Yigirma Oltinchi Soʻz
BIRINCHI BOʻLIM: Taqdir va juz'iy ixtiyor - Islomiyatning va iymonning eng oxirgi chegarasini koʻrsatgan, iymonning holatga oid va vijdoniy shoʻbalaridan. Ilmiy va nazariy emas. Ya'ni, moʻ'min hamma narsani, hatto ishini, nafsini Janobi Haqdan deb bila-bila, mukallaf boʻlgan narsalari va javobgarlikdan qutulmasligi uchun oldiga "Juz'iy ixtiyor" chiqadi. Unga "Mas'ul va mukallafsan", deydi. Soʻng, qilgan yaxshiliklari va komilligi bilan magʻrur boʻlmasligi uchun qarshisiga "Qadar" keladi. "Haddingni bil, qilgan sen emassan", deydi.
Qadar va juz'iy ixtiyor iymon va Islomiyatning oxirgi martabalaridadir. Qadar nafsni gʻururdan, juz'iy ixtiyor esa javobgar boʻlmaslikdan qutqarish uchun, iymoniy masalalarga kirgan. Qaysar nafsi ammora qilgan yomonliklarning javobgarligidan oʻzini qutqarish uchun qadarga yopishish, in'om qilingan yaxshiliklar bilan faxlanishi, gʻururlanishi, juz'iy ixtiyorga tayanishi qadar siriga va juz'iy ixtiyor hikmatiga batamom zid harakatga sabab boʻlgan ilmiy masalalar emas.
Ma'nan taraqqiy etmagan avom ichida qadarning ishlatilish joyi bor. Oʻtgan zamon va musibatlar uchun umidsizlik va huznning davosidir. Kayf safo va tanballikka sabab boʻlishi uchun gunohlar va kelajakka oid emas. Demak, taqdir masalasi taklif-burch va javobgarlikdan qutqarish uchun emas, balki faxr va gʻururdan qutqarish uchun iymonga kirgan. Juz'iy ixtiyor yomonlikka manba boʻlgani uchundirki, aqidaga doxil qilingan. Yaxshilikka asos boʻlib fir'avnlashish uchun emas.
Qur'on aytganidek, inson yomonligiga toʻliq javobgar. Chunki yomonlikni istagan u. Yomonlik buzgʻunchilik turidan boʻlgani uchun, inson bir yomonlik bilan koʻp buzgʻunchilik qilishi mumkin. Daxshatli jazoga loyiq boʻladi. Bir gugurt bilan uyni yoqish kabi.
Ammo yaxshi amallarda faxrlanishga haqqi yoʻq. Unda uning hissasi juda oz. Chunki yaxshi amallarni Allohning cheksiz rahmati istagan, Allohning qudrati taqozo qilgan va ijod qilgan. Istagan va javob bergan, chaqirgan va sabab boʻlgan, ikkisi ham Haqdan. Inson faqat duo, iymon, idrok, rizo bilan ularga sohib boʻladi.
Yomonlikni istagan insonning oʻzidir (yo iste'dod bilan, yo ixtiyor bilan). Oq, chiroyli quyoshning ziyosidan ba'zi moddalar qoralik va yomon hid olsada. Qoralik uning iste'dodiga oid. Lekin oʻsha yomonlikning koʻp foydalarni ichiga olgan Allohning bir qonuni bilan ijod qilgan yana Haqdir. Demak, sabab boʻlish va istash nafsdan boʻlib, javobgar hisoblanadi. Haqqa oid boʻlgan yaratish va ijod esa, yana boshqa goʻzal natija va mevalari boʻlgani uchun goʻzal, xayr hisoblanadi.
Ushbu sirga asosan: Yomonlik qilish shar-yomonlik, yomonlikni yaratish yomonlik emas. Juda koʻp foydalarni ichiga olgan yomgʻirdan zarar koʻrgan tanbal odam "Yomgʻir rahmat emas", deya olmaydi. Yaratish va ijodda bir oz yomonlik bilan koʻp xayr bor. Bir oz yomonlik uchun koʻp yaxshilikni tark etish yanada kattaroq yomonlik boʻladi. Shuning uchun oz yomonlik yaxshilik hisoblanadi.
Janobi Haqning ijodida yomonlik va xunuklik yoʻq. Yomonlik qulning ishiga va iste'dodiga oid. Allohning qadari natija va mevalar e'tibori bilan shardan va xunuklikdan munazzah. Xuddi shuning kabi, maqsad va sabab e'tibori bilan ham zulm va xunuklikdan muqaddasdir. Chunki qadar xaqiqiy maqsadga qaraydi, adolat qiladi. Insonlar koʻrgan zohiriy illatlarga asoslanadi, qadarning ayni adolatida zulmga tushadi. Masalan, sudya seni oʻgʻirlik bilan mahkum qilib, qamadi. Lekin sen oʻgʻri emassan. Faqat xech kim bilmaydigan yashirin odam oʻldirgansan. Allohning qadari esa seni qamoqqa mahkum qilgan. Qadar oʻsha yashirin qatling uchun mahkum qilib adolat qilgan. Sudʻya sen qilmagan oʻgʻrilikka binoan mahkum qilgani uchun zulm qilgandir.
Bir narsada ikki jihatda qadar va Alloh ijodining adolati va inson amalining zulmi koʻringani kabi, boshqa narsalarni bunga qiyosla. Demak, qadar va Allohning ijodi boshlangʻich va tugash, asos va tafsilot, maqsad va natijalar e'tibori bilan yomonlik, xunuklik va zulmdan munazzah-pokdir.
Agar, "Modomiki juz'iy ixtiyorning ijod qilishga qobiliyati yoʻq. Insonning qoʻlida haqiqatda boʻlmasada bor deb hisoblanadigan ishdan boshqa narsa yoʻq. Qanday qilib Qur'oni Moʻ'jizul Bayonda Samovot va Arzning Xoliqiga qarshi insonga osiy va dushman holati berilgan. Yer va Samovot Xoliqi undan azim shikoyatlar qiladi. Osiy insonga qarshi moʻ'min qulga yordam berishga oʻzini va farishtalarini dastaklaydi. Unga katta ahamiyat beradi", deb soʻralsa;
Javob, chunki kufr, isyon va yomonlik buzgʻunchilikdir, yoʻqlikdir. Katta buzgʻunchilik va cheksiz yoʻqliklar bir haqiqatda boʻlmasada bor deb hisoblanadigan ishga va yoʻqlikka bogʻlangan holda maydonga keladi. Katta kemaning rul boshqaruvchisi vazifasini bajarmasa kema gʻarq boʻlib butun xodimlar ishining natijalari yoʻqqa chiqadi. Buzgʻunchilik harakatsizlikka-yoʻqlikka bogʻlangan holda yuzaga keladi. Xuddi shuning kabi, kufr va ma'siyat - yoʻqlik va buzgʻunchilik turiga kirgani uchun juz'iy ixtiyor haqiqatda boʻlmasada bor deb hisoblanadigan ish bilan ularni harakatlantirib daxshatli natijalarga sabab boʻlishi mumkin. Kufr yomonlik hisoblansada, butun koinotni qiymatsizlik bilan va maqsadsizlik bilan haqorat qilgani uchun, vahdoniyat dalillarini koʻrsatgan butun mavjudotni yolgʻonga chiqarish, butun Asmoning tajalliylarini kamsitish hisoblangani uchun, butun koinot, mavjudot va Allohning ismlari uchun Janobi Haq kofirdan qattiq shikoyat qiladi. Daxshatli qoʻrqitishlari ayni hikmatdir va abadiy azob berish adolatning oʻzidir.
Modomiki inson kufr va isyon bilan buzgʻunchiliklar tomon yurar ekan. Kichik xizmat bilan juda koʻp ishlarni qiladi. Shuning uchun iymon ahli ularga qarshi Janobi Haqning azim inoyatiga muhtojdir. Chunki oʻnta quvvatli odam bir uyni muhofaza qilish va ta'mirlashni boʻyniga olsa, yaramas bir bolaning oʻsha uyni olov qoʻyishiga qarshi bolaning hokimiga, balki podshohiga murojaat qilish, yolvorishga majbur boʻlgani kabi, moʻ'minlar ham adabsiz isyonchilarga qarshi tayanish uchun Janobi Haqning koʻp inoyatiga muhtojdir.
Natija: Agar taqdir va juz'iy ixtiyordan gapirgan odam huzur va mukammal iymon sohibi boʻlsa, koinot va nafsini Janobi Haqdan deb biladi, uning tasarrufida deb biladi. Oʻshandagina qadardan va juz'iy ixtiyordan gapirishga haqqi bor. Chunki, nafsi va hamma narsani Janobi Haqdan bilib, juz'iy ixtiyorga tayanib javobgarlikni boʻyniga oladi. Yomonlikka manba ekanini qabul qilib, Rabbini taqdis etadi - poklaydi. Qullik doirasida qolib, Allohning yuklagan vazifalarini zimmasiga oladi. Yetgan komilligi va yaxshiliklari bilan gʻururlanmaslik uchun qadarga qaraydi, faxrlanish oʻrniga shukr qiladi. Boshiga kelgan musibatlarda qadarni koʻradi, sabr qiladi.
Agar qadar va juz'iy ixtiyordan gapirgan odam gʻaflat ahli boʻlsa, qadar va juz'iy ixtiyordan gapirishga haqqi yoʻq. Chunki nafsi ammorasi gʻaflat yoki zalolat sabab koinotni sabablardan deb tasavvur qilib, Allohning mulkini ularga taqsimlaydi, oʻzini oʻziga sohib deb biladi. Amalini oʻzidan va sabablardan deb biladi. Javobgarlik va kamchilikni qadarga yuklaydi. Janobi Xaqqa beriladigan juz'iy ixtiyor va nihoyat e'tibor markazida boʻladigan qadar mavzui ma'nosizdir. Bu faqat ularning hikmatiga batamom zid va javobgarlikdan qutulish uchun qilingan nafsning hiylalaridir.
IKKINCHI BOʻLIM: Ilm sohiblariga maxsus, {(Izoh) Ushbu ikkinchi qism eng chuqur va eng mushkul qadar siri masalasidir. Butun haqiqatni izlangan ulamolar fikriga koʻra bu Kalom ilmining eng ahamiyatli va munozarali aqidasi masalasidir. Risola-i Nur bu masalani toʻliq hal qilgan.} nozik ilmiy bir tadqiqdir.
Agar: "Qadar bilan juz'iy ixtiyor qanday bogʻlanishi mumkin?" deb soʻrasang,
Javob: Yetti jihat bilan...
BIRINCHISI: Albatta koinotning intizom va mezon tili bilan hikmat va adolatiga guvohlik qilgan Odili Hakiym insonga, savob va qattiq azobga sabab boʻladigan, mohiyati majhul juz'iy ixtiyor bergan. Odili Hakiymning juda koʻp hikmatini bilmaganimiz kabi, juz'iy ixtiyorning taqdirga qanday bogʻlanganini bilmasligimiz, uning yoʻqligiga dalolat qilmaydi.
IKKINCHISI: Xar kim oʻzida ixtiyor his qilishi aniq. Ixtiyorning borligini vijdonan biladi. Mavjudotning mohiyatini bilish ayri, vujudini bilish boshqadir. Koʻp narsalar borki, bizning tasavvurimizda borligi yaqqol boʻlsada, mohiyati majhul... Bu juz'iy ixtiyor oʻsha narsalar qatoriga kiradi. Hamma narsa ma'lumotimiz doirasida bilan chegaralanmagan. Bizning bilmasligimiz, uning yoʻqligiga dalolat qilmaydi.
UCHINCHISI: Juz'iy ixtiyor qadarga zid emas. Balki qadar ixtiyorni quvvatlaydi. Chunki qadar ilmi Ilohiyning bir turidir. Ilmi Ilohiy ixtiyorimizga taalluq qilgan. Shu bois ixtiyorni quvvatlaydi, yoʻq qilmaydi.
TOʻRTINCHISI: Qadar ilm turiga kiradi. Ilm ma'lumga tobeʻ. Ya'ni qanday boʻlsa, shunday taalluq etadi. Aksincha ma'lum ilmga tobeʻ emas. Ya'ni ilm dasturlari ma'lumni moddiy vujudni boshqarish uchun asos emas. Chunki ma'lumning oʻzi va moddiy vujudi boshqarishga qaraydi va qudratga tayanadi.
Azal ashyolarning vujudida asos tutilib unga koʻra bir majburiyat tasavvur qilish uchun moziy silsilasining bir uchi emas. Balki azal - moziy, hol va istiqbolni birdan tutadi, yuksakdan qaragan oyna kabi. Shunday ekan mumkinot doirasi (yaratilganlar olami) ichida uzanib ketgan zamonning moziy tarafida bir uchni tasavvur qilib, unga azal deb, azal ilmiga ashyoning tartib bilan kirishini va oʻzini uning tashqarisida deb oʻylashi, unga koʻra muhokama qilishi haqiqat emas.
Bu sirni kashfi qilish uchun ushbu misolga qara: Sening qoʻlingda bir oyna boʻlsa, oʻng tomoningdagi masofa - moziy, chap tomoningdagi masofa - kelajak deb faraz qilinsa, u oyna faqat oʻziga tengini tutadi. Soʻng ikki tarafni bitta tartib bilan tutadi, koʻpini tuta olmaydi. U oyna qanchalik past boʻlsa, shunchalik oz koʻradi. Agar u oyna bilan yuksakka chiqsa oynaning toʻgʻrisidagi doira kengayadi. Bora bora, ikki taraf ham masofani birdan, bir onda tutadi.
Bi holatda oynada koʻringan masofalarda jarayon etgan holatlar bir-biriga avval boʻlgan, keyin boʻladigan, muvofiq, zid deyilmaydi. Qadar, ilmi azaliydan boʻlgani uchun, ilmi azaliy hadisning ta'biri bilan kuzatiladigan eng yuqori joydan azaldan abadgacha hamma narsa, boʻlgan va boʻladiganni birdan tutadigan, qamraydigan yuksak maqomidir. Biz va bizning muhokamalarimiz moziy masofasida oyna tarzida boʻlishi uchun undan xorijda boʻlmaydi.
BESHINCHISI: Qadar sabab bilan natijaga taalluqli. Ya'ni, natija shu sabab bilan sodir boʻladi. Shunday ekan "Modomiki falon odamning oʻlishi falon vaqtda belgilangan. Juz'iy ixtiyor bilan miltiq otgan odamning nima aybi bor, otmaganida ham oʻlar edi", deyilmasin.
Savol: Nima uchun deyilmasin?
Javob: Chunki qadar uning oʻlishini narigining miltigʻi bilan ta'yin qilgan. Agar uning miltiq otmasligini faraz qilsang, unda qadar taalluqli emasligini faraz qilyapsan. Unda oʻlmasligini nima bilan xulosa qilasan? Yo Jabariylar kabi sababga boshqa, natijaga boshqa qadar tasavvur qilsang yoki Moʻ'tazila kabi qadarni inkor qilsang, Ahli Sunnat va Jamoatni tashlab zalolat firqasiga kirasan. Shunday ekan, biz haq ahli: "Miltiq otmaganida, oʻlishi bizningcha majhul", deymiz. Jabariylar: "Otmasa ham oʻlar edi", deydi. Moʻ'tazila: "Otmaganida, oʻlmas edi", deydi.
OLTINCHISI: {(Izoh) Juda mudaqqiq (diqqat bilan izlangan) olimlarga maxsus haqiqatdir.} Juz'iy ixtiyorning tamal asosi boʻlgan moyillik, Moturidiy aqidasiga koʻra haqiqatda yoʻq boʻlsada mavjud hisoblangan hodisa boʻlib, quldan deb bilinishi mumkin. Lekin Ash'ariy e'tiqodi unga mavjud nazari bilan qaragani uchun quldan deb bilmagan. Lekin oʻsha mayldagi tasarruf Ash'ariy aqidasiga koʻra haqiqatda yoʻq boʻlsada mavjud hisoblangan hodisadir. Shunday ekan oʻsha mayl, oʻsha tasarruf, nisbiy yaʻni boshqasiga koʻra borligi qabul qilingan ishdir. Aniq bir moddiy vujudi yoʻq. Haqiqatda boʻlmasada borligi qabul qilingan holat esa, borligi uchun oraga kerak boʻlishi, zarurat va lozim ekani kirib ixtiyorni olib tashlashi uchun bor boʻlishiga kerakli butun sabablarni taqozo qilmaydi. Balki haqiqatda boʻlmasada borligi qabul qilingan holatning natijasi ustunlik qiulsa, u yuzaga kelishi mumkin. Shunday ekan oʻsha onda uni tark qiladi. Qur'on unga u onda, "Bu yomonlikdir, qilma", deydi.
Agar qul ishlarining yaratuvchisi va ijodga iqtidori boʻlsa edi, ixtiyori boʻlmas edi. Chunki hikmat va usul ilmida مَالَمْ يَجِبْ لَمْ يُوجَدْ asosida "Bir narsa majburiy boʻlmasa, vujudga kelmaydi" qoidasi muqarrar. Ya'ni, bir narsaning bor boʻlishiga kerakli butun sabablar boʻladi, soʻng vujudga kela oladi. Barcha sabablar esa natijasini istar-istamas va shart boʻlishini taqozo qiladi. Unda ixtiyor kolmaydi.
Agar: Tanlangan nasra tanlovchisiz yuzaga kelish imkoni yoʻq. Xolbuki, haqiqatda boʻlmasdan bor deb hisoblangan insonning amalni, ba'zan qilish va ba'zan qilmaslik, agar kerakli tanlov sababi boʻlmasa, tanlangan narsa tanlovchisi boʻlishi mumkin. Bu esa kalom ilmi usulining eng muhim bir asosini buzadi? deb soʻrasang,
Javob: Bir narsaning boshqa tanlovlardan ustun boʻlgan xususiyati boʻlmasa ulardan ustun boʻlishi imkonsiz. {(Izoh) Tarajjuh boshqadir, tarjih etuvchi boshqadir, koʻp farq bor.} Ya'ni, tanlangan xususiyati boʻlmasa, sababsiz ustun boʻlishi imkonsiz. Tanlangan nasra tanlovchisiz yuzaga kelishi mumkin va amalda boʻlgan. Iroda bir sifatdir. Uning xususiyati bunday ishni qilish.
Agar desang: "Modomiki qatlni Alloh yaratgan ekan, nima uchun menga qotil deyiladi?
Javob: Chunki Sarf Ilmi qoidasiga asosan ega boshqasiga koʻra borligi qabul qilingan ish masdar-infinitivdan kelib chiqqan. Aniq ish masdardan kelib chiqib, boʻlinmaydi. Masdar - bizning qilgan ishimiz, qotil unvonini ham biz olamiz. Masdardan kelib chiqqan narsa Haqning maxluqidir. Javobgar boʻladigan narsa masdardan kelib chiqqan narsadan yuzaga kelmaydi.
YETTINCHISI: Insonning juz'iy irodasi va juz'iy ixtiyori zaif, haqiqatda boʻlmasada mavjud hisoblangan ish boʻlsada, Janobi Haq va Hokimi Mutlaq zaif juz'iy irodani kulliy irodasiga taʻalluqli oddiy sabab qilgan. Ya'ni ma'nan, "Ey qulim! Ixtiyoring bilan qaysi yoʻlni istasang, seni oʻsha yoʻlda yuritaman. Shunday ekan javobgarlik senga oid!" deydi.
Tashbehda xato boʻlmasin, sen iqtidorsiz bolani yelkangga olsang, tanlov haqqini berib "Qayerni istasang seni oʻsha yerga olib boraman", deding. Bola yuksak togʻni istadi, olib bording. Bola titradi yoki yiqildi. Albatta "Sen istading" deb, tanbeh berib, ta'zirini berasan. Janobi Haq Ahkamul Hakimiyn oʻta zaif qulning irodasini oddiy sabab qilib, kulliy irodasi unga qaraydi.
Natija: Ey inson! Sening qoʻlingda oʻta zaif, faqat yomonlik va buzgʻunchilik qilishda qoʻli juda uzun, hasanotda qoʻli juda qisqa juz'iy ixtiyor degan irodang bor. Uning qoʻliga duoni berginki, hasanot silsilasining bir mevasi boʻlgan Jannatga qoʻli yetsin va qoʻli bir guli boʻlgan abadiy saodatga uzansin. Ikkinchi qoʻliga istigʻforni berginki, uning qoʻli yomonlikdan qisqarsin va la'natlangan daraxtning mevasi boʻlgan Jahannam Zaqqumiga yetmasin.
Demak duo va tavakkal xayrga moyilikka buyuk quvvat bergani kabi, istigʻfor va tavba yomonlik ishtiyoqini kesadi, tajovuzlarini sindiradi.
UCHINCHI BOʻLIM: Qadarga iymon keltirish iymonning asoslariga kiradi. Ya'ni: "Hamma narsa Janobi Haqning taqdiri bilan amalga oshadi". Qadarga qat'iy dalillar shu qadar koʻpki, haddu-hisobi yoʻq. Biz oddiy va zohiriy iymon asosini qay daraja kuchli va kengligini bir muqaddima bilan koʻrsatamiz.
Muqaddima: Hamma narsa bor boʻlishidan avval va keyin yozilganini
kabi juda koʻp Qur'on oyatlari bildiradi. Koinot deyilgan qudratning buyuk Qur'onining-koinot oyatlari ham Qur'on hukmini, nizom, mezon, intizom, tasvir, bezash va ajralib turish kabi koinotda oʻrnatilgan qonunlar bilan tasdiqlaydi.
Koinot kitobining tartibli maktublari va oʻlchovli oyatlari hamma narsa yozilganiga guvohlik qiladi. Ammo bor boʻlishidan avval hamma narsa taqdir qilingan va yozilganiga dalil, butun ildizlar, danaklar, urugʻlar, miqdorlar va suratlar guvohdir. Chenki xar bir danak va urugʻlar "Kof Nun" uskunasidan chiqqan latif sandiqchalar hisoblanib, unga rasmi taqdir bilan chizilgan mundarija omonat sifatida berilgan. Qudrat u qadarning andozasiga koʻra zarralarni ishlatib, urugʻlar ustida katta qudrat moʻ'jizalarini bino qiladi. Demak, urugʻida daraxtning oʻzi boshiga keladigan butun hodisalari yozilgan. Chunki urugʻlar moddatan sodda, bir-birining ayni boʻlsada, moddatan hech narsa yoʻq.
Hamma narsaning oʻlchangan miqdori qadarni ochiq oydin koʻrsatadi. Qaysi jonzotga qaralsa, oʻta hikmatli va san'atli qolipdan chiqqandek miqdorda, shaklda boʻlib, miqdorni, suratni, shaklga kirish uchun yo gʻaroyib va oʻta egri-bugri moddiy qolip boʻlishi kerak yoki qadardan kelgan oʻlchovli, ilmiy, ma'naviy qolip bilan azaliya qudrati suratni va shaklni bichib kiydiradi.
Masalan: Daraxtga, hayvonga diqqat bilan qara. Jonsiz, kar, koʻr, idroksiz, bir-biriga oʻxshagan zarralar uning koʻkarishiga harakat qiladi. Ba'zi egri-bugri hududlarda meva va foydalarning oʻrnini taniydigan, koʻradigan, biladigandek turadi, kutadi. Soʻng boshqa joyda katta maqsad sari yoʻlini almashtiradi. Demak, zarralar qadardan kelgan ma'naviy miqdor va oʻsha miqdorning ma'naviy amri bilan harakatlanadi. Modomiki moddiy va koʻrinadigan ashyoda qadarning bu daraja tajalliylari bor ekan, albatta ashyoning vaqt oʻtishi bilan kiygan suratlari va qilgan harakatlari orqali hosil boʻlgan holatlar ham qadarning intizomiga tobe.
Urugʻda ham oshkora iroda va koinotda oʻrnatilgan qonunlarning unvoni boʻlgan "Kitobi Mubin"dan xabar bergan va ishora qilgan, ham nazariy holatda Allohning amr va ilmining unvoni boʻlgan "Imomi Mubin"dan xabar bergan va ramz qilgan qadarning ikki tajalliyi bor: Oshkora qadar esa urugʻning ichiga olgan daraxtning moddiy sifati, holati va koʻrinishlari boʻlib, koʻzga koʻrinadi. Nazariy tomondan esa urugʻda, undan yaratiladigan daraxtning hayot muddatida oʻtkazadigan holatlar, vaziyatlar, shakllar, harakatlar, tasbehotlari boʻlib, hayot yoʻli deb ta'bir etilgan vaqti-vaqti bilan almashgan holatlar, vaziyatlar, shakllar, amallar, daraxtning shoxlari, barglari kabi intizomli qadariy miqdori bor.
Modomiki eng oddiy va sodda ashyoda qadarning buncha tajalliyi bor ekan, albatta barcha ashyolarning vujudidan avval yozilganini ifodalaydi va bir oz diqqat qilinsa anglashiladi. Endi, vujudidan soʻng hamma narsaning hayot sarguzashti yozilganiga dalilga kelsak. Olamda "Kitobi Mubin" va "Imomi Mubin"dan xabar bergan butun mevalar va insondagi "Lavhi Mahfuz"dan xabar bergan va ishora qilgan xotira guvoh, nishonlar hisoblandi.
Xar bir mevaning qalbi hisoblangan urugʻida butun daraxtning hayot taqdiri, yoziladi. Insonning hayot sarguzashti bilan birga qisman olamning moziy hodisalari xotirasida shunday bir suratda yoziladiki, goʻyo bugʻdoy kichikligidagi xotirada qudrat qoʻli, qadar qalami bilan insonning amallari sahifasidan kichik hujjat chiqarib, hisoblashish vaqtida u orqali eslashi uchun insonning qoʻliga berib, aqlining choʻntagiga qoʻygan. Yana, Qodiyri Hakiym oʻtkinchi narsalarning suratini chizib boqiylashtiriushiga amin boʻlishi uchun bu fano va zavol ostin-ustunligida boqiylik uchun juda koʻp oynalar bor. Hofizi Aliym foniylarning ma'nolarini yozishi uchun boqiylik uhcun juda koʻp lavhalar bor.
Natija: Modomiki eng oddiy va eng past hayot darajasi boʻlgan nabotot hayoti bu daraja qadarning nizomiga tobe ekan, albatta eng yuksak hayot darajasida boʻlgan inson hayotining butun tafsilotlari qadarning oʻlchovi bilan chizilgan va qalami bilan yozilmoqda. Tomchilar bulutdan xabar bergani, irmoq suv manbaini koʻrsatagani, hujjatlar, passport hisoblangan mevalar, nutfalar, urugʻlar, suratlar, shakllar Kitobi Mubin nomli iroda va koinotda oʻrnatilgan qonunlarning daftarini va Imomoi Mubin deb nomlangan Allohning ilmining devoni-qayd daftari boʻlgan Lavhi Mahfuzni koʻrsatadi.
MAQSADNING NATIJASI: Modomiki xar bir jonzotning koʻkaradigan payti zarralari egri-bugri hududlarga boradi, turadi. Zarralar yoʻlini almashtiradi. U hududlarning oxirida hikmatlar, manfaatlar, foydali samaralar beradi. Ularning koʻringan miqdorining rasmi qadar qalami bilan chizilganini shubhasiz koʻrmoqdamiz.
Koʻringan, oshkor qadar, jonzotning ma'naviy holatlarida ham qadar qalami bilan chizilgan tartibli mevador hududlari, oxirlari borligini koʻrsatadi. Qudrat manbaʻ, qadar chizgichdir. Qudrat u ma'nolar kitobini u namuna ustida yozadi.
Modomiki moddiy-ma'naviy rasmi qadar qalami bilan chizilgan samarali chegaralar, hikmatli yakunlar boʻlganini qat'iyan tushunayapmiz. Albatta, xar bir jonzotning hayot muddatida oʻtkazadigan holat va harakatlarining rasmi qadar qalami bilan chizilgan. Chunki hayot yoʻli bir intizom va mezon bilan jarayon etadi. Surat almashtiradi, shakllar oladi. Modomiki barcha jonzotlarda qadar qalami hukmron ekan, albatta olamning eng mukammal mevasi, yerning xalifasi va omonati kubroning tashuvchisi boʻlgan insonning hayot yoʻli hamma narsadan koʻra koʻproq qadarning qonuniga tobeʻdir.
Agar: "Qadar bizni bogʻlagan, hurriyatimizni olib tashlagan. Kengayish va harakat qiladigan qalb va ruh uchun qadarga iymon ogʻirlik qilmaydimi, muammo boʻlmaydimi?" deb soʻrasang,
Javob: Qat'iyan va aslo! Muammo boʻlmagani kabi, nihoyatsiz yengillik, hotirjamlik, toʻkinlik va osoyishtalik bergan, ishonch va omonlikni ta'minlagan surur, nur beradi. Chunki inson qadarga iymon keltirmasa, bechora ruhning yelkasida kichik doirada juz'iy erkinlik, vaqtinchalik hurriyat ichida dunyochalik ogʻir yukni tashishga majbur boʻladi. Chunki inson butun koinotga aloqador. Nihoyatsiz maqsadlar va istaklari bor. Qudrati, irodasi, hurriyati milliondan biriga yetmagani uchun, chekkan ma'naviy gʻam tashvishining ogʻirligi naqadar mudhish va qoʻrqinchli ekanini anglashiladi.
Demak, qadarga iymon butun ogʻirlikni qadar kemasiga qoʻyadi, kamoli rohat, ruh va qalbning mukammal hurriyati bilan kamolotida erkin harakatlanishga yoʻl beradi. Faqat nafsi ammoraning kichik ozodligini yoʻqotadi, oʻzini firʻavn kabi iloh saviyasiga chiqadigan darajada buyuk koʻrishini, rabligini va xohlaganidek harakatini sindiradi.
Qadarga iymon shunchalik lazzatli, saodatliki, ta'rif etilmaydi. Yolgʻiz u lazzat va saodatga quyidagi misol orqali ishora qilamiz:
Ikki odam bir podshohning poytaxtiga boradi. Hayratlanarli narsalarning joyi boʻlgan podshohning xos saroyiga kirishadi. Biri podshohni bilmaydi. U yerda zoʻravlik bilan, oʻgʻrincha joylashishni istaydi. Lekin bogʻ, saroy taqozo qilgan boshq aruv, tadbir va daromad, uskunalarini ishlatish va gʻarib hayvonotning ozuqasini berish kabi qiyin ishlarni koʻrib, doimiy ravishda iztirob chekadi. Jannatdek bogʻ unga jahannamdek boʻladi. Hamma narsaga achinadi. Boshqara olmaydi. Nadomad bilan vaqtini oʻtkazadi. Soʻng u oʻgʻri, adabsiz odamni adabini berish uchun hibsga tashlanadi.
Ikkinchi odam podshohni taniydi, oʻzini unga musofir deb biladi. Bogʻda, saroydagi barcha ishlar bir qonun nizomi bilan jarayon etayotganini, hamma narsa bir dastur bilan kamoli yengillik bilan ishlayotganiga e'tiqod qiladi. Zahmat va qiyinchiliklarni podshohning qonuniga qoʻyib, kamoli huzur bilan jannat misol bogʻning butun lazzatlaridan foydalanib podshohning marhamatiga va boshqaruv qonunlarining goʻzalligiga tayanib, hamma narsani xush koʻradi, mukammal lazzat va saodat bilan hayotini oʻtkazadi.
sirini angla.
TOʻRTINCHI BOʻLIM: Agar: "Birinchi Boʻlimda Qadarning hamma narsasi goʻzal, xayr. Undan kelgan yomonlik ham xayr. Xunuklik ham goʻzal ekanini isbotladingiz. Xolbuki dunyodagi musibatlar, balolar bu hukmni buzadi", desang,
Javob: Ey shiddatli shafqatidan alam his qilgan nafsim va birodarim! Vujud mutlaq xayr, yoʻqlik faqat yomonlik ekaniga butun yaxshiliklar va kamolotning vujudga qaytib kelishi, butun gunoh, musibat va kamchiliklarning asosi yoʻqlik ekani dalil boʻladi.
Modomiki yoʻqlik toʻliq yomonlik ekan, yoʻqlikka olib brogan yoki yoʻqlikni bildirgan holatlar ham yomonlikni ichiga oladi. Shuning uchun vujudning eng porloq nuri boʻlgan hayot xar hil hollar ichida aylanib kuchga kiradi. Bir-biridan farqli vaziyatlarga kirib soflashadi, va koʻp xususiyatlarni olib, kerakli samaralar beradi va koʻp holatlarga kirib, Hayot Began Zotning Asmosining naqshlarini goʻzal koʻrsatadi. Ushbu haqiqatga asosan jonzotlarga azob va musibatlar, mashaqqat va balolar suratida ba'zi holatlar yuzaga chiqadi, u hollar orqali hayotlariga borliq nurlari yangilanib yoʻqlik zulmatlari tarqalib hayotlari soflashadi. Chunki turish, qotib qolish, sukut, tanballik, istirohat, tartibli takrorlanish, sifat va hollarda yoʻqlik hisoblanadi. Hatto eng katta lazzat tartibli takrorlanganda yoʻqqa chiqadi.
Natija: Modomiki hayot Asmoyi Husnaning naqshlarini koʻrsatadi. Hayotning boshiga kelgan hamma narsa goʻzal. Masalan: Oʻta boy, juda san'atkor va koʻp ishlarda mohir zot san'at asarlarini, qiymatdor sarvatini koʻrsatish uchun oddiy miskin odamni haq evaziga modellik vazifasida ishlatadi. Bir soatda bezalgan, mohirlik bilan tikkan koʻylagini kiydiradi, kishining ustida xar hil ishlar qiladi va holatga soladi, oʻzgartiradi. Xar navʻ mahoratini koʻrsatish uchun kesadi, almashtiradi, uzatadi, qisqartiradi. Haq evaziga ishlagan miskin odam ustaga: "Menga zahmat beryapsiz. Egilgan, turgan holatga solyapsiz, meni goʻzallashtirgan koʻylakni kesib qisqartirib goʻzalligimni buzyapsiz", deyishga haqqi bormi? "Marhamatsizlik, insofsizlik qildingiz", deya oladimi?
Ushbu misol kabi Sone'i Zuljalol, Fotiri Bemisol jonzotlarga koʻz, qulok, aql, qalb kabi tuygʻular va latifalar bilan bezab kiydirgan vujud koʻylagini Asmoyi Husnaning naqshlarini koʻrsatish uchun koʻp hollar ichida aylantiradi, koʻp vaziyatlar almashtiradi. Azob, musibat, holatlar ba'zi Asmolarning hukmlarini koʻrsatish uchun hikmat yogʻdulari ichida ba'zi rahmat nurlari va rahmat nurlari ichida latif goʻzalliklar bor.
Xotima
Birinchi boʻlim: Modomiki ashyo bor va san'atli ekan, albatta bir ustasi mavjud. Yigirma Ikkinchi Soʻzda oʻta qat'iy isbotlangani kabi: Agar hamma narsa bir zotniki boʻlmasa, xar bir narsa butun ashyochalik mushkul va ogʻirlashadi. Agar hamma narsa bir zotniki boʻlsa, butun ashyo bir narsachalik oson va yengillashadi. Modomiki zamin va samoni bir zot qilgan, yaratgan ekan, albatta juda hikmatli va juda san'atkor zot zamin va samoning mevalari, natijalari va gʻoyalari boʻlgan jonzotlarni boshqalarga berib qoʻyib ishni buzmaydi. Boshqa qoʻllarga taslim etib butun hikmatli ishlarini foydasiz qilmaydi, yoʻqqa aylantirmaydi, shukr va ibodatlarini boshqasiga bermaydi.
Ikkinchi boʻlim: Sen, ey magʻrur nafsim! Uzum daraxtiga oʻxshaysan. Faxrlanma! Shingillarni daraxt oʻzi osmagan, ularni boshqa bir zot taqqan.
Uchinchi boʻlim: Sen, ey riyokor nafsim! "Dinga xizmat qilyapman", deb gʻururlanma.
siriga asosan: Poklanmaganing uchun, balki oʻzingni gunohkor kimsa deb bilishing kerak. Xizmatingni, qulligingni berib boʻlingan ne'matlarning shukri va fitrat va yaratilish vazifasi, san'at natijasi deb bil, gʻurur va riyodan qutul!
Toʻrtinchi boʻlim: Haqiqat ilmini, haqiqiy hikmatni istasang, Janobi Haqning ma'rifatini qozon. Chunki butun mavjudotning haqiqatlari Haq Ismining nurlari, Asmosining koʻrinishlari va Sifatlarining tajalliylaridirlar. Moddiy-ma'naviy, asl va keyindan paydo boʻlgan xar bir narsaning, xar bir insonning haqiqati Asmoning nuriga va haqiqatiga tayanadi. Yoʻqsa haqiqatsiz, ahamiyatsiz surat hisoblanadi.
Yigirmanchi Soʻzning oxirida bu sirga doir bir oz aytib oʻtilgan. Ey nafs! Agar bu dunyo hayotiga ishtiyoqmand boʻlsang, oʻlimdan qochsang, qat'iyan bilginki, hayot deb oʻylagan hollaring hozirgi turgan daqiqadir. Undan avval butun vaqting va ichidagi dunyoviy ashyo mayyit, oʻlgandir. Shu daqiqadan keyingi butun vaqting va uning ichidagi narsalar yoʻqlik, hechdir. Demak, sen ishongan moddiy hayoting faqat bir daqiqadir. Hatto bir qism tadqiq ahli "Bir soniya, balki oʻtib ketadigan ondir", degan. Bu sirga asosan ba'zi avliyolar dunyoning, dunyo jihatida yoʻqligiga hukm qilganlar. Modomiki shunday ekan, nafsoniy dunyoviy hayotni tashla. Qalb, ruh va sirning hayot darajalariga chiq, qara. Naqadar keng hayot doiralari bor. Senga mayyit boʻlgan moziy va istiqbol ular uchun tirikdir, hayot va mavjuddir. Ey nafsim! Modomiki shunday ekan, sen ham qalbim kabi yigʻla va bor ovozdan:
"Foniyman, foniy boʻlganni istamam.
Ojizman, ojiz boʻlganni istamam.
Ruhimni Rahmonga taslim ayladim, boshqasini istamam.
Istayman, faqat bir yori boqiy istayman.
Zarraman, faqat bir Shamsi Sarmad istayman.
Hech andar hechman, faqat bu mavjudotni birdan istayman".
Beshinchi boʻlim: Bu boʻlim Arab tilida kelgani uchun Arabcha yozildi. Bu Arab tilidagi boʻlim "Allohu Akbar" zikrida oʻttiz uch tafakkur martabasining bir martabasiga ishoradir.
Ilova
Janobi Xaqqa erishtiradigan yoʻllar juda koʻp. Barcha haq yoʻllar Qur'ondan olingan. Faqat tariqatlarning ba'zisi ba'zisidan qisqaroq, salomatliroq, umumiyroq boʻladi. Bu yoʻllar ichida nuqsonli fahmim bilan men Qur'ondan "Ojizlik, faqirlik, shafqat va tafakkur", yoʻlini istifoda qilganman.
Ojizlik ham ishq kabi, balki undan ham salomatli yoʻl boʻlib, qullik yoʻli bilan mahbubiyatgacha boradi.
Faqirlik Rahmon ismiga ulashtiradi.
Shafqat esa ishq kabi, balki yanada keskin va yanada keng yoʻl boʻlib Rahiym ismiga qovushtiradi.
Tafakkur ham ishq kabi, balki undan ham boy, porloqroq, kengroq yoʻl boʻlib, Hakiym ismiga vosil qiladi. Bu yoʻl xufyona yoʻllar kabi "Oʻn latifalar" kabi, oʻn qadam emas va jahriy tariqati kabi "Yetti Nafs" yetti martabaga tashlangan qadamlar emas, balki "Toʻrt Qadam"dan iborat.
Tariqatdan koʻra haqiqatdir, shariatdir. Xato tushunilmasin: Ojizlik, faqirlik va kamchiligini Janobi Xaqqa koʻrsatish kerak demakdir. Yoʻqsa ularni qilish yoki xalqqa koʻrsatish degani emas. Bu qisqa tariqatning doimiy zikri: Sunnatga ergashish, farzlarni bajarish, kabira gunohlarni tark etishdir. Xususan namozni ta'dili arkon bilan oʻqish, namozdan keyingi tasbehlarni aytishdir.
oyati ishora qiladi.
oyati ishora qiladi.
oyati ishora qiladi.
oyati ishora qiladi.
Ushbu toʻrt qadamning qisqa bir izohi quyidagicha:
oyati ishora qilgani kabi: Nafsni oqlamaslik kerak. Chunki inson yaratilishi va fitrati jihatidan nafsini yaxshi koʻradi. Balki, avvalo va shaxsan faqat oʻzini sevadi, boshqa hamma narsani nafsiga fido qiladi. Ma'budga loyiq tarzda nafsini madh qiladi. Ma'budga loyiq tanzih bilan nafsini kamchiliklardan poklaydi va oqlaydi. Qoʻldan kelganicha kamchiliklarni oʻziga loyiq koʻrmaydi va qabul qilmaydi. Nafsiga mahliyo boʻlgandek qattiq mudofaa qiladi. Hatto fitratida omonat boʻlib berilgan va Ma'budi Haqiqiyning hamd va tasbehi uchun oʻrnatilgan jihozlar va iste'dodni oʻz nafsiga sarflab مَنِ اتَّخَذَ اِلهَهُ هَوَيهُ siriga sazovor boʻladi. Oʻzini koʻradi, oʻziga ishonadi, oʻzini yoqtiradi. Bu martabada, shu qadamda oqlashi va poklashi: Uni oqlamaslik poklamaslikdir.
darsini bergani kabi: Oʻzini unutgan, oʻzidan xabari yoʻq nafsi ammora boʻlib, oʻlimni oʻylasa, boshqaga tegishli deydi. Fano va zavolni koʻrsa, oʻziga olmaydi, qiyinchilik va xizmat maqomida nafsini unutish, haq olishga kelganda va zavqlanadigan narsalardan foydalanishda nafsini oʻylash, qatti tarafgirlik qiladi. Bu joyda oqlanishi, poklanishi, tarbiyasi mazkur holatlarning aksini qilishdadir. Nafsni unutish ichida unutmaslik. Ya'ni huzur va ehtiroslarda unutish, oʻlim va xizmatda oʻylash kerak boʻladi.
darsini bergani kabi: Nafs doim yaxshilikni oʻzidan bilib faxr va gʻururga yoʻliga kiradi. Bu qadamda: Nafsida faqat kamchilik, nuqson, ojizlik va faqirlikni koʻrib, butun yaxshilik va kamolotini Fotiri Zuljalol tomonidan ehson etilgan ne'matlar ekanini anglab, faxrlanish oʻrniga shukr, maqtanish oʻrniga hamd qilish kerak boʻladi. Bu martabada poklash قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكَّيهَا siri asosida: Kamolini kamolsizlikda, qudratini ojizlikda, boyligini faqirlikda bilish kerak boʻladi.
darsini bergani kabi: Nafs oʻzini erkin, mustaqil va oʻzidan oʻzi mavjud deb biladi. Undan bir jihatda rububiyat daʻvo qiladi. Ma'budiga nisbatan adovat bilan isyonni tashiydi. Keladigan haqiqatni anglash orqali undan qutuladi. Haqiqat shundayki: Hamma narsa ismiy ma'nosi bilan foniy, yoʻqolgan, keyindan paydo boʻlgan, yoʻqdir. Lekin harfiy ma'no bilan va Sone'i Zuljalolning Ismlariga oynadorlik jihatida va vazifa yuklangani uchun shohid, koʻringan, bor qilgan, mavjuddir.
Bu maqomda oqlanishi va poklanishi quyidagicha: Vujudida yoʻqlik, yoʻqligida vujudi bor. Ya'ni oʻzini bilsa, vujud bersa koinotchalik yoʻqlik zulmati ichida boʻladi. Ya'ni shaxsiy vujudiga ishonib Mujidi Haqiqiydan gʻaflatda boʻlsa, tilla qoʻngʻiz kabi vujudining ziyosi cheksiz yoʻqlik zulmati va firoqlar ichida qoladi, bugʻiladi. Agar "men"ligʻini tashlab, oʻz nafsi yoʻq hisobida ekanini va Mujidi Haqiqiyning tajalliy oynasi boʻlganini koʻrsa, butun mavjudotni va soʻngsiz vujudni qozonadi. Chunki butun mavjudot Asmolarinign jilvalariga sazovor boʻlgan Zoti Vojib-ul Vujudni topgan kishi hamma narsani topadi.
Ushbu ojizlik, faqirlik, shafqat, tafakkur tariqatidagi toʻrt qadamning izohi haqiqatning ilmiga, shariatning haqiqatiga, Qur'onning hikmatiga doir yigirma olti adad Soʻzlarda oʻtgan. Bu yerda faqat bir-ikki nuqtaga qisqa bir ishora qilamiz:
Bu yoʻl qisqaroq. Chunki toʻrt qadam. Ojizlik qoʻlini nafsdan tortsa, toʻgʻridan-toʻgʻri Qodiyri Zuljalolga uzatadi. Xolbuki eng keskin tariq boʻlgan ishq, nafsdan qoʻlini tortadi, lekin majoziy oshiqqa uzatadi. U zavol topgandan soʻng Mahbubi Haqiqiyga boradi. Bu yoʻl esa salomatliroq. Chunki unda nafsning sarxush va baland parvoz da'volari yoʻq. Inson haddidan oshishi uchun oʻz nafsida ojizlik, faqirlik va kamchilikdan boshqa topmaydi.
Bu yoʻl umumiyroq va katta yoʻldir. Chunki koinotni Vahdatul Vujud ahli kabi doimiy huzur qozonish uchun yoʻqlikka mahkum deb oʻylab, "La mavjuda illa Hu" deb xulosa chiqarishga yoki Vahdatush Shuhud ahli kabi doimiy huzur uchun koinotni mutlaq unutish qamogʻiga hibsga mahkum deb hayol qilib, "La mashhuda illa Hu" deyishga majbur boʻlmaydi. Balki Qur'on yoʻlik va qamoqdan oshkora afv etgani uchun, u ham koʻrmaslikka olib, mavjudotni oʻzlari hisobiga xizmatdan boʻshatib, Fotiri Zuljalol uchun ishlatib, Asmoyi Husnasiga sazovor va oynalik vazifasida ishlatadi. Ularga harfiy ma'no nazari bilan qarab, mutlaq gʻaflatdan qutuladi, doimiy huzurga kiradi. Hamma narsada Janobi Haqqa yoʻl topishdir.
Xulosa: Mavjudotni, mavjudot hisobiga xizmatdan boʻshatib, ismiy ma'no bilan qaramaslik kerak.