonda boʻlgani uchun) yagona sinf boʻlib koʻrinyapti. Yagonalik esa bir yakka zotni koʻrsatadi. Demak ustasi ham, egasi ham, sohibi ham, sanʻatkori ham bir boʻlishi kerak boʻladi. Shu bilan birga, shunga diqqat qilginki, bir gʻayb pardasidan qalin ip chiqyapti. {(Hoshiya6) Qalingina bir ip mevador daraxtga; minglab iplar esa shoxlariga va iplar boshidagi olmos, nishon, ehson, hadyalar esa, gullarning aqsomiga va mevalarning anvo'iga ishoratdir.} Soʻngra undan minglab iplar uzangan. Xar bir ipning uchiga olmoslar, nishonlar, ehsonlar va hadyalar taqilganiga qara. Hammaga maʻlum hadyalar beryapti. Ajabo, gʻarib bir gʻayb pardasidan bunday ajib ehsonlarni, hadyalarni bu maxluqlarga uzatgan zotni tanimaslik, unga tashakkur bildirmaslik naqadar telbalarcha harakat ekanini bilasanmi. Chunki uni tanimasang, majburan: "Bu iplarning uchidagi olmoslarni, boshqa hadyalarni oʻzlari qilyapti, beryapti", deysan. Xar bir ipni podshoh deyish kerak boʻladi. Xolbuki u iplarni koʻz oʻngimizda bir gʻaybiy qoʻl oʻsha hadyalarni yasab taqyapti. Demak, bu saroyda hamma narsa oʻzidan koʻra koʻproq moʻ'jizali zotni koʻrsatadi. Uni tanimasang hamma narsani inkor qilib, hayvondan yuz daraja tubanlashasan.
Ey muhokamasiz doʻstim, kel! Bu saroyning sohibini tanimaysan va tanishni ham istamayapsan. Chunki aqlingga sigʻdira olmayapsan. Uning ajib san'atlarini va holatlarini aqlga sigʻdira olmaganing uchun inkor qilyapsan. Xolbuki asl aqlga sigʻmasligi, asl qiyinchilik, haqiqiy ogʻirlik va dahshatli qiyinchiliklar uni tanimaslikdadir.
Agar uni tanisak, butun saroy, olam bir narsa kabi oson boʻladi, yengillashadi, arzonlik va moʻllikka sabab boʻladi. Tanimasak va u boʻlmasa, hamma narsa saroydek san'atli boʻlgani uchun xar bir narsa butun saroychalik qiyinlashadi. U vaqt na arzonlik va na moʻllik qoladi. Koʻrgan narsalarimizning bittasi nafaqat qoʻlimizga, balki hech kimning qoʻliga oʻtmas edi. Sen faqat shu ipga ilingan shirin konserva qutisiga qara. {(Hoshiya7) Konserva quttisi qudrat konservalari boʻlgan qovun, tarvuz, anor, sut qutisi esa kokos kabi rahmat hadyalariga ishorat.} Agar uning yashirin moʻ'jizali oshxonasidan chiqmaganida, hozir qirq tiyinga olgan narsamizni yuz liraga ham ola olmas edik.
Aqlga sigʻdira olmaslik, qiyinchilik, ogʻrlik, halokat balki imkonsizlik uni tanimaslikdadir. Chunki bir daraxtga bir ildizdan, bir qonun bilan, bir markazdan hayot beriladi. Minglab mevalarning yuzaga kelishi meva kabi oson boʻladi. Agar daraxtning mevalari turli markazlarga va ildizlarga, bir biridan boshqa qonunga bogʻlansa, xar bir meva butun daraxtchalik qiyin boʻladi. Butun qoʻshinni jihozlash bir markaz, bir qonun, bir zavoddan chiqsa miqdor jihatidan bir askarning jiholanishichalik osonlashadi. Agar xar bir askarning jihozlanishi turli joylarda qilinsa, olinsa xar bir askarning jihozlanishi uchun butun qoʻshinning jihozlanihiga kerakli zavodlar kerak boʻladi.
Aynan bu ikki misol kabi: Ushbu intizomli saroyda, bu mukammal shahar va taraqqiy topgan yurtda, shu muhtasham olamda butun ashyolarning ijod qilinishi bir zotga nisbat berilsa, shunchalik oson boʻladi, shu qadar yengillik paydo qiladiki biz koʻrgan cheksiz arzonlik, moʻllik va saxovatga sabab boʻladi. Yoʻqsa hamma narsa shu qadar qimmat, shu qadar qiyin boʻladiki, dunyo berilsa hatto bitta narsani ham qoʻlga kiritib boʻlmaydi.
Kel, ey bir oz insofga kelgan doʻstim! Biz oʻn besh kundan beri {(Hoshiya1) Oʻn besh kun ibodatga mukallaf boʻladigan oʻn besh yoshga ishorat.} bu yerdamiz. Agar bu olamning nizomlarini bilmasak, podshohini tanimasak, jazoga loyiq boʻlamiz. Uzrimiz qolmadi. Chunki oʻn besh kundan beri (goʻyo bizga muhlat berilgandek) hech kimning biz bilan ishi boʻlmayapti. Albatta biz egasiz emasmiz. Bu daraja nozik san'atli, me'zonli, latofatli, ibratli sanʻat asarlari ichida hayvon kabi aylanib ularni buza olmaymiz, bizga buzdirmaydilar. Bu mamlakatning hashamatli egasining albatta jazosi ham dahshatli boʻladi.
U zot naqadar qudratli, hashamatli zot ekanini quyidagicha tushun: Bu ulkan olamni bir saroy kabi tartibga solyapti, charxpalak kabi aylantiryapti. Katta mamlakatni bir uydek, hech bir narsani chetda qoldirmasdan boshqaryapti. Qara, vaqti-vaqti bilan bir idishni toʻldirib boʻshatgandek bu saroyni, ushbu mamlakatni, shu shaharni mukammal intizom bilan toʻldirib, kamoli hikmat bilan boʻshatyapti. Bir dasturxonni olib yozgandek, ulkan mamlakatni bir gʻaybiy qoʻl boshdan oyoq turli-tuman dasturxonlarni {(Hoshiya2) Dasturxonlar, yozda zamin yuziga ishorat boʻlib, rahmat oshxonasidan chiqqan yuzlab yangi-yangi va turli tuman Rahmoniy dasturxonlar toʻshaladi, almashadi. Xar bir bogʻ bir qozon, xar bir daraxt vositachi savdogardir.} olib, yozib turli tuman ovqatlarni navbat bilan olib kelib yediryapti. Uni yigʻib boshqasini keltiradi, buni koʻrib, qattiq hashamat ichida cheksiz saxovatli bir karam borligini aqling boʻlsa tushunasan.
Hamda barcha narsalar gʻaybiy zotning saltanatiga, birligiga shahodat qilgani kabi birin ketin guruh-guruh kelib oʻtgan, haqiqiy parda, parda orqasidan ochilib yopilgan oʻzgarishlar, boshqa narsaga aylanishlar u zotning bardavomligiga, boqiyligiga guvohlik qiladi. Chunki zavol topgan ashyo bilan birga sabablari ham yoʻqoladi. Ularning orqasidan, ular kabi narsalar takroranadi. Demak, sanʻat asarlari ularniki emas, balki zavol topmas bir zotning asarlari ekan. Daryoning pufakchalari ketib orqasidan kelgan pufakchalar ketganlar kabi porlaganidan anglashiladiki ularni porlatgan, doimiy va yuksak nur sohibidir. Shuning kabi: Bu ishlarning qisqa vaqtda oʻzgarishi, orqaidan kelgan narsalarning oʻsha rangga kirishi koʻrsatadiki bitta zavolsiz doimiy zotning jilvalari, naqshlari, oynalari, san'atlaridir.
Kel, doʻstim! Endi senga oʻtgan oʻn burhon quvvatida yana bir qat'iy burhon koʻrsataman. Kel, bir kemaga minib {(Hoshiya3) Kema - tarixga, jazira esa Asri Saodatga ishorat. Shu asrning zulmatli sohilida, "mim"siz madaniyat kiydirgan libosni yechib, davr dengiziga tushib, tarix va siyrat kemasiga minib, Asri Saodat jazirasiga va Jazirat-ul Arab maydoniga chiqib, Faxri Olamni (S.A.V.) ish boshida ziyorat qilish orqali u zot shu qadar porloq tavhid burhoni boʻlib, zaminni boshdan oyoq va zamonning oʻtgan va kelajak ikki tomonini nurlantirgan, kufr va zalolat zulmatini tarqatganini bilamiz.} uzoqda bir jazira bor, u yerga boramiz. Chunki bu tilsimli olamning kalitlari u yerda. Yana hamma u jaziraga qarayapti, u yerdan bir narsalar kutyapti, u yerdan amr olyapti. Qara, ketyapmiz. Jaziraga chiqdik. Qara, juda katta majlis bor. Yurtning butun kattalari bu yerda toʻplangan. Muhim marosim koʻrinyapti. Yaxshilab e'tibor ber. Bu katta majlisning raisi bor. Kel, yaqinroq boramiz. Raisni tanishimiz kerak.
Qara, naqadar porloq va mingdan {(Hoshiya4) Ming nishon esa, ahli tahqiq mingga yetganini aniqlagan moʻ'jizoti Ahmadiyadir (S.A.V.).} koʻproq nishonlari bor. Naqadar quvvatli gapiryapti. Naqadar shirin suhbat quryapti. Oʻn besh kun mobaynida, u kishining gapilarini men biroz oʻrgandim. Sen ham mendan oʻrgan. U zot shu mamlakatning moʻ'jizaviy sultonini gapiryapti. "Shonli sulton meni sizlarga yubordi", deyapti. Shunday gʻaroyib narsalar koʻrsatyaptiki u kishi podshohning maxsus xodimi ekaniga shubha qoldirmayapti.
E'tibor ber, bu zotning aytgan gapini nafaqat shu jaziradagi maxluqlar tinglayapti, balki gʻaroyib suratda butun mamlakatga eshittiryapti. Chunki uzoq joylargaqcha hamma bu yerdagi nutqini eshitishga harakat qilyapti. Nafaqat insonlar tinglayapti, balki hayvonlar ham, hatto qara, togʻlar ham u zot keltirgan amrlarni tinglab, joyiidan qimirlayapti. Daraxtlar ishorat qilgan yerga boryapti. Qayerda istasa, suv chiqaryapti. Hatto barmogʻini obi kavsar koʻkragidek obi hayot ichiryapti.
U zotning ishorati bilan bu saroyning oliy qubbasidagi muhim chiroq, {(Hoshiya5) Muhim chiroq oy boʻlib, u zotning ishorati bilan ikki boʻlakka boʻlingan. Ya'ni: Mavlono Jomiyning aytgandik: "Umuman yozuv yozmagan ummiy zot barmoq qalami bilan samo sahifasida bir alif yozdi. Bir qirqni ikki ellik qildi". Ya'ni, yorilishdan avval qirq boʻlgan mimga oʻxshagan, yorilganidan keyin ikki hilol boʻldi, ellikdan iborat ikki nunga oʻxshadi.} bir ekan, ikkita boʻlyapti. Demak, bu mamlakat butun mavjudoti bilan u zotning xodimligini tan oladi. U kishini "gʻaybiy moʻjizaviy zotning eng xos va toʻgʻri tarjimoni, saltanatining dalloli, tilsimining kashf qiluvchisi va anrlarini yetkazadigan ihsonchli elchisi" ekanini biladiganday, u zotni tinglab itoat qilyapti. U zotninig xar bir aytgan soʻzini atrofidagi butun aqli joyida boʻlgan kishilar: "Ha, ha toʻgʻri" deyyapti, tasdiqlayapti.
Balki shu mamlakatda togʻlar, daraxtlar, butun mamlakatlarni yoritgan katta nur chirogʻi {(Hoshiya6) Katta nur chirogʻi Quyosh boʻlib, yerning sharqdan aylanib kelishi, Quyoshning yangidan koʻrinishi, quchogʻida Paygʻambarning (S.A.V.) yotishi bilan asr namozini oʻqimagan Imom Ali (R.A.) u moʻ'jizaga binoan asr namozini vaqtida oʻqiganlar.} u zotning ishorat va amrlariga bosh egib, "Ha, albatta, xar bir soʻzing toʻgʻri" deydilar.
Mana ey tentak doʻstim! Podshohning xos xazinasiga maxsus ming nishonga ega nuroniy, muhtasham va juda jiddiy zotning bor kuchi bilan yurtning butun raislari tasdiqlab gapirgan Moʻ'jizali Zotdan, zikr qilgan vasflaridan va tabligʻ qilgan amrlarida hech qanday xilof va hiyla boʻlishi mumkinmi?! Agar haqiqatga xilof mumkin boʻlsa, bu saroyni, chiroqlarni, jamoatni ham borligʻini ham haqiqatlarini yolgʻonga chiqarish kerak boʻladi. Agar hadding boʻlsa, bunga qarshi e'tiroz barmogʻingni uzatib koʻr, barmogʻing burhon quvvatidan sinib, koʻzingga suqilishini koʻrasan.
Kel, ey bir oz aqli joyiga kelgan birodar! Yana bir butun oʻn bir burhon quvvatidagi burhon koʻrsataman. Mana, qara. Yuqoridan tushgan va hamma unga hayratidan yoki hurmatidan kamoli diqqat bilan qaragan bu nuroniy farmonga {(Hoshiya7) Nuroniy farmon Qur'on va uning ustidagi tamgʻa esa i'joziga ishorat.} qara. Uning yonida ming nishonli zot turib, farmonning maʻnosini barchaga bayon qilyapti. Bu farmonning uslublari shunday bir tarzda porlayaptiki, hammaning tahsin qiluvchi nazarini jalb etyapti va shunday jiddiy, ahamiyatli masalalarni zikr qilyaptiki, hamma quloq solishga majbur boʻlyapti. Chunki butun mamlakatni boshargan, bu saroyni qurgan va bu ajoyibni izhor qilgan zotning faoliyatlarini, harakatlarini, amrlarini, vasflarini alohida-alohida bayon qilyapti. U farmonning umumiy hay'atida buyuk tamʻga boʻlgani kabi, xar bir satrida, xar bir jumlasida taqlid qilinmaydigan bir tamgʻa kabi, ifoda qilgan ma'nolar, haqiqatlar, amrlar, hikmatlar ustida ham u zotga maxsus ma'naviy muxrlar unga xos ekanini koʻrsatyapti.
Natija: U Buyuk Farmon quyosh kabi u Zoti A'zamni koʻrsatadi, koʻr boʻlmagan kimsa koʻradi.
Mana ey doʻstim! Aqling joyiga kelgan boʻlsa, bunchasu qadar kifoya... Agar biror gaping boʻlsa, hozir ayt.
Qaysar odam javoban: "Sening bu burhonlaringga faqat Alhamdulilloh, ishondim, deyman. Quyosh kabi porloq va kundek oydin bir tarzda ishondimki: Bu yurtning yolgʻiz bir Moliki Zulkamoli, shu olamning yakka Sohibi Zuljaloli, bu saroyning yagona Sone'i Zuljamoli borligini qabul qildim. Alloh sendan rozi boʻlsin, meni eski qaysarligimdan va telbaligimdan qutqarding. Keltirgan burhonlaringning xar biri bu haqiqatni koʻrsatishga yetarli edi. Faqat xar bir burhon borgan sari yanada ravnaqdor, yanada shirin, yanada xush, yanada nuroniy, yanada goʻzal ma'rifat tabaqalarini, tanimoq pardalari, muhabbat derazalari ochilgani uchun kutdim, tingladim", dedi.
Tavhidning azim haqiqati va "Amantu Billah" iymoniga ishorat qilgan misoliy hikoya tugadi. Rahmon Fazli, Qur'on fayzi, iymon nuri soyasida haqiqiy tavhidning quyoshidan misoliy hikoyadagi oʻn ikki burhon oʻn ikki yogʻdu va bir muqaddimani koʻrsatamiz.
Yigirma Ikkinchi Soʻzning Ikkinchi Maqomi
Muqaddima
Iymon ruknlarining eng katta rukni boʻlgan "iymoni billoh"ga doir "Qatra Risolasi"da mavjudotning xar biri ellik besh til bilan Janobi Haqning borligining vojibligiga va vahdoniyati-yagonaligiga dalolat va shahodat qilishlarini qisqacha bayon qilganmiz. Yana "Nuqta Risolasi"da Janobi Haqning kerakli dalillari va vahdoniyatining xar biri ming burhon quvvatida toʻrt umumiy burhonni zikr qilganmiz. Oʻn ikkita arabiy risolalarimda Janobi Haqning borligining vojibligini va vahdoniyatini koʻrsatgan yuzlab qat'iy burhonlarni aytib oʻtganimiz uchun ular bilan kifoyalanib, chuqur tadqiqotga kirishmaymiz. Faqat ushbu Yigirma Ikkinchi Soʻzda Risolatu-n Nurda qisqacha yozilgan oʻn ikki yogʻduimni "iymoni billoh" quyoshidan koʻrsatishga harakat qilamiz.
BIRINCHI YOGʻDU: Tavhid ikki qismga boʻlinadi. Masalan: Bir bozor va shaharga katta odamning turli mollari kelsa, ikki hilda unga tegishli ekani bilinadi. Biri qisqacha, omilar uchun: "Buncha koʻp molga egalikka undan boshqa hech kimning haddi yetmaydi". Lekin omi bir odamning nazoratida koʻp qiyinchilik boʻlishi mumkin. Kichik boʻlaklarga koʻp odamlar ega boʻlishi mumkin. Ikkinchi hili shuki, xar bir mol ustida yozuvni oʻqiydi, xar bir toʻp ustida tamgʻani taniydi, xar bir e'lon ustida muhrini tanib "Hamma narsa u zotniki", deydi. Bu shaklda xar bir narsa u zotni ma'nan koʻrsatadi.
Aynan shuning kabi: Tavhid ham ikki hildir:
Biri: Omi va zohiriy tavhid boʻlib, "Janobi Haq bir, sherigi, oʻxshashi yoʻq, bu koinot unikidir".
Ikkinchisi: Haqiqiy tavhid boʻlib, hamma narsa ustida qudrat tamgʻasini, rububiyati muxrini va qalamining naqshini koʻrb, hamma narsadan toʻgʻridan toʻgʻri uning nuriga qaragan deraza ochib uning birligiga, hamma narsa uning qudrat qoʻlidan chiqqaniga, uluhiyatida, rububiyatida va mulkida hech bir shaklda hech qanday sherigi va yordamchisi yoʻqligiga koʻz bilan koʻrishga yaqin aniqlikda tasdiqlab iymon keltirishdir. Bu orqali bir navʻ doimiy huzurni qoʻlga kiritishdir. Biz ham bu Soʻzda oʻsha xolis va oliy haqiqiy tavhidni koʻrsatadigan shuʻlalarni zikr qilamiz.
Birinchi hikmat ichida eslatma: Ey sababparast gʻofil! Sabablar bir pardadir. Chunki buni izzat va azamat taqozo qiladi. Ish qiluvchi Samadoniy qudratdir. Chunki buni tavhid va jalol va istiqlolni iqtizo qiladi. Azaliy Sultonning xodimlari rububiyat saltanatining ijrochilari emas. Balki u saltanatning dallollari va rububiyatning tomoshabin nazoratchilaridir. Xodimlar, u vositalar qudratning izzatini, rububiyatning hashamatini izhor qilish, yomon va xunuk ishlar bilan qudratning munosabati koʻrinmasligi uchun mavjud. Ojiz, faqir boʻlgan insoniy sulton kabi, ojiz va ehtiyoj uchun xodimlarini sherik qilib olmagan.
Demak, aqlning zohiriy nazarida qudratning izzati muhofaza qilinishi uchn sabablar qoʻyilgan. Oynaning ikki tomoni kabi, hamma narsaning "mulk"-tashqi jihati boʻlib oynaning mulavvan orqa tomoniga oʻxshaydi. Turli rang va holatlarga kirishi mumkin. Keyingisi "malakut"-ichki jihati boʻlib, oynaning old yuziga oʻxshaydi.
Mulk va zohiran qaraganda Samadoniy qudratning izzatiga va kamoliga zid holatlar bor. Sabablar u holatlarga ham manba, ham sabab boʻlishi uchun joriy qilingan. Lekin malakut va haqiqat tomonida hamma narsa shaffof, goʻzaldir. Qudratning shaxsan munosabatiga munosibdir, izzatiga zid emas. Shuning uchun sabablar faqatgina zohiriydir. Malakutiyat va haqiqatda haqiqiy ta'siri yoʻq.
Zohiriy sabablarning boshqa bir hikmati shuki: Odili Mutlaqdan haqsiz shikoyat va botil e'tiroz qilmasligi uchun shikoyat va e'tirozlarga nishon boʻlishi uchun sabablar joriy qilingan. Chunki kamchilik ulardan chiqadi, ularning qobiliyatsizligidan kelib chiqadi. Bu sirga latif bir misoli bilan ma'naviy misol rivoyat qilinadi: Hazrat Azroil Alayhissalom Janobi Haqqa: "Qabzi arvoh vazifasida sening iboding mendan shikoyat qiladilar, mendan ranjiydilar", degan. Janobi Haq hikmat tili bilan unga: "Sen bilan qullarim oʻrtasida musibatlar, xastaliklar pardasini qoʻyaman", degan. Qara, xastaliklar parda boʻlib, ajalda tasavvur etilgan yomonliklarga manbadir.
Ruhlarni olishda haqiqiy hikmat va goʻzallik Azroil Alayhissalomning vazifasiga taʻalluqlidir. Shuning kabi, Hazrat Azroil ham bir pardadir. Ruhlarni qabz qilishda zohiran marhamatsiz boʻlib koʻringan va rahmatning kamoliga munosib boʻlmagan ba'zi holatlarga manba boʻlishi uchun xodimlikka nazoratchi va Ilohiya qudratga pardadir. Aql nazariga sabablar qudrat qoʻli oldida parda boʻlishini izzat va azamat taqozo qiladi. Tavhid va jalol esa haqiqiy taʻsirda qoʻlini tortishini iqtizo qiladi.
IKKINCHI YOGʻDU: Shu koinot boʻstoniga, zamin bogʻiga, samoning yulduzlar bilan porlatilgan goʻzal yuziga e'tibor ber! Bir Sone'-i Zuljalolning, Fotiri Zuljamolning toʻshalgan va sochilgan sanʻat asarlarining xar biri ustida Xoliqi Kulli Shayga maxsus tamgʻasi, xar bir maxluqi ustida Sone'-i Kulli Shayga xos muxri va qudrat qalamining nashr qilingan sahifalari kecha va kunduz, yoz va bahorda yozilgan mavjudot tabaqalari ustida, taqlid qilib boʻlmaydigan porloq muxri bor.
Endi tamgʻalar, muxrlar, nishonlardan namuna sifatida bir nechtasini aytib oʻtamiz. Masalan: Hisobsiz tamgʻalaridan, hayot ustiga qoʻygan koʻp tamgʻalaridan quyidagisiga qara: "Bir narsadan hamma narsani yaratadi, ham hamma narsadan bir narsani yaratadi". Chunki: Nutfa suvidan va ichiladigan oddiy suvdan hisobsiz hayvoniy a'zo va jihozlarni yaratadi. Demak, bir narsani hamma narsa qilish, albatta bir Qodiri Mutlaqning ishidir. Yeyiladigan sanoqsiz taomlardan, (esa hayvoniy boʻlsin, nabotiy boʻlsin) turli moddalarni xos bir jismga kamoli intizom bilan aylantirgan va undan maxsus jild toʻqigan va undan oddiy aʻzolarni yaratgan, albatta bir Qodiri Kulli Shaydir va Alimi Mutlaqdir.
Ha, oʻlim va hayotning Xoliqi ushbu dunyo dastgohida hikmati bilan hayotni amri bilan paydo boʻlgan qonuni bilan boshqaradiki, u qonunni tatbiq va ijro qilish, butun koinotni tasarrufi ostida tutgan bir zotga maxsusdir.
Xullas, agar aqling soʻnmagan, qalbing koʻr boʻlmagan boʻlsa, bir narsani mukammal osonlik va intizom bilan hamma narsa qilgan, hamma narsani mukammal mezon va intizomda san'ati bilan bitta narsa qilgan, hamma narsaning Sone'iga xos va Xoliqi Kulli Shayga maxsus bir tamgʻa ekanini tushunasan. Masalan gʻaroyib ishlar qilgan zot bir dirham paxtadan yuz toʻp mato va ipak yoki gazlama kabi turli tuman gazmollarni toʻqish bilan birga undan holva, paxlava kabi koʻp taomlarni ham qilyapti.
Soʻng, u zot temir va toshni, asal va yogʻni, suv va tuproqni hovuchiga oladi, goʻzal oltinga aylantiradi. Sen albatta qat'iyan hukm qilasanki, u zot oʻziga xos bir sanoatga ega, yer yuzidagi butun unsurlar uning amriga hozir va butun tuproqdagi maʻdanlar uning hukmiga tobe'dir. Hayotdagi qudrat va hikmat tajalliylari bu misoldan ming daraja yanada xayratga soluvchidir.
Mana, hayot ustidagi koʻp tamgʻalardan birgina tamgʻa...
UCHINCHI YOGʻDU: Ushbu oqib ketayotgan koinotda, sayyor mavjudotda harakat qilgan hayot egalariga qara! Butun hayot egalaridan xar bir jonlining ustida Hayyi Qayyum qoʻygan koʻp muxrlar borligini koʻrasan. Ulardan biri shuki: Hayot egalari, masalan inson xuddi koinotning kichik misoli, yaratilish daraxtining samarasi, olamning bir urugʻi kabi, olamdagi sinflarning aksar namunalarini jamlagan. Goʻyo tirik mavjudotlar oʻta hassos mezonlar bilan butun koinotdan sizilgan tomchidek. Demak, mavjudotni yaratish va unga Rob boʻlish uchun butun koinotni tasarrufi ostida tutish lozim boʻladi.
Agar aqling vahimada choʻkmagan boʻlsa,
bir qudrat kalimasini, masalan "asalari"ni aksar ashyoga bir navʻ kichik mundarija qilish,
bir sahifada, masalan "inson"da koinot kitobining aksar masalalarini yozish,
bir nuqtada, masalan kichkina "anjir urugʻi"da ulkan anjir daraxtining dasturini joylashtirish,
bir harfda, masalan "inson qalbi"da katta olamining sahifalarida tajalliy etgan va qamragan butun asmoning belgilarini koʻrsatish,
bir yasmiq donasidek joy egallagan "inson xotirasi"da bir kutubxonadek yozuv yozdirish,
butun koinot hodisalarining mufassal mundarijasini u aʻzochada joylashtirish, albatta va albatta Xoliqi KulliShayga xos va bu koinotning Robbi Zuljaloliga maxsus muxr ekanini tushunasan.
Mana, tirik mavjudotlar ustidagi juda koʻp Rabboniy muxrlardan birgina muxr bunday nurini koʻrsatsa va uning oyatlarini oʻqitsa, birdan butun u xotamlarga qaray olsang, koʻra olsang: سُبْحَانَ مَنِ اخْتَفٰى بِشِدَّةِ ظُهُورِه۪ demaysanmi ajabo?!
TOʻRTINCHI YOGʻDU: Samovot dengizida suzgan va zaminning yuzida sochilgan rang-barang mavjudotga va turli-tuman maxluqotga e'tibor ber! Xar birining ustida Shamsi Azaliyning taqlid qabul qilmaydigan muxrlari borligini koʻrasan. Hayotda tamgʻalari, mavjudotda muxrlari borligini, bir-ikkitasini koʻrdik. Tiriltirish ustida ham shunday muxrlari bor. Misol - chuqur ma'nolarni tushunishga yaqinlashtirgani uchun, bu haqiqatni bir misol orqali koʻrsatamiz.
Quyosh sayyoralardan tortib tomchilarga qadar, shishaning kichik boʻlaklarigacha va qorning porloq zarrachalariga qadar Quyoshning misoli va in'ikosining bir tamgʻasi, Quyoshga maxsus nuroniy belgisi koʻrinadi. Sanoqsiz narsalarda koʻringan quyoshchalarini Quyoshning in'ikosi va aksining tajalliyi ekanini qabul qilmasang, xar bir tomchi va ziyo taʻsiri ostida xar bir shisha boʻlagida, nur tushganda xar bir shaffof zarrachada tabiiy, haqiqiy Quyoshning vujudini asli deb qabul qilishdek oʻta devonalik bilan nihoyatsiz bir ahmoqlikka tushishing kerak boʻladi.
Shuning kabi, Shamsi Azaliyning nuroniy tajalliylaridan "ihyo", ya'ni "hayot berish" xar bir tirik mavjudot ustida shunday tamgʻasi borki farazan butun sabablar toʻplansa va yaratuvchiga aylansa ham oʻsha turrani taqlid qila olmaydi. Chunki xar biri qudrat moʻ'jizasi boʻlgan mavjudotning xar biri Shamsi Azaliyning shuʻlalari boʻlgan Asmosi yigʻilgan nuqtasi suratidadir.
Agar mavjudot ustidagi san'atning ajib naqshi, hikmatining hayratli nazmi va ahadiyat sirining tajalliyi Zoti Ahadi Samadga nisbat berilmasa xar bir mavjudotda, hatto bir chivinda, gul ichida nihoyatsiz yaratuvchi qudrat yashirin ekani, hamma narsani qamragan ilm borligini koinotni boshqaradigan mutlaq irodani mavjudliginmi, balki ularning ichida Vojib-ul Vujudga maxsus boqiy sifatlar mavjudligini qabul qilish, gulning, chivinning xar bir zarrasiga bir ilohlik berishdek zalolatning eng ablahiga, xurofotning eng ahmoq darajasiga tushish kerak boʻladi.
Chunki u narsaning zarralariga, xususan danak boʻlsa, shunday holat berilganki zarra oʻzining hayot egasiga bogʻliq, uning nizomiga koʻra vaziyat oladi. Balki mavjudotning butun sinfiga qarayotgandek, u sinf naslining davom etishi uchun hamma joyga ekish va sinfining bayrogʻini oʻrnatish uchun qanotchalarga ega boʻlishi kerak boʻladi. Balki u aloqador va muhtoj boʻlgan butun mavjudot bilan rizqqa tegishli muomala va munosabatlarini davom ettiradigan holga kiradi. Xullas, agar u zarra bir Qodiri Mutlaqning xodimi boʻlmasa va Qodiri Mutlaqdan aloqasi uzilsa unga hamma narsani koʻradigan koʻz, hamma narsani qamragan shuur berish kerak boʻladi.
Natija: Tomchilar va shishaning zarrachalaridagi quyoshchalar va turli-tuman ranglar Quyoshning aksi va in'ikosining tajalliyidan deb koʻrilmasa, bir Quyosh oʻrniga sanoqsiz quyoshlarni qabul qilish kerak boʻladi. Aslo boʻlishining imkoni yoʻq xurofotni qabul qilishni taqozo qiladi. Aynan shuning kabi, agar hamma narsa Qodiri Mutlaqdan deb bilinmasa, bir Alloh oʻrniga sanoqsiz, balki koinot zarralari sanogʻicha ilohlarni qabul qilish kabi, yuz daraja bir-biriga zid imkonsizlikni bor deb qabul qilishdek telba safsatasiga tushish kerak boʻladi.
Xulosa: Shamsi Azaliyning nuri vahdoniyatiga va mavjudligining vojibligiga xar bir zarradan uch deraza ochiladi.
Birinchi Deraza: Xar bir zarra bir askardek xar bir xarbiy qismda, ya'ni boʻlinmasida, rotasida, batal'onida, polkida, diviziyasida, armiyasida xar biriga bogʻliq boʻladi. Oʻsha aloqaga koʻra vazifasi va vazifaga koʻra nizomi doirasida harakati boʻlgani kabi...
Yana masalan: Koʻz qorachigʻingdagi jonsiz zarracha koʻzingda, boshingda, vujudingda va koʻpayiosh tuygʻusi, hujraning tortish kuchi, immunitet, shakl berish kuchi kabi qon aylanishiga, his va harakatga xizmat qilgan vena, arteriya va boshqa nervlarda, sening sinfingda, va hokazo aloqalari, vazifalari borligini, ochiq oydin shaklda Qodiri Azaliyning sanʻat asari, vazifa yuklangan xodimi va tadbiri ostida ekanini koʻrar koʻzga koʻrsatadi.
Ikkinchi Deraza: Havodagi xar bir zarra xar bir gulni, xar bir mevani ziyorat qiladi. Xar bir gulga, xar bir mevaga kirib ishlay oladi. Agar hamma narsani koʻradigan va biladigan bir Qodiri Mutlaqning amrga itoat qilgan xodimi boʻlmasa, bebosh zarra butun mevalarning, gullarning jihozotlarini, yasalishini va turli tuman san'atlarini va ularga kiydirilgan suratlarning tikuvchiligini va sanʻatining butun mukammalligini qamragan kamchiliksiz tikuvchiligini bilishi kerak boʻladi.
Bu zarra quyosh kabi tavhid nurining shuʻlasini koʻrsatadi. Ziyoni havoga, suvni tuproqqa qiyosla. Zotan ashyolarning asl asosi toʻrt moddadan iborat: Hozirgi fan tilida vodorod, kislorod, uglerod, azot unsurlari avvalgi unsurlarning qismlari hisoblanadi.
Uchinchi Deraza: Zarralardan tashkil topgan bir qism tuproq xar bir gulli va mevali oʻsimliklarning unib oʻsishiga manba boʻladigan kosani zarrachalarga toʻldirsang, butun dunyodagi xar tur gul va mevali nabototning danakchalari, danakchalar hayvonotning nutfalari kabi turli tuman narsalar emas, nutfalar bir suvdan iborat. Shu kabi danaklar uglerod, azot, vodorod, kisloroddan tashkil topgan. Ularning mohiyati bir-biriga oʻxshagan, holati bir-biridan boshqa, yolgʻiz qadar qalami bilan faqat ma'nan aslining dasturi oʻrnatilgan. Danaklarni navbat bilan kosaga qoʻysak, xar biri gʻaroyib jihozlari bilan, shakl va holatlari bilan chiqishini, sodir boʻlgandek ishonasan.
Agar zarralar xar bir narsaning xar bir hol va vaziyatini bilgan va xamma narsaga loyiq vujudni va vujudga kerakli narsalarni berishga qodir va qudratiga nisbatan hamma narsa kamoli osonlik bilan boʻysungan bir zotning xodimi va amriga tayyor xizmatchisi boʻlmasa, tuproqning xar bir zarrasida yo butun gulli va mevadorlarning sanogʻicha ma'naviy fabrikalar va matbaalar boʻlishi kerak boʻladi, jihoz va shakllari bir-biridan uzoq va bir-biridan farq qiluvchi turli mavjudotga manba boʻlishi yoki ularni tashkil qilishga asos boʻlishi uchun butun mavjudotni qamragan ilm va ularni toʻliq yaratishga qodir boʻladigan qudrat berish lozim boʻladi.
Demak, Janobi Haqdan nisbat uzilsa, tuproqning zarralari adadicha ilohlar qabul qilinishi kerak boʻladi. Bu esa ming imkonsizlik ichida imkonsiz xurofotdir. Agar xodim boʻlsa juda osonlashadi. Buyuk sultonning oddiy askari podshohning nomi bilan va uning kuchi bilan bir yurtni koʻchira olgani, ikki dengizni birlashtira olgani, bir shohni asir qila olgani kabi, azal va abad Sultonining amri bilan, bir chivin bir Namrudni yerga yiqitadi, bir chumoli bir Fir'avnning saroyini xarob qiladi, yer bilan yakson qiladi. Bir anjir urugʻiga anjir daraxti yuklanadi.
Yana xar bir zarrada Sanʻatkorning birligi va borligining ikki ishonchli guvohi bor. Biri - xar bir zarra mutlaq ojizligi bilan birga juda katta va koʻp vazifalarni bajaradi va jonsizligi bilan birga umumiy shuuri bordek umumiy nizomga koʻra tartib bilan harakat qiladi. Demak, xar bir zarra ojizlik tili bilan Qodiri Mutlaqning borliginin vojibligiga va dunyo nizomiga rioya qilish orqali vahdatiga shahodat qiladi.
Ha, xar bir hayot sihibida bir Ahadiyat tamgʻasi, keyingisi Samadiyat muxri mavjud. Chunki bir jonli maxluq oʻz oynasida aksar koinotda jilvalari koʻringan Asmoni butunlay koʻrsatadi. Xuddi bir yigʻilish nuqtasi hisoblangan Hayyi Qayyumning ismi a'zamining tajalliyini koʻrsatadi. Demak, Alloh zotining yakkaligini, Muhyi-hayot beruvchi pardasi ostida bir jihatda soyasini koʻrsatganidan, ahadiyat tamgʻasiga ega.
Jonlilar bu koinotning kichik misoli va yaratilish daraxtining mevasi hisoblangani uchun, koinot qadar ehtiyojlarini birdan kichkina doira-i hayotiga oson yetkazish Samadiyat muxrini koʻrsatadi. Ya'ni, "bu holat uning shunday bir Robbi borki hamma narsa oʻrniga e'tibor berishi va butun ashyoning oʻrnini borasidgan nazari borligini koʻrsatadi. Butun ashyo uning bir aloqasining oʻrnini ola olmaydi".
Bu hol Uning Robbi hech narsaga muhtoj boʻlmagani kabi, xazinasidan hech bir narsa kamaymasligini va qudratiga ham hech bir narsa ogʻir emasligini koʻrsatadi. Mana, Samadiyatning soyasini koʻrsatgan bir navʻ muxri...
Demak, xar bir jonli mavjudotda Ahadiyat tamgʻasi, Samadiyat muxri bor. Xar bir jonli hayot tili bilan قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ اَللّٰهُ الصَّمَدُ ni oʻqiydi. Bu ikki tamgʻadan boshqa bir nechta muhim deraza bor. Boshqa joyda aytib oʻtilgani uchun, bu yerda qisqa qilindi.
Modomiki koinotning xar bir zarrasi Vojib-ul Vujudning vahdoniyatiga uch deraza, ikki tuynukni, hayot esa birdan ikki eshikni ochadi, zarradan quyoshgacha mavjudot tabaqalari Zoti Zuljalolning ma'rifat nurlarini qanday suratda tarqatganini qiyos qil.
Mana, ma'rifatullohda ma'naviy taraqqiyotning darajalari va huzurning martabalarini bundan angla va qiyosla.
BESHINCHI YOGʻDU: Bir yozma kitob va maktubning yozilishiga bir qalam kifoya. Agar bosma va chop qilingan boʻlsa, nashr qilinib vujudga kelishi uchun uning harflari sanogʻicha qalamlar, ya'ni temir harflar kerak boʻladi. Agar aksariyat joyda kitobning ba'zi harflari nozik hat bilan yozilgan boʻlsa (Yosin surasi, Yosin lafzida yozilgani kabi) nashr qilinishi uchun oʻsha bitta harfga butun kichik temir harflar kerak boʻladi. Aynan shuning kabi, ushbu koinot kitobini Samadoniy qudrat qalamining yozuvi va Zoti Ahadiyatning maktubi desang, vojiblik darajasida oson va shart boʻladigan darajada mantiqiy yoʻlda yurasan.
Agar tabiatga va sabablarga isnod qilsang, imkonsiz darajada ogʻir va bir biriga zid darajada qiyin va hech bir tasavvur sigʻdirmagan xurofotli bir yoʻlda boʻlasan. Tabiat uchun xar bir tuproqda, xar bir qatra suvda, xar bir havo boʻlagida hisobsiz gulli, mevali sanʻat asarlarining tashkil topishiga sabab boʻladigan milliardlab ma'dan matbaalari va sanoqsiz ma'naviy fabrikalar boʻlishi kerak. Yoki sanʻat asarlariga haqiqiy manba boʻlishi uchun ularda hamma narsani qamragan ilm, xar bir ishga qodir kuchi borligini qabul qilish kerak boʻladi. Chunki tuproq, suv va havoning xar bir boʻlagi aksar nabototga manbaʻ hisoblanadi. Xolbuki xar bir oʻzimlik (mevali boʻlsin, gulli boʻlsin) tashkil topishi shu qadar intizomli, shu qadar oʻlchovli, bir-biridan shu qadar tanlangan, holat jihatidan bir-biridan shu qadar farqli, xar biriga yolgʻiz unga maxsus alohida ma'naviy zavod yoki alohida matbaalar kerak boʻladi. Demak, tabiat namunalikdan manba darajasiga chiqsa, xar bir ashyoda butun narsalarning uskunalarini saqlashga majbur boʻladi.
Tabiatparastlik fikrining asosi shunday bir xurofotki, xurofotchilar ham undan uyaladi. Oʻzini aqlli deb oʻylagan zalolatdagi kimsalarning cheksiz safsatali aqlsizlik tomonida turganini koʻr, ibrat ol!
Natija: Kitobning xar bir harfi oʻzini bir harf qadar koʻrsatadi. Oʻz vujudiga bitta surat orqali dalolat qiladi. Oʻz kotibini oʻn kalima bilan ta'riflaydi va koʻp jihatlar bilan koʻrsatadi. Masalan: "Kotibimning husni xati bor: Qalami qizil, shunday bunday", deydi. Aynan shuning kabi: Ushbu katta olam kitobining xar bir harfi oʻzini - jussasi qadar dalolat qiladi va oʻz surati qadar koʻrsatadi. Lekin Naqqoshi Azaliyning Asmosini qasida qadar ta'riflaydi va holatlari sanogʻicha ishorat barmoqlari bilan koʻrsatadi, ism sohibiga shahodat qiladi. Demak, ham oʻzi va butun koinotni inkor qilgan safsatachi kabi bir ahmoq yana Sone'i Zuljalolning inkor qilmasligi kerak!
OLTINCHI YOGʻDU: Xoliqi Zuljalol maxluqotining xar bir maxluqning boshida va sanʻatli mavjudotining xar bir aʻzosining ustida ahadiyatining tamgʻa qoʻygan. (Oʻtgan yogʻdularda bir qanchasini koʻrding.) Shuning kabi xar bir maxluqning ustida koʻp ahadiyat tamgʻasi, xar bir sinf ustida koʻp sonli vohidiyat muxri, olam majmu'i ustida oʻta porloq suratda turli vahdat muxrlarini qoʻygan. Demak, bahorda yer yuzi sahifasida juda koʻp tamgʻa, muxr va nishonlar qoʻyilgan. Quyida ulardan bir tamgʻa va bir muxrni koʻrsatamiz:
Naqqoshi Azaliy zamin yuzida yoz va bahorda kamida uch yuz ming nabotot va hayvonot turlarini nihoyatsiz qorishish, chalkashlik ichida aniq tanlab, ayirib, oʻta intizom va ajratish orqali yangidan tiriltirib va tarqatishi bahor kabi zohir va ochiq, porloq tavhid tamgʻasidir. Bahorda oʻlgan yerning qayta tiriltirishida uch yuz ming hashr namunalarini mukammal intizom bilan ijod qilish va yer sahifasida bir-biri ichida uch yuz ming turdagi sinflarning xato kamchiliksiz, aralashtirmasdan, nuqsonsiz, oʻta oʻlchivli, tartibli, oʻta intizom bilan va mukammal yozish, albatta nihoyatsiz qudratga, bepoyon ilmga va koinotni boshqaradigan irodaga molik Zoti Zuljalolning, Qodiri Zulkamolning va Hakimi Zuljamolning maxsus tamgʻasi ekanini zarra miqdor shuuri bor inson idrok qilishi kerak boʻladi. Qur'oni Hakim farmon qiladiki:
Darhaqiqat, zaminni tiriltirishida uch yuz ming hashrning namunalarini bir necha kun mobaynida qilgan, koʻrsatgan Yaratuvchi Qudratga, insonning hashri albatta undan ham oson boʻladi. Masalan: Gelinjik Togʻi va Subhon Togʻini bir ishorat bilan koʻtargan moʻ'jiza koʻrsatgan zotga "Ushbu soyda yoʻlimizni toʻsgan ulkan toshni oilb tashlay olasanmi", deyiladimi? Shuning kabi: Osmon, togʻ va yerni olti kunda ijod qilgan va ularni vaqt-bavaqt toʻldirib boʻshatgan bir Qodiri Hakimga, Karimi Rahimga aqlga sigʻdira olmasdan "Abad tarafidan tayyorlanib toʻshalgan, oʻz ziyofatiga olib boradigan yoʻlimizni toʻsib turgan shu tuproq tabaqasini ustimizdan olib tashlay olasanmi? Yerni tekislab bizni undan oʻtkaza olasanmi?" deyish mumkinmi?!
Zamin yuzida yozda tavhid tamgʻasini koʻrding. Endi qaragin! Zamin yuzidagi ushbu bahordagi azim tasarruvlar ustida oʻta basirona va hakimona vohidiyat muxri oʻta oshkor koʻrinyapti. Chunki shu ijroot mutlaq kenglikda va shu kenglik bilan birga mutlaq tezlikda va tezlik bilan birga mutlaq saxovati koʻringan mutlaq intizomi, kamoli husni san'at va mukammal yaratishi shunday muxrki tuganmas unga ilm va nihoyatsiz qudrat sohibi unga ega boʻlishi mumkin.
Darhaqiqat, butun yer yuzida mutlaq kenglik ichida ijod, tasarruf va faoliyat borligini koʻryapmiz. Bu kenglikda mutlaq tezlik bilan ishlanyapti. Tezlik kenglik bilan birga maxluqlarni koʻpaytirishda mutlaq saxovat koʻrinyapti. Bu saxovat, kenglik va tezlik bilan birga mutlaq yengillik kuzatilyapti. Saxovat, yengillik, tezlik va kenglik bilan birga xar bir turda, xar bir maxluqda koʻringan mutlaq intizom, oʻta mumtoz husni san'at va oʻta qorishiqlik ichida mukammal tanlov, oʻta moʻllik ichida oʻta qiymatli asarlar va oʻta keng doirada toʻliq uygʻunlik va oʻta osonlik ichida juda san'atli asarlarni ijod qilish, bir onda, hamma joyda, bir tarzda, xar maxluqda gʻaroyib san'at, moʻ'jizali faoliyat koʻrsatish, albatta va albatta shunday bir zotning muxriki, hech qayerda koʻrinmasada hamma joyda hozir nozirdir. Hech narsa undan yashirinmagani kabi, hech narsa unga ogʻir emas. Zarralar bilan yulduzlar uning qudratiga nisbatan teng.
Masalan, men Rahimi Zuljamolning karam bogʻidan, moʻ'jizalarining shingillaridan bir donasini koʻrgan ikki barmoq qalinligida uzumda osilib turgan shingillarni sanadim. Bir yuz ellik besh chiqdi. Bir shingilning donalarini sanadim. Bir yuz yigirmatacha boʻldi. Oʻyladim, "Agar bu osma novda asalli suv chashmasi boʻlsa, doim suv bersa, bu haroratda yuzlab rahmatning sharbat haltachalarini emizgan shingillarga zoʻrgʻa kifoya qiladi. Xolbuki, ba'zan undagi namlik juda kam boʻladi. Xullas bu ishni qilgan zot hamma narsaga qodir boʻlishi lozim.
YETTINCHI YOGʻDU: Yer sahifasida Zoti Ahadi Samadning muxrlarini bir oz e'tibor bersang koʻrasan. Boshingni koʻtar, koʻzingni och, ushbu katta koinot kitobiga bir qara. Umum koinotning kattaligi nisbatida vahdat muxri ochiq ravshan oʻqilyapti. Chunki mavjudot bir fabrikaning, qasrning, intizomli shaharning boʻlim va maxluqlari kabi belni belga berib, bir-biriga yordam qoʻlini uzatib, bir-birining ehtiyoj istagiga "Labbay! Bosh ustiga", deyapti. Qoʻlni qoʻlga berib, intizom bilan ishlashyapti. Boshni boshga berib, jonlilarga xizmat qilyapti. Yelkama-yelka turib, bir maqsad sari Mudabbiri Hakimga itoat qilyapti.
Quyosh va Oydan, kecha va kunduzdan, qish va yozdan to nabototning muhtoj va och hayvonlarga yordam berish va hayvonlarning zaif, sharafli insonlarga yordam berish, hatto ozuqa moddalarining latif, zaif bolalarning va mevalarga yordam berish, taom zarralarining hujayralari badanda yordam berishidagi joriy boʻlkgan "oʻzaro yordam" daasturi bilan harakatlanishi koʻr boʻlmagan kimsaga, juda karim yagona Murabbiyning quvvati bilan, oʻta hakim yakka Mudabbirning amri bilan harakat qilayotganini koʻrsatadi.
Demak, koinotda joriy boʻlgan bu koʻmaklashish, yuordamlashish, ehtiyoga javob berish, qoʻlni qoʻlga berish, oʻzaro boʻyin egish, oʻzaro intizom yagona Mudabbirning tartibi bilan b oshqarilganiga va yakka Murabbiyning tadbiri bilan yoʻnaltirilganigas qat'iyan shahodat qilib, ashyolardagi ovhiq ravshan san'atdagi umumiy hikmat ichidagi toʻliq inoyat, inoyat ichida porlagan keng rahmat, rahmat ustida toʻshalgan va rizqqa muhtoj xar bir jonli borliqning ehtiyojiga loyiq tarzda oziqlantirish uchun sochilgan arzoq, umumiy oziqlantirish shunday porloq tavhid muxri boʻlib, aqli toʻliq soʻnmagan kishi anglaydi va batamom koʻr boʻlmagan kimsa koʻradi. Ha, qasd va shuur va irodani koʻrsatgan hikmat pardasi hikmat umum koinotni qoplagan, shu hikmat pardasi ustida lutf, bezash, tahsin va ehsonni koʻrsatgan inoyat pardasi toʻshalgan, ziynatlangan inoyat pardasi ustida oʻzini sevdirish va tanitish, in'om va ikrom qilish yogʻdularini koʻrsatgan rahmat koinotni ichiga olgan, umumiy nurli rahmat pardasi ustiga toʻshalgan marhamat, ehson va ikromni, kamoli shafqat, husni tarbiyani va rububiyat lutfini koʻrsatgan umumiy rizq dasturxon tizilgan.
Darhaqiqat, mavjudotga, zarralardan quyoshlargacha, yakka maxluq boʻlsin, sinflar boʻlsin, kichik boʻlsin, katta boʻlsin, samaralar va maqsadlar bilan, foydalar va manfaatlar bilan naqshli hikmat matosidan muhtasham koʻylak kiydirilgan, hikmatli surat koʻylagi ustida lutf va ehson gullarini bezagan bir inoyat kiyimi hamma narsaning qomatiga koʻra bichilgan, ziynatli inoyat kiyimi ustiga oʻzini sevdirish, ikrom, shafqat va in'om yogʻdulari bilan nurli rahmat nishonlari taqilgan, nurli va bezalgan nishonlarni ehson qilish bilan birgan, zamin yuzida butun jonlilarning toifalariga kifoya qiladigan, butun ehtiyojlariga yetarli umumiy rizq dasturxon toʻshalgan.
Demak, bu ish quyoshdek oshkora, nihoyatsiz Hakim, Karim, Rahim, Razzoq bir Zoti Zuljamolga ishorat qilib koʻrsatadi.
Shundaymi? Hamma narsa rizqqa muhtojmi?
Ha, bir maxluq rizqqa va hayotini davom ettirishga muhtoj boʻlgani kabi, butun olam mavjudoti, xususan jonli boʻlsa, kulliy boʻlsin, juz'iy boʻlsin, kull boʻlsin, juz boʻlsin vujudida, bardavomligida, hayotida va hayotini davom ettirishda moddatan va ma'nan koʻp kerakli narsalari bor, koʻp shart boʻlgan narsalari bor. Oʻzi yoʻqsil va shunday narsalarga ehtiyojlari borki, u narsaning qoʻli yetmaydi. U narsaning kuchi eng kichik istagiga yetmasada, butun istak va moddiy-maʻnaviy rizqlari qoʻliga مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ kutmagan joydan kamoli intizom bilan, munosib vaqtida va loyiq tarzda kamoli hikmat bilan berilyapti.
Demak, bu faqirlik va maxluqotning ehtiyoji va bu holatda yordam va gʻaybiy yordam, Quyosh kabi bir Murabbiyi Hakimi Zuljalolni, Mudabbiri Rahimi Zuljamolni koʻrsatmaydimi ajabo?!
SAKKIZINCHI YOGʻDU: Dalada ekilgan bir turdagi danak, sohibining tasarrufida ekaniga dalolat qiladi. Danakning dala tasaruf qiluvchisining tasarrufida ekanini koʻrsatadi. Shuning kabi, unsurlar deyilgan maxluqot dalasi, yagonalik va soddalik bilan birga, umumiyligi va qamrovi, maxluqot deyilgan rahmat samaralari, qudrat moʻjizalari, hikmatining kamoloti boʻlgan nabotot va hayvonot, misli va oʻxshashi bilan birga koʻp joylarda tarqalgani, xar tomonda joylashishi bitta Moʻjizaviy Sone'ning tasarrufi ostida ekanini bildiradi. Goʻyo xar bir gul, xar bir meva, xar bir hayvon Sanʻatkorning tamgʻalari, muxrlari, nishonlari ekanini koʻrsatadi. Qayerda boʻlmasin, holatining tili bilan xar biri: "Men kimning tamgʻasi boʻlsam, bu yer ham uning maxluqidir. Men kimning muxri boʻlsam, bu makon ham uning maktubidir. Men kimning nishoni boʻlsam, bu vatanim ham uning asaridir", deydi.
Demak, eng kichik maxluqqa rab boʻlish, butun unsurlarni tasarrufi ostida tutgan zotga maxsus va eng oddiy hayvonni tadbir qilish va boshqarish butun hayvonotni, nabototni, mavjudotni rububiyati ostida tarbiya qilganga xos ekanini koʻr boʻlmagan kimsa koʻradi.
Ha, xar bir maxluq boshqa maxluqlarga oʻxshashi va misli tili bilan "Kim butun sinfimga ega boʻlsa, menga molik boʻla oladi, boʻlmasa yoʻq." deydi. Xar tur boshqa sinflar bilan birga yer yuzida tarqalgani tili bilan: "Kim butun sathi Arzga molik boʻlsa, menga molik boʻla oladi; boʻlmasa yoʻq", deydi. Yer boshqa sayyoralar bilan quyosh bilan boʻglanishi va samovot bilan birdamligi tili bilan: "Kim butun koinotga ega boʻlsa, oʻsha zot menga molik u boʻla oladi, boʻlmasa yoʻq", deydi. Farazan shuuri bor bir olmaga bir odam: "Sen mening san'atimsan" desa, olma holatining tili bilan unga "Jim boʻl!" deydi. "Agar yer yuzida butun olmalarni yaratishga qodir boʻla olsang, balki yer yuzida tarqlgan butun sinfimiz boʻlgan butun mevali daraxtlarga, balki kemasi bilan rahmat xazinasidan kelgan butun Rahmoniy hadyalarni tasarruf qila olsang, menga rablikni da'vo qil", deydi va u ahmoqning ogʻziga bir tarsaki tushiradi.
TOʻQQIZINCHI YOGʻDU: Boʻlakda yakka maxluqda, butunda, jamiyatda, butun olamda, hayotda, tirik mavjudotda, qayta tiriltirishda mavjud tamgʻa, muxr, nishonlarning ba'zilariga ishorat qildik. Endi navlardagi hisobsiz tamgʻalardan bittasiga ishorat qilamiz.
Mevali daraxtning hisobsiz samaralari yakka tarbiya, yagona qonun bilan bir markazdan boshqarilgani uchun qiyinchilik, mashaqqat va xarajati shu qadar oson paydo qiladiki, koʻpchilik bilan tarbiya qilingan bitta mevaga teng keladi. Demak, koʻplik va markazlarning bir nechta boʻlishi xar bir meva uchun, miqdor jihatidan butun daraxt qadar qiyinchilik, xarajat va jihozlar boʻlishini taqozo qiladi. Oradagi farq faqat holat jihatida. Bir askarga kerakli koʻp jihozlarni yasash uchun qoʻshinga kerak boʻlgan butun zavodlar sanogʻicha zavod lozim.
Demak, ish birlikdan koʻplikka oʻtsa, askarlar sanogʻicha (miqdor jihatida) qiyinchilik koʻpayadi. Demak, xar bir sinfda koʻzga koʻringan favqulotda osonlik, albatta birlikdan, tavhiddan kelgan qulaylik va yengillikning belgisidir.
Natija: Bir sinfning butun turlari, bir turning butun mansublarining asosiy aʻzolari bir hilligi va bir-biriga oʻxshashi yagona Sone'ning sanʻat asari ekanini isbotlaydi. Chunki buni yagona qalam va tamgʻalarning birligi taqozo qiladi. Shunga oʻxshab: Kuzatilgan mutlaq osonlik va qiyinchilikning yoʻqligi bir Sone'i Vohidning asarlari ekanini vojiblik darajasida vujub darajasida keltirib chiqaradi. Yoʻqsa imkonsiz darajasiga chiqqan qiyinchilik oʻsha sinfni yʻoqlik va u turni hechlikka olib boradi.
Xullas kalom: Janobi Haqqa isnod qilinsa, butun ashyolar bir narsadek oson boʻladi. Agar sabablardan deb tasavvur qilinsa, xar bir narsa butun ashyolar qadar qiyin boʻladi. Modomiki shunday ekan, koinotda kuzatilgan favqulotda arzonlik va koʻz oʻngingizdagi sanoqsiz moʻllik yakkalik tamgʻasini quyoshdek koʻrsatadi. Agar oʻta moʻllik bilan oldimizga kelgan mevalar Vohidi Ahadning moli boʻlmasa, butun dunyoni bersak ham, bitta anorni yeya olmas edik.
OʻNINCHI YOGʻDU: Jamol tajalliysini koʻrsatgan hayot, bir ahadiyat burhoni, balki bir tur vahdat tajalliyi ekan, jalol tajalliyini izhor qilgan oʻlim ham bir vohidiyat burhonidir. Masalan وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Quyosh oldida porlagan va oqqan katta daryoning pufakchalari va zamin yuzining nurli shaffof narsalari Quyoshning aksini va ziyosini koʻrsatishi Quyoshga guvohlik qilgani kabi, tomchilar va shaffof narsalar botishi, ketishi bilan birga oʻzi bilan yangi kelgan tomchi toifalari va shaffof narsalar qabilalari ustida yana Quyoshning jilvalari hashamat bilan davom etishi, ziyosining tajalliyi va nuqsonsiz davomiyligi soʻnib yongan, almashib yangilangan, kelib porlagan misoliy quyoshchalar, ziyolar va nurlar bir boqiy, doimiy, oliy, tajalliysi zavol topmas yagona Quyoshning jilvalari ekaniga qat'iyan guvohlik beradi.
Demak, porlagan tomchilar, koʻrinishi va kelishi orqali Quyoshning borligini koʻrsatgani kabi, botishi, zavol topishi bilan Quyoshning boqiyligi, bardavomligi, va birligini koʻrsatadi. Aynan shuning kabi, ushbu kelib ketayotgan mavjudot vujudi va hayoti bilan Vojibul Vujudning borligining vojibligi va ahadiyatiga shahodat qilgani kabi, zavol topishi, oʻlimi bilan Vojibul Vujudning azaliyatiga, doimiyligi va ahadiyatiga shahodat qiladi.
Kecha kunduz, qish va yoz, asrlar va davrlarning almashishi orqali botish va yoʻqolish ichida almashgan va yangilangan goʻzal borliqlar, latif mavjudoti, albatta bir oliy, doimiy va tajalliysi bardavom boʻlgan jamol Sohibining borligi, boqiyligi va vahdatini koʻrsatganidek, maxluqot qiymatsiz zohiriy sabablari bilan birga zavol topib oʻlishi, sabablarning hechligi va parda boʻlganini koʻrsatadi. Bu holat shu san'at asarlari, naqshlar, jilvalar butun Asmosi muqaddas va goʻzal bir Zoti Jamili Zuljalolning yangilangan san'atlari, oʻzgargan naqshlari, harakatlangan oynalari, bir-biri orqasidan kelgan tamgʻalari, hikmat bilan almashgan muxrlari ekanini qat'iyan isbotlaydi.
Natija: Bu buyuk koinot kitobi, Alloh mavjudligining vojibligi va yagonaligiga doir koinot qonunlari bizga dars bergani kabi, Zoti Zuljalolning butun kamoliy, jamoliy va jaloliy vasflariga ham guvohlik qiladi. Va kamchiliksiz va nuqsonsiz mukammal zotini isbotlaydi. Chunki,
bir sanʻat asarida mukammallik, uning manbai va boshlangʻichi boʻlgan amalning kamoliga dalolat qiladi.
Fe'lning kamoli esa, ismning kamoliga,
ismning kamoli sifatning kamoliga,
sifatning kamoli zotida boʻlgan iste'dod va qobiliyatning kamoliga,
iste'dod va qobiliyatning mukammalligi u zotiy xususiyatlarning kamoliga sezgi bilan, zarurat bilan va ochiq ravshan dalolat qiladi.
Masalan: Kamchiliksiz bir qasrning mukammal naqshlari, bezaklari, orqasida bir usta ishining mukammalligini koʻrsatadi. Oʻsha ishlarning mukammalligi ishni qilgan ustaning rutbalarini koʻrsatgan unvonlarini va ismlarining mukammalligini koʻrsatadi. Asmo va unvonlarining mukammalligi ustaning san'atiga doir sifatlarining mukammalligini koʻrsatadi. San'at va sifatlarining mukammalligi u san'at sohibining shuuni zotiya deb nomlangan oʻzining qobiliyat va iste'dodining mukammalligini koʻrsatadi. Iqtidor va qobiliyatning mukammalligi ustaning zotining mohiyati mukammalligini koʻrsatgani kabi, ushbu kam-koʻstsiz هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ sirriga sazovor boʻlgan ushbu olamda koʻringan sanʻat asarlari, bu intizomli koinot mavjudotidagi san'at esa, ochiq oydin kuch va iqtidor sohibi boʻlgan Yaratuvchining mukammal ishlariga dalolat qiladi.
Mukammal ishlari esa, Foili Zuljalolning kamoli asmosiga ochiq ravshan dalolat qiladi. Asmosining mukammalligi, goʻzal egasining sifatining mukammalligiga zarurat bilan dalolat va shahodat qiladi. Sifatining kamoli esa, Mavsufi Zulkamolning zotiy xusuiyatlarining mukammalligiga aniq dalolat va shahodat qiladi. Zotiy xususiyatlarining mukammalligi esa, xususiyat sohibining kamoli zotiga haqqalyaqiyn dalolat qiladi. Butun koinotdagi kamolot turlari uning kamoliga nisbatan soʻniq zaif soya suratida Zoti Zulkamolning mukammalligining dalillari, jalolining ramzlari va jamolining ishoratlari ekanini koʻrsatadi.
QUYOSHLAR QUVVATIDAGI OʻN BIRINCHI YOGʻDU: Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzda ta'riflangan, koinot kitobining eng katta dalili, Buyuk Qur'ondagi ismi a'zami va koinot daraxtining urugʻi va eng munavvar mevasi, olam saroyining quyoshi, Islom olamining nurli toʻlin oyi, Allohning rububiyati saltanatining dalloli, koinot tilsimining hikmatli kashf qiluvchisi boʻlgan Sayyidimiz Muhammadul Amin Alayhissalotu Vassalam - butun anbiyolarni soyasi ostiga olgan risolat qanoti, butun Olami Islomni himoyasiga olgan Islomiyat qanotlari bilan haqiqatning tabaqalarida uchgan va butun anbiyo va mursalinni, butun avliyo va siddiqiynni, butun asfiyo va muhaqqiqiynni orqasiga olib bor kuchi bilan vahdoniyatni koʻrsatib, ahadiyat arshiga yoʻl ochib koʻrsatgan iymoni billoh va isbotlagan Allohning vahdoniyatini hech qanday tasavvur va shubhaning yopishga va parda boʻlishga haddi bormi?!
Modomiki Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz va Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda bu qatʻiy burhonning maʻrifat obi hayotidan oʻn toʻrt Rashha va oʻn toʻqqiz Ishoratlar bilan moʻ'jizali zotning moʻ'jizalari turlari bilan birga, bir daraja qisqa ta'rif va bayon qilgan ekanmiz, bu yerda ular kifoyalanib, vahdoniyatning qatʻiy burhonga guvohlik qilgan va sidqiga shahodat qilgan asoslariga ishorat suratida bir salovoti sharifa bilan bitiramiz.
QUYOSHLAR QUVVATIDAGI OʻN IKKINCHI YOGʻDU: Ushbu Yigirma Ikkinchi Soʻzning Oʻn Ikkinchi Yogʻdusi shunday haqiqatlar dengiziki,
butun yigirma ikki Soʻz, uning yigirma ikki tomchisi shunday nurlar manbaiki,
yigirma ikki Soʻz u quyoshning yigirma ikki yogʻdusi boʻla oladi.
Ha, yigirma ikki adad Soʻzlarning xar biri Qur'on osmonida porlagan birgina oyat yulduzining bir yogʻdusi,
Furqon dengizidan oqqan bir oyatning irmogʻining bir tomchisi,
hazina boʻlgan a'zam Kitobullohning xar biri bir javohir sandiqchasi boʻlgan oyatlarining bitta oyatining bir marvarididir.
Xullas, Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzning Oʻn Toʻrtinchi Rashhasida bir oz ta'rif etilgan u Kalomulloh Ismi A'zamdan, Arshi A'zamdan, rububiyatning tajalliyi a'zamidan nuzul etib, azalni abadga bogʻlaydigan, yerni arshga bogʻlaydigan kenglik va ulugʻlik ichida butun kuchi va oyatlarining butun qat'iyati bilan takror takror لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ deydi, butun koinotni guvoh qiladi va shahodat ettiradi. لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ بَرَابَرْ م۪يزَنَدْ عَالَمْ
Darhaqiqat, Qur'onga toza qalb koʻzi bilan qarasang, ichiga olti jihati porlashini, shaffofligini, hech qanday zulmat, hech bir zalolat, hech qanday shak va shubha, hech bir hiyla kirishga va maʻsumlik doirasiga kirishga joy topa olmaydi. Chunki,
Ustida i'joz tamgʻasi,
Ostida burhon va dalil,
Orqasida tayanch nuqtasi, Rabboniy vahiy,
Oldida ikki dunyo saodati,
Oʻngida aqlni gapirtirib tasdiqlashini ta'minlash,
chapida vijdonni guvoh qilib taslim boʻlishini aniqlash,
ichi ochiq ravshan sof Rahmoniy hidoyat,
usti ochiq oydin xolis iymon nurlari,
mevalari aynalyaqiyn insoniy kamoloti bilan ziynatlangan asfiyo,
muhaqqiqin avliyolar va siddiqiyn boʻlgan u gʻayb lisonining bagʻriga qulogʻingni qoʻyib tinglasang oʻta chuqur,
jonga juda yaqin doʻst,
ishonchli,
oʻta jiddiy, ulugʻ va burhon bilan jihozlangan samoviy sado eshitasan.
Shunday bir qat'iyat bilan لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ deydi va takrorlaydi. Uni haqqalyaqiyn darajasida aytganini aynalyaqiyn kabi bir ilmalyaqiynni senga ifodalaydi va fayz beradi.
Natija: Bittadan quyosh boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan Furqoni Ahkom, biri shahodat olamining tili boʻlib ming moʻ'jizalari ichida butun anbiyo va asfiyoning tasdigʻI bilan Islomiyat va risolat barmoqlari bilan ishorat qilib butun kuchi bilan koʻrsatgan haqiqatni...
Ikkinchisi: Olami gʻaybning tili boʻlib, qirq tomondan i'joz ichida koinotga oʻrnatilgan qonunlar tasdiqlagan haqqoniyat va hidoyat barmoqlari bilan ishorat qilib butun jiddiyat bilan koʻrsatgan ayni haqiqatni... oʻsha haqiqat quyoshdan ham oshkor, kunduzdan ham zohir boʻlmaydimi ajabo?!
Ey zalolatga qorishgan qaysar odamcha! {(Hoshiya) Bu murojaat Qur'on xitobini yoʻqotishga uringanga qaratilgan.} Boshingdagi tilla qoʻngʻizdan ham soʻniq chiroq bilan bu quyoshlarga qanday qilib qarshi chiqasan? Ulardan behojat boʻla olasan? Uflash bilan ularni soʻndirishga urinasan? Tuf! Inkorchi aqlingga tuf! Ikki gʻayb va shahodat tili butun olamlarning Robbi, koinotning sohibi nomidan va Unga aytgan soʻzlarni, da'volarni inkor qilasan? Ey bechora va chivindan ham ojiz, qadrsiz! Sen kim boʻlibsanki, koinotning Sohibi Zuljalolini yolgʻonga chiqarishga urinyapsan?
Ey aqli xushyor, qalbi uygʻoq doʻstim! Agar bu Yigirma Ikkinchi Soʻzning boshidan shu yergacha tushungan boʻlsang, Oʻn Ikki Yogʻduni birdan qoʻlingga ol. Minglab elektr quvvatidagi haqiqat chirogʻi deb, Arshi A'zamdan uzanib kelgan Qur'on oyatlarini mahkam tut. Tavfiq burogʻiga min, haqiqat samovotiga yuksal, ma'rifatulloh arshiga chiq...
de.
deb, butun koinot mavjudotining boshi ustida va buyuk olam masjidida vahdoniyatni e'lon qil...