So'zlar
— 365 —

Yigirma Beshinchi Soʻz

Qur'on Moʻ'jizalari Risolasi

Qoʻlda Qur'on kabi bir boqiy moʻ'jiza mavjud,

Boshqa burhon qidirish aqlimga koʻplik qiladi.

Qoʻlda Qur'on kabi haqiqat burhoni boʻlsa,

Munkirlarni mot qilishga koʻnglimga ogʻirlik keladimi?

ESLATMA

(Bu Soʻzning boshida besh shu'lani yozishni niyat qildik. Lekin Birinchi Shu'laning oxirida eski harflar bilan nashr qilishga oʻta tez yozishga majbur boʻldik. Hatto ba'zi kunlar yigirma-oʻttiz sahifani ikki-uch soatda yozar edik. Shuning uchun uch shu'lani qisqacha, xulosa shaklida yozib ikki shu'lani hozircha tark etdik. Menga oid kamchiliklar, nuqsonlar, qiyinlashtirish va xatolarga insof va afv nazari bilan qarashlarini qardoshlarimizdan kutamiz.)

Ushbu Qur'on Moʻ'jizalari Risolasidagi aksar oyatlarning xar biri yo dinsizlar tomonidan tanqidga sabab boʻlgan yoki fan mutaxassislari tarafidan e'tirozga uchragan. Yoki jin va insiy shaytonlarning vasvasa va shubhalariga uchragan oyatlardir. Ushbu "Yigirma Beshinchi Soʻz" u oyatlarning haqiqatlarini va hikmatlrini bayon qilganki, dinsizlar va bilim mutaxassislari kamchilik deb oʻylagan tomonlar i'jozning yogʻdulari va Qur'onning mukammal balogʻatining asoslari boʻlgan ilmiy qoidalari bilan isbot etilgan. Mavzuni bulgʻamaslik va buzmaslik uchun ularning shubhalari aytilmasdan, qat'iy javob berilgan.

وَ الشَّمْسُ تَجْرِى ٭ وَ الْجِبَالَ اَوْتَادًا

kabi. Faqat Yigirmanchi Soʻzning Birinchi Maqomida uch-toʻrt oyatlarda shubhalar aytilgan. Bu Qur'on Moʻ'jizalari Risolasi gʻoyat muxtasar va tez yozilgan boʻlsada, balogʻat ilmi va arab tili ilmlari nuqtasida olimlarni hayratda qoldiradigan darajada olimona, chuqur va quvvatli tarzda bayon qilingan. Garchi hamma mavzuini e'tibor berib oʻqiganlar toʻliq tushunmasada, foyda olmasada, bu bogʻda hammaning ahamiyatli hissasi bor. Juda shoshilinch va chalkash sahroitda ta'lif etilgani uchun ifoda va iborasida kamchilik boʻlishi bilan birga ilm nuqtasida juda ahamiyatli masalalarning haqiqatini bayon qilgan.

Said Nursiy
— 366 —
Moʻ'jizoti Qur'oniya Risolasi
﴿ بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ ﴾
﴿ قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلَى اَنْ يَاْتُوا بِمِثْلِ هذَا اْلقُرْآنِ لَا يَاْتُونَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا ﴾

Moʻ'jizalar xazinasi va Hz.Muhammadning (S.A.V.) eng buyuk moʻ'jizasi boʻlgan Qur'oni Hakiymi Moʻ'jizul Bayonning hadsiz i'jozining qirqqa yaqin jihatlariga arabiy risolalarimda va arabiy Risola-i Nurda va "Ishoratu-l I'joz" nomli tafsirimda va oʻtgan yigirma toʻrt Soʻzlarda ishoralar qilganmiz. Hozir ulardan faqat besh jihatini bir daraja bayon qilamiz va boshqa jihatlarni ichiga qisqacha kiritib, bir muqaddima bilan uning ta'rif va mohiyatiga ishora qilamiz.

Muqaddima uch qismdan iborat.

Birinchi qism: Qur'on nima? Ta'rifi qanday?

Javob: (Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzda bayon etilgani va boshqa soʻzlarda isbotlangani kabi)

Qur'on -

bu koinot buyuk kitobining azaliy tarjimasi,

koinotda oʻrnatilgan qonunlarni oʻqigan turli-tuman dalillarning abadiy tarjimoni,

gʻayb va shahodat olami kitobining mufassiri,

yer va osmonda yashirin Alloh ismlarining ma'naviy xazinalarining kashf qiluvchisi,

hodisalar satrlari ostida yashirin haqiqatlarning kaliti,

shahodat olamida gʻayb olamining lisoni,

ushbu shahodat olami pardasi orqasidagi gʻayb olamidan kelgan abadiy Rahmoniy iltifotlar va azaliy Subhoniy xitobning xazinasi,

Islomiyat ma'naviy olamining quyoshi, poydevori, andozasi,

oxirat olamlarining muqaddas xaritasi,

Allohning zoti, sifatlari, ismlari va ishlarini sharhlagan soʻzi, ochiq tafsiri, qat'iy burhoni, porloq tarjimoni,

insoniyat olamining murabbiyi,

insoniyati kubro boʻlgan Islomiyatning suv va ziyosi,

bashariyatning haqiqiy hikmati,

insoniyatni saodatga yoʻnaltirgan haqiqiy murshidi va hidoyatga boshlovchisi,

— 367 —

insonga esa shariat kitobi, ham duo kitobi, ham hikmat kitobi, ham qullik kitobi, ham amr va da'vat kitobi, ham zikr kitobi, ham fikr kitobi, ham butun insoniyatning butun ma'naviy ehtiyojlariga manbaʻ boʻladigan koʻp kitoblarni ichiga olgan yagona, qamrovli muqaddas kitobdir.

butun avliyo, siddiqiyn, oriflar va haqiqatlarni tadqiq qilib, dalillari bilan biladigan olimlarning turli yoʻllari va ayri-ayri yoʻllarining xar biridagi yoʻnalishning lazzatlariga loyiq va mashrabni oydinlatadigan, xar bir yoʻlning maqsadiga muvofiq va uni tasvirlaydigan risolalarni koʻrsatgan muqaddas kutubxona boʻlgan Samoviy Kitobdir.

Ikkinchi qism va ta'rifning davomi: Qur'on -

arshi a'zamdan, ismi a'zamdan, har ismning eng buyuk martabasidan kelgani uchun,

(Oʻn Ikkinchi Soʻzda bayon va isbot etilgani kabi) Qur'on butun olamlarning Rabbi boʻlgan Allohning kalomidir.

Ham butun mavjudotning Ilohi unvoni bilan Allohning farmonidir.

Ham butun Samovot va Arzning Xoliqi nomidan bir xitobdir.

Ham mutlaq rububiyat jihatida suhbatdir.

Ham umumiy Subhoniy saltanat tomonidan azaliy xutbadir.

Ham hamma narsani qamragan keng rahmat nuqta-i nazaridan Rabboniy iltifotlar daftaridir.

Ham uluhiyat hashamatining azamati e'tibori bilan boshlanishida ba'zan kalit soʻz boʻlgan bir xabarlashish majmuasidir.

Ham Ismi A'zamning qmrovidan nozil boʻlgan Arshi A'zamning qamragan butun maydoniga yuzlangan va boshqargan hikmat yoygan Muqaddas Kitobdir.

Bu sirga asosan Qur'onga "Kalomulloh" unvoni kamoli loyiqlik bilan berilgan va doim beriladi. Boshqa anbiyolarning kitob va sahifalarning darajasi Qur'ondan soʻng keladi. Boshqa nihoyatsiz Ilohiy Kalomlarning esa bir qismi xos bir e'tibor bilan, juz'iy bir unvon bilan, xususiy bir tajalliy ila, juz'iy ism bilan, xos rububiyat ila, maxsus saltanat va xususiy rahmat orqali yuzaga chiqqan ilhomlar suratidagi suhbatdir. Farishtalar, insoniyat va hayvonotning ilhomlari umumiy va xususiyligi e'tibori bilan juda farqlidir.

Uchinchi Qism: Qur'on -

asrlari xar hil butun anbiyolarning kitoblarini,

yoʻnalishi farqli boʻlgan butun avliyolarning risolalarini,

yoʻllari turlicha butun asfiyolarning asarlarini qisqacha oʻz ichiga olgan,

olti tomoni porloq,

gumon va shubhalarning zulmatidan musaffo, tayanch nuqtasi ochiq ravshan samoviy vahiy va azaliy kalom,

nishoni va maqsadi shubhasiz abadiy saodat,

ichi shaksiz xolis hidoyat,

usti albatta iymon nurlari,

osti bilish aniqligida dalil va burhon,

oʻng tomoni tajriba bilan qalb va vijdon taslimi,

chap tomoni koʻrish aniqligida aql va idrok taslimi,

mevasi sezish aniqligida Rahmon rahmati va Jannat yurtlari,

maqomi va qiymati togʻri sezgi orqali farishtalar, inson va jinlar qabul qilgan Samoviy kitobdir.

— 368 —

Qur'onning ta'rifiga doir uch qismdagi sifatlarning xar biri boshqa joylarda qat'iy isbotlangan yoki isbot qilinadi. Da'vomiz yolgʻiz emas, xar biri qat'iy burhon bilan isbotlangan.

BIRINCHI YOGʻDU: Bu shu'laning uch shuasi bor.

BIRINCHI SHUʻLA: Qurʻonning i'joz darajasidagi balogʻatidir.

Balogʻat - nazmning ravonligi, matonatining goʻzalligidan, uslublarining tengsizligi, gʻarib va mustahsanligidan, bayonining hashamati, ustunligi va pokligidan, ma'nolarining quvvat va haqqoniyatidan, lafzining fasohatidan, osonlikdan tavallud etgan gʻaroyib balogʻat boʻlib, bani Odamning eng dohiy adiblarini, eng gʻaroyib xatiblarini, eng chuqur ilmli olimlarini gap orqali kurashga chaqirib bir ming uch yuz yildan beri maydonga chaqirmoqda.

Ularning hislariga shiddat bilan tegmoqda. Kurashga chaqirganiga qaramay, kibr va gʻururlaridan boshini samovotga urgan dohiylar ogʻiz ocha olmasdan butunlay xorlik bilan boʻyin egdi.

Endi balogʻatidagi i'joz jihatiga ikki tarzda ishora qilamiz:

Birinchi tarz: I'jozi bor va mavjud. Chunki Jaziratul Arab aholisi u asrda aksariyati ummiy-savodsiz edi. Ummiyliklari uchun faxrlanadigan narsalarini, tarixiy voqealarini va axloq goʻzalligiga yordam beradigan zarbul masallarini yozish oʻrniga she'r va balogʻat qaydi orqali muhofaza etishar edi. Ma'noli kalom, she'r va balogʻat jozibasi bilan avvalgilardan kelajak nasllarga xotirada qolib ketar edi.

Bu fitriy ehtiyoj natijasida u qavmning ma'naviy tijorat bozorlarida juda rivojlangan narsa fasohat va balogʻat edi. Hatto bir qabilaning balogʻatli adibi eng buyuk milliy qahramoni kabi edi. U bilan qattiq faxrlanishar edi.

Islomiyatdan soʻng olamni zakovati bilan boshqargan aqlli qavm eng rivojlangan va faxrlanish sabalari va qattiq ehtiyoji boʻlgan balogʻatda dunyodagi boshqa xalqlardan ancha oldinda va eng yuksak martabada edilar. Balogʻat shu qadar qiymatli ediki, bir adibning bir soʻzi uchun ikki qavm katta urush qilar va bir gapi bilan yarashar edilar. Hatto ularning ichida "Muallaqoti Sab'a" nomli yetti adibning yetti qasidasini oltin bilan Ka'baning devorlariga yozishgan, u bilan faxrlanar edilar.

Shunday davrda, balogʻat eng rivojlangan onda Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon nozil boʻldi. Muso Alayhissalom davrida sehr va Iso Alayhissalom zamonida tib rivojda edi. Moʻ'jizalarning muhimi oʻsha turdan keldi. Oʻsha payt Qurʻo arab balogʻat ustalarini eng qisqa surasiga javob berishga chaqirdi:

﴿ وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ مِمَّا نَزَّلْنَا عَلٰى عَبْدِنَا فَاْتُوا بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِه۪ ﴾
— 369 —

farmoni bilan ularga qarshi chiqadi. Yana "Iymon keltirmasangiz mal'unsiz. Jahannamga kirasiz", deydi. Tuygʻulariga shiddat bilan uradi. Gʻururlarini dahshatli suratda sindiradi. Kibrli aqllarini yer bilan bir qiladi. Ularni boshida abadiy qatl orqali, soʻng Jahannamda abadiy qatl bilan birga dunyoviy qatlga ham mahkum qiladi. "Yo soʻz bilan kurashing yoki jon va molingiz halokatda", deydi.

Agar soʻz bilan kurash mumkin boʻlganida, bir-ikki satr orqali qarshi chiqib da'vosini yoʻq qilish, rohat bir chora bor ekan, eng tahlikali, eng mushkul harb yoʻli tanlashi mumkinmidi hech?! Ha, u zakovatli qavm, siyosiy millat, bir vaqtlar olamni siyosat bilan boshqarib, eng qisqa, tinch va yengil yoʻlni tark etishi mumkinmi?! Eng tahlikali va butun molu jonini baloga qoʻyadigan uzun yoʻlni ixtiyor qilishini qabul qilish mumkinmi?! Chunki bir adib bir qancha harflar bilan soʻz bilan kurasha olganida, Qur'on, qilgan da'vosidan voz kechar edi. Ular ham moddiy va ma'naviy halokatdan qutular edilar. Lekin urush kabi daxshatli, uzun yoʻlni tanladilar. Demak, soʻz bilan kurash mumkin emas edi, imkoni yoʻq edi. Shuning uchun qilich bilan urushishga majbur boʻldilar.

Qur'onni oʻxshatish, taqlidini qilish uchun oʻta shiddatli ikki sabab bor edi. Biri dushmanning kurashish xirsi. Keyingisi doʻstlarining taqlid qilishga shavqi. Bu ikki shiddatli sabab ostida millionlab arabiy kitoblar yozilgan. Lekin hech biri unga oʻxshamaydi. Olim boʻlsin, omi boʻlsin xar kim unga va ularni oʻqisa qat'iyan "Qur'on bularga oʻxshamaydi. Hech biri uni oʻxshata olmaydi", deydi. Demak, yo Qur'on hammasidan pastda, bu esa butun doʻst va dushmanlarning ittifoqi bilan botildir, imkoni yoʻq yoki Qur'on yozilgan barcha kitoblardan ustundir.

Agar: Hech kim soʻz bilan kurashga tashabbus qilmadi? Maydonga chiqishga hech kim oʻziga ishona olmadi? Bir-birlarining yordami ham foyda bermadimi? Buni qanday bilamiz? desang.

Javob: Agar soʻz bilan kurash mumkin boʻlganida, xar holda qat'iy tashabbus qilinar edi. Chunki izzat va nomus masalasi, jon va mol tahlikasi bor edi. Agar tashabbus qilinganida, xar holda juda koʻp qat'iy tarafdorlar topilar edi. Chunki haqqa dushman va qaysar doim koʻp edi. Agar tarafdor topganida, xar holda mashxur boʻlar edi. Chunki kichik bir urush insonlarning hayratini jalb qilib dostonlarda mashxur boʻladi. Shunday ajib urush va hodisalar yashirin qolmaydi.

Islomiyatga qarshi eng xunuk va eng yomon narsalargacha naql qilinadi, mashhur boʻladi. Xolbuki muorazaga doir Musaylimai kazzobning bir-ikki ifodasidan boshqa xabar naql qilinmagan. Musaylimada ham garchi balogʻat boʻlsada, hadsiz husnu jamolga sohib boʻlgan Qur'onning bayoniga nisbat etilgani uchun uning soʻzlari telbalik suratida tarixlarda qolgan. Qur'onning balogʻatidagi i'joz qat'iyan ikki karra ikki toʻrt darajasida mavjudki, jarayon shunday davom etgan.

— 370 —

Ikkinchi Surat: Balogʻatidagi Qur'on i'jozining hikmatini Besh Nuqtada bayon qilamiz.

Birinchi Nuqta: Qur'onning nazmida gʻaroyib ravonlik bor. U nazmdagi ravonlik va matonatga kelsak "Ishoratul I'joz" nomli asar boshdan oxirigacha nazmiy ravonlikni bayon qilgan. Soatning soniya, daqiqa, soat belgilari va bir-birining nizomini toʻldirgan narsa nima boʻlsa, Qur'oni Hakimning xar bir jumladasigi, qismlaridagi nazm, soʻzlaridagi nizom va jumlalarining bir-biriga munosabatidagi intizomni "Ishorat-ul I'joz"da oxirigacha bayon etilgan. Kim istasa uni oʻqishi va bu nazmdagi gʻaroyib ravonlikni koʻrishi mumkin. Bir jumlaning boʻlimlaridagi nazmni koʻrsatish uchun faqat bir-ikki misol, zikr etamiz.

Masalan:

﴿ وَلَئِنْ مَسَّتْهُمْ نَفْحَةٌ مِنْ عَذَابِ رَبِّكَ ﴾

Bu jumlada azobni dahshatli qilib koʻrsatish uchun hatto eng ozining shiddatli ta'sirini ifodalab koʻrsatadi. Demak, kamaytirishni ifodalagan jumlaning barcha boʻlimlari ham bu kamaytirishga qarab unga quvvat beradi. لَئِنْ lafzi shubhalantirushdir. Shak ozlikka qaraydi. مَسَّ lafzi ozgina tegish. Yana ozlikni ifoda qiladi. نَفْحَةٌ lafzi, moddasi hidcha boʻlib ozlikni ifodalaganidek, siygʻasi birga dalolat qiladi. Masdari marra sarf ilmining ta'biri bilan birgina demakdir, ozlikni ifodalaydi. نَفْحَةٌ dagi tanvini tankiriy kamaytirish uchun boʻlib, shu qadar kichikki, bilinilmaydi demakdir. مِنْ lafzi boʻlish uchun, bir parcha demakdir. Ozlikni ifodalaydi. عَذَابِ lafzi kuchli qiynoq, shiddatli azobga nisbatan yengil jazo boʻlib, ozlikka ishora qiladi. رَبِّكَ lafzi Qahhor, Jabbor, Muntaqim oʻrniga yana shafqatni his ettirib, ozlikka ishora qiladi. Demak, "Agar bu qadar ozlikdagi bir boʻlak azob shunchalik ta'sirli boʻlsa, Allohning shiddatli azobi naqadar dahshatli boʻlishini qiyoslang", deb ifoda qiladi. Bu jumlada kichik qismlar bir-biriga qarab yordam beradi. Umumiy maqsadni xar biri oʻz tili bilan quvvatlaydi. Bu misol bir daraja lafz va maqsadga yuzlangan.

— 371 —

Ikkinchi misol: وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ Bu jumlaning qismlari sadaqaning qabul qilinish shartlarining beshtasiga ishora qiladi.

Birinchi shart: Sadaqani muhtoj boʻlmaydigan darajada sadaqa berish boʻlib, shartni وَمِمَّا lafzidagi مِنْ boʻlish bilan ifodalaydi.

Ikkinchi shart: Alidan olib Valiga berish emas, balki oʻz molidan berish. Bu shartni زَقْنَاهُمْ lafzi ifoda etadi. "Sizga rizq boʻlgan narsalardan bering" deyapti.

Uchinchi shart: Minnat qilmaslik. Bu shartga رَزَقْنَا dagi نَا lafzi ishora qiladi. Ya'ni "Men sizga rizqni beryapman. Mening molimdan mening qulimga berishda minnat yoʻq." deyapti.

Toʻrtinchi shart: Tirikchiligiga sarflaydigan odamga berish. Boʻlmasa kayf-safoga sarf qiladiganlarga berilgan sadaqa maqbul boʻlmaydi. Bu shartga يُنْفِقُونَ lafzi ishora qiladi.

Beshinchi shart: Alloh uchun berish boʻlib, uni رَزَقْنَاهُمْ ifoda qilmoqda. Ya'ni "Mol menikidir, mening nomim bilan berishingiz kerak" deyapti. Bu shartlar bilan barobar kengaytirish ham bor. Ya'ni: Sadaqa mol bilan boʻlgani kabi, ilm bilan ham boʻladi, soʻz bilan, amal bilan, nasihat bilan ham boʻladi. Bu qismlarga مِمَّا lafzidagi مَا umumiyati bilan ishora qiladi. Bu jumla shaxsan oʻzi ishora qiladi. Chunki mutlaqdir, umumni ifoda qiladi.

Demak, sadaqani ifodalagan bu qisqacha jumlada besh shart bilan birga keng doirasini aqlga ehson qiladi. Shakli bilan his ettiradi. Boʻlakda esa juda koʻp nazmlar bor. Soʻzlarning ham bir-biriga aynan, keng, nazmiy doirasi bor.

— 372 —

Kalomlarning ham, masalan: قُلْ هُوَ اللهُ أَحَدٌ da olti jumla bor. Uchi musbat, uchi manfiy. Olti tavhid martabasini isbotlash bilan birga shirkning olti turini rad qiladi. Xar bir jumlasi boshqa jumlalarga ham dalil boʻladi, ham natija boʻladi. Chunki xar bir jumlaning ikki ma'nosi bor. Bir ma'no bilan natija boʻladi, bir ma'no bilan esa dalil boʻladi. Demak Ixlos Surasida oʻttiz Ixlos Surasi qadar muntazam, bir-birini isbotlaydigan dalillardan tashkil topgan suralar bor. Masalan:

قُلْ هُوَ اللهُ: لِاَنَّهُ اَحَدٌ، لِاَنَّهُ صَمَدٌ، لِاَنَّهُ لَمْ يَلِدْ، لِاَنَّهُ لَمْ يُولَدْ،
لِاَنَّهُ لَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا اَحَدٌ

Yana:

وَلَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا اَحَدٌ: لِاَنَّهُ لَمْ يُولَدْ، لِاَنَّهُ لَمْ يَلِدْ، لِاَنَّهُ صَمَدٌ،
لِاَنَّهُ اَحَدٌ، لِاَنَّهُ هُوَ اللهُ

Yana:

هُوَ اللهُ فَهُوَ اَحَدٌ، فَهُوَ صَمَدٌ، فَاِذاً لَمْ يَلِدْ، فَاِذاً لَمْ يُولَدْ،
فَاِذًا لَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا اَحَدٌ

Yana sen bunga koʻra qiyos et...

Masalan: الٓمٓ ٭ ذٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ فِيهِ هُدًى لِلْمُتَّقِينَ Bu toʻrt jumlaning xar birining ikki ma'nosi bor. Bir ma'no bilan keyingi jumlalarga dalildir. Boshqa ma'no bilan ularga natijadir. Oʻn olti munosabat aloqalaridan bir i'joziy nazmiy naqsh hosil boʻladi. "Ishoratul I'joz"da shunday bir tarzda bayon qilinganki, bir i'joziy nazmiy naqshni tashkil qiladi. Oʻn Uchinchi Soʻzda bayon etilgani kabi, goʻyo aksar Qur'on oyatlarining xar biri aksariyat oyatlarning xar biriga qaraydi bir koʻzi va yuzlangan yuzi boʻlib, ularga munosabatning ma'naviy iplarini uzatadi. Bittadan i'joz naqshini toʻqiydi. Xullas, "Ishoratul I'joz" boshdan oxirigacha ushbu nazmiy ravonlikni sharh etgan.

— 373 —

Ikkinchi Nuqta: Ma'nosidagi gʻaroyib balogʻat. Oʻn Uchinchi Soʻzda bayon qilingan ushbu misolga qara: Masalan:

﴿ سَبَّحَ لِلّهِ مَا فِى السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ﴾

oyatidagi ma'naviy balogʻat lazzatini olishni istasang, oʻzingni Qur'on Nuridan avval johiliyat asrida, badaviylik choʻlida faraz qil. Hamma narsa johillik va gʻaflat zulmati ostida tabiatning oʻtmas va qattiq pardasiga oʻralgan onda Qur'onning samoviy lisonidan

﴿ سَبَّحَ للهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ ﴾

yoki

﴿ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ ﴾

kabi oyatlarni eshit, qara! Oʻlgan yoki yotgan olamdagi mavjudot سَبَّحَ , تُسَبِّحُ sadosi bilan eshitganlarning zehnida tirilishi, xushyor boʻlishi, turib zikr qilishi, qorongʻu osmonda oʻlik olov boʻlagi boʻlgan yulduzlar va yerda abgor maxluqlar تُسَبِّحُ hayqirigʻi va nuri bilan eshitganlarning nazarida koʻk yuzi kabi bir ogʻiz, butun yulduzlar hikmatli soʻzlar va haqiqatlarni koʻrsatgan nur boʻladi. Yer kurrasi bosh, quruqlik va dengiz tillar, butun hayvonot va nabotot oʻzini Allohni tasbeh qiluvchi soʻzlar suratida koʻrsatadi. Masalan: Oʻn Beshinchi Soʻzda isbotlangan bu misolga qara:

﴿ يَامَعْشَرَ الْجِنِّ وَالْاِنْسِ اِنِ اسْتَطَعْتُمْ اَنْ تَنْفُذُوا مِنْ اَقْطَارِ السَّمٰواَتِ وَالْاَرْضِ فَانْفُذُوا لَا تَنْفُذُونَ اِلَّا بِسُلْطَانٍ ٭ فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّباَنِ ٭ يُرْسَلُ عَلَيْكُمَا شُوَاظٌ مِنْ نَارٍ وَنُحَاسٌ فَلَا تَنْتَصِرَانِ ٭ فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّباَنِ ٭ وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَآءَ الدُّنْيَا بِمَصَابِيحَ وَجَعَلْناَهَا رُجُومًا لِلشَّياَطِينِ ﴾

oyatlarini tingla, nima deyotganiga qara.

"Ey ojizlik va kichikligi ichida magʻrur, qaysar, zaiflik va faqirligi ichra sarkash va oʻjar inson va jinlar! Amrlarimga itoat qilmasangiz, qani qoʻlingizdan kelsa mulkimning hududidan chiqing! Yulduzlar, oylar, quyoshlar, buyrugʻiga muntazir askarlari kabi amrlariga itoat qiladigan Sultonning amrlariga qarshi chiqishga qanday jasorat qilasiz. Tugʻyoningiz bilan shunday azamatli mute' askarlari boʻlgan Hakiymi Zuljalolga qarshi qarshi chiqyapsiz. Farazan shaytonlaringiz chiday olsalar, ularni togʻ kabi zambarak oʻqlari bilan toshboʻron qilinadi.

— 374 —

Askarlaridan shundaylari borki, siz kabi kichik ojiz maxluqlar emas, balki farazan togʻ va yer kattaligidagi kofir dushman boʻlganingizda ham, yer va togʻ kattaligidagi yulduzlarni, olovli temirlarni sizga otadigan, sizni pachagʻlab tashlaydigan Maliki Zuljalolning mamlakatida inkoringiz bilan isyon qilyapsiz. Agar kerak boʻlsa yerni yuzingizga uradigan, zambarak oʻqlari kabi toʻplar misoli yuzlduzlarni ustingizga Allohning izni bilan yogʻdiradigan maxluqlar boʻglangan qonunni buzmoqdasiz.

Yana boshqa oyatlarning ma'nolaridagi quvvat, balogʻat va ifodasining yuksakligini bularga qiyosla.

Uchinchi Nuqta: Uslubidagi gʻaroyib goʻzallikdir. Ha, Qur'onning uslublari ham gʻarib, ham tenggi yoʻq, ham ajib, ham ishontiruvchidir. Hech narsani, hech bir kishini taqlid qilmagan, hech kim ham uni taqlid qila olmaydi. Qanday kelgan boʻlsa, u uslublar tarovatini, yoshligini, gʻaribligini doimo muhofaza etgan va etmoqda. Jumladan, bir qancha suralarning boshida kalit soʻz kabi الٓمٓ، الٓرٰ، طٰهٰ، يٰسٓ، حٰمٓ عٓسٓقٓ kabi muqattatot harflaridagi tenggi yoʻq uslubi besh-olti i'joz shu'lalarini ichiga olganini "Ishorat-ul I'joz"da yozganmiz.

Jumladan: Suralarning boshida zikr etilgan harflarning bilingan qismlari - jahriy oʻqiladigan harflar, yashirib oʻqiladigan harflar, sukun bilan oʻqiladigan harflar, jazm bilan oʻqiladigan harflar, zalaqo haarflari, qalqala kabi koʻp qismlarning xar bir qismidan yarmini olgan. Boʻlinmaydigan yerngil harflarning yarmidan koʻprogʻi, qalin oʻqiladigan harflarning yarmidan kamrogʻi butun qismlarini ikkiga boʻlgan. Ushbu aralash va bir-biri ichidagi qismlar va ikki yuz ehtimol ichida qarorsiz, faqat yashirin va fikran bilinmaydigan bitta yoʻl orqali hammasini ayirish mumkin boʻlsada, u yoʻlda, keng masofada gap gapirish bashar fikrining ishi boʻla olmaydi. Tasodif hech aralasha olmaydi.

— 375 —

Demak, bir Ilohiy kalit soʻz boʻlgan suralarning boshidagi harflar bu kabi yana besh-olti i'joz shu'lalarini koʻrsatib, harflar sirlari ilmi olimlari bilan avliyolarning haqiqatlarni dalillari bilan birgan olimlar muqattatotdan koʻp sirlar chiqarganlar va shunday haqiqatlar topganlarki, ularning nazdida muqattatotning bir oʻzi oʻta porloq moʻ'jiza hisoblanadi. Ularning sirlariga ahl boʻlmaganimiz va barchaning koʻzi koʻradigan darajada isbot qila olmaganimiz uchun u eshikni ochmaymiz. "Ishorat-ul I'joz"da bularga doir bayon qilingan besh-olti i'joz shu'lalariga havola qilib qanoat qilamiz.

Endi Qur'onning uslublariga sura e'tibori bilan, maqsad e'tibori bilan, oyatlar, kalom va soʻz e'tibori bilan ishoralar qilamiz. Masalan:

Amma Surasiga diqqat qilinsa badi' uslub bilan oxiratni, hashrni, Jannat va Jahannamning vaziyatlarini koʻrsatadiki, dunyodagi Allohning faoliyatlar, Rabboniy asarlarni uxroviy holatlarga bir-bir qarab isbotlab qalbni ishontiradi. Bu suradagi uslubning izohi uzun boʻlgani uchun faqat bir-ikki nuqtasiga ishora qilamiz:

Suraning boshida Qiyomat kunini isbotlash uchun: "Sizga zaminni goʻzal toʻshalgan beshik, togʻlarni uyingiz va hayotingizga boylik yashirilgan tirgak, xazinali ustun, sizni bir-birini sevadigan, doʻstlik qiladigan juft, kechani istiroxat bilan uxlashingizga yopingʻich, kunduzni turikchilik maydoni, Quyoshni nur sochadigan, isitadigan chiroq, bulutlarni obi hayot chashmasi qilib suvni oqizdim. Oddiy bir suvdan butun rizqlaringizni tashigan barcha gulli, mevali turli narsalarni oson va qisqa vaqtda ijod qilamiz. Shunday ekan, yavmul fasl (yaxshilardan yomonlarning ajraladigan) qiyomat sizni kutmoqda. U kunni keltirish bizga ogʻir emas".

Bundan keyin qiyomatda togʻlarning tarqalishi, samovotning maydalanishi, Jahannamning tayyorlanishi va Jannat ahliga bogʻ va boʻston berishini yashirin suratda isbot qilishga ishora qiladi. Ma'nan "Modomiki koʻz oʻngimizda, bu ishlarni togʻ va zaminda qilar ekan, oxiratda ham ularga oʻxshash ishlarni qiladi", deydi. Demak suraning boshidagi "togʻ" qiyomatdagi togʻlarning holatiga qaraydi. Bogʻ esa oxirda va oxiratdagi bogʻchaga va bogʻga yuzlangan. Boshqa nuqtalarni bunga qiyos qil, naqadar goʻzal va oliy uslubi borligini koʻr. Masalan:

﴿ قُلِ اللّٰهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ تُؤْتِى الْمُلْكَ مَنْ تَشَآءُ وَتَنْزِعُ الْمُلْكَ مِمَّنْ تَشَآءُ ﴾

oyatning toʻligʻi oliy uslubda bashar farzandidagi Allohning ishlarilarini, kecha va kunduzning aylanishidagi Ilohiy tajalliylarni, yil mavsumlaridagi Rabboniy tasarruflarni, yer yuzida hayot-mamot, hashr va dunyodagi borliqlarning yangidan tiriltirilib tarqatilishdagi Rabboniy ijrootlarni shunday yuksak uslub bilan bayon qiladiki, e'tibor berganlarning aqllarini zabt etadi. Porloq va yuksak, keng uslubi bir oz diqqat orqali koʻringani uchun, hozircha u xazinani ochmaymiz.

Masalan:

﴿ اِذاَ السَّمَآءُ انْشَقَّتْ ٭ وَاَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ ٭ وَاِذاَ الْاَرْضُ مُدَّتْ ٭ وَاَلْقَتْ مَا فِيهَا وَتَخَلَّتْ ٭ وَاَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ ﴾

Osmon va zaminning Janobi Haqning amriga boʻyin egish darajasi va itoatlarini shunday oliy bir uslub bilan bayon qiladiki:

— 376 —

Katta bir qoʻmondon urushga, oʻquv amaliyoti, askarlikka olish qismlari kabi urushga kerak ishlar uchun ikki doirani tashkil qilgan. U urush, oʻsha muomala ishi bitgandan soʻng ikki doirani boshqa ishlarda ishlatish va oʻzgartirib iste'mol qilish uchun katta qoʻmondon ikki doiraga yuzlanadi. U doiralarning xar biri xodimlarining tili bilan yoki nutqqa kelib oʻz tili bilan: "Ey qoʻmondonim! Biroz muhlat bering, eski ishlarning mayda-chudalarini, axlatlarini tozalab tashqari chiqaray, soʻng tashrif qiling. Mana, otib amringizga tayyor turibmiz. Marhamat, nima qilsangiz qiling. Amringizga muntazirmiz. Sening qilgan ishlaring butun haq, goʻzal, foydadir", deydi.

Xuddi shuning kabi, samovot va yer ikki taklif doirasi, tajriba va imtihon uchun ochilgan. Muddat bitgandan soʻng osmonlar va yer taklif doirasiga oid ashyolarni Allohning amri bilan bartaraf qiladi. "Yo Rabbana! Marhamat, nima uchun bizni ishlatsang ishlat. Haqqimiz senga oiddir. Xar bir qilgan ishing haq", deyishadi. Jumlalaridagi uslubning hashamatiga qara, e'tibor ber.

Yana masalan:

﴿ يَا اَرْضُ ابْلَعِى مَاءَ كِ وَيَا سَمَاءُ اَقْلِعِى وَغِيضَ الْمَاءُ وَقُضِىَ الْاَمْرُ وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ وَقِيلَ بُعْدًا لِلْقَوْمِ الظَّالِمِينَ ﴾

Bu oyatning balogʻatining dengizidan bir tomchiga ishora qilib bir uslubini bir misol oynasida koʻrsatamiz. Bir urushda qoʻmondon gʻalabadan soʻng oʻq otgan qoʻshiniga "Otishni toʻxtat!" va hujum qilgan boshqa bir qoʻshiniga "Toʻxta!" deb buyruq beradi. Oʻsha onda otish toʻxtaydi, hujum toʻxtaydi. "Ish tugadi, istilo qildik. Bayrogʻimiz dushmanning markazlarida yuksak qal'alarining boshiga oʻrnatildi. Asfali sofiliynga ketgan adabsiz zolimlar jazosini topdi", deydi.

Aynan shuning kabi, Podshohi Bemisol Nuh (A.S.) qavmini yoʻq qilish uchun samovot va yerga buyruq bergan. Vazisini qilgandan soʻng: "Ey yer! Suvingni yut. Ey samo! Toʻxta, ishing bitdi", deydi. Suv chekildi. Togʻ boshida Allohning xodimi chodir vazifasini bajargan kemasi qurildi. Zolimlar jazolarini topdi.

Bu uslubning yuksakligiga qara. "Zamin va osmon ikki mute' askar kabi buyruqqa boʻsunadi, itoat etadi", deydi. Bu uslub ishora qiladiki, insonning isyonidan koinot gʻazablanadi. Samovot va yerning jahli chiqadi va shu ishora bilan: "Yer va osmon ikki mute' askar kabi amrlariga muntazir zotga isyon qilinmaydi, qilinmasligi kerak", deydi. Daxshatli ta'qiqni ifoda etadi.

Toʻfon kabi bir umumiy hodisani butun natijalari bilan, haqiqatlari bilan bir nechta jumlada ijozli, i'jozli, jamolli, qisqa tarzda bayon qialdi. Dengizning boshqa tomchilarini bu tomchiga qiyos qil.

Kalimalarning derazalari bilan koʻrsatgan uslubga qara. Masalan:

— 377 —
﴿ وَالْقَمَرَ قَدَّرْناَهُ مَناَزِلَ حَتّٰى عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَديِمِ ﴾

dagi كَالْعُرْجُونِ الْقَديِمِ soʻziga qara. Naqadar latif bir uslubni koʻrsatadi. Oyning bir manzili borki, surayyo yulduzlarining doirasidir. Oyni hilol vaqtida xurmoning eskirgan oq shoxiga oʻxshatadi. Bu oʻxshatish orqali samoning yashil pardasi orqasida goʻyo bir daraxt mavjudki oq, oʻtkir, nuroniy bir shoxi pardani yirtib boshini chiqargan. Surayyo oʻsha shoxning bir shingili kabi, boshqa yulduzlar u yashirin xilqat daraxtining nurli mevasi boʻlib eshitgan odamning hayoliy koʻziga koʻrsatib, yashash vositalarining eng muhimi xurmo daraxti boʻlgan sahroda yashovchilarning nazarida naqadar munosib, goʻzal, latif, yuksak bir uslubni ifodalaganini zavqing boʻlsa tushunasan.

Masalan: Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzning oxirida isbotlangani kabi,

﴿ وَالشَّمْسُ تَجْرِى لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا ﴾

dagi تَجْرِى kalimasi shunday yuksak bir uslubga deraza ochar. تَجْرِى lafzi bilan, ya'ni "Quyosh aylanadi" ta'biri bilan qish va yoz, kecha va kunduzning aylanishidagi Alloh muntazam qudratining tasarruflarini eslatib, Sone'ning azamatini anglatadi va e'tiborni mavsumlarning sahifalarida qudrat qalami yozgan Samadoniy maktublarga qaratadi. Xoliqi Zuljalolning hikmatini bildiradi.

وَجَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًا Ya'ni, chiroq ta'biri bilan shunday bir uslubga deraza ochadi. Bu olam bir saroy va ichidagi narsalar inson va jonzotlarga tayyorlangan ziynatlar, taomlar va kerakli narsalar ekani, quyosh esa buyurqqa boʻysunadigan nur sochuvchi ekanini eslatadi. Sone'ning hashamatini va Xoliqning ehsonini anglatib tavhidga bir dalil koʻrsatadi. Mushriklarning eng muhim, eng porloq ma'bud deb oʻylagan quyoshlari, buyurqqa boʻysunadigan bir chiroq, jonsiz bir maxluqdir. Demak "siroj" ta'birida Xoliqning rububiyatining buyukligidagi rahmatini eslatadi. Rahmatning kengligidagi ehsonini bildiradi. Bu orqali saltanatining hashamatidagi karamini his ettiradi. Bu orqali vahdoniyatni tushuntiradi va ma'nan: "Oʻlik, buyurqqa boʻysunadigan chiroq hech bir jihatdan ibodatga loyiq emas", deydi.

تَجْرِى jarayoni ta'birida kecha-kunduzning, qish va yozning aylanishlaridagi ajib muntazam tasarruflarni eslatadi va bu orqali rububiyatida yagona Sone' qudratining azamatini bildiradi. Demak, quyosh va oy mavzularidan basharning fikrini kecha va kunduz, qish va yoz sahifalariga qaratadi va ularda yozilgan hodisalarning satrlariga e'tiborni jalb qiladi. Qur'on quyosh quyosh boʻlgani uchun gapirmaydi. Balki uni nurlantirgan zot uchun gapiradi. Quyoshning insonga keraksiz mohiyatini aytmaydi. Balki Quyoshning vazifasini, Rabboniy san'atning intizomiga zambarak va Rabboniy xilqatning nizomiga markaz, Naqqoshi Azaliyning kecha-kunduz iplari bilan toʻqigan narsalaridagi Rabboniy san'atning tartibiga toʻqima uskuna vazifasini bajaryapti.

— 378 —

Boshqa Qur'on soʻzlarini bularga qiyos qil. Xuddi oddiy, odatlangan soʻz boʻlib, latif ma'nolarning xazinalariga kalit vazifasini bajarmoqda.

Koʻplab Qur'on uslublarining oʻtgan tarzlarda yuksak va porloq boʻlgani uchun, ba'zan bir badaviy arab bitta kalomga maftun boʻlgan. Musulmon boʻlmasada sajda qilgan. Bir badaviy فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ kalomini eshitgan oni sajda qilgan. Unga "Musulmon boʻldingmi?" deyishganda, "Yoʻq, men bu kalomning balogʻatiga sajda qildim", degan.

Toʻrtinchi Nuqta: Lafzidagi gʻaroyib fasohatidir. Qur'on ma'nan bayon uslubi jihatidan favqulodda balogʻatli boʻlgani kabi, lafzida oʻta ravon fasohati bor. Fasohatning qat'iy borligiga zeriktirmasligi dalildir. Fasohatning hikmatiga bayon va ma'no fanining dohiy olimlarining guvohligi yaqqol dalildir. Minglab marta takrorlansa zeriktirmaydi, balki lazzat beradi. Kichik oddiy bir bolaning xotirasiga ogʻirlik qilmaydi, yodlay oladi. Juda dardman, oz soʻzdan aziyat koʻrgan quloqqa noxush emas, xush keladi. Sakarotdago odamning aqliga sharbat boʻladi. Qur'onning xush ovozi uning qulogʻi va aqlida, aynan ogʻzida va aqlida zamzam suvi kabi shirin keladi. Zeriktirmasligining hikmat siri quyidagicha: Qur'on qalblarga qut va ozuqa, aqllarga quvvat va boylikdir, ruhga suv va ziyo, nafslarga davo va shifo boʻlgani uchun zeriktirmaydi. Xar kun non yeymiz, zerikmaymiz. Lekin eng goʻzal mevani xar kun yesak, zeriktiradi. Demak, Qur'on haq va haqiqat, sidq va hidoyat, gʻaroyib bir fasohat boʻlgani uchun, zeriktirmaydi, doimo yoshligini muhofaza qilgani kabi tarovatini, halovatini ham muhofaza etadi. Hatto Qurayshiy raislaridan mudaqqiq bir baligʻ mushriklar tomonidan Qur'onni tinglash uchun borgan. Tinglagan, qaytib kelganida: "Bu kalomning shunday halovati va tarovati borki, bashar kalomiga oʻxshamaydi. Men shoirlarni, kohinlarni bilaman. Bu, ularning hech bir soʻziga oʻxshamaydi. Koʻpi bilan tobelarimizni aldash uchun sehr deyishimiz kerak", degan. Demak, Qur'oni Hakimning eng qaysar dushmanlari ham fasohatidan hayratda qolgan.

— 379 —

Qur'oni Hakimning oyatlarida, kalomlarida, jumlalarida fasohatning sabablarini izohlasak juda uzun boʻladi. Shuning uchun gapni qisqartirib, faqat namuna sifatida bir oyatdagi hijo harflari tuzilishidagi ravonlik va lafziy fasohatni va undan porlagan i'joz shu'lasini koʻrsatamiz.

﴿ ثُمَّ اَنْزَلَ عَلَيْكُمْ مِنْ بَعْدِ الْغَمِّ اَمَنَةً نُعَاسًا يَغْشَى طَائِفَةً مِنْكُمْ ﴾

toʻliq oyatda barcha hijo harflari mavjud. Siquvchi, ogʻir butun harflarning boʻlimlari birga boʻlsada ravonligini buzmagan. Balki tarovat va farqli torlardan uygʻun, bir-biriga tayangan fasohat ohangini qoʻshganini koʻr. Bu i'joz shu'lasiga e'tibor ber, hijo harflaridan "ye" bilan "alif" eng yengil va bir-biri bilan almashgani uchun ikki qardosh kabi xar birisi yigirma bir karra takrorlangan. "Mim" bilan "nun" {(Izoh1) Tanvin ham nundir.} bir-birining qardoshi va bir-birining oʻrniga oʻtgani uchun xar biri oʻttiz uch martadan zikr qilingan. ص، س، ش mahrajda, sifatda, ovozda qardosh boʻlgani uchun xar biri uch marta, ع، غ qardosh boʻlsada yengilroq ع olti marta, غ ogʻirligi uchun yarmicha, uch marta zikr etilgandir. ط، ظ، ذ، ز mahrajda, sifatda, ovozda qardosh boʻlgani uchun xar biri ikki martadan, "lom" va "alif" bilan birga ikkisi لا suratida birlashgan. "Alif" لا suratida hissasi "lom"ning yarmidir. Shuning uchun "lom" qirq ikki marta, "alif" uning yarmicha yigirma bir marta zikr etilgan. "Hamza" "he" bilan mahrajda qardosh boʻlgani uchun hamza {(Izoh2) Hamza oʻqiladigan va oʻqilmaydigan yigirma beshdir. Hamzanig harakatsiz qardoshi alifdan uch daraja yuqori. Chunki haraka uchdir.} oʻn uch, "he" yanada bir daraja yengilroq boʻlgani uchun oʻn toʻrt marta, ق، ف، ك qardosh boʻlgani uchun ق ning bir nuqtasi ortiq boʻlgani uchun ق oʻn, ف toʻqqiz, ك toʻqqiz, ب toʻqqiz, ت oʻn ikki, "ta"ning darajasi uch boʻlgani uchun oʻn ikki marta zikr etilgan. ر "lom"ning qardoshidir. Lekin abjad hisobida ر ikki yuz, "lom" oʻttiz boʻladi. Olti daraja yuqori chiqqani uchun olti daraja past tushgan. ر ning talaffuzi takrorlanganidan ogʻir boʻlib faqat olti marta zikr etilgan. خ، ح، ث، ض ogʻirligi va ba'zi munosabati uchun bir martadan zikr etilgan. "Vov" "he"dan va "hamza"dan yengilroq va "ye" va "alif"dan ogʻirroq boʻlgani uchun oʻn yetti marta, ogʻir hamzadan toʻrt daraja yuqori, yengil alifdan toʻrt daraja past zikr etilgan.

— 380 —

Xullas, bu harflarni zikr qilishda ushbu gʻaroyib intizomli joylashish va yashirin munosabat orqali, goʻzal tartib, hassos va nozik nazm va uygʻunlik bilan ikki karra ikki toʻrt aniqligida koʻrsatadiki, buni qilish bashar fikrining haddi emas. Tasodif esa unga aralashishi imkonsiz. Demak, bu harflarning joylashivuidagi ajib intizom va gʻarib nizom ravonlik va lafziy fasohatga sabab boʻlgani kabi, yana koʻp yashirin hikmatlari boʻlishi mumkin. Modomiki harflarida bunday intizom qoʻyilgan ekan, albatta soʻzlarida, jumlalarida, ma'nolarida sirli bir intizom, nurli uygʻunlik oʻrnatilganki, koʻz koʻrsa "Mashaalloh", aql tushunsa "Barakalloh" deydi.

Beshinchi Nuqta: Bayonidagi hashamat. Ya'ni, ustunlik, matonat va haybatdir. Nazmida kuchli ravon ifoda, lafzida fasohat, ma'nosida balogʻat mavjud, uslubida oʻxshahi yoʻq ekan, bayonida ham yuksak usutnlik bor. Ha, targʻib va qoʻrqitish, madh va yomonlash, isbot va irshod, ishontirish va anglatish kabi soʻzning barcha qismlarida va xitob tabaqalarida Qur'on bayonlari eng yuksak martabadadir.

Masalan: Targʻib va tashviq maqomiga hadsiz misollaridan, masalan

هَلْ اَتٰى عَلَى الْاِنْسَانِ surasidagi bayonoti, {(Izoh1) Bayon uslubi suraning ma'nosining libosini kiygan.} obi kavsar kabi xush, salsabil chashmasi kabi ravon oqar, jannat mevalari kabi shirin, huriy libosi kabi goʻzaldir.

Qoʻrqitish va tahdid maqomida juda koʻp misollaridan masalan: هَلْ اَتٰيكَ حَدِيثُ الْغاَشِيَةِ surasining boshida Qur'onning bayonlari zalolat ahlining qulogʻiga qaynagan qalay kabi, miyasiga yoqqan olov kabi, tiliga yongan zaqqum kabi, yuziga tashlangan jahannam kabi, me'dasiga achchiq, tikanli daraxt kabi ta'sir qiladi. Bir zotning tahdidini koʻrsatgan Jahannam kabi bir azob xodimi jahlidan va gʻazabidan maydalanib ketishi va تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ deyishi, dedirishi u zotning qoʻrqitishi qay daraja dahshatli ekanini koʻrsatadi.

Madh maqomining minglab misollaridan boshida "Alhamdulillah" besh surada Qur'on bayonlari quyoshdek porloq, {(Izoh2) Shu ta'birlarda u suralardagi baxslarga ishora bor.} yulduzdek ziynatli, samovot va zamin kabi hashamatli, farishtalar kabi sevimli, dunyoda bolalarga rahmat kabi shafqatli, oxiratda Jannat kabi goʻzaldir.

— 381 —

Yomonlash va ta'qiqlash maqomida minglab misollaridan masalan:

﴿ اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخِيهِ مَيْتًا ﴾

oyatida yomonlashni olti daraja yomonlaydi. Gʻiybatdan shiddat bilan olti daraja manʻ qiladi. Ma'lumki, oyatning boshidagi hamza soʻrash (ajabo) ma'nosida. Bu soʻrash ma'nosi suvdek oyatning butun soʻzlariga kiradi. Birinchi hamza orqali: (Ajabo) savol javob joyi boʻlgan aqlingiz yoʻqmi, bu daraja xunuk narsani tushunmayapti, deydi. Ikkinchisi: يُحِبُّ lafzi bilan: Ajabo, sevish, nafratlanish joyi boʻlgan qalbingiz buzilganmi, eng nafrat etiladigan bir ishni sevayapti, deydi. Uchinchisi: اَحَدُكُمْ soʻzi orqali: Jamoatdan hayotini olgan ijtimoiy va madaniy hayotingiz nima boʻlganki, hayotingizni zaharlagan bir amalni qabul qilyapti, deydi. Toʻrtinchisi: اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ kalomi bilan: Insonligingizga nima boʻlganki, jonvorlarcha doʻstingizni tish bilan maydalayapsiz, deydi. Beshinchisi: اَخِيهِ kalimasi bilan: Hech sinfiy shafqatingiz, hech siylai rahmingiz yoʻqmiki, koʻp jihatlarda bilan doʻstingiz boʻlgan bir mazlumning ma'naviy shaxsini insofsizcha tishlayapsiz, deydi. Hech aqlingiz yoʻqmiki, oʻz a'zoingizni oʻz tishingiz bilan telba kabi kabi tishlayapsiz, deydi. Oltinchisi: مَيْتًا kalomi bilan: Vijdoningiz qayerda? Fitratingiz buzilganmi. Eng muhtaram doʻstining goʻshtini yeyish kabi eng nafratli ish qilinyapti, deydi. Demak yomonlash va gʻiybat aqlan, qalban, insoniyat jihatidan, vijdonan, tabiatan, shajara va milliyatan yomondir. Endi qara! Bu oyat ijoz bilan olti martaba ayblashni yomonlab, gunohdan moʻjizali tartibda olti daraja manʻ qiladi.

Isbot maqomida minglab misollaridan masalan:

﴿ فَانْظُرْ اِلَى آثَارِ رَحْمَتِ اللّهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتَى وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ ﴾
— 382 —

oyatida hashrni isbot qilib, aqlga sigʻdirmaslikni ketkizish uchun shunday tarzda bayon qiladiki, undan ustun isbot boʻla olmaydi.

Oʻninchi Soʻzning Toʻqqizinchi Haqiqatida va Yigirma Ikkinchi Soʻzning Oltinchi Yogʻdusida isbot va izohlangani kabi, bashar e'tiboriga xar bahorda yer yuzining tiriltirilishi misolida uch yuz ming tarzda hashrning namunalarini oʻta chalkash va bir-biriga aralashgani holda qattiq intizomli va ajratilganini koʻrsatadi. Ularni bu shaklda qilgan zotga hashr va qiyomat ogʻir emas deydi.

Zamin sahifasida yuz minglab sinflarni birgalikda bir-biri ichida qudrat qalami bilan xatosiz, kamchiliksiz yozish bitta Vohidi Ahadning muhri boʻlgani uchun bu oyat orqali vahdoniyatni quyoshdek isbotlash bilan birga, qiyomat va hashrni quyoshning chiqishi va botishi kabi oson va qat'iy koʻrsatadi. كَيْفَ lafzidagi holat nuqtasida shu haqiqatni koʻrsatgani kabi, koʻp suralarda batafsil zikr qiladi.

Masalan: قٓ ٭ وَالْقُرْاٰنِ الْمَجيِدِ surasida porloq, goʻzal, shirin va yuksak bir bayon bilan hashrni isbotlaydiki, bahorning kelishi kabi qat'iy suratda ishontiradi. Xullas, kofirlarning chirigan suyaklarning tirilishini inkor etib "Bu ajibdir, boʻlishi mumkin emas", deyishlariga javoban

﴿ اَفَلَمْ يَنْظُرُوا اِلَى السَّمَاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَ زَيَّنَّاهَا وَمَا لَهَا مِنْ فُرُوجٍ ﴾

oyatning toʻligʻi كَذٰلِكَ الْخُرُوجُ ga qadar farmon etganiga qara. Bayoni suvdek oquvchi, yulduzlar kabi porlaydi. Qalbga xurmo kabi ham lazzat ham zavq beradi ham rizq boʻladi.

Isbot maqomining eng latif misollaridan:

﴿ يس وَالْقُرْآنِ الْحَكِيمِ اِنَّكَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ ﴾

deydi. Ya'ni, "Hikmatli Qur'onga qasam ichaman. Sen Rasullardansan". Bu qasam, risolatning hujjati shu daraja aniq va haqki, haqqoniyatda ta'zim va hurmat maqomiga chiqqanki, u bilan qasam ichilayotganiga ishora qiladi. Bu ishora orqali, "Sen rasulsan. Chunki qoʻlingda Qur'on bor. Qur'on esa haqdir va Haqning kalomidir. Chunki ichida haqiqiy hikmat, ustida i'joz muhri bor", deydi.

Yana isbot maqomining ijozli va i'jozli misollaridan:

﴿ قَالَ مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ وَهِىَ رَمِيمٌ ٭ قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِىٓ اَنْشَأَهَآ اَوَّلَ مَرَّةٍ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ ﴾
— 383 —

Ya'ni inson: "Chirigan suyaklarni kim tiriltiradi?" deydi. Sen: "Kim ularni ilk marta insho qilib hayot bergan boʻlsa, u tiriltiradi", deydi.

Oʻninchi Soʻzning Toʻqqizinchi Haqiqatining uchinchi misolida tasvir etilagani kabi, bir kishi bir kunda koʻz oʻngingda katta bir qoʻshinni yangidan tashkil etganini koʻrib birov, "Shu kishi askarlari istirohatga tarqalgan qoʻshinni bir burgʻu bilan toʻplaydi. Lashkar nizomi ostiga keltiradi" desa, sen ey inson "Ishonmayman"desang, naqadar telbalarcha inkor ekanini bilasan.

Aynan shuning kabi hechdan, yangidan qoʻshinga oʻxshagan butun hayvonot va boshqa jonzotlarning batal'on kabi jasadlarini mukammal intizom bilan, hikmat me'zoni bilan u badanlarning zarralari va latif tuygʻularini "Kun Fayakun" amri bilan qayd qilib joylashtirgan va xar asrda, hatto xar bahorda yer yuzida yuz minglab qoʻshin kabi jonlilar sinflarini, toifalarini ijod qilgan bir Zoti Qodiyri Aliym "batal'on kabi bir jasadning nizomi ostiga kirib bir-biri bilan tanishgan asos zarralarini va asliy jihozlarni bir hayqirish orqali Isrofil Surining burgʻusi bilan qanday toʻplay oladi?" deb aqliga sigʻdira olmasdan soʻrashi oʻrinlimi? Soʻralsa, ablahcha telbalik boʻladi.

Irshod maqomida Qur'on bayonlari shu daraja ta'sirli, nozik va shu daraja doʻst va shafqatliki, shavq bilan ruhni, zavq bilan qalbni, qiziqish bilan aqlni va yosh bilan koʻzni toʻldiradi. Minglab misollaridan faqat:

﴿ ثُمَّ قَسَتْ قُلوُبُكُمْ مِنْ بَعْدِ ذٰلِكَ فَهِىَ كَالْحِجَارَةِ اَوْ اَشَدُّ قَسْوَةً ﴾

toʻliq oyati Yigirmanchi Soʻzning Birinchi Maqomida uchinchi oyat qismida isbot va izoh etilgani kabi bani Isroilga, "Muso Alayhissalomning hassasidek bir moʻ'jizasiga qattiq tosh oʻn ikki koʻzidan chashma kabi yosh oqitganiga qaramay, sizga nima boʻlganki, Muso Alayhissalomning butun moʻ'jizalariga qarshi loqayd qolib koʻzingiz quruq, yoshsiz, qalbingiz qattiq, olovsiz turibdi?" deydi. U soʻzda bu irshodiy ma'no izoh etilgani uchun u yerga havola etib shu yerda tugataman.

Narigi tomonni mot qilish maqomida minglab misollaridan faqat ushbu ikki misolga qara. Birinchi misol:

﴿ وَاِنْ كُنْتُمْ فِى رَيْبٍ مِمَّا نَزَّلْنَا عَلَى عَبْدِنَا فَاْتُوا بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِهِ وَادْعُوا شُهَدَاءَكُمْ مِنْ دُونِ اللّهِ اِنْ كُنتُمْ صَادِقِينَ ﴾

Ya'ni: "Agar bir shubhangiz boʻlsa, sizga yordam beradigan, guvohlik qiladigan barcha kattalaringiz va tarafdorlaringizni chaqiring. Bitta surasiga nazira keltiring", deydi. "Ishorat-ul I'joz"da izohlangan va isbot etilagani uchun bu yerda faqat xulosasiga ishora qilamiz.

— 384 —

Qur'oni Moʻ'jizu-l Bayon: "Ey inson va jinlar! Agar Qur'on Allohning kalomi ekaniga shubhangiz boʻlsa, bir bashar kalomi deb oʻylasangiz, qani, mana maydon, keling! Unga Muhammadu-l Amin degan zotingiz kabi oʻqish yozishni bilmaydigan, qiroat va kitobat koʻrmagan bir ummiydan Qur'on kabi bir kitob keltiring, qoʻying. Agar qila olmasangiz, ummiy boʻlmasin, eng mashhur bir adib, olim boʻlsin. Buni ham qila olmasangiz, bitta boʻlmasin, butun balogʻat mutaxassislaringiz, xatiblaringiz, balki oʻtgan barcha balogʻatchilarning goʻzal asarlarini, keladigan butun adiblarning yordamini va ilohlaringizning himmatlarini birgalikda oling. Butun quvvatingiz bilan harakat qilinglar Qur'onga bir nazira qiling. Buni ham qila olmasangiz, taqlid qilib boʻlmaydigan Qur'on haqiqatlari va koʻp ma'naviy moʻ'jizalaridan qat'iy nazar, faqat nazmidagi balogʻatiga nazira sifatida bir asar yozing" deydi.

فَاْتوُا بِعَشْرِ سُوَرٍ مِثْلِهِ مُفْتَرَياَتٍ gʻalabasi bilan: "Qani, sizdan ma'noning toʻgʻri boʻlishini istamayman. Tuhmat, yolgʻonlar va botil hikoyalar boʻlsin. Buni ham qila olmayotirsiz. Qani butun Qur'onchalik boʻlmasin, faqat بِعَشْرِ سُوَرٍ oʻn surasiga nazira keltiring. Buni ham qila olmayapsiz. Bitta surasiga nazira keltiring. Bu ham koʻp. Qisqa bir surasiga bir nazira koʻrsating. Buni ham qilmasangiz va qila olmasangiz. Bu qadar muhtoj boʻlib, chunki e'tibor va nomusingiz, izzatingiz va diningiz, hamiyat va sharafingiz, jon va molingiz, dunyo va oxiratingiz bunga nazira keltirsa qutuladi. Yoʻqsa dunyoda haysiyatsiz, nomussiz, dinsiz, sharafsiz, xorlik ichida, jon va molingiz halokatda mavh boʻlib va oxiratda

﴿ فَاتَّقُوا النَّارَ الَّتِى وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ ﴾

ishorasi orqali jahannamda abadiy qamoqqa mahkum boʻlasiz. Sanamlaringiz bilan birga olovga oʻtinlik qilasiz. Modomiki ojizligingizni sakkiz martaba tushungan ekansiz. Albatta Qur'on sakkiz marta moʻ'jiza ekanini bilishingiz kerak. Yo iymonga keling yoki jim turing, Jahannamga keting!" deydi. Xullas, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning dalil bilan mot qilish maqomidagi magʻlub qilishiga qara va:

لَيْسَ بَعْدَ بَيَانِ الْقُرْاٰنِ بَياَنٌ deign.

Ha, Qur'onning bayonidan soʻng bayon boʻla olmaydi va hojat qolmaydi.

— 385 —
Ikkinchi Misol:
﴿ فَذَكِّرْ فَمَآ اَنْتَ بِنِعْمَتِ رَبِّكَ بِكَاهِنٍ وَلَا مَجْنُونٍ ٭ أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَتَرَبَّصُ بِهِ رَيْبَ الْمَنُونِ ٭ قُلْ تَرَبَّصُوا فَاِنِّى مَعَكُمْ مِنَ الْمُتَرَبِّصِينَ ٭ أَمْ تَاْمُرُهُمْ اَحْلَامُهُمْ بِهٰذَا اَمْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ ٭ اَمْ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُ بَلْ لَا يُؤْمِنُونَ ٭ فَلْيَاْتوُا بِحَدِيثٍ مِثْلِهِ اِنْ كَانُوا صَادِقِينَ ٭ اَمْ خُلِقُوا مِنْ غَيْرِ شَىْءٍ اَمْ هُمُ الْخَالِقُونَ ٭ اَمْ خَلَقُوا السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ بَلْ لَايوُقِنُونَ ٭ اَمْ عِنْدَهُمْ خَزَآئِنُ رَبِّكَ اَمْ هُمُ الْمُصَيْطِرُونَ ٭ اَمْ لَهُمْ سُلَّمٌ يَسْتَمِعُونَ فِيهِ فَلْيَأْتِ مُسْتَمِعُهُمْ بِسُلْطَانٍ مُبِينٍ ٭ اَمْ لَهُ الْبَنَاتُ وَلَكُمُ الْبَنُونَ ٭ اَمْ تَسْئَلُهُمْ اَجْرًا فَهُمْ مِنْ مَغْرَمٍ مُثْقَلُونَ ٭ اَمْ عِنْدَهُمُ الْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبوُنَ ٭ اَمْ يُرِيدُونَ كَيْداً فَالَّذِينَ كَفَرُوا هُمُ الْمَكِيدُونَ ٭ اَمْ لَهُمْ اِلٰهٌ غَيْرُ اللهِ سُبْحَانَ اللهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ ﴾

Bu oyatning minglab haqiqatlaridan faqat tushuntirish bayoniga misol uchun haqiqatini izohlaymiz. اَمْ ، اَمْ lafzi bilan oʻn besh tabaqa taajjubli inkor savoli bilan zalolat ahlining butun boʻlaklarini mot qiladi va shubhalarning barcha asoslarini yopadi. Zalolat ahli uchun ichiga kirib saqlanadigan shaytoniy tuynuk qoldirmay, yopyapti. Ostiga kirib yashirinadigan zalolat pardasi qoldirmay, yirtadi. Ilonlaridan hech bir ilonni qoldirmay, boshini ezadi. Xar bir boʻlakda bir toifaning kufriy fikr xuloslarini yo qisqa ta'bir bilan yoʻq qiladi yoki ochiq botil boʻlgani uchun sukut bilan ochiq botilga havola qiladi yoki boshqa oyatlarda tafsilotli rad etilgani uchun bu yerda qisqacha ishora qiladi. Masalan: Birinchi ifoda

﴿ وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ وَمَا يَنْبَغِى لَهُ ﴾

oyatiga ishora qiladi. Oʻn beshinchi ifoda esa

﴿ لَوْ كَانَ فِيهِمَآ اٰلِهَةٌ اِلَّا اللهُ لَفَسَدَتَا ﴾

oyatiga ramzi bor.

— 386 —

Boshqa ifodalarni bunga qiyosla. Boshda, "Allohning hukmlarini yetkaz. Sen kohin emassan. Chunki kohinning soʻzlari chalkash va taxminiydir. Seniki haq va aniq. Majnun emassan, dushmaning ham aqlingning kamoliga guvohlik qiladi.

﴿ أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَتَرَبَّصُ بِهِ رَيْبَ الْمَنُونِ ﴾

Ayo, muhokamasiz omi kofirlar kabi senga shoir deydilarmi ajabo?! Sening halokatingni kutishyaptimi?! Sen, "Kutinglar. Men ham kutyapman", degin. Porloq buyuk haqiqatlaring she'rning hayollaridan pok va ziynatlariga ehtiyoji yoʻq.

أَمْ تَاْمُرُهُمْ اَحْلَامُهُمْ بِهٰذَا Yoki aqllariga ishongan aqlsiz faylasuflar kabi, "aqlimiz bizga yetadi", deb senga ergashishdan chekinadilarmi ajabo?! Aql esa senga ergashishni amr qiladi. Chunki barcha gaplaring aqlga uygʻun. Lekin aqlning bir oʻzi unga yeta olmaydi.

اَمْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ Yoki inkorlariga sabab osiy zolimlar kabi Haqqa bosh egmasliklarimi! Xolbuki jabbor zolimlarning raislari boʻlgan Fir'avnlarning, Namrudlarning oqibatlari ma'lum.

اَمْ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُ بَلْ لَا يُؤْمِنُونَ Va yoki, yolgʻonchi, vijdonsiz munofiqlar kabi "Qur'on sening soʻzlaring" deb senga tuhmat qilishyaptimi?! Xolbuki, hozirgacha senga Muhammadul Amin deb ichlarida seni eng toʻgʻri soʻzli bilar edilar. Demak ularning iymon keltirish niyati yoʻq. Yoʻqsa Qur'onning basharning asarlari ichida bir oʻxshashini topishsin.

اَم خُلِقُوا مِنْ غَيْرِ شَىْءٍ Va yoki koinotni foydasiz va maqsadsiz yaratilganini e'tiqod qilgan abas bilan shugʻullangan faylasuflar kabi oʻzlarini qarovsiz, egasiz, hikmatsiz, maqsadsiz, vazifasiz, Xoliqsiz deb oʻylaydilarmi?! Ajabo, koʻzlari koʻr boʻlganlar koinot boshdan oxirigacha hikmatlar bilan bezalgan va maqsadlar bilan meva berishi va mavjudot zarralardan quyoshlargacha vazifalar bilan mashgʻul ekani va Ilohiy amrlarga boʻysunganini koʻrishmaydimi?!

اَمْ هُمُ الْخَالِقُونَ Va yoxud Fir'avnlashgan moddaparastlar kabi "Oʻz-oʻzidan boʻlyapti. Oʻz-oʻzini ozuqlantiryapti. Oʻziga kerakli hamma narsani yaratmoqda", deb fikr yuritib, iymondan, qullikdan qilmayapti. Demak oʻzlarini bittadan Xoliq deb oʻylayapti. Xolbuki bir narsaning Xoliqi xar bir narsaning Xoliqi boʻlishi kerak boʻladi. Demak kibr va gʻururlari ularni oʻta ahmoqlashtirganki, bir chivinga, mikrobga mutlaq magʻlub ojizni, bir Qodiyri Mutlaq deb oʻylayapti.

— 387 —

Modomiki aqldan, insoniyatdan bu daraja uzoqlashgan ekan, hayvondan, balki jonsizlardan ham tubandir. Shunday ekan, ularning inkoridan xafa boʻlma. Bularni bir navʻ zararli hayvon va chirkin moddalar qatoriga qoʻsh. Qarama, ahamiyat berma.

﴿ اَمْ خَلَقُوا السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ بَلْ لَايوُقِنُونَ ﴾

yoki, Xoliqni inkor qilgan fikrsiz, ahmoq munkir kabi Allohni inkor qilgani uchun, Qur'onni tinglamayaptimi?! Shunday boʻlsa, samovot va yerning vujudlarini inkor qilishsin yoki "Biz ijod qildik" deyishsin. Aqlning tarozisidan batamom chiqib, telbalik ahmoqligiga kirishsin. Chunki osmonda yulduzlar, zaminda gullar qadar tavhid burhonlari koʻrinyapti, oʻqilyapti. Demak ishonish va haqni tan olishqa niyatlari yoʻq. "Bir harf kotibsiz boʻlmaydi" qoidasini bilib ham, bir harfida bir kitob yozilgan ushbu koinot kitobini, qanday qilib kotibsiz deb oʻylashyapti.

اَمْ عِنْدَهُمْ خَزَائِنُ رَبِّكَ yoki, Janobi Haqning ixtiyorini inkor qilgan bir qancha zalolatdagi faylasuflar kabi va Brahmanlar kabi paygʻambarlik asosini inkor qilishyaptimi? Senga iymon keltirishmayapti. Demak, butun mavjudotda kuzatilgan, ixtiyor va irodani koʻrsatgan butun hikmat koʻrinishi, maqsad, intizom, foyda, rahmat va inoyat belgilarini va butun anbiyolarning barcha moʻ'jizalarini inkor qilishsin yoki "Maxluqotga berilgan ehsonlarning xazinalari huzurimizda va qoʻlimizda" deyishsin. Xitob qila omasligini koʻrsatsinlar. Sen ularning inkoridan xafa boʻlma. Allohning aqlsiz hayvonlari koʻp, degin.

اَمْ هُمُ الْمُصَيْطِرُونَ yoki, aqlni hokim qilgan hakimlar kabi, Moʻ'tazila kabi oʻzlarini Xoliqning ishlariga nazoratchi va taftishchi deb oʻylab Xoliqi Zuljalolni javobgar qilishni istayaptilarmi? Qat'iyan umidsiz boʻlma. Unday xudbinlarning inkorlaridan hech narsa chiqmaydi. Sen ularga e'tibor berma.

﴿ اَمْ لَهُمْ سُلَّمٌ يَسْتَمِعُونَ فِيهِ فَلْيَأْتِ مُسْتَمِعُهُمْ بِسُلْطَانٍ مُبِينٍ ﴾

yoki, jin va shaytonlarga ergashib kohinlar, sehrgarlar kabi gʻayb olamiga boshqa yoʻl topilgan deb oʻylaydilarmi? Shunday boʻlsa, shaytonlariga yopilgan samovotga chiqiladigan narvonlari bor deb oʻylab, sening samoviy xabarlaringni yolgʻonga chiqarishyaptimi? Unday yolgʻonchilarning inkorlari yoʻq hisobida.

— 388 —
﴿ اَمْ لَهُ الْبَنَاتُ وَلَكُمُ الْبَنُونَ ﴾

yoki, oʻn aql va sinflarning rabbi nomi bilan sheriklari borligini e'tiqod qilgan mushrik falsafa kabi, yulduzlar va farishtalarga bir navʻ ilohlik nisbat bergan yuduzparastlar kabi Janobi Haqqa farzand nisbat qilgan dinsiz va zalolatdagilar kabi Zoti Ahad va Samadning borligining vojibligiga, vahdat-yakkaligiga, samadiyatiga, mutlaq behojatligiga zid boʻlgan farzand nisbat berish va farishtalarning qulligiga, maʻsumligiga va jinsiyatiga zid boʻlgan ayol jinsiga nisbat qiladilarmi?! Oʻzlariga shafoatchi deb oʻylab, senga tobe boʻlishmaydimi?!

Inson kabi imkon dohilidagi, foniy, sinfining davom etishiga muhtoj, jismoniy va parchalanadigan, koʻpayishga iste'dodli va ojiz, dunyoparast, yordamchi vorisga ishtiyoqmand maxluqlar uchun koʻpayish va yordamlashish vositasi, hayot va baqo robitasi boʻlgan nasl yetishtirish, albatta va qatʻiyyan borligi vojib va doim, baqosi azaliy va abadiy boʻlgan Zot jismoniyatdan ozoda va yuksak, mohiyati boʻlinish va koʻpayishdan munazzah-pok va mubarro-uzoq, qudrati ojizlikdan muqaddas va tengsiz Zoti Zuljalolga avlod nisbat qilish, ham u ojiz, imkon dohilida boʻlgan, miskin insonlar ham yoqtirmaganlari va magʻrur izzatiga munosib koʻrmaganlari bir navi avlod ya'ni hadsiz qizlarni nisbat etmoq shunday bir safsatadir va shunday bir devonalik xazayonidirki, u fikrda boʻlgan hariflarning yolgʻonlari, inkorlari hechdir. Ularga e'tibor berma. Xar bir ahmoqning safsatasiga, xar devonaning telbaligiga quloq solinmaydi.

﴿ اَمْ تَسْئَلُهُمْ اَجْرًا فَهُمْ مِنْ مَغْرَمٍ مُثْقَلُونَ ﴾

yoki, xirsga, baxillikka oʻrgangan osiy, zolim dunyoparastlar kabi sening takliflaringni ogʻir koʻrib, sendan qochyaptilarmi?! Sen mukofotingni, haqqingni yolgʻiz Allohdan istayotganingni, ularga Janobi Haq tomonidan berilganini bilishmaydimi?! U mollardan ham baraka ham faqirlarning hasad va badduolaridan qutulish uchun yo oʻndan yoki qirqdan birini oʻz faqirlariga berishni ogʻirmiki, zakot amrini ogʻir koʻrib Islomiyatdan chekinishyapti?! Ularning yolgʻonlari ahamiyatsiz boʻlishi bilan birga, ular javob emas ta'zirga loyiq.

— 389 —

اَمْ عِنْدَهُمُ الْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبوُنَ yoki, gʻaybni bilishni da'vo qilgan Buddistlar kabi va gʻaybiy ishlarga doir taxminlarini aniq deb oʻylagan aqlfurushlar kabi sening gʻaybiy xabarlaringni yoqtirmayotilarmi?! Gʻaybiy kitoblari bormiki, sening gʻaybiy kitobingni qabul qilishmayapti. Shunday boʻlsa, vahiyga sazovor boʻlgan rasullardan boshqa hech kimga ochilmagan va oʻzicha unga kirishga hech kimning haddi boʻlmagan gʻayb olamini qoʻlga kiritgan, ochiq deb oʻylab undan ma'lumot olib yozyapmiz deb oʻylayaptilarmi?! Haddidan hadsiz tajovuz etgan magʻrur xudbinlarning yolgʻonga chiqarishi seni umidsiz qilmasin. Chunki yaqinda sening haqiqatlaring ularning xayollarini ostin-ustun qiladi.

﴿ اَمْ يُرِيدُونَ كَيْداً فَالَّذِينَ كَفَرُوا هُمُ الْمَكِيدُونَ ﴾

yoki, fitrati buzilgan, vijdoni chirigan yolgʻonchi munofiqlar, ayyor dinsizlar kabi qoʻlga kirita olmagan hidoyatdan odamlarni aldab qaytarib, hiyla qilib uzoqlshtirishni istaydilarmi?! Senga qarshi goh kohin, goh majnun, goh sehrgar deb, oʻzlari ishonmasada boshqalarini ishontirishni xohlashyaptimi?! Hiylaboz yolgʻonchilarni inson hisoblab hiylalalridan, inkorlaridan xafa boʻlib umidsiz boʻlma. Balki yanada koʻproq gʻayrat qil. Chunki ular oʻz nafslariga hiyla qiladi, oʻzlariga zarar qiladi, yomonlikda muvaffaqiyati vaqtincha va muhlat berish va Allohning bir makridir.

﴿ اَمْ لَهُمْ اِلٰهٌ غَيْرُ اللهِ سُبْحَانَ اللهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ ﴾

yoki yaxshilik yaratuvchisi va yomonlik yaratuvchisi degan ikki turdagi iloh deb tasavvur qilgan Majusiylar kabi va boshqa-boshqa sabablarga bir navʻ Iloh degan va ularni oʻzlariga tayanch nuqtasi xayol qilgan sababparstlar, sanamparastlar kabi boshqa ilohlarga tayanib senga qarshi chiqishyaptimi? Sendan ehtiyoj sezmayapyilarmi?!

Demak لَوْ كَانَ فِيهِمَآ اٰلِهَةٌ اِلَّا اللهُ لَفَسَدَتَا hukmiga binoan, butun koinotda kundek koʻringan eng mukammal intizomni, eng mukammal tartibni koʻr boʻlib koʻrmayotirlar. Xolbuki bir qishloqda ikki rais, bir shaharda ikki hokim, bir yurtda ikki podshoh boʻlsa, intizom chil parchin, tartib ostin-ustun boʻladi. Chunki chivin qanotidan samovot qandillarigacha shu daraja nozik intizom oʻrnatilganki, chivin qanotichalik shirkka yer qolmagan. Modomiki ular bu daraja aql va hikmatga zid, tuygʻular va yaqqol haqiqatlarga zid harakat qilayotgan ekan, ularning yolgʻonga chiqarishi seni da'vatdan voz kechirmasin.

Xullas, haqiqatlar silsilasi boʻlgan shu oyatlarning yuzlab javharlaridan faqat dalil bilan isbotlash va mot qilishga doir bayonga doir bitta javharini qisqacha bayon qildik. Agar iqtidorim boʻlganida, bir nechta javharlarini yana koʻrsatganimda sen "Bu oyatlar bir oʻzi bir moʻ'jiza", der eding.

— 390 —

Ammo ifhom va ta'limdagi Qur'on bayonlari shu qadar gʻaroyib, shu daraja latofatli va ravonki, uning bayonidan eng oddiy bir omi, eng chuqur haqiqatni oson tushunadi. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon koʻp chuqur haqiqatlarni hammaning qarashiga yumshoq, ommaning hissini ranjida qilmaydigan, avom fikrini bezovta qilib charchatmaydigan suratda oddiy va zohiran aytmoqda, dars bermoqda. Bir bola bilan gaplashilsa, bolalarcha ta'birlar ishlatgani kabi: تَنَزُّلَاتٌ اِلٰهِيَّةٌ اِلٰى عُقُولِ الْبَشَرِ deyilgan gapiruvchi uslubida soʻzi bilan tinglovchining darajasiga tushib gaplashgan Qur'onning uslublari eng chuqur ilmli olimlarning fikrlari bilan yeta olmagan chuqur Ilohiy haqiqatlar va Rabboniy sirlarni mutashabih oyatlar suratida bir qism tashbehlar va misollar bilan eng ummiy omiga anglatadi. Masalan: اَلرَّحْمنُ عَلَى الْعَرْشِ اسْتَوَى misol bilan Allohning rububiyatini saltanat misolida, olamning tadbirida rububiyat martabasini Sultonning saltanat taxtida turib hukumatni boshqargani kabi bir misolda koʻrsatmoqda.

Qur'on bu koinot Xoliqi Zuljalolining kalomi boʻlib, rububiyatining eng buyuk martabasidan chiqib, umum martabalar ustiga kelib, bu martabalarga chiqqanlarni irshod qilib, yetmish ming pardalardan oʻtib, pardalarga qarab nurlantirib, fahm va zakovat jihatidan ming turdagi tabaqa tinglovchilarga fayzini tarqatib, nurini yoyib qobiliyat jihatidan turli asrlar, davrlar ustida yashagan va ma'nolarini oʻrtaga toʻkin yoyib, mukammal yoshligi, yangiligidan zarra qadar zoye qilmasdan gʻoyat tarovati, juda latofatini saqlab juda yengil tarzda, imkonsiz darajada oson suratda xar bir omi tushunadigan dars bergani kabi, ayni darsda, ayni soʻzlar bilan tushunishi farqli va juda koʻp darajalari bir-biridan uzoq tabaqalarga ham dars berib qanoatlantirgan, toʻydirgan moʻ'jizali kitobning qaysi tomoniga qaralsa, albatta bir i'joz shu'lasini koʻrish mumkin.

Natija: "Alhamdulillah" kabi Qur'oniy lafz oʻqilgan payti togʻning qulogʻi boʻlgan gʻorni toʻldirgani kabi, ayni lafz chivinning kichkina quloqchasiga ham toʻliq joylashadi. Aynan shuning kabi: Qur'onning ma'nolari togʻ kabi aqllarni toʻydirganidek, chivin kabi kichkina sodda aqllarga ham ayni soʻzlar bilan ta'lim beradi, qondirar. Zero Qur'on butun insonlar jinlarning butun tabaqalarini iymonga da'vat qiladi.

Barchasiga iymon ilmlarini ta'lim beradi, isbotlaydi. Shunday ekan, avomning eng ummiyi xoslarning eng xosiga yelkama-yelka, tizzama-tizza turib, birgalikda Qur'oniy darsni tinglab foydalanishadi. Demak Qur'oni Karim shunday Samoviy dasturxonki, minglab tabaqalarda boʻlgan fikrlar, aqllar, qalblar va ruhlar undan ozuqalarini topmoqda, ishtahalarini ochgan narsalarni olmoqda. Istaklari berilyapti.

— 391 —

Hatto juda koʻp eshiklari yopiq qolib kelajakda keladiganlarga qoldirilgan. Bu maqomga misol istasang, butun Qur'on boshdan oxirigacha bu maqomning misollaridir. Ha, butun mujtahidlar, siddiqlar, Islom faylasuflari, haqqiaqatni dalillari bilan biladigan allomalar, fiqh ilmi ulamolari, kalom mutaxassislari, orif avliyolar, oshiq qutblar, mudaqqiq olimlar va avom musulmonlar kabi Qur'onning talabalari, darsini tinglaganlar bir ovozdan: "Darsimizni goʻzal ravishda tushunyapmiz", deyishyapti. Demak, boshqa maqomlar kabi tushuntirish va ta'lim berish maqomida ham Qur'onning i'joz yogʻdulari porlamoqda.

IKKINCHI SHUʻLA: Qur'onning gʻaroyib qamrovidir. Bu shuʻlaning besh yogʻdusi bor.

Birinchi Yogʻdu: Lafzidagi qaamrovi. Albatta avvalgi Soʻzlar va bu Soʻzda zikr qilingan oyatlarning qamrovi yaqqol koʻrinmoqda. Ha

لِكُلِّ اٰيَةٍ ظَهْرٌ وَبَطْنٌ وَحَدٌّ وَمُطَّلَعٌ ٭ وَلِكُلٍّ شُجُونٌ وَغُصُونٌ وَفُنُونٌ

hadisi ishora qilgani kabi, Qur'on lafzlari shunday bir tarzda qoʻyilganki, xar bir kalomning, hatto xar bir soʻzning, hatto xar bir harfning, hatto ba'zan bir sukutning ham koʻp jihatlari bor. Xar bir tinglovchi hissasini ayri ayri eshikdan beradi.

Masalan: وَالْجِبَالَ اَوْتاَداً ya'ni, "Togʻlarni zaminingizga qoziq va tirgak qildim", degan kalomi.

Omining bu kalomdan oladigan hissasi: Zohiran yerga qoqilgan qoziqlar kabi koʻringan togʻlarni koʻradi, ulardagi manfaat va ne'matlarini oʻylaydi, Xoliqiga shukr qiladi.

Shoirning bu kalomdan hissasi: Zamin bir poydevor va samo qubbasi ustida qoʻyilgan yashil va elektr chiroqlari bilan bezalgan bir muhtasham chodir, ufqni doira suratida va samoning etaklari boshida koʻringan togʻlarni chodirning qoziqlari misolida faraz qiladi. Sone'i Zuljaloliga hayrat bilan mahliyo boʻladi.

Chodirda yashovchi adibning bu kalomdan oladigan nasibasi: Zamin yuzini choʻl va sahro, togʻlarning silsilalarini juda koʻp va farqli badaviy chodirlariga oʻxshatadi. Goʻyo tuproq tabaqasi yuksak tirgaklar ustida toʻshalgan. Tirgaklarning oʻtkir uchlari tuproq pardasini yuqoriga koʻtargan, bir-biriga yuzlangan juda koʻp turdagi maxluqotning maskani sifatida tasavvur qiladi. U buyuk, azamatli maxluqlarni yer yuzida chodirlar kabi osonlik qurgan va qoʻygan Fotiri Zuljaloliga hayrat sajdasi qiladi.

— 392 —

Joʻgʻrofiyachi adibning u kalomdan hissasi: Yer kurrasi havo yoki efir okeanida suzgan kema va togʻlarni u kemaning ustida joylashtirgan muvozanatini saqlash uchun qoqilgan qoziqlar va tirgaklar shaklida tafakkur qiladi. Katta yer kurrasini tartibli kema kabi yaratib, bizni ichiga qoʻyib, olamatrofida aylantirgan Qodiyri Zulkamolga سُبْحَانَكَ مَا اَعْظَمَ شَانَكَ deydi.

Madaniyat va ijtimoiy sohadagi mutaxassis hakimining bu kalomdan hissasi: Zaminni uy, uning tirgagi hayvonlar hayoti, hayvonlar hayotining tirgagi boʻlgan hayot shartlari hisoblangan suv, havo va tuproqdir. Suv, havo va tuproqning tirgagi va qozigʻi togʻlar hisoblanadi. Chunki togʻlar suvning xazinasi, havoning tarogʻi (zararli gazlarni choʻktirib, havoni tozalaydigan) va homiyi (botqoqlik va dengiz istilosidan muhofaza qiladi) boʻlib, inson hayotiga kerakli boshqa narsalarning xazinasi sifatida tushunadi. Katta togʻlarni bu orqali hayotimiz uyi boʻlgan zaminga tirgak qilgan va tirikchiligimizga xazinador tayinlagan Sone'i Zuljaloli val Ikromga kamoli ta'zim bilan hamdu sano qiladi.

Fizika mutaxassis boʻlgan faylasufining bu kalomdan hissasi shuki: Yer kurrasining qornida ba'zi oʻzgarishlar va toʻplanishlar natijasida hosil boʻlgan zilzila va silkinishlarni togʻlarning chiqishi orqali tinchlangani, asosi, oʻqida barqaror turishi va zilzila chalqanganda aylanish doirasidan chiqmasligiga sabab boʻlgan togʻlarning chiqishi ekani, zaminning jahli va gʻazabi togʻlarning tuynuklaridan nafas olib, tinchlanganini fahmlaydi, tamoman iymonga keladi. "Al hikmatu lillah" deydi.

Masalan

﴿ اَنَّ السَّموَاتِ وَالْاَرْضَ كَانَتَا رَتْقًا فَفَتَقْنَاهُمَا ﴾

dagi رَتْقًا kalimasi falsafa tadqiqoti bilan kirlanmagan olimga quyidagicha anglatadi: Samo porloq, bulutsiz, zamin esa quruq va hayotsiz, tavalludga qobiliyatsiz holda boʻlgan vaqti, osmonni yomgʻir bilan, zaminni oʻsimliklar bilan egallab bir navʻ uylanish va koʻpayish suratida butun jonlilarni suvdan yaratish shunday bir Qodiyri Zuljalolning ishiki, roʻyi zamin uning kichik bir boʻstoni va samoning yuz pardasi boʻlgan bulutlar uning bogʻida dastmol deb anglaydir, qudratining azamatiga sajda qiladi.

Haqiqatlarni izlanib dalillari bilanm bilgan hakimga u kalima shunday ma'no beradi: Yaratilishning boshida samo va arz shaklsiz yigʻin, manfaatsiz hoʻl xamir, bolasiz, maxluqotsiz yigʻilgan moddalardan iborat boʻlgan vaqti, Fotiri Hakiym ularni ochib, yoyib goʻzal shakl va manfaatli surat, ziynatli va koʻp maxluqotga manba qilganini anglaydi. Hikmatining kengligiga hayron boʻladi.

— 393 —

Yangi davrning faylasuflariga bu kalima shunday ma'no beradiki: Quyosh sistemasini tashkil qilgan yer kurramiz, boshqa sayyoralar, boshlangʻinchda Quyosh bilan birlashgan boʻlib, ochilmagan xamir shaklida boʻlgan vaqti, Qodiyri Qayyum uni ochib, sayyoralarni bir-bir joylariga joylashtirib, Quyoshni joyida qoldirib, zaminimizni bu yerga keltirib, zaminga tuproq yoyib, samodan yomgʻir yogʻdirib, Quyoshdan ziyo sochtirib dunyoni jonlantirib bizlarni ichiga qoʻyganini anglab, kallasini tabiat botqoqligidan chiqaradi va "Amantu billahil Vahid-il Ahad" deydi.

Masalan: وَالشَّمْسُ تَجْرِى لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا dagi "Lom" ham oʻz ma'nosini, ham "fi" ma'nosini, ham "bilan" ma'nosini ifodalaydi. لِمُسْتَقَرٍّ ning "Lom"ini avom "bilan" ma'nosida koʻrib tushunadiki, sizga nisbatan nur taratuvchi, isituvchi, harakatlanadigan chiroq boʻlgan Quyosh, albatta bir kun sayri bitadi, qaror joyiga yetadi, sizga foydasi tegmaydigan bir surat oladi, deb tushunadi. U ham Xoliqi Zuljalolning quyoshga bogʻlagan buyuk ne'matlarni tushunib "Subhanalloh, Alhamdulillah" deydi.

Olimga ham "Lom"ni "bilan" ma'nosida koʻrsatadi. Lekin u Rabboniy toʻqimalarning bir mokkisi boʻlgan kecha-kunduz sahifalarida yozilgan Samadoniy maktublarning siyohi, nur siyohdoni suratida tasavvur qilib, quyoshning koʻrinishdagi aylanishi, alomat boʻlgan va ishora qilgan olamning intizomini tushunib, Sone'i Hakiymning san'atiga "Mashaalloh", hikmatiga "Barakalloh" deb sajda qiladi.

Astronom bir faylasufga "lom"ni "fi" ma'nosida shunday anglatadi: Quyosh oʻz markazida va oʻqi ustida zambarak kabi aylanib, tizimini Allohning amri bilan tartiblab harakatlantiradi. Eng katta soatni yaratib tartibga slogan tartiblagan Sone'i Zuljaloliga kamoli hayrat va tahsin bilan "Al azamatu lillah val qudratu lillah" deydi, falsafani uloqtiradi, Qur'on hikmatiga kiradi.

— 394 —

Diqqatli hakimga "lom"ni ham maqsad ma'nosida, ham ravish ma'nosida keltirib anglatadiki: "Sone'i Hakiym ishlariga zohiriy sabablarni parda qilgani uchun, umumiy tortishish qonuni nomli Allohning bir qonuni bilan sopqon toshlari kabi sayyoralarni quyoshga bogʻlagan va sayyoralarni tortish kuchi bilan farqli, lekin intizom bilan harakat qildirib, hikmati doirasida aylantiradi va tortishish kuchini yuzaga keltirish uchun Quyoshning oʻz markazida harakatini zohiriy bir sabab etgan. Demak لِمُسْتَقَرٍّ ma'nosi: فِى مُسْتَقَرٍّ لَهَا لِاِسْتِقْرَارِ مَنْظُومَتِهَا ya'ni, oʻz qarorgohi ichida tizimining barqaror turishi va nizomi uchun harakatlanadi. Chunki harakat haroratni, harorat quvvatni, quvvat tortishish kuchini zohiran vujudga keltirib, Allohning tartibi, Rabboniy qonundir. Demak, hakim shunday hikmatni Qur'onning bir harfidan fahmlagan payti, "Alhamdulillah. Haq hikmat Qur'onda, falsafani besh tiyinga olmayman", deydi.

Shoirona fikr va qalb sohibi "lom" va istiqror-joylashishdan shunday ma'no chiqaradi: "Quyosh nuroniy bir daraxtdir. Sayyoralar uning harakatlanuvchi mevalari... Daraxtlarning aksiga, mevalari tushmasligi uchun quyosh silkinadi. Agar silkinmasa, tushib tarqalib ketadi". Yana shuni oʻylaydi: "Quyosh majzub bir zikrboshidir. Zikr halqasining markazida jazavali zikr aytadi va ayttiradi". Bir risolada shu ma'noga doir shunday degan edim:

"Ha, quyosh bir mevalidir, sayyor emishlari tushmasligi uchun silkinadi.

Agar toʻxtab, sukunat aylasa, tortishish qochar, fazoda yigʻlar intizomli majzublari".

Yana masalan اُولٰٓئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ da bir sukut bor, bir umumiylashtirish bor. Xar kim istagan narsasini ichida topishi uchun nimaga zafar qozonishlarini tayinlamagan. Uzun boʻlishi uchun soʻzni oz gapiradi. Chunki bir qism tinglovchilarning maqsadi olovdan qutulishdir. Bir qismi faqat Jannatni oʻylaydi. Bir qismi oxirat saodatini orzu qiladi. Bir qism faqat Allohning roziligini umid qiladi. Bir qismi Alloh jamolini koʻrishni nishon deb biladi va hokazo. Bu kabi juda koʻp joylarda umumiy boʻlishi uchun Qur'on soʻzni mutlaq qoldiradi. Koʻp maʻnolarni ifodalashi uchun oʻrtadan oladi. Hammaning hissasi boʻlishi uchun qisqa qoldiradi. Masalan اَلْمُفْلِحُونَ deydi. Nimaga xursand boʻlishlarini tayinlamaydi. Goʻyo sukut orqali: "Ey musulmonlar! Sizga hushxabar. Ey taqvodor! Sen Jahannamdan omon qolasan. Ey solih! Sen Jannatga salomatlik bilan kirasan. Ey orif! Sen Allohning roziligiga noil boʻlasan. Ey oshiq! Sen Allohning jamoliga sazovor boʻlasan." va hokazo.

Qur'on lafzning qamrovi bilan kalom, soʻz, harflar va sukutlarning xar birining minglab misollaridan faqat namuna sifatida bittadan misol keltirdik. Oyatlarni va qissalarni bularga qiyos qiling.

— 395 —

Masalan: فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللهُ وَاسْتَغْفِرْ لِذَنْبِكَ oyatining shu qadar jihatlari va shu daraja martabalari borki, butun valiylarning tabaqalari butun suluklarida va martabalarda bu oyatga ehtiyoj tuyib, undan oʻz martabasiga loyiq ma'naviy ozuqa, yangi ma'no olishgan. Chunki "Alloh" barcha Asmopni oʻzida toʻplagan Ism boʻlgani uchun unda Asmoyi Husna adadicha tavhidlar mavjud.

اَىْ لَا رَزَّاقَ اِلَّا هُوَ ٭ لَا خَالِقَ اِلَّا هُوَ ٭ لَا رَحْمٰنَ اِلَّا هُوَ

va hokazo.

Yana masalan: Qur'oniy qissalardan Muso Alayhissalom qissasining xuddi Muso Alayhissalom hassasi kabi minglab foydalari bor. U qissada ham Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni taskin va tasalli berish ham kofirlarni tahdid qilish ham munofiqlarni yomonlash ham Yahudiylarga tanqid qilish kabi koʻp maqsadlari, juda koʻp jihatlari bor. Shuning uchun suralarda takrorlangan. Hamma joyda butun maqsadlarni ifodalab, faqat bittasi asl maqsad boʻladi, boshqalari unga tobe qoladi.

Agar: "Qur'on oʻtgan misollardagi butun ma'nolarni iroda qilgan va ishora qilayotganini qanday bilamiz?" desang.

Javob: Modomiki Qur'on azaliy bir xutba, farqli, tabaqa-tabaqa boʻlib asrlar ustida va orqasida turib tizilgan butun bani Odamga xitob qilayotgan, dars berayotgan ekan, albatta farqli dunyoqarashlarga koʻra koʻp ma'nolarni iroda qiladigan va irodasiga alomatlarni tayin qiladi.

"Ishoratu-l I'joz"da bu yerdagi ma'nolar kabi Qur'on kalimalarining koʻp ma'nolarini Sarf va Nahv ilmining qoidalari bilan, Bayon ilmi va Ma'no fanining dasturlari bilan, Balogʻat fanining qonunlari bilan isbotlangan. Shu bilan birga arab tili ilmlariga koʻra sahih, usuli din - aqoid ilmiga koʻra haq boʻlish sharti bilan, Ma'no fani asosida qabul qilingan, Bayon ilmiga asosan munosib va balogʻat ilmiga koʻra butun mustahsan jihatlar va ma'nolar, ijtihod, tafsir, usuli din - aqoid va usuli fiqh ahlining ijmo'i bilan va ixtiloflarining shahodati bilan Qur'onning ma'nolaridandir.

U ma'nolarga darajalariga koʻra ishoralar qoʻygan. Yo lafziy yoki ma'noga oid. Ma'noga oidi yo siyoq yoki kalom siboqidan yoki boshqa oyatdan alomatlar ma'noga ishora qiladi. Bir qismi yigirma, oʻttiz, qirq, oltmish, hatto sakson jild boʻlib haqiqatlarni izlangan va dalillari bilan biladigan ulamolar tomonidan yozilgan yuz minglab tafsirlar Qur'onning qamrovi va lafzining gʻaroyibligiga qat'iy ochiq dalil boʻladi. Nima boʻlganda ham... Biz bu soʻzda xar bir ma'noga dalolat qilgan ishorani qonuni bilan, qoidasi bilan koʻrsatadigan soʻz juda uzayadi. Shuning uchun gapni qisqartirib, qisman "Ishorat-ul I'joz"ga havola qilamiz.

— 396 —

Ikkinchi Yogʻdu: Ma'nosidagi gʻaroyib qamrov. Ha, Qur'on butun mujtahidlarning manbalarini, butun oriflarning lazzat turlarini, butun qovushganlarning yoʻnalishlarini, butun komillarning yoʻllarini, butun haqiqatlarni izlangan va dalillari bilan biladigan ulamolarning mazhablarini, ma'nosining xazinasidan ehson qilish bilan birga, doim ularga rahbar va taraqqiy etishlarida xar vaqt murshid boʻlib, tuganmas xazinasidan ularning yoʻllariga nurlar sochganini hammalari tasdiqlaydi va muttafiqan alayhdir.

Uchinchi Yogʻdu: Ilmidagi gʻaroyib qamrovidir. Qur'on shariatning xar hil va koʻp ilmlarini, haqiqatning turli-tuman va koʻp sonli ilmlarini, tariqatning farqli va hadsiz ilmlarini oʻz ilmining dengizidan oqizgani kabi, imkon olamining haqiqiy hikmatini, hech oʻzgarmaydigan, borligi shart va vasflarining ziddi tasavvur qilinmaydigan Ilohlik doirasining haqiqiy ilmlarini, oxirat doirasining nozik masalalarini oʻzioning dengizidan muntazam ravishda va koʻp oqizyapti. Bu yogʻduga misol keltirilsa, bir jild yozmoq kerak boʻladi. Shunday eklan, faqat namuna sifatida yigirma besh adad Soʻzlarni koʻrsatamiz. Yigirma besh adad Soʻzlarning barchasi toʻgʻri haqiqatlari Qur'onning ilm dengizidan faqat yigirma besh tomchidir. Ularda kamchilik boʻlsa, mening nuqsonli fahmimga oid.

Toʻrtinchi Yogʻdu: Mavzularidagi gʻaroyib qamrovdir. Inson va insonning vazifasi koinot va koinot Xoliqining, yer va osmonlarning, dunyo va oxiratning, oʻtmish va kelajakning, azal va abadning umumiy bahslarini jamlash bilan birga nutfadan yaratishdan qabrga kirishgacha, yeyish, yotish odobidan qazo va qadar mavzularigacha, olti kunda olamni yaratilishidan وَالْمُرْسَلَاتِ، وَالذَّارِيَاتِ qasamlari bilan ishora qilingan shamollarning esishidagi vazifalarigacha,

﴿ وَمَا تَشَآؤُنَ اِلَّا اَنْ يَشَآءَ اللهُ ٭ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ ﴾

ishorasi bilan insonning qalbiga va irodasiga aralashishdan

﴿ وَالسَّمٰوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ ﴾

ya'ni, butun samovotni bir qabzasida tutishigacha,

﴿ وَجَعَلْناَ فِيهَا جَنَّاتٍ مِنْ نَخِيلٍ وَاَعْنَابٍ ﴾

zaminning gul, uzum va xurmosidan

﴿ اِذَا زُلْزِلَتِ الْاَرْضُ زِلْزَالَهَا ﴾

orqali ifodalangan ajib haqiqatga qadar va osmonning

— 397 —
﴿ ثُمَّ اسْتَوَىٓ اِلَى السَّمَآءِ وَهِىَ دُخَانٌ ﴾

holatidagi vaziyatidan tutun bilan yorilishiga va yulduzlarning tushib cheksiz fazoda tarqalishigacha, dunyoning imtihon uchun ochilishidan yopilishiga qadar, oxiratning birinchi manzili boʻlgan qabrdan, soʻng barzohdan, hashrdan, koʻprikdan Jannatga, abadiy saodatgacha, oʻtgan zamonning hodisalaridan, Hazrati Odam jasadining yaratilishidan, ikki oʻgʻlining urushidan Toʻfongacha, Fir'avn qavmining gʻarqigacha, aksar paygʻambarlarning muhim hodisalarigacha اَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ ishora qilgan azaliy hodisadan

﴿ وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاضِرَةٌ ٭ اِلٰى رَبِّهَا نَاظِرَةٌ ﴾

oyati ifoda etgan abadiy voqealarga qadar barcha asosiy va muhim mavzularni shunday tarzda bayon qiladiki, u bayon butun koinotni bir saroy kabi boshqargan, dunyo va oxiratni ikki uy kabi ochib yopgan, zaminni bir bogʻcha, osmonni chiroqlar bilan bezatilgan tom kabi tasarruf etgan, moziy va istiqbolni bir kecha va kunduz kabi kishi e'tiboriga tayyor ikki sahifa qilib tomosha qilgan, azal va abad, kecha va bugun kabi hodisalar silsilasining ikki tarafi birlashgan, bogʻliqlik paydo qilgan suratda hozirgi vaqt kabi ularga qaragan bir Zoti Zuljalolga yarashadigan bayon tarzidir. Bir usta qurgan va boshqargan ikki uydan bahs yuritadi. Dasturi va ishlarining roʻyxat va mundarijasini tuzadi.

Qur'on ham bu koinotni yaratgan, boshqargan, ishlarining roʻyxati va mundarijasini (ta'bir joiz boʻlsa) dasturini yozgan, koʻrsatgan bir Zotning bayoniga yarashadigan tarzdadir. Hech bir jihatda soxtakorlik va sun'iy harakat belgisi koʻrinmaydi. Hech qanday taqlid dogʻi yoki boshqasi uchun oʻzini uning oʻrnida faraz qilib gaplashgandek hiylaning alomati boʻlmagani kabi butun jiddiyati bilan, butun pokligi bilan, butun samimiyligi bilan sof, nurli, porloq bayoni kunduzning ziyosi "Quyoshdan keldim" deganidek, Qur'on ham, "Men Olam Xoliqining bayoniman va kalomiman", deydi.

Bu dunyoni antiqa san'atlar bilan bezagan, lazzatli ne'matlar bilan toʻldirgan, san'at bilan, ne'mat bilan oziqlantirib san'atining gʻaroyibotlari bilan shu daraja qiymatli ne'matlarini dunyo yuziga sochgan, navbat bilan tartiblagan va zamin yuzida yoygan, goʻzal tizgan dunyoni taqdir va tahsin sadolari bilan, hamd va tashakkur ohanglari bilan toʻldirgan, zaminni bir zikrxona, masjid, Allohning san'atlarining bir tomoshagohiga aylantirgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon bir Sone', bir Mun'imdan boshqa kimga yarashadi va kimning kalomi boʻlishi mumkin? Undan boshqa kim unga sohib boʻla oladi? Undan boshqa kimning soʻzi boʻlishi mumkin? Dunyoni nurlantirgan ziyo Quyoshdan boshqa nimaga yarashadi? Koinot tilsimini kashf qilib olamni nurlantirgan Qur'on bayoni Shamsi Azaliydan boshqa kimning nuri boʻladi? Unga nazira keltirishga, taqlid qilishga kimning haddi sigʻadi?!

— 398 —

qqa chiqaradimi?!

Beshinchi Yogʻdu: Qur'onning uslub va ijozidagi gʻaroyib qamrovidir. Bunda "Besh Nur" bor.

Birinchi Nur: Qur'on uslubining ajib bir qamrovi borki, bitta sura, buyuk Qur'on dengizini ichiga oladi. Bitta oyat, suraning xazinasini ichiga oladi. Koʻpchilik oyatlarning xar biri kichik suralar, koʻpchilik suralarning xar biri kichik Qur'ondir.

Bu moʻjizali ijozning buyuk irshod lutfi va goʻzal bir osonlashtirishdir. Chunki hamma xar doim Qur'onga muhtoj boʻladi, lekin yo ahmoqligidan yoki boshqa sabablarga binoan xar vaqt butun Qur'onni oʻqimaydi. Oʻqishga vaqt va fursat topa olmagan odamlar Qur'ondan mahrum qolmasligi uchun xar bir sura kichik Qur'onlat oʻrniga, hatto xar bir uzun oyat qisqa suralar maqomiga oʻtar. Hatto Qur'on Fotihada, Fotiha Bismillohda joylashganiga kashf ahli ittifoq qilgan. Bu haqiqatga burhon esa tahqiq ahlining ijmo'idir.

Ikkinchi Nur: Qur'on oyatlari amr va ta'qiq, va'd va va'id, targʻib va qoʻrqitish, uzoqlashtirish va irshod, qissalar va hikoyalar, Ilohiy maorif va hukmlar, qonunlar va koinot ilmlari, shaxsiy, ijtimoiy, qalbiy, ma'naviy va uxroviy hayot shartlari kabi barcha kalom tabaqalari, haqiqiy ilmlar va inson ehtiyojlariga dalolat qilib, ishorasi orqali qamragani bilan birga, خُذْ مَا شِئْتَ لِمَا شِئْتَ ya'ni, "Istagan hamma narsang uchun Qur'ondan nima istasang ol", ifoda etgan ma'no shu daraja toʻgʻriligi bilan qabul qilinganki, haqiqat ahli oʻrtasida zarbul masal holiga kelgan. Qur'on oyatlarida shunday qamrov borki, xar dardga davo, xar ehtiyojga ozuqa boʻladi. Ha, shunday boʻlishi hem kerak. Chunki bardavom taraqqiy etib martabalarni oshib oʻtgan butun kamol ahli tabaqalarining mutlaq rahbari, albatta bu xususiyatlarga sohib boʻlishi shart.

— 399 —

Uchinchi Nur: Qur'onning moʻjizali ijozidir. Goho, uzun bir silsilaning ikki tarafini silsilani goʻzal ravishda koʻrsatib zikr qiladi. Gohida, bir kalimaning ichiga ochiq oydin, ishora navidan, ramz bilan, imo orqali bir da'voning koʻp burhonlarini joylashtiradi. Masalan:

﴿ وَمِنْ اٰيَاتِهِ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَاَلْوَانِكُمْ ﴾

da oyatlar va vahdoniyat dalillarining silsilasini tashkil qilgan koinot yaratilish silsilasining boshlangʻich va intihosini zikr qilib ikkinchi silsilani koʻrsatadi, birinchi silsilani oʻqitadi.

Bir Sone'i Hakiymga shahodat qilgan olam sahifalalarining birinchi darajasi samovot va arz yaratilishlarining ilk holidir. Soʻng osmonlarni yulduzlar bilan bezash orqali zaminni jonzotlar bilan jonlantirishi, soʻng Quyosh va Oyning itoat ettirishi orqali mavsumlarning almashishi, soʻng kecha va kunduzning bir birining oʻrniga kelishi va aylanishi ichidagi ishlar silsilasi. Yana bora-bora koʻplik eng koʻp yoyilgan yerda siymolar va ovozlarning xususiyatiga, imtiyoziga va shaxslanishlarigacha... Modomiki intizomdan eng uzoq va tasodif aralashgan odamlarning siymolaridagi shaxslarga ajratilishida hayratga soladigan hikmatli intizom boʻlsa, ustida oʻta san'atkor hakimning qalami ishlagani koʻrsatilsa, albatta intizomlari zohiriy boshqa sahifalar oʻz-oʻzidan anglashiladi, naqqoshini koʻrsatadi. Yana modomiki katta samovot va yer yaratilishlarining ilk holida san'at va hikmat belgilari kuzatilayotgan ekan, albatta koinot saroyining binosida poydevor boʻlib osmonlar va zaminni hikmat bilan qoʻygan Sone'ning boshqa qismlarida san'at asari, hikmat naqshi ochiq oydin koʻrinadi. Bu oyat yashirinni izhor qiladi, ochiq narsani yashirib juda goʻzal bir ijoz qoʻygan. Haqiqatdan:

﴿ فَسُبْحَانَ اللهِ حِينَ تُمْسُونَ ﴾

dan

﴿ وَلَهُ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ﴾

gacha olti marta وَمِنْ اٰيَاتِهِ، وَمِنْ اٰيَاتِهِ bilan boshlangan burhonlar silsilasi javohirlar silsilasi, nur silsilasi, i'joz silsilasi, ijoz silsilasidir. Qalb, bu xazinalarda yashirin olmoslarni koʻrsatishni istaydi. Lekin nima qilay, maqom koʻtarmaydi. Boshqa vaqtga qoldirib, u eshikni hozir ochmayman.

Yana masalan:

فَاَرْسِلُونِ ٭ يُوسُفُ اَيُّهَاالصِّدِّيقُ فَاَرْسِلُونِ

kalomi bilan يُوسُفُ soʻzi oʻrtasida quyidagilar bor:

— 400 —
اِلٰى يُوسُفَ لِاَسْتَعْبَرَ مِنْهُ الرُّؤْيَا فَاَرْسَلُوهُ فَذَهَبَ اِلَى السِّجْنِ وَقَالَ يُوسُفُ

Demak besh jumlani bir jumlada toʻplab ijoz-qisqa gap bilan koʻp maʻnolarni tishintirsada ochiq ravshanligini buzmagan, tushunishni qiyinlashtirmagan.

Yana masalan:

﴿ اَلَّذِى جَعَلَ لَكُمْ مِنَ الشَّجَرِ الْاَخْضَرِ نَارًا ﴾

osiy inson, "Chirigan suyaklarni kim tiriltiradi" deya qarshi chiqqandek inkoriga qarshi Qur'on, "Ilk boshda kim yaratgan boʻlsa, u tiriltiradi. Yaratgan zot esa xar bir narsani xar holatida biladi. Sizga yashil daraxtdan olov chiqargan zot chirigan suyakka hayot bera oladi ham", deydi. Bu kalom tiriltirish da'vosiga koʻpgina jihatlardan qaraydi, isbot etadi.

Avvalo, shu kalomi orqali insonga qilingan ehsonlar silsilasini boshlaydi, harakatlantiradi, yodga soladi. Boshqa oyatlarda izoh etgani uchun qisqa keltiradi, aqlga havola qiladi. Ya'ni, sizga daraxtdan mevani, olovni, oʻtdan rizqlar va tuhumlarni, tuproqdan urugʻlarni va nabototni bergani kabi, zaminni sizga xush (ichiga xar bir ozuqangiz qoʻyilgan) bir beshik, olamni goʻzal va ichida barcha kerakli narsalaringiz boʻlgan saroy qilgan Zotdan qochib oʻz-oʻzingiz qolib, yoʻqlikka ketib yashinish mumkin emas. Vazifasiz qolib qabrga kirib uygʻontilmaslik sharti bilan bemalol yota olmaysiz. Soʻng u da'voning bir daliliga ishora qiladi: اَلشَّجَرِ الْاَخْضَرِ نَارًا kalimasi orqali ramzan: "Ey hashrni inkor qilgan odam! Daraxtlarga qara! Qishda oʻlgan suyaklar kabi bahorda hadsiz daraxtlarni tiriltirgan, yashillik bergan, hatto xar bir daraxtda yaproq, gul va mevalar koʻrinishida uch hashrning namunasini koʻrsatgan Zotga inkor bilan aqlga qigʻdira olmay, qudratiga qarshi chiqilmaydi", deydi. Soʻng bir dalilga yana ishora qilib, "Sizga daraxt kabi nursiz, dagʻal, qorongʻu bir moddadan olov kabi latif, yengil, nuroniy moddani chiqargan zotdan, oʻtin kabi suyaklarga olov kabi hayot, nurdek idrok berishini qanday qilib aqlingizga sigʻdira olmaysiz?" Soʻng yana bir dalilni koʻrsatib, "Badaviylar uchun gugurt oʻrniga olov chiqargan mashhur daraxtning yashil holida ikki shoxi bir-biriga surilgan vaqti olovni yaratgan, namligi bilan yashil, harorati bilan quruqlashgan ikki zid tabiatni jamlab, uni bunga asos qilib, xar bir narsa, hatto asosiy unsurlar va asos yaratilishlar uning amriga qaraydi, uning quvvati bilan harakat qiladi, hech biri oʻz-oʻzidan tabiati bilan harakat qilmaganini koʻrsatgan zotdan, tuproqdan qilingan, soʻng yana tuproqqa qaytgan insonni yana tuproqdan chiqarishi aqlga sigʻadi. Isyon bilan unga qarshi chiqilmaydi. Soʻng Hazrati Muso Alayhissalomning mashhur daraxtini eslaydi. Hz.Muhammad Alayhissalotu Vassalamning da'vosi Muso Alayhissalomning ham da'vosidir. Paygʻambarlarning ittifoqiga yashirin imo qilib, bu kalimaning ijoziga yana bir latofat qoʻshadi.

— 401 —

Toʻrtinchi Nur: Qur'onning ijozi shu daraja qamrovli va gʻaroyibki, e'tibor berilsa, ba'zan bir dengizni bir idishda koʻrsatayotganday juda keng, juda uzun va kulliy dasturlarni, umumiy qonunlarni sodda va avom dunyoqarashiga marhamat sifatida sodda tarzda, xususiy hodisa orqali koʻrsatadi. Minglab misollaridan faqat ikki misoliga ishora qilamiz.

Birinchi Misol: Yigirmanchi Soʻzning Birinchi Maqomida uch oyat tafsilotli bayon qilingan. Hz.Odamning shaxsiga ismlarni ta'lim berish unvoni bilan insonga ilhom qilingan butun ilmlar va fanlarning ta'lim berilganini ifodalaydi. Odamga maloikalarning sajda qilishi va shaytonning sajda qilmasligi hodisasi orqali inson sinfiga baliqdan farishtagacha aksar mavjudot boʻysungani kabi, ilondan shaytonga qadar zararli maxluqotning esa unga itoat qilmasdan dushmanlik qilganini ifoda etadi.

Muso (A.S.) qavmi bir sigirni soʻyish orqali Misr sigirparastligidan olingan va "Sigir" voqe'asida ta'sirini koʻrsatgan sigirparastlik mafkurasini Muso Alayhissalomning pichogʻi bilan soʻyilganini ifoda qiladi. Toshdan suv chiqishi, daryo oqishi va atrofga tarqalishi jarayoni orqali tuproq tabaqasi ostidagi tosh tabaqasi suv tomirlariga xazinadorlik va tuproqqa onalik qilganini ifoda qiladi.

Ikkinchi Misol: Qur'onda koʻp takrorlangan Muso Alayhisalom qissasining jumlalari va boʻlimlarining xar bir jumlasi, hatto xar bir boʻlagi bir umumiy dasturning uchi boʻlib koʻrsatilgan va oʻsha dasturni ifoda etadi. Masalan, يَا هَامَانُ ابْنِ لِى صَرْحًا Fir'avn vaziriga amr qiladi: "Menga yuksak bir minora qur, samovot holatini kuzatib tomosha qilaman. Uning holatlaridan Musoning (A.S.) da'vo qilganidek samoda tasarruf qilgan bir Iloh bormikin, qani?" Mana صَرْحًا soʻzi bilan bu juz'iy hodisa orqali togʻsiz choʻldagi togʻlarni orzulagan, Xoliqni tanimagani uchun tabiatparast boʻlib rablik da'vo qilgan, jabarut asarlarini koʻrsatish orqali nomini davom ettirgan, shuhratparast boʻlib togʻmisol mashxur ehromlarni qurdirgan, sehr va ruhning koʻchishiga ishonib, oʻliklarini mumiya qilib, togʻdek mozorlarda saqlagan Misr fir'avnlarining an'anasida hukm surgan ajib bir dasturni ifoda qiladi. Masalan:

— 402 —

فَالْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ Gʻarq boʻlgan Fir'avnga: "Bugun sening gʻarq boʻlgan jasadingga najot beraman" degan unvon orqali umum Fir'avnlarning ruh koʻchish tushunchasiga binoan janozalarini mumiyalash orqali moziydan olib istiqboldagi kelajak nasllarning tomoshagohiga joʻnatib oʻlgan, ibratli hayot dasturlarini ifodalash bilan birga, ushbu oxirgi asrda gʻarq boʻlgan Fir'avnning jasadi deb kashf qilingan bir jasad, gʻarq boʻlgan dengizidan sohilga chiqarib trashlanishini, davr dengizidan asrlarning mavjlari ustida bu asr sohiliga chiqarilishini, moʻ'jizali gʻaybiy ishorani, i'joz shu'lasini va bu soʻz moʻ'jiza ekanini ifodalaydi.

Ham masalan:

﴿ يُذَبِّحُونَ اَبْنَآءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَآءَكُمْ ﴾

Bani Isroil oʻgʻillarining oʻldirilib, xotin va qizlarini hayotda qoldirish, bir Fir'avn davrida qilingan voqe'a unvoni orqali Yahudiy millatining aksar yurtlarda xar asrda uchragan koʻp qatliomlarini, xotin va qizlarning xarom kayf safo hayotida oʻynagan rollarini ifoda qiladi.

﴿ وَلَتَجِدَنَّهُمْ اَحْرَصَ النَّاسِ عَلٰى حَيٰوةٍ ٭ وَتَرَى كَثِيرًا مِنْهُمْ يُسَارِعُونَ فِى الْاِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاَكْلِهِمُ السُّحْتَ لَبِئْسَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ ٭ وَيَسْعَوْنَ فِى الْاَرْضِ فَسَادًا وَاللهُ لَا يُحِبُّ الْمُفْسِدِينَ٭ وَقَضَيْنَآ اِلٰى بَنِٓى اِسْرَآئِيلَ فِى الْكِتَابِ لَتُفْسِدُنَّ فِى الْاَرْضِ مَرَّتَيْنِ ٭ وَلَاتَعْثَوْا فِى الْاَرْضِ مُفْسِدِينَ ﴾

Yahudiylarga yuzlangan bu ikki Qur'oniy hukm bu millatning insonning ijtimoiy hayotida hiylakorlik qilib aylantirgan ikki mudhish umumiy dasturni ichiga olabi. Bashariyat ijtimoiy hayotini titratgan va ish va ish kuchini sarmoya bilan urushtirib faqirlarni boylarga dushman qilgan, haddan ortiq sudxoʻrlik qilib banklarni tashkil qilishga sabab boʻlgan, hiyla va makr bilan mol jamlagan millat boʻlgani kabi, mahrum qolganlar va doimo zulm koʻrgan hukumatlardan va gʻoliblardan qasos olish uchun xar qanday fasod komitetlariga qoʻshilgan va xar qanday isyonga qoʻshilganlar yana bu millat boʻlganini ifoda etadi.

Masalan: فَتَمَنَّوُا الْمَوْتَ "Agar toʻgʻri boʻlsangiz, oʻlimni istang. Xolbuki hech istamaysiz". Majlisi nabaviyda kichik bir jamoatning kichik hodisa unvonida inson millatlari ichida yashash xirsi va oʻlimdan qoʻrqishda eng mashhur boʻlgan Yahudiy millatining qiyomatgacha holat tili oʻlimni istamasligini va hayot xirsini tashlamasliklarini ifoda etadi.

— 403 —

Masalan: وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ الذِّلَّةُ وَالْمَسْكَنَةُ unvoni bilan bu millatning kelajakdagi taqdirini umumiy suratda ifodalaydi. Ularning axloqida va taqdirida joylashgan bunday mudhish dastur uchun, Qur'on ularga qarshi juda shiddatli muomala qilmoqda. Daxshatli adablantirish ta'zirini bermoqda. Bu misollardan Muso Alayhissalom qissasi va Bani Isroilning boshqa juzlarini va boshqa qissalarini ushbu qissaga qiyosla. Endi ushbu Toʻrtinchi Nurdagi moʻjizani ijoz shu'lasi kabi Qur'onning oddiy kalimalarining va juz'iy qismlarining orqasida juda koʻp i'joz yogʻdulari bordir. Donoga ishora kifoya.

Beshinchi Nur: Qur'onning maqsadlari, masalalari, ma'nolari, uslublari, latifalar va goʻzalliklarning barchasini gʻaroyib tarzda oʻz ichiga olgan. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning suralariga, oyatlariga va xususan suralarning boshlanishi, oyatlarning boshlangʻich va toʻxtash joylariga e'tibor berilsa, balogʻatlarning butun turlarini, kalom fazilatlarining butun qismlarini, yuksak uslublarning butun sinflarini, axloq goʻzalliklarining butun aʻzolarini, koinot ilmlarining butun xulosalarini, Ilohiy maorifning butun mundarijalarini, shaxsiy va ijtimoiy hayotning barcha foydali dasturlarini va koinot yuksak hikmatining hamma nuroniy qonunlarini jamlash bilan birga hech qanday chalkashlik asari kuzatilmaydi.

Darhaqiqat, buncha turli tomonlarni bir yerda toʻplab tortishuv, chalkashlik chiqmasligi faqatgina qahrli i'joz nizomining ishi boʻladi. Butun qamrov ichida intizom bilan birga oʻtgan yigirma toʻrt adad Soʻzda izoh va isbot etilgani kabi, bilmay turib oʻzini biladigan deb hisoblash manbai boʻlgan koʻnikish pardalarini keskin bayonoti bilan yirtish, odat pardalari ostida yashiringan gʻaroyib ishlarni chiqarib koʻrsatish, zalolatning manbai boʻlgan tabiat togʻutini burhonning olmos qilichi bilan maydalash, gʻaflat uyqusining qalin tabaqalarini chaqmoq misol na'ralari bilan tarqatish, bashariyat falsafasi va inson hikmatini ojiz qoldirgan koinotning mushkul tilsimini va olam yaratilishining ajib muammosini fath va kashf etish, albatta haqiqatni koʻrgan, gʻaybni bilgan, hidoyat bergan, haqni koʻrsatgan Qur'on kabi moʻ'jiza koʻrsatganning gʻaroyib ishlaridir.

Qur'onning oyatlariga insof bilan e'tibor berilsa, boshqa kitoblar kabi bir-ikki maqsadga yoʻnalgan tadrijiy fikr silsilasiga oʻxshamaydi. Balki, dafʻatan va oniy holati bor. Qalbga qoʻyiladigan rivoji bor. Birga kelgan xar bir toifasi mustaqil boʻlib, uzoq joydan va oʻta jiddiy va ahamiyatli bir urushning bir-bir, qisqa-qisqa suratda kelganining belgisi bor. Koinot Xoliqidan boshqa kim bu daraja koinot va koinot yaratuvchisi bilan jiddiy aloqador urush qila oladi?! Haddidan cheksiz daraja oshib Xoliqi Zuljalolni oʻz ixtiyori bilan gapirtirishga, koinotni toʻgʻri gapirtirishga kimning haddi sigʻadi.

— 404 —

Qur'onda koinot Sone'ining juda jiddiy, haqiqiy, yuksak, haq xitobi va gapirtirishi koʻrinmoqda. Taqlid qilgan boʻlish ehtimolini imo qiladigan hech qanday belgi yoʻq. U gapiradi va gapirtiradi. Farazan Musaylima kabi haddidan hadsiz daraja oshib taqlid qilishi, izzat va azamat sohibi boʻlgan Xoliqi Zuljalolini oʻz aqlidan gapirtirsa, koinotni u bilan gaplashtirsa, albatta minglab taqlid belgilari va minglab soxtakorlik alomatlari topiladi. Chunki eng past holida eng yuksak holatga kirganlarning xar bir harakati taqlidchi ekanini koʻrsatadi. Bu haqiqatni qasam bilan e'lon qilgan

﴿ وَالنَّجْمِ اِذَا هَوٰى ٭ مَا ضَلَّ صَاحِبُكُمْ وَمَا غَوٰى ٭ وَمَا يَنْطِقُ عَنِ الْهَوٰى ٭ اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحٰى ﴾

ga qara, diqqat qil...

UCHINCHI SHUʻLA: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning gʻaybiy xabarlari va xar asrda yoshligini muhofaza qilishi va insonlarning xar tabaqasiga muvofiq kelish i'jozidir. Bu Shuʻlaning "Uch Jilva"si bor.

Birinchi Jilva: Gʻaybiy xabarlaridir. Bu jilvaning "Uch Shavqi" bor.

Birinchi Shavq: Moziyga oid gʻaybiy xabarlaridir. Qur'oni Hakim ittifoq bilan ummiy va ishonchli Zotning tilidan Hz. Odam zamonidan Asri Saodatgacha anbiyolarning muhim holatlarini, ahamiyatli voqealarini shunday bir tarzda zikr qiladiki, Tavrot va Injil kabi kitoblarning tasdigʻi ostida oʻta quvvat va jiddiyat bilan xabar beradi. Oʻtmishdagi eski Muqaddas Kitoblarning ittifoq qilgan nuqtalarida uygʻunlik qilgan. Ixtilof qilgan mavzularini toʻgʻrilab voqe'aning aslini tushuntiradi. Demak, Qur'onning gʻaybni koʻrgan nazari moziy ahvolini oʻtmishdagi eski Muqaddas Kitoblarning barchasidan ustun koʻradiki, ittifoq qilgan masalalarda tasdiqlab ularni toʻgʻriligiga guvohlik beradi. Ixtilof qilgan masalalarda toʻgʻrilab ularga toʻgʻrilovchi boʻladi.

— 405 —

Qur'onning voqealari va moziy holatlariga doir xabarlar aql bilan xabar beriladigan aqliy ish emas. Balki samoga bogʻliq naqldir. Naql esa oqish va yozishni biladiganlarga maxsus. Doʻst va dushmanning ittifoqi bilan oqishni, yozishni bilmaydigan, ishonchliligi bilan tanilgan, ummiy laqabi bilan vasflangan zotga nozil boʻladi. U zot moziy holatlarini shunday suratda xabar beradilarki, huddi koʻrayotganday gapirganlar. Chunki uzun hodisaning hayot manbai va ruhini oladi. Maqsadiga muqaddima qiladi. Demak Qur'ondagi natijalar, xulosalar koʻrsatadiki, ularni bilgdirgan butun oʻtmishni barcha holatlari bilan koʻradi. Chunki bir zotning bir fanda yoki bir ishda mutaxassis ekani, xulosa bilan, ishining natijasi bilan, shaxslarning mahorat va malakalarini koʻrsatgani kabi, Qur'onda zikr etilgan voqealarning xulosalari va ruhlari koʻrsatadiki, ularni soʻzlagan zot butun voqealarni qamraagan, koʻryapti, (ta'bir joiz boʻlsa) favqulodda mahorat bilan xabar bermoqda.

Ikkinchi Shavq: Kelajakka oid gʻaybiy xabarlari. Bu turdagi xabarlarning koʻp turlari bor. Birinchi qismi xususiydir. U kashf ahli va avliyolarga maxsus. Masalan: Muhyiddini Arab (Q.S.) الٓمٓ ٭ غُلِبَتِ الرُّومُ surasida juda koʻp gʻaybiy xabarlarni topgan. Imomi Rabboniy suralarning boshidagi muqattatot harflari orqali koʻp gʻaybiy ishlarning ishoralarini va xabarlarini koʻrgan va hokazo. Botin ulamolari uchun Qur'on boshdan oxirigacha gʻaybiy xabarlar navidandir. Biz esa umumga oid qismiga ishora qilamiz. Buning ham juda koʻp tabaqalari bor. Biz faqat bir tabaqadan bahs yuritamiz. Qur'oni Hakim Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga qarata aytilgan:

{(Izoh) Gʻaybdan xabar bergan oyatlar juda koʻp tafsirlarda izoh etilgani va eski harf bilan nashr qilinish niyati, muallifini shoshirish xatosi sababli bu yerda izohsiz va qiymatli xazinalar yopiq qoldi.}

﴿ فَاصْبِرْ اِنَّ وَعْدَ اللهِ حَقٌ لَتَدْخُلُنَّ الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ اِنْ شَآءَ اللهُ اٰمِنِينَ مُحَلِّقِينَ رُؤُسَكُمْ وَمُقَصِّرِينَ لَا تَخَافُونَ... هُوَ الَّذِى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدىَ وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَهُمْ مِنْ بَعْدِ غَلَبِهِمْ سَيَغْلِبوُنَ فِى بِضْعِ سِنِينَ للهِ الْاَمْرُ فَسَتُبْصِرُ وَيُبْصِرُونَ بِأَيِّكُمُ الْمَفْتُونُ اَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَتَرَبَّصُ بِهِ رَيْبَ الْمَنُونِ قُلْ تَرَبَّصُوا فَاِنِّى مَعَكُمْ مِنَ الْمُتَرَبِّصِينَ وَاللهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ فَاِنْ لَمْ تَفْعَلُوا وَلَنْ تَفْعَلُوا وَلَنْ يَتَمَنَّوْهُ اَبَداً سَنُرِيهِمْ اٰيَاتِنَا فِى الْاٰفَاقِ وَفِىٓ اَنْفُسِهِمْ حَتّٰى يَتَبَيَّنَ لَهُمْ اَنَّهُ الْحَقُّ قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلٰى اَنْ يَاْتوُا بِمِثْلِ هٰذَا الْقُرْاٰنِ لَا يَاْتوُنَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيراً ﴾
﴿ يَاْتِى اللهُ بِقَوْمٍ يُحِبُّهُمْ وَيُحِبُّونَهُ اَذِلَّةٍ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ اَعِزَّةٍ عَلَى الْكَافِرِينَ يُجَاهِدُونَ فِى سَبِيلِ اللهِ وَلَا يَخَافُونَ لَوْمَةَ لَٓائِمٍ وَقُلِ الْحَمْدُ للهِ سَيُرِيكُمْ اٰياَتِهِ فَتَعْرِفُونَهَا قُلْ هُوَ الرَّحْمٰنُ اٰمَنَّا بِهِ وَعَلَيْهِ تَوَكَّلْنَا فَسَتَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ فِى ضَلَالٍ مُبِينٍ وَعَدَ اللهُ الَّذِينَ اٰمَنوُا مِنْكُمْ وَعَمِلوُا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِى الْاَرْضِ كَماَ اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِيَنهُمُ الَّذِى ارْتَضٰى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ اَمْناً ﴾

koʻp oyatlar ifodalagan gʻaybiy xabarlar boʻlib, aytilganidek toʻgʻri chiqqan. Juda koʻp e'tiroz va tanqidlarga uchragan va eng kichik bir xatosi tufayli da'vosini yoʻqotadigan bir Zotning tilidan ikkilanmay, mukammal jiddiyat va ishonch bilan, kuchli ishonchni his ettirgan gʻaybiy xabar u Zot Azaliy Ustozidan dars olhandan soʻngra soʻzlayotganini qat'iyan koʻrsatadi.

Uchinchi Shavq: Ilohiy haqiqatlarga va yaratilishga bogʻliq haqiqatlarga va oxiratga oid ishlarga doir gʻaybiy xabarlaridir. Ha, Qur'onning Ilohiy haqiqatlarga doir bayonlari va koinot tilsimini fath etib, olam yaratilishining muammosini ochgan, yaratilishga oid bayonlari gʻaybiy xabarlarning eng muhimidir. Chunki gʻaybiy haqiqatlarni cheksiz zalolat yoʻllari ichida istiqomatda yurib toppish, inson aqlining ishi emas va boʻla olmaydi. Basharning eng dohiy olimlari bu masalalarning eng kichigiga ham aqli yeta olmagani ma'lum.

Qur'on koʻrsatgan Ilohiy haqiqatlar va yaratilishga oid haqiqatlarni bayon qilgandan soʻng, qalb farogʻati va nafsni poklagandan soʻng, ruhning taraqqiyoti va aqlni mukammallashtirgandan soʻng inson aqli "Sadaqta" deb haqiqatlarni qabul qiladi. Qur'onga "Barakalloh" der. Bu boʻlimni qisman Oʻn Birinchi Soʻzda izoh va isboti bor. Takrorlashga hojat yoʻq. Ammo uxroviy va barzohiy holatlar, garchi inson aqli bir oʻzi yeta olmaydi, koʻra olmaydi. Lekin Qur'on koʻrsatgan yoʻllari bilan ularni koʻrish darajasida isbotlaydi. Oʻninchi Soʻzda Qur'onning bu gʻaybiy xabarlari qay daraja toʻgʻri va haqligi izoh va isbot etilgan. Unga murojat qil.

— 407 —

Ikkinchi Jilva: Qur'onning yoshligidir. Xar asrda yangidan nozil boʻlgandek yangiligini, yoshligini muhofaza qiladi. Qur'on azaliy bir xutba boʻlib, barcha asrlardagi insonlarning hamma tabaqalariga birdan xitob etgani uchun doimiy yosh qolishi lozim. Shunday koʻrilgan va koʻrinmoqda. Hatto tushuncha jihatidan farqli va iste'dod jihatidan bir-biriga zid boʻlgan asrlarda xar bir asrga koʻra goʻyo oʻsha asrga xos yuzlangan, qaratadi va dars beradi. Insonning ish va qonunlari bashar kabi qariydi, almashadi, oʻzgartiriladi. Lekin Qur'onning hukm va qonunlari shu qadar sobit va sogʻlomlki, asrlar oʻtishi orqali yanada koʻproq quvvatini koʻrsatmoqda. Oʻziga qattiq ishongan va Qur'onning soʻzlariga qarshi qulogʻini yopgan hozirgi asr va bu asrning ahli kitob insonlari Qur'onning يَآ اَهْلَ الْكِتَابِ ٭ يَآ اَهْلَ الْكِتَابِ degan irshod qilgan xitobiga shu qadar muhtojki, goʻyo u xitob toʻgʻridan-toʻgʻri bu asrga qaratilgan va يَآ اَهْلَ الْكِتَابِ lafzi "Ya ahlal maktab" ma'nosini ham oʻz ichiga oladi. Butun shiddati bilan, tamoman yangiligi bilan, toʻliq yoshligi bilan

﴿ يَآ اَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْا اِلٰى كَلِمَةٍ سَوَآءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ ﴾

hayqirigʻini dunyoning hamma tomoniga yoymoqda.

Masalan: Shaxslar, jamoatlar qarama qarshi shiqishdan ojiz qolgan Qur'onga qarshi butun bashariyatning va balki jinlarning ham fikrlarining natijasi boʻlgan zamonaviy madaniyat Qur'onga qarshi dushmanga aylangan. Qur'on i'joziga qarshi sehrlari bilan qarshi chiqyaptilar. Hozir bu mudhish yangi dushmanga qarshi Qur'onning i'jozini

﴿ قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ ﴾

oyatining da'vosini isbotlash uchun madaniyatning kurash suratida joriy qilgan asoslari va dasturlarini Qur'on asoslari bilan solishtiramiz.

Birinchi darajada: Birinchi Soʻzdan Yigirma Beshinchi Soʻzgacha taqqoslash va mezonlar, bu Soʻzlarning haqiqatlari va boshidagi oyatlar ikki karra iki toʻrt aniqligida madaniyatga qarshi Qur'onning i'jozi va gʻalabasini isbotlaydi.

— 408 —

Ikkinchi darajada: Oʻn Ikkinchi Soʻzda isbot etilgani kabi, bir qancha dasturlarini xulosalash. Demak, zamonaviy madaniyat falsafasi bilan insonning ijtimoiy hayotida tayanch nuqtasini "kuch" deb biladi. Nishonni "manfaat" bilar. Hayot dasturini "kurash" deb qabul qiladi. Jamoatlarning aloqasini "irqchilik va manfiy milliyat" deb biladi. Gʻoyasi - nafsning istaklarini qondirish va inson ehtiyojini koʻpaytirish uchun ba'zi "xarom oʻyin kulgular"dir. Xolbuki: Kuch - tajovuz qiladi. Manfaat - xar qanday istakni qoʻlga kirita olmagani uchun urushsh qiladi. Kurash dasturining ishi toʻqnashishdan iborat. Irqchilik - boshqalarni boʻysundirish bilan ozuqlangani uchun tajovuz hisoblanadi. Demak, madaniyatning bu dasturlari butun yaxshiligi bilan birga insonning faqat yigirma foiziga bir jihatda yuzaki baht-saodat berib saksonini tashvishga, faqirlikka solgan.

Ammo Qur'onning hikmatining, tayanch nuqtasi kuch oʻrniga "haq" deydi. Maqsadda manfaat oʻrniga "fazilat va Allohning roziligi"ni qabul qilgan. Hayot kurashdan iborat dasturi oʻrniga "yordamlashish dasturini" asos olgan. Jamoatlarning aloqalarida irqchilik va millatchilik oʻrniga "din, sinf va vatan robitasini" qabul qiladi. Maqsadi "nafsoniy kayf safoning xarom tajovuzlariga toʻsiq qoʻyib ruhni taraqqiy ettirishga tashviq qiladi, oliy hislarni qondiradi va insonni insoniyat kamolotiga chorlab inson qilish"dan iborat. Haqning ishi ittifoqdir. Fazilat - bir-biriga tayanish. Yordamlashish - bir-biriga madad berish. Din qardoshlikka, birlashihsga chaqiradi. Nafsi ammorani jilovlash, ruhni kamolotga chiqarish bilan erkin qoldirishning natijasi - ikki dunyo saodatidir. Demak, zamonaviy madaniyat Islomdan oldingi haq dinlardan, boxusus Qur'onning irshodlaridan olgan yaxshilik bilan birga, haqiqatda Qur'onga qarshi magʻlub boʻlgan.

Uchinchi daraja: Minglab masalalaridan faqat namuna sifatida uch-toʻrt masalani koʻrsatamiz. Qur'onning dasturlari, qonunlari azaldan kelgan, abadga ketadi. Madaniyatning qonunlari kabi keksayib oʻlimga mahkum emas. Doimo yosh, quvvatlidir. Masalan: Madaniyatning butun xayriya jamiyatlari bilan, butun zolim tartib-qoidalari bilan, butun axloqiy tarbiya joylari bilan Qur'oni Hakimning ikki masalasiga qarshi chiqa olmasdan magʻlub boʻlgan. Masalan:

﴿ وَاَقِيمُوا الصَّلٰوةَ وَاٰتُوا الزَّكٰوةَ وَاَحَلَّ اللهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبوٰا ﴾

Qur'onning ushbu i'jozli gʻalabasini quyida bir muqaddima bilan bayon qilamiz.

"Ishorat-ul I'joz"da isbot etilgani kabi butun bashariyat ixtilollarining ma'dani bir soʻz boʻlgani kabi butun yomon axloqlarning manbai ham bir kalimadir.

— 409 —

Birinchi kalima: "Men toʻq boʻlay, boshqasi ochlikdan oʻlsa, menga nima".

Ikkinchi kalima: "Sen ishla, men yeyman".

Bashariyat ijtimoiy hayotida xos va avom, ya'ni boylar va faqirlar muvozati boʻlsa osoyishta yashaydi. Muvozanatning asosi quyidagicha:

Xoslar tabaqasi marhamat va shafqat qilishi, pastdagilar esa hurmat va itoat etishidir. Hozir birinchi kalima xoslar tabaqasini zulmga, axloqsizlikka, marhamatsizlikka yoʻnaltirgan. Ikkinchi kalima avomni kinga, hasadga, dushmanlikka yoʻllab, insoniyat osoyishtaligini bir necha asrdan beri ketkazgan. Shuning kabi bu asrda gʻayrat, sarmoya bilan kurashishning natijasida hammaga ma'lum boʻlgan Ovrupa katta hodisalari maydonga keldi.

Demak, madaniyat butun xayriya jamiyatlari, axloqiy maktablari va qattiq tartib-qoidalari bilan insoniyatning bu ikki tabaqasini kelishtira olmagani kabi, insonning ijtimoiy hayotining ikki mudhish yarasini davolay olmadi. Qur'on "zakotning shart boʻlishi" orqqali birinchi kalimani ildizi bilan sugʻurib tashlaydi, davolaydi. Ikkinchi kalimaning asosini "sudxoʻrlikning harom boʻlishi" orqali sugʻurib tashlab, davolaydi. Ha, Qur'on oyatlari dunyo eshigida turib sudxoʻrlikka mumkin emas deydi. "Urush eshigini yopish uchun bank eshigini yoping" deb insonlarga farmon qiladi. Shogirdlariga "Kirmanglar", deb amr qiladi.

Ikkinchi Asos: Madaniyat koʻp xotinlikni qabul qilmaydi. Qur'onning bu hukmini oʻziga, hikmatga zid va inson manfaatiga ters deb qabul qiladi. Agar uylanishdagi hikmat faqat jinsiy munosabat boʻlsa, koʻpayish bilaks boʻlishi kerak. Lekin butun hayvonotning guvohligi va uylangan nabototning tasdigʻi bilan aniqlanganki, uylanishning hikmat va maqsadi nasl yetishtirishdir. Jinsiy munosabat lazzati esa u vazifani bajartirish uchun rahmat tarafidan berilgan kichik bir haqdir. Modomiki hikmatan, haqiqatan uylanish nasl uchun ekan, sinfning davom etishi uchun ekan, albatta, bir yilda faqat bir marta tugʻishga qobiliyatli, oyning faqat yarmida homilador boʻlish mumkin boʻlgan, ellik yoshda umidsizlikka tushgan bir xotin aksar vaqtda yuz yilgacha urugʻlanishga qobiliyatli bir erkakka yetarli boʻlmagani uchun, madaniyat juda koʻp fohishaxonalarni qabul qilishga majbur.

Uchinchi Asos: Muhokamasiz madaniyat, Qur'on xotinga uchdan bir bergani uchun oyatni tanqid qiladi. Lekin ijtimoiy hayotda aksar hukmlar koʻpchilik manfaatini koʻzlagani uchun, aksariyat fikricha bir xotin oʻzini himoya qiladigan erkakni topadi. Erkak esa unga yuk boʻladigan va nafaqasini qoldiradigan ayol bilan birga yashashga majbur boʻladi. Xullas, bu suratda ayol otasidan merosning yarmini olsa, eri qolganini ta'minlaydi. Erkak otasidan ikki boʻlak olsa, birini ayolining boshqaruviga beradi, singlisiga teng keladi. Qur'onning adolati buni taqozo qiladi, hukm qilgan.

— 410 —

{(Izoh1) Mahkamaga qarshi va uni mot qilgan Shikoyat Arizasining mudofaasidan bir boʻlim. Bu joyga izoh boʻlgan.

Adliyaning mahkamasiga quyidagilarni aytaman: Bir ming uch yuz ellik yil ichida va xar asrda uch yuz ellik million insonlarning ijtimoiy hayotida eng muqaddas va haqiqatli Ilohiy dasturni uch yuz ellik ming tafsirning tasdiqlariga va ittifoqlariga tayangan holda, bir ming uch yuz ellik yil mobaynida oʻtgan ajdodlarimizning e'tiqodlariga iqtido qilib tafsir qilgan odamni mahkum etgan haqsiz bir qarorni, albatta roʻyi zaminda adolat boʻlsa rad qiladi va bu hukmni bekor etishi kerak!"}

Toʻrtinchi Asos: Qur'on sanamparastlikni shiddat bilan manʻ qilgani kabi, uning bir navʻ taqlidi boʻlgan suratparastlikni ham manʻ qiladi. Madaniyat esa suratlarni oʻz taraqqiyotidan sanab Qur'onga qarshi chiqishni istagan. Xolbuki soyali soyasiz suratlar yo tosh holiga kelgan zulm yo jasad holiga kirgan bir riyodir yoki jismlashgan ehtiros boʻlib, insonni zulmga, riyoga va havasni qamchilab orzu istaklarga tashviq qiladi.

Qur'on marhamat orqali ayollarning hurmatini saqlash uchun, sharmandali havaslarning oyogʻi ostida shafqat ma'danlari xor boʻlmasligi uchun hayo pardasini taqishini amr qiladi. Yana havaslar vositalari, ahamiyatsiz molga aylanmasligi ham bor. {(Izoh2) Ayollar tasattur-yopinishi haqida Oʻttiz Birinchi Maktubning Yigirma Toʻrtinchi Yogʻdusi oʻta qat'iy suratda isbotlaganki: Tasattur ayollar uchun fitriydir. Tasatturni olib tashlash fitratga ziddir.} Madaniyat esa xotinlarni inlaridan chiqarib, pardalarini yirtib, insonni ham boshdan chiqargandir. Xolbuki oila hayoti ayol-erkak oʻrtasida oʻzaro hurmat va muhabbat bilan davom etadi. Ochiq-sochiqlik esa samimiy hurmat va muhabbatni yoʻq qilib oilaviy hayotni zaxarlagan. Xususan surat-parastlik axloqni yomon silkitgani va ruhning tubanlashishiga sabab boʻlganini quyidagicha tushunish mumkin:

Marhuma va rahmatga muhtoj bir goʻzal ayol mayyitiga shahvat va nafsoniy nazar bilan qarash axloqni qanchalik xarob qilgani kabi, oʻlgan ayollarning suratlariga yoki sogʻ xotinlarning kichik oligi hisoblangan suratlariga havas bilan qarash insonning oliy hislarini chuqur silkitadi, buzadi.

Bu uch misol kabi minglab Qur'on masalalarining xar biri bashariyat saodatini dunyoda ta'minlashga xizmat qilish bilan birga abadiy hayotiga ham xizmat qiladi. Boshqa masalalarni mazkur masalalarga qiyos qil.

— 411 —

Zamonaviy madaniyat, Qur'onning bashariyatning ijtimoiy hayotiga oid dasturlariga magʻlub boʻlib, Qur'onning ma'naviy i'joziga qarshi haqiqat nuqtasida qashshoqlikka tushadi. Xuddi shuning kabi, yigirma besh adad Soʻzda madaniyatning ruhi boʻlgan Ovrupa falsafasi va bashariyat hikmatini, Qur'onning hikmati bilan mezonlar orqali ikki taqqoslanganda falsafa hikmati ojiz va Qur'on hikmatining moʻ'jiza ekani qat'iyan isbotlangan. Oʻn Birinchi va Oʻn Ikkinchi Soʻzlarda falsafa hikmatining ojizligi, qashshoqligi va Qur'on hikmatining i'jozi va boyligi isbotlangan, murojaat qilishing mumkin.

Zamonaviy madaniyat hikmati Qur'onning ilmiy va amaliy i'joziga qarshi magʻlub boʻlayotgani kabi madaniyatning adabiyot va balogʻati ham Qur'onning odob va balogʻatiga qarshi nisbati quyidagicha:

Yetim bolaning zulmatli huzun bilan umidsiz yigʻlashi, tuban sarxush aroqxoʻrning yigʻi sadosiga (ashula demak) oʻxshagan yuksak oshiqning vaqtinchalik bir ayriliqdan ishtiyoq bilan, umidli huzun ichidagi gʻinosi (ashulasi), zafar yoki urushga va yuksak fidokorliklarga chaqirish uchun tashviq bilan vatan qasidalariga nisbati kabidir. Chunki odob va balogʻat ta'siri uslub qandayligiga koʻra yo huzun beradi, yo sevinch beradi. Huzun ikki qismdan iborat: Yo doʻsti yoʻqligidan, ya'ni ahbobsizlikdan, sohibsizlikdan kelgan qorongʻu huzun boʻlib, zalolat aralash, tabiatparast, gʻaflat ichidagi madaniyat adabiyoti bergan huzndir.

Ikkinchi huzun doʻstlardan ayrilishdan keladi, ya'ni dostlar bor, firogʻida ishtiyoqli huzun beradi. Demak, huzun Qur'onning hidoyat beruvchi, nurafshon bergan huznidir. Sevinch ham ikki qismdan iborat: Biri nafsni havaslarga tashviq qiladi. U esa teatrchi, kinochi, romanchi madaniyat adabiyotining ishidir.

Ikkinchi sevinch nafsni lol qilib, ruhni, qalbni, aqlni, sirni yuksaklarga, asl vatanlariga, abadiy joyiga, uxroviy doʻstlariga yetish uchun latif va odobli, ma'sum tashviq boʻlib, Jannat va abadiy saodat, insonni ru'yati jamolullohga chorlagan va shavqqa keltirgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning bergan sevinchidir.

﴿ قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلٰٓى اَنْ يَأْتوُا بِمِثْلِ هٰذَا الْقُرْاٰنِ لَا يَأْتوُنَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيراً ﴾

oyati ifodalagan etgan azim ma'no va buyuk haqiqat kaltafahm kimsalar va e'tiborsiz odamlar mubolagʻali balogʻat uchun imkonsiz surat deb oʻylashadi. Aslo! Mubolagʻa emas, imkonsiz surat emas, ayni haqiqat boʻlgan balogʻat, mumkin va mavjud bir suratdadir.

Uning bir jihati quyidagicha ya'ni, Qur'ondan sizib chiqmagan va Qur'onga tegishli boʻlmagan inson va jinlarning barcha goʻzal soʻzlari toʻplansa ham Qur'onni oʻxshatolmas demakdir. Yeta olmagan ham, koʻrsatilmaydi ham.

— 412 —

Ikkinchi jihati quyidagicha: Jin va insonlar, hatto shaytonlar fikrlarining natijasi va ishlarining yakuniy natijasi hisoblangan madaniyat, falsafa hikmati va ajnabiy adabiyot Qur'onning ahkom va hikmat va balogʻatiga qarshi ojiz darajasida demakdir. Buning namunasini koʻrsatdik.

Uchinchi Jilva: Qur'oni Hakim xar asrdagi basharning xar bir tabaqasiga goʻyo toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy yuzlangandek, xitob qilyapti. Butun bani Odamga butun tabaqalari bilan eng yuksak va eng nozik ilm boʻlgan iymonga va eng keng va nuroniy fan hisoblangan ma'rifatullohga, eng ahamiyatli va turli-tuman maorif boʻlgan Islom hukmlariga da'vat qilgan, dars bergan Qur'on boʻlsa, xar bir sinfga, xar toifaga muvofiq dars bermogʻi kerak. Xolbuki dars bir, turli tuman emas. Shunday ekan, ayni darsda tabaqalar boʻlishi lozim. Darajaga koʻra xar biri Qur'onning pardalaridan bir pardadan dars hissasini oladi. Bu haqiqatning koʻp namunalarini zikr etganmiz. Ularga murojaat etilishi mumkin. Faqat bu yerda bir-ikki juzʻining va faqat bir-ikki tabaqasining tushunish hissasiga ishora qilamiz:

Masalan:

﴿ لَمْ يَلِدْ وَلَمْ يُولَدْ ٭ وَلَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا اَحَدٌ ﴾

koʻp sonli tabaqadan iborat avomning bundan tushunish hissasi quyidagicha:

"Janobi Haq otadan, va oʻgʻildan, doʻstlardan va zavjadan munazzahdir". Yanada oʻrtaroq tabaqa undan "Iso Alayhissalomning, farishtalarning, tavallud topadigan narsalarning uluhiyatini inkor qilish"ni tushunadi. Chunki imkonsiz narsani inkor qilish zohiran foydasiz boʻlgani uchun balogʻatda foydaga sabab boʻladigan bir hukm asosi murod boʻladi.

Xullas, jismoniyatga maxsus oʻgʻil va otani rad qilishdan murod esa, oʻgʻli, otasi va tengi boʻlganlarning ilohligini rad qilish va ma'bud boʻlishga loyiq emasligini koʻrsatishdan iborat. Shu sirga asosan, Ixlos Surasi xarkimga va xar doim foyda beradi.

Yana bir oz yuqoriroq tabaqaning tushunish hissasi: "Janobi Haq mavjudotga tugʻish va tavalludni his ettiradigan butun aloqalardan munazzahdir. Sherikdan, yordamchidan va oʻrtoqdan mubarro-yuksakdir. Balki mavjudotga nisbati Yaratishdir. "Kun fayakun amri" bilan azaliy irodasi orqali, ixtiyori bilan ijod qiladi. Majburiy, chorasiz va gʻayri ixtiyoriy boʻladigan kabi mukammalikka zid xar qanday aloqadan munazzah-pokdir".

Yanada yuksak tabaqaning tushunish hissasi quyidagicha: Janobi Haq azaliydir, abadiydir, avval va oxirdir. Hech bir jihatda na zotida, na sifatida, na ishlarida naziri, tengi, oʻxshashi, misli, misoli, oʻrnagi yoʻq! Yolgʻiz ishlari, faoliyatlarida tashbehni ifoda etgan masal bor: وَ للهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Bu tabaqalarga oriflar tabaqasi, ishq ahli tabaqasi, siddiqlar tabaqasi kabi turli tuman his sohiblarini qiyos qilishing mumkin.

— 413 —

Ikkinchi misol: Masalan,

﴿ مَا كَانَ مُحَمَّدٌ اَبَآ اَحَدٍ مِنْ رِجَالِكُمْ ﴾

Birinchi tabaqaning bundan tushunish hissasi quyidagicha: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xizmatkori yoki "Valadim" degan xitobiga sazovor boʻlgan Zayd (r.a.) izzatli zavjasini oʻziga teng topmagani uchun taloq qilgan. Allohning amri bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam olgan. Oyat: "Paygʻambar sizga bolam desa, risolat jihati bilan aytadi. Shaxsiyat e'tibori bilan otangiz emas. Shuning uchun olgan xotinlari unga munosib boʻladi", deydi.

Ikkinchi tabaqaning tushunish hissasi shuki: Bir buyuk amir xalqiga otalarcha shafqat bilan qaraydi. Agar oʻsha amir zohir va botin Ruhoniy Podshohi boʻlsa, marhamati otaning yuz marta shafqatidan yuksak boʻlgani uchun xalq uning haqiqiy farzandi kabi unga ota nazari bilan qaraydi. Ota nazari juft nazariga aylanmagani uchun, qiz nazari ham zavja nazariga oson almashmagani bois, xalqning tasavvurida Paygʻambar (S.A.V.) moʻ'minlarning qizlarini olishi bu sirga uygʻun kelmagani uchun Qur'on: "Paygʻambar (S.A.V.) Allohning marhamati nazari bilan sizga shafqat qiladi, otalarcha muomala qiladi. Risolat nomidan siz uning avlodi kabisiz. Lekin insonlik shaxsiyati e'tibori bilan otangiz emaski, sizdan xotin olishi munosib boʻlmasa", deydi.

Uchinchi qism quyidagicha tushunadi: Paygʻambarga (SA.V.) bogʻlanib uning kamolotiga tayanib uning otalarcha shafqatiga ishonib kamchilik va gunoh qilmasligingiz kerak demakdir. Ha, koʻplar borki, kattalari va murshidlariga ishonib tanballik qiladi. Hatto ba'zan "Namozimiz oʻqilgan", deyishadi (bir qism Alaviylar kabi).

Toʻrtinchi Nuqta: Bir tabaqa bu oyatdan quyidagi gʻaybiy ishorani tushunadi: Paygʻambarning (S.A.V.) erkak bolalari balogʻatga yetmasdan, erkak nasli bir hikmatga binoan qolmadi. Faqat "erkaklar" ta'birining ifodasi orqali, xotinlarning otasi ekaniga ishora qilgani bois, nasli ayollardan davom etadi. Falillahilhamd, Hazrati Fotimaning muborak nasli Hasan va Husayn kabi ikki nuroniy silsilaning munavvari toʻlinoyi, Nubuvvat quyishining ma'naviy va moddiy naslini davom ettirmoqda.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلَيْهِ وَعَلٰٓى اٰلِهِ

(Birinchi Shu'la uch Nur bilan xotima topdi.)

IKKINCHI SHU'LA: Ikiknchi Shu'laning "Uch Nur"i bor.

— 414 —

Birinchi Nur: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning hay'ati majmuasida xolis bir salosat, oliy bir salomat, metin bir tasonud, mahkam bir tanosub, jumlalari va shakllari mobaynida kuchli bir taovun, va oyatlar va maqsadlari mobaynida yuksak bir tajovub boʻlganini Bayon Ilmi va Ma'no Fani va Bayon Fanining Zamaxshariy, Sakkokiy, Abdulqoxiri Jurjoniy kabi minglab dohiy imomlarning shahodati bilan sobit boʻlgani holda, u tajovub va taovun va tasonudni va salosat va salomatni sindiradigan, buzadigan sakkiz-toʻqqiz muhim sabablar bor ekan, u sabablar buzishga emas, balki salosatiga, salomatiga, tasonudiga quvvat bergandir. Yolgʻiz, u sabablar bir daraja hukmini ijro etib, boshlarini nizom va salosat pardasidan chiqarganlar. Faqat qandayki bir maromli, tekis bir daraxtning gavdasidan bir qism chiqintilar, uchchalar chiqar. Lekin daraxtning uygʻunligini buzmoq uchun chiqmaydilar. Balki, u daraxtning ziynatli takammuliga va jamoliga mador boʻlgan mevani bermoq uchun chiqadilar. Aynan shuning kabi, shu sabablar ham Qur'on nazmining salosatiga qiymatdor ma'nolarni ifoda uchun uchli boshlarini chiqaradilar. Xullas, u Qur'oni Mubin yigirma yilda hojatlarning mavqe'lari e'tibori bilan boʻlak-boʻlak boʻlib, tarqoq parcha-parcha nozil boʻlgani holda, shunday bir toʻliq bir uygʻunligi bordirki, goʻyo bir martada nozil boʻlgan kabi bir munosabat koʻrsatadi.

Ham u Qur'on yigirma yilda ham muxtalif, bir-biridan farqli nozil boʻlish sabablariga koʻra kelgani holda, tasonudning kamolini shunday koʻrsatadiki, goʻyo bir sababi vohid bilan nozil boʻlgandir. Ham u Qur'on bir-biridan farqli va takrorli savollarning javobi boʻlib kelgani holda, nihoyat uygʻunlik va ittihodni koʻrsatadi. Goʻyo bir savoli vohidning javobidir. Ham Qur'on bir-biriga zid boʻlgan koʻpgina hodisalarning hukmlarini bayon uchun kelgani holda, shunday bir mukammal intizomni koʻrsatadiki, goʻyo bir hodisa-i vohidning bayonidir. Ham Qur'on bir-biriga muxolif, turli-tuman holatda hadsiz muxotoblarning faxmlariga munosib uslublarda tanazzuloti kalomiya bilan nozil boʻlgani holda, shunday bir goʻzal oʻxshashlik va goʻzal bir salosat koʻrsatadiki, goʻyo holat birdir, bir tushunish darajasidir, suv kabi oqadigan bir salosat koʻrsatadi. Ham u Qur'on bir-biridan uzoq boʻlgan koʻpgina muxotoblarning sinflariga yuzlangan mutakallim boʻlgani holda, shunday bayonining bir yengilligi, nizomining bir jazolati, anglatishdagi bir tushunarlilik borki, goʻyo muxotobi bir sinfdir. Hatto har bir sinf oʻylarki, shaxsan muxotob yolgʻiz oʻzidir. Ham Qur'on bir-biridan farqli daraja-daraja oldinlagan irshodiy ba'zi gʻoyalarga yetishtirmoq va hidoyat etmoq uchun nozil boʻlgani holda, shunday bir mukammal istiqomat, shunday bir muvozanat diqqati, shunday bir intizom goʻzalligi bordirki, goʻyo maqsad birdir. Xullas, bu sabablar qorishiqlikning sababi ekan, Qur'on bayonining i'jozida, salosat va uygʻunligida ishlattirilgandirlar. Ha, qalbi xastaliksiz, aqli mustaqim, vijdoni marazsiz, zavqi salim har odam Qur'onning bayonida goʻzal bir salosat, ra'no bir tanosub, xush bir ohang, tengsiz bir fasohat koʻrar. Ham koʻrishida salim bir koʻzi boʻlgan koʻradiki, Qur'onda shunday bir koʻz bordirki, u koʻz butun koinotni zohir va botini bilan yaqqol, koʻz oʻngida bir sahifa kabi koʻrar, istagani kabi aylantirar, istagani bir tarzda u sahifaning ma'nolarini aytar. Shu Birinchi Nurning haqiqatini misollar bilan ochiqlasak, bir nechta jildli kitob lozim. Unday boʻlsa, boshqa arabcha risolamda va "Ishorat-ul I'joz"da va shu yigirma besh adad Soʻzlarda shu haqiqatning isbotiga doir boʻlgan izohlar bilan qanoat qilib misol sifatida Qur'onning tamomini birdan koʻrsataman.

— 415 —

Ikkinchi Nuri: Qur'oni Hakimning oyatlarining xotimalarida koʻrsatgan xulosalar va asmoyi husna jihatidagi tengsiz uslubida boʻlgan moʻ'jizaviy ustunligiga doir.

ESLATMA: Ushbu Ikkinchi Nurda koʻp oyatlar keladi. Ular faqat Ikkinchi Nurning misollari emas, balki oʻtgan masalalar va shuʻlalarning misollari ham boʻladi. Ularni loyigʻidek izohlansa juda uzun boʻladi. Hozircha soddalashtirishga va qisqartirishga majburman. Shuning uchun oʻta muxtasar tarzda i'jozning buyuk sirining misollaridan boʻlgan oyatlarga ishora qilib, tafsilotini boshqa vaqtga qoldirdik.

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon oyatlarning xotimalarida koʻpincha ba'zi xulosalarni zikr etadi. Bu xulosalar yo asmoyi husnani yoki ma'nolarini ichiga oladi yoki tafakkurga yoʻnaltirish uchun aqlga havola qiladi va yoki Qur'onning maqsadlaridan umumiy qoidani ichiga oladi. Oyatni ta'kid va quvvatlash uchun xulosalar qiladi. Bu xulosalarda Qur'onning yuksak hikmatidan ba'zi ishoralar va Alloh hidoyatining obi hayotidan ba'zi qatralar, Qur'on i'jozining chaqmoqlaridan ba'zi uchqunlar bor. Bu yerda juda koʻp ishoralardan faqat oʻntasini qisqacha zikr qilamiz. Juda koʻp misollaridan bittadan misol va xar bir misolning juda koʻp haqiqatlarining xar birida bir haqiqatning qisqacha ma'nosiga ishora qilamiz. Ushbu oʻn ishoraning koʻp aksar oyatlarda toʻplangan holda haqiqiy i'joz naqshini tashkil qiladi. Misol sifatida keltirgan oyatlarimizning koʻpi aksar ishoralarga misoldir. Biz xar oyatdan bir ishora koʻrsatamiz xolos. Misol keltiradigan oyatlarimizdan eski Soʻzlarda bahsi yuritilganlarning faqat ma'nosiga yengil ishora qilamiz.

Ifoda Goʻzalligidagi Birinchi Ustunlik: Qur'oni Hakim i'jozkor bayonlari bilan Sone'i Zuljalolning ishlari va asarlarini e'tiborga havola qiladi, namoyon qiladi. Soʻng asarlar va ishlarida asmoyi Ilohiyni chiqaradi. Yoki hashr va tavhid kabi Qur'onning asl maqsadlarini isbotlaydi. Birinchi ma'noning misollaridan masalan:

﴿ هُوَ الَّذِى خَلَقَ لَكُمْ مَا فِى الْاَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ اسْتَوٰٓى اِلَى السَّمَآءِ فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ ﴾

Ikkinchi qismning misollaridan masalan:

﴿ اَلَمْ نَجْعَلِ الْاَرْضَ مِهَاداً ٭ وَالْجِباَلَ اَوْتاَداً ٭ وَخَلَقْنَاكُمْ اَزْوَاجاً ﴾
— 416 —

oyatning toʻligʻicha...

﴿ اِنَّ يَوْمَ الْفَصْلِ كَانَ مِيقَاتًا ﴾

gacha...

Birinchi oyatda asarlarni namoyon qilib bir natijaning, muhim istakning muqaddimalari kabi, ilm va qudratga maqsad va nizomlari bilan guvohli qilgan eng azim asarlarni goʻzal shaklda aytadi. Aliym ismini chiqaradi. Ikkinchi oyatda Birinchi Shu'laning Birinchi Yogʻdusining Uchinchi Nuqtasida bir daraja izohlangani kabi Janobi Haqning buyuk ishlarini, azim asarlarini zikr etib, oxiri qiyomat kunida boʻladigan hashrni natija sifatida zikr qilmoqda.

Ikkinchi Balogʻat Hikmati: Qur'on inson nazariga Ilohiy san'atlarning toʻqimalarini ochadi, koʻrsatadi. Soʻng xulosada ularni Ismlar ichida chiqaradi yoki aqlga havola qiladi. Birinchining misollaridan masalan:

﴿ قُلْ مَنْ يَرْزُقُكُمْ مِنَ السَّمَآءِ وَالْاَرْضِ اَمَّنْ يَمْلِكُ السَّمْعَ وَالْاَبْصَارَ وَمَنْ يُخْرِجُ الْحَىَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَىِّ وَمَنْ يُدَّبِّرُ الْاَمْرَ فَسَيَقُولُونَ اللهُفَقُلَ اَفَلَا تَتَّقُونَ ٭ فَذٰلِكُمُ اللهُ رَبُّكُمُ الْحَقُّ ﴾

Xullas boshda: "Osmon va zaminni rizqimizga ikki xazina kabi muhayyo qilib u yerdan yomgʻirni, bu yerdan ekinlarni chiqargan kim? Biror kishi Allohdan boshqa katta samo va zaminni ikki mute xazinadorga aylantira oladimi? Shunday ekan, shukr unga oiddir", deydi.

Ikkinchi ifodada aytadiki: "Sizning a'zolaringiz ichida eng qiymatlisi koʻz va quloqlaringizning sohibi kim? Qaysi joy va doʻkondan oldingiz? Bu latif qiymatli koʻz va quloqni beradigan zot faqat Rabbingizdir. Sizni ijod qilib tarbiya qilgan U boʻlib, bularni sizga bergan. Shunday ekan yolgʻiz Rab udir, Ma'bud ham u boʻladi".

Uchinchi ifodada: "Oʻlgan yerni tiriltirib, yuz minglab oʻlgan toifalarni kim tiriltirgan? Bu ishni Haqdan boshqa va butun koinotning Xoliqidan boshqa kim qila oladi? Albatta u qiladi. U tiriltiradi. Modomiki Xaqdir, huquqni zoye qilmaydi. Sizni bir buyuk mahkamaga yuboradi. Yerni tiriltirgani kabi, sizni ham ihyo etadi", deydi.

Toʻrtinchi ifodada: "Bu azim koinotni saroy, shahar kabi mukammal intizom bilan boshqarib tadbir qilgan Allohdan boshqa kim boʻla oladi? Modomiki Allohdan boshqa hech kim olmas ekan, katta koinotni butun jismlari bilan oʻta oson boshqargan qudrat shu daraja nuqsonsiz, soʻngsiz boʻlib, hech qanday sherikka, ishtirokka, koʻmak va yordamga ehtiyoji boʻl,aydi. Katta koinotni boshqargan Zot kichik maxluqlarni boshqa qoʻllarga qoldirmaydi.

— 417 —

Demak, istar-istamas "Alloh" deysiz", deydi. Xullas, birinchi va toʻrtinchi ifoda "Alloh" deydi, ikkinchi ifoda "Rab" deydi, uchinchi ifoda "Al-Haq" deydi. فَذٰلِكُمُ اللهُ رَبُّكُمُ الْحَقُّ naqadar moʻ'jizali ekanini anglab yet. Demak, Janobi Haqning azim tasarruflarini, qudratining muhim toʻqimalarini zikr etadi. Soʻng azim asarlarning, toʻqimalarning dastgohi فَذٰلِكُمُ اللهُ رَبُّكُمُ الْحَقُّ deydi. Ya'ni "Haq", "Rab" va "Alloh" ismlarini zikr qilib azim tasarruflarning manbaini koʻrsatadi.

Ikkinchining misollaridan:
﴿ اِنَّ فِى خَلْقِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافِ الَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَالْفُلْكِ الَّتِى تَجْرِى فِى الْبَحْرِ بِمَا يَنْفَعُ النَّاسَ وَمَآ اَنْزَلَ اللهُ مِنَ السَّمَآءِ مِنْ مَآءٍ فَاَحْياَ بِهِ الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ فِيهَا مِنْ كُلِّ دَابَّةٍ وَتَصْرِيفِ الرِّيَاحِ وَالسَّحَابِ الْمُسَخَّرِ بَيْنَ السَّمَآءِ وَالْاَرْضِ لَاٰياَتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ ﴾

Janobi Haqning mukammal qudratini, rububiyatining azamatini koʻrsatgan,

vahdoniyatiga shahodat qilgan samovot va yerning yaratilishidagi uluhiyat saltanatining tajalliysi,

kecha-kunduzning almashishidagi rububiyat tajalliysi,

inson ijtimoiy hayotiga eng katta vosita hisoblangan kemani dengizda itoat ettirgan rahmat tajalliysi,

oʻlgan zaminga samodan obi hayotni yuborib zaminni yuz ming toifalari bilan tiriltirib ajoyib bir mahshar suratiga keltirishdagi qudrat azamatining tajalliysi,

zaminda sanoqsiz turdagi hayvonlarni oddiy tuproqdan yaratishdagi rahmat va qudrat tajalliysi,

shamollarni oʻsimliklar va hayvonlarning nafas olish va changlanishlariga xizmat va azim vazifalar yuklagan,

tadbir va nafas olishga uygʻun holatga keltirish uchun harakatlantirish va idorasidagi rahmat va hikmat tajalliysi,

zamin va osmon oʻrtasida rahmat vositasi boʻlgan bulutlarni ajoyib mahshar kabi muallaq holda toʻplab tarqatish, bir qoʻshin kabi istirohat ettirib vazifasini bajarishga chaqirish kabi,

— 418 —

boʻysundirishidagi rububiyat tajalliysi kabi san'at toʻqimalarini sanab oʻtgandan soʻng aqlni ularning haqiqatlariga va tafsilotiga chorlab tafakkur ettirish uchun لَاٰياَتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ deydi. Bu orqali idrokni uygʻotish uchun aqlga havola qiladi.

Ifoda Goʻzalligidagi Uchinchi Ustunlik: Ba'zan Qur'on Janobi Haqning ishlarini tafsilotli aytadi. Soʻng bir xotima bilan qisqartiradi. Tafsiloti bilan bildiradi, qisqalik orqali toʻxtatadi, bogʻlaydi. Masalan:

﴿ وَكَذٰلِكَ يَجْتَبِيكَ رَبُّكَ وَيُعَلِّمُكَ مِنْ تَأْوِيلِ الْاَحَادِيثِ وَيُتِمُّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكَ وَعَلٰٓى اٰلِ يَعْقُوبَ كَمَآ اَتَمَّهَا عَلٰٓى اَبَوَيْكَ مِنْ قَبْلُ اِبْرَاهِيمَ وَاِسْحٰقَ اِنَّ رَبَّكَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ ﴾

Hazrati Yusuf va ajdodiga berilgan ne'matlarni bu oyat orqali ishora qiladi. "Sizni butun insonlar ichida paygʻambarlik maqomi bilan yuksaltgan, butun paygʻambarlar silsilasini silsilangizga bogʻlab, silsilangizni bashariyat ichida butun silsilaning sardori qildi. Honadoningizni Ilohiy ilmlar va Rabboniy hikmatlarning ta'lim va hidoyat hujrasi suratiga keltirdi. Sizda ilm va hikmat bilan dunyoning saodatli saltanatini, oxiratning abadiy saodati bilan birlashtirdi. Seni ilm va hikmat bilan Misrga ham aziz rais, ham oliy nabiy, ham hakim murshid qildi", deb Allohning ne'matini zikr qiladi, sanab chiqib, ilm va hikmat bilan uni, ota-bobolarini tanlanganlardan qilganini zikr etmoqda. Soʻng "Sening Rabbing Aliym va Hakimdir" deydi. "Uning rububiyati va hikmati, seni va ota bobolaringni Aliym, Hakim ismiga sazovor qilishini taqozo qiladi". Ne'matlarni izohlab xotima bilan xulosalaydi.

Yana masalan:

﴿ قُلِ اللّٰهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ تُؤْتِى الْمُلْكَ مَنْ تَشَآءُ ﴾

oyati Janobi Haqning insoniyat ijtimoiy hayotidagi tasarruflarini shunday koʻrsatadiki, izzat va xorlik, faqirlik va boylik toʻgʻridan-toʻgʻri Janobi Haqning istagiga va irodasiga bogʻliq. Demak koʻp tabaqalarining eng tarqoq tasarruflariga qadar Allohning istak va taqdiri bilan amalga oshadi. Tasodif aralasha olmaydi. Bu hukmni bergandan soʻng insoniyat hayotida eng muhim ish uning rizqidir. Bu oyat basharning rizqini toʻgʻridan-toʻgʻri Razzoqi Haqiqiyning Rahmat xazinasidan yuborganini bir-ikki muqaddima bilan isbotlaydi. "Rizqingiz yerning hayotiga bogʻliq. Yerning tirilishi esa bahorga qaraydi. Bahor esa quyosh va oyni itoat ettirgan, kecha va kunduzni aylantirgan zotning qoʻlidadir. Shunday ekan bir olmani insonga haqiqiy rizq qilib, butun yer yuzini barcha mevalar bilan toʻldirgan Zot bera oladi. Unga haqiqiy Razzoq boʻladi", deydi. Soʻng:

— 419 —
﴿ وَتَرْزُقُ مَنْ تَشَآءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ ﴾

deydi. Bu jumlada u tafsilotli ishlarni qisqartiradi va isbotlaydi. Ya'ni "Sizga hisobsiz rizq bergan u boʻlib, bu ishlarni u qiladi".

Toʻrtinchi Balogʻat Hikmati: Qur'on goho Allohning maxluqotini bir tartib bilan zikr qiladi soʻng maxluqot ichida nizom, mezon borligini va uning samaralarini koʻrsatib goʻyo shaffofiyat, porloqlik beradi. Soʻng oyna misol tartibidan Allohning ismlarining jilvasini koʻrsatadi. Goʻyo sanalgan maxluqot soʻz, bu Ismlar uning ma'nolari yoki mevalarning urugʻlari yoxud xulosalaridir. Masalan:

﴿ وَلَقَدْخَلَقْنَا الْاِنْسَانَ مِنْ سُلَالَةٍ مِنْ طِينٍ ثُمَّ جَعَلْناَهُ نُطْفَةً فِى قَرَارٍ مَكِينٍ ٭ ثُمَّ خَلَقْنَا النُّطْفَةَ عَلَقَةً فَخَلَقْنَا الْعَلَقَةَ مُضْغَةً فَخَلَقْنَا الْمُضْغَةَ عِظَامًا فَكَسَوْنَا الْعِظَامَ لَحْمًا ثُمَّ اَنْشَأْناَهُ خَلْقًا اٰخَرَ فَتَبَارَكَ اللهُ اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ ﴾

Qur'on inson yaratilishining ajib, gʻarib, tengsiz, intizomli, oʻlchovli holatlarini oyna-misol bir tarzda zikr qilib tartiblaganki,

﴿ فَتَبَارَكَ اللهُ اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ ﴾

ichida oʻz-oʻziga koʻrinmoqda va oʻzini ayttirmoqda. Hatto vahiyning bir kotibi bu oyatni yozar ekan, hali bu kalima kelmasdan avval aytgandir. "Ajabo, menga ham vahiy keldimi" degan oʻyda qolgan. Xolbuki avvalgi kalomning mukammal nizomi, shaffofligi va uygʻunligi oʻzini kelmasdan koʻrsatgan.

Yana masalan:

﴿ اِنَّ رَبَّكُمُ اللهُ الَّذِى خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ فِى سِتَّةِ اَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوٰى عَلَى الْعَرْشِ يُغْشِى الَّيْلَ النَّهَارَ يَطْلُبُهُ حَثِيثًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالنُّجُومَ مُسَخَّرَاتٍ بِاَمْرِهِ اَلَا لَهُ الْخَلْقُ وَالْاَمْرُ، تَبَارَكَ اللهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ ﴾
— 420 —

Qur'on shu oyatda Alloh qudratining azamati va rububiyat saltanatini Quyosh, Oy va yulduzlar uning amrbardor askarlari kabi amriga tayyor, kecha va kunduzni ikki oq va qora ip yoki bir-birining orqasida aylantirgan ikki tasma kabi rububiyat oyatlarini koinot sahifalarida yozgan va rububiyat arshida turgan bir Qodiyri Zuljalolni koʻrsatadi. Kim eshitsa "Barakalloh, Mashaalloh, Fatabarakallohu Robbul Alamin" deyishni istaydi. Demak تَبَارَكَ اللهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ avvalgi oyatning xulosasi, urugʻi, mevasi va obi hayoti oʻrniga oʻtadi.

Ifoda Goʻzalligigdagi Beshinchi Ustunlik: Qur'on ba'zan oʻzgaradigan va turli kayfiyatga sabab boʻladigan kichik moddiy narsalarni zikr qialdi. Ularni oʻzgarmas asos haqiqatlar suratiga aylantirish uchun oʻzgarmas, nuroniy, kulliy ismlar bilan qisqartiradi, bogʻlaydi. Yoki tafakkurga va ibratga tashviq qiladigan xulosa bilan xotima qiladi. Birinchi ma'noning misollaridan masalan:

﴿ وَعَلَّمَ اٰدَمَ الْاَسْمَآءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلٰٓئِكَةِ فَقَالَ اَنْبِؤُنِى بِاَسْمَآءِ هٰٓؤُلَاءِ اِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ ٭ قَالوُا سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَآ اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ ﴾

Bu oyat avvalo: "Hazrati Odamning xalifalik masalasida farishtalardan ustunligiga sabab uning ilmi ekani"ni kichik hodisa orqali zikr qiladi. Soʻng maloikalarning Hazrati Odamga ilm nuqtasida magʻlub boʻlganini aytadi. Keyin bu ikki voqe'ani ikki umuiy ism bilan xulosalaydi. Ya'ni, اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ "Sen Aliym va Hakim boʻlganing uchun Odamga ta'lim berding, bizga gʻolib boʻldi. Hakim boʻlganing uchun bizga iste'dodimizga koʻra beryapsan. Uning iste'dodiga koʻra ustun qilding", deydi.

Ikkinchi ma'noning misollaridan masalan:

﴿ وَاِنَّ لَكُمْ فِى الْاَنْعَامِ لَعِبْرَةً نُسْقِيكُمْ مِمَّا فِى بُطُونِهِ مِنْ بَيْنِ فَرْثٍ وَدَمٍ لَبَنًا ﴾
﴿ خَالِصًا سَآئِغًا لِلشَّارِبِينَ ﴾

oyatning toʻligʻi.

— 421 —
﴿ فِيهِ شِفَاءٌ لِلنَّاسِ اِنَّ فِى ذٰلِكَ لَاٰيَةً لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ ﴾

Bu oyatlar Janobi Haqning qoʻy, echki, sigir, tuya kabi maxluqlarini insonlarga xolis, sof, laziz bir sut chashmasi, uzum va xurmo kabi san'atli asarlarni esa insonlarga latif, laziz, shirin ne'mat tuvaklari va qozonlari, ari kabi kichik moʻ'jiza qudratini shifoli, shirin va goʻzal sharbatchi qilganini koʻrsatgandan soʻng tafakkurga, ibratga, boshqa narsalarga ham qiyoslashga tashviq uchun

﴿ اِنَّ فِى ذٰلِكَ لَاٰيَةً لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ ﴾

der, xotima beradi.

Oltinchi Balogʻat Hikmati: Goho oyat rububiyat hukmlarini keng koʻplikka yoyadi, soʻng birlik jihatida vahdat robitasi bilan birlashtiradi yoki kulliy qoida ichiga joylashtiradi. Masalan:

﴿ وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ وَلَا يَؤُدُهُ حِفْظُهُمَا وَهُوَ الْعَلِىُّ الْعَظِيمُ ﴾

Oyatul Kursiyda oʻn jumla bilan oʻn tavhid tabaqasini turli ranglarda isbotlab مَنْ ذاَ الَّذِى يَشْفَعُ عِنْدَهُ اِلَّا بِاِذْنِهِ jumlasi orqali oʻta keskin shiddat bilan shirkni va boshqaning aralashuvini kesib otadi. Bu oyat Ismi A'zamga sazovor boʻlgani uchun, Ilohiy haqiqatlarga oid ma'nolari a'zamiy darajadadir. Rububiyat tasarrufini a'zamiyat darajasida koʻrsatmoqda. Butun samovot va yerga birdan yuzlangan uluhiyat tadbirini eng a'zamiy darajada butunini qamragan hofiziyatni zikr qilgandan soʻng vahdat robitasi va birlik jihati a'zamiy tajalliylarning manbalarini وَهُوَ الْعَلِىُّ الْعَظِيمُ bilan xulosa qiladi.

Yana masalan:

﴿ اَللهُ الَّذِى خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَآءِ مَآءً فَاَخْرَجَ بِهِ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَكُمْ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْفُلْكَ لِتَجْرِىَ فِى الْبَحْرِ بِاَمْرِهِ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْاَنْهَارَ ٭ وَسَخَّرَ لَكُمُ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ دَآئِبَيْنِ وَسَخَّرَ لَكُمُ الَّيْلَ وَالنَّهَارَ ﴾
﴿ وَاٰتيٰكُمْ مِنْ كُلِّ مَاسَاَلْتُمُوهُ وَاِنْ تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللهِ لَا تُحْصُوهَا ﴾
— 422 —

Bu oyatlar avvalo:

Janobi Haqning insonga ushbu katta koinotni saroy kabi yaratib,

osmondan zaminga obi hayotni yuborib,

insonlarga rizqni yetishtirish uchun zamin va osmonni ikki xizmatkor qilgani kabi,

boshqa taraflaridagi xar qanday mevalaridan xar bir odamga foydalanish imkoni berish,

insonlarga harakatlarining samaralarini almashtirib xar qanday tirikchilik vositasini ta'minlash uchun kemani insonga boʻysundirgan.

Ya'ni dengizga, shamolga, daraxtga shunday vaziyat berganki, shamol qamchi, kema ot, dengiz uning oyogʻi ostida choʻl kabi turadi.

Insonlarni kema vositasida zaminga munosabatdor qilish bilan birga irmoqlarni, katta daryolarni insonning fitriy toshish vositalari qilib itoat ettirish,

Quyosh bilan Oyni sayr ettirib mavsumlarni va ularda almashgan Mun'imi Haqiqiyning rang barang ne'matlarini berish uchun ikki boʻysungan xizmatkor qilish,

buyuk jovonni aylantirish uchun ikki rulchi qilib yaratgan.

Kecha va kunduzni insonga boʻysundirgan, ya'ni kechani istirohat uchun uyquga yopinchiq, kunduzni tirikchiliklariga tijorat joyi qilib itoat ettirgan.

Xullas, Allohning ne'matlarini sanab oʻtgandan soʻng, insonga berilgan ne'matlarning naqadar keng doirasi berilganini koʻrsatib, u doirada qay daraja hadsiz ne'matlarga toʻlaligini

﴿ وَاٰتيٰكُمْ مِنْ كُلِّ مَاسَاَلْتُمُوهُ وَاِنْ تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللهِ لَا تُحْصُوهَا ﴾

xulosasi bilan koʻrsatadi. Iste'dod va tabiiy ehtiyoj tili bilan inson nima istagan boʻlsa, hammasi berilgan. Insonga berilgan Allohning ne'matlari sanash bilan bitmaydi, tugamaydi. Modomiki insonning ne'mat dasturxoni osmonlar va yer boʻlsa va u dasturxondagi ne'matlardan bir qismi quyosh, oy, kecha, kunduz kabi narsalar boʻlsa, albatta insonga yuzlangan ne'matlar haddu hisobga kelmaydi.

Yettinchi Balogʻat Siri: Goho oyat zohiriy sababni, ijodning qobiliyatidan ajratish va uzoq koʻrsatlashtirish, sabab faqat zohiriy parda ekani anglashilishi uchun natijaning maqsadlarini, samaralarini koʻrsatadi. Chunki oʻta hikmatli maqsadlar va muhim samaralarni iroda qilish oʻta Aliym, Hakim zotning ishi boʻlishi kerak. Sababi esa idroksiz, jonsizdir. Samara va maqsadlarni aytish orqali oyat, sabablar zohiran va vujudda natijalar bilan bogʻlangan va bitishgan koʻrinadi deydi. Lekin haqiqatda orasida uzoq bir masofa bor. Sababdan natijaning ijodigacha shu daraja uzoqlik borki, eng katta sababning qoʻli eng oddiy bir natijani ijod qilishga yeta olmaydi.

— 423 —

Xullas, sabab va natija orasidagi uzun masofada Allohning ismlari yulduzlar kabi koʻrinadi. Chiqish joyi oʻsha ma'naviy masofadir. Zohiran togʻlarning ufq doirasida samoning etaklari bitishgan va tekkan boʻladi. Xolbuki togʻning ufq doirasidan samoning etagigacha barcha yulduzlarning chiqish joyi va boshqa narsalarning maskanlari boʻlgan katta masofa boʻlgani kabi, sabablar bilan natija oʻrtasida shunday ma'naviy bir masofa borki, iymonning durbini bilan, Qur'onning nuri bilan koʻrinadi. Masalan:

﴿ فَلْيَنْظُرِ الْاِنْسَانُ اِلٰى طَعَامِهِ ٭ اَنَّا صَبَبْنَا الْمَآءَ صَبًّا ٭ ثُمَّ شَقَقْنَا الْاَرْضَ شَقًّا ٭ فَاَنْبَتْنَا فِيهَا حَبًّا ٭ وَعِنَبًا وَقَضْبًا ٭ وَزَيْتُونًا وَنَخْلًا ٭ وَحَدَآئِقَ غُلْبًا ٭ وَفَاكِهَةً وَاَبّاً ٭ مَتَاعًا لَكُمْ وَ لِاَنْعَامِكُمْ ﴾

Bu oyati karima Allohning qudrat moʻ'jizalarini hikmat tartibi bilan zikr qilib sabalarni natijaga bogʻlab eng oxirda مَتَاعًا لَكُمْ lafzi bilan maqsadni koʻrsatadi. U bir-biriga bogʻliq sabablar va natijalar ichida uni koʻrgan va kuzatgan yashirin tasarruf qiluvchi borligini va sabalar uning pardasi ekanini isbotlaydi. مَتَاعًا لَكُمْ وَ لِاَنْعَامِكُمْ ta'biri bilan butun sabablarni ijod qobiliyatidan ajratadi. Ma'nan: "Siz va hayvonlaringizga rizqni yetkazish uchun suv samodan kelyapti. Suvda sizga va hayvonlaringizga achinib, shafqat qilib, rizq yetkazish qobiliyati boʻlmagani uchuin suv kelmaydi, yuboriladi demakdir.

Tuproq nabototi bilan ochilib, rizqingiz u yerdan kelmoqda. Hissiz, idroksiz tuproq rizqingizni oʻylab shafqat qilish qobiliyatidan juda uzoq boʻlgani uchun, oʻz-oʻzidan ochilmaydi, bir zot u eshikni ochmoqda, ne'matlarni qoʻlingizga beryapti. Oʻtlar daraxtlar esa rizqingizni oʻylab sizga marhamat qilib mevalarni, donlarni yetishtirishdan juda uzoqda boʻlgani uchun, oyat ularning bir Hakiymi Rahiymning parda orqasidan uzatgan iplar va arqonlari ekani, ne'matlarini ularga taqqanini, jonzotlarga uzatayotganini koʻrsatadi. Bu bayonlardan Rahiym, Razzoq, Mun'im, Kariym kabi koʻp ismlarning chiqish joylari koʻrinmoqda. Yana masalan:

﴿ اَلَمْ تَرَ اَنَّ اللهَ يُزْجِى سَحَابًا ثُمَّ يُؤَلِّفُ بَيْنَهُ ثُمَّ يَجْعَلُهُ رُكاَمًا فَتَرَى الْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَالِهِ وَيُنَزِّلُ مِنَ السَّمَآءِ مِنْ جِبَالٍ فِيهَا مِنْ بَرَدٍ فَيُصِيبُ بِهِ مَنْ يَشَآءُ وَيَصْرِفُهُ عَنْ مَنْ يَشَآءُ يَكَادُ سَنَا بَرْقِهِ يَذْهَبُ بِالْاَبْصَارِ ﴾
— 424 —
﴿ يُقَلِّبُ اللهُ الَّيْلَ وَالنَّهَارَ اِنَّ فِى ذٰلِكَ لَعِبْرَةً لِاُولِى الْاَبْصَارِ ٭ وَاللهُ خَلَقَ كُلَّ دَآبَّةٍ مِنْ مَآءٍ فَمِنْهُمْ مَنْ يَمْشِى عَلٰى بَطْنِهِ وَمِنْهُمْ مَنْ يَمْشِى عَلٰى رِجْلَيْنِ وَمِنْهُمْ مَنْ يَمْشِى عَلٰٓى اَرْبَعٍ يَخْلُقُ اللهُ مَا يَشَآءُ اِنَّ اللهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ ﴾

oyati rububiyat moʻ'jizalarining eng muhimlaridan va rahmat xazinasining eng ajib pardasi boʻlgan bulutlarni tashkil topishida yomgʻir yogʻdirishdagi ajib tasarruflarni bayon qilar ekan, goʻyo bulut parchalari havo tabaqasida tarqalib yashiringan vaqt, dam olishga chiqqan askarlarning bir sur ovozi bilan toʻplangani kabi Allohning amri bilan toʻplanadi, bulut tashkil qiladi.

Soʻng kichik-kichik toifalar bir qoʻshin tashkil qilgandek, boʻlak-boʻlak bulutlarni birlashtirib, butun jonzotlarga bulut boʻlaklaridan (qiyomatda sayyor togʻlar kattaligida, shaklida, namlik va oqlik jihatida qor va doʻl sifatidagi) obi hayotni yuboryapti. Faqat bu joʻnatishda bir iroda, bir qasd mavjud. Ehtiyojga koʻra kelyapti, demak yuborilmoqda. Osmon porloq, sof, hech narsa yoʻq ekan ajoyib mahshari kabi togʻdek boʻlaklar oʻz-oʻzidan toʻplanmas ekan, jonzotlarni tanigan bir zot, joʻnatayotgani aniq. Bu ma'naviy masofada Qodiyr, Aliym, Mutasarrif, Mudabbir, Murabbiy, Mugʻis, Muhyi kabi ismlarning chiqish joyi koʻrinmoqda.

Ifoda Goʻzalligining Sakkizinchi Ustunligi: Qur'on goho Janobi Haqning oxiratda gʻaroyib ishlarini qalbga qabul ettirish uchun tayyorgarlik uchun, zehnni tasdiqqa muhayyo qilishga bir tayyorlaash suratida dunyodagi ajoyib ishlarini zikr qiladi yoki kelejak va Allohning ajoyib uxroviy ishlarini shunday bir suratda zikr etarki, biz uning koʻp oʻxshashlari bilan bilamiz. Masalan:

﴿ اَوَلَمْ يَرَ الْاِنْسَانُ اَنَّاخَلَقْناَهُ مِنْ نُطْفَةٍ فَاِذَا هُوَخَصِيمٌ مُبِينٌ ﴾

suraning toʻliq holicha. Bu mavzuda hashr masalasida Qur'oni Hakim hashrni isbotlash uchun yetti-sakkiz suratda, turli tarzda isbotlaydi. Avvalo ilk yaratilishni e'tiborga taqdim qiladi. "Nutfadan alaqqa, alaqdan mudgʻaga, mudgʻadan inson yaratilishigacha vujudga kelishingizni koʻryapsiz. Qanday qilib, oʻlimdan keyingi tirilishni inkor qilyapsiz. Bu oʻshaning oʻxshashi, balki undan ham oson". Janobi Haq insonga qilgan buyuk ehsonlarni

﴿ اَلَّذِى جَعَلَ لَكُمْ مِنَ الشَّجَرِ الْاَخْضَرِ نَارًا ﴾
— 425 —

kalimasi bilan ishora qilib "Sizga ne'mat bergan zot sizni qarovsiz-egasiz qoldirmaydiki, qabrga kirib turmasdan yotsangiz", deydi. Yana ramzan: "Oʻlgan daraxtlarning tirilib yashillanishini koʻryapsiz. Oʻtin kabi suyaklarning hayot topishini qiyos qila olmasdan aqlga sigʻdira olmayapsiz. Samovot va yerni yaratgan Zot samovot va yerning mevasi boʻlgan insonning hayot va oʻlimidan ojiz qoladimi?! Katta daraxtni boshqargan, daraxtning mevasiga ahamiyat bermasdan boshqaning qoʻliga berib qoʻyadimi?! Butun daraxtning natijasini tark etish orqali, butun jihozlari bilan hikmat bilan shimilgan yaratilish shajarasini foydasiz va behuda qiladi deb oʻylaysizmi?!" deydi. "Hashrda sizni tiriltiradigan zot shunday zotki, butun koinot amriga tayyor askar hukmidadir. "Kun fayakun" amriga toʻliq itoat bilan bosh egadi. Bir bahorni yaratish Unga bir gulchalik osondir. Butun hayvonotni ijod qilish qudratiga chivinni ijod qilish qadar oson boʻlgan Zotdir. Bu zotga مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ deb qudratiga qarshi Uni ojiz deb, qarshi chiqilmaydi. Soʻng فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ta'biri bilan: Hamma narsaning tizgini qoʻlida, hamma narsaning kaliti yonida, kecha va kunduzni, qish va yozni kitob sahifalari kabi oson aylantiradigan. Dunyo va oxiratni ikki manzil kabi buni yopadigan, uni ochadigan bir Qodiyri Zuljaloldir", deydi. Modomiki shunday ekan, butun dalillarning natijasi sifatida وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ Ya'ni: "Sizni qabrdan tiriltirib, hashrga keltirib, kibriyo huzurida hisob-kitob qiladi", deydi. Bu oyatlar zehnni hashrni qabul qilishga muhayyo, qalbni tayyor qiladi. Chunki unga oʻxshagan namunalarini dunyoviy ishlar orqali ham koʻrsatdi.

Gohihda esa, uxroviy ishlarini aqlga sigʻdira olmay inkorga joy qolmasligi uchun, dunyodagi mislini bildiradi. Masalan: اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ toliq holida va اِذَا السَّمَاءُ انْفَطَرَتْ oyatning toʻligʻi va اِذَا السَّمَآءُ انْشَقَّتْ

— 426 —

Xullas, bu suralarda qiyomat va hashrdagi azim inqiloblarni, rububiyat tasarruflarini shunday tarzda zikr qiladiki, inson ularning oʻxshashlarini dunyoda, masalan kuzda, bahorda koʻrgani uchun, qalbga dahshat berib aqlga sigʻmagan inqiloblarni oson qabul qiladi. Bu uch suraning qisqacha ma'nosiga ishora qilsak juda ham uzun boʻladi. Shuning uchun bir kalimani namuna sifatida koʻrsatamiz. Masalan: اِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ kalimasi, hashrda hammaning butun amallari bir sahifa ichida yozilgan holda nashr etilishini korsatadi. Bu masala oʻz-oʻzidan juda ajoyib boʻlganidan aql unga yoʻl topa olmaydi. Lekin suraning ishora qilganidek bahoriy hashrda boshqa nuqtalarning oʻxshashi boʻlgani kabi, bu sahifalarning nashrining nazirasi juda zohir. Chunki xar bir mevador daraxt yoki gulli bir oʻtning ham amallari bor, ishlari bor, vazifalari bor, Allohning ismlarini qay shaklda koʻrsatib tasbehot aytgan boʻlsa shunday qulligi bor. Demak, uning butun amallari hayot tarixlari bilan birga barcha urugʻlarida, danakachalarida yozilib boshqa bahorda, boshqa zaminda chiqadi. Koʻrsatgan shakl va surat tili bilan oʻta ochiq suratda otalari va ajdodlarining amallarini zikr qilgani kabi shox, shoda, yaproq, gul va mevalari bilan amallar sahifalarini nashr qiladi.

Koʻz oʻngimizda Hakimona, Hafiyzona, Mudabbirona, Murabbiyona, Latifona ishni qilgan Zot, اِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ deydi. Boshqa nuqtalarni bunga qiyosla, Kuching yetsa xulosa qil. Senga yordam boʻlishi uchun shuni ham aytamiz.

﴿ اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ﴾

Bu kalom "Takvir" lafzi bilan, ya'ni oʻramoq va toʻplamoq ma'nosi bilan porloq tamsilga ishora qilgani kabi, unga oʻxshaganlarni ham imo qiladi.

Birinchisi: Ha, Janobi Haq yoʻqlik, efir va samo pardalarini ochib, Quyosh kabi dunyoni nurlantirib, rahmat xazinasidan olmos misol bir chiroqni chiqarib dunyoga koʻrsatdi. Dunyo yopilgandan soʻng u olmosni pardalariga oʻrab oladi.

Ikkinchi: Yoki ziyo molini nashr qilish va zaminning boshiga ziyoni zulmatga navbat bilan oʻrash vazifasi yuklangan bir xodim boʻlganini va xar kecha unga molini toʻplatib yashirgani kabi, gohida bulut pardasi bilan kamroq oldi-berdi qiladi, goho Oy uning yuziga parda boʻladi, muomalasini bir daraja tortadi, molini va muomalalar daftarlarini toʻplagani kabi, albatta oʻsha xodim bir kuni ishdan chiqadi. Hatto hech qanday vazifadan boʻshash sababi boʻlmasa ham, hozircha kichik, lekin kattalashishga yuz tutgan yuzidagi ikki dogʻi kattalashib, Quyosh Yerning boshiga Allohning izni bilan oʻragan ziyoni Allohning amri bilan qaytib oladi, quyoshning boshiga oʻrab, "Qani, Yerda ishing qolmadi", deydi. "Jahannamga bor, senga ibodat qilib sen kabi amrga boʻysungan xodimni sadoqatsizlik bilan haqoratlaganlarni yoq", deydi. اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ farmonini qora dogʻli yuzi bilan yuzma yuz oʻqiydi.

— 427 —

Toʻqqizinchi Balogʻat Hikmati: Qur'oni Hakim gohida ba'zi kichik maqsadlarni zikr qiladi. Soʻng u orqali e'tiborni umumiy maqomlarga qaratish uchun kichik maqsadni umumiy qoida hukmida boʻlgan Asmoyi Husna bilan bildirib joylashtiradi, izlanib toʻgriligini isbotlaydi. Masalan:

﴿ قَدْ سَمِعَ اللهُ قَوْلَ الَّتِى تُجَادِلُكَ فِى زَوْجِهَا وَتَشْتَكِىٓ اِلَى اللهِ وَاللهُ يَسْمَعُ تَحَاوُرَكُمَآ اِنَّ اللهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ ﴾

Xullas, Qur'on: "Janobi Haq Sami'i Mutlaqdir, hamma narsani eshitadi. Hatto eng kichik mojaro boʻlgan va juftidan shikoyat qilgan ayolning kurashini Haq ismi bilan eshitadi. Rahmatning eng latif jilvasiga sazovor va shafqatning eng fidokor haqiqatiga ma'dan boʻlgan ayolning haqli boʻlib juftidan da'vosini va Janobi Haqqa shikoyatini katta ishlar suratida Rahiym ismi orqali ahamiyat bilan eshitadi. Haq ismi bilan jiddiy ravishda qaraydi", deydi. Bu juz'iy maqsadni umumiylashtirish uchun maxluqotning eng kichik hodisasini eshitgan, koʻrgan, koinotning imkon doirasidan xorij boʻlgan zot, albatta hamma narsani eshitadigan, hamma narsani koʻradigan zot boʻlishi lozim boʻladi. Koinotga Rab boʻlgan Zot, koinot ichida kichik mazlum maxluqlarning dardlarini koʻrishi, faryodlarini eshitishi kerak boʻladi. Dardlarini koʻrmagan, faryodlarini eshitmagan zot "Rab" boʻla olmaydi. Shunday ekanاِنَّ اللهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ jumlasi bilan ikki buyuk haqiqatni joylashtiradi.

Yana masalan:

﴿ سُبْحَانَ الَّذِىٓ اَسْرٰى بِعَبْدِهِ لَيْلًا مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ اِلَى الْمَسْجِدِ الْاَقْصَا الَّذِى بَارَكْنَا حَوْلَهُ لِنُرِيَهُ مِنْ اٰياَتِنَآ اِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ ﴾

Qur'on Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning me'rojining boshlanishi boʻlgan Masjidi Haromdan Masjidi Aqsoga boʻlgan sayrini zikr qilgandan soʻng اِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ deydi. اِنَّهُ dagi olmosh yo Janobi Haqqadir yoki Paygʻambargadir. Paygʻambarga koʻra boʻlsa, shunday boʻladiki: "Bu juz'iy sayohatda umumiy bir sayr, kulliy yuksalish borki, Sidratul Muntahogacha, Qobi Qavsaynga qadar Ismlarning kulliy martabalarida koʻziga, qulogʻiga tazohur etgan Rabboniy oyatlarni va Ilohiy san'at ajoyibotlarini eshitgan, koʻrgan", deydi. Kichik, juz'iy sayohatni kulliy va ajoyib narsalar yigʻilgan joyga, sayohatning kaliti sifatida koʻrsatadi.

— 428 —

Agar olmosh Janobi Haqqa oid boʻlsa, "Bir qulini sayohat orqali huzuriga chaqirib vazifa yuklash uchun Masjidi Haromdam anbiyolar toʻplangan Masjidi Aqsoga yuborib, anbiyolar bilan koʻrishtirib, butun anbiyolarning usuli dinlariga mutlaq voris ekanini koʻrsatgandan soʻng, Qobi Qavsayngacha mulku malakutida aylantirdi". Garchi u zot bir qul boʻlib, kichik me'rojda sayohat qilsada, bu qul bilan birga butun koinotga taalluqli omonat bor. Koinotning rangini oʻzgartiradigan nur u zot bilan birgadir. Yana abadiy saodatning eshigini ochadigan kalit u zotda boʻlgani uchun Janobi Haq oʻz zotini, omonat, nur, kalitning jahonshumul hikmatlarini koʻrsatish uchun butun ashyoni eshitadigan va koʻradigan sifati bilan vasflaydi.

Yana masalan:

﴿ اَلْحَمْدُ للهِ فَاطِرِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ جَاعِلِ الْمَلٰٓئِكَةِ رُسُلًا اُولِىٓ اَجْنِحَةٍ مَثْنىَ وَثُلٰثَ وَرُبَاعَ يَزيِدُ فِى الْخَلْقِ مَا يَشَآءُ اِنَّ اللهَ عَلٰى كُلِّ شَئٍْ قَدِيرٌ ﴾

Bu surada "Samovot va arzning Fotiri Zuljaloli samovot va arzni bezab kamolot asarlarini koʻrsatish orqali hadsiz tomoshabinlarini Fotiriga sanoqsiz madhu sanolar ayttiryapti. Va hadsiz ne'matlar bilan bezatilganki, samo va zamin barcha ne'matlarning va ne'mat olganlarning tili bilan Fotiri Rahmonini cheksiz maqtashadi va hamd aytishadi", degandan soʻng, Yerning shaharlari va yurtlari ichida Fotirning bergan jihozlar va qanotlari bilan sayru sayohat qilgan insonlar, hayvonlar va qushlar kabi samoviy saroylar boʻlgan yulduzlar va yuksak vatani boʻlgan burjlarda aylanish va uchish uchun aholisi boʻlgan malaklariga qanot bergan Zoti Zuljalol, albatta hamma narsaga qodir boʻlishi kerak boʻladi. Chivinga bir mevadan boshqa mevaga, bir kichik qushga bir daraxtdan bir daraxtga uchish qanotini bergan Zot, Zuhrodan Mushtariyga, Mushtariydan Zuholga uchadigan qanotlarni beradi.

Farishtalar zamin yashovchilari kabi kichik emas, muayyan makon ularni chegaralamaydi. Bir vaqtda toʻrt yoki yanada koʻproq yulduzlarda boʻlganiga ishora qilgan مَثْنٰى وَثُلٰثَ وَرُبَاعَ kalimalari bilan izohlaydi. Demak, shu juz'iy hodisa "Maloikalarni qanotlar bilan jihozlash" ta'biri bilan oʻta kulliy va umumiy qudrat azamatining dastgohiga ishora qilib, اِنَّ اللهَ عَلٰى كُلِّ شَئٍْ قَدِيرٌ xotimasi bilan dalillarni izlanib aniqlaydi.

— 429 —

Oʻninchi Balogʻat Nuktasi: Gohida oyat insonning isyon qilganini zikr qiladi, qattiq tahdid bilan manʻ qiladi. Soʻng tahdid shiddati ya'sga va umidsiz boʻlmasligi uchun rahmatiga ishora qilgan bir qancha ismlar bilan xotima qialdi, tasalli beradi. Masalan:

﴿ قُلْ لَوْ كَانَ مَعَهُ اٰلِهَةٌ كَمَا يَقُولُونَ اِذًا لَابْتَغَوْا اِلٰى ذِى الْعَرْشِ سَبِيلًا ٭ سُبْحَانَهُ وَتَعَالٰى عَمَّا يَقُولُونَ عُلُوّاً كَبِيرًا ٭ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْفِيهِنَّ وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ وَلٰكِنْ لَاتَفْقَهُونَ تَسْبِيحَهُمْ اِنَّهُ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا ﴾

Bu oyat aytadiki: "Ayt: Agar aytganingiz kabi mulkida sheridi boʻlganida, albatta rububiyat arshiga qoʻl uzatib aralashish belgisi koʻrinadigan darajada intizomsizlik boʻlar edi. Xolbuki yetti tabaqa samovotdan mikroskopik jonzotlargacha xar bir maxluq umumiy boʻlsin boʻlak boʻlsin, kichik boʻlsin katta boʻlsin sazovor boʻlgan butun ismlarining jilva va naqshlarining tili bilan Asmoyi Husnaning Musammoi Zuljaloliga tasbeh aytib, sherik va nazirdan tanzih etmoqdalar.

Osmon quyoshlar, yulduzlar deyilgan nurafshon kalimalari bilan, hikmat va intizomi bilan uni taqdis etadi, vahdatiga shahodat qiladi. Havo tabaqasi ham bulutlar, chaqmoq, momaqaldiroq va tomchilarning soʻzlari orqali uni tasbeh, taqdis va vahdoniyatiga shahodat qiladi.

Xuddi shuning kabi, zamin hayvonot, nabotot va mavjudot deyilgan tirik kalimalari bilan Xoliqi Zuljalolini tasbeh aytishi va tavhid-yakkalash bilan birga, xar bir daraxtni yaproq, gul va mevalarning soʻzlari bilan yana tasbeh aytib birligiga shahodat qiladi. Xuddi shuning kabi eng kichik maxluq, eng juz'iy san'atli asar kichikligi va juz'iy boʻlishi bilan birga undagi naqshlar va xususiyati ishorasi bilan Allohning juda koʻp kulliy ismlarni koʻrsatish orqali Musammoi Zuljalolga tasbeh aytib vahdoniyatiga shahodat qiladi.

— 430 —

Demak, butun koinot birdan, bir til bilan, birgalikda Xoliqi Zuljaloliga tasbeh aytadi, vahdoniyatiga shahodat qilib, vazifasiga asoslangan qullik vazifasini mukammal itoat bilan baajaradi. Koinotning xulosasi, natijasi, nozli xalifasi va nozanin bir mevasi boʻlgan inson ularning aksiga, ziddiga keltirgan kufr va shirklarining naqadar xunukligini, qay daraja jazoga loyiq ekanini ifodalab batamom umidsizlikka tushirmaslik uchun ham bu kabi nihoyatsiz jinoyatga, hadsiz xunuk isyonga Qaxxori Zuljalol yoʻl qoʻyib, koinotni uning boshiga xarob etmaganining hikmatini koʻrsatish uchun اِنَّهُ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا deydi. Bu xotima orqali muhlat berilganining hikmatini koʻrsatib, umid eshigini ochiq qoldiradi.

Ushbu oʻn i'joz ishoralaridan oyatlarning xotimalaridagi xulosalarda koʻp hidoyat tomchilari bilan birga koʻp i'joz yogʻdulari borligini, balogʻat olimlarinign eng buyuk dohiylari ushbu tenggi yoʻq uslublarga mukammal hayrat va tahsinlaridan barmoqlarini, lablarini tishlaganini "Ma haza kalamu bashar", deganini angla. اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحٰى oyatiga haqqalyaqiyn iymon keltirishgan. Demak ba'zi oyatlarda aytilgan barcha ishoralar bilan birga mavzuimizga kirmagan boshqa koʻp ustun tomonlarni ham ichiga oladiki, ularning toʻplamidagi i'joz naqshini koʻr ham koʻradi.

Ikkinchi Shu'laning Uchinchi Nuri quyidagicha: Qur'on boshqa kalomlar bilan qiyos qilinmaydi. Chunki kalomning tabaqalari yuksaklik, quvvat va goʻzalligi jihatidan toʻrt manbai bor: Biri soʻzlovchi, biri tinglovchi, biri maqsad, biri maqomdir. Adiblarning xato qilib faqat maqom koʻrsatganidek emas. Shunday ekan soʻzda "Kim aytgan? Kimga aytgan? Nima uchun aytgan? Qay maqomda aytgan?" boʻlsa qara. Faqat soʻzga qarab turma. Modomiki kalom kuchini, husnini bu toʻrt manbadan oladi.

Qur'onning manbalariga e'tibor berilsa balogʻat darajasi, yuksakligi va goʻzalligi anglashiladi. Modomiki kalom soʻzlovchiga qarar ekan, agar kalom amr va ta'qiq boʻlsa, soʻzlovchining darajasiga koʻra iroda va qudratni ham ichiga oladi. Demak soʻz qarshilik koʻrmaydi, moddiy elektr kabi ta'sir qiladi, kalomning yuksaklik va quvvati oʻsha nisbatda koʻrinadi. Masalan:

﴿ يَآ اَرْضُ ابْلَعِى مَآءَكِ وَيَاسَمَآءُ اَقْلِعِى ﴾

ya'ni "Ey yer! Vazifang tugadi, suvingni yut. Ey samo! Hojat qolmadi, yomgʻirni toʻxtat".

Masalan:

فَقَالَ لَهَا وَلِلْاَرْضِ ائْتِيَا طَوْعًا اَوْ كَرْهًا قَالَتَآ اَتَيْنَا طَآئِعِينَ

ya'ni "Ey yer! Ey samo! Istar-istamas keling, hikmat va qudratimga rom boʻling. Yoʻqlikdan chiqib, vujudda san'atim tomosha joyiga keling", dedi. Ular: "Biz kamoli itoat bilan kelyapmiz. Bizga koʻrsatgan xar qanday vazifani sening quvvating bilan bajaramiz" deydi.

— 431 —

Quvvat va irodani ichiga olgan ushbu haqiqiy va nufuzli amrlarning kuch va yuksakligiga qara. Soʻng insonlarning

اُسْكُنِى يَآ اَرْضُ وَانْشَقِّى يَاسَمَآءُ وَقوُمِى اَيَّتُهَا الْقِيَامَةُ

kabi jonsiz narsalarga amr shaklida boʻlmagʻur gap gapirishi ikki amr bilan qiyos qilinishi mumkinmi hech?!

Ha, istakdan kelib chiqqan orzular va bu orzulardan chiqqan keraksiz amrlar qayerda, amirlik haqiqati bilan vasflangan amirning ish ustidagi amrining haqiqati qayerda?! Ha, amri taʻsirli buyuk amirning mute' va katta qoʻshniga "Qadam tashla" amri qayerda? Bu amr oddiy askardan eshitilganda, ikki amr suratan bir hil, lekin oʻrtada ma'nan bir askar bilan bir qoʻshin qoʻmondonichalik farq bor.

Masalan:

﴿ اِنَّمَآ اَمْرُهُ اِذَآ اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ﴾

Yana: وَاِذْ قُلْنَا لِلْمَلٰٓئِكَةِ اسْجُدُوا لِاٰدَمَ

Bu ikki oyatda ikki amrning quvvat va yuksakligiga qara, soʻng insonning amrlar turidagi kalomiga boq. Tilla qoʻngʻizning quyoshga nisbati kabi boʻlmaydilarmi ajabo?! Haqiqiy malikning ish ustidagi tasviri, haqiqiy san'atkorning ishlagan vaqti san'atiga doir qilgan bayonlarini, haqiqiy bir moʻ'minning ehson qilayotib bayon qilgan ehsonlari, ya'ni gap bilan amalni birlashtirish, oʻz ishini ham koʻzga, ham quloqqa tasvirlash uchun, "Qarang! Buni qildim, shunday qilyapman. Buni shuning uchun qildim. Bu bunday boʻladi, shuning uchun buni bunday qilyapman", deydi. Masalan:

﴿ اَفَلَمْ يَنْظُرُوٓا اِلَى السَّمَآءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَزَيَّنَّاهَا وَمَالَهَا مِنْ فُرُوجٍ ٭ وَالْاَرْضَ مَدَدْناَهَا وَاَلْقَيْناَ فِيهَا رَوَاسِىَ وَاَنْبَتْنَا فِيهَا مِنْ كُلِّ زَوْجٍ بَهِيجٍ ٭ تَبْصِرَةً وَذِكْرٰى لِكُلِّ عَبْدٍ مُنِيبٍ ٭ وَنَزَّلْناَ مِنَ السَّمَآءِ مَآءً مُبَارَكًا فَاَنْبَتْنَا بِهِ جَنَّاتٍ وَحَبَّ الْحَصِيدِ ٭ وَالنَّخْلَ بَاسِقَاتٍ لَهَا طَلْعٌ نَضِيدٌ ٭ رِزْقًا لِلْعِبَادِ وَاَحْيَيْناَ بِهِ بَلْدَةً مَيْتًا كَذٰلِكَ الْخُرُوجُ ﴾

Qur'onning samosida

bu Suraning burjida porlagan yulduz misol Jannat mevalari kabi tasvirlarni,

bu ishlarning ichidagi balogʻat intizomi bilan,

hashrning koʻp tabaqa dalillarini zikr qilish natijasida hashrni كَذٰلِكَ الْخُرُوجُ ta'biri bilan isbotlash,

suraning boshida hashrni inkor etganlarni mot qilish qayerdayu, insonlarning ularga biro z tegishli boʻlgan kichik ishini gapirishi qayerda?!

— 432 —

Taqlid suratida gul rasmlari haqiqiy, hayotdor gullarga nisbati darajasida boʻla olmaydi. اَفَلَمْ يَنْظُرُوا dan كَذٰلِكَ الْخُرُوجُ gacha ma'nosini chiroyli gapirsak juda uzun boʻladi. Faqat bir ishora qilib oʻtamiz:

Suraning boshida kofirlar hashrni inkor etgani uchun Qur'on ularni hashrning qabuliga majburlash uchun shunday muqaddima qiladi: "Ustingizdagi samoni biz qanday kayfiyatda, naqadar muntazam, muhtasham suratda bino etganmizga qaramaysizmi?! Yulduzlar bilan, Oy va Quyosh bilan bezaganimizni, hech qanday kamchilik va nuqsoniyat qoldirmaganimizni koʻrmayapsizmi?! Zaminni sizga qanday sifatda yoyganmizni, naqadar hikmat bilan toʻshaganmizni koʻrmayapsizmi?! Yerga togʻlarni joylashtirganimizni, dengizning istilosidan muhofaza qilganimizni koʻrmayapsizmi?! Yerda qanchalab xar bir sinfdan goʻzal, rang-barang juft koʻkatlarni, nabototni yaratganimizni, uning xar tomonini goʻzal narsalar bilan goʻzallashtirganimizni koʻrmayapsizmi?! Osmondan barakali suvni qanday sifatda yuborayotganimizni, oʻsha suv bilan bogʻ va boʻstonlarni, ekinlarni, yuksak laziz mevali xurmo kabi daraxtlarni yaratib u orqali bandalarimga rizqni yuborayotganimni, yetkazayotganimni koʻrmayapsizmi?! Suv bilan oʻlgan yurtni tiriltirayotganimni, minglab dunyoviy qayta tirilishlarni ijod qilayotganimni koʻrmayapsizmi?! Bu nabototni qudratim bilan oʻlgan yurtdan chiqarayotgan boʻlsam, sizning hashrdagi chiqishingiz ham shunday. Qiyomatda yer oʻladi, siz sogʻ salomat boʻlib chiqasiz".

Bu oyatning hashrni isbotlashda bayonining ravonligi (mingdan biriga zoʻrgʻa ishora qila oldik) qayerda, insonlarning bir da'vo uchun aytgan soʻzlari qayerda?!

Bu risolaning boshidan bu yergacha tekshirish uchun betaraf muhokama suratida Qur'onning i'jozini qaysar dushmanga qabul ettirish uchun Qur'onning koʻp huquqini yashirin qoldirdik. Shunday qilmaganimizda u quyoshni mumlar qatoriga keltirib taqqoslagan boʻlar edik. Tekshirish vazifasini tugatib, porloq suratda i'jozini isbotladi. Endi esa tekshirish uchun emas, haqiqatga bir-ikki soʻz bilan Qur'onning taqqoslanmas haqiqiy maqomiga ishora qilamiz:

Boshqa kalomlarning Qur'onning oyatlariga nisbati - yilduzlar bilan ularning shishalarda koʻringan kichkina akslari nisbati kabidir. Xar biri sobit haqiqatlarni tasvir etgan, koʻrsatgan Qur'onning soʻzlari qayerdayu, inson fikri va tuygʻularining oynachalarida soʻzlari bilan rasmini chizgan ma'nolar qayerda?!

— 433 —

Ha, hidoyat nurlarini ilhom qilgan, quyosh va oyning Xoliqi Zuljalolining kalomi boʻlgan Qur'onning farishta misol jonli soʻzlari qayerdayu, basharning havaslarini uygʻotish uchun sehrli nafslari bilan, uydirmalari bilan tishlaydigan soʻzlari qayerda?! Ha, tishlaydigan hasharot va qurtlarning muborak farishta va nuroniy ruhoniylarga nisbati qanday boʻlsa, inson soʻzlari Qur'onning soʻzlariga nisbatidadir. Bu haqiqatlarni Yigirma Beshinchi Soʻz bilan birga oʻtgan Yigirma Toʻrt adad Soʻzlar isbotlagan. Da'voimiz yolgʻiz emas, uning burhoni esa aytilgan natijadir.

Xar biri hidoyat javharlarining sadaflari, iymon haqiqatlarining manbalari, Islom asoslarining ma'danlari, toʻgʻridan toʻgʻri Arshur Rahmondan kelgan, koinot tashqarisidan va xorijidan insonga tushgan, ilm, qudrat va irodani ichiga olgan, azaliy xitob hisoblangan Qur'onning lafzlari qayerdayu, insonning nafsiga qul, havaslariga tobe', ma'nosiz, hoy-havaslariga mahliyo boʻlgan lafzlari qayerda?!

Qur'on - tubo daraxti hisoblanib Islom olamini butun ma'naviyati bilan, shiorlari va kamoloti bilan, dastur va hukmlari bilan yaproqlar suratida nashr qilib asfiyo va avliyolarini gullar oʻrnida daraxtning obi hayoti bilan toza, goʻzal koʻrsatib, butun kamoloti, koinotga oid va Ilohiy haqiqatlarni samara berib, mevalaridagi koʻp urugʻlari amaliy uslub, dastur qilib, mevador daraxt oʻrnida bir-biriga bogʻlangan haqiqatlarni koʻrsatgan Qur'on qayerdayu, insonning biz bilgan kalomi qayerda?! Yer qayerdayu, surayyo yulduz tizimi qayerda?!

Bir ming uch yuz ellik yildan beri Qur'oni Hakimning butun haqiqatlarini koinot bozorida ochib namoyon qilyapti. Xar kim, xar millat, xar mamlakat uning javharlaridan, haqiqatlaridan olgan va olmoqda. Xolbuki na ulfat, na toʻkinlik, na vaqt oʻtishi, na katta oʻzgarishlar uning qiymatli haqiqatlariga, uning goʻzal uslublariga halal bergan, keksaytirgan, quritgan, qiymatdan tushirgan, husnini soʻndirgan. Shuning oʻzi bir moʻ'jizadir.

Hozir birov chiqib, Qur'onning keltirgan haqiqatlardan bir qismiga oʻzboshimcha bolalarcha tartibga solsa, Qur'onning ba'zi oyatlariga qarshi chiqish uchun nisbat qilsa, "Qur'onga yaqin soʻz aytdim" desa, ahmoqona gap boʻladi. Masalan bir usta toshlari turlicha javharlardan muhtasham saroyni qurgan va u toshlarning tuzilishida butun saroyning oliy naqshlariga qaragan mezonli naqshlar bilan bezagan. Aqli oliy naqshlarga yetmaydigan, saroyning butun javhar va ziynatlaridan bebahra, oddiy uylarning ustasi u saroyga kirib uning san'atini, qiymatdor toshlardagi yuksak naqshlarni buzib bolalarcha oʻzboshimchalik qilib oddiy bir uyning holatiga koʻra bir tartib, surat beradi. Bolalarning e'tiboriga chiroyli koʻrinadigan ba'zi munchoqlarni taqib, "Qaranglar! Saroyning ustasidan ham koʻproq mahoratim, boyligim va qiymatli ziynatlarim bor" desa, telbalarcha gapirgan soxtakor ishining nisbatiga oʻxshaydi.

— 434 —

UCHINCHI SHU'LA: Uch ziyosi bor.

BIRINCHI ZIYO: Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning buyuk bir i'joz jihati Oʻn Uchinchi Soʻzda bayon qililgan. Qardoshlari boʻlgan boshqa i'joz jihatlari qatoriga kirish uchun bu maqomga olindi. Qur'onning xar bir oyati porloq yulduzlar kabi i'joz va hidoyat nurini yoyib, kufr va gʻaflat zulmatini tarqatganini koʻrish va zavq olishni istasang, oʻzingni Qur'onning nozil boʻlishidan avvalgi johiliyat asrida va u badaviylik sahrosida faraz qil. Hamma narsa johillik va gʻaflat zulmati ostida oʻlik va jonsiz tabiat pardasiga oʻralgan paytda birdan Qur'onning yuksak tilidan

﴿ سَبَّحَ للهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ﴾
﴿ يُسَبِّحُ للهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَمَا فِى الْاَرْضِ الْمَلِكِ الْقُدُّوسِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ ﴾

kabi oyatlarni eshit, qara. Oʻlgan yoki yotgan olam mavjudoti سَبَّحَ، يُسَبِّحُ sadosi bilan eshitganlarning zehnida tirilayapti, xushyor boʻlayapti, qiyom turib zikr qilayapti. Qorongʻu samoda jonsiz olov boʻlaklari boʻlgan yulduzlar va yerdagi abgor maxluqot تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ hayqirigʻi eshitganlarning nazarida goʻzalligini - samo bir ogʻiz, butun yulduzlar hikmatli kalima, haqiqatni koʻrsatgan nur, yer bir bosh, quruqlik va dengiz til, butun hayvonot va nabotot tasbeh aytgan kalima suratida koʻrsatadi. Agar bugundan u davrga qarasang, mazkur zavqning nozik tomonlarini koʻrolmaysan.

Oʻsha davrdan beri nurini sochgan va davr oʻtishi bilan hammaga ma'lum ilmlar hisoblangan, Islomning boshqa nurli haqiqatlari bilan porlagan, Qur'onning quyoshi bilan kunduz rangini olgan holatda, yoki yuzaki va oddiy koʻnikish pardasi bilan qarasang, albatta xar bir oyatning naqadar shirin i'joz ohangi ichida qanchalab zulmatlarni tarqatganini loyigʻidek koʻra olmaysan va bir qancha i'joz turlari ichida bu tur i'jozining zavqini ola olmaysan.

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning eng yuksak i'joz darajasiga qarashni istasang, ushbu misol durbini bilan qara:

— 435 —

Gʻoyat buyuk, gʻarib va keng yoyilgan ajib bir daraxt faraz qilaylik. U keng gʻayb pardasi ostida yopiq tabaqa ichida yashiringan. Ma'lumki daraxtga insonning a'zolari kabi shoxlari, mevalari, yaproqlari, gullari kabi butun a'zolari orasida munosabat, uygʻunlik, muvozanat lozim. Xar bir qismi daraxtning mohiyatiga koʻra shakl oladi, surat beriladi. Birov chiqib hech kim bilmaydigan (hali ham bilmagan) daraxtning xar bir a'zosining rasmini chizsa, hudud belgilasa, shoxdan mevaga, mevadan yaproqqa uygʻunlik bilan surat chizsa va bir-biridan juda uzoq boshlangʻich va tugashining oʻrtasida a'zolarining ayni shakl va suratini koʻrsatadigan uygʻun rasmlar bilan toʻldirsa, rassomning gʻaybiy daraxtni gʻaybni biladigan nazari bilan toʻliq koʻrgani, qamragani, soʻng tasvirlaganiga albatta shubha qolmaydi.

Aynan shuning kabi, Qur'oni Moʻ'jizul Bayon ham yaratilgan narsalarning haqiqatiga doir (bu haqiqat - dunyoning ibtidosidan oxiratning eng nihoyatigacha uzangan va arshdan yerga, zarradan quyoshgacha yoyilgan yaratilish daraxtining haqiqatiga doir) Qur'onning bayonlari shu qadar uygʻunlikni muhofaza qilgan va xar bir a'zo va mevaga loyiq surat berganki, butun olimlar izlanishlarining oxirida Qur'onni tasvirlashga "Mashaalloh, Barakalloh" deb, "Koinot tilsimini va yaratilish muammosini kashf qilgan va egallagan yolgʻiz sensan ey Qur'oni Karim!" deyishgan.

وَ للهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى misolda kamchilik yoʻq, Allohning ism va sifatlari va Rabboniy ish va fe'llari bir nurli tubo daraxti sifatida misol qilish orqali nuroniy daraxtning kattalik doirasi azaldan abadgacha uzanib ketadi. Kibriyo hududi cheksiz nihoyatsiz fazoda yoyilib ihota qiladi. Ijroot hududi

﴿ فَالِقُ الْحَبِّ وَالنَّوٰى ٭ يَحوُلُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ ﴾

hududidan

﴿ وَالسَّمٰوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ ٭ خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ فِى سِتَّةِ اَيَّامٍ ﴾

hududigacha yoyilgan nuroniy haqiqatni butun shox va shabbalari bilan, maqsad va mevalari bilan bir-biriga shu qadar uygʻun, bir-biriga loyiq, bir-birini sindirmaydigan, bir-birining hukmini buzmaydigan, bir-biridan qoʻrqmaydigan suratda ism, sifat, ish va fe'llarning haqiqatlarini bayon qiladiki, butun kashf va haqiqat ahli, malakut doirasida ijro qilgan butun irfon va hikmat sohiblari Qur'on bayonlariga "Subhanalloh" deb, "Naqadar toʻgʻri, naqadar muvofiq, naqadar goʻzal, naqadar loyiq" deb tasdiqlaydilar.

— 436 —

Masalan:

Butun imkon-koinot doirasi va vujub-Ilohlik doirasiga qaragan

ikki buyuk daraxtning bir shoxi hisoblangan iymonning olti rukni va ularning shox va shabbalarining eng nozik meva va gullari orasida shu qadar uygʻunlikni koʻzlab tasvirlaydi,

shu daraja muvozanat suratida ta'riflaydi,

shu daraja munosabat tarzida izhor etadiki,

bashar aqli uni idrok qilishdan ojiz va husniga qarshi hayron boʻladi.

iymon shoxining shodasi hukmida boʻlgan Islomiyatning besh rukni oralasida,

ruknlarning to eng nozik tafsilotlari, eng kichik odobi, eng uzoq maqsadlari, eng chuqur hikmatlari va eng juz'iy samaralarigacha orasida uygʻunlikning goʻzalligi,

mukammal munosabat va toʻliq muvozanat muhofaza etganiga dalil shuki - hamma narsani oʻz ichiga olgan Qur'onning hukmlari, tomonlari, ishora va ramzlaridan chiqqan buyuk Islomi shariatining mukammal intizomi, muvozanati va uygʻunligining goʻzalligi va sogʻlomligi rad qilinmas adolatli guvoh, shubha keltirmas qat'iy burhondir.

Demak, Qur'onning bayonlari insonning juz'iy ilmiga, boxusus bir ummiyning ilmiga tayanmagan. Balki bepoyon ilmga tayanadi va butun ashyoni birdan koʻradigan, azal va abad orasidagi barcha haqiqatlarni bir onda mushohada etadigan bir Zotning kalomidir. Amanna...

IKKINCHI ZIYO: Qur'on hikmatining qarshisiga kurash maydoniga chiqqan bashariyat falsafasining Qur'on hikmatiga qarshi qay daraja tubanlashganini Oʻn Ikkinchi Soʻzda izohlaganmiz, misol bilan tasvir qilganmiz va boshqa Soʻzlarda isbotlaganimiz uchun, ularga havola qilib hozircha boshqa bir tomondan kichik taqqos qilamiz:

Insonlarning falsafasi va hikmati dunyoni sobit-oʻzgarmas deb qaraydi. Mavjudotning mohiyatini, xosiyatlarini batafsil tushuntiradi. Sone'-Sanʻatkoriga nisbatan vazifalarini gapirsa ham, qisqacha bahs yuritadi. Odatda koinot kitobining faqat naqsh va harflaridan bahs yuritadi, ma'nosiga ahamiyat bermaydi.

Qur'on esa dunyoga oʻtkinchi, oqadigan, aldaydigan, sayr qiladigan, qarorsiz, almashadigan narsa sifatida qaraydi. Mavjudotlarning mohiyatidan, zohiriy va moddiy xosiyatlaridan qisqacha bahs yuritadi. Lekin Sone' tomonidan qullik vazifasi yuklangani, Sone'ning Asmosiga qay jihatda va qanday dalolat qilishini va Allohning koinoptga oʻrnatgan qonuinlariga itoatlarini batafsil zikr qiladi.

Bashariyat falsafasi bilan Qur'on hikmatining ushbu tafsiloti va qisqaligi xususidagi farqlariga qarasak, ayni haq va haqiqat qaysi biri ekanini koʻramiz. Qoʻlimizdagi soat suratan sobit koʻrinadi. Lekin ichidagi charxlarning harakati bilan doimiy zilzila, olat va charxlari iztirob chekadi. Aynan shuning kabi Alloh qudratining eng katta soati boʻlgan bu dunyo zohiran sobit boʻlsada, doim zilzila va almashishda, fano va zavolga qarab yumalaydi. Ha,

Dunyoga vaqt bilan chegaralangani uchun, kecha va kunduz eng katta soatning soniyalarini sanagan ikki boshli mil hisobidadir. Yil uning daqiqalarini sanagan mil holatidadir. Asr esa soatlarini sanagan bir ignadir. Vaqt dunyoni zavol toʻlqinlari ustiga otadi. Moziy va kelajakni yoʻqlikka tashlab, faqat hozirgi zamonni vujudda qoldiradi.

— 437 —

Hozirgi zamonning dunyoga bergan shakli bilan birga makon e'tibori bilan yana dunyo zilzilali, sobit turmagan soat hisoblanadi. Chunki osmonning makoni tez oʻzgargani uchun bir holdan ikkinchi holga tez oʻtgani uchun ba'zan bulutlar bir necha marta toʻlib boʻshalib, soniya sanagan milning oʻzgarish surati hukmida bir oʻzgarish beradi. Dunyo uyining asosi boʻlgan yerning makoni esa yuzi oʻlim va hayotda, nabot va hayvonlarda juda tez oʻzgargani uchun daqiqalarni sanagan bir mil boʻlib dunyoning bu jihati oʻtkinchiligini koʻrsatadi.

Zamin yuzi e'tibori bilan bunday boʻlgani kabi, botinidagi inqiloblar va zilzilalar natijasida togʻlarning chiqishi va oy tutilishi soatlarni sanagan mil kabi dunyoning ogʻir oʻtishini koʻrsatadi. Dunyo uyining shipi boʻlgan samo makoni yulduzlarning harakati bilan, dumli yulduzlarning chiqishi bilan, Quyosh va Oyning tutilishi bilan, yulduzlarning uchishi kabi oʻzgarishlar samovot ham sobit emasligi, qarilikka, xarob boʻlishga qarab ketayotganini koʻrsatadi. Lekin uning oʻzgarishi haftalik soatda kunlarni sanagan bir mil kabi ogʻir va kech boʻladi. Faqat har holda oʻtkinchi, zavol toppish va xarob boʻlishga qarab yurganini koʻrsatadi. Dunyo dunyolik jihatida ushbu yetti rukn ustida qurilgan. Bu ruknlar doim uni tebratadi. Lekin tebrangan va harakatlangan dunyo Sone'iga qaragan vaqti, harakat va oʻzgarishlar qudrat qalamining Samadoniy maktublarni yozgan qalami boʻladi. Holatlarning almashishi esa Alloh ismlari shuunlari jilvalarini turli tuman vasflar bilan koʻrsatgan yangilangan oynalaridir.

Dunyo dunyo e'tibori bilan ham fanoga ketadi ham oʻlishga yuguradi ham zilzila ichidadir. Haqiqatda oqar suv kabi rihlat qilib, gʻaflat bilan suratan qotgan, tabiat fikri bilan nursizlik va xiralik paydo qilib oxiratga parda boʻlgan.

Xato yoʻldagi falsafa tadqiqotlari bilan, fizika fani bilan va tuban madaniyatning jozibador nafsoniy xarom oʻyinlari bilan, sarxush istaklari bilan dunyoni yanada qattiqlashtirib gʻaflatni qalinlashtirgan, dogʻlar bilan kirini qalinlashtirib Sone'ni va oxiratni unuttiradi. Ammo Qur'on bu haqiqatdagi dunyoni dunyo jihatida

﴿ اَلْقَارِعَةُ مَا الْقَارِعَةُ ﴾
﴿ اِذَا وَقَعَتِ الْوَاقِعَةُ ﴾
﴿ وَالطُّورِ ٭ وَكِتَابٍ مَسْطُو ﴾

oyatlari bilan paxta kabi uloqtiradi, otadi.

— 438 —
﴿ اَوَ لَمْ يَنْظُرُوا فِى مَلَكُوتِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ ﴾
﴿ اَفَلَمْ يَنْظُرُوٓا اِلَى السَّمَآءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا ﴾
﴿ اَوَلَمْ يَرَ الَّذِينَ كَفَرُوٓا اَنَّ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ كَانَتَا رَتْقًا ﴾

kabi bayonlari bilan dunyoga shaffoflik beradi va kirini ketkazadi.

﴿ اَللهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ ﴾
﴿ وَمَا الْحَيوةُ الدُّنْيَآ اِلَّا لَعِبٌ وَلَهْوٌ ﴾

kabi nurafshon nurlari bilan jonsiz dunyoni eritar.

﴿ اِذَا السَّمَآءُ انْفَطَرَتْ ﴾
﴿ اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ﴾
﴿ اِذَا السَّمَآءُ انْشَقَّتْ ﴾
﴿ وَنُفِخَ فِى الصُّورِ فَصَعِقَ مَنْ فِى السَّمٰوَاتِ وَمَنْ فِى الْاَرْضِ ﴾
اِلَّا مَنْ شَآءَ اللهُ

oʻlimga aralashgan ta'birlari bilan dunyoning mavhum abadiyatini mayda-mayda qiladi.

﴿ يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِى الْاَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنْزِلُ مِنَ السَّمَآءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا وَهُوَ مَعَكُمْ اَيْنَمَا كُنْتُمْ وَاللهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ ﴾
﴿ وَقُلِ الْحَمْدُ للهِ سَيُرِيكُمْ اٰيَاتِهِ فَتَعْرِفُونَهَا وَمَا رَبُّكَ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ ﴾

Osmon gumburlashi kabi hayqiriqlari bilan tabiat dunyoqarashi vujudga keltirgan gʻaflatni tarqatadi. Qur'onning boshdan oxirigacha koinotga qaragan oyatlari shu asosga koʻra ketar. Dunyo haqiqatini boridek ochadi, koʻrsatadi. Xunuk dunyoni naqadar chirkin ekanini koʻrsatib, insonning yuzini undan oʻgirtiradi, Sone'ga yuzlangan goʻzal dunyoning chiroyli yuzini koʻrsatadi. Basharning koʻzini unga tiktiradi. Haqiqiy hikmatni dars beradi. Koinot kitobining ma'nolarini ta'lim beradi. Harflari va naqshlariga kam boqar. Sarxush falsafa kabi xunuk tomoniga oshiq boʻlib, ma'noni unuttirib, harflarning naqshlari bilan insonlarning vaqtini bekorchi ishlarga sarf qilmaydi.

— 439 —

UCHINCHI ZIYO: Ikkinchi Ziyoda bashariyat hikmatining Qur'on hikmatiga nisbatan tubanligiga va Qur'on hikmatining i'joziga ishora qildik. Endi bu boʻlimda Qur'onning shogirdlari boʻlgan asfiyo, avliyo va olimlarning munavvar qismi boʻlgan ishrokiyun faylasuflarining hikmatlari bilan Qur'onning hikmati oldida darajasini koʻrsatib, Qur'onning i'joziga muxtasar ishora qilamiz:

Qur'oni Hakimning yuksakligiga eng sodiq dalil, haqqoniyatiga eng zohir burhon va i'joziga eng quvvatli bir alomat shuki: Qur'on butun tavhid boʻlimlarining barcha martabalarini hamma kerakli narsalari bilan saqlab bayon orqali muvozanatini buzmagan, muhofaza qilgan. Butun Ilohiy oliy haqiqatlarning muvozanatini ham muhofaza etgan. Barcha Asmoyi Husnaning taqozo qilgan ahkomlarni jamlagan va ahkomlarning uygʻunligini muhofaza etgan ham. Rububiyat va uluhiyatning ishlarini ham mukammal muvozanat bilan jamlagan. Bu muhofaza, muvozanat va jamlash bir xususiyatdir. Insonning asarida qatʻiyyan mavjud emas va insoniyat buyuklarining fikrlarining xulosasida topilmaydi. Na malakutga oʻtgan avliyolarning asarlarida, na ishlarning botinini bilgan hakimlarning kitobida, na gʻayb olamiga taʻsir qilgan ruhoniylarning ilmlarida topiladi.

Goʻyo bir ishni taqsimlash uchun xar bir qismni haqiqatning eng buyuk daraxtidan faqat bir-ikki shoxiga yopishadi, uning mevasi bilan, yaprogʻi bilan ovora boʻladi. Boshqasidan yo xabari yoʻq, yoki qaramaydi. Mutlaq haqiqat chegaralangan nazarlar bilan qamralmaydi. Qamrash uchun Qur'on kabi kulliy nazar lozim. Qur'ondan boshqa kitoblar Qur'ondan dars olishiga qaramay, kulliy haqiqatni juz'iy zehni bilan faqat bir-ikki tarafini toʻliq koʻradi, u bilan mashgʻul boʻladi, unda qamaladi. Yo ifrot-haddidan ortiq yoki tafrit-kam qarash orqali haqiqatlarning muvozanatini buzib uygʻunligini yoʻqotadi. Bu haqiqat Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning Ikkinchi Shoxida ajib bir tamsil bilan izohlangan. Endi esa boshqa misol bilan bu masalaga ishora qilamiz. Masalan:

Bir dengizda hisobsiz javharlarga toʻla bir xazinaning boʻlganini faraz qilaylik. Gʻavvos shoʻngʻuvchilar xazinaning javharlarini qidirish uchun shoʻngʻiydi. Koʻzi yopiq boʻlgani uchun qoʻl yordamida qidirishadi. Bir qismining qoʻliga uzun olmos tushadi. Gʻavvos butun xazina uzun xoda kabi olmosdan iborat deb oʻylaydi. Doʻstlaridan boshqa javhar turlarini eshitgan vaqti, ular uning olmosining tobelari, halqalari va naqshlari deydi. Boshqa shongʻiganlar aylana yoqut, keyingisi toʻrtburchak qahrabo topadi va hokazo... Xar biri qoʻli bilan olgan javharni xazinaning asli va eng katta qismi deb ishonib, eshitgan olmoslarini xazinaning ortiqchasi va boʻlaklari deb oʻylaydi. Oʻshanda haqiqatning muvozanati buziladi. Uygʻunlik ham ketadi. Koʻp haqiqatlarning rangi almashadi. Haqiqatning haqiqiy rangini koʻrish uchun sharh qilishga va qiyinchilikka uchraydi. Hatto ba'zan inkor va rad qilishgacha borib yetadi. Ishrokiyun faylasuflarining kitoblariga va Sunnatning mezoni bilan tortmasdan kashf va koʻrganlariga tayangan tariqatchilarning kitoblarini chuqur oʻrgangan kishi bu hukm-xulosamizni shubhasiz tasdiqlaydi. Demak, Qur'on haqiqatlari va Qur'onning darsidan olingani (chunki Qur'on emas) uchun nuqsonlidir.

— 440 —

Haqiqatlar dengizi boʻlgan Qur'onning oyatlari esa dengiz ichidagi xazinaning gʻavvosidir. Lekin ularning koʻzi ochiq, xazinani qamrab oladi. Xazinada nima bor yoʻqligini koʻradi. U xazinani shunday uygʻunlik, intizom va ravonlik bilan vasf qiladi, bayon etadi, haqiqiy husnu jamolini koʻrsatadi. Masalan:

﴿ وَالْاَرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيٰمَةِ وَالسَّمٰوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ ﴾
﴿ يَوْمَ نَطْوِى السَّمَآءَ كَطَىِّ السِّجِلِّ لِلْكُتُبِ ﴾

oyati ifodalagan rububiyat azamatini koʻrgani kabi,

﴿ اِنَّ اللهَ لَا يَخْفٰى عَلَيْهِ شَىْءٌ فِى الْاَرْضِ وَلَا فِى السَّمَآءِ ٭ هُوَ الَّذِى يُصَوِّرُكُمْ فِى الْاَرْحَامِ كَيْفَ يَشَآءُ ﴾
﴿ مَا مِنْ دَآبَّةٍ اِلَّا هُوَ اٰخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا ﴾
﴿ وَكَأَيِّنْ مِنْ دَآبَّةٍ لَا تَحْمِلُ رِزْقَهَا اَللهُ يَرْزُقُهَا وَاِيَّاكُمْ ﴾

oyatlari ifoda qilganlari rahmatning qamrovini koʻryapti, koʻrsatyapti. Yana

﴿ خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ وَجَعَلَ الظُّلُمَاتِ وَالنُّورَ ﴾

oyati ifodalagan yaratuvchilikning kengligini koʻrib, koʻrsatgani kabi,

﴿ خَلَقَكُمْ وَمَا تَعْمَلُونَ ﴾

oyati ifoda etgan tasarrufning kengligini va rububiyat qamrovini koʻrib, koʻrsatadi.

﴿ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهاَ ﴾

oyati ifoda qilgan buyuk haqiqat bilan

﴿ وَاَوْحٰى رَبُّكَ اِلَى النَّحْلِ ﴾

ifodalagan karimona haqiqatlarni

﴿ وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالنُّجُومَ مُسَخَّرَاتٍ بِاَمْرِهِ ﴾

oyati ifodalagan amirona, hikmatli azim haqiqatni koʻradi, koʻrsatadi.

— 441 —
﴿ اَوَلَمْ يَرَوْا اِلَى الطَّيْرِ فَوْقَهُمْ صَآفَّاتٍ وَيَقْبِضْنَ مَايُمْسِكُهُنَّ اِلَّا الرَّحْمَنُ اِنَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ بَصِيرٌ ﴾

ifoda etgan mudabbirona, rahimona haqiqatni

﴿ وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ وَلَا يَؤُدُهُ حِفْظُهُمَا ﴾

ifoda qilgan buyuk haqiqat bilan

﴿ مَنْ ذَاالَّذ۪ى يَشْفَعُ عِنْدَهُٓ اِلَّا بِاِذْنِه۪ ﴾

ifodalagan raqibona haqiqatni

﴿ هُوَ الْاَوَّلُ وَالْاٰخِرُ وَالظَّاهِرُ وَالْباَطِنُ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ ﴾

ifoda qilgan keng haqiqat kabi

﴿ وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْاِنْسَانَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِ نَفْسُهُ وَنَحْنُ اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ ﴾

ifodalagan juda yaqinligini

﴿ تَعْرُجُ الْمَلٰٓئِكَةُ وَالرُّوحُ اِلَيْهِ فِى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْسِينَ اَلْفَ سَنَةٍ ﴾

ishora qilgan yuksak haqiqatni

﴿ اِنَّ اللهَ يَأْمُرُ بِالْعَدْلِ وَالْاِحْسَانِ وَاِيتَآئِ ذِى الْقُرْبٰى وَيَنْهٰى عَنِ الْفَحْشَآءِ وَالْمُنْكَرِ وَالْبَغْىِ ﴾

ifodalagan haqiqatlarni ichiga toʻplagandek butun uxroviy va dunyoviy, ilmiy va amaliy, iymonning olti shartining xar birini tafsilotli va Islomning besh shartining xar birini qasddan va jiddiy, ikki dunyo saodatini ta'minlagan butun dasturlarni koʻradi, koʻrsatadi. Muvozanatini muhofaza qilib, uygʻunligini davom ettirib, butun haqiqatlarning uygʻunligidan hosil boʻlgan husn va jamolning manba'laridan Qur'onning bir ma'naviy i'jozi kelib chiqadi.

Bu buyuk sir sababli, Kalom ilmi olimlari Qur'onning shogirdi boʻlsada, bir qismi iymon shartlariga doir oʻnlab jild, minglab asar yozganiga qaramay, Moʻ'tazila kabi aqlni naqldan afzal koʻrgani uchun Qur'onning oʻn oyatichalik ochiq ifoda, qat'iy isbot va jiddiy xulosa qila olmagan.

— 442 —

Ular huddi uzoq togʻlar ostida yer osti suv yoʻllari ochib, quvurlar bilan olamning chetiga qadar sabablar silsilasi bilan borib u yerda silsilani uzishgan. Soʻng obi hayot boʻlgan Allohning ma'rifati va Vojibul Vujudning vujudini isbot qilishadi. Oyati karima esa xar biri Asoyi Muso kabi hamma joyda suv chiqara oladi, xar bire narsadan bir dereza ochadi, Sone'i Zuljalolni tanitadi. Qur'onning dengizidan sizilgan Arabiy "Qatra" risolasida va boshqa Soʻzlarda bu haqiqat amaliy isbotlangan va koʻrsatganmiz.

Bu sirga asosan ishlarning botiniy tomoniga borib, Sunnati Saniyaga ergashmasdan, koʻrganlariga ishonib, yarim yoʻlda qaytgan va bir jamoatning raisi boʻlib, firqa tashkil qilgan zalolatdagi firqalarning butun imomlari, haqiqatlarning uygʻunligini, muvozanatini muhofaza qila olmagani bois, bid'atga, zalolatga tushib jamoasini xato yoʻlga olib ketishgan. Ularning butun ojizliklari Qur'on oyatlarining i'jozini koʻrsatadi.

— 443 —

Xotima

Qur'onning i'joz yogʻdularidan ikki i'joz yogʻdusi Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzning Oʻn Toʻrtinchi Tomchisida oʻtgan. Kamchilik deb oʻylangan takrorlanishni va koinot ilmida qisqa kelganing xar biri i'joz yogʻdularining manbaidir. Qur'onda paygʻambarlar moʻ'jizalari yuzida porlagan Qur'onning i'joz yogʻdusi Yigirmanchi Soʻzning Ikkinchi Maqomida keng koʻrsatilgan. Yana bular kabi boshqa Soʻzlarda va arab tilidagi risolalarimda koʻp i'joz yogʻdulari zikr etilib, ular bilan kifoyalanib faqat shuni aytamiz.

Yana bir Qur'on moʻ'jizasi shuki: Butun paygʻambarlar moʻ'jizasi Qur'onning bir i'joz naqshini koʻrsatgani kabi Qur'on butun moʻ'jizalari bilan moʻ'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.)dir va butun moʻ'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) Qur'onning bir moʻ'jizasi boʻlib, Qur'onning Janobi Haqqa aloqasini koʻrsatadi va aloqaning yuzaga chiqishi orqali xar bir kalimasi bir moʻ'jiza boʻladi. Oʻshanda bitta kalima, urugʻ kabi maʻnan haqiqatlar daraxtini ichiga oladi. Qalbning markazi kabi eng katta haqiqatning butun a'zolariga munosabatdor boʻladi. Bepoyon ilm va nihoyatsiz irodaga tayangani uchun, harflari, koʻrinishi, vaziyati, mavqe'i bilan hadsiz ashyolarga qaraydi. Ushbu sir sababli, harf ilmi olimlari Qur'onning bir harfidan bir sahifa qadar sirlar topganini da'vo qilishgan va da'volarini oʻsha fanning ahliga isbot qilishadi.

Risolaning boshidan bu yergacha barcha shu'lalarni, shualarni, yogʻdularni, nurlarni, ziyolarni nazarga toʻpla, birdan qara. Boshdagi da'vo hozir qat'iy natija boʻlib, ya'ni

﴿ قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلٰٓى اَنْ يَاْتوُا بِمِثْلِ هٰذَا الْقُرْاٰنِ لَا يَاْتوُنَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيراً ﴾

oyatini yuksak bir sado bilan oʻqib e'lon qilishyapti.

﴿ سُبْحَانَكَ لَاعِلْمَ لَنَآ اِلَّا مَاعَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ ﴾
— 444 —
﴿ رَبَّناَ لَا تُؤَاخِذْنَآ اِنْ نَسِينَآ اَوْ اَخْطَأْناَ ﴾
﴿ رَبِّ اشْرَحْ لِى صَدْرِى ٭ وَيَسِّرْ لِى اَمْرِى ٭ وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِى ٭ يَفْقَهُوا قَوْلِى ﴾
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ اَفْضَلَ وَاَجْمَلَ وَاَنْبَلَ وَاَظْهَرَ وَاَطْهَرَ وَاَحْسَنَ وَاَبَرَّ وَاَكْرَمَ وَاَعَزَّ وَاَعْظَمَ وَاَشْرَفَ وَاَعْلٰى وَاَزْكٰى وَاَبْرَكَ وَاَلْطَفَ صَلَوَاتِكَ، وَاَوْفٰى وَاَكْثَرَ وَاَزْيَدَ وَاَرْقٰى وَاَرْفَعَ وَاَدْوَمَ سَلَامِكَ، صَلَاةً وَسَلَامًا وَرَحْمَةً وَرِضْوَانًا وَعَفْوًا وَغُفْرَانًا تَمْتَدُّ وَتَزِيدُ بِوَابِلِ سَحَآئِبِ مَوَاهِبِ جُودِكَ وَكَرَمِكَ، وَتَنْمُوا وَتَزْكُوا بِنَفَآئِسِ شَرَآئِفِ لَطَآئِفِ جُودِكَ وَمِنَنِكَ، اَزَلِيَّةً بِاَزَلِيَّتِكَ لَا تَزُولُ، اَبَدِيَّةً بِاَبَدِيَّتِكَ لَا تَحُولُ، عَلٰى عَبْدِكَ وَحَبِيبِكَ وَرَسُولِكَ مُحَمَّدٍ خَيْرِ خَلْقِكَ، اَلنُّورِ الْبَاهِرِ اللَّامِعِ، وَالْبُرْهَانِ الظَّاهِرِ الْقَاطِعِ، وَالْبَحْرِ الزَّاخِرِ، وَالنُّورِ الْغاَمِرِ،وَالْجَمَالِ الزَاهِرِ، وَالْجَلَالِ الْقَاهِرِ، وَالْكَمَالِ الْفَاخِرِ، صَلَاتَكَ الَّتِى صَلَّيْتَ بِعَظَمَةِ ذَاتِكَ عَلَيْهِ وَعَلٰٓى اٰلِهِ وَصَحْبِهِ كَذٰلِكَ، صَلَاةً تَغْفِرُبِهَا ذُنُوبَنَا، وَتَشْرَحُ بِهَا صُدُورَنَا، وَتُطَهِّرُ بِهَا قُلوُبَنَا، وَتُرَوِّحُ بِهَا اَرْوَاحَنَا، وَتُقَدِّسُ بِهَا اَسْرَارَنَا، وَتُنَزِّهُ بِهَا خَوَاطِرَنَا وَاَفْكَارَنَا، وَتُصَفِّى بِهَا كُدُورَاتِ مَافِى اَسْرَارِنَا، وَتَشْفِى بِهَآ
اَمْرَاضَنَا، وَتَفْتَحُ بِهَآ اَقْفَالَ قُلُوبِنَا
﴿ رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ ﴾
﴿ وَاٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ ﴾
اٰمِينْ , اٰمِينْ , اٰمِينْ
* * *
— 445 —

BIRINCHI ILOVA

Maqom e'tibori bilan Yigirma Beshinchi Soʻzga qoʻshilgan Ilovalardan
Yettinchi Shuʻlaning Birinchi Maqomining Oʻn Yettinchi Martabasidir.

Soʻng, bu dunyoda hayotning maqsadi va hayotning hayoti iymon ekanini bilgan tolmas va toʻymas yoʻlovchi oʻz-oʻziga, "Biz qidirgan Zotning soʻzi va kalomi deyilgan, bu dunyoda eng mashhur, eng porloq, eng hokim va unga taslim boʻlmagan barchani xar asrda kurashga chorlagan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon nomli kitobga murojaat qilib, u nima deyayotganini bilaylik. Lekin avvalo, bu kitob Xoliqimizning kitobi ekanini isbotlash kerak", deb tadqiqotni boshladi.

Sayyoh suhbu davrda boʻlgani sabab, avvalo Qur'onning ma'naviy i'jozining yogʻdulari boʻlgan Risola-i Nurga qaradi. Uning yuz oʻttiz risolalari, Furqoniy oyatlarining hikmatlari, nurlari va asosli tafsirlari ekanini koʻrdi. Bunchalik qaysar va dinsiz asrda Risola-i Nur xar tarafga Qur'oniy haqiqatlarni mujohidona yoysada, qarshisiga hech kimning chiqa olmagani, uning ustozi, manbai, murojaat qilgan joyi va quyoshi boʻlgan Qur'on samoviy, bashar kalomi emasligini isbotlaydi. Hatto Rasoilun Nurning yuzlab hujjatlaridan bitta Qur'oniy hujjati boʻlgan "Yigirma beshinchi Soʻz" va "Oʻn toʻqqizinchi Maktub"ning oxiri Qur'onning qirq jihatdan moʻ'jiza ekanini shunday isbot qilganki, kim koʻrgan boʻlsa tanqid qilish va e'tiroz bildirish u yoqda tursin, balki isbotlariga mahliyo boʻlgan, tan berib juda koʻp maqtagan. Qur'onning i'joz tomonini va haq Kalomulloh ekanligini isbotlashni Risolatun Nurga havola qilib, faqat qisqa ishora orqali buyukligini koʻrsatadigan bir necha nuqtaga e'tibor berdi.

Birinchi nuqta: Qur'on butun moʻ'jizalari bilan va haqqoniyatiga dalil boʻlgan butun haqiqatlari bilan Muhammad alayhissalotu vassalomning bir moʻ'jizasidir. Xuddi shuning kabi, Muhammad alayhissalotu vassalom ham butun moʻ'jizalari bilan va nubuvvatining dalillari va ilmiy kamoloti bilan Qur'onning moʻ'jizasidirlar va Qur'on Kalomulloh ekanligining bir qat'iy hujjatidirlar.

— 446 —

Ikkinchi nuqta: Qur'on bu dunyoda nuroniy, saodatli va haqiqatli bir suratda ijtimoiy hayotni oʻzgartirish bilan birga, insonlarning ham nafslarida, ham qalblarida, ham ruhlarida, ham aqllarida, ham shaxsiy hayotlarida, ham ijtimoiy hayotlarida, ham siyosiy hayotlarida shunday bir inqilob qilgan, davom ettirgan va boshqarganki, oʻn toʻrt asr ichida xar daqiqada olti ming olti yuz oltmish olti oyati kamoli ehtirom bilan, hech boʻlmasa yuz milliondan ortiq insonlarning tillarida oʻqilmoqda va insonlarni tarbiyalashtirmoqda, nafslarini poklab, qalblarini soflashtirmoqda. Ruhlarga kengayish va taraqqiy, aqllarga istiqomat, nur va hayotga hayot va saodat bermoqda. Albatta bunday bir kitobning misli yoʻq, gʻaroyib, favqulotda va moʻ'jizadir.

Uchinchi nuqta: Qur'on u asrdan to hozirga qadar shunday bir balogʻat koʻrsatganki, Ka'baning devorida oltin bilan yozilgan eng mashhur adiblarning "Muallaqoti sab'a" nomi bilan mashhur boʻlgan qasidalarini shu darajaga tushurdiki, Labidning qizi otasining qasidasini Ka'ba devoridan tushirayotib shunday degan: "Oyatlar qarshisida buning qiymati qolmadi."

Yana, badaviy bir adib فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ oyati oʻqilayotganda, uni eshitgan payti sajdaga yiqildi. Undan soʻradilar: "Sen musulmon boʻldingmi?" U aytdi: "Yoʻq, men bu oyatning balogʻatiga sajda qildim."

Yana, ilmi balogʻatning dohiylaridan Abdulqohir Jurjoniy va Sakkokiy va Zamaxshariy kabi minglab dohiy imomlar va bilimli adiblar ijmo' va ittifoq bilan: "Qur'onning balogʻati toqati bashardan tashqaridadir, kuchi yetmaydi", deb xulosa qilganlar.

Yana, oʻsha davrdan beri davomli ravishda kurash maydoniga chaqirib, magʻrur va oʻziga ishongan adiblar va balogʻat olimlarining menligiga tegib, gʻururlarini sindiradigan tarzda: "Yo bittagina suraning mislini keltiringlar yoki dunyoyu oxiratda halokat va xorlikni qabul qilinglar", deb e'lon qilganiga qaramay, oʻsha asrning muannid balogʻatchilari qisqa gap bilan kurashish yoʻlini tashlab bitta suraning mislini keltirmay, juda ham uzun, jon va mollarini tahlikaga otgan urush yoʻlini tanlashi qisqa yoʻldan borish mumkin emasligini isbotlaydi.

Yana, Qur'onning doʻstlari Qur'onga oʻxshash va taqlid qilish shavqi bilan dushmanlari esa Qur'onga javob va tanqid qilish qasdida, oʻsha davrdan beri yozgan, yozilgan va fikrlar birlashishi orqali taraqqiy etgan millionlab arabiy kitoblar mavjud. Ularning hech biri unga yeta olmaganini, hatto eng oddiy odam ham eshitganda albatta: "Qur'on ularga oʻxshamaydi va ularning martabasida emas." deydi. Yo ulardan pastda yoki barchasining ustida boʻladi. Pastda ekanini dunyoda biror inson, hech bir kofir, hatto bir ahmoq ayta olmaydi. Demak balogʻat martabasi barchasidan ustundir.

— 447 —

Hatto bir odam

﴿ سَبَّحَ لِلّٰهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ ﴾

oyatini oʻqib, "Bu oyatning gʻaroyib balogʻatini koʻra olmayapman", deganida unga, "Sen ham sayyoh kabi oʻsha davrga bor, u yerda tingla", deb javoib berildi. U oʻzini Qur'ondan avval oʻsha yerdaman deb xayol qildi. Olam mavjudoti abgor, qorongʻu, jonsiz, shuursiz va vazifasiz boʻlib, xoli, cheksiz, hududsiz fazoda, beqaror, foniy dunyoda turganini koʻrdi. Birdan, Qur'on tilidan bu oyatni tingladi. Oyat koinot ustidan, dunyo yuzidan parda ochdi va nurlantirdi. Bu azaliy nutq va bardavom farmon asrlar silsilasiga tizilgan shuur sohiblariga dars berib, koinot bir katta masjidi singari, boshda samovot va zamin, barcha maxluqotni tirik zikr va tasbehda, ish ustida joʻshu xurush bilan bahtiyor va xursand kayfiyatga keltirganini koʻrdi. Bu oyatning balogʻat darajasini his etib, boshqa oyatlarni bunga qiyoslab, Qur'onning balogʻat nagʻmasini yerning yarmini va bashariyatning beshdan birini egallab, saltanatning ehtishomini kamoli ehtirom bilan oʻn toʻrt asr uzluksiz davom etayotganining minglab hikmatlaridan bir hikmatini angladi.

Toʻrtinchi nuqta: Qur'on shunday haqiqatli halovat koʻrsatganki, eng shirin narsadan ham zeriktiradigan koʻp takrorlanish, Qur'onni tilovat qilganlar uchun zeriktirish emas, balki qalbi aynimagan va zavqi buzilmagan odamlarga tilovatini takrorlash halovatini koʻpaytiradi. Bu eski davrdan beri hammaning nazdida tasdiqlangan, zarbulmasal boʻlib qolgan.

Yana, shunday bir ifor, yoshlik, navqironlik va hayrat berganki, oʻn toʻrt asrdan beri xar kimning qoʻliga oson kelib, endi nozil boʻlgandek iforini muhofaza qiladi. Xar bir asr, oʻziga xitob qilayotgandek navqironlikda qabul qilgan. Xar ilmiy toifa undan xar doim foydalanish uchun oldida juda koʻp va akasariyat vatlar yonlarida saqlagani, ifoda uslubiga ergashib, iqtido qilib, oʻsha uslubidagi va bayon tarzidagi hayrat beruvchiligini oʻzidek muhofaza qiladi.

Beshinchisi: Qur'onning bir qanoti moziyda, bir qanoti istiqbolda. Ildizi va bir qanoti eski Paygʻambarlar ittifoq qilgan haqiqatlaridir. Qurʻon ularni tasdiqlaydi va qoʻllab-quvvatlaydi. Ular ham tavofuq-uygʻun holat tili bilan uni tasdiqlaydi. Xuddi shuningdek: Avliyo, asfiyo kabi undan hayot olgan samaralar va hayotdor komillashishlari bilan muborak shajaralarining tirik, fayzli va haqiqat sababi ekaniga dalolat qiladi. Ikkinchi qanotining himoyasida yetishgan va yashagan valiylikning butun haq tariqatlari va Islomiyatning butun haqiqatli ilmlari, Qur'onning ayni haq va haqiqatlar majmuasi va qamrovida tenggi yoʻq gʻaroyiblikda ekaniga guvohlik beradi.

— 448 —

Oltinchisi: Qur'onning olti jihati nuroniydir. Uning sidq va haqqoniyatini koʻrsatadi. Darhaqqiat:

Ostida - hujjat va burhon tirgaklari, ustida -i'joz yogʻdusi tamgʻalari, oldida va nishonida - ikki dunyo saodati hadyalari, orqasida - tayanch nuqtasi boʻlgan samoviy vahiy haqiqatlari, oʻngida - istiqomatdagi sanoqsiz kishilarning dalillar bilan tasdigʻi, chapida - salim qalblar va pok vijdonlarning jiddiy ishonishi va samimiy berilish va taslimlari, Qur'onning favqulotda, gʻaroyib, metin va yengilmas dunyoning samoga oid qalʻasi ekanini isbotlaydi.

Shuningdek,

olti maqomdan ham uning ayni haq va sodiq ekani,

basharning kalomi va yanglishi yoʻqligini tasdiqlagan avvalo,

bu koinotda doimo goʻzallikni izhor,

yaxshilikni va toʻgʻrilikni himoya,

soxtakor va tuhmatchilarni yoʻq qilish va ketkazish qonunini faoliyat dasturi qilgan - koinotning Mutasarrifidir. U Qur'onga olamda eng maqbul, eng yuksak, eng hokimona bir hurmat maqomi va muvaffaqiyat martabasi berib, tasdiqlagan va qoʻllab quvvatlagan.

Shuningdek,

Islomiyatning manbai va Qur'onning tarjimoni boʻlmish Zotning (alayhissalotu vassalom) hammadan koʻra koʻp e'tiqod qilishi va ehtirom koʻrsatishi,

Nozil boʻlayotgan paytda uyqu kabi holatda boʻlishlari,

boshqa kalomlarning unga yeta olmasligi va bir daraja oʻxshamasligi,

ummiyliklari bilan birga oʻtmish va kelajakdagi koinotdagi haqiqiy hodisalarni gʻaybiy Qur'on bilan ikkilanmasdan va toʻliq ishonch bilan bayon qilishlari,

koʻp diqqatli koʻzlarning nazari ostida hech qanday hiyla, hech bir xato kuzatilmagan tarjimonning, butun kuchi bilan Qur'onning xar bir hukmiga iymon keltirib tasdiqlashlari,

hech narsa u zotni boʻshashtirmagani - Qur'onning samoviy, haqqoniyatli va Xoliqi Rahimining muborak kalomi ekanini qoʻllab qivvatlaydi.

Yana,

insoniyatning beshdan biri, balki aksariyati koʻz oʻngida uni mahkam tutib, dindorona bogʻlanishi,

haq ha haqiqatni sevib va ishtiyoq bilan quloq solishi,

koʻp belgilar, voqealar va kashflarning guvohligiga koʻra jin, farishta va ruhoniylarning tilovat qilingan vaqti parvona kabi atrofida haqiqatni sevib yigʻilishi, Qur'onning butun koinot nazdida maqbuliyatiga va eng yuksak bir maqomda ekanligining tasdigʻidir.

Yana,

bashariyatning barcha tabaqalari, eng nodon va omidan eng zakiy va olimgacha xar biri, Qur'onning darsidan toʻliq hissa olishi,

eng chuqur haqiqatlarni tushunishlari,

yuzlab fan va Islomiy ilmlarning xususan katta shariatining buyuk mujtahidlari, aqoid va kalom ilmining dohiy ulamolari kabi,

har toifa oʻz ilmlariga oid butun ehtiyojlarini va javoblarini Qur'ondan chiqarib olishlari, Qur'onning haq manbai va haqiqat ma'dani ekaniga bir tasdiqdir.

— 449 —

Yana,

adabiyotda eng ilgʻor Arab adiblari (Islomiyatga kirmaganlar) hozirgacha bahslashishga juda qattiq muhtoj boʻlishsada, Qur'on i'jozining yetti katta vajhi boʻlib, faqat bitta jihati boʻlgan balogʻatining, (bittagina suraning) mislini keltirishdan tortinishlari,

hozirgacha kelgan va bahslashish bilan shuhrat qozonishni istagan mashhur balogʻat ulamosi va dohiy olimlar uning hech bir i'joz tomoniga qarshi chiqa olmagani va ojizona sukut saqlashlari, Qur'onning moʻ'jiza va bashar toqatining ustida ekaniga bir tasdiq hisoblanadi.

Darhaqiqat, bir kalom "Kim tomonidan, kimga kelgan va nima uchun?" degan savol bilan qiymati, ulugʻligi va balogʻatining yuzaga chiqishi nuqtai nazaridan Qur'onning misli yoʻq va unga yetib boʻlmaydi.

Chunki Qur'on -

butun olamlarning Rabbi va Xoliqining xitobi va nutqi,

hech bir jihatda taqlidni va soxtakorlikni koʻrsatadigan belgisi yoʻq xitobi,

butun insonlar, balki butun maxluqot uchun elchi va navi basharning eng mashhur va nomdor tinglovchisi va uning quvvat va keng iymoni buyuk Islomiyatni tashkil etib, sohibini Qobi Qavsayn maqomiga chiqarib muxotabi Samodoniyaga sazovorligi orqali nozil boʻlgan,

ikki dunyo saodatiga doir, koinot yaratilishining natijalariga va undagi Rabboniy maqsadlarga oid masalalarni tinglagan zotning butun Islomiy haqiqatlar mujassam eng yuksak va juda keng iymonini bayon va izohlagan,

xarita, soat, uy kabi ulkan koinotning xar tarafini koʻrsatib aylantirib,

ularni yasagan San'atkorni holati bilan ifodalagan va ta'lim bergan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning albatta oʻxshashini keltirish mumkin emas va i'joz darajasiga yetib boʻlmaydi.

Yana,

Qur'onni tafsir qilgan va bir qismi oʻttiz-qirq, hatto yetmish jild tafsir yozgan yuksak zakovatli mudaqqiq minglab bilimli ulamolar hujjatlari va dalillari bilan bayon qilgan Qur'ondagi sanoqsiz xususiyatlar, hikmatlar, xosiyatlar, sirlar, oliy ma'nolar va gʻaybiy ishlarning xar turining juda koʻp gʻaybiy xabarlarini izhor va isbot qilishlari,

xususan Risola-i Nurning bir yuz oʻttiz kitobining xar biri Qur'onning bir xususiyatini, bir hikmatini qat'iy burhonlar bilan isbotlashi,

boxusus "Moʻ'jizoti Qur'oniya" risolasi poyezd va tayyora kabi madaniyat yutuqlarining koʻp narsalarini Qur'ondan chiqargan "Yigirmanchi Soʻz"ning Ikkinchi maqomi,

Risola-i Nurga va elektrga ishora qilgan oyatlarning ishoralarini bildirgan "Ishoroti Qur'oniya" nomli "Birinchi Shu'la",

Qur'on harflarining naqadar tartibli, sirli va ma'noli ekanini koʻrsatgan "Rumuzoti Samoniya" nomli sakkiz kichik risolalar,

Fath Surasining oxirgi oyati besh tomonlama gʻaybiy xabarlar jihatidan moʻ'jiza ekanini isbotlagan kichik bir risola kabi,

Risola-i Nurning xar bir juzi Qur'onning bir haqiqatini, bir nurini izhor qilishi,

Qur'onning tenggi yoʻqligi, moʻ'jiza va gʻaroyib ekaniga,

ushbu shahodat olamida gʻayb olamining tili,

va bir Allamul Gʻuyubning kalomi ekaniga bir tasdiqdir.

— 450 —

Mazkur, olti nuqtada, olti jihatda va olti maqomda ishora qilingan Qur'onning xususiyatlari va xosiyatlari borligi uchun, dunyo sayyohi:

hokimiyatining nuroniy hashamati va azamatli muqaddas saltanati asrlarni yoritib, zamin yuzini ham bir ming uch yuz yildan beri nurlantirib, kamoli ehtirom bilan davom etishi kabi,

yana oʻsha xosiyatlari borligi uchun Qur'onning har bir harfi hech boʻlmasa oʻn savobi va oʻn hasanasi borligi, oʻn boqiy meva berishi,

hatto bir qism oyatlar va suralarning xar bir harfi yuz, ming va undan ham koʻproq meva berishi,

muborak vaqtlarda xar harfning nuri, savobi va qiymati oʻndan yuzlarga chiqishi kabi... qudsiy imtiyozlarni qozongan, deb angladi va qalbiga:

Xar jihatdan moʻ'jizali Qur'on, suralarining ijmo'i va oyatlarining ittifoqi bilan, surlari va nurlarining muvofiqligi bilan, samaralari va asarlarining uygʻunligi bilan yakka Vojibul Vujudning borligiga, yagonaligiga, sifatlari va Asmosiga dalillar bilan isbotlab shunday shahodat qilganki, butun ahli iymonning hadsiz guvohligi uning shahodatidan sizib chiqqan, dedi.

Yoʻlovchining Qur'ondan olgan tavhid va iymon darsiga qisqa bir ishora sifatida Birinchi maqomning Oʻn yettinchi martabasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الْوَاحِدُ الْاَحَدُ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِهِ الْقُرْاٰنُ الْمُعْجِزُ الْبَيَانِ اَلْمَقْبُولُ الْمَرْغُوبُ لِاَجْنَاسِ الْمَلَكِ وَ الْاِنْسِ وَ الْجَانِّ اَلْمَقْرُوءُ كُلُّ اٰيَاتِه۪ ف۪ى كُلِّ دَق۪يقَةٍ بِكَمَالِ الْاِحْتِرَامِ بِاَلْسِنَةِ مِأٰتِ مِلْيُونٍ مِنْ نَوْعِ الْاِنْسَانِ الدَّائِمُ سَلْطَنَتُهُ الْقُدْسِيَّةُ عَلٰى اَقْطَارِ الْاَرْضِ وَ الْاَكْوَانِ وَ عَلٰى وُجُوهِ الْاَعْصَارِ وَ الزَّمَانِ وَ الْجَار۪ى حَاكِمِيَّتُهُ الْمَعْنَوِيَّةُ النُّورَانِيَّةُ عَلٰى نِصْفِ الْاَرْضِ وَ خُمْسِ الْبَشَرِ ف۪ى اَرْبَعَةَ عَشَرَ عَصْرًا بِكَمَالِ الْاِحْتِشَامِ .. وَ كَذَا : شَهِدَ وَ بَرْهَنَ بِاِجْمَاعِ سُوَرِهِ الْقُدْسِيَّةِ السَّمَاوِيَّةِ وَ بِاِتِّفَاقِ اٰيَاتِهِ النُّورَانِيَّةِ الْاِلٰهِيَّةِ وَ بِتَوَافُقِ اَسْرَارِه۪ وَ اَنْوَارِه۪ وَ بِتَطَابُقِ حَقَائِقِه۪ وَ ثَمَرَاتِه۪ وَ اٰثَارِه۪ بِالْمُشَاهَدَةِ وَ الْعَيَانِ

deyilgan.

— 451 —

Oʻn Birinchi Shuʻla Boʻlgan Meva Risolasining

Oʻninchi Masalasi:
Amirtogʻ Chechagi

Qur'ondagi takrorlanishlarga qilingan e'tirozlarga qarshi juda kuchli javobdir.

Aziz siddiq qardoshlarim!

Garchi, bu masala abgor holatim sababli tarqoq va latofatsiz chiqqan boʻlsada, bu tarqoq iboralar ostida juda qiymatli bir tur i'jozni qat'iyan koʻrdim. Afsuski ifodalashga qodir boʻla olmadim. Iboralari xar qancha soʻniq boʻlsa ham, Qur'onga oid boʻlgani uchun tafakkuriy ibodat, muqaddas, yuksak, porloq bir javharning sadafidir. Yirtiq libosiga emas, qoʻlidagi olmosga qaralsin. Agar munosib boʻlsa, "Oʻninchi Masala" qilinglar, boʻlmasa, sizning tabrik maktublaringizga javob maktubi deb qabul qilinglar. Hamda ushbu oʻta xasta, abgor va ozuqasiz holda, bir-ikki kun Ramazonda, majbur vaziyatda, oʻta muxtasar, qisqa va bir jumlada koʻp haqiqatlarni va turli hujjatlarni ichiga kiritib yozdim. Aybga buyurmaysiz.

{(1) Dengizli qamoqxonasining mevasi "Oʻninchi Masala" boʻlib, Amirtogʻining va bu Ramazoni Sharifning kichik nurli chechagi hisoblanadi. Qur'on oyatlarining takrorlanishining bir hikmatini bayon qilish orqali, ahli zalolatning chirigan va zaxarli tushunchalarini yoʻq qiladi.}

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ramazoni Sharifda Qur'oni Moʻ'jizul Bayonni oʻqiyotib, Risola-i Nurga ishoralari Birinchi Shu'lada bayon qilingan oʻttiz uch oyatdan qaysi biri kelsa qaradim. Oyatning sahifasi, varagʻi va qissasi ma'lum darajada Risola-i Nurga va shogirdlariga (qissadan hissa olish tomondan) yuzlangan. Xususan Nur Surasidan nur oyati oʻnta barmoq bilan Risola-i Nurga yuzlangani kabi, orqasidagi zulmat oyatlari toʻliq dushmanlarga qaramoqda va ularga tegishli hissasi koʻproq. Goʻyo, u maqom juz'iyatdan chiqib kulliyat kasb etmoqda va bizning asrimizda u kulliyning toʻliq bir aʻzosi Risola-i Nur va uning shogirdlaridir deya his qildim.

— 452 —

Ha, Qur'onning xitobi, avvalo Mutakallimi Azaliyning butun borliqqa egaligi, boshqaruvi va tarbiyasining keng maqomidan, bashariyat, balki koinot nomidan tinglovchi boʻlgan Zotning keng maqomidan, umum baniy Odamning butun asrlarda irshodlarining oʻta keng maqomidan, dunyo va oxiratning, yer va samovotning, azal va abadning, Koinot Xoliqining tarbiya qilib boshqarishiga va butun maxluqotning tadbir qilishga doir Ilohiy qonunlarning juda yuksak qamrovli bayonotining keng maqomidan olgan kenglik, ulugʻlik va qamrov jihatidan u xitob, shunday bir yuksak i'jozni va egallaganini koʻrsatadiki Qur'on darsining tinglovchilaridan eng katta toifa hisoblangan avom tabaqasi ham tushunadigan zohiriy va oddiy martabasi ham eng yuksak tabaqani ham toʻliq hissador qiladi.

Goʻyo, qissadan faqat bir hissa va tarixiy hikoyadan bir ibratgina emas, balki umumiy dasturning aʻzolari sifatida xar asr va xar tabaqaga xitob qilib yangi nozil boʻlayotgandek, xossatan koʻp takrorlangan اَلظَّالِم۪ينَ اَلظَّالِم۪ينَdegan tahdidlari va zulmlarining jazosi boʻlgan samoviy va arziy musibatlarni shiddat bilan bayon qilishi, bu asrning tenggi zulmlariga Od va Samud qavmlari va Fir'avnning boshiga kelgan azoblar bilan qaratadi va mazlum ahli iymonga Ibrohim (A.S.) va Muso (A.S.) kabi anbiyoning najotlari bilan tasalli beradi.

Gʻaflat va zalolat tasavvurida - qoʻrqinchli va dahshatli yoʻqlik oʻlkasi, azobli va yoʻq boʻlib ketgan qabriston boʻlgan butun moziy,

oʻlgan davrlar va asrlar, jonli ibrat sahifasi va boshidan oxirigacha ruhli, hayotdor ajib olam, mavjud va biz bilan munosabatda boʻlgan Rabboniy mamlakat suratida kino pardalari kabi,

goh bizni u zamonlarga, goh u zamonlarni oldimizga keltirib,

xar asrga va xar tabaqaga koʻrsatib yuksak bir i'joz bilan darsini bergan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon, huddi shu i'joz bilan, zalolat tasavvurida jonsiz, abgor, sanoqsiz oʻlik qoʻrqinchli joy boʻlgan, firoq va zavolda yumalayotgan koinotni Samadoniy kitob, Rahmoniy shahar, Rabboniy sanʻatlarning koʻrgazmasi sifatida oʻlgan ashyolarni jonlantirib,

vazifa yuklangan xodim suratida bir-biri bilan gaplashtirib,

bir-biriga yordam berdirib,

insoniyatga, jinlar va farishtalarga haqiqiy, nurli va zavqli hikmat darslarini bergan Qur'oni Azimushshon,

albatta xar harfida oʻn, yuz va ba'zan ming va minglab savob boʻlishi,

butun jin va insonlar toʻplansa uning mislini keltirolmasligi,

butun baniy Odam va koinot bilan juda oʻrinli suhbati,

xar doim millionlab hofizlarning qalblarida zavq bilan yozilishi,

qayta qayta va koʻp takrorlanishi bilan zeriktirmasligi,

koʻp aralash joylari va jumlalari borligi bilan birga bolalarning nozik va sodda boshlarida mukammal joylashishi,

hastalarning, ozgina gapdan taʻsirlanadigan va sakarotda boʻlganlarning qulogʻiga zamzam suvi misoli xush kelishi kabi qudsiy imtiyozlarni qozonadi va ikki jahonning saodatlarini oʻz shogirdlariga qozontiradi.

Tarjimonining ummiylik martabasiga toʻliq rioya qilish maqsadida,

hech qanday qiyinchilik, hech bir qalbakilik, xoʻjakoʻrsinga umuman yoʻl qoʻymasdan,

fitriy ravonligi va toʻgʻridan-toʻgʻri samodan kelganini,

eng katta avom tabaqasining sodda dunyoqarashiga mos kalom saviyasi bilan,

eng koʻp samo va yer kabi eng zohiriy va oshkor sahifalarini ochib,

koʻnikilgan narsalar ostidagi gʻaroyib qudrat moʻ'jizalarini,

ma'noli hikmat satrlarini dars berish orqali irshod kutfida goʻzal i'jozni koʻrsatadi.

— 453 —

Takrorni taqozo qilgan duo va da'vat, zikr va tavhid kitobi ham ekanini bildirish maqsadida goʻzal, shirin takrorlari bilan bitta jumlada va bir qissada turli tuman ma'nolarni boshqa-boshqa tinglivchi tabaqalariga tushuntirishda, juz'iy va oddiy hodisada eng juz'iy va ahamiyatsiz narsalar ham marhamat nazarida va tadbir doirasi va boshqaruvida ekanini bildirish maqsadida, Islomiyatning ta'sisi va Shariatning tadvin-tizimlashtirishda sahobalarning juz'iy hodisalarini ham ahamiyatga olishida, kulliy dasturlarning borligi, umumiy Islomiyat va shariatning ta'sisida kichik hodisalar, urugʻlar misoli juda ahamiyatli mevalarni bergani ham bir navʻ i'jozini koʻrsatadi.

Darhaqiqat, ehtiyojning takrorlanishi takrorlanishni taqozo qiladi. Shunga koʻra, yigirma yil mobaynida juda koʻp takrorlangan savollarga javob sifatida turli-tuman tabaqalarga dars beradigan, va katta koinotni parcha-parcha qilib qiyomatda shaklini oʻzgartirib dunyoni olib tashlab uning oʻrniga azamatli oxiratni quradigan, zarralardan yulduzlargacha butun individual narsalar va turlar sinflarning yakka Zotning qoʻlida va tasarrufida ekanligini isbotlaydigan, bashariyatning koinot, yer va samovotni, unsurlarni jahlini chiqaradigan va gʻazablantiradigan zulmlariga (koinotning yaratilish gʻoyasini buzgani uchun) Ilohiy gʻazab va Rabboniy hiddat-jahlni koʻrsatadigan sanoqsiz gʻaroyib, benihoya dahshatli, keng inqilobni ta'sis qilishda minglab natijalar quvvatidagi ba'zi jumlalarni va hadsiz dalillarning natijasi boʻlgan ba'zi oyatlarni takrorlash kamchilik emas, balki juda kuchli i'joz va juda yuksak balogʻat va vaziyat taqozosiga juda muvofiq ravonlik va fasohatdir.

Masalan: Bir oyat boʻlib, bir yuz oʻn toʻrt marta takrorlangan «Bismillahir Rohmanir Rohiym» jumlasi, ( Risola-i Nurning Oʻn Toʻrtinchi Yogʻdusida bayon qilingani kabi) arshni yerga bogʻlagan, koinotni nurlantirgan va xar bir kishi xar daqiqada muhtoj boʻlgan shunday haqiqatki, million marta takrorlansa ham ehtiyoj tugamaydi. Nafaqat non kabi xar kun, balki havo va ziyo kabi xar daqiqa ehtiyoj va ishtiyoq bor.

— 454 —

Yana, masalan: طٰسٓمٓ surasida sakkiz marta takrorlangan اِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ الْعَز۪يزُ الرَّح۪يمُ oyati, surada hikoya qilingan paygʻambarlarning najotlari va qavmlarining azoblarini, koinotning yaratilish natijasi uchun va Allohning butun koinotni boshqarib tarbiya qilishi uchun minglab haqiqat kuchidagi boʻlgan oyatni takrorlab, Rabboniy izzat zolim qavmlarning azobini va Ilohiy rahimiyat esa anbiyolarning najotlarini taqozo qilganini dars berish uchun ming martalab takrorlansa ham ehtiyoj va ishtiyoq tugamaydi, i'jozli va ijozli ulugʻ balogʻat hisoblanadi.

Yana, masalan: Rahmon surasida takrorlangan فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ oyati bilan Mursalot surasida وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّب۪ينَ , jin va bashariyatning, koinotni gʻazablantiradigan, yer va samovotni jahlini chiqaradigan, olam yaratilishining natijalarini buzadigan, Allohning saltanatining hashamatini inkor va mensimay javob beradigan kufr va kufronlari haqida, zulmlari va butun maxluqotning huquqlariga tajovuzlari haqida asrlarga, yer va samovotga tahdid qilib hayqirgan ushbu ikki oyat, minglab haqiqatlarga aloqali va minglab masalalar quvvatida boʻlgan umumiy darsda ming marotaba takrorlansa ham oʻrnida va balogʻatning jalolli bir i'joz va jamolli bir ijozidir.

Yana, masalan: Qur'onning haqiqiy, bir navʻ toʻliq munojoti va Qur'ondan chiqqan bir tur xulosasi boʻlgan Javshan-ul Kabir nomli Paygʻambariy (A.S.V.) munojotda

سُبْحَانَكَ يَا لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ الْاَمَانُ الْاَمَانُ خَلِّصْنَا وَ اَجِرْنَا وَ نَجِّنَا مِنَ النَّارِ

jumlasining yuz marta takrorlanishida - tavhid kabi koinotdagi eng katta haqiqat, tasbeh va taqdis-poklash kabi maxluqotning rububiyatga javoban uch muazzam vazifasining eng ahamiyatli bir vazifasi, shaqovati abadiydan qutulish kabi insoniyatning eng daxshatli masalasi, qullik va bashariy ojizlikning eng kerakli natijasi mavjud boʻlgani uchun minglab marta takror qilinsa ham ozdir.

Qur'oniy takrorlanishlar bu kabi asoslarga tayanadi. Hatto ba'zan bir sahifada vaziyat taqozosi, tushunish ehtiyoji va bayon balogʻati jihatidan yigirma marta ochiq va zimnan-yashirin tavhid haqiqatini ifodalaydi. Zeriktirish emas, balki quvvat, shavq va halovat beradi. Risola-i Nurda, Qur'oniy takrorlanishlar naqadar oʻrinli, munosib va balogʻat jihatidan maqbul ekani hujjatlari bilan bayon etilgan.

— 455 —

Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning Makkiy suralari bilan Madaniy suralari balogʻat va i'joz jihatidan, tafsil va xulosa tomonidan bir-biridan farqli ekanining siri va hikmati quyidagicha: Makkada birinchi safda tinglovchi va dushmanlar Quraysh mushriklari va ummiylar boʻlgani sababli, balogʻat jihatidan quvvatli oliy uslub va ijozli, ishontiradigan, qanoatlantiruvchi qisqalik, mustahkamlash uchun takror kerak boʻlgani uchun, aksariyat Makkiy suralar iymon ruknlari va tavhidning martabalarini juda kuchli, yuksak va i'jozli bir ijoz bilan ifodalagan va takrorlab, insonning dunyoga kelishi va qaytishi, Allohni va oxiratni, nafaqat bir sahifada, bir oyatda, bir jumlada, bir soʻzda, balki ba'zan bir harfda va taqdim-soʻzni oldingga olish, taʻxir-egani oxiriga qoldirish, ta'rif-aniqlashtirish, tankir-mavhum qoldirish, hazf-tushuntirmaslik, zikr-tushuntirish kabi holatlar orqali shunday quvvatli isbotlaydiki, balogʻat ilmining dohiy imomlari hayratda qolishgan.

Risola-i Nur, xususan Qur'onning qirq i'joz tomonini qisqacha isbotlagan Yigirma Beshinchi Soʻz zayllari bilan birga va Qur'onning nazmidagi i'joz jihatini gʻaroyib shaklda isbotlagan Risola-i Nurning arab tilidagi "Ishorot-ul I'joz" tafsiri amalda Makkiy sura va oyatlarda eng oliy balogʻat uslubi va eng yuksak i'jozi ijozi - qisqa soʻz orqali koʻp narsa ifodalash moʻjizasi borligini koʻrsatgan.

Ammo Madinada nozil boʻlgan sura va oyatlarining birinchi safdagi tinglovchi va dushmanlari, Allohni tasdiqlagan yahudiy va nasoro kabi ahli kitob boʻlgani uchun, balogʻat va irshod iqtizosi, vaziyat taqozosi va holning zarurati sababli sodda, ochiq va tafsilotli uslub bilan ahli kitobga qarata dinning yuksak usulini va iymonning ruknlarini emas, balki faxlanadigan shariatni, hukmlarini, tafsilotini, umumiy qonunlarning manbalari va sabablari boʻlgan individual narsalarni bayon qilish kerak boʻlgani uchun, sura va oyatlarda koʻpincha tafsilot, izoh va sodda uslub bilan bayon qilinib Qur'onga maxsus tenggi yoʻq bayon tarsi orqali, birdaniga kichik individual hodisa ichida yuksak, kuchli natija, xotima, hujjat va kichik sharʻiy hodisani umumiylashtiradigan, iymoni Billoh orqali ergashishni ta'minlaydigan tavhidga, Asmoga tegishli va uxraviy jumlani zikr qiladi. Maqomni nurlantiradi, yuksaklashtiradi, umumiylashtiradi. Risola-i Nur, oyatlarning oxirlarida aksariyat hollarda kelgan

﴿ اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ٭ اِنَّ اللّٰهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ ٭ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الرَّح۪يمُ ٭ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ ﴾

kabi tavhidni yoki oxiratni ifodalagan natijalar va xotimalarda naqadar yuksak balogʻat, ustun tomonlar, ravonlik va hukmatlar borligini Yigirma Beshinchi Soʻzning Ikkinchi Shu'lasining Ikkinchi Nurida natija va xotimalarning juda koʻp hikmat va ustun tomonlarinign oʻntasini bayon qilingan. Xulosalarda bir buyuk moʻ'jiza borligini qaysar kimsalarga ham isbotlagan.

— 456 —

Qur'on shar'iy tafarruot-tafsilotlar va ijtimoiy qonunlarni bayon qilish ichida, tinglovchining e'tiborini eng yuksak va umumiy nuqtalarga koʻtarib, sodda uslubni ulugʻ uslubga, shariat darsidan tavhid darsiga aylantirib, Qur'onni esa shariat, ahkom va hikmat kitobi, aqida, iymon, zikr, fikr, duo va da'vat kitobi ekanini koʻrsatib, xar maqomda koʻp Qur'onning irshodiy maqsadlarini dars berishi orqali, Makkiy oyatlarning balogʻat tarzlaridan boshqacha va porloq moʻ'jizali ravonlik izhor qiladi. Ba'zan ikki soʻzda, masalan رَبُّ الْعَالَم۪ينَ va رَبُّكَ da, رَبُّكَ jumlasi bilan ahadiyat-ygonalikni va رَبُّ الْعَالَم۪ينَ bilan vohidiyat-yakkalikni bildiradi. Ahadiyat ichida vohidiyatni ifoda qiladi.

Hatto bir jumlada (koʻz qorachigʻida bir zarrani koʻrgani va joylashtirgani kabi) quyoshni ham huddi shu oyat bilan, ayni bolgʻa bilan osmonning koʻz qorachigʻida qoqadi va koʻkka koʻz qiladi.

Masalan:

﴿ خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضَ ﴾

oyatidan soʻng

﴿ يُولِجُ الَّيْلَ فِى النَّهَارِ وَ يُولِجُ النَّهَارَ فِى الَّيْلِ ﴾

oyatining orqasidan

﴿ وَ هُوَ عَل۪يمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ ﴾

deydi. "Zamin va osmonlarning hashamatli yaratilishida qalbga kelgan narsalarni ham biladi, boshqaradi" deyayotgandek tarzda bayonot bilan, sodda va ummiyat martabasini, avomning dunyoqarashini nazarda tutgan oddiy va juz'iy suhbat, shu tarzda ulugʻ, jozibali, umumiy va irshodli mukolamaga aylanadi.

Ahamiyatli bir savol: Ba'zan bir haqiqat, yuzaki nazarlarga koʻrinmagani sababli, ba'zi vaziyatlarda kichik va oddiy bir hodisa haqida yuksak tavhid natijasini yoki umumiy dasturni bayon qilishda aloqasi noaniq boʻlgani sababli, kamchilik deb tasavvur qilinadi. Masalan: "Hazrati Yusuf alayhissalom ukasini hiyla bilan olib qolishi" ichida

﴿ وَفَوْقَ كُلِّ ذ۪ى عِلْمٍ عَل۪يمٌ ﴾

deb juda yuksak dasturning zikr qilinishi, balogʻat jihatidan aloqasi koʻrinmaydi. Buning siri va hikmati nima?

— 457 —

Javob: Xar bir kichik Qur'on hisoblangan aksar uzun va oʻrta suralarda, koʻp sahifa va maqomlarda faqat ikki-uch maqsad emas, balki Qur'onning mohiyati ham zikr, iymon va fikr kitobi, ham shariat, hikmat va irshod kitobi kabi koʻp kitoblarni va turli darslarni oʻz ichiga olib, Allohning rububiyatining hamma narsani qamraganini va hashmatli tajalliylarini ifodalagan buyuk koinot kitobining bir navʻ qiroati boʻlgan Qur'on, albatta xar maqomda, hatto ba'zan bir sahifada koʻp maqsadlarni nazarda tutib ma'rifatullohdan, tavhidning martabalaridan va iymon haqiqatlaridan dars beradi. Bunga binoan, boshqa maqomda, masalan zohiran zaif munosabat bilan boshqa bir mavzu ochadi va oʻsha zaif aloqaga juda koʻp kuchli munosabatlar qoʻshiladi. Oʻsha maqomga juda muvofiq boʻladi, balogʻat martabasi yuksaladi.

Ikkinchi savol: "Qur'onda ochiq, zimnan-yashirin va ishorat orqali oxirat va tavhidni, insonning mukofot olishi va jazolanishini minglab marotaba isbotlab koʻrsatishning va xar surada, xar sahifada, xar maqomda dars berishning hikmati nima?"

Javob: Imkonda doirasida (koinot), koinotning aylanishiga oid oʻzgarishlar, omonati kubro va yer xalifaligini zimmasiga olgan bashariyatning abadiy badbahtlik va saodati sabab boʻlgan vazifasiga doir eng ahamiyatli, eng buyuk, eng dahshatli masalalarining eng kattalarini dars berish va sanoqsiz shubhalarni ketkazish, oʻta shiddatli inkor va qaysarliklarni sindirish uchun, albatta daxshatli oʻzgarishlarni tasdiqlatish va ularga oʻxshagan buyuk va insonga juda kerakli va eng zaruriy masalalarni tasdiqlatish uchun Qur'on, minglab marotaba emas, balki millionlab marta e'tibor qaratsa ham isrof boʻlmaydi, Qur'onda millionlab karra takrorlash oʻrqali oʻsha mavzular oʻqiladi, zeriktirmaydi, ehtiyoj tugamaydi.

Masalan

﴿ اِنَّ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَهُمْ جَنَّاتٌ تَجْر۪ى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ .. خَالِد۪ينَ ف۪يهَٓا اَبَدًا ﴾
— 458 —

oyati koʻrsatgan abadiy saodat bashoratining haqiqati, bechora insonga xar daqiqa oʻzini koʻrsatgan oʻlim haqiqatining abadiy qatlidan ham insonni ham dunyosini ham butun doʻstlarini qutqarib, abadiy saltanatni qozontirgani uchun, milliardlab marta takrorlansa va koinot qadar ahamiyat berilsa ham isrof boʻlmaydi, qiymatdan tushmaydi. Bu turdagi qiymatli sanoqsiz masalalarni dars bergan, koinotni bir uy kabi oʻzgartiradigan, shaklini buzadigan daxshatli oʻzgarishlarni ta'sis etishda qoniqtirishga, ishontirishga va isbotlashga qarata Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon, albatta ochiq, yashirin va ishorat orqali oʻsha masalalarga minglab marotaba e'tiborni qaratishi isrof emas, balki non, dori, havo va ziyo kabi zaruriy ehtiyojlar kabi ehsonini yangilaydi.

Yana masalan:

اِنَّ الْكَافِر۪ينَ ف۪ى نَارِ جَهَنَّمَ

va

﴿ اَلظَّالِم۪ينَ لَهُمْ عَذَابٌ اَل۪يمٌ ﴾

kabi tahdid oyatlarini Qur'on qattiq shiddat va gʻazab bilan, oʻta quvvat bilan va takrorlar orqali zikr qilishining hikmatiga kelsak. (Risola-i Nurda qat'iy isbotlanganidek) insonning kufri koinot va aksar maxluqotning huquqiga shunday bir tajovuzki, samovot va yerni gʻazablantiradi va unsurlarni jahlini chiqarib, toʻfonlar bilan zolimlarni kaltaklaydi.

﴿ اِذَٓا اُلْقُوا ف۪يهَا سَمِعُوا لَهَا شَه۪يقًا وَهِىَ تَفُورُ ٭ تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ ﴾

oyati ochiq ravshan zolim inkor qiluvchilarga Jahannam shunday gʻazablanishi, jahlidan yorilish darajasiga kelishini aytadi.

Ushbu ommaviy jinoyat va hadsiz tajovuzga qarshi insonning kichiklik va ahamiyatsizligi jihatidan emas, balki zolim jinoyatining kattaligiga, kofirona tajovuzining daxshatiga qarshi Sultoni Koinot oʻz xalqining huquqining ahamiyatini va munkirlarning kufr va zulmidagi benihoyat xunukligini koʻrsatish hikmati bilan, oʻsha jinoyatni farmonida qattiq gʻazab va shiddat bilan va jazosini ming marta emas, balki millionlab va milliardlab takrorlasa ham isrof va kamchilik boʻlmaydi. Bu farmonni ming yildan beri yuz millionlab insonlar xar kun zerikmasdan kamoli ishtiyoq va ehtiyoj bilan oʻqimoqdalar.

— 459 —

Ha, xar kuni, xar doim, xar bir kishi uchun bir olam ketadi, yangi bir olamning eshigi ochiladi. Shu bois, xar bir oʻtkinchi olamini nurlantirish uchun ehtiyoj va ishtiyoq bilan "La ilaha illalloh" jumlasini ming martalab takrorlash orqali almashgan pardalarning xar biriga bir "La ilaha illalloh"ni chiroq qiladi. Shuningdek, juda koʻp oʻtkinchi pardalar va yangilanayotgan sayyor koinotlarni qorongʻulashtirmaslik va hayot oynasida aks etgan suratlarini xunuklashtirmaslik uchun, oʻz foydasiga guvoh boʻlishi mumkin boʻlgan mehmon vaziyatlarni oʻz zarariga guvoh qilmaslik uchun, jinoyatlarning jazosini va Podshohi Azaliyning shiddatli va qaysarlikni sindiradigan tahdidlarini, xar doim Qur'onni oʻqish orqali eslab, nafsining tugʻyonidan qutilishga harakat qilsinlar degan maqsadda, Qur'on juda moʻ'jizona takror qiladi.

Bu daraja quvvat, shiddat va takror bilan qilingan Qur'oniy tahdidlarni haqiqatsiz deb tasavvur qilishdan shayton ham qochadi. Ularga quloq solmagan inkor qiluvchilarga Jahannam azobi ayni adolatdir, deb koʻrsatadi.

Yana, masalan, Aso-i Muso kabi juda koʻp hikmatlari va foydalari boʻlgan Muso (as) qissasi va boshqa anbiyolarning qissalarini koʻp takrorlashda, risolati Ahmadiyaning (asv) haqqoniyatiga butun anbiyoning nubuvvatlarini hujjat sifatida koʻrsatib, ularning barchasini inkor qila olmagan kimsa, bu Zotning risolatini haqiqatan inkor qila olmaydi, degan maqsadda va xar kim xar doim butun Qur'onni oʻqishga qodir va muvaffaq boʻla olmagani sababli, xar bir uzun va oʻrta surani kichik Qur'onga aylantirish uchun ahamiyatli iymon ruknlari kabi qissalarni takrorlashi isrof emas, balki balogʻat taqozosidir. Muhammad (asv)ning paygʻambarligi butun bani Odamning eng buyuk hodisasi va koinotning eng azamatli masalasi ekanini dars berishdir.

Qur'onda Zoti Ahmadiyaga (a.s.v.) eng buyuk maqom berish va toʻrt iymon ruknlarini ichiga olib "La ilaha illalloh" rukniga teng tutilgan "Muhammadur Rasululloh" risolati Muhammadiya (a.s.v.) koinotning eng buyuk haqiqati, Zoti Ahmadiya (asv) butun maxluqotning eng sharaflisi va haqiqati Muhammadiya (a.s.v.) deb atalgan umumiy ma'naviy shaxsiyati, muqaddas maqomi ikki jahonning eng porloq quyoshi ekaniga va bu gʻaroyib maqomga loyiqligiga doir juda koʻp hujjatlari va alomatlari, Risola-i Nurda qat'iy isbotlangan. Mingtadan bittasi quyidagicha:

اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ

dasturiga asosan, butun ummatlarining hamma vaqtlarda qilgan hasanotining bir misli u Zotning daftari hasanotiga kirishi;

butun koinotning haqiqatlarini, keltirgan nuri bilan nurlantirishi;

nafaqat jinlar, insonlar, farishtalar va hayot egalarini, balki koinotni, samovot va yerni minnatdor qilishlari;

iste'dod tili bilan nabototning qilgan duolari va hayvonotning tabiiy ehtiyoj tili bilan qilgan duolari koʻz oʻngimizda amalda qabul boʻlishining guvohligi bilan,

millionlab, balki milliardlab tabiiy va rad etilmas duolari maqbul boʻlgan ummatining solihlari xar kuni u Zotga (Alayhissalotu vas Salom) salotu salom orqali qilayotgan rahmat duolari va ma'naviy daromadlari eng avvalo u Zotga (A.S.V.) bagʻishlashlari;

— 460 —

Qur'onning butun ummat tomonidan oʻqiladigan uch yuz ming harfining xar biri oʻn savobdan yuz, ming hasana va meva berishiga koʻra,

faqatgina qiroati Qur'on orqali amal daftariga cheksiz nurlar kirishi jihatidan:

u Zotning (A.S.V.) ma'naviy shaxsiyati boʻlgan haqiqati Muhammadiya (A.S.V.),

kelajaakda jannat tubo daraxti kabi boʻlishini Allomul Gʻuyub bilgan, koʻrgan va bu maqomga koʻra Qur'onida u azim ahamiyatni bergan va farmonida u Zotga ergashish orqali va sunnati saniyasiga tobe' boʻlish bilan shafoatiga sazovor boʻlishni eng ahamiyatli bir bashariy masala qilib koʻrsatgan;

hashamatli tubo daraxtining bir urugʻi boʻlmish inson shaxsiyatini va insonning boshlangʻich holatini ora-sira nazarga olishidir.

Qur'onning takror qilingan hahiqatlari bu qiymatda boʻlgani uchun, takrorlanishida quvvatli va keng ma'naviy moʻ'jiza mavjudligiga insonning salim tabiati guvohlik qiladi. Agar moddiyunlik vabosi bilan qalb marazi va vijdon xastaligiga mubtalo boʻlgan boʻlsa

قَدْ يُنْكِرُ الْمَرْءُ ضَوْءَ الشَّمْسِ مِنْ رَمَدٍ ٭ وَ يُنْكِرُ الْفَمُ طَعْمَ الْمَاءِ مِنْ سَقَمٍ

qoidasiga doxil boʻladi.

* * *
— 461 —
Bu Oʻninchi Masalaga bir xotima sifatida ikki xoshiya:

Birinchisi: Bundan {(*) Bu risolaning ta'lif qilinishidan oʻn ikki yil avval.} oʻn ikki yil avval, eng daxshatli va qaysar bir dinsiz tarjimasi orqali Qur'onga qarshi suiqasd qila boshlabdi va "Nima ekani bilinishi uchun Qur'on tarjima qilinsin", deganini eshitdim. Ya'ni, keraksiz takrorlanishini hamma koʻrsin va tarjimasi uning oʻrniga oʻqilsin, deb daxshatli reja tuzibdi. Lekin Risola-i Nurning rad qilib boʻlmaydigan hujjatlari qat'iy isbotlaganki:

Qur'onning haqiqiy tarjimasi imkonsiz. Qur'onning ustun tonolari va hikmatlarini nahv-grammatik tili hisoblangan Arab tili oʻrniga boshqa tillar muhofaza qila olmaydi. Xar bir harfi oʻn adaddan mingtagacha savob bergan Qur'oniy kalimalarning moʻ'jizali va qamrovli soʻzlarining oʻrnini, basharning oddiy va qisman tarjimalari bosa olmaydi. Masjidlarda aslining oʻrnida oʻqilmaydi. Risola-i Nur buni xar tarafda yoyishi orqali oʻsha daxshatli rejani barbod qildi. Lekin oʻsha dinsizdan dars olgan munofiqlar yana shaytonning foydasiga, ahmoq bolalar kabi ahmoqona va telbalarcha, Qur'onning quyoshini puflab soʻndirishga urinayotgani bois, men juda ham tang, siquvchi va abgor holatda boʻlsamda ushbu Oʻninchi Masala yozdirildi, deb oʻylayman. Boshqalar bilan koʻrisha olmaganim uchun haqiqati holni bilmayman.

Ikkinchi Xoshiya: Dengizli qamogʻidan ozod boʻlganimizdan keyin mashxur shahar mehmonxonasining yuksak qavatida oʻtirgan edim. Oldimda goʻzal bogʻlarda juda koʻp terak daraxtlari zikr halqalari tarzida juda latif, shirin suratda, ham oʻzlari, ham shoxlari, ham yaproqlari shabadadan jozibadorona va jalb qiluvchi harakat bilan raqsga tushishlari, qardoshlarimdan ayriliq va yolgʻiz qolganim sababli mahzun va gʻamli qalbimga botdi.

— 462 —

Birdan kuz va qish mavsumi hayolga keldi va meni bir gʻaflat bosdi. Oʻsha kamoli sevinch bilan jilvalangan nozanin teraklarga va hayot egalariga shunchalik achindimki, koʻzim yoshga toʻldi. Koinotning goʻzal pardasi ortidagi oʻlishlarni, firoqlarni eslatish va his ettirish orqali koinotchalik firoqlarning, zavol topishlarning huzni boshimda toʻplandi.

Birdan, haqiqati Muhammadiya (A.S.V.) keltirgan nur yordamga keldi. Hadsiz huznlar va gʻamlarni, sururlarga aylantirdi. Hatto shu nurning, xar kim va xar ahli iymon kabi men uchun million fayzidan faqat oʻsha vaqtda, u vaziyatga tegishli yordami va tasalliysi uchun Zoti Muhammadiyaga (A.S.V.) javoban abadiyan minnatdor boʻldim:

Gʻaflat nazari muborak nozaninlarni vazifasiz, natijasiz bir mavsumda koʻrinib, harakatlari xursandchilikdan emas, balki goʻyo oʻlim va firoqdan titrab yoʻqlikka ketayotganini koʻrsatib, hamma kabi mendagi boqiylik ishqi, goʻzallik sevgisi, sinfimga shafqat, hayotga boʻlgan aloqamga sabab boʻlgan asablarimga shu daraja ogʻir botdiki, dunyoni ma'naviy jahannamga va aqlni azob uskunasiga aylantirgan paytda, pardani Muhammad alayhissalotu vassalom basharga hadya sifatida keltirgan nur koʻtardi: oʻlim, 'adam, yoʻqlik, vazifasizlik, behudalik, firoq, foniylik oʻrniga teraklarning xar birining yaproqlari sanogʻicha hikmatlari va ma'nolari, Risola-i Nurda isbot etilganidek, quyida uch qismga ayrilgan natijalari va vazifalari bor deya koʻrsatdi:

Birinchi qism natijalari: Sone'i Zuljalolning ismlariga yuzlangan. Masalan, bir usta gʻaroyib uskuna yasasa, uning qiymatini bilgan xar kim uni "Mashaalloh, borakalloh" deb olqishlagani kabi, uskunaning oʻzi ham, undan kutilgan natijalarni toʻligʻicha koʻrsatishi orqali, holatining tili bilan ustasini tabriklaydi, olqishlaydi. Xar ziyhayot va hamma narsa ana shunday uskuna hisoblanadi, Ustasini tabriklar bilan olqishlaydi.

Ikkinchi qism hikmatlari: Hayot egalari va shuur sohiblarining nazarlariga qaraydi. Ularga shirin mutolaa joyi, ma'rifat kitoblari boʻladi. Shuur sohiblarining zehnlarida ma'nolarini, suratlarini xotiralarida, misoliy lavhalarda, gʻayb olami daftarlarida vujud doirasida qoldirib, shahodat olamini tark etadi, gʻayb olamiga koʻchadi. Demak tashqi vujudni tashlaydi koʻp ma'naviy, gʻaybiy va ilmiy vujudlarni qozonadi.

Modomiki Alloh bor ekan va ilmi ihota qilar ekan, albatta haqiqatan iymon ahlining dunyosida 'adam, qatl, yoʻqlik, mahv, fano yoʻqdir. Kofir inkor qiluvchilarning dunyosi 'adam bilan, firoq bilan, yoʻqlik bilan, foniylikka toʻla. Bu haqiqatni, koʻpchilikning tilida yurgan «Kim uchun Alloh bor boʻlsa, unga hamma narsa bor. Kim uchun yoq boʻlsa, unga hamma narsa yoʻq, hechdir», zarbulmasali dars beradi.

Natija: Iymon oʻlim vaqtida insonni abadiy qatldan qutqargani kabi, xar bir insonning xususiy dunyosini ham qatldan va yoʻqlik zulmatlaridan qutqaradi. Kufr esa, xususan mutlaq kufr boʻlsa, ham oʻsha insonni ham xususiy dunyosini oʻlim bilan oʻldirib, ma'naviy jahannam zulmatlariga tashlaydi. Hayotining lazzatini achchiq zaxarlarga aylantiradi. Dunyoviy hayotni oxiratdan ustun qoʻyganlarning quloqlari qomatga kelsin. Kelishsin, bunga yo bir chora topsinlar, yoki iymonga kirsinlar. Bu dahshatli yoʻqotishdan qutulishsin!

﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ ﴾
Duoingizga juda muhtoj va
Sizga juda mushtoq qardoshingiz
Said Nursiy