So'zlar
— 504 —

YIGIRMA TOʻQQIZINCHI SOʻZ

Ruhning boqiyligi, farishtalar va hashrga doir.
Bu Maqom Ikki Asl maqsad bilan bir Muqaddimadan iborat
﴿ اَعوُذُ بِاللهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ ٭ بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ﴾
﴿ تَنَزَّلُ الْمَلٰٓئِكَةُ وَالرُّوحُ فِيهَا بِاِذْنِ رَبِّهِمْ ﴾
﴿ قُلِ الرُّوحُ مِنْ اَمْرِ رَبِّى ﴾

Muqaddima

Farishtalar va ruhoniy borliqlarning vujudi inson va hayvonlarning vujudi kabi qat'iydir. Ha, Oʻn Beshinchi Soʻzning Birinchi Zinapoyasida bayon etilgani kabi: Haqiqat - zamin kabi samovotning ham yashovchilari, idrokli xalqi boʻlishini, ular samovotga munosib boʻlishini haqiqat qatʻiyyan va hikmat aniq taqozo qiladi. Shariat tilida juda koʻp turda boʻlgan yashovchilarga - malaklar va ruhoniy borliqlar nomi berilgan. Ha, buni haqiqat taqozo qiladi. Chunki zaminimiz samoga nisbatan kichikligi va pastligi bilan birga idrokli maxluqlar bilan toʻldirilishi, ora-sira boʻshatib yangidan-yangi idroklilar bilan jonlantirilishi ishora qiladi, balki ochiqchasiga, bu muhtasham burjlar sohibi boʻlgan bezalgan qasrlar misoli, samovot ham vujud nurining nuri boʻlgan jonzotlar va jonzotlarning ziyosi boʻlgan ongli va idrokli maxluqlar bilan albatta toʻlaligini bildiradi.

U maxluqlar esa inson va jinlat kabi bu olam saroyining tomoshabinlari, shu koinot kitobining mutolaachilari va rububiyat saltanatining dallollaridir. Kulliy va umumiy qilliklari bilan koinotning buyuk va umumiy mavjudotining tasbehlarini aytadigan vakillardir.

Ha, bu koinotning holati ularning vujudlarini koʻrsatadi. Chunki koinotni haddu hisobga kelmagan nozik san'atli ziynatlar, ma'nodor goʻzalliklar va hikmatli naqshlar bilan bezab jihozlashi shaksiz uni tafakkur qiladigan, tahsin etuvchi va hayratda qolgan maqtovchilar nazarlarini taqozo qiladi, boʻlishini talab qiladi.

Husn albatta bir oshiq istaydi, taom esa och boʻlganga beriladi. Shunday ekan, ushbu cheksiz san'at goʻzalligi ichida ruhlarning ozuqasi va qalblarning ozigʻi albatta malaklar va ruhoniylarga yuzlanadi, koʻrsatadi. Modomiki bu nihoyatsiz ziynatlar cheksiz tafakkur va qullik vazifasini taqozo qilar ekan. Lekin inson va jinlat bu cheksiz vazifaga, shu hikmatli nazoratga, bunday keng qillikning faqat milliondan birini qila olar ekan, demak, bu cheksiz, juda muxtalif vazifalar va ibodatga - nihoyatsiz farishta sinflari, ruhoniy borliqlar jinslari kerakki, buyuk olam masjidini saflari bilan toʻldirib jonlantirsin.

— 505 —

Ha, koinotning hamma tomonida, xar bir doirasida ruhoniy borliqlar va farishtalar toifalariga bu qullik vazifasi yuklangan. Ba'zi hadislar rivoyatining ishorasi asosida va olam intizomining hikmati bilan: Bir qism aylanib yuradigan jonsiz jismlar, yulduzlar sayyorasidan yomgʻir tomchilarigacha, bir qism farishtalarning kema va markablari, deyish mumkin. Farishtalar Allohning izni bilan sayyoralarga minadi, shahodat olamini sayr qilib kezadi va markabining tasbehotini aytadi.

Bir qism tirik jismlar, bir hadisi sharifda "Jannat ahlining ruhlari barzoh olamida yashil qushlarning ichiga kirib Jannatda aylanadi" deb ishora qilgan "tuyurun hudrun" degan Jannat qushlaridan chivinlargacha, bir jins ruhlarning tayyoralari, deyish mumkin. Ularning ichiga Alloh amri bilan kiradi, jismoniyat olamlarini sayr qilib, tirik jasadlardagi koʻz, quloq kabi tuygʻulari bilan jismoniy olamdagi yaratilish moʻ'jizasini tomosha qiladi. Maxsus tasbehotlarini ado etishadi.

Demak, buni haqiqat taqozo qiladi, hikmat ham aynan shuni iqtizo qiladi. Chunki bu qattiq, ruhga oz munosabati boʻlgan tuproqdan, loyqa va hayot nuriga juda oz munosabati boʻlgan suvdan doim qizgʻin faoliyatdagi chegaralanmagan hayotni va nuroniyatli idrokli borliqlarni yaratgan Fotiri Hakimning, albatta ruhga juda loyiq va hayotga juda munosib nur dengizidan va hatto zulmat dengizidan, havodan, elektr kabi boshqa latif moddalardan bir qism idrokli maxluqlari bor. Ular juda koʻp sonda mavjud.

— 506 —

Birinchi Maqsad

Malaklarni tasdilash - iymonning bir ruknidir.
Shu Maqsadda toʻrt asosiy hikmat bor.

Birinchi Asos

Vujud hayot bilan kamol topadi. Vujudning haqiqiy borligʻi hayot bilan ekani aniq. Hayot vujudning nuridir. Idrok hayotning ziyosidir. Hayot hamma narsaning boshi va asosidir. Hayot hamma narsani xar bir jonli narsaga beradi. Bir narsani butun narsalarga sohib hisobiga oʻtkazadi. Hayot bilan bir tirik mavjud "Ushbu butun ashyo meniki. Dunyo uyim. Koinot sohibim tomonidan berilgan mulkimdir", deya oladi.

Ziyo jismlarning koʻrilishiga sabab va ranglarning, bir soʻzga koʻra, borligining sababidir. Xuddi shuning kabi, hayot ham mavjudotning kashshofidir. Yuzaga chiqishiga sababdir. Kichik boʻlakni butun va umumiy holga keltiradi. Umumiy narsalarni esa bir boʻlakka sigʻdirishga sababdir. Va sanoqsiz ashyolarni sherik va birdam qilib bir butunga sabab, bir ruhga sazovor qilish kabi butun vujud kamolotiga sababdir. Hatto hayot koʻplik tabaqalarida bir tur Allohning yagonaligining tajalliyidir va koʻplikda Ahadiyatining bir oynasidir.

Qara, hayotsiz jism katta togʻ boʻlsa ham yetim, gʻarib, yolgʻizdir. Faqat oʻtirgan makoni va unga qoʻshilgan narsalar bilan munosabati bor. Boshqa koinotda nima boʻlsa togʻga nisbatan yoʻq. Chunki aloqador boʻlishi uchun na hayoti bor, munosabati boʻlishi uchun na idroki bor. Endi kichkina bir jismga qara, masalan asal ariga. Hayot unga kirgan on, butun koinot bilan shunday munosabat quradiki, xususan zamin gullari va nabototi bilan shunday tijorat kelishuvi bitadiki, "Yer yuzi mening bogʻchamdir, tijoratxonamdir", deydi.

Mana, jonzotlardagi mashhur zohiriy va botiniy tuygʻularidan boshqa his etilmaydigan yoʻnaltiruvchi va shavqqa keltiruvchi hislar bilan birga ari, dunyoning aksar sinflari bilan ixtisos, doʻstlik, almashuv va tasarrufga sohib boʻladi. Demak, hayot eng kichik jonzotga ta'sirini koʻrsatsa, albatta inson tabaqalari boʻlgan eng yuksak martabaga chiqish orqali kengayadi, ochiladi va nurlanadiki, hayotning ziyosi boʻlgan idrok bilan, aql bilan bir inson oʻz uyidagi honalarda yurgani kabi, jonzotlar oʻz aqli bilan yuksak, ruhoniy va jismoniy olamlarda aylanishadi. Ya'ni, idrokli va jonli maxluq ma'nan olamlarga musofir boʻlgani kabi, u olamlar ham idrokli maxluqning ruh oynasiga musofir boʻlib, surat va akslanib kiradi.

— 507 —

Hayot - Zoti Zuljalolning vahdatining eng porloq burhoni, ne'matining eng buyuk manbai, marhamatining eng latif tajalliyi, eng yashirin va bilinmas san'at bilan ishlangan naqshidir.

Yashirin va nozikdir. Chunki hayot navʻlarining eng pasti boʻlgan nabotot hayoti va uning eng birinchi darajasi boʻlgan urugʻdagi hayot yrygʻining ochilishi, ya'ni uygʻonib koʻkarishi ochiq, koʻp sonda, toʻkinlikda, koʻnikish ichida Hz. Odam (A.S.) davridan beri bashariyat hikmatining nazarida yashirin qolgan. Uning aslini basharning aqli haqiqiy holda kashf qilmagan.

Hayot shu qadar pok va tozadirki, ikki jihati, ya'ni mulk-tashqi va malakutiyat-ichki jihatlari toza, pok, shaffofdir. Qudrat qoʻli, sabablarning pardasini qoʻymasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri ishga kirishadi. Lekin boshqa narsalardagi qiymatsiz ishlar va qudratning izzatiga uygʻun kelmagan nopok koʻrinishdagi holatlarga asos boʻlishi uchun zohiriy sabablarni parda qilgan.

Natija: Hayot boʻlmasa vujud vujud emas, yoʻqlikdan farqi yoʻq deyish mumkin. Hayot ruhning ziyosidir. Idrok hayotning nuridir. Modomiki hayot va idrok bu qadar ahamiyatli va modomiki bu olamda shubhasiz, eng mukammal va benuqson intizom, koinotda bir mukammallik, mahkam ravonlik kuzatilayotgan ekan, modomiki bu bechora abgor yer kurramiz, sargardon zaminimiz bu qadar haddu hisobga kelmas hayot egalari, ruh sohiblari va idroklilar bilan toʻla.

Albatta ishonchli sezgi bilan va qat'iy bilish orqali ushbu samoviy qasrlar va burjlarining ham oʻzlariga munosib jonli, idrokli yashovchilari borigini xulosa qilish mumkin. Baliq suvda yashagani kabi, quyoshning olovida ham nuroniy yashovchilar topiladi. Olov nurni yoqmaydi, balki otash nurga madad beradi.

Modomiki azaliy qudrat:

shubhasiz eng oddiy moddalardan, eng nursiz unsurlardan cheksiz hayot egasi va ruh sohibini yaratib,

qattiq ahamiyat bilan nursiz moddalarni hayot orqali latif moddalarga aylantiradi,

hayot nurini hamma narsada koʻp sonda sochmoqda,

idrok ziyosi bilan aksar narsalarni yoritmoqda.

Albatta u Qodiyri Hakiym bu kamchiliksiz qudrati, nuqsonsiz hikmati bilan nur kabi, efir kabi ruhga yaqin va munosib boʻlgan boshqa latif oquvchi moddalarni e'tiborsiz qoldirib hayotsiz qoldirmaydi, jonsiz qoʻymaydi, idroksiz tashlamaydi. Balki nuroniy moddadan, hatto zulmatdan, hatto efir moddasidan, hatto ma'nolardan, hatto havodan, hatto kalimalardan jonlilarni, idroklilarni koʻp sonda yaratadi. Hayvonotning juda koʻp turlari kabi turli tuman ruhoniy maxluqlarni u latif oquvchi moddalaridan yaratadi. Ularning bir qismi malaklar, bir qismi esa ruhoniy va jin navlaridir. Farishtalar va ruhoniy borliqlarning koʻp sonda boʻlishini qabul qilish qay daraja haqiqat, yaqqol va aqlga sigʻishini va Qur'onning bayon etgani kabi ularni qabul etmagan kimsa qay daraja haqiqatga xilof va hikmatga ters xurofot, zalolat, telbalik, devonalik ekanini quyidagi misol orqali koʻr:

— 508 —

Ikki odam, biri badaviy, vahshiy, keyingisi madaniy, aqli joyida birga hamroh boʻlib Istanbul kabi hashamatli shaharga borishadi. Madaniy, muhtasham shaharning uzoq burchagida xunuk, abgor, kichik uyga, fabrikaga uchraydilar. Ular uyning ishchi, muhtoj, miskin odamlar bilan toʻlaligini koʻrishadi. Odamlar ajib fabrika ichida ishlamoqda. Uyning atrofi ham ruh sohiblari va jonlilarga toʻla. Lekin ularning tirikchilik vositasi va xususiy hayot sharoitlari boʻlib, ularning bir qismi oʻtxoʻr, faqat nabotot bilan yashaydilar. Boshqa bir qismi baliq yeydi, baliqdan boshqa narsa yemaydi.

U ikki odam bu holatni koʻradi. Soʻng qaraydilar, uzoqda minglab ziynatlangan saroylar, oliy qasrlar koʻrinmoqda. Saroylarning oʻrtasida keng dastgoh va katta maydonlar bor. Ikki odam uzoqligi sababli yo koʻzi zaifligi bilan yoki saroy xalqining yashiringani sababli saroyning yashovchilari ikki odamga koʻrinmaydi.

Bu abgor uydagi hayot sharoiti saroylarda yoʻq. Vahshiy badaviy, hech shahar koʻrmagani uchun mazkur sabablarga binoan koʻrinmagani va bu yerdagi hayot sharoiti u yerda boʻlmagani uchun, "Saroylar yashovchilardan xoli, boʻsh, ichida ruh sohiblari yoʻq", deb, vahshiyligining eng axmoqona valdirashini koʻrsatadi. Ikkinchi odam, "Ey badbaxt, shu ahamiyatsiz, kichik uyni koʻryapsan, ruh sohiblari, ishchilar bilan toʻldirilgan va bir Zot borki ularni xar doim yangilayapti, ishlatyapti. Qara, ushbu uy atrofida boʻsh yer yoʻq. Tiriklar va ruh sohiblari bilan toʻldirilgan.

Ajabo, bizga uzoqdan koʻringan bu intizomli shaharning, hikmatli ziynatlarning, san'atli saroylarning oʻziga munosib oliy yashovchilari boʻlmasligi mumkinmi hech?! Albatta, saroylarning barchasi toʻla va ularda yashovchilarga koʻra boshqa hayot sharoitlari bor. Ha, oʻt oʻrniga balki pirog yer, baliq oʻrniga olmos yeyishlari mumkin. Uzoqligi yo koʻzing qobiliyatsizligi yoki ularning yashirin ekani bois senga koʻrinmasliklari ularning yoʻqligiga hech qachon dalil boʻla olmaydi. Koʻrinmasligi yoʻqligiga dalolat qilmaydi. Koʻrinmaslik boʻlmaslikka hujjat boʻla olmaydi.

Xullas, bu misol kabi yuksak yulduzlar va sayyor jismlar ichida yer kurrasining kichiklik va pastligi bilan birga bu qadar sanoqsiz ruh, idrok sohiblarining vatani boʻlishi, eng kichik va eng chirigan boʻlaklari ham hayot manbalari boʻlishi, kichik hayvonlarning toʻplanish joyi boʻlishi shak shubhasiz. Avvalo va ishoinchli sezgi orqali va qat'iy ishonch bilan, bu nihoyatsiz olam fazosi va shu muhtasham samovot, burjlari, yulduzlari bilan idrok sohiblari, hayot egalari, ruh sohiblariga toʻlaligiga dalolat qiladi, shahodat aylaydi, e'lon qiladi.

Olovdan, nurdan, otashdan, yorugʻlikdan, zulmatdan, havodan, ovozdan, xushboʻy hiddan, soʻzlardan, efirdan va hatto elektrdan va boshqa latif oquvchi moddalardan yaratilgan hayot egalari va ruh sohiblari va idrok sohiblari bilan Buyuk Islom Shariati, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon "Malaklar va jinlar va ruhoniy borliqlar" deydi, nom beradi. Farishtalarning esa jismlarning turli jinslari kabi jinslari boshqa boshqa.

— 509 —

Albatta bir tomchi yomgʻirga muakkal boʻlgan farishta Quyoshga muakkal malakning jinsidan emas. Jin va ruhoniy borliqlarning ham juda koʻp turli jinslari bor.

Ushbu asos hikmatning xotimasi: Modda asos emasligi, vujud unga boʻysungani va tobeʻ boʻlishini tajribalar koʻrsatadi. Balki modda ma'no bilan mavjud. Ma'no hayotdir, ruhdir. Shubhasiz, modda, hamma narsa unga yoʻnalishi uchun sohib emas. Balki xodim, bir haqiqatning kamol topishiga xizmat qiladi. U haqiqat hayotdir. Uning asosi esa ruh. Shaksiz, modda, unga murojaat qilinishi, undan kamolot soʻraladigan hokim emas. Balki mahkumdir, bir asosning hukmiga tobe', u koʻrsatgan yoʻllar bilan harakat qiladi.

Oʻsha asos hayotdir, ruhdir, idrokdir. Albatta, modda, ishlar va kamolotni undan bilish, unga bino qilish uchun magʻz emas, asos emas, barqaror emas. Balki yorilishga, erishga, yirtilishga muhayyo koʻylak, bir qobiq, koʻpik va suratdir. Koʻzga koʻrinmagan mikroskopik hayvonning qancha oʻtkir tuygʻulari borki, birodarining ovozini eshitadigan, rizqini koʻradigan, juda hassos va keskin hislari mavjd. Bu holat, moddaning kichrayib mayinlashishi nisbatida hayot nishonlari koʻpayishi, ruh nuri quvvatlashishini koʻrsatadi. Goʻyo modda mayinlashish orqali, bizning moddiyligimizdan uzoqlashib ruh harorati, hayot nuri ruh olamiga, hayot olamiga, idrok olamiga yaqinlashayotganday yanada yaxshiroq tajalliy etadi. Xullas, modda pardasida bunchalik hayot, idrok va ruhning alomatlari boʻlsayu, parda ostidagi ich olami ruh va idrok sohiblari bilan toʻla boʻlmasligi mumkinmi hech?!

Bu moddiyot va shahodat olamidagi ma'noning, ruhning, hayotning va haqiqatning sanoqsiz belgialri, yogʻdulari va samaralarining manbai faqat moddaga va moddaning harakatiga qaratilib izohlanishining imkoni bormi?! Yoʻq, qat'iyan va aslo! Ushbu sanoqsiz belgilar va yogʻdular, moddiy ashyolar va shahodat olami, malakut va ruhlar olami ustiga tashlangan tantanali parda ekanini koʻrsatadi.

Ikkinchi Asos

Farishtalarning borligi, ruhoniy borliqlarning mavjudligi va haqligiga ma'naviy bir ittifoq bilan, ta'birda ixtiloflari bilan birga, butun aql egalari va naql qilganlar ham bilib, ham bilmasdan ittifoq qilgan deyish mumkin. Hatto moddiyotda rivojlangan Ishrokiyun faylasuflarining Arastu izdoshlari farishtalarning ma'nosini inkor qilmasdan: "Xar bir turning bir ruhoniy ma'naviy misoli bor", deyishadi. Farishtalarni bu shaklda ta'bir qilishgan. Eski faylasuflarning Ishrokiyun qismi ham farishta ma'nosida qabul qilishga majbur boʻlib, lekin xato qilib "Oʻn aql va Turlar Arbobi" deb nom berganlar. Butun toʻgʻri din sohiblari "togʻlarning farishtasi, dengizlarning farishtasi, yomgʻirlarning farishtasi " kabi xar turga koʻra bittadan vazifador farishta, vahiyning ilhomi va irshodi bilan borligini qabul qilib, u nomlar bilan atashadi.

— 510 —

Hatto aqli koʻziga tushgan va insoniyatdan, jonsizlar darajasiga ma'nan tubanlashgan moddaparast va tabiatparastlar ham farishtalarning ma'nosini inkor etolmasdan {(Izoh) Farishtalar ma'nosini va ruhoniyatning haqiqatini inkor qilishga imkon topa olmaganlar, balki fitratning nizomlaridan "Aylanib yureadigan kuch" deb "Kezib yuruvchi quvvatlar" nomini berib xato suratda tasvir qilib bir jihatdan tasdiqlashga majbur boʻlishgan. (Ey oʻzini aqlli oʻylagan!..)} "Aylanib yuradigan kuchlar" deb nomlab, bir jihatda qabul qilishga majbur boʻlishgan.

Ey farishtalar va ruhoniyatni qabul qilishda ikkilanayotgan bechora odam! Nimaga tayanyapsan? Qaysi haqiqatga ishonyapsanki, butun aql sohiblari ham bilib, ham bilmasdan farishtalar ma'nosining aniqligi, isbotlanishi va ruhoniy borliqlarni isbotlanishlari haqida ittifoqlariga qarshi chiqyapsan, qabul etmayapsan? Modomiki Birinchi Asosda isbot etilgani kabi, hayot mavjudotning kashshofidir, balki natijasi, xulosasidir. Butun aql sohiblari malaklar ma'nosining qabulida ma'nan ittifoqdalar va bizning zaminimiz bu qadar hayot egalari va ruh sohiblari bilan jonlantirilgan.

Demak shu fazo olami yashovchilardan, bu latif osmonlar joylashgan mazluqlardan xoli qolishi mumkinmi hech?! Yaratilishda joriy nizomlar, qonunlar koinotning tirik boʻlishiga yetarli degan hayol kelmasin. Chunki jarayon etayotgan nizomlar, hukmi ijrodagi qonunlar haqiqatda boʻlmasada mavjud hisoblanadigan ishlar, faraziy dasturlar, yoʻq hisoblanadi. Ularga vakillik qiladigan, ularni koʻrsatadigan, ularning tizginini qoʻlida tutadigan farishtalar deyilgan Allohning qullari boʻlmasa u nizomlarga, qonunlarga vujud tayinlanmaydi. Mohiyat koʻrsatilmaydi. Koʻzga koʻrinadigan haqiqat boʻla olmaydi. Xolbuki hayot koʻzga koʻrinadigan haqiqatdir. Faraziy ish koʻz koʻradigtan haqiqatga yuklanmaydi.

Natija: Modomiki hikmat bilan din ahli va aql, naql sohiblari ma'nan mavjudotning bu shahodat olamiga maxsus emasligiga ittifoq etgan, modomiki zohiriy shahodat olami qattiq va ruhlarning yaratilishiga muvofiq boʻlmasada, bu qadar ruh sohiblari bilan bezalgan ekan, albatta, vujud unga maxsus emas. Balki yanada koʻp vujud tabaqalari boʻlib, shahodat olami ularga nisbatan naqshli parda hisobida. Modomiki dengizning baliqqa nisbati kabi, ruhlarga muvofiq boʻlgan gʻayb va ma'no olami ruhlar bilan toʻla boʻlishni taqozo qiladi. Yana modomiki butun ishlar farishtalar ma'nosining borligʻiga shahodat qiladi. Albatta, shak-shubhasiz farishtalar vujudining va ruhoniy xaqiqatlarining eng goʻzal surati va salim aqllar qabul qiladigan va tahsin etadigan eng ma'qul kayfiyatini Qur'on sharh va bayon qilgan. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon, "Farishtalar mukarram qullardir. Amrga muxolafat etmaydilar. Nima amr qilinsa uni qiladilar. Farishtalar nurli latif jismdan iborat.

— 511 —

Turli navʻlarga boʻlingan", deydi. Inson bir ummatdir, "Kalom" sifatidan kelgan Ilohiy Shariatning tashuvchilari, vakillari, akslaridir. Xuddi shuning kabi, farishtalar ham muazzam ummat boʻlib, ularning ishchi qismi "Iroda" sifatidan kelgan koinot qonunularini tashiydi, vakil va akslaridir. Muassiri Haqiqiy boʻlgan Qudrati Fotiraning va Azaliy Irodaning amrlariga tobeʻ, Allohning qullari boʻlib, yuksak yulduzlarning xar biri ularning masjidlari, ibodat joylari hisoblanadi.

Uchinchi Asos

Farishtalar va ruhoniy borliqlar masalasi shu masalalardanki: Bitta qismning borligi orqali bir butun isbotlanadi. Bitta shaxsning koʻrishi bilan umum sinfning vujudi ma'lum boʻladi. Chunki kim inkor qilsa, toʻliq inkor qiladi. Bir donasini qabul qilgan kishi sinfning umumini qabul qilishga majbur. Modomiki shunday ekan, qara: Butun toʻgʻri din sohiblari butun asrlarda Odam (A.S.) davrvidan hozirgacha farishtalarning mavjudligi va ruhoniy borliqlarning isbotlanganiga ittifoq qilganlar. Insonning toifalari bir-birini eslashi, gaplashishi va rivoyat qilishi kabi farishtalar bilan suhbatlashishga, ularning koʻrilganiga va ularni rivoyat qilishga birlashganini koʻrmayapsanmi, eshitmayapsanmi.

Ajabo, hech kim farishtalrni yaqqol koʻrimasa, shubhasiz bir shaxsning yoki koʻp insonlarning borligi qat'iy bilinmasa, ularning shaksiz, shubhasiz vujudlari his etilmasa, bunday ijmo' va ittifoq davom etishi, musbat va vujudiy hodisada, kuzatgan holda bardavom ravishda va tavotur suratidagi ittifoq davom etishi mumkinmi?!

Ushbu koʻpchilik e'tiqodinign ildizi qatʻiy dasturlar, tamal bilimlar va ochiq hodisalar boʻlmasligi mumkinmi hech?!

Asli yoʻq vahima butun insoniyat inqiloblarida, butun insoniy aqidalarda davom etishi, joylashishi mumkinmi hech?!

Haq din sohiblarining, shu azim ijmo'ning hujjati qat'iy ishonchli boʻlmasligi, bir koʻz bilan koʻrinadigan aniqlikda boʻlmasligi mumkinmi hech?!

U qat'iy ishonch va koʻrilgan aniqlik hadsiz belgilardan, ular esa kuzatilgan sanoqsiz voqealardan, voqealar esa shak-shubhasiz shart boʻlgan dasturlar va tamal bilimlarga tayanmasligi mumkinmi hech?! Shunday ekan, din sohiblaridagi umumiy e'tiqodlarning sababi va hujjati ma'naviy tavotur quvvatini ifodalagan juda koʻp sonda farishtalarni kuzatgani va ruhoniy borliqlarning koʻrganidan hosil boʻlgan shart boʻlgan dastur va tamal bilimlar, qat'iy asoslardir.

— 512 —

Bashariyat ijtimoiy hayoti samosining quyoshlari, yulduzlari, oylari hisobida boʻlgan paygʻambarlar va valiylar tavotur suratida, ma'naviy ijmo' quvvati bilan xabar berishgan, guvohlik qilgan farishtalar va ruhoniyatning vujudlari va kuzatilgani shubha qabul qilishi, shakka sabab boʻlishi hech mumkinmidir, ma'qulmi, qabulmi?!

Boxusus ular bu masalaning mutaxassisidir. Ma'lumki, ikki mutaxassis boshqa minglab kishilardan ustundir. Bu masalada isbot qilganlar hisoblanadi. Ma'lumdirki, ikki isbot qiluvchi minglab rad va inkor qiluvchidan ustundir. Xususan koinot samosida doim porlagan va hech qachon botmagan xaqiqat olamining quyoshlar quyoshi boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning xabarlari va risolat quyoshi boʻlgan Zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) shahodati va koʻrgan narsalari, shubha qabul qilishi mumkinmi?! Modomiki bitta ruhoniy borliqning vujudi bir vaqtda isbotlansa, u sinfning umumiy isbotlanganini koʻrsatadi. Modomiki bu sinfning borligi isbotlangan ekan, albatta ularning shaklan isbotlanganining eng goʻzali, eng ma'quli, eng maqbuli Shariatning sharh qilgani, Qur'onning koʻrsatgani, Sohibi Me'rojning koʻrgani kabi boʻladi.

Toʻrtinchi Asos

Shu koinot mavjudotlariga nazari diqqat bilan qaralsa, kichik narsalar kabi katta ashyolarning ham ma'naviy shaxsi borligi, umumiy vazifasi koʻrinadi. Unda umumiy xizmatlar qilinadi. Masalan: Bir gul oʻzicha san'at naqshini koʻrsatib, hol tili bilan Fotir Asmosini zikr qilganidek, yer kurrasi bogʻi ham bir gul hisobidadir. Unda juda intizomli umumiy tasbeh aytish vasifasi bor. Bir meva bir intizom ichida e'lonlarni, tasbehlarni ifodalagani kabi, katta daraxtning umumiy surati bilan juda intizomli fitriy vazifasi va qulligi bor. Bir daraxt yaproq, meva va gullarining soʻzlari bilan bir tasbeh qilgani kabi, katta samovot dengizi ham kalimalari hisobida boʻlgan quyoshlar, yulduzlar va oylari bilan Fotiri Zuljaloliga tasbeh aytadi va Sone'i Zuljalollariga hamd etadi va hokazo...

Moddiy va jismoniy borliqlarning xar biri suratan jonsiz, idroksiz boʻlsada, rosmana jonli kabi va idroki bordek vazifalari va tasbehlari bor. Albatta, farishtalar ularning malakut olamidagi vakili boʻlib, tasbehlarini ifoda qiladi. Ular ham mulk va shahodat olamida farishtalarning timsollari, uylari, masjidlari hisobida.

— 513 —

Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning Toʻrtinchi Shoxida bayon etilganidek, shu olam saroyining Sone'i Zuljaloli u saroy ichida ishlattirgan toʻrt qism ishchilarining birinchisi: Farishtya va ruhoniy borliqlar. Modomiki nabotot va jonsiz borliqlar bilmasdan va bir bilganning amrida maoshsiz, juda muhim xizmatda, hayvonot esa kichik maosh evaziga bilmasdan oʻta kulliy maqsadlarda xizmat qilayotgan ekan, inson keyinga qoldirilgan va darrov beriladigan ikki maosh evaziga Sone'i Zuljalolning maqsadlarini bilib, uygʻun harakat qilishi va hamma narsada nafsiga hissa chiqarishi va boshqa xizmatchilarga nazorat qilayotgani shubhasiz. Albatta, toʻrtinchi qism, balki eng birinchi qism boʻlgan xizmatkorlar, ishchilar boʻladi.

Ular insonga oʻxshaydiki, Sone'i Zuljalolning qamrovli maqsadlarini biladigan qullik bilan muvofiq harakat qilishadi. Insonning aksiga nafsning zavqidan va kichik maoshlardan xalos boʻlib faqat Sone'i Zuljalolning nazari, amri ostida, Unga yoʻnalib, U uchun, Uning nomi va yaqinligi bilan ixtisos bilan va bogʻlanish bilan hosil etganlari lazzat va kamol va zavq va saodatni yetarli koʻrib, xolisan muxlisan ishlaydilar. Jinslariga koʻra koinotdagi mavjudotning navlariga koʻra ibodat vazifalari turlanadi. Bir hukumatning muxtalif doiralarda muxtalif vazifadorlari kabi, saltanati rububiyat doiralarida ubudiyat va tasbehot vazifasi shunday turlanadi. Masalan: Hazrati Mikoil yer yuzi ekinzorida ekilgan Allohning san'atli asarlariga Janobi Haqning havli ila, quvvati ila, hisobi ila, amri bilan bir noziri umumiy hukmidadir. (Ta'bir joiz boʻlsa) umum dehqon farishtalarning raisidir. Ular Fotiri Zuljalolning izni, amri, quvvati va hikmati bilan umum hayvonotning ma'naviy choʻponlarining raisi, katta vazifadagi farishtasi bor.

Modomiki ushbu moddiy va jismoniy borliqlarning xar birining ustida qullik vazifasini bajarish va tasbeh aytish vazifalarini malakut olamida koʻrsatadigan, Allohning dargohiga bilib taqdim qiladigan vazifa yuklangan farishtalar boʻlishi kerak ekan, albatta, Muxbiri Sodiq rivoyat qilgan farishtalar haqidagi suratlar juda munosib va aqlga sigʻadi. Masalan: "Ba'zi farishtalarning qirq yoki qirq ming boshi bor. Xar boshda qirq ming ogʻzi bor, xar bir ogʻzida qirq ming til bilan qirq ming tasbeh aytadi", deganlar. Bu hadis haqiqatining bir ma'nosi va bir surati bor.

Ma'nosi quyidagicha: Farishtalarning ibodati ham juda intizomli, mukammal, oʻta umumiy, kengdir.

— 514 —

Bu haqiqatning surati esa: Ba'zi katta moddiy borliqlar boʻladiki, qirq ming bosh, qirq ming tarzda qullik vazifasini qiladi. Masalan: Samo quyoshlar bilan, yulduzlar bilan tasbeh aytadi. Zamin bitta maxluq boʻlsada, yuz ming bosh bilan, xar boshda yuz minglab ogʻiz bilan, xar ogʻizda yuz minglab til bilan qullik vazifasini qiladi va Allohga tasbeholar aytadi. Demak , Yer kurrasiga vazifadagi farishta malakut olamida bu ma'noni koʻrsatish uchun shunday koʻrilishi lozim.

Hatto men oʻrta darajada bir bodom daraxtini koʻrdim. Qirqqa yaqin boshi hisobida katta shoxlari bor. Soʻng bir shoxiga razm soldim, qirqqa yaqin til hisobida kichik shoxachalari bor. Soʻng kichik shoxining bir novdasiga qaradim, qirqta gul ochgan. Gullarga hikmat nazari bilan e'tibor berdim, xar bir gul ichida qirqqa yaqin nozik, intizomli popuklarni, ranglarni va san'atlarni koʻrdim. Ularing xar biri Sone'i Zuljalolning turli Ismlarining jilvasini va Ismini oʻqitdi.

Bodom daraxtining Sone'i Zuljaloli va Hakiymi Zuljamoli ushbu jonsiz daraxtga bu qadar vazifalarni yuklashi, uning ma'nosini bilgan, ifoda qilgan, koinotga e'lon etgan, Allohning dargohiga taqdim qilgan, unga munosib va ruhi hisobida bir vazifali farishtani mindirmasligi mumkinmi hech?!

Ey doʻstim! Bu yergacha bayonimiz qalbni qabul qilishga tayyorlash, nafsni taslim boʻlishga majburlash va aqlni basiratga keltirish uchun bir muqaddima edi. Agar uni bir daraja tushungan boʻlsang, farishtalar bilan koʻrishishni istasang tayyor tur. Yomon tushunchalardan tozalan.

Qur'on olami eshiklari ochiq. Qur'on "eshiklari ochilgan" jannat ekanini, kirib koʻr. Farishtalarni Qur'oniy Jannat ichida goʻzal suratda koʻr. Xar bir nozil boʻlgan oyat manzilardir.

Bu manzillarga qara:

﴿ وَالْمُرْسَلَاتِ عُرْفًا ٭ فَالْعَاصِفَاتِ عَصْفًا ٭ وَالنَّاشِرَاتِ نَشْرًا ﴾
﴿ فَالْفَارِقَاتِ فَرْقًا ٭ فَالْمُلْقِيَاتِ ذِكْرًا ﴾
﴿ وَالنَّازِعَاتِ غَرْقًا ٭ وَالنَّاشِطَاتِ نَشْطًا ٭ وَالسَّابِحَاتِ سَبْحًا ٭ ﴾
﴿ فَالسَّابِقَاتِ سَبْقًا ٭ فَالْمُدَبِّرَاتِ اَمْرًا ﴾
﴿ تَنَزَّلُ الْمَلٰٓئِكَةُ وَالرُّوحُ فِيهَا بِاِذْنِ رَبِّهِمْ ﴾
﴿ عَلَيْهَا مَلٰٓئِكَةٌ غِلَاظٌ شِدَادٌ لَا يَعْصُونَ اللهَ مَآ اَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ ﴾
﴿ سُبْحَانَهُ بَلْ عِبَادٌ مُكْرَمُونَ ٭ لَا يَسْبِقُونَهُ بِالْقَوْلِ وَهُمْ بِاَمْرِهِ يَعْمَلُونَ ﴾

sanolarini eshit.

Agar jinlar bilan koʻrishishni istasang:

﴿ قُلْ اُوحِىَ اِلَىَّ اَنَّهُ اسْتَمَعَ نَفَرٌ مِنَ الْجِنِّ ﴾

qal'ali suraga kir, ularni koʻr, nima deyayotganini eshit? Ulardan ibrat ol. Qara:

﴿ اِنَّا سَمِعْنَا قُرْاٰنًا عَجَبًا ٭ يَهْدِىٓ اِلَى الرُّشْدِ فَاٰمَنَّابِهِ وَلَنْ نُشْرِكَ بِرَبِّنَآ اَحَدًا ﴾

deyishyapti.

— 515 —

Ikkinchi Maqsad

Qiyomat va Dunyoning oʻlimi va oxirat hayoti haqida.
Bu Maqsadning Toʻrt Asosi va Bir Misoliy Muqaddimasi Bor.

Muqaddima

Bir saroy yoki bir shahar haqida birov chiqib, "Bu saroy yoki shahar buzilib yangidan mustahkam suratda bino va ta'mir qilinadi" deb da'vo qilsa, albatta, uning da'vosiga qarshi olti savol kelib chiqadi:

Birinchisi: Nima uchun buziladi? Sabab va zaruriyat bormi?

Agar "Ha bor" deya isbotlasa,

Ikkinchi: Keyingi savol keladi: "Buni buzib, ta'mirlaydigan usta bunga qodirmi? Qila oladimi?

Agar "Ha, qila oladi" deb, isbotlasa,

Uchinchisi: Davomida: "Buzilishi mumkinmi? Soʻng buziladimi?" degan savol keladi,

Agar "Ha" deb buzilish imkonini, sodir boʻlishini isbotlasa, yana ikki savol oʻrtaga chiqadi:

"Ajabo, bu ajib saroy yoki shaharning yangidan ta'mirlanishi mumkinmi? Mumkin boʻlsa, ta'mirlanadimi, ajabo?"

Agar "Ha" deb ularni ham isbotlasa,

Bu masalaning shak-shubha va vasvasa kira olishiga hech bir jihatda hech bir burchagida tuynuk, boʻshliq qolmaydi.

Bu misol kabi dunyo saroyining, koinot shahrining buzilishi va ta'mirlanishi uchun zarurat bor. Qiluvchi va ustasi qodir. Buzilishi mumkin va sodir boʻladi. Ta'mirlanishi mumkin va amalga oshadi. Bu masalalar birinchi asosdan soʻng isbotlanadi.

BIRINCHI ASOS

Ruh qat'iyan boqiydir. Birinchi maqsaddagi farishtalar va ruhoniy borliqlarning mavjudligiga dalolat qilgan jami dalillar ushbu ruhning baqiyligiga ham dalildir. Menimcha bu masala shu qadar qat'iyki, boshqa bayonning keragi yoʻq. Barzoh, ruhlar olamida boʻlgan va oxiratga ketishni kutgan sanoqsiz boqiy ruhlar karvonlari bilan oʻrtamizdagi masofa shu qadar ingichka va qisqaki, burhon bilan koʻrsatishga ehtiyoj yoʻq. Haddu hisobga kelmagan shuhud va kashf ahlining ular bilan munosabati, hatto kashful qubur ahlining ularni koʻrishlari, hatto bir qancha avom insonlarning ham ular bilan gaplashishi va barchasi sodiq tushda ular bilan koʻrishi yanada tavoturlar suratida odatda insonning barchaga ma'lum ilmlari sirasiga kirgan. Lekin bu davrda moddaparastlik fikri hammani telba qilgani sabab, eng yaqqol narsada ham aqlga vasvasa beradi. Bunday vasvasalarni ketkazish uchun qalbiy qanoat va aqlan anglab yetishning juda koʻp manbalaridan, bir muqaddima bilan toʻrt manbaiga ishora qilamiz.

— 516 —
MUQADDIMA

Oʻninchi Soʻzning Toʻrtinchi Haqiqatida isbotlangani kabi, abadiy, bardavom, tengsiz jamol, albatta oyna boʻlgan ishtiyoqmandining abadiy va boqiy boʻlishini taqozo qiladi. Nuqsonsiz, abadiy, mukammal san'at mutafakkir e'lon qiluvchining bardavom turishini talab qiladi. Nihoyatsiz rahmat va ehson ehtiyojmand shukr qiluvchilarining bardavom ne'mat olishini taqozo qiladi. Oyna boʻlgan ishtiyoqmand, e'lon qiluvchi mutafakkir, muhtoj boʻlgan shukr qiluvchi eng boshda inson ruhidir. Shunday ekan, abadul abod yoʻlida jamol, kamol, rahmatga rafiqlik qiladigan narsa boqiy qoladi.

Yana Oʻninchi Soʻzning Oltinchi Haqiqatida isbotlanganidek, inson ruhi emas, hatto eng oddiy mavjudot tabaqasi ham foniylik uchun yaratilmagan, bir navʻ boqiylikka sazovordir. Hatto ruhsiz, ahamiyatsiz gul ham zohiriy vujudidan ketsa ham, ming jihatdan bir navʻ boqiylikka sazovordir. Chunki surati sanoqsiz xotiralarda boqiy qoladi. Shakllanish qonuni yuzlab urugʻlarida baqo topib davom etadi.

Modomiki bir oz ruhga oʻxshagan gulning shakllanish qonuni, koʻrinish namunasi bir Hafiyzi Hakiym tomonidan boqiylashtirilayotgan ekan, tashvishli oʻzgarishlar ichida mukammal intizom bilan zarrachalar kabi urugʻlarda muhofaza qilinadi, boqiy qolar ekan, albatta, juda qamrovli va yuksak mohiyatga sohib va moddiy vijid kiydirilgan, idrok va hayot sohibi, nuroniy Allohning vositasiz ishlaydigan qonun hisoblangan inson ruhi qay daraja baqoga qat'iy sazovor, abadiyatga bogʻliq va bardavom aloqador ekanini tushunmasang, qanday qilib "Idrokli insonman" deya olasan?!

Ha, katta bir daraxtning bir daraja ruhga oʻxshagan dasturini va shakllanish qonunini bir nuqta kabi eng kichik urugʻda joylab, muhofaza qilgan Zoti Hakiymi Zuljalol, Zoti Hafiyzi Bezavol haqida "Vafot etganlarning ruhini qanday qilib muhofaza qiladi" deyish mumkinmi?!

— 517 —

BIRINCHI MANBA: Anfusiy-ichki manba. Ya'ni, xar kim hayoti va nafsiga e'tibor bersa, boqiy ruhni anglaydi. Xar bir ruh necha yil yashagan boʻlsa qanchalab badan almashtirganiga qaramay, shaksiz aynan boqiy qolgan. Shunday ekan, modomiki jasad kelib ketuvchi ekan, oʻlim bilan batamom yalangʻoch boʻlishi ruhning boqiyligiga ta'sir qilmaydi va mohiyatini buzmaydi. Hayoti davomida asta-asta jasad libosini almashtiradi xolos. Oʻlimda esa birdan yechiladi. Qat'iyyan, balki kuzatuv oraqali aniqlanganki, jasad ruh bilan qoim. Shunday ekan ruh u bilan qoim emas. Balki ruhning oʻzi qoim va hokim boʻlgani uchun, jasad istaganidek tarqalib toʻplanishi, ruhning mustaqilligiga xalal bermaydi. Balki jasad ruhning uyi va inidir, libosi emas. Balki ruhning libosi bir daraja sobit va latifligi ruhga munosib latif gʻilofi va misoliy badani bor. Shunday ekan oʻlganida batamom yalangʻoch boʻlmaydi, inidan chiqadi, misoliy badanini kiyadi.

IKKINCHI MANBA: Ofoqiy-tashqi manba. Ya'ni, koʻp kuzatuvlar va turli voqeʻalar va koʻp martalab munosabatlardan yuzaga kelgan tajribalarga tayangan xulosa. Ha, bir ruhning oʻlimdan soʻng boqiy qolishi tushunilsa, ruh sinfining barchasi boqiyligi lozim boʻladi. Chunki mantiq ilmida qoida borki: Zotiy xossa bitta kishida boʻlsa, barcha kishilarda ham uning borligiga xulosa qilinadi. Chunki zotiydir. Zotiy boʻlsa, xar bir kishida mavjud boʻladi. Xolbuki bir kishi emas, balki sanoqsiz, shu qadar hisobga, sanab boʻlmas kuzatuvlarga tayangan belgilar va ruhlarning boqiyligiga dalolat qilgan alomatlar shu daraja qat'iyki, bizga Yangi Dunyo, ya'ni Amerika bor va u yerda insonlar bor, u insonlarning borligiga shubhalanmaymiz. Xuddi shuning kabi, hozir malakut va ruhlar olamida oʻlgan, vafot etgan insonlarning ruhlari juda koʻp sonda mavjud va biz bilan munosabatdalar. Ma'naviy hadyalarimiz ularga boryapti, ularning nuroniy fayzlari esa bizga kelyapti.

Yana qat'iy qanoat bilan vijdonan his qilish muimkinki, inson oʻlgandan soʻng asosli jihati boqiy. U asos esa ruhdir. Ruh esa buzilmaydi va boʻlinmaydi. Chunki sodda, yakka. Xarob boʻlish, boʻlinish va buzilish esa koʻplik va tarkib etilgan narsalarga xos. Sobiqan bayon qilganimizdek, hayot koʻplikda yakkalik tarzini koʻrsatadi, bir navʻ boqiylikka sabab boʻladi. Demak, ruhda yakkalik va boqiylik asos boʻlib, undan koʻplikka tarqaladi. Ruhning foniyligi buzilish va parchalanish orqali boʻladi. Buzilish va parchalanishning kirisghiga esa vahdat yoʻl bermaydi, soddalik qoʻymaydi. Yoki qatl qilish orqali, qatlga esa bergan vujud ne'matiga juda ishtiyoqmand va loyiq inson ruhidan qaytarib olishiga Javvodi Mutlaqning cheksiz marhamati izn bermaydi va nihoyatsiz saxovati qoʻymaydi.

— 518 —

UCHINCHI MANBA: Ruh hayot sohibi, idrok egasi, nuroniy, xorijiy vujud kiydirilgan qamrovli, haqiqiy, umumiy boʻlishga iste'dodli Allohning toʻgridan toʻgʻri ishlaydigan qonundir. Xolbuki Uning eng zaif qonunlari sobit va boqiylikka sazovor. Chunki e'tibor berilsa, oʻzgaradigan barcha sinflarda sobit haqiqatlar borki, butun oʻzgarishlar, inqiloblar va hayot shakllari ichida aylanib suratlar almashtirib, oʻlmasdan yashab boqiy qolmoqda.

Demak, xar bir inson shaxsi mohiyatining qamrovi, kulliy idroki va umumiy tasavvurlari bilan bir shaxs boʻlsada, bir sinf hisoblanadi. Bir sinfga kelgan va joriy boʻlgan qonun inson shaxsida ham joriy.

Modomiki Fotiri Zuljalol insonni qamrovli oyna, umumiy qullik va yuksak bir mohiyat bilan yaratgan ekan, xar bir kishidagi ruh haqiqati yuz minglab surat almashtirsa ham, Allohning izni bilan oʻlmaydi, yashaydi, kelgani kabi ketadi. Shunday ekan, inson shaxsining haqiqiy idrok sohibi va jonlilik unsuri boʻlgan ruhi ham Allohning amri, izni va boqiylashtirishi bilan doimo boqiydir.

TOʻRTINCHI MANBA: Ruhga bir daraja oʻxshagan va ikkisi ham amr va iroda olamidan kelganidan, manbaʻligi bilan ruhga bir daraja muvofiq, lekin faqat hissiy vujudi boʻlmagan sinflarda hukmron qonunlarga razm solinsa va oʻsha nizomlarga qarasganda koʻrinadiki: Agar Allohning toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladigan qonuni moddiy vujud kiyganida, u sinflarning ruhlari boʻlar edi.

Xolbuki u qonun bardavom boqiy. Doim davomli, sobitdir. Hech qanday oʻzgarishlar va inqiloblar ularning birligiga ta'sir qilmaydi, buzmaydi. Masalan: Bir anjir daraxti oʻlsa, tarqalsa, uning ruhi hisoblangan shakllanish qonuni zarra kabi urugʻida oʻlmasdan boqiy qoladi. Modomiki Allohning toʻgʻridan toʻgʻri ishlaydigan eng oddiy va zaif qonunlari boqiylik bilan, davomliligiga aloqador. Albatta inson ruhi faqat boqiylik bilan emas, balki abadul abad bilan aloqador boʻlishi lozim. Chunki ruh ham Qur'onning xabari, قُلِ الرُّوحُ مِنْ اَمْرِ رَبِّى farmoni jalili bilan amr olamidan kelgan idroklilar va jonlilar qonuni boʻlib, azaliy qudrat unga moddiy vujud kiydirgan. Demak, iroda sifatidan va amr olamidan kelgan idroksiz qonunlar doim yoki aksariyat hollrda boqiy qolar ekan, aynan ularning bir jihatda qardoshi, ular kabi iroda sifatining tajalliysi va amr olamidan kelgan ruh - boqiylikka sazovor boʻlishi yanada qat'iyroq, loyiqroq. Chunki vujud sohibidir, koʻringan haqiqat sohibidir. Ulardan yanada ham sogʻlom, yuksakroq. Chunki idrok sohibidir. Ulardan koʻra bardavom, qiymatliroq. Chukni hayot sohibidir.

— 519 —

IKKINCHI ASOS

Abadiy saodat kerak. Uni beradigan Foili Zuljalol esa qodir. Olamning xarob boʻlishi va dunyo oʻlishi mumkin. Sodir boʻladi ham. Yangidan olamning tirilishi va hashr mumkindir. Sodir boʻladi ham.

Bu olti masalani bir-bir aql qanoat hosil qiladigan darajada muxtasar tarzda bayon qilamiz. Zotan Oʻninchi Soʻzda qalbni mukammal iymon darajasiga chiqaradigan darajada burhonlar zikr etilgan. Bu yerda esa faqat aqlni qondiradigan, mot qiladigan Eski Saidning "Nuqta Risolasi"dagi bayonoti tarzida tushuntiramiz.

Ha, abadiy saodatni kerakli qilgan narsa mavjud. Oʻsha zaruriyatning borligiga dalolat qilgan qat'iy burhonlar "Oʻn Manba va Asos"dan sizilgan xulosadir.

BIRINCHI ASOS: E'tibor berilsa, butun koinotda mukammal nizom, maqsadli intizom bor. Xar jihatda ixtiyor tomchilari va maqsadning yogʻdulari koʻrinadi. Hatto hamma narsada maqsad nuri, xar ishda iroda ziyosi, xar harakatda ixtiyor yogʻdusi, xar tarkibda hikmat shu'lalarining samarasining shahodati bilan e'tiborga tushadi. Agar abadiy saodat boʻlmasa, bu asosli nizom ma'nosiz va zaif shakldan iborat boʻlib qoladi. Yolgʻonchi, asossiz nizom boʻladi. Nizom va intizomning ruhi boʻlgan ma'naviyat, aloqa va munosabatlar behuda boʻladi. Demak, nizomni nizom qilgan abadiy saodatdir. Shunday ekan olam nizomi abadiy saodatga ishora qiladi.

IKKINCHI ASOS: Koinot yaratilishida mukammal hikmat bor. Ha, inoyati azaliyaning timsoli boʻlgan Allohning hikmati umum koinotga foydalarning munosibligi va hikmatlarning iltizomi tili bilan abadiy saodatni e'lon qiladi. Chunki abadiy saodat boʻlmasa, koinotda shubhasiz bor hikmatlarni, foydalarni kibrlanib inkor qilish kerak boʻladi. Oʻninchi Soʻzning Oʻninchi Haqiqati bu haqiqatni quyosh kabi koʻrsatgani uchun, u bilan kifoyalanib bu yerda toʻxtatamiz.

UCHINCHI ASOS: Aql, hikmat, umumiy xulosa va tajribaning shahodatlari bilan sobit boʻlgan mavjudot yaratilishidagi gʻoyasizlik va isrofning yoʻqligi abadiy saodatga ishora qiladi. Fitratda isrof va yaratilishda gʻoyasizlik boʻlmaganiga dalil - Sone'i Zuljalolning hamma narsaning yaratilishida eng qisqa yoʻlni, eng yaqin jihatni, eng yengil suratni, eng goʻzal sifatni ixtiyor qilishi, tanlashi, ba'zan bir narsaga yuztalab vazifa yuklashi va nozik narsaga ming meva va gʻoyalarni qoʻyishidir.

— 520 —

Modomiki isrof yoʻq va gʻoyasizlik mavjud emas ekan, albatta abadiy saodat boʻladi. Chunki qaytmaslik sharti bilan yoʻqlik hamma narsani gʻoyasiz qiladi, hamma narsa isrof boʻladi. Barcha fitratlarda, jumladan insonda Manfa'atul A'zo Faniniga asosan isrofning boʻlmasligi koʻrsatadiki, insondagi samoqsiz ma'naviy iste'dod va nihoyatsiz orzular, fikrlar, mayllar ham isrof qilinmaydi. Shunday ekan, insondagi asosli komillashish mayli kamolning borligini koʻrsatadi, saodat mayli esa abadiy saodatga nomzod boʻlganini qat'iyan e'lon qialdi. Shunday ekan insonning haqiqiy mohiyatini tashkil qilgan asosli ma'naviyat, yuksak orzular hikmatli mavjudotning aksiga isrof va gʻoyasiz boʻladi, quriydi, befoyda ketadi. Bu haqiqat Oʻninchi Soʻzning Oʻn Birinchi Haqiqatida isbotlangani uchun bu yerda tugatamiz.

TOʻRTINCHI ASOS: Juda koʻp sinflarda, hatto kecha va kunduzda, qish va bahorda, havo qatlamida, hatto insonning shaxsida, hayoti davomida almashtirgan badanlar va oʻlimga oʻxshagan uyqu orqali hashr va nashrga oʻxshash bir navʻ qiyomat, buyuk qiyomatning sodir boʻlishini his ettiradi, ramzan xabar beradi.

Ha, masalan, bizning haftalik soatimizning soniya, daqiqa, soat va kunlarini sanaydigan charxlariga oʻxshagan, Allohning dunyo degan katta soatidagi kun, yil, inson umri, dunyoning aylanishi bir-biriga muqaddima boʻlib bir-biridan xabar beradi, aylanib ishlaydi. Tundan soʻng nahorni, qishdan soʻng bahorni koʻrsatgani kabi, oʻlimdan soʻng qiyomat tonggi oʻsha dastgohdan, katta soatdan chiqishini ramzan xabar beradilar.

Bir shaxsning umri davomida boshiga kelgan bir qancha qiyomat turlari bor. Xar kecha bir navʻ oʻlib, xar nahor bir navʻ tirilish bilan hashr alomati koʻringani kabi, besh-olti yilda butun zarralarini almashtirib, hatto bir yilda ikki marta tadrijiy qiyomat va hashr taqlidini kechiradi. Hayvonot va nabotot navlari xar bahorda uch yuz mingdan koʻproq hashr, nashr va turga oid qiyomatni koʻradi.

Bu qadar belgilar va hashrning ishoralari va shuncha alomat va nashr ramzlari albatta buyuk qiyomatning sizmalari hisobida hashrga ishora qiladi. Bir Sone'i Hakiym tarafidan turlarda turning qiyomatini, ya'ni butun nabotot ildizlarini va bir qism hayvonlarni aynan bahorda tiriltirish, barglari, gullari va mevalari kabi boshqa bir qancha narsalarni aynan emas, misli bilan qaytarish orqali bir navʻ hashr va nashr qilish xar bir inson shaxsida umumiy qiyomat ichida shaxsiy qiyomatga dalil boʻladi. Chunki insonning bitta shaxsi boshqa turdagilarning bir sinfi hisobidadir. Chunki fikr nuri insonning amali va fikrlariga shunday kenglik berganki, oʻtmish va kelajakni qamraydi. Dunyoni yutsa ham toʻymaydi. Boshqa sinflarda aʻzolarning mohiyati kichik, qiymati shaxsiy, nazari chegaralangan, kamoli maxsus, lazzati va azobi oniydir. Basharning mohiyati esa ulugʻ, bahosi qiymatli, nazari umumiy, kamoli cheksiz, ma'naviy lazzati va azobi qisman doimiy.

Shunday ekan, shubhasiz boshqa navlarda takrorlangan bir tur qiyomatlar va hashrlar umumiy buyuk qiyomatda xar bir inson shaxsini aynan qaytarib tiriltirishiga shubhasiz ramz qiladi, xabar beradi. Oʻninchi Soʻzning Toʻqqizinchi Haqiqatida ikki karra ikki toʻrt aniqligida qat'iyan isbotlangani sabab bu yerda qisqartiramiz.

— 521 —

BESHINCHI ASOS: Haqiqatni izlanib dalillari bilan bilgan olimlar insonnign ruh javharida qoʻyilgan cheksiz iste'dod va u iste'dodda joylashtirilgan chegarasiz qobiliyatlar va u qobiliyatlardan kelib chiqqan hadsiz mayllar va u hadsiz mayllardan hosil boʻlgan nihoyatsiz orzular va u nihoyatsiz orzulardan tavallud etgan soʻngsiz fikrlar va inson tasavvurlari bu shahodat olamining orqasidagi abadiy saodatga qoʻlini uzatgan, unga koʻzini tikkan, u tarafga yuzlanganini koʻrmoqda. Hech yolgʻon gapirmagan fitrat va fitratdagi shu qat'iy, shiddatli va tebranmas abadiy saodat mayli, abadiy saodatning sodir boʻlishiga doir vijdon bir qat'iy xulosa beryapti. Oʻninchi Soʻzning Oʻn Birinchi Haqiqati bu haqiqatni kunduz kabi koʻrsatganidan tugatamiz.

OLTINCHI ASOS: "Rahmoni Rahiym" boʻlgan mavjudotning Sone'i Zuljamolining rahmati abadiy saodatni koʻrsatadi. Ha, ne'matni ne'mat qilgan, ne'matni qattiq jazodan xalos qilgan va mavjudotni abadiy firoq sababli faryodlardan qutqargan, abadiy saodatni rahmatining sha'nidan, bashardan ayamasin. Chunki butun ne'matlarning avvali, raisi, maqsadi, natijasi boʻlgan abadiy saodat berilmasa, dunyo oʻlgandan soʻng oxirat suratida tirilmasa, butun ne'matlar shiddatli jazolarga aylanadi. Bu esa shaksiz va majburiy umum koinotning shahodati bilan aniq va koʻringan Allohning rahmatining borligini inkor qilish kerak boʻladi. Xolbuki rahmat quyoshdan ham porloqroq sobit haqiqatdir.

Rahmatning jilvalaridan va latif asarlaridan boʻlgan ishq, shafqat va aql ne'matlariga e'tibor ber. Agar abadiy firoq va cheksiz ayriliq inson hayotiga kelishini faraz qilsang, latif muhabbat eng buyuk bir musibat boʻlashini, laziz shafqat eng katta bir illat boʻlishini, nuroniy aql eng buyuk balo boʻlishini koʻrasan. Demak, rahmat (chunki rahmatdir) abadiy hijronni haqiqiy muhabbatga qarshi chiqara olmaydi. Oʻninchi Soʻzning Ikkinchi Haqiqati bu haqiqatni gʻoyat goʻzal suratda koʻrsatgani uchun bu yerda qisqartirildi.

YETTINCHI ASOS: Koinotda koʻringan va bilingan butun latif tuygʻular, butun yaxshiliklar, butun kamolotlar, butun jozibalar, butun ishtiyoqlar, butun marhamatlar ma'nolar, mazmunlar, ma'naviy kalimalar boʻlib, koinotning Sone'i Zuljalolining lutf va marhamatining tajalliylarini, ehson va karamining jilvalarini zarurat darajasida, qalbga shaksiz koʻrsatadi, aqlning koʻziga suqadi. Modomiki olamda bir haqiqat bor ekan, shaksiz haqiqiy rahmat boʻladi. Modomiki haqiqiy rahmat bor ekan, abadiy saodat boʻladi. Oʻninchi Soʻzning Toʻrtinchi Haqiqati Ikkinchi Haqiqati bilan barobar bu haqiqatni kundek oydinlatgan.

— 522 —

SAKKIZINCHI ASOS: Insonning idrokli fitrati boʻlgan vijdoni, abadiy saodatga yuzlangan, uni koʻrsatadi. Ha, kim oʻz uygʻoq vijdonini tinglasa "Abad!.. abad!" degan ovozini eshitadi. Butun koinot u vijdonga berilsa ham, abadga boʻlgan ehtiyojining oʻrnini toʻldira olmaydi. Demak, vijdon abad uchun yaratilgan. Demak, vijdoniy tortishish kuchi va jalb qilish faqatgina haqiqiy maqsadning va jozibador haqiqatning tortishi orqali boʻladi. Oʻninchi Soʻzning Oʻn Birinchi Haqiqatining xotimasi bu haqiqatni koʻrsatgan.

TOʻQQIZINCHI ASOS: Sodiq, tasdiqlangan, ishonchli Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning xabaridir. Ha, U zotning (S.A.V.) soʻzlari abadiy saodatning eshiklarini ochgan va Uning (S.A.V.) kalomlari abadiy saodatning oynalaridir. Zotan butun paygʻambarlarning (Alayhimussalam) ijmo'ini va butun avliyolarning tavoturini qoʻlida tutgan, butun quvvati bilan butun da'volari - tavhidi ilohiydan soʻng hashr va saodat nuqtasida jamlanadi. Ajabo, bu quvvatni oʻrnidan qoʻzgʻatadigan biror narsa bormi? Oʻninchi Soʻzning Oʻn Ikkinchi Haqiqati shu haqiqatni juda zohir bir suratda koʻrsatgan.

OʻNINCHI ASOS: Oʻn uch asrda yetti jihatdan i'jozini muhofaza qilgan va Yigirma Beshinchi Soʻzda isbotlangani kabi qirq adad i'joz navʻlari bilan moʻ'jiza boʻlgan Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning qat'iy xabarlaridir. Ha, Qur'on xabari jismoniy hashrni kashf qiluvchidir. Bu yashirin olam tilsimi va koinot hikmati ramzining kalitidir. Qur'oni Moʻ'jizul Bayon ichiga olgan va takror-takror tafakkurga amr qilib e'tiborga havola qilgan minglab qat'iy aqliy dalillar bor. Jumladan: Bir misoliy qiyosni ichiga olgan

﴿ قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِىٓ اَنْشَاَهَآ اَوَّلَ مَرَّةٍ ﴾

va

﴿ وَقَدْ خَلَقَكُمْ اَطْوَارًا ﴾

va bir adolat daliliga ishora etgan

﴿ وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّامٍ لِلْعَبِيدِ ﴾

kabi juda koʻp oyatlar bilan jismoniy hashrdagi abadiy saodatni koʻrsatadigan juda koʻp durbinlarni insonning e'tiboriga taqdim qilgan. Qur'onning boshqa oyatlar bilan izoh etgan

﴿ وَقَدْ خَلَقَكُمْ اَطْوَارًا ﴾

va

﴿ قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِىٓ اَنْشَاَهَآ اَوَّلَ مَرَّةٍ ﴾

oyatidagi misoliy qiyosning xulosasini "Nuqta" risolasida quyidagicha bayon qilganmiz:

— 523 —

Inson vujudi holatdan holatga oʻtishi orqali ajib va muntazam oʻzgarishlar oʻtkazadi. Nutfadan alaqqa, alaqdan mudgʻaga, mudgʻadan azm va lahmga, azm va lahmdan yangi yaratilishga ya'ni inson suratiga aylanishi juda nozik dasturlarga tobeʻ. U davrlarning xar birining maxsus qonunlari, muayyan nizomlari va doimiy xarakatlari borki, oyna kabi ostida maqsad, iroda, ixtiyor, hikmatning jilvalarini koʻrsatadi.

Vujudni bu tarzda yaratgan Sone'i Hakiym xar yil bir libos kabi uni almashtiradi. Vujudning almashtirilishi va davom etishiga maydalangan jihozlarning oʻrnini toʻldiradigan, ishlaydigan yangi zarralarning kelishi uchun tarkibga muhtojdir. Badan hujayralari intizomli Ilohiy qonunlar bilan buzilgani sabab yana intizomli Rabboniy qonun bilan ta'mirlash uchun rizq nomi bilan latif bir moddani taqozo qiladi. Badan a'zolarining turli tuman hojatlari nisbatida Razzoqi Haqiqiy maxsus qonuni bilan taqsimlaydi va tarqatadi.

Endi U Razzoqi Hakiymning yuborgan latif moddalarning holatlariga qara, moddaning zarralari karvon kabi havo tabaqasida, tuproqda, suvda tarqalgan. Birdan harakat amrini olgandek maqsadli harakatni bildirgan kayfiyatda toʻplanadi. Goʻyo ulardan xar bir zarraga bir vazifa orqali muayyan makonga boorish uchun buyruq olgandek juda tartibli toʻplanadi. Ulaning vaziyatidan koʻrinadiki, bir Foili Muxtorning maxsus qonuni bilan chaqirilib, jonsizlar olamidan mavludlarga, ya'ni jonzotlar olamiga kiradi. Soʻng muayyan nizom, doimiy harakat va maxsus dasturlar bilan rizq sifatida bir badanga kirib, ichida toʻrt oshxonada pishirilgandan, toʻrt ajib oʻzgarishlarni oʻtkazgandan, toʻrtta suzgichdan suzilgandan soʻng badanning xar tarafiga yoyilib, butun muhtoj boʻlgan a'zolarning turli tuman, boshqa-boshqa ehtiyoj darajalariga koʻra Razzoqi Haqiqiyning inoyati va muntazam qonunlari bilan boʻlinadi.

Xullas, zarralarning qaysi biriga hikmat nazari bilan qarasang, basirat bilan, intizom bilan, eshitib, ilm bilan chaqirilgan zarraga koʻr ittifoq, qonunsiz tasodif, kar tabiat, idroksiz sabablar umuman aralasha olmasligini koʻrasan. Chunki xar biri keng maydonga yoyilgan unsurlardan badan hujayrasigacha qaysi holatga oʻtgan boʻlsa, uning muayyan qonunlariga goʻyo ixtiyori bilan amal qiladi, muntazam ravishda kiradi. Qaysi tabaqaga safar qilgan boʻlsa, shunday intizomli qadam tashlaydiki, shaksiz bir Saiqi Hakiymning amri bilan ketayotgani koʻrinadi.

— 524 —

Demak, intizomli holdan holga, tabaqadan tabaqaga tobora nishon va maqsadidan chalgʻimay kerakli joyga, masalan Tavfiqning koʻz qorachigʻiga Rabboniy amr bilan kiradi, oʻtiradi, ishlaydi. Bunda, ya'ni rizqlardagi rububiyatning namoyon boʻlishi koʻrsatadiki, boshida zarralar muayyan, vazifador edi, oʻsha joylarga nomzod edi. Goʻyo xar birining peshonasi va yuzida "Falon hujayraning rizqi boʻladi" deb yozilganday, intizomning borligi xar bir odamning peshonasiga qadar qalami bilan rizqi yozilganiga va rizqi ustida ismining yozilganiga ishora qiladi. Ajabo, bu daraja cheksiz qudrat va keng hikmat bilan roblik qilgan, zarralardan sayyoralargacha butun mavjudotni tasarrufi ostida tutgan, intizom va mezon doirasida aylantirgan Sone'i Zuljalol "Nash'ayi uxro"ni qilmasin yoki qila olmasligi mumkinmi?!

Koʻp Qur'on oyatlari hikmatli ilk yaratilishni insonning e'tiboriga taqdim qiladi. Hashr va qiyomatdagi nash'ayi uxroni unga misol qilib aqlga sigʻdirmaslikni ketkazar.

﴿ قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِىٓ اَنْشَاَهَآ اَوَّلَ مَرَّةٍ ﴾

Ya'ni: "Sizlarni yoʻqdan bu daraja hikmatli suratda kim insho qilgan boʻlsa, sizni oxiratda tiriltiradigan zot ham U", deydi.

Yana

﴿ وَهُوَ الَّذِى يَبْدَؤُا الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ وَهُوَ اَهْوَنُ عَلَيْهِ ﴾

Ya'ni, "Sizning hashrda eski holatga qaytishingiz, tirilishingiz dunyodagi xilqatingizdan ham osonroq, qulayroqdir", deydi.

Bir lashkarning askarlari istirohat uchun tarqalsa, soʻng bir sur bilan chaqirilsa, lashkar bayrogʻi ostida juda oson toʻplanishlari yangidan bir lashkar tashkil qilishdan ham oson va juda qulaydir. Xuddi shuning kabi, "Bir badanda bir-biri bilan uyushib doʻst boʻlgan va munosabat paydo qilgan asos zarralar Hazrati Isrofil Alayhissalomning Suri bilan Xoliqi Zuljalolning amriga "Labbayk" deyishlari va toʻplanishlari aqlan birinchi ijoddan ham osonroq, mumkinroqdir. Butun zarralarning toʻplanishlari balki kerak boʻlmas. Urugʻlar va tuxumlar hisoblangan va hadisda "Ajzuz zanab" deb ta'bir etilgan asos moddalar va asos zarralar ikkinchi tirilish uchun yetarli asos, poydevordir. Sone'i Hakiym inson badanini ularning ustida bino qiladi.

Uchinchi

﴿ وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّامٍ لِلْعَبِيد ﴾

kabi oyatlar ishora qilgan adolat qiyosining xulosasi quyidagicha:

Olamda koʻp zolim, fojir, ayyor insonlar juda toʻkinlik va farogʻatda, mazlum va dindor odamlar qattiq zahmat va xorlikda umr oʻtkazayotganini koʻryapmiz. Soʻng oʻlim kelib, ikkisini ham teng qiladi. Agar bu tenglik cheksiz boʻlsa, oxiri boʻlmasa, zulm hisoblanadi. Zolbuki koinot shahodati bilan sobit boʻlgan Ilohiy adolat va hikmat bu zulmni hech bir jihat bilan qabul qilmagani uchun, birinchisi jazosini, ikkinchi mukofotini koʻrishi uchun, bu intizomsiz, abgor inson iste'dodiga munosib jazo va mukofot olib haqiqiy adolatga sabab boʻlishi, Rabboniy hikmatga sazovor va olamning hikmatli mavjudotining buyuk qardoshi boʻlishi uchun shaksiz oxiratni taqozo qiladi.

— 525 —

Bu dunyo inson ruhiga oʻrnatilgan sanoqsiz iste'dodlarning unishiga munosib joy emas. Demak, boshqa olamga yuboriladi. Ha, insonning javhari buyuk. Shunday ekan u abadga nomzod. Mohiyati yuksak, jinoyati ham katta. Boshqa mavjudotlarga oʻxshamaydi. Intizomi ham muhim. Intizomsiz boʻla olmaydi, e'tiborsiz qolmaydi, gʻoyasiz qoldirilmaydi, mutlaq foniylik bilan mahkum boʻlmaydi, mutlaq yoʻqlikka qocha olmaydi. Unga Jahannam ogʻzini ochgan, kutmoqda. Jannat esa shafqatli quchogʻini ochgan, kutmoqda. Oʻninchi Soʻzning Uchinchi Haqiqati ushbu ikkinchi misolimizni juda goʻzal shaklda koʻrsatgani uchun bu yerda tugatamiz.

Demak, misol uchun bu ikki oyati karima kabi juda koʻp aqliy latif burhonlarni ichiga olgan boshqa oyatlarni ham qiyos qil, tadqiq et. Ushbu oʻn manba va oʻn asos qat'iy xulosa, qat'iy burhonni keltirib chiqaradi. Va juda asosli xulosa va u juda quvvatli burhon hashr va qiyomatga illat va taqozo etganning vujudiga qat'iyan dalolat etganlari kabi, Sone'i Zuljalolning ham, Oʻninchi Soʻzda qat'iyan isbot etilgani kabi, Hakiym, Rahiym, Hafiyz, Odil kabi aksar Asmoyi Husnasi hashr va qiyomatning kelishini va abadiy saodatning vujudini taqozo qiladi. Abadiy saodatning sodir boʻlishiga qat'iy dalolat qiladilar. Demak, hashr va qiyomatga zarurat shu daraja quvvatli boʻlib, hech qanday shak va shubhaga sabab boʻlmaydi.

UCHINCHI ASOS

Qiladigan zot qodirdir. Hashrning zarurati shubhasiz mavjud ekan, hashrni keltiradigan zot ham oʻta muqtadirdir. Uning qudratida nuqson yoʻq. Eng katta va eng kichik narsalar unga nisbatan bir. Bir bahorni yaratish bir gulchalik oson. Ha, bir Qodiyrki: Bu olam, butun quyoshlari, yulduzlari, olamlari, zarralari va javharlari nihoyatsiz tillar bilan Uning azamati va qudratiga shahodat qiladi. Jimsoniy hashrni Uning qudratdan uzoq koʻrishga biror vahima va vasvasaning haqqi bormi?!

Shubhasiz bir Qodiyri Zuljalol:

bu olam ichida xar asrda yangi va intizomli dunyoni yaratgan,

hatto xar yil yangi sayyor, muntazam koinotni ijod qilgan,

hatto xar kun yangi muntazam olamni yaratgan,

doimo samovot va yer yuzida, bir-biri orqasida oʻtkinchi dunyolarni, koinotlarni mukammal hikmat bilan yaratgan, almashtirgan,

asrlar va yillar, balki kunlar sanogʻicha intizomli olamlarni davr ipiga osgan,

va u bilan qudratining azamatini koʻrsatgan,

va yuz ming turdagi hashrning naqshlari bilan bezagan katta bahor gulini Yer Kurrasining boshiga gul kabi taqqan,

shu orqali mukammal hikmatini, san'at goʻzalligini izhor etgan bir zotga nisbatan,

"Qiyomatni qanday keltiradi, bu dunyoni oxiratga qanday almashtiradi" deyish mumkinmi?!

— 526 —

Bu Qodiyrning mukammal qudratini, hech bir narsa unga ogʻir emasligini, eng katta narsa eng kichik narsa kabi uning qudratiga yengilligini, hadsiz aʻzolar bir aʻzo kabi qudratiga qulay ekanini quyidagi oyati karima e'lon qiladi:

﴿ مَا خَلْقُكُمْ وَلَابَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ ﴾

Bu oyatning haqiqatini Oʻninchi Soʻzning Xotimasida qilsqacha, "Nuqta Risolasi" va Yigirmanchi Maktubda izohi bilan bayon qilganmiz. Bu maqom munosabati bilan uch masala suratida bir oz izohlaymiz.

Allohning qudrati zotiydir. Shunday ekan, ojizlik aralasha olmaydi. Ashyolarning botiniga taalluqlidir. Shunday ekan moneʻlar qoʻshila olmaydi. Nisbati qonuniy. Shunday ekan boʻlak butunga teng keladi va kichik narsa katta hisoblanadi. Bu uch masalani isbotlaymiz.

BIRINCHI MASALA: Zoti Aqdasi Ilohiyning Qudrati azaliysi zaruriy zotiy lozimidir. Ya'ni, zarurat darajasida zot uchun kerakli. Hech qanday ayrilish jihati yoʻq. Shunday ekan qudratning aksi boʻlgan ojizlik qudratni kerak qilgan zotga shaksiz loyiq boʻlmaydi. Agar boʻlsa ikki zidning birga boʻlishi kerak boʻladi. Modomiki ojizlik zotga loyiq boʻlmas ekan, shaksiz uning qudratiga aralasha olmaydi.

Modomiki ojizlik qudratning ichiga kira olmaydi, zotiy qudratda shaksiz martabalar boʻlmaydi. Chunki hamma narsaning vujud martabalari zidlarining aralashuvi orqali yuzaga chiqadi. Masalan: Haroratdagi martabalar sovuqlikning kirishi orqali, husndagi darajalar xunuklikning aralashishi bilan va hokazo qiyos qil... Lekin borligi bilan yoʻqligi Allohning yaratishiga bogʻliq boʻlgan narsalar haqiqiy va tabiiy zotiy ehtiyoj boʻlmagani uchun, imkon doirasiga bogʻliq narsalarda zidlar bir-biriga kirgan. Martabalar tavallud qilib, ixtiloflar orqali olamdagi oʻzgarishlar kelib chiqqan.

Modomiki Allohning azaliy qudratida martabalar yoʻq. Shunday ekan taqdir etilganlar ham, zarurat darajasida qudratga nisbati bir boʻladi. Eng katta narsa, eng kichikka teng, zarralar yulduzlarga oʻxshash boʻladi. Butun bashar hashri bitta nafsni tiriltirish kabi, bir bahorning ijodi bitta gulning san'atli qilinishi kabi Uning qudratiga oson. Agar sabablardan deb bilinsa, bitta gul bir bahor qadar ogʻir boʻladi.

Bu Soʻzning Ikkinchi Maqomining Toʻrtinchi "Allohu Akbar" martabasi oxirgi bandining izohida, Yigirma Ikkinchi Soʻzda, Yigirmanchi Maktubda va uning ilovasida isbot etilganki: Narsalarning yaratilishi Vohidi Ahaddan deb bilinsa, butun ashyolar bir narsa kabi oson boʻladi. Agar sabablarga berilsa, bir narsa butun narsalar qadar zahmatli, ogʻir boʻladi.

— 527 —

IKKINCHI MASALA: Allohning qudrati ashyolarning haqiqatiga taalluq etadi. Koinotning oyna kabi ikki yuzi bor. Biri mulk jihati, oynaning rangli tomoniga oʻxshaydi. Keyingisi malakutiyat jihati boʻlib, oynaning shaffof tomoniga oʻxshaydi. Mulk jihati zidlarning faoliyat joyi. Goʻzal-xunuk, xayr-shar, kichik-katta, qiyin-oson kabi ishlarning yuzaga chiqish joyidir. Shuning uchun: Sone'i Zuljalol qudrat qoʻli zohiriy aqlga koʻra past va noloyiq ishlarga shaxsan kirishgani koʻrinmasligi uchun zohiriy sabablarni qudratining tasarruflariga parda qilgan. Chunki buni azamat va izzat taqozo qiladi. Vositalar va sabablarga esa haqiqiy ta'sir bermagan. Chunki buni vahdati ahadiyat taqozo qiladi. Malakutiyat jihati hamma narsada porloq, tozadir. Aniqlanishning ranglari, xunukligi unga aralashmaydi. Bu jihat oʻz Xoliqiga vositasiz yuzlangan. Unda sabablarning tartibi, zanjiri yoʻq. Unga sababning asosi va bogʻliqligi kirmaydi. Egri-bugrisi yoʻq. Moneʻlar mudohala qila olmaydi. Zarra quyoshga qardosh boʻladi.

NATIJA: Uning qudrati ham oddiy, ham cheksiz, ham zotiydir. Qudratining taalluqli joyi esa ham vositasiz, ham dogʻsiz, ham isyonsizdir. Shunday ekan, qudrati doirasida katta-kichikka nisbatan takabburi yoʻq. Jamoat bir kishiga nisbatan ustun emas. Butun boʻlakka nisbatan qudratiga ortiqcha nozlana olmaydi.

UCHINCHI MASALA: Uning qudratining nisbati qonuniydir. Ya'ni, koʻpga-ozga, kattaga-kichikka teng. Bu tushunilishi qiyin masalani bir nechta misol bilan aqlga yaqinlashtiramiz.

Koinotda "shaffoflik", "ozaro javob", "muvozanat", "intizom", "mavhumlik", "itoat"lar alohida ish boʻlib koʻpi ozga, kattasi kichikka teng.

Birinchi misol: "Shaffoflik" sirini koʻrsatadi.

Masalan: Quyishning tajalliy fayzi boʻlgan timsoli va aksi dengiz yuzida va xar bir tomchisida ayni mohiyatni koʻrsatadi. Agar Yer Kurrasi quyoshga pardasiz turli shisha boʻlaklari tutilsa, uning aksi xar bir boʻlakda va butun zamin yuzida qiyinchiliksiz, boʻlinmasdan, nuqsonsiz bir boʻladi. Agar farazan quyosh yaratuvchi boʻlsa edi va fayzli ziyosini, aksining timsolini irodasi bilan bera olganida, butun zamin yuziga taratgan fayzi bir zarraga bergan fayzdan ogʻir boʻlmas edi.

Ikkinchi misol: "Oʻzaro javob berish" siridir. Masalan:

Jonli kishilar (ya'ni insonlardan) tarkib topgan katta doiraning markaziy nuqtasidagi kishining qoʻlida sham va doiradagi kishilarning qoʻlida oyna borligi faraz qilinsa, markaziy nuqta qamragan oynalariga bergan fayzi va aks jilvasi qiyinchiliksiz, boʻlinmasdan, nuqsonsiz nisbatda koʻrinadi.

— 528 —

Uchinchi misol: "Muvozanat" siridir. Masalan:

Haqiqiy, hassos va juda katta tarozi boʻlsa. Ikki pallasida ikki quyosh, yoki ikki yulduz, yoki ikki togʻ, yoki ikki tuxum, yoki ikki zarra, qaysisi boʻlsa boʻlsin, sarf qilinadigan ayni quvvat bilan hassos katta tarozining bir pallasi koʻkka, biri zaminga tushadi.

Toʻrtinchi misol: "Intizom" siridir. Masalan:

Eng azim kemani eng kichik oʻyinchoq kabi aylantirish mumkin boʻladi.

Beshinchi misol: "Mavhumlik" siridir. Masalan:

Aniqlanmaydigan bir mohiyat butun tafsilotiga eng kichigidan eng kattasiga, kamaytirmasdan, boʻlinmasdan bir qaraydi, kiradi. Zohiriy aniqlashlar jihatidagi xususiyatlar aralashsa ham chalkashtirmaydi. U oʻziga xos xususiyatlarning nazarini oʻzgartirmaydi. Masalan: Igna kabi bir baliq kit kabi oʻziga xos mohiyatga sohib. Bir mikrob bir karkidon kabi hayvoniy mohiyatni tashiydi.

Oltinchi misol: "Itoat" sirini koʻrsatadi. Masalan: Bir qoʻmondon, "Qadam bos" amri bilan bir askarni harakatlantirgani kabi, oʻsha buyruq bilan bir qoʻshinni ham harakatlantiradi. Bu itoatni koʻrsatgan misol sirining haqiqati shuki: Koinotda, tajribalar asosida hamma narsaning mukammallik nuqtasi bor. U narsaning oʻsha nuqtaga mayli bor. Haddan ortiq mayl ehtiyoj boʻladi. Haddan ortiq ehtiyoj ishtiyoq boʻladi. Haddan ortiq ishtiyoq tortishish boʻladi va tortishish, ishtiyoq, ehtiyoj, mayl - Janobi Haqning koinotga oʻrnatgan qonunlarining narsalarning mohiyati tomonidan urugʻlari va namuna xususiyatidir. Borligi va yoʻqligi Allohning bor qilishiga bogʻliq narsalarning mohiyatining mutlaq kamoli, mutlaq vujuddir. Xususiy kamoli iste'dodlarini hisdan amalga chiqargan maxsus bir vujuddir.

Demak, butun koinotning "Kun" amriga itoati bitta askar hisoblangan bir zarraning itoati kabidir. Allohning irodasidan kelgan "Kun" amri azaliyiga maxluqlarning itoati va boʻysunishida yana irodaning tajalliyi boʻlgan mayl, ehtiyoj, shavq va tortishish birdan, barobar qoʻyilgan. Latif suv nozik mayl bilan muzlash amrini olgan payti temirni maydalashi itoat sirining quvvatini koʻrsatadi.

— 529 —

Bu olti misol ham noqis, ham chegaralangan, ham zaif, ham haqiqiy ta'siri boʻlmagan imkon doxilidagi borliqlar quvvatida va ishida shubhasiz koʻrinsa, albatta ham cheksiz, ham azaliy, ham abadiy, ham butun koinotni mutlaq yoʻqlikdan ijod qilgan va butun aqllarni hayratda qoldirgan, buyuk ishlari bilan tajalliy etgan Allohning azaliy qudratiga nisbatan shubhasiz hamma narsa tengdir. Hech narsa unga ogʻir emas.

E'tiborsiz, bu olti sirning kichik mezonlari bilan u qudrat tortilmaydi va munosabatga kirmaydi. Faqat tushunishga yaqinlashtirish va aqlga sigʻdirmaslikni ketkazish uchun zikr etildi.

Uchinchi Asosning Natija va Xulosasi: Modomiki Allohning azaliy qudrati cheksiz, Zoti Aqdasga zaruriy, hamma narsaning dogʻsiz, pardasiz malakutiyat jihati unga yuzlangan, unga qaragan, ikki tarafning tengligidan iborat boʻlgan imkon e'tibori bilan muvozanatda, buyuk yaratilish qonuni boʻlgan fitrat nizomiga va yaratilish qonunlariga mute, moneʻlardan va turli tuman xususiyatlardan malakutiyat jihati pok va sof ekan, albatta eng katta narsa eng kichik narsa kabi Uning qudratiga nozlanmaydi, qarshilik qilmaydi. Shunday ekan hashrda butun ruh sohiblarining tiriltirilishi Uning qudratiga bir chivinning bahorda tiriltirilishidan koʻra ogʻirroq boʻlmaydi. Shunday ekan

﴿ مَا خَلْقُكُمْ وَلَابَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ ﴾

farmoni mubolagʻasizdir, toʻgʻridir, haqdir. Shunday ekan muddaomiz boʻlgan "Yaratuvchi zor qodir, bu jihatda hech qanday moneʻ yoʻq" qoidasi qat'iy bir suratda isbotlandi.

Toʻrtinchi Asos

Qiyomat va hashr kerak va hashrni keltiradigan Zot qodir ekan, bu dunyoning qiyomat va hashrga qobiliyati bordir. Bu yerda boʻladi maʻ nosidagi muddaomizda toʻrt masala mavjud:

Birinchisi: Bu dunyo olamining oʻlishining mumkinligi.

Ikkinchisi: Oʻlimning amalga oshishi.

Uchinchisi: Harob boʻlgan, oʻlgan dunyoning oxirat suratida ta'mirlanishi va tirilishining imkoni borligi.

Toʻrtinchisi: Mumkin boʻlgan ta'mirlanish va qayta tirilishning sodir boʻlishidir.

Birinchi Masala: Koinotning oʻlimi mumkin. Chunki bir narsa mukammallashish qonuni ichiga kirsa, unda rivojlanish bor. Rivojlanish va oʻsish boʻlsa, unda tabiiy umr bor. Tabiiy umr boʻlsa, tabiiy ajali borligi aniq. Juda keng izlanish va tadqiqotlar bilan aniqlanganki, ashyolar oʻzini oʻlim panjasidan qutqara olmaydi.

— 530 —

Inson kichik bir olam boʻlib, yiqilishdan qutula olmaydi. Olam ham katta bir insondir, u ham oʻlimning panjasidan qutula olmaydi. U ham oʻladi, soʻng tiriladi yoki yotib keyin hashr tongida koʻzini ochadi. Yana koinotning kichraytirilgan nusxasi boʻlgan hayot daraxti, buzilish va boʻlinishdan oʻzini qutqara olmaydi. Xuddi shuning kabi: Yaratilish daraxtidan qismlarga ayrilgan koinot silsilasi ta'mir va yangilanish uchun buzilishdan, tarqalishdan oʻzini qutqara olmaydi. "Agar dunyoning tabiiy ajalidan avval Alloh irodasining izni bilan unga tashqi xastalik yoki buzgʻunchi hodisa kelmasa va uning Sone'i Hakimi tabiiy ajaldan avval uni buzmasa, xar holda, hatto fanniy bir hisob bilan bir kun keladiki:

﴿ اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ٭ وَاِذَا النُّجُومُ انْكَدَرَتْ ٭ وَاِذَا الْجِبَالُ سُيِّرَتْ ﴾
﴿ اِذَا السَّمَآءُ انْفَطَرَتْ ٭ وَاِذَا الْكَوَاكِبُ انْتَثَرَتْ ٭ وَاِذَا الْبِحَارُ فُجِّرَتْ ﴾

ma'nolari va sirlari Qodiyri Azaliyning izni bilan amalga oshib, dunyo boʻlgan katta insonning sakaroti boshlanib, ajib xirillash va daxshatli ovoz bilan fazoni jaranglatib toʻldiradi, baqirib oʻladi. Soʻng Ilohiy amr bilan tiriladi.

NOZIK RAMZLI BIR MASALA

Suv oʻz zarari uchun muzlaydi. Muz muzning zarariga eriydi. Magʻz poʻstning zarariga quvvatlashadi. Lafz ma'noning zarariga qalinlashadi. Ruh jasad hisobiga zaiflashadi. Jasad ruh hisobiga mayinlashadi. Xuddi shuning kabi: Nursiz olam hisoblangan dunyo, latif oxirat olami uchun hayot mashinasining ishlashi orqali shaffoflashadi, latiflashadi. Yaratuvchi Qudrat oʻta hayrat beradigan faoliyat bilan nursiz, oʻlik, soʻngan, oʻlgan jihozlarga hayot nurini sepishi qudratining ramzi boʻlib, nurli olam hisobiga ushbu nursiz olamni hayot nuri bilan eritadi, yondiradi, yoritadi, haqiqatini quvvatlaydi. Ha, haqiqat naqadar zaif boʻlsa ham oʻlmaydi, surat kabi yoʻq boʻlmaydi. Balki moddalashib, suratlarda sayru safar qiladi. Haqiqat kattalashadi, rivojlanadi, tobora kengayadi. Poʻst va surat esa eskiradi, mayinlashadi, boʻlinadi. Sobit va oʻsgan haqiqatning qomatiga yarashish uchun yanada goʻzal holda yangilanadi. Koʻpayish va kamayish nuqtasida haqiqat bilan surat teskari mutanosibdirlar. Ya'ni: Surat qalinlashganda, haqiqat mayinlashadi. Surat mayinlashishishi nisbatida haqiqat quvvat topadi. Demak , shu qonun rivojlanish qonuniga kirgan butun ashyolarni oʻz ichiga oladi. Demak, xar holda bir kun keladiki: Koinot eng buyuk haqiqatining poʻst va surati boʻlgan shahodat olami, Fotiri Zuljalolning izni bilan parchalanadi. Soʻng yanada goʻzal suratda yangilanadi. يَوْمَ تُبَدَّلُ الْاَرْضُ غَيْرَ الْاَرْضِ oyatining siri amalga oshadi.

— 531 —

Natija: Dunyoning oʻlimi mumkin, ham hech shubhasiz mumkin.

Ikkinchi Masala: Dunyo oʻlimining sodir boʻlishi. Bu masalaga, butun Samoviy dinlarning ijmo'si, butun salim fitratlarning shahodati va koinotning barcha oʻzgarish, almashinish va buzilishlarining ishorasi dalil boʻladi. Asrlar, yillar adadicha jonli mavjudot dunyolarining va sayyor olamlarning dunyo musofirxonasida oʻlimlari orqali asl dunyoning ham ular kabi oʻlishiga shahodatlaridir.

Dunyoning sakarotini Qur'on oyatlari ishora qilgan suratda faraz qilishni istasang, qara: Koinotning jihozlari nozik, yuksak nizom bilan bir-biriga bogʻlangan. Yashirin, nozik, latif bogʻ bilan bogʻlangan va shu daraja intizom ichidaki, agar osmon jismlaridan bitta jism "Kun" amriga yoki "Oʻqingdan chiq" xitobiga sazovor boʻlsa dunyoning sakaroti boshlanadi. Yulduzlar toʻqnashadi, jismlar chayqaladi, cheksiz olam fazosida millionlab jismlarni toʻp kabi katta zambarak oʻqlari mudhish sadolari kabi faryodni boshlaydi. Bir-biriga toʻqnashib, uchqunlar sochib, togʻlar uchib, dengizlar yonib yer yuzi tekislanadi. Demak, oʻlim va sakarot bilan Qodiyri Azaliy koinotni chayqaydi, koinotni tozalab, Jahannam va Jahannamga munosib boʻlganlar bir tomonga, Jannat va Jannatga munosiblar boshqa tomonga ajraladi, oxirat olami yuzaga chiqadi.

Uchinchi Masala: Oʻladigan olamning tirilishi mumkin. Chunki Ikkinchi Asosda isbotlangani kabi, qudratda nuqson yoʻq. Zarurat esa juda quvvatli. Masala esa Allohning istagiga bogʻliq boʻlgan narsalardandir. Mumkin masalaning juda kuchli zarurati boʻlsa, yaratuvchining qudratida kamchilik boʻlmasa, unga mumkin emas, balki sodir boʻlgan suratida qaraladi.

RAMZLI BIR HIKMAT

Koinotga e'tibor berilsa koʻrinadiki: Ichida hamma tarafga uzangan, ildiz otgan ikki unsur bor. Xayr-shar, goʻzal-xunuk, foyda-zarar, kamol-nuqson, ziyo-zulmat, hidoyat-zalolat, nur-olov, iymon-kufr, toat-isyon, xavf-muhabbat kabi belgilari bilan, mevalari bilan koinotda zidlar bir-biri bilan toʻqnashadi. Doim oʻzgarish va almashishib turadu. Boshqa bir olam mahsulotining peshtaxtasi boʻlib charxlari aylanadi. Albatta ikki unsurning bir-biriga zid shoxlari va natijalari abadga boradi, yigʻilib bir-biridan ayriladi. Oʻshanda Jannat-Jahannam suratida yuzaga chiqadi. Modomiki boqiy olam bu foniy olamdan yaratilar elan, albatta asosiy unsurlari baqoga va abadga ketadi.

— 532 —

Ha, Jannat-Jahannam yaratilish daraxtidan abad tomon uzanib ketgan shoxining ikki mevasi, koinot silsilasining ikki natijasidir, bu faoliyat sayrining ikki xazinasidir, abadga qarab yoʻnalgan va chayqangan mavjudotning ikki hovuzidir, lutf va qahrning ikki tajalliy qiladigan joyi boʻlib, qudrat qoʻli shiddatli harakat bilan koinotni chayqagan payti ikki hovuz munosib moddalar bilan toʻladi.

Bu Ramzli Hikmatning siri quyidagicha:

Hakiymi Azaliy bardavom inoyati va azaliy hikmatning taqozosi bilan dunyoni tajribaga joy, imtihonga maydon, Asmoyi Husnasiga oyna, qadar qalami va qudratiga sahifa boʻlish uchun yaratgan. Tajriba va imtihon esa oʻsishga sabab. Oʻsish esa iste'dolarning rivojlanishiga sabab. Rivojanish esa qobiliyatlarning yuzaga chiqishiga sabab. Qobiliyatlarning yuzaga chiqishi esa nisbiy haqiqatlarning koʻrinishiga sabab. Nisbiy haqiqatlarning koʻrinishi esa Sone'i Zuljalolning Asmoyi Husnasining naqshlarining tajalliylarini koʻrsatishiga va koinotni Samadoniy maktublarga aylantirishiga sababdir. Demak, bu imtihon siri va taklif siri sababli oliy ruhlarning olmos kabi javharlari xabis-yomon ruhlarning koʻmir kabi moddalaridan tozalanadi, ayriladi.

Bu mazkur sirlar kabi yana biz bilmagan koʻp nozik, oliy hikmatlar uchun olamni bu suratda iroda qilgan uchun uning almashish va oʻzgarishini ham oʻsha hikmatlar uchun iroda qildi. Almashish va oʻzgarish uchun zidlarni bir-biriga xikmat bilan aralashtirdi va qarama-qarsi keltirdi. Zararlarni manfaatlarga qoʻshib, yomonliklarni yaxshiliklarga dohil qildi, goʻzalliklar bilan jamlab, xamir kabi qorib, koinotni almashish va oʻzgarish qonuniga, boshqaga aylanish va komillashish dasturiga tobeʻ qildi.

Qachon imtihon maydoni yopilsa,

tajriba vaqti tugasa,

Asmoyi Husna hukmini ijro qilsa,

qadar qalami maktublarini toʻliq yozsa,

qudrat san'at naqshlarini bitirsa,

mavjudot vazifalarini ado etsa,

maxluqot xizmatlarini tugatsa,

hamma narsa ma'nosini ifodalasa,

dunyo oxirat urugʻlarini yetishtirsa,

zamin Sone'i Qodiyrning butun qudrat moʻ'jizalarini, umum san'at gʻaroyibotlarini namoyon qilib koʻrsatsa,

bu foniy olam bardavom manzaralarni tashkil qilgan lavhalarni zamon arqoniga taqsa,

Sone'i Zuljalolning bardavom hikmati va azaliy inoyati imtihon natijalarini,

tajribaning natijalarini,

Asmoyi Husnaning tajalliylarining haqiqatlarini,

qadar qalami maktublarining haqiqatlarini,

namuna-misol san'at naqshlarining asllarini,

mavjudot vazifalarining foydalarini, gʻoyalarini,

maxluqot xizmatlarining haqlarini va koinot kitobi kalimalarining ifodalagan ma'nolarining haqiqatlarini,

iste'dod urugʻlarining unishini,

bir buyuk mahkamaning ochishini,

— 533 —

dunyodan olingan misoliy manzaralarni koʻrsatishini,

zohiriy sabablarning pardasini yirtishini va hamma narsa toʻgʻridan-toʻgʻriga Xoliqi Zuljaloliga taslim etishi kabi haqiqatlarni taqozo qilsa va mazkur haqiqatlarni taqozo etgani uchun, koinotni almashinish,

fano qiy-chuvlaridan, oʻzgarish va zavoldan qutqarish va abadiylashtirish uchun zidlarning soflashishini istasa,

almashinishning sabablarini va ixtiloflarning moddalarini bir-biridan ayirmoq istasa,

albatta qiyomatni keltiradi va oʻsha natijalar uchun soflashtiradi.

Demak, soflashtirish natijasida Jahannam abadiy va dahshatli bir surat olib, toifalari

﴿ وَامْتَازُوا الْيَوْمَ اَيُّهَا الْمُجْرِمُونَ ﴾

tahdidiga sazovor boʻladi. Jannat abadiy, hashamatli surat kiyib ahl va doʻstlari

﴿ سَلَامٌ عَلَيْكُمْ طِبْتُمْ فَادْخُلُوهَا خَالِدِينَ ﴾

xitobiga sazovor boʻladi. Yigirma Sakkizinchi Soʻzning Birinchi Maqomining Ikkinchi Savolida isbot etilgani kabi, Hakiymi Azaliy bu ikki uyning yashovchilariga mukammal qudrati bilan abadiy va sobit vujud beradi. Hech boʻlinish, oʻzgarish, qarilikka va inqirozga uchramaydi. Chunki inqirozga sabab boʻlgan oʻzgarishning sabablari topilmaydi.

Toʻrtinchi Masala: Borligi va yoʻqligi ikmon ichida boʻlgan narsa sodir boʻladi. Dunyo oʻlgandan soʻng oxirat boʻlib tiriladi. Dunyo xarob qilingandan soʻng, dunyoni yaratgan Zot yana goʻzalroq suratda ta'mirlaydi, oxiratning bir manzili qiladi. Bunga dalil boshda Qur'oni Karim minglab aqliy burhonlarni ichiga olgan umum oyatlari bilan va butun Samoviy Kitoblar bunda ittifoqda boʻlgani kabi, Zoti Zuljalolning jaloliy va jamoliy vasflari, Asmoyi Husnasi boʻlishiga qat'iy suratda dalolat qiladi. Paygʻambarlarga yuborgan butun samoviy farmonlari bilan qiyomatni va hashrning ijodini va'da bergan.

Xullas, modomiki va'da bergan ekan, albatta qiladi. Oʻninchi Soʻzning Sakkizinchi Haqiqatiga murojaat qil. Boshda Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning ming moʻ'jizalarining quvvati bilan, butun anbiyo va mursalin, avliyo va siddiqiynlar sodir boʻlishida ittifoq bilan xabar berganlar. Shuning kabi koinot butun qonunlari bilan sodir boʻlishini xabar beradi.

Natija: Oʻninchi Soʻz butun haqiqatlari bilan, Yigirma Sakkizinchi Soʻz Ikkinchi Maqomida Lasiyyamalardagi butun burhonlari bilan, botgan quyoshning tongda yangidan chiqishi darajasidagi qat'iyat bilan koʻrsatganki: Dunyoviy hayotning botishidan soʻng haqiqat quyoshi uxroviy hayot suratida chiqadi.

— 534 —

Demak, boshdan bu yergacha bayonlarimiz Hakiym Ismidan yordam va Qur'on fayzidan istifoda suratida - qalbni qabulga, nafsni taslimga, aqlni ishontirishga tayyorlash uchun "Toʻrt Asos" aytdik. Lekin biz kim boʻlibmizki, bunga doir soʻz aytsak. Asl bu dunyoning Sohibi, koinotning Xoliqi, mavjudotning Maliki nima deyapti, uni tinglashimiz kerak. Mulk sohibi soʻz soʻylar ekan boshqalarning nima haddi borki, ortiqcha aralashsin...

Sone'i Hakiym dunyo masjidida va yer maktabida asrlar orqasida oʻtirgan toifalarning barcha saflariga xitoban aytgan azaliy xutbasida koinotni zilzilaga solgan

﴿ اِذَا زُلْزِلَتِ الْاَرْضُ زِلْزَالَهَا ٭ وَاَخْرَجَتِ الْاَرْضُ اَثْقَالَهَا ٭ وَقَالَ الْاِنْسَانُ مَالَهَا ٭ يَوْمَئِذٍ تُحَدِّثُ اَخْبَارَهَا ٭ بِاَنَّ رَبَّكَ اَوْحٰى لَهَا ٭ يَوْمَئِذٍ يَصْدُرُ النَّاسُ اَشْتَاتًا لِيُرَوْا اَعْمَالَهُمْ ٭ فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ ٭ وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَاهُ ﴾

va butun maxluqotlarni harakatlantirgan, shavqqa keltirgan

﴿ وَبَشِّرِ الَّذِينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقًا قَالُوا هٰذَا الَّذِى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ وَاُتُوا بِهِ مُتَشَابِهًا وَلَهُمْ فِيهَآ اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَهُمْ فِيهَاخَالِدُونَ ﴾

kabi minglab farmonlarni Malikul Mulkdan, dunyo va oxirat Sohibidan tinglashimiz kerak. "Amanna va Soddaqna" deyishimiz kerak.

﴿ سُبْحَانَكَ لَاعِلْمَ لَنَآ اِلَّا مَاعَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ ﴾
رَبَّنَا لَا تُاٰخِذْنَآ اِنْ نَسِينَآ اَوْ اَخْطَاْنَا
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلٰٓى اٰلِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ كَمَا صَلّيْتَ عَلٰى سَيِّدِنَآ اِبْرٰهِيمَ وَعَلٰٓى اٰلِ سَيِّدِنَا اِبْرٰهِيمَ اِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ