YIGIRMA TOʻRTINCHI SOʻZ
Shu oyati jalilaning nuroniy daraxtining koʻp haqiqatlaridan bir haqiqatining besh shoxiga ishora qilamiz.
BIRINCHI SHOX: Bir sultonning oʻz hukumatining doiralarida turli unvonlari va xalq tabaqalarida boshqa-boshqa nom va vasflari, saltanatining martabalarida farqli ism va ishoratlari bor. Masalan: Adliya doirasida "adolatli sudʻya", boshqaruv idoralarida "sulton", harbiy idorada "bosh qoʻmondon", ilmiy doirada "xalifa"... Bunga qiyosan boshqa ism va unvonlarini bilsang, bir podshoh saltanatining doiralarida va hukumat tabaqasi martabalarida ming ism va unvonga sohib boʻlishi mumkinligini anglaysan. Oʻsha hokim goʻyo xar bir doirada ma'naviy shaxsiyati orqali telefoni bilan mavjud va hozirdir, mavjud va biladi. Xar bir tabaqada qonuni bilan, nizomi bilan, vakili bilan bilinadi, kuzatadi, koʻrinadi, koʻradi. Xar bir martabada parda orqasida hukmi bilan, ilmi bilan, kuchi bilan tasarruf qiladi, basirdir, boshqaradi, qaraydi. Xuddi shuning kabi:
Azal Abad Sultoni boʻlgan Rabbul Olamiyn uchun:
rububiyatining martabalarida turli tuman, lekin bir-biriga yuzlangan holat va nomlari,
uluhiyatining doiralarida turli tuman, lekin bir-biri ichida koʻrinadigan ism va nishonlari,
hashamatli ijrootida turli tuman, lekin bir-biriga oʻxshash akslari va jilvalari,
qudratining tasarrufotida turli tuman, lekin bir-birini his ettiradigan unvonlari bor.
sifatlarining tajalliylarida turli tuman, lekin bir-birini koʻrsatadigan muqaddas zuhuroti bor.
ishlarining jilvalarida turli tuman, lekin bir-birini mukammallashtiradigan hikmatli tasarrufoti bor.
rang-barang san'atida va turli sanʻat asarlarida turli tuman, lekin bir-birini tomosha qiladigan hashamatli rububiyati bordir.
Shu bilan birga koinotning har bir olamida, har bir toifasida Asmoi Husnadan bir ismning unvoni tajalliy etadi. U ism u doirada hokimdir. Boshqa ismlar u yerda unga tobe'dirlar, balki uning ichida boʻladi. Maxluqotning xar bir tabaqasida oz va koʻp, kichik va katta, xos va umumiy xos bir tajalliy, xos rububiyat, xos ism bilan jilvasi bor. Ya'ni, ismning hamma narsani qamragan va umumiy boʻlsada bir narsaga shunday bir maqsad va ahamiyat bilan yuzlanadiki, goʻyo u ism yolgʻiz u narsaga xosdir.
Shu bilan barobar Xoliqi Zuljalol hamma narsaga yaqin boʻlgani holda, yetmish mingga yaqin nuroniy pardalari bor. Masalan senda tajalliy etgan Xoliq ismining maxluqlaridagi kichik martabasidan, to butun koinotning Xoliqi boʻlgan martaba-i kubro va unvoni a'zamgacha koʻp pardalar borligini qiyos qil. Demak butun koinotni orqada qoldirmoq sharti bilan maxluqlarining eshigidan Xoliq ismining eng oxirgi nuqtasiga yetishasan, sifatlar doirasiga yaqinlashasan.
Modomiki pardalarning bir-biriga tomosha qiladigan derazalari bor va ismlar bir-biri ichida koʻrinadi, faoliyatlar bir-biriga yuzlangan, akslar bir-birining ichiga kiradi, unvonlar bir-birini eslatadi, zuhurot bir-biriga oʻxshaydi, tasarruflar bir-biriga yordam berib toʻldiradi, rububiyatning turli tarbiyalari bir-biriga yordam berib koʻmaklashar ekan, albatta Janobi Haqni bir ism bilan, bir unvon bilan, bir rububiyat bilan va hokazo, tanisa, boshqa unvonlarni, rububiyatlarni, faoliyatlarni ichida inkor qilmasligini taqozo qiladi. Balki har bir ismning jilvasidan boshqa ismlarga yoʻl olmasa zarar qiladi. Masalan: Qodiyr va Xoliq ismining izini koʻrsa, Aliym ismini koʻrmasa, gʻaflat va tabiat zalolatiga tushadi. Balki uning nazari doimo qarshisida هُوَ هُوَ اللّهُ ni oʻqishini, koʻrishini, qulogʻi hamma narsada قُلْ هُوَ اللّهُ اَحَدٌ tinglashini, eshitishini, tili لَا اِلهَ اِلَّا هُو بَرَابَرْ مِيزَنَدْ عَالَمْ deyishini, e'lon qilishini keltirib chiqaradi. Demak, Qur'oni Mubiyn اَللّهُ لَا اِلهَ اِلَّا هُوَ لَهُ الْاَسْمَاءُ الْحُسْنَى farmoni bilan zikr qilgan haqiqatlarimizga ishora qiladi.
Agar bu yuksak haqiqatlarni yaqindan tomosha qilishni xohlasang, bor, toʻfonli dengizdan, zilzilali zamindan soʻra. "Nima deyapsiz?" degin. Albatta "Yo Jaliyl, Yo Jaliyl, Yo Aziz, Yo Jabbor" deganlarini eshitasan. Soʻng dengiz ichida va zamin yuzida marhamat va shafqat bilan tarbiya etilgan kichik hayvonlardan va bolalardan soʻra, "Nima deyapsiz?" degin. Albatta, "Yo Jamiyl, Yo Jamiyl, Yo Rahiym, Yo Rahiym" deydi.
{(Izoh) Hatto bir kun mushuklarga qaradim. Ovqatlarini yedilar, oʻynadilar, yotdilar. Xotiramga: "Bu vazifasiz jonivorchalarga nima uchun muborak deyiladi?" degan fikr keldi. Soʻng kechasi yotish uchun choʻzildim. Qarasam, mushuklardan biri keldi, yostigʻimga tayandi, ogʻzini qulogʻimga keltirdi. Tushunarli qilib, "Yo Rahiym, Yo Rahiym, Yo Rahiym, Yo Rahiym " deb goʻyo xotiramga kelgan e'tiroz va haqoratni toifasi nomidan rad qilib, yuzimga urdi. Aqlimga, "Ajabo, bu zikr faqat bu mushukka maxsusmi? Yoʻqsa umumiy toifasi zikr qiladimi? Eshitish faqat men kabi haqsiz e'tirozchiga maxsusmi? Yoʻqsa hamma ham diqqat qilsa bir daraja eshita oladimi?" degan savol keldi. Ertalab boshqa mushuklarni tingladim. Garchi u kabi ochiq boʻlmasada, turli darajada ayni zikrni takror etmoqdalar. Boshida hir-hirlari orqasida "Yo Rahiym" bilinadi. Bora-bora hir-hirlari, mir-mirlari ayni "Yo Rahiym" boʻladi. Maxrajsiz, yaqqol hazin zikr boʻladi. Ogʻzini yopib, goʻzal shaklda "Yo Rahiym"ni qaytaradi. Yonimga kelgan qardoshlarga aytib berdim qildim. Ular ham e'tibor berishdi, "Bir daraja eshityapmiz" deyishdi. Soʻng qalbimga, "Ajabo bu ismning xos qilinish sababi nima? Nima uchun inson she'vasi bilan zikr qiladi, hayvon tili bilan qilmaydi?" degan savol keldi. Qalbimga, bu hayvonlar bola kabi juda nozli, nozik va insonga bir doʻst boʻlgani uchun, koʻp shafqat va marhamatga muhtojdir. Erkalangan vaqti taʻbiga oʻtirgan iltifotlarni koʻrgan vaqti ne'matga hamd sifatida it harakatlarinng tersiga sabablarni tashlab yolgʻiz oʻz Xoliqi Rahiymining rahmatini oʻz olamida e'lon qiladi. Uyqu gʻaflatida boʻlgan insonlarni ogohlantirib, "Yo Rahiym" nidosi bilan kimdan madad kelishini va kimdan rahmat kutilishini sababparastlarga eslatishadi.}
Samoni tingla, "Yo Jaliyli Zuljamol" deyayotganini eshit. Yerga quloq sol, "Yo Jamiyli Zuljalol" deyapti. Hayvonlarga diqqat qil, "Yo Rahmon, Yo Razzoq" demoqdalar. Bahordan soʻra, "Yo Hannon, Yo Rahmon, Yo Rahiym, Yo Kariym, Yo Latif, Yo Atuf, Yo Musavvir, Yo Munavvir, Yo Muhsin, Yo Muzayyin" kabi koʻp ismlarni zikr qilayotganini eshitasan.
Inson boʻlgan bir insondan soʻra. Boq qanday butun asmoyi husnani oʻqimoqda va yuzida yozilgan. Sen ham diqqat etsang oʻqiy olasan. Goʻyo koinot azim bir musiqa-i zikriyadir. Eng kichik ohang eng baland ohanglarga qoʻshilmoq bilan hashamatli bir latofat bermoqda. Va hakozo qiyos et. Faqat garchi inson butun ismlarga mazhardir, faqat koinotning turli-tuman boʻlishini va maloikalarning har xil ibodatini keltirib chiqargan ismlarning har xilligi insonlarning ham bir daraja turli xil boʻlishiga sabab boʻlgandir. Anbiyolarning boshqa-boshqa shariatlari, avliyolarning boshqa-boshqa tariqatlari, asfiyolarning turli-tuman mashrablari shu sirdan kelib chiqqandir. Masalan Iso Alayhissalom boshqa ismlar bilan barobar Qodiyr ismi unda yanada gʻolibdir. Ishq ahlida Vadud ismi va tafakkur ahlida Hakiym ismi yanada ziyoda hokimdir.
Xullas, qanday agar bir odam ham muallim, ham zobit, ham adliya kotibi, ham mulkiya nazoratchisi boʻlsa, uning har bir doirada bittadan nisbati, bittadan vazifasi, bittadan xizmati, bittadan maoshi, bittadan mas'uliyati, bittadan taraqqiyoti va muvaffaqiyatsizligiga sabab bittadan dushman va raqiblari boʻladi. Va podshohga qarshi koʻp unvonlar bilan koʻrinadi va koʻrar. Va koʻp lisonlar bilan undan madad istar. Va amirining koʻp unvonlariga murojaat etar. Va dushmanlarning yomonligidan qutulmoq uchun yordamini koʻp suratlar bilan talab etar. Xuddi shuning kabi koʻp ismlarga mazhar va koʻp vazifalar bilan vazifador va koʻp dushmanlarga mubtalo boʻlgan inson munojotida, istiozasida koʻp ismlarni zikr etar. Qandayki inson navining madori faxri va soʻzsiz eng haqiqiy komil inson boʻlgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam Javshan-ul Kabir nomli munojotida ming bir ismi bilan duo qiladi, olovdan panoh soʻraydi. Ushbu sirga binoan
surasi uch unvon bilan istiozani amr qiladi va بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ da uch ismi bilan yordam istashni koʻrsatadi.
IKKINCHI SHOX: Koʻp sirlarning kalitini ichiga olgan ikki sirni bayon qiladi.
Birinchi Sir: "Avliyolar nima uchun iymon asoslarida ittifoq etganlari holda, qalb koʻzi bilan koʻrgan narsalarida, kashflarida koʻp xilof qilishadi. Shuhud darajasidagi kashflari ba'zan voqe'likka zid va haqiqatga muxolif chiqadi? Nima uchun fikr va nazar ahli xar biri qat'iy burhon bilan haq qabul qilgan fikrlarida haqiqatni bir-biriga zid suratda koʻradi va koʻrsatadilar. Bir haqiqat nima uchun koʻp ranglarga kiradi?"
Ikkinchi Sir: "Oʻtgan Paygʻambarlar nima uchun jismoniy hashr kabi bir qism iymon asoslarini bir daraja qisqacha qoldirganlar, Qur'on kabi tafsilot bermaganlar? Ummatlaridan bir qismi keyinchalik qisqac qolgan asosni inkor qilishgacha borib yetishgan? Nima uchun haqiqiy orif boʻlgan avliyolarning bir qanchasi faqat tavhidda oldinga ketgan. Hatto haqqalyaqiyn darajasiga qadar borishsada, bir qancha iymon asoslari ularning tutgan yoʻllarida juda oz va qisqac suratda koʻrinadi. Shuning uchun, ularga ergashganlar kelajakda iymon asosiga lozim boʻlgan ahamiyatni bermagan. Hatto ba'zilari adashgan.
Modomiki haqiqiy kamol, iymon asoslarining barchasining inkishofi orqali erishilar ekan nima uchun haqiqat ahli ba'zisida juda ilgari va bir qismida juda orqada qolishgan. Xolbuki butun Ismlarning eng buyuk martabalariga sazovor boʻlgan zot, butun anbiyolarning sarvari boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam va butun muqaddas kitoblarning raisi anvari boʻlgan Qur'oni Hakim butun iymon asoslarini ochiq suratda juda jiddiy ifodada va qasddan tafsil etgan?"
Chunki haqiqatda, asl toʻliq kamol shunday. Bu sirning hikmati shuki:
Inson butun Ismlarga sazovor va butun kamolotga iste'dodlidir. Lekin iqtidori oz, ixtiyori kichik, iste'dodi xar hil, orzulari turli boʻlgani holda minglab pardalar, barzohlar ichida haqiqatni qidiradi. Shuning uchun haqiqatni kashf qilish va haqni koʻrishida oʻrtaga toʻsiqlar tushadi. Ba'zilar undan oʻta olmaydi.
Qobiliyatlar turlicha boʻladi. Ba'zilarning qobiliyati ba'zi iymon asoslarini taraqqiy ettirishga manba boʻlmaydi. Asmoi Husna jilvalarining ranglari sazovor boʻlgan kishiga koʻra turlanadi, boshqa-boshqa boʻladi. Ba'zi zotlar bir ismning toʻliq jilvasiga sabab boʻla olmaydi.
Kulliyat, juz'iyat, zilliyat va asliyat e'tibori bilan ismlarning jilvasi turlicha surat oladi. Ba'zan iste'dod juz'iyatdan oʻta olmaydi va soyadan chiqa olmaydi. Iste'dodga koʻra ba'zan bir ism gʻolib boʻladi, faqat oʻz hukmini ijro qiladi. U iste'dodda uning boshqaruvi hukumron boʻladi.
Bu chuqur sirga va keng hikmatga sirli, keng va haqiqat bilan bir daraja qorishiq misol bilan ba'zi ishoralar qilamiz. Masalan: Zahro ismli naqshli bir gul, oyga oshiq tirik tomchi, quyoshga yuzlangan sof sizmani faraz qilamiz. Xar birining bir idroki, kamoli bor. Kamolga ishtiyoqi bor. Bu uch narsada koʻp haqiqatlarga ishora qilish bilan birga, nafs, aql va qalbning suluklariga ishora qiladi. Bu uch tabaqa haqiqat ahliga misol.
{(Izoh) Har tabaqada ham uch toifa bor. Tamsildagi uch misol har tabaqadagi u uch toifaga, balki toʻqqiz toifaga boqar. Boʻlmasa uch tabaqaga emas.}
Birinchisi: Fikr ahli, avliyolar, paygʻambarlarning ishoralaridir.
Ikkinchisi: Jismoniy jihozlar bilan kamoliga harakat qilib haqiqatga ketganlarni, nafsning poklab va aqlni qoʻllab harakat qilib haqiqatga borganlarni va qalbni poklab, iymon va taslimiyat bilan haqiqatga ketganlarning misollaridir.
Uchinchisi: Anoniyat-menlikni tashlamagan, qilgan ishlariga shoʻngʻigan va faqat dalil bilan haqiqatga brogan, ilm va hikmat bilan, aql va ma'rifat bilan haqiqatni qidirgan, iymon va Qur'on bilan, faqr va qullik bilan haqiqatga tez borgfan turli iste'doddagi uch toifaning qarama qarshiligining hikmatlariga ishora qilgan misollardir.
Bu uch tabaqaning taraqqiy etishidagi sirni va keng hikmatni "Zuhra", "Qatra", "Rashxa" nomli misol bilan bir daraja koʻrsatamiz. Masalan: Quyoshning oʻz Xoliqining izni va amri bilan uch turdagi tajalliysi, aksi va fayz berishi bor: Biri gullarga, keyingisi Oy va sayyoralarga, uchinchisi shisha va suv kabi shaffof narsalarga bergan turli akslardir.
Birinchisi uchga boʻlinadi:
Biri: Kulliy va umumiy tajalliy va aks boʻlib, butun gullarga birdan fayz berishi.
Ikkinchisi: Xos tajalliy boʻlib, xar bir turga koʻra xususiy aksi bor.
Keyingisi: Kichik tajalliy boʻlib, xar bir gulning shaxsiyatiga koʻra fayz berishidir. Bu misolimiz oʻsha soʻzga asosan, gullarning bezangan ranglari Quyoshning ziyosidagi yetti rangning aks etishdagi oʻzgarishidan kelib chiqadi. Bu soʻzga koʻra gullar ham Quyoshning bir tur oynalaridir.
Ikkinchisi: Quyoshning oy va sayyoralarga Fotiri Hakiymning izni bilan bergan nur va fayzdir. Bu kulliy, keng fayz va nurdan soʻng oy, ziyoning soyasi hisoblangan nurni Quyoshdan kulliy suratda istifoda qiladi, soʻng xususiy tarzda dengizlar, havo, shaffof tuproqqa, juz'iy suratda dengizning pufakchalariga va shaffof tuproqqa va havoning zarralari foyda va fayz berishidir.
Uchinchisi: Quyoshning Allohning amri bilan fazoni va dengizlarning yuzlarini oyna qilib sof, umumiy va soyasiz aksi bor. Soʻng quyosh dengizning pufakchalari, suvning tomchilari, havoning sizishlari va qor shishachalarining xar biriga juz'iy aksni, kichik timsolini beradi.
Quyoshning har bir gulga va oyga nisbatan xar bir tomchi, xar bir sizma mazkur uch jihatda ikki yoʻl bilan yuzlanadi va fayz beradi:
Birinchi yoʻl: Oʻzi toʻgʻridan-toʻgʻri toʻsiqsiz, hijobsiz. Bu yoʻl nubuvvatning yoʻlini koʻrsatadi.
Ikkinchi yoʻl: Toʻsiqlar vositalik qiladi. Oyna va sazovor boʻlgan narsalarning qobiliyatlari quyoshning jilvalariga rang beradi. Bu yoʻl valiylik yoʻlini koʻrsatadi.
"Zuahra", "Qatra", "Rashha"larning xar biri avvalgi yoʻlda: "Men umum olam quyoshining bir oynasiman", deyishi mumkin. Lekin ikkinchi yoʻlda unday deya olmaydi. Balki "Men oʻz quyoshimning oynasiman yoki sinfimga tajalliy etgan quyoshning oynasiman" deydi. Chunki Quyoshni shunday taniydi. Butun olamga qaraydighan quyoshni koʻra olmaydi.
Xolbuki oʻsha shaxsning, sinfining yoki jinsining quyoshi unga tor dahliz ichida chegaralangan qayd ostida koʻrinadi. Shuning uchun qaydsiz, cheklovsiz, mutlaq quyoshning izlarini chegaralangan quyosh deb boʻlmaydi. Butun yer yuzini isitish, oydinlatish, barcha nabotot, hayvonotning hayotlarini harakatlantirish, sayyoralarni atrofida aylantirish kabi hashamatli ishlarni qalb koʻzi bilan koʻrib tor qayd va chegaralangan dahliz ichida koʻrgan quyoshdan deya olmaydi. Balki u ajoyib ishlarni, agar biz idrokli deb faraz qilgan uch narsa, qayd ostida koʻrgan quyoshniki desa ham, faqatgina aqliy va iymoniy tarzda va chegaralangan, ayni mutlaq boʻlganini bir taslimiyat orqali aytishi mumkin. Lekin u, inson kabi biz aqlli deb faraz qilgan "Zuhra", "Qatra", "Rashxa"larni bu ishlarni, ya'ni juda katta ishlarni quyoshdab deb bilishi aqliydir, tajriba orqali xulosa qilinmagan. Balki ba'zan iymoniy hukmlari koinotda kuzatilgan narsalarga toʻqnashadi. Ishonish juda qiyin boʻladi.
Demak, haqiqatga tor kelgan va ba'zi burchaklarida haqiqatning a'zolari koʻringan va haqiqatga qoʻshilgan ushbu misol ichiga uchovimiz ham kirishimiz kerak. Uchalamiz ham oʻzimizni "Zuhra", "Qatra", "Rashha" deb faraz qilamiz. Chunki biz ularda faraz qilgan idrok etarli kelmayapti. Aqlimizni ham ularga qoʻshishimiz kerak. Ya'ni ular moddiy quyoshlaridan qanday fayz olsalar, biz ham ma'naviy quyoshimizdan shunday olishimizni tushunishimiz kerak.
Ey dunyoni unutmagan va moddiylik bilan mashgʻul boʻlgan va nafsi qattiqlashgan birodar! Sen "Zuhra" boʻl. "Zuhra" guli quyoshning tarqalgan ziyodan rang oladi. U bir rang ichida quyoshning timsolini aralashtirib ziynatli surat kiyadi. Sening iste'doding ham unga oʻxshaydi. Sabablarga shoʻngʻigan Eski Said kabi maktabli faylasuf esa oyga oshiq boʻlgan "Qatra" boʻlsinki, unga oy quyoshdan olgan ziyoning soyasini beradi va koʻz qorachigʻiga nur berar. U ham oʻsha nur bilan porlaydi. Lekin "Qatra" oʻsha nur orqali faqat oyni koʻradi. Quyoshni koʻra olmaydi, balki iymoni bilan koʻrishi mumkin.
Hamma narsani toʻgʻridan-toʻgʻri Janobi Haqdan bilgan, sabablarni parda qabul qilgan faqir odam ham "Rashxa" boʻlsin. Shunday bir " Rashxa"ki, tayanib "Zuhra" kabi oʻziga ishonishi uchun faqir, hech narsasi yoʻq. U orqali koʻrinishi uchn hech qanday rangi yoʻq. Yuzlanish uchn boshqa narsalarni ham tanimaydi. Xolis samimiyligi bor, toʻgʻridan-toʻgʻri quyoshning timsolini koʻz qorachigʻida saqlaydi. Modomiki biz ushbu uch narsa oʻrnida boʻldik. Oʻzimizga qarashimiz kerak. Nimamiz bor? Nima qilamiz?
Bir Zoti Kariym ehsoni bilan bizni koʻp ziynat beryapti, nurlantiryapti va tarbiya qilayotganini koʻryapmiz. Inson esa ehson qilganga mahliyo boʻladi. Mahliyo boʻlishga loyiq boʻlgan zotga yaqinlashishni istaydi va koʻrishni xohlaydi. Shunday ekan, xar birimiz iste'dodimizga koʻra oʻsha muhabbat jozibasi bilan yoʻl olamiz.
Ey zahro guliga oʻxshagan! Sen ketyapsan. Lekin gul boʻlib bor. Mana ketding. Taraqqiy eta-eta, qamrovli martabaga kelding. Goʻyo butun gullarning oʻrniga oʻtding. Xolbuki zahro xira bir oynadir. Unda ziyodagi yetti rang tarqaladi va sinar. Quyoshning aksini yashiradi. Sen sevgan quyoshning yuzini koʻrishga muvaffaq boʻla olmaysan. Chunki cheklangan ranglar, xususiyatlar tarqatadi, parda tortadi, koʻrsatmaydi. Sen shu holda suratlarning, toʻsiqlarning oʻrtaga tushishi orqali paydo boʻlgan ayriliqdan qutula olmaysan. Lekin bir shart bilan qutulishing mumkin, sen oʻz nafsing muhabbatiga shoʻngʻigan boshingni koʻtarasan va nafsing yaxshiliklari bilan lazzatlangan va faxrlangan nazaringni tortasan, osmondagi quyoshning yuziga otasan. Pastga egilgan rizqni jalb qilish uchun tuproqqa qaragan yuzingni yuqoridagi quyoshga qaratasan. Chunki sen uning oynasisan. Vazifang oynalik qilish. Bilsang, bilmasang rahmat xazinasi eshigi boʻlgan tuproq tarafidan sening rizqing keladi.
Bir gul quyoshning kichkina bir oynasidir. Shu katta quyosh ham samo dengizida Shamsi Azaliyning "Nur" ismidan tajalliy etgan bir yogʻduning tomchi misol bir oynasidir. Ey insoniy qalb! Sen quyoshning oynasi boʻlganingni bu orqali bil. Bu shartni qilgandan soʻng kamol topasan. Lekin quyoshni haqiqatda qanday boʻlsa, shunday koʻra olmaysan. Haqiqatni ochiq tushuna olmaysan. Balki sifatlaringning ranglari unga rang beradi va qattiq durbining bir surat kiydiradi. Chegaralangan qobiliyating qayd ostiga oladi.
Endi sen ham, ey tomchi ichiga kirgan hikmatli faylasuf! Fikringning tomchisining durbini bilan, falsafangning narvoni bilan oygacha taraqqiy etding, unga kirding. Uning qattiq, qorongʻuligini koʻr. Na ziyosi bor, na hayoti. Sening harakating behuda, ilming foydasiz ketdi. Sen umidsizligingning zulmatidan, kimsasizliging qoʻrquvidan, habis-yomon ruhlarning bezovta qilishlaridan va qoʻrquv dahshatidan, tabiat kechasini tark qilib haqiqat quyoshiga yoʻnalsang, bu kecha nurlari kunduz quyoshi nurlarining soyalari ekaniga hech shubhasiz ishonsang qutulasan.
Bu shartni qilgandan soʻng kamol topasan. Faqir va qorongʻu oy oʻrniga xashamatli quyoshni topasan. Lekin sen ham boshqa doʻsting kabi quyoshni sof koʻra olmaysan. Balki aqling va falsafang doʻstlik va odat qilgan pardalari orqasida, ilm va hikmatning toʻqigan toʻsiqlari ostida va qobiliyating bergan rang ichida koʻrasan.
Rashxa misol uchinchi doʻstingiz ham faqirdir, ham rangsizdir. Quyoshning harorati bilan tez bugʻlanadi, anoniyatini tashlaydi, bugʻga minadi, havoga chiqadi. Ichidagi nursiz modda ishq otashi bilan olovlanadi, ziyo bilan nurga aylanadi. Ziyoning jilvalaridan kelgan shu'laga yopishadi, yaqinlashadi.
Ey Rashha misol! Modomiki quyoshga toʻgʻridan-toʻgʻri oyna boʻlayotgan ekansan qaysi martabada boʻlsang boʻl, quyoshga aynalyaqiyn bir tarzda sof qaratilgan bir tuynuk, bir deraza topasan. Quyoshning ham ajoyib ishlarini undan deb bilishda qiyinchilik koʻrmaysan. Unga loyiq hashamatli vasflarini ikkilanmasdan bilasan. Uning saltanatining buyuk ishlarini undan deb bilishda hech narsa qoʻlingdan tutib undan voz kechira olmaydi. Na toʻsiqlarnig torligi, na qobiliyatlarning chegaralangani, na oynalarning kichikligi seni adashtirmaydi. Haqiqatga zid yoʻnaltirmaydi. Chunki sen sof, xolis, toʻgʻridan-toʻgʻri unga qaraganing uchun sazovor boʻlgan narsalarda koʻringan va oynalarda kuzatilgan narsa quyosh emas, balki bir turdagi jilvalaridir, bir tur rangli akslaridir. Akslar uning unvonlari boʻlsada, butun hashamati ishlarini koʻrsata olmaydi.
Ushbu haqiqat bilan aralash misolda uch turli tuman yoʻl bilan kamolga boriladi. Va u kamolotlarning fazilatlari va koʻrish darajasining tafsilotida ular turlicha boʻladi. Lekin natijada va haqqa ishonib itoat qilish va haqiqatni tasdiqlashda ittifoq qilishadi. Tun odami umuman quyoshni koʻrmagani, faqat oyning oynasida bir soyasini koʻrgani uchun quyoshga tegishli hashamatli ziyoni, buyuk jozibani aqliga sigʻdira olmaydi. Balki koʻrganlarga taslim boʻlib taqlid qiladi. Xuddi shuning kabi, Varosati Ahmadiya (S.A.V.) bilan Qodiyr va Muhyi kabi ismlarning eng buyuk martabasiga yetishmagan kimsa hashri a'zamni va qiyomati kubroni taqlidan qabul qiladi, "Aqliy masala emas" deydi. Chunki hashr va qiyomatning haqiqati, ismi a'zamning va ba'zi ismlarning eng buyuk darajasiga sazovor. Kimning nazari u yerga chiqmasa, taqlidga majbur. Kimning fikri u yerga yetsa, hashr va qiyomatni kecha-kunduz, qish va bahor darajasida osonlik bilan koʻradi, qalban ishonib qabul qiladi.
Ushbu sirga binoan, Qur'on hashr va qiyomatni eng ulugʻ martabada, eng komil tafsilot bilan zikr qiladi va ismi a'zamga sazovor boʻlgan Paygʻambarimiz Alayhissalotu Vassalam dars beradi. Eski paygʻambarlar esa irshod hikmatining taqozosi bilan bir daraja sodda va ibtidoiy holda boʻlgan ummatlariga hashrni eng a'zam darajada, eng keng tafsilot bilan dars bermaganlar. Ushbu sirdan, bir qism avliyolar ba'zi iymon asoslarini eng buyuk martabasida koʻrmagan yoki koʻra olmagan. Shuning uchun, ma'rifatullohda turlicha oriflar darajasi bor. Bular kabi koʻp sirlar bu haqiqatdan yuzagha chiqadi.
Bu tamsil ham bir daraja haqiqatni his ettirganidan, ham haqiqat juda keng va juda chuqur boʻlgani uchun biz ham misol bilan kifoyalanamiz. Haddimiz va toqatimizdan yuqori boʻlgan sirlarga kirishmaymiz.
UCHINCHI SHOX: Qiyomat alomatlaridan va oxirzamon voqealaridan va ba'zi amallarning fazilat va savoblaridan bahs etgan hadisi shariflar chiroyli tushunilmagani bois aqllariga ishongan bir qism ilm ahli ularning bir qanchasini zaif yoki mavzu' degan. Iymoni zaif va menligi kuchli qismi esa inkor qilishgacha borishgan. Hozir tafsilga kirishmaymiz. Faqat "Oʻn Ikki Asosni" bayon qilamiz.
Birinchi Asos: Yigirmanchi Soʻzning oxiridagi savol va javobda izoh etgan masalamizdir. Qisqasi quyidagicha, din imtihondir, bir tajribadir. Oliy ruhlarni yomon ruhlardan ajratadi. Shunday ekan oldinda barchaga koʻz bilan koʻriladigan voqealarni shunday tarzda aytadiki na batamom majhul qoladi, na barcha istar-istamas tasdiqlashga majbur boʻlishi uchun yaqqol koʻrinadi. Aqlga eshikni ochadi, ixtiyorni qoʻlidan olmaydi. Agar bir Qiyomat alomati ochiq ravshan koʻrinsa, hamma tasdiqlashga majbur boʻlsa, koʻmir kabi iste'dod olmosdek iste'dod bilan ayni saviyada qoladi. Taklif siri va imtihon natijasi zoye boʻladi. Shuning uchun Mahdiy va Sufyon masalalari kabi koʻp masalalarda koʻp ixtilof chiqqan. Rivoyatlar ham xar hildir, bir-biriga zid hukmlar boʻlgan.
Ikkinchi Asos: Islomiy masalalarning tabaqalari bor. Biri qat'iy burhon istasa, boshqasi kuchli ishonch bilan kifoyalanadi. Keyingisi faqat misol sifatida qabul qilinadi, uni rad qilmaslik kerak. Shunday ekan, iymon asoslaridan boʻlmagan far'iy masalalar yoki davr hodisalarining xar birida aniq ishonch bilan qat'iy burhon istalmaydi. Balki rad qilmaslik va taslimiyat bilan tegmaslik kerak.
Uchinchi Asos: Sahobalar davrida Bani Isroil va Nasroniy ulamolaridan koʻpi Islomiyatga kirgan. Eski ma'lumotlari ham ular bilan birga musulmon boʻlgan. Avvalgi ba'zi haqiqatga zid ma'lumotlari Islomiyatning moli deb oʻylangan.
Toʻrtinchi Asos: Hadisi Sharif roviylarining ba'zi soʻzlari yoki oʻzlari tanlagan maʻnoni hadisning matnidan deb oʻylangan. Inson xatodan xoli boʻlmagani uchun ba'zi haqiqatga zid chiqarilgan yashirin ma'nolarni yoki soʻzlarni hadis deb oʻylab zaifligiga hukm etilgan.
Beshinchi Asos: اِنَّ فِى اُمَّتِى مُحَدَّثُونَ ya'ni مُلْهَمُونَ siriga asosan ba'zi kashf ahli va avliyolardan boʻlgan Alloh ilhomga sazovor qilgan muhaddislar ilhom qilingan ba'zi ma'nolarni hadis deb oʻylangan. Xolbuki avliyolar ilhomi (ba'zi kamchiliklar bilan) xato boʻlishi mumkin. Bu turda bir qism haqiqatga zid chiqishi mumkin.
Oltinchi Asos: Insonlar orasida mashhur boʻlgan ba'zi hikoyalar mavjudki, zarbul masalga aylangan. Haqiqiy ma'nosiga e'tibor berilmaydi. Qaysi maqsad uchun yoʻnaltirilganiga qaraladi. Insonlar orasida tanilgan ba'zi qissa va hikoyalarni Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam irshod maqsadida misol va kinoya turidan aytganlar. Bhu navʻ masalalarning haqiqiy ma'nosida kamchilik boʻlsa, u insonlarning urf-odatilariga oiddir va maʻlum va omma ishonchiga oid.
Yettinchi Asos: Juda koʻp tashbeh va misollar mavjudki, davr oʻtishi bilan yoki ilmning qoʻlidan jahlning qoʻliga oʻtishi orqali moddiy haqiqat deb qabul qilingan. Xatoga qilgan. Masalan: "Hoʻkiz" va "Baliq" ismli, misol olamida savr va hut timsolida quruqlik va dengiz hayvonlari nozirlaridan Allohning ikki farishtasi xuddiki katta hoʻkiz va jismoniy baliq deb tasavvir qilish natijasida hadisga e'tiroz bildirilgan.
Yana masalan, bir kuni Nabiyimiz huzurlarida bir baland ovoz eshitiladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Bu ovoz yetmish yildan beri yumalab, endi Jahannamning tubiga tushgan toshning ovozi" dedilar. Bu hadisni eshitgan, haqiqatga yetmagan kimsa inkor qiladi. Bu hodisadan yigirma daqiqa oʻtib, bir kishi kelib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga: "Mashhur munofiq yigirma daqiqa avval oʻldi", degani qat'iyan sobit. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam yetmish yoshga kirgan munofiq Jahannamning bir toshi boʻlib butun umri qulashdan, asfali sofiliynga kufrga tushishdan iborat ekanini oʻta balogʻatli suratda bayon etganlar. Janobi Haq vafot daqiqasi ovozni eshittirib, bunga ishora qilgan.
Sakkizinchi Asos: Janobi Hakiymi Mutlaq ushbu sinov diyori va imtihon maydonida juda muhim narsalarni koʻp narsalar ichida yashirgan. Yashirishiga koʻp hikmatlar, koʻp foydalar bogʻliq. Masalan: Qadr kechasini butun ramazonga, duo ijobati soatini Juma kuniga, maqbul valiysini insonlar ichiga, ajalni umr ichida va qiyomatning vaqtini dunyo umri ichiga yashirgan. Chunki insonning ajali aniq boʻlsa, yarim umrigacha mutlaq gʻaflatda, yarmidan soʻng doryogʻochiga qadam-baqadam borgandek dahshat beradi.
Xolbuki oxirat va dunyo muvozanatini muhofaza qilish va xar doim xavfu umid orasida boʻlishning foydasi, xar daqiqa ham oʻlish ham yashash mumkin ekanini taqozo qiladi. Demak noaniq tarzdagi yigirma yillik noaniq umr, ming yil muayyan umrdan ustundir.
Qiyomat ham katta insoni boʻlgan dunyoning ajalidir. Agar vaqti aniq qilinganida, butun ilk va oʻrta asrlar mutlaq gʻaflatga shoʻngʻir va keyingi asrlar daxshatda qolar edi. Inson shaxsiy hayoti bilan uyi va qishlogʻini hayoti bilan aloqador boʻlganidek ijtimoiy va sinf hayoti bilan yer kurrasi va dunyoning yashashi bilan ham aloqadordir. Qur'on اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ deydi. "Qiyomat yaqin" deb farmon qiladi. Ming yil oʻtgandan keyin ham kelmasligi, yaqinligiga halal bermaydi. Chunki qiyomat dunyoning ajalidir. Dunyoning umriga nisbatan ming yoki ikki ming yil bir yilga nisbat berilsa bir-ikki kun yoki bir-ikki daqiqa kabi. Qiyomat soati - umriga nisbat berilib uzoq deyish uchun faqat insoniyatning ajali emas. Shuning uchunki, Hakiymi Mutlaq qiyomatni beshta gʻayb sifatida ilmida saqlaydi. Bu yashirin saqlash siridan xar bir asr, hatto haqiqatni koʻrgan asr hisoblangan Saodat Asri ham doim qiyomatdan qoʻrqqan. Hatto ba'zilari, "Shartlari ana-ana chiqdi" deyishgan.
Xullas, bu haqiqatni bilmagan insofsiz insonlar: "Nima uchun oxiratning tafsilotini dars olgan uygʻoq qalbli, keskin nazarli Sahobalarning fikrlari ming yil haqiqatdan uzoq boʻlgandek dunyoviy istiqbolda ming toʻrt yuz yil keyin keladigan haqiqatni asrlariga yaqin deb oʻylaganlar?" deyishadi.
Javob: Chunki Sahobalar paygʻambarlik suhbatining fayzidan hammadan koʻra koʻproq oxirat yurtini tushunib, dunyoning fanosini bilib, qiyomatning yashirin soatidagi Ilohiy hikmatni anglab, shaxsiy ajal kabi dunyoning ajaliga ham doim muntazir boʻlishgan, oxiratlari uchun jiddiy harakat qilganlar.
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam "Qiyomatni kutinglar, intizor boʻlinglar" takrorlashi bu hikmatdan kelib chiqqan Nabaviy irshoddir. Yoʻqsa haqiqatdan uzoq boʻlishi uchun muayyan voqe'likka doir vahiyning hukmi bilan emas. Illat boshqa, hikmat boshqadir.
Xullas, Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning bu turdagi soʻzlari yashirin saqlash hikmatidan kelib chiqadi. Ushbu sirga asosan Mahdiy, Sufyon kabi oxirzamonda keladigan shaxslarni ancha avval, hatto Tobe'inlar zamonida ham kutiashgan, yetishish umidida boʻlganlar. Hatto ba'zi avliyolar "Ular oʻtgan" degan. Vaqti mavhum qolishini, qiyomat kabi Ilohiy hikmat taqozo qiladi. Chunki xar davr, xar bir asr ma'naviy quvvatning quvvatlanishiga sabab boʻladigan va umidsizlikdan qutqaradigan "Mahdiy" ma'nosiga muhtojdir. Bu ma'noda xar asrning hissasi boʻlishi lozim. Xar asr gʻaflat ichida yomonliklarga ergashmaslik va loqaydlik bilan nafsning tizginini qoʻyib yubormaslik uchun munofiqlikk bosh boʻladigan daxshatli shaxslardan saqlanish va qoʻrqish kerak. Agar tayin etilganida umumiy irshod foydasi zoye boʻlar edi.
Mahdiy kabi shaxslar haqidagi rivoyatlarning ixtiloflari sababi va siri shuki, hadislarni sharh qilganlar hadis matnlarini sharh va istinbotlariga tatbiq qilganlar. Masalan: Saltanat markazi oʻshanda Shomda yoki Madinada boʻlgani uchun Mahdiy yoki Sufyon hodisalarini saltanat markazi atrofida boʻlgan Basra, Kufa, Shom kabi yerlarda chiqishini tasavvur qilib sharhlaganlar. Hamda ularning ma'naviy shaxsiga yoki vakil boʻlgan jamoatiga oid buyuk asarlarni shaxsida deb oylab, shunday tafsir etganlarki, gʻaroyib shaxslar chiqqan vaqti butun xalq ularni taniydigandek shakl berishgan. Xolbuki, bu dunyo tajriba maydoni degan edik. Aqlga eshik ochiladi, lekin ixtiyori qoʻlidan olinmaydi. Shunday ekan shaxslar, hatto daxshatli Dajjol ham chiqqan vaqti koʻpchilik, hatto oʻzi ham boshida Dajjol ekanini bilmaydi. Balki oxirzamon shaxslarini iymon nuri bilan tanish mumkin.
Qiyomat alomatidan boʻlgan Dajjol haqida hadisi sharifda "Birinchi kuni bir yil, ikkinchi kuni bir oy, uchinchi kuni bir hafta, toʻrtinchi kuni boshqa kunlar kabidir. Chiqqan vaqti dunyo eshitadi. Qirq kunda dunyoni aylanadi", deb rivoyat qilinadi. Insofsiz odamlar bu rivoyatni imkonsiz degan. (Hudo saqlasin) bu rivoyatni inkor va bekor qilishgacha borib yetishgan. Xolbuki وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّهِ haqiqati quyidagicha:
Kufr olamining eng qattigʻi boʻlgan shimolda tabiatparastlarning kufriy fikridan sizilgan katta bir jarayonning boshiga keladigan va uluhiyatni inkor qiladigan shaxsning shimol tomondan chiqishiga ishora qilishda va unda bir hikmat ramzi bor. Shimoliy qutbga yaqin doirada butun yil bir kecha bir kunduzdir. Olti oyi kecha, olti oyi kunduzdir. "Dajjolning bir kuni bir yil". Oʻsha doira yaqinida chiqishiga ishoradir. "Ikkinchi kuni bir oydir", deyishdan murod, shimoldan bu tarafga kelganda ba'zan yozning bir oyida quyosh botmaydi. Bu esa Dajjol shimoldan chiqib madaniyat olami tarafiga tajovuz qilishiga ishoradir. Kunni Dajjolga tayantirish orqali bu maʻnoga ishora qiladi. Yana bu tomonga kelinsa bir haftasida quyosh botmaydi. Yana kela-kela chiqish va botish oʻrtasida uch soat farq qiladi. Men Russiyada asirlikda ekan shunday yerda boʻldim. Bizga yaqin bir hafta quyosh botmaydigan yer bor edi. Aylanish uchun u yerga borishar edi. "Dajjolning chiqqan payti butun dunyo eshitadi" masalasini telegraf va radio hal qilgan. Qirq kunda aylanishini esa markabi boʻlgan poyezd va tayyora hal qilgandir. Eskidan bu ikki qaydni imkonsiz deb bilgan din dushmanlari hozir oddiy qabul qilishyapti!
Qiyomat alomatidan boʻlgan Yajuj Majuj va Saddga doir bir risolada bir daraja tafsilotli yozganim sabab, unga havola qilib bu erda faqat ilova qilamiz: Eskidan Manchjur, Moʻgʻil unvoni bilan bashariyat jamoatlarini zeru-zabar qilgan toifalar va Chin devorining qurilishiga sabab boʻlganlar qiyomatga yaqin yana anarxistlik kabi fikr bilan bashariyat madaniyatini zeru-zabar qilishlari rivoyatlarda mavjud. Ba'zi din dushmanlari: "Buncha daxshatli ishlarni qilgan va qiladigan toifalar qayerda?" deyishgan.
Javob: Chigirtka kabi ofat bir mavsumda juda koʻp miqdorda boʻladi. Mavsum oʻzgarganda mamlakatni fasodga uchratgan koʻp sonli toifalarning haqiqatlari baʻzi oz sonli maxluqlarda saqlanadi. Vaqti kelishi bilan oʻsha juda koʻp sonli buzgʻunchilik Allohning amri bilan oz sonli maxluqlardan boshlanadi. Goʻyo ularning milliy shaxsi noziklashadi, uzilmaydi. Yana mavsumi kelishi bilan paydo boʻladi.
Aynan shuning kabi, bir davrda dunyoni ostin-ustun qilgan toifalar Allohning izni bilan mavsumi kelgan payti bashariyat madaniyatini ostin-ustun qiladi. Lekin ularni harakatga keltirganlar boshqa suratda yuzaga chiqadi.
Toʻqqizinchi Asos: Iymoniy masalalarning bir qismining natijalari chegaralangan va tor olamga tegishli. Boshqa bir qismi keng va mutlaq oxirat olamiga tegishli. Amallarning fazilat va savobiga doir hadisi shariflarning bir qismi targʻib va qoʻrqitishga munosib ta'sir qilishi uchun balogʻatli uslubda kelgani uchun, e'tiborsiz kimsalar ularni mubolagʻali deb oʻylagan. Xolbuki barchasi ayni haq va toʻliq haqiqat boʻlgani uchun ichida aldash va mubolagʻa yoʻq. Jumladan, insofsizlarning aqlini eng koʻp band qilgan uchbu hadis:
(av kama qol) ma'noyi sharifi: "Duyoning Janobi Haqning nazdida chivin qanotichalik qiymati boʻlganida, kofirlar bir qultum suv ham ichmas edi".
Haqiqati quyidagicha: عِنْدَ اللّهِ ta'biri, baqo olamidan demakdir. Modomiki baqo olamidagi bir chivin qanotichalik nur abadiy ekan, yer yuzini toʻldiradigan vaqtinchalik nurdan ham koʻpdir. Demak katta dunyoni bir chivin qanoti qiyoslash emas, balki harkimning qisqacha umriga joylashgan xususiy dunyosini baqo olamidan bir chivin qanoti qadar doimiy Ilohiy fayzga va Ilohiy ehsonga taqqoslashga kelmagani demakdir.
Dunyoning ikki yuzi, balki uch yuzi bor. Biri, Janobi Haqning ismlarining oynalaridir. Keyingisi oxiratga yuzlangan, oxirat ekinzoridir. Uchinchisi fanoga, yoʻqlikka qaraydi. Biz bilgan dunyo - Alloh rozi boʻlmagan zalolat ahlining dunyosidir.
Demak asmoyi husnaning oynalari, Samadoniy maktublar va oxiratning ekinzori boʻlgan katta dunyo emas, balki oxiratga zid va butun xatolarning asosi, balolarning manbai boʻlgan dunyoparastlarning dunyosining oxirat olamida iymon ahliga berilgan bir abadiy zarrasiga yeta olmasligiga ishoradir.
Ushbu eng toʻgʻri va jiddiy haqiqat qayerda, insofsiz dindan chiqqanlarning chiqargan ma'no qayerda? Insofsiz dindan dushmanlari juda mubolagʻa, qattiq yolgʻon degan tasavvuri qayerda?
Yana masalan: Insofsiz dinsizlar mubolagʻa deb oʻylagan hatto imkonsiz mubolagʻa va yolgʻon deb oʻylagan narsalaridan biri amallarning savobiga doir va ba'zi suralarning fazilatlari haqida kelgan rivoyatlardir. Masalan: "Fotihaning Qur'on qadar savobi bor". "Ixlos surasi Qur'onning uchdan biridir", "Iza Zulzilatil arzu surasi chorak Qurʻonga teng", "Qul ya ayyuhal kafirun chorak Qurʻon", "Yosin surasi oʻn Qur'onga teng" ekaniga rivoyat bordir. Insofsiz va diqqatsiz kimsalar: "Bu imkonsiz. Chunki Qur'on ichida Yosindan boshqa fazilatli suralar ham bor. Shuning uchun ma'nosiz", deyishgan.
Javob: Uning haqiqati quyidagicha: Qur'oni Hakimning xar bir harfining bir savobi bor, bir hasanadir. Allohning fazlidan u harflarning savobi koʻkaradi, ba'zan oʻn, ba'zan yetmish, ba'zan yetti yuz (Oyat-ul Kursi harflari kabi), ba'zan bir ming besh yuz (Surayi Ixlosning harflari kabi), ba'zan oʻn mingga chiqadi (Baroat kechasi oʻqilgan oyatlar va maqbul vaqtlarga toʻgri kelganlar kabi) ba'zan esa oʻttiz ming (masalan koʻknori urugʻining koʻpligi kabi, Layla-i Qadrda oʻqilgan oyatlar kabi). Kecha ming oyga teng kelishining ishorasi bilan bir harfining u kechada oʻttiz ming savobi boʻlishi anglashiladi. Demak, Qur'oni Hakim savobni koʻpaytirishi bilan birga albatta muvozana qilinmaydi va kelmaydi ham. Balki asl savob bilan ba'zi suralar muvozana qilinishi mumkin.
Masalan: Makajoʻxori ekinzori faraz qilaylik, unga ming dona ekilgan. Ba'zi tuxumlari yettita boshoq bergan faraz etsak, xar bir boshoqda yuztadan dona boʻlsa, bir urugʻ butun ekinzorning uchdan ikkisiga teng keladi. Masalan: Biri esa oʻn boshoq bergan, har birida ikki yuztadan dona bergan, shunda bir urugʻ asl ekinzordagi urugʻlarning ikki barobari qadar boʻladi. Va hokazo qiyos qil.
Hozir Qur'oni Hakimni nuroniy, muqaddas samoviy bir ekinzor tasavvur qilamiz. Xar bir harfi asl savobi bilan bittadan urugʻ hukmidadir. Ularning boshoqlari hisobga olinmaydi. Yosin, Ixlos, Fotiha, Qul ya ayyuhal kafirun, Iza zulzilatil-arzu kabi boshqa fazilatlariga doir rivoyat etilgan sura va oyatlar bilan taqqoslanishi mumkin.
Masalan: Qur'oni Hakimning uch yuz ming olti yuz yigirmata harfi bor. Ixlos surasi bismilloh bilan birga oltmish toʻqqiz. Uch marta oltmish toʻqqiz ikki yuz yettita harf boʻladi. Demak Ixlos surasining xar bir harfining hasanalari bir yarim mingga yaqin. Yosin surasining harflari hisoblansa, Qur'oni Hakimning butun harflariga nisbat etilsa va oʻn marta ortiq boʻlishi nazarga olinsa shunday bir natija chiqadiki: Yosini Sharifning xar bir harfining taqriban besh yuzga yaqin savobi bor. Ya'ni oʻshancha hasana sanalishi mumkin. Bunga qiyosan boshqalarini ham tatbiq qilsang, naqadar latif, goʻzal, toʻgʻri va yolgʻoni yoʻq haqiqat ekanini tushunasan.
Oʻninchi Asos: Aksar maxluqot toifalarida boʻlgani kabi basharning fe'l va amallarida ba'zi gʻaroyib kimsalar chiqadi. Agar ular yaxshilikda ilgarilagan boʻlsa, u sinflarning iftixor sababidir, tersi esa badbaxtliklari sababidir. Yashirinadi ham. Xuddiki ma'naviy shaxslar, maqsad oʻrniga oʻtadi. Boshqa kishilarning xar biri u boʻlishga harakat qiladi va u boʻlishi ehtimoli bor. Demak mukammal gʻaroyib kishi mutlaq, noaniq boʻlsada hamma joyda boʻlishi mumkin. Shu mavhum boʻlgani uchun mantiqan mumkin boʻlgan umumiyligiga hukm qilish mumkin. Ya'ni, xar bir amal shunday bir natija berishi mumkin. Masalan, "Kim ikki rakat namozni falon vaqtda oʻqisa, bir haj savobichalik boʻladi", deyilgan. Demak, ikki rakat namoz ba'zi vaqtlarda bir hajga teng kelishi haqiqatdir. Xar ikki rakat namozda bu ma'no umumiy maʻnoda mumkindir.
Demak, shu turdagi rivoyatlar, amalda sodir boʻlgan doimiy va qamrovli emas. Chunki modomiki qabulning shartlari bor, kulliyat va doimiylikdan chiqar ekan. Balki yo amalda vaqtinchalik, mutlaq yoki ehtimol boʻlgan, qamrovli ekan. Demak bu tur hadislardagi qamrov imkon e'tibori bilan.
Masalan: "Gʻiybat qatlga teng". Demak gʻiybatda shunday kishi mavjudki, qotil kabi bir oʻldiruvchi zahardan yanada zararli. Masalan: "Goʻzal soʻz bir qulni ozod qilish kabi azim sadaqaning oʻrniga oʻtadi". Targʻib va tashviq uchun noaniq mukammal kishi mutlaq suratda hamma yerda boʻlishining imkonini amalda koʻrsatish orqali xayrga shavqni orttirish va shar-yomonlikdan nafrat qilishga yoʻnaltirishdab iborat.
Bu olamning tarozisi bilan abadiy olamning narsalari tortilmaydi. Bu yerning eng kattasi u yerning eng kichigiga teng kela olmaydi. Amallarning savobi oʻsha olamga yuzlangani uchun dunyoviy nazarimiz unga tor keladi. Aqlimizga sigʻdira olmaymiz. Masalan:
ya'ni:
Insofsiz va diqqatsizlarning e'tiborini juda koʻr tortgan shu kabi rivoyatlardir. Ularning haqiqati quyidagicha:
Dunyoda tor nazarimiz bilan, kalta fikrimiz bilan Muso va Xorun Alayhissalomlarning savoblarini qay daraja tasavvur etamiz, bilamiz. Abadiyat olamida Rahiymi Mutlaq abadiy saodatda cheksiz ehtiyoj ichidagi quliga bitta virdga teng beradigan savob haqiqati, ikki zotning savoblariga faqat ilmimiz doirasidagi va biz tahmin qilgan savoblariga teng boʻlishi mumkin.
Masalan: Badaviy, vahshiy odam hech qachon podshohni koʻrmagan. Saltanat hashamatini bilmaydi. Bir qishloqda ogʻani qanday tasavvur qilsa chegaralangan fikri bilan podshohni undan kattaroq bir ogʻa deb biladi. Hatto bizda sodda-til bir toifa bor, eski vaqtlar: "Podshoh oʻz oʻchogʻi oldida, qozonining boshida pishirgan yovgʻon shoʻrvasi yonida nima qilsa, bizning ogʻamiz uni biladi"m deyishar edi. Demak ular podshohni shunchalik tor vaziyatda va oddiy suratda tasavvur qilishar edi. Oʻz yovgʻon shoʻrvasini oʻzi pishiradi, xuddiki bir yuz boshi hashamatida faraz qilishar edi. Hozir birov ulardan biriga: "Sen bugun men uchun bu ishni qilsang, senga bilgan podshohingning hashamatichalik hashamatlik beraman. Ya'ni yuz boshinikidek daraja beraman", desa u soʻz haqiqatdir. Chunki uning tor fikri doirasiga kirgan podshohning hashamati faqat yuz boshinichalik shavkatdir.
Demak, dunyo nazari bilan tor fikrimiz orqali oxiratga yuzlangan savob haqiqatlarini badaviy odamchalik ham oʻylay olmaymiz. Hazrati Muso (A.S.) va Xorunning (A.S.) biz bilmagan haqiqiy savoblari tenglashtirilmaydi, (chunki tashbeh qoidasiga koʻra bilinmagan narsani ma'lum narsaga qiyos qilinadi) balki qiyoslangan, bizga ma'lum boʻlgan va biz taxminim qilgan savoblari bilan bir moʻ'min qulning bir zikri evaziga biz bilmagan haqiqiy savobidir.
Dengiz yuzi bilan tomchining koʻz qorachigʻi quyoshning toʻliq aksini olishda ikkisi ham teng. Farq sifatdadir. Hazrati Muso (A.S.) va Xorunning (A.S.) dengiz misol ruhlarining oynasiga aks etgan savobning mohiyati, bir tomchi hisoblangan moʻ'min qulning bir oyatdan olgan savobining mohiyatidadir. Mohiyatiga koʻra, miqdorga koʻra bir-biriga teng. Sifat esa qobiliyatga tobe'. Ba'zan bir soʻz, bitta tasbeh oltmish yil xizmat bilan ham ochilmagan saodat xazinasini ochadi.
Demak ba'zi holatlar, bitta oyat bir Qur'onchalik foyda beradi. Ismi a'zamga sazovor boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bir oyatdan olgan Ilohiy fayz, balki bir paygʻambarning olgan barcha fayzichalik boʻlishi mumkin. Varosati Ahmadiya bilan ismi a'zam soyasiga sazovor boʻgan moʻ'min oʻz qobiliyati miqdoricha bir Nabiyning fayzi qadar savob oladi deyilsa haqiqatga xilof boʻlmaydi.
Hamda savob va fazilatning manbai nur olamidadir. U olamdagi bir dunyo bir zarraga sigʻishi mumkin. Bir zarrachalik shishada samovot yulduzlari bilan birga koʻringani kabi, xolis niyat bilan shaffofiyat paydo qilgan zikrda yoki oyatda samovot kabi nuroniy savob va fazilat joylashishi mumkin.
Xullas kalom: Ey insofsiz, e'tiborsiz va iymoni zaif, falsafasi quvvatli, xudbin, tanqidchi odam! Ushbu "Oʻn Asos"ni nazarga ol. Soʻng haqiqatga zid va qat'iyligiga ters koʻrgan bir rivoyatni bahona qilib hadisi shariflar va natijada Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ismat-gunohdan pokligi martabasiga zarar beradigan e'tiroz barmogʻingni uzatma! Chunki avvalo u "Oʻn Asos"ning oʻn doirasi seni inkordan voz kechiradi. "Haqiqiy nuqson boʻlsa bizga oiddir" derlar, hadisga oid emas. "Agar haqiqiy boʻlmasa, sening xato tushunishigga oiddir", deyiladi. Demak, inkor va rad qilish uchun ushbu "Oʻn Asos"ni yolgʻonga chiqarish va yoʻq qilish kerak boʻladi. Endi insofing boʻlsa bu "Oʻn Usul"ni mukammal e'tibor bilan tushungandan soʻng, aqlning haqiqatga zid koʻrgan bir hadisni inkor qilma! "Yo bir sharhi, yo bir ta'vili, yo bir ta'biri bordir" de, teginma.
Oʻn Birinchi Asos: Qur'oni Hakimning mutashobih oyatlari ta'vilga muhtoj yoki mutlaq taslim boʻlishni taqozo qiladi. Hadislarning ham Qur'onning mutashabehoti kabi mushkullari bor. Ba'zan juda diqqatli tafsirga va ta'bir kerak boʻladi. Oʻtgan misollardan kifoyalanishingiz mumkin.
Xushyor odam yotgan odamning tushini ta'bir qilgani kabi, ba'zan uyqudagi odam yonida uygʻoqlarning gaplarini eshitadi, lekin oʻz uyqu olamiga tatbiq qilib boshqa tarzda ma'no beradi, ta'bir qiladi. Xuddi shuning kabi: Ey gʻaflat va falsafa uyqusi ichida uxlatilgan insofsiz odam! مَا زَاغَ الْبَصَرُ وَمَا طَغَى va تَنَامُ عَيْنِى وَلَا يَنَامُ قَلْبِى sirrining hukmiga sazovor va haqiqiy xushyor, uygʻoq zotning koʻrganini sen oʻz tushingda inkor qilish emas, ta'bir et. Uyquning haqiqatida baʻzan tushda bir odamni chivin tishlasa, mudhish urushda yara oldim deb oʻylaydi. Undan soʻralsa, "Haqiqatdan men yaralandim. Menga oʻq, miltiq otildi." deydi. Yonida oʻtirganlar uning uyqusidagi iztirobiga kuladi. Demak, bu uyquga aralashgan gʻaflat nazari va falsafa fikri, albatta nubuvvat haqiqatlariga oʻlchov boʻla olmaydi.
Oʻn Ikkinchi Asos: Nubuvvat nazari, tavhid va iymon - vahdatga, oxiratga, uluhiyatga tegishli boʻlgani uchun, haqiqatlarni unga koʻra koʻradi. Falsafa va hikmat bilan shigʻullanganlarning nazari koʻplikka, sabablarga, tabiatga qaragani uchun, unga asoslanib koʻradi. Nuqtai nazar bir-biridan juda uzoq.
Falsafa bilan shugʻullanganlarning eng katta bir maqsadi, Usuli Din ulamosi va Kalom Ilmi olimlarining maqsadi ichida koʻrinmaydigan darajada kichik va ahamiyatsizdir.
Shuning uchun, mavjudot mohiyatining tafsiloti va nozik holarida hikmat ahli ancha oldinlagan. Lekin ular haqiqiy hikmat boʻlgan Ilohiy va uxroviy oliy ilmlarda shu qadar orqadaki, eng oddiy moʻ'mindan ham ancha pastdadir. Bu sirni tushunmaganlar Islom haqqiatli olimlarini faylasuflarga nisbatan orqada deb oʻylashadi. Xolbuki ularning aqli koʻziga tushgan, koʻplikda bugʻilgan. Varosati nubuvvat bilan muqaddas oliy maqsadlarga yetganlarga tenglashishga ularning nima haddi bor?!
Bir narsa ikki nazar bilan qaralganda ikki farqli haqiqatni koʻrsatadi. Ikkisi ham haqiqat boʻlishi mumkin. Fanning hech bir qat'iy haqiqati Qur'onning muqaddas haqiqatlariga e'tiroz bildira olmaydi. Fanning qisqa qoʻli uning pok va yuksak etagiga erisha olmaydi. Namuna sifatida bir misol keltiramiz:
Masalan, Yer Kurrasi hikmat ahli nazaridan boqilsa haqiqati quyidagicha:
Quyosh atrofida oʻrtacha kattalikda bir sayyora kabi sanoqsiz yulduzlar aylanar. Yulduzlarga nisbatan kichik bir maxluq... lekin Qur'on ahli nazari bilan qaralganda, Oʻn Beshinchi Soʻzda izohlangani kabi, haqiqati quyidagicha:
Olamning mevasi boʻlgan inson:
eng qamrovli, eng tengsiz,
eng ojiz, eng aziz, eng zaif, eng latif qudrat moʻ'jizasi boʻlgani uchun,
beshik va maskani boʻlgan YER YUZI samoga nisbatan moddatan kichikligi va haqorati bilan birga ma'nan va san'at jihatidan butun koinotning qalbi, markazi,
butun san'at moʻ'jizalarining namoyishgohi, koʻrgazmasi,
butun Asmosining tajalliylariga sazovor, jamlangan nuqtasi,
nihoyatsiz Rabboniy faoliyatning toʻplangan joyi, aks etgan yeri,
cheksiz Ilohiy yaratuvchilikning, xususan nabotot va hayvonotning koʻp sonli kichik turlaridan juda unumdor ijodning orbitasi, bozori,
juda keng oxirat olamlaridagi sanʻat asarlarining kichik miqyosdagi namuna yeri,
abadiy toʻqimalarning tez ishlagan uskunasi,
sarmadiy-doimiy manzaralarning tez almashgan taqlid qiladigan joyi,
doimiy jannat bogʻlarining urugʻchalarining tezlik bilan nish urgan tor va vaqtinchalik ekinzori,
va tarbiya oladigan joyidir.
Demak, yerning bunday ma'naviy azamatidan va san'at jihatidan ahamiyatidan Qur'oni Hakim samovotga nisbatan katta bir daraxtning kichik mevasi hisoblangan yerni butun samovotga nisbatan kichkina qalbni katta qolipga nisbatan teng tutmoqda. Uni bir pallaga, butun samovotni bir pallaga qoʻymoqda, takror-takror رَبُّ السَّموَاتِ وَ الْاَرْضِ demoqda.
Boshqa masalalarni bunga qiyos qil va tushun: Falsafaning ruhsiz, soʻniq haqiqatlari Qur'onning porloq, ruhli haqiqatlari bilan toʻqnasha olmaydi. Nuqta-i nazar turli tuman boʻlgani uchun ayri ayri koʻrinadi.
TOʻRTINCHI SHOX:
Quyida bu buyuk va keng oyatning xazinasidan faqat bir javharini koʻrsatamiz:
Qur'oni Hakim bildiradiki: Arshdan yerga, yulduzlardan chivinlarga, farishtalardan baliqlarga, sayyoralardan zarralarga qadar hamma narsa Janobi Haqqa sajda va ibodat qiladi, hamd va tasbeh aytadi. Lekin ular sazovor boʻlgan Asmoga va qobiliyatlariga koʻra boshqa-boshqa, turli-tuman ibodat qilishadi. Biz ularning ibodatlarining turliligining bir navʻini bir misol bilan bayon qilamiz. Masalan: وَ لِلّهِ الْمَثَلُ الْاَعْلَى Buyuk bir Malik-ul Mulk katta bir shaharni yoki muhtasham bir saroyni qurgan vaqti, u zot toʻrt turdagi ishchini ishlatadi va qoʻllanadi:
Birinchi navʻ: Uning xizmatchi va qullaridir. Bu navʻning na maoshi bor na xizmat haqqi bor. Balki ular sayyidlarining amri bilan ishlagani xar amalda oʻta latif zavq va xush shavq olishadi. Sayyidlarini madh va vasf qilib nima desa, ularning zavqini va shavqini koʻpaytiradi. Ular muqaddas sayyidlariga bogʻliqliklarini buyuk sharaf deb bilib u bilan qanoat qiladi. Hamma ishlarga sayyiddining nomi bilan, Unning uchun, Uning nazari bilan qaraganlari uchun ma'naviy lazzat olishadi. Xizmat haqqi, martabaga va maoshga muhtoj emas.
Ikkinchi qism, ba'zi omi xizmatkorlar. Ular nima uchun ishlayotganini bilishmaydi. Balki Moliki Ziyshon ularni qoʻllanadi, oʻz fikri va ilmi bilan ishlatadi. Ularga loyiq kichik xizmat haqqi ham beradi. U xizmatkorlar qilgan amallarida qanchalab umumiy maqsadlar, oliy foydalar bogʻlanganini bilishmaydi. Hatto ba'zilari, amallarining faqat oʻzlariga oid va xizmat haqqi va maoshidan boshqa maqsadi yoʻq deb oʻylaydi.
Uchinchi qism: Molikul Mulkning bir qism hayvonlari bor. Ularni shahar, saroy binosida ba'zi ishlarda ishlatadi. Ularga faqat bir yem beradi. Ularning iste'dodlariga muvofiq ishlarda ishlashlari ularga lazzat beradi. Chunki qobiliyat, iste'dod harakat va amal suratiga kirsa, kengayib nafas oladi, lazzat beradi. Bu sirdan, ular butun faoliyatlarida lazzat olishadi. Bu turdagi xizmatkorlarining xizmat haqqi va maoshlari faqat yem va mazkur ma'naviy lazzatdan iborat. U bilan qanoatlanishadi.
Toʻrtinchi qism: Shunday ishchilardirki, nima qilayotganini, nima uchun ishlayotganini, kim uchun ishlayotganini, boshqa ishchilar nima uchun ishlayatogani va Molikul Mulkning maqsadi nimaligi, nima uchun ishlatayotganini bilishadi. Bu turdagi ishchilar boshqa ishchilarga rais va nazorat qilishadi. Ularning darajalar va martabalariga koʻra daraja-daraja maoshlari bor.
Aynan shuning kabi, Osmonlar va Yerning Moliki Zuljaloli, dunyo va oxiratning Boniyi Zuljamoli boʻlgan Rabbul Olamiyn (ehtiyoj uchun emas, chunki hamma narsaning Xoliqi udir) balki izzati, azamati va rububiyatning xususiyatlari kabi ba'zi hikmatlar uchun koinot saroyida sabablar doirasi ichida ham farishtalarni ham hayvonlarni ham jonsiz borliqlar va nabototni ham insonlarni ishlatmoqda. Oʻziga ibodat qildiryapti. Bu toʻrt sinfni turli ubudiyat vazifasi bilan mukallaf qilgan.
Birinchi Qism: Misoldagi xizmatchilarga oʻrnak farishtalardir. Farishtalarda jiddu jahd bilan taraqqiy etish yoʻq. Balki har birining oʻzgarmas maqomi, muayyan martabasi bor. Ularning qiladigan ishi ichida maxsus lazzat bor. Ibodatlari ichida darajalariga koʻra fayz olishadi. Demak u xizmatkorlarning mukofoti xizmatining ichida. Inson suv, havo, ziyo va ozuqa bilan ozuqalanib lazzatlanganidek farishtalar ham zikr, tasbeh, hamd, ibodat, ma'rifat va muhabbatning nurlari bilan ozuqalanib lazzatlanadi. Chunki ular nurdan yaratilgani uchun ozuqlanishlariga nur kifoya qiladi. Hatto nurga yaqin boʻlgan goʻzal hidlar ham ularning jihatda ozuqasi hisoblanib, undan xushlanadilar. Ha, yaxshi ruhlar yaxshi hidlarni sevadi.
Farishtalar, Ma'budlarining amri bilan ishlagan ishlarida, U uchun ishlagan vazifalarida, Uning nomi bilan qilgan xizmatlarida, Uning nazari bilan qilgan nazoratlarida, Uning bogʻliqligi bilan erishgan sharaflarida, Uning mulk va malakutini mutoala qilib olgan rohati, Uning jamol va jalol tajalliylarini koʻrib qozongan ne'mat olishlarida shunday buyuk saodat borki, bashar aqli buni anglamaydi, malak boʻlmagan bila olmaydi.
Farishtalarning bir qismi obiddir, boshqa bir qismining qulligi amaldadir. Yer yuzi farishtalarining ishchi qismi jihatda inson kabi. Ta'bir joiz boʻlsa, bir jihatda choʻponlik qiladi. Bir turi esa dehqonchilik qiladi. Ya'ni roʻyi zamin umumiy ekinzordir. Ichidagi butun hayvonot toifalariga Xoliqi Zuljalolning amri bilan, izni bilan, hisobi bilan, kuch va quvvati bilan tayinlangan farishta nazorat qiladi. Undan ham kichik xar bir sinf hayvonotga maxsus bir navʻ choʻponlik qiladigan muakkal farishta bor. Roʻyi zamin ekinzordir, unda butun nabotot ekiladi. Hammasini Janobi Haqning nomi bilan, quvvati bilan nazorat qiladigan muakkal farishta bor. Undan ham pastroq maxsus bir toifaga nazorat qilib Janobi Haqqa ibodat va tasbeh qiladigan farishtalar bor. Razzoqiyat arshini tashuvchilaridan boʻlgan Hazrati Mikoil Alayhissalom ularning eng katta nazoratchisidir.
Farishtalarning choʻpon va dehqonlar darajasidagilaring insonlarga oʻxshashligi yoʻq. Chunki ularning nazoratlari faqat Janobi Haq ichun va Uning nomi bilan, quvvati va amri bilan boʻladi. Balki nazorati faqat rububiyat tajalliylarini, biriktirilgan sinfida koʻrish, qudrat va rahmatning jilvalarini u turda mutolaa qilish va Ilohiy amrlarni u navʻga ilhom qilish va u turning ixtiyoriy ishlarini tartibga solishdan iborat. Va xususan zaminning ekinzoridagi nabototlarga nazoratlari ularning ma'naviy tasbehotlarini farishta tili bilan misol qilish va ularning hayotlari bilan Fotiri Zuljalolga qarshi taqdim etgan ma'naviy tahiyyotlarini malak lisoni bilan e'lon qilmoq, ularga berilgan jihozlarni goʻzal iste'mol qilish va ba'zi maqsadlarga qaratish va bir navʻ tartibga solishdan iborat.
Farishtalarning bu xizmatlari juz'iy ixtiyorlari bilan bir navʻ kasbdir. Balki bir turdagi qullik va ibodatdir. Haqiqiy tasarruflari yoʻq. Chunki hamma narsada Xoliqi Kulli Shayga xos bir muxr bor. Boshqalar ijodga qoʻlini aralashtira olmaydi. Demak, farishtalarning bu turdagi amallari ularning ibodati hisoblanadi. Inson kabi odatlari emas.
Va bu koinot saroyida ikkinchi qism - ishchi hayvonlardir. Hayvonlar ham ishtaha sohibi bir nafs va kichik ixtiyori boʻlgani uchun amallari xolisan Alloh uchun boʻlmaydi. Bir daraja nafslariga ham hissa chiqaradi. Shuning uchun Malikul Mulki Zuljaloli val Ikrom kariym boʻlgani ularning nafslariga bir hissa berish uchun amallari evaziga ularga maosh ehson qiladi. Masalan: Mashhur bulbul {(Izoh) Bulbul shoirona gapirgani uchun bu mavzuimiz bir oz shoirona boʻldi. Lekin xayol emas, haqiqatdir.} gulning ishqi bilan tanilgan bu hayvonchani Fotiri Hakiym ishlatadi. Besh maqsad uchun iste'mol qiladi:
Birinchisi: Hayvonlar qabilalari nomidan nabotot toifalariga nisbatan qattiq munosabatni e'lon qilish vazifasi yuklangan.
Ikkinchisi: Rahmonning rizqqa muhtoj musofirlari hisoblangan hayvonot tarafidan Rabboniy xatib boʻlib, Razzoqi Kariym tomonidan yuborilgan hadyalarni olqishlash va sevinchni e'lon qilish ishi berilgan.
Uchinchisi: Oʻsha turdan boʻlgan maxluqlarga yordam berishga yuborilgan nabototga goʻzal kutib olishni barchaning oldida izhor qilish.
Toʻrtinchisi: Hayvon turlarining nabototga ishq darajasiga yetgan qattiq ehtiyojining nabototning chiroyli yuziga nisbatan muborak boshlari ustida bayon qilish.
Beshinchisi: Malik-ul Mulki Zuljaloli Val-jamoli Val-ikromning marhamat dargohiga eng latif bir tasbehni eng nozik shavq ichida gul kabi eng latif yuzga taqdim qilishdan iborat.
Ushbu besh maqsadlar kabi boshqa ma'nolar ham bor. Bu ma'nolar va shu maqsadlar bulbulning Haq Subhonahu va Taolo uchun qilgan amalining gʻoyasidir. Bulbul oʻz tili bilan gapiradi. Biz bu ma'nolarni uning hazin soʻzlaridan anglaymiz, farishtalar va ruhoniy borliqlarning tushungani kabi... Oʻzi oʻz ohanglarining ma'nosini tamoman bilmasada, tushunishimizga zarari yoʻq. "Tinglagan gapirgandan yaxshiroq tushunadi" soʻzi mashxur. Ham bulbul tafsiloti bilan bilmasligi bu gʻoyalarning yoʻqligiga dalolat qilmaydi. Loaqal, soat kabi senga vaqtlarni bildiradi, oʻzi nima qilayotganini bilmaydi. Bilmasligi sening bilishingga zarar qilmaydi.
Bulbulning tabassum qilgan va kulgan goʻzal gul chechaklarini koʻrib, olgan zavqi ular bilan suhbatlashish, gaplashish va dardlarini toʻkish orqali olgan lazzat uning oz maoshidir. Demak uning hazin ohanglari hayvoniy ogʻriq chekmoqdan kelgan shikoyatlar emas, balki Rahmoniy ehsondan kelgan tashakkurlardir.
Bulbulga asal arini, erkak turni, oʻrgimchak va chumolini, ya'ni ari va nasl qoldirish vositasi boʻlgan erkak hayvon, oʻrgimchak, chumoli, hasharotlar va kichik hayvonlarning bulbullarini qiyosla. Ularning xar birining amallarini bulbulniki kabi koʻp maqsadlari bor. Ular uchun ham oz maosh hisoblangan maxsus lazzat, xizmatining ichida joylashtirilgan. Oʻsha zavq bilan Rabboniy san'atdagi muhim maqsadlarga xizmat qilishadi. Bir Sultonning kemasida askar rulni boshqarib oz maosh olgani kabi, Alloh xizmatida boʻlgan bu hayvonlarning kichik maoshlari bor.
Bulbul mavzuiga bir qoʻshimcha: Bu e'lon va dallollik va tasbehotning ohanglari bilan kuy kuylash bulbulga maxsus deb oʻylama. Balki koʻpchilik turlarning xar bir sinfining bulbul misoli bir sinfi bor. Oʻsha turning eng latif hissiyotini eng nozik tasbeh bilan eng latif sayrashi orqali koʻrsatadigan latif vakili yoki vakillari boʻladi. Xususan chivin va hasharotlarning bulbullari ham koʻpdir, ham turli-tuman boʻlib, ular butun qulogʻi bor hayvonlarning eng kichik hayvondan eng kattasigacha ularning boshida tasbehlarini goʻzal sayrashlari orqali ularga eshittirib ularni lazzatlantirishadi. Ulardan bir qismi tun mavjudotlaridir. Ular kechada sukutga shoʻngʻigan va sukunatga kirgan butun kichik hayvonlarning qasidaxon doʻstlari kechaning sukunatida va mavjudotning sukutida shirin soʻzli nutqxonlaridir.
Hilvat majlisidagi xufyona zikr doirasida qutblar boʻlib, xar biri uni tinglaydi, oʻz qalblari bilan Fotiri Zuljalollariga bir navʻ zikr va tasbeh aytadilar. Boshqa bir qismi kunduz yashaydiganlar. Kunduzi daraxtlar minbarida, butun jonzotlarning boshida, yoz va bahor mavsumlarida yuksak ovozlari bilan, latif ohanglar ila navoli tasbehot orqali Rahmonir Rahimning rahmatini e'lon qilishadi. Goʻyo jahriy zikr halqasining raisi kabi eshitganlarning jazavalarini harakatga keltirishadi. Eshitganlarning xar biri maxsus tili va xususiy ovozi bilan Fotiri Zuljalolining zikrini boshlashadi. Demak, xar bir navʻ mavjudotning, hatto yulduzlarning ham zikrboshi va nur sochar bulbuli bor. Lekin butun bulbullarning eng afzali, eng ashrafi, eng munavvari, eng yaqqoli, eng azimi, eng karimi va ovozi eng yuksak, eng porloq vafsli va eng mukammal zikr qiluvchisi, eng umumiy sukr qiluvchisi, mohiyati eng mukammali, surati eng goʻzali, koinot boʻstonida, yer va samovotning butun mavjudotini latif kuylari bilan, shirin ohanglari bilan, yuksak tasbehoti bilan joʻshtirgan va jazavaga keltirgan, insoniyatning shon sharafli andalibi va bani Odamning Qur'on sohibi bulbuli - Muhammadi Arabiydir.
Natija: Koinot saroyida xizmat qilgan hayvonlar mukammal itoat bilan koinotda oʻrnatilgan qonunlarga amal qilib, fitratlaridagi gʻoyalarni goʻzal jihatda va Janobi Haqning nomi bilan izhor qilib hayot vazifalarini tengsiz tarzda Janobi Haqning quvvati bilan ishlab, qilgan tasbeh va ibodatlari ularning hadya va tahiyyotlari boʻlib, Fotiri Zuljalol va Hayot ehson qilgan Zotning dargohiga taqdim etishadi.
Uchinchi qism ishchilar: Nabotot va jonsiz borliqlar. Ularning kichik ixtiyorlari boʻlmagani uchun maoshlari yoʻq. Amallarini xolisan Alloh uchun va Janobi Haqning irodasi, ismi, hisobiga, havl va qudrati bilan bajarishadi. Lekin nabototning ishlaridan ularning urchish va koʻpayish vazifasida, mevalarning tarbiyasida bir tur lazzatlanishadi. Umuman azob chekmaydilar. Hayvon erkin boʻlgani uchun lazzat bilan birga azobi ham bor. Jonsiz narsalar va nabototning amallarida ixtiyor boʻlmagani uchun, samaralari ixtiyor sohibi hayvonlarning amallardan mukammalroq boʻladi. Ixtiyor sohiblarining ichida ari va unga oʻxshaganlar kabi vahiy va ilhom bilan nurlanganlarning amallari juz'iy ixtiyoriga ishonganlarning amallaridan mukammalroq boʻladi.
Yer yuzi ekinzorida nabototning xar bir toifasi hol lisoni va iste'dod tili bilan Fotiri Hakiymdan: "Yo Rabbana! Bizga quvvat ber. Yer yuzining xar bir tarafida toifamizning bayrogʻini oʻrnatib rububiyatingning saltanatini tilimiz bilan e'lon qilaylik. Roʻyi zamin masjidining xar bir burchagida senga ibodat qilish uchun bizga tavfiq ber. Yer yuzi namoyish joyining xar tomonida Asmoyi Husnangning naqshlarini, sening tengsiz va antiqa san'atlaringni oʻz tilimiz bilan koʻrsatish uchun bizga bir rivoj va sayohatga iqtidor ber" deb istaydilar, duo qiladilar. Fotiri Hakiym ularning ma'naviy duolarini qabul qilib, bir toifaning urugʻlariga qildan qanotchalar beradi, xar tarafga uchib ketadi. Toifalari nomidan Allohning ismlarini oʻqitishadi (aksar tikanli nabotot va bir qism sariq gullarning urugʻlari kabi).
Bir qismiga esa insonga kerakli yoki taʻbiga oʻtiradigan goʻzal ta'm beradi. Insonni unga xizmatkor qilib xar tomonga ekadi. Ba'zi toifalarning esa, hazm boʻlmaydigan qattiq suyak ustida hayvonlar yutadigan bir ta'm beradi. Hayvonlar uni koʻp joylarga tarqatadi. Ba'zilarga changalchalarni beradi, xar tekkan narsaga yopishadi. Boshqa joylarga borib toifasining bayrogʻini oʻrnatadi, Sone'i Zuljalolning antiqa san'atini namoyon qiladilar. Bir qanchasiga esa yovvoyi bodring deyilgan nabotot kabi sochma miltiq kabi quvvat beradi. Vaqti kelganda uning bodringchaga oʻxshagan mevasi tushadi, sochmalar kabi bir necha metrgacha urugʻlarini otadi, ekadi. Fotiri Zuljalolning zikr va tasbehini koʻp tillar bilan aytishga harakat qiladi va hokazo qiyos et...
Fotiri Hakiym va Qodiyri Aliym mukammal intizom bilan hamma narsani goʻzal yaratgan, goʻzal jihozlagan. Goʻzal maqsadlar sari yoʻnaltirgan, goʻzal vazifalar yuklagan, goʻzal tasbehot ayttimoqda, goʻzal ibodat ettiryapti. Ey inson! Inson boʻlsang, ushbu goʻzal ishlarga tabiatni, tasodifni, gʻoyasizlikni, zalolatni aralashtirma, xunuklashtirma, chirkin qilma, xunuk boʻlma.
Toʻrtinchi qism: Insondir. Koinot saroyida bir navʻ xizmatchi hisoblangan insonlar ham farishtalarga oʻxshaydi, ham hayvonotga oʻxshaydi. Farishtalarga umumiy qullikda, qamrovli nazoratda, keng ma'rifatda, rububiyatning dalloligida oʻxshaydi. Balki inson yanada qamrovliroq. Lekin insonning yomonlik qiladigan va ishtahali nafsi boʻlgani uchun, farishtalarning aksiga juda muhim taraqqiyot va tubanlikka sazovor. Inson amalida nafsi uchun lazzat va oʻzi uchun hissa qidirgani uchun hayvonga oʻxshaydi. Shunday ekan insonning ikki maoshi bor: Biri, kichik, hayvoniy, naqd maosh. Ikkinchisi, malakiydir, kulliydir, keyinga qoldirilgandir. Insonning vazifasi bilan maoshi, taraqqiyot va tubanlashishi oʻtgan yigirma uch adad Soʻzlarda qisman aytildi. Xususan Oʻn Birinchi va Yigirma Uchinchi Soʻzda koʻproq bayon etilgan. Shuning bois bu yerda qisqa qilib, eshikni yopamiz. Arhamurrohiymdan bizga rahmat eshiklarini ochishini va bu Soʻzni tugatishga tavfiqini rafiq aylashini niyoz qilib, kanchilik va xatomizning avfini talab bilan tamomlaymiz.
BESHINCHI SHOX: Beshinchi shoxning "Besh Meva"si bor.
Birinchi Meva: Ey nafsning orzu istaklarga mubtalo nafsim, ey dunyoparast doʻstim! Muhabbat koinot borligining sababidir. Koinotning robitasi hamdir. Ham koinot nuri, ham hayotidir. Inson koinotning eng qamrovli mevasi boʻlgani uchun koinotni qamraydigan muhabbat, u mevaning urugʻi boʻlgan qalbiga qoʻyilgan. U bunday cheksiz muhabbatga loyiq boʻladigan nihoyatsiz kamol sohibi boʻlishi mumkin.
Ey nafs va ey doʻstim! Insonning fitratiga xavfga va muhabbatga vosita boʻladigan ikki jihoz oʻrnatilgan. Aniqki muhabbat va xavf yo xalqqa yoki Xoliqqa qaraydi. Odamlardan xavf azob beruvchi musibatdir. Ularga muhabbat esa baloli musibatdir. Chunki sen marhamatsiz yoki yolvorishingni qabul qilmaydigan kimsalardan qoʻrqasan. Demak xavf azob beruvchi balodir. Muhabbatga kelsak, sevgan narsang yo seni tanimaydi, Allohga topshirdik demasdan ketadi (yoshliging va moling kabi) yoki muhabbating uchun seni tahqirlaydi.
Majoziy ishqlarda yuzdan toʻqson toʻqqizi ma'shuqidan shikoyat qilayotganini koʻrmayapsanmi?! Chunki Samad oynasi boʻlgan qalbning ichi bilan sanamga oʻxshagan dunyoviy mahbublarga mahliyo boʻlish mahbublar nazdida xunuk b oʻlib, sovuq qaraladi, rad qiladi. Chunki tabiat fitriy va loyiq boʻlmagan narsani rad qiladi, tashlaydi. (Shahvoniy sevgilar mavzuimizdan xorij).
Demak sevgan narsalaring yo seni tanimaydi, yo seni tahqirlaydi yoki senga doʻstlik qilmaydi. Sening istaging aksiga yuz burib ketadi. Modomiki shunday ekan bu xavf va muhabbatni shunday zotga yoʻnaltirginki, sening xavfing lazzatli kamtarlik boʻlsin. Muhabbating xor boʻlmagan saodatga aylansin.
Xoliqi Zuljalolingdan qoʻrqish, Uning rahmatining shafqatiga yoʻl topib iltijo qilish demakdir. Xavf bir qamchidir, Uning rahmatining quchogʻiga haydaydi. Ma'lumki, bir ona, masalan bir bolani qoʻrqitib siynasiga tortadi. Oʻsha qoʻrquv u bolaga oʻta lazzatlidir. Chunki shafqat siynasiga tortadi. Xolbuki, butun volidalarning shafqati Alloh rahmatining yogʻdusidir. Demak Allohdan qoʻrqishda azim lazzat bor. Modomiki Allohdan qoʻrqish shunday lazzati boʻlsa, Allohga muhabbatda naqadar cheksiz lazzat borligi ma'lum boʻladi. Allohdan qoʻrqqan odam boshqalarning gʻaflatli, baloli xavfidan qutuladi. Alloh hisobiga boʻlgani uchun maxluqotni sevishi ham firoqli, azobli boʻlmaydi.
Inson avvalo nafsini sevar. Soʻng yaqinlarini, soʻng millatini, soʻng jonli maxluqlarni, soʻng koinotni, dunyoni sevadi. Bu doiralarning xar biriga aloqadordir. Ularning lazzatlari bilan lazzat oladi, azoblari bilan azob chekishi mumkin. Xolbuki ushbu ostin-ustun olamda va shamol esishida hech narsa oʻz joyida qolmagani uchun bechora inson qalbi xar doim yaralanadi. Qoʻliga kelgan narsalar ketib qoʻllarini tiladi, balki qoʻporadi. Doimo iztirobda qoladi, yoki gʻaflat bilan sarxush boʻladi. Modomiki shunday ekan, ey nafs! Aqling boʻlsa, butun u muhabbatlarni toʻpla, haqiqiy sohibiga ber, bu balolardan qutul. Cheksiz muhabbatlar nihoyatsiz kamol va jamol Sohibiga maxsusdir. Qachon haqiqiy sohibiga qaratsang butun ashyolarni uning nomi bilan va uning oynasi jihatida iztirobsiz sevishing mumkin. Demak, muhabbat toʻgʻridan toʻgʻri koinotga sarf etilmasligi kerak. Yoʻqsa eng laziz bir ne'mat boʻlsada eng azob beruvchi jazo boʻladi.
Yana boshqa va eng muhimi tomoni quyidagicha, ey nafs! Sen muhabbatingni oʻz nafsingga sarflayapsan. Oʻz nafsingni oʻzingga ma'bud va mahbub qilmoqdasan. Hamma narsani nafsingga fido qilyapsan, xuddiki bir navʻ rab deb tasavvur qilyapsan.
Xolbuki, muhabbatning sababi yo kamoldir, chunki kamol seviladi, yo manfaat yoki lazzatdir va yoki yaxshilik yo bular kabi sabab uchun muhabbat koʻrsatiladi. Endi, ey nafs! Bir qancha Soʻzlarda - asl mohiyating kamchilik, nuqson, faqirlik, ojizlikdan iboratligini, qorongʻulikning darajasi nisbatida nur porlashini, ziddiyat hisobida sen ular bilan Fotiri Zuljalolning kamol, jamol, qudrat va rahmatiga oynadorlik qilayotganingni qat'iy isbotlaganmiz.
Demak, ey nafs! Nafsingga muhabbat emas, balki adovat qilishing yo achinishing yoki ishonch hosil qilgandan soʻng shavqat qilishing kerak. Agar nafsingni sevsang (chunki nafsing lazzat va manfaatning manbaidir, sen ham lazzat va manfaatning zavqiga maftunsan) zarra hukmida boʻlgan lazzat va nafsiy manfaatni cheksiz lazzat va manfaatlardan ustun qoʻyma. Tilla qoʻngʻiz kabi boʻlma. Chunki u butun doʻstlari va sevgan narsalarni qorongʻulikning qoʻrquviga gʻarq qiladi, nafsida bir yogʻducha bilan qanoat qiladi. Chunki nafsiy lazzat va manfaating bilan birga barcha aloqador boʻlgan, sen butun manfaatlari bilan foydalangan, saodatlari bilan bahtiyor boʻlgan mavjudotlarning, butun koinotning manfaatlari, ne'matlari, iltifotiga tobe' boʻlgan Mahbubi Azaliyni sevmoqliging lozim. Shunda ham oʻzingning, ham ularning butun saodatlari bilan lazzat olasan. Mutlaq Kamolning muhabbatidan olgan nihoyatsiz lazzat ham olasan.
Zotan senda oʻz nafsingga shiddatli muhabbating aslida Uning zotiga yuzlangan muhabbat hisoblanadi. Sen suiiste'mol qilib oʻzingga sarf qilyapsan. Shunday ekan nafsingdagi menlikni yirt, "Huva"ni koʻrsat va koinotga tarqalgan butun muhabbatlaring Uning Asmo va Sifatlari uchun berilgan muhabbatdir. Sen suiiste'mol qilgansan, jazosini ham chekyapsan. Chunki oʻrnida sarf qilinmagan manʻ qilingan muhabbatning jazosi marhamatsiz musibatdir. Rahmonir Rahiym ismi bilan, huriylar bilan bezalgan Jannat kabi butun orzularingni qamragan bir maskanni jismoniy havaslaringga tayyorlagan va boshqa ismlari bilan ruhing, qalbing, sirring, aqling va boshqa latifa-hislaringning orzulariga yetkazadigan abadiy ehsonlarini Jannatda senga muhayyo qilgan. Xar bir ismida koʻp ma'naviy ehson va karam xazinasi boʻlgan Mahbubi Azaliyning, albatta bir zarra muhabbati koinotga teng. Koinot uning juz'iy muhabbatining tajalliyiga teng kela olmaydi. Shunday ekan Mahbubi Azaliyning oʻz Habibiga ayttirgan ushbu azaliy farmonni tingla, ergash:
Ikkinchi Meva: Ey nafs! Qullik kelajakda beriladigan mukofotning boshlangʻichi emas, balki sobiq ne'matlarning natijasidir. Biz haqqimizni olganmiz! Unga koʻra ustimizga xizmat va qullik vazifasi yuklangan. Chunki ey nafs! Toʻliq xayr boʻlgan vujudni senga kiydirgan Xoliqi Zuljalol senga ishtahali me'da berib Razzoq ismi bilan butun taomlarni ne'mat dasturxoni ichida oldingga qoʻygan.
Soʻng senga hassos hayot bergan. Hayot esa me'da kabi rizqqa muhtoj. Koʻz, quloq kabi butun tuygʻularing qoʻllar kabi roʻyi zamin qadar keng ne'mat dasturxoni ularning oldiga yozgan.
Soʻng senga koʻp ma'naviy rizq va ne'matlar istagan insoniyatni bergani uchun, mulk va malakut olami kabi keng bir ne'mat dasturxoni insoniyat me'dasining oldiga va aqlning qoʻli yetadigan nisbatda ochgandir.
Soʻng senga nihoyatsiz ne'matlarni istagan, cheksiz rahmatning mevalari bilan ozuqlangan, buyuk insoniyat hisoblangan Islomiyat va iymonni bergan. Shuning uchun senga ehtimol doirasi bilan birga Asmoyi Husna va Muqaddas Sifatlarining doirasiga olgan ne'mat dasturxonini, saodatni va lazzatni oshgan.
Soʻng senga iymonning bir nuri boʻlgan muhabbatni berib cheksiz ne'mat dasturxonini, saodat va lazzatni ehson qilgandir. Ya'ni, jismoniyating e'tibori bilan sen kichik, zaif, ojiz, xor, chegaralangan, cheklov ostidagi bir boʻlaksan. Uning ehsoni bilan kichik bir boʻlakdan butun va nuroniy umumga aylanding. Chunki senga hayotni berish orqali boʻlaklikdan bir jihatda butunlikka, insonlikni berish orqali haqiqiy kulliyatga, Islomiyatni berish bilan yuksak va nuroniy kulliyatga, ma'rifat va muhabbatni berish orqali meng nurga chiqargan.
Xullas, ey nafs! Sen bu haqni olgansan. Qullik kabi lazzatli, ne'matli, rohatli, yengil xizmatga mukallaf-yuklangansan. Lekin bunga ham tanballik qilyapsan. Agar chala-chulpa qilsangda, goʻyo eski haqlar yetmayotgandek, juda katta narsalarni bosim qilib xohlayapsan. "Nima uchun duoim qabul boʻlmadi" deb, nozlanmoqdasan. Sening noz emas, niyoz-duo qilishing kerak. Janobi Haq Jannatni va abadiy saodatni oʻz fazl va karami bilan ehson qiladi. Sen doim rahmat va karamiga iltijo qil. Unga ishon va ushbu farmonni tingla:
Agar: "Bu kulliy cheksiz ne'matlarga cheklangan va kichik shukrim bilan qanday javob berishim mumkin?" desang.
Javob: Kulliy niyat bilan, hadsiz e'tiqod bilan. Masalan: Bir odam besh tiyinlik hadya bilan bir podshohning huzuriga kirib, qabul koʻrgan odamlardan xar biri millionlarga teng hadyalar kelgani, u yerda qator turganini koʻradi. Qalbiga, "Mening hadyam hechdir, nima qilay?" degan fikr keladi. Shunda "Ey sayyidim! Butun ushbu qiymatli hadyalarni oʻz nomimdan senga taqdim qilaman. Chunki sen ularga loyiqsan. Agar iqtidorim boʻlganida, senga bularning bir mislini hadya qilar edim", deydi.
Umuman ehtiyoji boʻlmagan va xalqining sadoqat va hurmatlari darajasiga ishorat sifatida hadyalarini qabul qilgan podshoh, bechoraning katta, umumiy niyatini, orzusini, goʻzal va yuksak e'tiqod layoqatini eng buyuk hadya kabi qabul qiladi. Aynan shuning kabi: Ojiz bir qul namozida "Attahiyyatu lillah" deydi, ya'ni: Butun maxluqot oʻz hayotlari bilan senga taqdim qilgan qullik hadyalarini, men oʻz hisobimdan, umumini senga taqdim qilaman. Agar qoʻlimdan kelganida, senga ular qadar tahiyyalar taqdim etar edim. Sen ularga ham yanada ortigʻiga ham loyiqsan", deydi. Bu niyat va e'tiqod juda keng kulliy shukrdir.
Nabototning danaklari va urugʻlari ularning niyatlaridir. Masalan: Qovun qalbida urugʻlar suratida "Ey Xoliqim! Sening Asmoyi Husnangning naqshlarini yerning bir qancha joylarida e'lon qilishni istardim", deb ming niyat qiladi. Janobi Haq keladigan narsalarning qanday kelishlarini bilgani uchun ularning niyatlarini amaliy ibodat sofatida qabul qiladi. "Moʻ'minning niyati amalidan xayrlidir", hadisi bu sirga ishora qiladi.
kabi sanoqsiz tasbeh qilishning hikmati bu sirdan tushuniladi.
Masalan, bir zobit butun askarlarining butun xizmatlarini oʻz nomidan podshohga taqdim etadi. Xuddi shuning kabi: Maxluqotga zobitlik qilgan, hayvonot va nabototga qoʻmondonlik qilgan, Yer mavjudotiga xalifalik qilishga iste'dodli boʻlgan va oʻz xususiy olamida oʻzini harkasga vakil deb oʻylagan
inson, اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deydi. Butun xalqning ibodatlarini va yordam istashlarini oʻz nomidan Ma'budi Zuljalolga taqdim etadi. Yana
deydi. Butun mavjudotni oʻz hisobidan gapirtiradi.
deydi. Hamma narsa nomidan salavot keltiradi. Chunki hamma narsa Nuri Ahmadiy (S.A.V.) bilan aloqadordir. Xullas tasbehotda, salavotlarda hadsiz adadlarning hikmatini angla.
Uchinchi Meva: Ey nafs! Qisqa umrda cheksiz uxroviy amal istasang, xar bir umr daqiqangni bir umrchalik foydali qilishni xohlasang, odatingni ibodatga va gʻaflatingni huzurga aylantirishni sevsang, Sunnati Saniyaga ergashgin. Chunki bir shar'iy muomalaga amal qilgan payting bir navʻ huzur beradi. Bir tur ibodat boʻladi. Koʻp uxroviy mevalar beradi.
Masalan: Bir narsani sotib olding. Shar'iy berdim va oldim ifodalarini tatbiq qilgan daqiqangda oddiy oldi-berding ibodatga aylanadi. Shar'iy hukmni eslash bir vahiyni oʻylashga olib boradi. U esa Shariat Sohibini eslab, Allohga yoʻnaltiradi. U esa huzur berar. Demak Sunnati Saniyaga amal qilinganda bu foniy umrning boqiy mevalar beradi va bir abadiy hayotga asos boʻladigan foydalar qoʻlga kiritiladi.
farmonini tingla. Shariat va Sunnati Saniyaning hukmlari ichida jilvalari yoyilgan Asmoyi Husnaning xar bir ismining tajalliysining fayziga butunlay sazovor boʻlishga harakat qil.
Toʻrtinchi Meva: Ey nafs! Dunyo ahliga, xususan kayf-safoga berilganlarga, xususan inkor qiluvchilarga qarab sohta ziynat va aldovchi xarom lazzatlariga aldanib taqlid qilma. Chunki sen ularni taqlid qilsang ham, ular kabi boʻla olmaysan. Juda tubanlashasan. Hayvon ham boʻla olmaysan. Chunki boshingdagi aql mash'um asbob boʻladi. Boshingni doim savalaydi. Masalan, bir saroy boʻlsa, katta doirasida katta bir elektr chirogʻi mavjud. Undan boʻlaklarga ajralgan va bogʻlangan oz-oz elektrlar kichik manzillarga taqsimlangan. Birov shu katta elektr chirogʻining tugmasini burab yorugʻolikni oʻchirsa, butun manzillar zimiston qorongʻulik ichiga qoladi va qoʻrquvga tushadi. Boshqa saroyning xar manzilida katta elektr chirogʻiga bogʻlanmagan kichik elektr chiroqlari mavjud. Saroy sohibi katta elektr chirogʻining tugmasini burab oʻchirsa ham boshqa manzillarda chiroq boʻladi. U orqali ishini qiladi, oʻgʻrilar foydalana olmaydi.
Ey nafsim! Birinchi saroy bir musulmondir. Hazrati Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam, uning qalbida katta elektr chirogʻidir. Agar uni unutsa, Alloh saqlasin, qalbidan uni chiqarsa, boshqa hech bir paygʻambarni qabul qilmaydi. Balki ruhida hech qanday kamolotga joy qolmaydi. Hatto Rabbini ham tanimaydi. Mohiyatidagi butun manzillar va latifalar zimistonda qoladi, qalbida daxshatli buzgʻunchilik va qoʻrquv paydo boʻladi. Ajabo, daxshatli buzgʻunchilik va qoʻrquavga nimani qoʻlga kiritib doʻstlik qila olasan? Qaysi manfaatni topib buzgʻunchilik zararini ta'mirlay olasan?
Ajnabiylar ikkinchi saroyga oʻxshaydi, Hazrati Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning nurini qalbidan chiqarsa ham, oʻzlaricha ba'zi nurlar qoladi yoki qoladi deb oʻylaydi. Ularning ma'naviy axloqiy kamolotiga asos boʻladigan bir jihatda imomlari Hazrati Muso va Iso Alayhimassalomga va Xoliqlariga bir tur e'tiqodlari qoladi.
Ey nafsi ammora! Agar, "Men, ajnabiy emas, hayvon boʻlishni istayman", desang. Senga necha marta aytgan edim: "Hayvon kabi ham boʻla olmaysan. Chunki boshingda aql boʻlgani uchun, u oʻtgan davr azoblari va kelajak qoʻrquvlarining ta'ziri bilan yuzingga, koʻzingga, boshingga urib kaltaklaydi. Bir lazzat ichiga ming azob qoʻshadi. Hayvon esa azob chekmay goʻzal lazzat oladi, zavqlanadi. Shunday ekan, avvalo aqlingni chiqarib ot, soʻng hayvon boʻl. كَالْاَنْعَامِ بَلْ هُمْ اَضَلُّ adab taʻzirini ye."
Beshinchi Meva: Ey nafs! Takror batakror aytganimiz kabi, inson yaratilish daraxtining mevasi hisoblanadi. Meva kabi eng uzoq, eng qamrovli, umumga qaraydi, hammaning birlik jihatini saqlaydigan qalb urugʻiga ega, yuzi koʻplikka, fanoga, dunyoga qaragan maxluqdir. Qullik esa uning yuzini fanodan baqoga, xalqdan Haqqa, koʻplikdan birlik-vahdatga, oxirdan boshlangʻichga qaratgan ulashtiruvchi ip, yoki boshlangʻich va tugash oʻrtasidagi qovushish nuqtasidir.
Urugʻ boʻladigan qiymatli idrokli meva, daraxt ostidagi ruh sohiblariga qarasa, goʻzalligiga ishonsa, oʻzini ularning qoʻliga tashlasa yoki gʻaflat bosib tushsa, ularning qoʻliga tushadi, boʻlinadi, oddiy meva kabi zoye ketadi. Agar u tayanch nuqtasini topsa, ichidagi urugʻ, butun daraxtning birlik tarafini tutib, daraxtning saqlanishi va haqiqati davom etishiga vosita boʻlishini oʻylasa, bir meva ichida bitta urugʻ doimiy, boqiy umr ichida umumiy haqiqatga sazovor boʻladi.
Xuddi shuning kabi: Inson, agar koʻplikka shoʻngʻib koinot ichida boʻgʻilib dunyoning muhabbatidan oʻzini yoʻqotib, foniy narsalarning tabassumlariga aldansa, ularning quchoqlariga kirsa, albatta cheksiz zarar koʻradi. Ham hech ham foniy ham yoʻqlikka tushadi. Ma'nan oʻzini ham qatl qiladi.
Agar Qur'on tilidan qalb qulogʻi bilan iymon darslarini eshitib boshini koʻtarsa, yakkalik-vahdatga yoʻnalgan boʻlsa, qullikning me'roji bilan kamolot arshiga chiqadi. Boqiy insonga aylanadi.
Ey nafsim! Modomiki bu haqiqat ekan va modomiki Ibrohim (A.S.) kabi لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ degin va yuzingni Mahbubi Boqiyga oʻgir, men kabi shunday yigʻla:
(Bu yerdagi Forsiy baytlar Oʻn Yettinchi Soʻzning ikkinchi maqomida boʻlgani uchun bu yerga kiritilmadi.)